Informatika fanini o‘qitish jarayonida virtual laboratoriyalardan foydalanish uslubiy va dasturiy taʼminotini yaratish
Informatika fanini o‘qitish jarayonida virtual laboratoriyalardan foydalanish uslubiy va dasturiy ta minotini yaratish ʼ Mundarija KIRISH ………………………………………………………………………......3 I-BOB. VIRTUAL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY- METODOLOGIK ASOSLARI ………………………………………………..9 1.1. Virtual ta’limni tashkil etishning dolzarb muammo va vazifalari……… …... 9 1.2. Virtual ta’lim resurslarini yaratish usullar i va vositalari . . . . . . . . . . . . . ..... 14 I-bob bo‘yicha xulosalar ……………………………………………………...21 II-BOB. O‘QUV JARAYONIDA VIRTUAL TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI VA VOSITALARI ………………………………………………………………….22 2.1. Virtual ta’lim muhitida mashg ‘ ulotlarni tashkil etishning didakti asoslari va zamonaviy texnologiyalari … ………………………………………………..22 2.2. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda virtual vositalardan foydalanish-ning zamonaviy usullari va vositalari……………………………………………….. . 37 II-bob bo‘yicha xulosalar ………………...……………………………………44 III-BOB. VIRTUAL VOSITALAR ASOSIDA INFORMATIKA FANIDAN AMALIY MASHG‘ULO TLARNI TASHKIL ETISHNING DASTURIY TA’MINOTINI YARATISH ………………………………………………....46 3.1. Informatika fanini o ‘ qitish samaradorligini oshirishda v irtual vositalardan foydalanish……………………………………………………………………...46 3.2. Informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni virtual vositalar asosida tashkil qilishning dasturiy va uslubiy ta’minotini yaratish . . . . ……………………...50 3.3. Pedagogik tajriba, uning natijalari va tahlili ………………………………70 III- bob bo‘yicha xulosalar …………………………………………………... 74 UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR ……………………………………76 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO ‘ YXATI …………..……………78 ILOVA ……………………………………………………………...……….....82
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi. Ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalari-dan foydalanishning zamonaviy bosqichi turli ko‘rinishlarda olib borilmoqda. Kompyuter texnologiyalaridan, xususan virtual vositalardan foydalanishni mukammal biladigan, doimiy ravishda o‘z kasbiy darajasini oshirish ustida ishlaydigan, zamonaviy axborotlashgan jamiyat rivojlanish tendensiyalariga mos o‘qituvchilarga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Virtual vositalardan foydalanish uzluksiz mukammallashib borayotgan ta’lim texnologiyalari sharoitida amalga oshmoqda, bu esa o‘qituvchilarning virtual vositalardan foydalanish sohasida ma’lum bir bilim va malakalarga bo’lish zaruratini shart qilib qo‘yadi. Ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish muammosiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari tahlili, bizga ularni ta’lim jarayonida tatbiq etilish samaradorligi pedagoglarning kompetentlik darajasi bilan aniqlanishini ko‘rsatmoqda. Lekin, amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik o‘qituvchilar hozirgi vaqtda virtual vositalar bilan boyitilayotgan ta’lim muhitida o‘z kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish uchun etarli darajada virtual ta’lim kompetentligiga ega emaslar. O‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish bilan shug‘ullanadigan axborot tizimi mustaqil kasbiy ta’lim sohasi sifatida virtual vositalar tizimidagi erishilayotgan zamonaviy yutuqlarni ta’lim amaliyotiga keng tatbiq etish uchun qulay imkoniyatlarni yaratishi lozim. Virtual vositalar muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o ‘ z ichiga oladi: kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti; uskunaviy dasturiy ta’minot; 2
virtual matn konstruktorlari, multiplikasiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik haritalar, ekran prosessorlari va x.k.; Informatika fanida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakasini shakllantirishda aniq tavsifli mashg`ulotlarni tashkil etish, sifatli samaradorlikni oshirishda virtual vositalar muhim ahamiyatga ega. Har bir darsga turli usullar asosida shakllantirilgan mashg`ulotlarning tuzilishi o`quvchilarda faqat og`zaki nutqining emas, balki virtual hamda mantiqiy tafakkurining ham rivojlanishiga turtki beradi. Magistrlik dissertatsiya mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Zamonaviy axborot-ta’lim muhitining ta’lim tizimida qo‘llanishi tushunchalarni ham mazmunan, ham mohiyatan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi. Shu bois, ta’lim va o‘qitish jarayonlariga yangicha yondashuvga e’tibor bilan qarala boshlandi. Ta’lim jarayoni deyilganda professor-o‘qituvchi va o‘qituvchining o‘zaro munosabatidagi yaxlit jarayon ko‘z oldimizga keladi. Endilikda ushbu jarayon interfaol o‘quv majmualar, video va audio ma’ruzalar, kompyuter dasturlari, televideniya va radio o‘quv kurslari bilan uyg‘unlashib bormoqda. Bu jarayonda o‘qitish o‘qituvchining ko‘proq ichki imkoniyatlari, intellektual potentsiali, axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish xususiyatlariga bevosita bog‘liq. Ta’lim tizimida axborot-ta’lim muhitidan foydalanish muammolari, ta’limni axborotlashtirish nazariyasi, metodologiyasi, amaliyoti bo‘yicha Mustaqil davlatlar ham do‘stligi va respublikamiz olimlari tomonidan ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, A.A.Andreev, O.E.Belova, A.V.Baraulina, N.A.Goncharova, E.N.Dronova,V.A.Krasilnikova, A.L.Nazarenko, L.F.Solovyev, A.A.Abduqodirov, U.SH.Begimqulov, M.H.Lutfillaev, F.R.Murodova, N.I.Taylakov, B.Z.To‘raev, O.A.Tarabrin, T.T.Shoymardonov kabi olimlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Ushbu olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida bo‘lajak informatika fanini o‘qitishda axborot-ta’lim muhitidan va virtual ta’lim vositalaridan foydalanish uslubiyatiga oid izlanishlar olib borilgan. 3
Magistrlik dissertatsiyasi ishining asosiy masalalari va farazlari . Bugungi kunda virtual ta’lim sohasida, tashkiliy, iqtisodiy, pedagogik, uslubiy va texnologik qayta jihozlashga yangi yondashuvlar talab qilinmoqda. Shuning uchun virtual ta’lim tizimi faoliyatini tubdan yangi shakllarda barpo qilish ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. Ushbu muammoni hal qilishning samarali usullaridan biri virtual jarayonlarini innovasion boshqarish, modellashtirish va bu jarayon uchun kerakli uslubiy hamda dasturiy ishlanmalarni yaratish zaruriyati tug‘ildi. Hozirgi kunda virtual ta’lim sohasida kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha turli uslubiy vositalar, dastur va qo‘llanmalar ishlab chiqilib, ular amaliyotga keng tatbiq etilmoqda. Ushbu dissertatsiya ishimizda virtual vositalardan foydalangan holda “Informatika” fanidan amaliy mashg‘ulotlarlarni samarali tashkil etish uslubiyatini ishlab chiqishga qaratilgan . Magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi. Ushbu dissertatsi ishining asosiy maqsadi “Informatika” fanidan amaliy mashg‘ulotlarlarni virtual vositalar asosida takomillashtirish borasida uslubiy-dasturiy ishlanmalar yaratish. Magistrlik dissertatsiya ishining vazifalari: virtual ta’limni tashkil etishning dolzarb muammo va vazifalari ni yoritish hamda virtual ta’lim resurslarini yaratish usullari va vositalarini yaratish; virtual ta’lim muhitida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning didaktik asoslari va zamonaviy texnologiyalari ni tahlil qilish; virtual ta’lim muhitida informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun virtual dasturiy-uslubiy ishlanmalar yaratish; virtual ta’lim muhitida informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun yaratilgan virtual mashg‘ulotlar ishlanmasini o‘quv jarayoniga ta’dbiq qilish uslubiy asoslarini yoritish; yaratilgan ishlanmalarni ta’lim tizimiga joriy etish yuzasidan pedagogik samarasini aniqlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o ‘ tkazish . 4
Magistrlik dissertatsiya ishining ob’ekti - virtual ta’lim muhitida informatika fanini amaliy mashg ‘ ulotlarni tashkil etish uslubiy va dasturiy ishlanmalarni ishlab chiqish jarayoni. Magistrlik dissertatsiya ishining predmeti. Virtual ta’lim muhitida informatika fan amaliy mashg ‘ ulotlarni tashkil etishda virtual vositalardan foydalanish samaradorligini takomillashtirish mazmuni, shakl, usul va metodikasi . Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tafsivi: tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlar, ilmiy-metodik ishlar , electron axborot resurslar, uslubiy va dasturiy ishlanmalarni tahlil etish va yaratish, ta’lim muasssalarida takomillashtirilgan DTS, fan dasturlari, darsliklar, uslubiy qo’llanmalar va tavsiyalarni o’rganish, mashg’ulotlarni kuzatish va tahlil qilish, o’quvchi va o’qituvchilar bilan suhbatlar, so’rovlar, anketa so’rovnomalari o’tkazish, pedagogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish va natijalarni umumlashtirish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - ta’lim tizimida amaliy mashg’ulotlarni virtual vositalar asosida tashkil etish muammolari va mazmunini tahlil etish; informatika fanidan amaliy mashg’ulotlarni virtual vositalardan foydalanib o’qitish usullarini tatbiq etish jarayonini o’rganish, takomillashtirish va tashkil etish; ta’lim tizimida amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda virtual vositalarning tutgan o‘rni va samaradorligini aniqlash, ko’rsatib berish va tahlil qilish; Amaliy mashg’ulotlarni virtual vositalari asosida tashkil etish, talabalarda informatika fani bo’yicha bilim olish , ko‘nikma va malakalarini oshiriash usullarini aniqlash; informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarlarni virtual vositalar asosida tashkil etish didaktik, uslubiy va dasturiy ta’minotini yaratish hamda tatbiq etish. Magistrlik dissertatsiya ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Umumiy o’rta t a’lim muassasalarida virtual ta’lim muhitida informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish mumkin. 5