Informatika fanidan amaliy mashg’ulot-larni tashkil etishda keys texnologiyadan foydalanishning dasturiy va uslubiy ta’minoti
Informatika fanidan amaliy mashg’ulot - larni tashkil etishda keys texnologiyadan foydalanishning dasturiy va uslubiy ta’minoti Re’ja Kirish …………………………………………………………………………..…. 7 1- bob . Ta’lim tizimida keys texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari 1.1. Ta’lim tizimida keys texnologiyalari, u lar ning mazmuni va mohiyati …..…..12 1.2. Ta’lim jarayonida keys texnologiyalardan foydalanishning metodologik asoslari…………………………………………………………………………….24 I-bob bo‘yicha xulosalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . … …….36 II-bob. Ta’lim tizimida amaliy mashg‘ulotlarni keys texnologiyalar asosida tashkil etishning zamonaviy usullari va vositalari 2.1. Keys texnologiyalari asosida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning didaktik ta’minotini yaratish texnologiyalari… ………………………..…………37 2.2. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda keys texnologiyalardan foydala- nishning zamonaviy usullari va vositalari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . … ………… . . 47 II-bob bo‘yicha xulosalar . . . ……... . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 56 3- bob. Keys texnologiyalar asosida informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning uslubiy va dasturiy ta’minotini yaratish 3.1. Informatika fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda keys texnologiyalardan foydalanish ………………………………………………………………………..57 3.2. Informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni keys texnologiyalari asosida tashkil qilishning dasturiy va uslubiy ta’minotini ishlab chiqish… ……………..78 3.3. Tajriba sinov natijalari ………………………………………………………..94 III- bob bo‘yicha xulosalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .99 UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR . . . . . . . . . . . . . . . . . . 101 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI . . . . . . . . . . . . . 103 Ilova . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 109 1
Kirish Mavzuning dolzarbligi : Hozirgi jamiyat taraqiyotida zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalaridan o‘qitish jarayonida foydalanish uning sifati va samaradorligini oshiradi, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchiga qulaylik yaratadi. Axborot telekommunikatsiya vositalari orqali ta’limni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning yangi – sifat bosqichiga o‘tilmoqda. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi bog‘lanish aloqalar tubdan o‘zgaradi, ta’lim mazmuniga yangicha yondashuv paydo bo‘ldi. Har bir mashg‘ulotlarga u ma’ruza bo‘ladimi, amaliy mashg‘ulot bo‘ladimi, laboratoriya mashg‘uloti bo‘ladimi, seminar mashg‘uloti bo‘ladimi ularga tayyorlangan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zgarishiga, teskari aloqa mohiyati jihatidan yangilanadi, ta’limga qushimcha va o‘zgarish kiritish zarur hollarda uni takrorlash imkoniyatlari oshadi. Informatika fani o‘quv mashg‘ulotlarni interfaol metodlardan foydalanib tashkil etish, o‘quvchi-o‘quvchilardagi bilim va ko‘nikmalarni, ularning fikrlash qobilyatini, hozir javoblilik darajasini o‘sishiga sababchi bo‘ladi. O‘qituvchi tomonidan rejalashtirilgan maqsadga, kafolotli natija erishish koeffetsenti oshadi. O‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etishda uni olib borishda o‘qituvchi, asosan auditoriya holatidan, undagi o‘quv va texnik vositalarning barqarorligidan kelib chiqib mashg‘ulotni rejalashtirishi lozim. Ta’lim beruvchining o‘quv mashg‘uloti texnologik xaritasida quyidagilar aks etgan bo‘lishi lozim: o‘quv mashg‘uloti bosqichlari va vaqti; ta’lim beruvchi faoliyati; ta’lim oluvchi faoliyati. Respublikadagi shiddatli o‘zgarishlar ta’lim tizimiga ham jahon miqyosida keng yo‘l ochib bermoqda, jumladan, zamonaviy axborot texnologiyalarning tezkor rivojlanishi, global telekommunikatsion texnologiyalarning takomillashib borishi elektron ta’lim muhitida insonni ishga bo‘lgan munosabatini keys yondashuvini talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 avgustdagi PQ- 3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarori, 2
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 2909-son Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi [1,2,3]. Tadqiqotning ob’yekti: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni keys texnologiyalari asosida tashkil etish uslubiyatini yaratish . Tadqiqotning predmeti : umumta’lim maktablarida i nformatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni keys texnologiyalar asosida o‘qitishda nazariyaning amaliyot bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatish va uslubiy va dasturiy ta’minotindan foydalanishi o‘rni va uslubiyatini ishlab chiqish. Tadqiqotning maqsadi: Ta’lim tizimidagi yangilanish jarayoni informatika va unga daxldor fanlarni o‘ziga xos usullar bilan o‘qitishni taqozo etmoqda. Zero, bo‘lajak mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarish uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilish va ularda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish lozim. Binobarin, tub islohotlarni amalga oshirish, bozor munosabatlarini shakllantirish eng avvalo kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalarini qay darajada bilishlariga bog‘liq bo‘lib qoldi. Informatika fanining amaliy mashg‘ulotlarini keys texnologiyalari asosida tashkil etishning o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish . Tadqiqot vazifalari : Informatika fanining amaliy mashg‘ulotlarini keys texnologiyalar asosida tashkil etishda tanlangan mavzular va ularni ta’lim jarayoniga joriy etish holatini o‘rganish va tahlil qilish; amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etishda keys texnologiyalardan foydalanish hamda ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni ishlab chiqish; 3
Informatika fani o‘qituvchilarini amaliy mashg‘ulotlarni keys texnologiyalar asosida tashkil etishdagi ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish bosqichlarini ishlab chiqish; Informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarini keys texnologiyalar asosida tashkil etish uslubiy va dasturiy ta’minotini yaratish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni keys texnologiyalari asosida tashkil etish jarayoni uchun yaratilgan uslubiy ta’minotining mavjudligi; informatika fanining ba’zi amaliy mashg‘ulotlarini keys texnologiyalari asosida tashkil etishda tanlangan mavzular va ularni ta’lim jarayoniga joriy etish holatlarining o‘rganilganligi va tahlil qilinganligi; informatika amaliy mashg‘ulotlarni keys texnologiyalari asosida t ashkil etishda uslubiy ishlanmalardan foydalanish hamda ularga qo‘yiladigan talablarning mavjudligi; informatika fani o‘qituvchilarida amaliy mashg‘ulotlarni keys texnologiyalari asosida tashkil etishdagi ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish; k eys texnologiyalar asosida informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi . Tadqiqot metodlari: tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlar, ilmiy-metodik ishlar , electron axborot resurslar, uslubiy va dasturiy ishlanmalarni tahlil etish va yaratish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanini takomillashtirilgan DTS, fan dasturlari, darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalarni o‘rganish, darslarni kuzatish va tahlil qilish, o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan suhbatlar, so‘rovlar, anketa so‘rovnomalari o‘tkazish, pedagogik tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish va natijalarni umumlashtirish. Tadqiqotning ishlanganlik darajasi: Respublikamiz ta’lim muasssalarida informatika va axborot texnologiyalari fanining DTS, dasturlari, mazmuni, o‘qitish metodikasi, darsliklari, elektron o‘quv materiallarni yaratish va ta’lim jarayoniga tatbiq etishda A.A.Abduqodirov, M.M.Aripov, U.E.Adamboev, R.Boqiev, 4
F.M.Zakirova, M.H.Lutfullaev, Sh.A.Nazirov, Sh.F.Madraximov, A.Toyloqov, U.Yu.Yuldashev va boshqalarning o‘quv-uslubiy ishlarini ta‘kidlab o‘tish mumkin Xorijiy tadqiqotlar tajribasida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalasi, F.Barron, D.Harrington, D.Wechsler, S.Thaler , E.Torrance va boshqalar ishlarida ko‘rib chiqilgan. Yuqorida keltirilganlarga ko‘ra, mamlakatimiz va xorijda ta’lim jarayonida innovatsiono‘qitishni rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotganini ko‘ramiz[5]. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati . Tadqiqotda informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni keys texnologiyalari asosida tashkil etish jarayoni uchun yaratilgan uslubiy ta’minotining dolzabligi va tatbiq etish zaruratini ilmiy jihatdan asoslab berilgan, informatika fanining amaliy mashg‘ulotlarini keys texnologiyalar asosida tashkil etishda tanlangan mavzular va ularni ta’lim jarayoniga joriy etish holati o‘rganilgan va tahlil qilingan, amaliy mashg‘ulotlarini taskil etishda keys texnologiyalaridan foydalanish hamda ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni ishlab chiqilgan, informatika fani o‘qituvchilarini amaliy mashg‘ulotlarni keys texnologiyalari asosida tashkil etishdagi ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish bosqichlarini ishlab chiqilgan, informatika fanidan o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlarda rivojlantirish bosqichlarini ishlab chiqildan. Tadqiqot natijalaridan, informatika fanidagi amaliy mashg‘ulotlarni keys texnologiyalari asosida tashkil etishda, fan sohasida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishga, o‘quv jarayoni mazmunli va samarali bo‘lishini ta’minlashda foydalanish mumkin. Ishning tuzilishi va tarkibi. dissertasiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. 1-bob ta’lim tizimida keys texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslariga bag‘ishlangan bo‘lib,unda keys texnologiyalari, ularning mazmuni va mohiyati hamda keys texnologiyalardan foydalanishning metodologik asoslari, 5