Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish metodikasi
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish metodikasi Mundarija: Kirish… …………………………………………………………………………..3 I-BOB 1. Informatika va axborot texnologiyalari fani tarixi va rivojlanish bosqichlari ………………………………………………..……………..…………4 1.1 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari ……………………………………………………………..7 II-BOB 2. Informatika va axborot texnologiyalari . …………………….……9 2.1 Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi ………………………………………………..…………11 Xulosa ………………………..………………………..…………………………16 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………..……………………………..17 Ilovalar ………………………..………………………..…………………………18 1
Kirish Mamlakatimiz jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan joy olishida ta’lim tizimini isloh etilishi alohida ahamiyat kasb etadi «Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim sharti» ekanligi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da alohida qayd qilingan. Mamlakatimiz ta’lim tizimida o’quv jarayonini texnologiyalashtirish natijasida uzluksiz ta’lim va davlat standartlarini kafolatli amalga oshirishga zamin yaratildi. Bu imkoniyatlarni hayotga tadbiq etish ko’p qirrali muammo bo’lib, ta’lim tizimining har bir bosqichida, shu jumladan, umumta’lim maktablarida fanlarning mazmunini talab darajaga yetkazish va o’ziga xos o’qitish metodikasini yaratishni taqozo etadi. Umumta’lim maktablarida Informatika fanining o’qitilishi o’quvchirning ta’limiy, tarbiyaviy va kasbiy tayyorgarligidagi ahamiyati yuqori bo’lib, keyingi kasbiy faoliyatlarida albatta kompyuterlar yordamida amaliy ishlarni bajarishlariga to’g’ri keladi. Buning uchun o’quvchilarning informatikadan olgan bilim va 2
ko’nikmalari, kompyuterning amaliy dasturlaridan foydalanish darajasi yuqori bo’lishi lozim. Shu bois «Informatika» fanini o’qitish, amaliy dasturlardan foydalana olishga o’rgatish, «Informatika» umumta’lim fanining mavzulari mazmunini belgilash, shu mazmunga mos o’quv-metodik materiallar ishlab chiqish va o’quvchilarga zamonaviy o’qitish metodlaridan foydalanib etkazib berish mazkur bitiruv malakaviy ishining asosini tashkil qiladi. Shu sababli umumta’lim maktablarida "Informatika" fanini o’qitish metodikasiga bag’ishlangan ushbu bitiruv malakaviy ish dolzarb tadqiqotlardan hisoblanadi. 3
I-Bob Informatika va axborot texnologiyalari fani tarixi va rivojlanish bosqichlari. Informatika– bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo`lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida uni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tatbiq muhiti bilan o`zaro bog`liq bo`lgan jarayonlarning aloqadorligini o`z ichiga oladi. «Informatika» so`zi dastlab, XIX asrning 60 – yillarida Frantsiyada vujudga keldi. U informatsiya (information) va avtomatika (automatique) so`zlarini birlashtirishidan hosil bo`lib, «ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda u kompyuter fani (Computer science) deb ataladi. Mustaqil fan sifatida informatika XX asrning 40 – yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy printsiplari haqidagi fan – kibernetika fani bazasida vujudga keldi . Informatikaning asosiy vazifasi – axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo`llashdan iboratdir. Informatika quyidagi masalalarni yechadi: ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish; axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika va texnologiyalarni yaratish; jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yechishni yaratish hamda ularni tatbiq etish. Shartli ravishda informatikani uchta o`zaro bog`liq qismga bo`lish mumkin: Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog`liq bo`lgan yagona sohadir. 4
Informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar texnologiyasi bazasidan ixtiyoriy ob’ektlarni boshqarish jarayonlarning axborot ta’minoti metodologiyalarini, tatbiqiy predmet sifatida esa insonning konkret ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot tizimlarini yaratish bilan shug`ullanadi. Informatikaning asosiy tushunchalaridan biri bu axborot dir. Axborot so`zi lotincha «information» so`zidan kelib chiqqan bo`lib, tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’nolarni anglatadi. Axborot – bu odamlar orasidagi, odamlar bilan EHMlar orasidagi, jonli va jonsiz tabiat orasidagi ma’lumot almashinuvi bo`lib, keng ma’noda ilmiy tushunchadir. Insonning butun faoliyati u yoki bu holda axborotni olish va undan foydalanish bilan bog`langan. Kitob o`qiganda, rasmni qarab chiqayotganda biz axborotni eslab qolamiz va yig`amiz. Xat yozamizmi, telefonda gaplashamizmi – biz axborotni uning egasiga yoki suhbatdoshimizga uzatamiz, undan qabul qilamiz. Har qanday masalani yechayotganda biz axborotni ishlaymiz: masala shartida keltirilgan axborotni o`rganib, uni yechamiz. Axborotni ma’lum maqsadda ishlash jarayonlari hayot kabi juda qadimdan mavjuddir. Hech qanday tirik mavjudot o`zining genetic kodini saqlamasdan, tashqaridan axborot olmasdan va uni ishlamasdan mavjud bo`laolmaydi va rivojlana olmaydi. Axborotni ifodalash va saqlash zarurati nutq, yozuv va tasviriy san’atning paydo bo`lishiga olib keldi. Axborotni uzatish va tarqatish zarurati kitob bosish, tovushlarni yozish, videotasvirga olish va h.k. texnik qurilmalarning paydo bo`lishiga olib keldi. Axborot bu – aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. Axborot asosan 3 xossadan iorat bo`lishi kerak: chin, to`liq va ma’lum ma’noda qimmatli. 5