INNOVATSION IQTISODIYOTGA KIRISH


INNOVATSION IQTISODIYOTGA KIRISH Kirish BOB.Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari va ularning mazmuni l.l.Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari 1.2.Innovatsion menejmentning mohiyati, maqsadi va vazifalari 1.3.Innovatsion menejmentning tarixi va rivojlanish tendensiyalari Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiy - texnikaviy rivojlanishning ahamiyati “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” da innovatsion faoliyatning davlat tomonidan boshqarilishi BOB.Innovatsion menejmentning usullari va vazifalari 2.1.1nnovatsion menejment vazifalari va usullarining xususiyatlari 2.2.1nnovatsion menejmentning vazifalari 2.3.Innovatsion menejmentni tashkil etish 2.4.Innovatsion menejmentning kommunikatsiyalar jarayoni Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Mamlakatimizdagi ijobiy o‘zgarishlar dunyo hamjamiyatida 0’zbekistonga bo‘lgan qiziqishni oshirib, uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu borada 0’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yilga yurtimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalami qo‘llab - quwatlash yili” deb nom berish taklif etildi. 1 Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Ma’lumki, 2017 yil 7 fevralda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mizriyoev “0’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonga imzo chekdi.1 2 Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan “Harakatlar strategiyasi” da mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlar va ulardagi amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora- tadbirlaming ijrosi bugungi kunning hayotiy va ijtimoiy zamrati ekanligini ta’kidlash lozim. Mamlakatimiz korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, uning samaradorligini xalqaro standartlar darajasida baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish, ushbu faoliyatni qo’llab - quwatlash mexanizmini yanada takomillashtirish zamrati, iqtisodiy o’sish innovatsiyaga bog’liq ekan, bunda yangi ilmiy bilimlami yaratishning tadqiqiy jarayoni modellari va yangi intellektual mahsulotlaming paydo bo’lishi mustahkam o’rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan innovatsion menejment institutsional ahamiyat kasb etadi va uning tushunchasiga ham innovatsion sohaning tuzilmaviy rasmiylashtirishni, ham ixtisoslashgan 1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22.12.2017. 2 0’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni. 2017 yil 7 fevral. Ushbu darslik jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida innovatsiyalar roli, sanoatda innovatsion menejmentni o’rganishning asosiy masalalari, innovatsion faoliyatning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatlarining o’zaro aloqalari, yangi mahsulotni ishlab chiqarish va bozorga chiqarishda marketing yondashuvi, yirik kompaniyalaming innovatsion faoliyatini boshqarishda hozirgi zamon paradigmasi, ilmiy-texnik loyihalami moliyaviy baholash, ITTKI strategiyasi, yangi tovami ishlab chiqarish va uni bozorga olib chiqishga boTgan marketing yondashuvi, iqtisodiy - investitsiyaviy loyihalarga iqtisodiy baho berish, innovatsion ishbilarmonlik, innovatsion - investitsion loyihalami iqtisodiy boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining innovatsiya jarayonlaridagi roli, innovatsion loyihalaming ekologik tahlili kabi tamoyillami o’z ichiga olgan boTib, bakalavriatura talabalarida ushbu fan bo’yicha chuqur bilim olish imkoniyatini yaratadi. Darslikda qamrab olingan mavzulaming o’ziga xos xususiyatlaridan biri fanni o’rganayotgan talabalar va ushbu soha mutaxasislari ko’pgina aniq vaziyatlar haqida maTumotlar oladilar, zamonaviy biznes muammolarini muhokama qiladilar, davr suhbatlarida mulohazalami faol almashish, aqliy hujum shaklida kompaniya muammolarini muhokama qilish va bartaraf etishda ishtirok etadilar. 0’quv jarayonida shakllangan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar asosida talabalar ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda hamda iqtisodiy tanglik sharoitida korxonani innovatsion rivojlantirish doirasida uzoq muddatli istiqbolini ishlab chiqish, belgilash va amalga oshirishda ilmiy xulosalar ishlab chiqishda qoTlanilishi mumkin. 9
1-BOB . INNOVATSION MENEJMENTNING ASOSIY TUSHUNCHALARI YA ULARNING MAZMUNI 1.1 .Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari. 1.2.Innovatsion menejmentning mohiyati, maqsadi va vazifalari. 1.3.Innovatsion menejmentning tarixi va rivojlanish tendensiyalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiy - texnikaviy rivojlanishning ahamiyati. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” da innovatsion faoliyatning davlat tomonidan boshqarilishi. l.l.Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari “Innovatsiya” so’zi yangi joriy etilgan yoki yangilik so’zlarining sinonimi bo’lib, ular bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin.3 Stiv Djobs aytganidek: “Rahbar oddiy ishchidan innovatsion g’oyasi bilan farq qilib turadi”.4 Innovatsiyalami biznesdagi o’mi haqida SAS tashkiloti boshlig’i Djeyms Gudnayt shunday deydi: “Biznesning oltin baliqchasi - bu innovatsiyalardir”5. Adabiyotlarda innovatsiyaning mohiyatini ta’riflashga bir necha xil yondashuvlami uchratish mumkin. Ular orasida ikki nuqtai nazar kengroq tarqalgan. Birinchisida yangilikning joriy etilishi ijodiy jarayonning yangi mahsulot (texnika), texnologiya, uslub va h.k. ko’rinishidagi natijasi sifatida, ikkinchisida esa amaldagilaming o’miga yangi mahsulot, element, yondashuv, tamoyillami joriy etish jarayoni sifatida talqin qilinadi. Bizga innovatsiyani ijodiy jarayonning yaratilgan yoki joriy etilgan yangi iste’mol qiymatlari ko’rinishidagi natijasi sifatida ta’riflagan ma’qulroq. Ushbu yangi qiymatlaming qo’llanilishi ulardan foydalanuvchi shaxs yoki tashkilotlardan faoliyat va ko’nikmalaming odatiy stereotiplarini o’zgartirishlarini taqozo etadi. Bozorga xos xo’jalik yuritish sharoitida innovatsiyaning eng muhim belgisi uning iste’mol xususiyatlarining yangiligidan iborat bo’lishi kerak. Texnik jihatdan