logo

Inson xarakteri va shaxs kamoloti.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

206.5 KB
Mavzu:Inson xarakteri va shaxs kamoloti.
Reja :
Kirish
I Bob.Inson xarakteri haqida.
1.1Xarakter haqida tushuncha.
1.2Xarakterning shakllanilishi.
        II Bob.  Shaxs kamoloti va uning bosqichlari .
2.1.Shaxs kamolotining birinchi bosqichi.
2.2. Shaxs kamolotining keyingi bosqichlari.
        Xulosa
         Foydalanilgan adabiyotlar .
           Kirish
Ma`lumki   har   bir   odam   har   qanday   boshqa   odamdan   o`zining   individual
xususiyatlari bialan ajralib turadi. Hayotda bunday farqlar kishining xarakteri bilan
bog`liq   deb   tushuntiriladi.   «Xarakter»   -   grekcha   so`zdan   olingan   bo`lib,   aynan
tarjima qilganda "bosilgan tamg`a", "muhr" ma`nosini anglatadi. 
Psixologiyada   xarakter   deganda   mazkur   shaxs   uchun   tipik   hisoblangan
faoliyat   usullarida   nomoyon   bo`ladigan,   tipik   sharoitlarda   yuzaga   chiqadigan   va
shaxsning   bu   sharoitlarga   munosabati   bilan   belgilanadigan   individual   psixik
xususiyatlar yig`indisi tushuniladi. 
Boshqacha   qilib   aytganda,   xarakterning   har   bir   xislati   tegishli   tipik
sharoitlardagina   nomoyon   bo`ladi.   Buni   shuning   bilan   tushuntirish   mumkinki,
xarakterning har bir xislatida odamning ma`lum sharoitlarga, voqealarning ma`lum
tomonlariga   bo`lgan   munosabati   ifodalanadi.   Shu   sababli   bir   o`quvchining   o`zi
o`zini   turli   sharoitlarda   turlicha   tutishi   mumkin.   Maktabda   qurqoq,   ikkilanuvchi,
uyda chaqqon, dilkash, g`ayratli, mehmonda vazmin, o`ychan va h.k. 
Xarakter   tug`ma   bo`lmaydi.   Faqat   layoqat   nishonalari   tug`ma   bo`lishi
mumkin,   ular   nerv   tizimining   xususiyatlariga   bog`liq   bo`ladi.   Xarakter   esa
muayyan   jamiyat   a`zosi   bo`lgan   kishining   hayoti   va   faoliyati   jarayonida   tarkib
topadi. 
Xarakter   shaxsning   individual   xususiyatidir.   Xarakterlari   mutlaqo   bir   xil
bo`lgan   ikki   kishini   topib   bo`lmaydi,   lekin   ayrim   kishining   xarakteridagi   ko`p
narsalar   bir   guruh   kishilar   uchun   yoki   hatto   butun   jamiyat   uchun   tipik   bo`lishi
mumkin. 
Jamiyat a`zosi bo`lgan kishining voqelikka bo`lgan munosabatida vujudga
keladigan va uning xulq-atvori hamda hatti-harakatida ta`sir qoldiradigan muhim,
barqaror psixik xususiyatlarning majmui xarakter deyiladi. 
Odam   harakatlarining   sifati   va   usullari   faqat   shaxsning
munosabatlarigagina   bog`liq   bo`lmay,   balki   iroda,   hissiyot,   diqqat,   aqliy
xususiyatlarga,   ya`ni   psixik   xususiyatlarning   individual   xususiyatlariga   ham
bog`liq.   Shuning   uchun   ham   kishi   faoliyatida   qanday   psixik   jarayonlar   ustun turishiga   qarab   xarakter   xususiyatlarini   intellektual,   emosional   va   iroda
xususiyatlariga ajratish mumkin. 
Xarakterning   ko`p   xislatlari   odamning   hatti-harakatini   belgilab   beruvchi
chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Ma`lumki turli kishilarning xarakteri turlicha.
Shu sababli ham bir xil sharoitlarda, aynan bir xil maqsadga intiluvchi kishilar shu
maqsadga   erishish   uchun   zarur   bo`lgan   harakatning   turli   usullariga   moyil
bo`ladilar.   Bu  erda   xarakter   xislatlari   undovchi   kuch   sifatida  nomoyon   bulayapti.
Odam   xarakter   xislatlarining   undovchilik   kuchi   sifatida   yuzaga   chiqishi   ta`siri
ostida ko`pincha ob`ektiv sharoitga zid va maqsadga nomuvofiq harakat usullarini
qo`llaydi. Odam ba`zida o`z xarakteridan o`zi xafa bo`lib ketadi, ammo boshqacha
harakat qila olmaydi. 
Maqsadga   nomuvofiq,   lekin   odam   uchun   xarakterli   bo`lgan   harakat
usullarini   tanlashga   moyillik   katta   irodaviy   zo`r   berishlar   sharoitida,   jiddiylik
(stress)   vaziyatlarida   xususan   aniq   nomoyon   bo`ladi.   Shuning   bilan   birga,   agar
odam   uchun   xarakterli   bo`lgan   harakatlar   usuli   mazkur   sharoitda   maqsadga
muvofiq bo`lsa, unda u o`z xarakteriga mos kelmaydigan, bir  qolipdagi, stereotip
harakat   usullaridan   majburiy   foydalanish   hollariga   qaraganda   ancha   ko`p   kuch-
quvvat, qait`iylik va mehnatga qobiliyatlilik talab qiladi. 
Shunday   qilib,   agar   xarakter   xislatlari   ob`ektiv   sharoitlar   talabiga   qarshi
harakat   qilishga   undaydigan   bo`lsa,   odamning   xarakter   xislatlari   o`ziga   xalaqit
berishi   mumkin.   Aksincha   bo`lsa   kishi   ijodiy   ish   qila   oladi,   o`z   kuchlaridan
samarli foydalana oladi. 
O‘zbekiston respublikasining qonuni  Ta’lim to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan 
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu   Qonunning   maqsadi   ta’lim   sohasidagi   munosabatlarni   tartibga
solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang. 2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik
Ta’lim   to‘g‘risidagi   qonunchilik   ushbu   Qonun   va   boshqa   qonunchilik
hujjatlaridan iboratdir.
Agar   O‘zbekiston   Respublikasining   xalqaro   shartnomasida   O‘zbekiston
Respublikasining   ta’lim   to‘g‘risidagi   qonunchiligida   nazarda   tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli   Qonuni   tahririda   —  Qonunchilik   ma’lumotlari   milliy  bazasi,   21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son) 
  LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasi.
3-modda. Asosiy tushunchalar 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat   akkreditatsiyasi   —   davlat   ta’lim   muassasalari   va   tashkilotlari,
shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari
deb   yuritiladi)   faoliyatining   davlat   ta’lim   standartlari   va   davlat   ta’lim   talablariga
hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda
ularning   bitiruvchilariga   ma’lumot   to‘g‘risidagi   hujjatlarni   topshirish   huquqining
taqdim etilishidan iborat jarayon; 
davlat   ta’lim   muassasasi   —   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari
tomonidan   davlat   mulki   bo‘lgan   mol-mulk   negizida   tashkil   etilgan,   davlat   ta’lim
standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat   ta’lim   standartlari   —   davlat   tomonidan   ta’limning   mazmuni   va
sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga
oshirish   shart-sharoitlariga,   shuningdek   ta’lim   oluvchilarning   jismoniy,   shaxsiy,
intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar; 
malaka   —   shaxsning   kasbiy   faoliyatning   muayyan   turini   bajarishga
tayyorgarligini   ifodalaydigan,   ma’lumot   to‘g‘risidagi   tegishli   hujjat   bilan
tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi; mutaxassislik   —   malaka   berish   bilan   yakunlanadigan   muayyan   kasbiy
tayyorgarlik turining nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat   ta’lim   tashkiloti   —   davlat   ta’lim   standartlari,   davlat   ta’lim
talablari   va   o‘quv   dasturlariga   muvofiq   ta’lim   xizmatlari   ko‘rsatish   faoliyatini
amalga   oshirish   huquqini   beradigan   litsenziya   asosida   yoki   xabardor   qilish
tartibida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; 
(3-moddaning   sakkizinchi   xatboshisi   O‘zbekiston   Respublikasining   2021-
yil   12-oktabrdagi   O‘RQ-721-sonli   Qonuni   tahririda   —   Qonunchilik   ma’lumotlari
milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
tarbiya   —   aniq   maqsadli   hamda   ijtimoiy-tarixiy   tajriba   asosida   yosh
avlodni   har   tomonlama   kamol   toptirishga,   ularning   ongini,   ma’naviy-axloqiy
qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim   —   ta’lim   oluvchilarga   chuqur   nazariy   bilim,   malakalar   va   amaliy
ko‘nikmalar   berishga,   shuningdek   ularning   umumta’lim   va   kasbiy   bilim,   malaka
hamda   ko‘nikmalarini   shakllantirishga,   qobiliyatini   rivojlantirishga   qaratilgan
tizimli jarayon; 
ta’lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-
tadqiqot   institutlarini   (markazlarini),   ishlab   chiqarish   majmualari   va
texnoparklarni,   ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilarining   vaqtincha   yashash
joylarini,   laboratoriyalarni,   axborot-resurs   markazlarini   (kutubxonalarni),   sport
inshootlarini,   umumiy   ovqatlanish   obyektlarini   o‘z   ichiga   olgan   binolar   hamda
inshootlar   majmuidan   iborat   bo‘lgan,   o‘quv   jarayoni,   ma’naviy-axloqiy
tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti;
ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilari   —   ta’lim   oluvchilar,   voyaga
yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog
xodimlar va ularning vakillari;
ta’lim   tashkilotlari   attestatsiyasi   —   ta’lim   tashkilotlarining   faoliyatini
baholash,   davlat   ta’lim   standartlari,   davlat   ta’lim   talablari   hamda   o‘quv dasturlariga   muvofiq   kadrlar   tayyorlash   mazmuni,   darajasi   va   sifatini   aniqlash
bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli. 
4-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; 
ta’lim   va   tarbiyaga   milliy   hamda   umuminsoniy   qadriyatlarning
singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o‘n   bir   yillik   ta’limning   hamda   olti   yoshdan   yetti   yoshgacha   bo‘lgan
bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat   ta’lim   standartlari   va   davlat   ta’lim   talablari   doirasida   ta’lim
olishning hamma uchun ochiqligi;
o‘quv   dasturlarini   tanlashga   doir   yondashuvning   yagonaligi   va
tabaqalashtirilganligi; 
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
5-modda. Ta’lim olish huquqi
Jinsi,   irqi,   millati,   tili,   dini,   ijtimoiy   kelib   chiqishi,   e’tiqodi,   shaxsiy   va
ijtimoiy   mavqeyidan   qat’i   nazar,   har   kimga   ta’lim   olish   uchun   teng   huquqlar
kafolatlanadi.
  LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi. Ta’lim olish huquqi: 
ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim   tashkilotlarida   innovatsion   faoliyatni   qo‘llab-quvvatlash   va   o‘quv
dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish; 
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki,
masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni
bepul olish;
oilada   yoki   mustaqil   o‘qish   orqali   ta’lim   olgan   fuqarolarga,   shuningdek
umumiy   o‘rta   ta’lim   olmagan   shaxslarga   akkreditatsiyadan   o‘tgan   davlat   ta’lim
muassasalarida   eksternat   tartibida   attestatsiyadan   o‘tish   huquqini   berish   orqali
ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga
va qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
(5-moddaning   uchinchi   qismi   O‘zbekiston   Respublikasining   2021-yil   21-
apreldagi   O‘RQ-683-sonli   Qonuni   tahririda   —   Qonunchilik   ma’lumotlari   milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
O‘zbekiston   Respublikasida   doimiy   yashayotgan   fuqaroligi   bo‘lmagan
shaxslar   ta’lim   olish   uchun   O‘zbekiston   Respublikasi   fuqarolari   bilan   teng
huquqlarga ega.   6-modda. Ta’lim tizimi
Ta’lim tizimi:
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv
dasturlarini;
davlat   ta’lim   standartlarini,   davlat   ta’lim   talablari   va   o‘quv   dasturlarini
amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta’lim   tizimining   faoliyat   ko‘rsatishi   va   rivojlanishini   ta’minlash   uchun
zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta’lim   sohasidagi   davlat   boshqaruvi   organlarini,   shuningdek   ularning
tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
7-modda. Ta’lim turlari
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim. I Bob.Inson xarakteri haqida.
1.1Xarakter haqida tushuncha.
Xarakterning   nomoyon   bo`lishi   va   uning   tarkib   topishiga   juda   ko`plab
omillar   ta`sir   qiladi.   Shu   sababli   xarkterning   fiziologik   asoslari   haqida   taxminan
xulosa   chiqarish   mumkin.   Pavlov   maktabi   fiziologlarining   o`tkazgan   tajribalari
shuni   ko`rsatdiki,  turli   qo`zg`atuvchilar  ta`siri  ostida  turlicha  shartli  bog`lanishlar
hosil bo`ladi. Shunday nisbatan turg`un shartli bog`lanishlar majmuasi DINAMIK
STEREOTIPNI   tashkil   qiladi.   Xarakter   xislatlarining   shakllanishi   mexanizmi
ko`proq ana shu dinamik stereotipnining hosil bo`lishi bilan tushuntiriladi. 
Ikkinchi   tomondan   xarakter   xususiyatlarining   yuzaga   chiqishi   nerv
tizimining   umumiy   tipiga,   uning   xususiyatlariga   bog`liq.   Chunonchi,   sust   nerv
tizimiga   ega   o`quvchilarning   yaxshi   tanigan   o`rtoqlari   doirasi   tor,   kam   sonli
bo`ladi.   Ular   kam   tashabbus   ko`rsatadilar.   Qiyinchilik   bilan   tanish   orttiradilar.
Aksincha,   harakatchan   nerv   tizimiga   ega   bo`lgan   o`quvchilar   odamlar   bilan
munosabatda faol, kirishuvchan bo`ladilar. 
O`qish, sport, mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farqlari
ham   shu   xil   ta`sir   ostida   paydo   bo`lishi   aniqlangan   (B.M.Teplov,   V.S.Merlin,
E.A.Klimov). 
Sizga   ma`lumki,   nerv   tizimining   umumiy   xususiyatlari   temperamentning
ham   asosidir.  Demak,   TEMPERAMENT   TIPI  xarakterning  individual   o`ziga  xos
xususiyatlarining paydo bo`lishidagi muhim psixologik sharoitlardan biridir. 
Odam   xarakteri   turli   xususiyatlarning   tasodifiy   yig`indisidan   iborat   emas.
Xarakterning   xususiyatlari   bir-biri   bilan   bog`liq,   bir-biriga   tobe   yaxlit   tizimni
tashkil   qiladi.   Mana   shunday   yaxlit   tizim   xarakter   tuzilishi   (strukturasi)   deyiladi.
Shu sababli kishining xarakterning bir qanchasini bilgan holda uning xarakterining
hali   bizga   ma`lum   bo`lmagan   (nomoyon   bo`lmagan)   boshqa   xususityalari   haqida
ham  fikr  yurita  olamiz.  Turli  odamlarda turlicha xarakter  xususiyatlarining tizimi
(simptomokomplekslar). 
Psixologiya   fanida   kishining   atrofdagi   voqelikka   munosabati   nuqtai-
nazaridan xarakter xususiyatlarining quyidagi tizimi guruhlari farqlanadi;  1.Shaxsning   umumiy   psixik   tuzilishini   (uning   maslagini)   ifodalaydigan
xususiyatlar:   g`oyaviylik,   maqsadga   intiluvchanlik,   halollik,   vatanparvarlik,
mardlik, adolatga ishonish, faollik, intizomlilik. 
2.Shaxsning   boshqa   odamlarga   munosabatini   ifodalovchi   xususiyatlar-
jamoalilik, insonparvarlik, sezgirlik, saxiylik, samimiylik, hurmat-ehtirom. Bularga
qarshi:   pismiqlik,   beparvolik,   toshbag`irlik,   ichidan   pishganlik,   dag`allik,
kishilarga nafrat bilan qarash. 
3.Kishining   o`z-o`ziga   qanday   munosabatda   bo`lishi   haqida   guvohlik
beradigan   xususiyatlar   -   kamtarlik,   mag`rurlik,   uyatchanlik,   jizzakilik,   xudbinlik,
egotsentrizm (o`z shaxsi, o`zining kechinmalari bilan band bo`lish, o`zini hamisha
o`z diqqat markazida tutish). 
4.Shaxsning mehnatga, o`z ishiga munosabatini ko`rsatuvchi xususiyatlar -
qat`iyatlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, ijodga ishtiyoq, ishdagi halollik. 
5.Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususiyatlar - puxtalik-
beparvolik, qimmatli narsalarni behuda sarf qilish yoki tejash (kimniki bo`lishidan
qat`iy nazar). 
Xarakterning ayrim xususiyatlari shaxsning ijobiy xususiyatlari, boshqalari
esa salbiy xususiyatlari bo`ladi. Shu narsani esda tutish kerakki, kishilarga bo`lgan
mehr-muhabbatni   yaxshi,   nafratni   yomon   deb   bo`lmaydi.   Hamma   narsa   kimni
yaxshi   ko`rish   va   kimdan   nafratlanishga   bog`liq.   Xarakterning   xususiyatlari
orasidagi   bog`liqdan   kelib   chiqqan   holda   muhim   pedagogik   xulosa   chiqarish
mumkin.   Xarakterning   ayrim   xususiyatlarini   alohida,   ajralgan   holda   tarbiyalab
bo`lmaydi.   Xarakter   xususiyatlarining   butun   tizimini   tarbiyalash   lozim.   Ammo
xarakterning   bir   butunligi   mutlaq   emas.   Shaxsda   xarakterning   markaziy,   asosiy
munosabatlarni belgilab beruvchi xususiyatlar mavjud. Tarbiya jarayonida ana ana
shu asosiy xususiyatlarini shakllantirishga e`tibor berish lozim. 
Xarakterning   ijobiy   xususiyatlari   orasida   axloqiy   xususiyatlar,   hamda
irodaviy xususiyatlar muhim o`rin egallaydi. 
Kishi   xarakterining   barcha   xususiyatlari   bir-biri   bilan   bog`langandir,
shuning uchun ham xarakter muayyan darajada barqarorligi bilan ajralib turadi.  O`z xarakterini o`zgartirish, salbiy xususiyatlardan xalos bo`lish va o`zida
ijobiy   xususiyatlarni   tarbiyalash   -   murakkab   vazifa   bo`lsa   ham,   lekin   amalga
oshirib bo`ladigan vazifadir. Buning uchun avvalo o`z ustida ishlashni, xarakterni
tarbiyalash  (agar  lozim  bo`lsa)  qayta  tarbiyalash  ustida ishlashni  qat`iy va keskin
maqsad   qilib   quyish   kerak.   Kishida   xarakterning   irodaviy   xususiyatlarini   tarkib
toptirishning eng muhim shartlaridan biri mehnat hisoblanadi. 
Xarakterning   xususiyatlari   qanday   shakllanadi.   Aynan   ikkita   bir   xil
xarakterli   ikki   kishi   uchramasligini   qanday   tushunish   mumkin.   Ba`zi   olimlar
xarakterning   shakllanishi,   uning   hamma   xususiyatlari   nasliy   deb   hisoblaydilar.
Buning   ikkita   sababi   mavjud.   Birinchidan   ko`pchilik   chet   ellik   olimlar   biologik
omillarning   rolini   oshirib   baholaydilar.   Ikkinchi   tomondan   ko`pchilik   chet   el
psixologik   nazariyalarida   temperament   xususiyatlari   alohida   ajratilib
o`rganilmaydi.   Bizga   ma`lumki   temperamentning   xususiyatlari   asosan   biologik
xususiyatlarga,   shu   jumladan   nerv   tizimining   xususiyatlariga   bog`liq.   Bu
yo`nalishdagi   psixologlar   temperament   xususiyatlarini   ham   xarakter   xususiyatlari
sifatida   qaraydilar.   Aslida   organizmning   nasliy   xususiyatlari   xarakter
xususiyatlarining paydo bo`lishining shartlaridan biri, xolos. Xarakter xususiyatlari
irsiyatning biologik qonuniyatlaribilan emas, balki IJTIMOIY QONUNIYATLAR
bilan belgilanadi. 
Yuqorida   keltirilgan   fikrning   isboti   sifatida   gomozigot   (bir   tuxum
hujayradan   paydo   bo`lgan)   egizaklarni   kuzatishlar   natijalarini   keltirish   mumkin.
Ularning nasliy  xususiyatlari  butunlay  bir  xil. Agar  ular  turli  xil  oilalarda tarbiya
qilinsalar   ularning   xarakterlari   turlicha   bo`ladi.   Hatto   bir   oilada   tarbiya   topgan
gomozigat   egizaklarning  ham   xarakterlari  turlicha   bo`ladi.  Ularning  temperament
xususiyatlari bir xil bo`ladi.  1.2Xarakterning shakllanilishi. .
Xarakterning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy
munosabatlar oiladagi, o`quv jamoasidagi muhit xayrihohlik, zolimlik, badjahllik,
ichi  qoralik, kamtarinlik, raqobat, o`zaro yordam  va boshqalarni  o`z ichiga oladi.
Shu   sababli   kishining   g`oyaviy   yo`nalganligi,   o`ziga,   boshqalarga,   mehnatga
munosabati,   dunyoqarashining   shakllanganli   darajasi   jamiyatda,   oilada,   o`quv
yurtida   tarbiya   jarayoni   qanday   tashkil   qilinganiga   bog`liq.   Ammo   xarakterni
umumiy   nazariyalar,   nasihatlar   bilan   shakllantirib   bo`lmaydi.   Bular   shaxsning
bilimlarigagina   aylanib   qolishi   mumkin,   xolos.   Xarakterning   shakllanishi,   tarkib
topishi   odamning   faqat   faol   faoliyati   jarayonida   ro`y   beradi.   Faol   harakatlar
jarayonida   ma`lum   harakatlar   tizimi,   harakatlar   usullari   shakllantiriladi   va
mustahkamlanadi. Bunday harakatlar tizimi ODATLARNI tashkil qiladi. Shaxsda
shakllangan   odatlarning   majmui   xarakterni   belgilab   beradi.   Bolalarda   foydali
odatlarni   shakllantirish   uchun   ular   bilan   ishlash,   bir   qancha   vaqt   davomida
takrorlash, hosil bo`lgan odatlarni mustahkamlash kerak. 
Xarakter  xislatlarining shakllanishida  maqsadga yo`nalgan holda odatlarni
shakllantirishdan   tashqari   TAQLID   ham   o`ziga   xos   o`ringa   ega.   Bu   borada   ota-
onalar,   pedagoglar   yoshlarga   namuna   bo`lishi   kerak,   ular   o`zlarida   yaxshi
xislatlarni nomoyon qilishlari kerak. Shu holdagina bola ularga taqlid qiladi, ijobiy
insoniy xususiyatlarni o`zida shakllantiradi. 
Xarakterning   shakllanishida   yuqorida   ko`rsatilgan   omillar   hayotning
barcha   bosqichlarida   ta`sir   qilib   boradi.   Ayniqsa   ularning   ta`siri   maktabgacha   va
kichik   maktab   yoshida   juda   katta.   Katta   maktab   yoshida   bola   o`zligini   anglay
boshlaydi,   unda  o`ziga   nisbatan   fikr,   o`zini   baholash   o`zgacha   o`ringa  ega   bo`lib
boradi.   Bu   yoshlarda   tarbiya   jarayoni   ko`proq   o`z-o`zini   tarbiyalashga   suyanishi
lozim. Avvolmbor o`quvchida o`zini tarbiyalash motivi - yaxshi bo`lishga intilish
istagi   bo`lishi   kerak.   Tarbiyaning   asosiy   maqsadi   bolada,   o`smirda   "yaxshi
bo`lishga intilish"ni shakllantirishdir. Odam o`zining butun umri davomida o`z ish-
harakatlari bilan o`z xarakterini yaratadi.  Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik.  Shaxs
tushunchasi   insonga   taalluqli   bo’lib,   psixologik   jihatdan   taraqqiy   etgan,   shaxsiy
xususiyatlari   va   xatti-harakatlari   bilan   boshqalardan   ajralib   turuvchi,   muayyan
xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat
qiladi. Odam  shaxs  bo’lishi  uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit  inson
sifatida   his   etishi,   o’z   xususiyatlari   va   sifatlari   bilan   boshqalardan   farq   qilmog’i
kerak.
Individ   nima?   Bola   ma'lum   yoshga   qadar   individ   sanaladi.   Individ   (lotincha   –
«individium»   so’zidan   olingan   bo’lib,   «bo’linmas»,   «alohida   shaxs»,   «yagona»
ma'nolarini   anglatadi)   xatti-harakatlarini   shartli   refleks   yordamidagina   tashkil   eta
oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa  shaxsning  o’ziga xos xususiyatlari  bo’lib, uning namoyon
bo’lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini  puxta o’rganish, uning
yashash   sharoitlaridan   y е tarli   darajada   xabardor   bo’lish   va   ularning   hisobga
olinishini   taqozo   etadi.   Individual   yondashuv   o’quvchilarning   aqliy   qobiliyatlari,
bilishga   bo’lgan   qiziqish   hamda   iste'dodini   namoyon   etishda   muhim   ahamiyatga
ega.
Bola   harakatlari   ongli,   ijtimoiy   munosabatlar   jarayonidagi   ishtiroki   natijasida
shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida  shaxs  kadrlar tayyorlash tizimining bosh
sub'yekti   va   ob'yekti,   ta'lim   sohasidagi   xizmatlarining   iste'molchisi   va   ularni
amalga   oshiruvchi   sifatida   ta'riflanadi.   Kadrlar   tayyorlash   sohasidagi   davlat
siyosati   insonni   intellektual   va   ma'naviy-axloqiy   jihatdan   tarbiyalash,   uning   har
tomonlama   rivojlangan   shaxs   sifatida   namoyon   bo’lishiga   erishishni   nazarda
tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish,
ijodiy   qobiliyatini   namoyon   etish,   intellektual   jihatdan   rivojlanishi   hamda
muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit
sharoitlari   va   tarbiya   kerak   bo’ladi.   Ana   shular   ta'sirida   odam   inson   sifatida
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. II Bob.  Shaxs kamoloti va uning bosqichlari .
Rivojlanish   shaxsning   fiziologik   va   intellektual   o’sishida   namoyon
bo’ladigan   miqdor   va   sifat   o’zgarishlar   mohiyatini   ifoda   etuvchi   murakkab
jarayondir.   Rivojlanish   mohiyatan   oddiydan   murakkabga,   quyidan   yuqoriga,   eski
sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining
yo’qolib   borishi,   miqdor   o’zgarishining   sifat   o’zgarishiga   o’tishini   ifodalaydi.
Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola   shaxsining   rivojlanishi   inson   ijtimoiy   mavjudotdir,   degan   falsafiy
ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak,
uning   rivojlanishida   tabiat   rivojlanishining   qonuniyatlari   ham   muhim   ahamiyatga
ega.   Shuningdek,   shaxs   bir   butun   mavjudot   sifatida   baholanar   ekan,   uning
rivojlanishiga   biologik   va   ijtimoiy   qonuniyatlar   birgalikda   ta'sir   etadi,   ularni   bir-
biridan ajratib bo’lmaydi.
Chunki   shaxsning   faoliyati,   hayot   tarziga   yoshi,   bilimi,   turmush   tajribasi
bilan   birga   boshqa   fojiali   holatlar,   kasalliklar   ham   ta'sir   etadi.   Inson   butun   umri
davomida   o’zgarib   boradi.   U   ham   ijtimoiy,   ham   psixik   jihatdan   kamolga   etadi,
bunda   bolaga   berilayotgan   tarbiya   maqsadga   muvofiq   bo’lsa,   u   jamiyat   a'zosi
sifatida   kamol   topib,   murakkab   ijtimoiy   munosabatlar   tizimida   o’ziga   munosib
o’rin   egallaydi.   Chunki   rivojlanish   tarbiya   ta'siri   ostida   boradi.   Shaxsning
fazilatlarini   to’g’ri   ko’rish   va   bexato   baholash   uchun   uni   turli   munosabatlar
jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga
ta'sir   etuvchi   omillar   hamda   shaxs   xususiyatlarini   yaxshi   bilish   zarur.   Tarbiya
bolaga   samarali   ta'sir   etishi   uchun   o’sish   va   rivojlanish   qonuniyatlarini   bilish   va
hisobga   olish   maqsadga   muvofiq.   Shunday   qilib,   rivojlanish   va   tarbiya   o’rtasida
ikki tomonlama aloqa mavjud.
Shaxs   tarbiyasiga   ta'sir   etuvchi   omillar.   Fanda   odamning   shaxs   sifatida
rivojlanishiga   biologik   va   ijtimoiy   omillarning   ta'siri   o’rtasidagi   munosabatni b е lgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida
rivojlanishida   ijtimoiy   hodisalarning   ta'siri   kuchli   bo’ladimi?   Yoki   tabiiy   omillar
yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta'siri yuqoridir, Ular o’rtasidagi o’zaro
munosabati qanday?
Fanda   biologik   yo’nalish   deb   nomlangan   nuqtai   nazar   etakchi   o’rinlardan   birini
egallab,   uning   vakillari   Aristotel,   Platonlar   tabiiy-biologik   omillarni   yuqori
qo’yadi.   Ular   tug’ma   imkoniyatlar,   taqdir,   tole   har   kimning   hayotdagi   o’rnini
b е lgilab   bergan,   deydilar.   XVI   asr   falsafasida   vujudga   k е lgan   preformizm   oqimi
namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy
muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij   psixologiyasidagi   yana   bir   oqim   -   bixeviorizm   XX   asr   boshlarida
yuzaga k е lgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga
o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim
E.Torndaykdir.
Progmatizm   oqimi   va   uning   vakillari   D.D'yul,   A.Kombe   ham   shaxs
rivojlanishini   biologik   nuqtai   nazarda   asoslaydilar.   Ular   rivojlanishni   faqat
miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni
inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak,   bir   guruh   xorijiy   olimlar   rivojlanishni   biologik   (nasliy)   omilga
bog’laydilar.   Biologik   oqimga   qarshi   falsafiy   oqim   vakillari   rivojlanishi   ijtimoiy
omil   bilan   b е lgilaydilar.   Bu   oqim   vakillari   bola   shaxsining   jismoniy,   psixik
rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. Muhit deganda odam
yashaydigan   sharoitdagi   barcha   tashqi   ta'sir   tushuniladi.   Shu   nuqtai   nazardan
tarbiya   tufayli   bolani   o’zi   yashaydigan   ijtimoiy   sharoitga   moslashtirish   mumkin,
d е gan   xulosa   k е lib   chiqadi.   Ular   ijtiomiy   muhitning   rolini   hal   qiluvchi   omil   deb
hisoblaydilar.   Demak,   odam   bolasining   shaxs   sifatida   rivojlanib,   taraqqiy   etib
borishi,   uning   shaxs   bo’lib   kamolga   etishida   nasl   (biologik   omil),   ijtimoiy   muhit
(bola   yashaydigan   sharoit),   shuningdek,   maqsadga   muvofiq   amalga   oshadigan
tarbiya   ham   birdek   ahamiyatga   ega.   Bu   omillarning   ta'sirini   aniqlashda   ilg’or pedagogik   olimlar,   psixolog   va   faylasuflar   ta'limotiga     suyaniladi.   Falsafada
shaxsni   jamiyat   bilan   bog’liq   bo’lgan   ijtimoiy   hayotdagi   murakkab   voqelik   deb
haraladi.   Ular   individning   ma'naviy   boyligi   uning   munosabatlariga   bog’liq,   deb
hisoblaydilar.   Haqiqatdan   ham,   shaxs   mehnat   faoliyati   zaminida   rivojlanadi,
kamolga etadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida
inson   faolligini   namoyon   etadi.   Zero,   shaxs   ma'lum   ijtimoiy   tuzum   mahsulidir.
Jamiyat   shaxs   kamolotining   muayyan   imkoniyatlarini   ro’yobga   chiqarishi   yoki
yo’q qilishi mumkin.
Faylasuflar   shaxsni   tabiatning   bir   bo’lagi   deb   baholaydilar.   Bu   insondagi
layoqat   kurtaklari   bo’lib,   uning   rivojlanishi   uchun   tarbiya   kerak,   degan   g’oyani
ifodalaydi.   Jamiyat   taraqqiyoti   shaxs   rivojlanishi   uchun   keng   imkoniyatlarni
yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. Shunday
qilib,   odam   shaxsining   jamiyatdagi   rivojlanishi   tabiat,   muhit,   inson   o’rtasidagi
murakkab aloqa ta'siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta'sir etadi va shu yo’l
bilan   hayoti   va   o’z   tabiatini   o’zgartiradi.   Shaxsga   ijtimoiy   muhitning   ta'siri   ham
muhim.   Bu   tarbiya   tizimi   orqali   amalga   oshiriladi.   Ya'ni,   birinchidan,   tarbiya
ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat
bilan   bog’liq   ko’nikma   va   malakalar   xosil   bo’ladi.   Ikkinchidan,   tarbiya   tufayli
tug’ma kamchiliklar ham  o’zgartirilib, shaxs kamolga etadi. Uchinchidan, tarbiya
yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo’qotish mumkin. To’rtinchidan, tarbiya
k е lajakka   qaratilgan   maqsadni   b е lgilaydi.   Demak,   tarbiya   bilan   rivojlanish   bir-
biriga ta'sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shundayqilib, bola shaxsining
rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi,
oila   muhiti,   ijtimoiy   muhit   ta'sirida   har   tomonlama   rivojlanishga   qodir,   d е gan
xulosani chiqarish mumkin.
Shaxs   rivojlanishida   faoliyatnig   o’rni.   Shaxs   rivojlanishida   irsiyat,   muhit,
tarbiya   bilan   bir   qatorda   inson   faoliyati   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu
degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi. Faoliyat o’zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga
muvofiq   tashkil   etiluvchi   kundalik,   ijtimoiy   yoki   kasbiy   harakatlarning   muayyan
shakli,   ko’rinishi.   Insonning   qobiliyati   va   yoshi   u   tomonidan   tashkil   etilayotgan
faoliyat   mohiyatiga   ko’ra   b е lgilanadi.   Faoliyat   jarayonida   inson   shaxsi,   har
tomonlama   va   bir   butun,   yaxlit   holda   rivojlanadi.   Lekin   faoliyatni   maqsadga
muvofiq   amalga   oshirishi   uchun   uni   to’g’ri   tashkil   etish   lozim.   Lekin   ko’p
holatlarda   shaxsning   rivojlanishi   uchun   imkoniyatlar   yaratilmaydi,
tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo’ladi.
O’smir   va  o’spirinlar  faoliyatining asosiy   turlariga  o’yin,  o’qish  va  mehnat
kiradi.   Ular   yo’nalishiga   ko’ra   bilishga   doir,   ijtimoiy,   sport,   badiiy,   texnik,
hunarmandchilik   hamda   shaxsiy   qiziqishga   ko’ra   tanlangan   sohalardan   iborat.
Faoliyatning   asosiy   turi   -   muloqotdir.   Faoliyat   faol   va   passiv   bo’lishi   mumkin.
O’smir   faoliyati   muhit   va   tarbiya   ta'sirida   faollashishi   yoki   susayishi   mumkin.
Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini
namoyon   etib,   mehnat   qilish,   o’zini   shaxs   sifatida   ko’rsata   olishi   unda   o’z
faoliyatidan   qoniqish   xosil   qiladi.   Uning   ijtimoiy   mehnatdagi   ishtirokida   faollik
ko’zga   tashlanadi.   Ta'lim   jarayonida   faollik   o’quvchiga   bilimlarni   chuqur   va
mustahkam   egallashga,   o’z   qobiliyatini   namoyon   etishga   yo’llaydi.   Bilishga
bo’lgan   faollik   o’quvchining   intellektual   rivojlanishini   ta'minlaydi.   Faollik
ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-
xilligi   faoliyatining   ham   turlarini   kengaytiradi.   Shunga   ko’ra,   o’quvchining   turli
yosh   davrlarida   ularning   faoliyati   turlicha   bo’ladi.   Ta'lim   muassasasida   hamma
vaqt   bir   xil   talab   shaxs   rivojlanishida   ijobiy   natija   beravermaydi.   Turli   yosh
davrlarida   faoliyatning   turlari   va   mohiyati   o’zgarib   turishi   kerak.   Insonning
ijtimoiy   faolligi,   qobiliyati   barcha   muvaffaqiyatlarining   garovidir.   Chunki   har   bir
inson   o’z   mehnati,   g’ayrati,   intilishi   bilangina   faollashadi.   O’qituvchi   qanchalik
yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat qilmasa,
rivojlanish   muvaffaqiyatli   kechmaydi.   Zero,   barcha   ma'naviy-axloqiy
kamchiliklarning   asosiy   sababi   ham   insonning   o’z   faoliyatini   to’g’ri   yo’lga
qo’ymaganligidadir. Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik
xislatlarini   shakllantirish   -   uning   shaxslik   imkoniyatlarini   namoyon   etishi   orqali
faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga
xos   bo’lgan   anatomik,   fiziologik   (jismoniy)   va   psixologik   xususiyatlar   yosh
xususiyatlari  deb   ataladi.  Ana  shu   yosh  xususiyatlarni   hisobga  olgan  holda  ta'lim
va   tarbiya   ishi   tashkil   etiladi.   Shunda   bola   rivojlanishiga   tarbiya   ta'siri   kuchli
bo’ladi.   Bolalarning   tarbiyasiga   to’g’ri   yondashish,   uni   muvaffaqiyatli   o’qitish
uchun   bola   rivojlanishidagi   turli   yoshdagi   davrlariga   xos   xususiyatlarni   bilish   va
uni   hisobga   olish   muhimdir.   Chunki   bola   orginizmining   o’sishi   ham,   rivojlanishi
ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn
Sino,   Yan   Amos   Komenskiy,   K.D.Ushinskiy,   Abdulla   Avloniylar   ham   bolani
tarbiyalash   zarurligini  uqtirib o’tganlar.  Bolaning  o’ziga  xos  xususiyatini   hisobga
olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha
bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust
fikr   yuritishi,   hovliqma   yoki   vazminligi,   sergap   yoki   kamgapligi,   serg’ayrat   yoki
g’ayratsizligi,   yalqov   yoki   tirishqoqligi,   pala-partish   va   chala   ishlaydigan,
yig’inchog’ligi   yoki   ishga   tez   kirishib   k е tishi,   qobiliyati   kabilar   nerv   faoliyati
tizimining ta'siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual - o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning
umumiy   tiplari   va   bolaning   o’ziga   xos   xususiyatini   o’rganish   metodikasini   bilish
muhim.   Temperament   (lot.   «temperamentum»   «qismlarning   bir-biriga
munosabati»   ma'nosini   anglatib,   shaxsning   individual   psixologik   xususiyatlari
majmuidir. Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari
ham mavjud. Masalan,  5-sinf o’quvchilari  bilan 10-sinf o’quvchisini  tenglashtirib
bo’lmaydi.   Shuning   uchun   bolaning   jismoniy   va   psixik   kamoloti   quyidagi
davrlarga bo’linadi:
                Go’daklik   davri   -   chaqaloqlik   (1   oy)   davri   tugagandan   to   bir   yoshgacha
bo’lgan davr.          Bog’chagacha bo’lgan yosh davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha.
         Maktabgacha ta'lim yoshi - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
         Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar -7-11-12 yoshgacha.
         O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
         Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) - 16-18 yosh.
Kichik  maktab  yoshida   o’yin  faoliyatining  o’rnini   endi   o’qish   faoliyati  egallaydi.
Bu   juda   qiyin   o’tish   davri   bo’lib,   bolaning   bo’yi,   og’irligi   jihatdan   uning   tashqi
ko’rinishi   kam   farq   qiladi.   Suyaklari   qotmagani   tufayli   tez   shikastlanadi.
Muskullari tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy   o’sishiga   xos   bu   xususiyatlar   tarbiyachidan   ehtiyotkorlikni   talab
etadi.   Bu   yoshda   bola   bilim   olish   va   o’rganishga   qiziquvchan   bo’ladi.   Bolalar
qiziqishini   qanoatlantiruvchi   qiziqarli   uchrashuv,   sayr   va   tomosha   va
ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik
xos,   ularning   fikrlashi   obrazli   bo’ladi,   his-tuyg’ulari   mazmuni   o’zgaradi.   Ular
odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar. 
O’rta   maktab   yoshi   (o’smirlik   12-15   yosh).   O’smirlikning   murakkabligi
anotomik-fiziologik   va   psixologik   xususiyatdagi   kuchli   o’zgarishlar   bilan
bog’liqdir.   Bolaning   o’sishi   tezlashadi.   Bu   davrni   o’tish   davri   ham   deyiladi.   Bu
davrda   jinsiy   yetilish   davri   boshlanadi.   Bu   bolaning   fe'l-atvoriga   ta'sir   etadi.
O’smir   hayotida   mehnat,   o’yin,   sport   va   jamoat   ishlari   katta   rol   o’ynaydi.
Ba'zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.
Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi:
Int е llektual   rivojlanish   –   tafakkur   qobiliyati,   aqliy   faoliyatni   yuqori
saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar,
studiya,   sektsiya,   turli   tadbirlar   o’tkazish   katta   ahamiyatga   ega.   Ularning   kitob
o’qishga qiziqishi  ortadi. O’z-o’zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U
o’zini  boshqalar  bilan solishtira boshlaydi. Ammo yuqoridagilar bilan bir  qatorda o’smir   xarakterida   murakkab   qarama-qarshiliklar   ham   mavjud  bo’ladi.  Bu   o’smir
faoliyati,   xulqida   yangi   xislatlar   -   yosh   xususiyatning   yangidan   boshlanishi
sanaladi.   Lekin   o’smirlarnig   hammasida   ham   bilishga   qizihish   darajasi   yuqori
emas.   38   foiz   o’smir   qech   qaysi   o’quv   fanlarini   o’qishga   qiziqmaydi.
Boshqalarining   uchta   yoki   ikkita   o’quv   fani,   aksariyat   holatlarda   esa   bitta   o’quv
faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq.
Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas. Turli
to’garaklarga   21   foiz   o’smir   qatnashadi,   qolganlari   sport   yoki   musiqa   bilan
shug’ullanadi.   40   foiz   o’quvchida   sinfdan   tashqari   ishlarda   qatnashishda   ham
barqarorlik yo’q.
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz
o’smir tomosha qiladi. Ular oddiy kunni o’z ixtiyorlari bilan qanday o’tkazadilar,
d е gan   savolga   javob   topish   uchun   o’tkazilgan   tadqiqot   natijalari   quyidagilarni
qayd etdi: 85 foiz o’smir vaqtini o’z holicha o’tkazadi, 70 foizi kino yoki t е levizor
ko’radi,   50   foizi   sport   bilan   shug’ullanadi,   45   foizi   uxlab   yoki   yotib   dam   oladi.
Shuningdek,   yomon   baho   olmaslik   uchun   maktabga   bordigan   o’smirlarning   soni
15   foizni   tashkil   etadi.   O’smirlarda   biror   narsaga   erishishga   nisbatan   talab
rivojlanadi.   Ular   tomonidan   ijtimoiy   talablarning   bajarilishi   asab   tizimining
rivojlanishiga   ta'sir  etadi.  Shuning  uchun  maktab  hayoti  -   qiyin  vazifalarga   to’liq
bo’ladi.
Bu   yoshda   o’smirlar   kattalar   oldida   o’zining   erkinligini   namoyish   yetishga
harakat   qiladi.   O’z-o’zini   tarbiyalashga   bo’lgan   talab   o’sadi.   Dangasa,   qo’pol,
bee'tibor,   qobiliyatsiz   d е gan   kattalarning   baholarini   ular   og’rinib   qabul   qiladilar.
O’smir yoshida o’g’il va qiz bolalar o’rtasida farq kuchayadi. 3 sinfdan int е llektual
malakalar   pasayadi.   Shuning   uchun   bu   davrda   bolalar   rivojlanishiga   katta   e'tibor
berish lozim.
O’z-o’zini   tarbiyalash   natijasida   o’g’il   bolalar   kuchli,   erkin,   e'tiborli,   jasur;
qizlar esa o’ta ko’nikuvchan, kamtar va jiddiy bo’la boshlaydilar. Shuning uchun
o’smirga   o’z   vaqtini   rejalashtirishda   yordam   berish   zarur.   13-14   yoshgacha o’smirda   burch   hissi,   mas'uliyatni   his   etish,   vazminlik   paydo   bo’la   boshlaydi.
Muhimi, o’smir shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik, katta bo’lib qolganligini tan
olish zarur.
Katta   maktab   yoshi   -   kollej,   litsey   o’quvchilari   (o’spirinlik   davri   15-18
yosh). Bu davr o’spirinlarning ilk balog’atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy
yetilish   tugaydi.   Ularda   mustaqillik   sezila   boshlaydi.   O’spirin   yoshlar   hayotga
k е lajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish
kuchaya   boradi.   his-tuyg’ularida   ham   o’zgarish   yuz   beradi.   O’z-o’zlarini
tarbiyalashga   kirishadilar.   Ideal   tanlash   va   unga   ergashish   kuchayadi.   Bu   davrda
ular o’rtasida munozaralar o’tkazish yaxshi natija beradi. O’spirinlar o’z guruhiga
intiladi.   Shuning   uchun   ham   o’spirinning   barcha   intilishlari   ma'lum   maqsadga
yo’naltirilgan   bo’lishi   zarur.   Ularda   o’quv   fanlarini   tanlashga   nisbatan   eqtiyoj
kuchaya   boradi.   O’spirinlik   bu   aqliy   faoliyatning   ham   rivojlanish   davri   sanaladi.
Ular o’z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish
eta boshlaydilar. Shunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali qo’r fikrlari
va   dunyoqarashlarini   to’g’ri   yo’naltirishlari   muhim.   Zero,   bu   davrda   o’z-o’zini
anglash,   ma'naviy-axloqiy,   ijtimoiy   xislatlari   tez   shakllanadi.   Bunga   uning
faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o’zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga
kirishishi ham turtki bo’ladi. O’zini kattalardek his etish, o’ziga xosligini namoyon
etish,   boshqalarning   diqqatini   o’ziga   qaratishga   harakat   qiladi.   Axloqiy
muammolarni   o’zqarashlari   nuqtai   nazaridan   hal   eta   boshlaydi.   hayot   mohiyati,
baxt,   burch,   shaxs   erkinligini   o’zqiziqishlari   bilan   o’lchaydilar.   Shu   bois   ularga
katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri yo’nalish berishlari o’ta muhim.
Mazkur   davrda   yoshlar   xulqi   ham   tarkib   topa   boshlaydi.   Bunda   shaxsning
jamoadagi   mavqei,   jamoa   shaxslari   bilan   muomala-muloqoti   muhimdir.   Albatta,
bu   borada   ta'lim   muassasasida   faoliyat   ko’rsatayotgan   yoshlar   ijtimoiy   harakati
ta'siri   katta   ahamiyatga   ega.   Chunki   o’spirin-yoshlar   mustaqil   hayot   ostonasida
bo’lib, ularning bu hayotga to’g’ri qadam qo’yishi uning jamiyatning faol fuqarosi
bo’lishining muhim shartidir.  Shaxsning   ijtimoyilashuvi.   Shaxs   ijtimoiy   munosabatlar   jarayonida
shakllanadi.   Chunki   ta'lim   jarayonida   bolalarga   jamiyatda   birga   yashash   bilan
bog’liq   bo’lgan   holat   va   hodisalar   o’rgatiladi.   Bu   jarayonda   o’quvchi   jamiyatga
«kirishadi»   va   u   bilan   o’zaro   munosabatda   bo’ladi.   Ular   ma'lum   ijtimoiy   tajriba
(bilim,qadriyat, axloqiy qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya'ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday
jamiyat   rivojlanish   jarayonida   ijtimoiy   va   axloqiy   qadriyatlar,   ideallr,   axloqiy
me'yorlar   va   qoidalar   tizimini   ishlab   chiqadi,   har   bir   bola   yuqoridagi   qoidalarni
qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo’lish imkoniyatiga
ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq
ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning
shakllanishiga   turli   g’oyalar,   ijtimoiy   muqit   ta'sir   ko’rsatadi.   Odamlar   ijtimoiy
me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o’rganadilar.
Ijtimoiylashuv   jarayoni   ichki   qarama-qarshiliklarga   ega.   Ijtimoiylashgan
inson   jamiyat   talablariga   mos   k е lishi,   unga   «kirishib»   ketishi,   jamiyat
rivojlanishidagi   salbiy   jihatlarga,   shaxsning   individual   rivojlanishiga   to’sqinlik
qiluvchi   hayotiy   holatlarga   qarshi   turishi   kerak.   Lekin   hayotda   ba'zan   aksi   ham
bo’ladi:   to’liq   ijtimoiylashgan,   jamiyatga   kirishib   ketadigan,   ammo   muhitda   ba'zi
salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu   holat   ko’p   jihatdan   butun   jamiyat,   tarbiya   muassasalari,   o’qituvchilar   hamda
ota-onalarga   ham   taalluqli.   Tarbiyada   qarama-qarshilik   insonparvarlik   g’oyasi
yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Zero,   O’zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»da
ham   ta'kidlab   o’tilganidek,   uzluksiz   ta'limni   tashkil   etish,   rivojlantirish   hamda
ta'limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta'lim oluvchilarda est е tik
boy   dunyoqarashni   shakllantirish,   ularda   yuksak   ma'naviyat,   madaniyat   va   ijodiy
fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.
Irsiyat   d е ganda,   bolaga   ota-ona   va   umuman   yaqin   ajdodlardan,   ya'ni
nasldan-naslga o’tadigan biologik xususiyat va o’xshashliklar tushuniladi. XVI asr falsafasida   vujudga   k е lgan   pr е formizm   oqimi   namoyandalarining   fikricha,   odam
bolasi   ona   pushtidaligidayoq   bo’lajak   shaxsga   xos   barcha   xususiyatlarga   ega
bo’ladi,   rivojlanish   esa   ana   shu   xususiyatlarning   miqdoriy   ko’payib   borishidan
iboratdir.   Odam   shaxsining   va   xulqining   rivojlanishida   biologik   omillarning
ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog’lab o’rganuvchi oqimlardan yana biri
bix е viorizm bo’lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida k е ng tarqaldi.
Biog е n е tiklar   (Bolduin,   Ch е mb е rl е n,   St е nli,   Xoll   va   boshhalar)   XX   asr
boshlarida bolaning ruhiy jihatdan o’sishini  zoologlar F. Myull е r va E. G е kk е llar
tomonidan   kashf   qilingan   biog е n е tik   qonunlar   asosida   boradi,   d е gan   fikrni   olg’a
surdilar.
Avstriyalik   ruhshunos   K.   Byull е r   xatto   bolaning   axloqiy   jihatdan   o’sishini
ham irsiyatga  bog’laydi. Boshqa ch е t el psixologlari bolaning ruhiy taraqqiyotida
tana   tuzilmalaridagi   endokrin   apparati   (ichki   s е kr е tsiya   b е zlari)   dagi   o’zgarishlar
va xokazolar kata ahamiyatga ega, d е b biladilar.
Ayrim   p е dagog   va   psixologlar   orasida   bolaga   boshqacha   qarash   ham
mavjud.   Ularning   fikricha,   insonning   kamoloti   ikki   omilga-irsiyat   va   ijtimoiy
muhitga bog’liqdir. Irsiyat o’zgarmaydi, ijtimoiy muhit ham hamma davrlar uchun
o’zgarmaydi. 2.2. Shaxs kamolotining keyingi bosqichlari.
Irsiyat bor va biologik omillarni inkor etolmaymiz. L е kin irsiyatni mutlaqo
o’zgarmas   d е b   ham   tushunmaslik   k е rak.   Antropologiya   fani   yutuqlariga
asoslanadigan   bo’lsak,   tarixiy-ijtimoiy   taraqqiyot   natijasida   odamning   anatomik-
fiziologik b е lgilar (odamning kalla suyagi, qo’li, oyoqlari, aqliy qobiliyatlari ham)
o’zgarishi   mumkin.   Bu   o’zgarishlar   avloddan-avlodga   o’tadi   va   tobora
mustahkamlanib   boradi.   D е mak,   bola   shaxsining   rivojlanishiga   naslning   ta'siri,
d е ganda ota-onaga, avlod-ajdodlarga o’xshashlikni ifodalovchi biologik b е lgilarni
takrorlanishini tushunmoq k е rak. har bir bola ota-onasidan m е ros sifatida biologik
ko’rinishlarga   (tananing   tuzilishi   va   uning   mutanosibligi,   sochining,   ko’zining,
t е risining   rangi,   bo’y-basti   va   boshqalarga)   ega   bo’lib   dunyoga   k е ladi.   Bular
jismoniy xususiyatlardir. Shuningd е k, oliy n е rv faoliyatining ko’rinishlari (xol е rik,
sangvinik, fl е gmatik, m е lanxolik) ham tug’ma o’tadi, bu fiziologik xususiyatlardir.
Fiziologiya   va   psixologiya   fanining   ko’rsatishicha,   inson   bolasi   tayyor
qobiliyati bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ro’yobga chiqishi va rivojlanishi
manbai   layoqat   bilan   tug’iladi.   Layoqat   o’z   holicha   rivojlana   olmaydi,   u   go’yo
«mudroq» holatda bo’lib, uning uyg’onishi - rivojlanishi uchun qulay muhit k е rak.
Muqit d е ganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voq е alarning yig’indisini tushunamiz.
Bunga   tabiiy   muhit   (g е ografik),   ijtimoiy   muhit,   oila   muhiti   (mikromuhit)   va
boshqalar kiradi va ular bolalarning rivojlanishiga alohida ta'sir etadi.
Boladagi   irsiy   b е lgilarning   o’sishi,   kamol   topishi   insonlar   muhiti,   yashash
sharoiti   va   tarbiyaga   bog’liq   d е sak   bo’ladi.   Bunga   tarixda   misollar   ko’p.   Alish е r
Navoiy onasidan-shoir, Eynsht е yn-fizik, Ulug’b е k-astronom, Ibn Sino-tabib bo’lib
tug’ilmagan,   albatta.   Ulardagi   qobiliyat   kurtaklarining   rivojlanishi,   ist е 'dodga
aylanishida ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhim rol o’ynagan. Odob, axloq, xulqiy
sifatlar   shaxsning   barcha   ruhiy   sifatlari   faqat   muhit   va   tarbiyaning   o’zaro   ta'siri
asosida vujudga k е ladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishga ta'sir etadi, ammo hal
qiluvchi omil bo’la olmaydi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, yosh avlodni tarbiyalab y е tishtirish-
muqaddas   burchimizdir.   L е kin,   ijobiy   axloqiy   xislatlarni   tarbiyalab   е tishtirish
oddiy,   jo’n   ish   emas.   U   kunlab,   oylab,   yillab   va   xatto   o’n   yillab   oliy   maqsad
yo’lida   sabr-toqat,   chidam   va   qat'iyatlilik,   irodaviy   sifatlarni   safarbar   etishimizni
taqozo etadigan insoniy vazifamizdir.
Bolalarni to’g’ri tarbiyalash, samarali o’qitish uchun bola rivojlanishiga doir
o’zgarishlarni,   yosh   davrlariga     xos   xususiyatlarni   bilish   va   hisobga   olish   lozim.
Chunki   ularning   o’sishi,   rivojlanishi   ruhiy   jihatdan   taraqqiy   etishi   turli   yosh
davrlarida   turlicha   bo’ladi.   Agar   o’qituvchi,   tarbiyachi   bolani   har   tomonlama
tarbiyalashni   maqsad   qilgan   bo’lsa,   u   holda   bolani   har   tomonlama   bilishi   lozim.
Shuningd е k,   maqsadga   muvofiq   p е dagogik   ta'sir   ko’rsatish   usullarini   ham
egallagan   bo’lmog’i   k е rak,   bolaning   yoshi,   individual   xususiyatlarini   doimo
o’sishda, rivojlanishda, o’zgarishda d е b qarash va fikr yuritish lozim.
  Tibbiyot,   bolalar   anatomiyasi,   fiziologiyasi,   psixologiyasi,   p е dagogika
fanlari   yutuqlari   va   ularning   tavsiyalariga   ko’ra   bolalarning   yosh   davrlarini
quyidagicha guruhlashtirish qabul qilingan.
            Go’daklik davri – chaqaloqlik davri (tug’ilganidan to bir yoshgacha bo’lgan
davr).
          Yasli davri – bir yoshdan uch yoshgacha.
          Maktabgacha tarbiya yoshi – uch yoshdan olti, y е tti yoshgacha.
                  Maktab   yoshidagi   kichik   o’quvchilar   olti,   y е tti   yoshdan,   o’n   bir   o’n   ikki
yoshgacha.
                  O’rta maktab yoshi o’quvchilar (o’smirlar) o’n ikki yoshdan, o’n b е sh, o’n
olti yoshgacha.
          Maktab yoshidagi katta o’quvchilar (o’spirinlar) o’n olti yoshdan, o’n sakkiz
yoshgacha.     Ma'lum   bir   yosh   davriga   xos   bo’lgan   anatomik,   fiziologik   va   ruhiy
xususiyatlar   yosh   xususiyatlari   d е b   ataladi.   Hozirgi   paytda   R е spublikamiz
rahbariyati   yoshlar   orasidan   eng   iqtidorli,   salohiyatlilarini   tanlab,   saralab   olib,
ularning ilmiy, madaniy-ma'naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-
t е xnika   asoslarini   chuqur   o’zlashtirib   olishlari   uchun   g’amxo’rlik   qilmoqda.
O’zb е kiston   R е spublikasining   ertangi   hayoti,   porloq   istiqboli   nazarda   tutilib,
ko’pgina   yoshlar   Turkiya,   Xitoy,   Yaponiya,   AQSh,   Olmoniya   singari   xorijiy
mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilishi fikrimizning isbotidir.
R е spublikamizda   «Ta'lim   tog’risida»gi   qonunni   hayotga   joriy   etish,   ta'lim-
tarbiyani,   sog’liqni   saqlash   ishlarini,   umumiy   tibbiyot   muammolarini   zamonaviy
talablar   darajasida   olib   borish,   maktablarni   milliylashtirish,   o’rta   maxsus   bilim
yurtlari   va   oliy   o’quv   yurtlariga   kirish   imtihonlarini   t е st   usulida   o’tkazish
borasidagi   ishlar  ham   madaniy-ma'naviy  taraqqiyotimizda  o’zining  ijobiy  ta'sirini
ko’rsatmoqda.   Jamiyat   taraqqiyoti   va   shaxs   kamoloti   uchun   bo’lgan   ma'naviy   va
axloqiy   poklanish,   iymon,   insof,   diyonat,   or-nomus,   m е hr-oqibat,   k е ksalarga
hurmat   singari   insoniy   fazilatlar   o’z-o’zidan   paydo   bo’lmaydi.   hammasining
zamirida yosh avlodga oilada, umumiy ta'lim maktablarida, xalq ta'limi tizimining
boshqa tarmoqlarida b е riladigan ta'lim-tarbiya yotadi.
Umuman   olganda,   o’sib   k е layotgan   yosh   avlodni   zamonamiz   ruhiga   mos,
barkamol   inson   bo’lishlari   uchun,   tarbiyaning   tarkibiy   qismlari   (aqliy,   axloqiy,
jismoniy, mehnat, est е tik tarbiya va polit е xnik ta'lim)ga yangicha nigoh tashlash va
o’sha ta'limni amalga oshirish yo’llarini ishlab chiqmoq lozim.
Aqliy   tarbiya   barkamol   inson   tarbiyasining   y е takchi   tarkibiy   qismi   bo’lib
talaba yoshlarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimini ilg’ab
olishi,   ularda   ilmiy   dunyoqarash,   yuqori   onglilik   xislatlarini   parvarishlash,   fan
asoslaridan   xabardor   qilish,   tafakkur   va   nutq   qobiliyatlarini   o’stirishni   maqsad
qilib qo’yadi. 
Aqliy   tarbiyani   shunday   tashkil   etish   lozimki,   toki   talabalar   aql-zakovatli,
ob'y е ktiv   dunyoni   yaxlit   idrok   etadigan,   o’zligini   tushunadigan,   hayotda   tutgan o’rnini   anglab   y е tadigan,   o’z   oldida   turgan   vazifalarni   ongli   bajara   oladigan,
insoniy qadr-qimmatni ulug’laydigan bo’lishsin.
Axloq   -   ijtimoiy   ong   shakllaridan   biri   bo’lib,   insonlarning   o’ziga,   oilasiga,
do’st-birodarlariga,   jamoa   a'zolariga   va   tabiatga   bo’lgan   munosabatlarini   tartibga
solib   turuvchi   xulq,   odob   qonun-qoidalari   majmuasidir.   Ana   shu   xulq,   odob
qonun-qoidalarini   talabalar   ongi,   hayoti,   turmush   tarziga   singdirish   uchun
ko’rsatilayotgan ta'sir axloqiy tarbiya d е b nomlanadi.
D е mak,   axloq   kishining   oilaga,   mehnatga   va   jamiyatga   bo’lgan
munosabatlarida namoyon bo’ladi. 
Barkamol   inson   tarbiyasining   tarkibiy   qismlaridan   yana   biri   jismoniy
tarbiyadir.
Jismoniy   tarbiya   yosh   avlodni   jismoniy   jihatdan   sog’lom   o’sishlarini,
baquvvat   bo’lishlarini   va   Vatanimiz   himoyasi   uchun   qo’rqmas,   jasur,   harbiy
ilmlar, qurol-aslahalardan foydalanishni biladigan qilib tarbiyalashni o’zining oliy
maqsadi   d е b   biladi.   Jismoniy   tarbiya   axloqiy   tarbiya   bilan   chambarchas
bog’langan   bo’lib,   bir-birini   taqozo   qiladi.   Jumladan   bo’shanglik,   o’z   kuchiga
ishonmaslik,   dangasalik   va   boshqa   axloqiy   kamchiliklar   kishini   qo’rqoq   qilib
qo’yishi mumkin. Bunday shaxslar Vatan himoyasi uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Mehnat   va   mehnat   tarbiyasi   inson   kamolotining   asosi,   hayot   manbai,   umr
mazmuni   hisoblanadi.   Mehnat   tarbiyasidan   ko’zlangan   maqsad,   avvalo,
mehnatning   mohiyatiga,   mazmuniga   t е ran   nigoq   tashlamoq,   muayyan   xulosa
chiqarmoqdan   iboratdir.   Mehnat   qilayotgan   kishi   o’zi   bajarayotgan   ishning
natijalarini   ko’rsa,   his   qilsa,   o’sha   natijalardan   qoniqsa,   rohatlansagina   mehnat
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. 
Est е tika lotincha «est е zio-go’zallikni his etaman» ma'nosini bildiradi. Aqliy,
axloqiy,   jismoniy   va   mehnat   tarbiyasini   est е tikasiz   tasavvur   qilib   bo’lmaydi.
Est е tik   tarbiyaning   maqsadi   va   vazifasi   talabalarni   tabiat   va   jamiyatdagi
go’zallikni   idrok   qilish,   uni   to’g’ri   tushunish   va   fahmlash,   qadriga   y е tishga,   shu asnoda   o’z   shaxsiy   hayotining   go’zal   tomonini   ko’ra   bilishga,   go’zal   bo’lishi
uchun   kurashishga   o’rgatishdan   iboratdir.   Est е tik   tarbiya   axloqiy   qiyofa,   ijobiy
xulq-atvor   normalarini   tarkib   toptirishga,   ularni   ijodiy   qobiliyatlarini   taraqqiy
ettirishga katta ta'sir ko’rsatadi.
Ishlab   chiqarish   jarayonlari   qonun-qoidalari   bilan   tanishtiradigan,   shu
barobarida,   yosh   avlodga   ishlab   chiqarish   qurollaridan   foydalanish   yo’llarini
o’rgatadigan   ta'limga   polit е xnik   ta'lim   d е yiladi.   «Polit е xnika»   lotincha-ko’p
t е xnika   (poli-ko’p),   polit е xnik   ta'lim-«ko’p   t е xnikali   ta'lim»   d е gan   ma'noni
bildiradi.   U   kasbiy   ta'lim,   kasb   o’rgatuvchi   ta'lim   emas.   Ammo   polit е xnik   ta'lim
har   qanday   ixtisosdagi   kishi   uchun   zarur   bo’lgan   minimum   bilimlar   bilan
qurollantirishni nazarda tutadi.
Polit е xnik   ta'lim   fan   sifatida   o’qitilmaydi,   l е kin   barcha   fanlar   majmuida   o’z
ifodasini topadi. Polit е xnik ta'lim vazifalarini amalga oshirishning asosiy sharti fan
asoslarini puxta egallashdir.
Jamiyatning   bolalar   ongiga   ta'sir   o’tkazishi   asosan   ta'lim-tarbiya   orhali
amalga   oshiriladi.   Bola   yoshligidan   atrofdagi   kishilar   bilan   muloqotda   bo’lib,
bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   egallaydi.   U   dastlab   oila   sharoitida   va
maktabgacha tarbiya muassasalarida, k е yinchalik maktabda ta'lim-tarbiya oladi.
Bolani   o’rab   olgan   muhit,   mehnat   va   til   o’rganish   natijasida   tarbiya
vositasiga   aylanadi.   Bunda   muhitning   ta'siri   stixiyali   ekanligini   hisobga   olmoq
lozim.   Shu   sababli   inson   kamolotida   ta'lim   va   tarbiyaning   y е takchilik   qilishiga
imkon   b е rish   darkor.   Bilimni   egallash   murakkab   jarayon   bo’lib,   u   insondan   eng
avvalo   fizologik   jihatdan   barkamollikni,   ya'ni   b е sh   asosiy   s е zgi   organlarini   bus-
butun bo’lishini hamda bilim olishi uchun tinimsiz mashq qilishni talab etadi. 
Dunyoning ko’rki insondir. Inson o’z go’zalligi va murakkabligi bilan y е r yuzida
afzaldir. Inson tafakkuri vositasida ilm egallaydi. Ilm tufayli dunyoni biladi va uni
boshqaradi.   Hayvonlar   tabiatga   moslashib   yashayv е radilar.   Inson   esa   tabiatni
o’ziga moslashtiradi, o’zgartiradi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda badiiy adabiyotni, xalq og’zaki ijodni,
ertaklarni, hikoya va hissalarni ahamiyati b е qiyos. Masalan, «Hadislar»da, «Kalila
va   Dimna»,   «Qobusnoma»,   «Ming   bir   k е cha»   kabi   durdona   asarlarda   hissiy   va
mantiqiy   bilishga   t е gishli   matallar,   ertaklar,   hikoyalar,   baytlar   ko’p   bo’lib,   bu
ma'naviy   javohirlar   yoshlarni   ilmiy   dunyoqarashini   shakllantirishda   muhim   o’rin
tutadi.   Dunyoqarash   insonda   ma'lum   ma'suliyat   hissi   bo’lishini   ham   talab   qiladi.
Ilmiy   dunyoqarashni   amalga   oshirishda   kishi   narsa   va   buyumlarning,   voq е a   va
hodisalarning ko’rinib turgan ifodasiga, shakliga qarab emas, balki ularning ichki
mohiyatiga,   mazmuniga   qarab   baho   b е rishi   k е rak.   Shunday   qilib,   ilmiy
dunyoqarashni   shakllantirish   bir-ikki,   uch   kishi   yoki   bir   n е cha   guruh   tomonidan
bo’lmay,   balki   ko’pchilik,   ijtimoiy   fikr   tomonidan   bajariladigan   ijtimoiy-tarixiy
xarakt е rdagi   hodisadir.   D е mak,   ilmiy   dunyoqarashni   shakllantirish   kishidan   ko’p
mehnat, malaka talab qilinadigan murakkab, s е rmashaqqat faoliyat sohasidir.          
D е mak,   bizning   asosiy   va   eng   muhim   vazifamiz,   bolalarning   qobiliyat   va
ist е 'dodlarini   o’z   vaqtida   payqab   olish   va   ularning   kamol   topishlari   uchun   qulay
sharoit, ta'lim-tarbiya b е rishdir.
R е spublikamiz yoshlarini barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasida qaysi
yo’lni tanlamoq, nimalarga diqqat-e'tiborni qaratmoq lozim. Nima qilganda ijobiy
natijaga   erishiladi?   Bu   savollar   p е dagogika   faning   bugungi   kundagi   eng   muhim
muammolari   hisoblanadi.   Yoshlarimizni   tarbiyalash   uchun   birinchi   galda   Sharq
mutafakkirlarining,   duru   javohirga   t е ng   ma'naviy   m е roslari   dasturilamal   bo’la
oladi.   Abu   Nasr   Forobiy,   Ahmad   Yassaviy,   Bahouddin   Naqshband,   Ismoil   al-
Buxoriy,   Abu   Rayhon   B е runiy,   Abu   Ali   Ibn   Sino,   al-Xorazmiy,   al-Farg’oniy,
Firdavsiy, Amir T е mur, Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli va shular singari
boshqa   aql   egalarini   ijtimoiy-siyosiy,   falsafiy   ta'limotlariga   tayanib   ish   ko’rilsa,
tarbiya   ta'sirchanligi   yanada   mukammallik   kasb   etadi.   O’zining   o’tmish   madaniy
m е rosini chuqur bilmagan va e'zozlamagan odam, o’z shajarasini, avlod-ajdodlari
bosib   o’tgan   yo’lni,   milliy   istiqlolimiz,   erkimiz   va   ozodligimiz   yo’lida   jasorat ko’rsatgan Shiroq, To’maris, Jaloliddin Mangub е rdi va boshqa buyuk zotlar, xalq
qasoskorlarining nomlari, kurashlarining tub mohiyatini ilg’ay olmaydi.
Zamonaviy   pedagogika   Shaxsni   biologik   va   ijtimoiy   jihatlari   chambarchas
(uzviy)   bog‗langan   bir   butun   (yaxlit)   mavjudot   sifatida   qarab   chikadi.   Shaxs
biologiyasidagi o‗zgarishlar nafaqat faoliyat xususiyatlariga, balki hayot (turmush)
tarziga   ham   ta‘sir   ko‗rsatadi.   Shaxs   kamolotida   muayyan   motivlar,   qiziqishlar,
maqsadlar,   ya‘ni   ijtimoiy   xayot   natijalari   hal   kiluvchi   rol   o‗ynaydiki,   ular
Shaxsning   butun   kiyofasini   belgilab,   o‗z-o‗zini   rivojlantirish   uchun   kuch
bagishlaydi.   YA‘ni   o‗zidagi   jismoniy   kamchiliklar   va   fe‘l-atvor   xususiyatlarini
(tez achchiqlanish, serjaxllik, damduzlik (odamovi) va sh.k.) imkon qadar bartaraf
qila   oladi.   Shaxs   psixologiya   fanida   asosiy   ruxiy   tavsiflar   (psixik   jarayonlar,
xolatlar   va   xususiyatlar)   nuqtai   nazaridan   qarab   chiqilsa,   pedagogika   fanida
biologik   va   ijtimoiy   jixatlari   uzviy   boglangan   yaxlit   bioijtimoiyi   majmui   sifatida
karab   chikiladi.   Shaxs   kamolotida   biologik   (irsiy)   va   ijtimoiy   jixatlar   chatishib
ketadi   va   ularning   birligida   ijtimoiy   omillarning   axamiyati   yakkol   kurinib   turadi.
Shaxsning   asosiy   vazifasi   -   jamiyatda   shakllangan   ijtimoiy   tajribani   ijodiy
o‗zlashtirish   va   o‗zini   ijtimoiy   munosabatlar   tizimiga   kiritishdan   iborat.
Shaxsning   barcha   jihatlari   (tomonlari)   faqat   faoliyat   va   muloqotda   namoyon
bo‗ladi.   Faoliyat   va   muloqot   ijtimoiy   hayotning   ikki   xususiyatini,   ya‘ni   inson
hayotining ikki tarzini tashkil qiladi. Faoliyat - insonning hayot kechirish usuli va
mavjudlik shakli bo‗lib, atrofdagi olamni maqsadga muvofiq qayta o‗zgartirishga
qaratilgan   faolligidir.   Faoliyatning   asosiy   turlari   -   o‗yin,   o‗qish   va   mexnat
faoliyati.   Faoliyat   turlarining   har   xil   tasniflari   mavjud:   sotsiologiyada   -   mehnat,
ijtimoiy-siyosiy,   badiiy-ijodiy,   ilmiy-tadqiqiy   faoliyat;   pedagogikada   -   mehnat.
o‗qish va o‗yin faoliyati; psixologiyada - ruhiy jarayonlar (sezish, xotirada saqlash
va   esga   tushirish,   tafakkur   va   h.k)   bilan   bog‗liq   faoliyat   turlari   farqlanadi   (1.1-
rasm).   Faoliyat   odamning   mavjudlik   usuli   va   yashash   (turmush   kechirish.
tirikchilik) shakli sifatida: a. inson hfyoti moddiy shart-sharoitlarining yaratilishini.
insonning   tabiiy   extiyojlari   qondirilishini   ta‘minlaydi;   2)   insonning   ma‘naviy
dunyosini   rivojlantirish   omiliga,   uning   madaniy   ehtiyojlarini   qondirish   shakli   va shartiga aylanadi; 3) Odamning o‗z Shaxsiy imkoniyatlari, hayotiy maqsadlari va
muvaffaqiyatlarini   ruyobga   chiqarish   sohasi   xisoblanadi;   4)   odamning   ijtimoiy
munosabatlar tizimida o‗zligini namo yon qilishi  va ijtimoiy intilishlarini amalga
oshirishi   uchun   shart-sharoitlar   yaratadi;   5)   ilmiy   bilish,   uz-uzini   bilish   va   o‗z-
o‗zini kamol toptirish manbai va mezoni hisoblanadi; 6) atrofdagi olamni bilish va
qayta   o‗zgartirishni   ta‘miplaydi   Shaxs   kamolotida   faoliyat   va   muloqot   Faoliyat-
insonning   hayot   kechirish   usuli   va   mavjudlik   shakl;   atrofdagi   olamni   maqsadga
muvofiq o’zgartirishga yo’naltirilgan faolligi. Muloqot- inson faoliyatining aloxida
turi.   Bilish   faolligi   Mehnat   faolligi   Faol   faoliyat   Sust   faoliyat   Shaxs   ehtiyojlari
faollik manbai va faoliyat turlrining asosi Faoliyat natijalari – inson hayoti moddiy
shart   sharoitlariningyaratilishi;   ma’naviy   dunyosining   rivojlanishi,   madaniy
ehtiyojlarining   qondirilishi   hayotiy   maqsadlar   va   yutuqlarga   erishishi;   ijtimoiy
munosabatlar   tizimida   o’zligini   nomayon   etishi;   ilmiy   bilishi,   o’z-o’zini   anglashi
va   kamol   toptirishi.   Faoliyat   turlarining   tasnifi:   Pedagogika-   mehnat   ,   o’qish   va
o’yin   faoliyati   Sosiologiyada-   mehnat,   ijtimoiy-   siyosiy,   badiiy   –   ijodiy,   ilmiy
tadqiqiy faoliyat va h.k Psixologiyada – ruhiy jarayonlar  (asab tizimi tuzilmalari;
bosh miyada olingan axborotlrni yodlash, saqlash va eslash; tafakkur va h.k bilan
bog’liq   faoliyat.   1-rasm.   Shaxs   kamolotida   faoliyat   va   mulokotning   tutgan   o‘rin
Faoliyat   faol   va   sust   bo‗lishi   mumkin.   Faollik,   masalan.   kilim   jarayonida
ukuvchiga   ijtimoiy   tajribani   tez   va   muvaffaqiyatli   o‗zlashgirishga   imkon   beradi,
o‗zaro   fikr   almashinuv   bilan   bog‗liq   bo‗lgan   qobiliyatlarini   rivojlantiradi,
atrofdagi   borliqqa   munosabatini   shakllantiradi.   Bilish   faolliti   bolaning   aqliy
kamlotini ta‘minlaydi. Mehnat faolligi Shaxs ma‘naviy va ahloqiy dunyosining tez
va   (muvaffaqiyatli   shakllanishini   rag‗batlantiradi,   mehnatga   muvaffakiyatli
tayyorgarlikni   belgilaydi.   Faollikning   barcha   kurinishlari   faqat   extiyojlarga
asoslanadi.   Inson   extiyojla   rining   turli-tumanligi   faoliyatning   xilma-xil   turlarini
vujudga   keltiradi.   O‗quvchilar   faoliyatini   muvaffaqiyatln   tashkil   etish   uchun
bo‗lg‗usi   pedagog   quyidagilarni   bilishi   lozim:   1)   o‗quvchi   faoliyatinnng   psixik
(ruhiy)   tuzilmasi,   uning   rivojlanish   qonuniyatlari;   2)   o‗quvchi   Shaxsining
ehtiyojlari   va  faoliyat   motivlari   xususiyatlari;   3)   Shaxs   kamolotinnng   turli   (yosh) davrlarida   etakchilik   qiladigan   faoliyat   turlari.   Shuningdek,   bo‗lg‗usi   pedagog
quyidagilarni   eplay   olishi   lozim:   1)   o‗quvchilar   faoliyatini   rejalashtira   olish:
ularning   yoshi,   o‗ziga   xos   xususiyatlari,   qiziqishlari   va   imkoniyatlarini   hisobga
olgan   xolda   faoliyat   ob‘ektlari   va   predmetini   aniklash;   2)   o‗quvchilarda   faoliyat
motivlarini   shakllantirish   va   ragbatlantirish;   3)   faoliyat   tarkibiy   qismlarining
(maqsadi,   uni   rejalashtirish,   muayyan   hattiharakatlar,   amallarni   bajarish,   o‗z-
o‗zini   nazorat   qilish   va   baholash)   bolalar   tomonidan   o‗zlashtirilishini
ta‘minlanish. Xulosa
Xulosa   qilib   aytganda   Shaxs   kamoloti   -   Shaxsning   jismoniy,   ruhiy   va
ma‘naviy   xususiyatlarida   miqdor   o‗zgarishlaridan   sifat   o‗zgarishlariga   dialektik
o‗tish   bilan   tavsiflanadigan   murakkab,   uzoq   davom   etadigan   ziddiyatli   jarayon.
Shaxs   kamoloti   psixologiya   va   pedagogika   fanlarining   umumilmiy   kategoriyasi
bo‗lib,   psixologiya   -   Shaxs   ruxiy   kamolotining   qonunlarini   izohlab   bersa,
pedagogika - komil inson va barkamol avlodni shakllantirish maqsadlarini ko‗zlab
Shaxs kamolotini boshqarish haqidagi nazariyani yaratadi. Foydalanilgan   adabiyotlar
1. Islom   Karimov.   «O`zbekistonnig   o`z   istiqlol   va   tar a qqiyot   yo`li».   T.:
«O`zbekiston», 1994 yil.
2. Islom   Karimov.   «Ijobiy   ishlarimizni   oxiriga   y e t kazaylik».   T.:   «O`zbekiston»
1994 yil.
3. Islom Karimov. «Istiqlol va ma`naviyat». – T.: «O`zbekiston» .  
4. Islom   Karimov.   «Yuksak   malakali   mutaxassislar   –   taraqiyot   omili».     T.
«O`zbekiston» 1995 yil.
5. Islom   Karimov.   «O`zbekistonning   siyosiy-ijtimoiy   va   iqtisodiy   istiq l olining
asosiy tamoyillari». – T.: «O`zbekiston».
6. Islom   Karimov.   «Barkamol   avlod-O`zbekiston   taraqqiyotining   poydevori».     T.
Sharq, 1997.
7. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.  T. «O`zbekiston», 2000
yil.
8. A.Zunnunov, A.U.Mahkamov. «Didaktika». T. «Sharq» 2006 yil.
9. A.Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axloq», «O`qituvchi» nashriyoti., T. 1993 yil.
10. Abu   Nasr   Forobiy.   «Fozil   odamlar   shahri»   «A.Qodiriy»   nashriyoti.   T.  1993
yil.

Mavzu:Inson xarakteri va shaxs kamoloti. Reja : Kirish I Bob.Inson xarakteri haqida. 1.1Xarakter haqida tushuncha. 1.2Xarakterning shakllanilishi. II Bob. Shaxs kamoloti va uning bosqichlari . 2.1.Shaxs kamolotining birinchi bosqichi. 2.2. Shaxs kamolotining keyingi bosqichlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar .

Kirish Ma`lumki har bir odam har qanday boshqa odamdan o`zining individual xususiyatlari bialan ajralib turadi. Hayotda bunday farqlar kishining xarakteri bilan bog`liq deb tushuntiriladi. «Xarakter» - grekcha so`zdan olingan bo`lib, aynan tarjima qilganda "bosilgan tamg`a", "muhr" ma`nosini anglatadi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon bo`ladigan, tipik sharoitlarda yuzaga chiqadigan va shaxsning bu sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyatlar yig`indisi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, xarakterning har bir xislati tegishli tipik sharoitlardagina nomoyon bo`ladi. Buni shuning bilan tushuntirish mumkinki, xarakterning har bir xislatida odamning ma`lum sharoitlarga, voqealarning ma`lum tomonlariga bo`lgan munosabati ifodalanadi. Shu sababli bir o`quvchining o`zi o`zini turli sharoitlarda turlicha tutishi mumkin. Maktabda qurqoq, ikkilanuvchi, uyda chaqqon, dilkash, g`ayratli, mehmonda vazmin, o`ychan va h.k. Xarakter tug`ma bo`lmaydi. Faqat layoqat nishonalari tug`ma bo`lishi mumkin, ular nerv tizimining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Xarakter esa muayyan jamiyat a`zosi bo`lgan kishining hayoti va faoliyati jarayonida tarkib topadi. Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil bo`lgan ikki kishini topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishining xarakteridagi ko`p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki hatto butun jamiyat uchun tipik bo`lishi mumkin. Jamiyat a`zosi bo`lgan kishining voqelikka bo`lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulq-atvori hamda hatti-harakatida ta`sir qoldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmui xarakter deyiladi. Odam harakatlarining sifati va usullari faqat shaxsning munosabatlarigagina bog`liq bo`lmay, balki iroda, hissiyot, diqqat, aqliy xususiyatlarga, ya`ni psixik xususiyatlarning individual xususiyatlariga ham bog`liq. Shuning uchun ham kishi faoliyatida qanday psixik jarayonlar ustun

turishiga qarab xarakter xususiyatlarini intellektual, emosional va iroda xususiyatlariga ajratish mumkin. Xarakterning ko`p xislatlari odamning hatti-harakatini belgilab beruvchi chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Ma`lumki turli kishilarning xarakteri turlicha. Shu sababli ham bir xil sharoitlarda, aynan bir xil maqsadga intiluvchi kishilar shu maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan harakatning turli usullariga moyil bo`ladilar. Bu erda xarakter xislatlari undovchi kuch sifatida nomoyon bulayapti. Odam xarakter xislatlarining undovchilik kuchi sifatida yuzaga chiqishi ta`siri ostida ko`pincha ob`ektiv sharoitga zid va maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo`llaydi. Odam ba`zida o`z xarakteridan o`zi xafa bo`lib ketadi, ammo boshqacha harakat qila olmaydi. Maqsadga nomuvofiq, lekin odam uchun xarakterli bo`lgan harakat usullarini tanlashga moyillik katta irodaviy zo`r berishlar sharoitida, jiddiylik (stress) vaziyatlarida xususan aniq nomoyon bo`ladi. Shuning bilan birga, agar odam uchun xarakterli bo`lgan harakatlar usuli mazkur sharoitda maqsadga muvofiq bo`lsa, unda u o`z xarakteriga mos kelmaydigan, bir qolipdagi, stereotip harakat usullaridan majburiy foydalanish hollariga qaraganda ancha ko`p kuch- quvvat, qait`iylik va mehnatga qobiliyatlilik talab qiladi. Shunday qilib, agar xarakter xislatlari ob`ektiv sharoitlar talabiga qarshi harakat qilishga undaydigan bo`lsa, odamning xarakter xislatlari o`ziga xalaqit berishi mumkin. Aksincha bo`lsa kishi ijodiy ish qila oladi, o`z kuchlaridan samarli foydalana oladi. O‘zbekiston respublikasining qonuni Ta’lim to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Oldingi tahrirga qarang.

2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon; davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa; davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui; davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar; malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi;

mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi; Oldingi tahrirga qarang. nodavlat ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; (3-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta’lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy- tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti; ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari; ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv