SHAXS REFLEKSIV XUSUSIYATLARINING AGRESSIYAGA


![O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-
sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini
yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga
oshirishga mazkur bitiruv ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘smirlar agressiyasi va unga
turdosh bo‘lgan xulq-atvor shakllari zamonaviy psixologiya fanida ustuvor
tadqiqot mavzularidan biri bo‘lib kelmoqda. Xorij psixologiyasida o‘smirlardagi
agressiv xulq-atvor kelib chiqishi, rivojlanishi, paydo bo‘lish omillari va
sabablarini o‘rganish borasida juda ko‘p tadqiqot ishlari olib borilgan va olib
borilmoqda: jumladan, zo‘ravonlik va agressiv deviant xulq-atvorning o‘zaro
aloqasi A. Bandura va P.Uolters, ota-ona tarbiyasining bolalardagi agressivlikning
paydo bo‘lishiga ta’siri O.Barnett, C.L.Miller-Perrin, o‘smirlardagi agressiv xulq-
atvorning jamiyatda o‘z o‘rnini anglashdagi o‘rni A. Bass, ongni manipulyasiya
qilib, agressiv xulq-atvorga undashda ommaviy axborot vositalarining ta’siri B.
Kreyxi kabi olimlar tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. [I; 12. 56-70 b]
SHuningdek, tadqiqot predmeti sifatida agressiya hodisasi mohiyatini
K.Lorens, A.Bandura, jinoyatchi o‘smirlarning o‘ziga xos psixologik
xususiyatlarini o‘rganish D.I.Feldshteyn, o‘smirlarda agressiya va agressiv xulq-
atvor shakllanishining sabablarini R. Beron, D. Richardson, agressiya
profilaktikasi va korreksiyasi masalalarini L.M. Semenyuk, G.E.Breslav tadqiq
etganlar. [I;13. 73-89 b]
Rus psixologlari so‘nggi davrda bolalar va o‘smir agressiyasini
o‘rganishda quyidagi muammolarga diqqat qaratayaptilar: E.A.Cheprakova
agressiv xulq-atvor shakllanishiga oila va oilaviy munosabatlarning
ta’sirini, Yu.B.Mojginskiy, A.A. Rean, L.M.Semenyuk hissiy buzilishlar,
xulqi og‘ishganlik, agressiv xulq-atvorning korreksiyasi imkoniyatlarini,
guruhda turli yosh va jinsdagi shaxslar agressiv xulqining o‘ziga xosligini,
T.P. Smirnova bolalar va o‘smirlardagi agressiv xulq-atvorning
3](/data/documents/13e9180e-8430-45f3-b55c-1f4d25769d01/page_3.png)
![rivojlanishiga OAVning ta’siri, A.A.SHavrina maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalar agressiv xulqining o‘ziga xosligini o‘rganganlar. [14; 45-60 b]
O‘zbekistonlik psixologlardan E.G‘.G‘oziev, N.G‘.Kamilova,
G.Q.To‘laganova, B.M.Umarov kabi olimlarning izlanishlarida bolalik va
o‘smirlik davridagi psixik xususiyatlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar
o‘tkazilgan bo‘lib, ularda asosiy e’tibor deviant xulq-atvor, xarakter
aksentuatsiyasi, bolalar va o‘smirlar suitsidi, o‘z-o‘ziga baho berish
va nazorat qilish muammolariga qaratiladi. N.M.Dalimovaning tadqiqot
ishida komp ь yuter o‘yinlari o‘smirda tajovuzkor xulq-atvor shakllanishiga
ta’sir etuvchi omil sifatida o‘rganilgan. [12. 26-35 b]
O‘zbekistonda shaxs refleksiv xususiyatlari va agressiv xulq-atvorining
namoyon bo‘lish muammosi, uni keltirib chiqaruvchi omil va sabablarini o‘rganish
va ularni bartaraf etish yo‘llari masalasi bo‘yicha alohida izlanishlar olib
borilmaganligi tadqiqot ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda agressiv xulq-atvorning namoyon
bo‘lishi psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi tadbirlari samaradorligini oshirish
hamda uni metodik jihatdan takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
agressiv xulq-atvor turlarini va uni keltirib chiqaruvchi determinantlarni
aniqlash;
agressiv xulq-atvorga moyil o‘smirlarning individual psixologik
xususiyatlariga aniqlik kiritish;
o‘smirlarda agressiv xulq-atvorni o‘rganishga oid diagnostik metodikalarni
tizimlashtirish;
agressiv xulqni bartaraf etishga doir korreksion treninglar
dasturini ishlab chiqish, uning samaradorligini baholash.
Tadqiqotning ob’ektini Samarqand viloyat Payariq tumani, Samarqand
shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 42 nafar o‘quvchilari tashkil etadi.
Tadqiqotning predmetini agressiv xulq-atvorli o‘smirlarning psixologik
xususiyatlari va ularni psixokorreksiya qilish imkoniyatlari tashkil etadi.
4](/data/documents/13e9180e-8430-45f3-b55c-1f4d25769d01/page_4.png)


![ataganlar va uni ijtimoiy-destruktiv xarakterli xarakatlar bilan
bog‘laydilar, buning natijasida
boshqa shaxs yoki mulkka zarar yetkazilishi mumkin, biroq bu
harakatlar qonuniy
nuqtai nazaridan jazolanmasligi ham mumkin.[I; 12. 75-89 b]
Agressiya ochiq va latent shakllarga ega bo‘lishi mumkin.
“Agressiya”
atamasini vayron etish niyatlarini belgilash uchun qo‘llanilishiga
qaramasdan, uni
pozitiv namoyishlarini baholash uchun masalan, manmanlikdan kelib
chiqqan faollik uchun keng qo‘llaydilar, Bunday harakatlarni o‘z
mavqeini o‘rnatish deb
belgilaydilar, shu bilan bu harakatlar do‘stona motivatsiya yordamida
paydo
bo‘lganini ta’kidlaydilar. Ular raqobat, yutuqlarga intilish, hazil, sport
musobaqalari va boshqa shakllarda namoyon bo‘ladi.
Agressiyaning odatiy namoyishlari quyidagilar hisoblanadi: nizo
chiqarish,
bosim o‘tkazish, majburlash, tilining yomonligi, negativ baholash,
hamla qilish yoki jismoniy kuchni qo‘llash bo‘lsa, yashirin shakllari
aloqadan qochish, kimgadir zarar yetkazish maqsadiga befarqlik,
o‘ziga ziyon yetkazish va o‘z joniga qasd qilish kabilarda namoyon
bo‘ladi. Agressiyaning ichki reprezentatsiyalari turli agressiv affektlar
orqali, xususan asabiylashish, hasad, nafrat, g‘azab, chidamlilik,
vahshiylik, jinnilik va qutirish ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
7](/data/documents/13e9180e-8430-45f3-b55c-1f4d25769d01/page_7.png)

![mavjud jamiyat tomonidan qabul qilinmagan har bir harakatni o‘z
ichiga oladi. XIX ikkinchi yarmida italiyalik Ch.Lombroz biologik
nazariya yo‘nalishda dastlab deviant xulq-atvor muammosi bilan
shug‘ullangan. Ch.Lombroz jinoyatchilikning asosiy sababi bu irsiy-
biologik omillar deb uqtiradi. Jinoiy (kriminal) xulq-atvorning paydo
bo‘lishiga dastlab ob-havo, tabiat va tug‘ma omillardan tortib iqtisodiy,
madaniy va genderlargacha bo‘lgan ijtimoiy omillar ham sabab bo‘lishi
mumkin, deb ta’kidlaydi.[I; 14. 56-78 b]
Ekologik yondashuv Z.Freyd nuqtai nazariga o‘xshash bo‘lgan
agressiyaga evolyusion yondashuv tarafdori K.Lorens tadqiqotlarida
yangicha mazmun kasb etdi. Lorensning fikriga ko‘ra, tajovuzkorlik,
barcha jonzotlarda bo‘lgani kabi, insonda ham mavjud bo‘ladi. U
yashash uchun kurash instinktiga asoslanuvchi agressiv energiya
organizmda uzoq vaqt davomida muntazam yig‘ilib borib, uzluksiz
ravishda, qo‘qqisdan paydo bo‘ladi deb hisoblagan. .[II; 18. 75-89 b]
Shu tariqa, aniq tajovuzkor xattiharakat quyidagi ikkita vazifani
bajarish natijasida yuzaga keladi:
1. Jamlangan tajovuzkor energiyaning miqdori;
2. Agressiyani bo‘shashini yengillashtiruvchi stimullarning
mavjudligi.
Tajovuzkorlik nazariyasining fundamental tadqiqotlari aynan
K.Lorensga
tegishlidir. Birinchidan, u hayvonlardagi o‘z turdoshlariga nisbatan
tajovuzkorlikni
zararli emas, balki turning saqlanib qolishi uchun foydali, deb
9](/data/documents/13e9180e-8430-45f3-b55c-1f4d25769d01/page_9.png)






![tajovuzkorligini oldini olish va nazorat qilish uchun ko‘proq imkoniyat
qoldiradi.
Hozirgi kunda sotsial kognitiv nazariyasi agressor va ijtimoiy
rivojlanish holati haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, tajovuzkor xulqni
tushuntirib beruvchi eng samarali usul hisoblanadi. Shu tariqa,
yuqorida keltirilgan, tajovuzkor xulqni
ta’riflovchi nazariyalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
• Tajovuzkorlikning paydo bo‘lishiga tabiiy va ijtimoiy omillar ta’sir
ko‘rsatadi;
• Tajovuzkorlik zo‘ravonlik bo‘lish bilan birga, individning yashash
uchun
kurashdagi me’yoriy reaksiyasi bo‘lishi ham mumkin;
• Tajovuzkor bo‘lmagan xulqni ijobiy mustahkamlash, tajovuzkorlikni
yuzaga
keltiruvchi sharoitlarni o‘zgartirish orqali agressiv xatti-harakatlar
yumshatilishi yoki ijtimoiy maqbul yo‘nalishga o‘zgartirilishi mumkin.
R.Beron va D.Richardsonlar qanday shaklda namoyon bo‘lmasin,
boshqa
jonzotga zarar yetkazishga yo‘naltirilgan xulq-atvor bo‘lib, o‘sha
mavjudot mazkur
munosabatdan himoyalanishi uchun barcha asoslarga ega. Mazkur
keng qamrovli
ta’rif o‘z ichiga quyidagi xususiy holatlarni qamrab oladi:[I; 13. 78-98 b]
16](/data/documents/13e9180e-8430-45f3-b55c-1f4d25769d01/page_16.png)



![munosabatlarida agressiv hulq-atvor yuzaga kelishini taqozo etuvchi turli
sabablarning ahamiyatini baholadilar.
Psixologiyada hissiy holatlar individning kechiktirilmaydigan
ehtiyojining sifati va jadalligi hamda bu ehtiyojning qondirilishi
mumkinligiga uning o‘zi beradigan baho bilan belgilanishi haqidagi
tasavvur tarkib topgandir. Hissiyotlarning tabiati va paydo bo‘lishiga
bunday qarash hissiyotlarning axborot konsepsiyasi (P.V.Simonov) deb
ataladi. .[I; 19. 90-97 b]
Kishi ehtiyojlarning qondirilishi talab qilinadigan narsalar
haqidagi axborotni, u anglab, yoki anglamay, shu ehtiyoj paydo
bo‘lgan paytda o‘z ixtiyorida mavjud axborot bilan taqqoslaydi, Agar
ehtiyojlarning qondirilishi ehtimoli sub’ektiv jihatdan qaraganda katta
bo‘lib tuyulsa, ijobiy his tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Salbiy hissiyotlar
ehtiyojlar qondirilishining real yoki tasavvurda mumkin emasligi
sub’ekt tomonidan oz yo ko‘p darajada anglanishi oqibatida yoxud
ehtiyojlarning qondirilish ehtimoli haqida sub’ekt tomonidan oldinroq
qilingan mo‘ljalga qaraganda yo‘qola borish natijasida paydo bo‘ladi.
Kundalik hayotda agressiya deganda biz ko‘proq adolatsiz,
asossiz hujumni
tushunamiz. Ilmiy nuqtai nazardan esa agressivlik tushunchasi g‘azab,
jahl, nafratni anglatadi. U hech qanaqa, ijobiy ham salbiy ham
ko‘rinishga ega bo‘lmay, neytral tushuncha hisobalanadi. Bu ta’rifni
K.Lorens «G‘azab: agressiv xulq-atvorning tabiiy tarixi» nomli kitobida
keltirib o‘tadi. Agressiya ko‘pincha hujum qilganda ko‘zga tashlanadi,
biroq g‘azabsiz hujumni etologlar agressiya deb atamaydilar. Tabiatda
20](/data/documents/13e9180e-8430-45f3-b55c-1f4d25769d01/page_20.png)
![bir tur ikkinchi turga hujum qiladi. Biroq, etolog har qanday hujumni
ham agressiya deb nomlamaydi. Bo‘ri quyonga hujum qilsa, agressiya
emas, ov hisoblanadi. Shu kabi, ovchining o‘rdak otishi yoki
baliqchining qarmoq tashlashi agressiya emas. Chunki ular o‘ljaga
nisbatan qo‘rquv, g‘azab yoki nafrat hissini tuymaydi. Agressiv
xulqatvorni esa, ushbu tuyg‘ular yuzaga keltiradi.
Kundalik hayotda bizning agressivligimiz turli insonlar bilan
yuzaga keluvchi mayda-chuyda ziddiyatlar orqali yuzaga chiqib turadi.
Inson o‘zida namoyon bo‘ladigan agressivlikning turli ko‘rinishlarini
boshqarishni o‘rganishi, tarbiyalashi mumkin bo‘lsada, agressivlikning
eng kuchli instiktiv xususiyat bo‘lganligi sababli uni to‘liq yo‘qotib
bo‘lmaydi. Shuni esda saqlash lozimki, agressiv insonning atrofidagi
qo‘zg‘atuvchilarni bartaraf etish orqali uning agressivligini
yo‘qotmaymiz, balki yig‘ilib borishiga yo‘l qo‘yib beramiz. Natijada
kuchli darajada namoyon bo‘lishiga sabab bo‘lamiz.
A.Bass va I.Darkining “Agressiya shakllari va uning
ko‘rsatkichlarini
diagnostika qilish metodikasi”da shaxsdagi agressiya ko‘rinishlarini
quyidagi 8 ta
asosiy agressiya ko‘rinishlari asosida baholangan:[I; 1. 25-75 b]
1. Jismoniy agressiya - boshqa bir odamga qarshi jismoniy kuch
ishlatish;
2. Verbal agressiya - salbiy his-tuyg‘ularni og‘zaki tarzda ifodalash
(janjal, qiychuv solish, so‘kinish, tahdid solish, la’nat aytish, qarg‘ish
kabilar);
21](/data/documents/13e9180e-8430-45f3-b55c-1f4d25769d01/page_21.png)











































SHAXS REFLEKSIV XUSUSIYATLARINING AGRESSIYAGA MOYILLIGI DIAGNOSTIKASI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………….....3-6 I. BOB. AGRESSIV XULQ-ATVOR MUAMMOSINI O’RGANISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI……………………………………………...…..6 1.1. Agressivlik fenomenining nazariy tadqiqi………………………………....7-15 1.2. Agressiv xulq-atvorga moyil o‘smirlarning individual psixologik xususiyatlari…………………………………………………………………...16-19 1.3. O‘smir aggressiv xulqining stressni yuzaga keltiruvchi omili sifatida…...20-25 II.BOB. SHAXSNING REFLEKSIV XUSUSIYATLARI VA AGRESSIYAGA MOYILLIGI DIAGNOSTIKASI …………………………………………...….26 2.1. SHaxsning refleksiv xususiyatlari diagnostikasi ……………………...….26-40 2.2. Refleksiyani shakllantirishga va agressiyaga moyillikni kamaytirishga mo‘ljallangan psixokorreksion dastur ……………………………………...….41-54 Xulosa………………………………………………………………………....55-56 Adabiyotlar ro’yhati………………………………..………………………..57-60 Ilovalar 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirda jahon miqyosida voyaga etmaganlar orasida sodir bo‘layotgan xuquqbuzarlik, jinoyatchilik hamda tajovuzkorlikni oldini olishga va bartaraf etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilayapti. Mazkur muammolar, avvalo, ijtimoiy institutlar hamda jamoat tashkilotlariga bolalar ta’lim-tarbiyasi, ularning jismoniy, psixoemotsional rivojlanishini amalga oshirishda ustuvor vazifalarni keltirib chiqaradi. Jahon psixologiyasida bolalar va yoshlar orasidagi refleksiya va agressiv xulq-atvor muammosini o‘rganishga alohida tadqiqot yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqotlarda agressivlikning biologik, psixologik, ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik determinantlari va agressiv xulq-atvor reprezentatsiyasiga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Mazkur yo‘nalishda o‘smirlardagi agressiv xulqni bartaraf etishning turli usullari va yuzaga kelish shart-sharoitlarini ifodalovchi psixologik mexanizmlarini aniqlash hamda joriy etish masalasining muhimligiga e’tibor qaratilmoqda. Ayni vaqtda o‘smirlar xulqidagi og‘ishlar, tajovuzkorlik, emotsional beqarorlik, hissiyotlarni boshqara bilmaslik kabi holatlar dolzarb muammolar sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bugungi kunda mustaqillik sharofati bilan oilada va ta’lim muassasalarida yoshlar qalblarga odob-axloq, iffatu hayo kabi tushunchalar hamohang tarzda singdirib borilmoqda. Yoshlarni barkamol insonlar etib voyaga etkazish, yot mafkuralar, hurujlardan asrash, ularda turli g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurash ko‘nikmalarini shakllantirish davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan sanaladi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan choralar tarkibida, xususan o‘smirlarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo munosabatlarga kirishishda empatiya hissini rivojlantirish, shaxs sifatida o‘zini to‘g‘ri baholash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida yordam berish hamda axloqiy ko‘nikmalar shakllantirilishining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish muhim masalalar hisoblanadi. 2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2833- sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur bitiruv ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘smirlar agressiyasi va unga turdosh bo‘lgan xulq-atvor shakllari zamonaviy psixologiya fanida ustuvor tadqiqot mavzularidan biri bo‘lib kelmoqda. Xorij psixologiyasida o‘smirlardagi agressiv xulq-atvor kelib chiqishi, rivojlanishi, paydo bo‘lish omillari va sabablarini o‘rganish borasida juda ko‘p tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda: jumladan, zo‘ravonlik va agressiv deviant xulq-atvorning o‘zaro aloqasi A. Bandura va P.Uolters, ota-ona tarbiyasining bolalardagi agressivlikning paydo bo‘lishiga ta’siri O.Barnett, C.L.Miller-Perrin, o‘smirlardagi agressiv xulq- atvorning jamiyatda o‘z o‘rnini anglashdagi o‘rni A. Bass, ongni manipulyasiya qilib, agressiv xulq-atvorga undashda ommaviy axborot vositalarining ta’siri B. Kreyxi kabi olimlar tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. [I; 12. 56-70 b] SHuningdek, tadqiqot predmeti sifatida agressiya hodisasi mohiyatini K.Lorens, A.Bandura, jinoyatchi o‘smirlarning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini o‘rganish D.I.Feldshteyn, o‘smirlarda agressiya va agressiv xulq- atvor shakllanishining sabablarini R. Beron, D. Richardson, agressiya profilaktikasi va korreksiyasi masalalarini L.M. Semenyuk, G.E.Breslav tadqiq etganlar. [I;13. 73-89 b] Rus psixologlari so‘nggi davrda bolalar va o‘smir agressiyasini o‘rganishda quyidagi muammolarga diqqat qaratayaptilar: E.A.Cheprakova agressiv xulq-atvor shakllanishiga oila va oilaviy munosabatlarning ta’sirini, Yu.B.Mojginskiy, A.A. Rean, L.M.Semenyuk hissiy buzilishlar, xulqi og‘ishganlik, agressiv xulq-atvorning korreksiyasi imkoniyatlarini, guruhda turli yosh va jinsdagi shaxslar agressiv xulqining o‘ziga xosligini, T.P. Smirnova bolalar va o‘smirlardagi agressiv xulq-atvorning 3
rivojlanishiga OAVning ta’siri, A.A.SHavrina maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar agressiv xulqining o‘ziga xosligini o‘rganganlar. [14; 45-60 b] O‘zbekistonlik psixologlardan E.G‘.G‘oziev, N.G‘.Kamilova, G.Q.To‘laganova, B.M.Umarov kabi olimlarning izlanishlarida bolalik va o‘smirlik davridagi psixik xususiyatlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda asosiy e’tibor deviant xulq-atvor, xarakter aksentuatsiyasi, bolalar va o‘smirlar suitsidi, o‘z-o‘ziga baho berish va nazorat qilish muammolariga qaratiladi. N.M.Dalimovaning tadqiqot ishida komp ь yuter o‘yinlari o‘smirda tajovuzkor xulq-atvor shakllanishiga ta’sir etuvchi omil sifatida o‘rganilgan. [12. 26-35 b] O‘zbekistonda shaxs refleksiv xususiyatlari va agressiv xulq-atvorining namoyon bo‘lish muammosi, uni keltirib chiqaruvchi omil va sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘llari masalasi bo‘yicha alohida izlanishlar olib borilmaganligi tadqiqot ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda agressiv xulq-atvorning namoyon bo‘lishi psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi tadbirlari samaradorligini oshirish hamda uni metodik jihatdan takomillashtirishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: agressiv xulq-atvor turlarini va uni keltirib chiqaruvchi determinantlarni aniqlash; agressiv xulq-atvorga moyil o‘smirlarning individual psixologik xususiyatlariga aniqlik kiritish; o‘smirlarda agressiv xulq-atvorni o‘rganishga oid diagnostik metodikalarni tizimlashtirish; agressiv xulqni bartaraf etishga doir korreksion treninglar dasturini ishlab chiqish, uning samaradorligini baholash. Tadqiqotning ob’ektini Samarqand viloyat Payariq tumani, Samarqand shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 42 nafar o‘quvchilari tashkil etadi. Tadqiqotning predmetini agressiv xulq-atvorli o‘smirlarning psixologik xususiyatlari va ularni psixokorreksiya qilish imkoniyatlari tashkil etadi. 4
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda kuzatish, suhbat, psixologik test, so‘rov, anketa va matematik statistika metodlaridan foydalanilgan. Jumladan, muammoni empirik tadqiq qilish jarayonida V.S.Sobkin, A.S.Fomichenkoning “Agressiv xulq motivlarini aniqlash” so‘rovnomasi; A.Bass va A.Darki tomonidan ishlab chiqilgan B.O.Osnitskiy tomonidan modifikatsiya qilingan “Agressiya shakllari va ko‘rsatkichlarini diagnostika qilish” metodikasi; A.Ya.Varga va V.V.Stolinlarning “Ota-ona va bola munosabati” so‘rovnomasi; matematik statistika metodlar, ya’ni ma’lumotlar ishonchlilik darajasini aniqlash, miqdoriy ko‘rsatkichlarni statistik tahlil qilishda metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: o‘smirlarga xos agressiv mayllarning tabaqalashtirilgan ichki evolyusiyasi hamda agressiya shakllari o‘rtasidagi bog‘liqlikni jinsga ko‘ra tafovutlanishining xulq-avtor va ishtimoiy munosabatlarini shartlovchi psixologik omillari aniqlangan; ota-ona bilan bola munosabatlarida qabul qilish va kooperatsiya tarbiya uslublari agressiyaning kuchayishini hamda avtoritar giperijtimoiylashuv tarbiya uslubi agressiyaning pasayishini ta’minlovchi psixologik omillar ekanligi aniqlangan; agressiv o‘smirlar xulq-atvorini psixoprofilaktika qilish va psixokorreksiyalash maqsadida “ Refleksiyani shakllantirishga va agressiyaga moyillikni kamaytirishga mo‘ljallangan ” psixologik–trening dasturi ishlab chiqilgan; agressiyaga moyil o‘smirlar xulq-atvorini psixoprofilaktika qilish va psixokorreksiyalash maqsadida ota-onalar, pedagoglar va psixologlar hamkorlikda samarali ish olib borishining algoritmi ishlab chiqilgan. Bitiruv ishning tuzilishi: kirish, ikki bob, besh paragraf, xulosa va adabiyotlar royhatidan iborat. 5