logo

IQTISODIY BARQARORLIKNI TA`MINLASHDA INVESTITSION FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

722.3466796875 KB
I QTISODIY BARQARORLIKNI TA`MINLASHDA INVESTITSION
FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH (SAMARQAND VILOYATI
MISOLIDA
 MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………. 3
I   BOB. Iqtisodiy   b arqarorlikni   ta'minlashda   investitsion   faoliyat
samaradorligini oshirishning nazariy-metodologik asoslari . 7
1.1 .   Investitsiyalarni ja l b   qilishning nazariy asoslari …………….. 7
1.2.  I nvestitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati… 22
I bob bo‘yicha xulosa.......................................................... … 32
II   BOB. Samarqand   viloyati   iqtisodiyotida   investitsion
jozibadorlikning  hozirgi holati……………………………… 34
2.1.    Dunyodagi   rivojlangan   davlatlar d a   investitsiya   siyosatining
o'ziga xos  xususiyatlari………….…………………………….. 34
2.2.    Mamlakatimizda   chet   el   investitsiyalarini   jalb   qilishning
hozirgi holati tahlili……..…………………………………….. 41
2.3.    Samarqand viloyatida   investitsiyalarni  jalb qilishning hozirgi
holati tahlili ………………………………………………… 50
II bob bo‘yicha xulosa………………………………………. 53
III   BOB. Samarqand   viloyati g a   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   investitsiyalar
jalb qilishni rivojlantirish  istiqbollari ……………………. 55
3.1.    Investitsiyalar   iqtisodiyot   tarmoqlari   va   sohalarini
rivojlantirishning asosi sifatida ……………………………… 55
3.2.  Iqtisodiy   barqarorlikni   ta’minlashda   investitsion   siyosatning
samaradorligini oshirish yo‘nalishlar…...…………………… 58
III bob bo‘yicha xulosa.......................................................... 63
 
Xulosa va takliflar...................................................................  65
Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘ yxati………………………… 67
1 KIRISH
Dissertatsiya   mavzusining   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi.   Bugungi
kunda   korxona   faoliyati   iqtisodiy   samaradorligi   uning   o‘z   va   jalb   qilingan
mablag‘laridan   qay   darajada   foydalana   olish   imkoniyatiga   bog‘liqdir.   Ishlab
chiqarishni kengaytirish hamda uni diversifikatsiyalash uchun investitsiyalarni jalb
qilish va ulardan oqilona foydalanish bozorda raqobatbardoshlilik hamda iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashda muhim hisoblanadi.
Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoevning   Oliy   Majlis   va   O‘zbekiston   xalqiga
Murojaatnomasi “ Iqtisodiyotimizga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan-
to‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalar   kirib   keldi,   eksportimiz   esa,   19   milliard   dollarga
etdi. ” 1
Respublikamizda   so‘nggi   olti   yilda   investitsiyalar   hajmini   yalpi   ichki
mahsulotning 30 foizidan oshirishga erishilgan.   Kelajakda hukumatimiz tomonidan
iqtisodiyotga   mahalliy   va   xorijiy   xususiy   investitsiyalarni   ko‘paytirish   uchun
sharoitlarni yanada yaxshilash vazifasi belgilab berilgan.
Ammo   respublikamiz   iqtisodiyotida   hamda   uning   tarmoqlarida   investitsion
faoliyatining   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yilmaganligi,   ularni   jalb   qilish   va   samarali
o‘zlashtirish   ishlarini   amalga   oshirilmaganligi   hamda   investitsiyalarning   to‘g‘ri
boshqarilmayotganligi asosiy kapitalning yangilanishi va ko‘payishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Aynan ushbu muammolarni bartaraf qilish hozirgi kunda investitsilarni
jalb   qilish   va   ularni   boshqarish   hamda   samaradorligini   oshirishda   yangi   usullarni
joriy qilishni taqozo etadi.
Investitsiyalarni jalb qilish, ularni boshqarish va samaradorligini oshirishning
o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish bo‘yicha tadqiqot ishlari juda kamligi va bu
bo‘yicha   etarli   tadqiqotlar   olib   borishi   zarurligi   dissertatsiya   ishimizning
dolzarbligini belgilaydi.
1
  S h avkat   Mirziyoevning   Oliy   Majlis   va   O‘zbekiston   xalqiga   Murojaatnomasi ,   21-dekabr   2022   yil,
https://www.xabar.uz/jamiyat/shavkat-mirziyoyevning-oliy-majlis-va-ozbekiston-xalqi.
2 Tadiqiqot   ob’ekti   va   predmeti.   Magistrlik   ishining   ob’ekti   bo‘lib,
investitsiyalarni   jalb   qilish   va   ularni   samaradorligini   oshirish   bilan   bog‘liq
jarayonlar   majmui   hisoblanadi.   Dissertatsiya   ishining   predmeti   bo‘lib,
investitsyailarni   jalb   qilish   va   ularning   samaradorligini   oshirish   usullari
uslubiyotini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. 
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.   Magistrlik ishining bosh   maqsadi   bo‘lib,
investitsiyalarni   jalb   qilish   va   ularning   samaradorligini   oshirish   usullarining
nazariy-uslubiy   asoslarini   tadqiq   qilish   hamda   muammolarni   hal   etish   bo‘yicha
amaliy taklif-tavsiyalar  ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadni  amalga oshirish
uchun quyidagi  vazifalar ni belgilab olish zarur hisoblanadi:
- investitsiyalarning   iqtisodiy   mazmun-mohiyatini   va   tasniflanishini
o‘rganish;
- investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari tadqiq qilish;
- investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyatio‘rganish;
- korxona investitsion siyosatining samaradorligini baholash metodikasi
o’rganish;
- dunyodagi   rivojlangan   mamlakatlarda   investitsiya   siyosatining   o‘ziga
xos xususiyatlario‘rganish;
- Samarqand   viloyatida   chet   el   investitsiyalarini   jalb   qilishning   hozirgi
holati tahlili;
- investitsiyalar   iqtisodiyot   tarmoqlari   va   sohalarini   rivojlantirish
asoslarini tahlil qilish;
- iqtisodiy   barqarorlikni   ta’minlashda   investitsion   siyosatning
samaradorligini oshirish yo‘nalishlari ochib berish.
Ilmiy   yangiligi.   Dissertatsiya   ishining   asosiy   ilmiy   yangiliklari
quydagilardan iborat :
-   investitsiyalarni   jalb   qilish   va   ularning   samaradorligini   oshirishning
mazmun-mohiyati ochib berildi;
-   investitsiyalarni   jalb   qilish   va   samaradorligini   oshirishning   me’yoriy-
xuquqiy asoslari yoritib berildi;
3 - investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini baholashning xorib
tajribasi o‘rganildi;
- respublikada asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 2025 yilgacha ilmiy
asoslangan prognozi ishlab chiqildi;
-   investitsiyalarni   jalb   qilish   va   ularning   samardorligini   oshirishni   bo‘yicha
taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari.   Dissertatsiya   ishida   ishlab
chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotda qo‘llanilishi investitsiyalarni
jalb   qilish   va   ularning   samaradorligini   oshirish   usullarini   takomillashtirish,
investitsiya   faoliyatining   jahon   tajribasini   o‘rganishda,   investitsiya   faoliyatini
takomillashtirish yo‘llarini izlab topishga olib kelishi mumkin.
Tadqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi   (tahlili).   Investitsiyalarni
jalb  qilish   va   ularning   samaradorligini   oshirishyuzasidan   qator   xorijlik   iqtisodchi-
olimlar   ilmiy-tadqiqotlar   olib   borishgan.   Ulardan,   V.V.Bocharov,   V.Berens,
P.M.Xavrenek,   V.Y.Katasonov,   D.S.Morozov,   M.V.Petrov,   G.I.Prosvetov,
I.I.Ushakov,   B.T.Kuznetsov,   I.F.Muxarlarni   misol   qilib   keltirish   mumkin.
Investitsiyalarni   jalb   qilish   va   ularning   samaradorligini   oshirishning   nazariy
asoslari,  uni  tashkil  etish,  moliyalashtirishning  milliy xususiyatlari  va  amaliyotiga
oid   masalalar   mamlakatimiz   iqtisodchi-olimlari   F.Matmurodov,   N.Maxmudov,
Sh.Majidov,   D.G‘ozibekov,   N.Haydarov,   A.Uzoqov,   R.Saidov,   M.Sultanov,
A.Juraev,   D.Xo‘jamqulov,   B.Mamatov,   Sh.Ergasheva,   N.Karimov,   N.Kenjaev,
E.Nosirovlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan va yoritilgan. 
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Tadqiqot
natijalarining   nazariy   ahamiyati   dissertatsiyada   ilgari   surilgan   ilmiy-nazariy   va
amaliy   g‘oyalar,   ishlab   chiqilgan   ilmiy   taklif   va   amaliy   tavsiyalardan
investitsiyalarni   jalb   qilish   va   ularning   samaradorligini   oshirish   usullari   hamda
shunga   oid   kelgusidagi   maxsus   ilmiy-tadqiqot   ishlarida   foydalanish   mumkinligi
bilan belgilanadi.
Tadqiqot   ishining   amaliy   ahamiyati   shundan   iboratki,   dissertatsiyada
investitsiyalarni   jalb   qilish   va   samaradorligini   oshirish   usullariga   qaratilgan   ilmiy
4 taklif   va   amaliy   tavsiyalardan   mamlakatimizda   investitsion   faoliyatni
takomillashtirishda   hamda   uning   yangi   imkoniyatlarini   izlab   topishda   keng
foydalanish uchun zamin yaratadi. 
Dissertatsiya ma’lumotlaridan oliy o‘quv yurtlarida “Investitsiyalarni tashkil
etish   va   moliyalashtirish”   va   “Investitsion   faoliyat”   fanlari   o‘quv   dasturlarini
takomillashtirish va o‘qitish jarayonida keng foydalanish imkoniyati mavjud. 
Dissertatsiya   tarkibining   qisqacha   tavsifi.   Dissertatsiya   ishi   tarkibiy
jihatdan   kirish,   uchta   bob,   xulosa   hamda   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan
tashkil topgan bo‘lib, jami 70 bet, 7 ta jadval va 4 ta rasmdan iborat. 
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifalari,
ob’ekti va predmeti, nazariy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi ochib berilgan. 
Ishning   birinchi   bobi   “Iqtisodiy   barqarorlikni   ta’minlashda   investitsiya
faoliyati samaradorligini oshirishning nazariy-metodologik asoslari” deb nomlanib,
unda   investitsiyalarni   jalb   qilishning   nazariy   asoslari   hamda   investitsiyalarning
iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati tadqiq etilgan va yoritilgan.
Ishning   ikkinchi   bobi   “Samarqand   viloyati   iqtisodiyotida   investitsion
jozibadorlikning hozirgi holati” deb nomlanib, unga asosan dunyodagi rivojlangan
mamlakatlarda   investitsiya   siyosatining   o‘ziga   xos   xususiyatlari   hamda
mamlakatimizda   chet   el   investitsiyalarini   jalb   qilishning   hozirgi   holati   tahlilini
amalga oshirish orqali erishilayotgan natijalar keltirib o‘tilgan.
Ishning   uchinchi   bobi   “Samarqand   viloyatiga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar   jalb   qilishni   rivojlantirish   istiqbollari”   deb   nomlanib,   bu   bobda
investitsiyalar   iqtisodiyot   tarmoqlari   va   sohalarini   rivojlantirishning   asosi   sifatida
ekanligi   hamdato‘g‘ridan-to‘g‘ri   investitsiyalarni   jalb   qilishni   rivojlantirish
istiqbollari haqidagi fikrlar tadqiq qilingan. 
Dissertatsiya ishining xulosa qismida tadqiq etilgan mavzu bo‘yicha umumiy
xulosalar   shakllantirilgan   va   investitsiyalarni   jalb   qilish   hamda   ularning
samaradorligini   oshirish   usullarini   takomillashtirishga   qaratilgan   ilmiy   taklif   va
amaliy   tavsiyalar   keltirilgan.   Ushbu   usullarni   amaliyotga   joriy   qilish   va
5 mamlakatimizning,   jumladan   Samarqand   viloyati   iqtisodiyotining   real   sektoridagi
korxonalar faoliyati samaradoriligini oshirishda muhim bo‘lib hisoblanadi.    
I  BOB. Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda investitsi on  faoliyat
samaradorligini oshirishning nazariy-metodologik asoslari
1.1. Investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari.
Bugungi kunda d avlat, korxona va tashkilotlarning  eng ustuvor  vazifalaridan
biri   –   bu   investitsiyalarning   iqtisodiy   samaradorligini   oshirish   hisoblanadi.
Investitsiyalarning   iqtisodiy   samaradorligini   oshirish   masalasining   mazmun-
mohiyati   undagi   har   bir   xarajat   birligiga   –   mehnat,   moddiy,   moliyaviy,   ishlab
chiqarish   va   xizmatlar   hajmi,   foyda   hamda   milliy   daromadni   oshirishga   erishish
lozim bo‘ladi.
Bizga   ma’lumki,   mikro   va   makro   iqtisodiyot   va   ularning   iqtisodiy   hamda
moliyaviy sektorlarida  “samara”  va  “samaradorlik” degan  atamalarni   tez-tez  duch
kelishimiz va uchratishimiz mumkin.  Bu atamalar  o‘zlarining iqtisodiy  mazmuni va
mohiyatiga   qarab   bir-birlaridan   farq   qiladi .   “Samara”   tushunchasi   bu   -   o‘zida
iqtisodiy   jarayonning   qandaydir   biror   bo‘lagi   yoki   bo‘g‘inida   qo‘llanilgan
tadbirlarning bergan natijasini, aynan ijobiy natijaga erishishni  o‘zida aks ettiradi.
Samara   –   absolyut   ko‘rsatkich   bo‘lib,   u   ishlab   chiqarish   va   xizmat   ko‘rsatishning
iqtisodiy   natijalarini   ko‘rsatadi.   Samara   aynan   olin gan   yalpi   foyda   va   shu nga
o ‘ xshash   pirovard   ko ‘ rsatkichlar   hisoblanadi.   Samara   faqatgina   bajarilgan   hamda
amaldagi tadbirlarning qanchalik foydaliligini anglatadi. Ammo, amalga oshirilgan
xarajatlar   o‘zini   qoplay   olish   yoki   qoplay   olmasligi,   foyda   ko‘rish   yoki
ko‘rilmasligini   anglata   olmaydi.   Bu   savollarga   faqat   “iqtisodiy   samaradorlik”
ko‘rsatkichi javob bera olishi mumkin. Ma’lum vaqt davomida erishilgan natijaning
o‘sganligi   yoki   pasayganligini   o‘zida   namoyon   ettiradigan   ko‘rsatkich   bu   -
iqtisodiy o‘sish samaradorligidir.
Samaradorlik   ko‘rsatkichlari   ishlab   chiqarish   hamda   xizmat   ko‘rsatishda
erishilgan samaraga asoslanib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish natijalari bilan
shu   natijalarni   hosil   qilish   uchun   sarf-xarajatlar   o‘rtasidagi   nisbatni   ifodalaydigan
ko‘rsatkichlar hisoblanadi. 
6 Samaradorlik   ko‘rsatkichining   turli   xususiyatlari   hamda   jihatlarini,   uni
amalga   oshirish   iqtisodiy   mexanizmlarini   tadqiq   qilish   milliy   iqtisodiyotimizning
asosini   tashkil   qiladi.   Milliy   iqtisodiyotimizda   samaradorlikning   o‘ziga   xos
mazmuni   va   mohiyati   ishlab   chiqarish   hamda   xizmat   ko‘rsatishning   ijtimoiy
yo’naltirilganlik   shakli,   maqsadli   yo‘nalishi,   ishlab   chiqarish   va   xizmat   ko‘rsatish
natijalarining o‘ziga xosligi va mosligi bilan belgilanadi. 
Resurslardan oqilona foydalangan holda ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni to‘la
qondirish ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezonidir.
Iqtisodiy   samardorlik deyilganda bu - ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
hajmining   o‘sishi,   mehnat   unumdorligining   oshishi,   foyda   olish,   milliy
daromadning   ko‘payishini   anglatadi.   Ijtimoiy   samaradorlik   esa   bu   xalqning
turmushi,   uning   farovonligining   oshishi,   unda   ta’lim   olish   hamda   tibbiy   yordam
olish   darajalarining   o‘sishi   va   shunga   o‘xshash   boshqa   faoliyatlarni   anglatadi.
Ya’ni,   aholining   hayot   kechirishi   va   mehnat   shart-sharoitlarining   yaxshilanishi,
ularning   turli   xil   kasalliklar   bilan   kasallanish   darajasining   pasayishi,   aholining
ta’lim olish darajasining o‘sishi(yaxshilanishi) kabilarni nazarda tutadi.
Iqtisodiy yoki ijtimoiy samaradorlik bu - iqtisodiy yoki ijtimoiy samaraning
unga erishish uchun qilingan xarajatlar nisbatini ifodalaydi. Matematik lar   til i   bilan
aytganda, u quyidagi cha  tenglikni ng  ifoda sida namoyon bo’ladi :
Iqtisodiy samaradorlik = Samara yoki natija
Uni olish uchun qilingan xarajatlar yoki sarfgan resurslar
Hozirgi   kunda   iqtisodiy   samaradorlikning   ko‘rsatkichlari   andozalari
quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
- milliy   iqtisodiyot   bo‘yicha   kengaytirilgan   takror   ishlab   chiqarish
hamda xizmat ko’rsatish qonunlarining amal qilish natijalarini ifodalashda;
- milliy iqtisodiyotmizning barcha tarmoqlarida ijtimoiy ishlab chiqarish
va xizmat  ko‘rsatishning umumiy samaradorligi bo’yicha aniqlash imkoniyatlarini
yaratuvchi yagona uslubiyotni ishlab chiqishda;
- samaradorlikning namoyon bo‘l ish  shakllarini ifodalash da ; 
- samaradorlik  darajasini  hamda  u  bilan  bir   qatorda   unga  ta’sir  etuvchi
turli xildagi omillarni aniqlashda.
7 Iqtisodiy   o‘sish   samaradorligi   bu   –   erishilgan   natijaning   unga   erishishga
ketgan xarajatga solishtirish yo‘li bilan aniqlanadigan ko‘rsatkichdir. Ma’lum davr
(odatda,   bir   yil)   ichida   erishilgan   natija   yoki   samara   jamiyat   bo‘yicha   milliy
mahsulot (sanoatda hamda xizmat ko‘rsatishda bir yil ichida ishlab chiqarilgan jami
yalpi milliy mahsulot)  olinadi. Sarflangan xarajat  hisoblab chiqiladi va jamlanadi.
U   holda   iqtisodiy   o‘sish   samaradorligi   yalpi   mahsulot   qiymatining   o‘sishini
xarajatlar nisbatiga solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni: Iqt	isodiy	o'sish	samaradorligi	=	∆Yalpi	mahsulot	qiymati	(yoki	o'sishi	)	
Sarflangan	xarajatlar
Bu   k o‘rsatkich   yordamida   iqtisodiy   o‘sish   samaradorligining   ijobiy   yoki
salbiy tomoni aniqlandi. Agar samaradorlik ko‘rsatkichi ma’lum davrlar yoki vaqt
bo‘yicha   solishtirilsa   uning   o‘sishi   yoki   kamayishi   holatini   aniqlash   imkoniyati
vujudga keladi. 
Iqtisodiy o‘sishning samaradorligiga quyidagicha omillar ta‘sir qiladi, ya’n i :
- yalpi mahsulot mehnat sig‘imi; 
- yalpi mahsulot moddiy sig‘imi; 
- yalpi mahsulot investitsiya sig‘imi.
Shunday   ekan,   iqtisodiy   o‘sish   samaradorligi   ko‘rsatkichi   v a   uni   vujudga
keltirgan   sarflarga   nisbatan   qaraladi.   Chunki   bu   sarflar   natija   bo‘lmish   umumiy
qoidadan   olingan.   Shuning   uchun,   iqtisodiy   o‘sish   samaradorligini   quyidagicha
formulada aks ettirish maqsadga muvofiqdir:
Iqtisodiy o '
sish samaradorligi = Yalpi daromad o '
sishi
Mehnat sarfi + xomashyo sarfi + ¿ fond sarfi + investitsiyalar sarfi
Bu   formula  yordamida   yalpi   mahsulot   ishlab   chiqarishda   har   bir   sarflangan
xarajat turiga qarab qanchalik nafga egaligini baholash va ularning iqtisodiy o‘sish
samaradorligidagi o‘rnini aniqlash mumkin.
Kapital qo‘yilmalar samaradorligi ko‘rsatkichini baholash masalasi har doim
ham   dolzarb   masala   bo‘lib   kelgan   va   fanning   hamda   amaliyotning   bunga   doimo
e’tibori   qaratilgan.   Sobiq   Sovet   Ittifoqi   davrida   investitsiyalarning   iqtisodiy
samaradorlik   ko‘rsatkichini   baholash   va   aniqlash   nazariyasining   shakllanishida
muhim   davr   bo‘lib,   GOELRO   rejasining   ishlab   chiqilishi   bo‘lgan.   Ushbu   rejani
8 ishlab   chiqishda   xalq   xo‘jaligi   tarmoq   va   sohalarini   kapital   ta’mirlash   va
rivojlantirishni u yoki bu turining iqtisodiy samaradorligini asoslash uchun umumiy
iqtisodiy hamda taqqoslama samaradorlik ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi.
Keyinchalik   mamlakatda   temiryo‘l   magistrallari,   metallni   qayta   ishlovchi
zavodlar,   gidroelektr   stansiyalari   va   boshqa   yirik   ob’ektlarning   qurilishi   kapital
qo‘yilmalarni   iqtisodiy   samaradorligining   baholashini   (aniqlashini)
takomillashtirish zarurligini keltirib chiqaradi. 
Sobiq   Sovet   Ittifoqi   fanlar   Akademiyasi   Iqtisodiyot   instituti   tomonidan
kapital   qo‘yilmalarning   samaradorligini   aniqlash   sohasida   ko‘p   yillar   davomida
ilmiy-tadqiqot   ishlari   amalga   oshirildi.   Natijada   akademik   T.S.Xachaturov   ilmiy
boshchiligidagi   kapital   qo‘yilmalarni   iqtisodiy   samaradorligining   aniqlashni
namuna   uslubiyoti   hamda   noishlab   chiqarish   sohasida   xarajatlar   samaradorligini
aniqlashning   vaqtinchalik   uslubiyoti   ishlab   chiqildi 2
.   1990-yillarda   boshqa
uslubiyotlarni ishlab chiqishga harakatlar ham bo‘lgan, biroq, ular muvaffaqiyatsiz
yakuniga etib, amaliyotga keng tadbiq etilmaydi. 
Akademik   T.S.Xachaturov   ilmiy   maktabi   boshchiligida   yaratilgan   kapital
qo‘yilmalarni   iqtisodiy   samaradorligining   aniqlashni   namunaviy   uslubiyoti   Sobiq
Sovet   Ittifoqi   fanlar   Akademiyasining   kapital   qo‘yilmalar   hamda   asosiy
fondlarning iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy Kengash tomonidan
tasdiqlandi.   So‘ngra,   mazkur   uslubiyot   amaliyotda   keng   miqiyosida   qo‘llanilib,
bugungi   kunda   ham   ushbu   uslubiyot   natijalridan   ma’lum   miqdorda   foydalanilib
kelinmoqda.   Aynan   buning   asosi   bo‘lib,   kapital   qo‘yilmalarni   iqtisodiy
samaradorligining   aniqlashning   tamoyillari,   samaradorlikni   tarmoq   normasi
(me’yori)   koeffitsient   ko’rsatkichi   yordamida   taqqoslama   iqtisodiy   samaradorlik
hisoblash   yo‘li   bilan   ularning   mutlaq   va   nisbiy   ko‘rinishlarda   qoplanishining
hisoblash   uslublari   hisoblanardi.   Masalan,   kapital   qo‘yilmalarning   iqtisodiy
samaradorligini   taqqoslama   tahlilining   konkret   xo‘jalik   yuritish   va   texnik
maqsadlari   (masalan,   yangi   texnologiyani   joriy   qilish   uchun   va   korxonaning
texnologik   jihatidan   qaytadan   jonlantirishni   amalga   oshirish   maqsadida,   ko‘rilgan
chora-tadbirlar   bo‘yicha   turli   uslublarni   tanlash)   hal   qilishning   eng   foydali
2
Нешитой А.С. Инвестиции. Учебник. – 4-е изд. М. “Дашков и К о
”, 2006. С. 119. 
9 uslublarini tanlashga asoslangandir.   B u ko‘rsatkichning qaysi   uslubda   boshqasidan
ustunligini   (samaradorligini)   aniqla shga   yordam   beradi.   Bunda,   odatda   eng   kam
xarajli uslub tanlanishi maqsadga muvofiqdir.
Lekin,  ushbu  uslublarda  kerak  bo‘lgan tegishli  ko‘rsatma  mavjud  emas  edi,
ya’ni ular: 
-  bozor iqtisodiyoti da  muhim bo‘lgan vaqt omili dir;
-   investitsiya viy   loyihalarni   amalga   oshirishdagi   noaniqlik   yoki   mavhumlik
va  tavakkalchilik;  
-  inflya t siya sharoitidagi real va nominal qiymatlarni baholash  uslubi  kabilar.
S h uningdek,   kapital   qo‘yilmalarni   samaradorligini ng   aniqla ni sh i da   va
bahola ni sh i da   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   ayniqsa,   marketing   jihatlari   hamda   loyiha
ishtirokchilarini   manfaatlari ni   etarlicha   hisobga   olinmas ligi   edi,   pul ning   oqimi
tahlili, balans tahlili, amortizatsiya ning  hisobi va boshqalarga bo‘lgan e’tibor uning
uchun   xos   emas   edi.   Yuqoridagilarni   hisobga   olmaslik   ma’muriy   boshqarish
davriga mos kelar edi, chunki unda davlat mulki hukmron hisoblanar edi hamda bu
borada   undan   boshqa   manfaatdorlar   mavjud   emas   edi.   Bundan   tashqari,   har   bir
loyihaning   hukumat   tomonidan   belgilangan   berilgan   dasturlarga   asosan
moliyalashtirilishi,   loyihaning   samaradorligi   ko‘rsatkichi,   kreditni   qaytarilish
ko‘rsatkichi   unchalar   darajada   muhim   ahamiyatga   kasb   etmas   edi.   Shuningdek,
xususiy   tadbirkorlarga   e’tibor   berilmaganligi   insonlarni   mustaqil   biror-bir   ishga
qo‘l qilishlariga va faoliyatini olib borishlariga yo‘l qo‘yilmas edi. 
Ishlab   chiqarish   hamda   xizmat   ko’rsatishni   rivojlantirish   va   jamiyatning
hayotini   boshqa   sohalari   taraqqiyotining   ta’minlashni   yakuniy   natijasi   bo‘lib,   eng
avvalo,   inson   hamda   uning   ehtiyojlari   maydonga   chiqadi.   Shu   sababdan   ishlab
chiqarish   va   xizmat   ko‘rsatishga   yo‘naltirilgan   investitsiyalarni   samaradorligining
faqatgina   iqtisodiy   samaradorligi   jihatidan   emas,   balki   ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorligi   jihatidan   ham   talqin   etish   zarur.   Qolaversa,   har   qanday   iqtisodiy
jarayonni yakuniy natijasini ijtimoiy maqsadlarga erishishni va ijtimoiy vazifalarni
hal etish deb hisoblash muhimdir. Shu boisdan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni
o‘zi   asosiy   maqsad   bo‘lib   qolmasdan,   balki   ijtimoiy   maqsadlarga   erishishning
10 vositasi   sifatida   xizmat   qilishini   ta’minlashga   birlamchi   e’tibor   qaratilishi
muhimdir.   Oxir-oqibatda,   bozor   iqtisodiyotida   baholash   ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlikka erishish nuqtai nazaridan qaralishi lozim.
Investitsiya   yuqoridagilarning   moliyaviy   samaradorligi   ko’rsatkichini   ochib
berishning eng muhim va markaziy o’rnini egallaydi. Moliyaviy tahlil loyihasidan
samara, har bir ishtirokchilarini maqsadlari, loyihaning amalga oshirilishi va uning
erishilishi kerak bo’lgan natijaiar qo'lga kiritilishi imkoniyatlarining ochib berilishi
bilan izohlanadi.
Rivojlangan   mamlakatlarning   tajribasini   o’rganish   shuni   ko'rsatmoqdaki,
investitsiyaviy   loyihalarni,   eng   avvalo,   ma’lum   bir   maqsadlarni   ko'zlagan   holda
ko‘pchilikni   (loyiha   ishtirokchilari   va   aholini)   manfaatini   e’tiborga   olish   bilan
amalga   oshirish   kerak.   Bugungi   iqtisodiy   vaziyat,   mamlakatni   iqtisodiy
rivojlanishidagi   vazifalar,   investitsiya   loyihalarini   amalga   oshirishda   bir   necha
manfaatlami   o'zaro   to‘qnash   kelishi,   jahon   iqtisodiyotidagi   eng   yetuk   tajribalarni
O‘zbekiston   iqtisodiyotini   o‘ziga   xos   xususiyatlarining   hisobga   olganligi   holda
joriy   etilishi   barcha   sohalarda   kabi   investitsiya   loyihasi   tahlilida   ham   uslubiy
o'zgarishlarga erishishni taqozo etishi va uni muhim vazifalar sifatida kun tartibiga
qo‘yilishiga sabab bo’ldi.
Ushbu   vazifani   yechishda   mualliflar   V.Berens,   P.Xavraneklaming
«Руководство   по   оценки   эффективности   инвестиций»   kitobida   bayon
qilinishicha   investitsiyaviy   loyihalarning   samaradorlik   ko’rsatkichini   baholashda
UNIDO   usuli   keng   tadqiq   etilgan   bo‘lib,   ushbu   usul   loyihalar   tahlilida   alohida
ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   uslubiyotning   har   qanday   loyihasini   moliyalashtirish
qarorlari   qabul   qilinishi,   shuningdek,   investitsiyalash   oldidan   tadqiqotlar   olib
borishga   mo'ljallanib,   kapital   qo'yilmalar   samaradorligi   baholashining   butunjahon
tajribasi   aniq   va   ravshan   bayon   etilgan.   Bularning   hammasi   bozorning   tahlilini
jihatlari,   shuningdek,   texnik-iqtisodiy   asoslashning   savollariga,   ya’ni   xomashyo
bazalarini   aniqlash   va   baholashning,   qurilish   maydonining   tanlanishi,
loyihalashtirishning   va   texnologiyalarning   tanlanishi,   investitsiyaviy   loyihalarning
investorlami   o‘z   mablag'lari   tomonidan,   shuningdek,   tashqi   moliyalashtirish
11 manbalar   evaziga   moliyalashtirishning   ta’minlanishi,   investitsiyaviy   loyihalarini
iqtisodiy   samaradorlik   ko’rsatkichlarini   aniqlaydi   (bular   daromadlilikni   ichki
normasi, sof diskontlashtirish, foyda, daromad va h.k) jarayonlari uchun taaluqlidir.
Kelajakda   mamlakatlarda   daromad   hamda   sof   foydaga   qiziqish   loyihaga
mablag’   qo‘yuvchi   har   bir   ishtirokchi   korxonalar   tomonidan   umumiy   bo‘lsa-da,
kutilayotgan   foyda   yoki   daromad   ular   uchun   har   xil   baholanishi   va   farq   qilishi
mumkin.
UNIDO   usuli   bo‘yicha   investitsiyaviy   hamda   moliyaviy   tahlilni   muhim
xususiyatlari hamda jiliatlari quyidagilarda o’z aksini topgan:
— moliyaviy va investitsiyaviy qarorlarini asosiy mezoni;
— investor qo‘yilmalarini baholash va loyihaning qaytimini aniqlash;
— investitsiyaviy   loyihani   hayotiylik   vaqti   va   uning   uzoq   muddatli
rejalashtirilishi;
— tavakkalchilik, aniqlikning bo’lmasligi va boshqalar.
Investitsiyaviy   hamda   moliyaviy   tahlilning   va   loyihaning   oxirgi   baholash
loyiha   asosida   zarur   bo’lgan   qo‘yilmalarning,   kutilgan   natijasini,   shuningdek,
kelajakda sof foydasini tahlil qilish va baholashning (qiymatining) ko‘zda tutishini
anglatadi. Ushbu maqsadda qo'llaniladigan uslublar quyidagilarda o’z aksini topadi:
— investitsiyaviy   loyihalarning   prognoz   qilinishi   xususiyati   haqqoniyligining
tahlil qilinishi;
— investitsiyani   amalda   oshuvchanligining   katta   ta’sir   ko‘rsatishi   jiddiyroq
o'zgarishlarning   aniqlanishi   bilan   loyihalashtirilgan   xarajat   va   daromadlarni
tarkibini va ahamiyatligini talililini amalga oshirish;
— investitsiyalashdan olinadigan foyda, ulami daromadliligi, samaraligi asosida
aks ettirilayotgan har yillik vujudga kelgan va jamg‘arilayotgan sof investitsiyaviy-
moliyaviy daromadni aniqlab baholash;
— davr   omilini   kapital   qiymatini,   baholarning   o’zgarishi   va   noaniqliklar
sharoitida   (aniq   bo’lgan   loyihani   mavjud   tavakkalchiliklar   orqali)   qabul   qilinishi
zarur bo‘lgan qarorlar munosabatlarini e’tiborga olish.
12 Shunga   asosan,   investitsiyaviy   hamda   moliyaviy   tahlilni   maqsadlari   va
andozalari   shunday   bo’lishi   zarurki,   ular   investitsiyalashdagi   va
moliyalashtirishdagi   hamma   masalalarning   yechimini   aniqlashga   oid   omillarni,
shuningdek,   loyihalardagi   hamma   investitsiyaviy-moliyaviy   natijalarni   tahlilini
amalga   oshirish,   aniqlash   va   unga   oid   qarorlar   qabul   qilishning   imkoniyatini
tug‘diradi.
Investitsiyaviy-moliyaviy  tahlilni  eng   asosiy   xususiyatlari  quyidagilarda  o‘z
aksini topadi:
-   ishlab   chiqarishdagi   moliyaviy-investitsiya   loyihalarini   moliyaviy   tahlili   -
bu   salohiyati   mavjud   bo’lgan   investor   korxona   va   tashkilotlar   hamda   loyihalar
tashabbuskoriga (yaratuvchisiga) loyihalardagi investitsiyaviy-moliyaviy natijalarni
ko‘rsatishi   uchun   yoki   eng   asosiy   texnologik   xarajatlami   hamda   loyihalar
takliflarining   tugallashga   loyihalarning   ishlab   chiqishining   so‘nggi   bosqichlaridan
bajariladigan   alohida   faoliyatlar   emasligi   muhimdir.   Investitsiyaviy-moliyaviy
tahlilni   texnologiyalar   va   ishlab-chiqarishning   quvvatlari,   loyihalashtirilgan
korxonani   joylashuvi,   resurslari,   loyihaning   andozalari,   marketing   strategiyalarini
mazmun-mohiyatiga   oid   aniqlashtiruvchi   loyihalar   strategiyalarining   ishlab-
chiqilishini   va   turli   xildagi   muqobillarining   ko‘zda   tutilishi   lozimligi   bilan
izohlanadi.
- investitsiyaviy-moliyaviy tahlilning o'tkazilishi jarayonidagi qarorlar qabul
qiluvchilar     investitsiyalarning   baholanishiga   turli   xildagi   mezonlarning
qo’llanishini   ham   hisobga   olishlari   zaruriy   hisoblanadi.   Bunday   holat   tahlilchini
shunday   mezonlarning   aniqlanishiga   majburlaydi   hamda   u   investorlarning   talab
qiladigan   axborotlarining   tayyorlanishiga   va   unga   oid   mos   holdagi   usullarini
tanlashga majburlaydi. 
Misol   uchun,   investorlarning   yuqori   bo’lmagan   rentabellikdagi
tezlashtirilgan   eskirish   fondi(amortizatsiya)ni   yoqori   qo‘yishi   mumkinligi,   yoki
hattoki,   kam   foydalar   sharoitidagi   asosiy   raqobatchilarga   nisbatan   bozorlardagi
o‘zinig ulushi kengaytirilishini xoxlashi  mumkinligi, bu holda uni strategiyasining
mavjud   firmani   yuqori   rentabelliligining   ta’minlashiga   xizmat   qilishini   taqozo
13 etadi.   Ushbu   holatda,   faqatgina   qatnashuvchi   tomonlar   emas,   balki   jamiyatni
qiziqishini   ham   hisobga   olishlari   zarur.   Jamiyatning   qiziqishini   shunda   ko’rish
mumkinki, bunda ularning investitsiyaviy jarayonda cheklangan resurslarni samara
orqali   ishlatilishini   va   mamlakatni   rivojlanish   uchun   intilishi   ko‘zda   tutiladi.
Qiziqishlarning   nazoratini   amalga   oshirishga   turli   xildagi   ma'muriy(administrativ)
va   fiskal(moliyaviy)   tadbirlarni   qo’llanilishi   muhimdir.   Bunday   tadbirlarning
rag‘batlantiruvchisi,   ham   chegaralovchisi   bo'lib,   loyihaning   baholanishini   hamda
investitsiyaviy-moliyaviy   tahlilining   jarayonlari   kiritilishi   hamda   aniqlanishi
lozimdir.
Moliyaviy-investitsiyaviy   kapital   qo‘yishdan   daromad   -   bu   investitsiyaviy
qarorlarini   asosiy   mezonlaridan   bo‘lsada,   u   ishlab-chiqarish   hamda   sanoat
investitsiyalaridan   asosiy   sabab   hisoblanmaydi,   chunki   investitsiyaviy-moliyaviy
resurslarning   turli   xildagi   qimmatli   qog‘ozlar,   ya’ni   aktsiya,   obligatsiya   hamda
veksellarga ham kiritishi mumkin. Amma, ishlab-chiqarish va sanoat loyihalarining
texnik-texnologik   hamda   iqtisodiy   asoslash   sabablari   yo‘lida   investitsiyalashda,
nafaqat   resurslarni   uzoq   muddatda   kiritilishi   —   daromad   olishga   yo‘naltirilishi
sifatidagi,   balki   likvidlilikni   ishlab-chiqarish   aktivida   o‘zgarishini   taqozo   etadi.
Ishlab-chiqarish  va sanoat  investitsiyasiga  oid qabul  qilinadigan har  bir  qarorlarni
investitsiyaviy loyihalarini umumiy bo’lib amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
quyidagicha mezonlarga asoslanib tadqiq etiladi:
-   jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy   makoniga   mos   bo‘lgan   loyihalarning   bosh
(korporativ)   maqsadi   bilan   rivojlantirilishi   maqsadlari   orasida   hozirgi   va
kelgusidagi   vaqt   mobaynida   qandaydir   bo’lishi   mumkin   bo'lgan   qarama-qarshilik
mayjudmi?
-   investitsiyaviy   loyihani   maqsadiga   erishishiga   taklifi   etilgan   loyihasini   va
marketing   strategiyalarini   qanchalar   zarurligi,   nima   sababdan   taklifi   etilgan
strategiya tanlanadi, alternative(muqobil) strategiyalarni ham e’tiborga olishganmi?
-   investitsiyaviy   loyihani   tarkibini,   ya’ni   loyihaning   andozasini   marketing
konsepsiyasini,   korxonaning   tanlangan   joylashishi   joyini   qanchalar   loyihaning
strategiyasiga va talabiga mosligi resurslarni borligigato‘g‘ri kelishi;
14 - investitsion loyihani  iqtisodiy resurslarning natijali ishlatoladimi, loyihaga
talabidan kelib chiqadigan bosh resurslarni ishlata olishining juda zo‘r mos yo‘llari
bormi?
-   investitsiyaviy   loyihalashtirilayotgan   hamma   investitsiyaviy   sanoat   yohud
ishlab-chiqarish   va   marketing   xarajatlarini   ishonchliligi   darajasida   va   mos
keladigan chegarasi bormi?
- investitsion loyiha hayotiyligini hohlagan paytda to‘lasa bo’ladigan moliya
majburiyatlarini bajarishga respublikamiz va chet-el valutasi orqali yetarli darajada
ta’min qilinganmi?
-   hamma   investitsiyaviy   xarajatlar   kapitalni   borligini   aniqlovchi   moliya
chegaralarida yotganmi?
-   investitsion   loyihalashtirishdan   jamg‘arilgan   har   yillik   va
diskontlashtirilgan   daromad   gorizont   rejalashtirishda   loyihaning   tarkibini   va
ma'lumotlarini baholashdagi  xatolarda, inflyatsiyani, narxlarni nisbiy o‘zgarishida,
shuningdek,   ishga   aloqador   bo’lgan   makonning   o‘zgarishida   (raqobatchilarni,
iste’molchilarni,   bozorni,   mol   yetkazib   beruvchilarni   va   jamoat   siyosatini)   qay
darajada   sezgirligi,   haqiqiy   pullar   kirim   va   chiqimlarini   va   tegishli   daromad
tarkibini   investorlarning   va   moliyachilarni   ko'zlagan   maqsadlarini   eng   kam
talablariga to‘g‘ri keladimi?
- tavakkalchiliklar  bor sharoitlarda ularni  nazoratga olish yoki boshqarishga
qay darajada strategiyani ishlab chiqish kerak?
-   tavakkalchiliklarning   moliya   natijalarini   qay   darajada   bo’lishi,   ya’ni
ularning   o‘zlari   bilan   birgalikda   investitsiyaviy,   marketingli,   ishlab-chiqarish   va
moliya xarajatlariga qo'shimcha tarzda xarajat olishi yoki aksincha, yoki bo'lmasa,
kutilgan   ishlab-chiqarish,   realizatsiya   hajmini,   realizatsiya   narxlarining
pasaytirilishi.
Xulosa   qilib   aytganda,   investitsiyaviy   qarorlarini   qabuli   qilishni   bosh
mezonlari qaysi muhim ko‘rsatkichlaridan iborat ekanligini ko‘rib chiqdik.
Investitsiyaviy   faoliyat   subyektlarini   investitsiyalash   to‘g‘risida   qarorlarni
qabul qilayotgan vaqtda loyihalarni tavakkalchilikni, manbalarni mavjud qiymatini,
15 alternativ   imkoniyatlariga   ko‘ra   loyihani   jozibadorligi   e‘tiborga   olishi   zarur.
Investitsiyaviy   faoliyat   subyektlar   bunday   qarorga   tavakkalchilikning   mos
darajasida   kutilgan   daromadlikning   tahlilining   asosida   bo‘ladi.   Investitsiyalash
to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, tavakkalchilillarni va kelajakdagi investitsiyaviy
daromadligini e‘tiborga olish zarur hisoblanadi.
Investitsiyalash-moliyalash   haqida   qaror   qabul   qilishga   o'rganilgan
ma'lumotlarning kompleksini quyidagilar orqali tashkil topishi ahamiyatlidir:
— investitsiyaviy   loyihaning   maqsadlarini,   uni   mo’ljalini,   iqtisodiy
muhitini;
— investitsiyaviy   loyihaning   marketing   tadqiqotlari   (realizatsiya,
raqobatlashuv muhit, realizatsiya dastur va narxlar siyosati);
— investitsiyaviy loyihaning moddiy xarajatlari;
— mehnatni,   ob-havoni,   ijtimoiy   omil   va   boshqalarni   e’tiborga   olib
korxonani joylashuvini anaiqlash;
— investitsiyaviy loyihaning qurilish ishlari haqida ma'lumotlar;
— ishlab-chiqarishning tashkil etilganligi va boshqaruv;
— xodimlar muammosi;
— investitsiyaviy loyihaning tashkil etilish jadvali;
— investitsiyaviy   loyihaning   amalga   oshirish   vaqtiga   oid   moliyalash
hajmlari;
— investitsiyaviy loyihaning samaraligini baho berish.
Moliyaviy-investitsion   tahlilning   xarajatlar-daromadlar,   aktivlar-passivlarga
oid   tegishlicha   savdo   axborotlari   (moliyaviy   resurs,   xizmat   va   tovar   oqimi
to‘g‘risidagi   axborotlar)   tizimli   holatda   ko‘rish   va   qayta   ishlashiga   asoslanadi.
Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish tizimini har  doim  ham  korxona yoki tashkilotning
moliyaviy   holati,   ya’ni   balansli   hisobotlarida   aktiv-passivlar,   xarajatlari,
majburiyatlari(hisobot davri uchun) va sof foydaga oid hisobotlarda ko‘rsatiladigan
daromadni o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, bu hisoblar tizimini ishlab-chiqarish va
marketing xarajatlarining aniqlanishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni
sof   foyda   uchun   hisobot   tuzganda,   samaradorli   moliyaviy-investitsiyaviy
16 rejalashtirish,   mahsulot   yoki   xizmatga   oid   narxning   kalkulyatsiyasi   va
xarajatlarning nazoratini amalga oshirish uchun muhimdir.
Investitsion loyihaga oid iste’mol qilinadigan resurslar va ishlab-chiqarilgan
mahsulot   fizik   shakli   mavjudligi   va   bu   sharoitda   narxlarning   ular   qiymatlarining
ko‘rsatilishi va ishlatilishida ahamiyatlidir.
Umumiy   holda,   texnologik-iqtisodiy   asoslashning   maqsadlariga
narxlar(baholar) hamma gorizont rejalashtirishda ishlab-chiqariladigan mahsulotlar
va iste'mol qilinadigan resurslarni haqiqiy iqtisodiy qiymatining bir ko‘rinishidir.
Narxlar(baholar)ni   turli   xildagi   yo‘llar   orqali   aniqlash   mumkinligi,   bu
quyidagilarga   oid   holda   yuz   berishi:   bozor(aniq)   yoki   hufyona(noaniq)
narxlar(baholar)   bilan;   absolut   yoki   nisbiy   narxlar(baholar)   bilan;   joriy   va   doimiy
narxlar(baholar) bilan.
Bu   baholar   moliyaviy   tahlilda   qanday   ishlatilishi   hamda   nimani   anglatishi
mumkin?
Aniq narxlar yoki bozor baholari — bu bozordagi bozor talabi va taklifi yoki
hukumat   orqali   aniqlashidan   farqli   o‘laroq   bozorda   vujudga   kelgan   narxlar,
boshqacha aytganda, bu narxlar korxonada foydalaniladigan resurslami xarid qiladi
va tovar hamda xizmatlarni realizatsiya qiladi.
Moliya   tahlili   jarayonida   bozor   narxlaridan   foydalaniladi.   Ammo   xarajatlar
va   daromadni   iqtisodiy   tahlil   qilish   bosqichidagi   bozorning   narxlarini   ishlab-
chiqarilgan mahsulotlar va foydalaniladigan resurslarni haqiqiy iqtisodiy qiymatini
aks   ettirishi   mumkinmi?   Shunday   bo‘la   olmasa,   bozorning   baholari   buzilib
ko‘rsatilsa, unday holatda iqtisodiy tahlilning haqqoniyligi uchun hufyona(noaniq)
baholarda foydalaniladi.
Absolut ( mutlaq)   narxlar(baholar)   —   bir   xizmat   yoki   mahsulot   qiymatini
mutlaq   pul   miqdori   asosida   ko‘rsata   oladigan,   ushbu   davrda   nisbiy   narxlarda   uni
qiymati bo‘yicha boshqacha bir mahsulotni qiymatini ifodalaydi. Misol uchun, o‘n
tonna paxtaning mulaq narxi 10 mln. so‘m desak, bug‘doyning ekvivalent miqdori
30   mln.   so‘m.   Bunda   paxtaning   nisbiy   narxi   bu‘g‘doyga   nisbatan   qaytadan
hisoblansa   0,33   koeffitsiyent   hosil   qiladi,   bunday   deyish   bug‘doyning   nisbiy
17 narxini   paxta   narxidan   3   marta   ko’pligi   demakdir.   Absolut(mutlaq)   narx(baho)
darajasi ishlab-chiqaruvchanlikni o'zgarishini yoki inflyatsiyaning natijasi, loyihani
bajarilish   vaqtini   o‘zgarishida   ko‘rishni   taqozo   etadi.   Ushbu   o‘zgarishlarni   nisbiy
narx(bahosi)ni   o‘zgarishi   ko‘rmasligimizga   olib   keladi.   Boshqa   so‘zlar   bilan
aytadigan   bo’lsak,   nisbiy   narx(baho)lar   ma’lum   hollatlarda   absolut(mutlaq)
narx(baho)lar   o‘sishi   yoki   kamayishi   o‘zgarishsiz   qolayotganini   ko‘rishimiz
mumkin.   Moliya   tahliliga   absolut(mutlaq)   narx(baho)lar   hamda   nisbiy
narx(baho)lar muhim aha mi yat kasb etadi.
Doimiy va joriy narxlarda inflyatsiyaning natjjasi davr oralig‘ida o‘zgarishi,
buning   iqtisodiyotda   narx(baho)   darajasini   umumiy   o‘sishiga   ham   olib   kelishi
mumkin. Inflyatsiyaning resurslarni qiymati qandaydir ta’sir etishi va narx(baho)lar
tovar  yoki mahsulotga ta’sir  ko‘rsatishi, ushbu ta'sirning texnologik hamda texnik
iqtisodiy   tomondan   asoslash   bo‘yicha   rejalashtirilgan   moliya   tahlilida   ko‘rilib
chiqilishining   lozimligini   bildiradi.   Absolut(mutlaq)   narx(baho)lar
keltirilayotganligi   resurslardagi   va   mahsulotdagi   barqarorlikning   o’zgarmasligi,
unda   o’zgarmas   narx(baho)larda   investitsiyalar   orqali   keladigan   foyda   va
daromadni   yetarli   holatda   konkret   hisoblashga   olib   keladi.   Agar   nisbiy
narx(baho)lar   o‘zgaradigan   bo’lsa   va   tovar   narxiga   nisbatan   ishlab-chiqarishga
kiritilgan   resurs   narxi   oshadigan   yoki   aksincha   bo‘ladigan,   unday   holatda   ulami
haqiqiy pulning oqimi va foyda tegishli ta’sirlarini moliya tahliliga kiritilishi zarur.
Inflyatsiyani   loyiha   bajarilish   bosqichida,   aynan   bir   yil   davomida   katta
miqdorda   inflyatsiyani   darajasining   jilovlashi   maqsadi   orqali   qo‘shimcha
aksiyadorlikning yoki qarz mablag‘larining evazi asosida moliyalashtirishga ehtiyoj
etilishiga  sabab  bo‘lganligi,  hattoki,  nisbiy   narxlar  o‘zgarmay  qolishi   ham  moliya
rejalashtirilishida   hisobda   bo’lishi   kerak.   Shuningdek,   giperinflyatsiya   sharoitida
vujudga keladigan aylanma va asosiy kapitalning har yilda qayta baholanishi kerak.
Aylanma   kapitalning   loyihalashtirilishida   milliy   hamda   import   qilingan
materiallar   uchun,   kommunal   orqali   xizmatlar,   mehnat   resurslari   va   h.k.lar   bilan
turlicha   tavakkalchilik   darajasini   qo‘llau   olish   kerak.   Sotishdagi   prognozi,
bashoratliligi,   istiqboliligi,   realizatsiya   hajmini   yetarli   holatda
18 loyihalashtirilmaganligi, bunda narxlami o‘zgarishining avvaldab aniq ko‘rolmaslik
sababi bo‘lishi mumkin.
Bundan   tashqari,   qaror   qabul   qiluvchi   fuqaro   uchun   loyihalarni   gorizontal
rejalashtirishning   o‘zini   loyiha   orqali   xo‘jalikni   yuritish   faoliyatining   sohasi
boshqarishi   hamda   nazoratga   olishga   oid   qarorlarni   qabul   qilishi   yohud   o‘zini
investitsiyaviy   yoki   moliya   faoliyatining   yo‘lga   qo‘yilishiga   muvofiq   vaqtlar
oralig‘ining ko’rinishida aniqlanishi mumkinligini aks ettiradi.
Shuningdek,   qarorlar   qabul   qilishdagi   fuqaro   orqali   aniqlanishi   bu   -
gorizontal   rejalashtirishning   loyihalar   hayotiyligining   hisobda   olinishi   lozimligi
bilan   idodalanadi.   Iqtisodiy-ijtimoiy   hayotiy,   ya’ni   loyihalar   haqiqiy   daromadini
yaratadigan   vaqt,   ko’proq,   tashkilot   va   korxona   asosiy   texnik-texnologik   hayotiy
tsikliga,   bu   ishlab-chiqarish   va   sanoat   sohasi   hamda   tovar   va   mahsulotni   hayotiy
tsikliga, bundan tashqari, korxonani o‘zining faoliyatiga ishda aloqadorligi muhitni
o‘zgarishida hamda moslashuvchanligida bog‘liqligi mavjuddir.
Loyihani iqtisodiy hayotiylik vaqtini aniqlash uchun xar xildagi omillarning
baholashda to‘g‘ri kelishi mumkin, bu quyidagilarda o‘z aksini topadi: 
-   loyiha iqtisodiy nuqtai nazardan talabni davomiylik omili; 
- xomashyoning saqlanish hamda yetkazish davomiylik omili; 
- texnik-texnologik yuksaltirish darajalarining omili; 
- binolar hamda uskunadan foydalanishni davomiylik omili; 
- alternative investitsiyalashning imkoniyatlarining omili; 
- boshqaruvda chegaralanishlarning omili.
Shunisi   aniqki,   loyihani   iqtisodiy   hayotini   hech   bir   davrda   uni   texnik-
texnologik     yohud   huquqiy   hayotida   katta   bo‘lmaydigan,   uni   bundanda   past
bo‘lishining yohud unga tenglashtirilganligi muhimdir.
Loyihaning   rejalashtirishdagi   faqatgina   uni   iqtisodiy   hayotiiy   ahamiyatliligi
muhimdir.
Investitsiyaviy   loyihalarning   baholashda   va   uning   jarayonida   gorizontal
rejalashtirishni   hamda   loyiha   hayotiyligining   o'rtasida   aloqadoriligi,   ayniqsa,
hisoblanishi ahamiyatli hisoblanadi.
19 Xulosani o’rnida shu narsani ta’kidlash joiz hisoblanadi, ya’ni investitsiyaviy
qarorlari qabulini amalga oshirishda investitsiyaviy loyihalarni baholashini amalga
oshirish,   tahlilini   qilish,   tanlovini   amalga   oshirishni   ilmiyligini   asoslash
uslubiyotida   foydalanishning   muhimligini   ahamiyati   yuqoridir.   Bundan   tashqari,
investitsiyalarning xususiyatida kelib chiqib, qarorlarni  qabulini amalga oshirishda
ularning moliya va mablag‘ orqali ta’minlashni shu tarzda tashkillashtirish lozimki,
bundagi   ularni   qiymati   minimallashtirilgani   hamda   joylashtiriladiganligi   kapitalni
foydaliligining   oshirilishiga   qodirligi,   iqtiboslardan   foydalana   olish   yo‘llarining
baholanish   zarur   bo‘lishi   bilan   asoslanadi.   Investitsiyaviy   qarorlarini   qabulini
amalga oshirishda investitsiyaviy kapitalini tuzilishini, uni ma’lum davr mobaynida
taqsimlanish   hamda   pulni   joriy   qiymatining   hisoblashdagi   imkonini   beradigan
diskontlashtirish koeffitsiyentini qo‘llashning talabini o‘zida aks ettiradi.
Shunday   qilib,   birinchidan,   investitsiyaviy   qarorlarning   qabulini   amalga
oshirishda   loyihaning   bajarilishining   asosini   tashkil   etishi   hamda   u   bir   nechta
mezonlarda   asoslanishi   ahamiyatlidir.   Investitsiyalashning   to‘g‘risida   qarorlar
loyihani   biror   maqsadga   muvofiqliginig   tavsiflovchisi   tahlil   axborotklarga
asoslanishi   oqrqali   qabuli  amalga  oshirilad;   ikkinchidan, investitsiyaviy   qarorlarni
qabulini   amalga   oshirishda   bosh   axborotlar   bo‘lib,   moliya   tahlili   natijalarining
hisoblanishidir. Moliya tahlilni bosh e’tibori - bu qiymatda asoslanadigan iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning   baholanishiga   asoslanganligini   hamda   ularning   narxlarining
jiddiyroq   ta’sirini   ko‘rsatishi   tufayli   loyihalarga   oid   aniq   baholashni   ahamiyati
favqulotda   ahamiyatli   hisoblananishi   muhimdir;   uchinchidan,   loyiha   aniq-ravshan
hisoblarga   asoslangan,   to‘g‘ri   gorizontal   rejalashtirishni   hamda   uni   hayotiylik
vaqtini   aniqlashda,   uzaytirishda   imkoniyat   berishi   mumkin.   Shuningdek,
loyihalarni   hayotiyligining   aniqlanishida   yanada   ko‘p   omillarning   ta’sirini   aniq
hisobda   tutish   keral.   Loyihani   hayotiyligi   payti(yashovchanlik)   qanchalar   ko‘p
bo‘lishi,   undagi   olinishi   mumkin   bo‘lgan   samaradorlik   bilan   shunchar   baland
bo‘lishi mumkin.
20 1.2. Investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati.
Investitsiyalashning   maqsadlaridan   hamda   yo‘nalishlaridan   shunisi
ravshanki,   investitsiyaviy   jarayon   investitsiyalashning   hodisalar,   holatlarni
bosqichma-bosqich   almashinuvi,   daromad   olishmi   yohud   boshqacha   ijobiy
natijalarga   erishishga   ketma   ket   harakatlarni   majmuyini   ko‘rsatadi.   Bundan
tashqari,   investitsiyaviy   jarayonini   asosiy   nuqtalari   qayerda   yohud   nimalardan
dastlab   namoyon   bo‘ladi?   Yuhud   qaysi   joydan   “start”   olishi   mumkin?   Ko‘pgina
iqtisodchilarni   investitsiyalashni   asosi   jamg‘arma   tashkillashtiradi,   deydigan
fikrilari mavjud. Usbu nuqtayi-nazarda, investitsiyaviy jarayonini asosiy manbaini
jamg‘armalar   tashkil   etadi.   Ushbudan   shuni   ko‘rsa   bo‘ladiki,   investitsiyalash
jarayoni   bajarilishiga   jamg‘arma   bo‘lishi   zarurdir.   Jamg‘armani   yo‘qligi
investitsiyalarni   mavjud   bo’lmasligi   hamda   investitsiya   haqida   gap   borishining
ehtiyoji   qolmasligini   bilan   ifodalanadi.   Shuning   uchun,   investitsiyalash
jarayonining   tushunilishida   resurslarning   jamg‘arilish   jarayoni   birgalikda   ko’rib
chiqish   uni   mohiyati   oydinlashtirilishiga   olib   keladi.   Investitsiyalashdan   avval
resurslarning   jamg‘arilishi   zarurdir.   Ayni   vaqtning   o‘zi   bozor   munosabatlarini
rivojlanishining   xo‘jalikni   yurituvchi   subyektlarining   kapitalni   oqimini
tezlashishida   hamda   ushbu   jarayondagi   har   bitta   xo‘jalikni   yurituvchi   subyektini
resurslarning   jamg‘arilishi   boshqasiga   investitsiyalashdan   tashkil   topadi,   ya’ni
Xusanning foydasi, Xasanning xarajatlari bo‘lishi. Misol uchun, xo‘jalik, aksariyat
holda,   investitsiyalashga   o‘zining   mablag‘ini   yetmagan   holda   qimmatli
qog‘ozlar(aktsiya, obligatsiya, veksel va boshq.) chiqara boshlaydilar.
Ushbu   jarayonlar   ularga   resurslarning   jamg‘arilishi   bilan   bog‘liq   bo‘lishi,
lekin   qimmatli   qog‘ozlar(aktsiya,   obligatsiya,   veksel   va   boshq.)ni   xarid
qiluvchilarga   investitsiyalashdir.   Ushbu   holatda   investitsiyalash   jarayonida
investorlarni   resurslarning   jamg‘arilishi   hamda   ularning   qo‘yilishiga   oid
harakatlarining majmuasidir, deb qarash asosli bo’lishini ta’kidlash muhimdir.
Investitsiyalarni   favqulotda   muhimligi   shundan   iboratki,   bu   ularning
multiplikatsion   samara(hodisa)ga   ega   bo‘lishidir.   Keynschilik   nazariyasi
multiplikatsion   konsepsiyaga   ko‘ra,   investitsiyalashning,   iste’molning   hamda
21 milliy   daromadning   o‘rtalarida   mustahkam   bog‘liqlikning   mavjudligi   —
investitsiyalashga   ketgan   har   bitta   xarajatning   dastlabki   daromadiga   aylanishi,   bu
daromadni yana xarajat qilinishiga hamda yana boshqalarni daromadiga aylanishiga
hamda   jarayonni   shunday   holatda   davomiy   bo‘lishiga   (Xusanning   sarflari,
Xasanning   foydasi   bo‘lishi),   ushbu,   o‘zining   o‘rnida,   bandlikni   hamda   ishlab-
chiqarish hajmini o‘sishiga olib keladi.
Multiplikator-inglizcha   so‘zidan   olingan   bo‘lib,   ko‘paytiruvchi   ma’nosini
anglatadi.  Akselerator-lotincha   asselero   so‘zidan  olingan  bo‘lib,  tezlataman  degan
ma’noni   anglatadi.   Bu   esa   bir   paytning   o‘ziyoq   multiplikatsion   jarayonni
investitsiyalash   resurslari   harakatiga   keltiradi   hamda   ishlab-chiqarish   faolligining
kengayshiga   olib   keladi,   oldingidan   ko‘ra   ko‘p   Tovar   va   mahsulotlar   hamda
daromadlar   yaratilishi   kuzatiladi.   Ushbular   yana   qayta   iste’moli   amalga   oshiriladi
hamda investitsiyalashga ajratilishi sodir bo‘ladi. Shu tarzdan avvalgiga ko‘ra ko‘p
daromadlarning   investitsiyalashga   aylanishini   ishlab-chiqarishni   doimiy
kengayishiga   sabab   bo‘ladi.   Ushbuda   investitsiyalashda   olinadigan   daromadning
banklar foizlaridan kamroq bo‘lmasligini nazorat qilish  zarurdir, aksincha, pulning
investitsiyalashdan ko‘ra jamg‘arilishi qulayligini ko‘rish mumkin.
Investitsiyalashdan   qilingan   foyda   darajasining   ifodalanishiga
multiplikatorning koeffitsiyentini ko‘rsatkich sifatida qo‘llanilishi mumkin. Ushbu
ko‘rsatkichni   daromadning   ko‘payishi   orqali   investitsiyalashning   ko‘payishi
o‘rtasida bog‘lanishning ifodalanishi, ya’ni investitsiyalashdan kelgan daromadning
pasayishi, investitsiyalash faolligini ham susayatiradi.
Daromadni   o‘sishini   investitsiyalashga   ta’siri   doirasining   ko‘rish   uchun
iqtisodchilarning   akselerator   tushunchasini   kiritganligi   muhimdir.   Akselerator-
investitsiyalashning   o‘sishini   milliy   daromadlarga   nisbatan   ifodalanuvchi
koeffitsiyenti   bo‘lib,   uning   ushbu   yilda   investitsiyalash   o‘sishini   oldingi   yilga
milliy   daromadlar   ortishiga   nisbatlari   orqali   topiladi.   Bu   daromadni   ortishining
investitsiyalash ortishiga ta’sir doirasini ko‘rsatishi bilan izohlanadi.
Yuqoridagi   ma’lumotlar   orqali   shuni   ta’kidlash   mumkinki,   investitsiyalash
jarayonini   mohiyatining   yoritilishi   ularni   jamg‘arilishi(resur),   qo‘yilishi(xarajat)
22 hamda   daromad(foyda)   olishga   dinamik   jarayondan   qaralishi   zarurdir.
Investitsiyalash jarayonini asosida investitsiyalashdagi bosqichma-bosqichlik, ya’ni
resurslar(jamg‘arma)-investitsiyalash(xarajat)-daromad(foyda)   olishga   yohud
ijtimoiy-iqtisodiy   samaralarga   erishishda   bosqichma-bosqichlik   bo‘lishi   zarurdir.
Lekin,   ushbu   holatda   shunday   narsalarni   e’tiborga   olishimiz   zarurki,   foyda
investitsiyalash jarayonigamas, balkim ishlab-chiqarish jarayoni holatida yaratilishi
muhimdir. Topilgan foydaning ma’lum bitta qismini iste‘mol qilinishi hamda qolga
qismi jamg‘arilishini taqozo etadi.
Investitsiyalash   jarayonini   tadbirkorlikka   hamda   boshqacha   faoliyatlar
turlarining   tashkillashtirilishiga   mol-mulklarni   kapitallashuvining   ta‘minlanishida
investorlarni   resurslarining   jamg‘arilishi   hamda   ularning   turli   xil   shaklga
qo‘yilishiga   oid     harakati   yig‘indilari ,   deya   tushunishimiz   zarur   (1-rasm).   Ushbu
jarayonning   maqsadi   jamg‘arish(resurs)-investitsiyalash(xarajat)-mol-mulkning
kapitallashuviga-iqtisodiy-ijtimoiy   samaraga   bosqichnma-bosqishligidan
iboratliligida   namoyon   bo’ladi.   Ayniqsa,   ushbu   holatlarda   pullar   shaklda
investitsiyalash   mol-mulkni   kapitallashuviga   olib   kelmaydiku?   -   deya   savollar
berilishi   tabiiy.   Shularni   ta’kidlash   kerakki,   investitsiyalash   jarayonini   natijasi
sifatida   pullar   mablag‘larini,   oxiri-oqibatda,   kapital   bu   -   mol-mulkning
kapitallashuvini   keltirib   chiqaradi.   Shuning   uchun   ham,   investitsiyalashning
maqsadi   foyda   olishimiz   ekanligi,   faqat   mol-mulklarni   kapitallashuvi   foyda
toppishga   sharoitlar   yaratiladi.   Chunki,   pul   mablag‘i,   aktsiyalar,   obligatsiyalar,
veksel   hamda   boshqacha   moliya   shaklida   investitsiyalashning   bosh   maqsadi   mol-
23 mulklami   kapitallashuvining   ta’minlanishi,   ularning   yangilanishi   hamda
zamonaviylashtirilishidan iboratdir.
Umumlashtiriladigan   bo‘lsa,   resurs   hamda   ularning   qo‘yilishi   va   ushbu
jarayonning   natijasi   daromad(foyda)   olishning   uzviylik   bilan   bog‘langanligi,
investitsiyalashdan   avval   resurslarni   jamg‘arish,   keyin   ularni   daromad(foyda)
yohud   ijtimoiylik   nuqtai   nazarida   samara   topish   maqsadi   iqtisodiy   hamda
boshqacha   faoliyatlar   obyektlarida   joylashtirilishi   zarur.   Resurssiz   qo‘yilish
jarayonlsri   bo‘lmay   turadi,   resurs   qo‘yilishi   bo‘lmas   ekan   daroma(foyda)   yohud
ijtimoiylik nuqtai nazaridan samara topish ham mumkinmas hamda shu kabi, resurs
qay xilda bo‘lishning ahamiyati yo‘q va uning manbayi daromaddir.
Shunday   qilib,   yuqoridagilardan   shuni   ta‘kidlash   joizki,   resurs(jamg‘arish)-
investitsiyalashni   asosiy   manbaidir.   Shularni   qayd   etish   lozimki,   shaklidan   farqi
yo’q holda investitsiya kapital(resurslar)ning jamg‘arishi jarayonini pirovard natija
hisoblanadi.   Jamg‘arish   investitsiyalashning   asosi   sifatida   qo‘yilgan
investitsiyalarni hajmining belgilanishida xizmat qiladi.
Investitsiyalashni asosiy bosqichi bo‘lib quyidagilarni hisoblash mumkin:
-   resursni   kapital   qo‘yilmalariga   aylantirishni   (resurslarni   kapitallashuvi),
ya'ni,   unda   investitsiyalarni   investitsiyalash   faoliyatini   konkret   obyektlari
transformatsiyasining jarayonida vujudga keladi; 
-   investitsiyalash   qo‘yilayotgan   mablag‘larni   kapital   qiymatini   ko‘payishiga
aylanishi   (ekspluatatsiya   uchun   berilganligi   obyektlarni   hamda   ishlab-chiqarish
quvvatlarining shaklida bo‘lishi); 
-   kapitalning   qiymatini   foyda(daromad)   shaklda   ko‘payishi,   ya'ni
investitsiyalashni so‘nggi(oxirgi) maqsadini amalga oshirilishi.
Xulosa   qilib   aytganda,   investitsiyalarni   asosiy   va   so‘ggi   nuqtasi   tutashishi
ro‘y   beradi.   Unda   yana   bosqichma-bosqichlik,   o‘zaro   yangi   aloqalar   shakllangan:
foyda(daromad)-resurs-so‘nggi   samara,   ya’ni   jamg‘arilish   jarayonining
takrorlanishidir.   Shunday   qilib,   investitsiyalash   faoliyatini   mohiyatining
tushunilishida   jamg‘arishning(resurs),   investitsiyalash   va  ularni   kapitallashuvining
jarayonlari birgalikda qarashimiz zarur bo‘ladi.
24 Investitsiyalash   faoliyatini   investitsiya   hamda   investitsiyalarni,   mulkning
ko‘paytirilishiga   asos   hisoblanadi,   aynan   shu   faoliyatga   investitsiyalash   bitta
ko‘rinishda   boshqa   ko‘rinishda   bo‘ladi,   ya‘ni   jamg‘armalarni(resurs),
qo‘yilmalarni(xarajat),   kapital   mulkni(tayyor-mahsulot),   iqtisodiy-ijtimoiy
samara(foyda, daromad) va kapitalning ko‘paytirilishi(jamg‘arish) shaklga o‘tadi.
Investitsiyalash   jarayonining   investitsiya   faoliyatidan   farqlari   -   bu   investitsiyalash
jarayonining   maqsadli   harakatining   namoyon   etilmasligidir   hamda   u   umumiy
bo‘lgan   xatti-harakatlarning   ifodalanishini   hamda   mujassamlashtirilishini   aks
ettiradi.   Investitsiyalash   faoliyatining   konkret   maqsadlarga   asoslanganligi,
maqsadning   xili   turlicha   yo‘nalishda   bo‘lishi,   samara   va   natijaga   egaligimuhim
ahamiyat  kasb etadi. Investitsiyalash  faoliyatini tadbirkorlik g'oyalarini  yaratishni,
ishlab-chiqarish,   ularning   asosida   investitsiyalash   loyihalarining   asoslanishi,
investitsiyalash   loyihalarining   amalga   oshirilishining   moddiy,   texnik,   moliya   va
boshqacha   asosini   aniqlashni   hamda   ta‘minlashni   va   shu   asosida   investorlar
xarajatlarini   qoplanishining,   mulkni   yanada   ortishiga   erishishda   hamda   bunday
jarayondagi   ma’lum   subyektlarning   ishtirokini   ta’minlashda   harakatlarining   va
imkoniyatlarining aks ettirilishi muhim hisoblanadi. Ushbu jihatda investitsiyalash
faoliyatini investitsiyalash jarayoniga nisbatan keng tushunchaga ega hisoblanadi.
Investitsiyalashga   qo‘yilgan   resurslarni   turiga   qarab,   investitsiyalash   resursi
quyidagicha shaklda bo‘ladi: 
- pul, moliya mablag‘lari, shuningdek, kredit, pay, aktsiya hamda boshqacha
qimmatli qog‘ozlar; 
-   ko‘char   hamda   ko‘chmas   mol-mulklar   (bino,   inshoot,   uskuna   va   boshqa
moddiy boylik) hamda ularga doir huquqlar; 
-   intellektual   mulkiy   ob’yektlar,   shuningdek,   texnikaviy   hujjatlar   tarzida
tuzilgan   texnik   va   texnologiyaga,   tijorat   bilan   bog‘liq   va   boshqacha   bilimlar
majmuyi,   u   yohud   bu   turdagi   ishlab-chiqarishni   tashkillashtirishga   kerak   bo‘lgan
bilimlar hamda ishlab-chiqarish tajribalari, nou-xaular; 
25 - yer hamda boshqacha tabiiy resursga, bino, inshoot, uskunrga egalik qilish
va   ulardan   foydalanish   huquqi,   shuningdek,   mulk   huquqidan   kelib   chiquvchi
ashyoviy huquqlar; 
- qonun-hujjatlariga oidm boshqacha boylik.
Investitsiyani   amalga  oshirish  maqsadi   aniq bir  ijtimoiy-iqtisodiy  maqsadga
yo‘naltirilganligi,   texnik   va   iqtisodiy,   biznes   va   boshqaruv,   marketing   hamda
ishlab-chiqarish   rejalariga   asoslangani   bilan,   turli   moliya   manbalarini   mablag‘lar
ishtirokida   ko‘zlanga   kompleksli   hujjatlarga   asoslanib   shakllantirish   bo‘yicha
investitsiyalash loyihalarini amalda oshirish bo‘yicha ko’zlangan hisoblanadi.
Hozirgi   kunda   g‘arb  adabiyotlarining   investitsiyalash   to‘g‘risidagi   eng   ko‘p
tarqalgan 4 maqsadi quyidagicha keltirilgan: 
- investitsiyalashdan joriy daromadlarni ko‘paytirishni amalga oshirish; 
- investitsiyalashdan   kelajakda   ko‘p   xarajat   uchun   mablag‘lar
jamg‘arishni tashkil etish; 
- investitsiyalashdan pensiya jamg’armalarida mablag’lar to‘play olish; 
- investitsiyalashdan daromadlarni soliqqa tortishdan himoyalay olish.
Yuqoridagi   keltirilgan   ro‘yxatdagi   investitsiya   maqsadlari   manfaatlarning
ustuvorligida   yaqqol   ko‘rinadi   hamda   shuning   uchun   uni   sharhlashda   zarurat
mavjud emas, deya hisoblanadi.
Umumiy   holda   qaraganda,   investitsiya   maqsadlari   4   guruhda   bo‘lishini
taqozo etadi: 
-   investitsiyalarni   jalb   etishdan   yangi   ishlab-chiqarish   yohud   xizmat
ko‘rsatishni tashkillashtirish;
-   investitsiyalarni   jalb   etishdan   ishlab-chiqarishni   yohud   xizmat   ko'rsatishni
kengaytirishni amalga oshirish; 
-   investitsiyalarni   jalb   etishdan   ishlab   chiqarish   samaradorligini   oshirish
yo‘llarini aniqlash; 
- investitsiyalarni jalb etishdan hukumat va davlat tashkilotlarining ehtiyojini
qondirishi va ularning mahsulotlar hamda xizmat orqali ta‘minlanishi.
26 Yuqoridagilardan   shuni   ko‘rsa   bo‘ladiki,   investitsiyalashning   maqsadi   turli
xilda   bo'lib,   ularning   oxir   oqibatda,   respublika   iqtisodiyoti   rivojlanishini
ta’minlashga imkoniyat yaratadi.
Investitsiyalash   resurslarini   taqchilligining   sharoitida   eng   ustuvorli
yo‘nalishga   egaligi,   loyiha   sanoat   tarmoqlari   hamda   qishloq   xo‘jaligida,   ijtimoiy
sohalarda (fan, sog'liqni saqlash, madaniyat, maorif va h.k.) ishlab-chiqilishi kerak.
Investitsiyalash   faoliyatining   sub’yektlari   investitsiyalash   sohasida   faoliyat
ko‘rsatib,   buning   natijasida   ular   tomonidan   investitsiyalash   amalga   oshirilishini
ko‘rishimiz   mumkin.   Investitsiyalash   sohasining   tarkibida   quyidagilar   bo‘lishi
muhim: 
-   investitsiyalashda   kapital   qurilish   sohasi   (bu   soha   buyurtmachi-investor,
pudratchi, loyihalashtiruvchi, uskuna yetkazib beruvchi va boshqa tegishli tashkilot
faoliyatining birlashuvida namoyon bo‘ladi); 
-   investitsiyalashda   innovatsiya   sohasi   (ilmiy-texnik   va   intellektual
salohiyatni amalga oshirish ro‘y beradi); 
- investitsiyalashda moliyaviy kapital muomalasi sohasi (qimmatli qog‘ozlar
va boshq.); 
- investitsiyalashda  investitsiya faoliyati  subyektlarini mulkiy huquqlarining
amalga oshirilishi sohasi.
Bugungi   kunda   real   investitsiyalarni   respublikamiz   iqtisodiyotiga   muhim
ahamiyat   kasb   etishi,   ularning   ichki   jamg‘arma   darajasida   ko‘p   hajmda   kapitalni
jamg‘arishi,   to‘lov   balansining   qo‘llab-quvvatlanishi   hamda   importni   amalga
oshirish   imkoniyatlarini   kengaytirishga,   shuningdek,   ushbu   orqali   iqtisodiyotni
taraqqiy   ettirish   bo‘yicha   ijobiy   natijaga   erishish   mumkin.   To‘g‘ridan   to‘g‘ri
investitsiyalarni   alohida   olingan   korxona   va   tashkilotlarning   faoliyatini,   ishlab-
chiqarish   hamda   kapitalning   samaradorligining   ko‘payishiga,   zamonaviy   texnika-
texnologiyalarning   joriy   etishlishi   hamda   menejment   tizimining
takomillashtirilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek,   bu   jarayonlarni   tovar-mahsulot   hamda   xizmat   yetkazib
beruvchi, buyurtmachi, raqobatchiga bilvosita ta’sir ko'rsatish bilan ichki bozorning
27 rivojlantirilishiga   erishish,   ishchilarni   malakasining   hamda   amaliy   tajribasining
oshirilishida ko‘mak berilishidir.
To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarning tarkibida quyidagilar bo‘ladi: 
-   ishlab-chiqarish   (aylanma   va   asosi)   fondlar,   ularni   kengaytirish,   qayta
qurish va qayta qurollantirishga qo‘yiladigan iqtisodiy resurslar; 
-   ishlab-chiqarish   va   ijtimoiy   infratuzilma   xarajatlari   (bino   va   inshoot,   uy-
joy); 
-   pul   qiymatiga   ega   bo‘lgan   nomoddiy   aktivlar   (qimmatli   qog‘ozlar,
patentlar,   texnik   va   texnologik   yangiliklar,   loyihalar   va   boshqa   intellektual   mulk
obyektlari).
Real investitsiyalarga quyidagicha elementlardan iborat bo‘ladi: 
- asosiy fondlar(asosiy kapital)ga investitsiyalar; 
- yer uchastkalarini sotib olishga xarajatlar; 
-   nomoddiy   aktivlar(patentlar,   litsenziyalar,   ilmiy-tadqiqot   va   tajriba-
konstruktorlik islilanmalari)ga investitsiyalar; 
- moddiy aylanma mablag‘lari zaxiralarini to‘ldirish xarajatlari.
To‘g‘ridan   to‘g‘ri   investitsiyalashda   investorlaming   bevosita   o‘zlari
investitsiya   qo'yilmalarini   u   yoki   bu   investitsiya   obyektlariga   kiritadilar.   Bu
faoliyatni investitsiyalanayotgan obyekt haqida chuqur ma’lumotga ega bo‘lgan va
investitsiyalash   mexanizmlarini   bilgan   ixtisoslashgan   investorlar   amalga
oshiradilar.
Milliy   iqtisodiyotni   rivojlantirishda   xorijiy   investitsiyalaming   ahamiyati
yuqorligi   ularni   keng   ko‘lamda   jalb   etishga,   ayniqsa,   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   xorijiy
investitsiyalarga bo‘lgan talabni oshiradi.
To‘g‘ridan   to‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalarni   jalb   qilishdan   maqsad   shartnoma
ishtirokchilarini patentlar, savdo markazlariga ega bo‘lishga, boshqarish tajribasini
egallashga,   sotish   bozorlarini   o‘rganishga,   tashkiliy   bilimlarni   egallash   va
boshqalami   o‘zlashtirishga   qaratiladi.   Bunda   eng   muhimi   jahon   bozoriga   o‘z
mahsulotlarini olib chiqish va ushbu bozor ishtirokchisi bo‘lishdir.
28 Tadqiqotlar   ko‘rsatishicha,   milliy   iqtisodiyotga   to‘g‘ridan   to‘g‘ri
investitsiyalarni   jalb   qilish   va   ulardan   samarali   foydalanish   holati   ichki   bozor
hamda   eksportning   hajmi,   tabiiy   va   mineral   resurslar,   malakali   ishchi   kuchi
mavjudligi,   bozor   islohotlarini   amalga   oshirish   sur’atlari,   iqtisodiy   barqarorlik
omillari bilan bog’liqdir.
To‘g‘ridan   to‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalar   xorij   kapitalining   uzoq   muddatga
joylashtirilishini,   investor   tashkil   qilayotgan   firma   aksiyalari   yoki   aksiyadorlik
kapitaliga   to‘la   ega   bo‘lishi   yoki   kamida   10   foizi   xo‘jalik   faoliyatining   ta’sirchan
nazorat qilinishini ta ’minlashini anglatadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar: 
-   investorga   investitsiya   kiritilayotgan   ob’yekt   ustidan   nazorat   qilish
huquqini   beruvchi   ishlab   chiqarishga   sarflangan   uzoq   muddatli   xorijiy
qo‘yilmalarni; 
-   pirovard   maqsadi   foyda   ko‘rinishida   daromad   olishga   qaratilgan
tadbirkorlik kapitalining ustuvor shaklini; 
- xususiy kapitalga asoslangan to’g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni; 
- xorijiy investorning investitsiya kiritilayotgan ob’yekt ustidan to‘liq egalik
qilishini; 
-   xorijiy   investor   tomonidan   investitsiya   kiritilayotgan   ob’yekt   ustav
kapitalining 10 %dan kam bo‘lmagan qismi ustidan nazorat o‘rnatishini; 
-   xorijiy   investoming   investitsiya   kiritayotgan   ob’yektlami   boshqarishda
samarali qatnashishini; 
-   mustahkam   iqtisodiy   munosabatlarni   o‘rnatish   hamda   korxona   ustidan
nazorat huquqini qo‘lga kiritish maqsadida kapital va resurslaming transchegaraviy
harakatini qamrab oladi va namoyon etadi.
To‘g‘ridan   to‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalarning   O‘zbekistonga   kirib   kelishi
qisqa   vaqt   ichida   mulkchilikning   turli   shakllari   tashkil   topishiga   ko'maklashdi,
iqtisodiyotda   tarkibiy   qayta   qurish,   nufuzli   tarmoqlaming   barpo   etilishini
ta'minladi.   Eng   muhimi,   iqtisodiyotning   baynalmilallashuvini   va   xalqaro   bozorga
o‘z   mahsulotlarini  olib  chiqishini   va  u  yerda  o‘z  o'rniga  ega   bo‘lishini  ta'minladi.
29 Buning   oqibatida   eksport   hajmi   va   salohiyati   o‘sishi   va   respublikamizning   to‘lov
balansining tobora ijobiylashib borishiga erishildi.
To‘g‘ridan   to‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalar   oqimini   kengaytirishga   qulay
sharoitlar   yaratishda,   birinchi   navbatda,   kapitalning   mamlakatlararo
ayirboshlanishidan, qo'shimcha aniq va noaniq risklarga duch kelish ehtimollaridan
va   kapital   oqimining   vaqtli   qiymati   konsepsiyasidan   kelib   chiqqan   holda   ish
yuritish kerak. 
O‘zbekistonning   bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish   sharoitida   jami   qo‘shimcha
risklar   orasida   valuta   riski   ajralib   turadi.   Hukumat   kafolati   bilan   olinadigan
kreditlar va qarzlar rolini hisobga olgan holda investitsiya muhitini va investitsiya
faoliyatini   davlat   tomonidan   tartibga   solishni   yanada   takomillashtirish   maqsadida
keskin   chora-tadbirlar   ko'rihshi   talab   etiladi,   unga   mintaqalar   iqtisodiyotining
ustuvor   sohalarida   soliq   imtiyozlaridan   foydalanish   bilan   erishish   mumkin,
To‘g‘ridan   to‘g‘ri   xorijiy   inveslitsiyalami   yangi   loyihalarga   keng   jalb   etish   bilan
ekologik toza va ilg‘or texnologiyalar, eng yangi texnika va uskuna-jihozlami joriy
qilish, mehnatni oqilona tashkil etish hisobiga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta
ishlash   sanoatini   jadal   rivojlantirishga   erishish   mumkin.   To‘g‘ridan   to‘g‘ri   xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni  ulami jalb qilish va foydalanish bo'yicha tasdiqlangan
uzoq muddatli  hududiy, maqsadli  dasturlarga muvofiq tashkil  etish  zarur. Bunday
dasturlarda   ustuvor   sohalar,   ilmtalab   va   kapitaltalab   tarmoqlar   belgilanib,   ularda
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ishtirokchilarining huquq va
majburiyatlarini   aniq   belgilash   bilan   bog'liq   tadbirlar   nazarda   tutilishi   maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
To‘g‘ridan   to‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalaming   kirib   kelishi   respublikamizda
xususiylashtirish   jarayonlarini   tashkil   etish   bosqichlari   bilan   bog‘liq   bo‘ldi.
To‘g‘ridan   to   ‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalarning   oqimlari,   eng   avvalo,   O‘zbekiston
iqtisodiyotida qo‘shma korxonalarning barpo etilishiga asos soldi hamda xorijiy va
qo‘shma korxonalari barpo etilishiga zamin yaratdi.
To‘g‘ridan   to‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalar   kapital   qabul   qiluvchi   mintaqa
iqtisodiyotida   bevosita   tovar   ishlab   chiqarish   va   xizmat   ko‘rsatishga   safarbar
30 etiladi. Ushbu investitsiyalar mavjud bo‘lgan korxona yoki boshqa xo‘jalik yuritish
sub’yektlarining   aksiyalari   nazorat   paketini   xarid   etish   yoki   o‘z   ishlab   chiqarish
quvvatlarini   tashkil   etish   yo‘llari   bilan   safarbar   etiladi.   O‘zga   iqtisodiyotga   kirib
kelish shaklidan  qafiy nazar, to‘g‘ridan to‘g‘ri  xorijiy investitsiyalar  o‘z egalariga
investitsiya   obyektlarini   boshqarishda   samarafi   ishtirok   etish,   o‘z   mamlakatlari
tashqarisida   bo‘lgan   va   kapitallari   safarbar   etilgan   korxona   va   firmalar   ustidan
nazorat or‘natish kabi imkoniyatlami yaratib beradi.
Kapital  jalb  qiluvchi  mamlakatlaming  ishlab  chiqarish  sohalariga  to‘g‘ridan
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning kiritihshi va uning o‘sib borishi, bu davlatlaming
iqtisodiy qoloqlikdan tezroq qutulishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
I bob bo‘yicha xulosa
1.   Samara   tushunchasining   mazmun-mohiyati   o’zining   iqtisodiy   hamda
ijtimoiy   jarayonida   qanaqadir   bir   bo‘lagida(bo‘g‘inida)   fodalaniladigan   chora-
tadbirlarni bergan natijasini (ijobiy natijaga erishishni) o‘izida aks ettiradi.
2.   Investitsiyalar   xususida   qarorlar   qabul   qilishdagi   ularning   moliyaviy
mablag‘lari   bilan   ta’minlashning   jarayonlarini   shunday   tashkillashtirish   kerakki,
bunda   ularning   qiymatini   minimallashtirishni   va   joylashtiriladigan   kapitalni
foydaliligining   oshirilishiga   qodir   bo‘lgan   manbalarni   foydalan   olish   yo‘llarining
baholanishi zarur bo‘ladi.
3.   I nvestitsiyalarni   eng   muhim   bir   tomoni   shuki,   ularni   multiplikatsion
samaraga(hodisaga)   sababchi   bo‘ladi.   Keynschilik   multiplikator   konsepsiyasiga
ko‘ra, investitsiya, iste’mol va milliy daromad o‘rtasida barqaror bog'liqlik mavjud
—   investitsiyaga   qilingan   har   bir   xarajat   boshlang‘ich   daromadlarga   aylanadi,   bu
daromadlar   qayta   xarajat   bo’ladi   va   qayta   yana   boshqalarni   daromadiga   aylanib,
jarayon shu yo’sinda davom etishda bo‘ladi.
4. Investitsiyaviy jarayoni tadbirkorlikni va boshqa faoliyatning turlarinining
tashkillashtirishga   mol-mulklarni   kapitallashuvining   ta‘minlashini   maqsad   qilib,
investorlarni   resurslarining   jamg‘arilishi   va   ularnii   turli   shakldagi   qo‘yilishi   bilan
bog'liqligi harakatlarining yig‘indisi hisoblanadi.
31 5.   Investitsiyaviy   kapitalni   jalb   qiluvchi   mamlakatlarni   ishlab-chiqarish   va
xizmat   ko’rsatish     sohalarida   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   chet-el   investitsiyalarini   kiritishini
va   uni   ko‘payib   borishi,   bu   davlatlarni   iqtisodiy   nochorlikdan   tezda   chiqib
ketishining bosh shartlari hisoblanadi.
32 II  BOB. Samarqand viloyati iqtisodiyotida investitsion jozibadorlikning
hozirgi holati
2.1. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda investitsiya siyosatining o‘ziga xos
xususiyatlari.
Korxonaning   moliyaviy   resurslari   joriy   xarajatlar   va   investitsiyalarni
moliyalashtirishga   yo'naltiriladi,   buesa   mablag'larni   ko'paytirish   va   foyda   olish
uchun   uzoq   muddatli   kapital   qo'yilmalar   ko'rinishidagi   resurslardan   foydalanish
hisoblanadi. Investitsiyalar  - bu foyda olish maqsadida  milliy iqtisodiyotning turli
tarmoqlariga uzoq muddatli kapital qo'yilmalardir.
Haqiqiy   va   moliyaviy   investitsiyalar   farqlanadi.   Bugungi   kunda   ko'pgina
kompaniyalarning maqsadi uzoq vaqt davomida sezilarli raqobatdosh ustunliklarga
ega  bo'lishdir. Shu  bilan  birga, korxonaning bozordagi   mavqeini  ko'proq  darajada
mustahkamlashga   investitsiya   tadbirlarini   muvaffaqiyatli   amalga   oshirish   orqali
erishish mumkin. Investitsiya faoliyati har qanday korxonaga xos bo‘lib, ko‘pgina
omillar ta’sirida murakkab jarayon hisoblanadi. 
Investitsion faoliyat qanchalik intensiv bo'lsa, takror ishlab chiqarish jarayoni
qanchalik   tez   amalga   oshirilsa,   bozor   o'zgarishlariga   moslashish   shunchalik   faol
bo'ladi.  Shuni   hisobga  olib,  investitsiya  faoliyatining  asosiy   maqsadi  korxonaning
ishlab   chiqarish,   ilmiy-texnikaviy,   moliyaviy   salohiyatini   kengaytirishga
yo‘naltirilgan   kapital   qo‘yilmalarning   samarali   shakllarini   amalga   oshirish
hisoblanadi. 
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   innovatsiyalarni   joriy   etish   ishlab   chiqarish   va
mahsulot   (xizmatlar)   raqobatbardoshligini   ta’minlashning   asosi   bo‘lsa,
korxonaning   investitsiya   siyosati   moslashuvchan   va   iqtisodiy   vaziyatning
o‘zgarishiga   sezgir   bo‘lishi   kerak.   Bundan   tashqari,   quyidagilarni   hisobga   olish
kerak hisoblanadi: 
-   korxonani   rivojlantirishning   muqobil   va   uzoq   muddatli   strategiyasining
mavjudligi; 
33 -   investitsiya   jarayonini   markazsizlashtirish   uchun   tashqi   muhitning
o'zgarishiga   javob   berishning   moslashuvchan   mexanizmlarini   ishlab   chiqishni
ta'minlash; 
- investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun mablag‘larni jamg‘arishning
ichki manbalaridan foydalanish darajasini oshirish; 
-   kapital   qo'yilmalar   va   moliyaviy   qo'yilmalarni   taqsimlashni
rejalashtirishning korxonani rivojlantirish strategik dasturiga muvofiqligi; 
-   bozordagi   ehtiyojlarni   va   bozorda   taqdim   etilgan   mahsulotning
raqobatbardoshligi  qiymatini baholash yo'nalishi  bo'yicha mavjud bozorlarni tahlil
qilish natijalarining mavjudligi; 
- kredit-moliya kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish. 
Hozirgi   vaqtda   investitsiya   siyosatini   shakllantirish   sanoat   korxonasining
umumiy   strategiyasiga,   shu   jumladan   investitsiya   strategiyasiga   asoslanadi,   uning
natijasi   korxonani   rivojlantirishga   qaratilgan   uzoq   muddatli   investitsiya   dasturini
yaratishdir.   Binobarin,   investitsiya   siyosati   korxonaning   investitsiya   strategiyasini
amalga   oshirishning   muayyan   bosqichlarida   investitsiya   faoliyatining   eng   muhim
jihatlari kontekstida amalga oshirish shaklidir. Umuman investitsiya strategiyasidan
farqli   o'laroq,   investitsiya   siyosati   kompaniyaning   asosiy   strategik   maqsadiga
erishish uchun yanada samarali boshqaruvni talab qiladigan kompaniya investitsiya
faoliyatining ma'lum sohalarida shakllantiriladi. 
Kompaniyaning   investitsiya   siyosati   mohiyatan   uning   strategik   maqsadlari
bilan   oqlanadi   va   pirovardida   kompaniyaning   nafaqat   joriy,   balki   istiqbolli
moliyaviy   barqarorligini   ta'minlashga   qaratilgan.   Investitsiya   siyosati   tushunchasi
va   uning   iqtisodiy   mazmuni   olimlar   tomonidan   investisiya   faoliyati   sub’ektining
darajasi,   uning   strategik   maqsadlari   va   amalga   oshirish   mexanizmlarining
xususiyatlariga qarab turlicha talqin qilinadi. 
Ixtisoslashgan   adabiyotlarni   tahlil   qilish   bugungi   kunda   investitsiya
masalalariga   yetarlicha   e'tibor   qaratilmoqda   degan   xulosaga   kelishimizga   imkon
beradi.   Shu bilan birga, “korxonaning investitsiya siyosati” tushunchasiga ta’riflar
ko‘p   bo‘lishiga   qaramay,   investitsiya   siyosati   tushunchasi   aniq   belgilanmagan.
34 Amaliy   va   nazariy   nuqtai   nazardan,   kontseptsiyaning   aniq   ta'rifi   zarur,   chunki   bu
korxonaning   investitsiya   siyosatini   shakllantirish   va   amalga   oshirish   jarayonlarini
maqsadli   tadqiq   qilish   imkonini   beradi.   Quyidagi   yetuk   iqtisodchilar   tomonidan
berilgan   “korxonaning   investitsiya   siyosati”   tushunchasining   eng   xarakterli
talqinlari keltirdik:
Blank   I.   A.   -   korxonaning   umumiy   moliyaviy   strategiyasining   bir   qismi
bo'lib, u yuqori rivojlanish sur'atlarini ta'minlash va iqtisodiy faoliyatning iqtisodiy
salohiyatini   kengaytirish  uchun  real  va  moliyaviy investitsiyalarning  eng  samarali
shakllarini tanlash va amalga oshirishdan iborat. 
Bocharov   V.V.   -   umumiy   iqtisodiy   strategiyaning   ajralmas   qismi   bo'lib,
uning ishlab chiqarish, ilmiy-texnik salohiyatini yangilash va kengaytirishning eng
oqilona usullarini tanlash va amalga oshirish usullarini belgilaydi. 
Vilenskiy   P.   L.   -   ishlab   chiqarishni,   tadbirkorlikni,   foyda   yoki   boshqa
yakuniy natijalarni rivojlantirish uchun mintaqa, mamlakat iqtisodiy ob'ekti  ichida
ham,   undan   tashqarida   ham   investitsiyalar   hajmi,   tarkibi   va   yo'nalishlarini
belgilaydigan iqtisodiy qarorlar tizimi. 
Endovitskiy   D.A.   -   tijorat   tashkilotlari   uchun   investitsiya   dasturini
shakllantirish,   loyihalarni   tanlash   va   uning   raqobatdosh   ustunliklarini   uzoq
muddatli   mustahkamlashga   yordam   beradigan   va   maqsadlariga   muvaffaqiyatli
erishishni   ta'minlaydigan   moliyaviy   qarorlarni   qabul   qilish   bo'yicha   umumiy
qo'llanma.   Uning   ta'kidlashicha,   investitsiya   siyosati   investitsiya   strategiyasining
amalda amalga oshirilishini ta'minlashi kerak.
Zaitsev N. L. - korxonaning moliyaviy strategiyasining ajralmas qismi bo'lib,
u   investitsion   faoliyatni   jonlantirish   va   mahsulot   samaradorligini   oshirishni
ta'minlashga   qaratilgan   tashkiliy-texnik   chora-tadbirlar   majmuini   aks   ettiradi.
ishlab chiqarish salohiyati 
Raizberg B.A. - investitsiyalarning tarkibi va ko'lamini, ulardan foydalanish
yo'nalishlarini,   asosiy   vositalarni   yangilash   va   ularning   texnik   darajasini   oshirish
zarurligini   hisobga   olgan   holda   kelib   tushish   manbalarini   belgilash   shaklida
korxonalar tomonidan olib boriladigan iqtisodiy siyosatning ajralmas qismi. 
35 Sanin   N.V.   -   investitsiyalarning   tarkibi   va   ko'lamini   belgilash,   asosiy
fondlarni   yangilash   va   ularni   takomillashtirish   zarurligini   hisobga   olgan   holda
ulardan   foydalanish   yo'nalishlarini,   kelib   tushish   manbalarini   belgilash   shaklida
davlat   va   korxonalar   tomonidan   olib   boriladigan   iqtisodiy   siyosatning   ajralmas
qismidir.   texnik   daraja   Tadqiqot   natijalari   shuni   ko'rsatdiki,   rus   adabiyotida
investitsiya   siyosatining   mohiyatini   aniqlash   masalalari   etarli   darajada   ishlab
chiqilmagan. 
Ba'zi mualliflar investitsiya siyosatini korxonaning umumiy yoki investitsiya,
moliyaviy   strategiyasi   bilan   birgalikda   ko'rib   chiqadilar.   Ba'zi   mualliflar
investitsiya   siyosatini   korxonaning   umumiy   yoki   moliyaviy   strategiyalari   bilan
bog'liqligini   ko'rsatmasdan   mustaqil   hodisa   sifatida   ko'rib   chiqadilar.   Biroq,
yuqoridagi   barcha   ta'riflar   investitsiya   siyosatining   samarali   boshqaruvga   va
belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilganligi bilan izohlanadi. 
Mavjud farqlarga qaramay, yuqoridagi ta'riflarning umumiy ma'nosi shundan
iboratki, investisiya siyosati: 
-   birinchidan,   korxona   tomonidan   ishlab   chiqilgan   ham   umumiy,   ham
investitsiya strategiyalarini amalga oshirishga qaratilgan; 
-   ikkinchidan,   u   nafaqat   moliyaviy   strategiyaning   bir   qismi,   balki
korxonaning   ishlab   chiqarish,   ilmiy-texnikaviy   va   ijtimoiy   strategiyalarining   eng
muhim qismidir; 
-   uchinchidan,   u   sanoat   korxonasining   moliyaviy   barqarorligiga   erishishga
qaratilgan bo‘lishi kerak; 
-   to'rtinchidan,   vaqt   bo'yicha   investitsiya   siyosati   investitsiya   faoliyatining
o'rta   va   uzoq   muddatli   maqsadlariga   erishishga   qaratilgan   bo'lib,   ularga
erishishning asosiy yo'llarini belgilaydi. 
Investitsiyalar   korxona   faoliyatining   alohida   turi   sifatida   qaraladi.
Korxonaning   investitsiya   siyosatining   asosiy   elementlari   samarali   investitsiya
yo'nalishlari,   shuningdek,   korxona   asosiy   moliyaviy   ko'rsatkichlarning   kerakli
qiymatlarini   baholaganda,   eng   maqbul   investitsiya   shartlarini   tanlashdan   iborat
36 bo'lib,   investitsion   siyosatni   amalga   oshirish   uchun   asosiy   ko'rsatmalar   sifatida
foydalaniladi. 
Barcha   mumkin   bo'lgan   sohalarni   quyidagi   asosiy   yo'nalishlarga
umumlashtirish mumkin: 
-   korxona   samaradorligini   oshirishga   investitsiyalar.   Ushbu
investitsiyalarning   maqsadi   eskirgan   uskunalarni   almashtirish,   kadrlarni   qayta
tayyorlash yoki ishlab chiqarish ob'ektlarini yanada qulay ishlab chiqarish va sotish
sharoitlari   bo'lgan   hududlarga   ko'chirish   orqali   korxona   xarajatlarini   kamaytirish
uchun sharoit yaratish; 
-   ishlab   chiqarishni   kengaytirishga   investitsiyalar.   Ularning   maqsadi   -
mavjud   tarmoqlar   doirasida   allaqachon   tashkil   etilgan   bozorlar   uchun   tovarlar   va
xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish; 
- yangiishlabchiqarishlarniyaratishgainvestitsiyalar. 
Bu   korxonada   ilgari   ishlab   chiqarilmagan   mahsulot   va   xizmatlarni   ishlab
chiqarish uchun yangi quvvatlarni yaratish va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish.
Ushbu investitsiya choralari kompaniyaning yangi bozorlarga chiqishi va raqobatga
tayyorligini ta'minlashga qaratilgan; - davlat organlarining ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan   investitsiyalar.   Korxonada   investitsiya   siyosati   uning   strategik
maqsadlaridan,   ya'ni   qisqa   va   uzoq   muddatli   istiqbolda   tashkilotning   barqaror
moliyaviy   barqarorligini   ta'minlash   uchun   iqtisodiy   va   ijtimoiy   rivojlanishning
uzoq muddatli rejasidan kelib chiqishi kerak. 
Korxonada   investitsiya   siyosatini   ishlab   chiqishda   quyidagi   tamoyillarga
amal   qilish   zarur: 
-   korxonaning   strategik   rejalarini   amalga   oshirishga   va   uning   moliyaviy
barqarorligiga   yo'naltirilgan   bo'lishi   kerak; 
- inflyatsiya   va   xavf   omilini   hisobga   olish   kerak; 
- investitsiyalar   iqtisodiy   jihatdan   asoslangan   bo'lishi   kerak; 
- portfel   va   real   investitsiyalarning   optimal   tarkibini   shakllantirish   zarur; 
37 - loyihalar mavjud resurslardan kelib chiqqan holda va tashqi manbalarni jalb
etishni   hisobga   olgan   holda   ularning   ahamiyati   va   amalga   oshirish   ustuvorligiga
qarab tartiblanishi kerak; 
-   i nvestitsiyalarni   moliyalashtirishning   ishonchli   va   arzonroq   manbalari   va
usullarini   tanlash   kerak. 
Zamonaviy   bozor   munosabatlari   axborot   resurslarini   ayirboshlashni,   qayta
ishlashni jadallashtirishni taqozo etadi, natijada muhim axborotni o‘z vaqtida olish
va uni qayta ishlash texnologiyasini avtomatlashtirish zarurati tug‘iladi. Zamonaviy
sharoitda investitsiya siyosatining o'ziga xos xususiyati ma'lumot to'plash va tahlil
qilishdan tortib, ma'lum bir hodisani ishlab chiqish va amalga oshirishgacha bo'lgan
investitsiya   xarakteridagi   qarorlarni   qabul   qilish   jarayonini,   shuningdek   butun
investitsiya bozorini kompyuterlashtirishdir. Axborot almashish va qayta ishlashni
avtomatlashtirish imkoniyati bozor shaffofligini ta'minlash, operatsiyalarni  amalga
oshirish   imkoniyatlarini   kengaytirish,   prognozlash   va   nazorat   qilish   jarayonlarini
tezlashtirish   imkonini   beradi,   bu   esa   korxonaning   investitsiya   siyosati
samaradorligini   oshiradi.   Investitsion   siyosat   korxonada   investitsiya   jarayonini
boshqarishning   operativ,   muvofiqlashtiruvchi,   nazorat   va   tartibga   solish
funktsiyalarini amalga oshirishga yordam beradi. 
Operatsion   funktsiyalar   aniq   kapitalni   boshqarish   bilan   bog'liq.   Bu   o'z
investitsiya   resurslarini   boshqarish,   aniq   investitsiyalarni   boshqarish,   investitsiya
oqimlarini   tashkil   etish   va   ularning   munosabatlarini   tartibga   solish,
investisiyalarning   moliyaviy   natijalarini   boshqarish,   investisiya   qonunchiligini
amalga oshirishni o'z ichiga oladi. 
Muvofiqlashtiruvchi   funktsiyalarga   quyidagilar   kiradi:   ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarning   turli   elementlari   va   qiymatlarining   investitsiya   resurslariga   bo'lgan
ehtiyojini   tizimlashtirish   va   tahlil   qilish,   investitsiya   bozorlari   rivojlanishining
tabiati va parametrlarida tegishli muvozanatni o'rnatish, investitsiya bozorining real
va   ehtimoliy   imkoniyatlarini   muvofiqlashtirish,   ijtimoiy-iqtisodiy   tizimning
kiruvchi investitsiya hajminiinvestorning “qabul qilish” imkoniyatlarini tahlil qilish
va h.k. 
38 Nazorat   funktsiyalari   ijtimoiy-iqtisodiy   tizimdagi   investitsiya   jarayonining
ko'rsatkichi   sifatida   ishlaydi.   Bularga   investitsiya   jarayonining   parametrlari   va
xususiyatlarini kuzatish va taqqoslash, og'ishlarni aniqlash va bu og'ishlarga sabab
bo'lgan   sabablarni   aniqlash   kiradi.   Tartibga   solish   funktsiyalari   investitsiya
jarayonining   holatini   va   uning   oqimi   uchun   sharoitlarni   o'zgartirishga   qaratilgan
chora-tadbirlarni   ishlab   chiqish   va   ushbu   chora-tadbirlarni   amalga   oshirishdan
iborat. 
Funktsiyalarni   muvaffaqiyatli   bajarish   uchun   investitsiya   siyosati
korxonaning   umumiy   rivojlanish   strategiyasi   bilan   bog'liqligini   ta'minlash   kerak.
Korxonaning   rivojlanishi   yagona   strategiyaga   bo'ysunishi   kerak,   shuning   uchun
investitsiya jarayonini boshqarishning barcha jihatlari u bilan bog'lanishi kerak.  Bu
investitsiya siyosati funksiyalarini amalda amalga oshirishning eng asosiy shartidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash mumkinki, investitsiya
siyosati korxonaning uzoqmuddatli maqsadlarini aniqlash, mablag'larni investitsiya
qilish   uchun   istiqbolli   va   foydali   yo'nalishlarni   tanlash   va   korxonani
rivojlantirishning   ustuvor   yo'nalishlarini   tanlashdan   iborat.   Investitsiya   siyosati
investitsiya   resurslaridan   oqilona   foydalanishni,   korxonaning   moliyaviy,   ishlab
chiqarish,   ilmiy-texnikaviy   salohiyatini   kengaytirishga   qaratilgan   moliyalashtirish
manbalarining optimal nisbatini ta minlaydi. ʼ
Shunday qilib, kapitalni investitsiyalashning maqbul yo'nalishlarini  aniqlash
va  uni   barqaror   daromadli   etarlicha   uzoq  muddatga  investitsiya   qilishning  yanada
samarali   usullarini   aniqlash   uchun   investitsiya   siyosatini   ishlab   chiqish   va   uni
muvaffaqiyatli amalga oshirish muhimdir.
Bugungi   kunda   bozor   iqtisodiyotining   modernizatsiyalash   hamda
diversifikatsiyalash   sharoitida   iqtisodiyotga   investitsiyani   jalb   etilishi   hamda
ulardan   samarali   foydalanish   ham   ijtimoiy   va   ham   iqtisodiy   ahamiyat   kasb   etishi
hech   kimga   sir   emas.   Investitsiya   iqtisodiyotning   qaytadan   yohud   takror   ishlab-
chiqarish   sur’atlariga   va   hajmiga   ta’sir   ko‘rsatadi,   ilmiy-texnik   taraqqiyotni   va
aholini asosiy qismini band bo‘lishining ta’minlashida o‘zini namoyon etadi. Uning
bosh   sabablaridan   biri   sifatida   iqtisodiyotdagi   tub   tarkibiy   o‘zgarishlarga,   mehnat
39 resurslarini   ratsional   va   optimal   joylashtirilishiga   hamda   rivojlanishiga   ko’pgina
hollarda investitsion faoliyatga bog’liqligi bilan ifodalanadi. 
Investitsiyaviy   siyosat-bu   iqtisodiyotni   ustivor   tarmoqlarining
rivojlantirilishi,   qo‘llab-quvvatlanishi,   markazlashtirilgan   investitsiya   jarayonida
nomarkazlashtirilgan   investitsiyalash   jarayoniga   o‘tishi,   ustivor   investitsion
loyihalarning   qo‘llab-quvvatlashiga   qaratilgan   mexanizmi,   uslublar   yig’indisi
hisoblanadi. 
Bugungi   kunda   davlatning   tashqi   investitsiyalash   siyosati   –   bu   mamlakat
tashqarisida investitsiya oqimining hukumat tomonidan jalb qilinishi, boshqarilishi,
tartibga   solinishi   va   nazoratga   olinishi   chora-tadbirlari   tizimi   hisoblanadi.
Investitsiyalash   siyosati   davlatni   ijtimoiy-iqtisodiy   yuksalishining   aniq   bir
maqsadga   yo‘naltirilganligi   bo‘lib,   ushbu   faoliyatni   muhim   vositalaridan   biri
deyishga   asos   bor   deb   hisoblaymiz.   Ushbu   siyosatni   mamlakatni   siyosiy   sohada
asosi   tashkil   etilga   yohud   mamlakatni   hoh   u   rivojlangan   bo‘lsin,   hoh   endi
rivojlanayotgan   bo‘lsin   siyosiy   munosabatlarni   o‘zagi   sifatida   xizmat   qilishini
taqozo   etadi.   Investitsiyalash   siyosatini   davlatni   moddiy   ne’matlari   ishlab-
chiqarishni   tashkil   etishdagi   investitsiyalarni   to‘g‘ri   yo‘naltirib   turuvchi   vazifani
bajaruvchi mexanizmidir.
2.2. Mamlakatimizda chet el investitsiyalarini jalb qilishning hozirgi holati
tahlili
2022 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasidaiqtisodiy va
ijtimoiy   sohalarni   rivojlantirish   uchun   jami   moliyalashtirishmanbalari   hisobidan
269,9 trln. so‘m   investitsiya  o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2021  yilganisbatan  100,9 %   ni
tashkil etdi.
Asosiy   kapitalga   investitsiyalar   –   yangi   asosiy   fondlarni   sotib   olishva
takror   ishlab   chiqarishga   yo‘naltirilgan   xarajatlar   majmuini   bildiradi.So‘nggi   6
yildagi   asosiy   kapitalga   investitsiyalar   hajmi   dinamikasi   shuniko‘rsatmoqdaki,   u
deyarli 4 martaga ko‘payib, o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda (1-javdal).
40 1-javdal.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning hajmi dinamikasi, trln.  s o‘m
2017 yil 2018 yil 2019 yil  2020 yil 2021 yil  2022 yil
72,2 124,2 195,9 210,2 239,7 269,9
So‘nggi   yillardagi   ularning   o‘sish   sur’atlarini   ko‘radigan   bo‘lsak,   2019
yilgacha o‘sib borgani va 138,1 % ga etgani, 2020 yilda keskin tushgani – 95,6 %
hamda   hozirgi   davrgacha   yana   o‘sish   tendensiyasiga   ega   bo‘layotganini   ko‘rish
mumkin – 100,9 % (2-javdal).
2-javdal.
Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur’atlari dinamikasi, % da
2017 yil 2018 yil 2019 yil  2020 yil 2021 yil  2022 yil
119,4 129,9 138,1 95,6 102,9 100,9
Jami   investitsiyalar   hajmida,   markazlashgan   moliyalashtirish
manbalarihisobidan   moliyalashtirilgan   asosiy   kapitalga   investitsiyalarning
ulushi,2021 yilga nibatan 3,8 % punktga kamayib, 15,4 % ni yoki 41,5 trln. so‘mni
tashkiletdi.   Mos   ravishda,   markazlashmagan   moliyalashtirish   manbalari
hisobidan228,4   trln.   so‘m   yoki   jami   investitsiyalarning   84,6   %   investitsiyalari
o‘zlashtirilib,2021 yilga nisbatan 3,8 % punktga ko‘paydi.
2022 yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning59,1
%   i   yoki   159,6   trln.   so‘mi   jalb   etilgan   mablag‘lar   hisobidan
moliyalashtirilganbo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan
40,9 % yoki110,3 trln. so‘m moliyalashtirildi.
Statistik   tahlilni   o‘tkazish   maqsadlarida   asosiy   kapitalga   investitsiyalar
quyidagi asosiy  kesimlarda shakllanadi:  qo‘yilma turlari, texnologik, takror  ishlab
chiqarish tarkiblari, iqtisodiy faoliyat turlari, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha.
2022   yil   yanvar-dekabr   oylarida   O‘zbekiston   Respublikasi   kafolati   ostidagi
xorijiy   kreditlar   hisobidan   15,2   trln.   so‘m   investitsiyalar   o‘zlashtirilib,   2021   yilga
nisbatan 74,9 % ni tashkil etdi. Ularning jami hajmidagi ulushi esa 2,0 % punktga
kamayib, 5,6 % darajasida qayd etildi.
41 2022   yilning   yanvar-dekabr   oylarida   O‘zbekiston   Respublikasi   davlat
kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalar
quyidagilardir:
- t abiiy   gaz   nazorati   va   hisobining   avtomatlashtirilgan   tizimini   joriy
etish;
- Samarqand viloyatidaturistik markazqurish ;
- Sirdaryo   viloyati   Guliston,   Shirin   va   Yangier   shaharlarining
kanalizatsiya tizimini rekonstruksiyaqilish va rivojlantirish ;
- t exnologik   uskunalarni   zamonaviylashtirish   va   aloqa   tizimlarini
kengaytirish ;
- Amu-Buxoro irrigatsiyatizimini qayta tiklash ;
- Toshkent   viloyatiichimlik   suvi   va   oqovasuv   tizimlarini   rekonstruksiya
qilishva qurish (Faza-1).
Tiklanish   va   taraqqiyot   jamg‘armasi   hisobidan   o‘zlashtirilgan
investitsiyalarhajmi 2,5 trln. so‘mni (dollar ekvivalentida 223,6 mln. AQSH dollari)
va jamiinvestitsiyalardagi ulushi 2021 yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan
0,3   %punktga   kamayib,   0,9   %   ni   tashkil   etdi.   SHuningdek,   mazkur   jamg‘arma
hisobidanmoliyalashtirilgan   investitsiyalar   hajmi   2021   yilga   nisbatan   73,5   %   ni
tashkiletdi.
2022   yilning   yanvar-dekabr   oylarida   Tiklanish   va   taraqqiyotjamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan yirik investitsiyaloyihalari (2-rasm):
2-rasm.  Tiklanish va taraqqiyotjamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga
oshirilgan yirik investitsiyaloyihalari.
42Quyuv-prokat  majmuasini  qurish ;
Shovot-Qorao’zak temir yo’l liniyasini hamda Amudaryo 
ustidan   o’tuvchi temir yo’l va avtomobil   yo’li qo’shma 
ko’prigini qurish ;
Toshkent shahrida yer usti halqa metropolitenini 
qurish (II bosqich). O‘zbekiston   Respublikasi   bo‘yicha   Respublika
byudjetidanmoliyalashtiriladigan   infrastruktura,   iqtisodiy   va   ijtimoiy
sohanirivojlantirishga   yo‘naltirilgan   investitsiyalar   hajmi   2021   yilga   nisbatan84,4
%ni   yoki   20,9   trln,   so‘mni   tashkil   etdi.   Shuningdek,   suv   ta’minoti   va
kanalizatsiyatizimini   rivojlantirish   jamg‘armasi   mablag‘lari   hisobidan
investitsiyalar 2021 yilga nisbatan 92,0 % ni, 2,9 trln. so‘mni tashkil etdi. Ularning
jamiinvestitsiyalardagi   ulushi,   mos   ravishda   0,1   %   punktga   kamayib,   1,1   %   ni
tashkiletdi.
Yillar   kesimida   markazlashmagan   moliyalashtirish   manbalari
hisobidanasosiy kapitalga investitsiyalarning ulushlari,  % da  (3-jadval):
3-jadval.
2017 yil 2018 yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil
77,7 70,3 72,5 80,1 80,8 84,6
Asosiy   kapitalga   investitsiyalarning   statistik   hisobi ,   qo‘shimcha
qiymatsolig‘ini   qo‘shgan   holda,   hisobot   davrida   amaldagi   narxlarda,   to‘lov
amalgaoshirilgan   paytdan   qat’iy   nazar,   haqiqatda   o‘zlashtirilgan   hajm   miqdorida
amalga   oshiriladi.
3-rasm. Markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy
kapitalga investitsiyalar, trln. so‘m
43 Tijorat baklari kreditlari va 
boshqa qarz mablag’lari
Aholi mablag’lari
To’g;ridan-to’g’ri   xorijiy 
investitsiyalar
Kafolatlanmagan va boshqa xorijiy 
investitsiya va kreditlar
Korxona mablag’lari25,821,1
37,0
60,0
84,5 2022   yilning   yanvar-dekabr   oylarida   korxona   va   tashkilotlarning   o‘z
mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 84,5 trln.
so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 31,3 % ini tashkil etdi.
Bevosita   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalar   hisobidanmoliyalastirilgan
investitsiyalardan   O‘zbekiston   Respublikasi   bo‘yicha   37,0   trln.so‘m,   yoki   2021
yilga   nisbatan   1,2   %   punktga   ko‘paygan   holda   jami   ulushi   13,7   %   ga   teng
investitsiyalar o‘zlashtirildi (3-rasm).
Asosiy   kapitalga   o‘zlashtirilgan   investitsiyalarni   moliyalashtirishmanbalari
bo‘yicha   eng   yuqori   ko‘rsatkichlar   va   o‘sish   sur’atlari   korxona   vatashkilotlarning
o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri kelib, 2021 yilga nisbatan110,6 foizni tashkil etdi.
Kafolatlanmagan   va   boshqa   xorijiy   investitsiya   va   kreditlarhisobidan60,0
trln.   so‘m   investitsiyalar   o‘zlashtirilib,   jami   asosiykapitalga
investitsiyalarhajmidagi ulushi 22,3 % ni tashkil etdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri   va   kafolatlanmagan   xorijiy   kreditlar   hisobidanquyidagi
yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi:
- Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi elektrstansiyasini
qurish;
- Sirdaryo   viloyatida   quvvati   220   MVt   bo‘lgan   gaz-porshenlielektr
stansiyasini qurish;
- 2017-2021   yillarda   uglevodorod   xom   ashyosi   qazib
chiqarishhajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha Dastur;
- 2021 - 2022   yillarda   respublika   magistral   gaz   uzatish
tiziminimodernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi;
- Samarqand   viloyatining   Nurobod   tumanida   quvvati   100   MVtbo‘lgan
quyosh fotoelektr stansiyasini qurish;
- Buxoro   viloyatida   quvvati   270   MVt   bo‘lgan   gaz-porshenlielektr
stansiyasini qurish;
- “Mustaqillikning 25 yilligi” konida geologiya-qidiruv ishlariniamalga
oshirish va konni o‘zlashtirish, gaz-kimyo kompleksini qurish;
- Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kompleksini tashkiletish;
44 - Quruq sianid tuzlari ishlab chiqarishni tashkil etish.
Shuningdek,   tijorat   banklari   kreditlari   va   boshqa   qarz   mablag‘larihisobidan
moliyalashtirilgan   21,1   trln.   so‘m   (jami   asosiy   kapitalgainvestitsiyalarning   7,8   %
ini   tashkil   etib,   2021   yilga   nisbatan   0,2   %punktga   kamayish)   asosiy   kapitalga
investitsiyalar o‘zlashtirildi (4-jadval).
Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga   investitsiyalarning   9,5 % i
yoki   25,8   trln.   so‘m   o‘zlashtirildi.   Aholi   mablag‘lari   hisobidan   asosan   uy-joylar
qurish sohasida investitsiyafaoliyati amalga oshirilgan.
4-jadval.
45 Davlat   byudjeti   mablag‘lari   hisobidan   asosiy   kapitalga
yo‘naltirilganinvestitsiyalar   hududiy   tarkibida   eng   yuqori   ko‘rsatkichlar
Qoraqalpog‘istonRespublikasida   –   hududdagi   jami   investitsiyalarning   12,7   %   ini,
Surxondaryoviloyatida – 12,1 % va Jizzax viloyatida – 9,7 % miqdorida kuzatildi.
Korxona   va   tashkilotlarning   o‘z   mablag‘lari   hisobidan   investitsiyalar
bo‘yichaeng   yuqori   ulush   Toshkent   shahrida   kuzatilib,   bu   hududda
o‘zlashtirilganinvestitsiyalarning   52,1   %   ini   tashkil   etdi.   Shuningdek,   Toshkent
viloyatida 39,3 %va Navoiy viloyatida 30,7 % ni tashkil etdi.
Jalb   qilingan   moliyalashtirish   manbalari   tarkibida   xorijiy   investitsiyava
kreditlar   alohida   o‘ringa   ega.   Xorijiy   investitsiya   va   kreditlarning
jamiinvestitsiyalardagi   ulushi   bo‘yicha   eng   yuqori   ko‘rsatkichlar   Sirdaryo   va
Buxoroviloyatlarida kuzatilib, mos ravishda 77,5 va 56,8 % ni tashkil etdi.
Hududlar   kesimida   asosiy   kapitalga   investitsiyalar   o‘zlashtirilishi
bo‘yicha2021   yilga   nisbatan   eng   yuqori   o‘sish   sur’ati   137,6   %   ga   o‘sib,   Sirdaryo
viloyatidakuzatildi.   Ushbu   natijani   1500   MVt   quvvatga   ega   yangi   elektr
stansiyasiva   220   MVt   quvvatga   ega   gaz   pistonli   elektr   stansiyasini   qurish   kabi
yirikloyihalarga investitsiyalarni o‘zlashtirish bilan izohlash mumkin.
SHuningdek, Samarqand viloyatida ham yuqori o‘sish sur’ati kuzatilib, 2021
yilga   nisbatan   129,5   %   ni   tashkil   qildi.   Bu   hududda   turistik   markaz   qurilishi,
quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi, Samarqand kimyo
majmuasi qurilishi kabi yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasida   asosiy   kapitalga   investitsiyalar
hajmining2021   yilga   nisbatan   113,2   %   ni   tashkil   etishi,   avvalambor   2017-2021
yillardauglevodorod   ishlab   chiqarishni   ko‘paytirish   dasturi   doirasida
investitsiyalarningo‘zlashtirilishi bilan bog‘liq.
Investitsion   faollikning   eng   past   o‘sish   sur’atlari   Qashqadaryo   viloyatida   –
80,8   %   (investitsiya   hajmi   16181,5   mlrd.   so‘m)   va   Toshkent   shahrida   –   87,0
%(56725,8 mlrd. so‘m) qayd etildi.
2022   yilning   yanvar-dekabr   oylarida   jami   asosiy   kapitalga   o‘zlashtirilgan
investitsiyalarning asosiy qismi, respublikaning to‘rt hududida, jumladan, Toshkent
46 shahrida – 21 %, Toshkent viloyati – 13 %, Buxoro va Samarqand viloyatlarida – 8
% investitsiyalar o‘zlashtirildi.
2022   yilning   yanvar-dekabr   oylarida   aholi   jon   boshiga   hisoblangan   asosiy
kapitalga   o‘zlashtirilgan   investitsiyalar   hajmi   bo‘yicha   yuqori   ko‘rsatkichlar
Toshkent shahrida – 19500,1 ming so‘m (yoki 2021 yilga nisbatan taqqoslaganda –
84,4   %),   Navoiy   viloyatida   –   18556,2   ming   so‘m   (yoki   115,8   %)   va   Sirdaryo
viloyatida – 14167,1 ming so‘m (yoki 134,8 %) miqdorida qayd etildi . 
O‘zbekiston Respublikasida   2022 yilning yanvar-dekabr oylarida 112,2 trln.
so‘m (dollarekvivalentida 10,2 mlrd. AQSH doll.) yoki 2021 yilga nisbatan 99,0 %
asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi (5-jadval).
Xorijiy   investitsiya   va   kreditlarning   jami   asosiy   kapitalgao‘zlashtirilgan
investitsiyalardagi ulushi 41,6 % ni tashkil etdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan joriy davrda 97,0
trln. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 15,2 trln.
so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri   xorijiy   investitsiya   va   kreditlar   hamda   O‘zbekiston
Respublikasi   kafolati   ostidagi   xorijiy   kreditlarning   jami   xorijiyinvestitsiya   va
kreditlar hajmidagi ulushi mos ravishda 86,5 % va 13,5 % ni tashkil etdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri   xorijiy   investitsiya   va   kreditlar   tarkibida   to‘g‘ridan-
to‘g‘rixorijiy   investitsiyalar   37,0   trln.   so‘m   yoki   jamiga   nisbatan   38,1   %   ni,
boshqainvestitsiya   va   kafolatlanmagan   xorijiy   kreditlar   60,0   trln.so‘mni   yoki
jamiga nisbatan 61,9 % ni tashkil etdi.
Xorijiy   investitsiya   va   kreditlar   tarkibida   xorijiy   investitsiyalar   45,2   trln.
so‘mni yoki jamiga nisbatan 40,2 % ni va mos ravishda xorijiy kreditlar 67,0 trln.
so‘mni yoki 59,8 % ni tashkil qildi.
To‘g‘ridan   to‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalar   –   ustav   kapitalda   10   foizdan
kambo‘lmagan   ulushga   ega   xorijiy   investorning   moliyaviy   va   nomoliyaviy
qo‘yilmalaridir.
47 5-jadval.
2022   yil   yanvar-dekabr   oylarida   O‘zbekiston   Respublikasida   qayta   ishlash
sanoatida   xorijiy   investitsiya   va   kreditlar   salmoqli   o‘zlashtirilib,   4771,7
mlrd.so‘mni   yoki   jami   asosiy   kapitalga   o‘zlashtirilgan   investitsiyalarning   42,5   %
ini tashkil etdi.
48 Elektr   va   gaz   bilan   ta’minlash   faoliyat   turida   bu   ko‘rsatkich   15820,1
mlrd.so‘mni yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 14,1 % ini qayd etdi.
2.3. Samarqand viloyatida investitsiyalarini jalb qilishning hozirgi holati
tahlili
Dissertatsiya ilmiy-tadqiqot bazasi  sifatida Samarqand viloyati Urgut tuman
investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi tanlab olindi va u erda amaliyot stajirovkasi
o‘taldi. Amaliyot stajirovkasi davridagi Urgut tuman investitsiyalar va tashqi savdo
bo`limi  va uning faoliyati  bilan yaqindan tanishilib, bo`lim  rahbari hamda boshqa
xodimlar ko`magida tashkilot nizomi, me`yoriy-huquqiy hujjatlar, so`nggi yillarda
investitsion   muhitni   yanada   rivojlantirish,   investitsion   jozibadorlikni   oshirish   va
investitsiyalar   oqimini   jadallashtirish   maqsadida   olib   borilgan   chora-tadbirlarni
o`rganib chiqildi. 
Shuningdek,   dissertatsiya   mavzusi   “Iqtisodiy   barqarorlikni   ta’minlashda
investitsion   faoliyat   samaradorligini   oshirish”   bo`yicha   bo’lib,   Urgut   tuman
investitsiyalar   va   tashqi   savdo   bo`limi   tomonidan   bajarilgan   ishlar,   to`plangan
ma`lumotlar   va   statistik   tahlillarga   asoslanib,   yangi   investitsion   loyihalar   bilan
tanishildi,   iqtisodiyotning   qaysi   soha   va   tarmoqlariga   investitsiyalar   ko`proq   jalb
qilinayotgani, qaysi  yo`nalishlarda bir muncha oqsashlar  va kamchiliklar borligini
o`rganildi, investitsiyalarni jalb qilish borasida xorijiy tajribalarni o`rganish va jalb
qilish borasidagi bir qator taklif va tavsiyalarimni ishlab chiqildi.
Ilmiy amaliyot davomida Urgut tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo`limi
tomonidan  2022  yilda  Urgut  tumanining  investisiya  dasturlari   va  eksport  prognoz
ko`rsatkichlarining   bajarilishi   to`g`risida   quyidagi   ma’lumotlarni   o`rganildi   va
tahlil qilindi:
 davlat   va   hududiy   investitsiya   dasturlariga   asosan   Urgut   tumanida   1,3   trln.
so`mlik   97   ta   loyihalarni   amalga   oshirish   orqali   2348   ta   yangi   ish   o`rinlari
yaratilgan.   Shundan, davlat inv e stisiya dasturi doirasida qiymati 404,8 mlrd
so`mlik 6 ta loyiha, 395 ta ish o`rinlari; 
49  h ududiy dastur doirasida qiymati 904,3 mlrd so`mlik 91 ta loyihada 1953 ta
ish o`rinlari yaratilishi ko`zda tutilgan;
 a malda qiymati 1 trln 63 mlrd. so`m bo`lgan 104 ta loyiha ishga tushirilgan
va 2467 ta yangi ish o`rinlari yaratilgan;
 Sariqt e pa mahallasida joylashgan “Sam elektro servis” MChJ ning 56,2 mlrd.
so`mlik   “Maishiy   changyutgichlar   ishlab   chiqarish   va   eksportni   yo`lga
qo`yish” loyihasi ishga tushirilib 60 ta yangi ish o`rinlari yaratilgan;
 2023   yilda   hududiy   dastur   doirasida   jami   1   trln   256   mlrd.   so`mlik   95   ta
loyihalar   ishga   tushurilishi   natijasida   2488   ta   yangi   ish   o`rinlari   yaratilishi
r e jalashtirilgan.
2022   yilda   Eksport   prognoz   ko`rsatkichlari   92,9   mln.dollar   (1-s e ktorda   34,3
mln.doll.)   qilib   b e lgilab   olingan.   Shundan,   sanoatga   75,2   mln.   dollar,   qishloq
xo`jaligida   17,8   mln.dollarlik     mahsulotlar   eksport   qilinadi.2022   yilning   yanvar-
dekabr   holatiga   59,5   mln.dollar   shundan,   sanoatda   43,5   mln.dollar,   qishloq
xo`jaligida   16,0   mln.dollar   eksport   amalga   oshirilgan.O`tgan   2021   yilning   mos
davriga nisbatan 0,6 mln. dollar ko`p (101% ga ko`p) eksport qilingan.2022 yilning
yanvar-dekabr   oylarida   116   ta   korxona   tomonidan   26   ta   davlatga   190   turdagi
mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.
Masalan,   Urgut   tumanidagi   Mergancha   mahallasida   joylashgan   “Sam   negin”
MChJ   tomonidan   3,6   mln.dollarlik   “Gilam   va   gilam   mahsulotlari”   Rossiya,
Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston davlatlariga eksport qilingan. 
Dunyodaginotinchlik,   ya’niUkrainavaRossiya o‘rtasidagi   urush   tufayli   ayrim
eksport bo‘yicha shartnomalar amalga oshirilmay qolgan, ya’ni:
14,1 mln.dollarlik eksport shartnomalar amalga oshirilmasdan qolgan ;
Jumladan, Sanoat mahsulotlari 9,3 mln.dollarlik ;
Qishloq   xo`jaligida   4,8   mln.dollarlik   shartnomalarga   asosan   eksport   amalga
oshirilmagan ;
 Quyidagi korxonalar bunga yorqin misol bo`la oladi:    
 Sanoatda “NUR-SAM-QUR” MchJning 1,5 mln.dollar ;
50  Qishloq-xo`jaligida   “NEXT   AGRO   IMPERATOR”   MChJning   0,5
mln.dollar,   “NAIM   DIYORBEK   KISHMISH   BOG`LARI”   FXning   1,1
mln.dollarlik shartnomalar amalga oshirilmasdan k e lmoqda.
2021   yilning   yanvar-noyabr   oylarida   tekstil   ma h sulotlari   (Gilam   ma h sulotlari)
9,7 mln.dollarlik eksport qilingan bo`lsa, joriy yilda Rossiya-Ukraina davlatlaridagi
notinch vaziyatlar tufayli 5,2 mln.dollarlik ma h sulotlargina eksport qilindi.   Bu esa
o`tgan yilning mos davriga nisbatan 61% ni tashkil etmoqda.
Urguttumanidat o`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha:
 2022 yilda 9 ta loyihalar ishtirokida 34,9 mln. dollarlik xorijiy inv e stisiyalar
o`zlashtirilishi va 1375 ta ish o`rinlari yaratilishi b e lgilab olingan.
 Bundan   tashqari,   O`zb e kiston   R e spublikasi   Pr e zid e ntining   joriy   yil   24
yanvar   kuni   o`tkazilgan   vid e os e l e ktor   yig`ilishida   b e rilgan   topshirig`iga
asosan   qo`shimcha   loyihalar   hisobiga   60,0   mln.dollar   jami   94,9   mln.dollar
xorijiy inv e stisiya o`zlashtirilishi ta’minlangan.
Urgut   tumanida   to’g’ridan-to’g’ri   investitsiyalarni   jal   qilish   bo’yicha   qator
ishlar   amalga   oshirilib,   2022   yilning   yanvar-d e kabr   oylarida   jami   28,0mln.dollar
to`g`ridan-to`g`ri xorijiy inv e stisiyalar va xorijiy kr e ditlar o`zlashtirilgan .
“YEC   GILAM”   MChJ   tomonidan   6,4   mln   AQSh   dollario’zlashtirilgan.   2022
yilda o`zlashtirilgan 28,0 mln.dollar inv e stisiyalardan: 
1. PQ-72-sonli qaror bo`yicha 14,7 mln.dollar; 
2. Qo`shimcha loyihalar xisobidan 13,3 mln.dollar.), 
Bundan tashqari, “SMART HYGIENE FACILITIES” MChJ tomonidan 4,7 mln
AQSh dollar o’zlashtirilgan.
Urgut tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo`limi quyidagi me’yoriy-huquqiy
hujjatlarga ko`ra o`z ishini tashkil qiladi va olib boradi, ya’ni:
 O`zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyevning   2022-yil   29-
yanvardagi   “2022-2026-   yillarga   mo`ljallangan   Yangi   O`zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi.
 O`zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyevning   2021-yil   30-
dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarga mo`ljallangan
51 investitsiya   dasturini   tasdiqlash   hamda   investitsiya   loyihalarini
boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to`g`risida”gi
PQ-72-son qarori.
 O`zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyevning   2022-yil   28-
dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo`ljallangan
investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-459-
sonqarori.
 O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022-yil   7-sentabrdagi
“O zbekiston   Respublikasining   To g ridan-to g ri   investitsiyalarʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
jamg armasi   faoliyatini   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to g risida”gi   PF-	
ʻ ʻ ʻ
215-son Farmoni.
Yuqoridagi   qonun   hujjatlarida   belgilab   qo ` yilgan   chora - tadbirlar   asosida
mamlakatimizda   investitsion   jozibadorlikni   oshirish ,   hududlar   kesimida   hamda
hududlarning   eng   kichik   birliklarida   ishlab   chiqarish   va   xizmat   ko ` rsatish
sohalarini   yanada   kengaytirish ,   yangidan - yangi   bo ` sh   ish   o ` rinlarini   yaratish ,
aholining turmush farovonligini oshirish ko ` zda tutilgan . 
II bob bo’yicha xulosa
1.   Asosiy   kapitalga   investitsiyalar   –   yangi   asosiy   fondlarni   sotib   olish   va
takror ishlab chiqarishga yo’naltirilgan xarajatlar majmuini bildiradi.
2.   Asosiy   kapitalga   investitsiyalar   statistik   hisobi,   qo’shimcha   qiymat
solig’ini   qo’shgan   holda,   hisobot   davrida   amaldagi   narxlarda,   to’lov   amalga
oshirilgan   paytdan   qat’iy   nazar,   haqiqatda   o’zlashtirilgan   hajm   miqdorida   amalga
oshiriladi.
« O‘zbekiston   Respublikasining   2023-2025   yillarga   mo‘ljallangan
investitsiya   dasturini   amalga   oshirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida »
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.2016 yil 2 dekabr, PQ-2666-son.
3.   Samaradorlik   (iqtisodiy   va   ijtimoiy)   iqtisodiy   yoki   ijtimoiy   samaraning
unga erishish uchun qilingan xarajatlar nisbatini ifodalaydi.
52 4.   Investitsion   faoliyatni   tanlash   orqali,   investitsion   resurslarni   jalb   qilishda
foydalanilayotgan   investitsion   mexanizmlarni   investitsion   faoliyatni   amalga
oshirish maqsadida qo’llash zarurdir.
  5.   Samarqand   viloyati   Urgut   tumanida   to’g’ridan-to’g’ri   investitsiyalarni   jal
qilish   bo’yicha   qator   ishlar   amalga  oshirilib,   2022  yilning   yanvar-d e kabr   oylarida
jami   28,0mln.dollar   to`g`ridan-to`g`ri   xorijiy   inv e stisiyalar   va   xorijiy   kr e ditlar
o`zlashtirilgan.
53 III  bob. Samarqand viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilishni
rivojlantirish istiqbollari
3.1. Investitsiyalar iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning asosi
sifatida
Bugungi   kunda,   oldindan   ko‘ra   bilish   va   prognozlashtirishda
foydalaniladigan   axborot   manbalari,   bashoratni   tuzish   mexanizmi,   ko‘plab   usullar
hamda shularni o‘zida mujassam etgan kompyuter dasturlari mavjud.
Ijtimoiy-iqtisodiy   hodisalar   taraqqiyotini   prognoz   qilish   usullarini   shartli
tarzda   uch   guruhga   ajratish   mumkin.   Birinchi   guruhga   qonuniyatlarni
ekstropolyasiya   qiluvchi   va   modellashga,   o‘rganilayotgan   ob’ekt   o‘zgarishiga
asoslanuvchi;   ikkinchi   guruhga   tahlil   qilinayotgan   hodisa   ekspertizasiga
asoslanuvchi; uchinchi guruhga kombinatsiya qilingan usullar kiradi. 
Birinchi   guruhga   bevosita   ekstropolyasiya   usullari,   egiluvchi   egri   chiziq
bo‘yicha ekstropolyasiya usuli, korrelyasion va regression usullar, muqobil prognoz
qilish usullari va shu kabilarni kiritish mumkin. 
Ikkinchi guruh usullariga individual va jamoaviy ekspertiza usullarining turli
modifikatsiyalari kiritiladi. 
Bevosita   ekstropolyasiya   usullari   prognoz   qilinayotgan   davrdagi   iqtisodiy
hodisalarning   o‘zgarishini   o‘rganish   va   topilgan   qonuniyatni   kelajakda   amalga
oshirishga asoslanadi. 
Ekstropolyasiya   usulining   afzalligi,   hisoblash   sxemasining   keng
universalligi,   hisob   algoritmining   ko‘p   mehnat   talab   qilmasligi,   boshlang‘ich
axborotga   ishlov   berishni   avtomatlashtirishga   imkon   beradigan   mashina
dasturiningmavjudligidir. 
Usulning   kamchiligi:   uzoq   vaqt   birligi   uchun   baza   ma’lumotlaridan
foydalanish zarurligi; kelajakni oldindan aytishda inersiyalilik (odatdagi harakatini
saqlagan   tarzda)tamoyilini   qo‘llash   mumkin   emasligi;   uzoq   muddatga   prognoz
qilinganda uning aniqligining kamayishi.
Dinamik   qatorlarni   tahlil   qilgan   holda,   ko‘pgina   tadqiqotchilar   o‘tmishda
bo‘lib   o‘tgan   hodisalarning   mohiyatini   tadqiq   etish   asosida   ularning   kelajakdagi
54 holatini   bashorat   qilish,   qatorlarni   ekstropolyasiya   (qatorlarni   uzaytirish)   qilish
orqali turli xil prognozlarni qurishga harakat qilishgan.
Dinamik   qatorlarni   ekstropolyasiya   qilishning   turli   xil   usullaridan
foydalanish   mumkin.   Ammo   uning   har   bir   usuli,   o‘rganilayotgan   hodisa   va
jarayonlarning o‘tmishdagi rivojlanish qonuniyatlari (tendensiyalari) kelajakda ham
saqlanib   qoladi,   degan   taxminga   asoslanadi.   Shu   sababli   qatorlarning
ekstropolyasiyasiga   asoslanadigan   prognoz   jarayonlari   keltirilgan   dinamik
qatorlarni   tahlil   qilishdan   boshlanishi   lozim.   Bashorat   qilishning   bunday
ekstrapolyasiya   usullaridan   foydalanishning   muhim   shartlaridan   biri,   tadqiq
qilinayotgan   jarayonning   mohiyatini   bilish   hamda   iqtisodiy   o‘sishda
barqarorlikning   mavjudligidir.   Faqat   shundagina   o‘rganilayotgan   hodisa
taraqqiyotida   talab   qilingan   darajadagi   uzluksizlik   ta’minlanishi   mumkin.
Haqiqatda rivojlanish tendensiyalari turli xil tashqi va ichki muhit omillari ta’sirida
o‘zgarib   turadi.   Shu   sababli   qatorlarni   ekstropolyasiya   qilish   orqali   aniqlangan
ma’lumotlar ehtimoliy hisoblanadi.  
Dinamik   qatorlarni   ekstropolyasiya   qilish   usullaridan   biri   ularni   analitik
formulalar   yordamida   tekislash   hisoblanadi.   Bunda   keltirilgan   dinamik   qatorning
amaldagi har bir darajasi  y
t ikkita hadning yig‘indisi sifatida  y
t = f ( t )+
t qaralib, bunda
f ( t )   trendni namoyon etuvchi tarkib,  	
‒	
  t  esa  	‒	Mε	=	0,	Dε	=	σ2  bo‘lgan tasodifiy
miqdor.   Dinamik   qatorlarni   tekislashdan   maqsad,   empirik   ma’lumotlarga   tayanib,
aniqlangan   formula   asosida   ŷ
t = f ( t )   uning   “nazariy”   darajalarini   aniqlashdir.
Rivojlanish tendensiyalarini namoyish etuvchi eng qulay analitik formulalar quyida
keltirilgan (6-jadval). 
6 -jadval
Prognozlashtirish modellari
№ Analitik shakli Funksiya
1 y =  b
0 + b
1 ˣ t C h iziqli
2 y  = b
0 + b
1 ln ( t ) Logarifmik
3 y  =  b
0 +  b
1 / t Teskari
4 y  = b
0 +  b
1 t  + b
2 t 2
Kvadratik
55 5 y  = b
0 +  b
1 t  + b
2 t 2
+ b
3 t 3
Kubli
6 y  = b
0  ˣ b
1 t
Tarkibli
7 y  = b
0 ˣ t b 1
Darajali
8 y  = e ( b 0 +  b 1/ t )
S -funksiya
9 y  = e ( b 0 +  b 1	
ˣ t )
Rosta
10 y  = b
0 ˣ e b 1 ˣ t
Eksponensial
O‘zbekiston Respublikasida  asosiy kapitalga investitsiyalar  h ajmi ko‘rsatkchi
prognozini amalga oshirishda biz prognozlashtirish modellarining chiziqli funksiya
analitik   shaklidan   foydalanib,   respublikaning   2017-202 2   yillardagi   statistik
ma’lumotlarini tahlil qildik. 	
{
n ∗ a
0 + a
1 ∑ x =
∑ y
a
0 ∑ x + a
1 ∑ x 2
=
∑ x ∗ y
bu   erda   n   –   yillar   soni,   x   – ta’sir   etuvchi   omil   (bizning   misolda   yillar),   y   –
natijaviy   qiymat   (bizning   misolda   iqtisodiy   ko‘rsatkich),   a
0   va   a
1 –   mos   holda
funksiya koeffitsientlari.
Olti   yillik   ma’lumotlardan   foydalangan   holda   dinamik   qatorlarning
ekstrapolyasiya   qilish   orqali   ko‘rsatkichlarning   modeli   y = a
0 + a
1 ∗ x
  ishlab   chiqildi
va quyidagicha prognoz amalga oshirildi (7-jadval).   
7-jadval.
K o‘rsatkichlar 2017
y. 2018
y. 2019
y. 2020
y. 2021
y. 2022
y. 2023
y.* 2024
y.* 2025
y.*
Asosiy kapitalga
investitsiyalar
hajmi, trln. so‘m  72,2 124,2 195,9 210,2 239,7 269,9 300,2 333,0 365,8
Jadval   ma’lumotlaridan   foydalangan   holda   ushbu   ko‘rsatkichning   yillar
kesimida   o‘zgarishining   matematik   modelini   ekstrapolyasiya   usuli   orqali   chiziqli
funksiyasi aniqlandi. Unga ko‘ra   y=70,6+32,8*n   - bu erda  n  – yillar soni (modelni
tuzishda   6   yildan   -   2017   yildan   2022   yilgacha   bo‘lgan   vaqt   oralig‘idagi
ma’lumotlardan   foydalanildi,   n   ga   7   va   undan   yuqori   bo‘lgan   yillarni   qo‘yib,
56 tegishli yildagi natijaviy ko‘rsatkichni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘ladi)hamda  y
-   a sosiy   kapitalga   investitsiyalar   hajmi   (4-rasm) .   Respublika   bo’yicha   asosiy
kapitalga investitsiyalar hajmi yillar o’zgarishiga nisbatan korrelyatsion bog’liqligi
aniqlandi va u juda yuqori bo’lib,  r=0,975 ga teng bo’ldi.
2017 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 2023 y.* 2024 y.* 2025 y.*050100150200250300350400
Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi, trln. so‘m 
4-rasm.  Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi .
3.2. Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda investitsion siyosatning
samaradorligini oshirish yo‘nalishlari.
Investitsion   siyosatning   holatini   va   uning   samaradorligini   baholash   uchun
ma'lum   miqdoriy   ko'rsatkich   kerak   bo'lib,   uning   yordamida   turli   kompaniyalarda
mavjud   investitsiya   resurslarini   boshqarish   sifatini   qiyosiy   tahlil   qilish   mumkin
hisoblanadi.
Bunday   miqdoriy   mezon   sifatida   investitsiya   siyosati   samaradorligining
ishlab chiqilgan umumiy integral ko'rsatkichidan foydalanish mumkin.
Investitsiya   siyosati   samaradorligining   integral   ko'rsatkichini   hisoblash
metodologiyasi quyidagilarni nazarda tutadi:
-   korxona   va   tashkilot   investitsion   faoliyatining   moliyaviy   omillar
ko'rsatkichlari to’plamini shakllantirish;
-   ma'lum   bir   kompaniyalar   jamlanmasi   uchun   tahlil   qilingan   davr   uchun
tanlangan ko'rsatkichlarni hisoblash uchun ma'lumot to'plash;
57 -   tanlangan   kompaniyalarning   moliyaviy-xo'jalik   faoliyatini   belgilovchi
xususiyatlarni bevosita hisoblash;
-   omillarning   tanlangan   ko'rsatkichlarining   har   biri   uchun   darajasini,
maqsadga muvofiqligini baholash;
- maqsadga muvofiqlikning umumiy integral ko'rsatkichini hisoblash;
-   investitsiya   siyosati   yo‘nalishlarini   uning   samaradorligining   integral
ko‘rsatkichini oshirish maqsadida ishlab chiqish.
Muhimlilik funktsiyasi usulini qo'llashda hisob-kitoblarning asosiy qiymati u
yoki   bu   ko'rsatkichning   joriy   qiymatini   muhim   qiymat   bilan   bog'lashdan   iborat
bo'lib, ular quyidagilar bo'lishi mumkin:
-   kompaniyaning  jami   yoki   ko'rib   chiqilayotgan   davr   uchun   ko'rsatkichning
maksimal qiymati;
- modal qiymat, ya'ni, kompaniyalar jamlanmasi  yoki aniq bir davrni tadqiq
qilishda ko’pincha uchraydi;
- amalda aniqlangan va ko'pincha qo'llaniladigan normativ qiymat.
Shu bilan birga, qiyosiy xarakteristikadan so'ng,  hisoblashda  qo'llaniladigan
ko'rsatkichlarning har biriga 0 dan 1 gacha bo'lgan ma'lum darajadagi ahamiyatga
ega,   agar   muhimlilik   funktsiyasi   1   ga   moyil   bo'lsa.Agregat   holatda,   bu   shuni
anglatadiki,   ko'rsatkich   ahamiyati   bo'yicha   1   ga   qanchalik   yaqin   bo'lsa,   uning
muhimliligi   shunchalik   yuqori   bo'ladi   va   aksincha,   ko'rsatkichning   joriy   qiymati
istalgan   qiymatdan   qanchalik   farq   qilsa,   uning   muhimliligihamda   sifati   ham
shunchalik past bo'ladi.
Istalgan funksiyalarni yaratishning quyidagi usullari mavjud:
- o'lchanayotgan miqdorga qarab eng muhim qiymatni belgilash orqali;
- muhim qiymatlar diapazonining pastki va yuqori chegaralari bo'yicha;
- muhim qiymatlarning faqat pastki yoki faqat yuqori chegarasini ko'rsatish.
Investitsion   siyosat   samaradorligining   umumiy   integral   ko'rsatkichini
baholashni   shakllantirish   uchun   foydalaniladigan   ko'rsatkichlar   moliyaviy
hisobotlar, xususan, buxgalteriya balansi va daromadlar to'g'risidagi hisobot asosida
hisoblanadi.
58 Ushbu   uslubni   qo'llashning   asosiy   ma'nosi   kompaniyaning   investitsiya
siyosati   samaradorligining   ajralmas   ko'rsatkichlari   yig'indisini   hisoblashdan   iborat
bo'lib, uning yakuniy qiymati ishlab chiqarish va moliyaviy resurslardan qanchalik
samarali foydalanilishini baholash uchun ishlatilishi mumkin.
Muhimlilik   funktsiyasi   ( D )   -   individual   ko'rsatkichlar   -   omillarning
muhimliligining o'rtacha geometrik qiymati:
D = m√
d
1 ¿ d
2 ∗ … ∗ d
i (1)
buerda   d   -   muhimlilik,   i –nchi   ko’rsatkich   -   omil;   m- hisob-kitobda   ishlatiladigan
ko’rsatkichlar soni - omillar. 
Umumlashtirilgan   muhimlilikni   hisoblash   uchun   ko'rsatkichlar   tizimi
qo'llaniladi - kompaniyada mavjud bo'lgan investitsiya resurslari tarkibini va ularni
investitsiya   qilish   yo'nalishini,   rentabelligini   va   tegishli   aktivlar   va
majburiyatlarning   rentabelligini   aks   ettiruvchi   omillar.   Quyidagi   ko'rsatkichlarni
ajratib ko'rsatish mumkin:
- tashkilotningumumiyaktivlaridagiaylanmamablag'larningulushi;
- avtonomiya koeffitsienti (moliyaviy mustaqillik);
- aylanma mablag'larning aylanmasi;
- aylanma aktivlarni qaytarish;
- aktivlar rentabelligi;
- o'z kapitalining rentabelligi;
- sanoat mulki koeffitsienti;
- qisqa muddatli majburiyatlarning aylanish koeffitsienti.
Taqdim   etilgan   omillar   to'plamini   moliyaviy   yo'naltirilgan   holda   tanlash
tasodifiy   emas.   Investitsion   siyosat   chora-tadbirlarini   muvaffaqiyatli   amalga
oshirish maksimal daromad olish va ma'lum iqtisodiy samaraga erishish uchun o'z
va   qarz   mablag'larini   foydali   investitsiyalashni   o'z   ichiga   oladi.   O'z   navbatida,
kompaniya   daromadlarining   muvozanatli   o'sishi   uning   moliyaviy   barqarorligi   va
uzoq   muddatli   rivojlanish   barqarorligining   oshishiga   olib   keladi.   Shuning   uchun
investitsiya   siyosati   samaradorligining   umumiy   integral   ko'rsatkichining   tarkibiy
59 elementlari sifatida aktivlarning moliyaviy ko'rsatkichlari va tarkibiy qiymatlari va
ularni moliyalashtirish manbalari ishlatilgan.
Olingan   maqsadga   muhimlilikning   umumlashtirilgan   qiymati   investitsiya
siyosati   samaradorligining   ajralmas   ko'rsatkichi   bo'lib   xizmat   qiladi,   bu   uning
ma'lum   bir   davrdagi   holatini   tavsiflaydi.   Istalganlik   funksiyasi   parametrlarini
nazariy   asoslash   asosida   1-jadvalda   keltirilgan   integral   indikatorning   quyidagi
intervallarini ajratish mumkin.
Muhimlilik funksiyasi samaradorligining integral ko'rsatkichining intervallari
(8-jadval).
8-jadval.
Muhimlilik  funksiyasining qiymati Investitsiya siyosati
samaradorligining xususiyatlari
0,2 - 0,4 Past samaradorlik
0,4 - 0,6 Qoniqarli samaradorlik
0,6 - 0,8 O’rtacha samaradorlik
0,8 - 1,0 Yuqori samaradorlik
Har   bir   guruh   uchun   yuqori   va   quyi   chegaralarni   aniqlash   statistik   usullar
yordamida   amalga   oshiriladi.   Hisoblash   uchun   biz   muhimlilik   funktsiyaga   moyil
bo'lgan maksimal qiymat 1, minimal esa 0,2 bo'lishi shartidan foydalanamiz.
Intervalning o'lchamini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
i = x
max − x
min
n                     (2)
bu   yerda,   x max   -   istalgan   funksiyaning   maksimal   qiymati;   x min   -   istalgan
funksiyaning minimal qiymati;  n  - guruhlar soni.
Shunday qilib, interval quyidagicha bo'ladi:
i = 1,0 − 0,2
4 = 0,2
                    (3)
Umumiy integral ko'rsatkichni muhimlilik funktsiyasidan foydalangan holda
hisoblash   ma'lum   vaqt   davomida   amalga   oshirilayotgan   investitsiya   siyosatining
sifatini   baholash   uchun   dinamikada   amalga   oshirilishi   mumkin.   Bir   necha   yil
60 davomida   ko'rsatkichlarni   taqqoslab,   ular   mavjud   investitsiya   resurslaridan
foydalanishning   yaxshilanishi   yoki   yomonlashishi   to'g'risida   xulosa   chiqaradi,   bu
esa   o'z   navbatida   investitsiya   siyosatining   yangi   yo'nalishlarini   izlash   va   ishlab
chiqish zarurligini keltirib chiqaradi.
Umumiy   integral   ko'rsatkichni   taqqoslash   qaysi   yilda   investitsiya
resurslaridan   samaraliroq   foydalanilganligi   haqida   xulosa   chiqarish   imkonini
beradi.   Ushbu   ko'rsatkichning   miqdoriy   xususiyatlarini   yaxshilash   istagi,   o'z
navbatida,   amalga   oshirilayotgan   investitsiya   siyosatining   sifatini   oshirishga
yordam   beradi,   maksimal   daromad   olish   uchun   yangi   yo'nalishlarni,
kompaniyaning investitsiya resurslarini investitsiyalashni talab qiladi.
Muhimlilik   funksiyasidan   foydalangan   holda   investitsiya   siyosati
samaradorligining   umumiy   integral   ko'rsatkichini   aniqlash   metodologiyasini
qo'llashni ko'rib chiqamiz.
Yuqoridagi   ko'rsatkichlarning   har   biri   -   omillar   uchun   biz   muhimlilik
qiymatlarni o'rnatamiz:
- joriy aktivlarning ulushi, kompaniya aktivlari umumiy qiymatining 0,6 yoki
60%  doirasida bo’lishi  taqozo etadi. Aylanma aktivlar ulushining istalgan qiymati
bu   turdagi   aktivlarning   aylanma   mablag'larga   nisbatan   ko'proq   harakatchanligi   va
yuqori   aylanmasiga   ega   ekanligi   bilan   izohlanadi.   Shunga   ko'ra,   investitsiya
qilingan resurslar va foydaning tezroq qaytishi kuzatiladi;
-   avtonom   koeffitsient   kompaniyaning   moliyaviy   barqarorligini   tavsiflovchi
eng   muhim   ko'rsatkich   bo'lib,   u   kompaniyada   mavjud   bo'lgan   barcha
mablag'larning   umumiy   qiymatidagi   o'z   kapitalining   umumiy   miqdori   ulushini
ko'rsatadi.   Ushbu   nisbat   uchun   umumiy   balans   valyutasida   0,5   yoki   50%   dan
oshishi   ma'qul   hisoblanadi.   Biroq,   bu   ko'rsatkichning   juda   yuqori   qiymati
kompaniya   faoliyatida   ijobiy   holat   emas,   chunki,bu   rahbariyatning   qarz
mablag'laridan   foydalana   olmasligini   ko'rsatadi.   Ushbu   dissertatsiya   tadqiqoti
doirasida   avtonomikoeffitsientining   muhimlilik   qiymati   0,6   darajasida   o'rnatiladi,
ya'ni,   shunday   qilib,  kompaniya   mablag'larining  umumiy  hajmida   o'z   kapitalining
ulushi 60% ni tashkil qiladi;
61 -   ishlab   chiqarishning   mulkiy   koeffitsienti   asosiy   vositalar,   tovar-moddiy
zaxiralar   va   tugallanmagan   ishlab   chiqarishning   kompaniyaning   barcha
aktivlarining   umumiy   qiymatidagi   ulushini   tavsiflaydi   va   uning   tashkilot   uchun
maqbul qiymati 0,5 deb hisoblanadi.
Qolgan   ko’rsatkichlar   uchun   eng   yuqori   ko’rsatkich   bo’lib,   kompaniyalar
jamlanmasi   tadqiqoti   bo’yicha   olingan   tahlillar   ko’rsatlichi   hisoblanadi.   Agar
o'rganish   davrida   ba'zi   ko'rsatkichlar   mavjud   bo'lmasa   yoki   salbiy   qiymatlarni
qabul qilsa, umumlashtiruvchi ko'rsatkichni hisoblash uchun ularning ahamiyati 0,2
darajasida (eng kam muhimlilik qiymati sifatida) belgilanadi.
Investitsion   siyosat   samaradorligining   umumlashtiruvchi   integral
ko'rsatkichini hisoblashning yuqoridagi metodologiyasi  uning holatini baholash va
tashkilotning investitsiya resurslarini boshqarishda muhim rol o'ynaydi.
Ushbu usulni qo'llash:
birinchidan, mavjud aktivlar tarkibini va ularni moliyalashtirish manbalarini
baholash imkonini beradi;
ikkinchidan,   mavjud   investitsiya   resurslarini   aktivlarning   ayrim   turlariga
investitsiyalash samaradorligini baholash imkonini beradi;
uchinchidan,   uning   samaradorligini   oshirish   va   natijada   kompaniyaning
raqobatbardoshligini   oshirish,   moliyaviy   barqarorlikka   va   kompleks   rivojlanishga
erishish   uchun   investitsiya   siyosatining   yangi   yo‘nalishlarini   izlashga   hissa
qo‘shadi.
III bob bo’yicha xulosa
1.   Respublikamiz   asosiy   kapitalga   investitsiyalarning   2017-2022   yillar
oralig’idagi   ma’lumotlaridan   foydalangan   holda   ushbu   ko’rsatkichning   yillar
kesimida   o’zgarishining   matematik   modelini   ekstrapolyatsiya   usuli   orqali   chiziqli
funktsiyasi aniqlandi . 
2.   Respublika   bo’yicha   asosiy   kapitalga   investitsiyalar   hajmi   yillar
o’zgarishiga   nisbatan   korrelyatsion   bog’liqligi   aniqlandi   va   u   juda   yuqori   bo’lib,
r=0,975 ga teng bo’ldi.
62 3.   Investitsiyalarni   jalb   qilish   va   samaradorligini   oshrish   investitsiyalash
ob’ektining jozibadorligini baholash bilan amalga oshiriladi.
4.Odatda   ma’lum   bir   soha   investitsiyalanayotgan   paytida   investor   va
mahalliy   hukumat   organlarining   manfaatlarini   bir-biriga   mos   kelishi   o’ta   muhim
hisoblanadi.
5. Loyihalarni investitsiyalashda aholi va hukumat manfaatdor bo’lishi bilan
birga, bu faoliyat ijtimoiy masalalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi kerak.
63 XULOSA VA TAKLIFLAR
Dissertatsiya   ishida   iqtisodiy   barqarorlikni   ta’minlashda   investitsiya   faoliyati
samaradorligini   oshirishning   nazariy-metodologik   asoslari,   Samarqand   viloyati
iqtisodiyotida   investitsion   jozibadorlikning   hozirgi   holati   hamda   Samarqand
viloyatiga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   investitsiyalar   jalb   qilishni   rivojlantirish
istiqbollari o‘rganilib,   unga   ko‘ra   jahon   olimlari   va   mahalliy   olimlarimiz   amalga
oshirgan tadqiqotlari tahlil qilinib, quyidagicha xulosa va takliflarishlab chiqarildi:
- a sosiy kapitalga investitsiyalar   –   yangi asosiy fondlarni  sotib olishva takror
ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan xarajatlar majmuini bildiradi;
-   a sosiy   kapitalga   investitsiyalarning   statistik   hisobi ,   qo‘shimcha
qiymatsolig‘ini   qo‘shgan   holda,   hisobot   davrida   amaldagi   narxlarda,   to‘lov
amalgaoshirilgan   paytdan   qat’iy   nazar,   haqiqatda   o‘zlashtirilgan   hajm   miqdorida
amalgaoshiriladi;
-   samaradorlik (iqtisodiy va ijtimoiy) iqtisodiy yoki ijtimoiy samaraning unga
erishish uchun qilingan xarajatlar nisbatini ifodalaydi;
-   investitsion   faoliyatni   tanlash   orqali,   investitsion   resurslarni   jalb   qilishda
foydalanilayotgan   investitsion   mexanizmlarni   investitsion   faoliyatni   amalga
oshirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida qo‘llash zarurdir;
-   investitsiyalarni   jalb   qilish   va   samaradorligini   oshirish   investitsiyalash
ob’ektining jozibadorligini baholash bilan amalga oshiriladi;
- odatda ma’lum bir soha investitsiyalanayotgan paytida investor va mahalliy
hukumat organlariniing manfaatlari bir-biriga mos kelishi o‘ta muhim hisoblanadi;
-   loyihalarni   investitsiyalashda   aholi   va   hukumat   manfaatdor   bo‘lishi   bilan
birga, bu faoliyat ijtimoiy masalalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak;
-   respublikamizning   asosiy   kapitalga   investitsiyalarning       2017-2022   yillar
oralig‘idagi   ma’lumotlaridan   foydalangan   holda   ushbu   ko‘rsatkichning   yillar
kesimida   o‘zgarishining   matematik   modelini   ekstrapolyasiya   usuli   orqali   chiziqli
funksiyasi aniqlandi. 
64 -   Respublika   bo’yicha   asosiy   kapitalga   investitsiyalar   hajmi   yillar
o’zgarishiga   nisbatan   korrelyatsion   bog’liqligi   aniqlandi   va   u   juda   yuqori   bo’lib,
r=0,975 ga teng bo’ldi.
65 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari
1.   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi.   (yangi   tahrirda)   -T.:   «O‘zbekiston»,
2023 yil.
2. «Investitsiya faoliyati to‘g‘rsida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 1998
yil 24 dekabr 719-I-son. 
II . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari
1.  «O‘zbekiston Respublikasining 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya
dasturini   tasdiqlash   hamda   investitsiya   loyihalarini   boshqarishning   yangi
yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining  Qarori.  2021 yil 30 dekabr, PQ-72-son.
2.     « O‘zbekiston   Respublikasining   2023-2025   yillarga   mo‘ljallangan   investitsiya
dasturini   amalga   oshirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida »
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Qarori. 2016   yil   2   dekabr,   PQ-2666-
son.
3. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Sh.M Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi
« 2017-2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   HARAKATLAR   STRATEGIYASI »   PF-4947-
sonli   Farmoni. 1-ilova, 3.2-band.
III.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
1. Mirziyoev S h .M. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining
25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi 2017 yil 7 dekabr.
http://xs / index / php / homepage / rasmij / item / 12463-7894//
2. Mirziyoev Sh.M. «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak» Mamlakatimizni
2016   yilda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirishning   asosiy   yakunlari   va   2017   yilga
mo‘ljallangan   iqtisodiy   dasturning   eng   muhim   ustuvor   yo‘nalishlariga
66 bag‘ishlangan   Vazirlar   Mahkamasining   kengaytirilgan   majlisidagi   ma’ruzasi.
Xalq so‘zi, 2017 yil 16 yanvar.
3. Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2016 yil  30 dekabr
kuni mamlakatimizning etakchi ilm-fan namoyandalari bilan «Ilm-fan yutuqlari
–   taraqqiyotning   muhim   omili»   mavzusida   uchrashuv   ma’ruzasi.   Xalq   so‘zi
2016 yil 31 dekabr.
4. Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining
24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2016 yil 7 dekabr.
– Toshkent, 2016. Manba:  http :// press-service . uz / uz / news / news 1/
5. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   S h. M . Mirziyo e vning     erkin   va   farovon,
demokratik   O‘zbekiston   davlatini   birgalikda   barpo   etamiz.   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga   kirishish   tantanali   marosimiga
bag‘ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining   qo‘shma   majlisidagi   nutq.   –T:
«O‘zbekiston» NMIU, 2016, 14-bet.
6. Shavkat   Mirziyoevning   Oliy   Majlis   va   O‘zbekiston   xalqiga   Murojaatnomasi ,
21-dekabr   2022   yil,   https://www.xabar.uz/jamiyat/shavkat-mirziyoyevning-
oliy-majlis-va-ozbekiston-xalqi.
IV.  Mamlakatimiz va xorijiy olimlarning adabiyotlari
1. Бочаров   В.В.   Метод ы   финансирования   инвестиционной   деятельности
предприятий. – М.: Финансы и статистика, 2007. – 160 с.
2. Беренц   В.,   Хавренек   П.М.   Руководство   по   оценке   эффективности
инвестиций:   Пер.   с   англ.   перераб.   и   доплн.   Изд.   –   М.:   АЗОТ
«Интерэскперт», «ИНФРА-М», 1995. -528с.
3. Жураев   А.С.,   Хўжамқулов   Д.Й.,   Маматов   Б.С.   Инвестиция   лойиҳалари
таҳлили: Ўқув қўлланма Т.: Sharq. 2003. -256 б.
4. Каримов   Н.Ғ.   Иқтисодий   интеграциялашув   шароитида   инвестиция
фаолиятини   молиялаштиришнинг   бозор   механизмларини   жорий   этиш
масалалар. –Т.: Фан ва технология, 2007. 240 б.
67 5. Катасонов   В.Ю.,   Морозов   Д.С.,   Петров   М.В.   Под   общей   редакцией
Катасонова   В.Ю.   Проектное   финансирование:   Мировой   опыт   и
перспективы для России, -М.: «Анкио», 2011. -312с.
6. Махмудов   Н.М.,   Мажидов   Ш.А.   Инвестицияларни   ташкил   этиш   ва
молиялаштириш. Ўқув қўлланма. – Тошкент.: ТДИУ, 2010 йил.
7. Нешитой А.С. Инвестиции. Учебник. – 4-е изд. М. “Дашков и К о
”, 2006. С.
119.
8. Просветов   Г.И.   ИНВЕСТИЦИИ:   задачи   и   решения:   Учебно-прктическое
пособие. –М. «Альфа-Пресс». 2008. -408 с.
9. Ткаченко   И.Ю.   Инвестиции:   учеб.   Пособие   для   студ.   высш.   учеб.
заведений / Кузнецов Б.Т. Инвестиции: учеб. пособие для студентов вузов,
обучающихся  по направлению   подготовки  «Экономика». –  М.:   ЮНИТИ-
ДАНА, 2006. -679 с. 
10. Узоқов   А., Носиров   Э., Саидов   Р., Султанов   М.   Инвестиция лойиҳаларини
молиялаштириш   ва  уларнинг   мониторинги.  Ўқув   қўлланма.   –Т.:   “Iqtisod-
moliya”, 2006. 380 б.
11.   Узоқов   А.,   Кенжаев   Н.   Инвестицияларни   ташкил   этиш   ва
молиялаштириш. Ўқув қўлланма. –Т.: 2007.
12. Ушаков И.И. Как привлечь инвестиции – СПб.: Питер, 2006. – 224 с.
13. Эргашева   Ш.,   Узоқов   А.   Инвестицияларни   ташкил   этиш   ва
молиялаштириш. Ўқув қўлланма. –Т.: “Iqtisod-moliya”, 2008. -208 б.
14.   Ғозибеков   Д.Ғ.   Инвестицияларни   молиялаштириш   муаммолари.   Иқтисод
фанлари   доктори   илмий   даражасини   олиш   учун   ёзилган   диссертация
автореферати. –Тошкент, 2002, 6-б.
15.   Ҳайдаров   Н.Ҳ.   Иқтисодиётни   эркинлаштириш   шароитида   корхоналар
инвестицион   фаолиятидаги   молия-солиқ   муносабатларини
такомиллаштириш   масалалари.   Иқтисод   фанлари   доктори   илмий
даражасини   олиш   учун   ёзилган   диссертация   автореферати.   –Тошкент,
2003, 14-15 –б. 
68 V . Statistik to‘plam va nashrlar
1. O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari   to‘plami,   2017   y.,   18-son,   313-
modda, 19-son, 335- modda .
2. O‘zbekiston   Respublikasi   davlat   Statistika   qo‘mitasi   ma’lumotlari.   20 18 -
2 022  y .
VII .  Ilmiy maqolalar tezislar 
1.   Izzatova   D.M.   Main   indicators   of   investment   efficiency   in   enterprises   and   the
possibility of its determination. Xorazm   Ma ’ mun   akademiyasi   axborotnomasi . 2022
yil . 7-10  betlar .
2.   Иззатова   Д. M .   Макроэкономическая   стабильность   в   Узбекистане   и
направления   на   повышение   инвестиционной   деятельности.   Scientific-
Methodical Journal of  Scientific Progress, ISSN: 218-1601. 2022. pp. 268-270.
3.   Izzatova   D.M.   Directions   to   increase   investment   activity   to   ensure
macroeconomic   sustainability   in   Uzbekistan.   Academic   Journal   of   Digital
Economics   and   Stability   Volume   1   Issue   1,   March   2021   Online:
https://academicjournal.io/ .  pp. 37-42.  
VIII.  Internet saytlari
1. http ://www. ziyonet . uz
2. http ://www. unwto . org
3. http ://www.w tts . org
4. http://www. lex . uz
5. http://www.tdiu.uz
69

I QTISODIY BARQARORLIKNI TA`MINLASHDA INVESTITSION FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA MUNDARIJA Kirish …………………………………………………………. 3 I BOB. Iqtisodiy b arqarorlikni ta'minlashda investitsion faoliyat samaradorligini oshirishning nazariy-metodologik asoslari . 7 1.1 . Investitsiyalarni ja l b qilishning nazariy asoslari …………….. 7 1.2. I nvestitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati… 22 I bob bo‘yicha xulosa.......................................................... … 32 II BOB. Samarqand viloyati iqtisodiyotida investitsion jozibadorlikning hozirgi holati……………………………… 34 2.1. Dunyodagi rivojlangan davlatlar d a investitsiya siyosatining o'ziga xos xususiyatlari………….…………………………….. 34 2.2. Mamlakatimizda chet el investitsiyalarini jalb qilishning hozirgi holati tahlili……..…………………………………….. 41 2.3. Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb qilishning hozirgi holati tahlili ………………………………………………… 50 II bob bo‘yicha xulosa………………………………………. 53 III BOB. Samarqand viloyati g a to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilishni rivojlantirish istiqbollari ……………………. 55 3.1. Investitsiyalar iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning asosi sifatida ……………………………… 55 3.2. Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda investitsion siyosatning samaradorligini oshirish yo‘nalishlar…...…………………… 58 III bob bo‘yicha xulosa.......................................................... 63 Xulosa va takliflar................................................................... 65 Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘ yxati………………………… 67 1

KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda korxona faoliyati iqtisodiy samaradorligi uning o‘z va jalb qilingan mablag‘laridan qay darajada foydalana olish imkoniyatiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarishni kengaytirish hamda uni diversifikatsiyalash uchun investitsiyalarni jalb qilish va ulardan oqilona foydalanish bozorda raqobatbardoshlilik hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi “ Iqtisodiyotimizga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 milliard dollarga etdi. ” 1 Respublikamizda so‘nggi olti yilda investitsiyalar hajmini yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan oshirishga erishilgan. Kelajakda hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash vazifasi belgilab berilgan. Ammo respublikamiz iqtisodiyotida hamda uning tarmoqlarida investitsion faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, ularni jalb qilish va samarali o‘zlashtirish ishlarini amalga oshirilmaganligi hamda investitsiyalarning to‘g‘ri boshqarilmayotganligi asosiy kapitalning yangilanishi va ko‘payishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aynan ushbu muammolarni bartaraf qilish hozirgi kunda investitsilarni jalb qilish va ularni boshqarish hamda samaradorligini oshirishda yangi usullarni joriy qilishni taqozo etadi. Investitsiyalarni jalb qilish, ularni boshqarish va samaradorligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish bo‘yicha tadqiqot ishlari juda kamligi va bu bo‘yicha etarli tadqiqotlar olib borishi zarurligi dissertatsiya ishimizning dolzarbligini belgilaydi. 1 S h avkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi , 21-dekabr 2022 yil, https://www.xabar.uz/jamiyat/shavkat-mirziyoyevning-oliy-majlis-va-ozbekiston-xalqi. 2

Tadiqiqot ob’ekti va predmeti. Magistrlik ishining ob’ekti bo‘lib, investitsiyalarni jalb qilish va ularni samaradorligini oshirish bilan bog‘liq jarayonlar majmui hisoblanadi. Dissertatsiya ishining predmeti bo‘lib, investitsyailarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirish usullari uslubiyotini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Magistrlik ishining bosh maqsadi bo‘lib, investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirish usullarining nazariy-uslubiy asoslarini tadqiq qilish hamda muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar ni belgilab olish zarur hisoblanadi: - investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini va tasniflanishini o‘rganish; - investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari tadqiq qilish; - investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyatio‘rganish; - korxona investitsion siyosatining samaradorligini baholash metodikasi o’rganish; - dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyatlario‘rganish; - Samarqand viloyatida chet el investitsiyalarini jalb qilishning hozirgi holati tahlili; - investitsiyalar iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish asoslarini tahlil qilish; - iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda investitsion siyosatning samaradorligini oshirish yo‘nalishlari ochib berish. Ilmiy yangiligi. Dissertatsiya ishining asosiy ilmiy yangiliklari quydagilardan iborat : - investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirishning mazmun-mohiyati ochib berildi; - investitsiyalarni jalb qilish va samaradorligini oshirishning me’yoriy- xuquqiy asoslari yoritib berildi; 3

- investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini baholashning xorib tajribasi o‘rganildi; - respublikada asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 2025 yilgacha ilmiy asoslangan prognozi ishlab chiqildi; - investitsiyalarni jalb qilish va ularning samardorligini oshirishni bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotda qo‘llanilishi investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish, investitsiya faoliyatining jahon tajribasini o‘rganishda, investitsiya faoliyatini takomillashtirish yo‘llarini izlab topishga olib kelishi mumkin. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirishyuzasidan qator xorijlik iqtisodchi- olimlar ilmiy-tadqiqotlar olib borishgan. Ulardan, V.V.Bocharov, V.Berens, P.M.Xavrenek, V.Y.Katasonov, D.S.Morozov, M.V.Petrov, G.I.Prosvetov, I.I.Ushakov, B.T.Kuznetsov, I.F.Muxarlarni misol qilib keltirish mumkin. Investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirishning nazariy asoslari, uni tashkil etish, moliyalashtirishning milliy xususiyatlari va amaliyotiga oid masalalar mamlakatimiz iqtisodchi-olimlari F.Matmurodov, N.Maxmudov, Sh.Majidov, D.G‘ozibekov, N.Haydarov, A.Uzoqov, R.Saidov, M.Sultanov, A.Juraev, D.Xo‘jamqulov, B.Mamatov, Sh.Ergasheva, N.Karimov, N.Kenjaev, E.Nosirovlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan va yoritilgan. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-nazariy va amaliy g‘oyalar, ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirish usullari hamda shunga oid kelgusidagi maxsus ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, dissertatsiyada investitsiyalarni jalb qilish va samaradorligini oshirish usullariga qaratilgan ilmiy 4

taklif va amaliy tavsiyalardan mamlakatimizda investitsion faoliyatni takomillashtirishda hamda uning yangi imkoniyatlarini izlab topishda keng foydalanish uchun zamin yaratadi. Dissertatsiya ma’lumotlaridan oliy o‘quv yurtlarida “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” va “Investitsion faoliyat” fanlari o‘quv dasturlarini takomillashtirish va o‘qitish jarayonida keng foydalanish imkoniyati mavjud. Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya ishi tarkibiy jihatdan kirish, uchta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, jami 70 bet, 7 ta jadval va 4 ta rasmdan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob’ekti va predmeti, nazariy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi ochib berilgan. Ishning birinchi bobi “Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda investitsiya faoliyati samaradorligini oshirishning nazariy-metodologik asoslari” deb nomlanib, unda investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari hamda investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati tadqiq etilgan va yoritilgan. Ishning ikkinchi bobi “Samarqand viloyati iqtisodiyotida investitsion jozibadorlikning hozirgi holati” deb nomlanib, unga asosan dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari hamda mamlakatimizda chet el investitsiyalarini jalb qilishning hozirgi holati tahlilini amalga oshirish orqali erishilayotgan natijalar keltirib o‘tilgan. Ishning uchinchi bobi “Samarqand viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilishni rivojlantirish istiqbollari” deb nomlanib, bu bobda investitsiyalar iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning asosi sifatida ekanligi hamdato‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantirish istiqbollari haqidagi fikrlar tadqiq qilingan. Dissertatsiya ishining xulosa qismida tadqiq etilgan mavzu bo‘yicha umumiy xulosalar shakllantirilgan va investitsiyalarni jalb qilish hamda ularning samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar keltirilgan. Ushbu usullarni amaliyotga joriy qilish va 5