logo

Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O`zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.671875 KB
Mavzu.   Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. 
O`zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. 
Reja: 
1. O‘zbekiston   Respublikasida   bozor   munosabatlarining
shakllanishi, uning yo‗nalishlari, bosqichlari va  х ususiyatlari. 
2. Bozor   munosabatlariga   o‘tishning   huquqiy   asoslarining
yaratilishi.    3. Pul islohotlarining o‘tkazilishi. Bozor infratuzilmasining
shakllanishi.  
4. Soliq tizimidagi islohotlar.  1. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning
yo‘nalishlari, bosqichlari va  х ususiyatlari . 
O’zbek   xalqining   demokratik   jamiyat   qurishdan   ko‗zlagan   maqsadi,   shu
yurtda   yashaydigan   barcha   insonlar   uchun   millati,   tili   va   dinidan   qat‘i   nazar,
munosib   hayot   sharoiti   yaratib   berish,   rivojlangan   demokratik   mamlakatlardagi
kabi kafolatlangan yuqori va yangi sifatdagi turmush darajasi hamda erkinliklami
ta‘minlashdan iboratdir. Bunday strategik maqsadni  amalga oshirishning iqtisodiy
asosi   ijtimoiy  yo‗naltirilgan  bozor   iqtisodiyoti   hisoblanadi.  Qadimlan  ajdodlamiz
ishlab   chiqargan   mahsulotlarini,   tabiiy   boyliklarini   dunyo   bozorlariga   chiqargani,
mol almashganliklari bozor munosabatlari o‗zbek xalqi uchun yangilik emasligini
ko‗rsatadi.   O‘zbekiston   mustaqillikka   erishgach,   bozor   munosabatlariga   o‗tish
uchun imkoniyatlar  eshigi ochildi. Bozor  munosabatlariga asoslangan demokratik
jamiyat   qurishning   asosiy   yo‗nalishlari   O‘zbekiston   Prezidenti   I.   Karimov
tomonidan   ishlab   chiqilib,   dunyodagi   rivojlangan   mamlakatlaming   yirik
mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi. 
                     Mazkur taraqqiyot modelini ishlab chiqishda aynan Prezident tomonidan
milliy   davlatchilik   asoslarini   qayta   tiklash   va   yangicha   asosda   shakllantirish,
mamlakatni   iqtisodiy   jihatdan   rivojlantirish,   milliy   qadriyatlar   va   g‗urur-iftixor
tuyg‗usini   yuksaltirish,   jamiyatni   tubdan   yangilash,   zamonaviy   dunyoqarashga,
yuksak   ma‘naviyatga   ega   shaxsni   tarbiyalash   kabi   dolzarb   masalalarga   alohida
e‘tibor   qaratildi.   Buning   natijasida   faqat   iqtisodiy   sohani   emas,   balki   davlat
qurilishi,   ijtimoiy   va   ma‘naviy   jabhalari   qatori   jamiyat   hayotining   barcha
sohalarini qamrab olgani bilan jahondagi boshqa milliy modellardan farq qiladigan
taraqqiyotning o‗zbek modeliga asos solindi. 
Islom  Karimovning mustaqillikning dastlabki  yillarda  nashr  etilgan asarlari
va   ma‘ruzalaridayoq   bozor   iqtisodiyotiga   o‗tishdan   ko‗zlangan   maqsadni   aniq
belgilab   berdi.   Xususan,   1992-yil   2-3-iyulda   XII   chaqiriq   O‘zbekiston
Respublikasi   Oliy   Kengashining   X   sessiyasida   qilgan   nutqida   Prezident   ―Bozor
munosabatlariga   o‗tish   -   ko‗r-ko‗rona   maqsad   emas,   balki   iqtisodni   o‗nglash,
jamiyatni   yangilash   yo‗li.   Demokratik   davlat   qurmoqchi   ekanmiz,   eng   avval, ijtimoiy   adolat   prinsiplariga   sodiq   bo‗lib   qolishimiz   kerak ...   ―Agar   bozor‖
yetimyesirlarning, qariyalar va kambag‗al-nochor odamlaming ko‗z yoshi evaziga
quriladigan bo‗lsa, bunaqa bozoming uyi kuysin  degan edi. Prezident tomonidan	
‖
ishlab chiqilgan ―o‗zbek modeli  tamoyillarining asosiy mazmuni quyidagilardan	
‖
iborat:  
– iqtisodning   siyosatdan   ustuvorligi,   uning   har   qanday   mafkuraviy
tazyiqlardan xoli bo‗lishi va   o‗ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‗i
kerak; 
– davlat bosh islohotchi  bo‘lib, u islohotlaming ustuvor  yo‗nalishlarini
belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; 
– bozor   munosabatlariga   o‗tishda   qonun   ustuvorligi,   qabul   qilingan
Konstitutsiya va qonunlarga hamma amal qilishi shart; 
– bozor   munosabatlarini   joriy   etish   bilan   bir   vaqtda   aholini   himoya
qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‗tkazish; 
– bozor   iqtisodiyotiga   o‗tish   hech   qanday   sakrashlarsiz,   evolyutsion
yo‗l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. 
                Bozor   iqtisodiyotiga   o‗tish   davrida   o‗tmish   madaniyati   va   qadriyatlarini
tiklash,   yetimyesir,   qariya   va   kambag‗al,   kam   ta‘minlangan   aholi   qatlamlarini
himoya qilish, qoilabquvvatlash, kishilami ruhiy va ma‘naviy jihatdan yuksaltirish
kabi vazifalar bosh maqsad qilib qo‗yildi. Yurtboshining O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashi X sessiyasi (1992) da qilgan nutqida ―Bozor iqtisodiyoti deb inson
ma‘naviyatini   unutish   gunoh   bo‗ladi.   Nuqul   pul   va   foyda   ketidan   quvsak-da,
ammo   odamlarimiz   ruhan   qashshoq   bo‗lib   qolishsa   -   bunday   jamiyatning   hech
kimga keragi yo‗q ', deb qayd etgan edi. 	
‖
Shu   tariqa   hayotga   joriy   etila   boshlagan   ―0‗zbek   modeli   mamlakatda	
‖
jamiyat   taraqqiyotining   ustuvor   yo'nalishlarini   o‗zida   aks   ettirdi.   Jamiyat
taraqqiyotining ustuvor yo‗nalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilandi: 
– iqtisodiy siyosatda dehqonchilik, umuman, qishloq xo‗jaligi yetakchi
tarmoq hisoblanadi;  – rubl   amal   qiladigan   sharoitda   iste‘mol   bozorini   himoya   etish,   davlat
mustaqilligining asosiy belgisi hisoblanadigan milliy valyutaga o‗tish; 
– bozor   infrastrukturasini   shakllantirish,   avvalo,   maishiy   va   boshqa
turdagi xizmat ko‗rsatish hamda savdo sohasidan boshlanib, asta-sekin banklami,
birjalami, auditorlik firmalari, sug‗urta kompaniyalarini qamrab olishi; 
– iqtisodni   jonlantirish   uchun   korxonalarni   xususiylashtirish   ishiga
jiddiy kirishish; 
– iqtisodni to‗g‗ri yo‗lga solishda ishlab chiqaruvchining iste‘molchiga
nisbatan   zo‗ravonligini   tugatish   uchun   monopolizmga   qarshi   choralar   belgilash,
erkin raqobatni vujudga keltirish uchun shart-sharoitlami yaratish. 
Bozor   islohotlarini   amalga   oshirish   dasturiga   ko‗ra,   ustuvor   vazifalar
bosqichma- bosqich hal qilinadi. 
Birinchi bosqichda totalitar tuzumdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga
o‗tish   davridagi   bir-biriga   bog‗liq   ikki   vazifani   bir   vaqtda   hal   qilishga   to‗g‗ri
keldi:   ma‘muriy   buyruqbozlik   tizimining   og‗ir   oqibatlarini   tugatib,   iqtisodni
barqarorlashtirish   va   bozor   munosabatlarining   negizini   shakllantirish.   Bu
bosqichda   iqtisodiy   islohotning   g‗oyat   muhim   yo‗nalishlari   O‘zbekiston
Prezidenti tomonidan belgilab berildi.  Bular quyidagilar: 
– o‗tish   jarayonining   huquqiy   asoslarini   shakllantirish,   islohotlarning
qonuniy- huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish; 
– qishloq xo‗jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
– ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish. 
Iqtisodiy islohotlami huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar
va   yetuk   olimlar   tomonidan   tayyorlandi   va   jahonning   yirik   mutaxassislari
tomonidan   quvvatlanib   tan   olindi.     Dastlabki   vaqtning   o‗zida   iqtisodiy
munosabatlaming   huquqiy   negizini   barpo   etadigan   100   ga   yaqin   asosiy   qonun
hujjatlari   qabul   qilindi.   Iqtisodiy   islohot,   tadbirkorlik   va   chet   el   investitsiyalari
bo‗yicha esa Prezident huzurida maxsus idoralararo kengash tuzildi. 
Prezident   Oliy   Kengashning   X   sessiyasi   (1992)da   qilgan   ma‘ruzasida
oldinda   turgan   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   davlatning   xo‗jalik   ishlariga aralashuvini   kamaytirish   lozimligi   xususida   ―Yana   takror   aytaman:   odamlarga,
xo‗jaliklarga iqtisodiy erkinlik berish kerak. Iqtisodiy erkinlik diyorimizda tezroq
qaror   topsin ,   -   deb   bozor   munosabatlariga   o‗tishdan   ko‘zlangan   maqsadning‖
mohiyatini   ochib   berdi.   Ushbu   nutqda   iqtisodiy   islohotlarning   butun   dasturida
aytib o‗tilgan eng asosiy ustuvor vazifalar bilan bir qatorda quyidagi: 
– ta‘lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish; 
– aqliy va ma‘naviy salohiyatni mustahkamlash; 
– aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   kabi   ustuvor   yo‗nalishlar   ham   aniq-
ravshan ko‗rsatib berildi. 
I.A.Karimovning   ―O‘zbekiston   iqtisodiy   islohotlarni   chuqurlashtirish
yo‗lida   nomli   asarida   O‗zbekistonda   iqtisodiy   islohotlami   amalga   oshirishning	
‖
strategik   maqsadlari,   ustuvor   vazifalari   ishlab   chiqilib,   strategik   maqsadlar
mohiyati ochib berildi: 
1. Ijtimoiy   yo‗naltirilgan   bozor   iqtisodiyotini   bosqichma-bosqich
shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, milliy boylikning ortishini,
kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur  shart-sharoitlami ta‘minlaydigan iqtisodiy
tizimni barpo etish. 
2. Ko‗p   tarmoqli   iqtisodiyotni   yaratish,   insonning   mulkdan   mahrum
bo‗lishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan
rivojlantirish   negizi   bo‗lgan   xususiy   mulkning   davlat   tomonidan   himoya
qilinishini ta‘minlash. 
3. Korxonalar   va   fuqarolarga   keng   iqtisodiy   erkinliklar   berish,   ularning
xo‗jalik   faoliyatiga   davlatning   bevosita   aralashuvidan   voz   kechish,   iqtisodiyotni
boshqarishning   ma‘muriy-buyruqbozlik   usullarini   bartaraf   etish,   iqtisodiy   omillar
va rag‗batlantirish vositalaridan keng foydalanish. 
4. Iqtisodiyotda   moddiy,   tabiiy   va   mehnat   resurslaridan   samarali
foydalanishni   ta‘minlaydigan   chuqur   strukturaviy   o‗zgarishlar   qilish,
raqobatbardosh   mahsulotlarni   ishlab   chiqarish,   jahon   iqtisodiy   tizimiga   qo‗shilib
borish.  5. Odamlarning   har   biriga   o‗z   mehnatini   sarflash   sohasi   va   shakllarini
mustaqil   belgilash   imkonini   berish,   kishilarda   yangicha   iqtisodiy   fikrlashni
shakllantirish,   ularning   dunyoqarashini   0‗zgartirish1   lozim   edi.   Shuningdek,
mazkur   asarda   mamlakatning   bozor   islohotlarini   amalga   oshirish   dasturi
to‗g‗risida   fikr   yuritilib,   dastur   ustuvor   vazifalami   bosqichma-bosqich   hal
qilinishiga asoslanishini alohida qayd etib o‗tildi. 
Bozor iqtisodiyotiga o ‗tishdagi birinchi bosqichda ikki muhim vazifa: 
            Ma‘muriy-buyruqbozlik   tizimining   og‗ir   oqibatlarini   yengish,   tanglikka
barham   berish,   iqtisodiyotni   barqarorlashtirish   va   respublikaning   o‗ziga   xos
sharoitlari   va   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   bozor   munosabatlarining
negizlarini   shakllantirishni   hal   etishga   to‗g‗ri   keldi.     Mamlakat   taraqqiyot
yo‗lining afzalliklari o‗zbek modelida har tomonlama o‗z aksini topgan quyidagi
omillar:   ijtimoiy   yo‗naltirilgan   bozor   munosabatlariga   o‗tish   borasida   jahondagi
rivojlangan mamlakatlarning O‘zbekiston uchun maqbul bo‗lgan tomonlari, ilg‗or
tajribalari,   usul   va   vositalarining   samarali   yo‗llari   belgilanib   olingani;   xalqning
o‗ziga   xos   milliy   mentaliteti,  milliy  urf-odatlari,  an‘ana   va  qadriyatlari,  madaniy
merosi   to‗liq   e‘tiborga   olingani;mamlakatda   vujudga   kelgan   siyosiy-ijtimoiy,
iqtisodiy  shart-sharoitlar,  aholining  turmush   darajasi  hisobga   olingani   islohotlami
amalga   oshirishda   xalqning   bunyodkorlik   va   yaratuvchanlik   kuchiga   tayanildi.
Shuningdek,  o‗zbek modelining amaldagi muvafaqqiyatini ta‘minlashda xalqning
vatanparvarlik va fidoiylik fazilatlariga ham muhim e‘tibor qaratildi. 
                  Bozor   munosabatlariga   o‗tishning   asosiy   shartlaridan   biri   mulkni   davlat
tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishni   amalga   oshirish   edi.   Bu   davlat
monopoliyasi   tugatilishiga,   ma‘muriy   buyruqbozlik   tizimining   buzilishiga   va
bozor   iqtisodiyotiga   asos   solinishiga,   xususiy   mulkdorlar   keng   qatlamining
shakllanishiga va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilanishiga xizmat qilar edi. Mulkni
xususiylashtirish   va   ko‗p   tarmoqli   iqtisodni   shakllantirish   0   ‗zbekistonda   o‗ziga
xos   yo‗l   bilan   amalga   oshirildi.   Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirishdan maqsad:   1) Davlat   monopoliyasini   tugatib,   ma‘muriy   buyruqbozlik   tizimiga
barham berish va bozor iqtisodiyotiga asos solish;  
2) Xususiy mulkdorlikning keng qatlamini shakllantirish; 
3) Xorijiy   sarmoyadorlarga   keng   yo‗l   ochish,   ishlab   chiqarish
samaradorligini oshirish bilan birgalikda aholining turmush tarzini yuksaltirishdan
iborat edi. 
                    Xususiylashtirishning   birinchi   bosqichida   (1992-1993-yillar)   ―kichik
xususiylashtirish   amalga   oshirildi.   Buning   oqibatida   asosan   maishiy   xizmat   va‖
savdo   korxonalari,   transport   va   qurilishning   kichik   korxonalari,   davlat   sanoat   va
mahsulotlami   qayta   ishlash   korxonalarining   mulk   shaklini   o‗zgartirdi.   Bular
mulkning   ijara,   jamoa   va   aksiyadorlik   shakliga   aylantirildi.   Uyjoylar   keng
miqyosda   xususiylashtirilib,   aholining   ayrim   qismiga   tekin,   boshqa   qismiga   esa
arzon narxda xususiy mulk etib berildi. Qishloq xo‗jaligida 770 kolxoz va davlat
xo‗jaliklari   xususiylashtirilib,     jamoa   va   ijara   xo‗jaliklariga   aylantirildi.   Lekin
qishloqda   bu   jarayon   sekin   kechdi   va   qiyinchiliklami   bartaraf   etishga   to‗g   ‗ri
keldi.   Mamlakatda   mulkdorlar   sinfi   kichik   korxonalar   va   xususiy   tadbirkorlikni
keng   rivojlantirish,   pul   mablag‗larini   omonat   kassalari   yoki   banklarga   qo‗yish,
qimmatbaho qog‗ozlarga aylantirish y o‘li bilan shakllana boshladi. Mulkni davlat
tasarrufidan   chiqarish   jarayonining   birinchi   bosqichidagi   eng   muhim   xulosa
mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab
chiqilishi,   iqtisodiy   islohotlarga   nisbatan   odamlar   ruhiyati   va   munosabatini
o‗zgarishi bo‘ldi. 
                    Davlat   mulkini   xususiylashtirishning   ikkinchi   bosqichi   O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining   1994-yil   21-yanvardagi   ―Iqtisodiy   islohotlarni   yanada
chuqurlashtirish,   xususiy   mulk   manfaatlarini   himoya   qilish   va   tadbirkorlikni
rivojlantirishning   chora-tadbirlari   to‗g‗risida gi   qarori   asosida   olib   borildi.   Bu	
‖
davrda   ochiq   shakldagi   aksiyadorlik   jamiyati   qurish,   korxonalar   aksiyasini
chiqarish, kim oshdi savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‗ozlarni   chiqarish   va   xususiylashtirishni   yoppasiga   olib   borish   uchun   sharoit
yaratish ishlari amalga oshirildi. 
1994-yil oxirigacha 54 000 korxona mulk shaklini o‗zgartirdi. Xususan, 34 %
xususiy, 48 
% aksiyadorlik, 16 % jamoa, 1 % ijara xo‗jaligiga aylandi. Iqtisodiy islohotlarning
borishi,   uning   muvaffaqiyatlari   va   muammolari   respublika   Oliy   Majlisining   IV
sessiyasi   (1995-yil   dekabr)da   va   Vazirlar   Mahkamasining   majlisida   (1996-yil
fevral), Prezident I.A.Karimovning nutqlarida keng yoritildi. 
  2. Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.  
Sobiq ittifoqning tarqalishi bilan respublikalar o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar
uzildi,   oqibatda   Respublikaning   aksariyat   korxonalari   to‗xtab   qoldi   va   mahsulot
ishlab chiqarish kamaydi. Shu bois iqtisodning tarkibiy tuzilishini yangidan qurish
lozim   edi.   Jahon   bozorida   raqobatga   bardosh   bera   oladigan   va   aholining   iste'mol
talablarini qondiradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish zarur bo‗ldi. 
Islom Karimov iqtisodiyotdagi tarkibiy tuzilishni tubdan o‗zgartirish to‗g‗risida: 
―Iqtisodiy   islohotlarning   ikkinchi   bosqichida   iqtisodiyotning   tarkibiy   tuzilishida
tub   o'zgarishlarga   asos   solishdan   iborat   g‗oyat   muhim   vazifani   hal   etish   kerak
bo‗ladi.   Bu   Respublika   uchun   strategik   ahamiyatga   egadir.   Tarkibiy   tuzilishda
chuqur   o‗zgarishlarni   amalga   oshirish   makroiqtisodiy   barqarorlikka   erishishning,
istiqbolda   O‘zbekistonning   barqaror   iqtisodiy   o‗sishini   va   aholi   farovonligini
ta‘minlashning,   jahon   iqtisodiy   tizimiga   qo‗shilishning   eng   asosiy   shartlaridan
biridir ,   deb   yozgan   edi.   Bu   ko‗rsatmalardan   kelib   chiqib,   iqtisodiyotda   tarkibiy‖
o‗zgarishlar   qilishning   aniq   vazifalari:   iqtisodiyotning   bir   tomonlama
rivojlanishiga   chek  qo‗yish,   importga  qaramlikni   tugatish,  mamlakatning  eksport
salohiyatini   oshirish   va   xalq   iste‘moli   mollariga   aholining   talabini   qondirishdan
iborat   edi.   Iqtisodiyotda   tarkibiy   o‗zgarishlarni   amalga   oshirish   uchun
respublikada   g‗oyat   yirik   qurilishlar   qad   rostladi.   Mamlakatning   yoqilg‗i
mustaqilligiga   erishish   siyosati   izchillik   bilan   rivojlantirildi.   Istiqlolga   erishgan
O‘zbekiston   tarixda   ilk   bor   1995-yilda   neft   mustaqilligiga   erishdi   va   neft ahsulotlariga bo‗lgan o‗z ichki  ehtiyojlarini to‗la qondiribgina qolmay, istiqbolli
va ishonchli eksportyor sifatida jahon bozoriga yo‗l oldi.  
                   O‗zbekistonda neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish 1990-yili 2,8 mln
tonnani   tashkil   qilgan   bo‗lsa,   1997-yili   bu   ko‗rsatkich   7,9   mln   tonnaga   yetdi   va
chetga neft mahsulotlarini sotish qobiliyatiga ega bo‗ldi. Jumladan, 1997-yili 250
ming tonna benzin, 600 ming tonna dizel  yoqilg‗isi, 450 ming tonna mazut, 100
ming   tonna   aviatsiya   kerosini   eksport   qilindi.   Tabiiy   gaz   ishlab   chiqarish   1990-
yilgi   40,8   mlrd   kubometrdan   1998-yil   salkam   54,0   mlrd   kubometrga   ko‗paydi.
Aholini tabiiy gaz bilan ta‘minlash yuzasidan katta yutuqlarga erishildi. Xususan,
mustaqillik   arafasida   shahar   aholisining   43   foizi,   qishloqlarda   esa   17   foiz   aholi
tabiiy   gaz   bilan   ta‘minlangan   boisa,   bu   ko‗rsatkich   1997-yili   64   va   48   foizni
tashkil qildi. Mamlakatni  iqtisodiyijtimoiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish
uchun   ishonchli   energetik   baza   yaratildi.   Istiqlol   davrida   chuqur   tarkibiy
o‗zgarishlaming   amalga   oshirilishi   natijasida   mamlakatning   yonilg‗ienergetika
resurslariga   bo‗lgan   ehtiyoji   o‗z   ichki   mahsulotlari   hisobidan   to‗la   ta‘minlandi.
Agar   1990-yilda   mamlakatda   2810   ming   tonna   neft   va   gaz   kondensati   ishlab
chiqarilgan   bo‗lsa,   2010yilda   bu   ko‗rsatkich   3700   ming   tonnani   tashkil   etdi.
Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi sezilarli ravishda o‗sib, 1990-yildagi 40761 mln
kub metrdan 2010-yilda 60111,5 mln kub metr hajmiga yetdi. 
                      Bunday   ijobiy   natijalar   muqarrar   ravishda   mazkur   mahsulotlami   chetga
eksport   qilish   hamda   eksportdan   tushgan   valyuta   mablag‗lari   evaziga   ishlab
chiqarishni   kengaytirish   va   modernizatsiya   qilish   hamda   chetdan   ilg‗or   xorijiy
texnologiyalarni   olib   kelish   imkonini   berdi.   Istiqlol   davrida   iqtisodiyotda   biz
uchun   mutlaqo   yangi   ishlab   chiqarish   tarmoqlari   -   avtomobilsozlik,   sellyloza-
qog‗oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa sohalar vujudga keldi. 
Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlaming,
ya‘ni mashinasozlik, yoqilg‗i-energetika, kimyo va yengil sanoat kabi sohalaming
hissasi   ortib   bordi.   O‘zbekistoniqtisodiyotining   tarmoq   tuzilishini   o‗zgartirishda
yangi   neft   konlari,   Mingbuloq   va   Ko‗kdumaloq   konlarining   ishga   tushirilishi,
Buxoro neftni qayta ishlash zavodining barpo etilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari   qurilishining   jadallashtirilishi,   metall   ishlab   chiqarishning   ko‗payishi
muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Mamlakat   yalpi   ichki   mahsuloti   tarkibida   sezilarli
ijobiy o‗zgarishlar ro‗y berdi. Agar, 2000-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotida
sanoatning hissasi atigi 14,2 foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2011 -yilda bu ko‗rsatkich
24,1   foizni,   transport   va   aloqaning   ulushi   tegishli   ravishda   7,7   va   12,4   foizni
tashkil etdi,  xizmatlar bo‗yicha bu raqam 50,5 foizga o‗sdi. Qishloq xo‗jaligining
ulushi esa30,l foizdan 17,1 foizga tushdi. Yana bir quvonarli tomoni shundaki, bu
davrda   mamlakat   iqtisodiyoti   uchun   tamomila   yangi   bo‗lgan   avtomobilsozlik
sanoatiga   asos   solindiki,   bu   tufayli   O‘zbekiston   avtomobil   ishlab   chiqaruvchi
davlatlar   xalqaro   tashkilotining   33-to‗laqonli   a‘zosiga   aylandi.   Olib   borilgan
iqtisodiy islohotlar, ayniqsa, tarkibiy o‗zgarishlar  tez orada o‗z samarasini  berdi.
Eng   avvalo,   xalq   xo‗jaligi   iqtisodiy   jihatdan   mustahkamlanib,   ma‘muriy-
buyruqbozlik   tizimdan   meros   bo‗lib   qolgan   bir   tomonlama   ishlab   chiqarishga
barham   berildi   va   milliy   iqtisodiyot   inqiroz   holatidan   chiqarildi,   uning   barqaror
o‗sishi   ta‘minlandi;   makroiqtisodiy   va   moliyaviy   barqarorlik   mustahkamlandi.
Iqtisodiyot   va   uning   ayrim   sohalaridagi   mutanosiblik   kuchaydi,   bozor
mexanizmining tarkibiy qismlari  qaror topdi  va uning infratuzilmalari  shakllanib,
rivojlandi. 
                       O‘zbekiston   yalpi ichki mahsuloti tarkibidagi o‗zgarish!ar Biz tanlagan
islohotlar   modelining   to‗g‗ri   ekani   va   xalqning   manfaatlariga   to‗liq   javob
berayotganini keyingi yillarda iqtisodiyotning barqaror sur‘atlar bilan o‗sib, yangi
marralarga ko‗tarilib borayotgani yaqqol isbotlab bermoqda. 0 ‗zbekistonda 1996-
yildan   boshlab   iqtisodiy   o‗sish   ta‘minlanib,   uning   sur‘atlari   2001   -2003-yillarda
o‗rtacha 4 % dan, 2004-2006-yillarda 7 % dan, 2007-yildan buyon o‗rtacha 8-9 %
dan   yuqori   bo‗lib   kelmoqda.   Bugungi   kunda   O‘zbekiston   iqtisodiy   o‗sish
sur‘atlarining   yuqoriligi   va   barqarorligi   borasida   MDH   mamlakatlari   orasida
yetakchi   o‗rinlardan   birini   egallab   kelmoqda.   Holbuki,   Hamdo‗stlikdagi   ayrim
davlatlar   hali   yalpi   ichki   mahsulot   ishlab   chiqarish   hajmining   1991-yildagi
darajasiga yetgani yo‗q.                            Eng   muhimi,   I.Karimov   o‗zining   nutq   va   ma‘ruzalarida   qayta-qayta
ta‘kidlaganidek,   mamlakatdagi   yalpi   ichki   mahsulotning   yuqori   suratlar   bilan
o‗sib   borishi   an‘anaviy   xomashyo   tarmoqlari   yoki   jahon   bozoridagi   qulay
konyunktura va ayrim xomashyo turlari hamda materiallar narxining oshib ketishi
hisobidan emas, balki, birinchi navbatda, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarish   hamda   zamonaviy   xizmat   ko‗rsatish   sohalarini   jadal   rivojlantirishni
belgilab beradigan jiddiy tarkibiy o‗zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish   evaziga   ta‘minlanmoqda.   Mamlakat   ijtimoiy   hayotida,   jumladan,
iqtisodiyot   sohasida   erkinlashtirish,   ya‘ni   xo‗jalik   yurituvchi   subyektlarning
erkinligi   va   iqtisodiy   mustaqilligini,   iqtisodiy   faoliyatning   bozorga   xos
mexanizmlarining   samarali   amal   qilishini   ta‘minlashga   qaratilgan   jarayonlarning
keng   amalga   oshirilishi   taraqqiyot   va   o‗zgarishlarga   yangi   kuch   baxsh   etdi.
Davlatning   nazoratchilik   va   boshqaruvchilik   vazifalari   qisqartirilib,   uning
korxonalar   xo‗jalik   faoliyatiga,   birinchi   galda,   xususiy   biznes   faoliyatiga
aralashuvi   cheklandi.   Xo‗jalik   yurituvchi   subyektlar   faoliyatini   rag‗batlantirish,
ularga   qulay   iqtisodiy   sharoit   yaratish   maqsadida   iqtisodiyotdagi   soliq   yuki
sezilarli   darajada   pasaytirildi.   Xususan,   2011-yilda   soliq   yuki   1991-yil   bilan
solishtirilganda,   YAIMga   nisbatan   qariyb   2   barobar   kamayib,   41,2   foizdan   22
foizga   tushdi.   Iqtisodiy   islohotlar   orqali,   eng   avvalo,   iqtisodiy   manfaatlami
ro‗yobga   chiqarishning   muhim   vositasi   hisoblangan   mulkchilik   munosabatlarini
tubdan   o‗zgartirish   masalasiga   alohida   e‘tibor   qaratildi.   Sobiq   tuzum   davridagi
rejali   iqtisodiyot   sharoitida   asosan   davlat   mulkining   yakkahukmronligi   va   bu
munosabatlarga   o‗ta   rasmiyatchilik   bilan   yondashuv   mulkchilik
munosabatlarining   samaradorligini   deyarli   yo‗qqa   chiqargan   edi.   Shuning   uchun
ham   mustaqillikning   dastlabki   yillaridan   boshlab   ko‗p   tarmoqli   iqtisodiyotni
yaratish,   o‗rta   mulkdorlar   sinfini   shakllantirish   vazifasi   mamlakatda   amalga
oshirilgan   iqtisodiy   islohotlarning   bosh   vazifasi   qilib   qo‗yildi.   Mamlakatda
haqiqiy mulkdorlar sinfining qaror topishi jadal sur‘atlarda amalga oshib, tez orada
ijobiy   natijalar   bera   boshladi   va   iqtisodiyot   nodavlat   sektorining   ulushi   sezilarli
ravishda   ortib   bordi.  Agar   1990-yilda   respublika  YAIM   umumiy   hajmining   atigi 38,1   foizi   iqtisodiyotning   nodavlat   sektorida   ishlab   chiqarilgan   boisa,   2012-yilga
kelib   bu   ko‗rsatkich   82,5   foizni   tashkil   etdi.     Ayniqsa,   qishloq   xo‗jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va chakana savdo aylanmasida bu ko‗rsatkich
eng   yuqori   daraja   -   99,9   foizga   yetdi.   Respublikada   kichik   va   xususiy
tadbirkorlikni   shakllantirish   va   rivojlantirishni   ta‘minlovchi   zaruriy   huquqiy   asos
yaratildi.   Amaldagi   qonunchilik   hujjatlarida,   Respublika   Prezidentining
farmonlarida   xususiy   tadbirkorlikdan   soliq   olish,   unga   moliyaviy   yordam
ko‗rsatish borasida imtiyozlar berish,   imtiyozli kreditlar ajratish, moddiy texnika
va   xomashyo   resurslari   bilan   ta‘minlash   borasida   ko‗maklashish   nazarda   tutildi.
Bu   sa‘y-harakatlaming   natijasida   1995-yil   o‗rtasida   respublika   xalq   xo‗jaligida
30770   ta   kichik   korxona   va   kooperativ,   20115   ta   xususiy   korxona   ishlab   turdi.
15600   ta   fermer   xo‗jaligi   tashkil   etildi,   ularga   200   ming   gektarga   yaqin   yer
biriktirib   berilgan   boiib,   67,5   ming   kishi   mehnat   qilayotgan,   fermer
xo‗jaliklarining   tasarrufida   190   mingga   yaqin   qoramol   va   boshqa   hayvonlar   bor
edi. 
          Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan
alohida e‘tibor ham o‗z natijalarini berdi. Maiumki, kichik biznesning ixchamligi,
harakatchanligi,   iqtisodiy   manfaatlami   nisbatan   toiaroq   namoyon   etib,   bozor
konyunkturasi   o‗zgarishlariga   tez   moslasha   olishi   kabi   xususiyatlari   uni
iqtisodiyotni   tubdan   o‗zgartirishda   eng   samarali   va   qulay   vositalardan   biriga
aylantirdi.   Mazkur   soha   taraqqiyoti   uchun   alohida   shart-sharoitlaming   yaratilishi,
soliq, bojxona va boshqa toiov imtiyozlarining belgilanishi, nisbatan arzon kredit
resurslarining taqdim etilishi natijasida qisqa davr ichida kichik biznes korxonalari
soni   sezilarli   ravishda   oshib   bordi.   Statistik   maiumotlarga   ko‗ra,   1992-yilda
ro‗yxatga   olingan   kichik   biznes   korxonalarining   soni   atigi   16,5   mingtani   tashkil
etgan   boisa,   2010-yilga   kelib   bu   ko‗rsatkich   (fermer   xo‗jaliklaridan   tashqari)
224,2   mingtaga   yetdi,   ya‘ni   deyarli   14   barobar   o‗sdi.   Amalga   oshirilgan   keng
koiamli   chora-tadbirlar   natijasida   kichik   biznes   subyektlarining  YAIMdagi   ulushi
2012-yilda   54   foizdan   oshib   ketdi.   Holbuki,   bu   ko‗rsatkich   mustaqillikning
dastlabki yillarida 1,5 foizni, 2000-yilda esa 31 foizni tashkil etgan edi.                    Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikning   aholi   bandligi   darajasini
oshirishdagi roli ham muhim ahamiyat kasb etishi sir emas. Darhaqiqat, tadbirkor
o‗z   mablag‘larini   ishlab   chiqarish   sohasiga   kiritar   ekan,   ayni   paytda   daromadni
oshirish   bilan   birga   jamiyat   boshqa   a‘zolarining   ish   bilan   birga,   daromad   bilan
ta‘minlanishi  uchun moddiy poydevor  yaratadi. Mamlakatda bu boradagi  faoliyat
ham   kengayib   bordi:   2000-2012-yillar   davomida   kichik   biznes   va   xususiy
tadbirkorlik   sohasida   band   bo‗lgan   aholi   soni   2   barobar   oshdi.   2012-yilga   kelib
iqtisodiyot   tarmoqlarida   mehnat   bilan   band   bo‗lganlarning   75,1   foizidan
ko‗prog‗i uning ulushiga to‗g‗ri kelmoqda. Bugungi kunda yangi yaratilayotgan
ish   o‗rinlarning   o‗rta   hisobda   85   foizi   aynan   kichik   biznes   hissasiga   to‗g‗ri
kelmoqda. 
                  Mamlakatda   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikning   bu   qadar   jadal
rivojlanishida,   eng   avvalo,   mazkur   soha   uchun   belgilanayotgan   soliq
imtiyozlarining   yetarli   darajadagi   rag‗batlantiruvchi   rol   o‗ynayotgani   muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, bu borada 2010yilda kichik sanoat korxonalari
uchun yagona  soliq  toiovi  8  foizdan  7  foizga,  2011  yilda  esa  7  foizdan  6  foizga,
yakka   tartibdagi   tadbirkorlar   uchun   esa   qayd   etilgan   soliq   miqdori   o‗rtacha   1,3
barobar   kamaytirildi.   1996-2011-yillar   mobaynida   kichik   biznes   va   xususiy
tadbirkorlik   uchun   belgilangan   soliq   stavkalari   38   foizdan   6   foizgacha,   ya‘ni   5,4
marta   qisqartirildi.   Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   sohasiga
yo‗naltirilayotgan   kreditlar   miqdori   2001-2012-yillar   mobaynida   deyarli   11
barobar   o‗sdi.   Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi   sharoitida   mamlakatda   kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish iqtisodiy o‗sishini ta‘minlash,
yangi   ish   o‗rinlarini   tashkil   qilish,   aholining   daromadlari   va   farovonligini
oshirishning muhim omili sifatida amal qilmoqda. 0 ‗zbekistonda kichik biznes va
tadbirkorlik rivojida O‗zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2009-yil 15-mayda
qabul qilgan ―Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida gi qarori ham muhim o‗rin tutdi. ‖
Qarorga asosan tadbirkorlik bilan shug‗ullanuvchi  yuridik va jismoniy shaxslami
davlat   ro‗yxatidan   o‘tkazish   uchun   boj   haqi   eng   kam   ish   haqi   miqdorining   5 barobaridan 2 barobari miqdorigacha, tadbirkorlik subyektlarining banklarda hisob
raqamlarini ochish uchun to‗lovlarini eng kam ish haqi miqdorining 1 barobardan
0,5 barobari miqdorigacha, qishloq joylarida esa eng kam ish haqining 0,1 barobari
miqdorigacha pasaytirildi. 
                 O‘zbekiston Respublikasi  birinchi  Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil
14-dekabrdagi   ―Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   Davlat   Dasturini   ishlab
chiqish   va   amalga   oshirishning   tashkiliy   choralari   haqida gi   G‗-3539-sonli‖
farmoyishidagi:   kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun
yanada qulay muhit yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining
huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilishni   kuchaytirishga   yo‗naltirilgan   normativ-
huquqiy   bazani   yanada   takomillashtirish,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik
subyektlarining   moliya-xo‗jalik   faoliyatiga   davlat   va   nazorat   tuzilmalarining
aralashuvini   keskin   kamaytirish,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik
subyektlarini   tashkil   etish   tartibini   soddalashtirish   va   faoliyat   yuritish,   moddiy-
texnik   shartnomalarini   ta‘minlash,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik
subyektlariga   soliq   va   boshqa   to‗lovlar   borasida   yengilliklar   yaratish   borasida
ustuvor yo‗nalishlar belgilab berildi. 
                  Davlat   rahbari   tomonidan   2011   -yilni   ―Kichik   biznes   va   xususiy
tadbirkorlik   yili   deb   e‘lon   qilinishi   va   bu   borada   Davlat   dasturi   asosida	
‖
vazifalaming   bajarilishi   mamlakatda   bu   soha   vakillari   faoliyatida   yirik,   ijtimoiy
o‗zgarishlar   yasadi.   Qishloq   xo‗jaligida   islohotlarni   amalga   oshirishda   eng
ustuvor   masala   sifatida   yerga   mulkchilik   masalasi   hal   qilindi.   Sug‗oriladigan
yerlaming   kamligini   hisobga   olib,   yer   xususiy   mulk   qilib   sotilishi   mumkin
emasligi,   balki   uni   uzoq   muddatli   ijara   shartlari   bilan   topshirish   mumkinligi
huquqiy hujjatlarda qayd etildi. 
Mustaqillikning   dastlabki   qadamlaridan   boshlab   qabul   qilingan   me‘yoriy
hujjatlarda,   xususan   ―Yer   to‗g‗risida gi   (20-iyun   1990-yil)   va   boshqa	
‖
qonunlarda,   Prezident   farmonlarida   qishloq   xo‗jaligidagi   tub   islohotlaming
huquqiy   asoslari   yaratildi.   Qishloqda   bozor   munosabatlarini   rivojlantirish,
dehqonning   yerga   egalik   hissasini   qayta   tiklash,   yerni   sotish-olishga   yo‗I qo‗ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga (50 yilgacha) meros qilish huquqi bilan
vaqtincha   yoki   umrbod   foydalanishga   berish   masalalari   hal   qilindi.   1992-yildan
boshlab   atigi   uch   yil   ichida   mavjud   1137   davlat   xo‗jaligidan   1066   tasi
mulkchilikning aksiyadorlik, jamoa yoki ijaradagi xo‗jalikka aylantirildi, 1516 tasi
qoramolchilik fermasi mehnat jamoalarining mulki qilib berildi.              Shu tariqa
qishloq   xo‗jaligida   ko‗p   tarmoqli   iqtisod   vujudga   keldi.   Qishloqlarda   1997yili
shaxsiy tomorqa xo‗jaligi 3 mln gektarni tashkil qildi. Tomorqa xo‗jaligining ekin
maydoni   1989-yili   257   ming   gektar   bo‗lsa,   1997-yil   599,7   ming   gektarga
ko‗paydi.   G‗allachilikning   texnika   bazasi   mustahkamlandi,   8159   ta   ―Niva ,‖
―Don ,   ―Sibiryak   kombaynlari   bilan   bir   qatorda   Amerikaning   ―Keys	
‖ ‖ ‖
firmasidan keltirilgan 637 kombayn g‗alla o‗rim-yig‗imida qatnashdi. 
                   O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq X sessiyasi (dekabr,
1997-yil)da agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‗zgartirish yuzasidan qator
qonunlar   qabul   qilindi.   ―Yer   kodeksi ,   ―Qishloq   xo‗jaligi   kooperativi   (shirkat	
‖
xo‗jaligi)   to‗g‗risida ,   ―Dehqon   xo‗jaligi   to‗g‗risida ,   ―Yer   kadastri	
‖ ‖
to‗g‗risida gi   Qonunlar   qishloq   xo‗jaligida   iqtisodiy   islohotlarni	
‖
chuqurlashtirishning   huquqiy   asoslarini   mustahkamladi.   2000-yilga   kelib
respublikada davlatga qarashli  bo‗lmagan sektor  yetakchi  o‗rin egallab, 1991-yil
63 foizni tashkil qilgan bo‗lsa, 2000yil sentabriga kelib qishloq xo‗jaligida ishlab
chiqarish   hajmining   98,4   foizini   egalladi.   Qishloq   xo‗jaligidagi   islohotlar   asosan
yerning   haqiqiy   egasi,   omilkor   va   tadbirkor   mulkdorlarni   qo‗llabquvvatlashga
qaratilgan   bo‗lib,   bu   asosan   fermerchilikni   jadal   rivojlantirish   orqali   amalga
oshirildi. Bunda zarar ko‗rib ishlovchi  va istiqbolsiz shirkat xo‗jaliklarini fermer
xo‗jaliklariga   aylantirish   o‗z   samarasini   berdi.   Fermer   xo‗jaliklari   faoliyati
samaradorligini   yanada   oshirish   maqsadida   ularning   yer   maydonlari   miqdorini
optimallashtirish   choralari   amalga   oshirildi.   Buning   natijasida   2008-yilning   1-
oktabriga qadar mamlakatda faoliyat yuritayotgan 219976 ta fermer xo‗jaligining
yer   maydonlari   yiriklashtirilib,   ular   asosida   105033   ta   xo‗jalik   tashkil   etildi.
Natijada bitta fermer xo‗jaligiga o‗rta hisobda ilgarigi 27 gektar o‗rniga 56 gektar
yer   maydoni   to‗g‗ri   keldi.   Shundan   paxtachilik   va   g‗allachilik   yo‗nalishiga ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklari soni 47,6 mingta bo‗lib, bitta fermer xo‗jaligiga
o‗rtacha   92   gektar   yer   maydoni   uzoq   muddatga   ijaraga   berildi.   Bu   esa   fermer
xo‗jaliklarining   samarali   faoliyati   uchun   yangi   rag‗batlantiruvchi   omillarning
paydo   bo‗lishiga   olib   keldi.   Islohotlar   davrida   fermer   xo‗jaliklari   sonining
o‗rtacha yillik o‗sishi 173,6 foizni tashkil etdi. Agar islohotlarning dastlabki davri
- 1993 yilda faoliyat ko‗rsatayotgan dehqon va fermer xo‗jaliklarining soni 7630
ta boigan boisa, 2012-yilga kelib fermer xo‗jaliklarining soni 66 mingtadan oshib
ketdi. Fermer xo‗jaliklarida 1,5 million kishi mehnat qilib, iste‘mol bozorida oziq-
ovqat mahsulotlarining 90 foizi ayni shu soha hissasiga to‗g‗ri keladi. 
               2000-2011-yillar mobaynida fermer xo‗jaliklari tomonidan don yetishtirish
qariyb   10   baravar,   kartoshka   13.   sabzavot   19,   meva   26,   uzum   20,   go‗sht   (tirik
vaznda)   4,   sut   4,3   va   tuxum   ishlab   chiqarish   31   barobardan   oshdi.   2012-yilning
o‗zida   O‗zbekistonda   deyarli   barcha   qishloq   xo‗jalik   ekinlaridan   yuqori   hosil
olindi. Mamlakat dehqonlari tomonidan 3 million 460 ming tonnadan ortiq paxta,
7 million 500 ming tonna g‗alla, 2 million tonnadan ziyod kartoshka va 9 million
tonnadan ortiq sabzavot hamda poliz mahsulotlari yetishtirildi. 
                Davlat   rahbarining   ―Fermer   boy   bo‘lsa   -   mamlakat   obod   bo‘ladi   degan‖
purma‘no   so‗zlari   asosida   fermer   xo‗jaliklarining   iqtisodiy   va   moliyaviy
mustaqilligini   mustahkamlash,   sohaning   huquqiy   asos   va   kafolatlarini   yaratish,
moddiy-texnik   bazasini   mustahkamlash,   yer   maydonlarini   maqbullashtirish
borasida   kompleks   chora-tadbirlar   amalga   oshirilmoqda.   Buning   natijasida
odamlarning   yerga,   mulkka   egalik   hissi   oshib,   qishloq   xo‗jaligi   ekinlarining
hosildorligi   ko‗tarilishi   barobarida,   yetishtirilgan   mahsulotlarning   sifat
ko‗rsatkichlari tubdan yaxshilanmoqda. 
 
3. Pul islohotlarining o’tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi . 
Pul   islohotlari   -   milliy   valyutani   mustahkamlash,   pul   birligini
barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan
mamlakat pul tizimini to liq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qog oz	
ʻ ʻ
pul   belgilarining   hammasi   yoki   bir   qismi   qadrsizlanganda   va   ularning   hajmi ko payib, yangisi (qog oz yoki metall) bilan almashtirish lozim bo lganda, pulningʻ ʻ ʻ
oltin qiymati yoki valyuta kursi o zgarganda, pul tizimiga o zgartish kiritish zarur	
ʻ ʻ
bo lganda   o tkaziladi.   Pul   islohotlari   mamlakatdagi   iqtisodiy   holatga,   pulning	
ʻ ʻ
qadrsizlanish   darajasiga   va   davlatning   siyosatiga   bog liq   holda   turli   usullar-da:	
ʻ
ortiqcha   qog oz   pullarni   yo q   qilish   yo li   bilan   pul   hajmini   kamaytirish	
ʻ ʻ ʻ
(deflyasiya);   eski   pul   belgilarini   yo q   qilib,   yangi   qog oz   pul   belgilarini   zarur	
ʻ ʻ
miqdorda   chikarish   (nullifikatsiya);   eski   pul   belgilarini   yirikroq   yangi   pul
belgilariga   almashtirish   (denominatsiya);   pul   birligi   yoki   qog oz   pul   birligi	
ʻ
kursining   metall   qiymati   va   chet   el   valyutasiga   nisbatan   kursini   pasaytirish
(devalvatsiya);   pul   birligidagi   metall   qiymati   yoki   qog oz   pul   kursini   tashki	
ʻ
davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga
oshiriladi. 
O zbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya o z milliy valyutasini	
ʻ ʻ
chiqargunga   qadar   boshqa   sobiq   Ittifoq   respublikalari   singari   vaqtincha   rubl
zonasida qoldi va mamlakatda amalda bo lgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga	
ʻ
olib,   o z   milliy   valyutasini   muomalaga   kiritishni   ikki   bosqichda   amalga   oshirdi.	
ʻ
Birinchi bosqich: 1993-yilning 15-noyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa
va   aholi   daromadlarining   o z   vaqtida   to lanishini,   respublika   ichki   iste mol	
ʻ ʻ ʼ
bozorini ta minlash maqsadida O zbekiston Respublikasi hududida to lov vositasi	
ʼ ʻ ʻ
sifatida   1961—92   yillardagi   rubl   banknotlari   va   Rossiya   bankining   1993-yildagi
rubli   bilan   parallel   ravishda   1:1   nisbatda   oraliq   valyuta   sifatida   "so m   kupon"	
ʻ
muomalaga   kiritildi.   O zbekiston   Respublikasi   Markaziy   banki   muomalaga	
ʻ
qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so mkupon qog oz	
ʻ ʻ
pullarni   chiqardi.   Ikkinchi   bosqich:   1994-yil   1-iyulidan   boshlab   O zbekiston	
ʻ
Respublikasining   milliy   valyutasi   so m   1   so m   =   1000   so mkupon   nisbati   bilan	
ʻ ʻ ʻ
muomalaga   kiritildi.   Markaziy   bank   muomalaga   qiymati   1,   3,   5,   10,   25,   50,   100
so m bo lgan bank qog oz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin bo lgan	
ʻ ʻ ʻ ʻ
metall   tangalar   chiqardi.   O zbekiston   Respublikasi   o z   milliy   valyutasini	
ʻ ʻ
muomalaga   kiritishi,   ikki   bosqichli   bank   tizimi   va   musta-qil   pul   tizimi   tashkil
etilishi   pul-kredit   siyosatinp   erkin   yuritish   im-konini   berdi.   Hisob   kitoblarni yengillashtirish   maqsadida   1997-yildan   boshlab   muomalaga   200   so mlik,   1999-ʻ
yildan 500 so mlik va 2001-yildan 1000 so mlik bank qog oz pullari (banknotlar)	
ʻ ʻ ʻ
muomalaga chiqarildi. 
Bozor   infratuzilmasi   —   bu   bozor   aloqalarini   o rnatish   va   ularning   bir	
ʻ
maromda   amal   qilishga   xizmat   ko rsatuvchi   muassasalar   tizimidir.   Unga   ombor	
ʻ
xo jaligi,  	
ʻ transport ,   aloqa   xizmatlari   ko‘rsatuvchi   korxonalar,   tovar   va   xizmatlar
muomalasiga   (birjalar,   auktsionlar,   savdo   uylari,   savdo   –   sotiq   idoralari   va
ag е ntliklari   kabilar)   moliya - kredit   munosabatlariga   xizmat   qiluvchi   muassasalar
( bank   turidagi muassasalar,  kreditlash   idoralari,  sug urta	
ʻ   va  moliya   kompaniyalari, 
soliq   idoralari)   va   ijtimoiy   sohaga   xizmat   ko rsatuvchi   muassasalar   (uy-joy   va	
ʻ
kommunal   xizmat   idoralari,   aholini   ishga   joylashtirish   firmalari)   kiradi.  Axborot
xizmati   idoralari   ham   bozor   infratuzilmasining   alohida   bo g inini   tashkil   qilib,	
ʻ ʻ
ularga   ma lumotlarni   to plash,   umumlashtirish   va   sotish   bilan   shug ullanuvchi	
ʼ ʻ ʻ
kompaniya   va  firmalar   kiradi. 
Soliq islohotlari   —   soliq   nazariyasi va amaliyotini muvofiqlashtirish asosida
soliq   yukini   kamaytirish,   soliqqa   tortishni   soddalashtirish,   soliq   yordamida
iqtisodiy   rivojlanishni   ta minlash   maqsadlarida   amalga   oshiriladigan  	
ʼ davlat
tadbirlari.   Iqtisodiyotni   isloh   qilishining   muhim,   ajralmas   qismi.   O zbekiston	
ʻ
Respublikasida   amalga   oshirilayotgan   Soliq   islohotlari   strategiyasi   huquqiy   va
demokratik davlatni   barpo etish konsepsiyasi asosida shakllanmoqda. 1991 yildan
boshlab   O zbekistonda   o tkazilgan   soliq   islohotlarini   3   asosiy   bosqichga   bo lish	
ʻ ʻ ʻ
mumkin: 
• Birinchi   bosqich   –   1991-1994   yillarda   soliqqa   oid   qonun   hujjatlarini   yaratish;
tamomila   yangi   soliqlar   va   to lovlar   tizimini   barpo   etish   va   ularni   xo jalik	
ʻ ʻ
amaliyotiga   joriy   etish;   moliyaviy   mablag larni   ishlab   chiqarish.	
ʻ
infratuzilmasini   rivojlantirish,   o z-o zini   strategik   resurslar   bilan   ta minlashga	
ʻ ʻ ʼ
erishish   maqsadlarida   qayta   taqsimlash;   narxlarning   o sishi   va   ishlab	
ʻ
chiqariahning   pasayishi   sharoitida   aholining   turmush   darajasi   pasayib
ketmasligi va ijtimoiy barqarorlikni saqlash; mustaqil tizim sifatida davlat soliq
xizmatini shakllantirish vazifalari bajarildi.  • Ikkinchi   bosqich   –   1995-1999   yillarda   soliq   tizimini   takomillashtirish   va
korxonalarga   nisbatan   soliq   yukini   kamaytirish   bo yicha   Soliq   islohotlariʻ
amalga   oshirildi.   Bu   davrda   soliqlarga   doir   mavjud   qonun   hujjatlari   asosida
O zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi ishlab chiqildi va 1997 yilda qabul	
ʻ
qilindi. 
• Uchinchi   bosqich   –   2000-yildan   boshlab   soliq   islohotlari   qonunchilikka
kiritilayotgan  o zgarishlar   asosida  fuqarolar  va  korxonalar   uchun soliq,  yukini	
ʻ
yana-da   kamaytirish,   ayrim   soliq   turlarini   bekor   qilish,   kichik   va   o rta	
ʻ
tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, samarali soliq
tizimi   tamoyillarini   yanada   to liq   ro yobga   chiqarish,   jahon   andozalariga   mos	
ʻ ʻ
soliq tizimini bosqichma bosqich barpo etishga yo naltirilgan. 	
ʻ
Jahondagi  rivojlangan  mamlakatlarda  soliq  islohotlari   davriy o tkazib turiladi.	
ʻ
Muayyan soliq turini  joriy etish yoki  bekor qilish, ayrim turdagi  soliqlar  ulushini
oshirish yoki kamaytirish. 
soliq daromadlarini qayta taqsimlash va boshqa ko rinishlarda amalga oshiriladi	
ʻ . 
O`zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish  va rivojlanish 
bosqichlari  
Mustaqillik   yillarida   soliq   tizimi   islohoti   rivojlanishini   yaqqol   ko`rsatish
uchun shu davrni uch bosqichga bo`lib ko`rsatish mumkin. 
Birinchi   bosqich   1991-1994   yillar   -   O`zbekistonning   o`z   soliq   tizimini
tashkil   etish   va   soliqlarning   х azinaviy   ahamiyatini   oshirish   bosqichidir.
Respublikamizning   o`z   soliq   tizimini   yaratishda   1991   yil   15   fevralda   qabul
qilingan   ―Kor х onalar,   tashkilotlar   va   birlashmalardan   olinadigan   soliqlar
to`g`risida gi qonun birinchi qonun bo`ldi. U o`zida birinchi marta soliq tizimining	
‖
tuzilishi   va   ishlashining   umumiy   asoslarini   aniqlab   berdi,   soliqlarni   hisoblash   va
undirish tartibini o`rnatdi. 
1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan ―O`zbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el
fuqorolari va fuqoroligi bo`lmaganlardan olinadigan daromad solig`i to`g`risida gi	
‖
qonunga   bir   qancha   o`zgarishlar   bilan   qabul   qilindi.   Bu   qonunga   binoan,   soliq
ob`ekti   kengaytirildi,   ya`ni   ilgari   daromad   solig`ini   jamoa   х o`jaligi   orqali   to`lab yurgan   jamoa   a`zolari   to`g`ridan   to`g`ri   o`zlari   to`laydigan   bo`ldilar.   1993   yil   7
mayda O`zbekiston Respublikasining ―Mahalliy soliqlar va yig`imlar to`g`risida‖
gi qonuni  qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy sha х slarning mulk solig`i, er
solig`i,   kurort   zonalarida   ishlab   chiqarish   ob`ektlari   qurilish   solig`i,   reklama
solig`i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig`i, transport vositalarini egalaridan
soliqlar va 13-ta turli  х il yig`imlar kiritildi. 
Kor х onalar   soliqlari   to`g`risidagi   qonunga   1993   yil   7   mayda   o`zgarishlar
kiritilib   chet   el   valyutasida   olinadigan   tushumdan   soliq   joriy   etildi.   Bu   soliqdan
Respublika valyuta fondiga ajratma avval 25%, keyinchalik 10% qilib belgilandi.
Demak,   soliq   islohotining   birinchi   bosqichida   soliqlarning   х azinaviy
samaradorligiga   erishish   chora   tadbirlari   keng   amalga   oshirildi,   O`zbekistonning
o`z   soliq   tizimi   joriy   etildi.   Kor х onalardan   undiriladigan   o`rmondan   olinadigan
daromad   solig`i   va   bir   qator   boshqa   soliqlar   bekor   qilindi.   Daromad   (foyda)
solig`i;   qo`shilgan   qiymat   solig`i;   aktsiz   solig`i;   mol-mulk   solig`i;   respublikadan
tashqariga   olib   chiqiladigan   mahsulotlar   va   х om   ashyo   resurslariga   soliq   joriy
etildi.   1993   yilda   ishlab   chiqilgan   tartibga   ko`ra   asosiy   vositalar   hisoblangan
amortizatsiyaning   30   foizi   byudjetga   o`tkazildi.   Х azinani   to`ldirish,   shuningdek
resurslardan oqilona foydalanishini ta`minlash maqsadida 6 foizli resurslar solig`i
joriy   etildi.   Shuningddek,   1991   yil   15   fevraldagi   «O`zbekiston   Respublikasi
fuqarolari,   х orijiy   fuqarolar   va   fuqaroligi   bo`lmagan   sha х slardan   olinadigan
daromad solig`i to`g`risida»gi qonunga bir qator o`zgartishlar kiritildi. 
1993 yil   7   may   kuni   «Mahalliy   soliqlar   va   yig`imlar   to`g`risida»gi   qonun   qabul
qilindi   va   ushbu   qonunda   ularga   ta`rif   berildi.   Jismoniy   sha х slar   mol-mulkiga
solinadigan   soliq,   er   solig`i,   kurort   zonalaridagi   ishlab   chiqarish   maqsadlaridagi
ob`ektlar   qurilishiga   solinadigan   soliq,   reklama   solig`i,   avtotransport   vositalarni
olib sotganlik uchun soliq, ularning egalariga solinadigan soliq-jami 19 turdagi har
х il soliqlar va yig`imlar mahalliy soliqlar guruhiga kiritildi. 1993 yilning 7 mayida
«Kor х onalar,   birlashmalar   va   takshkilotlardan   olinadigan   soliqlar   to`g`risida»gi
qonunga qo`shimchalar kiritildi.

Mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O`zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‗nalishlari, bosqichlari va х ususiyatlari. 2. Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. 3. Pul islohotlarining o‘tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi. 4. Soliq tizimidagi islohotlar.

1. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va х ususiyatlari . O’zbek xalqining demokratik jamiyat qurishdan ko‗zlagan maqsadi, shu yurtda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat‘i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan yuqori va yangi sifatdagi turmush darajasi hamda erkinliklami ta‘minlashdan iboratdir. Bunday strategik maqsadni amalga oshirishning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Qadimlan ajdodlamiz ishlab chiqargan mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyo bozorlariga chiqargani, mol almashganliklari bozor munosabatlari o‗zbek xalqi uchun yangilik emasligini ko‗rsatadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor munosabatlariga o‗tish uchun imkoniyatlar eshigi ochildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yo‗nalishlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlaming yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi. Mazkur taraqqiyot modelini ishlab chiqishda aynan Prezident tomonidan milliy davlatchilik asoslarini qayta tiklash va yangicha asosda shakllantirish, mamlakatni iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, milliy qadriyatlar va g‗urur-iftixor tuyg‗usini yuksaltirish, jamiyatni tubdan yangilash, zamonaviy dunyoqarashga, yuksak ma‘naviyatga ega shaxsni tarbiyalash kabi dolzarb masalalarga alohida e‘tibor qaratildi. Buning natijasida faqat iqtisodiy sohani emas, balki davlat qurilishi, ijtimoiy va ma‘naviy jabhalari qatori jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgani bilan jahondagi boshqa milliy modellardan farq qiladigan taraqqiyotning o‗zbek modeliga asos solindi. Islom Karimovning mustaqillikning dastlabki yillarda nashr etilgan asarlari va ma‘ruzalaridayoq bozor iqtisodiyotiga o‗tishdan ko‗zlangan maqsadni aniq belgilab berdi. Xususan, 1992-yil 2-3-iyulda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qilgan nutqida Prezident ―Bozor munosabatlariga o‗tish - ko‗r-ko‗rona maqsad emas, balki iqtisodni o‗nglash, jamiyatni yangilash yo‗li. Demokratik davlat qurmoqchi ekanmiz, eng avval,

ijtimoiy adolat prinsiplariga sodiq bo‗lib qolishimiz kerak ... ―Agar bozor‖ yetimyesirlarning, qariyalar va kambag‗al-nochor odamlaming ko‗z yoshi evaziga quriladigan bo‗lsa, bunaqa bozoming uyi kuysin degan edi. Prezident tomonidan ‖ ishlab chiqilgan ―o‗zbek modeli tamoyillarining asosiy mazmuni quyidagilardan ‖ iborat: – iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, uning har qanday mafkuraviy tazyiqlardan xoli bo‗lishi va o‗ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‗i kerak; – davlat bosh islohotchi bo‘lib, u islohotlaming ustuvor yo‗nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; – bozor munosabatlariga o‗tishda qonun ustuvorligi, qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga hamma amal qilishi shart; – bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‗tkazish; – bozor iqtisodiyotiga o‗tish hech qanday sakrashlarsiz, evolyutsion yo‗l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida o‗tmish madaniyati va qadriyatlarini tiklash, yetimyesir, qariya va kambag‗al, kam ta‘minlangan aholi qatlamlarini himoya qilish, qoilabquvvatlash, kishilami ruhiy va ma‘naviy jihatdan yuksaltirish kabi vazifalar bosh maqsad qilib qo‗yildi. Yurtboshining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi X sessiyasi (1992) da qilgan nutqida ―Bozor iqtisodiyoti deb inson ma‘naviyatini unutish gunoh bo‗ladi. Nuqul pul va foyda ketidan quvsak-da, ammo odamlarimiz ruhan qashshoq bo‗lib qolishsa - bunday jamiyatning hech kimga keragi yo‗q ', deb qayd etgan edi. ‖ Shu tariqa hayotga joriy etila boshlagan ―0‗zbek modeli mamlakatda ‖ jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlarini o‗zida aks ettirdi. Jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‗nalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilandi: – iqtisodiy siyosatda dehqonchilik, umuman, qishloq xo‗jaligi yetakchi tarmoq hisoblanadi;

– rubl amal qiladigan sharoitda iste‘mol bozorini himoya etish, davlat mustaqilligining asosiy belgisi hisoblanadigan milliy valyutaga o‗tish; – bozor infrastrukturasini shakllantirish, avvalo, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‗rsatish hamda savdo sohasidan boshlanib, asta-sekin banklami, birjalami, auditorlik firmalari, sug‗urta kompaniyalarini qamrab olishi; – iqtisodni jonlantirish uchun korxonalarni xususiylashtirish ishiga jiddiy kirishish; – iqtisodni to‗g‗ri yo‗lga solishda ishlab chiqaruvchining iste‘molchiga nisbatan zo‗ravonligini tugatish uchun monopolizmga qarshi choralar belgilash, erkin raqobatni vujudga keltirish uchun shart-sharoitlami yaratish. Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‗ra, ustuvor vazifalar bosqichma- bosqich hal qilinadi. Birinchi bosqichda totalitar tuzumdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‗tish davridagi bir-biriga bog‗liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‗g‗ri keldi: ma‘muriy buyruqbozlik tizimining og‗ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqichda iqtisodiy islohotning g‗oyat muhim yo‗nalishlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berildi. Bular quyidagilar: – o‗tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy- huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish; – qishloq xo‗jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; – ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish. Iqtisodiy islohotlami huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va yetuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan quvvatlanib tan olindi. Dastlabki vaqtning o‗zida iqtisodiy munosabatlaming huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‗yicha esa Prezident huzurida maxsus idoralararo kengash tuzildi. Prezident Oliy Kengashning X sessiyasi (1992)da qilgan ma‘ruzasida oldinda turgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlatning xo‗jalik ishlariga

aralashuvini kamaytirish lozimligi xususida ―Yana takror aytaman: odamlarga, xo‗jaliklarga iqtisodiy erkinlik berish kerak. Iqtisodiy erkinlik diyorimizda tezroq qaror topsin , - deb bozor munosabatlariga o‗tishdan ko‘zlangan maqsadning‖ mohiyatini ochib berdi. Ushbu nutqda iqtisodiy islohotlarning butun dasturida aytib o‗tilgan eng asosiy ustuvor vazifalar bilan bir qatorda quyidagi: – ta‘lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish; – aqliy va ma‘naviy salohiyatni mustahkamlash; – aholini ijtimoiy himoya qilish kabi ustuvor yo‗nalishlar ham aniq- ravshan ko‗rsatib berildi. I.A.Karimovning ―O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida nomli asarida O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning ‖ strategik maqsadlari, ustuvor vazifalari ishlab chiqilib, strategik maqsadlar mohiyati ochib berildi: 1. Ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, milliy boylikning ortishini, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlami ta‘minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish. 2. Ko‗p tarmoqli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo‗lishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo‗lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta‘minlash. 3. Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‗jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma‘muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag‗batlantirish vositalaridan keng foydalanish. 4. Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta‘minlaydigan chuqur strukturaviy o‗zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo‗shilib borish.