logo

IRODA PSIXOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

27.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

47.7373046875 KB
IRODA PSIXOLOGIYASI
   MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………...............................................………...…….. 4
I.BOB. IRODA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA………...............................……........5
1.1. Iroda haqida umumiy tushuncha……………………………..........................…......5-13
1.2. Iroda va o‘zlikni anglash ……….……………………….…....................................…14-22
1.3. Irodaning psixologik talqini…………………………..................................…………23-27
II.BOB. IRODANING AMALIY JIHATDAN O‘RGANISH ……...........................….....28
2.1. Iroda borasidagi nazariyalar…..……………………………........................………….29-32
2.2. Irodani o‘rganinshning yangi qirralari ……………………….....................……...33-35
2.3. O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy sifatlari haqida….…........36-41
Xulosa……………………………………………………..........................................………….……42-43
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………................................……..……….. 44
1                                            KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.    O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom 
Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Asarida “Iroda – bu aslida 
mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o‘ziga ishonadi va har 
qanday murakkab vazifani ham o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi. Shuning 
uchun ham yuksak irodali insonga suyanish mumkin. Bunday kishilar boshingizga 
biror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo‘lsa, loqayd qarab turolmaydi. Hech 
ikkilanmasdan, yoningizda turib, qo‘lidan kelganicha yordam berishga, 
qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda yengishga harakat qiladi” deb 
ta’kidlaganlar.1Shuningdek, birinchi Prezidentimiz o‘z fikrlarini yanada rivojlantirib
mazkur asarlarida yana shunday yozadilar: “Bugungi murakkab mafkuraviy 
jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning 
ustuvor yo‘nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli 
qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid 
bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, 
fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini 
mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana shunday asosda yoshlarni 
o‘z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, 
irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin”. 
1Psixologiya fanidagi irodaga taalluqli ta’riflarni umumlashtirgan holda uni mana 
bunday shaklda tavsiflash mumkin: “Iroda – bu shaxsning oldiga qo‘yilgan 
maqsadlarga erishish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga 
qaratilgan faoliyati, xulq-atvori va muomalasini ongli ravishda tashkil qilishi, 
o‘zgartirishlar kiritishi hamda o‘zini o‘zi boshqarishi demakdir. Iroda – bu shaxs 
faoliyati, muomalasining alohida shakli, sub’ekt xulq-atvorini tashkil etishning u 
2 tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan o‘ziga xos turidir. Iroda tabiat, 
jamiyat, shaxs kamoloti qonuniyatlarini egallab oladigan va shu tariqa ularni o‘z  
ehtiyojlariga ko‘ra o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan shaxsning mehnat, 
o‘yin, o‘quv faoliyatida, muomala jarayonida, xulq-atvorida paydo bo‘ladi”. 
O‘smirlar xarakterning irodaviy xususiyatlarini shakllantirish muammosining 
dolzarbligi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning amalga oshirilishi bilan bevosita
bog‘liqdir. Ushbu muammo mamlakatimizning Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, 
Oliy Majlis sessiyalarida va psixologiyaning sohasiga oid adabiyotlarda ko‘p marta 
yoritilgan. 1-Prezidentimiz o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka 
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» va «O‘zbekiston yangilanish 
va taraqqiyot yo‘lida» nomli asarlarida ko‘rsatib o‘tganidek, O‘zbekiston 
Respublikasi kishilarining ruhiyatini shakllantirishga jiddiy ta’sir qiladigan ulkan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda Mazkur nuqtai nazardan har bir 
o‘quvchida shaxs fazilatlarini shakllantirish jarayoniga, ayniqsa, uning irodaviy 
sifatlarni tarkib toptirishga jiddiy e’tibor qaratish orqaligina ijtimoiy taraqqiyotning
barqarorligini ta’minlash mumkin
Kurs ishining ob’ekti:  Irodaning amaliy jihatdan o‘rganish haqida umumiy 
ma’lumotlar berilgan. 
Kurs ishining maqsadi:  Iroda haqida umumiy tushuncha, Irodaning amaliy 
jihatdan o‘rganish haqida. 
Kurs ishining vazifalari:
a) Iroda haqida umumiy tushuncha;
b) Iroda va o‘zlikni anglash;
c) Irodaviy harakatlarning sifatlari;
3 d) Irodani o‘rganinshning yangi qirralari;
e) O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy sifatlari haqida.
Kurs ishining tarkibi:  Kurs ishi tarkibi Kirish, 2 ta bob, 5 ta bo‘limdan, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
I BOB. IRODA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
1.1. Iroda haqida umumiy tushuncha
Psixologlarning ma’lumotlariga qaraganda, “Men”lik insonning atrofmuhit hamda 
shaxslararo munosabatlarida vujudga keladi. Lekin “Men”likning tarkib topishi, 
uning fikr yurituvchanligi ruhiyat rivoji ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Inson atrof-
muhit bilan shaxslararo munosabatlar mazmunidan iborat. SHuningdek, u 
munosabatlar to‘g‘risida fikr yurita olishlik imkoniyati ifodasidir. S.L.Rubinshteyn 
bilan K.A.Abulbxanova-Slavskayalar ikkala asosning qaysi birisi yetakchiligi 
haqidagi muammoni o‘ziga xos tarzda hal qilishga intiladilar. Lekin uning 
yechimida ong qachon va qay tarzda qanday sabablardan kelib chiqqan holda 
o‘zini ob’ektivlashtiradi va qaysi yo‘sinda o‘zini o‘zi anglaydi, degan masala 
markaziy o‘rin egallaydi. O‘zaro munosabatlar qoidalar va talablar doirasida 
kechishining zarurligi ongni o‘zini o‘zi boshqarishga majbur qiladi. Bunda ong 
o‘zidagi ixtiyorsizlikni tizginlaydi, lekin tizginlash ongning shaxslararo 
munosabatlarda namoyon bo‘lishi ularga ta’sir ko‘rsatishni tahlil qilish natijasida 
4 vujudga keladi. Tahlil qilish natijasida ijtimoiylik insonning ongiga, ruhiyatiga kirib 
boradi. Bunda ong o‘zini o‘zi anglash hamda boshqarishning manbai bo‘lib qoladi. 
Oxir oqibatda insonning ijtimoiylashuvi deyilganida, uni ongining ijtimoiylashuvini 
nazarda tutadi. SHu tariqa o‘zini o‘zi anglashning ijtimoiylashuvdagi o‘rni, roli 
tushuntiriladi.SHunday qilib, o‘zini o‘zi anglash jarayonida ruhiyat (psixika) bilan 
ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) o‘rtasida muttasil o‘zaro munosabatlar vujudga 
keladi. Munosabatlarning o‘zaro muvofiqligi yoki nomuvofiqligi ta’sirida 
“Men”likning xususiyati va uning mohiyati ro‘yobga chiqadi.SHuning uchun 
insonda o‘zini o‘zi anglash maqsadga muvofiq tarkib topmas ekan, oldiga qo‘yilgan
vazifalarni sifatli bajara olmaydi. Irodaviy zo‘r berish maqsad ob’ektiga 
yo‘naltirilmasa, o‘zini o‘zi anglash muvaffaqiyati to‘g‘risida mulohaza yuritish ham 
mumkin emas. O‘smirlarda o‘zini anglashning rivojlanishi ularning o‘z xatti-
harakatlarini anglashdan boshlanadi ( oldin ayrim qiliqlarini, undan so‘ng barcha 
xatti-harakatlarini butunligicha anglashlaridan boshlanadi), undan so‘ng 
o‘zlarining sifatlarini, xarakterlarini va o‘z qobiliyatlarini anglashdan boshlanadi. 
Dastlabki paytlarda o‘smirlarni o‘zini anglashi asosida u haqida boshqa 
odamlarning kattalarning (o‘qituvchilar, ota-onalarning), jamoaning va 
o‘rtoqlarining mulohazalari yotadi. Kichik yoshdagi o‘smir o‘ziga go‘yo atrofdagi 
odamlarning ko‘zi bilan qaraydi. Yosh ulg‘ayishi bilan o‘z shaxsini mustaqil tahlil 
qilish va baholash holatlari boshlanadi. O‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum 
bo‘lishicha, o‘smir shaxsining hamma sifatlarini ham bir vaqtni o‘zida anglay 
boshlamaydi. Dastavval ta’lim faoliyatini bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan sifatlar 
(mehnatsevarlik matonat, diqqatlilik, tirishqoqlik.) anglana boshlanadi. Undan 
so‘ng boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatlarni ifoda-lovchi sifatlar (o‘rtoqlik 
hissi, mehribonlik, vazminlik, qaysarlik xissi) anglanadi. Undan ham keyin o‘z-
5 o‘ziga nisbatan bo‘lgan munosabatlarni ifodalovchi sifatlar ( kamtarlik, 
takabburlik) anglanadi. Nihoyat shaxsning ko‘p tomonlama munosabatlarini 
ifodalovchi murakkab sifatlar, burch hissi, qadr-qimmat va vijdon xissi, maqsadga 
intilish xissi anglanadi. O‘smirlarda o‘zini anglashning muhim xususiyatlaridan biri 
o‘zini bilishga bo‘lgan ehtiyoj bilan shaxsning namoyon bo‘lishini yetarli darajada 
to‘g‘ri tahlil qila olmasligi, o‘zi xaqida yetarli darajada bilimlarga ega emasligi 
o‘rtasidagi qarama- qarshilikdir. Mana shu asosda ba’zan o‘smirdagi tirishqoqlik 
darajasi bilan uning jamoadagi xaqiqiy mavqei o‘rtasida, uning o‘zo‘ziga nisbatan, 
o‘z shaxsining sifatlariga nisbatan bo‘lgan munosabati bilan unga hamda uning 
shaxsining sifatlariga nisbatan kattalarning va tengdoshlarining muno-sabatlari 
o‘rtasida ixtilof yuzaga keladi. A.G Kovolev adolatli ravishda ta’kidlaydiki, 
o‘smirlarda 2ta bir-biriga qarama-qarshi ammo har ikkisi ham ayni bir vaqtda 
salbiy bo‘lgan kechinmalarni,ya’ni boshqalardan ustunlik va boshqalardan kamlik 
hissini tug‘dirmaslik uchun o‘smir shaxsiga to‘g‘ri baho berish muhimdir. 
O‘smirlarda o‘zini anglashni rivojlanishinig yangi bosqichi o‘ziga bir na’munani, 
o‘ziga xos axloqiy etalonni ajratish bilan bog‘liqdir. O‘smir o‘ziga na’muna bo‘lgan 
etalon bilan o‘zini solishtirib, o‘z xatti-harakatlariga baho beradi. Mana shunday 
namuna bo‘ladigan etalonlar o‘smirning xatti-harakatlarini yo‘lga sola boshlaydi. 
O‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim hisoblangan yangi xislatlarni 
tarkib topishi unda o‘ziga xos kattalik xissining yuzaga kelishidir. O‘smir bu 
hissiyotni o‘z- o‘ziga katta yoshli odam sifatida bo‘lgan shaxsiy munosabatlarni 
kattalar jamoasida ular hayotining to‘laqonli va to‘la xuquqli a’zosi sifatida 
yashashga tayyor ekanligini sub’ektiv tarzda ichidan kechiradi. Kattalik xissi 
o‘smirlarda mustaqillikka va ma’lum darajada erkinlikka intilishni yuzaga keltiradi. 
Iroda  – arabcha xohish, istak, maqsad degan ma’noni bildiradi. U shaxsning 
6 ma’lum maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi o‘z xatti-harakatlarini (faoliyatda, 
muomalada, xulq-atvorda) ongli ravishda yo‘naltirib turish, shu yo‘ldagi 
qat’iyatliligi, mavjud to‘siqlarni yenga olishga qodir bo‘lgan psixologik 
qobiliyatidir. Iroda inson faoliyati, muomalasi va xulq-atvorining muhim xususiyati,
uning turmush mazmunini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Irodasi 
mustahkam, kuchli odamda maqsad bilan faoliyat, xulq-atvor izchilligi kuzatiladi. 
SHaxs oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishga nisbatan ishonch tuyg‘usi irodaning 
kuch-quvvati va bosh mezonidir. Zero, qat’iy ishonch maqsadga erishish yo‘lidagi 
qiyinchiliklarni yengishga ham jismonan, ham ruhan asos yaratadi. Falsafa va 
psixologiya fanlarida turlicha ta’limotlar mavjudligi sababli irodani Ollohga va 
shaxsga taalluqli deb ham talqin qiladilar. Xuddi shu bois, Olloh irodasi va 
bandaning irodasi degan so‘z birikmalari, tushunchalar vujudga kelgan. Ayrim 
ta’limotlarda Olloh irodasi tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarining o‘ziga xos 
me’yori va muvozanatini belgilovchi kuch sifatida tavsiflanadi. Ammo har bir 
jamiyat taraqqiyoti, uning ilg‘or g‘oyalarini turmushda amalga oshirish ko‘p 
jihatdan mazkur jamiyat a’zolarining irodasiga bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi. 
Ilmiy falsafiy va psixologik nuqtai nazardan, xalq va millat irodasini shakllantirishga
ajdodlarimiz qadimdan muhim e’tibor qaratganlar. Hamisha iroda bilan e’tiqod 
uyg‘unlikda tavsif qilingan. CHunki bu ikki tushuncha muayyan qarashlar, 
ta’limotlar e’tiqodlarning g‘oyaviy-ma’naviy asosi hisoblanadi.
Iroda erkinligi  – insonning biror ishni, faoliyatni bajarishga qaratilgan, 
yo‘naltirilgan ongli intilishi hisoblanadi. Falsafa va psixologiyada ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyot davomida iroda erkinligi definitsasi atrofida, dunyoviy va diniy 
ta’limotlar o‘rtasida ana shu asosda bahs-munozara hukm surib kelmoqda. 
Masalan, fatalizm namoyandalari shaxsning barcha xatti-harakatlarini faqat tashqi 
7 kuchlar belgilaydi, deb ta’kidlasalar, volyuntarizm ta’limotining vakillari esa odam 
xatti-harakatlarida mutlaq erkin, bunday erkinlik esa tashqi kuchlarga hech 
qanday bog‘liq emas, degan xulosaviy qarashni olg‘a suradilar. Diniy ta’limotlarda 
esa, umuman erkni, shu jumladan, iroda erkini Xudo belgilaydi, odamning 
qismati,taqdiri Yaratuvchining irodasiga bog‘liq, u oldindan belgilab qo‘yilgan, 
deyiladi. 
Iroda  -sub’ektning ichki sharoitlri (ehtiyojlari, qiziqishlari, xoishlari, istaklari, 
mayllari, bilimlari va boshqalar) orqali aks ettirilgan ob’ektiv olam uning turli 
maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yish, qaror qabul qilish, erkin harakatni amalga oshirish 
imkoniyatlarini yaratadi. Bu borada fikr yuritilganda, odamning istaklariga binoan 
tanlab olinadigan iroda emas, balki ob’ektiv zaruriyatga muvofiq adekvat tarzda 
saralangan irodagina erkindir. Har qanday harakat yoki faoliyatning irodaviy 
xususiyati shundan iboratki, muayyan shaxs aynan iroda orqali mavqega erishish 
uchun tashqi yoki ichki to‘siqlarni, qiyinchiliklarni yengib o‘tish lozim. Kuchli irodali
insonning dastlabki omili ma’lum maqsadni oldiga qo‘yib, avvalo uni anglab 
yetishdan, faoliyatni (ishamallarni) amalga oshirish maqsadga muvofiq omilkor 
usullarni tanlab olishdan iborat. Muayyan bir ishning iroda erkinligi asosida 
gavdalanishi uchun hal qiluvchi narsa ushbu ish yuzasidan qabul qilingan 
qarorning bajarilishidir. Iroda erkinligini insonga tabiat baxsh etgan emas, balki u 
ijtimoiy tajribalarda, ijtimoiylashuv jarayonida sub’ekt tomonidan o‘zlashtiriladi. 
Psixologiya fanida yaratilgan qonuniyatlarga asoslangan holda, nazariyalar, 
kontseptsiyalar mohiyatiga suyanib iroda kategoriyasiga taalluqli motivatsion, 
regulyativ, vaqt erkinligi kabi yondashuvlar, mexanizmlar, ixtiyorsiz (shuursiz) va 
ixtiyoriy (shuurli) xatti-harakatlar, qaror qilish shakllari, xususiyatlari; shaxsning 
shakllanishida irodaviy sifatlarning roli; faoliyat, xulq-atvor, muomala 
8 muvaffaqiyatini ta’minlashda iroda funktsiyasining o‘ziga xosligi; iroda to‘g‘risidagi
buyuk ajdodlarimizning ta’limotlari, masalan, tasavvuf ta’limotining iroda tarkib 
topishidagi ahamiyati mushohadasi; komil inson nazariyasi;1-Prezident Islom 
Karimov asarlaridagi barkamol shaxs to‘g‘risidagi g‘oyalar; davlatimizning “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”, ta’lim to‘g‘risida “Qonun” hujjatlari; ““Men” 
kontseptsiyasi – o‘zini o‘zi namoyon etish hamda boshqarish (regulyatsiya) 
imkoniyati ekanligi”2, ushbu monografiyamiz metodologiyasi va yoki izlanish 
negizi funktsiyasini bajaradi. Suningdek, psixologiyada irodaga ko‘pfunktsional 
kategoriya sifatida yangicha yondashuv, original kontseptsiyaning mohiyati yoritib
berilganligi; irodani shakllanish jarayonining ichki va tashqi omillari tavsifi 
yaratilganligi; iroda tuzilishi (ierarxiyasi) yuzasidan o‘ziga xos mulohazalar, 
mushohadalar bildirilganligi; irodaga oid yondashuvlar tahlili muayyan belgi va 
alomatlarga binoan umumlashtirilganligi; irodaning patologik holatlari 
eksperimental materiallar asosida izohlanganligi; iroda shakllanishining gender 
munosabatlari, jabhalari talqin qilinganligi; iroda shakllanishida psixikaning 
shakllari (faoliyat, fe’l-atvor, muomala) o‘ziga xos ta’sirchan, harakatlantiruvchi 
kuch ekanligi dalillanganligi; atrof-muhit, ichki va tashqi omillarni shakllanish 
jarayonidagi roli qiyosiy tahlil qilinganligi va boshqalar ushbu monografiyaning 
ilmiy-nazariy yangiligi hisoblanadi. Ijtimoiy turmushda shaxsning irodaviy faoliyati 
(o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lganligi tufayli) o‘z oldiga qo‘ygan anglangan, ya’ni 
inson o‘zi tushungan maqsadlarni bajarishdan, amalga oshirishdan, ro‘yobga 
chiqarishdan iborat sodda shakldagi (oddiy) harakatlarning shunchaki 
majmuasidan tuzilgan emas, albatta. Xuddi shu boisdan zo‘r berishni (ruhiy 
jihatdan) taqozo, talab etmaydigan ishharakatlari (masalan, shkafdan choynakni 
olish, sochiqni qoziqqa ilish, kosani tokchaga qo‘yish va boshqalar) bilan irodaviy 
9 faoliyat tarkiblari o‘rtasida ham miqdor, ham sifat jihatdan keskin farq mavjud. 
Odamning irodaviy faoliyati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning mohiyati 
shundan iboratki, bunda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan va uning uchun muhim ahamiyat
kasb etuvchi maqsadlariga o‘zi uchun kamroq qiymatga ega bo‘lgan xatti-harakat 
motivlarini bo‘ysundiradi. Qolaversa, ustuvor (etakchi, dominant) motivlar (ichki 
turtkilar) qo‘shimcha ko‘makchi motivlarni muayyan yo‘nalishga yo‘naltirib, ularni 
umumiy (yaxlit) maqsadga xizmat qildiradi. 
Iroda paydo bo‘lishining bosh omil i – inson tomonidan faoliyat tarkiblarining, 
irodaviy harakatlarning tizimli tarzda tatbiq etilishi bunday ishharakatlarda ong 
bilan mujassamlashuvchi, uyg‘unlashuvchi shaxsning faolligidir. Irodaviy faoliyat 
odam tomonidan keng ko‘lamda chuqur anglanilgan, o‘zlashtirilgan, egallangan 
ruhiy jarayonlarni amalga oshirish tatbiqiy, xususiyati bo‘yicha irodaviy zo‘r 
berishni talab qiladigan aqliy-intellektual amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy-
intellektual, ijodiy (kreativ) amallar favquloddagi vaziyatni baholash, kelgusida 
amaliyotga tatbiq qilishga mo‘ljallangan harakatlar uchun vositalar, usullar, 
operatsiyalar tanlash, maqsad ko‘zlash va unga erishishning pedagogik-psixologik 
yo‘l-yo‘riqlarini saralash, ulardan foydalanish uchun muayyan qaror qabul qilish, 
ijro etish kabilar hisoblanadi. Bizningcha, aqliy, ijodiy, omilkor amallarning 
barchasi irodaviy faoliyatning operatsional, texnologik tomoni, deb baholanish 
maqsadga muvofiq. Odamdagi barcha psixik jarayonlar uning harakatlari orqali 
namoyon bo’ladi. U yoki bu yumushni bajarish bilan bog’liq harakatlar odamdan 
gayrat va shijoat talab etadi. Inson gayrat, faol harakatlari tufayli uz vujudi 
extiyojlarini qondiradi, uz kudrati imqoniyati bilan yashash uchun zarur bo’lgan 
noz-ne’matlarni bunyod ztib, o’zini muxtojlik yukchillik balosidan xalos qiladi. 
Shunday ekan, insonning sixat, saodati, kanoati, sabri, fazilati, xar-xil butun hayoti 
10 harakatlar darajasiga bog’liqdir. Faol harakatli shaxslar uz maqsadlariga tez 
yetadilar ularning barcha orzulari albatta ushalaveradi.Faollikning teskarisi 
yalkovlik dangasalik bo’lib, irodaning bu salbiy sifatlari inson baxti va saodatining 
ofati xisoblanadi. Sustlik yalkovlik ishyokmaslik odam hayotini xor-zor etadi, uni 
yashash lauzatidan maxrum qiladi. Inson hayoti davomida ko’chi yetganicha 
ishlamogi kerak. Inson bu dunyoning moddiy va ma’naviy lauzatlaridan baxraman 
bulsin, deb unga mexnat qilish baxti ato etilgan. Sabot va matonat bilan qilingan 
mexnat odam hayotiga zavk va shavk bagishlaydi. Shunday kiyaib, iroda shaxsning 
ongli harakatlarida, o’z-o’zini tuta bilishida ifodalanadigan, maqsadga erishish 
yo’lida uchraydigan jismoniy va ruxiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon 
bo’ladigan ixtiyoriy faollikdir. Iroda ob’yektiv yukchilikni, jamiyatdagi, boshqa 
shaxslar hayotidagi zaruriyatni aks ettirishning aloxida tomonidir. Iroda shaxsning 
ixtiyoriy faolligi bo’lib, uning namoyon bo’lish darajasi ob’yektiv sabablar, hayot 
tartibi va sharoitlari bilan belgilanadi.Anglab olingan maqsadni istalgan niyatni 
amalga oshirishda odam bir qancha tusiklarga va qarama-qarshiliklarga duch 
keladi. Ana shu tusiklarni yengish uchun ko’rash shaxsda irodaviy zur berish 
tugdiradi. Qiyinchiliklarga qarshi ko’rashishda paydo bo’ladigan irodaviy zur berish
odamga katta kuch baxsh etadi. Odam qiyinchiliklarga bardosh berish jarayonida 
xama vat xam yuzaga chikmaydigan kuch-kuvvatni safarbar etadi. Odamning 
irodaliligi turli situatsiyalarada turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy harakatlarning 
sifatlari ikkiga bo’linadi: 
1.2. Iroda va o‘zlikni anglash
11 Psixologik tahlillarga qaraganda, ijtimoiy turmushda taraqqiyotni keltirib 
chiqaruvchi omillar va printsiplar to‘g‘risidagi ta’limotlarga nisbatan munosabatlar
o‘zgarib borishi turlicha metodologik muammolarni yuzaga keltiradi. Bizningcha, 
har qaysi muammo taraqqiyotni amalga oshiruvchi, harakatlantiruvchi kuchning 
mohiyati va mazmuni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning ijtimoiy turmushda tutgan 
o‘rni, biosfera bilan noosfera aloqasi, ularda batartib (tekis harakat) va betartib 
(xaos, xaotik) harakatlanish ehtimoli mavjudligi haqidagi mulohazalar tobora avj 
olib bormoqda.Zamonaviy psixologiyada uning moddiy asoslari yuzasidan fikr 
yuritilganda biosfera va noosferada harakatlar batartib amalga oshadi, buning 
natijasida qonuniyatlar voqelik, holat va hodisalarni bevosita boshqarib, ya’ni 
regulyatsiya qiladi, deb tushuntiriladi. Biroq biosferada ham, noosferada ham 
betartib (xaos, xaotik) harakat hukm surishi mumkinligi to‘g‘risidagi omillarga, 
negadir e’tibor susaygan. Buning natijasida ob’ektiv va sub’ektiv sabablar oqibatni 
keltirib chiqarishi tan olingan, lekin oqibat sababning yuksak motivi sifatida 
ro‘yobga chiqishi psixologiyaning tadqiqot predmetiga, hatto kiritilmagan. Fazoviy 
aloqalar (psixosfera) nafaqat stixiyalarni yuzaga keltirish bilan tavsiflanadi, balki 
tabiatga, insoniyatga ijobiy ta’sir etuvchi zarrachalar, moddalar, nurlarni yoyish 
imkoniyatiga ega. Yer kurrasiga ba’zi bir kasalliklar (infark, insulbt, rak) 
tarqalishining bosh omili hisoblanadi, ikkinchi tomondan, miya, tana a’zolari 
tarkibiga mos zarrachalarning idrok maydoniga muvaqqat to‘planishi tufayli tez 
fikrlash, ilhomlanish vujudga kelishini dalillash mumkin bo‘ladi. Insondagi moddiy 
miya bilan sub’ektning idrok maydonidagi “sun’iy miya” o‘rtasida aloqa vujudga 
keladi. Ikkiyoqlama tutash ta’sir natijasida bilishjarayonlarining mahsuldorligi, 
samaradorligi ortadi. Bizningcha, xuddi shu voqelik, hodisa intuitsiyaning moddiy 
asosi hisoblanadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgandan idrok maydonidagi “sun’iy 
12 miya” zarrachalari havoga tarqaladi, o‘zo‘zidan ikkinchi stimulyator o‘z 
funktsiyasini yakunlaydi. Mazkur psixologik hodisaning takrorlanishi ijod, ilhom 
kuchayishiga olib keladi, xuddi shu bois, uni  tafakkur mahsuldorligi mexanizmi, 
deb atash mumkin.Olamni larzaga keltirayotgan stixiyalar to‘g‘risida ham manfiy 
fikr bilan birga, xaotik harakatlarni ma’lum yo‘nalishda, muayyan fazoda va vaqtda
muvaqqat hukm surishi ehtimolini izohlash mumkin. Ba’zi bir favquloddagi 
hodisalar, holatlar, kechinmalar, omadsizliklar kabi voqelikni tushuntirishda 
ikkiyoqlama stimulyator tarkibini dadillik, xayolparishonlik, frustratsiya, eyforiya 
qamrab olishi, bir tomondan, insonda quvonch tuyg‘usini, ikkinchi tomondan, 
omadsizlik, baxtsizlikni keltiradi. Sun’iy kuchaytirgich yoki susaytirgich ta’sirini 
ilmiy asosda tushuntirish umumiy psixologiya fani javob bera olmaydigan 
hodisalar qariyb yo‘q ekanligini bildiradi.Psixologiyada ishlab chiqarish kuchlari 
bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi mutanosiblik taraqqiyotni 
belgilaydi, degan g‘oya fanning metodologik asosi sifatida bir necha yillar to‘liq tan
olinib kelindi. Bizningcha, o‘zaro muvofiqlik taraqqiyotni emas, balki barqarorlikni 
(stabillashuvni) keltirib chiqaradi, xolos. Binobarin, barqarorlashuv rivojlanishni 
bildirib kelmasdan, balki uning bir tekis, maromida kechayotganligini anglatadi. 
SHuning uchun bu psixologik hodisa umumiy taraqqiyotni emas, balki 
mo‘lko‘lchilikni, serobchilikni bildiradi. Ikkinchi tomondan, ishchilar sinfiga 
berilgan yuksak ijtimoiy-psixologik baho ham taraqqiyotning harakatlantiruvchisi 
(ya’ni mexanizmi) to‘g‘risidagi masalaga adekvat javob bera olmaydi. Darhaqiqat, 
ishchilar sinfi uyushgan, ilg‘or bo‘lishiga qaramasdan, bu makro guruh ijtimoiy 
hayotda mo‘l-ko‘lchilikni yaratish bilan cheklangandir. Lekin bu sinf yangilikni 
vujudga keltirish, kashfiyot qilish bilan qariyb shug‘ullangan emas, shuning uchun 
qator zaifliklar guruhiy xususiyatdir. Bizningcha, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi 
13 asosiy omil - bu mikro yoki mize guruhdagi shaxslar (olimlar, salohiyatli davlat 
arboblari) bo‘lib, biosfera va noosferaning insoniyat uchun noma’lum, yangi 
qirralarini ochishga qodirdirlar. Psixologiya fanida inson omili uzluksiz ravishda 
ta’kidlanib kelinishiga qaramasdan, u taraqqiyotning harakatlantiruvchisi ekanligi 
batamom tan olinmagan. Xuddi shu boisdan individuallik va umumiylik (“Biz” va 
“Men” munosabati) ustuvor, birlamchi voqelik sifatida talqin qilingan, 
xolos.Hozirgi davrda inson omili komil inson ta’limotining bosh maqsadiga 
apylangani uchun uning xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, 
ichki imkoniyatlari, gender farqlari, iste’dod alomatlari odamda qancha erta 
ro‘yobga chiqarilsa, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi super shaxslarni shakllantirish 
shunchalik tezlashadi. Psixolog E.G‘ozievning kontseptsiyasiga binoan, inson 
kamoloti quyidagi bosqichlarni bosib o‘tishi joiz: murtaklik - odam - inson - shaxs - 
sub’ekt - komil inson. Olimning ta’kidlashicha, murtaklik - bu embrional davr, 
odam (falsafiy individ), inson (qatorga qo‘shilish davri), shaxs (jismoniy, ijtimoiy, 
ma’naviy mezon bo‘yicha), sub’ekt (shaxsiy g‘oya, maqsadga intilish, uzluksiz 
motivlar kurashi xususiyat darajasida ekanligi), komil inson (jismoniy, axloqiy, aqliy
yuksak ko‘rsatkichlari; o‘ta onglilik, antitsipatsiya, refleksiya; “Men” bilan 
“Biz”ning o‘rin almashishi qat’iyligi va boshqalar) o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan 
betakror, alloma, daho zot ifodasidir. Bizningcha, inson komillik sari qancha tezkor
harakat qilsa, u kamolotni shunchalik ertaroq egallaydi, natijada taraqqiyotni 
jadallashtirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi. SHuni ta’kidlab o‘tishimiz 
kerakki, komillik shaxs qurshab turgan voqelikni adekvat aks ettirish imkoniyatida, 
faol, mustaqil faoliyatida, psixika shakllari takomillashib borishida, individuallikni 
namoyon etish orqali, rivojlanishdan ilgarilab ketish natijasida astasekin shakllana 
boradi. Ko‘p funktsiyali ijtimoiy turmushda faoliyat, muomala, xulq-atvor 
14 maqsadga muvofiq takomillashishida irodaviy sifatlar, xatti-harakatlar, irodaviy 
zo‘r berish hal qiluvchi psixologik ahamiyat kasb etadi.Psixologiya fanida o‘zini o‘zi
anglash bilan iroda o‘rtasidagi munosabat XX asrda ham XXI asrda ham 
psixologlarning diqqat markazida turgan. CHunki har ikkala umumpsixologik 
tushunchalar uzluksiz ravishda bir-birini taqozo qiladi, o‘zaro munosabatlar esa 
ikkiyoqlama tarzda amalga oshib turadi. SHuni eslash o‘rinliki, har ikkala definitsa 
ong bilan bevosita bog‘liq holda vujudga keladi, o‘zaro ta’sir natijasida faoliyatda, 
xulq-atvorda va muomala jarayonida takomillashadi. Anglanmagan hodisaga 
munosabat bildirish qanchalik murakkab psixologik voqelik bo‘lsa, diqqatni 
ob’ektga to‘plash, masala yechimini topish uchun omilkor xatti- harakatlarni 
tanlash ham xuddi shunday kognitiv qonuniyatlarni, mexanizmlarni, zaruriy 
sharoitlarni talab etadi. Ma’lumki, har xil mohiyatga, tuzilishga, negizga ega 
bo‘lishdan qat’i nazar insondan zo‘riqishni, jiddiylik, muammoli vaziyatni bartaraf 
etish strategiyasi va taktikasi ustida ijodiy fikr yuritishni maqsadga 
aylantiradi.Psixologiya fanida o‘zini o‘zi anglashning psixologik mohiyatini talqin 
qilishda ikki xil qarash, yondashish vujudga kelgan bo‘lib, ular o‘zaro 
qiyoslanganda bir-biridan katta farqqa ega. Birinchi yondashuv tavsifiga 
qaraganda, o‘zini o‘zi anglash - bu o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan ongning aynan 
o‘zidir. SHuning uchun u shaxs ongining maxsus ko‘rinishidan boshqa narsa emas. 
Bu keng tarqalgan nazariya L.S.Vigotskiy, A.N.Leontbev, 
Ye.V.SHoroxova,I.I.CHesnakova, V.V.Stolin ta’limotlarida hamda ularning 
shogirdlari ilmiy izlanishlarida tadqiq qilib kelingan. Mazkur muammoga ikkinchi 
yondashuvning asoschisi S.L.Rubinshteyn bo‘lib, keyinchalik uning shogirdi 
K.A.Abulbxanova-Slavskayaning izlanishlarida ijodiy tarzda rivojlantirildi. 
S.L.Rubinshteynning fikricha, ong va o‘zini o‘zi anglash jismonan real hamda haq-
15 huquqga ega (yuridik) shaxsga taalluqli xususiyatlardan biri bo‘lib, ular uning 
turmushi va faoliyatini “qurol” sifatida ta’minlab turuvchi ruhiy jarayondir. 
Bizningcha, S.L.Rubinshteyn ta’limoti o‘zini o‘zi anglashning psixologik mohiyati 
yuzasidan adekvat ma’lumot berish imkoniyatiga ega. Ta’limotga asoslanib, 
muammoni tadqiq qilish uning ilmiy-nazariy, amaliy- tatbiqiy jihatlarini ochishga 
xizmat qiladi.Birinchi yondashuv talqiniga qaraganda, o‘zini o‘zi anglash hodisasi 
vujudga kelishining bosh sababi - bu inson bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabat 
nomutanosibligi hisoblanadi. Inson muayyan jamiyatda, ijtimoiy muhitda 
istiqomat qilar ekan, odatda, shu muhit qonun-qoidalariga, tartib-intizomlariga 
rioya qilishga majbur. U ana shularning negizida faoliyatini, xulq-atvorini, 
shaxslararo munosabatini boshqaradi. O‘z xulq-atvorini, faoliyatini, munosabatini 
boshqarish ularni yuzaga keltiruvchi ehtiyoj, xohish, motiv, mayl, maqsad, qiziqish 
kabilarni ham idora qilishdir. Bunday mazmundagi o‘zini o‘zi anglash va uning 
regulyatsiyasi ehtiyojning ongdagi ifodasini ham, o‘zaro munosabatini ham 
tartibga solishni taqozo etadi. Hodisa paydo bo‘lishining bosh sababi ham, 
yo‘nalish ob’ekti ham ongdir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ongning ichki 
barqarorligi, barqarorlikning ichki muvofiqligini shakllantiradi. Ushbu ta’limot 
namoyandalari talqinida ongning ichki barqarorligini vujudga keltiruvchi tarkiblar 
yuzasidan olinadigan ma’lumotlarga e’tibor qaratiladi. Bunday ma’lumotlarni 
shaxs o‘zlashtirgandan keyin ular mazmunan har xilligi sababli qarama-qarshilikka 
uchraydi. O‘zaro mutanosiblikni ta’minlash uchun odam ijtimoiy ongiga murojaat 
qiladi va shu yo‘l bilan ma’nolar o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. SHuning 
uchun L.S.Vigotskiy o‘zini o‘zi anglash har xil ma’nolar o‘rtasida birlikni vujudga 
keltirish jarayoni sifatida va o‘zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo‘ladi, deydi. 
A.N.Leontbev talqinicha, individual ongning mohiyati bilan mazmuni o‘rtasidagi 
16 ziddiyat o‘zini o‘zi anglashning sababchisidir. V.V.Stolinning uqtirishicha, o‘zini o‘zi
anglashning negizida “Menlik”ning mazmunlari o‘rtasidagi ziddiyat yotadi. 
B.G.Ananbevning mulohazalariga qaraganda esa, o‘zini o‘zi anglashning vujudga 
kelishi omili - odamning individual xususiyatini, faoliyat sub’ektliligi, shaxslilik 
tarkib topishidagi notekislik va geteroxronlik. Uning mulohazasicha, o‘zini o‘zi 
anglash ana shu uchala xususiyatni o‘zaro muvofiqlashtiradi va xuddi shu tariqa 
ongning individualligini ta’minlab turadi.SHunday qilib, birinchi yondashuvda 
o‘zini o‘zi anglash xulq-atvor va munosabatni belgilovchi hamda idora qiluvchi 
mustaqil sub’ektga aylanadi. Natijada inson tadqiqot markazidan uzoqlashadi, 
uning o‘rnini ong va o‘zini o‘zi anglash egallaydi. Bizning farazimizcha, o‘zini o‘zi 
anglashni bunday tushunish uning psixologik mohiyatini to‘liq yoritishga imkon 
bermaydi. Ehtimol u noadekvat xulosa chiqarishga, shoshilinch qaror qabul 
qilishga olib keladi.Ikkinchi yondashuv namoyandasi S.L.Rubinshteyn ruhiy 
faoliyatning maxsus vaziyatdagi ob’ektiv shart-sharoitlari sifatida odamlarning 
turmush (yashash) sharoiti yotadi, deb yozadi. Aks ettirishning sharti haqida gap 
ketganda, odamning turlicha namoyon bo‘lishining umumiy shartlari ichidan xuddi
mana shu in’ikos etish faoliyatining maxsus shartini ajratib olishimiz zarur bo‘ladi, 
deb uqtiradi muallif. O‘zini o‘zi anglashning vujudga kelishini ta’minlovchi maxsus 
shartni aniqlash uning sub’ekti to‘g‘risidagi masalani hal qilishni, uning uchun yo‘l-
yo‘riqlar, oqilona usullarga asoslanuvchi yechimni talab qiladi.Psixologik 
ma’lumotlarga qaraganda, shaxs o‘zini o‘zi anglashi uchun xuddi shu o‘zini o‘zi 
anglashning sub’ekti bo‘lishi lozim. SHaxsda o‘zini o‘zi anglashga nisbatan ichki 
xohish va intilish sifatidagi ruhiy holatlar, hodisalar vujudga kelishi shart. Bu 
borada shunga o‘xshash ruhiy holatlarning qachon va qay yo‘sinda, qanday 
sharoitlarda namoyon bo‘lishini aniqlash joiz. Bizningcha, bunday masalani 
17 ko‘ndalang turishi o‘zini o‘zi anglashni tadqiq etishda alohida ahamiyat kasb 
etadi.Psixologik manbalar tahlilining ko‘rsatishicha, S.L.Rubinshteyn tadqiqotining 
muhim shartlaridan biri o‘zini o‘zi anglashning sub’ekti to‘g‘risidagi masalani hal 
qilish hisoblanadi. Endi sub’ekt tushunchasining ichki mazmunini yoritish uchun 
biz K.A.Abulbxanova- Slavskayaning (S.L.Rubinshteyn shogirdi) sub’ekt to‘g‘risidagi
yangicha mulohazalariga tayangan holda tahlil qilamiz. Muallifning fikricha, 
sub’ektlilik insonning u yoki bu ruhiy faoliyatidagi instantsional (lot. instantia 
bevosita yaqinlik) yoki substantsionalligi (lot. substantia ichki mohiyat) 
bo‘lmasdan, uning o‘ziga xos sifat jihatdan tashkiliy holatdir. Bunday tashkiliy 
holat asosida u turmushning, taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tariladi. Bunda 
sub’ektlilik inson kamolotini va yangi turmush tarzini vujudga keltiruvchi holat, 
degan ma’noni anglatadi, xolos. Inson o‘zini o‘zi anglashning sub’ekti deyilganida, 
uning o‘zligini, “Men”ligini aniqlashning imkoniyati va sharti bo‘lmish muayyan 
o‘ziga xos sifat jihatdan tashkil topganligi nazarda tutiladi. SHunday birlik bo‘yicha 
ularni baholashda, o‘zlikni anglashning sababi, maqsadi o‘lchamlari hamda 
chegaralari saqlanib qolishi mumkin. SHaxsning bu ma’nodagi sub’ektliligi o‘zini 
o‘zi anglashga nisbatan ichki ehtiyoj, motiv, talab, intilish sifatida mavjud bo‘ladi 
va uning yuzaga kelishi insonning ijtimoiy sub’ekt tariqasida tarkib topishi 
zaruriyati bilan belgilanadi. Sub’ektlilikda odamning ijtimoiy munosabatlar 
tizimida tutgan o‘rni va yo‘li mujassamlashgan.Sub’ektlilikda yaqqol-tarixiy davr 
o‘z aksini topadi. SHuning uchun uning ichki mohiyati va tashqi ko‘rinishi, ya’ni 
atributi mukammal mujassamlashgan bo‘ladi. Bu ma’noda o‘zini o‘zi anglashning 
tarixiyligi deyilganda, faqatgina o‘zlikni anglash davomida hal qilinuvchi sifatlar 
tarixiyligi tushunilmasdan, balki uning sub’ekti tarixiyligi ham tushunilishi lozim. 
Insonni o‘zini o‘zi qaysi nuqtai nazardan va intilishdan kelib chiqqan holda anglashi
18 etnik, milliy xususiyatlarga ega. SHuning uchun ham kishini o‘zlikni anglashning 
sub’ekti orqali o‘zini o‘zi bog‘lash ijtimoiy-tarixiy ahamiyat kasb etadi. Inson 
tomonidan o‘zlikni anglash jarayoni, uning vujudga kelishi, aks etish natijasi 
uyg‘unligi inkor qilinmasdan, balki shaxs bilan uning o‘zini o‘zi anglashga nisbatan 
sub’ektivligi orasidagi aloqa inkor etiladi. Muammoga bunday munosabat 
mohiyatiga nisbatan bildirilmasdan, balki bu inkor shaxsning shakllanishiga 
taalluqliligi ko‘zga tashlanadi. Oqibatda, inson oldida o‘ziga xos bo‘lgan o‘zini o‘zi 
anglashni belgilab beruvchi sub’ektlilikni tiklash zarurati yuzaga keladi. Zarurat esa
ichki turtki (motiv), maqsad, vazifa tariqasida rol o‘ynaydi.
1.3. Irodaning psixologik talqini
Iroda  – shaxsning harakatini ifodalaydigan ruxiy jarayon. Mustaqillik -o’zining 
asosli fikriga ega bo’lish.
Chidam  – shaxsning yuqori darajadagi irodaliligi. Qat’iyat – uz qarorlarida 
sobikkadam bo’lish. Abuliya-irodasizlikning yuqori ko’rinishi. Maqsad- shaxsni 
biror sohaga undovchi xolat. Natija-harakat tufayli erishilgan yetuk. Motiv-ichki 
kechinmalar ko’rashi. Jasurlik-mustaqil harakatlarni ifodalashdagi irodalilik. 
Dovyuraqlik-xavf-xatarli xolatlarad o’zini tuta olish. 
Negatizm - boshqalarning asosli fikrini rad etmoq. Kaysarlik-boshqalarning fikrini 
tan olmaslik.Irodaviy harakatlarning sifatlari. Irodaviy harakatlarga xos ijobiy 
sifatlar.Irodaviy xarakatlarga xos salbiy sifatlar.Ijobiy irodaviy sifatlar o’z-o’zini 
tuta bilish, dadillik qat’iyat, chidam, tokat, mustaqillik kabilardan iboratdir.O’z-
o’zini tuta bilish shaxsning uz burchini utashini, maqsadini ruyobga chiqarishda 
uchraydigan qiyinchilik va qarshiliklarni mardonovor yengipshda ko’rinada. 
19 Ko’rsatilgan jasorat yuksak irodalilikning namunasidir. "Oltin zanglamas" (Shuxrat)
romanining Sodikning jasorati xam taksinga loyikdir. U og’ir axvolda yotishiga, 
dalaning sovuk va izgirinli shamoliga, masofaning uzoq bo’lishiga qaramay, binoni 
xavfsizlantirish chorasini amalga oshiradi, necha yuzlab soldatlarimizning sog-
omon kelishini ta’minlaydi. Uz burchini utash yo’lida barcha qiyinchiliklarga 
bardosh beradi. Mashina bormasa bormasin, baribir boraman!" -dedi Sodik 
gazabdan kuzlari chaknab. Bu asabiylikdan boshi zirkirab ketdi, qo’llari bilan ikki 
chakkasini changalladi. Dadillik, botirlik, jasurlik, dovyuraqlik mardlik, kaxramonlik 
kabi sifatlarni xam ifodalaydi. Bu sifatlarni xar biri uz moxiyatiga egadir. Dadillik 
shunday sifatki, bu sifatga ega bo’lgan odam oldinda xavf-xatar borligini bila turib 
unga tomon boraveradi. Dadillik o’zini tuta bilish bilan maxkam bog’liqdir. Inson 
avval harakat kalishi uchun avvalo o’zini tuta bilishi kerak. Jasur shaxslarda burch 
xissi erkaqlik qilishga yo’l qo’ymaydi. Ular zarba ostida qolganlarida yoki 
muzaffaqlyatsizlikka uchragan paytlarida bu sifat ularga mazza 
bagishlaydi.Dovyuraqlik odamning xavf-xatarli ishga tomon borishiga yoradm 
beradi, uni mardlik ko’rsatishiga otlantiradi. Dovyurak odam xavfli vaziyatda 
ko’rashni bilmaydigan- kishigina emas, balki unda qo’rquv paydo bo’lsa xam,, 
zarur deb bilgan ishni qila oluvchi odamdir.Odam o’zining faoliyatlari davomida 
tashqi muhitdgi narsa va hodisalarni bilibgina qolmay, balki aktiv harakat qilib, bu 
narsa va hodisalarni o’zgartiradi. Odam har doim ma’lum harakat qilmasdan tura 
olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga 
bo’lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa, ikkinchisi ixtiyoriy 
harakatlar. Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko’pincha 
impulsiv tarzda, ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, 
chuchko’rish, ko’z qovog’ining ochib-yumilishi va shu kabilar. Bunday harakatlarni 
20 odam oldindan o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda 
yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan odamning aqliy faoliyatlari bilan 
ham bog’liq bo’ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda 
olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’lmaydi.Ixtiyorsiz harakatlar 
iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq 
bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldin belgilangan maqsad asosida, to’la 
ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir. Irodaviy harakatlar har doim 
ma’lum sabablar asosida vujudga keladilar. Irodaviy, ya’ni ixtiyoriy harakatlarning 
nervfiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po’stining shartli reflekslar 
hosil qilishdan iborat bo’lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har 
doim to’la ongli harakatlar bo’lgani uchun bosh miya po’stida yuzaga keladigan 
optimal qo’zg’alish manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, irodaviy 
harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar sistemasining faoliyati bilan 
bog’liqdir. Irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv sistemasining 
umumiy sog’lom holati ham juda katta ahamiyatga egadir.Irodaviy harakatlarning 
asosiy momentlari.Irodaviy harakatlar ilgaridan belgilangan qat’iy maqsad asosida 
amalga oshirilar ekan, demak, har qanday irodaviy harakatlar ma’lum bir 
maqsadni qo’yishdan, ya’ni maqsadni belgilashdan boshlanadi. Maqsd aniqlanib, 
shu maqsadga erishtiruvchi yo’l-yo’riqlar belgilangandan so’ng odam ma’lum 
qarorga keladi. Irodaning kuchliligi, mustahkamligi qabul qilingan qarorni ijro 
etishda ko’rinadi.
Irodaviy harakatlarning qonuniyatyaari quyidagilardan iborat:
a) iroda kuchnining namoyon bo’lishi maqsadning aniqligiga bog’liq;
b) xar qanday irodaviy kuch va sababga asoslanadi;
i)maqsadni amalga oshirish jarayonidagi ongli harakatlar ta’sirvda iroda o’sadi;
21 g) irodaviy sifatlar xoxash va istakka bog’liqdir;
a) shaxs mexzatining, faoliyatining takrorlanishi va rag’batlantirilishi undagi 
irodaviy faoliyatni yanda oshiradi.
Irodaviy harakatlarning odamdan zo’r kuch talab qiladigan tomoni shundaki, biror 
maqsadni belgilashda, shu maqsadni amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini aniqlashda 
va qarorga kelish hamda qarorni ijro etishda motivlar ko’rashi paydo bo’ladi. 
Motiv-kishini harakatga undovchi kuch degan ma’noni bildiradi. Irodasi kuchli 
odamlar motivlar ko’rashini qat’iyatlik bilan tez hal qiladi, aksincha, irodasi bo’sh 
odamlar motivlar ko’rashini cho’zib yuboradi yoki mustaqil ravishda hal qila 
olmaydi Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda odam yo’liqadigan qarshiliklar har
xil bo’ladi. Masalan, ichki qarshiliklar va tashqi qarshiliklar. Ichki qarshiliklar 
odamning o’ziga xos bo’lgan, uning ichki dunyosiga xos bo’lgan qarshiliklardir. 
Chunonchi, har kuni ertalab azonda soat 7 da turib, yuvinib, choy ichib, o’qishga 
kechikmay yetib kelish kerak. Ayrim irodasi bo’sh odamlar ana shuni uddasidan 
chiqa olmaydi.Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan tashqi 
qarshiliklar odamning o’zi bilan emas, balki shu harakatni amalga oshirishdagi 
vaziyatlar bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, fermerlarimiz ob-havoning noqulay 
kelishiga qaramay, ya’ni jala, sel vasuv toshqinliklarini yengib, paxtadan yuqori 
hosil yetkazmoqdalar.Odamning irodasi bir qancha sifatlarga egadir. Masalan, 
irodaning ijobiy sifatlari-qat’iyatlik, dadillik, mustaqillik va o’zini tuta bilish 
kabilardan iborat. 
Irodaning salbiy sifatlari esa- qat’iyatsizlik, ikqilanishlik, mustaqilsizlik, o’zini tuta 
olmaslik  kabilardan iboratdir.Irodaning ana shu sifatlari amalga tug’ma ravishda 
berilmaydi. Irodaning barcha sifatlari bolalarga uzoq vaqt davomida sistemali 
tarzda beriladigan ta’lim va tarbiyaning natijasida Odamda irodaviy sifatlarni 
22 tarkib toptirishda u mansub bo’lgan jamoaning katta roli bor. Shaxs o’zining 
maxkam bog’langan deb his qiladigan jamoada o’zi uchun ibratli xatti-harakatlari 
namunalarini kiradi. har qanday uyushgan jamoa o’z a’zolari oldiga o’z 
zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish, o’rtoqlari va do’stlariga nisbatan 
mexribonlik, g’amxo’rlik qilish, o’z jamoasiga dog’ tushirmaslikka intilish talablarini
qo’yadi. Bularning hammasi jamoa a’zosini shunday vaziyatga soladiki, u 
o’zgalarning ta’siriga berilmaslik uchun qarorga kelishga, o’zini mustaqil 
ko’rsatishga, o’zini tuta bilishga harakat qiladi.Shaxs shu tarzda o’z jamoasining 
topshiriqlarini, talablarini bajarishga va bu hol o’z hayotida unda mustaqillik 
prinsipiallik, tashabbuskorlik kabi ijobiy sifatlarning barqaror tarkib topishiga olib 
keladi.
II. BOB. IRODANING AMALIY JIHATDAN O‘RGANISH
2.1. Iroda borasidagi nazariyalar
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo‘lib, u inson ongining mohiyatini kashf 
qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to‘planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini
tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo‘lgan tarixiy yo‘lni bosib
o‘tgan.  Arastu  o‘z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb 
e’tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o‘zgartirishini 
boshqarishimkoniyatiga ega bo‘lgan omil hisoblanadi. Gumanitar yo‘nalish, ya’ni 
inson muammolariga e’tiborning ortishi bilan o‘zo‘zidan irodani o‘rganish ham 
dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy 
23 psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr 
boshlarida ro‘y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o‘tib qoldi, uni mutlaqo 
inkor etish mumkin emas. XVII asrdayoq  Gobbs va Spinozalar  ta’kidlab 
o‘tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo‘lishi, deb tushuntirish
mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda 
qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga 
bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan 
bo‘lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi.  
V.Vundtning  mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub’ekti 
tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi 
emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi.  U.Djeymsning  tan 
olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo‘lmaydigan 
birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g‘oya dastlab dinamik tendensiyaga 
ega bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g‘oyaning 
boshqasi ustidan ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir.Etarli darajada qat’iy fikr 
qaror topganligi, iroda - bu insonning qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun 
qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad g‘o‘ya 
olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham kiritiladi . I.V.Selivanov  
irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi:
a) iroda-bu shaxsning o‘z faoliyatini va olamdagi o‘zini-o‘zi boshqarish shakllarini 
anglashning tavsifidir;
b) iroda-inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va 
bosqichlariga taalluqlidir;
v) iroda-bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o‘zini ongli
idora qilishlikdir;
24 g) iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatidir, 
ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi. V.I.Selivanov  irodaning 
psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g‘oyani ilgari suradi, insonning ongini 
jarayonlar, holatlar, xislatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida 
tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o‘zining tuzilishiga 
ko‘ra bir davrning o‘zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. 
Tadqiqotchi  V.I.Ivannikov  esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli sifatida 
tushunadi. Shuningdek, harakat ma’nosining o‘zgarishi hisobiga tarmoqlovchi yoki
qo‘shimcha turini yaratuvchi imkoniyat yangi real motivlarni harakat bilan 
birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy 
boshqaruv esa harakatni "ixtiyoriy boshqaruv ko‘rinishlarining bittasi sifatida" 
tushuniladi, bunda boshqaruv motivatsiyaning ixtiyoriy o‘zgarishi orqali amalga 
oshirilishi sifatida qaraladi. Keltirilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, 
psixologiya fanida irodani tushunish, ta’riflash bo‘yicha bir xil munosabat 
yaratilmaganday, irodaviy sifatlarning ma’naviy asosini tahlil qilish yuzasidan ham 
umumiylik, mustaqillik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik 
va tirishqoqlilikni kiritadi .P.M.Yakobson  bo‘lsa, irodaning muhim sifatlari sifatida 
mustaqillik, qat’iylik, tirishqoqlik o‘zini uddalashni ko‘rsatadi. Insonda namoyon 
bo‘ladigan irodaviy sifatlar sarasiga  A.I.Shcherbakov  quyidagilarni kiritadi: 
sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va 
qat’iyatlilik, chidamlilik va o‘zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik.Iroda borasidagi
tadqiqotlarda "ishonch" atamasi qo‘llanilishi kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi. 
Shunga qaramasdan ishonch, iroda sifati tariqasida tadqiq etilishga haqlidir. 
Buning uchun A.I.Shcherbakov tomonidan quyidagicha tadqiqot ishi amalga 
oshirilgan. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, bir talabaga qisqa vaqt (fursat) ichida 
25 insititutni tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa 
olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan so‘ng tadqiqotchi talabada o‘z kuchiga 
ishonch uyg‘otishni maqsad qilib qo‘ygan va unda irodaviy zo‘r berish, 
qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o‘z 
maqsadiga erishishga musharraf bo‘lgan. Xuddi shu bois hozirgi zamon 
psixologiyasining irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni 
tasniflashning asosiy tamoyili ishlab chiqilmagandir. 
Irodaning mustaqilligi . Kishilaring irodaviy harakatlariga ularning mustaqillik 
darajasiga qarab ham baho beriladi. Irodaviy harakatlarning mustaqilligi kishining 
avvalo tashabbuskorligida ko‘riladi. Tashabbuskorlik biror bir ishni shaxsan 
boshlab yuborish demakdir. Tashabbuskorlik odatda tevarakatrofdagi sharoit 
hamda ijtimoiy hayot talablarini epchillik, mohirlik bilan hisobga olish va ko‘pincha
kelajakni, yangilikni oldindan ko‘ra bilish qobiliyati bilan bir vaqtda namoyon 
bo‘ladi.Tashabbuskor kishi shaxsiy hayotida ham, ijtimoiy faoliyatida ham vaziyat 
va turmush talablarini hisobga ola biladi, shu bilan bir vaqtda vazifalarni ilgari 
suradi, qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun yo‘l va vositalari tanlaydi va bu 
vazifalarni hal etishda faol ishtirok etadi. Mustaqillik qilinilmagan va qilinilgan ish-
harakatlar uchun javobgarlik sezishda ko‘rinadi. Javobgarlikni sezish ayni 
harakatlarning to‘g‘riligiga, maqsadga muvofiq ekanligiga va zarurligiga ishonch 
hosil qilish demakdir.Irodaning mustaqilligi yana boshqa kishilarning fikr, maslahat
va takliflarini tanqidiy ko‘z bilan mulohaza qilib chiqishda ham ko‘rinadi. Tanqidiy 
ko‘z bilan mulohaza yuritish xarakter xislati bo‘lib, boshqa kishilarning birga 
maslahat va takliflarini diqqat bilan tahlil qilishda ko‘rinadi, xarakterning shu 
xislati bo‘lgan kishi boshqa kishilarning fikr va maslahatlariga e’tibor bilan quloq 
soladi, ularga muayyan tamoyillar nuqtai nazaridan baho beradi, ijobiy foydali 
26 narsani qabul qilib undan foydalanadi, salbiy befoyda narsani dalillar bilan rad 
etadi.Ayrim kishilarning iroda mustaqilligi ba’zan qaysarlik kabi maxsus holatda 
ko‘rinadi. Bu holat shundan iboratki, odam boshqa kishilarning aytgan hamma 
gaplariga, maslahat, iltimoslariga qarshilik ko‘rsatadi. qaysarlik qilayotgan odam 
yo buyurilgan ishni qilmasdan, o‘z bilganini qilaveradi yoki buyurilgan ishni 
teskarisini qiladi.
Intizomlilik  - xarakter xislati bo‘lib, jamiyat talablariga ongli ravishda o‘z ixtiyori 
bilan bo‘ysina bilishda ko‘rinadi. Intizomlilik, jumladan, belgilangan tartibga aniq 
rioya qilishda, olingan va’dani vijdonan bajarishda, o‘z burchiga ongli ravishda 
bo‘ysinishda o‘z ifodasini topadi.Intizomli kishi mustaqil tashabbuskor bo‘lib, ayni 
vaqtda qabul qilingan qarorlarni so‘zsiz ijro etadi, jamiyat manfaatlariga va axloq 
tamoyillariga itoat qila biladi.Mustaqillik ayni vaqtda irodaning kuchli ekanligini 
ham ko‘rsatadi. Iroda kuchi katta to‘sqinliklarni bartaraf qila olish qobiliyati 
bilangina ifodalanmay, tashabbuskorlik ko‘rsatish, mustaqillik, dadillik ko‘rsatish 
va qabul qilingan qarorlar uchun, o‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyat sezish 
bilan ham ta’riflanadi.
Irodaviylik  - xarakter xislati bo‘lib, jamiyat talablariga ongli ravishda o‘z ixtiyori 
bilan bo‘ysina bilishda ko‘rinadi. Intizomlilik, jumladan, belgilangan tartibga aniq 
rioya qilishda, olingan va’dani vijdonan bajarishda, o‘z burchiga ongli ravishda 
bo‘ysinishda o‘z ifodasini topadi.
2.2 Irodani o‘rganinshning yangi qirralari
Inson u yoki bu xususiyatlarga ega bo‘lgan qaror qabul qilib, zaruriy xattiharakat 
(amal)ni amalga oshirishni tushunib (anglab) tursa-da, lekin aksariyat hollarda uni 
27 bajarishga unchalik shoshilmaydi. Hatto mutaxassis psixologlar har doim ham 
odamlar hal qilinishi ko‘ndalang turgan ehtiyojlarini qoniqtirishga, shaxsiy 
qarorlari va rejalarini ro‘yobga chiqarish uchun hech qanday chora va tadbirlarni 
qo‘llashni istamasliklari yoki xohishlari yo‘qligini, uning sabablarini tushuntira 
olmaydilar.Bu borada shunday psixologik fenomenal holatni ta’kidlab o‘tish joizki, 
insonlar allaqachon zaruriy bilimlarni egallagan bo‘lsalar-da, turmushga nisbatan 
shaxsiy qarashlari va e’tiqodlariga itoat etgan holda yashasalar-da, lekin ular o‘z 
oldilarida turgan topshiriq (ish yoki vazifa)larni yechish (bajarish)ga har xil sur’atda
kirishadilar, bunda ayrim qiyinchiliklarga duch kelsalar-da, ularning ayrimlari o‘z 
harakatlarini birdaniga tugatadilar, boshqalari esa ikki baravar shijoat (kuch-
quvvat) bilan urinishni davom ettiradilar. Bunday psixologik holatlarning 
barchasini psixika xususiyatlari bilan bog‘lashga harakat qiladilar, natijada iroda 
to‘g‘risida turlicha fikr va mulohazalar vujudga keladi. Modomiki shunday ekan, 
bizningcha, iroda – bu shaxsning o‘z xulq-atvori, faoliyati va muomalasini ongli 
tarzda boshqarishi bo‘lib, maqsadga yo‘naltirilgan harakat va xulq-atvorni amalga 
oshirish jarayonida tashqi, ichki qiyinchiliklarni yengish uquvida ifodalanadi.
Irodaning asosiy vazifasi  – o‘z xulqini boshqarish, o‘z faolligini ongli idora qilishdir,
qachonki mo‘’tadil turmush sharoitida to‘siqlar vujudga kelsa, faqat shundagina 
uning funktsional jabhasi ishga tushadi. Iroda o‘z mohiyatiga ko‘ra, qachonki inson
o‘z mayllarini boshqarishga qobil bo‘lsa, u yoki bu tarzda unga shaxsiy 
munosabatini bildira olsa, faqat shundagina vujudga kelishi mumkin.Agarda, shaxs
o‘zining mayllaridan (xohishlaridan) yuqoriroq darajaga ko‘tarilish uchun inson 
ulardan chetlashish (begonalashish) imkoniga ega bo‘lishi mumkin, chunki u 
sub’ekt sifatida o‘zini o‘zi anglash, ustunlikka erishish uchun ular o‘rtasida tanlov 
o‘tkazishga tayyor holda turishi kerak. Ko‘rinib turibdiki, irodaning mohiyati, 
28 vujudga kelishi, bajaradiganfunktsiyasi murakkabligi uchun unga ta’rif berish ham 
shunchalik mushkuldir. S.L.Rubinshteynning ta’biricha, “Iroda – bu ichki va tashqi 
to‘siqlarni yengish bilan bog‘liq kechadigan, shaxsning o‘z xulq-atvori, faoliyati va 
muomalasini boshqarishdir”  Bizningcha, insonning bu qobiliyati sub’ektning o‘z 
xulqi va psixologik hodisalarni, o‘zini determinatsiya hamda regulyatsiya qilishda 
namoyon bo‘ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida iroda to‘g‘risida bir xil nazariya
mavjud emas, lekin shunga qaramasdan, ko‘pchilik olimlar tomonidan uning 
terminologik aniqligi, bir xil ma’no kasb etishligi mezonlari bo‘yicha iroda 
to‘g‘risida yaxlit ta’limot yaratishga harakat qilinmoqda.Ta’limot yaratish uchun 
esa ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot (tarixiylik printsipiga asoslangan holda) 
bosqichlariga filogenetik hamda ontogenetik nuqtai nazardan yondashish 
maqsadga muvofiq. Xuddi shu bois, irodani tarixiy bosqichlarga asoslanib 
o‘rganishni bir necha davrlarga ajratish mumkin, jumladan: 1) shaxs xohishiga zid 
tarzda sub’ekt aqlini qo‘zg‘atuvchi, harakatlarni amalga oshiruvchi mexanizm 
sifatida irodani tushunish bilan bog‘liq davr; falsafa fanining idealistik oqimi 
(oldingi asrlarda) sifatida volyuntarizmning vujudga kelishi bilan aloqador bosqich;
2) irodani motivlar kurashi bilan bog‘lashga va uni tanlash muammolarini 
izohlashga harakat qilingan palla; 
3) maqsadga erishish uzluksiz jarayonida shaxs uchraydigan minimal qiyinchiliklar 
va to‘siqlarni bartaraf etish mexanizmi sifatida irodaga yondashishni boshlanish 
fazasi kabilar.
Hozirgi davrda (XXI asrda) irodaning tabiati va muammolari to‘g‘risida jahon 
psixologiyasi fanida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar yordami bilan 
kurashuvchi ikkita oqim mavjud. Mazkur oqimlardan birisi irodani motivlar va 
motivatsiyalar bilan almashtiradi, ularning namoyandalari uchun ayniylashtirish 
29 hech qanday jiddiy nuqsonlarga olib kelmaydi, go‘yoki ular ayni bir narsa deb 
ta’kidlaydilar. Bu yo‘nalish namoyandalarining qarashlariga mutanosib (mos 
tarzda) yondashilsa, “irodaga qarshi” deyilsa, demak “xohishga qarshi” ham 
deganidir. SHuni unutmaslik kerakki, xohish har xil kuchga (kuchlanishga) egadir. 
Bu holga binoan, “xohish kuchi” “iroda kuchi”ning almashtiruvchisiga aylanib 
qoladi. Bu bilan ehtiyoj kechinmasining kuchi to‘g‘risidagi tasavvur irodaviy 
jismoniy va psixik zo‘riqish (tanglik) bo‘yicha mulohazani almashtirish hodisasi 
yuzaga keltirilganga o‘xshaydi. SHaxs faoliyati va xulqini regulyatsiya qilish 
(boshqarish)ning ongli hamda motivatsion usuli sifatida (tariqasida) iroda 
gavdalanadi, namoyon bo‘ladi. 
2.3. O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy 
sifatlari   haqida .
Muhammad Rizo Ogahiy o‘tmishdagi olimlarning ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi 
fikrlaridan foydalanib, o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib, ijtimoiysiyosiy hamda 
pedagogik masalalarni hal etishga harakat qiladi. U inson xarakteri to‘g‘risida fikr 
yuritar ekan, uning ijtimoiy mavjudot ekanligini, qolaversa, u faqatgina jamiyatda, 
jamoada ijtimoiy munosabatlarning natijasida kamol topishini uqtiradiOgahiy 
yoshlarning ilm olishi xarakterining ijobiy xususiyatlarini shakllantirishning omili 
ekanligini tushuntiradi.Muallif insonning umumiy tushunchalari mohiyatini 
tushunishi faqat aqliy rivojlanishi bilan ro‘y beradi, deb hisoblaydi hamda aql 
rivojlanishi natijasida inson tashqi dunyoni va ijtimoiy hodisalarni bilishi 
30 mumkinligini alohida ta’kidlaydi.Mutafakkirlar ta’limotini o‘rganish orqali 
pedagogika kolleji o‘quvchilari xarakterida intellektual va irodaviy xususiyatlarni 
shakllantirish mumkin. Ularning ichida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” 
dostonida komil inson va ezgulik, adolat, ma’rifat va odob-axloq haqidagi g‘oyalar 
Kuntug‘di, Oyto‘ldi, O‘g‘dulmish, O‘zg‘urmish obrazlari orqali gavdalangan .Axmad
Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” dostonida ilmni qadrlaydi, ilmni kishiga baxt-saodat 
yo‘llarini ochuvchi omil sifatida tasvirlaydi, rostgo‘ylik, to‘g‘ri so‘zlikni olqishlaydi, 
johillik, chaqimchilik, laqmalikni inson boshiga g‘am-g‘ussa keltiruvchi illat sifatida 
qoralaydi. Uning asarlaridagi ilm o‘rganish, o‘zini tutib, johillik qilmaslik haqidagi 
fikrlar shaxsda intellekt va irodani shakllantirishga undashni anglatadi. Uningcha, 
aqliy va irodaviy sifatli kishilar ilm-fanga intiladi va boshqa odamlar o‘rtasida o‘zini
tutib, ijobiy xarakter xususiyatlarini ko‘rsatadi.Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar 
shahri” asarida yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida fikr bildirib, yaxshilik baxt-saodat 
keltirishini, yomonlik esa kishiga baxt-saodat keltirmasligini aytadi .Forobiy 
talqinicha, Fozil inson tushunchasi komil inson tushunchasiga sinonim bo‘lib, 
shaxs xarakterida intellektual-irodaviy sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishga 
e’tibor qaratilishi lozim. CHunki fozil odamlarda bu xususiyatlar shakllanishi davr 
taqozosidir.
Abu Nasr al-Forobiy inson shaxsi shakllanishi, xarakteri rivojlanishi, inson kamoloti
masalasi ustida Bitiruv malakaviy ishlar olib boradi . «Insonga, -deydi al-Forobiy, - 
uning oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishiga yordam beradigan kuchlari, 
qobiliyatlari va o‘rgangan harakatlari inson yaxshiligidir. Insonga uning oldiga 
qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishiga halaqit beruvchi kuchlari, qobiliyatlari va 
o‘rgangan ixtiyoriy harakatlari inson yomonligidir».
Al-Forobiy nazariy bilimlarni o‘rganishga kirishgan har bir insonning axloq-odobi 
31 ham yuksak darajada pok bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, bunga xulqaxloqni faqat 
so‘zdagina emas, balki haqiqatda tozalash orqali erishish mumkin. Xato va 
adashishdan saqlovchi, haqiqat yo‘lini tutib olishga boshlovchi nafsni, jonini, 
ruhini tozalash zarur ekanligini uqtiradi.Abu Rayhon Beruniyning ta’lim haqidagi 
fikrlarini o‘rganish, eng avvalo, uni ilm olish va bilishdagi ta’lim uzviyligi, o‘qish, 
o‘qitish, o‘quv qurollari, yozuv belgilari haqida aytgan fikrlari yuksak did mahsuli 
ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. Beruniy jahon fanida ham 
birinchilardan bo‘lib, qiyosiy tarbiyaga oid fikrlar bildirgan.Beruniy o‘zining ta’lim-
tarbiyaga oid qarashlarini asosan “Qadimgi xalqlarning yodgorliklari”, “Hindiston”,
“Mineralogiya” kabi asarlarida bayon etgan. SHuningdek, Beruniy ta’lim-tarbiyaga 
o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg‘ulotlar davomida ularning zerikib 
qolmasligi uchun bilim berishning turli yo‘llari, shakl va uslublari ustida shunday 
yozadi: “Bizning maqsadimiz o‘quvchini toliqtirib qo‘ymaslikdir. Hadeb bir narsani 
o‘qiy berish zerikarli bo‘ladi va toqatni toq qiladi. Agar o‘quvchi bir masaladan 
boshqa bir masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek 
bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas boshqa bir bog‘ boshlanadi. Kishi ularning 
hammasini ko‘rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat 
bag‘ishlaydi”, deb behuda aytmaganU insonda doimo intellektual sifatlar 
yangiliklarni bilishga qiziqish mavjudligini ta’kidlaydi. Beruniy mazkur jarayonda 
inson xarakterining intellektual-irodaviy sifatlarini shakllantirish va 
rivojlantirishning shart sharoiti va mexanizmlarini yaqqol ko‘rsatib 
beradi.Kaykovus “Qobusnoma”da dunyoda insonning bilmagan narsasi yo‘qligini 
ta’kidlab, uni tabiat olamida buyuk bir dunyo deb biladi va har bir narsani ongidan 
o‘tkazuvchi qudratli aqlga, intellektga ega ekanligini ta’kidlaydi. Insonning zaruriy 
xususiyati haqida shunday fikrni uqtiradi: «Suqrot hakim degan ediki, hunardan 
32 yaxshiroq narsa yo‘qdir, badxo‘ylikdan yomonroq narsa yo‘qdir». Kaykovus 
yoshlarni mard juvonmard bo‘lishga undab, juvonmardlikni uch asosiy guruhga 
bo‘lib: «biri - aytgan so‘zingni o‘zing bajarsang, ikkinchisi - to‘g‘rilikka ixlos qilsang,
uchinchisi - xayrni ko‘zda tutsang», - deydi va bu xislatning inson xarakteri 
shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Kaykovusning 
fikrlari inson xarakterining ijobiy sifatlarini shakllantirish to‘g‘risida boradi. Bunda 
tanqidiy fikrlash, mustaqil fikrlash, mahsuldorlik, 
irodaviy sifatlar  - o‘zini tuta bilish, botirlik, matonatli bo‘lish haqida mulohaza 
bildiriladi. Mazkur sifatlar inson xarakterida shakllansa, u barkamol inson bo‘lib 
yetishadi.Axloqshunos Ar-Roziy kishilardagi manmanlikni qoralab, undan xalos 
bo‘lish uchun ham boshqalar bilan o‘zini taqqoslab ko‘rishni maslahat beradi. 
Biroq inson o‘zining ijobiy fazilatlarini ko‘ra olmasligi va shu bois o‘zini yerga urishi
ham jiddiy nuqson. Ar-Roziy hasadgo‘ylik, serjahllik illatlari inson hayotida salbiy 
ahamiyat kasb etishidan odamlarni ogohlantiradi. Ayniqsa, yolg‘onchilik shunday 
illatki, u odamni sharmanda qilib, boshqalarning unga nisbatan nafrat bilan 
munosabatda bo‘lishiga, birodarlari ishonchining yo‘qolishiga olib keladi.Ar-Roziy 
befoyda, tushkunlikka tushiruvchi o‘y-xayollardan uzoq bo‘lishga shaxsni 
chaqiradi. Salbiy sabablar kishiga o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarishiga xalaqit 
beradi. Dono odam esa vaqti-vaqti bilan dam olib, xursandchilik qilib, kayfiyatini 
ko‘tarib turadi. Xafaqonlik kishi ruhini tushirib, uni umidsizlik sari yetaklaydi. 
Bunday kayfiyatdan qutilishi uchun kishi sodir bo‘lgan yoki kutilayotgan quvonchli 
voqea-hodisalarni ko‘z oldiga keltirishi, o‘zini ovutadigan bir faoliyat bilan 
shug‘ullanishi joiz.Al-Xorazmiy kishilarning xush axloqli, ijobiy sifatlar, fazilatlar 
sohibi bo‘lishi tarafdori. Uning fikricha, har kim uz fe’liga yarasha hurmat-e’tibor 
qozonadi, yuksaklikka ko‘tariladi. Boshqalarga yaxshilik qilish, sahiy, muruvvatli 
33 bo‘lish barchaning vazifasi ekanligini uqtirib, alloma «Yaxshilik shon-shuhratga 
o‘xshaydi. Boshqalar undan qancha xazar qilsalar-da, muruvvatli kishi shonshuhrat
topadi», - deydi.Abu Bakr Ar-Roziy kabi al-Xorazmiy ham g‘azablanish, 
xafagarchilik qanday noxush oqibatlarga olib kelishini aytadi: «G‘azab hurmat-
ehtiromni unutishga, xayrli ishlarni yo‘qqa chiqarishga xizmat qiladi». Bunda inson
xarakterining salbiy illatlari tanqid qilinadi va ijobiy sifatlar rivojlanishi komil inson 
shaxsi shakllanishining omili ekanligi dalillanadi.Firdavsiy 30 yildan ortiqroq vaqt 
davomida yozgan «SHohnoma» asarida halol mehnat, axloqiy poklik, odil podshoh
g‘oyalari kuylanadi. Asarning «Rustam va Suhrob» qissasida Firdavsiyning axloqiy-
ma’rifiy qarashlari mujassamlashgan.Imom al-Buxoriy asarlarida inson xarakteriga 
ta’sir etuvchi ikkinchi vositadir, deb aytish mumkin Ibodat deganda faqatgina 
namoz o‘qish, ro‘za tutish, zakot berish va haj amallarini bajarishgina bo‘lmasdan, 
balki sabr-toqatli bo‘lish, nafsni tiyish, tozalikka rioya qilish va yomon illatlardan 
saqlanish nazarda tutiladi. Bu fikrlarning barchasi inson xarakterining irodaviy 
xususiyatlarini shakllantirishdan iboratdir.Ibn Sinoning nuqtai nazaricha, yaxshilik 
va yomonlik, lazzat va alam atamalari asosiy axloqiy kategoriyalar hisoblanadi. 
Asosiy axloqiy qadriyat adolat hisobalanadi. Ibn Sinoning qo‘zg‘atuvchilar haqidagi
fikrlari qiziqarlidir. U qo‘zg‘ovchilarni uchta turga ajaratadi.
1. Instinktlar bilan paydo bo‘ladigan hissiy qo‘zg‘ovchilar (jinsiy hirs, berilish, 
mazali ovqatga istak, chiroyli kiyimga istak).
2.G‘azab va boshqa kuchli ma’naviy hislar bilan paydo bo‘ladigan qo‘zg‘ovchilar 
(qo‘rqish, ayta olmaslik, alam, nafrat, hasad, rashk).
3. Ongli qo‘zg‘ovchilar (jiddiylik, o‘zini tuta bilsh, adolatlilik, donishmandlik).
Ongli qo‘zg‘ovchilar bilan bog‘langan insonning asosiy ijobiy sifatlariga Ibn Sino 
quyidagilarni, ya’ni o‘zini tuta bilish, donishmandlik va botirlikni kiritadi. Bu uchta 
34 ijobiy sifat jamlanganda adolatlikni tashkil qiladi. Agar insonda shunday sifatlar 
mavjud bo‘lsa, unda u o‘zining instinktlarini jilovlab, o‘zida yaxshilik boshlanishini 
mustahkamlaydi, shuning bilan haqiqiy-ma’naviy lazzatlanish tus oladi. Ong esa 
narsalarni aohida ko‘radi, - deb yozadi Ibn Sino. Qanday bo‘lsa shundayligicha yoki
hech ham ko‘rmaydi. Hissiyot esa, qo‘pol va o‘zgargan holda idrok qiladi, ong esa 
o‘zgarmagan aks etishni idrok qiladi. Ong yaxshilik, tartiblilik va baxt nimadan 
kelib chiqishini ko‘radi. Bu o‘rinda aniq ko‘rinib turibdiki, Ibn Sino axloqning va 
axloqiy tarbiyaning asosiy muammolariga ratsional yondashgan. Tarbiya 
hammadan oldin insonda predmet va hodisalarga ongli yondashuvni shakllantirish
kerak, chunki aynan ong yaxshilik, ko‘ngilchanlik, tartiblilik va butunligicha inson 
baxtining asosida yotadi.
35                                         
                                   XULOSA  
O‘qituvchi bolaning irodaviy fazilatlari, shuningdek, turli xil xususiyatlarning 
shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Bolalar ko‘pincha o‘qituvchining xatti-
harakatlariga taqlid qilishga intiladi.Bolaning jismoniy tarbiyasi bolaning irodasini 
rivojlantirishga birdek muhim ta’sir ko‘rsatadi. Kattaroq yoshda irodaviy 
fazilatlarning shakllanishi to‘xtamaydi. Ular mehnat faoliyatida eng yuqori 
rivojlanishga erishadilar.
Irodaviy tartibga solishning rivojlanishi bir necha yo‘nalishda sodir bo‘ladi:
1. Ixtiyorsiz psixik jarayonlarni ixtiyoriy jarayonlarga aylantirish.
2. Xulq-atvor ustidan nazoratni qo‘lga kiritish.
3. Irodaviy sifatlarni rivojlantirish.
Bu jarayonlarning barchasi bola nutqni o‘zlashtira boshlagan paytdan 
boshlanadi.Ushbu sohalarning har birida ixtiyoriy tartibga solishning rivojlanishiga 
hissa qo‘shadigan o‘ziga xos transformatsiyalar sodir bo‘ladi. Masalan, iroda 
kognitiv jarayon sifatida birinchi navbatda tashqi nutqni tartibga solish shakli 
sifatida ishlaydi, keyin esa nutq ichidagi jarayonning shakli sifatida ishlaydi. 
Xulqatvorda dastlab ixtiyoriy nazorat faqat alohida qismlarning ixtiyoriy 
harakatlariga taalluqlidir, keyin esa u harakatlarning murakkab majmuasiga 
36 aylanadi. Rivojlanishda birlamchi sifatlardan tizimli sifatlarga o‘tish sodir 
bo‘ladi.Bundan tashqari, inson ongli ravishda o‘z oldiga erishish qiyin bo‘lgan 
maqsadlar va ixtiyoriy harakatlarni talab qiladigan vazifalarni qo‘ysa, irodaviy 
fazilatlarni rivojlantirishning yana bir yo‘nalishi mavjud.Bolalarda xulq-atvorni 
ixtiyoriy tartibga solishning rivojlanishi intellektual daraja, shaxsiy va motivatsion 
aks ettirishning namoyon bo‘lishi bilan ham bog‘liq. Shu munosabat bilan umumiy 
psixologik rivojlanishga e’tibor bermasdan, irodani tarbiyalash maqsadga muvofiq 
emas.Bolalarda irodaviy fazilatlarni rivojlantirishda maktabgacha yoshdagi 
faoliyatning etakchi turi sifatida o‘yin alohida rol o‘ynaydi. Har xil turdagi o‘yinlar 
irodaviy fazilatlarni rivojlantirishga o‘ziga xos hissa qo‘shadi. Mavzu o‘yinlari 
o‘zboshimchalik bilan tartibga solishning rivojlanishiga yordam beradi. Syujetli 
rolli o‘yinlar bolada zarur bo‘lgan kuchli irodali fazilatlarni o‘rnatadi. Kollektiv 
o‘yinlar harakatlarni o‘z-o‘zini tartibga solishni kuchaytiradi. Doktrina kognitiv 
jarayonlarni o‘zboshimchalik bilan o‘z-o‘zini tartibga solishni rivojlantirishga eng 
katta hissa qo‘shadi.
     Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2003. - 38 
37 b. 
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, 1997 yil 29 avgustda 
qabul qilingan. “Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyoti poydevori” –Toshkent: 
“Sharq” nashriyot-matbaa kontserni, 1997. – 20-29 b. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. –Toshkent: 1997. 
4. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 1997.
- 35 b. 
5. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 1998. -35 b. 
6. Karimov. I.A. Yuksak ma’naviyat-Yengilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 
200. – 123 b. 
7. Abdullaeva SH.A. O‘spirinlarning tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish va
xulqidagi nuqsonlarni korrektsiyalashning pedagogik asoslari: Pedagogika fanlari 
doktori darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtorefati. -O‘ZPFITI, 2005. -
15-20 b. 
8. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 5 jildlik saylanma. 4-jildi. –Toshkent: “Xalq 
merosi”, 1993. -300-304 b.   
                                 SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YONALISHI
  209-guruh talabasi Kalonov Akbarxo‘janing "Iroda
 psixologiyasi "  mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
38 __________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Ilmiy rahbar:   ________________________ Akilov Faridun Firdavsovich.
39

IRODA PSIXOLOGIYASI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………...............................................………...…….. 4 I.BOB. IRODA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA………...............................……........5 1.1. Iroda haqida umumiy tushuncha……………………………..........................…......5-13 1.2. Iroda va o‘zlikni anglash ……….……………………….…....................................…14-22 1.3. Irodaning psixologik talqini…………………………..................................…………23-27 II.BOB. IRODANING AMALIY JIHATDAN O‘RGANISH ……...........................….....28 2.1. Iroda borasidagi nazariyalar…..……………………………........................………….29-32 2.2. Irodani o‘rganinshning yangi qirralari ……………………….....................……...33-35 2.3. O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy sifatlari haqida….…........36-41 Xulosa……………………………………………………..........................................………….……42-43 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………................................……..……….. 44 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Asarida “Iroda – bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o‘ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi. Shuning uchun ham yuksak irodali insonga suyanish mumkin. Bunday kishilar boshingizga biror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo‘lsa, loqayd qarab turolmaydi. Hech ikkilanmasdan, yoningizda turib, qo‘lidan kelganicha yordam berishga, qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda yengishga harakat qiladi” deb ta’kidlaganlar.1Shuningdek, birinchi Prezidentimiz o‘z fikrlarini yanada rivojlantirib mazkur asarlarida yana shunday yozadilar: “Bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo‘nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana shunday asosda yoshlarni o‘z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin”. 1Psixologiya fanidagi irodaga taalluqli ta’riflarni umumlashtirgan holda uni mana bunday shaklda tavsiflash mumkin: “Iroda – bu shaxsning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvori va muomalasini ongli ravishda tashkil qilishi, o‘zgartirishlar kiritishi hamda o‘zini o‘zi boshqarishi demakdir. Iroda – bu shaxs faoliyati, muomalasining alohida shakli, sub’ekt xulq-atvorini tashkil etishning u 2

tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan o‘ziga xos turidir. Iroda tabiat, jamiyat, shaxs kamoloti qonuniyatlarini egallab oladigan va shu tariqa ularni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan shaxsning mehnat, o‘yin, o‘quv faoliyatida, muomala jarayonida, xulq-atvorida paydo bo‘ladi”. O‘smirlar xarakterning irodaviy xususiyatlarini shakllantirish muammosining dolzarbligi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning amalga oshirilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu muammo mamlakatimizning Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, Oliy Majlis sessiyalarida va psixologiyaning sohasiga oid adabiyotlarda ko‘p marta yoritilgan. 1-Prezidentimiz o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» va «O‘zbekiston yangilanish va taraqqiyot yo‘lida» nomli asarlarida ko‘rsatib o‘tganidek, O‘zbekiston Respublikasi kishilarining ruhiyatini shakllantirishga jiddiy ta’sir qiladigan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda Mazkur nuqtai nazardan har bir o‘quvchida shaxs fazilatlarini shakllantirish jarayoniga, ayniqsa, uning irodaviy sifatlarni tarkib toptirishga jiddiy e’tibor qaratish orqaligina ijtimoiy taraqqiyotning barqarorligini ta’minlash mumkin Kurs ishining ob’ekti: Irodaning amaliy jihatdan o‘rganish haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Kurs ishining maqsadi: Iroda haqida umumiy tushuncha, Irodaning amaliy jihatdan o‘rganish haqida. Kurs ishining vazifalari: a) Iroda haqida umumiy tushuncha; b) Iroda va o‘zlikni anglash; c) Irodaviy harakatlarning sifatlari; 3

d) Irodani o‘rganinshning yangi qirralari; e) O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy sifatlari haqida. Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi tarkibi Kirish, 2 ta bob, 5 ta bo‘limdan, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I BOB. IRODA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 1.1. Iroda haqida umumiy tushuncha Psixologlarning ma’lumotlariga qaraganda, “Men”lik insonning atrofmuhit hamda shaxslararo munosabatlarida vujudga keladi. Lekin “Men”likning tarkib topishi, uning fikr yurituvchanligi ruhiyat rivoji ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Inson atrof- muhit bilan shaxslararo munosabatlar mazmunidan iborat. SHuningdek, u munosabatlar to‘g‘risida fikr yurita olishlik imkoniyati ifodasidir. S.L.Rubinshteyn bilan K.A.Abulbxanova-Slavskayalar ikkala asosning qaysi birisi yetakchiligi haqidagi muammoni o‘ziga xos tarzda hal qilishga intiladilar. Lekin uning yechimida ong qachon va qay tarzda qanday sabablardan kelib chiqqan holda o‘zini ob’ektivlashtiradi va qaysi yo‘sinda o‘zini o‘zi anglaydi, degan masala markaziy o‘rin egallaydi. O‘zaro munosabatlar qoidalar va talablar doirasida kechishining zarurligi ongni o‘zini o‘zi boshqarishga majbur qiladi. Bunda ong o‘zidagi ixtiyorsizlikni tizginlaydi, lekin tizginlash ongning shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘lishi ularga ta’sir ko‘rsatishni tahlil qilish natijasida 4

vujudga keladi. Tahlil qilish natijasida ijtimoiylik insonning ongiga, ruhiyatiga kirib boradi. Bunda ong o‘zini o‘zi anglash hamda boshqarishning manbai bo‘lib qoladi. Oxir oqibatda insonning ijtimoiylashuvi deyilganida, uni ongining ijtimoiylashuvini nazarda tutadi. SHu tariqa o‘zini o‘zi anglashning ijtimoiylashuvdagi o‘rni, roli tushuntiriladi.SHunday qilib, o‘zini o‘zi anglash jarayonida ruhiyat (psixika) bilan ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) o‘rtasida muttasil o‘zaro munosabatlar vujudga keladi. Munosabatlarning o‘zaro muvofiqligi yoki nomuvofiqligi ta’sirida “Men”likning xususiyati va uning mohiyati ro‘yobga chiqadi.SHuning uchun insonda o‘zini o‘zi anglash maqsadga muvofiq tarkib topmas ekan, oldiga qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajara olmaydi. Irodaviy zo‘r berish maqsad ob’ektiga yo‘naltirilmasa, o‘zini o‘zi anglash muvaffaqiyati to‘g‘risida mulohaza yuritish ham mumkin emas. O‘smirlarda o‘zini anglashning rivojlanishi ularning o‘z xatti- harakatlarini anglashdan boshlanadi ( oldin ayrim qiliqlarini, undan so‘ng barcha xatti-harakatlarini butunligicha anglashlaridan boshlanadi), undan so‘ng o‘zlarining sifatlarini, xarakterlarini va o‘z qobiliyatlarini anglashdan boshlanadi. Dastlabki paytlarda o‘smirlarni o‘zini anglashi asosida u haqida boshqa odamlarning kattalarning (o‘qituvchilar, ota-onalarning), jamoaning va o‘rtoqlarining mulohazalari yotadi. Kichik yoshdagi o‘smir o‘ziga go‘yo atrofdagi odamlarning ko‘zi bilan qaraydi. Yosh ulg‘ayishi bilan o‘z shaxsini mustaqil tahlil qilish va baholash holatlari boshlanadi. O‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘smir shaxsining hamma sifatlarini ham bir vaqtni o‘zida anglay boshlamaydi. Dastavval ta’lim faoliyatini bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan sifatlar (mehnatsevarlik matonat, diqqatlilik, tirishqoqlik.) anglana boshlanadi. Undan so‘ng boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatlarni ifoda-lovchi sifatlar (o‘rtoqlik hissi, mehribonlik, vazminlik, qaysarlik xissi) anglanadi. Undan ham keyin o‘z- 5