logo

Muloqot psixologiyasi

Yuklangan vaqt:

27.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.1044921875 KB
Muloqot psixologiyasi  
MUNDARIJA 
KIRISH.......................................................................................5
I.BOB. MULOQOT PSIXOLOGIYASINING PREDMETI, 
MAQSAD VA VAZIFALARI........................................................6
1.1 Muloqot haqida umumiy tushuncha...............................6-9
1.2 Muloqot psixologiyasining maqsadi va vazifalari......10-17
II.BOB. MULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI......18
2.1  Go‘daklarning kattalar bilan bo'ladigan muloqoti.....18-28
2.2 O‘smirlarning kattalar bilan bo'ladigan muloqot.i......29-34
XULOSA..............................................................................34-36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..........................................37
1                                                        
                                                        KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.  O'z mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan 
Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida 
tarbiyalash — dolzarb va ustuvor vazifalardan biri. Hozirgi kunda respublikamizda 
amalga oshirilayotgan islohotlarning rivoji yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, 
shaxsiy barkamolligiga ham ko‘p jihatdan bog'liq. Bu vazifalarni amalga oshirish 
insoniy o'zaro munosabatlarda demokratik tamoyillaming teran tafakkur etishni 
taqozo etadi. Insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o'ziga xos va har 
bir millat psixologiyasiga mos holda qaror topgan. Ushbu o'quv qo'llanma 
jamiyatning yangilanishi davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro'y berayotgan 
o'zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi. /Rivojlanib 
borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil insonlami voyaga yetkazish 
masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri 
muloqot madaniyatidir. Yetarlicha shakllanmagan muloqot madaniyatisiz sog'lom 
ijtimoiy munosabatlami o'matish mushkul.)Muloqot bilan bog'liq muammolar 
psixologiya fanida chuqur o'rganilgan. Unga tayanib insonning ruhiy taraqqiyotini, 
uning atrofdagilar bilan bo'ladigan aloqasini, individning shaxs bo'lib shakllanishini
muloqotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki 
muloqot ham insonning o'ziga xos ehtiyojlaridan biri. Insonning go'daklik va 
o'smirlik davrlarida muloqot yetakchi, ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning 
shakllanishiga bevosita ta’sir ko'rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi.
"Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot 
yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun 
birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson 
xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular 
interiorizatsiyalanadi. Muloqot davomidaijtimoiy va shaxsiy munosabatlar amalga 
oshadi, uning vositasidahamkorlikdagi faoliyat ro'yobga chiqariladi.
2 Muloqot psixologiyasi sohasidagi bilimlarni yoshlar, ayniqsa,bo'lajak 
o'qituvchilarga yetkazish ularning psixologik savodxonliginioshiradi, ma’naviy-
axloqiy tarbiyasini yuksaltirishga, bo'lg'usipedagogik faoliyatlarini muvaffaqiyatli 
amalga oshirishga yordam beradi.
Kurs ishining obyekti.  Shaxslarda muloqotchanlik darajasini aniqlash.
Kurs ishining predmeti.  Muloqot tushunchasiga psixologik yondashgan 
olimlarning tadqiqotlari.
Kurs ishining vazifalari:
 Muloqot tushunchasiga tarif berish;
 Muloqot nazariyalarini o‘rganish;
 Turli yosh davrlarida muloqotning shakllanishini o‘rganish;
 Muloqot jarayonini ahamiyati haqida ma'lumot berish.
Kurs ishining tarkibi:  Mazkur kurs ishi kirish, xulosa , foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxati, 2bob va 4bo‘limda iborat.
I.BOB. MULOQOT PSIXOLOGIYASINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI
3 1.1 Muloqot haqida umumiy tushuncha
Muloqot psixologiyasining predmeti — muloqot madaniyati, muloqot texnikasi, 
muloqot etikasini o'rganishdan iborat. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan 
jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish 
ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining 
eng asosiyunsuri hisoblanadi.
Psixologiya lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi:
1. Muloqot — hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolanganaloqa o'matish va
uni rivojlantirish jarayoni;
2. Muloqot — belgilar tizimi orqali subyektlaming o'zaro ta’sirlashuvi.Muloqot — 
odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridankelib chiqadigan bog'lanishlar 
rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir.Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat 
ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda 
munosabatning kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi.Muloqot
tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak.
Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini
anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar 
bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat 
insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar 
bilan muloqotda va munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, 
ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning 
ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat
davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. 
4 Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir. Kishilar munosabatga 
kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati 
munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati — nutq jarayonida 
faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. 
Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta 
olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal uni hurmat 
qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida 
kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va 
perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. Har bir kishining o'z 
«Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning 
hayot yo'llari awal oilada, bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, 
ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz 
qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Kimlar bilandir bo'lgan muloqotdan 
qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik faoliyatda 
muhim o'rin tutadi.
Muloqot psixologiyasining psixologiyaning boshqa tarmoqlari bilan bog‘liqligi.
Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda 
rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog'liq. Pedagogik 
muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o'q ituvchi va 
o'quvchi munosabatlari, o'qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta’lim-tarbiya 
jarayonlarini boshqarish muhim o'rinni egallaydi.
Ijtimoiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi muhim o'rin 
tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning tarkibidagi har bir elementni 
5 alohida tahlil qilish imkonini beradi. Muloqotning asosiy tarkibi quyidagi 
elementlardan tashkil topgan, deb hisoblanadi.
Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi axborot 
almashinuvidan, interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining o'zaro 
ta’sirlashuvidan, perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining muloqot 
jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat.Ijtim oiy psixologiya turli ijtim 
oiy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bo'lishi, katta guruhlar — jamoalarning 
kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni o'rganadi. Boshqaruvda rahbarlarda nutq 
qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot
psixologiyasini bilish zarur.Muloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta 
ahamiyatga ega. Din psixologiyasi diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va 
ijtimoiy asoslari,vazifalari, tizimi, diniy his-tuyg‘ular, diniy guruhlar psixologiyasini 
o'rganishda albatta muloqot xususiyatlari, muloqot madaniyatini bilishga 
asoslanadi. Demak, muloqot psixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan 
bog'liq holda rivojlanadi.
Milliy g ‘oya asosida muloqotning shakllanishi
Milliy psixologiyaning asosiy vazifasi yoshlar ongida milliy g'oyani shakllantirishdir.
Bunda muloqot katta ahamiyatga ega.Respublikamizda istiqbolda amalga 
oshirishga mo'ljallangan g'oyalar mavjud. Ular vatanimiz taraqqiyotini belgilab 
beruvchi istiqbol dasturi vazifasini bajarib kelmoqda. Bu g'oyalar:
1) O'zbekiston kelajagi buyuk davlat;
2) O'zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatini barpo etish;
3) fuqarolar ongini ma’naviyat mash’ali bilan yoritish;
4) mustaqil fikrlovchi, faol, fidoiy kishilarni tarbiyalash;
6 5) komil insonni kamol toptirish kabilardir.
Vatanimizning milliy g'oyasi barcha millatlar, uchun umumiydir.Milliy g'oya 
fuqarolarning diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar baxtli turmush, 
farovon hayot, o'zaro totuvlik, mustaqillik tuyg'usiga sadoqat, ezgu niyatlari 
ushalishini kafolatlaydi. Milliy g'oyani bolalar ongiga yoshlikdan singdirish darkor. 
Bog'cha yoshidagi bolalarga ham faqat yodlatish orqali mashg'ulotlami 
o'tkazmasdan, trening mashg'ulotlardan, ayniqsa, muomala treningidan ko'proq 
foydalanish maqsadga muvofiq. Turli yoshdagi bolalar bilan muloqot treningini 
tashkil etishda, yosh xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Muloqot treningida 
«Vatan nima?», «Ona zamin degani nima?», «Biz nima uchun yashaymiz?» kabi 
muammoli savollarni o'rtaga tashlab, bolalar ongiga milliy g'oyani, milliy g'urumi 
singdirish mumkin.Milliy tamoyillarini shakllantirish uchun quyidagi usullardan 
foydalanish ijobiy natija beradi:
1. Madhiyani maromiga yetkazib ijro etishga e’tibor berish; 2. Vatanimiz 
bayrog'iga ta’zim qilishga o'rgatish;
3. «Biz Vatan farzandimiz» mavzusida ko'rik-tanlovlar o'tkazish;
4. Jamiyatning faol kishilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
5. Muzeylarga sayohat uyushtirish kabilar.
1.2 Muloqot psixologiyasining maqsadi va vazifalari
O'zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin davlat va jamiyat hayotida 
birmuncha ijobiy o'zgarishlar yuz berdi, bu borada asosiy islohotlar m illiy 
7 istiqloldan so‘ng amalga oshirildi. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir 
qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar 
davom etmoqda, o‘zbek tilining musaffoligi, aniq va lo'ndaligi, mantiqiyligi, 
ohangdorligi va silliqligi muloqotda o'z ifodasini topa olmayapti. Natijada 
uzatilayotgan fikrlami idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining 
asosiy maqsadi, awalo yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishdir. Shuningdek, 
o‘qitish jarayonida bo'lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala 
odobini singdirish, guruh va jamoalarda o'zaro munosabatlami muloqotni 
shakllantirish orqali yaxshilashdir.
Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o'z ifodasini topadi:
1) hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o'zaro ta’sir va muloqot 
qonuniyatlarini o'rganish;
2) Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish;
3) o'quvchini faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab 
o'tish;
4) o'quvchilarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni 
shakllantirish;
5) shaxslararo munosabatlami muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish;
6) o'zaro ta’sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish.
Bundan tashqari muloqotning inson ijtimoiy hayotida bajaradiganvazifalari 
(funksiya) ham mavjud. Muloqot funksiyalari xilma-xil bo'lib, eng keng tarqalgan 
tasnifga ko'ra ular quyidagilardan iborat: (B.F. Lomov taklif etgan tasnif):
l.Informatsion-kommunikativ funksiya — axborot almashinuvini ta’minlash 
vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali amalga oshiriladi. 
Odatda verbal (unda belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal (unda 
8 nolisoniy belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya farqlanadi. Noverbal 
kommunikatsiya bir necha shakldan iborat:
— kinetika (imo-ishora, mimika, pantomimika);
— paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari, pauzalar);
— proksemika (masofa va vaqt me’yorlari);
— vizual aloqa (ko'zlar orqali aloqa);
— takesika (jismoniy aloqa).
Ba’zida muloqotdagi individlaming hidlari ham o'ziga xos belgilar tizimi sifatida 
baholanadi.
2. Regulatsion-kommunikativ funksiya — suhbatdoshlar xulqatvorining regulatsiya
qilinishi (boshqarilishi)ni ta’minlash vazifasi. Kishilar muloqot jarayonida verbal, 
jismoniy, noverbal yo'llar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul 
qilishiga ta’sir o'tkazishi, biror
harakatga undashi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga 
stimullashtiruvchi va korreksiyalovchi tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
3.Affektiv-kommunikativ funksiya — inson emotsional sohasining regulatsiya 
(boshqarish) qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining
eng muhim determinantasidir. Chunki turlituman emotsional holatlar muloqot 
jarayonida paydo bo'ladi va o'zgaradi.L. A. Karpenko taklif etgan tasnifga ko'ra 
muloqotning quyidagi vazifalari ajratiladi:
— aloqa o'rnatish vazifasi — suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash;
— informatsion vazifa — suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va 
rejalami almashish;
— faoliyatga undash — suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish 
9 (rag'batlantirish);
— koordinatsion vazifa — suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish 
va uni amalga oshirishdagi harakatlarni muvofiqlashtirish;
— tushunishni ta’minlash vazifasi — suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini 
tushunish;
— amotiv vazifa — suhbatdoshda muayyan hissiyotlami uyg'otish hamda ularni 
o'zgartirish;
— munosabat o'rnatish vazifasi — munosabatlar tizimidagi shaxsiy o'rinni, 
mavqeni aniqlash;
— ta’sir ko'rsatish vazifasi — suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, 
maqsadlarini o'zgartirish.
Demak, muloqot murakkab polifunksional ya’ni ko'p vazifali hodisadir.Biz bo'lajak 
mutaxassislarda quyidagi muomala xususiyatlarini shakllantirishimiz zarur:
— muomala madaniyatining nazariy asoslari;
— shaxslararo munosabatlar qonuniyatlari;
— pedagogik muloqotning qonuniyatlari;
— oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo'yiladigan asosiy talablar haqida 
tasawurga ega bo'lish;
— shaxsda muloqot shakllanishini o'rganish;
— muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish;
— shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish;
— muloqot xossalarini bilish va qo'Ilay olish;
— guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o'tkazish;
— oilada muloqot madaniyati, muloqot xossalaridan boxabar bo'lish;
10 — muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil 
etish yuzasidan ko'nikmalar hosil qilish.
Muloqot — ijtimoiy psixologik voqelik sifatida
Muloqot — shaxslararo munosabatlarning asosiy ko'rinishi bo'lib, uning 
yordamida odamlar bir-birlari bilan o'zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, 
o'zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir o'tkazadilar, bir-birlarini his 
qiladilar, tushunadilar.Shuning uchun muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida 
ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining 
moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida 
vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlami maqsadga muvofiq 
ravishda qondirish muloqot maromiga bog'liq bo'lib, shaxslararo munosabat 
barkamol avlod, komil inson g'oyalari qaror topishiga xizmat qiladi. Muloqot 
muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, 
xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi fazilatlar, 
sifatlar namoyon bo'lishi, rivojlanishi hisoblanadi.
Muloqot tashqi ijobiy ta’sirlar, namunalar asosida o'zini o'zi tuzatish, qayta 
tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ro'yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, 
komillik sari yetaklaydi.
Barkamol insonlaming muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga 
kirishish uquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyatiga boshqa odamlar ham taqlid 
qiladi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar o'rtasidagi 
shaxslararo munosabat jarayonida g'ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli 
tayanish — o'zini-o'zi mukammallashtirish, ro'yobga chiqarish, boshqarish, 
baholash, o'zigao'zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot 
11 bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda bosqichma-
bosqich egallab borish — bo'lg'usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda 
barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi — o'zini-o'zi ortiqcha yoki past 
baholash tufayli o'ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto'g'ri munosabatdir. 
Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo'lib, asosan, quyidagilarga ahamiyat 
berish ijobiy samara beradi:
1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizim i orqali muloqot jarayonining barcha 
a’zolari o'rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni 
taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish;
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay mavqeini 
ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to'g'risidagi 
axborotni egallashiga oid maxsus mashg'ulotlarni uyushtirish.
4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo'ljallangan ishbilarmonlik 
o'yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.L. S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. 
Luriya, D.B. Elkonin tadqiqotlariga ko‘ra, bolaning dastlabki ijtim oiy ehtiyojlaridan
biri bu— muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V. Zaporojes va M .l. Lisina 
izlanishlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish 
ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlarda rivojlanib boradi:
1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo'ladi;
2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug'iladi;
3) awalgi barcha ehtiyojlarning kattalar tomonidan hurmat qilinishiga ehtiyoj 
tug'iladi;
4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o'zaro bir-birini 
12 tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Inson o'zini idora qilish, turli vaziyatlarda o'zini tutish fazilatlari o'zlashtirilayotgan 
davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik jarayonida ma’lum yutuqlarga 
erishadi:
1. Ijtimoiy hodisalaming tashqi voqe bo'lishi ichki ruhiy holat va uning mazmunini 
aks ettirib ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur jarayon yuzaga keladi.
2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi obyektlarga yo'naltirilganligi va to'planganligi tu
rli omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat 
ishchanlikni kamaytirib, muloqot maromiga putur yetkazadi.
3. Inson o'zini erkin, ozod, bemalol his etish hislatini o'zlashtirishi uchun jismoniy 
keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zo'riqish orqali ko'zlangan maqsadiga yetishi 
mumkin.
Mulooqotdoshchanlikni aniqlash testi...
1. Siz gapirishdan ko'ra eshitishni yaxshi ko'rasizmi?
2. Siz o'zingiz tanimagan kishi bilan suhbatlashish uchun har xil mavzu topa 
olasizmi?
3. Siz doimo o'z suhbatdoshingizni diqqat-e’tibor bilan, o'ta ziyraklik bilan 
tinglaysizmi?
4. Siz o'zga kishilarga maslahatlar berishni yoqtirasizmi?
5. Suhbat mavzusi siz uchun qiziqarli bo'lmasa suhbatdoshingizga buni bildira 
olasizmi?
6. Suhbatdoshingiz sizni tinglamayotganini sezsangiz jahlingiz chiqadimi?
7. Sizning har qanday masala yuzasidan o'z shaxsiy fikringiz bormi?
13 8. Suhbat mavzusi siz uchun notanish bo'lsa suhbatni davom ettirasizmi?
9. Siz hammaning nigohida, diqqat markazida bo'lishni yoqtirasizmi?
10. Siz etarli darajada bilimga ega bo'lgan kamida uchta fan asosini 
egallaganmisiz?
11. O'zingizni xushmuomala deb hisoblaysizmi?
Testning kaliti: «На»—1, 2, 3, 6, 7, 8, 9, 10, 11;
«Yo'q» — 4, 5. Har bir javob 1 ball. 
1—3: Siz bilan muloqotda bo'lish har doim ham yoqimli emas, hatto ba’zida bu 
jarayon juda og'ir kechadi. 
4 — 9 ball: Siz boshqalar uchun yoqimli suhbatdoshsiz, ammo ko'p narsa 
kayfiyatingizga bog'liq.
10—11 ball: Siz juda yoqimli suhbatdoshsiz, ammo muloqot davomida me’yomi 
biling.
II.BOB. MULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI.
2.1  Go‘daklarning kattalar bilan bo'ladigan muloqoti.
Oilada bola tug'ilishi bilan oila a’zolari u bilan muloqotga kirishishga harakat 
qiladilar. Lekin chaqaloq muloqotga darhol tayyor bo'lmaydi: uxlaydi, yig'laydi va 
emadi. Chaqaloq o'zining hayotini shartsiz refleks, ya’ni qichqiriq bilan boshlaydi. 
Birinchi qichqiriq nutqning birinchi belgisidir. Ayrim olimlar birinchi qichqiriqni 
salbiy emotsiya deb ataydilar. Haqiqatdan ham chaqaloq o'zining qichqirig'i bilan 
uyquga, ovqatga, issiqlikka bo'lgan ehtiyojini bildiradi.Insonning tabiati shundayki,
14 u atrofdagilar bilan muloqotda bo'lmasdan yashay olmaydi. Bola tug'ilganda uning
onasi o'zining mehrini muloqot orqali beradi. Shuningdek, oilaning boshqa 
kattalari ham chaqaloq bilan muloqotda bo'lmasdan turolmaydi. Kattalar 
tomonidan bo'ladigan to'g'ri muloqot chaqaloqda muloqotga bo'lgan ehtiyojni 
shakllantiradi. Chaqaloq bir oylik bo'lganda «ga», «da», «ua» kabi nutq belgilari 
paydo bo'ladi. Bolaning muloqoti reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda bo'ladi. 
Bolaning kattalar bilan qiladigan muloqoti dastlab kattalaming labi va ko'zlariga 
qarashdan boshlanadi. Ijobiy muloqotda bo'lish uchun kattalar bolaga ko'proq 
kulgulari bilan ta’sir etishlari maqsadga muvofiq. Bolani qo'lga olib ko'targanda u 
juda xursand bo'ladi. Bir yarim — ikki oylikda bola kattalaming jilmayishiga 
o'zining kulgusi bilan javob qaytaradi. Ona bola uchun ehtiyojlarini qondiruvchi 
eng asosiy kish i. Ona uchun ham bola barchadan aziz.Kattalar go'daklar bilan 
doimo ijobiy emotsional munosabatda bo'lishlari zarur. 4—5 oylik go'dakning 
munosabati o'ziga xos xarakterga ega. U o'z oila a’zolarini begona kishilardan 
ajratadi. Kattalar doimo go'dak atrofida parvona bo'laversalar, u o'yinchoq 
o'ynamaydi, onasidan ajrasa injiq bo'lib qoladi. 7—9 oylik bola kattalaming nutqini
va harakatini diqqat bilan kuzatadi. So'ngra u kattalaming og'zidan chiqqan 
so'zlami takrorlashga harakat qiladi. Bu davrdagi bolalar kattalaming harakatlarini 
taqlid qilish orqali egallaydi. Masalan, stol ustini artishga, idish-tovoqlarni 
ko'tarishga harakat qiladi. Kattalar bolaning ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, 
turli buyumlar bilan harakat qilishga ham o'rgatadilar, ya’ni hatti-harakatlarini 
boshqaradilar. Bir yoshgacha bola kattalaming nutqini tinglaydi.
O'yinchoq — ko'ngilochar predmet bo'lib qolmasdan, balki bolaning ruhiy 
rivojlanishi vositasidir. 2—3 yoshli bola o'yinchoqlar bilan o'ynay boshlaydi. 
O'yinchoqlar yorqin rangli, qo'ng'iroqli, ovozli bo'lishi bolada ijobiy emotsiyani 
15 keltirib chiqaradi. Onasi bolaga o'yinchoq o'ynashni o'rgatadi. O'yinchoqlar 
bolaning idrokini rivojlantiradi. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda 
o'yin bo'lib hisoblanadi. Kattalar o'yinchoqlar tilidan bola bilan muloqotda 
bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. O'yinchoq o'ynaganda bolalar uni qimirlatishga 
va og'ziga solishga, ichini ochib ko'rishga harakat qiladilar. 9 oylik bolalarga endi 
o'yinchoqdan tashqari qog'oz, qalam ham berish kerak. Shunda bolada yozma 
nutqni, rasmlar chizish elementlarini shakllantirish mumkin bo'ladi.
O'yin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya, hayolot kabi ruhiy 
jarayonlar, ruhiy xususiyatlar shuningdek, xarakter xislatlari, qobiliyat turlari, 
temperament (mijoz) tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muloqotini 
rivojlantirishda kattalar muhim rol o'ynaydilar. Bolaning ongini o'stirish uchun 
o'yinchoqlar va o'yin turlaridan ko'proq foydalanish yaxshi natija beradi.Ilk bolalik 
davrida ham o'yinning ahamiyati katta. Bu davrda bolalar predmetli o'yinchoqlarni
ko'proq o'ynaydilar. Ayniqsa didaktik o'yinchoqlar bola hayotida muhim o'rin 
egallaydi. Bola endi bitta emas, balki bir necha o'yinchoqlar bilan o'ynaydi. Bu 
davrda bolalar kattalar bilan muloqotda bo'lishga nisbatan ko'proq o'yinchoqlar 
bilan muloqotda bo'ladilar.Maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinda taqlid qilish 
orqali kattalaming hatti-harakatlari, o'zaro munosabatlarini ifodalaydilar. Bu 
ularda muloqot rivojlanishiga yordam beradi.Kichik maktab yoshidagi 
o'quvchilarda o'yin faoliyati o'ziga xos xususiyatga ega. Ular ko'proq harakatli, 
sport xarakteridagi o'yinlami o'ynaydilar.O'smirlarda, ayniqsa, 5—6-sinf 
o'quvchilarida o'yinga bo'lgan ehtiyoj saqlanib qoladi. Tanaffus paytlarida, 
darsdan bo'sh vaqtlarida o'smirlar o'yin faoliyati bilan ham shug'ullanadilar. 
Ularda o'yin orqali muloqot shakllari rivojlanadi.Umuman o'yin faoliyati bolalar 
hayotida muhim o'rin egallaydi. 
16 Ilk bolalik davrida muloqotning o ‘ziga xosligi
Ilk bolalik davrida bolalar kattalarga qaram bo'ladilar, chunki ularning mustaqil 
harakat qilishlari qiyin. Hatti-harakat xulq me’yorlarini bolalar kattalardan 
o'rganadilar. Bu davrda bola xulqining motivi anglanilmagan bo'ladi. Bolaning ichki
dunyosi shakllanishi kattalarga bog'liq. Chunki bola kattalar kutgan muloqotni 
darhol bera olmaydi. Bola predmetlarga bo'lgan qiziqishini awalo kattalarga 
murojaati orqali bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qo'llash orqali oladi. Kattalar 
agar bola bilan kam muloqotda bo'lsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi
mumkin. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj bolada kattalaming muloqoti orqali o'sadi.
Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yo'l orqali amalga oshiriladi: kattalar
nutqini tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. Bola bilan
onaning muloqoti faqatgina so'zlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, 
pantomimika, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga 
signal bo'lib xizmat qiladi. 2 yoshli bolalar oldida o'yinchoqlar turgan bo'lsa onasi 
unga «ber menga» deb o'yinchoqni ko'rsatsa darhol bola uni olib beradi. 
«Mumkinmas», degan so'z bolaning harakatlari to'xtashiga signal bo'lib xizmat 
qiladi. Masalan, rozetkaga qo'li tegayotganida, qizib turgan dazmolga qo'li 
yaqinlashayotganida, oyoq kiyimlarga qo'lini tekkazayotganida bu so'zning aytilishi
bola harakatlarini to'xtashiga olib keladi. 3 yoshga to'lganda bola kattalar bilan 
nutq orqali munosabatlarga bemalol kirisha oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma 
kiyimini o'zi kiyishga harakat qiladi. O'z ehtiyojlarini so'zlar orqali bayon qila oladi. 
Nutqni to'la egallaydi. Bola kattalaming ko'rsatmasiga binoan hatti-harakatlarini 
to'g'ri yo'naltirishga o'rganadi. U kattalaming o'zaro muloqotini diqqat bilan 
tinglaydi, tushunishga harakat qiladi. Bu davrda bolalar ertak, hikoya, she’rlami 
eshitishni juda yaxshi ko'radi. Bu — bolaning tashqi olamni bilishiga katta ta’sir 
17 ko'rsatadi. 1,5 yoshli bolalar 30—40 so'zdan 100 gacha bo'lgan so'zlami egallaydi, 
xalos. 2 yoshdan so'ng bolalar kattalarga juda ko'p savollar bilan murojaat 
qiladilar. «Bu nima?», «Nimaga bunaqa?» kabi savollar bolaning nutqi 
o'sayotganidan dalolat beradi. 2 yoshning oxirigacha bola 300 ta so'zni o'rganadi. 
3 yoshning oxiriga borib, 500 dan —1500 gacha so'zni bilib oladi. Lekin bu 
yoshdagi ayrim bolalar nutqi avtonom bo'ladi, ular nonni «nanna»,suvni «umma» 
kabi iboralar bilan ataydi. Asta-sekin kattalar bolalar bilan to'g'ri muloqotda 
bo'lsalar, bu avtonom nutq yo'qolib boradi, ya’ni bola har bir narsani o'z nomi 
bilan ayta boshlaydi. Bolaning bitta aytgan so'zi uning aytmoqchi bo'lgan gapini 
ifodalab beradi. Masalan, «oyi» desa oyisi bolaga non berishi yoki suv olib berishi 
mumkin. Shu bilan bolaning ehtiyoji qondiriladi. Bolani muloqotga o'rgatish uning 
ruhiy jarayonlari rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir etadi.Bu davrda bolalar nimani 
xohlasa o'sha zahoti muhayyo bo'lishi kerak. Lekin buni asta-sekin tarbiyalash 
orqali yo'qotish mumkin, ya’ni sabrli bo'lishni bolaga yoshlikdan o'rgatish lozim. 3 
yoshli bolalarda birinchi «inqiroz» davri boshlanadi. Bu davrda bolalarda «hamma 
ishni o'zim qilaman», «men o'zim» degan tushunchalar shakllanadi. Ular qaysar, 
injiq bo'lib qoladilar. Ota-onalar bu yoshdagi bolalarga tarbiya berishda 
e’tiborliroq bo'lishlari lozim. 3 yoshdan so'ng bolalardagi krizis (inqiroz) davri 
sekinlashib qoladi. Bolaning kattalar bilan bo'ladigan muloqotlari normallashadi. 
Bola bu yoshda ota-onaning diqqat markazida bo'lmaydi, chunki uning kichik ukasi
bo'lishi mumkin. Hozirgacha u kattalaming diqqat-e’tiborida bo'lgani uchun endi 
uning fikricha ota-onasi faqat bir-biri bilan munosabatda bo'lib, unga e’tibor 
bermay qo'yishyapti. Unga tushunarli bo'lmagan narsalar haqida gaplashadilar. Bu
unga yoqmaydi, natijada injiq bo'lib qoladi. Haqiqatda esa bola ancha mustaqil 
bo'lib qolgani uchun onasi undan ko'ngli to'lib, kamroq e’tibor beradi, bu esa 
18 bolaga yoqmaydi. Shuning uchun ota-ona bu davrdagi bolalarga e’tiborliroq 
bo'lishlari lozim. Shunday vaziyat ham bo'ladikiT oilada-bok-yo onasi bilan qoladi, 
yoki otasi bilan yashaydi. Ko'pincha bola balog‘atga yetmaganligi uchun onasi 
bilan yashaydi. Bunday oila noto'liq oila deyiladi. Bunday oilada o‘sayotgan bola 
awal otasi yo‘qligini his qilmaydi, lekin birdaniga his qilib, u qo‘zg‘aluvchan, 
hissiyotga beriluvchan bo'lib qoladi. Ota-onalar farzandi uchun mas’uliyatni his 
qilishlari lozim. Chunki bola ota-onasining munosabatlarida aybdor emas. Agar 
bola sog'lom o'ssa, bolalar bog'chasiga beriladi. U yerda bola yangi kishilar bilan, 
yangi tengdoshlari bilan yangicha munosabatlarga kirishadi. Bu davrdagi bolalar 
o'yini ham o'ziga xos bo'ladi. Bolalar o'yinda turli rollami o'ynaydilar. O'yin 
qoidalariga rioya qila boshlaydilar. Muloqot shakllari bola hali guruh bo'lib 
o'ynamasidan awal, ya’ni o'z-o'zi bilan o'ynaganidayoq shakllanadi. Bu davrda 
bola o'yin o'ynaganida ko'proq o'zining hatti-harakatlariga e’tibor beradi. O'zaro 
munosabatlar orqali bola boshqa bola bilan muloqotga kirisha boshlaydi. 4 yoshli 
bolalar ko'proq boshqa bolalar bilan muloqotda bo'lishga harakat qiladilar. Bu 
bosqichda bolalar bir-birlari bilan o'yinchoqlarini almashtiradilar, birbirlariga 
yordam bera boshlaydilar. Hamkorlikda o'ynaladigan o'yinda bolalar bir-birlarini 
tushunishga, bir-birlariga yordam berishga o'rganadilar. Endi bola o'zi 
o'ynamasdan boshqa bolalar bilan o'ynashga harakat qiladi. O'yin o'ynaganda 
bolalar ko'pincha boshliq bo'lishga harakat qiladilar. Kim o'yinni tashkil qilsa u 
doimo boshliq bo'lgisi keladi. Shunda konflikt (nizolar) kelib chiqadi. O'yindan 
qoniqmagan bola «men o'ynamayman sen bilan,» deb noroziligini bildiradi. O'yin 
vaziyati bolalarda nutq munosabatlarini rivojlantiradi. Kichik va o'rta maktabgacha
yoshdagi bolalarda so'z boyliklari o'yin faoliyati orqali ortib boradi. Mashg'ulotlar 
orqali bolalarda nutq rivojlanib boradi. Chunki mashg'ulotlarda bolalar she’r 
19 yodlaydilar, ertaklar eshitadilar. O'g'il va qiz bolalar o'rtasidagi munosabatlar 
bolalar bog'chasida o'ziga xos xususiyatga ega. Bolalar bog'chasi bola uchun 
faqatgina tashqi olamni bilish, dunyoni hissiy baholash emas, balki o'z 
tengdoshlari bilan muloqotda bo'lish imkoniyatini beradigan joydir. Bog'chada 
bolalar jamoasi shakllanadi. Ilk bolalik davrida bola o'g'il bola bilan qiz bolani 
ajrata olmaydi. O'rta maktabgacha yoshdagi bolalar esa ajrata boshlaydilar. 
Kattalar bolaga o'g'il bola qanday bo'lishi kerakligi, qiz bola qanday bo'lishi 
kerakligi haqida tushuntiradilar. Masalan, o'g'il bola yig'lasa «yig'lama, sen erkak 
bo'lishing kerak», «qiz bolamisan?» deb, qizlarga esa «daraxtga tirmashma, sen 
qiz bolasan«kabi iboralar bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari bolalar katta erkak 
va ayollaming xulq-atvorlariga qarab ham o'zlarini qanday tutishni o'rganadilar. 
O'yin faoliyatlarida erkak va ayollarga xos xususiyatlami namoyon qiladilar. 
Demak, bu davrdagi bolalarda muloqotning shakllanishi o'ziga xos xususiyatlarga 
ega. Ularda muloqotni rivojlantirish tarbiyachilaming mahoratiga bog‘liq, ya’ni 
mashg'ulotlaming to‘g‘ri tashkil qilinishi muhimdir.Katta maktabgacha yoshdagi 
bolalar endi o'zlari mustaqil harakat qila oladilar. O'zlari yuvinadilar, kiyinadilar. 
Lekin bari bir ular otaonalarining erkalashlariga, diqqat-e’tiborida bo'lishga 
harakat qiladilar.
Ota-onalar bola tarbiyasida quyidagi usullardan foydalanadilar:
1. Avtoritar uslub — boshqarish qattiqqo'llik asosida olib boriladi. Boladagi 
tashabbus ota-onalar tomonidan taqiqlanadi. Har bir hatti-harakati albatta 
jazolanadi. Bu usul orqali tarbiyalangan bolalar qo'rqoq, jur’atsiz bo'lib qoladilar, 
o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqara olmaydilar. Chunki ota-ona ularga sharoit 
yaratib bermaydi.
2. Liberal uslub — bu usulda ota-ona farzandiga befarq bo'ladi, u nimaga qiziqadi, 
20 nimaga layoqati borligiga qiziqmaydi. Bola nima yomon,nima yaxshiligini bila 
olmaydi. Natijada bolalar mustaqil va faol harakatqila olmaydilar.
3. Demokratik uslub — tarbiyaning mahsuldor usuli bo'lib, unda ota-ona 
farzandiga bor mehrini berib, uning qiziqishlari, imkoniyatlari bilan hisoblashadi. 
Bolaning erkin fikrlashini istaydi. Bu usul bolani to'g'ri tarbiyalash imkonini beradi.
 Ayrim oilalarda bola yolg'iz farzand bo'lgani uchun ota-ona unga barcha 
mehrlarini berib, uni erkalatib, xudbin qilib qo'yishlari mumkin. Yoki bola ukalari 
tug'ilganda ham o'zini yomon his qiladi. Chunki ota-ona endi kichik farzandiga 
ko'proq e’tibor beradi. Bunday holatlarda kattalar bolaga u endi mustaqil ish qila 
olishi, aqlliligini tushuntirsalar, shunda u kichik ukalariga mehrli bo'ladi.Tarbiyachi 
guruhga uyda tarbiyalangan yangi bola kelib qo'shilganida boshqa bolalarga u 
bilan iliq munosabatda bo'lishlarini tushuntirishi lozim. Unga ko'proq e ’tibor 
berish, yaxshi muomalada bo'lish kerak, shunda bola yangi muhitga tezroq 
ko'nikadi. Agar tarbiyachi yangi kelgan bolalarga mashg'ulotlar davomida yaxshi 
muloqotda bo'lsa, qolgan bolalar undan o'rganadilar. Tarbiyachi bolalar bilan do'st
sifatida munosabatda bo'lsa, bunday guruh uyushgan bo'ladi, birbirlari bilan iliq 
munosabatda bo'lishni o'rganadilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin 
faoliyati orqali iroda sifatlari shakllanadi. O'yinda bolaning emotsional 
rag'batlantirilishi yaxshi natija beradi. O'yin faoliyati bolalarning bir-birlari bilan 
muloqotda bo'lishlarini ta’minlaydi. Ayniqsa, rolli o'yinlar orqali bolalarning bir-
birlariga bo'lgan munosabatlarini aniqlash mumkin bo'ladi. Shuningdek, o'yin 
orqali bolalarda boshqalarga nisbatan g'amxo'rlik, to'g'ri munosabatda bo'lish, 
muomala ehtiyojlarini qondirish amalga oshiriladi. O'yin faoliyatida bolalar o'yin 
qoidasiga rioya qiladilar, «onasi unday qilmaydi», «doktor bunday ukol qilmaydi» 
21 kabi fikrlari bilan bir-birlarining harakatlarini to‘g‘rilab turadilar. O'yin bolaning 
kattalar hayotini to‘g‘ri tushunishiga yordam beradi. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj 
o‘yinda qondiriladi. 0 ‘yin qoidasini buzganda bola samimiylik bilan «endi bunday 
qilmayman», deydi.Demak, o ‘yin bolani samimiylikka, his-tuyg‘ularini 
tarbiyalashga, boshqalarga yaxshilik qilishga, to'g'ri muloqotda bo'lishga o'rgatadi.
O'yin qoidasini muntazam buzadigan bolalar oxiri yakkalanib qoladilar, qolgan 
bolalar uni yoqtirmaydilar, u bilan o'ynagilari kelmaydi, hatto u bilan muloqotda 
bo'lishni ham istashmaydi. O'yinni musobaqa tarzida tashkil qilishda tarbiyachi 
ehtiyotkor bo'lishi lozim.Chunki o'yinda yutqazgan bolalarda yutgan bolalarga 
nisbatan adovat tug'ilishi o'yindan so'ng ular nizolarni, keltirib chiqarishi mumkin.
Bola maktab yoshiga yetganida ham o'yinga bo'lgan ehtiyojini qondirishga harakat
qiladi. U yangi o'yinchoqqa nisbatan «eski» —o'zining doim o'ynaydigan 
o'yinchog'ini o'ynashni yaxshi ko'radi.Qo'g'irchoq — sadoqat va refleksning 
shakllanishida ajoyib vosita. Bolaning qo'girchog'i bilan bo'ladigan muloqoti uning 
kattalar bilan bo'ladigan m uloqotiga taqlid qilishidir. Qiz bolalar ko'proq 
qo'g'irchoqlar, idish-tovoqlar (o'yinchoq) bilan muloqotda bo'lsalar, o'g'il bolalar 
esa turli o'yinchoqlar (samolyot, koptok, to'pponcha, mashina, velosiped) bilan 
muloqotda bo'ladilar. 
 Kichik maktab yoshidagi bolalar muloqoti
Bolalar maktab yoshiga yetganda ularning bir-birlariga nisbatan munosabatlari 
yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota-onasi, guruhdagi tengdoshlari, 
tarbiyachi bilan muloqotda bo'lgan bo'lsa, endi maktab o'qituvchisi, sinf rahbari 
bilan muloqotda bo'ladi. Bolalarda bu davrda mas’uliyat hissi shakllanadi.Bolalar 
nutqining o'sishida ularning maktabda o'qishi katta rol o'ynaydi. Bola 
maktabgacha yoshda o'ylamasdan gapiradi, maktabda esa u gaplashayotgan til 
22 o'qitiladigan va o'rganiladigan ilm bo'lib qoladi. Grammatikani o'qib o'rganish 
jarayonida bola nutqining fonetik jihati to'g'ri bo'lib boradi, nutqning sintaksis 
tuzilishi takomillashadi. Maktabda o'qitilayotgan hamma fanlami o'rganish 
jarayonida o'quvchi nutqining lug'ati boyiydi, so'zlarning mazmuni uning uchun 
chuqurlashadi va kengayadi. Bolalarning yozma nutqni egallashlari ular nutqining 
o'sishida muhim bosqich bo'ladi. Bola o'z fikrlarini yozma nutqda bayon qilishga 
harakat qiladi. 
2.2 O‘smirlarning kattalar bilan bo'ladigan muloqoti
Naslimiz davomchilarini nafaqat jism onan baquwat, balki ma’naviy boy, yangi 
davr talabiga javob beradigan, muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib 
tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. «Ta’lim to'g'risida» gi 
Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash 
qobiliyatini shakllantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga birlamchi e 
’tibor qaratilgan. Shunday ekan, o'smir yoshlarni muloqot jarayonida mustaqil 
flkrini erkin ifodalash malakalarini va ularning tanqidiy fikrlashini shakllantirish 
psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, XXI asrda 
yashaydigan har bir insonning tanqidiy fikrlashi uchun awalo muloqotga o'rgatish 
zarur. O'smirlami muloqotga o'rgatish uchun ularga psixologik, pedagogik 
adabiyotlami o'qishni tavsiya qilish, muloqot jarayonida yoshlar faoliyatini 
kuzatish, fikrlash doirasini aniqlash va shu jarayonda psixologik o'yinlar, mashqlar, 
treninglardan foydalanish muhimdir.Maktabning o'rta va yuqori sinflarida yozma 
nutq mazmunli, ta’sirli bo‘lib, grammatik jihatdan tobora to‘g‘ri, mukammal tuzilib
23 boradi va natijada bunday nutq og'zaki nutqning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata 
boshlaydi. Bolalar nutqi bevosita kattalar nutqi ta’sirida o‘sadi. Shuning uchun 0 
‘qituvchi nutqi o‘quvchilar nutqini o'stirishda namuna bo'lib xizmat qilishi 
kerak.O'quvchilar tafakkurini rivojlantirmay, ulaming nutqini o'stirib bo'lmaydi. 
Og'zaki gapirish, bayon yoki insho yozishda o'quvchilarning reja tuzib olishlariga 
e’tibor berish kerak. Yozma va og'zaki nutqni o'stirish uchun kitob ustida 
muntazam ishlash, o'qigan matnlaming tezisi (asosiy mazmuni)ni, 
konspekti(qiqacha matn bayoni)ni tuzish, ma’ruza, referatlar tayyorlash, adabiy 
kechalar, yozuvchilar bilan uchrashish muhim ahamiyatga ega. Nutq shartli 
reflekslar paydo bo'lishining umumiy qonunlari asosida o'sadi. Agar kishi biror bir 
tovushni noto'g'ri talaffuz qilishga o'rganib qolgan bo'lsa, unda bu kamchilikni 
tuzatish qiyin bo'ladi. Shuning uchun bolalarda yoshligidanoq ijobiy nutq 
odatlarini tarbiyalashga ahamiyat berish zarur. Bizning yuksak ma’naviy 
ehtiyojlarimizdan biri — muloqotga bo'lgan ehtiyoj. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj 
qondirilmasa, ong ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doim o muloqotga 
bo'lgan ehtiyojim izni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir muloqotdan qoniqish, 
ba’zi hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Katta yoshdagi kishilar rasmiy va 
norasmiy munosabatlarga kirishadilar. Rasmiy munosabatlar ish, xizmat yuzasidan
bo'ladi. Norasmiy muloqot esa ishdan boshqa paytlarda, uyda (oila), mahallada, 
ko'cha-ko'ylarda bo'ladi. Kattalar muloqotida ko'pincha muloqot madaniyati 
amalga oshiriladi, ya’ni bir-birlarini hurmat qilish, ishonish, anglash kabilar. Ammo
ba’zi paytlarda muloqot buzilishi ham mumkin. Chunki ularham ayrim paytlarda 
bir-birlarini tushunmasdan xafa qilib qo'yishlari, ko'ngilga og'ir botadigan gaplar 
aytib yuborishlari, natijada nizolarni keltirib chiqarishlari mumkin. Agar muloqot 
madaniyati kishilarda yaxshi shakllangan bo'lsa, ular bir-birlarini tushunishlari 
24 oson kechadi. Muloqot madaniyati yoshlikdan oilada, ijtimoiy muhit ta’sirida, 
o'zo'zini anglash, tarbiyalash jarayonida shakllanishi mumkin. Biz kattalar 
yoshlarga nam una, ibrat bo'lishim iz bir-birim izga bo'lgan muloqotimizdan kelib 
chiqadi. «Oltin so'zlar» (azizim, aylanay, o'rgilay, juda ham ajoyibsiz, bugun 
boshqachasiz, ochilib ketibsiz, kiyimingiz juda yarashibdi kabi) dan kundalik 
hayotimizda ko'proq, ammo o'm i kelganda foydalanishimiz zarur. Kattalar 
muloqotiga yoshlarning taqlid qilishlari orqali ularda muomala san’ati, madaniyati 
shakllanib boradi. Ayniqsa, oilada biz bu holatlarga e’tibor berishimiz kerak. 
Chunki «qush uyasida ko'rganini qiladi», degan naql bejiz emas. Kattalar bir-
birlariga verbal (og‘zaki), noverbal va paralingvistik ta’sir ko'rsatadilar. Biz vaqti 
kelganda imo-ishora, mimika, pauzalar orqali ham bir-birimizga ta’sir eta olamiz. 
Bir so‘z bilan ham xursand, yoki xafa qila olamiz. Shuning uchun doimo kattalar 
birbirlariga samimiy munosabatda bo'lishlari lozim. Muloqot turli yoshlarda o'ziga 
xos bo'ladi. Masalan, kattalar ma’lumotlariga, yoshlariga, jinslariga, kasblariga 
qarab muloqotda bo'ladilar. Keksalar muloqoti o'ziga xosdir. Ular xuddi kichik 
bolalardek izzattalab, injiq, e’tibortalab bo'lib qoladilar. Keksalarga ehtiyotkor 
bo'lib muomalada bo'lish zarur, chunki ulaming ko'ngillari nozik bo'ladi. Ularga 
ko'ngillarini ko'taradigan so'zlarni ko'proq qo'llash zarur. Demak, har bir yosh 
guruhiga kiradigan kishilar, shu jumladan, kattalar ham o'ziga xos muloqotga 
kirishadilar. Muloqot har bir davrga xos holda amalga oshiriladi. 
 Shaxsning shakllanishidagipsixologik-pedagogik masalalar 
Shaxsning har tomonlama shakllanishida muloqotning ahamiyati katta. Oddiy 
narsalami o'rganish uchun ham taqlid orqali o'zaro muloqotda bo'lish zarur. 
Jamiyat qonun-qoidalariga asoslangan holda munosabatlar rivojlanadi. Individ 
25 bilan shaxs muloqoti o'rtasida juda katta farqni ko'rish mumkin. Masalan, go'dak, 
ruhiy kasal, ongi past rivojlangan kishilarning muloqoti bilan yetuk rivojlangan, 
ongi yuksak kishining muloqoti o'rtasida katta farq bor. Ongli shaxs muloqotni 
boshlashdan awal miyasida o'ylaydi, so'zlarini rejalashtiradi. Shaxsning jismoniy, 
aqliy, axloqiy va estetik rivojlanishida muloqotning o'rni katta. Masalan, axloqiy 
rivojlanish uchun oilada, maktabda, bog'chada bolaga kattalar muloqot orqali 
ta’sir qiladilar. Shuningdek, estetik, aqliy, jismoniy rivojlantirish uchun o'quvchiga 
o'qituvchi muloqot orqali ta’sir etishga harakat qiladi. Demak, muloqot ta’sir qilish
vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, 
jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz 
kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo'llaydigan so'zlami ishlatmaymiz. 
Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o'ziga xos so'zlar qo'llaniladi. Bunda 
so'zning ta’sir kuchi hisobga olinadi. Shaxsning temperament (mijoz) 
xususiyatlariga qarab muloqot usullarini qo'llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda 
ko'nikma, bilim, malakalaming hosil bo'lishida muloqotning o'mi beqiyos. Oddiy 
ko'nikmalar («to'g'ri o'tir, qo'lingni yuv, joyingga bor, salom ber») ham muloqot 
orqali singdiriladi.Shaxs muloqotining shakllanishida uning tarbiyalanganlik 
darajasi muhim o ‘rin egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta’sir etadigan so'zlarni 
qo'llasangiz ham u qabul qilmasligi, sizning bergan ko‘rsatmalaringizga amal 
qilmasligi mumkin. Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. 
Muloqotning shakllanishida maqsad to‘g‘ri qo'yilishi lozim. Muloqot ta’lim-tarbiya 
jarayonida, turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, 
guruhda. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo'pol munosabatda bo'lsalar, bola ham
ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin.Har tom onlam a 
rivojlangan, yetuk, komil inson (shaxs)ni tarbiyalash uchun yoshlarni erkin 
26 fikrlaydigan qilib voyaga yetkazish zarur. Demak, muloqot fikrlash bilan uzviy 
bog'liq holda shakllanadi. Shaxsning shakllanishida muloqotning ahamiyati haqida 
psixolog olimlar o‘z fikrlarini bayon qilganlar. Jumladan, psixolog B.G. Ananev 
«Odam bilishning predmeti sifatida» asarida bu masalani chuqur tahlil qilgan. U 
bilimning turli elementlarini egallash muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning garovi 
ekanligini ta’kidlaydi. Bilimlarni egallash muloqot orqali amalga oshirilishini ham 
uqtirib o'tadi. Agar kishilar o'zaro bir-birlariga axborot uzatmasalar, tajribalarini 
muloqot orqali almashmasalar rivojlanmay qolishlari to'g'risida B.G. Ananev asosli 
fikrlami keltiradi. B.G. Ananev fikricha muloqot ijtimoiy va individual holatdir. 
Shuning uchun nutq bilan uzviy bog'liq, kommunikativ vazifanibajarishda 
pantomimika, imo-ishoralar muloqot shakllari sifatida yuzaga chiqadi. Demak, 
olim muloqot tushunchasini umumiy, yosh va pedagogik  psixologiya kabi fanlar 
uchun chuqur tahlil qilib bergan. Hozirgi paytda mamlakatimizda va xorijda 
muloqot muammosiga qiziqish ortib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
kishilarning bir-birlari bilan qiladigan muloqoti katta ahamiyatga ega. Psixolog 
olim V.N. Myasishev muloqot masalasiga chuqur yondashgan, uni o'rgangan. 
Boshqa olimlar muloqotni nutq kommunikatsiyasi bilan bog'lab o'rgangan 
bo'lsalar, V.N. Myasishev muloqotni jarayon sifatida o'rgangan. Ya’ni shaxslarning 
bir-biriga muloqot orqali ta’sir ko'rsatishlarini, bir-birlarini idrok qilish obyekti 
sifatida tahlil qiladi. Uning fikricha: «Shaxs turlicha munosabatlarda qarama-qarshi
sifatlami namoyon qilishi mumkin.» Tajribali psixolog A.A. Bodalyev esa shaxs 
o'yinda, o'qishda, muloqotda, ya’ni faoiiyatning turli sohalarida o'zining o'mini 
bilishi zarurligini uqtiradi. U o'zining «Shaxs va jamiyat» kitobida bu masalaga 
katta e’tibor berib, bu muammolar kam o'rganilganligini ta’kidlaydi. A. A. 
27 Bodalyevning fikricha, «insonni muloqot orqali tarbiyalashda bu unga qanday 
ta’sir qilishini avvaldan o‘ylash zarur»
Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxs sifatlarining o ‘rni 
Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxsning shakllangan sifatlari, 
fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi 
shakllangan bo'lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insonparvarlik, to'g'ri so'zlilik, 
vijdonlihk kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o'tadi. Chunki shaxslar bir-birini to'g'ri 
tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ular samimiy bo'lishlari
lozim.Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo'lib, voqeahodisalarga 
oqilona munosabatda bo'lish, turli ta’sirlar ko‘rsatadi.
                             XULOSA 
 
Bolalar yoshlikdan awalo oilada, so'ngra ta’lim maskanlarida muloqotga o'rgatib 
boriladi. Muloqotga o'rgatishning usullaridan biri muloqot ko'nikmasini 
mashg'ulotlar tarzida shakllantirishdir. Bolani bog'cha sharoitida tarbiyachi turli 
mashg'ulotlar o'tkazib muloqotga o'rgatadi. Awal elementar o'zini tutish, 
kattalarga qanday gapirish, salom berish, minnatdorchilik bildirish kabi usullar 
28 tarkib topadi. Maktab yoshi davrida va keyinchalik shaxs ijtimoiy-psixologik 
treninglar orqali muloqotga o'rgatiladi. Shaxsning o'zi bu usullarga ijobiy 
munosabat bildirishi, faol harakat qilishi zarur. Chunki shaxs muloqotda 
bo'lmasdan faoliyat subyekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to'laqonli 
rivojlana olmaydi. A.A. Bodalyev fikricha, hatto o'yin faoliyatida bola muloqotda 
bo'ladi. Ta’lim jarayonining asosida muloqotga o'rgatish masalasi turadi. Mehnat 
ta’limi jarayonida kishilar doimo muloqotga ehtiyoj sezadilar. Muloqotning 
tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u insonning dunyoqarashini kengaytiradi va 
psixikasini rivojlantiradi. Ya’ni barcha ruhiy jarayonlar muloqot orqali shakllanadi. 
Jamoa muhitini shakllantirishda ikkinchi yo'nalish jamoa  a’zolarining ruhiy 
madaniyatini shakllantirishdir. Shu maqsadda o'quvchilarga ularning insoniy 
muloqot, inson shaxsi, bir-birini baholash xususiyatlari («men va boshqalar», 
«men boshqalaming ko'zi bilan») to'g'risidagi mulohazalarini rag'batlantiruvchi 
axborotni berish zarur. Uni insholar, suhbatlar, treninglar orqali uyushtirish 
mumkin Maxsus mashqlar orqali muloqot usullariga o'rgatish shular jumlasidan. 
Ruhiy madaniyatga o'rgatishni o'smirlik yoshidan boshlash muhim,chunki o'z 
shaxsi haqidagi axborotga qat’iy ehtiyoj xuddi shu davrda vujudga keladi. 
O'smirlikda o'zining «Men»i xususida ziddiyatli kechinmalar boshlanadi. O'z ruhiy 
holati haqida xayol surish kuchaygan, muloqot juda ahamiyatli va g'oyat tanlab 
o'tkaziladigan yoshda inson shaxsi, shaxslararo muloqot to'g'risidagi axborot 
zarurdir. N.P. Anikeyeva fikricha, boshqa odamlar bilan muloqotda har bir shaxs 
muayyan ijtimoiy rolni egallaydi. Rollar shaxsning tabiatini to'laroq ochib berishi 
yoki uni niqoblashi mumkin. Lekin pozitsiya — rollami tanlash albatta insonning 
o'z mohiyatiga, uning kuchiga, zaifligiga, salohiyat darajasiga, o'z-o'zini tanqid qila 
olishiga, xulqatvorining puxtaligiga, o'zini chetdan ko'ra bilish qobiliyatiga bog'liq 
29 bo'ladi. (Jamoada ruhiy muhit.) Ba’zan muloqotdagi muvaffaqiyatsizliklar yoshlarni
benuqsonroq, himoyalanganroq bo'lish uchun o'zidagi eng yaxshi xislatni 
yashirishga, buzishga majbur etadi. Erta o'smirlik paytida yigit va qizlar yakkalik 
holatini boshdan kechiradi. Ular his-tuyg'ularini hech kimga aytishmaydi. O'zi 
haqidagi va atrofdagi kishilar haqidagi axborot — muloqot usullarini va mazmunli 
muloqotni tashkil etishga intilishni belgilab beradi. Buning uchun ruhiy tusdagi 
muayyan ma’lumotlarga ega bo'lish kerak. Har bir kishiga xos bo'lgan ruhiy 
xususiyatlar asab tizimi turi bilan belgilanadi va awalo temperamentda: ta’sir 
ko'rsatish sur’atida, tabiiy signallarda (ovoz, yorug'lik, rang, hid, haroratning 
o'zgarishi), ijtimoiy signallarda (so'z, voqea, o ‘ta sezgirlikda, emotsional 
ko'zg'aluvchanlik, tashvishlilik darajasi, ekstraversiya, introversiya) namoyon 
bo'ladi. Ekstroversiya bilan introversiya kishining ruhiy tavsifi sifatida muloqot 
sohasida yorqin namoyon bo'ladi. 
                         FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
 Vohidov M., Maktabgacha tarbiya psixologiyasi, T., 1970;
 Davletshin M., Krbiliyat va uning diagnostikasi, T., 1979;
 Tokareva V., Talaba shaxsining axloqiy rivojlanish psixologiyasi, T., 1989;
 Gʻoziyev E., Psixologiya fani XXI ayerda, T., 2002;
 Gʻoziyev E., Psixologiya, T., 2003;
 Qodirov B., Layoqat psixologiyasi, T., 1989;
30  Shoumarov Gʻ., Oila psixologiyasi, T., 2000;
 Karimova V., Ijtimoiy psixologiya, T., 1994.
 Ergash Gʻoziyev.
  OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
                                SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY-SIYOSIY FANLAR FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YO ‘ NALISHI
209-guruh talabasi Ergashov Sohibjonning
 "Muloqot psixologiyasi"  mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
31 __________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Ilmiy rahbar:   ________________________ Ass. Akilov Faridun Firdavsovich
                          
32

Muloqot psixologiyasi MUNDARIJA KIRISH.......................................................................................5 I.BOB. MULOQOT PSIXOLOGIYASINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI........................................................6 1.1 Muloqot haqida umumiy tushuncha...............................6-9 1.2 Muloqot psixologiyasining maqsadi va vazifalari......10-17 II.BOB. MULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI......18 2.1 Go‘daklarning kattalar bilan bo'ladigan muloqoti.....18-28 2.2 O‘smirlarning kattalar bilan bo'ladigan muloqot.i......29-34 XULOSA..............................................................................34-36 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..........................................37 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O'z mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash — dolzarb va ustuvor vazifalardan biri. Hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning rivoji yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga ham ko‘p jihatdan bog'liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o'zaro munosabatlarda demokratik tamoyillaming teran tafakkur etishni taqozo etadi. Insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o'ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda qaror topgan. Ushbu o'quv qo'llanma jamiyatning yangilanishi davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro'y berayotgan o'zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi. /Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil insonlami voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Yetarlicha shakllanmagan muloqot madaniyatisiz sog'lom ijtimoiy munosabatlami o'matish mushkul.)Muloqot bilan bog'liq muammolar psixologiya fanida chuqur o'rganilgan. Unga tayanib insonning ruhiy taraqqiyotini, uning atrofdagilar bilan bo'ladigan aloqasini, individning shaxs bo'lib shakllanishini muloqotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki muloqot ham insonning o'ziga xos ehtiyojlaridan biri. Insonning go'daklik va o'smirlik davrlarida muloqot yetakchi, ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko'rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi. "Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular interiorizatsiyalanadi. Muloqot davomidaijtimoiy va shaxsiy munosabatlar amalga oshadi, uning vositasidahamkorlikdagi faoliyat ro'yobga chiqariladi. 2

Muloqot psixologiyasi sohasidagi bilimlarni yoshlar, ayniqsa,bo'lajak o'qituvchilarga yetkazish ularning psixologik savodxonliginioshiradi, ma’naviy- axloqiy tarbiyasini yuksaltirishga, bo'lg'usipedagogik faoliyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. Kurs ishining obyekti. Shaxslarda muloqotchanlik darajasini aniqlash. Kurs ishining predmeti. Muloqot tushunchasiga psixologik yondashgan olimlarning tadqiqotlari. Kurs ishining vazifalari:  Muloqot tushunchasiga tarif berish;  Muloqot nazariyalarini o‘rganish;  Turli yosh davrlarida muloqotning shakllanishini o‘rganish;  Muloqot jarayonini ahamiyati haqida ma'lumot berish. Kurs ishining tarkibi: Mazkur kurs ishi kirish, xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, 2bob va 4bo‘limda iborat. I.BOB. MULOQOT PSIXOLOGIYASINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI 3

1.1 Muloqot haqida umumiy tushuncha Muloqot psixologiyasining predmeti — muloqot madaniyati, muloqot texnikasi, muloqot etikasini o'rganishdan iborat. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiyunsuri hisoblanadi. Psixologiya lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi: 1. Muloqot — hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolanganaloqa o'matish va uni rivojlantirish jarayoni; 2. Muloqot — belgilar tizimi orqali subyektlaming o'zaro ta’sirlashuvi.Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridankelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir.Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi.Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. 4

Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir. Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. Har bir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada, bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Kimlar bilandir bo'lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik faoliyatda muhim o'rin tutadi. Muloqot psixologiyasining psixologiyaning boshqa tarmoqlari bilan bog‘liqligi. Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog'liq. Pedagogik muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o'q ituvchi va o'quvchi munosabatlari, o'qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim o'rinni egallaydi. Ijtimoiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi muhim o'rin tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning tarkibidagi har bir elementni 5