logo

Irodasizlik xulq-atvori

Yuklangan vaqt:

27.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.501953125 KB
Irodasizlik xulq-atvori  
MUNDARIJA 
KIRISH.....................................................................................................4
I.BOB. IRODA TUSHUNCHASIGA PSIXOLOGIK TAVSIF.......................5
1.1.Iroda tushunchasini rivojlanish tarixi. Irodani aniqlash..............5-10
1.2. Irodasizlik. Irodasizlikning har xil namoyon bo‘lishi.
 Dangasalik..........................................................................................11-14
II.BOB.  IRODA  INSON XULQ-ATVORI VA FAOLIYATINING 
ASOSI SIFATIDA..................................................................................15
2.1. Irodaning falsafiy nazariyalari. Iroda volyuntarizm sifatida.....15-22
2.2. Psixik jarayonlarning ixtiyoriy boshqaruvidagi buzilishlar
Harakatning maqsadga muvofiqligidagi buzilishlar........................23-32
XULOSA. ..............................................................................................34-35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .........................................................36 
1                                   KIRISH 
  Mavzuning dolzarbligi.     Iroda  – shaxsning harakatini ifodalaydigan ruxiy jarayon. 
Mustaqillik -o’zining asosli fikriga ega bo’lish. Chidam  – shaxsning yuqori 
darajadagi irodaliligi. Qat’iyat – uz qarorlarida sobikkadam bo’lish. Abuliya-
irodasizlikning yuqori ko’rinishi. Maqsad- shaxsni biror sohaga undovchi xolat. 
Natija-harakat tufayli erishilgan yutuk.Irodaning shakllanishi birinchi navbatda 
ota-onaga bog‘liq. Bolada ongli intizomni shakllantirish tarbiyaning muhim 
shartlaridan biridir. Irodaviy fazilatlarni rivojlantirish intizomning zaruriy sharti 
bo‘lib, u xulq-atvor qoidalariga rioya qilish zarurligini tushunishga yordam beradi, 
shuningdek, o‘z xohishistaklarini tartibga soladi.Irodaviy sifatlarni tarbiyalashda 
maktab muhim o‘rin tutadi. U bolaga bir qator talablarni qo‘yadi, ularsiz 
maktabda o‘qish mumkin emas, u bolaning intizomini shakllantiradi.O‘qituvchi 
bolaning irodaviy fazilatlari, shuningdek, turli xil xususiyatlarning shakllanishiga 
bevosita ta’sir qiladi. Bolalar ko‘pincha o‘qituvchining xatti-harakatlariga taqlid 
qilishga intiladi.Bolaning jismoniy tarbiyasi bolaning irodasini rivojlantirishga 
birdek muhim ta’sir ko‘rsatadi. Kattaroq yoshda irodaviy fazilatlarning shakllanishi 
to‘xtamaydi. Ular mehnat faoliyatida eng yuqori rivojlanishga erishadilar.Irodaviy 
tartibga solishning rivojlanishi bir necha yo‘nalishda sodir bo‘ladi:
1. Ixtiyorsiz psixik jarayonlarni ixtiyoriy jarayonlarga aylantirish.
2. Xulq-atvor ustidan nazoratni qo‘lga kiritish.
3. Irodaviy sifatlarni rivojlantirish.
Bu jarayonlarning barchasi bola nutqni o‘zlashtira boshlagan paytdan 
boshlanadi.Ushbu sohalarning har birida ixtiyoriy tartibga solishning rivojlanishiga 
hissa qo‘shadigan o‘ziga xos transformatsiyalar sodir bo‘ladi. Masalan, iroda 
kognitiv jarayon sifatida birinchi navbatda tashqi nutqni tartibga solish shakli 
sifatida ishlaydi, keyin esa nutq ichidagi jarayonning shakli sifatida ishlaydi. 
2 Xulqatvorda dastlab ixtiyoriy nazorat faqat alohida qismlarning ixtiyoriy 
harakatlariga taalluqlidir, keyin esa u harakatlarning murakkab majmuasiga 
aylanadi. Rivojlanishda birlamchi sifatlardan tizimli sifatlarga o‘tish sodir 
bo‘ladi.Bundan tashqari, inson ongli ravishda o‘z oldiga erishish qiyin bo‘lgan 
maqsadlar va ixtiyoriy harakatlarni talab qiladigan vazifalarni qo‘ysa, irodaviy 
fazilatlarni rivojlantirishning yana bir yo‘nalishi mavjud.Bolalarda xulq-atvorni 
ixtiyoriy tartibga solishning rivojlanishi intellektual daraja, shaxsiy va motivatsion 
aks ettirishning namoyon bo‘lishi bilan ham bog‘liq. Shu munosabat bilan umumiy 
psixologik rivojlanishga e’tibor bermasdan, irodani tarbiyalash maqsadga muvofiq 
emas.Bolalarda irodaviy fazilatlarni rivojlantirishda maktabgacha yoshdagi 
faoliyatning etakchi turi sifatida o‘yin alohida rol o‘ynaydi. Har xil turdagi o‘yinlar 
irodaviy fazilatlarni rivojlantirishga o‘ziga xos hissa qo‘shadi. Mavzu o‘yinlari 
o‘zboshimchalik bilan tartibga solishning rivojlanishiga yordam beradi. Syujetli 
rolli o‘yinlar bolada zarur bo‘lgan kuchli irodali fazilatlarni o‘rnatadi. Kollektiv 
o‘yinlar harakatlarni o‘z-o‘zini tartibga solishni kuchaytiradi. Doktrina kognitiv 
jarayonlarni o‘zboshimchalik bilan o‘z-o‘zini tartibga solishni rivojlantirishga eng 
katta hissa qo‘shadi.
Kurs ishining obyekti.  Iroda sifatlarini, irodalilik darajalarini aniqlash.
Kurs ishining predmeti. Olimlarning iroda bo‘yicha qilgan tadqiqotlari va iroda 
sifatlari bo‘yicha nazariyalar.
Kurs ishining vazifalari.
 Iroda tushunchasiga psixologik tarif berish;
 Iroda sifatlarini o‘rganish. Irodasizlik haqida ma'lumot berish;
 Irodaning volyuntarizm sifatini o‘rganish;
 Irodaning hissiy jarayonlarimizdagi ahamiyatini o‘rganish.
3 Kurs ishining tarkibi.  Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, 2bob va 
4bo‘limdan iborat.
 I.BOB. IRODA TUSHUNCHASIGA PSIXOLOGIK TAVSIF.
1. 1.Iroda tushunchasini rivojlanish tarixi. Irodani aniqlash .
Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon 
boʻladigan qobiliyati. Inson irodaviy harakatini amalga oshirar-kan, oʻziga 
hukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: Iroda uchun "men xohlayman" 
degan kechinma emas, balki "kerak", "bajarishim shart" degan kechinma xosdir.
Dastavval ta’lim faoliyatini bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan sifatlar (mehnatsevarlik 
matonat, diqqatlilik, tirishqoqlik.) anglana bosh-lanadi. Undan so‘ng boshqa 
kishilarga bo‘lgan munosabatlarni ifoda-lovchi sifatlar (o‘rtoqlik hissi, mehribonlik,
vazminlik, qaysarlik xissi) anglanadi. Undan ham keyin o‘z-o‘ziga nisbatan bo‘lgan 
munosabatlarni ifodalovchi sifatlar ( kamtarlik, takabburlik) anglanadi. Nihoyat 
shaxsning ko‘p tomonlama munosabatlarini ifodalovchi murakkab sifatlar, burch 
hissi, qadr-qimmat va vijdon xissi, maqsadga intilish xissi anglanadi. O‘smirlarda 
o‘zini anglashning muhim xususiyatlaridan biri o‘zini bilishga bo‘lgan ehtiyoj bilan 
shaxsning namoyon bo‘lishini yetarli darajada to‘g‘ri tahlil qila olmasligi, o‘zi 
xaqida yetarli darajada bilimlarga ega emasligi o‘rtasidagi qarama- qarshilikdir. 
Mana shu asosda ba’zan o‘smirdagi tirishqoqlik darajasi bilan uning jamoadagi 
xaqiqiy mavqei o‘rtasida, uning o‘zo‘ziga nisbatan, o‘z shaxsining sifatlariga 
4 nisbatan bo‘lgan munosabati bilan unga hamda uning shaxsining sifatlariga 
nisbatan kattalarning va tengdoshlarining muno-sabatlari o‘rtasida ixtilof yuzaga 
keladi. A.G Kovolev adolatli ravishda ta’kidlaydiki, o‘smirlarda 2ta bir-biriga 
qarama-qarshi ammo har ikkisi ham ayni bir vaqtda salbiy bo‘lgan 
kechinmalarni,ya’ni boshqalardan ustunlik va boshqalardan kamlik hissini 
tug‘dirmaslik uchun o‘smir shaxsiga to‘g‘ri baho berish muhimdir. O‘smirlarda 
o‘zini anglashni rivojlanishinig yangi bosqichi o‘ziga bir na’munani, o‘ziga xos 
axloqiy etalonni ajratish bilan bog‘liqdir. O‘smir o‘ziga na’muna bo‘lgan etalon 
bilan o‘zini solishtirib, o‘z xatti-harakatlariga baho beradi. Mana shunday namuna 
bo‘ladigan etalonlar o‘smirning xatti-harakatlarini yo‘lga sola boshlaydi. O‘smirlik 
yoshida psixologik jihatdan eng muhim hisoblangan yangi xislatlarni tarkib topishi 
unda o‘ziga xos kattalik xissining yuzaga kelishidir. O‘smir bu hissiyotni o‘z- o‘ziga 
katta yoshli odam sifatida bo‘lgan shaxsiy munosabatlarni kattalar jamoasida ular 
hayotining to‘laqonli va to‘la xuquqli a’zosi sifatida yashashga tayyor ekanligini 
sub’ektiv tarzda ichidan kechiradi. Kattalik xissi o‘smirlarda mustaqillikka va 
ma’lum darajada erkinlikka intilishni yuzaga keltiradi. Mana shuning natijasida ular
kattalarning baholariga g‘ayri tabiiy holda javob beradilar va kattalarning ularning 
qadr-qimmatlarini kamsitishlariga, ularning erkinliklarini inkor qilishlariga, 
ularning xuquqlariga yetarli baho bermasliklariga juda o‘tkir reaktsiya bilan javob 
beradilar. Psixologik ma’lumotlar talqiniga qaraganda, iroda o‘zaro uzviy 
bog‘liqikkita vazifalarning – undovchi va tormoz qiluvchi funktsiyalarning 
bajarilishinita’minlaydi va ularning vujudga kelishida o‘zini namoyon qiladi. 
Iroda –  arabcha xohish, istak, maqsad degan ma’noni bildiradi. U shaxsning 
ma’lum maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi o‘z xatti-harakatlarini (faoliyatda, 
muomalada, xulq-atvorda) ongli ravishda yo‘naltirib turish, shu yo‘ldagi 
5 qat’iyatliligi, mavjud to‘siqlarni yenga olishga qodir bo‘lgan psixologik 
qobiliyatidir. Iroda inson faoliyati, muomalasi va xulq-atvorining muhim xususiyati,
uning turmush mazmunini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Irodasi 
mustahkam, kuchli odamda maqsad bilan faoliyat, xulq-atvor izchilligi kuzatiladi. 
SHaxs oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishga nisbatan ishonch tuyg‘usi irodaning 
kuch-quvvati va bosh mezonidir.
Falsafa va psixologiya fanlarida aksariyat hollarda “iroda erkinligi” tushunchasi 
qo‘llaniladi.
Iroda erkinligi  – insonning biror ishni, faoliyatni bajarishga qaratilgan, 
yo‘naltirilgan ongli intilishi hisoblanadi. Falsafa va psixologiyada ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyot davomida iroda erkinligi definitsasi atrofida, dunyoviy va diniy 
ta’limotlar o‘rtasida ana shu asosda bahs-munozara hukm surib kelmoqda. 
Masalan, fatalizm namoyandalari shaxsning barcha xatti-harakatlarini faqat tashqi 
kuchlar belgilaydi, deb ta’kidlasalar, volyuntarizm ta’limotining vakillari esa odam 
xatti-harakatlarida mutlaq erkin, bunday erkinlik esa tashqi kuchlarga hech 
qanday bog‘liq emas, degan xulosaviy qarashni olg‘a suradilar. Diniy ta’limotlarda 
esa, umuman erkni, shu jumladan, iroda erkini Xudo belgilaydi, odamning qismati,
taqdiri Yaratuvchining irodasiga bog‘liq, u oldindan belgilab qo‘yilgan, deyiladi. 
SHuningdek, ayrim diniy ta’limotlarda boshqacharoq talqin ham mavjud bo‘lib, 
ularda inson iroda erkinligiga egadir, u o‘z gunohlari uchun javobgardir, degan 
g‘oya ilgari suriladi. 
Iroda - sub’ektning ichki sharoitlari (ehtiyojlari, qiziqishlari, xohishlari, istaklari, 
mayllari, bilimlari va boshqalar) orqali aks ettirilgan ob’ektiv olam uning turli 
maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yish, qaror qabul qilish, erkin harakatni amalga oshirish 
imkoniyatlarini yaratadi. Bu borada fikr yuritilganda, odamning istaklariga binoan 
6 tanlab olinadigan iroda emas, balki ob’ektiv zaruriyatga muvofiq adekvat tarzda 
saralangan irodagina erkindir. Har qanday harakat yoki faoliyatning irodaviy 
xususiyati shundan iboratki, muayyan shaxs aynan iroda orqali mavqega erishish 
uchun tashqi yoki ichki to‘siqlarni, qiyinchiliklarni yengib o‘tish lozim. 
Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam 
Iroda ni talab qiladi. Iroda mehnatda paydo boʻladi va toblanadi. Iroda ning 
ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vosi-talari va 
yoʻlyoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro 
etishda namoyon boʻladi. Odamda Irodaning qay darajada ekanligi maqsadni 
qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. Irodaviy harakat jarayonlarida kishi ichki 
va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki 
mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini boshqarish va oʻz
ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki Iroda deb ataladi. Tashqi toʻsiklar 
tevarakatrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tash-qi toʻsiqlarni 
yenga olish layoqati tashki Iroda deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi toʻsiqlarni 
yengish (tashqi Iroda) ichki toʻsiqlar (ichki Iroda)ni yengish bilan uzviy bogʻliq.
Irodaning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va toqat, 
prinsipiallik, mustaqillik va boshqalar. Iroda shu sifatlarning qay darajada 
namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak gʻoyalarga asoslangan ongli 
qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi toʻsikdarni yengar ekan, u kuchli Iroda 
egasi hisoblanadi. Iroda kishining harakteri bilan uzviy bogʻliq, uning 
shakllanishida muhim rol oʻynaydi. 
Iroda tushunchasi falsafada tug'ilgan, bu erda Iroda ongning o'z taqdirini o'zi 
belgilash qobiliyati, shu jumladan axloqiy va o'ziga xos sabablarni keltirib chiqarish
7 qobiliyati sifatida belgilanadi. Psixologiya va nevrologiyaga o'tib, irodaning ta'rifi 
axloqiy jihatni yo'qotdi va faqat aqliy funktsiya sifatida talqin etila boshlandi. 
Irodani yuqori aqliy funktsiyalarga an'anaviy ravishda bog'lash, uni hayvon emas, 
balki insonning mulki sifatida taqdim etish haqida gapiradi, garchi ba'zi 
hayvonlarni o'rganish bu tushunchani shubha ostiga qo'yadi.
Eng umumiy ma'noda, Iroda psixologiyada insonning ongli ravishda o'zini o'zi 
boshqarish qobiliyati sifatida qaraladi. Iroda harakatni amalga oshirish uchun 
ham, undan voz kechish uchun ham zarurdir. Irodaning asosiy elementi ongli 
ravishda qaror qabul qilishdir. Iroda ekzistensial psixologiyada erkinlik 
tushunchasiga yaqin, chunki bunday ongli qaror qabul qilgan kishi bir lahzalik 
vaziyatdan chiqib ketishi yoki o'ziga, qadriyatlariga bo'lgan munosabatiga 
murojaat qilishi yoki tasavvur, mantiqqa murojaat qilishi va taxmin qilingan 
harakatning oqibatlarini modellashtirishi kerak.
S. L. Rubinshteyn irodani falsafiy va psixologik ma'noda tasvirlaydi:"ongli maqsad 
va unga turtki sifatida munosabat bilan tartibga solinadigan harakatlar irodaviy 
harakatlardir". Bunday ta'rif Iroda tushunchasini istak tushunchasidan, 
motivatsiya tushunchasidan aniq ajratishga imkon beradi. Ushbu ta'rifda 
maqsadga munosabat, uni anglash shaklida bir lahzali vaziyatdan uzilish mavjud. 
Maqsad va maqsadning nisbati ham muhimdir. Maqsad va motiv hech 
bo'lmaganda sub'ektning ongida bir — biriga to'g'ri keladigan bo'lsa, sub'ekt o'z 
faoliyatini to'liq boshqaradi, u o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi-faoliyatda Iroda 
mavjud.
Ixtiyoriy harakatlar oddiy va murakkab bo'linadi. Oddiylarga odam ikkilanmasdan 
mo'ljallangan maqsadga boradigan joylar kiradi. Murakkab harakatda, bu 
8 harakatni murakkablashtiradigan juda murakkab jarayon turtki va harakatning o'zi
o'rtasida birlashadi.
Murakkab ixtiyoriy harakatda olimlar to'rt bosqichni ajratib ko'rsatishadi:
 Motivatsiyaning paydo bo'lishi va maqsadni dastlabki belgilash.
 Motivlarning muhokamasi va kurashi.
 Qarorlar qabul qilish.
 Yechimning bajarilishi.
Ixtiyoriy harakat oqimining o'ziga xos xususiyati shundaki, uni amalga oshirish 
shakli har qanday bosqichdagi ixtiyoriy harakatlardir. Ixtiyoriy harakatning 
bajarilishi neyro-ruhiy stress hissi bilan bog'liq.
1.2. Irodasizlik. Irodasizlikning har xil namoyon bo‘lishi. 
Dangasalik.
Iroda kuchi . Iroda ma’lum kuchga ega bo‘ladi; ba’zi hollarda kishining irodasi 
kuchli sur’atda namoyon bo‘lsa, boshqa hollarda kuchsiz namoyon bo‘ladi. Iroda 
kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi butun irodaviy 
jarayonlarda ko‘rinadi. Iroda kuchi, avvalo, intilishlarda ko‘rina boshlaydi; biz 
kuchli hamda kuchsiz intilishlarni, kuchli va kuchsiz xohishlarni farq qilamiz. Iroda 
9 kuchi yana tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorning mustahkamligida 
ko‘rinadi. Yuksak g‘oyaviy tamoyillarga asoslangan ongli qat’iyat va sabotlilik 
kuchli iroda belgilaridandir; qat’iyatsizlik, ikkilanish, qabul qilingan qarorning 
bajara olishiga shubha bilan qarashlik va sabotsizlik kuchsiz iroda belgilaridandir. 
Iroda kuchi qat’iyatlikda ifodalanadi. Qat’iyat qarorning bajarilishiga to‘la ishonish 
va qarshilik hamda qiyinchiliklar qanchalik katta bo‘lmasin (yoki katta bo‘lib 
ko‘rinmasin) uni albatta amalga oshirishga otlanishdir. Jazm o‘z-o‘ziga buyruq 
berishdir. Vijdoniy burch talabi yoki yuksak maqsadni amalga oshirish tufayli 
odamning kerak bo‘lib qolgan paytda o‘lim bilan hayot o‘rtasidan birontasini 
darhol tanlab ola bilishida ko‘rinadigan jazm, kuchli iroda dalilidir. Bunday 
jazmning misoli sifatida Usmon Nosir, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriylarning mardona 
jasoratini ko‘rsatishimiz mumkin. Iroda kuchi qabul qilingan qarorni o‘z vaqtida 
bajarishda ko‘rinadi. Shuning uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarilish 
muddatini doim «galdan-galga» qoldiraverish va boshlangan ishni oxirigacha 
yetkaza olmaslik kuchsiz irodaning alomatidir. Ammo berilgan qarorni 
bajarishning, qilingan ish-harakatning hammasi ham irodaning kuchli ekanidan 
darak beravermaydi. Iroda kuchi, asosan, irodaviy harakatlar yordami bilan 
qanday to‘siqlar yengilgani va buning bilan qanday natijalarga erishilganligi ila 
aniqlanadi. Biz irodaviy zo‘r berishlar vositasi bilan yengadigan qarshilik va 
qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining obyektiv ko‘rsatkichi bo‘lib 
xizmat qiladi. Agar kishi katta to‘sqinlik va qiyinchiliklarni, qarshi harakatlarni 
irodaviy zo‘r berish va irodaviy harakatlar yordami bilan yengib, katta 
muvaffaqiyatlarga erishar ekan, bunday holda biz shu kishining kuchli irodaga ega 
ekanligi va kuchli iroda ko‘rsatgani haqida gapira olamiz. Kishi irodasining 
kuchsizligi uning juda arzimas qarshiliklarni ham yenga olmasligida ko‘rinadi. 
10 Masalan, ba’zan kishi biron kerakli xatni yozishga yoki biron zarur ishni boshlashga
o‘zini majbur eta olmaydi
Irodaning kuchsizligi, odatda, irodasizlik deb ataladi. Iroda kuchi, ayniqsa, o‘zini 
tuta bilishda, jasurlikda, qat’iyatda, matonatda va chidamlilikda namoyon bo‘ladi. 
O‘zini tuta bilish. Mana shu so‘zning o‘zidan ko‘rinib turibdiki, o‘zini tuta bilish – 
kishining o‘z-o‘zini qo‘lga ola bilishidir. O‘zini tuta bilish – kishining oldiga qo‘ygan 
maqsadlarini amalga oshirishga qarshilik ko‘rsatuvchi ichki holatini yengishda 
ko‘rinadigan kuchli irodadir. O‘zini tuta bilish – toliqish hissini, og‘riqni, 
qo‘rqinchni, shuning kabilarni yengishda ko‘rinadi, o‘zini tuta bilish ayni paytda 
keraksiz bo‘lgan reflekslarga, odatlarga, mayllarga yo‘l qo‘ymaslikdir. Yu. A. 
Gagaringa murojaat qilib: «Uchish paytingizdagi ba’zi vaqtlarda qo‘rqish hissi 
paydo bo‘lganmi?» deb savol berilganda, kosmonavt shunday deb javob bergan: 
«Albatta, hamma tirik odamlardagi kabi menda ham bo‘lgan. Biroq, men qo‘rqinch
hissini tezda yengib tashladim». O‘zini tuta bilish va qo‘rqmaslik odamning 
qo‘rqinch hissini kechirmasligida emas, balki ongni yo‘qotib qo‘ymay, o‘z 
irodasining kuchi bilan bunday hissiyotlarni bosishi va batamom yo‘qotib 
yuborishidadir. Bu degan so‘z – o‘zini idora qila bilish degan ma’noni bildiradi. 
O‘zini tuta bilish – vazminlikka oid yuksak fazilatdir. Kishi o‘zini biron narsadan 
tiyish uchun ba’zan anchagina irodaviy zo‘r berishga, ya’ni iroda kuchini ishga 
solishga majbur bo‘ladi. Irodasi kuchli kishilar deganda, biz o‘zini mahkam tuta 
biladigan bosiq kishilarni tushunamiz. O‘zini tuta bilishning aksi deganda, biz 
ixtiyorsiz harakatlar tomonidan yengilib, ya’ni yo‘q qilib yuboriladigan irodani 
tushunamiz. Odamning bunday xususiyatini o‘ziga kuchi yetmaslik, o‘zini tiya 
olmaslik deb ataladi. O‘ziga kuchi yetmaslikning eng keskin ko‘rinishi beboshlik, 
pastkashlikdir. Bunday odam o‘zida beixtiyor tug‘iladigan salbiy tuyg‘ularga, 
11 instinktlarga berilib, o‘z nafsini tiya olmaydi. Bu hayvonlik holatiga tushib qolish 
demakdir. Dadillik – kishining hayot va omonligi uchun xavfli bo‘lgan qarshiliklarni 
yengishda ko‘rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashutchi har gal samolyotdan 
o‘zini tashlaganida dadillik qiladi. Dushmanning orqa tomoniga o‘tib olgan 
razvedkachilar ham dadillik namunasini ko‘rsatadilar. Dadillik o‘zini tuta bilish 
bilan mahkam bog‘liqdir. Dadil harakat qilish uchun, avvalo, o‘zini tuta bilish 
kerak. Dadillik bor joyda o‘zini bilish ham bor. 
Dangasalik yoki yalqovlik, tanballik, ishyoqmaslik deb biror ish yoki faoliyatni 
bajarishga layoqatli va imkoni boʻla turib, oʻsha ish yoki faoliyatni bajarishga 
istamaslikka aytiladi. Dangasa, yalqov, tanbal, ishyoqmas atamalari kamsituvchi 
soʻzlardir. Dangasalik tabiiy holatdir. U tanadagi energiyani tejashga, charchoqdan
qutulishga xizmat qiladi.
Hayvonlar yemak va boshpana topgandan keyin deyarli hech nima qilishmaydi. 
Boshqa hayvonlar bilan muloqot qilish, urishish (agressiya) kabi ijtimoiy ishlarga 
nisbatan kam vaqt ajratiladi. Kuzatilganki, hayvonlar yemak topishga sarflagan 
vaqtni agressiyaga ketadigan vaqt bilan qoplab, bekorchilik vaqtini choʻzishga 
harakat qilishadi. Dangasalik ketidan jamiyat ilgʻorlagan, deyish mumkin: odamlar 
oʻz ishlarini va hayotlarini yengillatish maqsadida turli mashina va mexanizmlar 
ixtiro etishdi va etishmoqda. Biroq ortiqcha yalqovlik iqtisodiy zarar, kamomad, 
qoloqlik sababi boʻlishi mumkin.
II.BOB.  IRODA  INSON XULQ-ATVORI VA FAOLIYATINING 
12 ASOSI SIFATIDA
2.1. Irodaning falsafiy nazariyalari. Iroda volyuntarizm sifatida.
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo’lib, u inson ongining mohiyatini kashf 
qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to’planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini
tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo’lgan tarixiy yo’lni bosib
o’tgan. Arastu o’z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb 
e'tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o’zgartirishini boshqarish 
imkoniyatiga ega bo’lgan omil hisoblanadi. Gumanitar yo’nalish, ya'ni inson 
muammolariga e'tiborning ortishi bilan o’zo’zidan irodani o’rganish ham dolzarb 
masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy 
psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr 
boshlarida ro’y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o’tib qoldi, uni mutlaqo 
inkor etish mumkin emas. XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta'kidlab 
o’tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo’lishi, deb tushuntirish
mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda 
qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga 
bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan 
bo’lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. 
V.Vundtning mulohazasicha, 268 irodaning negizida appersepsiya aktining sub'ekti
tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi 
emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi.
13 U.Djeymsning  tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga 
qorishtirib bo’lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g’oya 
dastlab dinamik tendensiyaga ega bo’lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi 
diqqat yordami bilan bir g’oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan 
iboratdir. Etarli darajada qat'iy fikr qaror topganligi, iroda - bu insonning qo’yilgan 
maqsadlariga erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson 
tomonidan maqsad g’o’ya olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham 
kiritiladi. I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim 
xulosalarni chiqaradi: a) iroda-bu shaxsning o’z faoliyatini va olamdagi o’zini-o’zi 
boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir; b) iroda-inson yaxlit ongining bir 
tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir; v) iroda-
bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o’zini ongli idora 
qilishlikdir; g) iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog’liq bo’lgan 
xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi. 
V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g’oyani ilgari 
suradi, insonning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o’zida 
mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki
bu ongli harakati o’zining tuzilishiga ko’ra bir davrning o’zida ham aqliy, ham 
hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. Tadqiqotchi V.I.Ivannikov esa irodani 
motivatsiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi. Shuningdek, harakat 
ma'nosining o’zgarishi hisobiga tarmoqlovchi yoki qo’shimcha turini yaratuvchi 
imkoniyat yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning 
tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi.
Irodaviy boshqaruv esa harakatni "ixtiyoriy boshqaruv ko’rinishlarining bittasi 
sifatida" tushuniladi, bunda boshqaruv motivatsiyaning ixtiyoriy o’zgarishi orqali 
14 amalga oshirilishi sifatida qaraladi. Keltirilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, 
psixologiya fanida irodani tushunish, ta'riflash bo’yicha bir xil munosabat 
yaratilmaganday, irodaviy sifatlarning ma'naviy asosini tahlil qilish yuzasidan ham 
umumiylik, mustaqillik, qat'iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik 
va tirishqoqlilikni kiritadi. P.M.Yakobson bo’lsa, irodaning muhim sifatlari sifatida 
mustaqillik, qat'iylik, tirishqoqlik o’zini uddalashni ko’rsatadi. Insonda namoyon 
bo’ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov quyidagilarni kiritadi: 
sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va 
qat'iyatlilik, chidamlilik va o’zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik.
Iroda borasidagi tadqiqotlarda "ishonch" atamasi qo’llanilishi kamdan-kam 
hollarda qo’llaniladi. Shunga qaramasdan ishonch, iroda sifati tariqasida tadqiq 
etilishga haqlidir. Buning uchun A.I.Shcherbakov tomonidan quyidagicha 269 
tadqiqot ishi amalga oshirilgan. Tadqiqotchining ta'kidlashicha, bir talabaga qisqa 
vaqt (fursat) ichida insititutni tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni 
uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan so’ng tadqiqotchi talabada
o’z kuchiga ishonch uyg’otishni maqsad qilib qo’ygan va unda irodaviy zo’r berish, 
qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o’z 
maqsadiga erishishga musharraf bo’lgan. Xuddi shu bois hozirgi zamon 
psixologiyasining irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni 
tasniflashning asosiy tamoyili ishlab chiqilmagandirMa’lumki, insonning ehtiyojlari
ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o‘zgaradi. Shu bois o‘z ehtiyojlarini 
qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o‘z harakatlari yordami bilan muhitga 
moslashadi va undan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam
muhitni o‘z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o‘zgartiradi, qayta quradi va o‘ziga 
moslashtiradi.
15 Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o‘z ehtiyojlarini 
qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan 
oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir 
maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, shu maqsadga etishish uchun yordam bera 
oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘sqinlik va 
qiyinchiliklarni engish uchun ongli ravishda kuch-g‘ayratini ishlata oladi.
Odam faqat o‘ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda-gina emas, balki,
tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi.
Odam tevarak – atrofdagi narsalarni o‘zgartirib o‘ziga moslashtirar ekan, yangilik 
yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo‘shadi, voqelikni 
o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura 
olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga 
bo‘lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo‘lsa, ikkinchisi ixtiyoriy 
harakatlardir.
Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko‘pincha impul’siv tarzda, 
ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo‘talish, aks urish, ko‘z qovog‘ini 
ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan o‘ylab 
rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. 
Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. 
Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz 
esga tushirish holatlari ham bo‘ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz 
harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi 
yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
16 Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo‘ladi. Odam o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana 
shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni engib bo‘lsa ham maqsadini amalga 
oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi 
natija qanday bo‘lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday
qiyinchiliklar bo‘lsa ham engib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba 
universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo‘lib chiqishini 
yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o‘qishni davom ettira
beradi. Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim 
xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini 
anglashdan iboratdir.
Odamning irodaviy harakati to‘la-to‘kis determinizmga, ya’ni sababiy bog‘lanish 
qonuniga bo‘ysunadi. Shu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari 
sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar 
bo‘lishi mumkin. Odamning irodaviy faoliyati ob’ektiv jihatdan bog‘langandir. 
Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam 
hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog‘liq 
ravishda irodaviy xarakatlar odam to‘la ravishda javob beradigan ish sifatida 
boshdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko‘p jihatdan o‘zini ma’lum 
sharoitda anglaydi, o‘z hayot yo‘li va taqdirini o‘zi belgilashi mumkin.
I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni 
chiqaradi:
a) iroda-bu shaxsning o‘z faoliyatini va olamdagi o‘zini-o‘zi boshqarish shakllarini 
anglashning tavsifidir;
17 b) iroda-inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va 
bosqichlariga taalluqlidir;
v) iroda-bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o‘zini ongli
idora qilishlikdir;
g) iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan 
xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi.V.I.Selivanov
irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g‘oyani ilgari suradi, 
insonning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi yaxlit 
tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o‘zining 
tuzilishiga ko‘ra bir davrning o‘zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy 
hisoblanadi. Tadqiqotchi V.I.Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli 
sifatida tushunadi. Shuningdek, harakat ma’nosining o‘zgarishi hisobiga 
tarmoqlovchi yoki qo‘shimcha turini yaratuvchi imkoniyat yangi real motivlarni 
harakat bilan birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin 
qiladi. Irodaviy boshqaruv esa harakatni "ixtiyoriy boshqaruv ko‘rinishlarining 
bittasi sifatida" tushuniladi, bunda boshqaruv motivatsiyaning ixtiyoriy o‘zgarishi 
orqali amalga oshirilishi sifatida qaraladi. Keltirilgan mulohazalardan ko‘rinib 
turibdiki, psixologiya fanida irodani tushunish, ta’riflash bo‘yicha bir xil munosabat
yaratilmaganday, irodaviy sifatlarning ma’naviy asosini tahlil qilish yuzasidan ham 
umumiylik, mustaqillik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik 
va tirishqoqlilikni kiritadi.
Irodaning mustaqilligi.  Kishilaring irodaviy harakatlariga ularning mustaqillik 
darajasiga qarab ham baho beriladi. Irodaviy harakatlarning mustaqilligi kishining 
avvalo tashabbuskorligida ko‘riladi. Tashabbuskorlik biror bir ishni shaxsan 
boshlab yuborish demakdir. Tashabbuskorlik odatda tevarakatrofdagi sharoit 
18 hamda ijtimoiy hayot talablarini epchillik, mohirlik bilan hisobga olish va ko‘pincha
kelajakni, yangilikni oldindan ko‘ra bilish qobiliyati bilan bir vaqtda namoyon 
bo‘ladiTashabbuskor kishi shaxsiy hayotida ham, ijtimoiy faoliyatida ham vaziyat 
va turmush talablarini hisobga ola biladi, shu bilan bir vaqtda vazifalarni ilgari 
suradi, qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun yo‘l va vositalari tanlaydi va bu 
vazifalarni hal etishda faol ishtirok etadi. Mustaqillik qilinilmagan va qilinilgan ish-
harakatlar uchun javobgarlik sezishda ko‘rinadi. Javobgarlikni sezish ayni 
harakatlarning to‘g‘riligiga, maqsadga muvofiq ekanligiga va zarurligiga ishonch 
hosil qilish demakdir.Irodaning mustaqilligi yana boshqa kishilarning fikr, maslahat
va takliflarini tanqidiy ko‘z bilan mulohaza qilib chiqishda ham ko‘rinadi. Tanqidiy 
ko‘z bilan mulohaza yuritish xarakter xislati bo‘lib, boshqa kishilarning birga 
maslahat va takliflarini diqqat bilan tahlil qilishda ko‘rinadi, xarakterning shu 
xislati bo‘lgan kishi boshqa kishilarning fikr va maslahatlariga e’tibor bilan quloq 
soladi, ularga muayyan tamoyillar nuqtai nazaridan baho beradi, ijobiy foydali 
narsani qabul qilib undan foydalanadi, salbiy befoyda narsani dalillar bilan rad 
etadi.
Volyuntarizm  (lotincha: voluntas — iroda) — 1) irodani borliqning eng oliy 
koʻrinishi, tamoyili deb qarovchi falsafiy oqim. V. taʼlimotida insonning irodasi 
birinchi oʻringa qoʻyiladi. Qad. davr falsafasidagi aql-idrok, ratsionalizmdan farqli 
oʻrta asr falsafasida, mas., A. Avgustin taʼlimotida iroda birinchi oʻringa chiqdi. A. 
Shopengauer amaliy idrokni ilgari surgan Kant falsafasiga tayansa ham, lekin 
undan farqli ravishda irodaning aql-drokdan ustunligini yoqlab chiqdi va bu bilan 
Kant falsafasi, klassik falsafadan oʻzgacha yoʻl tutdi. F. Nitsshe ham Shopengauer 
taʼsirida falsafaning markaziga inson irodasini qoʻyadi. Lekin uning talqinida iroda 
hokimlikka intilishni bildiradi. Nitsshe hokimlikka erishish uchun irodani ishga 
19 solish inson faoliyatining hal qiluvchi hamda eng asosiy qobiliyatidir, deb talqin 
qiladi, mutlaq hokimlikka, hokimiyatga erishish uchun oʻta kuchli iroda egalari 
boʻlgan "oliy shaxoga sigʻinishni falsafiy asoslashga urinadi; 2) tarixiy 
jarayonlarning obyektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan 
hisoblashmasdan, oʻzboshimchilik bilan siyosat yuritish, oʻz xohish- irodasini 
hamma narsadan yuqori qoʻyish. V. sobiq Shoʻrolar davrida keng quloch yoydi. 
Oʻzboshimchalik, xalq ommasi manfaatlariga zid qilmishlar salbiy oqibatlarni 
keltirib chiqardi. Volyuntarizm atamasi 1883-yilda nemis faylasufi F.Tennis 
tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Volyuntarizmning yetuk vakili A. 
Shopengauer voqea-hodisalar (tasavvurlar) asosida yotgan “narsa o‘zida”ni 
birlamchi, hech nimaga bog‘liq bo‘lmagan “olamiy iroda”dir, deb da’vo qiladi. 
Uning fikricha, barcha tirik mavjudotlarning harakatlantiruvchi kuchi – stixiyali 
instinktiv xarakterga ega bo‘lgan “yashashga intilish irodasi” bilan belgilanali. 
Ongli iroda ko‘r-ko‘rona instinktiv individual iroda mahsulidir. Volyuntarizmga xos 
qarashlar o‘rta asrlarda Avgustin, Duns Skop ta’limotlarida ham yaqqol 
ifolalangan. XVII asr oxirlari – XIX asr boshlarida G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkuri, 
ayniqsa, nemis faylasufi doirasida iroda ustunligi ta’limoti yaratildi. Masalan, 
Fixtening fikricha, iroda dunyoning mutlaq ijodiy in’ikosidir. Gartman nazarida esa 
iroda barcha narsada mavjud, u har yerda va hamma narsaga ta’sir qiladi. Uning 
ta’kidlashicha tushuncha va atamalarda irodaning birligi namoyon bo‘ladi. 
Falsafada iroda borliqning oliy tamoyili deb talqin etiladigan Volyuntarizm atamasi
tarixiy jarayonning ob’ektiv qonuniyatlari bilan hisoblashmaslik, aql va tafakkurga 
tayanib ish tutishni inkor etadi, o‘z shaxsiy yoki guruhiy maqsad va manfaatlarini 
hamma narsadan ustun qo‘yish hollarini ifodalash uchun ham qo‘llanadi.
20  2.2. Psixik jarayonlarning ixtiyoriy boshqaruvidagi buzilishlar. 
Harakatning maqsadga muvofiqligidagi buzilishlar. 
Iroda aktining tuzilishi 
Iroda muammosiga bag’ishlangan bundan oldingi sashifalarda ta'kidlab 
o’tilganidek, shaxsning irodaviy harakatlari murakkab psixologik mazmun, 
mohiyat, ma'no kasb etishi bilan tavsiflanadi. Shuni ham eslash o’rinliki, shaxsda 
motivlar kurashining paydo bo’lishi uchun unga mas'uliyat, javobgarlik hissining 
yuklatilishi, irodaviy harakatni amalga oshirish zaruriyati tug’ilishi, mazkur 
vaziyatda shubshalanish, ikkilanish uyg’onishi favqulodda unda irodaviy zo’r 
berishlar vujudga kelishi lozim. Bu voqelikni tushuntirish yoki izoshlash uchun 
psixologik nuqtai nazardan iroda aktining tarkiblaridan iborat ekanligi aniqlanish 
uchun uning unsurlari, bo’linmalari, tuzilishi to’g’risida mulohaza yuritish joiz. 
Insonning miyasida tug’iladigan maqsadga erishish tufayligina irodaviy harakat 
amaliyotga tatbiq etiladi. Ushbu fikr boshqacharoq ifodalanganda, shaxs u yoki bu 
harakat yordami bilan qo’yilgan maqsadiga erishish yo’llarini anglab yetadi, ya'ni 
harakat bilan maqsad, o’rtasidagi uyg’unlik insonga tobora yaqqollashadi, 
anglashiniladi. Holbuki shunday ekan, shaxs o’zining ruhiy holatini o’zgartirishga 
qaror qiladi, qondirilishi lozim bo’lgan eshtiyojlarini muayyan tartibga keltiradi, 
ularni birlamchi va ikkilamchi darajalarga ajratishni lozim topadi. Xuddi shu 
yo’sinda irodaviy harakatni amalga oshirishning tarqoq va yig’iq tarkiblari 
(unsurlari) maqsadga yo’naltiriladi. Ushbu jarayonga inson shaxsini undayotgan, 
21 ham anglanilgan, ham anglanilmagan ruhiy tayyorgarlik motivdan iborat bo’lib, 
maqsadga intilish va unga erishish majburiyatini tushuntirishga xizmat 
qiladi.Insonning shayoti va faoliyatida uning borliqdagi narsalarga nisbatan o’zini 
tortadigan har xil xususiyatli maqsadlari vujudga kela boshlaydi. Lekin shuni 
ta'kidlash joizki, shaxs oldida paydo bo’lgan maqsadlarni u tanlashi, moshiyat 
jishatidan ma'qulligi (noma'qulligi) yuzasidan qaror qabul qilishi, ularning Hozirgi 
davr uchun ahamiyat kasb etishini, istiqbol imkoniyatlari singari xususiyatlarini 
shisobga olishi lozim.
Shaxs faolligining mexanizmi sifatida unda aniq, yaqqol, ob'ektga yo’nalgan 
maqsadni amalga oshirish (qaror toptirish) ezgu niyati ro’yobga chiqadi. Masalan, 
kundalik moddiy eshtiyojini qondirish, sayoshatga chiqish, ish joyini almashtirish, 
til Markaziga o’qishga kirish, qarindoshlari sholidan xabar olish, televizor tomosha 
qilish istaklari tug’ilishi mumkin. Bu asnoda iroda aktining o’ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, nafaqat xoshish-istakdagi maqsadni tanlay olish, balki uni 
amalga oshirish imkoniyati aniqroq ekanligini tushunish hamda anglashdir. Xuddi 
shu tariqa irodaviy harakatning muhim tarkibi, binobarin, ajratib olingan 
maqsadga erishishning yo’l-yo’riqlari shakli va moshiyati to’g’risida mulohaza 
yuritish, uning ustida bosh qotirish davri boshlanadi. Mazkur jarayonda fikr 
yuritilayotgan vositalarning maqsadga erishish yo’liga muvofiqligi tashlil qilinadi, 
aqlan chamalab ko’riladi, uni ro’yobga chiqarishga mutlaqo mos yordamchi 
uslublar, harakatlar tanlanadi. Yuqorida mulohaza yuritilgan aqliy xatti-
harakatlarning barchasi o’zining moshiyati bilan iroda aktining tarkibiga kiruvchi 
aqliy jarayonlar, aqliy lashzalar, aqli vaziyatlar sifatida mujassamlashadi.
22 Irodaviy aktning boshlanishi maqsadga erishish yo’l-yo’riqlari shaqiqatdan ham 
aniq istaklarning ushalishiga xizmat qilishi to’g’risida oqilona qarorga kelishda o’z 
ifodasini topadi. Psixologik ma'lumotlarning ko’rsatishicha, tanlangan harakatlar 
oqilona, omilkor, odilona ekanligi to’g’risida qarorga kelinganida, maqsadga 
muvofiqligi ishonchli dalillar ustiga qurilganida ushbu jarayon qiyinchiliklarsiz sodir
bo’ladi. Biroq aksariyat shollarda qarorga kelish murakkab jarayonga aylanadi, 
buning natijasida motivlar kurashi yuzaga keladi, binobarin, tanlash, yakdillikka 
kelish muddati birmuncha cho’ziladi. Masalan, shaxsda ish joyini almashtirish 
xoshish-istagi tug’ildi deb aytaylik, biroq unda boshqa xususiyatga ega bo’lgan 
intilishlari shukm surishi mumkin, o’z navbatida ular ishxonani o’zgartirishga 
to’sqinlik ham qiladi. Jumladan, ish joyini o’zgartirish maoshning yangi ishxonada 
biroz yuqoriligi bilan bog’liq bo’lsa-da, lekin yangi mushitga va jamoaga, notanish 
hart-haroitga, boshqacha talabga moslashish (ko’nikish) zarurligini taqozo etadi. 
Ana shu tarzdagi munosabatlar bilan motivlar kurashi yuzaga keladi, uning 
negizida: a) yangi ish joyidan, b)ichki qanoatlanish tuyg’usidan voz kechish 
kerakmi; yoki v) qimmatli imkoniyat tug’ilishi, g) uning istiqboli evaziga o’zining 
boshqa eshtiyojlaridan yuz o’girishi lozimmi degan motivlar kurashi boradi. 
Motivlar kurashida u yoki bu tarzda qarorga kelishni ma'qullash (e'tirof qilish) yoki
ma'qullamaslik (e'tirof etmaslik)to’g’risidagi mulohazalarni tashlil qilish (ularni 
chamalash) bilan cheklanib qolmasdan, balki o’zaro ziddiyatli, bir-birini inkor 
etuvchi harakatlarni tatbiq etishga undovchi qabildagi motivlar kurashi ham 
tug’ilishi mumkin. o’zaro qarama-qarshi motivlarning salmog’i qamrovli bo’lsa, 
shaxsni faoliyatga undovchi eshtiyojlarning ob'ekti o’zining qiymati (ahamiyatliligi)
bilan o’zaro baravarlashsa, u holda bunday motivlar kurashi ularga hamoshang 
tarzda kuchli kechadi. Mabodo shaxsda televidenieda kino ko’rish xoshishi bilan 
23 do’stining tavallud topganligini tabriklash uchun borish istagi o’rtasida ruhiy 
kurash yuzaga kelsa, motivlar kurashi sodir bo’lmaydi, chunki bunday mashalda 
shaxsda kinoni tomosha qilish tilagi (intilish) o’zidan o’zi yo’qoladi.Lekin motivlar 
kurashi hamisha ham shunday yengil kechadi deb xulosa chiqarmaslik kerak, 
bunda munosabat, xoshish shaxs uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishiga 
ko’p jishatdan bog’liq. Jumladan, shaxsni (safarga otlanish (tayyorgarligi) hamda 
qarindoshdagi to’yga tabriklash uchun borish istaklari (zarurati) o’rtasidagi 
motivlar kurashi o’zaro bir-biriga zid ekanligi tufayli faqat ulardan bittasini tanlash 
taqozo etilganligi sababli murosasiz kurash tariqasida keskin tus olishi mumkin. 
Shunga o’xshash motivlar kurashi natijasida muayyan qarorga kelishi yoki qaror 
qabul qilish vujudga keladi, bunda shubshalanish, sustlik, loqaydlik, ikkilanish 
singari sifatlar (gosho illatlar) faoliyat doirasidan siqib chiqarilib, butun diqqat 
e'tibor qarorni amalga oshirishga yo’naltiriladi. Mabodo qarorga kelinganidan 
keyin ham jur'atsizlik shaxsni ikkilanish sari yetaklashda davom etaversa, u holda 
irodaviy harakat tub ma'nodagi g’ayratdan, shijoatdan, sobitqadamlikdan, 
belgilangan maqsad sari intilishdan mashrum ekanligini aks ettiradi. Maqsadga 
erishish uchun shaxs o’zini tayyorlaydi, psixologik va statistik kutilmalar o’zaro 
tafovutlanishi yuzasidan ma'lumotlarni umumlashtiradi.Shuni eslatib o’tish 
o’rinliki, qarorga kelish, uni amalga oshirishda qiyinchiliklarni bartaraf etishda 
irodaviy zo’r berish muhim ahamiyat kasb etadi. Aksariyat psixologik holatlarda 
inson tomonidan qarorga o’z eshtiyojlarining ustuvorligi darajasi ta'sirini zaruriy 
chora tariqasida yengish bilan uyg’unlashgan, jiddiylik, zo’riqish xususiyatli ichki 
zo’r berish jarayoni bilan uzviy bog’liqlikka ega. Shaxs o’zidagi qarama-
qarshiliklarni yengishga nisbatan bunday munosabat (zaruriyat) birinchidan, 
sub'ektning ayrim istaklari, mustashkamlangan salbiy odatlari; ikkinchidan, 
24 turmush hodisalariga nisbatan ko’nikish shissi; uchinchidan, ma'qullanilmagan 
axloq-odob prinsiplari, an'analar bilan kurashining kechishi irodaviy aktning o’ziga 
xos xususiyatga ega bo’lgan xislati (sifati) hisoblanish irodaviy zo’r berish 
tomonidan idora qilinadi.Insonda vujudga kelgan kuchli, shijoatli intilishlarni 
yo’qolishiga harakat qilinadi Biroq qabul qilingan qaror (yoki qarorga kelish)ning 
axloq-odob prinsiplariga javob bera olishini (mutanosibligini), ijtimoiy ahamiyat 
kasb etish imkoniyatini anglashning o’zi shaxs uchun murakkab ishni "o’lik" 
nuqtasidan siljitishga, qo’zg’atishga yetarli darajadagi omil bo’lib xizmat qila 
olmaydi. Mazkur holatni shaxs tomonidan tushunish (anglash) burch, mas'uliyat, 
javobgarlik, qat'iyatlilik tuyg’ulari bilan qat'iy ishonch, zaruriyat barqaror ichki 
kechinmalar (regulyator shislar) mustashkamlansa, bunday davrda ushbu narsa 
ko’pgina intilishlarni yo’qotishga imkon beradigan shaqiqiy irodaviy zo’r berishni 
vujudga keltiradi. Yuksak shislar (burch, mas'uliyat, javobgarlik, vatanparvarlik, 
fidoiylik kabilar) axloqiy talablar interiorizasiyaga aylanganligini, ya'ni shaxsning 
ma'naviy mulkiga o’tayotganligini, egoistik (xudbinlarcha) intilishlar bilan altruistik
(ijtimoiy fidoiylik) istaklari (xoshishlari) o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga 
keladigan favquloddagi vaziyatda amalga oshiriladigan xulq-atvorning ichki 
mexanizmlarga aylanganini aks ettiradi. Yuksak shislar motivlar kurashida intilish 
o’ng yoki so’l tomonga og’ishini aniqlaydi, maqsadni amalga oshishini 
ta'minlashda regulyator funksiyasini bajaradi.Psixologiyada irodaviy akt to’g’risida 
mulohaza yuritilganda shu narsa ta'kidlanadiki, irodaviy zo’r berishning ichki 
kechishi faqat qarorga kelishda paydo bo’lmaydi, balki uni ijro etish jarayonida 
jadal sur'atga erishishda ham amalga oshadi. Buning psixologik ma'nosi shuki, 
qabul qilingan qarorni ijro etish (bajarish) aksariyat shollarda sub'ektiv va ob'ektiv 
xususiyatli bir talay qarama-qarshiliklarga duch keladi, ularni yengib o’tish esa 
25 irodaviy zo’r berishni, zo’riqishni talab qiladi. Chunonchi, bozor iqtisodiyotiga 
maqsad va vazifasiz, tasodifiy yondashuv sifatida moslayotgan shaxs o’z turmush 
tarzini o’zgartirmasa, uzoqni ko’zlab ish yuritmasa (bugungi kuni o’tganiga shukur 
qilib yashasa), faollik ko’rsatmasa, imkoniyatidan foydalanmasa, bir qator 
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Insonning o’zligi bilan ichki kurashi, xarakter 
xislatlarini o’zgartirishga intilishi irodaviy zo’r berishi tufayli amalga oshadi, xolos. 
Shuningdek, inson sanitariyaga, gigienaga rioya qilib yashashi (sayr qilish, xona 
shavosini almashtirish, ovqat shazm bo’lishini kutish, ozodalikka e'tibor qilishi 
yangi ko’nikmalarni egallash kabi) irodaviy zo’r berishni taqozo etadi. Bu 
psixologik voqelikning negizida insonni oldin shayajonga solmagan, 
tashvishlantirmagan narsalarga e'tibor qilish mexanizmi yotganligi tufayli 
favquloddagi qarshilik salbiy xis tuyg’ularni (stress, affekt, frustrasiya kabilarni) 
vujudga keltiradi. Holbuki shunday ekan, shaxsning o’zini o’zi bilan ichki ruhiy 
kurashi natijasida muvaffaqiyatga erishilsa, u holda ijobiy xususiyatli shissiy 
kechinmalar yuzaga keladi, o’zining ustidan o’zi shukmronlik tuyg’ulari, o’z kuch va
qudratiga ishonch, uni anglab yetish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi nazorat 
qilish, o’zini oldiga qo’ygan eng muhim maqsadlarga erishish imkoniyatini 
tushunish ro’yobga chiqadi. Ushbu ruhiy jarayonlar muammo yechimida ishtirok 
etishidan qat'i nazar, irodaviy zo’r berish va uning ichki kechishi kuchli zo’riqishlar 
tufayli amalga oshadi. Bu o’rinda shaxsning xarakteri, individual xususiyatlari, 
ijtimoiy hartlangan xislatlari, har bir narsaga jiddiy munosabati etakchi va ustuvor 
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o’zini o’zi boshqarish, gumanistik psixologiya 
tarkibidagi kategoriyalar hamda ularning shayot va faoliyatda namoyon bo’lishi 
muhim rol o’ynaydi. Ma'lumki, shaxsiy mayllar, ustanovkalardan tashqari, unga 
ijtimoiy ustanovkalarning ta'siri, o’z roli, statusi yuzasidan basholash tizimining 
26 to’g’ri shakllanganligi bunda aloshida ahamiyatga ega. Shaxs ma'lum bir faoliyatni 
amalga oshirgunga qadar o’z ruhiy olamida yuzaga kelgan ayrim sub'ektiv ("Men" 
bilan "Men" emas qabildagi) qarshiliklarni yengishdan tashqari, unga muayyan 
tashqi, (ob'ektiv tarzdagi) ziddiyatlarni ham barham toptirishga to’g’ri keladi. 
Aytaylik, inson uchun ro’yobga chiqarish zarur hisoblangan maqsad aniq (yaqqol), 
uni amalga oshirish yuzasidan shech qanday shak-shubha bo’lmasa-da, 
shuningdek, qarorga kelishda kuchsiz motivlar kurashi davom etsa-da, lekin 
qarorni ijro qilishda ba'zi bir qiyinchiliklar tug’ilishi mumkin. Mazkur jarayonda 
vujudga kelgan qarshilik va qiyinchiliklarni yengish insondan chidam, qat'iylik, 
favquloddagi, sira kutilmagan xolatni inobatga olishni taqozo etadi. Ba'zida esa 
uzluksiz ravishda ular bilan kurashish, irodaviy zo’r berish, ularni yengish uchun 
esa ruhan tayyorgarlik mayli bilan qurollantirishni talab etadi.Bunday vaziyatlar 
zo’riqish, tanglik, zo’r berish, jiddiylik ma'lum davr davomida shaxsda saqlanib 
turish majburiyatini yuklaydi. Psixologik ma'lumotlarga qaraganda, irodaviy sa'i-
harakat uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan irodaviy zo’r berish aksariyat 
shollarda motivlar kurashidagi qarama-qarshilik yuzaga kelganligi bilan emas, balki
shaxs tomonidan qabul qilingan qarorni ijro etish (bajarish, ado etish) jarayonida 
ob'ektiv xususiyatga molik qiyinchiliklarni yengish tufayligina namoyon bo’ladi. 
Xuddi shu bois iroda akti tuzilishi tashlilining ko’rsatishicha, ushbu holat iroda 
faoliyatining bir talay xususiyatlarini xaspo’shlashga imkon yaratadi. Shuning bilan 
birga, irodaviy faoliyatning shaxs xatti-harakatlarida muayyan ustuvor vazifalar 
(funksiyalar) ijro etishini (bajarishini) ta'kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir. 
Mazkur funksiyalar: birinchidan, shaxsning xatti-harakatlarini amaliyotga tatbiq 
qilish sifati darajasini yuksaltiradi. Ikkinchidan, inson shayoti va faoliyati uchun 
muhim ahamiyat kasb etuvchi muammolar yechimini topishga haroit yaratadi. 
27 Uchinchidan, inson shaxsiga muammo moshiyatiga kirishini ta'minlaydi, 
shuningdek, harakatni maqsadga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.Irodaviy 
faoliyat insonning xatti-harakatlarini uning borliqqa (atrof-muhitga) nisbatan ongli
shaxs sifatida o’z oldiga qo’ygan ustuvor maqsadlari mohiyatidan kelib chiqqan 
holda boshqaradi. Shaxs, bu asnoda, o’zining tanlagan ideallariga, uni 
yo’naltiruvchi g’oyalariga, ishonch e'tiqodlariga, qarashlariga, o’zga kishilar 
beradigan basholariga, o’ziga o’zi basho berish mezonlariga nomutanosib istaklar, 
xoshishlar, tilaklar vujudga keltirmaslikka, ularni to’xtatishga yoki batamom 
bartaraf etishga intiladi. Bu holat tashlili shundan dalolat beradiki, iroda bu 
o’rinda shaxsning xatti-harakatlarini jilovlash (to’xtatish), nazorat qilish, 
boshqarish, chetga og’ishdan saqlash (cheklash) funksiyalarini aks 
ettiradi.Irodaning xatti-harakatlarni boshqarish funksiyasi shaxs uchun noxush, 
noqulay, yoqimsiz xoshish-istak, harakat va intilishni cheklash, to’xtatish, tiyish 
kabilardan iborat bo’libgina qolmay, balki inson shaxsiy faolligini muayyan 
jabhaga, sohaga yo’naltirish, o’z harakatlari quvvatini oshirish, barcha narsalarni 
umumiy maqsadga muvofiqlashtirishdan iboratdir. Irodaviy jarayon hamisha 
shaxsni faollikka chorlaydi, uni qat'iy yo’l belgilash sari yetaklaydi, barqaror 
harakat qilishga yo’naltiriladi, ikkilanish, shubshalanishning oldini oladi. Shuning 
uchun ham maqsadga yo’naltirilgan harakatlar, amalga oshirilgan intilish, ro’yobga
chiqarilgan ezgu niyat shaxsda o’ziga ishonch tuyg’usini uyg’otadi, dadil amallar 
qilishga yo’naltiriladi, orzularni ushatishga nisbatan faol maylni shakllantiradi. 
Insonning erishgan yutug’i, muvaffaqiyati har bir irodaviy harakat barqarorligini 
ta'minlaydi, amallar tanlash, qaror qabul qilish, shaxsiy uslubni tarkib toptirishni 
jadallashtiradi, yangi irodaviy harakatlarni amalga oshirishni yengillashtiradi, 
o’zidagi irodaviy sifatlarning takomillashuviga puxta negiz shozirlaydi, irodaviy zo’r
28 berishni taqozo etuvchi harakatlarni tatbiq qilish ko’nikmalarini shakllantiradi. 
Mazkur jarayon ham anglanilgan, ham anglanilmagan tarzda, motivlar kurashi 
orqali (kuchsiz), irodaviy zo’r berish, qiyinchiliklarni yengish tufayli namoyon 
bo’ladi.Iroda uchun irodaviy xatti-harakat motivasiyasi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Xuddi shu bois irodaning negizini shaxsning xatti-harakatlari va ishlarining 
keng ko’lamli, rang-barang xususiyatli motivlashtirilishiga omil(turtki) tariqasidagi 
ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Psixologiyada motivlashtirishning uch turi mavjudligi
ta'kidlanadi psixologik hodisalarning bir-biri bilan jips bog’langan, lekin o’zaro to’la
mutanosib bo’lmagan, nisbiy mustaqil ko’rinishlari motivlashtirish deyiladi.
                                            XULOSA 
Iroda - bu kishining o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarish, maqsadga 
yo‘naltirilgan xatti-xarakat va xulqi atvorining amalga oshishida tashqi, ichki 
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga-qaratilgan jarayonlar. Iroda tufayli inson o‘z 
29 faoliyatini ongli boshqaradi, maqsad qo‘yadi, maqsadni amalga oshirish 
mobaynida uchraydigan to‘siqlarni, qiyinchiliklarni yengishga xarakat qiladi. 
Psixologik tadiqotlarni ko‘rsatishicha irodaviy sifatlarning 300ga yaqin turi mavjud.
Irodaviy sifatlarni bir qancha kamponetlari mavjud bulib ular quyidagilar: istak, 
maqsad, xoxish, ijro etish, ichki qiyinchiliklarni yengish, bajarilgan ishga baho 
berish kabilardir. Insonning o‘z faoliyatini va xulqi atvorini shaxsiy xoxish irodasiga 
bo‘ysundirish, ro‘yobga chiqarish mustaqil fikrlashni barqarorlashtirish ko‘zlangan 
maqsadni amalga oshirishga puxta zamin hozirladi. Yoshlarni irodasi avvalo 
ularning ijtimoiy faoliyatida, mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta’lim 
jarayonida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda yoshlarimizning bilim olishga 
ehtiyojining kuchayishi ulardagi aqliy salohiyati o‘sishi ko‘p jihatdan ularning 
irodaliy bo‘lishini talab etadi. Chunki iroda tufayli inson biron-bir maqsad asosida 
ko‘zlangan ishini hatti-harakatlarini bajarishga intiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi 
yoshlarda irodaviy sifatlarni tarbiyalash, ularni o‘quv faoliyatlarida duch keladigan 
tusiq va qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatish, ta’lim jarayonida muvaffaqiyatlik 
tarzda amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.Bilimlarni egallashdagi 
sobitqadamlilik - bosh irodaviy sifat, hislat hisoblanib u irodaning boshqa 
ko‘rinishlarining taraqqiyot darajasini va o‘sishini aniqlovchi asosiy omil bo‘lib 
sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk davlat ideallarida sodiqlik vatan oldidagi 
burchlik yuksak darajada anglash jamoatchilik xissi, yurt ravnaqiga o‘z xissasini 
qo‘shishi istagi va bularning barchasi o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan sobitqadamlilik 
namunasi. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi tashabbuskorlik talabaning o‘z xoxishini 
amalga oshirish o‘quvchida, mustaqil bilim olish va fikrlashdagi qattiyatlilik - 
talaba yoshlar tomonidan jiddiy qaror qabul qilish uni izchil xayotga tadbiq etish 
xislati sanaladi. Tirishqoqlik talaba yoshlarning qiyinchiliklarni yengish uchun 
30 kurashida sir va izoh hujjat maqsadiga erishish uchun intilish ko‘nikmasi 
xisoblanadi.Muammolarni yechish chog‘ida chidamlilik shaxs tomonidan qabul 
qilingan qarorda amalga oshirishga xalal beruvchi, fikrni hissiyot va hatti-harakatni
turg‘unlovchi (tormozlovchi) talabaning uquvchanligi xisoblansa tashkillanganlik- 
o‘z harakati va xulqini rejalashtirish hususan uni ijro etishda talaba yoshlarning 
rejaga asoslanishini malakasi. Matonatlilik - qo‘ygan maqsadni xavf-xatarga mos 
muqaddas his etgan holatda o‘rnini oqlaydigan xavf-xatarga qul urish, qurqinch 
nisbatan yuzma-yuz tura olish, fazilati. Ishbilarmonlik - har qanday o‘rnatilgan 
ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan qat’iy nazar omilkorlik qo‘llash tufayli oxiriga 
yetkazish xislatidir. Mustakillilik - o‘z e’tiqodiga qat’iy ishonch shaxsiy kuch 
quvvatiga ishonch,boshqalarning yordamiga muxtojlik sezmaslik kabi irodaviy 
sifatlardan xisoblanadi. Shaxsning xulq-atvorida, o‘quv faoliyatida agarda ta’limiy 
mashg‘ulotlar oqilona, xaqiqiy ravishda,to‘g‘ri uyushtirilsa insondagi bir qator 
irodaviy sifatlar xam paydo bo‘ladi, bunda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurti 
o‘qituvchilari, murabbiylariga yuklanadi.
                         FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2003. - 38 
b. 
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, 1997 yil 29 avgustda 
qabul qilingan. “Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyoti poydevori” –Toshkent: 
“Sharq” nashriyot-matbaa kontserni, 1997. – 20-29 b. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. –Toshkent: 1997. 
4. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 1997.
- 35 b. 
31 5. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 1998. -35 b. 
6. Karimov. I.A. Yuksak ma’naviyat-Yengilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 
200. – 123 b. 
7. Abdullaeva SH.A. O‘spirinlarning tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish va
xulqidagi nuqsonlarni korrektsiyalashning pedagogik asoslari: Pedagogika fanlari 
doktori darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtorefati. -O‘ZPFITI, 2005. -
15-20 b. 
8. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 5 jildlik saylanma. 4-jildi. –Toshkent: “Xalq 
merosi”, 1993. -300-304 b. 
                                  SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YO ‘ NALISHI
209-guruh talabasi Tursunboyev Navro‘zbekning
                       "Irodasizlik xulq-atvori"  mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
32 __________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Ilmiy rahbar:   ________________________ PhD. Sh. B.Axmedova
            
33

Irodasizlik xulq-atvori MUNDARIJA KIRISH.....................................................................................................4 I.BOB. IRODA TUSHUNCHASIGA PSIXOLOGIK TAVSIF.......................5 1.1.Iroda tushunchasini rivojlanish tarixi. Irodani aniqlash..............5-10 1.2. Irodasizlik. Irodasizlikning har xil namoyon bo‘lishi. Dangasalik..........................................................................................11-14 II.BOB. IRODA INSON XULQ-ATVORI VA FAOLIYATINING ASOSI SIFATIDA..................................................................................15 2.1. Irodaning falsafiy nazariyalari. Iroda volyuntarizm sifatida.....15-22 2.2. Psixik jarayonlarning ixtiyoriy boshqaruvidagi buzilishlar Harakatning maqsadga muvofiqligidagi buzilishlar........................23-32 XULOSA. ..............................................................................................34-35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .........................................................36 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Iroda – shaxsning harakatini ifodalaydigan ruxiy jarayon. Mustaqillik -o’zining asosli fikriga ega bo’lish. Chidam – shaxsning yuqori darajadagi irodaliligi. Qat’iyat – uz qarorlarida sobikkadam bo’lish. Abuliya- irodasizlikning yuqori ko’rinishi. Maqsad- shaxsni biror sohaga undovchi xolat. Natija-harakat tufayli erishilgan yutuk.Irodaning shakllanishi birinchi navbatda ota-onaga bog‘liq. Bolada ongli intizomni shakllantirish tarbiyaning muhim shartlaridan biridir. Irodaviy fazilatlarni rivojlantirish intizomning zaruriy sharti bo‘lib, u xulq-atvor qoidalariga rioya qilish zarurligini tushunishga yordam beradi, shuningdek, o‘z xohishistaklarini tartibga soladi.Irodaviy sifatlarni tarbiyalashda maktab muhim o‘rin tutadi. U bolaga bir qator talablarni qo‘yadi, ularsiz maktabda o‘qish mumkin emas, u bolaning intizomini shakllantiradi.O‘qituvchi bolaning irodaviy fazilatlari, shuningdek, turli xil xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Bolalar ko‘pincha o‘qituvchining xatti-harakatlariga taqlid qilishga intiladi.Bolaning jismoniy tarbiyasi bolaning irodasini rivojlantirishga birdek muhim ta’sir ko‘rsatadi. Kattaroq yoshda irodaviy fazilatlarning shakllanishi to‘xtamaydi. Ular mehnat faoliyatida eng yuqori rivojlanishga erishadilar.Irodaviy tartibga solishning rivojlanishi bir necha yo‘nalishda sodir bo‘ladi: 1. Ixtiyorsiz psixik jarayonlarni ixtiyoriy jarayonlarga aylantirish. 2. Xulq-atvor ustidan nazoratni qo‘lga kiritish. 3. Irodaviy sifatlarni rivojlantirish. Bu jarayonlarning barchasi bola nutqni o‘zlashtira boshlagan paytdan boshlanadi.Ushbu sohalarning har birida ixtiyoriy tartibga solishning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan o‘ziga xos transformatsiyalar sodir bo‘ladi. Masalan, iroda kognitiv jarayon sifatida birinchi navbatda tashqi nutqni tartibga solish shakli sifatida ishlaydi, keyin esa nutq ichidagi jarayonning shakli sifatida ishlaydi. 2

Xulqatvorda dastlab ixtiyoriy nazorat faqat alohida qismlarning ixtiyoriy harakatlariga taalluqlidir, keyin esa u harakatlarning murakkab majmuasiga aylanadi. Rivojlanishda birlamchi sifatlardan tizimli sifatlarga o‘tish sodir bo‘ladi.Bundan tashqari, inson ongli ravishda o‘z oldiga erishish qiyin bo‘lgan maqsadlar va ixtiyoriy harakatlarni talab qiladigan vazifalarni qo‘ysa, irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning yana bir yo‘nalishi mavjud.Bolalarda xulq-atvorni ixtiyoriy tartibga solishning rivojlanishi intellektual daraja, shaxsiy va motivatsion aks ettirishning namoyon bo‘lishi bilan ham bog‘liq. Shu munosabat bilan umumiy psixologik rivojlanishga e’tibor bermasdan, irodani tarbiyalash maqsadga muvofiq emas.Bolalarda irodaviy fazilatlarni rivojlantirishda maktabgacha yoshdagi faoliyatning etakchi turi sifatida o‘yin alohida rol o‘ynaydi. Har xil turdagi o‘yinlar irodaviy fazilatlarni rivojlantirishga o‘ziga xos hissa qo‘shadi. Mavzu o‘yinlari o‘zboshimchalik bilan tartibga solishning rivojlanishiga yordam beradi. Syujetli rolli o‘yinlar bolada zarur bo‘lgan kuchli irodali fazilatlarni o‘rnatadi. Kollektiv o‘yinlar harakatlarni o‘z-o‘zini tartibga solishni kuchaytiradi. Doktrina kognitiv jarayonlarni o‘zboshimchalik bilan o‘z-o‘zini tartibga solishni rivojlantirishga eng katta hissa qo‘shadi. Kurs ishining obyekti. Iroda sifatlarini, irodalilik darajalarini aniqlash. Kurs ishining predmeti. Olimlarning iroda bo‘yicha qilgan tadqiqotlari va iroda sifatlari bo‘yicha nazariyalar. Kurs ishining vazifalari.  Iroda tushunchasiga psixologik tarif berish;  Iroda sifatlarini o‘rganish. Irodasizlik haqida ma'lumot berish;  Irodaning volyuntarizm sifatini o‘rganish;  Irodaning hissiy jarayonlarimizdagi ahamiyatini o‘rganish. 3

Kurs ishining tarkibi. Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, 2bob va 4bo‘limdan iborat. I.BOB. IRODA TUSHUNCHASIGA PSIXOLOGIK TAVSIF. 1. 1.Iroda tushunchasini rivojlanish tarixi. Irodani aniqlash . Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan qobiliyati. Inson irodaviy harakatini amalga oshirar-kan, oʻziga hukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: Iroda uchun "men xohlayman" degan kechinma emas, balki "kerak", "bajarishim shart" degan kechinma xosdir. Dastavval ta’lim faoliyatini bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan sifatlar (mehnatsevarlik matonat, diqqatlilik, tirishqoqlik.) anglana bosh-lanadi. Undan so‘ng boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatlarni ifoda-lovchi sifatlar (o‘rtoqlik hissi, mehribonlik, vazminlik, qaysarlik xissi) anglanadi. Undan ham keyin o‘z-o‘ziga nisbatan bo‘lgan munosabatlarni ifodalovchi sifatlar ( kamtarlik, takabburlik) anglanadi. Nihoyat shaxsning ko‘p tomonlama munosabatlarini ifodalovchi murakkab sifatlar, burch hissi, qadr-qimmat va vijdon xissi, maqsadga intilish xissi anglanadi. O‘smirlarda o‘zini anglashning muhim xususiyatlaridan biri o‘zini bilishga bo‘lgan ehtiyoj bilan shaxsning namoyon bo‘lishini yetarli darajada to‘g‘ri tahlil qila olmasligi, o‘zi xaqida yetarli darajada bilimlarga ega emasligi o‘rtasidagi qarama- qarshilikdir. Mana shu asosda ba’zan o‘smirdagi tirishqoqlik darajasi bilan uning jamoadagi xaqiqiy mavqei o‘rtasida, uning o‘zo‘ziga nisbatan, o‘z shaxsining sifatlariga 4

nisbatan bo‘lgan munosabati bilan unga hamda uning shaxsining sifatlariga nisbatan kattalarning va tengdoshlarining muno-sabatlari o‘rtasida ixtilof yuzaga keladi. A.G Kovolev adolatli ravishda ta’kidlaydiki, o‘smirlarda 2ta bir-biriga qarama-qarshi ammo har ikkisi ham ayni bir vaqtda salbiy bo‘lgan kechinmalarni,ya’ni boshqalardan ustunlik va boshqalardan kamlik hissini tug‘dirmaslik uchun o‘smir shaxsiga to‘g‘ri baho berish muhimdir. O‘smirlarda o‘zini anglashni rivojlanishinig yangi bosqichi o‘ziga bir na’munani, o‘ziga xos axloqiy etalonni ajratish bilan bog‘liqdir. O‘smir o‘ziga na’muna bo‘lgan etalon bilan o‘zini solishtirib, o‘z xatti-harakatlariga baho beradi. Mana shunday namuna bo‘ladigan etalonlar o‘smirning xatti-harakatlarini yo‘lga sola boshlaydi. O‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim hisoblangan yangi xislatlarni tarkib topishi unda o‘ziga xos kattalik xissining yuzaga kelishidir. O‘smir bu hissiyotni o‘z- o‘ziga katta yoshli odam sifatida bo‘lgan shaxsiy munosabatlarni kattalar jamoasida ular hayotining to‘laqonli va to‘la xuquqli a’zosi sifatida yashashga tayyor ekanligini sub’ektiv tarzda ichidan kechiradi. Kattalik xissi o‘smirlarda mustaqillikka va ma’lum darajada erkinlikka intilishni yuzaga keltiradi. Mana shuning natijasida ular kattalarning baholariga g‘ayri tabiiy holda javob beradilar va kattalarning ularning qadr-qimmatlarini kamsitishlariga, ularning erkinliklarini inkor qilishlariga, ularning xuquqlariga yetarli baho bermasliklariga juda o‘tkir reaktsiya bilan javob beradilar. Psixologik ma’lumotlar talqiniga qaraganda, iroda o‘zaro uzviy bog‘liqikkita vazifalarning – undovchi va tormoz qiluvchi funktsiyalarning bajarilishinita’minlaydi va ularning vujudga kelishida o‘zini namoyon qiladi. Iroda – arabcha xohish, istak, maqsad degan ma’noni bildiradi. U shaxsning ma’lum maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi o‘z xatti-harakatlarini (faoliyatda, muomalada, xulq-atvorda) ongli ravishda yo‘naltirib turish, shu yo‘ldagi 5