logo

ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

714 KB
ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI
REJA
I.   Kirish 
1.   Rejalashtirish va prognozlashning mohiyati, ahamiyati va vazifalari 
2.   Rejalashtirishning tamoyillari va usullari
3.   Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi
4.   Ishlab chiqarish rejasini tuzib chiqish va tasdiqlashni tashkil etish
5.   Rejalashtirishni takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari
6.   Prognozlash maqsadi
Xulosa
Adabiyotlar
1 Kirish
Bozor   iqtisodiyotiga   o`tishda,   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   jihatdan
taraqqiy   ettirish   va   shu   asosda   jamiyat   ahzolarining   moddiy   va   mahnaviy
farovonligini   tahminlashda   xalq   xo`jaligining   yetakchi   tarmog`i   bo`lgan
sanoatning   mavqei   alohida   o`rin   egallaydi.   Ana   shu   juda   muhim   soha   iqtisodiy
asoslarining   ham   nazariy,  ham   amaliy  mohiyati   va  ahamiyatini   tushunadigan,   bu
boradagi   barcha   yangiliklar   va   tashkiliy   o`zgarishlarni   his   eta   oladigan
iqtisodchilarni tayyorlashda « Sanoat   iqtisodiyoti » fanining roli alohida ahamiyat
kasb etadi. 
Bu   fanning   asosiy   maqsadi   ilm-toliblarida   zamonaviy   iqtisodiy   fikrlashni,
mamlakat milliy iqtisodiy-ijtimoiy ishlab chiqarish tizimida sanoat kompleksining
egallagan   o`rnini   tavsiflash,   xalq   xo`jaligi   va   aholining   sanoat   mahsulotlariga
bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq qondirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va
sanoat   ishlab   chiqarishining   samaradorligini   oshirish   zaruriyati   to`g`risidagi
umumlashgan tasavvurni shakllantirishdan iborat. 
« Sanoat   iqtisodiyoti »   fani   talabalarga   nafaqat   muayyan   axborot,
mahlumotlar,   bilim   va   ilm   berishi,   balki   ularni   o`z   faoliyatining   eng   muhim
yo`nalishlarini   to`g`ri   tanlab   olishga,   murakkab   iqtisodiy   muammolarning
yechimini topa bilishga o`rgatishi kerak. 
Talabalarning   bu   fan   bo`yicha   bilim   va   malakalarini   shakllantirishning
asosini   mahruzalar,   amaliy   mashg`ulotlar,   mustaqil   ishlar,   ilmiy-tadqiqotlardagi
ishtiroki tashkil etadi. 
Ma`ruzalar   talabalarga   nazariyaning   asosiy   negizlarini   yoritib   bersa,
seminar   va   amaliy   mashg`ulotlar   mahruza   materiallarini   mustahkamlashga,   fanni
chuqur   o`rgatishga,   materialni   yozma   va   og`zaki   bayon   etib   berish   sanhatini
egallashga yordam beradi. 
2 « Sanoat   iqtisodiyoti » fani umumiqtisodiy mutaxassislik bo`yicha iqtisodiy
kadrlar   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   uchun   iqtisodiy   darslardan   biri   bo`lgani
bois   uni   o`qitish   alohida   darslik   va   o`quv   qo`llanmasi   asosida   amalga   oshirilishi
zarur. 
Kitobxonga tavsiya etilayotgan o`quv qo`llanma Toshkent Davlat iqtisodiyot
universiteti Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Namunaviy dastur»ga binoan
yozilgan.   U,   eng   avvalo,   «Iqtisodiyot   (sanoat)»   ixtisosligi   talabalariga
mo`ljallangan. CHunki korxona (firma)larning iqtisodiy masalalari alohida kursda,
yahni «Korxona iqtisodiyoti» fani bo`yicha o`rgatiladi. Ushbu o`quv qo`llanmadan
Akademiyalar,   Oliy   va   o`rta   maxsus-tahlim   o`quv   yurtlarining   iqtisod
fakulg’tetlarida   bilim   oluvchi   talabalar   va   o`quvchilar,   shuningdek,   sanoat   ishlab
chiqarishini boshqarish, rejalashtirish va prognozlash, tashkil etish sohasida xizmat
qilayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.  
3 1.Rejalashtirish va prognozlashning mohiyati, ahamiyati va vazifalari
Texnikaviy,   madaniy   va   iqtisodiy   jihatdan   rivojlangan   jamiyatda
rejalashtirish   singari   vosita   boshqaruv   jarayonining   kengayishi,   fan-texnika
taraqqiyoti   hamda   ehtiyojlarning   darajasi   va   hajmi   jihatidan   ortishi   boshqaruv
instantsiyalari,   yahni   bir-biriga   itoat   qiladigan   tashkilotlar   oldiga   siyosat,
iqtisodiyot  va  alohida  shaxslar,  oilalar, maxallalar,  korxonalar,  hududiy  jamoalar,
mamlakatlar,   shuningdek,   butun   insoniyat   uchun   muhim   bo`lgan   muammolarni
quymoqda. Tajriba shuni ko`rsatadiki,
kelajakning murakkab masalalarini hal etish uchun odamlar jiddiy fikr yuritishlari
va   faol   harakat   qilishlari   darkor.   Bunda   istalgan   maqsadlarni   o`z   vaqtida   anglash
va ularga erishish choralarini belgilashning mahqul ko`rinishida ko`maklashadigan
loyiha,   kontseptsiyalar,   asosiy   yo`nalishlar   ayniqsa   zarur   bo`ladi.   Ehtiyojlarni
qondirish uchun mablag` qancha kam bo`lsa, tegishli texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy
va   madaniy   jarayonlarni   oqilona   boshqarishda   ko`maklashadigan   vositalar
shunchalik tahsirchan bo`lishi lozim.
Ma`lum   orzu-umidlar   bilan   bog`liq   bo`lgan   boshqaruv   vositalaridan   biri
rejalashtirishdir.  
Rejalashtirish   –   loyiha   ishlab   chiqish   bo`yicha   axborotni   ishlashga
asoslangan kelajakda maqsadga erishish uchun parametrlarni aniqlovchi tartibga
solingan jarayondir.  
Milliy iqtisod va uning sohalari hamda bo`limlari iqtisodiyotida rejalashning
qator   tahriflari   mavjud   bo`lib,   ular   yuqorida   keltirilgan   tahriflardan   turli   darajada
farq   qiladi,   Lekin   mohiyatan   unga   o`xshab   ketadi.   SHunday   tahriflardan   bir
nechtasini keltirish mumkin. 
Rejalashtirish  – «kelajakning ongli tafakkuri».
Rejalashtirish   (keng mahnoda) – «mazmunan bo`lajak voqealarni aniqlash
bo`yicha   qarorlar   qabul   qilishni   tizimli   tayyorlash   asosida   boshqaruv   qarorlarini
shakllantirishdir».
4 Rejalashtirish   – «oldindan sezib qabul qilingan qaror», ya`ni rejalashtirish
deganda shunday  yechim  tushuniladiki, u (qaror  qabul  qilishga  muvofiq keluvchi
axborot   jarayoni   bilan   bir   qatorda)   vaqt   jihatdan   konyukturali   voqealar   yuzaga
kelishidan oldin ishlab chiqiladi. 
Rejalashtirishni   «aslida   tafakkurning   aqliy   bashorati   va   ta`kidlar   kelajak
faoloiyatini kuzda tutadigan tafakkur jarayoni sifatida», - deb ta`riflash mumkin. 
Rejalashtirish   –   bu   vazifani   sifatli   va   sonli   tasvirlash,   natijaviy
imkoniyatlarni belgilash va ularga erishish yo`llarini aniqlashdir. 
Rejalashtirish   –   kelajak   muammolarini   bilish   va   hal   etishning   tizimli,
usuliy (metodik) jarayoni.  
Nihoyat,   rejalashtirish   –   xalq   xo`jaligiga   rahbarlik   qilishning   o`zagidir.
Rejalar   esa   davlat     iqtisodiy   va   ijtimoiy   siyosatini   amalga   oshirishning   asosiy
qurolidir. 
Rejalashtirishning   ahamiyati   shundan   iboratki,   u   iqtisodiyotni
rivojlantirishning   printsipial   masalalariga   oid   davlat   va   hukumat   ko`rsatmalarini,
iqtisodiy   va   ijtimoiy   taraqqiyot   rejalari   yordamida   aniq   topshiriqlarga   va   amaliy
ishlarga   aylantiradi.   Uzoq   muddatli,   ya`ni   uch   yillik,   besh   yillik   va   o`n   yillik
rejalarda   davlatning   iqtisodiy   strategiyasi   jamlangan   holda   ifodalanadi.   Yillik
rejada,   odatda,   xo`jalik   vazifalarini   hal   etishning   eng   samarali   taktikasi   nazarda
tutiladi. 
5 Rejalashtirish   faoliyatlarda,   yahni   amalda   muayyan   uyg`unlik   va
muvofiqlikni   tahminlaydi,  ishlab  chiqarish   taraqqiyotining  ustuvor  yo`nalishlarini
aniqlaydi,   raqobat,   bellashuv   sharoitida   umuman   iqtisodning,   xususan   sanoatning
omon   (sog`)   qolishiga   imkoniyat,   qulaylik   yaratadi.   Aynan   rejalashtirish   tufayli
tarmoq   idoralari   mahsulotning   u   yoki   bu   turini   ishlab   chiqarish,   o`z   vaqtida
resurslar   bilan   tahminlash   vazifasini   hal   etadilar.   Ishlab   chiqarilayotgan
mahsulotlarni   sotish   kanallari   va   usullarini   aniqlaydilar.   Bundan   tashqari,
rejalashtirish   ishlab   chiqarish   rezervlaridan,   raqobatning   afzalliklaridan,
iqtisodiyotdagi   yangi   tendentsiyalar   yahni   mayl   va   g`oyalarni   kuzatish
imkoniyatini   yaratib   beradi,   faoliyatning   nozik   va   zaif   tomonlari   tahsirini
susaytirish,   bo`lishi   mumkin   xatolarning   oldini   olish   va   xavf-xatarni   kamaytirish
imkonini beradi.
Rejalashtirish   obhektiv   iqtisodiy   qonunlardan   ongli   ravishda   foydalanishni
taqozo   etadi.     Rejali   xo`jalik     yuritish   imkoniyati   va   zaruriyatining   o`zi   har   bir
jamiyatda   xalq   xo`jaligini   rejali   va   mutanosib   rivojlantirish   qonunining   amal
qilishini taqozo etadi. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat rejali rivojlanish
6 qonuni, balki bir  qator boshqa qonunlar, jumladan, qiymat  qonuni, talab va taklif
qonuni, vaqtni tejash, mehnatga qarab taqsimlash qonunlari harakatda bo`ladi.
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   umumdavlat   strategiyasining,   jumladan,
umumdavlat   rejasining   «falsafasi»   masalasi   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu
«falsafa»   O`zbekiston   Respublikasi   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotining   muhim
sohalari   va   maqsadlarini,   struktura   va   investitsiya   siyosati,   fantexnika
taraqqiyotining yo`nalishlarini, ilmiy, ma`naviy va ma`rifiy salohiyatini  ko`tarish,
mamlakat mudofaa qobiliyatini saqlab turish vazifalarini belgilab beradi. 
Bozor   iqtisodiyotining   barcha   imkoniyatlari   erkin   reja   asosida   amalga
oshiriladi.   Demak,   rejalashtirish   qanchalik   erkin   va   mukammal   bo`lsa,
mustaqillikning   afzalliklari,   istiqlolning   samarasi   shunchalik   to`liqroq   ko`zga
tashlanadi,   shundagina   jamiyat   o`z   ijtimoiy-iqtisodiy   vazifalarini   muvaffaqiyatli
hal   etadi.   Ana   shundagina   rejalashtirish   xalq   xo`jaligining   barcha   sohalarini,
jumladan, sanoatni tashkiliy ravishda va tartibli rivojlanishiga imkon yaratadi.
Rejalashtirish   mutlaqo   ilmiy   asosda   tuziladi   va   u   jamiyat   taraqqiyotini,
jumladan, sanoat taraqqiyotining amaliyotini doimo umumlashtirib borishni, fan va
texnikaning   barcha   yutuqlaridan   foydalanishni   talab   qiladi.   Sanoatga   rejali
rahbarlik   qilish     voqealarni   oldindan   ko`rish   demakdir.   Voqealarni,   hodisalarni,
bo`lajak   faoliyatni   oldindan   ko`rish   jamiyat   iqtisodiy   qonunlarini   bilib   olishga
asoslanadi   va   jamiyat     moddiy   va     mahnaviy     hayoti     rivojining   yetilgan
talablariga suyanadi. 
Iqtisodiy qonunlarning mohiyati, mazmuni va boshqa tomonlarini bilib olish
iqtisodiy   jarayonlar   mohiyatini   o`qib   olishga,   taraqqiyotning   ilg`or
tendentsiyalarini   hali   ular   kurtak   holida   bo`lganidayoq   aniqlab   olishga,   iqtisodiy
taraqqiyot   jarayonini   ilmiy   asosda   oldindan   ko`ra   olishga,   uni   mustaqil,   buyuk
davlat qurish manfaatlari uchun reja asosida yo`lga solishga yordam beradi. 
Rejalashtirish nazariyasida rejalashtirishning turlari, bosqichlari, maqsadlari,
vazifalari, tizimlari degan tushunchalar mavjud. 
Rejalashtirishning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
7 - munosabatdor kattaliklar bo`yicha rejalashtirish;
- muvofiqlashtirish shakllari bo`yicha rejalashtirish;
- moslashuv (adaptatsiya) shakliga ko`ra rejalashtirish.
Rejalashtirish   turlarini   bir   qator   alomatlar   bo`yicha   tasniflash   mumkin.
Masalan,   rejalashtirishning   birinchi   eng   muhim   turi   bo`lgan   munosabatdor
kattaliklar bo`yicha rejalashtirish turining alamotlariga quyidagilar kiradi: 
-   zamon   (vaqt)   ko`lami   (qisqa   muddatli,   o`rtacha   muddatli,   uzoq   muddatli
rejalashtirish); 
-   funktsional   bo`lim   (ishlab   chiqarishni,   sotishni,   saqlashni,   ta`minotni,
moliyani, investitsiyani rejalashtirish); 
- boshqaruv ieraraxiyasi (rahbariyat ierarxiyasi);
-   rejalash   ieraraxiyasi   (strategik,   yahni   oliy;   taktik,   yahni   o`rta;   operativ,
yahni past darajadagi rejalashtirish).
Agar   rejalashtirish   jarayonini   boshdan   oyoq   ko`rib   chiqilsa,   unda   ayrim
bosqichlarni   ajratish   mumkin.   Ularga   quyidagilar   kiradi:   maqsadlarni   ifodalash,
ya`ni ishlab chiqish; 
- muammolarni qo`yish;
- muqobil variantlarni izlash va tanlash;
- taxmin qilish; 
- baholash va qarorlar qabul qilish.
Sanoatni   rejalashtirishdan   ko`zlangan   oliy   maqsad   sanoat   ishlab
chiqarishining   faoliyati   asosida   avvaldan   fikran   o`ylangan   bo`lg`usi   natijani
aniqlash va bu natijaga erishish uchun tegishli chora-tadbirlarni belgilashdan iborat
bo`ladi.   SHu   sababli   rejalashtirish   jarayonining   birinchi   bosqichi   maqsadlarni
ifoodalashdan iborat bo`ladi. 
Maqsadlarni ifodalashning alohida vazifalari quyidagilardan iborat:
- maqsadlarni izlash, maqsadlarni aniqlash, maqsadlarni tarkiblash;
- maqsadlarni amalga oshirish, maqsadlarni tanlash. 
8 Ushbu nazariyadan kelib chiqib, sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirishning
asosiy vazifalarini quyidagicha izohlash mumkin: 
- eng avvalo, maqsadni qo`yish;
- sanoat ishlab chiqarishining xilma-xil faoliyatini, ayniqsa xalq xo`jaligi va
aholi   uchun   zarur   bo`lgan   yuqori   sifatli,   raqobatbardosh   mahsulotlar
tayyorlashning ijtimoy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab berish; 
- zaruriy moddiy-texnik bazani shakllantirish;
- moliyalash manbalarini aniqlash va ijobiy pirovard natijaga erishish.
Mustaqillik yillarida rejalashtirish sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Lekin   shuni   aytish   kerakki,   xalq   xo`jaligining   rejali,   mutanosib   rivojlanish
qonuniyati   talablariga   to`la   javob   beradigan   darajaga   erishilgani   yo`q.   Yaqin
o`tmishda   rejalashtirishda   birtalay   xatolarga   yo`l   qo`yilganini,   murakkab   xo`jalik
muammolarini   hal   etishga   o`ylamay-netmay   tavakkalchilik   bilan   qaralganligini
hamma yaxshi biladi.
Milliy   iqtisod   va   uning   yetakchi   tarmog`i   bo`lgan   sanoat   ishlab
chiqarishning   uzoq   davrga   mo`ljallangan   rivojini   belgilash   uchun   boshqaruvning
eng muhim funktsiyalaridan biri bo`lgan prognozlash alohida ehtibor berishni talab
qiladi.   SHu   munosabat   bilan   bu   kategoriyaning   mohiyati   va   ahamiyati,   mazmuni
va turlari, usullari va vazifalarini yaxshi bilish kerak.
Eng   avvalo,   shuni   qayd   qilish   kerakki,   ijtimoiy   hayot   kelajakni   oldindan
ko`rishsiz   va   uning   istiqbolini   bashorat   qilmasdan   mumkin   emas.   SHu   sababli
keyingi   vaqtda   bashorat   qilish   xalq   xo`jaligining   optimal   faoliyat   ko`rsatishining
eng   zaruriy   shartiga   aylanmoqda.   Istiqbolni   boshqaruvning   juda   murakkab
jarayonida   bashorat   qilish   ishlab   chiqarishning   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyot
yo`llarini oldindan ko`rish vazifasini bajaradi.
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   bashorat   qilish   jamiyat   rivoji,   shu   jumladan,
moddiy ishlab chiqarishning eng muhim sohasi bo`lgan sanoat rivojining kelajakda
amalga   oshishi   mumkin   bo`lgan   maqsadlarini   va   ularga   erishishni   tahminlovchi
iqtisodiy   resurslarni   aniqlash,   iqtisodiy   va   texnikaviy   siyosatning   uzoq   va   o`rta
9 muddatli   yo`nalishlarining   eng   ehtimolga   yaqin   iqtisodiy   samarali   variantlarini
qidirib topish uchun zarur. 
Prognoz, yahni bashorat deganda real obhektning kelajakda bo`lishi mumkin
bo`lgan   ahvoli,   uni   amalga   oshirishning   alg’ternativ,   ya`ni   muqobil   (mumkin
bo`lgan   qarama-qarshi   ikki   holdan   birini   tanlab   olish   zaruriyati)   yo`llarini   va
muddati   to`g`risidagi   ilmiy   jihatdan   asoslangan   mulohaza   tushuniladi.   Qisqacha
qilib aytganda, oldindan qilingan xulosadir.
Prognozlash, yahni bashorat qilish deganda kelajakni ko`rish, mo`ljal qilish
va oldindan aytib berish jarayoni tushuniladi. Faqat  mavjud dalillar, mahlumotlar
va   aniq   raqamlar   asosida   voqea   yoki   hodisaning   qanday   bo`lishi,   rivojlanishi   va
oqibatini oldindan aytib berish, yahni bashorat qilish mumkin.
Bashorat   qilishning   bir   qancha   yo`llari   mavjud   bo`lib,   ulardan   eng
asosiylariga   iqtisodiy   va   ijtimoiy   bashorat   qilish   kiradi.   Ularni   bir-biridan   shartli
ajratish   mumkin,   chunki   bashorat   qilishning   maqsadi   va   vazifasi   bir   hodisa   yoki
voqeaning   ham   iqtisodiy,   ham   ijtimoiy   jihatlari   bilan   bog`liq,   bir   medalning   ikki
tomonidir.
Bashorat   qilishning   maqsadi   real   obhektning   kelajakda   fikran   o`ylangan
natijasini   tahminlashdan   iborat.   Hodisa   va   voqealar   fikriy   modelining   natijasiga
erishish.
Bashorat   qilishning   vazifasi   esa   bu     jarayonning       oldida   turgan   maqsadga
erishish uchun  bir  qator  ishlarni  bajarishdan iborat. 
10 11 2. Rejalashtirish tamoyillari va usullari
Rejalashtirish   nazariyasida   xo`jalikka   rahbarlik   qilishning   ma`lum
fundamental qoidalari, yahni tamoyillari masalasi alohida o`rin egallaydi.
Bozor   munosabatlari   sharoitida   bunday   tamoyillar   jumlasiga   quyidagilar
kiradi: 
1. Ilmiylik tamoyili;
2. Rejalarni mahlum maqsadga yo`naltirish tamoyili;
3. Mutanosiblik va balanslilik tamoyili;
4. Komplekslik tamoyili;
5. Uzluksizlik tamoyili;
6. Barqarorlik tamoyili;
7. Tarmoq va hududiy rivojlanishning uyg`unligi;
8.   Xalq   xo`jaligi   va   uning   tarmoqlari   hamda   korxona   (firma)lar
rivojlanishining uzviy birligini hisobga olish tamoyili.
Sanoat   va   uning   tarmoqlari,   korxonalari,   tashkilotlari   faoliyatlarini
rejalashtirganda   yuqoridagi   tamoyillarga   to`la   amal   qilinsa   topshiriqlarni
muvaffaqiyatli   bajarish   mumkin,   iqtisodiy   o`sish   kuchayadi   va   ishalb   chiqarish
samaradorligi   albatta,   ko`tariladi.   Yuqorida   keltirilgan   tamoyillarni   amalga
oshirish   uchun   bir   qator   usullardan,   yahni   balans,   maqsadli,   normativ,   statistik-
iqtisodiy, ko`p variantli, iqtisodiy-matematik matritsa usullaridan foydalaniladi. 
Balans   usuli   rejalashtirishning   bosh   usuli   hisoblanadi.   Faqat   balans
usuligina   asosiy   proportsiyalarni   belgilash,   resurslarning   jamiyat     ehtiyojlariga
muvofiqligini   aniqlash,   rejalarni   real   va   natijali   qilish   imkonini   yaratadi.
Balanslardan   istiqbol   va   joriy   rejalarning   barcha   bo`limlarini   ishlab   chiqishda
foydalaniladi. 
Sanoat   ishlab   chiqarishini   rejalashtirishda   balans   usulidan   keng
foydalaniladi,   chunki   u   xalq   xo`jaligining   yetakchi   tarmog`i   bo`lgan   sohalarini
muayyan   sharoitda   aniq   vaqt   va   mahlum   fazoda   yaxlit   holda,   bir   biriga   bog`liq
12 texnik-iqtisodiy   ko`rsatkichlar   yordamida   aks   ettira   oladi.   Balanslar   ishlab
chiqarishning   ko`lami   va   dinamikasi,   uning   tarkibi   va   tuzilmasi   hamda
samaradorligi   to`g`risidagi   mahlumotlarni   mujassamlashtiradi.   Ularda   sanoat
tarmog`i   va   boshqa   milliy   iqtisodiyotning   tarmoqlarining   o`zaro   munosabatlarini
ko`rish mumkin. 
Rejalashtirishda   balanslarning   qiymat,   natura-qiymat,   moddiy,   mehnat   va
moliyaviy turlaridan keng foydalaniladi.
An`anaviy qiymat balanslari qatoriga: yalpi ijtimoiy mahsulot balansi, milliy
daromad   balansi,   aosiy   fondlar   balansi,   tovar   oboroti   va   resurslar   balansi,   tashqi
savdo va to`lov balanslari kiritiladi.
Balanslarning   eng   muhimlaridan   biri   moddiy   balans   bo`lib,   u
mahsulotlarning   eng   muhim   to`plamini   qamrab   oladi.   Balanslarni   ishlab   chiqish
katta bilim va ilm, tajriba, ijobiy yondashuvlar talab qiluvchi murakkab ishdir.
Rejalashtirish   amaliyotida   natura   yoki   moddiy   balanslarning   quyidagi   uch
turidan: 
1. mehnat qurollarining balanslari;
2. mehnat buyumlarining balanslari;
3. xalq istehmoli buyumlarining balanslaridan foydalanish mumkin. 
Moddiy   balanslar   mahlum   sxemalar   bo`yicha   ishlab   chiqilib,   unda,   bir
tomondan, mahsulot resurslari, ikkinchi tomondan, uning ayrim qismlari bo`yicha
taqsimlanishi ko`rsatiladi (sxemaga qarang). 
13        
5-chizma. Moddiy balansning taxminiy sxemasi 
Balanslarning   yana   bir   eng   muhim   turi   –   bu   mehnat   balanslaridir.   Bunday
balanslarda   mavjud   mehnat   resurslari   va   ulardan   foydalanish     yo`nalishlari   aks
ettiriladi. Mehnat  balanslariga mehnat  resurslarining yig`ma balansi, tarmoqlar va
hududlar bo`yicha ishchi kuchi balansi va h.k.lar kiritiladi.
Korxona   (firma)larda   ishlab   chiqarish   quvvati   balansi   tuzilib,   unda
korxonaning   ishlab   chiqarish   imkoniyati,   uning   tarkibidagi   nomutanosibliklar
mavjudligi,   ishlab   chiqarish   quvvatini   kengaytirish   uchun   zarur   bo`lgan   kapital
qo`yilmalar aniqlanadi.
Rejani texnik-iqtisodiy jihatdan asoslashning eng muhim asoslaridan biri bu
normativ usuldir. 
Rejalashtirish   jarayonida   iqtisodiy   normativlarning   roli   beqiyos.   Ular
yordamida   rejalashtirilayotgan   davr   sharoitlarini   (mahsulot   berish   topshiriqlari,
narx, foydadan byudjetga ajratma, ish haqi fondlarini tashkil etish normativlarini)
oldindan   bilgan   holda   korxonalar   jamoalari   ishlab   chiqarishni   o`stirishning
yuksakroq   surhatlarini,   uning   samaradorligini   ancha   oshirishni   tahminlaydigan
rejalarni   ijodiy   tarzda,   barcha   imkoniyatlarni   oshkora   qilishdan   cho`chimasdan
tuza oladilar.
14 Normativ usulning mohiyati shundan iboratki, unda reja ko`rsatkichlari rejali
norma   asosida   aniqlanadi.   Bu   usul   yordami   bilan   ishlab   chiqarishdagi   ilg`or
tajribalarni  umumlashtirishning barcha bo`g`inlaridagi  balanslari  (mahsulot  ishlab
chiqarish  va realizatsiya  qilish,  ishchi  kuchi,  moddiy  va  moliyaviy  balanslari)dan
keng foydalanishni nazarda tutadi.
Rejalashtirishda norma va normativlarning uch guruhi: iqtisodiy, ijtimoiy va
texnologik guruhlaridan foydalaniladi. 
Iqtisodiy   normativlar   resurslardan   foydalanish   samaradorligini   eng   past
mumkin   bo`lgan   miqdorini   ifodalaydi.   Masalan,   rejalashtirish   va   prognozlashda
kapital mablag`lardan foydalanishning normativ koeffitsienti  (En) ko`rsatkichidan
keng   foydalaniladi.   Faraz   qilaylik,   rejalashtirishda   uning   miqdori   Yen   q   0,15
kesimida belgilanadi. Bu milliy iqtisod rivojiga sarflangan mablag`larning har bir
so`mi 15 tiyin bilan qaytishi kerak. 
Shunday   bo`lsa,   sarflangan   kapital   mablag`   taxminan   7   yilda   o`zini   to`la
qoplaydi.   Agarda   u   har   yili   15   tiyindan   kam   tejam   keltirsa,   capital   qo`yilmalar
(investitsiyalar) samarasiz foydalanilganligini anglatadi.
Ijtimoiy   normativlar   jamiyat   va   uning   ahzolari   ehtiyojlari   muayyan   davrga
qondirilishining   mumkin   bo`lgan   darajasini,   insonning   tevarakatrofdagi   muhit
bilan   o`zaro   aloqasi   xarakterini   belgilaydi.   Ayrim   mahsulot   turlarining   bir   kishi
tomonidan  istehmol  qilinishi  normasi  ijtimoiy  normativlar   namunasidir.  Masalan,
bir   kishining   bir   yilda   oyoq   kiyimiga   bo`lgan   istehmol   normasi   3,3   juft   hajmida
belgilangan. 
Texnologik   normativlar   chiqarilayotgan   mahsulot   birligiga   resurslarining
solishtirma   sarfi   miqdorini   ifodalaydi.   Masalan,   1kVt   soat   elektroenergiya   ishlab
chiqarishga   sarflanayotgan   Yonilg`i   normasi,   xom   paxtadan   paxta   tolasini
chiqarish normasi.  
15 16 3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi
Ma`lumki,   milliy   iqtisodiyot,   jumladan,   sanoat   iqtisodiyotini   rivojlantirish
uchun   aniq   topshiriqlar,   yahni   xo`jalik   vazifalari   va   amaliy   chora-tadbirlar
belgilanadi. Ular reja shaklida namoyon bo`ladi.
Reja   –   bu   davlat   ijtimoiy–iqtisodiy   siyosatini,   jamoa   va   shaxs   o`z   ishlarini
amalga oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi. SHu sababli reja va rejalashtirish
masalasiga   alohida  ehtibor   beriladi   va  ularning  mohiyati,   ahamiyati,  mazmuni   va
vazifalarini chuqur bilish zaruriyati yuzaga keladi.  
Reja   –   bu   biror   ish,   dastur,   tadbir   va   shu   kabilarni   amalga   oshirishning
oldindan belgilangan tartibi, loyihasi. Ko`pincha uni topshiriq deb ham ataydilar.
Ishlab   chiqarish   rejasi   har   xil   bo`lishi   mumkin.   Masalan,   ijtimoiy   ishlab
chiqarish   rejasi   yoki   yagona   xalq   xo`jaligi   kompleksining,   ya`ni   mamlakat   xalq
xo`jaligi   rejasi,   milliy   iqtisodiyot   va   uning   real   tarmog`I   rejasi   (sanoat,   qishloq
xo`jaligi, qurilish, transport va h.k.lar rejasi).   
  Rejaning bir qancha shakllari mavjud: 
 vaqti va muddatiga qarab har qanday reja soatlik, 
 kunlik, 
 haftalik,
 o`n kunlik, 
 bir oylik, 
 bir kvartallik, 
 bir yillik 
 bir necha yillik bo`lishi mumkin. 
 rejalashtirishning maqsadi va vazifasiga ko`ra reja ikki turga:
1. operativ reja 
2. texnik-iqtisodiy rejaga bo`linadi. 
Bu rejaning ikkinchi turi o`z navbatida ikki shaklda, yahni joriy (taktik) reja
va istiqbolli (strategik) reja shakllarida bo`ladi. 
17 Reja tuzish va uni ro`yobga chiqarish, yahni reja bajarilishini tashkil etish va
nazorat qilish jarayoni «Rejalashtirish» deb ataladi.  
«Rejalashtirish» atamasi haqida so`z borganda shuni tahkidlash kerakki, turli ilmiy
asarlar,   darslik   va   o`quv   qo`llanmalari,   entsiklopediya   va   lug`atlarda   turlicha
tahriflar   berilgan   va   ular   o`zbek   tiliga   tarjima   qilingan.   Lekin   O`zbekiston   SSR
ensiklopediyasida   «Reja»   va   «Rejalashtirish»   terminlari   umuman   keltirilmagan,
uning o`rniga «Plan» va «Planlashtirish» terminlari ishlatilgan. 
Mustaqillik,   istiqlol   va   ular   tufayli   yuzaga   kelgan   keskin   o`zgarishlar   bu
kategoriyaning   mohiyati,   ahamiyati,   mazmuni,   maqsadi   va   vazifalarini   tubdan
tadqiq   qilishni   talab   etadi.   Ayniqsa   markazlashgan   rejalashtirishning   tubdan
o`zgarganligi   va  tarmoqlar,  korxonalar   kata   erkinlik   olganliklari   muammolari   o`z
yechimini topishi kerak.   
Bozor   va   rejalashtirish   bir   birini   taqozo   etadi   va   ularni   bir   biridan   ajratib
bo`lmaydi. Bu yerda shuni aytish kerakki, mustaqillikning birinchi yillarida «Reja»
va «Rejalashtirish»  so`zlaridan  qo`rqa boshlagan   edik. Buni  anglagan  Respublika
Prezidenti   1995   yil   yakunlari   va   1996   yil   vazifalariga   bag`ishlangan   Vazirlar
Mahkamasining majlisida taajublanib shunday degan edi: «Xorijiy mamlakatlarda,
agar fermer foyda olishga ishonmasa unda umuman ishga qo`l urmaydi. Bizda-chi?
Hech   kim   iqtisodiy   tahlil   bilan   shug`ullanmaydi,   hech   kim   yil   boshida   hisob
qilmaydi». Bundan ko`rinib turibdiki, yil boshida rejalar aniqlanmaydi. 
Reja   va   rejalashtirish   mahlum   ko`rsatkichlar   tizimi,   ya`ni   topshiriqlar
majmui   tariqasida   aks   ettiriladi.   Ular   rejaning   asosiy   g`oyasi,   maqsadi   va
vazifalarini ifodalaydi hamda natijalarini tavsiflaydi. Ko`rsatikichlar yordamida bir
qator   funktsiyalarni   baholash,   hisob-kitob   qilish   va   topshiriqlarning
mutanosibligini tahminlash mumkin. 
a
18Rejalshtirish Texnik-iqtisodiy rejalashtirish Reja tuzish jarayonida qo`llaniladigan barcha ko`rsatkichlarning belgilanish
tartibi,   ishlab   chiqarish   xodimlarining   xo`jalik   faoliyatida   qo`llanish   miqyosi   va
vazifasiga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. 
Belgilanish tartibiga ko`ra ular tasdiqlanadigan va hisoblanadigan ko`rsatkichlarga
bo`linadi. 
Tasdiqlanadigan   ko`rsatkichlar   yuqori   tashkilot   tomonidan   belgilanadi   va
tasdiqlanadi.   Hisoblanadigan   ko`rsatkichlar   esa   boshqarishning   ma`lum   bo`g`ini
tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 
Qo`llanish miqyosiga binoan ko`rsatkichlar umumiy va differentsiyalashgan
turlarga   bo`linadi.   Umumiy   ko`rsatkichlar   sanoat   tarmog`ining   barcha   bo`g`inlari
uchun   taalluqli   bo`lib,   ular   xalq   xo`jaligi   va   uning   tarmoqlari   bo`yicha
19Tezkor-ishlab chiqarish
Texnik-iqtisodiyrejalashtirish
iqtisodiy, texnik, ijtimoiy va hokazo jihatlarini qamrab
oluvchi rejalashtirish turi bo`lib, asosan bir yilga
mo`ljallangan iqtisodiy va
Ijtimoiy rivojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi.
Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish
  texnik-iqtisodiy ``rejalashtirishning davomi bo`lib,
  korxona faoliyati yillik rejasini yanada qisqaroq muddatga
 –  sutka, o`n kunlik, oyga bo`lib muayyanlashtirish
  bilan tavsiflanadi. ko`rsatkichlarni   o`zaro   taqqoslashni   ta`minlash   maqsadida   belgilanadi.
Differentsiyalashgan   ko`rsatkichlar   ham   sanoatda   amalga   oshiriladigan   ko`pgina
jarayonlarni aniq ifodalashga yordam berib, ularni takomillashtirishga olib keladi. 
Ishlab   chiqarishning   xo`jalik   faoliyatidagi   vazifasiga   qarab,   plan
ko`rsatkichlarini   miqdor   va   sifat   ko`rsatkichlariga   ajratish   mumkin.   Miqdor
ko`rsatkichlari   ishlab   chiqarish   hajmi,   ish   haqi   fondi,   xomashyoga   bo`lgan
ehtiyojlardan   iborat.   Sifat   ko`rsatikichlari   moddiy   resurslar   va   ishchi   kuchidan
foydalanish darajasini ifodalaydi. 
Sifat   ko`rsatkichlari   o`z   navbatida   sintetik   va   texnik-iqtisodiy
ko`rsatkichlarga   bo`linadi.   Sintetik   ko`rsatkichlar   (masalan,   mehnat   unumdorligi,
mahsulot   sifati,   mahsulot   birligining   tannarxi,   foyda   yoki   daromad)   korxona
faoliyatini har tomonlama aks ettiradi. 
Texnik-iqtisodiy   ko`rsatkichlar   esa   ayrim   ishlab   chiqarish   resurslaridan
foydalanish   darajasini   ifodalaydi.   Masalan,   uskunalardan   foydalanish,   mahsulot
birligiga   sarflanadigan   xomashyo,   yoqilg`i   va   elektr   energiya,   ko`p   mehnat   talab
etadigan   jarayonlarni   mexanizatsiyalash,   eng   mukammallashgan   texnologik
jarayonlarni qo`llash shular jumlasidandir. 
Ko`rsatkichlar   rejalashtirish   tajribasida   eng   ko`p   ishlatiladigan,   belgilanadigan   va
hisoblanadigan,   umumiy   va   xususiy,   miqdoriy   va   sifat   ko`rsatkichlaridan   iborat
bo`lishi mumkin. 
Natura ko`rsatkichlar ishlab chiqarishning moddiy buyum nisbatlarini, mahsulotni
tayyorlovchi   va   istehmol   etuvchilar   orasidagi   aloqalarni   belgilab,   mahsulotning
turlari yoki ish hajmining o`lchov birliklari (dona, metr, kubometr, tonna, kilovat-
soat va hokazolar) ifodalanadi. 
Tovar-pul   munosabatlari   sharoitida   qiymat   ko`rsatkichlari   alohida   o`rin
egallaydi.   Bu   ko`rsatkichlar   ishlab   chiqarishning   hajmini,   sarflarini   va   moliyaviy
natijalarini aniqlash uchun keng qo`llaniladi. 
O`zbekiston   Respublikasining   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotini   ta`minlash
yo`llaridan   biri   –   sanoatni   yuqori   surhatlar   bilan   rivojlantirishdir.   Bunga   erishish
20 uchun, dastavval, uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har
xil   ko`rsatkichlardan   foydalanish   kerak   bo`ladi.   Bir   tomondan,   qo`llaniladigan
ko`rsatkichlar sanoatning umumiy taraqqiyotini ifoda etsa, ikkinchidan, sanoatning
o`zining   shart-sharoitlarini   ifodalovchi   ko`rsatkichlar   ham   mavjud   bo`lishi
mumkin.
Bunday   ko`rsatkichlarga   asoslanib   sanoatning   texnikaviy,   iqtisodiy   va   ijtimoiy
shart-sharoitlari aniqlanadi. 
Sanoat   taraqqiyotini   ifodalaydigan   ko`rsatkichlar   sanoat   tarmoqlarining
korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmini natural o`lchov
birligida, qiymat birligida ifoda etadigan ko`rsatkichlaridir. 
Sanoat mahsulotlarining hajmini aniqlashda qo`llaniladigan natural birliklar
bo`lib   kilovat-soat,   tonna,   kubometr,   kvadratmetr,   diko-litr,   dona   va   boshqalar
hisoblanadi. 
Bu   o`lchovlarga   tayangan   holda   ishlab   chiqariladigan   sanoat   mahsulotlarining
miqdorini   aniqlash   mumkin.   Masalan,   O`zbekistonda   2001   yilda   47,9   mlrd.
kilovat-soat  elektr energiya, 7,3 mln. tonna neftg’, 57,4 mlrd. kubmetr gaz, 428,3
mln.   kvadrat   metr   gazlama   va   38,2   mln.   dona   trikotaj   kiyimlari   ishlab   chiqarish
mo`ljallangan edi. 
Sanoat   mahsulotlarining   natural   o`lchov   birliklari   orqali   barcha   sanoat
tarmoqlarining   rivojlanishini   solishtirib   bo`lmaydi,   chunki   bir   tarmoqning
mahsuloti   kilovat-soatda   o`lchansa,   ikkinchisiniki   tonnada,   uchinchisiniki
kubmetrda   o`lchanadi   va   h.k.   SHuning   uchun   barcha   sanoat   tamoqlarining  ishlab
chiqaradigan   mahsulotlarini   va   bajaradigan   ishlarini   hisoblashda   yagona   o`lchov
birligi   bo`lishi   lozim.   Bu   o`lchov   birligi   har   tomonlama   bo`lishi   kerak.     Bunday
vazifalarni   qiymat   ko`rsatkichlari   bajaradi.   Qiymat   ko`rsatkichlari   baholar
yordamida   sanoatning   umumiy   rivojlanishini,   o`sish   surhatlari   va   uning
strukturasini aniqlashga imkoniyat yaratadi.       
Qiymat ko`rsatkichlarini ishlatishning yana bir afzal tomoni borki, bu har xil
tarmoqlar ish faoliyatini bir biriga solishtirish imkoniyatini yaratib beradi. 
21 Hozirgi   davrda   sanoat   rejasini   tuzishda   qo`llaniladigan   qiymat   ko`rsatkichlari
quyidagilardan  iborat:  yalpi  ichki  mahsulot,  tovar  mahsuloti,  realizatsiya  qilingan
mahsulot, normativ sof mahsulot, sof mahsulot. 
Sanoat   tarmoqlarida   ishlab   chiqariladigan   mahsulotlar   uchta   katta   guruhga
bo`linadi: mehnat buyumlari, mehnat qurollari va xalq istehmol mollari.
Mehnat   buyumlariga   xomashyo,   materiallar,   yoqilg`i,   elektroenergiya   va   boshqa
ishlab   chiqarishda   qo`llaniladigan   buyumlar   kiradi.   Bu   buyumlar   sanoatni   yuqori
surhatlar bilan va samarali rivojlantirish uchun ko`p miqdorda talab qilinadi. 
Rejalashtirish   qanchalik   mukammal   bo`lsa,   taraqqiyot   shunchalik
muvaffaqiyatli bo`ladi. 
22 4. Ishlab chiqarish rejasini tuzib chiqish va
tasdiqlashni tashkil etish
Namunali   metodikaga   ko`ra   sanoat   tarmog`ining   joriy   va   istiqbolli   rejasi
quyidagi qismlardan iborat:
1.   Mahsulot   ishlab   chiqarish   va   uni   realizatsiya   qilish.   Bu   belgilangan
turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish hamda istehmolchilar
bilan uzoq davom etadigan xo`jalik aloqalari asosida mahsulot ishlab chiqarish va
uning eksportga mo`ljallangan hajmini ifodalaydi. 
2.   Fan-texnika   taraqqiyotini,   ishlab   chiqarish   va   boshqarishni
takomillashtirish.   Bu   bo`limda   texnika   va   texnologiya   hamda   boshqarishni
takomillashtirish tadbirlari belgilanadi. 
3.   Ishlab   chiqarishning   iqtisodiy   samaradorligi.   Bunda   ishlab   chiqarish
samaradorligini   ifodalovchi,   jumladan,   ish   vaqti,   asosiy   va   aylanma   mablag`lar,
moddiy   resurslar   va   kapital   mablag`lardan   foydalanishga   doir   ko`rsatkichlar
rejalashtiriladi. 
4.   Norma   va   normativlar.   Ular   rejani   asoslash   va   ishlab   chiqarish
rezervlarini   harakatga   keltirish   uchun   zarur   bo`lgan   norma   va   normativlarni
yaratish hamda sistemaga solish masalalarini o`z ichiga oladi. 
5.   Kapital   qurilish   bo`limida   ishlab   chiqarish   quvvatlari   va   boshqa   asosiy
fondlarni takomillashtirish hamda turar joy va boshqa qurilish obhektlarini yaratish
bo`yicha ko`rsatkichlar nazarda tutiladi. 
6.   Asosiy   moddiy   resurslarga   bo`lgan   ehtiyoj.   Bunda   birlashma
(korxona)ning   asosiy   materiallarga   bo`lgan   ehtiyoji   aniqlanadi,   ularni   sotib   olish
tartibi belgilanadi, ichki rezervlarni safarbar etish yo`llari mo`ljallanadi. 
7.   Mehnat   va   ish   haqi   bo`limida   mehnat   unumdorligini   oshirish
mo`ljallanadi,   ishlovchilarning   soni,   ish   haqi   fondining   miqdori   belgilanadi,
ishchilarga   bo`lgan   ehtiyoj   va   kadrlarni   tayyorlash   hamda   qayta   tayyorlash
ko`rsatkichlari aniqlanadi. 
23 8. Tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi. Bu bo`limda realizatsiya
qilinadigan mahsulotlarning tannarxi, foyda va rentabellik rejalashtiriladi. 
9.   Iqtisodiy   rag`batlantirish   fondlari.   Bu   yerda   barcha   rag`batlantirish
manbaalari va ulardan keng foydalanishning aniq yo`nalishlari belgilanadi. 
10. Moliya rejasi. Bu bo`limda moliyaviy mablag`lar, daromadlar, xarajatlar
va ajratmalar, byudjetga to`lovlar, byudjetdan olinadigan mablag`lar aniqlanadi. 
11.   Ijtimoiy   rivojlanish   rejasi.   Bu   o`z   tarkibiga   xodimlarning   ijtimoiy
faolligini   oshirish,   ularning   bilim   va   ilmiy   darajasini,   ishlab   chiqarish   malakasini
ko`tarish,   jamoa   ahzolarining   turar   joyi,   maishiy   hamda   madaniy   sharoitlarini
yaxshilash kabi tadbirlarni mo`ljallaydi. 
12. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish. Bu bo`limda
tabiatni   muhofaza   qilishning   ijtimoiy   va   iqtisodiy   qirralari,   tabiiy   resurslardan
oqilona foydalanish va boshqa ekologik tadbirlar belgilanadi. 
Hozirgi   paytda   gap   mahmuriy   buyruqbozlik   tizimi   davridagi   rejalashtirish
to`g`risida   emas,   balki   bozor   iqtisodiyotiga   mos   keladigan   reja   va   rejalashtirish
to`g`risida borishi kerak. Gap asosan u yoki bu soha (tarmoq), korxona (firma)ning
o`z   fikri,   g`oyasini   amalga   oshirish   va   shu   asosda   foyda   (daromad)   olishga
yo`naltirilgan   rejali   tashkil   etilgan   tadbirlar,   harakatlar   tizimidan   iborat   bo`lgan
Biznes-reja haqida bo`lishi kerak. 
Biznes-reja   zamonaviy   ishlab   chiqarishni   tashkil   etish   va   boshqarishning
muhim vositasidir. SHu sababli uning mohiyatini, ahamiyatini, mazmunini chuqur
anglash zarur. Bu masala haqida gap borganda eng avvalo, biznes-reja nima uchun
kerak?   –   degan   savol   tug`iladi.   Bunday   reja   eng   avvalo,   bankir   hamda
investorlarga zarur. CHunki korxona (firma) o`z loyihasini amalga oshirish uchun
ulardan pul mablag`lari so`raydi.  
24 Ikkinchidan,   biznes-reja   korxona   (firma)   xodimlari   uchun   kerak.   Ular
o`zlarining maqsad, vazifalarini, istiqbolni bilishlari zarur.    
Uchinchidan,   eng   asosiysi   ishbilarmon,   tadbirkor,   korxona   (firma)   rahbari
o`z g`oyalarini, ularning to`g`ri va realligini bilishi kerak. 
Biznes–rejani   tuzishda   rahbarning   shaxsiy   ishtiroki   juda   zarurdir,   shuning   uchun
ham ko`pgina xorijiy mamlakatlar banklari, investorlar va boshqa muassasalar agar
biznes   –   rejani   boshdan   oyoq   chetdan,   konsultant   orqali   ishlab   chiqilib,   rahbar
unga   faqat   imzo   chekkani   mahlum   bo`lib   qolgan   taqdirda   loyihaga   mablag`
berishdan bosh tortadilar. Bunday reja, odatda, talabgorsiz qoladi. 
Biznes-rejada quyidagi narsalar yoritiladigan bo`limlar bo`ladi:
 biznesning maqsadi va asosiy g`oyasi; 
 korxona (firma) ishlab chiqaradigan mahsulot (xizmat)ning o`ziga xos
xususiyati va ular bilan bozor ehtiyojini qondirish; 
 ayrim bozor segmentlarida firmaning xulq-atvori, strategiyasini
belgilash; 
 tashkiliy qoida hamda ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishini belgilash
(aniqlash); 
 ishning moliyaviy loyihasini shakllantirish (shu jumladan,
25 moliyalashtirish strategiyasi va investitsiyalash bo`yicha takliflar); 
 firmaning rivojlanish istiqbollari bo`limlari.
Biznes-rejani tuzib chiqish jarayonida quyidagilarga erishamiz:
birinchidan , o`zimiz boshlayotgan ishni puxta bilishga erishamiz; 
ikkinchidan , xarajatlarni bilamiz, korxonani yaxshi boshqarishga erishamiz; 
uchinchidan , o`z g`oyamizni boshqariluvchiga tez yetkazamiz va moliyaviy
faoliyatimizni reja asosida olib borishga erishamiz. 
Biznes-reja juda ko`p bo`limlardan iborat: 
1. Rezyume (xulosa).
2. Korxona (firma) haqidagi mahlumotlar.
3. Tovar (mahsulot yoki xizmat) turlari.
4. Sotuv bozori.
5. Marketing strategiyasi.
6. Ishlab chiqarish dasturi.
7. Ishlab chiqarishni tashkil etish.
8. Korxonaning tashkiliy-reja shakli.
9. Moliyaviy reja.
10. Loyihaning rentabelligi (foydaliligi, samaradorligi, 
natijaliligi).
 
26 27 5. Rejalashtirishni takomillashtirishning
asosiy yo`nalishlari
Davlatning   iqtisodiy   strategiyasida   boshqaruv   va   uning   eng   muhim
funktsiyasi   bo`lgan   rejalashtirishni   takomillashtirish   alohida   o`rin   egallaydi.
CHunki   u   rejalashtirishning   barcha   darajalari   va   sohalarida   qonuniy   jarayon
hisoblanadi.   Bu   esa   jamiyatda   ishlab   chiqarish   kuchlari   va   ishlab   chiqarish
munosabatlarining taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lgan vazifalar bilan belgilanadi.
  Sanoat   ishlab   chiqarishini   rejalashtirishni   takomillashtirish   sohasida   eng   avvalo,
quyidagi vazifalarni hal etish lozim: 
-   rejalashtirishning   mamlakat   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishini   tezlatishga,
sanoatning   ilg`or   strukturasini   shakllantirishga,   uni   balansli   va   mutanosib
rivojlantirishga,   ishlab   chiqarishning   iqtisodiy   va   ijtimoiy   hamda   ilmiy   va
texnikaviy salohiyatdan samarali foydalanishga tahsirini kuchaytirish; 
-   fan-texnika   taraqqiyotini   jadal   va   uzluksiz   amalga   oshirishni   oqilona
bashorat qilishga erishish; 
- bashorat  qilish bilan istiqbolli va joriy rejalashtirish o`rtasidagi  aloqalarni
mustahkamlash.   Bu   vazifalarni   amalga   oshirish   texnologiyalaridan   keng
foydalanish; 
-   reja   ko`rsatkichlar   tizimini   takomillashtirish,   ularni   pirovard   natijalar   sari
yo`naltirishni   kuchaytirish   hamda   mehnat,   moddiy,   moliya   resurslaridan
foydalanish samaradorligini, mahsulotning sifati va uni yangilash miqyoslarini aks
ettiradigan ko`rsatkichlardan keng foydalanish.  
Galdagi   eng   muhim   vazifalardan   biri   rejalashtirishning   ilmiy   saviyasini,
darajasini   oshirishdir.   Rejalar   ilmiy   tarzda   tuzib   chiqilishi,   iqtisodiy   va   ijtimoiy
jihatdan   asoslab   berilgan   va   to`la-tekis   balanslashtirilgan   bo`lishi   kerak.   Aniqroq
qilib aytgan jumladan, sanoat rejalarida ko`zda tutilgan ishlab chiqarishni o`stirish,
yalpi   ichki   mahsulotni   ko`paytirish   surhatlari   va   asosiy   mutanosibliklar   optimal
bo`lishi,   yahni   mavjud   imkoniyatlardan   yangi   jamiyatning   obhektiv   iqtisodiy
qonunlariga muvofiq ravishda eng yaxshi, eng samarali foydalanishni tahmin etish
28 kerak.   Hozirgi   jadallashgan   fan-texnika   taraqqiyoti   sharoitida   rejalashtirishning
eng muhim vazifalaridan biri ilm va texnikaning so`nggi yutuqlarini sanoat orqali
tez   surhatlarda   o`zlashtirib   olishni   rejalarda,   ayniqsa,   istiqbolli   rejalarda   ko`zda
tutishdan  iborat.  Istiqbolli  rejalarning  rolini  oshirish   rejalashtirish   uchun  ilmiy  va
amaliy jihatdan asoslangan normativlar sistemasini vujudga keltirishni talab etadi.
SHundagina   rejalashtirishda   tavakkalchilik   yuz   berishining   oldini   olish
hamda   ishlab   chiqarishning   natijaliligini   yuqori   darajaga   ko`tarish   bo`yicha
imkoniyatlarni ishga solish mumkin bo`ladi.              
Ishlab   chiqarishni   rivojlantirishni   shunday   rejalashtirish   kerakki,   natijada
mahsulot   ishlab   chiqarish   ko`paya   borsin,   mehnat   unumdorligi   borgan   sari
ko`tarilsin, mahsulotning tannarxi pasaysin, korxona foydasi oshib borsin. 
Xo`sh, buning uchun nimalar qilish kerak?
Buning uchun eng avvalo, investitsiyalardan, moddiy, mehnat va moliyaviy
resurslardan oqilona va samarali foydalanmoq kerak.
Rejalashtirishni yanada takomillashtirish uchun bu jarayon bilan  shug`ullanadigan
idoralarni   istehdodli   va   iqtidorli,   bilimdon,   obro`li,  o`z   ishining  ko`zini   biladigan
kadrlar bilan mustahkamlash kerak. Faqat shunday mutaxassislargina bu sohadagi
o`zboshimchaliklar va subhektivizmga batamom barham berishi mumkin bo`ladi. 
Reja   tuzish   ishning   bir   qismigina   xolos.   Uning   bajarilishi   va   oshirib
bajarilishi   har   bir   rahbar   va   xodimning   aql   zakovati,   tashabbuskorligi   va
fidokorona   mehnatiga   bog`liqdir.   Agarda   jamoa   va   uning   har   bir   xodimi   o`z
vazifalarini   muntazam,   bekami-ko`st         bajarib   borsa   belgilangan   rejalar   albatta,
muvaffaqqiyatli bajariladi. 
29 6. Prognozlash maqsadi
 Prognozning maqsadi  – bozorga ta`sir qiluvchi omillarni, shu bilan 
birga,  xo`jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik,
fan-texnika taraqqiyotining iste`molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta`sir 
ko`rsatishi, an`anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va 
raqobatbardoshligiga olib keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish 
istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarini belgilashdadir.
 PROGNOZ   (Basharot)   –   bu,   korxona,   obyekt   yoki   hodisaning  
kelajakdagi   ahvoli   va   ularni   amalga   oshirish   variantlari   va  
muddati to`g`risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir.  
Rejalashtirish     va   prognozlashtirish   o`zaro   aloqada   bo`lgan   ikkita   jarayon
bo`lib,   xo`jalik   faoliyatini   avvaldan   bajarilgan   hisob-kitoblar,   eng   kam
tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida yuritishni ko`zda tutadi.
– Prognozlarni   ishlab   chiqish   jarayoni   prognoz   qilish,   ya`ni   kelajakni
hozirgi   paytdan   kelib   chiqqan   holda   oldindan   ko`ra   bilish   deb   ataladi.
Rejalashtirish   –   qaror   qabul   qilishning   uzluksiz   bir
jarayoni   bo`lib,   bu   jarayon   davomida   korxona   faoliyati   va  
rivojlanishining     maqsad   va   vazifalari   atrofda   ro`y   berayotgan   o`z-
garishlarni   inobatga   olgan   holda   vaqt   bo`yicha   aniqlanadi   va   belgi-
lanadi   hamda   ularni   amalga   oshirish   uchun   resurslar   aniqlanadi.  
Mazmuniga   ko`ra,   rejalashtirish   texnik-iqtisodiy   va   tezkor-ishlab  
chiqarish   turlariga   bo`linadi.
Texnik-iqtisodiy   rejalashtirish   korxona   faoliyatining   barcha   (iqtiso-
diy,   texnik,   ijtimoiy   va   hokazo)   jihatlarini   qamrab   oluvchi   rejalashti-
rish   turi   bo`lib,   asosan   bir   yilga   mo`ljallangan   iqtisodiy   va   ijtimoiy   ri
vojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi.
Mazkur rejalashtirish turining soddalashtirilgan ko`rinishi ko`pincha korxona
faoliyatining yillik rejasi deb ataladi.
30 Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari prognoz qilish
ham katta rol o`ynaydi.  Prognoz   qilish   xo`jalik   faoliyati   yurituvchi   subyektning
istiqbolda   yuzaga   kelishi   mumkin   bo`lgan   holatlarni   ilmiy   asoslagan   holda
avvaldan ko`ra bilishini ifodalaydi.  
Prognoz qilish rejalashtirish tavsifida o`z aksini topadi: ishlab chiqarish va 
korxona iqtisodiy   hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish –o`rta va 
uzoq muddatli prognozlar asosida hamda   joriy rejalashtirish –  qisqa muddatli 
prognozlar asosida ishlab chiqiladi. Bu   yo`nalishlarning ikkalasi ham o`zaro 
uzviy aloqada  o`lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va 
hayotning real voqeligi bilan bog`laydi.
31 Xulosa
Sanoat   ishlab   chiqarishini   rejalashtirish   boshqaruv   tizimining   ajralmas
qismidir.   U   yordamida   milliy   iqtisodiyotning   eng   muhim   tarmog`i   –   sanoatning
rivojlanishiga taalluqli bo`lgan ko`rsatkichlar muayyan vaqtga belgilanadi. 
Rejalashtirish o`zining tegishli tamoyil va usullariga ega va ular iqtisodiyot
nazariyasida alohida o`rin egalladi.   Sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun
aniq   topshiriqlar   berilishi   kerak   va   ular   reja   shaklida   aks   etadi.   Sanoat   rejasi   12
bo`limdan   iborat.   Sanoat   rejasini   tuzish   eng   murakkab   ishlardan   biri   hisoblanadi.
CHunki bunda taraqqiyotning barcha tomonlarini oldindan ko`rish, yahni bashorat
qilish   hamda   bu   taraqqiyotni   tahminlovchi   iqtisodiy   va   texnik   salohiyatning
samarali variantlarini qidirib topish kerak bo`ladi.
Mustaqillik   yillarida   rejalashtirishni   takomillashtirish   borasida   anchagina
ishlar   amalga   oshirildi.   Lekin   xalq   xo`jaligini,   jumladan,   sanoatning   rejali,
mutanosib rivojlanishining bir qator muammolari hali o`z yechimini topgani yo`q.
SHu sababli bu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish va demokratik davlat,
bozor iqtisodiyotining talablariga javob beradigan rejalashtirishni yaratish zarur. 
32 Adabiyotlar
1.   Karimov   I.A.  O`zbekiston   iqtisodiy   siyosatining   ustuvor     yo`nalishlari.  -
T.: «O`zbekiston». 1996. Tom 2, 3-36 betlar.
2.   Karimov   I.   A.   O`zbekiston   XX1   asrga   intilmoqda.   –T.:   «O`zbekiston».
2000.352 bet.
3.   Karimov   I.A.   Bizning   bosh   maqsadimiz-jamiyatni   demokratlashtirish   va
yangilash,   mamlakatni   modernizatsiya   va   isloh   etishdir.   Oliy   Majlis   Qonunchilik
palatasi   va  Senatining  qo`shma   majlisidagi  ma`ruzasi.  2005  yil   28  yanvar.  «Xalq
so`zi», 2005 yil, 31 yanvar. 
4.   A. Ortiqov. «Sanoat iqtisodiyoti» (darslik). –T.: TDIU. 2004.
5.   E.   Maxmudov.   «Korxona   iqtisodiyoti»   (o`quv   qo`llanma)   –T.:   TDIU.
2004. 208-bet.
6.   O`zbekiston   milliy   ensiklopediyasi.   8-9-jildlar.-   T.:   Davlat   ilmiy
nashriyoti. 2002-2005. 
7.   Promqshlennostg   Respubliki   Uzbekistan   2001-2004   gg.   Statisticheskie
sborniki.
8.   www.gov.uz . - Hukumat sayti.
9 .   www.press-service.uz . - Prezident sayti.
10.   www.tsue.uz  - Universitet sayti
33

ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI REJA I. Kirish 1. Rejalashtirish va prognozlashning mohiyati, ahamiyati va vazifalari 2. Rejalashtirishning tamoyillari va usullari 3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi 4. Ishlab chiqarish rejasini tuzib chiqish va tasdiqlashni tashkil etish 5. Rejalashtirishni takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari 6. Prognozlash maqsadi Xulosa Adabiyotlar 1

Kirish Bozor iqtisodiyotiga o`tishda, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirish va shu asosda jamiyat ahzolarining moddiy va mahnaviy farovonligini tahminlashda xalq xo`jaligining yetakchi tarmog`i bo`lgan sanoatning mavqei alohida o`rin egallaydi. Ana shu juda muhim soha iqtisodiy asoslarining ham nazariy, ham amaliy mohiyati va ahamiyatini tushunadigan, bu boradagi barcha yangiliklar va tashkiliy o`zgarishlarni his eta oladigan iqtisodchilarni tayyorlashda « Sanoat iqtisodiyoti » fanining roli alohida ahamiyat kasb etadi. Bu fanning asosiy maqsadi ilm-toliblarida zamonaviy iqtisodiy fikrlashni, mamlakat milliy iqtisodiy-ijtimoiy ishlab chiqarish tizimida sanoat kompleksining egallagan o`rnini tavsiflash, xalq xo`jaligi va aholining sanoat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq qondirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va sanoat ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish zaruriyati to`g`risidagi umumlashgan tasavvurni shakllantirishdan iborat. « Sanoat iqtisodiyoti » fani talabalarga nafaqat muayyan axborot, mahlumotlar, bilim va ilm berishi, balki ularni o`z faoliyatining eng muhim yo`nalishlarini to`g`ri tanlab olishga, murakkab iqtisodiy muammolarning yechimini topa bilishga o`rgatishi kerak. Talabalarning bu fan bo`yicha bilim va malakalarini shakllantirishning asosini mahruzalar, amaliy mashg`ulotlar, mustaqil ishlar, ilmiy-tadqiqotlardagi ishtiroki tashkil etadi. Ma`ruzalar talabalarga nazariyaning asosiy negizlarini yoritib bersa, seminar va amaliy mashg`ulotlar mahruza materiallarini mustahkamlashga, fanni chuqur o`rgatishga, materialni yozma va og`zaki bayon etib berish sanhatini egallashga yordam beradi. 2

« Sanoat iqtisodiyoti » fani umumiqtisodiy mutaxassislik bo`yicha iqtisodiy kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun iqtisodiy darslardan biri bo`lgani bois uni o`qitish alohida darslik va o`quv qo`llanmasi asosida amalga oshirilishi zarur. Kitobxonga tavsiya etilayotgan o`quv qo`llanma Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Namunaviy dastur»ga binoan yozilgan. U, eng avvalo, «Iqtisodiyot (sanoat)» ixtisosligi talabalariga mo`ljallangan. CHunki korxona (firma)larning iqtisodiy masalalari alohida kursda, yahni «Korxona iqtisodiyoti» fani bo`yicha o`rgatiladi. Ushbu o`quv qo`llanmadan Akademiyalar, Oliy va o`rta maxsus-tahlim o`quv yurtlarining iqtisod fakulg’tetlarida bilim oluvchi talabalar va o`quvchilar, shuningdek, sanoat ishlab chiqarishini boshqarish, rejalashtirish va prognozlash, tashkil etish sohasida xizmat qilayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin. 3

1.Rejalashtirish va prognozlashning mohiyati, ahamiyati va vazifalari Texnikaviy, madaniy va iqtisodiy jihatdan rivojlangan jamiyatda rejalashtirish singari vosita boshqaruv jarayonining kengayishi, fan-texnika taraqqiyoti hamda ehtiyojlarning darajasi va hajmi jihatidan ortishi boshqaruv instantsiyalari, yahni bir-biriga itoat qiladigan tashkilotlar oldiga siyosat, iqtisodiyot va alohida shaxslar, oilalar, maxallalar, korxonalar, hududiy jamoalar, mamlakatlar, shuningdek, butun insoniyat uchun muhim bo`lgan muammolarni quymoqda. Tajriba shuni ko`rsatadiki, kelajakning murakkab masalalarini hal etish uchun odamlar jiddiy fikr yuritishlari va faol harakat qilishlari darkor. Bunda istalgan maqsadlarni o`z vaqtida anglash va ularga erishish choralarini belgilashning mahqul ko`rinishida ko`maklashadigan loyiha, kontseptsiyalar, asosiy yo`nalishlar ayniqsa zarur bo`ladi. Ehtiyojlarni qondirish uchun mablag` qancha kam bo`lsa, tegishli texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni oqilona boshqarishda ko`maklashadigan vositalar shunchalik tahsirchan bo`lishi lozim. Ma`lum orzu-umidlar bilan bog`liq bo`lgan boshqaruv vositalaridan biri rejalashtirishdir. Rejalashtirish – loyiha ishlab chiqish bo`yicha axborotni ishlashga asoslangan kelajakda maqsadga erishish uchun parametrlarni aniqlovchi tartibga solingan jarayondir. Milliy iqtisod va uning sohalari hamda bo`limlari iqtisodiyotida rejalashning qator tahriflari mavjud bo`lib, ular yuqorida keltirilgan tahriflardan turli darajada farq qiladi, Lekin mohiyatan unga o`xshab ketadi. SHunday tahriflardan bir nechtasini keltirish mumkin. Rejalashtirish – «kelajakning ongli tafakkuri». Rejalashtirish (keng mahnoda) – «mazmunan bo`lajak voqealarni aniqlash bo`yicha qarorlar qabul qilishni tizimli tayyorlash asosida boshqaruv qarorlarini shakllantirishdir». 4

Rejalashtirish – «oldindan sezib qabul qilingan qaror», ya`ni rejalashtirish deganda shunday yechim tushuniladiki, u (qaror qabul qilishga muvofiq keluvchi axborot jarayoni bilan bir qatorda) vaqt jihatdan konyukturali voqealar yuzaga kelishidan oldin ishlab chiqiladi. Rejalashtirishni «aslida tafakkurning aqliy bashorati va ta`kidlar kelajak faoloiyatini kuzda tutadigan tafakkur jarayoni sifatida», - deb ta`riflash mumkin. Rejalashtirish – bu vazifani sifatli va sonli tasvirlash, natijaviy imkoniyatlarni belgilash va ularga erishish yo`llarini aniqlashdir. Rejalashtirish – kelajak muammolarini bilish va hal etishning tizimli, usuliy (metodik) jarayoni. Nihoyat, rejalashtirish – xalq xo`jaligiga rahbarlik qilishning o`zagidir. Rejalar esa davlat iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy qurolidir. Rejalashtirishning ahamiyati shundan iboratki, u iqtisodiyotni rivojlantirishning printsipial masalalariga oid davlat va hukumat ko`rsatmalarini, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot rejalari yordamida aniq topshiriqlarga va amaliy ishlarga aylantiradi. Uzoq muddatli, ya`ni uch yillik, besh yillik va o`n yillik rejalarda davlatning iqtisodiy strategiyasi jamlangan holda ifodalanadi. Yillik rejada, odatda, xo`jalik vazifalarini hal etishning eng samarali taktikasi nazarda tutiladi. 5