ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOTNING SIG'IMIYLIGI TAHLILI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGIGA QARASHLI MUXAMMAD AL- XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSETETI SAMARQAND FILIALI TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIM FAKULTETI URALOV ABDUXOSHIM UMIRZOQ O‘G‘LI Akademik yozuv fanidan ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOTNING SIG'IMIYLIGI TAHLILI Mavzusida LOYHA ISHI PAGE \* MERGEFORMAT1
MUNDARIJA KIRISH ………………….…………………………………………….….3 I-BOB. ISHLAB CHIQARISHDA MAHSULOTNING SIG‘IMIYLIGI 1.1. Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari ….…………....5 1.2. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlar tahlili ………………..….13 II -BOB. ISHLAB CHIQARISHDAGI XARAJATLARNING UMUMIY HAJMI 2.1 Xarajatlarni umumiy hajmi va ularni asosiy elementlari bo‘yicha baholash, tahlil qilish……………………………………………….….16 2.2 Xarajatlarni faoliyat turlari, javobgarlik markazlari kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha tahlili ……………………………………………...20 XULOSA …………………………………………………………….…...25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………….….26 PAGE \* MERGEFORMAT1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Jahon iqtisodiyoti so‘nggi yillarda rekord darajada o‘sish sur’atlariga erishdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga o‘sdi. Taqqoslash uchun: o‘tgan yilning shu davrida pandemiya va lokdaun tufayli iqtisodiyot atigi 1,1% ga, 2021 yilning dastlabki uch oyida esa 3%ga o‘sdi. Dunyoda asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlar iqtisodiyotidagi vaziyat yilning birinchi yarmida barqarorlashib, o‘sish tendensiyasi qaytishga intilmoqda. Shunday qilib, Qozog‘iston yalpi ichki mahsuloti 2,2%, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan pasayishiga qarshi 1,8% ga oshdi. Qirg‘iziston iqtisodiyotidagi turg‘unlik ko‘lami asta-sekin pasayib bormoqda - yanvar-iyun oylarida pasayish sur’ati 1,7% gacha sekinlashdi, 2020 yil birinchi yarmida 5,6% qayd etilgan. Xitoy bu yil dinamik o‘sishni saqlab turibdi, joriy yilda yarim yillikning oxirida YaIMning 12,7% ga o‘sishi qayd etilgan. Rossiyada Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, YaIM yanvar-may oylarida 3,7% ga o‘sdi. Yurtimizda sabzi va o‘simlik yog‘i kabi ayrim tovarlar uchun jiddiy narx ko‘tarilishiga qaramay, iste’mol sektorida inflyasiya sekinlashishda davom etmoqda. Joriy yilning olti oyi yakunlariga ko‘ra, narxlar umuman o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 4,4% ga, 2020 yilda esa shu davr uchun – 4,6% ga oshgan. 2021 yilning may oyiga kelib narxlar mavsumiyligi sababli 0,2% kamaydi. Narxlarning eng katta o‘sishi oziq – ovqat mahsulotlari uchun qayd etilgan – 5,7% (2020 yilning birinchi yarmi uchun - 6,2%). 2020 yil yanvar-iyun oylarida 3,6% ga nisbatan 3%. Shu bilan birga, xizmatlar narxlari bu yil ham yuqori sur’atlar bilan o‘sishda davom etmoqda - 3,1% ga nisbatan 4,1%. Iqtisodiyotga investitsiyalar oqimi o‘tgan yilning va joriy yilning birinchi choragidagi pasayishni bekor qildi va ijobiy dinamikaga qaytdi. Asosiy fondlarga investitsiyalar o‘tgan yilning shu davrida deyarli 5,9% pasayishiga qarshi 10% ga oshdi. Markazlashtirilgan mablag‘lar hisobiga investitsiyalarni Markazlash- tirilmaganlarga nisbatan jalb qilishni kamaytirish tendensiyasi mavjud. Byudjet hisobidan investitsiyalar 8,5% ga kamaydi. Hukumat kafolati ostida jalb qilingan investitsiyalar va kreditlar 36% dan ortiqqa kamaydi va ularning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 8,9% ga kamaydi. O‘tgan yilning birinchi yarmida 14,9% o‘sishiga qarshi, 1,9% ga-markazlashgan bo‘lmagan manbalardan investitsiyalar oqimi sezilarli darajada oshdi. Aholi va korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan investitsiyalar biroz oshdi – mos ravishda 4,4 va 4,7% ga. Investitsiyalarning salmoqli oqimi tijorat banklari tomonidan jalb qilingan kreditlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijdan kredit mablag‘larining o‘sishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqarishning ijobiy dinamikasi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kuzatiladi. Loyha ishining maqsadi. Ishlab chiqarish xarajadlari va mahsulotning sig‘imiyligini o‘rganib chiqish. Loyha ishining vazifalari: Ishlab chiqarishda mahsulotning sig‘imiyligini o‘rganib chiqish. Ishlab chiqarishdagi xarajadlarning umumiy xajmini yoritib berish. PAGE \* MERGEFORMAT1
Kurs ishining yangiliklari: Ishlab chiqarishda mahsulotning sig‘imiyligini o‘rganib chiqildi. Ishlab chiqarishdagi xarajadlarning umumiy xajmi yoritib berildi. Jilkina A.N. Finansoviy analiz. Uchebnik. M.: Yurayt, 2018. – 285 s I-BOB. ISHLAB CHIQARISHDA MAHSULOTNING SIG‘IMIYLIGI 1.1. Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari Korxona faoliyatining muhim va unga baho beradigan mezon ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foydaga ta’sir etuvchi omil bu tannarxdir. Tannarx tahlili orqali har bir xo‘jalik yurituvchi subyektni ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish yuzasidan qilingan xarajatlarini maqsadga muvofiqligi, samaradorligi va natijaviyligi baholanadi. Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishidir 1 . Xarajatlar – muayyan davr oralig‘ida sarflangan resurslarning pul o‘lchovidagi qiymatidir. Xarajat – hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir. 2 Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning qiymat ko‘rinishini ifodasidir. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi xarajatlarini hisobga olish va nazorat qilish, mahsulot bahosini shakllanishi va korxonaning foyda va rentabelligini aniqlash, korxonaning boshqaruv va investitsiya faoliyatlari bo‘yicha qarorlarni qabul qilish, resurslardan foydalanish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini takomillashtirishdan ko‘rilgan samaradorlikni ifodalaydi. Moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik yurituvchi subyektda paydo bo‘ladigan barcha xarajatlar to‘g‘risida to‘liq va aniq axborot shakllantirilishi, soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi. 1 Ўзбекистон Республикаси Бухгалтерия ҳисобининг миллий стандарти “Молиявий ҳисоботни тайёрлаш ва тақдим этиш учун концептуал асос”(АВ 09.09.2016 й. 475-1-сон билан рўйхатга олинган) 2 Молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартлари PAGE \* MERGEFORMAT1
Moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi: 1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar. 2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar: a) sotish xarajatlari; b) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar); v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. 3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari: a) foizlar bo‘yicha xarajatlar; b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari; v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash; g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar. 4. Favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: 1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); 2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; 3. Ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; 4. Asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; 5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. PAGE \* MERGEFORMAT1