Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining yoshlar tarbiyasidagi o’rni va roli
Mavzu: Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining yoshlar tarbiyasidagi o’rni va roli. Mundarija: Kirish………………………………………………………..3 I.Bob. Jaloliddin Rumiyning hayoti va ijod yo’lining ahamiyatli jihati . 1.1. Jaloliddin Rumiy tasavvuf ta’limotining yirik namoyondasi ekanligi………8 1.2. Adib ijodiy faoliyatida inson ma’naviy borlig’i va tavhid…….......………17 1.3. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining tarixiy ahamiyati va uning milliy, ma’naviy merosimizni tiklashdagi ahamiyati.………………..22 II.Bob. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining nazariy va amaliy ahamiyati va uning yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi o’rni. 2.1. “Masnaviyi ma’naviy” asarining hozirgi yoshlar ma’naviy olamini boyitishdagi ahamiyati…………………………………………….....................................…32 2.2. “Masnaviyi ma’naviy” asarining ta’lim-tarbiya tizimida targ’ib qilishning dolzarb masalalari………………………….....................................…………..39 2.3. Uchinchi renessans davrida ajdodlar ma’naviy merosini o‘ rganish va yoshlar ma’naviy olamini boyitishning muhim vazifalar i…………………………43 Xulosa…………………………………………………….47 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………..50 Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Insoniyat paydo bo‘libdiki, ma'naviy barkamollik masalasi har bir davr uchun birdek muhim bo‘lib kelgan. Bugun biz shiddat bilan taraqqiy etayotgan, yoshlarni ma'naviy tarbiya qilish va ularni kelajakka yetuk farzand qilib tarbiyalash davrida yashayapmiz. Shubhasiz axborot buhronlari tufayli tobora torayib borayotgan bizning bu asrimizda ma'naviyat masalasi, qolaversa, yosh avlodni ma'naviy jihatdan yuksak tarbiya topishi yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sir emaski, mustaqillikka erishganimizdan keyin jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning ma'naviy merosiga katta e'tibor berila boshlandi. O‘rta asr musulmon Sharqining muazzam siymolaridan biri Jaloliddin Rumiy ham ana shunday zotlardan hisoblanadi. Zero, Mavlono Rumiy qoldirgan ma'naviy meros asrlarga tatigulik ahamiyatga molikdir. Jaloliddin Rumiyning falsafiy-ma'rifiy qarashlarini milliy g‘oyamizning asosini tashkil qilgan komil insonni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyati sifatida e'tirof etar ekanmiz, ularni har tomonlama va tizimli tarzda tadqiq etish dolzarb muammolardan biri ekanligini quyidagilar taqozo etadi: Mazkur mavzu milliy mafkuramizning chuqur ildizlaridan biri bo‘lib, asrlar bo‘yi insonlarni sog‘lom e'tiqod, yuksak ma'naviyat, irfoniy tafakkur, ma'rifat va madaniyat nuqtai – nazaridan tarbiyalashga xizmat qilib kelgan. Bu ta'limot mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, yanada jiddiy, oqilona va adolatli tadqiq etila boshlandi. Birinchidan , ulug‘ mutafakkir, shoir Jaloliddin Rumiy falsafiy qarashlaridagi inson kamoloti ma'naviy omillarining falsafiy mohiyatini tahlil etish bilan birga, Mavlono Rumiy qarashlaridagi diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining tub mohiyatini ochib berish orqali hozirgi davrdagi diniy jazava, ekstremizm, siyosiy zo‘ravonlikni rad etib, tolerantlik, plyuralistik kayfiyatdagi tinch-osoyishta yashashning tobora muhimligini ko‘rsatadi. Ikkinchidan , ushbu mavzu dolzarbligining yana bir xususiyati yoshlarimizda va zamondoshlarimizda milliy g‘urur tuyg‘usining shakllanishiga va asarning yoshlar tarbiyasidagi o’rni, qolaversa xalqimiz va davlatimizning jahon sahnasidan yanada munosib joy egallashiga, oldimizga qo‘yilgan maqsadlarimiz 2
sarob emasligiga ishonch hissini uyg‘otadi. Ularni ijtimoiy faollikka chorlaydi, orzu-umidlarimizni sobit qadam bilan ro‘yobga chiqarishimizga ma'naviy-ruhiy madad bo‘lib xizmat qiladi. Ishning maqsadi va vazifalari : Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining yoshlar tarbiyasidagi o’rni va rolini tasavvuf ta'limotini falsafiy tahlil qilish va Jaloliddin Rumiyning boy falsafiy - ma'naviy merosini o‘rganish va tadqiq etishda xolisona yondoshuv, Rumiy ijodidagi ma'naviy komillik masallarini falsafiy tahlil qilish va qiyosiy o‘rganish, uning yoshlar tarbiyasiga bo’lgan Sharq va G‘arb tadqiqotchilarining asarlarini qiyosiy tahlil qilish, Rumiy nazarda tutgan inson tarbiyasi ma'naviy kamoloti muammolarining G‘arb falsafasidagi mushtarak jihatlari va bugungi kundagi ahamiyatini ochib berishdan iborat. Jaloliddin Rumiy tarbiyaviy va tasavvufiy qarashlarining shakllanishiga ta'sir ko‘rsatgan omillar, mavlaviya tariqatining yuzaga kelishi, Rumiy ilmiy-amaliy faoliyatining natijasi sifatidagi ahamiyati, komillikka eltuvchi ahloqiy fazilatlarning Rumiycha tasnifi va tavsifi, inson ma'naviy kamolotigayoshlar tarbiyasining ijobiy va salbiy ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillar, Mavlono Rumiyning komil inson tamoyiliga doir yoshlar tarbiyasida konseptual yondoshuvlarning falsafiy tahlili, komil insonni tarbiyalashga doir zamonaviy konsepsiyalar, Rumiy ta'limotidagi mushtarak jihatlar va uni ng falsafiy merosining yosh avlodni komillik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati kabi muhim jihatlarni tadqiq etishdan iboratdir. Tadqiqot ob'ekti. Ilmiy tadqiqot ob'ektini Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining yoshlar tarbiyasidagi o’rni va rolini ijodiy falsafiy merosi, hozirga qadar uning ma'naviy merosi xususidagi ilmiy manbalar, Rumiy ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan yurtimizdagi va xorijdagi tadqiqotlar tashkil qiladi. Tadqiqotning predmeti. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarida tasavvufiy ta'limotida inson ma'naviy kamoloti va yoshlar tarbiyasi 3
masalasining talqin etilishining konseptual-metodologik va aniq faktologik tamoyillarini o‘rganish va ilmiy-nazariy tahlili. Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Bitiruv malakaviy ishida Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining yoshlar tarbiyasidagi o’rni va roli alohida falsafiy tahlil ob'ekti sifatida o‘rganildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi yana quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - Jaloliddin Rumiy ijodidagi inson ma'naviy kamoloti masalalari bugungi Yangi O’zbekistonni barpo etishda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati falsafiy tahlil qilindi. - Mamlakatimizda olib borilayotgan yangicha islohotlarda Uchinchi Renessans jarayonida ajdodlar ma’naviy merosi bo’lgan Jaloliddin Rumiy asarlarini o’rganish, uning ma’naviy taraqqiyotimizdagi o’rni va ahamiyati asoslab berildi. - Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy asari” asaridagi ma'naviy–ahloqiy, diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining ahamiyati tadqiq qilindi. - Jaloliddin Rumiy asoslagan mavlaviya tariqatining inson kamoloti uchun amaliy ahamiyat kasb etuvchi omil va hozirgacha amaliy tarbiya vosita ekanligini falsafiy tahlil etildi. - Mavzuni tadqiq qilish barobarida Jaloliddin Rumiy merosining bugungi yosh avlodni komil inson ruhida tarbiyalashdagi dolzarb ahamiyati ta'kidlanib, ta'lim sohasida tasavvuf va Rumiy falsafiy merosining nazariy asoslaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berishga harakat qilindi. Mavzuning o’rganilish darajasi . Jaloliddin Rumiyning boy falsafiy ma'naviy merosi, jahon falsafasi va madaniyatiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Mana yetti asr bo‘libdiki, Jaloliddin Rumiy shaxsi va merosi Sharq va G‘arbni birdek qiziqtirib kelmoqda. Birgina uning “Masnaviy ma'naviy” asari o‘rta asrlar Sharqidagi universitetlarda o‘qitilib, bu asarni mukammal sharhlash layoqatiga ega bo‘lgan ilm ahliga “masnaviyxon” unvoni berilishi fikrimizning tasdig‘idir 1 . 1 Жалолиддин Румий. Маънавий ва маснавий. 2-жилд. Жамол Камол таржимаси. Т:, 2003-йил, 114-бет. 4
Shunday qilib, Rumiy merosini o‘rganish tadrijini mavlono daxldor bo‘lgan musulmon Sharqidan boshlashimiz kerak bo‘ladi. Mavlono Rumiy ijodini tadqiq qilishda Kichik Osiyo, Xuroson, Movarounnahr, Eron, Hindiston va Pokistonda “Masnaviyi” asariga bitilgan sharhlar muhim ahamiyatga egadir. Olmoniyalik sharqshunos Anna Mariya Shimmelning Jaloliddin Rumiy ijodini xususan “Masnaviyi”sini tadqiq etib yozgan asarlarida bu haqda yanada ko‘proq ma'lumotlarga ega bo‘lamiz. Shuningdek, G‘arbiy yevropa XVIII asr oxiridan boshlab siyosiy namoyondalari orqali Mavlono Rumiyni taniy boshladilar. J.de Vallenburg, J. fon Hammer, Fredrish Rukert, Jeyms Redxoo’z, Reynold Nikolson va A. J. Orberi kabi olimlarni bunga misol qilishimiz mumkin. Umuman olganda, G‘arb olamida Jaloliddin Rumiy ijodiga bag‘ishlangan juda ko‘plab tadqiqotlar mavjud, ammo ularda shunchaki sharqshunos yohud tarjimon sifatidagi ilmiy izlanishlar olib borganliklarini ko‘rishimiz mumkin. Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul: “Rumiy she’riyatining o’ziga xos bir jihati shundan iboratki, siz birinchi navbatda o’zingizda insonga ishonchni mustahkamlaysiz. Va insonning ilohiyligini Rumiy judayam teran tarzda ochib beradi. Rumiy she’riyatining quyoshi - Ishq. Insonni bir haqiqat, yoki insonni bir Ishq atrofida birlashtirish bolsa agar, Rumiyning she’riyati shu ishni amalgam oshira oladi. Biz aytamiz, komil inson bo’lish uchun tasavvufni bilish kerak, dinni bilish kerak, falsafani bilish kerak, tarixni va hokazo. Shularni hammasini Rumiy o’z ijodida sintezlashtirgan. Insonni Rumiy she’riyati adashishlardan, yuzakiliklardan, sayozliklardan, har turli mahdudliklardan xalos qiladi. Shu uchun bu qancha tarixiy she’riyat bo’lsa, xuddi shuncha zamonaviy she’riyat.” Mavlono Rumiy ijodini diniy va falsafiy g‘oyalar bilan uyg‘un holda tadqiq etgan olimlar qatoriga B.Furozonfara, Ch.Xumoi, M.Chafari, R. Fish, R. Xadizade, N.Odilova va boshqalarni keltirish mumkin. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati . Ma'lumki O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng, uning tarixida yangi bir sahifa ochildi. Bu esa bizga O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqimizning ijtimoiy- 5