RENESSANS DAVRINING KOMIL INSONNI TARBIYALASHDAGI O’RNI































































RENESSANS DAVRINING KOMIL INSONNI TARBIYALASHDAGI O’RNI M U N D A R I J A KIRISH …………………………………………………………………………….3 I BOB. UYG’ONISH DAVRIDA KOMIL INSONNI TARBIYALASHNING NAZARIY, METODOLOGIK ASOSLARI. 1.1. Uyg’onish davrida komil inson tushunchasining kelib chiqish tarixi……….8 1.2. Yangi O’zbekiston poydevori insonparvarlik va inson qadri asosida tiklanmoqda ……………………………………………………………..…16 1.3. Yangi O’zbekiston kelajagini ta’lim-tarbiya va ilm-u fanda zamonaviy dunyoga yuzlantirish ………………………………………….……... …….23 II BOB. KOMIL INSON KONSEPSIYASI TO’G’RISIDAGI IJTIMOY- FALSAFIY QARASHLAR. 2.1. Uchinchi renessans g’oyasi milliy g’oya darajasiga ko’tarilishi……….. …..34 2.2. Noyob milliy va umuminsoniy merosimiz biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi lozim………………………………………………. ….41 2.3. Sharq va G’arb uyg’onish davrida komil inson tushunchasining ilmiy- falsafiy asoslari………………………………………………………………………….....49 XULOSA …………………………………………………………………………57 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………. ………….61 1
Kirish Mavzuning dolzarbligi : Hozirgi vaqtda davlatimiz rahbari muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ilgari surayotgan uchinchi renessans atamasi ya’ni, ‘’Yangi O’zbekiston’’ni birgalikda barpo etishimiz oldimizda turgan eng ma’suliyatli vazifadir. Bu haqida so’z yuritar ekanmiz avvalo, uchinchi renessansning mazmun mohiyatini har birimiz o’zini o’zbek xalqi a’zosiman degan inson buni chuqur anglab olmog’i lozim va shu maqsad yo’lida belni mahkam bog’lab, jamiyatimizning barcha a’zolari qo’lni qo’lga berib ma’naviy barkamollik sari odimlamog’i darkor. Tarixga nazar solsak birinchi va ikkinchi renessans davrida qo’lga kiritilgan yutuqlardan, ishlardan avvalambor faxr, g’urur tuyg’ularini his qila olishimiz bu ishlarning tub mohiyatini biz yoshlar aqlan va ruhan anglab yetmog’imiz va kelajakka bosgan har bir qadamimizda ulkan mas’uliyat his qila olsak maqsadimizga albatta yetgan bo’lar edik. Har bir oilaning kelajagida farzand tarbiyasi katta ahamiyat kasb etgani kabi jamiyatning taraqqiyoti, mamlakatimizning barqarorligi yoshlar tarbiyasiga bog’liq bo’ladi. Yoshlarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy izlanishlari yangi O’zbekistonimiz taraqqiyoti rivojlanishida juda muhim hisoblanadi. Biz yangi O’zbekistonni yaratishga bel bog’ladikmi bu yo’lda barcha qiyinchiliklarni birgalikda yengib o’tishimiz, yosh ijod ahlini birinchi renessans davrining daholari bo’lgan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari ko’plab buyuk allomalarimiz qilgan yutuqlardan g’ururlanish, 2
faxrlanishni zarracha bo’lsada har bir yosh avlodni qalb to’rida aqlan anglab yetgan holda mas’uliyatni his qilishga turtki bo’lishimiz zamon talabi bo’lib qolmoqda. Shunday yurtda tug’ilganligimiz Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Moturudiy, Marg’inoniy kabi ilm ahli vakillarining vorislari ekanligimiz biz yoshlarga yuksak maqsad yo’lida kuch, sabr ato etmog’i lozim. Aqlan ziyrak, ruhan irodali har bir yosh avlod ikkinchi renessans davrida jahonning eng ilg’or taraqqiy etgan xalqlari qatorida bo’lgani biz yoshlarga ulkan g’urur va iftihor bag’ishlaydi. Renessa davrida komil insonni o’rni ahamiyatliligi mutafakkir Alisher Navoiy asarlarida ham keltirilgan Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi borasidagi g‘oya ilgari suriladi: “Aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, sahovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog‘lom, jismonan baquvvat, mard va jasur”. Alisher Navoiyning “Nasoyim-ul muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab o tilgan. Bular qatoriga ulug mutafakkir quyidagilarni kiritadi:ʻ ʻ tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, o z kasbidan topib kun o tkazish, shariatga ʻ ʻ rioya etish, barchadan o zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga ʻ qo pollik qilmaslik, chuchuk tilli bo lish – yaxshi, muloyim tilli bo lish, rahmdil, ʻ ʻ ʻ sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli, sadoqatli, vafoli bo lish, rozi-rizolik bilan kun ʻ o tkazish, riyozat chekishdan qo rqmaslik va boshqalar. ʻ ʻ Komil inson g’oyasi islom falsafasidan oziqlanib, xalqimiz tafakkurida yanada kengroq ma’no-mazmun kasb etgan. Bu bejiz emas, har bir inson yoshligidan pokiza orzu-umidlar bilan yashaydi, xalqiga, Vataniga foydasi tegadigan shaxs bo’lib yetishishni o’ylaydi. Bunday g’oyalarning o’zbek xalqida mujassamligi ,,Yangi O’zbekiston’’ni barpo etishda bizga mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Mutafakkir Ahmad al-Farg’oniy ta’kidlaganidek ,,Inson yuksak kamolotga erishish yo’lida harakat qilganidek, aqliy bilimni oshirishga ham harakat qilsa, hech shubhasiz o’zi orzu qilgan baxt-saodatga erishadi”. Yoshlarimiz bunday ibratli so’zni to’g’ri tushunib olsa, o’z kelajagining asosiy poydevorini qurgan boladi. Bizning asosiy maqsadimiz ham aynan mana shu yuksak bilimlar 3
bilan ,,Yangi O’zbekison’’ni quramiz. Prezident Sh.Mirziyoyev aytganlaridek: “Biz taraqqiyotning o‘zbek modeliga asoslangan yo’lni qat’iy davom ettiramiz”. 1 Buyuklik oddiylikda bo’lgani kabi yoshlarimizni ham avvalo insoniy kamtarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mehr-oqibatlilik singari oddiy va kundalik fazilatlar bilan tarbiyalab borsak biz albatta o’ylagan maqsadimizga yetamiz va ulkan muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritamiz. Renessans: Sharq va G’arb uyg’onish davri, tarixiy ildizlari . Uyg onish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar)ʻ va G arbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. ʻ „Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-ma naviy yuksalish (14-16- ʼ asrlar)ga nisbatan qo llanilgan, uni o rta asrchilik turg unligidan yangi davrga ʻ ʻ ʻ o tish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ʻ ilm-u ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib o tib, insonni ulug lash ʻ ʻ (qarang Gumanizm), uning iste dodi, aqliy-fikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; ʼ antik davr (yunon-rum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; adabiyot va san atda dunyoviy go zallik, hayot taronalarini qizg in kuylash; inson erki, ʼ ʻ ʻ xurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi o laroq, ijodiy qudrat va tafakkur ʻ kuchini namoyish etadigan ulug vor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilm- ʻ fan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans g oyalarining ʻ jarchilari bo lib maydonga chiqdilar. Keyinchalik Michelangelo, Rafael, ʻ Shakespeare, Miguel de Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, ya ni Uyg onish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo ʼ ʻ madaniyatini yaxlit olib o rgangan olimlarning ishlari shuni ko rsatdiki, Osiyo ʻ ʻ markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy ko tarilish yuz bergan, ilm-fan, ʻ falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg or insonparvarlik g oyalari jamiyat fikrini ʻ ʻ band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. 1 Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: ”O’zbekiston” 2017y. B.20. 4
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Sharqda mavjud bo‘lgan ilk o‘rta asrlar sivilizatsiyasi butun g‘arbga ijobiy ta’sir o‘tkazgan, keyinchalik g‘arbda shakllangan sivilizatsiya Sharq taraqqiyotiga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazgan va shu asnoda sivilizatsiyalar millat, xalq va mamlakatlarning o‘zaro yaqinlashuvida ham ijobiy ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. G‘arb va Sharq sivilizatsiyalarining o‘zaro bir-biriga ta’siri, bir-birini boyitishi insoniyat taraqqiyotining muhim ma’naviy omilidir. Sharq sivilizatsiyasidagi o‘z mohiyatiga ko‘ra insonparvarlik xarakteriga ega bo‘lgan qadriyatlar jahon sivilizatsiyalar rivojlanishida barqarorlikni ta’minlaydi. Shu bilan birga, yoshlarning huquqiy, ma’naviy-axloqiy, falsafiy va ijtimoiy asoslarining ayrim masalalari M.Qaxxorova, Sh.Negmatova, A.Ibrohimov, Q.Nazarov, J.Yaxshilikov, S.Otamuradov, I.Ergashev, G.Tulenova, M.Xolmatova, R.Ro`zieva, E.Bobomurodov, N.Mansurova, N.Ziyomuhammadov, H.Rafievlarning ishlarida ham tahlil qilingan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi : Uchinchi renessans asosini uning poydevorini mustahkam bo’lishini ta’minlash, bu jamiyatda insonni ulug’lash qadr-qimmati, huquq va erkinligini inobatga olinadigan jamiyat qurish. Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy sog’lom qilib tarbiyalash ularni zamoaviy ta’lim standartlari asosida o’qitish, ilm-fanni kuchaytirishda yoshlar ijodkorligini oshirish. “Yangi O’zbekiston” g’oyasini milliy g’oya darajasiga ko’tarish va bu ishlarga xalqimizni ishonchiga kirish asosiy maqsadimiz. Ishning vazifalari quydagilardan iborat: ushbu maqsadni amalga oshirish quydagi vazifalarning bajarilishini taqozo etadi. - Jamiyatimiz orasida dahldorlik hissini oshirish, huquqiy ong va huquqiy savodxonlikni oshirib adolat mezonlarini ta’minlash. - Xalqimiz dunyoqarashini o’stirish, bu yo’lda barcha shart-sharoitlarni yaratish, har bir sohada qilingan yutuqlarni munosib rag’batlash, va imkoniyat eshiklarini ochib berish. - Yoshlarimiz ma’naviy kamoloti ta’lim-tarbiyasiga oid davlat siyosatini rivojlantirish va uni qo’llab-quvvatlab samaradorligini oshirish. 5