logo

SHARQ FALSAFIY TAFAKKURI VA JAMIYAT TARAQQIYOTI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

268.10546875 KB
SHARQ FALSAFIY TAFAKKURI VA JAMIYAT TARAQQIYOTI
Mundarija
Kirish ……………………………………………………………………………….
1 bob. Sharq falsafiy tafakkurining qadimiy ildizlari …………………………...
1.1   Qadimgi   Sharq   falsafasi   ilk   ijtimoiy   fikrlar   rivojining   nazariy   manbasi
sifatida……………………………………………………………………………….
1.2   Qadimgi   Markaziy   Osiyo   xalqlari   madaniyati   va   jamiyatning   paydo   bo’lishi
hamda taraqqiyoti masalalari.....................................................................................
1 bob bo’yicha xulosalar……………………………………………………………
2 bob.   O’rta Sharq va Markaziy Osiyoda falsafiy ilmlarning tarqalishi hamda
ijtimoiy taraqqiyot masalalari…………………………………………………..
2.1   O’rta   asrlar   davri   Sharq   falsafasining   o’ziga   xos   xususiyatlari   va   unda   islom
ta’limotining ahamiyati…………………………………………………………….
2.2 Sharq mutafakkirlari falsafiy merosida jamiyat taraqqiyotining g’oyaviy-ilmiy
asoslari………………………………………………………………………………
2.3  Sharq  falsafiy  fikrlar   rivojida   Temur   va  temuriylar  davri   falsafasi  va   ijtimoiy
taraqqiyot tendensiyalari…………………………………………………………
2 bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………..
3   bob.   Sharq   va   G’arb   falsafiy   tafakkurida   jamiyat   taraqqiyoti
masalalarining   o’zaro
nisbati……………………………………………………………………
3.1   Sharq   falsafasining   asosiy   muammolari   va   falsafaning   jamiyatda   tutgan   o’rni
hamda asosiy vazifalari…………………………………………………………
3.2   Sharq   va   G’arb     falsafasidagi   uyg’unlik   va   farq   hamda   hozirgi   zamon
sivilizasiyasining taqdiri................................................................................
3.3 XX- XXI asr Sharq falsafasining asosiy xususiyatlari va oqimlari… …………
3 bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………..
3 Xulosa……………………………………………………………………………… .
Adabiyotlar ro’yxati …………………………………………………………….
Kirish
Tadqiqotning   dolzarbligi   va   ahamiyati   Jahon   tarixiy   taraqqiyotida   falsafiy
tafakkur   rivojini   o’rganish   dolzarb   ahamiyat   kasb   etib   kelgan.   Bugungi
informasion   jamiyatda   inson   qalbi   va   ongi   uchun   kurash   ketayotgan   bir   davrda
sodir   bo’layotgan   ijtimoiy-siyosiy   o’zgarishlar   umuminsoniy,   ma’naviy-axloqiy
g’oyalar   orqali   qadriyatlar   majmuini   yanada   boyitishni   talab   qilmoqda.   Ayniqsa,
jahon   sivilizasiyasiga   salmoqli   hissa   qo’shgan   Sharq   mutafakkirlarining   falsafiy
merosi   bugungi   madaniy   transfor-   masiya   jarayonini   me’yorlashtirish,   jamiyat
taraqqiyoti   g’oyalari,   umuminsoniy   qadriyatlarni   saqlab   qolish   uchun   gumanistik
ahamiyatga ega. Ma’lumki, Sharq xalqlar olam va koinot sirlarini bilish, dunyo va
jamiyatga   munosabat   masalasida   dunyo   xalqlari   bilan   barobar   bordi,   insoniyat
ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga o’zining ulkan ulushini qo’shib keldi.  
Jahon  ilmiy-falsafiy  merosi  taraqqiyotida Sharq falsafiy  tafakkurining  xususan
ijtimoiy   taraqqiyot   g’oyalari   va   insonning   ijtimoiy-ma’naviy   kamoloti
konsepsiyasi   doirasidafundamental   tadqiqotlar   olib   borilmoqda.   Jumladan,   Sharq
ma’naviy   merosida   ilgari   surilgan   Yaratuvchi,   borliq,   jamiyat   va   insonning
mohiyati   haqidagi   qarashlarni   tadqiq   qilish   asosida   umuminsoniy   madaniyatlar
kontekstida   ijtimoiy   g’oyalar,   tolerantlik   kabi   tamoyillarning   ma’rifatli   jamiyat
taraqqiyotidagi   ahamiyati   hamda   mazmunini   ilmiy-nazariy   asoslash   muhim
ahamiyatga egadir. Shu ma’noda, ijtimoiy taraqqiyot  g’oyalarining Sharq falsafiy
tafakkuri   rivojidagi   o’rnini   aniqlash,   jamiyat   taraqqiyoti   haqidagi   qarashlarning
o’rni   va   rolini   aniqlash,   tarkibiy   qismlarini   tasniflash,   jamiyat   va   ijtimoiy   fikrlar
tarixini   hamda   falsafiy   Sharq   falsafiy   tafakkurining   innovasion   tadqiqi   bugungi
ilm-fanining   zarur   tadqiqot   obektiga   aylanmoqda.   Sharq   xalqlarning   falsafiy
qarashlar   tarixi   uzoq   va   murakkab   takomil   yo’lini   bosib   o’tgan.   Bu   davrlarda
ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   ustivorligi   jamiyat   taraqqiyo ti   uchun   katta   imkoniyatlar
yaratib berdi: davlat va jamiyat bosh qaruvida progressiv munosabatlarning yuzaga
4 kelishiga   zamin   hozirladi,   jamiyatda   intellekt   ustivorligini,   olam   va   borliq ni
anglashda   ilmiy   fikr   yetakchiligini   ta’minlab   berdi,   Sharq   xalqlarning   oldingi
o’rinlarda borishiga imkon yaratdi. 
Ma’lumki   mustaqillik   yurtimizga   nafaqat   siyosiy   yerkinlikni,   balki
mamlakatimizga   millatdek,   xalqimizga   xalqdek   yashash,   mustaqil   fikrlash
yerkinligini   ham   berdi.   Shu   tufayli   biz   falsafani,   uning   tarixini   dunyoviylik,
insonparvarlik   nuqtai   nazaridan   o’rganish   imkoniyatiga   yega   bo’ldik.   Qolayevrsa
“buyuk   adib   va   mutafakkirlarimizning   nodir   merosi,   ibratli   hayoti   va   ijtimoiy
faoliyatini har tomonlama chuqur o’rganish va targ’ib etish, yoshlarimizni o’zlikni
anglash,   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarga   hurmat   ruhida   tarbiyalash” 1
davrning   muhim   vazifalaridan   biri   ekanligi   prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoyev
tomonidan   ta’kidlanganidek,   Sharqning   ulug’   mutafakkir   allomalari   qoldirgan
ijtimoiy-ma’naviy   merosga   bo’lgan   e’tibor   kuchayib,   mutafakkirlarning   jahon
ijtimoiy   fikr   taraqqiyotiga   qo’shgan   g’oyalari,   falsafiy,   axloqiy,   siyosiy,   diniy,
ma’naviy-ma’rifiy qarashlari ilmiy tadqiqotlar doirasiga keng jalb qilinmog’i lozim
bo’lmoqda.   Mamlakatimiz   fuqarolarida   tafakkur   yerkinligi   shakllanib   bormoqda.
Yurtimizda   sodir   bo’layotgan   murakkab   yaratuvchilik   tafakkur   mustaqilligi   bilan
uzviy bog’liq hodisadir. Mamlakat  hayotini demokratlashtirish jarayoni qanchalik
kengaysa va chuqurlashsa, fuqarolarimiz falsafiy iqtidoriga bo’lgan talab shuncha
oshib   boradi.   Shuning   uchun   ham   falsafa   ilmi   yoshlarga   ham,   o’rta   yoshlilarga
ham,   katta   yoshdagilarga   ham   bab-barobar   suv   bilan   havodek   zarur   bo’lgan
hayotiy ehtiyojdir. 
Muammoning   ishlanganlik   darajasi   Sharq   falsafiy   tafakkuri   va   ijtimoiy
taraqqiyot   g’oyalari   hamda   jamiyat   rivojlanishiga   oid   konseptual   masalalar,
O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimovning   xalqimiz
ma’naviy   tafakkurining   tiklanishi,   uning   o’tgan   ulug’   ajdodlarga   munosib   voris
bo’lib   tarbiyalash   haqidagi   fikrlari   hamda   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
1
 Мирзиёев Ш.М. “Буюк алломалар, адиб ва мутафаккирларимиз ижодий меросини кенг ўрганиш ва тарғиб
қилиш мақсадида ёшлар ўртасида китобхонлик танловларини ташкил этиш тўғрисида”ги Қарори / Халқ 
сўзи.
2018 йил, 15-ма й
5 Shavkat   Mirziyoyevning   ma’naviy  merosimizni   qadrlash   va  yuksaltirish   haqidagi
asarlari barkamol avlod tarbiyasini amalga oshirishda ilgari surilgan fikrlar mazkur
tadqiqotga   ilmiy-metodologik   asos   bo’lib   xizmat   qiladi.   M. Xayrullayev,
I.Muminov,   B.Valixo’jayev,   I.G’oziy,   J.Avliyoxon,   B.Turayev,   S.Karimov,
G.Navro’zova,   J.Yaxshilikov,   A.Juzjoniy,   A.Zoxidiy,   M.Qodirov,   B.Bobojonov,
K.Kattayev,   N.Jabborov,   Ye.Zoirov,   Ahmedova   M.A,   Xan   V.S. ,   Tursunov   B. ,
Mansurov   A.M.,   Babadjanov   B.,   Kamilov   M. ,   Komilov   N.,   J.Xolmo’minov   va
boshqalar   tomonidan   tadqiq   yetilgan   Mazkur   tadqiqotlarda   Sharq   falsafiy-
ma’naviy   merosi,   ijtimoiy-siyosiy   va   falsafiy   qarashlari   yoritilgan,   chet   ellik
olimlar   A.Xamid,   T.Yesenbeki,   D.Devin,   A.Knыsh,   V.Gardner,   A.Papas   va
boshqalar.
Tadqiqotning maqsadi:   Sharq falsafiy tafakkuri g’oyalarini o’rganish, shu orqali
jamiyat   taraqqiyoti   yevolyusiyasi   mohiyatini   yoritish   va   o’tmish   falsafiy-ilmiy
merosimizdan   bugungi   kun   ijtimoiy-ma’naviy   masalalar   yechimiga   oid   ijobiy
mulohazalar yaratish   
Tadqiqotning vazifalari: 
-   Sharq   falsafiy   tafakkurining   qadimiy   ildizlarini   falsafiy   asoslarini   yoritish   va
ularni  ilk ijtimoiy fikrlar rivojining nazariy manbasi sifatida ko’rib chiqish;
-   Qadimgi   Markaziy   Osiyo   xalqlari   madaniyati   va   jamiyatning   paydo   bo’lishi
hamda taraqqiyoti masalalarini o’rganish;
-   O’rta   Sharq   va   Markaziy   Osiyoda   falsafiy   ilmlarning   tarqalishi   hamda   ijtimoiy
taraqqiyot masalalari va  Sharq falsafasining o’ziga xos xususiyatlari va unda islom
ta’limotining ahamiyatini tahlil qilish
-     Sharq   mutafakkirlari   falsafiy   merosida   jamiyat   taraqqiyotining   g’oyaviy-ilmiy
asoslarini va ijtimoiy taraqqiyot tendensiyalarini ko’rib chiqish
-   Sharq   va   G’arb     falsafasidagi   uyg’unlik   va   farq   hamda   hozirgi   zamon
sivilizasiyasining taqdiri haqida nazariy xulosalarga kelish 
- XX- XXI asr Sharq falsafasining asosiy xususiyatlari va oqimlari.
Tadqiqot obekti:  Sharq falsafiy tafakkurining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri
6 Tadqiqot   predmeti:   Sharq   falsafasi   vujudga   kelishi   bosqichlari,   yevolyusiyasi,
falsafiy   qarashlarning   yetakchi   tamoyillari   va   ularning   ijtimoiy   fikrlar   darajasiga
ta’siri,   Sharq   va   G’arb   falsafiy   fikrlar   rivojining   uyg’unligi   hamda   jamiyat
taraqqiyotiga ta’siri masalalari 
Tadqiqot   metodlari:   tarixiy-mantiqiylik   birligi,   retrospektiv   va   tizimli   tahlil,
germenevtik yondashuv, vorisiylik, analiz va sintez, qiyosiy o’rganish, obektivlik,
kuzatuv, taqqoslash kabi ilmiy metodlardan foydalanilgan.
Tadqiqot yangiligi:  
- Shark falsafasiga oid birlamchi manbalarga suyangan xolda, nazariy ma’lumotlar
o’rganilib   va   bugungi   davr   uchun   dolzarb,   xali   ishlanmagan   muammolarni
aniklandi;
-  Sharq  mutafakkirlari  ma’naviy  merosida  jamiyat   taraqqiyotining  g’oyaviy-ilmiy
asoslari ijtimoiy-falsafiy   mohiyati yoritildi;
-   Sharq   falsafiy   fikrlar   rivojida   Temur   va   temuriylar   davri   falsafasining   o’rni   va
ahamiyati ochib berildi va ijtimoiy taraqqiyot tendensiyalariga ta’siri o’rganildi;
-   XXI   asr   Sharq   falsafasida   ijtimoiy   taraqqiyot   masalalari   o’rganildi   va   uning
jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ochib berildi; 
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari   Sharq falsafiy tafakkuri va jamiyat
taraqqiyoti   masalasida   asosiy   e’tibor   dastlab   Sharq   falsafasini   shakllanish   va
rivojlanib   takomil   bosqichiga   chiqishi   hamda   jamiyat   taraqqiyotiga   ta’siri,   shu
bilan   birga   Sharq   falsafiy   tafakkurida   jamiyat   haqidagi   g’oyalar,   ijtimoiy
taraqqiyot   masalalari,   ijtimoiy   falsafiy   nqtai   nazarlar   mohiyatini   yoritish   bo’lib,
ayniqsa   mamlakatimiz   mustaqillikka   erishganidan   keyin   o’tmish   falsafiy
merosimiz   ilmiy   tadqiqotlar   doirasida   keng   o’rganila   boshlandi.   Avvalo   shuni
aytish kerakki, Sharq falsafasi faqat islom falsafasi degan tushunchani bildirmaydi.
Sharq   falsafasi   mohiyati   va   ko’lami   jihatidan   nihoyatda   keng   bo’lib,   Hindiston,
Eron,   Turkiston,   Arab-musulmon   olamida   minglab   yillar   davomida   shakllangan
barcha falsafiy, diniy-orifiy ta’limotlarni o’z ichiga oladi. Islom falsafasi esa uning
ko’rinishlaridan   biridir.   Sharq   falsafasining   birinchi   xususiyati   —   inson,   uning
mohiyati,   manfaatlari,   insonparvarlik   qadriyatlari   muammolarini   tor   sinfiy
7 mafkuralar,   avtoritar   g’oyalar,   siyosiy   ko’rsatmalar   bilan   bog’lamay,   xolis   ilmiy
anglashga   intilishdir.   Sharq   ma’naviyatining   tarixiy   an’analarida   falsafa   tabiat,
jamiyat,   inson   tafakkurining   eng   umumiy   qonunlari   to’g’risidagi   fan   deb
qaralmagan. Shu bilan birga Sharqda falsafa insonlarga tabiat ustidan, mohiyati va
oqibatini o’ylamay, cheksiz hukmronlik qilish yo’llarini ko’rsatib beruvchi g’oya,
tor siyosiy mafkura ham bo’lmagan. Sharqda falsafa hammavaqt hikmat, adolat va
insonparvarlik   mezonlariga   tayanib,   haqiqatni   izlash   yo’li   sifatida   qaralgan.
Tarixiy   an’analar,   axloqiy   qadriyatlar   haqiqatni   bilishning,   borliqni   izohlash,
bilimlarni   umumlashtirib,   yakuniy  xulosalar   chiqarishning   asosiy   zamini   bo’lgan.
Falsafaning   milliy,   mintaqaviy   jihatlari   ham   ana   shu   falsafiy   xulosalarga   asos
bo’lgan an’ana  va qadriyatlarning o’ziga xosligi  bilan belgilangan. Sharq falsafiy
tafakkuri   va   jamiyat   taraqqiyoti   masalasini   o’rganish   orqali   biror-bir   geosentrizm
va   osiyosentrizm,   milliy   mahdudlik   yoki   etnik   mumtozlik   da’vosini   ilgari   surish
emas, balki uni bobolarimiz yaratgan yaxlit meros, insoniyat tafakkurining tarkibiy
qismi sifatida xolisona o’rganish va undan saboq olishdan iboratdir. 
Tadqiqotning     natijalarining   nazariy   va   amaliy     ahamiyati.   Tadqiqot
natijalarining   ilmiy   ahamiyati   shundaki,   ajdodlarimiz   yaratgan   boy   va   o’lmas
falsafiy   merosning   jahon   falsafiy   fikrlar   taraqqiyotidagi   o’rnini   aniqlashtirish,
mustamlaka   sharoitida   yo’qotishga   harakat   qilingan   Sharq   falsafiy     tafakkurining
ma’naviy-ilmiy   jihatlarini   tiklash,   kelajak   avlodlarga   omon-yeson   yetkazish,
xalqimizning falsafiy  tafakkuriga  xos  ma’naviy  qadriyatlarni   jamiyatimiz  a’zolari
dunyoqarashiga   singdirish,   o’zlikni   anglash   masalalarini   ishlab   chiqishda   nazariy
manba sifatida foydalanish mumkin yekanligi bilan izohlanadi. 
Tadqiqot   natijalarining   amaliy   ahamiyati dan   respublikamiz   olimlari   va
mutaxassislarining   ariximiz   kabi   qadim,   ma’naviyatimiz   kabi   teran   qadriyat
bo’lgan  Sharq  falsafasini  yangi   yo’nalishlarini  o’rganish   va  jamiyat  taraqqiyotiga
xizmat   qiluvchi   g’oyalarni   mukammallashtirish,   uni   davr   talablariga   mos,
zamonaviy   ijtimoiy   gumanitar   fan   yo’nalishlari   doirasida   o’rganish   hamda
takomillashtirish   va   yuksaltirishga   qaratilgan   ilmiy   tadqiqotlarda   foydalanish
mumkinligi bilan ta’kidlanadi. 
8 Mazkur     dissertasiya     ishida   keltirilgan   ma’lumotlardan   oliy   ta’lim   falsafa
yo’nalishida yoki sharqshunoslik yo’nalishida “Jamiyat falsafasi”,   "Falsafa tarixi",
“Sharq   falsafasi”   “Ijtimoiy   falsafa”,   “Mantiq”,   “Yetika”,   “Yestetika”,
"Ma’naviyashunoslik”   “Ma’naviyat   falsafasi”,   "Inson   falsafasi",   "Qadriyatlar
falsafasi",“G’oyalar   falsafasi”,"Siyosat   falsafasi",   "Huquq   falsafasi",   "Din   va
hurfiklilik falsafasi"  va  boshqa  ijtimoiy  fanlardan ma’ruza,  referat,  kurs  ishlari
yozishda,     seminar     mashg’ulotlariga   tayyorgarlik     ko’rishda     foydalanish
mumkin.    Bundan     tashqari     umumta’lim   maktablardagi   ijtimoiy   fanlardan   saboq
berayotgan o’qituvchilarga yordamchi material sifatida foydalanish  uchun tavsiya
yetish mumkin.
Tadqiqot natijalarining ye’lon qilinishi  Tadqiqot mavzusi
bo’yicha jami 3 ta ilmiy ish, jumladan,   O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya
komissiyasining   doktorlik   dissertasiyalari   asosiy   ilmiy   natijalarini   chop   yetish
tavsiya   yetilgan   ilmiy   nashrlarda   1   ta   maqola,   1   ta   respublika   va   1   ta   xorijiy
jurnallarda chop yetilgan
Dissertasiya ishi tuzilmasining tavsifi.    Mazkur   dissertasiya   ishimiz:       Kirish,
uch   bob, sakkiz paragraf,   Xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxatidan iborat
va   94 betni tashkil yetadi.
9 I   BOB.   SHARQ   FALSAFIY   TAFAKKURINING   QADIMIY
ILDIZLARI
1.1   Qadimgi   Sharq   falsafasi   ilk   ijtimoiy   fikrlar   rivojining   nazariy
manbasi sifatida
  Inson   o’zini   o’rab   turgan   olam   mohiyati,   tabiat   hodisalari,   o’zligi   va   jamiyat
munosabatlarini anglashga uringanidan boshlab unda falsafiy tafakkurlash jarayoni
ro’y bergan. Quyosh Sharqdan chiqqani kabi, falsafiy qarashlarning paydo bo’lishi
ham qadimiy Sharq xalqlari tafakkuriga borib taqaladi.
Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ularning afsonaviy, diniy,
axloqiy,   siyosiy   va   huquqiy   badiiy-yestetik   va   falsafiy   tasavvur   va   qarashlari,
ularga   xos   mazmunlar   haqidagi   bilimlar   antiq   davr   mualliflari   asarlarida,
arxeologik manbalarda, xalq og’zaki  ijodiyoti  namunalari: afsonalar, dostonlar  va
rivoyatlarda aks yetgan. 
Sharq   falsafasi   mohiyati   va   ko’lami   jihatidan   nihoyatda   keng   bo’lib,
Hindiston,   Yeron,   Turkiston,   Arab-musulmon   olamida   minglab   yillar   davomida
shakllangan barcha falsafiy, diniy-orifiy ta’limotlarni o’z ichiga oladi. 
Sharq   falsafasining   birinchi   xususiyati   —   inson,   uning   mohiyati,
manfaatlari,   insonparvarlik   qadriyatlari   muammolarini   tor   sinfiy   mafkuralar,
avtoritar   g’oyalar,   siyosiy   ko’rsatmalar   bilan   bog’lamay,   xolis   ilmiy   anglashga
intilishdir. 2
  Sharq   ma’naviyatining   tarixiy   an’analarida   falsafa   tabiat,   jamiyat,
inson tafakkurining yeng umumiy qonunlari to’g’risidagi fan deb qaralmagan. Shu
bilan   birga   Sharqda   falsafa   insonlarga   tabiat   ustidan,   mohiyati   va   oqibatini
o’ylamay,   cheksiz   hukmronlik   qilish   yo’llarini   ko’rsatib   beruvchi   g’oya,   tor
siyosiy   mafkura   ham   bo’lmagan.   Sharqda   falsafa   hammavaqt   hikmat,   adolat   va
insonparvarlik   mezonlariga   tayanib,   haqiqatni   izlash   yo’li   sifatida   qaralgan.
2
 Шарқ фалсафаси. Дарслик.  Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2006
10 Tarixiy   an’analar,   axloqiy   qadriyatlar   haqiqatni   bilishning,   borliqni   izohlash,
bilimlarni   umumlashtirib,   yakuniy  xulosalar   chiqarishning   asosiy   zamini   bo’lgan.
Falsafaning   milliy,   mintaqaviy   jihatlari   ham   ana   shu   falsafiy   xulosalarga   asos
bo’lgan an’ana va qadriyatlarning o’ziga xosligi bilan belgilangan.
Axloqiy   asoslash   mumkin   bo’lmagan   manfaatlar,   maqsadlar,   fikrlar,
xulosalar   adolat   deb   ye’tirof   yetilmagan.   Falsafiy   xulosalar   inson   va   uning
mohiyati,   insoniyatning   tabiat,   jamiyat   haqidagi   bilimlarini   muayyan   ilmiy
an’analar,   axloqiy   qadriyatlar,   konkret   zaruriyatlar,   yehtiyojlar,   imkoniyatlarga
tayanib   umumlashtirishdan   kelib   chiqqan   xulosalarning   majmuasi   sifatida
qaralgan.   Sharqda   falsafa   oddiy   bilimgina   bo’lmay,   kishilarning   qalbiga
chuqur   singgan,   ularni   ye’tiqodiy   bag’rikenglikka,   mulohazalikka,   sabr-
toqatlilikka,   insonparvarlik   va   adolatparvarlikka,   har   ishda,   o’y-fikrda   yetti
o’lchab bir kesishga, andishalilikka, inson zotini hurmat qilishga o’rgatgan.
Sharq   faylasuflari   barcha   davrlarda   o’z   ta’limotlarini,   xulosalarini
asoslashda   konkret   tarixiy   tajribaga,   amaliyot   yakunlariga,   taraqqiyot
jarayonida shakllangan ilmiy yutuqlarga, insoniyatning, xalqning ye’tiqodi va
yehtiyojlariga,   ma’naviy   kamoloti   darajasiga,   diniy   va   dunyoviy
qadriyatlariga   tayanganlar.   Shu   sababli   ham   Sharqda   falsafa   bilimlar
haqidagi   bilim,   muayyan   an’analar   va   qadriyatlarga   tayangan   tafakkur
madaniyati sifatida qaralgan.  Falsafa barcha fanlarni bir-biri bilan bog’lab, inson
bilimlarini   muayyan   yaxlit   tizim   sifatida   rivojlanishga   imkon   bergan.   Inson
mohiyatini,   manfaatlarini   bilish,   bilimlarini   umumlashtirish,   shu   asosda   borliqni
yaxlit   anglab,   insoniyatning   istiqbolini   oldindan   ko’rishga   intilish   Sharq
falsafasining   asosiy   bahs   mavzusi   bo’lgan.   Sharq   falsafasi   inson   ma’naviyatining
barcha tomonlarini bir-biri bilan bog’lashga imkon beradi.
Sharq   falsafasida   inson   bilan   butun   borliq   muammosi   birgalikda,   uzviy
bog’liqlikda   o’rganilgan.   Lekin   borliq   nima   yekanini   bilishdan   oldin,   inson   o’zi
nima   yekanini   bilib   olish   masalasi   birinchi   o’ringa   qo’yiladi. 3
  Borliq   abadiy,
3
  Nazarov Q.Falsafa asoslari. O’zbekiston Milliy universiteti; O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati – T.: 
O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2012. – 808 b
11 cheksiz,   uning   rivojlanishi   uzluksiz.   Inson   hayoti   vaqtincha   bo’lsa   ham   u
borliqdagi kamolot va buyuklikning oliy timsolidir. Insonning mohiyati — tobora
takomillashib,   rivojlanib   turadigan   ma’naviyati,   u   bilan   taqozo   yetilgan   faoliyati
birligida   namoyon   bo’ladi.   Inson   ma’naviyati   darajasi   uning   borliqqa   bo’lgan
munosabatini   belgilaydi   va   shu   munosabat   tadriji   natijasida   rivojlanadi.   Shu
sababli   ham   Sharqda   inson   nima,   degan   savolga   javob   berish   uchun   dastavval
uning   qalbiga   quloq   solish   kerak,   degan   fikr   bo’lgan.   Buyuk   Xitoy   faylasufi
Konfusiy   ham   “inson   o’z   mohiyatini   axloqiy   fazilatlar   va   ma’naviyat   asosida
namoyon   yetadigan   jonzotdir”,   degan   yedi.   Demak,   insonni   bilish,   birinchi
navbatda,   uning   ruhiyatini,   ma’naviyatini,   faoliyatini,   oqilona   asoslangan
manfaatlarini bilishdir. Inson ma’naviyatini bilgach, uning barcha xatti-harakatlari
sabablari va yo’nalishlarini oldindan aytib berish ham mumkin.
Demak,   Sharq   an’analariga   ko’ra   barcha   falsafiy   mulohazalarning   birinchi
nuqtasi   —   inson   nima,   u   dunyoda   nima   uchun   yashaydi,   degan   savolga   javob
berishdan boshlanadi. 
Sharq   faylasuflari   barcha   davrlarda   ham   inson   avval   o’z   qalbiga,   ruhiga
nazar   tashlab,   keyin   boshqalarni,   tabiat   va   jamiyatni   bilishga   intilishi   lozim
yekanini ko’rsatganlar. Aziziddin Nasafiy aytganidek, “o’zini  anglamagan har  bir
kishi hyech narsani anglamay dunyodan o’tadi”.
Inson   o’z-o’zini   anglashida   ham   shaxsiy   mahdudlikka   berilmay,   muayyan
axloqiy qadriyatlarga, huquqiy mezonlarga tayanmog’i kerak.
Hayotda   har   bir   shaxs   o’zining   xatti-harakatlariga,   qilmishlariga   o’zi   baho
berishga odatlanib qolgan. Biror ishni qilishni o’z manfaatlarimizdan kelib chiqqan
holda  zarur  deb   topdikmi,  uni  amalga  oshirishga  haqlimiz,  deb  o’ylaymiz.  Inson,
ba’zan   jamiyatda   yashayotganini,   o’zining   hayoti,   maqsadlari,   orzu-umidlari
boshqalarning ham hayoti bilan, manfaatlari bilan bog’liq yekanini unutib qo’yadi,
xatosidan ko’ra yutuqlarini ko’proq ko’radi, o’zi haqidagi har bir fikrni “yaxshi”,
“adolatli” degan nuqtadan boshlaydi. O’ta yomon jinoyatlar qilgan odam ham o’z
12 qilmishlarini oqlash uchun ma’naviy asos izlaydi. Konfusiy aytganidek, “kamdan-
kam odam o’z xatosini vijdonan anglab, ularni qoralaydi”. 4
Bu inson o’zini-o’zi to’la va to’g’ri anglashi yo’lidagi jiddiy g’ovlardandir.
Boshqalarni,   ularning   mushtarak   manfaat   va   maqsadlarini   anglay   olmagan   shaxs
o’zining   mohiyatini   xolis   anglashga   ham   qodir   yemas.   Inson   o’zini   anglashi
boshqalarni ham xolis anglashga intilishi bilan bog’lanmog’i kerak. Bu ham Sharq
falsafasining asosiy qadriyatlaridandir.  
Ma’lumki,   j amiyat   —   tabiatning   bir   qismi,   ya’ni   ijtimoiy   borliq   bo’lib,
odamlar   uyushmasining   maxsus   shakli,   kishilar   o’rtasida   amal   qiladigan   juda
ko’plab munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil
ravishda   rivojlanuvchi,   takomillashib   boruvchi   murakkab   tizimdir.   Har   bir   yangi
davrda   jamiyat   mohiyatini   bilish   zarurati   vujudga   keladi.   Shu   nu q tai   nazardan
Sharq falsafiy tafakkuri   ham jamiyat taraqqiyoti g’oyalarini o’zida mujassam  etib
rivojlanib bordi.
Jamiyat   taraqqiyoti   deb   atalgan   jarayonni   har   kim   o’zicha   yemas,   balki
barcha   birlashib   oldinga   siljitadi.   Shu   sababli   ham   insonlar   harakati   va
manfaatlarini   bir-biriga   bog’lab   turuvchi   munosabatlar   odamlar   bir-birining
maqsad   va   manfaatlarini   anglashi,   shu   asosda   harakatlari   mushtaraklashishi
natijasida   yuzaga   keladi.   Sharq   jamoasidagi   ahillik,   ye’tiqodiy   bag’rikenglik,
mushtaraklik, uyg’unlik, barqarorlik, birdamlik ham ma’naviy, falsafiy asoslangan
munosabatlardir.
Umuman   olganda   davlat   va   jamiyat,   ijtimoiy   munosabatlar   xakidagi
dastlabki   tasavvurlar   qadimgi   Bobil,   Misr,   Hindiston,   Markaziy   Osiyoda   vujudga
kela boshlagan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da, qadimgi xind
eposlari   bo’lmish   «Maxabhorat»,   «Ramayana»,   «Kalila   va   Dimna»da   jamiyat,
inson, ijtimoiy muammolar o’z ifodasini topgan.
Inson   o’zini-o’zi   anglashi   —   xatti-harakati,   maqsad   va   manfaatlariga
boshqalarning   nuqtai   nazarini   ham   hisobga   olib   baho   bera   bilishidir.   Yuqorida
aytilganidek, boshqalarni anglamagan shaxs hyech vaqt o’z mohiyatini, manfaatini
4
  «Шарқ фалсафаси»  Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2006
13 ham to’la bila olmaydi. Buyuk yunon faylasufi  Aflotun aytganidek, har  bir shaxs
o’zini-o’zi   anglashi   uchun   adolatli   bo’lishi   yetarli   yemas,   buning   uchun   faylasuf
bo’lish   lozim.   Shaxsiy   xudbinlik   girdobiga   o’ralib   qolgan   kishilar   adolatni   ham
o’zlaricha   tushunadilar.   Ko’plab   hukmdorlar   ham   adolat   mezonlarini   o’z
manfaatlaridan   kelib   chiqib   belgilashga   harakat   qilgan   va   qilmoqda.   Inson   o’z
mohiyatini xolis, vijdonan tahlil yetishi — barcha maqsadlariga, ular bilan bog’liq
vazifalarga   tarix   saboqlari,   hozirgi   kun   zaruriyatlari,   boshqalarning   fikr-
mulohazalari, manfaatlarini ham hisobga olib baho berishidir.
Sharq   falsafasidagi   yana   bir   muhim   muammo   —   insoniy   munosabatlar
madaniyatining axloqiy, huquqiy mezonlari tahlilidir.
Hayotda bir odam o’z oldiga alohida maqsadlar qo’yib, boshqalardan ajralib,
ularni   amalga   oshira   olmaydi.   Shu   sababli   insoniy   munosabatlarning   ma’naviy
mezonlarini   belgilash   va   mustahkamlash   Sharq   falsafasidagi   asosiy
muammolardan biri bo’lgan.
Sharq   an’analariga   ko’ra   insoniy   munosabatlarning   barchasiga   zamin
bo’ladigan   ma’naviy   asos   —   axloq   va   odobdir.   Adolat   mezonlari   ham   axloq   va
odobga tayanib belgilangan. Sharqda odamlar o’rtasidagi  munosabatlarda axloqiy
mas’uliyat   huquqiy   mas’uliyatdan   ham   ustun   turgan.   Insoniy   munosabatlar
yo’nalishlari axloqiy qadriyatlarga tayanib anglanilgandagina kishilar qo’lni qo’lga
berib,   ahil   va   ittifoq   bo’lib   kelajak   sari   boradilar.   Bu   boradagi   umumiy   faollik,
mushtaraklikning   ma’naviy   zaminlari   ham   falsafiy   g’oyalar   asosida   belgilanadi.
Shu sababli Sharqda halollik, iymonlilik, mehr-oqibatlilik, rahm-shafqatlilik, xayr-
yehsonlilik,   hamkorlik,   hamjihatlik,   do’stlik,   birodarlik,   bir-birini   hurmat   qilish
odamlar o’rtasidagi munosabatlarga asos bo’lgan axloqiy qadriyatlar hisoblangan.
Bu   muammolar   Sharq   falsafasining   bahs   mavzusida   ham   asosiy   o’rin   olgan.
Demak, Sharq falsafasi siyosatga yemas, balki ma’naviyatga asoslangan falsafadir.
Shunday bo’lsada Sharqda ijtimoiy siyosiy g’oyalar, davlat, boshqaruv, jamiyatga
oid ilmiy-falsafiy qarashlar mutafakkirlar falsafiy qarashlarida asosty o’rin tutgan.
Odamlar o’rtasidagi munosabatlarning axloqiy asoslari zaiflashsa jamiyatda
tinchlik,   osoyishtalik   yo’qoladi,   adovat,   zulm,   shafqasizlik   kuchayadi.   Bu   yesa
14 taraqqiyotni   izdan   chiqaradi.   Muhammad   Sallollohu   Alayhi   Vasallamning,
“musulmoni   komil   bo’lishi   uchun   bir-biringizga   muhabbat   qo’yishingiz   shart”,
degan fikrlarida, imom Iso at-Termiziyning, “har bir shirin so’z ham bir sadaqa”,
degan   so’zlarida   Sharq   falsafasining   muhim   ma’naviy   qadriyatlaridan   biri
ifodalangan.
Sharqona   ma’naviyat   mezonlariga   ko’ra   aql   axloq   bila   bog’langandagina
haqiqiy   ahamiyat   kasb   yetadi.   Axloq   faqat   yaxshilikka   undaydi,   odamlarni
yaqinlashtiradi,   do’st,   birodar   qiladi.   Aqlni   ishga   solish   —   birinchi   navbatda,
odamlarga yaxshilik qilish yo’llarini izlashdan iborat bo’lishi kerak. 
Ijtimoiy   adolat   mezonlari   ham   Sharq   falsafasining   asosiy   tamoyillaridan
birini tashkil etadi.
Insonni   tabiatga,   barcha   jonzotlarga   axloqiy   asoslangan   munosabatining
mohiyati   va   mezonlarini   belgilash   masalasi   ham   Sharq   falsafasida   katta   o’rin
olgan.   Sharq   panteizmidagi   tabiat   va   insonning   mohiyatan   birligi   haqidagi
g’oyalarda   ham   shu   maqsad   yotadi.   Shu   sababli   Sharq   xalqlarining   tabiatga
bo’lgan   munosabatlarida   namoyon   bo’lgan   barcha   manfaatlar,   xatti-harakatlar
muayyan   axloqiy   qadriyatlar   bilan   belgilangan.   Bahovuddin   Naqshband   ham
inson,   insonlar   oldidagina   yemas,   balki   butun   tirik   mavjudodlar   oldida   ma’naviy
mas’ul yekanini ko’rsatgan.
Inson   muayyan   manfaatlarga   asoslanib,   qadriyatlarga,   an’analarga   tayanib,
faoliyatining   oqibatlarini   bilib,   tabiat   bilan   munosabatga   kirishadi.   Demak,   uning
tabiatga munosabati ham ma’naviy asoslangan faoliyatdir.
Sharq falsafasida inson va tabiat bir-biridan ajratilmaydi, bir-biriga qarama-
qarshi   qo’yilmaydi   ham.   Tabiat   faqat   insonni   o’rab   olgan   atrof-muhit   sifatida
qaralmaydi.   Sharq   falsafasi   an’analariga   ko’ra   inson   va   tabiat   bir   butun
yekosistemadir, biosferadir.  Unda ortiqcha narsa yo’q. Hamma narsaning o’z o’rni,
ahamiyati bor. Inson ham shu sistema tizimiga kiradi. Gap bu yekosistemani buzib,
uni   butunlay   inson   manfaatiga   bo’ysundirishda   yemas,   balki   muhitga   muayyan
qadriyatlar   asosida   yondoshib,   unga   oqilona   moslasha   bilishdadir.   Bu   boradagi
sharqona   qadriyatlar   tabiatni   cheksiz,   shafqasiz   yekspluatasiya   qilishga   yo’l
15 bermaydi.   Sharq   an’analariga   ko’ra,   suvni   iflos   qilish,   hayvonlarni   o’ldirish
jinoyatgina yemas, balki katta gunohdir.
Sharq faylasuflari ta’limotiga ko’ra tabiat o’z-o’zicha inson boshiga balolar,
ofatlar   yog’dirmaydi.   Hamma   gap   inson   tabiatga   qanday   va   qay   darajada   aql,
ma’naviyat   mezonlariga   tayanib   munosabatda   bo’lishidadir.   Shu   sababli   ham
hozirgi   barcha   yekologik   fojialar   antrogen   xarakterga   yega   bo’lib,   ular   asosan
inson tabiatga aql  va axloqiy mezonlar  chegarasidan chiqib munosabatda  bo’lishi
oqibatida yuzaga keladi. Konfusiy aytganidek: “Agar yerdagi hayot yomon bo’lsa
inson osmonga yemas, balki o’z qalbiga, vijdoniga nazar tashlashi kerak”.
Inson   bilan   tabiat   o’rtasidagi   muvozanat   va   mutanosiblikning   muayyan
mezonlari,   chegaralari   bo’lib,   ular   asosan   tabiat   qonunlariga   va   inson
ma’naviyatiga   bog’liq.   Insonlar   o’rtasidagi   munosabatlar   asosida   yotgan   adolat,
iymon,   insof,   rahm-shafqat,   mahr-muruvvat,   vijdon   kabi   tushunchalar   tabiatga,
barcha tirik jonzotlarga nisbatan ham qo’llanmog’i lozim.
Sharq falsafasida inson, uning mohiyati, ma’naviyati muammosi asosiy o’rin
olganligi   sababli,   tarbiya   falsafasiga   ham   katta   ye’tibor   berilgan.   Tarbiya
falsafasining vazifasi — insonni yuksak axloqiy-ma’naviy komillikka ko’tarishdir.
Ma’naviy   qashshoqlik   insonni   razolatga,   vahshiylik,   adolasizlik   va   shafqasizlik
yo’liga   boshlaydi,   natijada   inson   bilan   inson,   inson   bilan   insonlar,   inson   bilan
tabiat   o’rtasidagi   mutanosiblik   buziladi.   Inson   qalbiga   shafqasizlik,   yovuzlik
urug’lari   singishi   yesa   har   qanday   tabiiy   ofatlardan   ham   xatarliroqdir.   Insonning
insoniyligini   belgilaydigan   asosiy   yo’l   —   tarbiya   va   ma’rifatdir.   Sharq
mutafakkirlari   ta’lim,   tarbiyaga   ye’tibor   bermagan   jamiyatning   oxiri   fojia   bilan
tugaydi,   degan   xulosaga   kelganlar.   Shu   sababli   ham   ma’rifatparvarlik   g’oyalari
Sharq   falsafasida   barcha   davrlarda   ham   ustivor   ahamiyat   kasb   yetgan.   Barcha
Sharq faylasuflari bir vaqtning o’zida ma’rifatparvar kishilar ham bo’lgan.
Sharqda   falsafiy   tafakkur   taraqqiyoti   yerkinlik   bilan   zaruriyatning   birligi
asosida  amalga  oshgani   ham  ma’lum.  Tafakkur   yerkinligi   —  insonning  muayyan
bilimlar,   amaliy   tajriba   yakunlariga   tayanib   mustaqil,   ijodiy   xulosa   qilishi,
16 fikrlashidir. 5
  Agar   tafakkur   yerkinligi,   fikrlar   mustaqilligi   bo’lmasa   bilimlar
taraqqiy yetmaydi, inson istiqbolni oldindan ko’ra bilishga imkon beradigan yangi
xulosalar   qila   olmaydi.   Zaruriyat   yesa   inson   fikrlashi   jarayonida   minglab   yillar
davomida   shakllangan,   amaliy   tajribada   o’z   isbotini   topgan   ilmiy   xulosalar,
an’analar va qadriyatlarga tayanishdir.  Ijgimoiy-falsafiy bilimlar dastavval qadimgi
Sharq   mamlakatlari   -   Bobil,   Misr,   Xitoy,   Xindiston,   Markaziy   Osiyoda
shakllangan.   «Avesto»da,   Konfusiy   asarlarida,   «Ramayana»,   «Maxobxorat»da
jamiyat  h a q ida fikrlar mavjud .  
Dastlabki   falsafiy   tasavvurlar   va   qarashlar   Sharqning   eng   qadimgi
mamlakatlaridan   bo’lgan   Bobilda   eramizdan   oldin   4-ming   yillikning   boshlarida
paydo bo’ladi. Shu davrlardayoq odamlarning dunyoda ro’y berib turadigan xilma-
xil   hodisa   va   voqyealarga   bo’lgan   munosabatlarlari   va   qiziqishlarini,   garchi   hali
sodda va  yuzaki, ibtidoiy shaklda bo’lsa-da, o’zida aks  ettirgan falsafiy qarashlar
paydo   bo’la   boshlagan.   Jamiyat   ishlab   chiqarishi   o’rtaga   qo’ygan   talablar,   inson
amaliy   faoliyati   tug’dirgan   ehtiyojlar   asosida   Bobilda   tabiat   hodisalari   haqida,
ularning   mazmunini   tushunib   olib,   ulardan   turmushda   foydalanish   zarurati,
mahsulot   va   narsalarning   miqdorini   aniqlash,   og’irligi   va   uzunligini   o’lchash,
ishchi   kuchlarning   samarasini   belgilash,   binolar   hajmini   topish   dalalarning   yer
satxini   hisoblab   chiqish   zarurati   dastlabki   arifmetik   va   geometrik   bilimlarning
paydo   bo’lishini   taqozo   etadi.   Bu   narsa   o’sha   davrlardayoq   taqvimning   paydo
bo’lishiga olib kelgan va odamlardan astronomiya sohasida ma’lum bilimlarga ega
bo’lishni talab qiladi. Shu asosda Bobilliklar quyosh soati, Quyosh ko’rsatgichi va
uning 12 bo’lakka bo’linishini azaldan bilishgan. Antik davr ma’lumotlariga ko’ra,
Bobilda   matematika,   geometriya,   astronomiya   bilan   bir   qatorda,   tibbiyot,   tarix,
geografiya, filologiya, musiqa, tasviriy san’at, astrologiya kabi bilim sohalari asta-
sekin kurtak yoza boshlagan.
Qadimgi   Misr   ham   jahon   madaniyatining   eng   qadimgi   o’choqlaridan   biri
bo’lib, unda ham ilk madaniy yodgorliklar eramizdan avvalgi to’rt ming yillikning
boshlarida   vujudga   kelgan.   Bobil   madaniyati   kabi   qadimgi   Misr   madaniy
5
  Mo’minov I.M.  O’zbekiston  ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixidan.  –T.: Fan 1994.
17 yodgorliklarida   ham   xalq   donishmandligining   hamma   turlarida   o’sha   davrdagi
ijtimoiy,   iqtisodiy   hayot,   tabiat   hodisalariga   munosabat,   kishilarning   ijtimoiy,
siyosiy,   ahloqiy,   huquqiy,   ularning   sintezi   bo’lgan   falsafiy   qarashlarida   o’z
ifodasini topgan.
Umuman,   Qadimgi   Bobil   va   Misr   xalqlarining   madaniyati,   urf   odatlari,
dunyoqarashlari,   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy,   huquqiy,   badiiy,   ahloqiy   va   falsafiy
qarashlari   butun   qadimiy   Sharq   xalqlari   kabi   diniy   qarashlar   bilan   sug’orilgan
bo’lgan.   Ularning   bu   qarashlari   nasldan-naslga,   avlodlardan-avlodlarga   o’tib,
Sharqdagi   boshqa   ko’pchilik   xalqlar   madaniy-ma’naviy   taraqqiyotiga,   ijtimoiy-
falsafiy fikrlar rivojiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatgan.
Falsafiy g’oyalar bir-biri bilan bog’liq ravishda shakllanishi va rivojlanishini
ye’tiborga  olsak,  zaruriyatning  ham  olamni   bilish  va  bilimlarni   umumlashtirishda
o’ziga   xos   muhim   o’rni   borligini   ko’ramiz.   Lekin   falsafada   yerkinlik   zaruriyatga
nisbatan   ustivor   ahamiyatga   yegadir.   Yerkin   fikrlamaydigan   inson   faylasuf   bo’la
olmaydi.   Yerkin   fikrlash   imkoni   bo’lmagan   jamiyatda   falsafa   fan   sifatida
rivojlanmaydi.
Tafakkur   yerkin   bo’lmasa   fikrlar   ham   sayoz,   yuzaki   bo’lib,   davr   talablari,
imkoniyatlari va yehtiyojlari darajasidan ortda qoladi. Yerkinlik insonning ko’plab
fikrlar,   g’oyalardan   to’g’risini,   jamiyat   taraqqiyoti   va   inson   ma’naviy   kamolotiga
yangi   yo’llar   ochib   beradiganlarini   xolis,   mustaqil   tanlay   bilish   imkoniyatidir.
Agar inson o’z tafakkurida faqat yeski an’analar, ye’tiqodlar doirasida qolib ketsa,
bu fundamentalizmga, fikr qaramligi, tafakkur turg’unligiga olib keladi.
Tafakkur   yerkinligi   kuchayishi   Sharqda   insonning   ma’naviy-ijtimoiy
mas’uliyati ortishi bilan ham bog’liq bo’lgan.
Demak,   Sharq   an’analariga   ko’ra   falsafiy   tafakkur   tarixiy   taraqqiyotning
turli  davrlaridagi   an’ana   va  qadriyatlarni,  bilimlar  va   umumiy  xulosalarni   bir-biri
bilan bog’lab, mustaqil, ijodiy qarashdir, ularni sharoit va imkoniyatlar, muayyan
an’ana   va   qadriyatlarni   ye’tiborga   olib   yerkin,   xolis   baholashdir,
umumlashtirishdir,   yangi   g’oyalarni   hayotga   oqilona   tatbiq   yetib,   istiqbolni
oldindan ko’rish imkoniyatlarini izlashdir.
18 XXI asrda insoniyat Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyat yekanini ye’tirof
yetib,   Sharq   falsafasi   an’analari   va   qadriyatlaridan   kengroq,   oqilona   foydalanishi
muhim bo’lib bormoqda.
Xulosa   qilib   aytganda   falsafa   barcha   davrlarda   o’zining   tarixi,   nazariyasi,
muayyan   qonunlari,   kategoriyalariga   yega   bo’lgan   fan   sifatida   rivojlanib   kelgan.
Qadimgi Sharq falsafasi ilk ijtimoiy fikrlar rivojining nazariy manbasi hisoblanadi ,
davr   sharoitlari,   yehtiyojlari,   imkoniyatlari   ta’sirida   ustuvor   ahamiyat   kasb
yetayotgan falsafiy muammolar tizimi o’zgarib, yangilanib turadi. Shu sababli har
bir   tarixiy   davrda   umuman   falsafani   yemas,   balki   uning   konkret   muammolarini
o’rganish   va   tahlil   yetishga   asosiy   ye’tibor   berib   kelingan.   Kapitalizm
rivojlanayotgan   davrlarda   pragmatizmga,   fan   va   texnika   jamiyat   hayoti   va
taraqqiyotida   katta   ahamiyat   kasb   yetayotgan   sharoitlarda   pozitivizm   va
neopozitivizmga, ilmiy taraqqiyot yutuqlari bilan bog’lashga intilish kuchayganida
neotomizmga,   ikkinchi   jahon   urushidan   keyingi   og’ir   tushkunlik   yillarida
yekzistensializmga ye’tibor kuchayishini shu bilan izohlash mumkin.
XXI   asrda   konkret   insonning   mohiyatini   bilish,   uning   huquqini,   qadr-
qimmatini,   manfaatini   himoya   qilish,   ma’naviyatini   yuksaltirish   orqali   odamlar
jamoasi   birligi   va   birdamligini   kuchaytirish   masalalari   falsafiy   tahlilining   asosiy
muammosi bo’lib kelmoqda.
Hozir   Sharq   falsafasini   o’rganishga   katta   ye’tibor   berilayotganining   sababi
ham shundadir.
  1.2   Qadimgi   Markaziy   Osiyo   xalqlari   madaniyati   va   jamiyatning
paydo bo’lishi hamda taraqqiyoti masalalari.    
Markaziy   Osiyo     jahon   ilf-fani,   madaniyati   va   ma’naviyati   rivojiga   ulkan
hissa   qo’shgan   mintaqalardan   biri   bo’lgan.   Hozir   O’zbekiston,   deb   ataluvchi   bu
hudud,   ya’ni   bizning   Vatanimiz   nafaqat   Sharq,   balki   butun   jahon   sivilizasiyasi
beshiklaridan   biri   bo’lganini   bugun   jahon   tan   olmoqda.   So’nggi   tarixiy   va
arxiologik   tadqiqotlar   bu   muqaddas   zaminda   odamzodning   ilk   ajdodlari   faoliyat
ko’rsatganliklaridan   dalolat   beradi.   Shu  jihatdan   Sharq   Markaziy   Osiyo   insoniyat
ilk paydo bo’lgan mintaqalar qatoriga kiradi.
19 Miloddan   avvalgi   IV-III   ming   yillarda   mintaqamizda   qishloq   xo’jaligi,
chorvachilik  bilan   birga,  hunarmandchilik,  konchilik,  mis,  oltin  va  temir   yeritish,
metallardan   har   xil   mehnat   va   xarbiy   qurollar   yasash,   to’quvchilik,   binokorlik,
zargarlik sohalari taraqqiy yetgan. Bu hududda Sug’diyona, Baqtriya, Xorazm kabi
dastlabki shahar-davlatlar paydo bo’lgan. Markaziy Osiyo xalqlarining yeng buyuk
madaniy   muvaffaqiyatlaridan   biri   –   bu   hududda   yozuvning   ixtiro   yetilganligidir.
Miloddan   avvalgi   1   minginchi   yillikning   boshlaridayoq   oramiy   yozuvi,   uning
negizida   xorazm   yozuvi,   Avesto   yozuvi,   sug’d   yozuvi,   qushon   yozuvi,   nihoyat,
yunon   yozuvi,   yangi   yeraning   boshlaridan   O’rxun-Yenasoy   yozuvlari,   uyg’ur
yozuvlari   vujudga   keladi.   Yozuvning   ixtiro   qilinishi   insoniyat   ma’naviyat
imkoniyatining   kengayishiga,   ilm-fan   va   bilimlarning   yanada   boyib   borishiga,
kishilar falsafiy tafakkurining rivojlanishiga olib keladi».
Xullas,   Markaziy   Osiyo   xalqlari,   xususan,   o’zbeklarning   tarixiy   ildizlari,
madaniyati, ijtimoiy, siyosiy, diniy-axloqiy va falsafiy qarashlari  shakllanishining
ilk davrlari ana shu qadim zamonlarga borib taqaladi.
Bizning   Markaziy   Osiyoda   yashagan   qadimiy   avlod-ajdodlarimiz   falsafiy
fikri   haqida   qimmatli   ma’lumotlarga   yega   bo’lishimizda   qadimiy   xalq   og’zaki
ijodiga   oid   afsona   va   rivoyatlar,   qadimgi   Hind,   Xitoy   va   Yunon   tarixchilarining
asarlari, «Avesto», «Bexistun», «Bundaxshin» va shular kabi yozma yodgorliklar,
jumladan,   Turk   O’rxun-yenasoy   runiy   matnlari   muhim   manba’lar   sifatida   katta
ahamiyatga   yega.   Ayniqsa,   ular   ichida   «Avesto»,   Sharq,   shubhasiz,   Markaziy
Osiyo   xalqlarining   qadimiy   ma’naviyat   madaniyat,   xususan,   falsafiy   qarashlarini
o’rganish   uchun   bebaho   manba’dir.   Bu   asar   bizga   qadimgi   Markaziy   Osiyo
xalqlarining   ilk   tabiiy-ilmiy   tasavurlari,   ijtimoiy-siyosiy,   diniy   va   falsafiy
fikrlarining   shakllanishini   aniqlash   uchun   juda   boy     manba’   bo’lib   xizmat   qiladi.
Biz   «Avesto»ga   murojaat   qilganimizda,   undagi   diniy   mifologik   va   falsafiy
jihatlarni  bir-biridan farqlashimiz lozim. Chunki unda juda ko’p masalalar insoniy
munosabatlar   asosida   yoritilib,   undagi   asosiy   g’oyalar   ilohiy   kuchlar-xudolar
xohish-irodasini bajo keltiruvchi kuchlar qiyofasida namoyon bo’ladi. Avestoning
eng   qadimgi   qismlari   keng   hududda   joylashgan   jamiyatni   tasvirlab,   bu   jamiyat
20 haqida   yozuvsiz   zamonlarga   oid   tasavurlarni   ham   saqlaganlar.   Avesto   kitoblari
turli   xil   ma’lumotlarni   o’z   ichiga   oladi.   Shular   jumlasidan   -   qadimgi   geografik
tushunchalar   –   daryolar,   tog’lar,   ko’llar   nomlari,   hududiy-   etnik   qabilalar   va
viloyatlar   nomlari,   qadimgi   mamlakatlarning   ro’yxati,   iqtisodiy   va   ijtimoiy
munosabatlar,   ijtimoiy   va   siyosiy   tuzum,   diniy   nasihatlar,   zardo’shtiylarning
falsafasi, Dune tarixi rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar va boshqalardir.
Olimlarning   e’tirof   etishlaricha,   Avesto   Sharq   xalqlari   qadimgi   davrlarini
tadqiq etishda hozirgacha muhim manba bo’lib, u o’zining bu ahamiyatini bundan
buyon   ham   saqlab   qoldi.   Bu   kitob   dastavval   e’tiqodlar,   tillar   va   dinlar,   bir   so’z
bilan   aytganda,   ma’naviyat   va   madaniyatning   rivojlanish   bosqichlari   haqidagi   ilk
to’plam  hisoblanadi.   Ta’kidlash   lozimki,  bu  jarayonlar   davlatchilik  va  iqtisodiyot
rivojlanishining umumiy doirasida bo’lib o’tgan.
Avesto   ma’lumotlarini   arxeologik   materiallar   bilan   qiyosiy   o’rgangan
olimlarning   fikricha,   mil.   avv.   II   ming   yillikning   o’rtalariga   kelib   O’rta   Osiyo
xalqlari   siyosiy   hayotida   o’zgarishlar   sodir   bo’lib,   davlatchilikning   ilk   ko’rinishi
shakllana boshlaydi. Bu davrda ushbu hududlarda yashagan aholining katta qismi
yirik vohalarni jadallik bilan o’zlashtirishi  natijasida chorvador  ko’chmachilikdan
o’troq   dehqonchilikka   o’ta   bshlaydi.   Bu   esa   keyinroq   Baqtriya,   Xorazm,
Marg’iyona,   Parfiya,   So’g’diyona   kabilarda   davlatchilik   tizimining   vujudga
kelishiga   asos   bo’lgan   edi.   Misol   uchun,   Avestoning   «Vandidod»   kitobida   Oliy
xudo Axuramazda yaratgan o’n oltita mamlakat (o’lka ) ning hududiy – ma’muriy,
siyosiy hamda qonunchilik tizimiga oid ma’lumotlar berilgan.
Ushbu   ma’lumotlarga   ko’ra   davlatni,   kavi   ya’ni,   boshqaruv   tizimi   bilan
bog’liq   bo’lgan   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy   va   huquqiy   masalalar   bilan
shug’ullanuvchi   shaxs   (podsho)   boshqargan.   O’z   navbatida   davlatni   boshqarish
huquqi   sulolaning   bir   vakili   qo’lidan   ikkinchisiga   meros   sifatida   o’tishi   diniy   va
dunyoviy jihatdan qonunlashtirilgan.
Avesto   davlat   boshqaruvining   murakkab   tizimi   haqida   ma’lumotlar   beradi.
Bu ma’lumotlarga ko’ra, mil. avv. VII-VI asrlarda O’rta Osiyo jamiyatining asosi
kichik-kichik   oilalardan   iborat   bo’lib,   har   bir   oila   o’rtacha   5-6   kishidan   tashkil
21 topgan.   Ular   katta   patriarxal   oila   a’zolari   hisoblangan.   Katta   oila   esa   20-25
kishidan   tashkil   topgan.   Jamoalar   hayotida   urug’chilik   tuzumining   ayrim
xususiyatlari saqlanib qolgan. Katta oila a’zolari tomonidan xo’jalikni tashkil etish,
yerga  birgalikda  egalik   qilish   va  umumiy  turar   joyda  –  uy-qo’rg’onlarda  yashash
odati yuqoridagi fikr dalilidir.
Davlatning boshqaruv tizimi oilalar yoki uy-joy birlashmasi – «nmana»yoki
«dmana», katta oila oqsoqoli – «nmanapati», urug’ jamoasi boshlig’i – «vis», katta
qishloq   oqsoqoli   «vispati»,   qabila   boshlig’i   –   «zantupati»,   viloyat   hokimi   –
«daxyupati»,   bir   necha   viloyatlar   hokimi   –   «daxyusastar»,   mamlakat   hokimi   –
«kavi» lardan tashkil  topgan. Avestoda  oila, urug’  va qabila  boshlig’ini  anglatish
uchun   «pati»   so’zi   ishlatilgan.   «Kavi»   yoki   «sastar»   mamlakatni   idora   qilgan
shaxsga   nisbatan   ishlatilgan.   Avestoning   Yasht   kitobida   quyidagicha   ma’lumot
bor:   Ko’p   yaylovlarga   ega   bo’lgan   Mitrani   biz   ulug’laymiz   .Unga   hyech   kim
yolg’on gapiraolmaydi: uyda oila boshlig’i, urug’ oqsoqoli, qabila yo’lboshchisi va
mamlakat   hokimi   ham   yolg’onchi   bo’lsa,   g’azablangan   Mitra   butunlay   oilani,
urug’ni, qabilani, mamlakatni va ularning boshliqlarini ham tamoman yo’q qiladi.»
Ayrim   tadqiqotchilar   (H.   Boboyev,   T.   Do’stjonov,   S.   Hasanov,   Ya.
Ollamov)   ilmiy   tahlillarga   asoslanib   Avestoda   tasvirlangan   va   O’rta   Osiyo
hududida   shakllangan   ilk   davlatchilik   asoslarining   vujudga   kelish   jarayonini
quyidagi uch davrga ajratadilar:
Birinchi davr – eng qadimgi davr bo’lib, bunda adolat va insoniy baxt-saodat
hukmron bo’lgan.
Ikkinchi   davr   –   yaxshilik   ruhlari   bilan   yomonlik   ruhlari   o’rtasidagi   adolat
uchun kurash davom etgan.
Uchinchi   davrda   –   aql-idrok   va   adolat   tantana   qilib,   dehqonlar   badavlat,
davlatning   siyosiy   va   qonunchilik   tizimi   mustahkam   bo’lgan.   Jamiyatda
mehnasevarlik, adolat, halollik, poklik, yaxshilik asosiy o’rinni yegalaydi.
«Avesto»da   quyidagi   uch   jihat   insonning   insoniyligini   ta’minlovchi   asosiy
fazilatlar   yekanligi   aytiladi. 6
  Bular:   1).   ezgu   fikr;   2)   ezgu   so’z;   3)   ezgu   ish
6
  Mo’minov I.M.  O’zbekiston  ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixidan.  –T.: Fan 1994.
22 (amal)dir.   Mana   shu   fazilatlarga   yega   bo’lgan   inson   oliy   haqiqatga   musharraf
bo’ladi. Bularga yerishishning asosiy vositasi mehnat qilish, o’rganish, izlash, o’z
ustida tinmay ishlashdir. Avestoning Yasht  kitobida keltirilgan ma’lumotlar O’rta
Osiyoda   qabilalar   siyosiy   birlashmasining   tarkib   topgan   davralariga   mansub
bo’lishi mumkin. 
Avesto davrida xususiy mulk quyidagilardan iborat bo’lgan: uy-joy, chorva,
tomorqa   yerlari,   ishlab   chiqarish   qurollari,   barcha   ro’zg’or   va   shaxsiy   buyumlar ,
oziq-ovqat mahsulotlari. Avesto kitoblarida qadimgi chorvachilik va dehqonchilik
hayoti   haqida   ma’lumotlar   turli   qismlarda   saqlangan   bo’lib   ularda   shunday
deyiladi: «Biz Axuramazdani ulug’laymiz, Axuramazda yaratgan barcha narsaning
ichida eng muhim bo’lib, birinchi o’rinda chorva turadi. Biz chorvaga tinch o’tlov
va yemish ta’minlashga chaqiramiz». Yoki Videvdat  kitobida dehqonchilik sabab
ish ekanligi ta’kidlangan: «Kim agar chap va o’ng qo’li, o’ng va chap qo’li bilan
bu   zaminga   ishlov   bersa,   O.   Spitama   Zaratushtra,   u   yerga   manfaat   keltiradi».
Ta’kidlash   joizki,   Avesto   davri   qabilalar   va   jamoalar   e’tiqodlarining   mukammal
jahon dini darajasidagi din bilan almashayotgan davri edi. Shuningdek, bu davr tub
iqtisodiy o’zgarishlar va ishlab chiqarishda sifatiy olg’a siljishlar davri bo’lganligi
bilan ham izohlanadiki, bu holat iyerarxik tuzumga ega bo’lgan davlatchilik hamda
urbanizasiyaning yangi bosqichga ko’tarilishiga, kasbiy hunarmandchilik, birinchi
galda   metallurgiyaning   rivojlanishiga   imkoniyat   yaratgan   edi.   Mis,   bronza,
keyinroq   temirning   paydo   bo’lishi   ishlab   chiqarishdagi   katta   o’zgarishlarga,
jumladan   hunarmandchilikning   maxsus   tarmoqlarga   ajralishiga   va   mahsulot
ayirboshlashga   olib   keldi-ki,   bu   jarayon   O’rta   Osiyo   qadimgi   shahar   va
qishloqlarining   rivojlani shiga ,   ziroatkor   va   chorvador   aholi   turmush   tarzining
tubdan   o’zgirishiga   olib   keldi.   Avesto   ko’pgina   ma’lumotlar   qatori   metallurgiya
sohasida   erishilgan   yutuqlar   haqida   ham   ma’lumotlar   beradi.   Bunga   Avesto
xudolarining boy qurol – yarog’lari misol bo’la oladi. Masalan, zardo’shtiylarning
ulug’ xudolaridan biri Mitra «oltin arava»da tasvirlanib, qo’lida «sariq ma’dandan
yasalgan, tilla bilan qoplangan, yuz tig’li va yuz zarbali, eng kuchli va eng zafarli»
bolta   ushlab   turadi.   Mitraning   aravasida   yoki   qalqonida   kumush   va   oltindan
23 bezaklar   solinadi.   Mitraning   aravasida   «o’tkir,   yaxshi   charxlangan,   ilohiy
uchadigan   yoki   va   ilohiy   kesadigan»   minglab   o’tkir   o’qlar   va   nayzalar,   minglab
pichoqlar   va   cho’qmorlar   tasvirlangan.   Avestoda   tilga   olingan   viloyatlar
( o’lkalar ) – Aryanam Vayjo, Gava Sug’da, Mouru, Bahdi,     kabilar , O’rta Osiyo,
Janubiy Uraloldi va Markaziy Qozog’iston hududlarida joylashgan bo’lib bu ulkan
mintaqada   muhim   polimetallar   bazasi,   Amudaryo   va   Sirdaryo   quyi   oqimlarida
keng   yaylov   hududlar,   Baqtriya,   Marv,   Niso   va   So’g’dda   urbanizasiyalashgan
markazlar   mavjud   edi.   Avesto   madhiyalarida   ma’lum   ijtimoiy   bosqichlardagi
izchillik va iyerarxiyai  ham  ajratish mumkin. Shuningdek, Avestoda  ilk shaharlar
shakllanish   bosqichlari   Axuramazda   farmoni   bilan   dastlabki   odam   Yima
tomonidan   mustahkamlangan   «vara»   bunyod   etishi   misolida   kuzatiladi.   Bunday
«vara»   lardan   biri   arxeologlar   tomonidan   Janubiy   Ural   –   Qozog’istondagi
«shaharlar o’lkasi» dan topilgan bronza davrida oid Arkaim  yodgorligida bo’lishi
mumkin.   Arkaim   yodgorligi   bir   nechta   mustahkamlangan   manzilgohlardan   iborat
bo’lib,   xandaqlar   va   qatorli   mudofaa   devorlari   bilan   o’rab   olingan,   kirish   qismi
himoyalangan.   Yodgorlik   murakkab   va   aniq   tuzilishga   ega.   Yodgorlik
hududlaridan,   hunarmandchilikning   avvalo,   metall   eritish   va   unga   ishlov
berishning   izlari,   bronzadan   yasalgan   buyumlar   Avesto   madhiyalarida   eslatilgan
«vara»   shaklidagi   bunyod   etilishi   shahar   madaniyati   belgilarini,   ijtimoiy   va
madaniy   tarqqiyotining   yuqori   darajasini ,   nom-davlatlar   ko’rinishidagi   shaharlar
shakllanishini o’zida aks ettiradi. Bu jarayonning bosqichma –bosqich rivojlanishi
esa,   O’rta   Osiyoning   janubiy   va   markaziy   hududlarida   kuzatiladi.   Xullas,
«Avesto»da   ilgari   surilgan   diniy-falsafiy   ta’limot,   zardushtiylik   g’oyalari   keyingi
davrlar   Sharq   va   Yevropa   diniy-falsafiy   ta’limotlarining   shakllanishi   va   paydo
bo’lishida juda katta o’rin tutgan va rol o’ynagan. Buni bugungi kunda ko’pchilik
tadqiqotchilar   adolat   yuzasidan   holislik   bilan   qayd   qilishmoqda.   Buni   bizning
hududimizda zardushtiylik ta’limoti ta’sirida undan keyin paydo bo’lgan moniylik,
mazdakiylik va shu kabi ta’limotlarida ham ko’rish mumkin. 
Moniy   o’z   ta’limotida   jamiyatdagi   kishilarni   ikki   toifaga   bo’ladi:   1-toifa-
mumtoz zodagonlar;  2-toifa-mehnatkashlar  ommasi  va savdogarlardir. U dunyoni
24 ham   ikki   dunyoga   ajratadi:   1-   dunyo-bu   odamlar   real   yashaydigan   dunyo   bo’lib,
unda   adolasizlik,   zulm,   zo’ravonlik   hukm   suradi.   2-dunyo-bu   «Ziyo
dunyosi»(«Nur   dunyosi»)   «Ziyo   dunyosi»   da   inson   kamolotga   yerishadi.   «Ziyo
dunyosi»   barcha   narsalarni   yaratgan,   insonni   ham   yaratadi,   shu   sababli   kishi
zulmatdan holi bo’lishi, o’z istagicha va o’z xohish irodasi bilan yashashga harakat
qilishi lozim.
Moniy   shunday   yozadi:   «o’limdan   keyin  hyech   kimsaga   ro’zg’or   asboblari
bilan   hovli   ham,   uy   ham   kerak   bo’lmaydi».   «Men   o’z   umrim   davomida   ko’p
hokimlarni ko’rdim, ular dunyoda ahloqsizlik qilib, manmanlikka berilib yurdilar,
ammo pirovardida alamlarga va tubanlikka duchor bo’ldilar».
Moniyning ko’pchilik qarashlari  o’z davri  feodal  zodagonlariga yoqmagan,
ularni   qo’rquvga   solgan.   Ular   Moniy   g’oyalarini   tenglikni   ilgari   suruvchi,   barcha
mol-mulkni   zadagonlar   va   kambaqallar   orasida   teng   va   baravar   taqsimlashga
da’vat,   deb   tushunib,   uning   o’zini   qatl   qilishib,   uning   tarafdorlarini   yesa   quvg’in
qilishadi. 7
Shunday  qilib,   moniy   ta’limotida   diniy-axloqiy   qarashlar   bilan   bir   qatorda,
falsafiy   qarashlar:   adolat,   ozodlik,   axloqiy   kamolot   haqida   o’z   davridagi   xalq
ommasining o’y-fikrlari, orzu-umidlari o’z ifodasini topgandir.
Markaziy   Osiyo   xalqlari   qadimiy   falsafiy   qarashlarini   o’rganishda
yeramizning   5-asri   oxiri   va   6-asr   boshlarida   Yeronda   zardushtiylik   ta’limotining
yangi ko’rinishi sifatida paydo bo’lib, so’ng markaziy Osiyo, Kavkaz va Shimoliy
Hindistonda   keng   yoyilgan   mazdakizm   yoki   mazdakiylik   diniy-falsafiy   ta’limoti
bilan tanishish ham muhim o’rin tutadi.
Mazdakiylik   jamiyatdagi   ijtimoiy   da’vat   yetgan   Mazdakiylar   harakatining
mafkurasi sifatida ham xizmat qiladi.
Mazdakiylik   ta’limotiga   ko’ra,   jamiyatda   ijtimoiy   notenglik   yuzaga   kelsa,
yovuzlik   va   zulmat   hukmronlik   qiladi.   Bu   yesa   kishilar   o’rtasida   hasad,
g’arazgo’ylik,   ziqnalik,   o’g’irlik,   makkorlik,   shafqasizlik,   urushlar,   turli-tuman
7
 Material ы  po istorii progressivnoy ob щ yestvenno-filosofskoy m ы sli  v Uzbekistane ( O’zbekistonda ilg’or ijtimoiy-
falsafiy fikrlar tarixidan materiallar ). –T. :Fan , 1976.
25 baxsizlikni   keltirib   chiqaradi.   Shu   sababli   bu   illatlarni   jamiyatdan   bartaraf   yetish
uchun   shu   notenglikni   paydo   qiluvchi   asoslarning   o’zini   yo’qotish,   zarur,   deb
hisoblaydi.
Mazdakiylikning   bu   g’oyalari   Yeron,   Ozarbayjon   va   Markaziy   Osiyo   xalq
ommasi   qo’zg’olonlarining   g’oyaviy   bayrog’i   bo’lib   xizmat   qiladi.   O’sha   davr
feodal   zodagonlar   mazdakiylik   ta’limotining   feodal   jamiyati   negizlariga   putur
yetkaza   boshlaganligini   ko’rishib,   mazdakiylik   ta’limoti   tarafdorlarini   shafqasiz
jazolaydilar.   Mazdakni   yesa   Sosoniylar   davlatining   podshosi   Anushervon
tomondan 529 yili qatl qilinadi. Umuman olganda, mazdakiylik moniylikdan farq
qilib,   bu   ta’limot   faqat   falsafiy   qarashlar   majmuasi   bo’lib   qolmay,   balki   amaliy
xarakterga   ham   yega   bo’lgan,   o’z   g’oyalarini   amalga   oshirishga   qaratilgan
ta’limotdir.   Bu   ta’limotning   hur   fikrlilik   g’oyalari   o’zidan   keyin   Sharq
mamlakatlarida,   Markaziy   Osiyoda,   hatto   G’arb   mamlakatlarida   ham   yuzaga
kelgan ozodlik harakatlari bilan bog’liq falsafiy oqimlarga o’z ta’sirini ko’rsatgan.
Markaziy   Osiyoda   vujudga   kelgan   qadimgi   falsafiy   ta’limotlar,   ular   ilgari   surgan
g’oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatgaega. Sanab o’tilgan qadimgi diniy-
falsafiy   ta’limotlar,   ya’ni   zardushtiylik,   uning   bosh   kitobi   —   “Avesto   ”,   Moniy
ta’limoti,   "Moniy   yozuvi”,   mazdakiylik   harakati   jamiyatda   adolat,   erkinlik,   teng
huquqlilik tamoyillarini qaror toptirishga da’vat etgan. Vatan ozodligi yo’lida jon
fido   etgan   Muqanna   boshchiligidagi   harakat   nafaqat   O’rta   Osiyoda,   balki
jahonning   boshqa   o’lkalarida   ham   aks-sado   bergan.   Vatanimizning   o’sha   davrda
shakllangan   va   rivojlangan   boy   madaniyati,   milliy   ma’naviyatimiz,   falsafamiz
jahon sivili-zasiyasiga katta ta’sir ko’rsatgan.
26 Birinchi bobga xulosalar
- Sharq mamlakatlaridagi falsafiy tafakkur  taraqqiyoti  to’g’ri  chiziq bo’ylab rivoj
topmagan. Garchi ba’zi taraqqiyot bosqichlarida va ayrim sohalarda o’zaro ta’sirni
istisno   qilmagan   holda   Sharqqa   taalluqli   uch   mintaqa,   ya’ni   Yaqin   Sharq,
Hindiston va Xitoy – mustaqil madaniy butunlikni tashkil etgan;
-   Sharq   faylasuflari   barcha   davrlarda   ham   inson   avval   o’z   qalbiga,   ruhiga   nazar
tashlab,   keyin   boshqalarni,   tabiat   va   jamiyatni   bilishga   intilishi   lozim   yekanini
ko’rsatganlar;
-   Sharqda   falsafa   bilimlar   haqidagi   bilim,   muayyan   an’analar   va   qadriyatlarga
tayangan   tafakkur   madaniyati   sifatida   qaralgan.   Falsafa   barcha   fanlarni   bir-biri
bilan bog’lab, inson bilimlarini muayyan yaxlit tizim sifatida rivojlanishga imkon
bergan;
-   Jamiyat   taraqqiyoti   deb   atalgan   jarayonni   har   kim   o’zicha   yemas,   balki   barcha
birlashib oldinga siljitadi. Shu sababli ham  insonlar  harakati  va manfaatlarini bir-
biriga bog’lab turuvchi munosabatlar odamlar bir-birining maqsad va manfaatlarini
anglashi, shu asosda harakatlari mushtaraklashishi natijasida yuzaga keladi;
-   Sharq   jamoasidagi   ahillik,   ye’tiqodiy   bag’rikenglik,   mushtaraklik,   uyg’unlik,
barqarorlik, birdamlik ham ma’naviy, falsafiy asoslangan munosabatlardir;
-   Avesto   Sharq   xalqlari   qadimgi   davrlarini   tadqiq   etishda   hozirgacha   muhim
manba bo’lib, u o’zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoldi. Bu kitob
27 dastavval   e’tiqodlar,   tillar   va   dinlar,   bir   so’z   bilan   aytganda,   ma’naviyat   va
madaniyatning rivojlanish bosqichlari haqidagi ilk to’plam hisoblanadi;
II BOB. O’RTA SHARQ VA MARKAZIY OSIYODA FALSAFIY
ILMLARNING TARQALISHI HAMDA IJTIMOIY TARAQQIYOT
MASALALARI
2.1   O’rta   asrlar   davri   Sharq   falsafasining   o’ziga   xos   xususiyatlari   va   unda
islom ta’limotining ahamiyati
O’rta asr Sharqida arab xalifaligi davriga kelib yangi feodal ishlab chiqarish
usulining qaror  topishi  bilan intellektual  bilimlar monopoliyasi  ruhoniylar  qo’liga
o’tadi.   Natijada   diniy   rasm-rusumlari   va   an’ana-odatlari   jamiyatdagi   axloqiy-
iqtisodiy va huquqiy-iqtisodiy normalarga aylanadi. Bu davrda falsafa amaliyotdan
ajralib, ko’proq   sxolastikaga aylanib, ilohiyot haqidagi ta’limot xarakterini oladi.
Tabiat va insonni ilmiy o’rganish gunoh hisoblanib, bunday o’rganishga kirishgan
mutafakkirlar dahriylikda ayblanadi va quvg’in qilinadi. Lekin shunga karamay, bu
davrda ham jamiyatning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti ma’lum darajada to’xtamay
davom yetadi.
Bu   davr   mutafakkirlari   islom   dinining   cheksiz   hukmronlik   qilgan
sharoitlarida   ham   olamning   tabiati   va   mohiyati,   uning   taraqqiyoti,   koinotning
sirlari, insonning hayoti va uning dunyodagi o’rni haqida, insonda uchraydigan har
xil kasalliklarning sabablari haqida diniy qarashlar bilan birga, ulardan tubdan farq
qiladigan   tabiiy-ilmiy   va   falsafiy   qarashlarni   ham   ilgari   suradilar.   Bu   bilan   ular
ilg’or   falsafiy   dunyoqarashga   va   tabiashunoslik   bilimlari   rivojiga   o’zlarining
munosib hissalarini qo’shadilar. Arab xalifaligiga qarashli hududlarda ilm-fanning
taraqqiyoti  bilan birga, yerkin fikr qiluvchi, diniy aqidalardan yetishib chiqadilar.
28 Bu   mutafakkirlar   o’z   qarashlari   bilan   O’rta   asr   Sharq   falsafasiga   asos   soladilar.
Ular   o’z   qarashlarining   dunyoviyligi,   o’z   asarlarining   aql-idrokli,   o’qimishililigi,
qadimgi   yunon-rim   falsafiy   qarashlari   bilan   tanish   bo’lgan,   o’z   kuchlari   va
bilimlariga qattiq ishongan kishilar bo’lishgan yedi. 
Bunday   mutafakkirlardan   biri,   birinchi   arab   faylasufi   Yoqub   Ibn   Is’hoq   al-
Kindiydir.
Al-Kindiyning   falsafiy   qarashlarining   shakllanishida   uning   qadimgi   hind,
xitoy,   yunon   va   O’rta   Osiyo   xalqlari   falsafiy   qarashlari   bilan   tanishuvi,   ularni
chuqur  o’rganishi  katta rol  o’ynaydi.  Uning falsafiy qarashlari  o’sha  paytda yeng
ilg’or   oqim   sifatida   tanilgan   mu’tazilliylar   ta’limoti   bilan   uzviy   bog’liq   holda
yuzaga keladi. 
Arab   falsafasi   mutaxassislarining   fikriga   muvofiq,   garchand   musulmon   arab
Sharqida   Al-Kindiygacha   ham   juda   ko’p   yirik   mutafakkirlar   o’tgan   bo’lsa   ham,
faylasuf degan nomga faqat Al-Kindiygina musharraf bo’lgan, xolos. 
Al-Kindiy   falsafa   bilan   din   o’rtasidagi   tortishuvni   falsafa   foydasiga   hal   qiladi.   U
falsafa fanini o’rganishining zarurligini isbot qilishga urinib, uni tabiya va jamiyat
hodisalarini   tushuntirib   beradigan,   borliqni   bilishning   muhim   quroli,   deb   aytadi.
Al-Kindiy, falsafaning dushmanlari ham falsafaga muhtojdirlar, deb uqtiradi. Buni
shunday   tushunish   mumkin:   bordi-yu,   biror   kishi   agar   falsafa   bilan   shug’ullanish
yaramaydi, desa, doim nima uchun yaramaydi? deb so’rashimiz mumkin. Shunda
raqib   o’zi   aytgan   fikrining   haqiqat   yekanligini   tasdiqlovchi   mantiqiy-iqtisodiy
dalillar keltirishi kerak bo’ladi, ya’ni bunda u o’z-o’zidan faylasuflik qilishi kerak
bo’ladi,   deb   yozadi   u.   Bu   oddiy   misol   orqali   Al-Kindiy   falsafaning   zarurligini
uqtiribgina qolmay, balki falsafaning vazifasi nimadan iborat? Inson aqli narsa va
hodisalarning   asl   mohiyatini   bilishga   qodirmi?   Degan   savollarga   ham   javob
berishga   harakat   qiladi.   “Falsafa,   -   deydi   u,   -   boshqa   fanlar   singari   narsa   va
hodisalarning   sabablarini   tushuntiradi.   Noma’lum   haqiqatning   sababini   topish
orqaligina uning mohiyatini bilish mumkin”. 
29 Al-Kindiyning   tabiat   va   jamiyatdagi   narsa   va   hodisalarning   sabablarini
aniqlashdagi   qarashdagi   qarashlari   qanchalik   sodda   bo’lmasin,   bari-bir   ularda
optimistik ruh ustunlik qiladi.
Ayniqsa   Al-Kindiyning   arab   falsafasida   Sharq   aristotelchiligining   paydo
bo’lishidagi roli g’oyat kattadir. Al-Kindiyning falsafiy qarashlarida uning dunyoni
ilmiy   bilishning   uch   bosqichi   haqidagi   ta’limoti   ham   muhim   o’rin   tutadi.   Bunda
ilmiy bilishning birinchi bosqichi mantiq va matematika yordamida yuzaga kelsa,
tabiashunoslik   bilimlari   orqali   inson   ilmiy   bilishi-bilishning   ikkinchi   bosqichiga
ko’tariladi.   Inson   o’zining   ilmiy   bilishining   uchinchi   bosqichiga   yesa   metafizika
(ya’ni falsafa.) orqali ko’tariladi, deydi u 8
.
Umuman,   Al-Kindiy   falsafiy   qarashlari   falsafiy   dunyoqarashga   va
tabiashunoslikka   oid   ajoyib   fikrlarga   juda   boydir.   U   o’zidan   oldin   o’tgan   va   o’z
zamondoshlarining   qarashlarini   umumlashtirib,   tanqidiy   ravishda   ularni   qayta
ishlab chiqqan, qadimgi faylasuflarning, xususan, Aristotel asarlarining, shu bilan
birga,   butun   qadimgi   yunon   falsafasining   durdonalari   bilan   kelgusi   avlodlarni
bahramand qila olgan yensiklopedik mutafakkirdir.
Xullas, Al-Kindiy faqat qadimgi yunon olimlari va faylasuflari asarlarini arab tiliga
tarjima   qilib,   ularga   sharhlargina   yozib   qolmay,   balki   o’zi   ham   orginal   falsafiy
asarlar yaratdi. Shular jumlasiga uning quyidagi falsafiy risolalarini ko’rsatib o’tish
mumkin:   «Aristotel   kitoblarining   soni   va   falsafani   o’rganish   uchun   nimalarga
muhtoj   bo’linadi?»,   «Platonning   «Siyosat»   kitobida   yeslatib   o’tilgan   raqamlarini
qanday   tushunish   kerakligi   haqida   risola»,   Ptolemeyning   «Almagest»   kitobi   va
Aristotelning   «Analitika»   kitobiga   izoh»,   «Gippokratning   tibbiyoti   haqida   risola»
va boshqalar. Bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar bilan Al-Kindiy arab falsafasida
peripateizm ta’limotiga asos soldi.
O’rta   asr   yeron   falsafasining   buyuk   vakili   ar-Roziydir.Ar-Roziy   (864-
925)ning   to’liq   ismi   sharifi   Abu   Bakr   Muhammad   Ibn   Zakariyo   ar-Roziydir.   U
yeronlik bo’lib, Ray shahrida dunyoga keladi. U inson bilimlarining uch sohasiga:
8
  Qodirov M . Islomiy ma’rifat, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar falsafasi. “Islom, tarix va ma’naviyat”. –T., A. 
Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2000. 
30 tibbiyotga,   kimyoga   va   falsafaga   juda   katta   hissa   qo’shadi.   Roziy   tabobatga,
kimyoga,   falsafaga,   mantiqqa,   yetikaga,   ilohiyotga,   astronomiyaga,   fizikaga   oid
184 ta asar qoldiradi, shulardan bizgacha faqat 61 tasi yetib keladi (ulardan 36 tasi
tibbiyotga, 4 tasi kimyoga oid).
Roziyning   falsafiy   qarashlari   Yeron,   Turon,   arab,   Hind,   Xitoy   falsafiy
sistemalari   hamda   qadimgi   yunon   falsafiy   ta’limotlari   asosida   shakllanadi.   Uning
dunyoqarashida materialistik tendensiyalar ustun o’rin oladi. 
Roziy   yana   o’z   qarashlarida   o’sha   davr   uchun   yeng   ilg’or   va   qimmatli   bo’lgan
xalqlarning o’zaro tengligi, kishilarning dinga nisbatan yerkinligi haqidagi fikrlarni
ham  ilgari  suradi.  Umuman,  Roziy o’z falsafiy va ijtimoiy qarashlarida  ilm-fanni
himoya   qilib,   diniy   mutaassibliklarga   qarshi   chiqishi   o’z   davri   uchun   misli
ko’rilmagan   darajadagi   jasurlik   yedi.   U   o’z   davrida   faqat   islom   ortodoksal
ta’limotigagina   qarshi   chiqib   qolmasdan,   balki   o’sha   davrda   Yeron   va   O’rta
Osiyoda   keng   tarqalgan   manixizm,   ismoilizm   va   shularga   o’xshash   reaksion
falsafiy ta’limotlarni ham rad qilgan.
Shunday   qilib,   Roziy   mutakallimchilarga   va   Ollohni   yagona   sabab   deb
biluvchi   faylasuflarga   qarshi   chiqqan   faylasuf   sifatida   materiyaning   adabiyligi   va
doimiyligi,   uning   doimiy   harakat   va   o’zgarishda   bo’lishi,   makon   va   zamonning
obektivligi   haqidagi   ta’limotlari   bilan   barcha   inson   bilimlari   uning   obektiv   olam,
tabiatni   bilish   orqali   vujudga   kelishi,   ilmni   diniy   ye’tiqoddan   ustun   qo’yishi
haqidagi   qarashlari   bilan   o’z   davrida   yangicha   falsafiy   yo’nalish   yaratgan
faylasufdir.   Uning   bu   falsafiy   qarashlari   keyingi   davrlardagi   mutafakkirlarning
yerkin fikr yuritish va hur fikrlari uchun, progressiv falsafiy qarashlarning hamda
tabiashunoslikning   falsafiy   masalalarining   yanada   rivojlanishida   muhim   rol
o’ynaydi.
O’rta asr arab sxolastik kalom falsafasining yirik nazariyotchisi Muhammad
al-G’azzoliydir.
Abu   Hamid   G’azzoliy   islom   ilmlarning   turli   sohalarini   dunyoviy   ilmlarga
qo’shib   chuqur   yegalaydi.   U   bunda   nimani   o’rgansa,   shu   sohani   to’ldirishga,
31 rivojlantirishga   harakat   qilib,   har   bir   o’rgangan   narsasini   islom   tarozisiga   qo’yib,
o’lchab ko’rish asosida baholashga harakat qiladi. 
G’azzoliy   o’zining   «Ab   xal-valad»   («Yey,   farzand!»)     deb   nomlangan
risolasida: «Basharti yuz yil ilm o’rganib, mingta kitobni o’qib jamuljam yesang-u
ammo   unga   amal   qilmasang,   Ollohning   rahmatiga   umidvor   bo’lishga   haqqing
yo’q»,   –   deydi.     U   bunda   yana   shunday   yozadi:   Bandalik   uch   asosdan   iborat:
birinchisi   -     shariat   ishlarini   davom   yettirib,   uni   himoya   qilmoq;   ikkichisi   -
Ollohning   taqdiri   azali   va   qazo   qadariga   rozi   bo’lmoq;   uchinchisi   -   Ollohning
roziligidan kelib chiqib, nafsning xohlagan narsalarini tark qilmoqdir. 9
  
Uningcha,   ilm   olishdan   murod   -   bu   kishining   toat-ibodat   qilish   mohiyatiga
tushunib   yetmoqlikdir.   Bilgilki,   deydi   u   toat-ibodat   yaxshi   va   yomon,   halol   va
harom ishlarda, so’z va amalda shariatga yergashmoqdan iborat. 
G’azzoliy so’fizm ta’limotiga ham katta hissa qo’shadi. U tasavvuf ta’limoti
haqidagi   Makkiy-Abu   Tolib,   Xoris   al-Muxosibiy,   Shayx   Shibliy,   Junayd   al-
Bag’dodiy asarlarini o’rganib chiqib, o’zi ham bu haqda «Ixyo Ulum-uddin» nomli
asar   yozadi.   Uning   bu   asari   nihoyatda   mashhur   bo’lib   unda   tasavvuf   va   boshqa
islomiy   ta’limotlar   qamrab   olinadi.   U   bu   asarida   tasavvuf   ilmini   to’g’ri   ta’limot,
deb baholaydi. 
Xullas, G’azzoliy o’zining asrlarida islom ilohiyayoti tizimini ishlab chiqib,
uni   falsafiy   jihatdan   asoslab   beradi.   U   islomning   yeng   yirik   nazariyotchisi
hisoblanadi. 
Lekin   G’azzoliyning   islom   ilohiyotiga   oid   falsafiy   qarashlariga   O’rta   asr   arab
xalifaligining g’arbiy qismida yashab ijod yetgan arab faylasufi Ibn Rushd qarshi
chiqadi.
Ibn Rushd Aristotel qarashlarini davom yettirib, o’z falsafasida materializm
yelementlarini rivojlantirgan, shu asosda o’z shaxsiy falsafiy sistemasini  yaratgan
buyuk arab faylasufidir. 
9
  Qodirov M . Islomiy ma’rifat, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar falsafasi. “Islom, tarix va ma’naviyat”. –T., A. 
Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2000. 
32 Ibn   Rushd   o’zining   Abu   Hamid   Muhammad   G’azzoliy   asari-«Faylasuflarni   rad
yetish»   («Taxofut-ul-falosifa»)ga   qarshi   yozgan   «Faylasuflarni   rad   yetish»
(«Taxofut-ut-taxofut»)   asarida   G’azzoliyning   islom   ortodoksal   kalom   ta’limotini
qattiq tanqid  qiladi. U   kishi  oliy kamolotga  faqat  zikru sano   orqali   yemas,  balki
falsafiy bilimlarni yegallash orqali yerishadi, deb ta’lim beradi. Ibn Rushdning bu
falsafiy ta’limoti O’rta asrdagi Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, keyinchalik
yesa uyg’onish davri Yevropa mamlakatlarida falsafiy qarashlarning rivojlanishida
katta   rol   o’ynaydi.   U   O’rta   asr   hurfikrligining   yeng   yirik   namoyandalaridan   biri
hisoblanadi.
Shu   sababli   Ibn   Rushdga   va   uning   falsafiy   ta’limotiga   qarshi   keyingi   davr
butun musulmon va xristian ilohiyotchilari qattiq kurash olib bordi.
Shunday   qilib,   biz   yuqorida   ko’rib   chiqqan   O’rta   asr   arab   falsafasi   deyilganda,
islom   dinini   qabul   qilgan   va   o’z   asarlarini   arab   tilida   yozgan,   arab   xalifaligiga
qarashli   hududlarda   yashovchi   mutafakkirlar   tomonidan   ishlab   chiqarilgan
«Qur’oni Karim» va «Hadisi Sharif»ga asoslanuvchi, falsafiy ta’limotlar majmuini
tushunamiz.   O’rta   asr   arab   falsafasining   paydo   bo’lishi   «Qur’oni   Karim»
(«Kalom»)ning   paydo   bo’lishi   bilan   va     keyinchalik   islom   ilohiyotida   yuzaga
kelgan   ortodoksal   kalomchilar-mutakallimchilar   va   rasional   ilohiyot
namoyandalari - mu’tazilliylar faoliyatlari bilan bog’liq holda yuz beradi. 10
  Bunda
qadimgi   yunon   falsafasida   yuzaga   kelgan   platonizmning   yangi   ko’rinishi-
neplatonizm   bilan   Yangi   aristotelizmning   birikishi   O’rta   asr   arab   falsafasida
yetakchi yo’nalish bo’lgan Sharq peripatetizmini keltirib chiqaradi. 
Sharq   peripatetizmining   navbatdagi   rivojlanishi   o’rta   asrdagi   O’rta   Osiyolik
mutafakkirlar falsafiy qarashlarida o’z ifodasini topadi va rivojlantiriladi.
Tasavvuf   (so’fiylik   yoki   so’fizm)   islom   falsafasida   diniy   falsafiy   yo’nalish
sifatida   VIII   asrning   o’rtalarida   arab   xalifaligi   mamlakatlarida   vujudga   keldi.   U
asosan,   shu   mamlakatlarning   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   ma’naviy   taraqqiyotining
xususiyatlari   bilan   taqozo   qilingan   bo’lsa   ham,   lekin   unda   neoplatonizm
ta’limotining,   iudaizm,   xristianlik,   zardushtiylik   va   ayniqsa   buddizm   diniy
10
  Xotamiy S.M . Islom tafakkuri tarixidan. Tarjimon N. Qodirzoda. –T.: Minhoj. 2003. 
33 ta’limotlarining   ta’sirini   yaqqol   ko’rish   mumkin.   Tasavvuf   paydo   bo’lganidan
keyin   u   turli   davrlarda,   dastlab   arab   mamlakatlarida,   keyinchalik   Yaqin   va   O’rta
Sharq,   Markaziy   Osiyo,   Shimoliy   Hindiston,   Pokiston,   shimoli-g’arbiy   Xitoy,
Indoneziya kabi mamlakatlarga keng tarqaladi. Natijada, tasavvuf  dunyodagi turli
xalqlarning ijtimoiy hayotidan, ularning falsafiy va badiiy tafakkuridan keng o’rin
olgan, ko’p tarmoqli, ko’p yo’nalishli murakkab ta’limotga aylanadi. Lekin u turli
mamlakat   xalqlari   o’rtasida   turlicha   mazmun   kasb   yesa   ham,   uning   ruhi   islomiy
ruh bo’lib qoladi.
Tasavvuf   islom   ta’limoti   olamidagi   mazhablar,   oqimlar   silsilasi   ichida
o’zining   demokratik   qarashlariga   izn   bergani,   inson   qalbi   va   ruhiyatini   nishonga
olib, ahloqiy poklikni targ’ib qilishi bilan, jaholat va xudbinlikka qarshi maydonga
chiqqanligi jihatidan  ilmi vahdat  yoki  ilmi tavhid         nomini oladi. 
Mutasavvuflar   dastlabki   vaqtlarda   tasavvufni   nuqul   «sirli»,   «tushuntirib
bo’lmaydigan   holatlar»,   «iboratga   kelmaydigan   ishoratlar»   deb   fikr   bildirgan
bo’lsalar,   bora-bora   bu   holatlar   haqida   o’z   fikr   mulohazalarini   nazariy   jihatdan
umumlashtirib so’filarni tarbiyalash vazifalari, pir-murshidlik qoidalari, ular odob-
ahloq   normalarini   bayon   qila   boshlaydilar,   natijada,   tasavvufning   bosqichlari   va
ular o’rtasidagi munosabatlari, tasavvuf ahlining olam va odam mohiyati insonning
muomala   madaniyati,   tavhid   va   vahdat   ma’lumotlari   haqida   ko’plab   qarashlar
ishlab   chiqila   boshlanadi.   Shu   asosda   tasavvuf   butun   islom   olamini   zabt   yetib,
barcha   qadimiy   shaharlarda   xonaqohlar   quriladi,   karvon   yo’llarida   rabotlar,
zoviyalar   qad   ko’tarib   aziz-avliyolarning   mozorlarida   shayxlar   maskan   tutib,
ko’plab shogirdlarni tarbiyalay boshlaydilar.
Tasavvuf ta’limotining ilk davrlarida   maqomat va tariqat   asoslarini ishlab
chiqish,   so’fiylik   yo’riqlarini   va   vazifalarini   belgilash,   ilohiy   haqiqatlarni   xalq
orasida yoyishda Zunnun Misriy (796-861), Boyazid Bistomiy (vafoti 875), Junayd
Bag’dodiy (vafoti 910), Hakim at-Termiziy (vafoti IX asr oxiri) va Mansur Xalloj
(858-922)   larning   xizmatlari   katta   bo’ladi.   Keyinchalik   Abusaid   Abulxayr   (967-
1049),   Abdulloh   Ansoriy   (1006-1089),   Axmad   Yassaviy   (vafoti   1166),   Yax’yo
Shaxobiddin Suxrovardiy (1155-1191), Ibn - al  - Arabiy (1165-1240), Najmiddin
34 Kubro  (1145-1221), Bahouddin  Naqshband   (1318-1389)   va  shular  kabi   shayx-ul-
mashoyixlar  tasavvuf  ilmini  o’zlarining yangi  fikr  va qarashlari  bilan boyitadilar.
Ular   tasavvufda   yangi   oqimlar,   yangi   silsilalarni   vujudga   keltiradilar.   Natijada,
tasavvuf  haqida  ko’plab  risolalar   va  kitoblar  yozila   boshlaydi.  Tasavvuf  ta’limoti
bu   davrlar   shoirlari   badiiy   tafakkuriga   ham   ta’sir   qilib,   natijada,   tasavvuf
g’oyalarini qizg’in targ’ib yetuvchi ulkan she’riyat ham vujudga keladi.  11
Umuman   olganda,   tasavvuf   ta’limotida   butun   dunyo   bo’yicha:   junaydiya,
qodiriya,   suhnovordiya,   xanafiya,   yassaviya,   kubroviya,   naqshbandiya   tariqatlari
ma’lum va mashhurdir.
Markaziy   Osiyo   -   Turkiston   zaminida   yesa   asosan   qodiriya,   yassaviya,
kubroviya, va naqshbandiya suluklari, ya’ni tariqatlari keng tarqalgan.
Yassaviya sulukining asoschisi butun Sharqda mashhur siymo Ahmad Yassaviydir.
U   janubiy   Qozog’istonning   Sayram   qishlog’ida   shayx   Ibrohim   ota   xonadonida
tug’ilgan (yili ma’lum yemas). U shayx Xoja Yusuf Hamadoniyning 4 xalifasidan
biri   bo’lgan.   Ahmad   Yassaviy   Turkistonda   o’z   sulukini   asoslash   va   uning
g’oyalarini   targ’ib   qilish   uchun   badiiy   adabiyotning   she’riy   shaklidan   foydalanib
o’z   «Hikmatlar»ini   yaratadi. 12
  Bu   «Hikmatlar»   asosan   pandu   nasihatlardan   iborat
bo’lib,   ularda   o’z   davridagi   zolimlarni,   amaldorlarni,   poraxo’rlarni,   o’z   imonidan
kechgan,   Ollohni   unutgan,   dunyo,   boylik   yo’liga   kirib,   insof   va   diyonatni,   mehr-
shafqatni   bilmaydigan   shaxslarni   tanqid   qiladi.   Ommani   yesa   ruhiy   jihatdan
tinchlantirib,   bu   dunyoga   ko’ngil   bog’lamaslikka,   uning   o’tkinchi   yekanligini
aytib, oxiratni, u dunyoni o’ylashga chaqiradi.
Ma’lumki   O’rta   Osiyo   xalqlari   XIV   asrning   70-yillaridan   boshlab   mo’g’ul
bosqinchilari   zulmidan   qutulib,   vayron   qilingan   shahar   va   qishloqlarni,   sug’orish
tarmoqlarini, hunarmandchilik va savdo-sotiqni  tiklash, ularni  ma’lum izga solish
bilan, ularning dunyoviy masalalarga qiziqishlari ortib boradi. 
Mana   shunday   bir   sharoitda   Movarounnahrda   tasavvuf   ta’limotining   yangi
suluki,   yangi   oqimi   naqshbandiya   vujudga   keladi.   Naqshbandiya   sulukining
11
  Usmon Turor . Tasavvuf tarixi. –T.: Istiqlol, 1999. 
12
  Xotamiy
 S.M . Islom tafakkuri tarixidan. Tarjimon N. Qodirzoda. –T.: Minhoj. 2003. 
35 asoschisi   hazrat   Bahouddin   Naqshbanddir.   U   kishining   asl   ismi   Muhammad   Ibn
Muhammad   Jaloliddin   bo’lib,   Xojai   Buzruk,   shohi   Bahouddin   Naqshband,
Bahouddin   Balogardon   nomlari   bilan   musulmon   olamiga   mashhurdir.   U   Buxoro
yaqinidagi   qasri   Hinduvon   qishlog’ida   (1318   yilda)   tug’ilgan.   Naqshbandiya
tariqatida   dunyoviy,   hayotiy   masalalarga   jiddiy   ye’tibor   beriladi.   U   tarki   dunyo
qilishga, dunyo ishlaridan voz kechishga qarshi chiqib, kishilarni real hayot ishlari
bilan   band   bo’lishga,   dunyo   lazzatlaridan   bahramand   bo’lishga,   buning   uchun
mehnat   qilish,   bilim   olish,   halol   yashashga   chaqiradi. 13
  Yusuf   Hamadoniy,
Abduholiq G’ijduvoniy va Bahouddin Naqshband asos solgan tariqat yo’lining 11
ta asosiy qoidasi bo’lib, ular quyidagilar:
1. Xilvat dar anjuman; 2. Safar dar vatan;3. Nazar dar qadam;4. Xush dardam;
5. Yodkard;6. Bozgasht;7. Nigohdosht;8. Yoddosht;9. Vuqufi zamoniy;10. Vuqufi
qalbiy;11. Vuqufi adadiy.
Bahouddin   Naqshband   tomonidan   asoslangan   «Naqshbandiya»   tariqatining
nomi uning yuqorida keltirilgan qoidalaridan kelib chiqadi. Bu qoidalarda aytilishi
bo’yicha: «Zohiran xalq bilan, botinan haq bilan» yoki «Qo’ling mehnatda bo’lsin,
dilingda olloh taoloning naqshi bitilgan bo’lsin (“dil ba yoru, dast ba kor”)», degan
g’oya ilgari suriladi.
Bahouddin   Naqshbandning   o’zi   dehqonchilik   bilan,   hunarmandchilik   bilan   kun
kechiradi. U o’z uyida hyech qanday mol-mulk va boylik saqlamagan.
Bahouddin Naqshband o’z tariqatida inson hamisha qalban, ya’ni ma’naviy
yuksak bo’lishi, jisman yerdan, vatandan uzilmay yashashi kerakligini uqtiradi.
Naqshbandiy   tariqati   XIV   asrda   paydo   bo’lgan   bo’lsa   ham,   Afg’oniston,
Hindiston,   Indoneziya   va   boshqa   Yaqin   va   O’rta   Sharq   xalqlari   o’rtasida   keng
tarqalgan.   Bu   tasavvuf   tariqati   Sharq   xalqlari   ijtimoiy,   siyosiy   va   ma’naviy-
madaniy   hayotida   juda   katta   rol   o’ynaydi.   Bu   ta’limotda   o’z   mehnati   bilan   kun
ko’rish,   yashash,   adolat   ulug’lanib,   boshqalar   mehnati   bilan   kun   kechirish,
tekinxo’rlik kishilarga qilinadigan ijtimoiy zulm, istibdod qat’iyan qoralandi. 
13
  Usmon Turor . Tasavvuf tarixi. –T.: Istiqlol, 1999. 
36 Hozirgi   kunda   Mustaqil   O’zbekistonimizda   o’tmish     ma’naviy   me’rosimiz,
jahon   umuminsoniy   qadriyatlar   chuqur   o’rganilayotgan   va   tiklanayotgan   bir
sharoitda tasavvuf falsafasini ham o’rganish, u yerishgan yutuqlardan g’oyalardan
komil insonni tarbiyalashda foydalanish muhim ahamiyatga yega. 
Xullas, tasavvuf ta’limoti o’tmishda butun musulmon xalqlari ijtimoiy va ma’naviy
hayotiga   chuqur   kirib   borib,   bu   xalqlarning   ilm-fani,   madaniyati   va   adabiyoti
rivojiga   juda   katta   ijobiy   ta’sir   ko’rsatganligi   bizga   ma’lum.   Sharqning   deyarli
barcha nufuzli shoir va yozuvchilari, mutafakkir va ulamoyu-hukamolari tasavvuf
falsafasidan   ma’naviy   oziqlanib   uning   insonparvarlik,   haqsevarlik,   adolatlilik
g’oyalaridan   ruhlanganlar.   Biz   bugungi   kunda   tasavvufni   o’rganmay   turib
o’zimizning   o’zligimizni   ya’ni   o’rta   asrlar   davri   tariximiz   haqida   xalqimizning
ma’naviy   va   hayoti   haqida   o’sha   davr   falsafiy   va   badiiy   tafakkuri   haqida   to’g’ri
tasavvurga yega bo’lishimiz mumkin yemas. Tasavvuf falsafasini o’rganish va uni
yegallash xozirgi kunda bizning mustaqil O’zbekiston sharoitida biz o’rganayotgan
falsafada   komil   inson   muammosini   to’g’ri   hal   qilishda   ham   muhim   ahamiyatga
yega. 
2.2 Sharq mutafakkirlari falsafiy merosida jamiyat taraqqiyotining g’oyaviy-
ilmiy asoslari
O’rta   asrlar   davri   Sharq   falsafasining   o’ziga   xos   xususiyatlari   haqida
gapirganda   albatta   unga   islom   ta’limotining   ta’siri   va   o’ziga   xos   xususiyatlari
haqida ham to’xtalib o’tish joiz.
VIII   asrning   boshlarida   Markaziy   Osiyo   xalqlarini   arablar   bosib   olib,   ular
o’zlari istilo qilgan bu xalqlarga yangi din -islom dinini zo’rlik bilan joriy qildilar.
Bu   davrlarda   Markaziy   Osiyo   hududida   Sug’d,   Xorazm,   Farg’ona,   Ustrushana,
Chag’aniyon   o’lkalari   Sharq   bilan   G’arbni   Shimol   bilan   Janubni   bog’lovchi   Ipak
Yo’lining markazlardan bo’lib ular madaniy jihatdan ancha rivojlangan bo’lishadi.
Lekin arablar bu o’lkalarni bosib olgach, ularni arab xalifaligiga bo’ysundiradi bu
37 hududlarda   o’zlarining   bosqinchilik   siyosatini   olib   borib,   mahalliy   xalqlarning
madaniyati,   dinlari,   yozuvlari,   bilimdon   kishilarini   butunlay   yo’qotishga   harakat
qildilar.   Arab   bosqinchilarining   bu   hatti-harakatlariga   qarshi   mahalliy   xalq
vakillari   Abu   Muslim,   Muqanna,   Hamza   al-Horij,   Rafi   Ibn   Layslar   boshchiligida
xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tadi. Arab hukmdorlari bu qo’zg’olonlarni shafqasizlik
bilan   bostiradilar   va   bu   xalqlarga   uzil-kesil   islom   dinini   singdirib,   o’z
hukmronliklarini o’rnatadilar.  
Musulmon   Sharqi,   jumladan   islom   joriy   etilganidan   keyin   Vatanimiz
hududidan   duneviy   bilimlar,   yetishib   chiqqan   buyuk   mutafakkirlar   ijodida   Olloh,
inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim muammolaridan
biri   bo’lib   kelgan.   Bironta   buyuk   alloma   va   mutafakkir   islomiy   qadriyatlar
mavzuini chetlab o’tmagan.
 Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa,
imom   Moturidiy   va   imom   Burhoniddin   Marg’ino-niylar   peshqadamlik   qilganlar
Imom   Buxoriy   (810—870)   yirik   ilohiyotchi,   muhaddis   sifatida   60   mingga   yaqin
hadis   to’plagan,   ulardan   ishonchli   deb   topganlarini   maxsus   to’plam   holiga
keltirgan.   Bu   to’plam   '   ‘Sahihi   Buxoriy”   nomi   bilan   mashhurdir.   Imom   Iso
Termiziy   (824—892)dan   “Payg’ambarning   alohida   fazilatlari”,   “Hadislardagi
ixtilof   va   bahslar   haqida   risola”,“Tarix”   va   boshqa   asarlar   meros   bo’lib   qolgan.
Imom Termiziy   hadislarni muntazam ravishda to’plab, muayyan tartibga solgan va
yaxlit bir kitob shakliga keltirgan.
VIII asrning oxiri va IX asrning boshlariga kelganda, Arab xalifalarining markaziy
Bag’dodda  madaniy-ma’rifiy  hayot  ancha  yuksalib,  unda  ilm-fan kuchli   rivojlana
boshlaydi. Bu shaharda tashkil  topgan «Dor ul-hikma»-«Donolar uyi»da yahudiy,
xristian   va   islom   olimlari   o’rtasida   hamkorlik   ishlari,   xususan,   Qadimgi   Sharq
mutafakkirlari,   yunon   va   rim   olimlar   asarlari   arab   tiliga   tarjima   qilinib,   ularga
sharhlar  yozila  boshlanadi.  Bu  ishlar,  ayniqsa,  xalifa  Xorun ar-Rashid  davrida va
udan   keyin   uning   al-Ma’mun   xalifaligi   davrida   juda   avj   oladi.   Al-Ma’mun   otasi
davrida xalifalikning Markaziy Osiyo bo’yicha vakili sifatida Marvda noib bo’ladi.
38 14
U   otasi   vafotidan   so’ng   uning   o’rniga   xalifa   bo’lgach,   barcha   musulmon
o’lkalaridan, shu jumladan, Markaziy Osiyodan ham olimu ulamolarni Bag’dodga
jalb qilib, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirishga katta e’tibor beradi.
Xususan, uning taklifiga ko’ra Bag’dodda bu davrda Markaziy Osiyodan kelishgan
vatandoshlarimiz Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Marvaziy, Marvarudiy,
Javhariy kabi buyuk olimlar faoliyat ko’rsatib, bu davr jahon ilm-fani, madaniyat
va falsafasiga katta hissa qo’shishadi.
IX asrning oxirlariga kelib, Markaziy Osiyo hududlarida arab xalifaligining
ta’siri   susayib   borib,   bu   hudud   xalqlari   mustaqillikka   yerisha   boshlaydilar.
Mustaqillikka yerishgan bu hududlarda bir necha mustaqil davlatlar paydo bo’ladi.
Bu   mustaqil   davlatlar:   Somoniylar,   Xorazmshohlar,   G’aznaviylar,   Saljuqiylar,
Qoraxoniylar   kabi   feodal   davlatlari   bo’lib,   ular   o’rtasida   o’zaro   savdo-sotiq,
ijtimoiy - siyosiy,   madaniy-ma’naviy   munosabatlar   rivojlanadi,   natijada,   bu
mustaqil   davlatlar   hududlarida   Buxoro,   Samarqand,   Marv,   Urganch,   Xiva   kabi
shaharlar   o’z   davrining   madaniyat   va   ma’rifat   markazlariga   aylanadilar.   Bu
shaharlarda   madaniy   va   ma’naviy   hayot   yuksalib,   ilm-fan,   san’at   va   madaniyat
gurkirab   rivojlana   boshlaydi.   Bu   madaniy   va   ma’naviy   markazlarda   o’zaro   va
boshqa   musulmon   Sharqining   turli   shaharlari   o’rtasida   savdo-sotiq,   ijtimoiy-
siyosiy   va   madaniy-ma’naviy   aloqalar   kuchayadi,   ularda   ilm-fan   o’choqlari   -
maktablar,   madrasalar   ochiladi.   Markaziy   Osiyoda   vujudga   kelgan   bu   mustaqil
davlatlar   boshqa   musulmon   o’lkalari   davlatlari   bilan   o’zaro   yaxshi   diplomatik
aloqalar  o’rnatishlari  tufayli  Markaziy  Osiyodan  ko’plab yoshlar  Bag’dod,  Basra,
Qohira,   va   Damashq   kabi   shaharlarga,   Sharqning   yesa   juda   ko’p   boshqa
o’lkalaridan Buxoro, Samarqand, Marv shaharlari madrasalariga o’qishga  kelishib,
ilm   olishadi.   Natijada,   bu   davrda   Markaziy   Osiyo   xalqlaridan   jahonga     mashhur
juda  ko’p  buyuk   mutafakkirlar:   olimlar,  san’atkorlar,  shoirlar   yetishib   chiqishadi.
Ayni   shu   davrda   Markaziy   Osiyodan   jahonga   mashhur   islomshunos-hadisshunos
olimlar:   Ismoil   al-Buxoriy,   Iso   at-Termiziy,   ensiklopedist   allomalar:   Abu   Nasr
14
  Kamilov A.Sh. Fizicheskiye trudы ar-Razi i Ibn Sinы (Ar-Roziy va Ibn Sinoning fizikaga oid asarlari). –
Dushanbe, 1991. –S.104. 
39 Forobiy,   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   ali   Ibn   Sino,   mashhur   islom   fiqhshunosi
Marg’inoniy,   mashhur   filolog   olimlar:   az-Zamaxshariy,   Mahmud   Koshg’ariylar
yashab ijod yetishadi 15
. 
            Bu davr badiiy adabiyot sohasida ham arab, fors va turk tillarida ijod qilgan
shoirlar:   Abu   Mansur   as-Saolibiy,   Rudakiy,   Daqiqiy,   Yusuf   Xos   Hojiblar   o’z
asarlari bilan dunyo madaniyatida o’chmas iz qoldiradilar. 
Xalifalar   al-Mansur   (754-776),   Horun   ar-Rashid   (786-809),   Ma’mun   (813-
833)   hukmronligi   davrida   hind   va   yunon   adabiyotlarining   tarjimalariga   qiziqish
ayniqsa   kuchaydi,   Aristotel,   Galen,   Gippokrat,   Arximed,   Yevklid   kabi   yunon
faylasuflarining   ilmiy   merosi   o’rganildi.   9   asr   boshida   Bag’dodda   tashkil   etilgan
«Dor   ul  hikmat»  -  «Bilim  uyi»  da  xalifalikning  turli  shaharlaridan  taklif  qilingan
olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa va boshqa fanlarni
sinchiklab o’rgandilar. 
9   asrda   boshlangan   arab   istilosiga   qarshi   kurash   mustaqil   davlat   qurish   va
xalifalikka qaramlikdan xalos bo’lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy
Osiyo mo’g’ullar istilosini boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII
asr   boshlarida   bir   necha   davlatlar   –   Tohiriylar,   Somoniylar,   Saljuqiylar   va
G’aznaviylar davlatlari paydo bo’lib, ular keyinchalik tor-mor qilindi. 
9   asr   boshlarida   dastlab   Somoniylar   davlati   vujudga   kelgan   bo’lsa,   13
asrning   20-yillarida   Xorazmiylar   davlati   mo’g’ullarning   uzluksiz   hujumi   ostida
qoldi.   Biroq,   ko’p   asrlik   urushlarga   qaramay,   Markaziy   Osiyoda   madaniyat,   fan,
san’at va adabiyot rivojlanishda davom yetdi. 
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, va boshqa
buyuk allomalar yashab ijod qildilar. Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko’ra o’sha
davrni  Markaziy  Osiyoda  renessans  davri  deb nomlash  mumkin. Renessans  davri
fani va madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. barcha odamlarni ma’rifatli qilishga intilish, bu yo’lda o’tmish merosidan
va   qo’shni   mamlakatlarning   fan,   madaniyat   yutuqlaridan   foydalanish,   tabiiy-
falsafiy va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish;
15
  Islom, yensiklopediya (A-H) “O’zbekiston milliy yensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. –T., 2004. 
40 2.   tabiatni   o’rganish,   tabiiy-ilmiy   bilimlarni   oqilonalikka   tayanib
rivojlantirish,   aqlning   kuchiga   ishonish,   asosiy   ye’tiborni   haqiqatni   bilishga
qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb bilish;
3.   insonga   xos   tabiiy,   badiiy,   ma’naviy   fazilatlarni   yuksaltirish,
insonparvarlikni   ulug’lash,   barkamol   avlodni   tarbiyalashda   oliy   ma’naviy
qonunlarga rioya qilish; 
4.   universalizm   –   borliq   va   ijtimoiy   hayotning   barcha   muammolariga
qiziqish, bu davr madaniyatining muhim jihatlaridir. 
Bu   davr   madaniyati   umuminsoniy   qadriyatlarning   rivojlanishiga   xizmat
qilgan.   Savdo-sotiqning   rivojlanishi,   iqtisodiy   aloqalarning   kengayishi,
xalifalikning   turli   viloyatlari   o’rtasida   madaniy   qadriyatlar   almashinuvi   va   uning
boshqa   mamlakatlar   bilan   aloqalarining   kuchayishi,   tabiiy   va   madaniy   boyliklar,
turli xalqlarning an’analari, tili va tarixini o’rganish bilishning yeng to’g’ri yo’llari
va   usullarini   yaratish,   bilish   jarayonining   butun   apparatini   takomillashtirishga
bo’lgan   yehtiyojni   kuchaytirdi.   Fanning   optika,   matematika,   astronomiya   kabi
tarmoqlarining jadal rivojlanishi tabiatni chuqur o’rganish va tadqiqot metodlarini
kengaytirishga imkoniyat yaratdi.  
O’rta  asrlarda Sharq falsafasi  mifologiya va  din qo’ynidagina  yemas,  balki
fan qo’ynida ham rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya,
tibbiyot,   tarix,   alximiya   sohasida   qo’lga   kiritgan   yutuqlar   ma’lum.   Odatda   tabib,
munajjim,   sayyoh   bo’lgan   Sharq   faylasuflari   asbtrakt   mulohazalardan   ko’ra
ko’proq tabiashunoslik va tajribaga tayanganlar. 
X   asrning   oxiri-XI   asrning   boshlarida   Xorazmda   ilm-fan,   madaniyat   va
san’at   kuchli   rivojlanadi.   Bunda   Xorazmshohlarning   avlodlaridan   bo’lgan   shoh
Ma’mun   boshchiligida   Markaziy   Osiyoda   birinchi   akademiya-Ma’mun
akademiyasi   tashkil   topib   unga   Abu   Rayhon   Beruniy   boshchilik   qiladi.   Bu
akademiyaga   shu   davrning   buyuk   olimlari,   xususan,   Abu   ali   Ibn   Sino   ham   jalb
qilinadi.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan bu mustaqil feodal davlatlarda ular
o’rtasida o’zaro urushlar, har hil to’qnashuvlar bo’lib turishilariga qaramay,
41 bu   davrda   me’morchilik,   qurilish   ishlari,   hunarmandchilik,   obodonchilik,
madaniy-ma’naviy   aloqalar   kuchayib,   ular   madaniy   yuksalib   bordi.   Bunday
madaniy   yuksalishlar,   avvalo,   ularning   arab   mustamlakachiligidan
qutilishlari,   bu   xalqlarning   mustaqil   davlatlarining   vujudga   kelishi,
o’zlarining milliy madaniyatlarini qayta tiklashlari, boshqa musulmon Sharqi
o’lkalari   davlatlari   bilan   madaniy   aloqalarining   yaxshi   yo’lga   qo’yilishi
tufayli   sodir   bo’ladi.   Markaziy   Osiyo   xalqlari   hayotidagi   bu   madaniy   yuksalish
VIII-IX   asrlarda   arab   xalqlarida   yuz   bergan   madaniy   yuksalish   kabi   bu   hudud
xalqlari hayotida ham sodir bo’lgan o’ziga xos uyg’onish davri yedi.
Markaziy   Osiyolik   buyuk   mutafakkirlardan   biri   Muhammad   Muso   al-Xorazmiy
dunyo   faniga   juda   katta   hissa   qo’shgan   vatandoshimizdir.   U   algebra   fanining
asoschisidir. «Algebra» so’zi yesa uning «Al-kitob al-muxtasar fil-hisob al-jabr va
al-muqobala»   asarining   nomidan   olingan   «al-jabr»ning   lotincha   yozilishidir..
Uning   astronomiyaga   oid   «Zij»   asari   Sharqda   ham,   Yevropada   ham   astronomik
bilimlarining rivojlanishiga yo’l ochib beradi. 
Xorazmiyning   asarlari   u   yashagan   feodal   tuzumining   amaliy   talablariga
javob sifatida vujudga keladi. 16
 Rivojlanib kelayotgan feodal tuzumi taqozo qilgan
ijtimoiy-iqtisodiy   talablar   bu   davr   ilm-fan   taraqqiyotining   asosiy   omillari   bo’lib
xizmat qiladi. Bu davrdagi qurilish, savdo-sotiq, hunarmandchilik, dehqonchilik va
boshqa   sohalarni   rivojlantirish   uchun   astronomiya,   geodeziya,   geometriya   va
boshqa   ilm   sohalarini   taraqqiy   yettirish   zarur   yedi.   o’z   davrining   ilg’or   olimi
bo’lgan   al-Xorazmiy   bu   bilim   sohalarining   amaliy   ahamiyati   haqida   aniq
tasavvurga  yega  bo’lgan  holda o’zining arifmetikaga oid  asarida  shunday  yozgan
yedi:   «Men   arifmetikaning   oddiy   va   murakkab   masalalarini   o’z   ichiga   oluvchi
«Aljabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitobni taklif qildim, chunki meros
taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda
va   har   qanday   bitimlarda,   shuningdek,   yer   o’lchash,   kanallar   o’tkazishda
geometriya va boshqa shunga o’xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir.
Olimning «Al-Xorazmiy» nomi lotin tilida «algoritmus» deb atalib, hozir bu ibora
16
  Muhammad ibn	 Muso	 al-Xorazmiy . Tanlangan asarlar. –T.: Fan, 1983.
42 hisoblash   sohasida   «algoritm»   degan   holda   fanda   chuqur   o’rnashib   qoldi.   Al-
Xorazmiyning   tabiashunoslik   fanlariga   oid   20   dan   ortiq   asarlari   bo’lib,   ulardan
bizgacha faqat 10 tasi yetib 
Xorazmiyning   yuqorida   keltirilgan   asaridan   shu   narsa   ma’lum   bo’ladiki,   u
fanlarning   qator   tarmoqlarining   asoschisidir.   Uning   bu   bilimlar   sohalariga   oid
g’oyalari   keyinchalik   bir   necha   fanlarning   paydo   bo’lishi   va   rivojlanishiga   asos
bo’ldi.
Al-Xorazmiy   asarlari   dunyoning   turli   kutubxonalarida   saqlanmoqda,   ular
turli   Sharq   va   G’arb   tillariga   tarjima   qilingan.   U   o’z   asarlari   bilan   nafaqat   o’z
vatani-Xorazmni,   balki   butun   Sharq,   arab   dunyosini,   Markaziy   Osiyoni   dunyo
xalqlariga mashhur yetdi.
Markaziy   Osiyo   xalqlari   va   butun   dunyo   tabiiy-ilmiy   fiqrlarning
rivojlanishiga   juda   katta   hissa   qo’shgan   buyuk   mutafakkirlarning   ikkinchisi
Ahmad  Ibn   Muhammad     al-Farg’oniy  o’rta  asrlarda   yashagan   Markaziy   Osiyolik
olimlar   orasida   buyuk   astronom,   matematik,   geograf   sifatida   asosiy   o’rinni
yegallaydi.  Hozirgi   kunda   Ahmad   al-Farg’oniyning   8   ta   asari   bizga   ma’lum
bo’lib,   ularning   hammasi   astronomiyaga   oiddir.   Al-Farg’oniy   O’rta   asrlarda
astronomiyaga   oid   asar   yozgan   mutafakkirlardan   birinchi   bo’lib   Sharqda   va
Yevropada   shuhrat   qozondi   hamda   butun   dunyo   ilmiy   jamoatchiligi   orasida
barqaror   mangu   o’rin   oldi.   Al-Farg’oniy   o’z   davrida   ilm-fan   rivojlanmasa,
mamlakat   obod,   yurt   farovon   bo’lmaydi,   deb   tushunar   yedi.   Uning   fikri-zikrida
xalq, uning osoyishtaligi, to’q va farovon turmush kechirishi yotadi. Bu yesa faqat
ilm-fan, ma’rifat  va ma’naviyatni  rivojlantirish orqali  amalga oshadi, deb ishonib
yashardi.   Al-Farg’oniyning   bu   g’oyalari   bugunchi   kunda   biz   uchun   ham   juda
qimmatlidir.
O’rta asrlar Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy fikrining rivojlanishda, ayniqsa, Abu
Nasr Ibn Muhammad  al-Forobiy  faxrli o’rin tutadi. 
Al-Forobiy 160 dan ortiq asarlar yozgan bo’lib, bizga ularning bir qismigina
yetib   kelgan.   Abu   Nasr   Forobiy   asarlarida   jamiyat   muammosi   falsafiy   taxlil
kilingan.   U   Platon   va   Aristotel   asarlariga   tayanib,   jamiyatning   kelib   chikishi
43 asosida   tabiiy   exggiyojlarni   kondirish   yotadi,   degan   nazariyani   ilgari   surgan.
Tabiiy   extiyoj   kishilarni   birlashishga,   jamoaga   uyushuviga,   uzaro   yordamga   olib
kelgan.   Uzaro   yordam   tufayli   extiyojlar   kondirilgan.   Kishilar   urtasidagi   uzaro
yordam   jamiyatni   keltirib   chikargan.   Insoniyat   jamiyati   turli   xalkdardan   tashkil
topgan bulib, ular uzaro bir-birlaridan tillari, urf-odatlari, malakalari, xususiyatlari
bilan   farklanadilar.   Forobiy   jamiyatlarni   fozil   va   joxillarga   ajratadi.   Fozil   shaxar
yuksak   axlokli   va   ma’rifatli   kishilar   tomonidan   boshkarilib,   bu   davlat   shaxar
axolisining   uzaro   kumaklashuviga,   bir-biriga   yordam   berishga   asoslanadi.
Odamlarga   nisbatan   ularni   birlashtirib   turuvchi   ibtido   insoniylikdir.   Sh   u   tufayli
odamlar odamzod turkumiga oid bulgani uchun xam uzaro tinchlikda yashamoklari
lozim 17
 .
Forobiyning   ijtimoiy-falsafiy   qarashlari   ham   muhim   ahamiyatga   yega.   U
o’rta   asrlarda   birinchi   bo’lib,   jamiyatning   kelib   chiqishi,   uning   maqsad   va
vazifalari   haqida   izchil   talimot   yaratdi.   Forobiyning   bu   ta’limoti   uning   «Fozil
shahar   aholisining   maslagi»,   «Davlat   saodatga   yerishuv   yo’llari   haqida   risola»
asarlarida o’zining yorqin ifodasini  topgan. U «Fozil  shahar  aholisining  maslagi»
risolasida   shunday   yozadi:   «Har   bir   inson   tabiatan   shunday   tuzilganki,  u   yashash
va oliy darajadagi  yetuklikka yerishmoq uchun ko’p narsalarga muxtoj  bo’ladi, u
bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga yega bo’lish uchun insonlar
jamoasiga yehtiyoj  tug’iladi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir  butun holda
har biriga yashash va yetuklikka yerishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib
beradi. Shuning uchun insonlar ko’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga
o’rnashdilar, natijada, inson jamoasi vujudga keldi» 
Forobiy   shaharni   ijtimoiy   uyushishning   yetuk   shakli,   insoniyat   kamolotga
yerishuvining   muhim   vositasi   hisoblaydi. 18
  U   insonlarni   o’zaro   hamkorlikka,
xalqlarni o’zaro do’stlikka, tinchlikka chaqirib, dunyoda yagona insonlar jamiyatni
tuzishni orzu qiladi. Forobiy inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatni qoralab,
17
 Қаранг:Ўзбекистонда ижтимоий-фалсафий фикрлар тарихидан лавхалар. - Т., «Узбекистон», 1995 йил.49 
б.
18
  Abu Nasr	 Forobiy . Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida. Muqaddima, tarjima va izohlar muallifi M. Qodirov. –
T.: Yozuvchi, 2002.
44 inson qadr-qimmatini ulug’lovchi jamiyatni orzu qiladi. U o’zining «Baxt-saodatga
yerishuv   yo’llari   haqida   risola»   asarida:   «Davlatnig   vazifasi   insonlarni   baxt-
saodatga olib borishdir, bu yesa ilm va yaxshi axloq yordamida qo’lga kiritiladi»,-
deb   yozadi.   Forobiy   davlatni   har   tomonlama   yetuk   kishi,   yetuk   hislatlarga   yega
bo’lgan,   xalq   tomonidan   saylangan   kishilar   boshqarishi   lozimligini   aytadi.
Davlatni   yetuk   kishilar   boshqarsagina   fozil   jamiyat,   fozil   shahar,   fozil   mamlakat
qaror topadi. Fozil jamiyat, fozil davlat shunday bo’ladiki, bu jamiyatning har bir
a’zosi   kasb   hunar,   ilm-fanni   yegallash   bilan   shug’ullanadi.   Bunday   davlatda
odamlar chin ma’nosi bilan ozod va yerkin bo’ladilar. «Ular orasida turli xil yaxshi
odatlar,   shavqli-zavqli   ashulalar   paydo   bo’ladi».   Bunday   jamoatni   boshqaruvchi
kishi   yoki   kishilar   guruhi   o’zlarida   olti   xil   hislatga   yega   bo’lishi   zarur.   Bular:
avvalo adolatli bo’lish, ikkinchidan, dono bo’lishi uchinchidan, qonunlarga qat’iy
rioya   qilishi   va   to’rtinchisi   yangi   qonunlar   yarata   olishi,   beshinchisi-kelgusini
oldindan   ko’ra   bilishi,   va   nihoyat,   oltinchisi-boshqalarga   g’amxo’r   va   mehribon
bo’lishi kerak.
Umuman   olganda,   Forobiyning   fozil   jamoa,   fozil   davlat,   fozil   rahbar
haqidagi   ta’limoti   uning   komil   inson   haqidagi   qarashlari   bilan   uzviy   bog’lanib
ketadi. Mutafakkirning qarashicha, fozil jamoadagina komil inson hislatlari kamol
topadi. Uning bu ta’limoti insonni ma’naviy ozod yetishiga, uning imkoniyatlarini,
qobiliyat   va   iste’dodlarini   ochishga,   yuzaga   chiqarishga,   xizmat   qilib,   ilg’or
ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga buyuk hissa bo’lib qo’shildi.
Forobiy   o’z   falsafiy   qarashlarida   insoniylikni   ulug’laydi.   U   bu   haqda
shunday   yozadi:   «Odamlarga   nisbatan   ularni   birlashtirib   turuvchi   ibtido-
insoniylikdir, shu  tufayli  odamlar  odamzod turkumiga oid bo’lganligi  uchun ham
o’zaro tinchlikda yashamoqlari lozim». 19
Xullas, Forobiy falsafiy qarashlariga yakun yasab shuni qayd yetish lozimki,
uning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari o’zidan keyingi mutafakkirlar, xususan,
Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   Ali   Ibn   Sino   qarashlarining   shakllanishi   va
rivojlanishida muhim rol o’ynadi.
19
  Abu Nasr	 Forobiy . Fozil odamlar shahri. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. 
45 Forobiy   o’z   davridayoq   buyuk   faylasuf,   Sharq   mutafakkirlari   orasida
Aristoteldan keyingi «Ikkinchi muallim» degan nomga sazovor bo’lgan qarashlari
bizning mustaqillik sharoitimizda ham muhim ahamiyatga yega.
O’rta   asr   Sharqining,   xususan,   Markaziy   Osiyo   ilk   uyg’onish   davrining   qomusiy
olimlaridan yana biri Abu Rayxon Muhammad Ibn Ahmad Beruniydir. U o’zidan
keyingi   avlodlarga   katta   va   boy   ilmiy   meros   –   160   dan   ortiq   asarlar,   tarjimalar,
yozishmalar   qoldiradi.   Abu   Rayxon   Beruniy   birinchilardan   bulib
sivilizasiyalarning   paydo   bulishida   tabiiy-geografiy   muxitning   tutgan   urnini
asoslashga
uringan.   U   jamiyatni   idora   kilish   va   boshkarishning   moxiyati   aziyat
chekkanlarning   xukuklarini   ximoya   kilish,   birovlarning   tinchligi   yulida   uz
tinchligini yukotishidan iborat, deb bilgan. 20
  Uning   asarlarini   45   dan   ortig’i   astronomiyaga,   qolganlari   tabiashunoslik,
tarixshunoslik, filologiya va falsafiy muammolarga bag’ishlangan bo’lib, ularning
bir   qismigina   bizgacha   yetib   kelgan.   Beruniyning   bizgacha   yetib   kelgan   asarlari:
«Osoral-boqiya»   («Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar»),   «Hindiston»,
«Geodeziya»,   «Kitobi   Saydana»   («Farmakagnoziya»),   «Geografiya»,   «Qonuni
Ma’sudiy»   («Ma’sud   qonunlari»),   «Mineralogiya»,   «Kitobi   at-tafxim»,   «Dorivor
o’simliklar   haqida   kitob»   va   boshqalarni   ko’rsatash   mumkin.   Uning   «o’tmish
avlodlardan   qolgan   yodgorliklar»   («Osor   al-boqiya»)   asarida   muallif   yozma
manbalar,   xalq   og’zaki   ijodi   namunalari   asosida   xorazmliklar,   sug’diylar,
yeroniylar va arablarning islom dinigacha bo’lgan ye’tiqorlari to’g’risida, ularning
astronomik,   matematik   va   geografik   tushunchalari   haqida   juda   qimmatli   tarixiy
ma’lumotlar beradi.
Beruniy   o’zining   «Hindiston»   nomli   asarida   Hindistonning   iqlimi,   uning
geografik   tuzilishi,   xalqlari,   ularning   urf-odatlari,   ilm-fani,   adabiyot   va   san’ati,
falsafasi, diniy qarashlarini bayon qilib beradi. U bu asari bilan juda katta shuhrat
qozonadi. 
20
 Жахон фалсафаси тарихидан мавхулар. I кием. - Т., Узбекистон Файласуфлари Миллий жамияти 
нашриёти, 2004 йил, 122-бет
46 Shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   Beruniy   asarlarida,   uning   tabiiy-ilmiy
qarashlari bilan bog’liq chuqur ijtimoiy-falsafiy mulohazalar, umumlashmalar ham
o’z   ifodasini   topgan.   U   Forobiy   falsafiy   ta’limotiga   asoslanib   Ollohni   hamma
narsaning birinchi sababi, deb hisoblaydi. 
Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan.
U   insonni   yeng   sharafli   borliq   sifatida   tushuntiradi.   Inson   faqat   o’zi   uchun
yashamasligi,   insonlar   bir-birlariga   yordam   berishlari   kerakligini   ta’kidlaydi.
Uningcha, insonlar o’rtasidagi tafovut ko’proq  tashqi jihatdan mavjud bo’lib, ular
ichki   tuzilashi   va   tashkil   topishi   jihatdan   bir   umumiylikka   yega.   Lekin   inson
maymunga o’xshasa ham, ular o’rtasida tub farqlar mavjud. U «Hindiston» asarida
insonlarda   tillarning   turlicha   yekanligi   to’g’risida   to’xtalar   yekan:   «Tillarning
turlicha   bo’lishiga   sabab-odamlarning   guruhlarga   ajralib   ketishi,   bir-birlaridan
uzoqda yashashlaridir»,-deydi
Beruniy   jamiyatda   ijtimoiy   hayotning   o’ziga   xos   «shartnoma»   asosida   tuzilishini
ye’tirof yetadi. U: «Inson o’z yehtiyojlarini tushunib, o’ziga o’xshash kishilar bilan
birga   yashashning   zarurligini   anglay   boshlaydi.   Shuning   uchun   o’zaro
kelishuvchanlik   qabilidagi   «shartnoma»   tuzishga   kirishadi.   Odamlarning
birgalikdagi   turmushi   bu   hali   insonni   haqiqiy   qudratga,   uning   yehtiyojlarini
qondirishga   olib   kelmaydi,   buning   uchun   (ular)   yana   mehnat   qilishlari   ham
zarurdir»,-deydi. 
Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshohga xizmat qilmay, balki podshoh
jamiyatga   xizmat   qilishi   lozimligini   aytadi.   « Tabiatan boshqarishga	 moyil»
bo’lgan	
 hokim , -deb  yozadi  u  -   o’z	 fikri	 va	 qarorlarida	 qa’tiy	 bo’lishi	 kerak,	 o’z
ishlarini	
 amalga	 oshirishlarida	 faylasuflarning.	 . . fikrlariga	 amal	 qilishi	 lozim;
«shohning	
 o’zi	 ham»	 yaratuvchilik	 ongiga	 yega	 bo’lmog’i,	 ayniqsa,	 dehqonlar
to’g’risida	
 ko’proq	 g’am	 yeyishi	 kerak.	 «Podshohlik»	 dehqonchiliksiz	 yashay
olmaydi , – deb yozgan yedi u.
Beruniy   mamlakat   ravnaqi,   yel-yurt   farovonligini   ilm-fan   taraqqiyoti   bilan
uzviy bog’liq bo’ladi. U: «har bir olim o’z muhokamasida amaliyotga asoslanishi,
o’z   tadqiqotida   aniq   maqsadga   yega   bo’lishi,   tinimsiz   mehnat   qilishi,   xatolarni
47 qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har xil uydirma, yuzakichilikka qarshi kurash
olib   borishi   zarur»,-deb   yozgan   yedi.   Beruniy   mamlakatda   xalqlar   do’st,   inoq,
ittifoq   bo’lib   yashashi   uchun   kurashib,   insoniyatga   qirg’in   keltiruvchi   urushlarni
qattiq qoralaydi va kishilarni tinchlikka chaqiradi.
Nihoyat, IX-XII  asrlar   musulmon  Sharqi,  xususan  Markaziy  Osiyo  xalqlari
tabiiy-ilmiy   va   ijtimoiy-falsafiy   fikrlarining   rivojiga   o’zining   buyuk   hissasini
qo’shgan qomusiy olimlardan yana biri Abu Ali Husayn Ibn Abdulloh Ibn Sinodir.
Abu   Ali   Ibn   Sino   o’z   davrining   barcha   ilg’or   ta’limotlarini,   xususan,   qadimgi
Hind,   Yunon,   Turon,   nihoyat,   O’rta   asr   arab,   Uyg’onish   davri   Markaziy   Osiyo
ilmiy merosi bilan chuqur tanishadi, ularni o’z dunyoqarashida umumlashtiradi. U
o’zidan   oldin   o’tgan   Sharq   olimlari,   vatandoshlari:   al-Xorazmiy,   al-Kindiy,   ar-
Roziy,   Forobiy   asarlari   bilan   birga,   yunon   olimlari:   Galen,   Gippokrat,   Yevklid,
Arximed,   Pifagor,   Porfiriy,   Platon,   Aristotel   asarlarini   ham   chuqur   o’rganadi.
Ayniqsa,   Forobiyning   asarlari   uning   falsafiy   va   ijtimoiy   qarashlariga   katta   ta’sir
ko’rsatadi.   21
Natijada, Abu Ali Ibn Sino tibbiyot, falsafa, qator tabiiy-ilmiy fanlar,
ijtimoiy-gumanitar   bilimlar,   sohalarida,   falsafiy   mazmundagi   badiiy   adabiyot
sohalari   bo’yicha   ham   ko’plab   asarlar   muallifi,   mashhur   qomusiy   olim   bo’lib
yetishadi. U bizga o’zidan 450 dan ortiq asarlar qoldiradi, shulardan 190 ga yaqini
falsafa,   mantiq   psixologiya,   ahloqshunoslik   va   boshqa   ijtimoiy-siyosiy   hamda
ma’naviyat masalalariga bag’ishlangan. 22
  Lekin bizga ulardan faqat 100 ga yaqini
yetib   kelgan.   Ibn   Sino   o’zining   bu   asarlari   bilan   O’rta   asr   Sharqiy,   xususan,
Markaziy   Osiyo   xalqlari   falsafiy,   tabiiy-ilmiy,   ijtimoiy-siyosiy   va   ahloqiy   fikrlar
tarixiga   buyuk   hissa   qo’shadi.   Natijada,   u   o’z   davrida   butun   Sharqda   «Shayx-ur-
rais»   («Olimlar   boshlig’i»)   degan   nom   oladi.   Abu   Ali   Ibn   Sino   «Ishorat   va
tanbixot» asarida inson uz shaxsiy talablari  jixatidan boshkalardan ajralgan xolda
yashay   olmaydi,   chunki   u   insoniyatning   boshka   vakillari   bilan   munosabatda
bulibgina,   uz   extiyojlarini   kondirishi   mumkin» 23
  deb   xisoblaydi.   U   insonlarning
21
  Karimov S.Sharq ijtimoiy tafakkuri tarixidan.Toshkent.O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati 
nashriyoti,2016.156 b.
22
  Xayrullayev M . Uyg’onish davri va Sharq mutafakkiri. –T.: O’zbekiston, 1971.
23
 Уша ерда 68 - бет
48 jamiyatdagi urniga kura 3 guruxga buladi: a) davlat idoralarida xizmat kiluvchi va
jamiyatni   boshkarish   ishi   bilan   shugullanuvchilar;   b)   xom-ashyo   va   zaruriy
maxsulotlarni   ishlab   chikaruvchilar;   v)   davlatni   kuriklash,   uni   turli   tashki
xujumlardan   sakdashni   ta’minlaydigan   xarbiylar.   Ibn   Sino   jamiyatning   paydo
bulishi   kishilarning   birdamlikka   bulgan   tabiiy   extiyojidan   kelib   chikkanligini
kursatgan .   Ibn   Sino   ijtimoiy-siyosiy   masalalarni   davlat,   jamiyatning   tuzilishi,
vazifalari, jamoani boshqarish, ijtimoiy uyushmalarning faoliyatini, insonning hulq
atvori,   odatlari   ahloqiy   mezonlarni,   huquqiy   tartib   qoidalarni   amaliy   falsafa,
o’rganadi,   deydi.   Shundan   kelib   chiqib,   u   amaliy   falsafani   o’z   predmeti   va
vazifalariga qarab, 3 qismga bo’ladi: 1) ahloqshunoslik; 2) iqtisodiyot; 3) siyosat.
Bunda   ahloqshunoslik   inson   shaxsiyatining   fazilatlari,   axloqiy   normalar   va
qoidalarni   o’rganadi.   Iqtisodiyot   yesa   oilani   boshqarish,   uning   talablarini,   vazifa
va   faoliyatini   boshqarish   va   ta’minlab   turish   uchun   zarur   bo’lgan   masalalarni
o’rganadi.   Inson   bo’lsa,   bu   –   davlatni   idora   qilish   va   boshqarish   hukumat,
fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yish masalalarini o’rganadi.
Ibn   Sinoning   jamiyat   to’g’risidagi   ijtimoiy   qarashlari   ham   diqqatga
sazovordir.   U   jamiyatda   kishilar   o’zaro   bir-biriga   yodam   borishlari   asosida
yashashi   kerak,   deydi.   Ibn   Sino   jamiyat   kishilarning   o’zaro   kelishuvlari   asosida
qabul   qilinadigan   adolatli   qonunlar   yordamida   boshqarilishi   lozimligini   aytadi.
Uning ta’kidlashicha, jamiyat a’zolarining hammasi bu qonunlarga itoat yetishlari
zarur.   Jamiyatda   qonunlarni   buzishlar   va   adolasizliklar   jazolanishlari   lozim.
Shunday   qilib,   Ibn   Sino   o’zining   ko’p   tarmoqli   mahsuldor   ijodi   tibbiy   va
tabiashunoslik fanlariga oid tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan jahon
ilm-fani   va   madaniyati   taraqqiyotiga   juda   katta   hissa   qo’shdi.   Markaziy   Osiyoda
ilk o’rta asrlar davrida keng tarqalgan tasavvuf ta’limotidagi komil inson maqomi,
nafsni tiyish, bag’rikenglik, diniy donishmandlik, Muso al-Xorazmiy va Ahmad al-
Farg’oniy tadqiqiotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy g’oyalar, Forobiy, Beruniy va
Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari, fandagi yangi yo’nalishlar birinchi
galda   musulmon   Sharqi,   qolaversa,   butun   jahon   tabiiy-ilmiy   va   falsafiy
tafakkurining ravnaqiga hayotbahsh ta’sir o’tkazib keldi.
49 Xulosa qilib aytganda, bu renesans,  avvalo, xalqlar hayotida shu paytgacha
ularda hyech qachon yuz bermagan yangi siyosiy-iqtisodiy, madaniy va ma’naviy
yuksalish bo’lib, u ayni shu davrda bu xalqlarning mustaqillikka yerishuvi tufayli
ro’y  bergan   yedi.  Bu   davrda   Markaziy   Osiyo   xalqlaridan   yetishib   chiqqan   buyuk
mutafakkirlar   insoniyat   sivilizasiyasi   tarixida   o’ziga   xos,   betakror   so’nmas   iz
qoldirishadi   va   o’zlaridan   keyingi   XIV-XVI   asr   Amir   Temur   davri   madaniy
yuksalishi yangi uyg’onishining hamda Yevropa uyg’onishining vujudga kelishida
juda   katta   rol   o’ynadilar.   Shuning   uchun   bu   davr   Markaziy   Osiyo   xalqlarining
madaniy yuksalishini haqli ravishda biz O’rta asrlar Sharq  madaniy yuksalishining
ilk Renessans davri, deb ayta olamiz.
2.3   Sharq falsafiy fikrlar rivojida   Temur va temuriylar davri falsafasi hamda
ijtimoiy taraqqiyot tendensiyalari
Markaziy   Osiyo   xalqlari   madaniy   uyg’onishi   o’zining   siyosiy-iqtisodiy   va
madaniy-ma’naviy jihatidan ham, hududiy geografik jihatdan ham, makon va vaqt
jihatidan   ham,   arab   uyg’onishi   va   Yevropa   uyg’onishidan   tubdan   farq   qiladi.   Bu
renessans   davri   Markaziy   Osiyo   xalqlari   hayotida   o’ziga   xos,   betakror   madaniy
yuksalish bo’lishi bilan, bu hudud xalqlarining o’zligini anglashi, o’z mustaqiligini
qo’lga   kiritishi,   o’zlarining   milliy   mustaqil   davlatlarini   tuzishlari   bilan,   ijtimoiy-
siyosiy   va   madaniy-ma’naviy   yuksalishlari   bilan,   buyuk   yensiklopedist   daholarni
yetishtirishlari  bilan insoniyat  madaniyati  tarixida alohida o’rin tutadi. Lekin ikki
asrdan   ortiqroq   davom   yetgan   bu   davr   yuzaga   kelgan   mustaqil   davlatlarning,
ularda   hokimiyatni   boshqargan   mahalliy   feodallarning   o’zaro   noittifoqligi,
hokimiyat uchun, shon-shuhrat uchun, boylik uchun olib borgan urushlari, nizolari
tufayli   13   asrning   boshlarida   o’z   nihoyasini   topadi.   Markaziy   Osiyo   xalqlari   13
asrning   20-yillarida   mo’g’ullar   tomonidan   istilo   qilinishi   tufayli   o’z
mustaqilliklarini   yo’qotadi   va   mo’g’illar   asoratiga   tushib   qoladi.   Natijada,
Markaziy   Osiyo   xalqlarining   ilk   Uyg’onish   davrida   yerishgan   hamma   yutuqlari,
madaniy   yuksalishi   mo’g’illar   tomonidan   yer   bilan   yakson   qilinadi,   o’zlari
talanadi,   qiriladi,   butun   boyliklari   tortib   olinadi,   butun   o’lka   mo’g’illarning
50 mustamlakasiga aylanadi. Bu holat deyarli bir yarim asr davom yetib, nihoyat, XIV
asrning   70-yillariga   kelganda,   Amir   Temur   tomonidan   mo’g’illar   asoratiga   uzil-
kesil zarba berilishi va mustaqil Amir Temur davlatlarining Temur imperiyasining
vujudga   kelishi   bilan   barham   topadi.   24
Bir   yarim   asrga   yaqin   muddat   davomida
mo’g’il   mustamlakachiligi   jabri-jafosini   har   tomonlama   chekib   kelgan   oddiy
fuqarolardan tortib, barcha siyosiy arboblar va din peshvolarigacha nihoyatda og’ir
davr   yedi.   Jamiyatdagi   ozodlik   va   taraqqiyotga   bo’lgan   manfaatlarni   o’zida
mujassam   yetgan   Amir   Temur   ana   shunday   xoloskor   va   yetakchi   sifatida
maydonga   chiqdi.   Demak,   Amir   Temur   qadimiy   Turon   va   Turkiston   zaminida
tasodifan   paydo   bo’lgan   shaxs   yemas,   unga   jamiyatda   ijtimoiy   yehtiyoj   mavjud
bo’lgan.   Qadimiy   Turon   va   Turkiston   zamini   juda   uzoq   davrlardan   oziqlanish
jihatdan   rivojlangan,   madaniy   merosi   boy,   madaniy,   qatlamga   yega   bo’lgan   joy
bo’lgan. Bu davrda o’zbek davlatchiligining tarixiy asoslari qaror topganiga Amir
Temur zamonasida ikki ming yildan oshgan yedi. 
Amir   Temur   va   temuriylar   mustaqil   davlatlarning   paydo   bo’lishi   Markaziy
Osiyo xalqlari madaniy hayotidagi  yangi  renessans  davri yedi. Amir  Temur  faqat
Movorounnahrninggina   hukumdori   bo’lib   qolmasdan,   u   Oltin   O’rda,   Yeron,
Hindiston, Kavkaz orti, Kichik Osiyo, Qora dengiz sohillari, Suriya va Misrgacha -
jami 27 mamlakatni istilo qilib, juda katta va keng hududni o’z ichiga olgan buyuk
imperiyani   tashkil   qildi.   Amir   Temur   tufayli   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   milliy
mustaqillikka   yerishuvi   nafaqat   Movarounnahrning   o’zida   balki   shu   mintaqadagi
boshqa   mamlakatlarning  ham   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy  hayotida   tub
o’zgarishlarga   olib   keldi.   Amir   Temur   nafaqat   Movarounnahr   xalqlarini   mo’g’il
mustamlakachiligidan   xolos   qildi,   balki   u   shu   bilan   birga,   o’zi   istilo   qilgan
mamlakatlarda   feodal   parokandaligiga   ham   barham   berib,   butun   malakatda
nisbatan   tinchilik   va   osoyishtalikni   tartib-intizomni   qaror   topdirdi.   Bu   narsa   o’z
navbatida,   mamlakatning   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   hayotining   keng   rivoj
topishiga   olib   keldi.   Amir   Temur   davlati   tasarrufiga   kirgan   shaharlarda   qayta
tiklash,   ta’mirlash   ishlari,   yangi   binolar   barpo   yetish   avj   oldirildi,   ularda
24
  Mo’minov I.M.    Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli.  –T.: Fan, 1993.
51 hunarmandchilik,   shaharlar   atrofida   bog’-rog’lar   qishloq   joylarida   yesa   irrigasiya
ishlari   keng   yo’lga   qo’yilib,   yekin   maydonlari   kengaytirildi,   dehqonchilik   ishlari
yaxshilana   bordi.   Tashlandiq,   xorabozor   yerlar   obod   qilina   boshlandi.   Ayniqsa,
shaharlar   qurish   gurkirab   rivojlana   boshladi,   ularda   yesa   ilm-fan,   madaniyat   va
san’at gullay boshladi. Bu jihatdan Amir Temur imperiyasining poytaxti bo’lmish
Samarqand   g’oyat   obod   va   ko’rkam   shaharga,   ya’ni   shoir   madh   qilganday,   «yer
yuzining   sayqali»ga   aylandi.   Amir   Temur   hokimiyat   tepasiga   kelgach,   u   faqat
davlat   apparatini   mustahkamlashga,   mamlakatdagi   mayda   va   yirik,   lekin   tarqoq
feodallarni   birlashtirishga   harakat   qilibgina   qolmasdan   shu   bilan   birga
mamlakatning siyosiy qudratini oshirish uchun iqtisodiy qudratini ham oshirishga,
keng   xalq   ommasining   ma’naviyatini   ham   yuksaltirishga   katta   ye’tibor   berdi.   U
o’zi ishg’ol qilgan xorijiy mamlakatlarda qo’lga kiritayotgan moddiy va ma’naviy
intellektual   boyliklarni   o’z   xalqi   moddiy   va   ma’naviy-intellektul   boyliklariga
qo’shgan   holda   ularni   yelu   yurt   obodonchiligi,   shahar   va   qishloqlarning   gullab-
yashnashiga,   xalq   farovonligiga   sarf   qildi.   Amir   Temur   davrida   qishloq   xo’jaligi
yaxshi   rivojlandi.   Mamlakatda   qurilish   inshootlari   barpo   qilinib,   sug’orish
shoxobchalari kengaydi, cho’llar (Mug’on cho’li) o’zlashtirildi, kanallar o’tkazildi,
ko’priklar,   yo’llar,   karvonsaroylar   qurildi.   Buyuk   Ipak   yo’li   tiklandi.   Ayniqsa,
Amir   Temur   mamlakatning   ichki   va   tashqi   savdosiga   katta   ahamiyat   berdi.
Sharqda Hindiston, Xitoy, Shimolda Rossiya, G’arbda Ispaniya, Fransiya, Angliya,
Janubiy   G’arb,   O’rtayer   dengizi   qirg’oqlari   xalqlari,   arab   mamlakatlari   bilan
qizg’in   savdo-sotiq   aloqalari   o’rnatildi.   Bularning   bari   Amir   Temur   davlatining
iqtisodiy   qudratini   mustahkamlashga   siyosiy   va   ma’naviy   mavqyeining   oshishiga
xizmat qildi.
Amir   Temur   va   temuriylar   davri   madaniyatining   rivolanishi   va   yangi
bosqichga ko’tarilishidagi asosiy omil-Movorounnahr xalqlarining IX-XII asrlarda
yerishgan   madaniy   yutuqlari   (madaniy   meros)   bo’lsa   ham,   shu   bilan   birga,   shu
davrdagi   qo’shni   mamlakatlar   bilan   o’zaro   madaniy   aloqalar   ham     muhim   rol
o’ynaydi. Lekin Markaziy Osiyo xalqlarining XIV-XV asrlarda madaniyat va ilm-
fan taraqqiyotida, xususan, falsafiy qarashlarining rivojlanishida IX-XII asrlardagi
52 o’zimizning ajdodlarimiz tomonidan yuzaga keltirilgan madaniy-ma’rifiy merosni
o’rganish va yegallash alohida o’rin tutadi. Bu davr buyuk mutaffakirlari: Navoiy,
Jomiy,   Binoiy,   Qozizoda   Rumiy,   Ali   Qushchi,   Jaloliddin   Davoniy,   Sa’diddin
Taftazoniy,   Mir   Said   Sharif   Jurjoniylar   xususan   Amir   Temur   va   temuriyzodalar
dunyoqarashlarining   shakllanishi   va   takomil   topishida   qadimgi   yunon
mutafakkirlaridan   tortib,   O’rta   asrlardagi   Sharq   Markaziy   Osiyolik   buyuk
olimlarning   ilmiy   merosi,   islom   dini   ta’limoti   muhim   g’oyaviy   manba’   bo’lib
xizmat qiladi. Shu manba’lar asosida XIV-XV asrlarda Amir Temur va temuriylar
davri madaniyati, ilm-fani, san’at va adabiyoti, ijtimoiy falsafiy qarashlari vujudga
keladi   va   rivojlanadi.   Amir   Temur   va   temuriylar   davrida   zargarlik   san’ati,
me’morchilik   san’ati,   musavvirlik,   hattotlik   va   muqovasozlik   san’atlari   yuksak
taraqqiy   yetadi,   oltin,   kumush   va   bronza   yeritadigan   mohir   ustalar,   buyuk
me’morlar,   dunyoga   mashhur   naqqosh   va   rassomlar,   minatyura   san’ati   vakillari
yetishib chiqadi. 
Amir   Temur   va   temuriylar   davrida   Movorounnahrda   tasavvufning   yangi
oqimi   –   naqshbandiya   vujudga   keladi   va   u   yassaviy   tariqati   bilan   bir   qatorda   bu
davr   ma’naviyatining   g’oyaviy   asosi   bo’lib   xizmat   qiladi.   Islom   dini   yesa   bu
davrda   Amir   Temur   va   temuriylar   siyosatida   mamlakatdagi   ma’naviy   birlik,
madaniy yuksalish, adolatni o’rnatish, huquq va tartibotni saqlash ishiga qaratiladi.
Naqshbandiya   va   yassaviya   tariqatlari   islomga   tayangan   holda   kishilarni   ahloqiy
poklikka,   mehnatga,   ilm-fanni   yegallashga   chorlab,   ular   g’oyalarini   targ’ib   qilib,
jamiyatning ma’naviy-ijtimoiy hayotida muhim rol o’ynaydi.
Umuman olganda, Amir Temur va temuriylar davrida falsafaga oid maxsus
asarlar   kam   yaratiladi.   Lekin   ilg’or   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   badiiy   adabiyot
asarlarida   o’zlarining   chuqur   ifodasini   topadi.   Xususan,   bu   davrdagi   adib   va
shoirlar Abdurahmon Jomiy, Ubayd Zakoniy, Lutfiy, Sakkokiy, Binoiy va ayniqsa,
Alisher Navoiiyning badiiy asarlari boy falsafiy mazmun kasb yetishadi.
Shavkatli Amir Temur bobomizning tarix oldidagi buyuk hizmatlari bizning
bugungi   kun   mustaqilligimiz   uchun   ahamiyati   nimalardan   iborat?   degan   savol
qo’yilsa, ularga quyidagi javoblarni berish mumkin:
53 1)  Amir   Temur   yeng   avvalo   murakkab   tarixiy   sharoitda   o’z   halqining
boshini   qovushtirib,   mo’g’il   istilochilariga   qaqshatqich   zarba   berdi.   Oqibatda
mo’g’illar zulmidan qutulib, mustaqillikni qo’lga kiritib Turkiston zaminida ilk bor
istiqlol   bayrog’ini   baland   ko’tardi.   Parokanda   mamlakatlar,   yellar   va   yelatlarni
birlashtirib,   markazlashgan   qudratli   saltanat   tuzdi.   Natijada:   «Adolat   kuchda
yemas,   kuch   adolatdadir»:   -   degan   shior   Amir   Temur   saltanatining   barcha
hududlarida birday amal qilib, bu tamoyil butun mamlakatning ahloqiy - ma’naviy
me’zoniga aylandi.
2)  Amir   Temur   o’z   davrida   qudratli   va   buyuk   davlat   qurdi.   U   qudratli
davlat qurmasa, uning davrida betakror ma’naviy meros ham, buyuk obidalar ham
bizgacha yetib kelgan tarixiy yodgorliklar ham yuzaga kelmas yedi.   Shu jihatdan
mustaqil   O’zbekistonimiz   mustahkamlayotgan   davrda   Amir   Temur   biz   uchun
buyuk   davlat   asoschisi   sifatida   juda   ham   qadrlidir.   U   o’z   davrida   buyuk   o’zbek
davlatchiligining   poydevorini   qurgan,   yaratib   bergan   buyuk   zotdir.   Uning
davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri balki kelgusi avlodlar uchun ham
katta   ahamiyat   kasb   yetdi.   Shuni   aytish   kerakki   Amir   Temur   o’z   davlatini   faqat
kuchga   suyanib   boshqargan   yemas.   Agar   davlat   faqat   kuchga   tayangan   holda
boshqarilsa,   u   uzoq   davr   yashamaydi.   Buning   misollari   tarixda   juda   ko’p.   Shu
sababli Amir Temur o’z davlatini, avvalo, aql-idrok, zakovot va huquqiy asoslarga
tayangan   holda   idora   yetadi.   Bunga   uning   o’zining:   «Davlat   ishlarining   to’qqiz
ulushini   kengash,   tadbir   va   mashvarat,   qolgan   bir   ulushini   qilich   bilan   amalga
oshirdim»-degan fikrlari, yorqin misoldir.
3)  Amir   Temur   faoliyatidagi   biz   uchun   ibratli   jihatlaridan   yana   biri
shundaki,   u   savdo-iqtisodiy   munosabatlar   orqali   xalqlar,   mamlakatlar   o’rtasida
yagona   iqtisodiy   makon   barpo   yetish   sohasida   buyuk   yutuqlarga   yerishish
mumkinligini o’z davrida to’g’ri tushunib yetgan buyuk siymodir. «Shu sababli u
o’z   davrida   Yevropa   va   Osiyoni   bog’lashga   hizmat   qilgan   ulkan   diplomatik
ishlarni   amalga   oshiradi.   Amir   Temur   buning   uchun   bir   tomondan   -   Fransiya   va
Angliya, yana bir tomondan - Rim, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar bilan
aloqalar   o’rnatib   bu   aloqalarni   mustahkamlashga   harakat   qilgan.   Buning   uchun   u
54 Ispaniya   qiroli   Genrix   III   Fransiya   qiroli   Karl   VI,   Angliya   qiroli   Genrix   IV
saroylariga   o’zining   yelchilarini   yuborib,   ayni   chog’da   ispaniyalik,   fransiyalik,
angliyalik,   xitoylik   va   boshqa   xorijiy   yelchilarni   o’z   saltanatida   doim   qabul   qilib
borgan.   Bu   haqda   sohibqironning   Fransiya   qiroli   Karl   VI   ga   yozgan   xatidagi
quyidagi   fikrlari   diqqatga   sazovordir:   « Siz o’z	 savdogarlaringizni	 mening
saltanatimga	
 yuboring.	 Biz	 ularni	 iliq	 qarshi	 olib,	 izzat-ikrom	 ko’rsatamiz.	 Biz
ham	
 o’z	 savdogarlarimizni	 sizning	 yurtingizga	 yo’llaymiz.	 Siz	 ham	 ularga	 hurmat
ko’rsating,	
 ularga	 ortiqcha	 tazyiqlar	 qilinishiga	 yo’l	 qo’ymang.	 Sizga	 bundan
bo’lak	
 talabim	 yo’q.	 Zero	 dunyo	 savdo	 ahli	 ila	 obod	 bo’lajak ».   Demak   Amir
Temur   o’z   tashqi   siyosatida   xalqaro   iqtisodiy-savdo   aloqalarini   keng   miqyosda
yo’lga qo’yishni, undan barcha xalqlarni avvalam bor, o’zining xalqini barhamand
yetishni o’ta muhim ish deb hisoblaydi.
Sohibqironning   o’z   saltanatida   bundan   600   yil   avval   bosh   qotirgan   va   shu
yo’lda   olib   borgan   tashqi   siyosati,   uning   «dunyo   savdo   ahli   ila   obod   bo’lajak!»
degan   g’oyasi   bizning   bugungi   kunda   ham   qo’shni   davlatlar   bilan   barpo
yetayotgan «yagona iqtisodiy - savdo maydoni» yaratish uchun buyuk ibrat bo’lib
xizmat qiladi. 
4) Sohibqiron Amir Temurning bunyodkorlik faoliyatlari bugungi kunda biz
uchun   ham   juda   muhim   ahamiyatga   yega.   Birinchi   Prezidentimiz   Islom   Karimov
aytganlaridek:   «Bu   ko’hna   dunyoda   jahongirlar   ko’p   o’tgan,   Ularning   aksariyati
faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo’yi bunyodkorlik
bilan   mashg’ul   bo’lgan.   U   muborak   zot   aytganlarki:   « qay	
 bir	 joydan	 bir	 g’isht
olsam,	
 o’rniga	 o’n	 g’isht	 qo’ydirdim,	 bir	 daraxt	 kestirsam,	 o’rniga	 o’nta	 ko’chat
yektirdim ». 
Amir   Temur   va   temuriylar   sa’y-harakatlari   bilan   o’z   davrida   qurilgan
madrasalar   masjidlar   xonaqohlar,   saroylar,   bozorlar,   ko’priklar,   yo’llar,   bekatlar,
hammomlar,   kanallar,   qal’alar   va   boshqa   qator   imoratu   inshootlarning   bog’-
rog’larning   son-sanog’i   yo’q,   Masalan,   Amir   Temurning   bevosita   rahnamoligida
bunyod yetilgan Bibixonim jome’ masjidi, Go’ri Amir va Ahmad Yassaviy, Zangi
ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zindadagi me’moriy mo’jizalar; Bog’i, Chinor,
55 Bog’i   Dilkusho,   Bog’i   Behisht,   Bog’i   Baland   singari   o’nlab   go’zal   saroy-bog’lar
va   boshqa   inshootlar   shular   jumlasidandir.   Amir   Temur   Movarounnahr   va
Xurosonning shahar va qishloqlarida, hatto Janubiy Ozarbayjon Qobul va Bag’dod
kabi   uzoq   shaharlarda   ham   obodonlik,   bunyodkorlik   tiklash   ishlarini   olib
bordirgan, sug’orish inshootlarini qurdirgan» siymodir.
Ma’lumki, har qanday jamiyat ilm-fani ma’rifatsiz taraqqiy yetmaydi. Buni
teran   anglagan   sohibqiron   Amir   Temur   hokimiyatga   kelishi   bilan   chiqargan
dastlabki   farmonlaridayoq   mamlakatda   madrasalar   barpo   yetish,   ilm   toliblariga
nafaqalar tayinlash masalalariga katta ye’tibor beradi.
U   qaysi   bir   shaharga   bormasin   qaysi   mamlakatni   istilo   qilmasin,   yeng
avvalo, o’sha yerdagi olimlaru fozillarga katta ye’tibor berar, ular bilan uchrashuv
suhbatlashar   va   bahslar   olib   borar   yedi,   nihoyat   kamtar   ulardan   haqiqiy
bilimdonlarini Samarqandga taklif qilardi va ularga, oilalariga shart-sharoit yaratib
berib   hurmat-yehtirom,   mehr   muruvvat   ko’rsatar   yedi;   o’zi   yesa   tarix,   tibbiyot,
matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak salohiyatga yega yedi.
Amir   Temur   jamiyatda   kishilar   iymon,   ye’tiqodsiz   yashashi   mumkin
yemasligini  juda  teran  va  to’g’ri   tushunadi.  Shu  sababli   u  odamlarga  din,  iymon,
ishonch   va   ye’tiqod   kerakligina   har   doim   ta’kidlaydi.   U   o’zining   «Tuzuklari»da:
« har yerda	 va	 har	 vaqt	 islom	 dinini	 quvvatladim » 25
 - deb yozadi. 
Amir   Temur   Qur’oni   Karimni   yod   bilgani,   Hadisi   shariflarni   yaxshi
yegallagani uchun diniy bahslarda yirik ulamolar bilan ko’pincha bab-barobar so’z
yuritib bahslashadi. U islom dini, musulmonchilik aqidalari jamiyat osoyishtaligi,
ravnaqi,   ijtimoiy   adolat   iymon   butunligi,   ma’naviy   poklik   uchun   xizmat   qilishni
yaxshi   tushunadi.   Lekin   shu   bilan   birga   shaxsiy   ye’tiqodiga   ko’ra,   davlat
davlatligini din yesa dinligini qilishi kerak. Uning bu g’oyasi bugungi kunda ham
o’z ahamiyatini zarracha yo’qotgani yo’q.
Amir Temur davrida qishloq xo’jaligi yaxshi rivojlandi. U tabiatdagi sabab-
oqibatlarni   tadqiq   qilib,   ularning   muayyan   hilma-xil   turlarini   ajratib   ko’rsatadi.
Sabab   –   bu   shunday   narsaki,   narsaning   vujudga   kelishi   unga   bog’liqdir,   deydi   u.
25
 
56 Uningcha,   sabab   ichki   va   tashqi   ko’rinishlarga   yega.   Agar   sababning   muayyan
belgilari oqibatga o’sa, ichki sabab, agar o’tmasa, bunday sabablar tashqi sabablar
bo’ladi.
Amir   Temur   va   temuriylar   davrida,   ayniqsa   falakiyot,   riyoziyot,   handasa,
geografiya,   tibbiyot   kabi   tabiiy-ilmiy   bilimlar;   tarix,   pedagogika,   mantiq,
axloqshunoslik,   falsafa   kabi   ijtimoiy-gumanitar   bilimlar   yaxshi   rivojlanadi.
Ayniqsa,   adabiyoshunoslik,   she’riyat   va   nasr   tez   va   kuchli   rivojlanadi.   Natijada,
mashhur shoirlar yozuvchilar hattotlar yetishib chiqadi.
XV asrning boshlariga kelganda Samarqandda falakiyot va riyoziyot fanlari
kuchli   taraqqiy   yetadi.   Mirzo   Ulug’bek   asos   solgan   falakiyot   maktabi,   falakiyot
rasadxonasi   va   u   qurdirgan   observatoriya   o’sha   davrda   tabiiy-ilmiy   bilimlar
taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi.
Nihoyat,   bu   davrda   falsafa   va   mantiq   ilmlari   bilan   shug’ullangan   yirik
olimlar   paydo   bo’lib,   bu   sohalarga   oid   maxsus   risolalar   ham   yaratiladi.   Bunga
misol qilib Sa’diddin Taftazoniy va Mir Said Jurjoniy yaratgan asarlarni ko’rsatish
mumkin. Mirzo Ulug’bek asos solgan falakiyot maktabi vakillari: Mansur Koshiy,
Qozizoda   Rumiy,   Ali   Qushchi,   G’iyosiddin   Jamshid   va   boshqalar   yesa
tabiashunoslikning   falsafiy   masalalariga   oid   o’zlarining   qimmatli   fikrlarini   ilgari
surishadi. 26
Davrining yetuk allomasi  Taftazoniyning falsafiy qarashlari Yaqin va O’rta
Sharq   xalqlari   O’rta   asr   ijtimoiy-falsafiy   tafakkurida   ilg’or   o’rin   tutgan   qadimgi
yunon   faylasuflari   fikrlari   bilan   hamohangligini   ko’rsatadi.   Ammo   Taftazoniy
oldingi   antik   davr   falsafiy   qarashlari   bilan   cheklanib   qolmay,   o’z   qarashlarini
Sharq   uyg’onish   davri   yuksalishlaridan   turib   rivojlantiradi,   ularni   yangi   g’oyalar
bilan boyitadi. Bu narsa uning qarashlarining diqqatga sazovor tomonidir.
Taftazoniyning falsafiy qarashlari o’z ilmiy qimmatini hozir ham yo’qotgan
yemas. Lekin uning merosi bizda yetarli o’rganilmagan, uni chuqur ilmiy o’rganish
falsafiy tafakkurimizni yanada boyitishga olib keladi.
26
  Ma’naviyat yulduzlari. (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar). Mas’ul muxarrir: M. M. 
Xayrullayev. To’ldirilgan katta nashr. –T., A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1999. 
57 Amir Temur va temuriylar davri falsaiy qarashlarini  o’rganishda ye’tiborga
loyiq mutafakkirlarning yana biri Mir Sayid Sharif Jurjoniyir.
U   yoshligida   o’sha   davr   Sharqda   mavjud   bo’lgan   barcha   fanlar   bilan
shug’ullanadi. Ayniqsa, u islom falsafasi bo’lgan Kalom, Mantiq, tabiashunoslikka
doir barcha bilim sohalarini qunt bilan o’rganib, keyinchalik ularning har biriga oid
katta ilmiy asarlar yozib qoldiradi.
Jurjoniy   1387   yili   Amir   Temur   tomonidan   Sheroz   fath   yetilishi   bilan   u
yerdagi bir qancha olimlar qatorida Samarqandga taklif yetiladi va bu yerda 20 yil
samarali   ijod   qilib,   sohibqiron   vafotidan   keyin   yana   Sherozga   qaytib   kelib,   1413
yilda vafot yetadi.
Jurjoniyning   falsafiy   qarashlari,   o’zidan   oldin   o’tgan   salaflarinikida
bo’lganidek,   O’rta   asrlardagi   butun   falsafiy   masalalarni,   chunonchi:   borliq
haqidagi ta’limotni, koinot jumboqlarini, modda va uning shakllari, jonsiz va jonli
tabiatning   xususiyatlari,   jismoniy   va   ruhiy   munosabatlar,   bilish   muammolari   va
shular   kabi   masalalarni   o’z   ichiga   oladi.   U   o’z   asarlarida   koinot,   inson   va   aqlni
qamrab   oluvchi   borliqning  umumiy   manzarasini   yaratishga   harakat   qiladi.   Bunda
Jurjoniyga xos narsa borliq manzarasini bosqichma-bosqich tartibda tushuntirishga
harakat   qilishdan   iborat.   Uning   besh   bobdan   iborat   bo’lgan   «Dunyoni   aks
yettiruvchi   ko’zgu»   asarining   birinchi   bobini   «vojibul-vujud»   va   «mumkin   ul-
vujud»ning   mavjudligi   masalasini   asoslashga   bag’ishlaydi.   U   bunda:   «Yo’q
bo’lishi mumkin bo’lgan, bor bo’lishi yesa zarur bo’lgan narsa vojib ul-vujud deb
ataladi.   Masalan,   holiqning   o’zligi   kabi   tushuncha.   Borligi   ham,   yo’g’ligi     ham
zarur bo’lmagan narsa yesa mumkin ul-vujud deb ataladi», deydi.
Jurjoniyning qarashicha, bu o’rindagi vojib ul-vujud – bu Xudodir, mumkin
ul   –   vujud   yesa   moddiy   olamdir.   U   borliqning   birinchi   sababi   sifatida   vojib   ul-
vujudni, ya’ni Xudoning borlig’ini tan oladi. 
Aytish   kerakki,   bizda   Mir   Sayid   Sharif   Jurjoniyning   falsafiy   qarashlari
faylasuflarimiz   tomonidan   yetarli   o’rganilgan   yemas.   Uning   falsafiy   asarlari
o’zbek   tiliga   tarjima   ham   qilinmagan.   Agar   bu   ishlar   Sharqshunos   va
58 faylasuflarimiz   tomonidan   amalga   oshirilsa,   bizning   falsafiy   tafakkur   tariximiz
yanada boyigan bo’lardi.
Amir   Temur   va   temuriylar   davrida   tabiiy-ilmiy   va   ijtimoiy   fikrlarning
rivojlanishida   Mirzo   Ulug’bek   va   uning   maktabi   vakillarining   tabiiy-ilmiy   va
falsafiy   qarashlari   muhim  o’rin  tutadi.  Amir   Temurning  nabirasi  Mirzo  Ulug’bek
faqat   oddiy   hukmdor   bo’lib   qolmasdan,   balki   u   buyuk   olim   bo’ladi.   U   qadimgi
yunon   mutaffakirlari   va   IX-XII   asrlarda   yetishib   chiqqan   yaqin   va   O’rta   Sharq
hamda   Markaziy   Osiyo   olimlarining   asarlarini   qunt   bilan   o’rganadi.   Mirzo
Ulug’bek,   ayniqsa,   tabiashunoslik   fanlarini   matematika,   geometriya,   geografiya,
kimyo,   astronomiyaga   oid   bilimlarni   chuqur   yegallaydi.   Natijada,   yigirma
yoshlarida o’z davrining yirik olimlaridan biri bo’lib yetishadi. 
Mirzo   Ulug’bek   1411   yilda   Movorounnahr   va   Turkistonning   hokimi   qilib
tayinlanadi.   U   hokimlik   qilgan   davrlarda,   mamlakat   tashqi   va   ichki   mudofaasini
mustahkamlash   bilan   bir   qatorda,   Samarqand,   G’ijduvon,   Buxoro   shaharlarida
ko’plab   madrasalar,   masjidlar,   turli   ilm   o’choqlari   qurdirib,   ilm-fanning
rivojlanishiga   katta   ye’tibor   beradi.   1425-1428   yillarda   Mirzo   Ulug’bek
Samarqandda,   keyinchalik   uning   nomini   jahonga   mashhur   qilgan   rasadxona   -
observatoriyani   qurdirib,   o’zining   falakiyot   maktabini   yaratadi.   U   o’zining   bu
maktabiga   o’z   zamonasining   yeng   buyuk   olimlarini   jalb   qilib,   ularga   o’zi
boshchilik qilgan holda, ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 
Amir   Temur   vafotidan   keyin   temuriyzodalar,   mahalliy   hukmdorlar,   johil
shariat   peshvolari,   xususan,   ota-bola-shoh   va   shahzodalar   o’rtasida   kurashlar
oqibatida uning mansabparast o’g’li - Abdullatif tomonidan 56 yoshida 1449 yil 27
oktyabrda   fojiali   o’ldiriladi.   U   boshlagan   ilmiy   ishlarni   uning   shogirdlari:
G’iyosiddin   Koshiy,   Oloviddin   Ali   Ibn   Muhammad   Qushchilar   va   boshqalar
tomonidan davom yettiriladi.
Mirzo Ulug’bekning asarlari o’z davridagi yeng mukammal astronomik asar
sifatida  tezda   zamondosh   olimlarning  diqqat   ye’tiborini   o’ziga   jalb  qiladi   va  ular
ijodiga   ta’sir   ko’rsatadi.   Uning   qo’lyozmalari   tez   orada   Yaqin   va   O’rta   Sharq,
Xitoy va Hindiston olimlari qo’llariga ham yetib boradi.
59 Mirzo   Ulug’bek   va   u   asos   solgan   astronomik   maktabning   tabiiy-ilmiy   va
falsafiy qarashlarini chuqurroq   o’rganish va tushunishda uning sodiq shogirdi Ali
Qushchining   qarashlari   va   astronomiyaga   oid   yozgan   asarlari   g’oyat   qimmatli
ahamiyatga yega.
Ali   Qushchi   ham   moddiy   dunyoning   insonga,   inson   ongiga   bog’liq
bo’lmagan   holda   mavjudligini,   koinotning   undagi   yulduzlar,   planetalar,   Quyosh,
Oy   va   Yerning   o’zaro   aloqada   o’z   qonunlari   asosida   o’z   markazi   va   Quyosh
atrofida harakat qilishi, ularning markazi Quyosh yekanligini Yevropa olimlaridan
150-200   yil   oldin   o’z   ilmiy   kuzatishlari   asosida   isbotlab,   yozib   qoldirgan   yedi.
Lekin   bunday   ilmiy   shijoatlar   ham   o’sha   davr   feodal   jamiyatining   qoloqligi
temuriyzodalar   va   mahalliy   hukmdorlarning   hokimiyat   uchun   olib   borgan
kurashlari,   keng   xalq   ommasining   ma’rifatdan,   ilm-fandan   yiroqligi,   diniy
hurofotning   kuchliligi   ba’zi   johil   ruhoniylarning   ilm   ahllariga   nisbatan   kurashlari
tufayli yuzaga chiqmay qoldi.
Shunday   qilib,   Ulug’bek   astronomik   ilmiy   maktabining   yerishgan   tabiiy-
ilmiy   va   falsafiy   qarashlari   Ali   Qushchidan   keyin   Markaziy   Osiyodan   tashqarida
Hindiston, Yeron, Turkiyada, G’arbiy Yevropada yesa XVI asrdan boshlab davom
yettiriladi va rivojlantiriladi.
Temuriylar davri falsafasida  Alisher Navoiy ning ijtimoiy-falsafiy qarashlari
alohida   o’rin   tutadi.   Alisher   Navoiy   temuriylar   davrining   ziddiyatlar   avj   olgan
davrida   yashab   ijod   qildi.   Uning   falsafiy   qarashlari   “Hamsa”,   “Xazoyin   ul-
maoniy”,   “Mahbub   ul-qulub”,   “Muhokamatul-lug’otayn”,   “Lisonut   tayr”   kabi
asarlarida   bayon   yetilgan.   Uning   falsafiy   qarashi   borliqning   birligi   ta’limotiga
asoslanadi.   Alisher   Navoiy   o’z   asarlarida   «ideal   jamiyat»   kiyofasini   chizgan.
Alisher   Navoiy   koinotdagi   yeng   yetuk   vujud   inson   deb   hisoblaydi.   Inson   butun
borliqning ko’rki va sharafidir. U insonni bioijtimoiy mavjudot sifatida olib inson
o’z   hayotini   o’zi   uchun   ham   butun   jamiyat   uchun   ham   foydali   bo’lgan   ishlarga
bag’ishlashi   kerak.   Shuning   uchun   u   kasb-hunar   o’rganishi,   ma’rifatli,   xushxulq
bo’lishi   kerak   deydi.   Uning   inson   haqidagi   qarashlari   negizida   farovonlik   va
osoyishtalik   hukm   surgan   jamiyat   va   odil   shoh   to’g’risidagi   g’oyalar   yotadi.
60 Alisher Navoiy naqshbandiya tariqatini ye’tirof yetgan ijodkordir. U tasavvufning
salbiy   aqida   va   odatlarni   tanqid   qiladi,   zohidlikka   qarshi   kurashadi.   Uning
qarashlarida   bilish   nazariyasiga   oid   fikrlar   mavjud   bo’lib,   bilishning   asosiy
maqsadi   borliqni,   tabiatni,   insonning   o’zini   o’rganib   yomonlikni   yo’qotish,
yaxshilikni ko’paytirishga qaratilganligi deb hisoblaydi u. 
Xulosa   qilib   aytganda,   Amir   Temur   va   temuriylar   davri   Markaziy   Osiyo
xalqlari   hayotida   yuzaga   kelgan   lekin   mo’g’illar   istilosi   natijasida     Uyg’onish
davrining qayta tiklanishi va uning yangi cho’qqisiga ko’tarilishi davri bo’ldi. Bu
davr   madaniyati   va   ilm-fani   jahon   madaniyati   va   ilm-faniga   ulkan   hissa   bo’lib
qo’shilib,   uning   yutuqlari   jahon   xalqlari   madaniyati   va   ilm-fanining   keyingi
rivojlanishiga zamin bo’lib xizmat qildi.
Ikkinchi bobga xulosalar
-   o’rta   asr   Sharqida   arab   xalifaligi   davrida   ham   jamiyatning   madaniy-ma’naviy
taraqqiyoti ma’lum darajada to’xtamay davom yetdi.Bu davr mutafakkirlari islom
dinining   cheksiz   hukmronlik   qilgan   sharoitlarida   ham   olamning   tabiati   va
mohiyati,   uning   taraqqiyoti,   koinotning   sirlari,   insonning   hayoti   va   uning
dunyodagi   o’rni   haqida,   insonda   uchraydigan   har   xil   kasalliklarning   sabablari
61 haqida   diniy   qarashlar   bilan   birga,   ulardan   tubdan   farq   qiladigan   tabiiy-ilmiy   va
falsafiy qarashlarni ham ilgari suradilar;
-   tasavvuf (so’fiylik yoki so’fizm) islom falsafasida diniy falsafiy yo’nalish sifatida
VIII asrning o’rtalarida arab xalifaligi mamlakatlarida vujudga keldi. U asosan, shu
mamlakatlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotining xususiyatlari bilan
taqozo   qilingan   bo’lsa   ham,   lekin   unda   neoplatonizm   ta’limotining,   iudaizm,
xristianlik, zardushtiylik va ayniqsa buddizm diniy ta’limotlarining ta’sirini yaqqol
ko’rish mumkin;
-o’rta   asrlarda   Sharq   falsafasi   mifologiya   va   din   qo’ynidagina   yemas,   balki   fan
qo’ynida   ham   rivojlanadi.   Sharq   olimlari   matematika,   astronomiya,   geografiya,
tibbiyot,   tarix,   alximiya   sohasida   qo’lga   kiritgan   yutuqlar   ma’lum.   Odatda   tabib,
munajjim,   sayyoh   bo’lgan   Sharq   faylasuflari   asbtrakt   mulohazalardan   ko’ra
ko’proq tabiashunoslik va tajribaga tayanganlar. 
-Markaziy Osiyoda me’morchilik, qurilish ishlari, hunarmandchilik, obodonchilik,
madaniy-ma’naviy   aloqalar   kuchayib,   ular   madaniy   yuksalib   bordi.   Bunday
madaniy  yuksalishlar,   avvalo,  ularning  arab  mustamlakachiligidan  qutilishlari,  bu
xalqlarning   mustaqil   davlatlarining   vujudga   kelishi,   o’zlarining   milliy
madaniyatlarini   qayta   tiklashlari,   boshqa   musulmon   Sharqi   o’lkalari   davlatlari
bilan madaniy aloqalarining yaxshi yo’lga qo’yilishi tufayli sodir bo’ladi.
-  Amir   Temur   va temuriylar   davrida falsafaga  oid maxsus   asarlar   kam  yaratilgan
bo’lsada,   ilg’or   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   badiiy   adabiyot   asarlarida   o’zlarining
chuqur   ifodasini   topadi.   Bu   davr   falsafiy   fikrlar   taraqqiyotini   ilmiy   tadqiqotlar
doirasida o’rganish nihoyatda qimmatli nazariy xulosalar yaratilishiga olib keladi;
III BOB. SHARQ VA G’ARB FALSAFIY TAFAKKURIDA JAMIYAT
TARAQQIYOTI MASALALARINING O’ZARO NISBATI
3.1   Sharq   falsafasining   asosiy   muammolari   va   falsafaning   jamiyatda   tutgan
o’rni hamda asosiy vazifalari
Sharq   falsafasining   asosiy   masalalari   va   falsafaning   jamiyatda   tutgan   o’rnini
hamda jamiyatda bajaradigan funksiyalarini tahlil qilishda dastlab falsafaning o’zi
nima   ekanligini   anglab   olish   zarur   bo’ladi.   Falsafa,   inson   tafakkurining
62 umumbashariy   shakli   sifatida,   jamiyatdagi   mavjud   holatdan   qoniqmaslikning
ma’naviy   ifodasi,   uni   yanada   takomil lashtirish,   rivojlantirishning,   butun   olam-
tabiat,   jamiyatning   mazmun-mohiyati,   inson,   insoniyat,   xalq,   millatning   maqsad-
muddaosi   muammolarini   chuqur   o’rganishga   asoslangan   holdagi   ilmiy-nazariy
omilidir.   Demak,   falsafa,   birinchi   galda,   jamiyatga   va   faqat   shu   bois,   o’quv
yurtlari,   ilmiy   muassasalar   uchun   kerak.   Darhaqiqat,   voqyeylikda,   insonlar   va
jamiyat   hayotidagi   keskin   o’zgarishlar,   yangilanishlar   yuz   bergan   sari   falsafaga
bo’lgan qiziqishning ortib borishi ham muqarrarlashadi. 
Ajdodlarimiz, Sharq va G’arb xalqlari vakillari yaratgan falsafiy ta’limotlardan
yurtdoshlarimizni   bahramand   qiluvchi,   ularga   hozirgi   zamon   falsafasining   turli-
tuman,   hatto   qarama-qarshi   fikrlarini   chuqur   bilish   imkoniyatini   beruvchi
ma’naviy   muhitni   shakllantirish,   tegishli   yo’nalishdagi,   davr   talablariga   monand
tadqiqotlarni   amalga  oshirish,  mazkur   sohaga  oid  darsliklarni   yaratish  lozimligini
uqtirish   –   ushbu   da’vatning   muhim   qirralarini   tashkil   yetadi.   Zero,   xuddi   mana
shunday   jiddiy   falsafiy   zamingina,   o’zida   xalqimizning   yezgu   niyatlari,   orzu-
umidlarini   jo   yetgan,   milliy   g’oya   va   ijtimoiy   mafkuralarni   yaratishning
mustahkam ilmiy-nazariy asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
Ijtimoiy taraqqiyot asosida mavjud holatdan qoniqmaslik hissi yotadi. Vujudga
kelgan   qiyinchiliklarni   yengish,   yangi   kuch,   g’ayrat   to’plash   uchun,
rivojlanishning zaminini tayyorlash uchun insonga chidam, sabr-toqat kerak. 
Sabru   toqat   rivojlanish   jarayonining   vaqtinchalik   shakli,   mukammallikka
intilish,   yehtiyojlarning   yuksalishi   yesa   –   doimiy   holatdir.   Insonning   yerkin likka,
adolatga,   mehr-muhabbatga,   go’zallikka,   kamolotga   intilishi,   qobiliyat la rini
namoyon yetishga, ijod yetishga urinishi – uning ma’naviy yehtiyojidir. 
Yehtiyojlar   sog’lom   va   nosog’lom   bo’lishi   mumkin.   Insonning   yerkin
kamolotiga   xizmat   qiladigan,   undagi   ijobiy   qobiliyatlarini,   fazilatlarini
boyitadigan,   rivojlantiradigan   yehtiyojlar   sog’lom   yehtiyojlardir.   Aksincha,   nafs
xohishlarining   cheksiz   avj   olishiga,   molparastlikka,   shahvatpa rast likka,
mansabparastlikka,   insondagi   salbiy   jihatlarning   kuchayishiga   xizmat   qiladigan
yehtiyojlar nosog’lom yehtiyojlardir. 
63 Buyuk   yunon   faylasufi,   yetti   donishmandning   biri   hisoblangan   Fales   “Yomon
vositalar orqali boyimagin” degan yedi 27
. 
Insonda moddiy va ma’naviy yehtiyojlar muttasil yuksalib boradi. Bir yehtiyojning
qondirilishi bilan undan yuksakroq yangi yehtiyoj tug’iladi. Avvalgidan yaxshiroq,
qulayroq,   go’zalroq   buyumni   yoki   san’at   asarini   yaratishga   intilish,   oldingisidan
teranroq, aniqroq bilimni yegallashga, mukammalroq texnikaviy asbob-uskunalarni
ixtiro   yetishga   urinish,   turmush   darajasini   yanada   yaxshilash   va
farovonlashtirishga   intilish   –   insonga   xos   xususiyatdir.   Bu   –   tabiiy   ravishda
tug’iladigan ijtimoiy yehtiyojdir. 
Uzoqni   oldindan   ko’ra   bilish,   uni   tahlil   va   taxmin   qilish   –   falsafaning   muhim
vazifasidir.   Falsafa   tasodifiy   hodisalar,   juz’iy   holatlarni   yemas,   balki   ularning
tubidagi,   ortidagi   muhim,   barqaror,   doimo   takrorlanib   turadigan   munosabatlar   –
qonuniyatlarni   o’rganadi,   o’tmishni,   mavjud   vaziyatni   tahlil   qiladi   va   istiqbolni
ilmiy taxminini beradi. 
Falsafa   dunyoqarash   sifatida   ikki   savolga   javob   berishi   lozim.   Birinchisi   –
insonning  o’zi   nima,  uning  mohiyatini,  tabiatini  nima  tashkil   yetadi?   Ikkinchisi   –
insonning yashashdan maqsadi nima, u nimaga intilishi kerak?
Falsafa sababiyat to’g’risidagi fandir. Biron-bir narsaning, hodisaning asl sababi
aniqlanmas   yekan,   demak   unga   tegishli   tarzda   ta’sir   ko’rsatishning   iloji   ham
bo’lmaydi.   Masalan,   jamiyatni   boshqarish   usuli   undagi   hukmron-mulkiy
munosabatlarga   mutanosib   bo’ladi;   shu   sababdan,   ibtidoiy   jamiyatdagi   ilk
demokratik boshqaruv usulidan xususiy mulkning kelib chiqishi munosabati bilan
siyosiylikka o’tilgan; davlat siyosiy tizimning asosiy bosh bo’g’inini tashkil qiladi;
u   vujudga   kelgan   paytdan   boshlab,   jamiyatdagi   manfaatlarni   kerak   bo’lganda,
zo’ravonlik bilan “muvozanatga” keltirib turgan; davlat boshqaruvi tizimiga ta’sir
ko’rsatish   manfaatdor   kuchlar   uchun   “foydali”   ish   bo’lgan;   yangi   davr   (XVII-
XVIII asrlardan boshlab) demokratik (saylovlar, siyosiy partiyalar) tartibotlarning
qaror topishiga olib kelgan. 
Falsafa fanini o’rganishning nazariy-ilmiy va uslubiy asoslari xolislik, ilmiylik,
27
 Диоген Лаэртский. О жизни, учениях и изречениях знаменит ы х философов. –М., 1986. –С.84. 
64 tarixiy-mantiqiylikka tayanadi. 
Falsafaning   asosiy   muammolari   uning   ma’naviyatda   tutgan   o’rni   bilan
belgilanadi.   Falsafa   inson   hayotiy   faoliyatining   mohiyati   va   ruhiy   mazmunini
ifodalaydi.   Uning   vositasida   kishilar   o’zlarini   anglaydilar,   jamiyat,   tabiat   va
ularning   mavjudligi   hamda   taraqqiyot   xususiyatlarini   o’rganadilar,   qonunlarini
kashf   yetadilar,   hamda   ularga   tayanib   o’z   turmush   sharoitlari,   amaliy   faoliyat
muammolarini   hal   yetadilar.   Dunyoning   kelib   chiqishi,   uning   mohiyati   va
insonning dunyodagi o’rni haqidagi savolga javob topishga harakat qilgan qadimgi
falsafiy   tizimlar   o’zining   uzoq   tarixiga   yegadir.   Ma’lumki,   insonni   o’rab   turgan
dunyo   tadrijiy   ravishda   uning   faoliyati   uchun   mavzuga   aylana   borgan.   Inson
dunyoga bo’lgan o’z munosabatini  dastlab nazariy shakllarda ifoda qila olmagan.
Inson   amaliy   faoliyatining   rivojlanishi   voqyealarning   muayyan   izchillikda
mushohada qilishga asoslangan uning qobiliyatini takomillashishiga olib kelganligi
natijasida   tabiat   hodisalarini   ba’zi   qonuniyatlarini   idrok   yetishga   muvaffaq
bo’lgan.   Tilning   rivoji   va   avvalo   majhul   tushunchalarning   paydo   bo’lishi   nazariy
tafakkur ning shakllanishiga turtki bo’lgan. 
Inson   umrining   o’tkinchiligini   idrok   yetish   zamon   haqidagi   tasavvurni   paydo
bo’lishiga   sabab   bo’lgan.   Qadimgi   davrning   ba’zi   afsonalarida   zamon   qadriyat
mezoni   sifatida   namoyon   bo’la   boshlagan.   Faqat   abadiy   narsagina   mukammal
bo’lishi   haqidagi   tasavvur   kelib   chiqqan.   Abadiylik   ilohiy   mavjudlik   va
faoliyatlilik sifatida namoyon bo’la boshlagan. 
Inson tafakkuri taraqqiyotining yeng muhim natijasi sifatida yozuv kashf yetilgan.
U bilimlarni avlodlardan avlodlarga uzatishning yangi imkoniyatini beribgina qolmay,
balki bilimlarning o’z taraqqiyoti tagzaminini ham boyitgan. 
Sharq mamlakatlaridagi falsafiy tafakkur taraqqiyoti to’g’ri chiziq bo’ylab rivoj
topmagan. Garchi ba’zi taraqqiyot bosqichlarida va ayrim sohalarda o’zaro ta’sirni
istisno   qilmagan   holda   Sharqqa   taalluqli   uch   mintaqa,   ya’ni   Yaqin   Sharq,
Hindiston va Xitoy – mustaqil madaniy butunlikni tashkil yetgan. 
Yaqin   Sharq   tom   ma’noda   qadimgi   davrda   falsafiy   an’anaga   asos   sola
olmagan.   Ammo   u   dunyoning   boshqa   mintaqalaridan   farqli   o’laroq,
65 dehqonchilik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jihatidan doimiy ravishda ilgarilab
ketgan.   Bu   narsa   bilim   va   tajriba   to’planishiga   omil   bo’lgan.   Hosil   qilingan
amaliy ma’lumotlar nazariy tafakkur rivoji uchun turtki bo’lgan. Ular umuman
diniy tasavvurlar, mafkura va madaniyatga o’z ta’sirlarini o’tqazganlar . 
Ushbu boy meros asoslarini Kichik Osiyo qirg’oqlarida yashovchi yunonlar va
ular   orqali   butun   yellinistik   dunyo   o’zlashtirib   olgan.   Insoniyatning   barcha   bilim
sohalariga   Yunoniston   qo’shgan   buyuk   hissani,   shu   jumladan,   falsafa   sohasidagi
tafakkur taraqqiyotini yuqoridagi asoslarsiz tasavvur qilish mumkin yemas. 
Yaqin   Sharqning   qadimgi   madaniyati   Hindiston   bilan   aloqada   bo’lgan.
Ammo   bu   yerdagi   fikr   taraqqiyoti   avval   boshdanoq   ozmi-ko’pmi   mustaqil
ravishda   rivojlangan.   Hindistonda   iqtisodiy,   siyosiy   va   irqiy   o’zgarishlarga
qaramasdan   falsafiy   an’ana   to’laligicha   hyech   qachon   uzilmagan.   Bu   an’ana
hind jamiyatida doimiy barhayot madaniy merosning barqaror unsuri sifatida
mavjud bo’lgan. 
Xitoyning   qadimgi   va   o’rta   asrlar   falsafasini   ham   Xitoy   jamiyatining   ma’naviy
hayotidan ajratib bo’lmaydi. U ham mustaqil ravishda taraqqiy yetgan. Ammo faqat
buddaviylik unga sezilarli ta’sir yetgan bo’lsa ham, biroq bir necha asrlar davomida u
mahalliy an’ana va ma’naviy hayotga moslashtirilgan. 
Yeramizdan oldingi to’rtinchi va uchinchi ming yilliklar orasida Baynal nahrayn
va   Misr   zaminida   yozuvning   mavjudligi   haqida   birinchi   dalillar   qo’lga   kiritildi.
Ammo   Yaqin   Sharq   o’lkalaridagi   yozma   yodgorliklar   aniq   tushunchalar
dastgohiga yega bo’lgan to’la falsafiy tizimlar yemasligi ayon bo’ldi. Unda borliq
va   dunyoning   mavjudligi   (borliq   haqidagi   ta’limot)   haqidagi   muammo,   hamda
insonni   uni   o’rab   turgan   dunyoni   bilish   imkoniyatlari   (bilish   nazariyasi)   haqidagi
masalada   aniqlik   yo’q.   Bunday   taraqqiyot   bosqichiga   Yevropa   falsafiy   fikri
an’analari ibtidosida turgan qadimgi yunon falsafasi mutafakkirlarigina chiqqanlar.
Ammo   qadimgi   yunon   falsafasi   rivojini   va   unga   bog’liq   bo’lgan   butun   fikriy
taraqqiyotni Yaqin Sharqdagi qadimgi madaniyatlarning merosisiz to’la tushuntirib
bo’lmaydi. Biroq Yaqin Sharqdagi madaniyatlar ta’sirini izchil tadqiq yetish ishiga
nisbatan kech kirishil ganligi uchun keyingi yuz yil ichida qo’lga kiritilgan natijalar
66 bilangina chegaralanishga to’g’ri keladi. 
Asotir   tafakkur   (afsonaviy   fikrlash)   –   insonning   dunyoga   va   bilvosita   ijtimoiy
munosabatlarga  bo’lgan  munosabatini   muayyan  butunlikda  ifodalash  shakllaridan
biridir. U garchi xayoliy bo’lsa ham, bu dunyoning paydo bo’lishi, tabiiy tartibning
ma’nosi haqidagi savolga berilgan birinchi javobdir. 
Dunyoni   asotir   tafakkur   orqali   tasvirlash   diniy   tasavvurlar   bilan   yaqindan
bog’liq bo’lib, tabiat kuchlarini shaxslar faoliyati bilan ifodalash dir. Ammo u tabiat va
inson   jamiyati   haqidagi   asrlar   davomida   to’plangan   bilimlar   majmuasi   sifatida
namoyon   bo’ladi.   Mantiqiy   fikrlash   (falsafa)gina   inson   tafakkurini   afsonaviy
an’analar va uni bevosita hissiy taassurotlarga bog’lab qo’ygan zanjirlardan ham xalos
qila olish imkoniyatini beradi.  
Sharq   falsafasining   vazifasi   nima?   –   degan   savol   tug’iladi.   Ma’lumki,
o’tmishdagi Sharq faylasuflari ham bizning zamondoshlarimizga o’xshab haqiqatni
gapirayapmiz,   deb   ta’kidlashgan.   Shu   ma’noda   ularni   o’rganish   o’sha   davrdagi
nuqtai   nazarlarni   bugungi   yerishilgan   nazariy   natijalar   bilan   qiyoslash   imkonini
beradi.   Sharq   falsafasi   dunyoni   va   jamiyatni   tushunishda   asosiy   falsafiy
muammolarni bayon qilish usullarining muayyan asosiy ro’yxatini o’z ichiga oladi.
U sharqona tafakkur  tarzini  shakllantirganki,  hozirgi  avlodlar  ham  undan benasib
yemaslar. 
VII   asrda   Arabiston   yarim   orolida   vujudga   kelgan   yangi   din   bo’lgan   islomning
shakllanishi   natijasida   arab   xalifaligi   ta’sir   doirasidagi   mamlakatlar   ma’naviy-
madaniy hayotida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu jarayonni asosan islom dinining
Arabiston   yarim   orolida   markazlashgan   davlat   tuzishdagi   o’rni   bilan   baholash
mumkin. Chunki o’sha davrdagi tarqoq arab qabilalari juda qiyinchilik bilan bo’lsa
ham, faqat islom ta’limoti ta’siri ostidagina birlashgan yedilar. Aynan muayyan bir
g’oya ostida shunday birlashish jarayoni kuchli hokimiyatni vujudga keltirdi. O’z
navbatida   bu   hokimiyatning   boshqa   hududlarni   bosib   olishiga   qulay   shart-
sharoitlar yuzaga keldi. Arab xalifaligi deb nom olgan bu ulkan imperiya tarkibiga
Arabiston   yarim   orolidan   tashqari   Yaqin   va   O’rta   Sharq   mamlakatlarining
67 barchasi,   Shimoliy   Afrika,   Ispaniya,   Kavkaz   orti   davlatlari   va   O’rta   Osiyo   kirar
yedi. 
Islomning   dastlabki   yoyilishi   VII   asrning   30-40   yillariga   taalluqli   bo’lib,
arablar   Sosoniylar   imperiyasiga   uzil-kesil   zarba   berib,   651   yilda   butun   Yeronni
yegalladilar. So’ngra VIII asrning boshida O’rta Osiyoni bosib oldilar. Arablarning
harbiy   yutug’i   O’rta   Osiyo   va   Yeronning   iqtisodiy   va   siyosiy   zaiflashganligi
tufayli   yuz   berdi.   O’rta   Osiyo   Turk   hoqonligi   bilan   to’xtovsiz   urush   olib
borganligidan   zaiflashgan   bo’lsa,   Yeron   uzoq   vaqt   davomida   (604-630   yillar)
Vizantiya   bilan   qonli   janglar   olib   borgan   yedi.   Natijada,   arman   tarixchisi
Sebeosning   ta’kidlashicha,   “forslar   podsholigi   o’sha   vaqtda   inqirozda   yedi”,
Vizantiyaning yesa “yunonistonlik shohi qo’shin to’plashga qodir yemas yedi” 28
. 
Islomning barcha musulmonlar uchun birodarlik, tenglik, soliq va qullikdan
ozod   qilish   haqidagi   shiorlari   Yeron   va   O’rta   Osiyo   xalq   ommasiga   o’z   ta’sirini
o’tqazmay qolmadi. Doimiy go’llikda yashagan aholi bunday shiorlarning amalga
oshishiga   ishonar   yedi.   Shuning   uchun   aholi   arablarga   qarshi   deyarli   jiddiy
qarshilik ko’rsatmadi. 
Islomning   yoyilishi   turli   yo’llar   bilan,   jumladan   zo’rlik   bilan   ham   amalga
oshirildi.   Bu   yerda   shuni   ham   ta’kidlash   lozimki,   uni   qabul   qilish   uchun   qisman
zamin ham  tayyorlangan yedi. Bunga zardushtiylikdagi  yakkaxudolik aqidasining
rivoji,   yahudiylik  va   xristianlik   oqimlari   bo’lgan   monofizitlik   va   nestorianlikning
mavjudligi   ham   o’z   hissasini   qo’shdi.   Misr   tadqiqotchilari   bo’lgan   Rashid   al-
Baraviy   va   Muhammad   Hamza   Uleyshlarning   ta’kidlashlaricha,   zardushtiylik,
monofizitlik  va nestorian likning siqib  chiqarishlik asta-sekinlik  bilan olib  borildi.
“Ba’zilar   yangi   ye’tiqodni   o’z   ishonchlariga   ko’ra,   boshqalar   yesa   –   moddiy
manfaat   tufayli,  yana   ba’zi   birovlar   yesa   –   o’zlarini   hukmron   doiralar   tomonidan
ta’qib qilinishlaridan saqlash maqsadida qabul qildilar” 29
. 
Ma’lumki,   saljuqiylar   sulolasi   ilgarigi   mavqyei   yo’qolgan   xalifalikni
boshqarayotgan   Bag’dod   xalifasining   rasmiy   hukmronligini   saqlagan   holda,
28
  Себеос.   История   императора   Ираклия.   Пер.   с   армянского   К.   Патканьяна   (Император   Ираклий   тарихи.
Арман тилидан К. Патканьян таржимаси).  - СПб., 1862,  –Б. 118, 119. 
29
 Рашид ал-Баравий ,  Му х аммад   Х амза Улейш. Экономическое развитие Египта в новое время. Сокр. пер. с
арабского (Янги даврда Миср иқтисодининг тараққиёти. Арабчадан қисқача таржима). –М., ИЛ, 1954. –Б.11.
68 amalda   markazlashgan   davlatning   dunyoviy   ishlarini   boshqarar   yedilar.   Saljuqiy
Malikshoh   davrida   uzoq   vaqt   vazirlik   qilgan   fan   homiysi   Nizomul   Mulk   Abu
Homid   G’azzoliy   va   Mahmud   az-Zamaxshariy   kabi   olimlarni   ham   qo’llab-
quvvatlagan.   U   Bag’dodda   rasadxona   ishini   rivojlantirib,   mashhur   falakshunos
olimlarni   to’playdi.   Nizomul   Mulk   tashabbusi   bilan   Buxoro,   Hirot,   Nishopur,
Samarqand, Bag’dod kabi shaharlarda “Nizomiya” nomidagi madrasalar ochilgan.
Ushbu   davr   ilm-fan   taraqqiyotining   ye’tiborli   tomoni   shundaki,   ko’pgina   olimlar
o’z   sohalarida   yangiliklarga   asos   soladilar.   Masalan,   birinchi   bo’lib,   Umar
Xayyom   taqvimiga   tuzatish   kiritadi.   Ayniqsa,   bu   davr   arab  va   fors   adabiyotining
taraqqiyot   davri   bo’lgan.   Umuman   olganda,   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   jabhalarda
ko’plab   o’zgarishlar   falsafa,   tabiiy-ilmiy   bilimlar   rivojida   muhim   obektiv   va
subektiv   shart-sharoitlarni   vujudga   keltirgan.   O’z   navbatida   Movarounnahr
diyorida   ham   ilm-fan   ravnaqi   uchun   qulay   imkoniyatlar   yaratilgan.   Aytish
mumkinki,   bunday   imkoniyatlar   XX   asrning   boshlarigacha   hyech   vaqt   vujudga
kelmadi. Bu muammo butun Yaqin va O’rta Sharqqa, hatto Xitoy va Hindistonga
ham xos xususiyatdir. Shu boisdan bo’lsa kerak, Sharq mamlakatlari Yevropadan
orqada   qolib   ketdi.   Hozirgi   zamon   ingliz   va   rus   olimlarining   fikricha,   buning
sababi Sharqda hozirgacha milliy innovasion tizimning yo’qligidir. 
Milliy innovasion tizim – bu, umuman Yevropacha g’oya bo’lib, bir necha vaqtdan
keyin AQShda o’z izdoshlarini topgan. Nelson uning asoschi – otalaridan biri yedi.
Ammo Yevropada, har doim bo’lganidek, ko’proq so’zamollik va siyosiy qarorlar
qabul   qilishlik,   ko’proq   darajada   ilmiy   maktablarni   shakllantirish   ustunlik   qiladi.
Amerika   Qo’shma   Shtatlarida   yesa   ko’pincha   ishchanlik   hukmronlik   qiladi.   Ana
shu Amerikada XX asrning 80-90-yillarida hozirgi zamon texnologik taraqqiyotiga
muvofiq keladigan Milliy innovasion tizimning qonuniy zamini yaratildi 30
. Hozirgi
vaqtda   ilg’or   Sharq   mamlakatlari   Yevropa   va   Amerikadan   ushbu   usulni
o’zlashtirmoqdalar.   Bunga   II   jahon  urushidan   keyingi   Yaponiya,   Janubiy   Quriya,
Singapur, Malayziya, Tailand, Tayvan va keyingi 30 yil ichida to’xtovsiz islohotlar
bilan   band   bo’lgan   Xitoy   misol   bo’la   oladi.   Islom   dunyosi   mamlakatlari   katta
30
  Қаранг: Иванова Н. Эксперт –№28. 14-20 июл ь  2008 йил.  –Б. 57. 
69 mablag’   manbalariga   yega   bo’lsalar   ham,   hali   hozir   milliy   innovasion   tizimga
o’tayotganlari yo’q. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “ko’rinib turibdiki, moddiy
va   ma’naviy   hayot   tamoyillari   bir-birini   inkor   yetmaydi,   aksincha,   o’zaro
bog’lanib, bir-birini to’ldiradi. Yuksak taraqqiyotga yerishishni orzu qiladigan har
bir inson va jamiyat o’z hayotini aynan ana shunday dialektik va uzviy bog’liqlik
asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga yerisha oladi. 
Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, biz iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy
tiklanish,   iqtisodiy   rivojlanish   jarayonlarining   ma’naviy   poklanish,   ma’naviy
yuksalish   harakatlari   bilan   tamomila   uyg’un   ravishda   rivojlanib   borishni   doimo
davlatimiz va jamiyatimizning ye’tibor markaziga qo’yib kelmoqdamiz” 31
. 
Falsafaning nima yekanligidan xabar beruvchi o’nlab ta’riflarni keltirish mumkin.
Arab   faylasufi   Abu   Yaqub   ibn   Is’hoq   al-Kindiy   xalifa   Mu’tasimga   bag’ishlab
yozgan   “Birinchi   falsafa”   asarida   falsafaga   ta’rif   berib,   “Insonning   toqati
yetguncha   narsalar   haqiqatini   bilish   ilmi”   yoki   “Maba’di   ut-tabia”   (“Tabiatdan
keyin   keladigan   narsalar”)   kitobida   “Har   bir   haqiqat   sababini   birinchi   haqiqatga
olib boruvchi ilm” deb atagan. Uning fikricha, “Haqiqat izlovchi uchun hyech bir
narsa haqiqatning o’zidan qimmatroq yemas”. 
Dastlabki   fanlar   tasnifini   birinchilardan   bo’lib   al-Kindiy   ishlab   chiqqan.   U   ilmiy
bilishning   uch   bosqichi   haqidagi   ta’limotni   shakllantirdi.   U   birinchi   bosqichni
mantiq va matematika; ikkinchi bosqichni fizika (aniq fanlar); uchinchi bosqichni
yesa metafizika bilan bog’liq bilim, deb hisobladi 32
. 
“Birlamchi   fanlar”   deb   atalgan,   ayniqsa   uning   rasional   qismi   hisoblangan
fanlarning   vujudga   kelishi   bilan   islom   dunyosida   ko’proq   aqliy   mushohadaga
murojaat  qiladigan bo’ldilar va shularning natijasi  sifatida “Islom  falsafasi”  nomi
ostida   alohida   fan   paydo   bo’lib,   rivojlandi.   Bungacha   mu’tazila   guruhi   tufayli
haqiqatlarni   kashf   yetish   va   diniy   ahkomlarni   asoslashga   aqliy   mushohada   va
rasional   muhokamalardan   foydalanish   boshlangan   yedi.   Mu’tazila   oqimi   islom
tafakkuri   tarixida   rasionalizm   tarafdori   sifatida   ma’lumdir.   “Ular   Kur’on   va
31
 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.68-69. 
32
  Кедров Б. М. Классификация наук. (Фанлар таснифи). В 3-томах. –М.: Мысль, 1961-1965, –С. 52. 
70 hadislarni   zohiriy   tomondan   sodda   anglashdan   yuqori   ko’tarilib,   aqliy
muhokamalarga tayangan holda dinni himoya qila oldilar” 33
. 
Buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy X asrda falsafaga quyidagicha ta’rif
bergan yedi: 
“Mavjudot   haqidagi   bilim   qo’lga   kiritilsa,   shu   haqda   ta’lim   berilsa,   mavjudotdan
bo’lgan   narsaning   zoti   bilinsa,   narsaning   ma’nosi   tushunilsa,   ishonchli   dalil-
hujjatlar   asosida   shu   narsa   haqida   miyada   bir   turli   ishonch   va   tasavvur   paydo
bo’lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz” 34
. 
Haqiqatan ham “falsafa voqyelikdagi barcha narsa va hodisalarning yeng umu miy
aloqadorligi   va   rivojlanish   qonuniyatlarini,   ularning   tub   mohiyatini   bilishga
qaratilgan fandir” 35
. 
Zamonaviy   islomning   falsafiy   asoslarini   o’rganishda   Sharq   va   G’arb
tajribasini   birgalikda   olib   borish   zarurligi   haqida   T.J.Uinter   o’zining   “XXI   asrda
islom” nomli asarida quyidagilarni yozadi:
“Bag’doddagi   Nizomiya madrasasi   G’azzoliy  tufayli  mashhur   bo’lib  ketgan  yedi,
o’sha   madrasada   fiqh   bilan   bir   qatorda   yunon   an’analari   asosidagi   falsafiy
ilohiyoshunoslik   ham   o’qitilar,   shuningdek,   o’sha   vaqtdagi   rahnamolarni   raqib
mafkuralarining   oyog’ini   osmondan   qiladigan   zarur   qurol   bilan   ta’minlar   yedi.
Bizga   yangi   minglikda   mujaddid,   mu’tadil,   bag’rikeng,   ruhoniy   ko’zqarashga
yega, dunyoviy tafakkurni tanqid qilibgina qolmasdan, uni tushunadigan va u bilan
bahsga   kirisha   oladigan   daho   G’azzoliy   kerak.   Xususan,   bunday   shaxs   yangi
zamonga o’z hukmini o’tkazayotgan ma’naviyat, san’at va atrof-muhit masalalarini
puxta   bilishi   darkor.   G’arb   kishisiga   nima   ta’sir   yetishi   va   uni   nima
harakatlantirayotganidan   xabardor   g’arblik   musulmon   mutafakkir lari   biladiki,
mabodo   islom   diskursi   ushbu   masalalarga   ye’tibor   qaratib,   muvaffaqiyatga
yerishadigan,   yestremizmning   yovuz   ruhini   quvadigan   bo’lsa,   dinimiz   nafaqat
33
 Хотамий С. М. Ислом тафаккури тарихидан. Таржимон Н. Қодирзода. –Т.: Минҳож. 2003. –Б.56. 
34
 Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. –Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993. –Б.183-
184. 
35
  Фалсафа. Қисқача изоҳли луғат. Муаллифлар Абдуллаева М.Н., Абдурашидов М. ва б. –Т.:Шарқ, 2004. –
Б.384. 
71 gullab-yashnashi,   qolaversa,   yangi   asrning   diniy   kurashlarida   markaziy   o’rinni
qayta yegallashi ham mumkin” 36
. 
Siyosatdagi kabi falsafada ham arab-musulmon mutafakkirlari inqilob sodir
yetishgan   yemas,   balki   dastlabki   g’oyalar   bilan   cheklanishga   va   shakllantirish
mumkin   bo’lganlarini   shakllantirishga   harakat   qilishgan.   Lekin   ularning   fan   va
falsafaga   qo’shgan   hissasi   jahon,   ayniqsa,   Yevropa   falsafiy   va   ilmiy
dunyoqarashiga katta ta’sir ko’rsatdi 37
. 
Abu   Homid   G’azzoliy   falsafiy   dalillarga   qarshi   raddiya   yozganidan   keyin
islom   ilmi   falsafa   bilan   birlashib,   bundan   keyingi   har   qanday   kelishmovchiliklar
bartaraf   yetilishi   mumkin   bo’lgan   adashishlar   va   xatoliklardan   iborat   yekanligi
yana bir bor ta’kidlandi. Natijada agar falsafa o’zgaruvchan bo’lmaganda, xato va
adashishlar   ham   kelib   chiqmas   yedi   –   degan   xulosaga   kelindi.   Garchi,   borliq,
mavjudotlarning   asosi   va   minerallar   olami   haqidagi   gaplar   xuddi   qadimgi   yunon
falsafasidagidek   bo’lsa-da   va   islom   faylasuflari   haqiqiy   falsafaga   xos   xususiyat
bo’lgan   ashyolarning   mohiyati   haqida   bahs   yuritgan   bo’lsalar   ham,   ammo
bahslarning ma’no va mazmunida chuqur o’zgarishlar yuz bergan yedi. Bu Sharq
falsafasiga   xos   asosiy   xususiyatlardan   biriga   aylandi.   “Xalqning   madaniy
qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli
ma’naviyat   manbai   bo’lib   xizmat   qilgan.   Uzoq   davom   etgan   qattiq   mafkuraviy
tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan-avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va
madaniy   qadriyatlarini   hamda   o’ziga   xos   an’analarini   saqlab   qolishga   muvaffaq
bo’ldi” 38
. Falsafaning ijtimoiy hayotdagi o’rni uning bajaruvchi funksiyalari orqali
namoyon   bo’ladi.   Shundan   kelib   chiqqan   holda   birinchi   galda   falsafa   jamiyat
a’zolarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bunda u nafaqat
ijtimoiy   hayotning   barcha   jabhalarini   o’zida   mukammal   jamuljam   qiladi,   balki
gumanitar,   aniq   va   fundamental   fanlar   yiqqan   nazariy   bilimlarni   ham
36
 Уинтер Т.Ж. ХХI асрда ислом. –Т., Шарқ нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2005.
–Б.25. 
37
  Қаранг: История философии. Учебник для вузов.// Волкова А.Н., Горнев В.С., Данильченко Р.Н.   и др. Под
ред. Мопельман В. М. и Пенькова Е. М. –М. :  ПРИОР, 1997. –С.120-124. 
38
 Каримов И. А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. –Т.: Ўзбекистон, 1997. –Б.137. 
72 umumlashtirgan   holda   jamiyat   taraqqiyoti,   fan-texnika   taraqqiyotining
istiqbollarini ham belgilab beradi. 
Jamiyat   a’zolarida   ilmiy   dunyoqarashni   shakllantirishda   falsafaning   o’rni
haqida   gap   ketganda   shaxsning   jamiyatga,   ijtimoiy   borliqqa,   ijtimoiy   ong
shakllariga,   ijtimoiy-ma’naviy   qadriyatlarga,   e’tiqodlarga,   tarixga   bo’lgan
munosabati   va   uning   tabiatini   belgilashda   falsafaning   ahamiyati   haqida   alohida
to’xtalmoq kerak. 
O’zbekiston     mustaqillikni   qo’lga   kiritishi   bilan   mamlakatda   ijtimoiy
hayotning mohiyati tubdan o’zgardi. Jamiyat iqtisodiy hayoti bozor munosabatlari
bilan xarakterlanuvchi yangi munosabatlar tizimiga ko’chdi. Natijada mehnatning
mazmuni   va   xarakteri   o’zgarib   ketdi.   Shaxsning   tadbirkorlik   ongi,   farosati,
qobiliyati va ijodiga keng imkoniyatlar ochildi. Jamiyatda taqsimotning sosialistik
tamoyillariga   to’liq   barham   berildi.   Davlat   va   uning   funksiyalari   tubdan   o’zgardi
va   u   o’zining   butun   borlig’i   bilan   jamiyat   a’zolari   tomon   burildi.   Mamlakat
abstrakt   kommunistik   ideologiyadan   mutlaqo   yuz   o’girdi.   Shunday   qilib
mamlakatda   vujudga   kelgan   yangi   ijtimoiy   borliq   kishilardan   hayotga   yangicha
qarashni, munosabatni talab qildi. Albatta mazkur murakkablikni faqat bir tafakkur
tamoyili   –   dialektik   tamoyil   bilangina   tushunish,   unga   moslashish,   uni   harakatga
keltirishning yalovbardori bo’lish imkoniyatini tug’diradi. Jamiyat taraqqiyotining
ziddiyatli   ekanligini,   sabab-oqibat   munosabatlarining   tizimli   ekanligini,   bir
sifatdan ikkinchi sifatga ketma-ketlik bilan o’tish ijtimoiy borliqning larzasiz yangi
sifatga   ega   bo’lishi   mumkin   ekanligini   bilish,   unga   tushushnish   nihoyatda   katta
ahamiyatga egadir. 
3.2   Sharq   va   G’arb     falsafasidagi   uyg’unlik   va   farq   hamda   hozirgi   zamon
sivilizasiyasining taqdiri. 
  Sharq   va   G’arb   falsafasi   vujudga   kelishi   va   rivojlanishining   umumiy
qonuniyatlari   haqida   gapiradigan   bo’lsak   Sharq   va   G’arbda   shakllangan   falsafa
insoniyatning   ilm,   fan,   ma’naviy   taraqqiyotining   debochasi   hisoblanadi.   Ularning
73 rivojlanishi,   o’ziga   xosligi   va   betakrorligidan   qat’iy   nazar,   ayrim   umumiy
qonuniyatlarga yega.
Birinchidan,   falsafiy tafakkur	 Sharqda	 ham,	 G’arbda	 ham	 ijtimoiy	 ongning
dastlabki	
 shakli	 sifatidagi	 mifologiya	 negizida	 vujudga	 kelgan .  Ikkinchidan,	 G’arb
va	
 Sharq	 falsafasi	 sinfiy	 jamiyat	 va	 davlat	 paydo	 bo’lishi	 bilan	 ijtimoiy	 ong	 shakli
sifatida	
 vujudga	 kelgan . 
Uchinchidan,	
 G’arb	 va	 Sharq	 falsafasi	 umuminsoniy	 qadriyatlarga	 qarab
mo’ljal	
 oladi.   U	 insonni	 hamisha	 qiziqtiruvchi	 hodisalarni	 o’rganadi .
To’rtinchidan,	
 Qadimda	 Sharq	 falsafasi	 ham,	 G’arb	 falsafasi	 ham	 yaxshilik
va	
 yomonlik,	 go’zallik	 va	 xunuklik,	 adolat	 va	 adolasizlik,	 do’stlik,	 birodarlik,
muhabbat	
 va	 nafrat,	 baxt,	 lazzatlanish	 va	 azob	 chekish,	 ilmu	 ma’rifat	 kabi
muammolarning	
 yechimini	 izlagan . 
 Zardo’sht: “Yezgu fikr, yezgu so’z, yezgu amal”, Aristotel: Yel-yurtni obod
va   farovon   qilish,   xalqning   olqishiga   sazovor   bo’lish,   mazlumlarni   zolimlar
istibdodidan   himoya   qilish,   adolatni   qaror   toptirish   uchun   podshohlarda   insofu-
diyonat, mehr-shafqat bo’lishi lozim 39
. 
Beshinchidan,	
 falsafiy	 bilimning	 dunyoqarash	 bilan	 bog’liqligi	 ham	 G’arb
va	
 Sharq	 falsafasi	 rivojlanishining	 qonuniyatidir .
Oltinchidan,	
 Sharq	 va	 G’arb	 qadimgi	 dunyo	 falsafasida	 idealizm	 o’zining
ikki	
 ko’rinishida:	 obektiv	 idealizm	 va	 subektiv	 idealizm	 sifatida	 namoyon	 bo’ladi . 
Yettinchidan,	
 G’arb	 va	 Sharq	 falsafasi	 rivojlanishining	 yana	 bir	 umumiy
qonuniyati	
 uning	 metodologik	 ahamiyat	 kasb	 yetuvchi	 haqiqiy	 ilmiy	 bilimga
yerishish	
 yo’lida	 ilmiy	 izlanishlar	 olib	 borishidir . 
Sakkizinchidan,	
 G’arbda	 ham,	 Sharqda	 ham	 faylasuflar	 narsalar	 va
hodisalarni	
 o’rganish,	 tahlil	 qilish,	 tushuntirishning	 o’z	 metodlarini	 yaratganlar.  
To’qqizinchidan,,	
 qadimgi	 Sharq	 va	 G’arb	 falsafasida	 dialektik	 metod	 bilan
bir	
 qatorda	 hodisalarni	 o’rganishning	 metafizik	 metodiga	 ham	 duch	 kelish
mumkin . 
39
 Қаранг. Алиқулов Ҳ. Караматов Ҳ.   Арастунинг Искандарга насиҳати. Форс тилидан таржима.
 // Ўзбек педагогик онтологияси.-Т.: Ўқитувчи, 1995 –Б.39.
74 Umuman   qadimgi   Sharq   va   G’arb   falsafasining   ijtimoiy   muammolari
orasida   axloq   mavzusi   yetakchilik   qiladi..   Aristotel   ye’tiqodlilik,   andishalilik,
oilaga   muhabbat,   halollik,   yezgulik,   birovning   haqiga   xiyonat   qilmaslik,   ota-
onalarga   mehr   oqibatli   bo’lish,   hushyorlik,   ziyraklik,   adolatlilik   kabi   ma’naviy
axloqiy fazilatlarga yega bo’lish har qanday jamiyat, davlat va xalqning yeng katta
boyligi, kuch-qudrati manbalaridan biri deb hisoblaydi. 40
 
Zardo’shtning “Avesto” kitobida ham odamlarni imonli-ye’tiqodli bo’lishga,
doimo   pokiza   yurishga,   tanani   ozoda   tutishga,   har   qanday   yomon   niyat   va
so’zlardan   tiyilishga,   yomon   amallarda   voz   kechishga,   nojo’ya   ishlarlardan   yuz
o’girishga   da’vat   yetadigan   axloqiy   qoidalar,   o’gitlar   ko’p.   Kitobda   “tanalaringiz
haqida yemas, balki qalbingiz haqida ko’proq qayg’uring”, “Har bir inson kuniga
besh   marta   yuvinib,   poklanib,   quyoshni   olqishlab   sig’inishi   shart” 41
  degan   qoida
belgilangan. 
Qadimgi   dunyo   Sharq   va   G’arb   falsafasining   rivojlanish   xususiyatlari   va
muammolardagi   farqlar :   Birinchidan,   inson muammosini	 o’rganishga	 nisbatan
yondashuvlarda	
 G’arb	 va	 Sharq	 falsafasida	 tafovutlar	 mavjud.	  G’arb falsafasidan
farqli   o’laroq,   Sharq   falsafasi   asosiy   ye’tiborni   inson   muammosiga   qaratadi.
Jumladan   “Avesto”da   farzand   ko’rish,   bolalarni   bilimli,   odobli,   jamiyat   uchun
foydali   insonlar   qilib   tarbiyalash,   kelajakni   o’ylab   ish   tutish   umuminsoniy
ma’naviyat   yekanligi   ta’kidlanadi. 42
  G’arb   falsafasi   yesa,   insonga   uning   ruhiy
borlig’i yoki odob-axloq orqali murojaat yetmaydi, balki unga borliq va bilishning
umumiy   tamoyillarini   taklif   qiladi.   Shu   bois   u   naturfalsafiy,   ontologik,
gnoseologik,   metodologik,   yestetik,   mantiqiy,   axloqiy,   siyosiy   va   huquqiy
muammolarni o’rganadi. 
Ikkinchidan,	
 Sharq	 va	 G’arb	 falsafasida	 dinga	 munosabatda	 ham	 farqlar
mavjud .   Sharq   falsafasi   din   bilan   uzviy   o’zaro   aloqada   rivojlanadi:   aksariyat
hollarda   ayni   bir   falsafiy   oqim   falsafa   sifatida   ham,   din   sifatida   ham   namoyon
40
 Қаранг Бобоев Ҳ. Ғофуров З. Ўзбекистонда сиёсий ва маънавий –маърифий таълимотлар тараққиёти. -Т.: 
Янги аср авлоди, 2001. –Б.85.
41
  Умарзода М. Овесто сирлари // Жаҳон адабиёти. 1997 №4 –Б.19-20.
42
  Умарзода М. Овесто сирлари // Жаҳон адабиёти. 1997 №4 –Б.19-20
75 bo’ladi..   G’arb   falsafasi   yesa,   ko’proq   ilmiy   metodologiyaga   tayanadi   va   dindan
ajralishga harakat qiladi. 
Uchinchidan, G’arb	 va	 Sharq	 falsafasining	 kategoriyalar	 apparati	 ham
o’ziga	
 xos	 farqlarga	 yega . 
To’rtinchidan,
 Qadimgi	 G’arb	 va	 Sharqda	 materiyaning	 tuzilishi	 haqidagi
ta’limotda	
 ham	 farqlar	 mavjud . 
Beshinchidan,	
 G’arb	 va	 Sharq	 falsafasida	 bilish	 muammolarini	 yechishda
farqlar	
 mavjud .   G’arb   falsafasida   bilish   yempirik,   hissiy   va   oqilona   jarayon
sifatidagi   yemas,   balki   mantiqiy   jarayon   sifatida   ham   qaraladi,   ya’ni   mantiq
muammolari   atroflicha   o’rganiladi.   Bu   muammolarni   o’rganishga   Suqrot,   Platon,
ayniqsa   Aristotel   ulkan   hissa   qo’shgan.   Sharq   falsafasida   yesa,     mantiq
muammolari bilan amalda hind nyaya (sansar, qoida, mulohaza, predmetga kirish,
mantiq) maktabigina shug’ullangan. qadimgi Sharq falsafasiga ko’proq o’zini o’zi
bilish xos. 
Oltinchidan,   G’arb	
 va	 Sharq	 falsafasidagi	 o’ziga	 xoslik	 va	 farqlar	 ijtimoiy
muammolarni	
 o’rganish	 jarayonida	 ayniqsa	 bo’rtib	 namoyon	 bo’ladi.   Masalan,
Konfusiy   Osmonga,   uning   ulug’vorligiga   murojaat   yetib,   ijtimoiy   tuzilmalar
iyerarxiyasi,   kishilar   qat’iy   subordinasiyasining   zarurligini   ko’rsatishga   harakat
qiladi:   «Osmon   har   bir   insonga   uning   jamiyatdagi   o’rnini   belgilaydi,   uni
taqdirlaydi, unga jazo beradi..» 43
. “Avesto”da yesa insonning haq-huquqlari, burch
va  mas’uliyati   haqida  fikr  bildirilgan.   Sharq  falsafasida   qonun  muammosiga  ham
ko’p   ye’tibor   beriladi. .   G’arbda,   xususan,   qadimgi   yunon   va   qadimgi   rim
falsafasida   yesa   ijtimoiy   muammolar   doirasi   kengroq.   Ularni   o’rganish   usullari
ham   Sharq   falsafasidagi   usullardan   ancha   farq   qiladi.   Demokritdan   boshlab,
qadimgi  dunyoning deyarli  barcha faylasuflari  davlat, qonun, mehnat, boshqaruv,
urush   va   tinchlik,   mayllar,   manfaatlar,   hokimiyat,   jamiyatning   mulkiy
tabaqalanishi muammolariga murojaat yetganlar.
Ikkinchidan,   bu   ijtimoiy-falsafiy   muammolarni   tadqiq   yetish   jarayonida
insonni   jamiyatga   bog’lab   o’rganish   ayniqsa   muhim   ahamiyat   kasb   yetadi.
43
  Конфуций. Уроки мудрости. -М.: ЭКСМО, 2005. –С.46
76 Masalan,   Demokrit   shunday   deb   yozadi:   «Oqil   odamga  butun   dunyo  ochiq.   Zero
yaxshi qalb uchun butun dunyo vatandir» 44
. 
O’rta   asrlarda   G’arb   va   Sharqda   falsafa   rivojlanishining   umumiy   belgilari.
Birinchidan,   o’rta   asrlar   G’arb   va   Sharq   falsafasi   avvalo   feodal   jamiyat   falsafasi
bo’lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi.. 
Ikkinchidan,   o’rta   asrlarda   din   G’arbda   ham,   Sharqda   ham   feodal   jamiyatning
hukmron   mafkurasi   hisoblangan.   Xullas,   Sharq   ma’naviy   sivilizasiyasi   shaxsning
borlig’iga,   uning   o’zlikni   anglash   tuyg’usiga   va   moddiy   dunyodan   uzoqlashish
orqali o’zini o’zi kamol toptirishiga murojaat yetish ruhi bilan sug’orilgan bo’lib,
bu   Sharq   xalqlarining   turmush   tarzida   va   madaniy   qadriyatlarni   o’zlashtirish
usullarida   o’z   aksini   topgan.   G’arb   ma’naviy   sivilizasiyasi   o’zgarishlarga,
haqiqatning tagiga yetish yo’lidagi izlanishlarga ochiq bo’lgan.  Bu izlanishlar turli,
shu jumladan ateistik, intellektual va amaliy yo’nalishlarda kechgan. 
Umuman   olganda   Sharq   va   G’arb   falsafiy   tafakkuri   o’zaro   dialektik
aloqadorlikda rivojlangan va o’z navbatida  keyingi davrlardagi falsafiy tafakkur va
madaniyatga, kishilik jamiyatining rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. 
3.3 XX- XXI asr Sharq falsafasining asosiy xususiyatlari va oqimlari.
16   asrga   kelib   Usmonli   turk   saltanati   kuchayib,   bir   qator   arab
mamlakatlarini   o’z   tarkibiga   qo’shib   oldi.   Bosib   olingan   mamlakatlarda   tipik
feodal   tuzum   hukm   surar,   buni   ustiga   turk   feodallarining   ayovsiz   zulmi   va
istibdodi   ostida   yezilgan   arab   xalqlari   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyot   jihatidan
nihoyatda   orqada   qolib   ketdi.   Bu   davr   ijtimoiy   va   g’oyaviy   hayotda   islom   dini
hukmron   bo’lib,   tuzum   mafkurasining   asosi   hisoblanardi. 
Mustamlakachilik   siyosati   arablarning   ijtimoiy-iqtisodiy,   g’oyaviy-siyosiy   va
madaniy hayotida ancha o’zgarishlarga sabab   bo’ldi. Arablar siyosiy va iqtisodiy
mustaqilligini   yo’qotgan   sari   ular   o’rtasida   mustamlakachilarning   siyosati   va
zulmiga   qarshi   norozilik   va   milliy   mustaqillik   uchun   kurash   g’oyalari   yuzaga
keldi.   Boshqa   tarafdan   arab   mamlakatlari   butun   dunyo   ka-   pitalistik   bozori
girdobiga   tortila   boshlandilar   va   ularning   o’zida   ham   kapitalistik   munosabatlar
44
 Демокрит \\ Всемирная энциклопедия.  –М.: Современный литератор, 2001. –С.105.
77 rivojlana   boshladi.   Shu   bilan   birga   arab   dunyosiga   Yevropa   fan-texnikasi,
tafakkuri   va   madaniyati,   xususan   Yevropadagi   ilg’or   tafakkur   va
ma’rifatparvarlik   g’oyalari   katta   ta’sir   ko’rsata   boshladi.Pirovard   oqibatda   bu
qaram mamlakatlarda ham g’oyaviy uyg’o   nish   davri   boshlandi.   Bu   davr   arab
mutafakkirlari   tomonidan«an-Nahda»   («Uyg’onish»)   yoki   «an-Nahda al-
arabiya»	
 («Arab	 uy-   g’onishi»)	  deb   ataladi.   Shu   davr   mutafakkir   va   adiblari   –
barcha   vatanparvar   ziyolilar   ijodida   diniy   islohchilik   g’oyalari,   mus-   taqillik
uchun   kurash,   G’arbning   ilg’or   fani   va   madaniyatini   o’rganish masalalari, xalq
orasida ilm-ma’rifat tarqatish g’oyalari    o’z   ifodasini   topdi.
Misr tarixida Muhammad Ali podsholik qilgan davri yorqin   sahifalarga   aylangan.
Misr   rasman   Turkiya   tarkibiga   kirgan   bo’lsada,   Muhammad   Ali   (1805-1849)
davrida   nisbiy mustaqil   davlat bo’lgan. Shu payt Misr sanoati va qishloq xo’jaligi
bir   muncha   rivojlandi.   Yer   islohoti   natijasida   feodallardan,   vaqflardan   olingan
yerlar   davlat   ixtiyoriga   o’tadi,   harbiy   islo-   hotlardan   keyin   kuchli   armiya   va
harbiy   dengiz   floti   tuziladi   va hokazo. Madaniyat  va ma’rifat sohasida ham bir
muncha   islohotlar   o’tkaziladi.   Bularning   barchasi   ilg’or   arab   tafakkuri
rivojlanishiga   ham   ma’lum   darajada ta’sir   yetadi.
Misrda,   keyinroq   Suriya   va   Livanda   ma’rifatparvarlik   g’oyalari   keng   avj
oldi   va   bora-bora   katta   bir   oqimga   aylandi.   Bu   oqim   arablar   ijtimoiy   hayotida
muhim   rol   o’ynadi.   Oqim   vakillari Sharq mamlakatlaridagi zaiflik va tushkunlik
sabab-   lari   johillik   va   ma’rifasizlikdir   degan   g’oyani   ilgari   surdi-   lar.   Ular
«Sharqning barcha illatlari - jaholatdandir» degan   g’oyani   asos   qilib   olib   diqqat-
ye’tiborlarini   xalq   o’rtasida   ma’ rifatparvarlikni   kuchaytirishga   qaratdilar.   Bir
qator   ma’rifat chilar, chunonchi, Misrda Rifoa at-Taxtoviy (1801-1873), Ali Mu-
borak   (1824-1893),   Abdulloh   Fikriy   (1834-1890),   Suriyada   Nosif   al-Yozijiy
(1800-1871),  Butrus al-Bo’stoniy (1819-1888), Fransis   Marrosh   (1836-1873)   kabi
mutafakkir-olimlarning   ijodi   alohid a   ye’tiborga   sazovordir.   Ular   XIX   asrning
o’rtalarida   boshlangan   g’oyaviy   va   adabiy   uyg’onishning   yirik   namoyandalari
yedilar.   Arab   tili   va   adabiyotini   takomillashtirish   arab   mamlakatlari   tarixini,
o’tmish   madaniyat   an’analarini   o’rganish   va   tiklash,   xalq   orasida   ma’rifat   va
78 madaniyat   tarqatish,   matbuot   ishlarini   rivojlantirish   va   shu   yo’sin   kitob   nashr
qilish va shunga o’xshash qator   muammolar   bilan   shug’ullandilar.
Misr   ma’rifatparvarlik   harakatining   ilk   vakillaridan   bo’lmish   Rifoa   Badavi   Rafi
at-Taxtoviy   1825   yilda   xadiv   Muham-   mad   Ali   davrida   Fransiyaga   boradi.   Al-
Ahzar   madrasasida   tahsil   ko’rgan,   to’la-to’kis   diniy   ma’lumotga   yega   bu   shayx
Parijda   fransuz   tilini   o’rganadi,   madaniyati   bilan   tanishadi,   ayniqsa   Volter,
Russo,   Monteske   asarlari   unda   chuqur   taassurot   qol-   diradi.   1830   yil   iyul
inqilobining   guvohi   bo’ladi   va   o’ziga   tegishli   xulosalar   chiqaradi.   Misrga   qaytib
kelgach,   ilm-ma’rifat   tarqatish   sohasida   keng   ko’lam   olgan   harakatga   qo’shiladi
va   uning   taniqli   namoyandalaridan   biriga   aylanadi.   Shu   kezlari   Misrda   «al-
Vaqoi  al-Misriya» nomi  bilan ilk bor  arab tilida ro’znoma   chop   yetila   boshladi.
Shayx   unga   muharrirlik   qiladi.   At-Taxtoviy   va   uning   atrofidagi   ilg’or
ziyolilarning   faoliyati   ko’magida   Yevropa tillaridan 2000 dan ziyod asarlar arab
tiliga o’giriladi.   Ular   orasida   fan-texnika,   madaniyat,   san’at,   harbiy   ish,   qurilish,
ta’lim-tarbiya   va   boshqa   ko’plab   sohalarga   bag’ishlangan   asarlar,   o’quv
qo’llanmalari,   qomuslar   tarjima   qilinadi   va   nashr   yetiladi.   Bularning   hammasi
kelajak   arab   ziyolilarini   shakllanishiga   katta   turtki   bo’lgan.   Fransiya   sayohatidan
olgan   taassurotlarini   «Rifoa   sayohati» 45
  nomli   asarida   aks   yettirib,   Rifoa   at-
Taxtoviy   o’zining   ilg’or   mulohazalarini   to’la   namoyon   qildi.   Fransuzlar
«yerkinlik»   so’zini   biz   «adolat»   tushunchasining   ma’nosini   tushunganimizdek
tushunishadi» 46
. deya at-Taxtoviy «yerkinlik» degan   yangi tushunchani anglashga
harakat  qildi   va siyosiy   g’oya  sifatida   talqin   yetdi.   Keyinchalik,   70-yillarda   at-
Taxtoviy   birinchi   bor   «yerkinlik»   tushunchasini   inson   mavjudligining   muhim
omili   sifatida   besh   ko’rinishda:   yerkinlik   insonning   tabiiy   holati,   o’zini   tutish
yerkinligi,   ye’tiqod   yerkinligi,   fuqaroviy   va   siyosiy   yerkinligi   sifatida   tahlil
yetdi. 47
Rifoa   at-Taxtoviy   Misrda birinchi	 ayollar	 maktabini	 ochdi   va   u   «Qizlar   va
45
  Бу асар ҳақида қаранг: Кахарова Н. “Путешествие в Париж Рифаа ат- Тахтави”. –Душанбе, 1968.
46
  Қаранг: Левин З.И. Развитие основных течений общественно-политичес- кой мысли в Сирии и Египте. –
М., 1972. – 28-б.
47
  Қаранг: Левин З.И. Ўша асар.– 27-б.
79 o’g’illar   uchun   qo’llanma»   (1872)   darsligini   yozdi.   Bu   kitobda   yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta   ahamiyat bergan. Ijtimoiy manfaatlarni
inson   o’z   shaxsiy   man-   faatlaridan   ustun   qo’yishi   kerakligini   ta’kidlagan.   At-
Taxtoviy   Ali   Muborak   bilan   birga   o’quv   dasturiga   shaxsni   tarbiyalash   zarurligi
masalasini   kiritishga   harakat   qilgan.
Rifoa   at-Taxtoviy   xalq   ommasi   orasida   ma’rifat   va   madaniyat   tarqatish,   arab
matbuoti va kitob nashr yetishni tashkil qilish, arablarni boshqa xalqlar, xususan,
fransuz   xalqining   fan-   texnikasi,   adabiyoti,   ijtimoiy-falsafiy   tafakkuri   bilan
tanishtirish   ishlari   bilan   tanildi.   U   o’z   ijodi   orqali   Misr   ijtimoiy   tafakkurining
rivojlanishi va mahalliy ziyolilarining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatgan yirik
ma’rifatparvarlardan   biri   yedi.
Misr ma’rifatparvarlarining yirik vakillaridan hisob langan   Ali   Muborak  
1871-1872 yillarda harbiy o’quv yurtlari uchun   geometriya, geografiya, medisina
bo’yicha   darsliklar   nashr   yetdi.   Ali   Muborak   fan     sohasining   ilg’or   kishilari   –
Rifoa   at-Taxtoviy,   Abdulloh   Fik-   riy, adabiyotchi  Xusayn al-Marsafiy, falaqiyot
ilmi  muallimi   Ismoilbek al-Falakiy, tarixchi  Brukesh,  fiqh mudarrisi  shayx   Abd
ar-Rahmon   al-Baxroviy   kabi   ilg’or   ziyolilar   bilan   birgalikda    o’quv   yurtlarini   keng
xalq   maorifi   manfaatlariga   moslashtirish,   maktab   va   o’quv   yurtlariga   tabiiy
fanlarini kiritish borasida   ko’pgina   samarali   ishlar   qildi. U 4 jildli  «Alam ad-Din»
nomli roman yozgan. 
Ali   Muborakning   fundamental   asarlaridan   biri   «Al-Xitat   al-jadida»   («Yangi   yer
uchastkalari») 48
  kitobidir.   U   20   qismdan   yoki   4   jilddan   iboratdir.   Bunda
zamonaviy   Misrning   har   tomonlama   tavsifi   beriladi   -   ko’chalari,   dahalari,
masjidlari,   maqbaralari,   tarixiy   obidalari,   qasrlari,   cherkovlari,   hammom-   lari,
bozorlari, kanallari, to’g’onlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. 
O’z   faoliyati,   asarlari   bilan   ilg’or   Misr   ziyolilarining   dunyoqarashi   shakllanishiga
juda   katta   xizmat   qilgan   yirik   olim,   mao   rif tashkilotchisi va ma’rifatchisi bo’lib,
Ali   Muborak   ozod likka   va   taraqqiyotga   ilm-ma’rifat   orqali   yerishmoq
48
  Тўла номи:“Ал-Хитат ат-Тауфиқия ал-жадида ли Миср ал-Қоҳира ва мудунха л-қадима ва ш-шаҳира”.
80 mumkinligiga   ishonch   bildirgan.   Shuning   uchun   u   o’quv   yurtlar   tizimini   yaxshi
yo’lga   solish   uchun   ko’p   jonbozlik   qilgan,   yoshlarga   alohida   ye’tibor   bergan.
Xalq   ta’lim   vaziri   bo’lganda   maktablarga   tez-tez   tashrif   buyurar,   ularning
muammolarini   hal   yetishga   intilar,   o’quvchilarni   yaxshi   o’qishga,   bilim   olishga
chorlar   va   ularga   yordam   berar,   yaxshi   o’qiganlarni   rag’batlantirardi.   Suriya
ma’rifatparvarlik   harakati   rivojiga   katta   hissa   qo’shgan publisist shayx Nasif ibn
Abdallox al-Yozijiy alohida     o’rin tutadi. U Suriya ma’rifatparvarligining ilk va
yirik   ham   ko’zga   ko’ringan   adib,   yozuvchi,   shoir,   pedagog   bo’lishgan   yedilar:
o’g’illari   Habib   al-Yozijiy   (1833-1870),   Ibrohim   al-Yozijiy   (1847-1906),   Halil
al-Yozijiy   (1858-1889)   va   qizi   Varda   al-   Yozijiy(1858-1889). Al-Yozijiy sulolasi
arab ma’rifatchiligida   jonbozlik qilib katta iz   qoldirgan.
Suriya ma’rifatparvarlarining   yirik namoyandasi,  ko’zga ko’ ringan adib, tarixchi,
tarbiyachi,   ma’rifatparvar   mutafakkir   But rus   al-Bo’stoniy   butun   hayotini   ilm-
ma’rifat va madaniyat tarqa-   tish   ishlariga   bag’ishladi.   Ijtimoiy   taraqqiyotga   intilish
va   mada-   niy   hayotni   yangi   yo’lga   qo’yish,   uning   asosiy   maqsadlari   bo’lgan. 1860
yilda   u   «Nafir   Suriya»   («Suriya   sadosi»)   nomli   ro’z-   noma   nashr   yetadi.   1863
yilda yesa Bayrutda   «al-Madrasa al-vata-   niya»	 («Milliy	 maktab»)	  nomli o’quv
sifati bilan yaxshi qo’yilgan maktabni ochadi. Bu boshqa maktablardan o’zining
keng  qo’yilgan   dasturlari,   universal   xarakterga   yegaligi   bilan   ajralib   turardi.  Bu
maktab   diniy   yo’nalishdan   holi   bo’lib,   asosan   u   mil-   liylik   tamoyiliga   tayangan
yedi.   Bu   maktab   arab   ma’rifiy   harakati   rivojiga   katta   hissa   qo’shgan.   Al-
Bo’stoniy   ajoyib   va   kuchli   tilining   bilimdoni   deb   qabul   yetildi.   Bo’stoniyning
yeng   muhim   va   foydali   asari   «Muhit	
 al-muhit»-	 arab	 tilining   adabiy	 izohli
qomusidir.	
  Bu   ikki   jilddan   yoki   2.308   betdan   ibo-   rat   bo’lgan   kitob   Yevropa
usulida   ishlanganligi   bilan   ajralib   turardi.   Al-Bo’stoniy   yaratgan   izohli   arabcha
lug’at   o’sha   davrdagi   yetuk   qomus   sifatida   tan   olinadi.   Butrus   al-   Bo’stoniy
«Muhit   al-muhit»   asosida   talabalar   uchun   «Qatr   al-   muhit»   asarini   yaratdi.   U
hozirda   ham   arab   tilini   mukammal   o’rganish   borasida   o’z   qadr-qimmatini
yo’qotmagan.   Al-Bo’stoniy   ilmiy   ish   bilan   bir   qatorda   noshirlikni   ham   davom
yettirdi.   1870   yildan   olim   «al-Jinan»   ilmiy-siyosiy,   adabiy   jaridasini   nashr   qila
81 boshladi. U bilan birga «Jannat»   ataluvchi   ro’znoma   mamlakat   hayotida   muhim
ahamiyat   kasb   yetadi.   Al-Bo’stoniy   o’z   g’oyalari   va   faoliyati   bilan   ilg’or   arab
tafak-   kurining   butun   bir   avlodini   tarbiyalagan   yedi,   yoshlarning   dunyoqarashi
shakllanishida   salmoqli   hissa   qo’shgan,   ularning   ilmli,   ma’rifatli   bo’lishiga   jon
kuydirgan mutafakkir yedi.
Arab   mamlakatlarida   ma’rifatpavarlik   g’oyalarining   tarqalishida   Jurjiy
Zaydon   alohida   o’rin   yegallaydi.   1882   yili   Jurjiy   Zaydon   Qohirada   ilmiy   va
adabiy   «Al-   Hilol»   jurnalini   tashkil   yetadi.   Keyinchalik   arab   tilida   chi-   quvchi
jurnallarning   yeng   ommaviysiga   aylangan   bu   jurnal   ha-   nuzgacha   nashr
yetiladi.Zaydonning ijodi XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Misr   va   Suriyada   yuz
berayotgan   iqtisodiy,   ijtimoiiy   va   siyosiy   o’zgarishlar   arab   mamlakatlarida
madaniyat   rivojlanishi   va   arab   ma’rifatparvarligining   yangi   davrga   qadam
qo’yishi   muhitida   boshlandi.   Arab   ma’rifatparvarligining   asosiy   maqsadi   ilm-
fan va milliy madaniyatni rivojlantirish, xalqni ma’rifatli   qilishdan   iborat   bo’lib,
fransuz   ma’rifatparvarlari   kabi   xalqning ilm ma’rifatga yerishmaganligi, ijtimoiiy
zulmning   asosiy   manbai   deb   hisoblab,   o’z   faoliyatlarini   bilim   va   mada-   niyat
tarqatishga qaratadilar.
Zaydon qator ilmiy   asarlar   ham   yaratgan.   Uning   dastlabki   ilmiy   asari   «Til   falsafasi
va   arab   tili»   (1886)   kitobi   bo’lib,   muallif   bu   asarda   qiyosiy   til-   shunoslik
tamoyillarini   arab   tiliga   nisbatan   qo’llashga   harakat   qilgan.   U   arab   tili   tarixini
o’rganishda   katta   ahamiyatga   yega   bo’lgan.   J.   Zaydon   qator   tarixiy   asarlar   va
o’quv   qo’llanmalar   ham     yaratgan.   Jumladan,   «Misr   yangi   tarixi»   (2   jildlik),
«Qadimgi   arablarning   geneologiyasi»,   «Misr   geografiyasi»,   «Frank   masonchi-   lik
tarixi»,   «Angliya   tarixi»,   «Gresiya   va   Rim   tarixi»,   «Umumiy   tarix»   va   boshqalar.
Bu   asarlar   o’z   davri   uchun   muhim   ahamiyatga   yega   bo’lib,o’rta   asr   arab
tarixchilari   va   G’arb   sharqshunoslarining   asarlari   hamda   qo’lyozmalari   asosida
yozilgan   yedi.1902-1905   yillarda   Qohirada   J.   Zaydonning   5   tomlik   «Islom   –
madaniyati   tarixi»,   «Arablarning   islomgacha   bo’lgan   tarixi»   asarlari   nashr
yetiladi.   «Islom   madaniyati   tarixi»   yirik   asar   bo’lib,   ko’pgina   tillarga   tarjima
qilingan.   XIX   asr   oxirida   arab   mamlakatlarida   ijtimoiy   o’zgarishlar   yuz
82 berayotgan,   feodal   institutlar   yangi   sharoitga   moslashishga   intilayotgan   hamda
milliy   ong   o’sayotgan   bir   muhitda   tarix   masalalari   siyosiy   tus   kasb   yeta
boshlaydi.   Turli   ijtimoiy   guruhlar   o’z   sinfiy   manfaatlari   yo’lida   tarixdan
foydalanishga   intildilar.   Tarixchilar   oldida   ilgari   yashagan   olimlarning   asar-
larida   keltirilgan   dalillarni   umumlashtirish,   voqyea   va   hodisa-   lar   o’rtasidagi
bog’lanishni   aniqlash   yo’li   bilan   ilmiy   (arab   mualliflari   o’sha   davrda   ishlatgan
termin) falsafiy tarixni   yaratish masalasi turar yedi. Zaydon o’zining asarlarida bu
murakkab   masalani   hal   yetishga intildi.   U   voqyealarni   mutlaqo ilohiylashtirmas,
tarixiy	
 sabablarini	 qidirardi 49
.   U   oila,   davlat,   cherkov,   maktab   va   boshqalarni
ijtimoiy   hayotning   asosiy   institutlari   deb   qarar,   ularning   bir-biri   bilan   o’zaro
bog’liqligini   tushunar   yedi.   Zaydon   ijtimoiy	
 tuzumni	 inqilob	 yo’li	 bilan
o’zgartirishni	
 inkor	 yetadi .   U   «jamiyatning   strukturasini   o’zgartirish
mumkinmi?»   degan   maqolasida:   «Qadimdan   jamiyatni   o’zgartirishga   harakat
qilgan   kuchlar   mag’lubiyatga   uchrab   kelganlar,   chunki   ular   tarixning   tabiiy
yo’nalishiga   qarshi   chiqqan   yedilar»,   -   deb   yozadi.   Zaydon   «Islom
madaniyatining   tarixi»   asarida
«Xalqning   haqiqiy   tarixi   bu   arab   tarixchilari   ahamiyat   bergan   urush   va
bosqinchilik   tarixi   yemas,   balki   xalqning   taraqqiyoti   va   madaniyati   tarixidir»,
50
degan   g’oyani   ilgari suradi.
XIX   asr   oxiri   –   XX   asr   boshlarida   o’tgan   mashhur   arab   ma’rifatparvarlari, arab
xalqining   milliy   ozodlik   kurashi   davrida   madaniy   hayotda   ulkan   rol   o’ynagan
ijodi   arab   tafakkuri,   adabiyoti   va   madaniyati   tarixida   jiddiy   iz   qoldirgan.   Ular
arablarning   o’zligini   anglashi,   milliy   g’ururini   shakllanishiga   ulkan   hissa
qo’shgan.
XIX   asrning   60-70-yillarida   arab   ma’rifatchiligi   va   madaniy   uyg’onish
Misr,   Suriya   kabi   qator   mamlakatlarda   ham   rivoj   topdi   va   shu   zaminda
musulmon   islohchilik   harakati   yuzaga   keldi.   Bu   o’z   navbatida   ijtimoiy   hayotda
muhim   hodisa   bo’ldi.   Diniy   islohchilar   islomning   asl   mohiyatiga   putur
49
  Арасли Е.Джиржи Зайдан и арабский исторический роман. –М., 1967, 25-б.
50
  Зайдон Ж. Тарих ат-тамаддун ал-исломий (Ислом маданияти тарихи). И том, 12-б. (араб тилида).
83 yetkazmagan   holda, zamon talablaridan kelib chiqib, uni asrlar bo’yi qotib   qolgan
sxolastik   aqidaviy   tushunchalardan   va   bid’atlardan   xalos   yetishga   urindilar.
Islohchilarda   ilm-fan,   ta’lim-tarbiya   va   madaniyat   rivoji,   shuningdek,   ijtimoiy   va
siyosiy   o’zgarishlar,   mustamlakachilikka   qarshi   kurash   talablaridan   kelib   chiqqan
holda         islomni   ijtimoiy-falsafiy   tizimini   qayta   ko’rish   zaruriyati   uyg’ondi.
Boshqacha   qilib   aytganda,   islohchilar   islom   tushunchalari-   ni   yangicha   talqin
yetish,   ularni   zamon   ruhiga   moslashtirish   taraf-   dori bo’lib chiqdilar. Mazmunan
islom   islohchiligi   diniy-axloqiy,   siyosiy   va   iqtisodiy   muammolarni   yangicha
talqin yetishni   bildiradi.   Xudo   va   insonning   o’zaro   munosabatlaridagi   ontologik   va
gnoseologik   jihatlarini   noan’anaviy   talqin   yetishi   cheklangan   bo’lsada,   shaxsiyat
tashabbusi,   iroda   yerkinligiga   yo’l   qo’yish,   ruxsat    berish   bilan   ta’riflanadi.
Sharq   mutafakkiri,   jamoat   arbobi   va   Sharq   faylasufi   nomi   bilan   tanilgan
Jamoliddin   al-Afg’oniy   islom   isloh chilik   harakatiga   asos   soldi.   Al-Afg’oniy
dunyoqarashi   shakllani   shida   G’arb   Yevropa   olimlari   I.Kant,   G.Spenser,
N.Bergson   va     boshqalar,   yunon   va   O’rta   Sharq   faylasuflarining   barakali   ta’siri
bo’lgan. Al-Afg’oniy davr talabidan kelib chiqqan holda, diniy qarashlarni   ba’zi
bir   sxolastik   tushunchalardan,   bid’atlardan   tozalash   doirasidan   cheklanmagan,
aksincha, barcha muammolarni   din   talablari asosida   hal yetishga   uringan.
Dunyoviy   fanlar,   ayniqsa,   tabiat   fanlari   yutuqlari,   xususan,   Charlz   Darvin
kashfiyoti,   uning   tadrijiy   rivojlanish   nazariyasi   oqibatida   Yevropa   falsafasida
paydo   bo’lgan   qarashlar   XIX   asrning   ikkinchi   yarmiga   kelib   Sharq   tafakkuriga
ta’sir   ko’rsatdi.   Sharq   mamlakatlarida,   ayniqsa,   Hindistonda   yuzaga   kelgan   va
«nitchariya»   deb   atalgan   («natura»   so’zidan   olingan)   va   «tabiiyot»   falsafasi
ma’noni   anglatadigan   materialistik   oqim   mashhur   bo’la   boshladi.   Al-Afg’oniy
ana shu oqimga qarshi 1871   yilda Xaydarobodda «Dahriylarga javob» («Ar-radd
ala   d-dah-   riyin»),   deb   nomlangan   risola   yozadi.   Bunda   al-Afg’oniy   diniy
mafkura   maqyeida   turib,   falsafada   paydo   bo’lgan   yangi   oqimni   qoralaydi.   Shu
oqim   vakillari   tabiat   fanlari   yutuqlariga   asoslangan   holda   olamda   yagona
materiya,   undan   bo’lak   narsa   mavjud   yemas,   barcha   hodisalar   yesa,   ana   shu
materiya bilan bog’liq, hatto   fikr va sezgi ham faqat materiya mahsuli, deydilar.
84 Ularning   fikricha,   materiya   paydo   ham   bo’lmaydi,   yo’qolmaydi   ham,   u   doimiy   va
abadiydir.   Yangi   oqim   vakillari   narsa   va   hodislar   faqat   o’z   shakllarinigina
o’zgartiradilar,   degan   xulosaga   keladilar,   binobarin,   xudo   ham   yo’q,   din   ham
yo’q, jon ham yo’q degan mulohazani   o’rtaga tashlaydilar. Bunday qarash islom
ta’limotiga   tamoman   zid   kelganligi   uchun   al-Afg’oniy   bu   nazariyaga   qarshi
kurashdi   va   uni   tarqalishiga   ma’lum   darajada   to’sqinlik   qildi.   U   dindagi
ortodoksal   tushunchalarga,   bid’atlarga   qarshi   chiqdi   va   shu   bilan   birga   diniy
aqidalarni   yerkin   talqin   qilish,   ya’ni   «ijtihod»   tarafdori   yedi.   Al-Afg’oniy
taqlidchilikni   qoraladi   va   barcha   musulmonlarni   dinning   asl   mohiyatini   tushu-
nishga   va   ularga   qat’iyan   amal   qilishga   da’vat   yetdi.   Uning   fikricha,   har   bir
musulmon diniy ta’limotni aql bilan idrok   yetib,   ruhan qabul   yetmog’i   lozim. Al-
Afg’oniy hayotda ro’y berayotgan o’zgarishlarni chuqur anglagan   holda   dolzarb
muammolarni   o’rtaga   qo’ydi.   Al-Afg’oniy   Yevropa   fan-texnika   rivojini   kuzatar
yekan,   nega   Sharq   mamlakat-   lari ham taraqqiyot sari yuz tutmaydi, bunga faqat
ma’rifatchi-   likning   sustligi   yemas,   diniy   sxolastik   tushunchalar,   bid’atlar,
shuningdek   taqlidchilik   ham   sabab   bo’layotganini   aytadi.   U   Yevropa   fani   va
texnikasi   taraqqiyotidan   o’rnak   olish,   o’quv,   tarbiya   ishida   yevropacha
usullaridan foydalanish, milliy   madaniyatni rivojlantirish tarafdori yedi. Mabodo
G’arb   mamlakatlari   o’z   yutuqlarini   bosqinchilik   maqsadlarida   ishlasa-   lar,   bu
ularning   ahamiyatini   yo’qqa   chiqaradi,   axloqiy   tushkun-   likka,   parokandalikka
olib keladi. Uning   falsafasida   mexanistik,   intuitivistik   va   pozitivistik  yelementlar
uchraydi.   Ayniqsa,   uning   o’rta   asrga   xos   islom   tasavvurlarini   yangi   davr   va
texnika   taraqqiyoti,   tabiiy   fan-   lar   yutuqlari   bilan   kelishtirishga   urinishlari,
jumladan,   inson   va   hayvonot   dunyosi   o’rtasidagi   o’xshashlikni,   kishilik   jamiyati
va   hayvonot dunyosidagi o’zgarish va rivojlanishlarni ye’tirof yetishi,   yuqoridagi
fikr-mulohazaning   dalili   bo’la   oladi. Al-Afg’oniy   ijtimoiy   hayotda   inson   faolligi
tarafdori   yedi,   so’fiylik   amaliyotidagi   insonni   loqaydlikka   undash,   tarki   dunyo
qilish,   hayot   lazzatlaridan   voz   kechish   kabi   harakatlariga   salbiy   munosabatda
bo’lgan.
U axloqiy masalalarni islom dini bilan bog’laydi. Al-Afg’oniy-   ning   odob-axloq
85 haqidagi g’oyalarining	 ildizi	  o’rta asr falsafasining   ko’zga   ko’ringan   vakillari   –
al-Forobiy,   Ibn   Rushd   ijtimoiy-axloqiy   qarashlariga   borib   taqaladi.   Al-Forobiy
insonlarni   yomonlikka   qarshi   kurashi,   yaxshilik   sari   intilishi   ularni   porloq
hayotga   yetaklaydi,   deydi.   Al-Afg’oniy   shundan   kelib   chiqqan   holda,   xalqni
mustabidlikka   qarshi   kurashga   undaydi,   xalqlarning   yerkinligi   va   osuda   hayot
tarzini   faqat     ularning   ozodligi   ta’minlaydi,   to   mustamlakachilarni   arab
dunyosidan   quvib   chiqarmaguncha   bunga   yerishib   bo’lmaydi,   deydi.   U   ijtimoiy
masalalarni tushunish va talqin yetish borasida,   avvalo   xalqni   ilm-ma’rifatli   qilish
lozim   va   shu   masalaga   jiddiy   ye’tibor   berilmog’i   kerak,   deb   hisoblaydi.   Uning
fikricha,  «insonlarni   ruhi   va   ongini   o’zgartirish   birinchi   galdagi   masala,      ijtimoiy-
siyosiy   islohlar   yesa   keyinchalik   hal   bo’laveradi».   Shun ga ko’ra u faoliyatini ana
shu   ma’rifatparvarlik   harakati   bilan   bog’laydi.   Al-Afg’oniy   mehnatkash   xalq
ommasi  ilm-ma’rifatli   bo’lmaguncha,   yel-yurtda  maorif  va  ta’lim-tarbiya  ishlari
yuqori   saviyaga   ko’tarilmaguncha,   mamlakatda   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   siyosiy
siljishlar   ro’y   bermaydi,   degan   xulosaga   keladi.   U   fan   va   texnika   taraqqiyotiga
ye’tibor   berishga   chaqiradi.
Yana   bir   ma’rifatparvar   faylasuf   Muhammad   Abdo   islom   diniy   dunyoqarashi
mavqyeida   turgan   holda,   ilm-fan   taraqqiyotini   hisobga   olib,   islom   ta’limotidagi
ba’zi   tushunchalarni   yangicha   talqin   yetib,   zamon   ruhiga   moslashtirish   tarafdori
bo’ldi.   Muhammad   Abdoning   dunyo qarashi   shakllanishida   bir   tarafdan   unga
Sharq   tafakkurining   yirik   namoyandalari   al-Kindiy,   Forobiy,   Ibn   Sino,   Ibn
Rushd,   Ibn   Xaldun   va   boshqalar,   ikkinchi   tarafdan   Yevropa   tafakku-   ridagi
ijtimoiy-falsafiy   va   ma’rifatparvarlik   g’oyalari   I.Kant,   G.Spenser,   A.Bergson
falsafasi ta’sir   yetgan.
Uning falsafiy qarashlarida yaratganning yagona va abadiy   hukmronligi, borliqni
xudo   yaratganligini,   olamning   obektiv   voqyeligini   va   uning   doimiy
rivojlanishdaligini ta’kidlaydi.  
Muhammad   Abdoning   qarashlarida   diniy   islohchilik   asosiy   o’rin    yegallaydi. 
Muhammad   Abdoning   ijtimoiy   qarashlari   o’rta   asr   falsa-   fasi,   ayniqsa   Ibn
Xaldun   ta’sirida   shakllangan.   Jamiyat   to’x tovsiz   rivojlanadi,   u   ma’lum   taraqqiyot
86 bosqichlaridan   iborat.   Bu       bosqichlarda   hokimiyat   shakllari,   falsafiy   va   diniy
qarashlar   o’zgarib   turadi.   Inson   ijtimoiy   hayotda   yolg’iz   yashay   olmaydi,   bir-   biri
bilan   birgalikda   yashashga   muhtoj.   U   jamiyat   bilan   doimo   aloqador   bo’lib
yashashga majbur, jamiyatni qo’llab-quvvatlashiga   yehtiyoji oshaveradi. Jamiyatda
o’zaro   yordam,   shafqat,   qonunchilik,   muhabbat   bo’lishi   kerak,   ta’lim-tarbiya,
axloq va hokazo shunga   qaratilishi   kerakligini   bildiradi   Muhammad   Abdo. Uning
qarashlarida milliy mustaqillik, ilm-   ma’rifat uchun kurash asosiy o’rin yegallaydi.
U   Yevropa   fani   va   texnikasi   taraqqiyotidan,   ta’lim-tarbiya   uslublaridan   foydala-
nish   kerak   deb   hisoblasada,   lekin   ularning   turmush   tarzini   ko’r-   ko’rona   qabul
qilishga qarshi yedi. Xulosa  qilib aytganda,  Agar XIX asrning ikkinchi yarmi – XX
asrning   birinchi   yarmi   falsafasidagi   oqimlar   holatini   qisqacha   ifodalasak,   uni
quyidagicha ta’riflash mumkin:  barchaning barchaga	 qaratilgan	 urushi .
XX   asrning   ikkinchi   yarmidagi   falsafiy   tizimlarning   tarqoqligi   va   bir-biriga
qarama-qarshiligi   ikki   asr   chegarasidagi   jamiyatning   umumiy   tanazzuli   va   o’tish
davrining   qarama-qarshiligini   ifodalar   ediki,   bu   davrda   insoniyat   ilgarigi   hayot
tarzi shakllarini keskin tanqid qilib, ijtimoiy hayotning yangi shakllarini qidirishga
boshlagan edi.
Uchinchi bobga xulosalar
- Sharq   falsafasi   dunyoni   va   jamiyatni   tushunishda   asosiy   falsafiy
muammolarni   bayon   qilish   usullarining   muayyan   asosiy   ro’yxatini   o’z
ichiga oladi. U sharqona tafakkur tarzini shakllantirganki, hozirgi avlodlar
ham undan benasib yemaslar; 
- Jamiyat   a’zolarida   ilmiy   dunyoqarashni   shakllantirishda   falsafaning   o’rni
haqida   gap   ketganda   shaxsning   jamiyatga,   ijtimoiy   borliqqa,   ijtimoiy   ong
shakllariga,   ijtimoiy-ma’naviy   qadriyatlarga,   e’tiqodlarga,   tarixga   bo’lgan
munosabati   va   uning   tabiatini   belgilashda   falsafaning   ahamiyatini   ko’rib
chiqish maqsadga muvofiq;
- falsafiy   tafakkur   Sharqda   ham,   G’arbda   ham   ijtimoiy   ongning   dastlabki
87 shakli   sifatidagi   mifologiya   negizida   vujudga   kelgan,   G’arb   va   Sharq
falsafasi   sinfiy   jamiyat   va   davlat   paydo   bo’lishi   bilan   ijtimoiy   ong   shakli
sifatida   vujudga   kelgan,   G’arb   va   Sharq   falsafasi   umuminsoniy
qadriyatlarga   qarab   mo’ljal   oladi.   U   insonni   hamisha   qiziqtiruvchi
hodisalarni o’rganadi;
Xulosa
Demak,   Sharq   falsafiy   tafakkurining     birinchi   xususiyati   —   inson,   uning
mohiyati,   manfaatlari,   insonparvarlik   qadriyatlari   muammolarini   tor   sinfiy
mafkuralar,   avtoritar   g’oyalar,   siyosiy   ko’rsatmalar   bilan   bog’lamay,   xolis   ilmiy
anglashga   intilishdir.   Jamiyat   taraqqiyoti   deb   atalgan   jarayonni   har   kim   o’zicha
emas, balki barcha birlashib oldinga siljitadi. Shu sababli ham insonlar harakati va
manfaatlarini   bir-biriga   bog’lab   turuvchi   munosabatlar   odamlar   bir-birining
maqsad   va   manfaatlarini   anglashi,   shu   asosda   harakatlari   mushtaraklashishi
natijasida   yuzaga   keladi.   Sharq   jamoasidagi   ahillik,   e’tiqodiy   bag’rikenglik,
mushtaraklik, uyg’unlik, barqarorlik, birdamlik ham ma’naviy, falsafiy asoslangan
munosabatlardir.  Sharq ma’naviyatining tarixiy an’analarida falsafa tabiat, jamiyat,
88 inson tafakkurining eng umumiy qonunlari to’g’risidagi  fan deb qaralmagan. Shu
bilan   birga   Sharqda   falsafa   insonlarga   tabiat   ustidan,   mohiyati   va   oqibatini
o’ylamay,   cheksiz   hukmronlik   qilish   yo’llarini   ko’rsatib   beruvchi   g’oya,   tor
siyosiy   mafkura   ham   bo’lmagan.   Sharqda   falsafa   hammavaqt   hikmat,   adolat   va
insonparvarlik   mezonlariga   tayanib,   haqiqatni   izlash   yo’li   sifatida   qaralgan.
Tarixiy   an’analar,   axloqiy   qadriyatlar   haqiqatni   bilishning,   borliqni   izohlash,
bilimlarni   umumlashtirib,   yakuniy  xulosalar   chiqarishning   asosiy   zamini   bo’lgan.
Falsafaning   milliy,   mintaqaviy   jihatlari   ham   ana   shu   falsafiy   xulosalarga   asos
bo’lgan   an’ana   va   qadriyatlarning   o’ziga   xosligi   bilan   belgilangan.   Jamiyat
xakidagi   ilk   falsafiy   karashlar   kadimdan   boshlab   Markaziy   Osiyo     mintakasida
shakllangan.     Markaziy     Osiyodagi     ijtimoiy-falsafiy   bilimlarning     shakllanishi
uzok  tarixga  ega.  U  dastlab  boy  ma’naviy merosimiz  -   xalk  ogzaki  ijodida,
sung     esa     kadimiy     yozma     madaniy   yodgorliklarda     uz     ifodasini     topgan.     Bu
madaniy     yodgorliklarga;     a)   kadimgi     toshbitiklar;     «Avesto»,     buyuk
allomalarimiz     koldirgan   manbalar   kiradi.Jamiyat   va   insonni   falsafiy   anglash
muammolari   Markaziy   Osiyolik   buyuk   mutafakkirlarni   Abu   Nasr   Forobiy,   Abu
Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn  Sino,  Alisher  Navoiy;  yirik  olim,  shoirlar  Yusuf
Xos     Xojib,   Axmad   Yugnakiy   asarlarida   aks   etgan.
  Sharq faylasuflari barcha davrlarda o’z ta’limotlarini, xulosalarini asoslashda
konkret   tarixiy  tajribaga,  amaliyot   yakunlariga, taraqqiyot  jarayonida  shakllangan
ilmiy   yutuqlarga,   insoniyatning,   xalqning   e’tiqodi   va   ehtiyojlariga,   ma’naviy
kamoloti   darajasiga,   diniy   va   dunyoviy   qadriyatlariga   tayanganlar.   Shu   sababli
ham  Sharqda  falsafa  bilimlar  haqidagi  bilim, muayyan an’analar  va qadriyatlarga
tayangan   tafakkur   madaniyati   sifatida   qaralgan.   Falsafa   barcha   fanlarni   bir-biri
bilan bog’lab, inson bilimlarini muayyan yaxlit tizim sifatida rivojlanishga imkon
bergan.   Inson   mohiyatini,   manfaatlarini   bilish,   bilimlarini   umumlashtirish,   shu
asosda   borliqni  yaxlit   anglab,  insoniyatning istiqbolini   oldindan ko’rishga  intilish
Sharq   falsafasining   asosiy   bahs   mavzusi   bo’lgan.   Adabiyotlarda   jamiyat
taraqqiyoti   borasida   sivilizasiyali   yondashuv   g’oyasi   ilgari   surilmoqda.   Bunday
yondashuvga ko’ra har bir xalq o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos
89 turmush   tarzini   saqlab   qolgan   holda,   boshqa   xalqlar   tajribalaridan   ijodiy
foydalanish   orqali   ijtimoiy   taraqqiyotning   o’ziga   xos   modelini   yaratadi.   Sharq
falsafiy tafakkuri esa jamiyat taraqqiyoti  masalasiga  iqtisodiy ma’naviy yuksalish
darajasining   ko’rsatkichi   bilan     belgilanadi.Sharq   falsafasi   inson   ma’naviyatining
barcha tomonlarini bir-biri bilan bog’lashga imkon beradi. Sharq falsafiy tafakkuri
ulkan  tarixiy  davrlarni   boshidan  o’tkazib  keldi  va  jamiyat  taraqqiyoti   bilan  uzviy
rivojlandi.   Sharq   falsafiy   tafakkuri   va   jamiyat   taraqqiyoti   masalasini   uzviylikda
o’rganish   orqali   fuqarolik   jamiyati   umuminsoniy   tamoyillar,   milliy   davlatchilik
xususiyatlari,   o’ziga   xos   turmush   tarzi   va   hayot   falsafasi   mohiyati   ochiladi.
Mazkur xulosadan kelib chiqib tavsiyalarimiz quyidagicha:
- Sharq falsafasi OTM da faqat  falsafa yunalishiga emas barcha yunalishlarga
dars sifatida o’qitilishi;
- jamiyat taraqqiyotiga oid islohotlarni o’tkazishni samarali ketishi uchun 
jamiyat umuman ijtimoiy rivojlanishiga oid Sharq falsafiy tafakkur 
g’oyalaridan unumli foydalanishni targib etuvchi manaviy-marifiy tadbirlar 
tashkil etish, seminar treninglar o’tkazish;
Foydalanilgan adabiyotlar r o’ yxati
1. O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 
 nutq va ma’ruzalari
1. Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini
keng   o’rganish   va   targ’ib   qilish   maqsadida   yoshlar   o’rtasida   kitobxonlik
tanlovlarini tashkil etish to’g’risida”gi Qarori / Xalq so’zi. 2018 yil, 15-may
2.     Mirziyoyev     Sh.M.     Ta’lim     va     ma’rifat–     tinchlik     va     bunyodkorlik     sari
yo’l.// Milliy  taraqqiyot  yo’limizni  qat’iyat  bilan  davom  ettirib,yangi bosqichga
ko’taramiz.1-jild,–T.: «O’zbekiston»NMIU,2017 yil. 
III. Davlat va siyosat arbobi I.A.Karimov  asarlari 
1. K arimov I.A . Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. 
90 2. Karimov   I.   A.   O’zbekiston   XXI   asr   bo’sag’asida:   xavfsizlikka   tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T.: O’zbekiston, 1997. –B.137.
IV. Darsliklar,o’quv qo’llanmalar, monografiyalar, kitoblar, 
risolalar, ensiklopediyalar, lug’atlar
1. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti, 1993. 
2. Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida. Muqaddima, tarjima
va izohlar muallifi M. Qodirov. –T.: Yozuvchi, 2002.
3. Abu Rayhon Beruniy. Hindiston. –T.: Fan, 1965. 
4. Ibn Sina. Kniga znaniya “Danishname”. –Stalinabad, 1957.
5. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy. Tanlangan asarlar. –T.: Fan, 1983.
6. Navoiy   A.   Nasoyim   ul-muhabbat.   15-tom.   –T.,   Badiiy   adabiyot   nashriyoti,
1968.
7. Shayx   Muhammad   Ali   at-Tahovaniy   al-Hindiy.   “Kashshofu   istilohotil-funun”.
–Istambul, Iqdom matbaasi. 1317 h. 
8. Islom, ensiklopediya (A-H)  “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”  Davlat  ilmiy
nashriyoti. –T., 2004. 
9. Ma’naviyat   yulduzlari.   (Markaziy   Osiyolik   mashhur   siymolar,   allomalar,
adiblar). Mas’ul muxarrir: M. M. Xayrullayev. To’ldirilgan katta nashr. –T., A.
Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1999. 
10. Material ы   po   istorii   progressivnoy   ob щ yestvenno-filosofskoy   m ы sli   v
Uzbekistane   ( O’zbekistonda   ilg’or   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   tarixidan
materiallar ). –T. :Fan , 1976.
11. Ocherki   istorii   ob щ yestvenno   –   filosofskoy   m ы sli   v   Uzbekistane.   –T.:   Fan,
1977. 
12. O’zbekistonda   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   tarixidan   lavhalar.   Akademik
M.M.Xayrullayev tahriri ostida. –T.: O’zbekiston, 1995. 
13. Abdulhakim   Shar’iy   Jo’zjoniy.   Islom   huquqshunosligi,   hanafiy   mazhabi   va
O’rta Osiyo faqihlari. –T., Toshkent Islom universiteti nashriyoti, 2002.
91 14. Abduhalimov B. A. “Bayt al-hikma” va O’rta Osiyo olimlarining Bag’doddagi
ilmiy   faoliyati:   (IX-XI   asrlarda   aniq   va   tabiiy   fanlar).   –T.,   Toshkent   islom
universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2004.
15. Abdullayeva M.N., Abdurashidov M. va b. Falsafa. Qisqacha izohli lug’at.–T.:
Sharq, 2004. 
16. Ziyovuddinova  M.  Abu Abdulloh  al-Xorazmiyning  “Mafotih al-ulum”  asarida
poetika. –T., 2001. 
17. Ibragimov   N.   Ibn   Battuta   i   yego   puteshestviya   po   Sredney   Azii.   –M.:   Nauka.
1988. 
18. Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz takomil bosqichlari. –T.: Sharq, 1996. 
19. Yo’ldoshev S. Antik falsafa. –Bishkek: Uchqun, 1999. 
20. Lega V.P. Istoriya zapadnoy filosofii. –T., 1998.
21. Muminov I.M. Filosofskiye vzglyad ы  Mirz ы  Bedilya . –T.: Fan, 1957.
22. Murtazoyev   S.  Sa’duddin  Taftazoniy   asarlarida   dunyoqarash,   bilish   nazariyasi
va mantiqiy masalalarning yoritilishi. Avtoreferat. -T.; 1975. 
23. Safo Z. Torixe adabiyote Eron. 1-jild. 
24. Usmon Turor. Tasavvuf tarixi. –T.: Istiqlol, 1999. 
25. Uinter   T.J.   XXI   asrda   islom.   –T.,   Sharq   nashriyot-matbaa   aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati. 2005.
26. Faxruddin   Ali   Safiy.   Rashahot   (obi   hayot   tomchilari).   –T.,   Abu   Ali   ibn   Sino
nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2003. 
27. Xayrullayev M. Uyg’onish davri va Sharq mutafakkiri. –T.: O’zbekiston, 1971.
28. Xotamiy S.M. Islom tafakkuri tarixidan. Tarjimon N. Qodirzoda. –T.: Minhoj.
2003. 
29. Sharipov   A.   Maloizvestnыye   stranisы   perepiski   mejdu   Beruni   i   Ibn
Sinoy.//Obщyestvennыye nauki v Uzbekistane, –№ 5. 1965. 
30. Sharipov A. Beruniyning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari. –T.: Fan, 1972. 
31. Qodirov   M.   Islomiy   ma’rifat,   madaniyat   va   ma’naviy   qadriyatlar   falsafasi.
“Islom, tarix va ma’naviyat”. –T., A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,
2000. 
92 32. Diogen Laertskiy. O jizni, ucheniyax i izrecheniyax znamenit ы x filosofov. –M.,
1986. 
33. Kedrov B. M. Klassifikasiya nauk. V 3-tomax. –M.: Mыsl, 1961-1965. 
34. Karimov S.Sharq ijtimoiy tafakkuri tarixidan.Toshkent.O’zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati nashriyoti,2016.156 b.
35. Kamilov   A.Sh.   Fizicheskiye   trudы   ar-Razi   i   Ibn   Sinы   (Ar-Roziy   va   Ibn
Sinoning fizikaga oid asarlari). –Dushanbe, 1991. –S.104. 
36. Kubayeva   Sh.   Razvitiye   innovasionnogo   mыshleniya   v   samarkandskoy
akademii   Ulugbeka.   //:Universum:   Obщyestvennыye   nauki:
elektron.nauchn.jurn.   2014.   №5   (6).   URL:   http://
7universum.com/ru/social/archive/item/. Uchreditel i izdatel:OOO «MSNO».
37. Mo’minov I.M.     Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli.    –
T.: Fan, 1993.
38. Mo’minov   I.M.     O’zbekiston     ijtimoiy-falsafiy   tafakkuri   tarixidan.     –T.:   Fan
1994.
39. Nazarov.Q O’zbek falsafasi.O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.
Toshkent. 2013. 7 bet
40. Nazarov   Q.Falsafa   asoslari.   O’zbekiston   Milliy   universiteti;   O’zbekiston
faylasuflari   milliy   jamiyati   –   T.:   O’zbekiston   faylasuflari   milliy   jamiyati
nashriyoti, 2012. – 808 b
41. Nazarov   Q. G’oyalar    falsafasi. –T.:  Akademiya, 2011. Islom ensiklopediyasi,
11-jild. –Istambul, 1970.
42. Kamilov A.Sh. Fizicheskiye trud ы  ar-Razi i Ibn Sin ы . –Dushanbe, 1991. 
43. Yaxshilikov   J.Ya.,     N.E     Muhammadiyev.     Milliy     g’oya:     O’zbekistonni
rivojlantirish strategiyasi. Darslik. – Toshkent:..... 2018 . – 508 b.   
44. O’zbekiston   falsafasi   tarixi.:mas’ul.muh.H.Aliqulov.Toshkent.   “Noshir”2013.-
10-12 b.
45.     Jaxon falsafasi tarixidan mavxular. I kiyem. - T., Uzbekiston Faylasuflari 
Milliy jamiyati nashriyoti, 2004 yil, 122-bet
93 46.   Diogen Laertskiy. O jizni, ucheniyax i izrecheniyax znamenit ы x filosofov. –
M., 1986. –S.84. 
47.   Sebeos. Istoriya imperatora Irakliya. Per. s armyanskogo K. Patkanyana 
(Imperator Irakliy tarixi.  Arman tilidan K. Patkanyan tarjimasi). -SPb., 1862, –
B.118, 119. 
48.   Rashid al-Baraviy, Muxammad Xamza Uleysh. Ekonomicheskoye razvitiye 
Yegipta v novoye vremya. Sokr. per. s arabskogo (Yangi davrda Misr 
iqtisodining taraqqiyoti. Arabchadan qisqacha tarjima). –M., IL, 1954. –B.11. 
49.   Ivanova N. Ekspert –№28. 14-20 iyul 2008 yil. –B.57. 
50.     Kedrov B. M. Klassifikasiya nauk. (Fanlar tasnifi). V 3-tomax. –M.: M ы sl, 
1961-1965, –S. 52. 
51.   Xotamiy S. M. Islom tafakkuri tarixidan. Tarjimon N. Qodirzoda. –T.: 
Minhoj.  2003. –B.56. 
52.   Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti, 1993. –B.183-184. 
53.   Falsafa. Qisqacha izohli lug’at. Mualliflar Abdullayeva M.N., Abdurashidov 
M. va b. –T.:Sharq, 2004. –B.384. 
54.   Uinter T.J. XXI asrda islom. –T., Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik 
kompaniyasi Bosh tahririyati. 2005. –B.25. 
55.   Istoriya filosofii. Uchebnik dlya vuzov.// Volkova A.N., Gornev V.S., 
Danilchenko R.N. i dr. Pod red. Mopelman V. M. i Penkova Ye. M. –M.: 
PRIOR, 1997. –S.120-124. 
56.      Aliqulov H. Karamatov H. Arastuning Iskandarga nasihati.  Fors tilidan 
tarjima.
57.   O’zbek pedagogik ontologiyasi.-T.: O’qituvchi, 1995 –B.39.
58.  Boboyev H. G’ofurov Z. O’zbekistonda siyosiy va ma’naviy –ma’rifiy 
ta’limotlar taraqqiyoti. -T.: Yangi asr avlodi, 2001. –B.85.
59.    Umarzoda M. Ovesto sirlari // Jahon adabiyoti.  1997 №4 –B.19-20
60.   Konfusiy. Uroki mudrosti. -M.: EKSMO, 2005. –S.46
94 61.   Demokrit \\ Vsemirnaya ensiklopediya.  –M.: Sovremenn ы y literator, 2001. –
S.105.
62. Kaxarova N. “Puteshestviye v Parij Rifaa at- Taxtavi”. –Dushanbe, 1968.
63.   Levin Z.I. Razvitiye osnovn ы x techeniy ob щ yestvenno-politiches- koy m ы sli 
v Sirii i Yegipte. –M., 1972. – 28-b.
64.   Arasli Ye.Djirji Zaydan i arabskiy istoricheskiy roman. –M., 1967, 25-b.
65.   Zaydon J. Tarix at-tamaddun al-islomiy (Islom madaniyati tarixi).  I tom, 12-b.
(arab tilida).
Internet manbalari
1. www.ziyonet.uz
2. www.philosophy.ru.
3. http//www.intencia.ru.
4. http:// http://www.falsafa.dc.uz. 
5. http://www.filosofia.ru.
95

SHARQ FALSAFIY TAFAKKURI VA JAMIYAT TARAQQIYOTI Mundarija Kirish ………………………………………………………………………………. 1 bob. Sharq falsafiy tafakkurining qadimiy ildizlari …………………………... 1.1 Qadimgi Sharq falsafasi ilk ijtimoiy fikrlar rivojining nazariy manbasi sifatida………………………………………………………………………………. 1.2 Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va jamiyatning paydo bo’lishi hamda taraqqiyoti masalalari..................................................................................... 1 bob bo’yicha xulosalar…………………………………………………………… 2 bob. O’rta Sharq va Markaziy Osiyoda falsafiy ilmlarning tarqalishi hamda ijtimoiy taraqqiyot masalalari………………………………………………….. 2.1 O’rta asrlar davri Sharq falsafasining o’ziga xos xususiyatlari va unda islom ta’limotining ahamiyati……………………………………………………………. 2.2 Sharq mutafakkirlari falsafiy merosida jamiyat taraqqiyotining g’oyaviy-ilmiy asoslari……………………………………………………………………………… 2.3 Sharq falsafiy fikrlar rivojida Temur va temuriylar davri falsafasi va ijtimoiy taraqqiyot tendensiyalari………………………………………………………… 2 bob bo’yicha xulosalar……………………………………………………….. 3 bob. Sharq va G’arb falsafiy tafakkurida jamiyat taraqqiyoti masalalarining o’zaro nisbati…………………………………………………………………… 3.1 Sharq falsafasining asosiy muammolari va falsafaning jamiyatda tutgan o’rni hamda asosiy vazifalari………………………………………………………… 3.2 Sharq va G’arb falsafasidagi uyg’unlik va farq hamda hozirgi zamon sivilizasiyasining taqdiri................................................................................ 3.3 XX- XXI asr Sharq falsafasining asosiy xususiyatlari va oqimlari… ………… 3 bob bo’yicha xulosalar……………………………………………………….. 3

Xulosa……………………………………………………………………………… . Adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………………………. Kirish Tadqiqotning dolzarbligi va ahamiyati Jahon tarixiy taraqqiyotida falsafiy tafakkur rivojini o’rganish dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bugungi informasion jamiyatda inson qalbi va ongi uchun kurash ketayotgan bir davrda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy g’oyalar orqali qadriyatlar majmuini yanada boyitishni talab qilmoqda. Ayniqsa, jahon sivilizasiyasiga salmoqli hissa qo’shgan Sharq mutafakkirlarining falsafiy merosi bugungi madaniy transfor- masiya jarayonini me’yorlashtirish, jamiyat taraqqiyoti g’oyalari, umuminsoniy qadriyatlarni saqlab qolish uchun gumanistik ahamiyatga ega. Ma’lumki, Sharq xalqlar olam va koinot sirlarini bilish, dunyo va jamiyatga munosabat masalasida dunyo xalqlari bilan barobar bordi, insoniyat ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga o’zining ulkan ulushini qo’shib keldi. Jahon ilmiy-falsafiy merosi taraqqiyotida Sharq falsafiy tafakkurining xususan ijtimoiy taraqqiyot g’oyalari va insonning ijtimoiy-ma’naviy kamoloti konsepsiyasi doirasidafundamental tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, Sharq ma’naviy merosida ilgari surilgan Yaratuvchi, borliq, jamiyat va insonning mohiyati haqidagi qarashlarni tadqiq qilish asosida umuminsoniy madaniyatlar kontekstida ijtimoiy g’oyalar, tolerantlik kabi tamoyillarning ma’rifatli jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda mazmunini ilmiy-nazariy asoslash muhim ahamiyatga egadir. Shu ma’noda, ijtimoiy taraqqiyot g’oyalarining Sharq falsafiy tafakkuri rivojidagi o’rnini aniqlash, jamiyat taraqqiyoti haqidagi qarashlarning o’rni va rolini aniqlash, tarkibiy qismlarini tasniflash, jamiyat va ijtimoiy fikrlar tarixini hamda falsafiy Sharq falsafiy tafakkurining innovasion tadqiqi bugungi ilm-fanining zarur tadqiqot obektiga aylanmoqda. Sharq xalqlarning falsafiy qarashlar tarixi uzoq va murakkab takomil yo’lini bosib o’tgan. Bu davrlarda ijtimoiy-falsafiy fikrlar ustivorligi jamiyat taraqqiyo ti uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi: davlat va jamiyat bosh qaruvida progressiv munosabatlarning yuzaga 4

kelishiga zamin hozirladi, jamiyatda intellekt ustivorligini, olam va borliq ni anglashda ilmiy fikr yetakchiligini ta’minlab berdi, Sharq xalqlarning oldingi o’rinlarda borishiga imkon yaratdi. Ma’lumki mustaqillik yurtimizga nafaqat siyosiy yerkinlikni, balki mamlakatimizga millatdek, xalqimizga xalqdek yashash, mustaqil fikrlash yerkinligini ham berdi. Shu tufayli biz falsafani, uning tarixini dunyoviylik, insonparvarlik nuqtai nazaridan o’rganish imkoniyatiga yega bo’ldik. Qolayevrsa “buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o’rganish va targ’ib etish, yoshlarimizni o’zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash” 1 davrning muhim vazifalaridan biri ekanligi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’kidlanganidek, Sharqning ulug’ mutafakkir allomalari qoldirgan ijtimoiy-ma’naviy merosga bo’lgan e’tibor kuchayib, mutafakkirlarning jahon ijtimoiy fikr taraqqiyotiga qo’shgan g’oyalari, falsafiy, axloqiy, siyosiy, diniy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlari ilmiy tadqiqotlar doirasiga keng jalb qilinmog’i lozim bo’lmoqda. Mamlakatimiz fuqarolarida tafakkur yerkinligi shakllanib bormoqda. Yurtimizda sodir bo’layotgan murakkab yaratuvchilik tafakkur mustaqilligi bilan uzviy bog’liq hodisadir. Mamlakat hayotini demokratlashtirish jarayoni qanchalik kengaysa va chuqurlashsa, fuqarolarimiz falsafiy iqtidoriga bo’lgan talab shuncha oshib boradi. Shuning uchun ham falsafa ilmi yoshlarga ham, o’rta yoshlilarga ham, katta yoshdagilarga ham bab-barobar suv bilan havodek zarur bo’lgan hayotiy ehtiyojdir. Muammoning ishlanganlik darajasi Sharq falsafiy tafakkuri va ijtimoiy taraqqiyot g’oyalari hamda jamiyat rivojlanishiga oid konseptual masalalar, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xalqimiz ma’naviy tafakkurining tiklanishi, uning o’tgan ulug’ ajdodlarga munosib voris bo’lib tarbiyalash haqidagi fikrlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 1 Мирзиёев Ш.М. “Буюк алломалар, адиб ва мутафаккирларимиз ижодий меросини кенг ўрганиш ва тарғиб қилиш мақсадида ёшлар ўртасида китобхонлик танловларини ташкил этиш тўғрисида”ги Қарори / Халқ сўзи. 2018 йил, 15-ма й 5

Shavkat Mirziyoyevning ma’naviy merosimizni qadrlash va yuksaltirish haqidagi asarlari barkamol avlod tarbiyasini amalga oshirishda ilgari surilgan fikrlar mazkur tadqiqotga ilmiy-metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. M. Xayrullayev, I.Muminov, B.Valixo’jayev, I.G’oziy, J.Avliyoxon, B.Turayev, S.Karimov, G.Navro’zova, J.Yaxshilikov, A.Juzjoniy, A.Zoxidiy, M.Qodirov, B.Bobojonov, K.Kattayev, N.Jabborov, Ye.Zoirov, Ahmedova M.A, Xan V.S. , Tursunov B. , Mansurov A.M., Babadjanov B., Kamilov M. , Komilov N., J.Xolmo’minov va boshqalar tomonidan tadqiq yetilgan Mazkur tadqiqotlarda Sharq falsafiy- ma’naviy merosi, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy qarashlari yoritilgan, chet ellik olimlar A.Xamid, T.Yesenbeki, D.Devin, A.Knыsh, V.Gardner, A.Papas va boshqalar. Tadqiqotning maqsadi: Sharq falsafiy tafakkuri g’oyalarini o’rganish, shu orqali jamiyat taraqqiyoti yevolyusiyasi mohiyatini yoritish va o’tmish falsafiy-ilmiy merosimizdan bugungi kun ijtimoiy-ma’naviy masalalar yechimiga oid ijobiy mulohazalar yaratish Tadqiqotning vazifalari: - Sharq falsafiy tafakkurining qadimiy ildizlarini falsafiy asoslarini yoritish va ularni ilk ijtimoiy fikrlar rivojining nazariy manbasi sifatida ko’rib chiqish; - Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va jamiyatning paydo bo’lishi hamda taraqqiyoti masalalarini o’rganish; - O’rta Sharq va Markaziy Osiyoda falsafiy ilmlarning tarqalishi hamda ijtimoiy taraqqiyot masalalari va Sharq falsafasining o’ziga xos xususiyatlari va unda islom ta’limotining ahamiyatini tahlil qilish - Sharq mutafakkirlari falsafiy merosida jamiyat taraqqiyotining g’oyaviy-ilmiy asoslarini va ijtimoiy taraqqiyot tendensiyalarini ko’rib chiqish - Sharq va G’arb falsafasidagi uyg’unlik va farq hamda hozirgi zamon sivilizasiyasining taqdiri haqida nazariy xulosalarga kelish - XX- XXI asr Sharq falsafasining asosiy xususiyatlari va oqimlari. Tadqiqot obekti: Sharq falsafiy tafakkurining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri 6

Tadqiqot predmeti: Sharq falsafasi vujudga kelishi bosqichlari, yevolyusiyasi, falsafiy qarashlarning yetakchi tamoyillari va ularning ijtimoiy fikrlar darajasiga ta’siri, Sharq va G’arb falsafiy fikrlar rivojining uyg’unligi hamda jamiyat taraqqiyotiga ta’siri masalalari Tadqiqot metodlari: tarixiy-mantiqiylik birligi, retrospektiv va tizimli tahlil, germenevtik yondashuv, vorisiylik, analiz va sintez, qiyosiy o’rganish, obektivlik, kuzatuv, taqqoslash kabi ilmiy metodlardan foydalanilgan. Tadqiqot yangiligi: - Shark falsafasiga oid birlamchi manbalarga suyangan xolda, nazariy ma’lumotlar o’rganilib va bugungi davr uchun dolzarb, xali ishlanmagan muammolarni aniklandi; - Sharq mutafakkirlari ma’naviy merosida jamiyat taraqqiyotining g’oyaviy-ilmiy asoslari ijtimoiy-falsafiy mohiyati yoritildi; - Sharq falsafiy fikrlar rivojida Temur va temuriylar davri falsafasining o’rni va ahamiyati ochib berildi va ijtimoiy taraqqiyot tendensiyalariga ta’siri o’rganildi; - XXI asr Sharq falsafasida ijtimoiy taraqqiyot masalalari o’rganildi va uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ochib berildi; Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari Sharq falsafiy tafakkuri va jamiyat taraqqiyoti masalasida asosiy e’tibor dastlab Sharq falsafasini shakllanish va rivojlanib takomil bosqichiga chiqishi hamda jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, shu bilan birga Sharq falsafiy tafakkurida jamiyat haqidagi g’oyalar, ijtimoiy taraqqiyot masalalari, ijtimoiy falsafiy nqtai nazarlar mohiyatini yoritish bo’lib, ayniqsa mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin o’tmish falsafiy merosimiz ilmiy tadqiqotlar doirasida keng o’rganila boshlandi. Avvalo shuni aytish kerakki, Sharq falsafasi faqat islom falsafasi degan tushunchani bildirmaydi. Sharq falsafasi mohiyati va ko’lami jihatidan nihoyatda keng bo’lib, Hindiston, Eron, Turkiston, Arab-musulmon olamida minglab yillar davomida shakllangan barcha falsafiy, diniy-orifiy ta’limotlarni o’z ichiga oladi. Islom falsafasi esa uning ko’rinishlaridan biridir. Sharq falsafasining birinchi xususiyati — inson, uning mohiyati, manfaatlari, insonparvarlik qadriyatlari muammolarini tor sinfiy 7