logo

JIZZAX SUV OMBORINING BALIQCHILIK SOHASIDAGI AHAMYATI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2169.5810546875 KB
“JIZZAX SUV OMBORINING BALIQCHILIK SOHASIDAGI
AHAMYATI”
Mundarija
Kirish ………………………………………………………… ………... ..... 3
I. BOB. Adabiyotlar sharhi ……………………………………………… 8
1.1 O‘zbekistonda gidrofaunani o‘rganilish tarixi……………………… 8
II. BOB. Tadqiqot sharoitlari, ob’ekti va usullari ………………… ....... 18
2.1. Tadqiqot ishlari olib borilgan hududning fizik va geografik tavsifi  18
2.2.   Tadqiqot   obyekti   va   usullari   ….
………………… ………………....... 27
III.  BOB.  Tadqiqot natijalari …………………………………………..... 32
3.1.  Jizzax suv omborining z ooplankton organizmlar i ning tur tarkibi .. 32
3.2   Suv   omborida   baliqlarni   oziqlantirish   uchun   zooplankton   va
fitoplankton organizmlarni ko‘paytirish  .... ............ ....... .. . ..................... 35
3. 3.  Jizzax suv ombori ning ixtiofaunasi . ............. ...................... .......... ....... 54
3.4.   Jizzax   suv   omborining   baliqchilikdagi
ahamiyati…………………... 6 3
Xulosalar …..………….…………………………………………………... 6 4
Amaliy tavsiyalar . .….……………………………..……………………... 65
Ilovalar………………………………………………………………..........
. 66
Foydalanilgan  a dabiyotlar ……………………………………………… 75
1 Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan
davom  ettiramiz. Nafaqat  davom  ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor
vazifamiz   sifatida   bugun   zamon   talab   qilayotgan   yuksak   darajaga
ko‘taramiz.
SH. M. MIRZIYOYEV
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi . 
Mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy yuksaltirishning dolzarb masalalaridan
biri,   aholini   sifatli   baliq   mahsulotlari   bilan   ta’minlash,   suv   havzalarida   baliq
ovlash   va   baliqchilikni   yaxshilash,   suv   resurslaridan   oqilona   foydalanishdir.
Buning  uchun  maxsus  hovuz   xo‘jaliklarida  baliq  o‘stirish,   baliq  mahsulotlarini
ishlab chiqish kabi istiqbolli tadbirlar asosiy rol o‘ynaydi.
Hozirgi   vaqtda   respublikamizda   hovuz   xo‘jaliklarida   baliqchilikni
rivojlantirishga   katta   e’tibor   berilmoqda.   Baliqchilikning   asosiy   ob’ekti   baliq
chavoqlarini   sog‘lom   o‘stirib,   yosh   baliqlar   darajasiga   olib   borish   yo‘llarini
ishlab   chiqish   baliqchilik   sohasida   yangi   texnologiyalarni   qo‘llagan   holda
amalga   oshadi.   Bunday   usullarni   ishlab   chiqish   albatta,   baliq   chavoqlarini
o‘stirish   jarayonida   hovuzlarda   va   suv   omborlarida   ularning   oziqa   bazasini
tashkillashtirish xususiyatini  o‘rganishni talab etadi. Baliq o‘stirish hovuzlarida
ozuqa   bazasini   tashkillashtirish   uchun   suv   organizmlari,   jumladan
zooplanktonlar muhim rol o‘ynaydi.
Ma’lumki   zooplankton   organizmlarda   baliq   chavoqlarini   rivojlanishida
asosiy   ozuqa   hisoblanadi.   Baliq   chavoqlari   o‘stirish   hovuzlarida
zooplanktonning   intensiv   rivojlanishi,   ayniqsa   yosh   baliqlar   o‘stirishning
dastlabki bosqichlarida baliq xo‘jaliklaridagi ishning samarasiga bog‘liq.
Shunga   ko‘ra   baliqchilikni   rivojlantirishda,   sun’iy   suv   havzalari   zooplankton
organizmlarning   sifat   va   miqdor   o‘zgarishlarini   bilish   muxum   ahamiyatga   ega
shuning uchun bu organizmlarning biologiyasi, ekologiyasi va fasllarda tarqalish
qonuniyatlarini tadqiq qilish zarur.
2 Suv   biotsenozidagi   umurtqasizlar,   tuban   o‘simliklar   baliqlarning,   asosan
baliq chavoqlarining ozuqasi hisoblanadi.
Suv   havzalarida   va   suv   omborlarida   bunday   organizmlarning   bo‘lmasligi
yoki   juda   kam   bo‘lishligi   baliq   chavoqlarining   rivojlanishini   susaytiradi   va
nobud bo‘lishiga olib keladi.
Havzalardagi   tuban   qisqichbaqasimonlar   zooplankton   va   fitoplankton   bilan
oziqlanib,   suvdagi   erigan   kisloroddan   foydalanib,   o‘zlaridan   biogen   elementlar
ajratib   chiqaradi.   S h u   bilan   bir   qatorda   suv   xavzasi   ekosistemasining
bioma h suldorligiga ta’sir etadi.
Ko‘pchilik suv organizmlari  suvdagi  kislorod miqdori  0,2 ml/l dan pasayib
ketsa nobud bo‘la boshlaydi.
Tadqiqot   ob’ekti   va   predmeti:   Jizzax   suv   ombori,baliqlar,   zooplankton
organizmlar. Jizzax viloyati SH.Rashidov tumanidagi suv havzalaridagi baliq va
zooplanktonlarning   miqdori   va   ularning   mavsumiy   hususiyatlari,   dinamik   tur
tarkibi   aniqlandi.Shuningdek ayrim  baliq  turlarini  morfologiyasi  va  biologiyasi
o‘rganiladi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari . Jizzax suv omboridagi baliq turlarini 
aniqlash va tabiiy ozuqa bazasini zooplanktonni rivojlanishini ularning 
mavsumiy dinamikasini o‘rganish.
O‘zbekiston   suv   omborlarining   zooplankton   organizmlari   turlar   xilma-
xilligini   aniqlash   va   o‘rganish,   zooplanktonning   miqdor   jihatdan   rivojlanishi
hamda   mavsumiy   suksessiyasi   qonuniyatlarini   aniqlash.Suv   havzasida
uchraydigan    baliqlarni   taksonomik  taxlil  qilish  va  morfoligik  ko‘rsatgichlarini
aniqlash.
Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi :
1.   Jizzax   suv   ombori   b aliq laridan   namunalar   olish   va   morfometrik
ko‘rsatkichlarini aniqlash.
2.Suv   organizmlarini   ya’ni   zooplanktonlarni   aniqlash   usullaridan   foydalanib,
na’munalar  tayyorlash.
3 3.To‘plangan   materiallarni   o‘rganib,   zooplanktonlarning   suv   biotsenozidagi
tarqalishi va uchrash dinamikasini tahlil qilish va tur tarkibini aniqlash.
Ilmiy   yangiligi : Tatdqiqotlarimiz   natijasida   Jizzax   suv   omborining
gifrologik,gidroximik,gidrobilogik   xususiyatlari   va   ixtiofaunasi   o ‘ rganiladi   va
qayta   tadbiq   qilinadi.Jizzax   suv   omborining   barcha   xususiyatlari   va   baliqchilk
sohasidagi ahamyati o ‘rganiladi.
Bundan   quyidagi   muammo   va   gipotezalar   kelib   chiqadi: Jizzax   suv
omborinig   melortiv   xolati   va   sug‘rishdagi   ahamiyati   o‘rganilgan,ammo   uning
gidribiologiyasi   va   ixtiofaunasi   kam   o‘rganilgan.Bundan   ushbu   muommo   va
gipotezalar kelib chiqadi.
1. Baliqchilik sohasidagi ahamiyati o‘rganiladi.
2. Ixtiofaunasi o‘rganiladi.
3. Zooplankton va fitoplanktonlari o‘rganiladi.
Tadqiqot mavzusi bo ` yicha adabiyotlar sharhi:   Dunyoning bir qator suv
omborlarida zooplankton organizmlari faunasi va sistematikasi bo‘yicha ko‘plab
xorijlik   olimlar,   jumladan   Henri   H.J,   et   all.   (1994);   Robert   G.Radke   and
Uwe Kahl (2002); G. Dams (2016); Ana M.A. da Silva et all. (2009); J.A.Benzie
(2006); J.M. Boberts (2009); Ch. Farwell (2014); Sinjae Yoo (2015); M. Povlov
(2016); A.E. Friederike (2016) kabilar tomonidan o‘rganilgan.
MDH   mamlakatlarida   zooplankton   organizmlarinin   asosiy   guruhini
tashkil   etuvchi   qisqichbaqasimonlar   va   kolovratkalar   sistematikasi,
ularning   tarqalishi,   mahsuldorligi,   ekologiyasi   hamda   suv   omborlari
gidrologiyasi   va   gidroximiyasi   bo‘yicha   tadqiqotlar   A.V.   Krilov   va   boshq.,
(2009);   E.V.   Presnova   va   boshq.,   (2010),   V.R.   Alekseeva   (1995);   N.M.
Korovchinskiy   (2004);   N.V.   Kartasheva   (2006);   YU.F.   Gromova   va   A.B.
Primak
(2015); E.P. Romanova (2009); A. Xaitov (2011); E.G. Krupa (2010) ishlarida. 
O‘zbekistonda   turli   tipdagi   ekotizimlarda   zooplankton
organizmlarning   taksonomiyasi,   tarqalishi,   ekologik   xususiyatlari,   ulardan
suv   havzalari   unumdorligini   oshirishda   foydalanish   bo‘yicha   gidrobiologik
4 tadqiqotlar   A.M.   Muhamediev   (1967,   1986),   E.A.   Toshpo‘latov   (1975),   I.M.
Mirabdullaev   (1990,   1992),   H.X.   Abdinazarov   (2018)   tomonidan   amalga
oshirilgan.   O‘zbekistonning   tabiiy   shakllangan   ko‘llari   zooplankton
organizmlarini   o‘rganish   bo‘yicha   shunga   o‘xshash   tadqiqotlar   yaqin   yillarda
E.N. Ginatullina (2009) tomonidan o‘tkazilgan.
Tadqiqotda   olib   borilgan   usulning   tavsifi:   Gidrobiologik,   ixtiologik
metodlardan   foydalanildi.Baliqlarni   o‘rganishda   qabul   qilingan   uslublardan
foydalanildi.   (Pravdin.   I .F   1966   ,   Pirojnikov   P.L   1953y).   Zooplankton
na’munalarni   konusli   plankton   suzgichlari   Djedi   to‘rlaridan   yoki   tutqich
(sachoklar) to’rlar yordamida   50 - 100   litr suvni chelak yordamida suzib olish va
suvning   ma’lum   chuqurligiga   to‘r   tashlanib   uni   tortib   olish   usuli dan
foydalaniladi .
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amali   ahamiyati:   Zooplankton
organizmlar   faqat   baliq   chavoqlarining   rivojlantirib   qolmasdan,   suv
ekosistemasida   sodir   bo‘ladigan   turli   jarayonlarning   kechishida   ham   muhum
ahamiyatga   ega.   Izlanishlar   davomida   mazkur   suv   havzasida   baliqlarning   tur
tarkibi   aniqlanadi   shuningdek  ayrim   ovlanadigan  baliq turlari   marfologiyasi   va
biologiyasi o‘rganiladi. 
Ishning aprobatsiyasi:  Dissertatsiya mavzusi bo`yicha olingan ma’lumotlar
fakultet ITK komisiyasiga 2 marta taqdim etildi, ham ikki yil davomida har oy
oxirida   kafedra   yig`ilishida   hisobot   berildi.   Bundan   tashqari   dissertatsiyaning
nazariy   va   amaliy   yangiliklari   bo`yicha   2019-yili   kafedraning   yosh   zoologlar
ilmiy semenarida va magistrantlarning ilmiy va amaliy konfrensiyasida ma’ruza
qilindi.
Maqolalar:
1.   Некоторые   данные   побиологии   белогоамура ,   ASSOCIATION   OF
KOREAN CULTURAL CENTERS OF UZBEKISTAN xalqaro jurnali Science
& Technology  young Specialists Forum  “Tashkent 2019” 42-46 betlar. 
2. КУМУШ ТОВОН БАЛИҒИ- CARASSIUS AURATUS НИНГ 
БИОЛОГИЯСИ   ВА   ТУРЛИ   МУҲИТ   ШАРОИТИГА   МОСЛАШИШИ.
5 Биологиянинг     ҳозирги     замон     муаммолари:     Талаба,     магистрант,
докторант     ва     профессор-ўқитувчиларнинг     2019     йилдаги     илмий
тадқиқот   ишлари   якуни   бўйича   ҳисобот   конференцияси   материаллари:
СамДУ нашри. Самарқанд, 2020 йил. 109-111-  betlar
Ishning   strukturasi   va   hajmi.   Magistrlik   dissertasiyasi   kompyuterda
terilgan   79   sahifadan   iborat   bo lib   u   kirish   (asosnoma),   3   bob,   xulosalar,18ʻ   ta
rasm,   12   ta   jadval   va   64   ta   foydalanilgan   adabiyotlar(shulardan   34   tasi   chet   el
adabiyotlari, 9 tasi o‘zbek adabiyotlar ,7 tasi internet foydalanilgan adabiyotlar
va 14 tasi jurnallardagi maqolalar ro yxatidan iborat).	
ʻ
6 I.BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1 O‘zbekistonda gidrofaunani o‘rganilish tarixi
Ma’lumki, daryolardagi suv miqdori yil davomida mavsumidan, mavsumga
va u yildan bu yilga o‘zgarib turadi. Yer yuzidagi, ayniqsa, O‘rta Osiyo iqlimi
hududlardagi ba’zi bir daryo va soylarning suv miqdori yil davomida shu qadar
notekis   va   noqulay   taqsimlanganki,   oqibatda   milliard   –   milliard   metr   kub   suv
xalq   xo’jaligiga   hech   qanday   foyda   keltirmasdan   behuda   oqib   ketadi.   Ayrim
paytlarda,   masalan   toshqin   va   to‘linsuv   davrlarida   to‘lib   –   toshib   oqib,   katta
zarar   keltiradi.   O‘lkamiz   sharoitida,   qishloq   xo’jaligida   suvga   bo‘lgan   talab
ortgan mavsumlarda esa bunday daryo va soylarda suv keskin kamayib ketadi,
ayrim  hollarda butunlay qurib qoladi. Mana shunday  sharoitda daryo va soylar
suvidan to’la va samarali foydalanish hamda toshqinlarni oldini olish maqsadida
ularning oqim rejimini boshqarib turish zarur. Bu muammoni daryolarda sun’iy
ko‘llar – suv omborlari barpo etish yo’li bilan hal etish mumkin. Suv omborlari
qurish   o‘lkamiz   kabi   qurg‘oqchilik   hamda   qishloq   xo‘jaligi   sug‘orishga
asoslangan   hududlarda   ayniqsa   zarurdir.   Ko‘pchilik   suv   omborlarini   qurishda
ekinzorlarni   suv   bilan   ta‘minlashdan   tashqari,   ulardan   gidroenergetika,
baliqchilikni   rivojlantirish,   yirik   sanoat   korxonalari   va   shahar   suv   ta’minotini
yaxshilash   maqsadida   foydalanish   ham   nazarda   tutiladi.   Suv   omborlari
geografiyasi.   Daryolardagi   suv   va   energiya   boyliklari   (resurslari)   dan   to‘laroq
foydalanish   maqsadida   Yer   kurrasida   juda   ko‘p   suv   omborlari   qurilgan.
Dunyodagi eng yirik suv ombori Viktoriya – Nil daryosida qurilgan Ouen – Fols
(Viktoriya)  suv ombori  bo‘lib, Keniya, Tanzaniya, Uganda  davlatlari  hududida
joylashgan.   Uning   suv   sig‘imi   205   km   (Viktoriya   ko‘li   bilan   qushib
hisoblanganda) bo’lib, Nil daryosi oqimini yillararo boshqarishga mo’ljallangan.
[22.]   Rossiya   xududida   joylashgan   Bratsk   (Angara   daryosi),   Krasnoyarsk
(Yenisey   daryosi),   Kuybishev   (Volga),   Buxtarma   (Irtish)   kabi   suv   omborlari
nafaqat mazkur mamlakat hududida balki butun Yevrosiyo materigida ham eng
yirik   suv   omborlari   hisoblanadi.[16.]Tarixiy   ma‘lumotlarga   ko‘ra   Orta   Osiyo
davlatlari hududida kichik suv omborlari – hovuzlar eski eraning oxiri va yangi
7 eraning   boshlaridayoq   qurilgan.   Ularni   qurishdan   maqsad   kichik   soylar   suvini
to’plab   so‘ng   undan   sug‘orish   ishlarida   foydalanish   bo’lgan.   X-XII   asrlarga
kelib   ancha   yirik   suv   omborlari   qurilgan.   Ulardan   biri   X   asrda   barpo   etilgan
Xonbandi   suv   omboridir.   Bu   suv   ombori   Pasttog‘   darasining   (Jizzax   viloyati,
Forish tumani) eng tor joyida qurilgan bo’lib, to‘g‘onning balandligi 15 m dan
ortiq   bo‘lgan   hamda   1,5   mln.  m3   dan   kuproq   suvni   sig‘dira   olgan.[24.]O‘rta
asrlarda   (XVI   asr)   qurilgan   yirik   suv   omborlaridan   biri   Samarqand   viloyati
Okchob   qishlog‘i   yaqinida   barpo   etilgan   Abdullaxonbandi   suv   omboridir.
Olimlar   tomonidan   to’plangan   arxeologik   ma‘lumotlar   shu   narsadan   darak
beradiki har ikki suv omborlarining to‘g‘oni aniq hisob-kitob boyicha, oldindan
tayyorlangan maxsus loyihalar asosida barpo etilgan.[34.]
XIX   asrning   ikkinchi   yarmiga   kelib,   Rossiya   imperiyasi   O‘rta   Osiyo
yerlaridan   yanada   ko‘proq   boylik   olish   maqsadida   irrigatsiya   shoxobchalarini
ta‘mirlash   va   yangilarini   qurishga   alohida   e‘tibor   beriladi.   1910   -1911   yillarda
Turkmaniston   hududidagi   Mug‘rob   daryosida   Murg‘ob   va   Yultutan   suv
omborlari qurildi.[36.]
Daryo   suvidan   yanada   unumliroq   foydalanish   maqsadida   O‘rta   Osiyo
davlatlari   hududida   keyingi   yillarda   bir   qancha   suv   omborlari   loyixalandi   va
qurildi. O‘rta Osiyo suv omborlarining umumiy suv resurslari me‘yordagi loyiha
suv   sathida   61,6  	
km	3   ga   teng   deb   baholanadi.   Shundan   23,3	km	3   Amudaryo
havzasiga,   34,5  
km 3
  Sirdaryo   havzasiga   to‘g‘ri   keladi.[37.]   Chuy   va   Talas
daryolari   havzalaridagi   suv   omborlarining   suv   sig‘imi   nisbatan   kichik   bo‘lib
ulardagi umumiy suv hajmi 1,7 
km 3
 ga teng. Turkmaniston hududidagi Tajan va
Murg‘ob   daryolaridagi   hamda   Qoraqum   kanali   uzunligi   bo‘yicha   qurilgan   suv
omborlarining sig‘imi esa 2,1 
km 3
ga teng.[12.]
Suv   omborlarining   suv   resurslari   O‘rta   Osiyo   mamlakatlari   bo‘yicha
quyidagicha   taqsimlangan:   Qirg‘iziston   Respublikasida   35   %   (21,4  
km 3
),
O‘zbekistonda   28   %   (17,4  	
km	3 ),   Tojikistonda23   %   (14,1  	km	3 ),   Qozog‘iston
janubida 10 % (6,3 
km 3
) va Turkmanistonda 3 % (2,1 
km 3
).[36]
8 1-jadval
O‘rta Osiyo davlatlari hududidagi eng yirik suv omborlari
Suv ombori Daryo Oddiy loyixada ko’rsatilgan
Suv 
sig‘imi,
mln.
m 3 Maydoni,
km 2 O‘rtacha
chuqurligi, m
Tuxtagul Norin 19500 284,0 68,7
Rog‘un Vaxsh 12400 160,0 77,5
Norak Vaxsh 10500 98,0 107,0
Tuyamuyin Amudaryo 7300 790,0 9,2
Chordara Sirdaryo 5700 900,0 7,9
Qayroqqum Sirdaryo 4200 513,0 8,2
Chorbog‘ Chirchiq 2000 40,3 50,0
Andijon Qoradaryo 1750 60,0 29,1
Tolimarjon Amudaryo 2530 77,4 19,8
Tudako‘l Zarafshon 875 225,0 3,8
Kattaqo‘rg‘on Zarafshon 845 83,6 10,1
Janubiy Surxon Surxondaryo 800 65,0 12,3
Ularning   ko‘pchiligidan   bir   yo‘la   qishlo q   x o’ jaligi,   sanoat,   baliqchilik   va
energetika   maqsadlarida   foydalanish   mumkin.   Ana   shunday   suv   omborlariga
Sirdaryodagi   Chordara,   Qayroqqum,   Chirchiq   daryosidagi   Chorbog‘   kabilar
misol   bo’ladi.   Ayni   paytda   Norin   daryosida   Tuxtagul,   Qoradaryoda   Andijon,
Vaxsh   daryosida   Norak   kabi   yirik   suv   omborlari   qurib   bitkazildi.   Bu   suv
omborlari to‘g‘onlarida suv elektr stantsiyalari (GES) qurilib, ular hozirgi kunda
juda katta elektr energeyasi manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.[ 7 .]
O‘zbekistonda   20   asrning   birinchi   yarmida   Zarafshon   vodiysida   –
Kattaqurg‘on,   Kosonsoy   daryosida   –   Kosonsoy   va   Sirdaryoda   -   Farxod   suv
ombrlari qurilgan edi.[24.] Ma‘lumki, 1950 yillarda Respublikamizda sug‘orma
dehqonchilik misli ko‘rilmagan darajada rivojlana bordi, minglab gektar bo‘z va
9 quriq   yerlar   o‘zlashtirildi.   Bir   vaqtning   o‘zida   Chirchiq,   Angren,   Bekobod,
Olmaliq, Navoiy shaharlari kabi yirik – yirik sanoat markazlari bunyodga keldi.
Natijada suvga ehtiyoj ortib ketdi. Shu tufayli  O‘zbekiston daryolarida ko‘plab
suv   omborlari   qurish   ishlari   boshlab   yuborildi.   Jumladan,   Zarafshon   etagida
Quyimozor,   Qashqadaryoda   Chimqo‘rg‘on,   Surxondaryoda-Janubiy   Surxon   va
Uchqizil,   Ohangaron-Tuyabo‘g‘iz   suv   omborlari   qurilib   ishga   tushirildi.[29.]
1960   yillarda   esa   Chirchiq   daryosida   –   Chorbog‘,   Oxangaron   daryosida-Turk,
Qashqadaryo   havzasida-Tolimarjon   suv   omborlari   barpo   etildi.   70-yiollarga
kelib,   ancha   yirik   bo‘lgan   Andijon   (Qoradaryo),   Tuyamuyin   (Amudaryo)   kabi
suv   omborlapri   qurildi.[28.]   Respublikamizda   ishlab   turgan,   nisbatan   yirik
hisoblangan suv omborlari tug‘risidagi ba‘zi ma‘lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
O‘zbekistonning eng yirik suv omborlari
Suv ombori Daryo Ishga
tushgan
yili Suv
sig‘imi,
mln.
m 3
Tuyamo‘yin
Chorbog‘
Andijon
Tolimarjon
To‘dako‘l
Kattaqo‘rg‘on
Janubiy Surxon
Chimqo‘rgo‘n
Ohangaron (Turk) Amudaryo
Chirchiq
Qoradaryo
Amudaryo
Zarafshon
Zarafshon
Surxondaryo
Qashqadaryo
Ohangaron 1979
1978
1970
1977
1983
1952
1964
1964
1974 7300
2000
1750
1530
875
845
800
440
339
Quyimozor
Pachkamar
Karkidon
Tuyabo‘g‘iz Zarafshon
G‘uzordaryo
Quvasoy
Ohangaron 1957
1967
1964
1964 306
243
218
204
10 Hisorak
Shorko‘l
Uchqizil
Kosonsoy(O‘rta to‘qay)
Jizzax
Uchqo‘rg‘on G‘uzordaryo
Zarafshon
Surxondaryo
Kosonsoy
Norin
Sangzor
Chirchiq 1985
1983
1960
1954
1962
1963
1977 170
170
160
160
73,5
54,0
30,0
Suv   omborlarining   turlari.   Suvni   to’plab,   undan   kelgusida   foydalanishga
imkon   beradigan   inshot   suv   ombori   hisoblanadi.   Suv   omborlari   umumiy
ko‘rinishi, suvni to‘plash shart-sharoitlari, to‘gonning qurilishi usullari bo’yicha
xilma-xildir.
Ana shu belgilari bo’yicha ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- yopiq suv omborlari;
- ochiq suv omborlari.
Yopiq suv omborlariga suv saqlanadigan katta-kichik idishlar, rezervuarlar
kiradi.   Bunday   suv   omborlari   temirdan,   temir   –   betondan,   tosh   va   boshqa
materiallardan   quriladi.   Ular   oqimni   kunlar,   xafta,   oy   ba‘zan   mavsumlar
bo'yicha   boshqarishga   mo’ljallanadi.   O‘lkamizda   juda   qadimdan   mavjud
bo’lgan sardoblarni ham ana shunday suv omborlari turiga kiritish mumkin.
Ochiq suv omborlari ikki xil bo’ladi:
1. Dambali suv omborlari;
2. To‘g‘onli suv omborlari.
Dambali suv omborlari quyidagi ko’rinishlarda uchraydi:
a) bir tomonlama damba, nishab joyda seldan saqlash maqsadida quriladi;
b) gir aylanma damba, gorizontal joyda quriladi;
v) yarim kovlangan damba, suv ombori suv sig‘imini kattalashtirish
maqsadida quriladi.[54.]
Yuqorida   qayd   etilgan   suv   omborlaridan   turli   maqsadlarda   foydalanish
mumkin   va   shunga   bog‘lik   holda   vazifalari   ham   turlicha   bo’ladi.   Ma‘lumki,
11 ko‘pchilik   hollarda   suv   omborlari   daryolar   vodiyiga   to‘g‘on   qurish   yo’li   bilan
barpo   etiladi.   Bu   xildagi   suv   omborlari   eng   ko‘p   tarqalgan   va   xalq   xo’jaligida
ularning ahamiyati juda katta.
Suv omborlarining to‘g‘onlari vazifasiga ko‘ra ikki turga bo’linadi:
a)   suv   sathini   kutarishga   mo’ljallangan   to‘g‘onlar.   Ular   energetika,   suv
transporti, daryo yoki kanaldan suv olish maqsadlarida quriladi;
b) suvni to‘plash va daryo oqimini boshqarish maqsadida qurilgan to‘g‘onlar.
Hozirgi kunda yagona maqsadda to‘g‘on qurish kam uchraydi. Ko‘pchilik
to‘g‘onlar majmuali – kompleks maqsadlarni ko‘zlab quriladi.[48.]
Suv   omborlarining   asosiy   ko‘rsatkichlari.   Suv   omborlarining
ko‘rsatkichlari (parametlari) ikki yo‘nalishda belgilanadi:
- suv omborining o‘lchamlarini xarakterlaydigan parametrlar:
- suv omboridan foydalanish rejimini aniqlaydigan parametrlar:
Birinchi   turdagi,   ya‘ni   suv   omborlarining   o‘lchamlarini   xarakterlaydigan
parametrlar quyidagilardan iborat:
a) me’yoriy dimlanish sathi (MDS);
b) foydasiz xajm satxi (FHS);
v) ishchi suv sathi (ISS).
Me’yoriy dimlanish sathi (MDS) shunday sathki, suv ombori shu sathgacha
to’ldirilganda   to‘g‘on   unda   to’plangan   suvni   uzoq   vaqt   ziyonsiz   ushlab   tura
oladi. MDS ning takrorlanishi va davomliligi daryoning oqim rejimiga va uning
boshqarilish darajasiga bog‘lik. Daryo oqimini mavsumiy boshqarishda MDS ga
har   yili   ko‘p   yillik   boshqarishda   esa   faqat   suv   ko‘p   bo‘lgan   yili
erishiladi.Foydasiz   hajm   sathi   (FHS)   -   suv   omborida   tuplangan   suvning   shu
sathda yuqorida joylashgan qismildan foydalaniladi. FHS ning takrorlanishi ham
daryoning oqim rejimiga va uning boshqarilish darajasiga bog‘liq.[49,52.]
II BOB. TADQIQOT  SHAROITLARI, OB’EKTI VA  USULLAR I
2 . 1.  Tadqiqot olib borilgan hududning fizik va geografik xarakteristikasi.
12 Jizzax viloyati O‘zbekistonning markaziy mintaqasida joylashgan. Uzunligi
sharqdan   g‘arbga   180   km,   janubdan   shimolga   175   km   ni   tashkil   qiladi.
Viloyatning maydoni 21.1 ming kv.km.ni tashkil qiladi.[6.]
Viloyat janubi-sharqda Tojikiston respublikasi, janubi-g‘arbda Samarqand,
g‘arbda Navoiy viloyatlari, shimoliy –sharqda Sirdaryo viloyati va Qozog‘iston
respublikasi   bilan   chegaradosh   (Boltaev,   2007;   Nishonov,1980).   Hududning
katta   qismini   sharqdan   g‘arbga   va   qisman   shimoli   g‘arb   tomonga   cho‘zilgan
Chimqortog‘   va   Molguzartog‘,   g‘arbdan   sharqqa   va   janubga   tomon   cho‘zilgan
Nurota tizma tog‘lari, shimol  tomondan Qozog‘istondagi  Chordara to‘g‘onidan
viloyatning   shimoli–g‘arbidagi   Navoiy   viloyati   hududiga   qadar   cho‘zilgan
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi tashkil etadi.
Turkiston   va   Nurota   tizma   tog‘lari,   katta   hududlarni   egallagan   tog‘
yonbag‘irlari   ko‘pdan-ko‘p  qirlar   va  soylar,  dasht   va  past  tekisliklardan   iborat.
Viloyatning   janubidagi   balandligi   2600   metr   bo‘lgan   Molguzar   tog‘idan
shimoliy   hududdagi   Aydarko‘lgacha   (240   m)   pasayib   ketishi   bu   hudud   uchun
xarakterlidir.Orografik-geologik   relefi,   tuproq,   o‘simlik   va   dunyosiga   ko‘ra   ,
viloyat   ikki   qismga   ajratiladi.   Birinchisi   Jizzax   vohasining   shimoliy   qismi–
asosan   past   tekisliklardan   iborat.   Ikkinchisi,   janubiy   qismi   sharqdan-g‘arbga
yo‘nalgan Turkiston tizma tog‘lari qad ko‘targan, g‘arbda– Molguzor, Qo‘ytosh,
Baliqlitog‘  o‘rab  turadi.  C h ekka  shimolini  Qizilqum   cho‘li   egallagan.  S h imoli-
sharq   va   sharq   tomondan   viloyat   maydoni   Mirzacho‘lning   landshaftlari   bilan
chegaralangan.   Janub   va   janubiy-sharq   tomondan   esa   Oloy   va   Turkiston
tizmalari   tutashib   ketgan.   Jizzax   vohasi   qit’aning   ichkarisida,   dengiz
havzalaridan   ancha   uzoqda   joylashgan,   shuning   uchun   ham   hududning   cho‘l
qismida iqlimi quruq va o‘zgaruvchandir, yog‘in kam yog‘adi va uning miqdori
yil davomida bir xil bo‘lmaydi (Nishonov,1980; Boltaev, 2007 ).
Harorat va namlik darajasi ham kun va yil davomida keskin o‘zgarib turadi.
Bu   omil   esa   o‘simliklarning   vegetatsiyasi   davriga   ham   katta   ta’sir   qiladi.   Bu
hududda ikkita- bahorgi namlik va issiqlik bilan xarakterlanadigan qisqa davom
13 etadigan   va   yozgi   quruq   va   issiq,   ancha   uzoqroq   davom   etadigan   fazalar
kuzatiladi.
Suv va issiqlik jarayoni rejimining bunday o‘ziga xosligi, tekislik joylarda
ham,   tog‘larda   ham   mavjuddir.   Yer   yuzasi   dengiz   sathidan   tobora   baland
ko‘tarilib   borgan   sari   quruqlik   va   issiqlik   fazasining   kamayib   borish   evaziga,
suv organizm turlari ham davriy rivojlanish dekadasi o‘zgarib boradi.
Yer   yuzasining   quyosh   nurlari   kuchli   qizdiradigan   va   sutkalik   harorat
keskin   o‘zgarib   turadigan,   quruq   iqlim   sharoitida,   tog‘   jinslarining   nurash
jarayoni   ro‘y   beradi.   Vohaning   tog‘li   relefi   va   tog‘   jinslarining   bunday
yemirilishi   va   surilishi   jarayonlarining  uzoq   davom   etishi,  tuproq  tarkibiga   o‘z
ta’sirini  o‘tkazgan.  Uning  tarkibida  qum   va  lyos  tuproq  bo‘lib,  shag‘al,   mayda
toshchalar   albatta   uchraydi.Viloyat   hududining   asosiy   qismi   dengiz   sathidan
ancha   balandlikda   joylashganligi   uchun,   tuproq   hosil   qiluvchi   jinslarning   turli
xilligi, iqlim sharoiti tez o‘zgarib turadi.
Viloyatning   sug‘oriladigan   yerlarida   madaniy   voha   tuproqlari,   tog‘
yonbag‘irlarida to‘q tusli bo‘z tuproq yoki och tusli jigarrang va o‘rmon qo‘ng‘ir
tuproqlari   mavjud.   Och-qo‘ng‘ir   rangdagi   tuproqlar   dengiz   sathidan   2000   metr
balandlikdan   boshlanib   Turkiston   tizmasining   asosiy   qismini   tashkil
qiladiViloyatning   tabiiy   iqlim   sharoiti   keskin   kontinental.   Hududning   qishi
sovuq,   yozi   issiq   va   quruqdir.   Uning   tog‘li   qismida   yoz   fasllari   cho‘ldagiga
nisbatan ancha salqin bo‘ladi.
Vohada   eng   issiq   oy   –iyul   bo‘lib,   oylik   o‘rtacha   harorat   S 0
  28-   S 0
30
gradusni   tashkil   etadi.   Vohaning   tog‘li   qismida,   harorat   maksimum   C 0
  40
harorat gacha   ko‘tariladi.   Vohada   yozda   eng   yuqori   harorat   S 0  
47   gradusgacha
ko‘tariladigan bo‘lsa, qishda eng past  harorat minus S 0
  -29 gradusga pasaygan.
Sovuqsiz   davr   210-228   kunni   tashkil   qiladi.Viloyat   hududida   yillik   yog‘in
miqdorining   taqsimlanishi   ham   notekis.   Ayniqsa,   eng   past   joylashgan   cho‘l
joylarda yog‘in juda kam yog‘adi. Voha hududining eng past qismi-Mashiquduq
stansiyasi   atrofida   yillik   o‘rtacha   yog‘in   137   mm.ni   tashkil   qiladi.Hududning
dengiz yuzasidan balandlasha borishi  bilan, hamda sharq tomonga va janubdan
14 shimolga qarab borgan sari yillik yog‘in miqdori ko‘paya boradi. Masalan, yillik
yog‘in   miqdori   Mirzacho‘lda   (absolyut   balandligi   276   m)   –   295   mm   ga,
Jizzaxda (balandligi 392 m)- 366 mmga, Sangzorda (balandligi 1313 m) – 397
mmga   etadi.   Viloyat   tabiatining   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   tog‘lar   va
tog‘yonbag‘irlari   tarkibida   Mendeleev   davriy   sistemasi   elementlarining
ko‘pchilik   elementlari,   jumladan   temir,   oltin,   oltingugurt,   volfram,   radiy
elementlari,   shuningdek   kremniy   kislotasi,   karbon   gazi,   ishqorli   termo-
minerallar bo‘lgan qator shifobaxsh suv manba’larining mavjudligidir.
Baxmal,   G‘allaorol,   Zomin   tumanlari   hamda   Jizzax   va   Forish
tumanlarining   tog‘li   hududlarida   yog‘ingarchilik   nisbatan   mo‘l   bo‘ladi.
Haroratning   mu’tadilligi   sababli   Baxmal,   G‘allaorol   va   Forish   botiqlarida,
Zominsoy,   Yettikechuv   va   Ko‘rpasoyda   suvning   bug‘lanishi   nisbatan   kam.
Sangzor va Zominsuv daryolari Jizzax vohasining asosiy tarmoqlari bo‘lib, ular
sersuv   va   voha   uchun   muhimdir.Sangzor   daryosi   3300   metr   balandlikdagi
SHunqortog‘   tizmasining   shimoliy   yonbag‘ridan   boshlanadi.   U   2   tog‘   soyi   -
G‘o‘ralash   va   Jontakasoyning   qo‘shilishidan   paydo   bo‘lgan   va   Morguzor
tizmasini   yoqalab   o‘tib,   Jizzax   vohasiga   oqib   tushadi.   Suv   yig‘ish   maydoni
2.580 kvadrat kilometr, ilk manbasidan Qili qishlog‘igacha bo‘lgan uzunligi 143
kilometr. Sangzor daryosi Qili orqali Tuzkongacha yetib boradi. Uzunligi 94 km
bo‘lgan   Tuyatortar   kanali   Zarafshon   daryosi   suvini   Sangzorga   qo‘yadi.   Bu
suvlar   viloyatda   37.5   ming   gektar   maydonda   baliqchilik   ya’ni   akvakulturani
rivojlantirishda muhum ahamiyatga ega. Sangzor daryosining kengligi yuqori va
o‘rta   qismida   120   -160   metrni,   quyi   qismida   250-280   metrni   tashkil   qiladi.
Jizzaxsuv   ombori   -   Jizzax   temir   yo‘l   stansiyasidan   7   km   uzoqlikda,   uning
janubiy-sharqiy tomonida joylashgan. Molguzar tizmasining tog‘oldi tekisligida
Sangzor   daryosi   konus   yoyilmasi   va   Rovotsoy   konus   yoyilmalari   oralig‘ida
qurilgan.   Foydali suv hajmi qayta ta‘mirlanganidan so‘ng (1987-y) 100 mln  
m 3
ni tashkil qiladi.
15 1-rasm.
Jizzax suv omborining umumiy ko‘rinishi.
2-rasm.
Giss xaritadan ko‘rinishi.
16 Sangzor   daryosining   toshqin   suvlaridan   tashqari   Eski   Tuyatortar   kanali
Zarafshon daryosidan ham suv oladi. Jizzax suv ombori Jizzax vohasini doimo
suv   bilan   ta‘minlash   va   qo‘shimcha   yerlarni   sug’orish   maqsadida   qurilgan.
Me‘yorida to‘lgan vaqtda suv hajmi 87,5 mln  m3   ,maydoni 13 km kv dan ortiq,
uzunligi   3,3   km   ,   eng   keng   joyi   5,1   km   tashkil   etadi.   O‘rtacha   chuqurligi   20
metr, eng chuqur joyi 70 m. Suv omboriga Eski Tuyatortar kanali orqali 114,3
mln  
m 3
  /yil   va   Rovotsoydan   5,1   mln  
m 3
/yil   suv   kelib   quyiladi.   Hududning
g‘arbida   joylashgan   Sangzor   daryosi   va   sharqida   joylashgan   Zominsuv
daryolarining   oralig‘ida   Molguzar   tizmasining   shimoliy   yonbag‘irlarida   bir
qancha   soylar   hosil   bo‘ladi.   Achchisoy,   Pshog‘orsoy,   Toylonsoy,   Rovotsoy,
Ardaxshonsoy   kabi   soylar   oqadi.   Ularning   suv   sarfi   umumiy   holda   0,17  
m 3
sekunddan 0,60 	
m3  / sekundgacha o‘zgaradi.
Jizzax suv ombori 1973 yilda foydalanishga topshirilgan, 1987 yilda qayta
ta‘mirlangan.   Hozirgi   kunda   to‘liq   suv   hajmi   100   mln   metr   kub.,   shundan
foydali   suv   hajmi   87   mln   metr   kub.   To‘liq   suv   hajmi   esa   4   mln   metr   kubdan
oshmaydi. Loyqa to‘lish muddati 41 yil, suv omborining suv yuzasi bo‘yicha eni
4,2 km, uzunligi 3,3 km metr. Suv omborining chuqurligi 20 metr, maydonining
yuzasi 13,75 km kv.[11]
3-jadval
Jizzax suv omborining texnik ko‘rsatkichlari
Nomlari Ko‘rsatkichlari
Qurilish
yillari 1963-1973 yil
Qayta ta‘mirlangan yili 1987 yil
Loyixachi tashkilot Uzdavloyixa instituti
Qurilish tashkiloti Yangiyer suv qurilish tresti
Suv   omborining   qayta
ta‘mirlash   Jizzax   suv   qurilish
ishlari buyicha qurilish tashkiloti tresti 2-M K K
Foydalanishga topshirilgan yil 1973 yil
17 To’liq suv hajmi
- qurilgandan keyin
- qayta ta‘mirlangan keyin 85 mln,m3
100 mln, 
m 3
Foydali suv hajmi 87 mln, 
m 3
Ulik suv hajmi 4 mln, 
m 3
Loyqa tulish muddati 41 yil
Suv omborining uzunligi
- suv yuzasi buyicha 4,2 km
Suv omborining uzunligi
- suv yuzasi buyicha 3,3 km
Suv sathi (N P U) 372,55
Ulik xajli sathi (U M O) 356,50
Suv omborining chuqurligi 20 m
Suv omborining yuzasi 13
km 2
- N P U 13,75
km 2
- U M O 1,5 
km 2
Kirish kanali
Uzunligi
- shundan betonli 6,0 km 8,4 km
Suv utkazish qobiliyati 50
m 3
m3/sek
Chiqish  kanali
Uzunligi
- shundan betonli 15,3 km
15,3 km
Suv  o’ tkazish qobiliyati
- boshida
- oxirida 15 	
m3 /sek
1,6 
m 3
/sek
Jizzax   viloyatining   ikkinchi   yirik   daryosi   –   Zomin   daryosi   Turkiston
tizmalarining   yuqori   qismidan-   Qashqasuv,   Ko‘lsuv   va   Qizilmozorsoylarning
qo‘shilishidan   paydo   bo‘lgan.   Suv   yig‘ish   maydoni   Sangzor   daryosinikidan
ancha kam -694 kv.km, uzunligi 41 km, umumiy uzunligi esa 50 km ni tashkil
18 qiladi.Sangzor   daryosi   tog‘lardan   chiqaverishda   kengaygan   joydan   Jizzax
vodiysi   boshlanadi.   Uning   janubiy   chegarasi   Molguzar   va   Nurota   tizmalari
hamda bu tog‘lar etaklaridagi qiya tekisliklardir.
Jizzax   vohasining   tekislik   joylashgan   qismida   Arnasoy   ko‘l   sistemasi
vujudga   kelgan.   Hozirda   Arnasoy   ko‘l   sistemasining   umumiy   maydoni   2300
kv.km  ga  etdi. Eng so‘nggi   ma’lumotlarga  ko‘ra Arnasoy-Tuzkon  – Aydarko‘l
ko‘llarining qo‘shilib ketishi natijasida umumiy sathi 3.1 ming kv.km maydonga
ega bo‘lgan ulkan ko‘l sistemasi vujudga keldi.
Tadqiqotlar Respublikamizda sun’iy baliqchilikni rivojlantirishga qo‘shgan
hissalari juda katta ahamiyatga ega.Bu ilmiy izlanishlar olib borgan olimlarning
ilmiy   maqolalari,   olib   borgan   tajribalari   bilan   yaqindan   tanishib   ularning   ish
uslublarini o‘rganib yanada takomillashtirishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
1957-1959   yillar   maboyinida   N.A.Stepanova   va   N.V   Pridatkina   hozirgi
vaqtdagi   Toshkent   viloyati   baliqchilik   xavzalarida   zooplanktonlarni   tadqiq
qilishlari   natijasida   86   tur   organizmlarni   qayd   qilishgan.   Jumladan,   52   tur
kolovratkalar,   30   tur   shoxdormo‘ylovli   qisqichbaqasimonlar   organizmlarni
aniqlashgan.   Bu   organizmlar   ichida   asosan   kolovratkalardan:   Brachionus
angularis,   brachionus   calicifloris,   B.   quadridentatus,   Keratella   valga,
Asplanchna priodonta, Polyarthra vulgaris, Filinia longiseta  ko‘plab uchrashligi
va zooplanktonlar tarkibining asosini tashkil qilgan.
1986-2000   yillar   mobaynida   I.M.Mirabdullaev   va   A.R.Kuzmetov
tomonidan   zooplankton   organizmlarning   tur   tarkibi   va   sistematik   jihatdan
o‘rganilgan [7]. 
Jizzax   suv   ombo rining   gidrobiologik   va   gidro kimyoviy   h olati .   harorat
rejimi   h avzalarda   harorat   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Haroratga   asosan
gidrobiontlarning   hayotiy   jarayonlari   ta’sir   etadi.   Gidrometeorioligiya
ma’lumotlariga ko‘ra suvning  harorati  kunduzi   gradus  31-32   o
C  atrofida  bo‘lib,
kechqurunga kelib  22-23 o
C  gradusga   kamayadi. Sutkalik  o‘rtacha  harorat   24,5-
27,1   gradus   atrofida.   Iyul   oyining   oxiri   avgustning   boshida   eng   yuqori
19 temperaturaga   ko‘tarilishi   qayd   qilingan.   Arealda   harorat   baliq ning   o‘sishi   va
oziqlanishi uchun  optimal  normal  h isoblanadi. [8].
Kislorod rejimi. Suvdagi erigan kislorodning miqdori faktor sifatida mu h im
a h amiyatga   ega.   Kislorodning   suvdagi   miqdori   kamayib   ketsa   baliq   va   boshqa
organizmlarning   halokatiga   olib   keladi.   Oziqlanish   koeffitsentiga   ham   salbiy
ta’sir   qiladi.   Suvda   kislorodning   ko‘payishi,   asosan   atmosferadagi   kislorodning
suvga   o‘tishidan   va   o‘simliklarning   fotosintez   jarayonida   ajralgan   kisloriodi
hisobiga   bo‘ladi.   Suvdagi   kislorod   miqdorining   o‘zgarib   turishi   shu   suv
xavzasiga   quyilayotgan   suvdagi   kislorodning   ozligi   va   ko‘pligiga   ham   bog‘liq.
Suvdagi   erigan   kislorod   miqdori   2%   dan   kamayib   ketsa   karp   baliqlari   uchun
kritik hisoblanadi. Havzalarga xaddan tashqari ko‘p baliq tashlansa xam kislorod
kamayib ketadi.
Suv   ombori   sig‘imlangan   bo‘lib,   asosan   baliqlar   va   chavoqlarni   va   tovar
baliqlarni   yetishtirishga   moslashgan   va   atrofi   betonlangan   holda   bo‘ladi.
Havzalarning   tagi   shag‘aldan   tarkib   topgan.   Ob-havosi   o‘zgaruvchan.   Y o zi
uzoqroq,   ob-havoning   oylik   o‘rtacha   temperaturasi   yanvar   oyida   -0,96   gradus,
iyul   oyida   +27   gradus,   yillik   o‘rtacha   temperaturasi   +12,7   gradus.   Suvning
bug‘lanishi   iyun   va   avgust   oylarida   kuzatiladi.   Sentyabrda   havoning   biroz
sovishi   kuzatiladi.   Y o zning   havo   namligi   10-15%   gacha   pasayadi.   Havoning
o‘rtacha yillik yillik nisbiy namligi 50-60% ga teng.
H ar   bir   suv   omborining   dambasi,   suv   kiradigan   va   suv   chiqadigan   kanali
bo‘ladi. Suv chiqadigan kanal suv ombori ning   tubidan boshlanadi va kanalning
chiqish   joyiga  baliq   tutqich  quriladi..  Suv   kirish   joyidan  suv   chiqish   joyigacha
qiyalik 15-20%ni tashkil qiladi. Demak, maydonning 10-15%ni, hovuzning o‘rta
qismi   chuqurligi   1,5   metr,   hovuzning   maydonining   60%,   suv   chiqadigan   joy
chuqurligi  1,8-2,0 metr, bu ham  suv omborining 15-20%ni  tashkil  qiladi. Agar
suv   ombori   5-10 o
  ga   qiya   bo‘lsa,   unda   hovuzning   o‘rtasidan   chuqurligi   30-50
metr, bo‘ladi.
Suv   ombori   qurilayotganda   uning   tuprog‘i   atrofiga   chiqarilib   damba
qilinadi. Dambalarning qalinligi hududning katta-kichikligiga bog‘liq. Katta suv
20 omborlarida to‘lqin katta bo‘ladi (10-20 metr); shunga munosib damba tubi 5-6
m va yuqori qismi 20-50 metr kenglikda bo‘lishi kerak. C h unki bunday  hududda
to‘lqin katta bo‘ladi. Suv kiradigan joyga diametri 5 0  metrli quvur, kirish joyiga
to‘r   qo‘yiladi.   To‘r   har   2-3   soatda   tekshiriladi   va   tozalanadi.   Suv   chiqadigan
joyda   drenaj   betondan   tayyorlanadi.   Suv   chiqishi   maxsus   moslama   orqali
boshqariladi.   Hovuzning   asosiy   hususiyati   –   suvini   to‘liq   chiqish   imkoniyatini
yaratish lozim. Hovuzda suvning har qa y erda qolishi eng yomon hodisa, chunki
baliqlar   qolib   ketadi.   Jabra   balchiq   bilan   to‘ladi.   S h uning   uchun   ham   baliq
tutqichning   ahamiyati   katta.   Baliq   tutqich   kattaligi   suv   omborining   katta-
kichikligiga   qarab   tayyorlanadi.   Agar   hovuz   30-50   ga   bo‘lsa,   baliq   tutqich
uzunligi   20-30   metr,   eni   esa   2-3   metr.   Agarda   baliq   ya x shi   holatda   bo‘lishi
uchun   toza   suv   baliq   tutqichga   tushib   turishi   kerak.   Suv   ombori   1,0-1,5   ga
bo‘lsa,   baliq   tutqich   uzunligi   2   metr,   eni   esa   1,5   metr,   kattalikda   bo‘lishi
mumkin.
Bahor vaqtida suv ombori qirg‘oqlari efemer va efemeroid o‘simliklar bilan
qoplanadi.   Suv omborida   xara va tuban o‘simliklar  bilan bir qatorda ko‘pincha
yuksak suv o‘simliklari ham o‘sadi. Eng yuqori temperatura (31,2 gradus) iyun
oyining   oxirida   kuzatiladi,   minimal   harorat   esa   oktyabr   oyida   kuzatiladi.
Hududda   o‘rtacha   oylik   shaffoflik   0,48-0,22m   atrofida   bo‘ladi.   Suvning   sifat
ko‘rsatkichi   havzalarda   butun   mavsun   davrida   7,57   dan   9,62   gacha   o‘zgarib
turadi. Oylik eng past o‘rtacha ko‘rsatkich 4,5 bo‘ldi.
O‘zR   FA   Zoologiya   Instituti   ixtiologiya   va   gidrobiologiya
laboratoriyasining   ma’lumotiga   va   kuzatishlariga   qaraganda,   suv   omborining
gaz   bosimi   yozgi   vaqtda   keskin   yomonlashadi.   Suvda   erigan   kislorodning
miqdori   kechasi   pasayadi,   kunduzi   esa   8.5-11.4   mg/l   oraliqda   o‘zgarib   turadi.
Erkin karbonat   kislotaning miqqdori  8.8-9.4 mg/l,  suvning  faol   reaksiyasi  RN-
7.5. Suvda sulfatlar va xloridlar mavjud.  Quyida suv omborining gidrokimyoviy
holati keltirilgan.Suvning gidrokimyoviy va gidrobiologik holati doimo nazorat
ostida bo‘lishi lozim.
21 4- jadval
Suv omborining  gidro k imy o viy  h olati
Sana °S O
2 , mg/l NO
3 NH
4 pH
15.0 3 -20.0 3 25 ,8 10,7 2,0 8,2 8,7
21.0 3 -25.0 3 24,5 14,8 0,8 8,3 9,3
26.0 3 -30-0 3 25,0 7,9 0,5 8,0 7,5
1.0 4 -5.0 4 25,3 2,5 0,3 8,0 8,2
6.0 4 -8.0 4 26,4 1,7 1,9 8,2 7,8
9.0 4 -15.0 4 25,3 10,2 2,4 7,4 8,4
16.0 4 -20.0 4 26,2 7,8 2,8 8,0 9,0
21.0 4 -25.0 4 27,1 4,9 2,3 8,1 7,5
26.0 4 -30.0 4 25,6 11,9 3,4 6,9 8,7
0 1.0 5 -   3.0 5 25,8 12,0 2,1 9,4 8,7
2.2Tadqiqot ob’ekti va usullari
Tadqiqot   ishlarida   Jizzax   viloyatidagi   Jizzax   suv   omborida   olib   borildi.
2018   -   2020   yillarda   o‘tkazildi.   Ushbu   vaqt   davomida   Jizzax   suv   omborida
uchraydigan   Zooplankton,   Fitoplankton   va   Ixtiologik   faunistik   tadqiqotlar
o‘rganildi  hamda  ekspremental  tajribalar   olib borildi. E .K.Suvorov  (1948),   I . F .
Pravdin  (1966   )   lar tavsiya etgan usullardan foydalanildi. Tananing morfometrik
ko‘rsatgichlari   shtangenserkul   yordamida   (segoletka,   voyaga   yetgan   baliqlar)
o‘lchovlar bajarildi.   Tadqiqot o‘tkazish jarayonida asosan 2 xil sharoitdan, yani
dala va laboratoriya sharoitlaridan foydalanildi. 
Bunda   gidroximik,   gidrobiologik,   ixtiologik   metodlardan   foydalanildi   va
quyidagi ishlar qilindi. Suv sifatini aniqlash uchun YS (sho‘rlanish va haroratni,
kislorodni o‘lchaydigan) asbobidan foydalanildi va ko‘llarning suvini ximiyaviy
tarkibini,   pestisidlarni   o‘rganish   uchun   suv   na’munalari   olindi.   (S е myonov
metodi).   Baliqlarni   o‘rganishda   qabul   qilingan   uslublardan   foydalanildi.
(Pravdin.   I .F   1966 , Pirojnikov P.L  1953y). Bundan tashqari  na’munalar  joyini
belgilashda   geoinformatsion   sistemalardan   foydalanildi.   Buning   uchun   JPS
22 yordamida   na’muna   olinadigan   joy   koordinatalari   belgilandi   va   Giss   dasturlari
yordamida o’zimizning mobil xaritaga belgi kiritildi.
Zooplankton   na’munalarni   konusli   plankton   suzgichlari   Djedi   to‘rlaridan
yoki   tutqich (   sachoklar )   to’rlar   yordamida   50 - 100   litr   suvni   chelak   yordamida
suzib   olish   va   suvning   ma’lum   chuqurligiga   to‘r   tashlanib   uni   tortib   olish
usuli dan   foydalaniladi.   Agarda   suv   havzasida   qayiq   bo‘lsa   uning   yordamida
o‘rtaroq   qismidan   ham   na’munalar   yig‘iladi.   Bu   na’munalar   4%   li   formalin
eritmasida fiksatsiya qilinadi. Keyingi tadqiqotlarni laboratoriyada binokulyar va
mikroskopda   qaralib,   turlari   aniqlanib   sifat   va   miqdor   ko‘rsatkichlari
hisoblanadi.   1   m 3
dagi   zooplankton   miqdorini   aniqlash   uchun   na’munadagi
organizmlar  miqdorini  filtirlangan  suvning litrli  hajmiga bo‘linib, so‘ngra 1000
ko‘paytiriladi.   Filtrlangan   to‘rning   suv   hajmini   aniqlash   uchun   to‘rning   tutish
(kirish)   teshigi   maydonini   santimetrda   ifodalangan   ov   qalinligiga   ko‘paytirib
topiladi.   Masalan,   to‘rning   kirish   teshigining   radiusi   9   sm,   tutish   qalinligi   1   m
(100 sm).
To‘rning tutish teshigi :
S = 3,14 x 81 = 254,34 sm 2 
;
Filtrlangan hajm :
254,32 x 100 = 25432 ml = 25,432 l.
Ana   shunday   hajmdagi   suvdan   filtratsiya   natijasida   na’munaga   255
zooplankton organizmlari tushgan bo‘lsa, 1 m 3
(1000 l) ga qayta hisoblash uchun
quyidagicha   yo‘l   tutamiz:   V   =   255   :   25,432   x   1000   =   10   000   ekz.   /   m 3
.
Zooplanktonning   biomassasini   har   bir   organizmning   individual   massasini   tur
miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi.
Organizmning   massasini   esa   uning   uzunligiga   bog‘lab   tenglama   bo‘yicha
aniqlanadi:
W =q x L b
,
bunda: W – tananing massasi (og‘irlik) mg da, L – tananing uzunligi mm da,
b – ko‘rsatgich darajasi, q – 1 mm kattalikdagi tananing konstantasi.
23 Ayrim   zooplankton   vakillarining   tenglama   parametrlari   umumlashtirilgan
holda Babushkina, Vinberg (1979) va Alimovlarning (1989) ishlarida keltirilgan.
Organizmlarni   o‘lchash   mayda   va   yetuk   organizmlar   uchun   alohida   holda
binokulyar ostida olib boriladi.
Fito   va   zooplankton   organizmlarning   soni   va   biomassasini   1   m 3
  suv   hajmida
aniqlanadi, bunda hujayra litr, va biomassa g/m  3
 zooplankton uchun dona m  3
 da
va biomassasi uchun gr/m  3
 bilan hisoblanadi.
Zooplankton organizmlar uchun hisoblash quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N = A ∗ V ∗ 1000
n
A- 1 ml suvdagi organizmlar soni,
V- tekshirilayotgan na’muna hajmi,
n –filtrlangan suv miqdori,
Batometr   –   bitta   va   ikkita   silindrdan   iborat   asbob   bo‘lib,   ochiq   holda
suvning   ma’lum   chuqurligiga   tushiriladi.   U   trosga   urilsa   avtomat   tarzda
yopilishi   ham   mumkin   yoki   tros   bilan   tushirilgan   qo‘shimcha   yuk   yordamida
yopiladi. Silindrning pastki  qismida jo‘mrak bo‘lib olingan na’muna filtrlovchi
moslama   (stakanli   suzgich)orqali   olinadi.Batometr   oddiy   suzgichga   (Djedi,
Apshteyn) qaraganda plankton yig‘ish uchun yaxshi uskuna hisoblanadi. Ba’zan
batometr   ichiga   termometr   ham   o‘rnatish   mumkin   shunda   bir   vaqtning   o‘zida
suvning temperaturasi ham o‘lchanadi.
Ixtiologik metodlar  yordamida baliqlar na’munalari ko‘llardan yiliga 3 xil
mavsumda,   ya‘ni   bahor,   yoz,   kuz     oylarida   har   xilsuvliklardan   baliq
na’munalariolib o‘rganildi. Bunda  Qora baliq (Schizothorax intermedius)
va   oq   amur   ( Ctenopharyongodon   Idella )   baliqlarni   o‘rganish   uchun   oddiy
ixtiologik   metodlardan   foydalanilgan.   (Pravdin.I.F.   1966y,   Pirojnikov.P.L.
1953y).
Buning   uchun   dastlab   dala   sharoitida   har   xil   o‘lcham   (35,45,55,65   mm)
dagi   to‘rlar   bir   yil   ichida   bahor,   yoz,   kuz   oylarida   tushdan   keyin   suvlarga
tashlandi.   Keyin   ertasiga   ertalab   tashlangan   to‘rlar   va   ularga   tushgan   baliqlar
24 yig‘ib olindi. Yig‘ib olingan baliqlarning turli ko`rsatkichlari aniqlandi, uzunligi
maxsus   taxtadan   yasalgan   o‘lchash   asbobi   yordamida   va   og‘irligi   2   marta
(birinchisida   umumiy,   ikkinchisida   ichaklarsiz)   tarozi   yordamida   o‘lchandi,
keyin   baliqlarning   ichki   qismi   skalpel   yordamida   ochilib   yog‘liligi,   jinsi
aniqlandi, yoshi va o‘sish jarayonini o‘rgandik.
Dala   sharoitida   bu   na’munalar   solishtirish   va   o‘rganish   uchun   suv   sifati
namunalari,   zooplankton,   hasharotlar,   SPMD   –pestisidlarni   aniqlash   uchun
maxsus   asbob,   xlorofil   namunalari   bilan   bir   vaqtda   olindi.   Barchasi   daladan
laboratoriyaga olib kelinib sovutgichga qo‘yildi.
Laboratoriya sharoitida  olingan tangacha   namunalari   petri   idishlarida  toza
suvda   tish   cho‘tkasi   yordamida   tozaladik,   buyum   oynachasiga   har   bir   tur
baliqniki   alohida   qilib   joylandi   va   mikroskop   yordamida   ko‘rilib   halqalar   soni
sanaldi   va   tangachasiga   qarab   baliq   qanday   sharoitda   yashaganligi   o‘rganildi,
baliqning yoshi, o‘sish jarayoni aniqlandi. Ichaklaridan olingan na’munalar ham
mikroskop   yordamida   ko‘rilib   qaysi   turdagi   ozuqalarni   iste‘mol   qilganligi
o‘rganildi.   Barqaror   izatopni   o‘rganish   uchun   olingan   na’munalar   kodlanib
quritish  uchun  pechkaga  qo‘yildi.  Barcha  qilingan va  olingan ma‘lumotlar   yon
daftarga   yozib   borildi.   Tananing   morfometrik   ko‘rsatkichlari   shtangel   serkul
yordamida   (segoletka,   voyaga   yetgan   baliqlar)   o‘lchovlar   bajarildi.   Ayniqsa   1
mm   gacha,   voyaga   yetgan   baliqlalar   uchun,   mayda   baliqlar   uchun   0,5   mm
gacha.   Merestik   plastik   ko‘rsatgichlar   tana   uzunligiga   nisbatan,   dum
suzgichisiz.Voyaga   yetgan   baliqlar   yoshi   va   o‘sishi   Eynar   Lea   (1910)   usuli
orqali bajarildi.
Ln= Vn
V
Ln- n yoshdagi baliq uzunligi
Vn- yillik halqadan to tangacha markazigacha (n-yoshdagi)
V- tangacha uzunligi (markazdan tangacha qirrasigacha)
Voyaga  yetgan baliqlar yoshi o‘sishi Roza Li (1920) usullari orqali bajarildi.
Ln= Vn
V (L-a)+a
25 L- Baliq uzunligi dum suzgichisiz
V- tangacha uzunligi (markazdan tangacha qirrasigacha)
Ln- n yoshdagi baliq uzunligi
Vn- yillik halqadan to tangacha markazigacha (n-yoshdagi)
a- tangacha hosil bo‘lgunga qadar masofa
Bir   halqa     bilan   ikkinchi     halqa   orasidagi   masofa   mikromer   orqali   MBS   –   2
bilan   8x2,     8x4   orqali   (okulyar   ,   ob’ektiv   2,4)   aniqlandi.   Oraliq   halqalar   esa
―Biolam - Lomo  okulyar mikromer 15x20 orqali hisoblab chiqildi.‖
Semizlik koeffitsenti quyidagi formula bilan   aniqlanadi.
Q= W ∗ 100
l 3
Q-semizlik koeffisenti
W – baliq og‘irligi
l  3
– baliq uzunligining kubi
Baliq serpushlik koeffitsentini A.I.Bening taklif etgan formula bilan aniqlandi.
n= LW
S
Bundan   tashqari   E.K.Suvorov   (1948),   I.F.Pravdin   (1966)lar   tavsiya   etgan
usullardan hamda Bantirovka qilish usullaridan foydalanildi.
26 III. BOB. TADQIQOT NATIJALARI
3 . 1  Jizzax suv omborining z ooplankton organizmlar i
Zooplankton   na’munalarni   konusli   plankton   suzgichlari   Djedi   to‘rlaridan
(№ 56-76) yoki tutqich sachoklar yordamida  50 - 100  litr suvni chelak yordamida
suzib   olish   va   suvning   ma’lum   chuqurligiga   to‘r   tashlanib   uni   tortib   olish
usuli dan   foydalaniladi.   Agarda   suv   xavzasida   qayiq   bo‘lsa   uning   yordamida
o‘rtaroq   qismidan   xam   na’munalar   yig‘iladi.   Bu   na’munalar   4%   li   formalin
eritmasida fiksatsiya qilinadi. Keyingi tadqiqotlarni laboratoriyada binokulyar va
mikroskopda   qaralib,   turlari   aniqlanib   sifat   va   miqdor   ko‘rsatkichlari
xisoblanadi. Qoidaga muvofiq zooplankton na’munalarini asosan ikki yo‘l bilan
yig‘iladi:
1) sifat na’munalari;
2) miqdor na’munalari.
Na’munalarni   miqdoriy   qayta   ishlash   har   bir   turga   mansub   organizmlarni
miqdorini   aniqlashdan   iborat   bo‘ladi.   Sanash   usulidan   tashqari   yana   hajm   va
vazn   o‘lchovlari   bo‘lib,   zooplanktonni   va   uning   alohida   turlarini   xissasini
aniqlash   qiyin   bo‘lgan   hollarda   yig‘indi   baholash   uchun   ma’lumot   olinadi.
Planktonni hisoblash tindirilgan boshlang‘ich na’munani zooplanktonini uchrash
darajasiga qarab ma’lum bir  konsentratsiyasi  hajmidan (20-100 ml)  boshlanadi.
Organizmlarning zichligi past bo‘lgan yoki yirik turlarni hisoblash zarur bo‘lgan
hollarda   na’munani   tabiiy   holdaligigicha   ko‘rib   chiqiladi.   Na’munalarda
organizmlarning   miqdori   100   donadan   ortiq   bo‘lgan   holda   uning   bir   qismini
shtempel-pipetka   bilan   olib   hisoblanadi.   Organizmlarning   na’munadagi
miqdoriga   qarab   0,2;   0,5;   1;   2   va   5   ml   li   shtempel-pipetka   ishlatiladi.   Mayda
organizmlarni   Kolkvits   kamerasida   (0,2-1,0   ml),   yiriklarini   esa   Bogorova
kamerasida(5,0-10,0 ml) sanab boriladi.
Na’munalar keng bo‘yinchali idishlarga(stakanlarga)  quyiladi va yaxshilab
aralashtiriladi,   so‘ngra   shtempel-pipetkada   2   ta   kichik   na’munachalar   olinib,
Bogorova   kamerasida   (1-rasm)   hisoblab   chiqiladi.   Har   bir   porsiyadagi
27 organizmlar   miqdorini   na’munaning   barcha   xajmiga   qayta   hisoblanadi,   so‘ngra
esa o‘rtacha arifmetik miqdori hisoblab chiqiladi.
1  m 3
dagi   zooplankton   miqdorini   aniqlash   uchun   na’munadagi   organizmlar
miqdorini   filtirlangan   suvning   litrli   hajmiga   bo‘linib,   so‘ngra   1000
ko‘paytiriladi.   Filtrlangan   to‘rning   suv   hajmini   aniqlash   uchun   to‘rning   tutish
(kirish)   teshigi   maydonini   santimetrda   ifodalangan   ov   qalinligiga     ko‘paytirib
topiladi.   Masalan,   to‘rning   kirish   teshigining   radiusi   9   sm,   tutish   qalinligi   1   m
(100 sm).
To‘rning tutish teshigi :
S  = 3,14  x  81 = 254,34 sm 2 
;
Filtrlangan hajm :  –
254,32 x 100 = 25432 ml = 25,432 l.
Ana   shunday   hajmdagi   suvdan   filtratsiya   natijasida   na’munaga   255
zooplankton organizmlari tushgan bo‘lsa, 1 m 3
(1000 l) ga qayta hisoblash uchun
quyidagicha yo‘l tutamiz: V = 255 : 25,432 x 1000 = 10   000 ekz. / m 3
.
Zooplanktonning   biomassasini   har   bir   organizmning   individual   massasini
tur  miqdoriga ko‘paytirish yo‘li  bilan hisoblanadi. Organizmning massasini  esa
uning uzunligiga bog‘lab tenglama bo‘yicha aniqlanadi:
W =q x L b
,
bunda: W – tananing massasi (og‘irlik) mg da, L – tananing uzunligi mm da, b
– ko‘rsatgich darajasi, q – 1 mm kattalikdagi tananing konstantasi.
Ayrim zooplankton vakillarining tenglama parametrlari umumlashtirilgan holda
Babushkina, Vinberg (1979) va Alimovlarning (1989) ishlarida keltirilgan.
Organizmlarni   o‘lchash   mayda   va   y etuk   organizmlar   uchun   alohida   holda
binokulyar ostida olib boriladi.
Batometr   –   bitta   va   ikkita   silindrdan   iborat   asbob   bo‘lib,   ochiq   holda
suvning ma’lum chuqurligiga tushiriladi. U trosga urilsa avtomat tarzda yopilishi
ham   mumkin   yoki   tros   bilan   tushirilgan   qo‘shimcha   yuk   yordamida   yopiladi.
Silindrning pastki  qismida  jo‘mrak  bo‘lib  olingan na’muna  filtrlovchi  moslama
(stakanli   suzgich)orqali   olinadi   (10-rasm).   Batometr   oddiy   suzgichga   (Djedi,
28 Apshteyn) qaraganda plankton yig‘ish uchun yaxshi uskuna hisoblanadi. Ba’zan
batometr   ichiga   termometr   ham   o‘rnatish   mumkin   shunda   bir   vaqtning   o‘zida
suvning   temperaturasi   ham   o‘lchanadi.   Batometrni   tayyorlashda
o‘zboshimchalik qilish yaramaydi.
Uncha katta  bo‘lmagan   hajmda   va   kichik   suvli   baliqchilik   hovuzlarida
zooplankton   va   uning   taqsimlanishi   oddiy   va   to‘liq   bo‘lmagan   usuldir.
(Lyaxnovich   1955,   Kuznetsov   1985).   Balandlik   uchun   imkoniyat   gorizantali
to‘liq   bo‘lmagan   taqsimlangan   zooplanktonlar   na’munasini   7   nuqtadan   oldik
ya’ni 4 tasini hovuz chetidan, qirhoq yaqinidan, 3 tasini esa o‘rta qismidan oldik.
So‘ngra   na’munani   integral   va   vertikal   to‘liq   bo‘lmagan   ko‘rinishda   hamda
zooplankton na’munalarini olish uchun plastmassali uzunligi 1 metr, diametri 2,5
sm   li   trubkadan   foydalandik.   Trubkani   hovuzga   tushirdik   vertikal   ko‘rinishda
yuqoridan   suv   ostiga   qadar,keyin   trubkaning   ostki   qismini   tiqin   po‘kak   bilan
yopiladi.
Umuman olganda suv havzalarida uchraydigan organizmlarni tadqiq qilish
shu   suv   havzasining   biomaxsuldorligi   to‘g‘risida   tasavurni   hosil   qiladi.   Xar   bir
yig‘ilgan   na’muna   etiketkalanib   ish   jurnaliga   qayd   qilinib   boriladi.   Etiketkada
quyidagi   ma’lumotlar   bo‘lish   shart:   ob’ekt,   sana,   va   na’muna   yig‘ilgan   punkt.
Etiketka idishga yopishtirilgan leykoplastir bo‘lishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida
idishga yozilgan tartib raqam jurnalga xam qayd qilinadi.   Jizzax suv ombori dan
10 xil gidrobiologik na’munalar yig‘ildi. Na’munalar asosan 201 9  yil mart aprel
oylarigacha yig‘ildi. Fito va zooplankton organizmlarning soni va biomassasini 1
m 3
  suv   hajmida   aniqlanadi,   bunda   hujayra   litr,   va   biomassa   g/m   3
  zooplankton
uchun   dona   m   3
  da   va   biomassasi   uchun   gr/m   3
  bilan   hisoblanadi.   Zooplankton
organizmlar uchun hisoblash quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N = A ∗ V ∗ 1000
n
A- 1  ml suvdagi organizmlar soni,
V- tekshirilayotgan na’muna hajmi,
n –filtrlangan suv miqdori,
29 1000- hisoblash koefitsenti,
Masalan   :   1ml   suvdagi   na’muna   35   kolovratkadan   sanaldi,   tekshiriladigan
na’muna soni 100 mlga ko‘paytiriladi. Filtrlangan suv miqdori 100 l bo‘lsa, endi
1m  3 
suvdagi organizmsoni topiladi:
35*100*1000 =   35,000 ekz/ m 3
1 ml*100 ml
Demak   1m 3  
suvda   asplanxning   umumiy   soni   35000   dona\m 3
  bo‘lishi
hisoblab   chiqildi.   Endi   uning   biomassasi   aniqlanadi.   Asplanxning   biomassasi
0,02 mg, bir ekz. 35000  ekz/  m 3 
x0,02 mg =7,0g/  m 3.
3.2.  Zooplankton va fitoplankton organizmlarni  suv omborida
ko‘paytirish.
Fitoplankton   kompleksi   bo‘yicha   dominant   holatga   ega   bo‘lgan   guruhlar
diatom, yashil va ko‘k-yashil suvo‘tlari ekanligi kuzatildi. Ular umumiy hisobda
umumiy   aniqlangan   suvo‘tlarining   90   %   ni   tashkil   etadi.   Ayniqsa   ular   orasida
diatom   suvo‘tlarining   vakillari   juda   keng   tarqalgan   bo‘lib,   jami   aniqlangan
suvo‘tlari   turlarining   deyarli   50%     hisobida   turlar   tarkibiga   ega   ekanligi
kuzatildi.   Ushbu   bo‘limga   mansub   Melosira,   Cyclotella,   Synedra,   Achnanthes,
Cocconeus,  Diploneus,  Entomoneis,  Gyrossigma,  Navicula, Nitzschia,  Surirella
kabi   turkumlarining   vakillari   deyarli   barcha   na’muna   olingan   joylardan
ajratilganligi   ma’lum   bo‘ldi.   Turlar   tarkibining   xilma-xilligi   bo‘yicha   ikkinchi
o‘rinda   ko‘k-yashil   suvo‘tlari   bo‘limi   turgan   bulib,   ulardan   keng   tarqalgan
vakillari   qatoriga   Mycrosistis,   Merismopedia,   Oscillatoria,   Lingbya   kabi
turkumlarining turlari tez-tez uchrab turdi.
Suv   ombori   havzalarida   Oq   a mur   balig‘i   ( Ctenopharyngdon   idella )   ning
oziqlanishini   kuzatdik.   Suv   o‘tlarining   bunday   rivojlanishi   suvdagi   kislorod
miqdorini   yuqori   darajaga   yetkazadi.   Rivojlangan   fitoplnaktonlarning   ichida
biomassa   jihatidan   eng   yuqorisi   yashil   suv   o‘tlari   bo‘lib,   asosan,   protokok
rivojlanib,   11,0   mg.-litr   biomassani   ko‘rsatdi.   Dominant   turlardan
Sehpoederiella   papillata,   Pediastrum   Scenedesmus   Coelastrum   sphaericum
Crucigenia   apiculata   uchradi.   Iyun   oyida   o‘stirish   havzalarida   volvokslarning
30 ommaviy   rivojlanishi   kuzatiladi.   Yirik   koloniyalardan   Volvoks   globator   va
Eudopina   elegans   Pandopina   mopum   1625,3   mg-litr   miqdordagi   biomassani
ko‘rsatdi. Ammo ular iyul oyiga kelib plankton tarkibidan umuman yo‘qoldi.
Oq   do‘ngpeshona (   Hypophthalmichthyes   molitrix) ni   boqish   uchun   –
Chlorella vulgaris ,  Scenedesmus acuminatus  kabi sun’iy ravishda ko‘paytiriladi.
Chipor   do‘ngpeshona   uchun   zooplankton   –   Asplanchna   girodi.   Euchlanis
dilatata, Brachionu, Keratella, Ceriodaphnia reticulate, Daphnia longispina   va
boshqa   ozuqa   ob’ektlari   maxsus   hovuzlarda   ko‘paytirilib   so‘ngra   baliqlarga
beriladi.   Karpni   boqish   uchun   xironomid   lichinkalari,   mizid,   artemiya   salina,
oligoxeata  va shu kabi ob’ektlar introduksiya yo‘li orqali ko‘paytiriladi.
Tadqiqot   jarayondagi   kuzatishlar,   tekshirishlar   natijasida   zooplankton
rivojlanishi   uchun   suvning   temperaturasi   20-25°S   atrofida   va   suvdagi   kislorod
miqdori   5,7-7,0   mg/l,   rN   esa   7-8   bo‘lishi   shart.   Bunday   temperatura   optimal
hisoblanadi   va Daphnia magna, D.pulex, Eucyclops albidus  rivojlanadi. Bundan
yuqori temperaturada 25-30°S Moina macrocopa, M.rectirostrus qisqichbaqalari
mahsuldorligi yuqori bo‘lishligi aniqlangan.
Karp   balig‘ i( Cyprinus   carpio ) ning   eng   mayda   lichinkalari   Ceriodaphnia
reticulata   qisqichbaqasini   sevib   iste’mol   qiladi.   Lekin   Moina   larni   hush
ko‘rmaydi.   Sababi   Ceriodaphnia   reticulata   Moina   dan   ancha   kichikdir.
Braginskiyning   (1960)   ma’lumotlariga   ko‘ra,   karp   balig‘ining   lichinkalari   6,5-
7,0   mm   bo‘lganda   0,23-0,34   mm   bo‘lgan   ozuqani   iste’mol   qiladi.   Bu   esa
Ceriodaphnia reticulata  o‘lchamiga juda yaqindir.
Suv   omborini da   baliqlarning   chiqish   miqdori   va   og‘irligi   har   xil.   Karp
balig‘i, chavag‘ining og‘irligi 50 milligramm va chiqish miqdori 60 % ni tashkil
etdi.Suv   omborining   tabiiy   ozuqa   organizmlari   kamayganda   Iyul   oylarida
Respublikamizdagi   suv   omborlarida   Shunda   olingan   baliq   vaznining   o‘rtacha
og‘irligiga qarab beriladigan sun’iy ozuqani hisoblash mumkin.
Suv   omborlarida   harorat   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Harorat ga   asosan   gidro
biontlarning   h ayot   jarayonlariga   ta’sir   etadi.   Suvdagi   erigan   kislorodning
miqdori   faktor   sifatida   muhum   ahamiyatga   ega.   Suvdagi   kislorod   miqdorining
31 o‘zgarib   turishi   shu   suv   xavzasiga   quyilayotgan   suvdagi   kislorodning   ozligi   va
ko‘pligiga xam bog‘liq. Suvdagi erigan kislorod miqdori 2% dan kamayib ketsa
baliq chavoqlari uchun kritik xisoblanadi. Xavzalarga xaddan tashqari ko‘p baliq
tashlansa   xam   kislorod   kamayib   ketishi   kuzatildi.Fitoplankton   kompleksi
bo‘yicha   dominant   holatga   ega   bo‘lgan   guruhlar   diatom,   yashil   va   ko‘k-yashil
suvo‘tlari   ekanligi   kuzatildi.   Ular   umumiy   hisobda   umumiy   aniqlangan
suvo‘tlarining 90 % ni tashkil etishligi aniqlandi. Zooplankton rivojlanishi uchun
suvning   temperaturasi   20-25°S   atrofida   va   suvdagi   kislorod   miqdori   5,7-7,0
mg/l,   rN   esa   7-8   bo‘lishi   shart.   Bunday   temperatura   optimal   hisoblanadi   va
Daphnia   magna,   D.pulex,   Eucyclops   albidus   rivojlanadi.   Bundan   yuqori
temperaturada   25-30°S   Moina   macrocopa,   M.rectirostrus   qisqichbaqalarining
mahsuldorligi yuqori bo‘lishligi aniqlandi.
Mavsumiy  xususiyatlariga  ko‘ra zooplanktonda turlar  xilma xilligi  nisbatan
bahor   va   yoz   oylarida   kuzatiladi.Bunda   kopepodlar   xilma   xilligi   yoz   va   kuz
oylariga nisbatan bahor oylarida ortishi kuzatiladi.
Tur   tarkibi   va   dinamikasi   metazooplanktonni   rivojlantirishda   to‘liq
y e ta rlicha   o‘rganildi.   Bunda   3   ta   hovuzlarda   turlarning   hammasi   bo‘lib   amaliy
o‘rganildi, bunda 15 tur kolovratkalar, 4 tur shoxdormo‘ylovlilar hamda sikloplar
aniqlangan.   Hamma   guru h lar   uchun   metazooplanktonlar   tuzilishi   y etarlicha   va
tezda o‘zgarishi kuzatildi.
Metazooplankton   turlar   yashovchanligi   hovuz   ekosistemasida   o‘zoq
vaqtgacha   saqlanishi   muxim   ahamiyat   kasb   etadi.   Qoidaga   muvofiq   har   bir   tur
metazooplanktonlar eng yuqori miqdorga ega ekanligi, birgina bu turlarning turli
xil   boqichli   suksessiyasiga   erishildi.   Bu   muhim   haqiqiy   kolovratkalarning
munosabatidir. Aniq alohida taksonomik guruhlarni aniqlash dinamikasidir.
(I. Mirabdullaev 1985)
Shuningdek birinchi yuqori maksimal darajada rivojlanadi bu vaqt (2-5) suv
qo‘yishdan avval  zooplanktonlarning umumiy biomassasi  4,1-18,5 bo‘ldi. Jizzax
vilo ya ti   SH.   Rashidov   tumanidagi   suv   omborining   to   56-62   gacha   I-M,   I-B
32 tegishli bo‘ldi. Uzoq vaqt zoplanktonlar solishtirma og‘irligi kamaydi. Maksimal
rivojlanishiga erishildi.
Tadqiqotlar   davomida   yig‘ilgan   na’munalarda   zooplankton
organizmlarning   uchrashligida   ba’zi   rivojlanish   bosqichlarini   hisobga
olmaganda umumiy o‘xshashlik sezildi.
Tadqiqot  olib borilgan hududda miqdori  8-3032 ekz∕l, biomassasi  esa 0,1-
53   mg∕l.   Bo‘lganligi   aniqlandi.   May   oyida   xovuzda   zooplankton   645   ekz∕l,
biomassasi   esa   8,7   mg\l   ni   tashkil   qildi.   Bunday   sifatining   yuqori   bo‘lishligi
Acanthocyclops vernalis  rivojlanishiga bog‘liq (446 ekz∕l, biomassa 6,7 mg∕l).
May   oyi da   zooplankton   organizmlarining   kamayishi   sezildi,   bunga   sabab
Acanthocyclops vernalis  ning planktonda sifatining kamayib ketishligidadir(268
ekz∕l, biomassa 1,4 mg∕l).
May oyining o‘rtalarida umumiy sifat va miqdor ko‘rsatkichlar (1104 ekz∕l,
pri biomassa 4,1 mg∕l) eng yuqori ko‘rsatgichlarga yetdi. Bunga sabab plankton
tarkibida   kolovratkalardan   Brachionus   calyciflorus   spinosus   (440   ekz∕l,
biomassasi   1,2   mg∕l).   Asplanchna   girodi   (84   ekz∕l,   biomassasi   0,3   mg∕l),
T richocerca   pusilla   (280   ekz∕l,   biomassasi   0,05   mg∕l)   rivojlanishi   bo‘ldi.
Mayning   oxirida   Moina   macrocopa   va   Acanthocyclops   vernalis
qiqsqichbaqasimonning anchagina ko‘payishi sezildi.
Avgustning   birinchi   dekadasida   kolovratkalar   va   shoxdor   mo‘ylovli
qisqichbaqasimonlar  planktonda uchramaydi. Kopepodlar esa ozchilikni tashkil
etadi.   Bunday   o‘zgarishlarga   sabab   suvning   xaddan   tashqari   issib   ketish   ham
ta’sir qilishi mumkin.
5 - jadval
Suv omborining  biologik tavsifi
№ Suv ombori
kategoriyasi Maydonga Suv omboridan  t utilgan  baliq, ekz.
K arp
Cyprinus
carpio Oq
do‘ngpeshona
Hypophthal
michthyes Oq amur
Ctenopharyongodon
Idella
33 molitrix
1 Nasl
beruvchi
baliqlar 15,9 100
ming 21 ming 4,5 ming
2 O‘ stiruvch
i 10,0 162
ming 82 ming 1,1 ming
3 Lichinka
suv ombori 6,0 - 400 ming 800 ming
4 Suv
ombori 15,0 100
ming 21 ming 4,5 ming
5 Lichinka
suv ombori 0,5 - 3 mln -
6 Nasl
beruvchi
baliqlar  suv
ombori 15,0 72
ming 21 ming 4,5 ming
Suv ombori  zooplanktonlarning  dinamikasi  yo‘nalish ta’rafi qonunga muvofiq
asta sekinlik bilan yaqin o‘lchovdagi organizmlarda kechadi.
Kolovratkalarning ikkinchi maksimum biomassasi  11-24 kunda I-B, I-M,C-2
suv omborida  qator hodisalar kuzatildi. Ulardan bir qanchasi kolonial turlar o‘zaro
rivojlanishi   kuzatildi.   Turli   hovuzlarda   turlar   bir   qancha   farqlari   dinamikasi
kuzatildi, buni tushintirish uchun zooplanktonlar guruhidagi o‘zaro raqobatni aytib
o‘tish joizdir.
34 6 -jadval
Suv omborida  zooplakton turlarining uchrashi
Zooplanktonlar Suv omborida belgilab olingan
hududlar
Rotatoria S-1 S-2 S-3 I-M
1.Anuraeopsis sp + + + +
2.Brachionus calyciflorus + + + +
3. B.rubens Ehrenberg + + + +
4. B. urceus (Linne) + ++ + ++
5.Euchlanisdylatata
Ehrenb. + + - -
6. Filinia longiseta ++ ++ + +
7.Hexarthra mira ++ ++ + +
8.Keratella valga Ehrenb. + + + +
9. Lecane sp + - + -
10.Polyarthravulgaris
Carlin - + + +
1 1 . Sinantherina socialis + + + +
1 2 .   Synchaeta   pectinata
Ehrenb. + + + +
1 3 .   Trichocerca   capucina
Wierzeiski ++ ++ + +
Copepoda
1. Cyclopoida gen spp. ++ ++ ++ ++
2.Acanthocyclops robustus + + + +
3.Eucyclops serrulatus + + + -
4.Mesocyclops
aspericornis + - + +
5.Microcyclops
pachyspina + - - +
35 Clodocera
1. Alona sp + - + -
2.Chydorus sphaericus + - + -
3.Daphnasimilis (Sars) + - + -
4.Moinamacrocopa
(Straus) ++ ++ ++ ++
5.Cerodaphnia cornuta + - + +
6. Cerodaphnia reticulata + + + ++
7. Daphnia similis - + - +
8.Simosephalus vetulus + - + -
Zooplanktonni   asosiy   guruhini   shoxdor   mo‘ylovlilar   tashkil   qiladi.   Asosan
suvning   plankton   organizmini   tashkil   qiluvchilar   hisoblanadi.   Baliq   chavoqlari
stadiyasidan o‘tgandan keyin og‘irligi 1-2 gr bo‘lgach aynan shu organizmlar bilan
oziqlanadi. S h oxdor mo‘ylovlilar yoki klodotseralar bilan barcha baliq chavoqlari va
mayda   baliqchalar   oziqlanadi.   Zooplanktonning   ya’na   bir   oziqabop   organizmlar
gurihi   kurakoyoqlilar   yoki   kopepodlar.   Bular   ancha   yirik   va   sermahsul:
Mesocyclops sp, Cyclops vicinuc, Acantodiaptomus salinus  ko‘p miqdorda uchraydi.
Ayniqsa   bularning   nauplius   va   yuvinil   formalari   bilan   baliq   chavoqlari   yaxshi
oziqlanadi.   Barcha   baliq   chavoqlari   endogen   oziqlanishdan   keyin   tashqi   ekzogen
oziqlanishga   o‘tishi   bilan   albatta   zooplankton   va   fitoplankton   bilan   oziqlanadi.
Adabiyotlar   va   kuzatishlar   natijasida   zooplanktonlar   30-40   kun   oziqlanishi
aniqlandi.   Djedi   to‘ri   orqali   zooplanktonlar   na’munalari   yig‘ilib   suv   havzasidagi
tabiiy oziqa turlari va biomassasi aniqland.
7- jadval
Zooplanktonlarni ko‘payishi
Turlar nomi Uzunligi,mm
Voyaga
y etishi
Kun Optimal
T 0 Tuxum
qo‘yishi
davriTuxum
diometri Urg‘ochi
♀ Erkak
Daph nia magna 0,7-0,8 2,0-6,0 2,0-2,2 3-4(14) 5- 28 12-14
Moina rectirostris 0,4-0,6 1,2-1,7 0,8-1,0 3-4 21-25 1-2
Ceriodaphnia  0,35 0,8-1,5 0,5-0,8 2-3 5-32 1-3
36 reticula
Brach calyciflonis 0,10 - - - 22-35 0,5
Zooplanktonlarning   har   xil   turlari   o‘rganildi.   Ko‘p   miqdordagi
zooplanktonlarning   bir   biriga   yaqinligi   o‘rganilib   chiqildi.   S h uningdek   ular
ichida   o‘xshash   va   farqli   tomonlari   ham   bor.   Kuzatish   vaqtida   o‘larning
ko‘pchiligi   3-7   kunlik   o‘sish   vaqtida   edi.   1   sutkadan   so‘ng   shuni   aniqladikki
ularning soni bir necha martaga ko‘payishi aniqlandi. Bu ayniqsa mayda turlarda
ko‘p kuzatildi.13.05.2018 yil ularning bir turi Diaphanasoma brachyurum 3500
ek/l   na’munalarini   tashkil   etgan   bo‘lsa,   bir   kundan   keyin   20   barobar
ko‘payganligi   ko‘zatildi.   Zooplanktonlar   dinamikasi   o‘stiruvchi   hovuzlarada
o‘rganib   chiqilganda   na’munada   1-2   kunlarda   5,5   ming   donani   tashkil   qilgan
bo‘lsa,   3   chi   kunga   kelib   68,000   ek/l   tashkil   qilishi   aniqlandi.   Eng   ko‘p
biomassadagi zooplanktonlar 3-6 y a kunlar oralig‘ida o‘rganib chiqildi. Birinchi
hovuzlarda  oligotrix  turlar o‘rganildi.
37 3-rasm. 
Zooplanktonlarning bahor mavsumida boshqa oylarga nisbatan ko‘proq
uchrashi: Kolovratkalar misolidaBrachionus angula
Diaphfnasoma brach
Acanthodiaptomus Sal-s
S h unday   qilib   suv   ombori   produtsentlar   o‘simliklar   q uyosh   energiyasidan
foydalanib,   mineral   birikmalardan   organik   moddani   h osil   q iladi.   Ularni
konsumentlar   ist’emol   kilib   o‘simlik   organik   moddani   o‘z   tanasiga   oladi,
saprofitlar esa barcha mavjudotlar koldiklari va maxsulotlarini yangitdan oddiy
mineral birikmalar-biogenlargacha parchalaydi.
Suv omborida baliqchalar   tabiiy ozu q a organizimlarning soniga  qarab 15-
25   kun   o‘stiriladi.   Agarda   hovuzda   ozuqa   miqdori   kamayib   ketgan   bo‘lsa
chavoqlar baliqlarning o‘sishi jiddiy e’tibor berish zarur.
Suv omborida tabiiy ozuqa kamayganda sun’iy ozuqa ham berib boriladi.
8-jadval
Baliqchilik xo‘jaliklari uchun suvga bo‘lgan umumiy talablar.
№ Ko‘rsatkichlar Optimal me’yorlar
Karp (Sazan)
baliqlari Qora baliq va Plotva
baliqlari
38Mart Aprel
May 1 . 1 Suvning harorati,
0
C Harorat farqlari 5 0
 dan ortiq farq qilmasligi
kerak.  28 0
C -  20 0  
C
2 . 2 Suvning rangi,
hidi, ta’mi Begona rang, hid, ta’m bo‘lmasligi kerak va
baliqning tanasiga o‘tmasligi kerak.
3 . 3 Rangi, (gradusda) 565 gacha (50
dan) kam
bo‘lmasligi kerak 540 gacha (30 kam)
bo‘lmasligi kerak
4 . 4 Tiniqligi, m 0,75-1 dan kam
bo‘lmasligi 1,5 m kam bo‘lmasligi
5 . 5 Suvning muhiti 6,5-8,5 7,0-8,0
5 . 6 Erigan kislorod,
g/m 3
, mg/l 5 dan kam
bo‘lmasligi kerak 9 dan kam bo‘lmasligi
kerak
7 . 7 Suvning
oksidlanuvchanligi,
mg/l 15 gacha 10 gacha
8 . 8 Nitritlar, mg/l 0,05 -
9 . 9 Nitratlar, mg/l 2 gacha 2 gacha
10 .
1 Fosfatlar, mg/l 0,5 gacha 0,5 gacha
1 0.
2 Temir umumiy,
mg/l 2 0,5
1 1 .
2 Suvning qattiqligi,
mg/ekv. 4-12 (2-6) 6-14 (3-70
1 1 .
3 Umumiy
mikroblar,   mln/ml 3 1
1 1 .
4 Saprofitlar,
ming/ml 5 3
Og‘izaylangichlilar   (lot.   Rotifera-   Rotatoria )   –   ko‘p   h ujayralilar   tipiga
tegishli   h ayvonlardir. Dastlab  ularni  to‘garak chuvalchanglar  tipiga kiritishgan.
39 Ularning asosiy belgilari tanasining oldingi bo‘limida girdob bo‘lib aylanadigan
bosh   aylangich   apparati   bo‘lib,   ular   kiprikchalar   bilan   qoplangan.   Kiprikchalar
yordamida   suzadi   hamda   oziqlanadi.   Hozirda   ularning   2000   ga   yaqin   turlari
ma’lum   [9].   Bular   sekin   oquvchi   ifloslangan   ariq   suvlarida,   hovuzlarda   va
boshqa suv havzalarida uchraydi, tanasi bir biridan aniq ajralib turadi.
Og‘izaylangichlilar   suv   ekotizimidagi   murakkab   va   turli   tuman   tuzilishga
ega   bo‘lib   ularni   o‘rganish   ancha   mushkuldir.   Ularning   turli   tumanligi   suv
omborlarining   tipiga,   haroratning   sharoitiga,   abiotik   va   biotik   faktorlarning
o‘zgarishlariga   bog‘liq   (Anufrieva,   2005).   Hozirgi   kunda   og‘izaylangichlilar
biologik   jarayonlarda   aktiv   ishtirok   etishligi   shubha   uyg‘otmaydi.   Asosan   suv
havzalarining mahsuldorligida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bosh, gavda va dum yoki oyoq bo‘limlariga bo‘linadi. Bosh bo‘limi yupqa
kutikula   bilan   qoplangan   bo‘lib,   uning   qorin   tomonida   og‘iz   joylashgan,   bosh
qismida   kiprikchalardan   iborat   girdob   bo‘lib   “aylanuvchi”   apparati   bor.   Bu
apparat doira shaklida joylashgan ikki qator kiprikchalardan iborat.Ulardan biri
og‘iz   oldida,   ikkinchisi   esa   og‘zining   pastki   qismida   joylashgan.   Bu
kiprikchalarning   ma’lum   bir   tomonga   qarab   hilpirashi   natijasida
kolovratkalarning   bosh   qismi   aylanayotganga   o‘xshab   ko‘rinadi.
Kiprikchalarning harakati tufayli kolovratkalar suzadi va suv girdobi hosil qilib
suvdagi mayda oziq zarralarni to‘playdi.
Kolovratkalarning   dum   qismi   birmuncha   igichkalashib,   barmoqsimon
ikkita   o‘simta   hosil   qiladi.   Bu   ayrim   o‘simtalarda   y elimsimon   modda   ishlab
chiqaradigan   sement   bezlari   joylashgan.   Bular   yordamida   kolovratkalar   suv
ostidagi   narsalarga  yopishib  oladi.  Kolovratkalarning  tanasi   qoplovchi  kutikula
ostida gipoderma joylashgan. Suyuqlik bilan to‘lgan birlamchi tana bo‘shlig‘ida
uning  ichki   organlari   va  ayrim   muskul   tolalari   joylashadi.   Kolovratkalarda  teri
muskul qopchasi, qon aylanish va nafas olish organlari bo‘lmaydi.
Kolovratkalarning ovqat hazm qilish sistemasi  uch qismdan: oldingi, o‘rta
va   orqa   ichaklardan   iborat,tananing   oldingi   uchidagi   og‘iz   teshigi   ichki
tomonidan kiprikchalar bilan qoplangan halqum bilan tutashadi, u esa kengayib,
40 oxirida   jig‘ildonga   yoki   mastaksga   aylanadi.   Mastaksning   ichki   yuzasi   xitin
bilan   qoplangan,   u   ovqat   moddalarini   maydalashga   xizmat   qiladigan   xitindan
tarkib   topgan   jag‘larni   hosil   qiladi.   Mastaks   o‘rta   ichakka   yoki   oshqozonga
ochiladigan  qizilo‘ngachga  aylanadi.  Keyingi  ichak   kloaka  hisoblanadi,   chunki
unga ay i ruv va jinsiy sistemalarning naychalari ochiladi.
Ay i ruv   organlari   protonefridiy   tarzida   tuzilgan   bo‘lib,   orqa   ichak   bilan
tutashgan   siydik   pufagi   kloakaga   ochiladi.   Nerv   sistemasi   halqum   usti   nerv
tugunidan va undan tarqaluvchi nerv tolalaridan iborat.
Rotatoria lar,   shu   jumladan,   brachionus   ham   ayrim   jinsli,   ularda   jinsiy
demorfizm juda aniq ifodalangan. Erkaklari juda kichik, ko‘pincha ularda ichak
va   ayruv   organlari   rivojlanmagan   bo‘ladi,   chunki   ular   uzoq   yashamaydi,
urg‘ochilarini   urug‘lantirgandan   keyin   o‘ladi.   Urg‘ochilarning   jinsiy   organlari
bir vaqtning o‘zida sarig‘don vazifasini ham bajaruvchi tuxumdon va kloakaga
ochiladigan   tuxum   yo‘lidan   iborat.   Erkaklik   jinsiy   organlari   esa   urug‘don   va
kloakaga   ochiladigan   urug‘   yo‘lidan   tashkil   topgan.   Erkaklarida   qo‘shilish
organi mavjud.
Kolovratkalarning   taraqqiyot   davrida   jinsiy   urchishining   ikki   usuli,   ya’ni
urug‘lanmastdan–partenogenez   va   unga   qarama   qarshi   –jinsiy   urug‘lanib
ko‘payish   gallanib   turadi.   Qish   paytida   suv   havzalarida   kolovratkalar   halok
bo‘ladi,   faqat   usti   qalin   po‘st   bilan   qoplangan,   urug‘langan   qishlab   qoluvchi
tuxumlarigina   saqlanadi.   Bahorda   bulardan   faqat   urg‘ochilari   rivojlanadi   va
partenogenez   yo‘li   bilan   ko‘payadigan   tuxum   qo‘yadi.   Shuning   uchun   ham
ularni   amiktik   urg‘ochilar   deb   ataladi,   chunki   tuxumlaridan   faqat   urg‘ochi
kolovratkalar   rivojlanadi   va   qo‘ygan   tuxumlari   juft   (diploid)   xromosomalar
to‘plamiga   ega.   Shunday   qilib,   yoz   mavsumida   kolovratkalarning   birin   ketin
rivojlanuvchi bir necha amiktik urg‘ochi bo‘g‘inlari hosil bo‘ladi.
Kuz paytida hosil bo‘ladigan urg‘ochi   kolovratkalarni miktik yoki “erkak”
urg‘ochilar   deb   ataladi.   Bularning   tuxumlarida   xromosomalarning   soni
kamayadi.   O‘lchami   juda   kichik   bo‘ladi.   Bunday   tuxumlardan   partenogenetik
usulda   kolovratkalarning   erkaklari   rivojlanadi.   Urug‘langan   urg‘ochilarining
41 qo‘ygan   tuxumlari   ancha  yirik  va  ular   juft  xromosoma  to‘plamiga  ega  bo‘ladi.
Bular usti qalin po‘stbilan qoplangan, qishning noqulay sharoitida bardosh bera
oladigan,   tinchxolatda   baxorgacha   saqlanuvchi   tuxumlardir.   Bahorda   ulardan
amiktik urg‘ochi kolovratkalarning birinchi bo‘g‘ini rivojlanadi. Partenogenetik
bo‘g‘in bilan urug‘langan bo‘g‘inning gallanishi   geterogen urchish   deb ataladi.
Anabioz   holatidagi   kolovratkalar   yoki   ularning   qishlab   qoluvchi   tuxumlari   suv
qushlarining   patlariga   yopishib   yoki   shamol   yordamida   tabiatda   tarqalishi
mumkin.
Kolvratkalarni tadqiq qilish quyidagicha olib boriladi, Buyum oynasi ustiga
kolovratkani   olib,   uni   plastinlindan   oyoqcha   yasalgan   qoplag‘ich   oyna   bilan
yopiladi.   Oldin   mikroskopning   kichik   ob’ektivi   orqali   kuzatib,   keyin
kolovratkaning tana tuzilishiga e’tibor beriladi. Bosh qismidagi kiprikchalarning
xarakatiga va suvda suzishini kuzatiladi. Huddi shu vaqtinchalik tirik preparatni
mikroskopning katta ob’ektivi yordamida kuzatib, kolovratkaning xarakatlanishi
kiprikchalari   atrofida   suv   oqimi   hosil   bo‘lishini   kuzatiladi.   Keyin   ovqat
moddalarini   parchalash   uchun   xizmat   qiladigan   mastaksdagi   xitinddan   iborat
“jag”   larining   ishlashiga   e’tibor   beri ladi .   Agar   imkoniyati   bo‘lsa   braxionusdan
tashqari   boshqa   turdagi   kolovratkalarni   xam   kuzatish   mumkin.   Albomga   esa
rasmini chizish maqsadli ish bo‘ladi.
Kolovratkalarning sistematikasi.   Fan texnika taraqqiy etgan sari zoologiya
sohasida   ham   yangiliklar   o‘z   aksini   topmoqda.   Hayvonlar   sistematik   guruxlari
va   ularning   kelib   chiqishiga   qarab   joylashtirish   muammolari   fan   oldiga
qo‘yilgan   ulkan   talabdir.   Shuning   uchun   ham   internet   materiallari   va
mutaxassislarning   keyingi   izlanishlarida   kolovratkalar   sistematikasi   quyidagi
tartibda berilgan.
Avval kolovratkalarni Nemathelminthes tipi Rotatoria sinfi deb qaralar edi.
Endi esa:  Rotifera  – Kolovratkalar tipi 3 ta sinfdan iborat:
Sinfi   -   Seisonidea   –   dengiz   kolovratkalari,   ektoparazitlarva
qisqichbaqasimonlar  bilan kommensal. Ko‘payishi  ikki jinsli. Jinsiy a’zosi  2 ta
gonadadan iborat. 2ta avlod va 3 ta turi ma’lum.
42 Sinfi   -   Bdelloidea   (Digononta)   –   chuchuk   suv   kolovratkasi,   faqat
partenogenetik yo‘l bilan ko‘payadi.   Jinsiy a’zosi 2 ta gonadadan iborat. 300 turi
ma’lum.
Sinfi - Monogononta   – chuchuk suv kolovratkalari hisoblanadi, ko‘payishi ikki
jinsli va partenogenetik, jinsiy a’zosi 1 tagina gonadadan iborat. 1500 ming turi
ma’lum.
4-rasm.   Xovuz   planktoni.   Kolovratkalar:   25   -   Asplanchnasieboldi,   26   -
Polyarthra, 27 - Filinia, 28 - Keratellacochlearis, 29 - Kellicottia, 30 - Hexarthra,
31 - Synchaeta, 32 - Brachionusplicatilis, 33 - Brachionuscalyciflorus.
43  Bo‘g‘imoyoqlilar tipi: Arthropoda von Siebold et Stannius, 1845
Qisqichbaqasimonlar sinfi: Crustacea
Jabraoyoqlilar kenja sinfi: Branchiopoda Latreille, 1817
S h oxdormo‘lovli qisqichbaqasimonlar turkumi(Cladocera)
Dafniyalar avlodi: Daphnia
Shoxdor   mo‘ylovli   qisqichbaqasimonlarning   10   oilaga   mansub   420   turi
ma’lum. Eng yirik vakili –   Daphnia magna Straus . Kichik suv havzalariga xos.
Urg‘ochilarining   uzunligi   5-6   mm,   erkaklari   2   mm,   lichink alari   -   0,7   mm
atrofida .4   -   14   sut kada   voyaga   etadi .   Urg‘ochilari   har   12-14   kunda   20   tadan
erkak dafniyalarni tug‘adi. Urg‘ochi dafniyalar faqat yoz oylarida uchraydi. Y o z
buyi ular partenogenetik yo‘l bilan ko‘payadi. Tuxumdonida 80 tagacha tuxum
bo‘ladi. 110-150 sutkagacha umr ko‘rishadi.
Dafniyalarni   akvarium   sharoitida   o‘stirish   ishlari   bo‘yicha   tadqiqot   ishlari
olib   borildi.   Buning   uchun   2   ta   20   litrlik   akvariumdan   foydalanildi.   Birinchi
akvariumdagi dafniyalarni ozuqasini ko‘paytirish uchun somondan foydalanildi.
Ikkinchi   akvariumga   esa   akvarium   baliqlari   yashagan   suv   quyilib   dafniyalar
tashlandi.   Bu   olib   borilgan   tajribalardan   shu   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   turli
mikroorganizmlarga   boy   bo‘lgan   2-chi   akvariumdagi   dafniyalar   birinchi
akvariumdagiga nisbatan yuqori maxsuldorligi kuzatildi.
Ma’lumki   sho‘xdormo‘ylovli   qisqichbaqalardan   Daphnia   magna,   Moina
rectirostris   suvdagi   erigan   kislorod   juda   past   bo‘lganda   ham   yashay   oladi.
Qisqichbaqasimonlar   kislorod   kam   bo‘lganligi   sababli   ko‘payishini   keskin
kamaytiradi   va   populyasiyasi   rivojlanishini   sekinlatadi.   Bulardan   yuqori
maxsuldorlik olish uchun akvariumdagi kislorod sharoitini yaxshilashga harakat
qilish   kerak.   Dafniyalarni   ko‘payishi   va   o‘sishi   uchun   akvarium   tepasiga
yorug‘lik   tushib   turildi,   ikkinchisiga   esa   qorong‘i   joy   qilib   qo‘yildi.   Ikkalasida
ham   ko‘payish   kuzatildi.   Lekin   qorong‘i   va   yorug‘likni   o‘zgartirib   turilganda
ko‘proq   nasl   berishi   kuzatildi.   Olingan   natjalardan   shu   x ulosaga   keldikki
dafniyalar   uchun   yorug‘lik   va   qorong‘ilikning   farqi   kam.   Dafniyalarni   suv
omborida   o‘stirish   uchun   ozuqasiga   katta   e’tibor   berish   zarur.   Dafniyalar
44 infuzoriyalar,   bakteriyalar,   fitoplankton,   achchitqi,   detrit   bilan   oziqlanadi.
Adabiyotlardan   ma’lumki   bitta   dafniya   bir   sutka   besh   million   bakteriyalarni
istemol qilib suvni tozalaydi.
Daphnia -d afniya   suv   burgasining   tuzilishi.(15-rasm).Suv   burgasi   chuchuk
suv havzalarining yuza qatlamlarida va sholipoyalarda yashaydi. Tanasi ikki  yo n
tomonidan   birmuncha   siqilgan   bo‘lib,   uzunligi   1-3mm.gacha   boradi.   Boshi
shlem (tankchitlarning bosh kiyimi) shaklida bo‘lib, tumshuqsimon qismi qorin
tomonga qarab cho‘zilgan. Boshida ikki juft antenna, bir donadan murakkab va
sodda ko‘zlari bor. Tanasining qolgan qismi tiniq, ikki tabaqali chig‘anoq ichiga
joylashgan.   Tabaqalar   yelka   tomondan   qo‘shilib   bitib   ketgan   va   orqa   uchida
uzun tikanakka o‘xshash o‘simta hosil qiladi. Chig‘anoqning ostki qorin tomoni
muallaq holda yoriq hosil va eriq dan tana ichiga va oeqchalariga suv to‘xtovsiz
qirib turadi. Antennulasi  uncha katta emas,  ammo antennalari  juda kuchli, ikki
ayrili   va   ozishga   xizmat   qiladi.   Antennalari   yor damida   suvga   tayanib,   sakrab
h arakat   qiladi,   shuning   uchun   suv   burgasi   deb   ataydilar.   Ko‘krak
bo‘limida,chig‘anoq tabaqalari ostida 5 juft ko‘krak oeqchalari  bo‘lib, ularning
asosida  oyquloqlar  (jabralar)  joylashgan.  Ko‘krak oeqchalari  bargsimon  bo‘lib,
ko‘p sonli tuklarga ega. Bu tuklar suv orqali kirgan mayda ozuqa zarrachalarini
suzgich   sifatida   sizib   berishi   uchun   xizmat   qiladi.   Qorin   bug‘imlarga
bo‘linmagan old tomoniga qarab qayrilgan ikkita o‘simta bilan tugallanadi.
Dafniyalar   ayrim   jinsli,   erkaklari   urg‘ochilardan   maydaroq.   Yelka
tomonida,   sovutli   qalqoni   ostida   aloxida   nasl   kamerasi   bo‘lib,   unda   tuxumlari
rivojlanadi.   Otalangan   eki   qishqi   tuxumlari   dafniya   o‘lgach,   sovuti   bilan   birga
egar   eki   effipiy   hosil   qiladi.   Bu   effipiy   qishki   tuxumlarini   tashqi   ta’sirotdan
saqlash   uchun   va   shamol   erdamida   boshqa   suv   xavzalariga   tarqalishi   uchun
xizmat qiladi.
Bu   sodda   qisqichbaqasimonlar   Arktika   va   Antarktidadan   boshlab
ekvatorgacha,   tog‘   suvlarida,   katta   va   kichak   suv   xavzalarida   uchraydi.
Ko‘plagan turlari suv tagidagi  mikroorganizmlar, mikrosuv o‘tlari, bakteriyalar
45 bilan oziqlanib, birinchi galdagi filtratlar sanalsa, boshqa turlariikkinchi filtratlar
bo‘lib xisoblanadi.
Cladocera   lar   bir   jinsli   (partenogenez)   va   ikki   jinsli   (gamogenez)
ko‘payishi   almashinib   turadi.   Gamogenez   asosan   qulaysiz   sharoit   yoki
populyachi   soni   juda   xam   tig‘iz   bo‘lib   ozuqa   kamayib   ketsa   payqaladi.
Partenogenez   ko‘payishi   kladotseralarning   soni   va   biomassasining   yuqori
bo‘lishligiga olib keladi.
Ontogenezda   xar   bir   dafniya   18-20   ta   rivojlanish   bosqichidan   o‘tadi.
Rivojlanishning   xar   bir   bosqichida   po‘st   tashlaydi.   3   ta   yuvinil   va   4-chi   po‘st
tashlash   bosqichida   tuxumdonda   etilgan   tuxumlar   bo‘ladi.   5-chi   bosqichda
tuxum saqlash kamerasiga tuxumini qo‘yadi. 6-chi rivojlanish bosqichida xar bir
po‘st  tashlashda  tuxum  tashlash  bilan  kuzatiladi. Avvaliga  tuxum  tashlashi   10-
15 ta, keyinroq 30-40 tagacha etadi.
O‘sish   sur’ati   birinchi   davrda   jadal   bo‘lib,   15   davrda   tugaydi.   Dafniyalar
ozuqaga boy va yuqori  temperaturada 30,9 kun yashaydi  va ontogenez vaqtida
200-300 nasl beradi. Y o sh vakillarining o‘rtacha soni 23,1 ga to‘g‘ri keladi.
Och   dafniyalar   yaxshi   oziqlangan   dafniyalarga   qaraganda   40%   ga   ko‘p
yashaydi.   Ochlikdan   so‘ng   12   chi,   15   va   xatto   18-chi   bosqichdan   keyin   xam
fizologik jihatdan tetik bo‘ladi va ko‘p nasl beradi.
46 5-rasm.   Shoxdormo‘ylovli   qisqichbaqasimonlarning   umumiy   tuzilishi:   1   —
Sida   crystallina:   a   —   erkagi,   b   —   urg‘ochi,;   2   —   Limnosida   frontosa:   a   —
erkagi, b — urg‘ochisi; 3 — Diaphanosoma branchyurum: a — urg‘ochisi, b —
erkagi; 4 — Moina rectirostris; 5 — Ceriodaphnia reticulata; 6 — Simocehalus
vetulus.
Kopepodlarni tadqiq qilish usullari:
Kopepodlar   konusli   plankton   suzgichlari   (4-rasm)   yoki   tutqich(sachok)lar
yordamida   yig‘iladi.   Suzgichni   (№   56-76)   un   kombinatidan   olsa   bo‘ladi.
Yig‘ilgan   na’munalar   formalinda   fiksatsiyalanadi.   Miqdor   ko‘rsatkich
na’munalari shtempel-pipetka va Bogorov kamerasida aniqlanadi ( 4 -rasm).
Kopepodlarning tuzilishi  va turini  aniqlash  uchun ular  glitseringa solinadi
(avval   50%   li,   keyin   100%),   stereomikroskop   (binokulyar)   tagida   entomologik
nina   yordamida   organlari   (suzgich   oyoqlarini,   antennalari   va   antenulalari,
abdomeni) alohida alohida ajratiladi. Olingan preparatlarni buyum oynachasiga
qo‘yib   plastilindan   oyoqcha   yasalib   yopqich   oynacha   bilan   yopiladi,   so‘nra
tirnoq bo‘yash uchun ishlatiladigan lak bilan atrofi surtiladi. S h u tarzda doimiy
47 preparatlar tayyorlanadi. Vaqtinchalik preparatlar tayyorlash uchun gelitsirin va
lakning hojati yo‘q.
Biomassasini   hisoblash   uchun   qisqichbaqasimonning   uzunligi   uning
vaznining nisbatiga olinadi (1-jadval). Naupliusining vazni (uzunligi 0,170 mm)
0,00065 mg ga teng.
Kopepodlar   (Copepoda)   ning   sistematikasi.Biologik   sistematikaga   binoan
hamma   organizmlar   turlarga,   turlar   –   urug‘larga,   urug‘lar   –   oilalarga,   oilalar   –
turkumlarga,   turkumlar   –   sinflarga,   sinflar   –   tiplarga   birlashadilar.   Oraliq
taksonlar   ham   mavjud:   kenja   urug‘,   kenja   oila   va   boshqalar.   Turlar   kenja
turlarga   bo‘linadi.   Kenja   sinf   kopepodlar   (Copepoda),   bo‘g‘imoyoqlilar
(Arthropoda)   tipi,   qisqichbaqasimonlar   (Crustacea)   kenja   tipining   Maxillopoda
sinfiga   mansub   bulib   10   ta   turkumini   birlashtiradi.   O‘zbekistonda   4   turkum
Cyclopoida, Calanoida, Harpacticoida,  Poecilostomatoida n  vakillari uchraydi.
Cyclopoida turkumi 15 oilani o‘z ichiga biriktiradi. Shulardan O‘zbekistonda
erkin   yashovchi   Cyclopidae   oilasi   50   tur   va   baliqlarda   parazitlik   qiluvchi
Lernaeidae oilasi vakillari uchraydi.
Calanoida   turkumi   16   oilani   tashkil   etadi.   Shulardan   O‘zbekistonda   erkin
yashovchi Pseudodiaptomidae va Diaptomidae oilalari vakillari uchraydi.
Poecilostomatoida   turkumi   faqatgina   baliq   parazitlaridir.   O‘zbekistonda
ularning   1   ta   vakili   –   Ergasilus   sieboldi   uchraydi   vabaliqning
oyqulog‘idaparazitlik qiladi.
Garpaktitsidlar   Harpacticoida   O‘zbekistonda   va   Markaziy   Osiyoda   yaxshi
o‘rganilmagan.   Respublikada   uning   29   turga   mansub   14   urug‘i   ma’lum.
Bularning hammasi bentos va grunt suvlarida yashovchilar hisoblanadi.
Kopepodlarni aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi:
Aniqlash   kalitidan   quyidagicha   foydalaniladi:   tezani   o‘qiymiz   (u   arab
raqamlari   bilan   berilgan),   agar   u   erdagi   belgilar   aniqlanayotgan   kopepodning
belgilari bilan mos kelsa, unda uning oxirida kerak bo‘lgan takson (tur yoki oila)
yoki   navbatdagi   tezaning   raqamini   topamiz,   bu   esa   aniqlash   lozim   bo‘lgan
kopepodni   topishga   yordam   beradi.   Agar   aniqlanayotgan   kopepod   belgilari
48 tezada   ko‘rsatilganlar   bilan   mos   kelmasa,   tezaning   tagida   joylashgan   va   defis
(chiziqcha) bilan belgilangan, ya’ni antitezaga murojat qilish kerak. Tezani  har
doim   oxirigacha   o‘qish   kerak   va   belgilarning   biri   to‘g‘ri   kelmasa,   antitezadan
aniqlanayotgan   kopepodning   belgilarini   qidirish   lozim.   Agarda   aniqlanayotgan
kopepodning  bir  va   bir  qator   belgilari  tezaga   va  antitezaga   mos  kelmasa,   unda
aniqlashni   boshidan   boshlash   kerak.   Aniqlash   kaliti   orqali   kopepod
aniqlanganidan keyin, uning aynan shu qisqichbaqasimon ekanligini ko‘rsatilgan
bayonnoma   va   rasm   bilan   solishtirish   zarur.   Aniqlashda   asosan   voyaga   etgan
qisqichbaqasimonlardan foydalaniladi.
Rotatoria lar,   shu   jumladan,   brachionus ham   ayrim   jinsli,   ularda   jinsiy
demorfizm juda aniq ifodalangan. Erkaklari juda kichik, ko‘pincha ularda ichak
va   ayruv   organlari   rivojlanmagan   bo‘ladi,   chunki   ular   uzoq   yashamaydi,
urg‘ochilarini urug‘lantirgandan keyin o‘ladi.
S h oxdor   mo‘ylovli   qisqichbaqasimonlarning   10   oilaga   mansub   420   turi
ma’lum. Eng yirik vakili –   Daphnia magna Straus .   Kichik suv havzalariga xos.
Urg‘ochilarining   uzunligi   5-6   mm,   erkaklari   2   mm,   lichink alari   -   0,7   mm
atrofida .4   -   14   sut kada   voyaga   etadi .   Urg‘ochilari   har   12-14   kunda   20   tadan
erkak dafniyalarni tug‘adi. Urg‘ochi dafniyalar faqat yoz oylarida uchraydi. Y o z
buyi ular partenogenetik yo‘l bilan ko‘payadi. Tuxumdonida 80 tagacha tuxum
bo‘ladi. 110-150 sutkagacha umr ko‘rishadi.
Kenja   sinf   kopepodlar   (Copepoda),   bo‘g‘imoyoqlilar   (Arthropoda)   tipi,
qisqichbaqasimonlar   (Crustacea)   kenja   tipining   Maxillopoda   sinfiga   mansub
bulib   10   ta   turkumini   birlashtiradi.   O‘zbekistonda   4   turkum   Cyclopoida,
Calanoida, Harpacticoida,  Poecilostomatoida vakillari uchraydi.
Cyclopoida   turkumi   15   oilani   o‘z   ichiga   biriktiradi.   Shulardan   O‘zbekistonda
erkin   yashovchi   Cyclopidae   oilasi   50   tur   va   baliqlarda   parazitlik   qiluvchi
Lernaeidae  oilasi vakillari uchraydi.
Tadqiqot   olib   borilgan   suv   omborida   zooplankton   miqdori   8-3032   ekz∕l,
biomassasi   esa   0,1-53   mg∕l.   Bo‘lganligi   aniqlandi.   May   oyida   suv   omborida
zooplankton   645   ekz∕l,   biomassasi   esa   8,7   mg\l   ni   tashkil   qildi.   Bunday
49 sifatining yuqori bo‘lishligi   Acanthocyclops vernalis  rivojlanishiga bog‘liq (446
ekz∕l, biomassa 6,7 mg∕l).
Zooplankton   organizmlar   mavsumlardagi   suksessiyasining   o‘zgarishiga
sabab   yoz   oylarida   o‘stirish   xovuzlarini   o‘g‘itlash   ishlari   to‘g‘ri   yo‘lga
qo‘yilganligi   va   xovuzda   bu   organizmlarning   rivojlanishiga   qulay   sharoit
yaratilganligi ya’ni gidrologik rejimining yaxshilanishi etiborga loyiq. Y a na bir
sababi baliq chavoqlarining bentos bilan oziqlanishiga o‘tishidir.
3.3  Jizzax suv ombori ning ixtiofaunasi
Oddiy qorabaliq  ( Schizothorax   intermedius )  ning sistematikasi
 Tip:  Xordalilar- Chordata
 Kenja tip:  Umurtqalilar- Vertebrata yoki
 Bosh skelelitlilar - Craniata 
 Bo`lim:  Jag`og`izlilar-Gnathostomata
 Katta sinf:  Baliqlar- Pisces
 Sinf:  Suyakli baliqlar- Osteichthyes
 Kenja sinf:  Shu`la qanotlilar- Actinopterei
 Katta turkum:  Suyakdor baliqlar- Teleostei
 Turkum:  Karpsimonlar-Cypriniformes
 Vakil:  Oddiy qora baliq-  Schizothorax intermedius
Schizothorax   intermedius -   Обыкновенная   маринка   -   Qorabaliq –   tog‘-   osiyo
faunistik   kompleksning   tipik   vakili     hisoblanadi.   O‘zbekistonda   keng
tarqalgan,asosan   tog‘oldi   va   tog‘li   daryolarda,   kanallar   buloqlarda   ,   shu
jumladan   Sirdaryo   va   Jizzax   suv   omborlarida   uchraydi   .Tana   uzunligi   45
sm,og‘irligi  1,5kg  gacha.Suv  o‘simliklari,buloqchilar  va   xironimid  lichinkalari,
hashoratlar  bilan  oziqlanadi.2-3 yoshda  jinsiy  voyaga  etadi.  Urchishi  apreldan-
avgustgacha.   Serpushtligi   5-50   ming   uvildiriqgacha.Havaskor   baliqchilik
ob’ekti.Qornining   ichki   qismini   qoplagan   qora   pardasi   va   uvildirig‘i   zaxarlash
xususiyatiga   ega   shuning   uchun   xalq   orasida   qora   baliq   zaxarli   degan   notog‘ri
fikir mavjud. Bu baliq go‘shtini ko‘payish oldidan iste’mol qilganda zaharlanish
holatlari kuzatilishi mumkin ,  Holbuki, bu baliq go‘shti juda mazali.
50 Tadqiqot   ishlari   Jizzax   suv   omborida   2018-2020   yillarda   bajarilgan   dala
kuzatuvlari davomida olib borilgan. Tadqiqot manbalarini yil davomida hamma
mavsumda   to‘pladik.   Namunalar   ovlangan   baliqlarning   barchasidan,
saralamasdan olindi. Baliqlarning tana o‘lchamlarini aniqladik. Baliqlar yoshini
va   o‘sish   sur’atini   aniqlash   uchun   baliqchilik   tadqiqot   ishlarini   o‘tkazish
uslublariga   ko‘ra   qatiy   bir   joydan   ya’ni   yelka   suzgich   qanoti   birinichi   shu’lasi
osti va yon chiziq ustidan 12-14 ta tangacha olindi. Baliqlarning jinsiy mahsuloti
(gonadalari)ning   jinsiy   etilish   bosqichlarini   aniqladi q   va   4   %   lik   formalin
eritmasida qayd qildik. Qayd qilingan gonadalarni laboratoriya sharoitida qayta
ishlash orqali ularning mutlaq va nisbiy serpushtligini aniqladi .
9-jadval
Oddiy qorabaliq  ( Schizothorax   intermedius )  ning marfometrik
ko‘rsatkichlari
Tana
uzunligi,sm Tana
massasi,g Voyaga
yetish
koifsenti % Ko‘payish maxsuldorligi Olingan
nomuna
soniAbsaluyt Nisbiy
9-23,8 26,5-310 10,2-11,9 1211-1302 14,9-19,5 6
24,5-26,9 319-395 9,3-12,6 1485-1963 12,4-22,1 7
28,6-31,5 412-564 9,6-11,2 2145-5213 11,7-23,4 9
36,8-41,5 686-765 8,5-15,3 3961-7310 1 2 ,6-22,2 8
 
Tadqiqotlar   davomida   boshqa   biologik   ko‘rsatkichlarni   aniqlashda   ixtiologik
tadqiqotlar   umum   qabul   qilingan   uslublaridan   foydalandi.Tadqiqot
namunalarida   qora   baliq   populyasiyasi   15   yosh   guruhi   baliqlaridan   tashkil
topgan bo‘lib ularning uzunligi – 9,0 – 41,5 sm, tanasining og‘irligi esa 26,5-765
g ni tashkil qildi, ta’kidlash lozimki ularning orasida 6-yosh guruhidagi baliqlar
ko‘plab uchradi, to‘yinganlik koeffitsienti   Fulton shkalasi   bo‘yicha – 1,38-2,35
51 ni,   Klark   shkalasi   bo‘yicha   esa   –   1,7-1,67   ni   tashkil   qiladi . Jizxzasx   suv
omborida qora baliqning erkaklari hayotining 2-3 yilida, tanasining uzunligi 12-
15   sm   bo‘lganda   ,   urg‘ochilar   esa   hayotining   3-4   yilida,   tanasining   uzunligi   –
12-15   sm   bo‘lganda   jinsiy   voyaga   yetadi.   A ksariyat   qismining   jinsiy   jihatdan
y etilishi   esa   asosan   3   yoshga   to‘lganida   ro‘y   beradi.   Urchuvchi   to‘dalarda
baliqlarning   3-4   yoshli   individlari   ustunlik   qiladi.   Qorabaliqda   ikra   tashlashi
porsiyali bo‘lib, urchishi aprel oyining boshi – may oylarida suvning harorati 8-
9°S bo‘lganda yuz beradi.Ko‘payish joyiga ular unchalik katta bo‘lmagan to‘da
bo‘lib (40-50 dona) ko‘tarilishdi, ko‘payishga chiqqan baliqlar asosiy qismining
tana uzunligi 23,0-38,0 sm ni, kam sonli yiriklariniki esa, 40,0-50,0 sm ni tashkil
qildi.   Qora   baliqlarning   ikra   tashlashi   ertalabki   paytlarga   to‘g‘ri   keladi   va   ular
suv   havzasinirng   1,0-1,5   metr   chuqurligidagi   tosh-shag‘al   bilan   qismiga
tashlaydi,   aytish   lozimki,   ikra   tashlangandan   keyin   dastlabki   paytlar   zaharli
bo‘ladi shu payt davomida ular toshlar orasiga, ostiga kirib ketadi va o‘sha joyda
rivojlanadi.   Qora   baliq   ikralarining   zaharli   bo‘lishi   ham   o‘ziga   xos   ekologik
moslashishi   bo‘lib,   ikralarini   boshqa   turlar   yeb   qo‘yishidan   himoya   qilishga
qaratilgan.   Qora   baliqning   mutlaq   serpushtlik   ko‘rsatkichi,   tanasining   uzunligi
30,-51,5   sm   bo‘lganda,   6,6   –   74,0   ming   donani,   jinsiy   yetilganlik   koeffitsienti
esa – 5,43-17,5 % oralig‘ida bo‘ladi.
 Tip:  Xordalilar- Chordata
 Kenja tip:  Umurtqalilar- Vertebrata yoki   Bosh skelelitlilar- 
Craniata 
 Bo`lim:  Jag`og`izlilar-Gnathostomata
 Katta sinf:  Baliqlar- Pisces
 Sinf:  Suyakli baliqlar- Osteichthyes
 Kenja sinf:  Shu`la qanotlilar- Actinopterei
 Katta turkum:  Suyakdor  baliqlar- Teleoste
 Karpsimonlar turkumi –  Cypriniformes 
 Vakil:   Carassius auratus  gibelio -  Kumush tovonbaliq
52 Morfologiyasi:   Bo’yi   30-45   sm,   og’irligi   1-2   kg   gacha,   tanasi
lappaksimon, suzgichlari katta, orqa suzgichining oldida arra tishli yo’g’on
suyak   shulasi   bor.   Shunga   o’xshash   dum   osti   suzgichining   oldida   ham
bo’ladi. Orqasi ko’kimtir, qorin tomoni kumushrangda.
Biologiyasi:   Kumush   tovonbaliq   serpusht,   2-3   yoshligidan
tuxumdonida   50   mingdan   100   mingtagacha   uvildiriq   bo’ladi.   Urg’ochisi
uvildirig’ini   bo’lib-bo’lib,   birinchisini   aprelning   oxirlarida,   ikkinchisini
may   oyining   ikkinchi   yarmida   tashlaydi.   Suvning   harorati   16-24 0
  C
bo’lganda   urg’ochisi   tashlagan   uvildiriqni   shu   tur   baliqning   erkagi
urug’lantirishi shart emas, populyatsiyada ko’pincha erkagi 1-2 ta bo’ladi.
Ayrim havzalarda erkagi bilan urg’ochisining soni bir-biriga yaqin bo’ladi.
Bunday   bir   jinslik   populyatsiyada   urg’ochisining   uvildirig’ini   ekologik
tomondan ularda yaqin bo’lgan boshqa tur baliqning erkagi urug’lantiradi.
Kumush   tobonbaliqning   urg’ochisini   zog’ora   baliq   va   oltin
tobonbaliqlarning   erkagi   urug’lantiradi.   Bu   xil   chatishuvdan   dunyoga
kelgan   baliqlarning   hammasi   urg’ochi   bo’lib,   onasiga   o’xshaydi.
Urchishda   sperma   tuxumni   urug’lantirmaydi,   balki   uning   rivojlanishiga
yordam   beradi.   Bunday   urchish   gipogenez   ya’ni   urg’ochi   tug’ilish
deyiladi. Kumush tobonbaliqning o’sishi uning yashaydigan yerdagi ovqat
sharoitiga   bog’liq.   M-n:   bir   yashar   chavog’ining   bo’yi   yemish   mo’l
bo’lgan Kattaqo’r’gon suv omborida 12 sm, ovqat kam bo’lgan Amudaryo
etagida   esa   6-6,5   smdir.   Chavoqlari   asosan   suvo’tlar   va   qisman   mayda
jonivorlar   bilan   ovqatlanadi.   Kattalarining   yemishi   detrit,   ya’ni   suvda
chirigan   o’simlik   qoldiqlari   hamda   ular   bilan   aralashgan   holda   mayda
qisqichbaqa, kana kabi jonivorlardan iborat.
Tarqalishi :   Kumushrang   karas   karpsimonlar   oilasining   bir   turi
hisoblanadi. Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan. O’rta Osiyoda avval faqat
Sirdaryoda   uchragan,   hozir   esa   O’zbekistonning   ko’l,   suv   ombori,   hovuz
baliqchilik   xo’jaliklari   kabi   havzalarida   ko’payib   ketgan.   Bu   baliq   joy
53 tanlamaydi, har qanday sharoitga ko’nikuvchan. Uni tagi toshloq va suvi tez
oqadigan daryolarda, tagi balchiq yoki loyqa ko’llarda, shuningdek ko’lmak
suvlarda uchratish mumkin, lekin shulardan ko’llarda ko’proq uchraydi. Suv
o’simliklari   muhiti   bu   baliq   uchun   juda   qulay   sharoitdir.   U   kislorod   kam
suvlarda ham yashashga moslashgan.
Tavsifi .   Carassius   auratus   gibelio   (Karas)-   Moskva   hududidagi   Savin
nomli baliqchilik tajriba xo’jaligida karasning  urg’ochisi  bilan sazanni  erkagi
chatishtirilgan   va   yangi   kumush   karas   yaratilgan.   Bu   baliq   boshqalaridan
kasallikka   chidamliligi,   tez   o’sishi   va   rivojlanishi,   barqarorligi   bilan   farq
qiladi   (Suxoverxov   1951).   Yuqoridagi   xususiyatlaridan   kelib   chiqib,
O’zbekistonda   iqlimlashtirish   uchun   tankangan   (Stepanova   1955,   Nuriyev
1985,   Omonov,   Sofarov   1972).   Adabiyotlardagi   ma’lumotlar   tahlil   qilinib
ko’rilganda,kumush karas O’zbekiston suv hayvonlaridan asosan cho’kindilar,
Copepod,   Cladocera ,   kichik   miqdorda   suvo’tilar   (diatom,   ko’k-yashil)   bilan
oziqlanadi.   Ularning   ovqatidan   suv   va   yerosti   o’simliklari,   nematoda,
xironomida   lichinkasi,   yerosti   hasharotlari   topilgan   (Nuriyev   1985,   Komilov
1960,   Istamova   1968)   [12].   Kichik   yoshdagi   karasning   ichagining   80   %   ini
yashil,   diatom   suvo’tlari,   suv   o’simliklari   urug’lari,   o’simlik   qoldiqlari,
xironomidaning   yosh   formalari,   chivinlar   tashkil   qiladi.   Voyaga   yetgan
karasning   ichagining   80-90   %ini   o’simlik   qoldiqlari   va   suvo’tlari   tashkil
qiladi.  Sazanning   ichagining   92,9%ini   makrofitlar,  57,1  %   ini   mikrofitlar,  14
% ini cladocera, 14,3 % ini suv hasharotlari, 28,5 % ini xironomida lichinkasi,
28,5 % ini amur  bychokining chavoqlari tashkil  qiladi. Deyarli  ichagining 30
%   idan   15-18   mm   uzunlikdagi   amur   bichoki   chavog’ining   10-19   bo’laki
topilgan (Joldasova va Gusev 1987).
Bizning   olib   borgan   kuzatuvlarimizda,   turli   muhut   sharoitiga   ega   suv
havzalaridan olingan baliq turlari, baliqchilik xo‘jaliklarida, suv omborlarida va
daryolarida   kumush   tovon   balig‘ining   o‘sish   tezligi   va   biologik   hususiyatlari
hamda morfometrik ko‘rsatkichlari bir biridan farq qilishi kuzatildi.
54 Masalan,   ushbu   baliq   turining   Jizzax   suv   ombori   va   Sirdaryo   suv
havzasidan   tutilgan   individlarning   o‘sish   tezligiga,   baliqchilik   xo‘jaliklari
ko‘llaridan  tutilgan  tovon baliqlarning o‘sish  tezligiga  nisbatan  yuqori  ekanligi
aniqlandi.   Daryo   va   suv   omboridan   tutilgan   tovon   baliqlarning   o‘sish   tezligi
birinchi   yoshida   hamda   jinsiy   voyaga   yetishi   ham   ayniqsa   yuqori   bo‘lishi
aniqlandi. 
Bu holat ushbu suv havzalarida tovon balig‘ining o‘sishi  va rivojlanishi
uchun juda qulay sharoit mavjud ekanligini ko‘rsatadi.
Baliqchilik   xo‘jaliklarida   tovonbalig‘ini   kichik   o‘lchamlarda   bo‘lib
qolayotganligining   asosiy   sabablaridan   biri,   bu   yerdagi   ko‘llar   tabiiy
sharoitining   ushbu   baliq   turi   uchun   qoniqarli   emasligidir.   Ya'ni   ushbu   sun'iy
baliqchilik hovuzlar sayoz bo‘lganligi uchun ulardagi suvning tez isishi  va suv
sirkulyasiyasining   juda   pastligi   kislorod   yetishmasligiga   olib   keladi.   Bu   esa
baliqlarning o‘sishiga va morfometrik ko‘rsatkichlariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 
Respublikamizning   turli   hududlarida   joylashgan   va   ko‘llarining
o‘lchamlari   bo‘yicha   farq   qiladigan   turli   baliqchilik   xo‘jaliklarida   tovon
baliqlarining o‘sish tezligi bilan bir-biridan farq qilishligi aniqlandi [8].
Sun'iy   baliqchilik   xo‘jaliklarida   esa   tovon   baliqlarning   o‘sish   tezligi   va
muhut sharoitigi moslashishi  juda sekinlik bilan borishi  va oqibatda ular  daryo
va   suv   omborlaridagiga   nisbatan   ancha   morfometrik   kichik   o‘lchamda
bo‘lishligi   tajribada   aniqlandi.   Bu   holat   shuni   ko‘rsatadiki,   baliqlar   qabul
qilayotgan   ozuqaning   ko‘p   qismi   baliqlarning   reproduktiv   mahsulotlariga
sarflanadi va natijada ularning o‘sish va semizlik koeffisenti ya'ni mahsuldorligi
sekinlashadi
10-jadval
( Carassius auratus  gibelio )-  Kumush tovonbalig‘ining tadqiqot
natijalari
Tana Tana Voyaga Ko‘payish maxsuldorligi
Olingan
55 uzunligi,sm massasi,g yetish
koifsenti % nomuna
soniAbsaluyt Nisbiy
15,5-17,6 67-110 9,5-12,4 1107-1315 2,9-20,4 7
17,6-20,0 110-158 9,2-12,6 1310-2115 4,4-23,0 5
20,5-24,2 160-216 7,5-16,5 2345-6436 13,2-22,0 13
24,5-27,2 218-265 9,3-12,3 4180-7802 0,6-21,1 4
Yuqoridagilardan   xulosa   qilib   aytish   mumkinki,   turli   tipdagi   suv
havzalari:   daryo,   suv   ombori   va   ko‘llaridan   tutilgan   barcha   tovon   baliqlari,
turlicha o‘lchamlarga ega bo‘lishligiga qaramasdan, bir vaqtda- 2 yoshda jinsiy
voyaga   yetadi   hamda   ushbu   baliqlarning   turlicha   tezlikda   o‘sishiga   va   turli
o‘lchamda bo‘lishiga qaramay bir xil yoshda adaptasion imkoniyatini nomoyon
qila   olishligi,   kumush   tovonbaliqlarning   yuqori   biologik   moslashuvchanlik
darajasiga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Oq amur (Ctenopharyngodon idella)
Oq amur balig`ining sistematik holati quyidagicha:
 Tip:  Xordalilar- Chordata
 Kenja tip:  Umurtqalilar- Vertebrata yoki
 Bosh skelelitlilar - Craniata 
 Bo`lim:  Jag`og`izlilar-Gnathostomata
 Katta sinf:  Baliqlar- Pisces
 Sinf:  Suyakli baliqlar- Osteichthyes
 Kenja sinf:  Shu`la qanotlilar- Actinopterei
 Katta turkum:  Suyakdor baliqlar- Teleostei
 Turkum:  Karpsimonlar- Cypriniformes
 Vakil:  Oq amur-  Ctenopharyngodon idella
Oq   amur   karpsimonlar   oilasiga   mansub   bo`lgan   o`simlikxo`r   baliq
hisoblanadi.   Oq   amurning   biologiyasini   o`rganish,   bu   baliqdan   samarali
foydalanish va undan yuqori hosil olish imkonini beradi.
56 Morfologiyasi va tana tuzilishi . Suv havoga nisbatan zich va yopishqoq
bo‘lgani   uchun   suvda   yashovchi   baliqlarning   tana   va   suzgichlari   ham   shu
xususiyatlarga bog‘liq holda tuzilgan. Ko‘plab baliqlarning tanasi suvda torpeda
kabi   harakat   qilishga   yaxshi   moslashgan.   Ular   suvda   tanasini   egib,
to‘lqinlantirib   harakat   qiladi.   Umuman,   baliqlarning   tana   shakllari   ularning
hayot kechirish tarziga mos ravishda turli xilda tuzilgan bo‘ladi.
Baliqlarda   yuqorida   aytib   o‘tilganlardan   tashqari,   yana   bir   qancha
boshqacha   tana   shakllari   ham   uchraydi,   ularning   aksariyati   oraliq   shakllardan
iboratdir.
Og`zining   tuzilishi:   O ‘simlikxo‘r   baliqlarning   og‘zi   boshining   ostiga
o‘rnashgan, ko‘pincha tishlari bo‘lmaydi, pastki labi Oq amur xuddi pichoqdek
o‘tkir, goho usti shox modda bilan qoplangan bo‘ladi. 
Oziqlanishi:   Oq   amur   hovuz   baliqchilik   xo`jaligining   hamda   ko`l
baliqchiligining asosiy ob`yekti hisoblanadi.  Bundan tashqari xalq tilida oq amur
balig`ini   suv   osti   sigiri   ham   deyishadi.   Oq   amurning   ozuqasi   o`simlik
hisoblanadi.   Oq   amur   chavoqlari   ham   boshqa   baliq   chavoqlari   singari
boshlang`ich   rivojlanish   bosqichlarida   zooplankton   bilan   oziqlanadi,   yana
keyingi   rivojlanish   bosqichida   vaqtinchlik   zoobentos   bilan   oziqlanadi.
Lichinkalari     oldingi   2   hafta   mobaynida   mayda   zooplanktonlar,   eng   oldin
kolovratkalar  bilan,  so‘ngra  shoxli  qisqichbaqalarning   naupliyalari   bilan,   keyin
esa   shu   qisqichbaqalarning   katta   organizmlari   va   planktonning   boshqa
organizmi bilan oziqlanadi. Uzunligi 2,5-3 sm bo`lishi  bilan avvaliga yumshoq
o`tlar bilan keyinchalik ayniqsa 2 yoshdan keyin dag`al yuksak suv o`tlar bilan
oziqlanishga   o`tadi.   Voyaga   yetganda   suv   o'simliklari   va   quruqlik
o'simliklarining   suv   ostida   qolgan   qismlari   bilan,   ba'zan   baliq   chavoqlari   bilan
ovqatlanadi.
Jizzax   suv   omborida   olib   borilgan   kuzatishlar   natijasida   oq   amur
(Ctenopharyngodon idella)ning tashqi va ichki tuzulishi o‘rganildi.  Kuzatuv olib
borilish jarayonida tana uzunligi va massalari  turli xil bo‘lgan baliqlar ovlandi.
57 Ularning   yoshlari   tangachalari   orqali   aniqlandi.   Olingan   natijalar   quyidagi
jadvalga joylashtirildi:
11-jadval
Oq amur (Ctenopharyngodon idella) baliqning morfometrik
ko‘rsatkichlari
Tana uzunligi,
sm Tana massasi,g Baliq   yoshi,
yil Olingan
nomuna soni 
35,4-42,3 3500-3945 4 3
28-38,2 2850-3590 3 5
24,6-29,7 2200-2910 2 6
18,3-23,5 1560-2185 1 4
Ovlangan   baliqlar   yorib   ko‘rilganda   ularning   oshqozonidan   suv
omborida   juda   ko‘p   uchraydigan   Dominant   turlardan   Sehpoederiella   papillata,
Pediastrum Scenedesmus  Coelastrum  sphaericum  Crucigenia apiculata uchradi.
Bundan   tashqari   Oq   Amur   balig‘i   (Ctenopharyngdon   idella)   zooplanktonlar
(kolovratkalar,   shoxli   qisqichbaqalarning   naupliyalari)   bilan   oziqlanishi
aniqlandi.
 Oq do ngpeshonaʻ  ( Hypophtalmichthys molitrix )
 Sistematik holati quyidagicha:
 Tip:  Xordalilar- Chordata
 Kenja tip:  Umurtqalilar- Vertebrata yoki
 Bosh skelelitlilar - Craniata 
 Bo`lim:  Jag`og`izlilar-Gnathostomata
 Katta sinf:  Baliqlar- Pisces
 Sinf:  Suyakli baliqlar- Osteichthyes
 Kenja sinf:  Shu`la qanotlilar- Actinopterei
 Katta turkum:  Suyakdor baliqlar- Teleostei
 Turkum:  Karpsimonlar- Cypriniformes
 Vakil:  Oq do‘ngpeshona- Hypophtalmichthys molitrix
58 6-rasm.  Oq do ngpeshonaʻ  - Hypophtalmichthys molitrix
Hypophthalmichthys molitrix  ( Белый (обыкновенный) толстолобик ) -
Shimoliy   va   Markaziy   Xitoyning   suv   havzalarida   keng   tarqalgan.   Amur
daryosining   Shimoliy   qirg’oqlarida   ham   bor   (Berg   1948,   Nikolskiy   1956).
O’zbekistonning   suv   havzalarida   tolstolobik   1960-yillardan   keyin   paydo
bo’lgan.   U   Turkmanistonning   suv   havzalarida   iqlimlashtirilgandan   keyin,
Do’ngpeshona   chavog’i   fitofag   bo’lib,   birinchi   1958   yillarda   olib   kelingan
(Aliyev   1963).   Hozirda   u   O’zbekistonning   barcha   tabiiy   va   sun’iy   suv
havzalarida   keng   tarqalgan.   Do’ngpeshonaning   tabiiy   rivojlanishi   Amudaryo
va   Sirdaryoda   bo’lib   o’tadi   (Aliyev   1966).   Xorazm   vohasining   barcha
ko’llarida, yaniy Amudaryo bilan Sirdaryoga bog’liq bo’lgan suv havzalarida
uchratish   mumkin   (Haqberdiyev   1983).   Amudaryo   quyi   oqimidagi   suv
havzalarda   tolstolobik   oziqning   tipik   omili   sifatida   saqlanadi.   Amudaryo,
Dovudko’l va sholi dalalarida bu baliqning ozig’i diatom suvo’tlari va boshqa
suvo’tlari. Bular uchun ovqat tarkibi juda muhim emas (Shamshetov, Sagitov
1977,   P-avlovskaya   1982).   Voyaga   yetgan   tolstolobik   fitoplanktonlar   bilan
oziqlanadi. Ovqatining 95 % dan ko’pi fitoplanktonlar (diatom suvo’ti), 2 % i
zooplanktonlar   (Nikolskiy   1956).   Yosh   baliqlari   rotiferalar,   suvo’tilari   bilan
oziqlanadi.   15   mm   dan   katta   bo’lgan   baliqlar   plankton,   suvo’tlarini   iste’mol
qiladi   (Veregin   1950).   May   va   iyunni   boshlarida   ko’lning   yuzasi   maksimal
darajada   oziq   bilan   to’lgan   bo’ladi.   Masalan:   80,4   %.   Bu   vaqtda   asosiy   oziq
zooplankton   (cyclope,   zooplankton,   rotifera)   bo’ladi.   Plankton   ozuqasining
asosiy   qismlari   diatom   suvo’tilar,   spirogiraga   o’xshash   ko’k-yashil   suvo’tilar
bo’lishi mumkin (Abdullayev E.A., 1978, Haqberdiyev 1983). Noyabr oyining
59 boshida   asosiy   ozig’i   suvo’tlar   (asosan   ko’k-yashil   va   spirogira)   bo’ladi.
Diatom   suvo’tilarni   yeyishi   ko’payadi   (45,3   %   dan   ko’p),   zooplanktonlar
kamayadi   (1,4   %).   Tolstolobikni   ozuqasidan   tashqari   har   doim   ovqat
komponentlari   bo’lmagan   cho’kindi   va   qum   (1,7   %   dan   ko’p)   uchraydi
(Haqberdiyev 1983).
Bizning olib borgan kuzatuvlarimiz jaroyonlarida oq do’ngpeshonani turli
xil   o‘lchamdagilari   ustida   morfometrik   tadqiqot   o‘tkazdik.   Ovlangan
baliqlarni   morfometrik   jihatdan   tahlil   qilindi.   Tahlil   natijalari   quyidagi
jadvalda keltirilgan:
60 12-jadval
Oq do ngpeshonaʻ  ( Hypophtalmichthys molitrix ) balig‘ining marfometrik
ko‘rsatkichlari
Tana
uzunligi,s
m Tana
massasi,g Voyaga
yetish
koifsenti
% Ko‘payish
maxsuldorligi  Olingan
nomuna
soni Absaluyt Nisbiy 
20,5-26,8 230-310 10,2-
11,9 1211-
1302 14,9-
19,5 4
33,5-36,9 340-412 9,3-12,6 1485-
1963 12,4-
22,1 8
28,6-31,5 321-331 9,6-11,2 2145-
5213 11,7-
23,4 5
34,8-36,8 360-420 8,5-15,3 3961-
7310 1 2 ,6-
22,2 9
Baliqlarning   ikralari   sanaldi   va   serpushtligi   o‘rganildi.   Ovlangan
baliqlarning   oshqozoni   ochib   o‘rganilganda   ularning   suv   omborida   mavjud
bo‘lgan   fitoplanktonlar   ( Cyclotella,   Synedra,   Achnanthes,   Cocconeus,
Diploneus )   bilan oziqlanishi m a’lum bo‘ldi. 
3.4. Jizzax suv omborining baliqchilikdagi ahamiyati.
  Jizzax   suv   ombori     to g onlar   yordamida   suvni   yig ish   va   saklash   uchun	
ʻ ʻ ʻ
quriladigan   sun iy   suv   havzasi.   Kompleks   foydalanishga   mo ljallangan   suv	
ʼ ʻ
ombori   xalq   xo jaligidagi   bir   qancha   tarmoqlar   sug orish,   suv   ta minoti
ʻ ʻ ʼ
toshqinlarga   qarshi   kurashish   va   boshqa   ehtiyojlarni     qondirish   uchun   barpo
etilgan.   Yil   davomida   daryo   oqimlarining   o zgarib   turishi   va   uning   hudud	
ʻ
bo ylab   notekis   taqsimlanganligi   suv   ombori   barpo   etishga   zarurat   tug dirgan.	
ʻ ʻ
Suv ombori oqimni fasllar va yillar bo yicha tartibga soladi, kanal va boshqa suv	
ʻ
o tkazish inshootlari bilan birga hududlar bo ylab qayta taqsimlashga imkoniyat	
ʻ ʻ
yaratadi.   Jizzax   suv   ombori   Jizzax   vohasini   doimo   suv   bilan   ta‘minlash   va
61 qo‘shimcha   yerlarni   sug’orish   maqsadida   qurilgan.   Me‘yorida   to‘lgan   vaqtda
suv hajmi 87,5 mln m3  ,maydoni 13 km kv dan ortiq, uzunligi 3,3 km , eng keng
joyi   5,1   km   tashkil   etadi.   O‘rtacha   chuqurligi   20   metr,   eng   chuqur   joyi   70   m.
Suv  omboriga  Eski  Tuyatortar   kanali  orqali   114,3  mln  	
m3   /yil   va  Rovotsoydan
5,1   mln  
m 3
/yil   suv   kelib   quyiladi.   Hududning   g‘arbida   joylashgan   Sangzor
daryosi   va   sharqida   joylashgan   Zominsuv   daryolarining   oralig‘ida   Molguzar
tizmasining shimoliy yonbag‘irlarida bir qancha soylar hosil bo‘ladi. Achchisoy,
Pshog‘orsoy,   Toylonsoy,   Rovotsoy,   Ardaxshonsoy   kabi   soylar   oqadi.   Ularning
suv   sarfi   umumiy   holda   0,17  
m 3
  sekunddan   0,60  
m 3
  /   sekundgacha
o‘zgaradi. Jizzax   suv   ombori   1973   yilda   foydalanishga   topshirilgan,   1987   yilda
qayta ta‘mirlangan. Hozirgi kunda to‘liq suv hajmi 100 mln metr kub., shundan
foydali   suv   hajmi   87   mln   metr   kub.   To‘liq   suv   hajmi   esa   4   mln   metr   kubdan
oshmaydi. Loyqa to‘lish muddati 41 yil, suv omborining suv yuzasi bo‘yicha eni
4,2 km, uzunligi 3,3 km metr. Suv omborining chuqurligi 20 metr, maydonining
yuzasi 13,75 km kv[6.3.1].
Yuqoridagi   ma’lumotlardan   xulosaga   keladiagan   bo‘lsak   Jizzax   suv
omborining   birlamchi   maqsadi   Jizzax   vohasini   doimo   suv   bilan   ta‘minlash   va
qo‘shimcha   yerlarni   sug’orish   maqsadida   qurilgan.   Ammo   bu   suv   omboridan
baliqchilik sohasida ham keng foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bizning
izlanishlarimiz   natijasi   shuni   ko‘rsatmoqdaki   bu   havzadan   baliqchilik   sohasida
foydalanib kata iqtisodiy foyda olsa bo‘ladi. Olib borilgan tadqiqot jarayonlarida
oddiy   qora   baliq   ( Schizothorax   intermedius ) ,   Kumush   tovonbaliq   ( Carassius
auratus ) ,   Oq   amur   ( Ctenopharyngodon   idella )   va   Oq   do ngpeshona	
ʻ
( Hypophtalmichthys   molitrix )   kabi   baliq   turlarini   uchratdik.   Bu   baliq   turlari
yashash   jarayonida   fitoplankton   ( Chlorella   vulgaris ,   Scenedesmus   acuminatus ,
Asplanchna   girodi.   Euchlanis   dilatata,   Brachionu,   Keratella,   Ceriodaphnia
reticulate,   Daphnia   longispina )   va   zooplanktonlar   ( Kolovratkalar,
Shoxdormo‘ylovli,   Kopepodlar )   bilan   ozoqlanishi   ma’lum.   Suv   omborda
Fitoplankton kompleksi bo‘yicha dominant holatga ega bo‘lgan guruhlar diatom,
yashil va ko‘k-yashil suvo‘tlari ekanligi kuzatildi. Ular umumiy hisobda umumiy
62 aniqlangan   suvo‘tlarining   90   %   ni   tashkil   etadi.   Ayniqsa   ular   orasida   diatom
suvo‘tlarining   vakillari   juda   keng   tarqalgan   bo‘lib,   jami   aniqlangan   suvo‘tlari
turlarining deyarli 50% ti hisobida turlar tarkibiga ega ekanligi kuzatildi. Ushbu
bo‘limga   mansub   Melosira,   Cyclotella,   Synedra,   Achnanthes,   Cocconeus,
Diploneus,   Entomoneis,   Gyrossigma,   Navicula,   Nitzschia,   Surirella   kabi
turkumlarining vakillari  deyarli  barcha na’muna olingan joylardan ajratilganligi
ma’lum   bo‘ldi.   Turlar   tarkibining   xilma-xilligi   bo‘yicha   ikkinchi   o‘rinda   ko‘k-
yashil   suvo‘tlari   bo‘limi   turgan   bulib,  ulardan  keng   tarqalgan   vakillari   qatoriga
Mycrosistis,   Merismopedia,   Oscillatoria,   Lingbya   kabi   turkumlarining   turlari
tez-tez uchrab turdi.  Suv ombori  havzalarida   Oq o mur balig‘i ( Ctenopharyngdon
idella) ning   oziqlanishini   kuzatdik.   Suv   o‘tlarining   bunday   rivojlanishi   suvdagi
kislorod   miqdorini   yuqori   darajaga   yetkazadi.   Rivojlangan   fitoplnaktonlarning
ichida biomassa jihatidan eng yuqorisi yashil suv o‘tlari bo‘lib, asosan, protokok
rivojlanib, 11,0 mg.-litr biomassani ko‘rsatdi. Dominant turlardan Sehpoederiella
papillata, Pediastrum Scenedesmus Coelastrum sphaericum Crucigenia apiculata
uchradi.   Iyun   oyida   o‘stirish   havzalarida   volvokslarning   ommaviy   rivojlanishi
kuzatiladi.   Yirik   koloniyalardan   Volvok   globator   va   Eudopina   elegans
Pandopina   mopum   1625,3   mg-litr   miqdordagi   biomassani   ko‘rsatdi.   Oq
do‘ngpeshona (   Hypophthalmichthyes   molitrix) ni   boqish   uchun   –   Chlorella
vulgaris ,   Scenedesmus   acuminatus lar   bilan   oziqlanishi   kuzatildi .   Jizzax   suv
omborida   bu   ozuqalarning   hammasi   yetarliligi   hamda   barcha   ekologik   omillar
normal   darajada   ekanligini   inobotga   olgan   holda   baliqchilik   sohasini   yo‘lga
qo‘yish   Jizzax   suv   omborida   yuqori   iqtisodiy   sermahsullikka   erishish   mumkin
degan xulosaga keldik.
63 Xulosa
    Suv resurslaridan ratsional va kompleks foydalanishning asosiy yo‘li daryolar 
oqimini tartibga soluvchi suv omborlari barpo etishdir. Daryo suvlarini suv 
omborlarida to‘plash, suv resurslaridan yilning hohlagan mavsumida haftalar va 
sutkalar davomida kerak bo‘lgan joylarga suvni yetkazib berish imkoniyatini 
beradi. Suv omborlari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini rivojlanishiga suv 
xo‘jalik tarmoqlarining suvdan yaxshi foydalanishida katta rol o‘ynaydi, ularning 
ko‘p qismi, asosan irrigatsiya maqsadida barpo etilgan bo‘lib, Ekspluatatsiya 
qilish jarayonida baliq xo‘jaligi sanoat korxonalari hamda shahar va qishloq 
aholisini suv bilan ta‘min etish, toshqin va sel oqibatlarining oldini olish, uning 
qirg‘oqlarida sanatoriyalar, dam olish uylari va boshqa maqsadlarda foydalnish 
mumkin.
1. Jizzax suv omborida zooplankton organizmlari va baliq turlari o‘rganildi.
2.   Zooplankton   organizmlar   suv   omborida   o‘ziga   xos   turli   biologik
jaryonlarda   ishtirok   etashi   hamda   bu   organizmlarning   suv   havzalarida
bo‘lish   va   bo‘lmasligi   shu   suv   omborining   ekologik   sharoitini   belgilab
berishi kuzatishlarda aniqlandi.
3.   Suv   omborida   –   Kolovratkalardan   13   -   tur,   Shoxdormo‘lovli
qisqichbaqasimonlar 8-tur va Kopepodlarning 5 - turi aniqlandi.
4.     Suv   omborida   ba’zi   Kolovratkalar,   Shoxdormo‘ylovli   va
Kopepodlarning   biologiyasi,   tarqalish   qonuniyatlari   mavsumlarda
uchrashligi aniqlandi.
5.  Suv ombori uchrovchi baliq turlarining taksonomik tavsifi tuzib chiqildi.
6.Ovlangan   baliqlarning   ovqat   hazm   qilish   tizimi   tekshirilib,   ularning
dinamik   tahlil   qilindi   hamda   ozuqa   ratsionida   ko’proq   sodda
qisqichbaqasimonlar   dominantlik   qilishi   aniqlandi.Bu   ozuqalarning
mavjudligi  va barcha ekologik omillarning normalligi Jizzax suv omborida
baliqchilik   sohasini   yo‘lga   qo‘yish   bilan   yuqori   iqtisodiy   samaradorlikka
ershish mumkin degan xulosaga keldik.
64 65 Amaliy tavsiyalar
1.   Suv omborida uchraydigan baliq turlarining, serpusht zotlarni tanlash kerak:
suv   omborida   qora   baliqning   erkaklari   hayotining   2-3   yilida,   tanasining
uzunligi 12-15 sm bo‘lganda, urg‘ochilar esa hayotining 3-4 yilida, tanasining
uzunligi – 12-15 sm bo‘lganlarini tanlash maqsadga muofiq bo‘ladi.
2.Qora   baliqning   mutlaq   serpushtlik   ko‘rsatkichi,   tanasining   uzunligi   30,-51,5
sm   bo‘lganda,   6,6   –   74,0   ming   donani   tashkil   etadi,   Oq   amurniki     145   ming
chavoqni,  har   bir  ona  oq  amur  beradi.  Iloji  boricha  yanada   yanada  sermahsul
zotlarni tanlash va eskirgan zotlarni seleksiya yo‘li bilan yangilash.
4.   Suv   omborida       to‘liq   sistemali   baliqchilik   xo‘jaligini   tashkil   qilish.
Baliqlantirishda   asosiy   obyekt   sifatida     Oddiy   qorabaliq   ( Schizothorax
intermedius ) ni,   Kumush   tovonbaliq ( Carassius   auratus   gibelio ),va     Oq   amur
(Ctenopharyngodon idella)ni  tanlash lozim.
5. O`simlikxo z‘r baliqlardan, ayniqsa oq amur iqtisodiy jihatdan foydali turdir.
6.   Suv   omborda   uchraydigan   fitoplankton   va   zooplanktonlar   baliq   chovoqlari
uchun tabbiy oziqadir.Bugungi kunda Suv omborida Kolovratkalardan 13 - tur,
Shoxdormo‘lovli qisqichbaqasimonlar 8-tur va Kopepodlarning 5 - turi borligi
aniqlandi.Zooplanktonni   rivojlanishini   va   ularning   mavsumiy   dinamikasini
o‘rganish lozim.
7.   Bozor   talabini   o`rganib   chiqib   ekologik   toza   va   sifatli   baliq   mahsulotini
yetishtirish lozim.
66 ILOVALAR
7- rasm. Bogorova kamerasi va shtempel pipetkasi
8-rasm. Apshteyn plankton suzgichi
67 (o‘ngda  -  bankaning qopqoqli stakani).
9 – rasm. Ruttner batometri
10 -rasm. Voyaga  y etgan siklop
68 11 -rasm. Zooplankton organizmlarning miqdor ko‘rsatkichlari
69 12 -rasm. Zooplankton organizmlarning o‘rtacha biomassasi
70 13 -rasm. Kolovratkaning tuzilishi
14-rasm. Siklopning tuzilishi
71 15 - rasm. S h oxdormo‘ylovli qisqichbaqasimonlar
72 16 -rasm. Siklopning umumiy ko‘rinishi va naupliusi.
73 17-rasm.  Qorabaliq  (Schizothorax   intermedius)   ni o‘rganish jarayoni.
74 18-rasm. Oq amur  ( Ctenopharyngodon idella)  ni o‘rganish jarayoni.
75 FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.   Sh.M.   Mirziyoyev.   O‘zbekiston   respublikasini   yanada   rivojlantirish
bo‘yicha   harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida   (O‘zbekiston   Respublikasi   qonun
hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda)
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:
1. Алимов   А.Ф.,   Голд   З.Г.   Определение   продукции   популяций   водных
сообществ:   Учебно-методическое   пособие/   Новосибирск:   Наука,   2000.-
102 с.
2. Агроклиматические   ресурсы   Джизакской   и   Самаркандской   областей
Узбекской ССР. -Л.: Гидрометеоиздат, 1977. -218 с. 
3. Алибеков   Л.А.,   Нишонов   С.А.   Природные   условия   и   ресурсы
Джизакской области. Т., «Узбекистан», 1978. - 253с.
4. Алибеков   Л.А.,   Нишонов   С.А.   Табиатни   муҳофаза   қилиш   ва   табиий
ресурслардан рационал фойдаланиш. Т., «Ўқитувчи», 1983. – 269с.
5. Бродский   Э.В.   Определител ь   свободноживуших   пресноводных
веслоногих   раков   СССР   и   сопредел ь ных   стран   по   фрагментам   в
кишечниках рыб. Москва АН СССР 1960 г. 
6. Вронский   В.А.   Прикладная   экология   .   –   Ростов   –   на   –   Дону:   Феникс   ,
1996 -512 стр.
7. БенингА.А.  Cladocera  Кавказа.-Тбилиси: Грузмедгиз, 1941.-384 с.
8. Бабушкин   Л.Н.,   Когай   Н.А.   Физико-географическое   районирование
Узбекской ССР //Науч.труды. ТашГУ.-1964 . -Вып. 231. -263с. 
9. Беспалов   Н.П.   Некоторые   физические   особенности   светлых   сероземов
Голодной степи. В кн: «Вопросы мелиорации Голодной степи», Т., 1957.,
С. 101-167. 
10. Биргер Г.И. «Метаболизм водных беспозвоночных в токсической среде».
– Киев: Наукова думка, 1979 – 130 с.
11. Вавилкин   А.С.,   Иванов   А.П.,   Куранова   И.И.   «Основы   ихтиологии   и
рыбоводства» Москва: «Агропроиздат».- 1985.
76 12.  
13. Горелкин   Н.Б.,   Никитин   А.М.   Водный   баланс   Арнасайской   озерной
системы.   В   кн:   «Гидрологические   исследования   в   Средней   Азии».   Тр.
САРНИИГМИ., вып. 39(12). Л., Гидрометиздат., 1976.
14. Дорохов   С.М.,   Пахомов   С.П.,   Поляков   Г.Д.   «Прудовое   рыбоводство»
Москва: «Высшая школа», 1981г.
15. Е.Д.Мануйлова «Ветвистоус ы е рачки фаун ы   СССР»   в   кн.: Определитель
по фауне СССР. – Москва:Наука, 1964.
16. Жадин   В.И.,   Родина   А.Г.   Биологические   основы   водоснабжения   и
очистки  вод  //  Жизн ь   пресных  вод  СССР  т.  3  /  Под  ред.  В.И.  Жадина  и
Э.Н. Павловского.-М., Л.: АН СССР, 1950.-С. 779-818.
17. Niyozov D.S, G‘afforov H . G .   « Baliqlarning oziqlanishi » Toshkent- 2012
18. Жураев М.Т., Абдуллаев Б.Д., Ташматов Х.М., Норов А.Т. Особенности
загрязнения подземных вод г. Джизака. (Создание систем рационального
использования   поверхностных   и   подземных   вод   бассейна   Аральского
моря).   ГИДРОИНГЕО,   Экология   хабарномаси   №5,6.,   Т.,   2003,   С.   152-
153. 
19. Иванов   А.П.   «Рыбоводство   в   естественных   водоёмах»   Москва.   ВО
«Агропромиздат».- 1988г.
20. Ирригация Узбекистана. Изд-во «Фан». Т., 1975., Том №1, №2. 
21. Камилов   О.   Джизакская   степь   как   объект   освоения.   Т.,   «Узбекистан»,
1976. 
22. Кутикова Л.А. Коловратки фауны СССР –Л.: Наука, 1970.- 742 с.
23. Макеева А.П. «Эмбриология рыб». Москва Издателство МГУ, 1992.
24. Мирабдуллаев   И.М.,   Х.Ю.Ахмедов,   А.Р.Кузметов,   Б.И.Урманов.   Опыт
выращивания   товарного   карпа   в   садках   на   Тудакулском
водохранилище // Узбек, биол. журн. 1990. -   № 4.  - С. 52-53.
77 25. Мирабдуллаев   И.М.,   Кузметов   А.Р.,   Хегай   В.Н   Lophocharis   salpinavar.
Parvidentata Hauer, 1937 - новая для фауны СССР коловратка // Доклады
АН УзССР. 1991. К 9. С. 58-59
26. Mirabdullayevi.fi,   Kuzmetov   A.R.   Tfie   genus   Thermocyclops   (Crustacea.
Copepoda)   m   Uzbekistan   (Central   Asia)   //   Intern.   Revue   gesamt.   Hydrobiol.
1997. V. 82. N 2. P. 201-212.
27. Мирабдуллаев И. М., Рахматуллаева Г. М., Кузметов А. Р.,Туремуратова
Г.И.,   Белозуб   Л.Г.,   Базарова   Ҳ.Ҳ.   Биоразнообразие   ракообразных
Узбекистана //Узбек.биол.ж. 1997. Н 6. С. 51-53.
28. Мирабдуллаев   И.М.,   Кузметов   А.Р..   Хегай   В.Н.   Зоопланктон
рыбоводных прудов южных областей Узбекистана  //  Узбек, биол. журн.
1994.- № 1.- С. 49-53
29. Никитин А.М. Озера Средней Азии. Л., Гидрометеоиздат., 1987. – 102с.
30. Нишонов С.А. Жиззах вилояти. Т., «Ўзбекистон», 1980. – 122с.
31. Ниёзов Д. С. Ғаффоров Ҳ. Ғ.Балиқларнинг озиқланиши. Тошкент .-  2012.
32. Никольский Г.В. «Экология рыб» Москва: «Высшая школа».- 1974.
33. Нурбаев   Д.Д.   Оценка   современного   состояния   Арнасайских   озер   и
задачи   регулирования   гидрометеорологического   режима   на
переспективу.   (Создание   систем   рационального   использования
поверхностных   и   подземных   вод   бассейна   Аральского   моря).
ГИДРОИНГЕО., Экология хабарномаси №5,6., Т., 2003, С. 66-67.
34. Привезенцев   Ю.А.   «Интенсивное   рыбоводство»   Москва.   ВО
«Агропромиздат» 1991г.
35. Саковская   В.Г.,   Ворошилина   З.П.   и   др.   «Практикум   по   прудовому
рыбоводству» Москва. ВО «Агропромиздат».- 1991г.
36. Смирнов   Н.Н.   «Биология   ветвистоусых   ракообразных».-   Зоология
беспозвоночных. Т.ВИНИТИ, 1975.
37. Ҳусенов С. Х. , Ниёзов Д. С. “Балиқчилик” Тошкент. -  2013 .
78 38. Черномашенцев   А.И.,   Мильштейн   В.В.   «Рыбоводство»   –   М:   Легкая   и
пишевая промишленность, 1983.
39. Чембарисов   Э.И.,   Бахритдинов   Б.А.   Гидрохимия   речных   и   дренажных
вод Средней Азии. -Ташкент: Ўқитувчи, 1989. -232 с.
40. Шевченко   А.И.   Гидрогеологическая   классификация   орошаемых
территорий Узбекистана. –Ташкент, 1961.
41. Щеглова О.П. Питание рек Средней Азии Ташкент: Изд-во САГУ, 1960.-
243 с. 
42. Alimqulov   N.R.   Jizzax   viloyatida   rekreasiyani   rivojlantirishning   geografik
asoslari (Tabiiy geografiyaning regional muammolari). Samarqand., 2002., 98-
101 b.
43. Eshonqulov   R.,   Pozilov   M.,   Norov   A.T.,   Xolboev   U.   Jizzax   viloyati   tabiiy
resurslarini himoya qilish.  Jizzax, 2004. - 53 b.
44. Ensiklopedik   lug‘at   “Toshkent”   1998   yil:   Jizzax   viloyati   haqida   umumiy
ma’lumot .280 bet.  
45. I.   M   Mirabdullaev,   A.N.   Abdurahimova,   A.R   Kuzmetov,   X.X.   Abdunazarov
«O‘zbekiston   Eshkakoyoqli   qisqichbaqasimonlar   (Crustacea,   Copepoda)
aniqlagichi» Toshkent 2012 yil.
46. Ismanov   A.J..   Sektimenko   V.E.   Sirdaryo   va   Jizzax   viloyatlarining   tabiiy-
geografik sharoitlari. To‘plam. Sirdaryo va Jizzax viloyatining sug‘oriladigan
tuproqlari. T., «Fan», 2005., 6-20 b.
47. Jizzax viloyati hokimiyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi ma'lumotlari.
2003 yil.
48. Jizzax   viloyati   statistika   boshqarmasi   ma'lumotlari.   Jizzax   viloyati   pasporti.
2005y. – 76 
49. Jizzax   viloyati   tabiatni   muhofaza   qilish   davlat   qo‘mitasi   hisobotlari.   2002-
2003 yillar.
50. Jizzax   viloyati   hokimiyati   Yer   resurslari   va   undan   foydalanish   boshqarmasi
ma'lumotlari. 2003 yil.
79 51. Jizzax   gidrogeologik-mileorativ   ekspedisiyasi   ma'lumoti.   Jizzax   viloyatida
sug‘oriladigan  yerlarni  meliorativ nazorat  qilish  va zovur-drenaj  tarmoqlarini
ekspluatasiya qilish bo‘yicha 2002 yil hisoboti. -98.
52. Jizzax   viloyati   tabiatni   muhofaza   qilish   davlat   qo‘mitasi.   1998-2002   yillarda
Jizzax   viloyatida   atrof-muhitni   muhofaza   qilish   va   tabiiy   resurslardan
foydalanish holati to‘g‘risida ma'ruza. Jizzax., 2003y. –28b.
53. Rasulov   A.R.,   Hikmatov   F.H.   Umumiy   gidrologiya.   Toshkent:   Universitet,
1995.175 b.
54. S .Q Husenov, D. S. Niyozov, G‘. M Sayfullaev «Baliqchilik asoslari» Buxoro
2010 yil.
55. Tashkenboev A., Nosirov O‘. Jizzax viloyati.  T., «O‘zbekiston», 1996. -126 b.
56. Vaxobov   X .,   Nizomov   A .,   Alimqulov   N . R .,   Ibrohimova   N .   Jizzax   viloyatida
turizmni   rivojlantirish   asoslari .   ( O ‘ zbekistonda   turizm   xizmatlarini
takomillashtirishning   iqtisodiy   mexanizmi .   Resp .   Ilmiy - amaliy   anjumani ).   T.,
2003., 44-46 bet.
57. Vohidov   Yu.   Aydar-Arnasoy   ko‘llar   tizimining   ekologik   muhitga   ta'siri.
(Sozdanie sistem rasianal'nogo ispol'zovaniya poverxnostnix i podzemnix vod
basseyna Aral'skogo morya).   GIDROINGEO., Ekologiya xabarnomasi №5,6.,
T., 2001, 45-47 bet.
Internet saytlar:
1. http    ://    www    .   zooplankton    .   ru   
2. http    ://    www    .   gidrobilogy    .   ru   
3. www    .nnu.    uz     ( Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona)
4. http://www.cnshb.ru/AKDiL/0015/base/RP/000421.shtm 
5. http://ribvod.ru/category/prudovoe-ryibovodstvo
6.   http://fermer02.ru/ribovodstvo/karp/1585-prudovoe-rybovodstvo.html
7. http://www.fishabout.ru/rybovodstvo/112-prudovoerybovodstvo.html
80

“JIZZAX SUV OMBORINING BALIQCHILIK SOHASIDAGI AHAMYATI” Mundarija Kirish ………………………………………………………… ………... ..... 3 I. BOB. Adabiyotlar sharhi ……………………………………………… 8 1.1 O‘zbekistonda gidrofaunani o‘rganilish tarixi……………………… 8 II. BOB. Tadqiqot sharoitlari, ob’ekti va usullari ………………… ....... 18 2.1. Tadqiqot ishlari olib borilgan hududning fizik va geografik tavsifi 18 2.2. Tadqiqot obyekti va usullari …. ………………… ………………....... 27 III. BOB. Tadqiqot natijalari …………………………………………..... 32 3.1. Jizzax suv omborining z ooplankton organizmlar i ning tur tarkibi .. 32 3.2 Suv omborida baliqlarni oziqlantirish uchun zooplankton va fitoplankton organizmlarni ko‘paytirish .... ............ ....... .. . ..................... 35 3. 3. Jizzax suv ombori ning ixtiofaunasi . ............. ...................... .......... ....... 54 3.4. Jizzax suv omborining baliqchilikdagi ahamiyati…………………... 6 3 Xulosalar …..………….…………………………………………………... 6 4 Amaliy tavsiyalar . .….……………………………..……………………... 65 Ilovalar……………………………………………………………….......... . 66 Foydalanilgan a dabiyotlar ……………………………………………… 75 1

Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. SH. M. MIRZIYOYEV KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy yuksaltirishning dolzarb masalalaridan biri, aholini sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlash, suv havzalarida baliq ovlash va baliqchilikni yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanishdir. Buning uchun maxsus hovuz xo‘jaliklarida baliq o‘stirish, baliq mahsulotlarini ishlab chiqish kabi istiqbolli tadbirlar asosiy rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda respublikamizda hovuz xo‘jaliklarida baliqchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Baliqchilikning asosiy ob’ekti baliq chavoqlarini sog‘lom o‘stirib, yosh baliqlar darajasiga olib borish yo‘llarini ishlab chiqish baliqchilik sohasida yangi texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshadi. Bunday usullarni ishlab chiqish albatta, baliq chavoqlarini o‘stirish jarayonida hovuzlarda va suv omborlarida ularning oziqa bazasini tashkillashtirish xususiyatini o‘rganishni talab etadi. Baliq o‘stirish hovuzlarida ozuqa bazasini tashkillashtirish uchun suv organizmlari, jumladan zooplanktonlar muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki zooplankton organizmlarda baliq chavoqlarini rivojlanishida asosiy ozuqa hisoblanadi. Baliq chavoqlari o‘stirish hovuzlarida zooplanktonning intensiv rivojlanishi, ayniqsa yosh baliqlar o‘stirishning dastlabki bosqichlarida baliq xo‘jaliklaridagi ishning samarasiga bog‘liq. Shunga ko‘ra baliqchilikni rivojlantirishda, sun’iy suv havzalari zooplankton organizmlarning sifat va miqdor o‘zgarishlarini bilish muxum ahamiyatga ega shuning uchun bu organizmlarning biologiyasi, ekologiyasi va fasllarda tarqalish qonuniyatlarini tadqiq qilish zarur. 2

Suv biotsenozidagi umurtqasizlar, tuban o‘simliklar baliqlarning, asosan baliq chavoqlarining ozuqasi hisoblanadi. Suv havzalarida va suv omborlarida bunday organizmlarning bo‘lmasligi yoki juda kam bo‘lishligi baliq chavoqlarining rivojlanishini susaytiradi va nobud bo‘lishiga olib keladi. Havzalardagi tuban qisqichbaqasimonlar zooplankton va fitoplankton bilan oziqlanib, suvdagi erigan kisloroddan foydalanib, o‘zlaridan biogen elementlar ajratib chiqaradi. S h u bilan bir qatorda suv xavzasi ekosistemasining bioma h suldorligiga ta’sir etadi. Ko‘pchilik suv organizmlari suvdagi kislorod miqdori 0,2 ml/l dan pasayib ketsa nobud bo‘la boshlaydi. Tadqiqot ob’ekti va predmeti: Jizzax suv ombori,baliqlar, zooplankton organizmlar. Jizzax viloyati SH.Rashidov tumanidagi suv havzalaridagi baliq va zooplanktonlarning miqdori va ularning mavsumiy hususiyatlari, dinamik tur tarkibi aniqlandi.Shuningdek ayrim baliq turlarini morfologiyasi va biologiyasi o‘rganiladi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari . Jizzax suv omboridagi baliq turlarini aniqlash va tabiiy ozuqa bazasini zooplanktonni rivojlanishini ularning mavsumiy dinamikasini o‘rganish. O‘zbekiston suv omborlarining zooplankton organizmlari turlar xilma- xilligini aniqlash va o‘rganish, zooplanktonning miqdor jihatdan rivojlanishi hamda mavsumiy suksessiyasi qonuniyatlarini aniqlash.Suv havzasida uchraydigan baliqlarni taksonomik taxlil qilish va morfoligik ko‘rsatgichlarini aniqlash. Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi : 1. Jizzax suv ombori b aliq laridan namunalar olish va morfometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash. 2.Suv organizmlarini ya’ni zooplanktonlarni aniqlash usullaridan foydalanib, na’munalar tayyorlash. 3

3.To‘plangan materiallarni o‘rganib, zooplanktonlarning suv biotsenozidagi tarqalishi va uchrash dinamikasini tahlil qilish va tur tarkibini aniqlash. Ilmiy yangiligi : Tatdqiqotlarimiz natijasida Jizzax suv omborining gifrologik,gidroximik,gidrobilogik xususiyatlari va ixtiofaunasi o ‘ rganiladi va qayta tadbiq qilinadi.Jizzax suv omborining barcha xususiyatlari va baliqchilk sohasidagi ahamyati o ‘rganiladi. Bundan quyidagi muammo va gipotezalar kelib chiqadi: Jizzax suv omborinig melortiv xolati va sug‘rishdagi ahamiyati o‘rganilgan,ammo uning gidribiologiyasi va ixtiofaunasi kam o‘rganilgan.Bundan ushbu muommo va gipotezalar kelib chiqadi. 1. Baliqchilik sohasidagi ahamiyati o‘rganiladi. 2. Ixtiofaunasi o‘rganiladi. 3. Zooplankton va fitoplanktonlari o‘rganiladi. Tadqiqot mavzusi bo ` yicha adabiyotlar sharhi: Dunyoning bir qator suv omborlarida zooplankton organizmlari faunasi va sistematikasi bo‘yicha ko‘plab xorijlik olimlar, jumladan Henri H.J, et all. (1994); Robert G.Radke and Uwe Kahl (2002); G. Dams (2016); Ana M.A. da Silva et all. (2009); J.A.Benzie (2006); J.M. Boberts (2009); Ch. Farwell (2014); Sinjae Yoo (2015); M. Povlov (2016); A.E. Friederike (2016) kabilar tomonidan o‘rganilgan. MDH mamlakatlarida zooplankton organizmlarinin asosiy guruhini tashkil etuvchi qisqichbaqasimonlar va kolovratkalar sistematikasi, ularning tarqalishi, mahsuldorligi, ekologiyasi hamda suv omborlari gidrologiyasi va gidroximiyasi bo‘yicha tadqiqotlar A.V. Krilov va boshq., (2009); E.V. Presnova va boshq., (2010), V.R. Alekseeva (1995); N.M. Korovchinskiy (2004); N.V. Kartasheva (2006); YU.F. Gromova va A.B. Primak (2015); E.P. Romanova (2009); A. Xaitov (2011); E.G. Krupa (2010) ishlarida. O‘zbekistonda turli tipdagi ekotizimlarda zooplankton organizmlarning taksonomiyasi, tarqalishi, ekologik xususiyatlari, ulardan suv havzalari unumdorligini oshirishda foydalanish bo‘yicha gidrobiologik 4

tadqiqotlar A.M. Muhamediev (1967, 1986), E.A. Toshpo‘latov (1975), I.M. Mirabdullaev (1990, 1992), H.X. Abdinazarov (2018) tomonidan amalga oshirilgan. O‘zbekistonning tabiiy shakllangan ko‘llari zooplankton organizmlarini o‘rganish bo‘yicha shunga o‘xshash tadqiqotlar yaqin yillarda E.N. Ginatullina (2009) tomonidan o‘tkazilgan. Tadqiqotda olib borilgan usulning tavsifi: Gidrobiologik, ixtiologik metodlardan foydalanildi.Baliqlarni o‘rganishda qabul qilingan uslublardan foydalanildi. (Pravdin. I .F 1966 , Pirojnikov P.L 1953y). Zooplankton na’munalarni konusli plankton suzgichlari Djedi to‘rlaridan yoki tutqich (sachoklar) to’rlar yordamida 50 - 100 litr suvni chelak yordamida suzib olish va suvning ma’lum chuqurligiga to‘r tashlanib uni tortib olish usuli dan foydalaniladi . Tadqiqot natijalarining ilmiy va amali ahamiyati: Zooplankton organizmlar faqat baliq chavoqlarining rivojlantirib qolmasdan, suv ekosistemasida sodir bo‘ladigan turli jarayonlarning kechishida ham muhum ahamiyatga ega. Izlanishlar davomida mazkur suv havzasida baliqlarning tur tarkibi aniqlanadi shuningdek ayrim ovlanadigan baliq turlari marfologiyasi va biologiyasi o‘rganiladi. Ishning aprobatsiyasi: Dissertatsiya mavzusi bo`yicha olingan ma’lumotlar fakultet ITK komisiyasiga 2 marta taqdim etildi, ham ikki yil davomida har oy oxirida kafedra yig`ilishida hisobot berildi. Bundan tashqari dissertatsiyaning nazariy va amaliy yangiliklari bo`yicha 2019-yili kafedraning yosh zoologlar ilmiy semenarida va magistrantlarning ilmiy va amaliy konfrensiyasida ma’ruza qilindi. Maqolalar: 1. Некоторые данные побиологии белогоамура , ASSOCIATION OF KOREAN CULTURAL CENTERS OF UZBEKISTAN xalqaro jurnali Science & Technology young Specialists Forum “Tashkent 2019” 42-46 betlar. 2. КУМУШ ТОВОН БАЛИҒИ- CARASSIUS AURATUS НИНГ БИОЛОГИЯСИ ВА ТУРЛИ МУҲИТ ШАРОИТИГА МОСЛАШИШИ. 5