Milliy va diniy qadriyatlar va ularning o’ziga xosligi

Yuklangan vaqt:

09.03.2025

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

108.5 KB
Mavzu:Milliy va diniy qadriyatlar va ularning o’ziga xosligi.
Reja:
Kirish
1. Milliy madiniy qadriyatlarni tiklanishi. Ularning jamiyatni 
ma’naviy , ruxiy , ahlokiy poklanishidagi o’rni.
2. Diniy qadriyatlar ma’rifiy -madaniy,ma’naviy,tarixiy 
qadriyatlar silsilasining muayyan bir bo’g’imi sifatida.
3. Dunyoviy davlat va din. Din va diniy tashkilotlar 
o’rtasidagi munosabat.  Diniy ekstrimizm va fundamentalizm xavfi.
4. O’zbek xalqining insonparvarlik va milliy qadriyatlari, 
kishilarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, yuksak ahloqiylik ruhida 
tarbiyalashda milliy qadriyatlarning ahamiyati.
Xulosa
Foydalanilgan  adabiyotlar. Kirish
Demok ratik jamiyat qurish jarayonida jamiyat ma’naviy yuksalishini muhim
omillaridan   biri   bo’lgan   qadriyatlarga   e’tibor   ortib   bormoqda.   Shuningdek,
O’zbekistonda   xalq   taraqqiyotida   muhim   o’rin   egallagan   qadriyatlarni   chuqur   va
har  tomonlama  o’rganish,  unutishga  majbur   etilganlarini   qayta  tiklash   masalasiga
ham   e’tibor   bilan   qaramokda.   Qadriyat   atamasi   arabcha   «Kadr»   so’zidan   olingan
bo’lib biror birnarsa va hodisaning jamiyatda, kishilar o’rtasidagi ahamiyatini ifoda
etish uchun kullaniladi.
O’tmishdan   biz   hamma   narsani   o’zicha   qabul   qila   olmaymiz.   Har   qanday
meros, u qanchalik maftunkor bo’lmasin, yangi davr uchun o’z o’zidan xizmat qila
olmaydi. U  hamisha  chuqur  tanqidiy  taxlilga,  ijodiy boyitilishiga,  rivojlantirishga
muhtoj   bo’ladi.   Bu   vaziyat   bevosita   qadriyatlarga   ham   tegishlidir.   Bizni   qurshab
olgan olamdagi  narsa-hodisalar  -  muayyan g’oyalar, xis  va tuyg’ular, kayfiyatlar,
ijtimoiy   tajribalarning   shaxs,   sinf,   guruh,   millat,   umuman   jamiyat   uchun   ijobiy
yoki salbiy ahamiyatini ko’rsatuvchi falsafiy tushunchadir.
Ahamiyati   katta   bu   narsa   va   hodisalar   -   g’oya,   xis-tuyg’u,   kayfiyatlar,
ijtimoiy tajribalar o’z xissalari bilan emas, balki ularning insoniy faoliyat, marifaat
va   ehtiyojlar,   ijtimoiy   munosabatlar   sohasiga   jalb   qilinganligi,   undagi   o’rni   bilan
belgilanadi.   Ahloqiy   tamoyillar   va   qoidalar,   orzu   umidlar,   yo’l—yo’riqlar   va
maqsadlarda  ifodalangan  narsa   hodisalarga  -   baho  berish  mezoni  va  usullari  ham
qadriyatdir.   Qadriyatlar   oddiy,   ijtimoiy   -   siyosiy   va   ma’naviy   hamda   ijobiy   va
salbiy   turkumlarga   bo’linadi.   Har   bir   millat,   ijtimoiy   guruh,   shuningdek,   har   bir
tarixiy   davr   yaxshilik   ,   adolat,   erkinlik   va   shu   kabi   qadriyatlar   haqida   o’z
tasavvurlarini yaratadi. Shu bilan birga , umuminsoniy qadriyatlar (muayyan ahloq
qoidalari,   madaniy   meroslar,   mumtoz   san’at   va   adabiy   asarlar)   ham   mavjudki,
ularsiz inson kamolotiga yetisha olmaydi. 
Demak,   qadriyatlar     muayyan   moddiy  narsalar   va  madaniy   ma’naviy  ruhiy
hodisalarning o’ziga xos xususiyatlari emas, balki ularning inson, jamiyat hayotida
tutgan o’rnini, ahamiyatini ifodalaydi. Ayrim tadqiqodchilar, ulamolar, faylasuflar,
adabiyotchilar,   tarixchilar   din   bilan   bog’liq   qadriyatlarni   diniy   g’oyalar,   aqidalar, xis-tuyg’ular va marosimlarning o’zidan izlaydilar. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan
biz bunday fikr mulohazalarga qo’shila olmaymiz.
Yuqoriga
O’zbekiston  xalqlari o’zlarining  qadimiy va ijobiy qadryatlarga boy tarixida
ko’pgina  dinlarga  hurmat   bilan  qaraganlar   va  o’z  davrlariga  mansub   ilg’or   ijobiy
qadryatlarni  shakllantirish borasida ulardan unumli foydalana bilganlar
Ijobiy   qadriyatlar   yuzaga   kelish   jarayonida   diniy   g’oyalar,   marosimlar,
ibodatlar muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Fikrimizcha, din, xususan, islom bilan
bog’lqk   qadriyatdarni   o’rganish   bilan   cheklanib   qolish   yetarli   emas.   Ayni
zamonda,   din   bilan   bog’liq   qadriyatlarni   o’rganish   dinparastlik     bilan
bog’lanmasligi   lozim.   Dinparastlik   hyech   qayerda,   hyech   qachon   ijobiy   qadriyat
hisoblanmagan.   Aksincha,   hamma   dinlarga   hurmat   bilan   qarash,   ularni   haqorat
qilmaslik,   hamma   dinlarga   ijobiy   munosabatda   bo’lish   muhim   ijobiy
qadriyatlardan   biri   bo’lgan.   Qolaversa,   O’zbekiston   xalqlari   tarixida   muhim
ahamiyatga   ega   bo’lgan   va     nisbatan   uzoq   tarixiy   davrlarda   mavjud   bo’lgan
Zardushtiylik,   Buddaviylik,   Isoviylik     dinlarining   tarixini   o’rganmasdan   turib,
Islom dini tarixining  o’zini har tomonlama bilish mumkin emas.
Eramizdan   avvalgi   XVI   -   XIV   asrlarda   vujudga   kelgan   vato   Islom   kirib
kelguncha     qadar   mavjud   bo’lgan   Zardushtiylikda     mehnatsevarlik,   ruxiy
poklanish,   ezgulik,   vatanparvarlik,   yaxshilik   kabi   fazilatlar   bilan   bog’liq
qadriyatlar ulug’langan. Mehnat ahloqiy sog’lomlik, ezgulik manbai deb bilingan.
Bu   dinning   muqaddas   kitobi   bo’lmish   «Avesto»da   manaviy-ahlokiy   barkamol
odam, ezgulikni barqaror qila oladigan, adolatparvar insonni shakllantirish g’oyasi
markaziy   o’rinni   egallaydi.   Jumladan,   bu   muqaddas   kitobda   quyidagi   so’zlar
mavjud:»   Olam   go’zalligi   dehkondan,   kimki   yerga   urug’   qadabdi,   u   odamiylikka
iymon   keltiradi,   yagona   shu   yo’lgina   haqiqat   bo’lib   qolgani   sarobdir»   Bu   dinda
iymon   masalasi   ham   katta   o’rin   olgan   va   keyinchalik   bu   g’oya   boshqa   dinlarga
samarali   ta’sir   ko’rsatgan.   Iymonli   bo’lishning   asosiy   sharti   yaxshi   niyat   qilish,
yaxshi, shirin so’zlar aytish va adolatparvar bo’lishdir. Bu dinda muayyan so’zlar, marosimlar   orqali   poklanish   masalasiga,   umuman   ruxiy   poklanishga   katta   etibor
berilgan.
O’zbekiston xalqlari manaviy-madaniy, ahloqiy qadriyatlar yaratish borasida
eramizdan avvalgi  IV  asrda vujudga kelgan, Kushon imperiyasi davrida hukmron,
davlat   dini   bo’lgan   buddaviylik   dinidan   ham   muhim   bir   omil   sifatida
foydalanganlar.   Tarix   bu   ta’limotni     rivojlantirgan     20   dan   ortiq   Turonlik   avliyo
hakimlar   va   faylasuf   olimlar,   ular   tarjima   qilgan,   sharhlagan   va   o’zlari   yozgan
buddaviylik   asoslari   va   marosimlari   hakidagi   asarlarning     nomlarini   bizgacha
saqlab qolgan. Keyinchalik bu asarlar,  g’oyalar, ayrim marosimlar islom dini bilan
bog’liq tariqatchilik harakatlarining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Yuqoriga
Keyingi   yillarda  tariqatchilik  harakati,  sufizm  g’oyalari  bilan  uzviy  bog’liq
bo’lgan tasavvufni o’rganishga va undan ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarimizni qayta
tiklash   uchun   foydalanishga   katta   e’tibor     bermoqdalar.   Bu   yerda   shuni   aytish
kerakki,   zardushtiylik   va   buddaviylikni   bilmay   turib,   tasavvufni   ham   to’la
o’rganish   mumkin   emas.   Xususan,   buddizm   ruxiy   kamolotning   kushandasi
bo’lmish   nafs   balosiga   qarshi   kurashga,   tafakkurni   ulug’lashga   katta   e’tibor
bergan,   tafakkur   bu   abadiy   kamolot   yo’lidir,   muloxazasizlik-   o’lim   yo’lidir.
Tafakkuri bedor odam hyech qachon o’lmaydi, yengil o’ylaydigan johil kishi o’lik
kabidir.   O’zing-o’zingni   o’yg’ot,   shunda   xifzu-himoya   topasan   va     bardam   idrok
bilan  yurib, albatta baxtli bo’lasan.
Mamlakatimizda   Mustaqillikning   qo’lga   kiritilishi,   markscha-lenincha
mafkura   yakka   hokimligining   tugatilishi,   fikrlash   va   vijdon   erkinligining   to’la
qaror   topishi   natijasida   dinlarga,   xususan,   Islom   diniga   munosabat     tubdan
o’zgaradi.   Chunonchi,   dunyoviy   maqsadlar   yo’lida   dinga   qarshi   kurashlarga,
hakorat qilishlariga butunlay barham berildi. Uning o’rniga dinga ilmiy yendahuv,
hurmat qilishlar   kqror topmoqda. Bu ham demokratik jamiyat qurishning muhim
talablaridan  biridir.  Dinga  bo’lgan  munosabatimizning   tubdan  o’zgarishiga  KPSS
yakka   hokimligini   tugatilishi,   Mustaqil   mamlakatimizda   davlatning   belgilovchi, vijdon erkinligi talablaridan kelib chiqqan yangi qonunchilikni qaror topishi sabab
bo’ldi.
Binobarin,   dinga,   xususan,   islomga   bo’lgan   munosabatlarimizni   qaror
topishi   uning   tariximizda   tutgan   o’rni   va   ahamiyatini   ilmiy   nuqtai     nazardan
bilishga imkon yaratadi. Tarix shundan dalolat beradiki, O’zbekiston xalqlari islom
bilan bog’liq falsafiy bilimlar, iloxiyotchilikka oid qarashlar, xuquqshunoslikka oid
ta’limotlarning,   amaldagi   rivojlanishiga   munosib   xissa   qo’shgan   ko’plab   buyuk
ajdodlariga   ham   egadirlar.     Buyuk   allomalarimizning   ma’naviy-ahlokiy,   falsafiy
qadriyatlarni   yaratish   borasidagi   xizmatlari   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Bunga
Farobiyning   baxt   hakidagi   falsafiy   qarashlari,   Beruniyning   dinlar   tarixiga   oid
fikrlari,   Al-Buxoriy   va   At-Termiziylarning   to’plagan   hadislari,   Burxoniddin
Marg’iloniyning   «Hidoya»   asari,   Alisher   Navoiyning   adabiy   ijodi   va   ayniqsa,
buyuk   shaxslar   hayotiga     bag’ishlangan   maxsus   risolasi,   Ahmad   Yassaviy,
Najmiddin   Kubro,   Abduholik   Gijduvoniy,   Boxovuddin   Naqshband     kabilarni
hayoti   va   tariqatchilik,   sufizm   g’oyaarini   yaratish   borasidagi   buyuk   xizmatlari
misol   bo’la   oladi.   Ular   dindan   shaxsiy   maqsadlar   yo’lida   foydalanishlarni   qatiy
qoralaganlar. Shuni aytish kerakki, islomni buyuk dinga aylantirgan, uni manaviy-
ahlokiy, falsafiy,  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan boyitishda  yuqorida aytib o’tgan
allomalarimizni butun islom olami tan olgan.         
Bizning o’zimiz ham endigina ana shu jarayonni o’rganish imkoniyatiga ega
bo’ldik. O’zbekiston xalqlarining deyarli XIII asrlik tarixi islom dini bilan bog’liq.
Bu   davrlar   ijtimoiy   iqtisodiy,   siyosiy,   ma’naviy,   madaniy   yuksalishlarining   ham
nisbatan orqaga ketishlarning ham shohidi bo’ldi. Chunonchi, IX asr oxiridan XIII
asrning   boshlariga   qadar   ,   shuningdek,   Temur   va   temuriylar   davrida   O’zbekiston
xalqlari   o’zlarining   ma’naviy-madaniy   tarixida   muhim   va   olamshumul   yutuqlarni
qo’lga   kiritdi.   Bu   yutuqlarning   bosh   sabablaridan   biri   mustaqillik   va   ijtimoiy   -
siyosiy barqarorlikning hukmron bo’lganligidir.
O’zbekiston   xududida   islom   hukmron   dinga   aylangan   davrdanoq   uni   o’z
davrining ilg’or qarashlari bilan boyitishga, zamon talablariga javob bermaydigan
unsurlardan   xalos   qilishga,   ayniqsa,   islom   dini   orqali   inson   aqli   va   zakovatini peshlashga   intilganlar.   Bunday   urinishlar   hamma   vaqt,   hamma   yerda
dinparastlarga,   takabbur   va  johil   ruhoniylarga  xush   kelmagan.   Ana   shu   davrlarda
iymon   va   iroda   erkinliklarini   tarannum   qiluvchi,   hozirgi   kunda   ham   ahamiyatini
yuqotmagan islomiy bilimlar vujudga keldi.
Odamlar   ongida   mustaqillik,   ma’naviy   va   ahlokiy   qadriyatlarni
rivojlantirish,   xalqning   milliy   ruxini   uyg’otish   va   tiklash   jamiyatning   barqaror
rivojlanishining muhim sharti va kafolatidir.
«Biron   bir   jamiyat   ma’naviy   imkoniyatlarini,   odamlar   ongida   ma’naviy   va
ahloqiy   qadriyatlarni   rivojlantirmay   hamda   mustahkamlamay   turib   o’z   istiqbolini
tasavvur eta olmaydi».  I.Karimov . O’zbekiston  XXI asr bo’sag’asida.....,
Mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan,
qaramlik zulmi ostida qolgan bo’lsa-da o’zligini yuqotmadi, xalqimiz o’zining boy
ma’naviy   merosini   avaylab   saqlab   va   boyitib   keldi.   Ayniqsa,   so’nggi
mustamlakachilik   davrida   ma’naviy   merosga   sinfiy   nuqtai-nazardan   yondoshish
oqibatida   milliy   qadriyatlarimiz,   urf-odatlarimiz   progressiv   vareaksion   bloklarga
bo’lindi,   mashhur   olimlar,   adiblar   va   san’at   ustalari   materialistik   va   idealistga
bo’lindi.   Reakson   deb   baholangan   milliy   qadriyatlarimiz   ,   odatlarimiz   va
an’alarimiz, idealistga ajratilgan 
alomalarimiz qoralandi, tanqid ostiga olindi, ko’pgina tarixiy yodgorliklar buzildi,
qarovsiz   qoldi,   kitoblar   va   qo’l   yozmalarni   nashr   etish,   o’rgatish   man   etildi   yoki
e’tiborsiz qoldirildi.
Mustaqillik   sharofati   bilan   xalqimiz   ma’naviyat   zulumlaridan   ozod   bo’ldi,
erkin fikrga, milliy taffakurga, milliy tiklanishga keng yo’l ochildi. Milliy tiklanish
o’z   o’zidan   sodir   bo’lmaydi,   buning   uchun   xalq   dunyo   qarshini   milliy   istiqlol
ruhida islox qilish zarur.
«Moddiy islohatlar, iqtisodiy isloxatlar - o’z yo’liga ularni xal etish mumkin.
Xalqning   ta’minotini   ham   amallab   turish   mumkin.   Ammo,   ma’naviy   isloxatlar   -
qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota bobolarimizni
udumlarini   tiklab,   ularga   munosib   voris   bo’lish   -   bundan   og’irroq   va   bundan
shavkatliroq vazifa yo’q bu dunyoda!»   I.A.Karimov
O’zbekiston : milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura . t . 1, 202 bet.
Yuqoriga
Mustaqillikni   dastlabki   kunlaridanoq     ajdodlarimiz   qoldirgan   ma’naviy
merosini   tiklash   ishlari   boshlanib   ketdi.   Xo’sh,   ma’naviy   meros   nima,   uning
tiklanishi nimalarda nomoyon bo’lmoqda?   Ma’naviy meros qadimiy zamonlardan
beri   ajdodlirimiz,   ota-bobolarimizdan   bizgacha   yetib   kelgan   ma’naviy   boyliklar-
siyosiy   ,   falsafiy,   xuquqiy   va   diniy   qarashlar,   odob   ahloq   me’yorlari,   ilm   fan
yutuqlari,   tarixiy,   badiiy   va   san’at   asrlari   majmuidir.   Ma’naviy   qadriyatlar
boyliklar   inqilobiy   yo’l   bilan   hosil   qilinadigan     hodisa   emas,   u   jamiyat
taraqqiyotining   barcha   bosqichlarida   uning   ehtiyojlari   tufayli   yuzaga   keladi   va
usha davr hayotini aks etiradi. Har bir avlod ma’naviyatni yangiddan yaratmaydi,
ma’naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo’lsa shundayligicha, ko’r ko’rona
qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik bilan insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan
qabul qiladi va rivojlantiradi .
Mustaqillik   yillarida   vatanimiz   tarixini   yoritish   va   o’tgan   ish   masalalari
partiyaviylik,   sinfiylik   yondoshuvlaridan,   hukumron   komunistik   mafkuraga
xizmatkor   bo’lishdan   xalos   etildi.   Necha   o’n   yillar   davomida   buzib   ko’rsatilgan
yoki   so’z   ochilmay   kelgan   tarixiy   voqyealarni   xolislik   tarixiylik,   hakoniylik
tamoillari asosida tadqiq qilishning kirishildi va dastlabki asarlar yaratildi.
Sovetlar   davrida   AbuAli   Ibn   Sino,   Abu     Rayxon   Beruniy,   Muhammad
Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, Alisher  Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari
mutafakirlarning   jahon   fani   va   madaniyatiga   qo’shgan   xissasi   qisman   yoritilgan
bo’lsa-da,   ularning   jahon   tarixi   durdonasiga   aylanib   qolgan     asarlari   to’la   nashr
etilmadi,   ayrimlari   chegaralangan   nusxalarda   chop   etilgan.   Abduxolik   /ijduvoniy,
Baxovuddin   Naqshband,   Ismoil   Buxoriy   ,   Xo’ja   Ahmad   Yassaviy,   Burxoniddin
Marg’iloniylarning g’oyalari zararli, diniymistik qarashlar deb hisoblandi, ularning
ijodi to’g’risida lom-mim deyilmas edi. Sovetlar hokimiyati davrida milliy istiqlol
uchun kurashgan minglab ziyolilar, olimlar, yozuvchilar, shoirlar qatog’on qilindi, quvg’in   ostiga   olindi.   Ularning   nomi   badnom     qilindi,   ular   hakida   so’zlash   man
qilindi, asarlari yo’q qilindi.
Mustaqillik   sharofati   bilan   ma’naviy   hayotimizda   uyg’onish   yuz   berdi.
Ulug’   bobolarimiz   ruxi   shod   etildi.   Abdulla     Qodiriy,   Cho’lpon,   Fitrat,   Usmon
Nosir kabi vatanimiz ozodligi   yo’lida shahid ketgan xalq jigarbandlarining nomi,
izzat ikromi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, ularning ma’naviy meroslari xalqimizga
qaytarildi.       Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy   va boshqa allomalarning   tavallud
topgan   kunlari   bayramona   nishonlandi,   ularga   haykallar   qo’yildi,   qadamjolari
ta’minlandi,   asarlari   yetarli   nusxada   nashr   etilib,   kitobxonlarga   yetkazildi.
YuNESKOning qaroriga binoan 1994 yilda Parijda, Istambul va Korachida buyuk
falakkiyot   olimi     Ulug’bek   tavalludining   600   yillik   yubileyi   bayram   qilinganligi
xalqimizning insoniyat  sivilizasiyasiga qo’shgan xissasining e’tirof etilishi bo’ldi.
Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida
turadi,   milliy   davlatchiligimiz   qadimiy   diyorimiz     yirik   davlat   arboblari     bilan
mashhur.   Bobomiz   Amir   Temur   mamlakatimizni     jahondagi   eng   qudratli     davlat
darajasiga   ko’targan.   Sho’rolar   davrida   ko’xna   tariximizning     ana   shu   qirralari
berkitilgan   bo’lsa,   Mustaqillik   davrida   o’zining     asl   bahosini   oldi.   Milliy
davlatchiligimizning   tajribasi, Amir Temur  tuzuklari, Farobiy, Navoiylardek odil
davlat qurish haqidagi dono fikrlari mustaqillik davrida demokratik xuquqiy davlat
qurilishida katta madat berdi.
      O’zbekiston   xududida   Islom   dini   hukmron   bo’lgan   davrlarda   kishilarning
jamiyatdagi   faolliklari,   ularning   adabiyot   va   san’at   asarlaridan   baxramand
bo’lishga   intilishlari,   foydali   mehnat   bilan   shug’ullanishlari,   ezgu   orzu   umidlar,
ruxiy   poklanishga   e’tibor   odamiylik,   nafs   balosiga   qarshi   kurashlar   musulmonlik
talablari   bilan   uzviy   bog’lanadi.   Bobolarimizning   islomiy   qadriyatlar   yaratish
borasidagi   tajribalarini   chuqurrok   o’rganish,   undan   hozirgi   davrning
xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   foydalanish   uchun   biz   islomga,   qur’onu
xadislarga,  ular   yaratgan    asarlarga  xalqimiz  ijodi  bo’lgan   xilma-xil   rivoyatlarga
murojaat qilmoqdamiz. Xulosa
Xullas,   islomiy   qadriyatlar   -   bu   insonning     ruxiy   holatlarini   tarbiyalash,
boshqarish, milliylik va umuminsoniy xislarini shakllantirish borasida ajdodlarimiz
yaratgan buyuk asar  namunalaridir. 
Ma’naviyatning eng oliy belgisi - vatanparvarlikdir. Milliy mafkuraning eng
asosiy   maqsadi,   vazifasi   ham,   eng   oliy   qadriyat   ham   vatanparvarlikdir.
Ma’rifatning   eng   asosiy   yo’nalishi   ham   avlodni   vatanparvarlikdir.   Zero,   har
qanday   ilm     xalq,   millat   manfaati,   mamlakat   ravnaqi     yo’lida   xizmat   qilmog’i
lozim.   Ayrim   fuqarolarimiz,   jumladan,   ayrim   yoshlarimizdagi   eng   asosiy
kamchilik-bu ularda vatanparvarlik  xis-tuyg’ularining to’la shakllanmagan-ligidir.
Vatan   atamasi   ham   bizga   arab   tilidan   kirib   kelgan   bo’lib,   kishilar   tug’ilib
o’sgan joyi, yurti, mamlakati, tarixan muayyan elat, millat, xalqqa tegishli xudud,
uning tabiati, aholisi, o’ziga xos tarixiy taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi, urf-
odatlarini umumlashgan bir butun, yaxlit ifoda etadigan tushunchadir. 
Vatanga   muhabbat   -   bu   muayyan   maydonda   xalqning   moddiy   boyliklarini
yaratish, ma’naviy ahlokiy kamolotga erishish, ilm fanni rivojlantirish, o’ziga xos
mustaqil   turmush   tarzi   millati,   dini,   va   milliy   davlatchiligini   saqlash   va   uni
rivojlantirish   borasidagi   xatti-harakatlarini   o’rganish   va   ularga   jonbozlik
ko’rsatishdir. ADABIYOTLAR  :
1. Karimov   I.A       O’zbekiston   :     Milliy   istiqlol,   iqtisod,   siyosat,   mafkura.   T.   «
O’zbekiston.  1993 «
2. Karimov I.A  Bizdan ozod va obod vatan qolsin.  T. O’zbekiston. 1994
3. Karimov I.A Istiqlol va ma’naviyat .  T. O’zbekiston. 1994
4. Jalolov .A   Mustaqillik masuliyati. T. O’zbekiston.1996
5. Komilov.M  Tasavvuf. T. Yozuvchi  1996
6. Choriyev.A     Milliy   istiqlol   mafkurasi   va   uning   asosiy   xususiyatlari.     T.
Muloqot  1996  № 4

Mavzu:Milliy va diniy qadriyatlar va ularning o’ziga xosligi. Reja: Kirish 1. Milliy madiniy qadriyatlarni tiklanishi. Ularning jamiyatni ma’naviy , ruxiy , ahlokiy poklanishidagi o’rni. 2. Diniy qadriyatlar ma’rifiy -madaniy,ma’naviy,tarixiy qadriyatlar silsilasining muayyan bir bo’g’imi sifatida. 3. Dunyoviy davlat va din. Din va diniy tashkilotlar o’rtasidagi munosabat. Diniy ekstrimizm va fundamentalizm xavfi. 4. O’zbek xalqining insonparvarlik va milliy qadriyatlari, kishilarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, yuksak ahloqiylik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlarning ahamiyati. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish Demok ratik jamiyat qurish jarayonida jamiyat ma’naviy yuksalishini muhim omillaridan biri bo’lgan qadriyatlarga e’tibor ortib bormoqda. Shuningdek, O’zbekistonda xalq taraqqiyotida muhim o’rin egallagan qadriyatlarni chuqur va har tomonlama o’rganish, unutishga majbur etilganlarini qayta tiklash masalasiga ham e’tibor bilan qaramokda. Qadriyat atamasi arabcha «Kadr» so’zidan olingan bo’lib biror birnarsa va hodisaning jamiyatda, kishilar o’rtasidagi ahamiyatini ifoda etish uchun kullaniladi. O’tmishdan biz hamma narsani o’zicha qabul qila olmaymiz. Har qanday meros, u qanchalik maftunkor bo’lmasin, yangi davr uchun o’z o’zidan xizmat qila olmaydi. U hamisha chuqur tanqidiy taxlilga, ijodiy boyitilishiga, rivojlantirishga muhtoj bo’ladi. Bu vaziyat bevosita qadriyatlarga ham tegishlidir. Bizni qurshab olgan olamdagi narsa-hodisalar - muayyan g’oyalar, xis va tuyg’ular, kayfiyatlar, ijtimoiy tajribalarning shaxs, sinf, guruh, millat, umuman jamiyat uchun ijobiy yoki salbiy ahamiyatini ko’rsatuvchi falsafiy tushunchadir. Ahamiyati katta bu narsa va hodisalar - g’oya, xis-tuyg’u, kayfiyatlar, ijtimoiy tajribalar o’z xissalari bilan emas, balki ularning insoniy faoliyat, marifaat va ehtiyojlar, ijtimoiy munosabatlar sohasiga jalb qilinganligi, undagi o’rni bilan belgilanadi. Ahloqiy tamoyillar va qoidalar, orzu umidlar, yo’l—yo’riqlar va maqsadlarda ifodalangan narsa hodisalarga - baho berish mezoni va usullari ham qadriyatdir. Qadriyatlar oddiy, ijtimoiy - siyosiy va ma’naviy hamda ijobiy va salbiy turkumlarga bo’linadi. Har bir millat, ijtimoiy guruh, shuningdek, har bir tarixiy davr yaxshilik , adolat, erkinlik va shu kabi qadriyatlar haqida o’z tasavvurlarini yaratadi. Shu bilan birga , umuminsoniy qadriyatlar (muayyan ahloq qoidalari, madaniy meroslar, mumtoz san’at va adabiy asarlar) ham mavjudki, ularsiz inson kamolotiga yetisha olmaydi. Demak, qadriyatlar muayyan moddiy narsalar va madaniy ma’naviy ruhiy hodisalarning o’ziga xos xususiyatlari emas, balki ularning inson, jamiyat hayotida tutgan o’rnini, ahamiyatini ifodalaydi. Ayrim tadqiqodchilar, ulamolar, faylasuflar, adabiyotchilar, tarixchilar din bilan bog’liq qadriyatlarni diniy g’oyalar, aqidalar,

xis-tuyg’ular va marosimlarning o’zidan izlaydilar. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan biz bunday fikr mulohazalarga qo’shila olmaymiz. Yuqoriga O’zbekiston xalqlari o’zlarining qadimiy va ijobiy qadryatlarga boy tarixida ko’pgina dinlarga hurmat bilan qaraganlar va o’z davrlariga mansub ilg’or ijobiy qadryatlarni shakllantirish borasida ulardan unumli foydalana bilganlar Ijobiy qadriyatlar yuzaga kelish jarayonida diniy g’oyalar, marosimlar, ibodatlar muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Fikrimizcha, din, xususan, islom bilan bog’lqk qadriyatdarni o’rganish bilan cheklanib qolish yetarli emas. Ayni zamonda, din bilan bog’liq qadriyatlarni o’rganish dinparastlik bilan bog’lanmasligi lozim. Dinparastlik hyech qayerda, hyech qachon ijobiy qadriyat hisoblanmagan. Aksincha, hamma dinlarga hurmat bilan qarash, ularni haqorat qilmaslik, hamma dinlarga ijobiy munosabatda bo’lish muhim ijobiy qadriyatlardan biri bo’lgan. Qolaversa, O’zbekiston xalqlari tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va nisbatan uzoq tarixiy davrlarda mavjud bo’lgan Zardushtiylik, Buddaviylik, Isoviylik dinlarining tarixini o’rganmasdan turib, Islom dini tarixining o’zini har tomonlama bilish mumkin emas. Eramizdan avvalgi XVI - XIV asrlarda vujudga kelgan vato Islom kirib kelguncha qadar mavjud bo’lgan Zardushtiylikda mehnatsevarlik, ruxiy poklanish, ezgulik, vatanparvarlik, yaxshilik kabi fazilatlar bilan bog’liq qadriyatlar ulug’langan. Mehnat ahloqiy sog’lomlik, ezgulik manbai deb bilingan. Bu dinning muqaddas kitobi bo’lmish «Avesto»da manaviy-ahlokiy barkamol odam, ezgulikni barqaror qila oladigan, adolatparvar insonni shakllantirish g’oyasi markaziy o’rinni egallaydi. Jumladan, bu muqaddas kitobda quyidagi so’zlar mavjud:» Olam go’zalligi dehkondan, kimki yerga urug’ qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib qolgani sarobdir» Bu dinda iymon masalasi ham katta o’rin olgan va keyinchalik bu g’oya boshqa dinlarga samarali ta’sir ko’rsatgan. Iymonli bo’lishning asosiy sharti yaxshi niyat qilish, yaxshi, shirin so’zlar aytish va adolatparvar bo’lishdir. Bu dinda muayyan so’zlar,

marosimlar orqali poklanish masalasiga, umuman ruxiy poklanishga katta etibor berilgan. O’zbekiston xalqlari manaviy-madaniy, ahloqiy qadriyatlar yaratish borasida eramizdan avvalgi IV asrda vujudga kelgan, Kushon imperiyasi davrida hukmron, davlat dini bo’lgan buddaviylik dinidan ham muhim bir omil sifatida foydalanganlar. Tarix bu ta’limotni rivojlantirgan 20 dan ortiq Turonlik avliyo hakimlar va faylasuf olimlar, ular tarjima qilgan, sharhlagan va o’zlari yozgan buddaviylik asoslari va marosimlari hakidagi asarlarning nomlarini bizgacha saqlab qolgan. Keyinchalik bu asarlar, g’oyalar, ayrim marosimlar islom dini bilan bog’liq tariqatchilik harakatlarining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan. Yuqoriga Keyingi yillarda tariqatchilik harakati, sufizm g’oyalari bilan uzviy bog’liq bo’lgan tasavvufni o’rganishga va undan ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarimizni qayta tiklash uchun foydalanishga katta e’tibor bermoqdalar. Bu yerda shuni aytish kerakki, zardushtiylik va buddaviylikni bilmay turib, tasavvufni ham to’la o’rganish mumkin emas. Xususan, buddizm ruxiy kamolotning kushandasi bo’lmish nafs balosiga qarshi kurashga, tafakkurni ulug’lashga katta e’tibor bergan, tafakkur bu abadiy kamolot yo’lidir, muloxazasizlik- o’lim yo’lidir. Tafakkuri bedor odam hyech qachon o’lmaydi, yengil o’ylaydigan johil kishi o’lik kabidir. O’zing-o’zingni o’yg’ot, shunda xifzu-himoya topasan va bardam idrok bilan yurib, albatta baxtli bo’lasan. Mamlakatimizda Mustaqillikning qo’lga kiritilishi, markscha-lenincha mafkura yakka hokimligining tugatilishi, fikrlash va vijdon erkinligining to’la qaror topishi natijasida dinlarga, xususan, Islom diniga munosabat tubdan o’zgaradi. Chunonchi, dunyoviy maqsadlar yo’lida dinga qarshi kurashlarga, hakorat qilishlariga butunlay barham berildi. Uning o’rniga dinga ilmiy yendahuv, hurmat qilishlar kqror topmoqda. Bu ham demokratik jamiyat qurishning muhim talablaridan biridir. Dinga bo’lgan munosabatimizning tubdan o’zgarishiga KPSS yakka hokimligini tugatilishi, Mustaqil mamlakatimizda davlatning belgilovchi,

Ko'chirib oling, shunda to'liq holda ko'ra olasiz