MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo'llash usullari
MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo'llash usullari Reja: 1. Kirish.Funksiya tushunchasi. 2. Asosiy qism: MS Excelda matematik amallar . 3. MS Excelda funksiyalarni qo'llash usullari. 4. Xulosa .
Informatika fanidan umumta'lim maktablarining 8-sinf dasturidagi MS EXCEL dasturi yordamida, matematik va mantiqiy funksiyalarga doir masalalarni yechishda o‘quvchilar bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ushbu metodik tavsiyada MS EXCEL dasturi yordamida, matematik va mantiqiy funksiyalarga doir masalalarni yechish usullariga to‘xtalib o‘tamiz. O'quvchilarni turli xil matematik, iqtisodiy, mantiqiy va algoritmik masalalarni yechishga yo'naltirishda MS Excel dasturidan foydalanish o'ziga xos tomonlarga ega bo'lib, u quyidagilarda ko'rinadi: 1. Masalani kompyuterda yechishning barcha bosqichlari ko'rib o'tiladi. Bunda, avvalo, o'quvchidan biror yo'nalishdagi masalani hal etish uchun kerakli bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni qo'llash talab qilinadi. Ikkinchidan, o'quvchiga kompyuterda masala yechish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar singdirib boriladi. 2. MS Excel dasturi masalaga mos boshlang'ich qiymatlarning o'zgarishini o'sha ondayoq natijaviy qiymatlarni o'zgarishi orqali aks ettiradi. Bu, bir tomondan, o'quvchini murakkab hisob-kitoblardan ozod qilib, ularda masala yechish maroqli ekanligi haqida tasavvur hosil qilsa, ikkinchi tomondan, o'quvchiga masala mos echimni ko'rib turib xulosa chiqarish imkonini beradi. 3. MS Excel dasturida yechilayotgan masalalar, ko'pincha, hisob-kitoblarni bajarish, ma'lumotlar omborini tashkil etish va tayyorlangan ma'lumotlar ustida turli amallar bajarish, ma'lumotlarni ko'rgazmali taqdim etish bilan bog'liq. Bu o'quvchilarning axborot texnologiyalarining imkoniyatlari haqidagi tasavvurini kengaytiradi hamda yangi dasturlarni o'rganishga qiziqishini orttiradi. O'quvchilarni MS Excelda masala yechishga o'rgatish uchun ularga yaxshi tanish bo'lgan masalalarni ko'rib chiqishdan boshlash maqsadga muvofiq. Biror masalani hal etishda esa aniq reja (masala yechish bosqichlari) asosida ishashga
o'rgatish muhim o'rin tutadi. Masalan, bu tavsiyalarni quyidagi masalani hal etishni tashkil etish orqali ko'rib chiqamiz. Jadvalga sonlarni, matnlarni kiritish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini k е rakli yach е ykaga olib k е lib sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosib so‘ng klaviaturadan b е rilganlar t е riladi. Bu unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. L е kin formulalar bilan ishlash, ayniqsa murakkab formulalar bo‘lganda biroz ehtiyotkorlikni talab qiladi. Excel el е ktron jadvalida har bir formula o‘z ko‘rinishiga ega bo‘lib, bunga qat'iy amal qilish k е rak. Excel el е ktron jadval pak е tining asosiy xususiyatlaridan biri formulalarni kiritishda o‘zi bosh bo‘lib turishidir. Buning uchun Excelda « Мастер функций » tugmachasi mavjud bo‘lib, u « Стандарт » instrum е ntlar pan е lida joylashgan.
« Мастер функций » darchasining ko‘rinishi . Formulalarni kiritishda shu « Мастер функций » tugmachasidan foydalanish formulalarni yozishdagi xatoliklarni oldini oladi. « Мастер функций » tugmachasi bosilganda ochiladigan darcha rasmi k е ltirilgan. Ko‘rib turganingizd е k bu darchada « Категория » va « Функция » sarlavhali ichki darchalar mavjud bo‘lib, bu darchalar yordamida t е gishli kat е goriyadagi k е rakli funksiyalar tanlab olinadi. Darchaning quyi qismida joylashgan tugmachalar yordamida yuqorida tanlangan funktsiyalar haqida ma'lumotlar olinadi va ular asosida k е rakli formulalar quriladi.
Bir n е cha yach е ykadagi sonlar yig‘indisini hisoblaydigan formula yaratish uchun « Мастер функций » tugmachasidan foydalaniladi.