MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI
MAVZU:MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI Reja. 1. Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi. 2. Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari. 3. Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar 4. Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar.
O‘zbekistonning eng yangi tarixida muhim bosqich sifatida kechayotgan so‘nggi yillar (2016-2018)da ilmiy tadqiqotlarga, ilmiy muassasalarning faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Oliy attestatsiya qo‘mitasi kabilarni ishini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning hayotga joriy etilayotganligi fikrimizning dalilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2016 yil 18 oktyabrdagi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimida “Ta’lim va ma’rifat-tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” mavzusidagi nutqida: “...Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ajdodlarimizning muqaddas dini bo‘lgan islomning jamiyatimizdagi o‘rnini qayta tiklash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. 1999 yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi Islom universiteti ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy ta’lim muassasasi, jumladan, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ana shu ta’lim maskanlari orasida XVI asrda bunyod etilib, ilm- fanni keng yoyishga xizmat qilgan Buxorodagi Mir Arab va Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalari bor". Mustaqilikka erishganimizdan boshlab mamlakatimiz hayotida tub o`zgarishlar yuz berdi. O`z mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o`zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma`naviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug` tarata boshladi. Garchi mustabid sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston tarixi fani to`laqonli tadqiqotini amalga oshira olmagan bo`lsada, o`zining boy tarixiy merosini ko`z qorachig`idek asrab keldi. Bu tarix sahifalari xalqimizning boy o`tmishini bizgacha yetkazib bera olgan qo`lyozma asarlarimiz va xalqimizning xotirasi edi. Ma`naviy hayotning ajralmas qismi bo`lgan tarixga yangicha ko`z bilan, xolisona, ilmiy jihatdan hech bir mafkuraviy aqidasiz yondashish imkoniyati bo`ldi. Avvalo, tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qo`yildi. ― Tarix
xotirasi, xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o`zlikni anglash, ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi, - deb ta`kidlaydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Mazkur jarayonda o‘zbek davlatchiligini tarixi o‘rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillaridan biri hisoblanadi. ―… o‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi… davlatchiligimizni ilmiy nuqta‘i nazardan asoslangan tarixini yaratishdir , - deb ta‘kidlaydi‖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2 Albatta yuqorida ta`kidlanganimizdek mustaqillik biz uchun, tariximiz uchun qorong`u sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib beradi. O`tgan yaqin yillar oralig`ida ajdodlarimizning yuzlab qo`lyozma asarlari dunyo yuzini ko`rdi. Respublikamizda va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu ham tariximizning boy o`tmishiga va merosiga ko`rsatilgan ehtirom va e`tirofdir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar masalaning mohiyatiga bo`lgan yondashuv tubdan o`zgarib,endi tarix haqqoniy ravishda ilmiylikka asoslangan holda yoritila boshlandi. Bu davrda yaratilgan ishlarga H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, V.Ishquvvatov, Sh.Mahmudovlarning Sh.H.Vohidov, Z.Ilhomov, 7ilmiy ishlarini ko`rsatib o`tish mumkin. H.Z.Ziyoyevning ―Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash asari, ―Turkiston chor mustamlakasi davrida kabi asarlar keyingi ‖ ‖ yillarda nashr etilgan ishlar orasida o`zining mukammalligi bilan alohida o`rin tutadi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar xalqimizning ma’naviy qiyofasini shakllantirishda, yosh avlodda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ularini tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham istiqlol yillarida respublikamizda tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ularni tiklash va ulardan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklarni asrash va qayta tiklash O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlagan edi:
“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi”67. Hozirgi kunda respublikada 7216 ta yodgorlik davlat muhofazasiga olingan bo’lib, shundan 2248 tasi me’morchilik, 1695 tasi arxeologik yodgorliklardir. Respublika hukumati ushbu yodgorliklarni saqlash, ularning ayrimlarini qayta tiklash, tarixiy obidalardan unumli foydalanishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni ishlab chiqib, uni qadam-baqadam amalga oshirib kelmoqda. Istiqlol yillarida respublika hukumati tarixiy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklash ishiga katta e’tibor berdi. Bu ishlar asosan davlat byudjeti hisobidan amalga oshirildi. Ayni vaqtda homiylar, xayriya jamg'armalari va “Oltin meros” jamg'armasining imkoniyatlari ishga solindi. Natijada mustaqillik yillarida bu sohaga sarf qilingan mablag'lar yildan-yilga oshib bordi, tarixiy va me’moriy yodgorliklar restavrastiya qilindi va qayta ta’mirlandi. Agar sobiq ittifoq davrida respublikadagi tarixiy va madaniy yodgorliklarni ta’mirlash va tiklash ishlariga 1989 yilda 10,28 mln rubl ajratilgan bo’lsa, mustaqillikning dastlabki, 1992 yilda respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hajmi 65,4 mln rublni, 1996 yilda esa 592 mln so’mni tashkil etdi. “Buxoro haqiqati” va “Buxoronoma” gazetasi sahifalarida Buxoro vohasidagi tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalarga oid maqolalar ham chop etilgan. Gazeta sahifalarida ma’muriy inshoot binolaridan Ark va Sitorai Moxi Xossaga bag’ishlangan O.Jo’rayev, N.Naimov, X.Ahmedov, N.Yo’ldoshev, A.Xalilovlarning69 maqolalari, shu bilan birga, Buxorodagi muqaddas qadamjoylar, masjid, madrasalar, qadimgi savdo inshootlari va karvonsaroylar xususidagi J.Mirzaahmedov, R.Almayev, A.Mo’minov K.Jumayev, N.Naimov, A.Xalilov, S.Buxoriy, A.Xalimov, Yo.Yusupov va S.Salimovlarning70 ilmiy maqolalari keng o’rin olgan. Ushbu maqolalarda vohadagi tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalariga bag’ishlangan. Jumladan, Buxorodagi
ma’muriy inshoot binolaridan Ark tarixi to’g’risida N.Naimov, X.Ahmedov, A.Xalilovlovlar gazeta sahifalaridagi ilmiy maqolalarida yoritib berganlar Arkning asoschilari Siyovush va Afrosiyob tarixiy shaxslar bo’lganligi N.Yo’ldoshev maqolasida quyidagicha izohlab beriladi: “Siyovush otasi Kaykovus Ahamoniylar sulolasidan bo’lib VI asrda Eronda hukmronlik qilgan. Abu Rayhon Beruniy Siyovushnig o’g’li Kayxusrav Xorazmda hukmron bo’lganligini tarixiy faktlar asosida tasdiqlaydi. Buxoro majusiylari Afrosiyob va Siyovush qabrini muqaddas bilib sajda qilganlar. Buxoro, Samarqand, Xorazm xalqlari qadimgi an’analarni davom ettirib Buxorolik musulmonlar XX asr boshlariga qadar Siyovushni shahid bo’lganlar qatorida, qabrlarini ziyoratgohga aylantirib, Siyovushni vali (madadkor) deb bilganlar”. Yuqoridagi dalillardan tashqari Siyovush zamonida yashab kelayotgan mahalliy urf odatlar va an’analar borki uning tarixiy shaxs ekanligidan dalolat beradi. Birinchidan, Buxoro arkining sharqiy darvozasi Dari Kohfurushon (Somonfurushon) deb atalgan chunki, darvozaning pastidagi maydonchada Buxoro arki paydo bo’lgandan buyon dehqonlar somon, beda va boshqa mol ozuqalarini keltirib sotganlar. Ikkinchi dalil Siyovush shahid bo’lgandan keyin “Dari Kohfurushonda” ko’milgani uchun bu darvoza “Dari Go’riyon” deb atalgan. Qadimgi so’g’d va fors tilida “qabr”-go’r degan manoni bildiradi. Uchinchi dalil Siyovushning xotirasiga bag’ishlab aytiladigan Mug’lar yig’isi marsiyasi, o’zgargan holda vafot etgan kishining o’lgan kuni, “begoyi juma”, “qirq oqshomi” marosimida oymullalar tomonidan marsiya aytish odat tusiga kirib qolgan. To’rtinchi dalil Navro’z kuni ertalab erkakalar tomonidan xo’roz so’yilib, bu an’ana ham o’zgartirilgan holda saqlangan. Navro’zda xo’roz so’yish odat ga aylanib, buni buxoroliklar “Qozon to’ldi”deb ataydilar . Ushbu me’moriy majmuaning qadimiy inshootlardan bo’lishiga qaramay mustaqillik yillarigacha bo’lgan davrda binoning ta’mirlanishiga yetarli darajda e’tibor berilmagan. Sovet hokimiyati yillarida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tomonidan qabul qilingan dastlabki dekretlarning birida Respublika xalq maorif nozirligi huzurida “San’at va tarixiy