logo

NAVOIY VILOYATI JOY NOMLARI SHAKILLANISHINING IJTIMOIY– IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.7548828125 KB
NAVOIY VILOYATI JOY NOMLARI SHAKILLANISHINING
IJTIMOIY– IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI                                             M U N D A R I J A  
   KIRISH .... ...................................................................................
I  BOB. NAVOIY   VILOYATI   JOY   NOMLARINING
GEOGRAFIK ASOSLARI
1.1. Navoiy   viloyat i   joy   nomlarida   tabiat   va   jamiyat
aloqadorligining aks etishi ..........................................................
1.2. Navoiy   viloyati   toponimikasining   ijtimoiy-iqtisodiy   geografik
jixatlari........................................................................................
II  BOB . NAVOIY   VILOYATI   GEOGRAFIYASI   VA
TOPONIMIYASI…………………………………………….
2.1 . Navoiy viloyati aholi punktlarining xududiy tarkibi va ularning
toponomik   jixatdan
o’rganilishi...................................................
2. 2. Iqtisodiy  - ijtimoiy  turmushni  aks ettiruvchi oykonimlar ...........
2 .3. Navoiy   viloyati   toponimiyasining
klassifikatsiyasi.....................
III BOB NAVOIY   VILOYAT   JOY   NOMLARINING   XOZIRGI
ZAMON MUAMMOLARI…………………………………..
3.1 . Aholi punktlari nomlarida etnonimlarning aks etishi ...............
3.2 . Viloyatda   joy nomlarining shakllanishida   geografik terminlar
o’ rni ...............................................................................
3.3 Viloyat   joy   nomlari   va   ularni   tartibga   solish
muammolari……..
Xulosa .......................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ......................................................
NAVOIY   VILOYAT   AXOLI   PUNKITLARI
NOMLARI… Kiris h 
      Joy nomlarining shakllanish jarayoni jamiyatning rivojlanishi bilan chambarchas
bog‘liq,   joylarga   qanday   nom   berish   avvalo   jamiyatning   muayyan   bosqichdagi
ehtiyojlari   bilan   belgilanadi.   Geografik   nomlar   ko‘p   qirrali   va   xilma-xil   axborot
manbai   bo‘lishi   bilan   birga,   kishilik   jamiyati   uchun   zarur   va   muhim   bo‘lgan
ijtimoiy-siyosiy   vazifani,   ya’ni   adreslik   funksiyasini   bajaradi.   SHu   sababdan   har
qanday toponim inson faoliyatining mahsuli, u geografik  ob’ektning nomi sifatida
yer   yuzining     ma’lum   bir   nuqtasida   paydo   bo‘lgan.   .   Har   bir   davr,   tuzum   o‘z
mafkurasi   va   ma’naviyati,   madaniyati,   ishlab   chiqarish   tarzi,   xo‘jalik   faoliyati   va
boshqa   siyosiy,   iqtisodiy-ijtimoiy   omillarga   tayanib   nomlar   majmuini   yaratadi   va
aynan joy nomlarida kishilik jamiyati taraqqiyotidagi davr ruhi, xalqning turmushi
va madaniyati bilan bog‘liq turli xil voqea-hodisalar muhrlanib qolgan.   Boshqacha
aytganda,   toponimlar   ma’naviyatimizning   ajralmas   bo‘lagi,   ma’naviyat   esa
odamzod   uchun   hamma   zamonlarda   ham   eng   buyuk   boylik   bo‘lib   xizmat   qilgan.
Respublika   Prezidenti   Islom   Karimov   bu   borada   «Ma’naviyat   -   insonni   ruhan
poklanish,   qalban   ulg‘ayishga   chorlaydigan,   odamning   ichki   dunyosi,   irodasini
baquvvat,   iymon-etiqodini   butun   qiladigan   beqiyos   kuch,   uning   barcha
qarashlarining mezonidir» deb, masalani alohida ta’kidlaydi. 
Binobarin,   hozirgi   jamiyatni,   zamonaviy   sivilizatsiyani,   xalqlar   va   mamlakatlar
o‘rtasidagi   har   qanday   aloqalarni   joy   nomlarisiz   tassavur   qilib   bo‘lmaydi.   Har
qanday   mamlakat   tarixiy   taraqqiyoti   davomida   muayyan   toponimik   sistemani
yaratadi   va   O‘zbekiston   ham   bundan   mustasno   emas.   Toponimlar   xalqning   eng
sodda,   nihoyatda   ixcham   tarixi,   ularni   xalq   ma’lum   bir   makonda   va   zamonda
ijtimoiy ehtiyoj tufayli yaratgan.   
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.      O‘zbekiston   Respublikasi ning   1996   yili   30-avgustdagi   "O‘zbekiston
Respublikasida   ma’muriy-h ududiy   tuzilish,   toponimik   ob’ektlarga   nom   berish   va
ularning   nomlarini   o‘zgartirish   masalalarini   hal   etish   to‘g‘risida”,   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “O‘zbekiston   Respublikasidagi   ma’muriy-
hududiy   birliklar,   aholi   punktlari,   tashkilotlarga   va   boshqa   toponimik   ob’ektlarga
nom   berish   ishlarini   tartibga   solish   to‘g‘risida”gi   2004   yil   11-avgustdagi   383-son
qarori   hamda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2005   yil   14   iyuldagi
«O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   PK-120-sonli   qarorlarni   qabul
qilinishi   respublika   miqyosida   geografik   ob’ektlarga   nom   berish   va   joy   nomlarini
o‘zgartirish   masalalari   bo‘yicha,   o‘z   yechimini   kutayotgan   muammolar   borligini
ko‘rsatadi. . 
Muammoni  o’rganilish darajasi.   O‘zbekiston   toponimiyasini  ilmiy   jihatdan
tadqiq   etishni   geograflardan   H.Hasanov   boshlab   bergan.   Mustaqillik   yillarida
respublika   miqyosida   geograflar   tomonidan   olib   borilgan   toponimik   tadqiqotlar
asosan   S.qoraev,   P.G‘ulomov,   M.Mirakmalov   kabi   olimlar   nomi   bilan   bog‘liq.
Masalan,   M.Mirakmalovning   ilmiy-tadqiqot   ishlari   asosan   mahalliy   geografik
terminlarning   paydo   bo‘lishi,   rivojlanishi   va   ularning   shakllanish   xususiyatlariga
bag‘ishlangan. Oxirgi yarim asr ichida hududiy toponimiya bilan ko‘proq filologlar
shug‘ullangan   va   mintaqalar   toponimiyasi   lingvistik   jihatdan   tadqiq   qilingan.
Biroq,   shuni   ham   ta’kidlash   lozimki,   hozirgi   davrda   g eograflar   tomonidan   joy
nomlarining mintaqaviy xususiyatlari bo‘yicha maxsus tadqiqotlar olib borilmagan
Ishning maqsadi va vazifalari.   Navoiy viloyatida   joy nomlarni o’rganishda
muayyan   joy   nomlarni,   ularning   ma’nosi,   kelib   chiqishi,   talaffuzi   masalalarini
hamda shu hududga oid manbalar asosida o’rganishdan ibratdir.
  Dissertatsiya ishida quyidagi vazifalar belgilangan.  tabiat va jamiyat aloqadorligining joy nomlarida aks etishini tahlil qilish;
 toponimikaning iqtisodiy va ijtimoiy geografik jihatlarini o‘rganish; 
 toponimlarning nomlanish qonuniyatlarini tahlil etish;
 mintaqa   aholi   punktlarining   hududiy   tarkibi   va   ularning   toponimik   jihatdan
o‘rganilishini tadqiq etish;
 viloyat toponimiyasini klassifikatsiyalash; 
 mintaqa oykonimlarining lingvo-geografik qatlamlarini aniqlash; 
 viloyat toponimiyasi va ularni tartibga solish muammolari; 
aholi punktlarni nomlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
Ishni   ob’ekti   va   predmeti.   Navoiy   viloyati   misolida   joy   nomlarini
o’rganish, hududdagi qishloqlar, shaharchalar, mahallalar, ko’chalar, maydonlar va
boshqa   ob’ektlarning   nomlarini   turlarga   bo’lish:   bular,   gidronimlar,   oykonimlar,
oronimlar,   agronimlar,   urbanonim   (shahar   ichidagi   ob’ektlarning   nomlari),
godonimlar   (ko’cha   nomlari),   dromonimlar   (yo’llarning   nomlari),   tarixiy
obidalarning   nomlari,   paragagonimlarni   (tashkilot   va   korxona   nomlari)
o’rganishdan ibratdir.
Jumladan,   oykonimlarning   katta-kichikligi   belgilar   (geometrik   va   harfli
belgilar) usuli, bir xil turdagi, bir xil tilga tegishli yoki bir xil toponomik terminlar
yordamida   paydo   bo’lgan   toponimlar   areallar   usuli,   muayyan   toponomik
hodisalarning   takrorlanishi   biror   joyga   tegishli   diagrammalar   usuli,   keng
hududlardagi   toponomik   hodisalar   sifatli   va   miqdorli   rang   usullari,   geografik
nomlarning muayyan hududlar bo’yicha tarqalishi nuqtalar usuli, muayyan turdagi
nomlarning   Navoiy viloyati bo’yicha tarqalishini karta diagramma va kartogramma
usuli,   geografik   nomlarning   ko’chish   hodisasini   harakatdagi   chiziqlar   usuli
yordamida ko’rsatilishi sxematik kartada aks ettirilgan. 
Umuman   toponomika   til   haqidagi   fanlar   tizimiga   mansub,   fanlardan   biri,
lingvistikaniig   bir   tarmog'idir.   Biroq   joy   nomlari   boshqa   so'zlardan   farq   qiladi . Ular   muayyan   hududda   tarkib   topadi,   geografik   qonuniyatlar,   tushunchalari   va
terminlarni   (rel’yef   shakllari,   daryo   tarmoqlari,   ko'llar,   muzliklar,   o’simliklar   va
hayvonlar   nomlarini,   foydali   qazilmalarni)   aks   etgiradi.   Shuning   uchun
toponomika   geografiyaning   ajralmas   qismi   hisoblanadi,   shu   o’rinda   toponimlar
uzoq yashaydi. Ularda  har  xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslarni nomlari aks etgan
bo'ladi, shuning uchun bu fan tarix fani bilan ham bog'liqdir.
Yuqoridagi metodlar joy nomlarini ko’proq geografik nuqtai nazardan tadqiq
qilishda   ishlatiladi.   Tarixiy   yoki   tilshunoslik   nuqtai   nazarda   tadqiqotlar   olib
borganda boshqa metodlardan ham foydalaniladi.
Tadqiqot   metodlari .   Ilmiy   tadqiqot   ishini   bajarishda   geografik   taqqoslash,
tarixiy   qiyoslash,   etimologik   tahlil,   so‘rov   va   taqqoslash,   tahlil   va   sintez,
xaritagrafik,   statistik   va   boshqa   metodlardan   foydalanilgan.   Dissertatsiyada
muallif   iqtisodiy   va   ijtimoiy   geografiya,   toponimika,   lingvogeografiya,
o‘lkashunoslik   fanlari   doirasida   yaratilgan   ilmiy   g‘oya   va   tushunchalar,
respublikada   olib   borilayotgan   ijtimoiy-iqtisodiy   islohotlar,   bu   borada   mamlakat
Prezidenti   I.A.Karimovning   ko‘rsatmalari,   qabul   qilingan   farmon   va   qarorlar,
ko‘rilayotgan muammolar bo‘yicha tadqiqot olib borgan olimlarning izlanishlariga
asoslandi. Tadqiqot ishida Jizzax  viloyati  statistika boshqarmasi  hamda viloyat  va
tumanlar   hokimiyati   ma’lumotlaridan   ham   foydalanilgan.   SHunindek,   ilmiy   ishda
viloyat tumanlariga tashkil etilgan ekspeditsiyalar ma’lumotlari, qishloq qariyalari
bilan   o‘tkazilgan   anketa   so‘rovlar   va   shaxsiy   kuzatuvlar   natijalaridan   ham
foydalanilgan.   Nazariy   jihatdan   tadqiqotchi   etuk   toponimist   olimlar   asarlariga
tayangan holda ish ko‘rgan.
- tabiat va jamiyat aloqadorligining joy nomlarida aks etishi; 
- viloyat oykonimlarining hududiy tarkibi va toponimik jihatdan o‘rganilishi; 
- viloyat toponimiyasining semantik klassifikatsiyasi;  - mintaqa oykonimlarining lingvo-geografik qatlamlari;
- mintaqa aholi punktlari nomlarida etnonimlarning aks etishi; 
- viloyat oykonimlari va ularni tartibga solish muammolari; 
- aholi punktlarini nomlash bo‘yicha ilmiy - amaliy tavsiyalar;
Ishning ilmiy yangiligi.
 viloyat toponimiyasi ilk bor ijtimoiy-iqtisodiy geografik jihatdan kompleks tarzda
o‘rganilgan;
 birinchi marotiba viloyat toponimiyasining stratigrafik qatlamlari aniqlangan;
 ilk bor viloyat toponimiyasining semantik klassifikatsiyasi taklif qilingan;
 mintaqa   oykonimlari   tarkibida   etnonimlarning   o‘rni   va   ularning   hududiy
joylashish qonuniyatlari tahlil qilingan; 
 aholi punktlarini nomlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va xulosalar bayon qilingan;
 mintaqa oykonimlariga doir maxsus xaritalar ishlab chiqilgan;
 o‘rganilayotgan hududning aholi punktlari nomlari haqida ma’lumot keltirilgan;
                 Tadqiqot   natijalarining  ilmiy va amaliy ahamiyati.       Dissertatsiya  ishining
mazmuni   va   asosiy   xulosalari,   muallif   tomonidan   turli   ekspeditsiyalar   davomida
to‘plangan ma’lumotlar hamda so‘rov anketalari natijalari viloyat aholi punktlarini
nomlash, qayta nomlash, joy nomlarini milliy standartlashtirish, transkripsiyalash,
yangi   nomlarni   yaratishda   foydalanilishi   mumkin.   SHunindek,   ishda   keltirilgan
ma’lumotlar,   fikr   va   xulosalar   oliy   ta’limning   tegishli   yo‘nalishlari   bo‘yicha   o‘quv
jarayonida  ahamiyat kasb etadi.
         Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
Toponimik tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mintaqa joy nomlarining tabiiy geografik 
va ijtimoiy-iqtisodiy omillarga bog‘liqligi, turli landshaftlarning joy nomlarida aks etishi,  aholi migratsiyasi va etnik tarkibining joy nomlariga ta’siri, toponimlar negizini tashkil 
etadigan mahalliy geografik terminlarning o‘rni kabi masalalar hozirgacha geograflar 
tomonidan maxsus yig‘ilib tartibga solinmagan hamda tadqiq va tahlil qilinmagan.  Shu 
sababli Navoiy viloyati     toponimiyasining shakllanishiga q  ta’sir etuvchi omillarni 
o‘rganishni dolzarb qilib qo‘ymoqda. Xususan, bu boradagi muammolarga oydinlik kiritish
uchun aholi punktlarining atalish qonuniyatlarini aniq ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy, tarixiy va 
lisoniy xususiyatlari bilan birga o‘rganish Navoyi viloyati  joy nomlarini o’tmishdagi 
nomlari va hozirgi kunda qayta nomlashdagi mu’ammolarni bartaraf qilish dan iboratdir
Natijalarning   e’lon   qilinganligi.   Dissertatsiya   mavzusi   bo‘yicha   ___   ta,   shundan
ilmiy jurnallarda ___ ta, xorijiy jurnallarda  ___ ta maqolalar e’lon qilingan. 
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi va hajmi.   Ish kirish, uch bob, xulosa, adabiyotlar
ro‘yxati   va   ilovalardan   tashkil   topgan.   Uning   umumiy   hajmi   ____   bet,   shundan   asosiy
matn _____ bet. Matnda ____ jadval, ___ ta xarita joy olgan, ____ nomdagi adabiyotlar
hamda ilovalar keltirilgan.

NAVOIY VILOYATI JOY NOMLARI SHAKILLANISHINING IJTIMOIY– IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI

M U N D A R I J A KIRISH .... ................................................................................... I BOB. NAVOIY VILOYATI JOY NOMLARINING GEOGRAFIK ASOSLARI 1.1. Navoiy viloyat i joy nomlarida tabiat va jamiyat aloqadorligining aks etishi .......................................................... 1.2. Navoiy viloyati toponimikasining ijtimoiy-iqtisodiy geografik jixatlari........................................................................................ II BOB . NAVOIY VILOYATI GEOGRAFIYASI VA TOPONIMIYASI……………………………………………. 2.1 . Navoiy viloyati aholi punktlarining xududiy tarkibi va ularning toponomik jixatdan o’rganilishi................................................... 2. 2. Iqtisodiy - ijtimoiy turmushni aks ettiruvchi oykonimlar ........... 2 .3. Navoiy viloyati toponimiyasining klassifikatsiyasi..................... III BOB NAVOIY VILOYAT JOY NOMLARINING XOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI………………………………….. 3.1 . Aholi punktlari nomlarida etnonimlarning aks etishi ............... 3.2 . Viloyatda joy nomlarining shakllanishida geografik terminlar o’ rni ............................................................................... 3.3 Viloyat joy nomlari va ularni tartibga solish muammolari…….. Xulosa ....................................................................................... Foydalanilgan adabiyotlar ...................................................... NAVOIY VILOYAT AXOLI PUNKITLARI NOMLARI…

Kiris h Joy nomlarining shakllanish jarayoni jamiyatning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq, joylarga qanday nom berish avvalo jamiyatning muayyan bosqichdagi ehtiyojlari bilan belgilanadi. Geografik nomlar ko‘p qirrali va xilma-xil axborot manbai bo‘lishi bilan birga, kishilik jamiyati uchun zarur va muhim bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy vazifani, ya’ni adreslik funksiyasini bajaradi. SHu sababdan har qanday toponim inson faoliyatining mahsuli, u geografik ob’ektning nomi sifatida yer yuzining ma’lum bir nuqtasida paydo bo‘lgan. . Har bir davr, tuzum o‘z mafkurasi va ma’naviyati, madaniyati, ishlab chiqarish tarzi, xo‘jalik faoliyati va boshqa siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy omillarga tayanib nomlar majmuini yaratadi va aynan joy nomlarida kishilik jamiyati taraqqiyotidagi davr ruhi, xalqning turmushi va madaniyati bilan bog‘liq turli xil voqea-hodisalar muhrlanib qolgan. Boshqacha aytganda, toponimlar ma’naviyatimizning ajralmas bo‘lagi, ma’naviyat esa odamzod uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lib xizmat qilgan. Respublika Prezidenti Islom Karimov bu borada «Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-etiqodini butun qiladigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir» deb, masalani alohida ta’kidlaydi. Binobarin, hozirgi jamiyatni, zamonaviy sivilizatsiyani, xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi har qanday aloqalarni joy nomlarisiz tassavur qilib bo‘lmaydi. Har qanday mamlakat tarixiy taraqqiyoti davomida muayyan toponimik sistemani yaratadi va O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Toponimlar xalqning eng sodda, nihoyatda ixcham tarixi, ularni xalq ma’lum bir makonda va zamonda ijtimoiy ehtiyoj tufayli yaratgan. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.

O‘zbekiston Respublikasi ning 1996 yili 30-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-h ududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasidagi ma’muriy- hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik ob’ektlarga nom berish ishlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi 2004 yil 11-avgustdagi 383-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-120-sonli qarorlarni qabul qilinishi respublika miqyosida geografik ob’ektlarga nom berish va joy nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha, o‘z yechimini kutayotgan muammolar borligini ko‘rsatadi. . Muammoni o’rganilish darajasi. O‘zbekiston toponimiyasini ilmiy jihatdan tadqiq etishni geograflardan H.Hasanov boshlab bergan. Mustaqillik yillarida respublika miqyosida geograflar tomonidan olib borilgan toponimik tadqiqotlar asosan S.qoraev, P.G‘ulomov, M.Mirakmalov kabi olimlar nomi bilan bog‘liq. Masalan, M.Mirakmalovning ilmiy-tadqiqot ishlari asosan mahalliy geografik terminlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ularning shakllanish xususiyatlariga bag‘ishlangan. Oxirgi yarim asr ichida hududiy toponimiya bilan ko‘proq filologlar shug‘ullangan va mintaqalar toponimiyasi lingvistik jihatdan tadqiq qilingan. Biroq, shuni ham ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda g eograflar tomonidan joy nomlarining mintaqaviy xususiyatlari bo‘yicha maxsus tadqiqotlar olib borilmagan Ishning maqsadi va vazifalari. Navoiy viloyatida joy nomlarni o’rganishda muayyan joy nomlarni, ularning ma’nosi, kelib chiqishi, talaffuzi masalalarini hamda shu hududga oid manbalar asosida o’rganishdan ibratdir. Dissertatsiya ishida quyidagi vazifalar belgilangan.

 tabiat va jamiyat aloqadorligining joy nomlarida aks etishini tahlil qilish;  toponimikaning iqtisodiy va ijtimoiy geografik jihatlarini o‘rganish;  toponimlarning nomlanish qonuniyatlarini tahlil etish;  mintaqa aholi punktlarining hududiy tarkibi va ularning toponimik jihatdan o‘rganilishini tadqiq etish;  viloyat toponimiyasini klassifikatsiyalash;  mintaqa oykonimlarining lingvo-geografik qatlamlarini aniqlash;  viloyat toponimiyasi va ularni tartibga solish muammolari; aholi punktlarni nomlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; Ishni ob’ekti va predmeti. Navoiy viloyati misolida joy nomlarini o’rganish, hududdagi qishloqlar, shaharchalar, mahallalar, ko’chalar, maydonlar va boshqa ob’ektlarning nomlarini turlarga bo’lish: bular, gidronimlar, oykonimlar, oronimlar, agronimlar, urbanonim (shahar ichidagi ob’ektlarning nomlari), godonimlar (ko’cha nomlari), dromonimlar (yo’llarning nomlari), tarixiy obidalarning nomlari, paragagonimlarni (tashkilot va korxona nomlari) o’rganishdan ibratdir. Jumladan, oykonimlarning katta-kichikligi belgilar (geometrik va harfli belgilar) usuli, bir xil turdagi, bir xil tilga tegishli yoki bir xil toponomik terminlar yordamida paydo bo’lgan toponimlar areallar usuli, muayyan toponomik hodisalarning takrorlanishi biror joyga tegishli diagrammalar usuli, keng hududlardagi toponomik hodisalar sifatli va miqdorli rang usullari, geografik nomlarning muayyan hududlar bo’yicha tarqalishi nuqtalar usuli, muayyan turdagi nomlarning Navoiy viloyati bo’yicha tarqalishini karta diagramma va kartogramma usuli, geografik nomlarning ko’chish hodisasini harakatdagi chiziqlar usuli yordamida ko’rsatilishi sxematik kartada aks ettirilgan. Umuman toponomika til haqidagi fanlar tizimiga mansub, fanlardan biri, lingvistikaniig bir tarmog'idir. Biroq joy nomlari boshqa so'zlardan farq qiladi .