NOILMIY BILIM SHAKLLARI.
MAVZU:NOILMIY BILIM SHAKLLARI. MUNDARIJA KIRISH 1.Bob.Insoniyat tarixida bilimning rivojlanishi. 1.1.Bilim haqida tushuncha. 1.2.Bilimning nomutanosibi bo'lgan noilmiy bilim o'zi nima. 1.3.Ezoterik bilim . 2.Bob.Noilmiy bilim turlari. 2.1.Postpozitivizm va Neopozitivizm. 2.2.Noilmiy bilimga nisbatan olimlar fikrlari. 2.3.Strukturaviylik va Verifikasiyalash tamoyilining noilmiy bilimga ta'siri. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
KIRISH Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini organish falsafa tarixida muxim orin egallab kelmokda. Inson oz bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nixoyat, oz-ozini ozgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shugullanuvchi maxsus soxasi — gnoseologiya vujudga keldi.Inson bilishi nixoyatda kop qirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan shugullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar kuyadi. Хususan, XVII asr ortalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, xaqiqiy ilmiy bilishlar xosil qilishning usullarini organish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shugullandilar. Тajribaga asoslangan bilimgina xaqiqiy bilimdir, degan Goyani olKa surdilar.XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning xissiy bilishga nisbatan ustunligiga aloxida urKu berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining xaqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida baxs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin quyildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubxa bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar. Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va ozi togrisida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson ozini kurshab torgan atrof-muxit togrisida bilim va tasavvurga ega bolmay turib,
faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shugullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bolib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali roy beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bolgan ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir. 1.Bob.Insoniyat tarixida bilimning rivojlanishi. 1.1.Bilim haqida tushuncha. Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch. hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz B. darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni B. darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum B.lardan mukammal va aniq B.lar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi B.i nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. B. kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. B.larni tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy B. shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda B.larning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari B.larga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid B.lar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan B.lar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) B.lar deb atalsa, astrologiya, va shahrik. sohalarga oid B.lar ezoterik (pinhoniy)
B.lar deyiladi. Ekzoterik B.lar ilm-fan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa, ezoterik bilimlar majmuasidir. Insoniyat kop asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham ozi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi.Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bolgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy extiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shugullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial guruh vujudga keldi. Bolar — ilm-fan kishilari bolib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shugullanadilar.Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.Kundalik bilish usullari nixoyatda xilma- xil va oziga xos bolib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushquldir. Hozirgi zamon Karb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim xosil qilish usullarini organuvchi maxsus soxa — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini organish bilan shugullanadi. Nazariy bilishning ob’ekti, sub’ekti va predmetini bir-biridan farqlash muxim. Bilish ob’ekti. Тadkikotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar xosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari xisoblanadi. Bilish ob’ektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavxum, tabiiy va ijtimoiy bolishi mumkin. Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib olkan galaktikagacha bolgan borliqni qamrab oladi. Bilish ob’ektlariga asoslanib, bilim soxalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi. Bilish sub’ekti. Bilish bilan shugullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti
xisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham aloxida bilish sub’ektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning oziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon boladi. Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar xosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida xosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm soxalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish sub’ekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar. Bilish predmeti sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim soxalari va tomonlaridir. Fanning organish soxasi tobora konkretlashib boradi. Тabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botaniqa, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa soxalari vujudga kelgandir. Тadkikot predmeti fanlarni bir- biridan farqlashga imkon beradigan muxim belgidir. Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bolib, xissiy bilish deyiladi. Хissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.Insonning sezgi a’zolari (kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bolgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, dikkat, xayol tashqi olam togrisida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi.