logo

NUTQ VA MUOMALA

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

81.5 KB
MAVZU . NUTQ VA MUOMALA
Muomala texnikasi va strategiyasi.
REJA:
1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni
3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari .
4. Muloqot va uni o’rganish muammolari
5. Muloqotning psixologik tizimi 1. Insoniy        munosabatlar        psixologiyasi    . 
Shaxs   —   ijtimoiy   munosabatlar   mahsuli   deyilishining   eng   asosiy
sababi   —   uning   doimo   insonlar   davrasida,   ular   bilan   o’zaro   ta’sir
doirasida   bo’lishini   anglatadi.   Bu   shaxsning   eng   yetakchi   va   nufuzli
faoliyatlaridan biri  muloqot  ekanligiga ishora qiladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita
«yuzma-yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va
shunga o’xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat
jarayonidagi   amaliy   yoki   do’stona   bo’lishi;   subyekt-subyekt   tipli
(dialogik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bo’lishi mumkin.
Insoniy   munosabatlar   shunday   o’zaro   ta’sir   jarayonlariki,   unda
shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon
dastlab   odamlar   o’rtasida   ro’y   beradigan   fikrlar,   his-kechinmalar,
tashvishu   —   quvonchlar   almashinuvini   nazarda   tutadi.   Odamlar
muloqotda bo’lishgani sari, ular o’rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan
sari   ular   o’rtasida   umumiylik,   o’xshashlik   va   uyg’unlik   kabi   sifatlar
paydo   bo’ladiki,   ular   bir-birlarini   bir   qarashda   tushunadigan   yoki
«yarimta   jumladan»   ham   fikr   ayon   bo’ladigan   bo’lib   qoladi,   ayrim
xollarda   esa   ana   shunday   muloqotning   tig’izligi   teskari   reaksiyalarni   —
bir-biridan   charchash,   gapiradigan   gapning   qolmasligi   kabi   vaziyatni
keltirib   chiqaradi.   Masalan,   oila   muhiti   va   undagi   munosabatlar   ana
shunday   tig’iz   munosabatlarga   kiradi.   Faqat   bunday   tig’izlik   oilaning
barcha   a’zolari   o’rtasida   emas,   uning   ayrim   a’zolari   o’rtasida   bo’lishi
mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va x-zo).
O’zaro   munosabatlarga   kirishayotgan   tomonlar   munosabatdan
ko’zlaydigan   asosiy   maqsadlari   —   o’zaro   til   topishish,   bir-birini
tushunishdir.   Bu   jarayonning   murakkabligi,   kerak   bo’lsa,   «jozibasi»,
betakrorligi shundaki, o’zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan
bir   xil   o’ylashlari   va   gapirishlari   mumkin   emas.   Agar   ana   shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo’lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng
beta’sir bo’lgan bo’lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko’rishmay
qolgan   do’stingizni   ko’rib   qoldingiz.   Siz   undan   xol-ahvol   so’radingiz,
lekin   u   tashabbusni   sizga   berib,   nimaiki   demang,   sizni   ma’qullab,
gapingizni   qaytarib   turibdi.   Bunday   muloqat   juda   bemaza   bo’lgan   va   siz
ikkinchi marta o’sha odam bilan iloji boricha rasman salom — alikni bajo
keltirib   o’tib   ketavergan   bo’lardingiz.   Ya’ni,   muloqot   faoliyati   shunday
shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar
va   tasavvurlarning   xilma-xilligi   namoyon   bo’ladi   va   shunisi   bilan   u
insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi.
Har   qanday   faoliyatdan   zerikish,   charchash   mumkin,   faqat   odam
muloqotdan,   ayniqsa,   uning   norasmiy   samimiy,   bevosita   shaklidan
charchamaydi,   yaxshi   suhbatdoshlar   doimo   ma’naviy   jihatdan
rag’batlantiriladilar.
XXI asr bo’sag’asida odamning eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji,
uning sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga
bo’lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan,   industrial   jamiyatdan   axborotlar   jamiyatiga   o’tib
bormoqdamiz. Axborotlarning ko’pligi  aynan inson manfaatiga aloqador
ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etdi.
Axborot   XXI   asrda   eng   nodir   kapitalga   aylanadi   va   bu   o’z   navbatida
insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o’zgartiradi.
Ikkinchidan,   turli   kasb-faoliyat   sohasida   ishlayotgan   odamlar
guruhining   ko’payishi,   ular   o’rtasida   munosabatlar   va   aloqaning
dolzarbligi   axborotlar   tig’iz   sharoitda   oddiygina   muloqotni   emas,   balki
professional,   bilimdonlik   asosidagi   muloqotni   talab   qiladi.   Umuman,
XX1   asrning   korporasiyalar   asri   bo’ladi,   deb   bashorat   qilayotgan
iqtisodchilar   ham   bu   korporasiya   insonlarning   o’zaro   til   topishlariga
qaratilgan   malakalarning   rivojlangan,   mukammal   bo’lishi   haqida gapirmoqdalar.   Undan   tashqari,   bu   kabi   korporativ   aloqa   ko’p   xollarda
bevosita   yuzma-yuz   emas,   balki   zamonaviy   texnik   vositalar   —   uyali
aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo’nda
fikrlarni   uzatishni   nazarda   tutadi.   Bu   ham   o’ziga   xos   muloqot
malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-xunarlar soni ortdiki, ular
sosionomik   guruh   kasblar   deb   atalib,   ularda   «odam-odam»   dialogi
faoliyatning   samarasini   belgilaydi.   Masalan,   pedagogik   faoliyat,
boshqaruv   tizimi,   turli   xil   xizmatlar   (servis),   marketing   va   boshqalar
shular   jumlasidandir.   Bunday   sharoitlarda   odamlarning   ataylab   muloqot
bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi.
Shuning   uchun   ham   muloqot,   uning   tabiati,   texnikasi   va   strategiyasi,
muloqotga   o’rgatish   (sosial   psixologik   trening)   masalalari   bilan
shug’ullanuvchi   fanlarning   ham   jamiyatdagi   o’rni   va   salohiyati   keskin
oshdi.
2.   Shaxslararo   muomalaning   shaxs   taraqqiyotidagi   o’rni .   Aslida
har   bir   insonning   ijtimoiy   tajribasi,   uning   insoniy   qiyofasi,   fazilatlari,
xattoki,   nuqsonlari   ham   muloqot   jarayonlarining   mahsulidir.   Jamiyatdan
ajralgan, muloqotda bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lgan odam o’zida
individ   sifatlarini   saqlab   qolishi   mumkin,   lekin   u   shaxs   bo’lolmaydi.
Shuning   uchun   muloqotning   shaxs   taraqqiyotidagi   ahamiyatini   tasavvur
qilish uchun uning funksiyalarini taxlil qilamiz.
Har   qanday   muloqotning   eng   elementar   funksiyasi   —
suhbatdoshlarning   o’zaro   bir-birini   tushunishlarini   ta’minlashdir.   Bu
o’zbeklarda   samimiy   salom-alik,   ochiq   yuz   bilan   kutib   olishdan
boshlanadi.   O’zbek   xalqining   eng   nodir   va   buyuk   xislatlaridan   biri   ham
shuki,   uyiga   birov   kirib   kelsa,   albatta   ochiq   yuz   bilan   kutib   oladi,
ko’rishadi, so’rashadi,  xol-ahvol  so’raydi. Shunisi  xarakterliki, ta’ziyaga
borgan   chog’da   ham   ana   shunday   samimiyatli   qabulni   his   qilamiz.   Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor, ya’ni
bu jihat milliy o’ziga xoslikka ega.
Uning   ikkinchi   muhim   funksiyasi   ijtimoiy   tajribaga   asos   solishdir.
Odam   bolasi   faqat   odamlar   davrasida   ijtimoiylashadi,   o’ziga   zarur
insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar
tomonidan   o’g’rilanib   ketilishi,   so’ng   ma’lum   muddatdan   keyin   yana
odamlar   orasida   paydo   bo’lishi   faktlari   shuni   ko’rsatganki,   «mauglilar»
biologik   mavjudot   sifatida   rivojlanaveradi,   lekin   ijtimoiylashuvda   ortda
qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini
ham cheklashi ko’plab psixologik eksperimentlarda o’z isbotini topdi.
Muloqotning   yana   bir   muhim   vazifasi   —   u   odamni   u   yoki   bu
faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular
nazaridan   qolgan   odamning   qo’li   ishga   ham   bormaydi,   borsa   ham
jamiyatga   emas,   balki   faqat   o’zigagina   manfaat   keltiradigan   ishlarni
qilishi mumkin. Masalan, ko’plab tadqiqotlarda izolyasiya, ya’ni odamni
yolg’izlatib   qo’yishning   uning   ruhiyatiga   ta’siri   o’rganilgan.   Masalan,
uzoq vaqt  termokamerada bo’lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy
xolatlarning   buzilishi   qayd   etilgan.   Lekin   ataylab   emas,   taqdir   taqozosi
bilan yolg’izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan
o’zlarini   band   etishlari   u   qadar   katta   salbiy   o’zgarishlarga   olib
kelmasligini   ham   olimlar   o’rganishgan.   Lekin   baribir   har   qanday
yolg’izlik   va   muloqotning   yetishmasligi   odamda   muvozanatsizlik,
hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, havotirlanish, o’ziga ishonchsizlik,
qayg’u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg’izlikka
mahkum   bo’lganlar   ma’lum   vaqt   o’tgach   ovoz   chiqarib,   gapira
boshlasharkan.   Bu   avval   biror   ko’rgan   yoki   his   qilayotgan   narsasi
xususidagi   gaplar   bo’lsa,   keyinchalik   nimagadir   qarab   gapiraverish
ehtiyoji   paydo   bo’lar   ekan.   Masalan,   bir   M.   Sifr   degan   olim   ilmiy
maqsadlarini   amalga   oshirish   uchun   63   kun   g’or   ichida   yashagan   ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir  necha kun o’tgach, u turgan yerda bir
o’rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi
u,   shu   hayotsiz   g’or   ichidagi   tanho   tirik   mavjudotlar   edik.   Men
o’rgimchak   bilan   gaplasha   boshladim,   uning   taqdiri   uchun   qayg’ura
boshladim.»
Shaxsning muloqotga bo’lgan ehtiyojining to’la qondirilishi  uning ish
faoliyatiga ham  ta’sir ko’rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda
o’zaro   gaplashish   imkoniyatining   mavjudligi   fakti   ko’pincha   odamni
ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o’tirib qilinadigan
ishlar,   birgalikda   yonma-yon   turib   bajariladigan   operasiyalarda   odamlar
o’z   oldida   turgan   hamkasbiga   qarab   ko’proq,   tezroq   ishlashga   kuch   va
qo’shimcha   iroda   topadi.   To’g’ri,   bu   hamkorlikda   o’sha   yonidagi   odam
unga yoqsa, ular o’rtasida o’zaro simpatiya hissi bo’lsa, unda odam ishga
«bayramga   kelganday»   keladigan   bo’lib   qoladi.   Shuning   uchun   ham
amerikalik sosiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana
shu   omilning   unumdorlikka   bevosita   ta’sirini   o’rganib,   sosiometrik
texnologiyani, ya’ni so’rovnoma asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini
inkor   qiluvchilarni   aniqlagan   va   sosiometriya   metodikasiga   asos   solgan
edi.
Shunday   qilib,   muloqot   odamlarning   jamiyatda   o’zaro   hamkorlikdagi
faoliyatlarining   ichki   psixologik   mexanizmini   tashkil   etadi.   Qolaversa,
hozirgi   yangi   demokratik   munosabatlar   sharoitida   turli   ishlab   chiqarish
qarorlarini   yakka   tartibda   emas,   balki   kollegial   —   birgalikda   chiqarish
ehtiyoji   paydo   bo’lganligini   hisobga   olsak,   odamlarning   muomala
madaniyati   va   muloqat   texnikasi   mehnat   unumdorligi   va
samaradorlikning muhim omillaridandir.
3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari.   Odamlar
bir-birlari   bilan   muomalaga   kirishar   ekan,   ularning   asosiy   ko’zlagan
maqsadlaridan   biri   —   o’zaro   bir-birlariga   ta’sir   ko’rsatish,   ya’ni   fikr   — g’oyalariga ko’ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o’zgartirish va
yaxshi   taassurot   qoldirishdir.   Psixologik   ta’sir   —   bu   turli   vositalar
yordamida   insonlarning   fikrlari,   hissiyotlari   va   xatti-harakatlariga   ta’sir
ko’rsata olishdir.
Ijtimoiy   psixologiyada   psixologik   ta’sirning   asosan   uch   vositasi
farqlanadi.
1. Verbal   ta’sir   —   bu   so’z   va   nutqimiz   orqali   ko’rsatadigan
ta’sirimizdir.   Bundagi   asosiy   vositalar   so’zlardir.   Ma’lumki,   nutq   —   bu
so’zlashuv,   o’zaro   muomala   jarayoni   bo’lib,   uning   vositasi   —   so’zlar
hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o’zidagi
barcha   so’zlar   zahirasidan   foydalanib,   eng   ta’sirchan   so’zlarni   topib,
sherigiga ta’sir ko’rsatishni hoxlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir  — bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni
kuchaytiruvchi   yoki   susaytiruvchi   omillar.   Bunga   nutqning   baland   yoki
past   tovushda   ifodalanayotganligi,   artikulyasiya,   tovushlar,   to’xtashlar,
duduqlanish,   yo’tal,   til   bilan   amalga   oshiriladigan   xarakatlar,   nidolar
kiradi.   Shunga   qarab,   masalan,   do’stimiz   bizga   biror   narsani   va’da
berayotgan   bo’lsa,   biz   uning   qay   darajada   samimiyligini   bilib   olamiz.
Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil  ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa
ishonamiz, albatta.
3. Noverbal   ta’sirning   ma’nosi   «nutqsiz»dir.   Bunga
suhbatdoshlarning   fazoda   bir-birlariga   nisbatan   tutgan  o’rinlari,  xolatlari
(yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini
bevosita   xis   qilishlar,   tashqi   qiyofa,   undan   chiqayotgan   turli   signallar
(shovqin,   hidlar)   kiradi.   Ularning   barchasi   muloqot   jarayonini   yanada
kuchaytirib,   suhbatdoshlarning   bir-birlarini   yaxshiroq   bilib   olishlariga
yordam   beradi.   Masalan,   agar   uchrashuvning   dastlabki   daqiqalarida
o’rtog’ingiz   sizga   qaramay,   atrofga   alanglab,   «Ko’rganimdan   biram
xursandman», desa, ishonasizmi? Muloqot   jarayonidagi   xarakterli   narsa   shundaki,   suhbatdoshlar   bir-
birlariga   ta’sir   ko’rsatmoqchi   bo’lishganda,   dastavval   nima   deyish,
qanday   so’zlar   vositasida   ta’sir   etishni   o’ylar   ekan.   Aslida   esa,   o’sha
so’zlar   va   ular   atrofidagi   xarakatlar   muhim   rol   o’ynarkan.   Masalan,
mashhur   amerikalik   olim   Megrabyan   formulasiga   ko’ra,   birinchi   marta
ko’rishib   turgan   suhbatdoshlardagi   taassurotlarning   ijobiy   bo’lishiga
gapirgan   gaplari   7%,   paralingvistik   omillar   38%,   va   noverbal   xarakatlar
58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o’zgarishi mumkin
albatta, lekin xalq ichida yurgan bir maqol to’g’ri: «Ust — boshga qarab
kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi».
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko’proq ta’sirga ega bo’lishi
sheriklarning   rollariga   ham   bog’liq.   Ta’sirning   tashabbuskori   —   bu
shunday sherikki, unda ataylab ta’sir  ko’rsatish maqsadi  bo’ladi va u bu
maqsadni   amalga   oshirish   uchun   barcha   yuqorida   ta’kidlangan
vositalardan   foydaladi.  Agar   boshliq   ishi   tushib,   biror   xodimni   xonasiga
taklif etsa, u o’rnidan turib kutib oladi, iltifot ko’rsatadi, xol-ahvolni ham
quyuqroq so’raydi va so’ngra gapning asosiy qismiga o’tadi.
Ta’sirning   adresati   —   ta’sir   yo’naltirilgan   shaxs.   Lekin
tashabbuskorning   suhbatga   tayyorgarligi   yaxshi   bo’lmasa,   yoki   adresat
tajribaliroq sherik bo’lsa, u tashabbusni o’z qo’liga olishi va ta’sir kuchini
qayta egasiga qaytarishi mumkin bo’ladi.
4.   Muloqot   va   uni   o’rganish   muammolari .   O xirgi   yillarda
«professionalizm» tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo’lib qoldi. Chunki
jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mehnat unumdorligini «inson
omili»ni   takomillashtirish   hisobiga   oshirish   davr   talabi   bo’lib   qoldi.
Ayniqsa, odamlarni boshqarish sohasidagi professionalizmga katta e’tibor
qaratilmoqda.   Juda   ko’pchilik   mutaxassislar   barcha   bajaradigan
funksiyalari   orasida   odamlar   bilan   til   topishish,   ularga   ta’sir   ko’rsatish,
ular   faoliyatini   to’g’ri   tashkil   qilish   va   boshqarish   eng   murakkablaridan ekanligini   e’tirof   etmoqdalar.   Odamlar   bilan   normal   munosabatlarni
o’rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida amaliy sheriklarning xolatlari,
kutishlarini aniqlay olmaslik, o’z nuqtai nazariga o’zgalarni professional
tarzda   ko’ndira   olmaslik,   «birov»ni,   uning   ichki   kechinmalari   va   o’ziga
bo’lgan   munosabatini   aniq   tasavvur   qila   olmaslik   amaliy   psixologiyada
kommunikativ   uquvsizlik ,   yoki   diskommunikasiya   xolatini   keltirib
chiqaradi.   Bunda   odamlar   oddiy   til   bilan   aytganda,   bir-birlarini
tushunolmay   qoladilar,   shuning   oqibatida   pishib   turgan   loyiha   yoki
yaxshi   reja   amalga   oshmasligi,   bir   necha   oylarga   cho’zilib   ketishi
mumkin.
Shuning uchun  ham  hozirgi   zamon  ijtimoiy  psixologiyasining  tadbiqiy
yo’nalishida,   boshqaruv   psixologiyasida   katta   yoshli   odamlarni
kommunikativ   bilimdonlikka   o’rgatish,   ularda   zarur   kommunikativ
malakalarni   hosil   qilishga   katta   ahamiyat   berilmoqda.   Har   bir   korxona,
xususiy   firma   yoki   davlat   muassasasini   boshqaruvchi   menedjer,   rahbar
tayyorlash   muammosi   ana   shu   rahbarlarni,   boshqaruvchilarni   psixologik
jihatdan   odamlar   bilan   ishlashga   o’rgatish   muammosini   chetlab
o’tolmaydi.   Umuman,   hozirgi   davrda   har   qanday   mutaxassis   —   vrach,
muxandis,   o’qituvchi,   iqtisodchi,   agronom,   quruvchi,   jurnalist,
madaniyatshunos   yoki   boshqalar   ham   kommunikativ   malakalarga   ega
bo’lmaguncha,   bozor   munosabatlari   sharoitida   tezda   jamoaga   kirishib,
ko’pchilik bilan til topishib, o’z professoinal mahoratini ko’rsata olmaydi.
Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san’atiga
ega bo’lishi kerak.
Bu   vazifa   odamlarni   muomala   va   muloqot   etikasiga   o’rgatishni   har
qachongidan ham dolzarb qilib qo’ymoqda. To’g’ri, muloqotga kirishish
—   ijtimoiylashuv   jarayonida   barcha   sifatlardan   oldinroq   shakllanadigan
qobiliyatlardan,   u   tabiiy   va   hayotiy   narsa.   Bola   tili   juda   yaxshi   chiqib
ulgurmay,   atrofidagilar   bilan   aktiv   muloqotga   kirisha   boshlaydi.   Lekin masalaning   paradoksal   tomoni   ham   shundaki,   yillar   o’tgan   sari   ongli,
aqlli   odam   har   bir   gapini   o’ylab   gapiradigan,   har   bir   qadamini   o’ylab
bosadigan   bo’lib   qoladi,   bu   uning   jamiyatdagi   mavqyesini   belgilovchi
vositadir.   Bu   muloqotga   kirishishga   ruhan   tayyorlanishning   ahamiyatini
ham odam anglashini  taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va
bir   qarashda   oddiy   inson   faoliyati   shu   qadar   murakkab   va   serqirraki,
uning   mexanizmlarini   o’rganish,   guruhlarda   to’g’ri   munosabatlarni
tashkil   etish   va   odamlarni   samarali   muloqatga   o’rgatish   muammosi
bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir.
Ma’lumki,   gaplashayotgan   odamlar   biri   gapiradi,   ikkinchisi   tinglaydi,
eshitadi.   Muloqotning   samaradorligi   ana   shu   ikki   qirraning   qanchalik
o’zaro   mosligi,   bir-birini   to’ldirishiga   bog’liq   ekan.   Noto’g’ri
tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki muloqotga o’rgatganda,
uni   faqat   gapirishga,   mantiqan   asoslangan   so’zlardan   foydalanib,
ta’sirchan   gapirishga   o’rgatishadi.   Uning   ikkinchi   tomoni   —   tinglash
qobiliyatiga   deyarli   e’tibor   berilmaydi.   Mashhur   amerikalik   notiq,
psixolog   Deyl   Karnegi   «Yaxshi   suhbatdosh   —   yaxshi   gapirishni
biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir» deganda
aynan   shu   qobiliyatlarning   insonlarda   rivojlangan   bo’lishini   nazarda
tutgan edi.
Mutaxassislarning   aniqlashlaricha,   ishlayotgan   odamlar   vaqtining
45%i   tinglash   jarayoniga   ketar   ekan,   odamlar   bilan   doimiy   muloqotda
bo’ladiganlar   35   —   40%   oylik   maoshlarini   odamlarni   «tinglaganlari»
uchun   olarkanlar.   Bundan   shunday   xulosa   kelib   chiqadiki,
kommunikasiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati
odamga ko’proq foyda keltirarkan.
Shuning   uchun   bo’lsa   kerak,   nemis   faylasufi   A.   Shopengauer
«Odamlarni   o’zingiz   to’g’ringizda   yaxshi   fikrga   ega   bo’lishlarini
xohlasangiz,   ularni   tinglang»   deb   yozgan   ekan.   Darhaqiqat,   agar   siz kuyunib   gapirsangizu,   suhbatdoshingiz   sizni   tinglamasa,   boshqa   narsa
bilan   ovora   bo’laversa,   undan   ranjiysiz,   nafaqat   ranjiysiz,   balki   u   bilan
aloqani   ham   uzasiz.   O’qituvchi   gapirayotgan   paytda   uni   tinglamaslik
odobsizlikning eng keng tarqalgan ko’rinishi deb baholanishini bilasizmi?
Nima uchun biz ko’pincha yaxshi gapiruvchi, so’zlovchi bo’la olamiz-
u,   yaxshi   tinglovchi   bo’la   olmaymiz?   Psixologlarning   fikricha,   asosiy
xalaqit   beruvchi   narsa   —   bu   bizning   o’z   fikr   —   o’ylarimiz   va
xohishlarimiz og’ushida bo’lib qolishimizdir. Shuning uchun ham ba’zan
rasman   sherigimizni   tinglayotganday   bo’lamiz,   lekin   aslida   hayolimiz
boshqa   yerda   bo’ladi.   Tinglashning   ham   xuddi   gapirishga   o’xshash
texnikasi,   usullari   mavjud.   Ularning   turi   ham   ko’p,   lekin   asosan   biz
kundalik hayotda uning ikki usulini qo’llaymiz:  so’zma-so’z qaytarish  va
boshqacha   talqin   etish.   Birinchisi,   suhbatdosh   so’zlarining   bir   qismini
yoki   yaxliticha   qaytarish   orqali,   sherikni   qo’llab-quvvatlashni   bildiradi.
Ikkinchi  usul  esa — sherigimiz so’zlarini  tinglab, undagi  asosiy g’oyani
muxtasar,   o’zimizning   talqinimizda   ifoda   etish.   Ikkala   usul   ham   sherik
uchun   muhim,   chunki   u   sizning   tinglayotganingizni,   xattoki,   undagi
g’oyalarga   qarshi   emasligingizni   bildiradi.   Bunday   tashqari,   biz   yaxshi
tinglayotgan   bo’lib,   «Yo’g’-e?»,   «Nahotki?»,   «Qara-ya?»,   «Yasha!»
luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, yanayam o’z fikrlarini
oydinlashtirishga chaqirib turamiz.
Demak,   aslida   bizdagi   gapirayotgan   shaxs   yetakchi,   u   suhbatning
mutloq  xokimi,  degan   tasavvur   unchalik  to’g’ri   emas.  Yaxshi   tinglashda
ham   shunday   kuch   borki,   u   suhbatdoshni   Sizga   juda   yaqinlashtiradi,
ishonchni tug’diradi. Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa —
bu axborotning o’zi. Tinglayotgan  odam   ma’nili,  yaxshi   dialogdan faqat
yaxshi,   foydali   ma’lumot   oladi.   Gapirgan   esa   aksincha,   o’zidagi   borini
berib,   gapirmaydigan   suhbatdoshdan   «teskari   aloqani»   olib   ulgurmay,
hyech   narsasiz   qolishi   ham   mumkin.   Shuning   uchun   muloqotga o’rgatishning   muhim   yo’nalishlaridan   biri   —   odamlarni   faol   tinglashga,
bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o’rinli foydalanishga
o’rgatishdir.
Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
 aktiv   xolat.   Bu   —   agar   kreslo   yoki   divan   kabi   mebel   bo’lsa,   unga
bemalol   yastanib   yoki   yotib   olmaslik,   suhbatdoshning   yuzidan   tashqari
joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi xarakatlar bilan uning
har bir so’ziga qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi;
 suhbatdoshga   samimiy   qiziqish   bildirish.   Bu   nafaqat   suhbatdoshni
o’ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o’zining har bir so’ziga uni
ham ko’ndirishning samarali yo’lidir.
 o’ychan   jimlik .   Bu   suhbatdosh   gapirayotgan   paytda   yuzda
mas’uliyat   bilan   tinglayotganday   tasavvur   qoldirish   orqali   o’zingizning
suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo’li.
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz 
unda o’z-o’ziga xurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni 
ko’pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. 
Uning muloqotning samarali bo’lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. 
Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, 
yangi fikrlar, g’oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun
ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar 
tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon
ham teng yutadi.
Agar   muloqot   jarayonida   ishtirok   etuvchi   ikki   jarayon   —   gapirish   va
tinglashning   faol   o’zaro   ta’sir   uchun   teng   ahamiyatini   nazarda   tutsak,   bu
jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini
egallashining   ahamiyatini   anglash   qiyin   bo’lmaydi.   Shuning   uchun   ham
ijtimoiy   psixologiyada   odamlarni   samarali   muloqotga   ataylab   o’rgatishga
juda   katta   e’tibor   beriladi.   Bu   boradagi   fanning   o’z   uslubi   bo’lib,   uning nomi   ijtimoiy   psixologik   trening   (IPT)   deb   ataladi.   IPT   —   muloqot
jarayoniga   odamlarni   psixologik   jihatdan   hozirlash,   ularda   zarur
kommunikativ   malakalarni   maxsus   dasturlar   doirasida   qisqa   fursatda
shakllantirishdir.   Eng   muhimi   IPT   mobaynida   odamlarning   muloqot
borasidagi bilimdonligi ortadi.
5. Muloqotning psixologik tizimi. 
Til   muomala   vositasidir .   Til   muomalaga   kirishuvchilar   o’rtasidagi
kommunikasiyani   ta’minlaydi,   chunki   uni   axborot   beruvchi   ham,   uni
qabul   qiluvchi   ham   birday   tushunadi.   Boshqa   kishiga   axborot   beruvchi
(kommunikator) va uni qabul qiluvchi (resipiyent) muloqot jarayonida bir
xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini to’g’ri tushunolmaydi. 
Muloqot ishtiroqchilari o’z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta
tiklashga,   his-tuyg’ularini,   xulq-atvorining   sabablarini   fahmlab   yetishga
harakat   qiladi.   Shaxsga   boshqa   odamlarning   faqat   tashqi   qiyofasi,
ularning fe’l-atvori va hatti-harakatlari, ular qo’llanadigan kommunikativ
vositalargina  bevosita  in’om   etilgan va  ana  shu  ma’lumotlarga tayangan
holda     o’zi   bilan   muloqotga   kirishgan   odamlarning   kimligini   tushunib
yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish
uchun   muayyan   ishni   bajarishiga   to’g’ri   keladi.   Taniqli   psixolog
S.L.Rubinshteyn   shunday   deb   yozgan   edi:   “Kundalik   hayotda   odamlar
bilan   muloqotga   kirishar   ekanmiz,   biz   ularning   xulq-atvoriga   qarab
mo’ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini guyo
“o’qib”, ya’ni “mag’zini chaqib” chiqamiz, shu yo’sinda matnning ichki
psixologik   jihati   mavjud  bo’lgan   mazmunini   aniqlaymiz.   Bunday   o’qish
naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida
bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda
amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo’ladi.
Bir qarashda osonga o’xshagan shaxslararo muloqot ja rayoni aslida
juda   murakkab   jarayon   bo’lib,   unga   odam   hayoti   mobaynida   o’rganib boradi.   Muloqotning   psixologik   jihatdan   murakkab   ekanligi   haqida   B.F.
Parigin   shunday   yozadi:   «Muloqot   shunchalik   ko’p   qirrali   jarayonki,
unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; 
s) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni. 
Muloqotning   turli   shakllari   yoki   bosqichlari   mavjud   bo’lib,   dastlabki
bosqich   –   odamning   o’z-o’zi   bilan   muloqotidir.   T.   Shibutani   «Ijtimoiy
psixologiya»   darsligida:   «Agar   odam   ozgina   bo’lsa   ham   o’zini   anglasa,
demaq   u   o’z-o’ziga   ko’rsatmalar   bera   oladi»,   -   deb   to’g’ri   yozgan   edi.
Odamning   o’z-o’zi   bilan   muloqoti   aslida   uning   boshqalar   bilan
muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o’z-o’zi bilan
muloqot   qilishni   odat   qilib   olib,   doimo   jamiyatdan   o’zini   chetga   tortib,
tortinib   yursa,   demaq   u   boshqalar   bilan   suhbatlashishda,   til   topishishda
jiddiy   qiyinchiliklarni   boshdan   kechiradi,   deyish   mumkin.   Demaq
boshqalar bilan muloqot – muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A.N.   Leontyev   o’zining   «Psixika   taraqqiyotidan   ocherklar»   kitobida
muloqotning   uchinchi   shakli   –   avlodlar   o’rtasidagi   muloqotning
ahamiyati to’g’risida shunday deb yozadi: «Agar barcha katta avlod o’lib
ketganda,   insoniyat   turi   yo’q   bo’lib   ketmasdi,   lekin   jamiyatning
taraqqiyoti   ancha   orqaga   surilibgina   emas,   balki   yo’qolib   ham   ketishi
mumkin edi». Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har
bir   jamiyatning   o’z   madaniyati,   madaniy   boyliklari,   qadriyatlari   mavjud
bo’ladiki,   buning   ahamiyatini   tushungan   insoniyatning   eng   ilg’or
vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim,
tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.  Muloqot   murakkab   jarayon   bo’lganligi   uchun   ham   ayrim   olingan
muloqot   shaklini   analiz   qilganimizda,   unda   juda   xilma-xil   ko’rinishlar,
komponentlar   va   qismlar   borligini   aniqlashimiz   mumkin.   G.M.
Andreyeva muloqotning quyidagi tuzilishini taklif etadi:
1. Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar
o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).
2.   Muloqotning   interaktiv   tomoni   (ya’ni   muloqotga   kirishuvchi
tomonlarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayoni).
3.   Muloqatning   perseptiv   tomoni   (ya’ni   muloqotga   kirishuvchi
tomonlarning   bir-birlarini   idrok   etishlari   va   tushunishlari   bilan   bog’liq
bo’lgan murakkab psixologik jarayon).
Bu strukturaning har bir tomonini batafsil ko’rib chiqamiz.
Ko’pgina   olimlar   muloqotning   inson   hayotidagi   ahamiyatiga   to’xtalib
o’tar   ekanlar,   uning   qator   vazifalari,   funksiyalarini   ajratadilar.   Masalan,
taniqli rus olimi B.F. Lomov uning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi:
a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi; 
b) xulq-atvorni boshqaruv; 
v) hissiyotlar al mashinuvi. 
Bu   funksiyalar   aslida   G.M.   Andreyeva   ajratgan   muloqot   qismlariga
ham   mos   keladi,   ya’ni   har   bir   muloqot   jarayonida   Lomov   qayd   etgan
vazifalarni topish mumkin.
Muloqotning   hayotimizdagi   shakl   va   ko’rinishlariga   kelsak   uning   har
bir   shaxsning   hayotiy   vaziyatlarga   mos   keladigan,   o’sha   vaziyatlardan
kelib   chiqadigan   ko’rinishlari   va   turlari   haqida   gapirish   mumkin.   Lekin
umumiy   holda,   har   qanday   muloqot   yo   rasmiy   yoki   norasmiy   tusda
bo’ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy
vazifalari   va   xulq-atvor   normalaridan   kelib   chiqsa,   masalan,   rahbarning
o’z qo’l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba
bilan   muloqoti   va   hokazo,   norasmiy   muloqot   –   bu   odamning   shaxsiy munosabatlariga   tayanadi   va   uning   mazmuni   o’sha   suhbatdoshlarning
fikr-o’ylari,   niyat-maqsadlari   va   emosional   munosabatlari   bilan
belgilanadi.   Masalan,   do’stlar   suhbatdoshi,   poyezdda   uzoq   safarga
chiqkan yo’lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda,
shaxsiy   munosabatlar   borasidagi   munozaralari.   Odamlarning   asl
tabiatlariga   mos   bo’lgani   uchun   ham   norasmiy   muloqot   doimo
odamlarning   hayotida   ko’proq   vaqtini   oladi   va   bunda   ular
charchamaydilar.   Lekin   shuni   ta’kidlash   kerakki,   odamda   ana   shunday
muloqotga   ham   qobiliyatlar   kerak,   ya’ni   uning   qanchalik   sergakligi,
ochiq   ko’ngilligi,   suhbatlashish   yo’llarini   bilish,   til   toshishnn   qobiliyati,
o’zgalarni   tushunishi   va   boshqa   shaxsiy   sifatlari   kundalik   mu loqotning
samarasiga bevosita ta’sir ko’rsatadn. Shuning uchun hamma odam ham
rahbar   bo’lolmaydi,   ayniqsa,   pedagogik   ishga   hamma   ham   qo’l
uravermaydi,   chunki   buning   uchun   undan   ham   rasmiy,   ham   norasmiy
muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot   mavzun   va   yo’nalishiga   ko’ra,   uning:   ijtimoiy   yunaltirilgan
(keng   jamoatchilikka   qaratilgan   va   jamiyat   manfaatlaridan   kelib
chiqadigan   muloqot);   guruhdagi   predmetga   yo’naltirilgan   (o’zaro
hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidasi muloqot – mehnat,
ta’lim   jarayonidagi   yoki   konkret   topshiriqni   bajarish   ja rayonida   guruh
a’zolarining   muloqoti);   shaxsiy   muloqot   (bir   shaxsning   boshqa   shaxs
bilan   o’z   muammolarini   ochish   maqsadida   o’rnatgan   munosabatlari;
pedagogik   muloqot   (pedagogik   jarayonda   ishtirok   etuvchilar   o’rtasida
amalga oshiriladigan murakkab o’zaro ta’sir jarayoni) turlari farqlanadi.
Har   bir   muloqot   turining   o’z   qonun-qoidalari,   ta’sir   usullari   va   yo’l-
yo’riqlari   borki,   ularni   bilish   har   bir   kishining,   ayniqsa   odamlar   bilan
doimo muloqotda bo’ladiganning burchidir. 
Muloqot   jarayonining   murakkab   psixologik   tabiatini   bilish,   turli
sharoitlarda   samarali   munosabatlar   o’rnatish   malakasini   oshirish   uchun uning   tarkibiga   kiruvchi   har   bir   element   yoki   bo’laklar   bilan   alohida
tanishib chiqamiz.
Muloqotning   kommunikativ   tomoni   deyilganda,   uning   shaxslararo
axborotlar,   bilimlar,   g’oyalar,   fikrlar   almashinuvi   jarayoni   sifatidagi
vazifalari   nazarda   tutiladi.   Shu   jarayonning   asosiy   vositasi   bo’lib   til
xizmat qiladi. Til shaxslar o’rtasida aloqa vositasi bo’lib uning yordamida
kishilar   bilgan   ma’lumotlari   va   hokazolarni   bir-birlariga   yetkazadilar.
Ma’lumki,   aloqa   vositasi   sifatida   nutqning   asosan   2   turi   farqlanadi:
yozma   nutq   hamda   og’zaki   nutq. Og’zaki   nutqning   o’zi   dialogik   va
monologik turlarga bo’linadi. 
Odamlar muloqot jarayonida so’zlardan tashqari turli xil harakatlardan,
qiliqlardan,   holatlardan,   kulgu,   ohanglar   va   boshqalardan   ham
foydalanadilar.   Qiliqlar,   mimika,   ohanglar,   to’xtashlar   (pauza),   hissiy
holatlar,   kulgu,   yig’i,   ko’z   qarashlar,   yuz   ifodalari   va   boshqalar   o’zaro
muloqotning   nutqsiz   vositalari   bo’lib,   ular   muloqot   jarayonini   yanada
kuchaytirib, uni to’ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o’rnini bosadi.
Buyuk rus yozuvchisi L.N. Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi hamda
85   xil   ko’z   qarashlari   turi   borligini   kuzatgan,   G.M.   Andreyevaning
yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining 2000 ga yaqin ko’rinishlari
bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda ko’zlar tuqnashuvi, nigohlarning
roli   keyingi   muloqotning   taqdiriga   kuchli   ta’sir   ko’rsatishi   maxsus
tadqiqotlar   jarayonida   o’rganilgan.   Bularning   barchasi   muloqotning
hissiy tomondan boy, mazmundor bo’lishini ta’minlab, odamlarning bir-
birlarini   tushunishlariga   yordam   beradi.   Muloqotning   noverbal
vositalarining   milliy   hamda   hududiy   xususiyatlari   borligini   ham   alohida
ta’kidlab o’tmoq lozim. Masalan, o’zbek xalqining muloqot jarayoni boy,
o’zaro   munosabatlarining   bevosita   xarakteri   unda   shunday   vositalarning
ko’proq ishlatilishi bilan bog’liq. Bolalarning o’z yig’isi bilan onasiga o’z
his-kechinmalari   hamda   xohishlarini   bildirishlari   ham   bolalarning   yosh xususiyatlariga   bog’liq.   Boshqa   millatlar   madaniyatiga   nazar
tashlanadigan   bo’lsa,   ularda   ham   ba’zi   bir   muloqot   vositalarining   turli
millatlarda   turli   maqsadlarda   ishlatilishining   guvohi   bo’lish   mumkin.
Bolgarlar   agar   biron   narsa   bo’yicha   fikrni   tasdiqlamoqchi   bo’lishsa,
boshlarini   u   yoq   bu   yoqqa   chayqashar,   inkor   qilishmoqchi   bo’lsa-chi,
aksincha,   bosh   siltashar   ekan.   Ma’lumki,   o’zbeklar,   ruslar   va   bir   qator
boshqa millatlar da buniig aksi.
Noverbal   muloqotda   suhbatdoshlarning   fazoviy   joylashuvlari   ham
katta   ahamiyatga   ega.   Masalan,   ayollar   ko’proq   hissiyotlarga   boy
bo’lganliklari   sababli,   suhbatlashayotganlarida   bir-birlariga   yaqin   turib
gaplashadilar,   erkaklar   o’rtasida   esa   doimo   fazoviy   masofa   bo’ladi.
Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o’tqazib
o’qitgandan ko’ra, ularni yuzma-yuz o’tqazib davra qilib o’qitgan ma’qul
emish,   chunki   bunday   sharoitda   o’quvchilarda   ham   javobgarlik   hissi
yuqoriroq   bo’lar   ekan   hamda   emosiyalar   almashinishgani   uchun   ham
guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo’lib, bolalarning predmetga va bir-
birlariga munosabatlari ancha yaxshi bular ekan.
Demak,   ta’lim-tarbiya   jarayonini   tashkil   etishda   muloqotning   barcha
vositalariga,   ayniqsa,   nutqqa   e’tibor   berish   kerak.   Bolalarni   ilk   yoshlik
chog’laridanoq   nutq   madaniyatiga   o’rgatish,   nutqlarini   o’stirish
choralarini   ko’rish   zarur.   Pedagog   esa   shunday   nutq   madaniyatiga   ega
bo’lishi   kerakki,   u   avvalo   uning   faoliyatini   to’g’ri   tashkil   etishni
ta’minlasin,   qolaversa,   bolalarda   nutqning   o’sishiga   imkoniyat   bersin.
Buyuk   pedagoglarimizdan   V.A.Suxomlinskiy   ham   o’qituvchining
madaniyati to’g’risida gapirib, bu madaniyatning tarkibiy va asosiy qismi
nutq madaniyati ekanligini bejnz ta’kidlamagan.
Muloqotning ikkinchi – interaktiv tomoni.
Muloqotning   bu   xususiyati   kishilarning   muloqot   jarayonida
birgalikdagi   faoliyatda   bir-birlariga   amaliy   jihatdan   bevosita   ta’sir etishlarini   ta’minlaydi.   Shu   tufayli   olamlar   hamkorlikda   ishlash,   bir-
birlariga   yordam   berish,   bir-birlaridan   o’rganish,   harakatlar
muvofaqiyatga   erishish   kabi   qator   qobiliyatlarini   namoyon   qilishlari
mumkin. Shu tufayli o’qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo’nalgan holda
ta’sir   ko’rsatishi   mumkin.   Aslini   olganda,   har   qanday   muloqot,   agar   u
bema’ni,   maqsadsiz,   chuqur   gaplardan   nborat   bo’lmasa,   doimo
muloqotga   kirishuvchilarning   xulq-atvorlarini,   ularning   ustanovkalarini
o’zgartirish imkoniyatiga ega.
Demak,   o’zaro   muloqot   jarayonida   bir   odam   ikkinchi   odamga
psixologik   ta’sir   ko’rsatadi.   Bu   ta’sir   ikkala   tomondan   ham   anglanishi
yoki anglanmasligi mumkin. Ya’ni, ba’zan biz nima uchun bir shaxsning
bizga   naqadar   kuchli   ta’sirga   ega   ekanligini,   boshqa   biri   esa,   aksincha,
hyech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa
pedagogikada   muhim   muammodir.   Har   bir   pedagogning   o’z   ta’sir
uslublari va ta’sir kuchi bo’ladi.     O’qituvchi shaxsining bolalarga ta’siri
quyidagi   eksperpmentda   juda   yaqqol   kuzatilgan.   Boshlang’ich   sinf
o’quvchilariga   anchagina   o’yinchoqlar   berib,   shularning   nchida   faqat
bittasiga, qizil yog’och o’yinchoqqa tegmaslik aytilgan.    Bolalar yolg’iz
qoldirilib,   harakatlari   pinhona   kuzatilgan.   Juda   ko’p   bolalar
ta’qiqlangan   o’yinchoqqa   baribir   tegishgan.   Eksperimentning   ikkinchi
seriyasida   endi   barcha   o’yinchoqqa   tegish   mumkinu,   faqat   qizil
qutichaning  qopqog’ini   ochish   mumkin   emas,   deb   aytilgan.   Shu  quticha
tepasiga   esa   shu   bolalarning   o’qituvchisi   surati   ilib   qo’yilgan.   Bu
seriyada   birinchnsiga   qaraganda   «ta’qiqni   buzuvchilar»   soni   keskin
kamaygan.   Demak,   bu   narsa   o’qituvchi   shaxsining   bola   harakatlariga
ta’sirini yaqqol isbotlab turibdi. 
Shaxslararo   ta’sir   haqida   gap   ketganda, insonning obro’yining roli
haqida   ham   aytish   lozim.   Chunki,   obro’li   odam   doimo   o’sha   obro’
qozongan guruhida o’z mavqyeiga va ta’siriga ega bo’ladi. Shaxs obruyi uning   boshqa   shaxslarga   irodaviy   va   emosional   ta’sir   ko’rsata
olish q obiliyatidir.   Ma’lumki,   obro’   amal   yoki   hayotni   tajriba   bilangina
orttirilmay,   uning   haqiqiy   asosi   –   shaxsning   odamlar   bilan   to’g’ri
munosabati,   undagi   odamiylik         xislatlarining,   boshqa   ijobiy
xislatlarining uyg’unlashuvidadir. Psixologik obro’ – ta’sir ko’rsatishning
eng muhim mezonidir. 
Muloqotning uchinchi tomoni – uning perseptiv tomonidir
Muloqot   jarayonida   odamlar   bir-birlari   bilan   ma’lumotlar   almashib,
o’zaro   ta’sir   ko’rsatibgina   qolmay,   balki   bir-birlarini   to’g’riroq   va
aniqroq   anglashga,   tushunishga   va   idrok   qilishga   harakat   qiladilar.   Bu
tomon   shaxsiy   idrok   va   tushunish   muammosi   bilan   bog’liqdir.
Birgalikdagi   faoliyat   jarayonida   shaxslarning   bir-birlarini   to’g’ri
tushunishlari   va   aniq   idrok   qilishlari   muloqotning   samarali   bo’lishini
ta’minlaydi.   Rus   psixo logi         A.A.   Badalev   boshchiligidagi   laboratoriya
bir-birlarinn   idrok   qilish   mexanizmlarini   aniqlash   borasida   qator
psixologik qonuniyatlarni   kuzatgan. 
Bunday mexanizmlarga quyidagilarni kiritish mumkin :
a) identifikasiya;  b) refleksiya;  v)  kauzal   atribusiya;                       g)
stereotipizasiya
Identifikasiya     so’zining   ma’nosi   lotinchadan   olingan   bo’lib,
“tenglashtirish”, “aynan o’xshatish”, bir kishining ikkinchi kishini  uning
ta’rifini  subyektning  o’z  ta’rifiga anglanilgan  yoki  anglanilmagan tarzda
o’xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o’zaro birgalikda harakat
qilish   vaziyatlarida   boshqa   kishini   o’zining   o’rniga   qo’yib   ko’rishga
uringan   holda   uning   ichki   holati,   niyatlari,   o’y-fikrlari,   mayllari   va   his-
tuyg’ulari haqida taxmin qiladilar. Masalan, avgust oyi kunlaridan birida
universitet   qoshida   hayajonlangan   holda   kitobni   varaqlayotgan
abituriyentlarni   uchratib   qolgan   talaba   o’zining   abituriyentlik   davrini
eslaydi, ularning ruhiy holatini hayolan o’z boshidan kechira boshlaydi.  Refleksiya   —   (lotincha   aks   ettirish)   –   o’z   fikr   va   kechinmalarini
tahlil   qilib   mulohaza   yuritish,   ya’ni   muloqotga   kirishuvchining
suhbatdosh   uni   qanday   idrok   etayotganligini   anglash.   Kishini   kishi
tomonidan   idrok   qilishini   ikkilangan   oynadagi   aks   ettirishga   o’xshatish
mumkin.   Odam   boshqa   kishini   aks   ettirar   ekan,   shu   bilan   birga   o’zini
ham   aks   ettiradi,   agar   kishi   o’zi   muloqotga   kirishadigan   kishilar   haqida
to’liq,   ilmiy   asoslangan   axborotlarga   ega   bo’lsa,   ular   bilan   behato
aniqlikda   o’zaro   ta’sir   o’rnatishi   mumkin.   Biroq   subyekt   hamma   vaqt
bunday   aniq   ma’lumotga   ega   emas.   Shuning   uchun   u   boshqalar   hatti-
harakatining   sabablarini   o’ylab   chiqishga   majbur   bo’ladi.   Boshqa
kishining   harakatlarini   tushuntirish   uchun   faoliyat   motivlari,   his-
tuyg’ular, intilish va fikrlashning o’ylab chiqarilishi kauzal atribusiya deb
ataladi.   O’qituvchilar   tomonidan   bola   harakatlarining   shunday   sababini
talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyinlashtiradi.
Kauzal   atribusiya -   boshqa   kishining   hatti-harakatlari   sababini   his-
tuyg’ularni,   niyatlarni,   o’y-fikrlarni   va   xulq-atvor   motivlarini   unga
to’nkash yo’li bilan tushuntirish bo’lib, lotincha saisa-sabab va atributto –
in’om   etaman   degan   ma’noni   bildiradi.   Kauzal   atribusiya   ko’pincha
anglanilmagan   holda   –   yo   boshqa   kishiga   o’xshatish   negizida,   ya’ni
shaxsning   o’zi   xuddi   shunday   vaziyatda   u   payqashi   mumkin   deb
hisoblaydigan   motivlar   yoki   his-tuyg’ularning   boshqa   birovga   xosligi
ta’kidlangan   paytda,   yo   muloqotga   kirishgan   sherikni   o’zlariga   nisbatan
ba’zi   bir   qolipdagi   tasavvurlar   hosil   bo’ladigan   shaxslarning   muayyan
toifasiga kiritish yo’li bilan yuz beradi. Kauzal  atribusiyaning xususiyati
psixologiya tomonidan yaxshi o’rganilgan turli xildagi shart - haroitlarga
bog’liq   bo’ladi.   Masalan,   notanish   kishini   idrok   etish   chog’ida   idrok
subyekti ega bo’lgan axborot katta rol o’ynaydi. A.A.Bodalev o’tkazgan
tajribalarida   ikki   guruhdagi   talabalarga   bitta   odamning   fotoso’rati
ko’rsatilgan.   Birinchi   guruhga   bu   odam   jinoyatchi   sifatida   ta’riflangan. Uni   tashqi   qiyofasiga   qarab   tavsifnoma   berish   so’ralgan,   ikkinchi
guruhga   bu   odam   taniqli   olim   deb   aytilgan.   Jinoyatchi   deb   aytilgan
kishiga talabalar qo’rs, badjahl, berahm, makqor kishining portreti turibdi
deb,   olim   deb   aytilgan   guruh   talabalari   esa   portretdagi   ko’zning   o’zi
mehribon   va   dono,   jonni   fido   qilib   ishlaydigan   kishi   deb   ta’riflandi.
Chiroyli   kishilar   rasmlari   berilganda   ham   xuddi   shunday   holat   yuzaga
kelgan,   ya’ni   chiroyli   kishilar   yaxshi,   muloyim,   aqlli   deb   baholangan.
Xunuk rasmli kishilar esa qo’rs, badjahl, xudbin deb baholangan. Demak,
pedagogning idrok etish obyekti haqida oldindan bilib oladigan axboroti
yanglish   fikr   va   subyektivizmning   tarkib   topishi   uchun   jiddiy   asos
hisoblanadi.   Oreol   effektining   mohiyati   shundan   iboratki,   kishi
tomonidan   qoldiriladigan   umumiy   ijobiy   taassurot   subyektning   idrok
etish   chog’ida   berilmagan   fazilatlarni   ham   ijobiy   baholashiga   sabab
bo’ladi.
Stereotipizasiya   —   grekcha   o’zgarishsiz,   takrorlanish   degan   ma’noni
bildiradi.   Stereotipga   mos   ma’lum   yoki   taxminan   ma’lum   bo’lgan
voqyealarni   tiklash,   nisbat   berish   yo’li   bilan   xulq   normalarini   tasniflash
va   ularning   sabablarini   izoxlash   demakdir.   Ba’zan   muomala   jarayonida
noto’g’ri   stereotip   vujudga   keladi.   Masalan,   A.A.Bodalev   tomonidan
o’tkazilgan   suhbatga   ko’ra,   kishining   tashqi   qiyofasi   va   uning   harakteri
haqidagi   stereotip   tasavvurlar   ommaviylashib   ketganligi   tasdiqlandi.
So’ralgan   72   kishining   9   tasi   yuzi   kvadrat   ko’rinishga   ega   bo’lganlar
kuchli,   irodali,   17   kishi   peshonasi   katta   kishi   aqlli,   3   kishi   sochi   tikka
kishilar yengilmas, bo’ysunmas harakterga ega. 5 kishi bo’yi o’rtachadan
past   kishilar   boshqalar   ustidan   hukmronlik   qilishga,   buyruq   berishga
intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki o’zini sevuvchi
kishilar   bo’ladi   deb   ta’kidlangan.   Begona   kishini   idrok   qilishda   birinchi
axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi
ham   muhim   o’rin   tutadi.   Amerikalik   psixologlar   tomonidan   o’tkazilgan tadqiqot   bunga   misol   bo’la   oladi.   400   o’qituvchilarga   baholash   uchun
tarqatilgan   ishlarni   ular   200   tasi   ijobiy,   chiroyli,   200     salbiy   xunuk,
yokimsiz   deb   berganlar.   Ekspertlardan   tashqi   qiyofasini   emas,   balki
harakterini   ta’riflash   so’ralgan   edi.   Afsuski   baholarning   subyektivligi
kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog’liqdir.
Tabiiyki,   bunday   fikrlar   mutlaq   to’g’ri   emas,   lekin   kishilar   ongida
avlovdan-avlodga   o’tib   kelayotgan   tasavvurlar   shunday   obrazlarni
shakllantirgan.   Notanish   odam   haqida   tushunchaning   shakllanishida   u
haqida   berilgan   birlamchi   malumot   katta   rol   o’ynaydn.   Masalan,   o’sha
Bodalev   talabalarning   ikki   guruhiga   bir   xil   portret   ko’rsatib,   birinchi
guruhda   bu   odam   yirik   olim,   ikkinchisida   esa,   bu   –   davlat   jinoyatchisi
deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-psixologik xarakteristika berishlarini
so’ragan.   Ko’rsatmalar   har   xil   bo’lganligi   sababli   berilgan   ta’riflar   ham
har   xil   bo’lgan.   Birinchi   guruhdagi   talaba lar   bu   odam   mehnatkash,
mehribon,   shafqatli,   g’amxo’r,   aqlli   bo’lsa   kerak   deyishgan   bo’lsa,
ikkinchi   guruhdagilar   uni   –   beshafqat,   makkor,   qat’iyatli   deb
ta’riflashgan.  Birinchi  guruhdagilar  portretdagi  ko’zlarni  dono, muloyim
deyishgan bo’lsa, boshqalar ularni yovuz, beshafqat deb aytishgan.
Shunday   qilib,   ijtimoiy   persepsiya   yoki   odamlarning   bir-birlarini
to’g’ri   idrok   qilish   va   tushunish   jarayoni   muloqotning   muhim
muammolaridan biridir. Bu jarayon psixologik jihatdan murakkab bo’lib,
unda   muloqotga   kirishayotgan   tomonlarning   har   biri   alohida   ana   shu
idrokning   ham   obyekti,   ham   subyekti   bo’lib   faoliyat   ko’rsatadilar.
Idrokning   obyekti   sifatida   shaxs   qaralganda,   unda   hosil   bo’ladigan
«boshqa   odam   obrazi»ning   barcha   sifatlari   va   qirralari   nazarda   tutiladi.
Bunday   obraz   paydo   bo’lishiga   xizmat   qiladigan   belgilarga:   o’sha
odamning   tashqi   qiyofasi,   uning   kiyinishi,   o’zini   tutishi,   hissiy   holati,
ovozi,   nutqi,   qiliqlari,   yurishi   va   hokazolar   kiradi.   Lekin   shularning
ichida   odamning   yuzi   muloqot   mobaynida   suhbatdoshga   eng   ko’p ma’lumot   beradigan   obyektdir.   Shuning   uchun   ham   telefonda
suhbatlashgandan   ko’ra   yuzma-yuz   suhbatlashish   ancha   oson   va
axborotlarga boydir.
Odamlarning   bir-birlarini   to’g’ri   idrok   qilishlari   ularning   perseptiv,
ya’ni   hissiy   bilish   (idroq   sezish)   sohasiga   aloqador   bo’lsa,   bir-birlarini
tushunishi   ularning   tafakkur   sohalariga   bevosita   taalluqli   bo’lib,
murakkab   jarayondir.   Boshqa   odamni   to’g’ri   tushungan   shaxs   uning
hissiy   holatiga   kira   olgan   hisoblanadn,   boshqacha   qilib   aytganda,   unda
empatiya   –   birovlarning   his-kechinmalarini   tushuna   olish   qobiliyati
rivojlangan   bo’ladi.   Yuksak   ongli,   madaniyatli,   «ko’pni   ko’rgan»
shaxsgina boshqalarni   to’g’ri tushunishi, ularning mavqyeida tura olishi
mumkin.
Aniq   va   to’g’ri   tushunishga   taalluqli   qonunnyatlarga   quyidagilar
kiradi:
1. Boshqa odam haqidagi ma’lumotning miqdoriy tomoni. Birinchi bor
to’qnashgan   odamlarda   bir-birlari   haqild   faqat   birlamchi   tasavvurgina
hosil   bo’lishi   mumknn.   Amerikalik   tadqiqotchilar   talabalarga   boshqa
talabalarga   baho   berish   topshirig’ini   berishgan.   Baholar   birinchi
to’qnashuv   natijasiga   ko’ra,   bir   haftadan   keyingi   qayta   to’qnashuv
natijasida   va   ikki   haftadan   keyin   tekshirilgan.   Ma’lum   bo’lishicha,   eng
aniq tasavvur ikki haftalik tanishuvdan keyingina paydo bular ekan.
2.   Ma’lumotlarni   olish   tartibi.   Boshqa   odam   haqida   berilgan
ma’lumotga   asosan   unda   o’sha   odam   haqida   muayyan   fikr   hosil   qilish
oson, lekin uni qayta qurish, o’zgartirish ancha mushkul.
3. Normal  intellektning  bo’lishi.  Intellekt  juda  yuqori   bo’lganda  ham,
juda past bo’lganda ham boshqa odamni to’g’ri tushunish qiyin.
4. Maxsus tayyorgarlikning bo’lishi. Mutaxassislar 5 kursda o’qiyotgan
psixolog   talabalar   bilan   portret   chizadigan   rassomlarning   boshqalarga bergan baholarini  solishtirishlari  natijasida rassomlarning baholari  ancha
aniqroq bo’lib chiqqanining guvohi bo’lishgan.
5 .   H issiy   holatlarning   ta’siri.   Nurrey   degan   olimning   tadqiqotlarida
turli emosional holatni boshidan kechirayotgan shaxslarga boshqa odamni
baholash  topshirig’i   berilgan.  Bir   seriyada  tekshiriluvchilarga  elektr  toki
bilan   ta’sir   etib   turib,   boshqa   odamning   rasminn   baholashni   tavsiya
etishganda,   baholanayogan   shaxsda   johillikka   yaqin   sifatlar   ham   borligi
aytilgan.   Yaxshi   emosional   holat   boshdan   kichirilayotgan   seriyada   esa
o’sha odamda asosan yaxshi sifatlar qayd etilgan.
6.   Shaxsning   ochiqligi.   Kundalik   muloqotda   ochiq,   samimiy   odam
bilan   tund,   pismiq   odam   baholari   o’rtasida   sifat   farqlari   aniqlangan.
Bundan   tashqari,   odamning   muloqot   tajribasining   boyligi   ham   uning
boshqalar haqidagi tasavvurlarining aniq bo’lishini ta’minlaydi.
Demak,   yuqoridagi   barcha   qonuniyatlarni   hisobga   olgan   holda,   shaxs
tarbiyasi   bilan   shug’ullanish   uni   kelgusidagi   murakkab   va   xilma-xil
muloqot   jarayonlariga   psixologik   tayyorlaydi.   Bunday   tayyorgarlik,
ayniqsa,   bo’lg’usi   psixologlar   uchun   muhimki,   ular   o’z   kasblari   tufayli
turli   muloqot   vaziyatlariga   duch   keladilar   va   har   bir   vaziyatda   ulardan
nihoyatda   o’tkir   didlilik,   odob   va   kishilar   psixologiyasini   bilgan   holda
ularni to’g’ri tushunish malakasi talab qilindi. Bir so’z bilan aytganda, bu
muloqotdagi bilimdonlikdir.

MAVZU . NUTQ VA MUOMALA Muomala texnikasi va strategiyasi. REJA: 1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi 2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni 3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari . 4. Muloqot va uni o’rganish muammolari 5. Muloqotning psixologik tizimi

1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi . Shaxs — ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi — uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o’xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do’stona bo’lishi; subyekt-subyekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bo’lishi mumkin. Insoniy munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o’rtasida ro’y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu — quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo’lishgani sari, ular o’rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo’ladigan bo’lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari reaksiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig’izlik oilaning barcha a’zolari o’rtasida emas, uning ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va x-zo). O’zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko’zlaydigan asosiy maqsadlari — o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, o’zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o’ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday

vaziyatni tasavvur qiladigan bo’lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo’lgan bo’lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko’rishmay qolgan do’stingizni ko’rib qoldingiz. Siz undan xol-ahvol so’radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqat juda bemaza bo’lgan va siz ikkinchi marta o’sha odam bilan iloji boricha rasman salom — alikni bajo keltirib o’tib ketavergan bo’lardingiz. Ya’ni, muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo’ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi. Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar. XXI asr bo’sag’asida odamning eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo’lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor. Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o’tib bormoqdamiz. Axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o’z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o’zgartiradi. Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporasiyalar asri bo’ladi, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporasiya insonlarning o’zaro til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo’lishi haqida

gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko’p xollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo’nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi. Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-xunarlar soni ortdiki, ular sosionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi. Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga o’rgatish (sosial psixologik trening) masalalari bilan shug’ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi. 2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni . Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lgan odam o’zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo’lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini taxlil qilamiz. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi — suhbatdoshlarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o’zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O’zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko’rishadi, so’rashadi, xol-ahvol so’raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog’da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu

kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o’ziga xoslikka ega. Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o’ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o’g’rilanib ketilishi, so’ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo’lishi faktlari shuni ko’rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko’plab psixologik eksperimentlarda o’z isbotini topdi. Muloqotning yana bir muhim vazifasi — u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo’li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o’zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko’plab tadqiqotlarda izolyasiya, ya’ni odamni yolg’izlatib qo’yishning uning ruhiyatiga ta’siri o’rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo’lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg’izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o’zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o’zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o’rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg’izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, havotirlanish, o’ziga ishonchsizlik, qayg’u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg’izlikka mahkum bo’lganlar ma’lum vaqt o’tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko’rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo’lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo’lar ekan. Masalan, bir M. Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g’or ichida yashagan ekan.