logo

Qutadg’u bilig ‘’dostonida nutq odobi haqida.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

124.240234375 KB
1 Mavzu: ,,Qutadg’u bilig ‘’dostonida nutq odobi haqida.
REJA.
  1.,,Qutadg’u bilig dostoni’’yaralish tarixi haqida ma’lumot.
  2.,,Qutadg’u bilig’’ dostoni nusxalari.
  3.,,Qutadg’u bilig’’dostonida nutq odobi.
  XULOSA.
 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH
2 Ma’lumki,   adabiy   ta’limda   qadimgi     turkey     yodgorliklar,
jumladan,   “Qutadg‘u     bilig”ni   o‘rganish     masalasi     nafaqat     o‘quvchi,
balki   o‘qituvchining     o‘zidan     ham     katta   kuch,     bilim     hamda
mas’uliyat     talab     qiladi.   Buning     qator   o‘ziga   xos   sabablari   bor:
birinchidan,     asarning     tili     o‘quvchining     tushunishi,     mazmunni
o‘zlashtirishi   uchun   qiyinchilik   tug‘diradi,   chunki   asar   qariyb   ming   yil
oldin  yaratilgan,  demak,  o‘sha  davr  adabiy  tili  hozirgi  adabiy  tildan
tamomila   farqli   edi;   ikkinchidan,   badiiy   matn   sifatida   o‘quvchi   boshqa
janr namunalarida o‘qigani  kabi  kutgan  o‘tkir  sujet  (qahramonlarning
turli     sarguzashtlari,   o‘zaro   konfliktlar,     ularning   yechimi   va   hokazo)
deyarli kuzatilmaydi; uchinchidan, asar hamda o‘rganish uchun olingan
darslikdagi   epizod   parchalar   hajmi     ancha   katta;   to‘rtinchidan,     bu
asardagi   obrazlar     tizimi,     adibning     tafakkur     tarzi   ham   hozirgi
adabiyotdagidan keskin farqlanadi.
Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi
yagona   manba   uning   «Qutadg’u   bilig»   («Saodatga   yo’llovchi   bilim»)
3____________________________________________
1
  "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021.
Muxlisa Normatova 225 b. dostonidir.   Bu   doston   hijriy   yil   hisobi   bilan   462   (melodiy   1069G’70)
yilda   yozilgan.   Avtor   dostonning   muqaddimasida   yoshi   ellikdan
oshganini   ta’kidlaydi.   Shunga   qarab   Yusuf   Xos   Hojib   XI   asrning   20-
yillari arafasida tug’ilgan, deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani-
Balasog’un   (Quz   o’rda)   XI-XII   asrlarning   yirik   savdo-sotiq   hamda
madaniy markazlaridan  biri edi. Bu shahar ikki marta  qoraxoniylarning
poytaxti ham bo’lgan edi.
Atroflicha bilim olgan Yusuf Xos Hojib o’z davrining peshqadam
donishmandlaridan   biri   bo’lib   etishdi.   U   fors-tojik   va   arab   tillarini,
badiiy adabiyotni, tarix, astronomiya,  geometriya, matematika, tabiiyot,
geografiya   va   boshqa   fanlarni   o’rgandi.   U   buyuk   olimlarning   ayrim
axloqiy   va  falsafiy  qarashlarini,  medisinaga   doir  mulohazalarini   targ’ib
qildi, zamondoshlarini geometriya kabi fanlarni o’rganishga chaqirdi va
hokazo.
Shu   bilan   birga,   Yusuf   Xos   Hojib   o’z   vatandoshi,   ulug’   olim
Mahmud Qoshg’ariy singari, turkiy qabila va xalqlarning tilini o’rgandi,
adabiy   til   uchun,   turkiy   tilning   madaniy   hayotda   yanada   kengroq   o’rin
olishi   uchun   kurashdi,   xalq   og’zaki   adabiyoti   va   yozma   adabiyotning
boy   tajriba   va   tradisiyalaridan   ta’lim   olib,   mashhur   «Qutadg’u   bilig»
dostonini yaratadi. Bu doston turkiy tildagi yozma adabiyotning ilk yirik
asarlaridan biri edi.
Yusuf   Xos   Hojib   «Qutadg’u   bilig»   dostonini   Balasog’unda   yoza
boshladi;   uni   Qashqarda   yozib   tugatdi   va   qoraxoniy   hukmdorlaridan
bo’lgan Tavg’ach Bug’raxonga (Tavg’och ulug’ Bug’ro Qoraxon abo 
Ali   Hasan   binni   Arslonxon)   taqdim   qildi.   Bug’raxon   doston   avtorini
taqdirlab,   unga   «Xos   Hojib»   (muqarram,   eshik   og’osi)   unvonini   berdi.
Shunday keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qozondi.
«Qutadg’u   bilig»ning   muqaddimasida   ko’rsatilishicha,   doston   o’z
davrida   keng   shuhrat   qozongan,   turkiy   tildagi   eng   yaxshi   asar   deb
baholangan   va   turli   joylarda   turli   nom   bilan   yuritilgan.   Chinliklar
«Adabul-muluk»   (deb)   ot   berdilar.   Mochin   Malikaning   nadimlari
«Oyinul-mamlakat»  (deb)   atadilar,  mashriqliklar   «Ziynatul-umaro»   deb
4 aytadilar,   eronliklar   «Shohnomai   turkiy»   dedilar,   shuningdek,   ba’zilar
«Pandnomai   muluk»   debdilar,   turonliklar   «Qutadg’u   bilig»   deb
aytibdilar.
«Qutadg’u bilig»ning qo’l yozma nusxalari va nashri
5____________________________________________
1
  Mallaev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. 3-nashri:-Toshkent: «O’qituvchi», 1976:-106-126 b. «Qutadg’u bilig»ning uch qo’l yozma nusxasi ma’lum. Bu nusxalar
«Vena»   (yoki   «Hirot»),   «Qohira»   va   «Namangan»   nusxalari   deb
yuritiladi.   «Qutadg’u   bilig»ning   birinchi   nusxasi   XIX   asrning   20-
yillarida   Istambulda   topildi.   Bu   nusxa   XV   asrda-1439   yilda   Hirotda
Hasan   Qara   Sayil   Shams   tomonidan   uyg’ur   yozuvi   bilan   ko’chirilgan.
Qo’l   yozmani   topgan   olim   Xammer   Purgshtall   uni   Venadagi   Qirollik
kutubxonasiga topshiradi. Shuning uchun bu nusxa «Hirot» yoki «Vena»
nusxasi deb yuritiladi.
  «Qutadg’u   bilig»ning   ikkinchi   qo’l   yozma   nusxasi   1896   yilda
Qohirada topildi. Bu nusxa (XV asr) arab yozuvida ko’chirilgan bo’lib,
u   Hirot   nusxasidan   birmuncha   farq   qiladi.   Tekstdagi   juz’iy   farqlardan
tashqari, Qohira nusxasida Hirot nusxasidagi ayrim o’rinlar yo’q.
«Qutadg’u bilig» uchinchi nusxasi 1913 yilda Namanganda topildi
va   1914   yilda   ma’lumot   e’lon   qilindi.   (Nusxa   namanganlik
Muhammadhoji Eshon Lolaresh degan kishining shaxsiy kutubxonasida
sharqshunos   olim   A.   Z.   Validov   tomonidan   topilgan.)   Bu   nusxa   ham
Qohira   nusxasi   kabi   arab   yozuvida   ko’chirilgan:   «Qutadg’u   bilig»ning
Namangan   nusxasi   boshqa   nusxalarga   qaraganda   birmuncha
mukammalroq bo’lib, E.E. Bertelüsning taxminicha, u XIII asrning oxiri
yoki XIV asrning boshlarida ko’chirilgan bo’lishi kerak. Bu nodir nusxa
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.
«Qutadg’u   bilig»ning   prozaik   muqaddimasida   ta’kidlanishicha,
dostonda to’rt asosiy masala qo’yilgan va bu masalalar majoziy obrazlar
qiyofasida   mujassamlashtirilgan   «Qutadg’u   bilig»   jami   Namangan
nusxasida   6500   baytga   13000   misraga   yaqin   bo’lib,   u   73   fasl-bobga
bo’lingan.   O’n   bir   bobi   dostonning   muqaddimasi   bo’lib,   muqaddima
xudoga,   payg’ambarga   va   to’rt   xalifaga   bag’ishlangan   tardision
boblardan   tashqari,   yoz   tavsifi   va   Bug’raxon   madhi,   7   sayyora   va   12
burj,   til   odobi   va   bilimning   foydasi   kabi   masalalarga   bag’ishlangan
boblarni   o’z   ichiga   oladi.   Dostonning   asosiy   qismi   12-bobdan,
Kuntug’di   degan   hukmdorning   ta’rifi   bilan   boshlanadi.   Dostonda
quyidagi voqea hikoya qilinadi:
6 Kuntug’di   degan   odil   podsho   bo’lib,   uning   shon-shavkati   va
shuhrati yaqin va uzoq o’lkalarga yoyilgan ekan. Oytuldi degan oqil bir
kishi   uning   xizmatiga   kirish   istagi   bilan   poytaxtga   kelibdi.   U
musofirlikning azob-uqubatlarini chekibdi hamda yor-do’st, tanish-bilish
orttiribdi. Oyto’ldi Ko’samish (Istanilgan) degan do’stiga musofir bo’lib
Kuntug’di poytaxtiga kelishining sabablarini so’zlab beribdi. Ko’samish
unga   madad   berib,   Kuntug’dining   Xos   Hojibi   bilan   tanishtiribdi.
Oyto’ldi   Kuntug’dining   saroyiga   borib,   uning   suhbatida   bo’libdi.
Oyto’ldini   yoqtirgan   Kuntug’di   uni   saroyga   xizmatga   olibdi.
Oyto’ldining   mansab-martabasi   kundan-kun   ziyod   bo’lib,   oxiri   u   vazir
qilib   tayinlanibdi.   U   saroyda   uzoq   vaqt   xizmat   qilib,   aql-idroki   va
tadbirkorligi   bilan   Kuntug’dini   mamnun   qilibdi.   Biroq   yurti   va   oilasini
sog’inib,   Oyto’ldi   hukmdordan   ruxsat   olib,   o’z   yurtiga   qaytibdi   va
birmuncha vaqtdan keyin o’sha erda vafot etibdi.
Oyto’ldining   O’gdulmish   degan   o’g’li   bor   ekan.   U   otasining
so’ziga   amal   qilib,   Kuntug’dining   dargohiga   kelib,   saroyga   xizmatga
kiribdi. O’gdulmish otasining izidan borib, davlat ishlaridagi faoliyati va
donoligi   bilan   Kuntug’dini   shod   va   mamnun   qilibdi.   Kuntug’di   bilan
O’gdulmish   o’rtasida   turli   xil   masalalarga   doir   suhbat   va   munozaralar
bo’libdi.   Oqil   va   olim   kishilarning   davlat   ishlariga   katta   foyda
keltirayotganini   ko’rgan   Kuntug’di   donishmand   O’zg’urmishni
(O’dg’urmish   ham   yoziladi)   saroyga   taklif   qilibdi.   Uzgurmish
tarkidunyo qilib,  kishilar  orasidan chiqib ketgan ekan. U bir necha xat-
xabar   va   oqil   O’gdulmish   bilan   bo’lgan   suhbatlaridan   keyin
Kuntug’dining   taklifini   qabul   qilib,   saroyga   kelibdi.   O’zgurmish   bilan
Kuntug’di davlat idora ishlari, axloq-odob va boshqa masalalar bo’yicha
suhbat va munozaralar qilishibdi. O’zg’urmish Kuntug’diga ko’p o’gitva
nasihatlar beribdi.
Yusuf Xos Hojibning ijtimoiy-siyosiy qarashlari
Hokimiyat va hukmdor haqida
7____________________________________________
2
  Mualliflar jamoasi. O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 1-tom.-Toshkent: «Fan», 1977.-106-131 b. Yusuf Xos Hojibning davlat hokimiyati haqidagi fikr-mulohazalari
dastlab   bek-hukmdor   qiyofasida   mujassamlashadi.   Uning   fikricha,   bek
davlatning   yagona   hukmdori   bo’lib,   uning   amr-irodasi   barcha   uchun
qonundir.   Bek   xudoning   xohishi   bilan   beklik   mansabiga   erishgan
kishidir.   Xudo   biror   kishini   bek   qilmoqchi   bo’lsa,   avval   unga   beklik
sifatlari   va   fazilatlarini   ato   qilar   emish:   bek   «xudo   ato   qilgan»   oliy
mansabi   bilan   faxrlanishi,   lekin,   shu   bilan   birga   o’z   zimmasidagi   katta
va   mas’uliyatli   vazifalarni   sharaf   bilan   amalga   oshirishi   kerak;   bu
vazifalar   mamlakatni   idora   etish,   uning   osoyishtaligi   va   obodonchiligi
uchun   kurash,   mamlakat   ishi   uchun   foydali   bo’lgan   qonun-qoidalar
ta’sis   qilish   va   ularni   amalga   oshirish,   ilm-ma’rifat   ahllarini   himoya
qilish va boshqalardan iborat.
Agar   bek   ilmli   va   ma’rifatli   bo’lsa,   u   olimlar   va   donishmandlar
qadriga   etadi,   ular   bilan   aloqada   bo’lib,   o’ziga   yaqin   tutadi.   Bek
mayxo’rlik va turli fisq-fasodga berilmasligi, ulardan hazar qilishi kerak.
Zeroki,   baxt-saodat   ham   mayxo’rlik   va   fisq-fasoddan   hazar   qiladi,
ulardan qochadi.
Bo’r ichmas karak bag fasod qilmasa,
Bu ikki qiliqdin qochar qut basa.
(Beg ichimlik ichmaydigan, fasod qilmaydigan kishi bo’lishi kerak. Bu
ikki qilmishdan zinhor qut-baxt qochadi).
Mayxo’rlik   davlat   ishlariga   putur   etkazadi,   turli   nojo’ya   hatti-
harakatlarga sabab bo’ladi.
Shoir: bekning o’zigina davlat ishlarini boshqara olmaydi. Buning
uchun   yordamchilar-saroy   amaldorlari,   ishning   ko’zini   biladigan   er
kishilar, donishmand, oqil va kishilarga bosh bo’lgan tanlangan odamlar
kerak deydi. Vazirdan tortib oshpazga qadar saroy ahllarining har birini
alohida-alohida   ta’riflaydi,   ularning   sifati,   burchi   va   vazifalarini
ko’rsatadi   hamda   bekka   o’git   berib,   bularga   nisbatan,   bir   tomondan,
qattiq   talabchan,   ikkinchi   tomondan,   otalarcha   g’amxo’r   bo’lish   lozim
deydi.
8 Yusuf   Xos   Hojib   bek   va   uning   amaldorlari   haqidagi   fikr-
mulohazalarini   Kuntug’di,   Oyto’ldi,   O’gdulmish   va   O’zgurmishlar
qiyofasida   mujassamlashtirilib,   ularni   o’z   davrining   saroy   ahliga   bir
namuna   qilib   ko’rsatishga   intiladi.   Kuntug’di-adolatli   hukmdor,
jonishmand   va   ezgu   xulq-atvorli   kishi.   U   o’z   atrofiga   Oyto’ldi,
O’gdulmish va O’zg’urmish kabi fazilatli odamlarni to’playdi, ular bilan
kengashadi,   maslahatlashadi,   mmalakatda   tartib-qoida   o’rnatadi,
zolimlarga   tanbeh   berib,   mazlumlarni   shod   qiladi.   Uning   bunday
faoliyati go’yo ziddiyatlarga barham berib, hatto qo’y bilan bo’rini ham
inoqlashtiradi
Elin etti, tuzdi, boyudi budun,
Bo’ri qo’y bila suvladi ul o’dun.
(Elida   tartib   o’rnatdi,   uni   tuzdi,   xalq   boyidi,   u   davrda   bo’ri   qo’y   bilan
birga suv ichdi).
O’gdulmish   va   O’zgurmishlar   ham   xuddi   shunday   kishilardir.
O’gdulmish   otasi   Oyto’ldining   ishi   va   faoliyatini   davom   ettiradi.
O’zg’urmish,   garchi   saroyning   biror   rasmiy   lavozimini   qabul   qilmasa
ham,   o’giti   va   maslahatlari   bilan   davlat   ishlariga   yordam   beradi.   Shoir
o’z   fikr-mulohazalarini   ko’proq   O’zg’urmish   tili   bilan   ifodalaydi.
O’zg’urmish   bek   va   uning   amaldorlarini   yaxshilikka   yo’llaydi,   ularni
kibr-havoga,   mag’rurlikka   berilmaslikka   undaydi,   beva-bechoraparvar
bo’lishga chaqiradi.
Ijtimoiy tabaqalar haqida
9____________________________________________
3
  Nadjip E.P. Issledovanie po istorii porskix yazûkov XI-XIV vekov.-M. «Nauka», 1989. 284 s. «Qutadg’u bilig» XI asrdagi qoraxoniylar davrining ijtimoiy hayoti
haqida keng ma’lumot  beruvchi  asardir.  Unda Yusuf  Xos Hojib  shahar
va   qishloq   xalqini,   o’troq   va   ko’chmanchi   aholini   ijtimoiy   tabaqalarga
ajratadi,   dehqonlar,   hunarmandlar,   chorvadorlar,   savdogarlar,   olimlar,
elchilar, qo’shin boshliqlari, munajjimlar, tush ta’bir qiluvchilar, tabiblar
va   boshqalar   haqida   so’zlab,   ularning   jamiyat   hayotidagi   o’rni   va   roli
hamda   o’zaro   aloqalarini   bayon   etadi,   burch   va   vazifasi,   yurish-turishi
va   xulq-atvori   haqida   o’git   berdi,   turli   kasb-korlarga,   xususan,
dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilikka doir juda boy so’z va
terminlarni ishlatadi.
Yusuf   Xos   Hojib   hunarmandlar   haqida   so’zlar   ekan,   ular   «Juda
zarur   kishilardir...   temirchi,   tikuvchi,   etikchi,   suvchi,   egarchi,   toshchi,
o’qchi, kamonchilarning foydasi katta. Ularni sanay berib so’zim uzayib
ketdi...   Bu   dunyoga   ular   yaxshilik   keltiradilar.   Ular   juda   ko’p   ajoyib
narsalarni   ishlaydilar»,-deydi.   Chorvadorlarni   esa   shoir   qimiz,   sut,   jun,
suzma,   pishloq   kabi   mahsulotlarni   etishtirib   beruvchi   kishilar   sifatida
taqdirlaydi.
Modomiki,   dehqonlar,   hunarmandlar   va   chorvadorlar   jamiyatning
moddiy   boyliklarini   ishlab   chiqarar   ekanlar,   albatta,   hukmron   doiralar
ular bilan yaqinda aloqada bo’lishi, ularning mehnat faoliyatini qo’llab-
quvvatlashi lozim. Hokim sinfning hayotiy manfaatlari ham shuni talab
qiladi.
Yusuf   Xos   Hojibning   hukmron   tabaqalar   oldiga   qo’ygan   qator
talablari   (o’qimishli   bo’lish,   ilm-fan   ahllariga   homiylik   qilish,
davlatning   qonun-qoidalariga   to’la   amal   qilish,   halollik   va   boshqalar)
hamda   o’gitlari   davlatni   mustahkamlash,   boshboshdoqlikka   xotima
berish, o’zaro feodal urushlarning oldini olish, xo’jalikni va madaniyatni
rivojlantirish   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   edi.   Masalan,   Yusuf   Xos
Hojib,   garchi   savdogarlarni   ko’klarga   ko’tarib   maqtasa   va   ularni   xudo
tomonidan   «tijoratga   yaratilgan»   kishilar   deb   ideallashtirsa   ham,
savdogarlar   haqidagi   mulohazalari   iqtisodiy   va   madaniy   aloqalarni
rivojlantirishda, shubhasiz ijobiy ahamiyatga ega edi.  
Ilm-ma’rifat haqida
10____________________________________________
4
  Folkin M.S. Sokroviùnisa Vostochnoy mudrosti. Yusuf balasaguni. Blagodatnoe znanie-L.: Sov: pis, 
1990.-s.  5-59. Yusuf Xos Hojib XI asrning donishmandi, ilm-ma’rifatning jarchisi
hamda   homiysidir.   U   ilm-ma’rifatga   saodatning   kaliti   deb   qaraydi,
shuning   uchun   ham   o’z   dostonini   «Qutadg’u   bilig»   deb   ataydi   hamda
unda   ilm-ma’rifatni   targ’ib   qiladi,   olimlarni   ulug’laydi,   davlat
boshliqlarini,   ilm-fan   ahllarini   saroyga   jalb   etishga,   ulardan   ta’lim
olishga va ularning maslahatlari bilan ish ko’rishga chaqiradi.
Yusuf   Xos   Hojibning   fikricha,   hukmdor   mamlakatni   o’z  qilichi   va
siyosati   bilan   boshqarsa,   olimlar   el-yurtni   aql   va   donish   bilan
boshqaradilar,   unga   yo’l   ko’rsatadilar.   Shunga   ko’ra,   shoir   kishilarni
podaga, olimlarni yo’l boshlovchiga o’xshatadi:
Bular ul suruk qo’yqa arkach soni,
Qoyuv boshlasa, sursa yo’lcha ko’ni.
(Bular qo’y suruki orasidagi serka kabidirlar,
(Toki) qo’yni boshlasa, to’g’ri yo’l bo’ylab olib borsa .
Ilm-nur, olimlar mash’aldorlardir:
Ular ilmi bo’ldi budunqa yo’la,
Yorusa yo’la tunla ozmas yo’l-a,
(Ularning ilmi xalqqa mash’al bo’ldi,
Mash’al yorisa, tunda yo’ldan adashilmaydi.)
Binobarin,   olimlarni   sevmoq,   ularga   hurmat   bilan   yondashmoq   va
bilimlarini o’rganishga tirishmoq zurar:
11 Ularni qatig’ sav, og’irla so’zin,
Biliglarni o’gran, o’kush yo izin.
(Ularni qattiq sev, so’zlarini qadrla,
Ko’pmi yoki ozmi (ularning) bilimlarini o’rgan).
Yusuf   Xos   Hojibning   «Qutadg’u   bilig»   dostonida   Markaziy   Osiyo
olimlarining ilmiy yutuqlari ham ma’lum darajada o’z ifodasini topdi. U,
xususan,  astronomiya  va  medisina   fanlari   yuzasidan   kengroq  mulohaza
yuritadi.   Dostonning   muqaddimasida   etti   planeta   (Sekantir-Zuhal-
Saturn,   O’ngay-   Mushtariy-Yupiter,   Ko’rud-Mirrix-Mars,   Yashiq-
Quyosh, Savit-Zuhra-Venera, Orzu-Utorid-Merkuriy, Yalchiq-Oy) va 12
burj haqida alohida-alohida she’riy parchalar bitadi.
Yusuf Xos Hojibning falsafiy qarashlari, xususan, uning medisinaga
doir   mulohazalari   Abu   Ali   ibn   Sinoning   ilmiy   merosi   ta’sirida
shakllangan bo’lishi kerak. Shoir «Toji Hakim» nomi ostida Abu Ali ibn
Sinoni ko’zda tutgan bo’lishi mumkin.
Axloq va odob haqida
12____________________________________________
5
  Hasanov S. Xorazm ma’naviyati darg’alari. – Toshkent: «Adolat», 2001. - 224 b. «Qutadg’u   bilig»   didaktik   dostoni   axloq   va   odobga   doir   qimmatli
pand-nasihatlarni   o’z   ichiga   oladi.   Doston   avtori   til   odobi,   sevgi   va
sadoqat,   rostgo’ylik   va   halollik   kabi   masalalar   haqida   hikmatli   so’zlar
so’zlaydi, mayxo’rlik va mutakabbirlikni tanqid qiladi, kishining yurish-
turishi,   o’zini   tutishi   haqida   o’git   beradi.   Bular   dostonning   butun
mazmuni va mohiyatiga singdiriladi.
«Qutadg’u   bilig»ning   bir   necha   bobi   bevosita   axloq   va   odob
masalalariga   bag’ishlangan.  Shunday  boblardan   biri  «Til   ardami»   («Til
odobi»)   deb   atalgan   7-bob   bo’lib,   unda   shoir   o’qish   va   bilim   olishda
tilning   ahamiyati,   qisqa   va   mazmunli   so’zlash,   tilga   ortiqcha   erk
bermaslik va boshqalar haqida ibratli o’gitlar beradi:
Uqushqa biligki, bu tilmachi til,
Yarutgachi arni yo’riq tilin bil.
Kishig til og’irlar bo’lur qut kishi,
Kishig til ujuzlar yarir ar bashi.
Til arslan turur, ko’r eshikda yatur,
Aya avlug orsiq boshingni yatur.
Tilin emgamish er naku ter eshit,
Bu so’z ishqa tutg’il o’zunga ish et.
Mani emgatur til ezi o’g talim,
Boshim kasmasuni kasayin tilim.
13 (Uquvga, bilimga tilmoch-bu til,
Kishini ro’shnolikka chiqargan ravon til deb bilgin.
Kishini til e’zozlaydi, kishi u tufayli baxtga erishadi,
Kishini til qadrsiz qiladi, er boshini yoradi.
Til hovlida [ya’ni qafasda] yotgan arslon kabidir,
Ey, qafasdagi (makkor) vahshiy boshingni eydi.
Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit,
Bu so’zga amal qilgin, o’z foydangga ishlat:
Til meni juda ko’p kulfatlarga soladi,
(U) boshimni kesmasin, (men) tilimni kesayin.
U   uylanish   va   bola   tarbiyasi   haqidagi   53-bobda   oila   va   bola
tarbiyasining   murakkab   ekanini   ta’kidlab,   bolani   yoshlik   chog’idan
boshlab   yaxshi   xulqli   qilib   etishtirish   zarurligini   aytadi.   Ziyofatlar   va
ularda ishtirok etish, o’zini tutish odobiga bag’ishlangan 55-56-boblarda
saroy   ahllariga   o’git   beradi.   Boshqa   boblarda   ham   axloq   va   odobning
turli masalalari to’g’risida fikr-mulohaza yuritadi.
Yusuf   Xos   Hojib   kishi   tezda   tug’ilib,   tezda   o’tib   ketuvchi   his-
tuyg’uga asir bo’lmasligi kerak, deb hisoblaydi hamda sevgini ko’z bilan
emas, balki kishining qalbi bilan bog’laydi.
Yusuf   Xos   Hojib   mansabi   va   mol-davlati   bilan   takabburlashib
ketgan   zodagonlarni   tanqid   qilib,   baxt-tolega   ortiq   darajada   berilib
ketmaslik kerak, baxt keladi ham, ketadi ham deb ularni ogohlantiradi
14 Quvanma qivi qutqa, qutlug’ kishi,
Sanma o’zung qutqa, atlig’ kishi!
Oqar suv, yo’riq til, bu qut turmadi,
Ajun tazginurlar, yurib tinmadi.
(Ey) baxtli kishi, baxt va davlatga quvonma,
(Ey) nomdor kishi, baxt, davlat bilan bo’lib o’zing 
g’aflatda qolma.
Oqar suv, ravon til, baxt-davlat bu erda turmaydi,
Jahon kezuvchilar yurib tinmaydi.
«Qutadg’u bilig» va xalq og’zaki ijodi
Doston   qahramonlarining   nomi   ham   xalq   ijodi   tradisiyalari   bilan
bog’langan.  O’zbek,  uyg’ur,   qozoq,  qirg’iz  va  boshqa  turkiy  xalqlarida
«kun» va «oy» so’zlari bilan birga ishlatiladigan nomlar keng tarqalgan
va   xalq   eposidan   o’rin   olgan.   Bunga,   jumladan,   o’zbek   xalq
dostonlaridan   «Oysuluv»dagi   Oysuluv   va   uning   o’g’li   Kunbotir,
«Kuntug’mish»   dostonining   bosh   qahramoni   Kuntug’mish,   «Yusuf   va
Ahmad»   dostonidagi   Kunxon   va   Oyxon,   «Oygul»   ertagidagi   Oygul,
qahramonlarning   nomiga   qo’shib   aytiladigan   «oy»   qo’shimchasi
(«Alpomish»dagi   Barchinoy   kabi),   «oy   desang   oy,   kun   desang   kun»
kabi   obrazli   iboralar,   «Oy   bastina   Oybarcha   qiz,   kun   ostida   Kunakay
qiz»   kabi   misralarni   yaratgan   qozoq   xalq   og’zaki   ijodidagi   «Oymon-
Sho’lpon» dostoni, «Kunekey qiz» ertagi va boshqa asarlarning «Oy» va
«Kun»   nomlari   bilan   atalishi;   qirg’iz   xalq   qahramoni   Manasning
«Kundan va Oydan paydo bo’lishi», «Manas»dagi Oychurek, Oykanish,
15 To’lg’anoy   obrazlari,   qoraqalpoq   xalq   og’zaki   ijodidagi   Oysanam
(«G’arib Oshiq»), Oysuluv («Qirq qiz») va boshqalar yaqqol misol bo’la
oladi.   O’zbeklarda  xotin-qizlarning   nomiga   «oy»  so’zini   qo’shib   aytish
hozir   ham   keng   qo’llaniladi.   «Kun»   va   «Oy»   bilan   bog’liq   nomlarning
tarixiy ildizi totemlarga borib taqaladi.
Yusuf   Xos   Hojib   «Qutadg’u   bilig»da   juda   ko’p   xalq   maqollari   va
hikmatli   so’zlarini   ishlatadi   va   «turkcha   masal»,   «turklar   so’zi»   deb
ularning   xalq   og’zaki   ijodidan   olinganini   ochiq-oydin   ta’kidlaydi.   U
maqol va hikmatli so’zlarni ba’zan aynan va ba’zan she’riy misralarning
poetik   talabiga   qarab   o’zgartirib   qo’llaydi.   Maqol   va   hikmatli   so’zlar
dostonning   g’oyaviy   mazmunini   boyitadi,   badiiy   qimmatini   oshiradi.
Misollar:
Adi kachki so’z-ul masalda kalir,
Ota o’rni oti o’g’ulqa qolir.
(Masalda keladigan juda eski ta’bir bor:
Otaning o’rni (va) oti o’g’ilga qoladi.)
Qilichdan itikrak bularning tili.
(Til qilichdan ham o’tkirroqdir).
Yo’la ul uqush, ko’r, qarog’uqa ko’z,
O’luk tanga jon ul, og’in tilga so’z.
(Aql mash’aldir, qara (u) ko’rga-ko’z,
16 O’lik tanga-jon, soqovga tildir).
Qarinda turmush qilinch o’gratik,
Yag’iz er qatinda ketar, ey tetik.
(Ona qornida paydo bo’lgan qiliq,
(Ey) tetik (kishi), faqat qora er ostida yo’qoladi.)
O’g’il-qiz soqinchi bu tubsiz tangiz.
(O’g’il-qiz tashvishi-bu tubsiz dengiz).
Ilm-aql chirog’i.
(Yo’la ul uqush, ko’r, qarog’uqa ko’z...)
Ko’p so’zlama, oz so’zla,
Oz so’zlasang ham soz so’zla.
(Uqush so’zlama so’z, biror so’zla oz,
Tumon so’z tuguvnin bu bir so’zda yoz.)
«Qutadg’u bilig»ning badiiy qimmati va tili
17 «Qutadg’u   bilig»   XI   asr   adabiyotining   muhim   yodgorligidir.   U
turkiy tildagi yozma adabiyot hali u qadar boy tajribaga ega bo’lmagan
bir   davrda   vujudga   keldi.   Shoir   fors-tojik   tilida   ijod   etish   tradisiyasi
izidan   bormadi,   balki   katt   jur’at   bilan   o’z   ona   tilida   yirik   badiiy   asar
yaratishga   kirishdi   va   uni   muvaffaqiyat   bilan   tugatdi.   U   xalq   og’zaki
ijodi va yozma adabiyotining tajriba va tradisiyalaridan foydalandi, xalq
og’zaki   ijodining   maqol   va   hikmatli   so’z   kabi   injulari   bilan   o’z   asarini
boyitdi,   fors-tojik   tilidagi   pandnomalardan   ilhomlandi.   Yusuf   Xos
Hojibning «Qutadg’u bilig» asari bilan o’zbek, uyg’ur va boshqa turkiy
xalqlarning   klassik   adabiyotida   aruz   vazni   chuqur   ildiz   ota  boshladi   va
yozma poeziyaning etakchi vazni bo’lib qoldi.
Yusuf   Xos   Hojib   o’xshatish,   sifatlash,   mubolag’a   va   kinoya   kabi
badiiy til vositalariga kam murojaat qiladi.
Bilimsiz kishi ko’ngli qumtak turur,
O’kuz kirsa to’lmaz ob o’tim unur
(Nodonning aqli qumga o’xshaydi,
Agar unga daryo oqib kirsa ham to’lmaydi)
va boshqalar.
«Qutadg’u   bilig»   XI   asrdagi   Markaziy   Osiyo   va   Sharqiy
Turkistondagi   turkiy   xalqlar   va   qabilalar   tilining   yodgorligidir.   U
«Devonu   lug’otit   turk»dagi   qadimgi   qo’shiqlar   va   ayniqsa   «O’rxo’n-
Enisey»   yodgorliklari   tilidan   xiyla   farq   qiladi   hamda   turkiy   tillarning
adabiy   til   sifatida   taraqqiy   etish   prosessini   ko’rsatadi.   «Qutadg’u
bilig»da   biz   ko’pgina   arxaik   so’zlarning   iste’moldan   chiqib   ketganini,
biroq   «y»   va   «z»   tovushlari   o’rnida   «d»   tovushini   qo’llash   kabi   arxaik
formaning   davom   etib   kelganini   hamda   endi   arabcha   va   fors-tojikcha
so’zlar ancha ko’p ishlatila boshlaganini ko’ramiz.
18 Adabiyot lar :
19____________________________________________
6
  Xayrullaev M.M. Farobiy. - Toshkent: «O’zbekiston», 1991. - 78 b. 1.
Mallaev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. 3-nashri:-Toshkent: 
«O’qituvchi», 1976:-106-126 b.
2.
Mualliflar jamoasi. O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 1-tom.-
Toshkent: «Fan», 1977.-106-131 b.
3.
Nadjip E.P. Issledovanie po istorii porskix yazûkov XI-XIV vekov.-
M.  «Nauka», 1989. 284 s.
4.
Folkin M.S. Sokroviùnisa Vostochnoy mudrosti. Yusuf balasaguni. 
Blagodatnoe znanie-L.: Sov: pis, 1990.-s.  5-59.
5.
Hasanov S. Xorazm ma’naviyati darg’alari. – Toshkent: «Adolat», 
2001. - 224 b.
6.
Xayrullaev M.M. Farobiy. - Toshkent: «O’zbekiston», 1991. - 78 b.
Matn:
1.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig.-Toshknt: «Fan», 1972.-964 b.
2.Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig -Toshkent.
«Yulduzcha», 1990.-192 b.
20

1

Mavzu: ,,Qutadg’u bilig ‘’dostonida nutq odobi haqida. REJA. 1.,,Qutadg’u bilig dostoni’’yaralish tarixi haqida ma’lumot. 2.,,Qutadg’u bilig’’ dostoni nusxalari. 3.,,Qutadg’u bilig’’dostonida nutq odobi. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. KIRISH 2

Ma’lumki, adabiy ta’limda qadimgi turkey yodgorliklar, jumladan, “Qutadg‘u bilig”ni o‘rganish masalasi nafaqat o‘quvchi, balki o‘qituvchining o‘zidan ham katta kuch, bilim hamda mas’uliyat talab qiladi. Buning qator o‘ziga xos sabablari bor: birinchidan, asarning tili o‘quvchining tushunishi, mazmunni o‘zlashtirishi uchun qiyinchilik tug‘diradi, chunki asar qariyb ming yil oldin yaratilgan, demak, o‘sha davr adabiy tili hozirgi adabiy tildan tamomila farqli edi; ikkinchidan, badiiy matn sifatida o‘quvchi boshqa janr namunalarida o‘qigani kabi kutgan o‘tkir sujet (qahramonlarning turli sarguzashtlari, o‘zaro konfliktlar, ularning yechimi va hokazo) deyarli kuzatilmaydi; uchinchidan, asar hamda o‘rganish uchun olingan darslikdagi epizod parchalar hajmi ancha katta; to‘rtinchidan, bu asardagi obrazlar tizimi, adibning tafakkur tarzi ham hozirgi adabiyotdagidan keskin farqlanadi. Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi yagona manba uning «Qutadg’u bilig» («Saodatga yo’llovchi bilim») 3____________________________________________ 1 "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021. Muxlisa Normatova 225 b.

dostonidir. Bu doston hijriy yil hisobi bilan 462 (melodiy 1069G’70) yilda yozilgan. Avtor dostonning muqaddimasida yoshi ellikdan oshganini ta’kidlaydi. Shunga qarab Yusuf Xos Hojib XI asrning 20- yillari arafasida tug’ilgan, deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani- Balasog’un (Quz o’rda) XI-XII asrlarning yirik savdo-sotiq hamda madaniy markazlaridan biri edi. Bu shahar ikki marta qoraxoniylarning poytaxti ham bo’lgan edi. Atroflicha bilim olgan Yusuf Xos Hojib o’z davrining peshqadam donishmandlaridan biri bo’lib etishdi. U fors-tojik va arab tillarini, badiiy adabiyotni, tarix, astronomiya, geometriya, matematika, tabiiyot, geografiya va boshqa fanlarni o’rgandi. U buyuk olimlarning ayrim axloqiy va falsafiy qarashlarini, medisinaga doir mulohazalarini targ’ib qildi, zamondoshlarini geometriya kabi fanlarni o’rganishga chaqirdi va hokazo. Shu bilan birga, Yusuf Xos Hojib o’z vatandoshi, ulug’ olim Mahmud Qoshg’ariy singari, turkiy qabila va xalqlarning tilini o’rgandi, adabiy til uchun, turkiy tilning madaniy hayotda yanada kengroq o’rin olishi uchun kurashdi, xalq og’zaki adabiyoti va yozma adabiyotning boy tajriba va tradisiyalaridan ta’lim olib, mashhur «Qutadg’u bilig» dostonini yaratadi. Bu doston turkiy tildagi yozma adabiyotning ilk yirik asarlaridan biri edi. Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» dostonini Balasog’unda yoza boshladi; uni Qashqarda yozib tugatdi va qoraxoniy hukmdorlaridan bo’lgan Tavg’ach Bug’raxonga (Tavg’och ulug’ Bug’ro Qoraxon abo Ali Hasan binni Arslonxon) taqdim qildi. Bug’raxon doston avtorini taqdirlab, unga «Xos Hojib» (muqarram, eshik og’osi) unvonini berdi. Shunday keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qozondi. «Qutadg’u bilig»ning muqaddimasida ko’rsatilishicha, doston o’z davrida keng shuhrat qozongan, turkiy tildagi eng yaxshi asar deb baholangan va turli joylarda turli nom bilan yuritilgan. Chinliklar «Adabul-muluk» (deb) ot berdilar. Mochin Malikaning nadimlari «Oyinul-mamlakat» (deb) atadilar, mashriqliklar «Ziynatul-umaro» deb 4

aytadilar, eronliklar «Shohnomai turkiy» dedilar, shuningdek, ba’zilar «Pandnomai muluk» debdilar, turonliklar «Qutadg’u bilig» deb aytibdilar. «Qutadg’u bilig»ning qo’l yozma nusxalari va nashri 5____________________________________________ 1 Mallaev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. 3-nashri:-Toshkent: «O’qituvchi», 1976:-106-126 b.