o`quvchilarni tarbilashda inshoning ahamiyati
MUNDARIJA KIRISH. 1.BOB.Insho yozish malakasi va uni shakllantirish usullari. 1.1.Insho turlari va uni tashkil etish. 1.2.Inshoni tashkil etish bosqichlari 2.BOB.Boshlang`ich sinf “O`qish kitob” darsligida berilgan tabiat mavzusidagi matnlar asosida insho tashkil etish. 2.1. Tabiat mavzusidagi insholarni tashkil etish 2.2.O`quvchilarni tarbiyalashda inshoning ahamiyati. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.
KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Insho - ijodiy ish: o`quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o`ylash, logik bog`lanishni belgilash, so`z, so`z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o`zaro bog`lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o`quvchidan aqliy kuchini to`la ishga solish bilan birga, o`z ma`naviy faoliyatini boshqarish ko`nikmasini ham talab etadi. Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo`shiladi. O´quvchi inshoni, u mustaqil, ijodiy xarakterda bo`lgani, «o`ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi. Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi - inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o`quvchilar nutqini o`stirish, aqliy, ijodiy o`sishiga mo`ljallangan dasturga o`tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada o`sdi. Bugungi kunda tabiat mavzusi global muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham o`quvchilarni kichik maktab yoshidanoq tabiatni asrash, uning boyliklaridan oqilona foydalanish, tabiat ne`matlarini ko`paytirish vaboshqa ijobiy munosabatlar doirasida tarbiyalashda bu mavzudagi inshoning o`rni kattadir. Mavzuning o’rganilganlik darajasi . Boshlang`ich sinflarda tabiat mavzusi bilan bog`liq o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko’nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi. Og`zaki va yozma inshoga o`rgatish jarayonida o`quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o`z inshoini aniq fikrga bo`ysundirish, material to`plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini 2
takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar ham amalga oshiriladi, ya`ni matnni yozishda imloviy va husnixatga doir matnni abzaslarga bo`lish, xat boshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. Og`zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. Ishning maqsadi va vazifasi . Savod o`rgatish mashg`ulotlarida va unga ma`lum bir o`zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish, insho yozish orqali o`quvchilarning aqliy va ijodiy faolligini oshirishbitiruv malakaviy ishi mavzusi bo`yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi. Yuqorida oldimizga qo`ygan maqasadimizdan kelib chiqib: Kurs ishida tanlangan mavzu bo`yicha ijtimoiy pedagogik, falsafiy-ma`rifiy, ilmiy-metodik hamda o`quv adabiyotlarni o`rganib chiqish va umumlashtirish. O`qish darsligidagi tabiat mavzusiga oid matnlar bilan ishlash jarayonini o`rganish va tahlil qilish. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o`rganish va tahlil qilish asosida savod o`rgatish mashg`ulotlarini shakllantirishga oid mashg`ulot mazmuni, maqsadi va qurilishini o`rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash. Boshlang`ich sinflarda tabiat mavzusi bilan bog`liq o`qish mashg`ulotlariga oid mashqlarning samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish.Tabiat mavzusiga bag`ishlangan insholarni tashkil qilish orqali o`quvchilarda ona tabiatga bo`lgan ijobiy munosabatini shakllantirish. Ishining ilmiy va amaliy ahamiyati . Ushbu kurs ishini bajarish natijasida boshlang’ich sinflarda tabiat mavzusi bilan bog`liq kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi. Tabiat mavzusiga bag’ishlangan janrlarning xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning 3
maqsadi, mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi. Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan nutq madaniyatini shakllantirishga oid mashg`ulotlarini boyitish, kichik maktab yoshidagi o`quvchilarida olib boriladigan turli o`quv predmetlarini takomillashtirish hamda ularning bilimini, malakasini oshirishda keng foydalaniladi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi . Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, har bir bobda ikta dan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 4
1 BOB INSHO YOZISH MALAKASI VA UNI SHAKLLANTIRISH USULLARI. 1.1.Insho turlari va uni tashkil etish. Avvalombor, boshlang`ich sinf o`quvchilarining ona tilidan egallagan bilim saviyasi ko`pdan biri hammamizni tashvishga solayotgan hech kimga sir emas. Samaradorlik avvalo o`quvchilarga “Nimani o`qitish” masalasi bilan chambarchas bog`liq. Ona tili ta`limidan o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan zaruriy bilimlar hamda shu bilimlarga muvofiq keladigan malaka va ko`nikmalar tizimi to`g`ri belgilansagina “Qanday o`qitish kerak” degan savolga javob topish mumkin. Yosh avlodni tarbiyalashda o`z ona tilida aniq, tushunarli, ta`sirchan, chiroyli so`zlarga o`rgatish masalasi asosiy o`rinda turadi. Insho arabcha so`z bo`lib, “yaratish”, “bunyod qilish”, “qurish” ma`nosini anglatadi. Inshoda muallifning so`z qo`llash mahorati, fikriy tafakkuri, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo`ladi. Insho mazmun va mohiyatiga ko`ra uch guruhga bo`linadi: Adabiy mavzudagi insholar; Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar; Erkin mavzudagi insholar. Insho 1-sinfda kichik og`zaki axborot va extirosli hikoyadan boshlanib, o`z fikrini ifodalashga, o`quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta`limtarbiyaiy ahamiyatga ega bo`lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi. Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo`lib, his-hayajon uyg`otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko`rgan-kechirganlari va o`zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o`rtasidagi sabab-natija bog`lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga o`rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi. Tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto undan ko`proq davom etadi, rasmlar esa insho yozishdan oldin ko`riladi. Insho yozish yoki og`zaki hikoya qilish darsni ilgari bajarilgan ishlarning yakunidir. Insho darsning umumlshtiruvchilik roli bog`lanishli nutq sohasidagi ko`nikmalarni egallash me`yoriga qarab ortib boradi. Insho yozish uchun 2-sinfda, odatda, bir dars zarur bo`lib qolsa, ikkinchi darsdan 5