logo

O‘rta asrlar davri Samarqandning yo‘llari va ularning Buyuk Ipak yo‘lida tutgan o‘rni

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3153.5 KB
O‘rta asrlar davri Samarqandning yo‘llari va ularning Buyuk Ipak yo‘lida tutgan o‘rni
Mundarija
 I- bob. Zarafshon vohasining tabiiy-geografik holati va vohaning ichki va tashqi
yo‘llarining o‘rganilishi. ........................................................................................ 6
 I-1. Zarafshon vohasining tabiiy-geografik holati ................................................ 7
I-2. Mavzuning o‘rganilishi. ............................................................................ 16
II- bob. Samarqand Sug‘di hududlaridan o‘tgan ichki va tashqi savdo yo‘llari .. 25
II -1.Ichki savdo yo‘llari .................................................................................. 25
II-2. Mamlakatlararo tashqi savdo yo‘llari. ..................................................... 37
III- bob. Samarqandning rivojlangan o‘rta asrlar davri tovar pul munosabatlari 40
III-1. Tovar pul munosabatlari. ....................................................................... 40
III-2. Tovar pul munosabatlarini mamlakat iqtisodiy qudratini ko‘tarishdagi 
roli .................................................................................................................... 42
XULOSA ............................................................................................................. 45
Adabiyotlar ro‘yxati ............................................................................................ 51
1 Kirish
Mavzuning   dolzarbligi.   Kishilik   jamiyati   tarixining   rivojlanishiga   nazar
tashlasak,   turli   hududlar   o‘rtasidagi   o‘zaro   aloqalar   biologik   va   ijtimoiy
zaruriyat   sifatida   paydo   bo‘lganligini,   o‘zaro   muloqot   va   aloqalar   dastlab
ma'lum.
Hududdagi tabiat mahsulotlarini o‘zaro almashishga intilish natijasida kelib
chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin. Ibtidoiy mahsulot almashuv tosh davridayok;
dastlab   bir-biriga   qo‘shni   bo‘lgan   jamoalar   o‘rtasida   olib   borilgan   bo’lsa,
metallurgiya davrining boshlanishi, shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va
rivojlanishi,   qadimgi   davlatlarning   paydo   bo‘lishi   bilan   qo‘shni   va   uzoq
o‘lkalarni   o‘zaro   bog‘lovchi   tranzit   aloqa   yo‘llari   shakllandi   va   rivojlandi.
Jamiyat taraqqiy etib borishi, ulov vositalari va g‘ildirakning kashf etilishi bilan
ichki   va   tashqi   iqtisodiy-madaniy   aloqalarga   xizmat   qiluvchi   aloqa-
kommunikatsiya   yo‘llari   tizimi   kengayib   bordi.   Shuni   alohida   ta'kidlab   o‘tish
kerakki,   O‘rta   Osiyo   hududi   tarixning   eng   qadimgi   davrlaridanoq   muxim
xalqaro   aloqa   yo‘llari   o‘tuvchi   joy   sifatida   Sharq   va   G’arb   mamlakatlari
o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Bu
O‘zbekiston   va   O‘rta   Osiyo   mintaqasining   qadimgi   Sharq   va   G’arb
sivilizatsiyalari   muloqotida   tutgan   o‘rnini,   jahon   sivilizatsiyasi   rivojiga
ko‘rsatgan ta'sirini belgilashda muhim o‘rin tutadi.
Tegishli   manbalar   Markaziy   Osiyo   xalqlari   rivojlangan   va   o‘ziga   xos
madaniyatga   ega   bo‘lganligini,   bu   madaniyat   bir-biri   bilan   va   Qadimgi   Sharq
sivilizatsiyasi   bilan   o‘zaro   aloqadorlikda   rivojlanganligini   ko‘rsatib   berdi.   Bu
aloqalarni   amalga   oshirishda   qadimgi   yo‘llarning   ahamiyati   beqiyos   bo‘lib,
ularning   shakllanishi   va   rivojlanish   bosqichlari   qadimgi   jamiyatlar,   xalqlar   va
davlatlar xayoti, iqtisodiy-madaniy aloqalari rivojiga mos ravishda borganligini
ko‘ramiz.   Umuman   olganda,   mintaqada   qadimgi   aloqa   va   savdo   yo‘llarining
2 paydo   bo’lishi   va   rivojlanishi   bir   necha   tarixiy   bosqichlarni   bosib   o‘tganligiga
e'tibor qaratish lozim.
Tadqiqotning davriy chegarasi.   Markaziy Osiyoda O‘rta asrlar davridagi
aloqa-savdo   yo‘llarini   o‘z   mohiyati   va   xususiyatlari,   yo’nalishi   va   doimiyligi
bilan bir-biridan tubdan farq qilgan quyidagi davrlarga: 1. IX-XIII asr boshlari.
2.   Chig‘atoy   ulusi   davri;   3.   Amir   Temur   va   temuriylar   davri.   4.   So‘ngi   O‘rta
asrlar davri aloqa-savdo yo‘llariga bo‘lib o’rganish maqsadga muvofiqdir. 
IX-XIII   asr   boshlari   aloqa   savdo   yo‘llari.   Bu   davr   savdo   va   madaniyat
markazlari   bo‘lgan   yirik   shaharlarning   ko‘payishi   va   taraqqiyoti   davri   bo‘lib,
ichki   hamda   tashqi   savdo-iqtisodiy   va   madaniy   aloqalar   rivojida   muhim   o‘rin
tutadi.   Buyuk   Ipak   yo‘lining   markaziy   yo‘nalishlari   bo‘yida   joylashgan
Movarounnahr   shaharlari,   nafaqat   Sharq   dunyosida,   balki   ulkan   Yevrosiyo
mintaqasi   miqyosida   amalga   oshiriladigan   tranzit   aloqalarda   katta   ahamiyatga
ega   bo‘ldi.   Iqtisodiy-madaniy   aloqalarning   rivojlanishi   savdo   yo‘llari
tarmoqlarining   kengayishiga   va   ular   faoliyatining   jonlanishiga   olib   keldi.   Ilk
musulmon   uyg‘onish   davri   sifatida   qaraladigan   bu   davrda   O‘rta   Osiyoda   ichki
savdo   yo‘llarining   muhim   yunalishlari   tashqi   tranzit   aloqalarda   ham   katta
ahamiyat kasb etgan.
Bu   yo‘llar   hunarmandchilik   va   madaniyat   markazi   bo‘lgan   shaharlarni
qishloqlar,   xomashyo   manbalari   va   foydali   qazilmalar   olinadigan   konlar   bilan,
shaharlar   va   viloyatlarni   bir-biri   bilan   bog‘lar   edi.   Mahalliy   ahamiyatga   ega
bo‘lgan savdo yo’llari qatorida Buxoro, Samarkand, Nasaf, Shosh, Farg‘ona va
Xorazm   vohasi   orqali   o‘tgan   yo‘llar   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   ular   tranzit
savdo yo‘llarining muhim tarkibiy qismlari hisoblanardi. 
Muammoning   o‘rganish   darajasi.   Markaziy   Sug‘dning   rivojlangan   o‘rta   asrlar
davri Markaziy Sug‘dning rivojlangan o‘rta asrlar davri  ichki va tashqi savdo yo‘llari  va
ularning   Buyuk   Ipak   yo‘lidagi   o‘rni   va     ahamiyatiga   kattaligi   bois,   Markaziy   Sug‘d
3 hududida   joylashgan   ichki   va   tashqi   yo‘llarini   joylashuv   o‘rni   va   ahamiyatiga   alohida
to‘xtalindi. Markaziy Sug‘dning ichki  va tashqi  savdo yo‘llari, tovar  pul  munosabatlari,
iqtisodiy   taraqqiyot   masallariga   e'tibor   qaratilib,   yo‘llarning   xaritasi   yaratilgan.   Yo‘llar
joylashuviga   oid   arab   mualliflarining   ma'lumotlari   keltirilgan.   Samarqand   shahridan
boshlanuvchi yo‘llar, ularning qaysi hududlarga borishi, Yo‘ldagi to‘xtash nuqtalari haqidagi
ma'lumotlar ko‘p yilik arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalar asosida to‘laqonli
bayon etilgan.   Yo‘llarning nomlari va tovar pul munosabatlari haqida faktlar keltirilgan.
Sug‘d   shaharlarining     mamlakat   iqtisodiy   va   etnomadaniy   rivojlanishdagi   tutgan   o‘rni
haqida tahliliy xulosalarga kelingan. 
Tadqiqotning maqsad va vazifasi.  Bizning xulosalarimizga ko‘ra, rivojlangan o‘rta
asrlar   boshlarida   Markaziy   Sug‘dda   6   ta   yirik   yo‘llar   bo‘lib,   ularning   kesishish   joyi
Samarqand hisoblangan. Markaziy Sug‘d shaharlari, jumladan uning markazi hisoblangan
Samarqand ikki ming yildan ko‘proq muddat davomida O‘rta Osiyoning eng yirik savdo-
sotiq markazlaridan biri bo‘lgan. Yozma manbalar tahlili ham Movarounnahrda Buyuk Ipak
yo‘li   bo‘ylab   eksport   bo‘luvchi   mahsulotlarning   katta   qismi   Samarqand   Sug‘di
iqtisodiyotiga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatib o‘tilgan. 
Bu   Markaziy   Sug‘dning   yuksalishida   yo‘llarning   ahamiyati   muhim   ekanligini
ko‘rsatadi. 
Tadqiqotning     maqsad   va   vazifalari.   Bu   tadqiqot   orqali   insoniyatning   tarixida
chuqur iz qoldirgan va integratsiya jarayonini boshlab bergan omillardan biri bo’lgan Buyuk
Ipak   yo’li   va   uning   Samarqand   yo’llarida   tutgan   o’rnini   yoritib   berish   va   Samarqand
yo’llarining bu yo’ldagi tarixiy ahamiyatini ko’rsatib berishdan iboratdir
Tadqiqotning   manbaviy   asoslari.   Tadqiqot   oldiga   qo’ygan   maqsadlarni   amalga
oshirish   davomida   turli   xil   tarixiy   manbalarni   o’rganib   chiqdi   va   turli
manbashunoslik,etnografiya,arxeologiya,numizmatika   sohalariga   oid   moddiy   manbalarni
o’rganish   asosida   yoritildi.Maskur   davrga   oid   bo’lgan   xitoy,   so’g’d,   arab,   fors,   rus   va
yevropa manbalariga asoslangan holda yoritildi.
4 Tadqiqot obyekti va predmeti.    Buyuk Ipak yo’lining ajralmas bir qismi bo’lgan va
asosiy jon tomiri bo’lgan Samarqand savdo yo’llarini yoritib berish va bu yo’lda joylashgan
rabotlar   va   shaharlar   joylashuvini   ,ularning   tuzulishini,   shuningdek     tashqi   aloqalarini
yoritish,taqdiqotning obyekti va predmeti qilib olindi.
Bitiruv ishining nazariy va uslubiy asoslari.   Tadqiqot ilmiy jihatdan metadologik
asosga   ega   bo’lib,   savdo   yo’llari   va   shaharlar   haqida   bizga   kerakli   ma’lumot
beradi.Shuningdek, tadqiqot davomida  So’g’dning geografik-tarixiy shamoili ham alohida
tariflanib o’tdi. Tarixiy manbalar asosida misollar va dalilar bilan yoritilib berildi.
5             I- bob.  Zarafshon vohasining tabiiy-geografik holati va vohaning ichki va     
tashqi yo‘llarining o‘rganilishi .              
6             I-1.  Zarafshon vohasining tabiiy-geografik holati
Zarafshon   vohasining   sharqdagi   tog‘li   hududlar   Turkiston,   Zarafshon   va
Hisor   tog‘   tizmalarining   shimoliy   sarhadlarini   egallagan   bo‘lib,   bu   hudud
adabiyotlarda   “Ko‘histon”   ya'ni   “tog‘lar   mamlakati”   degan   nom   bilan
mashhurdir.   Bu   tog‘lar   sharq   tomonga   qarab   ulkan   Oltoy   tog‘   tizmalariga
tutashib ketadi.
X-XII   asr   Sharq   manbalarida   ma'lum   bir   hudud   yoki   o‘lkaning   tarixiy
chegaralarini   belgilashda   ma'lum   bir   mezonlarga   amal   qilingan.   Tarixiy
geografik   asar   sanalgan   “Hudud   ul-Olam”da   nohiyalar   to‘rtta   o‘ziga   xos
xususiyati   bilan   bir-biridan   farq   qilishi   ko‘rsatib   o‘tilgan.   Ular   quyidagilardan
iborat:   “birinchisi-tabiati,   ya'ni   ob-havosi,   yer   yuzasining   shakli   va   iqlimi,
ikkinchisi-dinlari,   shariatlari   va   udumlari,   uchinchisi   tili,   to‘rtinchisi
podshohliklari ya'ni siyosiy-ma'muriy chegarasi”  1
Zarafshon   vodiysini   o‘rab   olgan   baland   tog‘li   hududlarining   relef
xususiyati   o‘tkir   cho‘qqili   va   muz   tog‘li   qoyalardan   shakllangan.   Tog‘larning
1
Ҳ удуд ул-олам (Мовароунаҳр тавсифи).Т.,2008. -Б.11
7Markaziy Sug’ tabiy 
geografik  xaritasi hozirgi   xususiyati   geologik   jihatdan   neogen   va   to‘rtlamchi   davrda   keskin
ko‘tarilishlar   bilan   xarakterlanadi.   Zarafshon   vodiysini   o‘rab   olgan   tog‘lar   esa
gersin tog‘  burmalanishi  bosqichida quruqlikka aylanib, yarim orol  ko‘rinishida
Tetis   dengizidan   chiqib   turgan.   So‘ngra   uzoq   vaqt   tashqi   kuchlar   ta'sirida
yemirilib, pasayib borgan. Ular asosan  paleozoy erasining ohaktoshlari, slanets,
granit,   gneys   kabi   jinslaridan,   orasidagi   botiqlar   esa   mezozoy   va   kaynozoy
eralarining lyossimon yotqiziqlaridan iborat.
Voha   iqlimining   o‘ziga   xosligi,   albatta,   sezilarli   darajada   uning
gidrografiyasi   xususiyatiga   ham   katta   ta'sir   ko‘rsatadi.   Vodiyning   barcha   daryo
va   soylari   Zarafshon   vodiysiga   ta'luqlidir.   Daryoning   bosh   qismidan,
Panjikentgacha bo‘lgan hududda unga Hisor tog‘laridan boshlanuvchi uchta katta
daryolar-Fandaryo,   Qishtut,   Mog‘iyondaryo   va   yuzdan   ortiq   katta-kichik   soylar
kelib   quyiladi.   Shuning   uchun   Zarafshon   daryosi   qor   va   muzliklar   suvidan
tashkil topgan daryolar sirasiga kiradi. Zarafshon daryosi shimoldan Turkiston va
janubdan Hisor hamda Zarafshon tizmalari tutashgan yerda-3154  m  balandlikda 2
joylashgan   Zarafshon   muzligidan   boshlanadi.   Shu   sababli   suvning   eng
ko‘paygan   vaqti   yilning   eng   issiq   yoz   oylariga,   ya'ni   iyul   va   avgust   oylariga
to‘g‘ri   keladi.   Daryoning   tepasida   mangu   muzliklar   bilan   qoplangan     qorli
cho‘qqilar va yirik  tog‘ ko‘li Iskandarko‘l mavjud 3
. 
Turkiston   va   Zarafshon   tog‘   tizmalarining   orasida   Zarafshon   vodiysining
yuqori tog‘li qismi joylashgan bo‘lib, bu hududdan vohaning asosiy suv manbai
Zarafshon   daryosi   oqib   o‘tadi.   Daryo   O‘rta   Osiyoning   uchinchi   yirik   daryosi
sifatida sharqda Zarafshon muzliklaridan bosh olgan, g‘arbga qarab o‘rtacha 781
km   masofada   oqib   o‘tadi.   Daryo   o‘z   yo‘lida   qadimdanoq   10   ming   gektarlab
unumdor   vodiyning   deyarli   barcha   tekis   hududlarini   suv   bilan   ta'minlagan   va
qolgan suvlari    g‘arbda Sanduqli  qumliklariga singib ketadi. Mahalliy relefning
2
Шульц  В. Л. Гидрография Средней Азии, // Ташкент, 1958.-С. 59
3
Муҳаммаджонов А. Р. Қуйи Зарафшон водийсининг суғорилиш тарихи. // (қадимги даврдан то XX аср бошларигача). 
Т .,1972, - Б .23
8 xarakteriga   va   geologik   tuzilishga   ko‘ra   bu   qadimiy   o‘zan   paleozoy   davri
qatlamlaridan   tashkil   topgan   bo‘lib,   mezzo-kaynozoy   davri   qoldiqlari   bilan
to‘lgan. Daryoning eng yuqori oqimi kengroq bo‘lib 1-3 kilometrni tashkil etgani
holda,   Tojikistonnning   Panjikent   tumanidagi   Langlif   qishlog‘i   yaqinida   u
o‘zining  juda ham  tor  va  chuqur   o‘zaniga ega  bo‘ladi  va  bir  necha  o‘nlab metr
kenglikdagi   tor   vodiydan   oqib   o‘tadi.   Panjikent   shahri   atroflarida   vodiyning
kengligi 15 km ga boradi.
Zarafshon va Hisor tog‘ tizmalarining oralig‘ida nisbatan kichik daryolar-
Yag‘nob   va   Iskandardaryo   vodiylari   joylashgan.   Ushbu   tor   daryolar   havzalari
nisbatan balandlikda, 2000-3000 metrda joylashgan bo‘lib ulardan biri Yag‘nob
vodiysini   Zarafshon   daryosidan   Zarafshon   tizmalari   ajratib   turadi   va   bu   daryo
ma'lum bir hududda Zarafshon daryosi bilan parallel ravishda oqadi. Daryoning
yuqori tomonida uning qirg‘oqlari past va tog‘li hududning kengroq qismida esa
atrofi baland tig‘li tog‘ Gulbos tog‘li vodiysidan oqib chiqadi.  
Panjikent   shahridan     sharq   tomonda   joylashgan   Dashti   Qozi   qishlog‘i
atrofida   Zarafshon   daryosi   tog‘li   hududdan   tekislikka   chiqadi   va   mana   shu
joydan boshlab u tekislik daryosiga aylanadi. Agar daryo to boshlanishidan mana
shu hududgacha bo‘lgan 300 km masofada o‘zining irmoqlaridan faqat suv qabul
qilib   olgan   bo‘lsa,   tekislikka   chiqqandan   keyin   esa   juda   kam   tog‘   soylari   kelib
qo‘shiladi.   Masalan,   Zarafshon   vohasining   janubidagi   tog‘lardan   Urgutsoy,
Omonqo‘tonsoy,   Ohalik   kabi   soylar,   shimol   tomonidan   Nurota   va   Oqtog‘
tizmalaridan-To‘sinsoy,   Kattasoy,   Ko‘ksaroysoy   soylari   Zarafshonga   qarab
oqsada, ularning suvi  to‘laligicha o‘sha hududlarni sug‘orishga sarflanadi, faqat
bahorgi   toshqin   davridagina   ba'zi   ortiqcha   suvlar   Zarafshonga   yetib   kelishi
mumkin.   Bu   soylar   qor-yomg‘ir   va   yer   osti   suvlaridan   to‘yinadi.   Shu   sababli
ularning   suvi   bahorda   ko‘payib,   yoz   va   qishda   juda   kamayib   qoladi.   Ba'zan
bahorgi jalalar tufayli ularning suvi ko‘payib, toshib ko‘p joylarga zarar keltiradi.
Bu   soylar   atrofida   ham   asrlar   davomida   bir   nechta     yirik   shaharlar,   yuzlab
9 qishloqlarni o‘z ichiga olgan kichik vohalar shakllangan.
Zarafshon daryosi tekislikka chiqib Sarazm aholi punktiga yaqinlashgach u
o‘zidan   ko‘plab   katta-kichik   suniy   kanallar,   ariqlar   orqali   suv   zahirasini   suniy
sug‘orish   tizimiga   sarf   qiladi.   Mana   shu   joydan   boshlab   u   keng   vodiy   bo‘ylab
oqadi. Samarqand shahri yaqinida, aniqrog‘i Cho‘ponota yaqinida daryo ikkiga-
Oqdaryo   va   Qoradaryoga   bo‘linadi.     Shimoliy   tarmog‘i   Oqdaryo   (uzunligi   131
km), janubiy tarmog‘i Qoradaryo (uzunligi 126 km) Xatirchi yaqinida qo‘shilib,
Miyonqol   orolini   hosil   qiladi.   Bu   ulkan   orol   Samarqand   Sug‘dining,   eng   ko‘p
ekin   maydonlariga   ega   bo‘lgan   va   aholisi   dehqonchilik   hududi   hisoblanadi.
Miyonqolni   hosil   qilgan   Oqdaryo   va   Qoradaryodan 4
  Miyonqolga,   ham   unga
qo‘shni   bo‘lgan   hududlarga   o‘nlab   katta-kichik   kanallar,   yuzlab   ariqlar
chiqarilgan va bu hududda ulkan sun'iy sug‘orish maydoni hosil bo‘lgan. Bu ikki
daryo   Xatirchi   tumani   hududida   yana   bir-birlari   bilan   qo‘shiladi   va   yagona
daryoni hosil qilgani holda g‘arbga qarab oqadi. Zarafshon daryosi Karmanadan
g‘arbroqda,   janubiy-g‘arbga   qarab   buriladi   va   Buxoroning   shimolidan   oqib,
Qorako‘ldan o‘tib Qizilqumga singib ketadi.
Zarafshon daryosi muz va qorlarning erishidan to‘yinadi. Shu sababli uning
to‘lin   suvli   davri   iyun-iyul   oylariga,   eng   kam   suvli   davri   qish   oylariga   to‘g‘ri
keladi.   Hozirgi   paytda   uning   suvlari   asosan   Samarqand   va   Navoiy,   qisman
Buxoro   vohasini   sug‘orishga   sarflanib,   Eski   Tuyatortar 5  
  kanali   orqali   Sangzor
vodiysiga, Eski Anhor kanali orqali esa Qashqadaryo viloyatiga suv beradi.  
Zarafshon   vohasining   yuqori   tog‘li   qismining   iqlimi   quruq,   qishi   o‘rtacha
qorli,   chunki   baland   tog‘lar   shimoldan   va   janubdan   vodiyga   esishi   mumkin
bo‘lgan nam havo oqimlarining yo‘lini to‘sib turadi.
G‘arbda, vohaning past  qismida (dengiz sathidan 980-1400 m balandlikda)
4
Sebastian S, Bernardo R, Mantellini S. Canals versus horses: political power in theoasis of Samarkand // World Archaeology, 
(2009),41:1 – Р .73 — 87
5
Бартольд В.В. Работы по исторической географии. // Соч. Т. III. - М.: Наука, 1965,- 
  С.196
10 yillik   atmosfera   yog‘in   miqdori   320-360   mm   ni   tashkil   etadi.   Sharq   tomonga,
tog‘li   hududga   qarab   yog‘in   miqdori   ko‘paya   boradi.     Yog‘in   miqdori   asosan
bahorda   ko‘payadi.   O‘lka   iqlimini   hosil   qiluvchi   omillar   (quyosh   radiatsiyasi,
havo   massalari   harakati,   yer   usti   tuzilishi   va   hokazo)   ta'sirida   iqlim   xususan
harorat   bilan   yog‘inlar   miqdori   g‘arbdan   sharqqa   va   tog‘   yonbag‘irlari   bo‘ylab
pastdan   yuqori   tomon   o‘zgarib   boradi.   Zarafshon   tabiiy-geografik   o‘lkasi
subtropik kengliklarda joylashgan bo‘lib, uni quyosh uzoq vaqt isitib turadi. Shu
sababli   quyoshning   yalpi   radiatsiyasi   bir   kv   sm   yuzaga   bir   yilda   150   kkal.ni
tashkil qiladi. 
Zarafshon   vohasi   o‘zining   juda   issiq   yozi,   qattiq   va   qorli   qahraton   qishi
bilan,   kunlik   va   tunlik,   yillik   mavsumiy   temperaturaning   katta   farqi,   quyoshli
kunlarning   uzunligi,   yog‘in   sochinlarning   yil   bo‘yi   tartibsiz   yog‘ishi   bilan   ham
xarakterlanadi.   Yillik   o‘rtacha   temperatura   tekislik   qismida   12-15°,   tog‘li
kismida   12-0,7°   ni   tashkil   etadi.   Vohaning   birmuncha   sovuq   qismi   qish   payti
Urgutda   (h=1000   m.)   +0,5°,   Omonqo‘tonda   (h=1200   m.)   –0,6°darajaga     teng
bo‘ladi 6
.   Yoz   vodiyning   tekislik   qismida   issiq   bo‘lib,   uzoq   davom     etadi,   iyul
o‘rtacha   temperatura   25-29°,   tog‘li   qismida   esa   20-7,7°   ga   teng.   Ba'zan
temperatura     tekislik   qismida   44°   ga,   tog‘li   qismida   33°   ga   chiqadi.   Qish
vodiyning   tekislik   qismida   ancha   iliq   bo‘lib,   yanvarning   o‘rtacha   temperaturasi
0°   dan   -1,3°   gacha,   tog‘li   qismida   -3°   dan   -10°   gacha   bo‘ladi.   Eng   past
temperatura   o‘rtacha-35°   ga   teng.   Yillik   yog‘in   114-400   mmga   teng   (g‘arbdan
sharqqa ortib boradi), faqat Zarafshon tizmasining g‘arbiy qismi-Omonqo‘tonda
881 mm ga teng. Yog‘inning ko‘p qismi  tekislik kismida yilning sovuq faslida,
tog‘liq qismida esa issiq faslda bo‘ladi . 7
Zarafshon daryosining mavjudligi bois tabiiy ravishda paydo bo‘lgan noyob
6
Хасанов И.А., Никадамбаева Х.Б. Физическая география Узбекистана. //  
Тошкент .,2017 .-С.83
7
Ўз МЭ, том VI. З ҳарфи.  Тошкент .,2001. –Б 42 бет 
11 iqlim   sharoiti   Zarafshon   vohasi   va   uning   atrofini   o‘ragan   Nurota   va   Zarafshon
tog‘ tizmalaridagi o‘nlab soylar bu o‘lkada juda qadimdanoq aholining yashashi,
terimchilik,   keyingi   zamonlarda   o‘troq   dehqonchilik   bilan   shug‘ullanishlariga
imkon   yaratgan   va   shu   tariqa   bu   vohada   ilk   temir   davridan   boshlab   sun'iy
sug‘orish   tizimlarining   paydo   bo‘lishiga,   va   urbanizatsiya   jarayonlarining
shakllanishiga zamin yaratgan.
Zarafshon   vohasining   sersuv,   yam-yashil   tabiati   to‘g‘risidagi   malumotlar
o‘rta asr georgafik asrlarida ham o‘z aksini topgan. 
Hudud   ul Olam, Ibn Hurdodbeh, Ibn Xavqal, Istaxriy, Muqaddasiy, Yoqut
kabi mualliflar Sug‘d va uning tarkibiga kiruvchi ma'muriy birliklarning tabiiy-
geografik,   iqtisodiy   va   siyosiy   ahvoli   xususida   so‘z   yuritganlar.   Mazkur
manbalarda Sug‘dning daryo, ko‘l va ariqlari (kanallari) tilga olingan. Zarafshon
daryosi   ko‘pincha   arab   manbalarida   Cug‘d   daryosi   deb   tilga   olingan.   Daryo
boshlanadigan   Zarafshon   tizmasi   al-Butam   tog‘lari   deb   nomlangan.   Unda   Nahr
Barsh,   Nahr   Bormish,   Nahr   Bashmin,   Nahr   Ishtixon,   Nahr   as-Sinovob,   Nahr
G‘ubor   kabi   ariqlar   tilga   olingan.   Mualliflar   Sug‘dning   rustoqlaridan   oqib
o‘tuvchi   ariqlarni   shu   rustoq   nomi   bilan   ham   atashgan 8
.  Istaxriy  Sug‘dning  suv
manbalari serobligi bilan ajralib turishi va ular Buttam, Ushrusana va Samarqand
tog‘laridagi qorlardan to‘yinishini ta'kidlab o‘tgan.  9
O‘rta asr arab-fors tarixiy va georgafik yozma manbalarida Samarqandning
tarixiy-georgafiyasi   va   ijtimoiy   iqtisodiy   hayoti   xususida   ham   yetarlicha
ma'lumotlar joy olgan. 
Musulmon   manbalarida   Samarqand   So‘g‘dining   tabiati,   iqlimi   va   ob-
havosiga   alohida   e'tibor   berishgan.   Sug‘dni   Movarounnahrning   boshqa
8
Ибн  Ҳавқал. Китоб ал-Ард. Ернинг сурати китоби. //  Тошкент  ., 2011.-Б.57-61
9
Истахрий. Китаб ал-Масалик вал-Мамалик. Йўллар ва ўлкалар китоби. //  Тошкент .,
2019.-Б.161
12 mintaqalaridan   sersuvligi   va   yam-yashilligiga   alohida   urg‘u   berishgan.   Istaxriy
o‘zining   “Kitab   al-Masalik   val-Mamalik”   asarida   Sug‘dning   tabiati   xususida
qiziqarli   ma'lumotlar   uchraydi:   “Samarqand   Sug‘di   biz   aytgan   eng   obod   uchta
joyning   biridir.   Gullab-yashnagan   Sug‘d   vodiysi   Buxorodan   Buttam
chegarasigacha o‘ng va so‘l tomondan uzluksiz tutashib ketgan. U yashil bog‘lari
bir-biriga   ulashgan   sakkiz   kunlik   masofadagi   ko‘kalamzor   maydonlardan
iboratdir. Doimiy oqib turuvchi daryolar bilan o‘ralgan. Bog‘lar va maydonlarida
hovuzlari bor. Yam-yashil daraxtzor va ekinzorlari vodiyning ikki tarafi bo‘ylab
davom etadi. Ularning ortini dalalar to‘ldiradi. Ulardan keyin chorva yaylovlari
boshlanadi.   Ko‘kalamzorlar   qo‘rshovidagi   har   bir   shahar   va   qal'a   yashil   ipak
ko‘ylak   kabi   yashnab   turadi.   Bu   joy   anhorlar   o‘zani   bo‘ylab   chok   tortilgan   va
mustahkam qasrlar bilan bezatilgan, Allohning daraxtlari va anvoyi gullari bilan
ziynatlangan o‘lkadir. Barcha manzillarda bog‘lar,hovuzlar va oqar suvi bor ” . 10
Shuningdek, muallif Samarqand shahri va uning tevaragining tabiatiga ham
alohida     to‘xtalib   o‘tgan.   “Samarqand   tuprog‘i   eng   unumdor   va   quruqdir.
Ko‘chalari va hovlilaridagi oqar suvlar ko‘p bug‘lanmaganida va daraxtlari mo‘l
bo‘lmaganida, bu quruqlik ularga zarar yetkazardi. 
  ....Sug‘d   vodiysidagi   balandlikdan   atrofga   nazar   solgan   kishi   davomli
yashillik   va   orada   qasr,   qal'alar   ko‘rinib   qoladigan   manzaradan   boshqasini
ko‘rmaydi.   Varag‘sarda   uzumzorlar,   ekinzorlar   va   bog‘lar   bor,   ulardan   xiroj
olinmaydi. Xiroj o‘rniga daryo to‘g‘onini mustahkamlash va suv oqishini nazorat
qilish   ishlari   topshirilgan.   Daryo   suvining   miqdori   yozda   Buttam,   Ushturshona
va Samarqand tog‘lari qorlariga bog‘liqdir”  11
.
Muallifi   noma'lum   bo‘lgan   “Hudud   ul   Olam”   asarida   Movarounnahr
10
Истахрий. Китаб ал-Масалик вал-Мамалик. Йўллар ва ўлкалар китоби.  // Тошкент
., 2019. -Б.134-135
11
Истахрий. Китаб ал-Масалик вал-Мамалик. Йўллар ва ўлкалар китоби. // 
Тошкент  ., 2019. -Б.158-   161
13 tumanlari   orasida   Sug‘dning   tabiati   eng   qulayligi,   oqar   suvlari   va   daraxtlari
ko‘pligi,   havosi   sog‘lomligi   (tozaligi-muallif)   ta'kidlangan 12
.   Ibn   Havqal   ham
Samarqand Sug‘dining o‘z davridagi tabiati xususida ma'lumotlar keltirib o‘tgan:
“Samarqand Sug‘dida esa,  biz u yerda biror  bir  yer  yoki shaharni  bilmaymizki,
agar   odam   uning   qo‘handiziga   chiqsa,   uning   nazari   daraxtlardan   xoli   bo‘lgan
tog‘lar   yoki   changli   sahroga   tushsa.   Chunki   ularning   dalalari   daraxtlar   bilan
o‘ralgan, yam-yashillikka burkangan. 13
“Samarqand   Sug‘di   esa   men   zikr   etgan   uchta   [eng   go‘zal]   yer,   [ya'ni]
Damashq   al-Butasi   va   al-Ubulla   vodiysi   ichida   eng   gullab   yashnaganidir.   Fors
ahlining   aytishicha,   u   Bavvon   darasi   kabidir,   chunki   Buxoro   chegarasidan   as-
Sug‘d vodiysining o‘ng va chap tomonida al-Buttam [tog‘li  o‘lkasi] chegarasiga
qadar   dalalar   cho‘zilgan   bo‘lib,   ularning   yam-yashilligi   uzluksiz,   gullab-
yashnashi   cheksizdir.   Ular   shunchalik   ko‘pki,   [yulovchi]   sakkiz   kunlik   yo’l
davomida   ketma-ket   bog‘lar,   bo‘stonlar,   yaylovlar   va   daralar   orasidan   yurib,
[uning   yo‘li]   yaylovlar   va   dalalar   orasidagi   suvlari   to‘xtovsiz   oqib   turuvchi
anhorlar   va   hovuzlarning   mavjudligidan   yana   ham   yengillashadi.   Daraxtlarning
va   o‘simliklarning   yam-yashilligi   daryoning   ikkala   tomoni   bo‘ylab   cho‘zilgan,
ularning   ortida   ekinzorlar   [joylashgan],   ekinzorlar   ortida   esa   ularni   go‘yo
qo‘riqlab   turgandek   podalarga   [boy]   yaylovlar,   qasrlar   va   yam-yashilliklar
orasida   charaklab   turgan   xar   bir   shahar   va   qishloqning   qal'alari[joylashgan]
bo‘lib,   go’yoki   suv   yo‘llari   yashil   ipak   mato   ustidan   qo’yib   yuborilgandek   va
qasrlar bilan bezatilgandek.
[as-Sug‘d]   Allohning   eng   toza,   eng   daraxtlari   ko‘p,   eng   farovon   va   eng
mevalarga   boy   o‘lkasidir.   Uning   barcha   aholi   maskanlari   bog‘lar,   hovuzlar   va
oqar suvlar bilan zich o‘ralgan. U yerda biror bir ko‘cha, mahalla, bozor, tuman,
qasr yoki shahar yo‘qki, unda oqar suv yoki sokin [suvli] hovuz bo‘lmasa”. 14
12
Ҳудуд ул олам (Мовароунаҳр тавсифи).Т.,2008. –Б.11-
13
Ибн  Ҳавқал. Китоб ал-Ард. Ернинг сурати китоби.  // Тошкент. ,  2011. -Б.28
14     “Ishtixan-alohida   [joylashgan]   shahar,   [havosi]   juda   ham   sog‘lom,
qamishzorlar   ko‘p.   [Umuman   olganda],   butun   as-Sug‘d   [yerlari],   unumdorligi,
gullab-yashnaganligi,   daraxtlari,   mevalari,   ekinzorlari,   ko‘kalamzorligi   va
sog‘lomligi   bo‘yicha   bir-biriga   o‘xshashdir.   [Fakat]   al-Kushoniya   bundan
istisnodir. U as-Sug‘dning yuragi va uning eng aholisi ko‘p qismidir”. 15
Musulmon   manbalarida   Samarqand   So‘g‘dining   tabiatiga   alohida   e'tibor
berishgan.   Sug‘d   Movarounnahrning   boshqa   mintaqalaridan   sersuvligi   va   shu
boisdan   yam-yashilligiga   urg‘u   berishgan.   Musulmon   tarixiy-geografik
manbalarda   tilga   olingan   tog‘lar,   daryolar   va   kanallar   o‘sha   davrdayoq
Samarqand   Sug‘dining   mintaqadagi   yetakchi   iqtisodiy   va   siyosiy   mavqyeini
belgilab bergan asosiy omillardan bir bo‘lgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
14
Ибн  Ҳавқал. Китоб ал-Ард. Ернинг сурати китоби. //  Тошкент. ,  2011. -Б.29
15
Ибн  Ҳавқал. Китоб ал-Ард. Ернинг сурати китоби. //  Тошкент ., 2011. -Б.64
15 I-2. Mavzuning o‘rganilishi.   
Samarqandning   o‘rta   asrlar   davri   ichki   va   tashqi   savdo   yo‘llari   yetarli   darajada
o‘rganilgan. Biroq bu yaxlit tadqiqot sifatida olib borilmagan. 
Zarafshon vohasi o‘rta asr shaharlari orasida eng kattasi va ko‘p o‘rganilgan yodgorligi
Samarqand   hamda   uning   qadimgi   o‘rni   Afrosiyobdir.   Samarqand   shahrining   bu   ulkan
arxeologik yodgorligini o‘rganishga qiziqish XIX asrdanoq boshlangan. Tarixshunoslikda
Samarqand va uning yodgorliklari haqidagi dastlabki ma'lumotlar Rossiyaning 1841- yilda
Buxoro amirligiga jo‘natilgan muhandislari K.F. Butenev va F. Bogoslovskiylar missiyasi
tomonidan berilgan. Ushbu missiya oldiga kon ishlaridan tashqari O‘rta Osiyo to‘g‘risida
ilmiy ma'lumotlar to‘plash vazifasi yuklatilgan bo‘lib, missiya a'zolaridan biri sharqshunos
olim N. V. Xanikov 16
 qadimiy shaharning tipografiyasiga oid muhim ma'lumotlar keltiradi. 
Samarqand   yodgorliklari   to‘g‘risidagi   ilk   ma'lumotlar   sharqshunos   olim   N.V.
Xanikov   asarlaridan bizgacha yetib kelgan. N.V. Xanikovning kuzatishlari, tadqiqotlari 17
hozir ham  o‘z qimmatini va ahamiyatini yo‘qotmagan.
16
Ханыков Н. Описание Бухарского ханства. // СПб, 1843.-С.100-105
17
Ханыков Н. Описание Бухарского ханства. //  СПб, 1843
16 Rustoqlari.
A.Aslanov asosida O‘zining Samarqand safarida Afrosiyobga tashrif buyurgan olimni  shahar mudofaa
devorlari, darvozalari, shahar arki va shaharning qadimiy sug‘orilish tizimlari qiziqtirgan. U
shahardan 4 verst (1 verst-hozirgi o‘lchovlarda 1,066 metrni tashkil etadi) g‘arbda qadimiy
devor qoldiqlarini uchratgan va shahar qadimda katta maydonni egallaganligini yozgan.
Qadimiy shahar qoldiqlari esa Zarafshon daryosigacha cho‘zilgan bo‘lib, bu joylar mahalliy
aholi tomonidan Qal'ayi Afrosiyob nomi bilan yuritilgan.
O‘sha kezlarda ushbu missiya tarkibida kelgan   topograf Yakovlev Samarqand va
uning atroflarini o‘rab olgan mudofaa devorlarining xaritasini chizgan. Unda Afrosiyob,
Registon va shahar ichi hamda atroflaridagi barcha qadimiy me'moriy obidalar, shu bilan
birga Samarqandni o‘rab turgan Devori Ko‘ndalang hamda Devori Qiyomat aks etgan. N.V.
Xanikov Devori Qiyomatni  Samarqand shahrining qadimiy mudofaa devorlari qoldiqlari,
deb atagan edi.
Samarqand   tarixiga   qiziqish   ayniqsa   shaharning   Turkiston   general-gubernatorligi
tarkibiga kiritilganligidan keyin kuchaygan. Bu qiziqishlar ichida O‘rta Osiyo tabiati ustida
ish   olib   borgan   yosh   olim   A.P.   Fedchenkoning   kuzatishlari   muhimdir.   Olim     o‘zining
“Puteshestvie   v   Turkestan”   asarida   Samarqandning   qadimiy   yodgorliklarini   batafsil
ta'riflagan 18
.   Uni   Afrosiyob   xarobalari   va     Zarafshon   vohasidagi   qadimiy   arxeologik
yodgorliklar juda qiziqtirgan.
O‘sha   davrda   Afrosiyobdan   topilgan   terrakota   haykalchalar,   metall   va   sopol
buyumlar hamda boshqa noyob topilmalar bu hududda qazishma ishlarining boshlanishiga
sabab bo‘lgan. Bunday qazishmalar dastlab 1874- yildan mayor Borzenkov tomonidan olib
borilgan.   Keyinroq,   1883-   yilda   V.V.   Krestovskiy   Afrosiyobda   qazishmalar   o‘tkazib,
birinchi   marta   Afrosiyobni   yunon   manbalarida   tilga   olingan   Marakanda   shahri   bilan
lokalizatsiya qilgan. V.V. Krestovskiyning “arxeologik” qazishmalari ilmiy metodikadan
yiroq, ko‘proq qadimiy buyumlarni topish, to‘plash, kolleksiya qilish, “xazina izlash” kabi
maqsadlarda olib borilgan.
18
Ф едченко А.П. Путешествие в Туркестан, // М., 1950 -С.74–125
17 1883- yilda Toshkent vohasi va Samarqandda arxeologik qazishmalar olib borish
tarixchi-sharqshunos olim N.I. Veselovskiyga yuklangan. 1885- yilda Samarqandga kelgan
N.I. Veselovskiy  Afrosiyobning bir necha joyida har xil o‘lchamdagi  shurflardan iborat
bo‘lgan qazishma ishlari olib borgan 19
. Bu qazishmalarda ba'zan me'moriy qoldiqlar ham
topilgan bo‘lsada, bu ishlar ham qazish metodikasidan yiroq bo‘lib, faqat noyob arxeologik
artefaktlar   topishga   qaratilgan.   Bu   esa,   keyinroq,   V.V.   Bartold,   A.Yu.   Yakubovskiy   va
boshqa olimlarning jiddiy e'tirozlariga sabab bo‘lgan. 
N.I.   Veselovskiyning   Afrosiyobda   olib   borgan   tadqiqotlarining   eng   muhimi
Afrosiyob yodgorligining 1:2100 masshtabdagi topografik tarhining tuzilishi bo‘lgan. Bu
tarh harbiy topograflar Vasilev va Kuzminlar tomonidan tuzilgan.  
1904 -yilda Samarqandga V.V. Bartold tashrif buyurib u Afrosiyob arkidan g‘arb
tomonda qazish ishlarini boshlagan. Olim o‘rta asrlar yozma manbalariga tayanib, mana shu
joyda Samarqandning jom'e masjidi joylashganligini taxmin qilgan va keyinchalik uning
fikrlari   to‘g‘ri   bo‘lib   chiqqan.   Keyingi   qazishmalarda   Samarqand   jom'e   masjidining
mahobatli devorlari, nafis me'moriy bezaklar ochila boshlagan. 
1904-   yilda   V.L.   Vyatkin   ham   Afrosiyobda   o‘zining   dastlabki   qazishmalarini
boshlagan. Qazishmalar Afrosiyobdan ma'lum masofa g‘arbda, Novadon arig‘ining chap
qirg‘og‘ida,   balandda   joylashgan   Namozgohni   izlashdan   boshlangan   va   uning   maydoni
aniqlangan (427x320 m).
V.L. Vyatkin Afrosiyobda  1904-  yildan keyingi  tadqiqotlarida yozma manbalarga
etibor   qaratdi 20
.   Samarqand   viloyatining   tarixiy   topografiyasi   va   tarixiy   geografiyasi
to‘g‘risida bir qancha asarlar yozdi.
1905-   yilda   V.L.   Vyatkin   V.V.   Bartoldning   Samarqand   masjidi   o‘rnidagi
qazishmalarini   davom   ettirib,   masjidning   ichki   tuzilishini   o‘rganish   borasida   yaxshi
natijalarga erishdi va birinchi marta masjidning maydoni 128x78 m ekanligini aniqladi.
19
Бартольд  В.В. Н.И.Веселовский как исследователь Востока и истории русской науки. ЗВО, ХХ V, 1921 - С. 337-355
20
Вяткин В.Л. Афрасиаб - городища былого Самарканда, // Т., 1927
18 Ammo   olib   borilgan   arxeologik   qazishmalar   to‘g‘risida   olim   juda   oz   ma'lumotlar
qoldirgan 21
. 
1909-1910-   yillarda   V.V.   Vyatkin   tomonidan   Samarqandning   sharqiy   qismida
joylashgan Tali Rasad tepaligida Mirzo Ulug‘bekning mashhur rasadxonasini ochdi. Bu
kashfiyot fan tarixida o‘ta muhim yangilik sifatida tan olingan.
1920 yillar davomida V.L. Vyatkin Afrosiyobda qazishmalar olib borib, shahar jom'e
masjidi   va   ark   o‘rtasida   hovuz   bo‘lganligi,   undan   oqib   chiqqan   ariq   masjidni   aylanib
oqqanligini, mana shu hovuzdan arkka quvurlar orqali suv borganligini aniqlagan. Shu bilan
birga,   V.L.   Vyatkin   Samarqand   arkining   shimoli-g‘arbiy   qismi   Somoniylar   davrida
qabristonga   aylanib ketganligini  va Xorazmshohlar   davriga kelib  bu  yerda  shahar   yana
tiklanganligini   ham   aniqlagan.   Bu   albatta   Samarqand   shahri   shahristoni   topografiyasini
o‘rganishda juda katta ahamiyatga egadir.
V.V.   Bartold   V.L.   Vyatkinning   manbashunoslikdagi,   Samarqand   me'moriy
obidalarini   muhofaza   qilishdagi   say-harakatlarini   ijobiy   va   yuksak   baholaydi.   Ammo
keyinchalik  A.Yu. Yakubovskiy  V.L.  Vyatkinning arxeolog sifatidagi  faoliyatini  keskin
tanqid qiladi.
1930-   yillarda   Afrosiyobda   maxsus   arxeologik   qazishmalar   olib   borilmadi,   lekin
tadqiqotlar Afrosiyobning g‘arbiy tomonidan o‘tgan aeroport yo‘lini qurilishida arxeologik
kuzatuv  ishlarini   olib  borishdi   va  bu  hududda  aholining  turar-joylari  qoldiqlari,  kulollar
xumdonlari, tandirlar qoldiqlari o‘rganilgan.
Bu   davrda   asosiy   e'tibor   Samarqand   viloyati   hududini   arxeologik   o‘rganishga
qaratildi.   I.A.   Suxarev   tomonidan   Zarafshonning   janubidagi   hududlar,   hozirgi   Urgut,
Pastdarg‘om   va   Kattaqo‘rg‘on   tumanlarida   arxeologik   qidiruv   ishlari   olib   borilgan 22
.
Samarqand atrofidagi Qunduz Co‘fi, Qizlartepa kabi tepaliklar va Darg‘om kanali bo‘yidagi
Kofirqal'ada arxeologik qazishma ishlari o‘tkazilgan.
21
Шишкин В.А. К истории  археологического изучения Самарканда и его окрестностей. // Сб. “Афрасиаб” Вып I, Ташкент, 
1969
22
 Сухарев И.А. Наскальные изображения Илан –сая. Социалистическая наука и техника. // (СОНАТ), Ташкент, 1938, №8. -
С.61-67
19 1936- yildan G.V. Grigorev tomonidan Talli Barzu yodgorligida arxeologik qazishma
ishlari boshlangan va bir necha yil  davomida katta miqdorda arxeologik topilmalar qo‘lga
kiritilgan 23
.
Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalar urushdan keyin, 1945- yildan A.I. Terenojkin
tomonidan  olib  borildi 24
.  A.I.  Terenojkin  boshchiligida  olib  borilgan   qazishma   ishlarida
Samarqandning tarixiy topografiyasiga oid ko‘pgina ma'lumotlar qo‘lga kiritiladi. Jumladan,
Xo‘ja Doniyor mozoridan g‘arbda, Siyobga tushiladigan joyda qurolsozlik ustaxonasi, uning
yaqinida kulollar xumdonlari topiladi 25
.
Afrosiyob   yodgorligida   keng   qamrovdagi   arxeologik   tadqiqotlar   V.A.   Shishkin
boshchiligida  1958-1966 yillarda amalga oshirildi. Ushbu maxsus otryad a'zolari tomonidan
Afrosiyobning   tarixiy   topografiyasi   va   stratigrafiyasini   o‘rganish   uchun   26   ta   joyda
arxeologik   qazishmalar   olib   borilib,   unda   G.V.   Shishkina,   O.V.   Obelchenko,   M.N.
Fyodorov ,  L. G. Brusenko, ye. B. Pruger, M. Pachos kabi arxeologlar faoliyat ko‘rsatishgan.
Tadqiqotlar mobaynida Afrosiyobning deyarli barcha qismlarida qazishmalar olib borilgan
va natijada shahar va ark mudofaa devorlari, turli hunarmandchilik  kvartallari, shuningdek,
jom'e masjidi xarobalarining o‘rni aniqlangan.
Zarafshon vohasining antik va ilk o‘rta asrlarga oid shaharsozlik madaniyatiga oid
ma'lumotlar   Afrosiyobda   V.A.   Shishkin   rahbarligida   qo‘lga   kiritildi.   V.A.   Shishkin
tomonidan   1957-   yildan     boshlab   shaharning   1885-   yilda   tuzilgan   topografik   xaritasi
bo‘yicha   belgilangan   barcha   qismlari   tizimli   o‘rganila   boshlandi.   Natijada   1885-   yilgi
topografik   xaritadagi   ayrim   noaniq   nuqtalarga   tuzatishlar   kiritildi.   1958-   yilda   shaharni
tizimli   va   ilmiy     jihatdan   o‘rganish   borasida     arxeologik   ekspeditsiya   oldiga   quyidagi
masalalar qo‘yildi: 
23
Григорьев Г.В. Городища Талли –Борзу, // ТОВЭ, т.  II, 1940, -С. 87-104;  Григорьев Г.В. Поселения древнего 
Согда. КСИИМК, IV, 1940 .-С.24-34; Григорьев Г.В.  Талли–Борзу  как памятник домусульманского Согда. 
КСИИМК, 13 (1946), -С.94-103 
24
Тереножкин А.И. Археологические работы в Самарканде, // Бюллетень АН УзССР, 1945,№11-12; 
Тереножкин А.И. Археологическая разведка на городище  Афрасиаб в 1945 г., // КСИИМК. XVII, 1946; 
Тереножкин А.И..Вопросы  историко-археологической периодиации древнего Самарканда. // ВДИ, 1947, №4 -С.
127-128
25
 Т ереножкин А.И. Раскопки на городище  Афрасиаб, //  КСИИМК, XXXVI, 1951 -С.136-140
20 Afrosiyobda 1950- yillarning oxiri -1960 yillarning birinchi yarmida qo‘lga kiritilgan
ilmiy dalillar asosida Yahyo G‘ulomovning tashabbusi bilan 1967- yilda arxeolog olimlar va
Samarqandlik   topograflar   hamkorligida   Afrosiyobning   yangi   topografik   xaritasi   ishlab
chiqildi 26
.
Ma'lumki, Samarqand qadimdanoq O‘rta Osiyoning muhim strategik ahamiyatga
ega   bo‘lgan   yirik   shaharlaridan   biri   sifatida   faoliyat   ko‘rsatgan.   Shu   bois   hukmdorlar
shaharning mudofaa devorlari holatiga katta e'tibor qaratishgan. Afrosiyobning mudofaa
tizimini   o‘rganish ishlari M.K. Pachos tomonidan tizimli ravishda amalga oshirilgan. U
tomonidan   olib   borilgan   qazishmalar   natijasida   shahar   mudofaa   devorlarida   XIII   asr
boshlarida,   ya'ni   Xorazmshohlar   hukmronligi   davrida   bir   muncha   ta'mirlash   ishlari
o‘tkazilganligi ma'lum bo‘ldi. 
  M.K.   Pachos   1969-1970-yillarda   Afrosiyob   arkining   shimoliy-g‘arbiy   mudofaa
minoralarida qazish ishlarini o‘tkazdi va bu yerda bir nechta qo‘shimcha ta'mirlash izlarini
topdi. Shuningdek, ark devorlari paxsa va pishiq g‘isht  bilan ta'mirlanganligi ham ayon
bo‘ldi.
Afrosiyobda 1967-1968- yillari o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar davomida uning
tarixiy   topografiyasiga   oid   ko‘plab   ma'lumotlar   olindi.   Ekspeditsiya   tomonidan   qo‘lga
kiritilgan muhim ilmiy natijalar  Afrosiyobning g‘arbiy qismidagi bir qator  kvartallar va
mudofaa devorlarining o‘rganilishi bo‘ldi.
1970-  yilda O‘zbekiston  Fanlar  akademiyasi  tasarrufida Arxeologiya institutining
tashkil etilishi va shu institut qoshida 1971- yilda Afrosiyobni o‘rganish bo‘limining tashkil
etilishi, ushbu qadimiy shaharning arxeologik jihatdan o‘rganilishida g‘oyat muhim bosqich
bo‘ldi 27
.
Ko‘hna   shaharni   o‘rganish   bo‘yicha   institut   direksiyasi   tashabbusi   bilan   tashkil
etilgan   ekspeditsiya   tomonidan   dastlabki   arxeologik   qazishmalar   1973-   yildan   boshlab
amalga oshirildi. Ekspeditsiyada   Yu.F. Buryakov, I. Ahrorov, Sh.S. Toshxo‘jaev, M.N.
26
  A slanov A. P. Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi  / Tarix fanlari bo‘yicha falsafa 
doktorli (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2022 .- B .3
27
Т ашходжаев Ш.С. Археологические исследования древнего Самарканда в 1973 г. // Сб. “Афрасиаб”, вып. III, т., 1974 ,- С.3
21 Fyodorov,   L.G.   Brusenko,   E.Yu.   Buryakova,   G.V.   Shishkina,   N.B.   Nemseva,   M.J.
Jo‘raqulov, N.A. Avanesova kabi arxeologlar ishtirok etishgan.  
Afrosiyobdagi tadqiqotlar 1980 -yillarda ham muvaffaqiyat bilan davom etdi.
1990- yillardan, ayniqsa mustaqillik yillaridagi tadqiqotlar Samarqandning qadimiy
va  o‘rta  asrlar  davri   madaniy  qatlamlarini  o‘rganish   bu  davrga  kelib  xalqaro  miqyosga
chiqdi. Afrosiyobda O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma xalqaro ekspeditsiyasi ish boshladi. F.
Grene, M Isomiddinov, A. Anarboev,   Yu. Karev, A, Ataxo‘jaevlar tomonidan bir necha
yillar davomida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar Samarqandning dastlabki shakllangan
davriga aniqlik kiritdi va u miloddan avvalgi VIII-VII asrlardayoq shahar madaniyatiga ega
bo‘lganligi aniqlandi  28
.
Afrosiyobda   hozirgi   kunlarda   olib   borilayotgan   arxeologik   tadqiqotlar
Samarqandning   tarixiy   topografiyasiga   yildan-yilga   yangi-yangi   ma'lumotlar   kiritishda
davom etmoqda 29
.
Markaziy   Sug‘dda   olib   borilgan   arxeologik   izlanishlar   faqatgina   Samarqandning
qadimiy   o‘rni   bo‘lgan   Afrosiyob   yodgorligi   chegarasida   qolib   ketmasdan   Samarqand
vohasining   boshqa   hududlarida   ham   olib   borildi.   Samarqand   Sug‘dining   boshqa
yodgorliklariga qiziqish Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishidan
keyin rus ziyolilari orasida paydo bo‘lgan. Rus o‘lkashunos olimlaridan biri V.I. Chertov
tomonidan   birinchi   marta   Kattaqo‘rg‘on   uezdi   hududida   arxeologik   qidiruv   ishlari   olib
borilgan va Mitan atroflarida yuzga yaqin arxeologik yodgorliklar ro‘yxatga olingan 30
.
Yozma manbalarni o‘rganish asosida  arxeologik tadqiqotlar V.L. Vyatkin tomonidan
Samarqand   Sug‘dining   ayrim   yodgorliklari   aniqlandi.   Yozma   manbalar   arxeologik
28
Исамиддинов М.Х. Истоки городской культуры Самаркандского Согда. // Ташкент, 2002
29
 Анарбоев А. .  XII асрнинг иккинчи ярми – XIII асрни биринчи чорагида Ахсикат ва Самарқанд мудофаа истеҳкомлари // 
O’zbekiston arxeologiyasi. №1(8). Самарқанд. 2014. -Б.77-79
30
Чертов  В. И. Древние курганы в Каттакурганском уезде. // Справочная книжка Самаркандской области. Самарканд: 
Товарищество, 1897 -С.247-251
22 ma'lumotlar   bilan   solishtirilgan   va   shu   asosda   vohaning   tarixiy   topografiyasi   masalalari
o‘rganildi  31
.
Samarqand Sug‘di arxeologik yodgorliklarini o‘rganish asosan 1934 -yildan boshlab
Rossiya Davlat Ermitajining A.Yu. Yakubovskiy boshchiligidagi ekspeditsiyasi tomonidan
amalga   oshirilgan.   Bu   davrda   Kattaqo‘rg‘on   va   Buxoro   orasidagi   yirik   arxeologik
yodgorliklar tadqiq etilgan. Mana shu davrda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Kashan qishlog‘i
atroflaridan mashhur Kushoniya shahri qoldiqlari axtarilgan 32
.
I.A.   Suxarev   tomonidan   Zarafshonning   janubidagi   hududlar,   hozirgi   Urgut,
Pastdarg‘om   va   Kattaqo‘rg‘on   tumanlarida   arxeologik   qidiruv   ishlari   olib   borildi 33
.   U
birinchi bo‘lib 1936 -yilda Markaziy Sug‘dning arxeologik yodgorliklarini tizimlashtirishga
harakat qilgan. Markaziy Sug‘dning qadimiy va o‘rta asr yodgorliklari keshklar, “shaklsiz”
manzilgohlar, mudofaa devorli va oddiy tepa kabi tiplarga ajratgan 34
. Samarqand atrofida
Qunduz   so‘fi,   Qizlartepa   kabi   tepaliklar   va   Darg‘om   kanali   bo‘yidagi   Kofirqal'ada
arxeologik qazishma ishlari o‘tkazildi.  
1961-   yilda   Chelak   shaharchasi   arkining   janubida   joylashgan   janubiy   shahriston
hududidan tasodifan qadimiy oltin uzuk va to‘rt dona   noyob kumush kosalar topildi. Bu
buyumlar topilgan joyda 1962-1963- yillarda Ya.K. Krikis va B.I. Marshak hamkorlikda
qazishma ishlari olib borilganda eramizning  VIII  asrida  sug‘diy aslzoda yashagan uyning
bir qismi ochib o‘rganildi 35
.
31
 Вяткин В.Л. Материалы к исторической топографии Самаркандского вилайета. // Справочная книга Самаркандской 
области. //  Вып. VII. Самарканд, 1902
32
Якубовский А.Ю. Краткий полевой отчет о работах Зарафшанской археологической экспедиции Эрмитажа и ИИМК в 
1939 г., // ТОВЭ. Т. 2. Л., 1940 -С.158-159
33
 Сухарев И.А. Наскальные изображения Илан –сая. Социалистическая наука и техника // (СОНАТ), Ташкент, 1938, №8. -
С.61-67
34
  Археология. Средняя Азия и Дальний Восток и эпоху средневековья. Средняя Азия в раннем средневековье. - М., 1999.-
С.53
35
Маршак Б.И., Крикис Я.С. Чилекские чаши. // Труды Государственного Эрмитажа, том Х, Ленинград, 1969 -С. 61
23 1961- yildan Dahbetdan to Zirabuloq tog‘igacha bo‘lgan hududda  ma'lum reja asosida
arxeologik qidiruv ishlari olib borilgan. Bu tadqiqotlarda Kumushkent qishlog‘i hududidagi
Kumushkenttepa,   Ishtixon   shahri   hududidagi   Ishtixontepa,   Kattaqo‘rg‘on   tumanidagi
Cho‘yanchitepa   va   Kattaqo‘rg‘on   shahridan   g‘arb   tomonda   joylashgan   Giyaurtepa   kabi
yirik arxeologik yodgorliklar  tadqiq etilgan. Mana  shu yilning o‘zida yana hozirgi Ishtixon
va Payariq tumanlari chegarasida Arktepa (Sog‘ishtepa) o‘rganildi.
  1969–1970-  yillarda Ishtixon shahri hududidan ostadonlar topilishi munosabati bilan
shaharcha   yaqinida   IX–X   asrlarga   oid   qadimiy   qabriston   qoldiqlari   o‘rganildi   va   xom
g‘ishtlardan terilgan  o‘ndan ortiq  qabrlar topildi 36
.
1974- yilda To‘sinsoy mikro vodiysida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya
instituti olimlari tomonidan arxeologik qidiruv ishlari olib borilgan va turli tarixiy davrlarga
oid 65 ta arxeologik yodgorlik hisobga olingan 37
. 
Olib borilgan arxeologik qazishmalar va qidiruvlar  tarixi Markaziy Sug‘d hududida
joylashgan katta miqdordagi qadimiy arxeologik yodgorliklar yetarli darajada o‘rganilgan
bo‘lsada,   ammo   uning   tarixiy   topografiyasiga   doir   materiallar   hali   yetarli   emas   edi.
yechilishini kutgan ko‘plab ilmiy muammolar mavjud bo‘lib, bu masala bevosita Markaziy
Sug‘d hududida joylashgan qadimiy va o‘rta asrlar davri shaharlari xarobalari bo‘lgan yirik
shahar yodgorliklariga ham bevosita aloqadordir. 
36
Пугаченкова Г.А. Иштыханский оссуарийновый памятник согдийского искусства. // Общественные науки в Узбекистане, 
1975, № 3. Пугаченкова Г.А. Древности Мианкаля (Из работ Узбекистанской искусствоведческой экспедиции). Ташкент, 
1989, -С.156-162.
37
Ростовцев О.М., Иваницкий И.Д., Вафаев Г.А. Археологические исследования в долине Тусунсая Самаркандской 
области. // История материальной культуры Узбекистана. Вып.18, Ташкент, 1983, -С.248-262
24 II- bob.  Samarqand Sug‘di hududlaridan o‘tgan ichki va tashqi savdo yo‘llari  
II -1.Ichki savdo yo‘llari
O‘rta asrlarda kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida va barcha hududlarda
bo‘lgani kabi Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davri shaharlari, qishloqlari hayotida, ularning
taraqqiyotida xalqaro va mahalliy  yo‘llar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Qadimiy
yo‘llar tarixi bevosita ularning yoqasida, ular yo‘nalishlarida joylashgan shaharlar tarixi bilan
chambarchas bog‘lanib ketgan. Yo‘llar xuddi hozirdagi kabi qadimda ham har bir
mamlakatning yoki tarixiy-geografik o‘lkaning qon tomiri bo‘lgan. Shuning uchun  yo‘llar
tarixi, jumladan Markaziy Osiyoning qadimiy yo‘llari tarixiga maxsus tadqiqotlar ham
bag‘ishlangan 38
.
Shu bilan birga, yo‘llar tarixi har bir o‘lkaning tarixiy topografiyasini o‘rganishda ham
juda katta ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun ushbu dissertatsiya ishida Markaziy Sug‘dning
o‘rta asrlar davri yo‘llarini tadqiq etish tadqiqotning maqsadi   va vazifalaridan biri qilib
38
Мавлонов Ў.М.  Марказий Осиёнинг қадимги йўллари. // Тошкент, 2008
25 Shaharlari.
A.Aslanov Asosida belgilandi   (35-rasm).   Bu   borada   olimlar   tomonidan   dastlabki   tadqiqotlar   ham   amalga
oshirilgan 39
.
Samarqanddan sharqqa va g‘arbga ketgan yo‘llarni Buyuk Ipak yo‘lining Sug‘ddagi
tarmoqlari   sifatida   talqin   qilishimiz   lozim.     Markaziy   Sug‘dning   barcha   yo‘llari
chorrahasida, Sug‘dning markazi Samarqand shahri turgan. Shuning uchun o‘lkaning o‘rta
asrlardagi   yo‘llari,   uning   yo‘nalishlari   va   geografiyasini   tahlil   qilishni     Samarqanddan
boshlangan yo‘llardan boshlash maqsadga muvofiq. 
Samarqand  shahri  nafaqat   siyosiy  markaz,  balki  iqtisodiy-tijoriy  markaz  vazifasini
ham o‘tagan. Istaxriy “Asosiy bozor va tijoratlari rabodda, ozginasi shahristonda bo‘ladi. U
Movarounnahrning   savdo   bandargohi   va   tijoratchilarning   to‘planadigan   joyidir.
Movarounnahr   mahsulotlarining   katta   qismi   Samarqandga   keltiriladi   va   undan   boshqa
hududlarga tarqaladi”-deb xabar beradi  40
. Samarqand shahri Markaziy Sug‘dning markaziy
shahri sifatida namoyon bo‘lsa, uning atrofidagi shaharlar ham ma'lum bir kichik ma'muriy
birliklarning (rustoqlar) markazi rolini bajargan. Ular shuningdek Sug‘d konfederatsiyasi
hududlaridan o‘tgan savdo yo‘llarining ma'lum bir bo‘g‘inini ham tashkil etgan. Yozma va
arxeologik   manbalar   asosida   Markaziy   Sug‘ddan   o‘tgan   bir   nechta   tarmoq   yo‘llarini
tiklashimiz mumkin. Mazkur yo‘llar birinchi navbatda savdo yo‘li vazifasini bajarib bergan
bo‘lishi   kerak.   Somoniylar   va   Qoraxoniylar   davrida   siyosiy   hayotning   ancha
barqarorolashuvi xalqaro va ichki savdo sotiqning taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatgan. 
Samarqand–Buxoro   yo‘li   (Isbiskat   orqali).   Buyuk   Ipak   yo‘lining   yirik
tarmoqlaridan   bo‘lgan   bu   yo‘l   turlicha   nomlar   bilan,   jumladan   “Katta   Xuroson   yo‘li”,
“Shoh   yo‘li”   (Shoh-roh),   deb   ham   atalgan.   Bu   yo‘lning   uzunligi,   ya'ni   Samarqanddan
Buxorogacha bo‘lgan masofa 37 yoki 39 farsahni tashkil etgani holda 6 yoki 7 kunlik yo‘l
bo‘lgan. Bu yo‘ldagi birinchi manzil hozirgi Juma shahridan 3-3,5 km sharqda joylashgan
va   mutaxassislar   tomonidan   Isbiskat   shahrining   xarobalari   sifatida   talqin   qilinadigan
Durmontepa   (26-rasm)   ekanligi   haqiqatga   yaqin.   Samarqand   (Afrosiyob)   dan   Isbiskat
39
Раимқулов А.А., Асланов А.П. Ўрта  асрлар  Самарқанд  воҳаси рустоқлари  локализацияси масалалари. // Ўзбекистон 
моддий маданияти тарихи. 37-нашр. Самарқанд, 2012,-Б.152-156
40
Истахрий.  Хуросон ва Мовароуннаҳр. Тадқиқот, араб тилидан таржима, изоҳ ва кўрсаткичлар муаллифи Р. Т. 
Худайберганов. Тошкент–2019.-Б.158
26 (Durmontepa) gacha bo‘lgan masofa 24 km.ni tashkil etadi. Shu o‘rinda ta'kidlash kerakki,
ayrim tadqiqodlarda Isbaskat boshqa bir yodgorlikga, hozirgi Navbog‘tepa yodgorligi bilan
lokalizatsiya   qilingan.   Mazkur   qishloq   Siyob   va   Qorasuv   kanallaridan   suv   olgan.
Qishloqning shimoliy tomonidan Zarafshon daryosi oqib o‘tgan. Manbalarda qayd etilgan
Isbask   darvozasini   T.I.   Lebedeva   Samarqand   rabodini   o‘rab   olgan   Devori   Qiyomat
devorining shimoli-g‘arbida joylashgan Childuxtaron yodgorligi bilan lokalizatsiya qilgan 41
.
O‘rta asr musulmon manbalarida Isbiskat nohiya (tuman) tarzda tilga olinib, u Samarqandan
2 farsah uzoqlikda joylashganligi keltirilgan  42
. Bundan tashqari, XV-XVI asrlarga oid vaqf
hujjatlarida   Isbask-Motrid   qishlog‘ining   yonida   bo‘lganligi   qayd   etib   o‘tilgan.   Isbiskat
qishlog‘i Navbog‘tepa o‘rnida bo‘lib, Samarqandning shimoli-g‘arbidagi Buyuk Ipak yo‘li
bo‘ylab joylashgan yodgorligikdir. 43
Ikkinchi manzil esa Zarmon qishlog‘i bo‘lgan va u Samarqanddan 7 farsah masofada
joylashgan.   V.V.   Bartoldning   fikriga   ko‘ra,   bu   qishloq   hozirgi   Pastdarg‘om   tumani
hududidagi   Chimboy   (Chimboyobod)   qishlog‘i   atroflarida   bo‘lgan 44
.   Zarmon   shahri
xarobalari hozirgi Chimboy qishlog‘idan 600 m shimolda, Qoradaryoning chap sohilida
joylashgan qal'a (Chimboyqal'a) o‘rnida bo‘lgan.
Karvon yo‘lidagi keyingi shahar Robinjon bo‘lib, u Zarmondan o‘rtacha 5 yoki 6
farsax (37 km) masofada joylashgan. Undan keyingi manzil Dobusiya Robinjondan 5 farsah
masofada joylashgan. 
Samarqand-Buxoro   yo‘li   keyingi   yillarda   mutaxassislar   e'tiborini   tortganligi   bois
ma'lum tadqiqotlar ham amalga oshirilgan. Manbalardan ma'lumki, bu yo‘l ba'zi hollarda
“Shoh   yo‘li”   (Shoh-roh)     deb     atalgan   bo‘lib,   bu   nom   bizning   asrimizda   Pastdarg‘om
tumaniga qarashli qishloqlardan biri “Ko‘cha Malik” nomida saqlanib qolgan 45
. Bu qishloq
41
 Лебедева Т.И. Сельская округа и ее роль в формировании раннесредневекового Самарканда (по материалам сельской 
округи Самарканда) // Афтореф. дис… канд. ист. наук. Т., 1994. -С. 13-14
42
 Камалиддинов Ш.С. Абу Са д  Абд ал – Карим ас – Сам ани и его труд “Китаб ал – Ансаб”: Важный источник по истории иʹ ʹ ʹ
истории культуры Средней Азии. Berlin: LAP Lambert Academic Publishing, 2018. -С. 208
43
Назаров,  Исбаскат-Буюк ипак йўлида. // Қадимий Жиззах воҳаси- тарих, маданий тараққиёт ва замонавий ўзгаришлар 
чорраҳасида (Республика илмий-амалий конфренция материаллари).Жиззах. 2021.-Б.206
44
Бартольд В.В. Географический очерк Мавераннахра. // Сочинение,том I, М. 1963, -С.148
45
Иневаткина О.Н. Бухарские дороги в Самаркандском Согде. // Древние цивилизации на Среднем Востоке. Археология, 
история, культура. Материалы международной научной конференции посвященной 80-летию Г.В.Шишкиной. М., 2010 , -
27 Qoradaryoning chap sohiliga yaqin hududda joylashgan bo‘lib,  O.N. Inevatkinaning fikriga
ko‘ra, qadimiy yo‘l Buxoroga daryoning chap sohili bo‘ylab ketgan. 
Samarqand–Buxoro   yo‘li   (Ishtixon   orqali).   Samarqanddan   Buxoroga   qarab   bir
nechta yo‘l bo‘lganligi tarixdan ma'lum. Bu yo‘llardan biri   Sug‘dning yirik shaharlaridan
biri   Ishtixon   orqali   o‘tgan.   Bu   yo‘lda   Samarqanddan   keyingi   manzil   Ofarinkent   bo‘lib,
Samarqanddan   bu   shahargacha   bo‘lgan   masofa   38   km.   ni   tashkil   etadi.   Ofarinkentdan
keyingi manzilda Ishtixon joylashgan va bu shaharlar orasidagi masofa 15 km. ni tashkil
etadi. Ishtixondan keyingi manzil Kushoniya shahri bo‘lib, u Ishtixondan 4 farsah  masofada
joylashgan. Kushoniya o‘rta asrlarga oid barcha manbalarda “Sug‘dning yuragi” bo‘lgan,
gullab-yashnagan shahar sifatida tilga olinadi 46
. 
Kushoniyadan keyingi manzil Dobusiya. Dobusiya shahrida Samarqanddan  Robinjon
orqali kelgan “Katta Xuroson yo‘li”,  “Shoh yo‘li” (Shoh-roh) Ishtixondan kelgan yo‘l bilan
tutashgan. Dobusiyadan yo‘l davom etib 5 farsah masofada joylashgan Karmanaga yetib
borgan. Karmanadan yo‘l ikkiga ajralgan va g‘arbga   Buxoroga, shimolga esa Nurotaga
qarab ketgan.
Samarqanddan Ishtixonga boradigan yana bir yo‘l bo‘lib, bu yo‘l Vidorga kirmasdan
to‘g‘ri Sog‘arj shahri orqali ketgan. Samarqanddan Sog‘arjgacha bo‘lgan masofa 5 farsahni
tashkil etgan 47
.
Mazkur tarmoq Markaziy Sug‘dning eng aholi gavjum karidoridan o‘tgan. Yo‘lning
har ikkala tarafida juda ko‘p qishloq va katta kichik shaharlar yastanib yotgan. Markaziy
Sug‘dning Ishtixon orqali o‘tgan Samarqand-Buxoro yo‘li arxeologik va yozma manbalar
ham aholi va iqtisodiy resurslariga boyligini tasdiqlaydi. Nafaqat  bu yo‘l bo‘ylab, balki
butun Sug‘dda Somoniylar va Qoraxoniylar davrida katta kichik aholi punklari ko‘paygan
va  kengaygan.  O‘zgarishlar   shubhasiz   bevosita  iqtisodiyot  va  savdo-cotiqqa  ijobiy  ta'sir
ko‘rsatgan.  Ishtixon orqali o‘tgan Buxoroga aloqa va karvon yo‘lida Ofarinkent, Kushoniya
va   Dobusiya   kabi   shaharlar   joylashgan.   Mazkur   shaharlar   Sug‘d   konfederatsiyasi
С.56
46
Бартольд В.В. Географический очерк Мавераннахра. // Сочинение,том I, М. 1963, -С.147
47
Бартольд В.В. Географический очерк Мавераннахра. // Сочинение,том I, М. 1963,-С.181
28 davridayoq muhim siyosiy iqtisodiy markazlar vazifasini o‘tab kelgan. Sug‘d va musulmon
manbalarida ularning muhim ahamiyatini arxeologik tadqiqotlar ham tasdiqlaydi 48
. 
Ishtixon Samarqand, Kushoniya va Arbinjon kabi mintaqa savdo markazlaridan biri
bo‘lgan.   Ishtixonda   ishlab   chiqarilgan   mahsulotlar   xorijga   eksport   qilingan.   742-   yilda
Ishtixondan   Xitoyga   karvon   borganligi   ma'lum 49
.   Istaxriy   va   Ibn   Xavqallar   Ishtixonda
daromadi   hukmdor   va   mahalliy   dehqonlarga   boradigan   yirik   bozor   mavjud   bo‘lganligi
xaqida ma'lumot bergan. 50
. 
Markaziy Sug‘dda yirik qishloqlar ham mavjud bo‘lgan. Sug‘d ixshidlari asos solgan
Ofarinkent bir muncha kichik bo‘lsada Samarqand-Buxoro yo‘li bo‘ylab iqtisodiy ahamiyati
kam   bo‘lmagan.   “Sug‘dning   yuragi”deb   ham   ta'riflangan   Kushoniya   Ishtixon   orqali
o‘tuvchi yo‘lda muhim siyosiy-iqtisodiy jihatdan katta mavqyega ega bo‘lgan. Kushoniya
tarixi xususida musulmon mualliflar qalamiga mansub asarlarda ham ma'lumotlar uchraydi.
Ular orasida al-Istaxriy, Muqaddasiy va Ibn Xavqal xabarlari alohida ahamiyatga ega. Sug‘d
shaharlari orasida Kushoniya hatto Buxorodan ham kattaroq bo‘lgan. 51
Sug‘dning yana bir yirik shahri Dobusiyaning rivojlangan o‘rta asrlarga kelib iqtisodiy
siyosiy mavqyei bilan birga madaniy o‘rni ham oshib borgan 52
.
Samarqand–“Sug‘dning Shimoliy temir darvozasi” yo‘li.  Bu yo‘l shimolga qarab
yo‘nalgan   va   undagi   birinchi   manzil   Vidor   (Chelak)   bo‘lib,   u   Samarqanddan   4   farsah
masofada joylashgan. Keyingi manzil esa Orlat qishlog‘i hududidagi Qo‘rg‘ontepa bo‘lib, u
Vidordan 24 km masofada joylashgan. Qo‘rg‘ontepaga to‘g‘ri borish ham, Sog‘arj orqali
borish ham mumkin bo‘lgan va masofalar bir-birlaridan kam farq qilgan. Qo‘rg‘ontepadan
keyingi manzil Qo‘shrabot tumanidagi Navqatqo‘rg‘on bo‘lib, Qo‘rg‘ontepadan ungacha
bo‘lgan masofa 25 km.ni tashkil etgan. Navqatqo‘rg‘on ikki qator mudofaa devoriga ega
qal'a bo‘lib, to‘rtburchak shaklidagi ichki qal'aning maydoni 100x85 m, tashqi qal'aning
48
  A slanov A. P. Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi  / Tarix fanlari bo‘yicha falsafa 
doktorli (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2022 .- B .4
49
Смирнова, О.И. Очерки из истории Согда.  М // .: Наука, 1970. ҒС.127
50
 Асланов А.П. Из истории средневекового города Иштихан  //  Наука и мир.-№ 9.(61). Vol.1.-Волгоград, 2018. – С.52
51
Беленицкий А.М, Бентович И.Б, Большаков О.Г. Средневековый город Средней Азии. // Л.,1973.-С187
52
Асланов.А.П. Добусия кўҳна шаҳри тарихига доир // Ўзбекистон Миллий университети хабарлари. 2017.-№1/2.-Б  19-22 
29 maydoni  esa   190x145 m. ga teng.  Tashqi   devorlar  orqasida   mudofaa  chohlari   o‘rinlari
mavjud. Ichki qal'aning to‘rt tomonida to‘rtta darvoza bo‘lgan. Tashqi qal'a devorlarida ham
to‘rtta   darvoza   bo‘lgan.   Navqatqo‘rg‘on   kabi   qal'alar   qadimda   bir-birlaridan   uzoq
masofalarda   joylashgan   yirik   shaharlar   orasidagi   qo‘nalg‘a   vazifasini   bajarganlar.
Navqatqo‘rg‘ondan yo‘l  g‘arbga  burilgan  va to‘g‘ri  Hazora  Jo‘sh (Bekqo‘rg‘ontepa)  ga
yetib borgan. Hazora Jo‘sh (Bekqo‘rg‘ontepa) gacha bo‘lgan masofa 25 km ni tashkil etadi. 
Hazora Jo‘sh (Bekqo‘rg‘ontepa) da yo‘l  ikkiga ajralgan, bitta yo‘l to‘g‘ri g‘arbga,
Nurota shahri tomonga  ketgan bo‘lsa, ikkinchi yo‘l shimolga burilib «Sug‘dning Shimoliy
temir   darvozasi»ga   olib   borgan.   Bekqo‘rg‘ontepadan     «Sug‘dning   Shimoliy   temir
darvozasi»gacha  bo‘lgan masofa  hozirgi   o‘lchovlar  bo‘yicha  o‘rtacha  32-35  km. Tog‘li
sharoitda bu yo‘lni ikki kunda bosib o‘tish mumkin bo‘lgan. 
«Sug‘dning   Shimoliy   temir   darvozasi»ga   olib   borgan   yo‘l   Nurota   tog‘larining
shimoliy yonbag‘ri bo‘ylab g‘arbdan sharqqa qarab o‘tgan qadimiy Buxoro-Nurota-Shosh
va   O‘rta   Sirdaryo   bo‘ylariga   olib   borgan   yo‘l   bilan   tutashgan.   Xazora   Jo‘sh
(Bekqo‘rg‘ontepa) dan Nurotaga ketishda keyingi manzil Navoiy viloyati Nurota tumaniga
qarashli Chuya qishlog‘ida joylashgan Chuyaqo‘rg‘ondir. Chuyaqo‘rg‘on Xazora Jo‘shdan
27 km masofada joylashgan. Chuyaqo‘rg‘ondan Nurotagacha bo‘lgan masofa esa 34-35 km
ni tashkil etadi. Bu yerda ikkita yodgorlik bo‘lib, biri ark va shahristondan iborat o‘rta asrlar
davriga oid shaharcha xarobalari bo‘lib, u ilk o‘rta asrlardan boshlab shakllangan bo‘lsa
kerak. Keyinchalik, uning o‘rnini yuqorida aytib o‘tilgan, tomonlari 74x40-60 m bo‘lgan
qo‘rg‘on egallagan. 
Chuyaqo‘rg‘ondan keyingi manzil Nurota shahri bo‘lib, ular orasidagi masofa 34-35
km ni tashkil etadi. Tekislik sharoitida bu yo‘lni bir kunda bosib o‘tish mumkin.
Borkat–Ishtixon   yo‘li.   Zomin-Burnamad-Xushufag‘ndan   kelgan   yo‘l   Borkat
shahrida ikkiga ajralgan. Birinchi yo‘l to‘g‘ri g‘arbga 24 km masofadagi Samarqandga
ketgan bo‘lsa, ikkinchi yo‘l shimoli-g‘arbga burilib Kabudanjaket (Qo‘rg‘ontepa)-Vidor
(Chelak)-Sog‘arj   orqali   Ishtixonga   yetib   borgan.   Kabudanjaket   (Qo‘rg‘ontepa)   shahri
30 Ustrushonadan kelayotgan savdo va aloqa yo‘lining boshida joylashgan. Shahar V-XII
asrlarda savdo – hunarmandchilik markazlaridan biri bo‘lgan 53
.
V.V. Bartoldning yozishicha, Vidor shahrida paxtadan to‘qilgan vedariy gazlamalar
o‘zining   nafisligi,   pishiqligi   va   yuqori   sifatliligi   bilan   juda   mashhur   bo‘lgan.   Xuroson
o‘lkasida   esa   vedariy   matolardan   faqat   amirlar,   vazirlar,   qozilar   va   boylargina   libos
tiktirilgan.   Arab   tarixchisi   al-Muqaddasiyning   yozishicha,   vedariy   gazlamasini   Bag‘dod
sultonlari   ham   yuksak   qadrlaganlar.   Arab   tarixchisi   Ibn   Havqal   vedariy   gazlamalar
to‘g‘risida shunday deydi, “...shaharda paxtadan vedariy gazlamalar ishlab chiqarilgan, uni
kesmasdan butunligicha unga o‘ranib yurganlar. Xurosonda qishda nima kiygan bo‘lsa ham
uning ustidan vedariy gazlamani o‘ramagan na amirni, na vazirni, na qozini, na boyni, na
oddiy   odamni   va   na   jangchini   uchratish   qiyin;   bu   ular   uchun   noziklik   va   bashanglik
hisoblanadi; gazlamaning rangi sariq ranga moyil bo‘lib u yumshoq va yoqimli, qalin va
nozik;   bir   parchasining   narxi   ikki   dinordan   yigirma   dinorgacha   turadi;   men   besh   yil
davomida bu gazlamadan bir necha marta o‘radim. Uni olib kelish uchun Iroqdan odam
jo‘natadilar   va   uni   kiyishdan   faxrlanadilar” 54
.   Ushbu   ma'lumot   o‘rta   asrlarda   Sharqda
vedariy gazlamalarga bo‘lgan talabning miqdorini va bu shaharda katta miqdorda yuqori
sifatli gazlama ishlab chiqarilganligini tasavvur qilishga imkon tug‘diradi. Demak, shaharda
gazlama   ishlab   chiqarish   bilan   aholining   katta   qismi   mashg‘ul   bo‘lgan   va   uni   ishlab
chiqarish sanoat asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur   tarmoqdagi   yana   bir   muhim   bo‘g‘in   Sog‘arj   hisoblanib,   olib   borilgan
arxeologik   tadqiqotlar   shaharda   antik   davrlardan   so‘nggi   o‘rta   asrlarga   qadar   hayot
bo‘lganligini ko‘rsatadi.  55
Samarqand–Nasaf,   Kesh,   Termiz   yo‘li   (Jom   dovoni   orqali).   Bu   yo‘l   janubga
yo‘nalgan yirik xalqaro yo‘l hisoblangan. Samarqanddan chiqqan yo‘l Rivdod shahri o‘rni
Kofirqal'a   orqali   ketgan   va   birinchi     manzil     Sazag‘on   qishlog‘i   bo‘lgan.   Bu   qishloq
53
А хунбабаев Х.Г. Древний Кабуданжакет. //  (к вопросу локализации, генезиса и этапов развития раннефеодальных  
владении и средневековых  рустаков Самаркандского Согда). Археология Средней Азии. Тезисы докладов. Ташкент, 1990 , -
С.26-27
54
  Бартольд В.В. История культурной жизни Туркистана // Соч. Т.II (1). М., 1963  -.441
55
Асланов.А.П. Омонов.Ш. А. Соғарж шаҳрининг тарихий топографияси хусусида. // Ўзбекистон Археологияси . 2017.№ 2 
(15).-Б. 71-74
31 hududida va atrofida qadimgi  davrlardan o‘rta asrlargacha  bo‘lgan ko‘plab yodgorliklar
mavjud. O‘rta asrlarga oid bir nechta yodgorliklar majmuasi Sazag‘on qishlog‘idan 2,5 km
masofa g‘arbda joylashgan. Sazag‘ondan Samarqand (Afrosiyob) gacha bo‘lgan masofa 30
km ni tashkil etadi 56
. 
Sazag‘ondan   keyingi   manzil   esa   Jom   qishlog‘i.   Sazag‘ondagi   yodgorliklardan
Jomgacha bo‘lgan masofa 28 km. Jom hududida joylashgan Kattatepa deb nomlangan yirik
yodgorlik   H.G‘.   Axunboboev   tomonidan   tadqiq   etilgan.   Lekin   olim   bu   yodgorlikning
nomini keltirmagan.  Yodgorlik hududidan terib olingan arxeologik topilmalar V-XIII asrlar
bilan davrlangan 57
. Keyingi tadqiqotlar davrida bu yodgorlikning nomi Kattatepa ekanligi
aniqlangan 58
Kattatepa yodgorligi o‘rnidagi shaharcha qadimiy karvon yo‘llarining chorrahasida
joylashgan bo‘lib, bu yerda yo‘l uchga bo‘lingan: to‘g‘riga-cho‘l orqali Termizga, chapga
tog‘li yo‘l orqali Keshga va o‘ngga Nasafga yo‘nalgan. Janubiy Sug‘dga olib boruvchi bu
yo‘l nafaqat mahalliy, balki xalqaro ahamiyatga ham molik hisoblangan.
Samarqand–Kesh,   Termiz   yo‘li   (Taxtiqoracha   dovoni   orqali).   Bu   yo‘l
Samarqanddan Keshga boradigan ikkinchi yo‘l bo‘lib, u Zarafshon tog‘ tizmalari bo‘ylab,
Taxtiqoracha dovoni orqali ketgan. Bu yo‘ldagi birinchi manzil albatta Qoratepa qishlog‘i
hududi   bo‘lib,   Samarqanddan   Qoratepagacha   bo‘lgan   masofa   30   km.ni   tashkil   etadi.
Ikkinchi manzil Qoratepadan 20 km masofada joylashgan Taxtiqoracha dovoni ustidagi
karvonsaroy   bo‘lgan 59
.   Keyingi   manzil   Kesh   (Kitob)   bo‘lib,   bu   shahar   Taxtiqoracha
56
  A slanov A. P. Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi  / Tarix fanlari bo‘yicha falsafa 
doktorli (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2022 .- B .12
57
Ахунбабаев Х.Г. Древний Кабуданжакет. // (к вопросу локализации, генезиса и этапов развития раннефеодальных  
владении и средневековых  рустаков Самаркандского Согда). Археология Средней Азии. Тезисы докладов. Ташкент, 1990 , -
С.29-30
58
Бердимуродов А.Э., Суюнов С.С. Нуробод воҳасида 2011 йилда олиб борилган археологик тадқиқотлар.  // Ўзбекистонда 
археологик тадқиқотлар 2010-2011 йиллар, 8-сони.  Самарқанд  2012, -Б.90-100; Бердимуродов А.Э., Суюнов С.С., Сориев 
Х.Я. Ўзбекистоннинг археологик ёдгорликлари каталоги. 1-том. Самарқанд вилояти, 2-қисм. Нуробод тумани. Самарқанд, 
2015, -Б.44.
59
Буряков Ю.Ф., Давидян Ю.С. Караван-сарай на торговом пути из Самарканда в Кеш. // Шаҳрисабз шаҳрининг жаҳон 
тарихида тутган ўрни. Халқаро конференция маърузалари тезислари. Тошкент, 2002, -С.104-107
32 karvonsaroyidan 20 km masofada joylashgan. Samarqanddan Keshga boradigan har ikkala
yo‘l va undagi manzillar maxsus o‘rganilgan 60
. 
Ushbu tarmoq juda qadimgi  davrlardayoq shakllangan bo‘lib, Markaziy Sug‘d va
Janubiy Sug‘dlarni o‘zaro  bilan bog‘lab turuvchi eng yaqin yo‘ldir  61
.
Zarafshon   daryosi   o‘z   yo‘lida   qadimdan   boshlab   10   ming   gektarlab   unumdor
vodiyning deyarli barcha tekisliklarini suv bilan ta'minlagan va qolgan suvlari Qizilqum
saxrosi   qumlariga   singib   ketgan.   Unga   qadar   esa   uning   suvlari   Amudaryogacha   borib
yetgan. 
Vodiyning tekis landshaftli zonasi hududlarida ilk temir davridan boshlab sug‘orma
dehqonchilik, qadimgi shahar madaniyati, davlatchilik asoslari yaratilgan. Vodiyning tub
joyli aholisi unga qadar qadimiy eroniy tilli saklar bo‘lib, bronza davrida bu makonga oriylar
migratsiyasi   nomi   ostida   turkiy   tilli   chorvador   qabila   va   urug‘   jamoalari   Sirdaryoning
shimoli-sharqidan kirib kelaboshlagan. Shundan borshlab ularning kirib kelishining cheki
bo‘lmagan. Yangi etnik guruhlarning mahalliy aholi bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari,
siyosiy va etnik qorishuvi tufayli bu zamin ilk o‘rta asrlardan boshlab Turkiston nomini
olgan. 
Samarqand qadimdanoq Sug‘dning eng yirik iqtisodiy markazi ham hisoblangan. Bu
yerda   butun   Sug‘dning   yirik   iqtisodiy   tuguni   bo‘lgan,   albatta.   Savdo   yo‘li   markazida
joylashganligi va yirik hunarmandchilik sohalarining rivojlanganligi shaharda yirik markaziy
bozorlar   mavjud   bo‘lishini   anglatgan.   Tarixiy   manbalarda   ham   “Samarqandning   asosiy
bozor   va   tijoratlari   rabodda,   ozginasi   shahristonda   bo‘ladi.   U   Movarounnahrning   savdo
bandargohi va tijoratchilarning to‘planadigan joyidir. Movarounnahr mahsulotlarining katta
qismi Samarqandga keltiriladi va undan boshqa hududlarga tarqaladi”  - deb xabar beradi  62
.
60
Раимқулов А.А. Қашқадарё воҳасининг ўрта аср шаҳарлари. // Қарши, 2018 , -Б.29-30 бетлар; Раимқулов А.А. Кеш  – 
Самарқанд ўртасидаги йўллар хусусида. Марказий Осиё маданияти тарихи ва тарихшунослиги масалалари. 
Р.Ҳ.Сулеймановнинг 80 -йиллик юбилейига бағишланган Халқаро  илмий -амалий конференция материаллари (2019 йил 12 
июн). Тошкент, 2019,  -Б.160-161
61
Мавланов У. Самарканд в системе древних путейсреднеазиатского междуречья. // Самарқанд шаҳрининг умумбашарий 
маданий тараққиёттарихида тутган ўрни. (Самарқанд шаҳрининг 2750 йиллик юбилейига бағишланганхалқаро илмий 
симпозиум материаллари). Тошкент-Самарқанд.2007.-С.102
33 Afrosiyobning   shahridagi   bozorlar   bo‘yicha   dastlabki   mulohazalarni   V.V.   Bartold
bildirib   o‘tgan.   Uning   fikricha,   shaharning   bosh   bozori   shahristonda   emas   balki   uning
janubiy darvozasi yonida joylashgan. Shahristonda esa kichik bozor bo‘lish kerak 63
.  
Afrosiyobning sharqiy qismida, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohidan 250 metr g‘arbda olib
borilgan   arxeologik   tadqiqotlar   natijasida   bozor   maydoni   aniqlangan.   Bu   joyda   IX-X
asrlarda bozor bo‘lgan bo‘lishi mumkin 64
. Shuningdek, 1968-1973- yillardagi arxeologik
tadqiqotlarda ham shaharning shimoliy qismida, jome' masjidi yaqinida XIII asr boshlariga
kelib bozor va hunarmandlar rastalari qurilganligi ma'lum bo‘ldi  65
. 
Rivojlangan urta asrlarda Movarounnaxrnivg ikki poytaxt shaxri Buxoro va
Samarkandni   Eron,   Afg’oniston   va   Hindiston   bilan   bog‘lovchi   tranzit   savdo
yo’llari   Qashqadaryo   vohasi   orqali   o‘tardi.   Bu   davrda   vohaning   bosh   shahri
Nasaf   hisoblanib,   u   uch   qismdan   —   kuxandiz,   shaxriston   va   rabotdan   iborat
yirik   shahar   edi.   Ibn   Xavqal   (X   asr)   shaxar   bozori   rabotda,   Gubdin   darvozask
yonida,  Xokim  saroyi va juma masjidi oralig’ida joylashganligi , Sam’oniy (XII
asr) Nasafda uch mahalla, to’rt ko’cha, ikki masjid bo’lganligi haqida ma'lumot
beradi. Shaharni daryo kesib o’tgan bo’lib, shahar darvozalari nomidan qo’shni
yirik  shaharlarga  savdo  yo’llari  boshlanganligini   ko’ramiz.  Bu  xususiyat  butun
o’rta   asrlarda   Movarounnahrning   barcha   shaharlariga   xos   xususiyat   bo‘lgani
bois ularning joylashuviga qisqacha to’xtalib o‘tish joiz.
Nasaf shahri devorining janubi-sharqiy qismida Kesh darvozasi joylashgan
bo’lib,   undan   Qashqadaryoning   chap   qirg‘og‘i   bo‘ylab   Kesh   shahriga   olib
62
  Истахрий.  Хуросон ва Мовароуннаҳр. // Тадқиқот, араб тилидан таржима, изоҳ ва 
кўрсаткичлар муаллифи Р. Т. Худайберганов. Тошкент–2019.-Б.158
63
  Шишкин В.А. К истории  археологического изучения Самарканда и его 
окрестностей. // Сб. “Афрасиаб” вып I, Ташкент, 1969  .-С.71
64
  М.Н. Федоров. Стратиграфический шурф  в восточной части городища Афрасиаб //
Cб Афрасияб. Вып.1. –С.253
65
  Ташходжаев. Ш.С. Археологические исследования древного Самарканда в 1973 г.
//Афрасияб. Вып.3 .- С.17
34 ketuvchi   yo’l,   shimoli   sharqiy   qismidagi   Samarkand   darvozasidan   Jom   orqali
Samarqandga   olib   ketuvchi   karvon   yo’li,   shimoliy-g’arbda   joylashgan   Buxoro
darvozasidan   Buxoroga   olib   ketuvchi   yo’l,   janubi-g’arbiy   qismidagi   Gubdin
darvozasidan   Amudaryoga   kechuvlarga   (Kelif,   Kerki)   olib   boruvchi   yo’llar
boshlanadi.   Nasaf   raboti   ham   devor   bilan   o’ralgan   bo’lib,   uning   ham   to’rtta
darvozasi   (Samarkand,   Kesh,   Najariya   va   Gubdin)   bo’lgan.   Ko’rib
turganimizdek   shahar   va   uning   raboti   darvozalarining   nomi   Quyi  
Qashqadaryoning bosh shahri bo’lgan Nasafning iqtisodiy-madaniy aloqa-
lari yo’nalishlaridan dalolat berib turibdi.
Ma'lumki,   Samarqandning   janubidagi   xalqaro   savdo   markazlari   bilan
bog’lovchi  yo’l   ham   qadimdan  Qashqadaryo   vohasi  orqali   o’tgan.   Rivojlangan
o’rta   asrlarda   bu   vohaning   asosiy   shaharlaridan   bo’lgan   Nasaf   va   Keshdan
o’tgan   savdo   yo’llari,   nafaqat,   ichki   savdo   aloqalarida,   balki   tranzit   aloqalarda
ham   muhim   urin   tutardi.   Ularning   eng   muhimi   va   faol   foydalanilgani
Samarqand-Nasaf   yo‘nalishi   bulgan.  Samarqandsan  Jom   dashti  or щ ali   Nasafga
kelgan   yul   bu   yerda   bir   necha   tarmoqqa   bulingan.   Bir   yunalishi   Buxorodan
kelgan   yulga   qo‘shilib   Subah,   Kindik   qishshloga,   Temir   Darvoza   orqali
Termizga ham olib borgan. Kindik qishilog‘i Nasafdan va Keshdan 3 kunlik yul
masofasida   bulib,   bu   yerda   Samarqannddan   Kesh   orqali   keluvchi   savdo   yo‘li
Nasaf — Termiz savdo yuliga bo‘lingan.
Samarqanddan   Nasaf   orqali   Amudaryodagi   kechuvlarga   (Kelif,   Kerki,
Amul)   ham   borilgan.   Ayrim   ma'lumotlarni   tahlil   qilib,   Nasafdan   Kaspiy   va
Amul   kechuvi   orqali   Marvga   ketuvchi   yo’ldan   bu   davrda   muntazam
foydalanilganligi haqida xulosaga kelish mumkin.
Samarqanddan,   shuningdek   Jom   cho‘li   —   Chirokchi-   Xuzar   (Fyzop)
yo’nalishi   orqali   Temir   darvozaga   va   Chag‘oniyonga   (Surxon   vohasiga)
chiquvchi   yo’l   ham   bo’lgan.   Qashqadaryoning   o’rta   oqishida,   daryoning   o’ng
qirg‘og‘ida   xarobalari   Oltinboshtepa   va   Chandaraktepa   nomlari   bilan   saqlanib
35 qolgan:   yodgorliklar:   bu   yo’lning   yo’nalishlarini   anglashga   yordam   beradi.
G‘uzordaryo   vodiysida   joylashgan   Xuzar   (Fyzop)   rivojlangan   o’rta   asrlarda
Kesh viloyatining katta ahamiyatga ega bo’lgan rustoqlaridan biri edi.
Manbalarda   keltirilgan   uchta   shahardan   ikkitasi,   ya'ni   Subah   va   Iskifag‘n
ham   Xuzar   rustoqi   hududida,   Nasafdan   Termizga   o‘tuvchi   savdo   yo’li   bo’yida
joylashgan.
36 II -2. Mamlakatlararo tashqi savdo yo‘llari.  
Manbalarda Sug‘dning xalqaro savdodagi  o‘rni xususida tarixiy ahamiyati
qimmatli hisoblangan ma'lumotlar yetarlicha uchraydi.  Xitoy imperator Yan-Di
(605-617)   jo‘natgan   elchisi   Vey   Szening   hisobotlari   ham   muhim   hisoblanadi.
Elchining   hisobotlarida   Sug‘d   shaharlarida   savdo   sotiq,   avvalambor   xorij
mamlakatlari   bilan,   birinchi   navbatda   Xitoy   bilan   savdo   munosabatlari   yo‘lga
qo‘yilganligi   tilga   olinadi.   Vey   Sze   Sug‘d   savdogarlari   haqida   gapirar   ekan:
“...Aholisining   barchasi   savdo   ishlariga   juda   usta.   O‘g‘il   bolalar   besh   yoshga
yetgach,   uni   savodi   chiqarilib   savdoga   ham   o‘rgatila   boshlaydi...” 66
.   Keyingi
asrlarda,   aniqrog‘i   IX-XII   asrlarda   ham   Sug‘dning   xalqaro   savdodagi   o‘rni
pasaymagan.   Markaziy   Sug‘d   shaharlari,   jumladan   uning   markazi   hisoblangan
Samarqand   ikki   ming   yildan   ko‘proq   muddat   davomida   O‘rta   Osiyoning   eng
yirik   savdo-sotiq   markazlaridan   biri   bo‘lgan   va   Samarqand   bozori   ko‘plab
davlatlarning,   sulolalarining   tangalarini   zarb   qilish   siyosatiga   ta'sir   ko‘rsatib
turgan 67
.   Samarqand   Sug‘di   Buyuk   Ipak   yo‘lining   O‘rta   Osiyo   bo‘ylab   o‘tgan
markaziy   bo‘g‘ini   ham   hisoblangan.   Ilk   o‘rta   asrlardayoq   Sug‘d
savdogarlarining   bu   yo‘ldagi   muhim   va   yetakchilik   darajasi   Somoniylar,
Qoraxoniylar davrida ham saqlanib qolgan. Buyuk Ipak yo‘li va Markaziy Sug‘d
iqtisodiyoti yangilik beruvchi, bir-birini to‘ldiruvchi ikki yirik o‘rta asrlarga xos
o‘zaro   iqtisodiy   infratuzilma   ham   hisoblanadi.   Samarqand   Sug‘dining   barcha
rustoq   va   shaharlari   O‘rta   va   Yaqin   Sharq   hamda   Yevropa   davlatlarini   Xitoy
bilan bog‘lovchi asosiy yo‘l bo‘ylab joylashgan. Movarounnahrdan o‘tgan Ipak
Yo‘lining   hech   bir   tarmog‘ida   boshqa   bir   o‘lkalarda   Samarqand   Sug‘dichalik
zich aholi punktlariga ega emas. 68
  
66
Бартольд В.В. Общие работы по истории Средней  Азии. // Соч. Т. 2, часть 1.М.: Наука, 1963.-С.190
67
  Атаходжаев А.Х, Кочнев Б.Д. Нумизматические находки на городище Афрасиаб-новейшие материалы к истории 
денежного обращения в центральном Мавераннахре. // (древность, раннее средневековье, средневековый период) ИМКУ. 
Вып.34. -С.137  
68
  A slanov A. P. Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi  / Tarix fanlari bo‘yicha falsafa 
doktorli (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2022 .- B .14
37 IX-X   asr   Sharq   mualliflarining   ma'lumotlarida   Samarqanddan   Choch   va
Farg‘onaga olib boruvchi Buyuk Ipak yo‘li asosiy tarmoqlari keltirilgan. Ularda
Barket va Burnamadan  Usturishona orqali  Farg‘ona va Chochga yo‘l ketganligi
aks ettirilgan 69
.
Yozma   manbalar   tahlili   ham   Movarounnahrda   Buyuk   Ipak   yo‘li   bo‘ylab
eksport bo‘luvchi mahsulotlarning katta qismi Samarqand Sug‘di iqtisodiyotiga
to‘g‘ri   kelishini   ko‘rsatib   beradi.       Samarqand   Sug‘didagi   shaharlar   bir-birlari
bilan   katta   markaziy   va   kichik   mahalliy   yo‘llar   bilan   bog‘langanlar.   Yirik
shaharlarning   barchasi   yirik   xalqaro   yo‘llar   yo‘nalishlari   ustida   joylashganlar.
Samarqand   Markaziy   Sug‘dning   bosh   shahri   sifatida   sharqdan   g‘arbga,
shimoldan  janubga qarab ketgan Buyuk Ipak yo‘li tarmoqlarining  chorrahasida
joylashgan. Bu holat shaharning keng miqyosda rivojlanishiga zamin yaratgan.
Yirik   shaharlarning   rivojlanishida   ham   voha   bo‘ylab   o‘tgan   Buyuk   Ipak   yo‘li
69  
?
  Буряков Ю.Ф. Исследования 1989 г. По программе Великого Шелкового пути // ИМКУ. Вып.26.- С.182
38Yo‘llari.
A.Aslanov asosida tizimiga kirgan xalqaro va mahalliy maqomga ega bo‘lgan yo‘llarning ahamiyati
yuqori darajada bo‘lgan 70
.
 
70
  A slanov A. P. Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi  / Tarix fanlari bo‘yicha falsafa 
doktorli (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2022 .- B .20
39 III- bob. Samarqandning rivojlangan o‘rta asrlar davri tovar pul munosabatlari  
III-1. Tovar pul munosabatlari.
Yurtimiz miqyosida dastlabki tovar-pul munosabatlari   yuz bergan hududlardan biri
Sug‘d hisoblanadi. Antik davrlardan buyon mintaqada tanga zarb etish boshlangan edi 71
.
Markaziy Sug‘d hududlarida IX-XII asrlarda ham tanga zarb etish davom etdi. Somoniylar
va Qoraxoniylar davrida zarbxonalar faoliyati kuchaygan. O‘zaro muomalada “Samarqand
pullari ismoiliyya, mukassara va dinordir. Ularda temir, mis, kumush va boshqa metallar
qorishmasidan tayyorlanadigan Muhammadiyya dirhami ham bor edi” -deb xabar beradi
Istaxriy  72
. O‘z vaqtida V.L. Vyatkin “ juda ko‘p miqdordagi Samarqand tangalarni butun
Afrosiyob va uning atrofidagi hududlari bo‘ylab uchratish mumkin ”-deb ta'kidlab o‘tgan
edi 73
. Birgina Afrosiyobning 9-qazishmasidan IX-X asrlarga oid 60 ta tanga aniqlangan  74
.
Somoniylar   davrida   pul-tovar   munosabatlari   juda   yuksak   darajada   taraqqiy   etgan.
Amirlikning   mis,   kumush   va   oltin   tangalari   mavjud   bo‘lgan.   Samarqand   tanga   zarb
qiladigan markazlardan biri edi 75
. 
Markaziy Sug‘dda o‘rta asrlarda faoliyat yuritgan savdo yo‘llari asosan aholi gavjum
shaharlar, rustoqlar orqali o‘tgan va shu joylardagi  ma'lum bir mahsulotni sotish, sotib olish
yoki ayirboshlashga ixtisoslashgan bozorlarni bir-biriga o‘zaro bog‘lab turgan. Arxeologik
va yozma manbalarga sinchiklab e'tibor qaratadigan bo‘lsak, butun Movarounnahrda X-XII
asrlarda qaraganda ancha barqaror hayot hukm surgan. Shuningdek ushbu manbalardagi
ma'lumotlar  asosida   mintaqa savdo   sotiq ravnaqining  umumiy manzarasini  ham   tiklash
mumkin  (2-rasm) .   Somoniylar  davrida  Samarqanddagi   pul   munosabatlari  juda   taraqqiy
etgan.   Bu  yerda  oltin  dinorlar,  kumush  dirhamlar,  mis  fulslar   va   “qora   dirhamlar”  deb
71
 Ртвеладзе. Э. Древние монеты Средней Азии. // Тошкент., 1987.-С.13-14
72
  Истахрий. Китаб ал-Масалик вал-Мамалик. Йўллар ва ўлкалар китоби. // Тошкент ., 2019.-
Б.164
73
  Вяткин. В.Л.Афросиаб- городище былого Самарканда. // Т.,1927.-С.19.
74
  Ерназарова т.с, Б.Д. Кочнев . материалы к истории торговли и денежного обращения 
Самарканд в IX-X вв. // ИМКУ.Вып.13, Ташкент, 1973.-С.132
75
  Маликов. А.М. История Самарканд (с древних времен до середины XIV века). Том  I. 
Т.,2017.-С.215
40 nomlanuvchi   tangalar   muomilada   bo‘lgan.   Bu   pullardan   nafaqat   ichki   savdoda,   balki
viloyatlar va mamlakatlararo savdo-sotiqda ham foydalanishgan 76
.
Somoniylar   davrida   oltin   dirhamlar   asosan   tashqi   savdoda   ishlatilgan.   Kumush
tangalar ismoiliy dirhamlari deb yuritilgan va butun mamlakat bo‘ylab muomilada bo‘lgan.
“Buxorxudotlar tipidagi” g‘itrifiy, muhammadiy va musayyabiy deb yuritiluvchi dirhamlar
IX asrning so‘ngi choragida zarb etilib, keyingi davrlarda yozuvlari, tasvirlari, metall tarkibi
va kursi bilan farqlanib turgan.  Xuddi oltin dirham kabi ismoiliy kumush dirhamlari ham
tashqi   savdoda   ko‘p   ishlatilgan.   Ichki   savdoda   esa   yuqorida   ta'kidlab   o‘tganimiz
“buxorxudotlar   tipidagi”   uch   turdagi   tangalardan   foydalanishgan.   Ichki   kichik   savdo-
sodiqda mis tangalar muomilada bo‘lgan. Samarqandning o‘zida esa “odiliy” va “pashiz”
deb nomlanuvchi mis fulslar keng tarqalgan edi 77
.  
Qoraxoniylar davriga oid tangalar tahlili orqali tangalarda  Dabusiya, Ishtixon, Yorket,
Samarqand, Sug‘d kabi joylarda zarb xonalar ko‘rsatilganligiga guvoh bo‘lamiz 78
.  Mazkur
davrda   oltin   tanga-dinor,   kumush   tanga-dirham,   mis   yoki   bronza   tanga   esa   fuls   deb
yuritilgan 79
. 
76
  Ерназарова т.с, Б.Д. Кочнев . материалы к истории торговли и денежного обращения 
Самарканд в IX-X вв.// ИМКУ.Вып.13, Ташкент, 1973.-С.154
77
  Давидович Е.А. Денежное обращение в Мавераннахре при Саманидах //  Нумизматика и 
Эпиграфика. Вып. VI. М.,1966. -С.130-131.
78
 Кочнев Б.Д. Нумизматическая история Караханидского каганата. // (991-1209 гг.). Часть  I . 
Источниковедческое исследование. Москва.2005. -С.44
79
 Кочнев Б.Д. Нумизматическая история Караханидского каганата. // (991-1209 гг.). Часть  I . 
Источниковедческое исследование. Москва.2005. -С.39-40
41 III-2. Tovar pul munosabatlarini mamlakat iqtisodiy qudratini ko‘tarishdagi roli
Markaziy Sug‘d hududlari konfederatsiya davrida ham iqtisodiy taraqqiyotni boshdan
kechirgan. Ammo bu yuksalish xalifalik tarkibiga kirgach ham davom etgan. Somoniylar
davrida esa markazlashgan davlatning mavjud bo‘lishi iqtisodiy yuksalishga olib kelgan.
Kuchli   iqtisodiyot   ilm-fan   va   madaniyatning   yuksalishiga   ham   olib   kelgan.
Movarounnahrda   IX-X   asrlarda   aniq   va   tabiiy   fanlar   ham   rivojlangan   Renessans   davri
boshlangan 80
. 
Samarqand  shahri  nafaqat   siyosiy  markaz,  balki  iqtisodiy-tijoriy  markaz  vazifasini
ham o‘tagan. Yozma manbalarda bu haqida ma'lumotlar yetarlicha.  Istaxriy “Asosiy bozor
va tijoratlari rabodda, ozginasi shahristonda bo‘ladi. U Movarounnahrning savdo bandargohi
va   tijoratchilarning   to‘planadigan   joyidir.   Movarounnahr   mahsulotlarining   katta   qismi
Samarqandga keltiriladi va undan boshqa hududlarga tarqaladi”-deb xabar beradi 81
. Samarqand shahri Markaziy Sug‘dning markaziy shahri sifatida namoyon bo‘lsa,
uning atrofidagi shaharlar ham ma'lum bir kichik ma'muriy birliklarning (rustoqlar) markazi
rolini   bajargan.   Ular   shuningdek   Sug‘d   konfederatsiyasi   hududlaridan   o‘tgan   savdo
yo‘llarining ma'lum bir bo‘g‘inini ham tashkil etgan. Yozma va arxeologik manbalar asosida
Markaziy Sug‘ddan o‘tgan bir nechta tarmoq yo‘llarini tiklashimiz mumkin. Mazkur yo‘llar
birinchi   navbatda   savdo   yo‘li   vazifasini   bajarib   bergan   bo‘lishi   kerak.   Somoniylar   va
Qoraxoniylar   davrida   siyosiy   hayotning   ancha   barqarorlashuvi   xalqaro   va   ichki   savdo-
sotiqning   taraqqiyotiga   ijobiy   ta'sir   ko‘rsatgan.   Somoniylar   davlatining   xalqaro   savdoda
aylanadigan oltin tangalari uzoq o‘lkalargacha, G‘arbiy Yevropagacha ham kirib borgan.  
Qoraxoniylar davridagi pul islohatlari ham umumdavlat taraqqiyotiga katta xizmat
qilgan.   Xoqon   Ibroxim   Tamg‘ochxonning   yagona   pul   zarb   etish   tizimini   joriy   etishi
iqtisodiyotning huquqiy va institutsiyaviy asoslarining barqarorlashuvini ta'minlab bergan.
Soliq tushumlarining ortishi markaziy hukumatning bozor infrastrukturasiga ham mablag‘
ajratishiga     imkon   bergan.   Masalan,   xoqon   Ibrohim   ibn   Nasr   poytaxt   Samarqandda
80
  A slanov A. P. Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi  / Tarix fanlari bo‘yicha falsafa 
doktorli (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2022 .- B .17-18
81
Истахрий.  Хуросон ва Мовароуннаҳр. Тадқиқот, араб тилидан таржима, изоҳ ва 
кўрсаткичлар муаллифи Р. Т. Худайберганов. Тошкент –2019.- Б .158
42 shifoxona qurdirgan. Uning o‘g‘li esa karvon yo‘llari foydasi uchun Buxoro, Samarqand va
Xo‘jand o‘rtasida karvonsaroylar qurdirgan  82
. 
Somoniylar davrida ham mavjud bo‘lgan vaqf instituti faoliyati Qoraxoniylar davrida
yanada  kengayib,  hayr-ehson  qilishga  ko‘proq e'tibor  berila boshlangan.  Endilikda vaqf
daromadlari faqat diniy idoralar uchun emas balki xalqqa xizmat qiluvchi boshqa sohalarga
ham yo‘naltirila boshlandi. Bular orasida xoqon Ibrohim ibn Nasr qurdirgan shifoxonani
aytib o‘tish joiz  83
.  
Movarounnahrda yer-suv, hunarmandchilik ustaxonalari va sovdogarlardan olinadigan
soliqlar asosan davlatning umum xarajatlariga, jumladan harbiy - siyosiy, davlat xizmatchilari
va amaldorlar maoshlari va obodonchilik ishlariga sarf qilingan. 
  Tadqiqotda  Markaziy Sug‘dning rivojlangan o‘rta asrlar davri Markaziy Sug‘dning
rivojlangan o‘rta asrlar davri  ichki va tashqi savdo yo‘llari  va ularning Buyuk Ipak yo‘lidagi
o‘rni va   ahamiyatiga bag‘ishlangani bois, Markaziy Sug‘d hududida joylashgan ichki va
tashqi yo‘llarini joylashuv o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalindi. Ushbu bobda Markaziy
Sug‘dning   ichki   va   tashqi   savdo   yo‘llari,   tovar   pul   munosabatlari,   iqtisodiy   taraqqiyot
masallariga e'tibor qaratilib, yo‘llarning xaritasi yaratilgan. Yo‘llar   joylashuviga oid arab
mualliflarining   ma'lumotlari   keltirilgan.   Samarqand   shahridan     boshlanuvchi   yo‘llar,
ularning qaysi hududlarga borishi, Yo‘ldagi to‘xtash nuqtalari haqidagi ma'lumotlar ko‘p
yilik arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalar asosida to‘laqonli bayon etilgan.
Yo‘llarning   nomlari   va   tovar   pul   munosabatlari   haqida   faktlar   keltirilgan.   Sug‘d
shaharlarining     mamlakat   iqtisodiy   va   etnomadaniy   rivojlanishdagi   tutgan   o‘rni   haqida
tahliliy xulosalarga kelingan. 
Bizning xulosalarimizga ko‘ra, rivojlangan o‘rta asrlar boshlarida Markaziy Sug‘dda 6
ta   yirik   yo‘llar   bo‘lib,  ularning   kesishish   joyi   Samarqand   hisoblangan.   Markaziy   Sug‘d
shaharlari,   jumladan   uning   markazi   hisoblangan   Samarqand   ikki   ming   yildan   ko‘proq
muddat davomida O‘rta Osiyoning eng yirik savdo-sotiq markazlaridan biri bo‘lgan. Yozma
82
Stephan Barisitz. Central Asia and the Silk Road. Economic Rise and Decline over 
Several.2017.-. Р .88
83
 Караев О.  История Караханидиского каганата // (X- начало XIII вв.).Фрунзе.1983. –С.214-215
43 manbalar   tahlili   ham   Movarounnahrda   Buyuk   Ipak   yo‘li   bo‘ylab   eksport   bo‘luvchi
mahsulotlarning   katta   qismi   Samarqand   Sug‘di   iqtisodiyotiga   to‘g‘ri   kelishi   ko‘rsatib
o‘tilgan. 
Bu   Markaziy   Sug‘dning   yuksalishida   yo‘llarning   ahamiyati   muhim   ekanligini
ko‘rsatadi.  84
84
  A slanov A. P. Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi  /  Tarix fanlari  bo‘yicha  falsafa  doktorli  (PhD)
dissertatsiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2022 .- B .22
44 XULOSA
Markaziy   Sug‘d,   ya'ni   Samarqand   vohasi   juda   qadimdanoq   insonning
yashashi,   uchun   qulay   iqlim   sharoitiga   ega   bo‘lganligi   sababli,   bu   hududda
qadimiy   qabilalar   va   urug‘larning   o‘troqlashishi,   sun'iy   sug‘orish   tizimlarining
shakllanishi,   ilk   shahar   va   qishloqlarning   paydo   bo‘lishi   va   urbanizatsiya
jarayonlari  juda erta boshlangan.
Shu bilan birga Markaziy Sug‘dning qulay geografik joylashishi ham uning
asrlar   davomida   yuqori   rivojlanish   darajasida   bo‘lishiga   zamin   yaratgan.   Shu
bois   Sharq   bilan   G‘arbni,   Shimol   bilan   Janubni   bog‘lagan   qadimiy   savdo
yo‘llarining   chorrahasida   joylashgan   bu   hudud   asrlar   davomida   turlicha
xalqlarning, turlicha dinlarning, turlicha tillarning va turlicha madaniyatlarning
uchrashish maydoni ham bo‘lib kelgan. Bu holat bu hududni egallashga, uning
tabiiy   va   madaniy   boyliklarini   o‘z   tasarrufiga     olishga,   ularga   egalik   qilish
borasidagi   doimiy   harbiy   harakatlarga   ham   sabab   bo‘ldi.   Shu   bois,   Markaziy
Sug‘d   hududi   o‘nlab   asrlar   jarayonida   dunyoviy   imperiyalar   o‘rtasida   doimiy
ravishda talash bo‘lib keldi.
Sug‘dning   markazi   Samarqand   shahri   o‘rta   asrlar   Sharqining   eng
rivojlangan mashhur shaharlaridan biri bo‘lganligi sababli, uning bizgacha yetib
kelgan   xarobalari   bo‘lmish   Afrosiyob   yodgorligi   hamisha     turli   sohalar
mutaxassislarini   qiziqtirib   kelgan.   Unga   dastlabki   qiziqishlar   XIX   asr   ikkinchi
yarmida   yurtimizni   bosib   olgan   Rossiya   imperiyasining   harbiy   zobitlari,   ular
bilan   birga   kelgan   ziyolilar,   tarixchilar,   sharqshunoslar,   manbashunoslar   va
boshqa   sohalarning   ilg‘or   vakillari   o‘rtasida   paydo   bo‘lgan.   Shuning   uchun
Samarqand   shahrining   qadimiy   tarixini   o‘rganish   Markaziy   Osiyoning   boshqa
shaharlari   tarixini   o‘rganishdan   ancha   avval   boshlangan.   Bu   holat   o‘z-o‘zidan
Samarqand   Sug‘dining,   uning   bosh   shahri   Samarqand   (Afrosiyob)   tarixiy
topografiyasini o‘rganishni zarur va dolzarbligini ta'minlab bergan.
45 O‘rta   Osiyoda   ma'lum   vohalarning,   shaharlarning   tarixiy   topografiyasi
tizimli   ravishda   o‘rganilmagan.   Bu   notekislikning   birinchi   sababi,   ma'lum
tarixiy-geografik   mintaqaning   arxeologik   jihatdan   kam   o‘rganilganligi   bo‘lsa,
ikkinchi   sababi   arxeologik   tadqiqotlar   yetarli   darajada   olib   borilganda   ham
o‘rganilayotgan   hududdagi   shaharlarning   tarixiy   topografiyasini   maxsus   tadqiq
etishga e'tibor qaratilmagan. Bu sabablardan ushbu dissertatsiya ishida tadqiqot
olib borishga qaratilgan Markaziy Sug‘d shaharlari ham mustasno emas edi.
Afrosiyobni   arxeologik   jihatdan   tadqiq   etish   O‘rta   Osiyoning   boshqa
shaharlariga qaraganda ancha mukammalroq olib borilgan. Samarqandning o‘rta
asrlardagi   ichki   tuzilishi,   shaharning   o‘sha   davrlardagi   tarixiy   topografiyasi
to‘g‘risida   X-XII   asrlarda   bu   shaharga   tashrif   buyurgan   sayyohlar   va   shu
shaharda   yashagan   mahalliy   olimlar   asarlarida   juda   ko‘plab   ma'lumotlar
saqlanib   qolgan.   Afrosiyobda   olib   borilgan   arxeologik   qazishmalar   o‘rta   asrlar
manbalaridagi   ma'lumotlarni   yanada   boyitishga   xizmat   qilishi   bilan   birgalikda,
ushbu   shaharning   ichki   tuzilishi,   mudofaa   tizimlari,   siyosiy,   ma'muriy,   diniy
inshootlari,   turar-joylari   me'morchiligi,   ko‘chalari,   shahar   aholisining   maishiy
turmushi to‘g‘risida fanga katta miqdorda arxeologik ma'lumotlarni taqdim etdi.
IX-X   asrlardan   boshlab   butun   Movarounnahrning   olamshumul   taraqqiyoti
jarayonida   uning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan   Markaziy   Sug‘d   shaharsozlik
madaniyati   ham   yuksak   suratlar   bilan   rivojlanish   yo‘liga   kiradi.   Bu   davrda
Movarounnahrga   tashrif   buyurgan   arab   sayyohlari   Buxoro   vohasida     30   ta,
Samarqand   vohasida   esa   12   ta   shahar   nomini   keltirishadi.   Yuqorida
aytganimizdek,   sayyohlar   bu   vohalar   shaharlarining   ham   aksariyat   qismini
qishloqlar   deb   ta'riflaydilar.     Bu   davrda   Samarqand   (Afrosiyob),   Dobusiya
(Dobusqal'a),   Robinjon   (Robinjontepa),   Ishtixon   (Ishtixontepa),   Vidor   (Chelak
qo‘rg‘oni),   Kabudanjaket   (Mingtepa),   Borkat   (Oqtepa-Mitan),   Sog‘arj
(Sog‘ishtepa,   Arktepa)   Hazora-Jo‘sh   (Bekqo‘rg‘ontepa)   va   boshqa   shaharlar
kengayib   rivojlanish   yo‘liga   kirdilar.   Bu   shaharlarning   rivojlanishi   va   taraqqiy
46 etishida     albatta   ularning   yirik   karvon   yo‘li   –   Buyuk   Ipak   yo‘li   va   uning
tarmoqlari ustida joylashganligi ham asosiy mezon bo‘lgan.
O‘rta   asrlarda   Samarqandning   shaharsozlik   madaniyati   Sug‘dning   boshqa
shaharlari   uchun   ham   andoza   rolini   o‘ynagan,   me'morchilik,   hunarmandchilik,
ilmu-fan, madaniyat sohalaridagi yangiliklar, innovatsion g‘oyalar butun vohaga
albatta Samarqanddan tarqalgan. Shuning uchun Markaziy Sug‘d shaharlarining
tarixiy   topografiyasi   Samarqand   shahrining   tarixiy   topgrafiyasidan   deyarli   farq
qilmagan. Ibn Havqal, al-Istahriy, al-Muqaddasiy, Abu Xafs an-Nasafiy, Yoqut
al-Hamaviy,   Abulkarim   Sam’oniy   kabi   mualliflarning   Movarounnahrning
Buxoro,   Termiz,   Shosh,   Nasaf,   Kesh   kabi   shaharlarining   ichki   tuzilishi
to‘g‘risidagi   ta'riflaridan   rivojlangan   o‘rta   asrlarda   Sug‘d   shaharlarining   ichki
tuzilishlari bir-birlaridan deyarli farq qilmaganligini ko‘rsatadi. Shu asnoda fikr
yuritadigan   bo‘lsak,   Borkat,   Kabudanjaket,   Vidor,   Sog‘arj,   Ishtixon,   Arbinjon,
Dobusiya,   Kushoniya   va   boshqa   yirik   o‘rta   asrlar   shaharlarining   ichki   tarixiy
topografiyasi   va   uning   xususiyatlarini   Samarqand   shahrining   tarixiy
topografiyasi misolida tasavvur qilish mumkin.
Hozirgi kunda Samarqandning tarixiy topografiyasini o‘rganishdagi asosiy
muammo-shaharda     o‘rta   asrlarda   faoliyat   ko‘rsatgan     saroylar,   mahallalar,
masjidlar, ko‘chalar, madrasalar va boshqa joylar to‘g‘risidagi yozma manbalar
ma'lumotlarini   arxeologik   tadqiqotlar   natijasida   ochilgan   ob'ektlar   bilan
lokalizatsiya   qilishdagi   qiyinchilikdir.   Shaharning   yozma   manbalarda   tilga
olingan   bir   necha   o‘nlab   qadimiy   ob'ektlarining   bir   nechtasigina   lokalizatsiya
qilingan   xolos.   Afrosiyobda   uzoq   yillar   davomida   ochib   o‘rganilgan,   lekin
yozma manbalar ma'lumotlarida tilga olinmagan joylar ham talaygina. Masalan,
O‘zbek–Fransuz   xalqaro   ekspeditsiyasi   tomonidan   Afrosiyobning   shimoliy
qismida   ochib   o‘rganilgan   Qoraxoniylar   davriga   oid,   devoriy   suratlar   bilan
ziynatlangan mahobatli saroy biron–bir yozma manbada aks etmagan.
47 Shu   bilan   birga,   mana   shu   ekspeditsiyasi   tomonidan   Afrosiyobda   olib
borilgan   tadqiqotlar   natijasida   bu   shahar   tarixiga   va   uning   tarixiy
topografiyasiga   oid   g‘oyat   muhim   boshqa   ob'ektlar   to‘g‘risida   ham   ishonchli
ma'lumotlar   qo‘lga   kiritildi.   Bu   kabi   yangi   ma'lumotlar   jumlasiga   ushbu
dissertatsiya   muallifi   ishtirokida,   Amir   Temur   arki   o‘rnida   olib   borilgan
arxeologik   qazishmalar   natijasida   ochib   o‘rganilgan,   Samarqand   rabodi
hududida   Somoniylar   davridan   to   XVI-XVII   asrlargacha   faoaliyat   ko‘rsatgan
masjid   qoldiqlari   to‘g‘risidagi   yangi   ma'lumotlarni   ham   kiritish   mumkin.
O‘zining   me'moriy   xususiyatlariga   ko‘ra,   ushbu   inshootni   faqatgina   yirik   bir
masjidning  qoldiqlari sifatida talqin qilish mumkin.
Markaziy   Sug‘dning   Samarqand   shahridan   boshqa   shaharlarining
shakllanishi,   rivojlanishi,birinchidan   vohaning   bosh   suv   manbai   Zarafshon
daryosining   suvlari   hisobiga   ilk   temir   davridan   boshlab   shakllangan   sun'iy
sug‘orish tizimlari asosida shakllangan madaniy hududlar  faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lgan.   Mana   shu   madaniy   hududlar   o‘sha   hududlarda   ma'lum   shaharlarining
shakllanishiga,   rivojlanishiga,   ma'lum   hududlarning   iqtisodiy     va   madaniy
markazlariga aylanishlariga zamin yaratgan. O‘sha hududlar o‘rta asrlar davrida
rustoqlar   sifatida   faoliyat   ko‘rsatganlar   va   bu   rustoqlar   to‘g‘risida   o‘rta   asrlar
davri   sayyohlari   asarlarida   ba'zi   ma'lumotlar   bizgacha   yetib   kelgan.   Mana   shu
ma'lumotlar   asosida   ushbu   Malakaviy   bitiruv   ishida   birinchi   marta   Markaziy
Sug‘dning rustoqlari chegaralarini aniqlashtirishga harakat qilindi.
Ikkinchidan,   Markaziy   Sug‘d   shaharlarining   shakllanishi   va
rivojlanishining   yana   bir   katta   omili,   shaharning   geografik   joylashuvi,   ushbu
hududdan   o‘tgan   xalqaro   Buyuk   Ipak   yo‘li   va   uning   mahalliy   maqomga   ega
bo‘lgan   ichki   yo‘llaridir.   Samarqand   vohasining   Borkat,   Samarqand,   Sog‘arj,
Ishtixon,   Kushoniya,   Robinjon,   Dobusiya   kabi   shaharlar,   Farg‘ona   vodiysidan
Zomin   orqali   va   Shosh   orqali   kelgan,   Samarqanddan   o‘tib   Buxoroga   ketgan
Buyuk  Ipak  yo‘lining  asosiy  bosh   trassasida  joylashganlar   va  bu  shaharlarning
48 rivojida albatta savdo va hunarmandchik ishlab-chiqarishi munosabatlari asosiy
rol   o‘ynaganlar.   Shu   bilan   birga   bu   shaharlar   rivojida   sun'iy   sug‘orish
tizimlariga   asoslangan   qishloq   xo‘jaligi   va   unga   asoslangan   qishloq   xo‘jalik
mahsulotlari   ishlab   chiqarish,   ularni   mahalliy   va   tashqi   bozorlarda   realizatsiya
qilish  ham katta rol o‘ynagan.
Uchinchidan, Markaziy Sug‘dning bosh daryosi bo‘lmish Zarafshon, uning
Qoradaryo   va   Oqdaryo   kabi   tarmoqlaridan   chiqarilgan   o‘nlab   yirik   kanallar,
yuzlab   ariqlar   vohaning   tekis   hududida   bo‘ylab   yuzlab   chaqirim   joylarigacha
tortib   ketilgan   va   shu   asnoda   bu   hududda   ulkan   va   o‘ta   murakkab   sun'iy
sug‘orish   tizimlari   shakllangan.   O‘ta   qulay   iqlim,   unumdor   tuproq   bu   vohada
yuksak   darajada   rivojlangan   dehqonchilik   madaniyatining   shakllanishiga   va
asrlar   osha   rivojlanishiga   zamin   yaratgan.   Undan   tashqari   somoniylar   va
qoraxoniylar   xumronligi   yillarida,   bir   necha   asr   davom   etgan   tinchlik   va
osoyishtalik   o‘z   navbatida   qishloq   xo‘jaligining,   tog‘     kon   ishining,   savdo
sotiqning,   hunarmandchilik,   ilm-fan,   madaniyat,   ma'rifat,   shaharsozlikning
gurkirab   rivojlanishini   ham   ta'minlab   berdi.   Shu   davrdagi   ilm-fan,   madaniyat
rivoji dunyo tamadduni rivojiga katta ta'sir ko‘rsatdi.
To‘rtinchidan,   Markaziy   Sug‘dning   shimoliy   hududlarida   joylashgan
Qo‘rg‘ontepa   va   Bekqo‘rg‘ontepa   kabi   yirik   shahar   yodgorliklarida   qisman
arxeologik tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsada, bu ma'lumotlar aksariyat hollarda
olimlar e'tiboridan chetda qolib kelgan va ular keyingi yillarda Katta Sug‘dning
shimoliy   hududlarida   joylashgan   “Sug‘dning   Shimoliy   temir   darvozasi”ga
hamda   Buxoro   –   Nurota   –   Shosh   va   Sirdaryo   bo‘yi   shaharlariga   olib   boruvchi
savdo   yo‘lidagi   yirik   shaharlar   sifatida   faoliyat   ko‘rsatganligi   isbotlab   berildi.
Markaziy Sug‘dning yirik irrigatsiya tizimlari faoliyat ko‘rsatgan hududlaridagi
shaharlardan   farqli   o‘laroq,   bu   shaharlarning   rivojida   asosan   tog‘-kon   ishlari,
savdo   va   hunarmandchilik   ishlab   chiqarishi   asosiy   rol   o‘ynagan.   Ayniqsa,
Bekqo‘rg‘ontepada   Nurota   tog‘laridan   qadimdanoq   qazib   olingan   temir,
49 qo‘rg‘oshin,   oltin,   kumush,   simob   kabi   nodir   metallar   va   minerallar   dastlabki
qayta   ishlangan   va   xom   ashyo   sifatida   Sug‘dning   boshqa   shaharlari   va
qishloqlariga olib ketilgan,  hamda tashqi bozorga chiqarilgan.
Shuning uchun mana shu yirik shaharlardan biri, Orlat qishlog‘i yaqinidagi
Qo‘rg‘ontepa   o‘zining   mahobati,   joylashgan   o‘rni   uchun   Marzbon   rustoqining
markazi (balki Marzbon shahri) sifatida lokalizatsiya qilindi.
Farg‘ona   vodiysidan   Zomin   orqali   kelgan   Buyuk   Ipak   yo‘lining   bosh
tarmog‘idan   Borkat   shahrida   ajralib   shimolga,     Kabudanjaket   –   Vidor   –
Marzbon   –   Bekqo‘rg‘ontepa   orqali     Nurota   va   “Sug‘dning   Shimoliy   temir
darvozasi”ga ketgan yo‘lning shakllanishi tasodif bo‘lmasdan, bu yo‘l Markaziy
Sug‘dning   shimoliy   hududlarida   joylashgan   shaharlar   va   qishloqlar   hayotida
nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Beshinchidan,   IX-XII   asrlar   jarayonida,   xususan   somoniylar   va
qoraxoniylar   sulolalari   hukmronligi   yillarida   Movarounnahrda   olamshumul
madaniyat   shakllandi.   O‘rta   asrlarda   yaratilgan   bu   buyuk   madaniyat   insoniyat
sivilizatsiyasining   keyingi   asrlardagi   taraqqiyotiga   ulkan   ta'sir   ko‘rsatdi.   Bu
madaniyat   Movarounnahrning   Samarqand,   Buxoro,   Termiz,   Nasaf,   Kesh,
Binket, Urganch, Axsikent va boshqa o‘nlab shaharlarida va qishloqlarida asrlar
davomida   shakllandi   va   rivojlandi.   Mana   shu   olamshumul   madaniyat   rivojida
Movarounnahrning   yuksak   darajada   rivojlangan   shaharlari   qatorida   Markaziy
Sug‘dning     Samarqand,   Borkat,   Kabudanjaket,   Vidor,   Sog‘arj,   Ishtixon,
Arbinjon, Kushoniya, Dobusiya va boshqa yirik shaharlari ham bor.
Shunday   qilib,   Markaziy   Sug‘dda   rivojlangan   o‘rta   asrda   o‘n   uchta
shaharlar   faoliyat   olib   borganlar.   U   shaharlarda   ishlab   chiqarish   bilan   bog‘liq
hunarmandchilikning qator tarmoqlari rivojlandi. Bu shaharlar Somoniylargacha
agrar   xarakterda   bo‘lsa,   XI   asrdan   hunarmandchilikning   barcha   tarmoqlarida
ishlab chiqarish tovar xarakterini kasb etdi
50 Adabiyotlar ro‘yxat i
1. Асланов А.П.   И з истории средневекового города  И штихан   //   Наука
и мир.-№ 9.(61). Vol.1.-Волгоград, 2018.
2. Асланов.А.П.   Добусия   кўҳна   шаҳри   тарихига   доир   //   Ўзбекистон
Миллий университети хабарлари. 2017.-№1/2
3. Асланов.А.П.   Омонов.Ш.   А.   Соғарж   шаҳрининг   тарихий
топографияси хусусида. //   Ўзбекистон Археологияси   . 2017 . №   2   (15).-Б.
71 -74
4. A slanov A. P. Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi   /
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktorli (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. -
Toshkent, 2022
5. Ахунбабаев   Х.Г.   Древний   Кабуданжакет.   //     (к   вопросу
локализации, генезиса и этапов развития раннефеодальных   владении и
средневековых     рустаков   Самаркандского   Согда).   Археология   Средней
Азии. Тезисы докладов. Ташкент, 1990 , -
6. Ахунбабаев   Х.Г.   Древний   Кабуданжакет .   //   (к   вопросу
локализации, генезиса и этапов развития раннефеодальных   владении и
средневековых     рустаков   Самаркандского   Согда).   Археология   Средней
Азии. Тезисы докладов. Ташкент, 1990 , -С. 2 9-30
7. Бартольд   В.В.   Географический   очерк   Мавераннахра.   //
Сочинение,том I, М. 1963, -С.148
8. Бартольд   В.В.   Географический   очерк   Мавераннахра.   //
Сочинение,том I, М. 1963, -С.147
9. Бартольд   В.В.   Географический   очерк   Мавераннахра.   //
Сочинение,том I, М. 1963,-С.181
10. Бартольд В.В. История культурной жизни Туркистана // Соч. Т.II
(1). М., 1963   -.441
51 11. Беленицкий   А.М,   Бентович   И.Б,   Большаков   О.Г.   Средневековый
город Средней Азии.  //  Л.,1973.-С187
12. Бердимуродов   А.Э.,   Суюнов   С.С.   Нуробод   воҳасида   2011   йилда
олиб   борилган   археологик   тадқиқотлар.     //   Ўзбекистонда   археологик
тадқиқотлар 2010 -2011 йиллар, 8-сони.  Самарқанд  2012 , -Б.90-100; 
13. Бердимуродов   А.Э.,   Суюнов   С.С.,   Сориев   Х.Я.   Ўзбекистоннинг
археологик   ёдгорликлари   каталоги.   1 -том.   Самарқанд   вилояти,   2-қисм.
Нуробод тумани. Самарқанд, 2015 , -Б.44.
14. Буряков Ю.Ф., Давидян Ю.С. Караван - сарай на торговом пути из
Самарканда   в   Кеш.   //   Шаҳрисабз   шаҳрининг   жаҳон   тарихида   тутган
ўрни.   Халқаро   конференция   маърузалари   тезислари.   Тошкент,   2002 ,   -
С.104-107
15. Вяткин  В.Л. Афрасиаб - городища былого Самарканда,  //  Т., 1927
16. Вяткин.   В.Л.Афросиаб-   городи ще   былого   Самарканда.   //
Т.,1927.-С.19.
17. Ерназарова т.с, Б.Д. Кочнев . материал ы к истории торговли и
денежного   обращения   Самарканд   в   IX-X   вв.   //   ИМКУ.Вып.13,
Ташкент, 1973.-С.132
18. Иневаткина   О.Н.   Бухарские   дороги   в   Самаркандском   Согде .   //
Древние   цивилизации   на   Среднем   Востоке.   Археология,   история,
культура.   Материалы   международной   научной   конференции
посвященной 80-летию Г.В.Шишкиной. М., 2010
19. Исамиддинов   М.Х.   Истоки   городской   культур ы   Самаркандского
Согда.  //  Ташкент, 2002
20. Истахрий.     Хуросон   ва   Мовароуннаҳр.   Тадқиқот,   араб   тилидан
таржима, изоҳ ва кўрсаткичлар муаллифи  Р. Т. Худайберганов.  Тошкент–
2019. -Б.158
52 21. Истахрий. Китаб ал-Масалик вал-Мамалик. Йўллар ва ўлкалар
китоби.  // Тошкент  ., 2019 .- Б.164
22. Камалиддинов Ш.С. Абу Са д  Абд ал – Карим ас – Сам ани и егоʹ ʹ ʹ
труд   “Китаб   ал   –   Ансаб”:   Важный   источник   по   истории   и   истории
культуры Средней Азии.  Berlin :  LAP   Lambert   Academic   Publishing , 2018 .
-С. 208
23. Лебедева   Т.И.   Сельская   округа   и   ее   роль   в   формировании
раннесредневекового   Самарканда   (по   материалам   сельской   округи
Самарканда) // Афтореф. дис… канд. ист. наук. Т., 1994 . -С. 13-14
24. Мавлонов Ў.М.  Марказий Осиёнинг қадимги йўллари. // Тошкент,
2008
25. Маликов.   А.М.   История   Самарканд   (с   древних   времен   до
середин ы  XIV  века ). Том  I . Т.,2017
26. Муҳаммаджонов   А.   Р.   Қуйи   Зарафшон   водийсининг   суғорилиш
тарихи. // (қадимги даврдан то XX аср бошларигача). Т.,1972, 
27. Назаров,  Исбаскат-Буюк ипак йўлида.  //   Қадимий Жиззах воҳаси-
тарих,   маданий   тараққиёт   ва   замонавий   ўзгаришлар   чорраҳасида
(Республика   илмий-амалий   конфренция   материаллари).Жиззах.   2021.-
Б.206
28. Раимқулов   А.А.   Кеш   –   Самарқанд   ўртасидаги   йўллар   хусусида.
Марказий   Осиё   маданияти   тарихи   ва   тарихшунослиги   масалалари.
Р.Ҳ.Сулеймановнинг 80 -йиллик юбилейига бағишланган Халқаро  илмий -
амалий конференция материаллари (2019 йил 12 июн). Тошкент, 2019,  -
Б.160-161
29. Раимқулов   А.А.   Қашқадарё   воҳасининг   ўрта   аср   шаҳарлари.   //
Қарши, 2018, -Б.29-30 бетлар; 
53 30. Раимқулов  А.А.,  Асланов   А.П.  Ўрта    асрлар     Самарқанд    воҳаси
рустоқлари  локализацияси масалалари. // Ўзбекистон моддий маданияти
тарихи. 37-нашр. Самарқанд, 2012
31. Ртвеладзе.   Э.   Древние   монет ы   Средней   Азии.   //   Тошкент. ,
1987. -С.13-14
32. Смирнова,   О.И.   Очерки   из   истории   Согда.     М   //   .:   Наука,   1970.
Ғ С.127
33. Ташходжаев   Ш.С.   Археологические   исследования   древнего
Самарканда в 1973 г.  //  Сб. “Афрасиаб”, вып. III, т., 1974,-
34. Тереножкин   А.И.   Археологическая   разведка   на   городище
Афрасиаб в 1945 г.,  //  КСИИМК. XVII, 1946 ;  
35. Тереножкин   А.И.   Археологические   работы   в   Самарканде,   //
Бюллетень АН УзССР, 1945,№11-12 ;  
36. Тереножкин А.И. Раскопки на городище  Афрасиаб,  //   КСИИМК,
XXXVI, 1951
37. Тереножкин   А.И..Вопросы     историко-археологической
периодиации древнего Самарканда.  //  ВДИ,   1947,   №4 -С.   127-128
38. Федченко А.П. Путешествие в Туркестан,  //  М., 1950
39. Ҳудуд ул-олам (Мовароунаҳр тавсифи).Т.,2008 .
40. Шишкин В.А.   К истории   археологического изучения Самарканда
и его окрестностей.  //  Сб. “Афрасиаб”  В ып I, Ташкент, 1969
41. Шульц  В. Л. Гидрография Средней Азии,  //   Ташкент, 1958. -С.  59
54

O‘rta asrlar davri Samarqandning yo‘llari va ularning Buyuk Ipak yo‘lida tutgan o‘rni Mundarija I- bob. Zarafshon vohasining tabiiy-geografik holati va vohaning ichki va tashqi yo‘llarining o‘rganilishi. ........................................................................................ 6 I-1. Zarafshon vohasining tabiiy-geografik holati ................................................ 7 I-2. Mavzuning o‘rganilishi. ............................................................................ 16 II- bob. Samarqand Sug‘di hududlaridan o‘tgan ichki va tashqi savdo yo‘llari .. 25 II -1.Ichki savdo yo‘llari .................................................................................. 25 II-2. Mamlakatlararo tashqi savdo yo‘llari. ..................................................... 37 III- bob. Samarqandning rivojlangan o‘rta asrlar davri tovar pul munosabatlari 40 III-1. Tovar pul munosabatlari. ....................................................................... 40 III-2. Tovar pul munosabatlarini mamlakat iqtisodiy qudratini ko‘tarishdagi roli .................................................................................................................... 42 XULOSA ............................................................................................................. 45 Adabiyotlar ro‘yxati ............................................................................................ 51 1

Kirish Mavzuning dolzarbligi. Kishilik jamiyati tarixining rivojlanishiga nazar tashlasak, turli hududlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar biologik va ijtimoiy zaruriyat sifatida paydo bo‘lganligini, o‘zaro muloqot va aloqalar dastlab ma'lum. Hududdagi tabiat mahsulotlarini o‘zaro almashishga intilish natijasida kelib chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin. Ibtidoiy mahsulot almashuv tosh davridayok; dastlab bir-biriga qo‘shni bo‘lgan jamoalar o‘rtasida olib borilgan bo’lsa, metallurgiya davrining boshlanishi, shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi, qadimgi davlatlarning paydo bo‘lishi bilan qo‘shni va uzoq o‘lkalarni o‘zaro bog‘lovchi tranzit aloqa yo‘llari shakllandi va rivojlandi. Jamiyat taraqqiy etib borishi, ulov vositalari va g‘ildirakning kashf etilishi bilan ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalarga xizmat qiluvchi aloqa- kommunikatsiya yo‘llari tizimi kengayib bordi. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, O‘rta Osiyo hududi tarixning eng qadimgi davrlaridanoq muxim xalqaro aloqa yo‘llari o‘tuvchi joy sifatida Sharq va G’arb mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Bu O‘zbekiston va O‘rta Osiyo mintaqasining qadimgi Sharq va G’arb sivilizatsiyalari muloqotida tutgan o‘rnini, jahon sivilizatsiyasi rivojiga ko‘rsatgan ta'sirini belgilashda muhim o‘rin tutadi. Tegishli manbalar Markaziy Osiyo xalqlari rivojlangan va o‘ziga xos madaniyatga ega bo‘lganligini, bu madaniyat bir-biri bilan va Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanganligini ko‘rsatib berdi. Bu aloqalarni amalga oshirishda qadimgi yo‘llarning ahamiyati beqiyos bo‘lib, ularning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari qadimgi jamiyatlar, xalqlar va davlatlar xayoti, iqtisodiy-madaniy aloqalari rivojiga mos ravishda borganligini ko‘ramiz. Umuman olganda, mintaqada qadimgi aloqa va savdo yo‘llarining 2

paydo bo’lishi va rivojlanishi bir necha tarixiy bosqichlarni bosib o‘tganligiga e'tibor qaratish lozim. Tadqiqotning davriy chegarasi. Markaziy Osiyoda O‘rta asrlar davridagi aloqa-savdo yo‘llarini o‘z mohiyati va xususiyatlari, yo’nalishi va doimiyligi bilan bir-biridan tubdan farq qilgan quyidagi davrlarga: 1. IX-XIII asr boshlari. 2. Chig‘atoy ulusi davri; 3. Amir Temur va temuriylar davri. 4. So‘ngi O‘rta asrlar davri aloqa-savdo yo‘llariga bo‘lib o’rganish maqsadga muvofiqdir. IX-XIII asr boshlari aloqa savdo yo‘llari. Bu davr savdo va madaniyat markazlari bo‘lgan yirik shaharlarning ko‘payishi va taraqqiyoti davri bo‘lib, ichki hamda tashqi savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojida muhim o‘rin tutadi. Buyuk Ipak yo‘lining markaziy yo‘nalishlari bo‘yida joylashgan Movarounnahr shaharlari, nafaqat Sharq dunyosida, balki ulkan Yevrosiyo mintaqasi miqyosida amalga oshiriladigan tranzit aloqalarda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Iqtisodiy-madaniy aloqalarning rivojlanishi savdo yo‘llari tarmoqlarining kengayishiga va ular faoliyatining jonlanishiga olib keldi. Ilk musulmon uyg‘onish davri sifatida qaraladigan bu davrda O‘rta Osiyoda ichki savdo yo‘llarining muhim yunalishlari tashqi tranzit aloqalarda ham katta ahamiyat kasb etgan. Bu yo‘llar hunarmandchilik va madaniyat markazi bo‘lgan shaharlarni qishloqlar, xomashyo manbalari va foydali qazilmalar olinadigan konlar bilan, shaharlar va viloyatlarni bir-biri bilan bog‘lar edi. Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan savdo yo’llari qatorida Buxoro, Samarkand, Nasaf, Shosh, Farg‘ona va Xorazm vohasi orqali o‘tgan yo‘llar katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular tranzit savdo yo‘llarining muhim tarkibiy qismlari hisoblanardi. Muammoning o‘rganish darajasi. Markaziy Sug‘dning rivojlangan o‘rta asrlar davri Markaziy Sug‘dning rivojlangan o‘rta asrlar davri ichki va tashqi savdo yo‘llari va ularning Buyuk Ipak yo‘lidagi o‘rni va ahamiyatiga kattaligi bois, Markaziy Sug‘d 3

hududida joylashgan ichki va tashqi yo‘llarini joylashuv o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalindi. Markaziy Sug‘dning ichki va tashqi savdo yo‘llari, tovar pul munosabatlari, iqtisodiy taraqqiyot masallariga e'tibor qaratilib, yo‘llarning xaritasi yaratilgan. Yo‘llar joylashuviga oid arab mualliflarining ma'lumotlari keltirilgan. Samarqand shahridan boshlanuvchi yo‘llar, ularning qaysi hududlarga borishi, Yo‘ldagi to‘xtash nuqtalari haqidagi ma'lumotlar ko‘p yilik arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalar asosida to‘laqonli bayon etilgan. Yo‘llarning nomlari va tovar pul munosabatlari haqida faktlar keltirilgan. Sug‘d shaharlarining mamlakat iqtisodiy va etnomadaniy rivojlanishdagi tutgan o‘rni haqida tahliliy xulosalarga kelingan. Tadqiqotning maqsad va vazifasi. Bizning xulosalarimizga ko‘ra, rivojlangan o‘rta asrlar boshlarida Markaziy Sug‘dda 6 ta yirik yo‘llar bo‘lib, ularning kesishish joyi Samarqand hisoblangan. Markaziy Sug‘d shaharlari, jumladan uning markazi hisoblangan Samarqand ikki ming yildan ko‘proq muddat davomida O‘rta Osiyoning eng yirik savdo- sotiq markazlaridan biri bo‘lgan. Yozma manbalar tahlili ham Movarounnahrda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab eksport bo‘luvchi mahsulotlarning katta qismi Samarqand Sug‘di iqtisodiyotiga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu Markaziy Sug‘dning yuksalishida yo‘llarning ahamiyati muhim ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Bu tadqiqot orqali insoniyatning tarixida chuqur iz qoldirgan va integratsiya jarayonini boshlab bergan omillardan biri bo’lgan Buyuk Ipak yo’li va uning Samarqand yo’llarida tutgan o’rnini yoritib berish va Samarqand yo’llarining bu yo’ldagi tarixiy ahamiyatini ko’rsatib berishdan iboratdir Tadqiqotning manbaviy asoslari. Tadqiqot oldiga qo’ygan maqsadlarni amalga oshirish davomida turli xil tarixiy manbalarni o’rganib chiqdi va turli manbashunoslik,etnografiya,arxeologiya,numizmatika sohalariga oid moddiy manbalarni o’rganish asosida yoritildi.Maskur davrga oid bo’lgan xitoy, so’g’d, arab, fors, rus va yevropa manbalariga asoslangan holda yoritildi. 4

Tadqiqot obyekti va predmeti. Buyuk Ipak yo’lining ajralmas bir qismi bo’lgan va asosiy jon tomiri bo’lgan Samarqand savdo yo’llarini yoritib berish va bu yo’lda joylashgan rabotlar va shaharlar joylashuvini ,ularning tuzulishini, shuningdek tashqi aloqalarini yoritish,taqdiqotning obyekti va predmeti qilib olindi. Bitiruv ishining nazariy va uslubiy asoslari. Tadqiqot ilmiy jihatdan metadologik asosga ega bo’lib, savdo yo’llari va shaharlar haqida bizga kerakli ma’lumot beradi.Shuningdek, tadqiqot davomida So’g’dning geografik-tarixiy shamoili ham alohida tariflanib o’tdi. Tarixiy manbalar asosida misollar va dalilar bilan yoritilib berildi. 5