logo

O‘RTA OSIYODA TA‘LIM TIZIMINING TARAQQIYOTI

Yuklangan vaqt:

12.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

54.8671875 KB
MAVZU:     O‘RTA OSIYODA TA‘LIM TIZIMINING TARAQQIYOTI
MUNDA REJA 
KIRISH .
ASOSIY QISM.
I-bob: O‘rta Osiyo davlatlarida ta‘lim tizimiga e‘tiborning kuchayishi
1.1 .Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqillikdan keyin ta‘lim 
tizimiga bo’lgan munosabati
1.2.O’rta Osiyo davlatlarida ta’lim tizimining yuqori cho’qqilarga 
erishishi
II-bob:Ta’lim tizimidagi yutuqlar va kamchiliklar, dars jarayonining 
bolalar psixikasiga ta’siri
2.1.Ta’lim jarayonida o’quvchilar psixikasiga ta’sir o’tkazishning 
ahamiyati
2.2 . Hozirgi   kunda   Respublikamizdagi   ta‘lim   tizimidagi   ahamiyatli
o‘zgarishlar
Xulosa.
Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISH.
Mavzuning   dolzarbligi:   VII   asrda   O'rta   Osiyo   arablar   istilosi   tufayli   yangi
rivojlanish   bosqichiga   chiqdi.Islom   ma'rifiy   ta'limotida   ikki   darajali   ta'lim   amalga
oshirilgan.   maktab   va   masjidlarda   ilk   diniy   ta'lim   berilgan.   Keyingi   bosqich
madrasada   amalga   oshirilgan.   Bu   yerda   shariat,   ilohiyot,   falsafa,   mantiq,   notiqlik,
matematika,   astronomiya,   tibbiyotdan   ta'lim   berilgan.   Bundan   tashqari   Qur'on
maktabi,   fors   maktabi,   Qur'on   va   fors   tili   maktabi   va   arab   maktabi   kabi   maktab
yo'nalishlari bo'lgan.
Tarixdan   ayonki,   VII   -   XII   asrlar   O'rta   Osiyoda   ma'naviyat,   madaniyat,   ilm-fan
mukammal   bir   bosqichga   ko'tarilgan.   Ayni   davrda   yashab   ijod   etgan   komusiy
olimlarimiz   nafaqat   O'rta   Osiyo   uchun,   nafaqat   o'z   davrlari   uchun,   balki   butun
insoniyat   uchun   mukammal   vazifalarni,   ilmiy   kashfiyotlarni   amalga   oshirdilar.   Al-
Xorazmiy,   Beruniy,   Farobiy,   Ibn   Sino,   Al-Farg'oniy,   Az-Zamaxshariy,   Yassaviy,
Nakshband, Imom al  -Buxoriy, Imom  Burxoniddin Marg'inoniy va boshqa  qomusiy
daholarimiz   barcha   soha   fanlari   taraqqiyotiga   hissa   qo'shib,   o'z   davrlarida   ta'lim-
tarbiya,   ilm-fanda   o'z   izlarini   qoldirdilar.   Imom   G'azzoliyning   pedagogika   va
psixologiya   taraqqiyotiga   qo'shgan   hissasi   alohida   e'tirofga   sazovor.   Tarixiy
manbalardan   ma'lumki,   Markaziy   Osiyo,   ayniqsa   Turkistonda   ta'lim   madrasa-
masjidlarda,   eski   usuldagi   maktablarda   olib   borilgan.   Albatta,   diniy   ta'lim-tarbiya
yetakchi   o'rinni   egallab,   ta'lim   va   tarbiyada   Qur'oni   karim,   Muhammad   saliollohu
alayhi   vassalam   hadislari   puxda   o'rgatilgan,   milliy   axloq-odob   talablari,   sharqona
qarashlarni   qamrab   olgan,   milliy   tarbiya   masalalarini   ilmiy-nazariy   va   amaliy
jihatdan   o'rganishga   bevosida   yordam   beradigan   diniy   asarlardan   saboq   berilgan.
Sharq   ta'limida   asosan   yodlatish   uslubida   ta'lim   berilgan.   Bolalar   boshlang'ich
ta'limni   harf   o'rganishdan   boshlab   yodlash   orqali   o'zlashtirganlar.   Maktab   ta'limida
barcha ma'lumotlar yod olingan. Ya'ni bola aqli to'lgunicha xotirasi imkoniyatlaridan
foydalanilgan.   Madrasada   esa  yod olingan  "Qur'on"i   karim   tavsiri  -  ma'no  mohiyati
o'rganilgan.   Bola   aqli   to'lishib,   kitob   mazmunini   anglash   yoshiga   va   salohiyatiga
yetganidagina   kitob   ma'nosi   ochib,   o'rgatishgan.   Darhaqiqat,   inson   bolalik   davrida
yod olish imkoniyati ancha baland bo'ladi. Ma'lumotlar qancha ko'p yodlansa, xotira ham       shuncha   kuchayib   boradi.   Aynan   bolalikda   yodlangan   ma'lumotlar   xotirada
uzoq   vaqt   saqlanadi.   Bolalar   axloq   va   odob   mezonlari   bilan   tanishtirilib,   keyin
boshqa   ilmlarni   egallashgan.   Islom   ta'lim   tizimidagi   bu   o'qitish   uslubini   ijobiy
tomonidir.   Bunday   ta'lim   jarayoni   asrlar   mobaynida   ota-bobolaramizdan   bizgacha
qanchadan-qancha   tarjibalarda   isbotlanib,   halqimizning   turmush   tarzida   tekshirilib
hamda sinalib kelgan merosdir.
       Tadqiqot vazifalari :
 1.O’rta Osiyo hududidagi ta’lim tizimini o’rganish. 
 2.Markaziy Osiyodagi ta’lim tizimidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlash. 
3 . Talim   tizimidagi   yangicha   yondashuvlarning   o’quvchilar   psixikasiga   ta’sirini
o’rganish.
4 .   Talim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish usullarini aniqlash.  
Tadqiqot   maqsadi:   Tadqiqotimiz   maqsadi   O‘rta   Osiyo   davlatlarida   ta‘lim
tizimining rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunga kelib qanday yutuqlarga erishganligi
va hozirgi holati haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish. 
Tadqiqot predmeti:   Tadqiqot predmeti bo’lib O‘rta Osiyo davlatlarida ta‘lim
tizimining taraqqiyoti va hozirgi kunda tutgan o’rnini aniqlash  hisoblanadi.
Tadqiqot   obyekti:   Tadqiqotimiz   obyekti   bo’lib   Sharof   Rashidov   nomidagi
Samarqand   davlat   universiteti   Psixologiya   va   ijtimoiy-siyosiy   fanlar   fakulteti
Psixologiya yo’nalishi 3-bosqich talabalari xizmat qiladi.
                    Tadqiqot   farazi:   O‘rta   Osiyo   davlatlarida   ta‘lim   tizimining   tarixiy
taraqqiyotidan to bugungi kungi yutuqlarigacha bo’lgan davrni o’rganish orqali  ta‘lim
tizimi   rivojiga o’z hissamizni qo’shish.
Tadqiqotning   metodologik   asosi:   O’zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi»,   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonun,   Birinchi   Prezident imiz
I.A.Karimovning   barkamol   avlod   tarbiyasi   bo’yicha   g’oyalari,   ma’ruzalari,
mutafakkirlarning   ta’lim-tarbiya   jarayoni   samaradorligini   oshirish   bo’yicha   ilmiy
qarashlari,   shuningdek   Respublikamiz   pedagog-psixolog   olimlarining   psixologik
jarayonlarini   o’rganish,   O‘rta   Osiyo   davlatlarida   ta‘lim   tizimining   hozirgi   vaqtdagi ba’ zi   kamchiliklarini   bartaraf   etish   muammolariga   bag’ishlangan   tadqiqotlari   kurs
ishimizni yozish  uchun asos qilib olindi.
I-bob:O‘rta Osiyo davlatlarida ta‘lim tizimiga e‘tiborning kuchayishi
1.1.O‘rta Osiyo davlatlarining mustaqillikkacha bo‘lgan davrda ta‘lim
tizimining ahvoli  
           Markaziy Osiyo davlatlari uzoq vaqt davomida Sobiq Ittifoq ta`siri ostida bo`lib
keldi.   1922-yilda   tuzilgan   SSSR   1991-yilning   8-dekabrida   amalda   tugatildi.   O’tgan
shuncha   vaqt   davomida   Markaziy   Osiyoning   besh   respublikasi   har   tomonlama
Moskva ta`siri ostida bo`lib kelgan. Shunday ekan siyosiy qaramlik bilan birgalikda
ta`lim   tizmi   ham   markazdan   belgilab   berilgan   rejaga   muvofiq   amalga   oshirilib
kelingan.   1991-yilda   mintaqaning   besh   davlati   birin-ketin   mustaqillikka   erisha
boshladi. Siyosiy jihatdan mustaqil bo`lgan bu davlatlar oldida juda ko`p muammolar
ko`ndalang   bo`lib   turar   edi.   Davlat   rahbarlari   birinchilardan   bo`lib   boshqa   sohalar
kabi   ta`lim   sohasining   ham   zamon   ruhiga   mos,   milliy   mentalitetdan   kelib   chiqqan
holda   qaytadan   isloh   qilishga   o`z   e`tiborlarini   qaratdi.   Lekin   shuni   ham   ta`kidlab
o`tishimiz lozimki, ta`lim sohasini isloh qilish mintaqaning barcha davlatlarida birdek
ketmagan. Chunki bu davlatlardagi siyosiy vaziyat ham bunga o`z ta`sirini ko`rsatgan
edi.
        Endi e`tiborimizni mustaqillikka endigina erishgan Markaziy Osiyo davlatlarida
ta`lim   tizmining   holatiga   qarataylik.   So`z   yuritilayotgan   vaqtda   mintaqa   davlatlari
ta`lim tizimi Sobiq Ittifoqning tegishli muassasalari tamonidan ishlab chiqilgan tizim
asosida   olib   borilar   edi.   Bolaga   ta`lim   berish   dastlab   bog`chadan   boshlanib,   bu
muassasada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olishgan. Keyingi bosqich maktab
bo`lib, bu bosqichda bolalar 11 yil yoki 8 yillik ta`lim olishgan. Nima uchun aynan
bolalarga   11   yoki   8   yil   ta`lim   berilgan   degan   savol   tug`ilishi   tabiiy   holat.   Ayrim
bolalar 8 yil ta`lim olgandan keyin kasb-hunarga yo`naltirilgan, qolgan bolalar bo`lsa
maktabda   ta`lim   olishni   davom   ettirgan.   Lekin   har   doim   ham   oquvchilar   8   yillik
ta`limdan   keyin   o`z   xohishlariga   ko`ra   kasb-hunarga   yo`naltirilavermagan.
Maktabdan   keyingi   ta`lim   inistitutlarda   olib   borilgan.   Bunda   talabalarga   5   yillik
(ayrim institutlarda ta`lim olish muddati farqlanishi mumkin) ta`lim berilgan. Bu vaqt davomida   talaba   o`z   mutaxassisligi   bo`yicha   kerakli   bilimlarni   olib,   keyingi
faoliyatni   xalq   xo`jaligining   turli   tarmoqlarida   olib   borishi   mumkin   bo`lgan.
Talabalarning ma`lim bir qisimi ta`lim olishni davom ettirib oliygohlarda o`z mehnat
faoliyatini ham olib borish imkoniyatiga ham ega bo`lgan.
          Yuqorida   Markaziy   Osiyo   Respublikalarining   SSSR   ta`siri   ostida   bo`lgan
vaqtlardagi ta`lim tzimining umumiy holatini ko`rib chiqdik. Tashqi ko`rinishidan bu
tizim   juda   mukammal   ishlanganga   o`xshaydi.   Haqiqatdan   ham   shunday   bo`lgan.
Lekin   har   doim   ham   Ittifoq   respublikalarida   belgilab   qo`yilgan   tartiblarga   amal
qilinmagan.   Ta`lim   tizimida   ham   zamondan   ortda   qolish   holatlari   XX   asr   70-yillari
oxirlariga   kelganda   yaqqol   namoyon   bo`la   boshlagan.   Ta`lim   muassasalarining
moddiy   texnik   bazalari   ham   talab   darajasida   bo`lmagan.   Bundan   tashqari   yana
ko`plab kamchiliklarini sanab o`tishimiz mumkin.
        Sobiq Ittifoq parchalangandn  keyin mintaqa respublikalari  oldida ikkita yo`l  bor
edi. Bu yo`llardan biri ta`lim SSSR tizimini saqlab qolish, yo bo`lmasa zamon ruhiga
mos yangi  tizimni  qabul  qilish edi. Siyosiy vaziyatni to`g`ri  tushungan  mintaqaning
bir   qancha   davlatlari   ta`lim   tizimida   islohot   qilishni   asta-sekin   amalga   oshirishni
maqul ko`rgan bo`lsa, Tojikistondagi siyosiy beqarorlik bu tizimni isloh qilishni ortga
surishga   sabab   bo`ldi.   XX   asrning   80-yillaridan   boshlab   Markaziy   Osiyo   davlatlari
ta`lim tizimi bo`yicha rivojlangan davlatlar ta`lim tizimidan ortda qola boshlandi. Bu
davrda rivojlangan davlatlarda ta`lim tizimi zamon ruhiga mos ravishda o`zgarishlar
amalga   oshirilmoqda   edi.   Misol   sifatida   Yevropa   va   AQSH   ta`lim   muassasalarida
zamonaviy   ilg`or   texnologiyalarni   joriy   qilinayotgan   bir   vaqtda   Markaziy   Osiyo
davlatlari   ta`limida   bu   texnologiyalar   faqat   nazariy   jihatdan   o`rgatilar   edi.   Bu   holat
nafaqat   Mrakaziy   Osiyo   davlatlarida,   Ittifoqning   boshqa   davlatlarida   ham   shu
ko`rinishda   edi.   Mustaqillikka   erishgandan   keyin   ham   bu   respublikalar   zamonaviy
texnologiyalarni   ta`limga   birdaniga   joriy   qila   olmas   edi.   Sababi   davlatlarning
iqtisodiy holati havas qilar darajada bo`lmagan.
            Endi   asosiy   e`tiborimizni   Markaziy   Osiyoning   mustaqillikka   erishgan   ilk
yillaridagi   ta`lim   muassasalarining   holatiga   e`tiborimizni   qaratamiz.   Dastlab
mintaqaning   shimoliy   qismida   joylashgan   Qozog`istondagi   ta`lim   muassasalarining holati bilan tanishib chiqamiz. 1991-yilda Qozog`iston mustaqilikka erishgan davrida
mamlakatda   ta`lim   muassalarining   umumiy   soni   17   783   tani   tashkil   qilgan.   Bu
sondan   ko`rinib   turibdiki   ta`lim   muassasalari   respublika   aholisi   soniga   nisbatan
bo`lganda yaxshi  ko`rsatkichni  tashkil  qilgan. 17 783 tadan 8 881 tasi  maktabgacha
ta`lim muassasasi, 8 841 tasi maktab va 61 tasi bo`lsa oliy ta`lim muassasasi bo`lgan.
Qozog`istonda 1991-yilda mavjud 8 881 ta maktabgacha ta`lim muassasasida 1 067
814   nafar   bolalar   tarbiyalangan.   Bu   davrda   davlatda   bog`cha   yoshidagi   bolalarning
umumiy soni 2 300 000 nafardan ko`p bo`lgan. Shundan kelib chiqib, Qozog`istonda
maktabgacha ta`lim muassasalarida shu yoshdagi bolalarning 43 % tarbiyalangan. Bu
sonlar bilan birgalikda muassasalarning holatiga ham e`tibor qaratsak. Mavjud 8881
ta   maktabgacha   ta`lim   muassasasining   40   %   dan   ortiqrog`i   talab   darajasida
bo`lmagan.   Bu   bog`chalarning   moddiy-texnik   bazasi   qoniqarsiz   holatda   bo`lgan.
Yana 20 % bo`lsa belgilangan me`yorga bazo`r javob bera olgan. Talab darajasidagi
maktabgacha   ta`lim   muassasalari   davlatning   katta   shaharlari   markazlarida,   shimoliy
hududlarda   joylashgan.   Bu   ta`lim   muassasalarining   ko`pchiligida   rusiy   zabon
aholining   farzandlari   tarbiya   olishgan.     So`z   yuritilayotgan   davrda   Qozog`iston
maktablarining   umumiy   soni   8841   tani   tashkil   qilgan   bo`lsada,   ularning   yarimidan
ortig`i belgilangan talabga javob bermagan. Maktablarning ko`pchilik qismi avariya
holatida   bo`lgan.   Bunday   maktablar   asosan   ovul   va   qishloqlarda   joylashgan.
Maktablarning ko`pchiligining moddiy-texnik bazasi talabga javob bermagan. Bunda
ham   markazda   joylashgan   maktablarning   holati   talab   darajasida   bo`lgan.   Rus   tilida
ta`lim   beriladigan   maktablar,   qozoq   va   boshqa   tillarda   ta`lim   beriladigan
maktablardan holati ancha yaxshi bo`lgan. Qozog`istonda 1991-yilda 61 ta oliy ta`lim
muassasasi faoliyat yuritgan bo`lsa, ularning ham holati turlicha bo`lgan. Oliy ta`lim
tizimida   ham   ta`lim   berilishi   rivojlangan   davlatlar   bilan   taqqoslaganda   past
ko`rsatkich qayd qilgan. Ko’plab muassasalarning holati talab darajasida bo`lmagan.
Oliy   ta`limda   ham   rus   tili   boshqa   tillarga   qaraganda   ancha   ustunlik   qilgan.
Mustaqillikka   endigina   erishgan   Qozog`iston   oldida   yuqorida   sanab   o`tgan
kamchiliklarni bartaraf qilish vazifasi turar edi. Qozog`iston hukumati bu sohani isloh
qilishni   mustaqilikning   ilk   yillaridan   boshladi.Qozog`istonga   qo`shni   bo`lgan Qirg`iziston ham 1991-yil 31-avgustda mustaqil bo`ldi. Mustaqillika erishgan vaqtda
mamlakatda   3369   ta   ta`lim   muassasasi   faoliyat   yuritgan.   Bu   muassasalarning
ko`pchiligning   avariya   holatida   bo`lgan.Mavjud   3369   ta   ta`lim   muassasasidan   1600
tasi makatabgacha ta`lim muassasasi, 1759 tasi maktab va 10 tasi oliy va o`rta ta`lim
muassasasi   bo`lgan.   Mustaqillikka   erishgan   Qirg`izistonda   makatabgacha   ta`lim
muasasasalarini holati havasi qilar darajada bo`lmagan. Mavjud 1600 ta maktabgacha
ta`lim muassasasining yarimidan ko`prog`i talab darajasida bo`lmagan. Ko`plarining
binolari  avariya holatida bo`lib, istish va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlanmagan.
Bu   holatdagi   maktabgacha   ta`lim   muassasalarining   ko`pchiligi   respublikaning
qishloq   hududlarida   joylashgan.   Davlatning   katta   shahar   markazlarida   joylashgan
muassasalarining   holati   anchagina   yaxshi   bo`lgan.   Misol   sifatida   Bishkek   shahrida
joylashgan 220 dan ziyod makatabgacha ta`lim muasasasidan atigi 32 tasining holati
qoniqarsiz   bo`lgan.   Lekin   shahar   markazlarida   joylashgan   maktabgacha   ta`lim
muassasalarida rus tilida tarbiya berish holatlari ko`p uchragan. Respublikada mavjud
1 759 ta makatabning 40 % talab darajasida bo`lgan. Qolgan 60 % bo`lsa belgilangan
standart   talablariga   mos   kelmagan.   Talab   darajasida   bo`lmagan   maktablarning
kattagina   qismi   asosan   qishloq   va   shahar   chekkasi   hududlariga   to`g`ri   kelgan.
Mamlakatdagi oliy ta`lim muassasalari soni 10 tani tashkil qilgan bo`lsa-da, ularning
atigi   3   tasining   holati   qoniqarli   darajada   bo`lgan.   Qolgan   7   tasining   moddiy-texnik
bazasi anchagina kambag`al bo`lgan. Ayrim muassasalarning binolari talab darajasida
bo`lmagan.     Tojikistonda   ta`lim   muassasalarining   holati   1991-yilda   mintaqaning
boshqa respubliklaridagidan deyarli katta farq qilmagan. Mamlakatdagi mavjud 4401
ta ta`lim muassasasidan 944 tasi maktabgacha ta`lim muassasasi, 3443 tasi maktab va
14 tasi oliy ta`lim muasasasi bo`lgan.   Mamlakatdagi mavjud 944 ta bog`chada jami
141   500   nafar   bola   tarbiyalangan.   Bu   o`sha   vaqtdagi   davlatdagi   jami   bog`cha
yoshidagi   bolalarning   30   %   ni   tashkil   qilgan.   Bu   raqamlardan   ko`rinib   turibdiki,
Tojikistonda Sobiq Ittifoq davrida ham maktab yoshigacha bo`lgan bolalarning katta
qismi   uy   sharoitioda   tarbiyalangan.   Mavjud   bog`chalarning   ham   katta   qismining
moddiy-texnik   bazasi   talab   darajasida   bo`lmagan.Tojikistonda   1991-yilda   mavjud   3
443   ta   maktabda   jami   1   325   400   nafar   bola   ta`lim   olgan.   Tojikistonda   ham   boshqa respubliklarda bo`lgani kabi maktablarning kattagina qismi talabga javob bermagan.
Bu holat ayniqsa respublikaning to`g`li qishloq hududlariga to`g`ri keladi. Davlatning
katta   shaharlaridagi   maktablarining   ko`pchiligida   ta`lim   rus   tilida   olib   borilgan.
Mamlakatdagi   14   ta   oliy   ta`lim   muassasalarining   ko`pchiligining   holati   yaxshi
darajada   bo`lmagan.   Dushanbe   shahrida   joylashgan   1947-yilda   tashkil   etilgan
Tojikiston   davlat   milliy   universitetini   moddiy-texnik   bazasini   Ittifoqning   markaziy
shaharlarida joylashgan universitetlar bilan taqqoslaganimizda ancha katta tafovutga
duch   kelishimiz   mumkin.   Turkmaniston   Markaziy   Osiyoning   janubi-g`arbida
joylashgan   bo`lib,   kattagina   qismini   cho`llar   tashkil   qiladi.   Turkmaniston   ham
mustaqillikning dastlabki davridan ta`lim tizimini isloh qilish harakatlarini boshlagan.
Ushbu   davrda   Turkmanistonda   jami   2726   ta   ta`lim   muasasasi   faoliyat   yuritgan.
Shundan 920 tasi maktabgacha ta`lim muassasasi, 1880 tasi maktab, 6 ta oliy ta`lim
muassasasidan   iborat   bo`lgan.     Turkmanistonda   ham   maktabgacha   ta`lim
muassasalarining   ko`pchilik   qismining   holati   talab   darajasida   bo`lmagan.   920   ta
makatabgacha ta`lim muassasasining atigi 35 % har tamonlama belgilangan tartibga
javob   bergan.   Qolgan   qismi   bo`lsa   talab   darajasida   bo`lmagan.Davlatda   1991-yilda
mavjud 1800  ta maktabning  55 %   talab darajasida  bo`lgan. 1991-yilda  maktablarda
tahsil   olayotgan   o`quvchilarning   umumiy   soni   890   ming   nafarni   tashkil   qilgan.   55
ming nafar o`qituvchi maktablarda faoliyat yuritgan. Turkmanistondagi mavjud 1800
ta   maktabning   180   tasi   rus   tilida   o`qitishga   mo`ljallangan   bo`lsa,   90   nafari   o`zbek
tilida dars berilgan. Bundan tashqari turkman tilida dars beriladigan maktablarda ham
rus   tilining   o`tishga   katta   e`tibor   qaratilgan.   Turkmanistonda   1991-yilda   mavjud
bo`lgan 6 ta oliy ta`lim muassasasining holati ham mintaqaning boshqa davlatlaridagi
inistitutlardan   farqlanmagan.   Bu   oliy   ta`lim   muasasalarida   o`qitladigan   fanlar,
ularning moddiy bazasi talab darajasidan past bo`lgan.  Markaziy Osiyoning o`rtasida
joylashgan   O`zbekistonda   ham   1991-yilda   ta`lim   muassalarining   umumiy   holati
qolgan   to`rt   respublikanikidan   keskin   farq   qilmagan.   O`zbekistondagi   ta`lim
muassasalarining   ham   moddiy-texnik   bazasi   Ittifoqning   markaziy   hududlari   bilan
taqqoslaganimizda   katta   farqni   ko`rishimiz   mumkin.   Barcha   respublikalarda   ta’lim
muassasalarining   kattagina   qismining   moddiy-texnik   holati   talab   darajasida bo`lmagan.   Shu   bilan   birgalikda   ta`lim   muassasalarida   ishlayotgan   pedagog
xodimlarning ham  ko`pchiligining bilim  saviyasi  yetarli  darajada emasdi.     Mintaqa
davlatlari maktablarida o`qitiladigan darsliklarida ham keskin farq bo`lgan. Mahalliy
tildagi darsliklarga qaraganda rus tilida yozligan darsliklar anchagina sifatli bo`lgan.
Oliy   ta`lim   muassasalarida   o`qitiladigan   fanlar   bo`yicha   adabiyotlarning   kattagina
qismi   rus   tilida   bo`lgan.   Bu   esa   rus   tilini   bilmagan   ko`plab   yoshlarga   bir   qator
muammolarni   keltirib   chiqargan.   Chunki   Markaziy   Osiyo   davlatlarida   aholining
barcha   qatlami   ham   rus   tilini   yaxshi   bilmagan.   Rus   tilini   asosan   shahar   va   uning
atrofida   yashovchi   aholi   yaxshi   bilgan.   Qishloqlardan   shaharga   kelayotgan
yoshlarning kattagina qismi rus tilini unchalik ham yaxshi bilmagan.
           Xullas, 1991-yilda mustaqilikka erishgan mintaqaning besh respublikasi oldida
yuqorida   sanab   o`tgan   muammolar   turar   edi.   Hukumat   tepasiga   kelgan   rahbarlar
ta`lim   tizimini   isloh   qilmay   turib   katta   maqsadlarga   erishib   bo`lmasligini   yaxshi
tushungan. Shuning uchun ham ular mustaqillikning ilk kunlaridan bu sohada islohot
qilish   uchun   harakatlarni   boshlab   yubordi.       Uzoq   va   boy   tarixga   ega   bo'lgan
Markaziy   Osiyo   xalqlari   o'zining   ta'lim-tarbiyaga   oid   boy   merosini   yaratib,
takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik,
insonlarga va tabiatga do'stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab
kelishgan.   Darhaqiqat,   ajdodlarimiz   tomonidan   qoldirilgan   bebaho   madaniy   meros
milliy   ma'naviyatimizning   o'zagini   tashkil   etadi.   Shu   sababli   undan   bugun
yoshlarimizning   ta'lim   va   tarbiyasiga   keng   foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.
Chunki,   "Ajdodlarimizdan   qolgan   meros   millatimizning   nafaqat   o'tmishi,
shuningdek,   istiqboli   uchun   ham   kuch   va   fidoiylik   manbai   hisoblanadi"   .   Har   bir
xalqning ta'lim-tarbiyaga oid an'analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining
asosi   bo'lib   xizmat   qiladi   va   bola   tarbiyasi   haqidagi   tasavvurlar   va   qarashlarni
ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o'z farzandlarini barkamol inson
bo'lishini istaydi, o'zlari eta olmagan orzu-umidlariga bolalarining etishligini o'ylaydi.
Bolalarning   har   bir   yutug'idan   quvonishadi,   mag'lubiyatidan   tashvishga   tushishadi.
Farzandlarini   baxtli   ko'rish   ular   uchun   eng   baxtiyor   damlar   hisoblanadi.   Buning
uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi.             
  1.2.   O’rta   Osiyo   davlatlarida   ta’lim   tizimining   yuqori   cho’qqilarga
erishishi
Ta’lim   berish   xizmatlarining   sifati.Rejalashtiriladigan   chora-tadbirlar   ta’lim
tizimining boshlang‘ich maktablardan tortib oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan barcha
pog‘onalarida beriladigan ta’lim xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lishi
lozim.   Bolalarning   hammasi   maktabgacha   ta’lim   olishini   ta’inlash   zarur.   Bu   —
vazirliklar   va   mahalliy   hokimiyatlar   vazifalari   doirasida   hal   qilinuvchi   masala.
Shuning   uchun   hukumat   oldiga   ko‘p   yillar   istiqbolini   nazarda   tutgan   holda
mamlakatdagi  barcha tarbiyachilarning malakasini  oshirish vazifasini  qo‘yish kerak.
O‘rta   ta’limning     yangilangan   mazmunga   o‘tishini   oxiriga   yetkazish   ishlarini
tezlashtirish lozim. Buning uchun yangi dasturlar joriy, sifatli darsliklar hamda chet
el   maktablari   tajribasiga   asoslanib   kadrlar   tayyorlashning   yangi   tiziminijoriy   qilish
zaruriyati   mavjud.   O‘quvchilar   va   ularning   ota-onalarini   keragidan   ortiqcha   o‘quv
materialidan   xalos   qilish   lozim.Xalq   ta’limi   vazirligi   va   joylardagi   hokimiyatlar
maktab o‘quvchilari uchun ovqatlanish sifatidan tortib maktablarda keraklicha isitish
masalasini   hal   qilib,   ularning   rivojlanishi   va   ta’lim   olishi   uchun   qulay   va   xavfsiz
sharoitlar   yaratib   berishi   zarur.   Har   bir   bola   uchun   qilingan   xarajat   mamlakatning
baxtli   kelajagi   uchun   sarf   qilingan   investitsiyadir.Ta’limning   barcha   pog‘onalarida
iqtisodning xususiy sektori bilan hamkorlikni rivojlantirish lozim. Maktablarda kishi
boshiga moliyalashtirishni joriy qilish ishini davom ettirish kerak. Bunday yondashuv
ta’lim   tizimida   xususiy   kapitalning   ulushini   oshirishga   imkon   beradi.   Bu   —   dunyo
bo‘ylab   kuzatilayotgan   an’ana.   Shuningdek,   maktablarni   nazorat   organlarining   son-
sanoqsiz   tekshiruvlaridan   soqit   qilish   lozim.O‘qituvchilar   mehnatining
samaradorligini   oshirish   uchun   sharoit   yaratish   juda   muhim.   Buning   uchun,
pedagoglarning   huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilishni,   va   o‘quvchilar   tomonidan
maktab   ichki   tartib   qoidalarini   buzilishining   oldini   olish   ta’minlash   lozim.
O‘quvchilar o‘qituvchilarga quloq solishlari va ularni hurmat qilishi zarur. Yaxshi   natijalarga   erishgan   chet   el   tajribasiga   asoslanib,   fuqarolarga   bepul   kasbiy-
texnik   ta’lim   (KTT)   berish   lozim.   Bizning   vazifamiz   insonni   birinchi   ish   kasbiga
o‘rgatishdan iborat bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, iqtisodiyotimizda ushbu kasblarga
talab   bo‘lishi   lozim.   Mamlakatimiz   KTT   talabalarining   juda   kam   qismigina   ikki
kasbga   o‘qitish   muassasalarida   o‘qishadi   xolos.   Universitetlarning   moddiy-texnik
bazasi   va   mutaxassislar   bilan   ta’minlanganlik   darajasi   muammolari   hali   ham
yechilmay   qolib   ketmoqda.   Texnik   va   kasbiy   ta’limni   zamonaviylashtirish   hamda
ikki   kasb   beruvchi   ta’limning   hissasini   oshirish   maqsadida   tizimli   choralar   ko‘rish
uchun   kechiktirib   bo‘lmaydigan   zaruriyat   mavjud.Oliy   ta’lim   sohasida   oliy   o‘quv
yurtlariga   keng   akademik   erkinlik   va   mustaqillik   berish   lozim.   Natijada   ularning
javobgarligi   ortadi.   OTM   oldiga   o‘z   bitiruvchilarni   ishga   joylashtirish   masalasini
qo‘yish   lozim   (bu   vazifa   qo‘yilgan,   ammo   u   qanday   bajarilishini   barchamiz   yaxshi
bilamiz).Oliy ta’lim vazirligi sovet davridan davom etib kelayotgan ta’lim tizimining
o‘rniga   ko‘proq   G‘arb   mamlakatlarida   amalda   bo‘lgan   tizimga   yaqinroq   bo‘lgan
tizimni   kiritishi   lozim.   Masalan,   nufuziga   ko‘ra   yuqori   o‘rinlarda   bo‘lgan
universitetlarimizning qaysi biri o‘z shtatida chet ellik professorlarning ishlashi bilan
maqtana   oladi?   Bunda   til   o‘qituvchilari   mustasno,   chunki   ularda   odatda   magistrlik
yoki   ba’zan   bakalavrlik   darajasiga   ega   bo‘ladi   xolos.   Universitetlar   o‘qituvchi
tayyorlov   malakasiga   qo‘yiladigan   talablarni,   o‘qitish   metodlari,   universitetlarning
o‘qituvchi va boshqa xodimlari mehnatiga pul to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqishlari
lozim.   Shuningdek,   vazirlik   universitetlarda   ta’lim   sifati   darajasiga   bo‘lgan   talabni
ko‘tarishi lozim. “Eng muvaffaqiyatli yuqori lavozim boshliqlarini jalb qilgan holda
dunyoning yetakchi  universitetlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish juda muhim”.
Yuqorida   keltirilgan   takliflar   haqida   bir   e’tiborga   loyiq   fikrni   aytib   o‘tish   lozim.   U
ham bo‘lsa sun’iy ong (intellekt) texnologiyasidir. Kompyuter tadqiqotlarini keyingi,
yuqoriroq darajaga olib chiqishni maqsad qilgan holda jahonning katta universitetlari
o‘zlarining   kompyuter   ilmiy   dasturlarini   ishlab   chiqish   ustida   ish   olib   bormoqda:
2018-yil   oktabr   oyida   Massachusets   texnologiyalar   instituti   1   millard   dollar
investitsiya   sarflanishi   rejalashtirilgan   yangi   kollej   ochilishini   e’lon   qildi.   Bu
kollejning   asosiy   farqli   tomoni   shuki,   unda   ikki   tilni   biladiganlarga,   xususan, biologiya,   kimyo,   siyosat,   tarix   va   tilshunoslik   sohalarida   mutaxassis   bo‘lgan   va
bunga   qo‘shimcha   ravishda   ushbu   sohalarga   o‘zlari   qo‘llashlari   mumkin   bo‘lgan
zamonaviy kompyuter usullarida ko‘nikmalari bor insonlarga asosiy e’tibor beriladi.
Amerika   psixologiyasining   maktab   ta'limi   sohasida   amaliy   jihatlarini   egallagan
"kashshoflardan"   biri.   S.   Hall (1844-1924),   Jon   Xopkins   universitetida   birinchi
psixologik   laboratoriya   tashkilotchisi   (1883).   S.   Xoll   bolalar   psixologiyasini
o'rganishda   Germaniyada   tanishgan   so'roq   usulidan   keng   foydalangan.   1915   yilga
kelib   S.   Xoll   va   uning   shogirdlari   turli   tadqiqotlar   uchun   194   ta   anketa   ishlab
chiqdilar   va   ulardan   muvaffaqiyatli   foydalanishdi.   Yuqorida   keltirilgan   misollar
asnosida,   O‘zbekiston   uchun   mashina   ongi/sun’iy   ong   kelajagi,   uchun   poygada
orqada qolib ketmaslik juda muhim masaladir; kompyuter sohasida tadqiqotlar uchun
ko‘proq   yordam   berish   zarur.O‘zining   2016-yilda   e’lon   qilgan   “Xalqaro   ta’lim,
global   tushunish”   nomli   izoh-maqolasida   oliy   ta’limga   xalqaro   mavqe   berish,   uni
xalqaro xizmat  turiga aylantirish sohasida  atoqli  olim  doktor  Jeyn Nayt  “oliy ta’lim
va  tashqi   xalqaro   munosabatlar   orasida   o‘ta   jiddiy   moslik   mavjud”  degandi.   Fikrini
tushuntirib,   Nayt   shunday   yozadi:’’Zamonaviy   diplomatiyaning   o‘zgaruvchan
dunyosida   oliy   ta’lim   juda   katta   rol   o‘ynashi   va   o‘z   hissasini   qo‘shish   kerak.   Oliy
ta’limning bugungi kun tadqiqotlar va siyosat tarmoqlaridagi innovatsiyalar, xalqaro
ta’lim markazlari, hamkorlikda olib boriladigan dasturlar, global va ikki davlat asos
solgan   universitetlar   bilan   birga   ilmiy   hamkorligi   va   akademik   har   joyda   hozirligi
bilan   mamlakatlar   va   mintaqalar   orasida   bilimlar   ishlab   chiqish,   tarqatish   va
almashuv - qisqasi, bilimlar diplomatiyasi orqali xalqaro aloqalarni mustahkamlashga
katta   hissa   qo‘shishi   mumkin’’.   Bunday   o‘zaro   bog‘liqlik   O‘zbekiston   uchun   ham
jiddiy ahamiyatga ega, chunki o‘z tashqi ishlar siyosatida ziddiyatlarni o‘rtaga tushib
hal   qilishga   intiladigan   mamlakatimiz   Markaziy   Osiyo   davlatlari   orasida
yetakchilardan hisoblanadi.     Bunday yuqori cho‘qqilarni ko‘zlagan maqsadlar bilan,
bo‘lajak o‘zbek diplomatlari, siyosatchilari, iqtisodchilari, olimlari va boshqa siyosat
yurg‘izuvchilarda puxta bilimga ega bo‘lishlari juda muhim.   Uzluksiz ta'lim tizimida
xorijiy   davlatlarning   ilg'or   tajribalarini   o'rganar   ekanmiz,   har   bir   davlat   o'ziga   xos
bo'lgan   xususiyatlariga   ega   ekanligiga   ishonch   hosil   qilamiz.   Bu   xosliklar   qaysidir jihatdan   o'sha   mamlakatlarning   rivojlanishiga,   taraqqiy   etishiga   ham   xizmat
qilganligini   ko'rishimiz   mumkin.   Bunga   hattoki   tarixning   ham   o'zi   guvohdir.
Masalan,   yaponlardagi   bolalar   bog'chalarida   ta'lim   dasturlari   ham   inobatga   olingan,
yozish   va   o'qishdan   tashqari   bolalarga   qo'shiq   aytish   o'rgatiladi,   sport   musobaqalari
o'tkazilib,   muntazam   sayrlarga   chiqib   turiladi.   Ammo   bular   bilan   bir   qatorda   bu
tadbirlarni   o'tkazilishidan   maqsad   -   bolada   xamjihatlik,   jamoada   yashash   hislarini
rivojlantirishdan   iborat.   Qo'shiq   aytilsa,   xor   (jamoada)   aytilishi   kerak,   yakkaxon
qo'shiqchi   qo'llanilmaydi,   musobaqa   o'tkazilayotganda   yoki   hamma   yoki   guruh
g'oliblikka   erishiladi,   mutlaqo   yakka   g'olib   bo'lmaydi.   Bu   yapon   jamiyatini
modernizatsiya   qilishda   qo'lni   qo'lga   berishga   yo'naltiradi.   Davlat   va   jamiyat
taraqqiyoti uchun yapon sidqi dildan xizmat qiladi. Dunyo bozorini egallagan Xitoy
ham   bu   natijaga   ta'limni   isloh   qiltish   bilan   erishdi.   Xitoy   xalqi   butun   dunyoga
o'zining mehnatsevarligi bilan mashhur. Ikkinchi jahon urishidan so'ng qisqa muddat
ichida   Xitoy   mahsulotlari   dunyo   bozorini   to'ldirganligi   buning   yaqqol   isbotidir.
Xitoyliklar   juda   ham   intizomli   va   sportsevar   xalq.   Albatta,   farzand   tarbiyasida   ham
bu o'z aksini topgan. Agarda Yevropa mamlakatlarida bola tarbiyasiga asosan ota-ona
mas'ul  bo'lsa, Xitoyda bu narsa davlat  zimmasidadir.   Tempus dasturi O zbekistondaʻ
1994 yilda o z faoliyatini boshlagan va 20 yil davomida umumiy qiymati 34 million	
ʻ
yevrodan   ortiq   bo lgan   80   dan   ortiq   universitetlararo   hamkorlik   loyihalari	
ʻ
moliyalashtirilgan.   Bu   loyihalarda   jami   55   dan   ortiq   O zbekiston   oliy   ta lim	
ʻ ʼ
muassasalari   va   Yevropa   Ittifoqining   22   davlatidan   hamda   10   ta   hamkor   davlatdan
150   dan   ortiq   universitetlar   ishtirok   etdi.   Shu   nuqtai   nazardan,   Tempus   dasturi
O‘zbekistonda   oliy   ta’limni   xalqarolashtirishning   umumiy   jarayoniga   sezilarli   ta’sir
ko‘rsatdi,   chunki   u   Yevropa   Ittifoqi   va   hamkor   davlatlar   universitetlari   bilan   jadal
hamkorlik   qilish   uchun   asos   bo‘lgan   yagona   dastur   edi.   Tempus   dasturi,   ayniqsa,
1997-yilda,   yangi   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonun   va   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi
qabul   qilingandan   so‘ng,   mamlakatda   ta’lim   islohotlarini   qo‘llab-quvvatlashning
kuchli   va   samarali   vositasi   bo‘ldi.   Tempus   loyihalari   O zbekistonda   2011-2012-	
ʻ
yillarda   qabul   qilingan   oliy   ta lim   tizimini   modernizatsiya   qilish   bo yicha   hukumat	
ʼ ʻ
qarorlarini hayotga tatbiq etishga xizmat  qilgani bois dastur  so nggi yillarda yanada	
ʻ dolzarb   bo lib   qoldi.ʻ   O‘quv   dasturlarini   ishlab   chiqish   loyihalari   Kadrlar   tayyorlash
milliy dasturini amalga oshirish va ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini joriy etish bilan
bevosita   bog‘liqligi   tufayli   alohida   ahamiyat   kasb   etdi.   O‘tgan   yillar   davomida
ko‘plab   Tempus   loyihalari   asosan   magistratura   bosqichida   muhandislik,   amaliy
fanlar,   o‘qituvchilar   malakasini   oshirish,   ijtimoiy   fanlar,   menejment   va   biznes
bo‘yicha   yangi   mutaxassisliklarni   joriy   etish   orqali   o‘quv   dasturlarini   ishlab
chiqishga qaratilgan. Bundan tashqari, 2011-yildan buyon O‘zbekiston  Respublikasi
Oliy O'rta Maxsus Ta’lim Vazirligi vakillari Tempus loyihalarida   faol ishtirok etib,
9ta   Tempus   loyihasini   amalga   oshirishda   to‘liq   huquqli   hamkor   sifatida   ishtirok
etishdi.       Yangi   dasturlar   energetika,   aviatsiya,   avtomobilsozlik,   oziq-ovqat,
to qimachilik   va   kimyo   sohalarida   faoliyat   yurituvchi   mahalliy   korxonalar,	
ʻ
shuningdek,   turli   soha   vazirliklari,   Savdo-sanoat   palatasi   va   boshqa   nodavlat
tashkilotlarning   bevosita   ishtiroki   orqali   mahalliy   mehnat   bozori   ehtiyojlariga
moslashtirildi.   Bir qator vazirliklar, korxonalar, turli davlat va xususiy tuzilmalar va
tashkilotlar Tempus loyihalari bo‘yicha o‘qitilgan bitiruvchilarni ishga joylashtirishga
qiziqish   bildirishdi   va   bu   oziq-ovqat   xavfsizligi,   suv   va   yer   resurslarini   boshqarish,
AKT,   va   boshqalar   ortdi.   Tempus   loyihalari   doirasida   tashkil   etilgan   ko plab   o quv	
ʻ ʻ
laboratoriyalari   ham   O zbekistondagi   loyiha   hamkorlari   konsorsiumlari   tarkibiga	
ʻ
kiruvchi   korxonalar   mutaxassislarining   kasbiy   mahoratini   oshirishga   xizmat   qildi.
Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi   Tempus   dasturining   uzoq   muddatli   faoliyati
(1994   yildan   beri)   va   ko‘plab   oliy   ta’lim   muassasalarining   (mamlakatning   barcha
hududlaridan   55   dan   ortiq   oliy   ta’lim   muassasalari)   keng   ishtiroki   tufayli   milliy
darajada   sezilarli   ta’sirini   qayd   etdi.   Shu   davrda   faoliyat   ko rsatgan   jami   64   ta	
ʻ
OTMdan,   ya ni   O zbekistonda   Tempus   dasturining   qamrovi   qariyb   86%   ni   tashkil	
ʼ ʻ
etdi.       Tempus   loyihalari   mamlakatning   turli   mintaqalaridagi   OTMlar   uchun   katta
foyda keltirdi, chunki ular sababli OTMlar ko plab Yevropa universitetlari bilan uzoq	
ʻ
muddatli   hamkorlik   aloqalarini   o rnatishdan   tashqari,   butun   mamlakat   bo ylab	
ʻ ʻ
boshqa   mahalliy   OTMlar   bilan   o zaro   aloqalarini   kuchaytirdi.   Dastur   sifatni
ʻ
ta'minlash   tizimlarini   ishlab   chiqishga,   Boloniya   jarayoni   tamoyillari   va   tartiblarini
o'quv   dasturlariga   kiritishga   hamda   yangi   tashabbuslarni   ishlab   chiqish   va   OTM boshqaruvini   takomillashtirishda   ulardan   foydalanishga   yordam   berdi.   Loyihalarni
boshqarish   bo'yicha   ko'nikmalarini   oshirgan   o'zbekistonlik   hamkorlarning   faol
ishtiroki   sababli   ko'plab   loyihalarda   dastlabki   rejalarda   nazarda   tutilmagan   spin-off
effektlariga   erishildi.   Masalan,   OTMlar   rahbar   kadrlarini   qayta   tayyorlash   kurslari
munosabati   bilan   Toshkent   davlat   pedagogika   universitetida   ta’limni   boshqarish
bo‘yicha   yangi   magistratura   dasturi   hamda   barcha   kafedralarda   tegishli   fakultativ
kurslar  joriy  etildi. 4ta  Tempus  loyihasi,  ya’ni   EU-TraCeFer,  UnIvEnt, PROMENG
va   ITEDU   ta’limning   turli   darajalari,   xususan,   oliy   va   o‘rta   maxsus   kasb-hunar
ta’limi   o‘rtasidagi   aloqalarni   mustahkamlashga   xizmat   qildi.   Ulardan   biri   (EU-
TraCeFer, Farg‘ona shahrida Kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash Yevropa-
O‘zbekiston   markazini   tashkil   etish   loyihasi)   amalga   oshirilishi   natijasida   Toshkent
va   Farg‘onadagi   o‘quv   markazlari   kasb-hunar   kollejlari   o‘qituvchilari   uchun   qayta
tayyorlash   kurslarini   taklif   qila   boshladilar,   akademik   litseylar,   ularga   OO'MTV
tomonidan   tan   olingan   sertifikatlar   berish.   Teng   huquqli   va   o'zaro   manfaatli
hamkorlikni qo'llab-quvvatlovchi dastur sifatida Tempus kuchli xalqaro hamkorlikni
o'rnatish   uchun   vosita   bo'lib   kelgan.   Ta kidlash   joizki,   O zbekiston   va   Yevropaʼ ʻ
Ittifoqi   oliy   o quv   yurtlari   o rtasidagi   moliyaviy   hamkorlik   yopilgandan   so ng	
ʻ ʻ ʻ
akademik   almashinuvlar,   qo shma   nashrlar   va   qo shma   tadqiqotlar   yoki   boshqa	
ʻ ʻ
akademik   loyihalar   orqali   davom   ettirildi.   Yevropa   Komissiyasining   O‘zbekistonga
mamlakatdagi dastur samaradorligini hisobga olgan holda 5 million yevro miqdorida
qo‘shimcha   moliyalashtirish   to‘g‘risidagi   qarori   orqali   2014-yildagi   so‘nggi   6-
Tempus   IV   tanlovi   doirasida   11   ta   loyiha   moliyalashtirildi.   O zbekiston   oliy   ta lim	
ʻ ʼ
muassasalari   ham   talabalar   va   professor-o qituvchilarning   akademik   mobilligi	
ʻ
qo llab-quvvatlash,   shuningdek,   universitetlararo   hamkorlikni   mustahkamlashga	
ʻ
qaratilgan   Tempus   dasturini   to ldiruvchi   Erasmus   Mundus   dasturining   faol	
ʻ
ishtirokchilari   bo ldi.   2013-yilda   Markaziy   Osiyo   mintaqaviy   byudjetidan	
ʻ
O‘zbekistonga   ikki   tomonlama   ajratilgan   3   million   yevro   evaziga   o‘quv   mobilligi
imkoniyatlari   kengaytirildi.   O‘zbekistondagi   Tempus   dasturi   oldingi   ikki   bosqichli
oliy   o‘quv   yurtidan   keyingi   ta’lim   tizimini   almashtirgan   uch   bosqichli   tizimni
qo‘llab-quvvatlash uchun juda zarur bo‘lgan tajribani taqdim etdi. Tempus loyihalari va ularning ishtirokchilari  ushbu qarorni qabul  qilishda ma'lum yordam  ko'rsatdilar,
bu esa Boloniya jarayoniga o'tishni ko'rsatdi. Bundan tashqari, 2013-yil avgust oyida
Toshkentda   doktorantura   dasturlarini   ishlab   chiqish   bo‘yicha   Yevropa   Ittifoqi
tajribasiga   bag‘ishlangan   ikkita   seminar   bo‘lib   o‘tdi.     Tempus   loyihalari   nafaqat
Markaziy Osiyo davlatlari, balki O‘zbekiston va MDH hamkor davlatlari o‘rtasidagi
hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 2008-yildan buyon O‘zbekiston bir
qancha   davlatlar   ishtirokidagi   ko‘plab   loyihalarda   ishtirok   etmoqda:   masalan,
Tempus   IV   dasturi   bo‘yicha   30   ta   loyihadan   20   tasi   ko‘p   mamlakatli   bo‘lib,   unda
O‘zbekistonning   46   ta   oliy   ta’lim   muassasalari   va   10   ta   hamkorning   150   dan   ortiq
universitetlari   ishtirok   etadi.   mamlakatlar   va   22   Yevropa   Ittifoqiga   a'zo   davlatlar.
Bundan   tashqari,   O‘zbekiston   OTMlari   Tempus   loyihalari   doirasida   olingan   tajriba
mamlakatda  Erasmus+  dasturining  boshlanishida  muvaffaqiyat   omili  bo‘ldi   va  ICM
loyihalarini   yo‘lga   qo‘yish   va   Yevropa   Ittifoqi   universitetlari   bilan   ikki   tomonlama
hamkorlik uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 2019-yilning noyabr oyida O‘zbekiston va
Yevropa   Ittifoqining   oliy   ta’lim   sohasidagi   hamkorligining   25   yilligi   munosabati
bilan   O‘zbekistondagi   Erasmus+   Milliy   ofisi   Tempus   va   Erasmus+   dasturlari
yutuqlari va ularning oliy ta’lim tizimi rivojiga ta’siri haqidagi ma’lumotlardan iborat
plakat   taqdim   etdi.   Plakatda   infografikadan   foydalangan   holda   o‘tmishdagi   va
bugungi   kundagi   barcha   faoliyat   yo‘nalishlari   hamda   2030   yilgacha   oliy   ta’limni
rivojlantirish   konsepsiyasini   amalga   oshirish   nuqtai   nazaridan   keyingi   istiqbollar
ko‘rsatilgan.   Huquqiy   manbalar   SSSR   markaziy   hukumatining   O rta   Osiyodagiʻ
siyosatining   huquqiy   asosini   tashkil   etgan   hukumat   qarorlari   bilan   ifodalanadi.
Statistik   ma'lumotlar   O'rta   Osiyo   Sovet   respublikalaridagi   boshlang'ich   va   o'rta
maktablar va oliy o'quv yurtlari soni, o'quvchilar va talabalar soni, shuningdek, ushbu
mintaqada   faoliyat   ko'rsatayotgan   ilmiy   markazlar   va   ilmiy   xodimlar   soni   bo'yicha
taqdim   etiladi.   Shunday   qilib,   maqola   O'rta   Osiyoning   har   bir   Sovet   respublikasida
fan   va   ta'limni   rivojlantirishda   RSFSRning   asosiy   rolini   ko'rsatadi.   Shuni   ham
ta’kidlash   joizki,   Markaziy   Osiyoda   fan   va   ta’limning   rivojlanish   tarixi   Rossiya   va
Markaziy   Osiyo   mamlakatlari   o‘rtasida   ko‘p   asrlik   madaniy-gumanitar   sohadagi
almashinuvlar natijasidir .   2020-yil ko‘plab davlatlar uchun og‘ir yil bo‘ldi va Markaziy Osiyo davlatlari ham
bundan mustasno emas edi. Pandemiya hukumat tizimlaridagi zaifliklarni ochib berdi
va   mintaqadagi   ta'lim   tengsizligi   masalasini   ham   ko'tardi.   O rta   ta limga   umumiyʻ ʼ
huquq   Markaziy   Osiyo   mamlakatlari   konstitutsiyalarida   mustahkamlab   qo yilgan	
ʻ
bo lib,   buning   natijasida   mintaqa   bolalarni   o rta   maktabga   qamrab   olish	
ʻ ʻ
ko rsatkichlariga   erishdi.   Biroq,   davlat   maktablarida   ta'lim   xizmatlarining   sifati
ʻ
masalasi hali ham ochiqligicha qolmoqda.   Demografik o'sish, maktab o'quvchilari va
o'qituvchilarining   raqamli   savodxonligining   etarli   emasligi,   o'qituvchilik   kasbining
past obro'si va oddiy davlat maktablarida surunkali moliyalashtirilmasligi kabi tizimli
omillar maktab ta'limi sifatining pasayishiga yordam beradi. Ushbu jarayonlar fonida
oddiy   maktablarning   iqtidorli   o'qituvchilari   va   o'quvchilarini   so'rib   oluvchi
“changyutgich”ga   aylanib   borayotgan   xususiy   va   davlat   tajriba   maktablari   tarmog'i
kengayib   bormoqda.   Ko'pincha   bunday   ta'lim   muassasalari   davlatdan   nomutanosib
ravishda   ko'proq   mablag'   va   resurslar   oladi.   Natijada,   bir   vaqtning   o'zida   elita   va
borish   qiyin   bo'lgan   maktablar   va   beriladigan   ta'lim   sifati   bir   necha   barobar   past
bo'lgan   oddiy   davlat   maktablari   faoliyat   yuritadigan   ta'lim   tizimi   shakllanmoqda.
Ushbu voqeliklarni hisobga olgan holda, mintaqadagi ta’lim tengsizligi muammosini
tushunishni   yaxshilash   uchun   ham,   uni   kamaytirish   bo‘yicha   yanada   samaraliroq
siyosatni   ishlab   chiqish   uchun   ham   Markaziy   Osiyoda   sifatli   ta’limdan
foydalanishdagi   tengsizlik   muammosini   o‘rganish   va   o‘lchash   zarurati   tug‘iladi.
PaperLab   saytida   bo lib   o tgan   muhokamada   ta lim   sohasidagi   ekspertlar   va	
ʻ ʻ ʼ
tcadqiqotchilar fuqarolik jamiyati va davlat idoralari vakillari bilan birgalikda taqdim
etilgan O rta ta lim sifatiga kirishda nomutanosiblik indeksini (IDAQSE) muhokama	
ʻ ʼ
qilishdi.   Ushbu   indeks   Qozog‘iston,   Qirg‘iziston,   O‘zbekiston   va   Tojikiston
tadqiqotchilari   guruhi   tomonidan   PaperLab   tadqiqot   guruhi   tomonidan   amalga
oshirilayotgan   “Markaziy   Osiyo   mamlakatlarida   ta’limning   yangi   chegaralari:
muammolarni   o‘lchashdan   siyosat   o‘zgarishlarigacha”   tadqiqot   loyihasi   doirasida
ishlab chiqilgan. Soros-Qozog'iston jamg'armasi.
II-bob:Ta’lim tizimidagi yutuqlar va kamchiliklar,  dars jarayonining
bolalar psixikasiga ta’siri
2.1.Ta’lim   jarayonida   o’quvchilar   psixikasiga   ta’sir   o’tkazishning
ahamiyati
 
Ma'lumki, har qanday insonning o'sish, rivojlanish va shakllanish davrlari ta'lim-
tarbiya faoliyatisiz amalgam oshmaydi. Aqliy taraqqiyot  va ta'lim-tarbiya, bir-biriga
chambarchas   bog'liq   faoliyatdir.   TaTim   jarayonida   o'quvchi   faollik   koTsatmasa amalga   oshirilayotgan   tadbirlar   kozlangan   natijani   bermaydi.   Talim   jarayonida
o'quvchilarni   mustaqil   ishlashga   o'rgatish   ham   muhimdir.   Kichik   maktab   yoshidagi
bolalarning asosiy faoliyati o'qish hisoblanadi. Oquv faoliyati boladan nutq, tafakkur,
qobiliyat   rivojlnishi   uchun   yangi   sharoit   yaratadi.   Maktabga   kelgash   bola   oz
atrofidaglar   bilan   psixologik   jahatdan   yangi   munosabat   tizimiga   ortadi.   U   o'zining
hayotini   tubdan   o'zgartirishni,   unga   yangi   mjburiyatlar,   o'quv   faoliyati   talablariga
bo'y so'nish, har kun maktabga borishni his eta boshlaydi. Oila azolarining bola o'quv
faoliyati yutiqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga
qilinayotgan   yangicha   shakldagi   munosabat   uning   ijtimoiy   mavqei   o'zgarganligini
tola   his   etishga   o'ziga   nisbatan   munosabatning   o'zgarishiga   asos   boladi.   Talim
jarayonidagi  barcha  imkoniyatlar   orqali   ularning  bilimlar   egallsh  kolami  kengayadi,
qiziqishlari   ortadi,   ijodiy   izlanish   qobilayati   rivojlanadi,   tafakkurning   faolligi,
mustaqilligi   ortadi,   aqliy   imkoniyatni   ishga   solish   vujudga   keladi.   Ular   har   bir
narsaga   berilib,   sinchkovlik   bilan   ular   o'rtasidagi   farqni   ajratish,   umumlashtirish,
xulosa chiqarish imkoniyatiga ega boladilar. Bola maktabga qadam  qo'yishi  bilanoq
unga   bo'lgan   munosabat   va   talablar   orqali   o'ziga   xos   bolgan   aqliy   rivojlanish
xususiyatlari   uchun   imkoniyatlar   va   shart   -   sharoitlar   yaratish   oila,   maktab   talim
tizimiga ulkan masuliyat hissini yuklaydi.
Boshlang'ich   sinf   o'quvchilar   ishonuvchan,   tashqi   taassurotlarga   beriluvchan
bo'ladilar. Buyuk alomallarimiz takidlaganidek, kishining fe'l atvori hammadan ko'ra
ko'proq hayotining dastlabki yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bo'lgan
sifatlar mustahkam o'rnashib kishining ikkinchi tabiatiga aylanadi. Insonning ikkichi
tabiatida   tabiiy   hissiyotlarni   fazilatlarni   tarkib   toptirish   yukask   axloq   normalarini
shakllantirish   uchun   butun   ma'suliyat   boshlang'ich   sinf   o'qituvchisining   zimmasiga
tushadi.   Bolaning   mazkur   davrida   o'qituvchining   har   bir   gapi   har   bir   hatti   harakati
ta'sir   ko'rsatish   uning   uchun   haqiqat   mezoni   vazifasini   bajaradi.   Chunki   o'quvchilar
o'qituvchilarga   qattiq   ishonadilar.   Uning   fikr   mulohazalariga   quloq   soladilar.
Pedagogik   nazokatida   jiddiy   tasvirlanadilar.   Talablarga   hamisha   amal   qiladilar.   U
bergan   topshriqlarni   bekamu   kust   bajarishga   intiladilar.   To'g'ri   mulohaza   yurtishga
o'rganish   noma'qul   qiliqlardan   tiyish   va   musiqa   tinglashga   odatlantirish   ularga nimalar   bilan   shug'ulanish   kerakligini,   burch   hissini   tushuntirish   ular   bilan   o'qilgan
kitoblarni,   ko'rilgan   tomoshalarni   muhokama   qilish   imkoniyati   tug'iladi.   Kichik
maktab   yoshdagi   o'quvchilarning   axloqiy   sifatlarni   rivojlantirishdagi   koz'langan
maqsadga   erishish   uchun   ularning  yoshi   va   psixologik  xususiyatlarini   hisobga   olish
shart. Ma'lumki, oquvchilarning psixologik xususiyatlari har xil bo'lib, bir o'quvchiga
muvaffaqiyat   bilan   qo'llangan   tarbiyaviy   ta'sir   vositasi   boshqa   birga   qo'llanilganda
kutilgan   natijani   bermasligi   mumkin.   Tarbiyaviy   tadbirlar   o'quvchilarga   yakkama-
yakka   yondoshib   amalga   oshirilsa   yaxshiroq   samaraga   erishilishi   shubhasizdir.
Mazkur   vazifalarni   amalga   oshirish   o'qituvchi   o'quvchilarning   xususiyatlarini
qanchalik   o'rganganligiga   bog'liqdir.   Ta'lim   jarayonida   har   bir   o'quvchining   psixik
dunyosiga   oqilona   yo'l   topa   olish   muvaffaqiyatlarning   garovidir.   Ta'lim   -   tarbiya
jarayonida   bolalarni   hayoti   va   faoliyatini   shunday   uyushtirish   lozimki,   bunda   bola
shaxsining   kichik   yoshida   oquvchilarda   tarkib   topgan   xususiyatlar   toboro   boyib   va
mustahkamlanib   boradi.   Maktab   ta'limining   dastlabki   yilaridagi   bilishga   bo’lgan
qiziqishlar,   tevarak   atrofdagi   olamni   bilishga   bo’lgan   qiziqish   ko'proq   intellektual
qiziquvchanlikni sezilarli ravishda rivojlantiradi.
              Psixologlarning   ta'kidlashicha,   dastavval   ayrim   faktlarga,   boshqa   narsalardan
ajratib   olinadigan   hodisalarga   nisbatan   qiziqishlar   hosil   bo’ladi.   O’qish   faoliyatida
kichik   yoshdagi   o'quvchilarning   aqliy   jarayonlari   bilish   uchun   bo’lgan   qiziqishlar
bilan   faollashib   qiziqish   o'quvchilarning   aqliy   faoliyati   asosida   paydo   bo’ladi   va
uning   shaxsiy   individual   sifatida   o'quvchilarning   ana   shu   aqliy   faoliyatini   yanada
rivojlantiradi.   O’quvchilarning   qiziqishlari   mazmuni,   barqarorligi   jihatdan   xilma   -
xildir.   Keng   mazmunli   va   barqaror   qiziqishlar   o'quvchilarning   yoshligidan   paydo
bo’la   boshlaydi.   Ma'lumki   I-II   sinf   o'quvchilarida   xali   qiziqishlar   yaqqol   namoyon
bo’lmaydi,   o'quvchilar   o'qish   jarayonida   hamma   narsalarga   qiziqish   bilan
munosabatda   bo’ladilar.   O’zlari   o'zlashtirgan   faoliyat   ularni   qanoatlantiradi.
Keyinchalik   esa,   sabablarni   ,   qonuniyatlarni,   hodisalar   o'rtasidagi   aloqa   va
bog’liqliklarni   bilib   olish   uchun   bo’lgan   qiziqishlar   rivojlanadi.   Agar   I-II   sinf
o'quvchilarini   "Bu   nima?"   -   degan   savol   ko'proq   qiziqtirsa,   bir   muncha   kattaroq
yoshdagi   bolalar   uchun   "Nima   sababdan?",   "Qanday   qilib?"   degan   savollar   muhim bo’lib   qoladi.   O’qish   malakasining   rivojlanishi   bilan   kitob   o'qishga   qiziqish   yuzaga
keladi. Dastavval kitob o'qishga, undan so'ng esa mazmuni o’tkir va qiziqarli bo’lgan
muayyan   adabiyotlarni,   ertaklarni   o'qishga,   keyinchalik   qiyin   bo’lmagan   ilmiy
sarguzashtlar haqida kitoblarni o'qishga qiziqish paydo bo’ladi.
I-II   sinf   o'quvchilarini   o'zlashtirayotgan   materialni   mazmuni,   o'qish   ishlarining
ayrim   usullari   o'ziga   jalb   eta   boshlaydi.   III   va   IV   sinf   o'quvchilarining   mustaqilligi
o'sib   boradi.   Bu   yoshdagi   o'quvchilar   aqliy   faoliyat   usullari,   o’z   xotirasi,   nutqi,
diqqati   hamda   irodasini   o'stirish   bilan   bogTiq   boTgan   barcha   ishlarga   qiziqa
boshlaydi.   IV sinfda o'quvchilar o'zlarining har  xil fanga boTgan qiziqishlarini aniq
belgilaydilar.   Fanlardan   ba'zilariga   ko'proq   e'tibor   berib   uni   yoqtirsalar,   ba'zilarini
yoqtirmaydilar.   Oquvchilar   qaysi   ishdan   ko'proq   qanoat   hosil   qilsalar,   shu   ishlar
ularda   qiziqish   paydo   qiladi.   Bola   ma'lum   ishni   bajarayotganda   o'ziga   bo’lgan
ishonchni yo'qotmasligi, o'ziga topshirilgan ishni bajara olishni bilish, buning uchun
esa  faqat  g'ayrat  - shijoat  ko'rsatish  kerakligini  anglashi  kerak.  O’quvchilarda ta'lim
va tarbiya olish, dam olish
tartibining to'q'ri uyushtirilishi ham o’quvchilarda qiziqishlarning barqaror bo’lishida
muhim   ahamiyatga   ega.   O’quvchilarning   qiziqishlari   kattalarni   diqqat   e'tiborida
bo’lishi   lozim.   Bolalarni   ijobiy   qiziqishlari   kattalar   tomonidan   rag'batlantirishi,
quvvatlantirilishi   kerak.   Ularni   qiziqishlarini   payqash,   uning   uchun   eng   sevimli,
doimo   o'ziga   jalb   etadigan   faoliyatni   e'tiborga   olmaydigan   o'qituvchi   va   ota-onalar
yomon pedagog va yomon tarbiyachidir.
O’quvchi uchun o'qituvchi hayotining eng yaxshi idealidir. Doimo oldinga qarab
intiluvchi,   mazmunli   keng   qiziqishlar   bilan   yashovchi   o'qituvchi   o'quvchilarga
yuksak   ma'naviy   qiziqishlarni,   aqliy   rivojlanishni   paydo   bolishiga   yordam   beradi.
Shu   bilan   bir   qatorda   texnikaga,   hozirgi   zamon   texnikalari,   eng   yangi   tipdagi
avtomobil,   samolyot,   kopmyuterga   bolgan   qiziqishlar   tez   tarkib   topadi.   Qishloq
maktablarining   III   va   IV   sinf   o'quvchilari   qishloq   xo’jligiga   nisbatan   sezilarli
darajada   o’z   qiziqishlarini   namoyon   qila   boshlaydi.   Bolalar   parandalarni,   uy
hayvonlarini bajonidil boqadilar va ular haqida ma'lumotlar to'play boshlaydilar. Bu
esa   bolalarni   bilish   darajasini   rivojlanishiga   ta'sir   etib   boradi.   Kichik   maktab yoshidagi   bolalarda   o'qishga   bolgan   qiziqishni   rivojlanishi   to'g'ridan   -   to'g'ri
ta'limning   tashkil   qilinishiga   bogliq.   Shuning   uchun   o'qituvchi   boshlang'ich   sinf
o'quvchilarida   qiziqishlar   rivojlanishining   qonuniyatlarini   nazarda   tutishlari   kerak.
O’quvchilarda   qiziqishlar,   aqliy   taraqqiyot   rivojlanishi   oddiydan   murakkabga,
ma'lumdan   noma'lumga,   yaqindan   uzoqqa,   tasvirlashdan   tushuntirishga,   faktlardan
umumlashtirishga   qarab   boradi.   O’quvchilarni   ta'limni   o'zlashtirishga   quyidagilarga
e'tibor qaratish lozim:
-   O’quvchilar   qanchalik   yosh   bolsalar,   ta'lim   shunchalik   ko’rgazmali   bo’lishi
hamda faol harakt qilish katta ro’l o'ynaydi.
-Barcha   o'quvchilar   bir   xil   bilimga   ega   emas,   ular   turli   tayyorgarlik   darajasiga
ega va bundan boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Shu sababli berilgan materialni
bilmaslik   past   o'zlashtirishning   asl   sababini   ko'rsatmasligi   mumkin.   Bilamizki,
ko'pchilik pedagoglar o'quvchilarning aqliy rivojlanishini baholashda qiynaladilar va
buning   oqibatida   ularning   ish   faoliyatida   ta'lim   jarayonida   hisobga   olinishi   lozim
bo'lgan muhim omil go'yoki chetda qolib ketadi.
Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, o'quvchilarning aqliy rivojlanish darajasi ulardagi
nazariy   yoki   amaliy   bilim   olishga   bolgan   qobiliyat   yoki   bilimning   mavjudligi
bilangina   aniqlanmaydi.   Oquvchining   aqliy   rivojlanish   darajasi   tafakkur
jarayonlarining   rivojlanganligi,   o'quv   materialining   muhim   va   asosiylarni   ajrata
olishi,   olgan   bilim   yoki   hosil   qilingan,   o'zlashtirilgan   konikmani   boshqa   faoliyatga
ko'chira olishi, turli nazariy bilimlarni amalda qollay olishi, mustaqil fikrlashi, xulosa
chiqara   olishi   kabi   bir   qancha   belgilar   bilan   aniqlanadi.   O'quvchilar   bilan   muomala
qilish   pedagogning   o'z   tarbiyalanuvchilari   bilan   muloqot   olib   borish   mahoratini
taqozo   etadi.   Biz   uchun   esa   so'zlashishni   bilish   lozim.   So'zlashishni,   muloqot   olib
borishni doimo o'rganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni
bilishi,   suhbat,   leksiya,   hikoya   qilish   kabi   usullaridan   foydalanishi,   umuman   butun
ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan muloqotni yo'lga qo'ya olishi lozim.
Muloqot   -   yunoncha   so'z,   so'zlashuv,   suxbatlashuv,   shaxslararo   suhbat   va   fikr
almashinuv,   og'zaki   nutq   shakli,   ikki   yoki   undan   ortiq   shaxslarning   so'zlatuvidir.
O'qituvchi   va   o'quvchi   o'rtasidagi   muloqot   bo'lishi   uchun   o'qituvchi   etarli   darajada qobiliyatga ega bo'lishi kerak, hamda o'z-o'ziga doimo quyidagi savollarni berishi va
unga javob berishga harakat qilishi kerak:
Nimaga o'rgatish? Kimni o'rgatish? Qanday o'rgatish?
                Nimaga   o'rgatish:   a)   lm-fandagi   yangiliklarni   anglash,   yangi   fan  terminlarini
tushunish,   o'quv   predmetini   to'liq   o'zlashtirish;   b)malaka,   ko'nikma   va   qobiliyatni
shakllantirish;   v)o'quv   predmetlari   o'rtasidagi   bog'liqlikni   amalga   oshirish;   g)o'quv
mazmunini tushunarli tizim asosida ko'rish.
Kimni   o'rgatish:   a)o'quvchilarning   ba'zi   psixik   xususiyatlarini   (eslab   qolish,
nutq, fikrlash) hamda ularni qay darajada o'qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash;
b)o'quvchilarning   bir   darajadan   ikkinchisiga   o'tishidagi   qiyinchiliklarni   oldindan
aniqlash;   v)   o'quv-tarbiya   jarayonini   tashkil   etishda   bolalariiig   dalillari,   fikrlarini
hisobga olish; g)o'quvchilardagi turli psixik o'zgarishlar va rivojlanishni hisobga olib
o'z   pedagogik   mehnatini   tashkil   etish;   d)iqtidorli   o'quvchilar   bilan   ishlash,   yakka
holdagi ishni tashkil etish.
Qanday   o'rgatish:   a)   ish   jarayonida   ishlatiladigan   kuch   va   ketadigan   vaqtni
hksobga olgan holda o'qitish va tarbiyalashniing turli usullari majmuini ishlatish.
Pedagogik ta'sir ko'rsatishniig asosiy usullari - bu talab, istiqbol, rag'batlantirish
va   jazolash,   jamoatchilik   fikri.   Talab   -   tajribada   juda   keng   tarqalgan   usul   bo'lib,
ta'lim-tarbiya   jarayonida   pedagogning   tarbiyalanuvchiga   shaxsiy   munosabatining
namoyon   bo'lish   yo'li   bilan   yoki   bu   xatti-harakatlarning   rag'batlantirilishi   yoki
to'xtatilishini ta'minlaydi.     U pedagogik ta'sir ko'rsatishning boshlang'ich usuli bo'lib,
tarbiyalanuvchilarda   o'ziga   nisbatan   mas'uliyat   va   talabchanlikni   rivojlantirishda
alohida vazifani bajaradi.
Istiqbol   -   ta'sir   ko'rsatishniig   juda   ta'sirchan   usuli   bo'lib,   u   bolalarning   xatti-
harakatlarini,   ular   oldiga   qo'yilgan   maqsadlar,   ularning   shaxsiy   intilishlari,
qiziqishlariga aytiladi.
Rag'batlantirish   va   jazolash   o'quvchilar   xulq-atvoriga   tuzatish   kiritishni,   ya'ni
foydali   xatti-harakatlarni   qo'shimcha   rag'batlantirishni   va   tarbiyalanuvchilarning
noma'qul xatti-harakatlarini to'xtatishni ta'minlaydi. Jamoatchilik   fikri   -   tarbiyalanuvchilarning   ijtimoiy   foydali   faoliyatini   har
tomonlama va muntazam rag'batlantirib borshini ta'minlaydi.
O'zaro   fikr   almashish   bilan   ta'sir   ko'rsatish   vositalari:   ishontirish,   ta'sir   qilish,
o'zaro fikr almashish bilan ta'sir ko'rsatish. Ishontirish pedagogik ta'sir ko'rsatish usuli
sifatida   darslarda   o'quv   axboroti,   ijodiy   suhbatlar,   munozaralar,   siyosiy   axborotlar
shaklida   qo'llaniladi.   Ta'sir   qildirish   kishi   psixikasiga   nazoratsiz   kirib,   uning
faoliyatida   xatti-harakatlar,   sabablar,   intilishlar   bilan   amalga   oshiriladi.   Ta'sir   qilish
shunday bir psixik ta'sir ko'rsatishki, kishi uni ongining etarli nazoratisiz idrok etadi.
a) pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va umumlashtirish, usullarni qo'yish;
b)   o'kuvchilarga   yakka   individual   holda   munosabatda   bo'lish,   ularni   mustaqil
ishlarini tashkil etish.
O'qituvchi   o'quvchilar   bilan   bo'ladigan   muloqotida   quyidagi   malakalarni
egallagan   bo'lishi   lozim:   tashqi   qiyofani   nazorat   qilish,   nutqni   egallash,   pedagogik
munosabat   madaniyatini   egallash,   tashkilotchilik   mahorati,   o'quv-tarbiya   jarayonini
boshqarish uslublarini egallash.
Munosabatlarni boshqarish uslublari:
1. Avtoritar uslub
2. Demokratik uslub
3. Liberal uslub
1.Avtoritar uslub:
- o'zi yakka holda guruh faoliyatini yo'nalishini belgilaydi;
- o'zi ko'rsatma-buyruq beradi;
- javobgarlikni o'z bo'yniga oladi;
- so'zsiz bo'ysuninshni da'vo etadi;
- qattiq intizomni talab etadi;
- aytilgan narsani to'liq bajarilishini talab etadi;
-   gap   qaytarganni,   gap   o'rgatganni   yoqtirmaydi.   Aytgan   tashakkuri   ham
buyruqdek chiqadi. So'zlari qattiq va qo'pol. Biron bir masalani tushuntirmaydi, lekin
talab etadi; -   muloqotga  kirishishning   asosiy   shakllari:   buyruq,  ko'rsatma   berish,   qo'llanma
bilan ishlash, xayfsan e'lon qilish;
-   muomalada   qo'pol,   dag'al,   do'q-po'pisali   majbur   etish,   qo'rqitish,   cho'chitish
orqali kirishadi;
- avtoritar uslubning ijobiy tomoni favqulodda vaziyatlar ishlatilishi (yong'inda,
suv toshqinda).
Munosabatning bu uslubda boshqarilishi atrofdagilar uchun qiyin yoki og'ir
ahvol.
2. Demokratik uslub:
- jamoa fikriga tayanib ish olib boradi;
- jamoa fikrini, tashabbusini ma'qullaydi, rivojlantiradi, boshqalar fikriga hurmat
bilan qaraydi;
- boshqalar fikrini o'ziniki qilib oladi;
-   muloqotga   kirishishning   asosiy   shakllari:   iltimos   maslahat   berish,   samimiy
muomala.
3.Liberal uslub:
-   tashabbussiz,   jamoa   ishiga   aralashmaydi,   hamma   masalalarni   yuzaki   qarab
chiqadi.   O'zining   fikri   yo'q,   javobgarlikdan   o'zini   chetlatadi.   Ish   natijasi   bilan
qiziqmaydi;
- bolalarga e'tiborsiz, beg'am qaraydi;
- o'z ishiga sovuqqon.
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda quyidagi munosabat turlari ko'rsatilgan:
- hamkorlikdagi munosabat;
- bavosita munosabat;
- do'stona munosabat.
2.2 . Hozirgi   kunda   Respublikamizdagi   ta‘lim   tizimidagi   ahamiyatli
o‘zgarishlar
Bugun   Yangi   O zbekiston   hayotining   barcha   sohalari   chuqur   islohotlarʻ
maydoniga   aylangan.   Bu   jarayonda   ijtimoiy   sohaning   asosi   hisoblangan   ta lim	
ʼ
tizimidagi   o zgarishlar   haqida   to lqinlanib   so zlamaslikning   iloji   yo q.   Amalga	
ʻ ʻ ʻ ʻ oshirilayotgan   islohotlarning,   avvalo,   maktabgacha   ta lim   va   tarbiya   sohasidanʼ
boshlanishi   globallashuv   jarayonida   bolalar   tarbiyasida   eng   asosiy   bo g in	
ʻ ʻ
hisoblangan   maktabgacha   ta lim   tizimining   jamiyatimiz   hayotidagi   o rni   va	
ʼ ʻ
ahamiyati   beqiyosligini   nazarda   tutadi.   Shuningdek,   bugun   yirik   shaharlarimizdan
tortib, chekka tumanlar, qishloq va ovullarimizda yangi-yangi zamonaviy bog chalar	
ʻ
barpo  etilyapti.  Qisqa   vaqt,  ya ni   to rt   yil   ichida   respublikamizda   bog chalar   soni   3	
ʼ ʻ ʻ
barobar   oshib,   bog cha   yoshidagi   bolalarni   qamrab   olish   darajasi   28   foizdan   54	
ʻ
foizga yetgani ana shunday amaliy harakatlarimiz natijasidir. Sohaga davlat-xususiy
sheriklik   mexanizmi   joriy   etilishi   tufayli   223   mingdan   ortiq   o ringa   ega   bo lgan   7	
ʻ ʻ
ming   400   ta   xususiy   bog cha   tashkil   qilindi.   Bu   maqsadlar   uchun   1   trillion   850	
ʻ
milliard   so m   imtiyozli   kredit   mablag lari   yo naltirilib,   20   mingga   yaqin   yangi   ish	
ʻ ʻ ʻ
o rni   yaratildi.   Yaqin-yaqinlargacha   o qituvchi-muallimlar,   ayrim   joylarda	
ʻ ʻ
o quvchilar   ham,   to rt   oylab   paxta   yig im-terimi,   chopiq   va   yaganaga   chiqarilgan,
ʻ ʻ ʻ
natijada o qituvchi bir oyda o rtacha 80 soat dars o tishi kerak bo lsa, to rt oyda 320	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
soat   yo qotadigan   vaziyat   vujudga   keldi.   Amalga   oshirilgan   islohotlar   natijasida	
ʻ
mana   shunday   salbiy   holatlarga   chek   qo yildi.   So nggi   to rt   yilda   maktab	
ʻ ʻ ʻ
o qituvchilarining   oylik   maoshi   bir   yarim   barobar   ko paytirilganligi,   davlat	
ʻ ʻ
mukofotlari   bilan   taqdirlanayotgan   ustozlar   soni   oshib   borishi,   o qituvchi	
ʻ
tayyorlaydigan   hisobotlar,   qog ozbozliklar   soni   keskin   kamaytirilganligini   o zi   ham	
ʻ ʻ
ta limning   bu   bosqichida   ulkan   ijobiy   o zgarishlarga   zamin   bo ldi.   Islohotlar,	
ʼ ʻ ʻ
o zgarishlar   natijasida   respublika   bo yicha   qariyb   15   ming   nafar   erkak   o qituvchi
ʻ ʻ ʻ
maktablarga   qaytdi.   Maktab   ta limini   tubdan   yaxshilash   va   uning   sifatini   oshirish,	
ʼ
muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom etmoqda.
“Yoshlarni qo llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat	
ʻ
Dasturida ko zda tutilgan 30 ta yangi  maktab qurish, 320 ta maktabni  ta mirlash va	
ʻ ʼ
moddiy-texnik   bazasini   yaxshilash   maqsadida   byudjetdan   2   trillion   so m   ajratilishi,	
ʻ
sohada   yagona   “elektron   ta lim”   tizimini   joriy   etishga   kelgusi   2   yilda   250   milliard	
ʼ
so m   yo naltirish,   boshqa   tumandagi   olis   maktabga   borib,   dars   beradigan	
ʻ ʻ
o qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa — 100 foiz ustama haq
ʻ
to lash   kabi   chora-tadbirlar   sohadagi   islohotlar   samaradorligini   ta minlab   beradi.
ʻ ʼ Ta lim   sohasida   amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   asosiy   qismini,   albatta,   oliyʼ
ta lim   tizimidagi   islohotlar   tashkil   etadi.   Xususan,   O zbekiston   Respublikasi   oliy
ʼ ʻ
ta lim   tizimini   2030-yilgacha   rivojlantirish   Konsepsiyasi   mazkur   sohadagi   yangi
ʼ
islohotlar   uchun   debocha   vazifasini   bajarib   beradi.   Ushbu   hujjatga   intellektual
taraqqiyotni   jadallashtirish,   raqobatbardosh   kadrlar   tayyorlash,   ilmiy   va   innovatsion
faoliyatni   samarali   tashkil   etish   hamda   xalqaro   hamkorlikni   mustahkamlash
maqsadida   fan,   ta lim   va   ishlab   chiqarish   integratsiyasini   rivojlantirish   singari	
ʼ
vazifalar   asos   qilib   olindi.   Konsepsiya   mazmuni   mamlakatimiz   oliy   ta lim   tizimini	
ʼ
isloh   qilishning   ustuvor   yo nalishlarini   aks   ettiradi.   Unda   oliy   o quv   yurtlarida	
ʻ ʻ
qamrov darajasini kengaytirish hamda ta lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar	
ʼ
va ta lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion	
ʼ
tuzilmalarni   shakllantirish,   ilmiy   tadqiqotlar   natijalarini   tijoratlashtirish,   xalqaro
e tirofga   erishish   hamda   boshqa   ko plab   aniq   yo nalishlar   belgilab   berilgan.	
ʼ ʻ ʻ
Bularning   barchasi   ta lim   jarayonini   yangi   sifat   bosqichiga   ko tarish   uchun   xizmat	
ʼ ʻ
qiladi.   Bugungi   kunda   yangi-yangi   oliy   o quv   yurtlari,   dunyodagi   yetakchi	
ʻ
universitetlarning   filiallari   tashkil   etilmoqda.   Misol   uchun,   so nggi   5   yilda	
ʻ
mamlakatimizda   47   ta   yangi   oliy   ta lim   muassasasi,   jumladan,   xorijiy	
ʼ
universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o quv yurtlarining soni 125 taga yetdi.
ʻ
Davlat-xususiy   sheriklik   tizimi   asosida   nodavlat   oliy   ta lim   muassasalari   faoliyati	
ʼ
yo lga   qo yilyapti.   Aholi   fikrini   o rgangan   holda,   sirtqi   va   kechki   ta lim   shakllari	
ʻ ʻ ʻ ʼ
qayta   tiklandi,   qabul   kvotalari   oshirilyapti.   Maktab   bitiruvchilarini   oliy   ta limga	
ʼ
qamrab   olish   darajasi   2016-yilgi   9   foizdan   2020-yilda   25   foizga   yetdi.   Professor-
o qituvchilarning   xorijdagi   oliy   ta lim   hamda   ilmiy-tadqiqot   maskanlarida   malaka	
ʻ ʼ
oshirishi   va   stajirovka   o tashini   ta minlaydigan   mexanizm   yaratildi.   Ularning   oylik	
ʻ ʼ
ish haqi miqdori 2018-yilga nisbatan o rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab	
ʻ
10   ta   oliy   ta lim   muassasasi   o zini-o zi   moliyalashtirish   tizimiga   o tkazildi.	
ʼ ʻ ʻ ʻ   Oliy
ta limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o quv	
ʼ ʻ
yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga
ko paytirib,   2   mingtaga   yetkazilishi   oliy   ta limga   qamrab   olish   ko lamini   yana-da
ʻ ʼ ʻ
kengaytirdi.   Ta lim   tizimidagi   eng   muhim   yangiliklardan   biri   oliygohlar   va   ta lim	
ʼ ʼ tizimining   quyi   bo g inlari   o rtasidagi   uzviylikni   kuchaytirish   maqsadida   65   taʻ ʻ ʻ
akademik   litsey   oliy   o quv   yurtlari   tasarrufiga   o tkazilishi,   shuningdek,   187   ta	
ʻ ʻ
texnikum   ham   o z   yo nalishi   bo yicha   turdosh   oliygoh   va   tarmoq   korxonalariga	
ʻ ʻ ʻ
biriktirilishi   bo ldi.   Demak,   xulosa   qiladigan   bo lsak,   ta lim   sohasidagi   islohotlar	
ʻ ʻ ʼ
ham   bugungi   kunda   o zining   dolzarbligi   hamda   amaliy   ahamiyati   bilan   boshqa	
ʻ
sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yana-
da keng ko lamda davom ettirish davr talabidir. Axborot texnologiyalar asri deb nom	
ʻ
olgan   XXI   asrda   hayotning   barcha   jabhalarida   —   sanoat,   qurilish,   kimyo,   qishloq
xo jaligi,   to qimachilik,   mashinasozlik   va   boshqa   sohalarda   yuksak   taraqqiyotni	
ʻ ʻ
yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy
zaruratga   aylandi.   Bu   jarayon   endilikda   dunyoda   taraqqiyot   yo lini   tutgan   barcha	
ʻ
mamlakatlarda   e tirof   etilmoqda.   Respublikamizda   ham   ana   shu   jarayonga   alohida	
ʼ
e tibor   berilmoqda.	
ʼ   Mamlakatimiz   Prezidenti   davlat   rahbari   sifatidagi   faoliyatini
yurtimiz   akademiklari,   yetakchi   olimlari,   umuman,   ilm   ahli   bilan   uchrashuvdan
boshlaganligi,   respublikamizda   ilm-fan   rivojini   ishlab   chiqarish   taraqqiyoti   bilan
uyg unlashtirishga   qaratganligi   bejiz   emas.   Davlatimiz   rahbarining   shundan   keyin	
ʻ
sog liqni   saqlash   tizimi   faoliyatini   yaxshilash,   kitob   mahsulotlarini   chop   etish   va
ʻ
tarqatish  tizimini   rivojlantirish,  kitobxonlikni   kuchaytirish,  respublikada  yangi   erkin
iqtisodiy zonalar tashkil etish, mamlakatni yana-da rivojlantirish bo yicha Harakatlar	
ʻ
strategiyasini  amalga  oshirish, “Ilm-fanni  2030-yilgacha  rivojlantirish konsepsiyasi”
ishlab   chiqilishi,   Imom   Termiziy   xalqaro   markazini   tashkil   qilish   borasida   va   shu
kabi   boshqa   ko plab   qabul   qilingan   qarorlari,   farmonlari,   farmoyishlarida   ilm-fanni	
ʻ
yuksaltirish   asosiy   masalalardan   biri   sifatida   belgilanishi   ham   ana   shu   e tiborning	
ʼ
amaliy ifodasi edi.
Ilm-fan   va   innovatsiyalarni   rivojlantirish,   ularning   yutuqlarini   yuqori   qo shimcha
ʻ
qiymatga   ega   mahsulotga   aylantirish   jarayonida   intellektual   mulkning   ishonchli
himoya qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma lumotlarga ko ra, intellektual mulk	
ʼ ʻ
ulushi   Yevropada   yalpi   ichki   mahsulotning   45,   Xitoyda   12,   Rossiyada   7   foizini
tashkil   etadi.   2020-yilning   12-oktyabr   kuni   Prezidentimiz   raisligida   bo lib   o tgan	
ʻ ʻ
yig ilish   ham   “Intellektual   mulkni   himoya   qilish   –   Uchinchi   uyg onish   davri   uchun	
ʻ ʻ ishonchli   poydevor   bo lib   xizmat   qiladi”   mavzusiga   bag ishlangan   edi.ʻ ʻ   O shanda	ʻ
davlatimiz   rahbari   patent   egalari   va   tadbirkorlar   o rtasidagi   hamkorlikni   ta minlash	
ʻ ʼ
zarurligiga   alohida   e tibor   qaratdi.   Shu   ma noda   O zbekistonni   2030-yilga   qadar	
ʼ ʼ ʻ
global   innovatsion   indeks   reytingida   dunyoning   50   ta   yetakchi   davlatlari   qatoriga
kiritish   bo yicha   ulkan   maqsadga   erishishda   inson   kapitalini   rivojlantirishga	
ʻ
qaratilgan   strategik   reja   e lon   qilindi.   O zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi,	
ʼ ʻ
O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Oliy   Majlisga   Murojaatnomalari   va   2017-	
ʻ
yil   7-fevral   kuni   O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning	
ʻ
“O zbekiston   Respublikasini   yana-da   rivojlantirish   bo yicha   Harakatlar   strategiyasi	
ʻ ʻ
to g risida”gi   Farmoni,   “Yoshlarga   oid   Davlat   dasturi”,   yangi   tahrirdagi   “Ta lim
ʻ ʻ ʼ
to g risida”gi   Qonuni,   O zbekiston   Respublikasining   2019-yil   29-oktyabrdagi   “Ilm-
ʻ ʻ ʻ
fan va ilmiy faoliyat to g risida”gi O RQ-576-sonli qonuni, O zbekiston Respublikasi	
ʻ ʻ ʻ ʻ
Prezidentining   2020-yil   29-oktyabrdagi   “Ilm-fanni   2030-yilgacha   rivojlantirish
konsepsiyasini   tasdiqlash   to g risida”gi   PF-6097-son   Farmonlari   mamlakatimizda	
ʻ ʻ
ta lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.	
ʼ   Xususan, ta lim	ʼ
tizimida   qabul   qilingan   eng   muhim   hujjatlardan   biri   bu   –   “Ta lim   to g risida	
ʼ ʻ ʻ ” gi
Qonunning   yangi   tahrirda   qabul   qilinishi   bo ldi.   Mazkur   Qonunga   asosan   ta lim	
ʻ ʼ
sohasidagi  asosiy  prinsiplar, ta lim  tizimi, turlari va shakllari  aniq belgilab qo yildi.	
ʼ ʻ
Shuningdek,   Qonunga   ko ra,   davlat   oliy   ta lim,   o rta   maxsus,   professional   ta lim	
ʻ ʼ ʻ ʼ
muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o rta maxsus,	
ʻ
professional   ta lim   tashkilotlari   va   ularning   filiallari   Prezident   yoki   Hukumat	
ʼ
qarorlari   bilan  tashkil  etiladigan  bo ldi.  Nodavlat   ta lim  muassasalarini   tashkil  etish	
ʻ ʼ
ularning   ta sischilari   tomonidan   amalga   oshirilishi   belgilandi.   Nodavlat   ta lim	
ʼ ʼ
tashkilotlariga litsenziya Ta lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan	
ʼ
beriladigan   bo ldi.   Shunga   ko ra,   mazkur   Qonunning   qabul   qilinishi   hamda	
ʻ ʻ
amaliyotga  joriy  etilishi   ta lim  sohasida  qabul  qilingan  eng  muhim  hujjatlardan  biri	
ʼ
bo ldi deyishimiz mumkin. Hukumatimizning ta lim sohasida amalga oshirilayotgan	
ʻ ʼ
islohotlari   Namangan   davlat   universitetida   ham   izchil   amalga   oshirib   kelinyapti.
Xususan,   keyingi   uch   yil   ichida   fakultetlar   soni   9   tadan   15   taga,   mutaxassislik
kafedralari   soni   27   tadan   46   taga,   ta lim   yo nalishlari   soni   31   tadan   52   taga,	
ʼ ʻ magistratura   mutaxassisliklari   soni   esa   12   tadan   26   taga   yetkazildi.   Bunga   mos
ravishda   ilm   istagida   bo lgan   universitet   talaba   yoshlari   soni   5   100  nafardan  qaryibʻ
21   000   nafarga   yetdi.   Professor-o qituvchilar   soni   470   nafardan   710   nafarga	
ʻ
yetdi.   Universitetda   2018-2019   o quv   yiliga   qadar   ilmiy   salohiyat   26   foizni   tashkil	
ʻ
etib,   bironta   ixtisoslik   bo yicha   ixtisoslashgan   kengash   faoliyat   olib   bormagan.	
ʻ
Keyingi   yillarda   ilmiy   pedagog   kadrlar   tayyorlash   masalasiga   ham   katta   e tibor	
ʼ
qaratilib, ilmiy salohiyat 37 foizdan oshdi, ta lim sifatini ta minlash yo lida bugungi	
ʼ ʼ ʻ
kunda  12   ta   ixtisoslik   bo yicha   9  ta   ixtisoslashgan   kengash   faoliyat   olib   bormoqda.	
ʻ
Albatta,   bu   borada   17   ta   tayanch   doktoranturada   tahsil   olayotgan   doktorantlar
hisobidan   universitet   ilmiy-pedagog   kadrlari   saflarini   salohiyatli   kadrlar   bilan
to ldirish   maqsadi   belgilab   olingan.   Yaqin-yaqingacha   universitet   asosan   pedagogik	
ʻ
soha   uchun   mutaxassislar   tayyorlar   edi.   O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti	
ʻ
tashabbusi   bilan   oliy   ta lim   tashkilotlari   uchun   akademik   va   tashkiliy,   shuningdek,	
ʼ
moliyaviy   mustaqillikning   berilishi   hamda   Kengashlar   vakolatlarining
kengayayotgani   ta lim   sohasidagi   davlat   siyosatini   amalga   oshirish,   sifatli   ta lim	
ʼ ʼ
xizmatlarini ta minlash va bu borada Prezident hamda hukumatimiz belgilab bergan	
ʼ
vazifalarni to la-to kis ado etish orqali mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi
ʻ ʻ
salohiyatli   kadrlar   tayyorlashga   keng   imkoniyatlar   yaratadi.   Mamlakatimiz   ta’lim
tizimini   yana   o‘zgarishlar   kutayotgan   ko‘rinadi.   Bir   necha   yil   avval   O‘zbekistonda
“9+3” (12 yillik majburiy ta’lim) tizimi   bekor qilingan, shundan keyin Milliy o‘quv
dasturiga   o‘tilishi   aytilgan   va   2022−2026-yillarda   xalq   ta’limini   rivojlantirish
bo‘yicha   milliy   dastur   qabul   qilingan   edi.   O‘tgan   yili   “fin   tajribasi”ni   joriy   etish
xususida ko‘p gapirildi, yil yakunida esa,   “ma’muriy islohotlar” deya taqdim qilingan
jarayonlar doirasida Maktabgacha va   maktab ta’limi vazirligi hamda Prezident ta’lim
muassasalari   agentligi   bitta   davlat   organiga   birlashtirildi.   Kuni   kecha   maktabgacha
va   maktab   ta’limi   vaziri   Xilola   Umarova   davlat   rahbari   bilan   uchrashuvda   tizimda
kutilayotgan   bir   qator   yangiliklarni     taqdim   etdi.   Ushbu   o‘zgarishlarning   ayrimlari,
mening   nazarimda,   batafsilroq   ko‘rib   chiqilishi   lozim.   Vazirlik   buyrug‘i   loyihasiga
(muallifga   taqdim   etilgan)   ko‘ra,   2023−24   o‘quv   yilidan   boshlab   har   bir hududda   sinov maktablari   tanlab olinadi hamda ularda quyidagi majburiy va   tanlov
fanlardan iborat dastur amalga tadbiq etiladi:
 majburiy fanlar   — ona tili va   adabiyoti, ingliz tili (buyruq loyihasida “chet tili”
emas,   aynan   “ingliz   tili”   deb   ko‘rsatilgan),   tarix,   tarbiya,   matematika,
informatika,   jismoniy   tarbiya   va   chaqiruvga   qadar   boshlang‘ich   tayyorgarlik.
Ushbu fanlar uchun 20−21 o‘quv soati ajratilgan;
 tanlov fanlar   — matematika va   fizika, kimyo va   biologiya, ona tili va   chet tili,
matematika va   chet tili.  Bu   ikki fanga 10−11 o‘quv soati ajratiladi.
Maxsus   komissiya   o‘quvchilar   orasida   so‘rov   o‘tkazib,   sinfda   yuqoridagi   to‘rt   juft
tanlov   fanlaridan   qaysi   biri   o‘qitilishini   aniqlaydi.   Bitta   fan   ham   majburiy,   ham
tanlov fanlar blokida fanlar takroran kelgan bo‘lsa (ona tili, matematika, chet tili), har
ikki   blokdagi   ushbu   fanlarga   ajratilgan   soatlar   qo‘shiladi.   Masalan,   “kimyo-
biologiya”   yo‘nalishidagi   sinfda   matematika   haftasiga   5   soatdan   o‘qitilsa,
“matematika-fizika” yoki  “matematika-ingliz tili” yo‘nalishidagi  sinfda haftasiga  10
soatdan   o‘tiladi.   Ona   tili   va   chet   tili   yo‘nalishidagi   sinflarda   ushbu   fanlar   haftasiga
mos ravishda 10 va   9 soatdan, qolgan sinflarda esa 5 va   4 soatdan o‘qitiladi.
Shunday qilib, ushbu sinflarning o‘quv rejasidan quyidagi fanlar   chiqarib tashlanadi :
 o‘zbek   (davlat)   tili   (ta’lim   tili   o‘zbek   tili   bo‘lmagan   maktablarda)   va   chet   tili
sifatida rus tili (ta’lim tili rus tili bo‘lmagan maktablarda), geografiya, iqtisodiy
bilim   asoslari,   huquqshunoslik   —   bu   fanlar   majburiy   fanlar   ro‘yxatida   ham,
tanlov fanlar ro‘yxatida ham tilga olinmagan;
 fizika   va   astronomiya,   kimyo,   biologiya   —   bu   fanlar   faqat   tanlov   fanlar
ro‘yxatida   mavjud,   ya’ni   o‘quvchilar   o‘zlari   tanlamagan   taqdirda,   ularga
mazkur fanlar o‘qitilmaydi.
Buyruq   loyihasida   11-sinfni   tamomlaganlik   to‘g‘risidagi   shahodatnomaga   10−11-
sinflarda o‘rganilmagan fanlar bo‘yicha baholar 9-sinfni tamomlaganlik to‘g‘risidagi
shahodatnomadan   ko‘chirib   o‘tkazilishi   qayd   etilgan.   Zamonaviy   ta'lim   XXI   asrda
maktablar va ta'lim muassasalarida o'qitiladigan ta'limning eng so'nggi va zamonaviy
versiyasidir.   Zamonaviy   ta'lim   nafaqat   Savdo,   fan   va   san'atning   taniqli   akademik
fanlariga   e'tibor   qaratadi,   balki   talabalarda   ijodiy   fikrlash,   hayotiy   ko'nikmalar, qadriyatlar   ta'limi,   tahliliy   ko'nikmalar   va   qarorlar   qabul   qilish   ko'nikmalarini
rivojlantirishga qaratilgan. Zamonaviy ta'lim  shuningdek, o'quvchilarga  bilim  berish
va   o'quv   jarayonini   yanada   qiziqarli   va   qiziqarli   qilish   uchun   mobil   ilovalar,
YouTube,   podkastlar,   elektron   kitoblar,   filmlar   kabi   eng   yangi   texnologiyalardan
foydalanadi.   XXI   asrda   texnologiya   kundalik   hayotimizning   ajralmas   qismiga
aylandi.   Bu   bizning   dunyomizni,   eng   muhimi,   ta'lim   tizimimizni   tubdan   isloh
qilishdan   boshqa   hech   narsa   keltirmaganini   hech   birimiz   inkor   eta   olmaymiz.
Doskadan   oq   doskagacha   va   endi   aqlli   doskagacha   texnologiya   bizning   asosiy
tadqiqot, bilim va o'qitish manbamizga aylandi. Ushbu blog zamonaviy ta'lim tizimi
va   uning   o'qitishning   an'anaviy   usullarini   qanday   o'zgartirishi   haqida   bir   oz   yoritib
beradi.
                                                                                                        XULOSA.
Xulosa   qilib   aytganda,   ta'lim   tizimining   ijobiy   va   salbiy   tomonlari   bor.   Hozirgi
sharoitga   ko'ra   ,   zamonaviy   ta'lim   tizimi   an'anaviy   ta'lim   tizimidan   yaxshiroq.
Zamonvaiy ta'lim  tizmidada ayniqsa, ta'lim  jarayonini  mazmunli  tashkil  etish uchun
zamonaviy   texnik   vositalardan   foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.   Jumladan,
texnologiya,   axborot,   kompyuter,   multimedia,   internet,   masofali   o'qitish,   yagona
axborot   muhiti   va   shunga   o'xshash   axborot-kommunikasion   texnologiyalarning
zamonaviy vositalaridan foydalanish o'zining samarasini bermoqda.  
An'anaviy ta'lim tizimining kamchiliklari
Umumlashtirilgan   ta'lim   :   Barcha   o'quvchilar   uchun   umumlashtirilgan   ta'lim   ular
uchun   qiziq   bo'lgan   narsalarni   o'rganishni   qiyinlashtiradi.   Turli   o'quvchilar   turli   xil
iste'dod   va   qiziqishlarga   ega   bo'lib,   bu   umumiy   ta'lim   ta'minlay   olmaydi.   Talabalar
o'zlari yaxshi bo'lmagan o'qish uchun ko'proq vaqt va kuch sarflashadi va bu ularning
kelajakdagi kareralarida yordam bermaydi.
Passiv   tinglovchilar:   An'anaviy   ta'limda   talabalar   o'z   o'qituvchilarini   tinglashlari
kerak.   Ba'zan   o'quvchilar   o'qituvchilarni   tinglashga   harakat   qilmaydilar.   Ular
ma'ruzalarga qiziqish bildirmaydilar va passiv tinglovchilarga aylanishadi.
Moslashuvchan vaqt yo'q: An'anaviy ta'lim o'qish qiyin bo'lgan qat'iy jadvalga amal
qiladi.   Talabalar   buni   engishda   qiyinchiliklarga   duch   kelishadi.   Shuningdek   xozirgi
kunda   rijojlanib   borayotgan   aqlli   ta'lim,   ya'ni   onlayn   ta'limning   paydo   bo'lishiga
tuxtaladigan bo'lsak zamonaviy ta'limning asosiy xususiyatlaridan biri bo'lib, onlayn
ta'lim zamonaviy davrda o'quv jarayoni  va pedagogikaning muhim  qismiga aylandi.
Har qanday vaqtda va istalgan joyda har qanday narsani o'rganishning keng ko'lamini
taklif   qiladigan   Internet   har   qanday   yoshdagi   odamlarni   o'z   ko'nikmalarini   taqdim
etish   va   ta'limning   turli   sohalari   bo'yicha   tajribalarini   kengaytirish   uchun   qabul
qiladigan keng bilimlar hovuziga aylandi. Bundan tashqari, onlayn ta'lim o'qitish va
o'rganishning interaktiv jarayonini osonlashtirish uchun texnologiyadan foydalangan
holda   Smart   Education   ning   tarkibiy   qismidir.   Ta'lim   texnologiyasi   ahamiyati   ,
bugungi   kunda   muhim   ahamiyatga   ega   va   faqat   bir   faoliyat   tarmoq   ulanishi   va
smartfon, planshet  yoki kompyuter yordamida har bir joyda hech narsa va o'rganish
mumkin.   An'anaviy ta'lim tizimining afzalliklari
Vaqtinchalik   :   Talabalar   har   bir   davr   uchun   ma'lum   vaqt   va   tanaffus   uchun   vaqt
ajratadilar.   Bu   vaqtning   barchasi   boshida   rejalashtirilgan,   talabalar   ushbu   tartibni
bajaradilar va ularni o'z vaqtida va intizomli qiladilar.
Ijtimoiy o'zaro  ta'sirlar   :  Talabalar  o'z  tengdoshlari   bilan o'zaro  munosabatda  bo'lib,
ularga   xarakterni   shakllantirishda   yordam   beradi.   Ular   boshqalarni   baham   ko'rishni
va hurmat qilishni o'rganadilar.
Sinfdan   tashqari   mashg'ulotlar   :   Bu   talabalarga   yashirin   iste'dodlarini   boshqalarga
namoyish   qilish   imkoniyatini   beradi.   Bu   ularga   o'z   iste'dodlari   uchun   tan   olinishiga
va hayotlarida ustun bo'lishga yordam beradi.
Yuzma-yuz   muloqot   :   Talabalar   o'z   o'qituvchilari   bilan   bevosita   muloqot   qilishlari
mumkin.   Ular   o'zlarining   shubhalari   bo'lgan   sohalarda   savollar   va   ko'proq
tushuntirishlar berishlari mumkin.                             Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar:
1. Boymurodov N Amaliy psixologiya T.: 2008 y- 316 b.
2.Yaroshevskiy   M.G.   "XX   asrda   psixologiya",   M,   1974
3.O'zbekiston   Respublikasi   Oliy   ta'lim   tizimini   2030-yilgacha   rivojlantirish
konsepsiyasi. 2-bob
4.     Kuralov, Y. A. (2021). ELEKTRON RAQAMLI IMZO ALGORITMLARINING
QIYOSIY   TAHLILI   (RSA,   ELGAMAL,   DSA).   Academic   research   in   educational
sciences, 2(5), 428-438
5.O’zbekiston:  milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. O’zbekiston Karimov.I.A
“Bizdan ozod va obod vatan qolsin”
6.Toshkent O’zbekiston Karimov.I.A  “Bunyodkorlik yo’lidan”
7.J.G.Yo’ldoshev  “Ta’lim yangilanish yo’lida”  T. O’zbekiston nashriyoti
8.Goshiyev.B “Bilim ezgulik yo’li”  Toshkent 1998
Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: 
www.bilimdon.uz ,
  www.pedagog.uz    ,  
    www.ziyonet.uz

MAVZU: O‘RTA OSIYODA TA‘LIM TIZIMINING TARAQQIYOTI MUNDA REJA KIRISH . ASOSIY QISM. I-bob: O‘rta Osiyo davlatlarida ta‘lim tizimiga e‘tiborning kuchayishi 1.1 .Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqillikdan keyin ta‘lim tizimiga bo’lgan munosabati 1.2.O’rta Osiyo davlatlarida ta’lim tizimining yuqori cho’qqilarga erishishi II-bob:Ta’lim tizimidagi yutuqlar va kamchiliklar, dars jarayonining bolalar psixikasiga ta’siri 2.1.Ta’lim jarayonida o’quvchilar psixikasiga ta’sir o’tkazishning ahamiyati 2.2 . Hozirgi kunda Respublikamizdagi ta‘lim tizimidagi ahamiyatli o‘zgarishlar Xulosa. Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH. Mavzuning dolzarbligi: VII asrda O'rta Osiyo arablar istilosi tufayli yangi rivojlanish bosqichiga chiqdi.Islom ma'rifiy ta'limotida ikki darajali ta'lim amalga oshirilgan. maktab va masjidlarda ilk diniy ta'lim berilgan. Keyingi bosqich madrasada amalga oshirilgan. Bu yerda shariat, ilohiyot, falsafa, mantiq, notiqlik, matematika, astronomiya, tibbiyotdan ta'lim berilgan. Bundan tashqari Qur'on maktabi, fors maktabi, Qur'on va fors tili maktabi va arab maktabi kabi maktab yo'nalishlari bo'lgan. Tarixdan ayonki, VII - XII asrlar O'rta Osiyoda ma'naviyat, madaniyat, ilm-fan mukammal bir bosqichga ko'tarilgan. Ayni davrda yashab ijod etgan komusiy olimlarimiz nafaqat O'rta Osiyo uchun, nafaqat o'z davrlari uchun, balki butun insoniyat uchun mukammal vazifalarni, ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirdilar. Al- Xorazmiy, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Al-Farg'oniy, Az-Zamaxshariy, Yassaviy, Nakshband, Imom al -Buxoriy, Imom Burxoniddin Marg'inoniy va boshqa qomusiy daholarimiz barcha soha fanlari taraqqiyotiga hissa qo'shib, o'z davrlarida ta'lim- tarbiya, ilm-fanda o'z izlarini qoldirdilar. Imom G'azzoliyning pedagogika va psixologiya taraqqiyotiga qo'shgan hissasi alohida e'tirofga sazovor. Tarixiy manbalardan ma'lumki, Markaziy Osiyo, ayniqsa Turkistonda ta'lim madrasa- masjidlarda, eski usuldagi maktablarda olib borilgan. Albatta, diniy ta'lim-tarbiya yetakchi o'rinni egallab, ta'lim va tarbiyada Qur'oni karim, Muhammad saliollohu alayhi vassalam hadislari puxda o'rgatilgan, milliy axloq-odob talablari, sharqona qarashlarni qamrab olgan, milliy tarbiya masalalarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan o'rganishga bevosida yordam beradigan diniy asarlardan saboq berilgan. Sharq ta'limida asosan yodlatish uslubida ta'lim berilgan. Bolalar boshlang'ich ta'limni harf o'rganishdan boshlab yodlash orqali o'zlashtirganlar. Maktab ta'limida barcha ma'lumotlar yod olingan. Ya'ni bola aqli to'lgunicha xotirasi imkoniyatlaridan foydalanilgan. Madrasada esa yod olingan "Qur'on"i karim tavsiri - ma'no mohiyati o'rganilgan. Bola aqli to'lishib, kitob mazmunini anglash yoshiga va salohiyatiga yetganidagina kitob ma'nosi ochib, o'rgatishgan. Darhaqiqat, inson bolalik davrida yod olish imkoniyati ancha baland bo'ladi. Ma'lumotlar qancha ko'p yodlansa, xotira

ham shuncha kuchayib boradi. Aynan bolalikda yodlangan ma'lumotlar xotirada uzoq vaqt saqlanadi. Bolalar axloq va odob mezonlari bilan tanishtirilib, keyin boshqa ilmlarni egallashgan. Islom ta'lim tizimidagi bu o'qitish uslubini ijobiy tomonidir. Bunday ta'lim jarayoni asrlar mobaynida ota-bobolaramizdan bizgacha qanchadan-qancha tarjibalarda isbotlanib, halqimizning turmush tarzida tekshirilib hamda sinalib kelgan merosdir. Tadqiqot vazifalari : 1.O’rta Osiyo hududidagi ta’lim tizimini o’rganish. 2.Markaziy Osiyodagi ta’lim tizimidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlash. 3 . Talim tizimidagi yangicha yondashuvlarning o’quvchilar psixikasiga ta’sirini o’rganish. 4 . Talim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish usullarini aniqlash. Tadqiqot maqsadi: Tadqiqotimiz maqsadi O‘rta Osiyo davlatlarida ta‘lim tizimining rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunga kelib qanday yutuqlarga erishganligi va hozirgi holati haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish. Tadqiqot predmeti: Tadqiqot predmeti bo’lib O‘rta Osiyo davlatlarida ta‘lim tizimining taraqqiyoti va hozirgi kunda tutgan o’rnini aniqlash hisoblanadi. Tadqiqot obyekti: Tadqiqotimiz obyekti bo’lib Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti Psixologiya yo’nalishi 3-bosqich talabalari xizmat qiladi. Tadqiqot farazi: O‘rta Osiyo davlatlarida ta‘lim tizimining tarixiy taraqqiyotidan to bugungi kungi yutuqlarigacha bo’lgan davrni o’rganish orqali ta‘lim tizimi rivojiga o’z hissamizni qo’shish. Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Birinchi Prezident imiz I.A.Karimovning barkamol avlod tarbiyasi bo’yicha g’oyalari, ma’ruzalari, mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy qarashlari, shuningdek Respublikamiz pedagog-psixolog olimlarining psixologik jarayonlarini o’rganish, O‘rta Osiyo davlatlarida ta‘lim tizimining hozirgi vaqtdagi

ba’ zi kamchiliklarini bartaraf etish muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlari kurs ishimizni yozish uchun asos qilib olindi. I-bob:O‘rta Osiyo davlatlarida ta‘lim tizimiga e‘tiborning kuchayishi 1.1.O‘rta Osiyo davlatlarining mustaqillikkacha bo‘lgan davrda ta‘lim tizimining ahvoli Markaziy Osiyo davlatlari uzoq vaqt davomida Sobiq Ittifoq ta`siri ostida bo`lib keldi. 1922-yilda tuzilgan SSSR 1991-yilning 8-dekabrida amalda tugatildi. O’tgan shuncha vaqt davomida Markaziy Osiyoning besh respublikasi har tomonlama Moskva ta`siri ostida bo`lib kelgan. Shunday ekan siyosiy qaramlik bilan birgalikda ta`lim tizmi ham markazdan belgilab berilgan rejaga muvofiq amalga oshirilib kelingan. 1991-yilda mintaqaning besh davlati birin-ketin mustaqillikka erisha boshladi. Siyosiy jihatdan mustaqil bo`lgan bu davlatlar oldida juda ko`p muammolar ko`ndalang bo`lib turar edi. Davlat rahbarlari birinchilardan bo`lib boshqa sohalar kabi ta`lim sohasining ham zamon ruhiga mos, milliy mentalitetdan kelib chiqqan holda qaytadan isloh qilishga o`z e`tiborlarini qaratdi. Lekin shuni ham ta`kidlab o`tishimiz lozimki, ta`lim sohasini isloh qilish mintaqaning barcha davlatlarida birdek ketmagan. Chunki bu davlatlardagi siyosiy vaziyat ham bunga o`z ta`sirini ko`rsatgan edi. Endi e`tiborimizni mustaqillikka endigina erishgan Markaziy Osiyo davlatlarida ta`lim tizmining holatiga qarataylik. So`z yuritilayotgan vaqtda mintaqa davlatlari ta`lim tizimi Sobiq Ittifoqning tegishli muassasalari tamonidan ishlab chiqilgan tizim asosida olib borilar edi. Bolaga ta`lim berish dastlab bog`chadan boshlanib, bu muassasada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olishgan. Keyingi bosqich maktab bo`lib, bu bosqichda bolalar 11 yil yoki 8 yillik ta`lim olishgan. Nima uchun aynan bolalarga 11 yoki 8 yil ta`lim berilgan degan savol tug`ilishi tabiiy holat. Ayrim bolalar 8 yil ta`lim olgandan keyin kasb-hunarga yo`naltirilgan, qolgan bolalar bo`lsa maktabda ta`lim olishni davom ettirgan. Lekin har doim ham oquvchilar 8 yillik ta`limdan keyin o`z xohishlariga ko`ra kasb-hunarga yo`naltirilavermagan. Maktabdan keyingi ta`lim inistitutlarda olib borilgan. Bunda talabalarga 5 yillik (ayrim institutlarda ta`lim olish muddati farqlanishi mumkin) ta`lim berilgan. Bu vaqt

davomida talaba o`z mutaxassisligi bo`yicha kerakli bilimlarni olib, keyingi faoliyatni xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida olib borishi mumkin bo`lgan. Talabalarning ma`lim bir qisimi ta`lim olishni davom ettirib oliygohlarda o`z mehnat faoliyatini ham olib borish imkoniyatiga ham ega bo`lgan. Yuqorida Markaziy Osiyo Respublikalarining SSSR ta`siri ostida bo`lgan vaqtlardagi ta`lim tzimining umumiy holatini ko`rib chiqdik. Tashqi ko`rinishidan bu tizim juda mukammal ishlanganga o`xshaydi. Haqiqatdan ham shunday bo`lgan. Lekin har doim ham Ittifoq respublikalarida belgilab qo`yilgan tartiblarga amal qilinmagan. Ta`lim tizimida ham zamondan ortda qolish holatlari XX asr 70-yillari oxirlariga kelganda yaqqol namoyon bo`la boshlagan. Ta`lim muassasalarining moddiy texnik bazalari ham talab darajasida bo`lmagan. Bundan tashqari yana ko`plab kamchiliklarini sanab o`tishimiz mumkin. Sobiq Ittifoq parchalangandn keyin mintaqa respublikalari oldida ikkita yo`l bor edi. Bu yo`llardan biri ta`lim SSSR tizimini saqlab qolish, yo bo`lmasa zamon ruhiga mos yangi tizimni qabul qilish edi. Siyosiy vaziyatni to`g`ri tushungan mintaqaning bir qancha davlatlari ta`lim tizimida islohot qilishni asta-sekin amalga oshirishni maqul ko`rgan bo`lsa, Tojikistondagi siyosiy beqarorlik bu tizimni isloh qilishni ortga surishga sabab bo`ldi. XX asrning 80-yillaridan boshlab Markaziy Osiyo davlatlari ta`lim tizimi bo`yicha rivojlangan davlatlar ta`lim tizimidan ortda qola boshlandi. Bu davrda rivojlangan davlatlarda ta`lim tizimi zamon ruhiga mos ravishda o`zgarishlar amalga oshirilmoqda edi. Misol sifatida Yevropa va AQSH ta`lim muassasalarida zamonaviy ilg`or texnologiyalarni joriy qilinayotgan bir vaqtda Markaziy Osiyo davlatlari ta`limida bu texnologiyalar faqat nazariy jihatdan o`rgatilar edi. Bu holat nafaqat Mrakaziy Osiyo davlatlarida, Ittifoqning boshqa davlatlarida ham shu ko`rinishda edi. Mustaqillikka erishgandan keyin ham bu respublikalar zamonaviy texnologiyalarni ta`limga birdaniga joriy qila olmas edi. Sababi davlatlarning iqtisodiy holati havas qilar darajada bo`lmagan. Endi asosiy e`tiborimizni Markaziy Osiyoning mustaqillikka erishgan ilk yillaridagi ta`lim muassasalarining holatiga e`tiborimizni qaratamiz. Dastlab mintaqaning shimoliy qismida joylashgan Qozog`istondagi ta`lim muassasalarining