O`rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi
Mavzu: O`rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi REJA: I.KIRISH II.ASOSIY QISM 1.Arablar davrida o`rta osiyoning bosib olinishi 2.Islom dinining o`rta osiyoda tarqalishi 3.Arab hukmdorlarining movorunnahrdagi siyosati III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o‘rin egallaydi. Turk xoqonligi hususidagi manbalar yetarli bo‘lsada, lekin ularning ko‘pchiligi bir-biriga qarama-qarshiligi ma’lumotlar olindi. Birinchi navbatda VII- VIII asrlarda to‘plangan manbalar ancha qimmatlidur. Bu yepik grafik yodgorliklar O‘rgun-Enese runiy yozuvlari Xitoyning “tanxonadoni tarixi” VII-IX rasr tarixiy manbasi VI asr ohirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar Menandir , Protektor, Piyofan, Vizantiyskiy, suriyachilik tarixi Ionna Efessiylarning tarixi asarlaridir. Shuningdek bu to‘g‘ridagi ma’lumotlar arab tarixchilari at- Tabariy, Denovariy (IX-X asr) o‘lkamiz fuzalolaridan Abu Rayxon Beruniy, Narshahiy (X asr) va boshqalar asrlarida ham uchraydi. Keyingi vaqtda bu masalaga yanada e’tibor kuchaydi. Arxeolog olimlar, tarixchilar, adabiyotshunoslar, antropologlar bu xususida yangi tadqiqotlar olib bormoqdalar. Turklar, turkiy qabilalar tarixi masalasi Toshkentda o‘tkazilgan III jahon Turkologiya anjumanida ham keng muhokama etildi. “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Manas”, “Dada qo‘rqut” kabi umumturkiy xalq dostonlari, O‘rta asrlardagi Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to‘g‘risida turli ma’lumotlar keltiriladi. 1 XI asrda yashagan alloma, Mahmud Qoshg‘ariyning zamondoshi Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” (Saodatga yo‘llovchi bilim) asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp Er Tunga to‘g‘risida shunday deb yozadi: “... u bilimdon , zakovatli, katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uning shon- shuhratini dunyoga taratgan. U turk beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi. Uning tengi topilmasdi. Forslar uni Afrosiyob deb atashgan”. 1 Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil
Tarixda turklarning kelib chiqishi hususida ko‘plab afsona, rivoyatlar ham mavjuddir. Abu Is’hoq Nishopuriy jam qilgan (VIII asr) “Qissai-al anbiyo” asarida turklarning kelib chiqishi Nuh payg‘ambarga borib taqaladi. Xitoy yozma manbalarida Turklar “xun” nomi ostida eramining 92 yilida Oltoyning etaklariga kelib o‘rganishganligi va jujanlardan ruxsat olib ular uchun temir qazib chiqarishni boshlagapnlari haqida ma’lumot berildi. Bu ulug‘ Ashin urug‘i nomi bilan avval oshda atalib kelgan. Xitoylar Ashin qabilasini “Tu-kyu”, deb ham yuritilgan. P. Pel’o bu so‘zni “Turk-yut” (ya’ni turkiylar) deb izohlagan. “Turk” atamasi kuchli, baquvvat degan ma’noni anglatadi. Avval bu ulug‘ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan barcha qabila-urug‘larga ham umumiy nom sifatida aytilib ketilgan. 2 Ashin urug‘idan bo‘lgan Asan (Asyan), va Tuu, (460-545) turkiy qabilalari ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o‘g‘li Bumin (bu turkcha nom, xitoycha Tumin) o‘ziga Tele qabilasini buysundiriladi. Endilikda ancha mustahkamlangan bu qabilalar ittifoqi o‘zlari qaram bo‘lib turgan jujanlardan xalos bo‘lish yo‘lini qidirishadi. Bumin 551 yili Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo‘lgan jujanlar xonini mag‘lub etadi. O‘sha yili Bumin yangi davlat –Turk hoqonligiga (551-744) asos soladi. Ili daryosi bo‘yida hukmdor deb e’lon qilingacha “Ilixon” degan unvonni oladi. Turklar hukumdori o‘zini hoqon (turkcha-qag‘an) deb yurita boshlaydi. Oltoydagi O‘tukan shahri yangi Turk hoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. Bumin o‘z ukasi Istamiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibu- arabcha, Stembi-xagan yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaodor darajasiga to‘g‘ri keluvchi “Yabg‘u” (bahodir) unvonini berib u bilan birgalikda o‘z davlatini kegaytirish 2 Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil
payiga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi, turkash, uzli qabilaarini o‘ziga buysundiradi. Muqanxon hukumronligi davri turk hoqonligini eng qudratli pallaga olib kirdi. 554 yil Muqan hoqon Sharqqa yurish qilib Uzoq Sharq o‘lkalarini o‘ziga buysundiradi va Tinch okeani qirg‘oqlariga chiqadi. U O‘rxun, Tug‘la, Selenga daryolari bo‘ylaridagi qabilalarni, Yenisey daryosi bo‘ylaridagi qirg‘izlarni, Baykal atroflaridagi uyg‘urlarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Muqan hoqon eftalitlar davlatini tugatish uchun 544 yil Eron shohi Xusrav I Anusheronga elchi jo‘natadi. 588 yil turklar Ural va Volga bo‘ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko‘chmanchi ovarlar bilan to‘qnashadi. Turklar eftalitlar va ovarlarga qarshi kurashishda Vizantiya va Eron bilan do‘stona aloqani mustaxkamlashga harakat qila boshlaydilar. Vizantiyadan foydalangan Eron eftalitlardan Toharoston, Chag‘aniyon, Qobul atrofdagi yerlarni tortib oladi 3 . 563 yildan eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga bostirib kiradilar. Tez orada ular tomonidan Samarqand , Kesh, Naxshab egallanadi. Eftalitlar Xuttalon, Termiz, Balx, Amul, Zamm shaharlaridane yordam olib Buxoro yaqinida katta jangga tayyorgarlik ko‘rdilar. 8 kunli shiddatli jangda eftalitlar turklardan yengiladilar. Turklar tezlik bilan harakat qilib iloji boricha eftalitlarning yerlarini ko‘proq o‘z ko‘llariga olishga harakat qiladilar. Amudaryoning janubiy sohiligacha bo‘lgan yerlar, Eron, uning shimoliy sohillaridan Kaspiygacha bo‘lgan yerlar turklar qo‘liga o‘tadi. Birmuncha vaqt eftalitlarning qolgan-qutgani Zarafshon vohasida yashab turklarga soliq to‘lab turadi. Janubdagi yarim mustaqil eftalitlar yerloari sosoniylar tomonidan bir oz vaqtdan 3 Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil
keyin butkul bo‘ysundirilib olinadi. Eftalitlar davlatining mag‘lubiyatidan so‘ng bevosita ittifoqchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshlaydi. Hoqonlikning bevosita g‘arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh hoqon Muqanxon ham savdo yo‘li va uning ahamiyatini yaxshi tushunib bu masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg‘u Sug‘d ixshidiga bu masalani hal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur Sug‘d savdogarri va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo‘natilgan. Xusravshoh o‘z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, sug‘diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so‘ng uni elchilar ko‘z o‘ngida yig‘ib yoqib tashlaydi. 4 Istami bu voqeadan so‘ng qatitq ranjisa-da, Xusravshoh huzuriga 2-marotaba o‘z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan iborat bo‘lib, uning natijasidan yaqin oradagi siyosat namoyon bo‘lishi kerak edi. Bu safar turk elchilari zaharlab o‘ldiriladi. Ularning faqatgina bir nechasigina hoqon huzuriga yetib keladi. O‘z ishlarini sosoniylar “Turklar issiq ob-havoni ko‘tarisha olmadilar” deb berkitishadi. Istami Husrav I Anushervon qo‘shinlarini tor-mol qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi. Eftalitlar o‘z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o‘z qo‘llariga qaytarib oladi. Eron tinchlik sulhiga kelishib 40000 Vizantiya tillasi to‘lash majburiyatini oladi. Undan so‘ng Eron bilan Vizantiya o‘rtasida ham urush boshlanib, ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoldi. 576 yili Muqan hoqon va Istami yabg‘ularning vafotidan so‘ng Turk hoqonligining ta’siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin Chur-Bag‘a hoqon 4 O zMEʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil