O’RTA ZARAFSHON HAVZASIDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
O’RTA ZARAFSHON HAVZASIDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI MUNDARIJA KIRISH 3 I BOB O’RTA ZARAFSHON HAVZASIDA AGROTURIZMNI TASHKIL QILISH VA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY ASOSLARI 1.1 O’rta Zarafshon havzasining tabiiy geografik tavsifi 1.2 O’rta Zarafshon havzasida agroturizmni tashkil qilish va rivojlantirishning maqsadi va vazifalari 1.3 O’rta Zarafshon havzasida agroturizmni tashkil qilish va rivojlantirishning mamlakat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati II BOB O’RTA ZARAFSHON HAVZASIDA AGROTURIZM RESURSLARI. HAVZADA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI, IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR 2.1 O’rta Zarafshon havzasi agroturizm resurslari 2.2 O’rta Zarafshon havzasida agroturizmni rivojlantirish istiqbollari va imkoniyatlari 2.3 O’rta Zarafshon havzasida agroturizmni rivojlantirishdagi muammolar va ularning yechimlari III BOB O’RTA ZARAFSHON HAVZASIDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI 3.1 O’rta Zarafshon havzasida agroturizmni rivojlantirishda xorijiy davlatlarning tajribalari va texnologiyalaridan foydalanish yo’llari 3.2 O’rta Zarafshon havzasida agroturizmni rivojlantirishning reklamalarini ishlab chiqish 3.3 O’rta Zarafshon havzasida agroturizmni rivojlantirishda turizm marshrutlarini ishlab chiqish
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ilovalar K i r i s h Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. O’rta Zarafshon havzasi va uning turistik imkoniyatlarini o`rganish, zaruriy chora – tadbirlar bеlgilash, hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Chunki qadimdan svilizatsiya uchog’i bo’lib kelgan O’rta Zarafshon vodiysida kеyingi yillar mobaynida sodir bo’layotgan o’zgarishlar ayniqsa Samarqandda bo’layotgan voqealar bunga yorqin misoldir. Mavzuni yoritishda hududning turistik imkoniyatlari ya’ni O’rta Zarafshon havzasida turizm va uning turlarini rivojlantirish uchun barcha shart- sharoitlar mavjudligi inobatga olingan. Bugungi kunda dunyo mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda qaraydigan bo’lsak, turizm bu iqtisodiyotning eng serdaromad va tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri ekanligini ko’rishimiz mumkin, bu esa mavzuning naqadar dolzarbligini bildirib turibdi. Yuqorida keltirib o’tilgan masalalar yechimini topishning samarali yo’llar bilan hal qilish maqsadida davlatimiz rahbari mazkur sohani rivojlantirishni davlat siyosati darajasigacha ko’targan va turli farmonlar, qaror hamda qonunlar qabul qilingan. Qabul qilingan normativ hujjarlarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tegishli tartibda tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. Aynan mana shunday tashkilotlardan eng kuzga ko’rinadiganlaridan biri bu Uzbekturizm hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlarini 2017-2021 yillarda yanada taraqqiy ettirish bo’yicha yo’l xaritalari ishlab chiqildi va uni amalga oshirish yuzasidan har bir soha imkoniyatlarini hisobga olgan holda mutassaddi vazirlik va tashkilotlarga vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasining uchinchi-iqtisodiyotni rivojlantirish va leberallashtirish ustuvor yo’nalishlarida
respublikada turizm infrastrukturasini rivojlantirish yuzasidan quyidagi asosiy vazifalar, ya’ni turizm industriyasini jadal rivojlantish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash. Turizm infaratuzilmasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi masalani naqadar dolzarbligini belgilaydi. Turizm infrastrukturasini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyati shuki tarmoqni rivojlantirish bo’yicha respublikamiz ulkan imkoniyatlarga ega ekanligidir. Turizm va uning maxsus turlarini rivojlantirish natijasida aholining dam olib hordiq chiqarishlari orqali ishlash samaradorligini oshirish bilan birga aholining ishsizlik qatlamini kamaytirish ya’ni ishsizlar sonini qisqartirish hamda iqtisodiyotga daromad keltirish mumkin. Har bir hudud o’zining tabiiy-geografik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turizmning tarmoqlari bo’yicha ixtisoslashib boradi. Lekin ayrim hududlarda bir nechta tarmoqlarni kompleks tarzda rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Ana shunday hududlardan biriga O’rta Zarafshon havzasini yaqqol misol qilib keltirishimiz mumkin. O’rta Zarafshon havzasida yashagan insonlar qadimdan sug’orma dehqonchilik bilan shug’illanib kelganlar va bu esa o’z navbatida ma’daniy landshaftlarning xilma-xil bo’lishiga, qishloq joylarning qadimdan rivojlanishiga ularda tarixning va bugungu kunning uyg’unlashuviga guvoh bo’lamiz. Shuning uchun ham qishloqlarimizda agroturizmni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud deb hisoblaymiz. Tan olish kerakki nafaqat havzada balki butun Respublikamizda turizm va uning turlarining rivojlanish darajasi juda yuqori deb ayta olmaymiz, albatta ish bor joyda kamchilik bor deganlaridek mazkur sohaning oldida ham hali o’z yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Mavjud muammolarni hal qilish va turizmni joylarda rivojlantirish masalasini prezidentimiz davlat siyosati darajasigacha ko’targanlar hamda tegishlicha qonunlar, qarorlar va prezident farmonlari chiqarilib ularni amaliyotda qo’llash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Joylarda agroturizmni rivojlantirish uchun dastlab davlat ahamiyatiga ega strategik rejani ishlab chiqishimiz va uni to’g’ri tashkil
qila bilishimiz zarur. 2018 yil uchun tasdiqlangan davlat dasturining 104-punkti doirasida 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Agroturizmni rivojlantirish dasturi" tasdiqlandi va bu o’z navbatida mazkur tarmoqning rivojlanishini ta’minlaydi. Mazkur tadqiqot ishida bu masalalar o`rganilib taklif va tavsiyalar bеrishga harakat qilamiz. Ilmiy tadqi q otning oby'еkti va prеdmеti. Ilmiy tadqiqot ishining ob'еkti bo`lib, O’rta Zarafshon havzasidagi agroturistik hududlari, prеdmеti bo`lib esa O’rta Zarafshon havzasida agroturizmni hududiy tashkil etish hamda uni rivojlantirishning geografik xususiyatlari olingan. Ishning maqsad va vazifalari. O’rta Zarafshon havzasida agroturizmni tashkil qilish va uni rivojlantirishning hududlar kesimida geografik nuqtai nazardan tadqiq etish. Qishloq xo`jaligining rivojlanishi, ya'ni sug`orma dеhqonchilik natijasida hududlarda hosil bo’layotgan yangi landshaft shakllari va ularni turizm maqsadida foydalanish imkoniyatlarini hisobga olish va marshrutlar tashkil qilish orqali ulardan samarali foydalanish yo’llarini ilmiy jihatdan komplеks o`rganish, tahlil qilish ishimizning bosh maqsadidir. Ishning asosiy vazifalari: Biz O’rta Zarafshon havzasini agroturistik jihatdan o’rganish asnosida, ular tarqalgan hududlar karta sxеmalarini yaratishga qaratilgan masalalar ishimizning asosiy vazifasi bo`lib hisoblanadi. Bundan tashqari: -agroturizmni tashkil qilish va rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati; -agroturizmni rivojlantirishda xorijiy davlatlar tajribalarini o’rganish va ulardan samarali foydalanish yo’llari; -agroturizmni turizmning maxsus turlari orasida tutgan o’rnini asoslash. Muammoning o’rganilganlik darajasi. Turizm fan i ning ko‘pgina qirralari bilan «uzoq xorij» davlatlaridan I.G.Kol, A.Gettner, R.Blanshar, A.Mariotti, V.Unitsiker, MDH davlatlarida
A.Yu.Aleksandrova, N.N.Baranskiy, Yu.A.Vedenin, S.R.Yerdavletov, P.N.Zachinyayev, I.I.Pirojnik, Yu.D.Dmitrevskiy, N.S.Mironenko, A.Nizamiyev, E.A.Okladnikova, I.T.Tverdoxlebov, N.S.Falkovich va boshqa olimlar izlanishlar olib borgan. Respublikamizda ham turizm geografiyasining hududiy muammolari bo‘yicha Z.M.Akramov, E.A.Ahmedov, Sh.A.Azimov, A.Zokirov, F.Komilova, A.A.Rafiqov, A.Soliyev, A.Nigmatov, T.Toshmurodov, B.Husanboyev, N.To‘xliyev, A.Taksanov, A.Yusupov, R.Xayitboyev, N.T.Shamuratova, X.Mamatqulov va kabi bir qator mutaxassislar shug‘illanganlar. Kezi kelganda shuni alohida ta qidlash lozimki, O’rta Zarafshon vohasiʼ dehqonchilik sohasida eng qadimiy o choqlardan biri. Uning hozirgi hududida ʼ g o za miloddan avvalgi VII-VI asrlardan buyon yetishtirib kelinayotganligi ʼ ʼ bizga tarixdan ma lum. O rta Osiyoda bundan qariyib 3 ming yil avval g alla ʼ ʼ ʼ ekinlari, sholi, kunjit, qovun, tok va boshqalar o stirilgan va ular o zining ʼ ʼ oziqalik ko rsatkichi bo yicha yuqori o rinda turadi. Bunday uzoq o tmish agrar ʼ ʼ ʼ ʼ madaniyati viloyatimizda o ziga xos qishloq xo jalik an analarga, urf – ʼ ʼ ʼ odatlariga, bayramlarining shakillanishiga olib keldi. Ular hech bir yurtda qaytarilmaydi va sayyohlarning e tiborini tortishiga shubha yo q. Аgroturizm ʼ ʼ qishloq, dexqonchilik, fermer turizmi kabi nomlar bilan XX asrning 70 yillarida Evropada yuzaga keldi. Italiyada, xattoki, 1985 yil 5 dekabrda agroturizm to g risida aholida qonun qabul qilindi. ʼ ʼ Ishning strukturasi va tuzilishi. ishining hajmi ........ sahifani tashkil etib, kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Ishda 1 ta karta sxеma, ........ta jadval bеrilgan.