logo

O’RTA ZARAFSHON TOG’ VA TOG’OLDI TEKISLIK GEOKOMPLEKSLARINING IQTISODIY SALOHIYATI VA GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

213.140625 KB
O’RTA ZARAFSHON TOG’ VA TOG’OLDI TEKISLIK
GEOKOMPLEKSLARINING IQTISODIY SALOHIYATI VA
GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI
MUNDARIJA
KIRISH.......................................................................................... 3
I  bob. TOG‘ VA TOG‘OLDI MINTAQALARI GEOTIZIMLARINI
O‘RGANISHNING   NAZARIY
ASOSLARI................................................................................  
1.1. Tog‘   va   tog‘oldi   mintaqalari:   shakllanishi   hamda   geomorfologik
xususiyatlari.......................................................
1.2. To g‘ va tekislik geotizimlarining o‘zaro bog‘liqligi...............
1.3. Tog‘   va   tog‘oldi   hududlarining   ekologik   –   iqtisodiy   barqaror
rivojlanishidagi muammolar.....................................
    II bob. O‘RTA   ZARAFSHONNING   TOG‘   VA   TOG‘OLDI
MINTAQALARINING   IJTIMOIY-IQTISODIY
TARAQQIYOTDAGI O‘RNI VA ULAR SALOHIYATIDAN
FOYDALANISH.....................................................................  
2.1. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi
o‘rni........................................................................
2.2. Tog‘   va   tog‘oldi   mintaqalaridagi   iqtisodiy   salohiyat   va
hududlarda infratuzilma tizimini rivojlantirish...........
2.3. Tog‘ va tog‘oldi   mintaqalarning rekreatsion imkoniyatlari, ulardan
foydalanish va istiqbol...............................................
III bob. O‘RTA   ZARAFSHONNING   TOG‘   VA   TOG‘OLDI
MINTAQALARIDAGI   ANTROPOGEN   O‘ZGARISHLAR,
GEOEKOLOGIK   MUAMMOLAR   VA
OPTIMALLASHTIRISH
3.1. Tog‘   va   tog‘oldi   mintaqalariga   antropogen   ta’sir:   sabab   va
oqibatlari......................................................................................
3.2. Tog‘   va   tog‘oldi   mintaqalaridagi   tabiiy   –   antropogen   jarayonlar
va ularni optimallashtirish masalalari ..............
XULOSA.............................. ......................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI .................
1 KIRISH
Dissertatsiya   mavzusining   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi.   Bugungi
kunda   jahonda   aholi   va   xalq   xo’jaligi   tarmoqlarining   yer   resurslariga   bo’lgan
extiyojlarini   ta’minlash   maqsadida   yangi   yerlarni   o’zlashtirish,   o’zlashtirilgan
yerlardan   yanada   intensiv   foydalanish   jarayoni   kuchaymoqda.   Bu   esa   yer   fondi
tabiiy-landshaft   tarkibining   o’zgarishi,   biologik   xilma-xillikni   pasayishi   va   uning
tashqi   antropogen   bosim   ostida   qolib   optimal   holatini   buzilishiga   olib   kelmoqda.
BMTning   2030   yilgacha   barqaror   rivojlanish   bo’yicha   dasturida   “Quruqlik
ekosistemalarini   muhofaza   qilish   va   tiklash,   ulardan   oqilona   foydalanish,
o’rmonlarni   ratsional   boshqarish,   cho’llanishga   qarshi   kurashish,   yerlarning
degradatsiyasini   to’xtatish   va   biologik   xilma-xillik   yo’qolishining   oldini   olish”
bo’yicha   vazifalari   belgilangan 1
.   Mazkur   vazifalar   ayniqsa   yer   resurslari   miqdori
cheklangan   mintaqalarda   yerlardan   oqilona   foydalanish   bo’yicha   tadqiqotlarni
taqozo etadi.
Dunyoda   mazkur   yo’nalishdagi   tadqiqotlarga,   ayniqsa,   yerlardan   barqaror
rivojlanish tamoyillariga mos holda foydalanish, yer resurslarining tabiiy landshaft
tarkibini   o’zgarishi   bo’yicha   gomogen   guruxlarga   ajratish,   antropogen   bosim
ko’rsatkichlarini   xisoblash,   hududlarning   ekologik-xo’jalik   muvozanati   baholash
orqali   resurslardan   oqilona   foydalanishga   ustuvor   ahamiyat   berilmoqda.
Shuningdek, landshaftshunoslik va yer tuzish sohalari o’rtasida o’zaro bog’liqlikni
e’tiborga   olib,   yerdan   foydalanish   turlarini,   imkon   darajasida   tabiiy-landshaft
talabidan   kelib   chiqib   belgilash,   landshaftli   rejalashtirish   tamoyillaridan
foydalanish muhim hisoblanadi.
1
 Повестки дня в облaсти устойчивого рaзвития нa период до 2030 годa  // Электронный доступ: 
http:// www.uz/undp/org/content/uzbekistan.ru
2 L andshaft komplekaslari tadqiqotlarini zamonaviy metodlarga tayangan holda
olib   borish   hamda   uning   mavjud   imkoniyatlarini   tahlil   qilgan   holda   baholash,
mavjud   muammolarini   aniqlash   va   ularni   ilmiy   asosda   hal   etish   yo’llarini   ishlab
chiqishni taqazo etadi.
Respublikamizda   har   bir   mintaqa   yer   fondini   toifalarga   ajratishda,   qishloq
ho’jaligi yer turlarini belgilashda va ekin maydonlari tarkibini aniqlashda joyning
tabiiy-landshaft   xususiyatlarini   xisobga   olish   hamda   yerdan   foydalanish
samaradorligini oshirish bo’yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda va sezilarli
ijobiy natijalarga erishilmoqda. O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017 yil
31   maydagi   PF-5065-son   «Yerlarni   muhofaza   qilish   va   ulardan   oqilona
foydalanish  borasida nazoratni  kuchaytirish, geodeziya  va kartografiya faoliyatini
takomillashtirish,   davlat   kadastrlari   yuritishni   tartibga   solish   chora-tadbirlari
to’g’risida»gi  Farmonida   barqarorlikni  ta’minlovchi  hududiy  dasturlarni   yer  bilan
bog’liq bandlarini ishlab chiqish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri sifatida
belgilab berilgan. Xo’jalikni hududiy tashkil etuvchi hamda barqaror rivojlanishni
ta’minlashga   yo’naltirilgan   tadqiqot   ishlarini   olib   borish   muhim   ilmiy-amaliy
ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020   yil   7   sentyabrdagi   PF-6061-
son   “Yer   hisobi   va   davlat   kadastrlarini   yuritish   tizimini   tubdan   takomillashtirish
chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   Farmoni   va   2021   yil   24   fevraldagi   PQ-5006-son
“Qishloq   xo’jaligiga   mo’ljallangan   yerlardan   foydalanish   va   muhofaza   qilish
tizimini   takomillashtirishga   doir   qo’shimcha   chora-tadbirlar   to’g’risida”gi   Qarori
hamda   mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda   belgilab
berilgan vazifalarni  amalga oshirishga  ushbu dissertatsiya  ishii  muayyan darajada
xizmat qiladi.
Muammoning   o’rganilganlik   darajasi.   Zarafshon   havzasi   bo’yicha
kompleks   tabiiy   geografik   tadqiqotlar   L.N.Babushkin,   N.A.Kogay,   A.S.Saidov,
P.Baratov,   L.A.Alibekov,   A.A.Abdulqosimov,   N.I.Sabitova,   A.R.Raxmatullaev,
X.J.Jo’raqulov,   Yu.H.Abduraxmonova,     B.A.Meliev,   va   boshqalar   tomonidan
amalga   oshirilgan.   Landshaftlarni   xo’jalik   maqsadlarida   tadqiq   etishda   xorijiy
3 olimlardan   T.V.Zvonkova,   D.A.Rodionov,   B.YA.Fedunuk,   I.YU.Kotorgin,
I.V.Orlova,   A.A.Kashin,   respublikamiz   olimlaridan   L.N.Babushkin,   N.A.Kogay,
Z.M.Akramov,   SH.Ergashov,   I.Xasanov,   P.G’ulomov,   B.B.Eshquvvatov   va
boshqalar shug’ullanishgan.
Dissertatsiya     ishining   tadqiqot   obekti   va   predmeti.     Tadqiqot   ob’ekti
sifatida O’rta  Zarafshon havzasidagi tog’ va tog’oldi geokomplekslari hisoblanadi.
Tadqiqot   predmeti   -   O’rta   Zarafshon   tog’   va   tog’oldi   landshaft
komplekslarining   iqtisodiy   salohiyati   hamda   ularning   geoekologik   muammolari
optimallashtirish masalalari tashkil etadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.   O’rta Zarafshon tog’ va tog’oldi landshaft
komplekslarining   iqtisodiy   salohiyati   hamda   ularning   geoekologik   muammolari
optimallashtirish   masalalar   bo’yicha   taklif   va   tavsiyalar   ishlab   chiqishdan   iborat .
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi: 
- O’rta   Zarafshon   tog’   va   tog’oldi   landshaft   komplekslarining   ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotdagi roli nuqtai nazaridan tahlil qilish;
- O’rta   Zarafshon   tog’   va   tog’oldi   landshaft   komplekslarining   balandlik
tabaqalanishi va uni vujudga keltiruvchi omillarni tahlil qilish;
- O’rta   Zarafshon   tog’   va   tog’oldi   landshaft   komplekslarining   geoekoloik
muammolari va uni vujudga keltiruvchi omillarni tahlil qilish;
- tog’   va   tog’oldi   landshaft   komplekslarining   iqtisodiy   salohiyati   va
geoekologik muammolarini GIS dasturlarida kartalarini yaratish.
Tadqiqot   usullari.     Tadqiqot ni   bajarishda   dala-tadqiqot,   qiyoslash,
kartografik,   aerokosmik,   matematik,   statistik   tahlil,   sistematik,   geoinformatsion
tizimlar yordamida kartalashtirish kabi metodlardan foydalanilgan. 
Tadqiqotning ilmiy  yangiligi.   Magistrlik dissertatsiya ishida
1) O’rta Zarafshon havzasi landshaft komplekslarining balandlik tabaqalanish
dinamikasi tadqiq qilindi;
  2)  O’rta Zarafshon tog’  va tog’oldi  landshaft  komplekslarining funktsional-
dinamik   xususiyatidan   kelib   chiqib,   ularning   ijtimoiy-iqtisodiy   salohiyati   qishloq
xo’jaligi uchun baholangan;
4 3)
4)
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   fazalari.   Tadqiqotda   landshaftlardagi
dinamik jarayonlar hamda ularni prognoz qilish, xo’jalik maqsadlarida tahlil qilish,
geoekologik   vaziyatini   monitoring   qilib   borishda   tadqiqot   natijalari   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Shuningdek,   tuzilgan   landshaft   kartalaridan   yerlarni
kadastrini   o‘tkazishda   foydalanish   mumkin.   Zamonaviy   metodlar   asosida
landshaftlardan   oqilona   foydalanish,   ularning   barqaror   rivojlanishini   o‘rganish   va
muhofaza   qilish,   mavjud   resurslardan   oqilona   foydalanish   imkoniyatini   beradi.
Ayni   vaqtda,   ushbu   ma’lumotlar   oliy   o‘quv   yurtlaridagi   ta’lim   jarayonida   ham
ahamiyatlidir.
Tadqiqot natijalarning e’lon qilinganligi.  Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 
__ ta ilmiy maqola e’lon qilingan. 
Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi.   Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob,
xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat.   Dissertatsiyaning   hajmi   ___
betni tashkil etgan.
Dissertatsiyaning   hajmi   va   tuzilishi.   Magistrlik   dissertatsiyasi   uch   bob,
foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   hamda   ilovalardan   iborat.   Dissertatsiya
ishida   tadqiqot   natijalarini   ochib   beradigan   ___   ta   jadval   va   _____   ta   rasmdan
foydalanildi.   Bundan   tashqari   tadqiqot   hududiga   oid   xaritalar   ham   berildi.
Dissertatsiya ishining  h ajmi  ____  betdan iborat. 
5 I BOB. TOG‘ VA TOG‘OLDI MINTAQALARI GEOTIZIMLARINI
O‘RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalari: shakllanishi hamda 
geomorfologik xususiyatlari 
Tog‘lar-er   yuzasnning   tevarak-atrofidagi   tekisliklar   ustidan   baland   ko‘tarilib
turadigan   qismlari   bo‘lib,   Erning   ichki   va   tashqi   kuchlari   o‘rtasidagi   o‘zaro
munosabatlar   natijasida   ularnimg   morfologik   xususiyatlari   o‘zgarib   turadi.   U
kuchlarning   qaysi   biri   ustun   kelishiga   qarab,   tog‘larning   relefi   ko‘tarilib   yoki
pasayib   boradi.   Tog‘lar   tektonik   ko‘tarilishlar   tufayli   «o‘sadi»:   eroziya   natijasida
esa chuqur soyliqlar, daralar hosil bo‘ladi, yonbag‘irlar, o‘tkir cho‘qqilar vujudga
keladi, emirilgan mahsulotlar yonbag‘irda, ko‘proq tog‘oldida to‘planadi, ba’zi bir
hollarda   ancha   uzoqroqdagi   joylarda   yotqiziladi.   Tashqi   omillar   sababli   tog‘lar
pasaya boradi, cho‘qindilar to‘planadi, relef shakllari tekislanadi.
Er   yuzida   tarqalgan   tog‘lar,   balandliklari,   relef   xususiyatlari,   kelib   chiqishi,
geologik   va   morfologik   yoshidan   tashqari,   qaysi   hududda   joylashganligi   va
egallagan   maydoni   bilan   ham   ajralib   turadi.   Jumladan:   murakkab   va   xilma-xil
tabiatga   ega   bo‘lgan   Respublikamiz   hududining   qismidan   ko‘prog‘i   tog‘   va
tog‘oldi adirlaridan iboratdir.
Tog‘ va tog‘oldi hududlari o‘ziga xos geotizimdan iborat  bo‘lib, vaqt o‘tishi
bilan   barqaror   yoki   beqaror   holatda   bo‘lishi   albatta   qaysi   mintaqa   va   mintaqada,
qanday iqlim sharoitida joylashganligi, o‘ziga xos morfologik tuzilishi, jinslarning
tarkibi, komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi va bir butunligi, ijtimoiy omillarning
ta’sir   kuchi   bilanchambarchas   bog‘liq.   Ma’lum   geotizmga   ega   bo‘lgan   tog‘   va
tog‘oldi hududlarining o‘zgarishiga xuddi geografik qobiq va landshaft sferasining
taraqqiyoti va o‘zgarishi hamda ularning dinamik rivojlanishiga ta’sir etgani kabi,
tabiiy,   biogen   va   antropogen   omillar   katta   ta’sir   ko‘rsatib   kelmokda.   Birok,   bu
omillar   orasida,   ayniqsa   ilmiy   texnika   taraqqiyoti   davrida,   tog‘va   tog‘oldi
6 tabiatining   sezilarli   darajada   o‘zgarishiga,   tabiiy   manbalarga   qaraganda,   inson
omilining kuchli ta’siri hamma hodisa va jarayonlarda kuzatilmokda.
SHuning   uchun   ham   o‘tgan   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   tog‘   va
tog‘oldi   tabiatiga   inson   omilining   ta’siri   va   natijada   bu   tabiat   majmuasidagi
taraqqiyot, o‘zgarish, vujudga kelgan salbiy oqibatlarni oldini olish va yaxshilash
hamda tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqot
ishar sezilarli darajada ortib bordi.
Biroq   bu   ishlar   qanchalik   ijobiy   bo‘lmasin   respublikamiz   tog‘   vatog‘oldi
tabiatini,   uning   o‘ziga   xos   xususiyatarini   tabiiy   va   iqtisodiy   geografik   jihatdan,
hududiylik,   majmualilik   va   bir   butunlik   nuqtai   nazaridan   etarli   darajada   o‘rganib
bo‘lingan deb ayta olmaymiz.
Bizningcha:   tog‘   va   tog‘oldi   geotizimini   o‘rganishda;   ulariing   tabiiy
geotizimligini,   ulardanhar   bir   o‘zgarish   bog‘liq   holda   bir-biriga   ta’sir   etishligini
hisobga   olishlikni   taqozo   etadi.   Ulardagi   tabiiy   muvozanatlikning   buzilishi
sabablarini   aniq   belgilash,   baholash   va   bashorat   qilish   lozim.   Tadqiqot   ishlarida
tog‘-kon   sanoati,   dehqonchilik   va   chorvachilik,   turli   xildagi   transport   yo‘llari
qurish   va   elektr   o‘zatkich   liniyalarini   barpo   etish   bilan   bog‘lik   bo‘lgan   tabiiy   va
ijtimoiy o‘zgarishlarni aniq o‘rganish zarur.
Sobiq ittifoq davrida O‘rta Osiyo hududida geologik, geomorfologik va tabiiy
geografik   tadqiqotlarning   asosiy   vazifasi   ma’lumotlar   yig‘ish   va   ularni   biror
tizimga (sistema)ga solish bo‘lgan. 
Bozor   munosabatlari   davrida   aholi   turmush   darajasini   yaxshilash,   joylarda
ijtimoiy infratuzilmani shakllantirish mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Istiqloldan   keyingi   davr   mobaynida   respublika   xo‘jalik   tuzilmasida   tub
o‘zgarishlar   sodir   bo‘lib,   barcha   sohalarda   asrga   tatigulik   ishlar   amalga   oshirildi.
SHahar   va   qishloqlarda   bozor   iqtisodiyoti   talablariga   javob   beradigan   zamonaviy
korxonalar, raqobatbardosh ishlab chiqarish jarayonlari vujudga kelmokda.
7 Hozirgi   kundagi   jiddiy   o‘zgarishlar   mamlakat   milliy   iqtsodiyotning   tizimini
yangidan barpo etish, aholini moddiy va ma’naviy talablarini kondirishdek muhim
masalani dolzarb qilib qo‘ydi. Ularning hal etilishini g‘oyat zarurligi hususan aholi
zich   yashaydigan   hududlarda   yanada   yaqqol   seziladi.   SHu   bois   aholini   ijtimoiy
himoya   qilish,   zamonaviy   infratuzilma   tizimini   yaratish   tog‘   va   tog‘oldi
mintaqalari uchun ham muhim muammodir.
Mintaqaning   geografik   imkoniyatlari   va   bozor   munosabatlariga   o‘gish
sharoitlari   tufayli   yakin   kelajakda   viloyatning   mazkur   hududlarida   undiruvchi
sanoat tarmoqlar bilan bir qatorda tayyor iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan
sanoat tarmoqlarining nisbatan tezroq rivojlanishi kutiladi.
O‘zbekiston   tog‘lari   inson   qadim   zamonlardan   buyon   yashab,   qishloq
xo‘jaligi   bilan   shug‘ullanib   kelgan   eng   qadimiy   qarorgohlardan   hisoblanadi.
Arxeologik va tarixiy ma’lumotlar tog‘larda qadimdan uzumchilik, bog‘dorchilik,
g‘allachilik, chorvachilik rivojlanganligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston boyliklari haqida so‘z ketganda, uning tog‘lari ham tilga olinadi.
Respublikamizning   sharqiy   qismini   egallagan,   osmono‘par   tog‘lar   bag‘rida   bir
necha   asrlardan   buyon   yashirinib   yotgan   xilma-xil   boyliklar   hozirda   xalqimizga
xizmat qilmokda.
Tog‘li o‘lkalarning turli tabiiy boyliklaridan foydalanish darajasi yildan-yilga
ortib   bormoqda.   Tog‘   yonbag‘irlari   bugungi   kunda   respublikaning   yirik   ko‘p
tarmoqli   qishloq   xo‘jaligi   bazalariga   aylantirildi.   Mamlakat   hududining   96   ming
km 2
 qismini egallagan tog‘li hududlarda 2,5 mln. kishi yashab kelmokda. SHunday
qilib, tog‘li  hududlarni  xo‘jalik jihatidan o‘zlashtirish ko‘p tarmoqli bo‘lib, uning
asosiy yo‘nalishlaridan biri tog‘ qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hisoblanadi.
Afsuski,   hozir   Er   shari   bo‘yicha   dehqonchilik   qilinadigan   hududlarning   80
%   ortig‘ida   bir   gektar   erga   2-3   kishi,   aholi   zich   yashaydigan   joylarda   6-8   kishi
to‘g‘ri   keladi.   Bu   miqdorlar   YU.Odum   taklif   qilgan   me’yorga   nisbatan   10-15
baravar ortiq.   “Me’yor” tushunchasi – belgilab qo‘yilgan o‘lchov, biron narsaning
8 o‘rtacha   ko‘rsatgichi,   qoida   ma’nosini   anglatadi.   Tabiatda,   jamiyatda,   kundalik
ishimizda,   ovqatlanishimizda   hammasida   va   hamma   joyda   me’yor   bor.   Me’yor   –
tarozi,   uning   buzilishi   muvozanatning   buzilishiga   olib   keladi.   Hamma   sohada,
me’yor   bo‘lganidek,   tabiat   qonunlari   ham   me’yorga   asoslanadi.   Tabiatning   bir-
butunlik qonunini  olib qarasak, u geografik qobiq uchun ham, fatsiya uchun ham
ma’lum   miqdordagi   modda   va   energiyaning   aylanma   harakati   bilan   belgilanadi.
Optimal, tolerantlik va minimum qonunlari ham me’yor bilan baholanadi.
Inson   tabiatning   bir   qismi   va   yashash   uchun   hamma   moddiy   ne’matlarni
tabiatdan oladi. Bizning hayotimiz tabiat bilan bevosita bog‘liq ekan, har bir hudud
uchun, uning tabiatiga mumkin qadar kam ta’sir ko‘rsatadigan, ya’ni muvozanatni
buzmaydigan me’yoriy ko‘rsatgichlar bo‘lishi kerak.
Qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishning   hajmi   ko‘p   jihatdan   foydalanayotgan
erlarning maydoni, ekinlar nisbati, haydaladigan erlar va yaylovlarning sifati bilan
belgilanadi.   Umuman   olganda   qishloq   xo‘jalik   erlarining   salmog‘i   tog‘lik
hududlarda ninimal, obikor mintaqada esa maksimal ko‘rsatgichga ega. Bu keskin
farqlar   er   va   tuproq   unumdorligining   hududiy   tafovutlari   hamda   ularning   qishloq
xo‘jalik ishlab chiqarish uchun yaroqlilik darajalari bilan izohlanadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonlari tabiiy sharoitining o‘zgarishi
bilan   uzviy   bog‘langan.   Tabiiy   sharoiti   va   resurslari   g‘oyat   xilma-xil   va
o‘zgaruvchan   bo‘lgan   tog‘   sharoitida   ishlab   chiqarish   kuchlarini   to‘g‘ri
joylashtirish muhim ahamiyatga ega.
Tuproqshunoslarning   fikricha   (Ortiqov,   2002,   Qo‘ziev,   2002)   har   yili
sug‘oriladigan   erlar   tuproqlaridan   madaniy   o‘simliklar   bilan   olib   chiqib
ketilayotgan   moddalar   miqdori   erga   solinayotgan   moddalarga   nisbatan   katta
bo‘lmoqda. SHu sababli ham hamma sug‘orilayotgan tuproqlarda gumus moddasi
keyingi   70-80   yil   ichida   40-50   %   kamaygan.   Gumus   miqdorining   kamayishi
tuproqlarning   qashshoqlanishiga,   suv   va   shamol   eroziyasiga   chidamsizlikka   olib
kelmoqda.   Turli   pestitsidlar   va   mineral   o‘g‘itlarning   me’yordan   ortiq   ishlatilishi
tuproqlardagi mikroorganizmlarga jiddiy zarar etkazdi. 
9 Yirik   vodiy   geosistemalarining   hammasi   vodiy   yo‘nalishi   bo‘yicha
zanjirsimon   bog‘langan.   Bundan   tashqari   hamma   vohalarda   joy   relefiga   bog‘liq
holda   pastda   joylashgan   erlar   yuqoridagilar   bilan   chambarchas   bog‘liq.
SHo‘rlanishga   qarshi   meliorativ   tadbirlar   ishlab   chiqilganda   vohalardagi   ana   shu
hududiy   bog‘liqlikni   albatta   hisobga   olish   zarur.   Vodiylarda   komponentlar
o‘rtasida  va hududlar  orasidagi    bog‘lanishlar    tufayli  yangi  turli  tabiiy geografik
jarayonlar   hosil   bo‘lmoqda,   ba’zi   moddalarning   to‘planishi,   ayrimlarining
kamayishi   kuzatilmoqda.   Relefi   notekis   hududlarda   suv   eroziyasi   kuchaygan.
Farg‘ona, Zarafshon vohalarining yangi o‘zlashtirilgan adir mintaqalarida 70-80 %
ekinzorlarda eroziya jarayoni rivojlangan. Eroziya natijasida har gektar erdan 0,5 –
0,8   tonna   gumus,   100-120   kg   azot,   75-100   kg   gacha   fosfor   yuvilib   ketmoqda
(Qo‘ziev,   2002).   Respublikamiz   vohalaridagi   erlarning   50%   ortig‘i   shamol
eroziyasiga   uchragan.   Bu   ayniqsa   vohalar   chetlarida   keng   rivojlangan.   Umuman
olganda   voha   geosistemalarida   sug‘orish   tufayli   tuzlar   va   suv   bilan   ko‘chib
yuradigan   elementlar   qayta   taqsimlanmoqda   va   ularning   to‘planish   maskanlari
asosan daryo deltalariga va vohalarning pastqam joylariga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekistonning   tog‘li   o‘lkalari   quyi   geografik   kengliklarda   okeanlardan
uzoqda   va   materik   ichki   qismida   joylashganligidan   iqlimi   asosan   kontinentaldir.
Tog‘li   o‘lkalardan   tekislikka   xos   iqlimning   ba’zi   bir   hususiyatlari,   masalan,
kontinengalik,   yillik   va   sutkalik   harorat   amplitudalarining   kattaligi,   havoning
quruqligi, quyosh nurining o‘tkirligi va uning ta’siri kabi xususiyatlari bor. Tog‘li
o‘lkalarda   bo‘ladigan   bu   iqlimiy   hususiyatlari   joyning   balandligi   va   relefning
xilma-xilligi sababchidir.
Relef   qishloq  xo‘jalik ishlab  chiqarishiga  bevosita  ta’sir   ko‘rsatadi.  CHunki,
relef tog‘ tabiiy sharoitining asosiy xarakterini belgilab beradi. Qishloq xo‘jaligiga
yaroqli   erlar,   qishloq   xo‘jaligi   mashinalaridan   foydalanish,   yaylovlarni   suv   bilan
ta’minlash kabilar relefga bevosita bog‘liq.
10 Ko‘pchilik tog‘li o‘lkalarda iqlimning tog‘larga xos boshqa hususiyatlari ham
(chunonchi,   bulutli   kunlarning   ko‘pligi,   qorning   uzoq   vaqt   yotishi,   yokinlarning
ko‘pligi, haroratning pas bo‘lishi va boshqalar) bor. O‘zbekiston tog‘larida harorat
joyni   balandligiga   qarab   o‘zgaradi,   umuman   yuqori   ko‘tarilgan   sayin   havo   isib
boradi.
SHu   bilan   bir   qatorda   tog‘   tabiiy   sharot   va   resurslaridan   foydalanish   ko‘p
jihatdan   mehnat   resurslari,   malakali   kadrlar   mavjudligi   va   vositalari   bilan
qurollanish darajasiga ham bog‘liq. Tog‘larni o‘zlashtirish, ularning tabiiy, mehnat
va iqtisodiy resurslaridan foydalanish darajasi hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida
yanada ko‘proq ahamiyat kasb etmokda.
Hududlarnipg tabiiy boyliklari iqtisodiyot sohalarini uyg‘un rivojlantirishga,
ulardan   oqilona   va   samarali   foydalanishni   amalga   oshirishga,   atrof-muhitni
musaffo   saqlashga,   aholini   mo‘l-ko‘l   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlari   bilan
muntazama   ta’minlashga   shart-sharoit   yaratadi.   Biroq,   ko‘pgina   bir   turdagi
boyliklarni   ishga   solish   boshqa   turdagi   boyliklarning   nes-nobud   bo‘lishiga,
sifatiniig pasayishiga olib keladi. Bu hol, albatta, boyliklardan, foydalanish usullari
va yo‘llari chuqurroq asoslanmaganligi bilan izohlanadi.
Lekin,   bu   tumanlarda   aholining   tabiiy   o‘sishini   viloyat   o‘rtacha
ko‘rsatkichidan   yuqoriligi   uy-joy   muammosini   yanada   keskinlashtiradi.   Bunday
vaziyat   ko‘rilayotgan   tumanlarda   sog‘liqni   saqlash   tizimini   tubdan   yaxshilash
chora-tadbirlarini   qo‘llash   zarurligini   ko‘rsatadi.   Zero,   sog‘lom   muhitni   yaratish
jamiyatimizning   ma’naviy   yuksalishida   muhim   manba   bo‘lib   xizmat   qiladi.
SHuningdek, qishloq yoshlarini ish bilan, aholini toza ichimlik suvi  va tabiiy gaz
bilan,   aholi   manzilgohlarini   sifatli   transport   yo‘llari   va   vositalari   bilan
ta’minlashda   ham   zaruriy   choralar   ko‘rilishi   darkor.   Ushbu   muammolarning   hal
etilishi   qishloq   tumanlarida   ijtimoiy-iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirishda
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
11 Qishloq   joylarda   agrosanoat   majmuini,   aholiga   xizmat   ko‘rsatish   sohalarini
yanada   rivojlantirishga   alohida   e’tibor   qaratish   kerak.   Ayni   vaqtda,   bunday
hududlarda   zamonaviy   kichik   korxonalarning   qurilishi,   aholiga   xizmat   qiluvchi
infratuzilmani   shakllantirish   ko‘p   jihatdan   transport   turi   va   tizimiga   ham   bog‘liq.
SHuning   uchun   ham   respublikamizning   olibborayotgan
mintaqaviysiyosatidayuqorida   ko‘rsatib   o‘tilgan   muammolar   bartaraf   etilishi
qishloqlarimizni obod bo‘lishiga ustuvorlik berilmoqda.
1.2. To g‘ va tekislik geotizimlarining o‘zaro bog‘liqligi
Hozirgi   vaqtda   O‘rta   Osiyoda   inson   xo‘jalik   faoliyati   uning   yirik   tabiiy
majmualari   geotizimlarida   sodir   bo‘layotgan   jarayonlarga   ta’sir   etib,   tog‘-tekislik
tizimlarining  aniq  (real)  mavjudligini,  ya’ni   tog‘  va  tekislikning  bevosita  aloqada
va   ta’sirda   ekanligini   ko‘rsatmokda.   Ekologlar,   geograflar   va   bir-biriga   yaqin
bo‘lgan   bilim   sohalari   tomonidan   to‘plangan,   prof.L.Alibekovning   ko‘p   yillik
tekshirishlari va to‘plangan materiallari  asosida  geopara «tog‘-tekislik» qo‘shaloq
“geomajmua”lari   hakida   tabiiy-geografik   tushuncha   ishlab   chiqilgan   va   joriy
etilgan   (taklif   etilgan).   Geopara   –   qo‘shaloq   tabiiy   geografik   majmualar   turli
darajada   «baland   tog‘-tekislik»,   «o‘rtacha   tog‘-tekislik»,   «past   tog‘-tekisliklar»,
qo‘shni   tabiiy-hududiy   majmualar   tizimi   (sistemasi)   bo‘lib,   kelib   chiqishining
umumiyligi   hozirgi   modda   va   energiya   almashinuvi   jarayonlarining   umumiyligi
bilan bog‘langandir.
Geopara   tog‘   va   tekislikning   hududiy   yig‘indisi   bo‘lib,   unda   qarama-qarshi
tabiiy-hududiy majmualar bevosita o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sirning borligi bilan
bir   butun   tizim   sifatida   rivojlanadi   va   shakllanadi.   Geoparaning   umumiy
mavjudliginiig   asosi   bo‘lib   landshaft   kobig‘idagi   keng   ko‘lamdagi   tektonik   va
tekislik   o‘rtasida   ko‘chishidan   va   almashinishidan   iborat   bo‘ladi.   Geopara
konsepsiyasiga   binoan,   tog‘   va   tekisliklar   qarama-qarshi   (tog‘dan   tekislikka,
tekislikdan   toqqa)   yo‘nalgan   modda,   energiya   va   informatsiyalari   almashinishi
12 bilan   birlashgan.   Taklif   etilgan   uslubning   o‘ziga   xos   xususiyati   tog‘-tekislikning
o‘zaro   ta’sir   etish   jarayonlarining   ko‘rsatkichlarini   yoki   hususiyatlarini   aks
ettiradigan har xil tabiiy komponentlarni tanlab olish yo‘li bilan o‘zaro bog‘liqlik
jarayonlarini (pirovordida, modda va energiyaning harakatini) o‘zaro bog‘liklikda
tahlil kilishdan iborat bo‘ladi. Natijada, tog‘ va tekislik o‘rtasida cho‘zilgan sabab-
oqibat bog‘liqliklarining uzun zanjirini tuzish mumkin.
Tog‘ va tekislik landshaftlarining o‘zaro bog‘liqlik mexanizmlarini tekshirish
va   uni   chuqur   tahlil   qilish   shunday   muntazamlikda   (ketma-ketlikda)   o‘tkaziladi:
omil-jarayon-mahsulot   (natija).   Bunda   biz   omil   sifatida   tog‘   va   tekislik   (ya’ni
geoparada yo‘naltiruvchi omil bo‘lib relefdagi farqlar xizmat qiladi); jarayon - ular
o‘rtasida   modda   va   energiya   tashishini   tahlil   qilganimizda   namoyon   bo‘ladi.
Mahsulot,   natija   esa,   har   xil   shakllardagi   akkumulyasiyalar   (to‘planishlar,
yotqiziklar), bu jarayonning tog‘dan olib chiqqan konussimon chiqindilari, er osti
suvining   er   yuziga   chiqish   joyidagi   sho‘rxoklari,   mahalliy   shamollar   ta’sirining
natijasida   to‘plangan   qumlar   va   boshqa   ko‘rinishdagi   oqibatidir   (yakunidir).
Natijada   tog‘   va   tekislik   o‘rtasida   cho‘zilgan   uzviy   aloqalarning   sabab-oqibat
zanjirini tuzish mumkin bo‘ladi.
O‘rta   Osiyo   tog‘   va   tekisliklaridagi   to‘g‘ri   va   teskari   aloqalarni   saqlab
turishda moddalarning aylanib yurishi   asosiy rol o‘ynaydi.  L.A.Alibekov  geografik
sikllar   g‘oyasini   rivojlantirishga   urinib   O‘rta   Osiyoning   o‘ziga   xos   orografik
sharoitiga   bog‘liq   holda   makonda   unga   xos   bo‘lgan   moddalar   aylanib   yurishi   va
uning shakllanish qonuniyatini ochishga harakat qildi. Hozirga qadar to‘plangan va
mavjud   ma’lumotlar   asosida   O‘rta   Osiyo   tog‘   va   tekisliklarini   bir   butun   yaxlit
bog‘lab   turuvchi   moddalar   almashinib   turishining   birinchi   marotaba   umumiy
miqdorini   baholash   imkonini   berdi,   unda   havo   oqimlarining   harakat   qalinligi
q u yidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
M = R  ·  h  ·  V  ·  n  ·  L
Izoh:   M  – umumiy   xarajat,   t/yil ;   R   –  muallaq   havoning  o‘rtacha  zichligi,   g/m 3
;   h   –  yer
yuzasidagi   havo   qatlamining   balandligi,   m ;   V   –   yer   yuzasi   havosida   shamollarning   o‘rtacha
yillik   tezligi ,   m/sek .;   n   –   tanlangan   yo‘nalishlardagi   shamollar   takrorlanishi   –   tekisliklardan
tog‘larga esuvchi shamollar (S h. G‘ . , Sh va S h Q . ) va qarama-qarshi yo‘nalishga esuvchi (J . G‘ . , J
va J . S h Q . ) shamollar uchun, o‘rtacha/yillik ;  L  – tog‘ va tekislik o‘rtasidagi chegaraning uzunligi.
13 1-rasm . O‘rta Osiyo tog‘ va tekisliklari o‘rtasida moddalarning aylanib yurishi
Dastlabki   ma’lumotlar   iqlimshunoslik,   gidrologiya   va   gidrogeologik
manbalardan   olindi.   Unga   ko‘ra ,   mayda   zarralar   va   tuzlar   oqimini   baholashda,
hozirga   qadar   ma’lum   bo‘lgan   barcha   ma’lumotlardan,   N.F.Glazovskiy   (1987)
hamda  M.A.Orlovalarning (1983) ilmiy fikrlarini hisobga olgan holda tog‘-tekislikda
geografik aylanma harakat umumiy yig‘indisi chizmasi  tayyorlandi  ( 1 - rasm ) .  
Tog‘   va   tekislik   o‘rtasida   moddalar   aylanib   yurishining   birinchi   tarmog‘ida
moddalar   tog‘dan   tekislikka   havodagi   og‘irlik   kuchi   ta’siri   ostida   suv   oqimi,
muallaq   va   aylanib   yuruvchi   zarralar   va   organizmlardan   iborat   bo‘lgan   hamda
nuragan mineral moddalar oqimi shaklida sirg‘alib tushadi. Ikkinchi tarmoqda esa,
ular  og‘irlik kuchiga qarshi tekislikdan  tog‘larga qarab harakat qiladi va  shu  bilan
birga unda tuz hamda changlarni havo orqali olib borilishi muhim rol o‘ynaydi. 
Tog‘   va   tekislik   o‘rtasidagi   moddalarning   aylanib   yurishida
qatnashayotganlar orasida mahalliy sirkulyatsiya tufayli juda katta havo oqimining
ishtiroki  diqqatga sazovordir. Mahalliy sirkulyatsiya tufayli tog‘ va tekislik o‘rtasida
aylanma   harakatda   qatnashayotgan   ulkan   havo   oqimining   qatnashishi   yiliga
0,1·10 14 
t ni tashkil qiladi. Lekin shu bilan birga tog‘dan tekislikka yo‘nalgan tarmoq
14 havo   oqimi   bo‘g‘ini   ichida   kechasi   esadigan   shamollar   kuchliroq   ekan   ya’ni,
aylanma harakat davrida tenglik   yo‘q. 
Atmosferadagi   global   va   mintaqaviy   sirkulyatsiya   jarayonlari   sababli,
geoparada qalinligi va kuchliligi bo‘yicha havo va suvni bir tomonlama yo‘nalishda
tashish mutlaq hukmronlik qiladi. G‘arb va  shimoli - g‘arbdan  keladigan havo oqimi
harakatining   hukmronligi   tog‘   va   tekislik   o‘rtasidagi   aloqadorlikni
mustahkamlashga   imkon   beradi,   chunki   bunda   bir   tomondan   sahro   havo
massasining adveksiyasini ta’minlaydi va ikkinchi tomondan yog‘in-sochinlar hosil
bo‘lishiga ,   undan keyin esa suv oqimi bo‘lishiga imkon beradi. Geoparada aylanib
yurgan   namlikning   miqdori   yiliga   yuzlab   milliard   tonnalarni   tashkil   qiladi.   Lekin
tabiatda havo va suv aylanib yurishining real ahamiyati kichik va ularning tabiatga
ta’siri   bevosita,   boshqa   yo‘llar   bilan   ta’sir   etishi   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Mayda
zarralar   va   tuzlar   geoparada   qarama-qarshi   aloqalarning   asosiy   manba
tarqatuvchisi bo‘lib hisoblanadi hamda ular doimiy xizmat qiladi. Chunki, ularning
ishtiroki   geokimyoviy   va   geofizik   jarayonlarda   muhim   rol   o‘ynaganligi   bilan
belgilanadi.   Ushbu   aylanma   harakatlar   geoparaning   tabiiy   sharoitdagi   faoliyati
mustahkam va barqaror rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi. Mineral
moddalarning ma’lum darajada yopiq holda aylanishi geoparaning bir butunligini
va   shu   bilan   bir   vaqtda   uni  o‘rab   turuvchi,   uning   atrofidagi   hududlardan   alohida
ajralib   turishining   bosh   omili   hisoblanadi.   U   tog‘   va   unga   tutash   tekisliklarning
o‘zaro ta’siri mohiyatini tushunish uchun juda muhim xulosaga olib keladi. Xulosa
shundan   iboratki,   bu   o‘zaro   ta’sirning   (ya’ni,   tog‘   va   unga   tutash   tekisliklar
o‘rtasidagi)   eng   muhim   mexanizmlaridan   biri   tog‘   va   tekislik   o‘rtasida   chang
shaklidagi mayda tuproq zarralarining   almashinib turishidir.
Ushbu   qonuniyat   hozirga   qadar   o‘rganilgan   emas,   ilmiy   adabiyotlarda   hali
yetarli   darajada   baholanmagan.   Buni   biz   ikkita   shaklda   isbotlashimiz   mumkin.
Birinchidan,   global   ko‘lamda   eol   massalar   ko‘chishi   (tashilishi,   eltishi,   olib
o‘tishi)ning   hisobi   shamol   bilan   ko‘chirilgan   mahsulotlarning   umumiy   miqdori
15 (yiliga   3000-3500   mlrd   t),   okeanlarga   shamollar   bilan   olib   borilgan   bu
materiallardan   (2,4   mlrd   t/yil)   ming   marta   kattadir.   Ya’ni,   eol   yotqiziqlar   bilan
tog‘lardan   daryolar   orqali   olib   chiqiladigan   yotqiziqlar   hajmining   qariyb   tengligi
haqidagi faktlarni eslatishning o‘zi kifoya. Masalan, Iliorti Olatoviga atmosferadan
yiliga 53 t/km 2
 chang, daryolar olib chiqqan loyqa oqim esa 50-80 t/km 2
 ni tashkil
etadi.
Moddalarning   tog‘-tekislikda   aylanib   yurishi   murakkab   jarayonlar
yig‘indisidan   iborat   bo‘lib,   u   o‘z   navbatida,   ularning   har   biri   zanjirli   reaksiya
asosida   qator   jarayonlarga   sabab   bo‘ladi.   Bu   jarayonlar   qisqa   muddatli   va   uzoq
muddatli   bo‘lishi   mumkin.   Uzoq   muddatli   jarayonlar   tektonik   harakatlar   vaqtida
geoparalarning   evolyutsiyasini   belgilaydiki,   u   vaqtda   tog‘   va   unga   tutash
tekisliklarning   yuqoriga   ko‘tarilishi   shunga   muvofiq   flora,   fauna,   tuproq   va
boshqalarda   o‘zgarishlar   sodir   bo‘lishiga   yoki   tog‘   tizmalarining   va   tog‘oldi
botiqlarining   differensial   ko‘tarilishida   tekisliklarning   denudatsiya   mahsulotlari
bilan   to‘lishi,   shuningdek,   allyuvial   oqiziqlarning   yig‘ilishi   va   tog‘larda   eol
qatlamlarning   hosil   bo‘lishiga   olib   keladi.   Qisqa   muddatli   jarayonlar
geoparalarning   ishlab   turishini   ta’minlab,   moddalar   kirim-chiqimining   kamligi
bilan   farq   qilib ,   keng   o‘zgarib   turuvchi   polosa   shaklidagi   harakatchan   chegaraga
ega.   Masalan,   sernam   yog‘ingarchilik   yillari   suv   toshqinlari   va   sellarning   ta’sir
doirasi katta bo‘lib ,  tog‘lardan ancha uzoq masofadagi tekisliklarga har xil yuvilgan
tog‘   jinslarini   olib   boradi,  namgarchilik   kam   bo‘lgan   yillari   esa,  aksincha  yuvilgan
tog‘   jinslarini   kam   masofaga   olib   boradi   va   ta’sir   etish   doirasi   ham   ancha   kichik
bo‘ladi.
Moddalarning   tog‘-tekislikda   aylanib   yurishining   ayrim   tarmoqlarini
miqdoriy   baholash,   geoparada   mayda   yengil   zarra   moddalar   harakatining   tuz,
muallaq   va   aerozollar   shaklida   qarama-qarshi   yo‘nalishda   olib   chiqish   va   olib
kelish   jarayonlarida   yetarli   darajada   to‘liq   tabiiy   muvozonat   borligini   ko‘rsatadi.
Moddalarning   qarama-qarshi   yo‘nalishda   (ya’ni,   tog‘dan   tekislikka   va   tekislikdan
16 tog‘ga)   bunday   tenglik   muvozanatdaligi,   landshaftlarning   mo‘tadil   mavjud
bo‘lishini  ta’minlaydi   va  har   xil  tipdagi   tabiiy   komplekslar,  shu   jumladan,  alohida
dinamik   xususiyatga   ega   bo‘lgan   sho‘rxokli   cho‘kmalar   va   baland   tog‘lar
o‘rtasidagi   hududiy   muvozanatni   saqlaydi.   Lekin   keyingi   o‘n   yilliklarda   tabiatga
ta’sir   etishning   kuchayishi   natijasida   tog‘-tekislikda   moddalar   aylanib   yurishining
mexanizmlari buzilganligi ma’lum bo‘lmoqda. 
Tog‘ yonbag‘ridagi o‘rmonlarning   rejasiz   kesib  yuborilishi, tog‘ yaylovlarida
ortiqcha   mol   boqish ,   tog‘   yonbag‘irlaridagi   yerlarni   haydash,   yonbag‘irlarida
qurilish   inshoatlari   va   tog‘-kon   ishlarni   o‘tkazish,   tog‘   daryolari   suv   rejimining
o‘zgarishi (gidrotexnik suv omborlari qurilishlari  tufayli ) kabi O‘rta Osiyo tog‘larini
xo‘jalik   jihatdan   o‘zlashtirishning   ana   shu   oqibatlari   tog‘-tekisliklarda   moddalar
aylanib   turishining   tabiiy   mexanizmlarini   buzadi.   Natijada,   aloqa   tarmoqlari
bo‘yicha   modda   va   energiyaning   tashilishi   faollashib   tekislik   hududlari
xo‘jaliklariga jiddiy zarar keltiruvchi sellarning, qor ko‘chkilarining, suv toshqinlari,
surilmalar va boshqalar sifatidagi ko‘rinishda ifodalanuvchi hodisalar tezlashadi. 
Keyingi vaqtlarda O‘rta Osiyoning tekislik qismining tog‘ tomon teskari ta’sir
etishi   ham   kuchaydi.   Ayniqsa,   tog‘oldi   tekislik   qismining   o‘zlashtirilib   shudgor
qilinishi,   katta   maydonlardagi   tabiiy   o‘simlik   qoplamining   yo‘q   qilib   yuborilishi,
atmosfera havo oqimlari, chang bo‘ronlari tekislikdan tog‘ tomonga qarab har xil
changlar,  tuzlar  va  aerozollarni  olib   borishi  tezlashmoqda,  bu  o‘z  navbatida ,   tog‘
muzlarining erishini tezlashtirmoqda.
Bugungi kunda   «tog‘-tekislik»   tizimlarida hozirgi vaqtdagi tendensiya inson
xo‘jalik   faoliyatining   ta’siri   ostida   tekislik   landshaftlarining   rejasiz   o‘zlashtirilishi
sababli,   tekisliklardan   tog‘larga   tomon   chang,   tuzlar   va   aerozollarning   tashilishi
ortib borayotganligi bilan xarakterlanadi. Keyingi vaqtda O‘rta Osiyo tekisliklaridan
changlarni   va   tuzlarni   ko‘tarib   ketuvchi   yangi   manba   ya’ni,   Orol   dengizining
suvdan   yalang‘ochlangan   qismi   yotqiziqlari   «Orolqum»   bo‘lib   qoldi   (uning
maydoni hozirgi vaqtda  60  ming km 2
  ni  tashkil etadi). Orol dengizi ming yillab shu
17 mintaqada   tuzlarni   to‘plovchi   maydon   sifatida   xizmat   qilgan   bo‘lsa,   endi   teskari
yo‘nalishda   ishlamoqda.   Hozirda   shu   narsa   ma’lumki,   uning   ta’sir   etish   doirasi
sezilarli   darajada  kuchaymoqda.  Chang  va  tuzlar   uchirib   olib   borilgan   mintaqalar
juda uzoqdagi hududlarni egallaydi. Bugungi kunda bu omil odamlarning sog‘ligiga
katta   ta’sir   ko‘rsatib,   sug‘oriladigan   zonalardagi   tuproqlarning   sho‘rlanish
jarayonini   kuchaytirishga   hamda   yer   usti   va   yer   osti   suvlarining   mineralashish
darajasining   oshishiga,   o‘simlik   qoplamining,   o‘rmonlarning   va   yaylovlarning
degradatsiyalashuviga  olib  kelmoqda. Buning  oqibatida  keyingi vaqtlarda  qishloq
xo‘jalik ekinlarining hosildorligi doimiy ravishda pasayib bormoqda.
Aerozol   tuzlarning   o‘simliklarga   ta’sirini   tekshirishlar   shuni   ko‘rsatdiki,
uchirib   kelingan   tuzlar   tushgan   zonalarda   paxtaning   hosildorligi   15%,   sholining
hosildorligi 5-6 % gacha kamaydi. Shu tufayli O‘zbekistonning 18 mln ga dagi yaylov
yerlaridan   40 % i   degradatsiyaga   uchragan.   Keyingi   15   yilda   Respublika   bo‘yicha
yaylovlarning hosildorligi o‘rtacha 15% ga pasaydi. Masalan, Zarafshon vodiysining
quyi   qismida   olib   borilgan   tekshirishlar   shuni  ko’rsatadiki,  hududga   olib   kelingan
tuz-changlar massasining 47-50 %i manbai  Orol  dengizidir.  
O‘rta   Osiyo   «tog‘-tekislik»   tizimidagi   landshaftlarning   hozirgi   rivojlanish
tendensiyasida   yo‘nalish   tekislik   landshaftlarining   haddan   tashqari   o‘zlashtirilishi
va   o‘zlashtirishlarda   yo‘l   qo‘yilgan   xatolar   natijasida   tekisliklardan   tog‘larga   eol
changlar,   tuzlar   va   aerozollarni   olib   borish   rolining   tobora   ortib   borishi   bilan
xarakterlanadi.   Shunday   qilib,   keyingi   vaqtlarda   inson   xo‘jalik   ta’siri   oqibatida
O‘rta   Osiyo   «tog‘   va   tekislik»   tizimidagi   tabiiy   modda   va   energiyaning   aylanib
yurishidagi o‘zgarishlar natijasida, ushbu mintaqada ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va
ijtimoiy–epidemiologik   muammolarning   tarang   tortilgan   tuguni   paydo   bo‘ldi,
bularni   faqat   landshaftlarni   tizimli   tahlil   qilish   va   o‘zaro   ta’sir   qiluvchi   hamma
kompleks   omillarni,   shu   jumladan   atrof-muhit   holatining   global   omillarini
kompleks hisobga olish asosida yechish mumkin bo‘ladi xolos.
18 «Tog‘-tekislik»   geoparalari   dinamikasining   qonuniyatlarini   aniqlash,   tabiiy
boyliklarni   boshqarishni   takomillashtirishning   ilmiy   tavsiyalarini   ishlab   chiqish
imkonini beradi. Hozirgi vaqtda tog‘larda kichik va o‘rtacha daryolar havzalarining
komplekslarini va tekisliklardagi uchirilgan va to‘planib qolgan qum komplekslarini
qaytadan   o‘zgartirish   tabiiy   boyliklardan   foydalanishning   eng   samarador
yo‘llaridan   biri   bo‘lib   qolmoqda.   Shu   bilan   birga,   tabiiy   komplekslarning   hamma
maydonlarida   melioratsiya   sharoitini   hisobga   olgan   holda   relefini   o‘zgartirish
bo‘yicha   yonbag‘irlarda   terrassalar   o‘tkazish,   to‘g‘onlar,   zovurlar   qurish   chora-
tadbirlari   bilan   birga   qo‘shgan   holda   zonalarga   ya’ni,   ularni   tabaqalarga   ajratish
birinchi   darajali   ahamiyatga   ega.   O‘rmon   agromelioratsiyasi   ham   tog‘   va   ham
tekislikning   potensial   resursini   kelajakda   oshirish   maqsadlarini   boshqarishda   eng
ta’sir   ko‘rsatuvchi   vosita   bo‘ladi.   Geoparalar   konsepsiyasi   ishlab   chiqarish
kuchlarini   rivojlantirishning   hududiy   sxemasini   tuzish   uchun   nazariy   asos   bo‘lishi
mumkin-ki,   unda   amalda   sinovdan   o‘tgan   va   o‘zining   yuqori   samaradorligini
ko‘rsatgan   tekislik   va   unga   qo‘shni   tog‘lardagi   sharoitni   o‘zaro   bog‘liqlikda
yaxshilash ilmiy g‘oyasini amalga oshirish ko‘zda tutiladi. 
Shunday qilib, to‘plangan materiallarni kompleks tahlil qilish asosida, O‘rta
Osiyo tog‘li hududlarining muammolarini avvalgidek tekisliklardan ajratilgan holda
emas,   balki   tekisliklar   muammolari   bilan   birga   ko‘rib   chiqish   maqsadga   muvofiq
ekanligi   aniqlandi.   Hozirgi   vaqtda   tog‘   va   tekislik   hududlarining   o‘zaro
bog‘liqlikliklari   butun   O‘rta   Osiyo   mintaqasining   iqtisodiy   va   ijtimoiy
rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatidir.
O‘zbekiston   relefi   g‘arbdan   sharqqa   asta-sekin   ko‘tarilib   borishi   tufayli   turli
xil tabiat minta q alari vujudga kelgan. Har bir tabiat minta q asida o‘ziga xos tuproq
o‘simlik   q oplami va hayvonot dunyosi  mavjud. O‘zbekistonda cho‘l adir, tog‘ va
yaylov mintaqasi ajratiladi.
O‘zbekistonda   -   quyidagi   tupro q lar   tarqalgan   1)   qayir-allyuvial;   2)   o‘tloq
bo‘z;   3)   qumli   cho‘l;   4)   cho‘l   taqir;   5)   sho‘rxok;   6)   sur   –   qo‘ng‘ir;   7)
19 sug‘oriladigan bo‘z; 8) och bo‘z; 9) oddiy (tipik) bo‘z; 10) to‘q tusli bo‘z; 11) tog‘
jigar rang; 12) tog‘ o‘tloq tuprog‘i va.h.k.
CHo‘l mintaqasida (400 – 500 m) asosan sur – qo‘ng‘ir, qumli, taqir va bo‘z
tupro q lar   Ustyurtda,   Markaziy   Qizilqum   tog‘lari   va   Nurota   tog‘larida   tarqalgan,
chirindi kam, ko‘pincha sho‘r bo‘ladi. Qumli tuproqlar Qizilqum, Zarafshon etagi,
Markaziy   Farg‘ona   va   Mirzacho‘lda   tarqalgan.   Taqir   tuproqlar   –   cho‘llarda
Ustyurtda, quruq deltalarda, qadimgi daryo terrasalarida uchraydi. 
SHo‘r tupro q lar – er osti suvlari er betiga yaqin joylashgan joylarda tar q algan
-   Mirzacho‘l,   Markaziy   Farg‘ona,   Qarshi   cho‘li,   Amudaryo   etagida.
Tekisliklarning   shar q iy   va   janubiy   q ismlarida   bo‘z   tupro q lar   keng   tar q algan,   och
tusli   bo‘z   tupro q lar   300   –   500   m   balandlikkacha   bo‘lgan   joylarda   uchraydi,
chirindi   1,0–1,5   %,   sug‘orilsa   yaxshi   hosil   beradi.   CHo‘l   ikkiga   bo‘linadi:   pastki
va  yu q origi.   Pastki   cho‘l   (250   m   gacha)   –  Buxoro   viloyati,  Ustyurt,   Xorazmning
ayrim joylari, Sirdaryo viloyatining shimoliy  q ismlaridagi sho‘rxok erlar kiradi. Bu
erda o‘sadigan o‘simliklarning poyalari va barglari semiz bo‘ladi. Bu erda asosan
quyidagi   o‘simliklar   o‘sadi:   qorasaksovul,   cherkez,   qorabarak,   sarsazon,
achchibuta,   boyalish,   cho‘g‘on,   anabazis,   q uyrou q ,   arpag‘on,   donasho‘r,   ebalak,
baliqko‘z.
YUqori   cho‘l   (250   –   500m)   –   ancha   maydonni   egallaydi:   Buxoro,   Jizzax,
Samar q and, Sirdaryo, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridagi  q umli va
bo‘z   tuproqli   erlar   va   Ustyurt   kiradi.   Adirga   yaqin   joylarda   gipsli   tupro q lar   ham
uchraydi. O‘simlik  q oplamini asosiy  q ismini shuvoq tashqil qiladi. Keng tarqalgan
o‘simliklar   q uyidagilar:   oqsaksovul   (ko‘mir   tayyorlanadi),   yovshan,   quyonsuyak,
qizil   qandim,   qirqbuyurg‘in,   iloq,   q ir q asoch,   yantoq,   kovrak,   isiriq,   boychechak,
chuchmoma,   partak,   yaltirbosh.   Hayvonlari   –   cho‘l   lochini,   qo‘shoyoq,   kobra,
dasht agamasi, toshbaqa,  q um bo‘g‘ma iloni, echkemar, sayg‘oq.
Adir mintaqasi (400 – 500 – 1200), (1400 m) – yog‘in 300 – 400 mm, tirik va
to‘q   bo‘z   tupro q lar   tarqalgan.   Pastki   adir   (500   –   800   m),   yu q ori   cho‘l   bilan
20 tutashgan:   o‘simliklardan   rang,   q o‘ng‘irbosh,   mayinshuvo q ,   qo q io‘t,   q o‘ypechak,
mingbosh,   qo‘ziqulo q ,   isfarak,   o qq uray,   karrak,   lola q izg‘aldo q ,   chitir,
kelinsupurgi, momiq, chirmovu q  (zarpechak), cho‘lyalpiz tir qa lgan.
YU q ori adir (900 – 1200 m) – to‘q bo‘z tuproq tarqalgan, shag‘alli va toshli
joylar  ko‘p.Tuprog‘i  unumdor, chala buta va butalar  keng tar q algan:bodom, izen,
tersken, o q shuvo q , rovoch, gazako‘t, gulxayri, andiz, beklar o‘ti, ajri q ,   q udachim,
cho‘lsabzi,   no‘xatak.   Hayvonlari:   o‘qilon,   kalxat,   mayna,   tog‘ilon,   tipratikon,
kaklik, jayra. 
Tog‘   minta qasi   (1200   –   1400   –   2700   –   2800)   ham   ikki   q ismga   bo‘linadi.
Pastki   minta qa   (1200   –   2000   m),   yu q ori   adir   bilan   tutash   bo‘lganligi   uchun
efemerlar   juda   kam   bo‘lib,   chala   buta,   buta   va   daraxtlar   toshda   o‘sadi.   Asosiy
o‘simliklari:   tog‘olcha,   zirk,   tog‘shuvoq,   tog‘piyoz,   g‘ozpanja,   tog‘qo‘zi q ulo q ,
tog‘o‘tloq, bug‘doyiq, astragal, lola, tog‘yalpiz, esparset. Tuprog‘ibo‘z vajigarang,
gumusga boy.
YUqori mintaqa (2000 – 2700 m) efemerlar yo‘ q , o‘simligini asosiy qismini
buta   va   daraxtlar   tashkil   qiladi,   ularning   ko‘pchiligi   mezofit   o‘simliklaridir.
Tuprog‘i qo‘ng‘ir o‘rmon, o‘rmontog‘tuprog‘idan iborat (chirindi 12 foiz), yog‘in
miqdori 800 mm – 1000 – 1200. Asosiy o‘simliklari: savurarcha, yong‘oq, irg‘ay,
dukyog‘och (qurilish materiali) zarang, namatak, qo‘ng‘ir na’matak, chin, qizilcha,
qora q iyoq,   tog‘ q o‘ng‘irbosh,   terak.   Hayvonlari:   bo‘rsiq,   bulbul,   bo‘ri,   ayiq,
chug‘urchuq, silovsin.
YAylov mintaqasi (2700 – 2800). Alp va subalp o‘gloqlardan iborat, bu erda
buta   va   daraxatlarni   o‘sishi   uchup   sharoit   yo‘ q YAylovda   asosan   dumbali   Xisor
qo‘ylari boqiladi.
Pastki yaylov (subalp) 2700   –   2800 dan 7000   –   3200 m gacha. Tuprog‘i och
jigarrang va och qo‘ng‘ir. Erning yuza   q ismida ko‘pincha bosho q doshlar va chim
hosil  q iluvchi o‘simliklar ko‘p o‘sadi.
21 Asosiy   o‘smliklari :   o‘rikarcha   (daraxt),   chetan,   (buta),   yaylov   esparseti,
erqunoq   tog‘shashir,   betaga,   gulizardan.   YUqori   (alp)   yaylov   (3000   –   3200   m)
o‘simliklar   qoplamini   asosan   kserofit   o‘simliklar   tash k il   qiladi.   Tuprog‘i   to‘ q
jigarrang, qo‘ng‘ir, yumshoq. Tuprog‘ini yuqori qismi asosan  chim hosil qiluvchi
o‘simliklar bilan qoplangan .   YOg‘ingarchilik yil davomida, ko‘pi bahorda, nisbiy
namlik   80   –   90   foiz.   Asosiy   o‘simliklari   navruzut   (muz   atrofida   ko‘p   o‘sadi),
arpao‘t,   ajriqbosh,   yaylo v rang,   yaylov q ung‘irbosh,   to‘ng‘isirt.   H ayvonlari:   tog‘
takasi, alkor (qo‘chqor), bug‘u, qor barsi.
Lekin   mintaqaviy   ma’lumotlarning   qiyosiy   tahlili   asosida   mukammal
umumlashmalar   yaratilgan   emas.   Quyida   geomorfologiya   va   tabiiy   geografiyaga
oid nashr  etilgan va ulardagi  ma’lumotlarni  qiyosiy tahlil  qilib eidilikda ochilishi
lozim   bo‘lgan   ayrim   muammolar   xususida   fikr   yuritamiz.   Ana   shunday
muammolardan   biri   oliy   va   o‘rta   maktab   geografiya   ta’limidagi   tog‘   tushunchasi
va uning balandligiga ko‘ra tasnifidir.
Daniya mamlakatida 170 m balandlikdagi tepalikni tog‘ deb hisoblashadi va
uni   «YUtlandiya   Olimpi»   deb   ulug‘lashadi,   O‘rta   Evropada   240   metrlik
balandlikka   «Do‘zax   tog‘i»   deb   nom   berishgan.   Agar   dengiz   sathidan   200   metr
balandliklarni tog‘ deyilsa, deyarli quruqliklarning barchasi toklardan iborat bo‘lar
edi.   Markaziy   Qizilqumdagi   ayrim   qoldiq   tog‘lar   (Sulton   Vays,   Etimtog‘,
Qozoqtog‘   va   boshqalar);   G‘arbiy   Tyanshan   va   Qisor-Oloy   tog‘   tizmalarining
prolyuvial   tekisliklaridan   past;   Appalachi   tog‘lari   Kordilera   tog‘   tizmalari ning
sharqiy yonbag‘riga tutashgan Buyuk tekisliklardan past va h.k.
Amaliyotdan  ma’lumki,  tog‘larga   tasnif   berilganda   geologik   va  morfologik
tuzilishiga   e’tibor   berish   maqsadga   muvofiq.   N egaki   tog‘lar   asosan   magmatik   va
metamorfik   tog‘   jinslaridan   tuzilgan   bo‘ladi.   Bu   tub   jinslar   tog‘larning   asosiy
xususiyatlarini   n amoyon   qiladi.   Qiymalangan   yonbag‘ir,   suvayirg‘ichlari   va   etak
qismlarining   aniq   ifodalanganligi   bilan   balandlik,   tepalik   va   qirlardan   ajralib
t uradi. CHunki oxirgi relef shakllari cho‘kindi jinslardan tuzilgan bo‘ladi. Bizning
22 fikrimizcha :   «Tog‘-tub   jinslardan   tuzilgan,   yonbag‘ri   va   etak   qismi   bilan   aniq
ifodalangan, tekis yuzalardan keskin ko‘tarilib turgan relef shaklidir».
Mezokaynozoy   yo t qizi q laridan   tuzilgan   tepalik,   balandlik   yoki   qir-adirlarii
tog‘   deb   bo‘lmaydi.   Masalan,   Beltog‘-Quyi   Amudaryoda,   Moxovtog‘-Farg‘ona
vodiysida   va   boshqalar   mahaliiy   aholi   tomon i dan   noto‘g‘ri   tog‘   deb   aytilgan,
xaritalarda   ham   tog‘   yozilgan.   Vaho l anki   ularning   mutlaq   balandligi   300   m   dan
oshmaydi.   Mezokaynozoy   yotqizig‘i   bor   bo‘lgan   va   yonbag‘irlari   qiymalangan,
e t ak qismi bo‘l g a n  va dengiz sathidan 900 m dan oshgan te p aliklarni tog‘ deb atash
mumkin.   Er   shari   quru q likning   gi p sografik   egri   chizig‘ini   ta h lil   q ilga n .   Z.A.
Svarichevskaya (1965, 80- b. ) tog‘larii balandligiga ko‘ra quyidagicha tas- niflaydi:
past   tog‘lar-2000   m   gacha,   o‘rtacha   balandlikdagi   tog‘lar-3000   m   gacha,   baland
tog‘lar–5000–5500mgacha va  eng baland tog‘lar  5000 m  dan ortiq. Quru q likning
o‘rtacha bala ndl igi +875 m ekanligi   h isobga olib, olima balandligi 900 m bo‘lgan
joylarni tog‘ deb atash mumki n  deb hisoblaydi.
Poslavskaya   O.YU.   (1989,   6-b )   O‘zbekiston   hududini   orografiyasi   uchun
tadbiqan tog‘larni quyidagicha tasniflaydi: past tog‘lar-350 400 m dan 1000-1200
m gacha, o‘rtacha tog‘lar-1000 m dan 2500-3000 m gacha, ba land tog‘lar 3000 m
dan ortiq. Eng baland tog‘lar O‘zbekiston hududida yo‘q (Hazrat Sulton-4643 m)
deb hisoblaydi.
Dunyo   miqyosida   tog‘larning   balandligiga   ko‘ra   tasnifini   Z.A.
Svarichevskaya   aytgan   muqobilni   qabul   qilish   maqsadga   muvofiq.   Fikrimizcha
past   tog‘larni   2000   gacha,   o‘rtacha   balandlikdagi   tog‘larni   3000   m   gacha   baland
tog‘larni 5000 m gacha va eng baland tog‘larni 5000 m dan ortiq deb olinsa ham
bo‘ladi, leknn ba’zi olimlar 6000 m dan o‘tkazishadi. Bu tasnif dunyo tog‘larinipg
morfologik hamda geologik tuzilishiga ko‘ra mos keladi.
O‘rta   Osiyo   tog‘   tizimlarining   etaklarida   shakllangan   tog‘oldi   tekisliklari
tog‘   tizmalarining   boshlanishidagi   birinchi   zinadir.   G‘arbiy   Tyanshan
tog‘tizimlariga  tutashgan   adirlar   mintaqasini   uch   guruhga,  ya’ni   past,   o‘rtacha   va
23 baland   (1600   m   gacha)   adirlarga   ajratiladi.   Dastlab   to‘lqinsimon   allyuvial-
prolyuvial tekislik past adirlar mintaqasiga tutashib ketadi. SHuni alohida ta’kidlab
o‘tish   joizki,   adir lar   mintaqasida   yoki   tekisliklarda   joylashgan   magmatik   va
metomorfik tog‘ jinslaridan tuzilgan, qiymalangan yonbag‘ri va etaklari aniq katta-
kichik tepaliklarni tog‘ deb atasa bo‘ladi.
YAna   bir   masala   o‘ ze chimi n i   ku t mo q da.   B u   ham   b o‘ l s a   to g‘larda
shakllangan   landshaft   mi n taqalaridir.   T og‘lardagi   landshaft   ( t abia t )
mintaqalarin i ng   barcha   xususiyatlari   tog‘larning   geografik   o‘rni,   ba landligi,
ekspozitsiyasi,   i q l im   ko‘rsatkichlari,   tabiiy   geografik   jara yo nlar,   havo
massalariniңg yo‘na l ish i,  dengiz va okeanlardan uzoq ligi  va h.k.larga bog‘liq.
Tog‘ va tekislik o‘rtasida moddalar aylanib yurishining birinchi tarmog‘ida
moddalar   tog‘dan   tekislikka   havodagi   og‘irlik   kuchi   ta’siri   ostida   suv   oqimi,
muallaq va aylanib yuruvchi zarrachalar  va organizmlardan iborat bo‘lgan hamda
nuragan   mineral   moddalar   oqimi   shaklida   shaklida   sirg‘alib   tushadi;   ikkinchi
tarmog‘da   esa,   ular   og‘irlik   kuchiga   qarshi   tekislikdan   tog‘larga   qarab   harakat
qiladi va shu bilan birga unda tuz va changlarni havo orqali olib borilishi  muhim
rol   o‘ynaydi.   Oqimlarning   (potok)   Er   yuzasidagi   harakat   turlariga   q arab   ular
chiziqli   va   (yuza)   maydonli   bo‘lishi   mumkin.   Unda   birinchi   harakat   turiga
daryolar, sel, qor ko‘chkilari,   tog‘-vodiy   shamollari mansub bo‘lsa, ikkinchisiga -
er osta suv oqimi, turli chong to‘zon bo‘ronlari  “Afg‘on”, “Qo‘qon”, “Xavos” va
boshqa turdagi shamollar misol bo‘la oladi. O‘rta Osiyo tog‘-tekislik geoparasida,
tabiiyki,   eng   kuchli   ta’sir   bu   havo   oqimidir.   Tog‘   va   tekislik   o‘rtasidagi
moddalarning   aylanib   yurishida   qatnashayotganlar   orasida   mahalliy   sirkulyasiya
tufayli   juda   katta   havo   oqimining   q atnashayotganligi   dikqatga   sazovordir.
Mahalliy   sirkulyasiya   tufayli   tog‘   va   tekislik   o‘rtasida   aylanma   harakatda
qatnashayotgan   ulkan   havo   oqimining   qatnashishi   yiliga   0,1   * 10 14
t   tashkil   qiladi.
Lekin   shu   bilan   birga,   tog‘dan   tekislikka   yo‘nalgan   tarmoq   havo   oqimi   bo‘g‘ini
24 (ichida)   kechasi   esadigan   shamollar   kuchliroq   ekan,   ya’ni   aylanma   harakatda
(davrida) tenglik (balans) yo‘q.
Atmosferadagi global va regional sirkulyasiya jarayonlari sababli, geoparada
qalinligi   va   kuchliligi   bo‘yicha   havo   va   suvni   bir   tomonlama   yo‘nalishda   tashish
mutloq   hukmronlik   qiladi.   G‘arb,   shimoli-g‘arbdan   keladigan   havo   oqimi
harakatini   tashishining   hukmronligi   tog‘   va   tekislik   o‘rtasidagi   aloqadorlikni
mustahkamlashga   imkon   beradi,   chunki   bunda   bir   tomondan   sahro   havo
massasining   adveksiyasini   ta’minlaydi   va   ikkinchi   tomondan   yog‘in-sochinlar
hosil   bo‘lishiga   undan   keyin   esa,   suv   oqimi   bo‘lishiga   imkon   beradi.   Geoparada
aylanib yurgan namlikning miqdori yiliga yuzlab milliard tonnalarni tashkil qiladi.
Lekin  tabiatda  havo va  suv  aylanib  yurishining  real  ahamiyati   kichik va  ularning
tabiatga bevosita va bilvosita ta’sir etishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Geoparada qarama-
qarshi   aloqalarning   asosiy   manba   tarqatuvchisi   bo‘lib   mayda   zarrachalar
(melkozem)   va   tuzlar   hisoblanadi   hamda   ularning   ishtiroki   geokimyoviy   va
geofizik   jarayonlarda   muhim   rol   o‘ynaganligi   bilan   belgilanadi.   Ushbu   aylanma
harakatlar   geoparaning   tabiiy   sharoitdagi   faoliyati   mustahkam   va   barqaror
rivojlanishi   uchun   zaruriy   shart-sharoit   yaratadi.   Mineral   moddalarning   ma’lum
darajada yopiq holda aylanishi, geoparaning bir butunligini va shu bilan bir vaqtda
uni   o‘rab   turuvchi,   uning   atrofidagi   makondan,   hududlardan   alohida   ajralib
turishining   -   asosiy,   bosh   omili   bo‘lib   hisoblanadi.   U   tog‘   va   unga   tutash
tekisliklarning o‘zaro ta’siri mohiyatini tushunish uchun juda muhim xulosaga olib
keladi.   Xulosa   shundan   iboratkn,   bu   o‘zaro   ta’sirning   (ya’ni,   tog‘   va   unga   tutash
tekisliklar o‘rtasidagi) eng muhim mexanizmlaridan biri - tog‘ va tekislik o‘rtasida
mayda tuproq zarrachalarining (chang shaklidagi) almashib turishidir.
Bu almashib turish ikkita tarmoqdan tuzilgan o‘ziga xos shaklga ega bo‘lgan
aylanib   yurishdir.   Bulardan   biri   -   er   usti,   havo   tarmog‘i   bo‘lib,   ular   chang
bo‘ronlari   va   chang   tumanlari   vositasi   bilan   faol   harakat   qilib   tog‘   tomonga
yo‘nalgan   bo‘lib   chang   zarrachalarini   etkazib   beradi   va   u   erda   cho‘kadi   (yotadi).
25 Aylanib yurishning ikkinchi tarmog‘i - er usti, unda butun kompleks ekzodinamik
jarayonlar eol tuproq zarralarini faol ravishda tekislikka qaytaradi va bu hududlarni
juda   jadal   ravishda   yiliga   0,6-10 9
  t.   ni   tashkil   etgan   «eol»   bo‘lmagan   mayda
zarralar   yig‘indisi   bilan   boyitadi.   SHu   bilan   birga   mayda   zarralar   aylanib
yurishining nihoyatda o‘ziga xos xususiyatlari - uning aynan bekligi bo‘lib, shamol
bilan   keltirilgan   turli   zarralar   katta   qismining   O‘rta   Osiyoda   qolishida   namoyon
bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatilgan qonuniyat hozirga qadar ilmiy adabiyotlarla hali etarli
darajada baholanmagan va o‘rganilgan emas.
SHunday qilib, tekislikdan 2 - 10 va 0,1   *   10 9
  t tuz va changlar havo orqali
toqqa   va   tog‘   oldiga   olib   boriladi,   u   erlardan   esa   er   usti   suv   oqimlari   yordami
tufayli   yana   qisman   qaytib   keladi   va   daryolarning   quyi   qismida   hamda   tog‘   oldi
tekisliklarida   yotqiziladi.   Hozirgi   vaqtda   O‘rta   Osiyo   hududida   to‘plangan   tuz   va
changlarning   asosiy   yig‘indisi   chamasi,   to‘rtlamchi   davr   mobaynida   bir   necha
marta qaytadan yotqizilgan. SHuning uchun ham  sho‘rxoklar, lyoss va lyossimon
tog‘ jinslarini geopara tizimlarida yoyilib, sochilib yotgan materiallarning mavjud
bo‘lishining faqat bir shakli deb qarash mumkin. Tuzlar va changlar yig‘indisining
bir   qismi   yo‘lda,   tog‘   va   tog‘   oldiga   shamol   bilan   olib   borilishida   tekislikdagi
daryolarning   terrasalarida,   deltalarida,   Orol   dengizining   va   ko‘llarning   suvlarida
ushlanib qolinadi. Nihoyat, birmuncha moddalar shamol harakati bilan geoparalar
tashqarisiga olib ketiladi.
Tog‘-tekislik   geoparalaridagi   moddalarning   aylanib   yurishining   yig‘indisi   -
bu muhim tabiiy geografik feiomendir, uning borligi tog‘-tekislik tizimini «okean-
quruqlik»   tizimi   va   butun   landshaft   qobig‘i   bilan   birga   yaqinlashtiradi.
Moddalarning   tog‘-tekislikda   aylanib   yurishi   murakkab   jarayonlar   yig‘indisidan
iborat   bo‘lib,   u  o‘z   navbatida,  ularning  har   qaysisi   zanjirli   reaksiya   asosida   qator
jarayonlarga sabab bo‘ladi (yoki chaqiradi). Bu jarayonlar qisqa muddatli va uzoq
muddatli   bo‘lishi   mumkin.   Uzoq   muddatli   jarayonlar   tektonik   harakatlar   vaqtida
geoparalarning   evolyusiyasini   belgilaydi   kim,   u   vaqtda   tog‘   va   unga   tutash
26 tekisliklarning   yuqoriga   ko‘tarilishi   shunga   muvofiq   flora,   fauna,   tuprok   va
boshqalarda   o‘zgarishlar   sodir   bo‘ladi,   yoki   tog‘   tizmalarining   va   tog‘   oldi
botiqlarining   differensial   (har   xil)   ko‘tarilishida   tekisliklarning   denudatsiya
mahsulotlari   bilan   to‘lishi,   shuningdek,   allyuvialoqiziqlarning   yig‘ilishi
(akkumulyasiyasi)   va   tog‘larda   eol   qatlamlarning   hosil   bo‘lishiga   olib   keladi.
Qisqamuddatli   jarayonlar   geoparalarning   ishlab   turishini   ta’minlab,   moddalar
kirim   -   chiqimining   kamligi   bilan   farqqilib,   keng   o‘tkinchi   (o‘zgarib   turuvchi)
mintaqa   shaklidagi   harakatchan 2
(o‘zgarib   turadigan)   chegaraga   ega.   Masalan,
sernam   yog‘ingarchilik   yillari   suv   toshqinlari   va   sellarning   ta’sir   doirasi   katta
bo‘lib   tog‘lardan   ancha   uzoq   masofadagi   tekisliklarga   har   xil   yuvilgan
materiallarni olib boradi, namgarchilik kam bo‘lgan yillarda esa, aksinchasi bo‘lib,
yuvilgan materiallarni qisqa masofaga olib boradi va ta’sir etish doirasi ham ancha
kichik bo‘ladi.
Moddalarning   tog‘-tekislikda   aylanib   yurishining   ayrim   tarmoqlarini
miqdoriy   baholash,   geoparada mayda   engil   zarra   moddalar   harakatining   tuz,
muallaq   va   aerozollar   shaklida   qarama-qarshi   yo‘nalishda   olib   chiqish   va   olib
kelish   jarayonlarida   etarli   darajada   to‘liq   tabiiy   tenglik   (muvomintaqat)   borligini
ko‘rsatadi.   Moddalarning   qarama-qarshi   yo‘nalishda   (ya’ni,   tog‘dan-tekislikka   va
tekislikdan   toqqa)   bunday   tenglik   muvozanatdaligi,   landshaftlarning   mo‘‘tadil
mavjud   bo‘lishini   ta’minlaydi   va   xar   xil   tipdagi   tabiiy   majmualar   shu   jumladan,
alohida dinamik xususiyatga  ega bo‘lgan sho‘rxokli cho‘kmalar  va baland tog‘lar
o‘rtasidagi   hududiy   muvozanatni   saqlaydi.   Lekin   keyingi   o‘n   yilliklarda   tabiatga
inson   xo‘jalik   faoliyati   ta’sir   etishning   kuchanishi   natijasida   tog‘-tekislikda
moddalar   aylanib   yurishining   mexanizmlari   buzilganligi   ma’lum   bo‘lmoqda.   Bu
alohida mavzu.
2 2
 Алибеков Л.А. тоғ ва текислик ўртасида моддаларнинг айланиб юриши қонунияти 
ҳақида // ЎзГЖ VII соезди материаллари, –Т., 2006, 113-б. 
27 O‘rta   Osiyo   regionida   «tog‘-tekislik»   geoparalari   dinamikasining
qonuniyatlarini   aniqlash.   tabiiy   resurslarni   boshqarishni   takomillashtirishning
ilmiy tavsiyalarini ishlab chiqishga imkonberadi.
SHunday qilib, to‘plangan materiallarni majmuali tahlil qilish asosida, O‘rta
Osie tog‘li rayonlarining muammolarini avvalgidek tekisliklardan ajratilgan holda
emas,   balki   tekisliklar   muammolari  bilan  birga  ko‘rib  chiqish  maqsadga  muvofiq
ekanligi   aniqlandi.   Hozirgi   vaqtda   tog‘   va   tekislik   hududlarining   juda   ko‘p   har
tomonlama   aloqadorliklari   butun   O‘rta   Osiyo   regionnining   iqtisodiy   va   ijtimoiy
rivojlanishining xarakterli xususiyatidir. 
1.3. Tog‘ va tog‘oldi hududlarining ekologik – iqtisodiy barqaror
rivojlanishidagi muammolar
Tog‘   va   tog‘oldi   hududlari   avvaldan   tabiiy   va   rekreatsiya   resurslariga   boy
hisoblanadi.   SHuning   uchun   ham   kishilik   jamiyatining   ilk   bor   bosqichlarida
sivilizatsiya   tog‘   vodiylarida   tarkib   topib,   taraqqiy   qilgan.   O‘tgan   asrda   O‘rta
Osiyo,   xususan   O‘zbekistonda   tog‘   va   tog‘oldi   hududlarida   ishlab   chiqarish
kuchlari   kuchli   rivojlandi,   mineral   xom   ashyolarni   qayta   ishlab,   tayyor   mahsulot
ishlab   chiqarish   natijasida   atrof   muhit   ifloslanmoqda,   ekologik   vaziyat
jiddiylashmoqda,   aholining   salomatligi   aziyat   chekmoqda.   Tabiiy   muhitning
degradatsiyasi,   resurslarni   qashshoqlanishi,   sifatini   buzilishi,   nes-nobud   bo‘lishi,
ishlab   chiqarish   uchun   yaroqsiz   holga   kelishini   kuchaytirmoqda.   Tog‘
yonbag‘irlarida   inson   xo‘jalik   faoliyati   ta’sirida   favqulodda   va   havfli   tabiiy
jarayonlarni   keng   mikyosda   rivojlanishi   kuzatilmoqda.   Bularning   barchasi
tabiatdan   foydalanish   jarayonini   ilmiy   asoslangan   tarzda   amalga   oshirishni   talab
q iladi.
Tog‘   tabiat   majmualarining   dinamikasi,   rivojlanish   qonuniyatlari   va   ularni
tabiatdan   foydalanishda   hisobga   olish.Tog‘va   tog‘oldi   majmualarining
o‘zgaruvchanligi   ularni   tashkil   qilgan   jinslarning   tarkibi,   yonbag‘ir   qiyaligi,
o‘simliklar  bilan qoplanganlik darajasi, inson xo‘jalik faoliyatining xarakteri  kabi
28 omillar   bilan   belgilanadi.   Inson   ko‘pincha   yonbag‘irlarning   landshaft   holati,
dinamik   va   rivojlanish   bosqichlarini   to‘liq   hisobga   olmasdan   xo‘jalik   faoliyatni
amalga   oshiradi.   Antropogen   ta’sir   landshaftning   bugungi   holati,   dinamik
o‘zgaruvchanligi   va   umumiy   rivojlanish   yo‘nalishiga   turlicha   ta’ziyiq   o‘tkazishi
mumkin.   Eng   muhimi   resurslardan   nooqilona   foydalanilganda   tog‘   landshaftlari
tuzilmasi(strukturasi)va dinamik holatida salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlaydi.
Buning   oqibatida   landshaft   komponentlari   va   majmualari   orasida   o‘zaro   tabiiy
bog‘liqlik   va   ta’sir   qonuni   buziladi.   Degradatsiyaning   indikatori   sifatida   avvalo
nomatlub   tabiiy-antropogen   jarayonlar   tarkib   topishini   ko‘rsatish   mumkin,
keyinchalik   hududning   xo‘jalikda   foydalanish   muomalasidan   yaroqsiz   holda
butunlay chiqib ketishi sodir bo‘ladi .
Biologik   va   landshaft   xilma-xilligi   tog‘   va   tog‘oldi   tabiatidan   foydalanish
mahsuldorligini   bir   necha   baravar   oshiradi,   chunki   xilma-xil   strukturaga   ega
bo‘lgan   landshaftlar   antropogen   va   tabiiy   ta’sirlarga   nisbatan   barqarorligi   amalda
tasdiqlangan.   Xilma-xillik   tabiat   qonuni   juda   muhim,   resurslardan   foydalanishda,
xususan   er,   yaylov,   o‘simlik,   rekreatsiya   boyliklarini   muomalaga   kiritishda
asqotadi.   Landshaftlarning   bir   xillik   xususiyati   nomaqbul   jarayonlarninng   katta
maydonlarda   rivojlanishiga   olib   keladi.   Xilma-xillik   qonuni   hududda   salbiy
jarayonlarni vujudga kelishi va taraqqiy qilishini tartibga solib turadi.
Tabiatning   o‘zgarish   va   rivojlanish   qonunlari   hamda   qonuniyatlari   ko‘p,
ularni   o‘rganish,   bilish   resurslardan   optimal   foydalanishni   osonlashiradi,
landshaftlarning   buzilish   yo‘nalishidagi   rivojlanishi,   atrof-muhitning   ifloslanishi
hamda boyliklarning qashoqlanishini oldi olinadi.
Inson   xo‘jalik   faoliyatining   tog‘   va   tog‘oldi   hududida   tabiiy   jarayonlarni
kechishiga,   majmualariga,   ekologik   vaziyatga,   resurslarini   o‘zgarishiga
ta’siri. “ Tog‘yonbag‘irlari, vodiylari va tog‘oldi tekisliklarkning tabiiy majmualari
gravitatsion kuch, katta qiyalik, tog‘-vodiy shamollari, er osti va usti suv oqimi va
boshqa   omillar   ta’sirida   muntazam   o‘zgarishda   bo‘ladi.   Inson   xo‘jalik   faoliyati
29 natijasida   tog‘   yonbag‘irlari   va   vodiylarida   sanoat   korxonalarining  joylashtirilishi
muhitning ifloslanishiga, buzilishiga, muomaladan chiqib ketishiga olib kelmoqda.
Gap   shundaki,   yuqori   yonbag‘irlarda   ishlab   chiqarish   faoliyatini   ko‘rsatayotgan
sanoat   korxonalari   (Qizilqiya,   Xaydarkon,   Sulyukta,   Anzob,   Xondiza,   Ingichka,
Olmaliq,   Angren)   quyi   yonbag‘irdagi   er   osti   va   usti   suvlari   havzalarini,
tuproqlarni,   o‘simliklarni,   atmosfera   havosini,   is   gazi,   og‘ir   metallar,   metan,   azot
ikki   oksidi,   azot   oksidi   va   boshqa   gazlar   bilan   ifloslantirmoqda.   Tog‘-vodiy
shamollari   ifloslangan,   havoni   tekislik   va   tog‘   (Ohangaron,   Surxon,   Farg‘ona,
CHirchiq) vodiylari bo‘ylab taqsimlamoqda. Natijada u erlarda er osti suvlari og‘ir
metallar,   neft   mahsulotlari   bilan   ifloslanmoqda,   tuproq   va   o‘simlik   tarkibidagi
og‘ir metallar ionlari ruhsat etilgan me’yordan bir necha baravar ko‘p uchramoqda.
Ichimlik   suvining   ifloslanishi   tufayli   aholi   orasida   turli   kasalliklar   tarqalmoqda.
Tog‘   yonbag‘irlarida   er   usti   va   osti   suv   ta’siri   tufayli   eroziya,   surilma,   sel,
suffoziya, qirg‘oqlarni qulab tushishi kabi jarayonlarni rivojlanishi keng miqyosda
kuzatilmoqda.
YOnbag‘irlarda   xususan   daraxt   va   butalarning   qurilish   materiali   sifatida
qirqilishi,   mol   boqishni   noto‘g‘ri   tashkil   qilinishi   oqibatida   o‘t   qoplamining
degrayaatsiyasi eroziya (har gektarda 5-20 t va undan ko‘p tuproqning yuvilishi) va
curilma   (har   gektarda   3-8   ta)   larning   jadallashishiga   sabab   bo‘lmoqda.   Natijada
yonbag‘irning   o‘ydim-chuqurligi   oshib,   undan   xo‘jalikda   foydalanishi
murakkablashmoqda.
Surilma,   o‘pirilish,   suffoziya   va   jar   eroziyasi   sel   hodisasi   bilan   birgalikda
majmua   holda   tabiat   majmualarining   o‘zgarishiga   sabab   bo‘lmoqda.   Bu   hodisa
ko‘pincha past tog‘ mintaqasida va tog‘oldining yuqori qismida ustuvor. Lyoss va
lyossimon   jinslarning   tarqalishi   eroziya,   surilma   va   sellarning   shiddat   bilan
harakatlanishiga   yaxshi   sharoit   yaratadi.   Tipik   bedlend   shaklini   vujudga
kelishinisbatan   tez   muddatlardatarkibtopadi.   Natijada   lyossli   qiya   yonbag‘ir
o‘rnida kupli parchalangan yangi tabiiy majmua vujudga keladi. 
30 Tog‘   va   tog‘oldi   majmualariniig   ekologik-iqtisodiy   barqaror   rivojlanish
muammolari . Tog‘   va   tog‘oldi   hududlari   yagona,   bir-biri   bilan   bogliq
tabiiybo‘lganligi   uchunmodda   va   energiya   almashuvi   va   ularning   bir   tomonlama
harakatini   hisobga   olinsa,   ma’lum   ma’noda   bir   butun   geotizim   deb   ham   atash
imkonini   beradi.   Tog‘oldimajmualari   tog‘   geotizimlari   ta’sirida   vujudga   keladi,
shakllanadi   va   rivojlanadi.   SHu  qonuniyatni   hisobga   olinsa   tog‘oldi   majmualarda
bo‘ladigan   barcha   strukturali-dinamik   o‘zgarishlar   tog‘larda   yuz   beradigan   tabiiy
va antropogen funksional hodisa hamda jarayonlar ta’sir miqyosiga bog‘liq. Konus
yoyilmalarida   sodir   bo‘ladigan   o‘zgarishlar:   dag‘al   jinslar   yoki   lyossimon
yotqiziqlarning   qalinligini   ortishi   yohud   kamayishi   tog‘   yonbag‘irlarida   sodir
bo‘ladigan   eroziya   va   sellarning   tezkorligiga   bog‘liq.   Farg‘ona   vodiysi   konus
yoyilmalari   etaklarining   tuprog‘ida   og‘ir   metallarning   me’yordan   bir   necha   ortiq
bo‘lishi   past   tog‘larning   yonbag‘irlarida   joylashgan   sanoat   korxonalari   (Qizlqiya,
Xaydarkon, Sulyukta va boshq.)ning ishlab chiqarish faoliyati bilan tushuntiriladi.
Tog‘oldining quyida joylashgan allyuvial-prolyuvial tekisliklari (Mirzacho‘l,
Jizzax,   Dalvarzin)da   qo‘riq   erlarni   o‘zlashtirish,   ularda   ekinlardan   muntazam
kafolatlangan   hosil   etishtirish   ko‘p   hollarda   ularning   yuqori   qismida   sug‘orma
dehkonchilik   faoliyatining   xarakteriga   bog‘liq.   Agarda   allyuvial-prolyuvial
tekislikning   yuqori   qismida   sug‘orishda   me’yoridan   ko‘p   miqdorda   suvdan
foydalanilsa gruntning nam o‘tkazish qobiliyati kattaligi tufayli uning quyi qismida
oqimning yotiq harakatini sustligi sababli tik ko‘tarilish ustun bo‘la boshlaydi va er
betiga   yaqinlashadi.   Oqibatda   namlikning   bug‘lanishi   hisobiga   tuproq
sho‘rlanishga   beriladi.   O‘tgan   asrning   80-yilarida   Tojikistonning   Zafarobod
tumanidagi erlar o‘zlashtirilib, sug‘orilganda Mirzacho‘ldagi 50 mingga qo‘rik va
qisman sug‘oriladigan er sho‘rlanish jarayonidan katta zarar ko‘rgan.
Tog‘   va   tog‘oldi   majmualarining   ekologik-iqtisodiy   barqaror   rivojlanishi
avvalo tabiiy sharoitning qulayligi, tabiatdan foydalanish jarayonining oqilonaligi,
ekologik   vaziyatning   qanoatlanarli   holatda   bo‘lishligi   va   bu   negizda   iqtisodiy
31 ko‘rsatkichlarning   yuqoriligi   kabi   omillarga   bog‘liq.   Eng   muhimi   tabiiy
resurslardan ilmiy asoslangan holda me’yorida foydalanish, texnogen chiqindilarni
atmosfera havosi va suv havzalariga eng kam(ruhsat etilgan) miqdorda chiqarishni
ta’minlash,   tuproq   va   o‘simlik   qoplamiga   og‘ir   metallar,   neft   mahsulotlari,
pestitsidlar,   radioaktiv   moddalar   bilan   ifloslanishini   oldi   olingan   hamda   aholi
salomatligi   yuqori   darajada   saqlangan   taqdirda   ekologik   barqarorlikka   erishish
mumkin.   Qulay   sog‘lom   ekologik   vaziyat   hududning   boy   iqtisodiy   salohiyatini
barqaror   rivojlanish   yo‘liga   solish   uchun   imkon   beradi.   Binobarin,   barqaror
rivojlanish murakkab dinamik tizim, u ko‘p jihatlarni qamrab oladi. Asos sifatida
tabiiy   sharoit,   resurslardan   foydalanish   holati,   ekologik   vaziyat   yo‘nalishi   (aholi
salomatligi   bilan   birgalikda)ni   qamrab   oladi.   Indikator   sifatida   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanshni ko‘rsatish joiz.
Odatda   sanoat   ishlab   chiqarishi   kuchli   rivojlangan   hududlarda   ekologik
vaziyat   keskin   yoki   tang   darajada   bo‘lishi   qayd   qilinadi.   Bu   xol   ishlab   chiqarish
xarakteri,   uni   zamonaviy,   dunyo   andozalariga   mos   keladigan   texnologiya   bilan
ta’minlanganligi, resurslardan foydalanish va atrof muhitni ifoslantirish darajalari,
korxonada   texnogen   chiqindilarning   tozalash   jihozlarini   samaradorligi   va   boshqa
ko‘pgina   omillar   ta’siri   bilan   bog‘liq.   Sanoat   korxonalari   tayyor   mahsulot   ishlab
chiqarib,   uning   egalariga   katta   daromad   keltirishi   barchaga   ayon.   Masalani
ikkinchi   tomoni   shundaki,   korxona   ishlab   chiqarish   jarayonida   atrof   muhitni
texnogen   chiqindilar   bilan   ifloslaydi,   aholini   turli   kasalliklarga   berilishini
kuchaytiradi,   mavjud   resurslarni   qashshoqlanishi   va   sifatini   buzilishiga   jiddiy
ahamiyat   berilmaydi.   Korxona   ma’muriyati   oldida   bu   go‘yoki   ikkinchi   darajali,
unchalik   amaliy   ahamiyati   yo‘q   masala   bo‘lib   ko‘rinadi.   Agarda   etkazilayotgan
zararlarni   pul   hisobida   hisob-kitob   qilib   chiqilsa,   jami   bir   yillik   zarar   shu
muddatdagi   korxonaning   barcha   daromadiga   yaqinlashib   qolsa   kerak.   Bu
muammoga alohida ahamiyat berilishi, chuqur o‘rganilishi va tegishli xulosa ishlab
chiqilishi   lozim.   Gap   ishlab   chiqarishning   atrof   muhit   holati,   resurslar   sifati,
ekologik   vaziyatning   murakkablashuvi,   aholi   salomatligiga   etkazayotgan   zarari
32 ustida   bormoqda.   Juda   muhim,   jiddiy   dolzarb   masala,   uni   ijobiy   hal   qilish   ayni
muddao.
Iqtisodiyotda   ham,   ishlab   chiqarishda   ham   tashkiliy   va   rivojlanishni
ta’minlovchi   takomilashmagan   qirralari   ko‘p.   «Tabiat-xo‘jalik-aholi»   tizimida
ichki   ziddiyatlar   va   takomillashmagan   jihatlarni   o‘rganish   yo‘li   bilan   ularni
bartaraf   qilish   asosida   optimal   taraqqiyot   yo‘lini   belgilash   hamda   ishlab
chiqarishni   barqaror   rivojlashirish   maqsadga   muvofiq.   Tog‘   va   tog‘oldi
majmualarida   ekologik-iqtisodiy   barqaror   rivojlanishning   muammolari   bisyor.
Avvalo   ekologik   rivojlanishni   barqarorlashtirshi   lozim,   so‘ngra   uning   negizida
iqtisodiy   rivojlanishni   barqarorlashtirish   maqsadga   muvofiq.   Agarda   tog‘   va
tog‘oldi  majmualarida  ekologik-iqtisodiy   barqaror   rivojlanishga   erishilsa,   u  holda
tekislikda shu jihatdagi taraqqiyot barqarorligida ustunlikka etishish oson kechadi 3
.
II bob.  O‘ZBEKISTONNING  TOG‘ VA TOG‘OLDI MINTAQALARINING
IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTDAGI O‘RNI VA ULAR
SALOHIYATIDAN  FOYDALANISH 
2.1. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy
 taraqqiyotdagi o‘rni
Kishilik   jamiyatining   rivojlanishida   tog‘li   hududlarning   o‘rni   beqiyosdir.
CHunki insoniyatning dastlabki xo‘jalik faoliyati tog‘li hududlardan boshlangan.
Inson jamiyat taraqqiyoti davomida tog‘lardan turli maqsadlarda foydalanib
kelgan. Jumladan, inson ilk ibtidoiy jamoa tuzumi davrida tog‘lardan nafaqat oziq-
ovqat,   kiyim-kechak   ehtiyojlarini   qondirishda   balki   tabiatning   turli   salbiy
ta’sirlaridan   va   turli   hildagi   yirtqich   hayvonlar   hujumidan   saqlanish   maqsadida
boshpana sifatida ham foydalanib kelgan.
Ayniqsa,   X1X   asrning   oxiri   va   XX   asrning   boshlarida   g‘arbiy   Ev ropa
mamlakatlarida ishlab  chiqarish  munosabatlarining  rivojlanishi   va  mustamlakachi
mamlakatlarning   dunyoning   turli   mintaqalarida   bosqinchilik   yurishlari   davrida
tog‘li hududlardan sanoat maqsadlarida foydalanish keskin kuchaygan.
3 3
Рафиқов   В.А.   Тоғ   ва   тоғ   олди   ҳудудларининг   экологик   –   иқтисодий   барқарор
ривожланиши:   муаммолар, ечимлар   ва таклифлар   //  ЎзГЖ   VII соезди   материаллари,   –Т.,
2006, 98-б.
33 XX   asrning   FTT   davriga   kelib   esa   tog‘li   hududlar   yoqilg‘i   va   mi neral
resurslar qazib chiqaruvchi asosiy manbalapra aylandi.
CHunonchi,   bu   davrda   yoqilg‘i,   qora   va   pangdor   metalluriya,   tog‘-kon,
sanoati tarmoqlari rivojlandi. Biroq, shu; bilan birga tog‘li hududlarda antropogen
ta’sirning kuchayishi tabiiy landshaftlarning o‘zgarishiga ham olib keldi.
Tog‘lar bu bebaho boylik, ular har kanday mamlakat yoki mintaqada ishlab
chiqarish   kuchlarini   joylashtirish   va   rivojlantirishga   turlicha   ta’sir   ko‘rsatadi.
Masalan, tog‘li hududlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda rudali va noruda konlarning
joylashganligi   bu   erda   yoqilg‘i,   qora   va   rangdor   metallurgiya,   kimyo   sanoati,
tropik   va  mo‘‘tadil   mintaqaning  cho‘l   va  chalacho‘llar   mintaqasida   esa   sug‘orma
dehqonchilikka   asoslangan   qishloq   xo‘jaligi   tarmoqlarini   rivojlantirish
imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
Bundan tashqari, murakkab tog‘ relefiga ega bo‘lgan mamlakatlarda er fondi
tarkibida shudgor qilinadigan erlarning cheklanganligi bu erda qishloq xo‘jaligi va
transport tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirishda turli qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi.
Hozirgi   kunda   jahon   mamlakatlarida   tog‘lardan   turli   darajada
foydalanilmoqda.  Jumladan, iqtisodiyoti  rivojlangan industrial-orti  mamlakatlarda
tog‘lardan   xo‘jalik   maqsadlarda   emas,   balki   ko‘prok   ku rort   va   dam   olish   uchun
keng foydalanilmoqda. Birgina G‘arbiy Evropaping SHveysariya, Avstriya, Italiya
kabi   mamlakatlarida   ko‘plab   turizm   va   kurort   markazlari   vujudga   kelgan.   Ushbu
mamlakatlar mineral xom  ashyoga bo‘lgan o‘z ehtiyojini  Dunyo okeanidan qazib
olinayotgan   va   rivojlanayotgan   mamlakatlardan   keltirayotgan   import   hisobiga
qondirmoqda.
Natijada,   mazkur   mamlakatlarda   mineral   xom   ashyoga   tayanuvchi   sanoat
korxonalari   (qora   va   rangdor   metallurgiya)   dengiz   bo‘yi   rayonlarida
joylashtirilmoqda.   YUqori   darajada   taraqqiy   etgan   mamlakatlarda   esa   tog‘
hududlaridan   foydalanish   tog‘-kon   sanoati   va   qishlok   xo‘jaligini   rivojlantirish
34 hisobiga   amalga   oshirilmoqda.   Sababi   -bu   mamlakatlarning   iqtisodiyoti   tog‘-kon
sanoatida   qazib   olinadigan   mineral   xom-ashyoga   va   qishloq   xo‘jaligida
etishtiriladigan   mahsulotlarni   chetga   eks port   qilishga   tayanadi.   Ushbu
mamlakatlarda tog‘  landshaftlariga kishi lar  xo‘jalik foliyati  ta’sirining kuchayishi
x osdir.
BMT  qarori  asosida   2002  yil   -  “Tog‘  yili”  deb  qabul   q il i ngan.  Bunga,   eng
avvalo,   tog‘   mintaqalarida   vujudga   kelgan   ekologik   vaziyat,   ijtimoiy-iqtisodiy,
harbiy-siyosiy va boshqa omillar sabab bo‘ l di. Tog‘ muammolari 1992 yilda Rio-
De-Janeyro   hamda   (2002   y.)   Yoxannesburg   (Janubiy   Afrika   Respublikasi)
shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar tashkiloti n i n g Umumjaho n   sammitida,
ya’ni   uchrashuvida   alohida   ko‘rib   chiqildi   va   tog‘   mintaqalarining   barqaror   ri -
vojlanishi g‘oyasi  q abul qilindi.
Bazi ma’lumotlarga qaraganda, tog‘lar Er yuzinipg 1/4 qi s m i ni egallaydi va
bu erda taxmi n an shuncha dun yo   aholisi yashaydi. Jumladan, 500-1000 m. dengiz
sathidan balandlikda jahon aholi si ning 11-12 foizi, 1000-1500 metr balandlikda 4-
5,   1500-2000   m   oralig‘ida   2   va   baland   t og‘   mintaqalariga   1   foizdan   ko‘prog‘i
to‘g‘ri keladi. Er sharida asosan tog‘li, ara l ash relef shakli g a ega hamda tekislikdan
iborat  mamlakat lar  bor. Tipik tog‘li davlatlarga Peru, CHili, Boliviya, Tojikiston,
Qirg‘izisto n ,   Arma n iston,   Butan,   Nepal,   Norvegiya,   SHveysariya,   Efio piya ,
Keniya va bosh qalarni  kiritish mumki n .
O‘zbekistonda   tog‘lar   mamlakat   hududi ning   taxminan   20   foizi n i   egalla y di.
Hozirgi ku n da respublikamizda 23 “tog‘li” qishloq tumanla ri uchun  maxsus davlat
dasturi   ishlab   chiqilmoqda.   B u   tumanlar   ko‘proq   Qashq a dar yo ,   Surxo n daryo,
Jizzax   v a   N amangan   viloyatlariga   t egi shli   bo‘lib,   ularning   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojla n ishida qator muammolar vujudga kelgan.
Ma’lumki,   tog‘   tushunchasi,   odatda,   relef   shakli,   orografik   ele ment
ma’nosini   bildiradi.   Bi n obarin,   u   asosan   tabiiy   geografiyani n g   ob’ekt i   sifatida
ko‘riladi.   Vaholanki,   tog‘lar   ka t t a   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   siyosiy   ahami ya tga   e g a.
35 SHuning   uchun   ular   iqtisodiy,   ijtimoi y   va   siyosiy   geografiyani n g   ham   muhim
ta d qiqot ob’ekt i  bo‘lmo g‘ i lozim.
Tabiiy geografiyada tog‘larning  iq lim hosil qiluvchi va bosh q a xususiyat l ari
yaxshi   o‘rganilgan.   Ayni   va q tda   ular   yirik   mineral   boyliklarga,   rekreatsiya   va
turistik imkoniyatlarga ega. Biroq, bu salohiyatdan  foydalanish ko‘pro q   tog‘liklar
manfaati   uchun   emas   balki   tekislikda   yashovchilarga   xizmat   q il i shi.   Umuman
olganda esa tog‘ va t e kislik o‘rtasida o‘ziga xos aloqadorlik , “ g eo g rafik konveer”
mavjud.
A ytish   mumkinki,   tog‘   borki,   tekislik   bor   va   aksincha,   tekislik   borki   tog‘
bor.   Ushbu   “geojuftliklar”   (Alibekov   L .A.),   nisbiy   tushunchalarning   mavjudligi
dunyoning,   insoniyat   hayotining   butligi,   qolaversa,   geo grafiya   fanining   borligini
ta’minlaydi.   CHunki,   agar   er   yuzi   faqag   bir   relef   shaklidan   iborat   bo‘lganda   edi,
tabiiy geografik, va iqtisodiy geografik ( h ududiy mehnat taqsimo t i) jarayonlar  h am
bo‘lmasdi,   tabiiy   va   iqtisodiy   rayonlar   shakllanmasdi,   ularsiz   esa   geografiyaga
ham o‘rin yo‘q.
O‘tgan   a s rning   20-30   yillarida   rus   geosiyosatchilari   “boquvchi   landshaft”
g‘ oyasini   oldinga   surgan   edilar.   Darhaqiqat,   hozirgi   ochiq,   erkin   iqtisodiyotda
biror-bir landshaft turi yoki ma’muriy-hududiy tizim boshqalardan ajralgan, natural
xo‘jalik   ko‘rinishida   rivojlana   olmaydi.   SHu   bois   ham   tog‘   resurslari   tekislikda
qayta ishlanadi  va bu mahsulotlardan tog‘liklar ham  foydalanadi. Ammo, bunday
aylanma   harakat,   hamkorlik   adolatli   va   ekologik   jihatdan   o‘zaro   manfaa t li
bo‘lmo g‘i  lozim.
Geografik   jihatdan   qaraganda   tog‘lar   n afaqat   maydonining   nisbatan
kichikligi bilan, balki landshaft va xo‘jalik tarmo q larining bir tomo n lamaligi yoki
cheklanganligi   bo‘yicha   ham   farq   qiladi.   Tog‘larda   asosan   tog‘-kon   sanoati,
rekreatsiya   va   turizm,   yaylov   chorvachilish,   t e rassa   shaklida   qisman   lalmikor
dehqonchilik,   bo g‘ dorchilik   rivojlanadi.   Tekisliklar   esa   cho‘l,   o‘zlashtirilgan
36 vohalar, o‘rmonzorlar  va  botqoq l iklardan  iborat. Tekislikda  transport   tizimi, ko‘p
tarmo q li qay t a ishlash sanoati va dehqonchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilga n .
Tog‘   mintaqalarining   ijtimoiy   (sotsial)   geografiyasi   yanada   o‘zgacha.
T o g‘ liklarga xos tanglik, haraka t chanlik, mo‘ljalli va tejamkor bo‘lish, xushyorlik
va   tadbirkorlik   mazkur   hudu dd a   yashovchilarning   ha yo t   tarzi,   turmush   sharoi t i,
urf-oda t i, xulq-atvorini belgilab beradi. SHunga o‘xshash mintaqaviy xususiyatlar,
bu   joylarning   betakror   sotsial   makoni n i   (muhitini)   yuzaga   keltiradi.   Tog‘liklar,
odatda,   jismonan   sog‘lom,   ixcham,   chidamli,   chaqqon,   tirishqoq,   har   qanday
vaziya t dan   ham   chiqa   oladigan   bo‘ladi.   Ayni   vaqtda,   tog‘lar   bu   erda
yashovchilarni   “yashiradi”,   yaxshi-yomondan   saqlaydi,   qo‘ri q laydi.   SHuning
uchun bo‘lsa  kerak, olis tog‘ qishloq l arida ilgarigi  tillar, shevalar, azaliy udumlar
sa q lanib   qolgan.   Masalan,   Zarafsho n   daryosining   yuqori   qismida,   hozirgi   zamon
siv ili zatsiyasi-madaniyatidan   uzoqroq   joylashgai   qishloq d a   qadimgi   su g‘ d   tili
sa q lanib qolgan  ekan,  Surxondaryoning Boysuni,   Qurama  tog‘larida  yashovchilar
esa o‘zlarining qadimgi qo‘shiq va raqslari, folklor ansamblari bilan mashhur.
Tog‘   mintaqalarida   arzon   ishchi   kuchi   ko‘p,   ammo   dehqonchilik   uchun
yaro ql i er oz; infrastruktura tizimining yaxshi rivojlanmaganliga, ishlab chiqarishni
hududiy   tashkil   etish   imk o niyatlarini ng   cheklanganli gi   (bu   erlarda   qishloq   va
kichik shaharlar tor daryo vodiylari bo‘ylab tasmasimon cho‘zilib yotadi, yoki tog‘
yon-ba g‘ rlariga   “yopishib”   turadi,   iqtisodiyot   tarmoq l ari   ham   yoppasiga   emas,
orolsimon   joylashga n ),   o‘ziga   xos   ijtimoiy   va   iqtisodiy   geografik   vaziyatni
vujudga   keltiradi.   Tog‘m i n t aqalari   etnik   jihatdan   ham   far qq iladi.   SH y   bo is ,
Do g‘ is tonser   millat,   Tog‘li   Badax sho n   (Pomir)   s e r e latdir.   A yni   vaqtda
tog‘liklarning   jango v orlik   xususiyatlari n i   ham   inkor   etmaslik   ke rak.   Marhum
domlamiz-profsssor   Hamidulla   Xasanov   p ushtunlarni   jahonda   tengi   yo‘q
merganlar   deb   o‘qitga n   edilar.   CHindan   ham,   tog‘   xalqi   yo shligidanoq   didli,   tik
tog‘   qoyalari,   tor   yo‘llarida   yurishga   odatla n ishadi.   Tog‘liklar   hamma   va q t
shoshilib, tez yurishga o‘rganishgan.
37 O‘zimizning   sharq   urf-odati   bo‘yicha   tog‘lar   mukaddas,   ularga   diniy
mazmun ham beriladi. Qir g‘ izistondagi Sulaymon tog‘i, Arslonbob, Tojikisto n dagi
Qizilmozor-bobo,   o‘zimizdagi   Oqsoq-o t a,   Sulton   Uvays   kabilar   qadamjoy,
mahalliy   xalqlar n ing   ziyoratgoxlari,   sajdagohlari   hisoblanadi.   Tog   suvi   zilol,
havosi   toza,   osmoni   musaffo,   shundoqqina   te    p   pangizdagi   yorqin      yuld uzlari
charaq    l   ab turadi.    ______________________________ __
Ammo,   ko‘pgina   jaho n   mamlakaglarida   ayna n   tog‘liklarning   yashash
darajasi   p ast;   bu   e rda   yuzaga   kelgan   ijtimoiy   tanglik,   nochorlik   kishilarni
nihoyatda   tejamkor   bo‘lishga   undaydi,   ularni   ha v o   ba’zan   jamiyat   uchun   xavfli
yo‘llarga chorlaydi (gi yo hvandlik ham asosan tog‘ minta qal aridan k e lib chiqqan);
oila   a’zolarining   ko‘payishi   bilan   ularni   boqish   orasida gi   mu t anosiblik   buziladi,
dehqonchilik uchun yaroqli er la rning tanqisligi aholining mu t loq ko‘ pligini  yuza g a
keltiradi.   Na ti j a d aishsizlik ,   g e okriminogen   vaziyatning   buzilish i   ke l ib   chiqadi,
yo shlarni ng   i sh   qidirib   “pas tg a”,   tekislikka   tushishi   esa   tog‘   mintaqalar ining
demograf i k vaziyatini ham o‘zgar t iradi.
Ayrim davlatlarning chegaralari tog‘ tizmalari orqali o‘tgan. Tur li xil siyosiy
vaziyatlarda ular mamlakatning “ s uyangan tog‘ i ”, umurtqa   p o g‘ onasi, mustahkam
qalqoni,   himoyachisi   bo‘lib   xizma t   qiladi.   SHu   bila n   birga   hozirgi   da v rdagi
aksariyag   mojarolar,   millatlararo   kelishmovchiliklar   aynan   tog‘li   hudud l arda
kuzatilmoqda   (Bolqon   yarim   oroli,   Afg‘oniston,   T og‘li   Qorabog‘,   CHech e ni s ton,
Dog‘iston,   Janubiy   Am e r i kaning   ayrim   mamlakatlari   va   h.k.)   Bunday   joylar
xalqaro terrorizmning ham   o‘chog‘iga  aylangan  va bu  o‘cho q lar   olovi  so‘ndirilsa
ham   yana   ancha   vaqt   tutab   turadi.   YAxshi   geosiyosiy   vaziyatda     e sa   avvallari
mamlakat   va   mintaqalarni   ajra t ib,   to‘siq   bo‘lib   turgan   tog‘lar   endigi   sharoi t da
ularni   bog‘lovchi   vazifasini   bajarmo q da.   Bu   borada   ayniqsa   “xalqaro"   yoki
mamlakatlararo   tog‘   tizmalari   muhim   ahamiyatga   ega.   Zero,   bu   joylarda   yirik,
sho‘x va s e r s uv daryolar shakllanadi, ulardan birgaliq d a foydala nish   esa davlatlar
o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya jarasni n i rivojlantirishga imkon beradi.
38 YAqi n   o‘tmishda   o‘zimizning   tog‘   hududlarimizda   –   Toshkent   viloyati   v a
j anubi y   mintaqalardagi   noxush   voqealar   tog‘larni   harbiy   geografik   jihatdan
o‘rganish n ing   zarurligini   ko‘rsatib   berdi.   CHindan   ham   harbiylarimizni ng   tog‘
sharoitida o‘z vazifalar i ni ado etishlarida bun day bilimlar juda as qotadi.
Demak,   to g‘lar   ularning   mamlakat   hududida   qa n day   joylashuvi   (o‘r tad a,
che t da,   kengl i k   yo ki   meredia n   yo‘nalishda ),   baland-pastligi,   qari   yoki   yoshligi
ka    t   ta   iqtis    o diy    -   ij timoiy,   siyosiy   va   geografi k   mazmun   kasb   etadi.   Tog‘larning
harbiy-strategik  ahamiyati  ham   sir  emas,   ular   o‘zlariniig  geologik xususiyatlariga
ko‘ra   turli   xil   ma’dan   va   mineral   suvlarga   boy.   SHuningdek,   mamlakatning
orografik hola t i uning yagona geosiyosiy tizim shaklida rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Jumladan,   Tojikiston   va   Qirg‘iziston   respublikalari   hududiy-siyosiy   tuzilishining
o‘ziga xosligi ularning janubiy va shimoliy qismlarini baland tog‘ tizmalari orqali
ajralib turishi, bu mintaqalarning iqtisodiy va transport geografik o‘rni, tarixiy va
ijtimoiy   rivojlanishi   jihatdan   ma’ l um   darajada   farq   qilishi   bilan   tavsiflanadi.
Samarqand n i Amir Temur davlatini n g   p oytaxti qilib olinishida ham qisman uning
tog‘ etagida joylashganligi, harbiy va geostrategik mavqei sabab bo‘lga n .
YUqorida   ta’kidlaganimizdek,   tog‘   va   tekislik   bir   juft,   o‘zaro   aloqada;
ularning   har   ikkisini   ham   ijobiy   va   salbiy   tomonlari   mavjud.   Ammo,   er   yuzida
yomon   joy   yo‘q,   nodon   geograf   bor.   Binobarin,   tog‘   ham   yaxshi,   tekislik   ham,
ularning   har   ikkisi   o‘zgacha   yaxshi.   G eo g raflar   bu   relef   shakllariga   bir   xil,   ya’ni
teng,   ularni   kamsitmasdan   qarashadi,   ayni   vaqtda   ularning   har   xilli g i,   turli-
tumanligi bu fan ning  mohiyat, mazmu n  va maqsadi n i aks e tt iradi.
Ammo   negadir   tog‘larga   alohida   urg‘u   beriladi.   Masalan,   tog‘   asali,   tog‘
s p orti, tog‘ turizmi, tog‘ qimizi, tog‘ kasalligi, tog‘ shamoli, to g‘  sa noati, tog‘ yili,
tog‘ echkisi, tog‘ yal p izi, tog‘ dasturi va hokazolar bor-u, biro q  ularning tekislikka
oid   aytilishi   yo‘q.   Asli ni   olganda,   tog‘   tu shunchasi   nisbiy;   ehtimol   t epalliklar
uchun tog‘ bu Everest (Jamolungma) cho‘qqisidir,  SH imoliy Evropa, Bel o rus   xalqi
39 uchun   esa   oddiy   t e palik   ham   tog‘dir   (YAponiyalik   shahar   deganda   T okioni
tushunar  ekan) 4
.
Tog‘   va   tekislik   doimo   hamkorlikda,   tog‘   oralari   soylaridan   t ekislik
foydalanadi, soylarning quyi qismida voha va vohachalar, ularning sig‘imiga mos
shahar   va   xo‘jalik   tiplari   vujudga   keladi.   Bunga   Farg‘o n a   vodiysi   yaqqol   misol
bo‘la oladi.
Tog‘lar   yirik   gidroenergetika   ma n baiga   ega,   ularda   qator   suv   elektr
stansiyalari   qurilgan.   Jumladan,   dun yo dagi   eng   yirik   I t aypu   GESi   ( q uvvati   12
mln.kvt)   Braziliya   va   Paragvay   chegarasida   barpo   etilgan.   Vsnesuelladagi   Guri
GES 10 mln, AQSH  n ing Gran Kuli GESi 9,7, Rossiyanin g  Sayan-SHush e n GESi
6,3   mln   kvt.   quvvatga   ega.   Ular ning   barchasi   tog‘   hududlarida   barpo   etilgan.
Tog‘larning,   ajoyib   manzarasi,   tog‘   ko‘llari,   qor   va   muzliklari,   sharsharalari,
g‘orlari,   cho‘qqilari,   dorivor   o‘simliklari   va   boshqalar   kishi   e’ t iborini   o‘zi g a jalb
qiladi.
Tog‘ landshafti yilning 4 faslida o‘zgacha go‘zal. Uning jozibali va dilkash
ko‘rinishi ayniqsa bahor va yoz oylarida kishiga orom, yaxshi kayfiyat, ko‘tarinki
ruh   bag‘ishlaydi,   ilmiy   ijod   sohiblari   uchun   esa   yangicha   zavqu-shavq,   ilhom
beradi,   fikrni   uyg‘otadi   va   charxlaydi   (binobarin,   “tog‘larga   boq   tog‘larga”   dib
bejiz   qo‘shiqda   aytilmaydi),   Dog‘iston   tog‘lari   Rasul   Gamzatovni,
Qirg‘izistonning tog‘li hududi CHingiz Aytmatovning dunyoga  mashhur etdi.
Tog‘,   tog‘   landshaft,   uning   tik   (vertikal)   mintaqalarini   qiyosiy   geografik
o‘rganish buyuk nemis olimi L.Gumboldni tabiiy gsofafiyaning asoschisi, Tangri-
tog‘   esa   P.P.Semenovni   “Semenov-Tyanshanskiy”   qildi.   Qizig‘i   shundaki,   dunyo
avval   eniga,   so‘ngra   bo‘yiga-   balandlik   va   chuqurlik   tomon   o‘rganila   boshlandi,
balandlik,   ya’ni   tog‘lardan   keyin   kishilar   koinot   sirlari   bilan   qiziqishdi.   Bunday
tadqiqotlar   xususan   Buyuk   geofafik   kashfiyotlardan   keyin,   dunyoning   barcha
qismlari ochilgandan so‘ng avj oldi.
4 4
Солиев А. Тоғ минтақаларининг иқтисодий ва ижтимоий географияси // Тоғ ва тоғ олди 
ҳудудларидан фойдаланишнинг географик асослари. –Т.: ЎзМУ, 2001, 86-б.
40 Tog‘liklar   tekisliklarni   o‘zlashtirishda   faol   qatnashishdi,   ammo   bu   erda
vujudga   kelgan   ekologik   muammolarga   ham   «sherik»   bo‘lishdi.   Hozirgi   kunda
endi ular cho‘llarning “sho‘rini quritishmoqda”. Sobiq sho‘rolar davrida tog‘larda
kichik  qishloqlar   “istiqbolsiz”   hisoblanib,   ularning  aholisi   majburan   tekisliklarga,
urbanizatsiyalashgan hududlarga ko‘chirildi. Ammo ko‘p o‘tmasdan ular yana tog‘
hayotini qumsab kindik qonlari to‘kilgan joylariga qaytishdi.
Bir vaqtlar tog‘lar sivilizatsiya markazi bo‘lgan-bunga Markaziy va Janubiy
Amerikadagi qadimgi mayya, ink, atsteka madaniyati, Tibet tibbiyoti va boshqalar
dalil   bo‘lishi   mumkin.   Qishlok,   xo‘jalik   ekinlarining   dastlabki   o‘choqlari   ham
aynan   tropik   va   subtropik   o‘lkalaridagi   tog‘   hududlari   bo‘lgan   (Peru,   Meksika,
Habashiston   va   b.)   Bizningcha,   olamshumul   (global)   miqyosda   taraqqiyot,
sivilizatsiya deb atalmish madaniyat yana g‘arbdan sharqqa, shahardan qishloqqa,
tekislikdan   toqqa   ko‘chmoqda.   Hozirgi   avlod   ana   shunday   o‘zgarishlar
boshlanishida yashamoqda.
Ta’kidlash joizki, tog‘larning vertikal (tik) mintaqalari faqat tabiiy geografik
mazmungagina ega emas; turli xil balandliklarda xo‘jalik turlari va ixtisoslashuvn,
kishilarning hayot sh aroit  na yashash tarzi ham har xil.
Keyingi   yillarda   sodir   bo‘layotgan   Er   yuzi   iqlimidagi   o‘zgarishlar,   suv
toshqinlari   kabi   tabiiy   ofatlar   tog‘lar   nufuzini   yanada   oshiradi.   Biroq,   tog‘lar,
tog‘liklar o‘zlarining muammolarini o‘zlari xal etishga qodir emas, ular bu borada
yordamga   muhtoj   va   “muammoli   hudud”   hisoblanadi.   Binobarin,   tog‘larning
ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishi,   ekologik   holatining   yaxshilanishi   davlatlarning
alohida, maxsus mingaqaviy siyosatida ko‘rilishi maqsadga muvofiqdir.
2.2.  Tog‘ va tog‘oldi mintaqalaridagi iqtisodiy salohiyat va 
hududlarda infratuzilma tizimini rivojlantirish
Tog‘ va tog‘oldi mintaqasi sanoat ishlab chpqarish tarixida eng avvalo tog‘-
kon   sanoatining   beshigi   sifatida   tanilgani   ma’lum.   Metal   (bronza)   ishlab
chiqarilishiga   asos   solingan   davrlar   (miloddan   oldingi   1   minginchi   yillik)dan
41 boshlab   mamlakatimizning   tog‘   va   tog‘oldihududlari   (masalan,   CHatqol-Qurama,
Hisor kabi tog‘larda dastlabki konlarni o‘zlashtirish asosida primitiv holdagi kichik
metal   erituvchi   o‘choq   izlari   ko‘plab   aniqlangan.   O‘z   o‘rnida   ular,   tabiiyki,
keyinchalik   bu   hududlarda   turli   boshqa   sanoat   tarmoqlariniig   shakllanishi   va
rivojlanishiga   asos   bo‘lgan.   Aholi   joylashishi   va   moddiy   ishlab   chiqarish   uchun
ancha boy tabiiy imkoniyatlarga ega bo‘lganligi tufayli  mazkur mintaqada tarixiy
davrlardan boshlab Ohangaron, Parkent, Quva, Urgut, Nurota, SHahrisabz, Boysun
kabi   muhim   ishlab   chiqarish   markazlari   shakllangan.   Qolaversa,   qadimiy
Samarkand,   Toshkent,   CHust,   G‘uzor,   SHerobod   kabi   katta   va   kichik   shaharlar
ham tog‘ oldiga tutash bo‘lgan hududlarda yuzaga kelgan va rivojlangan.
Tog‘ va tog‘oldi mintaqasining O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishidagi
hozirgi o‘rni yanada yuqoriroqdir. Qazib chiqarilayotgan ko‘mirning barchasi, turli
metal rudalari, kimyoviy minerallar va qurilish materiallarining katta qismi ana shu
mintaqa   hissasiga   to‘g‘ri   kelmoqda.   Binobarin,   u   respublika   tok-kon   sanoatining
asosiy  maskanidir.  Respublika   hududining  1/4 qismini  egallagan  mazkur  min taqa
O‘zbekiston tog‘-kon sanoati mahsulotlarining 4/5 qismini etkazib bermoqda. Agar
iste’molga   tayyor   bo‘lgan   mahsulotlar   ishlab   chiqaradigan   boshqa   sanoat
tarmoqlari   ulushi  ham  hisoblanadigan  bo‘lsa,  mintaqaning  sanoat  rivojlanishidagi
hissasining yana yuqori ekanligini tushunib etish qiyin emas.
O‘zbekiston   tog‘   va   tog‘oldi   hududlari   orasida   Surxondaryo   viloyatining
o‘rni   alohidadir.   Mutloq   balandligi   600   m   dan   yuqori   bo‘lgan   hududlar   viloyat
umumiy   maydonining   64   foizini   egallaydi.   Bu   ko‘rsatkich   bo‘yicha   respublikada
bironta   viloyat   Surxondaryoga   tenglasha   olmaydi.   Viloyat   respublika   hududining
atigi 4,6 foizini egallagani holida jami tog‘ va tog‘oldi maydonlarining 13,9 foizini
tashkil qilishi ham ana shu hulosani tasdiqlaydi. Bu Surxondaryo viloyatining tog‘
va tog‘oldi hududlarining sanoat salohiyati ancha kattaligidan darak beradi.
Darhaqiqat, viloyatning asosiy mineral boyliklarining muhim konlari asosan
aynan   tog‘   va   tog‘oldi   mintaqasi   zaminidan   topilgan.   Ishga   tushirilgan   konlar
42 qoshida ko‘plab zamonaviy shahar va shaharchalar faoliyat ko‘rsatmoqda. SHular
orasida   SHarg‘un-   respublikamizning   muhim   ikkinchi   ko‘mirchilar   shahridir.
Dengiz yuzasidan 1250 m balandda joylashgan va qadimiy ishlab chiqarish hamda
madaniyat   markazi   sifatida   tanilgan   Boysun   esa   respublikamizdagi   uchinchi
ko‘mirchilar shahri maqomiga ham ega bo‘lib bormoqda. Salkam 1000 m mutloq
balandlikda Tupalon GESi (quvvati 175 ming kvt.) qurilishi jadal olib borilmoqda.
Qo‘hitang   tog‘lari   etaklarida   mustaqillik   yillarida   Xo‘jaikon   tuzni   qayta
ishlaydigan   zamonaviy   korxona   ishga   tushirildi.   Hozirgi   vaqtda   mamlakatning
iste’mol   tuziga   bo‘lgan   ehtiyojining   asosiy   qismi   ana   shu   korxona   hisobiga
qondirilmoqda.   Bular   viloyatning   tog‘   va   tog‘oldi   hududlarida   hozirgacha   barpo
qilingan tog‘-kon sanoatining ayrim markazlaridir.
Alohida   ta’kidlash   lozimki,   Surxondaryo   viloyatining   tog‘   va   tog‘oldi
hududlari   o‘rtacha   balandligi   boshqa   viloyatlarning   ana   shu   ko‘rsatkichlariga
nisbatan   ancha   yuqoriligi   bilan   ham   ajralib   turadi.   Viloyat   tog‘lari   umumiy
maydonining taxminan 1/3 qismini baland tog‘lar (mutloq balandligi 2500 m dan
yuqori) egallaydi. SHu sababli, birinchidan hududning mineral resurslarini chuqur
o‘rganishga   erishilmagan,   ikkinchidan,  relefning  murakkabligi   sababli   aniqlangan
konlarning   ko‘pchiligini   hali   o‘zlashtirish   boshlangan   emas.   Jumladan,   kat ta
mablag‘lar   sarflash   talab   qilingani   uchun   ancha   yirik   Xondiza   polimetal   konini
Buyuk Britaniya kapitali bilan hamkorlikda ishga solishga hozirlik ko‘rilmoqda.
Tog‘ va tog‘oldi hududlarida umumiy pastdan - tog‘oldi adirlaridan yuqori -
tog‘ mintaqasiga ko‘tarilgan sari sanoatning boshqa tarmoqlari   rivojlanishida ham
tobora pasayish  kuzatiladi. 
2.3. Mintaqalarning rekreatsion imkoniyatlari, 
ulardan foydalanish va istiqbol
«Rekreatsiya»   so‘zi-sog‘liqni   tiklash,   dam   olish   ma’nolarini   bildiradi.
Rekreatsiya   resurslari   sayohat,   turizm   hamda   davolanish   ma q sadida   foydalanish
43 mumkin bo‘lgan tabiat   ob ’ektlari    d   i   r.   Ularga asosan  tog‘  yonbag‘irlari, o‘rmonlar,
o‘tloqlar, daryo, ko‘l, dengiz sohillari, mineral bu loq kabilar kiradi.
O‘zbekiston   hududining   janubiy   va   sharqiy   qismlarini   tog‘lar   tashkil   etadi.
Bu esa o‘z o‘rnida tog‘ yonbag‘irlarida tabiiy rekreatsiya resurslarining ko‘pligidan
dalolat   beradi.   SHu   sababli   ham   respublikamizning   tog‘li   mintaqalarida   ko‘plab
davolash-sog‘lomlashtirish   muassasalari   joylashtirilgan.   Ayniqsa
mamlakatimizning   sharqiy   qismida   joylashgan,   atrofi   tog‘lar   bilan   o‘ralgan
Zarafshon vodiysida ko‘plab dam olish maskanlari, sihatgoxlari bunyod etilgan.
Respublikamizning   markazida   Zarfashon   vodiysi   joylashgan   bo‘lib,   uning
shimol-sharqi,   sharqi   va   janubi   tog‘lar   bilan   o‘ralgan   (Turkiston,   Zarafshon,
Qoratog‘,   Oqtog‘,   Ziyoviddin   Zirabuloq   tog‘lari).   Vodiy   ma’muriy   jihatdan
Samarkand,  Buxoro  va Navoiy  viloyatlarini   o‘z  ichiga  oladi.   Mintaqada  madaniy
va tarixiy rekreatsiya resurslari ko‘plab saq l anib qolingan. SHu bois O‘zbekistonga
keladigan   chet   ellik   sayoxlarning   40   foizdan   ko‘prog‘i   bevosita   shu   min t aqaga
to‘g‘ri keladi.
Ayni   vaqtda   bu   er   tabiiy   rekreatsiya   resurslariga   ham   boy.   Jumlada n ,
mintaqada ko‘plab mineral buloq l ar topilga n  va ular asosida sa natoriy hamda dam
olish   uylari   tashkil   etilgan   (Sitorai   Moxi   Xosa,   Og‘aliq,   Ibn   Sino,   Samarkand   va
boshqalar).
Respublikamizni n g Jizzax, Qash q adaryo, Surxondaryo viloyatlari ham tog‘li
hududlarga ega bo‘lib, bu erlarda rekreatsiya resurslari ko‘p.
Jumladan,   Jizzax   viloyatining   janubiy   qismida-   Turkiston   tizma   tog‘lari
yonbag‘irlarida   qator   dam   olish   va   davolanish   maskanlari   joy lashgan   (Xavotog‘,
O‘ rikli, Zomin, Baxmal va b . ) .  SHuningdek, viloyat hududida Zomin tog‘-o‘rmon,
Navoiy viloyatida Nurota tog‘-yong‘oqzor qo‘riqxonalari tashkil etilgan.
Qashqadaryo   viloyatining   shimoli-sharq   va   sharq   tomonlari   tog‘lar   bilan
to‘silgan. Uning bu hududida ko‘plab manzarali joylar mavjud bo‘lib, oromgoh va
sihatgohlar   qurish   uchun   imkoniyatlar   etarli.   Biroq,   viloyat   aholisi   tez   sur’atlar
44 bilan   o‘sayotgan   bo‘lishiga   qaramasdan   bu   erda   respublikamiz   boshqa
minta q alariga nisbatan dam olish va davola nish maskanlari ozroq.
Surxondaryo   viloyati   mamlakatimizni n g   eng   chekka   janubida   Ko‘hi t ang,
Boysun,   Bobotog‘,   Hisor   tog‘lari   oralig‘ida   joylashgan.   Uning   hududiga   s ovuq
havo massalari kira olmasligi qulay i q lim sharo i ti n i hosil e t gan. Mintaqada ko‘plab
shifobaxsh   mineral   suvlar   borligi   ani q langan.   Ayniqsa ,   Jayronxona   mineral   suvi
katta   ahamiyatga   ega.   Bu n dan   tashqari,   Uchqizil   suv   ombori   dam   olish   uchun
qulay   imkoniyatlar   beradi.   Tog‘   yonbag‘irlarida   ko‘plab   dam   olish   maskanlari
bunyod etilgan.
Respublika   tog‘li   hududlarida  mus t aqillik  yillari   sayo h larning   maro q li   dam
olishlari uchun bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bu erlarga  t ashrif buyurgan dam
oluvchilarga   da vlat   hamda   xususiy   dam   olish   uylari   v a   pansion a t lar   xizma t
ko‘rsatmoq d a.
O‘zbekiston   aholisining   dam   olish,   davolanish,   turizm   maskanlarining
xizmatiga   bo‘lgan   talabini   qondirishda   Toshkent   viloyatining   rekreatsion
imkoniyatlari   muhim   o‘rin   tutadi.   Viloyat   hududining   xo‘jalik   nuqtai-nazaridan
yuqori darajada rivojlanganligi va bu erda injener-qurilish sharoitining har xilligiga
qaramasdan   uning   noyob   tabiiy-rekreatsion   resurslari   va   faqat   viloyat,   balki
qo‘shni hududlar aholisini unga bo‘lgan talabini ham qondirishi mumkin.
Maydoni 15,6 ming km 2
, aholisi 4,5 milliondan biroz ortiq bo‘lgan Toshkent
viloyati geografik o‘rnini ko‘layligi, uning boshqa viloyatlarga nisbatan iqtisodiy,
ijtimoiy   tomondan   tez   rivojlanishi,   uning   viloyatlar   orasida   alohida   mavkega   ega
bo‘lib qolishida muhim omildir. Viloyatdagi daryolarning keng qayirlari o‘ziga xos
madaniy  landshaftlari   va  to‘qaylari   bilan;   mevazor   va   yong‘oq   va   archazorlardan
iborat   o‘rtacha   balandlikdagi   tog‘lari   va   yaylovlar   bilan   band   baland   tog‘lari
birgalikda o‘ziga xos rekreatsiya mintaqalarini tashkil etadi. Bunda tog‘lar orasida
CHirchiq   vodiysida   qurilgan   CHorvoq   va   Xodjikent   suv   omborlari,   Ohangaron
45 vodiysida bunyod etilgan Angren va Toshkent suv omborlarining, kanallarning va
viloyatda juda ham ko‘plab topilgan er osti mineral suvlarining mavqei alohidadir.
Iqlimiy   jihatdan   rekreatsiya   uchun   eng   qulay   sharoit   viloyatda   o‘rtacha
balandlikdagi   tog‘larining   o‘rmon-o‘tloq-dasht   mintaqasiga   (800-900   metrdan
2500-3000   metr   absolyut   balandlikdagi   hududlarga)   to‘g‘ri   kelsa,   gidrogeologik
jihatdan esa cho‘l (0-300 m) va tog‘ oldi cho‘l-dasht va quruq dasht (300-1200 m)
mintaqalariga to‘g‘ri keladi.
Viloyat   tabiiy-rekreatsion   resurslaridan   rekreatsiya   nuqtai-nazaridan
quyidagi 4 ta yo‘nalishda foydalanish mumkin. Bular aholini sog‘lomlashtirishda,
sportda, tabiatni o‘rganishda va aholini davolashda muhim hisoblanadi.
Toshkent   viloyati   tabiiy   -rekreatsiya   resurslarini   tahlili   asosida   uning
CHirchiqhavzasi qismida CHirchiq-Pargos. Xumson-Oqtosh, CHimyon-Beldersoy,
Burchmulla-Nanay,   Oqsoqota-Parkent   kabi   rekreatsiya   mintaqalarini   ajratish
mumkin. Ular ichida rekreatsiya nuqtai-nazaridan eng qulayi CHirchiq vodiysining
o‘rta   va   yuqori   qismida   ajratilgan   Xumson-Oqtosh,   CHimyon-Beldirsoy   va
Burchmulla-Nanaymintaqalaridir. Quyida ular haqida qisqacha ma’lumot berishga
harakat qilib ko‘ramiz.
Xumson-Oqtosh   mintaqasi.   Bunda   rekreatsiya   uchun   eng   ahamiyatlisi
Xumson   qishlog‘idir.   U   Ugom   tizmasi   g‘arbiy   chekkasining   janubiy-sharqiy
yonbag‘rilarida,   Korjontog‘ning   janubiy   yonbag‘rida,   Ugom   daryosi   bo‘yida
joylashgan   bo‘lib,   maydoni   15 ming   gektar,   aholisi   3, 3 ming   kishini   tashkil   etadi.
Aholisi   asosan   o‘zbeklardan   tashkil   topgan   bu   qishloq   800-1000   m   absolyut
balandliklapda joylashgan. Xumson-Oqtosh mintaqasining o‘ziga xos takrorlanmas
landshaftlari,   iqlimi,   etnik   xususiyatlari   mintaqada   atrof-   muhitni   ifloslantiruvchi
sanoat   va   qishloq   xo‘jaligi   korxonalarining   yo‘qligi   va   respublikamiz poytaxti
Toshkent   shahriga   yaqin   joylashganligi   (60-90   km)   uning   hududini   rekreatsion
mintaqasi   deb   tan   olishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Xumson-O q tosh
mintaqa sida   may-sentyabr   oylari   oralig‘i   turistik   mavsum   hisoblanadi.   Bu   davrda
46 Xumsonda   10   000,   butun   mintaqa   h uddida   esa   120   000   gacha   aholi   dam   olishi,
sayr-   sayyohat,   qilishi   davolanishi   mumkin   va   bu   davrda   ular   alpinizm,   trekking
(ko‘p  kunlik   sayr-sayyohat),  rafting  (Ug om   daryosida   oqim   bo‘ylab   suzish),   otda
sayr   qilish,   bali q   ovlash   bilan   shug‘ullanishlari,   undan   tashqari   yil   davomida
faoliya t   ko‘rsatadigan   «Xumson»,   «Oqtosh»   sanatoriylarida,   «Xumson-buloq»
dam   olish   uyida   va   shularga   o‘xshash   ko‘plab   davlat   va   shaxsiy   dam   olish
maskanlarida xordi q  chi q arib, davolanishlari mumkin.
Burchmulla-Nanay   mintaqa si.   Bu   mintaqa   o‘z   ichiga   CHorvoq   suv
omborining   janubi-sharqida,   Piskom   va  Ko‘ksu   tizmalarining  eng   chekka   g‘ arbiy
tarmo q lari etaklarida joylashgan, absolyut balandligi 900-1000 m atrofida bo‘lgan
Burchmulla,   YAkkatut,   YAngiko‘r g‘ on,   YUsupxona,   Bo g‘ iston,   Nanay   kabi
qishloqlarni   va   ular   orasidagi   hududlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   mintaqa da
rekreatsiya   nuktai-nazaridan   eng   ahamiyatlisi   Burchmulla   q ishlo g‘ i   bo‘lib,   uning
maydoni   15000   gektar,   aholisi   4,1   ming   kishi   bo‘lib,   asosan   etnik   tojiklardan
tashkil   topgan.   Burchmulla   va   uning   atrofida   dam   oluvchilarni   jalb   qiladigan
ob’ektlarga   (maskanlarga)   Ko‘lsoy   darasini,   Ohotnichiy   cho‘qqisini,   Ko‘ksuv
vodiysini,   CHorvo q   suv   omborini   kiritish   mumkin.   Bu   maskanlarda   dam
oluvchilar  h ozirgi kunda CHorvoq suv omborida cho‘milishlari, ko‘p kunlik va bir
kunlik   sayr-sayyohat   uyushtirishlari,   qadamjoylarni   ziyorat   qilishlari,   otda   sayr
uyushtirishlari,   alpinizm,   baliq   ovlash   bilan   shug‘ullanishlari,   shaxsiy   sektorga
q arashli   oromgox l arda   va   «Oltin   yombi»   dam   olish   uyida   xordiq   chiqarishlari
mumkin.   Burchmulla-Nanayga   kelayotgan   sayyoh larning   80uyushmagan   foizi
poytaxt aholisidir. CHegara rejimi, xizmat ko‘rsatishning talab darajasida emasligi
ko‘plab   chet   elliklarni   bu   mintaqa ga   dam   olishga   jalb   qilish   imkonini   bermaydi.
Hozirgi kunda Burchmulla-Nanay     mintaqas ida mavsumda 100-150 ming atrofida
aholi   dam   olmo q da.   Kelajakda   ularning   sonini,   yu q orida   keltirilgan   muammolar
ijobiy hal qilinsa, 350 ming kishiga etkazish mumkin. Bu yana toza havo, Quyosh
nuri, suv va dorivor o‘simliklardan foydalanib davolash punktlarini tashkil  q ilishni,
47 CHorvo q   suv   ombori   bo‘yida   plyajlarni,   tibbiy   va   qutqa r uv   xizmatini   talab
darajasiga keltirishni ta q azo qiladi.
CHimyon-Beldirsoy   rekreatsiya   mintaqasi.   Ugom-CHot q ol   milliy   parki
tarkibida   bo‘lib,   uning   ichida   rekreatsiya   uchun   eng   ahamiyatlisi   CHimyon
q ishlo g‘ i bo‘lib, u poytaxt Toshkent shahridan 80 km shimoliy shar q da, CHorvo q
suz   omboridan   12   km   janubda.   CHot q ol   tog‘   tizmasining   dengiz   sathidan   1600
metr baland  q ismida joylashgan. 
CHimyon   qishlog‘i   uni   o‘rab   turgan   tog‘lari   bilan   sarguzashtli   turizm
ishqibozlarini o‘ziga jalb q iladi.  Mintaqa ning Toshkent shahriga yaqinligi, unda atrof-
muhitni   ifloslantiruvchi   sanoat korxonalarining   yo‘qligi,   iqlimining   yilning   hamma
fasllarida ham qulayligi (yumshoqligi), umuman tabiatining maftunkorligi, xilma-
xilligi,   tabiiy   resurslarga   boyligi,   aholisini,   madaniyati   va   urf   -   odatlari   bu
mintaqada   na   faqat   turizimni   balki,   ekoturizmni   ham   rivojlanishiga   keng
imkoniyatlar ochib beradi.
CHimyon-Beldirsoy   biz   yuqorida   tahlil   qilgan   mintaqalardan   sport-turistik
infratuzilmani   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilganiligi   bilan   ajralib   turadi.       SHunnng   uchun
unda   dam   oluvchilar   soni   yoz   mavsumida   xaftaning   ish   kunlarida   har   kuni   3000
taga, yakshanbada esa 10 000 tagacha, qishda esa dam olish kunlari 5000 tagacha
etadi. Agar mintaqada dam oluvchilar, davolanuvchilar uchun hamma imkoniyatlar
yaratilsa   unga   tashrif   buyuruvchilar   soni   yil   davomida   350   mingtagacha   etishi
mumkin. Hozir CHimyonda mehmonxona restoran, 2 ta osma yo‘l, chang‘i uchish
trassalari ishlab turibdi, CHimyon yaqinidagi Beldersoyda esa jahon standa rtlariga
javob bera dgan chang‘i uchish trassasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Molguzar tizmasi janubiy Tyanshan tizimiga kiruvchi Turkiston tizmasining
eng   shimolgy   -   g‘arbiy   tarmog‘i   bo‘lib   Mirzacho‘lning   janubida   joylashgan.
Molguzar   tizmasi   shimoliy   yonbag‘ri   tog‘   va   tog‘   oldi   tekisligi   390,   301   va   400
shimoliy kengliklar oralig‘ini, 680 sharqiy uzunlik atrofini o‘z ichiga oladi. Tizma
Sangzor   daryosi   havzasining   shimoliy   suvayirg‘ichi   hisoblanadi.   SHarqda
48 Go‘ralash   davonidan   (2710   m)   shimoliy   -   g‘arbda   Amir   Temur   darvozasigacha
(Ilon o‘tdi darasi) davom etadi. Molguzar tizmasi g‘arbdan  (900m)  sharqqa tomon
ko‘tarilib   boradi,   eng   baland   nuqtasi   SHo‘rbel   davoni   (2621m)   deyarli
tizmaningmarkaziga   to‘g‘ri   keladi.   Tizma         o‘rta   qismidan   sharqqa   tomon   yana
pasaya boshlaydi.
Ma’muriy jihatdan Molguzar tizmasi Jizzax viloyatining qisman G‘alla orol
tumani   hududi,   hamda   Jizzax   tumanining   janubiy   qismidan,   Zomin   tumanning
g‘arbiy   qismidan   va   Zarbdor   tumanining   bir   qismidan   iborat.   Molguzar   tizmasi
shimoliy yonbag‘ridagi  tog‘  va tog‘oldi  tekisliklari  shimoldan  janubga 35 km  ga,
g‘arbdan   sharqqa   65   km   ga   cho‘zilgan,   hududning   umumiy   maydoni   2   ming
kvadrat   kilometrdan   ortiq.   Molguzar   tizmasi   rekratsion   resurslariga   boy   hudud.
Molguzar tizmasi tog‘ yonbag‘rlari tabiatining  benixoya  go‘zalligi, havosining o‘ta
sofligi,   archazorlari,   tog‘   yonbag‘rlardaligi   bog‘lariso‘lim   maskanlari,   buloqlari,
qadimiy obidalari, g‘orlari, bilan ko‘zga tashlanadi. Ular sayyohlik yo‘nalishlarini
ochishga,   dam   olish   mintaqalari   barpo   etish,   alpinizmni   rivojlantirish   uchun   juda
qulay imkoniyatlarni yaratishga samarali xizmat qiladi.
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   Molguzar   tizmasining   ichki   imkoniyatlaridan
kelib chiqib, mashxur kurortlardan qolishmaydigan ajoyib dam olish maskanlarini
tashkil   etish   asosiy   masala   bo‘lib   qolmoqda.   Buni   avvalo   ilmiy   izlanishlar   va
kuzatuvlar  asosidagina  hal   qilish  mumkin.  Ekologik inqiroz  kuchayib borayotgan
bir   paytda   odamlarning   salomatligini   mustahkamlash   uchun   sanatoriy-
profilaktoriylar,   dam   olish   uylari   va   pansionatlar,   bolalar   oromgohlarini   sonini
avvalo mahalliy rekreatsiya  resurslari  hisobiga oshirib borish nazarda tutilmoqda.
Hozirgi   vaqtda   Molguzar   tog‘   tizmasida   bir   necha   iqlimiy   va   davolanish
maskanlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jizzax o‘rmon xo‘jaligi  hududlari, soylardagi  sharsharalar, qirlar bag‘ridagi
yuzlab buloqlar, sahiy tabiatning o‘ziga xos ne’matidir. Zomin o‘rmon xo‘jaligiga
qarashli   o‘rmonlar   (archazorlar,   bodomzorlar,   butazorlar),   Zomin   tog‘   o‘rmon
49 qo‘riqxonasining g‘arbiy uchastkalari, u erdagi soylar, oqar suvlar natijasida paydo
bo‘lgan   ajoyib   g‘aroyib   relef   shakllari,   ulkan   morena   toshlariko‘plab
g‘orlarhaqiqiy   tabiiy   muzeylardir.   Molguzar   tizmasi   shimoliy   yonbag‘rilarida   30
dan   ortiq   shifobaxsh   o‘simliklar,   oq   tirnoqli   ayiq,   yovvoyi   cho‘chqa,   bo‘rsik,
olkor(tog‘ echkisi) jayra kabi hayvonlar, qora turna, burundiq, tuvaloq, tus tovuq,
kabi   qushlarning   150   dan   ortiq   turlarimavjud.   Jizzax   Milliy   bog‘ida   o‘rmon
xo‘jaligi ilmiytekshirish institutning  Kulsoy tayanch punkti,  “Zomin” sanagoriyasi,
o‘ndan ortiq dam olish maskanlari joylashgan.
Molguzar   tizmasining   shimoliy   yonbag‘rlarida   bir   necha   g‘orlar   mavjudki,
ular   hali   deyarli   o‘rganilmagan.   Pishog‘orsoyning   yuqori   qismida   ohaktosh
qatlamlarida Pishog‘or g‘ori hosil bo‘lgan.
Mahalliy havaskor o‘lkashunoslar Pishog‘or g‘orining birinchi zali 300 metr,
zalning   balandligi   10-12   metr,   eni   esa   8-10   metr   ekanligini   aniqlaganlar.   G‘or
ichidagi   tosh   o‘choqlar,   yozuv   va   tasvirlar   hali   o‘rganilganicha   yo‘q.   Molguzar
tizmasi   shimoliy   tog‘   yonbag‘rlarida   ko‘plab   ziyoratgohlar   mavjud.   Ko‘p   yillik
archayong‘oq   va   boshqa   g‘orlar   kabi   karst   shakllari,   ba’zi   kishilarning   qabrlari
shunday ziyoratgohlar hisoblanadi. SHu singari ziyoratgohlarga Ravotsoy irmog‘i
bo‘lgan   Ko‘rpasoy   bo‘yidagi   Parpi   ota   ziyoratgohini   Molguzar   tog‘ining   yuqori
qismidagi Molguzar ota ziyoratgohini, Uchqizlar qishlogi yonidagi tebranma ulkan
toshlarni   va   boshqalarni   kiritishimiz   mumkin.   Molguzar   tizmasining   shimol
yonbag‘rlariga   eng   ko‘p   dam   olish   maskanlari   Zominsoy   daryosining   yuqori
qismida   joylashgan.   Zominsoy   va   Ettikechuvsuvsoylari   bo‘yida   yog‘in   nisbatan
mo‘l,   bug‘lanish   kam,   sof   va   salqin   sharoit,   tog‘   o‘rmonlar   keng   tarkalgan,   toza
shifobaxsh   havo,   rekreatsion   resurslardan   foydalanishga   katta   imkoniyatlar
yaratilgan.   Bu erda   sharshara   dam   olish   maskani,   Buxoroi-sharif   ponsionati,
Mirzashirki ponsionati, O‘rikli ponsionati, Qashqasuv ponsionati, ettita o‘quvchilar
va   bolalar   oromgoxlari   joylashgan.   Ular   har   yili   minglab   kishilarga   xizmat
50 ko‘rsatmoqda. SHuknngdek bumaskanda onalar va bolalar sog‘ligini tiklash Zomin
Respublika sanatoriyasi mavjud.
Molguzar tizmasining g‘arbiy qismida Ravotsoyga kelib quyiluvchi Uobsoy
bo‘yida ham  to‘rtta bolalar  oromgohlari  mavjud. Uobsoyning eng yuqori qismida
“Bo‘ston”   bolalar   oromgohi   qurilmoqda.   “Paxtakor”   bolalar   oromgohi,   eng   quyi
qismida   Jizzax   Davlat   Pedagogika   Institutiga   qarashli   “Bobur”   bolalar   oromgohi
bor.   Bu   oromgohlarda   h am   h ar   yili   minglab   o‘ q uvchilar   dam   oladilar   va
so g‘ liklar i n i  tiklaydilar.
O‘zbekiston   tog‘   va   tog‘oldi   mintaqalari   nihoyatda   kattta   ekoturistik
salohiyatlari   bilan   Markaziy   Osiyo   davlatlari   ichida   alohida   ajralib   turadi.
O‘zbekistonda 60 dan ortiq   inson salomatligi uchun zarur mineral suv maskanlari
aniq l angan.
Samar q and   viloyati   tog‘li   hududlari   h ilma   xil   sayyohlik   obe ktlap g aboy.
Mintaqaning   g e ografik   o‘rniga   ko‘ra   janub   v a   shimoli-sharq   va   g‘arbiy
tomonlari n ing   tog‘   va   tog‘liklardan   iboratligi   (shimolda   O q tog‘,   Qoratog‘,
G‘o‘bdin,   janubda   CHa q likalon,   Qorate p a,   Ziyovuddin,   Zirabuloq)   t og‘   turizmini
tashkil   etishda   ahamiyatlidir.   Bu   o‘ziga   xos   tabiiy   va   landshaft   rekreatsiya
resurslarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Mintaqada   yog‘in   va   issiqlikning   taqsimlanishi   birmuncha   o‘zgaruvchan
bo‘lib,   tog‘li   va   tekislik   qismida   yog‘in   300-450   mm.,   sharqiy   va   janubi-sharqiy
qismlarida o‘rtacha 650-850 mm ga etadi. SHu sababdan Samarqand viloyati tog‘
va   tog‘oldi   mintaqasi   iqlimining   o‘ziga   xosligi   uning   bahor   va   yoz   oylarida
mavsumiy   sayyohlikni   tashkil   etish   va   rivojlantirish   uchun   katta   imkoniyatlar
yaratadi.
Samarkand viloyatining gidrologik yodgorliklari, jumladan, tog‘ etaklari va
tog‘   oralig‘i   soylarida   hosil   bo‘lgan   tabiat   manzaralari,   ya’ni   tog‘   shakllari,
chuqurliklar,   g‘orlar,   buloqlar,   chashma   suvlari   va   hokazolar   mintaqa   turizmi
imkoniyatlarini   oshiradi.   SHuningdek,   viloyatdagi   mavjud   shifobaxsh   va   tibbiyot
51 kabi   sohalarda   keng   foydalapiladigan   buloq,   chashma   suvlari   va   balchiqlar   aholi
sog‘lig‘ini   tiklash,   sog‘lomlashtirish   hamda   dam   olish   uchun   qulay   sharoit
yaratadi.   Bunday   maskanlar   viloyatning   Urgut,   Samarqand,   Nurobod   va   boshqa
tumanlari   tog‘   va   tog‘oldi   hududlarida   mavjud   bo‘lib,   ulardan   turizm   maqsadida
foydalanish imkoniyatlari yuqoridir.
Omonqo‘ton   maskani   tabiatning   o‘ziga   xosligi,   yog‘in   miqdorini
(Omonqo‘tonda   750-800   mm,   Samarqand   shahrida   esa   320-340   mm)   vohaning
boshqa joylaridan farq qilishi o‘simlik dunyosining xilma xilligini taminlaydi. Ana
shu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda 1887 yilda maydoni 2158 gektar bo‘lgan
sun’iy   o‘rmonzorlar   barpo   etil gan.   Bugungi   kunda   sayyohlarga   Omonqo‘ton
havzasidagi   o‘rmonzorlarni   ko‘rsatish   uchun   qulay   sharoitlar   yaratish,   maxsus
yo‘lakchalar qurish lo zim.
Mintaqa   tog‘   va   tog‘oldi   hududlari   nihoyatda   o‘simlik   dunyosiga   boy
Jumladan,   rang-barang   o‘simliklar   (yong‘oq,   olma,   tog‘olcha,   archazorlar   va
boshqalar)   Omonqo‘ton   o‘rmonlari   o‘ziga   xos   landshaft   shakllarini   vu judga
keltiradi.   Ushbu   hudud   iqlim   va   o‘simlik   dunyosining   o‘ziga   xosli gi   bu   joyda
ko‘plab dam olish mintaqalari, oromgohlar qurish imkoniyatini bergan.
Samarqand   viloyatida   bundan   tashqari,   Ohalik   tog‘   o‘rmon   dam   olish
mintaqalari   mavjud;   bu   erdagi   dam   olish   uylari   -   «YOshlik»   turistik   bazasi   va
boshqalar bevosita qulay iqlimiy, landshaft hamda go‘zal tabiati, ya’ni ekoturistik
imkoniyatlari   bilan   hududda   mavsumiy   dam   olish   maskanlarining   joylanishiga
sabab bo‘lgan.
CHaqlilqalon  tog‘larida   noyob  tabiat   yodgorliklari   keng  tarqalgan.   Bu  erda
yura   davrida   yashagan   chig‘anoqlarning   toshga   aylanib   qolgan   skletlari   yaxshi
saqlanib qolgan. Mazkur joy dunyo bo‘yicha yagona qo‘riqxonalardan hisoblanadi.
G‘orlar   va   turli   shakldagi   toshlar,   supasimon   tekisliklar,   o‘tkir   cho‘qqilar,
jimjimador   zinapoyalar   va   bo shqalar   geomorfologik   yodgorliklar   sirasiga   kiradi.
CHaqlilqalon tog‘larida mashhur karst g‘orlaridan ikkitasi  - Lev va Kelsi  g‘orlari
52 mavjud. Lev g‘ori Omonqo‘tonning Bulbulzor soyida joylashgan bo‘lib, bu g‘orda
bundan   40-50   ming   yil   avval   tosh   asrida   odamlar   yashagan.   Tabiiyki,   g‘orning
hozirgi ko‘rinishi sayyohlar uchun katta taasurot qoldirmasligi mumkin. Binobarin,
uni   qiziqarli   nomoyish   etish   uchun   g‘or   atroflarini   tartibga   solish   va   tosh   asriga
mos ko‘rinishlar, ibtidoiy odamlar hayotini tasvirlovchi rasmlar, haykallar yaratish
zarur.
K e l s i shaxta   g‘ ori ukrai n alik olimlar tomonidan 1980 y ilda   topilgan ed i . Bu
g‘orning chuqurligi 800 metr dan oshadi va bu jihatdan u dunyoda 3 o‘rinda turadi.
G‘orning   alpinizm   bilan   shu g‘ ullanuvchi   sayyohlarn iq izi q tirishi   shubhasizdir.
Agarda   bu   g‘ or   bo‘yicha   materiallar   to‘nlanib   reklama   q ilinsa,   sayyohlarning
oqimini   yanada   ko‘paytirish   mumkin.   SHuningdek,   Kamargaro n ,   Vaxashti,   G‘us
q ishloqlari ustida gi  o‘ta tik cho‘ qq i tizmalar, chu q ur daralar, turli shaklga  o‘ xshash
toshlar, cho‘non shaklidagi qoyatoshlar marshrut va ekskursiyalarni boyitadi.
CHa q ilqalon   tog‘lari   gi drologik   yod go rliklarga   boy;   bu   erda   shifo baxsh
buloqlar,   go‘zal   sharsharalar,   g‘ or   suvlari   va   ajoyib   ko‘llar   bor.   Kelsi   va   Lev
g‘orlaridagi karst buloq suvlari, Qaynar buloq, Rohat buloq, Muz buloq va Alvasti
ko‘llari, G‘ussoy, Kamangaron soylaridagi sharsharalarni sayyohlik marshrutlariga
kiritish maqsadga muvofiq d ir.
Zarafshon daryosining yuqori qismida g i qadimiy   R obotxo‘ja suv ayirg‘ichi,
uzoq   o‘tmishda   q urilgan   Dar g‘ om   va   Eski   Tuyatortar   kanallari   ham   sayyohlar
qiziqishini   ort t iradi.   Bunday   joylar n i   reklama   qilish   va   qiz i qtir i sh   orqali
say    yo    hlarni keng j    al    b qilish mumkin.   
O‘rta Zarafshon hududida quyidagi rekreatsion hududlar ajratiladi 5
:
1. 
2.
3.
5 5
Отақулов   П.,   Ҳолиқов   Р.   Фарғона   вилояти   ҳудудини   рекреацион   географик   баҳолаш
тамойиллари // ЎзГЖ VII соезди материаллари, –Т., 2006, 100-б.
53 Rekreatsion   tizimlar   tashkil   etish   va   ulardan   unumli   foydalanishda
rekreatsion hududlarning tabiiy va resurs salohiyatini o‘rganishdan tashqari  uning
iqtisodiy   tomonlari   ham   muhim   ahamiyatga   egadir.   Bu   birinchi   navbatda   dam
oluvchilar   oziq-ovqat   mahsulotlari,   transport,   maishiy   xizmat   ko‘rsatish   kabi
servislarni   hisobga   olishni   taqozo   etadi.   Masalan,   rekreatsion   hududlarni   oziq-
ovqat   mahsulotlari   bilan   ta’minlashga   bog‘liq   sarf   xarajatlarni   ortib   borishini
ko‘rishimiz mumkin (2-jadval).
YUqoridagi   ma’lumotlarga   asoslanib   dam   oluvchilarni   oziq-ovqat
mahsulotlariga   ehtiyojini   qondirishda   transportlardan   foydalanish   muammolarini
ham o‘rganib chiqiladi.
Rekreatsion hududlardan foydalanishda dam oluvchilarni nafaqat oziq-ovqat
mahsulotlari   bilan   ta’minlash,   balki   transport   bilan   ta’minlash   muammosi   ham
ma’lum echimni talab etadi, chunki qisqa kunli (1-2 kun) dam oluvchilarni o‘zlari
bilan   olgan   mahsulotlari   etarli   bo‘lishi   mumkin.   Lekin   xafta   yoki   aytaylik   10
kunlik   muddatga   kelib   dam   oluvchilarni   albatta   yangi   mahsulotlarga   ehtiyoji
bo‘ladi. SHuning bilan 
2-jadval
Rekreatsion hududlarni  oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan 
talabini iqtisodiy ko‘rsatkichlari 6
Oziq-ovqat mahsulotlariga 
bo‘lgan talab Tannarx
ko‘rsatkichi, % Ba h olash 
ko‘rsatkichi
1. Talab  yo‘q  (mahalliy manbalar mavjud) - 0
2.  J uda kam talab 1-5 1
3. Talab katta emas 5-10 2
4. Talab katta 10-20 3
5. Talab juda katta 20< 4
birga   transport   kutish,   yo‘ldagi   transport   almashtirish   yoki   noqulay   meteorologik
holatlarda transportda yurish noqulayligi ham bo‘lishi mumkin.
Bunday vaziyatni quyidagicha baholash mumkin:
{ T = T1 + T2 + TZ
6 6
Манба: Ўша жой, 100-б.
54 Bu erda T1 - rekreatsion hududlarga borish va kelish uchun ketgan vaqt,   T2
-   transportlarni   almashtirish   bilan   bog‘liq   noqulayliklar,   TZ   -   noqulay
meteorologik va boshqa holatlarda transport qatnovini qiyinlashuvi. 
Noqulay   meteorologik   holatlarda   va   ba’zan   dam   oluvchilarning   soni
ko‘pligi.   o‘tuvchan:   chegaralarning   mavjudligi   ham   dam   olish   bilan   bog‘liq
xarajatlarni   orttirib   yuborishi   mumkin.   SHuning   uchun   Farg‘ona   viloyati
aholisining   turli   kasb   va   yoshdagi   guruhlari   o‘z   rekreatsion   ehtiyojlarini
qondirishda   shaharlar   yaqinidagi   5-10   km   radiusdagi   qisqa   vaqtli   dam   olish
maskanlaridan   foydalanmoqdalar.   Aynan   shunday   hududlarga   tushayoggan
rekretsion yuklama esa ekologi k  tibbiy-gigienik me’yorlardan ancha yuqoridir. Bu
esa birinchi navbatda ana shunday rekreatsion hududlarda servisni yuqori darajada
tashkil etishni taqozo etadi.  
55

O’RTA ZARAFSHON TOG’ VA TOG’OLDI TEKISLIK GEOKOMPLEKSLARINING IQTISODIY SALOHIYATI VA GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI MUNDARIJA KIRISH.......................................................................................... 3 I bob. TOG‘ VA TOG‘OLDI MINTAQALARI GEOTIZIMLARINI O‘RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI................................................................................ 1.1. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalari: shakllanishi hamda geomorfologik xususiyatlari....................................................... 1.2. To g‘ va tekislik geotizimlarining o‘zaro bog‘liqligi............... 1.3. Tog‘ va tog‘oldi hududlarining ekologik – iqtisodiy barqaror rivojlanishidagi muammolar..................................... II bob. O‘RTA ZARAFSHONNING TOG‘ VA TOG‘OLDI MINTAQALARINING IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTDAGI O‘RNI VA ULAR SALOHIYATIDAN FOYDALANISH..................................................................... 2.1. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni........................................................................ 2.2. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalaridagi iqtisodiy salohiyat va hududlarda infratuzilma tizimini rivojlantirish........... 2.3. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalarning rekreatsion imkoniyatlari, ulardan foydalanish va istiqbol............................................... III bob. O‘RTA ZARAFSHONNING TOG‘ VA TOG‘OLDI MINTAQALARIDAGI ANTROPOGEN O‘ZGARISHLAR, GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR VA OPTIMALLASHTIRISH 3.1. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalariga antropogen ta’sir: sabab va oqibatlari...................................................................................... 3.2. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalaridagi tabiiy – antropogen jarayonlar va ularni optimallashtirish masalalari .............. XULOSA.............................. ...................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................. 1

KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda jahonda aholi va xalq xo’jaligi tarmoqlarining yer resurslariga bo’lgan extiyojlarini ta’minlash maqsadida yangi yerlarni o’zlashtirish, o’zlashtirilgan yerlardan yanada intensiv foydalanish jarayoni kuchaymoqda. Bu esa yer fondi tabiiy-landshaft tarkibining o’zgarishi, biologik xilma-xillikni pasayishi va uning tashqi antropogen bosim ostida qolib optimal holatini buzilishiga olib kelmoqda. BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish bo’yicha dasturida “Quruqlik ekosistemalarini muhofaza qilish va tiklash, ulardan oqilona foydalanish, o’rmonlarni ratsional boshqarish, cho’llanishga qarshi kurashish, yerlarning degradatsiyasini to’xtatish va biologik xilma-xillik yo’qolishining oldini olish” bo’yicha vazifalari belgilangan 1 . Mazkur vazifalar ayniqsa yer resurslari miqdori cheklangan mintaqalarda yerlardan oqilona foydalanish bo’yicha tadqiqotlarni taqozo etadi. Dunyoda mazkur yo’nalishdagi tadqiqotlarga, ayniqsa, yerlardan barqaror rivojlanish tamoyillariga mos holda foydalanish, yer resurslarining tabiiy landshaft tarkibini o’zgarishi bo’yicha gomogen guruxlarga ajratish, antropogen bosim ko’rsatkichlarini xisoblash, hududlarning ekologik-xo’jalik muvozanati baholash orqali resurslardan oqilona foydalanishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, landshaftshunoslik va yer tuzish sohalari o’rtasida o’zaro bog’liqlikni e’tiborga olib, yerdan foydalanish turlarini, imkon darajasida tabiiy-landshaft talabidan kelib chiqib belgilash, landshaftli rejalashtirish tamoyillaridan foydalanish muhim hisoblanadi. 1 Повестки дня в облaсти устойчивого рaзвития нa период до 2030 годa // Электронный доступ: http:// www.uz/undp/org/content/uzbekistan.ru 2

L andshaft komplekaslari tadqiqotlarini zamonaviy metodlarga tayangan holda olib borish hamda uning mavjud imkoniyatlarini tahlil qilgan holda baholash, mavjud muammolarini aniqlash va ularni ilmiy asosda hal etish yo’llarini ishlab chiqishni taqazo etadi. Respublikamizda har bir mintaqa yer fondini toifalarga ajratishda, qishloq ho’jaligi yer turlarini belgilashda va ekin maydonlari tarkibini aniqlashda joyning tabiiy-landshaft xususiyatlarini xisobga olish hamda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda va sezilarli ijobiy natijalarga erishilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi PF-5065-son «Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida barqarorlikni ta’minlovchi hududiy dasturlarni yer bilan bog’liq bandlarini ishlab chiqish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan. Xo’jalikni hududiy tashkil etuvchi hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashga yo’naltirilgan tadqiqot ishlarini olib borish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061- son “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni va 2021 yil 24 fevraldagi PQ-5006-son “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishii muayyan darajada xizmat qiladi. Muammoning o’rganilganlik darajasi. Zarafshon havzasi bo’yicha kompleks tabiiy geografik tadqiqotlar L.N.Babushkin, N.A.Kogay, A.S.Saidov, P.Baratov, L.A.Alibekov, A.A.Abdulqosimov, N.I.Sabitova, A.R.Raxmatullaev, X.J.Jo’raqulov, Yu.H.Abduraxmonova, B.A.Meliev, va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. Landshaftlarni xo’jalik maqsadlarida tadqiq etishda xorijiy 3

olimlardan T.V.Zvonkova, D.A.Rodionov, B.YA.Fedunuk, I.YU.Kotorgin, I.V.Orlova, A.A.Kashin, respublikamiz olimlaridan L.N.Babushkin, N.A.Kogay, Z.M.Akramov, SH.Ergashov, I.Xasanov, P.G’ulomov, B.B.Eshquvvatov va boshqalar shug’ullanishgan. Dissertatsiya ishining tadqiqot obekti va predmeti. Tadqiqot ob’ekti sifatida O’rta Zarafshon havzasidagi tog’ va tog’oldi geokomplekslari hisoblanadi. Tadqiqot predmeti - O’rta Zarafshon tog’ va tog’oldi landshaft komplekslarining iqtisodiy salohiyati hamda ularning geoekologik muammolari optimallashtirish masalalari tashkil etadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. O’rta Zarafshon tog’ va tog’oldi landshaft komplekslarining iqtisodiy salohiyati hamda ularning geoekologik muammolari optimallashtirish masalalar bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat . Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi: - O’rta Zarafshon tog’ va tog’oldi landshaft komplekslarining ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotdagi roli nuqtai nazaridan tahlil qilish; - O’rta Zarafshon tog’ va tog’oldi landshaft komplekslarining balandlik tabaqalanishi va uni vujudga keltiruvchi omillarni tahlil qilish; - O’rta Zarafshon tog’ va tog’oldi landshaft komplekslarining geoekoloik muammolari va uni vujudga keltiruvchi omillarni tahlil qilish; - tog’ va tog’oldi landshaft komplekslarining iqtisodiy salohiyati va geoekologik muammolarini GIS dasturlarida kartalarini yaratish. Tadqiqot usullari. Tadqiqot ni bajarishda dala-tadqiqot, qiyoslash, kartografik, aerokosmik, matematik, statistik tahlil, sistematik, geoinformatsion tizimlar yordamida kartalashtirish kabi metodlardan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiya ishida 1) O’rta Zarafshon havzasi landshaft komplekslarining balandlik tabaqalanish dinamikasi tadqiq qilindi; 2) O’rta Zarafshon tog’ va tog’oldi landshaft komplekslarining funktsional- dinamik xususiyatidan kelib chiqib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati qishloq xo’jaligi uchun baholangan; 4

3) 4) Tadqiqotning asosiy masalalari va fazalari. Tadqiqotda landshaftlardagi dinamik jarayonlar hamda ularni prognoz qilish, xo’jalik maqsadlarida tahlil qilish, geoekologik vaziyatini monitoring qilib borishda tadqiqot natijalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, tuzilgan landshaft kartalaridan yerlarni kadastrini o‘tkazishda foydalanish mumkin. Zamonaviy metodlar asosida landshaftlardan oqilona foydalanish, ularning barqaror rivojlanishini o‘rganish va muhofaza qilish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatini beradi. Ayni vaqtda, ushbu ma’lumotlar oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim jarayonida ham ahamiyatlidir. Tadqiqot natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha __ ta ilmiy maqola e’lon qilingan. Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiyaning hajmi ___ betni tashkil etgan. Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi. Magistrlik dissertatsiyasi uch bob, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiya ishida tadqiqot natijalarini ochib beradigan ___ ta jadval va _____ ta rasmdan foydalanildi. Bundan tashqari tadqiqot hududiga oid xaritalar ham berildi. Dissertatsiya ishining h ajmi ____ betdan iborat. 5