logo

o'zbek tilida sifat yasalishi

Yuklangan vaqt:

13.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

131.0009765625 KB
  1  
 
MUNDARIJA 
KIRISH .....................................................................................................................3
 
I BOB. O’ZBEK TILIDA AFFIKSATSIYA USULIDA SIFAT YASALISHI 
HAMDA UNING O’RGANILISHI 
1.1. O’zbek   tilida   sifat   yasalishi   haqidagi
tadqiqotlar..............................................6 
1.2. Affiksatsiya   usulida   sifat
yasalishi ...................................................................8 
1.3. Affiksisatsiya usulida yasalgan sifatlarning umumta’lim maktablarida 
o’rganilishi..............................................................................................................37 
Bob bo’yicha xulosa................................................................................................43
 
II BOB. KOMPOZITSIYA USULIDA SIFAT YASALISHI VA UNING 
TA’LIM TIZIMIDA O’RGANILISHI 
2.1. Qo’shma   sifatlarning   yasalish   qoliplari   va   uning   ta’lim   tizimida
o’qitilishi...........................................................................................................
.......44 
2.2. Qo’shma   sifatlarning   morfologik   tarkibi   va   uning   ta’lim   tizimida
o’qitilishi...........................................................................................................
......50  
Bob bo’yicha xulosa...............................................................................................58 
 
XULOS А   …..........................................................................................................59 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati  ...................................................................62    2  
KIRISH
Tadqiqot   mavzusining   dolzarbligi.   Muhtaram   Yurtboshimiz   I.Karimov
“Yuksak ma’naviyat  - yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek: “Istiqlol yillarida
o’zbek   tilining   qo’llanish   doirasi   amalda   nihoyatda   kengaygani,   uni   ilmiy   asosda
rivojlantirishga   qaratilgan   tadqiqotlar,   tilimizning   o’ziga   xos   xususiyatlariga
bag’ishlangan   ilmiy   va   ommabop   kitoblar,   o’quv   qo’llanmalari,   yangi-yangi
lug’atlar ko’plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o’z hissasini
qo’shmoqda” 1
. Bundan tashqari, Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov uzluksiz
ta’lim   islohotlariga   bag’ishlangan   bir   qator   yig’ilishlarda   so’zlagan   nutqlarida
yoshlarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish masalalariga ham alohida to’xtalib,
bu   muqaddas   ishni   bajarishda   barchamiz   bir   yoqadan   bosh   chiqarib   ishlashimiz
lozimligini   ta’kidlab   o’tdilar.   Bularning   barchasi   uzluksiz   ta’lim   tizimida   ona   tili
mavzularini o’qitishning yangicha usullarini qo’llashni taqazo etmoqda. Jumladan,
o’zbek   tilida   sifat   yasalishi   usullari   va   ularning   ta’lim   tizimida   o’qitilishi   bilan
bog’liq masalalar va muammolarni tadqiq etish, bu boradagi samarali ish usullarini
ishlab chiqish tadqiqotning dolzarbligini ko’rsatadi.  
Tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalari.  Ishning asosiy maqsadi  o’zbek
tilida sifat yasalishi  bo’yicha bajarilgan ilmiy tiadqiqot va amaliy ishlarni tahlilga
tortish   hamda   uzluksiz   ta’lim   tizimida   yasama   sifatlarni   yangi   pedagogik
texnologiyalari   talablaridan   kelib   chiqib   o’rganishning   yangicha   usullarini
o’rganishdan   iboratdir.   Bu   maqsadni   bajarishda   quyidagi   vazifalar   kun   tartibiga
qo’yildi: 
- so ’ z   yasalishi ,   shu   jumladan ,   sifat   yasalishi   bo ’ yicha   bajarilgan
tadqiqotlarni   o ’ rganish ;  
- sifat yasalishi usullarini tadqiq etish; 
- sifat yasalish qoliplari ustida ishlash; 
- yasama sifatlardagi ma’nodoshlik va zid ma’nolilik hodisalarini tadqiq
1  Karimov I. Yuksak ma naviyat –yengilmas kuch. –Toshkent; Ma naviyat, 2008. 86-b. ‟ ‟   3  
etish;  
- yasama   sifatlarning   uzluksiz   ta ’ lim   tizimida   o ’ qitilishi   bilan   bog ’ liq
masalalarni   tahlil   etish ; 
- yasama   sifatlarni   o’rganishda   o’quv   lug’atlaridan   foydalanish
yo’llarini tahlil etish. 
Muammoning   o’rganilganlik   darajasi.   So’z   yasalishi   muammosining
o’zbek   tilshunosligida   o’rganilishi   uzoq   davrlarga   borib   taqaladi.   Jumladan,
Mahmud Koshg’ariy, Alisher Navoiy, Muhammad Chingiy asarlarida so’z yasalish
masalalari kun tartibiga qo’yilgan va o’rganilgan. 
XX   asrning   30   -   40-yillarida   fe’l   va   ot   yasalishiga   bag’ishlangan   maxsus
asarlar maydonga keldi. So’z yasalishining alohida bo’lim sifatida ajralib chiqishi
va   shakllanishida   Ayyub   G’ulomovning   hissasi   katta   bo’ldi.   Olim   o’zbek   tilida
so’z   yasalishi   muammolarini   monografik   tadqiq   etish   chog’ida   faqat   affikslar
yordamidagina   emas,   balki   undan   tashqari   bir   qancha   vositalar   yordamida   so’z
yasalishi mumkinligini asoslab berdi.  
Ayyub G’ulomov asos solgan so’z yasalishi nazariyasini akademik Azim 
Hojiyev yangi   cho’qqiga olib  chiqdi. U  A.G’ulomov  yo’l   qo’ygan  kamchiliklarni
bartaraf etishga harakat qildi.  
Ma’lum   so’z   turkumlarining   yasalish   doirasida   qilingan   ishlar   o’zbek   tili
so’z   yasalishi   haqidagi   ta’limotning   rivoji   uchun   muhim   hissa   bo’lib   qo’shildi.
Xususan,   Y.Tojiyevning   so’z   yasovchi   qo’shimchalarning   polifunksionalligi
masalasini,   uning   affiksal   omonimiya   bilan   munosabatini   chuqur   tahlil   etdi.   So’z
yasalishi   bo’yicha   tadqiqotlar   o’zbek   tilshunosligida   hamon   davom   etmoqda.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.   Sifat  yasalish  tizimi  va ularning uzluksiz  ta’limda
o’qitilishi masalasi ilk bor malakaviy ish sifatida tanlandi va tadqiq etishga harakat
qilindi.  
  Tadqiqot   predmeti   va   obyekti.   Umumta’lim   maktablari,   akademik   litsey   va
kasb-hunar   kollejlari   va   oliy   ta’lim   darsliklari,   o’quv   lug’atlari   tadqiqotning
predmeti sifatida tanlandi.    4  
  Tadqiqotning ilmiy ahamiyati . Tadqiqot natijalaridan  sifat yasalishi mavzularini
uzuluksiz   ta’limda   o’qitishda,   shuningdek,   uslubiy   qo’llanma   va   o’quv   lug’atlari
yaratishda keng foydalanish mumkin.  
Ishning   hajmi   va   tuzilishi.   Bitiruv-malakaviy   ishning   umumiy   hajmi   63
sahifa bo’lib, kirish, ikki asosiy bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan iborat.  
     5  
I BOB. O’ZBEK TILIDA AFFIKSATSIYA USULIDA SIFAT YASALISHI 
HAMDA UNING O’RGANILISHI 
 
1.1. O’zbek tilida sifat yasalishi haqidagi tadqiqotlar 
So’z   yasalishi   muammosi   o’zbek   tilshunosligining   uzoq   kechmishiga   borib
taqaladi.   M.Koshg’ariy,   A.Navoiy,   M.Chingiy   asarlarida   so’z   yasalish   masalalari
kun tartibiga qo’yilgan va o’rganilgan. 
XX   asrning   30-40-yillarida   fe’l   va   ot   yasalishiga   bag’ishlangan   maxsus
asarlar   maydonga   keldi.   Lekin   so’z   yasalishining   alohida   bo’lim   sifatida   ajralib
chiqishi va shakllanishida Ayyub G’ulomovning hissasi katta. 1949 yilda “O’zbek
tilida   so’z   yasash   yo’llari   haqida”   nomli   asari   maydonga   keldi.   Olim   so’z
yasalishining   qator  masalalarini   o’sha  davr   tilshunosligi  qo’lga  kiritgan  masalalar
doirasida   izohlab   berdi.   A.G’ulomov   o’zbek   tilida   so’z   yasalishi   muammolarini
monografik tadqiq etish chog’ida faqat affikslar yordamidagina emas, balki undan
tashqari bir qancha vositalar yordamida so’z yasalishi mumkinligini asoslab berdi. 
O’zbek   tilida   so’z   yasalishining   besh   xil   yo’li   borligini   aniqladi:   1)   morfologik
(affiksatsiya),   2)   sintaktik   (kompozitsiya),   3)   leksik   (transpozitsiya),   4)   semantik,
5) fonetik. 
Bundan tashqari, Ayyub G’ulomov so’z yasalishi hodisasining leksikologiya
va   grammatika   bilan   aloqasi   masalalarini   ham   tadqiq   etadi   va   so’z   yasalishi
tilshunoslik   fanining   alohida   sohasi   ekanligini   ta’kidlaydi:   “Demak,   so’z
yasalishining   o’z   obyekti   bor,   bunda   leksika   va   grammatika   sohalari   bilan
umumiylik tomonlari ham bor. Hozirgi tillarda so’z yasashning eng keng tarqalgan
usuli   affiksatsiya   bo’lganligidan   uning   (so’z   yasashning)   birinchi   navbatda
morfologiya   bilan   yaqinligi   ko’zga   tashlanib   turadi.   Holbuki,   so’z   yasashning
boshqa yo’llari   uning leksika bilan ham, fonetika bilan ham,   sintaksis bilan ham
bog’liq ekanini ko’rsatadi...” 1
. 
Ayyub   G ’ ulomov   asos   solgan   so ’ z   yasalishi   nazariyasini   akademik   Azim
1  O„zbek tili grammatikasi. 1-qism. Morfologiya, - Toshkent: Fan, 1975. -8-9-betlar.    6  
Hojiyev   yangi   cho ’ qqiga   olib   chiqdi .   U   A . G ’ ulomov   yo ’ l   qo ’ ygan   kamchiliklarni
bartaraf   etishga   harakat   qildi .   Muallif   “ so ’ z   yasalishi   bahsida   yasama   so ’ z   hosil
qiluvchi   komponentlar   o ’ rganilishi ” ni ,   “ yasama   so ’ z   hosil   qiluvchi   komponentlar
shu   so ’ zning   yasalish   tuzulishini   tashkil   qilishi ” ni ,  so ’ z   yasalish   tuzulishi   esa   faqat
ikki   qismdan  –  yasashga   asos ,  yasovchi   qismdan   iborat   bo ’ lishini   ta ’ kidlaydi . 
Azim   Hojiyev  “ O ’ zbek   tili   so ’ z   yasalishi ”  nomli   qo ’ llanmasida   so ’ z   yasalish
terminiga   izoh   berar   ekan ,   quyidagilarni   yozadi :   “ So ’ z   yasalishi   termini   ikki
ma ’ noda   qo ’ llaniladi :   1)   umuman ,   so ’ z   yasalishi ,   til   materiali   asosida   yangi   so ’ z
hosil   bo ’ lish   hodisasini   bildiradi ;   2)   tilshunoslikning   so ’ z   yasalishi   bilan   bog ’ liq
hodisalarni   ( masalalarni )   o ’ rganuvchi   bo ’ limini   bildiradi ” 1
.   Shundan   so ’ ng   olim
so ’ z   yasalish   motivatsiyasi ,   so ’ z   yasalish   strukturasi ,   so ’ z   yasalish   tipi ,   so ’ z
yasalish   sistemasi ,   so ’ z   yasalish   regulyarligi ,   sinxron   va   diaxron   so ’ z   yasalishi ,
so ’ z   yasalish   usullari   singari   tushunchalarning   har   birini   alohida   izohlashga   harakat
qiladi . 
Umuman   olganda   olimning   ushbu   ishida   so’z   yasalishining   oltita   usuli
mavjudligi   qayd   etiladi.   Ular   quyidagilardir:   1)   semantik   (yoki   leksik-semantik)
usul, 2) fonetik usul, 3) sintaktik-leksik usul, 4) affiksatsiya usuli, 5) kompozitsiya
usuli, 6)  abbrevatsiya  usuli 2
. Shunga qaramay Azim  Hojiyev faqat  affiksatsiya  va
kompozitsiya usulida yasalgan yasama so’zlarni tadqiq etgan.  
Ma’lum   so’z   turkumlarining   yasalish   doirasida   qilingan   ishlar   o’zbek   tili
so’z yasalishi haqidagi ta’limotning rivoji uchun muhim hissa bo’lib qo’shildi. 
Xususan,   Y.Tojiyevning   so’z   yasovchi   qo’shimchalarning   polifunksionalligi
masalasini, uning affiksal omonimiya bilan munosabatini chuqur tahlil etdi.  
O’zbek   tilidagi   so’z   yasovchi   va   shakl   yasovchi   affikslar   A.G’ulomov,
A.N.Tixonov, R.Qo’ng’urovlar tomonidan yaratilgan “O’zbek tili morfem lug’ati”
ham   berilgan.   Ushbu   lug’atning   ilova  qismida   “So’z  yasovchi   va  forma   yasovchi
1  Hojiyev A. O„zbek tili so„z yasalishi. Qo„llanma. – Toshkent: O„qituvchi, 1975.-12-bet.  
2  Hojiyev A. O„zbek tili so„z yasalishi. Qo„llanma. – Toshkent: O„qituvchi, 1975.-29-bet    7  
affikslar” sarlavha ostida mazkur affikslar va ularning xususiyatlari haqida umumiy
ma’lumot berilgan 1
. 
  O’zbek   tilshunosligida   so’z   yasalishi   lug’atlari   ham   tuzilgan.   Jumladan,
B.Mengliyev,   B.Bahriddinova,   O’.Xolyorov,   M.Zaripova,     M.Xushvaqtovlar
hammualliflikda   yaratgan   “O’zbek   tilining   so’z   yasalishi   o’quv   lug’ati”   shular
jumlasidandir.   Ular   e’tirof   etganidek,   “...o’zbek   tilida   so’z   yasalishi   haqida   talay
ishlar qilinganiga qaramay, bunday lug’at umuman tuzilmagan” edi.  
Mazkur   lug’at   maxsus,   o’ziga   xos   lug’at   turi   hisoblanib,   yasama   so’zning
qanday   va   nima   vositasida   yuzaga   kelganligini   bilishga   o’quvchilarga   amaliy
yordam   beradi.   Masalan,   lug’atda   amal   so’zidan   beshta   yangi   so’z   va   bu   yangi
so’zdan   yana   beshta   boshqa   yangi   so’z   hosil   bo’lgani   quyidagi   ko’rinishda
berilgan:  
amal- dor     amaldor- lik  
amaliy- ot  
amal- iy    
g’ayri -amaliy 
amal    amal- la  amal- parast      amalparast-
lik be -amal     beamal- lik 2
 
    
So’z   yasalish   lug’atida   qayd   etilgan   misollardan   ko’rinib   turibdiki,   yangi
so’z   hosil   bo’lishiga   tayanch,   asos   vazifasini   o’tovchi   so’z   (amal)   yasovchi   asos
vazifasini  bajargan. O’z navbatida, yangi  yasalgan  so’zlar  keyingi  yasalish  uchun
yasovchi asos vazifasini o’taydi. Yasovchi asosdan yuzaga kelgan so’z esa yasama
1   G„ulomov   A.,   Tixonov   A.N.,   Qo„ng„urov   R.   O„zbek   tili   morfem   lug„ati.   –   Toshkent:   O„qituvchi,   1077.   -399-
461betlar. 
2  Mengliyev B., Bahriddinova B., Xolyorov O„., Zaripova M.,  Xushvaqtov M. O„zbek tilining so„z yasalishi o„quv 
lug„ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008. -6-b.    8  
so’zdir. Amal so’zidan hosil  bo’lgan beshta so’z va keyingi  yasalish  bunga misol
bo’la oladi.  
Lug’at mualliflari har bir so’zdan yasalgan yasalish uyasini berishga alohida
e’tibor   berganlar.   Bu   holat   o’quvchi   va   talabalarning   so’z   yasalish   qoliplarini
to’g’ri anglash va ta’lim tizimida puxta o’rganishlari uchun asos vazifasini o’taydi.
 
 
1.2. Affiksatsiya usulida yasalgan sifatlar  
Hozirgi   o’zbek   tilida   sifat   yasovchi   affikslarning   miqdori   50   ga   yaqinligi
ko’rsatiladi.   Bu   affikslarning   juda   ko’pchiligi   passiv,   unumsiz   affiksga   aylangan
bo’lib,   hatto   so’z   yasash   xususiyatini   yo’qotganlari   ham   bor.   Y а ’ni   bularning
ayrimlari   yordamida   oz   miqdordagi   sifatlar   yasalgan   bo’lib,   hozirda   esa   yangi
sifatlar yasamaydi. Masalan,   -oq (qo’rqoq, qoloq), -aki (og’zaki, zo’raki, shartaki )
affikslari shunday xususiyatga ega.  
Ko’p   miqdorda   sifat   yasovchi   affikslar   ham   bir   talay.   Lekin   hozirda   ular
yangi-yangi   sifatlar   yasalishida   ishtirok   etmaydi.   Ular   yordamida   shu   vaqtgacha
qanday   sifatlar   yasalgan   bo’lsa,   o’sha   sifatlargina   yasama   sifat   holida   mavjud.
Masalan,   -gi/-ki/-qi   (kuzgi,   boyagi,   kechki,   pastki,   sirtqi...)   affiksi   ana   shunday
affikslar   jumlasidandir.   Lekin   sifat   yasovchi   aktiv,   mahsuldor,   so’z   yasash
funksiyasini   to’xtatmagan   affikslar   ham   bor.   Bular:   -li,   -siz,   -ma,   -kor,   -dor,   no-,
chan, -simon, -mas, -arli, -iy (-viy)  affikslaridir.  
Sifat  yasovchi  affikslar  so’z  yasash  asosi  qaysi  turkumga kirishiga ko’ra  ot
asosdan   sifat   yasovchi,   sifat   asosdan   sifat   yasovchi,   fe’l   asosdan   sifat   yasovchi,
taqlidlardan sifat  yasovchi  singari tematik guruhlarga bo’lib o’rganilishi  mumkin.
Bu   borada   shuni   ham   aytish   kerakki,   aksariyat   ishlarda   sifat   yasovchi   affikslar
ikkiga   ajratilgan:   otdan   sifat   yasovchi   affikslar   va   fe’ldan   sifat   yasovchi   affikslar
kabi. Sifat va taqlid so’zlarga qo’shilib sifat yasash kam uchraydi. Bundan tashqari
bunday  yasalish   otdan   sifat   yasalishga   qo’shib   o’rganiladi.  Biz   esa   ularni   alohida
guruh sifatida berdik.     9  
1.2.1. Otdan sifat yasovchi affikslar 
-li   affiksi.   Hozirgi   o’zbek   tili   faktlarining   ko’rsatishicha   -li   affiksi   ikki
vazifaga ega: 1) so’z (sifat) yasaydi; 2) shakl yasaydi.  
                I.   Bu   affiks   sifat   yasovchi   eng   mahsuldor   affikslardan   bo’lib,   asosan   ot
turkumiga   oid   so’zlardan   sifat   yasaydi.   Hozirgi   o’zbek   tilida   uning   yordamida
quyidagi ma’noli sifatlar yasaladi:  
1. Shaxs   yoki   narsa-predmetning   asosdan   anglashilgan   narsaga   egaligi,   unda
shunday   narsa   borligi   bilan   bog’liq   bo’lgan   belgisini   bildiruvchi   sifatlar   yasaydi:
boshoqli   (ekin),   baxtli   (yigit),   shuhratli   (firma),   zararli   (narsa)   kabi.   -li   affiksi
yordamidagi so’z yasalishining bu tipi juda faol va bu tipga oid sifatlar juda ko’p
miqdorni tashkil etadi.  
       Bu affiks yordamida o’zbek tiliga oid so’zlardan, shuningdek, rus tilidan va u
orqali o’zlashgan so’zlardan ham yangi sifatlar yasaladi va yasalmoqda:   razryadli
(sportchi), planli (ish), vaqtli (matbuot), jarangli (undosh), izohli 
(lug’at), inersiyali (harakat), obrazli (ifoda), stixiyali (xarakat)  kabi.  
2. Shaxs yoki narsa-predmetda asosdan anglashilgan narsaning normadan ortiq
(yuqori,   kuchli)   darajada   ekanini   bildiruvchi   sifat   yasaydi:   Arslonqul   barvasta
qomat,   o‘mrovli,   sodda,   o’n   sakkiz   yashar   yigitcha   edi   (Oybek).   Oh,   ko’rsang
edi... Qanday   chiroyli,  qanday  aqlli  ekanini bilar eding, bekachim!  (A. Qodiriy). 
Kechki   norin   uchun   katta   qozonda   yog‘li   qazi   pishadi,   ikkinchi   qozonda   qo’y
etidan sho’rva qaynaydi  (Oybek).   
            - li   affiksi   shaxs   yoki   predmetda   tabiiy   ravishda   bor   bo ’ ladigan   narsani
bildiradigan   so ’ z   ( asos ) larga   qo ’ shilgandagina   shunday   ma ’ noli   sifat   yasaladi .
Demak,   bunday   ma’noning   reallashuvida   yasovchi   asos   bildiradigan   narsaning
xususiyati   ham   rol   o’ynaydi.   Masalan,   har   bir   odam   ma’lum   darajada   (ortiqmi,
kammi)   kuchga,   kattami   yoki   kichikmi   gavdaga   ega   bo’ladi.   Shu   narsani
bildiruvchi   so’zlarga   ( kuch   va   gavda   so’ziga)   -li   affiksi   qo’shilganda,   shaxsning
kuch   va   gavdaga   normadan   ortiq   daraja   egaligi   ifodalanadi:   Ammo   u   (Mutal)
hamon bo’shalishga kuchanar edi va  kuchli  qo’l battarroq siqar edi   ( А . Qodiriy).   10  
Bir   vaqtlar   gavdali   va   chiroyli   bo’lgan   o’ttiz   yashar   yigit   hozir   cho’pday   ozib
ketgan   edi   (Oybek).   Bu   tipdagi   sifat   yasalishi   obyektiv   sabab   bilan
chegaralanganligi tufayli unga oid yasama sifatlar ham ko’p emas.  
             3. Fe’lning   -(i)sh   affiksli ish oti shakliga qo’shilib narsa predmetning fe’ldan
anglashilgan   ish-harakat   uchun  juda   mos   (muvofiq,  bop)   ekanini   bildiruvchi   sifat
yasaydi:  yeyishli, ko’rishli, o’tirishli  kabi. Bu tipdagi sifatlar ham ko’p emas.  
      II. Hozirgi o’zbek tilida  –li  affiksi shakl yasash funksiyasiga ham ega. U shaxs
yoki   predmetning   asosdan   anglashilgan   narsaga   egaligini,   unda   shunday   narsa
borligini bildiruvchi shakl yasaydi. Otning bu shaklida –li affiksining ma’nosi bor,
ega   so’zining   ma’nosiga   teng   bo’ladi,   ya’ni   u   otning   leksik   ma’nosini
o’zgartirmagan   holda,   unga   “bor”,   “ega”   degan   ma’noni   qo’shadi:   Oynavandli
qo’sha-qo’sha   xonali,   gazli,   vodoprovodli   uylarda   yayrab-yashnayotgan
dehqonlarning   to’kin   dasturxoniga,   but   ro’zg’origa   boqaman   (R.   Rahmonov).
Rais kabinet eshigidan qaytdi-yu, to’g’ridagi eshikdan tollar qurshovidagi hovuzli
bog’chaga   chiqdi.   ...ularning   ortida   –chinor   ostida   allaqancha   egarsiz   va   egarli
otlar  (Sh. Xolmirzayev).  
            Shuni   aytish   kerakki,   -li   affiksining   otlardan   aytib   o’tilgan   ma’nodagi   shakl
yasashi juda chegaralangan so’zlar doirasida uchraydi, u boshqa shakl yasovchilar,
mas., ko’plik, egalik shaklini yasovchilar singari barcha otlarga qo’shilavermaydi.
Shaxs yoki predmetning biror narsaga egaligi, unda shunday narsa borligi ma’nosi
hozirgi   o’zbek   tilida   bor,   ega   so’zlari   orqali   ifodalanadi.   Shuning   uchun   -li
affiksini haqiqiy ma’noda shakl yasovchilar qatoriga kiritish qiyin. Lekin shu narsa
xarakterliki,   -li   affiksining   yuqoridagi   ma’noda   (grammatik   ma’no   bilan)   ot   so’z
birikmalariga   qo’shilishi   juda   umumiy   holat   hisoblanadi:   oliy   ma’lumotli,   yuqori
martabali,   o’n   gektarli,   past   bo’yli,   yuqori   hosilli   kabi.   Bunday   birikmalarda   -li
affiksi   oxirgi   so’zda   bo’lsa   ham,   lekin   u   butun   birikmaga   oid,   butun   birikmaga
qo’shilgan   bo’ladi   va   unga   xos   ma’no   ham   butun   birikmaga   oid   bo’ladi:   oliy
ma’lumot+li, o’n gektar+li, yuqori hosil+li  kabi. Bunday birikmalarga qo’shilgan    11  
–li  affiksi shaxs yoki predmetning o’zi qo’shilgan birikmadan anglashilgan narsaga
egaligini bildiradi, ot birikmani sifatlovchi birikmaga aylantiradi. Demak, bunda u
grammatik vazifa bajaradi, grammatik ma’no ifodalaydi. Misollar:   ...boshida  iroqi
jiyakli   do’ppi,   oq   shohi   ro’moli   belbog’iga   qistiriqliq,   beliga   kark   sopli   pichoq
osib olgan edi  (K. Yashin).  U yo’g’on,  baland gavdali , cho’ziq,  cho‘tir yuzli,  qish
kezlarida uzun olacha qaviq to’n kiyib yuruvchi ,  ochiq tabiatli . Qodiriydan besh -
o’n   yosh   katta   kishi   edi   (H.   Qodiriy).   Mana   shaxmat   nusxa   katakli   taksi
mashinasi   g’izillab   o’tib   ketdi.   (Sh.   Sa’dulla.)   Bilinar-bilinmas   cho‘tir   yuzli   bu
kimsaning ingichka qora soqoli bor edi  (H. Nuriy).  Har qanday ob - o’g’ri havoda
–   qirq   gradusli   sovuq   va   yozgi   jaziramada   ishlashga   kelgan.   O’sha   yerda   ochiq
ayvonli,  ustunlari yo’g’on imorat turibdi  (Sh. Xolmirzayev).  
-siz   affiksi.   O’zbek   tilida   –siz   affiksi   so’z   yasash   va   shakl   yasash
funksiyasiga ega. 
       I. Bu affiks xuddi sifat yasovchi   –li  affiksi kabi hozirgi o’zbek tilida eng faol,
mahsuldor   so’z   yasovchidir.   Uning   yordamida   asosan   otlardan   quyidagi   ma’noli
sifatlar yasaladi:  
1. Shaxs   yoki   predmetning   yasovchi   asosdan   anglashilgan   narsaga   ega
emasligi,   unda   shunday   narsaning   yo’qligi   bilan   bog’liq   bo’lgan   belgisini
bildiruvchi   sifatlar   yasaydi:   bolasiz,   boshsiz,   go’shtsiz,   imzosiz,   mevasiz,   nursiz,
paranjisiz, qurolsiz, adabsiz, andishasiz, lofsiz, omadsiz, tilantsiz, tartibsiz, qadrsiz
kabi.  
            Bunday   sifatlarda   –siz   affiksining   shaxs   yoki   predmet   yasovchi   asosdan
anglashilgan   narsaning   yo’qligi   ma’nosini   ifodalayotgani   aniq   seziladi,   ya’ni
bulardagi   –siz  affiksi ma’no jihatdan yo’q so’ziga juda yaqin. Shuning uchun ham
bunday so’zlarning ayrimlarida –siz affiksini yo’q so’zi bilan almashtirish imkoni
bor:   bolasiz   –   bolasi   yo’q,   imzosiz   –imzosi   yo’q,   andishasiz   –andishasi   yo’q,
qadrsiz   –   qadri   yo’q   kabi.   Lekin   –siz   affiksi   yordamida   yasalgan   sifatlarning
hammasida “yo’q” ma’nosi shu darajada bo’lavermaydi va bunday sifatlardagi  –siz   12  
affiksini   yo’q   so’zi   bilan   almashtirish   doim   mumkin   bo’lavermaydi:   uyqusiz,
adolatsiz, to’xtovsiz, shartsiz, yaroqsiz, qiyossiz, o’rinsiz, harakatsiz  kabi. 
            -siz   affiksli  so’zlar  hol  vazifasida  kelganda esa  hech vaqt   –siz   affiksini  yo’q
so’zi   bilan   almashtirib   bo’lmaydi:   Uch   kundan   beri   to‘xtovsiz   yoqqan   laylak   qor
bu   past-baland   tomlarni   go’yo   tekislab   qo’ygan   edi   (H.   Shams).   Biroq ,   Samarov
har   gal   ham   asossiz   ishdan   bo ’ shatilganligi   uchun   maktabga   qaytib   kelaveradi
(“ Mushtum ”).  Past-baland, qing’ir-qiyshiq...  rejasiz  pastak tomlar  (I. Rahim).  
2. Shaxs   yoki   predmetda   yasovchi   asosdan   anglashilgan   narsaning   kam,
normadan   past   (deyarli   yo’q)   darajada   mavjudligini   bildiruvchi   sifatlar   yasaydi:
Yelkasida   baytili   to’n,   katta   ochilgan   ko’z,   qonsiz   yuz   bilan   bir   necha   daqiqa
o’ngiga qarab o’tirdi   (M. Ismoiliy).   Unumsiz   qo’l mehnati davom etsa etaversin,
lekin   tom   bosib   qolmasin   emish   (“Mushtum”).   Erkaksiz   uy   fayzsiz,   ko‘rksiz
ko’rinadi ko’zga; Farzand uchun esa ota bir tog’day   (M. Alaviya).   Cho’ntagidan
ro’molcha olib,   ensiz   peshanasidagi  terlarni, ko’z yoshini artdi-da, so’ng so’zida
davom   etdi   (M.   Aliyev).   Abdushukur   manglayi   tirishgan,   ko’zoynakli,   etsiz
qoramtir yuzi ichiga botgan oriqqina kishi  (Oybek).  
              Bu   tipdagi   sifatlarda   aytib   o’tilgan   ma’noning   reallashuvida   yasovchi   asos
bildiradigan narsaga xos xususiyat ham rol o’ynaydi, ya’ni – siz  affiksini olgan so’z
bildiradigan narsa shaxs yoki predmetda obyektiv holda mavjud bo’ladi. Masalan,
tirik   odam   yoki   hayvonda   albatta   qon,   go’sht   (et)   mavjud   bo’ladi.   Lekin   uning
miqdori   (darajasi)   har   bir   konkret   odam   yoki   hayvonda   turli   darajada   bo’lishi
mumkin.   Ana   shu   inson   yoki   hayvondagi   qonni   (go’shtni)   anglatayotgan   qon,   et
(go’sht)   so’ziga   –siz   affiksi   qo’shilganda,   shu   narsaning   shaxs   yoki   hayvonda
normadan   past   darajada   ekanligi   ifodalanadi.   Xuddi   shu   “normadan   past”lik
tushunchasi   ta’sirida   -siz   affiksi   yordamida   yasalgan   ayrim   sifatlarda   yasovchi
asosdan   anglashilgan   narsadan   yaxshi   emasligi,   pastligi   ma’nosi   ifodalanadi:   Bu
gazetalardagi (viloyat gazetalaridagi) ko’pgina materiallar yuzaki bo’lib,   shirasiz
til   bilan   yozilgan   ( Газ .).   Xo’sh,   sutning   sifatli   yoki   sifatsiz   (sortli   yoki   sortsiz)   13  
bo’lishi   nimalarga   bog’liq ?   (Gaz.).   Bektemir   Polvonning   shu   topda   dilgir   va
kayfsiz  ekanini payqaydi, lekin churq etishga tobi yo’q  (Oybek). 
              -siz   affiksi ko’rib o’tilgan ma’nolarda   –li   affiksining antonimidir. Qiyoslang:
mevali   –mevasiz,   imzoli   –imzosiz,   nurli   –nursiz,   kuchli   –kuchsiz,   yoqimli   –
yoqimsiz,   odobli   –odobsiz   kabi.   Lekin   bu   ikki   affiks   hamma   vaqt   bir-birining
antonimi   sifatida   qo’llanavermaydi.   Ayrim   leksemalardan   –li   affiksi   yordamida
sifat yasalgani holda ulardan – siz  affiksi yordamida sifat yasalmaydi va aksincha. 
Masalan,   ayanchli,   dahshatli,   ziyoli,   nafratli   so’zlarining   ayanchsiz,   dahshatsiz,
ziyosiz,   nafratsiz   kabi   antonimi,   so’ngsiz,   ilojsiz,   so’zsiz,   yuzsiz   so’zlarining
so’ngli, ilojli  so’zli,  yuzli  kabi antonimi yo’q.  
            II.   –siz   affiksi   hozirgi   o’zbek   tilida   faqat   inkor   ifodalash   uchun   ham   keng
qo’llanadi.   Bunday   hollarda   so’zga   –siz   affiksi   qo’shilishi   bilan   yangi   leksema
hosil bo’lmaydi. Bu vazifada   –siz   affiksi o’zi qo’shilgan so’z bildirgan shaxs yoki
narsaning biror ish-harakatda ishtirokini, uning bo’lishini  inkor etadi:   Qoloqlarsiz
unumli va sifatli ishlaylik   (Gaz.).   ...yigirma   sigirsiz   a’zo sigirli  bo’lib, idora ham
ularning pul xarxashasidan qutulayozdi  (A. Qodiriy).  Otasiz  yashay olmayman. 
O’zi   ham   sadoqatli,   vafoli,   yaxshi   mol-da,   birodar   (M.   Ibragimov).   Har   qanday
suhbat bir piyola  choysiz  o’tmaydi. Ayniqsa, ko’p mehmon yig’ilgandagi ziyofatni
samovarsiz  tasavvur etib bo’lmaydi  (Gaz.).  Nahotki,  yolg‘onsiz  o’la olmasa, Unga
yetmasmidi   bir   yolg’on   umr?   (A.   Muxtor).   Hayotni   kuy-qo‘shiqsiz   tasovvur   etib
bo’lmaydi  (Gaz.).  
           Bu vazifasida   –siz   affiksi atoqli otlarga, olmoshlarga, hatto so’z birikmalariga
ham qo’shilaveradi:   O’zbek adabiyotini ko’p jihatdan   G‘afur G‘ulomsiz   tasavvur
etish   mumkin   emas   (Gaz.).   O’zining   bundan   buyongi   hayoti   Zubaydasiz   juda
bema’ni bo’lib tuyulib ketdi  (K. Yashin).  Holbuki, bizning kunlarda minglab xotin-
qizlar borki,  ularsiz  xalqning ishi olg’a bosmaydi  (M. Ibragimov).  –Ha, hozir  shu
o‘lgursiz   mehmon kutib bo’lmasligini tushunib qolganmiz! –kuldi Xosiyat xola   (P.
Qodirov).  Oxiri ko’ksida soqoli titrab,  tovushsiz, ko‘z yoshsiz  yig’lab yuboradi  (A.
Muxtor).     14  
       Demak,   -siz   affiksi bu vazifasida so’z yasovchi emas, balki shakl yasovchi
hisoblanadi.  
-dor   affiksi .   Fors-tojik   tillariga   mansub   bo’lgan   bu   affiks   o’zbek   tiliga   shu
tillardan o’zlashgan so’zlar tarkibida o’tgan. Bunday o’zlashma so’zlar esa o’zbek
tilida  anchagina  miqdorni  tashkil   etadi.  Shu  sababli,  bu  so’zlar  so’z  yasalishining
bir tipi sifatida qaraladi va ulardagi  –dor  affiksi ma’lum so’z yasash ma’nosiga ega
bo’ladi.   Bu   esa   mazkur   affiks   yordamida   o’zbek   tilining   o’zida   yangi   so’zlar
yasalishiga yo’l ochadi. 
Bu   affiks   ma’no  va   vazifasi   jihatidan   –li   affiksiga   juda  yaqin   turadi.   Lekin
uning  sifat   yasash   doirasi   – li   affiksining  sifat   yasash   doirasiga   nisbatanancha   tor.
Fors-tojik  tilidan  o’zlashgan   so’zlarni  hisobga  olmaganda,   -dor   affiksi  yordamida
o’zbek tilining o’zida yasalgan sifatlar kam miqdorni tashkil etadi. Buning sababi
unga ma’nodosh bo’lgan  –li  affiksining juda faolligidir.  
       -dor  affiksi otlardan quyidagi ma’noli sifatlar yasaydi:  
1. Shaxs   yoki   predmetning   yasovchi   asosdan   anglashilgan   narsaga   egaligini,
unda   shunday   narsa   borligini   bildiradi:   aybdor,   jahldor,   ilmoqdor,   mazmundor,
salmoqdor,   sepkildor,   shirador,   yarador   каби .   Bu   ma’nosi   bilan   – dor   affiksi   – li
affiksining   sinonimi   hisoblanadi.   Qiyoslang:   vafodor-vafoli,   jarangdor-jarangli,
ilmoqdor-ilmoqli,   mazmundor-mazmunli,   homilador-homilali,jozibador-jozibali
kabi.   Hozirgi   o’zbek   tilida   bu   ma’nodagi   sifat   yasovchi   asosiy   (faol)   affiks   –li
affiksidir. 
2. Shaxs   yoki   predmetning   yasovchi   asosdan   anglashilgan   narsaga
normadagidan ortiqroq egaligini bildiradi:   mahsuldor, puldor, go’shtdor to’shdor,
bo’ydor, jahldor, dimog’dor, sepkildor, yelkador, qorindor  kabi. Yasovchi asosdan
anglashilgan   narsaga   egalikni   ortiqlik,   yuqori   daraja   bilan   ifodalashi   sababli
bunday   sifatlardagi   –dor   affiksi   o’rnida   –li   affiksini   qo’llab   bo’lmaydi.   Agar   –li
affiksi   bilan   yasaluvchi   sifat   qo’llanadigan   bo’lsa,   u   holda   –dor   affiksiga   xos
ortiqlik ma’nosini ifodalash uchun yana boshqa birlik, masalan, shunday ma’noga   15  
ega bo’lgan so’z ham qo’llanadi. Qiyoslang:   bo’ydor – baland bo’yli, yelkador –
keng yelkali, puldor – puli ko’p  kabi. 
          -li,   -dor   affikslari   o’zaro   sinonim   bo’lsalar   ham,   lekin   –li   affiksi   o’ziga   xos
belgi-xususiyatlari bilan – dor   affiksidan farqlanadi.   Bu haqda quyidagilarni aytish
mumkin. 
1. Ayni   bir   asosdan   –li   affiksi   yordamida   yasalgan   so’zlar   umumiste’molda,
shuningdek, oddiy so’zlashuvda keng qo’llangani holda, - dor  affiksi bilan yasalgan
so’zlar   uslubning,   nutqning   biron   turiga   ma’lum   darajada   xoslangan   bo’ladi.
Misollarga   e ’ tibor   beraylik :  Vafoli   do ’ st   yo ’ lga   solar ,  vafosiz  “ do ’ st ”  yo ’ ldan   urar
( Maqol ).   Komila   kelishgan ,   ko ’ zlari   jozibali ,   aqlli ,   latofatli ,   sho ’ x   edi   ( Oybek ).
Bu   misollardagi   – li   affiksi   yordamida   yasalgan   sifatlar   biron - bir   qo ’ shimcha
ottenkaga   ega   emas .   Shuning   uchun   ham   ular   o ’ rnida ,   xuddi   shu   gapda ,   matnda   –
dor   affiksli   sifatlarni   qo ’ llab   bo ’ lmaydi .   Bu   bir   tomondan .   Ikkinchi   tomondan ,
ko ’ rib   o ’ tilgan   ma ’ noli   ba ’ zi   sifatlarni   ma ’ lum   qo ’ shimcha   ottenka ,   masalan ,
emotsional   ottenka ,   publitsistik   uslubga   xos   belgi   va   shu   kabilar   bilan   ifodalash
talabi   bo ’ lsa ,   - dor   affiksi   bilan   yasaluvchi   turini   qo ’ llash   mumkin   bo ’ ladi .
Bizningcha ,   xuddi   shu   sabab   asosida   tilda   unumli ,   jarangli ,   ilmoqli   kabi   sifatlar
bo ’ lgani   holda   unumdor ,   jarangdor ,   ilmoqdor   sifatlari   ham   yasalgan :   Qizning
jarangdor   ovozi   yangrab ,  maydonni   tutdi   ( Sh . Sa ’ dulla ).  Qo ’ ziboy   u   yerda   ham   bir
kishini   uchratdi :   u   do ’ stining   o ’ zidek   jussador   xotini   Norbibi   edi   ( SH .
Xolmirzayev ).   Yoshligida   kuchli ,   qomatdor ,   azamat   ko ’ rinishli   odam   bo ’ lgani
ravshan   edi   ( M .   Ibrohimov ).   ... xalqimiz   muzikani   –   dilni   yayratuvchi   dilrabo
kuylar ,  jarangdor   qo ’ shiq   va   laparlarni   sevadi   ( Gaz .). 
2. Ayrim   otlarga   qo ’ shilib   shaxs   yoki   predmetning   yasovchi   asosdan
anglashilgan   narsaga   normadan   ortiq   ( yuqori )   darajada   egaligini   bildiruvchi   sifat
yasaydi :  beldor ,  bo ’ ydor ,  guldor ,  yelkador ,  mahsuldor ,  puldor ,  sepkildor ,  hosildor
kabi .   – li   affiksi   bilan   yasalgan   sifatlar   ichida   ham   shunday   ma ’ nolilari   bor .   Lekin ,
birinchidan ,   ular   juda   kam   ( gavdali ,   o ’ mrovli   kabi ).   Yana   shu   narsa   ham
xarakterliki ,   - dor   affiksi   bilan   yasalgan   yuqoridagi   ( hosildor ,   sepkildor )   kabi   16  
sifatlarga   xos   ma ’ noni   og ’ zaki   nutqda   alohida   urg ’ u ,   o ’ ziga   xos   ohang   bilan
talaffuz   etish   orqali   – li   affiksli   sifat   bilan   ifodalash   mumkin .   Lekin yozma nutqda
– li   affiksli sifat   –dor  affiksli sifatga xos ma’noni reallashtira olmaydi. Qiyoslang:
guldor-gulli, mo’ylovdor-mo’ylovli, sepkildor-sepkilli.   Ortiqlik ma’nosi   –li   affiksli
sifatlarda maxsus so’zlar orqali ifodalanadi:   keng yelkali, baland bo’yli   kabi.  –dor
affiksli sifatlar esa ortiqlik ma’nosini bunday so’zlarsiz ham  ifodalay oladi. Hatto,
-dor   affiksi   bu   tipdagi   sifatlar   ortiqlik   ma’nosini   ifodalovchi   keng,   baland   kabi
so’zlar bilan qo’llanmaydi. Quyidagi  bir faktga e’tibor bering:   Kunlarning birida
uning mashinasiga “Samarqand” avtostansiyasidan baland bo’yli, keng yag’rinli,
mo‘ylovdor   bir   kishi   o’tirdi   (U.Yusupov).   Bu   gapdagi   bo’yli,   yag’rinli   sifatlari
bo’ydor,   yag’rindor   tarzida   qo’llansa,   ular   oldidagi   baland,   keng   so’zlari
qo’llanmaydi   va,   aksincha,   mo’ylovdor   so’zi   mo’ylovli   tarzida   qo’llanadigan
bo’lsa,   uning   oldidan   ortiqlik   ma’nosini   ifodalovchi   biron   so’zni   ham   qo’llash
kerak bo’ladi ( uzun mo’ylovli, qalin mo’ylovli kabi ).  
            Ana   shu   holatlar   – dor   affiksini   – li   affiksidan   farqli   ravishda,   asosdan
anglashilgan   narsaga   ortiq   darajada   egalik   ma’nosini   ifodalovchi   affiks   sifatida
gavdalantiradi.   Natijada   shaxs   yoki   predmetning   biror   narsaga   normadan   ortiq
darajada   egaligini   bildiruvchi   yangi   sifat   yasalish   talabi   tug’ilsa,   - dor   affiksidan
foydalanish, uning yordamida shunday ma’noli yangi sifat yasash mumkin bo’ladi.
Bunga misol  sifatida keyingi vaqtlarda   –dor   affiksi yordamida yasalgan   donador,
natijador  sifatlarini ko’rsatish mumkin.  
            -dor   affiksining   bu   xususiyati   uning   yordamida   yasalgan   so’zni   ma’lum
darajada ko’tarinkilik ottenkasiga ega qilib qo’yadi. Buning ta’sirida   –dor   affiksli
ba’zi   so’zlar   o’rnida   uning   –li   affiksli   varianti   deyarli   qo’llanmaydigan   bo’ladi.
Misol:   Buxoro   Sharq   milliy   musiqa   maktabi   bundan   bir   yil   burun   dongli   sharq
kuylari bo’lg’on “shashmaqom”ni Ovrupo no’tasig’a oldirib bostirg’on edi  (Gaz.)
Hozirgi   o’zbek   adabiy   tilida   faqat   dongdor   so’zi   qo’llanadi   ( dongli   varianti
qo’llanmaydi).     17  
3. –li   va   –dor   affiksi   bilan   yasalishi   mumkin   bo’lgan   ayrim   sifatlardan   –lik
affiksi   yordamida   ot   yasalishida   ham   ma’lum   o’ziga   xoslik   seziladi.   Masalan,
vafodor, mazmundor,  manfaatdor, samarador,  unumdor, homilador   sifatlari  bilan
birga   – li   affiksli   mazmunli,   vafoli,   manfaatli,   samarali,   unumli,   homilali   so’zlari
ham keng qo’llaniladi. Lekin bulardan  –lik  affiksi bilan ot yasalishida asosan  –dor
affiksli   leksema   yasovchi   asos   sifatida   foydalaniladi:   vafodorlik,   manfaatdorlik,
homiladorlik   kabi.   –li   affiksli   leksemaning   yasovchi   asos   sifatida   qo’llanishi
deyarli   uchramaydi,   ya’ni   vafolilik,   manfaatlilik,   homilalilik,   unumlilik   otlari
deyarli   qo’llanmaydi.   Misollar:   Bu   o’rinda   gap   ijtimoiy   ishlab   chiqarishni
intensivlash,   uning   samaradorligini   oshirish,   mehnat   unumdorligini   tubdan
yuksaltirish   singari   vazifalar   to’g’risida   bormoqda   (Gaz.).   Demak,   bu   fakt   ham
aynan   bir   leksemadan   –li   affiksidan   tashqari   –dor   affiksi   yordamida   sifat
yasalishiga   ( homilali-homilador   kabi)   aynan   bir   asosdan   –li,   -dor   affiksi   bilan
yasalgan sifatlarning qo’llanaverishiga (tilda yashayverishiga) yo’l qo’yadi.  
4. –dor   affiksining   o’zbek   tilidagi   funksiyasi   haqida   lingvistik   adabiyotlarda
turlicha   fikrlar   bor.   Ba’zi   ishlarda   u   faqat   shaxs   oti   yasovchi   (ya’ni   ot   yasovchi)
sifatida   ta’riflansa,   ayrim   adabiyotlarda   –dor   affiksining   aslida   sifat   yasovchi
bo’lgani,   hozirda   ham   uning   izi   borligi,   lekin   u   asosan   shaxs   oti   yasovchi   ekani
aytiladi.   Tilshunos   Olim   Usmonov   “bu   affiks   vositasida   so’zdan   anglashilgan
narsaga   asoslanganlik   yoki   intilishlik   ma’nosini   ham   ifodalab   keladigan   ot   yoki
ham ot, ham sifat funksiyasida ishlatiladigan so’zlar yasash mumkinligi”ni aytadi. 
Hozirgi   o’zbek   adabiy   tili   kitobida   –dor   affiksi   ham   sifat   yasovchi,   ham   ot
yasovchi sifatida beriladi. 
       Hozirgi o’zbek adabiy tili faktlari  –dor  affiksining aslida ham, hozir ham sifat
yasovchi ekanini to’la tasdiqlaydi. Lekin shunisi ham ma’lum bo’ldiki,  -dor  affiksi
bilan yasaluvchi  sifatlarning otlashish  (ot vazifasida qo’llanish) xususiyati  kuchli.
Masalan,   -li   affiksi   yordamida   yasalgan   aybli,   bayroqli,   vafoli   sifatlarining   ot
vazifasida   qo’llanishi   deyarli   uchramaydi.   Aybdor,   bayroqdor,   vafodor
sifatlarining otlashishi esa juda ko’p uchraydigan hodisa:  Bu majlisning qahramoni   18  
bo’lgan   komsomol   Hasan   aybdorlarday   yerga   qarab   o’tirgan   bo’lsa   ham...
(S.Ayniy).   Ushbu hukmimizni  yeriga yetkazishda  sustlik qilgan   mansabdor   bizga
itoatdan bosh tortgan hisoblanib...  (A.Qodiriy). 
Xuddi   shu   xususiyati   ta’sirida   bo’lsa   kerak,   -dor   affiksli   ba’zi   so’zlar
butunlay   otga   ko’chgan:   quldor,   bog’dor,   do’kondor,   mulkdor   kabilar :   Qish
sukunati   birdan   buzildi-yu,   barcha   jondorlar   harakatga   kelib,   amal   ola   boshladi
(K.Yashin).   Arslonqul...   bolalikdan   poda   boqqan,   yerdorlarning   xirmonini
ko’targan, qo’sh haydagan  (Oybek).  
         -dor   affiksining ana shu xususiyati ham uni   -li affiksidan farqli so’z yasovchi
sifatida   yashashiga   va   xuddi   shu   xususiyati   asosida   xozirda   ham   yangi   so’zlar
yasashiga  yo’l   ochadi:   U  jahon  bozorida   Ovrupo   dunyodorlari   bilan  bellashmoq
uchun savod kerakligi, hisob-kitob, iqtisod ilmlarini puldorlar suv qilib ichishlari
shartligi... haqida uzoq gapirdi  (K.Yashin). 
          5.   Nihoyat,   -li   va   – dor   affikslarining   o’ziga   xos   farqli   xususiyatlari   haqida
gapirganda   shuni   ham   ta’kidlash   kerakki,   -li   affiksli   so’zlar   harakatning   belgisini
ifodalash   uchun   ham   qo’llanaveradi.   – dor   affiksli   so’zlar   esa   asosan   predmet
belgisini   ifodalashda     qo’llanadi.   Masalan,   predmet   belgisini   bildirishda   unumli,
samarali   so’zlari   bilan   birga   unumdor,   samarador   so’zlari   ham   qo’llanadi:
unumdor   yerlar,   samarador   mehnat   kabi.   Lekin   harakatning   belgisini   bildirishda
asosan   –li   affiksli   so’z   qo’llanadi,   uning   –dor   affiksli   varianti   esa   deyarli
qo’llanmaydi. Misol:  Dehqonning madadkori mashinalar paxta dalalarida  unumli
ishlayapti  (Gaz.).  
            Ma’lum   bo’ladiki,   -dor   affiksi   boshqa   sifat   yasovchi   affiksda   bo’lmagan,
jumladan,   o’zaro   sinonim   bo’lgan   – li   affiksidan   farqli   o’ziga   xos   ayrim
belgixususiyatlarga   ega.   Ana   shu   xususiyatlar   hozirgi   o’zbek   adabiy   tilida   –dor
affiksining   ham   yashashini,   uning   yordamida   yangi   so’zlar   yasash   imkonini
ta’minlaydi. 
            ser-   affiksi.   Bu   affiks   yordamida   yasalgan   sifatlar   predmetning   asosdan
anglashilgan narsaga normadan ortiq darajada egaligini bildiradi va shu xususiyati   19  
bilan  ser-  affiksi  –li, -dor, -kor  affikslariga sinonim bo’ladi. Qiyoslang:  serunum –
unumli – unumdor.   Lekin   –li, -dor, -kor   affikslari yordamida yasalgan sifatlarning
hammasi   emas,   balki   ma’lum   miqdordagilari   shunday   ma’noga   ega   bo’lsa,   -ser
affiksi   har   qanday   asosga   qo’shilganda   ham   shunday   ma’noli   sifat   yasaydi:
serdaromad, serdiqqat, sermahsul, sersuv, serfarzand, sershox  kabi.  
          ser-   affiksining   o’z   sinonimlaridan   farqli   xususiyati   haqida   gapirganda   yana
shuni   ham   aytish   mumkinki,   uning   yordamida   yasalgan   sifatlar,   asosan,   asosdan
anglashilgan   narsaga   miqdor   jihatdan   ortiq   egalikni   bildiradi.   Bundan   tashqari,
hozirgi   o’zbek   adabiy   tilida   ser-   affiksi   yordamida   yangi   sifat   (sifatlar)   yasalishi
kuzatilmaydi. 
-kor   affiksi.   Bu   affiks   yordamida   yasalgan   va   hozirgi   o’zbek   tilida
qo’llanayotgan so’zlarning asosiy qismi fors-tojik tilidan (tayyor holda) o’zlashgan
so’zlardir:  bahorikor, gunohkor, riyokor, tadbirkor, tezkor  kabi. 
             Bu affiks yordamida yasalgan sifatlar shaxsning belgisini  bildiradi (predmet
belgisini   bildiruvchi   sifatlar   uch-to’rtta).   Lekin   -kor   affiksi   bu   sifatlarning
hammasida   bir   umumiy   ma’noga   (so’z   yasalish   ma’nosiga)   ega   emas.   Hatto,
shaxsning belgisini, predmetning belgisini bildiruvchi sifatlar doirasida ham bular
uchun umumiy bo’lgan (so’z yasalish)  ma’nosiga ega  emas. Masalan,   ehtiyotkor,
tadbirkor   sifatlarida   shaxsning   yasovchi   asosdan   ( ehtiyot,   tadbir   leksemalaridan)
anglashilgan  mazmundagi   faoliyatga  egaligi   ifodalansa,   gunohkor   so’zida  bunday
ma’no yo’q. Shuningdek, predmet belgisini bildiruvchi (bular 3-4 tagina)  fusunkor
va   maftunkor   so’zlarining   ma’nosi   bir   tipda   emas.   Buning   sababi,   bizningcha,
bunday   so’zlarning   o’zbek   tilida   yasalmaganligida,   o’zbek   tiliga   (tayyor   so’z
holida) ma’lum bir ma’nosi bilan qabul qilinganligidadir.  
      Fors-tojik tilidan  -kor  affiksi yordamida yasalgan o’zlashma so’z (sifat) larning
ko’pchiligida   shaxs   yoki   predmetning   yasovchi   asosdan   anglashilgan   narsa,
xususiyatga   kuchli   moyilligi   (egaligi)   faoliyati,   xatti-harakati,   xususiyati   ana   shu
narsa, belgi bilan xarakterli ekani ifodalanadi:  riyokor, tezkor, maftunkor  kabi.    20  
Demak,   bunday   so’zlarda   - kor   affiksi   xuddi   shu   umumiy   ma’noga,   so’z   yasalish
ma’nosiga   ega. Ana  shu  ma’nosi   asosida  keyingi   davrlarda  o’zbek tilining  o’zida
ham  ayrim  so’zlar   yasaldi:   azmkor,   da’vatkor,  tajovukor   kabi. Misollar:   Ayniqsa,
navbahor kezlarida bunday kechalar g’oyat sehrli   va mo‘jizakordir   (M. Qoriyev).
Bu   hazin,   may   singari   olovbaxsh   ohanrabodek   jozibakor   kuy   joniga   oro   kirar...
azob   berayotgan   g’am-alam,   dardu   hasratlarini   suv   qilib,   shahlo   ko’zlaridan
oqizar edi   (K. Yashin).   Shu boisdan ham xalqaro maydondagina emas, mamlakat
ichkarisida ham hujumkor qarshi propagandani keng avj oldirish zarur  (Gaz.). 
Lekin,   birinchidan,   bunday   yasama   sifatlar   u   qadar   ko’p   emas.   Ikkinchidan,   bu
so’zlarning yasovchi asosi  ham aslida arabcha, fors-tojikcha o’zlashma so’zlardir.
kor   affiksi   yordamida   sof   o’zbekcha   va   rus   tilidan   o’zlashgan   so’zlardan   sifat
yasalishi   uchramaydi.   Shu   sababli,   -kor   affiksini   to’la   ma’noda   hozirgi   o’zbek
tilidagi faol va mahsuldor sifat yasovchilar qatoriga kiritib bo’lmaydi.   
         -kor   affiksli  so’zlarda shaxs  yoki predmetning yasovchi  asosdan  anglashilgan
belgi, xususiyatga kuchli darajada moyilligi, unda shu belgi, narsaning kuchli ekani
ifodalanadi. Demak, - kor  affiksida ma’lum darajada kuchaytirish xususiyati bor.  –
li   affiksida   esa   bunday   xususiyat   yo’q.   –li   va   –kor   affiksi   yordamida   yasalgan
ayrim so’zlar ana shu xususiyati bilan o’zaro farqlanadi. Quyidagi misollardagi  –li
va   –kor   affikslari   yordamida   yasalgan   sifatlarni   qiyoslab   ko’ring:   ...Saodat
kampir...   suyakli,   qiyg’ir   burunli,   harakatlaridan   shijoatli   va   chaqqon   ekani
bilingan erkaksimon xotin edi  (Oybek).  Shijoatkor  yigitlar yetti yillikning uchinchi
yili planini avgust oyidayoq bajarib, boshqalarga namuna bo’ldilar  (Gaz.).  
            Ma’lumki,   - kor   affiksi   yordamida   hozirgi   o’zbek   tilida   shaxs   otlari   ham
yasaladi:   g’allakor,   paxtakor   kabi.   Uning   yordamida   yasalgan   ayrim   so’zlar   esa
har   ikki   funksiyada   –   ot   va   sifat   funksiyasida   keng   qo’llanadi:   xiyonatkor,
havaskor   kabilar.   Misollar:   Hatto   bir   kuni   qismdagi   havaskor   san’atchilar
tashabbusi bilan “katta yerto’la”da konsert tashkil qilindi  (A. Qahhor).  San’atkor
izvoshchini   hayron   qoldirib,   o’zidan   o’zi   g’uldirab   borar   edi   (A.
Qahhor).   ...O’zbekistonning   san’atkor   ziyolilari   hozirgi   zamon   qahramonining   21  
xarakterini   tobora   chuqur,   samarali   tadqiq   etish...   yo’lidan   bormoqdalar   (Gaz.).
Demak, - kor  affiksida ham shaxs, ham belgi tushunchasi bor. Bu narsa – kor  affiksi
sifat   yasagan   hollarda   ham   sezilib   turadi,   ya’ni   –kor   affiksli   so’zlarda   shaxs   va
belgi tushunchalari birligi ifodalanadi (sezilib turadi). Xuddi shu xususiyat ta’sirida
faqat shaxs ma’nosining o’zini  ifodalaydigan – chi   affiksli  so’z (ot) va faqat belgi
ifodalovchi   –li   affiksli   so’z   (sifat)   o’rnida   -kor   affiksi   bilan   yasaluvchi   so’zni
qo’llab   bo’lmaydi   va,   aksincha.   Misol:   Turbovintli   dvigatellar...   yonilg’i
sarflashda ancha  tejamlidir   (Gaz.). 
             -kor   affiksining yuqoridagi belgi-xususiyatlari asosida yasalgan yangi so’zlar
borki, ular o’rnida – chi  yoki  –li  affiksi bilan yasaluvchi varianti qo’llab bo’lmaydi:
Hayotimizning ilg’or,   hujumkor , yaratuvchi kishilari obrazlarining yaratilganligi
...   (Gaz.).   Omilkor   dehqon,   tadbirkor   rahbar   qishki   ishlarni   ko’klamga
qoldirmaydi  (Gaz.).  O’tmishda  tajovuzkor  davlatlar bu holdan xalqlar tinchligi va
xavfsizligini saqlash manfaatlariga qarshi foydalangan edilar  (Gaz.).       
Ma’lum   bo’ldiki,   ot   yasovchi   –chi ,   sifat   yasovchi   –li   affikslari   stilistik
jihatdan   neytral.   –kor   affiksi   esa   stilistikva   boshqa   jihatdan   ma’lum   o’ziga
xosliklarga   ega.   Bu   esa   so’z   yasash   funksiya   doirasini   ma’lum   darajada   cheklab
qo’yadi.  
ba- affiksi.  Bu affiks yordamida yasalgan so’zlar ko’p emas va shu 
so’zlarning asosiy qismi ham fors-tojik tillaridan o’zlashgan so’zlardir. Bu tipdagi
sifatlar   ham   asosdan   anglashilgan   narsaga   ortiq   darajada   egalikni   bildiradi:
badavlat,   baquvvat,   bahaybat   kabi.   Hozirgi   o’zbek   adabiy   tilida   ba-   affiksi
yordamida so’z yasalishi kuzatilmaydi.  
       -mand affiksi .  Bu affiks yordamida yasalgan sifatlar ham asosdan anglashilgan
narsaga   egalik   (borlik)   ma’nosini   bildiradi:   davlatmand,   orzumand,   kasalmand,
havasmand   kabi.   Bunday   sifatlar   uch-to’rttagina.   –mand   affiksining   so’z   yasash
funksiyasi deyarli to’xtagan.  
            Ma’lum   bo’ladiki,   o’zaro   sinonim   bo’lgan   (yuqorida   ko’rib   o’tilgan)
affikslardan   ba’zilari   yangi   sifat   (sifatlar)   yasalishida   iste’molda   bo’lsa   (- li,   -kor,   22  
dor   affikslari),   ayrimlari   so’z   yasash   funksiyasini   to’xtatgan   ( ser-,   ba-,   -mand
affikslari). 
-siz   affiksi.   O’zbek   tilida   – siz   affiksi   so’z   yasash   va   shakl   yasash
funksiyasiga ega. 
       I. Bu affiks xuddi sifat yasovchi   –li  affiksi kabi hozirgi o’zbek tilida eng faol,
mahsuldor   so’z   yasovchidir.   Uning   yordamida   asosan   otlardan   quyidagi   ma’noli
sifatlar yasaladi:  
1. Shaxs   yoki   predmetning   yasovchi   asosdan   anglashilgan   narsaga   ega
emasligi,   unda   shunday   narsaning   yo’qligi   bilan   bog’liq   bo’lgan   belgisini
bildiruvchi   sifatlar   yasaydi:   bolasiz,   boshsiz,   go’shtsiz,   imzosiz,   mevasiz,   nursiz,
paranjisiz, qurolsiz, adabsiz, andishasiz, lofsiz, omadsiz, tilantsiz, tartibsiz, qadrsiz
kabi.  
            Bunday   sifatlarda   – siz   affiksining   shaxs   yoki   predmet   yasovchi   asosdan
anglashilgan   narsaning   yo’qligi   ma’nosini   ifodalayotgani   aniq   seziladi,   ya’ni
bulardagi   –siz  affiksi ma’no jihatdan yo’q so’ziga juda yaqin. Shuning uchun ham
bunday so’zlarning ayrimlarida   –siz   affiksini yo’q so’zi bilan almashtirish imkoni
bor:   bolasiz   –   bolasi   yo’q,   imzosiz   –imzosi   yo’q,   andishasiz   –andishasi   yo’q,
qadrsiz   –   qadri   yo’q   kabi.   Lekin   –siz   affiksi   yordamida   yasalgan   sifatlarning
hammasida “yo’q” ma’nosi shu darajada bo’lavermaydi va bunday sifatlardagi – siz
affiksini   yo’q   so’zi   bilan   almashtirish   doim   mumkin   bo’lavermaydi:   uyqusiz,
adolatsiz, to’xtovsiz, shartsiz, yaroqsiz, qiyossiz, o’rinsiz, harakatsiz  kabi. 
            -siz   affiksli  so’zlar hol  vazifasida kelganda esa hech vaqt –siz  affiksini  yo’q
so’zi   bilan   almashtirib   bo’lmaydi:   Uch   kundan   beri   to‘xtovsiz   yoqqan   laylak   qor
bu   past-baland   tomlarni   go’yo   tekislab   qo’ygan   edi   (H.   Shams).   Biroq ,   Samarov
har   gal   ham   asossiz   ishdan   bo ’ shatilganligi   uchun   maktabga   qaytib   kelaveradi
(“ Mushtum ”).  Past-baland, qing’ir-qiyshiq...  plansiz  pastak tomlar  (I. Rahim).  
2. Shaxs   yoki   predmetda   yasovchi   asosdan   anglashilgan   narsaning   kam,
normadan   past   (deyarli   yo’q)   darajada   mavjudligini   bildiruvchi   sifatlar   yasaydi:
Yelkasida   baytili   to’n,   katta   ochilgan   ko’z,   qonsiz   yuz   bilan   bir   necha   daqiqa   23  
o’ngiga qarab o’tirdi   (M. Ismoiliy).   Unumsiz   qo’l mehnati davom etsa etaversin,
lekin   tom   bosib   qolmasin   emish   (“Mushtum”).   Erkaksiz   uy   fayzsiz,   ko‘rksiz
ko’rinadi ko’zga; Farzand uchun esa ota bir tog’day   (M. Alaviya).   Cho’ntagidan
ro’molcha olib,   ensiz   peshanasidagi  terlarni, ko’z yoshini artdi-da, so’ng so’zida
davom   etdi   ( М .   Алиев ).   Abdushukur   manglayi   tirishgan,   ko’zoynakli,   etsiz
qoramtir yuzi ichiga botgan oriqqina kishi  (Oybek).  
              Bu   tipdagi   sifatlarda   aytib   o’tilgan   ma’noning   reallashuvida   yasovchi   asos
bildiradigan narsaga xos xususiyat ham rol o’ynaydi, ya’ni –siz affiksini olgan so’z
bildiradigan narsa shaxs yoki predmetda obyektiv holda mavjud bo’ladi. Masalan,
tirik   odam   yoki   hayvonda   albatta   qon,   go’sht   (et)   mavjud   bo’ladi.   Lekin   uning
miqdori   (darajasi)   har   bir   konkret   odam   yoki   hayvonda   turli   darajada   bo’lishi
mumkin.   Ana   shu   inson   yoki   hayvondagi   qonni   (go’shtni)   anglatayotgan   qon,   et
(go’sht)   so’ziga   –siz   affiksi   qo’shilganda,   shu   narsaning   shaxs   yoki   hayvonda
normadan   past   darajada   ekanligi   ifodalanadi.   Xuddi   shu   “normadan   past”lik
tushunchasi   ta’sirida   -siz   affiksi   yordamida   yasalgan   ayrim   sifatlarda   yasovchi
asosdan   anglashilgan   narsadan   yaxshi   emasligi,   pastligi   ma’nosi   ifodalanadi:   Bu
gazetalardagi (viloyat gazetalaridagi) ko’pgina materiallar yuzaki bo’lib,  shirasiz
til   bilan   yozilgan   (Gaz.).   Xo’sh,   sutning   sifatli   yoki   sifatsiz   (sortli   yoki   sortsiz )
bo’lishi   nimalarga   bog’liq ?   (Gaz.).   Bektemir   Polvonning   shu   topda   dilgir   va
kayfsiz  ekanini payqaydi, lekin churq etishga tobi yo’q  (Oybek). 
              -siz   affiksi ko’rib o’tilgan ma’nolarda –li affiksining antonimidir. Qiyoslang:
mevali   –mevasiz,   imzoli   –imzosiz,   nurli   –nursiz,   kuchli   –kuchsiz,   yoqimli   –
yoqimsiz,   odobli   –odobsiz   kabi.   Lekin   bu   ikki   affiks   hamma   vaqt   bir-birining
antonimi   sifatida   qo’llanavermaydi.   Ayrim   leksemalardan   – li   affiksi   yordamida
sifat yasalgani holda ulardan – siz  affiksi yordamida sifat yasalmaydi va aksincha. 
Masalan,   ayanchli,   dahshatli,   ziyoli,   nafratli   so’zlarining   ayanchsiz,   dahshatsiz,
ziyosiz,   nafratsiz   kabi   antonimi,   so’ngsiz,   ilojsiz,   so’zsiz,   yuzsiz   so’zlarining
so’ngli, ilojli, so’zli, yuzli  kabi antonimi yo’q.     24  
            II.   –siz   affiksi   hozirgi   o’zbek   tilida   faqat   inkor   ifodalash   uchun   ham   keng
qo’llanadi.   Bunday   hollarda   so’zga   –siz   affiksi   qo’shilishi   bilan   yangi   leksema
hosil bo’lmaydi. Bu vazifada   –siz   affiksi o’zi qo’shilgan so’z bildirgan shaxs yoki
narsaning biror ish-harakatda ishtirokini, uning bo’lishini  inkor etadi:   Qoloqlarsiz
unumli va sifatli ishlaylik   (Gaz.).   ...yigirma   sigirsiz   a’zo sigirli  bo’lib, idora ham
ularning pul xarxashasidan qutulayozdi  (A. Qodiriy).  Otasiz  yashay olmayman. 
O’zi   ham   sadoqatli,   vafoli,   yaxshi   mol-da,   birodar   (M.   Ibragimov).   Har   qanday
suhbat bir piyola  choysiz   o’tmaydi. Ayniqsa, ko’p mehmon yig’ilgandagi ziyofatni
samovarsiz  tasavvur etib bo’lmaydi   ( Газ .).  Nahotki,  yolg‘onsiz  o’la olmasa, Unga
yetmasmidi   bir   yolg’on   umr?   (A.   Muxtor).   Hayotni   kuy-qo‘shiqsiz   tasovvur   etib
bo’lmaydi  (Gaz.).  
         Bu vazifasida   –siz  affiksi atoqli otlarga, olmoshlarga, hatto so’z birikmalariga
ham qo’shilaveradi:   O’zbek adabiyotini ko’p jihatdan   G‘afur G‘ulomsiz   tasavvur
etish   mumkin   emas   (Gaz.).   O’zining   bundan   buyongi   hayoti   Zubaydasiz   juda
bema’ni bo’lib tuyulib ketdi  (K. Yashin).  Holbuki, bizning kunlarda minglab xotin-
qizlar borki,  ularsiz  xalqning ishi olg’a bosmaydi  ( М . Ibragimov).  –Ha, hozir  shu
o‘lgursiz   mehmon kutib bo’lmasligini tushunib qolganmiz! –kuldi Xosiyat xola   (P.
Qodirov).  Oxiri ko’ksida soqoli titrab,  tovushsiz, ko‘z yoshsiz  yig’lab yuboradi  (A.
Muxtor).         no- affiksi . Bu affiks asosan sifatlardan, kam miqdorda otlardan sifat
yasaydi. Otlarga qo’shilib shaxs  yoki  predmetning yasovchi  asosdan  anglashilgan
narsaga   ega   emasligini,   uning   inkori   bilan   bog’liq   bo’lgan   belgisini   bildiruvchi
sifat yasaydi:   noiloj, noumid, noo’rin   kabi. Bu tipdagi sifatlarning ayrimlarida   no-
affiksi   –siz   affiksiga   ma’nodoshdir:   noiloj   –   ilojsiz,   noo’rin   –   o’rinsiz,   noumid   –
umidsiz, noinsof – insofsiz   kabi. Ayrim sifatlarda esa yasovchi asos hozirgi o’zbek
tilida   mustaqil   so’z   sifatida   qo’llanmaydi   yoki   ayrim   so’zlarda   no-   affiksi   so’z
yasovchiga   xos   umumiy   ma’noga   ega   bo’lmaydi   va   shu   sababli   bu   so’zlarning
ma’nosini   yasovchi   affiks   va   yasovchi   asos   ma’nolaridan   keltirib   chiqarib
bo’lmaydi. Masalan,  nojo’ya, nopisand (lik); nojins, noshukur.     25  
O’zbek   tilida   dastlab   no-   affiksi   yordamida   yasalgan   o’zlashma   so’zlargina
bo’lgan.   So’nggi   vaqtlarda   so’z   yasovchi   sifatida   no-   affiksining   ancha
faollashganini   ko’ramiz.   Uning   yordamida   o’zbekcha   so’zlardan,   shuningdek,
o’zlashma   leksemalardan   yangi-yangi   sifatlar   yasalgani   va   yasalayotganini
kuzatamiz:  noqoratuproq, nostandart  kabi.  
no-  affiksining so’z yasovchi sifatida faollashuvi fan, texnika va boshqa 
sohalarning rivojlanishining ham ta’siri bordir.  
Ma’lumki,   yasovchi   asosdan   anglashilgan   narsa   yoki   belgining   inkorini
bildiruvchi   so’zlar  hozirgi  o’zbek  tilida  juda  ko’p  miqdorni  tashkil  etadi.  Bunday
so’zlar   -siz,   be-   va   no-   affikslari   yordamida   yasaladi.   Bu   affikslar   inkor   ma’nosi
bilan   umumiylikka   ega   bo’lsa   ham,   ulardan   har   biri   o’ziga   xos   farqli
belgixususiyatga   ega.   Shuning   uchun   ham   so’z   yasashda   bu   affikslardan   har
birining   o’z   imkoniyat   doirasi   bor.   Ana   shu   holat   o’zbek   tilida   sifat   yasashda   bu
affikslardan har birining amal qilishini taqozo etadi.  
Inkor   ma’nosiga   ega   bo’lgan   –siz   va   be-   affikslari   asosan   otlardan   sifat
yasaydi.   Bular   yordamida   sifatdan   yasalgan   so’zlar   sanoqlidir.   Bular   yordamida
sifatdan   yasalgan   so’zlar   yasalish   hodisasi   yo’q.   no-   affiksi   esa,   aksincha,   asosan
sifat yasaydi. Uning yordamida otlardan yasalgan sifatlar juda kam bo’lib, ular ham
aslida   fors-tojik   tillaridan   o’zlashgan   so’zlardir.   Hozirgi   o’zbek   tilida   no -   affiksi
yordamida   otlardan   sifat   yasalishi   uchramaydi.   Demak,   qanday   so’zlardan   sifat
yasashiga   ko’ra   – siz,   be -   affikslari   bilan   no-   affiksi   tamomila   farqli   (funksiyasi
boshqa-boshqa)   affikslardir.   Shunga   ko’ra,   ya’ni   o’zbek   tilida   ot   va   sifatlardan
yangi   so’z   (sifat)   yasalish   jarayoni   bor   (davom   etayotgan)   ekan,   bu   jarayonda
ulardan har biri mustaqil amal qilishi (ish ko’rishda davom etishi) tabiiydir. 
Bundan   tashqari,   - siz,   be -   va   no-   affikslari   inkor   ifodalashi   bilan
umumiylikka ega bo’lsa ham, lekin ma’nosidagi o’ziga xosliklari bilan ham o’zaro
farqlanadi. 
Ko’rinadiki, - siz  affiksi shaxs yoki predmetda yasovchi asosdan anglashilgan
narsaning   yo’qligi   bilan   bog’liq   (shu   bilan   xarakterlanuvchi)   belgisini   bildiruvchi   26  
sifat   yasaydi.   Shuning   uchun   ham   bunday   sifatlardagi   –siz   affiksiga   xos   ma’noni
yo’q so’zi bilan ifodalash mumkin bo’ladi:   darmonsiz – darmoni yo’q, xabarsiz –
xabari yo’q   kabi. Hatto – siz   affiksi sifatlardan so’z yasaganida ham unga xos shu
xususiyat   saqlanadi:   tengsiz   –tengi   yo’q,   keraksiz   –   keragi   yo’q   kabi.   no-   affiksi
esa,   yuqorida   ko’rib   o’tganimizdek,   shaxs   yoki   predmet   uchun   yasovchi   asosdan
anglashilgan belgi xos (xarakterli) emasligi ma’nosini bildiradi, ya’ni “bo’lmagan”,
“emas”   ma’nosini   bildiradi.   Shu   sababli,   no-   affiksi   o’rnida,   bo’lmagan,   emas
so’zlarini qo’llash mumkin bo’lgani holda   yo’q   so’zini qo’llab bo’lmaydi:   notekis
– tekis bo’lmagan, tekis emas  (lekin  tekis yo’q  deyilmaydi),  номуносиб  – munosib
bo’lmagan, munosib emas (lekin  munosib yo’q  deyilmaydi).  
Xullas,   inkor   mazmunli   no-   affiksi:   1)   zidlash,   qarama-qarshi   qo’yish
xususiyatiga   ega   emas;   2)   u   “bo’lmagan”,   “emas”   ma’noli   so’z   yasashi   bir-ikki
so’z bilangina chegaralanadi; 3) bu affiks hozirda faqat sifatm leksemalardan so’z
yasaydi.  
be-   affiksi.   Bu   affiks   asosan   tojik   tilidan   o’zlashgan   so’zlar   tarkibida
uchraydi.   Hozirgi   o’zbek   tilida   uning   yordamida   yangi   so’z   (so’zlar)   yasalishi
kuzatilmaydi.  be-  affiksi yordamida yasalgan so’zlar:  
1. Asosdan anglashilgan narsa-hodisaning yo’qligini (inkorini) bildiradi:
beminnat, beadab, beziyon, bemaslahat, bepardoz, besabab  kabi.  
2. Asosdan   anglashilgan   narsa-hodisa,   holatning   kam,   deyarli   yo’q
darajada ekanini bildiradi:  bemador, bemehr, bebaraka, befahm, beg’am  kabi.  
-chan   affiksi.   Bu   affiks   ot-leksemalarga   qo’shilib   shaxs   yoki   predmetning
yasovchi   asosdan   anglashilgan   ish,   harakat-holatga   moyillik   belgisini,   uning
yasovchi   asosdan   anglashilgan   ish,   harakat-holatni   bajarish   qobiliyatiga,
xususiyatiga   ega   ekanini   bildiruvchi   sifatlar   yasaydi:   xayolchan,   o’zgaruvchan
kabi. 
Demak,   -chan   affiksi   har   qanday   otlardan   emas,   balki,   garchi   ot   bo’lsa-da   ish,
harakat-holat   anglashuvchi   ot-leksemalardangina   shu   tipdagi   sifatlar   yasay   oladi:
ish – ishchan, kurash – kurashchan, talab – talabchan, xayol – xayolchan  kabi:    27  
Bo‘g‘uvchan  og’ir hid anqiydi  (Sh. Xolmirzayev).   
Xuddi   shu   sababga   ko’ra   bu   tipdagi   sifatlarning   ko’pchiligi   – v   affiksli   ish
otlaridan   yasalgan   sifatlardir:   sezuvchan,   eruvchan,   bukiluvchan,   cho’ziluvchan,
yashovchan, o’tkazuvchan  kabi.  
-chan  affiksi bilan yasalgan sifatlar juda ko’p emas. Lekin bu affiksning so’z
yasash funksiyasi to’xtagan emas.  
-simon   affiksi.   Predmetning   yasovchi   asosdan   anglashilgan   narsaga
o’xshashligini, shu jihatdan bo’lgan belgisini bildiradi:   odamsimon, kumushsimon,
sharsimon, gazsimon, qalqonsimon, to’lqinsimon, lentasimon   (loyqa),   yostiqsimon
(lava) kabi. Bu affiks yordamida yasalgan sifatlar u qadar ko’p emas. Lekin u o’z
funksiyasini   to’xtatgan   ham   emas.   Ko’rib   o’tilgan   ma’noli   sifat   yasash   talabi
tug’ilsa,  -simon  affiksi yordamida shunday so’z yasash mumkin bo’ladi.  
-lik   affiksi.   Ma’lumki,   hozirgi   turkiy   tillardagi,   jumladan,   o’zbek   tilidagi
sifat yasovchi   –li   va ot yasovchi  – lik   affikslari (turli fonetik variantlari bilan) asli
bir   manbadandir.   –li   affiksi   sifat   yasovchi,   -lik   affiksini   ot   yasovchi   sifatida
differensiatsiyalash   ancha   keyingi   vaqtlarga   oiddir.   Lekin   bunday
differensiatsiyalash, nazarimizda, aniq, qat’iy va ilmiy asosda hal etilmagan. Buni
shu   faktning   o’zidayoq   ko’rish   mumkinki,   -li   affiksiga   xos   ma’no   va   vazifaga
ayrim   tillarda   –lik   affiksi   qo’llanadi   va,   aksincha,   -lik   affiksiga   xos   ma’no   va
vazifada ba’zi turkiy tillarda – li  affiksi qo’llanadi. 
O’zbek   tilida   –lik   affiksi,   -li   affiksidan   farqli   holda,   ot   yasovchi   deb
ko’rsatilsa-da,   lekin   faktlar   uning   yordamida   belgi   bildiruvchi   so’zlar   ham
yasalishini ko’rsatadi.  Bu affiks yordamida quyidagi ma’noli sifatlar yasaladi:  
1. Aniqlanmish   vazifasidagi   so’z   bildirgan   narsaning   yasovchi   asosdan
anglashilgan   narsa-predmet,   vaqt   uchun   mo’ljallanganligini   (shunga   xos,   oid
ekanini)   bildiruvchi   sifat   yasaydi:   urug’lik   chigit,   ko’ylaklik   mato,   qishlik   kiyim,
tushlik   ovqat   kabi:   Oyog’idagi   ko‘chalik   tuflisini   yechib,   stol   tagida   turgan   eski
kalishini   kiydi   (S.   Vafoyeva).   Quyidagi   misolda   qo’llangan   ketmonlik   so’zi   ham
shu tipdagi yasama sifatdir:  Chunki  ketmonlik  ishni yaxshi ko’rar emиш  (А.    28  
Qodiriy). 
Bu   tipdagi   sifatlarda   otlashish   xususiyati   kuchli.   Birikmaning   aniqlanmish
komponenti   ellipssisga   uchrab,   uning   ma’nosi   ham   –lik   affiksli   so’z   orqali
ifodalanaveradi:   Odatda, onasi  ishdan yoki biror yoqdan qaytganida   ko‘chaligini
yechib, kiyimini almashtirar edi  (S. Anorboyev).  
2. Aniqlanmish   vazifasidagi   so’z   bildirgan   predmetning   yasovchi
asosdan anglashilgan vaqt bilan xarakterlanuvchi (shu vaqt birligiga oid) belgisini
bildiruvchi   sifat   yasaydi:   kunlik   norma,   oylik   maosh,   yillik   reja   kabi:   Ularni
o’zlarining   kunlik   ehtiyojlari  uchun lozim bo’lgan narsalarni  tekshirish...   (Gaz.).
Quyidagi misollar ham shu tipda yasalgan: ...inshoollo Otabek uchun mujassami
iffat bo’lgan  umrlik  bir rafiqa tuhfa qilarмиз  (A. Qodiriy).  ...qizining SHo’rtonga
tegishga rozi bo’lganligini bilib rang-quti o’chdi, lablaridan  hamishalik  tabassum
so’ndi  (M. Ibrohimov).  
Bu   vazifada   –lik   affiksi   so’z   birikmalariga   ham   qo’shiladi   va   shaxs   yoki
predmetning   so’z   birikmasidan   anglashilgan   vaqt,   miqdor   bilan   xarakterlanuvchi
belgisini bildiradi.  Lekin   bunday   birikmalarga  – lik   affiksining   qo ’ shilishidan   yangi
so ’ z   hosil   bo ’ lmaydi   ( so ’ z   birikmasi   so ’ zga   aylanmaydi ):   yetti   yillik   plan ,   olti
million   tonnalik   xirmon   kabi .  Bir   kechalik   umrlaring   qoldi ,  yotinglar ...  ( Sh . 
Ibrohimov ).   Qirq - ellik   kunlik   bir   tekshirishdan   so ’ ng   Shohin   afandi   shunday
xulosaga   keldi   ( H .   Nuriy ).   Yo ’ lka   bo ’ yidagi   gulzorlar   o ’ rtasiga   har   joyga
qo ’ yilgan   ikki   kishilik   ola - bula   kursilarga   razm   soldi   ( Y .  Shukurov ). 
3. Shaxsning   asosdan   anglashilgan   joyga   mansubligi ,   shu   territoriyada
tug ’ ilganligini   yoki   yashashini   ( shu   jihatdan   bo ’ lgan   belgisini )   bildiruvchi   sifat
yasaydi :   toshkentlik   futbol   muxlislari ,   farg ’ onalik   quruvchilar ,   samarqandlik
san ’ at   ustalari ,   andijonlik   dorbozlar ,   yerlik   xalq   kabi :   Jo ’ ra   polvon   uni
qo ’ shariqlik   Orzixon   aya   degan   kampirning   uyiga   joylab   qo ’ ydi   (   Said   Ahmad ).
Shaharlik   yordamchilar   paxta   termi   mavsumida   fermerlarga   katta   yordam
berishdi  (Gaz.). Bu tipdagi sifatlarning ham otlashish xususiyati kuchli:  - Ey xudo,   29  
bir   yomg’iringni   yubor!   –   deb   cho’ponlar,   qishloqliklar,   shaharliklar   qo’llarini
osmonga ko’tarishdi ( M. Ibrohimov). 
-iy/-viy affiksi.  Unli bilan bitgan so’zga – viy,  undosh bilan bitgan so’zga – iy
qo’shiladi.   Bu   affiks   otga   qo’shilib,   asosdan   anglashilgan   narsaga   aloqadorlik,
oidlik belgisini bildiruvchi sifat yasaydi:  aqliy, axloqiy, jinsiy, ijodiy, ilmiy, kitobiy,
ishqiy, afsonaviy, oilaviy, tarbiyaviy  kabi. (Ravishdan yasalgan bir-ikkita sifat ham
bor:  doimiy, nogahoniy  kabi.) 
Professor A. Kononov bu affiksni o’zbek tilida mahsuldor bo’lmagan affiks
hisoblaydi  va uning ilgari  o’zlashgan  arabcha  so’zlar  tarkibida saqlanib  qolganini
aytadi.   Haqiqatda   ham   bu   affiks   aslida   o’zbek   tiliga   arabcha   o’zlashma   so’zlar
tarkibidagina   o’tgan.   Lekin   hozirgi   o’zbek   tilidagi   – iy   /   -viy   affiksli   so’zlarning
hammasi   arab   tilidan   o’zlashgan   so’zlar   deb   bo’lmaydi.   Bunday   so’zlarning
anchagina qismi o’zbek tilining o’zida yasalgan. Masalan,  asabiy, askariy, devoriy,
ijodiy,   kitobiy,   sinfiy,   hayotiy,   dunyoviy,   tarbiyaviy   kabi   so’zlar.   Garchi   ularning
yasovchi   asosi   asli   o’zbekcha   leksema   bo’lsa   ham,   o’zbek   tilining   o’zida   hosil
qilingan   so’zlardir.   Hatto   bu   affiks   yordamida   keyingi   vaqtlarda   xorijiy   tillardan
o’zlashgan   leksemalardan   ham   sifat   yasalayotganini   ko’rish   mumkin:
...propagandaning   texnikaviy   bazasini   ta’minlashga   unchalik   mas’uliyat   bilan
yondashilayotgani  yo’q   (Gaz.).  Demak,   aslida  arabcha   o’zlashmalar   tarkibidagina
bo’lgan  –iy/-viy  affiksi keyinchalik o’zbek tilining o’zida ham yangi so’zlar yasash
uchun   xizmat   qila   boshlagan   va   bu   vazifasini   hozir   ham   yo’qotgan   emas.
Binobarin,   -iy/-viy   affiksini   hozirgi   o’zbek   tilidagi   so’z   yasovchilar   qatoriga
qo’shish mumkin.  
Shuni   alohida   qayd   etish   kerakki,   -iy/-viy   affiksi   juda   ham   aktiv   so’z
yasovchilardan emas. Uning yordamida boshqa tillardan o’zlashgan leksemalardan
yasalgan sifatlar ham sanoqli miqdorda.
Xullas,   sifat   yasovchi   – iy/-viy   affiksining   so’z   yasash   imkon   doirasi   juda
ham keng emas, hatto ayrim affikslarga, masalan, -li affiksiga nisbatan so’z yasash
imkoni ancha chegaralangandir. Shunday ekan, bu affiks yordamida so’z yasashda   30  
uning   ma’no   va   boshqa   jihatdan   bo’lgan   xususiyati,   sinonim   affikslardan
farqlanuvchi belgisi (belgilari) hisobga olinishi kerak. 
-dosh affiksi.  Asosdan anglashilgan narsaga bir xilda ega degan ma’noli sifat
yasaydi:  ma’nodosh, o’zakdosh, qofiyadosh, ohangdosh kabi .  
-i affiksi.   Bu affiks millat, joy yoki vaqt bildiruvchi ayrim so’zlardan shaxs
yoki predmetning shu millat, joy yoki vaqtga oidligi, mansubligini bildiruvchi sifat
yasagan:  turkmani (gilam), qozoqi (ot), qishloqi (yigit), bahori (bug’doy) kabi.   
-cha   affiksi.   Bu   affiks   cheklangan   miqdordagi   so’zlardan   sifat   yasaydi.   Bu
sifatlar shaxs yoki predmetning millat, joy, miqdor, xususiyat va shu kabi jihatdan
belgisini   bildiradi:   o’zbekcha   (mehmondo’stlik),  inglizcha  (talaffuz),  farg’onacha,
ortiqcha, erkakcha, yangicha  kabi.  
-namo   affiksi.   Bu   affiks   yordamida   yasalgan   oz   miqdordagi   sifatlar
shaxsning   asosdan   anglashilgan   narsa-xususiyat   belgisiga   egaligini   bildiradi:
darveshnamo, avliyonamo, majnunnamo kabi .  
-omuz   affiksi.   Ish-harakatning   asosdan   anglashilgan   narsaga   o’xshash,
o’zida   shu   narsani   aks   ettiruvchi   belgiga   egaligini   bildiruvchi   sifat   yasagan:
ibratomuz, nasihatomuz, masxaranomuz kabi .  
-parvar   affiksi .   Shaxsning   asosdan   anglashilgan   narsani   sevish,   unga
mehrsadoqat   tuyg’usiga   egalik   belgisini   bildiruvchi   sifat   yasaydi:   xalqparvar,
erkparvar, insonparvar, sulhparvar kabi.   
              Bundan   tashqari   -chil   (dardchil,   izchil,   epchil),   -gi,   -ki,   -qi   ( yozgi,   qishki,
kechki,   ichki,   tashqi),   -shumul   ( olamshumul,   jahonshumul ),   -mand   ( davlatmand,
orzumand,   kasalmand ),   -i   ( qozoqi,   qishloqi,   bahori ),   - cha   ( o’zbekcha,
farg’onacha,   otiqcha,   erkakcha ),   -aki   ( og’zaki,   qalbaki )   - namo   (majnunnamo,
avliyonamo, darveshnamo),  -kash  ( dilkash, hazilkash ),  - гар  ( ishvagar, sitamgar ),  -
chil  ( dardchil, xalqchil ),  -don  ( gapdan, bilimdon ), - msiq  ( qarimsiq ),  -m  ( qaram ),  -
lom   ( sog’lom ),  -qa  ( qisqa ), - omuz  ( hazilomuz, ibratomuz ) kabi kamunum affikslar
orqali ham sifat yasaladi.  
    31  
 
1.2.2. Fe’ldan sifat yasovchi affikslar 
O’zbek tilida fe’l asosga  qo’shilib sifat yasovchi  affikslar bir talay. Quyida
ularning ayrimlarini ko’rib o’tamiz. 
                -choq/-chaq/-chiq   affiksi.   O’zlik   nisbatdagi   fe’llarga   qo’shilib,   harakat
bajarishga   moyillikning   kuchliligini   ifodalovchi   sifat   yasaydi:   maqtanchoq,
tortinchoq, kuyinchak, erinchoq, sirpanchiq, qizg’anchiq . 
              -gir/-qir/-g‘ir/-kir   affiksi.   Fe’ldan   anglashilgan   harakatning   kuchliligini
ifodalovchi sifat yasaydi:  topqir,  uchqur, chopqir, olg’ir, sezgir, keskir .  
               -k/-q/-iq/-uk/-uq/-ak affikslari.   Harakatning natijasi  bo’lgan holat belgisini
ifodalovchi sifat yasaydi:  iliq, siniq, yig’loq, chirik, oqsoq, yumshoq, bo’lak. 
       -ki/-qi affiksi.  Fe’l va taqlid so’zlardan sifat yasaydi:  sayroqi, buzuqi, yig’loqi,
jizzaki, jirtaki. 
              -kin/-qin-/-g‘in   affiksi.   Fe’l   asosiga   qo’shilib,   holat,  xususiyat   ma’nosidagi
sifat yasaydi:  tushkun, jo’shqin, ozg’in, turg’un. 
              -mon   affiksi.   Asosdan   anglashilgan   harakatni   bajarish   qobiliyati   kuchli
ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi:  bilarmon, o’larmon, yeyarmon. 
                -ag‘on   affiksi.   Fe’ldan   anglashilgan   harakatni   bajarish   qobiliyati   kuchli
ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi:  topag’on, bilag’on, chopag’on. 
               -mas  affiksi.   Harakatning inkoriy belgisi  bo’lgan sifat  yasaydi:   yengilmas,
o’tmas, qo’rqmas, ajralmas, qaytmas, buzilmas. 
         -ch affiksi.  Faqat fe’ldan sifat yasaydi:  jirkanch, tinch, shoshilinch, tiqilinch .
-qoq/-g‘oq   affiksi .   Harakatni   bajarishga   moyilligi   kuchli   ekanligini   anglatuvchi
sifat yasaydi:  qochqoq, yopishqoq, urushqoq, tirishqoq.  
-imli   affiksi.   Bu   affiks   ot   yasovchi   –im   va   sifat   yasovchi   – li   affikslarining
birikuvidan   hosil   bo’lgan   qo’shma   affiksdir.   U   asosdan   anglashilgan   harakat   yuz
berishga   mos   (muvofiq,   moyil)   degan   ma’noli   ko’p   bo’lmagan   miqdorda   sifat
yasaydi:   ko’rimli,  yoqimli,   to’yimli,   sevimli,   yuqumli,   yarashimli   kabi:   U  (Usmon
Nosir) zehni tez, qobilyatli,  ilashimli  bola edi  (Gaz.).     32  
-ma affiksi.   Bu affiks yordamida fe’llardan sifat yasaladi.   Uning yordamida
yasalgan sifatlar:  
1) predmetning   yasovchi   asos   ( fe ’ l ) dan   anglashilgan   usul   bilan   yuzaga
kelishini ,  tayyorlanishini ,  shunday   belgisini   bildiruvchi   sifatlar   yasaydi :  qaynatma  
( sho ’ rva ),   qovurma   ( palov ),   ag ’ darma   ( etik ),   buyurtma   ( kiyim )   kabi .   Quyosh
orqada   botayotgani   uchun   tepalikning   soyasi   ham ,   otlarning   soyalari   ham
etakdagi   qiyalama   so ’ qmoq ...   tegirmonga   o ’ xshash   kulbalar   ustiga   tushib   turardi
( Sh . Xolmirzayev).  
2) predmetning   yasovchi   asosdan   anglashilgan   harakat   bilan
xarakterlanuvchi belgisini  bildiradi:  ko’chma (qum), sochma (o’q), burama (mix),
bo’g’ma (yoqa)  kabi.    
Keyingi   vaqtlarda   –ma   affiksining   shu   funksiyasi   asosida   ko’pgina   yangi
sifatlar   yasaldi   va   yasalmoqda.   Bu   hodisani,   ayniqsa,   turli   sohaga   oid   birikma
terminlarning yaratilishida  yaqqol   kuzatish  mumkin:   qo’shma  so’z,   qo’shma  gap,
ko’chirma   gap,   qisqartma   so’z,   ko’chma   ma’no,   yasama   so’z,   chog’ishtirma
grammatika,   o’zlashtirma   gap,   qazilma   boylik,   terma   komanda,   yozma   hisobot
kabi.   Demak ,   - ma   affiksi   so ’ z   yasash   funksiyasini   to ’ xtatmagan ,   hozirgi   so ’ z
yasalish   jarayonida   qatnashayotgan   sifat   yasovchilardan   hisoblanadi .  
-(a)   rli   affiksi.   Bu   affiks   sifatdosh   formasini   yasovchi   –(a)   r   va   sifat
yasovchi   –li   affikslarining   birikuvidan   hosil   bo’lgan   qo’shma   affiksdir.   Bu   affiks
yordamida   faqat   fe’llardan   sifat   yasaladi.   Buning   sababi   mazkur   affiks   tarkibida
sifatdosh yasovchi affiksning borligidir.  –(a) rli  affiksi yordamida yasalgan sifatlar
predmetning fe’ldan anglashilgan harakatning bo’ladigan, yuzaga kelish darajasiga
egalik belgisini bildiradi:   Ammo hali ham uzundan-uzoq va   zerikarli   nasihatomuz
monologlar yo’q emas  (Gaz.).   
-mas   affiksi.   Bu   affiks   aslida   bo’lishsizlik   ko’rsatkichi   –ma   va   sifatdosh
formasi   yasovchi   –s   affikslarining   birikuvidan   hosil   bo’lgan   qo’shma   affiksdir.   –
mas  affiksi ham faqat fe’llardan sifat yasaydi.    33  
Ma’lumki,   -mas   affiksi   tarkibidagi   –s   asli  sifatdosh  yasovchi   –r   affiksining
fonetik   o’zgarishidan   hosil   bo’lgan:   r>z>c.   Demak,   bu   qo’shma   affiksning
tarkibidagi   har   bir   affiks   asli   fe’lga   xos   shakl   yasovchi   affiksdir.   Lekin   hozirgi
o’zbek adabiy tilida  –(a) r//-s  affiksi yordamida sifatdosh formasini yasash deyarli
yo’q holga kelgan. Asli  –r//-s  affiksli sifatdoshga xos ma’noli forma hozirgi o’zbek
tilida   –digan   affiksi   yordamida   yasaladi.   –r//-s   formasidagi   so’zlar   sifatga
ko’chgan:   qo’rqmas, qaytmas  kabi. Hozirda esa  –mas  affiksi asosan sifat yasovchi
affiksga aylangan. Uning yordamida fe’ldan anglashilgan harakatning inkori bilan
bog’liq  belgini  bildiruvchi  sifatlar  yasaladi:   yengilmas  (armiya), o’zgarmas  (tok),
buzilmas (do’stlik)  kabi.  
 
1.2.3. Sifat va taqlid so’zlardan sifat yasovchi affikslar 
Sifat   va   taqlid   so’zlardan   ham   sifat   yasalishi   ilmiy   adabiyotlarda,   o’quv
qo’llanma   va   darsliklarda   qayd   qilib   o’tilgan.   Bu   usluda   sifat   yasovchi   affikslar
juda kam. 
          no-  affiksi . Bu affiks asosan  sifatlardan sifat  yasaydi.  Sifatlarga qo’shilganda
asosdan   anglashilgan   ma’noni   (belgini)   inkor   etadi,   shaxs   yoki   predmet   uchun
asosdan  anglashilgan belgi xos (xarakterli) emasligini  bildiradi, ya’ni   no-   prefiksi
“bo’lmagan”,   “emas”   ma’nosini   bildiradi.   Qiyoslang:   aniq   –   noaniq   (aniq
bo’lmagan,   aniq   emas),   mard   –   nomard,   ma’qul   –   noma’qul   (ma’qul   bo’lmagan,
ma’qul emas) , munosib – nomunosib, tekis – notekis, qulay – noqulay  kabi.    
g‘ayri- affiksi.  Sifatlardan sifat yasaydi. Bu tipdagi sifatlar narsa-
predmetning   asosdan   anglashilgan   belgiga   qarama-qarshi,   zid   belgili   ekanini
bildiradi:  g’ayriqonuniy, g’ayriixtiyoriy, g’ayritabiiy, g’ayrirasmiy  kabi.    
-ki   (-qi)   affiksi.   Fe’l   va   taqlid   so’zlardan   oz   miqdorda   sifat   yasaydi.   Bu
sifatlar  asosdan  anglashilgan  ishni  qilish xususiyati  kuchli  ekanini  bildiradi. Asos
undosh   bilan   tugagan   bo’lsa,   affiks   oldidan   a,   o   yoki   u   unlisi   orttiriladi.   Asos   a
tovushi bilan tugagan bo’lsa,  a o  ga o’tadi:  jirtaki  kabi.  
    -  ildoq affiksi.  Taqlid so’zlardan sifat yasaydi:  likildoq, shaqildoq .    34  
 
1.2.4. Kamunum sifat yasavchi affikslar 
Hozirgi   o’zbek   adabiy   tilida   yuqorida   ko’rib   o’tilgan   sifat   yasovchilardan
tashqari yana bir qator affikslar borki, ular so’z (sifat) yasash funksiyasini butunlay
yoki   deyarli   to’xtatgan.   Quyida   ularning   ayrimlari   xususida   qisqa   to’xtalamiz.   -
dosh   affiksi.   Asosdan   anglashilgan   narsaga   bir   xilda   ega   degan   ma’noli   sifat
yasaydi:  ma’nodosh, o’zakdosh, qofiyadosh, ohangdosh  kabi.  
-choq  (-chak,  -chiq)   affiksi.   Bu  affiks   yordamida  yasalgan   sifatlar  asosdan
anglashilgan ish-harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini yoki ular anglatgan
holat,   xususiyatning   kuchliligini   bildiradi:   urinchoq,   tortinchoq,   maqtanchoq,
yig’inchoq, kuyunchak, erinchak, sirg’anchiq, qizg’anchiq  kabi. 
-qoq (-g‘oq) affiksi.  Asosdan anglashilgan ish-harakatni bajarishga moyillik,
shunday   xususiyati   kuchli   ekanini   bildiruvchi   sifatlar   yasagan:   yopishqoq,
tirishqoq, urushqoq, toyg’oq  kabi.    
-oq  affiksi.   Shaxs  yoki  predmetning  asosdan  anglashilgan   ish-harakat   bilan
xarakterlanuvchi   belgisini   bildiruvchi  sifatlar  yasagan:   qoloq,  qo’rqoq,   toyg’anoq
kabi.  
-gir   (-kir,   -qir,   -g‘ir)   affiksi.   Asosdan   anglashilgan   ish-harakatni   bajarish
qobiliyati   (xususiyati)   kuchli   ekanini   bildiruvchi   sifatlar   yasagan:   sezgir,   keskir,
chopqir, olg’ir  kabi. 
-ag‘on   affiksi.   Asosdan   anglashilgan   ish-harakatni   qilish   (bajarish)
qobiliyati, xususiyati kuchli ekanini bildiruvchi oz miqdordagi sifatlar yasagan: 
bilag’on, topag’on, qopag’on  kabi.  
-mon   affiksi.   Bu   affiks   ham   sanoqli   miqdorda   sifat   yasagan:   bilarmon,
qilarmon, yeyarmon  kabi.  
-ki   (-qi)   affiksi.   Феъл   ва   тақлид   сўзлардан   оз   миқдорда   сифат   ясайди :
jirtaki, sayroqi, o’ynoqi, buzuqi  kabi.     35  
-k   (-q,   -g‘)   affiksi.   Asosdan   anglashilgan   harakat   natijasi   sifatidagi   holat
belgisini   bildiruvchi   sifat   yasaydi:   chirik,   bukik,   o’lik,   siniq,   yirtiq,   iliq,   yorug’
kabi.  
-kin/-qin,   /-g‘in/-g‘un   affiksi .   Predikatning   asosdan   anglashilgan
harakatholat   belgisini   bildiruvchi   uch-to’rtta   sifat   yasaydi:   tushkun,   jo’shqin,
ozg’in, turg’un  kabi.  
-ildoq affiksi.   Taqlid so’zlardan sifat yasaydi. Bu tipdagi sifatlar shaxs yoki
predmetning   asosdan   anglashilgan   belgi-xususiyatga   ortiq   darajada   egaligini
bildiradi:  do’rildoq, likildoq, akildoq, bijildoq, so’lqildoq  kabi.  
-ch   affiksi.   Uch-to’rtta   sifat   yasaydi.   Bu   sifatlar   predmetning   asosdan
anglashilgan   harakat-holat   bilan   bog’liq   belgisini   bildiradi:   jirkanch,   bulg’anch,
tinch  kabi .   
-gi, (-ki, -qi) affiksi.  O’rin-joy yoki payt bildiruvchi so’zlardan sifat yasaydi
va   bu   turdagi   sifatlar   predmetning   asosdan   anglashilgan   joy   yoki   vaqtga   oidlik
belgisini bildiradi:   oxirgi, berigi, hozirgi, tungi, yozgi, chetki, ostki, tushki, qishki,
ortki, tashqi  kabi.  
-i affiksi.   Bu affiks millat, joy yoki vaqt bildiruvchi ayrim so’zlardan shaxs
yoki predmetning shu millat, joy yoki vaqtga oidligi, mansubligini bildiruvchi sifat
yasagan:  turkmani (gilam), qozoqi (ot), qishloqi (yigit), bahori (bug’doy ) kabi.  
-cha   affiksi.   Bu   affiks   cheklangan   miqdordagi   so’zlardan   sifat   yasaydi.   Bu
sifatlar shaxs yoki predmetning millat, joy, miqdor, xususiyat va shu kabi jihatdan
belgisini   bildiradi:   o’zbekcha   (mehmondo’stlik),  inglizcha  (talaffuz),  farg’onacha,
ortiqcha, erkakcha, yangicha  kabi .   
-namo   affiksi.   Bu   affiks   yordamida   yasalgan   oz   miqdordagi   sifatlar
shaxsning   asosdan   anglashilgan   narsa-xususiyat   belgisiga   egaligini   bildiradi:
darveshnamo, avliyonamo, majnunnamo  kabi.  
-omuz   affiksi.   Ish-harakatning   asosdan   anglashilgan   narsaga   o’xshash,
o’zida   shu   narsani   aks   ettiruvchi   belgiga   egaligini   bildiruvchi   sifat   yasagan:
ibratomuz, nasihatomuz, masxaranomuz  kabi .      36  
-parvar   affiksi .   Shaxsning   asosdan   anglashilgan   narsani   sevish,   unga
mehrsadoqat   tuyg’usiga   egalik   belgisini   bildiruvchi   sifat   yasaydi:   xalqparvar,
erkparvar, insonparvar, sulhparvar  kabi.    
-aki   affiksi .   Bu   affiks   yordamida   yasalgan   sanoqli   miqdordagi   sifatlar
predmetning   asosdan   anglashilgan   usul   (tarz)   dagi   belgisini   bildiradi:   dahanaki,
og’zaki, zo’raki (zo’rma-zo’raki), qalbaki, xomaki  kabi .   
bad- affiksi.  Bu affiks ham kam miqdorda sifat yasaydi va bu sifatlar 
asosdan   anglashilgan   narsaning   salbiy   (yomon)   belgisi   ekanini   bildiradi:
badbashara, badaxloq, badnafs, badbaxt  kabi.  
Yuqorida   ko’rib   o’tilgan   kam   miqdorda   sifat   yasagan,   hozirda   esa   so’z
yasash funksiyasi to’xtagan affikslardan tashqari yana shunday affikslar ham borki,
ular   ham   so’z   yasash   funksiyasini   to’xtatgan   va   bir-ikki   so’z   tarkibidagina
uchraydi.   Binobarin,   so’z   (sifat)   yasalishining   ma’lum   bir   tipini   hosil   qilmaydi.
Ular   quyidagilardir:   -chil   affiksi:   xalqchil,   dardchil,   izchil;   - shumul   affiksi:
jahonshumul,   olamshumul;   -gay(-kay)   affiksi:   kungay,   terskay;   -don   affiksi:
gapdon,   bilimdon;   -kash   affiksi:   dilkash,   hazilkash;   -msiq   affiksi:   achimsiq,
qarimsiq;  -lom affiksi:   sog’lom;  -m affiksi:   qaram  va boshqalar. 
Hozirgi   o’zbek   adabiy   tilida   quyidagi   affikslar   yordamida   ham   sifatlar
yasaladi.  
xush- affiksi.  Asosdan anglashilgan narsani ijobiy (yaxshi) belgisi bilan 
ifodalaydi:  xushtabiat, xushbichim, xushhavo, xushmuomala, xushta’m  kabi. 
-baxsh affiksi.   Asosdan  anglashilgan narsani  berish, shu narsa bilan ta’min
etish   xususiyatiga   ega   degan   ma’noli   sifat   yasaydi:   orombaxsh,   ijodbaxsh,
zavqbaxsh, hayotbaxsh  kabi:   Davobaxsh  asalari yelimi  (Gaz.).  
-aro   ( asli   ora)   affiksi.   Bu   affiksga   oid   rus   tilidagi   mejdu   (>mej)   so’zi
yordamida   yasaluvchi   qo’shma   so’zlarni   o’zlashtirish   jarayonida   qo’llana
boshlagan   va   hozirgi   rus   tilidagi   shu   tipda   yasalgan   so’zlarning   deyarli   barchasi
o’zbek tilida  –aro  affiksi yordamida yasaluvchi sifatlar bilan ifodalanadi:   xalqaro,
respublikalararo,   badavlatlararo,   planetalararo   kabi:   Tumanlarda   xo‘jaliklararo   37  
qishloq  sport  klublari  yetarli  sur’atlarda   tashkil  etilmayapti   (Gaz.).   Bu  xulosalar
tarmoqlararo , regional va juda katta ko’lamda ishlab chiqarish komplekslarining
vujudga kelishiga...  ( Газ .).  
Ora   so’zining   aro   shakli   she’riyatda,   badiiy   asarlarda   ilgarilari   ham
qo’llangan   va   hozir   ham   qo’llanadi.   Lekin   bunda   u   so’z   yasovchi   emas,   balki
o’ziga mustaqil so’z bo’ladi va “orasida”, “ichida” degan ma’noni ifodalaydi:  У  
(Qulmatqora)   hali   bu   atrofda   bo’lgan   emas,   yigitaro   uning   dahshatli   nomigina
yuradi  (A. Muxtor).  Bevafolik oshkor etguncha to’kkil qonimi,  Elaro  zolimligingni
doston aylab ketay  (Hamza). 
-bay   affiksi.   To’lanadigan   narsa   (haq)ning   asosdan   anglashilgan   vaqt,
miqdor birligi bilan belgilanishini (shunday belgini) bildiradigan sifat yasaydi. 
donaboy, ishbay, kunbay  kabi. 
            
1.3.   Affiksisatsiya usulida yasalgan sifatlarning umumta’lim maktablarida 
o’rganilishi  (Bir soatlik dars ishlanma)  
Darsning   ta’limiy   maqsadi:   sifatlarning   yasalishi,   sifat   yasovchi
qo’shimchalar haqida ma’lumot berish.  
Darsning   tarbiyaviy   maqsadi:   o’quvchilarda   oilaga   va   ona   tabiatga
mehrmuhabbat tuyg’usini uyg’otish, insonparvarlik xususiyatlarini shakllantirish.  
Darsning   rivojlantiruvchi   maqsadi:   o’quvchilarning   og’zaki   va   yozma
nutqini   o’stirish,   ijodiy   qobilyatlarni   rivojlantirish,   erkin   fikrlashga,   muammoli
vaziyatlar yechimini topishga o’rgatish.  
Darsning   jihozi:   sinf   taxtasi,   darslik,   elektron   darslik,   rangli   rasmlar,
flomaster, gul, kompyuter.   
Darsning usuli: “ Aqliy hujum”,   “Tushunchalar tahlili”  usuli 
Mashg’ulot   “Bahor   valsi”   kuyi   bilan   boshlanadi.   O’quvchilar   bilan
salomlashilgandan   so’ng   uyga   vazifa   tekshiriladi.   “Tong”   mavzusidagi   matnni
o’qib berish bilan dars davom etadi.     38  
Tong 
Tonggi   shudring,   tonngi   shabada,   tonggi   shabnam   –   soflik   ramzi.   Quyosh
nurlarning   porlab   turishi   hayotning   yer   yuzida   davom   etayotganidan   darak
beruvchi elchidir. Maysalarning, gullarning, barglarning ustiga tushgan shudring
tomchilar olmos kabi yaltirab, ko’ngilni shod etadi…  
O’quvchilar   matnni   diqqat   bilan   eshitib,   matnda   keltirilgan   sifatlarni   eslab
qilishga   harakat   qiladi.   Matn   o’quvchilar   tomonidan   og’zaki   hikoya   qilinadi.
Matnni  tuzishda   ijodkorlik  bilan  yondashib,   badiiy  so’z  san’atidan  mohirlik  bilan
foydalana   olgan   va   matndagi   sifatlarni   yaxshi   eslab   qolgan   o’quvchilar
rag’batlantiriladilar. 
“Aqliy   hujum”   metodi.   Bu   metod   bo’yicha   o’quvchilar   quyidagi   ishlarni
amalga oshiradilar. 
Sinf   o’quvhilari   avvalo   kichik   gurhularga   bo’linadi.   Avvalgi   o’quv   soatida
o’tilgan   mavzu   yuzasidan   har   bir   guruhga   2   tadan   savol   beriladi.   Savollar
quyidagilar bo’lishi mumkin:  
1-guruh:   Qanday   so’zlar   sifat   so’z   turkumiga   oid   bo’ladi?   Sifatlar   gapda
qanday gap bo’lagi bo’lib keladi?  
2-guruh:   Sifatlar   qaysi   so’z   turkumiga   bog’lanadi?Mustaqil   so’zlar   bilan
yordamchi so’zlar qanday farqlanadi?  
3-guruh:   Sifatlar   qanday   so’roqlarga   javob   bo’ladi?   Sifatlarning   qanday
turlarini bilasiz?  
4-guruh:  Qanday so’z yasovchi qo’shimchalarni bilasiz?  
5-guruh:   So’z   tarkibi   nim а lardan   iborat   bo’ladi?   Qo’shimchalar   vazifasiga
ko’ra necha turga bo’linadi? 
“Aqliy hujum”dan so’ng musobaqada faol qatnashgan o’quvchilar o’qituvchi
tomonidan   rag’batlantiriladi.   G’olib   guruh   e’lon   qilinadi.   O’tilgan   mavzuni
mustahkamlash   maqsadida   “Zanjir”   o’yini   o’tkaziladi.   Har   bir   guruh   a’zosi   o’z
ismlarining   bosh   harfi   bilan   boshlanadigan   sifatlarga   misollar   topib,   gulni
birbirlariga   tezkorlik  bilan  uzatishadi.   Ikkilanib  qolgan   yoki  xato   qilgan   o’quvchi   39  
zanjirni   uzgan   hisoblanadi   va   o’yindan   chetlashtiriladi.   2-o’yinda   o’quvchilar
sifatlarning atoqli otlarga ko’chishi bo’yicha bellashiladi.  
Yangi   mavzuning   bayoni.   Dars   muammoli   vaziyat   paydo   qilish   bilan
boshlanadi. O’quvchilarning qo’llariga yelimli  yopishqoq qog’ozga so’z yasovchi
qo’shimchalar yozilgan holda tarqatiladi va doskaga o’tilgan mavzulari: OT - FE’L
yoziladi.   
O’quvchilarning qo’lidagi so’z yasovchi qo’shimchalar qaysi so’z turkumiga
oid   bo’lsa,   o’sha   so’z   turkumining   tagiga   qog’ozda   yozilgan   so’z   yasovchi
qo’shimchalar yopishtiriladi. Har ikkalasiga ham mansub bo’lmagan qo’shimchlar
doska chetiga yopishtiriladi. Taxminan, doskada shunday ko’rinish hosil bo’ladi:  
OT                          FE’L 
-don                        -la                        -li  
-dosh                      -lan                      -dor 
-chi                         -lash                     no-  -
bon                        -ira                       -choq 
-boz                        -sira                      -iq 
                                                            -chil    
Chetga   yopishtirilgan   qo’shimchalar   qaysi   so’z   turkumiga   oid   ekanligi   dars
so’ngida yechiladi. 
Shundan   so’ng   xatolar   bo’lsa,   tuzatilib,   darslikdagi   topshiriqlarga   e’tibor
qaratiladi.  
Topshiriqdagi  berilgan  so’zlar   tarkibiy  qismlarga   ajratiladi:   shirin,   oq,  katta,
shirali,   mazmun-dor,   ser-unum,   kam/hosil,   ko’ylak/bop,   xush/fe’l .   O’quvchilarga
sifatlarning yasalishi mavzusi quyidagi slaydlar orqali orqali tushuntiriladi.  
Sifatlar ikki xil usul bilan yasaladi: 
1-slayd    40  
2-slayd 
Slaydga   gulli   mato,   tadbirkor   kishi,   serhasham   uy,   g’amxo’r   qiz
suhbatlashayotgan holati tasvirlanadi. 
O ’ sha   rasmlarga   so ’ z   yasovchi   qo ’ shimchalar   qo ’ shilib ,   sifat   hosil   qilinishi
tushuntiriladi .   Masalan :   mato ,   tadbirkor   kishi ,   serhasham   uy ,   g ’ amxo ’ r   so ’ zlari
tasnif   qilinadi .   So ’ z   yasovchi   qo ’ shimchala r ning   vazifasi ,   asosga   qo ’ shilib ,   sifat
hosil   qilishi   boshqa   so ’ z   turkumlaridan   sifatlarning   yasalishi   tushuntiriladi .     
Sifat+ot= sofdil 
 
Ot+ot= 
sheryurak   
Ot+fe‟l= 
tinchliksevar        
 
Son+chi =   
yoqvayron    Ravish+fe‟l= 
ertapishar o`rik  Ravish+ot = 
kamhosil yer    
So`zga so`z 
qo`shish orqali 
Sifatlarning 
yashlishi    
 Fe‟l+choq= erinchoq  
Fe‟l+iq=yopiq   
Ravish+chil= 
kamchil  
Modal +li = 
kerakli    Son+chi= 
ikkichi  No+ sifat= 
noto`g`ri        Ot+Dor=  
       hosildor) (  
Ot+li = Chiroyli   
Sifatlarning 
qo`shimchlar 
qo`shish orqali  
yaslishi     41  
Shu   o ’ rinda   shakldosh ,   ma ’ nodosh ,   zid   ma ’ noli   qo ’ shimchalar   haqida   ham
ma ’ lumot   berib   o ’ tiladi .   Bu   qo’shimchalarning   xususiyatlarini   izohlash   uchun
quyidagi slaydlardan foydalaniladi.   
BILIB   OLING.   Sifatlar   tarkibiga   ko’ra   tub   va   yasama   sifatlarga   bo’linadi.
Tarkibiy   qismlarga   bo’linmaydigan   sifatlar   tub   sifatlar,   asos   va   so’z   yasovchi 3 - slayd  
 ( Omonim) 
shakldosh 
qo`shimchasi   
- ma   
Fe‟ldan  sifat yasaydi 
qo`shma, terma, (
ko`chma)
  Fe‟ldan ot yasaydi  
 
( O`sma, tortma )     Lug`aviy shakl 
yasovchi qo`shimcha 
( kelma)   
4 - slayd  
   Sinonim) (
ma‟nodosh 
qo`shimchalar   
 
Aybli, aybdor    Mazmunli, 
mazmundor   
  Jarangli,     
jarangdor  
5 - slayd  
 ( Antonim) zid 
ma‟noli 
qo`shimchalar   
- li,  - siz  
 
Mazmunli, 
mazmunsiz     
Jarangli, jarangsiz 
 
   
Ko`rimli, ko`rimsiz      42  
qismdan   iborat   bo’lgan   sifatlar   esa   yasama   sifatlar   hisoblanadi.   Yasama   sifatlar
asosga qo’shimchalar qo’shish yoki so’z qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi.  
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun 328-mashq yozma bajariladi. 
Topshiriqni   to’g’ri   va   xatosiz   bajargan   o’zuvchilar   rag’batlantiriladilar.
O’zlashtirishga qiynalgan o’quvchilar o’qituvchining diqqat markazida bo’ladi. 
Ularga   individual   yordam   ko’rsatiladi.   O’quvchilar   qo’llarida   oldindan
tayyorlangan quyidagi:  
 
Yasama Tub 
                                                                  sifat sifat 
 
 
 
Shaklidagi   ko’rsatkichlar   bo’ladi. O’qituvchi   tomonidan
aralash   o’qilgan   sifatlarni   (katta,   shirin,   shiroyli,   odobli,   guldor,   sariq,   oq,
serdaromand,   qizil,   bezarar,   shinam,   yaxshi,   basavlat,   nodon,   unumsiz,   sho’x,
vijdonsiz, tetik, ziyrak, sirdosh, shaxsiy, oddiy, zulmkor, achchiq)  tezlikda tub yoki
yasama   sifatlarga   ajratilib   qaysi   sifatga   oid   ekanligini   qo’lidagi   ko’rsatkichlar
orqali   ko’rsatib   boradilar.   Yuqoridagi   ko’rsatkichlar   orqali   ajratib   beradilar.   Bu
o’yin ham o’qituvchi tomonidan ziyraklik bilan kuzatib boriladi. Faol  qatnashgan
o’quvchilar   rag’batlantiriladi.   O’zlashtirishga   qiynalayotgan   o’quvchilar   ham
o’qituvchi   nazaridan   chetda   qolmasligi   kerak.   3-4   martagacha   xato   qilgan
o’quvchiga   qo’shimcha   topshiriq   –   tarqatma   materiallar   beriladi.   Ballar   yig’ilib,
g’olib guruh e’lon qilinadi. Dars so’ngida o’quvchilar bahosi eshittiriladi. Shundan
so’ng   muammoli   vaziyat   o’quvchilar   bilan   birgalikda   hal   qilinadi,   demak,   yozuv
taxtasi chetiga yopishtirilgan so’z yasovchi qo’shimchalar sifat so’z turkumiga oid
ekanligini   o’quvchilar   o’zlari   xulosalab   beradi   va   ajratilgan   so’z   yasovchi
qo’shimchalar   tepasiga   “Sifat”   deb   yozib   qo’yiladi.   Yozuv   taxtasida   qo’yidagi
ko’rinish hosil bo’ladi.        43  
OT                          FE’L                    SIFAT         
- don                          -la                        -li 
                           -dosh                        -lan                      -dor 
                          -chi                           -lash                      no-
-bon                                                   -ira                                                 -choq
-boz                         -sira                       -iq 
                                                          -chil 
Muammo   shu   tarzda   yechiladi.   Darslikdagi   328-mashq   yozma   daftarda,
330mashq kompyuterda bajariladi.  
Uyga vazifa qilib 329-mashq beriladi, dars so’ngida baholar eshittirilib, g’olib
guruh e’lon qilinadi, faol qatnashgan o’quvchilar rag’barlantiriladi. O’zlashtirishga
qiynalgan o’quvchilar qo’shimcha darslarga jalb qilinadi.   
 
 
Bob bo‘yicha xulosa 
1. XX   asrning   30   -   40-yillarida   fe’l   va   ot   yasalishiga   bag’ishlangan
maxsus   asarlar   maydonga   keldi.   Lekin   so’z   yasalishining   alohida   bo’lim   sifatida
ajralib   chiqishi   va   shakllanishida   Ayyub   G’ulomovning   hissasi   katta.   1949   yilda
“O’zbek tilida so’z yasash yo’llari haqida” nomli asari maydonga keldi. 
2. Ayyub G’ulomov asos  solgan  so’z  yasalishi  nazariyasini  akad.  Azim
Hojiyev yangi cho’qqiga olib chiqdi. U A.G’ulomov yo’l qo’ygan kamchiliklarni
bartaraf   etishga   harakat   qildi.   Muallif   “so’z   yasalishi   bahsida   yasama   so’z   hosil
qiluvchi   komponentlar   o’rganilishi”ni,   “yasama   so’z   hosil   qiluvchi   komponentlar
shu so’zning yasalish tuzulishini tashkil qilishi”ni, so’z yasalish tuzulishi esa faqat
ikki qismdan – yasashga asos, yasovchi qismdan iborat bo’lishini ta’kidlaydi. 
3. Ma’lum so’z turkumlarining yasalish doirasida qilingan ishlar o’zbek
tili so’z yasalishi haqidagi ta’limotning rivoji uchun muhim hissa bo’lib qo’shildi. 
Xususan,   Y.Tojiyevning   so’z   yasovchi   qo’shimchalarning   polifunksionalligi
masalasini, uning affiksal omonimiya bilan munosabatini chuqur tahlil etdi.     44  
4. O’zbek   tilshunosligida   so’z   yasalishi   lug’atlari   ham   tuzilgan.
Jumladan,   B.Mengliyev   va   B.Bahriddinovalarning   o’quv   lug’ati   shular
jumlasidandir.   Ular e’tirof etganidek, “...o’zbek tilida so’z yasalishi  haqida talay
ishlar qilinganiga qaramay, bunday lug’at umuman tuzilmagan” edi. Mazkur lug’at
maxsus,   o’ziga   xos   lug’at   turi   hisoblanib,   yasama   so’zning   qanday   va   nima
vositasida yuzaga kelganligini bilishga o’quvchilarga amaliy yordam beradi. 
5. O’zbek   tilida   sifat   yasalishning   affiksatsiya   usuli   eng   sermahsul
bo’lib,   50   ga   yaqin   affiks   sifat   yasashda   u   yoki   bu   darajada   qatnashadi.   Shunga
ko’ra   ularni   faol   yoki   nofaol   sifat   yasovchilar   tarzida   ikkiga   ajratish   mumkin.
Shuningdek,   affikslar   qaysi   asosga   qo’shilganiga   ko’ra   otdan,   fe’ldan,   sifatdan,
taqlidlardan sifat yasovchilar tarzida guruhlarga bo’lib o’rganiladi. 
 
 
 
 
II BOB. KOMPOZITSIYA USULIDA SIFAT YASALISHI VA UNING
TA’LIM TIZIMIDA O’RGANILISHI 
 
2.1. Qo’shma sifatlarning yasalish qoliplari va uning ta’lim tizimida 
o’qitilishi 
O’zbek   tilshunosligida   qo’shma   so’zlarning   yasalishi   masalasida   turlicha
qarashlar   bor.   Bu   qarashlar   bevosita   qo’shma   sifatlar   uchun   ham   tegishlidir.
Qo’shma so’zlarning katta qismi tarixan so’z birikmasining qo’shma so’zga o’tishi
orqali yuzaga kelgani bois ularning yasalishi masalasiga bag’ishlangan ishlarda har
xil qarashlarga duch kelamiz. Masalan, Sh.Rahmatullayev va A.Hojiyevlarning 
“Qo’shma   so’zlarning   imlo   qoidalari   va   lug’ati   “   kitobida   o’zbek   tilida   qo’shma
so’zlar ikki usul bilan yasalishi qayd etiladi:  
1. Sintaktik-semantik usul bilan yasalgan qo’shma so’zlar.     45  
2. Sintaktik-morfologik usul bilan yasalgan qo’shma so’zlar 1
. 
   A.Hojiyevning “O’zbek tilida qo’shma, juft va takroriy so’zlar” kitobida esa
qo’shma so’zlarning yasalish usuli uchta deb ko’rsatiladi:  
1. Sintaktik-leksik usul bilan yasalgan qo’shma so’zlar.  
2. Sintaktik-morfologik usul bilan yasalgan qo’shma so’zlar. 
3. Morfologik usul bilan yasalgan qo’shma so’zlar 2
.  
Sintaktik-semantik   usul   bilan   so’z   yasalishi   deganda   so’z   birikmasining
qo’shma   so’zga   ko’chishi   orqali   so’z   yasalishi   hodisasi   nazarda   tutilgan   bo’lsa,
sintaktik-morfologik   usul   bilan   so’z   yasalishi   deganda   so’z   birikmasiga   yasovchi
affiks qo’shish orqali yasalgan qo’shma so’zlar nazarda tutilgan:  besh yil+lik, ming
kilogramm+chi  kabi.  
A.Hojiyevning   tasnifidagi   sintaktik-leksik   usulga   so’z   birikmasidan   hosil
bo’lgan   qo’shma   so’zlar,   sintaktik-morfologik   usulga   so’z   birikmasiga   yasovchi
qo’shimcha  qo’shish   orqali  yasalgan  qo’shma  so’zlar,  morfologik  usulga   esa  ikki
o’zakni qo’shish orqali yasalgan qo’shma so’zlar kiritilganini ko’ramiz. 
A.Hojiyevning “O’zbek tili so’z yasalishi” kitobida esa qo’shma so’zlarning
yasalishi ikki yo’l bilan sodir bo’lishi qayd etiladi:  
1. Sintaktik-leksik usul.  
2. Kompozitsiya usuli 2
.  
Birinchi   usulda,   yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   so’z   birikmasidan   hosil   bo’lgan
qo’shma   so’zlar,   ikkinchi   usulda   esa   birdan   ortiq   leksemalarni   qo’shish   orqali
yasalgan   qo’shma   so’zlar   sodir   bo’lishi   haqida   so’z   yuritiladi.   Olimning   keyingi
ishlarida qo’shma so’z yasalishi hodisasi inkor ham etiladi. 
            Ma’lumki,   o’zbek   tili   lug’at   boyligida   qo’shma   so’zlar   ma’lum   miqdorda
uchraydi.   Ularning   hosil   bo’lishida   ma’lum   bir   qonuniyatlar   amal   qilishi   tabiiy.
A.Hojiyevning   keyingi   yillarda   yozgan   maqolalarida   qo’shma   so’zning   so’z
birikmasidan o’sib chiqishi tarixiy yasalish ekanligi, bu esa hozirgi so’z yasalish –
1  Rahmatullayev Sh., Hojiyev A. Qo„shma so„zlarning imlo qoidalari va lug„ati , 7-bet.
2
 Hojiyev A. O„zbek tilida qo„shma, juft va takroriy so„zlar, 9-10-betlar.  
2  Hojiyev A. O„zbek tili so„z yasalishi, 30-bet.    46  
sinxron yasalish obyekti bo’la olmasligi to’g’ri ko’rsatilib o’tiladi 1
. Bu haqda Ayub
G’ulomov ham o’z davrida fikr yuritib shunday yozgan edi: “Qo’shma so’zning bir
turi  tug’ilish jihatidan so’z birikmasi  bilan aloqador, lekin ko’pi  mavjud qo’shma
so’zlarga   analogiya   yo’li   bilan,   qo’shma   so’zning   tayyor   modeliga   qarab   hosil
qilingan” 3
.  
             A.Hojiyev “O’zbek tili so’z yasalishi” kitobida kompozitsiya yo’li bilan so’z
yasalishi   haqida   gapirib,   shunday   yozadi:   “Kompozitsiya   usuli   bilan   yasalgan...
qo’shma   so’zlarning   ayrimlari   tashqi   ko’rinishidan   so’z   birikmasi   yoki   gapga
o’xshaydi,   hatto   aynan   so’z   birikmasi   yoki   gapdan   kelib   chiqqandek,
sintaktikleksik   usul   bilan   yasalgandek   ko’rinadi:   nog’oracho’p,   molqo’ra,
chumolibel,   go’shtkuydi,   ilikuzildi   kabilar.   Lekin   bunday   qo’shma   so’zlar   ham
biron   narsaga   nisbat   berish   asosida   yoki   ma’lum   bir   belgi   asosida   kompozitsiya
usuli bilan yasalgan qo’shma so’zlardir” 2
.   
Qo’shma sifatlarning yasalish qoliplari xususida ilmiy adabiyotlar va o’quv
qo’llanma hamda darsliklarda turlicha fikrlar bildiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimining
barcha   bo’g’inlariga   tegishli   adabiyotlarda   ularning   yasalish   qoliplari   asosan
qo’shma   sifat   qismlarining   qaysi   so’z   turkumi   bilan   ifodalangani   asosida
belgilanganini va shu asosda o’quvchi va talablarga o’rgatilishi tavsiya etiladi. 
O.Yoqubjonovaning “5-sinfda so’z yasashni o’rgatish” nomli maktab 
o’qituvchilari   uchun   tavsiya   etilgan   qo’llanmasida   qo’shma   so’zlar   quyidagi   uch
usul bilan yasalishi qayd etiladi: so’z qo’shish bilan qo’shma so’z yasash, so’zlarni
qisqartirib   so’z   yasash,   so’zlarni   juftlab   so’z   yasash 3
.   Shuningdek   ushbu   ishda
qo’shma   so’zlarning:   OT+OT,   SIFAT+OT,   SON+OT,   OT+FE’L   singari   yasalish
qoliplari   ham   qayd   etib   o’tiladi.   Ko’rinadiki,   mazkur   ishda   asosan   qo’shma
otlarning yasalish qoliplari qayd etilgan. 
1  Hojiyev A. O„zbek tilida so„z yasash usuli masalasiga doir. O„zbek tili va adabiyoti, 1999, N 4. 35-42-betlar.
3
 O„zbek tili grammatikasi, 1-tom, 33-bet. 
2  Hojiyev A. O„zbek tili so„z yasalishi, 101-103-betlar. 
3  Yoqubjonova O. 5-sinfda “So„z yasash”ni o„rgatish. – Toshkent: O„qituvchi, 1978. 32-bet.
2
 Hojiyev A. O„zbek tili so„z yasalishi, 103-bet.    47  
             Xullas, lingvistik adabiyotlarda qo’shma so’zlarning yasalishi masalasida bir
xil   qarash   yo’q.   Shu   boisdan   qo’shma   sifatlarning   yasalishi   masalasini   yoritishda
tarixiy   jihatni   ham,   hozirgi   kundagi   yasalishni   ham   inobatga   olish   maqsadga
muvofiq   deb   o’ylaymiz.   Qo’shma   sifatlarni   quyidagi   ikki   guruhga   ajratib
o’rganishni ma’qul ko’rdik: 
1. So’z birikmasidan o’sib chiqqan qo’shma sifatlar. 
2. Birdan ortiq mustaqil so’zning birikuvidan hosil bo’lgan qo’shma sifatlar. 
Quyida ana shu ikki guruh haqida alohida to’xtalamiz.  
 
2.1.1. So‘z birikmasidan o‘sib chiqqan qo‘shma sifatlarning ma’no munosabati
Lingvistik   adabiyotlarda   bunday   yo’l   bilan   qo’shma   sifatlar,   umuman   qo’shma
so’zlar   hosil   bo’lishi   sintaktik-leksik   usul   sifatida   ajratilib   kelinganini   yuqorida
aytib   o’tdik.   Akademik   A.Hojiyev   qo’shma   sifatlarning   yasalishi   haqida   gapirar
ekan,  “...qo’shma  sifatlar   komponentlarining  o’zaro  semantik  munosabatiga  ko’ra
ikki   turli”:   “yasovchi   asos   va   formantdan   iborat   strukturali   qo’shma   sifatlar   va
bunday   strukturaga   ega   bo’lmagan   qo’shma   sifatlar” 2
  shaklida   bo’lishini
ta’kidlaydi.   Birinchi   tipdagi   qo’shma   sifatlar   sifat   yasalishida   asosiy   o’rinni
egallashini,   keyingi   tipda   yasalgan   qo’shma   sifatlar   ozligi   va   uni   izohlash
murakkabligini ta’kidlaydi.  
                Umuman,   qo’shma   sifatlar   sirasida   katta   o’rinni   so’z   birikmasidan   o’sib
chiqqan   so’zlar   tashkil   etadi   va   bu,   yuqorida   qayd   etilganidek,   tarixiy   yasalish
sanaladi. Shuning uchun ham ularning komponentlarini yasovchi  asos  va formant
sifatida   izohlab   bo’lmaydi.   Bunday   qo’shma   so’zlarning   paydo   bo’lishiga   asos
bo’lgan so’z birikmasi komponentlari o’rtasidagi sintaktik aloqaga ko’ra tasniflash
an’anasi   tilshunoslikda   keng   yoyilgan.   Bunday   tasniflarni   Sh.Rahmatullayev,
A.Hojiyevning   “Qo’shma   so’zlarning   imlo   qoidalari   va   lug’ati”,   A.Hojiyevning
“O’zbek   tilida   qo’shma,   juft   va   takroriy   so’zlar”,   B.Madaliyevning   “Hozirgi
o’zbek   tilida   qo’shma   so’zlar”   singari   asarlarda   ko’rish   mumkin.   Yuqoridagi
asarlarning dastlabki ikkitasida qo’shma sifatlarning bir xildagi tasnifi berilgan.    48  
Quyida ularni umumiy holda ko’rib chiqamiz.  
Azim Hojiyev “qo’shma sifatlar turli ko’rinishdagi so’z birikmalaridan o’sib
chiqqanini” yozadi va uning asosiy ko’rinishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatadi: 
1.Sifatlovchi+sifatlanmish munosabatidagi so’z birikmalaridan o’sib chiqqan
qo’shma sifatlar:  sofdil, soddadil  kabi.  
Bu   tipga   kiruvchi   qo’shma   sifat   komponentlarining   ma’no   munosabati
quyidagicha:  
- o’xshatishga asoslangan bo’ladi:  tosh yurak, qil tonoq;  
- sifatning belgisiga asoslangan bo’ladi:  yengiltabiat, yalangoyoq  kabi. 
2. To’ldiruvchi+to’ldirilmish   munosabatidagi   birikmadan   kelib   chiqqan
qo’shma sifatlar:  erksevar, mehnatsevar  kabi.  
3. Hol+hollanmish   munosabatidagi   birikmadan   o’sib   chiqqan   qo’shma
sifatlar:  ertapishar, tezyurar  kabi. 
4. Ega+kesim   munosabatidagi   birikmadan   kelib   chiqqan   qo’shma
sifatlar: 
ishyoqmas, o’ziyurar, yoqavayron 1
.  
B.Madaliyev   esa   boshqacha   tasnifni   tavsiya   etadi.   U   so’z   birikmalaridan
hosil   bo’lgan   qo’shma   so’zlarning   tasnifini   berar   ekan,   ularni   to’rtga   bo’ladi,
ularning uchtasi qo’shma sifatlarga bevosita taalluqlidir.  Ular quyidagilar:  
1. Obyektiv   munosabat   asosida   hosil   bo ’ lgan   qo ’ shma   sifatlar :
tinchliksevar ,  mehnatsevar ,  betgachopar   kabi . 
2. Relyatev   munosabat   asosida   hosil   bo ’ lgan   qo ’ shma   sifatlar :
ertapishar ,  kechpishar ,  tezpishar ,  tinchoqar   kabi .  
3. Predikativ   munosabat   asosida   hosil   bo’lgan   qo’shma   sifatlar:
o’ziyurar  kabi 2
.  
              Biz   to’plagan   materiallar   ham   olimlarning   yuqoridagi   fikrlarini   to’la
tasdiqladi.   O’zbek   tilida   ayniqsa   sifatlovchi+sifatlanmish   munosabatidagi   so’z
birikmasidan hosil bo’lgan qo’shma sifatlar salmoqli o’rinni egalalshi kuzatildi.  
1  Hojiyev A. O„zbek tilida qo„shma, juft va takroriy so„zlar, 30-31-betlar.  
2   Madaliyev B. Ko„rsatilgan manba, 48-49-betlar.    49  
Sifatlovchi+sifatlanmish   munosabatidagi   so’z   birikmasidan   o’sib   chiqqan
qo’shma   sifatlarga   quyidagilarni   misol   qilib   keltirish   mumkin:   ayrisoqol,
arslonyurak,   bangibashara,   darveshsifat,   devsifat,   devyurak,   devqadam,
do’ngpeshona,   jannatmakon,   jingalaksoch,   joduko’z,   jo’rovoz,   zag’chako’z,
zeboqomat, zaryoqa, zarkokil  kabi.  
To’ldiruvchi+to’ldirilmish   munosabatidagi   so’z   birikmasidan   hosil   bo’lgan
qo’shma   sifatlar   salmog’i   u   qadar   ko’p   emas:   betgachopar,   boshkesar,   gapsotar,
yorug’sevar, issiqsevar, izquvar, ishbuzar, yo’lto’sar, kallakesar  kabi.  
              Hol+hollanmish   munosabatidagi   so’z   birikmasidan   hosil   bo’lgan   qo’shma
sifatlar   ham   ko’p   emas:   ertapishar,   tezyurar,   tezoqar,   tezuchar,   o’rtapishar,
kechpishar  kabi. 
              Ega+kesim   munosabatidagi   birikma   (to’g’rirog’i   gap)   dan   o’sib   chiqqan
qo’shma   sifatlar   esa   barmoq   bilan   sanarli   darajada   oz:   ishyoqmas,   o’ziyurar,
yoqavayron  kabi. 
        So’z birikmasi asosida hosil bo’lgan qo’shma sifatlar asosida izofiy birikmali
birliklar ham bor. Izofiy birikma tarkibidagi izofa ko’rsatkichi yo’qolishi (tushishi)
natijasida   qo’shma   sifat   hosil   bo’lgan,   ayrimlarida   izofiy   ko’rsatkich   saqlangan:
bag’ritosh, rahatijon, sohibqiron, sohibjamol  kabi.  
2.1.2.   Birdan ortiq mustaqil so‘zning birikuvidan hosil bo‘lgan qo‘shma 
sifatlar 
Bunday yo’l bilan hosil bo’lgan qo’shma sifatlarga kompozitsiya usuli bilan
yasalish   sifatida   qaraladi.   Yuqorida   aytilganidek,   A.Hojiyev   kompozitsiya   usuli
bilan yasalgan qo’shma sifatlarni ikkiga ajratgan edi:  
1. Yasovchi asos va formantdan iborat strukturali qo’shma sifatlar.  
2. Bunday strukturaga ega bo’lmagan qo’shma sifatlar 1
. 
A.Hojiyevning   yozishicha,   ikkinchi   tipdagi   qo’shma   sifatlar   o’zbek   tilida
juda kam miqdorda bo’lib, ularning yasalish yo’llarini izohlash mushkul. Olim bu
1  Hojiyev A. O„zbek tili so„z yasalishi, 103-bet.    50  
tipga   xumkalla,   oyoqyalang,   ko’knorixayol,   hozirjavob   singari   qo’shma   sifatlarni
kiritadi 1
.   
Bu   sifatlar   haqida   shunday   fikrni   bildirish   mumkinki,   ular   dastlab   birikma
shaklda   bo’lgan.   Keyinchalik   o’xshashlik,   qiyoslash   asosida   qo’shma   sifat   hosil
bo’lgan. Qiyoslang:  xumkalla - xumga o’xshash kalla yoki kallasi xumga o’xshash;
oyoqyalang – oyog’i yalang; ko’knori xayol – xayoli ko’knori ichgan odamnikidek;
hozirjavob – javobi hozir (tayyor)  kabi. 
A.Hojiyev   yasovchi   asos   va   formantdan   iborat   ko’rinishdagi   qo’shma
sifatlarga   kam,   rang,   sifat,   bop,   talab,   umum   komponentlari   asosida   yasalgan
yasalmalarni   kiritadi.   Bu   komponentlar   qo’shma   sifatlarda   so’z   yasovchi   formant
vazifasini o’taydi.  
      Ushbu formantlar vositasida quyidagicha qo’shma sifatlar yasaladi.           Kam
formantli   qo’shma   sifatlar:   kamdaromad,   kamhosil,   kamchiqim,   kamgap,
kamunum,   kamaholi,   kamdaromad,   kamdiydor,   kamer,   kamsuqum,   kamsoqol,
kamsuv,   kamsut,   kamsuxan,   kamtashvish,   kamfahm,   kammeva,   kammazmun,
kamiste’mol,   kamxarajat,   kamxarj,   kamqatnov,   kamqon,   kamquvvat,   kamhafsala
kabi.   Bu   tipdagi   sifatlar   ser-   affiksi   bilan   yasalgan   sifatlarning   antonimi   bo’ladi:
kamqatnov – serqatnov, kamhosil – serhosil  kabi.  
           Rang  formantli qo’shma sifatlar:  bug’doyrang, jigarrang, lolarang, kulrang,
olovrang, kumushrang, alvonrang, binafsharang, jigarrang, zig’irrang, moshrang,
misrang,   muzrang,   novvotrang,   no’xatrang,   suvrang,   sutrang,   surrang,   tillarang,
shafaqrang,   shaftolirang,   shisharang,   havorang,   bo’zrang,   mallarang,   nimrang,
yashilrang kabi.  
              Sifat   formantli   qo’shma   sifatlar:   burgutsifat,   bangisifat,   bandisifat,
darveshsifat,  devsifat,  devonasifat,  dehqonsifat, insonsifat,  odamsifat, suqsursifat,
barzangisifat, polvonsifat, ulug’sifat kabi.  
              Bop   formantli   qo’shma   sifatlar:   qishbop,   palovbop,   qurilishbop,   bolabop,
yembop, ishbop, kemabop, ko’ylakbop, bizbop, gazetabop, armaturabop, vinobop,
1  Hojiyev A. O„zbek tili so„z yasalishi, 103-bet.    51  
devorbop,   mayizbop,   muqovabop,   ommabop,   sahnabop,   sochiqbop,   urug’bop,
uybop, xaridorbop kabi.  
                Talab   formantli   qo’shma   sifatlar:   suvtalab,   adolattalab,   erktalab,
bahonatalab,   izohtalab,   izzattalab,   mehnattalab,   ishtalab,   obro’talab,   qontalab
kabi.    
A.Hojiyev   umum   formanti   asosida   qo’shma   sifatlar   yasalishini   ham   qayd
etadi va  umumshahar, umumarmiya, umumadabiy, umumxalq, umumdavlat   singari
birliklarni   ko’rsatadi 1
.   SH.Rahmatullayev   esa   “Ot   turkumida   leksema   yasash   va
leksema   tuzish”   haqida   gapirib,   bunday   birliklar   kalkalash   orqali   yuz   berganini,
“kalkalash   tom   ma’noda   o’z   yasash   ham,   o’zlashtirish   ham   emas”ligini   “haqiqiy
kalkada   qismlar   sun’iy   ravishda   birlashishi”ni   yozadi.   Bundan   ko’rinadiki,   ushbu
birliklarni   so’z   yasalishi   doirasida   o’rganish   xatolikka   yo’l   qo’yish   bilan
barobardir.     
                      Ta’lim   tizimida   qo’shma   sifatlarni   o’rganishda   ularning   yasalish
qoliplariga   mos   misollar   topish,   topilgan   misollar   asosida   so’z   birikmasi,   gap   va
matn yaratish singari amaliy ishlarni bajarish tavsiya etiladi. 
2.2.   Qo’shma sifatlarning morfologik tarkibi va uning ta’lim tizimida 
o’qitilishi 
        Qo’shma sifatlarni ular komponentining morfologik tarkibiga ko’ra tasniflash
ishi shu sohada qilingan ishlarda ko’rsatib o’tilgan. Masalan, Sh.Rahmatullayev va
A.Hojiyevlar qo’shma sifatlarni  material  jihatdan quyidagi  olti  ko’rinishga ajratib
o’rganadilar:  
1. Ot+ot tipida yasalgan qo’shma sifatlar:   shirakayf, devsifat, xumkalla,
toshyurak, ko’knorixayol, tuyapaypoq, havorang, jigarrang, kulrang kabi.   
2. Ot+sifat   tipida   yasalgan   qo’shma   sifatlar:   boshyalang,   oyoqyalang,
ommabop, yoqavayron, o’yinbuzuqi, ishbuzuqi kabi.   
1  Hojiyev A. Ko„rsatilgan manba, 104-bet.     52  
3. Sifat+ot   tipida   yasalgan   qo’shma   sifatlar:   ochko’z,   qimmatbaho,
shirinso’z, xushmuomala, xushfe’l kabi.   
4. Ravish+ot   tipida   yasalgan   qo’shma   sifatlar:   hozirjavob,   yolg’izoyoq,
kamhosil, kamquvvat kabi.  
5. Ot+sifatdosh   tipida   yasalgan   qo’shma   sifatlar:   ishyoqmas,   erksevar,
issiqsevar, xushyoqmas kabi.   
6. Olmosh+sifat yoki ot tipida yasalagan qo’shma sifatlar:   o’zibilarmon,
o’zboshimcha kabi 1
.  
        A.Hojiyevning kitobida ham aynan ana shu olti ko’rinish qayd etilgan 2
.   
               B.Madaliyev  qo’shma sifatlarni morfologik tarkibi  bo’yicha o’n yetti turga
ajratgan:  
1. Ot bilan otning o’zaro qo’shilishidan tuzilgan qo’shma sifatlar:   kapalaknusxa,
marg’ilonnusxa,   cho’qqisoqol,   sheryurak,   dutorbo’yin,   bodomqovoq,
qunduzqosh,   oltinsoch,   toshbag’ir   kabi.   Shu   tipga   saylovoldi,   yerosti,   tiloldi,
bayramoldi  singari qo’shma so’zlar ham kiritilgan. 
2. Ot   va   tub   sifatdan   tuzilgan   qo’shma   sifatlar:   boshyalang,   oyoqyalang,
ommabop, o’yinbuzuqi, ishbuzuqi, ishbop kabi.   
3. Ot   va   – li   qo’shimchali   sifatdan   tuzilgan   qo’shma   sifatlar:   urug’bargli,
bargpoyali, gultojli, temirbetonli, sheryurakli, chevarqo’lli kabi.   
4. Ot,   sifat   yoki   son   va   – lik   qo’shimchali   sifatdan   tuzilgan   qo’shma   sifatlar:
oltinko’llik, paxtaobodlik, oqqo’rg’onlik, yangiyo’llik kabi.   
5. Sifat   bilan   sifatning   o’zaro   qo’shilishidan   tuzilgan   qo’shma   sifatlar:   ochko’k,
ochsariq,   ochzangor,   ochpushti,   ochqora,   to’qsariq,   to’qko’k,   to’qzangor,
to’qpushti singari.   
6. Sifat   bilan   otning   o’zaro   qo’shilishidan   tuzilgan   qo’shma   sifatlar:   ochofat,
sofko’ngil,   sofdil,   o’rtabo’y,   yumshoqko’ngil,   xomsemiz,   ochjigarrang,
ochhavorang, to’qhavorang kabi.   
1  Rahmatullayev Sh., Hojiyev A. Qo„shma so„zlarning imlo qoidalari va lug„ati, 24-25-betlar.
2
 Hojiyev A. O„zbek tilida qo„shma, juft va takroriy so„zlar, 31-bet.     53  
7. Tub   sifat   bilan   yasama   sifatning   birikishidan   tuzilgan   qo’shma   sifatlar:
balandbo’yli, ingichkatolali, kaltayungli kabi.  
8. Ravish   va   otning   o’zaro   qo’shilishidan   qo’shma   sifatlar:   tezqadam,   kamxarj,
kamtiraj, kamvazn kabi.   
9. Ravish   va   –li   qo’shimchasi   yordamida   yasalgan   sifatning   o’zaro   birikishidan
tuzilgan   qo’shma   sifatlar:   mo’lhosilli,   kamgulli,   kamsonli,   kamvaznli,
to’laqonli kabi.   
10. Son   va   –li   qo’shimchali   sifatning   o’zaro   qo’shilishidan   tuzilgan   qo’shma
sifatlar:   bir   barmoqli,   bir   bargli,   bir   bo’yoqli,   bir   asosli,   bir   atomli,   ikki
bo’g’inli, ikki jinsli, ikki poyali kabi.   
11. Ot   va   –(a)r   formali   sifatdoshdan   tuzilgan   qo’shma   sifatlar:   issiqsevar,
yorug’sevar, namsevar, erksevar, ishbuzar kabi.   
12. Ravish   va   –(a)r   formali   sifatdoshdan   tuzilgan   qo’shma   sifatlar:   kechpishar,
tezoqar, tezyurar kabi.   
13. G’ayri so’zi orqali hosil qilingan qo’shma sifatlar:   g’ayriilmiy, g’ayriixtiyoriy,
g’ayrirasmiy kabi.   
14. Ot   bilan   taxlit,   sifat,   bashara   so’zlarining   qo’shilishidan   tuzilgan   qo’shma
sifatlar:  odamtaxlit, odamsifat, odambashara kabi.    
15. Aro so’zli qo’shma sifatlar:  xalqaro, shahararo, qishloqaro kabi . 
16. Umum   yoki   o’z   so’zi   yordamida   tuzilgan   qo’shma   sifatlar.   Umumrespublika,
umuminsoniyat, umumarmiya kabi.   
17. Bag’ri tosh, boshi berk, bo’yi uzun, ichi qora singari 1
.  
B.Madaliyevning   tasnifidan   ko’rinib   turibdiki,   qo’shma   sifatlarning
morfologik tarkibi hamisha ham e’tiborga olinmagan.  
R.Sayfullayeva,   B.Mengliyev,   G.Boqiyeva,   M.Abuzalova,
Z.Yusupovalarning   “Hozirgi   adabiy   tili”   (Morfologiya)   o’quv   qo’llanmasida
1  Madaliyev B. Hozirgi o„zbek tilida qo„shma so„zlar, 84-92-betlar.    54  
sifatlarning   derivatsiyasiga   alohida   o’rin   berilgan   bo’lib,   kompozitsiya   uslida
yasalgan sifatlar qo’shma sifatlar, juft sifatlar singari ikki guruhga ajratiladi 1
.  
Qo’shma va juft sifatlarning yasalish qoliplari alohida o’rganilgan. 
Qo’shma sifatlarning yasalish qoliplari quyidagicha berilgan: 
1. Ot+ot:   девсифат ,   девқомат ,   дилором ,   дилозор ,   кафангадо ,
оташнафас ,  соҳибжамол . 
2. Sifat+ot:   xomkalla,   sho’rpeshona,   kaltafahm,   shirinsuxan,
sho’otumshuq, balandparvoz. 
3. Ot+sifat:   yoqavayron,   jig’ibiyron,   tepakal,   xonavayron,
xudobezor, otabezori. 
4. Ravish+ot:   hozirjvob, kamgap, kamsuxan, kamsuqum, kamqon,
kamxarj. 
5. Ravish+fe’l:  tezpishar, ertapishar, kechpishar, cho’rtkesar. 
6. Fe’l+fe’l:  yebto’ymas. 
7. Olmosh+ot:  o’zboshimcha. 
8. Ot+fe’l:  tilyog’lama, gadoytopmas, tinchliksevar . 
9. Olmosh+sifat:  o’zibilarmon. 
10. Son+ot:  ikkiyuzlamachi, qirqyamoq 2
.  
Ushbu ishda juft sifatlarning ham yasalish qoliplari ham alohida o’rganilgan.
Juft sifatlar tarkibidagi so’zlarning xususiyatiga ko’ra uch turga ajratiladi:  
1. Har ikki qismi mustaqil ishlatiladigan juft sifatlar.  
2. Bir qismi mustaqil holda ishlatiladigan juft sifatlar. 
3. Har ikkala qismi mustaqil holda ishlatilmaydigan sifatlar. 
Har   ikki   qismi   mustaqil   ishlatiladigan   juft   sifatlar   o’z   navbatida   yana   uch
turga ajratilgan: 
- Qismlari   sinonim:   aql-hushli,   pishiq-puxta,   telba-teskari,   sog’-
salomat, yakka-yolg’iz. 
1  Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Abuzalova M., Yusupova Z. Hozirgi adabiy tili (Morfologiya). 
O„quv qo„llanma. – Toshkent, 2005. 118-119-betlar. 
2  Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Abuzalova M., Yusupova Z. Hozirgi adabiy tili (Morfologiya). 
O„quv qo„llanma. – Toshkent, 2005. 118-119-betlar.    55  
- Qismlari   antonim:   achchiq-chuchuk,   bland-past,   vayronu   obod,
issiqsovuq. 
- Qismlari ma’noviy yaqin:  mo’min-qobil, och-yalang’och, soya-salqin,
xorzor, ezma-churuk 1
. 
Bir qismi mustaqil ishlatiladigan juft isfatlarga quyidagilar kiritilgan: 
aralash-quralash,   mast-alast,   ilma-teshik,   tuppa-tuzuk,   xom-xatala,   entak-tentak,
qari-quri, qora-qura, yamoq-yasqoq, harom-harish. 
Har   ikki   qismi   mustaqil   ishlatilmaydigan   juft   sifatlarga   quyidagilar
ko’rsatilgan:   aji-buji,   aloq-chaloq,   ilma-teshik,   poyintar-soyintar,   uvali-juvali,
o’poq-so’poq, ilang-bilang. 
“O’zbek   tili   grammatikasi”da   qo’shma   sifatlar   dastlab   ikki   katta   tipga
ajratilgan,   so’ngra   har   bir   tipga   kiruvchi   sifatlarning   morfologik   tarkibi   qayd
etiganini ko’ramiz.  Bu tiplar quyidagilar:  
1. Ikki   tub   so’zdan   tashkil   topgan   qo’shma   sifatlar.   Ular   o’z   navbatida
ot+ot, ot+sifat, sifat+ot, sifat+sifat, ravish+ot qolipiga ega ekanligi ko’rsatilgan.  
2. Komponentlaridan  biri  tub, ikkinchisi  yasama  so’zdan  tashkil  topgpn
qo’shma   sifatlar:   Bu   tipga   ot+(- ar,   -mas   formali)   sifatdosh,   ot+ot+egalik   affiksi;
olmosh+yasama sifat, ravish+sifatdosh qoliplariga egaligi ko’rsatilgan 2
.  
                  Ko’rib   o’tilganidek   qo’shma   sifatlarning   morfologik   tarkibi   bo’yicha
tasniflarda ham bir xillik yo’q. Yuqoridagi qarashlardan kelib chiqib, biz to’plagan
materiallar   asosida   qo’shma   sifatlarning   morfologik   tarkibi   bo’yicha   yasalish
qolipini   quyidagi   o’n   olti   tipga  ajratish   mumkin:   ot+ot,  sifat+ot,   ot+sifat,  ot+fe’l,
sifat+sifat,   son+ot,   son+sifat,   ravish+fe’l,   ravish+ot,   son+fe’l,   olmosh+fe’l,
fe’l+fe’l,  olmosh+sifat,   sifat+fe’l,  fe’l+sifat,  fe’l+ot  kabi.  Ushbu   qolipga  kiruvchi
qo’shma sifatlar miqdori bir xil emas. Shuning uchun sermahsul sanalgan qoliplar 
xususida so’z yuritamiz.  
 
1  Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Abuzalova M., Yusupova Z. Hozirgi adabiy tili (Morfologiya). 
O„quv qo„llanma. – Toshkent, 2005. 119-bet. 
2  O„zbek tili grammatikasi,  I – tom, 288-289 –betlar.  
    56  
2.2.1. Ot+ot qolipiga ega bo‘lgan qo‘shma sifatlar 
               Qo’shma sifatlarni morfologik tarkibi bo’yicha tasniflash shuni ko’rsatdiki,
ot+ot   qolipiga   ega   bo’lgan   so’zlar   ko’p   miqdorda   ekanligi   aniq   bo’ldi.   Bunday
qo’shma   sifatlarning   umumiy   miqdori   ikki   yuzdan   oshadi.   Quyida   ularning
ayrimlarini keltiramiz:  
- “a”   harfi   bilan   boshlanuvchi   qo’shma   sifatlar:   avliyomijoz,   adolattalab,
alamdiyda, alvonrang, alamzada, ayrisoqol, arslonyurak;  
- “b”   harfi   bilan   boshlanuvchi   qo’shma   sifatlar:   bangibashara,   banginusxa,
bandisifat,   bahamjihat,   bahstalab,   bahonatalab,   bag’ritosh,   bedanaqadam,
bitko’z, bulbulnavo, bug’doyrang, bug’doymag’iz, burgutsifat, binafsharang;   
- “g”   harfi   bilan   boshlanuvchi   qo’shma   sifatlar:   gilamnusxa,   gulbadan,
gulruxsor, gulro’y, gulyuz, gulchiroy. 
- “d”   harfi   bilan   boshlanuvchi   qo’shma   sifatlar:   devsifat,   devyurak,
devonasifat,   devqomat,   devqadam,   dehqonsifat,   diyonatpesha,   dilband,   dilozor,
dilorom, daqqinafs, devyurak, donaboy, do’ngpeshona, dutorbo’yin; 
- “j” harfi bilan boshlanuvchi qo’shma sifatlar:   жабрдийда ,   жаннатмакон ,
жигарранг ,   жигарпора ,   жигарсўхта ,   жингалаксоч ,   жиққамушт ,   жодукўз ,
жонбахш ,   жонфидо ,   жонсарак ,   жонҳалак ,   жувонбахт ,   жўровоз ,
жувонмарг ; 
- “z”   harfi   bilan   boshlanuvchi   qo’shma   sifatlar:   zavqbaxsh,   zanjirband,
zarhal,   zag’chako’z,   zeboqomat,   zig’irrang,   zilzilabardosh,   zaryoqa,   zarkokil,
ziqnafas;   
- “i”   harfi   bilan   boshlanuvchi   qo’shma   sifatlar:   itfe’l,   ilhombaxsh,   ilonizi,
itmijoz, izzattalab, izohtalab, insonsifat, ityoqa, ijodbaxsh, ishbosh, ishtalab;          -
“k” harfi bilan boshlanuvchi qo’shma sifatlar:  kajavaqorin, kayfsafo, karnayburun,
kapalaknusxa,   kislatabardosh,   kaptarbo’yin,   kafangado,   kiyiknigoh,   kishanband,
kirchimol, kulrang, kunbay, kunchuvoq, ko’knorixayol;  
- “m”   harfi   bilan   boshlanuvchi   qo’shma   sifatlar:   momataloq,   moshrang,
meshqorin, mehmondo’st, mehnattalab, misrang, molfahm, muzrang;      57  
- “o”   harfi   bilan   boshlanuvchi   qo’shma   sifatlar:   otashnafas,   otashqalb,
odamsifat, odambashara,  odamoxun, odamovi,  odamtaxlit, olovrang,  osmonrang,
oyjamol,   oyimsupurgi,   oyimtilla,   otabezori,   otameros,   orombaxsh,   obro’talab,
ohuko’z.  
        Boshqa harflar bilan boshlanuvchi qo’shma so’zlar ancha miqdorda.  
 
2.2.2.  Sifat+ot qolipli qo‘shma sifatlar 
              Bu   qolipga   kiruvchi   qo’shma   sifatlar   miqdori   uncha   ko’p   emas.   Shunday
qo’shma sifatlar ellikta atrofida: 
- “ b ”   harfli   qo ’ shma   sifatlar :   bag ’ rikeng ,   bahornav ,   beshikso ’ poq ,   boshyalang ,
boqibeg ’ am ,  bolabop ; 
- “v” harfli qo’shma sifatlar:  vatangado, vinobop; 
- “d” harfli qo’shma sifatlar:  dalatob, devorbop, diltang;  
- “j”   harfli   qo’shma   sifatlar:   jannatmonand,   jonsarak,   jinnisang’i,   jig’ibiyron,
jo’jabirdek; 
- “i” harfli qo’shma sifatlar:  ishbop, ishbuzuqi, ishbilarmon, ichiqora;  
- “k” harfli qo’shma sifatlar:  ko’krakburma, kemabop, kuylakbop, kastyumbop; 
- “m” harfli qo’shma sifatlar:  mayizbop, mushtumbop, mushtumzo’r, muqovabop.  
- “o” harfli qo’shma sifatlar:  odamshavanda, oyoqyalang, og’zibo’sh, ommabop;   
- “p” harfli qo’shma sifatlar : palovbop, paltobop;   
- “s” harfli qo’shma sifatlar:  sahnabop, silosbop, sochiqbop;  
- “x”   harfli   qo’shma   sifatlar:   xaridorbop,   xudobezori,   xudobexabar,   xonavayron
kabi.  
2.2.3.  Ot+fe’l qolipli qo‘shma sifatlar  
           Ushbu qolipga mos keluvchi  qo’shma sifatlar  miqdori  ham oz bo’lib, ellikta
atrofida chiqadi: 
- “b” harfli qo’shma sifatlar:  betgachopar, boshkesar, bo’ybermas, bo’riyo’rtish; 
- “g” harfli qo’shma sifat:  gapsotar;     58  
- “d” harfli qo’shma sifat:  diltortar, damqisma;  
- “j” harfli qo’shma sifat:  jonkuyar;  
- “y” harfli qo’shma sifatlar:  yertishlar, yebketar, yorug’sevar, yo’lto’sar;        - “i”
harfli   qo’shma   sifatlar:   issiqsevar,   ichquvar,   ichkuyar,   ichketar,   ishbuzar,
ishyoqmas; 
- “k” harfli qo’shma sifatlar:  kallakesar, ko’ngilochar, ko’ngiltortar;  
- “l” harfli qo’shma sifat:  lattachaynar;   
- “m” harfli qo’shma sifat:  mehnatsevar;  
- “n” harfli qo’shma sifat:  nomustalash;  
- “o”   harfli   qo’shma   sifatlar:   odamsevar,   odamsevmas,   ortalosh,   orabuzar,
osmono’par kabi.   
2.2.4.  Sifat+sifat qolipli qo‘shma sifatlar  
       Bu qolipga kiruvchi qo’shma sifatlar o’ttizta atrofida uchraydi: 
- “j” harfli qo’shma sifatlar:  jiyronqashqa, jinnisang’i; 
- “o”   harfli   qo’shma   sifatlar:   olako’k,   olachipor,   olaqorong’i,   olachalpoq,
ochzangor,   ochko’k,   ochsariq,   ochqizil,   ochyashil,   ochqora,   ochqo’ng’ir,
ochpushti; 
- “t”   harfli   qo’shma   sifatlar:   to’qzangor,   to’qko’k,   to’qsariq,   to’qpushti,
to’qsapsar, to’qqizil, to’qqora, to’qqo’ng’ir;  
- “ch” harfli qo’shma sifatlar:  chalatiniq, chalatoza, chaladumbul kabi.   
              Bu   qolipli   qo’shma   sifatlardan   tashqari   son+ot   ( biryoqlama,   beshkokil,
ikkiyoqlama,   ikkiqat ),   son+sifat   ( nimko’k,   nimpushti ),   ravish+fe’l   ( kechpishar,
tezoqar,   tezpishar ),   ravish+ot     ( tezyordam,   o’rtahol ),   son+fe’l   ( birotar,   birkesar )
va boshqa qolipdagi birliklar ham tilimizda uchraydi.                        
  Sifatlarning   morfologik   tarkibi   qoliplari   ustida   ishlashda   ham   bir   qator   amaliy-
ijodiy   ishlarni   bajarish   tavsiya   etiladi.   Qoliplarga   mos   misollar   topish   va   shu
misollar   asosida   so’z   birikmasi,   gap   va   matn   yaratish   ishlarini   musobaqa   tarzida
tashkil etish yaxshi samara beradi. 
    59  
Bob bo‘yicha xulosa 
1. Qo’shma   so’zlarning  yasalishi  bilan  bog’liq  masalalar   o’tgan  asrning
5060 –yillaridayoq kun tartibiga qo’yilgan bo’lsa-da, haligacha munozarali fikrlar
bayon etib kelinmoqda. Keyingi yillardagi ayrim ishlarda kompozitsiya usuli bilan
qo’shma so’z yasalishi masalasi inkor qilinayotganini ko’rish mumkin.  
2. Qo’shma   sifatlarning   yasalishi   masalasi   ko’pdan   buyon
tilshunoslarimiz e’tiborida bo’lib kelayotgan bo’lsa ham, olimlarning bu boradagi
qarashlari   turlicha.   Bu   sohadagi   dastlabki   ishlarda   qo’shma   so’zlar:   sintaktik-
semantak   usul,   sintaktik-morfologik   usul   bilan   yasaladi   degan   qarash   mavjud
bo’lgan   bo’lsa,   keyinchalik   bu   so’zlarning   yasalishi   uch   xil   deb   ko’rsatilganini
ko’ramiz: sintaktikleksik usul, sintaktik-morfologik usul, morfologik usul. So’nggi
yillardagi ishlarda esa qo’shma so’zlar: sintaktik-leksik usul va kompozitsiya usuli
bilan yasalishi qayd etila boshlandi.  
3. O’zbek   tilshunosligida   kompozitsiya   usuli   bilan   qo’shma   so’z
yasalishi masalasi bo’yicha yirik tadqiqotlar o’tkazgan A.Hojiyev ularni ikki tipga
ajratadi:   yasovchi   asos   va   formantdan   iborat   strukturali   qo’shma   so’zlar;   bunday
strukturaga ega bo’lmagan qo’shma so’zlar.  
4. Birinchi   tipdagi   yasalishda   yasovchi   formant   vazifasini   bajaradigan
alohida so’zlar orqali qo’shma so’z yasaladi. Yasovchi  asos va formantdan iborat
strukturali  qo’shma sifatga  kam, rang, sifat, bop, talab, umum  formantli  qo’shma
so’zlar kiradi. Ushbu formantlar ma’no jihatdan umumiylikka ega bo’lgan qo’shma
sifatlar yasaydi: kulrang, no’xatrang, suvrang, yerrang, olovrang kabi.  
5. Qo’shma  sifatlarni  tarkibidagi  so’zlarning morfologik belgisiga ko’ra
ma’lum  tiplarga ajratib o’rganish mumkin.   Qo ’ shma   sifatlar   morfologik   belgisiga
ko ’ ra :   ot + ot ,   ot + sifat ,   sifat + ot ,   sifat + sifat ,   son + ot ,   son + sifat ,   ot + fe ’ l ,   ravish + fe ’ l ,
ravish + ot ,   son + fe ’ l ,   olmosh + fe ’ l ,   fe ’ l + fe ’ l ,   olmosh + sifat ,   sifat + fe ’ l ,   fe ’ l + sifat ,
fe ’ l + ot   kabi   yasalish   qoliplariga   ega .  
 
    60  
 
ХУЛОСА  
1. XX   asrning   30   -   40-yillarida   fe’l   va   ot   yasalishiga   bag’ishlangan
maxsus   asarlar   maydonga   keldi.   Lekin   so’z   yasalishining   alohida   bo’lim   sifatida
ajralib   chiqishi   va   shakllanishida   Ayyub   G’ulomovning   hissasi   katta.   1949   yilda
“O’zbek tilida so’z yasash yo’llari haqida” nomli asari yaratildi. 
2. Ayyub G’ulomov asos  solgan  so’z  yasalishi  nazariyasini  akad.  Azim
Hojiyev yangi cho’qqiga olib chiqdi. U A.G’ulomov yo’l qo’ygan kamchiliklarni
bartaraf   etishga   harakat   qildi.   Muallif   “so’z   yasalishi   bahsida   yasama   so’z   hosil
qiluvchi   komponentlar   o’rganilishi”ni,   “yasama   so’z   hosil   qiluvchi   komponentlar
shu so’zning yasalish tuzulishini tashkil qilishi”ni, so’z yasalish tuzulishi esa faqat
ikki qismdan – yasashga asos, yasovchi qismdan iborat bo’lishini ta’kidlaydi. 
3. Ma’lum so’z turkumlarining yasalish doirasida qilingan ishlar o’zbek
tili so’z yasalishi haqidagi ta’limotning rivoji uchun muhim hissa bo’lib qo’shildi. 
Xususan,   Y.Tojiyevning   so’z   yasovchi   qo’shimchalarning   polifunksionalligi
masalasini, uning affiksal omonimiya bilan munosabatini chuqur tahlil etdi.  
4. O’zbek   tilshunosligida   so’z   yasalishi   lug’atlari   ham   tuzilgan.
Jumladan,   B.Mengliyev   hammuallifligida   so’z   yasalishining   o’quv   lug’ati   shular
jumlasidandir.   Ular e’tirof etganidek, “...o’zbek tilida so’z yasalishi  haqida talay
ishlar qilinganiga qaramay, bunday lug’at umuman tuzilmagan” edi. Mazkur lug’at
maxsus,   o’ziga   xos   lug’at   turi   hisoblanib,   yasama   so’zning   qanday   va   nima
vositasida yuzaga kelganligini bilishga o’quvchilarga amaliy yordam beradi. 
5. O’zbek   tilida   sifat   yasalishning   affiksatsiya   usuli   eng   sermahsul
bo’lib,   50   ga   yaqin   affiks   sifat   yasashda   u   yoki   bu   darajada   qatnashadi.   Shunga
ko’ra   ularni   faol   yoki   nofaol   sifat   yasovchilar   tarzida   ikkiga   ajratish   mumkin.
Shuningdek,   affikslar   qaysi   asosga   qo’shilganiga   ko’ra   otdan,   fe’ldan,   sifatdan,
taqlidlardan sifat yasovchilar tarzida guruhlarga bo’lib o’rganiladi. 
6. Qo’shma   so’z   va   u   bilan   bog’liq   lingvistik   hodisalar   ko’pdan   buyon
tilshunoslarimiz diqqat-e’tiborida bo’lib kelgan.  A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev,    61  
N.Mamatov,   B.Madaliyev,   B.Mengliyev   singari   olimlarning   qo’shma   so’zlarga
bag’ishlangan ishlarida qo’shma so’zlar tarixi, tasnifi, taraqqiyoti va yasalishi bilan
bog’liq masalalar keng yoritib berilgan.  
7. Qo’shma   so’zlarning  yasalishi  bilan  bog’liq  masalalar   o’tgan  asrning
5060 –yillaridayoq boshlangan  bo’lsa-da, haligacha munozarali  fikrlar  bayon etib
kelinmoqda.   Keyingi   yillardagi   ayrim   ishlarda   kompozitsiya   usuli   bilan   qo’shma
so’z yasalishi masalasi inkor qilinayotganini ko’rish mumkin.  
8. Qo’shma   sifat   va   u   bilan   bog’liq   hodisalar   qo’shma   so’zlarga
bag’ishlangan   ishlarda   u   yoki   bu   darajada   yoritilgan.   Lekin   bu   masala   alohida
tadqiqot sifatida tanlanmagan va o’rganilmagan.  
9. Qo’shma   sifat   (umuman   qo’shma   so’zlar)   larga   yaqin   bo’lgan
lingvistik birliklar mavjud bo’lib, ularni o’zaro taqqoslab o’rganish orqali qo’shma
so’zlarning   tarixi   va   tabiatini   ochish   mumkin.   Jumladan,   qo’shma   sifatlarni   so’z
birikmasi,   ibora   va   tasviriy   ifoda   bilan   qiyosiy   o’rganishga   ehtiyoj   bor.   Bu
lingvistik   hodisalar   shakliy   o’xshashlakdan   tashqari   morfologik   va   sintaktik
xususiyatiga ko’ra ham ayrim o’xshash va farqli belgilariga ega.  
10. Qo’shma   sifatlarning   yasalishi   masalasi   ko’pdan   buyon
tilshunoslarimiz   e’tiborida   bo’lib   kelayotgan   bo’lsa   ham,   olimlarning   qarashlari
turlicha.   Bu   sohadagi   dastlabki   ishlarda   qo’shma   so’zlar:   sintaktik-semantak,
sintaktik-morfologik   usul   bilan   yasaladi   degan   qarash   mavjud   bo’lgan   bo’lsa,
keyinchalik bu so’zlarning yasalishi uch xil deb ko’rsatilganini ko’ramiz: sintaktik-
leksik,   sintaktik-morfologik   va   morfologik   usul.   Keyingi   ishlarda   esa   qo’shma
so’zlar:   sintaktik-leksik   usul   va   kompozitsiya   usuli   bilan   yasalishi   qayd   etila
boshlandi. 
11. Akademik   Azim   Hojiyevning   keyingi   ishlarida   qo’shma   so’zning
katta   qismi   so’z   birikmasidan   o’sib   chiqqani   bois   ular   hozirgi   so’z   yasalishi
(sinxron   yasalish)   emas,   balki   tarixiy   so’z   yasalishi   (diaxron   yasalish)   sifatida
qarala   boshlandi.   Darhaqiqat   o’zbek   tili   lug’at   boyligining   bir   qismini   tashkil
etuvchi qo’shma so’zlarning katta qismi so’z birikmasidan o’sib chiqqan.     62  
12. Qo’shma   sifatlarni   uning   tarkibiy   qismlari   qaysi   so’z   turkumi   bilan
ifodalanishi, ya’ni morfologik belgisiga ko’ra ma’lum guruhlarga ajratib o’rganish
mumkin.   Qo ’ shma   sifatlar   morfologik   belgisiga   ko ’ ra   bir   nechta   tipga   bo ’ linadi :
ot + ot ,   ot + sifat ,   sifat + ot ,   sifat + sifat ,   son + ot ,   son + sifat ,   ot + fe ’ l ,   ravish + fe ’ l ,
ravish + ot ,   son + fe ’ l ,   olmosh + fe ’ l ,   fe ’ l + fe ’ l ,   olmosh + sifat ,   sifat + fe ’ l ,   fe ’ l + sifat ,
fe ’ l + ot   kabi . 
13. Yasama   sifatlarni   ta ’ lim   tizimida   o ’ qitishda   ularning   yasalish   qoliplari
asosida   misollar   bopish ,   berilgan   jadvallarni   qoliplar   asosida   to ’ ldirish ,   yasama
sifatlarni   qatnashtirib   so ’ z   birikmasi ,   gap   va   matn   yaratish   singari   ijodiy   ishlarni
bajartirish   maqsadga   muvofiqdir .  
14. Yasama   sifatlarni   o ’ qitishda   fan   o ’ qituvchilari   zamonaviy   pedagogik
texnologiyalarni   qo ’ llasa ,   shu   soha   bo ’ yicha   yaratilgan   o ’ quv   lug ’ atlari   asosida
ma ’ lum   muammoli   topshiriqlar   ustida   ishlashni   tashkil   etsalar   o ’ quvchilarning
nutqiy   faoliyati   yanada   oshadi . 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
    63  
 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 
1. Karimov   I.   Yuksak   ma’naviyat   –yengilmas   kuch.   –Toshkent;   Ma’naviyat,
2008. 
2. Baskakov A., Sodikov A., Abduazizov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent: 
O’qituvchi, 1981. 
3. Yoqubjonova   O.   5-sinfda   “So’z   yasash”ni   o’rgatish.   –   Toshkent:   O’qituvchi,
1978.  
4. Iriskulov M. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: O’kituvchi, 1992. 
5. Madaliyev B. Hozirgi o’zbek tilida qo’shma so’zlar.T., 1966. -182 bet. 
6. Mengliyev B., Bahriddinova B., Xolyorov O’., Zaripova M.,  Xushvaqtov M. 
O’zbek tilining so’z yasalishi o’quv lug’ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008.  
7. Mengliyev B., Xoliyorov O’. O’zbek tilidan universal qo’llanma., 2007. -430
bet.  
8. Mirzayev   M.,   Usmonov   S.,   Rasulov   I.   O’zbek   tili.   –   Toshkent:   O’kituvchi,
1978. 
9. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutk. – Toshkent: O’qituvchi, 1993. 
10. Rahmatullayev Sh. Hojiyev A. Qo’shma so’zlarning imlo qoidalari va lug’ati.
T., 1961. -52 bet. 
11. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Abuzalova M., Yusupova Z. 
Hozirgi adabiy tili (Morfologiya). O’quv qo’llanma. – Toshkent, 2005. 
12. Tursunov   U.,   Muxtorov   J.,   Rahmatullayev   Sh.   Hozirgi   o’zbek   adabiy   tili.
1kism. – Toshkent: O’qituvchi, 1979. 
13. Shoabduraxmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I., Doniyorov X. 
Xozirgi o’zbek adabiy tili. – Toshkent: O’kituvchi, 1980. 
14. O’zbek tili grammatikasi. 1-qism. Morfologiya, - Toshkent: Fan, 1975.    64  
15. O’zbek tili grammatikasi. - T. Fan.  II-tom. 1976.  
16. O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari.  T., 1995. 
17. O’zbek tilining izohli lug’ati. - M., 1981.  I – tom. 
18. O’zbek tilining izohli lug’ati. - M., 1981.  II – tom.           
19. O’zbek tilining kiril va lotin alifbosidagi imlo lug’ati. - T., 1999. -366 bet. 
20. G’ulomov A. O’zbek tilida so’z yasash yo’llari haqida. Til va adabiyot instituti
asarlari.  1-kitob. 
21. G’ulomov   A.,   Tixonov   A.N.,   Qo’ng’urov   R.   O’zbek   tili   morfem   lug’ati.   –
Toshkent: O’qituvchi, 1077. -399-461-betlar. 
22. Hojiyev   A.   O’zbek   tili   so’z   yasalishi.   Qo’llanma.   –   Toshkent:   O’qituvchi,
1975. 
23. Hojiyev A. O’zbek tili so’z yasalishi. - T., 1989. -112 bet.  
24. Hojiyev   A.   O’zbek   tilida   so’z   yasash   usuli   masalasiga   doir   //   O’zbek   tili   va
adabiyoti, 1999.  № 4. 35-42-betlar. 
25. Hojiyev A. O’zbek tilida qo’shma, juft va takroriy so’zlar. - T., 1963. -142 bet.
26.  www.ziyonet.uz

1 MUNDARIJA KIRISH .....................................................................................................................3 I BOB. O’ZBEK TILIDA AFFIKSATSIYA USULIDA SIFAT YASALISHI HAMDA UNING O’RGANILISHI 1.1. O’zbek tilida sifat yasalishi haqidagi tadqiqotlar..............................................6 1.2. Affiksatsiya usulida sifat yasalishi ...................................................................8 1.3. Affiksisatsiya usulida yasalgan sifatlarning umumta’lim maktablarida o’rganilishi..............................................................................................................37 Bob bo’yicha xulosa................................................................................................43 II BOB. KOMPOZITSIYA USULIDA SIFAT YASALISHI VA UNING TA’LIM TIZIMIDA O’RGANILISHI 2.1. Qo’shma sifatlarning yasalish qoliplari va uning ta’lim tizimida o’qitilishi........................................................................................................... .......44 2.2. Qo’shma sifatlarning morfologik tarkibi va uning ta’lim tizimida o’qitilishi........................................................................................................... ......50 Bob bo’yicha xulosa...............................................................................................58 XULOS А …..........................................................................................................59 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ...................................................................62

2 KIRISH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Muhtaram Yurtboshimiz I.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek: “Istiqlol yillarida o’zbek tilining qo’llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o’ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o’quv qo’llanmalari, yangi-yangi lug’atlar ko’plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o’z hissasini qo’shmoqda” 1 . Bundan tashqari, Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov uzluksiz ta’lim islohotlariga bag’ishlangan bir qator yig’ilishlarda so’zlagan nutqlarida yoshlarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish masalalariga ham alohida to’xtalib, bu muqaddas ishni bajarishda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib ishlashimiz lozimligini ta’kidlab o’tdilar. Bularning barchasi uzluksiz ta’lim tizimida ona tili mavzularini o’qitishning yangicha usullarini qo’llashni taqazo etmoqda. Jumladan, o’zbek tilida sifat yasalishi usullari va ularning ta’lim tizimida o’qitilishi bilan bog’liq masalalar va muammolarni tadqiq etish, bu boradagi samarali ish usullarini ishlab chiqish tadqiqotning dolzarbligini ko’rsatadi. Tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi o’zbek tilida sifat yasalishi bo’yicha bajarilgan ilmiy tiadqiqot va amaliy ishlarni tahlilga tortish hamda uzluksiz ta’lim tizimida yasama sifatlarni yangi pedagogik texnologiyalari talablaridan kelib chiqib o’rganishning yangicha usullarini o’rganishdan iboratdir. Bu maqsadni bajarishda quyidagi vazifalar kun tartibiga qo’yildi: - so ’ z yasalishi , shu jumladan , sifat yasalishi bo ’ yicha bajarilgan tadqiqotlarni o ’ rganish ; - sifat yasalishi usullarini tadqiq etish; - sifat yasalish qoliplari ustida ishlash; - yasama sifatlardagi ma’nodoshlik va zid ma’nolilik hodisalarini tadqiq 1 Karimov I. Yuksak ma naviyat –yengilmas kuch. –Toshkent; Ma naviyat, 2008. 86-b. ‟ ‟

3 etish; - yasama sifatlarning uzluksiz ta ’ lim tizimida o ’ qitilishi bilan bog ’ liq masalalarni tahlil etish ; - yasama sifatlarni o’rganishda o’quv lug’atlaridan foydalanish yo’llarini tahlil etish. Muammoning o’rganilganlik darajasi. So’z yasalishi muammosining o’zbek tilshunosligida o’rganilishi uzoq davrlarga borib taqaladi. Jumladan, Mahmud Koshg’ariy, Alisher Navoiy, Muhammad Chingiy asarlarida so’z yasalish masalalari kun tartibiga qo’yilgan va o’rganilgan. XX asrning 30 - 40-yillarida fe’l va ot yasalishiga bag’ishlangan maxsus asarlar maydonga keldi. So’z yasalishining alohida bo’lim sifatida ajralib chiqishi va shakllanishida Ayyub G’ulomovning hissasi katta bo’ldi. Olim o’zbek tilida so’z yasalishi muammolarini monografik tadqiq etish chog’ida faqat affikslar yordamidagina emas, balki undan tashqari bir qancha vositalar yordamida so’z yasalishi mumkinligini asoslab berdi. Ayyub G’ulomov asos solgan so’z yasalishi nazariyasini akademik Azim Hojiyev yangi cho’qqiga olib chiqdi. U A.G’ulomov yo’l qo’ygan kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qildi. Ma’lum so’z turkumlarining yasalish doirasida qilingan ishlar o’zbek tili so’z yasalishi haqidagi ta’limotning rivoji uchun muhim hissa bo’lib qo’shildi. Xususan, Y.Tojiyevning so’z yasovchi qo’shimchalarning polifunksionalligi masalasini, uning affiksal omonimiya bilan munosabatini chuqur tahlil etdi. So’z yasalishi bo’yicha tadqiqotlar o’zbek tilshunosligida hamon davom etmoqda. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Sifat yasalish tizimi va ularning uzluksiz ta’limda o’qitilishi masalasi ilk bor malakaviy ish sifatida tanlandi va tadqiq etishga harakat qilindi. Tadqiqot predmeti va obyekti. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim darsliklari, o’quv lug’atlari tadqiqotning predmeti sifatida tanlandi.

4 Tadqiqotning ilmiy ahamiyati . Tadqiqot natijalaridan sifat yasalishi mavzularini uzuluksiz ta’limda o’qitishda, shuningdek, uslubiy qo’llanma va o’quv lug’atlari yaratishda keng foydalanish mumkin. Ishning hajmi va tuzilishi. Bitiruv-malakaviy ishning umumiy hajmi 63 sahifa bo’lib, kirish, ikki asosiy bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

5 I BOB. O’ZBEK TILIDA AFFIKSATSIYA USULIDA SIFAT YASALISHI HAMDA UNING O’RGANILISHI 1.1. O’zbek tilida sifat yasalishi haqidagi tadqiqotlar So’z yasalishi muammosi o’zbek tilshunosligining uzoq kechmishiga borib taqaladi. M.Koshg’ariy, A.Navoiy, M.Chingiy asarlarida so’z yasalish masalalari kun tartibiga qo’yilgan va o’rganilgan. XX asrning 30-40-yillarida fe’l va ot yasalishiga bag’ishlangan maxsus asarlar maydonga keldi. Lekin so’z yasalishining alohida bo’lim sifatida ajralib chiqishi va shakllanishida Ayyub G’ulomovning hissasi katta. 1949 yilda “O’zbek tilida so’z yasash yo’llari haqida” nomli asari maydonga keldi. Olim so’z yasalishining qator masalalarini o’sha davr tilshunosligi qo’lga kiritgan masalalar doirasida izohlab berdi. A.G’ulomov o’zbek tilida so’z yasalishi muammolarini monografik tadqiq etish chog’ida faqat affikslar yordamidagina emas, balki undan tashqari bir qancha vositalar yordamida so’z yasalishi mumkinligini asoslab berdi. O’zbek tilida so’z yasalishining besh xil yo’li borligini aniqladi: 1) morfologik (affiksatsiya), 2) sintaktik (kompozitsiya), 3) leksik (transpozitsiya), 4) semantik, 5) fonetik. Bundan tashqari, Ayyub G’ulomov so’z yasalishi hodisasining leksikologiya va grammatika bilan aloqasi masalalarini ham tadqiq etadi va so’z yasalishi tilshunoslik fanining alohida sohasi ekanligini ta’kidlaydi: “Demak, so’z yasalishining o’z obyekti bor, bunda leksika va grammatika sohalari bilan umumiylik tomonlari ham bor. Hozirgi tillarda so’z yasashning eng keng tarqalgan usuli affiksatsiya bo’lganligidan uning (so’z yasashning) birinchi navbatda morfologiya bilan yaqinligi ko’zga tashlanib turadi. Holbuki, so’z yasashning boshqa yo’llari uning leksika bilan ham, fonetika bilan ham, sintaksis bilan ham bog’liq ekanini ko’rsatadi...” 1 . Ayyub G ’ ulomov asos solgan so ’ z yasalishi nazariyasini akademik Azim 1 O„zbek tili grammatikasi. 1-qism. Morfologiya, - Toshkent: Fan, 1975. -8-9-betlar.