logo

SOTSOLOGIK TADQIQOTLARDA SIFAT METODLARINI QO’LLASHNING ILMIY, AMALIY AHAMIYATI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

89.4384765625 KB
MAVZU: SOTSOLOGIK TADQIQOTLARDA SIFAT METODLARINI
QO’LLASHNING ILMIY, AMALIY AHAMIYATI
MUNDARIJA:
KIRISH
Asosiy qism
I BOB SOSIOLOGIK TAHLILNING SIFAT  METODLARI
1.1. Sosiologik tahlilda sifat metodlarining o’rni
1.2.  Intervyu metodi
1.3.  Fokus-guruh metodi
II BOB METODLARNING TAHLILI
2.1.    Ekspert so’rovi metodi
III XULOSA
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1 KIRISH
Mavzuga kirish  Sosiologik  tahlil  yoki  empirik  tadqiqot  deganda  ko’pchilik
tasavvurida  faqat  anketa  so’rovi  asosida  o’tkazildigan  tadqiqot
gavdalanadi. Albatta, bunday tasavvur bugungi kungacha boy tajriba
asosida  shakllangan  sosiologik  tadqiqotlar  metodologiyasining
o’ziga  xosligi  va  boshqa  fan  tadqiqotlaridan  prinsipial  ajratib
turuvchi  jihati  sababli  yuzaga  kelgan.  Biroq  akademik  va  amaliy
sosiologiyaning  boy  tajribasi  nafaqat  miqdoriy,  balki  sifat
metodlariga ham taalluqlidir.
Mavzuning dolzarbligi.  Haqiqatdan  ham,  empirik  sosiologiyaning  eng  yuqori
cho’qqiga
chiqqan  davrdagi  yutuqlari  kvantifikasiyaga  asoslangan  miqdoriy
tadqiqotlar bilan bog’liq. Ayrim akademik sosiologlarning ma’lum
qilishicha,  o’tgan  asrning  60-yillariga  qadar  yetakchi  sosiologik
jurnallarda nashr qilingan sosiologik tadqiqotlarning 90 % gacha
bo’lgan qismi aynan miqdoriy metodlarga asoslangan tahlillardan
iborat bo’lgan. Keyinchalik, sosiologik tadqiqotlarning salohiyatini
oshirish  maqsadida  akademik  sosiologlar  sifat  metodlarini
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratishni boshlagan.
Sosiologik  tadqiqotda  sifat  metodlarini  qo’llash  qanchalik
muhim?  degan  savol  tug’ilishi  tabiiy.  Chunki  miqdoriy  metod,
masalan, anketa so’rovi davomida ham muammo tashuvchisi, ijtimoiy
faktning  inqiroz  holati  yoki  boshqa  muhim  masalalar  bo’yicha
yetarlicha ma’lumotlar olish mumkin. Bu kontekstda, tadqiqotchining
sifat  metodlariga  murojaati  tadqiqotning  turi  va  maqsadiga
bog’liq bo’ladi. Agar tadqiqot faqat tavsifiy xarakterga ega bo’lib
faqat  ijtimoiy  muammoning  holatiga  tashxis  qo’yish  bo’lsa,  bunda
miqdoriy tadqiqotning o’zi yetarli bo’lishi mumkin. Biroq tadqiqot
tahliliy xarakterga ega bo’lsa, uning doirasida nafaqat muammoga
tashxis qo’yish, balki sabab va oqibat o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni
2 aniqlash hamda muammoning nafaqat “eshigini ochib ko’rish”, balki
“eshigidan   kirib   shaxsan   kuzatish”   zaruriyati   yuzaga   kelganda,   al-batta, sifat
metodlarini qo’llash kerak bo’ladi.
Kurs   ishining   predmeti.   Shu     sababli,     mazkur     ma’ruzada     sosiologik
tadqiqotlarda
qo’llaniladigan  sifat  metodlari  to’g’risida  atroflicha  to’xtalib
o’tiladi.
3 I BOB SOSIOLOGIK TAHLILNING SIFAT  METODLARI
1.1. Sosiologik tahlilda sifat metodlarining o’rni
Bugungi  kunda  jahon  sosiologik  adabiyotida  “tadqiqotning
sifat metodlari” tushunchasi o’zining alohida o’rniga ega. Miqdoriy
va  sifat  metodlarining  ahamiyatidan  kelib  chiqib,  adabiyotlarda
ularning  sinonimlari  sifatida  “qattiq”  va  “yumshoq”  metodlar
deb  ham  ataladi.  Miqdoriy  metod  ko’proq  qat’iy  formallashgan,
ya’ni aniq standartlar asosida o’tkazilganligi uchun “qattiq”, sifat
metodlari esa, o’z o’rnida, unchalik maxsus standartlarga suyanmasligi
hamda  tadqiqot  instrumentidan  ko’ra  ko’proq  tadqiqotchining
san’atiga asoslanishi tufayli “yumshoq” degan taxallusga ega bo’lgan.
Sifat  metodlarining  mohiyati  shundaki,  bunda  tadqiqotchi
gipotetik  hukmlarning  qat’iy  chizmasini  ishlab  chiqmaydi  hamda
ma’lumotlarning     statistik     reprezentativligini     ta’minlash     ma-salasi   ham   bosh
maqsadga ko’tarilmaydi. Buning o’rniga, u ijtimoiy
muammolarni chuqurroq va nostandart tahlil qilishga harakat qiladi.
Demak,  sosiologiyaning  sifat  metodlari  tadqiqotchiga  muayyan
ijtimoiy hodisaning mohiyatini tushunishga yordam bersa, miqdoriy
metodlar  ushbu  muammolarning  qanchalik  ommaviy  xarakterga  ega
ekanligini  hamda  jamiyat  uchun  qanchalik  muhimligini  tushunishga
imkoniyat yaratadi.
Bugungi  kunda  amaliy  sosiologiyada  tadqiqot  metodlarini
tasniflashga oid yondashuvlar unifikasiyalashib bo’lgani yo’q. Bunga
obyektiv sabab bor. Chunki sosiologiya – jamiyat haqidagi fan. Jamiyat
tuzilishi, uning har bir mikrososiumidagi tuzilish, hodisa, jarayon
va  muammolar  doimo  dinamikada  bo’ladi.  Dinamikadagi  har  bir
faza  ma’lum  bir  ijtimoiy  o’zgarishdan  darak  beradi  va  o’z-o’zidan
ma’lumki,  uni  tadqiq  etish  metodlari  va  standartlarining  ham
o’zgarishi shartligini keltirib chiqaradi. Muammo o’zgardimi, demak,
uni  o’rganish  metodini  ham  unga  mos  ravishda  o’zgartirish  kerak
4 bo’ladi. Shu sababli, bugungi kunda ayrim sosiologik adabiyotlarda
qaysidir  metodlar  miqdoriy  metod  deb  keltirilsa,  boshqa  bir
adabiyotlarda  ular  sifat  metodi  tarzida  ta’kidlanmoqda.  Ushbu
bahslardan  faqat  “anketa  so’rovi”  istisno  etiladi.  Aynan  ana  shu
istisno prinsipidan kelib chiqib, boshqa metodlarni ham miqdoriy
yoki sifat metodi deb belgilash mumkin.
Nima  sababdan  anketa  so’roviga  miqdoriy  metod  sifatida
qaraladi? Chunki u aniq va qat’iy standart asosida amalga oshiriladi.
Bu borada standart sosiologik anketa sanaladi va ma’lumot faqat
anketa  savollari  asosida  to’planadi.  Anketa  so’rovida  tadqiqotchi
aniq bir shaxs fikrlari yoki muayyan voqyeaning aniq bir jihatini
anketadan chetga chiqqan holda chuqurlashtirilgan holda o’rganmaydi.
Shu  sababli  ham  anketa  so’rovi  miqdoriy  metod  sanaladi.  Ushbu
kontekstdan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  har  qanday  metod
sosiolog-tahlilchi  tomonidan  oldindan  ishlab  chiqilgan  standart
asosida qo’llanilsa, demak, u miqdoriy metod sanaladi. Bu borada,
ma’ruzada quyida sifat metodi tarzida ko’rib chiqiladigan intervyu
va kuzatuv metodlari agar oldindan ishlab chiqilgan qat’iy standart
(shablon)  asosida  amalga  oshirilsa  va  bunda  tadqiqotchi  ushbu
standartdan  chiqmasa,  unda  to’planadigan  empirik  ma’lumotlar
ko’proq     statistik     operasiyalar     yordamida     tahlil     qilinadi     va     o’z-o’zidan
ma’lumki, metodlarning maqomi ham miqdoriy bo’ladi. Agar
uning  aksi  bo’lsa  va  tadqiqotchi  nostandart  tahlilga  asoslansa
hamda  tadqiqot  predmetining  barcha  yoki  ma’lum  bir  jihatlarini
chuqurlashtirilgan  holda  o’rgansa  unda  tadqiqot  ham  sifat  metodi
bo’yicha amalga oshirilgan bo’ladi.
Demak,  turli  sosiologik  adabiyotlarda  keltirilgan
yondashuvlarni  tahlil  qilgan  holda   1
bugungi  kunda  empirik
tadqiqotlarda  qo’llanilishi  ommalashgan  quyidagi  asosiy  sifat
1
 1.  Добриенков  В.И.,  Кравченко  А.И.  Методы  социологического 
исследования. М.: “Инфра-М”, 2004. С. 767.
5 metodlarini  ta’kidlash  mumkin:  intervyu,  fokus-guruh,  ekspert
so’rovi, kuzatuv, “keys-stadi” metodlari.
Ushbu  sifat  metodlari  sosiologik  tadqiqotlarda  quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
1. Diagnostik funksiya.  Aksariyat hollarda, ma’lum ijtimoiy
muammo, hodisa yoki jamoatchilik fikriga tashxis miqdoriy metodlar
asosida  qo’yiladi.  Biroq  tadqiqot  o’z  maqsadi  va  vazifalaridan
kelib  chiqib,  faqat  sifat  metodlarini  qo’llagan  holda  ham
o’tkazilishi  mumkin.  Bunday  holda  sifat  metodlari  o’rganilayotgan
ijtimoiy hodisaga bevosita sosiologik diagnoz qo’yadi.
2. To’ldirish funksiyasi.Bu borada sifat metodlari tadqiqotda
miqdor metodlari bo’shliqlarini to’ldirib keladi. Anketa yoki boshqa
standartli  metod  asosida  jamoatchilik  fikri  olinganda  ikki  xil
sabab bilan empirik ma’lumotlar tanqisligi yuzaga kelishi mumkin.
Birinchidan,  anketa  savollari  respondentlarning  malakasizligi,
vijdonsizligi yoki tushunmaganligi bois umuman javob bermaslik
yoki o’z fikrini noto’liq, mavhum bayon qilishi bo’lsa, ikkinchidan, o’z
saviyasiga  ko’ra  sosiologik  anketalarda  joylashtirib  bo’lmaydigan
savollar  yuzaga  kelganda.  Bunday  holatda  qo’shimcha  tarzda  sifat
metodlariga  murojaat  qilinadi  va  intervyu,  kuzatuv  yoki  boshqa
sifat  metodlari  yordamida  qo’shimcha  empirik  ma’lumot  to’planib,
anketadagi bo’shliq to’ldiriladi.
3. Talqin  qilish  funksiyasi.  Sosiologiyada  talqin  qilish
deganda miqdoriy tadqiqot orqali olingan empirik ma’lumotlarni
malakali  sharhlash,  izohlash,  ijtimoiy  hodisa  qonuniyatlarini
aniqlash  tushuniladi.  Miqdoriy  metodikada  odatda  jamoatchilik
fikrining miqdoriy baholari aniqlanadi. Biroq ayrim vaqtlarda
tadqiqotda  ushbu  fikrni  shu  ahvolda  qo’llash  tushunmovchilik
yoki  bir  yoqlamalikni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Shu  sababli,
to’plangan  har  qanday  ma’lumot  agar  tadqiqotchida  ikkilanish  va
6 kasbiy qoniqmaslik uyg’otsa, unda u statistik empirik ma’lumotga
nisbatan “qanday  qilib?”,  “balki  boshqa  sabab  bordir?”,  “nega
aynan  shu  savolda  bunday  natija  yuzaga  keldi?”,  “nega  javoblar
o’rtasida o’zaro bog’liqlik yoki umumiylik mavjud emas?”, “bu yerda
bir omil yashirinib yotganga o’xshaydi!?”, “balki tadqiqot barchani
qamrab olmagandir?”kabi savollar bilan murojaat qilishi kerak.
Aynan shunday savollarga sifat metodlari, ya’ni alohida nostandart
intervyu,  fokus-guruh,  biror  individ,  shaxs,  sosium  yoki  jarayon
ustidan  kuzatuv  olib  borish  orqali  javob  va  izoh  topilsa,  unda
u  sosiologik  tahlil  uchun  talqin  qilish  funksiyasini  bajargan
bo’ladi.  Chunki  sifat  metodlarini  qo’llash  orqali  tahlil  amalga
oshirilayotganda  sosiolog-tahlilchi  bir  talay  noaniqliklarga
duch  keladi.  Sosiolog  olim  D.Silverman,  “sifatli  strategiya”dan
foydalanishda tadqiqotning boshlang’ich nuqtasi noaniq bo’lishini
aytib,  bunday  holatga  “tushunarsiz  fenomen  bilan  to’qnashuv”  deb
izoh  beradi.  Bunday  to’qnashuv  tadqiqotchiga  o’rganish  uchun  “yeng
shimargan” obyektini yanada chuqurroq kashf etishga turtki bo’ladi.
4. Prognostik  funksiya. Odatda,  miqdoriy  tahlil  vaziyatning
umumiy  manzarasini  ochib  beradi,  og’riqli  nuqtalarni  ko’rsatib,
aniqroq  muammo  tashuvchisini  aniqlashga  yordam  beradi.  Biroq
uning  “missiyasi”  shu  bosqichda  tugullanadi.  Endi  aniqlangan
muammoning  keyingi  rivojlanish  ssenaariylarini  belgilash  va
prognoz  qo’yish  uchun  masalaga  neytral  tomondan  turib  malakali
baho   berish   talab   etiladi.   Sifat   metodlari   (ekspert   so’rovi,   fokus-guruh)
tadqiqotchiga  o’rganilayotgan  muammo  yuzasidan  prognoz
ishlab  chiqishga  ko’maklashadi.  Miqdoriy  tahlil,  agar  faqat
jamoatchilik fikrining rivojlanganlik holatini ko’rsatib bersa,
sifat metodlari miqdoriy tahlil natijalarini rasmiy, tahliliy
ma’lumotlar  hamda  ilmiy-amaliy  tajriba  bilan  qiyoslagan  holda
prognozlar  ishlab  chiqish  uchun  sharoit  yaratib  beradi.  Prognostik
7 funksiya  prognoz  bilan  birgalikda,  prognozda  ko’rsatilayotgan
ijtimoiy voqyelikning rivojidan kelib chiqib, ma’lum ijtimoiy
muammolarni  neytrallashtirish,  minimallashtirish  yoki  bartaraf
etish  yuzasidan  taklif  va  tavsiyalar  ishlab  chiqishni  ham  nazarda
tutadi.  Umuman  olganda,  ushbu  funksiya  tahliliy  sosiologik
tadqiqotning sifati va manzilligini oshirishda xizmat qiladi.
1.2. Intervyu metodi
Intervyu – so’rov metodining bir turi sanaladi. Intervyu–
intervyu  o’tkazuvchi  (intervyuyer)  tomonidan  intervyuda  ishtirok
etayotgan  shaxs  (respondent)dan  muayyan  savollarga  javob  olishga
yo’naltirilgan  verbal-kommunikativ  metod  sanaladi.  Sodda  qilib
aytganda, intervyuyer bilan respondentning muloqoti tushuniladi.
Intervyu  –  bu,  albatta,  maqsadli  suhbatdir.  Ammo  oddiy  suh-batni «intervyu»
deb hisoblash noto’g’ri. Chunki u stixiyali tarzda,
o’zidan-o’zi bo’lib o’tadi. Dasturxon atrofida yoki ko’chada bo’lib o’tgan
suhbat ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasidagi fikr almashinuvi
bo’lsa-da, bu ham intervyu hisoblanmaydi. Intervyu – bu, albatta,
maqsadga yo’naltirilgansuhbatdir. Va shunchaki suhbat emas, balki
muhim ma’lumotlarni, yangi axborotlarni izlab topish, aniqlashdir.
Boshqacha aytganda, og’zaki so’rov vositasida ma’lumotlarni olishning
ijtimoiy-psixologik usuli.
Shu  tarzda,  ilmiy  intervyu,  shu  jumladan,  sosiologik  in-tervyu – bu shaxs bilan
jonli suhbat asnosida (yuzma-yuz suhbatda)
ma’lumot  olish  usuli  sanaladi.  Unga  ko’ra,  maxsus  tayyorgarlikdan
o’tgan  mutaxassis  (intervyu  oluvchi)  muayyan  maqsadga  va  muayyan
kommunikativ  taktika  (izchillik,  savollarni  berish  shakli  va
h.k.)ga amal qilgan holda savollar beradi. Sosiologni jamiyatning
shifokori deb atashadi, shu sababli intervyu sosiologiya o’z maqsadi
va vazifalariga ko’ra, shifokor bilan bemor o’rtasidagi vazifalarga
yaqin  turadi.  Tegishli  ravishda,  sosiologiyada   ma’lumotlarning
8 asosiy sifati ularning aniqligi va to’liqligi bilan izohlanadi.
Sosiologik  tadqiqotlarda  intervyuning  ikkita  asosiy  turi
ajratiladi:
1. Standartlashtirilgan  intervyuda savollar  izchilligi  va
puxta  tuzilganligi,  ehtimoliy  javoblar  variantlarini  o’z  ichiga
oluvchi  batafsil  ishlab  chiqilgan  dastur  bo’yicha  suhbat  qurish
asosida amalga oshiriladi. Bunda intervyu uchun maxsus savolnoma
tuziladi  va  intervyu  ushbu  savolnomani  qo’llagan  holda  mantiqiy
ketma-ketlikda o’tkaziladi.
2. Standartlashtirilmagan  (nostandart)   intervyu umumiy
dastur  bo’yicha,  lekin  muayyan  savollari  aniqlashtirilmagan,  ya’ni
maxsus savolnomasiz o’tkazilib, intervyu oluvchi xatti-harakatlari
mantiqiy tartibga solinmagan uzoq davom etuvchi suhbat.
Intervyu metodini qo’llashning afzalliklari quyidagilardan
iborat:
– respondent bilan “face to face” formatida intervyu o’tkazish,
ya’ni  yuzma-yuz  muloqot  qilish  orqali  fuqarolarni  tinglash,
savollarga  javob  olish,  ayrim  hodisa  yoki  voqyealarni  qaytadan
so’rash hamda aniqlashtirib olish imkoniyatining mavjudligi;
–  intervyu  davomida  respondentni  kuzatish,  respondentning
o’zini  tutishi,  kutilmagan  yoki  chalg’ituvchi  savollarga  javob
berishi,  tashqi  ko’rinishidagi  ekspressiv  reaksiyalar,  nutqidagi
o’zgarishlarni kuzatib borish sharoitining yaratilishi;
–intervyuda anketa so’roviga o’xshab savollarning miqdori yoki
muqobil variantlari nisbatan ko’p va murakkab bo’lmaydi. Aksincha,
savollar aniq va lo’nda tarzda respondentning tushunib yetishiga mos
ravishda beriladi.
Ta’riflanayotgan usulning, shubhasiz, afzalliklari bilan birga
qator kamchiliklariham mavjud.
Intervyu olish usulining asosiy kamchiligi – uning kam darajada
9 tezkorligi, ko’p vaqt sarflanishi, ko’p sonli intervyu oluvchilarni
yollash  zaruriyati,  undan  qisqa  muddatli  so’rovlarda  foydalanib
bo’lmasligi bilan bog’liq. Bu boshlovchi tadqiqotchilar uchun oson ish
emas,  zero  maxsus  tayyorgarlikni  va  treningni  talab  qiladi.  Ayni
paytda intervyu olishning har xil shakllari tadqiqotchida bilim va
ko’nikmalarning har xil ahamiyatga ega to’plamlari bo’lishini taqozo
etadi.
Respondentlarning  toqatsizligi.  Respondentlar  savollarning
katta  hajmiga,  shu  jumladan,  demografik  tavsiflar  bo’yicha
savollarga  qiynalib  javob  beradi.  Intervyu  oluvchi  yoki  ish
sur’atini  tezlashtirib,  javob  beruvchini  intervyuni  davom
ettirishga  ko’ndirishi  kerak,  yoxud  savollarning  aniqligiga  putur
yetkazishga majbur bo’ladi.
Respondentning  so’rov  oldidagi  qo’rquvi.  Bunda  unga  savol
berayotgan odam hokimiyat vakili bo’lishi mumkinligi va bunda rad
javobining  berilishi  hokimiyat  tomonidan  chora  ko’rilishiga  olib
kelishi mumkinligi bilan bog’liq fikrlar respondentlarda qo’rquv
hissini uyg’otishi mumkin. Shu sababli respondent o’z qarashlarini,
afzalliklarini  yashirishga  urinadi,  «hali  bilmayman»,  «javob
berishga qiynalaman» qabilidagi betaraf javoblarni beradi. Yoki
hokimiyat nuqtai nazaridan «ma’qul» javobni tanlaydi.
Respondentlarning emosional xulqi. Tajriba shuni ko’rsatadi-ki, 
respondent intervyu oluvchi bilan emosional jihatdan bog’liq
bo’lishi kerak emas. Ammo aslida emosional betaraflikni saqlash
juda mushkul. Bu ham milliy xarakter xususiyatlariga bog’liq. Ayrim
holatlarda savol respondent tomonidan keng ko’lamdagi muammolar
haqida  o’z  fikr-mulohazalarini  bildirishga  taklif  sifatida
tushuniladi.  Odamlar   o’z  javoblarini  imkon  qadar  batafsil
tushuntirish  bilan  birga  o’z  hayoti  haqida  o’ziga  xos  hisobot  bera
boshlaydi. Ana shunday tushuntirishlar asnosida berilgan savolga
10 javob  aniq  bo’lmasa,  intervyu  oluvchi  tegishli  izohlarsiz  javob
variantini qabul qilishi mumkin.
Semantik  qiyinchiliklar.  Xalqaro  standart  talabiga  ko’ra,
so’rovnomada  foydalaniladigan  so’zlar  respondentga  tushunarli,
o’qishga  qulay  bo’lishi  va  bir  ma’noli  bo’lishi  kerak.  Shu  sababli
savolni so’z bilan ifodalashda maxsus atamalar yoki jargon so’zlardan
foydalanmaslik kerak.
Sosiologik  tadqiqotlarda  qo’llaniladigan  intervyu  –  bu
ilmiy-tadqiqot  faoliyatining  tarkibiy  qismidir.  Shu  tufayli
uni  ma’lum  bir  mantiq  asosida  amalga  oshirish  lozim.  Muayyan
darajada  intervyuyerlik  tajribasiga  ega  bo’lgan  tadqiqotchilar
“ustasiga  farqi  yo’q”  naqli  asosida  intervyuni  rejasiz  amalga
oshirishi  mumkin.  Biroq  bunday  hollarda  intervyu  yakunida
nazarda  tutilgan  barcha  holatlar  bo’yicha  axborot  to’play  olish  yoki
tadqiqotning barcha vazifalarini samarali ijro etish kafolati kam
bo’ladi. Shuning uchun intervyuni ilmiy-tadqiqot faoliyati bo’lagi
sifatida rejalashtirish kerak. Qolaversa, shuni esdan chiqarmaslik
lozimki,  intervyu  bevosita  shaxs  bilan  yuzma-yuz  muloqot  qilish
orqali tadqiqot funksiyalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi
so’rov  metodi 2
.  Shu  sababli,  garchand  uni  o’tkazish  algoritmini
unifikasiyalashtirib bo’lmasada, tadqiqotchilar uchun uni quyidagi
bosqichlarda o’tkazish mumkinligini tavsiya qilamiz.
Sosiologik  tadqiqotlarda  intervyu  metodini  5  bosqichda
o’tkazish mumkin.
1-bosqich. Intervyuga tayyorgarlik ko’rish
Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
–  tadqiqot  dasturi  tuziladi,  tadqiqot  maqsad  va  vazifalari
belgilab olinadi;
2
 2.  Семенова  В.В.  Качественные  методы:  введение  в 
гуманистическую социологию: Учеб. пособие для студентов вузов / 
Ин-т социологии РАН. М.: Добросвет, 1998.
11 – respondentlar tanlab olinadi;
– intervyu savolnomasi ishlab chiqiladi;
– intervyu o’tkazish joyi belgilanadi;
– respondent bilan intervyu vaqti va joyi kelishib olinadi;
–   intervyu   davomida   respondentdan    olinayotgan   ma’lumotlar-ni   qayd   qilish
shaklini  oldindan  belgilab  oladi.  Agar  intervyu
jarayonini  diktofonga  yozib  olmoqchi  bo’lsa,  texnik  soz  bo’lgan
diktofonni tayyorlaydi.
2-bosqich. Psixologik aloqa o’rnatish
Ushbu     bosqichda     respondent     bilan     salomlashiladi,     uning     hol-ahvolini
so’rashorqali   iliq   munosabat   shakllantiriladi.   Shuning-dek,   intervyuyer   o’zini
tanishtiradi, intervyuning maqsadi umumiy
mazmunda tushuntirib beriladi. Respondentga vaqt ajratib suhbatda
ishtirok  etayotganligi  uchun  oldindan  minnatdorchilik  ma’lum
qilinadi.  Psixologik  aloqa  o’rnatish  bosqichida  respondent  o’zini
erkin  tutishi  uchun  unga  buyruq  ohangida  gapirmaslik  kerak.  Agar
suhbatda  ko’proq  respondent  o’zini  ustuvor  pozisiyada  his  qilsa,
shunda tortinmasdan va qo’rqmasdan barcha axborotlarni taqdim etadi.
Shuning uchun suhbat davomida “men siz bilan intervyu o’tkazaman”
degan gaplarga o’xshagan rasmiyatchilikdan qochish kerak.
3-bosqich. Intervyu o’tkazish
Ushbu bosqichda umumiy suhbat bevosita intervyu savolnomasiga
yo’naltiriladi.  Bunda  savolnoma  bo’yicha  mantiqiy  ketma-ketlikda
intervyu amalga oshiriladi.
Intervyuyerlarning     psixologik     bilimdonligi     intervyu     da-vomida     savol     berish
ko’nikmalarini  shakllantirishni  ham  talab
etadi.  Har  bir  savol  vaziyatdan  kelib  chiqib  mantiqan  shakllan-tirilishi  lozim.
Ayniqsa,  savodxonlik  darajasi  rivojlanmagan
respondentlar  bilan  ishlashda  intervyuyer  quyidagi  qoidalardan
kelib chiqib savol berishi maqsadga muvofiq:
12 – muloqotda kam qo’llaniladigan, oddiy aholining tushunishi
qiyin bo’lgan so’zlar va maxsus atamalardan foydalanmaslik;
– savollar qisqa bo’lishi lozim;
– zarur hollarda savolni izohlash mumkin, lekin shakl jihatdan
qisqaligicha qolish kerak;
– savollar mavhum va luqma shaklida bo’lmasligi lozim, balki
aniq va ravon bo’lishi kerak;
–  savollar  shunday  shakllantirilishi  kerakki,  respondentlar
shablon variant bo’yicha javob bermasligi kerak;
–  savollar  respondentlarni  ruhiy  tashvishga  solib  qo’yadigan
va  shaxsiy  qadr-qimmatini  kamsituvchi  xarakterga  ega  bo’lmasligi
lozim;
– savollar ong va psixikaga manipulyativ ta’sir ko’rsatmasligi
kerak, aksincha, respondentlar uchun erkin va har tomonlama fikrlab
javob beradigan iqlim yaratilishi lozim.
4-bosqich. Suhbatni yakunlash
Intervyuyer  tadqiqot  doirasida  rejalashtirilgan  barcha
vazifalarni amalga oshirib bo’lgach va intervyu savolnomasi bo’yicha
axborotlar to’plab bo’lingach, suhbatga yakun yasaladi. Suhbat yakunida
intervyuyer, albatta, respondentga suhbatda ishtirok etganligi uchun
minnatdorchilik  ma’lum  qiladi.  Vaziyat  talab  etganda  respondent
intervyuda  ko’rib  chiqilgan  masala  bo’yicha  yangi  axborotga  ega
bo’lsa yoki suhbat davomida eslay olmagan biror voqyea to’g’risidagi
ma’lumotlarni  eslab  qolsa,  xabar  berishi  uchun  intervyuyer  o’z
telefon  raqami  yoki  ish  manzilini  aytishi  mumkin.  Respondent
xushmuomalalik bilan kuzatib qo’yiladi.
5-bosqich. Intervyu natijalarini rasmiylashtirish
Ushbu bosqichda intervyu natijalari axborot-tahliliy hujjat
shaklida rasmiylashtiriladi. Agar intervyu natijalari diktofonga
yozib  olingan  bo’lsa,  unda  tadqiqotchi  sokin  vaziyatda  diktofonda
13 yozib  olingan  axborotlarni  eshitib  qoralama  variant  tayyorlaydi.
Agar ish daftariga axborotlarni turli shartli belgilar va kodlar
qo’llagan holda yozib olgan bo’lsa, diqqatini jamlagan holda ularni
dekodlashtirib  chiqadi.  Undan  so’ng  intervyu  natijalari  bo’yicha
miqdor   va   sifat   tahlili   metodlaridan   foydalangan   holda   axborot-tahliliy   hujjat
tayyorlanadi. Shuningdek, intervyu natijalarini
axborotni baholash mezonlari bo’yicha baholash hamda uning asosida
prognoz, tavsiya va chora-tadbirlar ham ishlab chiqish mumkin.
Respondentlar bilan o’tkazilayotgan intervyuning samaradorligi
intervyuyerning  psixologik  tayyorgarligiga  bevosita  bog’liqdir.
Chunki intervyu rasmiy suhbat yoki so’roq emas, u o’zaro manfaatdorlik
asosida  shakllantiriladigan  psixologik  aloqa  hisoblanadi.
Intervyuyer respondentga nafaqat savol berish va javob olish, balki
unga ma’naviy ozuqa berish hamda psixologik rag’batlantirishni ham
bilishi kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, boshqa mamlakatlar
hududida ma’lum muddatda ishlab kelayotgan O’zbekiston fuqarolari
etnik yaqinlik hissiyotiga muhtoj bo’ladi. Shuning uchun, intervyu
davomida intervyuyer respondentda shaxsiy qadr-qimmat va o’z-o’zini
hurmat qilish sifatlarini uyg’ota oladigan psixologik holat yarata
olsa,  berilayotgan  savollarga  obyektiv  va  xolisona  javob  olishi
mumkin.
Intervyuyer  sifatida  yetarli  darajada  layoqatli  bo’lmagan
shaxsning  jalb  qilishi  intervyu  natijalarining  sifatsiz
bo’lishiga  olib  keladi.  Xususan,  ayrim  xorijiy  adabiyotlarda
psixologik  tayyorgarlikka  ega  bo’lmagan  intervyuyerlar  quyidagicha
tasniflanadi:
“missioner”  intervyuyerlar  – respondentdan  ma’lumot  olish
o’rniga, faqat biror-bir g’oya yoki fikrni yetkazishga harakat qiladi;
“aql o’rgatuvchi” intervyuyerlar – ko’p gapirishni yaxshi ko’radi,
nutqini  nazorat  qila  olmaganligi  tufayli  asosiy  vaqtini  faqat
14 axloq-odob  masalalariga  bag’ishlab  o’tkazib  yuborib,  samarali
natijaga erisha olmaydi;
jiddiy  bo’lmagan  intervyuyerlar  – yengiltak,  ko’p  kuladigan,
muloqot  davomida  respondentlarning  ijtimoiy-demografik
xususiyatlariga  zid  bo’lgan  qiliqlarni  sodir  etadigan  shaxslar
toifasi;
“buyruqchi”  intervyuyerlar   – savollarni  buyruq  ohangida
beradi, javob berishni qat’iy talab etadi va agar respondentning
fikri  o’zining  fikri  bilan  bir  xil  chiqmasa,  unga  baqirib  ruhiy
tazyiq o’tkazishni boshlaydi;
“xavotirli”  intervyuyerlar  – tashqi  ko’rinishi  va  ekspressiv
belgilaridan  tashvishli  holatda  ekanligi  bilinib  turadi,
intervyuni shoshilib amalga oshiradi va doimo xavotirli holatda
turadi;
sentimental  intervyuyerlar  – hissiyotga  tez  beriladigan,
tez  ta’sirlanadigan  va  hayajonlanadigan,  juda  bo’sh  va  boshqaruv
funksiyasini osongina boshqa shaxsga berib qo’yishi mumkin bo’lgan
shaxslar toifasi;
“qotib  qolgan”  intervyuyerlar   – o’z  ustida  ishlamaydi,
intervyuni  rejalashtirish  va  o’tkazishda  ijodiy  yondashmaydi,
eski  shablon  va  variantlarga  qarab  ish  tutadi.  Shuningdek,  bunday
tipdagi intervyuyerlar respondentning javobiga tez qoniqish his
qiladi va uni aniqlashtirish, to’ldirish istagisiz keyingi savolga
o’tib ketaveradi.
1.3. Fokus-guruh metodi
Fokus-guruh intervyu metodining guruhiy shaklda o’tkaziladigan
turi,  ya’ni  guruhiy  intervyu  sanaladi.  Uning  oddiy  intervyudan
farqi shundaki, individual intervyuda har qanday shaxs respondent
bo’lishi  mumkin.  Fokus-guruhda  esa  faqat  ma’lum  soha  vakillari,
ekspertlar, mutaxassislar respondent sifatida ishtirok etadi.
15 Xorij  amaliyotiga  muvofiq,  fokus  guruhni  shakllantirishda
uning a’zolari 8-10 nafargacha, rus manbalarida esa 10-12 nafargacha
bo’lganda  bu  guruh  optimal  hisoblanadi.  G.Edmunde  o’zining  fokus
guruhlar bo’yicha qo’llanmasida guruhiy bahslarda ko’p sonli shaxslar
ishtirokini  samarasiz,  bunday  sharoitda  guruhni  boshqarishning
murakkabligi haqida ta’kidlaydi. Boshqa G’arb manbalarida fokus
guruh tarkibi 8-12 kishiga yetishi, guruhdagi yig’ilish davomiyligi
o’rtacha 2 soat davom etishi va oldindan tuzilgan bir necha mavzuni
qamrab olgan reja asosida o’tkazilishi haqida qayd etiladi. Shunday
qilib fokus guruh tarkibi 6-12 kishigacha o’zgarib turadi.
Fokus  guruhning  asosiy  mezonlari  qatoriga  ishtirokchilar
soni, ularning ijtimoiy xususiyatlari, guruhlar soni, ikki omil:
guruhiy intervyu va tadqiqotni o’tkazish bo’yicha metodik talablar
kiradi.
Fokus  guruhning  qisqartirilgan  shakli  (4-6  kishi)  faqatgina
ekstremal vaziyatlarda asqotadi. Jumladan, qachonki cho’zilib ketganda
hamda guruh a’zolarida uning tarkibidan chiqishga bo’lgan sabablar
vujudga  kelganda  yoki  katta  hajmdagi  savollarning  muhokamasi
jarayonida tartibsizlik kelib chiqishi mumkin.
Katta bo’lmagan fokus guruhdan foydalanishdan maqsad:
– katta guruhda ishtirokchilarga o’z fikrlarini bayon etishlari
uchun kam vaqt beriladi. Bunday sharoitda bahs cho’zilib ketadi va bu
kerakli natija bermaydi;
– ishtirokchilar  vaqtini  chegaralash  orqali  moderator  katta
guruhda direktiva asosida faoliyat olib boradi;
– katta  guruhlarda  ko’pchilik  o’zini  bemalol  his  eta  olmaydi.
Bunday  sharoitda  ularning  o’z  pozisiyalarini  asoslash  imkoniyati
pasayadi.
Agar fokus guruh maqsadi katta hajmdagi yangi g’oyalarni yig’ishga
qaratilgan  bo’lsa,  bunda  katta  guruh  imkoniyatidan  foydalanish
16 maqsadga muvofiq. Agarda bizga har bir respondentning maksimal
darajada  chuqur  va  yoyiq  fikri  kerak  bo’lsa,  kichik  guruhlarni
shakllantirish maqsadga muvofiq.
Shunday  qilib,  guruh  katta  bo’lmasligi  kerak  aks  holda  uni
boshqarish qiyin bo’lib qoladi hamda kichik bo’lmasligi lozim.
Guruhning tarkibi quyidagi talablarga ko’ra o’rganiladi:
– a’zolarning ijtimoiy mansubligi (maqom)ga ko’ra: odatda bir
guruh tarkibiga ijtimoiy maqomi bir-biriga yaqin respondentlar
jalb  etiladi  (bunda  aholining  barcha  qatlamiga  mansub  shaxslar
jalb etiladi);
– guruh  ishtirokchilarining  hayotiy  tajribasiga  ko’ra:  qoida
tariqasida  bir  guruhga  hayotiy  tajribasi  bir-biriga  yaqin  bo’lgan
insonlar tanlanadi;
– ishtirokchilarning  vakolatlilik  (bilim)  darajasiga  ko’ra:
bunda  guruh  tarkibiga  turli  darajadagi  vakolat  (bilim)ga  ega
respondentlar jalb etiladi;
– iste’mol  imkoniyatlariga  ko’ra:  bir  guruhda  teng  moliyaviy
iqtisodiy imkoniyatlarga ega insonlar bo’lishi talab etiladi;
– yoshi va oiladagi maqomiga ko’ra: turli yoshdagi insonlar jalb
etilishi  maqsadga  muvofiq  emas  (aksincha,  bir  xil  yoshga  mansub
insonlar jalb etiladi);
– jinsi  bo’yicha:  guruh  tarkibi  turli  jinsga  mansub  bo’lishi
maqsadga muvofiq;
– muhokama  qilanayotgan  muammoga  nisbatan  yondashuvi  bo’yicha:
bir  guruh  tarkibiga  muammo  bo’yicha  turli  qarashga  ega  bo’lgan  va
bahsga kirisha oladigan shaxslarni taklif qilish maqsadga muvofiq.
Guruh  tarkibini  aniqlash  davomidagi  asosiy  ijtimoiy
xususiyatlar: jins, yosh va millat (ba’zi hududlarda diniy mansublik),
ma’lumotlilik va ijtimoiy guruhga mansublik hisobga olinadi. 3
3
 3. Ядов В.А. Стратегия и методы качественного анализа данных / 
Социология: 4М. Т.1. № 1. – С. 14-3
17 O’tkazish tartibi
Qoida  tariqasida  fokus  guruhga  bir-birlarini  tanimaydigan
hamda  fikrlashi  va  qarashlari  umumiy  bo’lgan  insonlar  toifasi
taklif  etiladi.  Tadqiqot  davomida  nafaqat  bir  shaxsning,
balki  guruhning  o’zaro  fikri  tahlil  qilinadi.  Fokus  guruhning
davomiyligi  1,5-2  soatgacha  davom  etadi.  Ba’zan  guruhda  qisqa
yig’ilishlarni  o’tkazish  maqsadga  muvofiq  (30-40  daq).  Istisno
sifatida fokus guruhda yangi g’oyalar ishlab chiqarish jarayonlari 6-8
soatgacha davom etadi. Bu vaqt avvaldan tayyorlangan moderator erkin
tarzda,  lekin  aniq  ko’rsatma  asosidagi  suhbatni  boshqarib  boradi.
Fokus  guruhda  kechayotgan  jarayonlar  videotasmaga  yozib  boriladi.
Videoyozuv qayta ishlanishi natijasida tadqiqotchi butun bahsning
matniga ega bo’ladi. Transkript asosida tahliliy hisobot yoziladi.
Shuningdek,  videoyozuv  respondentlarni  noverbal  harakatlarini
tahlil  qilishda  foydalaniladi.  Buyurtmachi  xohishiga  ko’ra,  unga
fokus  guruh  ishtirokidagi  jonli  suhbat  va  transkript  aks  etgan
videoyozuv taqdim etilishi mumkin.
Guruhiy intervyu mahsuldorligini oshirish maqsadida guruhda
fikr  bildirayotgan  respondentlarga  ba’zi  talab  (ko’rsatma)lar
qo’yilishi  mumkin.  Ulardan  biri  respondentlar  javob  berishlari
chog’ida  vaqtning  tig’iz  ekanini  his  qilishlari  kerak.  Vaqtning
tig’izligini   (chiroyli)   aytish   talab   etiladi.   Mazkur   amaliyot   tartib-intizomning
boshlanishi  bo’lib,  bu  moderatorga  bir  ishtirokchini
to’xtatib, boshqa ishtirokchiga so’z berish imkoniyatini beradi.
R.Kryuger fikricha, fokus guruhda muhokama qilinayotgan savollar
10 tadan oshmasligi lozim. Eng maqbuli 5-6 savoldan iborat bo’lgani.
D.Styuard va P.Shamdisani hisob-kitoblariga ko’ra, ko’p hollarda, bu
kabi intervyuda 12 ta mavzugacha savollar muhokama etiladi. Bu yerda
tizimlashmagan ochiq va yopiq savollar qabul qilinadi. Eng asosiysi
bu  respondentlarga  turli  xil  fikrlarni  bildirish  imkoniyatini
18 berishi  kerak.  Savollar  chuqur  o’ylab  tuziladi.  Har  bir  savol
qatnashchilarda  qiziqish  uyg’otishi  kerak.  Metodistlar  savollar
tuzishda quyidagi ma’nolar qamrab olingan savollarni ishlatishni
tavsiya  beradi:  “Bu  nima  uchun  sodir  bo’lmoqda?”,  “Buning  qanday
sharoitlarda  imkoni  bor?”,  “Bu  yerda  nima  sodir  bo’ldi?”,  “Bugun
muhokama qilinayotgan dastur bo’yicha sizning fikringiz”.
Tadqiqot  natijalarini  tahlil  qilishda  kontent  va  diskurs
tahlil usuli qo’llanilishi mumkin. Olingan ma’lumot tadqiqotchidan
yuqori malaka talab qiladi. Jumladan, u respondentlar tomonidan
bildirilgan  fikrlarni  tizim  shakliga  keltira  olishi  talab
etiladi. Jumladan, tadqiqot natijalarini tahlil qilayotgan shaxs,
shuningdek,  guruhda  o’z  o’rnida  aytilmagan  mavzudan  tashqaridagi
fikrlarni ham inobatga olishi lozim.
Ishtirokchilarni  yig’ish  va  filtrlovchi  anketa. Saralash
mezonlariga asoslangan va guruh tarkibi umumiyligini ta’minlovchi
filtrli  anketa fokus  guruh  ishtirokchilarini  yig’ishning  asosiy
quroli  hisoblanadi.  Filtrlovchi  anketa  professional  belgisiga
ko’ra guruhda ishtiroki qo’llab-quvvatlanmaydigan insonlarni qabul
qilishga yo’l qo’ymasligi kerak.
Bahsni kuzatish
Guruhdagi  o’zaro  ta’sir  tahlili  quyidagilarni  ko’rsatishi
mumkin:
1.  Respondentlar  tomonidan  bildirilgan  fikrlarning
qaysilari qabul qilingan va qaysilari qabul qilinmagan;
2.  Qatnashchilar  tomonidan  o’z  qarashlarini  isbotlashga
qaratilgan dalillar;
3.     Ishtirokchilar     tomonidan     o’z     pozisiyalarini     oqlash     maq-sadida   qaysi
manbalar ishlatilgani va bu manbalarga boshqa ishti-rokchilarning munosabatlari;
4.  Ishtirokchilar  nuqtai  nazarini  o’zgarishiga  sabab  bo’lgan
dalil, manba va axborot turlari;
19 5.  Ovoz  ohangi,  tana  harakati  va  suhbatning  emosionallik
darajasi.
Ishtirokchilarni  doira  shaklida  stol  atrofiga  joylashtirish
maqsadga  muvofiq.  Bu  yerda  moderator  fokus  guruh  a’zolarining
barchasini  kuzata  olishi  lozim.  Ishtirokchilar  esa  bir-birlarini
yaxshi ko’ra olishlari talab etiladi.
Moderatorning funksiyasi va sifatlari
Chuqur  individual  intervyu  olib  borayotgan  moderator  va
intervyuyerning  ishni  olib  borishdagi   so’nggi  maqsadlari  bo’yicha
funksiyalari  o’xshash,  lekin  intervyuni  olib  borish  shakli
farqlanadi.  Tajribali  moderator  intervyusi  professional
faoliyatiga  yaqin  bo’lganda  intervyu  samarali  chiqadi.  Individual
tartibda intervyuni olib boruvchi intervyuyer doim ham samarali
moderator  bo’la  olmasligi  mumkin.  Shunday  bo’lsada  yangi  sohani
o’zlashtirib  olishda  uning  intervyu  o’tkazish  bo’yicha  ko’nikmalari
yordam beradi.
Metodistlarning  fikricha,  moderatorning  asosiy  funksiyasi
uning qanchalik so’raganida emas, balki bahsni boshqara olishidadir.
Moderatorning mavzu bo’yicha xabardorligi kamida boshqa oddiy
ishtirokchilarning  biror  mahsulot  bo’yicha  xabardorligi  darajasi
bilan  teng  bo’lishi  lozim.  Suhbat  davomida  moderator  chiqib
ketmasligi kerak. Masalan, fokus guruhning marketingdagi maqsadi
mahsulot  ishlab  chiqaruvchini  o’z  mahsulotiga  nisbatan  iste’molchi
ko’zi bilan yondashishga erishish.
Tajribali  moderator  kema  kapitani  va  orkestr  dirijyoriga
qiyoslanadi.  Uning  professional  sifatlariga  bahs  tizginini
qo’lda  ushlab  tura  olish,  bahsni  tadqiqot  maqsadi  bilan  uyg’un
holda olib borish, bahs ishtirokchilarini joylashtira olish (faol
tinglash:  diqqat,  tushunish,  adekvat  harakat,  hamdardlik,  empatiya),
o’zining yetakchi maqomini saqlab qola bilish, bahs uchun ajratilgan
20 vaqtdan  samarali  foydalanish.  R.Kryuger  fikricha,  moderator
diqqatli bo’lishi, qizishishdan uzoq bo’lishi, o’ziga nisbatan bosim
o’tkazishlariga yo’l qo’ymasligi, savolni yodda tutishi shart. Shunday
vaziyatlar  bo’ladiki,  moderator  bahsning  rivojiga  salbiy  ta’sir
o’tkazib qo’yishi mumkin. Bu jarayon moderatorning o’z funksiyasini
anglab  yetmaganligi  va  yuqorida  zikr  etilgan  sifatlarning
yetishmasligi bilan bog’liq.
Moderatorlarning quyidagi destruktiv turlari mavjud: o’zini
yo’qotib  qo’ygan  va  qo’rqoq  moderator.  Bunda  moderator  avvaldan
tuzilgan savollar ro’yxatiga bog’lanib qoladi. U savollar ro’yxatini
himoya halqasi sifatida qaraydi.
Umuman,   tajribali   moderator   o’z   ishining   murakkab   va   og’irligi-ga     qaramay,
undan  zavq  olishi  kerak.  Beparvo  moderator  muhokama
qilinayotgan  muammo  bo’yicha  bahsni  tashkillashtira  olmaydi  va  o’z
vaqtida diqqatni jamlay olmaydi. Bu jarayonda boshqalar e’tiborini
jalb qilayotgan muqobil liderlarning faollashishi kuzatiladi.
Bahs  rivojiga  ta’sir  o’tkazuvchi  moderator. Moderatorning
shaxsiy  nuqtai  nazari  ishtirokchilar  fikrini  adekvakt  qabul
qilishga xalaqit beradi.
Komediant moderator.Bunda yumordan o’yin sifatida ishlatishga
yo’l qo’yilmaydi.
Eksgibisionist  moderator. Bunda  moderator  guruh
ishtirokchilari va kuzatuvchilarida zavq uyg’otishga harakat qilib, u
guruhda o’zini namoyon qilishga harakat qiladi.
Shuningdek,  qiziqtirib  qo’yuvchi,  sinchkov,  avtoritar,  o’ta  faol
tipdagi moderatorlar mavjud.
Kuchli va kuchsiz jihatlari
Fokus guruhda bahs olib borish anketa yoki yakka intervyu olib
borishdan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
– fokus  guruhda  respondentlarning  o’zaro  fikr  almashinishi
21 mukammal  javob  topishni  rag’batlantiradi  va  yangi  g’oyalar  vujudga
kelishiga imkon beradi;
– buyurtmachi  oyna  ortida  yashiringan  holda  bahs  jarayonini
to’g’ridan-to’g’ri  kuzatishi  mumkin.  Bunda  u  bahs  yuzasidan  yakuniy
ilmiy  hisobot  tayyorlashidan  avval  o’zining  shaxsiy  xulosalarini
chiqarishi mumkin;
– bu metod anketa yoki intervyudan ko’ra mablag’ jihatidan arzon
va vaqt nuqtai nazaridan qisqa muddat ichida amalga oshiriladi. Bu
metodning  qo’llanilishi  vaqt,  pul,  va  mehnat  sarfini  tejalishiga
yordam beradi.
– bu  metod  qisqa  muddat  ichida  muammo  sababini  aniqlashga
yordam beradi. Masalan, bir hududda bir mahsulotga bo’lgan talabning
o’tgan yilga nisbatan pasayishi va boshqa hududda talabning ortishi.
Mutaxassislar  metodning  kamchiligi  qatoriga  ma’lumotlarni
qayta ishlashdagi qiyinchiliklarni kiritadi. Ma’lumotlarni qayta
ishlash  jarayonidagi  transkript,  avvaldan  tayyorlangan  kodlangan
jadvallar, kontent tahlil, magnitofon yozuvlarini shifrlash bo’yicha
qimmatbaho vositalar, ma’lumotlarni qo’lda hisoblash yoki murakkab
kompyuter  dasturlaridan  foydalaniladi.  Ma’lumotlarni  qayta
ishlash  jarayonida  vujudga  kelayotgan  ko’plab  muammolarga  qaramay
uzoq  yillik  tajribaga  ega  ko’pgina  mutaxassislar  zamonaviy
kompyuter  va  yaxshi  mashq  yordamida  bu  muammolarni  hal  etishi
mumkin.
22 II BOB METODLARNING TAHLILI
2.1. Ekspert so’rovi metodi
Ekspert  so’rovi –  sosiologik  so’rovning  bir  turi  bo’lib,  unda
respondent  sifatida  odamlarning  alohida  turi  –  ekspertlar
ishtirok etadi. Ular tadqiqot predmeti yoki obyekti to’g’risida chuqur
bilimlarga ega bo’lgan shaxslardir.
Ekspert (lot. expertus– tajribali) – biron-bir masalani ko’rib
chiqishda xulosa chiqaruvchi mutaxassisdir.
Ekspert  metodini  sosiologik  so’rovning  boshqa  shakllaridan
bir nechta muhim jihatlar ajratib turadi:
♦ so’ralayotganlar soni: ular anketa so’rovi yoki intervyudagidan
ko’ra doimo kamroqdir;
♦  so’ralayotganlar  sifati:  bilim  doirasi,  malaka  darajasi,
maxsus soha bilimi oddiy respondentlarga ko’ra ancha yuqori;
♦ axborot turi va hajmi: ekspert so’rovi tekshiruvchi-sosiologda
bo’lmagan  va  hyech  qachon  bo’lmaydigan  bilimlarni  olish  uchun
o’tkaziladi;  o’z  tajribasidan  ma’lum  bo’lgan  oddiy  bilimlardan
farqli ravishda ekspertlardan olinayotgan bilimlar maxsus ilmiy
bilimlarga kiradi;
♦  ma’lumotlarning  xosligi:  sosiologning  ommaviy  so’rovida
odamlar  xulq-atvorining  qiymatli  yo’nalishlari  va  sabablari
to’g’risida  olinayotgan  ma’lumotlarning  xosligi,  takrorlanishi,
odatiyligi  qiziqtiradi,  ekspert  so’rovida  esa  tekshiruvchi
ekspertning  texnik  yoki  gumanitar  bilimlari  noyobligi,  ularning
chuqurligi, betakrorligini qadrlaydi;
♦  dasturiy  vazifa:  anketa  so’rovi  yoki  intervyu  vaqtida
olinadigan dastlabki ma’lumotlardan sosiolog ilmiy taxminlarni
tekshirish uchun, ekspert so’rovida esa – o’zi uchun mutlaqo yangi bo’lgan
soha bilan tanishish uchun foydalanadi.
Ekspert so’rovining asosiy maqsadi: tekshirilayotgan muammoning
23 jiddiy  va  muhim  jihatlarini  aniqlash,  ekspertlarning  bilim  va
tajribasi tufayli ma’lumotlar, xulosalar va amaliy tavsiyalarning
ishonchliligi, haqqoniyligi va asoslanganligini oshirish.
Ekspert  so’rovini  qo’llash  sohasi: barcha  faoliyat  sohalarida
tashxislash,  ijtimoiy  obyekt  holatini  baholash,  qarorlarni
qabul  qilishda  me’yorlashtirish,  loyihalashtirish,  prognozlashda
foydalanish  mumkin.  Ekspert  so’rovining  turlari  sosiologik
tadqiqotning turli bosqichlarida: maqsad va vazifalarni belgilash,
muammoli  holatlarni  aniqlash,  taxminlarni  izlash,  tushunchalar
talqin  etilishi,  instrumentariy  va  boshlang’ich  ma’lumotlarni
asoslab  berish,  xulosalarning  asoslanishi,  tavsiyalarni  ishlab
chiqishda qo’llanadi.
Asosiy  me’yoriy  talablar:  tadqiqotda ekspert  so’rovini
qo’llash  zarurligini  aniq  asoslab  berish  lozim.  Ekspertlarni
sinchiklab  tanlash,  ularning  chuqur  bilimga  egaligini  baholash, 
ekspertning  fikr  yuritishiga  ta’sir  etadigan  omillarni  hisobga
olish, tadqiqot jarayonida ekspertlardan yanada unumli foydalanish
uchun  sharoitlar  yaratish  hamda  tadqiqotning  barcha  bosqichlarida
ekspertlardan olingan ma’lumotlarni buzmagan holda saqlab qolish
muhim sanaladi.
Ekspert so’rovining turlari
Ekspert  so’rovi  tadqiqotchi  bilan  verbal  hamkorlik  qilish
shakliga ko’ra sirtdan va yuzma-yuz bo’lishi mumkin. Birinchi metodga
yozma so’rov (fikrlarni yig’ish), anketa so’rovi, mustaqil tavsiflar
metodi  va  “Delfi”  texnikasi  kiradi.  Ikkinchi  metodga  esa  in-tervyu, kengash,
tekshiruv suhbati, “aqliy hujum” kiradi.
Sirtqi so’rovning eng oddiy turi – bu yozma so’rovdir. Ushbu metod
maxsus  tayyorlangan  so’rov  varaqlari  yuborilishi  (tarqatilishi)
dan  iborat.  Ushbu  varaqlarda  ular  qo’yilgan  masalalar  bo’yicha  o’z
fikrlarini bayon qilishlari lozim. Ekspert savolnomasini tuzishda
24 ochiq savollarning 50%dan 90 % gachasi ishlatiladi. Fikrlarni yig’ish
erkin intervyu kabidir va undan faqat yozma shakli bilan ajralib
turadi, bu esa ko’p sonli ekspertlarni jalb qilish imkonini beradi.
Biroq sirtqi so’rov so’rovnomalar qaytarib berilishi past darajada
bo’lganligi sababli tashkiliy qiyinchiliklar bilan bog’liqdir.
Ekspertlarning anketa  so’rovi ochiq  shaklda  bo’lganidek,
yopiq  shaklda   ifodalangan  savollar  yozilgan  oddiy  anketalashdan
iboratdir.  Maqsad,  vazifa  va  mazmuni  bo’yicha  mazkur  metod  yozma
ravishdagi  fikrlarni  yig’ishdan  jiddiy  ajralib  turadi.  Yozma
ravishda fikrlarni yig’ish metodi yangi g’oyalar, muammoga qarashlar,
eski muammoga kutilmagan yo’nalishlarni aniqlashdan iborat bo’lsa,
anketalash tayyor qarorning u yoki bu jihatlarining baholanishini
aniqlashga yo’naltirilgan.
Mustaqil  tavsiflar  metodi bir  nechta  mustaqil  manbalar
(turli  kishilar)dan  olinadigan  ma’lumot  to’g’risidagi  bitta
holatning  umumlashtirilgan  bahosini  beradi.  Birinchi  bosqichda
turli fikrlarning solishtirilishi va taqqoslanishi sodir bo’ladi,
ikkinchisida,  matematika-statistika  muolajalari  yordamida  ularga
ish lov beriladi, uchinchisida esa, ishonchli xulosalar ifoda qilinadi.
Bunday metod individning ishbilarmonlik va shaxsiy sifatlarini
o’rganish uchun ijtimoiy psixologiyada faol ravishda qo’llanadi. Bu
yerda o’rganilayotgan shaxs bilan yaxshi tanish bo’lgan bir necha kishidan
uni  yagona  shkala  bo’yicha  ta’riflab  berishlari  so’raladi,  shundan
so’ng  mustaqil  baholarni  integral  ko’rsatkichda  umumlashtiriladi.
Jamoaviy  baholashda  subyektiv  cheklanishlar  o’zaro  to’xtatiladi,
bu  esa  oxirida  xolisona,  ilmiy  jihatdan  asoslangan  natijani
ta’minlaydi.
Ekspert so’rovini o’tkazishning eng ko’p tarqalgan muolajalaridan
biri  bu  –  “delfi  texnikasi”dir.  Mazkur  metod  ekspertlarni  bir
25 necha  davrada  so’rov  qilinishi,  har  bir  davra  natijalariga  ishlov 4
berish,  ushbu  natijalar  haqida  ularni  xabardor  qilish  va  shunday
jarayonning  takrorlanishini  ko’zda  tutadi.  Birinchi  davrada
javoblar dalillarsiz beriladi. Ishlov berilgandan keyin so’nggi va
o’rta mulohazalar ajratib olinadi va ekspertlarga xabar qilinadi.
Ikkinchi  davrada  so’rov  qilinayotganlar  o’z  baholariga  qaytadan
murojaat  qiladilar.  Ularda  mulohaza  uchun  yetarli  darajada  vaqt
bo’lganligi  va  ushbu  masalada  boshqa  pozisiyalar  mavjudligini
bilib olishganligi sababli ularga o’z qarashlarini qaytadan ko’rib
chiqish  yoki  aksincha,  ularni  isbotlab  berish  imkoni  beriladi.
Ikkinchi  davradan  so’ng  yangi  baholar  ishlanadi:  so’nggi  va  o’rta
mulohazalar umumlashtiriladi va yakunlar haqida ekspertlarga xabar
qilinadi.  Bu  3-4  marta  qaytariladi.  Amaliyot  shuni  ko’rsatadiki,
uchinchi  yoki  to’rtinchi  davradan  so’ng  ekspertlar  fikri  o’zgarmaydi.
Bunday muolaja jarayonida kelishilgan baho ishlab chiqiladi, bunda
tekshiruvchi  bir  necha  so’rovlardan  so’ng  o’z  nuqtai  nazarida  qolgan
shaxslarning fikrini e’tiborsiz qoldirmasligi lozim.
«Delfi»  metodi  ekspert  baholarini  qabul  qilish  jarayonini
takomillashtirishga  qaratilgan.  Biroq  umumiy  bahoni  matematika
va  statistika  kabi  emas,  balki  odamlarning  fikrlariga  tayangan
holda,  kerak  bo’lsa  ushbu  fikrlarni  tuzatib,  o’z  isbot-dalillarini
kuchaytirgan holda amalga oshirish kerak. Shunga o’xshash metod oddiy
anketalashda  kuzatilgandek,  yetarli  darajada  vakolatli  bo’lmagan
ekspertlarning  guruhli  bahoga  ta’sirini  kamaytirishga  imkon
beradi.  Unga  vakolatliroq  ekspertlardan  olingan  muhim  ma’lumot
hisobiga erishiladi.
«Aqliy  hujum» metodi  ijodiy  qarorlarni  jamoa  bo’lib  qabul
qilishning  eng  mashhur  metodi  hisoblanadi.  U  ishtirokchilar
4
 1.  Батыгин  Г.С.  Лекции  по  методологии  социологических 
исследований. М.: “Российский университет дружбы народов”, 2008. 
С. 353.
26 tomonidan  tashqi  ta’sirsiz  taklif  qilinayotgan  mavzu  atrofida
shaxsiy  g’oyalar  yuzaga  kelishining  erkin,  strukturalanmagan
jarayonidan iboratdir. Mazkur metodning falsafasi muhokamaning
oddiy  metodlarida  novatorlik  g’oyalarining  hosil  bo’lishiga
tafakkurning  nazorat  mexanizmlari  to’sqinlik  qilishi  va  ushbu
g’oyalar  oqimini  shunday  qaror  qabul  qilishning  odatiy  shakllari
bosimi  ostida  bog’lashi  to’g’risidagi  taxmindan  kelib  chiqadi.
Muvaffaqiyatsizlikdan  cho’chish,  kulgili  bo’lishdan  qo’rqish  va
hokazolar sekinlashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
«Aqliy hujum»ning keng tarqalgan ikkita shakli bo’lib, oddiy
kengash va doiraviy tizim bo’ylab kengashhisoblanadi.
Oddiy kengashda rahbar har bir ishtirokchini navbat bilan so’roq
qiladi va uning oldida turgan muammoni hal qilish bo’yicha taklif
berishni so’raydi. Har bir qaror ro’yxatga kiritiladi va raqamlanadi,
shundan  so’ng  ushbu  ro’yxat  hammaga  ko’rinadigan  joyda  ilib
qo’yiladi. G’oyalarni tanqid qilish yoki baholashga yo’l qo’yilmaydi.
Barcha  ekspertlarga  o’z  g’oya  va  takliflarini  to’sqinliksiz  ifoda
etishga  imkon  beradigan  erkin  va  ijodiy  muhitning  yaratilishiga
alohida  e’tibor  qaratiladi.  Taqdim  qilingan  takliflar  soni
katta ahamiyatga ega. Ularni taklif qilishda barcha ishtirok etishi
lozim. Ayniqsa, ekspromt, ya’ni shu zahotiyoq va ekspert boshqalardan
eshitgan ma’lumot ta’sirida yuzaga kelgan taklif qadrlanadi.Ular
uyda  tayyorlanganlarga  ko’ra   ko’proq  qadrlanadi,  chunki  vaziyatni
bilish  va  g’oya  muallifining  ijodiy  tasavvuriga  ko’paytirilgan
jamoaviy  fikrni  to’playdi.  Noma’lum  narsaga  hujum  juda  sust
ketayotgan bo’lsa, ekspertlarga “yetilishga” imkon bergan holda kengash
boshqa kunga qoldiriladi.
Doira  tizimi  bo’ylab  kengashda  ekspertlar  3  yoki  4  kishidan
iborat  bo’lgan  kichik  guruhlarga  bo’linadi  va  bu  yerda  yangi  g’oyalar
ishlab chiqariladi va bir varaq qog’oz yoki varaqchalarda (har birida 2-3
27 g’oyadan) yozib olinadi. Shundan so’ng kichik guruh a’zolari varaqchalar
bilan  almashadi,  natijada  eski  g’oyalarga  yangilari  qo’shiladi.  Uch
marotaba  almashishdan  so’ng  har  bir  kichik  guruh  o’rtaga  tashlangan
g’oyalarning jamlovchi ro’yxatini tuzadi. Shundan so’ng butun jamoa
to’planib,  unga  guruh  hisobotlari  ko’rib  chiqish  uchun  taqdim
qilinadi. Bunday metodni faollik pasayganda yoki ishtirokchilar o’z
navbatini kutib, chalg’igan vaqtlarida qo’llash maqsadga muvofiqdir.
“Aqliy  hujum”  natijasida  o’rtaga  tashlangan  g’oyalar  ro’yxati
odatda  ancha  uzun  (15-20  tadan  ko’p)  bo’ladi.  Boshlovchiga  ularning
ustuvorligini  belgilash,  ishtirokchilarga  esa  muhokama  uchun  o’z
navbatini  kutish  murakkab  bo’ladi.  Yordam  berish  uchun  quyidagi
metodni  qo’llash  tavsiya  etiladi.  Tartib  raqami  yozilgan  g’oyalar
ro’yxati hammaga ko’rinarli joyga ilib qo’yiladi. Har bir ekspert
beshta ovoz huquqini oladi, ulardan o’z xohishiga ko’ra foydalanishi
mumkin: beshta g’oyaning har biri uchun bittadan ovoz, barcha beshtasi–
bitta  uchun,  bitta  g’oya  uchun  ikkita  ovoz  va  boshqa  uchtasining  har
biri  uchun  bitta  ovozdan.  Bunday  yondashish  har  bir  ekspertga  o’z
afzalligini,  jamoaga  esa–  ustuvorlikni  aniqlashtirib  olishga
imkon beradi. Boshqacha metod: guruhning kengashida har bir g’oya o’z
raqami bilan o’qib eshittiriladi, ekspertlar esa qo’l ko’tarish yo’li
bilan ovoz beradilar. Ko’tarilgan qo’ldagi cho’zilgan barmoqlar soni
berilgan ovozlar sonini bildiradi.
28 X U L O S A
Shunday  qilib,  sosiologik  tahlilning  sifat  metodlariga
bag’ishlangan mavzu yuzasidan quyidagi to’xtamlarga kelish mumkin:
1.  Sifat  metodlarining  mohiyati  shundaki,  bunda  tadqiqotchi
gipotetik  hukmlarning  qat’iy  chizmasini  ishlab  chiqmaydi  hamda
ma’lumotlarning  statistik  reprezentativligini  ta’minlash
masalasi  ham  bosh  maqsadga  ko’tarilmaydi.  Buning  o’rniga,  u
ijtimoiy  muammolarni  chuqurroq  va  nostandart  tahlil  qilishga
harakat qiladi.
2.  Bugungi  kunda  empirik  tadqiqotlarda  asosan  intervyu,
fokus-guruh,  ekspert  so’rovi,  kuzatuv,  “keys-stadi”  metodlarining
qo’llanilishi  ommalashgan.  Bu  borada,  ushbu  metodlar  diagnostik,
to’ldiruvchi,  talqin  qilish  hamda  prognostik  funksiyalarni
bajaradi.
3.  Sosiologik  tadqiqotlarda  qo’llaniladigan  intervyu
–  bu  ilmiy-tadqiqot  faoliyatining  tarkibiy  qismidir.  Shu
tufayli  uni  ma’lum  bir  mantiq  asosida  amalga  oshirish  lozim.
Intervyuyerlarning  psixologik  bilimdonligi  intervyu  davomida
savol berish ko’nikmalarini shakllantirishni ham talab etadi. Har
bir savol vaziyatdan kelib chiqib mantiqan shakllantirilishi lozim.
4.  Fokus-guruh  intervyu  metodining  guruhiy  shaklda
o’tkaziladigan  turi  guruhiy  intervyu  sanaladi.  Uning  oddiy
intervyudan  farqi  shundaki,  individual  intervyuda  har  qanday
shaxs respondent bo’lishi mumkin. Fokus-guruhda esa faqat ma’lum
soha  vakillari,  ekspertlar,  mutaxassislar  respondent  sifatida
ishtirok etadi.
5.   Ekspert   so’rovining   asosiy   maqsadi   tekshirilayotgan   muam-moning   jiddiy
va  muhim  jihatlarini  aniqlash,  ekspertlarning
bilim  va  tajribasi  tufayli  ma’lumotlar,  xulosalar  va  amaliy
29 tavsiyalarning  ishonchliligi,  haqqoniyligi  lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Asosiy adabiyotlar:
1.  Dobriyenkov  V.I.,  Kravchenko  A.I.  Metod ы   sosiologicheskogo
issledovaniya. M.: “Infra-M”, 2004. S. 767.
2.  Semenova  V.V.  Kachestvenn ы ye  metod ы :  vvedeniye  v
gumanisticheskuyu sosiologiyu: Ucheb. posobiye dlya studentov vuzov /
In-t sosiologii RAN. M.: Dobrosvet, 1998.
3. Yadov V.A. Strategiya i metod ы  kachestvennogo analiza dann ы x /
Sosiologiya: 4M. T.1. № 1. – S. 14-31.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1.  Bat ы gin  G.S.  Leksii  po  metodologii  sosiologicheskix
issledovaniy. M.: “Rossiyskiy universitet drujb ы  narodov”, 2008.
S. 353.
2. Nikolayeva Ya.N., Abrukov V.S. Kolichestvenn ы ye i kachestvenn ы ye
metod ы   issledovaniya  v  sovremennoy  sosiologii:  soyedinyayem  i
vlastvuyem / hs.uz/ stranichka UP №3
3.  Trosuk  I.V.  Teoriya  i  praktika  narrativnogo  analiza  v
sosiologii. Monografiya. Moskva, 2006. – S. 210.
4.  Fenneto  E.  Intervyu  i  oprosnik:  form ы ,  prosedur ы ,
rezultat ы . SPb.: «Piter», 2004. – 160 s.
5. Yuldashev S.R. Ijtimoiy psixologiyadan masalalar to’plami.
Toshkent, JIDU. 2012. B.60.
6. Yadov V.A. Strategiya sosiologicheskogo issledovaniya. Uchebnoye
posobiye. 4-ye izdaniye. M.: “Omega-L”, 2009. S.545.
30

MAVZU: SOTSOLOGIK TADQIQOTLARDA SIFAT METODLARINI QO’LLASHNING ILMIY, AMALIY AHAMIYATI MUNDARIJA: KIRISH Asosiy qism I BOB SOSIOLOGIK TAHLILNING SIFAT METODLARI 1.1. Sosiologik tahlilda sifat metodlarining o’rni 1.2. Intervyu metodi 1.3. Fokus-guruh metodi II BOB METODLARNING TAHLILI 2.1. Ekspert so’rovi metodi III XULOSA IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1

KIRISH Mavzuga kirish Sosiologik tahlil yoki empirik tadqiqot deganda ko’pchilik tasavvurida faqat anketa so’rovi asosida o’tkazildigan tadqiqot gavdalanadi. Albatta, bunday tasavvur bugungi kungacha boy tajriba asosida shakllangan sosiologik tadqiqotlar metodologiyasining o’ziga xosligi va boshqa fan tadqiqotlaridan prinsipial ajratib turuvchi jihati sababli yuzaga kelgan. Biroq akademik va amaliy sosiologiyaning boy tajribasi nafaqat miqdoriy, balki sifat metodlariga ham taalluqlidir. Mavzuning dolzarbligi. Haqiqatdan ham, empirik sosiologiyaning eng yuqori cho’qqiga chiqqan davrdagi yutuqlari kvantifikasiyaga asoslangan miqdoriy tadqiqotlar bilan bog’liq. Ayrim akademik sosiologlarning ma’lum qilishicha, o’tgan asrning 60-yillariga qadar yetakchi sosiologik jurnallarda nashr qilingan sosiologik tadqiqotlarning 90 % gacha bo’lgan qismi aynan miqdoriy metodlarga asoslangan tahlillardan iborat bo’lgan. Keyinchalik, sosiologik tadqiqotlarning salohiyatini oshirish maqsadida akademik sosiologlar sifat metodlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratishni boshlagan. Sosiologik tadqiqotda sifat metodlarini qo’llash qanchalik muhim? degan savol tug’ilishi tabiiy. Chunki miqdoriy metod, masalan, anketa so’rovi davomida ham muammo tashuvchisi, ijtimoiy faktning inqiroz holati yoki boshqa muhim masalalar bo’yicha yetarlicha ma’lumotlar olish mumkin. Bu kontekstda, tadqiqotchining sifat metodlariga murojaati tadqiqotning turi va maqsadiga bog’liq bo’ladi. Agar tadqiqot faqat tavsifiy xarakterga ega bo’lib faqat ijtimoiy muammoning holatiga tashxis qo’yish bo’lsa, bunda miqdoriy tadqiqotning o’zi yetarli bo’lishi mumkin. Biroq tadqiqot tahliliy xarakterga ega bo’lsa, uning doirasida nafaqat muammoga tashxis qo’yish, balki sabab va oqibat o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni 2

aniqlash hamda muammoning nafaqat “eshigini ochib ko’rish”, balki “eshigidan kirib shaxsan kuzatish” zaruriyati yuzaga kelganda, al-batta, sifat metodlarini qo’llash kerak bo’ladi. Kurs ishining predmeti. Shu sababli, mazkur ma’ruzada sosiologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan sifat metodlari to’g’risida atroflicha to’xtalib o’tiladi. 3

I BOB SOSIOLOGIK TAHLILNING SIFAT METODLARI 1.1. Sosiologik tahlilda sifat metodlarining o’rni Bugungi kunda jahon sosiologik adabiyotida “tadqiqotning sifat metodlari” tushunchasi o’zining alohida o’rniga ega. Miqdoriy va sifat metodlarining ahamiyatidan kelib chiqib, adabiyotlarda ularning sinonimlari sifatida “qattiq” va “yumshoq” metodlar deb ham ataladi. Miqdoriy metod ko’proq qat’iy formallashgan, ya’ni aniq standartlar asosida o’tkazilganligi uchun “qattiq”, sifat metodlari esa, o’z o’rnida, unchalik maxsus standartlarga suyanmasligi hamda tadqiqot instrumentidan ko’ra ko’proq tadqiqotchining san’atiga asoslanishi tufayli “yumshoq” degan taxallusga ega bo’lgan. Sifat metodlarining mohiyati shundaki, bunda tadqiqotchi gipotetik hukmlarning qat’iy chizmasini ishlab chiqmaydi hamda ma’lumotlarning statistik reprezentativligini ta’minlash ma-salasi ham bosh maqsadga ko’tarilmaydi. Buning o’rniga, u ijtimoiy muammolarni chuqurroq va nostandart tahlil qilishga harakat qiladi. Demak, sosiologiyaning sifat metodlari tadqiqotchiga muayyan ijtimoiy hodisaning mohiyatini tushunishga yordam bersa, miqdoriy metodlar ushbu muammolarning qanchalik ommaviy xarakterga ega ekanligini hamda jamiyat uchun qanchalik muhimligini tushunishga imkoniyat yaratadi. Bugungi kunda amaliy sosiologiyada tadqiqot metodlarini tasniflashga oid yondashuvlar unifikasiyalashib bo’lgani yo’q. Bunga obyektiv sabab bor. Chunki sosiologiya – jamiyat haqidagi fan. Jamiyat tuzilishi, uning har bir mikrososiumidagi tuzilish, hodisa, jarayon va muammolar doimo dinamikada bo’ladi. Dinamikadagi har bir faza ma’lum bir ijtimoiy o’zgarishdan darak beradi va o’z-o’zidan ma’lumki, uni tadqiq etish metodlari va standartlarining ham o’zgarishi shartligini keltirib chiqaradi. Muammo o’zgardimi, demak, uni o’rganish metodini ham unga mos ravishda o’zgartirish kerak 4

bo’ladi. Shu sababli, bugungi kunda ayrim sosiologik adabiyotlarda qaysidir metodlar miqdoriy metod deb keltirilsa, boshqa bir adabiyotlarda ular sifat metodi tarzida ta’kidlanmoqda. Ushbu bahslardan faqat “anketa so’rovi” istisno etiladi. Aynan ana shu istisno prinsipidan kelib chiqib, boshqa metodlarni ham miqdoriy yoki sifat metodi deb belgilash mumkin. Nima sababdan anketa so’roviga miqdoriy metod sifatida qaraladi? Chunki u aniq va qat’iy standart asosida amalga oshiriladi. Bu borada standart sosiologik anketa sanaladi va ma’lumot faqat anketa savollari asosida to’planadi. Anketa so’rovida tadqiqotchi aniq bir shaxs fikrlari yoki muayyan voqyeaning aniq bir jihatini anketadan chetga chiqqan holda chuqurlashtirilgan holda o’rganmaydi. Shu sababli ham anketa so’rovi miqdoriy metod sanaladi. Ushbu kontekstdan kelib chiqib aytish mumkinki, har qanday metod sosiolog-tahlilchi tomonidan oldindan ishlab chiqilgan standart asosida qo’llanilsa, demak, u miqdoriy metod sanaladi. Bu borada, ma’ruzada quyida sifat metodi tarzida ko’rib chiqiladigan intervyu va kuzatuv metodlari agar oldindan ishlab chiqilgan qat’iy standart (shablon) asosida amalga oshirilsa va bunda tadqiqotchi ushbu standartdan chiqmasa, unda to’planadigan empirik ma’lumotlar ko’proq statistik operasiyalar yordamida tahlil qilinadi va o’z-o’zidan ma’lumki, metodlarning maqomi ham miqdoriy bo’ladi. Agar uning aksi bo’lsa va tadqiqotchi nostandart tahlilga asoslansa hamda tadqiqot predmetining barcha yoki ma’lum bir jihatlarini chuqurlashtirilgan holda o’rgansa unda tadqiqot ham sifat metodi bo’yicha amalga oshirilgan bo’ladi. Demak, turli sosiologik adabiyotlarda keltirilgan yondashuvlarni tahlil qilgan holda 1 bugungi kunda empirik tadqiqotlarda qo’llanilishi ommalashgan quyidagi asosiy sifat 1 1. Добриенков В.И., Кравченко А.И. Методы социологического исследования. М.: “Инфра-М”, 2004. С. 767. 5