logo

Psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullarining qullanilishi.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

209 KB
MAVZU:     Psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullarining qullanilishi.
REJA 
KIRISH
I-bob: Psixologik tadqiqotlarni o’tkazish tartibi.
1.1. Psixologik tadqiqot haqida tushuncha.
1.2. Eksperimental tadqiqot shartlari  
II-bob:  Psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullarining qullanilishi.
2.1.   Psixologik   tadqiqot   natijalarini   mikdoriy   tahlil   qilishning
zarurligi.
2.2.     Tadqiqot natijalarini guruhlarga ajratish
Xulosa.
Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH. Mavzuning dolzarbligi:   Respublikamizda rivojlanish jarayoni kechayotgan
hozirgi   davrda   olib   borilayotgan   tub   islohatlar   har   bir   kishida   chuqur   va
mustahkam   bilim,   yuksak   ma’naviyat   va   madaniyatni   erkin   fikr,   ijodkorlik,
tashabbuskorlik,   vatanparvarlik   va   insonparvarlik   fazilatlarini   tarkib   toptirishni
taqozo etmoqda.
Ayniqsa   “Ta’lim   to’g’risidagi”   Qonun   va   “Kadrlar   tayyorlash   milliy
dasturida”   yosh   avlodni   barkamol   shaxs   qilib   tarbiyalash   vazifasiga   alohida
to’xtalib   o’tilgan   hamda   mazkur   vazifani   amalga   oshirish   uchun   yoshlar   ongida
milliy   istiqlol   g’oyalarini   singdirish   va   shakllantirish   kabi   dolzarb   muammolarni
hal etishga e’tiborni qaratish talab qilingan.
Bu muammolarni hal qilish esa har bir kasb egasidan katta mahorat, mehnat
va   tashabbuskorlik   talab   qiladi.   Bugungi   kunda   psixologlar   oldida   turgan   asosiy
vazifa   katta   o’zgarishlar   bo’layotgan   jamiyatimizda   kishilar   ongiga   psixologik
ta’sir   ko’rsatish,   ularni   psixologik   jihatdan   o’rganish,   jamiyat   hayotidagi   o’rnini
aniqlashdan   iboratdir.   Buning   uchun   esa   bugunki   kunda   ko’plab   psixologik
tadqiqotlar  o’tkazilmoqda va bu tadqiqotlarning obyektivligi  unda qo’llanayotgan
o’lchov usullarining qanchalik to’g’ri tashkil qilinganiga bog’liqdir.
Psixologik tadqiqotning eng asosiy afzalliklari quyidagicha: 
a) o`rganilayotgan hodisani bir necha marotaba va eng qulay sharoitlarda o`rganish
imkoniyati   bor;   b)   o`rganilayotgan   hodisa   yoki   uning   ayrim   qismlarini   tashqi
ta`sirlardan   himoya   qilish   (izolyatsiya)   imkoniyati   mavjud;   v)   jarayonning
borishini  nazorat   qilish  mumkin.  g)   tadqiqot  natijalarini  sharoitni   saqlagan  holda,
bir necha bor takrorlash orqali sinab ko`rish mumkin. 
Psixologik   kuzatish   va   tajriba   natijalarini   so`z   orqali   ifodalaganda
sub`ektivlik   holatlari   bo`lishi   muqarrar,   bunday   sub`ektivlik   holatlari   muddatidan
avval   xulosa   chiqarishda,   asoslanmagan   umumlashtirishlarda   namoyon   bo`ladi.
Sifat   jihatdan   o`rganilayotgan   psixik   hodisa   va   jarayonlarni   tavsiflashda   ular
o`rtasidagi   farq   va   o`ziga   xos   rivojlanish   xususiyatlarini   to`la   holda   ta`riflashda
qiyinchilik tug`diradi. SHuning uchun hamma vaqt mikdoriy tahlil sifat tahlil bilan
birgalikda   qo`llaniladi.   Ana   shunda   sub`ektivlik   holatlariga   barham   berilib, shakllantirilgan   hukm   va   xulosalar   tadqiqotchi   shaxsiyatiga   bog`liqlikdan   xalos
bo`ladi, natijalarni tekshirish imkoniyati vujudga keladi. 
Psixolog uchun  kuzatish  va  tajriba  natijalarini  statistik  metodlar   yordamida
aniqlashni bilish juda muhimdir.
Tadqiqotning   maqsadi:   Psixologik   tadqiqotlarda   o’lchov   usullarining
qo’llanilishi   haqida   tushunchaga   ega   bo’lish,     shuningdek   psixologik   tadqiqot
o’tkazishning yo’llari, usullari va vositalarini  o’rganish.
Tadqiqot   predmeti:   tadqiqot   predmeti   bo’lib   ta’lim-tarbiya   sohasida
o’tkaziladigan psixologik tadqiqotlarning o’ziga xos jihatlari xizmat qiladi.
Tadqiqot   obekti :   tadqiqotimiz   obekti   bo ’ lib   oily   o ’ quv   yurtlarida
“ Erksperimental   psixologiya ”   fanini   o ’ rganayotgan   2-3   bosqich   psixologiya
yo ’ nalishi   talabalari   hisoblanadi .
Tadqiqotning vazifalari:
1. Psixologik tadqiqot haqida tushunchaga ega bo’lish.
2.   Eksperimental tadqiqot shartlarini o’rganish.  
3.  Psixologik tajriba o’tkazishda apparaturalarning tutgan o’rni aniqlash.
4. Psixologik tajriba o’tkazish va uning natijalarini tahlil qilish.
Tadqiqot farazi:  Agar biz psixologik tadqiqot o’tkazish bilan birga unda 
o’lchov usullarining qo’llanilishini ham o’rganib borsak, psixologik tadqiqot 
o’tkazishda samaradorlikka erishishimiz mumkin.
Tadqiqotning   metodologik   asosi:   O’zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi»,   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonun,   Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning     barkamol   avlod   tarbiyasi   bo’yicha   g’oyalari,   ma’ruzalari,
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish bo’yicha
qarashlari,   shuningdek   Respublikamiz   pedagog-psixolog   olimlarining   psixologik
tadqiqotlarni   tashkil   qilish,   o’tkazish   va   ularda   o’lchov   usullarining   qo’llanilishi
muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlari tadqiqotimiz uchun asos qilib olindi.
I-bob: Psixologik tadqiqotlarni o’tkazish tartibi. 1.1.  Psixologik tadqiqot haqida tushuncha.
Tadqiqotchi   o`zini   qiziqtirgan   psixik   hodisalarni   kuzatish   orqali   o`rganishi
yoki   zarur   bo`lgan   holatni   ataylab   vujudga   keltirishi   mumkin.   Birinchi   holatda
oddiy   kuzatish   haqida,   ikkinchi   holatda   tajriba   yoki   eksperiment   haqida   so`z
bormoqda.
Eksperiment metodining eng asosiy afzalliklari quyidagicha: 
a) o`rganilayotgan hodisani bir necha marotaba va eng qulay sharoitlarda o`rganish
imkoniyati   bor;   b)   o`rganilayotgan   hodisa   yoki   uning   ayrim   qismlarini   tashqi
ta`sirlardan   himoya   qilish   (izolyatsiya)   imkoniyati   mavjud;   v)   jarayonning
borishini  nazorat   qilish  mumkin.  g)   tadqiqot  natijalarini  sharoitni   saqlagan  holda,
bir necha bor takrorlash orqali sinab ko`rish mumkin.
Psixologiyada   qo`llaniladigan   barcha   eksperimental   metodlarni   ikki
guruhga:   umumiy   va   maxsus   turlarga   bo`lish   mumkin.   Umumiy   metodlarni
psixologiyaning barcha sohalarida, maxsus metodlar esa alohida olingan sohalarda
masalan, xotira psixologiyasi, tafakkur psixologiyasida qo`llaniladi. 
Psixologik   tadqiqot   oldiga   quyilgan   vazifaning   tabiatiga   ko`ra   psixologik
tadqiqotlarni 3 guruhga ajratish mumkin: 
a) ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma`lumot to`plashga xizmat qiluvchi
tajribalar.   Bunday   tajribalarga   tafakkur   xususiyatlari,   xotira   tipini,   sezgirlik
darajasini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni misol qilish mumkin. 
b) alohida psixik hodisani u yoki bu omil (faktor)ning ta`siriga bog`liqligini
aniqlashga   xizmat   qiladigan   tajribalar:   masalan:   esda   qoldirishning   materialning
sifatiga bog`liqligini aniqlash va hokazo .
v)   ikki   hodisa   o`rtasidagi   funktsional   aloqani   aniqlashga   qaratilgan   tajriba,
masalan, materialning hajmi bilan takrorlashlar soni o`rtasidagi funktsional aloqani
o`rganish.   Birinchi   tipga   kiradigan   tajribalarni-sifat;   ikkinchisini   faktorli,
uchinchisini-funktsional tajribalar deb atash mumkin. 
Psixologik   tadqiqotni   tashkil   etar   ekan,   eksperimentator   o`zi   ta`sir   etishi
kerak   bo`lgan   tekshiriluvchi-sub`ekt,   qo`zg`atuvchi,   tekshiriluvchining qo`zg`atuvchiga   beradigan   javobi   bilan   munosabatda   bo`ladi.   Buni   quyidagicha
tasvirlash mumkin:
               
               H.n                                    3.n
  
Bunda   -   S   –   sub`ekt,   tekshiriluvchi,   H.n.   -   qo`zg`atuvchi,   bog`lanmagan
o`zgaruvchi.   Z.n.   -   tekshiriluvchining   qo`zg`atuvchi   ta`siriga   javobi,   bog`langan
o`zgaruvchi.
SHuningdek,   tajriba   davomida   tekshiriluvchining   shaxsiga   bog`liq   bo`lgan
shart-sharoitlar   ham   mavjuddur.   Bu   tekshiriluvchining   yoshi,   jinsi,   umumiy
salomatligi,   temperamenti,   hissiy   holati,   umumiy   va   maxsus   qobiliyatlari,   bilimi,
qarashlari, qiziqishlari ko`nikma va malakalari bo`lishi mumkin.
Tajribaning   tashqi   sharoiti-yoritilganlik,   jimjitlik,   harorat,   ventilyatsiya   va
boshqalar   ham   ishning   borishiga   ma`lum   tarzda   ta`sir   etishi   mumkin.   SHu   bilan
birga   tajriba   davomida   ta`sir   etishi   mumkin   bo`lgan   tasodifiy   “qo`zg`atuvchilar”
ta`siridan   ham   tekshiriluvchini   muhofaza   qilish   zarur.   Masalan,   qo`shimcha   ovoz
paydo   bo`lishi,   begona   kishining   kirib   kelishi   tasodifan   biror   narsaning   tushib
ketishi   va   boshqalar.   Tadqiqotchi   va   yordamchilarning   bo`lishi   ham
tekshiriluvchining ruhiyatiga ta`sir etishi mumkin.
Tajribaning   ichki   sharoiti   tekshiriluvchiga   bog`liq   bo`lgan   vaqtinchalik
holatlar hisoblanadi. Ichki sharoitga dastavval tekshiriluvchining ustanovkasi ya`ni
tadqiqotga   psixologik   tayyorgarligi   kiradi.   Tekshiriluvchi   tajriba   davomida
tadqiqotchining   savollariga   javob   berishga,   qo`zg`atuvchi   ta`sirini   kabul   qilishga
oldindan tayyor turishi kerak. Bunday tayyorgarlikning vujudga kelishi eng avvalo
unga   beriladigan   ko`rsatmalarga   (instruktsiya)ga   bog`liqdir.   SHuning   uchun   ham
ko`rsatma   aniq,   lo`nda   va   tushunarli   qilib   berilishi   va   barcha   qatnashchilarga   bir
xilda izohlanishi kerak bo`ladi. S Tadqiqot   jarayonida   tekshiriluvchi   tomonidan   butun   imkoniyatlarini
maksimal   holatda   safarbar   etishi   talab   qilinadi.   Masalan,   diqqatning   hajmini,
harakatlarning maksimal tezligi va aniqligini o`rganishda bu alohida ahamiyat kasb
etadi.   Tekshiriluvchining   butun   imkoniyatini   ishga   solishi   undagi   motivlarning
kuchi bilan bog`liqdir.
Tajribaning   ichki   sharoitlaridan   biri   unga   bog`liq   bo`lgan   qiziqishdir.   Agar
tekshiriluvchi   berilgan   topshiriqlarni   qiziqish   bilan   bajarsa,   natijalar   avvaldan
kutilgandek bo`ladi.
Tekshiriluvchining   kayfiyati   va   umumiy   fiziologik   holati   ham   tajribaning
borishiga   ta`sir   etuvchi   ichki   sharoitlardan   biridir.   Butun   tadqiqot   davomida
tekshiriluvchining   kayfiyati   yaxshi   bo`lishi,   fiziologik   holatlarda   o`zgarishlar
bo`lmasligi   tadqiqotchi   tomonidan   nazorat   qilib   borilishi   kerak.   YUqorida
ta`kidlab   o`tilgan   ichki   va   tashqi   shart-sharoitlarning   ta`minlanishi   psixologik
tajriba samaradorligini kafolatlaydi.
Juda   ko`p   psixologik   tajribalarda   turli   apparatura   va   priborlardan
foydalaniladi.   Ba`zi   tajribalarda   moslashtirilgan   apparaturalardan   foydalanilsa,
ayrimlari maxsus jihozlangan xonalarda olib boriladi. Bajaradigan vazifasiga ko`ra
bunday apparaturalarni: 
a)   tekshiriluvchiga   ta`sir   qilishi   kerak   bo`lgan,   qo`zg`atuvchi   berishga
moslashtirilgan; 
b)   tekshiriluvchining   javoblarini   yozib   olishga   moslashtirilgan   turlarga   ajratish
mumkin.   Masalan,   taxistoskop-kichik   bir   vaqt   oraligida   tekshiriluvchiga   turli
qo`zg`atuvchilarni   ko`rsatishga,   esteziometr   bir   vaqtning   o`zida   terining   ikki
nuqtasiga ta`sir etuvchi taktil qo`zg`atuvchi berishga, xronoskop-vaqtni aniq yozib
olishga   moslashgan.   Psixologik   tajribalarda   foydalaniladigan   apparatlarning
afzallik tomonlarini quyidagicha baholash mumkin:
1. Etarli darajadagi aniqlik va ishonchlilik.
2. Etarli   darajadagi   mustahkam   tuzilmaga   ega   bo`lish,   turli   nosozliklarning
bo`lmasligi. 3. Mexanizmning   ishlash   jarayonida   tekshiriluvchiga   ta`sir   etishi   mumkin
bo`lgan holatlarning yo`qligi;
4. Tadqiq   etilayotgan   hodisani   avtomatik   tarzda   qayd   etib   borish
imkoniyatining qulay va osonligi.
Ayrim psixologik tadqiqotlarni maxsus apparaturalarsiz olib borish mumkin
emas. Masalan, sezgi, idrok, hissiyotning ifodalanishi va boshqalar. Ba`zi tajribalar
uchun   esa   apparaturalarning   bo`lishi   shart   emas   yoki   ular   ikkinchi   darajali
ahamiyatga ega. Masalan. eksperementator savollariga og`zaki javob berish kerak
bo`lsa, apparaturaga zarurat sezilmaydi.
Har   qanday   psixologik   tadqiqot   echilishi   lozim   bo`lgan   muammoni
shakllantirishdan   boshlanadi.   Muammoning   to`g`ri   shakllantirish   uchun   shu   fan
bilan   yoki   uning   shu   muammoga   taalluqli   bo`lgan   bo`limi   bilan   yaxshi   tanish
bo`lishi kerak.
1.2.   Eksperimental tadqiqot shartlari.   Ilmiy   nazariy   va   ekspyerimyental   tadqiqotning   dastlabki   bosqichida   asosan
nazariy   masalalar   ko`riladi.   Xususan,   muammoning   qo`yilishi,   mavzuning
dolzarbligi,   tadqiqot   muammosi,   uning   maqsadi,   faraz,   tadqiqot   ob`yekti,
pryedmyeti, vazifalari ilmiy tadqiqotimizning nazariy qismini tashkil qiladi.
Ekspyerimyental tadqiqotimizning bu bosqichi kirish qismida yoritiladi:
Kirish.   Muammoning   qo`yilishi,   asosnoma,   mavzu   dolzarbligi.   Kirish
qismida   odatda   muammoning   dolzarbligi,   muammoning   psixologiyadagi   roli,
qanday   izlanishlar   olib   borilgan,   nimalar,   qaysi   tomonlar   aniqlanmagan   va
kyelgusida   davom   ettirilishni   yoki   boshlang`ich   izlanishlarni   olib   borishni   talab
qiladi.   Psixologiya   amaliyotida   oldingi   izlanuvchilarning   yechishga   qaratilgan
izlanishlarini  qarama-qarshiligi ochiladi.
So`ng tadqiqot muammosi shakllanadi – byelgisiz, kam o`rganilgan, noaniq
yoki psixologik jarayonning yetarlicha o`rganilmagan dolzarb masalasidir.
Muammo   –   bu   qandaydir   masalani   yechishda   mavjud   bilimlarning
yetarsizligi   va   yetarsiz   bilimlarni   olish   usullari   noaniq   paytda   yechilishi   zarur
vazifadir. Tadqiqot muammosi o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi, u jamiyatning ilmiy-
tyexnik, ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyati asosida amaliyot talabi va psixologiya fanlari
taraqqiyoti natijasida tug`iladi.
Tadqiqot   maqsadi   ish   natijasida   (mazkur   jarayonning   qanday   ob`yektiv
qonuniyatlari  aniqlangan,   qanday  yangiliklar   kiritilgan)   erishilishi   kyerak  bo`lgan
narsani   ko`zda   tutadi.   SHu   bilan   birga   tadqiqot   maqsadi   bilan   tadqiqot   vazifasini
aniq fahmlab olish zarur. Tadqiqot maqsadi va vazifalari haqida aniq tushunchaga
ega bo`lish uchun quyidagi misolga qaraylik:
YAxshi   yashash   (maqsad)   uchun   –   yaxshi   ishlash   (vazifa)   kyerak.   Bunday
iborada   jamiyatning   har   bir   a`zosining   maqsad   va   vazifasi   lo`nda   va   aniq
ko`rsatilgan.   Ba`zida   tadqiqot   maqsadi   mavzu   nomining   o`zidanoq   aniqlanadi.
Lyekin oldiga qo`yilgan aniq maqsadsiz, samarali ishlash mumkin emas.
Ikkinchi   bosqich   ham   nazariy   asoslarning     tarkibi   bo`lib,   bunda
o`tkazilayotgan ekspyerimyental psixologik tadqiqotimizning kyelajagini byelgilab byeruvchi   va   o`z   tasdig`ini   topishi   lozim   bo`lgantaxmin,   ya`ni   farazni   ham   o`z
ichiga oladi.
Faraz.   Bu   tadqiqotchining   o`z   oldiga   qo`ygan   vazifasiga   mumkin   bo`lgan
javobini  aniqlaydi.  Faraz  tuzish  tadqiqotning  ma`suliyatli   va  qiyin  bosqichlaridan
biridir,   shuning   uchun   tadqiqot   ishlarida   aniq   yo`l   ko`rsatadigan   mash`al   dyeb
ataladi.   Faraz   ilmiy   ishda   tadqiqotchining   fikrini   yo`naltirishda   va   ish   uchun
zaruriy   matyerial   to`plashda   kyeraklidir.Odatda     faraz     tuzilishi   qo`yidagicha
sxemada tuziladi: «agar buni  shunday qilsam, u holda shunaqa psixologik natijani
kutsa bo`ladi.
Farazni   to`g`ri   tuzish   uchun   izlanilayotgan   muammo   sohasida   kyeng
dunyoqarashga ega bo`lishi, ilmiy-myetodik ish bilan yaxshi tanish bo`lishi zarur.
Tadqiqotimizning   uchinchi     bosqichi   nazariy   ma`lumotlarga   ega   bo`lgan
holda   ekspyerimyental   tadqiqotga   o`tish     bosqichidir.   Bunda   nazariy   asoslarda
ilgari   surilgan   faraz   ekspyerimyental   tarzda   tyekshiriladi,   bunda   tanlangan
myetodikalar   validligiga   qarab   qo`llaniladi,   ya`ni   maxsus   va   muammomizni
yechishga imkon byeradigan myetodikalardan foydalanib faraz tyekshiriladi.
  To`rtinchi     bosqichda   esa   olingan   ma`lumotlar   tahlil     qilinadi   va   xulosa
chiqariladi.   SHuningdyek,   ilgari   surilgan   farazning   chin   yoki   noto`g`riligi
tyekshiriladi.
YUqoridagi   mavzularimizda   o`zingiz   guvohi   bo`lganingizdyek,   ilmiy
nazariy   va   ekspyerimyental   tadqiqotlar   o`tkazishning   birinchi   shartlaridan   biri
bo`lgan   ekspyerimyentni   ryejalashtirish   hamda   unga   qo`yilgan   talablar   haqida
suhbatlashgan   edik.   Bugungi   mavzuimiz   esa   ryejalashtirilgan   ekspyerimyentni
uyushtirish   jarayonida   amalga   oshiriladigan       qaydnoma   yozish     ishlari   bilan
tanishamiz. Qaydnoma yozish – ekspyerimyent o`tkazishning ikkinchi shartidir.
Ekspyerimyental  faraz;
Mustaqil ko`rsatkichni aniqlash;
Ekspyerimyent sharoiti, o`rganilayotgan ob`yekt, mashg`ulot o`tkazish vaqti
va boshqalar;
Har bir myetodlarni qo`llash   kyetma-kyetligi; Ekspyerimyental   farazni   aniqlashdagi   ma`lumotlarning   analizi,   natijaning
tahlili;
SHuningdyek   sinaluvchilarning   holati,   faoliyati   haqida   har   bir   faktlar
e`tiborga olinadi;
Natijalar tahlili va tadqiqot  farazi  bo`yicha xulosa.
Ekspyerimyental hisobot – ekspyerimyent o`tkazishning  uchinchi shartidir.
Har   qanday   ekspyerimyentda   ekspyerimyental   hisobot   ahamiyatli
hisoblanadi.   Bu   jarayon   ekspyerimyentatorga   barcha   ma`lumotlarni   yig`ib,
ekspyerimyentni   to`laligicha   tavsiflashga   yordam   byeradi.   Oddiy   ekspyerimyent
uchun   kyeng   talqinni   joriy   etgan   xulosalarni   byerish   juda   muhimdir.   Hisobot
yozilmaguncha   ekspyerimyent   to`laligicha   tugatilgan   dyeb   hisoblanilmaydi.
Kundalik   hayotimizda   ko`pincha   ajoyib   ekspyerimyental   natijalarga   erishamiz.
Masalan,   biror   bir   muammo   bo`yicha   sizda   savol   paydo   bo`ldi.   O`sha   savolga
javob   topish   uchun   siz,   albatta   dalillarni   yig`ishga   tushasiz.   Agar   mazkur   faktlar
faqatgina   xotirangizda   bo`lsa   va   vyerbal   tarzda   ifodalanmagan   bo`lsa,   unda   u   siz
ishlab   chiqqan   yoki   izlab   topgan   dalillaringizni   hyech   kim   foydalana   olmaydi
hamda   o`zingiz   ham   shu   faktlarni   ozmi-ko`pmi   xotirangizdan,   esdan   chiqarib
yuborishingiz   mumkin.   Aynan   mana   shu   ekspyerimyental   ma`lumotlar   hisobot
tarzida ifodalanilganda bu topilmalar  hujjat  sifatida as qotadi.
Talqin etish uchun mos uslubni tanlay olish zarur.
1. Asosiysi – ekspyerimyental hisobotni aniq yozish lozim.
2. Hisobot standart qismlarga bo`linadi.
Hisobotning   bunday   tarzda   yoritilishi     muallifga   matyeriallar   tayyorlashga
yordam   byeradi.   Hisobotning   standart   tuzilishi   yordamida   o`quvchida   maqoladan
kyerakli   ma`lumotlarni   oson   va   ko`p   vaqt   kyetkizmay   ajratib   olish   imkoniyati
paydo   bo`lishi   mumkin.   Quyidagi   tavsifdan   ekspyerimyentni   tavsiflash   uchun
ishlab chiqilgan mazkur struktura   mahsuldor hisoblanadi. Agar ushbu strukturaga
mos   ravishda   yondoshilsa,   tadqiqotchi   bu   ekspyerimyentni   mustaqil   takrorlay
olishi mumkin. Quyidagi  ekspyerimyental  hisobotning  tarkibiy qismlarini  va  funksiyalarini
kyeltirib o`tamiz:
         «Muammo» qismida o`rganilayotgan muammo haqida ma`lumot byeriladi;
Qisqa mazmunda muallif nima va qanday ish bajarilganligi va natijada nima
olinganligi haqida qisqacha ma`lumot byeradi;
Kirish   qismida   nima   uchun   ekspyerimyent   o`ylab   topilganligi   va   qanday
maqsadlar ko`zlanilayotganligi haqida gapiriladi;
«Myetodika»   qismida   ekspyerimyent   qanday   qilib   o`tkazilganligi   haqida
batafsil   tavsif   byeriladi.   Ushbu   qismning   matyeriallariga   asoslanib,
ekspyerimyentni   qayta   o`tkazib   ko`rish   mumkin.   SHuningdyek,   myetodikaning
tavsifi sodda tilda byerilishi lozim.
   «Myetodika» bo`limi o`z ichiga qo`yidagilarni oladi:
    a)     Tyekshiriluvchilarning   soni,   ularning   yoshi,   jinsi,   eshitish   darajasi   va
hokazolar;
   b) Matyerial. Ekspyerimyentni yoritishda kyerakli bo`ladigan matyeriallar,
masalan,   o`rganish   uchun   turli   shye`r   yoki   musiqalar,   topshiriqlar,   ko`rgazmali
qurollar ushbu qismda yoritiladi;
    v)   Uskuna-asboblar.   Bu   yerda   esa   ekspyerimyental   holatni   tashkil   qilish
uchun   va   tyekshiriluvchilarning   javoblarini   yozib   borish   maqsadidagi
qo`llaniladigan   uskunalar,   ekspyerimyentga   mos   uskunalarlarning   vazifasi
ko`rsatiladi.
    g)   Ishning   borishi:   bu   yerda   esa   ekspyerimyent   o`tkazishning   kyetma-
kyetlik bosqichlari ko`rsatiladi.
«Natija»   bo`limida   tahlil   qilinadigan   ma`lumotlar,   odatda   grafik   va   bir
nyecha   jadvallarda   byeriladi.   O`quvchiga   aniqroq   qilib   grafik   va   jadvalda
nimalarga   e`tiborlarini   qaratishlari   lozimligi   tushunarli   qilib   ko`rsatiladi.   Birinchi
o`rinda   asosiy   dalillar   byeriladi.   Bo`limda   natijalarning   ba`zi   bir   sharhlarini
byerish mumkin. Bundan maqsad o`quvchi ongiga natijaning umumiy mazmunini
tushunarli qilib yetkazishdan iborat. SHu bilan birga asosiy e`tiborni olingan aniq
faktlarga qaratish lozim.               «Muhokama»   bo`limida   natija   va   xulosalar     bayon   qilinadi.   SHuningdyek,
ekspyerimyentdan   olingan   natijalar   yetarlicha   asosga   ega   bo`lmasa,   kyelgusida
shakllantirish   yo`llari   taxmin   qilinadi.   Ko`pincha     muallif     o`z   ekspyerimyentini
ta`riflab   turib,   undan   oldingi   ekspyerimyenti   bilan   bog`liq   tomonlarini   izohlaydi.
SHuningdyek, ilgariroq muammoga oid adabiyotlarda ilgari surilgan g`oyalar bilan
bog`liqligi ko`rsatiladi.
«Snoska»larda qo`llanilgan adabiyotlar, bosib chiqarilgan matyeriallar, olib
borilayotgan tadqiqotlar va qisqa tirajli ishlar yoritiladi. Ular qo`llanilish tartibida
byeriladi.   Maqola   tyekstida   ular   byelgi   bilan   ko`rsatilib,   qo`yi   qismida   muallif
ismi, sharifi ko`rsatilib, mos tartibda   №   yoziladi.
«Foydalanilgan   adabiyotlar»   bo`limida   adabiyotlar   alfavit   tartibda   nashr
etilgan yili, nashriyoti byeriladi.  II-bob:  Psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullarining qullanilishi.
2.1. Psixologik tadqiqot natijalarini mikdoriy tahlil qilishning
zarurligi.
Psixologik   kuzatish   va   tajriba   natijalarini   so`z   orqali   ifodalaganda
sub`ektivlik   holatlari   bo`lishi   muqarrar,   bunday   sub`ektivlik   holatlari   muddatidan
avval   xulosa   chiqarishda,   asoslanmagan   umumlashtirishlarda   namoyon   bo`ladi.
Sifat   jihatdan   o`rganilayotgan   psixik   hodisa   va   jarayonlarni   tavsiflashda   ular
o`rtasidagi   farq   va   o`ziga   xos   rivojlanish   xususiyatlarini   to`la   holda   ta`riflashda
qiyinchilik tug`diradi. Bunday tahlil kuzatish va tajriba natijalarida qay darajadagi
xatolar bo`lishi mumkinligini aniq ko`rsatib bera olmaydi. SHuning uchun hamma
vaqt   mikdoriy   tahlil   sifat   tahlil   bilan   birgalikda   qo`llaniladi.   Ana   shunda
sub`ektivlik   holatlariga   barham   berilib,   shakllantirilgan   hukm   va   xulosalar
tadqiqotchi   shaxsiyatiga   bog`liqlikdan   xalos   bo`ladi,   natijalarni   tekshirish
imkoniyati vujudga keladi. 
Psixolog uchun  kuzatish  va  tajriba  natijalarini  statistik  metodlar   yordamida
aniqlashni bilish juda muhimdir.
Psixologiyani   matematikalashtirish   -   uning   barcha   sohalariga   tarqaladi.
Psixologiya   yaqin   kelajakda   qay   darajada   eksperimental   fan   bo`lsa,   shu   darajada
matematik fan ham bo`lib qoladi.
Tadqiqot   metodikasini   tanlashdan   avval   eksperimentator   nimani
o`rganayotgani,   olingan   natija   amaliy   va   tadqiqotchilik   vazifasi   talablariga   mos
kela   olishini   tasavvur   qila   olishi   kerak   bo`ladi.   Birinchi   navbatda   bu   metodning
validligi,   ishonchliligi   va   ob`ektivligini   isbotlash   uchun   zarur   bo`ladi.
Metodikaning   validligi   deganda   uning   tadqiqot   predmetiga   adekvatligi   (mosligi)
tushuniladi.   Miqdoriy   validlik   ushbu   metodika   natijalari   bilan   tashqi
o`lchovlarning o`zaro aloqasini  aniqlashda  namoyon bo`ladi.   Masalan,  ta`limning
muvaffakiyati   –o`quvchining   intellektual   taraqqiyoti   bilan   bog`liq   bo`ladi.
SHuning   uchun   ham   tashqi   o`lchov   sifatida   uning   o`zlashtirishini   olish   mumkin.
Aytaylik,   talabalarning   aqliy   rivojlanishini   o`rganish   uchun   test   topshiriqlari   va o`zlashtirish   bahosi   o`rtasida   ijobiy   aloqa   mavjud   bo`lsa,   qo`llanilgan   metodika
validlikka ega bo`ladi. 
Metodikaning   yana   bir   muhim   xususiyati   uning   ishonchliligi   bo`lib,   ushbu
metodikaning o`lchov vositasi sifatida loyiqligida namoyon bo`ladi. 
Metodikaning   ob`ektivligi   o`lchash   natijalarining   undan   foydalanuvchi
shaxsga   bog`liq   emasligida   aks   etadi.   Metodikaning   validligi   va   ishonchliligini
tekshirish maqsadida turli statistik o`lchovlardan foydalanish mumkin bo`ladi. 
O`lchov   nazariyasi   fikricha   psixologiyada   qo`llaniladigan   barcha   o`lchov
usullari psixologik o`lchov shkalalarini tuzishdan iboratdir. 
Ko`pchilik   psixologlar   fikricha   shkalalashtirish-psixik   jarayon   va   holatlarni
o`lchash   uchun   qo`llaniladigan   eksperimental   va   matematik   usullar   yig`indisidan
iboratdir. Ko`pincha shkalalashtirishga o`lchash so`zi sinonim qilib quyiladi. 
Psixologik jarayon, xususiyat, ob`ekt va hodisalarni shkalalashtirish deganda
muayyan   qoidalar   asosida   ularni   sonlarga   tenglashtirish   tushuniladi.   Bunda
sonlarning   o`zaro   nisbati   bu   hodisalar   o`rtasidagi   nisbatni   aks   ettirishi   kerak
bo`ladi. Sonlar u yoki bu xususiyatning modeli vazifasini bajaradi. SHu yo`l bilan
shkalalashtirish   psixologiyani   faktlarni   tasvirlovchi   fandan   ayrim   faktlarni
oldindan aytish imkonini beradigan fanga aylantiradi. Tadqiqot xususiyatiga qarab
turli o`lchov shkalalarining tiplarini qo`llash mumkin.
Nomlash   shkalasi   (nominativ   shkala)   bir   xil   qiymatdagi   empirik   tizimni
sonli tizimda aks ettirishdir. Nomlash shkalasi mazmunidan ko`rinib turibdiki, turli
sinflarni   ekvivalenti   bilan   almashtirishni   bildiradi.   Nomlash   shkalasi   tenglik
qonuniga   buysunadi,   masalan   X   xususiyatiga   ko`ra   A   ob`ekti   V   ob`ektiga   teng
bo`lsa xA q xV  bo`ladi, lekin S ob`ektga nisbatan bu tenglik o`zgaradi  xA q xS. 
Nomlash shkalasi umumiy shaklga ega bo`lib, barcha shkalalashtirish turlari
u   yoki   bu   darajada   nomlash   shkalasi   hisoblanadi.   Nomlash   shkalasini   tuzishda
quyidagi   talablarga   rioya   qilinadi:   1)ko`plab   ob`ektlarning   har   bir   a`zosi   bir
ob`ektlar sinfiga kiritilishi mumkin; 2) har bir ob`ekt bir vaqtning o`zida ikki yoki
undan ortiq sinfga mansub bo`la olmaydi.  Nomlash   shkalasida   ob`ektlarni   almashtirilgan   sonlar   bilan   hech   qanday
arifmetik   amallar   (qo`shish,   ayirish,   bo`lish,   ko`paytirish)   bajarilmaydi.   SHuning
uchun   ob`ektlar   turli   harf,   son,   raqamlar   bilan   ixtiyoriy   tarzda   almashtirilishi
mumkin, lekin ular hamma vaqt faqat bitta ob`ektni aks ettiradi. 
Tartib   shkalasida   simvollar   xususan   sonlar   ob`ektlarning   teng   yoki   teng
emasligi,   ekvivalent   yoki   ekvivalent   emasligini   aks   ettirishi   bilan   birga   ularning
o`lchanayotgan   xususiyatga   nisbatan   munosabatini   ham   tartibga   soladi.   Tartib
shkalasidagi  sonlarni tartibga solish  mumkin bo`lsa  ham, u absolyut  emas, nisbiy
xarakterga ega bo`ladi. Tartib o`rnatish bilan bog`liq o`lchov operatsiyalarida ular
o`rtasidagi  farqning  hajmi  haqida  hech  qanday  ma`lumot   mavjud emas.  Masalan,
sessiya paytida talabalar bilimini baholashni olaylik, “a`lochi” va “yaxshi” bahoga
o`qiydigan   talabalar   bilimi   o`rtasidagi   farq   uning   darajasida   xolos,   lekin   qanday
farq qilishi noma`lum.
Agar shkala tartib shkalasining barcha xususiyatlariga ega bo`lsa va shunga
qo`shimcha tarzda birliklar orasida oraliq mavjud bo`lsa, u holda bunday shkalalar
intervallar shkalasi   deb yuritiladi. Intervallar shkalasining ob`ektlari hamma vaqt
o`rganilayotgan   xususiyatning   o`sib   yoki   kamayib   borishga   qarab   tartibga
solinganidir.   Intervallar   shkalasi   o`lchov   birliklari   turlicha   bo`lib,   ularni   aniqlash
ixtiyoriy   asosga   ega   bo`ladi.   Bunday   shkalalarga   nisbatan   arifmetik   amallarni
qo`llash, tenglikni aniqlash, katta yoki kichik deb taqqoslash mumkin. Bir shkalani
turli belgilari o`rtasidagi intervallar va farqlar tengligini ham solishtirish mumkin.
Intervallar shkalasi quyidagi postulatga bo`ysunadi: 
     aQvqvQa yoki G`aQvG`Qsq aQG`vQsG`
      agar aqr va  v > 0 bo`lsa, u holda a Q v > r 
     agar aqr va v q q bo`lsa, u holda a Q v q r Q q
Intervallar   shkalasini   loyihalashtirishda   uchta   ixtiyoriy   operatsiya   (amallar)
bajariladi: 
a) o`lchov birligi xajmini topish; 
b) nol’ (boshlang`ich) nuqtani topish; 
v) nol’ nuqtadan boshlab hisob olib boriluvchi yo`nalishni aniqlash. Intervallar   shkalasiga   Vekslerning   standartlashgan   shkalasi,   Tersten   va
T.Gilford shkalasi misol bo`ladi. 
Munosabatlar shkalasini loyihalashtirishda avvalgi shkala xususiyatlari bilan
birga   hali   o`rganilishi   kerak   bo`lgan   xususiyat   yo`q   bo`lgan   tabiiy   nol’   nuqta
bo`lishi   kerak.   Munosabatlar   shkalasi   quyidagi   muhim   xususiyatlarga   ega;   1)
ob`ektlar   sinfi   o`rganilayotgan   xususiyatga   ko`ra   bo`lingan   va   tartibga   solingan
bo`ladi;   2)   ob`ektlar   sinfi   o`rtasidagi   teng   farqlar,   ular   belgilangan   sonlar
o`rtasidagi   farqka   teng   bo`ladi;   3)   ob`ektlar   sinfiga   tenglashtirilgan   sonlar
o`rganilayotgan xususiyatning ifodalanishi darajasiga proportsionaldir.  
Munosabatlar  shkalasida  qolgan barcha tiplarga xos bo`lgan operatsiyalarni
amalga oshirish mumkin bo`ladi. Munosabatlar shkalasida xqax ag` o kabi amallar
tatbiq etiladi. Psixologiyada yuqoridagi  shkalalar  tiplari  maqsadga muvofiq holda
tanlanadi va ulardan tadqiqot natijalarini o`lchashda foydalaniladi. 2.2.     Tadqiqot natijalarini guruhlarga ajratish
Gistogramma tuzishda x o`zgaruvchi nol’ bo`lishi mumkin. SHuning uchun
dastlabki   natijalarni   guruhlarga   ajratish   talab   qilinadi.   Guruhlashtirish   deganda,   x
o`zgaruvchining   bir   nechta   qiymatini   1   ta   umumiy   razryadga   birlashtirish
tushuniladi. Guruhlashtirish faqat eksperimental ma`lumotlar juda ko`p bo`lganda
qo`llaniladi. Guruhlashtirishni tushuntirish uchun misolga murojaat qilaylik. Bizga
shunday sonlar qatori berilgan: (psixologik testni to`g`ri echgan kishilar soni).
25 33 35 37 55 27 40 33 39 29
34 29 44 36 22 51 29 21 28 29
33 42 15 36 41 20 25 38 47 32
15 27 27 33 46 10 16 34 18 14
46 21 19 26 19 17 24 21 27 16
 
Bu   ko`rsatkichlarni   guruhlashtirish   uchun   unda   eng   maksimal   (55)   va
minimal  (10)  qiymatini  topib, ular o`rtasidagi  taqsimlash ko`lamini topamiz, (55-
10q45)   10   tadan   kam   bo`lmagan   sonlar   guruhini   tashkil   qilish   uchun   bizning
misolimizda,   sinflar   ko`lami   5   tadan   kam   bo`lmasligi   kerak.   Bu   guruhlashtirish
quyidagicha ko`rinishga ega:
Guruhlash
tirish sinfi Sinf
chegarasi Sinflarning aniq
chegarasi Sinfning
markazi Dastlabki
taqsimlash uchrash
chastotasi
10 55-59 54,5-59,5 57 1 1
9 50-54 49,5-54,5 52 1 1
8 45-49 44,5-49,5 47 111 3
7 40-44 39,5-44,5 42 1111 4
6 35-39 34,5-39,5 37 111111 6
5 30-34 29,5-34,5 32 1111111 7
4 25-29 24,5-29,5 27 1111111111 12
3 20-24 19,5-24,5 22 11111 6
2 15-19 14,5-19,5 17 1111111 8
1 10-14 9,5-14,5 12 11 2
f  q 50
Psixologik   tadqiqot   natijalarini   tahlil   qilishda   ko`pincha   o`rtacha   arifmetik
qiymat   (M)   va   mediana   (Me)   dan   foydalaniladi.   Dastlabki   natijalar   uncha   ko`p bo`lmaganda   guruhlashtirish   talab   etilmasa,   ularning   o`rtacha   arifmetik   qiymati
quyidagicha aniqlanadi: dastlabki qiymat (x) lar yig`indisi dastlabki berilganlar (N)
yig`indisiga bo`linadi.
Misol uchun:  
M q 29,60.
Markaziy   an`analar   o`lchovining   ikkinchi   o`lchovi   mediana   deb   atalib,   u
o`lchov   shkalasining   shunday   nuqtasi,   undan   yuqorida   ham,   pastda   ham
kuzatishlarning teng yarmi joylashgan bo`ladi. Bundan ko`rinib turibdiki, mediana
o`lchov   shkalasidagi   nuqta,   u   alohida   o`lchov   ham,   kuzatish   ham   emas.
YUqoridagi jadvalga asosan medianani hisoblab topamiz:
1. Berilganlar ichidan kuzatishlarning yarmini topamiz 
50 : 2  q  25.
2.  Guruhlashtirishning   eng   minimal   sinfidan   boshlab   chastotalar   yig ` indisini
hisoblaymiz .   Bu   hisob   bizda   o ` rtacha   arifmetik   qiymat   joylashgan   guruhgacha
amalga   oshiriladi .   2 Q 8 Q 6 Q 12 q 28.   Bundan   ko ` rinib   turibdiki ,   mediana   4- guruhga
joylashgan ,  uning   chegarasi  24,5-29,5.
3.   Medianani   topish   uchun   u   mavjud   bo ` lgan   sinfgacha   kuzatishlar   sonini
aniqlaymiz .   Oldingi   uchta   guruhdagi   chastota   16   ga   teng .   YA ` ni   mediana   mavjud
sinfdan   ungacha   yana  9  kerak  (25-16 q 9).
4.   Mediananing   aniq   joyini   topish   uchun   uning   shkaladagi   oraliq   ( interval )
qismini   hisoblaymiz .  Agar bunda 12 ta kuzatish bo`lsa, u holda   
         9G`12x5q3,75.
5.   Olingan   natijani   mediana   joylashgan   guruhlashtirilgan   sinfning   eng   kichik
chegarasiga qo`shamiz. 
                24,5Q3,75q28,25       Me q 28,25.
Medianani topish uchun quyidagi formula ham mavjud: Fv- guruhlashtirilgan sinfning quyi aniq chegarasi.
   - pastdagi sinflar chastotasi yig`indisi. 
 fr - mediana joylashgan sinfdagi chastotalar yig`indisi.
N - kuzatishlar soni.
i - guruhlashtirilgan sinflar kengligi.
Ko`rinib turibdiki, mediana o`rtacha arifmetik qiymatga teng emas.  
             29,60≠28,25. 
Natijalarning o`zgaruvchanligini topish, uning o`rtacha arifmetik qiymatdan
qanday darajada taqsimlanganligini bilish uchun, interval va munosabat shkalalari
uchun   o`rtacha   kvadratik   chetlanish   ( )dan   foydalaniladi.   Guruhlashtirilmagan
ma`lumotlar   uchun   standart   chetlashish   « S»   hisoblanadi.   Ko`pincha   amaliyotda
standart chetlashish  (S)  - o`rtacha kvadratik chetlashish ( ) ning sinonimi sifatida
qo`llaniladi. 
Uni quyidagicha topamiz: 
1. O`rtacha arifmetik qiymat M ni topamiz.
2.   Har   bir   o`lchash   natijasining   (x)   o`rtacha   arifmetik   qiymatdan   qanday
chetlashganini, (x)ni topamiz x q X-M.
3. Olingan natijani kvadratga ko`taramiz: x  2
4. Barcha natijalarning yig`indisini topamiz   x  2.
5.   CHetlanishlar   kvadratlari   yig`indisini   umumiy   kuzatishlar   soniga   bo`linadi   va
dispersiya hosil qilinadi.
6.   Dispersiyadan   kvadrat   ildiz   chiqarib ,   standart   chetlashish   yoki   o ` rtacha
kvadratik   chetlanishni   topamiz . 
   yoki  
Guruhlashtirilgan   ma ` lumotlar   uchun   dispersiya   quyidagicha   aniqlandi :
            
bu erda  f  - guruhlashtirilgan sinflar chastotasi. X i - guruhlashtirilgan sinf markazi.
M-o`rtacha arifmetik qiymat, N-kuzatish soni. Korrelyatsiya   koeffitsienti   ikkita   o`zgaruvchi   o`rtasida   o`zaro   bog`liqlik   va
uning qay darajada yaqinligini aniqlash kerak bo`lganda foydalaniladi. 
Korrelyatsiya   koeffitsienti   Q1   va-1   oralig`ida   bo`lib,   u   taqqoslanayotgan
ikkita   o`zgaruvchi   o`rtasidagi   o`zaro   aloqani   aks   ettiradi.   Agar   natija   0   bo`lsa,
o`zaro   aloqa   mavjud   bo`lmaydi.   Korrelyatsiya   koeffitsienti   birga   yaqin   bo`lsa   bu
aloqaning qalinligidan dalolat beradi. 
Tartib   shkalasi   bo`yicha   solishtirilganda   CH.Spirman   bo`yicha   ( p )   interval
qiymati uchun K. Pirson (r) bo`yicha korrelyatsiya koeffitsienti hisoblandi.
Masalan: X va U so`rovnomalari bo`yicha 15 ta tekshiriluvchidan savollarga
“ha”   yoki   “yo`q”   degan   javoblar   olingan.   (Nq15).   Natijalar   X   va   U
so`rovnomalariga “ha” deb bergan javoblarining yig`indisiga qarab ajratilgan. Har
ikki   so`rovnoma   natijalari   o`rtasidagi   o`zaro   aloqani   aniqlash   maqsadida
korrellyatsiya   koeffitsienti   hisoblanadi:   Spirmanning   tartib   korrellyatsiya
koeffitsienti (r) quyidagi formula bilan hisoblanadi.
bu   erda   N   -   solishtirilayotgan   juft   ikkita   o`zgaruvchi   qiymat   soni,   d 2  
-   ushbu
qiymatlar o`rtasidagi farqlar (rang) tartib raqami kvadrati.
Bu hisobni amalga oshirish uchun birlamchi natijalarni jadvalga joylashtirish
kerak.   1- ustunga   tekshiriluvchining   tartib   raqami ,   2-3   ustunlarga   x   va   u
metodikalar   bo ` yicha   to ` plangan   ballar ,   4- ustunga   R
x   -   x   so ` rovnomasi   bo ` yicha
to ` plangan   ballariga   ko ` ra   ranjirovka   amalga   oshiriladi .   eng   ko ` p   ball   to ` plagan   1-
rang ,   undan   keyingisi   -   2,   va   hokazo .   Agar   ikkita   tekshiriluvchining   bali   teng
bo ` lsa ,   u   holda   har   ikkisini   nomerining   o ` rtachasi   yoziladi ,   ya ` ni   12,13- rang
o ` rniga  12,5  deb   olinadi . 5- ustunga    R  
u  -  shunday   tartibda   yoziladi .
6- ustunga   x   va   u   lar   ranjirovkasi   orasidagi   farq   -   dqR
x - R
u   joylashtirib
chiqiladi . 
7-ustunga   -   d   2
  -   x   va   u   juftlari   ranglari   -   ayirmasining   kvadrati   yoziladi.
Natijalarning yig`indisi     d   2  
oxirgi qatorga yozib qo`yiladi. CH.Spir man bo`yicha
korrellyatsiya koeffitsientini hisoblash uchun birlamchi natijalar jadvali: № X U Rx R u d d  2
1 47 75 11.0 8.0 3.0 9.00
2 71 79 4.0 6.0 - 2.0 4.00
3 52 85 9.0 5.0 4.0 16.00
4 48 50 10.0 14.0 - 4.0 16.00
5 35 49 14.5 15.0 - 0.5 0.25
6 35 59 14.5 1 2 .0 2 .5 6. 2 5
7 41 75 12.5 8.0 4.5 20.25
8 82 91 1.0 3.0 - 2.0 4.00
9 72 102 3.0 1.0 2.0 4.00
10 56 87 7.0 4.0 3.0 9.00
11 59 70 6.0 19.0 - 4.0 16.00
12 73 92 2.0 2.0 0.0 0.00
13 60 54 5.0 13.0 - 8.0 64.00
14 55 75 8.0 8.0 0.0 0.00
15 41 68 12.5 11.0 1.5 2.25
               d  2
 q 171,00
    
  
shunday   qilib,   har   ikki   so`rovnoma   orqali   olingan   ma`lumotlar   bir-biri   bilan
bog`liq,   lekin   ular   aynan   bir   xil   emas,   ya`ni   o`xshash   bo`lmagan   alohida   shaxs
xususiyatlarini o`rganishga xizmat qiladi. 
K.Pirson   formulasi   bo`yicha   korrellyatsiya   koeffitsienti   quyidagicha
aniqlanadi:
bu erda x -X birlamchi  natijaning M
x   o`rtacha qiymatdan chetlashish  xajmi, u-U-
M
u   o`rtacha   arifmetik   qiymatdan   chetlashish,   x .
u   -x   va   u   chetlashishlarining
algebraik   yig`indisi,   N-taqqoslanayotgan   dastlabki   natijalar   juftliklari   tanlanma
xajmi,     natijalar uchun o`rtacha kvadratik chetlanish,    natijalar uchun
o`rtacha kvadratik chetlanish.
Misol,   x   o`zgaruvchi   -   tizza   refleksini   “bo`shashtiring   “   degan     buyrukdan
keyingi   santimetrdagi   o`lchovli   natijalari,   U-o`zgaruvchi   -   mushaklarni   «buking»
degan   ko`rsatmadan   keyingi   natijalar.   Bunda   tizza   reflekslari   o ` zaro   bog ` liqlikka
ega   emas ,  degan   farazni   isbotlash   kerak . 
Pirson bo`yicha korrellyatsiya koeffitsienti (r) ni hisoblash:
№ X U x u x 2
u 2
x .
u
1 10 7 Q2,5 -1 6,25 1 -2,5
2 8 9 Q0,5 Q1 0,5 1 Q0,5
3 6 11 Q1,5 Q3 2,25 9 -4,5 4 6 3 -1,5 -5 2,25 25 Q7,5
5 13 11 Q5,5 Q3 30,25 9 Q16,5
6 5 7 -1,5 -1 6,25 1 Q2,5
7 12 14 Q4,5 Q6 20,25 36 Q27,0
8 10 11 Q2,5 Q3 6,25 9 Q7,5
9 3 6 -4,5 -2 0,5 4 Q9,0
10 2 1 -5,5 -7 30,25 49 Q38,5
: 75 80 0,0 0,0 124,50 144 102,0
M: 7,5 8,0
 
shunday qilib:
bu   hisobni   bosqichma - bosqich   quyidagicha   amalga   oshiriladi :
1.
va
   bizning misolimizda M
x  q 7,5 .  
Mu q 8,0.
2. x va u ni topish uchun X va U dan M 
x  va M 
u  ni ayriladi. 
      Masalan.    10-7,5q Q2,5 yoki 7-8 q -1 (4 va 5 ustun)  
3. x va u ni kvadratga ko`tarib 5 va 6 ustunga yoziladi. 
4.   va 
u  o`rtacha kvadratik chetlanishni formula bo`yicha  hisoblanadi.
                                        
                                               
5.   - har bir chetlanishning ko`paytmasi hisoblab, 8 - ustunga yoziladi. 
6. Pirson formulasi bo`yicha natijalar hisoblanadi. 
        r 
xu  q 0,76.
Bunda   tizza   reflekslari   bir-biri   bilan   bog`langan   degan,   xulosaga   kelish
mumkin .
XULOSA.
Tadqiqot   metodikasini   tanlashdan   avval   eksperimentator   nimani
o`rganayotgani,   olingan   natija   amaliy   va   tadqiqotchilik   vazifasi   talablariga   mos
kela   olishini   tasavvur   qila   olishi   kerak   bo`ladi.   Birinchi   navbatda   bu   metodning
validligi,   ishonchliligi   va   ob`ektivligini   isbotlash   uchun   zarur   bo`ladi.
Metodikaning   validligi   deganda   uning   tadqiqot   predmetiga   adekvatligi   (mosligi)
tushuniladi.   Miqdoriy   validlik   ushbu   metodika   natijalari   bilan   tashqi
o`lchovlarning o`zaro aloqasini  aniqlashda  namoyon bo`ladi.   Masalan,  ta`limning muvaffakiyati   –o`quvchining   intellektual   taraqqiyoti   bilan   bog`liq   bo`ladi.
SHuning   uchun   ham   tashqi   o`lchov   sifatida   uning   o`zlashtirishini   olish   mumkin.
Aytaylik,   talabalarning   aqliy   rivojlanishini   o`rganish   uchun   test   topshiriqlari   va
o`zlashtirish   bahosi   o`rtasida   ijobiy   aloqa   mavjud   bo`lsa,   qo`llanilgan   metodika
validlikka ega bo`ladi. 
O`lchov   nazariyasi   fikricha   psixologiyada   qo`llaniladigan   barcha   o`lchov
usullari psixologik o`lchov shkalalarini tuzishdan iboratdir. 
Ko`pchilik   psixologlar   fikricha   shkalalashtirish-psixik   jarayon   va   holatlarni
o`lchash   uchun   qo`llaniladigan   eksperimental   va   matematik   usullar   yig`indisidan
iboratdir. Ko`pincha shkalalashtirishga o`lchash so`zi sinonim qilib quyiladi. 
Psixologik jarayon, xususiyat, ob`ekt va hodisalarni shkalalashtirish deganda
muayyan   qoidalar   asosida   ularni   sonlarga   tenglashtirish   tushuniladi.   Bunda
sonlarning   o`zaro   nisbati   bu   hodisalar   o`rtasidagi   nisbatni   aks   ettirishi   kerak
bo`ladi. Sonlar u yoki bu xususiyatning modeli vazifasini bajaradi. SHu yo`l bilan
shkalalashtirish   psixologiyani   faktlarni   tasvirlovchi   fandan   ayrim   faktlarni
oldindan aytish imkonini beradigan fanga aylantiradi. Tadqiqot xususiyatiga qarab
turli o`lchov shkalalarining tiplarini qo`llash mumkin.
Bu shkalalarni  har  biriga biz yuqorida  alohida to’xtalib o’tdik, ya’ni    bular
nomlash   yoki   nominativ   shkala,   tartib   shkalasi,   intervallar   shkalasi   va
munosabatlar   shkalasidan   iboratdir.   Mana   shu   shkalalarni   qo’llash   orqali
psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullaridan foydalaniladi. 
Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar:
1. Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. - 1997 yil .
2.  Barkamol avlod orzusi,  T. 2000
3.   Gamezo   M.V.,   Domashenko   I.A.   “Atlas   po   psixologii”.   Inform.-metod.
posobiye k kursu “Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoye obщyestvo”, - M.:
2001 god. -448 c.
4.   Djek   Palmer,   Linda   Palmer.   Evolyusionnaya   psixologiya.   Sek retы   povedeniya
HOMO SAPIENS. - SPb.: Praym-YeVROZNAK, 2003 god. -384 c. 5. Drujinin V.N. Eksperimentalnaya psixologiya.- 2-ye izd., dop.- SPb.: Piter, 2001
god. -320 c.
6.   Yeliseyev   O.P.   Praktikum   po   psixologii   lichnosti.   2-ye   izd.,   ispr.   i   pererab.-
SPb.: Piter, 2002  god .   -512 c. 
7. Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o’quv qo’llanma T.: TDPU 2008
8. Ergash G’oziyev “Umumiy psixologiya”O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti.Toshkent.2010 yil.
9. Z.Nishonova, Sh.Asomiddinova, “Psixologik maslaxat” O’zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati nashriyoti.Toshkent.2010 yil.
10. V.M.Umarov “Psixologiya” “Voris” nashriyoti.Toshkent.2012 yil.
11.   Nishonova   Z,   QurbonovaZ,   Abdiyev   S.   Psixodiagnostika   va   eksperimental
psixologiya. “Tafakkur bo’stoni” Toshkent, 2011.
12. Rasulov.A.I Psixodiagnostika. O’quv metodik qo’llanma, Toshkent, “Mumtoz
soz” nashriyoti Toshkent. 2010 yil.
13.   Zarochensev   K.D.   Xudyakov   A.I.   Eksperimentalnaya   psixologiya:   otvetы   na
ekzamenasionnыye biletы. – SPb.: Piter, 2005 god.- 220 c.
14. Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: 
www.bilimdon.uz ,
  www.pedagog.uz    ,  
    www.ziyonet.    .uz

MAVZU: Psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullarining qullanilishi. REJA KIRISH I-bob: Psixologik tadqiqotlarni o’tkazish tartibi. 1.1. Psixologik tadqiqot haqida tushuncha. 1.2. Eksperimental tadqiqot shartlari II-bob: Psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullarining qullanilishi. 2.1. Psixologik tadqiqot natijalarini mikdoriy tahlil qilishning zarurligi. 2.2. Tadqiqot natijalarini guruhlarga ajratish Xulosa. Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISH.

Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda rivojlanish jarayoni kechayotgan hozirgi davrda olib borilayotgan tub islohatlar har bir kishida chuqur va mustahkam bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyatni erkin fikr, ijodkorlik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik va insonparvarlik fazilatlarini tarkib toptirishni taqozo etmoqda. Ayniqsa “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida” yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalash vazifasiga alohida to’xtalib o’tilgan hamda mazkur vazifani amalga oshirish uchun yoshlar ongida milliy istiqlol g’oyalarini singdirish va shakllantirish kabi dolzarb muammolarni hal etishga e’tiborni qaratish talab qilingan. Bu muammolarni hal qilish esa har bir kasb egasidan katta mahorat, mehnat va tashabbuskorlik talab qiladi. Bugungi kunda psixologlar oldida turgan asosiy vazifa katta o’zgarishlar bo’layotgan jamiyatimizda kishilar ongiga psixologik ta’sir ko’rsatish, ularni psixologik jihatdan o’rganish, jamiyat hayotidagi o’rnini aniqlashdan iboratdir. Buning uchun esa bugunki kunda ko’plab psixologik tadqiqotlar o’tkazilmoqda va bu tadqiqotlarning obyektivligi unda qo’llanayotgan o’lchov usullarining qanchalik to’g’ri tashkil qilinganiga bog’liqdir. Psixologik tadqiqotning eng asosiy afzalliklari quyidagicha: a) o`rganilayotgan hodisani bir necha marotaba va eng qulay sharoitlarda o`rganish imkoniyati bor; b) o`rganilayotgan hodisa yoki uning ayrim qismlarini tashqi ta`sirlardan himoya qilish (izolyatsiya) imkoniyati mavjud; v) jarayonning borishini nazorat qilish mumkin. g) tadqiqot natijalarini sharoitni saqlagan holda, bir necha bor takrorlash orqali sinab ko`rish mumkin. Psixologik kuzatish va tajriba natijalarini so`z orqali ifodalaganda sub`ektivlik holatlari bo`lishi muqarrar, bunday sub`ektivlik holatlari muddatidan avval xulosa chiqarishda, asoslanmagan umumlashtirishlarda namoyon bo`ladi. Sifat jihatdan o`rganilayotgan psixik hodisa va jarayonlarni tavsiflashda ular o`rtasidagi farq va o`ziga xos rivojlanish xususiyatlarini to`la holda ta`riflashda qiyinchilik tug`diradi. SHuning uchun hamma vaqt mikdoriy tahlil sifat tahlil bilan birgalikda qo`llaniladi. Ana shunda sub`ektivlik holatlariga barham berilib,

shakllantirilgan hukm va xulosalar tadqiqotchi shaxsiyatiga bog`liqlikdan xalos bo`ladi, natijalarni tekshirish imkoniyati vujudga keladi. Psixolog uchun kuzatish va tajriba natijalarini statistik metodlar yordamida aniqlashni bilish juda muhimdir. Tadqiqotning maqsadi: Psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullarining qo’llanilishi haqida tushunchaga ega bo’lish, shuningdek psixologik tadqiqot o’tkazishning yo’llari, usullari va vositalarini o’rganish. Tadqiqot predmeti: tadqiqot predmeti bo’lib ta’lim-tarbiya sohasida o’tkaziladigan psixologik tadqiqotlarning o’ziga xos jihatlari xizmat qiladi. Tadqiqot obekti : tadqiqotimiz obekti bo ’ lib oily o ’ quv yurtlarida “ Erksperimental psixologiya ” fanini o ’ rganayotgan 2-3 bosqich psixologiya yo ’ nalishi talabalari hisoblanadi . Tadqiqotning vazifalari: 1. Psixologik tadqiqot haqida tushunchaga ega bo’lish. 2. Eksperimental tadqiqot shartlarini o’rganish. 3. Psixologik tajriba o’tkazishda apparaturalarning tutgan o’rni aniqlash. 4. Psixologik tajriba o’tkazish va uning natijalarini tahlil qilish. Tadqiqot farazi: Agar biz psixologik tadqiqot o’tkazish bilan birga unda o’lchov usullarining qo’llanilishini ham o’rganib borsak, psixologik tadqiqot o’tkazishda samaradorlikka erishishimiz mumkin. Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning barkamol avlod tarbiyasi bo’yicha g’oyalari, ma’ruzalari, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish bo’yicha qarashlari, shuningdek Respublikamiz pedagog-psixolog olimlarining psixologik tadqiqotlarni tashkil qilish, o’tkazish va ularda o’lchov usullarining qo’llanilishi muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlari tadqiqotimiz uchun asos qilib olindi. I-bob: Psixologik tadqiqotlarni o’tkazish tartibi.

1.1. Psixologik tadqiqot haqida tushuncha. Tadqiqotchi o`zini qiziqtirgan psixik hodisalarni kuzatish orqali o`rganishi yoki zarur bo`lgan holatni ataylab vujudga keltirishi mumkin. Birinchi holatda oddiy kuzatish haqida, ikkinchi holatda tajriba yoki eksperiment haqida so`z bormoqda. Eksperiment metodining eng asosiy afzalliklari quyidagicha: a) o`rganilayotgan hodisani bir necha marotaba va eng qulay sharoitlarda o`rganish imkoniyati bor; b) o`rganilayotgan hodisa yoki uning ayrim qismlarini tashqi ta`sirlardan himoya qilish (izolyatsiya) imkoniyati mavjud; v) jarayonning borishini nazorat qilish mumkin. g) tadqiqot natijalarini sharoitni saqlagan holda, bir necha bor takrorlash orqali sinab ko`rish mumkin. Psixologiyada qo`llaniladigan barcha eksperimental metodlarni ikki guruhga: umumiy va maxsus turlarga bo`lish mumkin. Umumiy metodlarni psixologiyaning barcha sohalarida, maxsus metodlar esa alohida olingan sohalarda masalan, xotira psixologiyasi, tafakkur psixologiyasida qo`llaniladi. Psixologik tadqiqot oldiga quyilgan vazifaning tabiatiga ko`ra psixologik tadqiqotlarni 3 guruhga ajratish mumkin: a) ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma`lumot to`plashga xizmat qiluvchi tajribalar. Bunday tajribalarga tafakkur xususiyatlari, xotira tipini, sezgirlik darajasini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni misol qilish mumkin. b) alohida psixik hodisani u yoki bu omil (faktor)ning ta`siriga bog`liqligini aniqlashga xizmat qiladigan tajribalar: masalan: esda qoldirishning materialning sifatiga bog`liqligini aniqlash va hokazo . v) ikki hodisa o`rtasidagi funktsional aloqani aniqlashga qaratilgan tajriba, masalan, materialning hajmi bilan takrorlashlar soni o`rtasidagi funktsional aloqani o`rganish. Birinchi tipga kiradigan tajribalarni-sifat; ikkinchisini faktorli, uchinchisini-funktsional tajribalar deb atash mumkin. Psixologik tadqiqotni tashkil etar ekan, eksperimentator o`zi ta`sir etishi kerak bo`lgan tekshiriluvchi-sub`ekt, qo`zg`atuvchi, tekshiriluvchining

qo`zg`atuvchiga beradigan javobi bilan munosabatda bo`ladi. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin: H.n 3.n Bunda - S – sub`ekt, tekshiriluvchi, H.n. - qo`zg`atuvchi, bog`lanmagan o`zgaruvchi. Z.n. - tekshiriluvchining qo`zg`atuvchi ta`siriga javobi, bog`langan o`zgaruvchi. SHuningdek, tajriba davomida tekshiriluvchining shaxsiga bog`liq bo`lgan shart-sharoitlar ham mavjuddur. Bu tekshiriluvchining yoshi, jinsi, umumiy salomatligi, temperamenti, hissiy holati, umumiy va maxsus qobiliyatlari, bilimi, qarashlari, qiziqishlari ko`nikma va malakalari bo`lishi mumkin. Tajribaning tashqi sharoiti-yoritilganlik, jimjitlik, harorat, ventilyatsiya va boshqalar ham ishning borishiga ma`lum tarzda ta`sir etishi mumkin. SHu bilan birga tajriba davomida ta`sir etishi mumkin bo`lgan tasodifiy “qo`zg`atuvchilar” ta`siridan ham tekshiriluvchini muhofaza qilish zarur. Masalan, qo`shimcha ovoz paydo bo`lishi, begona kishining kirib kelishi tasodifan biror narsaning tushib ketishi va boshqalar. Tadqiqotchi va yordamchilarning bo`lishi ham tekshiriluvchining ruhiyatiga ta`sir etishi mumkin. Tajribaning ichki sharoiti tekshiriluvchiga bog`liq bo`lgan vaqtinchalik holatlar hisoblanadi. Ichki sharoitga dastavval tekshiriluvchining ustanovkasi ya`ni tadqiqotga psixologik tayyorgarligi kiradi. Tekshiriluvchi tajriba davomida tadqiqotchining savollariga javob berishga, qo`zg`atuvchi ta`sirini kabul qilishga oldindan tayyor turishi kerak. Bunday tayyorgarlikning vujudga kelishi eng avvalo unga beriladigan ko`rsatmalarga (instruktsiya)ga bog`liqdir. SHuning uchun ham ko`rsatma aniq, lo`nda va tushunarli qilib berilishi va barcha qatnashchilarga bir xilda izohlanishi kerak bo`ladi. S