SHAXSNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARINI ANIQLASHDA PSIXOLOGIK METODIKALAR TAHLILI
SHAXSNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARINI ANIQLASHDA PSIXOLOGIK METODIKALAR TAHLILI MUNDARIJA: KIRISH .. ..................................................................................................................3 I.BOB Xorijiy testlarning mahalliylashtirishning metodologik asoslari ....... 9 1.1 Testlashtirish moslashtirish psixologik muommo sifatida.............................. ................................................................ ............. .... 9 1.2 Xorijiy testlarni moslashtirishning nazariy va amaliy masalalari................... ......................................................................... ........... ... 22 1.3. V.M.Melnikov va L.T.Yampolskiylarning “psixologik testi” so’rovnomasining moslashtirish zarurati............................................................ 29 Bob bo’yicha xulosa............................................................................................ 33 II.BOB V.M.Melnikov va L.T.Yampolskiylarning “psixologik testi” so’rovnomasining moslashtirishni emperik natijalari . .................................. 34 2 .1 So’rovnomani mahalliy muhitga mos varyantini shakllantirish............ ................................................................ ...................... 34 2 .2 So’rovnomani moslashtirilgan varyanti bo’yicha psixologik mezonlarni tekshirish. ...................................................................................................... . 48 2 .3 So’rovnomani moslashtirilgan shaklini amaliyotga qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar. .................................................................................................. . 55 Bob bo’yicha xulosa....................................................................................... 58 Umumiy x ulosalar ......................................................................................... 59 Foydalangan adabiyotlar ro’yxati ...................................................................... 61 1
Kirish Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi : Mamlakatimizda so’ngi yillarda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlanishning yangi bosqichida davom etmoqda desak yanglishmagan bo’lamiz. Har bir sohadi yangilanayotgan O’zbekistonda ilm-fan sohasining barcha yo’nalishlarida yangiliklar, bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Xususan ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yangi bosqichga olib chiqildi. Yosh avlodni dunyoqarashi keng, intiluvchan, yuksak marralarni zabt etadigan va ilg’or fikrlaydigan, yetuk shaxlar qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o’qitish sifati va mazmunini yangi bosqichga ko’tarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmini yaratish, o’quv dasturlari va adabiyotlarini yangilashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “…Bizning vazifamiz - to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. SHu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur…” [4, 20] degan fikrlari xususan psixodiognostika sohasida ham rivojlanish bosqichiga o’tishni talab etadi. Rivojlanayotgan boshqa fanlar qatorida psixologiya fani alohida fan sifatida jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Yosh avlodga ta’lim tarbiya berish masalasi, kasb tanlash masalasi, insonning ijtimoiy muhitga moslashish masalasi, boshqaruvda shaxs imkoniyatlari, inson intellekti va uning psixologik o‘ziga xosliklari, xulq- atvor o‘zgarishlari va uni bartaraf etishning psixologik chora-tadbirlari kabi masalalar bugun psixologiya fanining amaliy ahamiyatini yanada oshirmoqda. Shu qatorda psixodiognostik tadqiqotlarni tashkil etishda xorij tajribasini o’rganish, xorij testlaridan keng foydalanishga katta e’htiyoj oshib bormoqda. Shu bilan birga zamonaviy psixodiagnostika shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashda standartlashtirilgan xorij testlardan foydalanishni talab etadi. 2
Bizningcha, har qanday xorij testlari standart normalarga javob beradigan bo’lishi hamda, mahalliy muhit talablari darajasida ishlab chiqilgan bo‘lishi lozimdir. Bu borada yurtimizda ba’zi tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsada, hali –hanuz ushbu masalalarning amaliy yechimlari ko‘proq e’tibordan chetda qolmoqda. Shunday ekan, psixodiagnostika fanida hozirgi kungacha amalda bo‘lgan shaxs so‘rovnomalari va testlarini mahalliy muhitga moslashtirish, so‘rovnomalarni qo‘llash holatlari mezonlarini yanada ilmiy tekshirish, mahalliy muhit va xorij shart-sharoitlarini solishtirish, so‘rovnomalarda aks etgan psixodiagnostik o‘ziga xosliklarni aniqlashtirish kabi masalalar o‘rganilish jihatdan o‘ta dolzarb hisoblanadi. Mazkur muammoni o‘rganish uchun bizda zaruriy ilmiy amaly asos mavjud. O’zbek psixologiyasi sohasida foydalanilayotgan a ksariyati testlar horij olimlari tomonidan yaratilgan. Ularni bir muhitdan boshqa muhitiga moslashtirish, standartlash esa psixologiya fani rivojiga samarali ulush hisoblanadi. Aynan bugungi kunda p sixologiya sohasining dolzarb muammolardan biri ham, test so’rovnomalarini standartlashtirish masalasi hisoblanadi. Xorij psixologiyasi amaliyotda sinovdan o’tgan va psixometrik mezonlari bo’yicha yuqori ishonchlilik, validlik ko’rsatkichga ega bo’lgan so’rovnomalarning mahalliy muhitga moslashtirish masalasi bir necha bosqichli bo’lib mutaxasislardan yetarlicha malaka talab etadi. Bunda psixologdan testlarning tabiiyati, turlari, o’ziga xos o’lchov usullari haqidagi nafaqat psixologik, shuningdek matematik, statistik bilimlar ham talab etiladi. Sababi, ishlab chiqilayotgan testlarni ko’p qismi o’z muhiti psixologik holatidan kelib chiqib yaratilib, testlarni yangi muhit uchun yangi psixometrik o’lchovlar ishlab chiqishni talab etadi. Shaxs psixodiagnostikasi metodikalarining mahalliy muhitga moslashtirish mezonlarini aniqlash alohida tadqiqot muammosi sanaladi. So’rovnomalari moslashtirishda mutaxassislar jahon psixologiyasida ko’p yillardan buyon foydalanib kelinayotgan, psixometrik talablarga ega, hamda o’zbek psixologiya sohasida ehtiyojga ega so’rovnomalardan foydalanish talab etiladi. Jahon psixologiyasida shaxsga tashxiz qo’yishda aynishu talablarga ega 3
so’rovnomalardan keng foydalaniladi. Ulardan MMPI, MMPI-2, Kettell 16F, 13F, Ayzenk EPQ, NEO-PI-R, va boshqalar [27,132]. Mazkur tadqiqot ishimizni shaxsni o’rganishda metodikalardan biri V.M.Melnikov va L.T.Yampolskiylarning “psixologik testi” so’rovnomasining moslashtirish yuzasidan bu metodikani imkoniyatlari, qulayliklari, o’ziga xos jihatlarini ochib berishga qaratdi. Shu bilan birga bu shaxs borasidagi bilimlarni o’rganishga hamda maqsadli tizimlashtirishga olib keladi. Bu esa tanlagan mavzuimizning hozirgi kun uchun naqadar dolzarb ekanligini ko’rsatib beradi. Magistrlik dissertatsiyasining yakuniy bosqichida V.M.Melnikov va L.T.Yampolskiylarning “Psixodiagnostik testi”ning o’zbek mahalliy muhitida qo’llaniladigan shakli amaliyotga taqdim qilinadi. Mavzuning o’rganilganlik darajasi . Mamlakatimizda xorij olimlari testlarini o’zbek muhitiga moslashtirish va qo’llashda ko’plab ishlar amalga oshirildi, khususiyatlarini O.F.Foziev, “Shaxs fioiylik xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasi, B.R.Qodirov “Iqtidorli bolalarning birlamchi tanlovi metodikalari”. Shuningdek professorlar Z.T.Nishonova, R.I.Sunnatova, N.S.Safaev, K.B.Qodirov, A.I.Rasulov va boshqa ko’plab tadqiqotchilar o’z tadqiqotlarida Kettelning 16 omilli shaxsni o’rganish testlari, G.Yu.Ayzenkning intellektual testlari, D.Veksler testlari, MMPI, FPI, Raven testi, «Tematik appersepsiya» testi TAT, Lyusher, Liri testlari, Rorshaxning «Siyoh dog’lari» testlaridan keng foydalanishgan. [10,11,12,23,24,26]. Xorijda testlarni moslashtirish va psixometrik o’lchovlar masalasida Rossiya psixologiyasi olimlari M.K. Akimova, A. Anastazi , N.A. Baturin, L.F. Burlachuk, K.M. Gurevich, A.N. Gusev, V.N. Drujinin, P. Klayn, A.N. Mayorov, N.N. Melnikova, I.N. Noss, L.N. Sobchik, A.G. Shmelev va F. B.Berezin, L. N.Sobchik, I. N Gilyasheva. [66] AQSh olimlarining shaxs tiplari va shaxs qirralari diognostika qilovchi metodikalarni moslashtirish masalasida K.A. Abulxanova- Slavskaya, G. Ayzenk, B.G. Ananev, S.B. Bratus, K. Briggs-Mayers, V.I. Garbuzov, V. Vundt, L.S. Vыgotskiy, P.B. Gannushkin, Ye.P. Ilin,R. Kettell, A.F. Lazurskiy, K. Leongard, A.N. Leontev, Ye.A. Lichko, I. Mayers,G. Ollport, I.P. 4
Pavlov, K. Pirson, S.L. Rubinshteyn, V.M. Rusalov, V.A. Tolochek, L.N. Sobchik, A.G. Shmelev, K.G. Yung, J. Costa, T. Leary, R. McCrae va boshqalar, qobiliyatlar va intelektual rivojlanish darajasini diognostika qiluvchi testlarni moslashtirish D. B.Bogoyavlenskaya, L. A.Venger, Ya. A. Ponomarev tadqiqodlar olib borganlar. Ijtimoiy moslashish aniqlovchi testlarni Gorbov F. D., Obozov N. N., motivatsiyani diognostika testlari Yu. M.Orlov, xarakter hususiyati testi A. E.Lichko, shaxs o’z-o’zini anglaganlik darajasini testi Stolin V. V., jamoadagi ijtimoiy-psixologik monosabatni diognostika qiluvchi testlar A.V. Petrovskiy tomonidan psixodiognostik testlar rus muhitiga mufofaqiyatli moslashtirilgan [44, 52-54;43,85] . Tadqiqotning maqsadi: V.M.Melnikov va L.T.Yampolskiylarning “Psixodiagnostik testi”ni o’zbek mahalliy sharoitiga moslashtirish va uning amaliyotga qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatma ishlab chiqish. Tadqiqotning vazifalari: - muammoga oid adabiyotlarni to’plash, tahlil qilish va tizimlashtirish; - tanlab olingan so’rovnomaning o’zbek muhiti uchun mos shaklini shakllantirish; - metodikalarning moslashtirish bosqichlari aniqlash, talablar bo’yicha tajriba- sinovdan o’tkazish; - so’rovnomaning mahalliy muhitga moslashtirilgan shakli bo’yicha psixometrik mezonlarni ta’minlash; - so’rovnomaning o’zbek mahalliy muhitidagi tadqiqotlar uchun qo’llanilash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish . Tadqiqotning ob’ekti sifatida O’zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat pedagogika universiteti “Psixologiya” ta’lim yo’nalishi talabalaridan jami 273 nafar retsipentlar jalb etildi. Tadqiqotning predmeti: “V.M.Melnikov va L.T. Yampolskiylarning “Pixodiagnostik test” so’rovnomasini o’zbek muhitiga moslashtirish masalalari tashkil etadi. Tadqiqotning metodlari. 5