O‘zbek tilidagi shevaga oid so’zlar
O‘zbek tilidagi shevaga oid so’zlar MUNDARIJA MALAKAVIY BITIRUV ISHINING UMUMIY TAVSIFI……………… I BOB.«O‘TIL»IDAGI SHEVAGA OID SO‘ZLARNING LEKSIK- SEMANTIK XUSUSIYATLARI…………………………………… 1.1.«O‘TIL»idagi sof dialektizmlar… 1.2.«O‘TIL»idagi dialektizmlarning semantik guruhlari… II BOB.«O‘TIL»IDAGI SHEVAGA OID SO‘ZLARNING LEKSIK QATLAMI MASALALARI ………………………………………….................. 2.1. UMUMTURKIY SO‘ZLAR………………………………………….. 2.2. «O‘TIL»idagi shevaga oid so‘zlarning ,,O‘zbek xalq shevalar lug‘ati'' bilan o‘xshash va farqli jihatlari……………………………………………………. UMUMIY XULOSALAR…………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………...
Mavzuning dolzarbligi . Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Har bir til birligi tarix sahifasidan darak beruvchi tilsimdir. Ana shunday ma’naviy tilsimlaridan biri tilimizdagi shevalar sanaladi. Lug‘atlardagi sheva namunalarini o‘rganar ekanmiz, bevosita muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi: Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili — millat ma’naviyatining mustahkam poydevoridir. Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti — bu uning milliy tili va adabiyotidir. Shu ma’noda dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashni maqsad qilib qo‘ygan har qaysi davlat avvalo o‘z xalqining milliy tili va madaniyatini asrab- avaylashga, rivojlantirishga intiladi. O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, shevalari, tarixiy taraqqiyoti, uning istiqboli bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar samarasini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga erishmog‘imiz zarur. Bu ishlar uchun moliyaviy resurslar va mablag‘larni aslo ayamasligimiz kerak'', 1 – degan jumlalari tilimizdagi sheva namunalarini har tomonlama chuqur o‘rganib, tahlil qilishga keng yo‘l ochmoqda. Xalq shevalari til xususiyatlarini o‘zida to‘la namoyon etadi. Bu esa dialektlarni tadqiq etishga qaratilgan amaliy ishlarning juda muhim ekanligidan dalolat beradi. O‘zbek xalq shevalari tilshunoslikning asosiy tadqiq manbalardan biri hisoblanadi. Lug‘atlarimizdagi shevalarni leksik jihatdan o‘rganib, leksikografik xususiyatlarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tilning lug‘at tarkibi doimo rivojlanish va taraqqiyotda bo‘ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa shu kabi tushunchalarni ifodalovchi til birliklari aynan tilning lug‘at tarkibida o‘z ifodasini 1 Mirziyoyev Sh. o zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag ishlangan tantanali marosimdagi ʻ ʻ nutqi.
topadi. Ana shunday lug‘at tarkibining muayyan bir qismini sheva tushunchani ifodalovchi so‘zlar tashkil etadi. Sheva kundalik turmushimiz bilan bog‘liq so‘zlar majmuyi hisoblanadi. «O‘TIL»ida ham jamiyat hayoti bilan bog‘liq turli shevaga oid so‘zlar bo‘lib, ularning har birini mazmun jihatidan, qo‘llanilish sohasi jihatidan ajratib tahlil qilish maqsadga muvofiq. Mazkur malakaviy bitiruv ishi ham tilshunoslikdagi dialektal birliklarini «O‘TIL»i va ,,Xalq shevalar lug‘ati'' misolida tahlil qilishdagi muhim yondashuv hisoblanadi. Shu jihatdan «O‘TIL»idagi shevaga oid so‘zlarni leksikografik xususiyatlarini turli aspektlarda o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilshunosligida daliktizmlar tilning turli sathlari bo‘yicha tahlil qilingan. Bular orasida leksikologiya sohasidagi tadqiqotlar o‘zining salmog‘i va ahamiyati bilan ajralib turadi. Xususan, mavzuyimiz obyekti hisoblangan dialektlarni leksik-semantik, funksional xususiyatlari, qo‘llanishiga bag‘ishlangan Ashirboyev « O‘zbek dialektologoyasi » , A. Ishayev « O‘zbek dialektal leksikologiyasi » , R. Rajabov « O‘zbek shevashunosligi » , V. Reshetov, Sh. Abdurahmonov « O‘zbek dialektologiyasi » asarlari dialektal birliklarni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega. 2 Ana shunday tadqiqotlarga tayangan holda «O‘TIL» dagi shevaga oid so‘zlarni leksikografik, leksik-semantik, leksik qatlam xususiyatlarini o‘rganish, tadqiq etish ishning qimmatini oshiradi. Malakaviy bitiruv ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Bitiruv ishining maqsad va vazifalari. Ushbu malakaviy bitiruv ishining bosh maqsadi o‘rganish obyekti qilib olingan «O‘TIL» dagi shevaga oid so‘zlarning leksik-semantik, leksikografik xususiyatlarini yoritish, ularni mavjud 2 Ashirboyev S. O'zbek dialektologoyasi.- T.: 2016. Ишаев А. Ўзбек диалектал лексикологияси.-Т. :1990. Мадалиев А. янги луғат яратиш давр тақозоси//Ўзбек тили ва адабиёти. 2006. Н:4. Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги.- T .: 1996. Решетов В.В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси. -T.: 1978.
lug‘atlardagi izohini qiyoslash hamda o‘xshash va farqli jihatlarini o‘rganishdan iborat. Shu bilan birga tadqiqot obyekti qilib olingan «O‘TIL» dagi shevaga oid so‘zlarning ma’lum bir leksik-semantik guruhlarga bo‘lib o‘rganish va ularning lug‘at tarkibidagidagi alohida vazifasini ham ma’lum darajada ko‘rsatib bera olish, ishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bitiruv ishining ilmiy yangiligi. Bitiruv ishi uchun tanlangan mavzuni o‘rganish va uni yoritish jarayonidagi ilmiy yangiliklar quyidagilar bilan belgilanadi: - lug‘atlar tarkibidagi sheva so‘zlari atroflicha o‘rganilgan; - «O‘TIL» dagi shevaga so‘zlardagi binokorlik, dehqonchilik leksikasi ma’nolari, izohlari o‘rganildi; - «O‘TIL» dagi shevaga so‘zlardagi kiyim-kechak nomlarining leksikografik tahlili yuzasidan ish olib borish; - «O‘TIL» dagi shevaga so‘zlar va O‘zbek xalq shevalar lug‘atidagi o‘xshash va farqli jihatlar o‘rganildi, tahlil etildi va ular asosida ma’lum bir umumlashma xulosalar chiqarildi. Tadqiqot manbalari. « O‘zbek tilinining izohli lug‘ati » va « O‘zbek xalq shevalar lug‘ati » asosiy tadqiqot obyekti vazifasini o‘tadi. Ishning amaliy ahamiyati ko‘p jihatdan leksikologiya va leksikografiya masalalari bilan bog‘lanadi. Ya’ni, mazkur malakaviy tadqiqot materiallari asosida dialektal birliklarning ma’lum bir leksik-semantik guruhlanishi, ma’nolari, leksikografiyasi haqida ham ma’lumotlar olish va ulardan kerakli o‘rinlarda foydalanish mumkin bo‘ladi. Malakaviy bitiruv ishi tadqiqotning umumiy tavsifi, kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Tadqiqotning kirish qismida mavzu tadqiqi bilan bog‘liq tadqiqotlar hamda o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalar xususida munosabat bildirilgan. Ishning birinchi bobida sof dialektal
birliklar, semantik guruhlari, ularni o‘rganish masalalari haqida fikr yurtilgan. Mulohazalar bevosita lug‘atlar bilan bog‘liq holda yuritilgan. Malakaviy bitiruvishining ikkinchi bobida shevaga oid so‘zladagi umumturkiy so‘zlar, « O‘zbek tilinining izohli lug‘ati » va « O‘zbek xalq shevalar lug‘ati »dagi dialektal birliklarning o‘xshash va farqli xususiyatlari atroflicha yoritilgan. I BOB «O‘TIL»IDAGI SHEVAGA OID SO‘ZLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI Lug‘atlarning muayyan xalq ma'naviyati va milliy madaniiyatida muhim o‘rin egallashi isbot talab qilmaydigan holatdir. Ularda jamiyatning ma'lum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Lug‘atlar ma'lum ijtimoiy vazifalar bajarishi, jumladan, o‘quvchiga muayyan hodisa yoki holat haqida ma'lumot berishi, uni o‘z va o‘zga tillardagi so‘zlar bilan tanishtirishi tilni, uning lug‘at tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam berishi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lib, doimo zamonaga hamnafas tarzda mukammallashib borishi zarur. Biroq lug‘atlar qanchalik zamonaviy mukammal bo‘lmasin, davrdan ma'lum darajada orqada qolib, so‘zlar ular ifodalagan narsa va hodisalar o‘rtasida u yoki bu o‘zgarishlar natijasida narsa va hodisalar o‘rtasida narsa va hodisalar o‘rtasida u yoki bu o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelgan yangicha munosabatlarni qayd etadilar.[ O‘.T. va Ad.i N:4 2006.-B. 16 ] Besh jilddan iborat yangi ,,O‘zbek tilining izohli lug‘ati'' o‘zbek va jahon lug‘atchiligining yangi ijobiy yutuqlarini, o‘zbekiston mustaqillik yillarida hayotimizda ro‘y bergan o‘zbek tili leksikasida sodir bo‘lgan yangiliklarni e'tiborga olib yaratilgan yangi lug‘atdir . O‘zbek tiling ushbu izohli lug ati keng xronologik doirada o‘zbek tiliningʻ butun so‘z boyligini emas, balki hozirgi zamon o‘zbek tilining keng iste'moldagi so‘z boyligini to‘plash va tavsiflashni o‘ziga maqsad qilib qo‘yadi. Chunki o‘zbek