O‘ZBEKISTONDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHNING TARIXIY, IJTIMOIY VA PEDAGOGIK AHAMIYATI
O‘ZBEKISTONDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHNING TARIXIY, IJTIMOIY VA PEDAGOGIK AHAMIYATI MUNDARIJA KIRISH . 4-9 I BOB . O‘ZBEKISTONDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHNING TARIXIY, IJTIMOIY VA PEDAGOGIK AHAMIYAT LAR I NING O ’ ZIGA XOS XUSUSIYATLARI . 10-40 I.1. O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlashning tashkil qilinishi va rivojlanishi . 10-22 I.2. Respublikada jismoniy madaniyat va sport xodimlari bilan ta’minlash shart- sharoitlari va istiqbollari . 23-28 I .3. Ommaviy sog ’ lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport xodimlari hamda xalq milliy o ‘ yinlari bo ‘ yicha mutaxassislar tayyorlash masalalari . 28-31 I .4. Xalq milliy o‘yinlari sog’lomlashtiruvchi omillar sifatida . 31-35 I.5. Mutaxassislar tayyorlash va ularni malakasini oshirishdagi yangi yo‘nalishlar va ularning ahamiyati. 35-39 I Bob bo’yicha xulosa. 39-40 II BOB. TADQIQOT USULLARI VA UNI TASHKIL ETISH… 41-43 2.1. Tadqiqot vazifasi . 41 2.2. Tadqiqot uslublari 42 2.3. Ilmiy - uslubiy adabiyot manbalarini tahlil qilish va amaliy tajribalarni umumlashtirish 42 2.4. So‘rovnomani o‘tkazilishi va tashkil etilishi 42 2.5. Matematik-statistik uslub 43 2 .6. Tadqiqotning o‘tkazilishi 43 III BOB . O‘ZBEKISTONDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHNING TARIXIY, IJTIMOIY VA PEDAGOGIK AHAMIYAT I TAHLIL LAR NING VOSITA VA USLUBLARI . 44-70 3.1. Talabalarni jismoniy madaniyat va sportga oid ilmiy malakalarni hosil qildirish ni ng rivojlanganligini aniqlash bo’yicha anketa natijalari tahlili . 44-49 3.2. Talabalarni ijtimoiy foydali mehnatga va tashkiliy ishlarga o’rgatish samaradorligi . 49-59 3.3. Jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlashda tavsiya etiladigan modeli dan foydalanish uslublari. 60-69 3.4.Pedagogik tadqiqot natijalari . 69-70 III BOB BO’YICHA XULOSА . 70-71 UMUMIY XULOSA . 72-75 AMALIY TAVSIYALAR . 76-77 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI . 78-82 1
Kirish. Dissertatsiya ishining dolzarbligi. Mustaqil davlatimizning ertangi kuni uning gullab yashnashi va rivojlanishi ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan avlodning sog’lom bo‘lishiga bog’liq. Bu esa o‘z navbatida Vatanimizning kelajagi, farzandlarimiz jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishini taqozo etadi. Jismoniy madaniyat va sport hamisha jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Bizgacha mavjud bo‘lgan ijtimoiy jamoalar ham o‘z rivojlanishida jismoniy tarbiya va sportga kata ahamiyat bergan. Jismoniy madaniyat va sport, jamiyatdagi insonlarning manfaatini ifodalashga xizmat qilib, uni himoya qilgan va yo‘l ko‘rsatgan. O‘rta Osiyoning mashhur olimi, o‘rta asr yuksalish kurashchisi Abu Ali ibn Sino (mil. 980-1037) 1002-1011 yillarda Xorazmshohning vaziri Abul Hasan Ahmad ibn Muhammad al- Sahlidan “Tozalik haqida risola” nomli kitob yozishga buyurtma olgan. U Abu Ali ibn Sinoning butun dunyoga mashhur “Tib qonunlari” ga asos bo‘ldi. Olim risolasining qo‘yidagi beshta mustaqil boblarga bo‘lgan: 1. Toza havo 2. Hammom 3. Taom 4. Jismoniy harakat 5. Uyqu va (Harakat) tetiklik Ibn Sino o‘z risolasining to‘rtinchi bobi o‘n yettinchi faslida: jismoniy tarbiya mashqlari saviya va son jihatdan juda uzoq va kishini charchatadigan bo‘lmasligi kerak. Ular juda tez ham bo‘lmasligi kerak aks holda ular qisqa davom etishiga qaramay kishiga uzoq bo‘lib tuyuladi, shuningdek bu mashqlar o‘ta bo‘sh bo‘lmasligi ham kerak. Bundan ko‘rinadiki, Abu Ali ibn Sino o‘rta asrlardayoq jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining inson hayotida tutgan o‘rni va mohiyatini nazariy jihatdan asoslab bergan. Bu nazariy asoslarga tayanib jismoniy tarbiya va sport 2
mashg’ulotlarining asoschilari va pedagoglari P. F. Lestgaft, L. P. Motveev, N. G. Ozolin, M. Zauifskiy. O‘zbek olimlaridan F. A. Karimov, R. S. Usmonxo‘jayev, SH. Xonkeldiyev va boshqalar hozirgi zamon jismoniy tarbiya mashg’ulotlari nazariyasini ishlab chiqishdi va hozirgi yangi innovatsiyalarni joriy qilmoqdalar. XII-XIV asr o‘zbek poeziyasining atoqli namoyondasi mashhur ruboiy nafis shoir otash xalqparvar ajoyib sportchisi ham bo‘lgan. Umumiy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalarda qatnashib xamma raqiblarini yenganda g’oliblik evaziga mukofot emas balki shu joylar hokimlari Xorazmdan keltirilgan qullar va olimlarni ozod etishni talab qilgan. O‘sha davrda sportning bu turi Turkiston hududida gurkirab rivojlangan hamda xalq orasida juda ommabop bo‘lgan. Ajdodlarimiz jismoniy tarbiya va sportning keyingi taraqqiyoti Temuriylar davriga to‘g’ri keladi. Davlat tuzumi va kuchli qo‘shinlarni tuzgan A.Temur o‘z askarlarini jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bergan. “Temurnoma” da yozishlaricha, Temur o‘spirinlik davrida tengdoshlari bilan o‘zining ko‘p vaqtini harbiy o‘yinlarga ajratgan. Ulug’ shoir va mutaffakir Alisher Navoiy o‘z asarlarida jismoniy tarbiya g’oyalarini oldinga surib, o‘z qahramonliklarini jismonan kuchli va baquvvat insonlar sifatida ta’riflagan. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixi chuqur ildizga ega. O‘tmishda kurash, yugurish, uloq va boshqa milliy o‘yinlar xalq orasida keng tarqalgan har xil tantanalar, Navro‘z dini bayram va to‘ylarda musobaqalar o‘tkazilgan. Bu urf- odatlar bizning hozirgi kunlarimizda ham davom etib taraqqiy etmoqda. 1991-yil Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng , barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratildi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy va milliy madaniy istiqlol sari rivojlanib tarkib topmoqda. Bu o‘z navbatida ixtisosli xodimlarni tayyorlash sifatini yaxshilash hamda ularning malakasini oshirish kabi masalalarni keskin rivojda olg’a surmoqda. Ma’lumki, barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslari o‘tkaziladi. Sport maktablari, sport jamiyatlari va turli tashkilotlarda sport mashg’ulotlari va musobaqalari olib boriladi. Korxona va tashkilotlarda mehnat unumdorligini 3
oshirish maqsadida ishlab chiqarish jismoniy tarbiya mashg’ulotlari olib borilmoqda va tashkil etilmoqda. Eng muhimi sog’lom avlodni kamol toptirishda maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilishning zamonaviy ish uslublaridan foydalanishga alohida urg’u berilmoqda. Bunday faoliyat turini tashkil qilish va boshqarish jismoniy tarbiya va sport xodimlari zimmasidadir. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya sohasida mutaxassis xodimlarni tayyorlashning o‘zihga xos xususiyatlari, talablari va vazifalari mavjud. Shuningdek, sport tashkilotlari, jamiyatlari, uchrashmalari va turli assosatsiyalarda ixtisosli rahbar xodimlar faoiliyat yuritadilar. Bunda Respublika Prezidentining “Sog’lom avlod uchun” farmoni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu sohalarda ishlash uchun mutaxassis xodimlar tayyorlash muhim va dolzarb muammolardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX- sessiyasida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g’risida”gi qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (1992 yil 21-yanvar) tarkibiga rasman a’zo bo‘lib kirishi Respublika aholisi o‘rtasida milliy sport turlari va o‘yinlarini targ’ibot qilish hamda rivojlantirish, maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish kabi muhim talablar qo‘yilmoqda. Bu jarayonlar mutaxassis xodimlar tayyorlash va ularga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish va ularning malakasini oshirish sifatlarini yanada takomollashtirishni taqozo etadi. Shu sababdan bu muammolarni ilmiy pedagogik jihatdan asoslab berish va hal qilish yo‘llarini ko‘rsatish mavzuning o‘ta dolzarb ekanligini isbotlaydi. Dissertatsiyasining maqsadi: Bo‘lajak jismoniy madaniyat ixtisosli xodimlarini tayyorlashdagi faoliyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, hamda hozirgi zamon talablari asosida xodimlar tayyorlash yo‘llari va jarayonlarini o’rganishdan iboratdir. Dissertatsiyasining vazifalari: qo‘yidagilardan iborat: 1. Respublikada mutaxassis xodimlarni tayyorlashning tarixiy rivojlanish yo‘llarini o‘rganish. 2. Hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xodimlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni o‘rganish. 4
3. Mutaxassislar tayyorlashdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatlarini nazariy tahlil qilish va amaliy takliflar ishlab chiqish. 4. Ommaviy sog’lomlashtirish va xalq milliy o‘yinlarini tashkil qilishga doir xodimlar tayyorlashni asosiy yo‘llarini o‘rganib chiqish. Tadqiqot ishini olib borishda ixtisosli xodimlarni tayyorlash ularga bo‘lgan ehtiyojlar va talablarni nazariy taxlil qilish va ularning malakasini oshirish shu sifatlarni o‘rganish maqsadida qo‘yidagi usullar qo‘llaniladi: 1. OZK larida mutaxassislar tayyorlash, rasmiy hujjatlar bilan tanishish , mutaxassislar tayyorlashga doir maxsus adabiyotlarni taxlil qilish. 2. O‘quv amaliyotlari jarayonida talabalarning ixtisoslikka bo‘lgan qiziqishi, e’tiqodi va amaliy malakalarini nazariy jihatdan tahlil qilish. Pedagogik kuzatishlar olib borish. 3. Aholi o‘rtasida mutaxassis xodimlarga bo‘lgan talablar va ehtiyojlarni o‘rganish uchun sosialogik tadqiqotlar o‘tkazish. 4. Amaliy tavsiyalar va metodik tavsiyanomalar ishlab chiqish. Tadqiqot ishlarini o‘tkazishda asosan qo‘yidagi davrlarni oldik. Ya’ni O‘zbekistonning 1991 va undan keyingi yillar hamda respublikaning mustaqillik sharoitida faoliyat ko‘rsatish davridir. Dissertatsiyasining tadqiqot ob’ekti va predmeti: Tadqiqotlar asosan SamDU axborot resurslar markazida ilmiy adabiyotlar tashkil qilinib, 20 2 1 yil sentabr oyidan 2022 yil mart oyigacha bo’lgan vaqt oralig’ida jismoniy tarbiya va sport sohasiga yo‘naltirilgan Samarqand Olimpiya zaxiralari kollejida olib borildi. Ilmiy izlanish va tadqiqot jarayonlarida Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji o’quvchilari faoliyati hamda mutasaddi xodimlari faoliyati tadqiqotni predmeti sifatida qamrab olindi. Tadqiqotni asosi qilib, avvalo jamiyat taraqqiyoti haqida qonuniyatlar respublika boshqaruv idoralarining qonun va qarorlari hamda jismoniy madaniyat va sportning ijtimoiy- iqtisodiy va tarbiyaviy mohiyatlariga tayanadi. Shuningdek milliy qadriyatlar ma’naviy ma’rifiy tavsilotlardan maqsad yo‘lida foydalanildi. 5