Portfolio Veb saytini yaratish
Mavzu: Portfolio Veb saytini yaratish Mundarija Kirish………………………………………………………………………………. I BOB WEB-SAHIFA HAQIDA MA’LUMOTLAR 1. Html haqida tushuncha…………………………………………………… 2. CSS haqida tushuncha……………………………………………………. 3. PHP haqida tushuncha……………………………………………………. II BOB WEB SAYT HAQIDA MA’LUMOTLAR 1. Bank - sayt haqida tushuncha………………………………………... 2. Bank – saytning ko’rinishi……………………………………… Xulosa…………………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………… REJA:
I. Kirish: Web sahifa haqida asosiy ma’lumotlar II. Asosiy qism: Web sayt haqida malumotlar 1.HTML dagi asosiy kodlar 2.CCS dagi asosiy kodlar 3.Sayt yaratilishi va uning Brauzerdagi natijasi III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Bugungi kunda Internet olamiga faqatgina kompyuterlar bilan emas, balki uyali telefon aloqa texnologiyalari yordamida ham kirish oddiy holga aylandi. Shuningdek,
hozirgi globallashgan davrda har tomonlama takomillashtirilgan vositalar va kashfiyotlar ham sinovdan o‘tkazilmoqda. Global kompyuter tarmog‘i bugungi kungacha ma’lum bo‘lgan barcha axborot manbalaridan (telefon, pochta, televidenie, radio, matbuot nashrlari va boshqalar) farqli holda, o‘z foydalanuvchilariga har qanday ma’lumotni istalgan shakl va ko‘rinishda, ularning qiziqish va xohishlariga qarab, alohida tanlov asosida uzatish va olish uchun qulay imkoniyat yaratib kelmoqda. Web dizayn fanining vazifasi: - Web texnologiyalar asoslari bilan tanishtirish; - zamonaviy axborot texnologiyalari orqali olinayotgan ma’lumotlarning qanday hosil qilinishi va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlarni berish; - Web saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari bilimlari bilan tanishtirish: - Flash muhitida oddiy va interfaol animasiyalar, flash saylar yaratishga o‘rgatishdan iborat. Web-texnologiyalar bu kabi dinamik web-saytlarni yaratish uchun bir-biri bilan birgalikda ishlatiladigan ko‘plab tillar va multimedia paketlarini nazarda tutadigan umumiy atama. Har bir alohida texnologiya o‘z-o‘zidan ancha cheklangan va hech bo‘lmaganda boshqa bitta texnologiyadan ikki tomonlama foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun biz saytni tashkil etuvchi barcha tarkibiy qismlar bir-biriga bog‘liqdir degan xulosaga kelishimiz mumkin.biz web-saytlarni yaratish uchun ishlatiladigan individual web-ishlab chiqish texnologiyalari va vositalarini muhokama qilamiz. Ammo bundan oldin, biz web-saytning ikkita alohida qismini aniq bilib olishimiz kerak: old (Frontend) va orqa (Backend) qism. Frontend bu – web-saytning foydalanuvchi o‘z ekranida ko‘rishi va o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha qismlarini anglatadi. Backend esa Frontedga qarama-qarshi tomonga ishora qiladi. Bu web-sahifa funktsiyasini bajaradigan maxfiy mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. Oddiy foydalanuvchi odatda orqa tomonda nima sodir bo‘lishini bilmaydi Web saytlar haqida ma’lumotlar Web dasturlash haqida, Frontend nima? Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg‘ulot. Dasturlashni o‘rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan yuqori
darajadagi istak bilan bir necha oylik mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web dasturlash mening sevimli mashg‘ulotlarimdan biri. Web dasturlash brauzeringiz orqali ko‘rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo‘lgan barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Web dasturlash ham juda qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo‘lgan talab bugungi kunda har doimgidan ham yuqori. Agar qachondir web dasturlashni o‘rganish haqida o‘ylab ko‘rgan bo‘lsangiz, hozir bu niyatingizni amalga oshirish uchun kirishishning ayni vaqti! Web dasturlash haqida, Frontend nima? Avvalo “frontend” va “backend” so‘zlarining o‘zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o‘zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so‘z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko‘rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko‘rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo‘lamiz. Frontend - Bu o‘zi nima va yuqoridagi gaplarga buning nima bog‘liqligi bor?» dersiz, bu savolingizga ushbu maqolada javob topasiz degan umiddamiz. Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida veb sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kretiv yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda shaxsiy veb sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini veb sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish - internet xazinasining kalitini qo‘lga kiritish demakdir, bu xazinadan xohlagan narsangizni olishingiz, foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin. Qanday texnologiyalar o‘rganiladi? Nimadan boshlash kerak? Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va
ishlashiga bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sayt tuzishga ketadigan vaqtni qisqartirishdir. CSS asosida Less, Less oldindan ishlov beruvchi (preprotsessor), foydalanuvchi interfeysini tuzishda yordam beruvchi Bootstrap, Materialize, Foundation, Bulma va Tailwind freymvorklari tuzilgan bo‘lsa, JavaScript asosida hozirgi kunda trendda bo‘lgan Angular, Vue freymvorklari, jQuery va React kutubxonalari tuzib chiqilgan. Malakali frontend dasturchilarga dunyoning ko‘plab davlatlarida talab bor. Ularning bilimi va tajribasiga qarab turlicha ish haqi to‘lanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda malakali frontend dasturchilar oyiga o‘rtacha 300$ dan 1000$ gacha o‘rtacha daromad topishlari mumkin. Quyida frontend dasturlash sohasiga kiruvchi til va texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz. Asosan o‘raganish kerak bo‘lgan manbalar bo‘lar(Frontend uchun) ?????? Front-End quyidagi texnologiyalar o‘rganiladi (mana shu ketma ketlikda): ?????? Html5 ?????? Css3 ?????? JavaScript (Es6) ?????? Bootstrap ?????? jQuery yoki Js framework Vue.js, React.js, Angular ?????? Sass Web-texnologiyalar bu kabi dinamik web-saytlarni yaratish uchun bir-biri bilan birgalikda ishlatiladigan ko‘plab tillar va multimedia paketlarini nazarda tutadigan umumiy atama. Har bir alohida texnologiya o‘z-o‘zidan ancha cheklangan va hech bo‘lmaganda boshqa bitta texnologiyadan ikki tomonlama foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun biz saytni tashkil etuvchi barcha tarkibiy qismlar bir-biriga bog‘liqdir degan xulosaga kelishimiz mumkin