logo

QADIMGI MISRDA ILK DAVLATLARNING TASHKIL

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

198.5 KB
MUNDARIJA
       KIRISH
ASOSIY QISM
       1-BOB. QADIMGI MISRDA ILK DAVLATLARNING TASHKIL 
TOPISHI, TARIXINING  ASOSIY MANBALARI VA TARIXNAVISLIGI 
1.1.   Ilk va qadimgi  podsholik davrida Misr, geografik o’rni, tabiati va aholisi, 
dehqonchilik va chorvachilik
    1.2.  O’rta va yangi podsholik davrida hamda Giksoslar humronligi ostida  Misr 
       2-BOB. 19-20- SULOLALAR  PODSHOLIGI VA SO’NGGI PODSHOLIK
DAVRIDA MISR, MA’DANIYATI , FANI VA DINIY E’TIQODI 
2.1.   19-20- sulolalar davrida Misr podsholigi,boshqa davlatlar tomonidan 
Misrning egallab olinishi
    2.2.   Qadimgi Misr ma’daniyati maktab, maorif va tarixiy va geografik bilimlar
         XULOSA
         FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1                                                    KIRISH
          Qadimgi Sharq tarixi Qadimgi dunyo tarixining tarkibiy qismini tashkil etib, u
Shimoliy, Shimoli-sharqiy Afrika, Old, Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Markaziy, Sharqiy
va Janubi-sharqiy Osiyoning ulkan hududini ishg‘ol qiladi. Shuni ta’kidlash joizki,
Qadimgi Sharq tarixining davriy sanasi m. av. IV mingyillikning ikkinchi yarmidan
to   milodiy   IV   asr   oralig‘idagi   davrni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   ulkan   hudud   o‘zining
xilma-xil   tabiiy   sharoiti:   yer   usti   tuzilishi,   iqlimi,   suv   manbalari,   osmono‘par
Himolay, Pomir, Hindikush. Kunlun, Tyanshan tog‘lari, o ‘simIiklarga va hayvonot
dunyosiga   boy   bo‘lishligi   bilan   o‘ta   qadimdan   boshlab   hamma   davr   odamlaming
diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. 
                Sharqiy,   Markaziy,   Janubi-sharqiy,   Janubiy   va   O‘rta   Osiyo   ilk   odamzod
yashagan   o‘lkalar   qatoriga   kirib,   olimlar   bu   hududni   antropogenez   jarayoni   sodir
bo‘lgan   mintaqaga   kiradi,   deb   hisoblaydilar.   Bu   katta   hududda   ibtidoiy   jamoa
tuzumining hamma bosqichlarida odamlar yashab kelgan. 
         Bu ulkan hududda yashagan ibtidoiy kishilar o‘zlari uchun qulay, hayvonot va
o‘simlikIar   olamiga   boy   bo‘Igan   joylarda   istiqomat   qilib,   dastlab   yovvoyi
hayvonlarni   ovlab,   ildizmevali   va   mevali   daraxtlaming   mevalarini,   shuningdek,
qushlarning   tuxumini   va   katta-kichik   hashoratlarni   terib   yeb   tirikchilik   o
‘tkazganlar. 
              Keyinchalik   esa   Sharq   dunyosining   odamlari   daryo   bo‘ylarda,   jilg‘a,   buloq,
kichik-kichik   soylarning   etaklarida   termachilikdan   asta-sekin   loyqa   liman   va   qayr
dehqonchiligiga,   so‘ng   esa   katta-kichik   daryo   bo‘ylarida   ilk   sug‘orma
dehqonchilikka   o‘ta   boshlaganlar.   Qadimgi   odamlar   ovchilikdan   yovvoyi
hayvonlarni   qo‘lga   o‘rgatib,   chorvachilikka   asos   solganlar.   Ibtidoiy   jamoa
tuzumining neolit-yangi tosh davriga kelib esa hunarmandchilikning turli tarmoqlari
rivojlana borgan.  
                    Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Qadimgi Sharqda ishlab chiqarishning
rivojlanishi   munosabati   bilan   bu   hududda   birinchi,   ikkinchi   va   uchinchi   mehnat
taqsimoti sodir bo‘lgan. 
        Shu munosabat bilan, ya’ni xo‘jalikning rivojlana borishi natijasida jamiyatdagi
kishilar orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanishning vujudga kelishi
uchun   zarur   shart-sharoit   yaratiladi.   Shu   tariqa   urug‘chilik   tuzumining   yemirilishi
munosabati   bilan   jamiyatni   boshqarish   tizimi   shakllana   borib,   joylarda   ilk
davlatlarning   tashkil   topishi   munosabati   bilan   Nil,   Dajla   (Tigr),   Frot   (Efrot),
Qadimgi   Sayxun,   Jayxun,   katta-kichik   daryolaming   unumdor   vodiylaridagi   qulay
tabiiy   sharoitlar   m.av.   IV   mingyillikdayoq   sun’iy   sug‘orishga   asoslangan
dehqonchilikning vujudga kelishiga yordam bergan. 
2         Sharqshunos olim V.I.Avdiyev yozganidek Qadimgi Sharq xalqlari tuzumining
boshqalardan   farq   qiladigan   eng   muhim   xususiyati   -   unda   urug‘chilik   tuzumi
qoldiqlarining   uzoq   vaqt   saqlanib   qolganligi,   shuningdek,   qadimgi   jamoa,   avvalo
oila   jamoasi,   keyin   esa   qishloq   jamoasi   qoldiqlarining   mustahkam   saqlanib
qolganligidir.   Ammo   hududda   ishlab   chiqarish   kuchlaming   rivojlanishi   ijtimoiy
tuzumni   o‘zgartirib   yuboradi.   Qadimgi   Sharq   dunyosida   metallurgiyaning   vujudga
kelishi va rivojlanishi texnikani bir qadar taraqqiy qildirib, qishloq xo’jaligining va
asosan hunarmandchilikning rivojlanishiga turtki berdi. 
                Та’kidlamoq   joizki,   chorvachilikning   dehqonchilikdan,   keyinroq
hunarmandchilikning   qishloq   xo‘jaligidan   ajralib   chiqishi   hamda   hunarmandchilik
va   qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarish   sohasida   turli   tarmoqlarning   paydo   bo‘Iishi
qo‘shimcha   yordamchi   ishchi   kuchini   talab   qilgan.   Endilikda   xo'jalikning   hamma
tarmog‘ida   ko‘proq   mahsulot   ishlab   chiqarish   imkoniyatiga   ega   bo’lingan.   Buning
uchun ishlab chiqarishga yangi ishchi kuchi talab qilinganki, urushlarda asir tushgan
kishilar va qarzdorlar qul sifatida ishlatila boshlangan. Shu tariqa dastlabki qulchilik
vujudga kelgan. 
                  Ortiqcha   ishlab   chiqarilgan   mahsulotlarni   bozorga   olib   chiqib   boshqa
buyumlarga   almashtirish   boshlangan.   Shuningdek,   turli   metallardan   tangalar   zarb
qilingan.   Aholi   orasida   ayirboshlashishini   araalga   oshiradigan   savdogarlar   pay   do
bo‘lgan.   Savdogarlikning   paydo   bo‘lishi   munosabati   bilan   mehnatning   uchinchi
yirik ijtimoiy bo‘linishi sodir bo‘lgan. 
                Qadimgi   Sharq   dunyosidagi   davlatlarda   ham   bu   jarayon   asta-sekinlik   bilan
amalga oshirilgan. 
                Xo'jalikning   hamma   tarmoqlarida   kishilaming   ehtiyojidan   tashqari   ortiqcha
mahsulot   ishlab   chiqarilgan.   Ko‘proq   mahsulotlar   ishlab   chiqarish   esa   qo‘shimcha
ishchi kuchidan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqargan. Qabilalar va davlatlararo
bo‘lib   o‘tgan   urushlarda   g‘oliblar   tomonidan   qo‘lga   olingan   asirlar   qulga   aylan   -
tirilgan. Ikkinchidan qashshoq aholi orasida qarzga botgan kishilar ham qul qilinib,
xo‘jalikning hamma tarmoqlarida shafqat qilmay ishlatilgan. 
              Xo‘jalikning   hamma   tarmoqlari   rivojlanishi,   mahsulotlaming   bir   hovuch
kishilar   qo‘lida   to’plana   borishi   natijasida   jamiyatda   xususiy   mulk,   mulkiy
tengsizlik,   tabaqalanish   yanada   kuchayib   borgan.   Qarzdorlik,   urushlarda   asir
tushgan kishilar qul va qulchilikning eng muhim manbai bo‘lgan. 
              Sharq   dunyosining   Xitoydan   O‘rtayer   dengizigacha   bo‘lgan   joylarida   birin-
ketin   jamiyatning   qullar   va   quldorlar   tabaqasiga   bo‘linishi   jarayoni   sodir   bo‘lgan.
Ammo   qadimgi   Sharqda   qulchilik   Qadimgi   Yunoniston   va   Rimga   nisbatan   juda
ham sekin rivojlangan. Tarixchilar Sharqdagi bu qulchilikni “ibtidoiy qulchilik” deb
ataganlar.   Boylar,   aslzodalar   va   badavlat   savdogarlar,   katta   yer-mulkka   ega
bo’lganlar,   shuningdek,   quldorlar   bilan   kambag‘allar   va   qullar   o‘rtasida   kuchli
3 tabaqaviy   kelishmovchiliklar   paydo   bo‘ladi.   Bu   hol   jamiyatda   davlat
tashkilotlarining paydo bo‘lishiga olib kelgan. 
Demak,   davlat   va   uning   tashkilotlari   majmuasi   quldorlarga   qullar   va   aholining
qashshoq qatlamining qarshiligini va qo‘zg‘olonlarini bostirish uchun zarur bo’lgan.
Ikkinchidan Qadimgi Sharqda tashkil topgan davlatlar va ularning qo‘shni mamlakat
va o‘zgalar yer-mulkini bosib olishi uchun ham xizmat qilgan. Qadimgi Sharqdagi
bu davlatlar “sharq despotiyasi”, ya’ni “mutlaq hokimiyati”, deb atalgan. 1
 
                                            
I BOB
1
 Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. 45-bet
4 1.1 Ilk va qadimgi  podsholik davrida Misr, geografik o’rni, tabiati va aholisi,
dehqonchilik va chorvachilik.
     Misr sharqdagi eng despotik davlatlardan biri bo’lib, u Afrika qit’asining shimoli-
sharqiy chekkasida joylashgan mamlakatdir.Nil dunyodagi eng katta daryo, uzunligi
6500 kilometrdan ortiqdir.U markaziy Afrikaning katta ko’llaridan oqib chiqadigan
Oq   va   Ko’k   nil   daryolarining   qo’shilishidan   hosil   bo’ladi.   Daryo   to’rt   sharshara-
ostonalardan   o’tgach   700   kilometr   masofada   vohadan   oqib   o’tadi   va   bir   necha
tarmoqlarga bo’linib O’rtayer dengiziga quyiladi. Toshqin paytida Nil ko’pdan-ko’p
o’simliklar  va turli tog’  jinslarini  oqizib keladi. Oqib kelgan tog’ jinslaridan daryo
qip-qizil tusga kiradi. 
                    Toshqin   tugagach,   o’simlik   chirindilari   va   tog’   jinslaridan   hosil   bo’lgan
zarralar   suv   bosgan   joylarda   cho’kib,   qoramtir   quyqumlar   qoldiradi.   Quyqumlar
qurib serhosil qora tuproqli yer hosil qiladi.
           Shuning uchun ham misrlillar Nil vohasini “Qora yer” , yunonlar esa “Egipet”
deyishgan
                      Misrning   g’arb   tomonida   Liviya   yassitog’ligi,   sharq   tomonida   esa   Arab
qirlari joylashgan. Mamlakat janubi Nubiya tog’lari bilan tutashadi.
                      Misr issiq mamlakat. U yerda yog’ingarchilik kam bo’ladi. Nil sohillarida
xilma-xil   o’simlik   va     yovvoyi   mevalar,   xususan   lotos,   papirus   va   qamishlar   o’sib
yotadi.Qadimdan hayvonot dunyosi boy bo’lib. Nil sohillarida sher , qoplon, buyvol,
yovvoyi   buqa,   jirafa,   antilopa,timsoh   va   gippopatam   kabi   katta-kichik   hayvonlar
yashagan.Daryoda  baliq, suv hayvonlari, to’qayzorlarda esa    har  turli  qushlar  ko’p
bo’lgan.Yovvoyi   hayvon   va   o’simliklar   qadim   zamondan   boshlab   ibtidoiy
kishilarning ozuqa va ov manbai  bo’lgan. Misrda  mis, oltin kabi  ma’danlar  va  har
xil   toshlar   ko’p.   Qadimgi   misrliklar   hayotida   Nil   daryosining   ahamiyati   juda   katta
bo’lgan. Mashhur Yunon tarixchisi Gerodot  “Misr –Nil in’omi, tuhfasi” deb yozgan
ekan. 2
                          Misrning  qulay  geografik  o’rni   va  boy  tabiiy  sharoiti   qadim   zamondan
boshlab   kishilarni   o’ziga   jalb   qilib   kelgan.   Ibtidoiy   Odamlar     Nil   vohasiga   juda
qadim   zamondan   boshlab   kishilarni   o’ziga   jalb   qilib   kelgan.Ibtidoiy     odamlar   Nil
vohasiga     juda   qadim   zamonlardayoq   kirib   kelishgan.   Mashhur   arxeolog   D.D.
Klarkning   ma’lumotlariga   ko’ra,   Misrda   ibtidoiy   odamlar   odamlar   80-90ming
yildan beri yashab kelar ekanlar. Ammo daryo toshqini odamlarning bu yerda doimo
yashashlariga   xalaqit   bergan.     Arxeolog   olimlar   Fayum   vohasidan   bundan   25-30
ming   yillar   ilgari   yashagan   odamlarning   manzilgohlarini   topishgan.   Bu   yerdan
topilgan   arxeologik   ashyolar   shu   davr   odamlari   yog’och,   qamish,   lotos   va
papiruslardan chaylalalar qurib yashaganligi, tosh, yog’och va suyaklardan qurollar
yasab  ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganliklaridan dalolat beradi.
2
 Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tarixi, T., 1956;Turayev B. 178-bet
5                             M.av.   VI-V   ming   yilliklarda   Misrda   aholi   ancha   ko’payib,   dastlabki
qishloqlar   paydo   bo’lgan.   Antropologik   ma’lumotlarga   ko’ra,   Qadimgi   misrliklar
qorachadan   kelgan,   xushqomat   bo’lib,   kamsoqol   bo’lishgan.   Misrga   janubdan
nubiyaliklar,   Markaziy   Afrikadan   esa   past   bo’yli   odamlar   –   pigmeylar   yoki
liliputlar,   g’arbdan   liviyaliklar,   shimoli-sharqdan   esa   giksos   kabi   qabilalar   kelib
o’rnashganlar.Keyinchalik   esa   Nil   vohasiga   habashlar   ,   ossurlar,forslar,   yunonlar,
makedonlar   va   rimliklar   kirib   kelganlar.   Ularning   ko’pchiligi   misrliklar   bilan
aralashib , ularning ma’daniyati, tili va urf-odatlarini qabul qilganlar.
                        Qadimgi misrliklar Nil vohasini yangi tosh davridan boshlab o’zlashtirib,
o’troq   dehqonchilikka   asos   solganlar.   Ular   oddiy   ketmoncha   –   motiga   bilan   qayr
yerga ishlov berib, bug’doy arpa ,kunjut,poliz ekinlarini ekib, shug’ullanganlar. Shu
tariqa Misrda dehqonchilik ancha erta rivoj topgan.Shu davrda ichki va tashqi savdo
ham   rivoj   topgan.   Nil   keltirgan   tabiiy   loyqa   o’g’it   tufayli   Misr   yerlari   unumdor
bo’lib hosilga baraka bergan.
                          Misrliklar ot, cho’chqa va ,qo’y echki va qoramollar parvarish qilganlar.
Chorvachilik va hunarmandchilik ham ancha erta rivoj topgan. Shu davrlarda ichki
va   tashqi   savdo   ham   jonlana   boshlagan.   Dehqonchilik,   chorvachilik,
hunarmandchilik   va   savdo-sotiqning   rivojlanishi   natijasida   Misrda   xususiy   mulk,
mulkiy tengsizlik va  tabaqalanish paydo bo’lgan.
                          Qadimgi Misr  tarixnavisligi  va tarixining manbalari. Ma’lumki qadimgi
Misr   tarixi   qadimgi   sharq   tarixining   tarkibiy   qismini   tashkil   etadi.   Qadimgi   Misr
tarixini   uning   manbalari   va   tarixnavisligi   qo’lga   kiritgan   ma’lumotlarsiz   o’rganib
bo’lmaydi.     Qadimgi   Misr   tarixini   o’rganish   uchun       bu   ko’hna   diyorning
zamonamizgacha   saqlanib  qolgan  ko’pdan –ko’p bitiklari  yodgorliklari  birinchi
darajali ahamiyatga   egadir.
                        Qadimgi   Misr   yozuvi   manbalaridagi   ma’lumotlar,     moddiy   ma’daniyat
yodgorliklari  ko’p jihatdan to’ldiradi.
              Qadimgi Misr  tarixining  manbbalari bilan chambarchas  bog’lioq   bo’lgan
tarixnavisl;ik   bilimi     Qadimgi   Sharq     tarixi     xususan     Qadimgi   Misr     tarixini
o’rganishga  juda  katta  yordam  beradi.
             Tarixnavislik ya’ni istiografiya  -  tarixiy  bilimlarni   tarixiy taraqqiyotini ,
tarix   manbalarini   o’rganadigan   bilimdir.   Tarixiy   manbalarsiz   va   tarixnavisliksiz
biror bir mamlakat  tarixini  jumladan Misr tarixini ham  o’rganish mumkin   emas.
                  Qadimgi  Misr tarixiga oid manbalar  Qadimgi  Mesopotamiya  tarixiga
oid  manbalar  singari uch asosiy  qismga bo’linadi:
1. Antik  -  mualliflarning Misr haqida aytganlari  va  yozib   qoldirganlari.
2. Moddiy     ma’daniyat     yodgorliklari,   shu     jumladan       arxeologik
yodgorliklar.
6 3. Qadimgi Misr  yozuvi  yodgorlilari.
                  Qadimgi   zamon mualliflarining Qadimgi Misr   haida yozganlari. Ma’lumki
antik   davr   mualliflarining   yozgan   asarlari     va   esdsaliklaridan     ozmi-   ko’pmi
ma’lumot olish  mumkin. 
          Ta’kidlash joizki m.av. VII asrdayoq  yunon  savdogarlari,  yollangan askarlar
va  boshqa  toifadagi  kishilar  Misrga kirib kelganlar.Yunon  faylasuflari  va siyosiy
arboblari Fales  va Demokrit,  Solonlar   Misrga sayohat  qilib,  Misr xalqining ming
yillar  davomida  to’plagan  bilimlarini  to’plagan  bilimlarini o’rganganlar. Shu bois
yunon   yozuvchiulari -   tarixchi va geograflarning asarlaridan   Qadimgi Misrga oid
juda  ko’p ma’lumotlarni  topish  mumkin.
                    M.   av.  485-425-   yillarda    yashab     ijod   etgan     galikarniaslik     Gerodot   o’z
asarlarida     Qadimgi   Misr     tarixi     va     ma’daniyati     haqida     anchagina     ma’lumot
qoldirgan.
              Gerodot Misr ma’daniyatiga yuksak baho berib,  birinchi  marta  misrliklar
alohida     taqvim     tuzganini,     astronomik     kuzatishlarga     asoslanib     yilni   12   oyga
ajratganliklarini aytadi. 3
                  Misrda   dastlabki   davlatlarning   tashkil     topishi.   Mil,   avv.   VI-V   ming
yilliklarda     xo’jalikning     asta-sekin     rivojlanishi     natijasida     Misrda       ilk
davlatlarning   tashkil     topishi   uchun     shart-sharoitlar     yuzaga   kelgan.     Urug’
jamoasining   so’nggi     davrida     urug’     jamoalarini     shakllanayotgan     oqsoqollar,
sardorlar   va harbiy  boshliqlar idora  etishgan.  Misrda urug’  jamoasi yemirilgach,
urug’     jamoalar   o’rnida     dastlab       qo’shni     jamoalar   vujudga     kelib,     xo’jalikning
rivojlanishi   natijasida   ilk   davlatlar paydo bo’ladi.   Yangi vujudga kelgan davlatni
sobiq   urug'     jamoasi     oqsoqollari,   harbiy   boshliqlar,   badavlat   va   nufuzli     zodagon
kishilar idora qila  boshlaydilar. 
                  Dastlab   Misrda   bir   necha   o’n     davlatchalar   tashkil   topgan.   Misrliklar   bu
davlatchalarni   ‘‘sepat”,       yunon   tarixchilari   esa   "nom"       deb     ataganlar.       Nomlar
atrofida qishloqlari, dalalari, mahalliy xudosi   bor shahardan iborat bo'lgan. Har bir
nomning   o   'z   hokimi   bo’lib,     u   yunon   tilida   “nom   arx”   deyilgan.   Ma’lumotlarga
qaraganda     m.   av.   IV   mingyillik   boshlarida   va   o'rtalarida   Misrda   42   ta   davlat
bo’lgan.   Bu   davrda   Yuqori   Misrda   22   ta,   Quyi   Misrda   esa   20     ta   mayda   davlat
mavjud bo’lgan edi. Memfis shahri Yuqori va   Quyi Misr nomlarining chegarasida
joylashgan.   Har   bir   nomning   nomarxi   o   ’zining   hududidagi   dehqonchilik,
chorvachilik,   hunarmandchilik   va   sug’orish   inshootlari   qurilishiga   katta   e   ’tibor
bilan   qaragan. Nomarxlar oqsoqol, sardor va harbiy boshliqlarga tayanib,   jamoat,
diniy   va   harbiy   ishlarni   boshqarib   turgan.   Bu   davlatlarda     qulchilikning   dastlabki
kurtaklari ham paydo bo’lgan. Urushlarda   asir olingan kishilar qulga aylantirilgan.
Shunday   qilib   jamiyatni     boshqaruv   tashkiloti   sifatida   ilk   davlatchalar   vujudga
kelgan va  rivojlana borgan. 
M. av. IV mingyillikning ikkinchi yarmidagi vaziyat Misrdagi  
3
  Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. 48-bet
7 mayda   davlatchalarni   birlashtirishni   talab   etgan.   Ko'p     jangu-jadallardan  keyin   Nil
daryosining   tor   vodiysida   Yuqori   Misr   davlati   tashkil   topadi.   Daryo   tarmog’ining
shimolida   joylashgan   shaharchalar     birlashtirilib,   Quyi   Misr   davlati   barpo   etilgan.
Bu davlatlar o ’z  podsholariga ega bo'lib, ular mustaqil ish yuritganlar. Keyinchalik
esa Misrda yagona podsholik barpo etish uchun ikki podsholik o'rtasida kurash avj
olgan. Yilnomachilarning ma’luotlariga   ko‘ra, Yuqori Misr podshosi Narmer Quyi
M   isr   yerlariga   bostirib     kirgan.   Narmer   qo'shinlari   Shimoliy   Misr   podshosi
qo'shinlari ustidan g ’alaba qozongan. G'alabadan so'ng u 6000 kishini asir olib,  
juda   ko'p   boylik     o’ljalar   bilan   qaytgan.   Shundan   boshlab   Misrda     yagona   davlat
tuzish uchun kurash kuchaygan.
                  Misrda yagona  davlat  tuzish uchun  kurash.  M ismi  yagona davlat  bayrog’i
ostida birlashtirish Yuqori Misr podshosi  Mina  (Menes) davrida amalga oshirilgan.
M. av. 3000-yilda M ina Yuqori   va Quyi Misrni birlashtirib, yagona davlatga asos
solgan. U yagona  Misr davlatining dastlabki podshosi sifatida birinchi sulolaga asos
solgan podshohdir. M ina Quyi Misr chegarasida Memfis shahrini  bino qildirib, uni
mamlakat poytaxtiga aylantirgan. Mina davrida  Quyi misrliklar o 'z mustaqilliklari
uchun   bir   necha   bor   qo'zg'olon     ko'targanlar.   Ammo   bu   qo'zg'olonlar   shafqatsizlik
bilan   bostirilgan.   Mina   va   uning   avlodlaridan   so'ng   Misrda   ikkinchi   sulola
namoyandalari   podsholik   qilganlar.   Shu   davrdan   boshlab   Misr   podsholari   fir’avn
deb   atala   boshlangan.   Bu   ikki   sulola   vakillari   idora   qilgan   davr   Misrda   “Ilk
podsholik davri” deb nomlanib, m. av. 3000-2800-yillarni o 'z ichiga oladi. Yagona
Misr   davlatining   tashkil   topishi   har   jihatdan   katta   ahamiyatga   ega   bo'lgan.   Bu
Misrdagi  dastlabki markazlashgan mustabid davlat hisoblanadi.  4
        Misr fir’avnlarining istilochilik urushlari. Ilk podsholik davrida, xususan fir'avn
Jyer   davrida   Misr   qo'shinlari   janubda   Nubiya,   shimoli-sharqda   Sinay   yarimoroliga
bir   necha   marta   bostirib     kirgan.   Ular   bu   mamlakatlardan   ko‘plab   asir   va   behisob
boyliklar     olib   qaytganlar.   Misr   qo'shini     qo'mondonlaridan   biri     shunday   hikoya
qiladi:       “Qo'shin   qo'shni   mamlakatlarni   talab,   uning     bog'lari   va   uzumzorlarini
yakson   qilib,   qishloqlariga   o   't   qo'yib,     o   'n   minglab   kishilarni   o'ldirib,   ko'plab
odamlami  asir  olib, eson-omon qaytib keldi. Buning uchun podsho  meni  benihoya
maqtadi” . Ilk podsholik davrida xo'jalik. Ilk podsholik davrida fir'avnlar mamlakat
xo'jaligining   hamma   tarmoqlariga   katta   e   ’tibor   berganlar.   Yer   o'zlashtirish   va
sug'orish  inshootlarining qurilishi   kuchaytirilishi  tufayli  dehqonchilik  rivoj   topgan.
Misr dehqonlari ho'kiz   qo'shilgan omoch bilan yer haydab arpa. bug'dov. zig'ir va
boshqa   boshoqli ekinlami ekib, bu ekinlardan yuqori hosil olganlar. Misrliklaming
asosiy   suv   manbayi   Nil   daryosi   bo'lib,   ziroatchilikning     asosini   sug'orma
dehqonchilik   tashkil   etgan.   Ekinzorlar     Nil   daryosi   va   Fayum   suv   omboridan   suv
oladigan   kanallar   orqali   sug'orilgan.     Ularda   bog'dorchilik   rivoj   topib,   shimolda
uzumchilikka,janubda     esa   xim   nochilikka   katta   e'tibor   berilgan.   Mamlakatda
tokzorlar ko'paytirilgan.
            Qadimgi misrliklar bu davrda chorvachilikka ham katta e’tibor  
4
  Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tarixi, T., 1956;Turayev B. 180-bet
8 berganlar.   Misrda   yirik   shoxli   qoramol.   qo‘y-echki   va   tuyalar   boqib   parvarish
qilingan. 
                      Ilk   podsholik   davrida   hunarmandchilik,  ichki   va  tashqi   savdo     ham   rivoj
topgan.   Misrliklar   Nubiya,   Liviya   va   0   ‘rtayer   dengizining   sharqiy   sohilidagi
mamlakatlar   bilan   qizg‘in   savdo-sotiq   ishlarini   olib   borganlar.   Savdo-sotiq   ishlari
quruqlik va suv yo‘llari  orqali olib borilgan. Nil daryosi va o‘rtayer dengizida savdo
kemalari muntazam ravishda qatnab turgan. 
                      Misrda   tabaqalanish   va   qulchilikning   kuchayishi.   Misrda     xo'jalik   asta-
sekinlik   bilan   rivojlanib   borgan.   Aholining   yuqori   tabaqasi   fir'avn,   amaldor,
askarboshi,   ruhoniy   va   nufuzli   oqsoqollar   hamda   boylar   hisoblangan.   Aholining
o'rtahol   tabaqasini   dehqonlar,   hunarmandlar   va   mayda   savdogarlar   tashkil   etardi.
Mamlakat     aholisining   anchagina   qismi   kam   bag'al   dehqonlar   va   qashshoqlardan
iborat   edi.   Misr   fir’avnlari   urushda   asir   tushganlarni   qulga     aylantirar   edilar.
Dastlabki   vaqtlarda   asirlar   dushman   sifatida   o’ldirib   yuborilgan.   Shuning   uchun
misrliklar   ularni   “murdalar”   deb     atashardi.   Keyinchalik   esa   asirga   tushgan
kishilarni   o’ldirmasdan     ishlatadigan   bo'ldilar.   Ularni   dehqonchilikda,
chorvachilikda,   ibodatxonalarda   va   qurilishlarida   ishlatganlar.   Ular   boy
xonadonlarning   uylarida   ham   ishlaganlar.   Ular   qul   qilib   sotilar,   harbiylar   va
zodagonlarga bo’lib berilar edi. Omon qolgan asirlarni “tirik murdalar” deyishardi.
Bu “tirik murdalar” qullar tabaqasini tashkil etib,  ular hech qanday mol-mulkka va
huquqqa ega emasdilar. Quldor   qul ustidan cheksiz huquqqa ega bo'lib, uni sotish,
jazolash, kaltaklash va hatto oldirishga ham haqqi bor edi. Qullarning barchasi,  kon
qazuv   ishlarida,   kanal,   to‘g‘on,   imorat,   yo‘l   qurish   ishlarida     ishlatilar   va   qishloq
xo'jaligidagi og‘ir ishlarni bajarar edi. Cho‘ri   quldor deyilgan. Shunday qilib Misr
dunyodagi dastlabki quldorlik  davlatlaridan biri bo’lgan. 5
                        Misrda   qadimgi   podsholikning   vujudga   kelishi   va   ravnaqi   (m.   av.
XXVIII-XXIII   asrlar).   Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   1-2-     sulola   fir’avnlari
Misrni   birlashtirishga   asos   solganlar.   Qadimgi     podsholik   davri   m.av.   2800-yildan
2250-yilgacha davom etib,   unda 3-6- sulola fir’avnlari hukmronlik qilganlar. Misr
fir’avnlari   podsholik   yerlarini   kengaytirish,   mustahkamlash   va   markazlashtirish
uchun qattiq kurash olib borgan. Qadimgi podsholik davrida  Misr fir’avnlari boylik
orttirish maqsadida qo'shni mamlakatlar ustiga takror-takror qo'shin tortib borgan. 4-
sulola   podshosi   Snofru   janubda   Nubiya,   shimoli-sharqda   Sinay   yarimoroli.
Falastinga, g‘arbiy yo'nalishda esa Liviya qabilalari ustiga harbiy yurishlar   qilgan.
U misga boy Sinay yarimorolini Misrga qo'shib olgan. Nubiyadan 7 ming asir, 200
ming chorva va juda ko'p qimmatbaho buyumlar olib qaytilgan. 4-sulolaning so'nggi
vakillari   davridan   boshlab   mamlakatda   ichki   qarama-qarshilik   kuchaygan   va
qo'zg'olonlar   boshlangan.   6-sulola   namoyandalari   davrida   ya’ni     m.   av.   XXIV—
XX111   asrlarda   Qadimgi   Misr   davlati   kuchsizlanib,   parchalana   boshlagan.
Podsholikka   itoat   etgan   davlatlar   mustaqil     bo‘lish   uchun   qattiq   kurash   olib
borganlar.   Qadimgi   Misr   podsholari   va   ularning   amaldorlari   mamlakat   xo‘jaligini
5
  Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. 50-bet
9 rivojlantirish   uchun   yangi   yerlar   o'zlashtirish,   to’g'on,   kanal   va   boshqa   sug'orish
shaxobchalarini   qurish   ishiga   alohida     e’tibor   berganlar.   Chunki   Misrdek   issiq
mamlakatlarda   sug'orma   dehqonchilik   xo'jalikning   asosini   tashkil   etgan.   Misr
dehqonlari   don,   dukkakli   ekinlar   ekkan,   poliz   va   sabzavotchilik   mahsulotlari
yetishtirgan   va   bog'dorchilik   bilan   ham   shug'ullanganlar.   Misrda   ziroat   ishlarining
barcha og'irliklari dehqonlar va qullar yelkasiga  tushgan edi. 
                        Qadimgi podsholik davrida fir'avnlar chorvachilikka katta   e’tibor bergan.
Ular   qoramol,   echki,   cho‘chqa,   eshak   va   parranda   boqqanlar.   Dehqonchilik   va
chorvachilik   misrliklarning   asosiy   oziq-ovqat   manbai   hisoblangan.   Chunki   chorva
mahsulotlari misrliklarni avval go'sht, yog’, sut-qatiq, teri, jun va ishchi hayvon  
kuchi   bilan   ta'minlagan.   Bu   davrda   misrliklar   hunarmandchilik   sohasida   jiddiy
yutuqlarga   erishganlar.   Misrda   miskarlik,   qurolsozlik,   me’morchilik     va
hunarmandchilikning boshqa sohalari ancha rivoj topgan edi. Shu davrda kulolchilik
charxi kashf etilib, kulolchilik yanada  rivojlangan. 
                        Misrda   dehqonchilik,   chorvachilik     va   hunarmandchilikning   rivojlanishi
natijasida   ortiqcha   mahsulotlar   ishlab     chiqarilgan.   Dehqonlar,   chorvadorlar   va
hunarmandlar    o‘z  ixtiyorlaridagi     ortiqcha  narsalarni     o'zaro almashganlar.  O'zaro
almashuv ichki va tashqi bozorni vujudga keltirgan. Misrning shahar va qishloqlari
orasidagi  almashuv suv va quruqlik yo'llari orqali olib borilgan. Misr shaharlari va
qishloqlaridan har tomonga savdo yo'llari tarqagan edi.   Nil daryosi bo'ylab shimol
dart   janubga  va jartubdan  shimolga  har    xil   mahsulot   ortilgan  kemalar   va  qayiqlar
tinimsiz   qatnab   turgan.   Misr   savdogarlari   Janubda   Nubiya,   Efiopiya,   g'arbda
liviyaliklar     va   shimoli-sharqda   falastinliklar,   finikiyaliklar,   O'rtayer   dengizi
havzasidagi   mamlakatlar   va   Mesopotam   iyaning   shahar-davlatlari     bilan   qizg'in
savdo-sotiq   ishlarini   olib   borganlar.   Shuru   ham   aytib   o'tish   joizki,   rilisrlik
savdogarlar   g'arbda   Arab   qirlari   orasidagi     qulay   soy   so'qmoqlaridan   Qizil   dengiz
sohillarigacha chiqib borganlar. 
                    Misrda mulkiy tengsizlik tabaqalanish.  Misrda dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik       va   buyumlar   almashuvi   rivojlanib,   ortiqcha   mahsulot   ishlab
chiqarilishi   natijasida   buyum     almashinuvi   rivoj   topgan.   Qishloq   xo'jaligi,
chorvachilik,   hunarmandchilik   va   savdodan   keladigan   daromadlarning   katta   qismi
fir’   avnlar,   ruhoniylar.   sarkardalar,   katta   yer   egalari   va   yirik   savdogarlar   qo'lida
to'plangan.   Shu   bois   ular   tobora   boyib   borganlar.   Misr   fir’avnlari   qo'shni
mamlakatlarga   tez-tez   urushlar   uyushtirib     turgan.   Aksariyat   hollarda   Misr
qo'shinlari  qo'shni  mamlakatlardan ko'plab asir, o'lja va boyliklar olib qaytgan. Bu
boylik va  o'ljalar fir’avn va uning amaldorlari orasida taqsimlangan. Mazkur davrda
Misrda xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish   yanada kuchaygan. O'sha
davrda   Misr   aholisi   bir   necha   toifa-tabaqalarga   bo'lingan   edi.   Fir’avn,   a   ’yon   va
ruhoniylar   aholining     eng   nufuzli   kishilari   hisoblangan.   Kichik   amaldorlar   va
jangchilar    aholining ma’lum  tabaqasini  tashkil  etgan. Dehqonlar  va  hunarmandlar
mehnatkashlar   tabaqasini   tashkil   etgan.   Misrda   hech   qanday   mol-mulkka   ega
bo'lmagan,   huquqsiz   kishilar   ham   bo'lgan.     Bular   aholining   eng   quyi   tabaqasi   -
10 cho'rilar   va   qullar   edi.   Misr     fir’avnlari   mamlakatni   vazirlar,   qozikalonlar,   katta-
kichik   amaldor-a’yonlar,   ruhoniylar,   sarkarda   va   ko'p   sonli   qo'shinga   tayanib
boshqarganlar. Lashkarboshilar  va qo'shin  podsholikning asosiy  tayanchi  edi. Misr
fir’avnlari   mamlakatni   markaziy   viloyat   va   mahalliy   tashkilotlar   orqali   idora
qilganlar.   Qadimgi   Misr   fir'avnlar     hukmronlik   qilgan   mustabid   quldorlik   davlati
edi.   Demak,   fir’avnlar   mamlakat   boshqaruvida   cheksiz   huquqqa   ega   edilar.   Hatto
ular  o'zlarini ilohiylashtirib xudo darajasiga ham ko'targanlar. 6
 
                      Misr   ehromlari .   Qadimgi   Misr     ehromlari,   ya’ni   piramidalari   jahon
me’morchiligining     eng   noyob   obidalaridan   biri   hisoblanadi.     Ehromlar   asosi   uch,
to 'rt va k o 'p burchakli geometrik shaklda bo'lib, asosi keng, yuqori tomoni torayib
borgan   va   uchburchak   shaklga   ega   bo'lgan.Qadimgi   podsholik   davrida   Misr
fir’avnlari   va   a   ’yonlari   o'zlari     uchun   toshdan   ulkan   sag‘ana   -   ehromlar
qurdirganlar. 
Bu   ehromlarni   bizdagi   va   boshqa   joylardagi   maqbaralarga   qiyos     qilish   mumkin.
Bunday   maqbaralarga   vafot   etgan   fir’avnlar,   ularning   oila   a   ’zolari   va   amaldor-
a’yonlari dafn etilgan. Ehrom-maqbaralar o’zining kattaligi va salobati bilan kishini
hayratga   soladi.     Ayni   paytda   ehromlar   fir’avn   va   amaldorlar   kuch-qudratining
ramzi  
ham   bo’lgan.   Misrda   qurilgan   eng   katta   va   hashamatli   ehromlar   Jos   yer   va   Hufu
maqbarasidir.   Memfis   shahri   yaqinida   m.   av.   2600-yilda   to'rtinchi   sulola   fir’avni
Xufu qurdirgan maqbara o'zining ulkanligi  va hashamati bilan kishini lol qoldiradi.
Ehromning tomonlari 250   metr bo'lib, uning atrofini aylanib chiqish uchun sayyoh
bir   kilometr   yo'l   bosishi   kerak.   O   'z   davrida   uning   balandligi   150   metrdan     ziyod
bo'lib, hozirgi holati 146 metrdir. Uni qurish uchun ikki million uch yuz ming dona
taroshlangan   tosh   ishlatilgan.   Ehromlaming   xomashyosi   bo'lgan   toshlar   Nil
daryosining   o'ng   sohili   bo'ylab   cho'zilgan   arab   qirlaiidagi   tosh   konlaridan   qazib
olingan   hamda   silliqlanib,   sollarga   ortilgan   holda   suv   yo'li   bilan   olib   kelingan.
Toshlar pastda taroshlanib, silliqlangan. Maqbara qurilishiga taroshlab tayyorlangan
toshlarning   eng   kichigi   ikki   yarim   tonna,   kattasi   esa     o'n   besh   tonnadan   iborat
bo’lgan.   Yunon   tarixchisi   Gerodotning     yozishicha,   bu   ehrom   raaqbara   25-30   yil
mobaynida   qurilgan   ekan.     Uning   qurilishida   100   mingdan   ortiq   kishi   doimiy
ravishda ishlagan.  
Maqbara   toshlari   silliqlanib   bir-biriga   shunday   zich   qilib   terilganki,     toshlar
oralig'iga Misrga tashrif buyurgan fransuz imperatori Napoleon Bonapart qilichining
tig‘i   ham   sig‘magan   ekan.   Ehromlar   Qadimgi   Misr   m   e’morchiligining  eng   noyob
yodgorliklaridan   biri     hisoblanadi.   Olimlar   Xufu   maqbarasini   dunyodagi   yetti
mo'jizaning     biri   hisoblaydilar.   Ehromlarni   qurishda   silliqlangan   katta-kichik
bahaybat   tosh   plitalarini   yuqoriga   sudrash   usuli   bilan   olib   chiqilgan     bo’lsa   kerak.
Shubhasiz,   bu   ishda   me’morlar   qo’l   kuchi   va   ishchi   hayvonlar   -   ho‘kizlardan
foydalangan   bo‘lsalar   ajab   emas.   Ehromlarga   ishlatilgan   ulkan   toshlarni   yuqoriga
chiqarish   masalasi   olimlar     orasida   turli   bahslar   kelib   chiqishiga   sabab   bo’lgan.
6
  Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tarixi, T., 1956;Turayev B. 185-bet
11 Fikrimizcha,     toshlarni   yuqoriga   olib   chiqish   uchun   pastdan   yuqoriga   yo‘g‘on-
yo’g‘on   to‘sinlardan   maxsus   ko’tarma   qurilgan.   To'sinlarni   yo'nib,   silliqlab,   unga
yog‘,   moy   surilgan   hamda   toshlar   sirg'antirish   usuli   bilan   yuqoriga   chiqarilib
joylashtirilgan bo’lishi mumkin.
1.2  O’rta podsholik davrida Qadimgi Misr.
                  Misr   fir’avnlari,   ruhoniy     va   a’yonlari   ulkan   ehromlar,   saroy   lar   va
ibodatxonalar qurilishiga ko'plab mablag‘ sarf etganlar. Ularning kundalik turmushi
va   dabdabali   hayoti   uchun   ham   behisob   boyliklar   sarf   qilinardi.     Tashqi
mamlakatlarga   uyushtirilgan   bosqinchilik   urushlari   oddiy   xalq   boshiga   og’ir
musibatlar   olib   kelar   edi.   Qadimgi   podsholikning   oxirlariga   kelib   mamlakatdagi
hokimliklar   -   nomlar   (kichik   davlatlar)   fir'avnlarga   itoat   etmay,   mustaqil   boiishga
intilganlar.     Soliqlar   miqdorining   ortishi   va   qo‘shimcha   majburiy   xizmatlar     oddiy
xalqning   sabr   kosasini   to’ldirib,   mamlakatda   qo'zg'olonlar     boshlanishiga   sabab
bo’lgan.
12             Qadimgi podsholikning oxirlariga kelib markaziy hokimiyat  zaiflashgan. M.
av. XXIII asrda mamlakat yana mayda nomlarga  bo'linib ketgan. Mayda nomlar esa
bir-birlari bilan qonli urushlar  olib borganlar. Shu tariqa Misrda Qadimgi podsholik
inqirozga  uchrab, mamlakatda tarqoqlik davri boshlangan. 
                  O‘tish davrida Misrdagi ahvol va O‘rta podsholikning tashkil topishi (m.av.
XXI - XVIII asrlar). Misrda tarqoqlik davri   m. av. XXIII asr o'rtalarigacha davom
etgan. Bu davrda mamlakat xo'jaligi ishdan chiqqan. Kanallar. suv omborlarini o 't,
loyqa   bosib,   sug'orish   tarmoqlari   yaroqsiz   bo'lib   qolgan.   Nil   sohilidagi     unumdor
yerlar   botqoqlikka   va   to'qayzorlarga   aylangan.   Hunarmandchilik,   savdo-sotiq   va
chorvachilik ham izdan chiqqan.  7
                  Markazlashgan   Misr   davlatining   yemirilishi   va   parchalanishidati   qo'shni
qabilalar   foydalanganlar.   Ular   Misrga   bostirib   kirib,     mamlakatni   vayron   qilib,
boyliklarini   talab   qaytganlar.   Qadimgi   podsholikning   markazi   Memfis   ham
inqirozga   uchragan   va   huvillab     qolgan.   U   nda   hukmronlik   qilayotgan   8-sulola
vakillari mamlakatni  birlashtirishning uddasidan chiqolmagan.
              M. av. XXI asr oxirlariga kelib Misrni qaytadan birlashtirish  uchun kurash
boshlangan.   Misrni   yangidan   birlashtirish   shimol     bilan   janubda   bir   vaqtda
boshlandi. Shimoliy Misrdagi davlatlarni birlashtirish ishiga Gerakleopol shahrining
hukm   dorlari     boshchilik   qilgan.   Gerakleopol   podsholari   shimoldagi   davlatlarni
birlashtirib   osiyolik   va   liviyalik   ko'chmanchilarni   mamlakatdan   haydab   chiqaradi.
Ular ikki podsholikni birlashtirib o'zlarini  Yuqori va Quyi Misr podshosi deb e ’lon
qilgan.   Ammo   9-10-   sulola   podsholari   mamlakatni   o'z   qo'llarida   uzoq   vaqt   saqlab
qolaolmaganlar.  Shundan  so'ng  Misr   janubida  mamlakatni  birlashtirish  ishiga   Fiva
hukmdorlari   boshchilik   qilgan.   11-sulola   hukmdori   Mentuxatep   Gerakleopol
podsholariga   qarshi   kurashib,   Yuqori   va   Quyi   Misrni   birlashtirib   markazlashgan
Misr davlatini qayta tiklagan. Fiva yagona Misr davlatining poytaxti bo 'lib qolgan.
Bu davrda 11-13-sulola vakillari Misrda podsholik qilgan.   Bu Misr tarixida O 'rta
podsholik nomi bilan mashhur bo'lgan.
                    O‘rta podsholik davrida xo'jalik. Misrda markazlashgan  kuchli davlatning
tashkil topishi natijasida xo'jalik ancha taraqqiy  etgan. Misr fir’avnlari yangi yerlar
ochishga   va   sug'orish   inshootlarini   qurish   ishiga   katta   e'tibor   berganlar.   Fayum
vohasidagi ko'l  chuqurlashtirilib sun’iy suv omboriga aylantirilgan. Nil daryosidan  
suv ombori tomon kanal qazilib unga suv keltirilgan. Baland joylarga suv chiqarish
uchun   shoduf   kashf   etilib,   ulardan   foydalanilgan.   Ma’lumki   Qadimgi   Sharq
dunyosidagi   Hindiston,   Arabiston,   Eron,   O‘rta   Osiyo   havosi   issiq   mamlakatlar
qatoriga   kiradi.   Bu   mamlakatlarda   ziroatchilik   asosan   sun’iy   sug'orishga
asoslangandir.   Xususan,   Qadimgi   Misr   ikki   sahro   -   Sahroyi   Kabir   va   Suriya   -
Mesopotamiya, shuningdek, Arab sahrolari orasida joylashgan  mamlakatdir. Garchi
Misr   yerlaridan   dunyodagi   eng   ulkan   daryo   -   Nii   (6500   km)   oqib   o'tishiga
qaramasdan,  dehqonvhilik qilinadigan dalalarni  suv bilan sug'orish muammo bo'lib
kelgan. Chunki  Nil  daryosining o'zani  ancha chuqur  bo'lib, ekin maydonlariga suv
7
  Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. 55-bet
13 chiqarish mushkul bo'lgan. Kanallardagi suv sathi ko'pincha dalalar sathidan ancha
pastda   bo'lgan.   Shu   sababli   Sharqda,   xususan   Qadimgi   Misrda   suvni   pastdan
yuqoriga   uzatish   chorasi   ko'rilgan.   Suvni     yuqoriga   uzatishning   eng   qadimgi   qo'l
usuli Misr tipi -shoduflar   bo'lib, qadimiy Misrda, Mesopotamiyada va Hindistonda
shoduf     keng   tarqalgan   edi.   Shoduf   bir   ustun,   ustunga   bog'langan   yog'och   dastak
qovg'a (mesh, paqir)dan iborat. Shoduf daryo, kanal bo'yiga  yoki quduqqa quriladi.
Dastakning   qovg'a-m   esh   tomoni   suvga   botirilib,   dastakning   tosh   osilgan   orqa
tomoni   bosiladi   va   qovg'ada     suv   yuqoriga   ko'tarilib,   tarnovli   hovuzga   quviladi.
Hovuzdan   suv   tarnov   orqali   ekinzorlarga   quyiladi.   Shuni   ta'kidlash   kerakki,   suv
sathi   past   bo'lib.   ekin   maydonlari   baland   bo’lsa   ,   shoduflar   balandlikka   qarab   bir
nechta yerga o'rnatilgan O‘rta podsholikning tushkunlikka uchrashi, kambg‘allar va
qullar qo‘zg‘oloni. M. av. XIX asrning ikkinchi yarmidan  boshlab O 'rta podsholik
tushkunlikka   yuz   tutadi.   13-sulola   davridan   Misrda   o'zaro   urushlar   boshlanib
tushkunlik  yana kuchayadi.     Mamlakatdagi  ichki   nizolar,  soliqlar  va  fir’avnlaraing
bosqinchilik     urushlari   mehnatkash   xalq   va   qullarning   ahvolini   yanada
yomonlashtirib   yuboradi.   Toj-taxt   uchun   kurash   qizg‘in   tus   olib,   fir’avnlar   tez-tez
almashinib   turgan.   Misrdagi   tushkunlikdan   qo'shni   mamlakatlar   foydalanib,   birin-
ketin   mamlakatga   bostirib   kiradilar.   13-sulola   podsholari   esa   qo'shni   qabilalarning
hujumini   qaytara   olmaydilar.   Ichki   urush-janjallar   va   qo‘shni   qabilalarning
hujumlari   mamlakat   xo’jaligiga   katta   zarar   keltiradi.   Mamlakatdagi
qiyinchiliklarning barcha og'irligi oddiy mehnatkash xalq va qullar  yelkasiga tushar
edi. 
              Og’ir jabr-zulm va qiyinchiliklardan sabr kosalari to’lgan  mehnatkash xalq
m.av.   1750-yi   Ida   qo'zg'olon   kо'taradi.Qo'zg'olonda   jabrdiyda   qullar   ham   faol
ishtirok etadilar. Bu qo'zg'olon butun   podsholikni qamrab olib mamlakatni larzaga
keltirgan. 
           Misrdagi bu voqealar o'sha vaqtda yaratilgan “Ipusyer so’zlari”  degan yozma
bitikda   o   'z   ifodasini   topgan.   Bu   bitik   muallifi   yirik     mansabdor   shaxs   bo’lgan.   U
xalq ommasi va qullar qo‘zg‘oloniga   nafrat bilan qaragan. “ Ipusyer so'zlari‘‘dagi
m   a'lum   otlarga   qaraganda   dehqonlar,   kam   bag‘allar   va   qullar,   zodagon   va
a'yonlarga     qarshi   bosh   ko‘targanlar.   Qo’zg'olonchilar   zodagon   va   a   ’yonlarning
uylariga bostirib kirib, mol-mulklarini talon-taroj qilganlar. 
                “Ipusyer   solzlari”da   qo’zg'olonning   oqibati   nima   bilan   tugagani   bayon
etilmagan.   Keyinchalik   qo‘zg'olon   bostirilgan   bo'lsa     kerakki,   Misrda   fir’avnlar
hokimiyati   qayta   tiklangan.   Q   o’zg‘olon     bostirilgani   bilan,   oddiy   xalq   va   qullar
zolimlarga qarshi ko’p marta  bosh ko'targanlar.
                  Giksoslar   haqida   umumiy   ma'lumot .   Qadim   zainonlarda   Arabistonning
shimoli-g'arbiv   qismidagi   dashtlarda   semit-xamit   va     xurrit   naslidan   bo’lgan
ko'chmanchi   giksos   qabilalari   yashar   edilar.     Ular   turli   urug‘   va   qabilalar
birlashmasidan   tashkil   topgan   bo’lib,     asosan   dashtlarda   yashab,   qo’y,   echki,
qoramol   va   yilqichilik   bilan     shug‘ullangan.   “Giksos"’   so'zi   aslida   misrcha   bo'lib,
“хеkа xasut”  
14 degan   so‘zdan   kelib   chiqqan.   Bu   so‘z   “cho‘ponlarning   hokimlari”,   “cho’l
mamlakatining hukmronlari” degan m a’noni bildirar  ekan. Giksoslar ko‘chmanchi
chorvador   qabilalar   bo’lib,   xo’jalik   va   madaniyat   darajasi   jihatidan   misrlik   yoki
mesopotamiyaliklarga     qaraganda   ancha   qoloq   bo'lishgan.   M.   av.   XIX   asrda
Arabiston ning shimoli-g'arbida giksoslarning harbiy ittifoqi tashkil topadi.  
Ular   Sinay   yarimoroli,   Falastin   va   Suriya   dashtining   katta   qismini     bosib   oladi.
Megiddo va Kadesh shaharlarini ham o'zlariga itoat  ettiradilar. 
             Giksoslarning Misrga bostirib kirishi. M.av. XVIII asr o'rtalariga kelib Misr
podsholigi   zaiflashib,   bir   nechta   mayda   nomlarga     bo'linib   ketadi.   Misrning
zaiflashib ketganligidan foydalanib giksoslar ham Quyi Misr yerlariga kirib keladi.
Ular   dastlab   mayda     podsholarga   xizmatga   kirib,   xizmatlari   evaziga   yer-mulklar
oladilar     va   katta-katta   viloyatlarni   boshqara   boshlaydilar.   Dastlab   giksoslar
mamlakatga   tinchlik   bilan   kirib   kelib   joylashgan.   Keyinchalik   esa     Quyi   Misrni
butunlay bosib olganlar. Ular Quyi Misrda o'rnashib  olganlaridan keyin, Nil daryosi
tarmog'ining   sharqiy   qismida   Avaris   shahrini   barpo   etib,   uni   poytaxtga
aylantirganlar.   Ular   shu   shahardan   turib   mamlakatni   boshqarishgan.   Giksoslar
Misrga kirib kelar ekanlar misrliklar madaniyati va xo'jaligida erishgan yutuqlaridan
foydalanganlar. 8
               Giksoslar misrliklardan ko'p narsalarni o'rgangan. Ayni paytda ular Misrga
otliq   qo'shin   va   ot   qo'shilgan   ikki   g'ildirakli   jang     aravalarini   ham   olib   kelgan.
Giksoslar kelgunicha misrliklar otni  ham, ot qo'shilgan jang aravalarini ham bilmas
edilar. Giksoslarning kirib kelishi munosabati bilan Misrda yilqichilikka katta e'tibor
berilgan. Misr yaylovlarida uyur-uyur yilqilar, qulunlar boqilib,  parvarish qilingan.
Keyinchalik   esa   misrliklar   giksoslarning   ot     qo'shilgan   jang   aravalarini   ham
o'zlashtirganlar. Giksoslar Misrda  m. av. 1710-yildan to 1584-yilgacha qariyb 130-
yil   hukmronlik   qilgan.   Shu   yillar   davomida   15-16-sulolaga   mansub   podsholar
giksoslardan   edi.   Giksos   podsholari   Avarisdan   turib   mamlakatni     boshqargan.
Ammo   Misr   janubidagi   Fiva   nomi   o   'z   mustaqilligini     saqlab   qolgan.   Giksos
podshosi  Xian davrida podsholik kuchayadi.   Shu davrda Falastinning katta qismi,
Krit oroli va boshqa joylar  giksoslarga itoat etib boj to'lar edi. 
               Xian davrida Misrda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik sezilarli
darajada rivojlanadi. Bu davrda savdo-sotiq ancha ravnaq topadi. 
              Misrdan giksoslarning quvib ehiqarilishi. M. av. XVI asr  boshlarida Misrda
ozodlik,   mustaqillik   uchun   kurash   boshlanadi.   Mustaqillik   uchun   kurashga   17-
sulolaga   mansub   Fiva   podsholari     boshchilik   qiladi.   Bosqinchilarga   qarshi   ozodlik
kurashi   Fiva   podshosi   Kamesu   davrida   kuchayadi.   Kamesu   mamlakatdagi
amaldorlami   saroyiga   chaqirib,   ularga   giksoslarni   Misrdan   haydash     vaqti
yetganligini tushuntiradi. 
                          U   amaldorlar   oldida   nutq   so'zlab,   oxirida   "Mening   maqsadim     Misrni
bosqinchilardan qutqarish va osiyoliklarni yer bilan yakson       qilishdir”, deb xitob
qiladi. 
8
  Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tarixi, T., 1956;Turayev B. 190-bet
15                           Kamesu boshlagan kurash ozodlik urushiga aylanadi. O g'ir   janglardan
so'ng   Misr   qo'shinlari   giksoslar   ustidan   g'alaba   qozonadi.   Ozodlik   uchun   bo'lgan
janglar vaqtida Kamesu juda ko'p   tan jarohati oladi. O 'sha vaqtdagi solnomalarda
Kamesu Misrni  giksoslar zulmidan ozod qilish uchun kurash olib borgan qahramon
sifatida madh  etiladi. 
                          Kamesudan   so'ng   uning   ukasi   Yaxmos   I   qo'shinlari   giksoslarni
mamlakatdan   butunlay   uloqtirib   tashlaydi.   Yaxmos     I   qo'shinlari     Falastin
janubidagi   Sharuxen   qal’asiga   kelib   joylashgan   giksoslarni   uch   yillik   qamaldan
so'ng   bo'ysundiradi.   Janglar   davom   etib,   Misr   qo'shinlari   Falastin,   Finikiya   va
Suriyaning ko'p joylarini istilo qilgan. 
                          Misr qo'shinlarining g'olibona janglari natijasida Misr giksoslardan ozod
qilingan.   Shu   bilan   Misrdagi   Giksoslar   davlati   yemirilib   barham   topib,   Misr   yana
mahalliy sulola namoyandalari boshqaradigan mustaqil davlatga aylanadi.
                      Misrda   Yangi   podsholikning   tashkil   topishi   va   kuchayishi.   Giksoslar
mamlakatdan quvilgach, Misrda Yangi  podsholik   davri  boshlangan. Bu podsholik
m.av.   1584-yildan   1085-yilgacha   davom   etib,   unda   18-20-suloladan   chiqqan
fir'avnlar Misr podsholigini boshqargan. 
             Bu davrda podsholikning chegarasi ancha kengaygan. U janubda Nubiyaga,
shimol   va   shimoli-sharqda   O‘rtayer   dengizining   sharqiy   sohillarigacha   bo'lgan
yerlarni   egallagan   edi.   Yangi   podsholikning   kuchayishi   munosabati   bilan   xo'jalik
yangidan   rivoj   topgan.     Yangi   yerlar   ochilib,   suv   omborlari,   kanallar   ta'mirlanib,
yangilari   qurilgan.   Dehqonchilikda   ishlatiladigan   mehnat   qurollari
takomillashtirilgan.   Qishloq   xo'jaligida   qullar   mehnatidan   keng   foydalanilgan.
Misrda   sug'orma   dehqonchilik   qilinadigan   yerlarning   katta   qismi   fir’avn,
sarkardalar,   ruhoniylar   va   zodagonlarga   tegishli     bo'lgan.   Ozod   Misr   dehqonlari   -
“fallohlar” ham ozmi-ko'pmi o 'z  yerlariga ega bo'lganlar. Dehqonchilikda bug'doy,
arpa, kunjut,  
sholi   ekilgan.   Bu   davrda   Misrda   xurmo,   zaytun,   uzum,   shuningdek     poliz   ekinlari
ham ekilgan va ulardan mo'l hosil olganlar. 
                              Misr  qo‘shini  va uning tuzilishi.  Misr  fir’avnlariga  mamlakatni  tashqi
dushmanlardan   himoya   qilish   va   o'zga   o’lkalarni   bosib     olish,   mamlakatdagi   ichki
qo'zg'olonlarni   bostirish   uchun   kuchli     qo‘shin   zarur   edi.   Shuning   uchun   Misr
fir’avnlari o'z qo'shinlarini qayta tuzishga kirishganlar. Avvalgi podsholiklar davrida
Misr  qo'shinlari faqat piyoda askarlardan iborat edi. 
                              Yangi   podsholikdan   boshlab   esa   Misr   qo'shinida   ot   qo'shilgan     jang
aravalaridan   iborat   yangi   qismlar   tuzilgan.   Misrliklar   otliq     qo'shin   va   jang
aravalaridan tuzilgan harbiy qismlardan foydalanishni giksoslardan o'rgangan. 
                  Shu davrdan boshlab Misrda-yilqichilikka katta e ’tibor berilib,  qulunlar
parvarish   qilinadigan   alohida   davlat   xo'jaligi   tashkil   etilgan.   Piyoda,   otliq   va   jang
aravalaridan tuzilgan harbiy qismlarning  askarlari o'q-yoy, nayza, oybolta, qilich va
16 boshqa   aslahalar   bilan     qurollangan   edi.   Misr   jangchilari   qalqon   tutib,
dushmanlaming  
o'tkir   qurollaridan   himoyalanadigan   zirhli   kivimlar   kiyib   jangga     kirganlar.   Og'ir
qurolli qismlar kamonchi va nayzachi guruhlar bilan to'ldirilgan. 
                              Misr   qo'shinlarida   ot   qo'shilgan   ikki   g'ildirakli   yengil   jang   aravalari
alohida   o'rinni   egallar   edi.   Aravada   ikki   askar   bo'lib,   jang     vaqtida   ularning   biri
otlarni   boshqarar,   ikkinchisi   esa   kamondan     ushmanlarga   o‘q   uzib,   nayza   sanchib,
qilich   chopar   edi.   Jang   vaqtida   ular   dushman   ustiga   shiddat   bilan   hujum   qilar,
chekinayotgan   dushmanlarni tezkorlik bilan ta’qib qilib borar edi. Misr  fir’avnlari
dengiz jangini olib borish uchun harbiy dengiz floti kemalarini ham  qurganlar. 
Shunday qilib yangi podsholik davrida misrliklar butun Sharq dunyosida eng kuchli
qo'shinga ega bo'lgan mustabid davlatga aylangan.
                  Misr fir’avnlarining istilochilik yurishlari. Yangi podsholik davrida Misr
fir'avnlari qo'shni mamlakatlar ustiga tez-tez talonchilik va bosqinchilik urushlarini
uyushtirib   turganlar.   Fir’avn   Tutmos   I   Suriya   va   Falastinga   bostirib   kirib.   Frot
daryosi   sohillarigacha   yetib   borgan.   Tutmos   III   esa   O   'rtayer   dengizining   sharqiy
sohilidagi mamlakatlarga 15 marta harbiy yurish qilgan. Misr qo'shinlari Suriya va
Falastinni qayta ishg'ol qilib, Frot daryosi bo'vidagi Karxemish shahrini ham bosib
olgan.   Misr   qo'shinining   kuch-qudratidan   cho'chigan   Ossuriya,   Xett,   Bobil   va
Mitanni   podsholari   o'zlarini   fir"avnning   “birodarlari”,   deb   e   ’lon   qilgan   va   o   'z
mustaqilliklarini   saqlab   qolgan.   Tutmos   III   qo'shinlari   janubdagi   Kush,   Nubiya   va
Punt   kabi   mamlakatlarga   ham   bir   necha   bor   bostirib   kirgan.   Askarlar   bu
mamlakatlardan   son-sanoqsiz   asirlar,   oltin.   kumush,   qimmatbaho   buyumlar,   fit
suyaklari olib qaytganlar. Fir'avn Amenxotep davrida ham M isr qo'shinlari Suriya,
Falastin, Mitanni va Nubiyaga harbiy yurishlar uyushtirib, M isrga juda ko'p o'lja va
harbiy   asirlar   bilan   qaytgan.   Tutmos   III   va   Amenxotep   II   davrida   M   isr   Yaqin
Sharqdagi   eng   qudratli   davlat   bo'lib   qolavergan.   F   ir’avn   Amenxotep   III   davrida
behuda urushlar boim agan. U tinchlik siyosatini qo'llab, qo'shni mamlakatlar bilan
do'stona, savdo va madaniy aloqalarini kuchaytirgan. Amenxotep III podsholigining
oxirlarida   Misrning   bosib   olingan   mamlakatlar   ustidan   o'rnatilgan   ta’siri   susaya
boshlagan. Finikiya va Falastin itoat etmay qo'ygan. Amenxotep III dan so'ng Misr
taxtini   Amenxotep   IV   egallagan.   U   Misrni   m.av.   1365-yildan   1348-yilgacha
boshqargan. Amenxotep IV davrida M isr davlati kuchsizlanib, qaram mamlakatlar
uning   ta’siridan   chiqib   keta   boshlagan.   Misrning   kuchsizlanishidan   foydalangan
ko'chmanchi jangari qabilalar mamlakatga bostirib kirgan. 9
9
  Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tarixi, T., 1956;Turayev B. 195-bet
17 II-BOB
2.1  19-20- sulolalar davrida Misr podsholigi,boshqa davlatlar tomonidan
Misrning egallab olinishi.
        M. av. XIV asr o'rtalariga kelib Misrda ahvol og'irlashgan. Mamlakatda xo'jalik
izdan   chiqqan.   Suriya,   Falastin   va   Nubiya   mamlakatlari   Misrga     itoat   etmay
qo'yganlar.   Ana   shunday   og'ir   sharoitda   nornarxlarning   zodagon   urug'idan   bo'lgan
Xoremxeb   to'ntarish   yasab   Misr     taxtiga   o'tiradi.   U   19-sulolaning   asoschisi   bo'lib.
m.   av.   1334-yilda   hokimiyat   tepasiga   kelgach,   Aton   e'tiqodini   bekor   qiladi,   eski
Amon   e’tiqodini tiklab, uning ruhoniylariga katta imtiyozlar beradi. Xoremxeb bir
necha   ma'muriy   islohotlar   o’tkazib   qo'shinni   qayta   tuzadi,   soliq   tizimini   tartibga
keltiradi, o'g'irlik , askarlarning talonchiligi va am aldorlarning poraxo'rligiga qarshi
choralar   ko’radi.   Og‘ir   jinoyatchilarga   qarshi   o’limbjazosini   joriy   etadi.   U   tashqi
siyosat   masalasiga   katta   e'tibor   bilan   qaraydi.   Suriya,   Falastin   va   N   ubiyaga   bir
necha   bor   harbiy   yurishlar   uyushtiradi.   Xoremxeb   mamlakat   xo'jaigini   yaxshilash
uchun   choralar   ko'radi.   U   m.av.   1306-yilda   vafot   etadi.   Uning   vorislari   Ramzes   I,
Seti I lar davrida Misr ham harbiy, ham iqtisodiy jihatdan kuchayib  yuksaladi. Seti
I   davrida   M   isr   qo'shinlari   Suriya,   Falastin   va   Finikiya   ustiga   bostirib   borib,   Tir,
18 Magiddo, Kadesh kabi shaharlarni bosib oladi. Seti I davrida Falastindagi hokimlar
qo'zg'oloni     bostiriladi.   Harbiy   yurishlar   natijasida   M   isrning   O‘rtayer   dengizi
sharqiy   sohilidagi   mam   lakatlar   ustidan   bo‘lgan   ta’siri   kuchayadi.   Natijada   bu
mamlakatlar   bilan   Misrning   aloqasi   izga   tushiriladi.     Misrda   qishloq   xo'jaligi,
hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo  rivojlanadi. 
              Ramzes II va vorislari davrida Misr podsholigi. Seti I vafot etganidan so‘ng
Misr   taxtiga   uning   o‘g   ‘li   Ramzes   II   (m.   av.   1290-1224)   o'tiradi.   U   Misr   tarixida
Meriamon   -   “Amonning   sevikli   fir’avni”   nomi   bilan   mashhur   bo’lgan   .   U
mamlakatda   66   yil   podsholik   qilib,   mamlakat   obodonchiligiga   katta   e'tibor   beradi.
Ramzes  II davrida yangi yerlar o‘zlashtiriladi, yangi-yangi  kanallar  qazilib, to'g'on
va   suv   omborlari   barpo   etiladi,   sug'orish   tarmoqlari     kengaytirilib,   dehqonchilik
rivoj   topadi.   Nil   daryosi   kanallaridan   suv   olib   yuqoriga   chiqariladigan   shoduf   va
charxpalaklar takomillashtirilgan. Ramzes II O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi
rnamlakatlarni  bosib   olish   uchun  Kichik  Osiyodagi   xettlar  bilan  qattiq  va   uzluksiz
kurash olib boradi. U m.av. 1296-yilda bo'lib o'tgan jangda xettlardan yengilib asir
tushishiga   oz   qoladi.   M.   av.   1290-1280-yillar     orasida   Misr   bilan   Xett   davlati
o'rtasida qonli janglar bo'lib o'tadi.   Urushda goh Xett. goh M isr qo'shinlari g'olib
chiqqan.   Nihoyat   m.   av.   1280-yilda   Ramzes   II   bilan   Xett   podshosi   Xettusili   III
o'rtasida   tinchlik va do'stlik bitimi tuziladi. Sulhga ko'ra ikki mamlakat podsholari
bir-biriga   har   tomonlama   yordam   berishga   kelishib   olishadi.     Ana   shu   bitimning
misr   va   akkad   tillarida   yozilgan   nusxalari   bizgacha   yetib   kelgan.   Bitimda   mingta
Xett va mingta Misr xudolari  
garov qilib qo'yilganligi bayon etilgan va qonunlashtirilgan.  
                            20-sulola  davrida  Misr   podsholigi  (m.av.  1147-1085-yilIar). Merneptax
vafotidan keyin Misr taxtiga Setnaxt o'tiradi (m.av. 1200-yilda). U ancha tadbirkor
kishi bo'lib, Misrdagi  mushkul  ahvolni ancha yaxshilashga erishadi. Mamlakatdagi
qo'zg'olonlar  bostirilib, tartib o'rnatiladi. Setnaxtning o 'g 'li Ramzes III (m.av.  
1190-1159)   davrida   mamlakat   xo'jaligini   tiklashga   katta   e’tibor   berilgan.   Misr
qo'shini kuchaytirilib, intizom yaxshilangan. U   mamlakat ichidagi nizolarga qarshi
kurash olib borgan. Liviyaliklar   va “dengiz xalqlari'’ning Misrga qilgan hujumlari
qaytarilgan. U  Suriya va Falastinda g'olibona urushlar olib borib, u yerda Misrning
avvalgi   ta'sirini   tiklagan.   Ammo   Ramzes   III   podsholigining     oxirlarida   u   bilan
ruhoniylar, nom hokimlari va ayrim amaldorlar   o‘rtasida nizo chiqqan. Fitnachilar
Ramzesga   suiqasd   uyushtirib,     m.av.   1166-yili   imi   o'ldirganlar.   Ramzes   III
o‘limidan so‘ng juda  ko'p podsholar almashgan. Lekin ularning hech biri Misrning
avvalgi   kuch-qudratini   tiklay   olmagan.   Nihoyat,   m.   av.   1085-yili     Ramzes   XI
vafotidan   so'ng   Misr   fir’avnlarining   20-sulolasi   tugatilgan.   Yagona   Misr   davlati
ikkiga   bo'linib   ketgan.   Janubiy   Misr   Fiva   hokimlari,   Shimoliy   M   isr   esa   21-sulola
asoschisi Tanis hukmdori   Smendes qo'liga o'tgan. Shu bilan Misr tarixidagi Yangi
podsholik  davri ham tugagan.  10
10
  Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. 55-bet
19                   So‘nggi podsholik davrida Misr (m. av. XI - IV asrlar). Misr liviyaliklar
hukmronligi ostida. M.av. XI asr boshlarida M isrda Yangi podsholik davri barham
topib,   So'nggi   podsholik   davri   boshlangan   Bu   davrni   “Liviya-Sais   davri”   ham
deyiladi.   Yangi   podsholik   davrida   Misr   qo'shinida   yollangan   ajnabiy   liviyalik
askarlar   xizmat   qilishar   edi.   Yangi   podsholik   oxiridagi   tarqoqlikdan   ajnabiy
liviyaliklar   ustalik   bilan   foydalanganlar.   Ular     misrliklrni   harbiy   xizmatdan
chetlashtirib, davlat tashkilotlarining  yuqori lavozimlarini egallab olgan.M. av. 945-
yili liviyalik Sheshonk I shimolda hokimiyatni egallab olgan. U XXII sulolaga asos
solib,   Liviya   sulolasi   Misrda   m.   av.     945-yildan   722-yilgacha   hukmronlik   qilgan.
Ular   deltadagi   Bubastis   shahrini   o   'z   davlatlarining   poytaxti   qilib   tanlaganlar.
Shuning   uchun   liviyaliklar   asos   solgan   sulola   "bubastislar   sulolasi”   deb   ham
ataladi.   Sheshonk   I   va   uning   vorislari   davrida   xo'jalik   va   qurilish   ishlari     biroz
jonlangan.   U   Falastin   va   Nubiya   ustiga   qo'shin   tortib   borgan.   U   yerlardan   ko'plab
harbiy  asir,   katta  o'ljalar   bilan  Misrga  qaytgan.   Bubastislar   davrining  oxiriga  kelib
Misr yana kuchsizlanadi.  
Sharqdan Ossur  qo'shinlarining istilosi  boshlanadi. Ossurlar bilan   Suriya Falastin-
Mirning birlashgan qo'shinlari m. av. 853-yili Qarqara shahri  yaqinida to'qnashadi.
Jangda   Ossur   qo'shinlari   g'alabaqozonadi.   Bu   m   ag'lubiyatdan   so'ng   Misrning
obro'si tushib ketadi.  Shu davrda kelib chiqishi liviyalik Tanis hukmdori Petubastis
m.av.  
808-yilda o'zini  Misr  fir’avini  deb e ’lon qilib, 23-  sulolaga  asos  soladi. Bu  sulola
davrida Misrdagi ahvol yanada yomonlashadi. M. av. VIII asrda hukmronlik qilgan
24-sulola vakillari, xususan   Bakxoris davrida (m.av. 721-715) mamlakatni inqiroz
botqog'idan     qutqarish   uchun   ayrim   islohotlar   o'tkazilgan.   Bu   islohotlar   ham
Misrdagi ahvolni yaxshilay olmagan. Mamlakatda vaziyat yana  yomonlashib, Misr
qaytadan mayda hokimliklarga - nomlarga  bo'linib ketgan. 
           Misrda Efiopiya hukmronligi. M. av. V III-V II asrlarda yuqori  Misr janubida
Efiopiya   (Kush)   davlati   ravnaq   topadi.   Misrning   kuchsizlanganidan   foydalanib
Efiopiya podsholari Misr ustiga   bostirib kiradi. Efiopiya podshosi Pianxi va uning
vorisi Shabakalar  davrida (m.av. 740-720) Misr Efiop qo'shinlari tomonidan bosib  
olinadi. M. av. 715-yilda bo'lib o'tgan jangda Misr qo'shinlari tormor qilinib. fir’avn
Bakxoris   asir   olinadi   va   tiriklayin   o'tga   tashlab     kuydiriladi.   Misr   bosib   olingach.
Efiopiya   va   Misr   bitta   davlat   qilib     birlashtiriladi.   Shu   tariqa   Misrda   Efiopiya
sulolasi   hukmronlik   qiladi.   Bu   Misr   tarixidagi   25-sulola   edi.   Efiopiya   sulolasi
Misrni   m.av.     715-yildan   664-yilgacha   boshqaradi.   Shabaka   davrida   mamlakatda
tinchlik o'rnatilib, xo'jalik va madaniyat ancha rivoj topadi. 
                      Misrda Ossuriya  podsholigining hukmronligi. M. av. VII asrning birinchi
yarmida   Ossuriya   davlati   qaytadan   kuchayadi.   Asarxadon   va   Ashshurbanipal
podsholik qilgan davrda Ossuriya  qo'shinlari Misrga uch marta bostirib kirgan. Ular
aholini qirg'in  qilib, Misr boyliklarini talab, aholining bir qismini qul qilib havdab  
ketgan.   Asarxadon   m.av.   6   74-671-yillardagi   jangda   Efiopiya-Misr   podshosi
Taxarkani yengib, o'zini Efiopiya-Misr podshosi deb  e’lon qilgan.       
20                       Ossur podsholarining Misrdagi hukmronligi m.av. 671-yildan 655-yilgacha
davom   etgan.   Shu   davr   ichida   Misrda   Ossurlarga   qarshi   Taxarka   rahbarligida   ikki
marta qo'zg'olon ko'tarilgan, 663-yilda esa ossur qo'shinlari bilan Taxarkaning vorisi
Tanutamon qo'shinlari o'rtasida qattiq jang bo'lib, jangda ossurlar  g'alaba qozonadi.
Shu jangdan so'ng 25-efiopiya sulolasi tugatiladi. 11
                    Misrni qayta birlashtirish uchun kurash. Sais quyi Nil tarm og'ining g'arbiy
qism   idajoylashgan   shahar   bo'lib,   atrofi   botqoqliklar   bilan   qurshalgan   edi.   Asli
Kichik   Osiyolik   Sais   hukmdorlaridan   Psammetix   I   Lidiya,   Yunoniston   va   Bobil
bilan ittifoq tuzib mamlakatdan efiopiyaliklarni va ossuriyaliklarni surib chiqargan.
Shundan   so'ng   janubiy   M   isrda   ham   o   'z   hokimiyatini   mustahkamlab,   m.av.   655-
yilda mamlakatni birlashtirish nihoyasiga yetkazilgan. U 26-sulolaga asos solib, bu
sulola   m.   av.   664-yildan   525-yilgacha   Misrda   hukmronlik   qilgan.   Psammetix   1
mamlakat   obodonchiligi   va   xo'jaligini   rivojlantirish   ishiga   homiylik   qilgan.
Psammetix   I   ning   o   'g   'li   va   taxt   vorisi   Nexo   II   (m.av.   610-595)   Misrni   kuchli
davlatga   aylantirish   uchun   harakat   qilgan.   U   Falastin   va   Suriya   janubida   M   isr
ta'sirini   qayta   tiklamoqchi   bo'lib,   Frot   daryosigacha   borgan.   Ammo   Frot   daryosi
sohiliga   chiqqan.   Nexo   II   qo'shinlari   bobilliklarning   qarshiligiga   duch   kelgan.
Karxemish   yonidagi   jangda   uning   qo'shinlari   bobilliklardan   yengiladi.   Nexo   II
davrida   Misrda   obodonchilik   va   xo'jalikni   rivojlantirishga   katla   e   ’tibor   berilgan.
Xuddi   shu   davrda   Qizil   dengiz   bilan   O   'rtayer   dcngizini   birlashtiradigan   84   km
uzunlikdagi kanal qazilgan. Kanal qurilishida asirlar, qullar va oddiy aholi ishlagan.
Qurilish vaqtida 120 mingdan ortiq odam og'ir mehnat natijasida o'lib ketgan. Nexo
II   buyrug'i   bilan   Finikiya   dengizchilari   m.av.   600-597-yillarda   Afrika   atrofini
aylanib   chiqqanlar.   M.   av.   569-yiIi   mamlakatda   g'alayonlar   boshlangach   Misr
taxtini sarkarda!ardan bo'lgan Yaxmos II egallagan. U m. av. 570—525-yi 11 arda
M   isrda   podsholik   qilgan.   U   Misr   davlatini   mustalikamlash   uchun   ko'p   harakat
qilgan.   Lekin,   Yaxmos   II   Eroniylar   Misrga   bostirib   kirishlaridan   biroz   oldinroq
vafot etgan.
          Misr ahamoniylar va yunon-makedonlar hukmi ostida. Ma’lumki, O’rta Osiyo
massagetlari   bilan   olib   borilgan   jangda   Eron   qo'shinlari   tor-mor   etilib,   shoh
Kayxusrav   II   janglarning   birida   fojiali   tarzda   halok   bo’lgan.   Gerodot   keltirgan
afsonaga   ko'ra   massagetlar   malikasi   To'maris   Kayxusravni   yengib,urush
maydonidan   uning   jasadini   topib   kelishni   buyurgan   va   uning   kallasini     kishi   qoni
to'ldirilgan   meshga   tiqayotib   “sen   qon   talab   eding,   seni     qonga   to'yg'izmoqchi
edim”,   -   degan   ekan.   Kayxusrav   vafotidan   so'ng   uning   o'g'illari   o'rtasida   toju-taxt
uchun   kurash   boshlanadi.     Kambiz   Eron   davlatining   to'la   huquqli   podshosi   bo'lib
oladi. 
           Bu kurashda u o 'z ukasini qatl ettiradi. Kambiz taxtda mustahkam o'rmashib
olgach,   joylardagi   qo'zg'olonlarni   shafqatsizlik   bilan   bostiradi.   U   otasi
Kayxusravning istilochilik siyosatini davom   ettirish maqsadida Misr ustiga qo'shin
tortib borishga tayyorgarlik ko'radi. Mazkur davrda Misr Eron shohlari uchun xavfli
11
  Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tarixi, T., 1956;Turayev B. 210-bet
21 raqib     hisoblanar   edi.   So'nggi   podsholikka   mansub   Amazis-Yaxmos   II   yunonlar
bilan   aloqa   bog’lab,   o'z   qo'shiniga   yunonlardan   yollanma   askarlarni   jalb   etadi.   U
Misrning   iqtisodiy,   siyosiy   va   harbiy     qudratini   mustahkamlamoqchi   bo'lgan.   O
'zining ulkan qo'shini  
va   ittifoqchilari   -   finikiyaliklar,   kiprliklar,   samosliklaming   kuchli     harbiy   dengiz
flotiga suyanib. Kambiz II m.av. 526-yilda Misrga   qarshi harbiy yurish boshlagan.
Misrga   qarshi   yurishda   lidiyaliklar   ham   ishtirok   etgan.   Kambiz   shimoliy   arab
qabilalari   sardorlari   bilan   ittifoq   tuzib.   m.av.   526-yili   Eron   qo'shinlari   Misr
chegaralariga   yaqinlashib   kelayotgan   paytda   zamonasining   mashhur   arbobi
Amasis-Yaxmos   II   ittifoqchisi   hisoblangan   yunonlarning   yollangan   qo'shinlaridan
ustalik bilan foydalandi. Uning vafotidan so'ng  o 'g 'li Psammetix taxtga o'tirdi. 
            Psammetix   o   'z   mamlakatini   dushmanlar   hujumidan   va   o‘z   davlatining
mustaqilligini saqlab qolishning uddasidan chiqa olmagan. Kambiz qo'shinlari m.av.
525-yilda   chegaraga   yaqin   bo'lgan   Pelusiya   yaqinida   Misr   qo'shinlari   bilan
to'qnashib.   misr   va   yunon   yollanma   qo'shinlarini   tor-mor   etgan.   Shuningdek,
Memfis   shahri   uchun   bo'lgan   jangda   ham   eroniylarning   qo'li   baland   kelib,   ular
Misrni   o'zlariga   bo'ysundirganlar.   M   isr   qo'shinlarining   yengilishiga   asosiy   sabab
Fanes   boshliq   yunon   yollangan   qo'shinlari   va   nom   qo'shinlari   sarkardalarining
xoinligi   bo'lgan.   Shuningdek,   Misrga   qo'shni   bo'lgan   liviyaliklar   eronliklarga   o'z
ixtiyorlari bilan taslim bo'lishgan. Shimoliy Afrikadagi kirenalik va barqaliklar ham
eroniylarga   so'zsiz   taslim   bo'lib,   Kambizga   xiroj   to'lagan   hamda   sovg'a-salom   lar
yuborib   turgan.   Shu   davrda   Misrda   g'alayonlar   boshlanib,   unga   qarshi   eronliklar
qattiq   jazo   choralarini   qo'llaydilar.   Jumladan   26-sulolaga   mansub   so'nggi   Misr
fir’avni   Psammetix,   Gerodot   ta’biri   bilan   aytganda   “misrliklami   qo'zg'olonga
chaqirishda”   ayblanib   o'ldirilgan.   Kambiz   II   qo'shinlari   M   isrni   istilo   qilish   bilan
cheklanib qolmay, Misrga chegaradosh mamlakatlarga kirib borgan. U Karfagenni,
vohalarni va uzoq Efiopiyani ham istilo qilishga urinib ko'rgan. Kambiz Nubiya va
Efiopiya   istilosiga   yaxshi   tayyorgarlik   ko'rm   agan   edi.   Q   o'shinda   ocharchilik
boshlanib,   askarlar   orasida   odam   xo'rlik   kelib   chiqqan.   Ammo   Kambiz   qo'shinlari
Efiopiya   va   Karfagenni   bosib   olishga   muvaffaq   bo'la   olmagan.   Kambizning
vohalarga yuborgan qo'shinlari vohaning jaziram a qum-cho'llarida halok bo'lganlar.
Finikiya floti karfagenlik o 'z qabiladoshlariga qarshi chiqishdan bosh tortgan 12
              Kambiz o'zini eroniylardan bo'lgan XXVII sulolaning asoschisi   deb hisoblab,
Misr fir’avni va Eron shohi deb e’lon qilgan. Ammo Kambiz m.av. 522-vili Eronga
qaytayotgan   vaqtda   sirli   tarzda   o'ldirilgan.   Uning   o'rniga   taxtga   ahamoniylardan
bo'lgan Doro I  o'tirgan (m.av. 522-486). Doro I davrida M isr Eron davlati tarkibida
bo'lgan.   Ammo   eroniylarning   Misrdagi   hukmronligi   asta-sekin     zaifiashib   borgan.
Eron   shohlari   va   amaldorlari   Misrda   zo'ravonliklari   kuchaytirib,   soliqlarni
oshirganlar.   Bunga   qarshi   Misrda   qo'zg'olonlar   bo’lib   ,ular   eroniy   askarlar
tomonidan shafqatsizlik   bilan bostirilgan. Bunga javoban m. av. 460-yilda G'arbiy
deltada Inar boshchiligida eroniylarga qarshi qo‘zg'olon boshlangan.  Q o'zg'olonda
12
  Yegipetskaya literatura, t. I, M., 1920; Matye M. E., Iskusstvo Drevnego. 240-bet
22 yunon   dengiz   floti   qo'shinlari   ham   qatnashgan.   Ammo   bu   qo'zg'olon   m.   av.   454-
yilda   shafqatsizlarcha   bostirilgan.   M.av.   V   asr   oxirlarida   Eronda   toju-taxt   uchun
ichki   kurash     qizg'in   tus   oladi.   Bu   vaziyatda   Sais   hukmdori   Amirtey   qo'zg'olonga
rahbarlik   qiladi.   Amirtey   qo'shinlari   Eron   qo'shiniarini   yengib,     hokimiyatni   o   'z
qo'liga   oladi.   U   Misrda   mahalliy   hukmdorlarning     28-sulolasini   boshlab   beradi
hamda mamlakatni m.av. 404-398-yillarda idora qiladi.
                Amirteydan   so'ng   markaziy   deltadagi   Mendes   shahridan     chiqqan   kishilar
hokimiyatni   egallaydilar.   Ular   Misrda   29-sulolani     boshlab   berib,   m.av.   398-380-
yillarda mamlakatni boshqargan. Bu   sulolaga mansub hukmdorlar tez-tez almashib
turgan. Sulolaning  so'nggi vakili Akaris mamlakatni 13 yil (m.av. 393-380-yillarda)
boshqaradi.   Akaris   vafotidan   so'ng   ichki   to'ntarish   natijasida     30-sulolaga   asos
solgan hukmdorlar hokimiyat tepasiga keladi.  Ular Mendes shahriga qo'shni bo'lgan
Sevennitadan chiqqan edilar. Mazkur sulola vakili serg'ayrat Nektanib I (m.av. 380-
363yillar)   mamlakatni   boshqaradi.   Uning   davrida   misrliklar   eroniylarga   qarshi
kurash   olib   boradi.   Nektanib   I   dan   so'ng   Misrda   Taxos     (m.av.   3   63-361-yillarda)
hukmronlik qiladi. Taxosdan so'ng taxtga  Taxosning jiyani Nektanib II (m.av. 361-
343) o'tirib mamlakatni  boshqaradi. Taxos va Nektanib II davrida (m.av. 361—343-
yillarda)  misrliklarning eronliklarga qarshi kurashi davom etadi. 
                    M.av.   337-335-yillarda   Memfis   hukmdori   Xabbash   ikki   yil     davomida
eroniylar bilan kurashni davom ettiradi. Ammo Eron   podshosi Doro III qo'shinlari
Xabbash   qo'shiniarini   yengib.   Misrni   qaytadan   ahamoniylar   saltanatiga   qo'shib
oladi.   Biroq   Doro   III   ham   Misrni   uzoq   vaqt   Ahamoniylar   Eronni   tarkibida   saqlay
olmadi.
                  M.av. 332-yilda Makedoniyalik Aleksandar qo'shinlari Misrga bostirib kirib,
uni jangsiz egallaydi. Misrliklar Makedoniyalik   Aleksandrni hurmat-ehtirom bilan
kutib   oladi   va   unga   fir'avn   unvonini   beradilar.   Uni   Amonning   o   'g   'li   deb   e'lon
qilishadi. 
              Shu   bilan   mahalliy   sulolalar   davri   tugab,   Misr   M   akedoniyalik   Aleksandr
saltanati tarkibiga qo’shib olinadi. Uning vafotidan  so'ng Misrda Ptolemeylar davri
boshlanadi. Bu davr Misrda “ellinizm davri’’ deb ham ataladi. Ptolemeylardan so'ng
esa Misr Rim   saltanati tarkibiga qo'shib olinadi. Shu bilan Misr xalqlari tarixining
qadimgi davri o'z nihoyasiga yetdi.
        
23 2.2  Qadimgi Misr madaniyati maktab maorif va tarixiy bilimlar.
              Azim   Nil   daiyosining   quyi   qismida   joylashgan   Qadimgi   Misr   kishilik
madaniyatining   eng   ko'hna,   eng   qadimgi   markazlaridan   biri   hisoblanadi.   M   isr
madaniyati   m.   4000-5000   yil   muqaddam   vujudga   kelgan   va   bir   necha   tarixiy
davrlarni boshidan kechirib, taraqqiy etib borgan. M adaniyat ko'pqirrali tushuncha
bo'lib,   u   bir-biri   bilan   bog'langan   ikki   tarkibiy   qismdan   iboratdir.   Ularning   biri
moddiy   madaniyat   bo‘Isa,   ikkinchisi   m   a’naviy   madaniy   atdir.   Moddiy   madaniyat
deganda ajdodlarimizning aqli-zakovati, qo'l mehnati bilan yaratilgan turar joy lari,
m   e’moriy   binolari,   ust-bosh,   kiyimkechaklari,   iste’mol   qiladigan   taomlari,   uy-
ro‘zg‘or   anjomlari,   xullas   odamlarning   kundalik   ehtiyoji   uchun   lcerak   bo'ladigan
buyumlar   majmuasi   tushuniladi.   Kishilikning   m   a’naviy   madaniyati   esa   moddiy
madaniyat bilan uzviy, chambarchas bog'liq bo'lib. u ham ko'p qirralidir. M a’naviy
m   adaniyat   tarkibiga   axloq.   odob,   yurish-turish,   kishilar   bilan   muomala,   til,
tafakkur.   xalq   og'zaki   ijodiyotining   hamma   turlari,   yozuv,   yozma   adabiyot,   raqs,
qo'shiq, musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, yer bilimi, amaliy saivat buyumlari,
ilm-fan,   huquq,   din,   diniy   tushunchalar   va   boshqa   nai'salar   kiradi.   Qadimgi
misrliklar madaniyatning har ikki tarm og'i bo'yicha ham kattadan-katta yutuqlarga
erishganlar.   Qadimgi   Misr   madaniyatining   ildizlari   4-5   mingyillik   emas,   balki,   bir
necha o'n  ming yilliklarga borib taqaladi.  M isrning qulay geografik muhiti  hudud
aholisining   moddiy   va   ma'naviy   madaniyati   hamda   texnikaning   juda   barvaqt
taraqqiy  etishiga asos b o iib xizmat qilgan. Misrning jaziram a issiq ob-havosi, Nil
vohasida   su   n   iy   sug'orish   inshootlariga   boigan   benihoya   zo'r   ehtiyoj   juda   qadim
zamonlardayoq   kanallar,   to'g'onlar.   dambalar   va   dastlabki   vaqtlarda   oddiy   pitang
bilan   ko'tariladigan   bosmalar,   keyinchalik   esa   eharxpalaklar,   shoduf,   nova   va
boshqa   sug'orish   texnikasining   murakkab   tizimini   kashf   etishga   majbur   qilgan.
Shuni ta’kidlab o'tish joizki, qadimdan boshlab M isrda toshtaroshlik g'oyat ravnaq
24 topib, toshdan ajoyib ibodatxonalar, saroylar, piramida-ehromlar va turli m e’moriy
obidalar   yasaganlar.   Qadim   zamonlardanoq   misrlik   hunarmandlar   fil   suyagi,   oltin.
mis,   kumush   va   qimmatbaho   toshlardan   ajoyib,   nafis   ziynat   buyumlari   yasashda
katta yutuqlarga erishgan. M isrda yer yuzining boshqa joy lari ga qaraganda yozuv
va yozma adabiyot ancha ilgari paydo bo'lgan va rivojlana borgan. Yozuv paydo b o
iish   i   munosabati   bilan   maktab   va   m   a'orif   ham   asta-sekin   shakllana   borib,   rivoj
topgan. Mamlakatda astronomiya, matematika, tabobat, geografiya, veterinariya va
boshqa   ilmiy   bilimlarning   kurtaklari   shakllanib   ravnaq   topgan.   K   o'pgina
misrshunos   olimlar,   xususan   V.I.   Avdiyevning   yozishicha,   “M   isr   madaniyati
qadimgi   Sharqdagi   tu   rg   im   madaniyatning   timsoli   sifatida   juda   sekinlik   bilan
rivojlana   borgan.   Misr   madaniyatining   turg'unligi,   to   ‘g‘risi,   juda   sekin   taraqqiy
qilishiga   Nil   vodiysining   geografik   jihatdan   boshqa   olamdan   ajralib   qolganligi.
hanida   u   yerda   ibtidoiy   jam   oa   tuzumi   qoldiqlarinig   uzoq   saqlanib   qolganligidir”.
Biroq   keyinchalik   birinehi,   ikkinchi   mehnat   taqsimotining   bo'lishi   hamda   savdo-
sotiqning   rivojlana   borishi   oqibatida   xususiy   mulk   va   mulkiy   tengsizlik   qadimgi
urug'doshlik   jam   iyatini   yemirib,   tabaqaviy   quldorlik   jam   iyati   va   eng   qadimgi
mustabid   davlatlarning   vujudga   kelishiga   sabab   bo'lgan.   Urushlar   va   tashqi   savdo
misrliklarning   qo'shni   mamlakatlar   bilan   tanishish   va   aloqa   bog'lashiga   imkoniyat
yaratgan.   Shu   munosabat   bilan   misrliklar   O   'rtayer   dengizining   sharqiy   viloyatlari
va Mesopotamiya  aholisi  madaniyatidan juda ko'p narsalar  oiganib, o 'z o'rnida bu
xalqlar madaniyatining rivojiga ijobiy ta’sir k o isatgan. Bunga M isrning geografik
o'rni   ya’ni   3   qit'a   -   Afrika.   Osiyova   Yevropa   chegaralari   tutashgan   yerda
joylashganligi   ham   birinchi   yordam   bergan.   Shuningdek   fir’avnlar,   arkoni   davlat,
qo'shin,   ruhoniylar   va   ko'p   sonli   Misr   aholisini   oziq-ovqat   bilan   ta’minlashning
asosiy manbayi hisoblangan yer bilimi va u bilan bog'langan ziroatchilik misrliklar
madaniyati   rivojining   eng   muhim   omillari   o   igan.   Qadimgi   Misr   yozuvlari.   Misr
insoniyat   madaniyatining   eng   qadimgi   markazlaridan   biri   hisoblanadi.   Yozuv   m
a’naviy madaniyatning ajralmas qismidir. Qadimgi misrliklar bundan 6-7 mingyillar
muqaddam belgi-rasmlar shaklidagi  iveroglif yozuvini  kashf etganlar. Bu yozuvlar
750 belgi-rasmlardan iborat bo'lgan. 13
                Misr yozuvida narsa va hodisalar har turli rasm va belgilar yordamida ifoda
etilgan.   M   asalan,   suv   so‘zi   uch   qator   to'lqinsim   on   chiziq,   tog‘   so'zi   ost   tomoni
tekis. yuqori tomoni qabariq, o'rtasi botiq shakl bilan ifoda etilgan. Q o'lida o'q-yoy
ushlab   turgan   odam   rasmi   jangchi,   o'roq   ushlab   turgan   kishi   tasviri   esa   o'rm   oq
degan   m   a'noni   bildirgan.   Keyinchalik   belgi-rasm   shaklidagi   yozuv   takomillashib
soddalashtirilgan.   Zamonlar   o'tishi   bilan   belgi-rasm   shaklidagi   yozuvlar   alifbo
belgilariga   aylangan.   Qadimgi   podsholik   davrida   misrliklar   yozuvida   24   ta   asosiy
tovushni   bildiradigan   alifbo   tizirni   paydo   bo'lgan.   M   isrliklar   dastlab   alifbo   va
xatlarnitosh, yog‘och, po'stloq, taxta, teri kabi buyumlarga yozganlar. Nil sohillarida
o'sadigan   papirus   o‘simligining   barglaridan   esa   yozuv   qog‘ozi   o   in   id   a
foydalanilgan.   Misrliklar   papirus   barglaridan   varaqlar   tayyorlab,   varaqlarni   bir-
13
  Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. 58-bet
25 biriga ulab uzunligi 45 metrgacha papirus  о  'ram lari tayyorlaganlar. Zaruriy m aium
ot,   hodisa   va   boshqa   narsalar   papirusga   yozib   berilgan.   Unga   qamishdan
tayyorlangan yozuv asbobi bilan yozilgan. Bu misrliklarning o‘ziga xos kitobi edi.
Misrning turli joylaridan arxeolog olimlar qadimgi ‘'papirus kitob"larini topishgan.
Qadimgi   Misr   iyerogliflarini.   tilshunos   olimlar   oiganishga   urinib   koiganlar.   Lekin
ular   bu   sohada   aytarli   natijalarga   erisha   olmaganlar.   Mashhur   fransuz   olimi
J.F.Shampalon   Misr   iyerogliflarini   o'qib   chiqib,   shuhrat   qozongan.   Misr   tarixini
o'rganishda ‘Rozzet" bitiktoshi  ham  katta ahamiyatga ega boigan. Qadimgi  Misrda
maorif   va   maktab.   Qadimgi   Misr   murakkab   davlat   tizimiga   va   keng   miqyosli
xo'jalikka ega mamlakat  bo'lgan. Misr  davlati  va xo‘jaligini boshqarish uchun xat-
savodli. bilimdon kishilar zarur boigan. Shu tufayli Misr fir’avnlari va a’yonlari xat-
savodli   va   bilimdon   xodimlar   tayyorlashga   alohida   ahamiyat   berganlar.   Misrda
talabalami   o'qitish   va   taiim   -tarbiya   berish   maskani   maktablar   edi.   Mamlakatning
hamma  shaharlari   va   yirik   qishloqlarida   maktablar   bor   edi.  Maktablarda   fir'avnlar.
a’yonlar, amaldorlar, ruhoniylarning bolalari va o'qishga havasi bo'lgan kishilarning
farzandlari   ham   o'qiganlar.   Misrda   boshlangich,   o‘rta   va   oliy   maktablar   faoliyat
ko'satgan. Boshlangich maktablarga bolalar 5-6 yoshdan jalb etilib, harflar oigatilib,
savodi chiqarilgan. Bolalar maktabda husnixat bilan ham shug'ullanib, ular har kuni
3 sahifa  yozishlari   kerak bo’lgan. Misrdagi  o’rta va  oliy maktablarning ko'pchiligi
mirzolar   tayyorlab   chiqargan.   Ularni   ’’mirzolar   maktabi”   ham   deyishgan.   Misr   fir
avnlarining   markaziy   mahkamasi   qoshida   podsho   xazinasi   uchun   maxsus   amaldor
mirzolar   tayyorlaydigan   maktablar   ham   bo'lgan.   Bu   maktablar   katta   tajribaga   ega
boigan   bilimli   ustoz-o'qituvchilar   bilan   ta’minlangan.   Maktablarda   matematika,
geometriva.   astronomiya,   tarix,   tibbiyot,   adabiyot   kabi   dunyoviy   va   diniy   bilimlar
o’qitilgan.   Misr   maktablarida   intizom   juda   qattiq   boiib,   u   tan   jazosi   bilan
mustahkamlangan.   O   ’sha   vaqtda   yozilgan   “Nasihatlar”da:   “Ey   mirza,   dangasalik
qilma, yo'qsa jazoga duchor bo'lasan. Qo'lingda kitob bo'lsin. ovoz chiqarib o'qigin
va   o'zingdan   ko'p   biladiganlar   bilan   maslahat   qilib   ish   tut.   Bir   kun   ham   yalqovlik
qilma.   yo'qsa   kaltak   yeysan.   Axir   bolaning   qulog'i   yelkasida   bo'ladi-da,   qachon
ursang,   shunda   uning   qulog’iga   gap   kirad   r,   -   deb   yozilgan.   Misrda   yozuv,   ilmiy,
amaliy va diniy bilimlarning vujudga kelishi va rivojlanishi mamlakat xo'jaligi bilan
chambarchas   bogiiq   boigan.   Misrda   vujudga   kelgan   ilmiy-amaliy   bilimlar
xo'jalikning   hamma   tarmoqlari   rivojiga   juda   katta   ta'sir   ko'rsatgan.   Qadimgi   Misr
folklori   va   adabivoti.   Qadimgi   Misr   adabiyoti   bundan   V1-VI1   mingyil   muqaddam
vujudga   kelgan.   O   'lta   podsholik   davridavoq   adabiyot   juda   yuksak   darajaga
ko'tarilgan.   Qadimgi   misrliklar   juda   ko'p   xalq   maqollari,   matallari,   ertak,   afsona,
doston   va   qo'shiqlar   yaratganlar.   Xalq   og'zaki   ijodiyotida   dehqon,   cho'pon,
savdogar, hammol, amaldor, ruhoniy va hatto Misr  fir’avnlarining turmush tarzlari
sodda tilda bayon etilgan. Qadimgi misrliklarning “Ikki og‘a-ini”, “To‘g ‘ri va egri”,
“Isida va Osiris haqida", “Gor bilan Set janjali”, “Halokatga uchragan kema haqida
hikoya”,   “Sinuxet   hikoyasi”   kabi   rivoyat,   afsona,   ertak   va   hikoyalari   diqqatga
sazovordir.   Qadimgi   Misr   adiblari   sayohatnoma,   pand-nasihat,   diniy   poeziya   va
26 gimnlarga katta e'tibor  berganlar. Ular shu yo'nalishda  ko‘plab asarlar yaratishgan.
“Halokatga   uchragan   kema   haqida   hikoya”   rivoyatida   podsho   konlariga   qilingan
mashaqqatli sayohat haqida so‘z yuritiladi. Hikoya qilinishicha, sayyohlar dengizda
dahshatli   dovulga   duch   keladilar.   Dovul   ularni   “ruh   oroli”ga   uloqtirib   tashlavdi.
Orolda   ulkan   ilon   qiyofasidagi   olijanob   podsho   yashar   ekan.   Ilonshoh   sayyohlarni
yaxshi qabul qilibdi. Ularga ko'p oltin, kumush. fil tishlari, xushbo"y narsalar, it va
maymunlar   sovg'a   qilib,   Misrga   kuzatib   yuboribdi.   “Sinuxet   hikoyasi”da   misrlik
amaldor   Sinuxetning   Suriyaga   safari,   uning   o'zga   mamlakatda   koigan-bilganlari,
boshidan   o'tkazgan   og'ir   mashaqqatlari   g’oyat   go'zal   iboralar   bilan   bayon   etilgan.
Shunday qilib. Qadimgi Misr xalqining badiiy ijodi mazmun jihatidan xilma-xil va
boy boiib, jahon adabiyotining durdonalari qatoridan munosib o‘rin olgan. Qadimgi
Misrning   san’ati   va   me’morchiligi.   M   e’morchilik,   haykaltaroshlik,   rassomchilik,
musiqa,   qo’shiq   va   xalq   o'yinlari   Qadimgi   Misr   san’atining   ajoyib   namunalari
hisoblanadi.   San’atning   bu   turlari   Misrda   juda   qadim   zamondan   boshlab
shakllangan   va   rivoj   topgan   edi.   Misr   fir’avnlari   va   yuqori   tabaqaga   mansub
a’yonlar   m   e’m   orchilikka   katta   e’tibor   berganlar.   Yuqori   Nilning   ikki   sohilidagi
tog'larda   me'morchilikda   ishlatiladigan   turli   toshlar   ko’p   bo'lgan.   Fir’avnlar,
a’yonlar,   nomarxar   va   ruhoniylarga   qarashli   saroylar.   ibodatxonalar,   maqbaralar,
ehromlar   va   boshqa   ma’muriy   binolar   ana   shu   toshlardan   qurilgan   edi.   Tosh
konlarida   yuz   minglab   qullar   va   asirlar   ishlatilgan.   Misrga   xos   me’moriy
obidalardan   biri   piramidalar   -   Misr   ehromlaridir.   Bu   jihatdan   Sakkaradagi   Joser,
Gizadagi   fir'avn   Xeops   ehromlari,   boshi   odam,   tanasi   shersurat   qilib   ishlangan
Sfinks   va   boshqalar   o'zlarining   salobati,   ulug'vorligi   bilan   hozirgacha   kishilarni
hayratga   solib   keladi.   Misrda   haykaltaroshlikka   ham   katta   e’tibor   berilgan.   Misr
haykaltaroshlari   tosh   boTaklaridan   fir’avn,   amaldor.   ruhoniy,   oddiy   kishilar   va
hayvonlarning haykallarini juda nozik did bilan ishlaganlar. Bu jihatdan Ramzes II,
Amenemxet  III, Tutanxamon, Exnaton, uning xotini Nefertiti, amaldor Raxotep va
mirzo haykallari diqqatga sazovordir. O'sha vaqtlarda Misrda rassomlik ham ancha
taraqqiy   etgan   edi.   Saroy,   ibodatxona   va   ma’muriy   binolarning   devorlariga
fir’avnlar,   amaldorlar   va   ruhoniylar   timsoli   hamda   afsonaviy   voqealardan   olingan
rasmlar ishlangan. Misrliklar san’atining yana bir turi kuv-qo'shiq va raqsdir. Misrda
puflab. urib va ehertib chalinadigan not, sistra, qayroq, arfa, ud va boshqa asboblar
keng tarqalgan edi. Raqs san'ati ham yuksak darajada taraqqiy etgan. 14
  
                        Misrda   ilmiy   bilimlarning   rivojlanishi.   Dehqonehilik,   savdo-sotiq,
hunarmandchilik, chorvachilik va boshqa sohalami rivojlantirish uchun misrliklarga
ilmiy-amaliy   bilimlar   juda   ham   zarur   boTgan.   Shuning   uchun   ham   matematika,
geometriya,   geografiya,   astronomiya,   tarix,   tibbiyot,   yer   bilimi,   veterinariya   va
qishloq   xo'jaligi   bilimlari   ancha   erta   rivoj   topgan.   Qadimgi   va   O'rta   podsholik
davrida   misrliklar   matematika   sohasidajiddiy   yutuqlarni   qo'lga   kiritganlar.   Ular   1,
10,   100,   ,1000   lik   va   hokazolardan   iborat   son-sanoq   tizimini   kashf   etganlar.   Bu
sonlar uchun alohida belgilar bo'lgan. Yarim doira o'nni, oiilgan arqon yuzni, nilufar
14
  .,Yegipetskaya literatura, t. I, M., 1920; Matye M. E., Iskusstvo Drevnego. 245-bet
27 guli   belgisi   esa   ming   raqamini   bildirgan.   Misrliklar   geometriya   -   “yerni   o'lchash”
sohasida   ham   katta   yutuqlarga   erishgan.   Chunki,   kanallar   qazish,   dalalarni
paykallarga   ajratish,   binolar   qurish,   sath   va   hajmlarni   oichashda   geometriya   fani
zarur boigan. Misrliklarda kaft, barmoq. qarich va tirsak uzunlik oichovlari sifatida
xizmat qilgan. Qadimgi Misr astronomlari osmon jismlarini. yulduzlar va sayyoralar
harakatini o'rganib, o'z davrida katta yutuqlarga erishgan. M aium ki, Misrda qishloq
xo'jaligi ishlari boshlanishidan avval Nil daryosi toshgan. Bu voqea ravshan yulduz
Sirius   ertalabki   shafaqda   koiingandan   ikki-uch   kun   o'tib   sodir   bo'lar   edi.
Astronomlar   Siriusni   ko'rishlari   bilan   Misr   aholisini   Nilning   toshishi   va   ekish
mavsumi   boshlanishi   haqida   xabardor   qilar   edi.   Demak,   Nil   daryosining   toshish
mavsumini   hisoblash   ehtiyoji   Misr   astronomiyasini   yaratdi.   Misr   astronomlari
dunyoda   birinehi   boiib   yulduz   va   sayyoralar   xaritasini   tuzgan.   Yulduz   va
sayyoralarning   joylashuvini   ko'rsatadigan   qadimgi   xaritalar   Misrdagi   Senmut
maqbarasi.   Edfu   va   Dender   ibodatxonalarining   shiftlarida   saqlanib   qolgan.
Astronomik bilimlar mamlakatning ichki va tashqi  savdosida katta ahamiyatga ega
boigan.   Misr   astronomlari   dunyoda   birinehi   b   o   iib   o‘zlarining   alohida   quyosh
kalendar-taqvimlarini   tuzganlar.   Taqvimgako‘rabir-yil   365   kun   boiib,   u   12   oyga
boiingan.   Har   bir   oy   30   kundan   iborat   boiib,   qolgan   5   kuni   bayram   hisoblangan.
Misrliklar tungi vaqtni yulduzlarga, kunduzgi vaqtni quyoshga qarab belgilaganlar.
Vaqtni belgilaydigan qum va suv soatlari ham ilk bor Misrda kashf etilgan. Demak,
Qadimgi   misrliklar   Nil   toshqini   vaqtini   bilish,   kanal,   to   'g   ’on   qurish.   dalalarni
ekishga   hozirlashda   astronomiya   maiumotlariga   tayanganlar.   Ular   daryo   va
dengizlarda   suzganlarida,   safarga   chiqqanlarida   astronomiya   bilimlariga   suyangan.
Astronomiya   fani   qishloq   xo‘jaligi   ishlarida,   savdo-sotiq   aloqalari   va   harbiy
harakatlarda   ham   katta   ahamiyatga   ega   boigan.   Qadimgi   Misr   tabobati.   Qadimgi
Misr issiq mamlakat boiganligi uchun turli kasalliklar ko'p bo'lgan. Misr  tarixidagi
ko'pdan-ko'p   janglar,   istilolar   va   ichki   urushlar   natijasida   ko‘plab   aholi,   jangchilar
jarohatlanganlar.   Ularni   davolash   ehtiyoji   Misrda   tabobatning   juda   erta
shakllanishiga turtki bo'lgan.  15
Qadimgi solnomalar Misrda m. av. IV mingyillardayoq dastlabki shifoxonalar
bo'lganligi haqida hikoya qiladi. M. av. 3600-yilda Memfis shahrida afsonaviy tabib
Imxoteb sharafiga maxsus ibodatxona qurilgan. Bu yerda bemorlarga tibbiy yordam
berish   uchun   alohida   xonalar   ajratilgan.   Shifoxonada   tabobatni   yaxshi   biladigan
tabib - kohinlar ishlagan va bemorga tashxis qo'yib ularni davolagan. Misrning Sais,
Geliopolis   kabi   shaharlarida   tabiblar   tayyorlaydigan   maxsus   tibbiy   maktablar
bo'lgan.   Ayni   paytda   misrlik   tabiblar   tabobatga   bag'ishlangan   kitoblar   ham
yaratganlar.   Misr   tabiblari   mo'miyolash   uchun   odamning   ichki   a’zolarini   jarrohlik
yo'li   bilan   ochganlar.   Shu   sababli   ham   ular   odamning   hamma   a’zolarini   puxta
bilganlar.   Tabib-hakimlar   kasallikni   aniqlashda   kishining   tashqi   holati   va   tomir
urishiga   alohida   e’tibor   qaratganlar.   Tabiblar   ko'z,   bosh,   tish,   ichki,   ruhiy
kasalliklar,   singan-chiqqan   va   boshqalar   bo'vicha   ixtisoslashgan.   Ular   jarohatli
15
 A.,Yegipetskaya literatura, t. I, M., 1920; Matye M. E., Iskusstvo Drevnego. 248-bet
28 bemorlarni   jarrohlik   yo'li   bilan   davolashda   maxsus   mis   va   jez   asboblardan
foydalanganlar. Qadimgi Misrda Erazistrat, Xerofil, Imxoteb va Koslik Filipp kabi
mashhur   tabiblar   faoliyat   ko'rsatgan.   Tabiblar   bemorlarni   davolashda   shifobaxsh
o'simlik,   meva   va   turli   hayvon   mahsulotidan   tayyorlangan   dori-darmonlardan
foydalanganlar. Misr tabobati jahon tabobatida alohida o'rinni egallagan. Misrliklar
veterinariya sohasida ham muayyan bilimga ega bo'lganlar. Qadimgi Misrda tarixiy
va   geografik   bilimlar.   Qadimgi   misrliklar   tarixiy   va   geografik   bilimlarga   qiziqib
qaraganlar.   Misr   tarixiga   oid   dastlabki   tarixiy   maTumotlar   shifer   lavhalariga,   fil
suyagi   bo'laklariga,   qora   yog'och   taxtachalariga,   Palemos   toshi,   ibodatxona
devorlariga   bitilgan   yozuv   va   yilnomalarda   saqlanib   qolgan.   Bu   jihatdan   "Tutmos
III   yilnomasi”   qimmatlidir.   Qadimgi   Misr   haqida   papiruslarga   yozilgan   turli
ma’lumotlar   ham   muhimdir.   Qadimgi   yunon   tarixchisi   Gerodot   o'zining   "Tarix”
kitobida   Qadimgi   Misr   haqida   juda   ko'p   m   a’lumot   beradi.   U   o'z   kitobida   “Misr   -
Nil   tuhfasidir”   deb   yozgan   edi.   Qadimgi   misrliklar   geografiya   fani   sohasida   ham
muayvan bilimlarga ega bo'lishgan. Ular yerning ehetlari tog'lar bilan o'ralib. atrofi
oqib turadigan okean  suvidan  iborat  deb  tasavvur   qilganlar. Misrliklar   yerning  Nil
oqib   keladigan   tomoni   janub.   O'rtayer   dengizi   tomoni   shimol,   daryoning   s   o   i
tomoni   g'arb.   o'ng   tomoni   sharq   deb   hisoblagan.   Qadimgi   Misr   geograflari   o'z
oikalari   va  Arabiston  yarimoroli   xaritasini  ham   ehizganlar.  Arabiston  cho‘llaridagi
oltin   konlari   belgilangan   xarita   zamonamizgaeha   saqlanib   qolgan.   Qadimgi
misrliklar   konchiliL   ob-havo.   iqlimshunoslik   va   boshqa   sohalarda   ham   ancha
bilimlarga ega bo'lgan. Misrliklarning dinlari va e’tiqodlari. M a’lumki, din. xususan
qadimgi   Sharq   xalqlari   dini   kishilar   turmush   tarzidagi   ijtimoiy   hodisa   bo‘lib,
ma'naviy   madaniyatning   ajralmas   qismini   tashkil   etadi.   Misrliklar   eng   qadimgi
davrdan boshlab milodiy 111—IV asrlargacha uzoq tarixiy taraqqiyot  у  o iin i bosib
o'tgan.   Ular   turli   fanlar   sohasida   ko‘plab   bilimlarga   ega   bo'lsalar   ham   hali   tabiat
hodisalari   oldida   ojiz   edilar.   Ular   Nil   toshqini,   zilzilalar.   Sahroyi   Kabir   tomondan
esadigan   qum   bo‘ronlari.   momaqaldiroq.   sayvoralar   va   yulduzlarning   harakatida
qandaydir g'ayritabiiy kuch bor deb tasavvur qilganlar. Bu hodisalar misrliklarning
dini   va   e’tiqodida   o'z   ifodasini   topgan.   Qadimgi   Misr   xalqlari   ham   din   va   diniy
e'tiqodlarining   xilma-xil   ko‘rinishlarini   o'z   turmush   tarzlarida   namoyon   etganlar.
Misrliklar   e’tiqod   qiladigan   xudolarning   ko'pligi   bilan   butun   Sharq   dunyosida
dastlabki   o'rinlarda   turadi.   Manbalarda   keltirilishieha,   “Misr   -   ming   xudolar
mamlakati”   deb   tilga   olinadi.   Qadimgi   Misrda   ibtidoiy   din   shakllaridan   fetishizm,
totemizm,   animizm,   quyoshparastlik,   podshoni   ilohiylashtirish,   har   xil   tabiat
hodisalariga va Misr podsholari - fir’avnlarga sig'inish mavjud bo'lgan hamda keng
tarqalgan edi. Xrsitianlik dini tarqalgungacha bo'lgan davrda Misrda yaratilgan diniy
matnlar va vodgorliklar uning taraqqiyotini urug'chilik jamoasi yemirilgan vaqtdan
boshlab kuzatishga imkon beradi. Misrliklar ijtimoiy tuzumining va umiiman butun
tmadaniyatning   sekin   rivojlanganligi   dinning   ibtidoiy   shakllari   sarqitlarining   juda
uzoq   davr   mobaynida   saqlanib   qolishi   uchun   zamin   bo'lib   xizmat   qilgan.   Bunga
Misr   tarixining   hamma   davrlarida   buyumlarga   va   hayvonlarga   e'tiqod   qilishning
29 keng   tarqalganligi   ham   sabab   boigan.   Fetishizm   e’tiqodi.   Fetishizm   eng   qadimgi
e'tiqodlardan biridir. Fetishizm - ibtidoiy din shakllaridan biri boiib, u butun dunyo,
qadimgi Sharq xalqlarining diniy e'tiqodida muhim o'rin tutib kelgan. Bu din aslida
ibtidoiy   qabilalar   xudo   deb   bilgan   narsalar,   odamlar   so‘zsiz   va   ko'r-ko'rona
topinadigan,   xudo   darajasiga   ko'targan   narsa,   buyum,   masalan,   pul   fetishiga
sig'inishdir. Misrliklar e'tiqodicha fetish buyumlar sehrli va muqaddas hisoblangan.
Misrda   juda   qadim   zamondan   boshlab   ma'buda   Neytning   muqaddas   ramzi   boigan
o‘q-yoyga topinganlar. Shuningdek, xudo Sopduning o'tkir tishlariga, xudo Uxning
pay   va   tasmalar   bilan   bezatilgan   hassasiga,   xudo   Minaning   yog‘ochdan   ishlangan
buyumiga   siglnganlar.   Shunday   qilib,   qadimgi   misrliklarda   xudolarning   ayrim
buyumlarini sehrli deb hisoblab. ularga topinish fetishizm e'tiqodi deyiladi. Tabiatga
siginish.   Tabiatdagi   buyumlar   va   hodisalarga   siginish   misrliklarning   qadimgi
e’tiqodlaridan   biri   hisoblanadi.   Misrdan   g'arb   tomonda   ulkan   Sahroyi   Kabir   choii
yastanib   yotadi.   Vaqti-vaqti   bilan   ch   o   l   tomondan   Nil   vodiysiga   qum   aralash
dahshatli   dovul   esib   turgan.   U   tomonlarda   har   turli   yirtqichlar   izglb   yurgan,
hayvonlar odamlarga, ekin maydonlariga ko'plab zarar keltirgan. C hoida yashagan
ko‘chmanchi   qabilalar   esa   vodiyga   bostirib   kirib,   talonchilik,   odamlarni   o'ldirib
vahshiyliklar   qilgan.   Qadim   zamondan   boshlab   misrliklar   tog'larga,   muqaddas
toshlai’ga   sigingan.   Misr   dehqonlari   va   aholisi   Muqaddas   Yer   xudosi   Jeb,   suv
xudosi Nunni ilohiylashtirganlar. Suv ularga butun tabiatning asosi b o iib ko'ringan.
Chunki   Nil   suvi   atrofi   jazirama   sahro   bilan   o'ralgan   misrliklar   uchun   muqaddas
hisoblangan.   Misrliklar   Nil   daryosini   ilohiylashtirib   uni   Xapi   deb   ataganlar.   Suvni
muqaddas   bilib   va   i   1   ohiylashtirib,   unga   topinish   hamma   uchun   muqaddas   burch
boigan.   Suv   xudosi   boshi   ajdaho,   tanasi   odam   qiyofasida   ifoda   etilgan.   Misrliklar
quyosh va uning yerdagi ramzi bo'lgan olov-oini ham ilohiylashtirganlar. Rivoyatga
ko'ra,   tanasi   odam,   qarchig‘ay   boshli   Quyosh   xudosi   Ra   xudolar   podshosi
hisoblangan.   U   har   kuni   oltin   qayiqchasida   osmonni   kezib   chiqadi   va   g‘arbga
tushadi. Misrliklar Raga atab ibodatxonalar qurgan. Totem e’tiqodi. Qadimgi diniy
e'tiqodlardan biri bu totemizmdir. Totemizm, ya'ni hayvonlarga e'tiqod qilish Misrda
ibtidoiy   davrdan   boshlanib,   arxaik   davrgaeha   keng   tarqalgan   edi.   Misrliklar   juda
qadim zamondan boshlab sher, timsoh, ilon. buqa, qo'chqor. loehin. asalari, mushuk
va   boshqa   hayvonlarni   ilohiylashtirib   ularga   e'tiqod   qilgan.   Ularga   bag'ishlab
ibodatxonalar qurib, haykallar yasashgan. Qadimgi Misrning juda ko‘p viloyatlarida
muqaddas sher, arslonlarga topinganlar. Bubastisdagi Minzisga e'tiqod qilish hanula
Tenis,  Memfis va  Esnadagi  urg‘oehi  arslon ma’budalarga e’tiqod qilish  ana shular
jumlasidandir.   Bular   orasida   arslon   boshli   ma'buda   Soxmet   e’tiqodi   ayniqsa   keng
tarqalgan. 0 ‘rta. Yangi  va So'nggi podsholik davrlarida zaharli ilonlarga, xususan,
kobra - ko'zoynakli ilonga e'tiqod etish mavjud bo'lgan. Xususan, Abu-Sambuldagi
g‘or   ichiga   solingan   ibodatxona   kiraverishida   Ramzes   II   ning   g‘oyat   katta   haykali
saqlanib qolgan boiib. uning bosh kiyimining peshona qismida ham zaharli ilonning
tasviri   bor.   Shuningdek,   fir’avn   Exnaton   haykali   portretining   boshi   bizgacha
saqlanib qolgan. Exnaton bosh kiyimining old tomonida ko‘zoynakli ilonning tasviri
30 bor.   Buto   shahrida   zaxarli   ilonga   ma’buda   Uajit   deb   nom   berib,   unga   sajda
qilganlar.   Qadimgi   Misrda   uy   hay   vonlariga   e'tiqod   qilish,   ularni   ilohiylashtirish
keng   tarqalgan   edi.   Masalan,   Misrning   qadimgi   poytaxtlari   boigan   Memfis   va
Geliopolda Apis va Mnevis degan muqaddas buqalarga topinganlar. Muqaddas buqa
keyinchalik   ilohiylashtirilgan.   U   tabiatdan   ham   ustun   turuvchi   kuchga   ega   boigan
podsho obrazi bilan qo‘shilib ketgan. Qo'chqor shaklida tashkil etilgan xudo Xnum
ijodiy  kuch   xudosi   hisoblangan.   Muqaddas   qo‘ehqorni   ilohiylashtirish   Fiva  xudosi
Amon   e'tiqodida   Makedoniy   alik   Aleksandr   zamonigacha   ham   saqlanib   qolganki,
kohinlar Aleksandrni “Xudo Amon o 'g ii” deb ta’riflaganlar.   Mendes, Germopol va
Likopolda muqaddas echkiga topinganlar. Muqaddas sigir - ma’buda Xatxor e'tiqodi
butun   Misrda   juda   keng   yoyilgan   e’tiqod   bo'lib,   uning   markazi   Dender   shahri
boigan. Muqaddas bayvonlarga e’tiqod qilish podshoning e’tiqodida ham aks etgan.
Muqaddas   lochin,   asalari,   kalxat   va   ilonlar   azaldan   podsho   hokimiyatining
homiylari   hisoblangan.   Podshoning   o'zi   esa   ko'pincha   odam   boshli   arslon   (sfmks)
sifatida tasvir etilgan. Muqaddas hayvonlar rassomchilik. haykaltaroshlik va tasviriy
san’atning   boshqa   turlarida   o‘z   ifodasini   topgan.   Misrliklar   o‘z   xudolariga
bag"ishlab madhiyalar yozib, turli m a’raka va jonliq so‘yib qurbonliklar oikazgan.
Misrda   yovuzlik   xudosi   Set   b   oiib,   u   odam   tanali,   eshak   boshli   qilib   tasvirlangan.
O'simliklar   va   dehqonehilik   xudosi   Osiris   b   o   iib   ,   u   Set   tomonidan   o'ldiriladi.
Misrda   fir’avnlarni   ilohiylashtirish   ilk   podsholik   davriga   borib   taqaladi.   Yangi
podsholik   davrida   bu   yanada   kuchayadi.   Fir’avnni   xudo   darajasiga   ko'tarib   Amon
farzandi   deb   ataydilar.   Misr-Xett   sulhi   tuzilganda   hujjatga   har   ikki   tomondan
mingladan xudoning nomi yozib qo'yilgan ekan. Misr madaniyati o‘ziga xos tarixiy
yo'lni   bosib   o'tib.   jahon  madaniyatiga   o'zining   ijobiy  ta’sirini   o'tkazgan.   Misrliklar
boshqa   xalqlar   madaniyatidan   ham   bahramand   boiganlar.   Shunday   qilib,   Misr
madaniyati jahon xalqlari sivilizatsiyasi rivojiga juda katta hissa qo'shgan. 16
        1. Geb - "muqaddas yer”, "tabiatning onasi, ma'buda va yerning azaliy xudosi”
hisoblangan.   2.   Nun   -   dastlabki   suv   xudosi.   3.   Xapi   -   Nilning   ilohiylashtirilgan
nomi. 4. Osiris - “tabiat kuchlariga haj^ot baxt etuvchi xudo” hisoblangan. o'simlik
va suv xudosi. 5. Gor - Quyosh xudosi. 6. Isida -y o m g ir m a’budasi. 7. Sobk - suv
girdobi   xudosi.   8.   Go'zal   -   Turn   -   Norfertum   -   o'simliklar   m   a’budasi.   9.   IJajic   -
zaharli ilon qiyofasidagi ma’bud. 10. Apis - muqaddas buqa m a’budi. 11. Mnevis -
muqaddas   buqa   ma’budasi.   12.   Xnum   -   ijodiy   kuch   xudosi,   ma'budi.   13.   Amon   -
xudo,   Fivaliklar   xudosi,   qayirma   shoxli   qo'chqor   qiyofasida   tasvir   etilgan.   14.
Xatxor   -   muqaddas   sigir   ma'budi.   15.   Ra   -   qadimgi   podsholik   davri   oliy   Quyosh
xudosi. 16. Amon - Ra - yangi  quyosh xudosi. 17. Misr  fir’avnlari  - “ezgu xudo”,
"ulug' xudo" quyosh qonidan yaratilgan, uning farzandi deb uni ilohiylashtirganlar.
18.   Unnafar   -   Onufriy   -   dehqonchilik   xudosi   hisoblangan.   U   ko'karib   turgan
boshoqlar   shaklida   tasvirlangan   va   uni   ezgu   "sohibjamol”   (Unnafar.   Onufriy)
obirahmat   xudosi   deb   ulug'langan.   19.   Set   -   yovuz   xudo   -   o‘lim   va   cho'l
16
 A.,Yegipetskaya literatura, t. I, M., 1920; Matye M. E., Iskusstvo Drevnego. 250-bet
31 mamlakatlari   xudosi   hisoblangan.   20.   Aton   -   yangi   podsholik   davridagi   yagona
quyosh xudosi. Exnaton davri xudosi
          
XULOSA
              Qadimgi   Sharq   xalqlari   tarixi   va   madaniyatini   o‘rganishda   G.Maspero,
E.Meyer, U. Jans, EPitri, B.A.Turayev, V.V. Struve, F.Shampalon, N.M.Nikolskiy,
A.B.Ranovich,   N.D.Flittner,   I.G.   Frank,   G.Vinklyer,   L.Vulli,   B.B.Piotrovskiy,
G.V.Sereteli,   G.Kapaniyan,   Y.P.Fransev,   V.I.Avdiyev,   M.E.   Mate   va   boshqa
tarixchi   9   olimlarning   xizmatlari   benihoya   kattadir.   Shuningdek,   Qadimgi   Sharq
tarixi   o‘rganish   ishida   A.A.Viga   Sin,   M.A.Dandamayev,   D.V.Deopark,   G.F.Ilin,
M.V.Kryukov, V.I.Kuzishin, V.M.Masson va boshqa tarixchi va sharqshunoslarning
xizmatlari   ham   kattadir.   Shuni   ta’kidlab   o‘tish   joizki,   Qadimgi   Sharq   dunyosi
Shimoliy,   Shimoli-sharqiy   Afrika,   Old   Osiyo,   Eron   yassitogiigi,   O'rta   Osiyoning
janubiy   hududlari,   Hindiston,   Xitoy,   Yaponiya,   Koreya   va   Janubi-sharqiy   Osiyo
hamda bular orasidagi turli tabiiy muhitga ega bo‘lgan hududlami o‘z ichiga olgan
ulkan   maydondan   iborat   boigan.   Yuqorida   ta’kidlanganidek,   qadimgi   Sharq
dunyosining   tabiiy   sharoiti   har   jihatdan   xilma-xil   bo‘lib,   unga   xos   boigan   tabiiy
sharoitning asosiy manzarasi quyidagilardan iborat bo‘igan: 1.Keng dashtu choilari
va   tekisliklari   boigan   suvsiz,   qurg‘oqchil   yassi   togiiklar.   2.   Nil,   Frot,   Dajla,   Hind,
Gang,   Jamna,   Braxmaputra,   Xuanxe,   Tajan,   Murg‘ob   kabi   katta-kichik   daryolar
oqib   o‘tadigan   va   shu   daryolaming   suvi   bilan   sug‘oriladigan,   allyuvial   yotqiziqli,
serhosil,   unumdor   pasttekisliklar.   3.   Okean   va   dengizlarga   bevosita   tutashgan
sohilbo‘yi   mamlakatlari.   4.   Hududning   Zagros,   Kavkazorti,   Turkman   -   Xuroson,
Pomir,   Hindikush,   Himolay,   Sharqiy   Tyanshan,   Tibet,   Kunlun   kabi   togiik
viloyatlari;   5.   Sharq   dunyosining   har   qayerida   uchraydigan   va   yastanib   yotgan
sho‘rxok   cho‘1   mintaqalari.   Mazkur   geografik   muhitning   birinclii   ko‘rinishiga
Suriyani   Mesopotamiya   bilan   bogiab   turuvchi   Suriya-Mesopotamiya   dashtlari,
hududning   katta-kichik   togiari,   Kaspiybo‘yi   dashtlari,   Markaziy   Osiyo   yassi
togiiklari,   Hindistondagi   Dekan,   shuningdek,   Xitoyning   keng   togiik   viloyatlari   va
dashtlarini   kiritish   mumkin.   Geografik   muhitning   ikkinchi   ko‘rinishiga   Buyuk
daryolaming   oqiziqlaridan   hosil   boigan   qadimgi   allyuvial   -   yotqiziqli   unumdor
dashtlar va pasttekisliklar, xususan Misrdagi Nil, Mesopotamiyadagi  Frot va Dajla,
Shimoliy   Hindistondagi   Hind   va   Gang,   0   ‘rta   10   Osiyodagi   Murg‘ob   va   Tajan,
Amudaryoning   o‘rta   oqimi,   ZarafIhon   daryosi   vodiylari,   shuningdek   Xitoydagi
Yanszi,   Xuanxe   va   boshqa   daryolaming   vodiylari   kiradi.   Geografik   sharoitning
uchinchi   turi   Nil,   Frot   va   Dajla   deltalari,   Suriya   va   Finikiyaning   0   ‘rta   dengiz
qirg‘oq   bo‘ylari,   Hindistonning   janubi-g'arbiy   qismidagi   unumdor   Malabar
qirg‘oqlari kiradi. Joylarning tabiiy sharoiti Qadimgi Sharqda xo‘jalikning sust yoki
tezroq   rivojlanishiga   ta’sir   etgan.   Kamsuvli   yassi   tog‘liklarda   SUg‘orma
dehqonchilik uncha  yaxshi  rivoj  lanmagan.  Aksincha  bu  joylarda  chorvachilikning
turli   tarmoqlari   intensiv   ravishda   rivojlana   borgan.   Ta’kidlash   joizki,   Qadimgi
Sharqning   allyuvial   vodiylarida   tuproqning   unumdorligi,   tabiiy   o   ‘g   ‘itlarning
32 serobboiishi   vakatta   daryolaming   vaqti-vaqti   bilan   toshishi   hududda   sug‘orishga
asoslangan   dehqonchilikning   ertaroq   paydo   boiishiga   va   irrigatsiya   inshootlari
texnikaning yuksak darajada taraqqiy etishiga imkoniyat bergan. Bunday jarayonni
0   ‘rta   Osiyoning   katta-kichik   vodiylarida   ham   kuzatish   mumkin.   Dengiz
bo‘ylaridagi   Suriya,   Finikiya   va   Falastin   ham   shunday   jarayon   sodir   boigan
hududlarga   kiradi.   Qadimgi   Sharqning   o‘rmon   va   foydali   qazilmalari   boy   boigan
togiik   mamlakatlarda   hunarmandchilik,   ayniqsa   metallurgiya   rivoj   topgan   edi.
Okean   va   dengizga   yaqin   Finikiya,   Suriya,   Misr   va   boshqa   mamlakatlarda   dengiz
savdosi   ayniqsa   rivoj   topgan.   Qadimgi   Sharq   xalqlari   ishlab   chiqarishning   hamma
sohalarida   katta   yutuqlarga   erishib,   jahon   madaniyati   xazinasiga   o   ‘zining   ulkan
hissalarini   qo£shganlar.   Bir-biridan   uzoq   masofada   boigan   Sharq   xalqlari   12-13
ming km uzunlikka cho‘zilgan “Buyuk Ipak y o ii” tufayli har bir sohada, xususan
madaniyat   sohasida   ham   bir-birlari   bilan   uzviy   aloqada   bo‘lib   kelganlar.
Mamlakatimizda   istiqlol   sharofati   bilan   tariximiz   va   jahon   tarixiga   boigan
munosabat,   kishilik   madaniyatiga   boigan   munosr   abat   butunlay   o‘zgardi.   0   ‘rta
Osiyo xalqlari tarixi jahon va Sharq xalqlari tarixining tarkibiy qismini tashkil etadi.
Ulami bir-biridan ajratib o‘rganish mumkin emas.
33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G.
2.   Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tarixi, T., 1956;Turayev B. 
3. A., Yegipetskaya literatura, t. I, M., 1920; Matye M. E., Iskusstvo Drevnego 
4. Yegipta, M., 1958; Vseobshaya istoriya arxitekturi, t. I, M., 1970lnaya kultura
5. Yegipta, v kn.: Muzikalnaya kultura drevnego mira, |Sb. statey|, L., 1937; L a 
u yer J. F., Zagadki yegipetskix piramid, per. s frans., M., 1966; Ney
34

MUNDARIJA KIRISH ASOSIY QISM 1-BOB. QADIMGI MISRDA ILK DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI, TARIXINING ASOSIY MANBALARI VA TARIXNAVISLIGI 1.1. Ilk va qadimgi podsholik davrida Misr, geografik o’rni, tabiati va aholisi, dehqonchilik va chorvachilik 1.2. O’rta va yangi podsholik davrida hamda Giksoslar humronligi ostida Misr 2-BOB. 19-20- SULOLALAR PODSHOLIGI VA SO’NGGI PODSHOLIK DAVRIDA MISR, MA’DANIYATI , FANI VA DINIY E’TIQODI 2.1. 19-20- sulolalar davrida Misr podsholigi,boshqa davlatlar tomonidan Misrning egallab olinishi 2.2. Qadimgi Misr ma’daniyati maktab, maorif va tarixiy va geografik bilimlar XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1

KIRISH Qadimgi Sharq tarixi Qadimgi dunyo tarixining tarkibiy qismini tashkil etib, u Shimoliy, Shimoli-sharqiy Afrika, Old, Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Markaziy, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyoning ulkan hududini ishg‘ol qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, Qadimgi Sharq tarixining davriy sanasi m. av. IV mingyillikning ikkinchi yarmidan to milodiy IV asr oralig‘idagi davrni o‘z ichiga oladi. Bu ulkan hudud o‘zining xilma-xil tabiiy sharoiti: yer usti tuzilishi, iqlimi, suv manbalari, osmono‘par Himolay, Pomir, Hindikush. Kunlun, Tyanshan tog‘lari, o ‘simIiklarga va hayvonot dunyosiga boy bo‘lishligi bilan o‘ta qadimdan boshlab hamma davr odamlaming diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Sharqiy, Markaziy, Janubi-sharqiy, Janubiy va O‘rta Osiyo ilk odamzod yashagan o‘lkalar qatoriga kirib, olimlar bu hududni antropogenez jarayoni sodir bo‘lgan mintaqaga kiradi, deb hisoblaydilar. Bu katta hududda ibtidoiy jamoa tuzumining hamma bosqichlarida odamlar yashab kelgan. Bu ulkan hududda yashagan ibtidoiy kishilar o‘zlari uchun qulay, hayvonot va o‘simlikIar olamiga boy bo‘Igan joylarda istiqomat qilib, dastlab yovvoyi hayvonlarni ovlab, ildizmevali va mevali daraxtlaming mevalarini, shuningdek, qushlarning tuxumini va katta-kichik hashoratlarni terib yeb tirikchilik o ‘tkazganlar. Keyinchalik esa Sharq dunyosining odamlari daryo bo‘ylarda, jilg‘a, buloq, kichik-kichik soylarning etaklarida termachilikdan asta-sekin loyqa liman va qayr dehqonchiligiga, so‘ng esa katta-kichik daryo bo‘ylarida ilk sug‘orma dehqonchilikka o‘ta boshlaganlar. Qadimgi odamlar ovchilikdan yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, chorvachilikka asos solganlar. Ibtidoiy jamoa tuzumining neolit-yangi tosh davriga kelib esa hunarmandchilikning turli tarmoqlari rivojlana borgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Qadimgi Sharqda ishlab chiqarishning rivojlanishi munosabati bilan bu hududda birinchi, ikkinchi va uchinchi mehnat taqsimoti sodir bo‘lgan. Shu munosabat bilan, ya’ni xo‘jalikning rivojlana borishi natijasida jamiyatdagi kishilar orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanishning vujudga kelishi uchun zarur shart-sharoit yaratiladi. Shu tariqa urug‘chilik tuzumining yemirilishi munosabati bilan jamiyatni boshqarish tizimi shakllana borib, joylarda ilk davlatlarning tashkil topishi munosabati bilan Nil, Dajla (Tigr), Frot (Efrot), Qadimgi Sayxun, Jayxun, katta-kichik daryolaming unumdor vodiylaridagi qulay tabiiy sharoitlar m.av. IV mingyillikdayoq sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishiga yordam bergan. 2

Sharqshunos olim V.I.Avdiyev yozganidek Qadimgi Sharq xalqlari tuzumining boshqalardan farq qiladigan eng muhim xususiyati - unda urug‘chilik tuzumi qoldiqlarining uzoq vaqt saqlanib qolganligi, shuningdek, qadimgi jamoa, avvalo oila jamoasi, keyin esa qishloq jamoasi qoldiqlarining mustahkam saqlanib qolganligidir. Ammo hududda ishlab chiqarish kuchlaming rivojlanishi ijtimoiy tuzumni o‘zgartirib yuboradi. Qadimgi Sharq dunyosida metallurgiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi texnikani bir qadar taraqqiy qildirib, qishloq xo’jaligining va asosan hunarmandchilikning rivojlanishiga turtki berdi. Та’kidlamoq joizki, chorvachilikning dehqonchilikdan, keyinroq hunarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqishi hamda hunarmandchilik va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish sohasida turli tarmoqlarning paydo bo‘Iishi qo‘shimcha yordamchi ishchi kuchini talab qilgan. Endilikda xo'jalikning hamma tarmog‘ida ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lingan. Buning uchun ishlab chiqarishga yangi ishchi kuchi talab qilinganki, urushlarda asir tushgan kishilar va qarzdorlar qul sifatida ishlatila boshlangan. Shu tariqa dastlabki qulchilik vujudga kelgan. Ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozorga olib chiqib boshqa buyumlarga almashtirish boshlangan. Shuningdek, turli metallardan tangalar zarb qilingan. Aholi orasida ayirboshlashishini araalga oshiradigan savdogarlar pay do bo‘lgan. Savdogarlikning paydo bo‘lishi munosabati bilan mehnatning uchinchi yirik ijtimoiy bo‘linishi sodir bo‘lgan. Qadimgi Sharq dunyosidagi davlatlarda ham bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshirilgan. Xo'jalikning hamma tarmoqlarida kishilaming ehtiyojidan tashqari ortiqcha mahsulot ishlab chiqarilgan. Ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarish esa qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqargan. Qabilalar va davlatlararo bo‘lib o‘tgan urushlarda g‘oliblar tomonidan qo‘lga olingan asirlar qulga aylan - tirilgan. Ikkinchidan qashshoq aholi orasida qarzga botgan kishilar ham qul qilinib, xo‘jalikning hamma tarmoqlarida shafqat qilmay ishlatilgan. Xo‘jalikning hamma tarmoqlari rivojlanishi, mahsulotlaming bir hovuch kishilar qo‘lida to’plana borishi natijasida jamiyatda xususiy mulk, mulkiy tengsizlik, tabaqalanish yanada kuchayib borgan. Qarzdorlik, urushlarda asir tushgan kishilar qul va qulchilikning eng muhim manbai bo‘lgan. Sharq dunyosining Xitoydan O‘rtayer dengizigacha bo‘lgan joylarida birin- ketin jamiyatning qullar va quldorlar tabaqasiga bo‘linishi jarayoni sodir bo‘lgan. Ammo qadimgi Sharqda qulchilik Qadimgi Yunoniston va Rimga nisbatan juda ham sekin rivojlangan. Tarixchilar Sharqdagi bu qulchilikni “ibtidoiy qulchilik” deb ataganlar. Boylar, aslzodalar va badavlat savdogarlar, katta yer-mulkka ega bo’lganlar, shuningdek, quldorlar bilan kambag‘allar va qullar o‘rtasida kuchli 3

tabaqaviy kelishmovchiliklar paydo bo‘ladi. Bu hol jamiyatda davlat tashkilotlarining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Demak, davlat va uning tashkilotlari majmuasi quldorlarga qullar va aholining qashshoq qatlamining qarshiligini va qo‘zg‘olonlarini bostirish uchun zarur bo’lgan. Ikkinchidan Qadimgi Sharqda tashkil topgan davlatlar va ularning qo‘shni mamlakat va o‘zgalar yer-mulkini bosib olishi uchun ham xizmat qilgan. Qadimgi Sharqdagi bu davlatlar “sharq despotiyasi”, ya’ni “mutlaq hokimiyati”, deb atalgan. 1 I BOB 1 Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. 45-bet 4

1.1 Ilk va qadimgi podsholik davrida Misr, geografik o’rni, tabiati va aholisi, dehqonchilik va chorvachilik. Misr sharqdagi eng despotik davlatlardan biri bo’lib, u Afrika qit’asining shimoli- sharqiy chekkasida joylashgan mamlakatdir.Nil dunyodagi eng katta daryo, uzunligi 6500 kilometrdan ortiqdir.U markaziy Afrikaning katta ko’llaridan oqib chiqadigan Oq va Ko’k nil daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Daryo to’rt sharshara- ostonalardan o’tgach 700 kilometr masofada vohadan oqib o’tadi va bir necha tarmoqlarga bo’linib O’rtayer dengiziga quyiladi. Toshqin paytida Nil ko’pdan-ko’p o’simliklar va turli tog’ jinslarini oqizib keladi. Oqib kelgan tog’ jinslaridan daryo qip-qizil tusga kiradi. Toshqin tugagach, o’simlik chirindilari va tog’ jinslaridan hosil bo’lgan zarralar suv bosgan joylarda cho’kib, qoramtir quyqumlar qoldiradi. Quyqumlar qurib serhosil qora tuproqli yer hosil qiladi. Shuning uchun ham misrlillar Nil vohasini “Qora yer” , yunonlar esa “Egipet” deyishgan Misrning g’arb tomonida Liviya yassitog’ligi, sharq tomonida esa Arab qirlari joylashgan. Mamlakat janubi Nubiya tog’lari bilan tutashadi. Misr issiq mamlakat. U yerda yog’ingarchilik kam bo’ladi. Nil sohillarida xilma-xil o’simlik va yovvoyi mevalar, xususan lotos, papirus va qamishlar o’sib yotadi.Qadimdan hayvonot dunyosi boy bo’lib. Nil sohillarida sher , qoplon, buyvol, yovvoyi buqa, jirafa, antilopa,timsoh va gippopatam kabi katta-kichik hayvonlar yashagan.Daryoda baliq, suv hayvonlari, to’qayzorlarda esa har turli qushlar ko’p bo’lgan.Yovvoyi hayvon va o’simliklar qadim zamondan boshlab ibtidoiy kishilarning ozuqa va ov manbai bo’lgan. Misrda mis, oltin kabi ma’danlar va har xil toshlar ko’p. Qadimgi misrliklar hayotida Nil daryosining ahamiyati juda katta bo’lgan. Mashhur Yunon tarixchisi Gerodot “Misr –Nil in’omi, tuhfasi” deb yozgan ekan. 2 Misrning qulay geografik o’rni va boy tabiiy sharoiti qadim zamondan boshlab kishilarni o’ziga jalb qilib kelgan. Ibtidoiy Odamlar Nil vohasiga juda qadim zamondan boshlab kishilarni o’ziga jalb qilib kelgan.Ibtidoiy odamlar Nil vohasiga juda qadim zamonlardayoq kirib kelishgan. Mashhur arxeolog D.D. Klarkning ma’lumotlariga ko’ra, Misrda ibtidoiy odamlar odamlar 80-90ming yildan beri yashab kelar ekanlar. Ammo daryo toshqini odamlarning bu yerda doimo yashashlariga xalaqit bergan. Arxeolog olimlar Fayum vohasidan bundan 25-30 ming yillar ilgari yashagan odamlarning manzilgohlarini topishgan. Bu yerdan topilgan arxeologik ashyolar shu davr odamlari yog’och, qamish, lotos va papiruslardan chaylalalar qurib yashaganligi, tosh, yog’och va suyaklardan qurollar yasab ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganliklaridan dalolat beradi. 2 Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tarixi, T., 1956;Turayev B. 178-bet 5