SAMARQAND SHAHAR MAISHIY CHIQINDILARINING ATROF-MUHITGA TA`SIRI

![K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi .
Bugungi kundagi eng dolzarb ekologik muammolardan biri – bu chiqindilar
muammosidir. Chiqindilar deganda biz ishlab chiqarish yoki iste`mol qilish
jarayonida xomashyo, materiallar, shuningdek o`zining is`temol xususiyatlarini
yo`qotgan maqsulotlarni tushunamiz. Xullas, chiqindilar muammosi murakkab va
keng qirrali bo`lib, u quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:
Chiqindilarni yig`ish, saralash, tashish, joylashtirish, saqlash yoki qayta
ishlash, ko`mib tashlash;
Tuproq, havo, er osti suvlariga zararli ta`siri;
A h latxonalar bilan band erlarni qishloq xo`jaligi hisobidan chiqarish va
hokazolar.
Bu muammolar barcha mamlakatlar va xususan O`zbekiston
Respublikasida hamda Samarqand shahri uchun ham umumiy bo`lib, barcha
hududlarda ularni juda katta sarf-harajatlar evaziga turlicha samara bilan hal
qilishga to`g`ri kelmoqda.
2017 - 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustivor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining 4 nchi Ijtimoiy sohani
rivojlantirishning ustivor yo`nalishi 4.3 paragrafida: “Odamlarning ekologik
xavfsiz muhitda yashashini ta`minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash
komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy texnik bazasini
mustahkamlash, aholini chiqindini yo`q qilish bo`yicha zamonaviy ob`ektlar bilan
ta`minlash” ko`rsatilgan [4] .
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 21 aprelidagi farmoniga muvofiq,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimi
takomillashtirildi. O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish qo`mitasi qayta tashkil etilib, uning zimmasiga ekologik holatni yaxshilash,
2](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_2.png)
![maishiy chiqindilarni yig`ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash
borasida ko`plab vazifalar qo`yildi.
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 2 fevralida
“Atrof muhitni muhofaza qilish – aholi salomatligini saqlashning muhim omili”
degan ma`ruzasida 2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni
tubdan yaxshilash yuzasidan kompleks dastur qabul qilinganligi, moliyalashtirish
manbalari aniq belgilab berilganligi xususida so`zlab, bu ma`lumotlarni aniq
faktlar bilan izohladi. Masalan, faqat 2017 yilda Respublikada qo`shimcha 305 ta
chiqindi to`plash maydonchasi qurilib, 2 mingdan ortiq konteynerlar bilan
jihozlanganligi, 295 ta poligon to`liq xatlovdan o`tkazilganligi, 97 ta chiqindi
poligoni tartibga keltirilganligi aytildi. Shu bilan birgalikda bu muammoni hal
qilishda ko`pgina kamchiliklarimiz mavjudligi ta`kidlandi [3].
Hozirgi kunda, yurtimizda 53 foiz aholiga sanitar-tozalash ko`rsatilgan,
xolos. Shundan atigi 15 foizi xususiy sektor hissasiga to`g`ri keladi. Deyarli barcha
qishloqlarda maishiy chiqindilarni yig`ish, saqlash va tashish yo`lga qo`yilganligi
ta`kidlandi. Yig`ilishda shu kabi kamchilik va muammolar tanqidiy tahlil qilinib,
tizim oldidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga tegishli
vazirliklar bilan birgalikda shaharlarda chiqindi yig`ish shaxobchalarini tartibga
solish, qishloq aholi punktlarida sanitar-tozalash xizmatlarini rivojlantirish
bo`yicha 5 yillik dastur ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. 2018 yilda
mamlakatimizda 9 ta shaharda chiqindini yig`ish va qayta ishlash klastrlarini ishga
tushirish bo`yicha topshiriq berilib, bu borada Surxondaryoda tashkil etilgan
klaster faoliyati namuna qilib ko`rsatildi.
Bizning viloyatimizda ham Respublika miqyosidagi kabi, aholi soni yildan –
yilga oshmoqda (hozirgi kunda viloyatda 3 mln. 250 mingdan ortiq kishi istiqomat
qiladi, Samarqand shahrida 520 ming, Samarqand shahrida 80 mingdan ortiq)
shahar kabi tumanlar hududlari va qishloqlarimizda ming-minglab zamonaviy uy -
joylari qurilmoqda. Buning natijasida chiqindilar soni ham oshmoqda, bu esa yangi
– yangi zamonaviy chiqindixonalarni tashkil etish, chiqindilarni saralash, atrof-
3](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_3.png)


![1. Adabiyotlar sharhi
O`zbekistonda va xususan Samarqand viloyatida maishiy chiqindilarni
o`rganish tarixi.
Respublikamiz mustaqilikka erishgan vaqtdan beri ekologik xavfsizlikni
ta`minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan siyosatni olib bormoqda va bu
yo`nalishda zamonaviy mustahkam normativ-xususiy asoslari yaratildi. Respublika
Prezidenti Islom Karimovning: “O`zbekiston 21 asr bo`sag`asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” [1] va “O`zbekiston buyuk
kelajak sari” [2] kitoblarida hududimizning dolzarb ekologik muammolariga katta
o`rin berilgan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida
bir necha o`nlab qonunlar, 300 dan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi. SHu
bilan bir qatorda jamiyatimizning rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan, atrof-muhitga
va inson salomatligiga ta`sir etayotgan ekologik muammolardan eng muhimi, bu
chiqindilar – qattiq va maishiy chiqindilar (QMCH) masalasi hisoblanadi.
Shu yerda ushbuni mahsus aytish lozimki, hozirgi kunda Respublikamizda
32 mln. 500 mingdan ortiq aholi yashaydi. Aholi sonining o`sishi, asosan,
shaharlarda seziladi. Agar, respublikamiz poytaxti – Toshkentda 3 mln. 500
mingdan ortiq aholi yashasa, Samarqand shahrida esa 520, Samarqandda esa 80
mingdan ortiq, tumanda 24 ming 600 kishi (2018 y.yanvari). Aholi sonining
oshishi bilan maishiy chiqindilar ham oshib bormoqda.
X.X. Zokirov, Sh.A. Qo`ldoshevalarning ma`lumotlariga asosan 21 asrning
boshlang`ich davrida O`zbekistonda bu ko`rsatkich har 1000 kishiga bir yilda 33,7
ni tashkil etgan. Bundan ko`rinib turibdiki, shaharlar aholisining o`sishi,
cheklangan hududda sanoatning to`planishi aholi istiqomat qiladigan hududlarda,
ayniqsa yirik shaharlarda ekologik sharoitlarning yomonlashuviga sabab
bo`lmoqda. SHaharlarda qattiq maishiy chiqindilar (QMCH) va ko`p o`lchamdagi
axlatlar (KO`A) yig`ilmoqda, ular o`z vaqtida olib chiqilmasa va
zararsizlantirilmasa, atrof - muhitni jiddiy ifloslantirishi muqarrar. Xullas,
6](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_6.png)

![maishiy chiqindilarning o`rtacha morfologik tarkibi misol tariqasida keltiriladi (1.
1.Jadval).
1.1.Jadval
Qattiq maishiy chiqindilarning o`rtacha morfologik tarkibi [15]
Fraksiyalar O`rtacha yillik massasi, % hisobida
Qog`oz 18,9
Oziq-ovqat chiqindilari 38,4
Daraxt 4,9
Metall 3,4
Gazlama chiqindilari 3,9
Rezina va teri chiqindilari 0,8
Oyna 3,7
Toshlar 8,9
Xokazo qismlar 17,2
Jami: 100
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10020406080100120
1.qog`oz
2.oziq-ovqat
3.yog`och
4.metal
5.tekstil
6.charm
7.rezina
8.shisha
9.tosh
10 . boshqa
qismlar
jami
1.1-rasm. Qattiq maishiy chiqindilarning o`rtacha morfologik tarkibi [15]
Chiqindilarni boshqarish masalasi dunyoning turli mamlakatlarida turli xil
yo`llar bilan yondoshilganligi ma`lum. Rivojlangan mamlakatlarda: Germaniya,
8](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_8.png)
![Belgiya, Yaponiya, Shvetsiyada maishiy chiqindilarga bo`lgan munosibat tahlillari
shuni ko`rsatdiki, ularning 60-65 foizi qayta ishlanadi, 20-25 foizidan energiya
olinadi [3].
Xullas, yuqoridagilardan ma`lum bo`ldiki, bir qator mamlakatlarda
chiqindilarni utilizatsiya qilishda – kuydirish, boshqalarda esa poligonga ko`mish
yoki yig`ish, shuningdek kompostlash texnologiyalari bilan amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi, mutasaddi
vazirliklar muassasalarining ma`lumotlariga ko`ra, respublikada 35 mln. m 3
maishiy chiqindilar tarkibiga uy xo`jaligi, muassasalar (tibbiyot, ta`lim, savdo,
ofis), bozor, ko`cha tozalashlardan yig`iladigan chiqindilar va yarmi shahar va
qishloq chiqindixonalarida to`planadigan boshqa 4 toifali sanoat chiqindilar
hisoblanadi [15]. Jami, yuqoridagi maishiy chiqindilar hajmidagi har million
tonnasidan, ularning quyidagi hajmdagi foydalanish komponentlari yo`qolar ekan (
1.2 jadval).
1.2 Jadval
Chiqindixonalardan foydalanilmay qoladigan maishiy chiqindilar
tarkibi va hajmi (ming/tonna hisobida) (orginal)
Maishiy chiqindilar Foydalanishi lozim bo`lgan hajm
Oziq-ovqat chiqindilari 360
Qog`oz va karton 160
Tekistil 55
Plastmassa 45
Maishiy chiqindilarning hosil bo`lishi ko`p yillik dinamikasida salbiy
tendensiyalar yo`q. Ularning miqdori yillik 3437-5190 ming/tonna oraliqda
(diapauzada) o`zgaradi (1.2 rasm).
9](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_9.png)
![1 2 3 4 5 6 70100020003000400050006000
4624 5190
3437 4345
3639 4202
3978
Series1
1 2 3 4 5 6 7
2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007
1.2-rasm. Maishiy chiqindilarning hosil bo`lishi (yiliga ming t.) [ 15]
Barcha maishiy chiqindilarning ko`p qismi Farg`ona, Samarqand
viloyatlarida va Toshkent shahrida hosil bo`lishi qayd etilgan [15] .
Shu erda ushbuni mahsus aytish lozimki, SamDU professori SH.T.Holiqulov
va tadqiqotchi S.Pardaevlar [33,34] Samarqand shahrida qattiq chiqindilarni
quyidagi guruhlarga bo`lib o`rganishgan: maishiy yoki kommunal chiqindilar,
sanoat chiqindilari, qishloq xo`jalik chiqindilari va qurilish chiqindilari.
Ushbu adabiyot ma`lumotlaridan ma`lum bo`ldiki, faqat 2007 yilga kelib,
chiqindilarning asosiy saqlash joylarida 2 mlrd. tonnaga yaqin sanoat va maishiy
chiqindilar to`plangan. Ularning atrof-muhitga va aholi salomatligiga ta`sir
darajasi ko`pgina hududlarda etarlicha baholanmagan. Havoning yuqori harorati
organik moddalarning tez parchalanishiga mikrofloraning hamda patogen
mikroorganizmlarning tez rivojlanishiga olib keladi. Bularning barchasi chiqindilar
saqlash muddatini qisqartirishni talab etadi. Chiqindilarni chiqarish, utilizatsiya va
qayta ishlash hududlarda echilishi qiyin bo`lgan muammoga olib kelmoqda. Ayrim
10](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_10.png)


![rivojlanmoqda. Xususan 2007 yilda Toshkent viloyati Yangiyo`l shahridagi
“Avesto Shams” va “O`tkir” (MCHJ) masuliyati cheklangan jamiyati mos ravishda
700 tonna va 300 tonna, Qibray tumanidagi “Tursunmurod-ota” MCHJ 205 tonna
qattiq maishiy chiqindilarni hamda Buxoro shahridagi “MAAN” MCHJ 41 tonna
polietilen plyonkalarni qayta ishlagan [15]. YUqoridagilarga yana qo`shimcha
misol, Urgut mahallasida joylashgan “AL NAZAR ORZU SERVIS” MCHJ 2008
yilda ish boshlab, bakalashkalardan faqat 2010 yilda 500 tonna poleester tola
mahsuloti olgan va 2012 yilda 5 milliard 750 mln. so`mlik mahsulot ishlab
chiqarib, hatto ushbu mahsulotning bir qismini Rossiya, Turkiya kabi
mamlakatlarga eksport qilgan [10,32]. Samarqand shahrida ham 7 ta kichik
maishiy chiqindilarni qayta ishlash xususiy korxonalari mavjud, Samarqandda esa
yo`q.
Yuqoridagi ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, chiqindilarni yo`q qilish va
qayta ishlash va undan foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammosidir.
Shahar aholisining soni chiqindilarni yig`ish, yo`q qilish ishlarining hajmini
aniqlashda, shuningdek, ularni zararlantirishning optimal variantlarini tanlashda
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda, asosan qishloq aholisining
hisobiga shahar aholisining sonining o`sishi aglomerizatsiya markazlarida haddan
tashqari aholi zichlashuviga olib kelmoqda. Masalan, Samarqand shahrida jami
1200 dan ortiq ko`p qavatli uylar bo`lsa Sartepa, Mikrorayon kabi hudadlarda,
uning 250 tasi Kimyogarlar qo`rg`onida joylashgan.
Shuning uchun chiqindilarni yig`ish va tashish, shuningdek, chiqindilarni
zararsizlantirish va qayta ishlash, chiqindi yuklash markazlarida ko`p yuk ko`tarish
quvvatiga ega transport vositalaridan foydalanish orqali yirik shaharlarda mahsus
tizim tashkil etilishi (tuzilganlari kam) maqsadga muvofiq bo`ladi.
Samarqand shahrida 2015 yildan e`tiboran shahar ma`muriyati va
Fransiyaning poytaxti Parij bilan “Maroqand obod” Samarqand shahrida
utilizatsiya qilish sistemasini joriy qilish bo`yicha 2015-2019 yillarga
bag`ishlangan Loyiha bajarilmoqda [17] (1.5-rasm ilovada). Loyihaning asosiy
maqsadi shaharda chiqindilar sistemasini rekonstruksiya qilish, Samarqandda
13](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_13.png)

![Chart Title
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10 1 Makalatura (10-15 %)
2 Oziq-ovqat chiq. (35-
45%)
3 Y o g`och chiq. (2-6%)
4 Metallar (1-3%)
5 Tekstil (2-5%)
6 C h arm, rezina (1-2%)
7 S h isha (2-4%)
8 Tosh (1-2%)
9 P lastmassa (1,5-4%)
10 boshqalar (10-15 %).
1.7 – rasm. Qattiq maishiy chiqindilar tarkibi [15] .
egallab, ularning 90 foizdan oshig`i qoniqarsiz deb topilgan [15] . Ular
muhandisdik choralari talablarisiz tashkil etilgan bo`lib, ularning atrof-muhitga
ta`sirini nazorat qilish kerakli darajada olib borilmaydi. Shu bilan bir qatorda,
chiqindilarning ko`payib borishi mahsus mashinalarning texnik bazasi tomonidan
ishlarni to`liq bajara olmasligiga olib kelmoqda va bu o`z navbatida chiqindilarni
haddan tashqari to`planib qolishiga va to`liq olib chiqib ketilishiga to`g`ridan-
to`g`ri ta`sir etmoqda.
Ekologik nuqtai nazardan maishiy chiqindilarning chiqindixonalarda
to`planib qolishi, changlarning hosil bo`lishiga va yoqimsiz hidlarning tarqalishiga
olib keladi. Chiqindixonalar hududlarida filtratsiya evaziga er osti suvlarining
ifloslanishi bilan bir qatorda, atmosferaga havoning ifloslanishiga olib keluvchi
metan va boshqa zaharli gazlar tashlanadi. Shu bilan birga, chiqindilarni to`plash
va ko`mish vaqtida barcha qimmatli moddalar va komponentlari yo`qotiladi [12] .
Q.Haydarovning [30], H.Haydarov, T.Bobonorov, Sh.Jahongirovlarning
[31]; Tabiat va inson ekologiyasi, Samarqand tabiati kabi kitoblarida viloyatning
15](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_15.png)
![turli-tuman ekologik muammolariga tasnif berib, viloyatda maishiy chiqindilarning
oshishi va ularni utilizatsiya qilish xususida tavsiyalar mavjud.
Xuddi shu mavzu prof.Z.Izzatullaev va o`qituvchi M.Odilovaning
“Ekologik inqirozning oldini olaylik” [11] maqolasida ham yoritilgan.
A.Ergashov [37] ning universitetlarning talabalari uchun chop etilgan
“Umumiy ekologiya ” darsligida zamonaviy ekologik muammolar qatorida: inson
ekologiyasi va ularning echimiga oid chora-tadbirlar bayon etilgan.
Z.Izzatullaev, T. Majidova [9] ning: Asoshoi ekologiya va muhofizati tabiat
(Vasoiti ta`lim) universitetning tojik tilida ta`lim olayotgan bakalavrlariga
bag`ishlangan uslubiy qo`llanmada suvning inson ta`siri ostida ifloslanishi turli
sanoat va maishiy muassasalardan chiqadigan iflos suvlar natijasida yuz bermoqda
va uning oldini olish choralari xususida fikrlar bildirilgan.
R.Egamberdiev, R.Eshchanov [38] larning; “Ekologiya asoslari”,
R.Egamberdievning “Ekologiya” universitet va pedagogika oliy o`quv yurtlari
uchun bosmadan chiqqan darsliklarda biosferaning ekologik muammolarini
ta`riflashda tuproq unumdorligining kamayishiga inson faoliyatining ta`siri, ya`ni
turli xil maishiy chiqindilarning katta ta`siri natijasida, ularning sifati pasayishini
ko`rsatib o`tishgan va buning natijasida ekinlar hosilining kamayishini misollar
bilan tasdiqlangan.
Sh.A.Shirniboev, S.G.Safin [35] “Atrof –muhitni muhofaza qilish”
darsligida atmosfera havosini muhofaza qilish muammolari, uni ifloslantiruvchi
manbalar; sanoat va maishiy chiqindi ishlab chiqarish muassasalarning faoliyati
natijasida hosil bo`lgan zararli moddalarning biologik xilma – xillikka ta`siri va
ularni muhofaza qilish chora – tadbirlari atroflicha tahlil qilingan.
X.T.Tursunov, T.U.Rahimova [20] larning “Ekologiya” oliy o`quv
yurtlari uchun o`quv qo`llanmasi va “Ekologiya va barqaror rivojlanish” [19]
o`qituvchilar uchun uslubiy qo`llanmalari chop etilgan. Uning birinchisida
Ekologiya asoslari, ekologik xavfsizlik, barqaror rivojlanish masalalari,
O`zbekistonning ekologik muammolarini o`rganish va hal qilish masalalariga
alohida e`tibor qaratilgan. Respublika hududida atrof – muhit ifloslanishini
16](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_16.png)
![ekologo – gigienik va sanitar me`yorlargacha kamaytirish deb taklif etganda, ular
xususan maishiy chiqindilarning ta`sirini mahsus inobatga olishgan.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi [21] da Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini o`rganishda
Konstitutsiyaning 50,54,55 va 100 moddadarining ahamiyatini ta`riflashgan.
X.T.Tursunov [19] maishiy chiqindilarning tabiatga va inson salomatligiga
ta`sirini ta`riflab, shunday yozgan: “insonning ishlab chiqarish va maishiy faoliyati
muqarrar holda chiqindilarning hosil bo`lishi bilan bog`liqdir”. Hozirgi kunda har
birimizga o`rtacha 20 tonna xom ashyo sarflanadi va uning 97% chiqindixonalarga
jo`natiladi. Chunki, tovarlarning xizmat muddati qisqarmoqda, o`rami – tobora
isrofi, kundalik ehtiyoj buyumlari bir martalik predmetlarga aylanmoqda. Natijada
maishiy qoldiqlarining tabiatda saqlanishi muddatini keltiradi.
Masalan:
shisha butilka – 1 mln.yilda,
polietilen paket – 420 yil,
poyafzalning rezina poshnasi – 50-80 yil,
neylon mahsulotlar – 30-40 yil,
chekib tashlangan papiros – 1-5 yilda chirir ekan.
Bular tarkibidagi moddalar chirish jarayonida turli noxush hidlar chiqaradi,
qoldiqlari suvni, tuproqni va havoni - tabiatni ifloslaydi.
Xullas, X.Tursunov maishiy chiqindilarni zararlantirish muammolarini
o`rganib, chiziqli iqtisod o`rniga tabiiy sikllarga o`xshashlikka asoslangan:
“resurslar →mahsulot→chiqindilar→resurslar” sikliga o`tishni taklif etadi. Bunda
ishlab chiqarilgan buyum hayot siklini o`tab bo`lgach, korxonaga kaytarilishi
lozim.
SamDU fizik olimlari: prof.F.S.G`anieva, dots.S.A.Sharipova [36] lar
“Chande az masalahoi muhimi ekologiyai fizikavy” uslubiy qo`llanmasida maishiy
qoldiq chiqindilarning tabiat unsurlariga salbiy ta`siri va ularda lozim bo`lganda
foydalanish usullar xususida o`z fikrlarini keltirishgan
17](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_17.png)
![Prof.Sh.T.Holiqulov, S.B.Pardaevning [34] “Chiqindilarni bartaraf etish
yo`llari” nomli maqolasida dunyo miqyosida atrof – muhitga salbiy ta`sir
ko`rsatuchi qattiq maishiy chiqindilarni bartaraf etish, ularning global darajadagi
muammoga aylanganligi, chiqindilardan ikkilamchi xom ashyo sifatida
foydalanishning asosiy dolzarb muammolari haqida fikr bildirilgan.
S.B.Pardaev [16] Samarqand shahri maishiy chiqindilari misolida, ulardan
tuproq unumdoligini oshirishda foydalanishni taklif etadi.
Quyidagi internet veb – saytlarida keltirilgan: Ilmiy amaliy jurnal
“Tvyordыe bыtovыe otxodы” , http:www.solidvatle.ru, “Chiqindini qayta ishlash”
portali; http://www.new-garbage.com ; chiqindilar turlari zararlantirish va ulardan
foydalanish; www.arxiv.uz ; SPORTS.uz – Ekoharakat chiqindilar bilan kurashadi;
09.10.2011; www.nature.uz ; www.uznature.uz ; www.ecoforum.sk.uz –
chiqindilarni kompleks boshqarish va boshqalardan foydalandik [35,40,41,42,43].
Shunday qilib, adabiyotlarda keltirilgan ma`lumotlardan shu aniqlandiki,
chiqindilar masalasi ekologiyadagi muhim muammolardan biri bo`lib, ularni
yig`ishtirib qayta ishlash yoki sanitar – gigienik talablar bo`yicha sarishta qilinsa,
nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda qo`ramiz, balki erni, havoni, suvni, oziq - ovqat
mahsulotlarining ifloslanishi oldi olinadi, aholi sog`lig`ini muhofaza qilishda katta
ahamiyatga ega.
18](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_18.png)

![daryoning o`rta oqimida Kattaqo`g`on suv ombor barpo etilgan. Zarafshon
daryosining 90 foiz suvi sug`orishga sarflanadi.
Tog` oldiva tog`li mintaqalarning tuproq hamda o`simliklari o`ziga xos
xususiyatlarga ega bo`lib, vodiydan janubdagi balandliklarda joylashgan. To`q
bo`z tuproq, tog`larda esa qo`ng`ir tuproqlar tarqalgan, Adirlar qisman hydalgan,
unga g`alla ekiladi.
Tuprog`i
Samarqand viloyatida tog`- jigarrang tuproqlardan, bo`z tuproqlar va orid
(cho`l) zonalari tuproq palasalariga ajraladi.
Viloyatda eng ko`p tarqalgan tuproqlar sifatida quydagilarni ko`rsatish
mumkin.
2.1-jadval
Samarqand viloyatining eng ko`p tarqalgan tuproqlari [16,7,8,39].
T/ р Tuproq turi Jami maydon
ming,ga Shu jumladan
sug`oriladigan
maydon,ming/ga
1 Tog`-jigarrang tuproqlar 73,7 -
2 To`q tusli tuproqlar 116,0 3,6
3 Och tusli bo`z tuproqlar 383,7 24,9
4 Tipik bo`z tuproqlar 673,8 105,0
5 O`tloq bo`z tuproqlar 51,6 41,5
6 Bo`z o`tloq tuproqlar 25,6 22,5
7 O`tloq tuproqlar 130,2 77,8
8 Botqoq-o`tloq tuproqlar 13,7 -
Cho`l zonasi (II zona)
1 Sur-qung`ir tusli tuproqlar 57,7 2,0
2 Taqirli 4,0 2,3
3 Qumli chul tuproqlar 77,0 -
4 Sho`r tuproqlar 3,0 -
5 Boshqa tuliqsiz hosilalar 127,6 -
Jami 1677,3 279,6
2.1. Jadvalda keltirilgan ma`lumotlarni tahlil qilish shuni ko`rsatdiki,
viloyatda eng ko`p tarqalgan tuproq turlariga quydagilarni kiritish mumkin, ya`ni
to`q tusli bo`z tuproqlar och tusli bo`z tuproqlar, tiniq bo`z tuproqlar va o`tloq
tuproqlar.
20](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_20.png)

![t u p r o q m i n g t a q a s i v e r t i k a l q i s m l a r g a b o ` l i n a d i : q u y i q i s m i d a o c h tusli
bo`z tuproqlar. o`rtasida-tipik va sahrolarda - to`q tusli bo`z tuproqlar.
U l a r n i n g b o ` l i n i s h p r i n s i p i p a x t a c h i l i k n i n g r i v o j l a n i s h n u q t a i
n a z a r i d a n m u h i m a h a m i y a t g a e g a d i r . A s o s i y r e l y e f s h a k l l a r i v a s u v
m a n b a l a r i o r q a l i s u g ` o r i s h u c h u n q u l a y b o ` l g a n o c h t u s l i v a t i n i q b o ` z
t u p r o q l a r , m a y d o n l a r i n i n g a n c h a q i s m i s u g ` o r i l a d i g a n p a x t a c h i l i k d a
o ` z l a s h t i r i l g a n . T o ` q t u s l i b o ` z t u p r o q l a r m i n t a q a s i d a s u g ` o r i s h n i k e n g
r i v o j l a n t i r i s h g a r e l y e f n m g b a l a n d p a s t l i g i t u f a y l i s u v q u y i s h n i n g
q i y i n l i g i h a m d a m a ` l u m d a r a j a d a i q l i m n i n g n o q u l a y l i g i m o n e ` l i k
q i l a d i .
B o ` z t u p r o q n i n g h a r a k t e r l i j i h a t i s h u n d a k i , o c h t u s l i b o ` z
t u p r o q l a r g a q a r a b h a r a k a t l a n i s h i b o ` v l a b t u p r o q n i n g u n i m d o r l i g i n i v a
o r g a n i k m o d d a l a r n i n g z a h i r a s i k a m a y i b b o r a d i .
T o ` q b o ` z t u p r o q l a r . T o ` q t u s l i b o ` z t u p r o q l a r d a t i n i q b o ` z
t u p r o q l a r g a q a r a g a n d a r i v o j l a n i s h s h a r o i t i n i n g f a r q q i l u v c h i b e l g i l a r i
i q l i m n i n g y u m s h o q r o q v a n a m l i r o q l i l i g i , o ` s i m l i k l a r g a b o y l i g i
e f e m e r l a r , b o s h o q l i l a r v a b a ` z i j o y l a r d a m a y d a b u t a l a r , m e x a n i k
t a r k i b i b i r o z o g ` i r r o q l y o s s i m o n t u p r o q h o s i l q i l u v c h i j i n s i v a d a g ` a l
p r o l y u v i a l v a d e l y u v i a l y o t q i z i q l a r v a s h a g ` a l j i n s l a r n i n g k e n g r o q
t a r q a l g a r i l i g i , r e l y e f n i n g p a s t - b a l a n d l i g i v a e r r o z i y a j a r a y o n i n i n g j u d a
k e n g v a k u c h l i a v j o l g a n l i g i d i r .
T o ` q t u s l i b o ` z t u p r o q l a r d e n g i z s a t h i d a n 8 0 0 m e t r d a n 1 4 0 0
m e t r g a c h a b a l a n d b o ` l g a n y e r m a s s i v l a r i d a j o y l a s h g a n . T o ` q t u s l i b o ` z
t u p r o q l a r n i n g h a j m o g ` i r l i g i 1 , 2 4 - 1 , 5 1 g \ s m : i
g a c h a , e n g k a m s u v
s i g ` i m i - 1 9 , 2 - 3 0 % a t r o f m i d a o ` z g a r a d i , c h i m q a t l a m i d a g u m u s 2 , 5 -
5 , 5 % g a c h a , c h i m o s t i q a t l a m i d a 1 , 5 - 2 , 5 % g a c h a v a g u m u s l i o r a l i q
q a t l a m i d a 0 , 5 - 2 , 0 % g a c h a , a z o t n i n g m i q d o r i t e g i s h l i c h a 0 , 1 5 - 0 , 5 0 ,
0 , 1 1 - 0 , 1 9 v a 0 , 0 4 - 0 , 1 0 % n i t a s h k i l e t a d i . [ 1 , 2 ]
T i p i k b o ` z t u p r o q l a r . T i p i k b o ` z t u p r o q l a r p r o l y u v i a l t o g ` o l d i
t e k i s l i k l a r d a n , p a s t t o g ` o l d i - a d i r l a r d a h a m d a p a s t t i z m a t o g `
22](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_22.png)
![e t a k l a r i d a v a u l a r n i n g s h l e y f l a r i d a d e n g i z s a t h i d a n 4 0 0 - 9 0 0 m e t r
b a l a n d l i k d a k o ` p r o q t a r q a l g a n . L y o s . ` y o s s i m o n s o g ` t u p r o q l a r , a h y o n -
a h y o n d a q a t l a m l i v a p r o l y u v i a l y o t q i z i q l a r t u p r o q h o s i l q i l u v c h i
j i n s l a r b o ` l i b x i z m a t q i l a d i [ 2 7 , 2 8 ] .
I qlimi.
Samarqand viloyatiga umumiy maydoni 16,7 ming km 2
ni egallaydigan,
respublikaning taxminan 15 foizini tashkil etadigan maydon kiradi va u 13
ta tumanni (Bulung`ir, Jomboy, Payanq, Samarqand qishloq, Tofloq, Urgut,
Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo`rg`on, Narpay, Paxtachi, Qo`shrobot, Nurobot)
qamrab oladi.
Viloyat territoriyasi butunlay Turon tabiiy geografik viloyatida
joylashgan region tekislik va tog` tumanlaridan (tog` etagi, tog`li zonalar)
iborat bo`lib, iqlimning quruqligi, keskin kontinentalligi bilan
atmosferaning serchantligi (ayniqsa, qishloq xo`jalik ekinlari
yetishtiriladigan tumanlarda) bilan ajralib turadi.
Tekis zona juda katta maydonni egallaydi. Region tekisliklarning iqlimi
qurg`oqchil bo`lib, yozi issiq va uzoq davom etadi. Ko`pgina tumanlarda
to`liq o`rtacha yuqori temperaturasi 35-40°C ga yetadi. Temperatura 0 °C
dan past bo`ladigan davri viloyatda taxminan 1 oy davom etadi. Qish juda
sovuq bo`lib, yanvarning o`rtacha -5 ... -10 °C ni, ba`zan esa -30 °C ni
tashkil etadi. Yillik yog`ingarchilik miqdori 200- 300 mm ga yetadi,
shundan atigi 6 foizi yoz oylariga to`g`ri keladi. Yozda havoning namligi
kamdan kam holatda 40- 50 % ortiq bo`ladi. Yog`ingarchilik, asosan qishda
va bahorda ko`p bo`ladi.
Tog`li tumanlar iqlim sharoitlari gorizantal bo`yicha kam masofalarda
keskin tafovut qilishi bilan ajralib turadi.
Yozda harorat + 20... +30 °C ga, qishda esa - 30.. -35 °C ga yetadi.
Yog`ingarchilik miqdori tog`lar etagida yiliga 300- 400 mm ni tashkil etadi.
Tog`li tumanlaming o`ziga xos xususiyatlaridan biri atmosfera bosimining
23](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_23.png)
![pastligi (500 mm simob stiniga teng va bundan past) hamda dengiz sathidan
yuqorilashgan sari havo haroratining intensiv pasayib borishidir.
Shunday qilib, regionning yuqorida qayd etilgan o`ziga xos tabiiy- iqlim
sharoitlari sanoat va maishiy chiqindilarning saqlanishiga, ulardan har xil
hidlarning tarqalishiga salbiy ta`sir etadi. Shuning uchun chiqindilarni
zararsizlantirishda issiq iqlimning ta`sirini ham e`tiborga olish zarur
2.1-rasm. Yillik havo harorati [21].
24](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_24.png)
![Q u y o s h l i k u n l a r v a r a d i a t s i o n r e j i m
Qator yillararo va yil ichida o`zgaruvchan iqlim xususiyatlarida ko`rinadigan
qurg`oqchilik, issiqlik va yorug`likning mo`l ko`lligi, kontinentallik viloyat
iqlimining harakterli belgilaridandir. Iqlimning shunday xususiyatlari, birinchidan,
regionning quyosh issiqligi bilan ko`p miqdorda ta`minlaydigan subtropik
kenglikning shimoliy chegarasi joylashganligi, ikkinchidan, tez- tez ochiq va kam
bulutli ob- havoni vujudga keltiradigan atmosfera o`zgarishlarining o`ziga xosligi
va uchinchidan ushbu maydonning okeanlardan uzoqdagi ulkan Yevro Osiyo
materigi ichida joylashganligi bilan tushuntiriladi. Viloyatda bir yilda quyoshning
charaqlab turgan kunlari 150- 155 kunni tashkil etadi [21] yoki quyosh yog`dusi
2500- 3000 soatni tashkil etadi .
Viloyat hududida quyoshning charaqlab turishi yiliga o`rtacha 2916 soatni
tashkil etadi.
Viloyat hududi eng ko`p yorug`lik bilan ta`minlangan regionlarning biriga
kiradi.
Quyosh radiasiyasi atmosfera jarayonining asosiy manbasi va iqlimning
shaklanishida asosiy element bo`lib hisoblanadi.
Samarqand viloyatiga oqib kelayotgan quyosh radiasiyasining miqdori ancha
katta bo`lib, radiasiya yig`indisining miqdori 6030 MDj\irr ni tashkil etadi[21].
Maxsus adabiyotlarda keltirilgan ma`lumotlardan ma`lumki, yil mobaynida
quyosh radiasiyasining maksimumi 820- 850 MDj/m 2
dekabr- yanvar oylariga
to`g`ri keladi. Qish oylarida radiasiya oqimining qisqarishi quyosh charaqlab turish
davomiyligining qisqarishi, gorizont ustida quyoshning kam turisliiga bog`liq va
bulut qatlami bilan o`ralgan kunlar sonining ancha ko`payishi, ya`ni to`g`ridan -
to`g`ri tushayotgan quyosh radiasiyasini 30-40 % ga kamayishiga va ayni vaqtda
radiasiyaning 20-40 % ga tarqalishiga imkon beradi.
Shunday qilib, quyosh radiasiyasi va issiqlikning mo`l- ko`lligi tez pisharligi
turlicha bo`lgan qishloq xo`jalik ekinlarini yetishtirish uchun qulay sharoitni
vujudga keltiradi. Biroq yog`ingarchilik yillik miqdorining nihoyatda ozligi va
25](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_25.png)
![uning yoz oylarida kam tushishi qishloq xo`jaligi ekinlarini ko`proq sug`oriladigan
dehqonchilik sharoitida yetishtirishni taqozo etadi.
2.2-rasm . Yillik quyosh radiatsiyasi Radiatsiya: a-yig`indisi, s-to`g`ri, d-
tarqalgan [21].
26](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_26.png)
![Atmosfera bosimi.
Samarqandda atmosfera bosimi yillik o`zgarishini tahlil qilish shuni
ko`rsatadiki
v 3- rasmga qarang), uning ko`p yillik maksimum qiymati kuz oyiga
(noyabr - 939 mbar) va minimum qiymati esa yoz oyiga (iyul - 925 mbar) to`g`ri
keladi. Maxsus adabiyotlarda [21] keltirilgan ma`lumotlardan ko`rinadiki,
atmosfera bosimining absolyut maksimumi 960 mbar 1930 yil 20 dekabr kuni
absolyut mim`mumi 909 mbar esa 1982 yil 18 mart kuni qayd etilgan. Yillik
amplaturasi (ya`ni oylik bosimining eng katta va eng kichik qiymati orasidagi farq)
19 mbar ga yetgan va 1966 yil qayd etilgan. Bosimning maksimal sutkalik
ampliturasi 29 mbar 1974 yil 20 yanvar kuni qayd etilgan.
2.3-rasm . Atmasfera bosimining yillik o`zgarishi (siniq chiziq o`rtacha
bosim) [21]
Nisbiy namlik
Nisbiy namlik havo temperaturasi va tushadigan rejimiga yomg`irning
bog`liq. Shuning uchun ham viloyat hududida nisbiy namlik fasllarga mos xolda
o`zgarib turadL Eng katta nisbiy namlik qish va baxor oylariga to`g`ri kelib, uning
o`rtacha oylik miqdori 65 - 70 % ni tashldl etsa, bu ko`rsatkich yoz oylariga kelib
40 % dan oshmaydi
27](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_27.png)
![Yoz oylarida, ya`ni hayvoning harorati maksimal qiymatga yetgan 15-20% gacha,
tushadi. Samarqandda havoning o`rtacha yillik nisbiy namligi 58 % ni tashkil
etadi.
2.4-
rasm.
Yillik
nisbiy namlik o`zgarishi (to`g`ri chiziq-o`rtacha nisbiy namlik) [21]
A h o l i s i , x o ` j a l i g i , t r a n s p o r t i v a s h a h a r l a r i .
Aholisi. Hozirgi paytda Samarqand respublikaning Toshkentdan keyingi
sanoat va madaniy markazi hisoblanadi. Samarqand viloyatining aholisi bugungi
kunda 2,78 mln ni tashkil qilib shundan 2,06 mln aholisi qishloq joylarda, 0,72 mln
ni esa shaharlarda (Samarqand shahri) istiqomat qiladi. Aholini zichligi 1 km 2
ga
165 kishini tashkil qiladi. Uning milliy tarkibida o`zbeklarning salmog`i katta (80
% ga yaqin). Shaharlarda tub yerli xalqlar (o`zbeklar, tojiklar) bilan ruslar, tatarlar,
yaxudiylar va ukrainlar yashaydi. Zarafshon va Sangzor vodiylarida aholi
nihoyatda zich yashaydi[37].
Samarqand iqtisodiy rayoni O`zbekistonning yirik hududiy - ishlab chiqarish
majmualaridan hisoblanadi. Samarqand viloyatining xo`jaligi dehqonchilik va
chorvachilikka moslashgan.
28](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_28.png)
![Dehqonchilik bilan birga savdo va hunarmandchilik ham rivojlangan. Temir
yo`l qurilib, tashqi bozorlarga erkin suratda mol chiqarish va u yerdan mol keltirish
imkoni ko`paygan.
Endilikda iqtisodiy rayonning agrosanoat majmui barcha iqtisodiy
rayonlardagi kabi yuksak darajada rivojlangan. Rayonda sanoat yetakchilik qiladi
[7].
29](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_29.png)
![2.5-rasm. Samarqand viloyati aholisining milliy tarkibi [21].
Og`ir sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik va metalllsozlik, kimyo sanoati
tez rivojlanmoqda. Mashinasozlik va metalllsozlik korxonalari qishloq xo`jalik
30](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_30.png)
![mashinalari, paxta tozalash zavodlari uchun asbob uskunalar, ro`zg`or
muzlatkichlar, li`ftlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Samarqand hududiy ishlab chiqarish majmuida yengil sanoatning ham
salmog`i katta. Bu sohaga tegishli 50 ga yaqin korxona ishlab turibdi. Oziq ovqat-
sanoati mahalliy xomashyolardan konserva va sharob, o`simlik moyi, tamaki, sut
va go`sht, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Samarqand hududiy - ishlab chiqarish majmuida qishloq xo`jalik alohida
o`rin tutadi. Dehqonchilik qishloq xo`jalik mahsulotining 70% ni beradi.
Dehqonchilikning yetakchi tarmog`i bu iqtisodiy rayonda ham paxtachilikdir.
Boshqa texnik ekinlardan tamaki, zig`ir va safsar (maxsar) yetishtiriladi,lekin
Urgut tumani tamoki yetishtirishga ixtisoslashgan. Bu yerda mamlakatdagi
tamakining 96 % yetishtiriladi. Bundan tashqari bug`doy, arpa ham ekiladi.
Paxtachilik majmui tarkibidagi bog`dorchilik va uzumchilik kabi tarmoqlar yuksak
taraqqiy etgan. Shaharlar atrofidagi fermer xo`jaliklarida, aholining tomarqa yerlari
ko`plab turli xil sabzavotlar va poliz ekinlari yetishtiriladi.
Respuolikadagi mevali daraxtlarning 15 % i va terakzorlarning 30 % i shu
iqtisodiy rayondadir. Samarqand iqtisodiy rayonida chorvachilik agrosanoat
majuining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Qoramollar soni jihatidan iqtisodiy
rayon Respublikada 1- o`rinni egallaydi, qorako`lchilik esa 3- o`rinda turadi. Bu
yerda qorako`lchilikni rivojlantirish choralarini tadqiq etuvchi ilmiy - tadqiqot
instituti mavjud.
Samarqand viloyati tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi tomonidan berilgan
ma`lumotlarga qaraganda 2009 yil 1 yanvar holatiga Samarqand viloyatida
umumiy sug`oriladigan maydon 438,3 ming ga, jumladan qishloq xo`jalik
maqsadlari uchun 255,6 ming gektar maydondan foydalaniladi, ko`p yillik
daraxtlar - 56,8 ming ga, yaylov - 796,7 ming ga, tomarqa uchastkalari - 85,9 ming
gektarni tashkil etadi. Yerlarning meliorativ holatining yomonlashganligi 16,5
ming gektar maydonda belgilangan, jumladan- o`rtacha sho`rlangan - 0,42 ming
gekta`-ii tashkil etadi. Sug`oriladigan yerlarning o`rtacha bonitet bali oxirgi 4 yilda
o`rtacha 57 ballda stabil holda saqlanmoqda [29].
31](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_31.png)
![Transporti. Iqtisodiy rayon hududidan 2 ta temir yo`l o`tadi. Toshkent-
Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk), Toshkent - Dushanbe temir yo`li magistral!
asosan o`tkmchi (tranzit) yuklar tashiladi. Iqtisodiy rayionda avtomobil yo`llari
ko`p, ularda temir yo`lga va bir viloyatdan boshqa viloyatlarga yuklar tashiladi.
Havo transporti respublikaning barcha yirik shaharlarini hamda xorijiy davlatlarni
bog`laydi. Quvir transporti va elektr uzatgich liniyalarining transport tizimidagi
ahamiyati sezilarlidir. Rossiya federasimyasiga paxta tolasi, paxta yog`i, ho`l
meva, uzum, mayiz va qorako`l terilari yuboriladi. Mineral o`g`it, tamaki, choy,
poyavzal, shcyi va boshqa iste`mol mollari barcha qo`shni viloyatlarga chiqariladi.
Iqtisodiy rayon asosan yog`och, taxta, g`alla, shakar-qand, mashinalar, ko`mir,
neft, neft mahsulotlari hamda lceng iste`mol mollari oladi [9].
Shaharlari: Samarqand - u Zarafshon daryosining chap sohilidagi aholisi
ziclh vohada, Toshkent - Turkmanboshi temir yo`li yoqasida joylashgan.
Samarqand duyodagi juda qadimiy shaharlardandir. 2008 yilda uning 2750 yoshi
nishonlandi. Samr а qand mamlakatning yirik sanoat tuguni sifatida ham, madaniyat
markazi sifatida ham ahamiyatlidir. Sanoat tuguniga Jomboy, Juma va boshqa
shaharchalar ishlab chiqarish bo`yicha bog`liq.
Shahar qishloq xo`jalik rivojlangan hudud markazida joylashgan. "Alpomish",
"Kinap", "Sino", "Samarqandldmyo", "Shishani ta`sirlash", "Chinni", "Choy
qadoqlash fabrilcasi", "Paxta tozalash" zavodlari yirik sanoat kdrxonalari qatoriga
kiradi.
1 9 9 1 yil bahorida Samarqand sanoatini rivojlantirishda muhim voqyea sodir
bo`ldi. Bu yerda O`zbekistondagi yana bir avtomobil zavodi "SamKoch Avto"
qurildi. Bu korxona "UzDEU avto" singari/`O`zavtoqurilish uyushmasi" bilan
Turkiyaning "Koch Xolding" kompaniyasi o`rtasida tuzilgan bitim asosida juda
qisqa muddatda qurilib ishga tushirildi. Zavod qulay "Otayo`l" avtobuslarini va
kichik gabaritli yuk mashinalari chiqaradi. Hozirgi kunda esa, u Yaponiya
avtomobil firmalari bilan birgalikda "Suzuki" avtomobillarini chiqarishmoqda.
32](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_32.png)
![Samarqand eng yirik madaniy va ilmiy markazlardan biridir. Alisher Navoiy
nomidagi Samarqand Davlat Universiteti, Samarqand Davlat tibbiyot instituti va
x.k. 8 ta Oliy o`quv yurti va bir qancha maxsus o`quv yurtlari bor.
Kattaqo`rg`on - iqtisodiy rayonda Samarqanddan keyin 2- o`rinda turadigan „anoat
tuguni va madaniy markazi joylashgan. Shahar yonidan Samarqand - Buxoro temir
yo`li o`tadi. Shahardagi Kattaqo`rg`on paxta tozalash mashinasozligi zavodi, paxta
tozalash zavodlari uchun asbob uskunalar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, motor
tuzatish, paxta yigirish va go`sht kombinatlari, hamda yiliga 2 mln. jo`ja
ochiriladigan broyler fabrikasi, oziq - ovqat sanoatining respublikadagi yirik
korxonalari hisoblanadi. Moy eritish kombinati o`simlik moyi ishlab chiqansh
jihatdan mamlakatdagi eng yirik korxonalardan biridir. Cho`ponotada cheripisa,
sopol quvirlar hamda tarixiy obidalarni tiklashda ishlatiladigan sopol plitalar ishlab
chiqariladi. Bular uchun ishlatiladigan xomashyo - maxsus tuproq shu yerda
mavjud.
1. Shunday qilib, Samarqand viloyatining aholisi bugungi kunda 2,78 mln ni
tashkil qiladi., shundan 0,72 mln aholi shaharlarda (Samarqand va
Kattaqo`rg`onda) istiqomat qiladi.
2. Samarqand viloyatining xo`jaligi dexqonchilik va chorvachilikka
moslashgan.
3. Viloyatda savdo, hunarmandchilik yaxshi rivojlangan.
4. Samarqandda sanoat yetakchi o`rinlarni egallaydi.
5. Dehqonchilikning yetakchi tarmog`i paxtachilik hisoblanadi.
6. Chorvachilik viloyatda agrosanoat majmuining muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi.
7. Iqtisodiy rayon hududidan 2 ta temir yo`l o`tadi.
Samarqand – Samarqand viloyatidagi shahar. Zarafshon vodiysida, Narpay
kanalining chap sohilida, 485 m balandlikda Samarqand tumani hududida, t.y.
stansiyasi Samarqand shahridan 88 km shimoli-g`arbda. Yanvarning o`rtacha
temperaturasi – 2 0
C , iyulniki 27,2 0
C . Yillik yog`in 282 mm. Aholisi 76,3 ming
kishi [28] .
33](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_33.png)

![2.6 rasm. Samarqand hududi xaritasi [28].
35](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_35.png)

![2.3 . Tadqiqot uslublari ni o`rganish uchun adabiyotlarda: X.T.Tursunov,
T.U.Rahimova [20], X.T.Tursunov [19]; M.Adыlova [5]; Proekt “Vnedrenie
sistemы utilizatsii TBO v g. Samarkande”, materialы granta Uzbekistan i Fransiya
na 2015-2019 g.[17]; L.A.Vaxitova, A.A.Vohidov [6]; B.G.Deushova,
L.E.Belyalovalarning “Tvyordыe bыtovыe otxodы i nashe otnoshenie k nim” [18];
Sh.T.Xoliqulov, S.B.Pardaevlarning [34] “Chiqindilarni bartaraf etishning dolzarb
muammolari” kabi ishlarda mavjud maishiy chiqindilarga taalluqli materiallardan
foydalandik.
BMI da chiqindilar xususida so`z yuritilar ekan, biz ushbuni inobatga olib,
quyida ushbu qonun to`g`risida qisqacha bo`lsa ham ma`lumot keltirishni lozim
topdik [25].
O`zbekiston Respublikasining “Chiqindi to`g`risida” qonuni
2002 yil 5 aprel 362 – 11- son bilan O`zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti I.Karimov tomonidan tasdiqlangan. Va ushbu qonun 2002 yil 5 aprel
363 – 11 son bilan amalga kiritilgan va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
raisi E.Xalilov tomonidan tasdiqlangan. “CHiqindi to`g`risida” gi qonun 30
moddadan iborat bo`lib, ularning ayrimlarini quyida izohlaymiz.
CHiqindi bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish to`g`risidagi qonun hujjatlari
buzilganligida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar.
Uning 1 moddasida . Ushbu qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
keltirilgan bo`lib, unda chiqindilar bilan bog`liq ishlarniamalga oshirish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning asosiy vazifalari chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog`ligiga,
atrof-muhitga zararli ta`sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo`lishini
kamaytirish va ulardan xo`jalik faoliyatida oqilona foydalanishni ta`minlashdan
iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar-chiqindi bilan bog`liq ishlarni amalga
oshirish, chiqindi pasporti, ya`ni uning kamyob chiqishi, chiqindilarni joylashtirish
ob`ekti,chiqindilarni ko`mib tashlash, chiqindilarni utilizatsiya qilish, ya`ni ular
37](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_37.png)


![3. Tadqiqot natijalari
3.1. Samarqand shahrida maishiy chiqindilarning hosil bo`lishi,
joylashtirilishi, morfologik tarkibi, klassifikatsiyasi, utilizatsiyalash va
ulardan qayta foydalanish.
Hozirgi kunda ham ekologik muammolarning echimi nihoyatda og`ir
qolmoqda. Ular chegara bilmaydi. Muammolarning asosiy qismi odamzotning
mehnati faoliyati bilan chambarchas bog`liqdir. Zero, insonning xo`jalik
faoliyatida dunyoda har yili 30-40 milliard tonnadan ortiq chiqindi biosferaga
chiqarilmoqda, bunda maishiy chiqindilarning ham ulushi kattadir.
Yuqoridagi ko`rsatkich XXI asrda 100 milliard tonnaga etib, kelajakda
yanada oshishi va 2020 yillarga borib 2 marta ko`payishi bashorat qilinmoqda.
Yillar davomida to`plangan chiqindilar inson hayoti uchun nihoyatda xavfli
moddalarni hosil qilishi tadqiqotlarda to`liq o`z ifodasini topmoqda [14] .
Ekologik muammolar va xususan maishiy chiqindilarning hosil bo`lishi,
ularni saralash, morfologik tarkibini aniqlash, klassifikatsiya qilish,
utilizatsiyalash, zararli qismlarini tashish va poligonlarga joylashtirish, ko`mish va
ulardan ikkilamchi mahsulot sifatida qayta ishlab, foyda olish Samarqand
viloyatida va xususan Samarqandda ham ushbu mazuning o`ta dolzarbligini
aniqlaydi.
Shu yerda ushbuni mahsus aytish lozimki, 2017-2021 yillarda maishiy
chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish
va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori O`zbekiston Respublikasining 2017 yil 21 apreldagi
“Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini
takomillashtirish to`g`risida” gi PF- sonli farmoniga muvofiq hamda chiqindilar
bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va
rivojlantirish, munosib yashash sharoitlarni yaratish, respublikada sanitariya va
ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish,
shuningdek, Respublika va viloyatlarning Ekologiya va atrof muhitni muhofaza
qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining
40](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_40.png)

















![buzilgan muhitda tirik organizmlarning yashash faoliyati bilan ularning adaptasion
mexanizmlari imkoniyatlarining mos kelmasligi kuzatilmoqda. Yuqori texnogenli
yuklamalar natijasida ta’minlab beruvchi tashqi muhit tajovuzining ortishi tirik
organizmlar genofondining sifatiga albatta o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmay
qolmaydi, qaysiki tabiiy evolyusion moslashishning tezligi atrof muhitning
o’zgarish jadalligiga mos kelmaydi va bu esa o’z navbatida tabiatda «Ekologik
keskinlik» sindromini chaqiradi.
Ekologik keskinlik sifatiy jihatdan yangi xarakterga ega bo’lish bilan birga
katastrofik masshtabni egallamoqda. Bunday sharoitlarda organizm bilan muhit
orasidagi munosabatlar murakkablashadi va keskinlashadi.
O’tgan asrning 90-yillarida O’zbekiston hududida ko’plab sanoat korxonalari
qurildi. Masalan, Qoravulbozor neftni qayta ishlash, Muborak gaz kondesat
zavodi, Navoiy azot o’zeli, Navoiy tog’ metallurgiya kombinati, Jizzax
akkumulyator zavodi va hokazolar tomonidan tashqi muhitga zaharli sanoat
chiqindilari chiqarilmoqda.
Organizmlar yashayotgan muhitning texnogen o’zgarishlari orasida uning
sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi ancha ayanchli asoratlarga olib
kelmoqda. Turli tabiatga ega bulgan zaharli moddalar ancha yuqori xavf tug’diradi.
Ifloslovchi moddalar texnogen moddalar yoki tabiiy xarakterdagi aralashmalar
sifatida kimyoviy elementlarni migrasiyalanish va energiyani transformasiyalanish
sikllarini buzadi va ekotizimning yaxlit faoliyatiga noqulay ta’sir ko’rsatadi.
Biosferada dunyo miqyosidagi hududiy va lokal oqimlari va ksenobiotiklarni, ya’ni
biosfera uchun begona bo’lgan kimyoviy birikmalarning aylanishi shakllanadi [2].
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, sanoat korxonalaridan
chiqayotgan chiqindilarning tarkibini aniqlash, ularning zararli jihatlarini o`rganish
va chiqindilarni zararsizlantirishning optimal usullarini ishlab chiqish hamda
ulardan oqilona foydalanish istiqbollarini yaratish dolzarb masalalardan biriga
aylandi.
58](/data/documents/132ade13-8f3f-4e22-bbf7-3b2a10f8458d/page_58.png)














SAMARQAND SHAHAR MAISHIY CHIQINDILARINING ATROF-MUHITGA TA`SIRI Kirish……………………………………………………………… .............3 1. Adabiyotlar sharhi……………………………………………...............7 1.1. Samarqand viloyatida maishiy chiqindilarni o`rganish tarixi …............7 2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari…………………… …….. ..21 2.1 Tadqiqot sharoitlari………………………………………………….... .21 2.1.1. Samarqand viloyati, Samarqand shahar va tumanining geografik tasnifi...................... ................................................................................................ .21 2.2. Tadqiqot obyektlari…………………………………………. ...............38 2.3 Tadqiqot uslublari………………………………………….... ................39 3. Tadqiqot natijalari…………………………………………... ...............41 3.1. Samarqand shahrida maishiy chiqindilarning hosil bo`lish yo`llari, turlari, joylashtirilishi, morfologik tarkibi, klassifikatsiyasi, utilizatsiyalash va ulardan qayta foydalanishning samaradorligi......................................................................41 3.1.1 . Chiqindi turlari....................................................................................45 3.1.2. Chiqindixonalar to`g`risida ma`lumot.................................................46 3.1.3. Samarqand shahri bo`yicha maishiy chiqindilarning hajmi va ularni qayta ishlashning samaradorligi............................ ................................................. 49 3.1.4 Samarqand shahri da maishiy chiqindilarning maydoni va hajmiga qarab, hududlarni rayonlashtirish................ ......................... . ................................. 56 Xulosalar………………………………………………………………................ 66 Tavsiyalar ……………………………………………………………..................6 8 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati ………………………………………….....6 9 1
K I R I SH Mavzuning dolzarbligi . Bugungi kundagi eng dolzarb ekologik muammolardan biri – bu chiqindilar muammosidir. Chiqindilar deganda biz ishlab chiqarish yoki iste`mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, shuningdek o`zining is`temol xususiyatlarini yo`qotgan maqsulotlarni tushunamiz. Xullas, chiqindilar muammosi murakkab va keng qirrali bo`lib, u quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi: Chiqindilarni yig`ish, saralash, tashish, joylashtirish, saqlash yoki qayta ishlash, ko`mib tashlash; Tuproq, havo, er osti suvlariga zararli ta`siri; A h latxonalar bilan band erlarni qishloq xo`jaligi hisobidan chiqarish va hokazolar. Bu muammolar barcha mamlakatlar va xususan O`zbekiston Respublikasida hamda Samarqand shahri uchun ham umumiy bo`lib, barcha hududlarda ularni juda katta sarf-harajatlar evaziga turlicha samara bilan hal qilishga to`g`ri kelmoqda. 2017 - 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining 4 nchi Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustivor yo`nalishi 4.3 paragrafida: “Odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta`minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo`q qilish bo`yicha zamonaviy ob`ektlar bilan ta`minlash” ko`rsatilgan [4] . Davlatimiz rahbarining 2017 yil 21 aprelidagi farmoniga muvofiq, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirildi. O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi qayta tashkil etilib, uning zimmasiga ekologik holatni yaxshilash, 2
maishiy chiqindilarni yig`ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash borasida ko`plab vazifalar qo`yildi. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 2 fevralida “Atrof muhitni muhofaza qilish – aholi salomatligini saqlashning muhim omili” degan ma`ruzasida 2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni tubdan yaxshilash yuzasidan kompleks dastur qabul qilinganligi, moliyalashtirish manbalari aniq belgilab berilganligi xususida so`zlab, bu ma`lumotlarni aniq faktlar bilan izohladi. Masalan, faqat 2017 yilda Respublikada qo`shimcha 305 ta chiqindi to`plash maydonchasi qurilib, 2 mingdan ortiq konteynerlar bilan jihozlanganligi, 295 ta poligon to`liq xatlovdan o`tkazilganligi, 97 ta chiqindi poligoni tartibga keltirilganligi aytildi. Shu bilan birgalikda bu muammoni hal qilishda ko`pgina kamchiliklarimiz mavjudligi ta`kidlandi [3]. Hozirgi kunda, yurtimizda 53 foiz aholiga sanitar-tozalash ko`rsatilgan, xolos. Shundan atigi 15 foizi xususiy sektor hissasiga to`g`ri keladi. Deyarli barcha qishloqlarda maishiy chiqindilarni yig`ish, saqlash va tashish yo`lga qo`yilganligi ta`kidlandi. Yig`ilishda shu kabi kamchilik va muammolar tanqidiy tahlil qilinib, tizim oldidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga tegishli vazirliklar bilan birgalikda shaharlarda chiqindi yig`ish shaxobchalarini tartibga solish, qishloq aholi punktlarida sanitar-tozalash xizmatlarini rivojlantirish bo`yicha 5 yillik dastur ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. 2018 yilda mamlakatimizda 9 ta shaharda chiqindini yig`ish va qayta ishlash klastrlarini ishga tushirish bo`yicha topshiriq berilib, bu borada Surxondaryoda tashkil etilgan klaster faoliyati namuna qilib ko`rsatildi. Bizning viloyatimizda ham Respublika miqyosidagi kabi, aholi soni yildan – yilga oshmoqda (hozirgi kunda viloyatda 3 mln. 250 mingdan ortiq kishi istiqomat qiladi, Samarqand shahrida 520 ming, Samarqand shahrida 80 mingdan ortiq) shahar kabi tumanlar hududlari va qishloqlarimizda ming-minglab zamonaviy uy - joylari qurilmoqda. Buning natijasida chiqindilar soni ham oshmoqda, bu esa yangi – yangi zamonaviy chiqindixonalarni tashkil etish, chiqindilarni saralash, atrof- 3
muhitga zararini kamaytirish, qayta ishlashni va xullas, ulardan unumli foydalanishni taqazo etmoqda. Yuqorida keltirilganlardan ma`lum bo`ldiki, BMI ni bajarish uchun tanlangan mavzu o`ta dolzarbligi bilan ajralib turadi va ushbuni “Samarqand shahri maishiy chiqindilarining atrof-muhitga ta`siri” ni o`rganishni maqsad qilib oldik va uning uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilandi: 1. Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish. 2. Samarqand shahri va Samarqand tumanida maishiy chiqindilarning hosil bo`lishi, turlari, joylashtirilishi, morfologik tarkibi, klassifikatsiyasi, utilizatsiyalash va qayta foydalanishning samaradorligini o`rganish. 3. Samarqand shahri va Samarqand tumanida maishiy chiqindilarning maydoni va hajmiga qarab, hududlarni rayonlashtirish, xulosalar chiqarish va tavsiyalar berish. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Samarqand shahri va Samarqand tumanida m aishiy chiqindilarni atrof-muhitga ta`sirini o`rganish natijasida ilk bor ushbu aniqlandiki, tadqiqotlar asosan AO “Tayloq konserva” tozalash maydonida to`planadi va karer atrofida to`planadi, 10 ga egallaydi. Uning hajmi 647,7 ming tonnaga egadir. Tumanning chiqindilari Orzu Mahmudov massivi Jaloer qishlog`i atrofida yig`iladi va hajmi 4353,15 m 2 gektarga yig`ilib, uning miqdori 4500 tonnaga tengdir, biroq ularning holati qoniqarli deb xulosa qilinadi. Ushbu hududda chiqindilarning miqdori yildan yilga oshib borishini ko`rsatadi va u 279 foizni tashkil etdt. Buning asosiy sababi, chiqindilarni o`z vaqtida saralamaslik va qayta ishlash korxonalarining hududda yo`qligiga avtoulovlarning kamligidir. Chiqindilarni turli rangli paketlarga solib, saralab, so`ngra yig`ish va chiqindixonalarga jo`natish lozim. Ularni o`z vaqtida yig`ish va zararlantirish uchun keng jamoatchilikning va xususan mahallalarning roli kattadir. Hududda chiqindilarni qayta ishlash uchun tadbirkorlarni jalb etish lozim. Hududda yig`iladigan maishiy chiqindilar ilk bor rayonlashtirilgan. 4
Bu ma`lumotlardan oliy o`quv yurtlari kollej va maktablarda ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish fanlaridan saboq berishda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. U kirish, 3 bob, 10 paragraf, 14 rasm, 7 jadval, ilоvalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 5