“JOMBOY YASHIL ChIROQLARI” SEMENT ZAVODI
“JOMBOY YASHIL ChIROQLARI” SEMENT ZAVODI KORXONASINING ATROF-MUHITGA TA’SIRINI BAHOLASH MUNDARIJA KIRISh . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . … . 4 1. ADABIYOTLAR SHARHI 1.1. Loyihalanayotgan uchastka zonasida atrof muhit holati. . . . . . . . . . . . ….8 1. 2. Iqlim xususiyatlarining tavsifi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ..12 1.3. Atmosfera havosi, yer usti va osti suvlari, tuprog‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………… . .13 2. ATROF - MUHITGA TA'SIR ETUVCHI ASOSIY MANBALAR, TURLAR VA OB'EKTLARNING TAVSIFI 2.1. Loyiha texnologik yechimining tahlili . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . .27 2.2. Korxonaning suvga bo‘lgan ehtiyoji . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …. 28 2.3. Loyihalanayotgan korxonaning chiqindilarini saqlash sharoitlarini tahlili…29 2.4. Avariya holatlari va uni oldini olish tadbirlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. 33 3. IFLOSLANUVCHI MODDALAR OLIB KELUVCHI TA'SIR TURLARINI IFODALASH 3.1. Ifloslanuvchi moddalarning tarqalish maydonini baholash . . . . . . . . . . . .. .35 4. ATROF MUHITGA SALBIY TA'SIRLARNI OLDINI OLUVCHI TADBIRLAR 4.1. Atrof - muhitni muhofaza qilish tadbirlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………. .38 4.2. Shovqin va vibratsiyani kamaytirish bo‘yicha tadbirlar . . . . . . . . . . . . . … . 38 5. ANIQLANGAN TA'SIR NATIJASIDA ATROF - MUHITNI O‘ZGARISHINI OLDINDAN BILISH 5.1. Atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ….… .39 5.2. EHM hisobi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 50 XULOSALAR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 68 TAVSIYALAR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 68 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI . . . . . . . . . . . . . . . . . .. ..69
ILOVALAR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . … . .76 3
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Jahonda qurilish industriyasining rivojlanishi ish joylari havosini intensiv ifloslantiruvchi turli xil chang-gaz chiqindilari miqdorining sezilarli darajada oshishi bilan birga olib borilmoqda, bu esa qurilish industriyasi xodimlarida chang-gaz bronxit kasalliklarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSh, Germaniya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarning sanoat ishlab chiqarish amaliyotida zararli chiqindilarni tozalash tizimlarini loyihalashda, texnologik jarayonlarni jadallashtirish, yuqori texnologiyali resurs-tejamkor tizimlarni yaratish, muhandislik hisoblash usullarini ilmiy asoslash va takomillashtirilgan yangi konstruktiv yechimlarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishga alohida e ’ tibor qaratilmoqda. Respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida atmosfera havosining me ’ yordan ortiq ifloslanishining oldini olish va zararli moddalarning ruhsat etilgan chegaraviy me ’ yordan oshmasligiga erishishda keng qamrovli chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining atrof-muhitga, inson salomatligiga, atmosfera havosiga va o‘simlik dunyosiga ta'sirini zamonaviy loyihalar asosida aniqlash va baholash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 - yildagi 60-sonli Farmonida 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 - oktyabrdagi PF-5863 “2030 - yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitini muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 1 Farmoni va mazkur faoliyatga tegishli bo‘lgan boshqa me ’ yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilangan atrof-tabiiy muhit muhofazasi, va aholi salomatligiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi 60-sonli Farmoni http://www.uz/undp/org/content/ uzbekistan.ru 4
Ishning maqsadi : Samarqand shahri Farxod posyolkasi hududidagi “JOMBOY Y A S H IL C H IROQLARI” MChJ qo‘shma korxonasi sement zavodining atrof muhitga ta'sirini baholashdir. Ta'sirni baholash mezonlariga jihozlarni ekspluatatsiyasi jarayoni natijasida atrof muhitning hozirgi holatini o‘rganish, shuningdek ekologik nuqtai nazardan eng zaif tomonlarini aniqlash kiradi. Tashlanmalar manbalari va parametrlari va atrof muhitga tushadigan tashlanmalar nuqtai nazaridan, tabiiy muhit holatiga loyihalanayotgan korxonaning ta'sirini baholash uchun rayonni hozirgi holati va jihozlarni joylashtirish rejasi ko‘rib chiqildi. Loyihalanayotgan ob'ektning atmosfera havosiga ta'sirini baholashda ko‘rilayotgan ob'ektning rayon ifloslanish fonini shakllanishida qo‘shayotgan hissasiga, ta'sir turiga va shuningdek loyihalayotgan korxonaning joylashtirish natijasida atrof muhit komponentlarini o‘zgarishini oldindan bilishga alohida e'tibor berildi. Bugungi kunda sement zavodlaridan ajralib chiqadigan zararli chang- gazlardan tozalash uskunalari ma'naviy eskirganligi, tozalash uskunalari samaradorligining pasayib ketishi korxonalardagi mavjud muammolardan hisoblanadi. Chang gaz tozalash u skunalarida zamonaviy turlarini qo‘llash, eskilarini modernizatsiya qilish, chang gaz o‘tkazuvchi quvurlarni, ventilyasiya tarmoqlarini yangilash, yuqori samarada ishlaydigan uskunalarni yaratish hamda chang gaz tozalash uskunalarining ish samaradorligini oshirishni ilmiy jihatdan asoslash muhim hisoblanadi. Ushbu dissertatsiya tadqiqot ishi sement-beton zavodlarida chang gazni tozalash uchun yangi turdagi uskunalarni yaratish va qo‘llash orqali atrof muhitga ta'sirini kamaytirish, tozalovchi uskunalar, ventilyasiya tarmoqlarini takomillashtirish, samaradorligini oshirishni ilmiy asoslash orqali atrof muhitning me'yoridan ortiq ifloslanishining oldi olinishida keng qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish sohalari barqarorlashib bormoqda. Biroq, sanoat korxonalarining keltirib chiqarayotgan oqibatlari ham mavjud bo‘lib, insoniyat salomatligiga, atrof muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. 5
Fan, texnika, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish sanoati tobora rivojlanib borishi bilan bir qatorda atrof tabiiy muhitning ifloslanishi ham jadallashib bormoqda. Bugungi kunda atrof tabiiy muhitni bir qancha omillar ifloslantirmoqda. Samarqand shahri Farxod posyolkasi hududidagi “JOMBOY YASHIL ChIROQLARI” faoliyati natijasida atrof muhitga zararli gazlar va changlar tashlamalari aniqlangan. Hozirgi kunda atmosfera havosi har xil gazlarning mexanik aralashmasidan iborat. Sement zavodlaridan ajralib chiqadigan zararli tashlanmalarni tozalash va atrof muhitga ta'sirini o‘rganish dolzarb muammolardan biridir. Atrof muhit va inson faoliyatiga salbiy ta'sir etishni oldini olish maqsadida yangi chang-gaz tozalash uskunalari va ilmiy-amaliy texnologiyalarni ishlab chiqish zarurdir. Atrof muhitga ta'sir jarayonini, atrof muhitning ifloslanganlik darajasini o‘rganish eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilayotgan ob'ektning atrof muhitga ta'sirini o‘rganish, baholashda “Atrof muhitga o‘tkazilayotgan ta'sir bayonnomasi” loyihasini ishlab chiqish keng yo‘lga qo‘yilgan. Bunday hujjatlarning ishlab chiqilishi hududning qanchalik darajada ifloslanishini aniqlash va ularning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Bu ta'sirni kamaytirish uchun korxonalarda chang va gazlardan tozalanish chora tadbirlarini yanada takomillashtirish zarur. Shu jihatdan ushbu dissertatsiya ishi dolzarb hisolanadi. Tadqiqot maqsadi . Sement zavodlaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdorini, chang-gaz tozalash uskunasining samaradorligini oshirish, chang gaz aralashmasining atrof muhitga ta'sirini kamaytirish, chang-gaz tozalash usullarini tadbiq qilishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: Ushbu malakviy bitiruv ishini bajarish uchun quyidagi vazifalarni qo‘yildi: - sement zavodida texnologik jarayonlarni va chang-gaz xususiyatlarini o‘rganish va tahlil qilish; 6