logo

Samarqand shahri ”Chashma” arig‘i florasining taksonomiyasi va ekologik xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4320.49609375 KB
Samarqand shahri ”Chashma” arig‘i florasining
taksonomiyasi va ekologik xususiyatlari
Mundarija.
KIRISH… ………………………………………………………………….
1.BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI……………………………………….. 
1.1.  Savarqand shahridagi “CHashma” arig‘i o‘rganilish tarihi.
1.2.  Samarqand viloyatining iqlimi va tuproqlari.
1.3. “CHashma “ arig‘i hududining geografik joylashuvi .
1.4. “CHashma” arig‘i florasini o‘rganishda olib borilgan botanik tadqiqotlar.
2   BOB.   TADQIQOT   SHAROITI,   OB’YEKTI   VA   TADQIQOT
USLUBLARI……………………………………………………………………..
2.1.  Tadqiqot sharoiti.
2.2.   Tadqiqot obyekti .
2.3.  Tadqiqot uslublari. 
3. TADQIQOT NATIJALARI……………........................................................ 
3.1.  “CHashma” arig‘i suvining kimyoviy tarkibini o‘rganish………………. 
3.2.  “CHashma” arig‘ida o‘sadigan o‘simliklar taksonomik tahlili…………
3.3. Ariq atrofida va ichida o‘suvchi dorivor o‘simliklar………………………
 Xulosalar………………………………………………………………… 
Amaliy tavsiyalar………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………
Ilova………………………………………………………………………..
1 Kirish
Ma gistrlik   dissertatsiyayasi   mavzusining   asoslanishi   va   uning
dolzarbligi. 
I nson   va  tabiat   bir-   biri   bilan   chambarchas   bog‘liq.  Shahar   va  qishloqlarda
turli   bog‘lar,   parklar,   dam   olish   maskanlari   barpo   qilinmoqda.   Moddiy   va
ma’naviy   o‘sish   madaniy   hordiq   chiqarish,   shaharlarni   obodanlashtirish,   turli
tuman   qurilishlar   va   ular   atrofini   ko‘kalamzorlashtirish   ishlariga   katta   ahamiyat
berilmoqda.   Tabiatni   qo‘riqlash   va   muxofaza   qilish,   tabiiy   resurslarni   asrash
ko‘kalamzorlashtirish   maydonlarni   kengaytirish   yangi   park   va   dam   olish
maskanlarini   tashkil   qilish,   yangi   bog‘lar,   parklar   ,yashil   maydonlar   hosil   qilish
ishlariga katta e’tibor berilmoqda.
Sanoatning   rivojlanishi   atrof   -   muhitni   ifloslantirishiga,   havo   va   suv
havzalarini   ayerozol   va   gaz   shaklidagi   chiqindilarni   zavod,   fabrika   issiqlik   elektr
stansiyalari,   isitish   tarmoqlari,   avtomobillar   ko‘proq   chiqaradilar,   bu   esa
odamlarning   sog‘ligiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi,   ayniqsa   O‘zbekistonning   keskin
kontinental iqlimida bu yaqqol ko‘zga tashlanadi.Bu muammo xalqaro axamiyatga
yegadir.   Yuneskoning   bosh   sessiyasida   «Odam   va   biosfera»   mavzusida   keng
tadqiqotlar   dasturi   qabul   qilingan   [6,14,17,22,25].   Manzarali   bog‘   va
o‘rmonzorlarning musaffo havosidan nafas olish ko‘plab kasalliklarni davolashda,
inson   salomatligini   muhofaza   qilishda   muhim   ahamiyatga   ega.   O‘simlik
dunyosining beminnat xizmati faqat is gazini qabul qilib, toza kislorodga aylantirib
berishi   bilan   emas,   havo   tarkibidagi   ko‘plab   kasallik   tarqatuvchi   mikroblarni
zararsizlantirib   beruvchi   fitonsid   moddalar   ajratishi   bilan   ham   ahamiyatlidir.
Mamlakatimizda   keng   ko‘lamli   ko‘kalamzorlashtirish   ishlarini   amalga   oshirish
uchun yetarlicha shart-sharoit yaratilgan [27,32,19,64,]. 
Mutaxassislarning   ma’lumotiga   ko‘ra,   inson   organizmining   mo‘tadil
rivojlanishi uchun uni o‘rab turgan atrof-muhitda kislorod miqdori 21 % dan kam
bo‘lmasligi,   karbonad   angidrid   esa   0,04   %   dan   oshmasligi   zarur.   Muvozanatning
saqlanishi   ob-havoning   musaffoligiga   bog‘liq.   Havoga   chiqariladigan   chang-
g‘uborlarni, sanoat korxonalari, transport vositalaridan ajralayotgan zararli gaz va
2 chiqindilarni   tozalab,   inson   uchun   qulay   yashash   muhitini   vujudga   keltirishda
o‘simlik   olamining  o‘rni   beqiyos.   Misol   uchun,   bir   tup  terak   bir   kecha-kunduzda
14   metr   kubdan   50   metr   kubgacha   ifloslangan   havoni   tozalab   berish   "quvvati”ga
ega[40].
B utun   dunyoda   yuz   berayotgan   global   ekologik   iqlim   o‘zgarishlar i
cho‘llanish   va   qurg‘oqchilik   atmosfera   havosi   haroratini   bir   necha   gradusga
ko‘tarilishiga   olib   kelmoqda.   Bunday   ta’surotlarga   o‘ta   sezgir   bo‘lgan   biologik
xilma-xillikning muhim komponentlari  bo‘lgan o‘simliklarni  o‘sish va rivojlanish
holatiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatmoqda.   Bu   o‘rinda   yirik   shaharlar   ichidan   hamda
atrofidan   oqib   o‘tadigan   daryo   va   ariqlar   florasi   ham   shahar   va   mahallalar
mikroiqlimini   hosil   qilishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi?   Bu   o‘simliklarning
ekologik   plastikligining   yuqoriligi   va   atrof-muhit   holatiga   ko‘ra   o‘zgaruvchanligi
alohida   ahamiyatga   ega   bo‘lib   ariq   va   kichik   daryolar   hududlarida   ular   holatini
baholash   va   ekologik   guruhlarini   asoslash   tog‘   va   qurg‘oqchil   hududlarda
o‘simliklar   olamini   shakllanishi   to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni   to‘ldiradi.   Shunga
ko‘ra, Samarqand shahri markazidan oqib o‘tuvchi va “Chashma” arig‘i deb nom
olgan   hududdagi   o‘simliklarni   inventarizatsiyalash,   ularning   shakllanish
qonuniyatlarini o‘rganish, kamyob turlarni aniqlash va muhofaza qilishdir.
Shu   bilan   birgalikda,   Mustaqillik   yillarida   Respublikamizning   tabiiy-
geografik   o‘rni   va   shakllanishiga   ko‘ra   alohida   ahamiyatga   ega   bo‘lgan,   ayniqsa
turizmni  rivojlanishida  o‘zining  munosib  o‘rniga  ega   bo‘lgan  Samarqand  viloyati
va   shahri   hududining   keng   o‘zlashtirilishi,   hududda   turli   sanoat   zonalarining
tashkil   etilishi   undagi   Zarafshon,   Darg‘om,   Obi-Rahmat,   Chashma   kabi   suv
havzalarining atrofidagi o‘simliklarning xilma-xilligini qiyosiy o‘rganishni, hozirgi
holatini baholashni, taqozo etadi?
Antropogen   va   texnogen   ifloslanishlar   tufayli   suv   havzalaridagi   tabiiy
indikatorlar   sifatidagi,ekologik   muhitni   yaxshilashdagi   o‘simliklarni   o‘rnini
belgilash va ishlab chiqarishga joriy qilish hozirgi kundagi muammoli vaziyatlarni
keltirib chiqarmoqda va ularni chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Shunga ko‘ra,
Samarqand   shahrini   markaziy   hududini   kesib   o‘tuvchi   “Chashma”   arig‘i   atrofida
3 o‘suvchi   o‘simliklar   vakillarini   ro‘yxatini   tuzish,   ularning   ekologik   va   geografik
xususiyatlarini   aniqlash   hamda   muhim   vakillarini   ishlab   chiqarishga,
ko‘paytirishga joriy etish ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. 
O‘simliklar   murakkab   tuzilishga   ega   bo‘lgan   jonli   tabiiy   kimyoviy
laboratoriya bo‘lib,oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki
birikmalarni   yaratish   qobiliyatiga   ega.   Dunyo   miqyosida   ko‘plab   tabbiy   suv
havzalarining   taboro   kamayib   borishi   ulkan   sho‘rlangan   cho‘l   zonalari   -
qumbarhanlarini  hosil  qiladi. Bu  esa  shu hududda o‘suvchi  o‘simliklarning tabiiy
florasiga   o‘z   tasirini   ko‘rsatmay   qolmaydi.   Ushbu   hududda   tarqalgan   o‘simliklar
dorivor   ahamiyatidan   tashqari,   xalq   xo‘jaligida   katta   ahamiyatga   ega.   Ushbu
o‘simliklar noqulay tabiiy sharoitlarga, qiyin ekologik vaziyatga moslashib ketgan
va   shunga   mos   ravishda   stressli   vaziyatlarga   moslashishga   imkon   beradigan
fiziologik   faol   birikmalar   mavjud.   Bugungi   kunda   asosiy,   an’anaviy
foydalaniladigan o‘simliklardan tashqari yangi, serhosil, ozuqaviy moddalarga boy
va dorivor o‘simliklarni o‘rganish dolzarb vazifa hisoblanadi. 
Prezidentimizning   2018   –yil   PQ-3532,   PQ-3617   hamda   63-sonli
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   Qarorlariga   muvofiq   dorivor
o‘simlik   xomashyosi   ba’zasini   kengaytirish   va   o‘simlik   xom-ashyosi   asosida
mahsulot   ishlab   chiqarishni   oshirish   maqsadida   har   bir   o‘simlik   turiga   alohida
e’tibor   qaratish   lozim   ekanligini   inobatga   olish   lozim. O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2017   yil   20-apreldagi   PQ-2911-son   “Respublika   farmasevtika
sanoatini   jadal   rivojlantirish   uchun   qulay   shart-sharoitlar   yaratish   chora   tadbirlari
to‘g‘risida   Dorivor   o‘simliklarni   yetishtirish   va   qayta   ishlash,   ularning
urug‘chiligini   yo‘lga   qo‘yishni   rivojlantirish   bo‘yicha   ilmiy   tadqiqotlar   ko‘lamini
kengaytirishga   bag‘ishlangan   qarori   biz   tadqiqotchilarning   oldida   turgan   dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. 
Kasallikni   davolash   va   uni   oldini   olish   maqsadida   dorivor   o’simliklardan   dori
turlari   tayyorlanadi   yoki   ulardan   dorivor   preparatlar   va   sof   holdagi   dorivor
moddalar   olinadi.   Buning   uchun   shu   o’simliklarning   kasalliklarni   davolash
xususiyatiga   ega   biologik   faol   moddalarga   boy   bo’lgan   qismlaridan,ya’ni   ba’zi
4 o’simliklarning   yer   osti   organlaridan   (ildiz,ildizpoya,tugunak   yoki   piyoz   ),
ba’zilarini   esa   ustki   organlaridan   (barg,   gul,   meva,   urug’,   po’stloq   yoki   o’t
o’simliklarning   butunlay   yer   ustki   qismi-o’ti   )   foydalaniladi[3].   Samarqand
hududini   ko‘kalamzorlashtirish   aholi   punktlarining   sanitar-gigiyenik   sharoitlarini
yaxshilovchi   vosita,   ya’ni   havoning   tarkibini   yaxshilash,   uni   kasalliklardan
tozalash,   chang,   gaz,   sanoat   chiqindilaridan   va   boshqalardan   himoya   qilish   rolini
o‘tashini   albatta   diqqat   markazimizda   saqlash   lozim.   Daraxt-buta   o‘simliklari
shovqinni   o‘ziga   singdiradi.   Bu   esa   Samarqannd   hududida,   ayniqsa   muhimdir.
Xiyobonlar, bog‘lar, gulzorlar insonlarga estetik zavq bag‘ishlaydi, insonlarni asab
tizimini tinchlantiradi, dundan tashqari havoni musaffoligini saqlaydi.
Tadqaqot   obyekti   va   predmeti:   Tadqiqot   ob’ekti   tariqasida   Samarqand
shahridagi “Chachma” arig‘i olindi. 
Tadqiqot predmeti Samarqand shahar, C h ashma arig‘i atrofidagi o‘simliklar
fenologiyasi, taksonomik tahlili va ekologiyasini o‘rganish.
Tadqiqot   maqsadi:   Samarqand   shahridagi   “Chashma”   arig‘i   florasini   o‘
rganish.
Tadqiqot   vazifalari:   Tadqiqot   ishlari   oldiga   qo‘yilgan   maqsadga   erishish
uchun quydagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi:
-   Chashma   arig‘i   to‘g‘risida   adabiy   manbalar   asosida   ma’lumotlar   to‘plash   va
ularni tahlil qilish;
-- Samarqand shahar»Chashma» arig‘i ichidagi va atrofidagi o‘simliklar sistematik
holati va tarqalishini o‘rganish;
_Ayrim o‘simlik namunalaridan gerbariylar tayyorlandi.
_Terilgan turlarni aniqlagichlar yordamida aniqlash .
_Chashma arig‘i suvining kimyoviy tarkibini aniqlash.
_O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olingan dalillar asosida xulosalar chiqarish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.  Dissertatsiya ishida ilk bor Samarqand shahri
“CHashma”   arig‘i   atrofidagi   o‘simliklar   chuqurroq   o‘rganishga   harakat   qilindi.
5 Ilmiy   adabiyotlardagi   mavjud   dalillar   va   kuzatishlarimiz   natijasida   to‘plangan
materiallar asosida;
 -Chashma arig‘i atrofidagi o‘simliklardan gerbariylar to‘plandi;
-Ular   aniqlagichlar   yordamida   aniqlanib,   floraviy   tarkibi,   oilalar   va   turkumlar
bo‘yicha taqsimlanishi ko‘rsatildi; 
-_“Chashma”suvi laboratoriyada tekshirilib ichishga yaroqsizligi aniqlandi.
-Ariq atrofidagi dorivor o‘simliklar aniqlandi.
Tadqiqotning asosiy masalalari  va farazlari.   Samarqand shahri Chashma
arig‘i   atrofida   o‘suvchi   o‘simliklar   fenologiyasi,   biologik   xususiyatlarga   oid
masalalar   ko‘rib   chiqildi   va   biologik   xususiyatlarini   o‘rganish   va   olingan
natijalar   asosida   ilmiy   maqolalar   yozish   va   tadqiqotchi   tomonidan   ilmiy
farzazlarga   asoslangan   ma’lumotlarni   tahlil   qilish,   ilmiy   ishning
fundamental tadqiqotlar uchun hizmat qilishi ko‘zda tutiladi.
Tadqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi(tahlili):   Ilmiy
adabiyotlarda to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar mavjud bo‘lib ,bu esa  Chashma
arig‘i   ichida   va   atrofida   o‘suvchi   o‘simliklar   to‘g‘risida   to‘liq   tavsif
bermaydi.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi:   Ilmiy   izlanishlarni
bajarishda   asosan,   morfalogiya,   biologiya,   o‘simliklarning   fenologiyasi,
introduksiya va statistik metodlardan foydalanildi. O‘simliklar fenologiyasi, o‘sish
va   rivojlanishi   I.D.Yurkevich,   I.N.Baydemen   metodikasidan   (1974)   [15],
o‘simlikni   barg,   gul   va   mevalarini   tavsiflashda   V.T.Kondrashov   uslublaridan
(1977)foydalanildi.  
Tadqiqotning   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati:   Dissertatsiya
ishida ilk bor Samarqand shahri “Chashma” arig‘i atrofidagi o‘simliklar chuqurroq
o‘rganishga   harakat   qilindi.   Ilmiy   adabiyotlardagi   mavjud   dalillar   va
kuzatishlarimiz natijasida to‘plangan materiallar asosida;
 -Chashma arig‘i  atrofidagi o‘simliklardan gerbariylar to‘plandi;
6 -   Ular   aniqlagichlar   yordamida   aniqlanib,   floraviy   tarkibi,   oilalar   va   turkumlar
bo‘yicha taqsimlanishi ko‘rsatildi; 
-“Chashma”suvi laboratoriyada tekshirilib ichishga yaroqsizligi aniqlandi.
-Ariq atrofidagi dorivor o‘simliklar aniqlandi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra
I shning aprobatsiyasi :  Tadqiqot natijalari quyidagi ilmiy konferensiyalarda
va anjumanlarda muhokama qilindi.  2019-2022 yillar oralig‘ida Samarqand davlat
universiteti   bakalavr   talabalari   va   magistrantlarining   ilmiy   anjumanida   maruza
qilindi.
Maqolalar.  Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha quyidagi ishlar chop etilgan:
1.   Sh.S.   Erdanova,   U.A.   Ochiliv,X.Q.Haydarov,   D.S.Xushvaqtova.   Botqoq
sarvi(   Taxodium   distychum   rich)   ning   shahar   ekotizimidagi   ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon Xo‘jaligi Ilmiy – Tadqiqot Instituti.
O‘rmon xo‘jaligi ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda
yoshlarning   ro‘li   mavzusidagi   respublika   ilmiy-amaliy   anjumani   maqolalar
to‘plami. Toshkent-2021 116-119 b.
2.   Ш . С . Эрданова ,   Б. С.   Исломов   Флора   и   химический   состав   воды   реки
Чашма   города   Самарканд   (Узбекистан)   M еждународный   научный   журнал
“ Вестник   науки ” № (46)  Том  5  Январь  2022.   191-197 ст
3. Sh.   S.   Erdanova,   B.S.Islomov.   Samarqand   shahar   Chashma   arig‘i   bo‘yidagi
dorivor o‘simliklar.  Involta iimiy jurnali Vol. 1 № 5 ( 2022). 419-422 b.
Ish   tuzilmasining   tavsifi:   Dissertasiya   ishi   (   )   betdan   iborat   b’lib,   kirish,
adabiyotlar   sharhi   va  tahlili,   asosiy   qism   (tadqiqiot   obyekti,   uslublari   va   tadqiqot
natijalari),   xulosalar,   tavsiyalar,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxatidan   va   jadval,
rasmlardan iborat. Dissertasiyada 58 ta adabiyotlardan iborat.
7 ADABIYOTLAR TAHLILI.
1.1. Samarqand shahridagi “Chashma” arig‘i o‘rganilish tarihi.
Samarqand - sharqning ko’hna shaharlaridan biri. U jaxon sivilizatzatsiyasi,
G‘arbu   Sharqni   birlashtiruvchi   Buyuk   Ipak   yo‘lining   rivojiga   salmoqli   hissa
qushgan   kurkam   va   betakror   shahar.Urta   asrlarda   Samarqand   «Zamin   sayqali»,
ya’ni   zaminning   nur   taratib   turuvchi   nuqtasi,   “Musulmon   dunyosining   bebaho
gavkar”, “Firdavsmonand shahar”, deb ulug‘langan. Qadim zamonlarda geogroflar
va   tarixshunoslar   esa   Samarqandni   “Yer   kurrasidagi   nurafshon   shahar”,
«Sharqning durdonasi» degan ulug‘ nomlar bilan sharaflagan.
Inson   madaniyatining   qadimgi   o‘choqlari   -   Vavilon,   Fivi,   Rim   singari
Samarqand   ham   ko’p   voqealar   va   fojialarni   o‘z   boshidan   kechirgan.   U   Iskandar
Zulkarnayn   qo‘shinining   hujumlarini   ko‘rgan,   arab   istilolari   zulmini   tortgan.
Chingizxon galalari qirg‘in qilib o‘tgan. Jaxongir Temur fotixlik yurishlari uchun
o’z dahshatli otlik qo’shinlarini shu shaharda to’plagan.
Tarixning   shahar   o’tmishini   ta’riflaydigan   eng   yorqin   sahifalari   Nizomiy
Ganjaviy,   Lutfiy,   Mirzo   Ulug’bek,   Jaloliddin   Rumiy,   Giyosiddnn   Jamshid,   Abu
Rayhon   Beruniy,   Abdurahmon   Jomiy,   Alisher   Navoiy,   Ali   Kushchi,   Sakkokiy,
Abdurazzoq Samarqandiy kabi mashxur olimlar, adiblar, rassomlarning nomi bilan
bog’liqdir.   Samarqandni   mubolag‘asiz   ochiq   osmondagi   muzey   shahar   desa
bo’ladi. Shaharning hashamatli eng ajoyib nodir yodgorliklaridan biri Registondir.
Registon Samarqandning markaziy maydoni bo’lib, bu joyning uch tomonida uchta
muazzam   bino   –   Ulug’bek,   Sherdor,   Tillakori   madrasalari   qad   ko’tarib   turibdi.
Registonning   sharq   tomonida   Bibixonim   masjidi   (1399-1404   yillar)   qurilgan.
Samarqandni   tarixiy   arxitektura   yodgorliklari   xazinasidagi   yana   bir   asl   ob’ekt   -
Shoxi   Zinda   ansamblidir,   bu   ansambl   ko‘rkamligi   va   shakllarining   xilma-xilligi
bilan ajralib turadigan bir qancha masjid va maqbaralardan iboratdir. Amir Temur
maqbarasi X1V-XV- asrlarda qurilgan. 
Zarafshon daryosi bir necha ming yillardan beri Samarqand, Buxoro, Navoiy
hamda   Jizzax   viloyatlarini   suv   bilan   ta’minlab   kelayotgani,   o’simlik   dunyosining
8 obi   hayot,   xalqni   esa   ichimlik   suvi   bilan   ta’min   etib   kelayotganini   ko‘plab
tarixchilar   yozib   qoldirganlar.   Endilikda   Zarafshon   daryosi   suvi   hisobiga
Samarqand va Tayloq tumanlari hamda Samarqand shahrini oqar suv bilan normal
ta’minlash muammosi hal etildi. Suvni tushish, ochish ishlari elektromexanizmlar
yordamida bajariladigan bo’ldi. Shavdor kanaliga ham kerakli suvni ochish, yopish
qo’l kuchi bilan emas, elektromexanizmlar yordamida bajarilmoqda.
Shuni   eslab   o’tish   kerakki,   Zarafshon   daryosi   jami   567   ming   377   gektar
sug‘oriladigan   yer   maydonlariga   suv   yetkazib   beradi,   shundan   378   ming   137
gektari   Samarqand   viloyatida,   34   ming   gektari   Jizzax   viloyatida,   95   ming   277
gektari   Navoiy   viloyatida,   49   ming   gektari   Qashqadaryo   hududidadir.   Zarafshon
daryosining yoz oylarida oqadigan suvi 500-600, ayrim suv ko’paygan yillari 700-
750   metr   kubgacha   ko’payib   oqadi.   Samarqand   shahri   shonli   o‘tmishi   bilan
barchani qiziqtirib kelgan. Shahar hududida yashovchi aholining uy-joylari oldidan
suv   oqib   o’tgan.   Shaharni   60   %   hovlilardan   oqqan   suv   ushbu   hudud   tabiatini   va
iqlimini   me’yorida   saqlab   kelgan.   Har   bir   mahallada   suv   saqlagich   hovuzlar
bo’lgan.   Odamlar   hovuzga   axlat   tashlasa   mahalla   ahli   va   oqsoqollari   qoziga
murojaat qilib ushbu odam jarimaga tortirtganini aytib o‘tganlar.
Samarqand shahridagi ariqlar haqida ma’lumotlar
O‘tgan asrlar davomida Samarqand shaxridagi  ariqlar holatiga e’tibor berib
kelingan. 1950- yillar davomida shahardagi ariqlarning 60 foizi atrofda yashovchi
insonlarning   hovlilari   orqali   oqib   o‘tgan,   ushbu   holat   shaharda   yashovchi
odamlarning   uyida   yoz   paytida   harorat   ko‘tarilib   ketmasligini   hamda   atrof-muhit
ekologiyasini   saqlashi   bilan   birgalikda,   har   bir   mahallada   hovuzlarni   suv   bilan
ta’minlagan.   Shahar   aholisi   shu   suvdan   iste’mol   qilgan.   Ushbu   holatda   ayrim
insonlar hovlisidan oqib o‘tayotgan suvga chiqindi tashlasa ikkinchi, qo’shni o’zini
himoya   qilish   uchun   mahalla   oqsoqoliga   murojaat   qilgan,   shuning   uchun   o’sha
davrda   mahalla   oqsoqollari   yuzboshi   deb   atalgan.   Bu   masalada   yuz   boshi   ming
boshiga murojaat qilib qozi orqali qonunbuzarlarni jarimaga tortganlar, mingboshi
shahar   mahalla oqsoqollarining  boshqaruvchisi  bo‘lgan. Agar   ushbu  holat  ketma-
ket   davom   etsa,   shahar   xokimiga,   ya’ni   Amirga   murojaat   qilib,   shahar   qozisi
9 orqali,   ular   shahardan   tashqarida   yashashga   majbur   qilingan.   O’sha   davrda
shahardan quyidagi ariqlar oqib o‘tgan: Shahar arig’i, Dashtak arig’i, Obi Raxmat
arig’i,   Obi   Mashxad   arig’i,   Siyob   arig’i,   Mazor   arig’i,   Bogishamol   arig’i.   Ushbu
ariqlar orqali oqqan suvlar, shu bilan birga do’l, sel, yomgir suvlari ko’pincha Obi
raxmat,   Obi   Mashxad   va   Qorasuvga   tushib   Zarafshon   daryosiga   qo’shilib   ketadi.
Ilgari   davrlarda   ariqlar   yon   atrofida   bush   joylar   bo’lgan,   ya’ni   ariqning   ikki
tomondan 10 metrdan bo’sh joy qoldirganlar. Bu sel yoqqanda ushbu ariqlar suvi
ko’tarilib oqqan holatlar uchun kerak bo’lgan. 1795-1980 yillar mobaynida ushbu
bo‘sh   yerlarda   yashovchi   aholi   turar   joy   va   turli   inshootlar   qurganini   guvohi
bo’lganmiz.   Birgina   misol:   Obi   Mashxad   arig’idagi   8   ta   buloq   suvidan   birortasi
ham   qolgan   emas   hammasi   yopilib   ketgan.   Hozirgi   kunda   ariqlar   kichiklashib
mayda ariqcha holatiga kelib qolgan. Bugungi holatda, Samarqand shahrida 835ta
ko’cha mavjud bo’lib, ularning uzunligi 539,2 kilometrni tashkil etadi. Shahardagi
ariqlar 971,1 kilometrni tashkil  qiladi, shundan 315,4 kilometri lotok, ya’ni beton
qoplama   ariqlardir.   Ayrim   ariqlar   ustini   shaharda   yashovchi   insonlarning   turar
joylari   tashkil   etgan.   Ayrim   ko’chalarda   ariqlar   ustida   maishiy   xizmat   qilish
inshootlari   qurib   olingan.   Ammo   ushbu   qurilgan   inshootlarni   ostidan   o’tayotgan
ariqlarni tozalash imkoniyati yo’q.
Siyob   arig’i   Samarqand   viloyatining   Tayloq   tumanida   hosil   bo’lib,
Samarqand   shahrining   janubiy   qismidan   kesib   o’tadi   va   shahardan   8   km   g’arbda
Qoradaryoga borib qo’shiladi. Uning umumiy uzunligi 36 km. Siyob tojikcha nom
bo’lib,   o’zbekcha   “Qorasuv”   ma’nosini   beradi.   Siyob   arig’ining   hosil   bo’lishi
bevosita Darg’om  kanali  bilan bog’liq. Darg’om  kanali  eramizdan avval  qurilgan
eng   qadimgi   suv   inshootlaridan   hisoblanadi.   Siyob   arig’i   Tayloq   tumanining
sharqiy   qismida   sug’oriladigan   yerlardan   sizib,   yer   yuziga   chiqadigan   suvlardan
kichik-kichik   ariqlar   ko’rinishida   boshlanadi   va   Navzandak   qishlog’i   yaqinida
Qorasuv   nomini   oladi.   Shopulat,   Adas   qishloqlari   va   Tayloq   shaxridan   o’tib,
g’arbga   tomon   Qorasuv   arig’ining   suvi   ko’payadi.   Uning   suvi   kichik   ariqlarga
olinib   sug’orishga   sarflanadi.   Hozirgi   “Grebnoy   kanal”   hamda   Baxshitepa
qishlog’i   yaqinidan   boshlab   Siyob   nomi   bilan   ataladi.   Samarqand   shahar
10 chegarasiga yaqin joyda Konigil tepaligi yaqinida ariq ikkiga bo’linadi: yuqoridan,
Cho’ponota tepaligi yonidan oqadigan ariqning nomi Obi Mashxat  deb ataladi. U
o’rmon  xo’jaligi  hududidan  o’tib,  Ulugbek  Rasadxonasining   shimol   tomoni   bilan
Bog’i   Baland   qishlog’iga   kirib   boradi.   Pastdagi   Siyob   arig’i   asosiy   ariq   bo’lib,
suvning katta qismi shundan oqadi. U Samarqand shahrida Galaosiyo qishlog‘idan
o’tgach,   tik   jarlar   yonidan   oqadi   va   chuqur   ariq   hosil   qiladi.   U   Afrosiyob
tepaligning   shimolidan   aylanib.   Geofizika   va   Motrid   qishloqlari   orqali   oqib,   o’z
suvini Qoradaryoga quyadi. Siyob arig’i xavzasi  katta maydonni egallaydi. Siyob
arig’iga   Samarqand   tumani   va   Samarqand   shaxri   hududini   janubdan   shimolga
kesib o’tuvchi barcha yirik ariqlar o’z suvini quyib turgan.
Samarqand   shahri   o’zining   geografik   o’rni,   rel’yefiga   bog’liq   holda
buloqlarga   boy   hududlardan   hisoblanadi.   Janub   tomondan   o’rab   turgan   Qoratepa
tog‘larining   baland   cho’qqilari   2000   metrdan   oshadi   va   tog‘ning   shahar   satxiga
nisbatan   balandligi   1000-1200   metrni   tashkil   qiladi:   Ushbu   tog‘larda   yig’ilgan
suvlarning   bir   qismi   doimiy   shahar   tomon   harakatlanadi   va   shahar   hududida
buloqlar ko’rinishida yer yuziga chiqadi. Darg’om kanalining qazilishi Samarqand
shahrining   janubiy-sharqiy,   janubiy   va   janubiy-g’arbiy   hududlarining   suv
ta’minotini  yaxshilaydi, bu esa grunt (sizot)  suvlar satxini  ko’tarilishiga, ularning
miqdorini   ko’payishiga,   suv   rejimida   o’zgarishlar   bo’lishiga,   buloqlar   sonining
oshishiga sabab bo’ldi. Samarqand shahar aholisini ming yillar davomida ichimlik
suvi bilan ta’minlab kelayotgan buloqlar mavjud. Bular Chashmai Xizr, Tosh-Oxur
Chashma,   Xo’ja   Doniyor   va   boshqalar   hisoblanadi.   Samarqand   shahrida   yuzdan
ortiq   katta-kichik   buloqlar   mavjud.   Ularning   suv   rejimi,   sifat   ko’rsatkichlari,
shifobaxshlik   xususiyatlari   yaxshi   o‘rganilmagan.   Biz   uchta   buloq   suvlarining
tarkibini   kimyoviy   tahlil   yordamida   o’rgandik.   Bular   Tosh-Oxur,   Chashmai   Hizr
va   Chashma   buloqlaridir.   Ular   Samarqand   shahridagi   sobiq   aroq   zavodi
hududidagi buloqlar hisoblanadi.
A.Lexin   (1952)   klassifikatsiyasi   bo’yicha   tabiiy   suvlar   qattiqligi   quyidagi
guruxlarga bo’linadi.
1. Juda yumshok suv 1,5 mg-ekv/l gacha
11 2. Yumshok suv 1,5-3,0 mg-ekv/l
3. Urzacha qattiq suv 3,0-6,0 mg-ekv/l
4. Qattiq suv 6,0-9,0 mg-ekv/l
5. Juda qattiq suv 9,0 mg-ekv/l dan kapa
Ushbu   klassifikatsiyaga   asosan   Tosh   oxur   bulog’ining   suvi   o’rtacha
qattiqlikdagi va qattiq suv guruhiga kiradi. Bu ushbu buloq suvida gidrokabonatlar
hamda natriy va kaliy kationlar miqdorining ko’pligi bilan bog’liq- Chashmai Hizr
suvi   ham   o’rtacha   qattiqlikdagi   suvga   kiradi.   Buloq   suvlarining   tarkibidagi
ishqorlik   va   kislotalik   xususiyatlarining   ko’rinishi   suv   tarkibidagi   vodorod   (pH)
ko’rsatkichi   bilan   belgilanadi.   Suv   eritmasida   neytral   reaksiya   pH   =7ga,   ya’ni
/N/=10’^g/l ga teng holatda sodir bo’ladi. Agar suvda vodorod ioni kamayib borsa,
ya’ni, 10®, 10’’, 10 ‘° va hokazo g/l bo’lsa, suv muhit reaksiyasi ishqorli bo’ladi,
teskari holatda esa, ya’ni vodorod ioni ko’payib borsa, masalan, /N^U =10’^ 10’^,
10’’   va   hokazo   g/l   bo’lsa,   muhit   reaksiyasi   kislotali   bo’ladi.   Tosh-Oxur   va
Chashmai Xizr buloqlarida suvning ishqorli xususiyati yuqori, Chashma bulog’ida
esa   (rN=   6,8)   kislotali   xususiyatining   ustunligi   ko’rinib   turibdi.   Tabiiy   suvlar
murakkab   eritma   bo’lganligi   uchun   undagi   vodorod   ionining   miqdori   karbonat
ionlarining   miqdoriga   ham   bog’liq   bo’ladi.   Vodorod   ionlarining   suvdagi
konsentratsiyasi   karbonat   kislota   miqdoriga   to’g’ri   proporsioial,   gidrokarbonat
ionlari   miqdoriga   teskari   proporsioial   bo’ladi   (Alexin,   1952).   Shu   sababli   ham
karbonat angidrid gazi to’plangan suvda vodorod ioni miqdori kamayadi, karbonat
angidrid   gazi   kamaysa,   vodorod   ioni   ko’payadi.   Samarqand   shahar   va   uning
atroflarini   ko’plab   yotgan   lyoss   va   lyossimon   yotqiziqlar   tarkibida   ohaktosh
(SaSOz)   va   dolomit   (M§SOz)   miqdori   katta.   Ularning   tuproqlarda   va   tuproq   osti
ona   jinslaridagi   miqdori   27%   gacha   va   undan   ortiqni   ham   tashkil   qiladi
(G.A.Mavlonov va boshqalar, 1970). Kalsiy va magniy karbonat tuzlarining erishi
suvdagi   karbonat   angidrid   gazi   miqdoriga   bog’liq-   Karbonat   angidrid   gazi   suvda
erigan   shaklda   hamma   tabiiy   suvlarda   uchraydi   va   uning   miqdori   bir   litr   suvda
milligrammning  undan  bir   sismidan  bir   necha  yuz   milligrammgacha  etadi.  Buloq
suvlari   bundan   50-60   yil   avval,   hozirgiga   nisbatan   toza   bo’lgan.   Buning   sababi
12 shundaki,   ular   tabiiy   geologik   qatlamlar,   yotqiziqlar   orasidan   sizib   yer   yuziga
chiqqan.   Hozir   esa   ariqlarning   chiqindilar   va   loyqa   bilan   to’lib   borishi,   hamda
madaniy-qurilish   qatlamining   qalinlashib   borishi   tufayli   buloqlar   ushbu   qurilish
qatlamlari   orasidan   sizib   yer   yuzasiga   chiqmoqda.   Natijada,   ushbu   madaniy
qurilish   qatlamlarida   ishlatilgan   qurilish   materiallarini   ham   eritib   ularni   yer
yuzasiga olib chiqmoqda. Ikkinchi tomondan, madaniy-qurilish qatlamlari orasiga
oqib o’tadigan atmosfera yog’inlari va ariqlardan qatlamlar orasiga kirib boradigan
ifloslangan   suvlar   ham   yer   osti   suvi   sifatiga   ta’sir   ko’rsatmoqda.   Tosh-Oxur
bulog’ining balandligi bundan 100-120 yil avval ot va tuya buyi bo’lgan va savdo
uchun shaharga kelgan savdogarlar ot va tuyalarini ushbu toshdan yasalgan baland
ariq   suvidan   sug’orishgan.   1960   yillarda   Tosh   Oxur   bulog’ining   balandligi   er
yuzasidan 80-90 santimetr baland edi. Hozir uni yonidan o’tkazilgan asfalt yo’ldan
15-20 santimetr balandlikdadir. Demak, keyingi 50-60 yil davomida olib borilgan
yo‘l va uy qurilishlari tufayli buloq yonidan o’tkazilgan asfalt yo’llarning qalinligi
bir   metr   balandlikka   ko’tarilgan.   Tosh-Oxur   bulog’idan   shimol   tomonda,   asfalt
yo’ldan   pastroqda   ushbu   buloqning   yo’lida   yana   bir   nechta   buloqlar   bor   va
ularning   suvidan   mahalliy   aholi   shifobaxsh   suv   sifatida   foydalanadi.   Tosh-Oxur
bulog’i   va   uning   yonidagi   buloqlarning   yer   yuzasiga   chiqishiga   sabab   shundan
iboratki, bu hududning nomi Navadon deyiladi va Xo’ja Axror maqbarasi yonidan
Tosh-Oxurga qadar nov shaklida pasayib keladi. Rel’ef shaklining novga o’xshash
chuqur   bo’lishi   va   yer   yuzining   nishabligi   suvning   to’planib,   yer   usti   va   yer   osti
yo’llari bilan oqishiga sababchi  bo’ladi. Bu o’z   navbatida yer  osti  suvlarining bir
qismi Tosh-Oxur hududida yer yuzasiga buloq sifatida chiqishga sabab bo’ladi. Bu
buloq   suvlarining   ilgarigi   sifati   to’g’risida   bizda   aniq   kimyoviy   tahliliy
ma’lumotlar yo’q. Lekin, 1870 yillarda Samarqand shahrida aroq zavodini qurish
uchun   buloq   suvlari   kimyoviy   tahlil   qilingan   va   eng   sifatli   suv   aroq   zavodi
yonidagi   Chashma   bulog’i   suvi   deb   aniqlangan   va   ushbu   joydan   aroq   zavodi
qurilgan. Bizning kozirgi kimyoviy tahlilimiz bo’yicha Chashma bulog’i suvi juda
yumshoq bo’lib boshqa buloqlarga nisbatan unda sulfat ionlari miqdori kam, natriy
va   kaliy   miqdori   me’yordan   past,   qattiq   qoldiq   miqdori   eng   kam   bo’lgan   yuqori
13 sifatli   suv   ekanligini   ko’rsatdi.   Biz   Samarqand   shahrining   Tosh   Oxur   bulog’i
atroflaridagi bir nechta buloqlarning tavsifini berdik, xolos. Ming yillar davomida
Samarqand aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlab kelgan, shu kabi buloqdar
shahrimizda ko’p. Ularni chuqur o’rganish, suv sifatini atroflicha tahlil qilish, ba’zi
mashxur   buloqlarga   alohida   milliy   arxitektura-qurilish   ko’rinishida   bezak   berish,
shifobaxshlik   xususiyatlarini   ko’rsatish   sayyoxlar   kelib   ko’radigan,   tomosha
qiladigan va dam oladigan turistik maskanlarga aylantirish.
1.2. Samarqand viloyati iqlimi va tuproqlari
Ilmiy   tadqiqot   ishlari   Samarqand   viloyatida   o‘tkazildi.   Samarqand   atrofi
hududlarining tuproqlari boshqa hududlarnikiga nisbatan ajralib turadi. 
Zarafshon havzasi Sharqdan G‘arbga 770 km dan ortiqroq cho‘zilgan bo‘lib,
Shimoliy chegarasi Turkiston tizmasining suvayirg‘ich chizig‘i, Janubiy chegarasi
Hisor   va   Zarafshon   tizmalari   orqali   o‘tadi.   Eng   Sharqiy   nuqtasi   Matchox   tog‘
uzeliga   taqaladi   va   eng   g‘arbiy   qismi   Dengizko‘l   tumaniga   qadar   davom   etadi.
Havza maydoni katta maydonni tashkil qilgan. Bu rayonda O‘zbekistonning 1 mln
gektardan   ortiq   va   Tojikistonning   60   mln   gektar   sug‘oriladigan   dehqonchilik
yerlari   joylashgan.   Qadimgi   dehqonchilik   rivojlangan   Zarafshon   vodiysida   4   mln
ga   yaqin   aholi   yashaydi.   Oloy   tizmasi   Matchox   tog‘   tugunida   uchta   chizmaga
ajraladi:   Turkiston,   Zarafshon   va   Hisor.   Ana   shu   Matchox   tugunidagi   Zarafshon
muzligida Matchox daryosi boshlanadi va u Fandaryo bilan qo‘shilgach, Zarafshon
deb  ataladi.   Ana   shundan   keyin   chap   tomondan   57   km   dan   keyin,  Kashtut   va   88
km dan keyin Regiyon daryolar Zarafshoga qo‘shiladi. Qolgan irmoqlar soylardan
iborat bo‘lib, ko‘pchiligi yozda qurib qoladi.
O‘zbekiston   hududida   Zarafsho   suvining   asosiy   qismi   sug‘orishda
ishlatiladi. Shu maqsadda o‘rta va quyi Zarafshonda 99 ta yirik va mayda magistral
kanallar   qurilgan.   Kanallar   bilan   daryo   suvi   faqat   Zarafshon   voha   yerlari   emas,
balki Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari yerlari ham sug‘orilmoqda.
Samarqand shahri yaqinida Cho‘ponota tepaligining shimolida Oqdaryo suv
bo‘lgichida,   daryo   ikkiga   bo‘linadi;   shimolidagisi   Oqdaryo   janubidagisi
14 Qoradaryo,   bu   ikki   daryo   Xatirchi   yaqinida   qo‘shiladi.   Ikki   daryo   o‘rtasida
Miyonqol orolini hosil qiladi.
Zarafshon   daryosining   shiv   oqimi   u   yildan   bu   yilga   o‘zgarib   turadi.   Uning
eng katta suv oqimi 212 m / s [ ] eng kichik suv oqimi 117 m / s [ ]. Daryoda t o‘lgan
suv aprel oyining oxirlarida boshlanadi va eng katta suv iyul oyida to‘g‘ri keladi.
Yozda   suvning   ko‘payishi   tog‘lardagi   doimiy   muz   va   qorlarning   erishi   bilan
bog‘liq. Zarafshon havzasida har birining maydoni 0,1 km 2
  dan katta bo‘lgan 424
muzlik bo‘lib ularning umumiy maydoni 557 km 2
 ni tashkil etadi.
Zarafshon daryosining har 1 km 2
  suv yig‘ish maydonidan o‘rta hisobda har
yili   421   tonna   oqiziq   yuvilib   ketadi   [   ].   Loyqalarning   daryo   suvini   tozalashdagi
ahamiyati beqiyosdir. Suv qum loyqalar orqali sizib o‘tganida tabiiy tozalanadi. 
O‘rta   zarafshn   va   Turkiston   tizmalaridan   daryo   tomomon   oqib   turuvchi
yuzlab   soylar   mavjud.   Yirik   soylarning   suvlari,   ilgarilari,   daryoga   yetib   kelgan.
Sug‘oriladigan   dehqonchilikni   rivojlanishi   bilan   soy   suvlari   daryoga   yetmay
qolayotir.
Soylar yer osti suvlaridan yomgvir va qor suvlaridan oziqlanadi. Ularga eng
ko‘p   suv   aprel   oyida   (20-40%)   oqadi.   Eng   kam   suv   iyun-oktabr   oylariga   tovg‘ri
keladi.   Soylari   ichida   sersuvligi   bilan   Chaqilhalon   va   Qoratepa   soylari   ajralib
turadi. Soylarning oziqlanishida yer osti  suvlarining hissasi  katta. Yer osti suvlari
yillik suv harajatining 40-70% ni tashkil etadi [ ].
O‘rta   Zarafshon   yer   yuzida   yaqin   joylashgan   yer   osti   suvlarining   uch
guruhga bovlish mumkin.
a. allyuvial-prolyuvial jinslardagi sizot suvlari:
b. qatlamlar orasidagi suvlar:
c. tog‘lardagi toshlar yoriqlari va siniqlari orasidagi suvlar.
Yer   usti   suvlari,   tuproqlar   kimyoviy   jihatdan   ifloslanganligi   tufayli   sizot
suvlari   ham   ancha   ifloslangan.   Qatlamlar   orasidagi   suvlarning   ba’zilari   o‘zlari
otilib chiqadi. Bu gidrositatik bosimga yoki gaz bosimiga bog‘liq. 
15 Tog‘lardagi   yoriqlar   va   siniqlar   orasidagi   suvlar   turli   xil   bo‘lib,   ularning
joylashishi   toshlar   yoriqlariga,   ularning   chuqurligiga   bog‘liq.   Odatda
ohaktoshlardan tuzilgan joylarda buloqlar kam bo‘ladi, chunki atmosfera yog‘inlari
toshlar   orasidagi   yoriqlar   bilan   chuqurga   suv   o‘tkazmaydigan   qatlamlarga   qadar
kirib boradi. Bunga ohaktoshning suvda eruvchanligi ham sharoit yaratadi.
Iqlim.   Biz   o‘rganayotgan   hudud   dengiz   havzalaridan   ancha   uzoqligi   va
shimoli   hamda   g‘arb   tomoni   ochiqligi   uchun   iqlimi   kontinental.   Unda   quyosh
gorizont   bo‘ylab,   yarim   kun   ko‘rinadi.   Bunga   bog‘liq   holda   hududning   tekislik
qismi   quyoshdan   kata   miqdorda   issiqlik   oladi,   bu   yerda   vegetatsion   davr   to   qish
tushguncha   davom   etadi.   Qish   davri   2-25fevralgacha   bo‘ladi.   Shunday   qilib   qish
fasli   92-100   kun,   ya’ni   qariib   3   oy   davom   etadi.   Yilning   eng   sovuq   oyi   yanvar
bo‘lib,   harorat   -2-3 0
C   gacha   tushadi.   Qishning   qolgan   oylarida   harorat   musbat
tomonga +3,+4 0
C ni tashkil qiladi. 
Yog‘inli kunlar uch oy qish mavsumida 30-37 kunni tashkil etadi, qor bilan
qoplangan qishki kunlar esa 25-28 kun davom etadi. Qorning o‘rtacha balandligi 3-
7   sm,   maksimalda   esa   10-20   sm.   Ni   ayrim   yillari28-354   sm.   Ni   tashkil   etishi
mumin. Bahor mavsumining boshlanishi martning birinchi kunlariga to‘g‘ri keladi,
tugashi   esa   15-20-maygacha   davom   etadi.   Bahor   mavsumining   o‘rtacha
davomiyligi70-72   kun.   Pastki   tomonlarida   esa   bahor   3   oygacha   davom   etishi
mumkin. 
Tuproq   namligi   atmosfera   yog‘inlari   hisobiga   bo‘lib,   yoz   oylari   yog‘in
miqdori 17mm. dan oshmaydi. Ya’ni iyul, avgust oylari deyarli umuman yog‘inlar
bo‘lmaydi.   Nisbatan   yog‘inlarga   boy   bahor,   qishda   esa   nisbatan   kam.Umumiy
yog‘in   miqdori   yillik   o‘rtacha   294-148.6   mm.   atrofida   o‘zgaradi.   Bu   hududda
atmosfera namligi eng yuqori bo‘lgan joy Omonqo‘ton hisoblanadi, u yerda yillik
yog‘in   o‘rtacha   miqdori   153.8   mm   ni   tashkil   etadi.   Binobarin   hamma   vaqt   ham
dengiz   sathidan   balandligiga   qarab   yog‘inlar   miqdori   ortmaydi.   Mikroiqlim
shakllanishiga asosan joyning relefi muhim rol o‘ynaydi. Bahordagi sovuq kunlari
ohirgilari martning ohiri va aprelning birinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi. Bahorgi
16 kunlarning eng ohirgisi aprel oyining o‘rtalarida bo‘ladi. Eng birinchi qishki sovuq
9-oktabrda kuzatiladi.
Yillik   o‘rtacha   sutkalik   ampletudasi   15-16 0
C   ni   tashkil   etib,   bu   holat   turli
balandliklarda   turlicha   va   relefning   turlicha   bo‘lishiga   bog‘liq.   Bu   kabi   holatlar
tekisliklarda, masalan Qoratepa suvomborida kuzatiladi. 
O‘rtacha  oylik  haroratning  o‘zgarishi  qishki   oylarda   kuzatiladi.  Tekislik   va
oylik   muddatlarda   turlicha   bo‘ladi.   Bu   holat   o‘simliklarga   o‘zining   ta’sirini
ko‘rsatmay   qolmaydi.   Omonqo‘ton   iqlimi   keskin   kontinental.   Haroratning
o‘zgaruvchan   ampletudasi   kunduzi   va   kechasi,   qishda   va   yozda   Zarafshon
odalaydi.   Tog‘   ichki   tomondan   ajralgan,   tor   vodiy   atrof   dasht   maydonlar   bilan
bog‘langan.   Mavzening   bunday   ajralganligi   shunga   bog‘liq   ravishda   iqlimni
shakllantiradi, bu Zarafshon vodiysini boshqa tog‘ mazevlaridan farq qilib turadi.
Havoning   tozaligi   bulutli   kunlarning   nisbatan   kam   bo‘lishiga,   kata   hajmdagi
fotosintezli   faol   radiatsiyani   oqib   kelishiga   imkon   beradi.   Yoz   Omonqo‘tonda
salqin,   deyarli   yog‘ingarchiliklarsiz,   havoning   nisbiy   namligi   past   bo‘ladi.   May
oyining oxirlarida yozning barcha belgilari namoyon bo‘la boshlaydi. Iyul oyidagi
o‘rtacha harorat 24.5   0
C, yozda maksimal harorat 35 0
C bu davrda havo yog‘inlari
miqdori   200mm.   dan   oshmaydi.   Eng   issiq   oy   iyul.   Qishda   -5,   -10,   -15 0
C   gacha
pasayadi. 
Tuproqlari.  O‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va boshqa ko‘plab biologic
hususiyatlariga   ular   o‘sadigan   muhiti   muhim   ahamiyatga   ega.   O‘simliklar
qoplamining normal rivojlanishi iqlim omillari bilan bir qatorda tuproq ham asosiy
rol o‘ynaydi.
Shularni   hisobga   olgan   holda,   o‘rganilayotgan   muhitning   tuproqlari
to‘g‘risida aytib o‘tish lozimdir. 
Orografik qonuniyatlardan kelib chiqqan holda tog‘ va tog‘oldi hududlarning
tuproqlari   genetik   jihatdan   farq   qilishi   ularning   turli   balandlik   pog‘onalarida
joylashganligi   bilan   belgilanadi.   Joyning   absolyut   balandligi   oshib   brogan   sari
17 hududlardagi havoning iqlim rejimi iliqlashadi, atmosfera yog‘inlari miqdori ortib
boradi va o‘simlik jamoalarining almashinuvi kuzatiladi. 
O‘rganilayotgan   hududda   asosan   avtomorfik   bo‘z   –   tuproq,   qoramtir   bo‘z
tuproq,  malla  bo‘z  tuproqlar  tarqalgan.  Bu   tuproqlar   o‘rta  tog‘   mintaqalari  uchun
xosdir. 
Adir   mintaqasi-   Zarafshon   tog‘larining   shimoliy   va   janubiy   g‘arbiy
qismlarini   egallab,   dengiz   sathidan   800-1200   metrgacha   bo‘lgan   joyni   tashkil
etgan.   Tuproq   hosil   qiluvchi   gips-lyoss   bo‘lib,   uning   mehanik   tarkibi
maydalashgan o‘rtacha va og‘ir shag‘allardan iborat. 
Tuproqning   bu   kabi   tipi   o‘ziga   hos   hususiyatlarga   ega   bo‘lib,   subtropik
tabiatni   va   u   o‘zining   kelib   chiqishi   va   tarkibi   bilan   boshqalarga   o‘xshamaydi.
Bo‘z   tuproqlarni   hosil   bo‘lishi   uchun   tuproq   shakllanishidagi   yirik   sikllarning
kontrastligida namoyon bo‘ladi. 
Efemeroid   o‘simliklarning   kuchli   vegetatsiyasi   va   zich   qoplanganligi
mintaqada   chimli   joylarni   shakllanishida   muhim   ahamiyatga   ega.   O‘z   navbatida
tuproqda   chimni   hosil   bo‘lishi   organik   moddalarni   katta   massasini   to‘planishiga
olib keladi. Bu esa tuproqlarda mikroorganizmlarning ham faoliyatiga ijobiy ta’siz
etib, tuproqdagi minerallar almashinuvini yaxshilaydi. 
Zarafshon   tog‘laridan   lessli   qatlamlarida   tipik   bo‘z   tuproq   va   qora   bo‘z
tuproq tarqalgan bo‘lib, ular  o‘z navbati  bilan dengiz sathidan  balandligiga qarab
almashinib turadi.
1.3. “Chashma” arig‘i hududining geografik joylashuvi.
Samarqand   viloyati.   O‘zbekiston   Respublikasi   tarkibidagi   Samarqand
viloyati   shimoliy   va   g‘arbdan   Navoiy   viloyati,   janubdan   Qashqadaryo,   shimoliy-
sharqdan   Jizzax   viloyati   bilan   chegaradosh.   Maydoni   16,8   ming   km 2
,   aholisi
2824,9   mln   kishi   (2004).   Tarkibida   14   tuman   (Bulung‘ur,   Jomboy,   Ishtixon,
Kattaqo‘rg‘on,   Narpay,   Nurobod,   Oqdaryo,   Payariq,   Pastdarg‘om,   Paxtachi,
Samarqand,   Tayloq,   Urgut,   Qo‘shrabot).   11   shahar   (Bulurg‘ur,   Jomboy,   Juma,
Ishtixon,   Kattaqo‘rg‘on,   Nurobod,   Oqtosh,   Payariq,   Samarqand,   Urgut,   Chelak).
12   shaharcha   (Dahbed,   Ziyovuddin,   Ingichka,   Kimyogarlar,   Loyish,   Mitan,
18 Mirbozor,   Payshanba,   Suv   hovuzi,   Farhod,   Xishrav,   Charxin)   va   125   ta   qishloq
fuqarolari yig‘ini bor. (2004) Markazi – Samarqand shahri[51,56,40.90]. 
Samarqand   viloyati   Pomir-Olay   tog‘larining   g‘arbiy   chekkasida,   Zarafshon
daryosining o‘rta qismida joylashgan. Relyefi, asosan, kenglik bo‘ylab cho‘zilgan
va   shimoldan   Turkiston   tog‘   –   tizmalarining   tarmoqlari   (Nurota   tog‘i,   balandligi
2169   m),   Oqtog‘,   2003   m,   janubdan   Zarafshon   tog‘   tizmalari   bilan   o‘ralgan
Zarafshon   daryosi   vodiysidan   iborat.   Vodiy   sharqdan   (750-800m)   g‘arbga   qarab
(350m) pasayib boradi. Vodiydan shimolga tomon qiya – tekisliklar joylashgan va
tog‘larga   yaqinlashganda   adirlar   boshlanadi.   Zarafshon   tizmasi   (g‘arbiy   qismi)
janubda Qashqadaryo viloyati bilan bo‘lgan chingara bo‘ylab cho‘ziladi.  Bu tizma
(2388   m),   asosan,   poleozoyning   kristalli   slaneslari   va   ohaktoshlaridan   tarkib
topgan. G‘arbga tomon tizma asta-sekin pasayadi  va Kattaqo‘rg‘on janubda  past-
baland tepaliklardan iborat tekislik bilan qo‘shilib ketadi. Asosan, qumtosh, slanes
va   magmatik   jinslardan   tashkil   topgan   Nurota   tog‘i   bir   nechta   yirik   orografik
birliklarga   parchalanib   ketgan.   Foydali   qizilmalardan   oltin,   kumush,   volfram
rudasi   (Ingichka),   flyuorit,   kvars,   ohaktosh.   Granit,   margel,   gips,   bentonit   gili,
abraziv   materiallar,   25   mineral   bo‘yoqlar,   marmar   (Omonqutan,   G‘ozg‘on,   Jom),
korund   konlari   (Nurotaning   janubiy-sharqida);   mineral   buloqlar   bor.   Iqlimi
kontinental,   quruq   iqlim.   Bulutli   kam   bo‘ladi.   Tekisliklarda   qish   iliq   yanvarning
o‘rtacha   temperaturasi   shimolda   -20   C,   tog‘larda   -4,80   C.   Yozi   issiq.   Iyulning
o‘rtacha   temperaturasi   25,90   -27,80C   eng   past   temperatura   320C,   eng   yuqori
temperatura   420   C   mm.   Yog‘inning   80%   qish   va   bahorda   yog‘adi.   Qor   16-20
kungina   saqlanadi.   Vegetatsiya   davri   324-334   kun.   Baland   ko‘tarilgan   sari
temperatura   pasayadi.   Iqlim   sharoiti   va   sug‘orish   Samarqand   viloyatida   paxta,
tamaki,   shaftoli,   o‘rik,   uzum,   anjir,   anor   yetishtirish   uchun   qulay.   Samarqand
viloyati   iqlimining   o‘ziga   xos   xususiyati   keskin   kontinental,   shuningdek   butun
o‘suv   davrida   issiqlik   va   yorug‘likning   mo‘l   bo‘lishi   hisoblanadi.   Quyosh
nurlarining davomiyligi bir yil uchun o‘rtacha 2870 soatni tashkil etadi. Uning eng
yuqori davomiyligi yoz oylarida kuzatiladi, ya’ni iyulda 380 soatgacha yetadi, bu
mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichning 95% ini tashkil etadi. Iqlimi qurg‘oqchilik bo‘lib,
19 yog‘ingarchilikning   asosiy   qismi   qishgi-bahorgi   davrga   to‘g‘ri   keladi.   Maksimal
yog‘ingarchilik mart oyida kuzatiladi. 
Iqlimning   kontinentalligi   turli   yillarda   yillik,   oylik   va   sutkalik   o‘tishidagi
meteorologik   elementlarning   katta   tebranishlari   bilan   belgilanadi.   Qish   nisbatan
beqarorligi   bilan   izohlanadi,   unda   sovuq   davrlar   iliq   davrlar   bilan   almashinib
turadi.   Asosiy   daryosi   –   Zarafshon.   Viloyat   hududidagi   qismining   uzunligi   193
km.   Tevarak   atrofidagi   tog‘lardan   oqib   tushgan   soylar   sug‘orishga   sarflangani
uchun   Zarafshonga   yetmasdan   tugaydi.   Darg‘om,   Narpay   (54   km),   o‘ng   qirg‘oq
(64 km), chap qirg‘oq (169,3 km), markaziy magistral (39,5 km) Zarafshon, Eski
Anhor   kanallari   va   Kattaqo‘rg‘on   suv   omboridan   ekinlarni   sug‘orishda
foydalaniladi.   Viloyatning   junbiy-g‘arbiy   qismida   oqadigan   soylar   yozda   qurib
qoladi.   Tuprog‘i   asosan,   tuproq.   Tekisliklar   va   500   m   gacha   balandlikdagi   tog‘
etaklarida   sur-qo‘ng‘ir   och   bo‘z   tuproqlar   (sug‘oriladigan   yerlarda   o‘tloqi   bo‘z
tuproqlar)   1500-1700   m   balandlikda   to‘q   bo‘z   tuproqlar,   cho‘l   zonasida   kumoq,
taqir, bo‘z qo‘ng‘ir tuproqlar va sho‘rxoklar tarqalgan. Yong‘oqzor va archazorlar
qo‘ng‘ir tuproqlar, yanada 26 balandroq qoramtir tuproqlar bo‘lib, undan yuqorida
tog‘-o‘tlog‘i tundrasida uchraydi [51, 54, 111]. 
20 Samarqand viloyatining geografik haritas
 1.4.   “CHashma”   arig‘i   florasini   o‘rganishda   olib   borilgan   botanik
tadqiqotlar. 
“Chashma”   arig‘i   florasini   o‘rganishda   quyidagi   tadqiqot   va   uslublardan
foydalanildi. O‘simliklar   organlarining   morfologik   tuzilishi   va   fenologik
kuzatishlari   I.N.Beydeman   [7] ,   G.E.   Shuls   [10 6 ]   usuli   yordamida   olib   borildi.
Bunda   o‘simlik   vegetasiyasining   boshlanishi,   g‘unchalash,   gullash,   mevalash,
meva yetilishining boshlanishi, to‘liq yetilish muddatlari aniqlandi. A riq atrofidagi
o‘simliklar asosan bahor va yoz fasillarida kuzatildi va o‘rganildi.
Samarqand   shahri   Chashma   arig‘i   ichidagi   va   atrofidagi   o‘simliklarni   sinf,
oila,   tur   va   turkumlarini   aniqlashda,   A.   Ҳамидов,   М.   Набиев,   Т.   Одилов
«Ўзбекистон ўсимликлари аниқагичи»[50]. dan foydalanildi .
21 Fenologik kuzatishlar Beydeman uslubidan foydalanildi. Bular o‘z navbatida
turni qaysi iqlim sharoitida o‘stirish va ulardan qanday foydalanish imkoniyatlarini
ko‘rsatib   beradi.   Fenologik   kuzatishlar,   meteorologik   ma’lumotlar   bilan
to‘ldiriladi, bu esa yillik o‘zgarishlarni to‘g‘ri izohlash imkonini beradi. 
2 . Tadqiqot sharoitlari , ob’ektlari , uslublari
2.1. Tadqiqot sharoitlari.
Ilmiy   ish   mavzusiga   doir   tadqiqot   Samarqand   viloyati   Samarqand   shahrida
o‘tkazilgan.
Samarqand   viloyati.   O‘zbekiston   Respublikasi   tarkibidagi   Samarqand
viloyati   shimoliy   va   g‘arbdan   Navoiy   viloyati,   janubdan   Qashqadaryo,   shimoliy-
sharqdan   Jizzax   viloyati   bilan   chegaradosh.   Maydoni   16,8   ming   km 2
,   aholisi
2824,9   mln   kishi   (2004).   Tarkibida   14   tuman   (Bulung‘ur,   Jomboy,   Ishtixon,
Kattaqo‘rg‘on,   Narpay,   Nurobod,   Oqdaryo,   Payariq,   Pastdarg‘om,   Paxtachi,
Samarqand,   Tayloq,   Urgut,   Qo‘shrabot).   11   shahar   (Bulurg‘ur,   Jomboy,   Juma,
Ishtixon,   Kattaqo‘rg‘on,   Nurobod,   Oqtosh,   Payariq,   Samarqand,   Urgut,   Chelak).
12   shaharcha   (Dahbed,   Ziyovuddin,   Ingichka,   Kimyogarlar,   Loyish,   Mitan,
Mirbozor,   Payshanba,   Suv   hovuzi,   Farhod,   Xishrav,   Charxin)   va   125   ta   qishloq
fuqarolari yig‘ini bor. (2004) Markazi – Samarqand shahri[51,56,40.90]. 
Samarqand   viloyati   Pomir-Olay   tog‘larining   g‘arbiy   chekkasida,   Zarafshon
daryosining o‘rta qismida joylashgan. Relyefi, asosan, kenglik bo‘ylab cho‘zilgan
va   shimoldan   Turkiston   tog‘   –   tizmalarining   tarmoqlari   (Nurota   tog‘i,   balandligi
2169   m),   Oqtog‘,   2003   m,   janubdan   Zarafshon   tog‘   tizmalari   bilan   o‘ralgan
Zarafshon   daryosi   vodiysidan   iborat.   Vodiy   sharqdan   (750-800m)   g‘arbga   qarab
(350m) pasayib boradi. Vodiydan shimolga tomon qiya – tekisliklar joylashgan va
tog‘larga   yaqinlashganda   adirlar   boshlanadi.   Zarafshon   tizmasi   (g‘arbiy   qismi)
janubda Qashqadaryo viloyati bilan bo‘lgan chingara bo‘ylab cho‘ziladi.  Bu tizma
(2388   m),   asosan,   poleozoyning   kristalli   slaneslari   va   ohaktoshlaridan   tarkib
topgan. G‘arbga tomon tizma asta-sekin pasayadi  va Kattaqo‘rg‘on janubda  past-
baland tepaliklardan iborat tekislik bilan qo‘shilib ketadi. Asosan, qumtosh, slanes
va   magmatik   jinslardan   tashkil   topgan   Nurota   tog‘i   bir   nechta   yirik   orografik
22 birliklarga   parchalanib   ketgan.   Foydali   qizilmalardan   oltin,   kumush,   volfram
rudasi   (Ingichka),   flyuorit,   kvars,   ohaktosh.   Granit,   margel,   gips,   bentonit   gili,
abraziv   materiallar,   25   mineral   bo‘yoqlar,   marmar   (Omonqutan,   G‘ozg‘on,   Jom),
korund   konlari   (Nurotaning   janubiy-sharqida);   mineral   buloqlar   bor.   Iqlimi
kontinental,   quruq   iqlim.   Bulutli   kam   bo‘ladi.   Tekisliklarda   qish   iliq   yanvarning
o‘rtacha   temperaturasi   shimolda   -20   C,   tog‘larda   -4,80   C.   Yozi   issiq.   Iyulning
o‘rtacha   temperaturasi   25,90   -27,80C   eng   past   temperatura   320C,   eng   yuqori
temperatura   420   C   mm.   Yog‘inning   80%   qish   va   bahorda   yog‘adi.   Qor   16-20
kungina   saqlanadi.   Vegetatsiya   davri   324-334   kun.   Baland   ko‘tarilgan   sari
temperatura   pasayadi.   Iqlim   sharoiti   va   sug‘orish   Samarqand   viloyatida   paxta,
tamaki,   shaftoli,   o‘rik,   uzum,   anjir,   anor   yetishtirish   uchun   qulay.   Samarqand
viloyati   iqlimining   o‘ziga   xos   xususiyati   keskin   kontinental,   shuningdek   butun
o‘suv   davrida   issiqlik   va   yorug‘likning   mo‘l   bo‘lishi   hisoblanadi.   Quyosh
nurlarining davomiyligi bir yil uchun o‘rtacha 2870 soatni tashkil etadi. Uning eng
yuqori davomiyligi yoz oylarida kuzatiladi, ya’ni iyulda 380 soatgacha yetadi, bu
mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichning 95% ini tashkil etadi. Iqlimi qurg‘oqchilik bo‘lib,
yog‘ingarchilikning   asosiy   qismi   qishgi-bahorgi   davrga   to‘g‘ri   keladi.   Maksimal
yog‘ingarchilik mart oyida kuzatiladi. Iqlimning kontinentalligi turli yillarda yillik,
oylik va sutkalik o‘tishidagi meteorologik elementlarning katta tebranishlari  bilan
belgilanadi.   Qish   nisbatan   beqarorligi   bilan   izohlanadi,   unda   sovuq   davrlar   iliq
davrlar   bilan   almashinib   turadi.   Asosiy   daryosi   –   Zarafshon.   Viloyat   hududidagi
qismining   uzunligi   193   km.   Tevarak   atrofidagi   tog‘lardan   oqib   tushgan   soylar
sug‘orishga   sarflangani   uchun   Zarafshonga   yetmasdan   tugaydi.   Darg‘om,   Narpay
(54 km), o‘ng qirg‘oq (64 km), chap qirg‘oq (169,3 km), markaziy magistral (39,5
km)   Zarafshon,   Eski   Anhor   kanallari   va   Kattaqo‘rg‘on   suv   omboridan   ekinlarni
sug‘orishda   foydalaniladi.   Viloyatning   junbiy-g‘arbiy   qismida   oqadigan   soylar
yozda   qurib   qoladi.   Tuprog‘i   asosan,   tuproq.   Tekisliklar   va   500   m   gacha
balandlikdagi   tog‘   etaklarida   sur-qo‘ng‘ir   och   bo‘z   tuproqlar   (sug‘oriladigan
yerlarda o‘tloqi bo‘z tuproqlar) 1500-1700 m balandlikda to‘q bo‘z tuproqlar, cho‘l
zonasida   kumoq,   taqir,   bo‘z   qo‘ng‘ir   tuproqlar   va   sho‘rxoklar   tarqalgan.
23 Yong‘oqzor   va   archazorlar   qo‘ng‘ir   tuproqlar,   yanada   26   balandroq   qoramtir
tuproqlar bo‘lib, undan yuqorida tog‘-o‘tlog‘i tundrasida uchraydi [51, 54, 111]. 
Samarqand   viloyati   gidrometeorologiya   ma’lumotlarida   ko‘rsatilishicha
harorat yilning eng issiq kunlari iyul oyiga to‘g‘ri kelib, o‘rtacha oylik harorat ko‘p
yillik   ma’lumotlar   bo‘yicha   25,5˚   C   ni,   tajriba   o‘tkazilgan   yillarda   25,6-28,2˚   C
gacha   o‘zgargan.   Yanvar   oyining   o‘rtacha   harorati   ko‘p   yillik   ma’lumotlar
bo‘yicha   –   0,20˚C,   tajriba   yillarida   1-4,4 0
C   gacha   o‘zgargan.   Ko‘p   yillik
ma’lumotlar bilan taqqoslanganda harorat yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi. O‘rtacha
yillik   harorat   ko‘p   yillik   ma’lumotlar   bo‘yicha   15,1 0
C   ni,   tajribayillarida   esa
15,7 0
C   dan   17,4 0
C   gacha   ko‘tarilganligini   ko‘rsatadi.   Ushbu   hududda
yog‘ingarchilik   asosan   kuz,   qish   va   bahor   oylarida   notekis   taqsimlangan.   Ko‘p
yillik   ma’lumotlar   bo‘yicha   yog‘ingarchilik   miqdori   358   mm,   havo   namligining
ko‘tarilishi,   haroratning   yuqori   bo‘lishi   zamburug‘   kasalligining   tarqalishiga   va
hosilning   kamayishi   hamda   sifatining   buzilishiga   ta’sir   etar   ekan   Havo   namligi
meteobservatoriya ma’lumotlarida 38 yog‘ingarchilik miqdori va harorat kabi ko‘p
yillik   va   tajriba   yillari   bo‘yichao‘rtacha   oylik   olinib   keltirildi.   Havo   namligining
oylar bo‘yicha 27 o‘rganilganda kuz, qish va bahor oylarida havo namligi 68 -76%
atrofida   bo‘lishi   qayd   etilgan.   Samarqand   viloyati   gidrometeorologiya
ma’lumotlardan ko‘rinadiki, ko‘p yillik o‘rtacha harorat 15,1 0
C ni tashkil etib, iyul
oyida   29,8 0
C   yuqori   ko‘rsatkichlariga   yetgan.   Bu   esa   Toshkent   viloyatining
o‘rtacha   ko‘rsatkichidan   15,7 0
C   ga   kam.   Tajriba   o‘tkazilgan   2019-   2020   yillar
davomida   havoning   o‘rtacha   yillik   harorati   ko‘p   yillik   o‘rtacha   ko‘rsatkichdan
uncha katta farq qilmadi. 
Bu  ko‘rsatkichlar   2019 yilda  – 15,2 0
C,  2020 yilda  – 15,1 0
C  ni  tashkil  etdi.
Tajribalar   olib  borilgan  yillarni   solishtiradigan  bo‘lsak,  havo  harorati   2019-  yilda
eng yuqori va 2020 yilda biroz past, ammo yoz oylarining harorati ortib borishini
ham izohlab o‘tish lozim, chunki bu harorat o‘simliklarni o‘sish va rivojlanishiga
o‘z   ta’sirini   ko‘rsatmay   qolmaydi.   2021   yilda   o‘rtacha   ko‘p   yillik   ma’lumotlarga
ko‘ra   umumiy   yog‘ingarchilik   miqdori   322   mm   ni   tashkil   etgan.   Uning   asosiy
qismi   kech   kuz,   qishki   va   erta   bahorgi   davrlarda   yog‘adi.   Barqaror   qor   qoplami
24 ayrim   qishlardagina   kuzatiladi,   uning   qalinligi   10-12   sm   dan   oshmaydi   va   30-34
kun   saqlanadi.   Ko‘pchilik   yillarda   qor   qoplami   bir   hilda   bo‘lmaydi   va   tez   erib
ketadi.   Qishloq   xo‘jalik   ekinlari   uchun   kerak   bo‘ladigan   14-16 0
C   harorat   aprel
oyning   boshida   kuzatildi.   Ekin   yetishtirishda   vegetatsiya   davridagi   havoning
harorati muhim rol uynaydi. Havoning o‘rta cha nisbiy namligi kuz qish va bahor
oylarida   yuqori   bo‘ladi.   May-   sentyabr   oylari   bu   ko’rsatkichning   minimuli
kuzatiladi. Demak, ekin o‘suv davrida havo nisbiy namligi optimaldan past bo‘ladi
[25, 35, 42].
Samarqand   viloyati   gidrometeorologiya   ma’lumotlarida   ko‘rsatilishicha
2021-2022   yillarda   havoning   o‘rtacha   nisbiy   namligi   va   yog‘ingarchilik   miqdori
quydagicha   aprelda   70%-99.1mm,   mayda   62%-101.8mm,   iyunda   35%-00mm,
iyulda 38%-0.3mm, avgustda 40.6%-15.4mm, sentabrda 45%-4mm, oktabrda 51%
noyabrda   67%-35.7mm,   dekabrda   83%-20.5mm   tashkil   etgan   bo‘lsa,   bu
ko‘rsatgich 2021 yilning yanvar oyida 64%-0.1mm fevral 63%-23.8mm mart 68%-
23.8mm, aprelda 49%-66mm ni tashkil qilgan (2.1-jadval).
Oldin olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlar ko‘rsatishicha tadqiqot o‘tkazilgan
joy   tuproqlari   qadimdan   sug‘oriladigan   tipik   bo‘z   tuproqlar   mintaqasiga   to‘g‘ri
keladi. Tuproq paydo qiluvchi jinslar lyoss va lyossimon hamda turli xil irrigasion
yotqiziqlar   hisoblanadi.   Bu   jinslardan   tashqari   to‘rtlamchi   davrda   hosil   bo‘lgan
turli   xil   allyuvial   va   dellyuvial-prolyuvial   yotqiziqlar   ham   mavjud.   Ushbu
yotqiziqlar   manbai   bo‘lib,   Soratepa   tog‘i,   intruziv   jinslarning   mayda
porfirligranitlar   bilan   28   qo‘shilmasi,   metamorfik   jins   va   turli   xil   qum,   slanes   va
ohaktosh   qoldiqlari   hisoblanadi.   Tuproq   paydo   qiluvchi   jinslar   tarkibida   turli   xil
tog‘   jinslari:   dala   shtaplari,   kvars,   biotit,   muskovit,   karbonatlar,   amfibol   va
piroksinlar   uchraydi.   O‘zining   gidrogeologik   sharoitlari   jihatdan   sizot   suvlari
ancha chuqur joylashgan, tuproqlari esa sho‘rlanishga moyil emas . 
Tadqiqot   o‘tkazilgan   joyning   tuproqlari   boshqa   hudud   tuproqlaridan   kam
farq qilib, karbonatligi, kam gumusli va gipsning yo‘qligi bilan tavsiflanadi Tuproq
tarkibida   gumus   kam   bo‘lishi   (0,8-2,0   %)   sababli   oziq   moddalar   ham   kam.
Tuproqning   yuqori   0-30   sm   lik   qatlamida   umumiy   azot   miqdori-   0,06-0,11   %,
25 umumiy   fosfor   0,12-0,18   %,   umumiy   kaliy   esa   1,5-2,5   foizni   tashkil   etadi
[1,25,29,56].
Tuproqlar   harakatchan   oziq   moddalar   bilan   kam   darajada   ta’minlangan
bo‘lib, harakatchan fosfor 15-40 mg/kg, kaliy esa 180-330 mg/kg ni tashkil etadi.
Tuproqlar mexanik tarkibi jihatdan yengil va o‘rta qumoq tuproqlar sirasiga kiradi.
O‘simliklar   qoplami   nihoyatda   xilma-xil   bo‘lib,   bu   yerda   turli   xil   efemer   va
efemeroid   o‘simliklar   -   moychechak,   chuchmoma,   lolaqizg‘aldoq   bilan   birga
yaltirbosh, karrak, shuvoq va boshqa har-xil o‘simliklar o‘sadi.
Samarqand   viloyati   gidrometeorologiya   ma’lumotlarida   ko‘rsatilishicha
2021-2022-yillarda   havoning   o‘rtacha   nisbiy   namligi   va   yog‘ingarchilik   miqdori
quydagicha yanvar oyida 82%-69.1mm, fevralda 69%-72 mm, martda 67%-68mm,
aprelda   70%-99,1mm,   mayda   62%-101,8   mm,   iyun   35%   ,   iyulda   38,3%-0,3mm
agvustda   46,6%-15.4   mm,   sentabr   45%-4   mm,   oktabrda   51%,   noyabrda   67,4%-
35,7   mm   dekabrda   83%-20,5mm   tashkil   etgan   etgan.   Oldin   olib   borilgan   ko‘p
yillik   tadqiqotlar   ko‘rsatishicha   tadqiqot   o‘tkazilgan   joy   tuproqlari   qadimdan
sug‘oriladigan   tipik   bo‘z   tuproqlar   mintaqasiga   to‘g‘ri   keladi.   Tuproq   paydo
qiluvchi   jinslar   lyoss   va   lyossimon   hamda   turli   xil   irrigasion   yotqiziqlar
hisoblanadi. 
Bu jinslardan tashqari to‘rtlamchi davrda hosil bo‘lgan turli xil allyuvial va
dellyuvial-prolyuvial   yotqiziqlar   ham   mavjud.   Ushbu   yotqiziqlar   manbai   bo‘lib
Soratepa   tog‘i,   intruziv   jinslarning   mayda   porfirligranitlar   bilan   28   qo‘shilmasi,
metamorfik jins va turli xil qum, slanes va ohaktosh qoldiqlari hisoblanadi. Tuproq
paydo   qiluvchi   jinslar   tarkibida   turli   xil   tog‘jinslari:   dala   shtaplari,   kvars,   biotit,
muskovit,   karbonatlar,   amfibol   va   piroksinlar   uchraydi.   O‘zining   gidrogeologik
sharoitlari   jihatdan   sizot   suvlari   ancha   chuqur   joylashgan,   tuproqlari   esa
sho‘rlanishga moyil emas.
Pastdarg‘om   tumani   iqlimi   Zarafshon   havosi   uchun   xos   bo‘lgan   qiymatga
o‘xshaydi. Fasllar va kecha va kunduz o‘rtasida kuchli kontenintallik mavjud. Yoz
faslining   iyul   oyida   eng   issik,   qishda-yanvar   oyida   eng   savuq   kunlar   bo‘zlishi
kuzatiladi.   Yog‘ingarchilik   asosan   kuz,   qish   va   bahor   oylarida   yuz   beradi.   O‘suv
26 davri davomida yog‘ingarchilik deyarli kuzatilmaydi. Bu esa ekinlarni etishtirishda
ularni   albatta   sug‘orish   kerakligini   ko‘rsatadi.   Umuman   iqlim   sharoiti   qishloq
xo‘jalik   ekinlaridan   yuqori   hosil   olishga   imkon   beradi.   Havo   haroratining
minumumi yanvarga, maksimumi iyul oyiga tug‘ri keladi. Hududning yozi issiq va
quruq hamda qishi qisqa, lekin juda sovuqligi bilan tavsiflanadi.  Havoning o‘rtacha
yillik harorati ko‘p yillik malumotlar bo’yicha 14,9 o 
C ni tashkil etadi. Issik oyning
o‘rtacha   harorati   26,7-27,3 o  
C   eng   sovuq   oydagi   o‘rtacha   harorati   -1,5+2,6 o  
C
atrofida bo‘ladi. Havoning o‘rtacha harorati 2020- yilda 14,9 o
C 2022- yilda 14,7   o
C va 2021 yilda 15,1 o 
C ni tashkil etdi [30,57]. 
Samarqand   meteoobservatoriya   ma’lumotlarida   ko‘rsatilishicha   harorat
yilning eng issiq kunlari iyul oyiga to‘g‘ri kelib, o‘rtacha oylik harorat ko‘p yillik
ma’lumotlar   bo‘yicha   25,5 0
C   ni,   tajriba   o‘tkazilgan   yillarda   25,6-28,20 0
C   gacha
o‘zgargan.   Yanvar   oyining   o‘rtacha   harorati   ko‘p   yillik   ma’lumotlar   bo‘yicha   –
0,20 0
C, tajriba yilarida 1-4,4 0
C gacha o‘zgargan. O‘rtacha yillik harorat ko‘p yillik
ma’lumotlar   bo‘yicha   13,1 0
C   ni,   tajribayillarida   esa   13,7 0
C   dan   17,4 0
C   gacha
ko‘tarilganligini ko‘rsatadi. 
Tuproqlari.   Samarqand   viloyati   tuproqlari   xilma-xil   bo‘lib,   avtomorf   va
gidromorf   tuproqlar   keng   tarqalgan.   Samarqand   viloyati   sug‘oriladigan
maydonlarining   48,6   %   tuproqlari   tipik   bo‘z,   40,4   %   o‘tloq-bo‘z,   8,6%   och   tusli
bo‘z va 2,4 % o‘tloq-botqoq tuproqlardan iborat. 
Samarqand   viloyati   hududida   joylashgan   tuproqlarning   hosil   bo‘lishi,
ularning   fizik   va   kimyoviy   xossalari,   unumdorlik   darajasi   chuqur   o‘rganilgan   va
tahlil etilgan.
2.2. TADQIQOT OB’YEKTI.
Tadqiqot ob’ekti tariqasida Samarqand shahri “Chashma” florasi olindi. Olib
borilgan   izlanishlar   natijasida   “Chashma   “   arig‘i   atrofida   50   ga   yaqin   o‘simlik
turlari   o‘sishi   aniqlandi.   Shu   bilan   bir   qatorda   aniqlangan   o‘simliklar   ichida   20
turga   yaqini   darivor   o‘simliklardir.   Aksariyat   ko‘pchiligi   76%   ko‘p   yillik
o‘simliklar. 
27   Qamish   (Phragmites   communis   Trin)   .   Bug‘doydoshlar   (Poaceae)
oilasiga   mansub   ko‘   yillik   o‘t.   Ildiz   poyasi   kuchli   rivojlangan,   uzun,yo‘g‘on.
Poyasi   tik   silliq   50400sm   gacha,   barglari   yassi   eni   5sm   gacha.   To‘pguli
supurgisimon 20-50smgacha keladi. To‘pgulining shoxlari g‘idirish. Boshoqchalari
9-15   mm   qo‘ng‘ir   siyoh   rang   yoki   sarg‘ish.   Iyul-   oktyabr   oylarida   gullaydi   va
meva   hosil   qiladi.   Asosan   adir,   cho‘l   pog‘analarining   ko‘llar   va   ariqlar   bo‘yida,
botqoqliklarda   qoplam   hosil   qiladi.   Respublikamizni   barcha   viloyatlarida   keng
tarqalgan.  Er  sharining iliq va mo‘tadil  iqlimli  hududlarida o‘sadi.  Biz o‘rgangan
“Chashma” arig‘i suv havzalari va ular atrofida ancha keng tarqalgan.
2.1-rasm. Phragmites communis Tri
Qichitqi   o‘ti   (lat.   Urtica   dioica)   -   ko‘p   yillik   o‘t   o‘simlik ,   gullash
bo limiga,   ikki   pallalilar   sinfiga,   gulsimonlar   turkumiga,   qichitqi   o tlar   oilasiga,ʻ ʻ
qichitqi o tlar turkumiga kiradi.	
ʻ
Qichitqi   o‘tining   lotincha   nomi   juda   oqlangan,   u   "kuyish"   degan   ma’noni
anglatadigan   so‘zdan   kelib   chiqqan.   "Dioecious"   nomining   ikkinchi   qismida
changlanish   uchun   qarama-qarshi   "jinsiy"   ikkita   buta   kerakligi   aytiladi,   bu   o‘z-
o‘zini   changlatishni   butunlay   istisno   qiladi.   Qichitqi   o‘ti   -   bo‘yi   55   sm   dan   ikki
metrgacha   o‘sadigan   ko‘p   yillik   o‘t.   Qichitqi   o‘tining   o‘tli   poyasi   qovurg‘ali,
28 tetraedrik,   tik,   qo‘ltiq   osti   novdalariga   shoxlangan,   ichi   bo‘sh.   Qichitqi   o‘tining
barglari   katta,  uzunligi   7-18   sm,   odatda  tuxumsimon   (ba’zan   elliptik   shaklga   ega
bo‘lgan   namunalar   mavjud),   qirrasi   bo‘ylab   uchli   tepa   va   tishli   quyuq   yashil.
Poyada   qichitqi   o‘tining   barglari   qarama-qarshi   joylashgan   va   unga   uzun   barglar
bilan   biriktirilgan.   Qichitqi   o‘tining   poyasi   ham,   barglari   ham   yonayotgan   tuklar
bilan   qoplangan,   ularning   tegishi   qichishish   va   mayda   pufakchalarni   keltirib
chiqaradi.  
2.2-rasm. Urtica dioica
Qichitqi o‘t barglari pichoqlarida A, H, C, E va K vitaminlari, B1, B2, B4,
B5,   B6,   B9,   niatsin,   makro   elementlar   xlor,  kaltsiy,   kaliy,  magniy,   fosfor,   natriy,
mis mikroelementlari, bariy, alyuminiy, molibden, temir, rux, selen va marganets.
Limon   qichitqi   o‘tiga   qaraganda   ikki   baravar   kam   askorbin   kislotasini   o‘z
ichiga   oladi.   Shu   bilan   birga,   ushbu   o‘simlikda   A   vitamini   miqdori   dengiz
itshumurti,   sabzi,   ismaloq   va   otquloqqa   qaraganda   bir   oz   ko‘proq.   Qadim
zamonlardan beri bunday o‘simlik sochlarni davolash uchun ishlatilgan
Oq   tut   (Morus   alba).   Oq   tut   Markaziy   va   Sharqiy   Osiyoning   mo‘’tadil
zonalariga   xos   bo‘lgan   bargli   daraxt   bo‘lib,   balandligi   15   metrga   etadi .   Uning
29 ilmiy   nomi   Morus   alba.   U   kengligi   4   metrgacha   bo‘lgan   tarvaqaylab   tojni
rivojlantiradi va uning tanasi diametri 45-60 sm gacha qalinlashadi.
Barglari   petiolate,   o‘lchamlari   4-6   x   4-5   sm,   tuxumdon   shaklida,   qirralari   tishli
yoki   bo‘lakchalari   bilan   och  yashil   rangga   ega.   U  aprelda   gullaydi   va   may  oyida
(shimoliy   yarim   sharda)   meva   beradi.   Mevalar   2,5   dan   1   sm   gacha,   ular   oq   yoki
pushti-oq rangga ega va ular odatda hech qanday ta’mga ega emaslar.
2.3-rasm. Morus alba.
Tut   daraxtining   mevalari   shakar,   oqsil   va   vitaminlarga,   ayniqsa   askorbin
kislotasi   yoki   S   vitaminiga,   shuningdek   kaltsiy,   mis   va   kaliyga   boy.   Bundan
tashqari,   uning   tarkibida   antosiyaninlar,   pektinlar,   kvertsetin,   resveratrol,   molik
kislota   va   tartarik   kislota   va   gall   kislotasi   kabi   ba’zi   fenolik   birikmalar
mavjud.Barglarda   betulin,   xlorogen,   gal   va   protokatexik   organik   kislotalarning,
shuningdek   r-gidrobenzoy,   kumarik,   ferulik   va   vanil   kislotalarning   borligi   keng
tarqalgan.   Ildiz   va   barglarda   kosirologiyada   ishlatiladigan   stilbenoidlar
oksiresveratrol va mulberrosid A birikmalari ham uchraydi.
30 Soxta   kashtan-Aessulus   hippakastanum .   Balandligi   25-30   m,   chiroyli
sharsimon to‘p hosil qiladigan daraxt. Barglari 5-7 bargchali panjasimon murakkab
barg,   novdada   qarama-qarshi   joylashgan.   Barglari   aprelda   yoziladi   va   kech
kuzgacha   saqlanadi.   Gullari   oq,   qizil   dog‘li   bo‘lib,   20-30   sm   keladigan
piramidasimon supurgi to‘pgulni hosil qiladi. Aprel-may oylarida gullaydi. Mevasi
2,5-3 sm  li yong‘oqqa o‘xshash  usti  tikanchalar  bilan qoplangan 3 xonali ko‘sak.
Urug‘lari   silliq,   yaltiroq,   asos   qismida   oq   dog‘i   bor.   Yil   bo‘yi   ayniqsa   gulash
davrida   ajoyib   manzara   beradi.   Vatani   Bolqon   yarim   oroli,   Shimoliy   Gretsiya.
[31,7]. 
Kovul ,   kovar   (Capparis   spinosa   L.)   —   kovuldoshlar   oilasiga   mansub
yarim buta. Poya va shoxchalari yotiq, bargi tuxumsimon, guli yirik, oq yoki och
pushti. Mevasi qizil etli, ko p urug li.Qrim, Kavkaz, O rta Osiyo, Shimoliy Afrikaʻ ʻ ʻ
va O rta dengizning toshloq yerlarida ko p tarqalgan. Janubiy Yevropada ekiladi.	
ʻ ʻ
K.ning   g unchasi,   mevasi   sirkalab   yoki   to zlab   ovkatga   solinadi.   Mevasida   18%	
ʻ ʻ
oqsil   moddalar,   36%   cha   moy   bor.   Cho l   va   adirlarda,   yo l   bo ylarida,   devorlar	
ʻ ʻ ʻ
ustida, ekinlar orasida o sadigan kovul ko p urug li rezavor bo lib, mevalari etdor,	
ʻ ʻ ʻ ʻ
uzunligi   2   smga   boradi.   Iyul-avgust   oylarida   urug lari   pishadi.   Bu   dorivor	
ʻ
o simlikning   mevalari   tarkibida   saponinlar,   alkaloidlar,   32,9   foiz   uglevodlar,   150	
ʻ
mg   askorbin   kislota,   3,75   foiz   moy,   ildiz   po stlog ida   staxidrin   alkaloidi	
ʻ ʻ
mavjud.Kovul   yoki   kavar   o simligi   tabiiy   holda   O rtayer   dengizi,   Yevropa	
ʻ ʻ
janubida,   Kavkazda,   O rta   Osiyoda,   shu   jumladan,   O zbekistonda,   Pokiston   va	
ʻ ʻ
Hindistonda tarqalgan. Bu o simlik Fransiya, Ispaniya, Italiya, Aljir hamda Kiprda,	
ʻ
Gretsiya   va   Shimoliy   Amerikada   madaniylashtirilgan   bo lib,   landshaftlarning	
ʻ
bezagi hisoblanadi. O simlikning nomi Erondagi Dashti-Kavir cho li bilan bog liq	
ʻ ʻ ʻ
holda atalgan. Chunki kovul bu hududlarda eng ko p uchraydigan o simlik sifatida	
ʻ ʻ
ajralib turadi.
Kovul   dorivor   o simlik   bo lishi   bilan   bir   qatorda   oziq-ovqatda   ham   ishlatiladi.	
ʻ ʻ
Kovulning   g unchali   novdalari,   g unchalari,   rivojlanayotgan   mevalari   sirka	
ʻ ʻ
kislotasida   marinovat   qilinadi   hamda   oziq-ovqatda   «kaperslar»   nomi   bilan
mashhur   dori-darmon   ko rinishida   foydalaniladi.   Hindular   kovulni   kobra,   kabra	
ʻ
31 yoki kabarra nomlari bilan atashadi hamda o simlik organlari qo shib tayyorlanganʻ ʻ
oziq-ovqatlarni yoqtirib iste’mol qilishadi.
Tabobatda pishgan mevasi, barglari, novda va ildiz po stlog i ishlatiladi.	
ʻ ʻ
2.4.Capparis spinosa L
AJRIQ   (Cynodon   dactylon   (L.)   Pers.)   —   boshoqdoshlarga   mansub   ko‘p
yillik   ildizpoyali   begona   o‘t.   Barglari   lentasimon,   dag‘al,   chetlari   o‘tkir-g‘idirish.
3-8 boshoqsimon shoxchalardan iborat to‘pguli poya uchida joylashgan. Mevasi —
doncha. Iyundan to kech kuzgacha gullab meva tugadi. Asosan ildizpoyasi, qisman
urug‘i   yordamida   (urug‘i   ko‘pincha   chang   qorakuya   kasalligi   bilan   zararlanadi)
ko‘payadi. Yer osti ildizpoyalari gorizontal yoki qiyshiq joylashgan novdalar hosil
qiladi.   Bu   novda   bo‘g‘imlaridan   yer   ustiga   o‘simtalar   o‘sib   chiqadi.   Shuningdek,
yer   ustiga  chiqqan  novda  bo‘g‘imlarida  iddiz  rivojlanadi   va  barg  qo‘ltig‘idan  gul
beruvchi   poya   o‘sadi.   O‘zbekistonda   Ajriq   hamma   yerda   tarqalgan.   Juda   ko‘p
ekinzorlar   orasida   o‘sib,   tuproqdagi   oziq   moddalarni   kuchli   so‘radi   va   yerni
oriqlatadi.   Kurash   choralari:   hosili   yig‘ib   olingan   yerni   haydash,   maxsus
taroqlagich   yoki   tishli   borona   yordamida   ildizpoyalarni   yig‘ib   olish;   dalalarga
dalapon   (40-50   kilogramm/gektar)   sepish.   Preparat   purkalgandan   so‘ng   dala
boronalanadi.
Dala   qirqbo‘g‘imi   (Equisetum   arvense.)   Dala   qirqbo‘g‘imi   ildizpoyali
ko‘p yillik o‘t bo‘lib, daryo, kanal va ariqlar bo‘yidagi semam yerlarda, zovur- lar
32 yoqasida,   buloqlar   atrofida   o‘sadi.   Uning   poyasi,   shox-
lari serqirra va bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Shuning uchun ham unga qirqbo‘g‘im deb
nom   berilgan.   Bo‘g‘im   oraliqlarining   ichi   kavak.   Uning   shoxlari   faqat   poya
bo‘g‘imlaridan   chiqadi   va   bo‘g‘imlarda   halqa   hosil   qilib   joylashadi.   Barglari
mayda bo‘lib, poya va shoxlardagi bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib o‘mashgan. Erta
bahorda   dala   qirqbo‘g‘imining   ildizpoyasidagi   kur-   taklardan   bahorgi   -   generativ
novda o‘sib hiqadi. Bu novda qo‘ng‘ir rangli, shoxlanmagan  bo‘lib, uchida spora
beruvchi   bitta   boshoq   hosil   bo‘ladi.   Ularda   sporofillar   (shakli   o‘zgargan   barg)
halqa   hosil   qilib   o‘mashadi.   Sporofillaming   ostki   tomonida   6-8   ta   sporangiy
joylashgan.   Sporangiyda   esa   sporalar   yetiladi.   Qirqbo g im-qirqbo‘g‘imdoshlargaʻ ʻ
mansub   ko‘p   yillik   o‘simliklar   turkumi.   O zbekistonda   dala   qirqbo g imi   va	
ʻ ʻ ʻ
tarnovcho p   Q.   turlari   uchraydi.  	
ʻ Poyasi   qattiq,   tik,   bo g imli,   qobirg ali,   sershox.	ʻ ʻ ʻ
Bo yi   40-60   sm.  	
ʻ Bo g imlaridan	ʻ ʻ   g uj   shoxchalar   chiqadi.   Qizg ish-ko ng ir	ʻ ʻ ʻ ʻ
novdalariuchidasporali   boshoq   hosilbo ladi.  
ʻ Ildizpoyalari   va   sporalari   ko payadi.	ʻ
Q.   bedazor,   paxta   maydonlari,   sholipoyalarda,   shuningdek,   sug orish	
ʻ
shoxobchalari bo ylari, zax va botqoq yerlarda o sadi.	
ʻ ʻ
Terak-Populus.   Oq   terak,baqa   terak,   mirzo   terak,   piramidal   terak,   qora
terak, Xitoy teragi kabi turlari shaharning tutun, is, chang va to‘zonlariga bardosh
beradi.   Shuning   uchun   ham   bu   daraxt   O‘zbekistonning   sanoat   rayonlariga,   ixota
daraxtzori, daryo, hovuz to‘g‘on, yirik sug‘orish kanallari bo‘ylariga ko‘plab ekish
tavsiya   etiladi   [35].   Terak   tez   o‘sadigan   daraxt   bo‘lib,   ildiz   sistemasi   chuqur
joylashadi,   tanasi   to‘g‘ri   va   yo‘g‘on   bo‘lib   o‘sadi.   O‘rta   Osiyo   sharoitida
tanasining   yo‘g‘onligi   1   m   va   kattaroq   bo‘ladi.   Har   qanday   tuproqda   o‘saveradi
ammo unumdor tuproqlarda juda yaxshi o‘sadi. Yaproq yozishidan oldin gullaydi,
barvaqt   meva   qiladi,   har   yili   ko‘plab   urug‘   tugadi,   urug‘i   ko‘karish   qobiliyatini
saqlamaydi.   Yaxshi   yetilgan   bir   yillik   novdasidan   qalamchalash   yo‘li   bilan
ko‘paytirish   mumkin.  Bu   daraxtning  ildizi   kuchli   rivojlangan   bo‘lib,  tuproqni   tez
quritadi.   Shuning   uchun   yaxshi   tartibga   solingan   bog‘larga   uni   ekish   tavsiya
etilmaydi. Natijada buning ildizi, so‘ngra yer usti tanasi batamom quriydi. 
33 2.5.Populus.
Baqa   terak.   Tik   o‘sadigan   bo‘yi   25-30   m   ga   yetadigan   katta   daraxt,
shoxshabbalari   piramidal   ko‘rinishda,   tana   va   shoxlarining   po‘stlog‘i   och   yashil
tusda,   silliq,   yaprog‘i   keng   tuxumsimon   ko‘rinishda,   sirti   yashil,   yaltiroq,   orqasi
xira oqish bazan deyarli  yalang‘och bo‘ladi. Terakning bu turi  shaharning chang-
to‘zon kabi sharoitlariga bardosh beradi. Tez o‘sadi, har qanday yerda o‘saveradi.
Bu daraxtdan ko‘klamzor barpo qilishda ko‘plab qo‘llash tavsiya etiladi [7,3
Oq terak -Populus alba . Bu terak bo‘yi 20-25 m ga yetadigan daraxt bo‘lib,
tana   po‘stlog‘i   och   kul   rangda,   mayda   shoxlari   oqish   namataksimon   tuk   bilan
qoplangan.   Ko‘klamda   barg   yozish   bilan   bir   vaqtda   gullaydi.   Urug‘i   may   oyida
pishadi. Buni ekkandan keyin 8-10 kunda ko‘karib chiqadi, tez o‘sadi. [37] 
Terakning   barglari   navbatma-navbat,   petiolate,   yuqori   yuzasi   yashil,   pastki   qismi
esa   oq   kiyim   bilan   qoplangan.   Xususan,   bu   daraxt   o‘zgaruvchan   yaproq
morfologiyasiga   ega;   ular   tishli   yoki   burchakli   yoki   burchakli   bo‘lishi   mumkin.
Chegarasi silliq yoki ular orasida bo‘shliqlar bo‘lgan yumaloq tishlar ham bo‘lishi
mumkin.   Xususan,   bu   daraxt   turlari   Boliviya,   Kanada,   Xitoy,   Kosta-Rika,
Salvador,   Gvatemala,   Gonduras,   Meksika,   Janubiy   Afrika   va   AQShda   mavjud.
Erga   nisbatan,   Populus   alba   tuproqning   har   xil   turlarida   o‘sadi,   lekin   doimiy
namlikni   talab   qiladi.   Ular,   ayniqsa,   ohakli   tuproqlarda   yaxshi   o‘sadi   va
sho‘rlangan tuproqlarda o‘smaydi. Oq terak turli xil daryo turlari bilan aralashgan
daryo tizimlari, buloqlar va o‘rmonlarni hosil qilish bilan bog‘liq hayot kechiradi.
34 2.6.Populus alba.
Jiyda  ( Elaeagnus  L. )  —  jiydadoshlar   oilasiga  mansub  daraxt  yoki  buta . Jan.
Yevropa ,  Markaziy  va  Sharqiy Osiyo ,  Shimoliy Amerikada  o sadigan 40 ga yaqinʻ
turi   bor.   O rta   Osiyo	
ʻ ,   xususan   O zbekistonda   jiydaning   qarg ajiyda.   (	ʻ ʻ e.
Angustifolia ;  yovvoyi   holda   o ʻ sadi ),  sharq   jiydasi  ( e. Orientalis ),  tikanakli   jiyda  ( e.
Pungens ),   kumushsimon   jiyda   ( e.   Argentea ),   non   jiyda   ( e.   Edulis )   turlari   o ʻ sadi .
Sharq   jiydasining   bargi   oddiy,   ensiz,   kumushrang   .   Daraxti   8–10   m,   shoxlari
siyrak,   tikanli   yoki   tikansiz.   Guli   ikki   jinsli,   sariq,   serasal,   xushbo y,   efir   moyli.	
ʻ
Mevasi   sarg ish,   mag izsiz  	
ʻ ʻ danakli ,   eti   31,2—88,7%,   unsimon,   xushxo r.	ʻ
Tarkibida 46—65%  qand, 10%  oqsil,  1,3%  kislota,  200 mg%  s  vitamini  mavjud.
Jiydaning   mevasi   yangiligida   yoki   quritib   iste mol   etiladi.   Mevasidan   spirt   va	
ʼ
kuchsiz   alkogolli   ichimliklar   tayyorlanadi.   Tabobatda   oshqozon-ichak
kasalliklarini   davolashda   ishlatiladi.   Yog ʻ ochidan   turli   xil   buyumlar   yasaladi ,
parfyumeriya   sanoatida ,  gulidan   efir   moy   olinadi .
Jiyda   qurg ʻ oqchilikka   chidamli ,   yer   osti   suvlari   yuza   va   sho ʻ r   tuproqlarda
ham   o ʻ saveradi .   Danagidan ,   ildiz   bachkisidan   va   qalamchasidan   ko ʻ payadi .
Ko ʻ chati   o ʻ tkazilgach , 3—5-  yili   hosilga   kiradi .  May—iyun oyida gullaydi, mevasi
sent.—okt.da pishadi. Bir tupi 50 kg gacha hosil beradi. Jiyda 60—80-yil yashaydi.
Non   jiyda   mevali   daraxt   sifatida   ekiladi,   o rta   bo yli   daraxt.   Sernam   yerlarda	
ʻ ʻ
yaxshi o sadi. Serhosil. Mevasi yirik, mazali, qizg ish-qo ng ir rangli. O zbekiston	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
35 o rmonchilik i.t. Institutida uning 20 ga yaqin navi ta riflangan (qizil jiyda, ra no,ʻ ʼ ʼ
urganch, xurmoy, toshkent deserti, cho li qandak, kizil qandak va b.). Hoz. Davrga	
ʻ
kelib   sanoat   ahamiyatini   yo qotdi.   O zbekiston,   tojikiston   va   ko pgina	
ʻ ʻ ʻ
mamlakatlarda ayrim tomorqa bog larida havaskorlar ekadi. Ko proq yo l yoqalari,
ʻ ʻ ʻ
kanal   bo ylari,   dala-ihota   o rmon   mintaqalari,   tashlandiq   yerlarga   ekiladi.	
ʻ ʻ
Tuproqni azot bilan boyitadi.
Xalq tabobatida jiyda mevasi yoki uning damlamasi  bolalarda  uchraydigan
ichketishga qarshi yaxshi davo hisoblanadi. Damlama nafas yo‘llari shamollaganda
ham tavsiya qilinadi. Bunday qaynatmalar oshqozon-ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Jiydadan qaynatma tayyorlash uchun, biror og‘
2.7. Elaeagnus l
Quyib,   mevadan   50   gramm   solinadi   va   biroz   qaynatib,   bir   soat   mobaynida
qo‘yib   qo‘yiladi.   So‘ngra   dokada   suziladida,   qaynatma   sharbatidan   kuniga
ovqatdan   keyin   2-4   mahal   2   osh   qoshiqda   ichiladi.   O‘simlik   mevalari   servitamin
bo‘lganligi   tufayli   ilmiy   meditsinada   kamqonlikda,   teri   qazg‘oqlanishida,   bo‘y
o‘smasligida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek jiyda mevalari organizmda
tuz-suv mutanosibligini saqlash uchun, odam nifikrlash qobiliyatini oshirish uchun
ham iste’mol qilinishi lozim.
Jiyda   oziq-ovqat   sanoatida   ham   kengishlatiladi.   Undan   kisel   va   tatimli
sharbatlar ( kompot ) tayyorlash mumkin. Sharq jiydasining quruq mevalari tuyulib
un   olinadi,   uni   non   va   boshqa   oziq-ovqat   mahsulotlariga   qo‘shib   iste’mol   qilish
mumkin.
36 Xurmo   ( Diospyros )—   xurmodoshlar   oilasiga   mansubsubtropik   daraxt   yoki
butalar   turkumi , ekiladigan  meva daraxti .  Tropik  va  subtropik mintaqalarda  500 ga
yaqin  turi  uchraydi.  Xitoy ,  Yaponiya ,  O rta dengiz bo yiʻ ʻ   mamlakatlari ,  Avstraliya ,
AQSH ,   Kavkaz ,   O rta Osiyoda	
ʻ   ekiladi. Mevasi  uchun, asosan,  sharq X., sovuqqa
chidamli   virginiya   X.si   ( D.   virginiana ),   shuningdek,   Kavkaz   X.si   ( D.   lotus )
o stiriladi.  	
ʻ O zbekistonda   ekiladigan   sharq   X.si   (	ʻ D.   kaki   Tpip. )ning   vatani   —
Xitoy. Daraxti  8–12 m, chiroyli, shoxshabbasi  dumaloq yoki  piramidasimon. 100
—400   yil,   ba zan   undan   ham   ko proq   yashaydi,   lekin   50—   60   yilgacha   yaxshi
ʼ ʻ
meva beradi. X. —15, —20° gacha sovuqqa chidaydi, yorug sevar o simlik. 	
ʻ ʻ Bargi
yirik   tuxumsimon,   usti   to q   yashil,   orqasi   tukli,   ketmaket   joylashgan,   to kilish	
ʻ ʻ
oldidan qizg ish rangga kiradi.	
ʻ
Guli   bir,   ba zan   ikki   jinsli.   Aprel   —   mayda   gullaydi,   oktabr   —noyabrda	
ʼ
pishadi.   Mevasi   turli   shakdda   (500   g   gacha).   Xurmo   tarkibida   qand ,   S   vitamini,
protein , temir  tuzlari,   oqsil ,   oshlovchi   moddalar   va  boshqa  bor. Mevasi   2 —3  oy
sakdanadi,   yangiligida   hamda   quritilgan   holda   iste mol   kilinadi,   qandolatchilik	
ʼ
sanoatida   ishlatiladi,   likyor,   vino,   jem   tayyorlanadi.   Xurmo,   asosan,   payvandlash
yo li   bilan   ko paytiriladi.   Ko chati   kuzda   yoki   bahorda   8x6   va   6x6   m   sxemada	
ʻ ʻ ʻ
ekiladi.   Q umli ,   shag alli	
ʻ   sho r yerlarni yoktirmaydi. 3—4yili hosilga kiradi, 10—	ʻ
12 yoshida to liq hosil  bera boshlaydi. Bir  tup daraxti  250 kg gacha hosil beradi.	
ʻ
O suv   davrida   yer   sharoitiga   qarab   10   —12   marta   sugoriladi;   o g itlanadi,   atrofi	
ʻ ʻ ʻ
yumshatib   turiladi.   Xurmoning   O zbekistonda   tarkalgan   va  	
ʻ Surxondaryo ,
shuningdek,  Navoiy ,  Namangan ,  Samarqand viloyatlari  uchun rnlashtirilgan asosiy
navlari  — Vaxsh, Xiakume, Zendjimaru, Tojikiston, va boshqa
Malina ,   (Rubus)   —   ra noguldoshlar   oilasi   rubus   turkumiga   mansub   ko p	
ʼ ʻ
yillik chala butalar; rezavor meva. M.ning 120 yovvoyi turi bo lib, Yevrosiyoning	
ʻ
mo tadil   va   subtropik   mintaqalarida   keng   tarqalgan.   M.ning   madaniy   navlari	
ʻʼ
oddiy   yoki   qizil   (R.idaeus),   dag al   tukli   yoki   amerika   M.si   (R.strigosus),   g arbiy	
ʻ ʻ
yoki   maymunjonsimon   M.   (R.occidentalis)   va   boshqa   turlari   uchraydi.   O rta	
ʻ
Osiyo,   Sharqiy   Sibir,   Uzoq  Sharq,  AQSH   va   Yevropa   mamlakatlarida   o stiriladi.	
ʻ
Ildizi   ko p   yillik,   poyasi   ikki   yillik.   Butasi   balandligi   1   —   1,5   m,   barglari   toq	
ʻ
37 patsimon,   murakkab,   ketma-ket   joylashgan.   Gullari   ikki   jinsli,   o zidanʻ
changlanadi. Mevasi qizil, ba zan sariq. O zbekistonda may oxiri — iyun boshidan	
ʼ ʻ
pisha   boshlaydi,   remontantli   (bir   mavsumda   qayta   yoki   ko p   marta   gullab,   hosil	
ʻ
beradigan)   navlari   avgustning   2-yarmida   ikkinchi   marta   meva   tugadi.   Mevasi
tarkibida   5,7—11,5%   qand,   1—2%   organik   kislotalar,   9,1   –   44   mg%   S   vitamini
hamda V guruhi vitaminlari, karotin, xushbo y moddalar mavjud. Mevasi, asosan,	
ʻ
yangiligida   yeyiladi,   konserva   sanoatida   qiyom,   jem,   sharbatlartayyorlanadi.
Quritilgan mevasi  (damlamasi) tibbiyotda terlatuvchi  dori  sifatida, sharbati suyuq
dorilar ta mini yaxshilashda ishlatila	
ʼ
2.3. Tadqiqot uslublari
O‘simliklar   organlarining   morfologik   tuzilishi   va   fenologik   kuzatishlari
I.N.Beydeman [7] ,   G.E. Shuls [10 6 ] usuli yordamida olib borildi. Bunda o‘simlik
vegetasiyasining   boshlanishi,   g‘unchalash,   gullash,   mevalash,   meva   yetilishining
boshlanishi, to‘liq yetilish muddatlari aniqlandi.
Samarqand   shahri   Chashma   arig‘i   ichidagi   va   atrofidagi   o‘simliklarni   sinf,
oila,   tur   va   turkumlarini   aniqlashda,   A.   Ҳамидов,   М.   Набиев,   Т.   Одилов
«Ўзбекистон ўсимликлари аниқагичи»[50]. dan foydalanildi.
Fenologik kuzatishlar Beydeman uslubidan foydalanildi. Bular o‘z navbatida
turni qaysi iqlim sharoitida o‘stirish va ulardan qanday foydalanish imkoniyatlarini
ko‘rsatib   beradi.   Fenologik   kuzatishlar,   meteorologik   ma’lumotlar   bilan
to‘idiriladi, bu esa yillik o‘zgarishlarni to‘g‘ri izohlash imkonini beradi. 
38 3-BOB. Tadqiqot natijalari.
3.1. “Chashma” arig‘i florasining taksonomik tahlili.
O’simliklar   olami   anorganik   moddalardan   organik   moddalarni   hosil
qiluvchi,   qayta   tiklash   mumkin   bo’lgan   tabiatning   mo’jizaviy   organizmi   bo’lib,
modda   almashinuvida   boshlang’ich   bo’g’im   hisoblanadi.   Inson   uchun   kerakli
bo’lgan   moddiy   boylik,   ya’ni   oziq-ovqat,   kiyim-kechak,   yoqilg’i-energiya   hamda
qurilish   materiallari   asosan   o’simlik   mahsulotlaridir.   Ular   asosan   fotosintez
jarayonida hosil bo’ladi. Shuning uchun o’simliklarni insonlarni turli ehtiyojlarini
qondiruvchi   asosiy   tabiiy   resurslar   sifatida   ta’riflaymiz.   Tabiatda   uchraydigan
o’simliklarning   2500   dan   ortiq   turi   insonlar   tomonida   foydalaniladi.   Ularning
ko’pchiligi madaniylashtirilgan. Bularga bug’doy, arpa, sholi, jo’xori, olma, uzum,
nok,   piyoz,   sabzi   va   boshqalar   kiradi.   Insonlar   tomonidan   foydalaniladigan
madaniy o’simliklarning umumiy soni 2,5 ming yoki, Yer yuzidagi o’simliklarning
10 % ni tashkil etadi. Inson hayoti uchun oziq-ovqat manbaini hosil qilishda 20 ta
o’simlik turi va ularning yuzlab navlari qatnashadi. Ularga bug’doy, sholi, no’xat,
qovun,  tariq,  paxta,   uzum,  kartoshka,  olma  va  boshqalar   kiradi,  Yer   yuzidagi  6,5
mlrd.   aholini   oziq-ovqat   bilan   ta’minlash   uchun   har   yili   1,2   mlrd   tonna   g’alla
kerak.  Insonning och qolmasligi uchun esa har bir odam hisobiga 0,6  ga  yerga ekin
ekib   hosil   olish   kerak.   O‘simliklar   murakkab   tuzilishga   ega   bo‘lgan   jonli   tabiiy
kimyoviy   laboratoriya   bo‘lib,oddiy   noorganik   moddalardan   murakkab   organik
moddalar   yoki   birikmalarni   yaratish   qobiliyatiga   ega.   Dunyo   miqyosida   ko‘plab
tabbiy suv havzalarining taboro kamayib borishi   ulkan sho‘rlangan cho‘l zonalari -
qumbarhanlarini  hosil  qiladi. Bu  esa  shu hududda o‘suvchi  o‘simliklarning tabiiy
florasiga   o‘z   tasirini   ko‘rsatmay   qolmaydi.   Ushbu   hududda   tarqalgan   o‘simliklar
dorivor   ahamiyatidan   tashqari,   xalq   xo‘jaligida   katta   ahamiyatga   ega.   Ushbu
o‘simliklar noqulay tabiiy sharoitlarga, qiyin ekologik vaziyatga moslashib ketgan
va   shunga   mos   ravishda   stressli   vaziyatlarga   moslashishga   imkon   beradigan
fiziologik   faol   birikmalar   mavjud.   Bugungi   kunda   asosiy,   an’anaviy
foydalaniladigan o‘simliklardan tashqari yangi, serhosil, ozuqaviy moddalarga boy
va dorivor o‘simliklarni o‘rganish dolzarb vazifa hisoblanadi. 
39 Ushbu   mavzu   bo‘yicha   tadqiqot   ishlari   2021-2022   yillar   davomida
Samarqand   shahri   “Chashma”   arig‘i   suv   havzasida   o‘tkazildi.   Bu   ariq   shahar
o‘rtasidan   oqib   o‘tgan.So‘nggi   yillarda   aholi   tamonidan   ariq   suviga   ko‘plab
chiqindilar   tashlanishi,   oqova   suvlarining   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   ariq   suviga   oqizilishi
oqibatida ariq  atrofi  va  ariq suvi   judayam   achinarli   ahvolga  kelib qolgan.  Bu  esa
atrof –muhit ekologiyasiga qolaversa ariq atrofida o‘suvchi o‘simliklarga ham o‘z
tasirini o‘tkazmoqda. 
Tadqiqotlar  davomida  Chashma   arig‘i  ichidagi  va  atrofidagi  o‘simliklardan
gerbariy materiallari terildi, geobotanik tavsiflanishlar o‘tkazildi. Ikki yil davomida
o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida ilk bor bir qator ma’lumotlar to‘plandi; o‘simlik
turlari aniqlandi, Chashma arig‘i suvining kimyoviy tahlili tekshirildi. Aniqlangan
o‘simliklar   hayotiy   shakllari   va   turli   biologik   tiplari   ko‘rsatildi.   “   Chashma”
arig‘ida olib borilgan tadqiqotlar natijasida 50 ga yaqin yuksak o‘simliklar turlari
aniqlandi.
Alohida   bir   hududning   florasini   har   tomonlama   o‘rganish   shu   hudud
turlarining   to‘liq   tarkibini,   shu   bilan   bir   qatorda   kamyob   va   kamayib   borayotgan
turlarini   aniqlash   va   ulardan   samarali   foydalanish   imkonini   beradi.   Tabiatda
antropogen   va   texnogen   omillar   ta’sirining   kuchayishi   va   buning   natijasida
ekologik   sharoitning   keskinlashuvi   o‘simliklar   qoplamining   sezilarli   darajada
o‘zgarishiga olib kelmoqda [1, 2]. 
Ayniqsa   aholining   tabiiy   manbalarga   bo‘lgan   ehtiyojining   kun   sayin   ortib
borishi   va   ulardan   foydalanishning   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yilmaganligi   natijasida
o‘simliklar   florasining   inqirozga   uchrash   holatlari   kuzatilmoqda   va   bu   jarayon
Respublikamiz   bo‘ylab   juda   keng   hududlarini   egallamoqda.   Turlarning   tarqalishi
va populyasiyalarning hozirgi  holati  haqida ma’lumotlar  yangi  tadqiqotlarni  talab
etadi.   O‘simlik   dunyosi   ob’ektlarini   muhofaza   qilish,   davlat   kadastrini   yuritish,
biologik   xilma-xilligini   saqlash   va   undan   oqilona   foydalanishga   katta   e’tibor
kunsayin ortib bormoqda. Mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan dasturiy chora-
tadbirlar asosida muayyan natijalarga, jumladan, mahalliy floralarning tur tarkibini
40 aniqlash, ularni tabiiy o‘sish sharoitida saqlab qolish va muhofaza qilish, o‘simlik
xom   ashyosi   zaxiralarini   aniqlash   hamda   yo‘qolib   ketish   xavfi   ostida   bo‘lgan
o‘simlik   turlarining   kolleksiyalarini   barpo   qilish,   kamyob   va   endem   turlarni   tur
tarkibini   aniqlash  va  ularning  tarqalish  haritalari  tuzish  singari   muhim   natijalarga
erishildi[3]. 
Samarqand   shahar   Chashma   arig‘iga   mahalliy   chiqindilarni   chiqarilishi
tabiatga,   shu   jumladan   o‘simliklar   olamiga   ham   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatmoqda.
Hududda aholi  sonining oshib  borishi  bilan tabiiy landshaftlarning o‘zlashtirilishi
ham kuchayib bormoqdaki, bu nafaqat alohida turlar, balki o‘simlik jamoalarining
ham qisqarishi va yo‘qolib borishiga olib kelmoqda. 
Shamarqand   shahar   Chashma   arig‘i   florasi   o‘rganilganida   50   ga   yaqin   tur
o‘simliklar aniqlandi.
Samarqand shahri “Chashma” arig‘i ichidagi 
va atrofidagi o‘simliklar ro‘yxati.
3.1. jadval
 ILMIY NOMI LOTINCHA
NOMLANISHI O ILASI
1 Tugmachagul Malva neglacta Malvaceae
Gulhayridoshlar
2 Zupturum Plantogo lanceolate Р lantaginaceae 
Zupturumdoshlar
3 Ituzum S о lanum nigrum Solanaceace
Ituzumdoshlar
4 Yovvoyi sutcho‘p Lactuca serriola Asteraceae
Qoqidoshlar
5 Qo‘ypechak Convolvulus
arvensis Convolvulaceace
Pechakdoshlar
6 Oq tol Salix Alba Salicaceae 
Toldoshlar
7 Ajriq Cynodon dactylon Poaceae
Bug‘doydoshlar
8 Otquloq Rimex crispus Polygonaceae
Torondoshlar
9 Sassiq sho‘ra Chenopodium Chenopodiaceae
41 vulvaria Sho‘radoshlar
10 Temir tikan Tribulus  terrestris Zydophyllaceae
Tuyatovondoshlar
11 Oq sho‘ra Chenopodium
album Chenopodiaceae
Shoradoshlar
12 Poliz semiz o‘t Portulaca oleracea Portulacaceae
 Semizo‘tdoshlar
13 Suv qalampir   Polygonum
hydropiper Polygonaceae
Torondoshlar
14 Qora terak Populous nigra Salicaceae 
Toldoshlar
15 So‘ gal qayini Betula verucosa Betulacea
Qayindoshlar
16 Tut (oq) Morus alba  Moraceae
Tutdoshlar
17 Shotut Morus nigari Moraceae
Tutdoshlar
18 Oddiy oqkarrak Onopоrdum
acantium Asteraceae
Qoqidoshlar
19 Suvpiyoz Butomus   allium Butomaceae
Suvpiyozdoshlar
20 Janubiy qamish Phragmites australis Poaceae
Bug‘doydoshlar
21 Bir yillik qo‘ng‘irbosh Poa annua  Poaceae
Bug‘doydoshlar
22 Eman Querques robus Betulaceae
Qayndoshlar
23 O‘rmalovchi kakra, Acroptilon   repens Asteraceae
Qoqidoshlar
24 Sohta kashtan Aescueus
hippocastanum Hippocastanaceae
Kashtandoshlar
25 Oddiy qulmoq Humuls lupulus Moraceae
Tutdoshlar
26 Dala bo‘ztikoni Sonchus arvensis Asteraceae
Qoqidoshlar
27 Namatak Rosa canina Rosaceae
Ranodoshlar
28 Dala qirqbo‘ g‘imi Equisetum arvense Equsetaceae 
Qirqbo‘g‘imdoshlar
29 Yovvoyi arpa Hordeum
spontaneum Poaceae
Bug‘doydoshlar
30 Qorakurmak Echinochoa   crus-
galli Boshoqdoshlar
31  Shuvoq  Artemisia annua  Acteraceae
42 Qoqidoshlar
32 Malina   Rubus idens  Rosaceae
Ranodoshlar
“ Chashma”   arig‘i   florasi   o‘rganilganda   bu   yerda   50   ga   yaqin   turlar
aniqlandi. Aniqlangan   turlardan   20   ga   yaqini   dorivor   o‘simliklardi r.   Olingan
ma’lumotlarga   qaraganda   qadimda   halq   tabobatida   bu   o‘simlik   turlaridan
tibbiyotda foydalanib kelingan.
3.2. Samarqand shahar “Chashma” arig‘ida o‘suvchi dorivor o‘simliklar.
Hozirgi vaqtda dorivor preparatlarning 60% dan ko‘prog‘i tabiiy o‘simliklar
xomashyosiga   to‘g‘ri   keladi.   Demak,   dorivor   o‘simliklarni   introduksiya   qilish,
mahalliy   florada   mavjud   bo‘lgan   turlarni   muhofaza   qilish   hamda   ularni
ko‘paytirish,   mahalliy   dori-darmon   ishlab   chiqarishni   rivojlantirishdagi   muhim
vazifalar qatoriga kiradi [89].
Abu   Ali   ibn   Sinoning   “Tib   qonunlari”   asarida   jami   590   ga   yaqin   dorivor
o‘simliklar nomi tilga olingan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar davomida
ularning   soni   520   dan   ortiq   ekanligi   aniqlandi.   Ulardan   178   turi   O‘zbekiston
hududida   o‘sishi   hamda   110   turi   yovvoyi   holda,   68   turi   madaniy   holda   o‘sishi
aniqlangan [88, 98].
Dorivor o‘simliklar va ularning shifobaxsh xususiyatlari to‘g‘risida qadimgi
Rim   qomusiy   olimi   Selsa   eramizdan   avvalgi   I   asrda   bergan   ma’lumotida,
o‘simliklarning ayrimlari kishilarni o‘ldirsa, ayrimlari ularga kuch-quvvat berishini
ko‘rsatgan.   “Avesto”   esa   yuzdan   ortiq   o‘simliklarning   shifobaxsh   xususiyatlarga
ega   ekanligini   ko‘rsatadi.   Uning   ma’lumotiga   ko‘ra,   isiriq   -   tinchlantiruvchi,
umumiy quvvatlantiruvchilarga - uzum, mevalar, shakarqamish kabilarni ko‘rsatib
o‘tadi.   SHular   qatorida   dezinfeksiyalovchi   o‘simliklarga   -   piyoz,   sarimsoq
piyozlarni   keltiradi.   SHunday   qilib,   o‘simliklar   yordamida   davolash   va   ulardan
foydalanish rivojlanib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, o‘simliklar bilan davolash,
turli   malhamlar   tayyorlash   va   turli   gigienik   krem,   odekolon   va   boshqalarni
tayyorlash   ham   ortib   bormoqda.   Natijada   davolashning   xalq   tabobati,   an’anaviy
tabobat   va   ilmiy   tibbiyotda   ishlatilib   kelinayotgan   shifobaxsh   o‘simliklarga
bo‘lgan talab so‘nggi yillarga kelib yanada ortdi [77]. Bu esa ayrim tabiatda kam
43 tarqalgan   o‘simliklarning   yo‘qolib   ketish   xavfini   yanada   oshirmoqda.   Buni
O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning 1998 yilgi nashrida 301 tur, kiritilgan,
2006   yilgi   nashrida   zamburug‘lar   bilan   305   tur,   2009   yilgi   nashrida   esa   324   tur
kiritilganligidan   ham   bilsa   bo‘ladi   [91,   92,   93].   O‘zbekiston   Respublikasi
mustaqillikka   erishgan   dastlabki   yillardayoq,   tabiatni   muhofaza   qilish   to‘g‘risida
qonunlar chiqarildi. 
Hozirgi   kunda   O‘zbekiston   florasida   4344   tur   [96]   yuksak   o‘simliklar
tarqalgan.   Professor   X.X.   Xolmatovning   bergan   ma’lumotiga   ko‘ra,   4500   turdan
577 tur o‘simliklar insonlar  hayotida shifobaxsh  xususiyatga ega ekanligi  alohida
qayd   etilgan.   Bu   o‘simliklar   qadimdan   tabiblar   tomonidan   ishlatilib   kelinadi   va
ko‘pgina qadimiy manbalarda keltirilgan [97].
XX   asrga   kelib   ilmiy   qarashlar   va   ilmiy   tadqiqotlar   ko‘payishi   natijasida
dorishunoslik   alohida   fan   sifatida   rivojlana   boshladi.   O‘simliklarning   ilmiy
nomlari,   ularning   to‘liq   morfologik   va   anatomik   tuzilishlari,   geografik   tarqalishi,
kimyoviy   jihatlari   va   bioekologik   xususiyatlari   to‘liq   o‘rganila   boshlandi.
O‘simlikdan ajratib olingan moddalar  farmakologik jihatdan o‘rganilishi  bilan bir
qatorda   uning   toksikologik   jihatlari   ham   o‘rganila   boshlandi.   Ayniqsa,
O‘zbekistonning   dorivor   o‘simliklarini   o‘rganish   bo‘yicha   qator   10   yilliklar
davomida   O‘zR   FA   Botanika   institutida   Q.   Xojimatov   [99]   tomonidan   keng
qamrovli ilmiy ishlar olib borilgan. 
Biz   tadqiqot   olib   borgan   Samarqand   shahri   ”Chashma   “   arig‘i   ichida   va
atrofida o‘suvchi 20 ga yaqin dorivor o‘simliklar borligi aniqlandi. 
Abu   Ali   ibn   Sinoning   “Tib   qonunlari”   asarida   jami   590   ga   yaqin   dorivor
o‘simliklar nomi tilga olingan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar davomida
ularning   soni   520   dan   ortiq   ekanligi   aniqlandi.   Ulardan   178   turi   O‘zbekiston
hududida   o‘sishi   hamda   110   turi   yovvoyi   holda,   68   turi   madaniy   holda   o‘sishi
aniqlangan [88, 98].
Samarqand shahar chashma arig‘i bo‘yida dorivor o‘simliklari
3.2. jadval
№ Turning   nomi Oila   nomi Xayotiy foydalani-
44 (lotincha,
o‘zbekcha) (lotincha,
o‘zbekcha) shakli
ladigan qismi
1 Acorus calamus  L.-
Igir Acoraceae -
Igirdoshlar  Ko‘p yillik Yer   ustki
qismidan
2 Urtica dioica L-
Qichitqi o‘t Urticaceae
Gazandadoshlar Ko‘p yillik Yer   ustki
qismidan
3 Malva neglacta L-
Tugmachagul Malvaceae
Gulhayridoshlar Ko‘p yillik Yer   ustki
qismidan
4 Cnicus   benedictus
L.-Sariq
qushqo‘nmas. Asteraceae   -
Qoqio‘tdoshlar   Bir yillik Yer   ustki
qismidan
5 Equisetum   arvense
L.-   Dala
qirqbo‘g‘imi   Equisetaceae   -
Qirqbo‘g‘indoshlar  Ko‘p yillik Yer   ustki
qismidan
6 Cichorium intybus L.
- Sachratqi Asteraceae   -
Qoqio‘tdoshlar Ko‘p yillik Yer   ustki
qismidan
7 Melilotus   officinalis
Dest.   -   Dorivor
qashqarbeda Fabaceae -
Burchoqdoshlar Ko‘p yillik Yer   ustki
qismidan 
8 Mentha   asiatica
Boriss.   -   Osiyo
yalpizi Labiatae -
Labguldoshlar Ko‘p yillik Yer   ustki
qismidan
9 Polygonum   scabrum
Moench.-   Dag‘al
toron Polygonaceae-
Torondoshlar Bir yillik Yer   ustki
qismidan
10 Capparis spinose-
Tikonli kovul Capparaceae-
Kovuldoshlar Ko‘p yillik Ildizi   va   yer
ustki qismi
45 11 Plantago   major   L.-
Yirik   bargli
zubturum Plantaginaceae -
Zupturumdoshlar Ko‘p yillik Barglari
12 Plantago   lanceolata
L.   -   Nashtarbargli
zubturum. Plantaginaceae-
Zupturumdoshlar Ko‘p yillik Yer   ustki
qismidan
13 Polygonum
hydropiper  L. -
Suvqalampiri Polygonaceae -
Torondoshlar Bir yillik Yer   ustki
qismidan
14 Elaeagnus L-
Jiyda Elaeagnaceae-
Jiydadoshlar Daraxt Mevasi
15 Rumex-
Otquloq Polygonaceae-
Torondoshlar Ko‘p yillik Ildizi, yer ustki
qismidan
16  Morus alba-
Tut Moraceae-
Tutdoshlar Daraxt Mevasi
17 Rosa   canina   L.   -
Namatak Rosaceae -
Ranodoshlar Buta Mevalaridan
foydalaniladi.
18 Rubus   anatolicus
Focke. - Maymunjon Rosaceae -
Ra’nodoshlar Buta  Mevalari 
19 Rumex aquaticus  L. -
Suv otqulog‘i Polygonaceae -
Torondoshlar Ko‘p yillik Yer   ustki
qismidan
20 Taraxacum   officinale
Web.   -   Dorivor
qoqio‘t.  Asteraceae   -
Qoqio‘tdoshlar   Ko‘p yillik Ildizidan
Jadvaldagi   ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki   Samarqand   shahar   chashma
arig‘i   bo‘yida   o‘sadigan   dorivor  o‘simliklardan   Asteraceae   va   Rosaceae   oilasining
46 vakillari   turlar   soni   bo‘yicha   boshqa   oilalarga   nisbatan   ustunlik   qilganini   kuzatdik.
Chashma   arig‘i   bo‘yida   o‘sadigan   dorivor   o‘simliklarning   82   %   ini   yer   ustki
qismlaridan   dorivorlik   maqsadlarida   foydalanib   kelinadi.   Xayotiy   shakliga   ko‘ra
74 % i ko‘p yillik o‘simliklar ekanligi aniqlandi.
Jadvaldagi   ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki   Samarqand   shahar   chashma
arig‘i   bo‘yida   o‘sadigan   dorivor   o‘simliklardan   Asteraceae va   Rosaceae   oilasining
vakillari   turlar   soni   bo‘yicha   boshqa   oilalarga   nisbatan   ko‘proq   ekanligini   ko‘rish
mumkin.   Oilalar   kesimida   turlar   foyizi   quyidagichani   tashkil   etadi:   Asteraceae,
Polygonaceae   va   Rosaceae   13.63%,   Poaceae   va   Plataginaceae   9.09%   ,   Acoraceae,
Alismataceae,   Equisetaceae,   Fabaceae,   Labiatae,   Brassicaceae   va   Potamogetonaceae
4.54%   ni   tashkil   qilganini   kuzatdik.   Chashma   arig‘i   bo‘yida   o‘sadigan   dorivor
o‘simliklarning 82 % ini yer ustki qismlaridan dorivorlik maqsadlarida foydalanib
kelinadi.   Xayotiy   shakliga   ko‘ra   bir   yillik   o‘simliklar   18.2%   ,   ko‘p   yillik
o‘simliklar 72.7%, butalar 9.1% 74 % ni tashkil etishini ko‘rdik.
3.8. Acorus   calamus   L
47 Igir   –   Acoraceae   oilasiga mansub  ko‘p yillik o‘t, balandligi  60-120 sm  ga
etadi,   gorizontal,   egri-bugri   ildizpoyali,   (uzunligi   1,5   m   gacha   va   qalinligi   3   sm
gacha)   ko‘p   sonli   oq   chilvirsimon   qo‘shimcha   ildizlarga   ega.   Ildizpoya   barg
qinining   qoldiqlari   bilan   qoplangan,   sarg‘ish-yashil,   deyarli   qo‘ng‘irrang,   ichki
qismi pushti tusli oq rangga ega. Barglari ketma-ket joylashgan, ikki qatorli, yorqin
yashil rangda, ildizpoyaning shoxlangan asosida tutam bo‘lib joylashgan.
Barglar   va   ayniqsa   ildizpoyalar   kuchli   yoqimli   hidga   ega.   To‘pgul   etdor,
uchki,   silindrsimon-konusli,   yon   tomonga   burilgan   so‘tasi   4-12   sm   uzunlikda.
Gullari   mayda,   yashil-sarg‘ish,   ikki   jinsli.   Mevasi   –   cho‘zinchoq,   ko‘p   urug‘li
rezavor   meva.   Juda   kamdan-kam   gullaydi,   may   oyining   oxiridan   iyul   oyigacha.
Tibbiyotda ig‘irning ilidzpoyalari qo‘llaniladi.
O‘zbekistonda   igir   invaziv   tur   bo‘lib,   Samarqand   viloyati   hududida,
Zarafshon   daryosining   uzanlarida   uchraydi.   Igir   bu   qirg‘oq-suvli   o‘simlik.   U
turg‘un   va   asta-sekin   oqayotgan   suvlardagi   balchiqli   va   allyuvial   tuproqlarda,
daryolar, anhorlar, ko‘llar, havzalarning qiyalama qirg‘oqlarida, botqoqli joylarda
o‘sadi.   Daryolar   va   suv   havzalaridagi   suv   sathining   yoki   tuproq   namligining
o‘zgarishi   ig‘ir   chakalaklarining   tez   yo‘qolishiga   olib   keladi.   Atrof   muhitning
gidrologik   rejimining   o‘zgarishiga   bunday   ta’sirchanligi   sababli   ig‘ir   odatda   suv
havzalari   bo‘ylab   5-7   m   kengligida   lentaga   o‘xshash   chakalaklarni   hosil   qiladi
Uning sof chakalaklarining maydoni bir  necha o‘nlab kvadrat  metrdan oshmaydi.
Hozirgi   vaqtda   ig‘ir   sof   chakalaklari   kam   uchraydi,   chunki   bu   o‘simlik   xom
ashyosi   yig‘iladigan   ob’ekt   hisoblanadi.   Bunday   xom   ashyosining   yig‘ilishi
oqibatida   sof   chakalaklar   o‘rniga   aralash   chakalaklar   hosil   bo‘ladi,   keyinchalik
ig‘ir qamish va boshqa o‘simliklar tomonidan siqib chiqariladi.
Qirqbo‘g‘im- sporali   ko‘p   yillik   o‘tsimon   o‘simlik.   Ildizpoyasi   uzun,
qo‘ng‘ir-qoratusda   bo‘lib,   ingichka-ingichkaildizlar   chiqaradi   va   yakkama-
dukkamto‘ganaklar   kosil   qiladi.   Poyalari   ko‘p   shoxlanmaydi,   kulrang-pushtiroq
rangda   bo‘ladi.   Sporalari   yetilib,   sochilib   ketganidan   keyin   spora   hosil   qiladigan
poyalaritez   orada   qurib   ketadi,   keyin   bo‘g‘im-bo‘g‘im   bo‘lib,   to‘g‘ri   o‘sadigan
bo‘yi   50   sm   gacha   boradigan   ko‘k   poyalari   paydo   bo‘ladi.   Sporalari   dumaloq
48 shaklda,yashilroq   tusda   bo‘lib,   aprel-may   oylarida   yetiladi.   Qirqb’g‘im   o‘tidan
saloninlar,alkaloidlar,katronmoddalri,   achchiq   moddalar,   organik   kislotalar   va
boshqa mod dalar, birmuncha miqdor, karotin va C vitamini bor.  
Xalq   tabobatida   qirqbo‘g‘im   o‘ti   qon   ketishiga   qarshi   qadimdan   ishlatib
kelinadi.   Bachadondan   qon   ketayotgan   mahalida,   qon   aralash   ichketar   paytida,
vabosil   kasallikgida   hakimlar-qiqbo‘g‘imdan   tayyorlangan   dorilarni   buyurishadi.
Bu   o‘simlik   o‘pka   sili,   me’da-ichak   kasalliklarida   davo   bo‘ladi,   qovuq   va   o‘t
pufagidagi toshlarni tushirish uchun yordam beradi. Ibn Sino bu o‘simlikning suvi
qon ketishga yaxshi davo bo‘lib, yara va jarohatlarningbitib ketishini tezlashtiradi,
jigar, me’da kasalliklarida  foyda qiladi. Sharobga aralashtirib ichilsa, qon aralash
ichketarga   yaxshi   davo   bo‘ladi.   Qirqbo‘g‘im   o‘simligining   foydali
tomonlari:surunkali   yo‘talga,   ayniqsa   qo   aralash   balg‘am   bo‘lganda,   ko;krak
og‘rig‘ida,   nafas   qisishida,   qovuq   kasalliklari   va   ulardagi   yaralarda   juda   yaxshi
yordam beradi. xalq tabobatida, jigar va o‘t yo‘llaridagi tosh hosil bo‘lganda, o‘pka
sili, moddalar almashinuvinibuzilganida, uzoq vaqt bitmaydigan yiringli yaralarda
ishlatiladi.
Sachratqi ,   oddiy   sachratqi   (Cichorium   intybus   L.)   —
murakkabguldoshlarga mansub ko p yillik betona o t. Poyasi  shoxlanadi, serbarg,ʻ ʻ
bri   30—130   sm,   pastki   kismi   oq   tukli.   Barglari   ketma-ket   joylashgan.   Gullari
havorang, barg qo ltiqlarida kalta gulbandda tuptup bo lib, poya uchida esa yakka	
ʻ ʻ
savatchasimon   to pgulga   yig ilgan.   Ildizi   o q   ildiz,   tuproqqa   1,5   m   chuq.   gacha
ʻ ʻ ʻ
kiradi.   S.   ildizida   20%   gacha   inulin   bor   (Yevropa   mamlakatlarida   dorivor   ekin
sifatida   ekiladi).   Mart—mayda   o sa   boshlaydi,   iyul—okt.gacha   gullaydi   va	
ʻ
mevalaydi.   Urug idan   ko payadi.   Asosan,   sug oriladigan   ekinlar   orasida	
ʻ ʻ ʻ
(bedazorlarda  juda  ko p)   uchraydi.  Shuningdek,  tashlandiq   yerlar,  yo l,  dala,  ariq	
ʻ ʻ
yoqalari,   bog larda   o sadi.   Zararkunandalarga   makon.   Xalq   tabobatida   oftob	
ʻ ʻ
urganda   va   sachrama   toshmalarni   davolashda   poyasi   kaynatmasi   va   kulidan
foydalaniladi.   Kurash   choralari:   beda   urug ini   tozalash,   paxta   va   boshqa   chopiq	
ʻ
qilinagan   Ildiz   sharbatidan   ishtahani   ochadigan,   oshqozonichak   faoliyatini
yaxshilaydigan   doridarmon   sifatida   foydalangan.   Jigar   va   sariq   kasalini,   chipqon
49 hamda   teridagi   dog‗larni   ketkazishda   qo‗llangan.   Chexoslovakiyada   sachratqini
qand   lavlagi   singari   ekib,   sikoriya   degan   kofe   va   choy   tayyorlash   uchun   zarur
bo‗lgan   modda   oladilar.Sachratqi   ildizida   5565%   inulin,   furuktoza,   1020%
levuloza, 0,6% yog‗ hamda B, vitamin bor. Bargida esa yog‗, inulin, shakar, azotli
moddalar, kalsiy, kobalt, temir elementlari hamda vitamin C, B va karotin bo‘ladi.
Dorivor   qashqarbeda   (sanqbeda)   -   Melilotus   Officinalis   Descr.
dukkakdoshlar -  Fabaceae  oilasiga kiradi. Ikki yillik, bo‘yi 50100 sm ga (ba’zan 2
m ga) etadigan o‘t   о   ’simlik. Ildizi sershox, o ’qildiz. Poyasi bitta yoki bir nechta,
qirrali   bo‘lib,   yuqori   qismi   shoxlangan.   Bargi   uch   plastinkali   murakkab   barg,
poyada   bandi   bilan   ketmaket   o‘mashgan.   Bargchasi   teskari   tuxumsimon,
tuxumsimon   yoki   cho‘ziq   lansetsimon,   tekis   qirrali   yoki   mayda   arrasimon-
tishsimon   qirrali   va   tuksiz   bo‘lib,   uzunligi   3   sm.   Bargda   ingichka ,   tekis   qirrali
qo‘shimcha   bargchalar   bor.   Gullari   mayda,   sariq,   shingilga   to‘plangan.
Gulkosachasi   yarmigacha   uchburchak   lansetsimon   shaklda   5   bo‘lakka   qirqilgan.
Gultojisi   kapalakguldoshlarga   xos   tuzilgan.   Otaligi   10   ta,   shundan   bittasi
birlashmagan, qolganlari birlashgan. Onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan.
Mevasi   -   tuxumsimon,   ko‘ndalangiga   burishgan,   kulrang   tusli,   tuksiz,   bir   urug‘li
dukkak.lyun-sentyabr oylarida gullaydi, urug‘i esa avgust oyidan boshlab yetiladi
3.9.Melilotus Officinalis Descr.
Osiyo   yalpizi   yoki   yalpiz.   (Mentha   Asiatica   Boriss   L.)   Yalpizdoshlar
(Lamiaceae Lindl) oilasi vakilaridan bo‘lgan ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Poyasi
50 tik   novdali,   barglari   bandsiz,   nashtarsimon,   choziq,   cheti   mayda   arrasimon.
Gultojbarglari   och   binafsha   rangli.   Ildizpoyasi   orqali   kopayadi,   poyasi   qirrali,
yalpiz   ziravor   va   dorivor   osimlik,   ba’zi   rivoyatlarga   kora   yalpizning   hidi   inson
zehnini yaxshilaydigan osimlik deb sanaganlar. Italiya va Misrda talabalar yalpizni
ozlari   bilan   birga   darsxonalarga   olib   kelishar   ekan.Rimliklar   uyga   kelgan
mehmonni   yaxshi   kutib   olish   va   uning   kayfiyatini   yaxshi   bolishi   uchun   yalpiz
suvini   uylariga   purkar   va   stollarini   uning   barglari   bilan   artar   ekanlar.   Undan
mahalliy aholi kok somsalar, chuchvaralar tayyorlashadi. Tabobatda nafas yo’llari,
ovqat   hazm   qilish   organlarining   faoliyatini   yaxshilashda,   bod   qichimani,   ogriqni
pasaytirishda,   farmokologiyada,   doridarmonlarga   hid   berishda   ishlatiladi.   Atirupa
sanoatida,   pasta,   parashok,   sovunlar   tayyorlashda,   binolarga   hid   berishda
qollaniladi.   Yalpizning   yer   ustki   organlarining   tarkibida   1.52   %   efir   moyi,   38   %
tannid va achchiq moddalar, kafein va xloregen kislotalari, hamda A va C vitamini
bor. Yalpiz barcha iste’mol qiluvchi sabzavotlar ichida gavhari va latifidir. 
Agar   shohlari   sutga   tashlansa,   sut   ivimaydi,   u   shirasimon   sirkaga   solib
ichilsa, ichdan qon oqishini toxtatadi. Yalpizni ayniqsa arpa uni bilan qoshib bosh
ogrig‘iga   qarshi   peshonaga   quyib   boglanadi.   U   bilan   dagallangan   til   ishqalansa,
dagalligi ketadi.
3.10.Mentha Asiatica Boriss L.
51 Torondoshlar   -   Polygonaceae   Bir   yillik,   bo‘yi   20-70   sm   ra   y е tadigan   o‘t
o‘simlik.   Poyasi   tik   o‘suvchi,   tuksiz,   pastki   qismi   qizg‘ish   rangda,   bo‘g‘imli,
uzunasiga   qirrali ,   yuqori   qismi   shoxlangan.   Bargi   oddiy,   cho‘ziq   lants е tsimon,
t е kis   qirrali,   uzunligi   3-10   sm,   bandi   bilan   k е tma-k е t   joylashgan.   Poyani   o‘rab
turuvchi   yondosh   bargchalardan   tuzilgan   yupqa   pardachasi   qizg‘ish   -   qo‘ng‘ir
rangga   bo‘yalgan.   Gullari   mayda ,   ko‘rimsiz,   egilgan   boshoqsimon   shingilga
to‘plangan.   Gulqo‘rg‘oni   oddiy,   4-5   bo‘lakka   ajralgan   tojbargdan   iborat.  M е vasi-
yong‘oqcha. Mahsuloti - y е r ustki qismi. 
Kimyoviy   tarkibi. Mahsulot   tarkibida   poligopip е rin   glikozidi,   2-2,5   %
flavonoidlar,0,05   %   efir   moyi,   chumoli,   val е rian   hamda   sirka   kislotalari ,   karotin,
K,   S   va   Е   vitaminlari,   3,8   %   oshlovchi   va   boshqa   moddalar   bo‘ladi.   .   Suv
qalampiri halq tabobatida va ilmiy tibbiyotda ko‘p ishlatiladigan dorivor o‘simlik
bo‘lib   siydik   haydovchi,   qon   k е tishini   to‘xtatuvchi   dori   sifatida   hamda   bavosil
kasalligini  davolashda ishlatiladi. 
3.11.Polygonum hydropiper L
Na matakʼ   (Rosa)   —   ra nodoshlar	ʼ   oilasiga   mansub   butalar   turkumi .   Bo yi	ʻ
esa 3 metrgacha.  Bargi  tok, patsimon murakkab,  poyada  ketma-ketjoylashadi.  Guli
xushbo y, rangi har xil, yakka yoki 2—3 tadan o rnashgan. Mevasi  shirali, shakli	
ʻ ʻ
va   rangi   har   xil,   gul   o rnidagi   soxta   meva   ichida   tukli,   bir   urug li   yong oqchalar	
ʻ ʻ ʻ
52 joylashgan.   Na ’ matak   turlari   bir-biridan mevasining shakli, katta-kichikligi, rangi,
novda   po stlog ining   rangi   hamda   novdadagi   tikanlarning   oz-ko pligi   vaʻ ʻ ʻ
joylanishiga   qarab   farqlanadi.   Na’matak   o rmonlarda   ariq   yoqalarida,   butalar	
ʻ
orasida,  tog  yon bag irlarida o sadi. Guli chiroyli  turlari  bog larda, xiyobonlarda	
ʻ ʻ ʻ ʻ
va ko chalarda o stiriladi.	
ʻ ʻ
Itburun na matak (	
ʼ R. canina ) mevasida 4—6%, ba zan 18% cha C, B2, K, B	ʼ
oilasi   vitaminlari,   18   mg%   cha   karotin,   18%   cha   qand,   2%   cha   limon   kislota,
oshlovchi   va   boshqa   moddalar   bo lib,   tibbiyotda   avitaminozning   oldini   olish   va	
ʻ
davolashda qo llanadi. Na’matakning manzarali turlari — atirgullardan olinadigan	
ʻ
xushbo y efir moyi (atirgul moyi), asosan, parfyumeriyada, undan tayyorlanadigan	
ʻ
atirgul suvi (Aqua Rosae) farmatsevtikada dorilarning hidi va mazasini yaxshilash
uchun ishlatiladi.
3.12. Rosa canina
Maymunjon   —   ra noguldoshlar	
ʼ   oilasiga   mansub   ko p yillik	ʻ   butalar   turlari;
rezavor meva.   Shim. Amerika ,   Yevrosisda   400 dan ortiq turi uchraydi. Shulardan
90   turi ,   asosan,   ko k   M.	
ʻ   ( Rubus   caesius )   va   mayda   mevali   Maymunjon   ( R.
Nensensis ) turlari   Kavkaz ,   Ukrainaning   jan.   Va   o rta Osiyoda	
ʻ   uchraydi. Amerika,
Markaziy   va   g arbiy  	
ʻ Yevropada   ko’p   zkilali.   O zbekistonning   tog   oldi	ʻ ʻ
mintaqalarida   usadi   va   dala,   tomorqa-bog larla   o stiriladi.   Yer   ustki   qismi	
ʻ ʻ
53 ikkiyillik   novdalarlai   iborat.   Barglari   patsimon.   Vir   yillik   novdasi   hosil   tugadi.
Gullari   ikki   jinsli,   oq,   ba zan   pushti   bo lib,   shingilsimon  ʼ ʻ tupgulla   joylashgan.
Mevasi   tutga   yxniaiii   guj.   Sersuv,   shirin-nordon,   rangi   qoramtir,   qizil.   Urugi
mayda.   Meva   tarkibila   4—6%   kand,   0,8—1,4%   organik   kislotalar ,   S   vitamini   va
karotin   mavjul.   Mevasi   yangiligila   yoki   quritib   yeyiladi,   qiyom   tayyorlanali,
konserva   sanoatila   ishlatiladi,   ildizpoyasi   va   barglari   tibbiyotda   qullaniladi.
Maymunjonming   mevalari   yirik   va   shirin   bo’lgan   ayrim   yovvoyi   turlari
madaniylashtirilib,   seleksiya   navlari   chiqarilgan   (300   dan   ortiq   navlari   bor).
Maymunjon   ko chatlari   arta   bahorla   yoki   kuzda   2x0,75   m   sxemala   ekiladi.	
ʻ
Maymunjon novdadari simbagazlarga bog’lanadi. Hosillorligi 50—70 s/ga. M. 12
—15 yil yashaydi. [1]
Zubturum   ( Plantago )   —   zubturumdoshlar   oilasiga   mansub   1—2   va   ko p	
ʻ
yillik   o tlar	
ʻ   turkumi .   260   tacha   turi   ma lum.  	ʼ O zbekistonda	ʻ   6   turi   uchraydi.   4
turidan   dorivor o simlik	
ʻ   sifatida foydalaniladi.   Barglari   ildiz bo g zida to p bo lib	ʻ ʻ ʻ ʻ
joylashgan,   bandli,   keng   tuxumsimon   yoki   keng   ellipssimon,   nashtarsimon   va
tasmasimon.   Gullari   poya   va   shoxlari   uchida   oddiy   boshoq   hosil   qiladi.   Mevasi
ikki yoki ko p urug li.Gul o‘qi bitta yoki bir nechta tukli ,uzunligi 10-40sm. To‘p	
ʻ ʻ
guli   boshoqsimon,uzunligi   4-25   sm.   To‘pguli   mayda   ,ko‘rimsiz   gul   bo‘laklari   4
tadan.Gultoji och qo‘ng‘ir rangli.Mevasi tuxumsimon , ko‘p urug‘li ko‘sak.
O‘zbekistonning   deyarli   barcha  hududlarida   sernam   va   tashlandiq   joylarda,
yo‘l   yoqalarda   tarqalgan.   Begona   o‘t.   Ammo   dorivor   o‘simlik   hisoblanadi.   Bargi
va urug i tarkibida S va K vitamin, karotin, shilimshiq oshlovchi va b. mod-dalar	
ʻ
bor.   Bargidan   tayyorlangan   damlama   me da-ichak   kasalliklarini,   yaralarni	
ʼ
davolashda, urug ining shilimshiq eritmasi esa kuchsiz surgi sifatida ishlatiladi.	
ʻ [1]
54 3.13.Zubturum   ( Plantago )
Samarqand   shahri   “Chashma”   arig‘i   florasi   batafsil   o‘rganilmagan.
Hozirgacha   ularning   floraviy   tarkibi,   assotsiattsiyalari   va   tarqalishi   aniq   ma’lum
emas.   Shuni   hisobga   olib   2021-2022   yillar   davomida   Samarqand   shahri
“Chashma”   arig‘i   florasi   bo‘yicha   ma’lumotlar   to‘plandi.   Natijada   ilk   bor   ariq
florasi haqidagi materiallar yig‘ildi. Izlanishlar olib borilgan hududdagi o‘simliklar
24  oila,   38  turkumga  mansub   44   tur   o‘simliklar   tarqalganligi   aniqlandi.   Ularning
oilalar va turkumlar bo‘yicha taqsimlanishi quydagicha:
1. Brassicaceae-Karamdoshlar
1) Sisymbrium loeselli- Qurttana
2. Plantaginaceae- Zupturumdoshlar 
1) Plantago mayor – Yirik zupturum
3. Solanaceae- Ituzumdoshlar
1) Solanum nigrum – Ituzum 
4.Asteraceae-Qoqidoshlar
 1) Onopordum acantium - Oddiy oqkarrak
 2) Sonchus arvensis- Dala bo‘ztikoni 
55  3) Artemisia annua- Shuvoq
 4) Cnicus benedictus- Sariq qushqo‘nmas
 5) Lactuca serriola – Yovvoyi sut cho‘p
 6) Acroptilon repens- O‘rmalovchi kakra
 7) Taraxacum officinale- Dorivor qoqio‘t
  5. Convolvulaceae –Pechakdoshlar
  1) Convolvulus arvensis-Qo‘ypechak. 
 6) Salicaceae- Toldoshlar
 1) Solix Alba –Oq tol
 2) Populus nigra-Qora terak
 7. Poaceae- Bug‘doydoshlar
 1) Cynodon dactylon –Ajriq
 2) Phragmites australis- Janubiy qamish
 3) Poa annua –Qo‘ng‘irbosh 
 4) Hordeum spontaneum-Yovvoyi arpa
 8. Chenopodiaceae- Sho‘radoshlar
 1) Chenopodium album- Oq sho‘ra
 2) Chenopodium vulvaria-Sassiq sho‘ra
 9. Zydophyllaceae- Tuyatovondoshlar
 1) Tribulus terrestris-Temir tikon
 10. Portulacaceae-Semizo‘tdoshlar
 1) Portulaca oleracea-Poliz semizo‘t
 12. Polygonaceae- Torondoshlar
 1) Polygonum hydropiper-Suv qalampir
 2) Relix erispus –Otquloq
 3) Rumex aquaticus- Suv otqulog‘i 
56  4) Polygonum scabrum-Dag‘al toron
 13. Moraceae- Tutdoshlar
 1) Morus Alba- Oq tut
 2) Morus nigra- Shotut
 3) Humuls lupulus- Oddiy qulmoq
  14. Butomaceae- Suvpiyozdoshlar
 1) Butomus allium- Suvpiyoz
 15. Hippocastanaceae- Kashtandoshlar
 1) Aescues hippocastanum-Soxta kashtan
 16. Rosaceae- Ranodoshlar
  1) Rosa canina- Namatak
 2) Rubus anatolicus-Maymunjon
 3) Rubus idens- Malina
 17. Acoraceae- Igirdoshlar
  1) Acorus calamus-Igir
 18. Urticaceae- Gazandadoshlar
  1) Urtica dioica- Qichitqi o‘t
 19. Maivaceae- Gulxayridoshlar
 1) Malva neglacta- Tugmachagul
 20. Equisetaceae- Qirqbo‘g‘imdoshlar
  1) Equisetum arvensi-Dala qirqbo‘g‘imi
  21. Fabaceae- Burchoqdoshlar
 1) Melilotus officinalis- Dorivor qashqarbeda
 23. Lamiaceae – Yalpizdoshlar  
 1) Mentha asiatica-Osiyo yalpizi
 24. Jiydadoshlar- Elaeagnaceae
57  1) Elaeagnus-Jiyda
Samarqand shahri “Chashma” arig‘i florasi biz o‘rgangan materiallarimizga
ko‘ra quydagicha taqsimlanadi
3.3.jadval
T/r  Oila  Turkumla
r 
soni Turlar 
Soni Bir
yillik Ko‘p 
Yillik
1. Asteraceae-
Qoqio‘tdoshlar  6  6   4  2
2. Poaceae-
Bug‘doydoshlar  4  4  2  2
3. Fabaceae- 
Burchoqdoshlar  1  1  1
4. Labiatae- 
Labguldoshlar  1  1  1
5 Brassicaceae-
Karamdoshlar  1  1  1
6. Plantaginaceae- 
Zupturumdoshlar  1  2  -  1
7. Polygonaceae-
Torondoshlar  2  4  2  2
8. Rosaceae-
Ra’nodoshlar  2  3  3
9. Urticaceae-
Gazandadoshlar  1  1  1
10. Solanaceaece-   1  1  1
58 Ituzumdoshlar
11. Convolvulaceace-
Pechakdoshlar  1  1  1
12. Solicaceae-
Toldoshlar  2  2  2
13. Zydophyllaceae-
Tuyatovondoshlar  1  1  1
14. Portulaceae-
Semizo‘tdoshlar  1  1  1
15. Moraceae-
Tutdoshlar  2  3  1  2
16 Malvaceae-
Gulhayridoshlar  1  1  1
17 Acoraceae-
Igirdoshlar  1  1  1
18 Equisetaceae-
Qirqbo‘g‘imdoshlar  1   1  1
19 Lamiaceae – 
Yalpizdoshlar  1  1  1
20  Elaeagnus-
Jiyda  1  1  1
21 Betulaceae-
Qayndoshlar  2  2  2
22 Butomaceae-  1  1  1
59 Suvpiyozdoshlar
23 Hippocastanaceae-
Kashtandoshlar  1  1  1
24 Chenopodiaceae-
Sho‘radoshlar  1  2
25 Capparaceae-
Kovuldoshlar  1  1  -  1
Jadvalda   keltirilgan   dalillardan   ko‘rinib   turibdiki   bir   qator
oilalarda :Qoqidoshlar  6 ta turkum  6 ta tur, Bug‘doydoshlar 4 ta turkum 4 ta tur,
Torondoshlar   2   ta   turkum   4   ta   turdan   ,   Ra’nodoshlar   2   ta   turkum   3   ta
turdan   ,Burchoqdoshlar   1   ta   turkum   1   ta   turdan   ,   Labguldoshlar   1   ta   turkum   1ta
turdan,Tutdoshlar 2 ta turkum 3 ta turdan , Qayindoshlar 2 ta turkum 2 ta turdan,
Sho‘radoshlar 1 ta turkum 2 ta turdan , Igirdoshlar  1 ta turkum 1 ta turdan iborat
ekanligini ko‘rish mumkin.
3.3. “Chashma” arig‘i suvining kimyoviy tarkibini o‘rganish.
Suv   bu   -   xaet.   Agar   inson   oziq-ovqatsiz   etarlicha   uzoq   muddat,   ba’zi
ma’lumotlarga kura, bir necha oy yashay oladigan bulsa, iqlim sharoitlaridan kelib
chiqgan   holda,   suvsiz   3-5   kunda   nobud   bo’ladi.   Olimlarning   hisob   -   kitoblariga
kura,   aynan   chuchuk   suvning   potensial   etishmasligi   yaqin   kelajakda,   xatto   2030
yilgacha bo’lgan muddatda qurolli tuqnashuvlarga sabab bulishi mumkin. Aholi va
ishlab   chiqarish   jarayonlarini   etarlicha   toza   bo’lgan   suv   bilan   ta’minlash   bizning
iklim sharoitimizda juda keskin va muxim omil hisoblanadi. Bu vaziyatda mavjud
suv resurslarini asrab-avaylash va ulardan okilona foydalanish muxim axamiyatga
ega.   Agar   Uzbekistonda   asosiy   ozik-ovkat   maxsulotlarini   sugoriladigan   erlardan
olinishini   hisobga   oladigan   bulsak,   suv   mamlakatimiz   va   uning   xalki   yashab
qolishi   uchun   muxim   omillaridan   biri   bo’lib   qolmoqda.   Uzbekiston   Markaziy
60 Osiyodagi eng katta suv iste’molchisi hisoblanadi, biroq suv resurslarining asosiy
qismi, deyarli 80 % bizga qo’shni Tojikiston va Qirg’izistondan kelib quyiladi.
Samarqand shahri bazi buloq suvlarining kimyoviy tarkibi (2015 yil)
3.4.jadval
Buloq nomi HCO3 Cl SO4 Ca Mg Na+
K Qattiq
qoldiq Qattiqligi
Tosh   Ohur
mg/ekv 7,6 2,1 3,92 3,0 2,9 7,3 736 6,01
Chashmai 
Xizir mg/ekv 7,6 2,1 2,12 4,0 1,97 5,75 672 5,97
Eski   aroq   zavodi
chashmasi
mg/ekg 5,2 2,1 1,78 2,6 1,58 4,80 512 4,18
Jadvaldan   ko‘rinib   turibdiki,   buloq   suvlaridan   Tosh   Oxur   bulog‘i   suvida
erigan   tuzlar   ko‘proq   (736   mg/l)   uchraydi.   Lekin   bu   miqdor   kam   ruxsat   etilgan
maksimal   meyorga   yetmaydi.   Bu   meyor   1000mg/l   bo‘lib   ,aroq   zavodidagi
chashma   bulog‘idagi   erigan   tuzlar   miqdori   bu   meyorning   yarmini   tashkil
qiladi.Tosh-Oxur   va   Chashmai   Xizir   buloqlari   suvida   Na+K   kationlari   miqdori
biroz meyoridan ko‘proq. Ularning ruxsat etilgan eng yuqori miqdori 120mg/l deb
belgilangan.   Taxlil   natijalariga   ko‘ra   natriy   va   kaliyning   birgalikdagi   miqdori
Tosh-Oxur   bulog‘ida   162mg/l,   Chjashmai   Hizirda   132mg/l   tashkil   qiladi.   Bu
ko‘rsatgichning kattaligini buloq suvlari madaniy qurulish qatlamlari orasida natriy
va kaliyning ko‘p eritib olib chiqishi bilan, hamda natriy ionining kalsiy va magniy
ionlariga
O. A.Alexin (1952) klassifikasiyasi bo‘yicha tabiiy suvlar qattiqligi quyidagi
guruhlarga bo‘linadi.
1. Juda yumshoq suv 1,5 mg-ekv/l gacha
61 2. Yumshoq suv 1,5-3,0 mg-ekv l
3. O‘rtacha qattiq suv 3,0-6,0 mg-ekg/l
4. Qattiq suv 6,0-9,0 mg-ekg/l 
5. Juda qattiq suv 9,0 mg-ekg/l dan katta 
Ushbu   klassifikasiyaga   asosan   Tosh-Oxur   bulog‘ining   suvi   o‘rtacha   qattiqlikdagi
va   qattiq   suv   guruhiga   kiradi.   Bu   ushbu   buloq   suvida   gidrokorbanatlar   hamda
natriy   va   kaliy  kationlar   miqdorining   ko‘pligi   bilan  bog‘liq.  Chashmai   Hizir   suvi
ham o‘rtacha qattiqlikdagi suvga kiradi.
Biz olgan ma’lumotlar hozirgi kunga kelib”Chashma”arig‘i oqova suvi ifloslanish
darajasi   2015-   yilgi   olingan   natijalardan   ancha   yuqoriligini   ko‘rsatib   turibdi.   Bu
natija   shuni   ko‘rsatadiki   tabiatga,   atrof-muhitga   antropogen   ta’sirlar   yildan   yilga
ko‘payib   bormoqda   va   albatta   o‘simliklar   olamiga   ham   o‘z   ta’sirini
ko‘rsatayotganligini   “Chashma”   arig‘i   misolida   ko‘rish   mumkin.   Adabiyotlardagi
ma’lumotlarga qaraganda 1950-1960 yillarda “Chashma”  arig‘i  ichida va atrofida
darivor   o‘simliklarning   200   dan   oshiq   turlari   o‘sganligi   aytib   o‘tilgan.   Qolaversa
ariq suvi toza ichishga yaroqli bo‘lgan. Aholi shu ariq suvidan istemol qilib kelgan.
Samarqand shahri Chashma arig‘i oqova suvining kimyoviy tarkib
 3.5.jadval
62 Samarqand shahri Chashma arig‘i suvining kimyoviy tarkibi.
3.6.jadval
№ Ichimlik   suvining
ko ‘ rsatgichlari   va   ruhsat
etilgan   meyoriy   miqdori .  Mg/l Toza   ichimlik
suvi.
 Mg/l Chashma   arig‘i
suvi. Mg/l
1 Tami  1-2 ball 0
2 Xidi  1-2 ball 0
3 Loyqaligi  1.5-2.0 _
63 4 Tiniqligi  20-25 30
5 pH  6-9 7.11
6 Azotli nitrat  45 75.1
7 Umumiy qattiqligi  7-10 12.0
8 Xloridlar  250-350 350
9 Gidrokorbanat  _ 427
10 Kalsiy  _ 124
11 Magniy  _ 70.5
12 Marganes  0.1 _
13 Mis  1.0 _
14 Temir  0.3 _
15 Rux 5.0 _
Tadqiqot   natijalari   shuni   ko‘rsatadiki   “Chashma”   arig‘i   suvi   umumiy
qattiqligi 12mg/l ,toza ichimlik suvining umumiy qattiqligi eng yuqori darajasi 7-9
mg/l etib belgilangan. Nitratli ko‘rsatgich ham “Chashma” bulog‘ida toza ichimlik
suvnikiga qaraganda yuqori ko‘rsatgichni ko‘rsatayabdi. Yani toza ichimlik suvida
nitrat   45mg/l   gacha   bo‘lishi   kerak,   “Chashma”   arig‘i   suvida   bu   ko‘rsatgich   75,1
mg/l   ni   tashkil   etayabdi.   Bu   ikki   ko‘rsatgich   lobaratoriya   tahlili   natijasiga   ko‘ra
ushbu   suv   DST-950-2011   “Ichimlik   suvu”   davlat   standart   talabiga   javob
bermaydi.Ichimlik suvi sifatida foydalanish va iste’mol uchun yaroqsiz. 
64 Chashma arig‘i atrofidagi tabobatda ishlatilgan ba’zi turlarning fenologiyasi.
 3.14. rasm
65 XULOSALAR.
1. Samarqand   shahri   “Chashma”   arig‘i   atrofida   bizning   hisobga   ko‘ra   24   ta
oila, 38 turkum va 44 tur yuksak o‘simliklar uchraydi.
2. Chashma   arig‘i   florasi   turlar   soniga   ko‘ra   quyidagi   oilalar   yetakchi
hisoblanadi:Asteraceae-Qoqidoshlar,   Poaceae-Bug‘doydoshlar,
Polygonaceae-Torondoshlar,   Moraceae-Tutdoshlar,   Rosaceae-
Ra’nodoshlar . 
3. “Chashma”   arig‘i   florasi   organilganda,   bu   yerda   20   ga   yaqin   dorivor
o‘simliklar mavjudligi aniqlandi. Bu o‘simliklardan qadimdan insonlar dori-
darmon sifatida foydalanib kelishgan. 
4. Tadqiqot   davomida   40   ta   o‘simlik   namunalari   yig‘ildi   va   gerbariylar
tayyorlandi. Terilgan gerbariylar aniqlagichlar yordamida aniqlandi.
5. “Chashma”   arig‘i   suvi   kimyoviy   tarkibi   tekshirilganda   bu   suv   ishishga
yaroqsiz ekanligi aniqlandi. Yani umumiy qattiqligi 12mg/dm3- normada 7-
9mg/dm3   va   Nitratli   ko‘rsatgichi   75,1   mg/dm3   –normada   45mg/dm3   dan
oshmasligi kerak.
66 TAVSIYALAR
1.   Samarqand   shahri   “Chashma”   arig‘i   yuksak   o‘simliklari   haqidagi   dalillardan
umumta’lim   maktablar,   akademik   litsey   va   kollejlarda   botanika   fanini   o‘qitishda
mahalliy va qo‘shimcha material manbai sifatida foydalanish mumkin.
2. Ariq atrofida o‘suvchi  dorivor o‘simliklar turlari  ancha kamayib ketgan, ularni
ko‘paytirish   va   zahiralarini   saqlab   qolish   lozim.   Buning   uchun   aholini   ularni
muhofazaga qilishga jalb etamiz.
3.   Tadqiqotlar   davomida   shunga   guvoh   bo‘ldikki   ariq   atrofi   va   ariq   ichi   turli   xil
maishiy chiqindilar bilan ifloslangan. Bu esa shahar ekologiyasiga ,qolaversa ariq
florasiga   salbiy   tasir   ko‘rsatadi.   Buning   oldini   olish   uchun   joylarda   mahalla
faollarini shahrimizni va o‘simliklarni muhofaza etishga jalb etamiz. 
4.   Chashma   arig‘i   flirasida   hushbo‘y   igir   (Acorus   calamus)uchraydi,   ammo   juda
ham kam. Bu o‘simlik O‘zbekiston “Qizil  kitob”iga kiritilgan uni muhofaza etish
choralarini ko‘rish lozim. 
5. Antropogen omillar ta’sirida “Chashma “ arig‘i suvu ichishga yaroqsiz holatga
kelgan.   Tadqiqotlar   davomida   lobaratoriya   tekshiruvi   xulasasiga   asosan   bu   suv
ichishga   yaroqsiz   deb  topildi.   Aholiga  bu   suvdan   istemol   sifatida  foydalanmaslik
tavsiya etiladi. 
67 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2020   йил   10   апрелдаги
“Ёввойи   ҳолда   ўсувчи   доривор   ўсимликларни   муҳофаза   қилиш,
маданий   ҳолда   етиштириш,   қайта   ишлаш   ва   мавжуд   ресурслардан
оқилона   фойдаланиш   чора   тадбирлари   тўғрисида”   ПҚ-4670-сонли
қарори.
2. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2020   йил   26   ноябрдаги
“Доривор   ўсимликларни   етиштириш   ва   қайта   ишлаш,   уларнинг
уруғчилигини   йўлга   қўйишни   ривожлантириш   бўйича   илмий
тадқиқотлар   кўламини   кенгайтиришга   оид   чора-тадбирлар   тўғрисида”
ПҚ-4901-сонли қарори.
3. 33631Каримов   В.А.,   Шомахмудов   А.Ш.   Халқ   табобати   ва   илми   тибда
қўлланиладиган   шифобахш   ўсимликлар.   -   Тошкент,   Ибн   Сино   номидаги
нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1993.-320 б. 
4. и. Абдураҳмонов Л.Т. Гулчилик. Т., 2000. 6-9 б. 
5. ла Нухимовский Е.Л. Экологическая морфология некоторых лекарственных в
естественных   условиях   их   произрастания//Раст.   ресурсы.   –Л.:   1976.   Т.12.
вып.
6. - С.3-15.
7. 5.  Ўзбекистон Республикаси “Қизил китоби”. – Тошкент: Chinor ENK, 1998. –
Т.1. -256 б.
8. 6. Ўзбекистон Республикаси “Қизил китоби”. – Тошкент: Chinor ENK, 2006. –
Т.1. -263 б.
9. Ўзбекистон   Республикаси   “Қизил   китоби”.   –   Тошкент:   Chinor   ENK,   2009.   –
Т.1. -360 б.
10. Уломцева И.А. Расторопша пятнистая // Уральский садовод. – 2009. – № 2 –
С. 34-38. 
11. Федоренко С. Росторопша пятнистая  //  Украинский дачник. – 2006. – №2. –
С. 47-48. 130 
68 12. “Флора Узбекистана. (под редакцией   Сенникова)   – Ташкент: Наврўз, 2017. –
Т.1. – С. 3-10.
13. 10. B. S. Islomov, M. A.  Hasanov Botanika Samarqand -2020. 290-305b
14. Tal’at abdullayev . Samarqand suvi. Toshkent , “Navro‘z” nashriyoti -2019 70-87
b
15. Холматов   Х.Х.,   Ахмедов   У.   А.   Фармакогнозия.   –   Тошкент:   Изд.   Ибн   Сино,
1995. – С. 3-10.
16. Холматов Х.Х., Хабибов З.Х. Ўзбекистонниннг шифобахш 
17. Абдураҳмонов Л.Т. Гулчилик. Т., 2000. 6-9 б. 
18. Абуталипов   М.Г.   Влияние   микроелементов   на   протсесс   фотосентез а
растений. Киев: Наукова думка, 1959. С. 57. 
19. Аксенова   Н.А.,   Фролова   Л.А.   Деревья   и   кустарники   для   любительского
садоводства и озеленения. М. 1997. С.54 
20. Арйыбашев Д.Д. Декоративное садоводство 1941.С165. 
21. Баженов Ю., А. Лысиков, А. Сапелин «Декоративные деревья и кустарники»
Москва «Фитон+», 2011. 10-22 с. 
22. Бобохўжаев   И.И.,   Узоқов   П.У.   Тупроқшунослик.   -   Тошкент.   Меҳнат,   1995.-
25-28 b. 
23. Белов С.В. Лесоводство.Москва «Лесная промышленност» 1983. С.270 
24. Булыгин Н. Е., Ярмишко В. Т. «Дендрология» Санкт-петербург «Наука» 2000
г. 121 с. 
25. Бўриев   Ҳ.Ч.,   Абдураҳмонов   Л.А.,   Джананбекова   А.Т.   Гулчилик.   Т.,
«Меҳнат», 1999. 10-13 б. 
26. Былов   В.Н.,   Михайлов   Н.Л.,   Сурина   В.И.   Розы.   Итоги   интродукции.   М.,
«Наука», 1988. 4-7 с. 
27. Вакуленко В.В., Зайцева Е.Н., Клевинская Т.М. и др. Справочник цветовода.
М., «Колос», 1996. 33-36 с. 
28. Генусов   А.З.,   Горбунов   Б.В.,   Кимберг   Н.В.   Почвы   Узбекистана.   –   Ташкент.
Фан, 1975. -С.66-71. 
69 29. Грацианский А.Н. Природа Средиземноморья. –М.: Изд. Мысль. 1971.-С.149-
169. 
30. Гроздова З. Занимательная дендрология. М.1991. С. 208. 
31. Досахметов   А.О.,   Хошимов   К.Х.   «Методический   указания   по   озеленению
населенных мест» Ташкент, 1993. 22-23 с. 
32. Джананбекова А.Т. Цветоводство (Текст лекций) Т., 2000. 23-25 с. 
33. Елизарьева   о.   А.   Эколого-биологические   особенности   эндемика   южного
урала   oxytropis   gmeliniifisch.   ex   boriss.   (fabaceae)   в   условиях   интродукции
Уфа– 2009.С.12. 
34. Ёзиев   Л.Х.   Интродукция   лагестремии   индийской   в   условиях   южного
Узбекистана   Интродуксия   и   акклиматизайия   растений.   Вып   27.   Т   “Фан”
1996. С.40-52. 
35. Зайцев Г.Н. «Фенология древесных растений» М.: Наука, 1981. С.52 
36. Конобеева   Г.М.   Орошаемые   и   богарные   почвы   Узбекистана   и   эволюция   их
при освоении и о культивировании. – Ташкент: Меҳнат, 1988.- С.21-30. 
37. Кузмичев   И.,   Печенисин   В.П.   «Озелененийе   городов   и   сел   Узбекистана»
Ташкент, 1979 г. С.123. 
38. Макк-Миллан Броуз Ф.Размножение растений. - М.: Мир. 1987. -192 с. 
39. Қайимов   А.Қ.,   Турок   Дж.   «Аҳоли   яшаш   жойларини   кўкаламзорлаштириш»
Тошкент-2012 107 б 
40. Рокицкий П.Ф. Биологическая статистика. – Минск: Наука. 1973. -320 с. 
41. Розанов А.Н. Сероземы Средней Азии. - М.: Изд. АН СССР, 1951. с.19 
42. Русанов Ф.Н. Дендрология Узбекистана T.: 1965. С.70 
43. Смирнов   В.С.   Изменчивость   биологических   явлений   и   коэффициент
вариации //Журн. общ. биологии. 1971. Т.32. Вып.2. -С. 152-162. 
44. Славкина   Т.И.,   Подолская   О.Й.   «Декоративной   садоводств»   Ташкент,   1987.
С.16. 
45. Фирсова К.М. Семенной контроль. - М.: Колос. 1969. –С.156-265. 
46. Флора Узбекистана.Т.1,2,3,4,5,6. Ташкент,1941,1953,1955,1961,1962, 
70 47. Шалыт М.С. Вегетативное размножение и возобновление высших растений и
методы   его   изучения   //Полевая   геоботаника.   Т.   2.   -   М.,Л.:   Изд.   АН   СССР.
1960. -С. 163-205. 
48. Хлонов   Ю.П.   Атлас   «деревьев   и   кустарников   Сибири»   Новосибирск   2000.
С.47. 
49. Dosaxmetov   A.O.   “Aholi   turar   joylarini   ko‘kalamzorlashtirish”   T.:   ToshDAU,
2000 14-15 b. 
50. Keldiyarov   X.A.   Sulaymonov   E.S.   Samarqand   shahrining   botanik   tabiat
yodgorliklari. Samarqand-2009. 3. 22. b. 
51. Nabiyev   M.M.   “Botanika   atlas-lug‘ati”   O‘zbeiston   “Fan”   Nashriyoti   Toshkent
1969.  С .72. 
52. G‘aniyev M. Soxta kashtan // J. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. 2008, № 3.-8 b. 
53. Nematov   E.,   Xuramov   B.,   Muqumov   I.,   Muqumov   O’.   Samarqandning   yashil
qalqonlari, Samarqand-2007 yil. 117- 129 b. 
54. Sulaymonov   E.   S   Qobulov   D.,   Muqumov   X.   ,,Shahrimizning   yashil   qalqonlari’’
Toshkent O’zbekiston Fan nashriyoti 1982-yi.l 3. 36 b. 
55. Ҳамидов  A.,  М .  Набиев ,  Т .  Одилов  « Ўзбекистон   ўсимликлари   аниқагичи »  Т .:
Ўқитувчи  1987.14-72  б . 
56. Ҳайдаров   Қ .   Ҳ .,   Ҳожиматов   Қ .   Ҳ .   Ўзбекистон   ўсимликлари .   Тошкент .
Ўқитувчи , 1995. 207  б . 
57. Xonazarov   A.A.   O‘zbekistonda   O‘rmonzorlar   barpo   qilish   asoslari.   Toshkent
2002, 42 b. 
58. Xonazarov   A.A.   va   boshqalar.   O‘zbekiston   hududini   ko‘kalamzorlashtirishda
foydalaniladigan asosiy manzarali daraxtlar va butalar. T.: 2008, 124 b. 
59. http://www.ziyonet .uz. 
60. http://www. Faostat.fao.org. 
61. http://www.wikipedia.ru. 
62. http://www.biolody.magaz.us.ru. 
63. http://www.bio.msu.ru. 
64. http://www.libs.ru/ 
71 65. http://www.iworld.ru. 
66. http://autowomen.ru 
67. http://www.lex.uz  
68. http://www.plants
72 Ilovalar
Rasm qo‘yish kerak yuboraman rasmlarni.
73 74 75

Samarqand shahri ”Chashma” arig‘i florasining taksonomiyasi va ekologik xususiyatlari Mundarija. KIRISH… …………………………………………………………………. 1.BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI……………………………………….. 1.1. Savarqand shahridagi “CHashma” arig‘i o‘rganilish tarihi. 1.2. Samarqand viloyatining iqlimi va tuproqlari. 1.3. “CHashma “ arig‘i hududining geografik joylashuvi . 1.4. “CHashma” arig‘i florasini o‘rganishda olib borilgan botanik tadqiqotlar. 2 BOB. TADQIQOT SHAROITI, OB’YEKTI VA TADQIQOT USLUBLARI…………………………………………………………………….. 2.1. Tadqiqot sharoiti. 2.2. Tadqiqot obyekti . 2.3. Tadqiqot uslublari. 3. TADQIQOT NATIJALARI……………........................................................ 3.1. “CHashma” arig‘i suvining kimyoviy tarkibini o‘rganish………………. 3.2. “CHashma” arig‘ida o‘sadigan o‘simliklar taksonomik tahlili………… 3.3. Ariq atrofida va ichida o‘suvchi dorivor o‘simliklar……………………… Xulosalar………………………………………………………………… Amaliy tavsiyalar……………………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………… Ilova……………………………………………………………………….. 1

Kirish Ma gistrlik dissertatsiyayasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. I nson va tabiat bir- biri bilan chambarchas bog‘liq. Shahar va qishloqlarda turli bog‘lar, parklar, dam olish maskanlari barpo qilinmoqda. Moddiy va ma’naviy o‘sish madaniy hordiq chiqarish, shaharlarni obodanlashtirish, turli tuman qurilishlar va ular atrofini ko‘kalamzorlashtirish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Tabiatni qo‘riqlash va muxofaza qilish, tabiiy resurslarni asrash ko‘kalamzorlashtirish maydonlarni kengaytirish yangi park va dam olish maskanlarini tashkil qilish, yangi bog‘lar, parklar ,yashil maydonlar hosil qilish ishlariga katta e’tibor berilmoqda. Sanoatning rivojlanishi atrof - muhitni ifloslantirishiga, havo va suv havzalarini ayerozol va gaz shaklidagi chiqindilarni zavod, fabrika issiqlik elektr stansiyalari, isitish tarmoqlari, avtomobillar ko‘proq chiqaradilar, bu esa odamlarning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa O‘zbekistonning keskin kontinental iqlimida bu yaqqol ko‘zga tashlanadi.Bu muammo xalqaro axamiyatga yegadir. Yuneskoning bosh sessiyasida «Odam va biosfera» mavzusida keng tadqiqotlar dasturi qabul qilingan [6,14,17,22,25]. Manzarali bog‘ va o‘rmonzorlarning musaffo havosidan nafas olish ko‘plab kasalliklarni davolashda, inson salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. O‘simlik dunyosining beminnat xizmati faqat is gazini qabul qilib, toza kislorodga aylantirib berishi bilan emas, havo tarkibidagi ko‘plab kasallik tarqatuvchi mikroblarni zararsizlantirib beruvchi fitonsid moddalar ajratishi bilan ham ahamiyatlidir. Mamlakatimizda keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun yetarlicha shart-sharoit yaratilgan [27,32,19,64,]. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, inson organizmining mo‘tadil rivojlanishi uchun uni o‘rab turgan atrof-muhitda kislorod miqdori 21 % dan kam bo‘lmasligi, karbonad angidrid esa 0,04 % dan oshmasligi zarur. Muvozanatning saqlanishi ob-havoning musaffoligiga bog‘liq. Havoga chiqariladigan chang- g‘uborlarni, sanoat korxonalari, transport vositalaridan ajralayotgan zararli gaz va 2

chiqindilarni tozalab, inson uchun qulay yashash muhitini vujudga keltirishda o‘simlik olamining o‘rni beqiyos. Misol uchun, bir tup terak bir kecha-kunduzda 14 metr kubdan 50 metr kubgacha ifloslangan havoni tozalab berish "quvvati”ga ega[40]. B utun dunyoda yuz berayotgan global ekologik iqlim o‘zgarishlar i cho‘llanish va qurg‘oqchilik atmosfera havosi haroratini bir necha gradusga ko‘tarilishiga olib kelmoqda. Bunday ta’surotlarga o‘ta sezgir bo‘lgan biologik xilma-xillikning muhim komponentlari bo‘lgan o‘simliklarni o‘sish va rivojlanish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu o‘rinda yirik shaharlar ichidan hamda atrofidan oqib o‘tadigan daryo va ariqlar florasi ham shahar va mahallalar mikroiqlimini hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi? Bu o‘simliklarning ekologik plastikligining yuqoriligi va atrof-muhit holatiga ko‘ra o‘zgaruvchanligi alohida ahamiyatga ega bo‘lib ariq va kichik daryolar hududlarida ular holatini baholash va ekologik guruhlarini asoslash tog‘ va qurg‘oqchil hududlarda o‘simliklar olamini shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldiradi. Shunga ko‘ra, Samarqand shahri markazidan oqib o‘tuvchi va “Chashma” arig‘i deb nom olgan hududdagi o‘simliklarni inventarizatsiyalash, ularning shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish, kamyob turlarni aniqlash va muhofaza qilishdir. Shu bilan birgalikda, Mustaqillik yillarida Respublikamizning tabiiy- geografik o‘rni va shakllanishiga ko‘ra alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, ayniqsa turizmni rivojlanishida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan Samarqand viloyati va shahri hududining keng o‘zlashtirilishi, hududda turli sanoat zonalarining tashkil etilishi undagi Zarafshon, Darg‘om, Obi-Rahmat, Chashma kabi suv havzalarining atrofidagi o‘simliklarning xilma-xilligini qiyosiy o‘rganishni, hozirgi holatini baholashni, taqozo etadi? Antropogen va texnogen ifloslanishlar tufayli suv havzalaridagi tabiiy indikatorlar sifatidagi,ekologik muhitni yaxshilashdagi o‘simliklarni o‘rnini belgilash va ishlab chiqarishga joriy qilish hozirgi kundagi muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda va ularni chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Shunga ko‘ra, Samarqand shahrini markaziy hududini kesib o‘tuvchi “Chashma” arig‘i atrofida 3

o‘suvchi o‘simliklar vakillarini ro‘yxatini tuzish, ularning ekologik va geografik xususiyatlarini aniqlash hamda muhim vakillarini ishlab chiqarishga, ko‘paytirishga joriy etish ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. O‘simliklar murakkab tuzilishga ega bo‘lgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya bo‘lib,oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dunyo miqyosida ko‘plab tabbiy suv havzalarining taboro kamayib borishi ulkan sho‘rlangan cho‘l zonalari - qumbarhanlarini hosil qiladi. Bu esa shu hududda o‘suvchi o‘simliklarning tabiiy florasiga o‘z tasirini ko‘rsatmay qolmaydi. Ushbu hududda tarqalgan o‘simliklar dorivor ahamiyatidan tashqari, xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Ushbu o‘simliklar noqulay tabiiy sharoitlarga, qiyin ekologik vaziyatga moslashib ketgan va shunga mos ravishda stressli vaziyatlarga moslashishga imkon beradigan fiziologik faol birikmalar mavjud. Bugungi kunda asosiy, an’anaviy foydalaniladigan o‘simliklardan tashqari yangi, serhosil, ozuqaviy moddalarga boy va dorivor o‘simliklarni o‘rganish dolzarb vazifa hisoblanadi. Prezidentimizning 2018 –yil PQ-3532, PQ-3617 hamda 63-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlariga muvofiq dorivor o‘simlik xomashyosi ba’zasini kengaytirish va o‘simlik xom-ashyosi asosida mahsulot ishlab chiqarishni oshirish maqsadida har bir o‘simlik turiga alohida e’tibor qaratish lozim ekanligini inobatga olish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2911-son “Respublika farmasevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora tadbirlari to‘g‘risida Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga bag‘ishlangan qarori biz tadqiqotchilarning oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Kasallikni davolash va uni oldini olish maqsadida dorivor o’simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor preparatlar va sof holdagi dorivor moddalar olinadi. Buning uchun shu o’simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatiga ega biologik faol moddalarga boy bo’lgan qismlaridan,ya’ni ba’zi 4

o’simliklarning yer osti organlaridan (ildiz,ildizpoya,tugunak yoki piyoz ), ba’zilarini esa ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug’, po’stloq yoki o’t o’simliklarning butunlay yer ustki qismi-o’ti ) foydalaniladi[3]. Samarqand hududini ko‘kalamzorlashtirish aholi punktlarining sanitar-gigiyenik sharoitlarini yaxshilovchi vosita, ya’ni havoning tarkibini yaxshilash, uni kasalliklardan tozalash, chang, gaz, sanoat chiqindilaridan va boshqalardan himoya qilish rolini o‘tashini albatta diqqat markazimizda saqlash lozim. Daraxt-buta o‘simliklari shovqinni o‘ziga singdiradi. Bu esa Samarqannd hududida, ayniqsa muhimdir. Xiyobonlar, bog‘lar, gulzorlar insonlarga estetik zavq bag‘ishlaydi, insonlarni asab tizimini tinchlantiradi, dundan tashqari havoni musaffoligini saqlaydi. Tadqaqot obyekti va predmeti: Tadqiqot ob’ekti tariqasida Samarqand shahridagi “Chachma” arig‘i olindi. Tadqiqot predmeti Samarqand shahar, C h ashma arig‘i atrofidagi o‘simliklar fenologiyasi, taksonomik tahlili va ekologiyasini o‘rganish. Tadqiqot maqsadi: Samarqand shahridagi “Chashma” arig‘i florasini o‘ rganish. Tadqiqot vazifalari: Tadqiqot ishlari oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quydagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi: - Chashma arig‘i to‘g‘risida adabiy manbalar asosida ma’lumotlar to‘plash va ularni tahlil qilish; -- Samarqand shahar»Chashma» arig‘i ichidagi va atrofidagi o‘simliklar sistematik holati va tarqalishini o‘rganish; _Ayrim o‘simlik namunalaridan gerbariylar tayyorlandi. _Terilgan turlarni aniqlagichlar yordamida aniqlash . _Chashma arig‘i suvining kimyoviy tarkibini aniqlash. _O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olingan dalillar asosida xulosalar chiqarish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Dissertatsiya ishida ilk bor Samarqand shahri “CHashma” arig‘i atrofidagi o‘simliklar chuqurroq o‘rganishga harakat qilindi. 5