SAMARQAND VILOYATIGA AHOLI PUNKTLARI JOYLASHUVINING O'ZIGA XOS JIHATLARI
“SAMARQAND VILOYATIGA AHOLI PUNKTLARI JOYLASHUVINING O'ZIGA XOS JIHATLARI” MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………………………...3 I BOB SAMARQAND VILOYATIGA AHOLINING TADRIJIY O'SISH VA TARKIBIDAGI O'ZGARISHLAR …………………………………………….. 6 1.1 Aholining tadrijiy o'sishi…………………………………………………….... 6 1.2 Aholining tabiiy va mexanik o'sishi ………………………………………...... 9 1.3 Aholining yosh - jinsiy tarkibi va mehnat resurslari………………………..… 1 7 1.4 Aholining milliy tarkibi…………………………………………………… . …2 4 II BOB SAMARQAND VILOYATI AHOLI PUNK T LARI JOYLASHUVINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI .. ……………..…..... 28 2.1 Aholi punk t lari joylashuviga tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy geografik omillarning ta'siri………………………………………………………………….................... 28 2.2 Aholi punktlari joylashuviga tarixiy shart-sharoitlarning ta'siri ……………...3 2 2.3 Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi…………………………………...….38 2.4 Samarqand aglomeratsiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi………….….48 2.5 Qishloqlar geografiyasi…………………………………………………… . ....53 XULOSA .................................................................. .............................................. 6 5 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI .......................................70 ILOVALAR …………………………………………………………………..… 7 4 1
KIRISHBitiruv ishining dolzarbligi Davlatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2022- 2026-yillarda mo`ljallangan yangi o’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” 7 ta yo’nalishdan iborat bo`lib, I-yo`nalishida “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarorlik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” ga katta e’tibor qaratilgan bo`lib, bu esa o’z navbatida hududlardagi aholini turmush tarzini yaxshilash, sog`lom bolalarni voyaga yetkazish aholini ish bilan ta`minlash va boshqalarga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining siyosiy mustaqillikka erishishi va uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga ham tub o‘zgartirishlar bo‘lishini talab etadi. Bu borada aholi geografiyasi faniga ham tegishli asosiy g‘oya va tushunchalar, qonuniyatlar, yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil etilishi, o‘tish davrida rivojlangan horijiy mamlakatlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni hududiy tashkil qilish va ularni davlat tomonidan tartibga solib borish sohasida erishilgan ijtimoiy tajribalardan samarali foydalanish amaliy ahamiyat kasb etadi. Bitiruv ishini yozishda yozishda mavjud adabiyotlardan keng foydalanildi. Bu qo‘llanmani yozishda G.R.Asanovning «Aholi geografiyasi» (O‘quv qo‘llanmasi, T., O‘qituvchi nashriyoti, 1978), M.A.Kadirovning “Aholi georafiyasi va demografiya asoslari bilan” (Darslik T.,2019) professor S.A.Kovalev va dotsent N. YA. Kovalskayalarning «Geografiya naseleniya» (Uchebnoe metodicheskoe posobie dlya studentov-zaochnikov gosuniversitetov, M., izd MGU. 1971), prof. V.V. Pokshishevskiyning «Geografiya naseleniya zarubejnыx stran» Ekonomicheskie geograficheskie ocherki M., Prosveщenie 1971), prof. E.L. SHuvalovning «Geografiya 2
naseleniya» (uchebnoe posobie. M., «Prosveщenie» 1977), prof. S. A. Kovalev va dots. N.YA. Kovalskayalarning «Geografiya naseleniya SSSR» (uchebnoe posobie, M., MGU 1980), G.Asanov, M.Nabixonov, I.Safarovning «O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jug‘rofiyasi» (o‘quv qo‘llanma, T., «O‘qituvchi» 1994), A. Soliev va M. Kadirovlarning «Geografiya naseleniya i naselyonnыx punktov Samarkandskoy oblasti (Uchebnoe posobie, Samarkand, SamGU, 1998) bundan tashqari M.U. Umarov va boshqalarning «Samarkand oblasti geografiyasi» (o‘quv qo‘llanma, T., O‘qituvchi 1980) , kitoblari ayniqsa katta yordam berdi. Shuningdek yangi chop etilgan M.R. Burieva va D.N. Egamovaning « Dunyo aholisi rivojlanish jarayonlari» (o‘quv qo‘llanma, T., 2008), M. R. Bo‘rieva, Z. N. Tojieva, S.S.Zokirovalarning «Aholi geografiyasi va demografiyasi asoslari» (o‘quv qo‘llanma, T., «Tafakkur-2011») qo‘llanmalardan ham foydalanildi. Zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy vazifalaridan biri aholi ishlab chiqarish faoliyatining hududiy hususiyatlari, ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy va demografik omillar ta’sirini, hamda aholi prognozini o‘rganishdir. SHu jihatdan mazkur bitiruv ishi Samarqand viloyati aholi geografiyasini majmuali va ilmiy xulosalar asosida tahlil va tashhis etganligi bilan ilmiy va amaliy ahamiyati yuqori. Samarqand viloyati aholi geografiyasini o‘rganishda uning alohida tumanlar darajasida aholi soni va tarkibi, takror barpo bo‘lishi qonuniyatlari, migratsiyasi, joylashuvi, aholi maskanlari va ularning shakllanishi, turlari hamda urbanizatsiya jarayonlari haqida qimmatli ma’lumotlar bergan. SHuningdek, muallif ilmiy tadqiqotida asosiy e’tibor aholining takror barpo bo‘lish jarayoni, mehnat resurslari va ulardan foydalanish, aholi zichligi va joylashuvi, aholi migratsiyasining intensivligi, yo‘nalishi va boshqa masalalar ilmiy tahlil qilingan. Samarqand viloyati hissasiga O‘zbekiston respublikasining 3,2% hududi va 11,5% aholisi to‘g‘ri keladi. Viloyatda respublikamizning kattaligi jihatidan ikkinchi shahri- 3
qadimiy Samarqand shahrida 561,9 ming kishi (2021 y.) istiqomat qiladi, shahar hududiy aholi joylashuvining tashkil topishida va rivojlanishida katta ta’sir ko‘rsatgan. Samarqand turli tarixiy davrlarda poytaxt vazifasini bajarib kelgan. Samarqand Sug‘d va Movaraunna h rning asosiy shahri, O‘zbekistonning birinchi poytaxti bo‘lgan. SHahar asosan Amir Temur davrida gullab yashnagan. Hozirgi vaqtda Samarqand respublika janubi-g‘arbidagi yirik hududiy aholi joylashuvi tizimining markazi vazifasini bajaradi Bitiruv ishining maqsadi Samarqand viloyati aholi punktlari joylashuvining o’ziga xos jihatlarini aniqlash, aholi joylashuviga tabiiy ijtimoiy-iqtisodiy geografik va tarixiy shart-sharoitlarining ta’sirini o’rganish hamda xulosalar keltirishdan iborat. Tadqiqot ishining vazifalari - Samarqand viloyati aholi soni dinamikasini o’rganish; -Aholining tabiiy o’sishini baholash; -Aholining milliy, yosh-jinsiy tarkibini tahlil qilish; -Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni tahlil etish; -Aholi joylashuvlarigi tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy va tarixiy omillarining ta’sirini o’rganish; -Viloyat shaharlar geografiyasi va urbanizatsiya jarayonini baxolash; -Qishloqlar geografiyasi tahlil qilish; -Aholi joylashuvidagi muommolarni aniqlash va xulosalar keltirish 4
I BOB SAMARQAND VILOYATIGA AHOLINING TADRIJIY O'SISHI VA TARKIBIDAGI O'ZGARISHLAR 1.1.Aholining tadrijiy o’sishi Samarqand viloyati 15 yanvar 1938 – yilda tashkil etilgan bo‘lib, maydoni 16,8 ming kv.km yoki respublikamiz hududining 3,7 foizini egallaydi. Hududi jihatdan O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridan kichik bo‘lishiga qaramasdan, viloyat aholi soni bo‘yicha respublikada 1 – o‘rinda turadi, bu erda 1.01.2022-yil malumotiga ko‘ra 4031,3 ming aholi istiqomat qiladi. Bu shundan dalolat beradiki, viloyat aholisining zichligi o‘rtacha mamlakat ko‘rsatgichiga qaraganda ancha yuqoridir. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi aholisi sonining hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar Samarqand viloyati mamuriy jihatdan 14 ta qishloq tumanlari, 11 ta shahar va 88 ta shaharga, 125 ta qishloq fuqorolar yig‘inlari va 1829 ta qishloq aholi punktlari, 1112 ta mahalla va 430 ta shahar mahallalaridan iborat (2022-y).. 1.1-jadval Samarqand viloyati qishloq tumanlarning maydoni va aholisi (2022-y). Qishloq tumanlari Tashkil topgan yili Tuman markazi Maydoni, ming km Aholisi ming kishi Aholi zichligi, 1 kv km, kishi 1 Bulung‘ur 29.09.1926 Bulung‘ur sh. 0,76 193,4 254,4 2 Jomboy 07.12.1970 Jomboy sh. 0,55 180,5 328,2 5