logo

SAMARQAND VILOYATI AHOLISINING TABIIY VA MEXANIK HARAKATI DINAMIKASI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1999.5 KB
“SAMARQAND VILOYATI AHOLISINING TABIIY VA MEXANIK
HARAKATI DINAMIKASI”
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………...........3
I-BOB SAMARQAND VILOYATIDA AHOLI SONI VA TARKIBIDAGI  
O’ZGARISHLAR………………………………………………………………...7
1.1. Samarqand viloyatida aholining tadrijiy o’sishi…………………………..7
1.2. Aholining milliy, yosh-jinsiy tarkibi……………………………………......9
1.3. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish………………………………..16
II-BOB. SAMARQAND VILOYATI AHOLISINING TABIIY VA 
MEXANIK O’SISHI…………………………………………………………...20
2.1. O’zbekiston aholisining tabiiy va mexanik harakati……………………20
2.2. Aholining tug’ilish darajasi va unga ta’sir etuvchi omillar…………….33
2.3. Aholining tabiiy o’sishi……………………………………………….……39
2.4. Aholining mexanik o’sishi…………………………………………………50
III-BOB SAMARQAND VILOYATI AHOLI JOYLASHUVINING 
HUDUDIY TIZIMLARI ……………………………………………………....54
3.1. Samarqand aglomeratsiyasi………………………………………….…...54
3.2. Aholi joylashuvining hududiy tiplari…………………………………….58
3.3. Samarqand viloyati demografik vaziyatining muommolari…………....64
XULOSA…………………………………………………………………….…..72
FOYDALINGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………………………....77
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi .   O‘zbekiston   milliy   iqtisodiyotida   innovatsion
tendensiyalarning   ta siri   ortib   borishi   bilan   jamiyatimizdagi   demografikʼ
o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy  ahamiyati  yil  sayin kuchaymoqda.  Bu jarayon,
avvalambor,   mamlakatimiz   aholisi   miqdorining   yuqori   sur atlar   bilan   oshib	
ʼ
borayotganligiga   bog‘liqdir.   O‘zbekiston   Respublikasida   makroiqtisodiy
barqarorlik   va   barqaror   iqtisodiy   o‘sish   sur atlarini   ta minlashga   yo‘naltirilgan	
ʼ ʼ
iqtisodiy islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyevning   “aholimizning
qariyb   55   foizini   yoshlar   tashkil   etadi   va   har   yili   mehnat   bozoriga   kamida   600
ming yoshlar kirib kelmoqda. Bunday demografik o‘sish biz uchun ham imkoniyat,
ham juda katta mas uliyat demakdir”	
ʼ 1
 deb aytgan fikrlari aholi o‘sishi bilan bog‘liq
jarayonlarni   qanchalik   muhimligini   belgilab   beradi.   Albatta,   bunda   mamlakat
demografik rivojlanishining o‘rni katta bo‘lib, ijtimoiy manfaatlarga yo‘naltirilgan
iqtisodiy   maqsadlarni   amalga   oshirishda   aholi,   uning   o‘sishi,   joylashishi,
demografik   tarkibi   kabi   jihatlarini   iqtisodiyotning   innovatsion   rivojlanish   davri
nuqtai nazaridan o‘rganish katta ahamiyatga ega. Chunki, aholi ham asosiy ishlab
chiqaruvchi   kuch,   ham   iste molchi   sifatida   jamiyat   taraqqiyotida   hal   qiluvchi	
ʼ
ahamiyatga egadir. 
Bugungi   kunda   mamlakatimizning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishi   yangi
bosqichga   ko‘tarilmoqda.   Ushbu   bosqichda   O‘zbekiston   Respublikasini   yanada
rivojlantirish   bo‘yicha   harakatlar   strategiyasining   vazifalaridan   kelib   chiqqan
holda,   mamlakatimizda   barqaror   va   jadal   sur atlar   bilan   iqtisodiy   o‘sishni	
ʼ
ta minlash   milliy   rivojlanish   strategiyasining   bosh   masalasi   hisoblanadi.   Shunga	
ʼ
ko‘ra, respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-
tadbirlarini belgilashda demografik jarayonlarning ta sirini har tomonlama hisobga	
ʼ
1
 https://www.gazeta.uz/uz/2021/09/09/president-/
2 olish,   iqtisodiy   rivojlanish   dasturlarini   ushbu   jarayonlar   ta siri   nuqtai-nazaridanʼ
shakllantirish va ularni izchil amalga oshirishni taqozo etmoqda.
O‘zbekistonda   aholining   tabiiy   o‘sish   sur atlarining   beqaror   o‘smayotganligi	
ʼ
sababli   demografik   rivojlanish   ham   notekis   rivojlanmoqda.   Shu   munosabat   bilan
jahon demografik ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda, O‘zbekiston tabiiy ravishda
o‘sish   sur ati   25   promilledan   15   promillegacha   tushgani   sabab   dunyoning	
ʼ
rivojlangan mamlakatlari o‘rtasida o‘rtacha ko‘rsatkichga ega.
Demografik   jarayonlar   aholining   vaqt   va   makonlarda   rivojlanishini   aks
ettiradigan hodisalar bo‘lib, uning ko‘payishi, o‘limi, jinsi va yosh tarkibi hamda
mehnat resurslarining miqdor jihatidan o‘zgarishlari bevosita jamiyatning hamda
milliy   iqtisodiyotning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishiga   ta sir   ko‘rsatuvchi   hodisa	
ʼ
hisoblanadi.   Ma lumki,   jamiyatdagi   demografik   voqealar   umumiy   va   muayyan	
ʼ
individual   tasodifiy   sabablar   ta siri   ostida   amal   qiladi.   Bu   jarayondagi   ayrim	
ʼ
voqeliklar   vujudga   kelishi   ba zi   sabablarga   ko‘ra   individual   va   noyobdir,   lekin	
ʼ
demografik jarayonda ular ketma-ketlik voqealardan iborat bo‘lib, ular muntazam
ravishda   o‘zgarib   turadi.   Respublikadagi   barqaror   va   samarali   iqtisodiyotni
shakllantirishga   qaratilgan   iqtisodiy   islohotlar   markazida   demografik   vaziyat
turadi.   Chunki,   O‘zbekistonda   aholining   o‘sish   sur atlari   yuqori   hisoblanadi.	
ʼ
So‘nggi   yillarda   aholining   tabiiy   o‘sishi   birmuncha   kamaygan   bo‘lishiga
qaramay, u hali ham ayrim mamlakatlar orasida eng yuqori darajadadir.
Muammoning   o’rganilganlik   darajasi .   Demografik   jarayonlarning
mintaqaviy   xususiyatlarini   o‘rganish   bo‘yicha   ko‘plab   taniqli   xorijiy   olimlar
(J.Graunt,   A.Giyyar,   V.Petti,   A.Sovi,   R.Pirl,   A.Ketle,   A.G.Sundberg,   A.Landri,
Z.Pavlik)   va   MDH   olimlari   (A.Ya.Boyarskiy,   V.M.Medkov,   V.A.Borisov,
A.Ya.Kvasha,   V.G.Glushkova,   B.S.Urlanis,   A.G.Vishnevskiy,   T.I.Zaslavskaya,
A.Sh.Saxvadze,   M.Mamedova,   S.I.Islamov     va   boshqalar)   ilmiy-tadqiqotlar   olib
borganlar. 
O‘zbekistonda   aholishunoslik,   oila   demografiyasi,   ahoining   tabiiy   va
mexanik   xarakatiga   masalalari   M.Q.Qoraxonov,   I.R.Mullajonov,   X.Salimov,
E.A.Axmedov,   R.A.Ubaydullayeva,   O.B.Ata-Mirzayev,   A.A.Qayumov,
3 A.S.Soliyev,   B.X.Umurzaqov,   L.P.Maksakova,   D.A.Ortiqova,   N.X.Raximova,
G.R.Asanov,   E.I.Safarov,   F.K.Komilova,   Z.Raimjonov,   M.R.Bo‘riyeva,
Z.N.Tojiyeva,   M.A.Kadirov,   X.X.Abduramonov,   O.L.Muxamedov   kabi
tadqiqotchi olimlarning  ishlarida keltirilgan.
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifalari .   Tadqiqot   ishining   maqsadi
Samarqand   viloyati   aholisining   tabiiy   va   mexanik   harakatini   o’rganish,   aholining
oziq-ovqat   va   keng   iste’mol   mollari   bilan   taminlash,   maktabgacha   ta’lim
muassasalari   va   maktabning   birinchi   sinfiga   boradigan   bolalar   sonini   bilishda
hamda o’sib borayotgan aholining ish joylari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Tadqiqot ob’ekti  sifatida Samarqand viloyati aholisining tabiiy va mexanik
harakati dinamikasi tanlab olindi. 
Tadqiqot   predmeti   esa,   viloyatda   aholining   tug’ilishi,   o’lim,   tabiiy   o’sish
va   aholi   migratsiyasini   stasistik   ma’lumotlar   asosida   o’rganish,   tahlil   qilish,
xulosalar   keltirish,   aholining  tug’ilishi,   tabiiy   o’sish   kartalarini   ishlab   chiqish,   bu
ma’lumotlar   aholini   barcha   kerak   bo’ladigan   maxsulotlar   bilan   ta’minlashda,
bolalar   bog’chalari,   maktablar,   tibbiyot   muassasalari   va   barcha   aholiga   xizmat
ko’rsatish sohalarini rivojlantirishda qo’llashdan iborat.
Tadqiqot usullari .  Tadqiqot jarayonida tarixiy-retrospektiv tahlil, tizimli va
qiyosiy   tahlil,   iqtisodiy-matematik,   tizim-tarkib,   iqtisodiy-statistik   tahlil   va   GAT
texnologiyalaridan keng foydalanildi.
Himoyaga   olib   chiqilayotgan   asosiy   holatlar .   Tadqiqot   ishining
dolzarbligiga, maqsad va vazifalariga asoslangan holda himoyaga quyidagi holatlar
olib chiqiladi.
-Samarqand viloyati aholi sonini tez o’sib borishini hisobga olib maktabgacha 
tarbiya muassasalarini sonini ko’paytirish;
-aholi tug’ilish darajasini yuqoriligi tufayli, ayollar o’rtasida sog’lom farzand 
ko’rish uchun tushintirish ishlarini olib borish;
-aholi yosh-jinsiy tarkibini o’rganishdan kelib chiqib, aholini keng iste’mol mollari
bilan ta’minlashni yaxshilash;
4 -mehnat resurslari sonining oshib borishni hisobga olib, ularni ish bilan ta’minlash 
maqsadida, kichik va o’rta tadbirkorlikni hamda ishlab chiqarish sohalarini 
rivojlantirish;
-aholining tug’ilish va tabiiy o’sish kartasini yaratish va h.k.
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi.
-Samarqand viloyatida shahar aholisining tabiiy o’sish kartasi ishlab chiqilgan;
-viloyat qishloq aholisining tabiiy o’sishi kartasi ishlab chiqilgan;
-viloyat   mehnat   resurslaridan   foydalanish   samaradorligi   ko’rsatgichlari,   ya’ni
iqtisodiy faol aholi, iqtisodiy faol bo’lmagan aholi qismi aniqlangan.
Tadqiqotning ilmiy - amaliy ahamiyati . Tadqiqotning ilmiy natijalari aholi
geografiyasi to’g’risidagi nazariyalarni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega.
Viloyatda   aholi   sonining   ko’payishi,   mehnat   resurslari   shakllanishining   ijtimoiy-
demografik omillari va ularning hududiy xususiyatlarini baholash, aholini ish bilan
ta’minlash darajasini oshirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash bilan izohlanadi. 
Tadqiqot   ishining   sinalganligi .   Mazkur   magistrlik   dissertatsiyasining
asosiy   mazmuni   “ Динамика   численности   населения   Самаркандский   области ”
(Moskva,2021yil)   va   “Samarqand   viloyati   aholisining   tabiiy   va   mexanik   o’sishi”
(Rossiya, 2022 yil) mavzusida ilmiy ishlari chop etilgan.
Natijalarning  e’lon  qilinganligi .  Magistr  dissertatsiya   mavzusi  bo’yicha  2
ta maqola e’lon qilingan.
Dissertatsiyasining   hajmi   va   tuzilishi.   Magistrlik   dissertatsiyasining
umumiy   hajmi   79   sahifadan   iborat   bo’lib,   u   kirish,   3   ta   bob,   xulosa   va
foydalanigan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
5 I-BOB. SAMARQAND VILOYATIDA AHOLI SONI VA TARKIBIDAGI
O’ZGARISHLAR
1.1.Samarqand viloyatida aholining tadrijiy o’sishi
Aholini   har   tomonlama   o’rganish   hamma   vaqt   dolzarb   vazifalardan   biri
bo’lib   kelgan.   Chunki,   jamiyatning   asosiy   ishlab-chiqaruvchi   kuchi   bu   –
kishilardir, shu bilan birga ular o’zi tayyorlagan moddiy ne’matlarning istemolchisi
ham   hisoblanadi.   Aholini   har   xil   fanlar   o’z   nuqtai   nazaridan   o’rganadi.   Shu
tomondan ham aholi o’zining yagonaligi bilan ajralib turadi. Aholini demograflar,
geograflar,   sotsiologlar,   faylasuflar,   tarixchilar,   meditsina   xodimlari,   psixologlar,
pedogoglar,   xuquqshunoslar   o’rganadilar.   Shunga   qaramasdan,   aholi   geografiyasi
boshqa fanlarga nisbatan aholini keng va har tomonlama, aholining kelib chiqishi,
tarqalishi,   o’sishi,   joylashuvi,   iqtisodiy   va   ijtimoiy   funksiyalari   va   xokazolarni
o’rganadi. 
Ijtimoiy va iqtisodiy geografiyada aholining o’sishi  va taqsimlanishi  asosiy
vazifa hisoblanmaydi, balki aholining qayta ko’payishi omillari, hududiy tarqalishi
ahamiyatlidir. Bu jarayonlarning natijasida turli funktsional tipdagi va kattalikdagi
aholi   punktlarining   paydo   bo’lishi   hamda   ular   o’rtasidagi   aloqalarning
mustaxkamlashishi,   natijada   hududiy   infratuzilma   aholi   punktlari   tizimi
to’plamlarining tashkil topishiga olib keladi. 
Samarqand   viloyati  15  yanvar  1938  –  yilda  tashkil   etilgan  bo‘lib,  maydoni
16,8   ming   kv.km   yoki   respublikamiz   hududining   3,7   foizini   egallaydi.   Hududi
jihatdan   O‘zbekistonning   boshqa   viloyatlaridan   kichik   bo‘lishiga   qaramasdan,
viloyat   aholi   soni   bo‘yicha   respublikada   1   –   o‘rinda   turadi,   bu   yerda   2022-yil
malumotiga ko‘ra 4031,3 ming aholi istiqomat qiladi. Bu shundan dalolat beradiki,
viloyat   aholisining   zichligi   o‘rtacha   mamlakat   ko‘rsatgichiga   qaraganda   ancha
yuqoridir.  Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi aholisi sonining hududiy tarkibidagi
o‘zgarishlar. Samarqand viloyati  mamuriy jihatdan  14 ta qishloq tumanlari, 11 ta
6 shahar   va   8   ta   shaharga,   125   ta   qishloq   fuqorolar   yig‘inlari     va   1871   ta   qishloq
aholi punktlari, 1112 ta mahalla va 430 ta shahar mahallalaridan iborat (2021).
1.1-jadval
Samarqand viloyati qishloq tumanlarning maydoni va aholisi (2022 y.) .
Qishloq
tumanlari Tashkil
topgan yili Tuman
markazi Maydoni,
ming km Aholisi
ming
kishi Aholi
zichligi,
1 kv
km,
kishi
1 Bulung‘ur 29.09.1926 Bulung‘ur sh. 0,76 193,4  254,4
2 Jomboy  07.12.1970 Jomboy sh. 0,55 180,5  328,2
3 Ishtixon  18.05.1943 Ishtixon sh. 0,72 264,4  367,2
4 Kattaqo‘rg‘on 02.02.1929 Payshanba sh-
cha. 1,39 282,3  203,1
5 Narpay  29.09.1926 Oqtosh sh. 0,44 219,2  498,2 
6 Nurobod  26.11.1975 Nurobod sh. 4,86 156,3  32.1
7 Oqdaryo  25.12.1968 Loyish sh-cha. 0,37 165,1  446,2
8 Payariq 29.09.1926 Payariq sh. 1,29 260,3  201.7
9 Pastdarg‘om 29.09.1926 Juma sh. 0,87 367,3  422.1
10 Paxtachi  12.04.1973 Ziyodin sh-
cha.  1,38 147,9  107,1
11 Samarqand  29.09.1926 Gulobod sh-
cha. 0,48 261.5 544,7
12 Toyloq  09.04.1992 Toyloq sh-cha. 0,28 210,5  751,7
13 Urgut  31.12.1964 Urgut sh. 1,12 532,5  475,4
14 Qo‘shrobod 03.04.1978 Qo‘shrobod 
sh-cha. 2,16 136,3  63,1
15 Viloyat 
bo‘yicha  01.15.1938 Samarqand sh. 16,8 4 031,3  240.0
Jadval Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzildi. 
Jadvaldan   ko‘rinib   turibdiki,   maydoni   jihatdan   eng   katta   tuman   Nurobod,
Qo‘shrobod   bo‘lib,   keyingi   o‘rinlarni   Kattaqo‘rg‘on   va   Paxtachi   tumanlari
egallaydi.   Aholi   sonining   ko‘pligi   jihatdan   esa   Urgut,   Pastdarg‘om     va
Kattaqo’rg’on   tumanlari   ajralib   turadi.   Viloyatda   aholi   zichligi   1   kv   km.da   240
kishini tashkil etadi, bu jihatdan tumanlar orasida eng yuqori   ko‘rsatgich Toyloq
7 tumanida bo‘lib bu  yerda zichlik  751.7 kishi,  Samarqand tumanida  544,7  kishiga
teng. Shuningdek, aholi zichligi Narpay, Urgut, Oqdaryo tumanlarida ham yuqori
hisoblanadi. 
Aholi   zichligining   eng   past   ko‘rsatkichlari   bilan   Nurobod   va   Qo‘shrobod
tumanlari   ajralib   turadi.   Samarqand   viloyati   Respublikamiz   miqyosida   alohida
o‘ringa   ega   bo‘lib,   bu   yerda   mashinasozlik,   kimiya   va   oziq-ovqat   sanoatlari,
tamaki,   paxta,   uzum   etishtirish   rivojlangan,   shuningdek   xalqaro   turizmga   ham
ixtisoslashgandir. Viloyatimiz O‘zbekistonning markaziy qismida, qulay geografik
va   Zarafshon   daryosining   gidrogeografik   to‘rida   joylashgan.   Viloyat   g‘arb   va
shimoliy-g‘arbda   Navoiy,   shimoliy-sharqda   Tojikistonning   Sug‘d   viloyati
Panjakent   tumani   bilan   chegaralanadi.   Viloyat   Zarafshon   vodiysida,   Zarafshon
daryosini   o‘rta   qismida   joylashgan,   u   vodiyni   sug‘orishda   va   aholi   joylashuvida
hamda qadim zamonlarda aholi punktlari paydo bo‘lishda asosiy ro‘l o‘ynaydi.  
Zarafshonning   doimiy   suv   zahiralariga   ega   bo‘lgan   irmoqlari   deyarli   yo‘q.
Samarqanddan   yuqoriroqda,   Tojikiston   Respublikasining   Panjakent   tumaniga
qo‘shni   joyda,   Zarafshonning   tog‘   oraliqlaridan   boshlanadi.   Ulardan   eng   muhimi
qadimgi Darg‘om hisoblanadi, aynan ana shu kanaldan eski Anhor kanali suv oladi
va u Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanini ham sug‘oradi. Kattaqo‘rg‘on,
Oqdaryo,   Tusunsoy   suv   omborlari,   Narpay,   Bulung‘ur   kanallari,   Beshariq   arig‘i
ham   dehqonchilik   rivoj   topgan   hududlarni   suv   bilan   taminlaydi.   Shu     o‘rinda
takidlash   joizki,   viloyat   iqtisodiyotini   shakillanishida   mineral   resurslarga   ko‘ra
agroiqlimiy   sharoitning   roli   katta.   Shuningdek,   bu   erda   turizm   va   rekreatsiya
resurslari   mavjud   bo‘lib,   ularning   ahamiyati   ham   sezilarli   darajada   yuqoridir.
Rekreatsiya resurslari, xususan tog‘etaklarida, soy bo‘ylarida juda ko‘p va ulardan
foydalanish   katta   ahamiyatga   ega.   Ekoturizm   nuqtaiy   nazardan   g‘orlar,   Urgut
chinor va buloqlari diqqatga sazovar joylar hisoblanadi. (Samarqand, 2021)   
1.2. Aholining milliy, yosh-jinsiy tarkibi
8 Samarqand   viloyatining   etnografiyasi   uzoq   davom   etgan   tarixiy   davr
rivojlanish bilan bog‘liq. Uning tashkil topishi turli tarixiy voqealar bilan – Buyuk
Ipak Yo’lining kesib o‘tganligi, mo‘g‘ullar, arablar, ruslar va boshqalarning bosib
olishi,   O‘zbekiston   Respublikamizning   mustaqillikka   erishishi,   hukumatning
almashinishi bilan bog‘liqdir. Bu jihatdan Samarqand viloyati tarixiy geografik va
etnografik   tadqiqotlar   viloyatning   o‘ziga   xos,   boshqa   joylardan   tubdan   farq
qiladigan   aholining   milliy   tarkibiga   va   turli   xalqlarning   joylashishiga   sababli
bo‘lganligini isbotlaydi.
«Buyuk   Ipak   Yo’li»   ning   Samarqand   hududini   kesib   o‘tganligi   qadimdan
xalqlarni   iqtisodiy,   madaniy   va   boshqa   jihatlari   bilan   bog‘lab   turgan.   Hozirgi
vaqtda   Samarqand   viloyati   hududida   90-dan   ortiq   millat   va   elatlar   yashaydi.
SHunga qaramasdan, viloyat aholisining asosiy qismini, ya’ni, 77,6%-ni (20 2 1 y.)
o‘zbeklar   tashkil   etadi.   Ikkinchi   o‘rinda   tojiklar   turadi,   ularga   viloyat   aholisining
10%, aholining 4,5% ruslarga to‘g‘ri keladi, keyingi o‘rinlarni ukrainlar, armanlar,
koreyslar va boshqa millatlar egalaydi, ularning salmog‘i 1%-ga ham etmaydi. 
Samarqand   viloyatining   o‘ziga   xos   tarixiy   rivojlanishi,   O‘zbekistonning
boshqa   viloyatlariga   nisbatan,   tojiklar,   yahudiylar,   armanlar,   ozarbayjonlar,
eronilar  salmog‘ining ko‘pligi  bilan ajralib turadi. 1959-1970 yillarda viloyatning
jami   aholisi   soni   142,9%ga   ko‘paygan.   Bu   davrlarda   asosan   tojiklar,   o‘zbeklar,
hamda   yahudiylar   va   qrim   tatarlari   yuqori   darajada   o‘sganligi   bilan   ajralib
turadilar.  S h u bilan  birga,  ruslar, ukrainlar  va  boshqa  millatlar   soni   sekin  o‘sgan,
ozarbayjonlar   va   tatarlar   soni   kamaygan.   1989-yil   aholi   ro‘yxati   ma’lumotlariga
ko‘ra viloyat aholisining o‘sish darajasi bir-muncha sekinlashgan. 2000-yilda qadar
hatto   o‘zbeklar   sonining   o‘sishi   sust   bo‘lgan.   Bulardan   tashqari,   ruslar,turklar,
yahudiylar   va   boshqa   millatlarning     kamayishi,   asosan   aholi   migratsiyasi   bilan
bog‘liq   hisoblanadi.   Sobiq   SSSRda   o‘tkazilgan   oxirgi   aholi   ro‘yxatlari
ma’lumotlariga   ko‘ra   (1979-1989   yillar)   ,   viloyat   qishloqlarida   yashovchi
tojiklarning soni qariyb 8 martaga oshgan. Bunday o‘sish eroni millati uchun ham
xosdir.
9 Viloyat aholisining asosiy qismini hamma vaqt o‘zbeklar tashkil etgan, biroq
jami aholi salmog‘ida ularning oshishi 1959-2021 yillar mobaynida 6,8%, tojiklar
–   2,5   barobarga   ko‘paygan,   ruslar   6,2%   va   boshqa   millatlar   salmog‘i   esa
kamaygan.   Boshqa   millat   vakillarining   kamayib   borishi,   yuqorida
ta’qidlanganimizdan,   ularning   tashqi   migratsiyada   faolligi   hisoblanadi.   Asosan,
tatarlar   va   yahudiylar   salmog‘i   kamaygan.   Viloyat   aholisining   milliy   tarkibini
respublikaning   boshqa   viloyatlari   bilan   solishtirganda   shu   ma’lum   bo‘ldiki,
o‘zbeklar   salmog‘i   Samarqand   viloyatida   77,6%,   Toshkent   viloyatida   –   62,1%,
Sirdaryoda – 69,4%, Xorazm, Qashqadaryo va Andijonda – 90%-dan  yuqoridir.
Respublikamizning   ayrim   viloyatlarida   millatlar   salmog‘ining   ko‘pligi
jihatidan   ikkinchi   o‘rinni   tojiklar   egalaydi.   Tojiklar   salmog‘i   asosan   Samarqand,
Surxondaryo, Sirdaryo, Namangan viloyatlarida nisbatan yuqori bo‘lib, u o‘rtacha
11-12%-ni tashkil etadi. Ruslar salmog‘i esa, mustaqillikdan keyingi yillarda ancha
kamayib   borgan.   Hozirgi   vaqtda   bu   millat   vakillari   asosan   Toshkent   shahri,
Toshkent, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida ko‘pchilikni tashkil etadi.
Samarqand   viloyati   shahar   va   qishloq   aholisining   milliy   tarkibi   bir   biridan
farq   qiladi.   Viloyat   markazi   Samarqand   shahrida   o‘zbeklar   bilan   bir   qatorda
tojiklar   ham   ko‘pchilikni   tashkil   etadi.   Shu   bilan   birga,   ruslar   va   boshqa   tub   joy
aholisi bo‘lmagan millatlarning qariyb hammasi shaharlarda, ya’ni ularning asosiy
qismi   Samarqandda   yashaydi.   Viloyatda   yashovchi   tojiklarning   asosiy   qismi
Samarqand   shahrida   va   uning   atrofida,   ya’ni   Samarqand   tumanida   joylashgan,
ularning qishloq aholisidagi salmog‘i kamchilikni tashkil qiladi.
Respublikamizning   boshqa   viloyatlari   kabi   Samarqand   viloyatida   ham
millatlarning   urbanizatsiya   darajasi   bir-biridan   farq   qiladi.   1979-1989   yillarda
o‘zbeklarning   urbanizatsiya   darajasi   birmuncha   pasaydi,   lekin   bu   ko‘rsatgich
respublikamizda o‘sgan. O‘zbeklar urbanizatsiya darajasining pasayganligi birinchi
navbatda qishloq aholisining tez o‘sish bilan xarakterlanadi. 
2009   yilda   Samarqand   shahri   atrofidagi   qishloqlarning   Samarqand   shahriga
qo‘shilganligi   va   viloyatdagi   bir   nechta   qishloqlarning   shahar   aholi   punktlariga
aylantirilganligi   viloyatda   urbanizatsiya   darajasining   ortishiga   olib   keldi.
10 Samarqand   viloyatida   urbanizatsiya   darajasining   yuqoriligi   bilan   tub   joy   aholisi
bo‘lmagan   millatlar   ajralib   turadi,   ularning   urbanizatsiya   darajasi   95%-ni   tashkil
qiladi. Ruslar, ukrainlar, koreyslar, tatarlar, eronilar, - asosan Samarqand shahrida
yashaydi. Nisbatan ozchilikni tashkil etuvchi millatlardan – turklar asosan Oqdaryo
tumanining   Loyish   va   Dahbet   shaharchalarida,   qozoqlar   –   Nurobodda,   arablar   –
Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiladi.
Bundan   tashqari,   millatlar   salmog‘ining   o‘zgarishida   sobiq   Ittifoq   davrida
aholining   mexanik   harakati   natijasida   ruslar,   armanlar,   ukrainlar,   koreyslar   va
boshqa tub joy aholisi bo‘lmagan kishilarning nafaqat Samarqand viloyatida, balki
butun respublikamizda ko‘chib kelishi ham sabab bo‘lgan.
Har   bir   millat   salmog‘ining   oshishiga   aholi   migratsiyasidan   tashqari,
aholining   tabiiy   o‘sishi   darajasi   ham   bevosita   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ma’lumki,
viloyatning tub joy aholi hisoblangan o‘zbek va tojiklarda, aholining tabiiy o‘sishi
ko‘rsatkichi yuqori, shuning uchun ularning salmog‘i yildan-yilga oshib bormoqda.
Ayni   vaqtda   boshqa   millatga   mansub   aholining   ko‘pchiligida   tabiiy   ko‘payish
ko‘rsatgichlari   nihoyatda   past,   bu   esa   ular   salmog‘ining   kamayishiga   ta’sir
etmasdan qolmaydi.
Samarqand   viloyatining   etnografiyasi   O‘zbekiston   Respublikasining   boshqa
tumanlaridan   o‘zining   bir   qancha   xarakterli   xususiyatlari   bilan   farq   qiladi.
Masalan, viloyatda respublikadagi jami o‘zbeklarning 12,5%, tojiklarning – 22,4%,
yaxudiylarning   –   12,3%,   ozarbayjonlarning   –   14,6%,   turkmanlarning   -17,4%,
armanlarning   –   24,2%,   eronilarning   –   78,5%   yashaydi.   Viloyat   tojiklarning
joylashishi bo‘yicha O‘zbekistonda 1- o‘rinni; yaxudiy, qrim tatarlar bo‘yicha – 2-
tatar,   turk,   arman,   ozarbayjon   va   O‘rta   Osiyolik   yaxudiylar   bo‘yicha   –   3-   o‘rinni
egalaydi. 
Samarqand   viloyati   O‘zbekistondagi   murakkab   etnografik   region,   hamda
Samarqand   shahri   turli   xalqlar   joylashgan   tugun   ekanligi   ko‘rinib   turibdi.   Bular,
birinchi   navbatda,   murakkab   va   uzoq   davom   etgan   tarixiy   rivojlanish   bosqichlari
bilan   bevosita   bog‘liqdir.   Aholini   ijtimoiy   geografik   jihatdan   o‘rganishda   uning
jinsiy   va   yosh   tarkibini   tadqiq   qilish   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   bu   mehnat
11 resurslarining   sonini,   kelajakda   ularning   o‘sishini   bilishda,   ishlab   chiqarish
kuchlarini to‘g‘ri joylashtirishda katta rol o‘ynaydi. Shuningdek, nomoddiy ishlab
chiqarish,   xizmat   ko‘rsatish,   ta’lim-tarbiya   va   boshqa   sohalar   istiqbolini
belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, aholi tarkibini o‘rganish
kelajakda   maktabgacha   tarbiya   muassasalari   va   maktabning   birinchi   sinfiga
boradigan bolalar sonini bilish uchun ham zarurdir. Samarqand viloyati aholisining
jinsiy   tarkibi   xususiyatlari   o‘ziga   xos   bo‘lib,   boshqa   viloyatlar   demografik
jarayoniga o‘xshashligi mavjud. Biroq, har bir tumanlar orasida hududiy tafovutlar
ham mavjud.  
Tadqiqotlar   shundan   dalolat   beradiki,   1979   yilda   viloyat   aholisini   49,2%
erkaklar, 50,8% ayollar tashkil etgan. O‘n yildan so‘ng, ya’ni 1989 yilga kelib, bu
ko‘rsatkich erkaklar 49,4%, ayollar 50,6% ni tashkil qilgan. Bunga sabab shundan
iboratki,   1979-1989   yillar   mobaynida   o‘g‘il   bolalar   qiz   bolalarga   nisbatan   ko‘p
tug‘ilgan.   Viloyatda   2021   yil   ma’lumotiga   ko‘ra,   aholining   umumiy   soni   4031.3
ming (2022 yil yanvar holati) kishi bo‘lib, shundan 2025.1 ming kishini erkaklar,
2006.2   ming   kishini   esa   ayollar   tashkil   etadi,   yoki   50,1%   erkaklar,   49,9%   esa
ayollar   salmog‘iga   to‘g‘ri   keladi.   1979-1989   yillarga   nisbatan   ayollar   salmog‘i
ancha pasaygan bo‘lib, 1989 yilda ayollar 50,6%ni tashkil etgan bo‘lsa, 20 21  yilda
49,9% ga tushgan . Bu shuni ko‘rsatadiki, ohirgi yillarda qiz bolalar o‘g‘il bolalarga
nisbatan ancha kam tug‘ilgan. 
Samarqand   viloyati   aholisi   jinsiy   tarkibi   jihatidan   erkaklar   va   ayollar   soni
jihatidan  nisbatan  farq  mavjud.  Jumladan,  viloyatda   shahar   aholisining  49,7%   ini
erkaklar   va   50,3%ini   ayollar   tashkil   etadi.   Qishloq   joylarda   esa   bu   ko‘rsatkich
50,4%ni   erkaklar   va   49,6%ni   ayollar   salmog‘iga   to‘g‘ri   keladi.   Raqamlardan
ma’lumki,   qishloq   aholisida   erkaklar   salmog‘i   shahar   joylariga   nisbatan   ozgina
ko‘p. 
Viloyatning   barcha   shaharlari   ya’ni   Samarqand,   Kattaqo‘rg‘on,   Urgut,
Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixonda ham ayollar  salmog‘i erkaklar salmog‘iga nisbatan
ozgina yuqori hisoblanadi. Samarqand viloyati tumanlari ichida aholi soni ko‘pligi
jihatidan   oldingi   o‘rinni   Urgut   tumani   egallaydi.   Tumanda   532,5   ming   kishi
12 istiqomat   qiladi   va   shundan   262,3   ming   kishini   ayollar   va   qolgan   270,2   ming
kishini erkaklar tashkil etadi. 
Aholi soni jihatidan 2-o‘rinda Pastdarg‘om tumani turadi. Bu tumanda 367,3
ming  kishi   yashaydi,   erkaklar   184,6   ming  kishini,   ayollar   esa   182,7   ming  kishini
tashkil   etadi.   Aholi   sonining   kamligi   bilan   Qo‘shrabod   va   Paxtachi   tumanlari
ajralib   turadi.   Demografik   tadqiqotlardan   ma’lum   bo‘ldiki,   Samarqand   viloyatida
va viloyatning qishloq joylarida erkaklar salmog‘i bir muncha yuqori hisoblanadi. 
1.2-jadval
Samarqand viloyati aholisining jinsiy tarkibi (% hisobida 2021 y. )
S h ahar va tumanlarning
nomi Jami aholi Erkaklar Ayollar
Samarqand viloyati 100 50,2 49,8
S h ahar joylarda 37,8 49,8 50,2
Qishloq joylarda 62,2 50,4 49,6
Samarqand sh. 100 48,3 51,7
Kattaqo‘rg‘on sh. 100 49,7 50,3
Tumanlar:
Oqdaryo 100 50,2 49,8
Bulung‘ur 100 50,9 49,1
Jomboy 100 50,7 49,3
Ishtixon 100 50,3 49,7
Kattaqo‘rg‘on 100 50,6 49,4
Qo‘shrabot 100 51,0 49,0
Narpay 100 51,0 49,0
Nurobod 100 50,1 49,9
Payariq 100 51,2 48,7
Pastdarg‘om 100 50,1 49,9
Paxtachi 100 49,2 50,8
Samarqand 100 50,6 49,4
Tayloq 50,4 49,6
Urgut 100 50,7 49,3
Jadval viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Viloyatning   shahar   joylarida   va   barcha   shahar   manzilgohlarida   ayollar
salmog‘i   yuqoridir.   Qishloq   tumanlarida   esa   aholining   jinsiy   tarkibi   salmog‘ida
farqlar   mavjud.   Masalan,   2012   yil   ma’lumoti   bo‘yicha   Ishtixon,   Nurobod,
Pastdarg‘om   va   Paxtachi   tumanlarida   ayollar   salmog‘i   yuqori   bo‘lgan .   Bu
13 ko‘rsatkich   2022   yilda   esa,   faqatgina   Paxtachi   tumanida   ayollar   salmog‘i   yuqori,
qolgan   tumanlarning   hammasida   erkaklar   salmog‘i   nisbatan   ko‘p.   Bunga   sabab
albatta o‘g‘il bolalarning qiz bolalarga nisbatan ko‘proq tug‘ilishidir.
Samarqand   viloyatida   O‘zbekiston   Respublikasining   boshqa   viloyatlari
singari   aholining   tabiiy   o‘sishi   yuqoriligi   sababli   aholisining   ko‘p   qismini   yosh
bolalar   tashkil   etadi.   Izlanishlardan   ma’lum   bo‘ldiki,   1989   yilda   1979   yilga
nisbatan   4   yoshgacha   bo‘lgan   bolalar   salmog‘i   birmuncha   oshgan.   Samarqand
viloyati   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega   bo‘lgan   demografik   hudud   hisoblanadi.
Y u qorida   aytilgandek,   viloyat   aholi   sonining   o‘sishi   asosan   tabiiy   o‘sishning
yuqoriligi bilan belgilanadi.
Tahlillar   shuni   ko‘rsatadiki,   1989   yilda   mehnat   yoshigacha   bo‘lganlar
40%dan ortiq bo‘lsa, ohirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning salmog‘i kamaygan va
35,8%ni   tashkil   etgan.   Lekin   mehnat   yoshida   bo‘lganlar   salmog‘i   1989   yilga
nisbatan   ancha   o‘sgan.   Mehnat   yoshidan   o‘tganlar   salmog‘i   esa   birmuncha
pasaygan.   Shahar   aholi   punktlarida   mehnat   yoshiga   to‘lmagan,   ya’ni   0-16
yoshdagilar   salmog‘i   viloyatning   qishloq   aholi   punktlariga   nisbatan   ancha   farq
qilib,   shahar   aholisining   30%ga   yaqin   qismi   0-16   yoshgacha   bo‘lsa,   qishloq
aholsining qariyib 40%ini mehnat yoshigacha bo‘lganlar tashkil etadi, lekin shahar
joylarda   mehnat   yoshidagilar   va   mehnat   yoshidan   o‘tganlar   salmog‘i   yuqoriroq
hisoblanadi.
Yuqorida   aytilganidek,   qishloq   aholi   punktlarida   mehnat   yoshigacha
bo‘lganlar   salmog‘i   yuqoridir,   chunki,   bu   erlarda   tug‘ilish   ancha   baland   bo‘lib,
ohirgi raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ya’ni iloyatda 2021 yil ma’lumotiga
ko‘ra,   aholining   umumiy   soni   4031.3   ming   kishi   bo‘lib,   shundan   2028,5   ming
kishini erkaklar, 2002.8 ming kishini esa ayollar tashkil etadi, yoki 50,1% erkaklar,
49,9%   esa   ayollar   salmog‘iga   to‘g‘ri   keladi.   1979-1989   yillarga   nisbatan   ayollar
salmog‘i  ancha  pasaygan   bo‘lib,  1989 yilda  ayollar   50,6%ni   tashkil   etgan  bo‘lsa,
20 21   yilda   49,9%   ga   tushgan.   Bu   shuni   ko‘rsatadiki,   oxirgi   yillarda   qiz   bolalar
o‘g‘il bolalarga nisbatan ancha kam tug‘ilgan.
14 Bulardan   tashqari,   viloyatda   mehnat   yoshidan   o‘tgan,   ya’ni   60   yoshdan
oshganlar   soni   qishloq   joylariga   nisbatan   shahar   aholi   punktlarida   yuqori.   Uzoq
umr  ko‘ruvchilar  toifasiga kiruvchi  100 yoshdan  oshganlar  viloyatda 674 kishini,
ulardan  284 tasi erkaklar, 390 tasi ayollardan iborat, 674 kishidan 404 tasi shahar
joylarda yashaydi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, viloyat aholisining yosh va jinsiy tarkibi va
ularning   hududiy   joylashuvi   o‘ziga   xosdir.   Aholining   bu   xususiyatlarini   hisobga
olish,   ishlab   chiqarishni   joylashtirishda,   aholi   joylashuvining   shakllanishida,
kelajakda   aholi   sonini   ilmiy   asosda   bashorat   qilishda   hamda   viloyat   aholisi
tarkibini o‘rganishda katta ahamiyatga egadir.
1.3. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish
Hozirgi   kunda   tez   rivojlanayotgan   Samarqand   dunyodagi   eng   qadimgi   va
hamisha navqiron shaharlardan biridir. U o‘zining bebaho me’moriy yodgorliklari
bilan   butun   dunyoga   tanilmoqda.   Uning   noyob   obidalarini   va   atrof   muhitini
saqlash   maqsadida   shaharda   joylashgan   sanoat   korxonalari   qisqartirildi   yoki
umuman   shahar   atrofiga   ko‘chirildi.   Sho‘ro   xokimiyatining   dastlabki   yillarida
shahardagi   yirik   korxonalar   ta’mirlab   kengaytirilib,   ko‘pchiligi   avvalgi   joyida
qoldirilgan   edi.   Bunga   paxta   tozalash   zavodi,   “Krasniy   Dvigatel”   zavodlari,
Lokomativ deposi, cho‘yan quyish, elektromexanika zavodlari, metall buyumlarini
ta’mirlash   korxonasi,   asfalt   beton   zavodi,   trikotaj,   paxta   titish   fabrikalari   va
boshqalar kiradi. 
Mazkur   sanoat   korxonalari   atrof-muhitni   ifloslantirar   edi.   Ta’kidlash   joizki,
sobiq   ittifoq   davrida   aholining   ijtimoiy   tarkibi   butunlay   boshqa   bo‘lgan.
Mamlakatning   barcha   viloyatlari   va   respublikalari   aholisining   yarmidan   ko‘pini
ishchilar sinfi tashkil etgan.   O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, nafaqat
Samarqand   viloyati   aholisi,   balki   butun   respublika   aholisining   ijtimoiy   tarkibi
o‘zgarib   ketdi.  Sobiq  Ittifoqning   so‘ngi   yillarida  O‘zbekiston   aholisining   ijtimoiy
tarkibida   ziyolilar   25%,   ishchilar   55%,   de h qonlar   20%   ni   tashkil   qilgan.
Samarqand   viloyati   aholisining   ijtimoiy   tarkibi   mustaqillik   yillarining   boshlarida
15 ishchilar   salmog‘i   yuqori   bo‘lgan,   yillar   o‘tishi   bilan   asta-sekin   sanoat
korxonalarining   yopilishi   tufayli   bu   ko‘rsatkich   kamayib   borib,   kichik   biznes   va
tadbirkorlik sohalari hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlana bordi.
Ma’lumki,   mehnat   resurslari   aholining   o‘z   ijtimoiy   va   ma’naviy
imkoniyatlariga ko‘ra mehnat qila olish qobiliyatiga ega bo‘lgan qismiga aytiladi.
Odatda aholining mehnat faoliyatiga munosabati jihatidan 3 guruhga bo‘linadi:
1) mehnat yoshigacha bo‘lganlar ;
2) mehnat yoshidagilar ;
3) mehnat yoshidan o‘tganlar ;
Xalqaro statistikada, mehnat resurslariga  ko‘pgina mamlakatlarda  15 yoshdan
65 yoshga  b o‘lganlar kiradi. O‘zbekistonda esa erkaklar 16 yoshdan 60 yoshgacha,
ayollar   16   yoshdan   55   yoshgacha   mehnatga   yaroqli   yoshdagi   aholi   hisoblanadi.
Respublikada,   jumla dan   Samarqand   viloyati     mehnat   resurslarining   salmog‘iga
aholining   tug‘ i lish   va   tabiiy   o‘sish   darajalari,   aholining   yosh   tarkibi   hamda   aholi
migratsiyasi bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.  V iloyatda aholining tug‘ilish va tabiiy
o‘sish   ko‘rsatkichlari   yuqoriligi   sababli   aholi   o‘rtasida   14   yoshgacha   bo‘lgan
bolalar   ulushi  yuqori  xisoblanadi. 
Tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatadiki,   viloyat   aholisining     1989   yil   ma’lumotiga
ko‘ra   47,1%   mehnatga   layoqatli   yoshdagilar   bo‘lgan.   20 21   yil   ma’lumotlari
bo‘yicha   mintaqa     mehnat   resurslari   ulushi   57,6%   ga   teng.   Bunday   katta
o‘zgarishga sabab, yuqorida aytilganidek, mehnat resurslarining ulushiga aholining
tug‘ilish   va   tabiiy   o‘sish   darajalarining   ta’siridir.   1989   yil   aholining   tug‘ilish
koeffitsienti     33,1‰,   tabiiy   ko‘payish   27,4‰   bo‘lsa,   hozirgi   vaqtda   bu
ko‘rsatkichlar mos ravishda, 25,2‰ va 20,4‰ ni tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki,
tug‘ilish va tabiiy o‘sishning pasayishi bilan mehnatga layoqatli aholining salmog‘i
ham   oshib   borgan.   Bunday   o‘zgarishlar   viloyatimizning   barcha   shahar   joylari   va
qishloq tumanlarida ham kuzatiladi.
Oxirgi   yillarda   Samarqand   shahri   aholisining   71%,   Kattaqo‘rg‘on   shahri
aholisining   70%   ni   mehnatga   qobiliyatli   yoshdagilardan   iborat.   Bunday
ko‘rsatkichlar   bo‘yicha   qishloq   tumanlari   kesimida   ham   farqlar   kuzatiladi.
16 Masalan,   mehnat   resurslari   salmog‘i   bo‘yicha   Samarqand   tumani   birinchi   o‘rinni
egallaydi. Bu yerda mazkur ko‘rsatkich 77% ni tashkil etadi.
1.3 -jadv al
Samarqand viloyati aholisi soni va mehnat resurslari salmog‘i (2021 y. )
T.r Shahar va
tumanlar Aholi soni ,
ming kishi Mehnat resurslari
salmog‘i  foiz
hisobida Mehnat resurslarining
bandlik darajasi  foiz
h isobida
1 Sa m arqand 
viloyati 4 031,3 57,6 70
2 Samarqand shahr i 561,9 
71 79
3 Kattaqo‘rg‘on 
shahri 91,9 
70 75
Tumanlar
1 Bulung‘ur 193,4 47 73
2 Jomboy 180,5 53 74
3 Ishtixon 264,4 48 68
4 Kattaqo‘rg‘on 282,3 53 73
5 Narpay 219,2 54 69
6 Nurobod 156,3 5 1 72
7 Oqdaryo 165,1 62 60
8 Pa ya riq 260,3 56 67
9 Pastdarg‘om 367,3 53 64
10 Paxtachi 147,9 62 69
1 1 Samarqand 261.5 77 62
12 Tayloq 210,5 54 64
1 3 Urgut 532,5 50 69
14 Qo‘shrabot 136,3 53 66
Jadval viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Keyingi   o‘rinda     62%   bilan   Oqdaryo   va   Paxtachi   tumanlari   turadi.   Qolgan
tumanlarda   mehnatga   layoqatli   aholi   o‘rtacha   52%   ga   teng.   Samarqand   viloyati
aholisining 57,6%  ni mehnat  resurslari tashkil  etishi  bilan, ularning barchasi  ham
ish bilan band emas. Viloyat shaharlari va tumanlari aholisi o‘rtasida iqtisodiy faol
bo‘lmagan   aholi   ham   ko‘pchilikni   tashkil   qiladi.   Viloyatda   mahnatga   yaroqli
aholining 70% ni, Samarqand shahrida  79%, Kattaqo‘rg‘on shahrida 75% mehnat
bilan band aholi xisoblanadi. Qishloq tumanlari orasida ham mehnat resurslarining
bandlik   darajasi   har   xil.   Chunonchi,   Bulung‘ur,   Jomboy,   Kattaqo‘rg‘on   va
Nurobod   tumanlarida   mehnat   resurslarining   bandlik   darajasi   eng   yuqori   bo‘lib,
17 o‘rtacha 73%, qolgan tumanlarda esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 65% ni tashkil qiladi.
Aholi   bandlik   darajasidagi   bunday   farqlarga   asosan   tumanlarda   har   xil   kichik
qo‘shma   korxonalarning   ko‘payganligi   bevosita   ta’sir   ko‘rsatadi.   Bulung‘ur,
Jomboy   va   Kattaqo‘rg‘on   tumanlarida   sanoat   korxonalarining   va   kichik
korxonalarning   ishlab   turganligi   hamda   Nurobod   tumanida   sog‘lomlashtirish
sanatoriyalarning   ko‘pligi   aholining   bandligini   ta’minlagan.   S h unday   qilib,
Samarqand   viloyati   mehnat   resurslarini   o‘rganish   quyidagi   muammolarning
borligini ko‘rsatadi:
          1. Viloyat aholisi va mehnat resurslari sonining  tez o‘sayotganligini hisobga
olib, aholini ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaxshilash. 
        2. mehnat resurslarini  ish bilan ta’minlash uchun; 
       a) kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish ;
       b) qo‘shimcha kichik korxonalar ochish ;  
       v) aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish ;
       g) Samarqand shahrida turizmni tara q qiy ettirish ;
        3. Samarqand shahri havosini va atrof muhitini toza saqlash va h.k.
18 II-BOB. SAMARQAND VILOYATI AHOLISINING TABIIY VA
MEXANIK O’SISHI
2.1. O’zbekiston aholisining tabiiy va mexanik harakati
Aholini   geografik   o‘rganish   ijtimoiy-iqtisodiy   geografiyada   hamma   vaqt
markaziy o‘rinni egallaydi. Aholining joylashuvi turli rayonlarda o‘zining hududiy
xususiyatlari   bilan   ajralib   turadi.   Aholining   joylashuviga   birinchi   navbatda   tabiiy
resurslar   va   aholining   yashash   sharoiti,   xo‘jalikning   tarmoqlar   tarkibi   hamda
hududiy   iqtisodiyotning   ixtisoslashuvi,   demografik   jarayonlarning   rivojlanishi
xususiyatlari ta’sir etadi.
Aholi   joylashuvi   masalalariga   aholi   joylashuvining   yirik   nazariyachisi
V.T.Davidovich o‘z diqqatini qaratgan. Aholi joylashuvining asosiy qonuniyatlari
ta’rifi   shu   olimga   tegishli   bo‘lib,   unda   ishlab   chiqarish   kuchlarini   joylashishi   va
rivojlanishi,   hamda  guruhli  aholi  joylashuvi   shakllarini   aytib  o‘tgan  (Davidovich,
1960, 1964 va x.k.).
O‘zbekiston   Respublikasining   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishiga   ta’sir   etuvchi
asosiy   omillardan   aholi   va   mehnat   resurslari   sonining   tez   ko‘payishi   hisoblanadi.
Shuning uchun bu erda mehnatni ko‘p talab qiladigan sanoat tarmoqlari va qishloq
xo‘jaligi   hamda   keng   iste’mol   mollari   ishlab   chiqarish   rivojlanmoqda.   SHu   bilan
birga   sanoatning   hududiy   tashkil   etilishi   va   rivojlanishi   aholi   joylashuvi   tarkibini
o‘zgartiradi, bu esa o‘z navbatida sanoat korxonalari kichik shaharlarda va qishloq
joylarda   joylashtiriladi.   Bu   joylarda   kichik   sanoat   va   aholiga   xizmat   ko‘rsatish
sohalari kengayishi va rivojlanishi ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatadiki,   O‘zbekiston   Respublikasi   aholisining   o‘sish
darajasi   demografik   rivojlanishining   turli   davrlarida   bir   xil   bo‘lmagan.   Masalan,
1926-1939 yillarda aholining o‘rtacha yillik o‘sishi respublikamizda 2,45%, 1939-
1959 yillar mobaynida 1,25%ni tashkil etgan, bunday aholi sonining pasayishiga 2-
jahon   urushi   oqibatlari   ta’sir   etgan.   Aholi   o‘sishining   eng   yuqori   ko‘rsatkichlari
1959-1970   yillarga   to‘g‘ri   keladi   va   3,45%ni   tashkil   etadi.   Keyingi   yillarda   bu
ko‘rsatkich   pasayib   borgan.   Masalan,   1970-1979   yillarda   bu   raqam   -3,00%ni,
19 1979-1995 yillarda esa yanada pasayib 2,40%ga tengdir. Bu ko‘rsatkich 2000-2014
yillarda   1,75%ni   tashkil   etadi.   Ohirgi   yillarda   respublikamizda   aholi   sonining
pasayishiga,   albatta   tabiiy   o‘sishning   pasayishi   va   ko‘chib   ketganlarning   ko‘chib
kelganlarga   nisbatan   yuqoriligi   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatgan.   Masalan,   1991   yilda
aholining   tabiiy   o‘sishi   593   ming   kishi,   2000   yilda   392   ming   kishi,   20 21   yilga
kelib  711  ming kishini tashkil etadi.
O‘zbekiston   va   O‘rta   Osiyo   urbanizatsiyasining   asosiy   hududiy   xususiyatlari
O.B.Ata-Mirzaev,   E.A.Axmedov,   T.I.Raimov,   X.S.Salimov,   A.S.Soliev   va   boshqa
olimlar tomonidan chuqur tadqiqot qilingan. O‘z navbatida quyidagilarni ta’kidlash
mumkin:
-shahar aholi sonining tez o‘sishi;
-   ko‘pgina   yangi   shahar   aholi   punktlarining   vujudga   kelishi   (asosan   1979-
1985, 2009-2010 yillarda) qishloq aholi punktlarini mexanik ravishda shaharlarga
aylanishi hisobidan;
-shahar   va   qishloq   aholi   joylari   o‘rtasida   aniq   chegaralarning   bo‘lmasligi,
murakkab   va   chuqur   integratsiyalashgan   qishloq-shahar   aholi   joylashuvining
tashkil   etilishi,   asosan   O‘zbekistonning   aholi   zich   joylashgan   vohalari   uchun
xarakterlidir;
-sanoat   jihatdan   kam   rivojlangan   kichik   shaharlarning   mavjudligi   va
urbanizatsiya darajasining pastligi;
-o‘rta   shaharlar   va   yirik   aholi   joylashuvi   shakllarining   sanoat,   ijtimoiy
infratuzilma jihatidan kam rivojlanganligi.
Bularning   yig‘indisi   va   boshqa   xususiyatlar   O‘zbekiston   Respublikasi
urbanizatsiyasining   o‘ziga   xosligini   belgilaydi.   Umuman,   O‘zbekistonda   aholi
joylashuvi   asosan   aholi   punktlarining   joylashishi   va   o‘sishidan   hamda   ularning
tarkibi   va   kattaligidan   aniqlanadi.   Bu   erda,   hududning   tabiiy   geografik
xususiyatlariga   bog‘liq   ravishda   qishloq   aholi   punktlari   notekis   joylashgan.
Masalan,   Farg‘ona   vodiysi,   Toshkent   va   Xorazm   vohalarida   qishloq   aholi
punktlarining   zichligi   100   km.kvda   20   va   undan   ortiqni   tashkil   etadi.   Bu
20 ko‘rsatkichlar   boshqa   rayonlarda,   jumladan   Buxoro   va   Navoiy   viloyatlarining
cho‘l zonalarida past bo‘lib, 100 km.kv.da 3 tani tashkil etadi.
O‘zbekiston sharoitida hozirgi vaqtga kelib, aholining yarmiga yaqini qishloq
aholisiga to‘g‘ri keladi. Qishloq aholisining joylashuvi qishloq xo‘jaligi tarmoqlari
va   hududiy   tarkibi   bilan   bevosita   bog‘liq   hisoblanadi.   Transport   va   boshqa
infratuzilma   sohalarining   rivojlanishi   bilan   qishloq   aholi   punktlarida   aholi   soni
o‘smoqda va hududi kengayib, bu esa ularni ijtimoiy rivojlanishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.   Aholi   joylashuvi   va   urbanizatsiyaning   yuqorida   aytilgan   xususiyatlari
deyarli   respublikaning   barcha   viloyatlari   uchun   xosdir.   SHu   bilan   birga,   aholi
joylashuvini   chuqurroq   o‘rganish   shundan   dalolat   berdiki,   aholi   punktlarini
rivojlanishi   va   joylanishiga   tabiiy   sharoitlar   bilan   birga   xo‘jalik   tarmoqlarining
ixtisosligi ham ta’sir ko‘rsatgan.
Tahlillar   shuni   ko‘rsatadiki,   aholi   sonining   o‘sishi   viloyatlar   miqyosida   va
qolaversa   respublikada   bir   xil   emas.   Masalan,   1979   yilda   O‘zbekistonda   15391
ming kishi yashagan, 1995 yilga kelib aholi soni 22562 ming kishiga etgan, ya’ni
bu ko‘rsatkich 1979 yilga nisbatan 46,6%ga o‘sganligini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtga
kelib,   respublikamizda   35   mlndan   (2022)   ortiq   kishi   yashaydi   va   1995   yilga
nisbatan 35%ga o‘sgan. Bu yillar davomida demografik o‘sishning yuqoriligi bilan
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   Jizzax,   Qashqadaryo   va   Surxondaryo   viloyatlari
ajralib turadi. Bu albatta tug‘ilish darajasining yuqoriligi bilan bog‘liq. Bu asosan
Qashqadaryo   va   Jizzax   viloyatlari   uchun   xosdir.   Aholi   o‘sishi   jihatidan   Xorazm,
Namangan,   Andijon,   Samarqand,   Sirdaryo,   Farg‘ona   va   Toshkent   viloyatlari
demografik rivojlanish darajasining nisbatan sustligi bilan ajralib turadi. Aholining
o‘sishi   bilan   aholining   hududiy   joylashuviga   ma’lum   darajada   siljishlar   vujudga
keladi.   Respublikamizda   aholining   zichligi   juda   notekis   bo‘lib,   Qoraqalpog‘iston
Respublikasida   1   km.   kv.   ga   8   kishi   to‘g‘ri   kelsa,   Farg‘ona   vodiysida   bu
ko‘rsatkich   478   kishini   tashkil   etadi.   Ba’zi   vohalarda   va   aholi   zich   joylashgan
joylarda   demografik   ko‘rsatkichlarning   yuqoriligi   saqlangan   bo‘lib,   bu
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etmasdan qo‘ymaydi. Aholi
21 hududiy   joylashuvini   o‘rganish   shundan   dalolat   beradiki,   ba’zi   viloyatlar   ulushi
demografik o‘sishining yuqori ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. 
2.1 -jadval
O‘zbekiston Respublikasi aholisi sonining hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar
Viloyatlar nomi 1995 yil
ming kishi 202 0  yil ming
kishi 1995-2020 yillardagi
o‘zgarishlar ming kishi
O‘zbekiston 
Respublikasi 22562 33905,2 + 11343,2
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 1397 1898,3 + 501,3
Andijon 1993 3127,7 + 1134,7
Buxoro 1315 1923,9 + 608,9
Jizzax 871 1382,1 + 511,1
Qashqadaryo 1918 3280,4 + 1362,4
Namangan 1741 210,8 + 1069,8
Navoiy 734 997,1 + 263,1
Samarqand 2432 3877,4 + 1445,5
Surxondaryo 1536 2629,1 +1093,1
Sirdaryo 626 846,3 + 220,3
Toshkent 2240 2941,9 + 701,9
Farg‘ona 2444 3752,0 + 1308
Xorazm 1198 1866,5 + 668,5
Toshkent sh. 2117 2571,7 + 454,7
Jadval O‘zR davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Jadval   tahlili   shuni   ko‘rsatadiki,   ba’zi   viloyatlar   ulushi   respublikamiz
aholisining  hududiy tarkibida demografik o‘sishning  yuqori   ko‘rsatkichlari   asosida
o‘sgan.   Aholi   tabiiy   o‘sishining   yuqoriligi   bilan   Qashqadaryo,   Namangan,
Surxondaryo,   Andijon,   Farg‘ona,   Xorazm   va   Jizzax   viloyatlari   ajralib   turadi.
Viloyatlar   ichida   1995-2020   yillar   mobaynida   aholi   ulushining   kamayishi   asosan
Toshkent   viloyati   va   Toshkent   shahrida   hamda   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   va
Samarqand   viloyatida   kuzatilgan.   Bundan   tashqari   Buxoro,   Navoiy,   Sirdaryo
viloyatlari   aholisining   ulushi   boshqa   viloyatlarga   nisbatan   pastroq   ko‘rsatkichga
22 egadir.   Shunday   qilib,   O‘zbekiston   aholisining   hududiy   joylashuvi   va   o‘sish
xususiyatlari birinchi navbatda bu erda demografik rivojlanishining yuqori darajasi
saqlanib   qolinganligi   va   so‘nggi   yillarda   bir   muncha   ba’zi   viloyatlarda
susayganligini  ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, aholining o‘sishi  faqatgina uning
qayta   ko‘payishining   yuqoriligi   hisobidan   ekanligi   hamda   rayonlararo   migratsiya
rolining kamligi va boshqalardir.
Aholining   takror   barpo   bo’lishi.   Insoniyat   taraqqiyoti   davomida   hamisha
avlodlar   almashinuvi   jarayoni   davom   etib   kelgan.   Har   yili   qandaydir   sabablarga
ko’ra   vafot   etgan   aholi   o’rnining   dunyoga   yangi   kelgan   avlod   hisobiga   to’ldirib
borilishi   aholining   takror   barpo   qilinishi   deyiladi.   Tug’ilganlar   soni   o’lganlar
sonidan   ortiq   bo’lgandagina   aholi   soni   oshib,   ko’payib   boradi.   Bu   esa   jamiyat
taraqqiyoti uchun muhimdir.
Aholini takror barpo bo’lishi, asosan, ikki demografik jarayonlar – tug’ilish
va   o’limga   bog’liqdir.   Tug’ilish   –   biologik   jarayon.   Lekin,   u   ijtimoiy-iqtisodiy
muhit   ta‘sirida   o’zgarib   boradi.   Ma‘lumki,   insoniyat   o’z   tarixiy   taraqqiyoti
davomida   bir   nechta   ijtimoiy-iqtisodiy   bosqichlarni   bosib   o’tgan   va   tug’ilish
darajasi jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil bo’lavermagan.
Kapitalistik   tuzumgacha   mavjud   bo’lgan   davrlarda   tug’ilish   biologik   xarakterga
ega   bo’lgan,   ya‘ni   cheklanmagan.   Avvalo,   shuni   aytib   o’tish   kerakki,   quldorlik
tuzumi davrida ham, feodalizmda ham ko’p bolalilikdan har  bir  oila va shu bilan
birga   jamiyat   ham   manfaatdor   edi.   Nega   shunday?   Chunki   oilada   bolaning
iqtisodiy   roli   juda   katta   edi.   Ko’pgina   mamlakatlarda   oila   yumushlarida,
hunarmandchilikda,   dehqonchilikda   va   chorvachilikda   bolalar   mehnatidan
foydalanilgan. Oiladagi  iqtisodiy daromadning bir  qismi bevosita  bolalar  mehnati
orqali   hosil   qilingan.   Demak,   bola   mehnati   milliy   daromadning   ma‘lum   ulushini
tashkil etgani sababli, u jamiyat tomonidan ham qo’llab-quvvatlangan. Hatto, ba‘zi
davlatlarda,   masalan,   Rossiyada   dehqonlarga   ishlash   uchun   beriladigan   yer   ham
bolalar   soniga   qarab   taqsimlangan.   Bunday   sharoitda   o’z-o’zidan   ko’rinib
turibdiki, har bir oila bolalar sonini ko’paytirishdan manfaatdor bo’lgan.
23 Kapitalistik   ishlab   chiqarish   usulining   vujudga   kelishi   bilan   sanoat   tez
rivojlana boshladi, yangi-yangi shaharlar paydo bo’ldi. Ko’pchilik aholi ish qidirib
qishloqdan   shaharlarga   ko’chib   kela   boshladi.   Shahar   aholisining   o’sib   borishi
natijasida,   bir   tomondan,   shaharlarda   turar   joy,   oziq-ovqat   muammolari   kelib
chiqqan bo’lsa, ikkinchi tamondan, fan-texnika taraqqiy etib, ishsizlik vujudga
keldi.   Uchinchidan,   kapitalistik   ishlab   chiqarishda   ayollar   va   bolalar   mehnatiga
juda   kam   haq   to’lanar   edi.   Jamiyatda   bunday   o’zgarishlar   oilada   bolalar   sonini
cheklashga, tug’ilishning qisqarishiga olib keldi. Ayniqsa, aholisining asosiy qismi
shaharlarda yashovchi Yevropa mamlakatlarida tug’ilish kamayib ketdi.
Yer   yuzida   tug’ilishning   kamayish   jarayoni,   asosan,   XVIII   asrning   ikkinchi
yarmida   G’arbiy   Yevropa   davlatlarida   boshlanib,   keyinchalik   AQSh,   Kanada,
Avstraliya   va   Yaponiyaga   tarqaldi.   Ayniqsa,   iqtisodiy   jihatdan   taraqqiy   etgan
davlatlarda   tug’ilish   tez   kamaya   boshladi.   Agar   bu   davlatlarda   XVIII   asrning
ikkinchi   yarmida   har   ming   kishi   hisobiga   38   ta   bola   tug’ilgan   bo’lsa,   oradan   sal
kam ikki yuz yil o’tgach, ya‘ni XX asrning oxirgi choragida bu ko’rsatkich 16 tani
tashkil   etdi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   ikki   yuz   yil   davomida   tug’ilish   2
barobardan   ko’proq   qisqargan.   Xuddi   ana   shu   davrlar   uchun   rivojlanayotgan
davlatlardagi   tug’ilishni   qiyoslaydigan   bo’lsak,   boshqacha   holatning   guvohi
bo’lamiz.   Ularda   1750-1800-yillarda   har   ming   kishi   hisobiga   41   tadan   bola
tug’ilgan bo’lsa, 1970-1990-yillarda har 1000 kishi hisobiga tug’ilgan bola 34 tani
tashkil   qilgan.   Demak,   rivojlanayotgan   mamlakatlarda   tug’ilishning   kamayishi
nisbatan sekin borgan.
1970-1990-yillar davomida tug’ilishning eng tez kamayishi Osiyoga tegishli.
Xitoyda   oilada   bolalar   sonini   cheklash   davlat   dasturiga   kiritilgan.   1970-yillardan
boshlab   aholi   o’rtasida   tug’ilishni   kamaytirish   uchun   qator   tadbirlar   qo’llana
boshladi.   Natijada,   Xitoyda   tug’ilish   keskin   kamaydi.   BMT   ma‘lumotlariga
qaraganda,   1970-1974-yillarda   Xitoyda   har   bir   ayol   o’zining   farzand   ko’rish
davrida o’rtacha 4,8 va 1986-1990-yillarda esa 2,1 tadan farzand ko’rgan.
Hindistonda ham tug’ilish davlat tomonidan nazorat qilinadi. Oilada bolalar
sonini   cheklash   davlat   dasturiga   kiritilgan.   Bu   masala   yuzasidan   bir   qancha
24 tashkilotlar   maxsus   tadqiqot   olib   boradilar.   Ular   jumlasiga   oilani   rejalashtirish
uyushmasi, Hindiston tibbiyot uyushmasi, Hindiston Qizil yarim oy jamiyati kabi
tashkilotlar   kiradi.   Hindistonda   tug’ilishning   kamayishiga   aholi   savodxonlik
darajasining oshishi ham ta‘sir etmoqda. Masalan, 1971-yili Hindiston aholisining
29,4   foizi   savodli   edi;   hozirgi   davrda   40   foizga   yaqini   savodlidir.   Tug’ilishni
nazorat   qilish   hamda   xalqning   savodlilik   darajasini   ko’tarish,   tibbiyotni
rivojlantirish   natijasida   Hindiston   davlati   tug’ilishni   ancha   kamaytirishga   erishdi.
Masalan, 1970-1990-yillarda har bir ayolning o’z farzand ko’rish davri davomida
ko’rgan farzandlar soni 5,4 dan 3,3 ga kamaydi.
Ma‘lumki,   Osiyo   aholisining   70   foizdan   ko’prog’ini   Xitoy   va   Hindiston
aholisi   tashkil   etadi.   Shuning   uchun   ham   Xitoy   va   Hindistonda   tug’ilishning
kamayishi   butun   Osiyo   bo’yicha   tug’ilish   ko’rsatkichiga   ta‘sir   qildi.   1970-1990
yillarda  tug’ilish  bu  yerda  deyarli  40  foizga  kamaydi.  Holbuki, xuddi   shu  davrda
tug’ilish   Xorijiy   Yevropada   16   foizga,   Avstraliya   va   Okeaniyada   19   foizga,
Afrikada esa 5 foizga kamaygan, xolos. Tug’ilishning kamayib borishi sobiq SSSR
tarkibidagi xalqlarda ham kuzatiladi.
XIX asr oxirlariga qadar sobiq Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarda
tug’ilishning   juda   yuqoriligi   kuzatilgan.   Masalan,   farzand   ko’rish   davrida   (dunyo
bo’yicha ayollarning 15-49 yosh davri) har ming kishiga nisbatan tug’ilgan bolalar
soni   1861-1865-yillarda   50,7   tani   tashkil   qilgan   bo’lsa,   1911-1913-yillarga   kelib
bu ko’rsatkich 43,9 taga kamaydi, lekin bu raqam ham yuqori ko’rsatkichdir. 1920-
yillardan   boshlab   esa,   sobiq   Ittifoqda   tug’ilish   juda   keskin   –  ellik   besh   yil   ichida
(1925-1990) deyarli  2 martaga kamaydi. Biroq bu jarayon barcha respublikalarda
bir tekisda borgan emas. 
Asosan,   Boltiqbo’yi,   Belorussiya,   Moldaviya,   Rossiya   va   Ukrainada,   ya‘ni
xo’jaligida   sanoat   yetakchi   bo’lgan   respublikalarda   tug’ilish   keskin   kamayib
ketgan.   Shunday   qilib,   biologik   jarayon   bo’lgan   tug’ilish   va   uning   miqdori,
ijtimoiy-iqtisodiy omillarning oila muhitiga bevosita ta‘siri orqali o’zgarib boradi.
Ijtimoiy-
25 iqtisodiy taraqqiyot  tug’ilish darajasini  belgilovchi asosiy  omillardan hisoblanadi.
Bu   hol   O’zbekistonning   demografik   taraqqiyotida   ham   o’z   aksini   topgan.
O’zbekistonda   tug’ilish   jarayonini   quyidagi   3   bosqichga   bo’lib   o’rganish
maqsadga muvofiq:
1. Oktyabr inqilobiga qadar.
2. Sovet hokimiyati yillarida.
3. Mustaqillik davri.
Ma‘lumki,   aholining   ko’payib   yoki   kamayib   borishi,   birinchi   navbatda,
uning   tabiiy   o’sishiga,   ya‘ni   tug’ilish   va   o’lim   jarayonlariga   bog’liqdir.   Tug’ilish
darajasini   ifodalovchi   eng   ko’p   qo’llaniladigan   ko’rsatkich   tug’ilishning   umumiy
koeffitsiyenti   bo’lib,   u   ma‘lum   hudud   va   davr   uchun   har   1000   aholiga   nisbatan
tug’ilganlarni ifodalaydi. 
Biz yuqorida tug’ilish, o’lim, nikoh va ajralish kabi demografik jarayonlarni
ifodalovchi   umumiy,   eng   ko’p   qo’llaniladigan   koeffitsiyentlar   bilan   tanishdik.
Ushbu   koeffitsiyentlarda   1000   ta   aholi   o’lchov   sifatida   olingan.   Ushbu
koeffitsiyentlar   orqali   har   1000   aholiga   nisbatan   tug’ilganlar,   o’lganlar,   nikohga
kirganlar   va   ajralganlar   soni   aniqlanadi   va   hosil   bo’lgan   ko’rsatkich   (raqam)
yoniga   ‰   (‰)   belgisi   qo’yiladi.   ‰   har   1000   aholiga   nisbatan   olinganligini
bildiradi.   Demografik   jarayonlarning   umumiy   koeffitsiyentidan   tashqari   maxsus
koeffitsiyentlari   ham   mavjud   bo’lib,   ular   har   bir   jarayonda   bo’layotgan
o’zgarishlarni atroflicha o’rganishga yordam beradi. 
O’lim.   Aholi   o’limi   uning   takror   barpo   bo’lishidagi   asosiy   jarayondir.
Chunki, aholining tabiiy o’sishi tug’ilish bilan bir qatorda o’limga ham bog’liqdir.
Tug’ilish   yuqori,   o’lim   kam   bo’lgan   hollardagina   aholining   tabiiy   o’sishi   yuqori
darajada   bo’ladi.   Maxsus   olib   borilgan   tadqiqotlarning   ko’rsatishicha,   jamiyat
taraqqiyoti   davomida   XVIII   asrning   ikkinchi   yarmiga   qadar   dunyoning   barcha
hududlarida o’lim juda ko’p bo’lgan.
Olimlar tomonidan aholi o’rtasidagi o’lim sabablari 2 ta guruhga ajratiladi:
1. Endogen sabablar.
  2. Ekzogen sabablar.
26 Har   bir   odamning   biologiyasidan   kelib   chiqadigan,   irsiyat   bilan   bog’liq
bo’ladigan tug’ma kasalliklar natijasida o’lishi endogen sabablardir. Bunday o’lim
juda   kam   bo’ladi.   Asosan,   o’limlar   ko’pchiligi   ekzogen   sabablarga   ko’ra   sodir
bo’ladi.   Ekzogen   sabablar   kishi   organlarida   tashqi   ta‘sir   natijasida   ro’y   beradi.
Tashqi   ta‘sir   deganda   odamlar   yashab   turgan   muhiti,   ya‘ni   tabiiy   muhit,   kishilar
mehnati tufayli yaratilgan sun‘iy muhit, sotsial muhit ko’zda tutiladi. Tabiiy muhit
– ayrim hayvonlar ba‘zi yuqumli kasalliklarni yuqtirishi, masalan, pashsha bezgak
kasalligini, tropik o’rmonlardagi setse chivini uyqu kasalligini keltirib chiqaradi.
Ammo   o’limlarning   eng   ko’pi   sun‘iy   muhitdan   kelib   chiqadi.   Inson   o’z
mehnati tufayli shunday sun‘iy muhitni vujudga keltirdiki, ular ta‘sirida bir qancha
xavfli  yurak-qon tomir, asab sistemali  xavfli yaralar, venerik kasalliklar  ko’payib
ketdi.   Bularga   asosiy   sabab   hozirgi   zamon   sanoati,   urbanizatsiya,   texnika
taraqqiyoti,   avtomatlashtirish,   xalq   xo’jaligini   kimyolashtirish   natijasida   atrof-
muhitning   buzilishi,   havoning,  oqar   suvlarning  ifloslanishi   ro’y   berdi.   Yurak-qon
tomir   kasalliklari   industrial   jihatdan   rivojlangan   kapitalistik   mamlakatlarda
rivojlanayotgan   mamlakatlarga   qaraganda   6-8   marta   ko’proqdir.   Bu   kasalliklarni
to’la tuzatib yuborishga tibbiyot hali qodir emas.
Atmosferani   ifloslantirayotgan   asosiy   manbalarga   transport,   sanoat,
energetika   va   kommunal   xo’jaligi   kabilar   kiradi.   Masalan,   AQSh   da   atmosfera
ifloslanishining 60 foizi transportdan, 17 foizi sanoatdan; 14 foizi energetikadan; 9
foizi   uylarni   isitish   uchun   yoqilg’i   yoqishdan   chiqqan   gazlar   hissasiga   to’g’ri
keladi.
Avtomobillashishning  yana bir  salbiy tomoni avariyalardir. Yer sharida har
yili   55   million   avtohalokat   sodir   bo’lib,   unda   300   mingdan   ortiq   kishi   halok
bo’ladi.   Taxminiy   hisoblarga   ko’ra,   haydovchilarning   har   to’qqistasidan   bittasi
avtohalokatda halok bo’ladi yoki og’ir jarohatlanadi. Avtohalokatlardan halok
bo’lish   AQSh,   Yaponiya,   Germaniya,   Buyuk   Britaniya,   Fransiya   kabi   yuksak
darajada   avtomobillashgan   davlatlarda   ko’proq.   Aholi   o’rtasidagi   o’lim
ko’rsatkichiga   turli   xalqlar   turmush   sharoiti,   ularning   odatlari   va   ovqatlar   tarkibi
ham ta‘sir qiladi. Masalan, alkogolizmdan sodir bo’lgan jigar serrozi kasalligi eng
27 ko’p   fraktsiyalarda   uchraydi.   Ayrim   kasalliklarni   geografik   tarqalishi
ahamiyatlidir. Masalan, qizil o’ngach yarasi kasalligi O’zbekiston, Qozog’iston va
Turkmanistonda, sut bezlari yarasi Latviya, Estoniyada uchraydi. O’limning sotsial
sabablari   ko’p   jihatdan   ijtimoiy   tuzumga   bog’liq.   Masalan,   O’zbekistonda   bepul
tibbiy   xizmat   tufayli   ko’plab   kasalliklar   –   bezgak,   qizamiq   va   boshqa   infeksion
kasalliklar tugatilgan. 
Aholining   tabiiy   o’sishi.   Aholining   tabiiy   o’sishi   ma‘lum   bir   muddatda
tug’ilganlar   sonidan   o’lganlar   sonini   olib   tashlaganda   qolgan   qoldiq   bilan
o’lchanadi.   Aholining   tabiiy   o’sishi   dunyoning   turli   qismlarida,   har   xil
mamlakatlarda,   hatto   bir   mamlakatning   ayrim   qismlarida   turlichadir   Masalan:
O’zbekiston   tabiiy   o’sishi   yuqori   bo’lgan   davlatlardan   hisoblanadi.   Buning
sabablari   tug’ilish   va   o’limga   bog’liq.   Hozir   Yer   shari   aholisi   har   yili   2   foizga
ko’paymoqda.   Ammo,   aholi   tabiiy   o’sishining   dunyo   bo’yicha   o’rtacha
ko’rsatkichidan   yuqori   bo’lgan   joylar   ham   bor.   Rivojlanayotgan   mamlakatlarda
aholi   ko’payishi   yiliga   3-4   foizga   yetadi.   Eng   kam   tabiiy   o’sish   rivojlangan
kapitalistik mamlakatlarda kuzatiladi. Masalan, Yaponiyada – 10,8, Avstraliyada –
9,2,   Italiyada   –   4,9,   AQShda   –   5,9,   Buyuk   Britaniyada   –   0,6   ‰   ni   tashkil   etadi.
O’zbekistonda bu ko’rsatkich 18‰ ni tashkil etmoqda.
Dunyo hududlarini tug’ilishning XX asrning ikkinchi bosqichidagi  holatiga
qarab   sharhlamoqchi   bo’lsak,   ularni   shartli   ravishda   uch   guruhga   ajratish
maqsadga muvofiq.
Birinchi   guruh   –   tug’ilish   darajasi   yuqori   bo’lgan   davlatlar.   Bunga   Afrika
davlatlari   (deyarli   hammasi),   Osiyo   va   Janubiy   Amerikadagi   qator   davlatlar,
Avstraliya   va   Okeaniya   hamda   O’rta   Osiyo   davlatlari   kiradi.   Bu   davlatlardagi
oilalarda   farzandlarning   o’rtacha   soni   to’rttadan   to   sakkiztagacha,   ba‘zi   hollarda
esa undan ham yuqori bo’ladi. Ushbu davlatlardagi oilalarda tug’ilish darajasining
bunday   yuqori   bo’lishiga   olib   keluvchi   qator   omillarning   asosiylari   quyidagilar:
yuqorida zikr etilgan davlatlar, asosan, iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan davlatlar
bo’lib,   aholisining,   ayniqsa,   ma‘lumotlilik   darajasi   nisbatan   past,   ayollar   ijtimoiy
28 ishlab chiqarishda kam ishtirok etadi, shahar tarzining shakllanishi sust, tug’ilishni
cheklash haqidagi tushunchalar va unga kerakli tibbiy vositalar keng tarqalmagan.
Shuni   alohida   ta‘kidlab   o’tish   lozimki,   tug’ilish   darajasining   yuqoriligi   ba‘zi   bir
demografik oqibatlarni  keltirib chiqaradi. Jumladan,  aholi  soni  juda tez ko’payib,
yangi   oilalar   vujudga   keladi,   aholi   tarkibida   bolalar   salmog’i   yuqori   bo’ladi.   Bu
demografik oqibatlar esa, o’z o’rnida, qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga sabab
bo’ladi. 
Yuqorida   qayd   etilgan   davlatlar   aholisi   keyingi   10-14   yil   davomida   yiliga
o’rtacha 2,7-3,2 foizdan ko’paydi va dunyo aholisidagi salmog’i 23 foizdan oshdi.
Ikkinchi   guruh   oilalarda   tug’ilish   darajasi   o’rtacha   bo’lgan   davlatlar   guruhidir.
Ushbu   guruhga   dunyo   bo’yicha   jami   44   ta   davlat   kiradi.   Ulardan   25   tasi
Yevrosiyoda,   2   tasi   Afrikada,   16   tasi   Amerikada   va   1   tasi   Avstraliya   va
Okeaniyada. Ularning aholisi  yer shari  aholisining qariyb 40 foizini tashkil  etadi.
Ushbu   davlatlardagi   oilalarda   o’rtacha   ikkitadan   to’rttagacha   farzandlar   bor.   Bu
guruhga   kirgan  davlatlar  aholisi  har  yili   1,9  foizdan   ko’payib  bormoqda.  Mazkur
davlatlarda   oilaning   bunday   shakllanishi   ularning   tarixan   tarkib   topib   kelgan
ijtimoiy-iqtisodiy omillari bilan bog’liqdir.
Tug’ilish   darajasi   o’rtacha   bo’lgan   joylarda   aholi   o’zining   mavjud   sonini
saqlab   boradi.  Ularda   aholining  keskin   ko’payib  ketish   va   kamayib   ketish   hollari
kutilmaydi. Aholi taraqqiyoti muammolarini hal etish bir muncha yengil kechadi.
Uchinchi guruh esa tug’ilish darajasi past bo’lgan davlatlardir. Ularning soni 32 ta.
Shundan   24   tasi   Yevrosiyoda,   5   tasi   Amerikada   va   3   tasi   sobiq   SSSRda
joylashgani   holda   iqtisodiy   jihatdan   taraqqiy   etgan   davlatlardir.   Ushbu   guruhga
mansub   davlatlar   dunyo   aholisining   36,0   foizini   yoki   uchdan   bir   qismini   tashkil
etadi.   Ularda   aholi   yiliga   o’rtacha   0,9   foizdan   ko’payib   bormoqda.   Oilalarning
aksariyat qismida bitta va ikkitadan bola bor, xolos.
So’nggi  guruh davlatlarida istiqomat  etuvchi  oilalarda tug’ilishning bunday
kamayishb   ketishi,   birinchi   navbatda,   kapitalistik   munosabatlar   keng   tarqalishi,
sanoat   ishlab   chiqarishi   rivojlanib,   shaharlar   sonining   o’sishi   va   shahar   turmush
tarzining   keng   tarqalishi   sabab   bo’ldi.   Ayniqsa,   aholisining   asosiy   qismi
29 shaharlarda   yashovchi   Yevropa   mamlakatlarida   tug’ilish   juda   kamayib   ketgan.
Masalan, Angliyada 1850-yillarda aholining 50 foizi shaharlarda yashagan va shu
davrda   har   ming   kishi   hisobiga   tug’ilgan   bolalarning   soni   o’rtacha   32-33   tani
tashkil qilgan. Yoki Germaniyani olib qaraylik. Bu mamlakatda aholining 90 foizi
shaharlarda istiqomat qiladi. Dunyodagi tug’ilish eng kam davlat bo’lib, har ming
kishiga nisbatan tug’ilgan bolalar 9-10 tani tashkil etadi. Ushbu guruh davlatlarida
hozirgi   davrda   tug’ilish   darajasining   kamayib   ketishiga   olib   kelgan   navbatdagi
omil   ayollarning   ijtimoiy   ishlab   chiqarishda,   yollanma   ishlarda   nisbatan   ko’proq
qatnashishidir.   Masalan,   Kanadada   1931-yilda   ijtimoiy   ishlab   chiqarishda   band
bo’lgan   ayollar   aholining   17   foizini,   1980-1990-yillarda   esa   40   foizini   tashkil
etgan.
Iqtisodiy   rivojlangan   davlatlarda   tug’ilishning   kamayishiga   olib   kelgan
omillardan   yana   biri   oilalarning   buzilishi,   ya‘ni   nikohdan   chiqish   hollarining
nihoyatda ko’pligidir. Hozirgi davrda AQShda har yili qayd etilgan nikohlarning
50   foizi   yoki   yarmi   buzilayotganligi   ma‘lum.   Boshqacha   qilib   aytganda,   oila
qurgan yoshlarning deyarli yarmi ajralib ketmoqda. Tabiiy holki, nikohning qisqa
davom   etishi   oilada   bola   sonining   o’z-o’zidan   kamayishiga   olib   keladi.   Bundan
tashqari, barcha iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar qatori, Shimoliy Amerikada ham
fan-texnika rivojlanib, ishlab chiqarish sohalariga kirib borishi natijasida aholining
tarkibida   ishsizlar   miqdori   tobora   ko’payib   bormoqda.   Ishsiz,   boshpanasiz
aholining ertangi kunga ishonchi, oila qurish va farzand tarbiya qilishga iqtisodiy
imkoniyati   bo’lmaydi.   Ana   shunday   holatlar   tug’ilishning   kamayib   ketishiga   olib
keladi.   Umuman   olganda,   kapitalistik   munosabatlarning   keng   tarqalishi   va
rivojlanishi  oilaning farzandlarga bo’lgan ham iqtisodiy, ham ma‘naviy ehtiyojini
nihoyatda   pasaytirib   yubordi.   Fikrimizning   dalili   sifatida   eng   taraqqiy   etgan
kapitalistik   davlatlardan   biri   –   AQSh   oilalaridagi   tug’ilish   ko’rsatkichlariga
murojaat   etaylik.   Agar,   1950-yilda   har   bir   amerika   oilalarida   o’rtacha   3-4   tadan
bola   tug’ilgan   bo’lsa,   1970-yili   bu   ko’rsatkich   2-3   taga,   bugunga   kelib   esa   1-2
tagacha   kamaydi.   AQSh   da   farzandsiz   oilalar   salmog’i   ko’payib   bormoqda.   Bu
davlatda o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’pchilik oilalarda
30 faqat bittadan farzand bo’lib, ularning 44 foizi kutilmagan, 15 foizi xohlanmagan
farzandlar   ekan.   Mutaxissislar   ushbu   ahvolni   ―Amerika   oilasida   inqiroz   deb‖
atashmoqda.   Bu   inqiroz   Amerika   Qo’shma   Shtatlari   kelajagi   uchun   muammomi,
yo’qmi?   Uni   ushbu   davlat   aholisining   taraqqiyot   tarzidan   kelib   chiqib   aniqlamoq
lozim.
Shunday   qilib,   biz   yuqorida   jahon   mamlakatlari   oilalarida   tug’ilish
jarayonidagi   o’zgarishlar   bilan   tanishib   chiqdik.   Ma‘lum   bo’ldiki,   hozirgi   paytda
yer shari xalqlari oilalarida farzandlarning tug’ilish jarayoni bir xil emas ekan. Bir
guruh   mamlakatlar   oilalarida   tug’ilish   juda   kamayib   ketgan   bo’lsa,   ikkinchi   bir
guruhda esa, aksincha, juda yuqoridir. Boshqa bir guruh davlatlar mavjudki, ularda
tug’ilish   o’rtacha.   Bunday   holat,   yuqorida   aytganimizdek,   turli   ijtimoiy-iqtisodiy
omillar   bilan   bog’liq.   Dunyodagi   har   bir   hudud   va   davlatlarning   o’z   demografik
tarixi   xususiyatlari   hamda   aholi   yosh   tarkibiga   ta‘sir   etuvchi   omillari   mavjuddir.
XX asr boshlarida shved demograf olimi G.Sundberg aholini yosh tarkibiga qarab
uch turga bo’ldi:
1. Progressiv.
2. Statsionar.
3. Regressiv.
Progressiv yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida bolalar (10-14 yoshdagi)
salmog’i qariyalarga (65 yosh va undan yuqori) qaraganda yuqori bo’ladi. Bunday
holat   tug’ilish   darajasi   yuqori   bo’lgan   hududlarda   kuzatilib,   ularning   aholisi
muntazam   ko’payib   boradi.   Statsionar   yosh   tarkibida   aholi   umumiy   miqdorida
qariyalar   salmog’i   tengdir.   Statsionar   yosh   tarkibida   aholi   soni   bir   xil   miqdorda
turadi. Aholining tez kamayishi yoki ko’payishi kuzatilmaydi.
Regressiv  yosh tarkibida aholi umumiy sonida  qariyalar  salmog’i bolalarga
qaraganda yuqori bo’ladi. Bunday holatda esa aholi soni asta-sekin kamayib borib,
―depopulyatsiya holati yuz beradi. Aholi qarib boradi. Dunyo aholisi yosh tarkibi
bo’yicha hududiy xususiyatlarga egadir.
31 2.2. Aholining tug’ilishi darajasi va unga ta’sir etuvchi omillar
Mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishida   hududlardagi   demografik
holatini   har   tomonlama   o‘rganish   katta   ahamiyatga   ega.   Aholining   ijtimoiy-
iqtisodiy   rivojlanishini   geografik   jihatdan   o‘rganish,   uni   tabiiy   va   mexanik
harakatini   tadqiq   qilish   muhim   hisoblanib,   bu   harakatlar   har   bir   mamlakatning
aholi   sonini   o‘zgarib   borishiga   hamda   kelajak   istiqbollarini   belgilab   berishga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, aholining tabiiy harakati – tug‘ilish, o‘lim va avlodlar almashinuvi
natijasidir. Aholining tabiiy va mexanik harakatiga ko‘p omillarning ta’siri yuqori.
Ayniqsa,   har   bir   mamlakatda   hukmron   bo‘lgan   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyatning
o‘zgarib  borishi  mamlakatdagi   demografik  vaziyatga  ham  o‘z  ta’sirini   ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, tug‘ilish va o‘lim nisbati tabiiy o‘sishga, aholining turmush tarzi,
erta   nikohga   kirish,   ayollarning   ishsizligi,   ularning   ijtimoiy   mehnat   bilan   kam
shug‘ullanishi,   tibbiy   xizmatning   pastligi,   millat   ongining   rivojlanish   darajasi,
milliy   urf-odatlar,   erkaklarning   spirtli   ichimliklar   va   giyohvand   moddalarni
iste’mol qilishi, baxtsiz hodisalar, turli xil kasalliklar va boshqa omillar bilan ham
bog‘liqdir.
Respublikamiz   mustaqillikka   erishgandan   so‘ng   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyat
tubdan   o‘zgardi.   Jumladan,   Samarqand   viloyatida   o‘rganilayotgan   hududda   ham
ba’zi   o‘zgarishlar   ko‘zga   tashlanadi.   Ayniqsa,   viloyatdagi   demografik   vaziyat
o‘ziga   xos   bo‘lib,   u   respublikaning   boshqa   viloyatlari   orasida   aholisining   tabiiy
o‘sishi   jihatdan   etakchi   o‘rinda   turadi.   O‘zbekistondagi   viloyatlar   ichida
Samarqand viloyati 1998 yildan hozirgi kunga qadar aholi soni jihatdan eng yuqori
bo‘lib, jumladan 2021 yil ma’lumotiga ko‘ra viloyatda 4031.3 ming kishi istiqomat
qiladi, shundan 1483.2  ming kishi yoki 37 % shahar aholisi hisoblanadi. 
Aholining   umumiy   soni   jihatidan   keyingi   o‘rinlarni   Farg‘ona,   Qashqadaryo
va   Andijon   viloyatlari   egallaydi.   Viloyat   aholisining   tez   sur’atlar   bilan   o‘sishi,
avvalo   tabiiy   o‘sishning   yuqoriligi   bilan   bog‘liqdir.   Mintaqadagi   tug‘ilish
koeffitsientining   yuqoriligi   va   nisbatan   o‘lim   darajasining   pastligi   aholi   sonining
32 tez   o‘sishini   ta’minlaydi.   Kuzatishlar   shundan   dalolat   beradiki,   viloyatda   1992
yildan boshlab aholi soni  doimiy o‘sib borgan. Lekin, bu ko‘rsatkich 2001 yildan
boshlab   sezilarli   darajada   pasaya   boshlagan.   Bunga   asosiy   sabab   tug‘ilishning
pasayishi   bilan   izohlanadi.   Shu   o‘rinda   bevosita   statistik   ma’lumotlarga   e’tibor
qaratadigan   bo‘lsak,   1991   yilda   viloyatda   84   ming   bola   tug‘ilgan,   1992   yilda   85
ming,   1993-1994   yillarda   o‘rtacha   80   ming,   2001-2004   yillarda   61   ming,   2021-
2022-yillarda   o‘rtacha   110   mingdan   ortiq   bola   tug‘ilgan   bo‘lib,   bu   ko‘rsatkich
oxirgi yillarda yana ko‘payganligini statistik tahlillardan ko‘rish mumkin.
Viloyatda   tug‘ilish   ko‘rsatkichi   respublikaning   boshqa   mintaqalarida
bo‘lganidek, qishloq joylari aholisi shahar aholi manzilgohlariga nisbatan sezilarli
darajada   yuqori   hisoblanadi.   Bunga   asosiy   sabab,   aholi   punktlarining   funksional
tiplari, aholining mehnat tarkibi va boshqa bir qancha omillar bilan bog‘liq. 
2. 2 -jadval. 
Samarqand viloyati shaharlari aholisining tabiiy o‘sishini guruhlash (2021 y.)
Darajasi Shaharlar nomi Jami shaharlar
aholisi soni
ming kishi %
Tabiiy o‘sishning past darajasi, 15
‰ gacha Samarqand,
Oqtosh, Nurobod,
C h elak 16.2 55,1
Tabiiy o‘sishning o‘rtacha darajasi,
15 ‰ dan 20 ‰ gacha Juma, Bulung‘ur,
Ishtixon,
Kattaqurg‘on 448,5 69,9
Tabiiy o‘sishning yuqori darajasi 20
‰ dan 37 ‰ gacha Payariq, Urgut,
Jomboy 218,5 14,8
Jami shaharlar aholisi 1483.2 100,0
Jadval muallif tomonidan tuzilgan
Samarqand   shahrida   viloyatning   boshqa   shaharlariga   nisbatan   tabiiy   o‘sishi
pastroq   bo‘lib,   Kattaqo‘rg‘on   shahrida   o‘rtacha,   kichik   shaharchalarda   esa
yuqoriroqdir.   S h u   bilan   birga   aholining   umumiy   sonida   ham   xuddi   shunday
ko‘rsatkichlar   kuzatiladi.   Viloyatda   aholining   tabiiy   o‘sishi   1994   yil
ma’lumotlariga   ko‘ra   29   ‰   ni,   2021   yilda   esa,   23.7   ‰   ni   tashkil   etadi.   5-
33 jadvaldan   ko‘rinib   turibdiki,   viloyat   shaharlari   aholisining   tabiiy   o‘sishini   3
darajaga: past – 15 ‰ gacha, o‘rtacha – 15‰ dan 20 ‰ gacha va yuqori – 20 ‰
dan   37   ‰   gacha   guruhlariga   bo‘liish   mumkin.   SHaharlar   ichida   aholi   o‘sishning
past   guruhiga   Samarqand,  Oqtosh,   Nurobod   va  C h elak   shaharlari   kiradi.  Bu   erda
shaharlar   aholisining   70   %   dan   ko‘p   qismi   yashaydi.   Tabiiy   o‘sishning   o‘rta
darajasiga   Juma,   Bulung‘ur,   Ishtixon,   Kattaqurg‘on   shaharlari   kirib,   viloyat
shaharlari aholisining qariyib 150 ming kishisi bu shaharlarda istiqomat qiladi.
Tabiiy   o‘sishning   yuqori   ko‘rsatkichlari   bilan   Payariq,   Urgut   va   Jomboy
shaharlari   ajralib   turadi.   Viloyat   shaharlari   orasida   tabiiy   o‘sishning   eng   yuqori
o‘sishi  bilan Payariq birinchi o‘rinda turadi. Payariq shahrida tabiiy o‘sish 37,1 ‰
ga   teng,   eng   past   tabiiy   o‘sish   Samarqand   shahrida   13,3   ‰   ni   tashkil   etadi.
Samarqand viloyati  qishloq aholisi  tabiiy o‘sishni  guruhlarga bo‘lib o‘rganish ham
maqsadga muvofiqdir. Qishloq aholisining 42,6 % da tabiiy o‘sish yuqori bo‘lib, bu
guruhda Urgut, Pastdarg‘om, Payariq va boshqa tumanlar kiradi. Tabiiy o‘sishning
past ko‘rsatgichlari yirik shahar  Samarqandga yaqin joylashgan Samarqand tumani
va   o‘rta   shahar   Kattaqo‘rg‘on   joylashgan   Kattaqo‘rg‘on   tumani,   hamda   Tayloq   va
Paxtachi   tumanlari   kiradi.   Bu   darajaga   kiruvchi   tumanlarda   qishloq   aholisining
31%i yashaydi.
Tabiiy  o‘sishning   o‘rtacha  guruhiga  Oqdaryo, Bulung‘ur, Qo‘shrabot,  Narpay
va   Nurobod   kiradi.   Bu   erda   qishloq   aholisining   26,4%i   to‘g‘ri   keladi.   Qishloq
tumanlarida tabiiy o‘sishning eng yuqori ko‘rsatkichi  bilan Urgut ajralib turadi, bu
erda   tabiiy   o‘sish   27,5 0
/
00   ga   teng,   eng   past   tabiiy   o‘sish   esa   Samarqand   tumanida
bo‘lib, 18,5 0
/
00  ni tashkil etadi. Samarqand viloyati qishloq tumanlarida tabiiy o‘sish
o‘rtacha 23,1 0
/
00  hisoblanadi. Ma’lumki, aholining tabiiy o‘sishida birinchi navbatda
aholi tug‘ilishi darajasi, shuningdek, aholining o‘lim darajasi  ham ta’sir ko‘rsatadi.
Aholining   tug‘ilish   darajasi   20 21   yil   ma’lumotiga   ko‘ra   viloyatda   27,7 0
/
00   ,   o‘lish
darajasi   esa,   4,7 0
/
00   ga   teng.   Bu   ko‘rsatkich   shahar   aholi   punktlarida   o‘rtacha
tug‘ilish 21.8 /
00  , o‘lim 3,9 0
/
00  ni tashkil etadi.
34 2.3 -jadval .
Samarqand viloyati qishloq tumanlari aholisining tabiiy o‘sishini
guruhlash  ( 2021 y).
Tabiiy o‘sish darajasi Qishloq tumanlari
nomi Jami qishloq
aholisi soni
ming
kishi %
Tabiiy o‘sishning past
darajasi, 21 ‰ gacha Samarqand, Paxtachi,
Kattaq o’ rg‘on, Tayloq 789,9 31,0
Tabiiy o‘sishning
o‘rtacha darajasi, 21 ‰ dan
24 ‰ gacha Oqdaryo, Bulung‘ur,
Qo‘shrabot, Narpay,
Nurobod 672,7 26,4
Tabiiy o‘sishning
yuqori daroajasi 24 ‰ dan
28 ‰ gacha Urgut, Pastdarg‘om,
Payariq, Ishtixon, Jomboy 1085,5 42,6
Jami qishloq aholisi 2 548.1 100,0
Jadval muallif tomonidan tuzilgan .
Viloyat shaharlari ichida eng yuqori tug‘ilish darajasi Payariq shahrida bo‘lib,
42,6 0
/
00  , o‘lim 5,5 0
/
00  , shu bilan birga tug‘ilishning yuqoriligi bilan Urgut 29,9 0
/
00  ,
Jomboy 26 0
/
00  ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. SHaharlar ichida tug‘ilishning past
darajasiga   Nurobod,   Oqtosh   va   Samarqand   shaharlari   kiradi,   bu   erda   tug‘ilish
o‘rtacha   18 0
/
00   ga   teng,   o‘lim   darajasining   eng   yuqori   ko‘rsatkichiga   Bulung‘ur
shahri kiradi va 6 0
/
00  ni tashkil etadi.
  Samarqand   viloyati   qishloq   tumanlarida   aholining   tug‘ilish   darajasi   o‘rtacha
27,8 0
/
00  . Tumanlar ichida tug‘ilishning eng yuqori darajasi Urgutda 32,3 0
/
00    bo‘lib,
o‘lim  4,8   0
/
00   ga  teng.  Payariq,  Pastdarg‘om,  Ishtixon  va  Jomboy   tumanlarida   ham
tug‘ilish   yuqori   hisoblanadi.   Tug‘ilish   darajasining   pastligi   bilan   Samarqand,
Kattaqo‘rg‘on,   Paxtachi   ajralib   turadi,   bu   tumanlarda   tug‘ilish   o‘rtacha   25 0
/
00   ni
tashkil   qiladi.   8-jadvalda   viloyat   shaharlari   aholisining   tabiiy   o‘sishi   1979,   1989,
1994, 2015 yillar ma’lumotlari asosida tuzilgan. Bu yillar mobaynida viloyat shahar
35 aholisi   bo‘yicha   ham,   shahar   aholisining   tabiiy   o‘sishi   bo‘yicha   ham   o‘zgarishlar
mavjud. Viloyat shaharlarida 1979 yilda aholi tabiiy o‘sishi nisbatan past bo‘lgan va
o‘rtacha   16,6 0
/
00   ni   tashkil   etgan.   Bu   yili   faqatgina   Urgut,   Juma   va   Bulung‘urda
nisbtan   yuqori   bo‘lib,   o‘rtacha   27 0
/
00   ga   teng   bo‘lgan,   1989,   1994   yillarda   viloyat
shaharlarida tabiiy o‘sish 1979 yilga nisbatan ancha o‘sgan
          2.4 -jadval
Samarqand viloyati shaharlari aholisining tabiiy o‘sishi (‰ hisobida)
S h aharlar nomi 1979 1989 1994 20 21
S h ahar aholisi 16,6 20,2 21,1 15,8
S h aharlar: 
Samarqand 11,7 14,9 14,9 13,3
Kattaqo‘rg‘on 22,7 24,9 25,7 18,8
Bulung‘ur 28,7 20,6 27,3 16,1
Jomboy 24,2 21,2 21,6 20,8
Ishtixon 7,7 32,6 32,3 19,6
Oqtosh 20,7 15,0 23,0 13,7
Payariq - - - 37,1
CHelak 22,0 28,5 34,1 14,9
Juma 28,2 22,7 22,9 15,7
Nurobod 11,9 17,6 15,6 13,7
Urgut 24,8 31,1 31,8 25,2
Jadval viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan .
Shahar   aholisi   o ‘ rtacha   bu   yillarda   tabiiy   o ‘ sish   20 0
/
00   -   21 0
/
00   ni   tashkil   etgan .
Nurobod   va   Samarqand   shaharlardan   tashqari   qolgan   shaharlarning   hammasida
tabiiy   o‘sish   yuqori   bo‘lgan.   Ohirgi   2015   yilga   kelib,   aholining   tabiiy   o‘sishi
shaharlarda yana pasayib ketdi. ( 9 -jadvalga qarang). Bu yilda faqatgina Payariq va
Urgut   shaharlarida   tabiiy   o‘sish   yuqori   bo‘ldi.   9-jadvalda   ko‘rsatilganidek,
Samarqand   viloyati   qishloq   aholisining   tabiiy   o‘sishi   1979   yilga   nisbatan   1989,
36 1994   yillarda   ancha   o‘sgan.   Bu   yillar   davomida   Urgut,   Payariq   va   Pastdarg‘om
tumanlarida tabiiy o‘sish yuqori bo‘lgan va o‘rtacha 40%ni tashkil etgan.
2.5 -jadval
Samarqand viloyati qishloq aholisining tabiiy o‘sishi ( 0
/
00  hisobida)
Tumanlar nomi 1979 yil 1989 yil 1994 yil 20 21 yil
Oqdaryo 32,0 41,7 37,2 23,7
Bulung‘ur 34,7 43,6 39,5 2 3.3
Jomboy 32,1 38,6 34,5 26,2
Ishtixon 34,2 48,6 36,6 26,7
Kattaqo‘rg‘on 38,2 32,8 34,5 23,1
Qo‘shrabot 30,8 17,3 38,7 27.9
Narpay 36,2 28,7 32,9 19.9
Nurobod 11,9 17,6 15,6 25.1
Payariq 31,8 41,3 50,7 27,4
Pastdarg‘om 36,0 36,5 34,5 22,2
Paxtachi 33,1 35,2 32,6 2 1,6
Samarqand 28,4 32,4 39,0 20 ,5
Tayloq - 29,3 38,1 2 6,1
Urgut 38,4 39,4 40,7 28,1
Qishloq aholisi 39,1 35,2 36,6 23,1
Viloyat aholisi 27,2 27,4 29,2 20,3
Jadval viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan .
Tabiiy o‘sishning past ko‘rsatkichlari bilan N arpay  tumani ajralib turadi. 2021
yilga kelib,  viloyat  tumanlari  qishloq  aholisining  tabiiy o‘sishi  ko‘rsatilgan   1979,
1989,   1994   yillarga   nisbatan   ancha   pasaygan.   Tabiiy   o‘sish   faqatgina   Urgut
tumanlarida   28.1 0
/
00 ,   Ishtixonda   25 0
/
00 ,   qolgan   hamma   tumanlarda   19,   22,   24 0
/
00 ni
tashkil etadi. Umuman, viloyat qishloq aholisining tabiiy o‘sishi 1979, 1989, 1994
yillarda   o‘rtacha   28 0
/
00 ga   teng   bo‘lsa,   2015   yilga   kelib,   bu   ko‘rsatkich   27,7 0
/
00   ni
tashkil etadi. 
37 O‘rganishlar   shundan   dalolat   beradiki,   butun   viloyat   shaharlari   va   tumanlari
bo‘yicha aholi o‘rtasida o‘lim darajasi yildan yilga pasayib borgan.  Masalan, 1979
yilda viloyatda o‘lim darajasi 6,6  0
/
00  , 1989 yilda 5,7 0
/
00  , 1994 yilda 5,5 0
/
00  , 2021
yilda   4,7 0
/
00   ni   tashkil   et gan .   Shaharlar   ichida   o‘lim   darajasi   Payariq,   Bulung‘ur,
Jumada yuqoriroq, Ishtixon, Oqtosh va Nurobodda pastroq hisoblanadi. Tumanlar
miqyosida   Payariq,   Pastdarg‘om   va   Paxtachida   o‘lim   darajasi   yuqori,   Nurobod,
Kattaqo‘rg‘on va Bulung‘urda o‘lim darajasi nisbatan past hisoblanadi.
Viloyat   aholisi   sonining   o‘sishiga   faqatgina   aholining   tug‘ilishi   va   tabiiy
o‘sishi ta’sir etmasdan balki, aholining mexanik harakati, yashash joyini o‘zgarishi
ham   ta’sir   ko‘rsatadi.   Aholi   migratsiyasi   bu   ijtimoiy   jarayon   bo‘lib,   u   ishlab
chiqarish kuchlarining joylashishi va aholi sonining o‘sishi bilan bevosita bog‘liq.
Migratsiya aholining joylashuvi va uning hududiy tarkibiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, aholi migratsiyasi chuqur geografik jarayon hisoblanib, regionlarni
ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishi   sharoitida   ichki   farqlarni   ifodalaydi.   Migratsiya
ishlab   chiqarishning   hududiy   tarkibi   va   aholi   joylashuvi   o‘rtasidagi
munosabatlarga qulay sharoit yaratishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Samarqand viloyati
o‘ziga   xos   xususiyatga   ega   bo‘lgan   demografik   hudud   hisoblanadi.   Yuqorida
aytilgandek, viloyat aholi sonining o‘sishi asosan tabiiy o‘sishning yuqoriligi bilan
belgilanadi.
2.2. Aholining tabiiy o’sishi
Ma’lumki, aholining tabiiy harakati – tug‘ilish, o‘lim va avlodlar almashinuvi
natijasidir. Aholining tabiiy va mexanik harakatiga ko‘p omillarning ta’siri  yuqori.
Ayniqsa,   har   bir   mamlakatda   hukmron   bo‘lgan   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyatning
o‘zgarib   borishi   mamlakatdagi   demografik   vaziyatga   ham   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, tug‘ilish va o‘lim nisbati tabiiy o‘sishga, aholining turmush tarzi,
erta   nikohga   kirish,   ayollarning   ishsizligi,   ularning   ijtimoiy   mehnat   bilan   kam
shug‘ullanishi, tibbiy xizmatning pastligi, millat ongining rivojlanish darajasi, milliy
urf-odatlar,   erkaklarning   spirtli   ichimliklar   va   giyohvand   moddalarni   iste’mol
38 qilishi, baxtsiz hodisalar, turli xil kasalliklar va boshqa omillar bilan ham bog‘liqdir.
Respublikamiz   mustaqillikka   erishgandan   so‘ng   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyat
tubdan   o‘zgardi.   Jumladan,   Samarqand   viloyatida   o‘rganilayotgan   hududda   ham
ba’zi   o‘zgarishlar   ko‘zga   tashlanadi.   Ayniqsa,   viloyatdagi   demografik   vaziyat
o‘ziga   xos   bo‘lib,   u   respublikaning   boshqa   viloyatlari   orasida   aholisining   tabiiy
o‘sishi jihatdan etakchi o‘rinda turadi. 
O‘zbekistondagi   viloyatlar   ichida   Samarqand   viloyati   1998   yildan   hozirgi
kunga qadar aholi soni jihatdan eng yuqori bo‘lib, jumladan 2021 yil ma’lumotiga
ko‘ra   viloyatda   4031,3   ming   kishi   istiqomat   qiladi,   shundan   1483.2   ming   kishi
yoki 36,7 % shahar aholisi hisoblanadi. Samarqand viloyatida doimiy yashayotgan
aholi   sonining   ko’pligi   bilan  mamlakatda   ko’p  yillardan   buyon  oldingi   o’rinlarda
turmoqda..Viloyat   aholisi   yildan   -yilga     ko’payib   bormoqda.   Aholining
ko’payishiga   viloyat   aholisining   tabiiy   ko’payishi   katta   salmoqda   ta’sir
ko’rsatmoqda.   Dastlabki   ma’lumotlarga   ko‘ra,   2022-   yilning   1-   yanvar   holatiga
viloyatda   doimiy   aholi   soni   4   031,3   ming   kishini   tashkil   qildi   va   yil   boshiga
nisbatan 83,6 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paydi.
Yuqoridagi   jadvaldan   shuni   ko’rishmiz   mumkinki,   viloyat   aholisining
tumanlar   bo’yicha   taqsimotida   aholi   soni   ko’pligi   bo’yicha   yuqoridagi   o’rindagi
tumanlar   qatoriga:   Urgut   532.5   ming   kishi,   Pastdarg’om   367.3   ming   kishi   va
Kattaqo’rg’on   -282.3   ming   kishi   kabilar   dastlabki   uchlikni   egallamoqda.   Aholi
soni   kam   bo’lgan   tumanlarga   Qo’shrabot   136.3   ming   kishi,   Paxtachi   147.9   ming
kishi,   Nurobod   156.3   ming   kishi   tashkil   etgan   holda,   oxirgi   o’rinlarni   band
etmoqda. Samarqand shahar aholisi esa 561.9 ming kishiga yetib, juda yirik shahar
ko’rinishini mustahkamlab bormoqda.
Viloyatdagi ikkinchi darajali shahar Kattaqo’rg’on shahari hisoblansada, bu
yerda aholi soni 91.9 ming kishini tashkil etib, haligacha 100 minglik “davon” dan
o’ta   olmayapti.   Bundan   tashqari   viloyatning   bu   ikki   shaharlari   orasida   farqning
6,11 martaga farq qilishi farqlarning ancha katta ekanligini ko’rsatadi. Yuqoridagi
aholining   taqsimlanishi   va   tumanlar   o’rinlarida   tabiiy   ko’payishning   ta’siri
salmoqli   bo’lmoqda.   Shunday   bo’lishiga   qaramasdan   tumanlarning   aksariyati
39 tabiiy   ko’payishi   hisobiga   aholi   soni   ortayotganligini   yuqorida   keltirilgan
tumanlarning   egallab   turgan   o’rinlari   tarixiy   10   yillikni   tahlil   qilsangiz   ham,
ularning yuqori o’rinlarda turganligini ko’rishimiz mumkin.
2.6-jadval
Doimiy aholi soni,  ming kishi (2022- yil 1- yanvar holatiga )
shu jumladan: jami aholi sonidan:
Jami aholi
soni erkaklar
ay ollar shahar
aholisi qishloq
aholisi
Viloyat
bo‘yicha 4 031,3 2 028,5 2 002,8 1 483,2 2 548,1
Samarqand sh. 561,9 272,2 289,7 561,9 х
Kattaqo‘rg‘on
sh. 91,9 45,9 46,0 91,9 х
tumanlar:
Oqdaryo 165,1 83,4 1,7 63,8 101,3
Bulung‘ur 193,4 98,6 94,8 42,8 150,6
Jomboy 180,5 91,1 89,4 39,8 140,7
Ishtixon 264,4 133,0 131,4 71,4 193,0
Kattaqo‘rg‘on 282,3 143,3 139,0 53,4 228,9
Qo‘shrabot 136,3 69,5 66,8 12,6 123,7
Payariq 260,3 134,7 125,6 74,4 185,9
Pastdarg‘om 367,3 184,6 182,7 94,7 272,6
Paxtachi 147,9 73,5 74,4 28,7 119,2
Samarqand 261,5 132,1 129,4 16,1 245,4
Narpay 219,2 111,4 107,7 65,1 154,1
Nurobod 156,3 78,7 77,6 17,7 138,6
Toyloq 210,5 106,2 104,3 25,7 184,8
Urgut 532,5 270,2 262,3 223,1 309,4
Jadval viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Viloyatda aholining   1 483,2 ming kishisi shaharlarda, 2 548,1 ming kishi esa
qishloqlarda   iste’qomat   qilmoqda .   Qishloqlarda   yashayotgan   aholining
shaharliklardan   1,5   barobar   ko’pligini   ko’rishimiz   mumkin.   Bu   esa   tug’ulish
ko’rsatgichlarining   viloyatda   ancha   ijobiy   darajaga   ega   ekanligini   ifodalalaydi.
Bunga sabab shaharda tug’lish darajasi qishloqlardagidan ancha past ekanligi bilan
ifodalanadi.   Shaharda   tug’ulish   darajasining   past   bo’lishiga,   shahar   hayotiga
yangiliklarning tez kirib kelishi tufayli rivojlanishning “o’ziga xos belgisi” sifatida
ko’rilayotgan   kam   bolali   oilaga   o’tish   jadallashganligi,   bundan   tashqari   aholi
40 zichligining   yuqoriligi   aholini   uy-joy   bilan   ta’minlash   masalalari   oila   boshi
hisoblangan ota-onalarning oilada ko’p farzandlilikdan chekinishga olib kelmoqda.
Shuning   barobarida   har   xil   ekologik   ko’rsatkichlarning   shaharlarda   salbiy
tamonlama   yuqori   pog’onalarda   turishi   kabi   jihat   ham   shaharlarning   tug’ilish
ko’rsatgichlarining   past   darajada   ekanligidan   dalolat   beradi.   Samarqand   viloyati
aholisining tabiiy harakati ko’rib o’tish joizdir.
2.7-jadval
Aholining tabiiy harakati
kishi har ming aholiga, nisbatan
  2020- y 2021- y.1) o‘sish,
kamayish 2020- y. 2021- y.1)
Tug‘ilganla
r 101 414 110 437 9 023 25,9 27,7
O‘lim 18 404 18 808 404 4,7 4,7
Nikohlar 33 385 36 228 2 843 8,5 9,1
Ajralishlar 2 961 4 141 1 180 0,8 1,0
Jadval viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan  
Tug ‘ ilish .   2021-   yilning   yanvar - dekabr   oylarida   110   437   bola   tug ‘ ilgan   va
2020-   yilning   shu   davriga   (101 414   bola   tug ‘ ilgan )   nisbatan   9 023   taga   ko ‘ paydi ,
tug ‘ ilish   koeffitsienti   esa   23,7 ‰ ni   tashkil   qildi   (2020-   yil   yanvar - dekabrida   25,9
‰).   Yuqoridagi   ma ’ lumotlardan   shuni   ko ’ rishimiz   mumkinki   tug ’ ulish   darajasi
Qo ’ shrabot     tumanida   32.8  ‰ ga ,   Payariq   va   Urgut   tumanlari   mos   ravishda   -31.9
va   31.8   ‰   tashkil   etgan   holda   viloyatning   tabiiy   ko ’ payishi   yuqori   tumanlari
hisoblanishadi . Oxirgi   o ’ rinlarda   turadigan   hududlarga   Samarqand   20.7   ‰,
Kattaqo ’ rg ’ on   shahar   23.0   ‰   tashkil   etsa ,   tumanlar   o ’ rtasida   eng   past   tug ’ ilish
Narpay   tumaniga     24.6   ‰   tashkil   etadi . Shunga   qaramasdan   eng   past   ko ’ rsatgich
tumanda   ham   mamlakatning   o ’ rtacha   ug ’ ilish   darajasidan   keskin   farq   qilmasligini
ko ’ rishimiz   mumkin . Shundan   kelib   chiqqan   holda   viloyatda   stabil   o ’ sish   barcha
hududlarda   davom   etayotganligini   aytib   o ’ tishimiz   mumkin .
41 Yuqori   tug ’ ilish   darajasiga   ega   bo ’ lgan   tumanlarda   esa   bunga   shaharlashish
darajasining   pastligi   tog ’   iqlimi   hukuronligi   aholi   salomatligi   o ’ z   ta ’ sirini
o ’ tkazmoqda .   Buning   sababi   yuqori   ko ’ rsatgichli   Qo ’ shrabot ,   Urgut   va   Payariq
tumanlari   umumiy   jihati   hududning   kattaligi ,   tabiiy   sharoitning   yaxshiligi   va
aholining   qishloq   xo ’ jaligi   tarmoqlarida    bandligining   boshqa   tumanlariga   nisabatn
yuqoriligi    o ’ z   ta ’ sirini   ko ’ rtastgan   deyishimiz   mumkin .   Tug‘ilish koeffitsientining
yillar   tahlili   shuni   ko’rsatadiki   tug’ilish   ko’rsargichi     sezilarli   darajada   o‘sishi
Qo‘shrabot  (29,0 dan 32,8 ‰ga), Ishtixon (27,7 dan 30,7 ‰ga), Bulung‘ur  (25,0
dan 27,6 ‰ga), Toyloq (27,7 dan 30,3 ‰ga) tumanlarida kuzatildi.
Aholining   tabiiy   ko’payishida   tarozining   ikkinchi   pallasida   vafot   etganlar
soni turadi. Shunisi ayonki aholining tabiiy ko’payishini  quydagi formula asosida
topilar edi:
T
k =T-O’
Bunda T
k -Tabiiy ko’payish     T-Tug’ilganlar   soni   O’-Vafot etganlar soni 
Shu formuala asosida endigi navbatda vafot etganlarni 
ko’rib   chiqishni   taqozo   etadi.   Viloyat   vafot   etganlar   diogrammasi   quydagicha
ko’rinish kasb etmoqda.    
42 Vafot   etish   darajasi.   2021-   yilning   yanvar-dekabr   oylarida   vafot   etganlar
soni   18   808   kishini   tashkil   qildi   va   2020-   yilning   shu   davriga   (18   404   kishi)
nisbatan   404   taga   ko‘paydi.   O‘lim   koeffiitsenti   esa   4,7   ‰ni   tashkil   qildi   (2020-
yilning   shu   davrida   4,7   ‰).   Bu   grafiklar   tahlilidan   yaqqol   ko’zga   tashlanib
turibdiki,   vafot   etganlar   ko’rsatgichi   shahar   hududlar   (Samarqand-6.4   0
/
00       va
Kattaqo’rg’on   5.8   0
/
00 )   da   yaqqol   yuqoriligi   bilan,   shaharlardan   uzoqlashgan   sari
esa  bu ko’rsatgichlar  pasayotganligini  ko’rishimiz mumkin (Samarqand tumanida
5.5   0
/
00 ).   Olim   darajasi   past   bo’lgan   hududlar   sirasiga   Urgut   va   Nurobod
tumanlarida 3.9  0
/
00  dan  tashkil etadi. Bu tahlillar shuni ifodalaydiki shaharlarda har
xil   zararli   holatlar   (avtohalokatlar,   yong’inlar,   yuqumli   kasaliklardan   keng
tarqalganligi,   zararli   odatlar   kashandalik,   alkogol   maxsulotlarining   keng   iste’mol
qilinishi   va   boshqalar)   ko’plab   uchrab   turishi   bunga   o’z   ta’sirini   o’tkazmoqda.
Chekka qishloq tumanlarida esa aholi zarali odatlardan chetta ekanligi, har xil yo’l
transport   hodisalari   sodir   bo’lishi   havfining   kamligi   va   eng   asosiysi   aholi   yosh
tarkibida   bolalar   va   mehnat   resurslarining   ko’pligi   (qariyalar   sonining   ko’pligi
aholi   o’lim   darajasiga   ta’sir   etadi)   o’lim   darajasining   boshqa   hududlardan   ko’ra
past   darajada   ekanligi   bilan   ajralib   turadi.   O’limga   olib   keluvchi   holatlarni   tahlil
qiladigan bo’lsak quydagi vaziyatni ko’rishimiz mumkin:
43 Diagrammadan   shuni   ko’rishimiz   mumkinki   vafot   etganlarning   nisbatan
yuqori  ko’rsatgichda  ega   bo’lgan  kasallik   bu  nafas  olish   kasalliklari-8.1%   tashkil
etsa,   keyingi   yakka   kasaliklarga   o’simtalar-6.6%   to’g’ri   kelmoqda.   Shuningdek
baxtsiz hodislardan-4.8% va ovqat hazm qilish kasalliklari 4.2% tashkil  etmoqda.
Shuning barobarida boshqa turdagi kaslliklardan 12.5% hamda 62.7% turli boshqa
sabablar oqibatida o’lim holatlariga olib kelmoqda.
44 45 Bundan   shu   narsa   ma’lum   boladiki,   yuqorida   sanab   o’tilgan   holat   va
kasalliklar   inson   hayoti   uchun   eng   zararli   oqibatlarni   ya’ni   o’lim   xavfini   keltirib
chiqarish   jihaddan   boshqa   kaslliklardan   keskin   oldinda   turishini   ifodalaydi.
Shunday   ekan   aynan   bu   kasalliklar   va   holatlar   aholi   o’limida   asosiy   omil   bo’lib
xizmat qilaveradi. Shu omil qayerda yaxshi rivojlangan bo’lsa shu hududda o’lim
darajasi   boshqa   hududlardan   yuqori   ekanligini   ko’rishimiz   mumkin.   Bu   holat   va
ksalliklarning   aksariyati   yuqori   urbanizatsiyalashgan   hududlar   va   aholi   zichligi
yuqori   bo’lgan   joylarda   o’z   tasdig’ini   topadi.   Yirik   shaharlar   aynan   shu   ikki
holatda   yaqqol   misol   bo’la   oladi,   chunki   aholi   haddan   ziyod   zich   bu   transport
tirbandliklari yo’l qoidalarning ko’plab buzilishi, hamda ekologik jihaddan havosi
zararlanganligi aholi o’rtasida nafas olish tizimi kasalliklarni rivojlantirish muhim
omil   bo’lib   ro’l   oynaydi.   Bundan   tashqari   aholi   asosan   aqliy   mehnat   egalaridan
tashkil   topganligi   ish   faoliyati   davomida   bir   joydan   harakatlanmasdan   ishlash
holatlari,   asosan   tayyor   ovqatlarni   iste’mol   qilishi   kabi   holatlar   aholi   o’rtasida
ba’zi  kasalliklarni   qishloq  joylarga  nisbat   yuqori   darajada  tarqalishiga  olib  keladi
desak   mubolag’a   bo’lmaydi.   Bu   esa   aholining   tabiiy   o’sishiga   o’z   ta’sirlarini
otkazmoqda   albatta.   Shuning   barobarida   viloyatda   tug’ulish   darajasiga   yana   bir
ta’sir   etuvchi   omil   sifatida   nikoh   va   ajralishlarni   ham   ko’rib   chiqishni   joiz   deb
topdik.   Bunga   sabab   aholishunos   olimlar   demografik   holatlarni   o’rgangan
paytlarda   tug’ulish   va   o’lim   ko’rsatgichlari   bilan   teng   baropbarda   nikoh   va
ajralishlarni   ham   tahlil   qilib   o’tishni   joiz   deb   bilishgan.   Shunday   ekan   bu
ko’rsatgichlarni atroflicha tahlil qilishimiz ishimizdan ko’rilayotgan muommolarni
yechishimizda   asosoiy   dastak   vazifasini   o’tayadi   albatta.   Quyida   aholi   o’rtasida
nihok   va   ajralish   ko’rsatgichlari   tumanlar   kesimida   qanday   ifodalanishini
ko’rishimiz mumkin.
Nikoh.  2021- yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan
36 228 kishi nikohi qayd etildi, mos ravishda 1 000 aholiga nisbatan nikoh tuzish
koeffitsienti 9,1 ‰ni tashkil etdi.
46 Yuqorida  nikohlar  soni  aholi   sonidan  kelib chiqqan  holda Urgut   tumani   va
Samarqand shaharlarda ko’p tuzilganligini aniq. Ammo  nikoh koeffitsienti yuqori
ko’rsatkichga   ega   bo’lgan   hudud   Payariq   tumani   (10,2   ‰   ),   Bulung’ur   va
Jomboyda 9,8 ‰dan to’g’ri kelmoqda. Nikohlanish koeffitsienti eng past hududlar
samamarqand   shaharda   7,8   ‰   tashkil   etmoqda.   Yillar   davomida   nikohlanish
o’zgargan   hududlarga   quydagilar   kiradi.   Nikoh   tuzish   koeffitsientining   sezilarli
darajada   ko‘payishi   Kattaqo‘rg‘on   shahri   (7,0   dan   9,2   ‰ga),   Kattaqo‘rg‘on   (7,8
dan   9,6   ‰ga),   Samarqand   (7,3   dan   8,7   ‰ga),   Samarqand   shahri   (6,6   dan   7,8
‰ga),   tuman   va   shaharlarida   kuzatildi.Yangi   oilalarning   ko’payishi   aholining
tabiiy   ko’payishiga   ijobiy   hissasini   qo’shuvchi   omil   hisoblanadi.   Nikoh
shartnomasini bekor qiluvchilar esa aholining kamayishiga xizmat qilmoqda.
Nikohdan   ajralishlar.   2021-   yilning   yanvar-dekabr   oylarida   FHDYO
organlarida   4   141   kishi   nikohdan   ajralganligi   qayd   etilgan   bo‘lib,   1   000   aholiga
nisbatan   nikohdan   ajralish   koeffitsienti   1,0   ‰ni   tashkil   etdi.   Nikohdan   ajralish
koeffitsientining sezilarli darajada ko‘payish Jomboy   (0,7 dan 1,2 ‰ga) va Toyloq
(0,6 dan 1,1 ‰ga), Samarqand shahri    (1,3 dan 1,7 ‰ ga) tumanlarida kuzatildi.
47 Ajrashganlar   diogarammasi   tahlilidan   shuni   ko’rishimiz   mumkinki,
Samarqand   va   Kattaqo’rg’on   shaharlari   1,7   ‰dan   to’g’ri   kelib,   oldingi   o’rinni
egallamoqda.   Ajarshish   koeffitsiyenti   eng   past   hududlarga   Urgut   va   Nurobod
tumanlari kiradi. Shaharlarda har xil zararli odatlarning odatlarning keng tarqalishi,
shahar psixologiyasida ayol va er huquqlari o’rtasidagi o’zaro kelishmovchiliklar,
juda   ko’p   o’zaro   munosabatlarga   kirish   oqibatida   xiyonatlarning   ko’plab
uchrashiga   olib   keladi.   Eng   past   ko’rsatgichlarga   ega   bo’lgan   Urgut   va   Nurobod
qishloq   tumanlarida   aholi   o’rsatisida   sadoqat   kabi   tushunchalarning   qadriyat
darajasiga   ko’tarilganligi,   oilalarning   birga   yashash   (Bobo   va   Buvilar   bilan)   ham
oilada   mustahkam   bo’lishiga   olib   keladi.   Bu   jihad   aholining   tabiiy   o’sishiga   o’z
ta’sirini ko’rishimiz mumkin.
Xulosa   o’rnida   Samarqand   viloyati   tabiiy   o’sishiga   ijobiy   ta’sir   etuvchi
omillar   sifatida   nikohlar   tuzulishi   soni   ko’pligi,   kasaliklarning   kam   taqalganligi
o’lim   darajasining   pastligi   bilan   ajralib   turagigan   qishloq   tumanlaridan   (Urgut,
Payariq,   Qo’shrabod   tumanlari)   tabiiy   o’sish   yuqori   darajada   davom   etmoqda.
Aksincha   shaharlashish   darajasi   yuqori   yoki   ortib   borayotgan   hududlar   aholining
tabiiy   ko’payishiga   salbiy   ta’siri   ko’rsatayotganligini   ko’rmoqdamiz.   Bunday
48 vaziyatda   aholining   demografik   siyosat   yuritishda   shaharlashayotgan   hududlarda
ko’paytirish, Urgut, Payariq, Qo’shrabot kabi qishloq tumanlarda esa agarda aholi
zichligi   ortib   ketsa   aholini   kamaytirish   siyosatini   olib   borishga   datlabki   moyil
hududlardan hisoblanadi.
2.3. Aholining mexanik o’sishi
Viloyat   aholisi   sonining   o‘sishiga   faqatgina   aholining   tug‘ilishi   va   tabiiy
o‘sishi  ta’sir etmasdan balki, aholining mexanik harakati, yashash joyini o‘zgarishi
ham   ta’sir   ko‘rsatadi.   Aholi   migratsiyasi   bu   ijtimoiy   jarayon   bo‘lib,   u   ishlab
chiqarish   kuchlarining   joylashishi   va   aholi   sonining   o‘sishi   bilan   bevosita   bog‘liq.
Migratsiya   aholining   joylashuvi   va   uning   hududiy   tarkibiga   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, aholi migratsiyasi chuqur geografik jarayon hisoblanib, regionlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida ichki farqlarni ifodalaydi. Migratsiya ishlab
chiqarishning hududiy tarkibi va aholi joylashuvi o‘rtasidagi munosabatlarga qulay
sharoit yaratishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Samarqand   viloyati   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega   bo‘lgan   demografik   hudud
hisoblanadi.   Yuqorida   aytilgandek,   viloyat   aholi   sonining   o‘sishi   asosan   tabiiy
o‘sishning   yuqoriligi   bilan   belgilanadi .   Aholining   ko’payishiga   ikkinchi   ta’sirini
ko’rsatadigan   yirik   omil   bu   mexanik   ko’payish     yoki   migratsiya   hisobiga
ko’payishga   aytiladi.   Viloyat   aholisining   migratsiyasi   hududning   qulay   geografik
hududda joylashganligi,  ijtimoiy –iqtisodiy  aloqlarning rivojlanganligi  va  qo’shni
davlatlar bilan chegaradoshligi migratsiyaning ijobiy tamonga o’sishga olib keladi.
Migratsiya.   Dastlabki   ma’lumotlarga   ko‘ra,   2021-   yilning   yanvar-dekabr
oylarida viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 9 591 kishini, shu davr mobaynida
ko‘chib ketganlar soni esa 17 643 kishini tashkil qildi.  Migratsiya qoldig‘i minus   -
8   052   kishi   (2020-   yilning   shu   davrida   minus   -12   643   kishi)ga   teng   bo‘ldi.
Jadvaldan   shu   ko’rishimiz   mumkinki,   tumanlar   kesimi   bo’yicha   chetga   ko’chib
ketuvchilar soni jihatdan Samarqand shahri 1/8 qismi 2700 kishiga yaqinni tashkil
etmoqda,   keyinggi   o’rinlarda   aholi   soni   jihatdan   oldingi   o’rinlarda   turadigan
49 Payariq,   Urgut   va   Kattaqo’rg’on   tumanlarida   yiliga   1500   kishi   atrofida   ko’chib
ketuvchi topilmoqda.
2.8-jadval
Aholining migratsiya ko‘rsatkichlari,  kishi(yanvar-dekabr oylarida)
Kelganlar  gan r
Kelganla
r Migratsiya Ketganla
r Migratsi
ya  – y. 021  
saldosi  
– y.
2020- y.  21-
2020-y 0 20 21-y y. 2 2020-y 20 21-y y. 2 2020-y 20 21-y -
y.
Viloyat 
bo‘yicha  5 142 9 591 17 785 17 643 -12 643 -8052
Samarqand 
sh.  80 4 918 2 68 2 695 -2 364 2 223
Kattaqo‘rg‘on
sh.  280 571 616 773 -553 -202
tumanlar:
Oqdaryo  99 219 598 722 -557 -503
Bulung‘ur  433 433 1 097 1 118 -1 041 -685
Jomboy  341 398 483 529 -417 -131
Ishtixon  279 521 1 417 1 319 -1 380 -798
Kattaqo‘rg‘on 441 452 2 121 1 369 -1 979 -917
Qo‘shrabot  164 234 989 1 201 -950 -967
Payariq  245 195 1 498 1 564 -1 438 -1 369
Pastdarg‘om  213 248 83 990 -828 -742
Paxtachi  351 13 1 071 1 256 -900 -1 243
Samarqand  555 533 661 871 -472 -338
Narpay  393 225 1 256 82 -1 148 -657
Nurobod  19 238 736 606 -731 -368
Toyloq  303 368 372 384 -318 -16
Urgut  146 25 1 299 1 364 -1 272 -1 339
Jadval viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan
Oxirgi o’rinlarda turuvchi tumanlarda sirasiga Tayloq tumaniga deyarli 400
kishiga   yaqin   ko’chib   ketgan   odamlar   ro’yxatga   olingan.   Bundan   tashqari
Nurobod, Jomboy kabi tumanlarda ham ko’chib keluvchilar soni kam hisoblanadi.
Yillar tahlilli shuni ko’rsatadiki  2021-yilda ko’chib ketganlar 2020 yilga nisbatan
kamaygan   tumanlar   Kattaqo’rg’on,   Ishtixon   va   Narpay   kabilar   kiradi.   Ko’chib
kelganlar ko’rsatgichi viloyat tumanlari bo’yicha quydagicha taqsimlangan.
50 51                     Samarqand shahri 2021 yil ko’rsatgichi bo’yicha eng yuqori ko’rsatgichda
yani   viloyatga   amalga   oshirilgan   emmigrantlarning   deyarli   yarmini   o’ziga   qabul
qilmoqda.   Keyingi   o’rinlarda   Kattaqo’rg’on   shahari,   Samarqand   va   Ishtixon
tumanlari   500   kishidan   ko’p   emmigrantlarni   qabul   qilmoqda.   Tashrif
buyuruvchilari   soni  bo’yicha  Paxtachi  (13)  va  Urgut   (25)   tumanlari   turadi.  2020-
yil   bilan   solishtirib  ko’radigan   bo’lsak,   Urgut   va   Paxtachi   tuanlarida   keskin   kirib
keluvchilar kamaygan bo’lsa, Samarqand shahrida 5.5 barobar oshishish kuzatildi.
Migratsiya   saldosi   aholining   ko’payishiga   salbiy   ta’sir   etadigan   darajada   katta
bo’lgan   tumanlar   sirasiga   Payariq,   Urgut   va   Paxtachilar   kiradi.   Bu   tumanlarda
2021   yilda   migratsiya   saldosi   1200   kishidan   ziyodni   tashkil   etmoqda.   Migratsiya
saldosi   plusga   o’tgan   hudud   Samarqand   shahar   hisoblanandi.   Bu   hududda   2021
yilda migratsiya saldosi 2223 kishi bilan plus tamonga o’tdi.
  Bu   boshqa   tumanlardan   kuzatilmagan   ko’rsatgichlardan   ancha   yaxshi
hisoblanadi.   Bunga   sabab   boshqa   tumanlarda   migratsiya   saldosi   manfiy
ko’rsatgichga   ega   hisoblandi.2020   yilga   qaraganda   viloyatda   ko’chib   keluvchilar
soni  2 barobar  (5142 kishidan  dan 9591kishiga ga  o’zgardi). Ko’chib ketuvchilar
soni   esa   deyarli   bir   xil   bo’lmoqda   17700   kishi   atrofida   bo’lmoqda.   Yillik
migratsiya   saldosi   2020   yilga   nisbatan   2021   yilda   12643   kishidan   -8052   kishiga
tushgandir. Xulosa o’rnida shuni  ayta olamizki  viloyatda ko'chib keluvchilar soni
stabil   emasligini   tebranib   turishini   va   har   qanday   sharoitda   aholi   ko'payishiga
salbiy ta’sir ko’rsatishini ko’rishimiz mumkin.
52 III-BOB. SAMARQAND VILOYATI AHOLI JOYLASHUVINING
HUDUDIY TIZMLARI
3.1. Samarqand aglomeratsiyasi
Samarqand   viloyati   hududida   joylashgan   eng   yirik   guruhli   aholi   punktlari
tizimi Samarqand aglomeratsiyasi hisoblanadi. Ma’lumki, aglomeratsiyaning tashkil
topishi va rivojlanishi asosan hozirgi zamon urbanizatsiya jarayonlari hamda shahar
va boshqa aholi punktlari aholisining bir biri bilan bevosita aloqadorligi, shuningdek
sanoat   va   agrosanoat   majmualarining   borligi   bilan   bog‘liqdir.   Demak,   aholi
punktlari   aglomeratsiyasi   murakkab   hududiy   ijtimoiy-iqtisodiy   tizim   bo‘lib,   ularni
o‘rganish ishlab chiqarishni va aholini joylashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Shu   soha   yirik   mutaxassislaridan   biri   G.M.   Lapponing   fikricha,   shahar
aglomeratsiyalari bu shaharlar va qishloq aholi punktlari to‘plami bo‘lib, ular yirik
markazlar   atrofida   vujudga   keladi.   Bu   erda   urbanizatsiya   jarayonlari   ta’sirida
aholining   turmush   tarzi   chuqur   o‘zgaradi   (Lappo,   1987).   S.A.Kovalev   va
N.Y a .Kovalskaya   fikricha   aglomeratsiya   bu   bir   nechta   shaharlarning
mujassamlashuvi bo‘lib, ular shu darajada yaqinlashadiki, shahar aholi punktlari bir
biriga   qo‘shilib   ketadi   va   umumiy   shahar   atrofiga   tutashgan   yagona   shahar   joylari
paydo bo‘ladi. Aglomeratsiya aholi punktlarining chambarchas yaqinlashishidan va
har   kunlik   punktlararo   bog‘liqlik   asosan   mayatnikli   migratsiyaning   rivojlanishidan
vujudga keladi deb yozilgan(Kovalev, Kovalskaya, 1980).
Umuman   olganda,   aglomeratsiya   tushunchasi   birinchi   marta   evropaliklar
tomonidan   sanoat   korxonalarining   bir   joyda   to‘planishi,   joylashishi,   shahar   va
qishloq   aholi   punklarining   lokal   guruhi   bo‘lib,   ular   o‘rtasida   doimo   madaniy-
maishiy,   mehnat   va   boshqa   bir-biri   bilan   bog‘liq   aloqalar   mustahkam   o‘rin   olgan
bo‘ladi. Samarqand aglomeratsiyasi regional aholi joylashuvining va respublikamiz
janubi-g‘arbiy   qismining   markazi   hisoblanadi.   Kattaqo‘rg‘on   shahri   Samarqand   va
Buxoro aholi joylashuvi tizimi o‘rtasidagi bog‘lovchilik vazifasini bajaradi.
Samarqand   aglomeratsiyasining   tashkil   topishi   1973   yildan   boshlandi.   Bunga
qadar   hozirgi   aglomeratsiyaning   hududida   faqatgina   2   ta   yo‘ldosh   shahar chalar
53 Kimyogarlar va Xishrav hamda aglomeratsiyaning asosiy shahri-Samarqand mavjud
edi. 1973 yili Urgut, Bulung‘ur va Juma shaharlarining vujudga kelishi Samarqand
aglomeratsiyasi - ning barpo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. 1980 yilda Jomboy, Daxbed,
Charxin   va   Tayloq   shahar   aholi   punktlarining   paydo   bo‘lishi   bilan   aglomeratsiya
chegarasi   kengaydi.   Keyingi   yillarda   ham   uning   chegarasi   shahar   aholi
punktlarining tashkil  topishi  hisobidan kengayib bordi. Samarqand aglomeratsiyasi
aholining   soni,   xalq   xo‘jaligining   qudrati   jihatidan   O‘zbekiston   Respublikasining
Toshkent aglomeratsiyasidan k e yin turadi.
Hozirgi   vaqtda   Samarqand   aglomeratsiyasi   tarkibida   Samarqand   shahri
kengash i   va   unga   yaqin   bo‘lgan   8   ta   qishloq   tumanlari-Oqdaryo,   Bulung‘ur,
Jomboy,   Payariq,   Samarqand,   Tayloq,   Urgut,   Samarqand   shahridan   tashqari   6   ta
shahar-Urgut, Bulung‘ur, Juma, Jomboy, Payariq, Chelak hamda 39 ta (1996 yilda 6
ta) shahar ch a 40-45 km.li rad i usi bilan kiradi.
Aglomeratsiya maydoni 4,8 ming km.kv. yoki Samarqand viloyati hududining
30% ini tashkil  etadi. 2021 yil ma’lumoti bo‘yicha aglomeratsiya hududida 2377,6
ming kishi, shulardan 1026,2 ming kishi yoki 43% i shahar aholisi hisoblanadi.   Bu
hududda viloyat aholisining 67,6% i istiqomat qiladi. Bu erda hamasi bo‘lib 1007 ta
qishloq   aholi   punktlari   yoki   boshqacha   qilib   aytganda   viloyatdagi   55%   qishloqlar
joylashgan.   Ularda   o‘rtacha   aholi   soni   –   1342   kishiga   teng,   bu   ko‘rsatkich   viloyat
bo‘yicha 1183 kishini  tashkil qiladi. 
Samarqand aglomeratsiyasining tashkil topishi asosan hududiy iqtisodiyotning
yagona tizimi va transport turlarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Kuzatishlar olib
borishdan shu ma’lum bo‘ldiki, Samarqand shahrida joylashgan sanoat korxonalari
ishchilarning   30%   i   tebranma   migrantlar   hissasiga   to‘g‘ri   keladi.   Aglomeratsiyada
asosan   engil,   oziq-ovqat,   mashinasozlik   va   metalni   qayta   ishlash,   qurilish
materiallari sanoati va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlangan. Aglomeratsiya sanoat
ishlab chiqarishning 44% dan ortiq qismi Samarqand shahrining o‘zida joylashgan.
Samarqand shahridan tashqari sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan shaharlarga Jomboy,
Bulung‘ur, Juma va Urgut kiradi. S h u bilan birga transport  va boshqa infratuzilma
shaxobchalari ham taraqqiy etgan. 
54 Aglomeratsiyaning   qishloq   joylarida   tabiiy   o‘sish   darajasi   yuqori   bo‘lgan
joylarda   shahar   atrofi   xo‘jaligi   rivojlangan.   Bu   jihatdan   Samarqand   va   Urgut
tumanlari   asosan   ajralib   turadi.   Samarqand   aglomeratsiyasi   qishloq   xo‘jaligining
quyidagi   ixtisoslashgan   rayonlarga   bo‘linadi :   paxtachilik   va   pillachilik   rayoni;
sabzavotchilik, uzumchilik va bog‘dorchilik, go‘sht-sut chorvachiligi va pillachilik ;
tamakichilik,   uzumchilik,   go‘sht-sut chorvachiligi va don xo‘jaligi; bog‘dorchilik va
uzumchilik, go‘sht chorvachiligi.
Samarqand   aglomeratsiyasining   madaniy-maishiy   sohasi   O‘zbekistonning
boshqa shaharlari singari asosan savdo tarmog‘i yaxshi rivojlangan. Aholi hayotida
asosan   bozorlar   odatda   ko‘proq   rol   o‘ynaydi.   Samarqand   shahrining   bunday
ahamiyatli   bozorlaridan   biri   Siyob   bozori   hisoblanadi.   Bundan   tashqari,   Urgut,
Jumabozor,   Tayloq   va   boshqa   bozorlarning   ham     ahamiyati   katta.
Aglomeratsiyaninig   hamma   tuman   markazlarida   bozorlar   mavjud   bo‘lib,
shaharlarning   tarixiy   rivojlanishida   va   aglomeratsion   tizimning   tashkil   topishida
asosiy   o‘rin   egallaydi.   Shuning   uchun   Samarqand   bozorlariga   asosan   yakshanba
kunlari shaharning yaqin atroflaridan juda ko‘p aholi kelib ketadi, bu aglomeratsiya
chegarasining   ko‘rsatkichlaridan   biri   hisoblanadi.   Samarqand   aglomeratsiyasiga
kiradigan   tumanlar   Zarafshon   daryosining   ikkala   sohilida   ham   joylashgan.
Zarafshonning   chap   qismida   Samarqand,   Pastdarg‘om,   Tayloq   tumanlari,   o‘ng
qirg‘oqida   esa   qolgan   tumanlar,   ya’ni,   Oqdaryo,   Bulung‘ur,   Jomboy   va   Payariq
joylashgan.   Daryoning   chap   qirg‘og‘i,   o‘ng   qirg‘og‘iga   nisbatan   xo‘jalik   va
demografik   jihatdan   ancha   rivojlangan.   Aglomeratsiyaning   chap   qirg‘oq   qismini
balandligi   1000   m.gacha   bo‘lgan   tog‘lik   tumanlar,   o‘ng   qirg‘oq   qismi   relefi   esa,
tekis   va   tog‘-tog‘oldi   hududlardan   iborat.   Aglomeratsiya   aholisining   73%   i
Zarafshonning chap qirg‘og‘ida, qolgan 27% esa o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan.
Samarqand shahri o‘zining jozibali tarixiy yodgorliklari bilan juda mashhurdir.
S h uning   uchun,   Samarqand   shahrining   rivojlanishida   turizm   katta   rol   o‘ynaydi.
Lekin,   turizm   sohasi   Samarqandni   aglomeratsiya   markazi   sifatida   rivojlanishida
asosiy   o‘rin   egallamaydi.   Bu   jihatdan   aholining   madaniy-maishiy   va   ish
aloqalarining   ahamiyati   katta   hisoblanadi.   Samarqand   atrofida   yo‘lovchilarning
55 toshishni   o‘rganish   shuni   ko‘rsatadiki,   asosiy   aloqalar   Urgut,   Jomboy,   Bulung‘ur
shaharlari,   shuningdek,   Kimyogarlar,   Xishrav   va   Farxod   shaharchalari   uning
rivojlanishida katta hissa qo‘shadi.
Bundan   tashqari,   SamDUda   o‘tkazilgan   izlanishlar   shuni   ko‘rsatadiki,
talabalarning 42% i shahar atrofidagi tumanlar va shaharlardan, qolgan asosiy qismi
viloyatning   boshqa   tumanlaridan   hisoblanadi.   Bu   jihatdan   asosan   Samarqand,
Pastdarg‘om,   Tayloq   qishloq   tumanlari,   hamda   yo‘ldosh   shaharlar   Bulung‘ur,
Jomboy,   Chelak,   Payariq   ajralib   turadi,   ularning   hissasiga   20%   talabalar-tebranma
migrantlar to‘g‘ri keladi. Bu tadqiqot  natijalari yuqorida aytilgan fikrlarni  yana bir
bor tasdiqlaydi.
Aholi   joylashuvining   guruhli   shakllari   tushunchasi   1960   yilda   birinchi   bor
V.G.   Davidovich   tomonidan   ishlab   chiqilgan.   Samarqand   viloyatida   aholi
joylashuvining   guruhli   shakllaridan   eng   rivojlangani   Samarqand   aglomeratsiyasi
hisoblanadi.   S h u   bilan   birga,   viloyat   hududida   aholi   joylashuvi   guruhli   tizimining
bir   shakli   Kattaqo‘rg‘on   lokal   guruhli   tizimi   tashkil   topgan.   Bu   lokal   tizim
viloyatning   shimoli-g‘arbiy   qismida   joylashgan   bo‘lib,   asosan   Zarafshon
daryosining   chap   qirg‘og‘idagi   aholi   punktlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   tizimga
Kattaqo‘rg‘on,   Narpay   va   Ishtixon   qishloq   tumanlari   30-35   km.lik   radius   bilan
kiradi. S h uningdek, Kattaqo‘rg‘on,Oqtosh, Ishtixon shaharlari va 23 ta shaharchalar
aholisi kiradi.
Yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlarni   hisobga   olib,   quyidagicha   xulosaga   kelish
mumkin : 
-aglomeratsiya   va   lokal   tizim   bosh   shaharga   nisbatan   uning   yo‘ldosh   shahar
aholi punktlari tez o‘smoqda;
-   qishloq   aholi   punktlari   aholisi   tez   sur’atlarda   o‘sib   bormoqda,   shahar   aholi
punktlarini faolligini oshirish talab etiladi.
-aglomeratsiya   va   lokal   tizim   chegarasining   kengaishi   qishloq   aholi
punktlarining shahar aholi punktlariga aylantirilishi va uning atrofidagi qishloq aholi
punktlari   hisobidan,   ya’ni   aholining   yakka   tartibda   uy-joy   qurulishi   natijasida
bo‘ladi.   Aholi   joylashuvi   tizimlarining   bunday   rivojlanishi   aholiga   har   tomonlama
56 xizmat   ko‘rsatish   sohalarini,   ishlab   chiqarish   va   ijtimoiy   infratuzilmani   yaratish
muhim hisoblanadi.
Shunday   qilib,   Samarqand   viloyatidagi   shahar   va   shaharchalarning   qariyib
hammasi   u   yoki   bu   aholi   joylashuvining   guruhli   shakllariga   kiradi.   Faqat   viloyat
chekkasida   joylashgan   –Nurobod   va   Ziyodin   shahar   aholi   punktlari   hamda   tuman
markazi   Qo‘shrabot   bu   hududiy   tizimlarga   kirmaydi.   Keng   ma’noda   bu   aholi
punktlari   ham   Samarqand   viloyati   aholi   joylashuvining   yagona   regional   tizimiga
kiradi.
3.2. Aholi joylashuvining hududiy tiplari
Mustaqil   O‘zbekiston   Respublikasining   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishida   aholi
joylashuvini   o‘rganish,   uni   hududiy   tiplarga   bo‘lish   va   rayonlashtirish   muhim
ahamiyatga   ega.   Chunonchi,   ijtimoiy-iqtisodiy   geografiyaning   asosiy   vazifalaridan
biri  aholi  joylashuvini  geografik o‘rni, tabiiy sharoiti, aholi soni, mehnat  resurslari
salmog‘i, aholi bandligi, tabiiy-xo‘jalik ixtisosligi va boshqa omillarni hisobga olib,
hududiy   tiplar   va   rayonlarga   ajratish   hisoblanadi.   Binobarin,   har   bir   ijtimoiy-
iqtisodiy geografik tadqiqotning markazida rayonlashtirish masalalari turadi.
Aholi   joylashuvi   shakllari   ichida   shahar   aglomeratsiyalari   va   boshqa   guruhli
aholi   joylashuvi   to‘rlari   mavjud   bo‘lib,   bular   viloyat   hududlarini   ma’lum   bir
qismlarini o‘z ichiga oladi. Shahar aglomeratsiyalari tadqiqot qilayotgan hududning
asosiy   “qovurg‘asi”   ni   tashkil   etadi.   Viloyatni   hududiy   tiplari   va   rayonlashtirilishi
o‘rganilayotgan   joyni   barcha   qismini   o‘z   ichiga   oladi.   Yuqorida   aytilganlarni
hisobga   olib,   Samarqand   viloyati   aholi   joylashuvini   quyidagi   asosiy   hududiy
tiplarga bo‘lish mumkin:
Sug‘orma dexqonchilik vohalarida aholining joylashuvi. Bu voha xududlarida
sug‘orma   dehqonchilik   va   qayta   ishlash   sanoati   asosida   aholi   joylashuvi   shakllari
nisbatan   rivojlangan.   Viloyatning   voha   qismida   aholi   joylashishida   faqatgina
sug‘oriladigan   erlar   sababchi   bo‘lmasdan,   balki,   bu   hududda   irrigatsion-meliorativ
to‘rlarning   qurilishi   ham   o‘z   tasirini   ko‘rsatgan.   S h uning   uchun   ham   yirik   aholi
57 punktlari   katta   kanallarga   yaqin   joylashgan.   Bu   hududlarda   aholi   va   ishlab
chiqarishni  joylashishi  uchun qulay tabiiy geografik sharoitlar  mavjud. Voha aholi
joylashuvi   tizimi   viloyatning  ko‘pgina  joylariga   xos   bo‘lib,   bular   asosan   Oqdaryo,
Samarqand,   Tayloq,   Jomboy,   Ishtixon,   Kattaqo‘rg‘on   va   Pastdarg‘om   tumanlari
uchun xosdir. 
Cho‘l sharoitida voha aholi joylashuvi tizimi va ishlab chiqarishni tashkil etish
va   rivojlantirish   uchun   daryolar   va   irrigatsion   kanallar   asosiy   rol   o‘ynaydi.
Viloyatning   voha   qismi   ishlab   chiqarish   va   aholi   joylashuvida   asosiy   areal
hisoblanadi.   Bu   yer-suv   resurslari   bazasi   asosida   xo‘jalikning   turli   tarmoqlari
rivojlanishiga, hamda aholining zich joylashishiga sababchi bo‘lgan.
Samarqand  viloyatida  oxirgi  ma’lumotlariga ko‘ra  (2021)  sug‘oriladigan erlar
maydoni 252,7 ming gektarni tashkil etadi.Tumanlar ichida bu ko‘rsatkich Jomboy,
Kattaqo‘rg‘on va Ishtixonda nisbatan  yuqori  hisoblanadi.  Vohalarda aholi  va aholi
punktlari   zichligi   yuqoriligi   bilan   xarakterlanadi.   Masalan:   yuqorida   ajratilgan
tumanlarda     100   km   kvda   o‘rtacha   29,6   ta   qishloq   aholi   punktlari   to‘g‘ri   keladi,
o‘rtacha aholi soni  esa  1000 kishidan ortiqdir. Bu tumanlarda bir  necha irrigatsion
inshoatlar to‘rlari, yani: Kattaqo‘rg‘on, Jomboy va Xishrav suv omborlari, Darg‘om,
Yangiariq,   Bulung‘ur,   Siyob   kanallari   qurilgan.   Bular   ichida   eng   kattalari
Kattaqo‘rg‘on   suv   ombori   va   Darg‘om   kanali   hisoblanadi.   Bu   inshoatlar   erlarni
sug‘orishda   eng   katta   hissa   qo‘shuvchi   manbalardandir.   Suv   inshoatlarga   yaqin
joylarda   Kattaqo‘rg‘on   suv   ombori   shaharchasi,   Kattaqo‘rg‘on   shahri,   Xishrav
shaharchasi,   Dashtiso‘xta   qishlog‘i   Darg‘om   kanali   yaqinida   vujudga   kelgan.
Mustaqillik   yillarida   yangi   erlarni   o‘zlashtirish   bazasida   voha   aholi   joylashuvi
shakli   kengayib   bormoqda,   asosan   buni   Samarqand   tumani   misolida   ko‘rishimiz
mumkin,   yani,   Darg‘om   va   Yangiariq   kanallariga   yaqin   joylarda   Gulobod
shaharchasi va boshqa qishloq aholi punktlari tashkil etilgan. 
Jadval   ma’lumotlaridan   ko‘rinib   turibdiki,   voha   aholi   joylashuvi   tipi   viloyat
maydonining 36% ni ishg‘ol qiladi va bu hududda aholining 63% joylashgan, aholi
zichligi   esa   1kv.km.ga   391,7   kishini   tashkil   etadi.   Viloyat   shahar   aholisining   va
shahar   aholi   punktlarining   asosiy   qismi   ham   shu   hududda   joylashgan.   Aholi
58 joylashuvi tizimining tashkil etilishiga birinchi navbatda tabiiy omillar, gidrografik
to‘r,   transport,   bir   –biri   bilan   chambarchas   bog‘liq   bo‘lgan   iqtisodiyot   va   aholi
punktlarining   yuqori   zichligi   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Bu   aholi   joylashuvi   tizimida
qulay   ijtimoiy   va   iqtisodiy   sharoitlarni   mavjudligi   sababli   Samarqand
aglomeratsiyasi va Kattaqo‘rg‘on lokal guruhli aholi punktlari rivojlanib kelmoqda. 
3.1 -jadval
Samarqand viloyati aholi joylashuvining hududiy tiplari (2021y )
№ Aholi   joylashuvi
tiplari Maydoni
km. kv Aholisi   ming
kishi Aholi zichligi 1
km/kvda  kishi
1 Voha 5867,5 2298,7 391,7
2 Tog‘ 4730,8 426,4 90,1
3 CHo‘l 631,2 341,4 53,5
4 SHahar   atrofi 2662,4 964,9 362,4
Jadval muallif tomonidan tuzilgan
Samarqand   viloyatining   voha   aholi   joylashuvi   tipida   aholi   va   aholi   punktlari
Zarafshon   daryosi   havzasida   hamda   uning   sohillarida   joylashgan   bo‘lib,   bunday
joylashuv   tuzimi   boshqa   viloyatlardan   farq   qiladi.   Masalan:   Farg‘ona   viloyatida
aholining joylashuvi asosan Sirdaryo daryosining yaqinida zich joylashgan. 
Viloyatning   voha   aholi   joylashuvi   tipi   faqatgina   tog‘oldi   qismlarida   va   daryo
yoki soylar yaqinida barpo bo‘lmasdan, balki tekislik joylarni ham o‘z ichiga oladi.
Masalan:   Kattaqo‘rg‘on,   Ishtixon,   Narpay,   Paxtachi   tumanlari   asosan   viloyatning
pasttekislik   qismida   joylashgan,   Samarqand,   Tayloq,   Pastdarg‘om,   Jomboy   va
Bulung‘ur   tumanlari   esa   tog‘oldi   hududlarini   egallagan.   Tumanlarning   bunday
joylashuvi   Oqdaryo,   Payariq   va   Ishtixon   tumanlarida   paxtachilikni   rivojlanishiga,
Samarqand,   Tayloq   tumanlarida   tog‘oldi   xo‘jaliklarni   taraqqiy   etishiga,   ya’ni
sabzavotchilik   va   kartoshkachilikni,   Bulung‘ur   tumanlarida   esa   bog‘dorchilik   va
uzumchilikning ixtisoslashuviga va rivojlanishiga olib kelgan. 
Aholi   joylashuvining   tog‘li   tipiga   Urgut   va   Qo‘shrabot   tumanlari   kiradi.
Qo‘shrabot   tumani   relefining   notekisiligi   va   transport   yo‘llarining
rivojlanmaganligi, hamda bu hududda sug‘orma dexqonchilik qilish uchun katta er
59 maydonlar yo‘qligi sababli aholi va aholi punktlari siyrak joylashgan. 
Urgut   tumani   tog‘li   hududda   joylashganligiga   qaramasdan,   bu   erda   aholi   va
aholi punktlarining zichligi yuqori xisoblanadi. Bu tumanda aholining zichligi 1 kv
km   ga   82   kishini,   qishloq   aholi   punktlarning   zichligi   yuqori   bo‘lib,   o‘rtacha   aholi
yiliga   1200   kishidan   ortiqni   tashkil   etadi.   Bu   hududda   aholi   va   aholi   punktlarning
yuqori   zichligi   birinchi   navbatda   soylarning   ko‘pligi   va   xo‘jalikning   xususiyatlari
bilan   bog‘liq   hisoblanadi.   Urgut   tumanida   yashovchilarning   asosiy   qismi
tadbirkorlik   ishlari   bilan   shug‘ullanishi   tufayli   Urgut   shahrida   respublika
ahamiyatiga   ega   bo‘lgan   yirik   savdo   bozorining   hamda   juda   ko‘p   kichik
korxonalarning   rivojlanishiga   olib   kelgan.   Shuning   uchun,   bu   tumanda   aholi   jon
boshiga   iste’mol   mollari   ishlab   chiqarish   575,2   ming   so‘mni   tashkil   etadi,   bu
ko‘rsatkich Samarqand tumanida 88,8 ming, Jomboy tumanida 937,3 ming so‘mni
va   viloyatning   boshqa   tumanlarida   bu   raqamlar   ancha   past   bo‘lib,   Nurobod   va
Qo‘shrabot tumanlarida 98,4 ming va 121,2 ming so‘mga teng. 
Qo‘shrabot tumani aholi joylashuvi tog‘ tipiga kiradi, shuning uchun bhududda
aholi va aholi punktlari siyrak joylashgan bo‘lib, tumanda asosan chorvachilikning
go‘sht   va   jun   yo‘nalishi   rivojlangan.   Shu   bilan   birga   sug‘oriladigan   erlar   maydoni
ham   bor   yo‘g‘i   890   gektarni   tashkil   etadi.   Qo‘shrabot   tumani   maydoni   xo‘jalik
jihatidan o‘zlashtirilishi past darajada hisoblanadi, aholi zichligi ham juda pastdir. 
Umuman   olganda,   bu   ikkala   tog‘lik   tumanda   376,4   ming   kishi   yashaydi.
Urbanizatsiya darajasi ham past. 2008 yilda Samarqand viloyatidagi ko‘pgina yirik
qishloqlar   shahar   va   shaharcha   maqomini   olgandan   keyin,   Qo‘shrabot   tumani
markaziham   4   ta   qishloq   aholi   punktlari   birlashib   yagona   Qo‘shrabot   qo‘rg‘oni
shaharchasiga   aylandi.  Hozirgi   vaqtda   bu   erda   9000   dan  ortiq  aholi   yashaydi.   Shu
bilan   birga   bu   tumandagi   Zarkent   qishlog‘i   ham   shaharcha   maqomini   oldi.   Urgut
tumanida   ham   birnechta   qishloqlar   birlashib,   7   ta   shaharcha   paydo   bo‘ldi,   bu
shaharchalarda 5000 dan 30000 gacha aholi yashaydi. Hozirgi vaqtda Qo‘shrabot va
Urgut tog‘lik xududlarida shahar aholisi ulushi oshdi va urbanizatsiya darajasi 48%
ni   tashkil   qiladi.   Urbanizatsiya   darajasining   yuqoriligiga   qaramasdan   Qo‘shrabot
tumani   viloyat   markazi   Samarqand   shahridan   uzoqdaligi   tufayli   rivojlanishi   ancha
60 sust.   Urgut   tumani   Samarqand   shahriga   nisbatan   yaqinligi,   Zarafshon   daryosi
irmoqlarining   va   soylarning   ko‘pligi   bu   hududni   yashash   uchun,   rekreatsiya   va
kichik korxonalar qurish maqsadida o‘zlashtirish darajasi yuqoridir. 
Viloyatning   cho‘l   hududlarida   ham   aholi   va   aholi   punktlar   siyrak
joylashgandir.   Aholi   joylashuvining   bu   tipiga   Nurobod   tumani,   Pastdarg‘om,
Narpay   va   Paxtachi   tumanlarining   bir   qismi   kiradi.   Bu   hududning   bir   qismini
Qarnob cho‘li tashkil etadi, bu cho‘lda qo‘ychilik rivojlangan. 
Umuman   olganda   bu   tadqiqot   obekti   39,2%   viloyat   maydonini   egallaydi.   Bu
erda   291   ming   kishidan   ortiq   aholi   istiqomat   qiladi.   Hududning   urbanizatsiya
darajasi   past   bo‘lib,   Nurobod   tumani   markazi   Nurbuloq   shahrida   va   resurs
shaharcha   hisoblangan   Ingichkada   20   mingga   yaqin   aholi   yashaydi.   Aholining
o‘rtacha   zichligi   45,6   kishi.   Bu   hududda   joylashgan   qishloq   aholi   punktlari   siyrak
joylashgan   bo‘lib,   har   100   km   kvda   2   kishini   tashkil   etadi.   SHu   bilan   birga
qishloqlar   katta   emas.   Viloyatning   voha   va   tog‘   qishloqlari   yirik   hisoblanadi.
Narpay va Paxtachi tumanlariga kiruvchi qishloqlar nisbatan yirikroqdir. 
Aholi joylashuvining yana bir o‘ziga xos xususiyatiga ega bo‘lgan shahar atrofi
tipi   viloyatning   nisbatan   yirik   shaharlari   Samarqand   va   Kattaqo‘rg‘on   atrofida
vujudga kelgan. Aholi  joylashuvining shahar  atrofi  tipi  voha tizimi  ichida vujudga
kelgan,   shuning   uchun   buni   alohida   hududiy   tip   sifatida   ko‘rib   chiqmasak   ham
bo‘ladi.   Bunday   hududiy   tip   asosan   shahar   aholisini   har-hil   qishloq   xo‘jalik
mahsulotlari   bilan   ta’minlash   maqsadida   barpo   etiladi.   Samarqand   shahar   atrofi
aholi joylashuvi zonasiga Samarqand va Tayloq tumanlari kiradi. Bundan tashqari,
Jomboy, Pastdarg‘om va Bulung‘ur tumanlarini  bir qismi  kiradi. Bu tizimtarkibida
Gulobod, Tayloq, Jomboy, Bulung‘ur, Juma, Kimyogarlar shahar aholi punktlaridan
tashqari, yana bir  necha yirik qishloqlar  kiradi, bu qishloqlar  har-hil  funksiyalarni,
ya’ni,   qishloq   xo‘jaligi,   rekreatsiya,   dalahovli   va   boshqa   vazifalarni   bajaradi.
Bunday   qishloqlarga   Bog‘ibaland,   Bog‘imaydon,   Bog‘izog‘on   va   boshqa   aholi
punktlari   misol   bo‘la   oladi.   Qishloqlar   viloyat   markazlaridan   uzoqlashgan   sari
kichiklashib boraveradi va asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. 
61 62 Kattaqo‘rg‘on shahar atrofi zonasi nisbatan kichik bo‘lib, ham shahar va ham
qishloq   aholi   punktlarini   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   zona   viloyatning   kattaligi   bo‘yicha
keyingi   shahar   Kattaqo‘rg‘on   atrofida   vujudga   kelgan.   Nisbatan   yirik   bo‘lgan
Kattaqo‘rg‘on   suv   ombori   va   Payshanba   shaharchalari   hamda   Kadan,   Moybuloq
qishloqlari kiradi. Bu hududda Qoradaryo va yirik xo‘jaliklari joylashgan, bu erda
sabzavotchilik, kartoshkachilik va sut chorvachiligi rivojlangan. 
Shahar   atrofi   xududidagi   aholi   mayatnikli   migratsiyada   va   sanoat
tarmoqlarining   rivojlanishida   faol   qatnashadi.   Jadvaldan   ko‘rinib   turibdiki   shahar
atrofida   hududi   qariyb   2,7   ming   km   kv   maydonni   tashkil   etadi.   Bu   y erda   914,9
ming kishi yoki viloyat aholisining 26% yashaydi.
3.3. Samarqand viloyati demografik vaziyatining muommolari 
Aholi   joylashuvi   murakkab   ijtimoiy-iqtisodiy   kategoriya   bo‘lib,   aholini
hududiy   tashkil   etish,   uning   turmushi,   mehnati   va   hayotiy   faoliyati   har   xil
muammolarni   hal   etishda   jamiyatni   muvofiq   ravishda   rivojlanishida   ifodalanadi.
Shu   bilan   birga,   aholi   joylashuvining   boshqa   muammolari   ham   mavjud   bo‘lib,
aholi   va   aholi   punktlari   joylashuvini   shakllantirish   vazifalari   bilan   bog‘liq.
Ularning   funksional   tarkibi   va   kattaligi   bo‘yicha   bo‘linishini   yaxshilash,
shuningdek, bu erda aholi manzilgohlari tizimini to‘g‘ri tashkil etish muammolari,
urbanizatsiya   jarayoni,   shahar   va   qishloq   aholi   punktlarini   ijtimoiy-iqtisodiy
faolligini oshirish dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Ma’lumki,   aholi   va   aholi   punktlarini   joylashtirish   muammolari   ko‘p   va   har
xildir.   Lekin,   bu   muammolarning   o‘tkirligi,   ehtimoli   va   ularni   hal   etish   yo‘llari
turli hududlarda bir xil emas. Shu bilan birga, mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy-
iqtisodiy  va  siyosiy   rivojlanish   xususiyatlari,  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishi,  moddiy
texnika, moliyaviy va respublikaning boshqa imkoniyatlari turli muammolarni hal
etishga   ta’sir   etmasdan   qolmaydi.   Samarqand   viloyati   uchun   aholi   punktlarining
funksional   tarkibining   rivojlanish   muammolari,   ijtimoiy   va   ekologik   muammolar
xarakterli   hisoblanadi.   Shuningdek,   urbanizatsiyaning   rivojlanishi   va   shaharlar
63 to‘ri   hamda   qishloq   aholi   joylashuvini   shakllantirish   ham   yuqorida   aytilgan
muammolardek ahamiyatli hisoblanadi.
O‘rganishlar   shundan   dalolat   beradiki,   oxirgi   yillarda   viloyat   sanoatining   va
ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishi-ning   darajasi   asta   sekin   yuksalib   bormoqda.   1980-
1990   yillarda   viloyatning   bu   sohalarda   rivojlanishi   ancha   past   edi,   bunga   sabab
ruralizatsiya   jarayoning,   ya’ni   qishloq   aholisi   salmog‘ining   oshib   borishi   ta’sir
etgan.   Keyingi   yillarda   urbanizatsiya   jarayonining   rivojlanishi,   shahar   aholisi
salmog‘ining   oshib   borishi,   yangi   shahar   aholi   punktlarining   va   sanoat   turli
tarmoqlarining   vujudga   kelishi   tufayli   viloyatning   ijtimoy-iqtisodiy   rivojlanishi
ancha   tezlashdi.   Shunga   qaramasdan,   Samarqand   viloyati   sanoatining   rivojlanishi
talab   darajasida   emas.   Chunki   bu   yerda   respublikaning   kattaligi   jihatidan   boshqa
ba’zi viloyatlari, jumladan Toshkent, Farg‘onadan orqada hisoblanadi. Samarqand
viloyati xalq xo‘jaligini rivojlanishini tezlashtirish uchun, birinchi navbatda uning
funksional   tarkibini   yaxshilash   va   shahar   aholi   punktlari   to‘rini   mustahkamlash
lozim,   yani,   sanoat   tarmoqlari   va   aholi   joylashuvini   to‘g‘ri   hududiy   tashkil   etish
maqsadga   muvofiqdir.   Samarqand   shahri   qadimiy   va   turizm   markazi   bo‘lganligi
sababli   bu   erda   sanoat   tarmoqlarini   rivojlantirib   bo‘lmaydi.   SHuning   uchun
viloyatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   uchun   viloyatni   boshqa   shaharlarida
sanoat   tarmoqlarini   joylashtirish   va   rivojlantirish   zarur.   Samarqand   shahri   esa
turizm   markazi   sifatida   rivojlanmog‘i   lozim.   Bundan   tashqari,   Samarqandda   juda
ko‘p tarixiy yodgorliklarning joylashganligi, shaharsozlik ishlarini rivojlantirishga
va rekonstruksiya qilishga to‘sqinlik qiladi. 
Shunday qilib, Samarqand shahrining o‘zida yirik sanoat korxonalarini qurish
maqsadga   muvofiq   emas,   shuning   uchun   bunday   vazifalarni   uning   atrofiga
joylashgan,   hamda   viloyatning   boshqa   shaharlarini   sanoatlashgan   markaz   sifatida
rivojlantirish   lozim.   Masalan,   bunday   vazifalarni   Kattaqo‘rg‘on   shahri   bajarishi
mumkin. Lekin, hozirgi vaqtda bu shaharlarning ham rivojlanish darajasi bugungi
kun talabiga to‘liq javob bermaydi.
Geografik taqqoslash tahlili shuni ko‘rsatadiki, Toshkent viloyatida Toshkent
shahridan   tashqari,   Chirchiq,   Angren,   Olmaliq,   Bekobod,   Yangiyo‘l   shaharlari
64 borki,   ular   birgalikda   viloyat   xalq  jo‘jaligini   rivojlantirishda   katta   hissa   qo‘shadi.
Bu   jihatdan   Farg‘ona   viloyatida   vaziyat   yaxshi   bo‘lib,   bu   erda   shaharlarning
uchligi mavjud - Farg‘ona, Marg‘ilon va Qo‘qon.  Samarqand viloyatiga qaraganda,
bu   viloyatlarda   sanoatning   hududiy   tarkibi   ancha   rivojlangan   hisoblanadi.
Viloyatning boshqa shaharlarining funksional tarkibi ham sust rivojlangan. Asosan
bu   jihatdan   Ishtixon,   Nurobod,   Juma,   C h elak   shaharlari   orqada   hisoblanadi.
Payshanba,   Lo y ish   va   Ziyodin   shaharchalarida   yirik   sanoat   korxonalari   umuman
mavjud emas.
Samarqand   aglomeratsiyasi   doirasida   yo‘ldosh   shaharchalar   o‘rtasida   aniq
belgilangan   mehnat   taqsimoti   tartibga   solingan.   Masalan,   Bulung‘ur   shahri
transport   funksiyasiga,   Jomboy   va   Farxod   shahar   aholi   punktlari   esa   qurilish
materiallari   sanoatiga   ixtisoslashgan.   Xishrav   shaharchasi   elektr   energiya   ishlab
chiqarishga,   Kimyogarlar   shaharchasi   esa   mineral   o‘g‘itlar   tayorlashga
ixtisoslashgan. Lekin bu shahar aholi punktlari Samarqandni yirik sanoat darajasini
tashkil   etaolmaydi.   SHu   bilan   birga,   bu   shahar   aholi   punktlarining   Samarqand
shahriga   juda   yaqin   joylashganligi,   bu   joylarda   yirik   sanoatlashgan   zonaning
vujudga   kelishi   maqsadga   muvofiq   emas.   S h uningdek,   bu   va   boshqa   aholi
punktlarida   sanoat   korxonalarining   filial   jarayoni   ham   yaxshi   rivojlanmagan.   Bu
masala Farg‘ona vodiysida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 
Ma’lumki, sanoatni bunday hududiy tashkil etilishi, ishlab chiqarishni oqilona
joylashtirish   va   mehnat   resurslaridan   to‘liq   foydalanishning   asosi   bo‘lib
hisoblanadi.
Samarqand   viloyatining   urbanistik   tarkibini   va   uni   baholash   o‘ziga   xos
vaziyatga   egadir.   Birinchidan,   Samarqand   viloyatini   oladigan   bo‘lsak,
Kattaqo‘rg‘on   va   boshqa   shaharlarning   rivojlanish   darajasi   orqadaligini
ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Kattaqo‘rg‘on shahri Samarqand shahridan 8 marta
kichik  bo‘lib  ,,Zipf   qoidasi ”   bo‘yicha   bu  nazariy  jihatdan   Kattaqo‘rg‘on  60  ming
emas,   balki   4   marta   ko‘p   aholi   soniga   ega   bo‘lishi   lozim.   Viloyatning   uchinchi
shahri   Urgut   ham   orqada   hisoblanadi.   Bu   shaharlarni   hozirgi   vaqtdagi   kattaligini
65 qoniqarli   deb   bo‘lmaydi.   Shuning   uchun   bu   shaharlarning   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajalari yuqori bo‘lishi lozim.
Ko‘rinib   turibdiki,   viloyat   doirasidagi   kichik   va   o‘rta   shaharlar   rivojlanish
darajasi ancha orqada. Samarqand shahri va viloyatning boshqa shaharlari o‘rtasida
katta   yoriq   paydo   bo‘lgan.   Shu   bilan   birga,   respublikamiz   shaharlari   umumiy
tarkibida   Samarqand   shahri   o‘rniga   baho   bermoqchi   bo‘lsak,   shahar   taraqqiyot
darajasi ancha orqada hisoblanadi (taxminan Toshkent shahridan 6 marta orqada).
Shuning uchun, Samarqand shahri va viloyatning boshqa shaharlari ham ijtimoiy-
iqtisodiy va demografik kuch-qudratini mustahkamlab olishi lozim.
Albatta,   sanoat   bu   shahar   aholi   punktlarining   yagona   rivojlantiradigan
yo‘nalish emas. Transport va ishlab chiqarish infratuzulmasining boshqa sohalarini
rivojlantirish   yaxshi   natijalar   beradi.   Bundan   tashqari,   aholi   punktlarini   ijtimoiy
funksiyalarini mustahkamlash talab etiladi.
Shuni   ta’kidlash   joizki,   kelajakda   viloyatlar,   shaharlarning   iqtisodiy   kuch-
qudratli   bo‘lishi   uchun   asosiy   vazifani   ishlab   chiqarish   bo‘lgan   sohalar,   ya’ni
ijtimoiy   infratuzilmaning   rivojlanish,   aholining   madaniy   va   ta’lim   darajasining
oshishini   bajaradi.   Shu   bilan   birga,   aholining   ijtimoiy   faolligining   o‘sishi,   hamda
malakali   va   mutaxasislikka   ega   bo‘lgan   mehnat   resurslarini   tayyorlashga   katta
e’tibor   beriladi.   Professor   V.V.   Pokshishevskiy   ta’kidlaganidek,   ishlab
chiqarishning rivojlanishi sharoitida, ishlab chiqarish joylashuvi asta-sekin ijtimoiy
sohalariga   o‘tib   qoladi   (Pokshishevskiy,   1978).   Shuni   ham   aytish   lozimki,   oldin
yirik ishlab chiqarish korxonalari shaharlarni  tashkil  etgan. Hozirgi  vaqtda asosiy
e’tibor kichik va o‘rta korxonalarni ko‘paytirish va rivojlantirishga qaratilgan. Bu
sharoitda   shaharlarda   kichik   va   o‘rta   qo‘shma   korxonalar   joylashtirish   maqsadga
muvofiqdir.
Hozirgi vaqtda mustaqil O‘zbekistonimizning eng asosiy dasturiy talablaridan
biri   xalqning   yashash   tarzini   yaxshilash   hisoblanadi.   Bu   talab   respublikamiz
ijtimoiy-iqtisodiy   siyosatining   yuragini   tashkil   etadi.   S h uning   uchun   kelajakda
ijtimoiy   infratuzilmaning   rivojlanishi   aholi   punktlarining   eng   asosiy
66 muammolaridan   bo‘lib   qoladi.   Bu   sohalar   rivojlanib,   aholi   ihtiyojlarini   to‘liq
qondirishi mumkin.
Yuqorida aytilganidek, Samarqand viloyati ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari
nisbatan   past   hisoblanadi.   Bu   sohalar   ichida   asosiy   e’tibor   bolalar   maktablari   va
maktabgacha   ta’lim   muassasalari,   korxonalar,   savdo,   sog‘liqni   saqlash
muassasalarining   rivojlanish   darajalariga   qaratiladi.   Tug‘ilish   darajasining
yuqoriligi   sharoitida   bolalar   maktabi   muassasalari   rivojlanishini   o‘rganish
maqsadga   muvofiq   hisoblanadi.   Tadqiqot   natijalari   shundan   dalolat   beradiki,
Samarqand   viloyatining   qishloq   ma’muriy   tumanlarida   ijtimoiy   sohalar
infratuzilmasi Oqdaryo, Bulung‘ur, Jomboy, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachida nisbatan
yaxshi   rivojlangan.  S h u bilan  birga,  tadqiqot  qilayotgan  ko‘rsatkich  Pastdarg‘om,
Samarqand,   Nurobod   va   Urgut   tumanlarida   ancha   past   hisoblanadi.   Viloyatda
2021-2021-yilda o‘quv yillari ma’lumoti bo‘yicha 1230 ta umumta’lim maktablari
mavjud   bo‘lib,   shundan   85   tasi   Samarqand   shahrida,   qolgan   qismi   qishloq
tumanlari   hududida joylashgan.   Viloyat  qishloq  tumanlarining  har  birida o‘rtacha
70 ta maktab to‘g‘ri keladi.
Hisob-kitoblar   shundan   dalolat   beradiki,   qishloq   tumanlari   sog‘liqni   saqlash
ob’ektlari   bilan   ta’minlash   va   bu   tarmoqning   rivojlanishi   bir   xil   emas.   Viloyat
tumanlarini guruhlash shuni ko‘rsatadiki, viloyat aholisining yarmi kasalxonalar va
kasalxonalardagi   o‘rinlar   bilan   ta’minlanishi   past   hisoblanadi.   Bu   guruhga
Kattaqo‘rg‘on,   Bulung‘ur,   Samarqand   va   Urgut   tumanlari   kiradi.   Bu   jihatdan
o‘rtacha   ko‘rsatkichlar   bilan   Jomboy,   Payariq   ajralib   turadi,   nisbatan   yuqori
ko‘rsatkichlarga Oqdaryo, Ishtixon va Paxtachi tumanlari kiradi.
Viloyat aholisining poliklinika va ambulator muassasalari bilan ta’minlanishi
jihatdan uch kategoriyaga bo‘lish mumkin :  past (20% gacha), o‘rtacha(21-24%) va
yuqori(25% va yuqori). S h u bilan birga viloyat aholisining 43% past ta’minlanish
kategoriyasiga   kiradi.   Bunga   Bulung‘ur,   Samarqand,   Pastdarg‘om   va
Kattaqo‘rg‘on   tumanlarini   kiritish   mumkin.   Shuningdek,   o‘rtacha   ko‘rsatkichlar
bilan   Jomboy,   Ishtixon   va   boshqa   tumanlari   ajralib   turadi.   Bu   hududda   viloyat
aholisining 45% joylashgan. Aholining poliklinika va ambulator muassasalari bilan
67 nisbatan   yuqori   ta’minlanishi   kategoriyasiga,   ya’ni,   24%   Oqdaryo,   Paxtachi   va
Narpay tumanlari kiradi.
Oxirgi   yillarda   O‘zbekiston   hukumati   qishloq   joylarni,   birinchi   navbatda
xonadonlarni   tabiiy   gaz   bilan   ta’minlash   lozimligiga   asosiy   e’tiborini   qaratgan.
Shunga   qaramasdan,   viloyatda   aholini   gaz   bilan   ta’minlash   darajasi   past
hisoblanadi. Asosan bu jihatdan Oqdaryo, Ishtixon, Nurobod, Qo‘shrabot va Urgut
tumanlarida  ancha past,  lekin, tumanlarda viloyat  aholisining  1 /3   qismi  yashaydi.
Bulung‘ur,   Pastdarg‘om   va   Paxtachi   tumanlarida   holat   birmuncha   yaxshidir.
Samarqand viloyatida aholini savdo maydoni bilan ta’minlanishi yildan yilga oshib
bormoqda.   1994   yilgi   ma’lumotlarga   ko‘ra,   viloyatda   1000   kishiga   137   m.kv.
savdo   maydoni   to‘g‘ri   kelgan   bo‘lsa,   hozirgi   vaqtga   kelib,   bu   ko‘rsatkich   170
m.kv.ni   tashkil   etadi.   Shunga   qaramasdan,   Ishtixon,   Kattaqo‘rg‘on   va   boshqa
tumanlarda bu ko‘rsatkich past, Oqdaryo, Bulung‘ur va boshqa tumanlarda bu jihat
yuqoridir.
Ijtimoiy-geografik   o‘rganishlar   shuni   ko‘rsatadiki,   aholiga   xizmat   ko‘rsatish
sohalari   rivojlanish   darajasi   jihatidan   tumanlar   mobaynida   farqlar   mavjud.
Tumanlar   orasida   farqlarni   yuqotish   va   ijtimoiy   sohalarni   tez   sur’atlar   bilan
rivojlantirish, aholini yashash tarzini yaxshilashga olib keladi.
Tadqiqotlar   shundan   dalolat   beradiki,   viloyatimiz   tumanlari   ijtimoiy
rivojlanish jihatidan Oqdaryo va Paxtachi tumanlarga nisbatan ijtimoiy sohalarning
tarmoqlari   yaxshi   taraqqiy   etgan.   Lekin,   Samarqand   va   Urgut   tumanlarida   bu
ko‘rsatkichlar ancha past hisoblanadi. Bu tumanlar o‘rtasidagi ijtimoiy  rivojlanish
darajasidagi farqlar, asosan shu hududda yosh korxonalarning joylashganligi, aholi
soni va aholi punktlarining zichligi hamda xizmat ko‘rsatish markazlariga bog‘liq
hisoblanadi.   Shu   bilan   birga,   Samarqand   viloyatida   qishloq   aholi   joylashuvini
shakllantirish   muammolarini   hal   qilish   ham   katta   ahamiyatga   ega.   Kelajakda
qishloq   aholi   punktlarini   mustahkamlash   lozim,   shunda   bu   hudularda   hozirgi
zamon ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari joylashtirishda shart-sharoitlar yaratiladi.
O‘zbekiston   Respublikasida   oxirgi   yillarda   qishloq   aholisiga   xususiy
yordamchi xo‘jaliklarni barpo etishga katta e’tibor berilmoqda. Bu yakka ravishda
68 uy-joy qurilishini rivojlantirishga, mahalliy oziq-ovqat bazasini oshirishga, hamda
qishloq   aholi   punktlarini   o‘sishi   va   mustahkamlanishiga   olib   keladi.   Lekin,   er
resurslari   kattaligini,   aholi   soni   va   zichligini   hisobga   olib,  har   bir   tuman  holatiga
qarab   er   uchastkalari   ajratilishi   lozim.   Masalan,   Qo‘shrabot,   Nurobod,
Go‘zalkentda   aholi   kam   bo‘lib,   er   resurslari   ko‘p.   Bunday   tumanlar   aholisiga
erlarni   ko‘proq   ajratsa   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   S h u   bilan   birga   Samarqand,
Tayloq tumanlarida bunday keng imkoniyatlar mavjud emas.
O‘zbekiston   Respublikasining   yana  bir   muammolaridan   mehnat   resurslardan
to‘la   va   oqilona   foydalanishdir.   Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   respublikamizning
ijtimoiy   siyosatida   mehnatga   yaroqli   aholining   faqatgina   jamiyat   ijtimoiy   sohada
bandligi   emas,   balki   mehnat   resurslarining   noodatiy   sohalarda   bandligiga   asosiy
e’tibor qaratilmoqda. Aholi kichik korxonalar, hunarmandchilik ustaxonalari, o‘rta
va   kichik   tadbirkorlik   sohalarida   bandligi   oshib,   viloyatning   ijtmoiy-iqtisodiy
rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Viloyat   aholisining   1989   yil   ma’lumotiga   ko‘ra,   47,1%   mehnatga   layoqatli
yoshlar   bo‘lgan,   2021   yil   oxirgi   ma’lumotlari   bo‘yicha   esa   mintaqa   mehnat
resurslari   ulushi   57,6%   ga   teng.   Bunday   katta   o‘zgarishlarga   sabab   yuqorida
aytilganidek,   mehnat   resurslarinig   ulushiga   aholining   tug‘ilish   va   tabiiy   o‘sish
darajalarining   ta’siridir.   Tug‘ilish   va   tabiiy   o‘sishning   pasayishi   bilan   mehnatga
layoqatli aholining salmog‘i ham oshib borgan.
Aholi   hududiy   joylashuvini   shakllantirish   boshqa   muammolarni   hal   qilish
bilan   ham   bog‘liq   bo‘lib,   jumladan   er-suv   va   boshqa   resurslarni   toza   saqlash
hisoblanadi.   Tahlillar   shundan   dalolat   beradiki,   Samarqand   viloyatining   ekalogik
holati   umuman   olganda   nisbatan   yaxshi.   SHunga   qaramasdan,   bu   erda   ham
chiqadigan zararli moddalarning miqdori mavjud. Masalan, 1990 yil ma’lumotiga
ko‘ra   atmosferaga   chiqadigan   zararli   moddalarning   miqdori   121   ming   tonnani
tashkil   etgan.   Bu   zararli   moddalarning   84,4%   ushlab   qolinadigan   yoki
zararsizlantirilgan.   Hozirgi   vaqtga   kelib,   atmosferaga   chiqadigan   zararli
moddalarning   miqdori   132   tonnani   tashkil   etadi.   Bunga   sabab   yuk   va   engil
avtomabillarning nihoyatda ko‘payib ketgani ta’siridir.
69 Viloyat   markazi   Samarqand   shahri   ham   nisbatan   ekologik   toza   shahar
hisoblanadi. 1990 yilda atmosferaga chiqadigan zararli moddalarning miqdori 12,4
ming   tonna,   shundan   10,4   ming   tonnasini   suyuq   va   gaz   shaklidagi   moddalarni
tashkil   etgan.   Samarqand   shahri   atmosferasini   ifloslantiradigan   yirik   manbalarga
Superfosfat   kimyo   zavodi,   Vinozavod,   G‘isht   zavodi   va   boshqalar   kiradi.
Viloyatning   boshqa   sohalari   ham   nisbatan   ekologik   toza   hisoblanadi.   Lekin,   bu
sohalarda   ham   havoni   va   suvni   ifloslantiradigan   paxtatozalash   zavodlari,
Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy zavodi, Jomboy qurulish sanoati korxonalari mavjud.
Viloyat ekologiyasi buzilishida qishloq xo‘jaligi faoliyati natijalari ham ta’sir
etadi.   Asosan,   chorvachilik   fermalari   joylashgan   joylarda   va   o‘simliklarga
kimyoviy   moddalardan   foydalanishda   namoyon   bo‘ladi.   Shuningdek,   rekreatsion
joylar   ifloslantirishda   antropogen   omilning   ham   ta’siri   mavjud.   Yuqorida
aytilganlardan   tashqari   muhim   muammolardan   biri   aholi   va   aholi   punktlari
joylashuvi tizimini to‘g‘ri tashkil etish hisoblanadi. Qaysikim bu sohada va qishloq
aholi   joylari   rivojlanishini     bir-biri   bilan   bog‘liq   ravishda,   hamda   viloyat,   tuman,
shaharlar   markazlarida   transport   yurish   yo‘llari   bilan   ta’minlanishi   lozim.
Ma’lumki,   Samarqand   bazasida   yirik   shahar   aglomeratsiyasi   barpo   bo‘lgan.
Kattaqo‘rg‘on   shahri   atrofida   esa   hali   bunday   aholi   punktlari   guruhi   tashkil
topmagan.   Buning   uchun   Kattaqo‘rg‘on   shahrining   o‘zi   yanada   rivojlanishi   talab
etiladi.
70 XULOSA
Samarqand viloyatining o‘ziga xos xususiyatlari, uning geografik joylashishi
va   tarixiy   taraqqiyot   bosqichlari   hisoblanadi.   Shu   bilan   birga,   Farg‘ona   vodiysi
uchun   bu   xususiyatlar   umuman   boshqacha,   masalan,   aholi   joylashuviga   intensiv
sug‘oriladigan dehqonchilikning ta’siri nihoyatda katta, yirik qishloqlarning daryo
va soylar quyilishi qismida joylashuvining rivojlanganligi va boshqalar.
Har bir joyning o‘ziga xos geografik xususiyati mavjud bo‘lib, tadqiqotchi uni
to‘g‘ri   topa  olishi   lozim   va  shu   asosida   o‘rganish   ishlarini   olib  borishi   maqsadga
muvofiq   bo‘ladi.   Masalan,   Toshkent   viloyatini   o‘rganishda,   birinchi   navbatda
poytaxt   o‘rni,   yirik   sanoat   markazlarining   borligi,   Chirchiq   va   Ohangaron
daryolarining ta’sirida aholi punktlar joylashuvining tashkil topishi va boshqalarni
chuqur tahlil etish talab etiladi. 
Qashqadaryo   viloyati   uchun   birinchi   o‘rinda   uning   yuqori   qismidan
(Shahrisabz)   quyi   qismining   (Qarshi   cho‘li)   xo‘jaligi   o‘zlashtirilishi   hududiy
tafovutlarining katta farq qilishiga asosiy e’tibor berish lozim.
Navoiy   va   Buxoro   viloyatlari   uchun   asosiy   e’tibor,   janubidagi   katta
bo‘lmagan   vohalar   va   shimolidagi   yirik   cho‘llar   rayonlarining   o‘ziga   xos   aholi
joylashuvi tizimi o‘rganilishi mumkin.
Maydoni   kichik,   kompakt   Xorazm   viloyati   va   hududi   katta   bo‘lgan
Qoraqalpoq   Respublikasi   uchun,   ularning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishiga   salbiy
ta’sir etayotgan ekologik vaziyatni tahlil qilish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Ko‘rinib   turibdiki,   har   bir   viloyat   o‘ziga   xos   takrorlanmas   xususiyatga   ega,
bunday geografik o‘ziga xoslik bir viloyat, qishloq tumani, hatto alohida qishloqda
bo‘lishi   mumkin.   Ma’lum   ob’ektlarni   har   xil   masshtabda   va   har   jihatdan   ko‘rib
chiqish, geografiya fanining noyob ustunligi hisoblanadi.
Shuningdek, umuman geografiyada va aholi geografiyasida faqatgina joyning
o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilmasdan, balki, uning ta’rifi va qonuniyatlarini ham
tadqiqot   qilish   ahamiyatli   hisoblanadi.   Aholi   va   aholi   punktlari   geografiyasining
ba’zi   qonuniyatlariga   birinchi   navbatda   aholi   punktlarining   kattaligi   bilan
71 funksional   tiplarining   bir-biriga   bog‘liqligi   kiradi.   Ikkinchi   navbatda,   aholi
punktlarining   o‘rtacha   aholi   soni,   ishlab   chiqarishning   rivojlanishi   va   joylashishi,
uning bir joyda to‘planishi aholi joylarining o‘lchamini aniqlaydi. Bundan tashqari
o‘ziga   xos  qonuniyat  ham  mavjud  bo‘lib,  joylashgan  aholining  ishlab   chiqarishni
hududiy   tashkil   etishdagi   ta’siri,   ya’ni,   asosan   hozirgi   vaqtda   qishloq   joylarida
sanoatning   joylashishi,   aholi   punktlarida   iqtisodiy-ijtimoiy   infratuzilmaning
rivojlanishi, ularda kichik, o‘rta va qo‘shma korxonalarni tashkil etish va boshqalar
kiradi.
Ma’lumki, baribir shahar funksiyasi asosiy hisoblanadi, shuning uchun aynan
shu   shahar   hayotining   hamma   jabhalariga   ta’sir   ko‘rsatadi.   Masalan,   aholi   soni
dinamikasi,   uning   o‘sishi,   aholining   tabiiy   va   mexaniki   harakati,   mehnat
resurslardan   foydalanish   xarakteri,   umumiy   ekologik   vaziyat   va   ijtimoiy   muhitga
ta’sir etadi.
Aholi geografiyasida boshqa qonuniyatlar ham mavjud. Jumladan, aholi zich
joylashgan   sug‘oriladigan   va   mehnatni   ko‘p   talab   qiladigan   dehqonchilik   bilan
shug‘ullanadigan   qishloq   joylari   yirik,   shaharlari   esa,   aksincha   katta   emas.   Bu
rayonlarda   ular   o‘rtasidagi   masofa   yaqin   bo‘ladi,   bu   esa   aholi   joylashuvining
hududiy tizimini tashkil etishga shart-sharoit yaratadi.
Vohalarga mehnatni  ko‘p talab qiladigan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishi
yirik qishloqlarni vujudga kelishiga, katta bo‘lmagan agrosanoat  komplekslarning
to‘planishi,   ya’ni,   paxta   tozalash,   konserva,   vino   zavodlari   va   boshqa   korxonalar
kichik shaharlarga hayot beradi. Bu hududlarda urbanizatsiya darajasi yuqori emas.
Lekin,   bunday   rayonlarda   ijtimoiy-iqtisodiy   qayta   o‘zgartirish   bazasida   qishloq
joylarida urbanizatsiya jarayoni tez rivojlanmoqda.
Hududlar   urbanizatsiyasi   ko‘rsatkichlari,   aniqrog‘i   urbanizatsiyalashuvi
haqida fikr yuritmoqchi bo‘lsak, ma’lumki, aholining yuqori darajasiga to‘planishi
shahar   aholi   punktlarida   bo‘lib,   xalq   xo‘jaligining   sanoatlashganligini   bildiradi.
Geourbanistikani   o‘rganish   tajribasi   va   tahlili   shundan   dalolat   beradiki,   shahar
yo‘ldoshlarining   vujudga   kelishi   va   o‘sishida   o‘ziga   xos   qonuniyatlar   mavjud.
Umuman   olganda,   hamma   shaharlar   o‘rtada   turuvchi   yoki   vositachi   vazifasini
72 bajaradi, shu bilan birga ular sanoat, aholi, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmalarning
yuqori   darajada   to‘plangan   joyi   hisoblanadi.   Har   bir   yirik   markazlar   o‘rtasida
barvaqtmi   yoki   kechmi   albatta   bitta   vositachi   shahar   paydo   bo‘ladi.   Masalan:
Navoiy shahri qadimiy shaharlar Samarqand va Buxoro o‘rtasida vujudga kelib, bu
shaharlarni   bog‘lab   turadi.   Bundan   tashqari   Samarqand   va   Toshkent   o‘rtasida
Jizzax,   Toshkent   va   Xo‘jand   o‘rtasida   Bekobod,   Samarqand   va   Qarshi   o‘rtasida
Shahrisabz va boshqalar.
Butun   O‘rta   Osiyo   va   O‘zbekiston   aholi   va   aholi   punktlari   geografiyasining
asosiy   qonuniyatlaridan   bu   hududlardagi   tog‘oldi   zonalarining   yaxshi
o‘zlashtirilganligi   va   ijtimoiy-iqtisodiy   imkoniyatning   yuqoriligi   hisoblanadi.
Aynan shu joylarda vohalar, yirik, katta va o‘rta aholi punktlari aglomeratsiyalari
joylashgan  bo‘lib,  bular  regional  aholi   joylashuvining  tutib  turuvchi   “ qovurg‘asi ”
vazifasini   bajaradi.   Transport   infratuzilmasining   asosiy   qismi   ham   shu   tog‘oldi
zonalaridan o‘tadi.
Aholi   va   uning   joylashuvini   geografik   o‘rganish   boshqa   qonuniyatlarni   ham
o‘rganishni   talab   etadi.   Bularni   geografiya   fani   uchun   odatiy   bo‘lgan,   majmuali
yondashish   orqali   bajarish   mumkin.   Ma’lumki,   aholi   va   aholi   punktlarning
joylashuviga   xalq   xo‘jaligining   hududiy   tarkiblari   –   tabiiy   resurslar,   ishlab
chiqarish   va   infratuzilmalarning   bir-biriga   chambarchas   bog‘liqligi   ta’sir   etgan.
SHunday   qilib,   ishning   mazmunidan   kelib   chiqib,   ilmiy-amaliy   xulosalar
quyidagilardan iborat:
1. Samarqand   viloyati   aholisini   hududiy   tashkil   etishni   shakllantirish,
Samarqand shahrining kelajakdagi rolini mustahkamlash.
2. Samarqand   viloyati   aholi   joylashuvi   tizimini   shakllantirish   uchun,
viloyatning boshqa shaharlarini ham quyi boshqaruvchi sifatida faol rivojlantirish.
3. Tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatadiki,   viloyatning   kattaligi   bo‘yicha   ikkinchi
shahri   Kattaqo‘rg‘on   rivojlanishi   ancha   orqada.   Navoiy   sanoat   shahrining   paydo
bo‘lishi,   qadimiy   Kattaqo‘rg‘on   shahrining   Samarqand   va   Buxoro   shaharlari
o‘rtasida   turuvchi   yoki   vositachi   rolini   tortib   oldi.   SHuning   uchun   endilikda
73 Kattaqo‘rg‘on   Samarqand   viloyatining   g‘arbida   joylashgan   tumanlar   va   Navoiy
viloyatining qo‘shni tumanlari bilan mustahkam aloqada bo‘lib, rivojlanishi lozim.
4. Viloyat aholisini hududiy tashkil etishni shakllantirish viloyatning boshqa
shaharlarini-Urgut, Bulung‘ur, Ishtixon, Juma, Oqtosh va boshqalarni chambarchas
bog‘liq holda har tomonlama rivojlantirish.
5. Ijtimoiy   muammolarni   hal   etishda,   qishloq   aholisi   hayotini   yaxshilashda
tuman   markazlarining   roli   hisoblanadi.   Hozirgi   vaqtda   O‘zbekiston   Respublikasi
hukumati   viloyat   va   tuman   hokimliklariga   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotni   tashkil   etish
va rivojlantirishda katta huquqlar bergan. Shuning uchun qishloq tuman markazlari
turli   xildagi   vazifalarni   bajarib   aholi   ijtimoiy   ehtiyojini   qondirishi   lozim.   Buning
uchun   birinchi   navbatda   tuman   markazlari-Qo‘shrabod,   Nurobod   va   boshqalarni
tashkil   etuvchi,   xizmat   qiluvchi   vazifalarini   mustahkamlash   kerak.   Ular   o‘z
navbatida   mahalliy   markazlar-qishloq   yig‘inlari,   ferma   markazlari   va   boshqalarni
boshqaradi.
6. Iqtisodiy reformalar va xususiylashtirish sharoitida tumanlar va viloyatlar
hokimiyatlari   aholi   punktlarining   xususiyatlari,   aholi   va   aholi   punktlarning
zichligini   hisobga   olib   savdo   shoxobchalari   va   boshqa   aholiga   xizmat   ko‘rsatish
sohalarini   joylashtirishni   boshqarib   boradi.   Bu   dolzarb   vazifalarni   bajarilishida
inventarizatsiya   va   aholi   punktlarda   ishlab   chiqarish   hamda   ijtimoiy
infratuzilmalarni chambarchas bog‘liq ravishda rivojlantirish, bularni qishloq aholi
punktlari   hududida   joylashtirilishi   aholini   hayot   darajasini   o‘sishida,   mehnat
resurslardan   to‘la   foydalanishga   va   kichik   qo‘shma   korxonalarni   joylashishiga
sharoit yaratadi.
7. Qishloq   aholi   punktlari   va   aholi   joylashuvi   tizimining   rivojlanishi   milliy
iqtisodiyotning   qishloq   xo‘jaligi   sohasini   shakllanishida   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.
Qishloq   xo‘jaligini   modernizatsiyalash   va   erdan   foydalanishning   turli   usullarini
qo‘llash,   fermer   xo‘jaliklari   to‘rlarini   tashkil   etish   va   boshqalar   aholi   punktlari
hamda uning tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.
Qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarishi,   aholiga   xizmat   ko‘rsatish   sohalarini
tarkibini   o‘zgartirish   katta   ahamiyatga   ega   hisoblanadi.   Qishloq   xo‘jaligini
74 mustahkamlash,   agroservis   va   agrobiznesni   tashkil   etish,   turli   kattalikdagi   shahar
va qishloq aholi punktlarini majmuali rivojlantirishga olib keladi.
8. Davlatimizning   ijtimoiy-iqtisodiy   siyosatiga   mos   ravishda   aholini   to‘g‘ri
hududiy   tashkil   etishni   viloyat   va   tumanlarning   ijtimoiy-iqtisodiy   dasturlarini
tuzishda inobatga olish.
9. Mamlakat   xalq   xo‘jaligining   boshqarilishi   va   regional   siyosatining
samaradorligi   ko‘p   jihatdan   uning   ma’muriy   hududiy   tuzilmasi   bilan   bog‘liq.
Shuning   uchun   tumanlar   va   viloyat   chegarasining   barqarorligi   aholini   har   kunlik
hayotini tashkil etishda hamda yirik masshtabli tarixiy-geografik tadqiqotlarni aniq
statistik ma’lumotlar asosida olib borishda katta ahamiyat kasb etadi.
10.   Shahar   va   qishloq   aholi   punktlarini   chambarchas   bog‘liq   ravishda
rivojlanish   muammolarini   o‘rganishdan   shunday   xulosaga   keldimki,   bunday
tadqiqot   ilmiy   ishlar   boshqa   viloyatlarda   ham   olib   borilsa,   maqsadga   muvofiq
bo‘lar edi.
75 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.   Mirziyoyev   S h .M.   “2022-2026-yillarga   mo’ljallangan   yangi   O’zbekistonning
taraqiyot  strategiyasi” .  T .  2022.
2.   A крамов   З.М.,.   География   сельского   хозяйства   Самаркандской   и
Бухарской областей. Часть 1 –  T .:  A Н Узбекистана. 1961. – 270 с.
3.   A крамов   З.М.,   Ракитников   A .Н.,   Замков   O . K .,   Шермухамедов   A . M .
География сельского хозяйства Самаркандской и Бухарской областей. Часть
2 –  T .:  A Н Узбекистана. 1961. – 317 с.
4.   A нохин   A . A .,   Житин   Д.В.   География   населения   с   основами   демографии.
Санкт-Петербург. 2013. 160 с.
5. .  Asanov   G . R .  A h oli   geografiyasi . –  T .:  O‘ qituvchi , 1978. -222 b
6.    A лексеев  A .И.  M ноголикая деревня. – M .:  M ыслъ. 1990. -255с
7.  A лескеров Ю.Н. Самарканд Путеводителъ – T .: Узбекистан, 1980. – 63с.
8.,   A лескеров   Ю.Н.   Нормуродов   X .Н.   Самаркандская   область.   –   T .:,
Узбекистан, 1982. – 135с.
9.   A та-Мирзаев   O .,   Гентшке   В.,   Муртазаева   Р.,   Солиев   A .   Историко-
демографические   o черки   урбанизации   Узбекистан–   T .,,   Университет,   2002.
170  с .
10. Axmedov E.A.  O‘ zbekiston sha h arlari. –T.:  O‘ zbekiston, 1991. -220b.
11. Бабаханова С. Промышленный Самарканд. – T .: Узбекистан, 1975. -138с.
12. Б a р a нс k ий Н.Н. Н a учны e  пренсипы географии. -  M .:  M ысл. 1980. 239с.
13.   Бреева   Е.В.   Основы   демограф   4- e   изд.   pe рр a б.   И   дор.   –   M .:   Дашко   И. K .
2009. -160 с.
14. Буриев a   M .Р. Рождаемость в Узбекистане  T .: Фан, 1991.-52 с.
15. . Burieva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi rivojlanish jarayonlari. – T.: Fan,
2008. -157 b.
16.   Burieva   M.R.,Tojieva   Z.N.,   Zokirov   S.S.   A h oli   geografiyasiva   demografiya
asoslari. –T.: Tafakkur, 2011.-156 b.
76 17. Гулишанбаров С.Г. Экономический обзор Туркистанского округа.   В 2- x
частях –  A шхабад 1913 ,  -476 с.
18. Давидович В.Г. Пл a нир o кв a   городов и раёнов (Инж e н e рн o - eko н o мичеси e
o сн o вы). -2-э изд., п e р e р a б. –  M .: Стр o йизд a т. 1964. -326с.
19. Ирригация Узбекистана.  To м 1-  T .: Фан, 1975. -351с.
20.   Kadirov   M . A .,   Usmonov   M . R .   Samarqand   viloyati   aholisining   tabiiy   va
mexanik   harakatidagi   o‘ zgarishlar // O‘ zbekistonda   atrof - muhitni   muhofaza
qilishning   dolzarb   masalalari . – Samarqand .  2013. –83 b.
21.   Kadirov   M.A.   Samarqand   viloyatining   demografik   muammolari.   //Fan
chorrahalari. Samarqand. 2013. – 134 b.
22. Kadirov M.A., SHerxolov O. Samarqand viloyatida qishloq aholi punktlarining
joylashishi,   rivojlanishi   va   kartalashtirilishi.   //Geodeziya,   kartografiya   va   kadastr
sohalarini rivojlantirishning dolzarb muammolari. –Samarqand. 2014. – 80 b.
23. Kadirov M.A. Shaharlar geografiyasi Samarqand, 2019.
24. Kadirov M.A. Demografiya. Samarqand, 2019. 
25.   Kadirov   M.A.   Iqtisodiy-geografik   va   tarixiy   shart-sharoitlarning   Samarqand
viloyati   aholi   joylashuviga   ta’siri   (ingliz   tilida)   //Europaische   Fachhochschule/
Germaniya. 2016. -41 b. 
26. Kadirov M.A.,  А holi geografiyasi  demografiya  а soslari bilan. -T. 2019. 
27. K овалев   С .A.  С e лс koe  р a сс e л e ни e. – M.: M ГУ , 1963. -229   с .
28.   Л a пп o   Г .M.   Р a звити e   г o р o д o в   с   o сн o в a ми   гр a д o стр o ит e лств a. - M.: M ГУ ,
1969. -183 с .
Л a пп o  Г. M . Г o Р o д a  н a  пути в будущ ee . – M .:  M ысл. 1987. – 229с.
29. Лит o в ka   O .П. Пр o бл e ты пр o стр a нств e нн o г o   р a звития урб a низ a тсии. – Л.:
Н a у ka . 1976. -99 с.
30.     Mae рг o йз   И. M .   Г eo гр a фич e ск oe   уч e ни e   o   г o р o д ax .   –   M .:   Н a у ka .   1987.   -
118с.
31.  П e рси k   E .Н. Г eo гр a фия г o р o д o в (Г eo урб a нисти ka ) –  M .: Высш a я  s ш ko л a .
1991.   -313с.
77 32.   П o лс k ий   С. A .   Г eo гр a фия   н a с e л e ния   р a звиты x   и   ka пит a листич e ски x
стиран. -  M инс k : Университ e т. 1987. -176с.
33. Саидкулов  T .С. Самарканд в o  вт o р o й п o л o вин e   XIX  – н a ч a л e   XX  в e к o в. –
Самарканд. 1970. -158с.
34. Солиев  A .С Г eo графия г o р o д o в Ср e дн e й  A зии. Ч a ст 1. – T .: ТашГУ. 1980. -
80 s
35.  Солиев  A .С Пр o блимы населения и урбанизации в республиках Средней
Azii . - T .: Фан, 1991. -106с.
36.   Солиев   A .С.   География   городов   республик   Средней   A зии.   Част   2.   – T .:
T ашГУ. 1984. -84   с.
37. Солиев   A .С..,   Ka диров   M . A . География   населения и населенних пунктов
Самаркандскойобласти. Самарканд. 1998. –  162  с.
38. Saliyev A., Maxamadalyiev  R. Iqtisodiy geografiya asoslari.  T .:   O‘ zbekiston .
1996. - 6 9   b .
39.   Саушкин   Ю.Г.   Экономичискоя   география:   история,   т eo рия,   мет o ды,
пр a ктик a . –  M .:  M ысл. 1973. -559с.
40. Слука  A . E . География населения с  o сн o в a ми д e м o графии и этнографии. –
M .:  M ГУ. 198. -96с.
41.   Tojieva   Z . N .   O‘ zbekiston   aholisi:   o‘ sishi   va   joylanishi.   –T.:   Fan   va
texnologiya. 2010. - 162  b.
42. Umarov M.U.,  А shurov G.A., Saidmurodov F. Samarqand oblasti geografiyasi.
–T.: O’qituvchi.  1980. -41   b.
43.   Usmonov   M . R .,   Kadirov   M . A .,   Ganiyev   Z . A .     Qishloq   xo ’ jaligini   hududiy
joylashtirish   va   rivojlantirishning   ba ’ zi   masalalari .   // Farg ’ ona   vodiysi :   tabiati-
аholisi-хo’ jaligi  yangi tadqiqotlarda. –  Farg ’ ona . 2015.  - 156 b.
44.   Xoрeв   Б.С.   Прoблeмы   гoрoдoв   (Урбaнизaция   и   eдинaя   сестема
рассeлeния) 2-э изд., дор. и пeрeрaб. –M.: Mысл. 1975. -428с.
45. Шув a л o в  E .Л. География населения. – M .: Пр o св e щ e ни e .1977. -159 с.
46.   Ягелский   A .   География   населения.   Перевод   с   п o лск o г o   язык a .–   M .:
Прогресс. 1980. -383 с .
78 79

“SAMARQAND VILOYATI AHOLISINING TABIIY VA MEXANIK HARAKATI DINAMIKASI” MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………...........3 I-BOB SAMARQAND VILOYATIDA AHOLI SONI VA TARKIBIDAGI O’ZGARISHLAR………………………………………………………………...7 1.1. Samarqand viloyatida aholining tadrijiy o’sishi…………………………..7 1.2. Aholining milliy, yosh-jinsiy tarkibi……………………………………......9 1.3. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish………………………………..16 II-BOB. SAMARQAND VILOYATI AHOLISINING TABIIY VA MEXANIK O’SISHI…………………………………………………………...20 2.1. O’zbekiston aholisining tabiiy va mexanik harakati……………………20 2.2. Aholining tug’ilish darajasi va unga ta’sir etuvchi omillar…………….33 2.3. Aholining tabiiy o’sishi……………………………………………….……39 2.4. Aholining mexanik o’sishi…………………………………………………50 III-BOB SAMARQAND VILOYATI AHOLI JOYLASHUVINING HUDUDIY TIZIMLARI ……………………………………………………....54 3.1. Samarqand aglomeratsiyasi………………………………………….…...54 3.2. Aholi joylashuvining hududiy tiplari…………………………………….58 3.3. Samarqand viloyati demografik vaziyatining muommolari…………....64 XULOSA…………………………………………………………………….…..72 FOYDALINGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………………………....77 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida innovatsion tendensiyalarning ta siri ortib borishi bilan jamiyatimizdagi demografikʼ o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yil sayin kuchaymoqda. Bu jarayon, avvalambor, mamlakatimiz aholisi miqdorining yuqori sur atlar bilan oshib ʼ borayotganligiga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o‘sish sur atlarini ta minlashga yo‘naltirilgan ʼ ʼ iqtisodiy islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “aholimizning qariyb 55 foizini yoshlar tashkil etadi va har yili mehnat bozoriga kamida 600 ming yoshlar kirib kelmoqda. Bunday demografik o‘sish biz uchun ham imkoniyat, ham juda katta mas uliyat demakdir” ʼ 1 deb aytgan fikrlari aholi o‘sishi bilan bog‘liq jarayonlarni qanchalik muhimligini belgilab beradi. Albatta, bunda mamlakat demografik rivojlanishining o‘rni katta bo‘lib, ijtimoiy manfaatlarga yo‘naltirilgan iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishda aholi, uning o‘sishi, joylashishi, demografik tarkibi kabi jihatlarini iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish davri nuqtai nazaridan o‘rganish katta ahamiyatga ega. Chunki, aholi ham asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, ham iste molchi sifatida jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ʼ ahamiyatga egadir. Bugungi kunda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ushbu bosqichda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining vazifalaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda barqaror va jadal sur atlar bilan iqtisodiy o‘sishni ʼ ta minlash milliy rivojlanish strategiyasining bosh masalasi hisoblanadi. Shunga ʼ ko‘ra, respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora- tadbirlarini belgilashda demografik jarayonlarning ta sirini har tomonlama hisobga ʼ 1 https://www.gazeta.uz/uz/2021/09/09/president-/ 2

olish, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta siri nuqtai-nazaridanʼ shakllantirish va ularni izchil amalga oshirishni taqozo etmoqda. O‘zbekistonda aholining tabiiy o‘sish sur atlarining beqaror o‘smayotganligi ʼ sababli demografik rivojlanish ham notekis rivojlanmoqda. Shu munosabat bilan jahon demografik ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda, O‘zbekiston tabiiy ravishda o‘sish sur ati 25 promilledan 15 promillegacha tushgani sabab dunyoning ʼ rivojlangan mamlakatlari o‘rtasida o‘rtacha ko‘rsatkichga ega. Demografik jarayonlar aholining vaqt va makonlarda rivojlanishini aks ettiradigan hodisalar bo‘lib, uning ko‘payishi, o‘limi, jinsi va yosh tarkibi hamda mehnat resurslarining miqdor jihatidan o‘zgarishlari bevosita jamiyatning hamda milliy iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta sir ko‘rsatuvchi hodisa ʼ hisoblanadi. Ma lumki, jamiyatdagi demografik voqealar umumiy va muayyan ʼ individual tasodifiy sabablar ta siri ostida amal qiladi. Bu jarayondagi ayrim ʼ voqeliklar vujudga kelishi ba zi sabablarga ko‘ra individual va noyobdir, lekin ʼ demografik jarayonda ular ketma-ketlik voqealardan iborat bo‘lib, ular muntazam ravishda o‘zgarib turadi. Respublikadagi barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar markazida demografik vaziyat turadi. Chunki, O‘zbekistonda aholining o‘sish sur atlari yuqori hisoblanadi. ʼ So‘nggi yillarda aholining tabiiy o‘sishi birmuncha kamaygan bo‘lishiga qaramay, u hali ham ayrim mamlakatlar orasida eng yuqori darajadadir. Muammoning o’rganilganlik darajasi . Demografik jarayonlarning mintaqaviy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab taniqli xorijiy olimlar (J.Graunt, A.Giyyar, V.Petti, A.Sovi, R.Pirl, A.Ketle, A.G.Sundberg, A.Landri, Z.Pavlik) va MDH olimlari (A.Ya.Boyarskiy, V.M.Medkov, V.A.Borisov, A.Ya.Kvasha, V.G.Glushkova, B.S.Urlanis, A.G.Vishnevskiy, T.I.Zaslavskaya, A.Sh.Saxvadze, M.Mamedova, S.I.Islamov va boshqalar) ilmiy-tadqiqotlar olib borganlar. O‘zbekistonda aholishunoslik, oila demografiyasi, ahoining tabiiy va mexanik xarakatiga masalalari M.Q.Qoraxonov, I.R.Mullajonov, X.Salimov, E.A.Axmedov, R.A.Ubaydullayeva, O.B.Ata-Mirzayev, A.A.Qayumov, 3

A.S.Soliyev, B.X.Umurzaqov, L.P.Maksakova, D.A.Ortiqova, N.X.Raximova, G.R.Asanov, E.I.Safarov, F.K.Komilova, Z.Raimjonov, M.R.Bo‘riyeva, Z.N.Tojiyeva, M.A.Kadirov, X.X.Abduramonov, O.L.Muxamedov kabi tadqiqotchi olimlarning ishlarida keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari . Tadqiqot ishining maqsadi Samarqand viloyati aholisining tabiiy va mexanik harakatini o’rganish, aholining oziq-ovqat va keng iste’mol mollari bilan taminlash, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktabning birinchi sinfiga boradigan bolalar sonini bilishda hamda o’sib borayotgan aholining ish joylari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot ob’ekti sifatida Samarqand viloyati aholisining tabiiy va mexanik harakati dinamikasi tanlab olindi. Tadqiqot predmeti esa, viloyatda aholining tug’ilishi, o’lim, tabiiy o’sish va aholi migratsiyasini stasistik ma’lumotlar asosida o’rganish, tahlil qilish, xulosalar keltirish, aholining tug’ilishi, tabiiy o’sish kartalarini ishlab chiqish, bu ma’lumotlar aholini barcha kerak bo’ladigan maxsulotlar bilan ta’minlashda, bolalar bog’chalari, maktablar, tibbiyot muassasalari va barcha aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirishda qo’llashdan iborat. Tadqiqot usullari . Tadqiqot jarayonida tarixiy-retrospektiv tahlil, tizimli va qiyosiy tahlil, iqtisodiy-matematik, tizim-tarkib, iqtisodiy-statistik tahlil va GAT texnologiyalaridan keng foydalanildi. Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar . Tadqiqot ishining dolzarbligiga, maqsad va vazifalariga asoslangan holda himoyaga quyidagi holatlar olib chiqiladi. -Samarqand viloyati aholi sonini tez o’sib borishini hisobga olib maktabgacha tarbiya muassasalarini sonini ko’paytirish; -aholi tug’ilish darajasini yuqoriligi tufayli, ayollar o’rtasida sog’lom farzand ko’rish uchun tushintirish ishlarini olib borish; -aholi yosh-jinsiy tarkibini o’rganishdan kelib chiqib, aholini keng iste’mol mollari bilan ta’minlashni yaxshilash; 4

-mehnat resurslari sonining oshib borishni hisobga olib, ularni ish bilan ta’minlash maqsadida, kichik va o’rta tadbirkorlikni hamda ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish; -aholining tug’ilish va tabiiy o’sish kartasini yaratish va h.k. Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. -Samarqand viloyatida shahar aholisining tabiiy o’sish kartasi ishlab chiqilgan; -viloyat qishloq aholisining tabiiy o’sishi kartasi ishlab chiqilgan; -viloyat mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatgichlari, ya’ni iqtisodiy faol aholi, iqtisodiy faol bo’lmagan aholi qismi aniqlangan. Tadqiqotning ilmiy - amaliy ahamiyati . Tadqiqotning ilmiy natijalari aholi geografiyasi to’g’risidagi nazariyalarni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega. Viloyatda aholi sonining ko’payishi, mehnat resurslari shakllanishining ijtimoiy- demografik omillari va ularning hududiy xususiyatlarini baholash, aholini ish bilan ta’minlash darajasini oshirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash bilan izohlanadi. Tadqiqot ishining sinalganligi . Mazkur magistrlik dissertatsiyasining asosiy mazmuni “ Динамика численности населения Самаркандский области ” (Moskva,2021yil) va “Samarqand viloyati aholisining tabiiy va mexanik o’sishi” (Rossiya, 2022 yil) mavzusida ilmiy ishlari chop etilgan. Natijalarning e’lon qilinganligi . Magistr dissertatsiya mavzusi bo’yicha 2 ta maqola e’lon qilingan. Dissertatsiyasining hajmi va tuzilishi. Magistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi 79 sahifadan iborat bo’lib, u kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalanigan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 5