logo

Shaxsning ta'lim, tarbiyasi va rivojlanishida pedagogik dasturiy vositalari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

138.04296875 KB
“ Shaxsning ta'lim, tarbiyasi va rivojlanishida pedagogik dasturiy
vositalari ”
Reja:
Kirish
1. Ta’lim jarayonlarida axborot texnologiyalarning tutgan o’rni.
2. Shaxsning ta'lim, tarbiyasi va rivojlanishida pedagogik dasturiy vositalari.
3. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularni ta'lim 
jarayonida qo'llash imkoniyatlari.
4. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini yaratish.
5. O'quv- tarbiya jarayonida qo'llashning didaktik asoslari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1 Kirish
Axborot   asri   deya   e’tirof   etilayotgan   bugungi   kunimizda   axborot
kommunikatsiya tizimi izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bugun zamonaviy
axborot   texnalogiyalarisiz   hayotimizni   tasavvur   etib   bo’lmaydi.   Mamalakat
darajasida   soha   rivoji   muhim   omillardan   biriga   aylangan.   Shu   bois   ham
mamlakatimizda   telekommunikatsiya   tarmoqlarini   rivojlantirishga   alohida
e’tibor   qaratib   kelinmoqda.   Ayniqsa   sohani   xalqaro   andozalarda
mexanizasiyalashtirish   va   rivojlantirish   ustuvor   yo’nalishlar   sifatida   belgilab
olingan.   Prezidentimizning   ”O’zbektelekom”   aksiyadorlik   kompaniyasi
telekommunikatsiya   tarmoqlarini   yanada   rivojlantirish   va   modernizasiya   qilish
chora-tadbirlari   to’g’risida”   Qarori   bu   borada   dasturilamal   bo’lib   xizmat
qilmoqda. Amaliy harakatlar natijasida yurtimizning olis mintaqalarida axborot
resurslarini yaratish va undan foydalanish samaradorligi oshirilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonunini
bajarish   maqsa-dida   Xalq   ta’limi,   Oliy   va   o’rta   maxsus   ta’limi   vazirliklari
tomonidan  qator   me’yoriy  hujjatlar   va   dasturlar   ishlab   chiqilib,  qabul   qilingan
edi,  shuningdek  axborot  tarmog’ini  shakllantirish,   axborot  resurslarini  yaratish
va AKTni ta’lim jarayonida qo’llash bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Barcha   oliy   o’quv   yurtlari   yagona   korporativ   tarmoqqa   birlashtirilgan
www.edu.uz,   www.markaz.uz   veb-saytlari   ishga   tushirilgan.   Internet
tarmog’ining   milliy   segmentida   axborot   resurslarni   shakllantirish   bo’yicha
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq barcha o’quv yurtlari veb-saytlari www.edu.uz
axborot-ta’lim   portaliga   birlashtirilgan.   Bundan   tashkari,   o’quv   yurtlarining
o’quv   qo’llanma   va   ma’ruza   matnlari   «Ziyo»   elektron-ta’lim   bazasida
joylashtirilgan,   «ZiyoNET»   axborot-ta’lim   tarmog’ining   resurslari   yaratilgan,
o’zbek   adabiyotining   yorqin   namoyondalari   hayoti   va   ijodiga   bag’ishlangan
www.literature.uz   veb-sayti   ishga   tushirilgan,   maqolalar   to’plami,   o’quv
qo’llanmalar   va   E-collector   referatlar   hamda   oltita   tilga   mo’ljallangan   —
www.multilex.edu.uz on-layn lug’at yaratildi. 
2 O’quv   jarayonini   boshqarishni   kompyuterlashtirish,   ta’lim   jarayoniga
masofaviy   o’qitishni   joriy   etish,   talabalar   va   o’qituvchilarning   mustaqil
o’qishini ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika
universiteti   (TDPU)   qoshida   www.pedagog.uz   axborot-ta’lim   portali   yaratildi.
Mazkyp   portalning   masofaviy   o’qitish   bo’limida   o’rganilayotgan   fanlar
bo’yicha   test   vazifalari   va   virtual   laboratoriya   stendlari   joylashtirilgan.
Universitet   bo’yicha   250   kompyuterni   birlashtirgan   "TDPU-INTRANET»
tarmog’i faoliyat yuritadi.
2007 yilning oxiriga kelib, oliy o’quv yurtlarida yaratilgan 500 dan ziyod
elektron o’quv qo’llanma ro’yxatga olingan, o’qitiladigan predmetlar aksariyati
bo’yicha ma’ruzalarning elektron matnlaridan oliy o’quv yurtlari axborot-resurs
markazlarida foydalanish mumkin. 
ZiyoNET   ta’lim   tarmog’i   resurs   markazining   bo’linmasi   tomonidan
«ZiyoNET»  portalining  «Biblioteka»  bo’limida   6000  dan  ziyod  axborot-ta’lim
resurslari joylashtirilgan. Barcha resurs markazlarida axborot va kompyuterlarni
zararli  dasturlardan himoyalash bo’yicha zarur  chora-tadbirlar  ko’rildi. Buning
uchun   doimiy   tarzda   yangilanib   turadigan   maxsus   viruslarga   qarshi   dasturlar
qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi 381-
son   farmoniga   muvofiq   oliy   o’quv   yurtlari   qoshida   axborot-resurs   markazlari
tashkil   etilmoqda,   bu   esa   kadrlarni   tayyorlash   jarayoniga   ijobiy   ta’sir
ko’rsatmoqda.   Axborot-resurs   markazlardagi   kompyuterlarning   umumiy   soni
1600   dan   ziyodni   tashkil   etadi.   O’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   markazining
barcha   o’quv   yurtlari   orasida   byudjet   mablag’lari   hisobiga   tayyorlangan   307
o’quv qo’llanmalarning elektron versiyalari tarqatilgan. Ishlar ta’lim jarayonida
AKTni   qo’llash   bo’yicha   o’rta   maxsus   o’quv   yurtlari   o’qituvchilarining
ko’nikmalarini  oshirish  bo’yicha  tasdiqlangan  chora-tadbirlar  rejasiga  muvofiq
amalga oshirilmoqda.
3 1. Ta’lim jarayonlarida axborot texnologiyalarning tutgan o’rni.
Axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari   rivojlanishining   zamonaviy   jahon
darajasi   shundayki,   respublikada   jahon   axborot   makonining   infratuzilmalari   va
milliy   axborot-hisoblash   tarmog’i   integratsiyasiga   mos   keluvchi   milliy   tizimni
yaratish   milliy   iqtisodiyot,   boshqarish,   fan   va   ta’lim   samaradorligining   muhim
omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz
uchun   dolzarbdir.   Hozirda   olib   borilayotgan   iqtisodiy,   tuzilmaviy   va   boshqa
o’zgarishlarni   amalga   oshirish   natijalari   respublikada   axborotlashtirish   bilan
bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir.
O’quv   fanlari   bo’yicha   elektron   o’quv   vositalarining   yaratilishi   mazkur
fanlarni   o’qitishda   zamonaviy   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalaridan
foydalanish   imkoniyatini   yanada   kengaytiradi.   Bu   o’z   navbatida,   talabalarning
mazkur   fanlar   bo’yicha   bilimlarini   chuqur   o’zlashtirishlarining   asosiy   omili
bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. 
Ayni   shunday   sa’y-harakatlar   amalga   oshirilishi   ta’lim   jarayoniga
zamonaviy   pedagogik  va   axborot   texnologiyalarini   keng   tadbiq  etishni   yanada
jadallashtirish,   professor-o’qituvchilarni   ilg’or   pedagogik   bilimlar   va
texnologiyalar   bilan   qurollantirish,   ularning   mahoratini   oshirish,   xorijiy   oliy
ta’lim   muassasalari   tajribasini   chuqur   o’rganish   hamda   ulardagi   samarali   usul
va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.
Multimedia   -   gurkirab   rivojlanayotgan   zamonaviy   axborotlar
texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: 
 axborotning   xilma-xil   turlari:   an’anaviy   (matn,   jadvallar,   bezaklar   va
boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar,
animasiya   va   boshqalar),   turlarini   bir   dasturiy   maxsulotda
integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ruyxatdan utkazish va aks
ettirishning   turli   qurilmalari,   muayyan   vaqtdagi   ish,   o’z   tabiatiga   ko’ra
statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar
faqat   vaqtning   ma’lum   oralig’ida   ko’rib   chiqiladi.   Video   va   audio
4 axborotlarni   kompyuterda   qayta   ishlash   va   aks   ettirish   uchun   markaziy
prosessor tez xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish
qobiliyati   operativ   va   video-xotira,   katta   sigimli   tashqi   xotira,   xajm   va
kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan
ikki barovar oshirilishi talab etiladi, 
 “inson-kompyuter”   interaktiv   muloqotining   yangi   darajasi,   bunda
muloqot   jarayonida   foydalanuvchi   ancha   keng   va   xar   tomonlama
axborotlarni   oladiki,   mazkur   xolat   ta’lim,   ishlash   yoki   dam   olish
sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. 
 multimedia   vositalari   asosida   o’quvchilarga   ta’lim   berish   va   kadrlarni
qayta   tayorlashni   yo’lga   qo’yish   xozirgi   kunning   dolzarb   masalasidir.
Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning
o’zi   nima   degan   savol   tug’ladi?   Ko’pgina   mutaxasislar   bu   atamani
turlicha   tahlil   qilishmoqda.   Bizning   fikrimizcha,   mul’timedia   bu
informatikaning   dasturiy   va   texnikaviy   vositalari   asosida   audio,   video
matn,   grafika   va   animasiya   effektlari   asosida   o’quv   materiallarini
o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir. 
Rivojlangan   mamlakatlarda   o’qitishning   usuli   hozirgi   kunda   ta’lim   sohasi
yo’nalishlari   bo’yicha   tadbiq   qilinmoqda.   Hatto   har   bir   oila   multimedia
vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi. Multimedia vositalarining 81-
yildagi   yalpi   aylanma   miqdori   4   miliard   AQSh   dollarini   tashkil   qilgan   bo’lsa
94-yil   esa   16   milliard   AQSh   dollarini   tashkil   qildi.   Hozirgi   kunda   esa
sotilayotgan   har   bir   kompyuterni   mul’timedia   vositalarisiz   tasavvur   qilib
bolmaydi.   Kompyuterlarning   70-yillarda   ta’lim   sohasida   keng   qo’llash   yo’lida
urinishlar   zoye   ketganligi   avvalambor   ular   unumdorligining   nihoyatda   pastligi
bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida
o’quvchilarni   o’qitish   ikki   barobar   unumli   va   vaqtdan   yutish   mumkun.
Multimedia   vositalari   asosida   bilim   olishda   30%   gacha   vaqtni   tejash   mumkin
bo’lib,   olingan   bilimlar   esa   xotirada   uzoq   muddat   saqlanib   qoladi.   Agar
5 o’quvchilar   berilayetgan   materiallarni   kurish   asosida   qabul   qilsa,   axborotni
xotirada   saqlash   25-30%oshadi.   Bunga   qushimcha   sifatida   o`quv   materiallari
audio, video va grafika kurinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni
xotirada saqlab qolish 75% ortadi. 
Multimedia   vositalari   asosida   o’quvchilarni   o’qitish   quyidagi   afzalliklarga
ega: 
a. berilayotgan   materiallarni   chuqurroq   va   mukammalroq   o`zlashtirish
imkoniyati bor; 
b. ta’lim   olishning   yangi   sohalari   bilan   yaqindan   aloqa   qilish   ishtiyoqi
yanada ortadi: 
c. ta’lim   olish   vaqtining   qisqarish   natijasida,   vaqtni   tejash   imkoniyatiga
erishish;
d. olingan   bilimlar   kishi   xotirasida   uzoq   saqlanib,   kerak   bulganda
amaliyotda qo`llash imkoniyatiga erishiladi.
Informatika   va   axborot   texnologiyalari   fundamental   fan   sifatida   kompyuter
axborot   tizimlari   negizida   istalgan   ob’ektlar   bilan   boshqaruv   jarayonlarini
axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan
shug’ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri —
axborot   tizimlari   nima,   ular   qanday   o’rinni   egallaydi,   qanday   tuzilmaga   ega
bo’lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini
aniqlashdir.   Yevropada   informatika   sohasida   quyidagi   asosiy   ilmiy
yo’nalishlarni   ajratib   ko’rsatish   mumkin:   tarmoq   tuzilmasini   ishlab   chiqish,
kompyuterli   integratsiyalashgan   jarayonni   ishlab   chiqarish,   iqtisodiy   va   tibbiy
informatika, ijtimoiy sug’urta va atrof-muhit informatikasi, professional axborot
tizimlari. 
Multimedia   tizimining   paydo   bo’lishi   ta’lim,   fan,   san’at,   kompyuter
treninglari,   reklama,   texnika,   tibbiyot,   matematika,   biznes,   ilmiy   tadqiqot   kabi
bir   qancha   kasbiy   sohalarda   revolyutsion   o’zgarishlar   yuzaga   kelishiga   olib
keldi.
6 Kompyuterlarni  ta’lim tizimida qo’llash g’oyasi  ancha ilgari paydo bo’lgan
bo’lgan bo’lsada, ta’lim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini
qo’llash multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bo’lgach
to’liq ma’noda amaliyotga joriy etilib boshlandi. 
Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
 ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash; 
 o’quv jarayonining samaradorligini oshirish; 
 ta’lim   oluvchining   shaxsiy   fazilatlarini   rivojlantirish   (o’zlashtirganlik,
bilimga   chanqoqlik,   mustaqil   ta’lim   olish,   o’zini   o’zi   tarbiyalash,   o’zini
o’zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan
bilimlarini   amaliyotga   qo’llay   olishi,   o’rganishga   bo’lgan   qiziqishi,
mehnatga bo’lgan munosabati); 
 ta’lim   oluvchining   kommunikativ   va   ijtimoiy   qobiliyatlarini
rivojlantirish; 
 kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har
bir   shaxsning   alohida   (individual)   ta’lim   olishi   hisobiga   ochiq   va
masofaviy   ta’limni   individuallashtirish   va   differensiyalash   imkoniyatlari
sezilarli darajada kengayadi; 
 ta’lim   oluvchiga   faol   bilim   oluvchi   subyekt   sifatida   qarash,   uning   qadr-
qimmatini tan olish; 
 ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga 
olish; 
 mustaqil   o’quv   faoliyatini   olib   borish,   bunda   ta’lim   oluvchi   mustaqil
o’qib 
va rivojlanib boradi; 
 ta’lim   oluvchilarda,   o’zlarining   kasbiy   vazifalarini   muvaffaqiyatli
bajarish   uchun   hozirgi   tez   o’zgaruvchan   ijtimoiy   sharoitlarga
moslashuviga   yordam   beradigan   zamonaviy   ta’lim   texnologiyalaridan
foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish. 
7 Multimedia   vositalari   yordamida   shaxsga   yo’naltirilgan   ta’limni   amalga
oshirish   jarayoni   zamonaviy,   ko’ptarmoqli,   predmetga   yo’naltirilgan
multimediali   o’quv   vositalarini   ishlab   chiqishni   va   foydalanishni   talab   etadi.
Ular   tarkibiga   keng   ma’lumotlar   bazasi,   ta’lim   yo’nalishi   bo’yicha   bilimlar
bazasi,   sun’iy   intellekt   tizimlari,   ekspert-o’rgatuvchi   tizimlar,   o’rganilayotgan
jarayon   va   hodisalarning   matematik   modelini   yaratish   imkoniyati   bo’lgan
laboratoriya amaliyotlari kiradi.
Ta’lim   oluvchilarning   individual   xususiyatlarini   hisobga   olish   va   ularning
manfaatdorligini   (motivasiyasini)   oshirishga   ko’maklashish   imkoniyatlariga
ko’ra,   shuningdek,   har   xil   turdagi   multimediali   o’quv   axborotlarining
uyg’unlashuvi,   interfaollik,   moslashuvchanlik   sifatlariga   ko’ra   multimedia
foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. 
Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari
bilan   taqqoslaganda   raqamli   multimedianing   muhim   yutuqlaridan   hisoblanadi.
Interfaollik   ta’lim   oluvchining   ehtiyojlariga   mos   ravishda   tegishli   axborotlarni
taqdim   etishni   nazarda   tutadi.   Interfaollik   ma’lum   bir   darajada   axborotlarni
taqdim   etishni   boshqarish   imkonini   beradi:   ta’lim   oluvchilar   dasturda
belgilangan   sozlovlarni   individual   tarzda   o’zgartirishi,   natijalarini   o’rganishi,
foydalanuvchining   muayyan   xohishi   haqidagi   dastur   so’roviga   javob   berishi,
materiallarni   taqdim   etish   tezligini   hamda   takrorlashlar   sonini   belgilashi
mumkin.
Lekin   multimediadan   foydalanishda   bir   qator   jihatlarni   e’tiborga   olish
muhim.   Multimediada   taqdim   etilayotgan   o’quv   materiallari   tushunish   uchun
qulay   bo’lishi,   zamonaviy   axborotlar   va   qulay   vositalar   orqali   taqdim   etilishi
talab qilinadi. 
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to’liq ochib berish va
ulardan   samarali   foydalanish   uchun   ta’lim   oluvchilarga   salohiyatli
(kompetentli) o’qituvchining ko’magi zarur bo’ladi.
8 Darsliklardan   foydalanilgandagi   singari,   multimedia   vositalarini   qo’llashda
ham ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida o’qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim
etish, balki  ta’lim oluvchilarga ko’maklashish,  qo’llab-quvvatlash  va jarayonni
boshqarib   borish   bilan   shug’ullangandagina   mazmunan   boyitilishi   mumkin.
Odatda,  chiroyli   tasvirlar  yoki  animasiyalar   bilan  boyitilgan   taqdimotlar  oddiy
ko’rinishdagi   matnlarga   qaraganda   ancha   jozibali   chiqadi   va   ular   taqdim
etilayotgan  materiallarni   to’ldirgan   holda  zaruriy  emosional   darajani   ta’minlab
turishi mumkin.
Multimedia   vositalari   har   xil   ta’lim   yo’nalishlari   (stillari)   uyg’unligida
qo’llanilishi   va   ta’lim   olish   hamda   bilimlarni   qabul   qilishning   turli   ruhiy   va
yoshga   doir   hususiyatlariga   ega   bo’lgan   shaxslar   tomonidan   foydalanilishi
mumkin:   ayrim   ta’lim   oluvchilar   bevosita   o’qish   orqali,   ba’zilari   esa   eshitib
idrok   etish,   boshqalari   esa   (videofilmlarni)   ko’rish   orqali   ta’lim   olishni   va
bilimlarni o’zlashtirishni xush ko’radilar. 
Interfaol  multimedia  texnologiyalari  akademik  ehtiyojga  ega bo’lgan  ta’lim
oluvchiga   noan’anaviy   qulaylik   tug’diradi.   Xususan,   eshitish   sezgisida   defekti
bor   ta’lim   oluvchilarda   fonologik   malakalar   va   o’qish   malakalari   o’sishiga,
shuningdek,   ularning   axborotlarni   vizual   o’zlashtirishlarini   ta’minlaydi.   Nutqi
va   jismoniy   imkoniyati   cheklanganlarda   esa   vositalardan   ularning   individual
ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.
Multimedia   vositalari   ta’lim   berishning   samarali   va   istiqbolli   quroli
(instrumentlari)   bo’lib,   u   o’qituvchiga   an’anaviy   ma’lumotlar   manbaidan   ko’ra
keng   ko’lamdagi   ma’lumotlar   massivini   taqdim   etish;   ko’rgazmali   va
uyg’unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar,
video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul
qilish   (idrok   etish)   darajasi   va   mantiqiy   o’rganishiga   mos   ravishda   ketma-
ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
9 2.Shaxsning ta'lim, tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot
texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalari
Multimedia   vositalari   yordamida   shaxsga   yo‘naltirilgan   ta‘limni   amalga
oshirish   jarayoni   zamonaviy,   ko‘ptarmoqli,   predmetga   yo‘naltirilgan
multimediali o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular
tarkibiga   keng   ma‘lumotlar   bazasi,   ta‘lim   yo‘nalishi   bo‘yicha   bilimlar   bazasi,
sun‘iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan jarayon va
hodisalarning   matematik   modelini   yaratish   imkoniyati   bo‘lgan   laboratoriya
amaliyotlari kiradi.
Ta‘lim   oluvchilarning   individual   xususiyatlarini   hisobga   olish   va   ularning
manfaatdorligini   (motivasiyasini)   oshirishga   ko‘maklashish   imkoniyatlariga
ko‘ra,   shuningdek,   har   xil   turdagi   multimediali   o‘quv   axborotlarining
uyg‘unlashuvi,   interfaollik,   moslashuvchanlik   sifatlariga   ko‘ra   multimedia
foydali   va   mahsuldor   ta‘lim   texnologiyasi   hisoblanadi.   Interfaollikning
ta‘minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda
raqamli   multimedianing   muhim   yutuqlaridan   hisoblanadi.   Interfaollik   ta‘lim
oluvchining   ehtiyojlariga   mos   ravishda   tegishli   axborotlarni   taqdim   etishni
nazarda tutadi. 
Interfaollik   ma‘lum   bir   darajada   axborotlarni   taqdim   etishni   boshqarish
imkonini   beradi:   ta‘lim   oluvchilar   dasturda   belgilangan   sozlovlarni   individual
tarzda   o‘zgartirishi,   natijalarini   o‘rganishi,   foydalanuvchining   muayyan   xohishi
haqidagi   dastur   so‘roviga   javob   berishi,   materiallarni   taqdim   etish   tezligini
hamda   takrorlashlar   sonini   belgilashi   mumkin.   Multimedia   vositalari   har   xil
ta‘lim   yo‘nalishlari   (stillari)   uyg‘unligida   qo‘llanilishi   va   ta‘lim   olish   hamda
10 bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo‘lgan
shaxslar   tomonidan   foydalanilishi   mumkin:   ayrim   13   ta‘lim   oluvchilar   bevosita
o‘qish   orqali,   ba‘zilari   esa   eshitib   idrok   etish,   boshqalari   esa   (videofilmlarni)
ko‘rish orqali ta‘lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar.
3.Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularni ta'lim
jarayonida qo'llash imkoniyatlari.
Xalq   ta’limi   vazirligi   tomonidan   umumta’lim   maktablarini   kompyuter
texnikasi   bilan   jihozlash,   kompyuterlarning   eskirgan   modellarini
eksluatasiyadan   chiqarish   bo’yicha   keng   qamrovli   ishlar   amalga   oshirilmoqda.
Buning   uchun   xalqaro   moliya   institutlarining   kredit   va   grantlari   jalb
qilinmoqda.   2007   yilda   maktablarni   kompyuter   texnikasi   bilan   jihozlash
bo’yicha   ko’rsatkichlarning   pasayishi   eksluatasiyadan   eskirgan   texnikani
chiqarish va respublika bo’yicha yangi umumta’lim maktablarni ishga tushirish
bilan bog’liq edi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tizimida 119 akademik lisey, 1074
kasb-hunar kollej faoliyat yuritmoqda. Axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan
37 kasb-hunar kollejdan tashqari 400 dan ziyod kollejlar informatika va axborot
texnologiyalari,   radiotexnika,   radioaloka,   telekommunikatsiya   kabi   19
yo’nalishdagi   44   mutaxassisliklar   bo’yicha   mutaxassislarni   tayyorlaydi.   O’rta
maxsus   o’quv   muassasalari-dagi   kompyuterlarning   umumiy   soni   30   683   taga
teng   yoki   kasb-hunar   kollej   va   akademik   liseydagi   100   talabaga   tegishli
ravishda 2,6 va 4,7 kompyuter to’g’ri keladi. AKTga ixtisoslashgan kasb-hunar
kollejlarning texnikaviy bazasini  mustahkamlash uchun xorijiy tashkilotlarning
zaym grantlari jalb etiladi. 
2010 yilda Oliy va o’rta maxsus  ta’lim vazirligi  tizimida amalga oshirilgan
chora-tadbiri   natijasida   OO’Yudagi   kompyuterlar   soni   54   mingdan   ziyodni
11 tashkil   etdi,   bu   esa   2006   yilga   nisbatan   2   marta   ko’pdir.   Internetdan   faol
foydalanuvchi talabalar soni 83% oshib, 52 mingdan ziyod talabani tashkil etdi.
Barcha  oliy  o’quv  yurtlaridagi   kompyuterlarning  umumiy  soni  25  420  birlikni
yoki 100 talabaga o’rtacha 7,8 kompyuterni tashkil etdi. 
Respublikaning AKT bilan bog’liq fanlar o’qitilishi dasturida ko’zda tutilgan
barcha   o’quv   yurtlari   tegishli   o’qituvchilar   bilan   ta’minlangan.   Har   bir
vazirliklar   qoshida   AKT   mutaxassisligi   bo’yicha   ishlaydigan   o’qituvchilarni
tayyorlash va ko’nikmalarini oshirishga oid jadvallari tasdiqlangan. 
Oliy o’quv yurtlarining AKTdan foydalanish imkoniyati  
Jadval 1: Oliy o’quv yurtlarining kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganligi  
Sana: 
01.01.2006 01.01.2007 01.01.2011
1 kompyuterga oliy o’quv yurtlardagi 
talabalar soni  14.9  14.4  12.8 
1 kompyuter sinf xonasiga oliy o’quv 
yurtlardagi talabalar soni 489.0  478.8  424.9 
1 kompyuter sinf xonaga oliy 
o’quv yurtlar soni 0.1  0.1  0.1 
oliy o’quv yurtlardagi kompyuter sinf 
xonalarining o’rtacha ishlash vaqti 
(soat/hafta) 48.0  48.0  48.0 
O’quv yurtlarining AKT o’qituvchilari bilan ta’minlanganligi  
Respublikaning   AKT   bilan   bog’liq   fanlar   o’qitilishi   dasturida   ko’zda   tutilgan
barcha   o’quv   yurtlari   tegishli   o’qituvchilar   bilan   ta’minlangan.   Har   bir
12 vazirliklar   qoshida   AKT   mutaxassisligi   bo’yicha   ishlaydigan   o’qituvchilarni
tayyorlash va ko’nikmalarini oshirishga oid jadvallari tasdiqlangan.
Jadval 2: O’quv yurtlarining AKT o’qituvchilari bilan ta’minlanganligi  
Sana: 
01.01.2006 01.01.2007 01.01.2011
AKT o’qituvchilarining umumiy 
o’qituvchilar sonidagi ulushi (%)   5,7%  5,7%  6% 
1 talabaga OO’Yudagi 
o’qituvchilar soni  0,5%  0,4%  0,5% 
1 o’quvchiga maktablardagi 
AKT o’qituvchilari soni  0,1%  0,2%  0,2% 
AKT bo’yicha qayta
tayyorlangan O’Yudagi 
o’qituvchilarining ulushi (%) 27,0%  31,4%  45,5% 
AKT bo’yicha qayta
tayyorlangan maktablardagi
o’qituvchilar ulushi (%) 15,9%  17,3%  68,0% 
13 4.Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini yaratish
Interfaol   multimedia   texnologiyalari   akademik   ehtiyojga   ega   bo‘lgan   ta‘lim
oluvchiga   noan‘anaviy   qulaylik   tug‘diradi.   Xususan,   eshitish   sezgisida   defekti
bor   ta‘lim   oluvchilarda   fonologik   malakalar   va   o‘qish   malakalari   o‘sishiga,
shuningdek, ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini ta‘minlaydi. Nutqi va
jismoniy   imkoniyati   cheklanganlarda   esa   vositalardan   ularning   individual
ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.
Multimedia   vositalari   ta‘lim   berishning   samarali   va   istiqbolli   quroli
(instrumentlari)   bo‘lib,   u   o‘qituvchiga   an‘anaviy   ma‘lumotlar   manbaidan   ko‘ra
keng   ko‘lamdagi   ma‘lumotlar   massivini   taqdim   etish;   ko‘rgazmali   va
uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar,
video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta‘lim oluvchilarning qabul
qilish   (idrok   etish)   darajasi   va   mantiqiy   o‘rganishiga   mos   ravishda   ketma-
ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
Bu   kabi   muammolarni   hal   etishda   AKT   sektorining   o‘ziga   xosligi   yuqori
malakali mutaxassislarga  bo‘lgan katta extiyoji  bilan ajralib turadi. Hukumat  va
xususiy   tuzilmalar   tomonidan   mazkur   masalani   hal   etishga   bo‘lgan   e‘tiborga
qaramasdan   ushbu   muammo   O‘zbekistonda   alohida   dolzarblik   kasb   etmoqda.
Masalan,   malakali   dasturchilar   yetishmas-ligining   obyektiv   sabablari   tor
ixtisoslikka yo‘naltirilgan dasturchilarni tayyorlash tizimining yetarlicha emasligi
yoki yo‘qligi hamda malakali kadrlarning xorijga ketishi deb hisoblanmoqda.
Oliy   o quv   yurtlari   dasturlari.   Aloqa   va   axborotlashtirish   sohasida   kadrlarni‟
tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   qabul   qilingan   dasturga   muvofiq   amalga
14 oshiriladi.   Jumladan,   oliy   ta‘lim   tizimida   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2005   yil   2   iyundagi   PQ-91-sonli   «Axborot   texnologiyalari
sohasida   kadrlar   tayyorlash   tizimini   takomillashtirish   to‘g‘risida»gi   qaroriga
muvofiq   Toshkent   axborot   texnologiyalari   universiteti   TATU   «AKT   sohasida
mutaxassislarni   tayyorlash   bo‘yicha   bosh   oliy   o‘quv   yurti»   bo‘lishi   belgilangan
edi.   Mazkur   qarorga   ko‘ra,   2005-2006   o‘quv   yilidan   boshlab   Nukus,   Qarshi,
Samarqand,   Farg‘ona   va   Urgench   shaharlarida   TATUning   hududiy   bo‘limlari
faoliyat   yurita   boshladi.   Ushbu   chora   AKT   bo‘yicha   mutaxassislarni   tayyorlash
tizimini   takomillashtirish   hamda   ta‘lim   jarayoniga   axborot-kommunikatsiya   va
innovasion texnologiyalarni yanada kengaytirish va joriy etish maqsadida amalga
oshirilgan edi.
Dasturiy   ta‘minot   ishlab   chiqarish   sohasida   mutaxassislarni   tayyorlashga
alohida   e‘tibor   berilmoqda.   Masalan,   Toshkent   axborot   texnologiyalari
universitetida   bakalavriat   va   magistratura   yo‘nalishlari   bo‘yicha  mutaxassislarni
muvaffaqiyat   bilan   tayyorlayotgan   «Dasturlash   texnologiyalari»,   «Kompyuter
tizimlari   va   tarmoqlari»,   «Amaliy   informatika»,   «Elektron   tijorat»,   «Axborot
xavfsizli, «Muhandislik va kompyuter grafikasi» kafedralar faoliyat yuritmoqda.
Toshkentdagi   Xalqaro   Vestminster   universiteti   talabalarni   «Axborot
texnologiyalari biznesda» mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlaydi.
15 5.O'quv- tarbiya jarayonida qo'llashning didaktik asoslari.
Asosiy   maqsad   ilova   va   ma‘lumotlar   bazasini   ishlab   chiqish   hamda   AT
cohasida   loyihalarni   boshqarish   borasida   bilimlarga   ega   mutaxassislarni
tayyorlashdan   iborat.   Shuningdek,   mutaxassislar   O‘zbekiston   Milliy
universitetining   mexanika-matematika   fakultetida   «Dasturlash   va   tarmoqli
texnologiyalar»   kafedrasida,   Toshkent   davlat   iktisodiyot   universitetining
«Axborot texnologiyalari va menejment» fakultetida, M.V.Lomonosov nomidagi
Moskva   davlat   universiteti   Toshkentdagi   filialining   «Amaliy   matematika   va
informatika» filiali va boshq. Dargohlarda tayyorlanadi.
16 1-rasm.  Zamonaviy axborot texnolgiyalari.
Lekin   shuni   ta‘kidlash   lozimki,   O‘zbekistondagi   oliy   o‘quv   yurtlari   asosan
fundamental bilimlarni beradi, ko‘pincha bitiruvchilar ta‘lim muassasasini bitirib
chiqqach, real sektorda real ilovalar dasturlar bilan ishlashga tayyor bo‘lmaydilar.
Ko‘plab   bitiruvchilar   ish   boshlashda   talab   etiladigan   yetarli   bilimlar   darajasiga
ega   bo‘lmaydilar.   Aksariyat   kompaniyalar   yosh   xodimlarni   qo‘shimcha   o‘qitish
muammosiga   duch   keladilar.   Sababi,   ushbu   soha   kundan   kunga   rivojlanib
borayotgani   deb   qarash   mumkin.   Bunday   holatda   soha   vakillaridan   muntazam
tajriba oshirib boorish talab etiladi.
17 Xulosa
Men   ushbu   mustaqil   ishimdan,   shuni   xulosa   qilib   aytishim   mumkinki
ushbu ishimni bajarish mobaynida o’zimda yetrlicha bilim ko’nikma va malakaga
ega bo’ldim va ish faoliyatimda, notanish vaziyatlarda Elektron resurslarni ishlab
chiqish,   instrumental   vositalarni   yetarlicha   qo’llay   olishimga   ishonaman.
Zamonaviy   axborot-kommunikatsiya     tеxnologiyalarining   rivojlanishi   insoniyat
oldida,   ta'lim   sohasida   yangi   imkoniyatlar   yaratibgina   qolmasdan,   yangi
vazifalarni   ham   yukladi.   Men   bu   mustaqil   ishda   shu   vazifalardan   biriga,   ya'ni
zamonaviy   axborot   tеxnologiyalarining   multimеdia   vositalaridan   foydalangan
holda   ta'lim   bеrishning   yangi   bosqichiga,   elеktron   darsliklarni   ta'lim   jarayonida
qo’llash imkoniyatlariga to’xtalib o’tdim.
Shuni ta’kidlab o’tishni joiz deb topdimki, zamon jadallashgan bir paytda
axborot   texnologiyalari   ham   o’zining   tub   ma’nosini   kundan   kunga   ochiqlab
ko’z   ishonmaydigan   yangiliklarni   ochib   bermoqda.   Fan   va   texnika   rivojlanib
borar ekan inson u bilan hamohang bo’lishi, o’zlashtirib borishi lozim.
Yurtimiz   iqtisodiyotida   qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarining   o’rni   katta
ammo   bu   orqali   kelajakda   rivojlanishimiz   sust   bo’lishi   mumkin.   Ammo   katta
moliyaviy   mablag’   olib   kela   oladigan   kam-harj   IT   sohasiga   berilayotgan
imkoniyatlarni to’g’ri baholagan holda ulardan o’rinli foydalanish darkor.
18 Foydalanilgan   adabiyotlar :
1. Abduqodirov   A.,   Xaitov   A.,   Shodiev   R.   Axborot   texnologiyalari
Akademik   litsey   va   kasb   –   hunar   kolledjlar   uchun   darslik.   –   T.:
O‗zbekiston, 2001 y. 
2. Aripov M.  va boshqalar  Informatika va informatsion  texnologiyalar. Oliy
o‗quv yurti talabalari uchun darslik T. 2005 y. 
3. Axmedov A., Tayloqov N. Informatika. Akademik litsey va kasb – hunar
kollejlar uchun darslik. – T.: O‗zbekiston, 2001. - 272 b. 
4. Yuldashev U.Yu , Boqiev R.R., Zokirova.F.M. Informatika.- Kasb – hunar
kollejlari uchun darslik T, 2002 y. 
5. Aripov M. Internet va elektron pochta asoslari.- T.; 2000 y. 
6. T.   X.   Xolmatov.   Amaliy   matematika,   dasturlash   va   kompyuterning
dasturiy ta‘minoti. – T.: 2000. 
7. N.V.Makarova. Informatika. Darslik. –T.: 2005. 
8. Жеребцов И.П. Основы электроники.  М., 1989.
9. Турдиев  H . Радиоэлектроника асослари.  T ., 1992 .
  Foydalanilgan internet resurlari:
10.   http://fayllar.org . Turli sohalarga doir boy fayllar ombori.
11.   https://www.wikipedia.org/ .  Vikipediya   bepul onlayn ensiklopediya 
bo lib, butun dunyo bo ylab ko ngillilar tomonidan boyitib boriladigan ʻ ʻ ʻ
ma’lumotlar ombori.
12.   https://arxiv.uz/ .  Arxiv . uz   saytida kerakli bo'lgan diplom ishlari, kurs 
ishlari, slaydlar hamda referatlarning namunalari mavjud.
19

“ Shaxsning ta'lim, tarbiyasi va rivojlanishida pedagogik dasturiy vositalari ” Reja: Kirish 1. Ta’lim jarayonlarida axborot texnologiyalarning tutgan o’rni. 2. Shaxsning ta'lim, tarbiyasi va rivojlanishida pedagogik dasturiy vositalari. 3. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularni ta'lim jarayonida qo'llash imkoniyatlari. 4. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini yaratish. 5. O'quv- tarbiya jarayonida qo'llashning didaktik asoslari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1

Kirish Axborot asri deya e’tirof etilayotgan bugungi kunimizda axborot kommunikatsiya tizimi izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bugun zamonaviy axborot texnalogiyalarisiz hayotimizni tasavvur etib bo’lmaydi. Mamalakat darajasida soha rivoji muhim omillardan biriga aylangan. Shu bois ham mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa sohani xalqaro andozalarda mexanizasiyalashtirish va rivojlantirish ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilab olingan. Prezidentimizning ”O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori bu borada dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. Amaliy harakatlar natijasida yurtimizning olis mintaqalarida axborot resurslarini yaratish va undan foydalanish samaradorligi oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsa-dida Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy hujjatlar va dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilingan edi, shuningdek axborot tarmog’ini shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo’llash bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Barcha oliy o’quv yurtlari yagona korporativ tarmoqqa birlashtirilgan www.edu.uz, www.markaz.uz veb-saytlari ishga tushirilgan. Internet tarmog’ining milliy segmentida axborot resurslarni shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq barcha o’quv yurtlari veb-saytlari www.edu.uz axborot-ta’lim portaliga birlashtirilgan. Bundan tashkari, o’quv yurtlarining o’quv qo’llanma va ma’ruza matnlari «Ziyo» elektron-ta’lim bazasida joylashtirilgan, «ZiyoNET» axborot-ta’lim tarmog’ining resurslari yaratilgan, o’zbek adabiyotining yorqin namoyondalari hayoti va ijodiga bag’ishlangan www.literature.uz veb-sayti ishga tushirilgan, maqolalar to’plami, o’quv qo’llanmalar va E-collector referatlar hamda oltita tilga mo’ljallangan — www.multilex.edu.uz on-layn lug’at yaratildi. 2

O’quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, ta’lim jarayoniga masofaviy o’qitishni joriy etish, talabalar va o’qituvchilarning mustaqil o’qishini ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti (TDPU) qoshida www.pedagog.uz axborot-ta’lim portali yaratildi. Mazkyp portalning masofaviy o’qitish bo’limida o’rganilayotgan fanlar bo’yicha test vazifalari va virtual laboratoriya stendlari joylashtirilgan. Universitet bo’yicha 250 kompyuterni birlashtirgan "TDPU-INTRANET» tarmog’i faoliyat yuritadi. 2007 yilning oxiriga kelib, oliy o’quv yurtlarida yaratilgan 500 dan ziyod elektron o’quv qo’llanma ro’yxatga olingan, o’qitiladigan predmetlar aksariyati bo’yicha ma’ruzalarning elektron matnlaridan oliy o’quv yurtlari axborot-resurs markazlarida foydalanish mumkin. ZiyoNET ta’lim tarmog’i resurs markazining bo’linmasi tomonidan «ZiyoNET» portalining «Biblioteka» bo’limida 6000 dan ziyod axborot-ta’lim resurslari joylashtirilgan. Barcha resurs markazlarida axborot va kompyuterlarni zararli dasturlardan himoyalash bo’yicha zarur chora-tadbirlar ko’rildi. Buning uchun doimiy tarzda yangilanib turadigan maxsus viruslarga qarshi dasturlar qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi 381- son farmoniga muvofiq oliy o’quv yurtlari qoshida axborot-resurs markazlari tashkil etilmoqda, bu esa kadrlarni tayyorlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Axborot-resurs markazlardagi kompyuterlarning umumiy soni 1600 dan ziyodni tashkil etadi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining barcha o’quv yurtlari orasida byudjet mablag’lari hisobiga tayyorlangan 307 o’quv qo’llanmalarning elektron versiyalari tarqatilgan. Ishlar ta’lim jarayonida AKTni qo’llash bo’yicha o’rta maxsus o’quv yurtlari o’qituvchilarining ko’nikmalarini oshirish bo’yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda. 3

1. Ta’lim jarayonlarida axborot texnologiyalarning tutgan o’rni. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir. O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:  axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ruyxatdan utkazish va aks ettirishning turli qurilmalari, muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio 4

axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigimli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi,  “inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va xar tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.  multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’ladi? Ko’pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir. Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi. Multimedia vositalarining 81- yildagi yalpi aylanma miqdori 4 miliard AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa 94-yil esa 16 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni mul’timedia vositalarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim sohasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi avvalambor ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar 5