Sun'iy intellektni rivojlanish tarixi
Mavzu: Sun'iy intellektni rivojlanish tarixi REJA: KIRISH 1. Suniy intellekt: fikrlaydigan mashinalar, ongli robotlar haqida. 2. Suniy intellektning soxalarda yechadigan masalasi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1
KIRISH Sun’iy intellekt xaqidagi tasavvur va bu sohadagi izlanishlar -«aqliy mashinalar» ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo’lib Stanford universitetining (AQSH) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956-yili tashkil topgan ilmiy to’garakda paydo bo’ldi. Bu to'garak tarkibiga Massachuset (AQSH) texnologiya oliygoxi «Elektronika va xisoblash texnikasi» fakultetining faxriy professori Marvin Minskiy, «masalalarni universal xal qiluvchi» va «mantiqiy nazariyotchi» intellektual (aqliy) programmalar bunyodkori -kibernetik Allen Nyuell va Karnegi-Mellen dorilfununining (AQSH) mashxur psixologi Gerbert Seyman, xisoblash texnikasining ko'zga ko’ringan mutaxassislari Artur Semuel, Oliver Selfridj, Manshenon va boshqalar kirar edilar. Aynan shu to’garakda «Sun’iy intellekt» tushunchasi paydo bo’ldi. Mavzuimizning asosiy mazmuniga kirishishdan avval «sun’iy intellekt» (SI), umuman «intellekt» xaqidagi tushunchani aniqlab olishimiz kerak. Bu tushunchani oddiy qoida asosida tushuntirish mumkindek tuyuladi, lekin bu qiyinroq Bu tushunchani turli fan soxalarida ijod qiluvchi olimlarning turlicha talqin qilardilar. «Intellekt» so’zi lotincha «intellectus» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi. «Intellekt» so’zini aniqlovchi, psixologlar tuzgan uchta tushunchasini (Katta sovet entsiklopediyasi va Vesterning amerika lug’atidan olingan) keltiraman. Bu tushunchalar «intellekt» tushunchasi mazmunini aniqlash uchun yordam beradi. Intellekt -fikrlash qobiliyati, ratsion`al bilish va shunga o’xshash. Umumiy xolda esa fikrlash, shaxsni aqliy rivojlanishi sinonimi bo’lib xizmat qiladi. Intellekt (aql) -o‘z xulqini sozlash yo’li bilan xar qanday (ayniqsa yangi) xolatga yetarli baxo berish qobiliyati. Intellekt -turmushdagi dalillar o‘rtasidagi o’zaro bog’liklikni tushunish qobiliyatidir. Bu qobiliyat belgilangan maqsadga erishishga olib boruvchi xarakatlarni ishlab chiqish uchun kerak bo’ladi. Yuqorida aniqlangan «intellekt» tushunchasidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ya’ni intellekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy qobiliyatining o‘ziga xos o‘lchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, bu usullar yordamida tajriba orqali odamning 2
intellektual (aqliy) darajasini aniqlash mumkin bo’ldi. Natijada shu narsa aniqlandiki, intellektning individual darajasi o‘rtasidan surilishi odamning fizik imkoniyatlari darajasi kabi- dir. Agar o‘rtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul qilinsa, u xolda o‘ta qobiliyatli insonlarda bu ko‘rsatkich 150, 180, xattoki 200 ballga yetishi mumkin. Amerikalik shaxmatchi, jaxon eks-chempioni Robert Fisherning bu ko’rsatkichi 187 ball bo’lgan, XIX asr yarmida yashagan angliyalik mantiqchi Djon Styuart Mill uch yoshidayok qadimgi yunon tilida gapira olgan va uning ko’rsatkichi 190 ballgacha borgan. Shuni qayd qilish lozimki, evolyutsiya davrida intellekt birmuncha bir tekis, inqilobiy rivojlanish davridan toki zamonaviy inson intellekti paydo bo’lgunga qadar bo’lgan davrni bosib o’tgan. Intellektning evolyutsion rivojlanishi berilgan bosqichdan birmuncha yuqori printsipial, a’lo darajadagi tashkil topgan bosqichga o’tish bilan davom etadi. Shuning uchun jamiyatning turli rivojlanish bosqichlarida yashagan insonlarning intellektini bir-biriga solishtirib bo’lmaydi. «Sun’iy intellekt» tushunchasiga turlicha ma'no kiritish mumkin. Tafakkur bahsi Avvalo ta’kidlash joiz, ilm-fan taraqqiyotining har qanday yutug‘i insoniyat mushkulini oson qilishga, uning muammolarini qisman bo‘lsa-da hal etishga xizmat qilishi kerak. Shunday bo‘lyapti ham: yillar davomida fazodan mustaqil tarzda turli ma’lumotlarni Yerga jo‘natishdan tortib tabiiy va texnogen hodisalar vaqtida inson kirishi imkonsiz joylarga ham yetib borayotgan, jarrohlar ko‘zi va barmoqlari ilg‘amaydigan eng mayda to‘qimalargacha mufassal tekshira olayotgan aynan shu katta-kichik sun’iy onglashtirilgan turli robotlar, mashinalaru uskunalardir. Avvaliga xizmat ko‘rsatish joylari, bemorlar va yolg‘iz keksalarga ko‘mak uchun ishlab chiqilgan bunday «temir odamlar» yildan-yilga har tomonlama takomillashib, fikrlashda insoniyat bilan bahslashishga shay turibdi, go‘yo. Ya’ni, bir davrlar o‘ziga qanot bog‘lab uchmoqni orzulagan odamzod avlodlari bugun temirga «jon kiritish» ustida bosh qotirmoqda. 3
Tarixga nazar Sun’iy tafakkur (sun’iy intellekt) sohasida dastlabki ishlar o‘tgan asrning o‘rtalarida boshlangan. Garchi muayyan g‘oyalarni O‘rta asr matematik va faylasuflari bergan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar ixtirochisiga aylanish ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954)ga nasib etdi. Xususan, XX asr boshlaridayoq shaxmat muammolarini hal etish imkoniyatiga ega mexanik qurilma taqdim etilgan edi. Ammo bu yo‘nalishning hozirgidek shakllanishi o‘tgan yuz yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Sun’iy tafakkur bo‘yicha, avvalo, inson tabiati, atrof-olamni anglash yo‘llari, tafakkur jarayoni imkoniyati va boshqa sohalar haqidagi tadqiqot ishlari dunyo yuzini ko‘rdi. Ayni shu vaqtda ilk kompyuterlar va algortmlar paydo bo‘ldi. Bu bilan tadqiqotlarning yangi yo‘nalishi uchun poydevor qo‘yilan edi. Alan Tyuring 1950-yili kelajak mashinalari imkoniyatlari, shuningdek, ularning aql jihatidan insonni ortda qoldirishga qodirligi haqidagi savollar o‘rtaga tashlangan maqola chop etadi. Aynan shu olim keyinchalik o‘zining nomi bilan atalgan tartibni ishlab chiqdi: Tyuring testi. Bu olimning nashr etilgan ishidan so‘ng sun’iy tafakkur sohasida yangi tadqiqotlar paydo bo‘la boshladi. Tyuring fikricha, muloqot vaqtida fikrlashda insondan farq qilmaydigan mashinanigina tan olish kerak. Taxminan olim maqolasi chop etilgan bir vaqtda «Baby Machine» deb nom olgan konsepsiya dunyo yuzini ko‘rdi. Sun’iy tafakkurni rivojlantirish va mashina yaratish uchun unga kiritilgan fikrlash jarayoni dastlab bola darajasida shakllantirildi, keyinchalik bosqichma-bosqich takomillashtirildi. «Sun’iy tafakkur» atamasi esa keyinroq paydo bo‘ldi: 1956-yilning yozida AQShning Dartmut universitetida sun’iy tafakkur masalalari bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti), Klod Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), 4
Gerbert Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti) singari o‘nlab olimlar ishtirok etdi hamda mavzu bo‘yicha ma’ruza qilgan amerikalik informatik Jon Makkarti (1927–2011) «Artificial Intelligence» («Sun’iy tafakkur») atamasi muallifi sifatida tarixda qoldi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega mashinalarni faol rivojlantirish boshlandi. Mazkur sohada yangi texnologiyalarni yaratishda ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni faol moliyalashtirgan harbiy muassasalar muhim rol o‘ynadi. Keyinchalik bu sohadagi ishlar yirik kompaniyalarni ham qiziqtirib qo‘ydi. Zamonaviy hayot tadqiqotchilar oldiga yanada ko‘p murakkab vazifalarni qo‘ya boshladi. Shu bois sun’iy tafakkur, o‘zining paydo bo‘lgan davriga nisbatan, mutlaqo boshqacha shart-sharoitlarda rivojlana bordi. Globallashuv jarayonlari, raqamli tarmoqdagi huquqbuzarliklar (xakerlar) faoliyati, internet taraqqiyoti va boshqa muammolar – bularning bari olimlar oldiga sun’iy tafakkur sohasidagi murakkab vazifalarni hal etish vazifasini ko‘ndalang qo‘ydi. Ushbu sohada so‘nggi yillarda erishilgan muvaffaqiyatlar (masalan, avtonom texnikalarning paydo bo‘lishi)ga qaramay, haqiqatda sun’iy intellektni yaratishga ishonmaydigan tanqidchilarning ovozi hamon tingani yo‘q – ularning fikricha, bu u qadar qobiliyatli dastur emas. Faylasuflar insoniy intellekt tabiati va uning maqomi qanday bo‘lishi haqida yakdil fikrga kelisholganicha yo‘q. Sun’iy tafakkurga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda sun’iy tafakkurni hal etish bilan bog‘liq ko‘plab g‘oyalar uchraydi. Shuningdek, ushbu masalada qanday mashinani aqlliroq sanash mumkin, degan yagona tushuncha mavjud. 5