logo

Tafakkur bilishning oliy shakli

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.900390625 KB
MUNDARIJA
Kirish ......................................................................................................................... 2
I BOB. Tafakkur bilishning oliy shakli ..................................................................... 3
1.1. Tafakkurning òziga xos xususiyatlari ................................................................. 3
1.2. Ong va bilish shakllari ........................................................................................ 8
II BOB. Tafakkur shakllari ...................................................................................... 13
2.1. Tushuncha ......................................................................................................... 13
2.2. Hukm , Xulosa .................................................................................................. 15
Xulosa ...................................................................................................................... 20
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .......................................................................... 21
                                            
1 Kirish
      Tafakkur   inson   aqliy   faoliyatining   yuksak   shaklidir.   Insonda   tafakkur
bo`lganligi va tafakkur bilan chambarchas nutq bo`lganligi tufayli u hayvonlardan
farq   qiladi,   shu   sababli   u   ongli   mavjudotdir.   Inson   o`z   atrofidagi   olamda   bo`lgan
buyumlar   va   hodisalarni   ongli   ravishda   idrok   qiladi.   Ongli   ravishda   eslab   qoladi
hamda  esga  tushiradi  va  ongli  ravishda  harakat   qiladi. Tafakkur   atrofdagi  olamni
bilish   qurolidir   va   inson   amaliy   faoliyatini   vujudga   kelishi   uchun   shartdir.   Biron
narsa to`g`risida tafakkur qilish jarayonida fikr paydo bo`ladi, bu fikrlar insonning
ongida hukm va tushunchalar shaklini oladi. Tafakkurning bilish faoliyatidagi roli
avvalo   bizning   idroklarimiz   va   fikrlarimizning   voqelikka   qanchalik   muvofiq
bo`lishini, bo`lar haqiqat yoki xato, chinmi yoki yolg`on ekanligini belgilashda o`z
ifodasini   topadi.   Bunday   tafakkur   qilish   eng   oddiy   amaliy   voqelikda   namoyon
bo`ladi.   Voqelikning   sezgilardagi   va   idrokdagi   in`ikosning   o`zi   chinakam   bilim
bo`ladi. Masalan: biz quyoshning har kuni sharqdan chiqib, g`arbga botayotganini
hammamiz   ko`ramiz   (idrok   qilamiz).   Biz   erni   qimirlamay   turganini,   asrlar
davomida   qilgan   fikriy   faoliyati   natijasidagina   uzoq   davom   qilgan   kuzatishlar
o`tkazish   va   matematika   yo`li   bilan   tadqiqotlar   qilish   natijasidagina   haqiqatda
quyosh   er   atrofida   aylanmasdan,   balki   er   o`z   o`qi   atrofi   va   quyosh   atrofida
aylanayotganligini   aniqladik.   Demak,   quyoshning   harakati   to`g`risidagi   bizning
bevosita   idrokimiz   voqelikka   to`g`ri   kelmas   ekan.   Voqelikni   to`g`ri   aks   etishi
tafakkur   bilan   aniqlanadi.   Yuqoriroq   bosqichlarda   bunday   fikrlash   tafakkur
jarayonlarida   hosil   bo`lgan   hukmlar   va   tushunchalarning   chinligini   yoki   chin
emasligini aniqlashda ifodalanadi.  1
                      
1
 Fayzixo' jayeva D., Negmatova Sh. Mantiq tarixi va nazariyasi O'quv qo'llanma. -S. 2021.- 248-b.
2 I BOB. Tafakkur bilishning oliy shakli
1.1. Tafakkurning òziga xos xususiyatlari
     Tafakkur (arabcha fikrlash, aqliy bilish) – inson ma naviyatining tarkibiyʼ
qismi, bilishning olamdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini
aniqlaydigan, ular o rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya ni qonuniy bog lanishlarni	
ʻ ʼ ʻ
aks   ettiradigan   aqliy   bosqichi.   Tafakkur   iborasi   arabcha   “fikr”   so zidan   kelib	
ʻ
chiqqan   bo lib,   o ylash,   muhokama,   mushohada   va   fikr   yuritish   ma nolarini	
ʻ ʻ ʼ
bildiradi.   Tafakkur   —   inson   aqliy   faoliyatining   yuksak   shakli;   obyektiv
voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni,
voqelikni   bilish   quroli,   shuningdek,   inson   faoliyatini   amalga   oshirishning   asosiy
sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to la va aniq aks	
ʻ
ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni
ular   o rtasidagi   bog lanishlarni   fikran,   umumlashtirib,   vositali   yo l   bilan   aks	
ʻ ʻ ʻ
ettirishga   aytiladi.   Voqelik   tafakkurda,   idrok   va   tasavvurgina   nisbatan   chuqurroq
va   to laroq   aks   etadi.   Biz   sezgi,   idrok   vositasi   bilan   bilib   olishimiz   mumkin
ʻ
bo lmagan   narsa   yoki   hodisalarni,   narsa   yoki   hodisalarning   xususiyatlarini,	
ʻ
ularning bog lanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz.	
ʻ
      Tafakkur   —   inson   miyasining   alohida   funksiyasi.   Uning   nerv   fiziologik
asosi   birinchi   va   ikkinchi   signal   sistemalarining   o zaro   munosabatidan   iborat.	
ʻ
Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, g oya, faraz kabilar vujudga keladi va	
ʻ
ular   shaxsning   ongida   tushunchalar,   hukmlar,   xulosalar   shaklida   ifodalanadi
(qarang   ong).   Tafakkur   til   va   nutq   bilan   chambarchas   bog liq   ravishda   namoyon	
ʻ
bo ladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon bo ladi. Nutq aloqasi jarayonida	
ʻ ʻ
insonning   hissiy   mushohada   doirasi   kengayib   qolmay,   orttirilgan   tajriba   boshqa
kishilarga ham beriladi. Inson o zining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati	
ʻ
bilan   boshqa   mavjudotlardan   ajralib   turadi.   U   fikr   yuritish   faoliyatida   o zida   aks	
ʻ
ettirgan,   idrok   qilgan,   tasavvur   etgan   narsa   va   hodisalarning   haqiqiyligini
aniqlaydi,   hosil   qilingan   hukmlar,   tushunchalar,   xulosalar   chin   yoki   chin
emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita
3 (bilvosita)   aks   ettiradi,   narsa   va   hodisalar   o rtasidagi   eng   muhim   bog lanishlar,ʻ ʻ
munosabatlar,   xususiyatlarni   anglab   yetadi.   Binobarin,   inson   muayyan   qonun,
qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga
kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko rish imkoniyatiga ega. Tafakkur -	
ʻ
bu narsalar mohiyatini ochb beruvchi g'oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas,
balki   ma'lum   bir   fkrdir.   Tafakkur   -   bu   kiritlgan   yo'nalishli-tanqidiy,     qayta
o'zgarishli   va   bilish   xususiyatiga   ega   bo'lgan   harakatlar   va   faoliyat.   Tafakkur
moddiy   olam   qonumiyatlari,   tabiat   va   ijtimoiy-tarixiy   hayotdagi   sabab-oqibat
aloqalari,   insonlar   psixiyasi   qonuniyatlarini   tushunish   imkonini   beradi.   Aqliy
faoliyat   natijalarini   qo'llash   sohasi   bo'lgan   analiyot   tafkkur   faoliyatining   manbai
bo'lib   xizmat   qiladi.   Tafakkur   psixik   faoliyat   sifatida   miyaning   vazifasi
hisoblanadi.   Oddiy   psixik   jarayonlar,   masalan,   sezgilar   uchun   asos   vazifasini
o'taydigan   yuqoriroq   darajadagi   fiziologik   jarayonlarni   tashkil   etadi.   Tafakkur
ongning   voqelikni   eng   aniq,   chuqur,   toliq,   umumiylashtirib   va   bevosita   aks
ettirishga (bilishga) qaratilgan faoliyatdir, asosan narsalarni bevosita sezishimiz va
idrok qilishimiz mumkin bolmagan boglanishlar va munosabatlarning aks etishidir.
Fikrlar, hukmlar va tushunchalar dastlab idrok va tasavvur asosida vujudga keladi.
Bu   fikrlar   xotirada   mustahkamlanadi   va   songra   tafakkurning   yuksakroq   va
murakkabroq jarayonlari uchun material (asos) bolib qoladi. Har bir kishi tevarak -
atrofdagi  olamni  bevosita bilish bilan mashgul  bolganida fikr yuritmay, balki  shu
bilan   birga   u   harakat   qilayotganida   ham   boshqa   kishilar   nutq   orqali   aloqa
qilayotganida,   o'z   fikrini   boshqa   kishilarga   bildirayotganida   hamda   boshqa
kishilardan   tayyor   fikr   va   bilimlarni   olayotganida   ham   fikr   qiladi.   Odamning
tafakkuri til bilan bevosita bog`langandir. Fikr va muhokamalar, bilish va tajriba til
yordami   bilan   shakllanadi.   Insoniyat   jamiyatida   odamlar   bir   -   birlari   bilan   til
vositasi orqali fikr almashadilar. Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va
o‘zini   turli   xil   faoliyatlarni   bajarish   va   bu   ob’ektlarga   ta’sir   ko‘rsatgan   holda
ma’lum   bir   ijtimoiy   va   shaxsiy   ahamiyatga   molik   maqsadlarga   erishish   uchun
o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira
bilan   hamkorlikda   insonga   aniq   bir   ob’ektlar   va   ularning   bevosita   o‘rganiladigan
4 xossalari   haqida   ma’lumot   beradilar.   Psixik   aks   ettirishning   bu   shakllari   inson
tomonidan   ob’ektiv   reallikni   bilishning   hissiyotli   asoslaridir.   Tafakkur
rivojlanishida diqqatning ahamiyati ham juda katta. Diqqat bir joyga to‘planmasa,
fikrlash ham izchil va unumli bo‘lmaydi. Tafakkur irodaga ham aloqador. Chunki
mushkul   masalalarni   hal   etish   uchun   odamga   katta   iroda   kuchi   talab   qilinadi.
Tafakkur   sezgi   bilan   ham   chambarchas   bog‘liq.   Chunki   yuqorida   ta’kidlab
o‘tganimizdek,   bilish   jarayonlari   dunyoni   sezish   va   idrok   etishdan   boshlanadi.
Tafakkur   odamning   boshqa   ruhiy   funktsiyalari   singari,   tarbiya,   o‘qish   va   mehnat
faoliyati   ta’siri   ostida   hamda   boshqa   odamlar   bilan   doimo   muloqotda   bo‘lish
jarayonida   taraqqiy   etib   boradi.   Shunday   qilib,   tafakkur   nafaqat   biologik,   balki
ijtimoiy voqelik hamdir.  2
  Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning
natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-
tadqiqiy,   qayta   o‘zgarishli   va   bilish   xususiyatiga   ega   bo‘lgan   harakatlar   va
muolajalar   tizimini   taxminlovchi   alohida   turga   ega   bo‘lgan   nazariy   va   amaliy
faoliyat. Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi
sababiy-oqibat   aloqalari,   insonlar   psixikasi   qonuniyatlarini   tushunish   imkonini
beradi.   Aqliy   faoliyat   natijalarini   qo‘llash   sohasi   bo‘lgan   amaliyot   tafakkur
faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos
xususiyati   –   bu   uning   nutq   bilan   uzluksiz   aloqasi.   Tafakkur   va   nutqning   bunday
aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo‘lmagan holat,
masalan,   kar-soqov   odamlarda   ham   nutq   shakliga   mujassamlashtirilishida   o‘z
ifodasini  topadi.  Biz  doimo so‘zlar   orqali   fikr  yuritamiz. Nutq  tafakkur   qurolidir.
Ma’lum   fikr   so‘zlar   bilan   ifoda   etilganida   tafakkur   jarayoni   amalga   oshiriladi.
Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni
tashqi   tomondan   nutqiy   ifodalash   kabi   bosqichlaridan   iborat   bo‘lgan   murakkab
jarayon.Boshqacha   aytganda,   til   fikrning   bevosita   voqe   bo lish   shaklidir.ʻ
Psixologlarning ta biricha, fikrlash, ya ni tafakkur miyada sodir bo ladigan jarayon	
ʼ ʼ ʻ
bo lib,   sezgi   organlari   ojizlik   qilgan   o rinlarda   odam   va   olamning   xususiyati	
ʻ ʻ
2
 G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
5 tafakkur   orqali   o rganiladi.   Tafakkur   aqliy   faoliyat,   ongli   xatti-harakatlar   majmuiʻ
bo lib,  tevarak  atrof,  ijtimoiy  muhit   hamda  borliqni  bilish   asosi,   inson  faoliyatini	
ʻ
oqilona,   samarali   tashkil   qilishning   muhim   sharti   hisoblanadi.   Kishi   fikrlash
jarayonida   o zi   ko rgan,   idrok   qilgan,   sezgan,   tasavvur   etgan   narsa   va	
ʻ ʻ
hodisalarning to g riligi, aniqligi hamda borliqqa muntini anglaydi. Tafakkur odam	
ʻ ʻ
va olam sirlarini o rganishda hosil bo lgan qarash, tushuncha va farazlar majmui, u	
ʻ ʻ
orqali   inson   xulosa   hamda   mulohazalarning   qanchalik   to g ri   yoki   noto g riligini	
ʻ ʻ ʻ ʻ
bilib   oladi.   Bu   jarayonda   u   mulohaza   yuritib,   mazkur   jarayon   va   hodisalar
o rtasidagi  munosabatlarni, o ziga xos xususiyatlarni, ularni  bir-biri bilan bog lab	
ʻ ʻ ʻ
yoki   ajratib   turgan   jihatlari   hamda   faoliyatini   o rganadi.   Tafakkur   jarayoni   faqat	
ʻ
insonning miyasi bilan emas, balki qalbi va ruhiyati bilan ham uzviy bog liqlikda	
ʻ
kechadi. Fikrlovchining ichki dunyosi qanchalik boy bo lsa, uning fikrlash saviyasi	
ʻ
ham, xatti-harakati ham shunga yarasha bo ladi. Inson fikrining teranligi, tiniqligi,	
ʻ
mantiqiyligi,   erkinligi,   mustaqilligi,   badiiyligi,   ijodiyligi   tafakkurning   sifatlari
hisoblanadi.   Inson   dunyoni   tafakkurning   aynan   shu   shakllari   orqali   anglaydi,   uni
o ziga xos tarzda tasvirlaydi, xulosalar chiqaradi. Ruhiyati uyg oq, qalbi behalovat	
ʻ ʻ
odam   biror   narsaga   mehr   qo yadi,  o zida   yaratish,   ijod   qilish,   kashfiyot   ochishga	
ʻ ʻ
ehtiyoj   sezadi.   Bu   ehtiyoj   esa   uni   harakatga   undaydi,   ma naviy   kamolot   sari	
ʼ
yetaklaydi. Inson borki, u fikr yuritish qobiliyatiga ega.Tafakkur  mustaqilligining
tanqidiyligi   esa   mustaqil   fikrlovchini   voqea-hodisalarga   munosabati,   uning
xususiyatlari,   muhim-nomuhim   jihatlarini   ajrata   bilishida   seziladi.   Mustaqil
tafakkurga   ega   bo lmagan   kishilar   tayyor   qarashlar   asiriga   aylanadi   va   ularda	
ʻ
tafakkurning o sishi o zining tabiiy darajasidan orqada qoladi. Tafakkur qaramligi,	
ʻ ʻ
qulligi   jamiyat   rivojiga,   millat   taraqqiyotiga   to siq   bo ladi.   Tafakkur   o zgarmasa	
ʻ ʻ ʻ
turmush   ham   o zgarmaydi.   Shuning   uchun   ham   fikrning   mustaqilligi   uning	
ʻ
sermahsulligi, samaradorligini ta minlaydi. Qay bir inson tomonidan muayyan vaqt	
ʼ
ichida   ma lum   soha   uchun   qimmatli   va   yangi   fikrlar,   g oyalar,   tavsiyalar	
ʼ ʻ
yaratilgan,   nazariy   va   amaliy   vazifalar   hal   qilingan   bo lsa,   bunday   kishining	
ʻ
tafakkuri sermahsul, samarali sanaladi.
6       Tafakkur   ko pgina   fan   sohalari   (falsafa,   mantiq,   jamiyatshunoslik,ʻ
fiziologiya,   kibernetika,   biologiya)ning   tadqiqot   ob yekti   hisoblanadi.	
ʼ
Psixologiyada   tafakkur   voqelikni   umumlashtirish   darajasiga,   muammoni   yechish
vositasi   xususiyatiga,   holatlarning   inson   uchun   yangiligi,   shaxsning   faollik
ko rsatish   darajasiga   ko ra   bir   necha   turlarga   (ko rgazmali   harakat,   ko rgazmali	
ʻ ʻ ʻ ʻ
obrazli,   amaliy,   nazariy,   ixtiyoriy,   ixtiyorsiz,   mavhum,   ijodiy   va   hokazo)   ajratib
tadqiq   qilinadi.   Ijtimoiy   hayotda,   ta lim   jarayoni   va   ishlab   chiqarishda   odamlar	
ʼ
o rtasidagi   aloqa   va   munosabatlar   ham   tafakkur   yordamida   namoyon   bo ladi.	
ʻ ʻ
Jamoada   tanqidiy   qarash,   o zini   o zi   tanqid,   baholash,   tekshirish,   o zini   o zi	
ʻ ʻ ʻ ʻ
tekshirish, nazorat qilish, o zini o zi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan	
ʻ ʻ
iborat tafakkur sifatlari vujudga keladi.   Insonning inson tomonidan idrok kilinishi
ham tafakkur bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar
tafakkurning mahsuli hisoblanadi.  3
      Tafakkur   fiziologiya   nuqtai   nazaridan   fikrlash   murakkab   jarayon   bo lib,	
ʻ
sodir bo ladi.miya yarim korteksida, analitik-sintetik funktsiyani bajaradi. Miyada	
ʻ
paydo   bo'ladigan   neyron   bog'lanishlar   haqiqiy   bog'lanishlarda   o'zlarining
prototiplariga   ega   bo'lib,   ob'ektiv   dunyo   ob'ektlari   va   hodisalarini   sensorli   tahlil
qilish   asosida   paydo   bo'ladi.   Fikrni   shakllantirishning   dastlabki   bosqichida   ular
umumlashtirilgan   shaklda,   ba'zan   hatto   tasodifiy   xarakterga   ega   bo'lishi   mumkin,
shuning uchun vaqt o'tishi bilan ular amaliy tajriba tomonidan qisman va tanlab rad
etiladi.   Barqaror   obligatsiyalar   faqat   differentsiatsiya   va   qayta   tasdiqlash
jarayonida   hosil   bo'ladi.   Tafakkurning   aqliy   vazifasi   haqiqatni   aks   ettirishdir.   Bu
jarayonda   tarixiy   va   ijtimoiy   tajribani   qayta   ko‘rib   chiqish,   uni   sintez   va   tahlil
qilish   asosida   yangi   tug‘iladi.   Fikrning   yo'nalishi   va   vazifalarni   belgilash   esa
amaliy zarurat bilan belgilanadi.
                                 
3
 М.Шарипов, Д. Файзихужаева. Fафур Fулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, «УАЖБНТ» Маркази, 
2004 й.
7 1.2. Ong va bilish shakllari
     Ong  — psixik  faoliyatning oliy  shakli.   U faqat   insonga  xos  fenomendir.
Ong,   uning   mohiyati   masalasi   eng   qadimgi   muammolardan   biri.   Ongni   dastlab
diniy   va   mifologik   qarashlar   doirasida   tushuntirishga   uringanlar.   Ongni   diniy
tushuntirish   uni   ilohiy   hodisa,   Xudo   yaratgan   mo jiza   tarzida   talqin   qilishgaʻ
asoslanadi.   Ko pgina   dinlarda   inson   ongi   buyuk   ilohiy   aqlning   namoyon   bo lish	
ʻ ʻ
shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qadimiy bo lsada, ular	
ʻ
hamon   o zining   ko plab   tarafdorlariga   ega.   Kimki   olam   va   odam   yaratilganligini	
ʻ ʻ
tan   olar   ekan,   ong   ham   yaratganning   qudrati   deb   hisoblaydi.Ongning   mohiyatini
izohlashda ikki yo nalish — bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb	
ʻ
tushunish,   uni   inson   tanasi   faoliyati   bilan   bog lab   talqin   etishdir.   Ayni   vaqtda	
ʻ
materialistik   yo nalish   nomini   olgan   bunday   yondashuvlar   doirasida   ongning	
ʻ
mohiyatini   buzib   talqin   qilish   hollari   ham   paydo   bo ldi.   Vulgar   materializm   deb	
ʻ
nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani
kabi,   miya   ham   ongni   ishlab   chiqarar   emish.   Bunday   yondashuv   natijasida   ong
ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni ko rish	
ʻ
mumkin,   ammo   ongni   ko rib   ham,   ushlab   ham   bo lmaydi.   Aslida   ong   tarixi	
ʻ ʻ
insonning   inson   bo lib   shakllana   boshlashi   tarixi   bilan   bog liqdir.   Inson   ham	
ʻ ʻ
biologik,   ham   ijtimoiy   mavjudot   ekan,   demak,   ong   ham   biologik   va   ijtimoiy
taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi
va   karashlaridan   tashkil   topgan.   O z-o zini   anglash,   xotira,   iroda,   nutq   ongning	
ʻ ʻ
asosiy jihatlaridir.
      Ong   —   bu   sub’ektning   dunyo   va   undagi   o z   o rni   haqidagi   tasavvuri,	
ʻ ʻ
uning   ichki   aqliy   tajribasi   haqida   hisobot   berish   qobiliyati   bilan   bog liq   va	
ʻ
birgalikdagi   faoliyatni   oqilona   tashkil   etish   uchun   zarurdir.   Ong   aqliy   faoliyat
shakli va oliy nerv faoliyati elementi , uning asosini miya tashkil etadi. Ong — bu
inson   miyasining   biologik   funktsiyasi,   degan   fikr   mavjud   bo lib,   u   odamga	
ʻ
atrofidagi dunyo va o zi haqida qandaydir tasavvurga ega bo lishga imkon beradi.	
ʻ ʻ
Ong mexanizmi  inson evolyutsiyasi  natijasida shakllangan. Ushbu mexanizmning
8 fiziologiyasi   to liq   tushuntirilmagan.   Ong   –   aql-tafakkurni   ifoda   etadigan   asosiyʻ
falsafiy   kategoriyalardan   biri.   Ong   ko p   qirrali   va   murakkab   bo lgani   tufayli	
ʻ ʻ
falsafa,   psixologiya,   psixiatriya,   fiziologiya,   kibernetika,   informatika   singari   turli
fanlarning   o rganish   obyekti   hisoblanadi.   Ong   diniy  talqinda   ilohiy  hodisa,   Xudo	
ʻ
yaratgan mo jiza tarzida talqin qilinadi. Ko pgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy
ʻ ʻ
aqlning   mitti   aksi,   uning   namoyon   bo lishi   shakli   tarzida   ta riflanadi.   Inson	
ʻ ʼ
tanasidagi ruh bizning istak va fikrlarimiz tashuvchisidir. Jon o lishi bilan ong ham	
ʻ
o ladi.   Bunday   qarashlarning   ildizi   juda   qadimiy   bo lsa-da,   ular   hamon   o zining	
ʻ ʻ ʻ
ko plab   tarafdorlariga   ega.   Zero,   ong   odam   va   uning   yaratilishi   masalasi   bilan
ʻ
bevosita   bog liq.   Kimda-kim   olam   va   odam   yaratilganini   tan  olar   ekan,  ong   ham	
ʻ
Yaratganning   qudrati   ekanini   tan   olishi   tabiiy.   Ong   moddiylikning   miyada   inson
tanasi   faoliyati   bilan   bog liq   holda   talqin   qilinadi.   XVIII   asrga   kelib,   ongni	
ʻ
bevosita   inson   miyasi   faoliyati   bilan   bog lashga   harakat   qilgan   qarashlar   ham	
ʻ
shakllandi.   Ayni   paytda,   materialistik   yo nalishdagi   bunday   yondashuvlar	
ʻ
doirasida   ongning   mohiyatini   buzib   talqin   qilish   hollari   ham   uchragan.   Falsafa
tarixida “Vulgar  materializm” deb nom  olgan oqim  namoyandalarining qarashlari
bunga misol bo la oladi. Ularning fikricha, xuddi jigar safro ishlab chiqarganidek,	
ʻ
miya   ham   ongni   ishlab   chiqaradi.   Bunday   yondashuv   natijasida   ong   ideal   emas,
balki   moddiy   hodisa,   degan   xulosa   kelib   chiqadi.   Vaholanki,   safroni   ko rish	
ʻ
mumkin, ammo ongni ko rib ham, ushlab ham, o lchab ham bo lmaydi. Ong tarixi	
ʻ ʻ ʻ
insonning   inson   sifatida   shakllana   boshlashi   tarixi   bilan   bog liq.   Uzoq   vaqt	
ʻ
davomida   inson   ongi   planetar,   ya ni   Yer   shari   darajasidagi   hodisa   sifatida   qarab	
ʼ
kelindi. 4
   Falsafaning eng dolzarb muammolaridan biri - ong va bilim. Hatto o'zidan
ajratishga   harakat   qilsa   ham,   o'z   ongini   bilish   mumkin   emas.   Undan   «chiqib
ketish»   mumkin   emas,   shuning   uchun   falsafa   o'z   ongini   hamma   narsaga   bo'lgan
munosabatlar prizmasidan ko'radi.Ongning faoliyati bilimga qaratilgan. Insonning
bilimga   ehtiyoji   bor.   Bizning   har   birimiz   noma'lum   narsani   tushunishga   va
tushunilmas   tushuntirishga   harakat   qilmoqda.   Shu   asosda   turli   g'oyalar   va
4
 https://muhaz.org/1-tafakkur-haqida-umumiy-tushuncha-tafakkur-jarayonlari.html.
9 nazariyalar   paydo   bo'ladi.   Ko'p   odamlar   ijodkorlik   orqali   gapirishga   harakat
qilishadi.   Bu   shaxsni   ijodkorlikka   undayotgan   va   shu   bilan   shaxsiy   rivojlanishga
hissa qo'shadigan ong va bilishdir.
     Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar  xosil  qilishga
qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini qurshab to`rgan atrof-muxit
to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan
muvaffakiyatli   shug`ullana   olmaydi.   Bilishning   maxsuli,   natijasi   ilm   bo`lib,   har
qanday   kasb-korni   egallash   faqat   ilm   orqali   ro`y   beradi.   Shuningdek,   bilish
insongagina   xos   bo`lgan   ma’naviy   extiyoj,   hayotiy   zaruriyatdir.   Insoniyat   ko`p
asrlar   davomida   orttirgan   bilimlarini   umumlashtirib   va   keyingi   avlodlarga   berib
kelganligi tufayli ham o`zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining
har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil
qilinadi.   Kundalik   faoliyat   jarayonida   tajribalar   orqali   bilimlar   xosil   qilish   butun
insoniyatga   xos   bo`lgan   bilish   usulidir.   Bilimlar   bevosita   hayotiy   extiyojdan,
farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning
ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug`ullanadigan
va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial guruh vujudga keldi.   Bular — ilm-
fan   kishilari   bo`lib,   ilmiy   nazariyalar   yaratish   bilan   shug`ullanadilar.   Bilish,
manaviy   faoliyat   shakli   sifatida,   jamiyat   paydo   bolgan   davrdan   va   jamiyat   bilan
birga   malum   rivojlanish   bosqichlaridan   otib   kelmoqda.   Bu   bosqichlarning   har
birida   bilish   jarayoni   insoniyat   tarixi   mobaynida   yuzaga   kelgan   rang-barang   va
ozaro   boglangan   ijtimoiy-madaniy   shakllarda   amalga   oshiriladi.   Shu   bois   yaxlit
hodisa sifatidagi bilishni biron-bir shaklga, hatto so'zning o'z ma'nosidagi  bilishni
to'liq «qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham bog'lash mumkin emas.
      Kundalik   amaliy   bilim.   Tabiat   haqida,   shuningdek   odamlarning   o'zlari,
ularning   yashash   sharoiti,   ijtimoiy   aloqalari   va   hokazolar   to'g'risida   elementlar
bilimlar   beruvchi   kundalik-amaliy   bilimlar   bilishning   tarixan   eng   birinchi   shakli
hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar amaliy tajribasidan kelib
chiqqan.   Shu   asosda   olingan  bilimlar   garchi   mustahkam   bolsa-da,  biroq  tartibsiz,
tarqoq   xususiyatga   ega   bo'ladi,   malumotlar,   qoidalar   va   shu   kabilarning   oddiy
10 majmuini   tashkil   etadi.   Kundalik   bilish   sohasi   juda   rang-barang.   U   sog'lom   fikr,
etiqodlar,   belgi-alomatlar,   shaxsiy   tajribadan   chiqarilgan   dastlabki   xulosalar,
ularning   ananalar,   rivoyatlar,   o'gitlar   va   hokazolarda   ifodalangan   ko'rinishlari,
intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o'z ichiga oladi. Kundalik bilim   bu har
xil   faoliyat   shakllari     jumladan   ishlab   chiqarish   faoliyati,   estetik   faoliyat,   siyosiy
faoliyat   va   hokazolarning   tasirida   shakllanadigan   turmush   bilan   bog'liq
tushunchalar   majmui   avlodlar   toplagan   jamoa   (kollektiv)   tajribasi   mahsuli
hisoblanadi. 5
     Mifologik bilim ayniqsa, insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim
rol   o'ynagan.   Mifologik   bilimning   o'ziga   xos   xususiyati   shundan   iboratki,   u
borliqning   fantastik   inikosi   hisoblanadi.   Mifologiya   doirasida   tabiat,   koinot   va
odamlar,   ular   mavjudligining   shart-sharoitlari,   aloqa   shakllari   va   hokazolar
haqidagi   muayyan   bilimlar   shakllangan.   So'nggi   vaqtda   (ayniqsa   strukturalizm
falsafasida)   mifologik   tafakkur     bu   shunchaki   fantaziyaning   tiyiqsiz   o'yini   emas,
balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun imkoniyat
yaratadigan dunyoni o'ziga xos tarzda modellashtirish ekanligi aniqlandi.
      Badiiy   bilim   borliqni   tushunib   yetish   refleksiyaning   o'ziga   xos   shakli
bolib,   u   san'at   borlig'ining   barcha   bosqichlarida     asar   g'oyasidan   boshlab   uning
odamlar tomonidan qabul qilinishigacha  o'ziga xos tarzda ro'yobga chiqadi. Badiiy
ijodni ijodkorning fikrlari va kechinmalarini anglab yetish obyekti  butun dunyoga
uzviy bog'lagan holda sanat tilida moddiylashtirish deb tariflash mumkin. Shaklan
badiiy   faoliyat   obyektga   qarab   moljal   oladi,   mazmunan   esa,   u   shaxs   o'zligining
ifodasi,   inson   manaviy   hayotining   intim   tomoni,   ijodkor   idellari   va   didining
majmui hisoblanadi.
      Diniy   bilim.   Dinning   asosiy   vazifasi     inson   hayoti,   tabiat   va   jamiyat
borlig'ining mazmunini aniqlashdan iborat. U insoniyat toplagan tajribaga tayanib,
inson hayotining muhim ko'rinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi  xulq-atvor,
axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi.
Din   universumning   pirovard   mazmunlari   haqidagi   o'z   tasavvurini   asoslab,   dunyo
5
 Хайруллаев М., Хакбердиев М. Мантик. - Т.: “Укитувчи”, 1993. 53-бет
11 va   insoniyatning   birligini   tushunishga   ko'maklashadi.   U   inson   hayotini
o'zgartirishga qodir bolgan haqiqatlar tizimidan iborat. Diniy talimotlarning o'ziga
xos   xususiyati   shundan   iboratki,   ular   jamoa   tajribasini   ifodalaydi   va   shu   bois
nafaqat   har   bir   dindor   odam,   balki   dinga   siginmaydiganlar   uchun   ham   qadrlidir.
Diniy   talimotlarning   vazifasi   xudo   bormi,   uni   qanday   qilib   bilish   mumkin,
umuman,   xudoni   bilish   mumkinmi,   degan   savollarga   javob   berishdan   iborat.   Din
o'z  dunyoqarashini  muqaddas   kitob matnlarida, shuningdek,  diniy  rasm-rusum   va
urf-odatlarda   ifoda   etadi.   Diniy   rasm-rusumlarning   bir   unsuri   ramziy   ahamiyatga
egadir. Diniy ramzlar g'oya va obraz muvozanatini o'zida mujassamlashtiradi.
     Ilmiy bilim. Bilishning eng oliy shakli  fandir. Ayrim fanlarning vakillari
fanni   tariflar   ekanlar,   uni   muayyan   tadqiqotlar   sohasi   bilan   bog'laydilar.   Ilmiy
bilim   boshqa   bilim   turlaridan   o'zining   aniqligi   bilan   ajralib   turadi.   Fan   nafaqat
hozirgi   amaliyot   jarayonida   o'zgartiriladigan,   balki   kelajakda   amalda   ommaviy
o'zlashtirish   predmetiga   aylanishi   mumkin   bo'lgan   obyektlarni   organishga   qarab
mo'ljal   olishi   ilmiy   bilimning   ikkinchi   o'ziga   xos   xususiyati   hisoblanadi.   Bu
xususiyat ilmiy va odatdagi, stixiyali-empirik bilimni farqlash va fanning tabiatini
tavsiflovchi ayrim tushunchalarni ta'riflash imkonini beradi.
      Shaxsiy   bilim.   Bilim   shakllari   to'g'risida   so'z   yuritar   ekanmiz,   M.Polani
tomonidan   ishlab   chiqilgan   shaxsiy   bilim   konsepsiyasini   chetlab   o'tishimiz
mumkin   emas.   Olim   o'z   konsepsiyasini   tuzishda   bilim   anglash   mumkin   bo'lgan
narsalarni   faol   o'zlashtirish,   alohida   mahorat   va   alohida   vositalarni   talab   qiluvchi
harakat,  degan   tamoyildan   kelib  chiqqan.   Madomiki,   fanni   odamlar   yaratar   ekan,
bilish  faoliyati   jarayonida   olinadigan   bilimlarni   (xuddi  shu   jarayonning  o'zi   kabi)
odamlardan   ajratish   mumkin   emas.   Demak,   odamlarni   (aniqrogi,   o'z   qiziqishlari,
maqsadlari   va   moljallariga   ega   bo'lgan   olimlarni)   ular   yaratayotgan   bilimlardan
ajratib yoki boshqa odamlar bilan almashtirib bo'lmaydi.
12 II  BOB. Tafakkur shakllari
2.1. Tushuncha
      Tafakkur   bilan   borliq   o'rtasida   birlik   mavjud.   Tafakkur   ularning   birligi
zamirida   mantiqiy   shakllar   va   tafakkur   qonunlarini   shakllantiruvchi   ijtimoiy
amaliyot   yotadi.   Dunyo   rivojlanishining   obyektiv   umumiy   qonuniyatlaridan
mantiqiy   qonuniyatlarning   farqi   shundaki,   inson   mantiqiy   qonuniyatlarni   ongli
ravishda qo'llashi mumkin, tabiatda esa dunyoning rivojlanish qonuniyatlari o'ziga
ongsiz   tarzda   yo'l   ochadi.   Tafakkur   jarayonining   oqilona   mazmuni   tarixiy
rivojlanish   jarayonida   yaratilgan   mantiqiy   shakllar   qobig'iga   oraladi.   Tafakkur
o'zining   asosiy   shakllari     tushunchalar,   mulohazalar   va   xulosalar   ko'rinishida
yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda. 
      Tushuncha   narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari
aks   etuvchi   fikr.   Tushuncha     tafakkur,   tushunish   faoliyatining   mahsuli.   Ular
nafaqat  narsalar  va hodisalarning umumiy jihatlarini  aks  ettiradi, balki  ularni  bir-
biridan   ajratadi,   ular   o'rtasida   mavjud   farqlarga   qarab   ularni   guruhlaydi,
tasniflaydi.   Bundan   tashqari,   biz   biror   narsa   haqida   tushunchaga   ega
yekanligimizni   ta'kidlar   ekanmiz,   bunda   mazkur   obyektning   mohiyatini
tushunishimizni   nazarda   tutamiz.   Masalan,   «inson»   tushunchasi   nafaqat   muhim
umumiy,   yani   barcha   odamlarga   xos   bo'lgan   jihatni,   balki   har   qanday   odamning
boshqa   har   qanday   narsalardan   farqini   ham   aks   ettiradi,   mazkur   odamning
mohiyatini   tushunish   esa,   umuman   insonning   mohiyati,   yani   inson   haqidagi
tushunchaning   mazmunini   bilishni   nazarda   tutadi:   «Inson     aql,   sozlashish   va
mehnat qilish qobiliyatiga ega bolgan bioijtimoiy mavjudot». Tushuncha predmet
va   hodisalarning   umumiy,   muhim   belgilarini   aks   ettiruvchi   tafakkur   shaklidir.
Belgilar   deb,   predmetlarni   bir   biridan   farq   qiluvchi   hamda   ularning   bir-biriga
o‘xshashligini  ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet
olamdagi   boshqa   predmetlar   bilan   (bevosita   yoki   bilvosita)   aloqada   bo‘lganligi
uchun   ko‘p   belgilarga   ega.   Ularning   ba’zilari   faqat   bitta   predmetga   xos   bo‘lgan,
uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum
13 bir   guruhiga   tegishli   bo‘lib,   umumiy   belgilar   hisoblanadi.   Masalan,   har   bir   kishi
faqat   o‘zigagina   xos  bo‘lgan  ruhiy  kechinmalar  va  shu   kabi   individual   belgilarga
ega. Shuning bilan birga kishilarning ma’lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat
va   shu   kabilarga   tegishli)   yoki   barcha   kishilarga   (mehnat   qilish,   fikr   yuritish
qobiliyatlari,   ijtimoiy   munosabatlarda   ishtirok   qilishi   va   shu   kabilar)   xos   bo‘lgan
umumiy belgilarga ega.  Individual  va  umumiy belgilarning ba’zilari  predmetning
mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday
belgilar   predmetning   muhim   belgilari   deyiladi.   Masalan,   davlatning   mavjud
bo‘lishi   uning   o‘z   maydoni,   aholisi,   hokimiyat   organlariga   ega   bo‘lishini   taqoza
etadi.   Nomuhim   belgilar   predmetning   mohiyatini   tashkil   qilmaydi.   Ularning
yo‘qolishi   bilan   predmetning   tabiati   o‘zgarmaydi.   Masalan,   qaysi   irqqa,   millatga,
jinsga   taalluqli   bo‘lishi   individning   inson   sifatida   mavjud   bo‘lishi   uchun   muhim
emas.   Tushunchaning   hissiy   bilish   shakllaridan   tubdan   farq   qilishiga   alohida
e’tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz
faqat   birorta   konkret   predmetni,   masalan,   o‘zimiz   yozib   o‘tirgan   qalamni   idrok
qilishimiz   yoki   u   to‘g‘risida   tasavvurga   ega   bo‘lishimiz   mumkin.   «Umuman
qalam»ni   idrok   qilib   bo‘lmaydi.   Chunki   tushuncha   predmetning   yaqqol   obrazi
emas,   balki   abstrakt   obrazidir.   Qalam   tushunchasi   o‘zida   konkret   qalamlarning
barchasini   qamrab   olgani   holda,   ularning   har   biriga   xos   bo‘lgan   individual
belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu
belgilar   qalamni   boshqa   predmetlardan,   masalan,   kitobdan   farq   qildirib   turadigan
spetsifik   beliglar   bo‘lib   ham   xizmat   qiladi.   Tushuncha   predmetning   nomuhim
belgilaridan   chetlashar   ekan,   demak   uni   to‘laligicha   aks   ettira   olmaydi.   Bu
ma’noda   u   hissiy   bilish   shakllariga   nisbatan   borliqdan   uzoqroqda   turadi.   Lekin,
tushuncha   predmetning   muhim   belgilarini   in’ikos   qilishi,   mohiyatini   aks   ettirishi
bilan   hissiy   bilish   shakllariga   nisbatan   borliqni   chuqurroq,   to‘laroq   ifoda   etadi.
Tushuncha,   hissiy   bilish   shakllaridan   farqli   o‘laroq,   inson   miyasida   to‘g‘ridan-
to‘g‘ri   aks   etmaydi.   U   ma’lum   bir   mantiqiy   usullardan   foydalanilgan   holda   hosil
qilinadi.   Tushuncha   tafakkur   shakllaridan   biri   sifatida   til   orqali   ifodalanadi.
Tushunchaning   mohiyatini   bilish   uchun   uning   nom   va   so‘z   bilan   qanday
14 bog‘liqligini   aniqlab   olamiz.   Inson   buyum   va   hodisalar   haqida   tushunchaga   ega
bo‘lish   uchun   ularning   nomlarini   bilishi   zarur.   Olamdagi   barcha   jonli   va   jonsiz
mavjudotlarning, voqea va hodisalarning nomi bor. Nomlar bilish va muloqotning
zaruriy   vositasidir.   Buyum   va   hodisalarning   nomi   tilni   mavjud   voqelik   bilan
bog‘lab turadi. 
      Tushuncha   —   narsa   va   hodisalarning   muhim   xususiyatlari,   aloqalari   va
munosabatlarini   aks   ettiruvchi   tafakkur   shakli.   Tushunchaning   bilish   mahsulidir,
bu   bilish   oddiydan   murakkabga   ko tarila   borib,   eski   Tushunchalarniʻ
mukammallashtiradi,   aniklashtiradi   va   yangilarini   shakllantiradi.   Tushunchaning
asosiy   mantiqiy   vazifasi   biron   narsani   boshqa   narsadan   fikran   ajratishdan   iborat.
Predmetlarning   turkumlarini   ajratish   va   bu   predmetlarni   Tushunchda
umumlashtirish tabiat  qonunlarini  bilishning  zarur  shartidir. Har  bir  fan muayyan
Tushunchalar bilan ish ko radi, ularda bilimlar jamlanadi. Tushuncha. hissiy bilish	
ʻ
shakllaridan farq qilib, inson miyasida to g ridanto g ri aks etmaydi. U taqqoslash,	
ʻ ʻ ʻ ʻ
analiz,   sintez,   abstraksiyalash,   umumlashtirish   kabi   mantiqiy   usullardan
foydalangan   holda   hosil   qilinadi.   Tushunchaning   shakllanishi   so z   bilan   bog liq.	
ʻ ʻ
Ular   o rtasidagi   uzviy   aloqadorlik   tafakkur   va   til   o rtasidagi   bog lanishning   aniq	
ʻ ʻ ʻ
tarzda namoyon bo lishidir. Tushunchalar so z va so z birikmalari yordamida ifoda	
ʻ ʻ ʻ
qilinadi.   Har   qanday   Tushunchalar.   —   abstraksiyadan   iboratdir,   bu   hol
Tushunchada   voqelikdan   uzoqlashgandek   tuyulsada,   haqiqatda   esa   Tushuncha
yordamida   voqelikning   muhim   tomonlarini   ajratib,   tadqiq   qilish   yo li   bilan	
ʻ
chuqurroq   bilib   olinadi.   Tushunchalarning   o zaro   aloqadorligi   va   bir-biriga   o tib	
ʻ ʻ
turishi  dialektik mantiqning tushuncha  haqidagi  qoidasining  muhim  tomonlaridan
biridir.
2.2. Hukm , Xulosa
     Hukm   fikrning   shunday   bir   shakliki,   unda   tushunchalarni   boglash
yoli   bilan   biror   narsa   haqidagi   biron-bir   fikr   tasdiqlanadi   (yoki   rad   etiladi).
Masalan, «Terak  osimlik» degan shunday bir mulohazaki, unda terak haqida uning
osimlik  ekanligi  xususida  fikr  bildiriladi.  Tasdiqlash  yoki  rad  etish,  soxtalik   yoki
15 haqiqiylik, shuningdek, ehtimol tutilgan narsalar bor joyda biz mulohazalarga duch
kelamiz.   Fikrning   bevosita,   moddiylashtirilgan   ifodasi   bolgan   gap   mulohazani
ifodalashning   ogzaki   shaklidir.   Har   qanday   mulohaza   subyektning   predikat,   yani
tavsiflanayotgan narsa yoki hodisa bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning
mantiqda   korilmaydigan   turlari   subyekt,   predikat   va   ular   ortasidagi   aloqaning
ehtimol tutilgan modifikatsiyalari bilan bogliq. Biz: «Olov kuydiradi», deymiz. Bu
mantiqan   subyekt   predikat   bilan   boglangan   hukm.   Olovni   ham,   kuyishni   ham
sezish   mumkin,   biroq   ular   ortasidagi   aloqani   fikrimiz   anglaydi.   Subyektning
ozgarishiga   qarab   hukmlar,   masalan,   shaxssiz   bolishi   mumkin:   «Tong   otyapti»,
«Kayfiyat   yoq».   Yakka,   ayrim   va   umumiy   hukmlar   farqlanadi:   «Nyuton   tortilish
qonunini   kashf   etgan»,   «Ayrim   odamlar   yovuz   niyatli   boladi»,   «Suyak     faol
toqimalardan biri».
        Hukmlar   tasdiqlovchi   va   inkor   etuvchi   boladi:   «Tanang   kuchni   osimlik
sharbatlaridan oladi», «Sayyoralar yulduzlar emas». Hukm, muhokama (mantiqda)
—   predmetga   ma lum   bir   belgi   (xossa,   munosabat)   xosligi   yoki   xos   emasli-giniʼ
ifodalovchi   tafakkur   shakli.   Hukm   nisbatan   tugal   fikr   bo lib,   unda   predmet   bilan	
ʻ
uning   aniq   belgisi   haqidagi   bilim   ifodalanadi.   Humklar   to g ri   (chin)   yoki   xato	
ʻ ʻ
(yolg on) yoxud noaniq (taxminiy) bo lishi mumkin. Hukmlar obyektiv voqelikka	
ʻ ʻ
mos   kelsa   to g ri   (chin),   mos   kelmasa   xato   (yolg on)   hisoblanadi.   Ayni   vaqtda	
ʻ ʻ ʻ
chinligini   ham,   xatoligini   ham   aniqlab   bo lmaydigan   Hukmlar   noaniq   Hukmlar	
ʻ
deyiladi. Hukmlar  asosan darak gap orqali  ifodalanadi. Hukmlar tuzilishiga ko ra	
ʻ
oddiy va murakkab bo ladi. Oddiy Hukm  deb tarkibidan yana bir Hukmni ajratib	
ʻ
bo lmaydigan mulohazaga aytiladi. Oddiy Hukm tarkibi 3 bo lak: mantiqiy ega —	
ʻ ʻ
sub yekt   (5),   mantiqiy   kesim   —   predikat   (R)   va   mantiqiy   bog lovchidan   iborat.
ʼ ʻ
Mantiqii   ega   fikr   qili-nayotgan   predmet   va   hodisani,   man-tiqiy   kesim   predmetga
xos xususiyatni  bildiradi. Tafakkur  til  bilan bog’liq bo’lganligi sababli  hukm  gap
bilan bog’liq. hukm va gap aynan bir xil emas. hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa,
gap   grammatik   kategoriya   hisoblanadi.   Barcha   gaplar   ham   hukmni   ifodalamaydi.
So’roq, undov va buyruq gaplar asosan hukmni ifodalamaydi. Ba'zi  so’roq gaplar
(so’roq   -   ritorik)   gaplar   hukmni   ifodalaydi.   Masalan,   “Onani   kim   sevmaydi?”
16 so’roq   gapi   “Onani   hamma   sevadi”   ma'nosidagi   darak   gap   o’rnida   ham   kelishi
mumkin. So’roq gaplarning asosiy maqsadi  javob olishdir. Shuning uchun so’roq
gaplar bir qator hukmlar yordami bilan ma'lum xabarni yetkazish usulidir. So’roq
gapdagi   «nima   bo’ldi:?»   so’rog’i   «nimadir   bo’lganligi»   hukmini   ifodalaydi.
Bunday   holat   bo’lmaganda   edi,   so’roq   ham   ma'nosiz   fikrga   aylanar   edi.   Shuning
uchun har   bir   so’roq  gapda  ikki  bo’lak, birinchisida  boshlang’ich  xabar   «nimadir
bo’lganligi»   va   ikkinchisida   aynan   “qaysi   hodisa   bo’lganligi”   haqidagi   savol
spetsifikasini   tashkil   etuvchi   muaammo   mavjud.   Narsa   va   xodisalarning   belgi   va
xususiyatlari   haqida   tasdiqlab   yoki   inkor   qilib   aytilgan   fikr   XUKM   deb   aytiladi.
Masalan,   baxorda   daraxtlar   barg   yozadi.Hukm   inson   tafakkurining   asosiy
shakllaridan   biri   bo lib,   u   har   qanday   bilimning   ajralmas   elementi   hisoblanadi.ʻ
Ayniqsa, bu jarayon mulohazalar, xulosalar va dalillarni qurish bilan bog'liq bo'lsa.
Mantiqda   hukm   “taklif”   so‘zi   bilan   ham   ta’riflanadi.   Hukmlar   tuzilishiga   ko‘ra
oddiy   va   murakkab   bo‘ladi.   Oddiy   hukm   deb   tarkibidan   yana   bir   hukmni   ajratib
bo‘lmaydigan   mulohazaga   aytiladi.   Tarkibidan   ikki   yoki   undan   ortiq   hukmni
ajratish   mumkin   bo‘lgan   mulohazalarga   murakkab   hukm   deyiladi.   Masalan,
«Mantiq   ilmini   o‘rganish   to‘g‘ri   fikrlash   madaniyatini   shakllantiradi»   degan
mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini
o‘rganadi»,   degan   mulohaza   murakkab   humkmdir.   Bu   mulohazaning   tarkibi   ikki
qismdan:   «Mantiq   ilmi   tafakkur   shakllarini   o‘rganadi»   va   «Mantiq   ilmi   tafakkur
qonunlarini   o‘rganadi»,   degan   ikki   oddiy   hukmdan   iborat.   Mulohaza   (hukm)
tarkibida   mantiqiy   ega   va   mantiqiy   kesimni   ajratib   ko‘rsatish   mumkin.   Mantiqiy
ega-subyekt   (S)   fikr   qilinayotgan  predmet   va  hodisani   bildiradi.  Mantiqiy   kesim-
predikat   (P)   predmetga   xos   xususiyatni,   munosabatni   bildiradi.   Predikatda
ifodalangan   bilimlar   hisobiga   subyekt   haqidagi   tasavvur   boyitiladi.   Hukmning
subyekt   va   predikati   uning   terminlari   deb   ataladi.   Hukmlar   -   bu   predmetlar
(tushunchalar)   mavjudligini   tasdiqlash   yoki   inkor   etishni,   shuningdek,   predmetlar
yoki tushunchalar, ob'ektlar va ularning belgilari o'rtasidagi munosabatni o'z ichiga
olgan aqliy shakl.
17      Xulosa   mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish
jarayonida   mavjud   mulohazalardan  yangi   mulohaza     xulosa   chiqariladi.   Mantiqiy
ergashish   tushunchasi   -   xulosa   asoslari   bilan   ulardan   keltirib   chiqarilgan   xulosa
o'rtasidagi   munosabatni   ifodalaydi.   Bu   mantiqning   fundamental,   dastlabki
tushunchalaridan   biri   bo'lsa   ham,   uning   aniq,   universal   ta'rifi   yo'q.   Mantiqiy
ergashishning   o`ziga   xos   tomon   shundaki,   u   chin   mulohazalardan   faqat   chin
xulosalarga   olib   keladi.   Agar   chindan   yolg'onga   qarab   xulosa   qilinadigan   bo'lsa,
unda   mulohazalar   o'rtasidagi   mantiqiy   ergashish   munosabati   o'z   ma'nosini
yo'qotadi.   Shuningdek,   mulohazalar   chin   bo'lsa,   lekin   o'zaro   mantiqan
bog`lanmagan   bo'Isa,   unda   ham   mantiqiy   ergashish   munosabati   ma'noga   ega
bo'lmaydi. Masalan, Arastu mantiq fanining asoschisi va Platon yunon faylasufidir
degan   ikki   chin   mulohazadan   xulosa   chiqarib   bo'lmaydi.   Chunki   bu   mulohazalar
o'rtasida mantiqiy aloqadorlik yo'q. Xulosa asoslari va xulosa ham o'zaro mantiqan
bog'langan   bolishi   shart.   Bunday   aloqadorlikning   zarurligi   xulosa   chiqarish
qoidalarida   qayd   qilingan   bo'ladi.   Bu   qoidalar   buzilsa,   to'g'ri   xulosa   kelib
chiqmaydi.   Masalan,   Talaba   A   -   a'lochi   degan   mulohazadan   Talaba   A   -   odobli"
deb xulosa chiqarib bo'lmaydi.  6
      Xulosa   chiqarish   tafakkurning   shunday   bir   amaliki,   unda   ayrim   fikrlarni
taqqoslash   yoli   bilan   yangi   mulohaza   yaratiladi.   Inson   narsalarning,   xossalari   va
munosabatlarini teran bilish orqali vaqti-vaqti bilan hozirgi zamon chegaralaridan
otib,   sirli   kelajakka   nazar   tashlashi,   hali   ma'lum   bo'lmagan   narsalarni   oldindan
korishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bolgan voqealarni bashorat qilishi
mumkin.   Xulosa   chiqarish   deb   bir   necha   xukmlardan   aloxida   xukm   keltirib
chikarishga   aytiladi.   Masalan,   Barcha   sayyoralar   xarakat   qiladi.   Er   –   sayyora.
Demak,   Er   ham   xarakat   qiladi.   Xulosa   chiqarish   uch   turda   bo`ladi:   induktiv,
deduktiv   va   analogik.   INDUKTIV   xulosa   chikarish   deb   bir   necha   yakka
xukmlardan   umumiy   xukm   keltirib   chiqarishga   aytiladi.   Masalan,   Temir   elektr
tokini   o`tkazadi.   Mis   elektr   tokini   o`tkazadi.   Qo`rg`oshin   elektr   tokini   o`tkazadi.
Bular   metallardir.   Demak,   metallar   elektr   tokini   utkazadi.   DEDUKTIV   xulosa
6
 http://forum.oyina.uz/uz/teahause/2355.
18 chikarish   deb   umumiy   xukmdan   yakka   yoki   jo`z’iy   xukm   keltirib   chikarishga
aytiladi.   Masalan,   Daraxtlar   baxorda   gullaydi.   O`rik   –   daraxt.   Demak,   o`rik
baxorda   gullaydi.   ANALOGIK   xulosa   chiqarish   deb   predmetning   o`xshash
belgilariga qarab xulosa chiqarishga aytiladi. 
      Xulosa   chiqarish   -   tafakkurning   asosiy   mantikiy   shakllaridan   biri.   Unda
mantiqning ma lum qoidalari yordamida bir yoki bir necha hukm (asos)dan yangiʼ
hukm   chiqariladi.   Xulosa   chiqarish   chin   asoslarga   tayansa   va   to g ri   mantiqiy	
ʻ ʻ
kridalardan foydalansa, u vaqtda chiqarilgan xulosa ham chin bo ladi. Bu prinsipga	
ʻ
amal qilmaslik Xulosa chiqarishda xatoga olib keladi. Masalan, "hamma mustaqil
davlatlar   BMT   ga   a zo"   va   "O zbekiston   mustaqil   davlat"   degan   chin   asoslardan	
ʼ ʻ
mantikiy qoidalarga rioya qilingan holda "O zbekiston BMT ga a zo" degan to g ri	
ʻ ʼ ʻ ʻ
xulosa   kelib   chiqadi.   Voqelikni   bilish   jarayonida   inson   yangi   bilimlarga   ega
bo'ladi.   Bu   bilimlar   abstrakt   tafakkur   yordamida,   mavjud   bilimlarga   asoslangan
holda   vujudga   keladi.   Bunday   bilimlarni   hosil   qilish   mantiq   ilmida
xulosachiqarish,   deb   ataladi.   Xulosa   chiqarish   bir   ya   undan   ortiq   chin
mulohazalardan ma'lum  qoidalar  yordamida,  yangi  bilimlarni   keltirib  chiqaruvchi
shakldir.   Xulosa   chiqarish   asoslar,   xulosa   va   asoslardan   xulosaga   o'tish
jarayonidan   tashkil   topadi.   To'g'ri   Xulosa   chiqarish   uchun,   avvalambor,   asoslar
chin mulohazalardan iborat bo'lishi, o'zaro mantiqan bog'lanishi kerak.
19 Xulosa
Xulosa   o‘rnida   shuni   aytishim   mumkinki,   tafakkur   jarayonlari   va   uning
shakllanish   bosqichlari   birmuncha   murakkab   bo‘lib,   jarayonlarni   tarkib   toptirish
kishidan ma’lum bir darajada mehnat, vaqt, sharoit va tartib-intizomni talab etadi.
Ammo biz  tafakkurni   barkamollik  darajasida   tarkib   toptirishda  shuni   unutmaslik
lozim.   Bunda   yosh   bosqichlari   ham   muhim   omil   bo‘lib   xizmat   qiladi.Ota-onalar
o‘z   farzandlariga     yetarlicha   shart-sharoit,   vaqt   ajratishlari   ularning   kelajakda
jamiyatni   o‘zining   keng   tafakkuri     va   amaliy   faoliyati   bilan   rivojlantira   oladigan
shaxslar   bo‘lishiga   yordam     beradigan   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlariga
qo‘yishlari   ham   juda   muhim     hisoblanadi.   Shaxsdagi   tafakkur   bir   kunda   to‘la-
to‘kis holda shakllanib qolmaydi.U yillar mobaynida rivojlanib insonning yetuklik
davrida   ma’lum     shaklda   namoyon   bo‘ladi.Tafakkur   jarayonlarini   tarkib   topishi
umumiy   ma’noda tashqi  muhit,irsiyat, ta’lim-tarbiyaga bog‘liq ekan, eng avvalo,
mana   shu   uchta   unsurga   e’tibor   berish   muhim   va   zarurdir.Odam   bolasi   dunyoga
kelar ekan, uning kelajakda qanday ko‘rinish,jihat  bilan ijtimoiy muhitga faoliyat
yuritishi   atrofdagilarga   ta’sir   ko‘rsatishi   uni   boshqarib   turgan   aql,ong   va
tafakkurga chambarchas bog‘langan.Shunday ekan,   tafakkurni taraqqiy ettirish   –
bu shaxsni barkamol ettirish demakdir. 
                          
20 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.   Fayzixo'   jayeva   D.,   Negmatova   Sh.   Mantiq   tarixi   va   nazariyasi   O'quv
qo'llanma. -S. 2021.- 248-b.
2. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
3.   М . Шарипов ,   Д .   Файзихужаева .   F афур   F улом   номидаги   нашриёт -
матбаа   ижодий   уйи , « УАЖБНТ »  Маркази , 2004  й .
4. Хайруллаев М.,  Хакбердиев  М. Мантик.  - Т.:  “Укитувчи”,  1993. 53-
бет
5.  https :// uz . m . wikipedia . org / wiki / Tafakkur .
6. https :// muhaz . org /1- tafakkur - haqida - umumiy - tushuncha - tafakkur -
jarayonlari . html .
7.  http :// forum . oyina . uz / uz / teahause /2355.
21

MUNDARIJA Kirish ......................................................................................................................... 2 I BOB. Tafakkur bilishning oliy shakli ..................................................................... 3 1.1. Tafakkurning òziga xos xususiyatlari ................................................................. 3 1.2. Ong va bilish shakllari ........................................................................................ 8 II BOB. Tafakkur shakllari ...................................................................................... 13 2.1. Tushuncha ......................................................................................................... 13 2.2. Hukm , Xulosa .................................................................................................. 15 Xulosa ...................................................................................................................... 20 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .......................................................................... 21 1

Kirish Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Insonda tafakkur bo`lganligi va tafakkur bilan chambarchas nutq bo`lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi, shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o`z atrofidagi olamda bo`lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi. Ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson amaliy faoliyatini vujudga kelishi uchun shartdir. Biron narsa to`g`risida tafakkur qilish jarayonida fikr paydo bo`ladi, bu fikrlar insonning ongida hukm va tushunchalar shaklini oladi. Tafakkurning bilish faoliyatidagi roli avvalo bizning idroklarimiz va fikrlarimizning voqelikka qanchalik muvofiq bo`lishini, bo`lar haqiqat yoki xato, chinmi yoki yolg`on ekanligini belgilashda o`z ifodasini topadi. Bunday tafakkur qilish eng oddiy amaliy voqelikda namoyon bo`ladi. Voqelikning sezgilardagi va idrokdagi in`ikosning o`zi chinakam bilim bo`ladi. Masalan: biz quyoshning har kuni sharqdan chiqib, g`arbga botayotganini hammamiz ko`ramiz (idrok qilamiz). Biz erni qimirlamay turganini, asrlar davomida qilgan fikriy faoliyati natijasidagina uzoq davom qilgan kuzatishlar o`tkazish va matematika yo`li bilan tadqiqotlar qilish natijasidagina haqiqatda quyosh er atrofida aylanmasdan, balki er o`z o`qi atrofi va quyosh atrofida aylanayotganligini aniqladik. Demak, quyoshning harakati to`g`risidagi bizning bevosita idrokimiz voqelikka to`g`ri kelmas ekan. Voqelikni to`g`ri aks etishi tafakkur bilan aniqlanadi. Yuqoriroq bosqichlarda bunday fikrlash tafakkur jarayonlarida hosil bo`lgan hukmlar va tushunchalarning chinligini yoki chin emasligini aniqlashda ifodalanadi. 1 1 Fayzixo' jayeva D., Negmatova Sh. Mantiq tarixi va nazariyasi O'quv qo'llanma. -S. 2021.- 248-b. 2

I BOB. Tafakkur bilishning oliy shakli 1.1. Tafakkurning òziga xos xususiyatlari Tafakkur (arabcha fikrlash, aqliy bilish) – inson ma naviyatining tarkibiyʼ qismi, bilishning olamdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya ni qonuniy bog lanishlarni ʻ ʼ ʻ aks ettiradigan aqliy bosqichi. Tafakkur iborasi arabcha “fikr” so zidan kelib ʻ chiqqan bo lib, o ylash, muhokama, mushohada va fikr yuritish ma nolarini ʻ ʻ ʼ bildiradi. Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to la va aniq aks ʻ ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular o rtasidagi bog lanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yo l bilan aks ʻ ʻ ʻ ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va to laroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin ʻ bo lmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ʻ ularning bog lanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. ʻ Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o zaro munosabatidan iborat. ʻ Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, g oya, faraz kabilar vujudga keladi va ʻ ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang ong). Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bog liq ravishda namoyon ʻ bo ladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon bo ladi. Nutq aloqasi jarayonida ʻ ʻ insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson o zining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati ʻ bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida o zida aks ʻ ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita 3

(bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar o rtasidagi eng muhim bog lanishlar,ʻ ʻ munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko rish imkoniyatiga ega. Tafakkur - ʻ bu narsalar mohiyatini ochb beruvchi g'oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma'lum bir fkrdir. Tafakkur - bu kiritlgan yo'nalishli-tanqidiy, qayta o'zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo'lgan harakatlar va faoliyat. Tafakkur moddiy olam qonumiyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sabab-oqibat aloqalari, insonlar psixiyasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo'llash sohasi bo'lgan analiyot tafkkur faoliyatining manbai bo'lib xizmat qiladi. Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o'taydigan yuqoriroq darajadagi fiziologik jarayonlarni tashkil etadi. Tafakkur ongning voqelikni eng aniq, chuqur, toliq, umumiylashtirib va bevosita aks ettirishga (bilishga) qaratilgan faoliyatdir, asosan narsalarni bevosita sezishimiz va idrok qilishimiz mumkin bolmagan boglanishlar va munosabatlarning aks etishidir. Fikrlar, hukmlar va tushunchalar dastlab idrok va tasavvur asosida vujudga keladi. Bu fikrlar xotirada mustahkamlanadi va songra tafakkurning yuksakroq va murakkabroq jarayonlari uchun material (asos) bolib qoladi. Har bir kishi tevarak - atrofdagi olamni bevosita bilish bilan mashgul bolganida fikr yuritmay, balki shu bilan birga u harakat qilayotganida ham boshqa kishilar nutq orqali aloqa qilayotganida, o'z fikrini boshqa kishilarga bildirayotganida hamda boshqa kishilardan tayyor fikr va bilimlarni olayotganida ham fikr qiladi. Odamning tafakkuri til bilan bevosita bog`langandir. Fikr va muhokamalar, bilish va tajriba til yordami bilan shakllanadi. Insoniyat jamiyatida odamlar bir - birlari bilan til vositasi orqali fikr almashadilar. Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan 4

xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Tafakkur rivojlanishida diqqatning ahamiyati ham juda katta. Diqqat bir joyga to‘planmasa, fikrlash ham izchil va unumli bo‘lmaydi. Tafakkur irodaga ham aloqador. Chunki mushkul masalalarni hal etish uchun odamga katta iroda kuchi talab qilinadi. Tafakkur sezgi bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, bilish jarayonlari dunyoni sezish va idrok etishdan boshlanadi. Tafakkur odamning boshqa ruhiy funktsiyalari singari, tarbiya, o‘qish va mehnat faoliyati ta’siri ostida hamda boshqa odamlar bilan doimo muloqotda bo‘lish jarayonida taraqqiy etib boradi. Shunday qilib, tafakkur nafaqat biologik, balki ijtimoiy voqelik hamdir. 2 Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli- tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat. Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr yuritamiz. Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon.Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo lish shaklidir.ʻ Psixologlarning ta biricha, fikrlash, ya ni tafakkur miyada sodir bo ladigan jarayon ʼ ʼ ʻ bo lib, sezgi organlari ojizlik qilgan o rinlarda odam va olamning xususiyati ʻ ʻ 2 G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 5