logo

Turk xoqonligi davrida Sug‘d ichki siyosiy vaziyat va hokimliklar o‘rtasidagi munosabatlar

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6025.5 KB
Turk xoqonligi davrida Sug‘d: ichki siyosiy vaziyat va
hokimliklar o‘rtasidagi munosabatlar
MUNDARIJA :
KIRISH…………………………………………………………………………….. .....3
I- BOB.     TURK   ХOQONLIGI   DAVRIDA   SUG’D   ТARIXINING
МANBASHUNOSLIGI VA ТАRIXSHUNOSLIGI
1.1. Sug’dning   Turk   xoqonligi   davriga   doir   manbalarga   ilmiy   tavsif
……………………………………………………………………………………...8
1.2. VI-VIII   asrlar   Sug’d   hokimliklari   tarixiga   doir   ilmiy   аdabiyotlar
tahlili……………………………………………………………………………....17
II-   BOB.   ТURK   XOQONLIGI   VA   SUG’D   MARKAZIY
HOKIMIYATINING   HUDUDIY   XOKIMLIKLAR   BILAN
MUNOSABATLARI
2.1.   Sug’d   markaziy   hokimiyatining   hududiy   hokimliklar   bilan
aloqalari…………………………………………………………………………...28
2.2. Sug’d markaziy hokimiyati va Turk xoqonligi: tashqi siyosiy hayot va ijtimoiy
munosabatlar………………………………………………………………..……..42
III-BOB.   SUG’D   USTIDAN   TURK   XOQONLIGI   HUKMRONLIGI   VA
MAMLAKATNING ICHKI SIYOSIY VAZIYATI.
3.1. Turk-sug’d munosabatlarining tarixiy mohiyati …………………...................51
3.2.  Sug’d  boshqaruv tizimida  turkiy unvonlarning o’rni …………………….. 64
Xulosa………………………………………………………………………….....74
Ilovalar………………………………………………………………………....... 7 6
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati……………………………….... 7 9
1 KIRISH
Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari
  faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni 
o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. 1
Mirziyoyev Sh.M.
  Dissertatsiya     mavzusining     dolzarbligi.     Mustaqillik   yillari   ijtimoiy
hayotimizning   barcha   sohalarida     o’zgarishlar,   yangilanishlar   va   yangiliklar   yuz
berdi.   Ayniqsa,   tariximizni,   o’zbek   davlatchiligi   tarixini   o’rganish   borasida   tub
burilish davri boshlandi. 
O’zbekiston   Respublikasining   birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   o’zbek
davlatchiligi   tarixini   o’rganishni   eng   dolzarb   masala   sifatida   e’tirof   etib,   bu
masalani   davlat   siyosati   darajasiga   ko’tardi:   “O’zbek   davlatchiligi   qaysi   asrda
paydo   bo’ldi?   Qanday   tarixiy   bosqichlarni   bosib   o’tdi?   Mutaxassislar,   balki,
tushuntirib berarlar, balki aniq javoblari bordir? Targ’ibot, tashviqot  ishlarini olib
borayotgan   olimlar,   balki,   allaqachon   bir   fikrga   kelishgandir?   Lekin   hozircha   na
matbuotdan,   na   darsliklardan   men   mana   shu   savollarga   javob   topolmadim” 2
.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan qo’yilgan bu masala biz tarixchilar oldiga katta
vazifa   va   mas’uliyat   yuklaydi.   Bu   dolzarb   masala   bugungi   kunda   ham   o’z
ahamiyatini   yo’qotmadi.   Zero,   “Vatanimizning   qadimiy   va   boy   tarixini   o’rganish
bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini
har tomonlama qo’llab-quvvatlashimiz lozim” 3
.
Mustaqilligimizgacha tarixchilar o’zbek davlatchiligi tarixini, ayniqsa uning
paydo bo’lish va shakllanish davrlarini o’rganishga yetarlicha e’tibor berishmagan.
“O’zbek   davlatchiligi   tarixi”   mavzusining   ijodkori   Birinchi   Prezident
1
  Mirziyoyev Sh. M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash- yurt taraqqiyoti va xalq farovonligininggarovi” T.: 
O‘zbekiston,    2017. 24-b.
2
  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. Muloqot.  1998, 5 son. 16 bet.
3
  Mirziyoyev   Sh.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   2018   yil   28   dekabrdagi   Oliy   Majlisga
Murojaatnomasidan. “Xalq so’zi” gazetasi. №272. 29.12.2018
2 I.A.Karimovdir.   Mustaqillikkacha   bu   ibora   tarixchilar   tomonidan   qo’llanilgan
emas.   Bu   bilan   tarixchilar   O’zbekiston   hududida   davlatchilikning   shakllanishi
mavzusi   bilan   shug’ullanmagan,-   deyishdan   yiroqmiz.   “O’rta   Osiyoda   ilk   sinfiy
munosabatlarning   shakllanishi”,   “Ahamoniylar   imperiyasiga   qadar   O’rta   Osiyoda
kechgan   davlatchilik   munosabatlari”   kabi   mavzular   tarixchilar   tomonidan   qizg’in
muhokama etilgan bo’lsa-da, davlatchilik mahalliy xalqlarning milliy davlatchiligi
tarixi sifatida talqin qilinmadi. 
O’zbekiston   hududidagi   eng   qadimgi   davlatlar   haqidagi   asosiy   manbalar
–“Avesta”   kitobi,   ahamoniylarning   mixxat   yozuvlari,   yunon-rim   tarixchilarining
ma’lumotlari   hisoblanadi.   So’nggi   yillarda   Baqtriya,   Xorazm   va   So’g’d
hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu ma’lumotlarni tasdiqlash bilan
birga   yangi   ma’lumotlar   bilan   boyitmoqda.   Sopolli,   Kuchuktepa,   Qadimgi
Baqtriya,   Qadimgi   So’g’d   madaniyatlarining   ochilishi   O’zbekiston   hududida
davlatchilikning   shakllanishi   va   rivojlanishi   bo’yicha   yangi   ma’lumotlar
bermoqda. Jahon tarixshunosligida ilk davlatlarning shakllanishi  borasida ko’plab
nazariyalar mavjud:
-   davlatlar   mulkiy   tabaqalanish   mahsuli   bo’lib,   uning   kurtaklari   qadimgi
jamoalar davrida paydo bo’lgan (Qadimgi Sharq);
-   rivojlangan   jamoalarda   sinfiy   differensiya   va   davlatchilik   bo’lgan   yoki
harbiylashgan   jamoalar   bosqinidan   o’zlarini   himoya   qilish   yo’lida   himoya
vositalari   va   davlat   boshqaruv   tizimini   rivojlantirib   borgan,   aks   holda   varvarlar
hujumining qurboniga aylangan. 
XX   asr   oxiri   o’zbek   xalqi   tarixida   olamshumul   ahamiyatga   molik   davr
bo’ldi.   O’zbekiston   mustaqil   taraqqiyot   yo’liga   kirdi,   asriy   orzusi   ushalgan   xalq
o’z taqdirini o’z qo’li bilan yaratadigan bo’ldi. Kelajagi buyuk davlatni qurish va
mustahkamlash  uchun  jamiyatni   harakatga  keltiruvchi  komil   insonlarni  etishtirish
talab etiladi.  Buning uchun jamiyatning har bir a`zosi dastavval, o’zligini anglashi
kerak.   Birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov   “Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo’q”
risolasida,   -   “o’zlikni   anglash   tarixni   bilishdan   boshlanadi.   Tarixni   yaxshi
bilmasdan   turib   yuksak   mavqega   erishish   mumkinmi?   Albatta,   mumkin   emas.
3 Ma`naviyatini   tiklashi,   tug’ilib   o’sgan   yurtida   o’zini   boshqalardan   kam   sezmay,
boshini   baland   ko’tarib   yurishi   uchun   insonga,   albatta,   tarixiy   xotira   kerak...
Tarixiy   xotirasi   bor   inson   –   irodali   inson.   Takror   aytaman,   u   irodali   insondir...
Jamiyatning  har  bir  a`zosi   o’z  o’tmishini  yaxshi  bilsa,  bunday  odamlarni  yo’ldan
urish,   har   xil   aqidalar   ta`siriga   olish   mumkin   emas.   Tarix   saboqlari   insonni
hushyorlikka o’rgatadi. Irodasini mustahkamlaydi” 4
- deb ta`kidlaganlar.
O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi  Prezidenti  Islom   Karimovning  1998-   yil
26-   iyundagi   bir   guruh   olimlar   va   tarixchilar   bilan   uchrashuvi,   O’zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1998-   yil   27-   iyuldagi   "O’zbekiston
Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   qoshidagi   tarix   instituti   faoliyatini
takomillashtirish   to’g’risida"   gi   qarorining   e’lon   qilinishi   vatanimiz   tarixchilari
oldiga o’zbek davlatchiligi tarixini haqqoniy va ilmiy asosda yoritishga vazifalarni
qo’ydi.   Shu   munosabat   bilan   “O’zbek   davlatchiligi   tarixi   konsepsiyasi”   loyihasi
ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyada  Mustaqillik davri  tarixni  o’rganishga alohida
e’tibor qaratildi. 5
Tadqiqotning  ob’ekti.   Magistrlik  dissertatsiya  ishining  tadqiqod  ob’ekti
sifatida,  So’g’d va Turk  munosabatlari tanlangan.
Tadqiqot     predmeti .   O’zbekiston   davlatchiligi   taraqqiyotida   So’g’dning
tarixiy o’ rni tadqiqotimizning   ob y ektini tashkil qilsa, uni ilmiy asosli ya’ni tarixiy
manba   va   mavjud   adabiyotlar   asosida   o`rganish,   o ’ z   o ’ rnida   qiyosiy   tahlil   qil ish
ushbu  ishi miz ning predmeti hisoblanadi.
Dissertatsiyadan     ko`zlangan     maqsad .     O’zbekiston   davlatchiligi
taraqqiyotida So’g’d n ing tutgan o’rnini ko’rsatish .  
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi .   Dissertatsiya   ilk   o’rta   asrlarda   turk-sug’d
munosabatlari mahalliy va xorijiy olimlarning asarlari asosida atroflicha o’rganildi.
Unga ko’ra, Turk xoqonligida Sug’dning ijtimoiy-siyosiy o’rni katta ahamiyat kasb
etgan.  
-   So’g’dning   tarixiy   manbalardagi   tavsifi   bo’ y icha   manba   va   adabiyotlar
4
 Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. 1998 53-bet
5
  O'zbek davlatchiligi tarixi tushunchasi. // O'zbekiston tarixi // 1999 yil 1-son 32-bet
4 tahlil qilindi;
-  So’g’d hududining tarixiy geografik joylashuvini  o’rganildi;
- So’g’d konfederatsiyasi haqida ma’lumot berildi;
-  So’g’dda shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va takomillashishi keng
yoritildi ;
- Tarix darslarida   O’zbekiston davlatchiligi taraqqiyotida So’g’dning tutgan
o’rni mavzusini o’quvchilarga o’rgatishning interfaol usullari ko’rsatib berildi.
Mavzu bo'yicha adabiyotlar tahlili.   . A.Ishoqovning ma’lumotlariga ko’ra
eneolit   davrida   Sarazm   aholisi   urug’   jamoa   bo’lib,   bronza   davrida   esa   qishloq
jamoa shaklida hayot kechirishgan. A.S.Sagdullaevning Shahrisabz va Yakkabog’
hududlaridagi ilk temir davri yodgorliklarida (Daratepa, Uzunqir, Sangir tepa) olib
borgan tadqiqotlarida Janubiy So’g’diyonada shahar madaniyatining paydo bo’lishi
va   ilk   davlatchilik   formalarining   shakllanish   jarayonlari   kuzatildi.   Bu   borada
R.X.Sulaymonovning   Qarshi   vohasida   (Yorqo’rg’on),   M.X.Isomiddinovning
Chelak   tumanida   (Ko’ktepa)   olib   borayotgan   arxeologik   izlanishlari   diqqatga
sazavor.
Tadqiqotda   qo'llanilgan   uslublarning   qisqacha   tavsifi.   Mazkur   mavzuni
o‘rganishda avvalo, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
milliy   davlatchilik   tarixi,   mamlakat   taraqqiyotining   asosiy   yo‘nalishlari,   milliy
ma’naviyatni   yuksaltirishga   qaratilgan   tashqi   siyosat   masalalari   keng   va   har
tomonlama yoritib berilgan asarlariga va xalqaro tashkilotlar doirasida O‘zbekiston
yondoshuvi yuzasidan so‘zlagan nutqlariga tayanildi.
Prezidentning   tarixni   o‘rganishda   aniq   va   real   voqealarga   tayanish   kerak,
degan   fikrlari   asosida   mavzu   ilmiy-metodologik   me'yorlar   doirasida   yoritishga
harakat   qilindi.   Bu   borada   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoyevning asarlaridagi nazariy yondashuvlar ishning metodologik asosi qilib
olindi. Xususan " Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har
bir  rahbar  faoliyatining kundalik qoidasi  bo‘lishi  kerak 17 ”, " Buyuk kelajagimizni
mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz 18 ” kabi asarlaridan, bundan tashqari
5 O'zbekistonda mustaqillik yillari chop etilgan ilmiy asarlar hamda davriy matbuot
nashrlaridan ham keng foydalanildi. .
Tadqiqotning     ilmiy     va     amaliy     ahamiyati .     Tadqiq   etilgan   mavzu
natijalari va xulosalaridan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb- hunar
kollejlarining   o’quvchilari,   Oliy   o’quv   yurti   talabalariga   “O’zbek   davlatchiligi”
turkumidagi mavzularni o’qitishda foydalanish mumkin.   Ishda bayon etilgan ilmiy
xulosalar  va ularning natijalaridan   O’zbekiston  davlatchiligida So’g’dning o’rnini
bo’yicha ma’ruzalar o’qishda ham foydalanish mumkin.
Dissertatsiya   ishining   tarkibi   va   hajmi.     Dissertatsiya   ishi   kirish,   uchta
bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
6 I-BOB .  T urk  xoqonligi davrida Sug’d tarixining manbashunosligi va 
tarixshunosligi.
1. 1  Sug’dning Turk xoqonligi davriga doir manbalarga ilmiy tavsif.
Ilk o'rta asrlar  Samarqand markazi Sug'd konfederatsiyasi  - “Sug'd ittifoqi”
mazmunidagi   ushbu   nisbiy   atama   ostida   birinchi   o' rta   asrlarda   Zarafshon   daryosi
havzasidagi   Samarqand,   Panch,   Maymurg’,   Ishtixon,   Kabudon,   Kushoniya
hukmdorliklarini   hamda   Qashqadaryo   daryosi   havzasidagi   Kesh   va   Naxshab
hukmdorliklarini   o’z   ichiga   olgan   muayyan   siyosiy   tashkilotlar   tushunilib,   uning
tarkibidagi   ushbu   hukmdorliklar   o’z   ichki   boshqaruvida   mustaqil   bo’lishgan.
Ularning   har   biri   o'z   boshqaruv   markazi   -   poytaxti,   hukmdor   sulolasi,   hokimlik
ramzlari   (tanga,   tamg’a   va   h.k.),   qo’shini   kabi   hokimiyat   ramzlariga   ega
bo’lishgan.   O'z   navbatida   bitta   siyosiy   ittifoq   -   konfederatsiyaga   birikishlari
asosida   ushbu   hukmdorliklarning   o'zaro   yetakchi   hukmdorlik   (yoki   sulola)   ga
bo’ysunishlari, hukmdor sulolalar kelib chiqishi jihatidan yagona xonadonga borib
taqalishlari   yoki   ayrim   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy-mafkuraviy   majburiyatlarni
bajarishlari   kabi   omillar   yotgan.   Jumladan,   Samarqandda   Chjaovu   (Jamuk)
xonadoni   hukm   surib,   qolgan   hukmdorliklardan   aksariyatini   ushbu   xonadonga
mansub sulolalar boshqarishgan va ular orasida Samarqanddagi sulola yetakchilik
qilgan.   Tashqi   dushmanlarga   birgalikda   kurashish   majburiyatida   bo’lgan
hukmdorliklar   vakillari   yilning   muayyan   vaqtlarida   bitta   joyga   yig’ilgan   holda
diniy amallarni, xususan, zardushtiylar udumlarini hamkorlikda bajarishgan.
Bugungi   kunga   qadar   Sug'd   tarixi   yuzasidan   bir   qator   tadqiqotlar   amalga
oshirilgan   bo’lib,   ushbu   tadqiqotlarning   mazmun-mohiyatidan   kelib     chiqib
quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:
Birinchi   guruh   -   tarixiy-lingvistik   tadqiqotlar.   Sug'd   tarixini   o'rganish   XIX
asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlanganiga 6
  qaramasdan,   bu   masalada   hali   ham
mavhum jihatlar ko’p. Bu davr manbalarini tarixiy- lingvistik jihatdan tahlil qilish
muammoni   o'rganishda   birinchi   darajadagi   ahamiyatga   ega.   Sug'diy   yozma
6
  Tomashek,   W.   Central   Asiatische   Studies   I.   Sogdiana   //   SPAW.   –   Wien,   1877.   –   vol.   LXXXVIII.   –   187   p
7 yodgorliklarni dastlabki tarjima va lingvistik tahlil qilgan ingliz olimi Gershevich
tadqiqotlari   bu   boradagi   dastlabki   izlanishlardan   bo’ldi.   Ta'kidlab   o'tish   zarurki,
tadqiqotchilar   orasida   I.Gershevich   Mug’   tog’i   sug’diy   hujjatlarining   o’qilishi   va
talqini   borasida   ilmiy   izlanishlarni   amalga   oshirgan,   ushbu   hujjatlardan
ayrimlarining ingliz tiliga tarjima qilinishi sug’dshunoslikning dunyo miqyosidagi
rivojiga   zamin   yaratdi.   V.A.Livshis   tomonidan   Mug’   tog’i   sug’diy   hujjatlarini
o'qishda ham I.Gershevichning 1961- yil 29- sentyabrda yo’llagan maktubi muhim
ilmiy asos bo’lgan 7
.
Sug'd konfederatsiyalari tarixining VII asr oxirgi choragi va VIII asr boshlari
bilan   aloqador   tarixiy   jarayonlar   Mug’   tog’idan   topilgan   75   ta   sug’diy
hujjatlarining   grammatik   jihatdan   o'rganilishi   bilan   bog’liq   bo’lib,   ushbu
tadqiqotlarning   amalga   oshirilishi   sug’dshunoslikda   yangi   davrni   boshlab   berdi.
Sug'diy   hujjatlarni   lingvistik   jihatdan   o'rgangan   V.A.Livshis   Sug'd   boshqaruvida
turkiylarning   ishtiroki,   xoqonlik   va   Panch   orasidagi   munosabatlar   tegishli
masalasiga   to'xtalgan.   Olimning   tadqiqotlari   natijasida   Sug'd   konfederatsiyasi
Panch   hukmdorligining   mustaqil   ma'muriy   birlik   sifatida   xoqonlik   bilan
hamkorlikda Arab xalifaligi kuchlariga qarshi harakatlari ma'lum bo’ladi.
Sug’dshunos M.Ishoqov izlanishlarida ham sug’diy manbalarning lingvistik
tahliliga   e’tibor   qaratilgan.   Jumladan,   olimning   “ Глагольная   система   в
согдийском   языке ”   mavzusida   nomzodlik   dissertatsiyalari   va
“ Палеографическое   исследование   согдийских   письменных   памятников
Цен тральной   Азии   до   исламского   периода ” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi
islomga   qadar   bo’lgan   sug’diy   yozma   yodgorliklar   lingvistikasi   va   va
paleografiyasi  tadqiq etilgan. Ushbu  ilmiy izlanishlar sug’diy yozma yodgorliklar
lingvistik   va   paleografik   jihatdan   tadqiq   etilishida   o'zidan   keyingi   tadqiqotlar
uchun muhim manba bo'lib xizmat qildi.
Sug'd tarixi yuzasidan manbalarni lingvistik tahlil qilgan ingliz eronshunosi
Sims-Villyams   tadqiqotlarini   ham   bu   borada   muhim   izlanishlar   sirasiga   qo'shish
7
  СДГМ   II.   –   C.   8.
8 mumkin 8
.   Yozma   yodgorliklarni   tadqiq   etgan   B.G'arib   Sug’diy   lug’atni   yaratdi.
Yozma   yodgorliklarni   tahlil   qilgan   fransuz   olimi   F.   Grene   tadqiqotlarida   Mug’
tog’i   hujjatlari   bilan   birga   “Ko’hna   xatlar”   va   Kulto’badan   topilgan   sug’diy
hujjatlar   lingvistik   jihatdan   o’rganilgan.   Ushbu   manbalarda   umumsug'd   tarixiga
doir   ma'lumotlardan   ko’ra,   ko’proq   manbalarning   lingvistik   tahliliga   e’tibor
berilgan.   Shuningdek,   sug’diy   yozma   yodgorliklarning   etimologiyasi   (so’zlarning
kelib chiqishi) muammolarini I.S. Yakubovich izlanishlarida ko'rish mumkin.
Ushbu   tadqiqotda   ham   Sug'dda   konfederatisiyalashuv   jarayoniga   daxldor
umumiy   ma’lumotlar   keltirilgan.   Tadqiqot   sug’diy   yozuvning   evolutsiyasi
to’g’risida   muhim   ilmiy   izlanish   hisoblanib,   muallif   tadqiqot   asnosida   sug’diy
nikoh (3-nov, 4-nov) va Abdurahmon ibn Subhning Devashtichga maktublarini (1.
I)   etimologik   tahlil   qilgan   hamda   Sug’dning   siyosiy   tarixiga   bir   qator   mustaqil
fikrlarni   ilgari   surgan.   Sug’diy   yozuvning   lingvistik   tahlili   va   manbalardagi
sug’diy   iboralarning   tahlili,   sug’diy   til   genesisi   borasida   Payn   Shmidt 9
,   Xavier
Trombley,   Prod   okto   Shervu   Anshuman   Pandey,   Raham   Asha   kabi
tadqiqotchilarning ishlarini alohida e'tirof etish lozim.
Ikkinchi   guruh   -   toponimik   va   tarixiy   geografik   tadqiqotlar.   Sug'd
konfederatsiyasi   tarixini   yoritishdagi   muhim   masalalardan   biri   ushbu   ma’muriy
tuzilma tarkibidagi tarixiy toponimlarni tadqiq etish, ularning geografiyasi  hamda
topografiyasini   aniqlash   va   bu   orqali   o'sha   davr   haqida   aniq   tasavvurlarga   ega
bo’lishdir.   Bu   borada   bir   qancha   tadqiqotlar   amalga   oshirilgan.   Jumladan,
A.L.Xromov,   H.Hasanov,   S.Qorayev,   T.Nafasovlar   O’zbekistonning   umumiy
toponimlarini   tadqiq   qilish   asnosida   sug’diy   toponimlarga   izoh   berishga   harakat
qilishgan 10
. Ularni tadqiqotlarini toponimlar izohli lug’ati desak bo’ladi.
8
  Sims-Williams   N.,   Grenet   F.   The   Sogdian   inscriptions   of   Kultobe   //   Shygys.   –   2006.   –   №   1.   –   Р .   95-111;   Sims-
Williams   N.   The   Sogdian   Merchants   in   China   and   India.   Cina   e   Iran.   Da   Alessandro   Mango   alla   Dinastia   Tang,   a
cura   di  Alfredo Cadonna  e Lionello   Lanciotti.   –   Firenze:   1996.   –   Р .   25-32.
9
  A   Compendious   syriac   dictionary   /  Edited   by   Payne   Smith.   Oxford,  1903.   –   626   p.
10
  Қораев   С.   Ўзбекистон   вилоятлари   топонимлари.   –   Тошкент:   ЎМЭ,   2005.   –   Б.   114;   Ҳасанов   Ҳ.   Географик   номлар
сири.   –   Тошкен:   1985.   –   Б.   17;   Нафасов   Т.   Ўзбекистон   топонимларинииг   изоҳли   луғати.   –   Тошкент:   Фан,   1988.   –   291
б.;   Хромов   А.Л.   Очерки   по   топонимии   и   микротопонимии   Таджикистана.   –   Душанбе:   Ирфон,   1975.   –   Вып.   I.   –   85   с.
9 Bu borada O.I.Simirnovaning tadqiqotlari o’ziga xosligi bilan ajralib  turadi.
Olima   Mug’   tog’i   sug’diy   hujjatlaridagi   asosan   Sug’dning   Panch   hukmdorligi
tasarrufidagi   toponimlarning   topografiyasini   aniqlagan   hamda   yuqori   Zarafshon
vohasining   tarixiy-geografik   xaritasini   tuzgan.   Arabshunos   Sh.Kamoliddin
Sug’dagi   turkiy   toponimlarni   tadqiq   etish   bilan   birga   Markaziy   (Samarqand)   va
Janubiy   Sug'd   (Kesh   va   Naxshab)   hukmdorliklarining   tarixiy-geografiyasi   hamda
ma'muriy   tuzulishiga   doir   tadqiqotlar   olib   borgan.   Olimning   tadqiqotlari   natijasi
o'laroq   Kesh   va   Naxshabning   qaram   mulklari   nomi   aniqlangan.   P.B.   Lurie   esa
Sug’ddagi   aholi   maskanlari   nomini   lingvistik   tahlil   qilgan.   Uning   tadqiqotida
asosiy   e’tibor   toponimlarning   kelib   chiqishiga   qaratilgan   bo’lib,   ishda   Markaziy
Sug'd   va   Buxoroning   siyosiy   jihatdan   alohidaligi   aks   ettirilmaydi.   Ushbu
tadqiqotlar   Sug'ddagi   joy   nomlarining   tahlili   va   kelib   chiqishi   xususiyatlariga
qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Uchinchi   guruh   -   arxeologik   tadqiqotlar.   Arxeologik   Jihatdan   Sug'd   tarixi
Turkiston o’lkasining Podsho Rossiyasi tomonidan bosib olingan davridan boshlab
o'rganila   boshlangan.   Afrosiyobdagi   dastlabki   tadqiqotlar   N.I.Veselovskiy
tomonidan   boshlangan.   Arxeologik   qazishmalar   V.L.Vyatkin 11
,   V.V.Bartold 12
,
A.Yu.Yakubovskiy,   M.E.Masson,   A.I.Terenojkin,   V.A.Shishkin,   Ya.G‘ulomov,
L.I.Albaum,   X.Oxunboboev,   G.V.Shishkina,   D.   Qodirov   va   boshqa   bir   qator
tadqiqotchilar   tomonidan   davom   ettirilib,   izlanishlar   natijasida   ilk   o'rta   asrlarda
Sug'd tarixi hamda Samarqand tarixiga oid qimmatli asarlar vujudga keldi.
XX   asrning   40-yillaridan   boshlab   Sug'd   tarixi   bilan   bog'liq   bo’lgan   Tali-
Barzu,   Oqtepa,   Qo'ldortepa,   Kofirqal'a,   Jartepa   kabi   ob’ektlarda   arxeologik
tadqiqotlar   olib   borildi.   1946-   yildan   esa   A.Yu.Yakubovskiy 13
,   1954-   yildan   esa
A.M.Beleniskiy   rahbarligida   davom   etgan   Sug'd-tojik   ekspeditsiyasi   natijalari   bir
qator   olimlarning   tadqiqotlarida   o'z   aksini   topdi.   Ularda   ilk   o'rta   asrlar   Sug'd
madaniyati va san’atiga dahldor masalalar to’g’risida ma'lumotlar keltiriladi.
11
  Вяткин   В.Л.   Афрасиаб   -   городище   былого Самарканда.   –   Ташкент:   Уздавнашр,   1959.   –   266   с.
12
  Бартольд   В.В.   Туркестан   в   эпоху   монгольского  нашествия   /   Соч.   –   М.:   ИВЛ,   1963.   –  Том   I.   –   С.  169 -443.
13
  Якубовский   А.Ю.   Из   истории   археологического   изучения   Самарканда   //   Труды   отд.   Вост.   Гос.   Эрмитажа.
10 1998-yildan   boshlab   Afrosiyobda   o zbek-fransuz   arxeologik   ekspeditsiyasiʻ
(Mission   archeologique   Franco-O’zbek)   dastlab   P.Bernard,   keyinchalik   F.Grene
boschchiligida   O‘zbek   olimlaridan   M.Isamiddinov,   T.Shirinovlar   bilan
hamkorlikda   arxeologik   tadqiqotlar   olib   bordi.   Ushbu   Ekspiditsiyaning   katta
yutuqlaridan   biri,   bu   Afrosiyobdan   30   km   shimolda   joylashgan   Ko'ktepa
yodgorligining   tadqiq   etilishi   bo'lib,   buning   natijasida   Sug’dning   qadim
davlatchiligi   to’g’risida   fikrlar   yanada   oydinlashdi.   Janubiy   Sug'd   (Qashqadaryo)
vohasini   arxeologik   jihatdan   tadqiq   etish   1946   –   1948   -yillardan   boshlanib
S.K.Kabanov,   A.I.Terenojkin,   L.I.Albaumlarning   ishlari   P.H.Sulaymonov
tomonidan   davom   ettirildi.   Ushbu   hududdagi   arxeologik   tadqiqot   Eski   Angor   va
Chimqo'rgon kanali qurilishi bilan bog’lik holda jadal olib borilgan. 
1965   –   1966-   yillarda   bu   yerda   M.E.Masson   va   S.K.Kabanov
boshchiligidagi Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiyasi qadimgi Naxshab shahri
xarobalarini   tadqiq   qildilar.   Ayniqsa,   R.H.Sulaymonov   boshchiligidagi
Qashqadaryo   arxeologik   ekspeditsiyasining   Yerqo'rgonda   olib   borgan   tadqiqot
ishlari natijasida Sug'dning qadimgi davlatchiligi bilan bog’liq muhim ma’lumotlar
qo’lga kiritildi.
To’rtinchi   guruh   -   numizmatik   tadqiqotlar.   Sug’dshunoslikning
asoschilaridan   biri   fransiyalik   olim   Allot   de   la   Fyue   tadqiqotlari   o’zining   keng
qamrovliligi va xitoy yilnomalari bilan bir qatorda arab va fors manbalaridan ham
foydalanilganligi   bilan   ajralib   turadi 14
.   Shuningdek,   ushbu   tadqiqotga   sug'diy
yozuvli   tangalar   birinchilardan   bo'lib   jalb   qilingan.   Shu   jihatdan,   uning
tadqiqotlarini Yevropada bu sohadagi ilk ishlardan biri deb hisoblash mumkin.
Amerikalik   sug’dshunos   R.Fray   sug’diy   unvonlarning   genezisi,   Sug’d
hukmdorliklarining   tanga   zarbi   bo’yicha   nashrlar   elon   qilgan.   Lekin   Sug'd
numizmatikasi   bo'yicha   O.I.Smirnova   tadqiqotlari   boshqalardan   anchayin   farqli.
Olima   o'z   tadqiqotlarida 15
  ilk   o'rta   asrlarda   Sug'dning   arablar   tomonidan   bosib
14
  Ғойибов   Б.   Суғд   конфедерациясида   Панчнинг   ўрни.   ...   –   Б.   42.
15
  C мирнова   О.И.   К   истории   Самаркандского   договора   712   г.   (Договор   арабского   полководца   Кутайбы   с   царем
11 olinishi   jarayonlarini   tadqiq   etish   asnosida   o'rganilayotgan   mavzuning   ba’zi
qirralariga e’tibor qaratgan. Shuningdek ushbu tadqiqotga sug'diy yozuvli tangalar
birinchilardan   bo'lib   jalb   qilingan.   Shu   jihatdan   olganda,   uning   tadqiqotlarini
Yevropada bu sohadagi birinchi ishlardan biri deb hisoblash mumkin.
O.I.Smirnova   birinchilardan   bo’lib   sug’diy   tangalarning   katalogini   tuzgan
hamda Sug’d konfederatiyasining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan bog’liq
o'z   mulohazalarini   ham   aytib   o’tgan.   Ta’kidlash   lozim   bo’lgan   yana   bir   masala
shuki,   olima   tomonidan   “Sug’d   tarixidan   lavhalar   (So‘g‘d   tarixining   ocherklari.
Moskva:   Nauka,   1970)”   yaratilgan   bo’lib,   tadqiqotda   ilk   o'rta   asrlar   Sug'd
tarixining ijtimoiy-iqtisodiy va  siyosiy hayotiga  oid bir  qator  masalalar  o'z  aksini
topgan.   Lekin   keyingi   50   yil   davomida   to’planib   qolgan   xulosalar   hamda   ilmiy
yutuqlar mazkur tadqiqotni qayta to’ldirishni taqozo etadi.
Sug'd   konfederasiyasi   hukmdorliklarining   Yunon-Baqtriya   hukmdorlari
davridan   keyingi   zarb   ettirgan   tangalari   va   ilk   sug’diy   tangalar   talqini   E.Zeymal
tomonidan   amalga   oshirilgan   bo’lib,   mazkur   tadqiqot   konfederatsiya
hukmdorlarining   ilk   tangalarini   o'rganishda,   siyosiy   hayotning   tanga   zarbida   aks
etishi   masalasini   tadqiq   etishda   ayniqsa,   qimmatli.   E.V.Rtveladze   va   J.Ilyasov
tadqiqotlarida   ilk   o rta   asrlarda   Sug d   tarixiga,   xususan,   uning   numizmatikasigaʻ ʻ
e'tibor qaratishgan 16
. Ularning tadqiqotlarida keltirilgan sug’diy iboralarning talqini
masalasida bahsli. Sug’d hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalar numizmat
G'.Boboyorov   tomonidan   ham   o'rganilgan   bo’lib,   uning   izlanishlarida   ilk   o'rta
asrlarda Sug'ddagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar to'g'risida ma’lumotlar joy
olgan.   Tadqiqotchi   G’arbiy   Turk   xoqonligi   boshqaruvidagi   vassallardan   biri
sifatida Sug’d masalasiga bir muncha to’xtalib o’tgan.
Согда   Гуреком,   заключенный   в   712   г.)   //   КСИВАН.   –   1960.   –   Вып.   XXXVIII.   –   С.   140;   Ўша   муаллиф .
О   титуловании   согдийских   правителей.   –   М:   ИВЛ,   1962.   –   С.   393-398 ;   Ўша   муаллиф.   Очерки   из   истории Согда.   –
М.:   Наука,   1970.   –   288   с.
16
  Ртвеладзе   Э.В.   Цивилизация,   государство,   культуры   Центральной   Азии.   –   Ташкент:   2005.   –   286   с.;   Ртвеладзе
Э.   История   и   нумизматика   Чача   (вторая   половина   III   -   середина   VIII   в.   н.э.).   –   Ташкент :   2006;   Ильясов   Дж.Я.   Об
этнической   принадлежности   правителей   Пенджикента   //   Нумизматика   Центральной   Азии.   –   Ташкент:   2004.   –
Вып.   VIII.   –   С.   58 -59;   Ильясов   Д.   О   происхождении   тамги   Самаркандских   правителей   //   Самарқанд   шаҳрининг
умумбашарий   маданий   тараққиёт   тарихида   тутган   ўрни.   Халқаро   конференция   материаллари.   –  Тошкент -Cамарқанд:
Фан,   2007.   –   Б.   146 -149.
12 Sug'diy tangalarning katta qismi A.A. Musakaeva tomonidan o'rganilib, ular
shartli   ravishda   “Turon   tangalari”   deb   talqin   qilingan.   Ushbu   tadqiqotda   Sug dʻ
konfederatsiyasining   Samarqand,   Panch,   Kesh,   Naxshab   hukmdorlari   tomonidan
zarb   qilingan   tangalari   tasnifiga   e’tibor   qaratilmagan.   Bundan   tashqari,
tadqiqotning asosiy ma'lumotlar bazasi Buxoro vohasi tangalaridan iborat.
Beshinchi   guruh   -   umumiy   tarixiy   tadqiqotlar.   Sug’d   konfederatsiyasi
tarixining   u   yoki   bu   qirrasini   o'zida   aks   ettirgan   ishlar   ham   talay   bo’lib,   o’rni
kelganda   ularga   ham   to’xtalib,   ularning   tavsifini   keltirish   lozim.   Xorijda   Sug'd
tarixi bilan bog’liq ilmiy izlanishlarni XIX asrning ikkinchi yarmida V.Tomashek
bergan bo’lsa, J.Markvart tadqiqotlarida O'rta Osiyoning islomdan avvalgi siyosiy
ahvoli   yoritilib,   uning   ishlari   turk-sug’d   munosabatlariga   katta   etibor   qaratilgani
bilan alohida ajralib turadi 17
.
V.V.Bartold   o'z   asarlarida   ko'plab   miqdordagi   manbalarni   jalb   etish   orqali
Sug'd bo’yicha tarixiy-geografik tafsilotlar orqali, arablar bosqini bilan bir qatorda
Markaziy Osiyoning ijtimoy va etno-siyosiy tarixini davrlashtirish hamda  hududiy
aloqadorligini   ko’rsatish   yuzasidan   o'z   xulosalarini   ilgari   surdi 18
.   Muammoning
arablar   xoqonlik   bilan   bog’liq   ba’zi   jihatlari   qisman   bo’lsa-da,   rus   turkologlari
S.G.Klyashtorniy   izlanishlarida   o’z   aksini   topgan.   Muammoning   arablar   bosqini
davri bilan bog’liq bir qator jihatlari B. Gafurov va G. G'oibov tadqiqotlaridan o'z
aksini topgan.
Xususan, B. G‘ofurov Sug’dga konfederativ uyushma sifatida qarashni ilgari
surgan. Etien de la Vessièr asarlarida Sug'd konfederatsiyalari va uning tarkibidagi
hukmdorliklar   geografiyasi,   Devashtich   siyosiy   faoliati   va   arablar   bosqini
arafasidagi   Sug’dning   siyosiy   holatiga   e’tibor   qaratadi.   Jumladan,   u   Sug’dning
Arablar tomonidan bosib olinishi masalasini alohida tahlil qilishga harakat qilgan.
Tadqiqotchining   “Sug'diy   savdogarlar   tarixi”   nomli   asarida   esa   sug'diylarning
17
  Markwart   J.   Wehrot   und   Arang.   Untersuchungen   zur   mythischen   und   geschichtlichen   Landeskunde   von   Ostiran.   –   Leiden,
1938;   Marquart   J.   Eranshahr   nach   der   Geographic   des   Ps.   Moses   Xorenaci.   –   Berlin,   1901.   –   Р .   74.
18
  Бартольд   В.В.   Очерки   истории   Семиречья   /   Соч.   –  М.:   Наука,   1963.  Т .   II  (1).   –   С .   104.
13 Makaziy   Osiyo   va   unga   qo’shni   hududlarda   tarqalishini   bilan   birga   tarixiy
Sug’dga birmuncha to'xtalgan 19
.
Ta’kidlash   kerakki,   xitoy   yilnomalari   asosida   Etien   de   la   Vessièr   birinchi
bo'lib, Sug'ddagi ma’muriy o'zgarishlarga o'z tadqiqotlarida joy ajratib, Maymurg’
va   Panch   hukmdorliklarining   bir   muddat   yagona   hukmdorlik   bo’lganligini   ilgari
suradi. Ammo ushbu holat yuzasidan manbalarda bevosita ma'lumot keltirilmagan.
Sug'd   tarixi   bo'yicha   nafaqat   G'arbda   mutaxassislar   yetishib   chiqdi,   balki
Yaponiyada   ham   o’ziga   xos   “sug’dshunoslik   maktabi”   shakllangandi.   Ushbu
maktabning K.Enoki, M.Mori, T.Hayashi, T.Osava kabi namoyandalari va keyingi
davrlarda   Turk   xoqonligi   davri   tarixi   ilmiy   izlanishlar   olib   borayotgan
Yu.Yoshidaning   tadqiqotlari   muhim   ahamiyatga   ega   bo'lib,   ularning
ma'lumotlarida   mavzuga   doir   masalalar   bo'yicha   umumiy   tasavvurga   ega   bo’lish
mumkin.
Sug'dshunos   A.   Ataxodjaev   tadqiqotlarida   ilk   o'rta   asrlar   turk-sug’d
munosabatlari chuqur tahlil etilgan bo’lib, olim tadqiqoti asnosida tadqiqotchining
ishlari   Sug'd   tarixiga   dahldor   manbalar   tadqiqiga   bag’ishlangan.   Sh.Shoyoqubov
esa   Mug’   tog’i   sug’diy   hujjatlari   asnosida   o’rta   asrlar   Sug'd   davlatchiligi   va
mahkama ishlari tarixini o’rgangan 20
.
A.M.Malikov   qadimgi   Sug d   arxeologik   yodgorliklaridan   topilganʻ
xoqonlikka aloqador moddiy ashyolarni tadqiq etish barobarida, Sug'ddagi ilk o'rta
asrlarda   kechgan   siyosiy,   ijtimoiy,   iqtisodiy   masalalarni   ham   qisqacha   yoritib
o’tgan 21
.   Xitoyshunos   A.Xo’jaev   Xitoy   yilnomalaridagi   Choch,   Farg’ona   va
ayniqsa,   Samarqand   tarixiga   doir   ma'lumotlarni   tahlil   qilish   mobaynida   ushbu
hukmdorliklar   hamda   bevosita   ularning   xoqonlik   bilan   munosabatlari   masalasiga
ham   to'xtalgan.   A.   Xo’jayev   tadqiqotlarida   Sug'd   tarixining   muhim   jihatlari   ham
19
  Vaissiere de   la   É.  Histoire   des   marchands   sogdiens.   –   Paris:   College  de  France,   2002.   –   Р .   286.
20
Шоёқубов   Ш .   Илк   ўрта   асрларда   Суғд .   –   Тошкент :   Iqtisod -moliya,   2008.   –   Б .   45.
21
  Маликов   А.   Тюрки   в   среднеазиатском   междуречье   в   VI - VIII   вв.   (по   археологическим   и   письменным
источникам).   Автореф.   на   соиск.   учен.   степени   канд.   истор.   наук.   –   Самарканд,   2000.   –   24   с.
14 joy   olgan.   Olim   Sug'd   markazi   Samarqand   to’g’risida   xitoy   yilnomalarida
keltirilgan ma'lumotlarni chuqur tahlil qilgan 22
.
Xullas,   Sug'd   tarixi   aks   ettirilgan   ilmiy   adabiyotlarni   tahlil   qilish   shuni
ko’rsatadiki, Markaziy Osiyo mintaqasi  hayotida muhim rol o'ynagan Sug'd ilmiy
adabiyotlarda yaxlit tarzda o’rganilgan emas. Tadqiqotlarning aksariyatida ilk o'rta
asrlar Sug'd tarixi bilan bo'g'liq masalalarga mualliflarning maqsadlari doirasida u
yoki bu darajada yondashilganligi ko'rinadi. Arxeologik tadqiqotlarda ham moddiy
yodgorliklar   majmuining   turli   yo’nalishlaridagi   tavsiflari   va   arxeologik   material
sifatidagi   taxlili,   ba’zi   o'rinlarda   u   yoki   topilmaning   funksional   talqini   kabi
jihatlariga   ahamiyat   berilgan.   Qazishlar   natijasida   Sug'd   shaharlarining   ilk   o'rta
asrlardagi   me’moriy   qiyofasi,   xo’jalik   turmush   tarzi,   tarixiy   topografiyasi   kabi
masalalar ham yoritilgan.
1.2. VI-VIII asrlar Sug’d hokimliklari tarixiga doir ilmiy аdabiyotlar
tahlili .
Tarixiy     manbalarda     yozilishicha     sug’dlar     O’rta     Osiyoda     istiqomat
qiluvchi     eng     qadimgi     elatlardan     sanaladi.     Hatto,     eng     qadimgi     tarixiy
manbalarda     O’rta     Osiyodagi     katta     hudud,     garchi     bu     hududda     juda     qo’p
nufuzli  qabilalar  yashagan  bo’lsa-da,  sug’dlar  nomi  bilan  atalgan So’g’diyona
viloyati   tilga     olinadi.   Akademik   A.Asqarovning    yozishicha,     Sug’diyona     O’rta
22
  Ходжаев   А.   Сведения   древнекитайских   путешественников   о   Самарканде   //   Цивилизация   и   культура
Центральной   Азии   в   единстве   и  многообразие.   2009   г.   7 - 8   сентябр.   –   Самарканд:   2009.   –   С. 142 -144.
15 Osiyoning  Zarafshon  va  Qashqadaryo  havzalarida tarkib topgan tarixiy-madaniy
tamaddun (sivilizasiya) markazlaridan biri bo’lib,   tarixiy  manbalarda  mil.avv.  I
ming   yillikning   birinchi   yarimida tilga   olinadi.   Ilk   temir   davrida   (miloddan
avvalgi  IX-IV  asrlar davomida)  Sug’diyona  madaniy  xo’jalik  markazi  tashkil
topgan.     Bu   markazning     uch     o’chog’i     mavjud     bo’lib,     ularning     shakllanishi
Sug’diyonaning     barcha     hududlarida     bir     vaqtda,     bir     xil     rivojlanishda
bo’lmagan.Bu     jarayon    janubiy    Sug’dda   mil.avv.   IX-IV   asrlarda   yuz  bergan
bo’lsa,     u     markaziy     Sug’dda     mil.avv.   VII-IV     asrlarda     sodir     bo’ldi.     G’arbiy
Sug’d, ya’ni Buxoro viloyatida esa bu madaniyat mil.avv. VI-IV  asrlarda  yuzaga
keldi.     Sug’diyona     aholisi     til     va     irqiy     jihatdan     har     xildir.     Sug’diyona
qanchalik     yuksakliklarga     erishishiga     qaramay,     mamlakatda   ilk     o’rta     asrlar
davomida  yagona  podsholik  (markaziy  hokimiyat)  bo’lmagan.  Bu  hududlarda
mayda-mayda     (mustaqil     yoki     qaram   hokimliklar     shaklidagi)     podsholiklar
mavjud   edi.   Shuning   uchun   ham Sug’diyona   ko’p,   xususan   sharqiy   qismlari
miloddan  avval  Ahmoniylar davlati,  so’ng  barcha  hududi  Grek-yunon  saltanati
qo’l     ostida     bo’lgan.     VI       asrda     eftaliylar     tarkibida,     563-     yilda     esa     Turk
hoqonligi  qo’l  ostiga o’tgan. VIII asrdan boshlab arab istilochilari hukmronligiga
o’tdi. 
Aslida     qadimgi     Sug’d     hozirgi     O’zbekistonning     markaziy   qismida
joylashgan     bo’lib,     uning     hududida     ilk     o’rta     asrlarda     uchta   mustaqil   tarixan
tarkib   topgan   yirik   viloyat   hokimliklari   shakllangan   edi.     Panjikentdan     to
Karmanagacha     (hozirgi     Navoiy     shahri     yaqinigacha)     bo’lgan     tumanlar
Markaziy     Sug’dni     tashkil     etgan.     Uning     bosh     shahar   markazi     Samarqand
hisoblangan.   Zarafshon   vohasining   Karmanadan g’arbda   joylashgan   tumanlari
G’arbiy     Sug’dni     tashkil     etib,     bosh     shahri   Buxoro     sanalgan.     Qashqadaryo
havzasida     tarkib     topgan     tumanlar   Janubiy     Sug’d     yerlarini     tashkil     etgan.
Janubiy     Sug’dning     yuqori   Qashqadaryo     tumanlari     Kesh     viloyati,     quyi
Qashqadaryo     tumanlari     esa   Naxshab     viloyati     deb     yuritilgan.     Viloyat
hokimliklarining  hukmdori (podsholari)  Buxoro  zonasida  xudodlar,  Samarqand
va     Qashqadaryoda   ixshidlar   deb   atalgan.     Umuman,     Sug’diyona     va     sug’dlar
16 haqida     A.Asqarov,     M.Ishoqov,     A.Otaxo’jayevlarning     bergan     ma’lumotlari
xarakterlidir 23
. Ularning yozishlaricha   sug’dlar   qadimiy   Qashqadaryo,   Buxoro,
Samarqand,     Zarafshon     daryosining     yuqori     oqimidagi     Panj     (Panjikent)
hududlarida   keng     tarqalishgan.     Bu     hududlarda     yashovchi     aholi     orasida
ularning mavqelari  ancha  yuqori  turgan.  Shuning  uchun  ular  bilan  yonma-yon
yashagan     qabila-urug’lar     ham     sug’dlar     nomi     bilan     yuritilgan.     Hatto     bu
o’lkalarda     ularning     miloddan     avvalgi     XII-XI   asrlarda     qabilalar     uyushma
(podsholik)lari     ham     bo’lgan.     Bu     birlashma     zaminida     o’sha     davrlarda   ulkan
migratsiya     jarayoni     ro’y     bergan.     Bronza     davrining     so’nggi   bosqichidagi
o’lkamiz     madaniyatining     qorishiqligini     arxeologik   yodgorliklarida   kuzatish
mumkin. 
Sug’dlar     va     ularning     qadimiy     yashash     yerlari     haqida     XI     asr     olimi
Mahmud     Koshg’ariyning     “Devonu     lug’otit     turk”     asarida     ham     muhim
ma’lumotlar     bor.     Koshg’ariy     devonida     yozilishicha,     sug’dlar     qadimda
Uyg’uristonda  Balasog’un  hududida  ham  yashaganlar.  Ularning  kelib chiqishi
asli   Samarqand   va   Buxoro   o’rtasidagi    sug’dlardan   bo’lganlar.   Bular so’nggi
davrlarda turklashib ketgan qavmlardir 24
.
Sug’dlarning     xorazmiylar     kabi     o’zlariga     xos     mustaqil     tili,     yozuvi
mavjud  bo’lgan.  Shu  jihatdan  eronzabon  va  turkiy  tillardan  farq  qilgan.  Bu
elat     xorazmiylar     kabi     milodiy     X-XI     asrlardayoq,     turkiy     va     forsiy   xalqlari
tarkibiga   singib   ketishi   natijasida   o’zlarining   milliy   tillarini yo’qotganlar.   Bu
fikr     Mahmud     Koshg’ariy     devonida     ham     o’z     tasdig’ini   topgan.     Masalan,
Koshg’ariy     devonida     yozilishicha,     Balasog’un   shahrida     yashagan     sug’dlar
“sug’dak”   nomi   bilan   atalib,   ular   ham   turkcha,   ham sug’dcha gaplashganlar.
Keyinchalik ular turklashib ketganlar 25
. 
Qayd     etish     lozimki,     sug’dlar     Midiya     va     Ahmoniylar     hukmronligi
23
 Isoqov M., Otaxo’jayev A. Sug’dlarning buddaviy falsafiy-axloqiy yozma meroslari (Qarang:  Qadimgi yozma yodgorliklar.-
T.: “Yozuvchi”, 2000, 33-38-bb.).; Asqarov A. O’zbek xalqining  etnogenezi va etnik tarixi, 30-34, 121, 130, 192, 219-bb.
24
 Mahmud Koshg’ariy .Devonu lug’otit turk. –T.: 1-tom.  Fan, 1960, 1-tom, 437-b.
25
 Mahmud Koshg’ariy , 437, 486-bb.
17 davrlarida     nufuzli     qabilalardan     sanalgan.     Ular     o’zlarining     mustaqil
birlashmalariga     ega     bo’lishi     bu     fikrni     tasdiqlaydi.     Sug’dlar     va     ularning
birlashmalari     haqida     miloddan     avvalgi     davrlardagi     yozma     manbalarda   ham
ma’lumotlar   bor.   Ularning   shakllangan   davrlari    uzoq   tarixga   borib taqaladi.
Chunonchi,  qadimgi  Eron-Ahmoniylar  davlati  hukmronligida miloddan  avvalgi
VI-V     asrlarda   “Bexiston”qoyalarda     va     xotira   (hukmdorlardan     Doro     qabriga
qo’yilgan     qabr)     toshlaridagi     bitiklarda   sug’dlar   mamlakati   ham   alohida   qayd
etilgan.   Xususan,    qadimgi    grek-yunon   muarrixlarining   asarlarida   sug’dlar va
ularning  birlashmalari  haqida  muhim  ma’lumotlar  keltirilgan. 
Markaziy     Osiyo     xalqlarining     qadimiy     yozma     yodgorligi     sanalgan
“Avesto”  kitobida  Gava  nomi  bilan  sug’dlar  yashaydigan  o’lka  tilga olingan.
Sug’dlar   qadimiy   Vatanimiz   hududida   yashagan   elatlar   qatorida   Midiya,
Ahmoniylar,     Grek-yunon     kabi     davlatlarining     bosqinchilik   urushlariga     qarshi
turkiy     qabilalar     bilan     birga     bo’lganlar,     mustaqillik   uchun     kurashlarda     faol
qatnashganlar.  Ular  Yunon-Baqtirya,  Kushon,  Qang’  kabi  davlatlari  va  Turk
xoqonliklari    davrida   ham    siyosiy   hayotda o’z   mavqelarini    saqlab   kelganlar.
Sug’dlar  siyosiy  hayotda  bir  qator hokimliklarga  o’z  ta’sirini  o’tkaza  olishgan
mashhur     qabilalardan  sanalgan.   Ayniqsa,     keyingi     davrlarda    (V-VIII    asrlarda)
ham   Kesh(Qashqadaryo)     va   Samarqand     markaziy     hokimiyati     atrofida     o’z
birlashmalari (hokimiyatlari) ni tuzganlar. 
Manbalarda     yozilishicha,     Markaziy     Osiyo     orqali     Xitoydan     g’arbga
o’tadigan     savdo     yo’lini     bu     davrlarda     sug’dlar     nazorat     qilishgan.     Sharqiy
Turkiston,     Yettisuv,     Oltoydan     to     Yenisey     sohillariga     qadar,     Mo’g’uliston
hududlarida   hamda   Shimoliy   Xitoyning   Shansi   viloyati, Dunxuan   kabi   qator
joylarida     ularning     o’z     karvonsaroylari     va   yashaydigan     qishloqlari     bo’lgan.
Mo’g’ulistondan     1889-   yilda     arxeologik   izlanishlar     natijasi     XI     asrda
(Mongoliyada     hukmronlik     qilgan     uyg’ur   xoqoni     sharafiga     qo’yilgan
yodgorlikdagi)     sug’d     yozuvi     bitigining   topilishi   shundan     dalolat     beradiki,
sug’dlar     bilan     bu     hudud     hukmdori   yaqin     aloqada     bo’lgan.Shu     bois     sug’d
yozuvidan     ham     foydalanganlar.     Jumladan,     Xitoy     bilan     ham     sug’dlarning
18 madaniy     va     savdo     aloqalari   juda     yaxshi     tashkil     etilgan.     Birgina     Dunxuan
shahrining     o’zida     3     ming   Samarqandlik     savdogarlari     yashagan 26
.     Dunxuan
hududida     (III-IV     asrlarda)   ming   xo’jalikdan     iborat   sug’d   qishloqlari   mavjud
bo’lgan 27
. 
Sug’dlar  o’lkamiz  xalqlari  qatori  zardushtiylik,  buddiy,  moniy, nasroniy
kabi     qadimiy     diniy     e’tiqodda     bo’lishgan     va     keyinchalik     islom   dinini     ham
qabul     qilganlar.    Bu    ularning    bizgacha    yetib   kelgan   yozma  yodgorliklaridan
ham sezilib turadi.  Sug’dlarning  bizgacha  yetib  kelgan  yozma  yodgorliklarning
miqdori     ko’p.     XIX     asrning     so’nggi     choragi     va     XX     asrning     boshlarida
Markaziy     Osiyo     mintaqasida     olib     borilgan     arxeologik     va     boshqa
yo’nalishlardagi   qidiruv   va   tadqiqot   ishlari   tufayli   sug’d   yozuv yodgorliklari
topila     boshladi.     Ular     metall     buyumlarida,     jumladan,     tangalar     va     sopol
parchalarda,     xotira     toshlari     va     qoyalarda,     yog’och     va   charmlarda,     to’qima
matolar   va   qog’ozlarda   bitilgan,   hatto,   kitob shaklidagi   katta   -kichik   yozuv
matnlaridan     iborat     bo’lgan     yozma   yodgorliklardan     iborat.     Shu     kabi     ular
orasida   xo’jalik   va   yuridik,   diplomatik   hujjatlar,   hokim   va   hukmdorlarning
farmonlari,     shaxsiy   yozishmalari     ham     bor.     Olib     borilgan     ilmiy     tadqiqotlar
natijasi  bu  yozma yodgorliklar sug’d tiliga tegishli ekanligi ma’lum bo’ldi. 
Sug’d   yozuvi    miloddan   avvalgi    III-II     asrlarda    oromiy   yozuvi   asosida
shakllangan.     Alifbosi     22  ta     harf-belgidan     iborat.Sug’d     yozuvi   yodgorligining
qadimiysi     sopol     parchalarida     va     terrakota   haykalchalarda   uchraydi.   Bu
yodgorliklar milodiy I-III asrlarga tegishli bo’lib,   qadimiy   Afrosiyob   shahrining
xarobalaridan  topilgan  edi.  Shu kabi  sug’d  yozuvi  o’sha  asrlarda  zarb  etilgan
kumush     tangalarda     ham   uchraydi.     Tangalarning     ilk     namunasi     milodiy     II
asrlarda   yunon baqtriyanikiga   o’xshatib   (sug’dcha   yozuvi   va   tilida)   Sug’dda
zarb   etilgan.     Bu     tangalar     milodiy     V-VI     asrlarda     Sug’d     konfederativ
davlati(poytaxti  Kesh)  tashkil  etilgan  davrlargacha  qo’llangan.  
Milodiy   VII     asr     o’rtalarida     Sug’d     konfederasiyasining     poytaxti
26
 Asqarov A. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi, 192-b.
27
 Karimov Sh. , Shamsutdinov R.Vatan tarixi, 1-k., 95- б .
19 Samarqandga   ko’chgach,   bu   yozuvning   yanada     takomillashganligini   kuzatish
mumkin.   Bu     yozuv     Movarounnahr     hududlarida     ancha     keng     tarqalgan.
Sug’diyona   hududlaridan     tashqari     savdogarlar,     diplomatik     munosabatlar,
umuman,   madaniy-iqtisodiy     aloqalar     tufayli     Farg’ona     vodiysi,     Toshkent
vohasi,     Yettisuvda     va     hozirgi     Tojikiston,     Afg’oniston     hududlarida,     hatto
Xitoy,     Mo’g’uliston     yerlarida     ham     tarqalgan.     Bunga     yuqorida     keltirilgan
dalillar   misol   bo’la   oladi.   Chunonchi,     1904-     yilda     Beruniyning     “Qadimgi
xalqlardan     qolgan   yodgorliklar”(“Osori   boqiya...)asaridagi     sug’d     kalendaridagi
atamalari qayd  etilgan  topilmalar  til matnlari  bilan  bir  xil  ekanligi  aniqlandi.
Natijada   bizgacha   yetib   kelgan   ushbu   topilmalar   sug’dlarga   tegishli ekanligi
aniqlangan.     Sug’d     yozma     yodgorliklarning     aksariyati     xorijiy   mamlakatlar
(London,   Berlin,   Parij,   Peterburg   kabi   markaziy   shaharlar)    dagi    muzey   va
kutubxonalarda   saqlanmoqda 28
.   Afsuski,    bu   kabi    qadimiy ajdodlarimiz   tarixi
va     ular     qoldirgan     yozma     manbalarni     haligacha   mukammal   o’rganilgan   deb
bo’lmaydi.
Xullas,  sug’dlar  Markaziy  Osiyodagi  eng  qadimiy  elatlardan  biri bo’lib,
xorazmiylar     kabi     ancha     madaniylashgan     ajdodlarimizdandir.     Ular   Zarafshon
vohasidagi   turkiy     tilli   elatlar   bilan   hamisha   aralash   holda   yashab,     tashqi
dushmanga  qarshi  birgalikda  yonma-yon  turib  kurashib kelganlar.  Hatto,  ular
arablar     istilosi     davrida     ham     qadimiy     Turon   (Turkiston     o’lkasi)     zaminida
yashab     kelgan   ajdodlarimiz     bilan   birgalikda     ozodlik,     mustaqillik     uchun
kurashganlar,     turkiy-forsiy   hamyurtlari     bilan     bir     ma’naviy     dunyoqarashda
bo’lganlar,  o’lkaning ma’naviy,  siyosiy  hayotiga  hamfikr  bo’lib  barcha  sohada
munosib  hissa qo’shganlar.  Masalan,  milodiy  VI  asrning  80-  yillarida  xoqon
Muqan   hukmronligi     davrida     valiahdlikdan     mahrum     bo’lib     yurgan     alamzoda
(kanizakdan  tug’ilgan)  turk  shahzodasi  Abo  G’arbiy  Sug’dda  mahalliy (sug’d
va  boshqa)  aholining  mulkdor  zodagonlardan  norozi  bo’lib yurgan  qismi  bilan
qo’zg’olon   ko’tarib,   kichik   bir   turk   lashkari   bilan Poykent   (hozirgi   Buxoro
28
 Isoqov M., Otaxo’jayev A. Sug’dlarning buddaviy falsafiy-axloqiy yozma meroslari, 34-b.
20 yaqinida  bo’lgan  shahar)ni  egallab,  o’z davlatini  o’rnatadi 29
.  Bu  qo’zg’olonga
turkiy     va     so’g’diy     aholi     birlikda   harakat   qilishgan.   Shu     kabi     ikkinchi     bir
dalilga     murojaat     etaylik:   1933-     yilda     hozirgi   Tojikistonning     Panjikent
hududidagi     Xayrobod     qishlog’i     yaqinida   Mug’   qal’a     qasri     xarobalaridan
milodiy     VIII     asrning     ikkinchi     o’n   yilligi(712-722-     yy.)ga     xos     89   ta     hujjat
topilgan  edi.  Bu  hujjatlardan 74 tasi  sug’d  tilida  yozilgan.  
O’sha     davrlarda     bu     qasr     Sug’d     podshosiga   tobe     bo’lgan     Panj
(Panjikent)     hokimi     Devashtichga     qarashli     bo’lgan.     Panj     hokimi     arab
istilochilariga     qarshi     Sug’d-Choch-Farg’ona-Turk   harbiy     ittifoqini     tuzish
maqsadida,     bu    o’lka     va     mamlakat     boshliqlari   bilan     diplomatik    yozishmalar
olib     borgan.     Arab     istilochilariga     qadar   sug’d     va     unga     yaqin     viloyatlardagi
mahalliy     mulkdorlar     turk     xonlariga   qarindosh-urug’lashib,     g’arbiy     turk
yabg’usi  xonadonlari  bilan  quda-anda  bo’lishib  ketgan  edilar. 710-  yilda  arab
bosqinchilariga   qarshi  qat’iyatsizlik   qilib,   o’z   joniga   qasd   etgan   Samarqand
podshosi    Tarxun nomining   turkcha   “tarxon” unvoni    bilan   bog’liq   ekanligiga
shubha     yo’q.     Shu     paytlarda     Samarqand     podshosi     Tarxuning     qatiyatsizlik
qilganligi   uchun     Devashtich     o’zini     Samarqand     taxtining     vorisi     deb     e’lon
qiladi   va ittifoqchilaridan   oldinroq   arab   bosqinchilariga   qarshilik   ko’rsatishni
boshlab   yuboradi.   Ammo   arablarning   qo’li   baland   kelib,   Devashtich   tog’
tomonidagi     o’zining     Mug’qal’asiga     chekinadi.     Shunda     o’zi     bilan     Panj
saroyidagi   barcha   hujjatlarini   Mug’ qal’aga   olib   ketgan   edi... Ittifoqchilardan
Turk  hoqoni  ham  737-  yilda  Yetisuvda  qaqshatqich zarbaga uchrab, sug’dlarga
yordam bera olmaydi 30
. 
Ushbu     ma’lumotdan     ham     seziladiki,     sug’diy-turkiy     elatlar     tashqi
dushmanga     qarshi     kurashda    bir     ittifoqda    bo’lishgan.    Yuqorida    qayd  etilgan
sug’diy   yozuvi   hujjatlari   va   hali   o’rganilishi   lozim   bo’lgan   juda ko’p   sug’d
yodgorliklari   tojik   va   o’zbek   xalqlarining   o’tmish   tarixini yoritishda   muhim
29
 Yakubovskiy A.Yu. O’zbek xalqining yuzaga kelishi haqida (K voprosu ob etnogeneze  uzbekskogo naroda).-T.: Fan,1941., 6-
b.; Asqarov A. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik  tarixi, 232-b.
30
  Asqarov A. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi,193, 234-bb; Muxammedov X. Iz   istorii drevnix oboronitelnix sten
vokrug oazisov Uzbekistana. «Stena kanpirak» drevnebuxar  skogo oazisa. AKD.-T.: 1961, -s.13-37
21 o’rin     egallaydi.     Shu     bois     Sug’dlarning     o’tmish     tarixi   va     ularning     yozma
yodgorliklarini  hozirgi  turkiy  va  eronzabon,  xususan,  o’zbek va tojik xalqlariga
ham tegishli deb qarash mumkin.
Hozirgi   kunda   O’zbekistonda   ham   Sug'd   tarixini   tadqiq   etishda   muhim
natijalarga   erishilmoqda.   O’zbekistonda   E.V.Rtveladze,   S.K.Kabanov,
R.X.Sulaymonov, X.Oxunbobev, A.Xo’jaev, Sh.Adilov, O.Mavlonov, J.Ilyasov, L.
Baratova,   A.   Malikov   kabi   olimlarning   Sug'd   tarixi   va   madaniyatini   tadqiq
etishdagi ishlarini alohida e'tirof etgan holda, ushbu faslda asosiy sug’diy manbalar
asosida   tadqiqot   olib   borgan   sug’dshunos   olimlar   hamda   ularning   ilm   sohasida
amalga oshirgan ishlari tavsifini keltirish maqsad qilib olingan.
Respublikamizda   sug’dshunoslik   ilmiga   tamal   toshini   qo’ygan   olim
M.M.Ishoqov   hisoblanadi.   Jahon   miqyosida   tan   olingan   manbashunos-tarixchi,
Markaziy   Osiyo   hududida   birinchi   sug’dshunos,   arab   istilosigacha   amal   qilgan
qadimiy   yozuvlar   yodgorliklari   paleografiyasi   bo'yicha   noyob   mutaxassis,
O’zbekistonda   ilmiy   avestoshunoslikning   rivojiga   sezilarli   hissa   qo'shib   kelgan
olim,   filologiya   fanlari   nomzodi,   tarix   fanlari   doktori   Ishoqov   Mirsodiq
Mirsultonovich   akademik   Yahyo   G'ulomov   tavsiyasi   va   maslahati   bilan   1966-
yilda   Leningradga   (Sankt-Peterburg)   aspiranturaga   yuborilgan.   Mashhur
sharqshunos   Vladimir   Aronovich   Livshits   raxbarligida   sug’dshunoslik   bo’yicha
aspiranturani  tugatib, 1972-  yil  Moskvada  “ Глагольная   система   в   согдийском
языке ” mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlagan.
1970-1978- yillarda O’zR FA arxeologiya instituti ilmiy xodim, katta ilmiy
xodim   vazifalarida   ishlab,   faol   dala   arxeologiya   tajribasini   orttirgan.   1978-1981-
yillar Toshkent davlat madaniyat institutiga dotsent, 1981-1988- yillarda O’zR FA
Hamid   Sulaymonov   nomidagi   qo’lyozmalar   institutida   katta   ilmiy   xodim,   so’ng
bo’lim mudiri bo’lgan.
1986-1992-   yillarda   Markaziy   Osiyoning   arab   istilosiga   qadar   qadimiy
yozuvlari   va   yozuv   madaniyati   tarixi   yo’nalishida   izlanishlar   olib   borib,   tarixiy
manbashunoslikning   yangi   sahifasini   ochdi.   1992-   yilda   shu   yo’nalish   bo’yicha
22 “ Палеографическое   исследование   согдийских   письменных   памят ников
Центральной   Азии   до   исламского   периода ”   mavzusida   doktorlik
dissertatsiyalarini yoqlagan.
1998-   yil   26-   iyun   kuni   Respublikamiz   birinchi   Prezidenti   Islom
Karimovning   bir   guruh   tarixchi   olimlar   bilan   uchrashuvda   tarixi   fani   oldiga
qo'ygan   maqsadlari   asosida   o'sha   yili   27-   iyul   kuni   qabul   qilingan   Vazirlar
mahkamasining   “O‘zR   FA  Tarix   instituti   faoliyatini   takomillashtirish   to’g’risida”
qarori   munosabati   bilan   M.Ishoqov   O’zR   FA   Tarix   instituti   direktori   ishiga
tayinlangan.   Shu   lavozimda   2000-   yil   iyuliga   qadar   ishlab,   institut   faoliyatining
tubdan yangilanishi, tarkibiy tuzilmalarning qayta tashkil etilishi, tarix tadqiqotlari
konseptual asoslarining obyektivlik va haqqoniylik tomon burilishi davrini boshlab
bergan.
1998-2012-  yillar  Toshkent  davlat   sharqshunoslik  institute  Markaziy  Osiyo
xalqlari   tarixi   bo'limi   va   mudiri   lavozimida   ishladi.   Hozirda   shu   kafedraning
yetakchi   ustozlaridan   biri,   kafedra   professori   lavozimida   ishlab   kelmoqda.
M.Ishoqov kafedraning o'quv rejasidagi bo'limi bakalavriyat ta’lim yo’nalishlari va
masterlik 5A 120304 – “Tarixiy manbashunoslik, tarixshunoslik, tarix tadqiqotlari
metodologiyasi”   magistratura   mutaxassisligi   o‘quv   fanlarining   optimal   tizimini
shakllantirish takomillashtirishda boshchilik qilib kelmoqda.
Mirsodiq   Ishoqovning   ilmiy   faoliyati   serqirra   va   Markaziy   Osiyo   qadimiy
davrlar   tarixi   manbashunosligida   alohida   o'ringa   ega.   1977-   yil   nashr   etilgan
“Sug’d   tilida   fe'l   tizimi”   nomli   monografiyasi   qadimiy   sug’d   xalqining   bugungi
kunda   unutilgan   tilida   yozilgan   yozma   yodgorliklar   asosida   birinchi   analitik
grammatik   tadqiqot   deb   tan   olingan.   Bu   asar   O’zbekistonda   Sug’d   tarixi
manbashunosligi   uchun   real   imkoniyatlar   ochib   berdi.   1989-   yilda   nashr   etilgan
“O’lmas   obidalar”   nomli   jamoaviy   monografiyaning   “Sug’d   yozuvining   tarixi   va
taraqqiyoti   masalalari”   nomli   monografik   qismi   sug’diy   yozuvning   paleografik
xususiyatlarini,   uning   xat   usullarini,   yodgorliklarda   amal   qilgan   dastxat   turlarini
23 chuqur   tahlil   qilgan   holda   tariximiz   manbashunosligi   uchun   yangi   tadqiqot
maydoni yaratilishiga xizmat qildi.
2000-   yilda   chop   etilgan   “Qadimgi   yozma   yodgorliklar”   nomli
monografiyada  M.Ishoqov bir qator sug’diy yozma yodgorliklarning o’zbek tiliga
tarjimalarini   ilmiy   izohlar   bilan   nashr   etib,   ilmiy   jamoatchilikni   va   keng
kitobxonlar   ommasini   sug’diy   tilda   yetib   kelgan   noyob   falsafiy-axloqiy   meros
bilan   tanishtirdi.   2012-2014-   yillarda   chop   etilgan   “O‘zbekiston   tarixi
xrestomatiyasi”ning   birinchi   va   ikkinchi   tomlarida   “Avesta”   va   “Sug’d   yozma
yodgorliklari”ning nashrga tayyorlovchi muallifi ham M.Ishoqovdir.
M.Ishoqov   2003-   yildan   buyon   bir   necha   davlat   ilmiy   grant   loyihalarining
g’olibi     sifatida   ilmiy   guruhlarga   rahbarlik   qilib   keladi.   2003-2007-   yillardagi
“Markaziy Osiyo  qadimiy yozuvlari  yodgorliklari  manbashunosligi"  nomli  loyiha
natijalaridan   biri   uning   2008-   yilda   chop   etilgan   “ Центральная   Азия   в
системе   мировой   письменной   культуры .   Древность   и   раннее
средневековье ”   nomli   monografiyasi   bo’ldi.   Bu   kitobda   o’ lkamizda   parfyoniy,
xorazmiy,   sug’diy,   bohtariy,   turkiy   yozuvlarning.   shakllanish,   taraqqiyot   yo’llari,
ularning   grafik   jihatdan   takomillashuv   bosqichlari,   turli   yodgorliklardagi
paleografik xususiyatlari atroflicha tahlil qilingan. 
Toshkent   Davlat   Sharqshunoslik   instituti   turkologiya   departamenti   bilan
hamkorlikda “Mangu bitiklar” nomli jamoaviy   monografiyada sug’d-turk qadimiy
munosabatlariga   doir   materiallar   bilan   qatnashdi.   M.Isxoqov   2003-2017-   yillar
davomida   4   bosqich   davlat   fundamental   tadqiqotlari   loyihalariga   rahbarlik   qildi.
Bular   asosida   ilk   o'rta   asrlar   Markaziy   Osiyo   va   Sug'd   tarixiga   doir   bir   qator
monografik   tadqiqotlar   yuzaga   keldi.   So’nggi   davrda   2015-2017-   yillarga
mo’ljallangan   ilmiy-amaliy   davlat   granti   loyihasi   doirasida   M.Ishoqov   ma’sul
muxarrirligi ostida “Qadimgi turk xalqlarining o troq dehqonchilik va shaharchilikʻ
madaniyati”   mavzusi   bilan   bog‘liq   “Qadimgi   turkiylarda   dehqonchilik   va
bog‘dorchilik”,   “Qadimgi   turk   xalqlarida   konchilik   va   temirchilik
24 hunarmandchiligi”   monografiyasining   1-   va   2-   kitoblari   (Sh.Kamoliddin),   “Xitoy
manbalarida   qadimgi   turkiy   shaharlari   haqida   ma’lumotlar”   nomli   monografiya
(A.Xo’jaev),   “Qadimgi   turkiy   xalqlarning   o‘troq   dehqonchilik   va   shaharchilik
madaniyati”   nomli   xrestomatiya(Tuzuvchilar   M.Ishoqov,   I.Xudoynazarov),
“Qadimgi   turkey   yozma   yodgorliklarda   dehqonchilik   va   shaharchilik   turmush
tarziga   oid   ma’lumotlar”   (M.Isxoqov,   K.Sodiqov)   kabi   kitoblar   nashr   etildi   va
nashrga tayyorlandi.
M.Ishoqov   Respublika   va   xalqaro   ilmiy   anjumanlarda   (Berlin,   Istanbul,
Seul,   Lanchjou,   Kyonju,   Olmaota,   Turkiston,   Dushanbe,   Samarqand,   Toshkent,
Xiva, Buxoro, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va b.) sug’dshunoslikka oid ma’ruzalari
bilan ishtirok etgan. M.Ishoqovning Respublika oliy ta'lim muassasalari, jumladan,
Samarqand,   Guliston,   Andijon,   Urganch   davlat   universitetlari,   Toshkent
diplomatiya   va   iqtisodiyot   universiteti,   Ajiniyoz   nomidagi   Qoraqalpog’iston
pedagogika   instituti,   Lomonosov   nomidagi   Moskva   davlat   universiteti   Toshkent
filiallari,   O'zbekiston   Ichki   ishlar   vazirligi   akademiyasi,   O’zbekiston   davlat   va
jamiyat   boshqaruvi   akademiyasi   kabi   Oliy   va   maxsus   o'quv   yurtlaridagi
sug’dshunoslikka   doir   turkum   maruzalari,   mahorat   darslari   (master   klasslari)
qizg’in qabul qilib kelinmoqda.
Sh.S.Kamoliddin   arab,   fors   va   turk   tillaridagi   manbalar   asosida   Markaziy
Osiyo   ilk   o'rta   asrlar   tarixi   va   tarixiy   geografiyasi   bilan   shug’ullanadi.   Uning   bir
qator   ishlari   Sug'd   tarixi   va   tarixiy   geografiyasi   bilan   bog’liq.   Xususan,   uning
doktorlik   dissertatsiyasi   “Toxariston   va   Janubiy   Sug'd   tarixi   geografiyasi”ga
bag'ishlangan.   Olim   Abu   Bakr   Narshahiy   “Buxoro   tarixi”   ning   rus   tiliga   ilmiy
izohli tarjimasini amalga oshirgan. Bundan tashqari, Samarqand, Buxoro, Naxshab
va   Kesh   shaharlarining   tarixi,   tarixiy   topografiyasi,   toponimiyasi,   numizmatikasi
va   memoriy   yodgorliklari,   sug‘d   hukmdorlari   –   G’urak   va   Turg’ar   haqidagi
maqolalar muallifidir.
Sh.   Kamoliddin   qariyb   besh   yildan   beri   o’zbekistonlik   tilshunos   va
tarixchilarning   sug’dshunoslik   ilmiy   izlanishlarini   jamlagan     “Sug‘diy   to‘plam.
25 Sug'd   tarixi   va   madaniyati   tarixi   bo'yicha   O’zbekistonda   amalga   oshirilgan   yangi
tadqiqotlar”   rukni   ostida   yillik   nashrlar   e’lon   qilib   boradi.   Ushbu   to'plam   Sug'd
tarixi va madaniyatini keng ilm ahliga yetkazishda muhim samara bermoqda.
2- Bob .   Т urk   xoqonligi   va   S ug’d   markaziy   hokimiyatining   hududiy
hokimliklar   bilan munosabatlari.
2.1. Sug'd markaziy hokimiyatining hududiy hokimliklar bilan aloqalari
Ilk   o'rta   asrlardagi   Sug'd   konfederatsiyasi   mulklari   soni   Syuan-TSzan(629-
630)ga   ko'ra,   markaz   Kan(Samarqand)   Mimokiya/   Mimoxe(Maymurg'),
TSzebudana   (Kabudan),   TSyuyshuannitszya(Kushoniya),   Buxe(Buxoro),
TSzeshuanna(Kesh)   kabilardan   iborat   bo'lgan.   VIII   asr   boshlarida   ham   Xoy
Chao(726)   bo'yicha,   “Xu   mamlakati”   –An(Buxoro),   TSao(Ishtixon),   Shi(Kesh),
Shi-lo(Choch   va   Iloq) 31
,   Mi(Maymurg')   va   Kan(Samarqand)   mulklarini   o'zida
mujassamlashtirgan. Har bir mulk hukmdori oz sonli qo'shiniga egalik qilgan. Bu
31
  Ши – ло –   Чоч   ва   Илоқ   Суғд   мулклари   таркибида   бўлмай ,   балки   Суғднинг   иттифоқчиси   ва   суғдийлар   компакт
яшайдиган   ўлка   бўлган .   Шу   боис   Хой   чао   уни   Суғд   таркибида   деб   ҳисоблаган   бўлиши   мумкин .   Аслида   Чоч   ва   Илоқ
мустақил   мулкликлар   бўлган .
26 vaziyatni   712-   yildagi   Sug'd   ixshidi   G'urak   va   arab   lashkarboshchisi   Qutayba
o'rtasida imzolangan “Samarqand shartnomasi”dan keyingi ma'muriy bo'linishning
bir ko'rinishi deb, baholash mumkin.  
Manbalarda   Sug'd   poytaxti   dastlab   Kesh,   so'ngra   Samarqand   bo'lganligi
e'tirof   etiladi.   Mavjud   barcha   mulklar   soniVII   asr   o'rtalarida   11   ta   bo'lgan   degan
fikrlar ham mavjud, bunga Afrosiyob devoriy suratlarida Varxumanning elchilarni
qabul   marosimi   tasvirida   keltirilgan   11   ta   qizil   bog'ichli   tug'lar   misol   qilib
keltiriladi 32
.   Ammo   bu   masalada   boshqacha   qarashlar   ham   mavjud   G'.
Boboyorovning   V.A.   Livshisga   suyanib   ta'kidlashicha,   11   ta   tug'   bu“o'n   o'q”   +
yabg'u, tug'ning to'qqiztasi esa xitoy manbalarida keltirilgan 9 ta chjaou xonadoni
hisoblanadi.   Markaziy   Sug'dda   9   ta   mulk   bo'lgan   holda,   Buxoro   Sug'di   siyosiy
jihatdan   Samarqandga   tobe   bo'lmagan,   lekin   tarixiy-madaniy   jihatdan   Sug'dning
bir   qismi   hisoblangan.   Kesh   va   Nasaf   esa   712-   yildan   rasmiy   jihatdan
Samarqandga   bo'ysundirilgan.   Sug'd   ma'muriy   jihatdan   ikkita   siyosiy   birlik
Samarqand   va   Buxoro   Sug'di   hamda   konfederativ   asosda   birlashgan   Kesh   va
Nasafdan   iborat   edi.   Ammo   bu   konfedratsiyada   mulklarning   markazga   tobeligi
turlicha   edi.   Xususan,   G'urakning   o'g'illari   Turg'ar   va   Banichur   boshqargan
Ishtixon   va   Maymurg'   bevosita   Samarqandga   bo'ysungan   bo'lsa,   sharqiy   viloyat
Panch   mulki   bir   qadar   mustaqil   bo'lgan.   Mulklarning   chegarasi   ham   tarixiy
voqealar va davrga qarab o'zgarib turgan. 
Mustaqil   siyosat   yuritgan   G'arbiy   Sug'd-Buxoro   atrofida   esa   22   ta   mulk
birlashgan edi 33
. Al-Mas'udiy Buxoro vohasini o'rab turgan devor Sug'd ixshidlari
tomonidan qurilganini qayd etsa, Yoqut al-Hamaviy, ikki Sug'd: Samarqand Sug'di
va   Buxoro   Sug'di   borligi   haqida   ma'lumot   beradi   hamda   Poykent   shaharining
mustaqil   ichki   ma'muriy   boshqaruvga   egaligini   ta'kidlaydi 34
.   “Hudud   ul-olam”da
32
 Asqarov A. O'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. – B. 30.
33
  Адылов   Ш.Т.   Административно-территориальные   устройства   Западного   Согда   в   раннем   средневековье//   ОНУ.   –
1998. – №6. – С. 18; Лившиц В.А., Хромов А.Л. Согдийский язык. – С. 349.
34
 Лившиц В.А., Хромов А.Л. Согдийский язык. – С. 349.
27 Buxoroning   katta   va   obod   shaharligi,   Poykentning   esa   boy   shahar   ekanligi
eslatiladi. Buxoroga bo'ysunuvchi 22 ta mulkning 15 tasi Buxoro vohasi mudofaa
devori ichida, 7 tasi tashqarisida bo'lgan. Markazga Tavovis, Quyi Xarqana, Hitfar,
Qoxushtivon,   Yuqori   Samjon,   Quyi   Samjon,   Yuqori   Faraviz,   Quyi   Faraviz,   Zar,
Farg'idat, Farob, Poykent kabilar bo'ysungan.
Xitoy   manbalarida   keltirilgan   Nyumi(Numichkat)   ilk   o'rta   asrlarda   quyi
Zarafshonda maxsus mudofaa devorlari bilan o'ralgan beshta istehkomli qal'alardan
iborat   bo'lgan.   Buxoro   va   Samarqand   o'rtasida   Ishtixon,   Kushoniya   mulklari
joylashgan. Buxoro mulkliginingIV-V asrlarga oid mis tangasi sirtiga ’’ps’r   γ w β w
-   “Avsar   hukmdor”   yoki“Chavandoz   hukmdor”   nomi   bitilgan.   Jumladan,   Mug'
arxivining   A-5   hujjatidapw γ ’r   atamasi“buxoro   drahmasi”   jumlasida,
moniylarning“Xalqnoma” – “Nafname” asarida esapw γ ’r - “buxorolik” ma'nosida
uchraydi. Narshaxiyga ko'ra, Buxoro o'rniga aholi dastlab Turkistondan kelgan va
ular   chodir   va   o'tovlarda   yashagan.   “So'ng   vaqt   o'tishi   bilan   odamlar   yig'ilib
imoratlar   qurdi”,   -   deb   qayd   etadi   muarrix.   Numichkat   va   Farobdiz   shaharlari
qadimiyroq   bo'lgan.   Vohada   Buxorodan   qadimiyroq   yana   Nur(Nurota),
Xarqanrud(Xarqana),   Vardana(Qo'rg'oni   Vardonze),   Tarovcha(Tarob),   Safna   va
Isvona qishloq(kent)lari va podsho turadigan katta qishloq(kent) Poykent(Boykent)
mavjud bo'lgan. 
Poykent   ilk   o'rta   asrlarda   20   gektarli   kuchli   mudofaa   devori   bilan   o'ralgan
shahar   bo'lib,   shahar   ichida   hukmdor   arki   joylashgan.   Turk   shahzodasi   Abruy
xalqqa   zulm   qilgach,   boy   savdogarlar   va   dehqonlar   o'z   yurtlarini   tark   etib,
“Turkiston   va   Taroz(yaqinida)   bir   shahar   bino   qilib”,   uni   o'z   etakchilaridan   biri
Hamuk nomi  bilan“Hamuket  deb nomlaydilar” . Buxoro ahli  Turk yabg'u-xoqoni
Istemi   o'g'li   Biyog'u,   (Buyuk   yabg'u)   Qoracho'rindan   yordam   so'raydi.   Yabg'u-
xoqon   o'z   o'g'li   El   Arslon(Sheri   Kishvar)ni   Buxoro   vohasida   tartib   o'rnatishga
jo'natadi.   U   Poykentda   Abruyni   qatl   ettirib,   otasining   roziligi   bilan   Buxoroni   o'z
tasarrufiga oladi. El Arslon(Sheri Kishvar) Hamukatga odam yuborib, Buxorodan
28 ketgan   aholini   qaytaradi.   “Hamuketdan   kelgan   har   bir   kishi(amir)ning   yaqin
kishilaridan   bo'ldi”,   -   degan   buyruq   beradi 35
.   Bu   guruh   orasida   yurtning   avvalgi
hukmdori   “Buxorxudot”   bo'lgan.   Bu   Buxoro   Sug'dini   22   -   avlod   boshqarayotgan
edi.“Tan shu”da Buxoroning chjaou hukmdori Sha-Alaniya nomi zikr etiladi 36
.
N.Ya.   Bichuringa   ko'ra,   Alinga,   E.   Shavannda   esa   Holing-kia   deb   o'qilgan
bu hukmdor 22 - podsholar avlodini tashkil qilgan. Chjao-ular boshqaruviga Abruy
chek   qo'ygan,   xuddi   Samarqandda   bo'lgani   kabi   Buxoro   ham   Sheri   Kishvar–   El
Arslondan   so'ng   turkiy   sulola   qo'liga   o'tgan.   El   Arslon(Sheri   Kishvar)
davrida(585/586   –   605/606)   Abruy   vayron   qilgan   qo'rg'on   va   qal'alar   tiklandi.
Buxorxudot   bino   qildirgan   Varaxsha   esa   Xunukxudot   davrida   qayta   ta'mirlangan
va   Bunyod   ibn   Tug'shoda   mazkur   qasrni   yangilagan.   Arablar   istilosi   davrida
Buxoroni boshqargan turkiy sulola- buxorxudotlar va shadlar sulolasi asoschisi El
Arslon(Sheri   Kishvar)   edi 37
.   Milodiy   asr   boshlaridan   qadar   hukmronlik   qilgan
mahalliy   sulola   vakillari-   buxorxudotlar   xoqonlik   vassali   bo'lgan.   Shu   bois   El
Arslon(Sheri Kishvar)ga nisbatan buxorxudot unvoni qo'llanilmagan. El Arslondan
keyingi avlodlarigina xuddi Samarqandda ixshid unvoni saqlangani kabi, mahalliy
unvon“buxorxudotlar” deb yuritilgan.
El   Arslon(Sheri   Kishvar)dan   so'ng   Buxoroni“Tan   shu”ga   ko'ra,   taxminan
600/605  –  620-yillarda  Shelidin  yoki   Sheli  boshqargan.   620-630  –  yillarga  kelib,
Buxoro taxtiga Nishu Gyana shad(Narshaxiy bo'yicha Sheri Kishvarning nevarasi
Kano)   kelgan   bo'lsa,   649-yildan   esa   xitoy   manbalariga   ko'ra   Xelintsze   Buxoro
hukmdori   bo'lgan.   Arab   manbalariga   ko'ra,   640-660-yillarda   Buxoroni   Sheri
Kishvar   avlodlaridan   Sha(shad)   -   ﺷﻪ   boshqargan.   “Tan   shu”   va“Chefu”
solnomalariga   suyangan   O.I.   Smirnova   fikricha,   660-680-yillarda,   G'.   Boboyorov
bo'yicha,   yanada   aniqroq   673-680-   yillar   davomida   Buxoroni   Budun   buxorxudot
35
 Наршахий. Бухоро тарихи. – Б. 91–92; Муҳамаджонов А. Қадимги Бухоро(археологик лавҳалар ва тарих). – Б. 36.
36
 Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. – С. 25.
37
  Бобоёров     Ғ.     Турк     хоқонлигининг     Мовароуннаҳрдаги     бошқарув     тизими     ҳақида.   –     Б.   76;     Адылов     Ш.Г.
Административно-территориальные устройства Западного Согда в раннем средневековье. – С. 29–30.
29 boshqargan. U arab istilosi davrida Muslim ibn Ziyod tomonidan o'ldirilgan. O'g'li
Tug'shoda   yosh   bo'lganigi   bois   davlatni   malika   Qabaj   Xotun   boshqarib   turgan 38
.
Bu  haqda   Narshaxiy:   “Budun  Buxorxudot  o'lgan   vaqtida  bir  emadigan   o'g'il  bola
qoldi. Uning nomi Tug'shoda edi. Bolaning onasi bo'lgan xotun taxtga o'tirdi va o'n
besh yil (680-695) hukmronlik qildi” 39
, - deb yozadi. Uning boshqaruv davri arab
istilosining dastlabki bosqichiga to'g'ri keladi. Bellariga oltin kamar va qilich taqib
olgan   200   chog'li   qurolli   chokarlar   uning   xizmatida   bo'lgan.   Bu   yigitlar   bir   yilda
to'rt   marta   shu   vazifaga   chorlangan.   Xitoy   manbalari   An(Buxoro)   chje-
ge(chokar)larini“mard   va   jasur   kishilar”   deb   ta'riflaydi.   695-   yilda   Qabaj   Xotun
vafot etib, taxt o'g'li Tug'shodaga o'tadi. Tug'shoda I ibn Bidun(arab. Tugaspada-  ﺕ
ﻮآﺴﺒﺪﻩ ,   xitoy.   Dusabati,   sug'd.   tw γ ’sp’ δ ’k)   32   yil   yurtni   boshqargan.   Unga
Turkistondan   Vardonxudot   ismli   bir   vazir   kelib   yordam   bergan   va   707/708–
709/710-   yillarda   u   Tug'shoda   bilan   davlatni   boshqargan.   Tug'shodaning
hukmronlik   davri(693/695-739)   ham   arab   istilosiga   to'g'ri   keldi.   Bu   paytda
Xurosonga  Qutayba ibn Muslim(708-715)dan to Nasr  ibn Sayyor (110/728-729 –
121/738)gacha noiblar kelib ketgan. U islomga kirib, o'g'lini Qutayba deb nomladi
va qizini Nasr ibn Sayyorga uzatdi. Sep evaziga in'om etilgan. 
Xunbun   qishlog'i   keyinchalik“Alilar   ekinzori”   nomini   oldi.   Arablar
tomonidan Buxoroga amir qilib tayinlangan Vasl ibn Amr buxorxudotlarga tegishli
yerlarini   tortib   oldi.   Bu   bilan   arab   amaldori   buxorxudotlarning   nafaqat   siyosiy,
balki iqtisodiy mavqeyiga ham zarba berishni mo'ljallagan edi. Natijada Tug'shoda
istilochilarga   qarshi   chiqdi.   Oqibatda   u   Sug'd   qo'zg'olonlari   vaqtida   739/740-   yili
Samarqandda Nasr  ibn Sayyor fitnasi  bilan o'ldirildi 40
. U o'ldirilgach, taxtga o'g'li
Qutayba   ibn   Tug'shoda   o'tirdi.   U   ham   istilochilarga   qarshi   harakatlarni   qo'llab
turdi.   Abu   Muslim   davrida   islomdan   qaytgach,   taxminan   759/760-   yillarda
o'ldirildi.   So'ng   760-   yildan   taxtga   Bunyod   ibn   Tug'shoda   keldi.   U   ham   o'z
38
 История ат-Табари. – С. 44.
39
 Наршахий. Бухоро тарихи. – Б. 92.
40
 История ат-Табари. – С. 269; Бартольд В.В. Бухара. Соч. III. – C. 379.
30 boshqaruvida“oq   kiyimliklarni”   qo'llab,   arablar   siyosatiga   zid   faoliyat   yuritdi.
Natijada, hijriy 166 (782/783)- yilda Varaxsha qasrida amir Maxdiy farmoni bilan
o'ldirildi.   Manbalarda   Bunyodning   avlodlari   to   amir   Ismoil   Somoniy   davri(874
yil)gacha   Buxoroni   boshqarganliklari,   so'nggi   buxorxudot   nomi   Abu   Ishoq
Ibrohim ibn Xolib ibn Bunyod 41
 ekanligi aytiladi. 
Manbalar   va   ilmiy   tadqiqotlar   natijalariga   ko'ra   turkiy   buxorxudot
Elarsloniylar   sulolasi   Buxoroni   585/586-   yildan   to   874-   yilgacha   boshqargani
oydinlashadi.   G'arbiy   Sug'd-   Buxoroda   mustaqil   siyosat   belgisi   mis   chaqa(ichki
bozor uchun) va kumush tangalar(tashqi savdo uchun) mil. II-IV asrlardan boshlab
Yevtidem tetraraxmalari ko'rinishida va V asrdan sug'diy tangalar namunasida zarb
etilgan.   Agar   II-III   asr   tangalarida   podsho   tasviri   va   yozuv   tushirilgan   bo'lsa,   V
asrdan   keyingi   tangalarda   podsholar   ismi   va   unvoni   hamda   tamg'a   aks   ettirilgan.
Buxoro kumush va mis tangalari aksariyatida: pw γ ’’r   γ w β k’w’ – “Buxoro xvabu–
podshosi”   jumlasi   ifodalangan.   Buxoroning   o'z   pul   birligiga   egaligi   bu   vohada
ishlab   chiqarish   va   savdoning   rivojidan   dalolat   beradi.   Buxoro   bozorlarida
Zandana   bo'zlari–   “zandanachi”   matolari   Iroq,   Fors,   Kermon,   Hindiston   kabi
o'lkalarda mashxur bo'lgan 42
. 
Buxoro vohasida Poykent shahrining siyosiy va ayniqsa, iqtisodiy ahamiyati
katta   bo'lib,   shahardagi   rabotlar   soni   vohasi   qishloqlari   soniga   teng   bo'lgan.
Poykentlik   savdogarlar   nafaqat   quruqlik,   balki   dengiz   yo'llari   orqali   ham   xorij
bilan   aloqa   qilganlar.   Buxoroliklar   sug'diylarining   shimoli-sharq   yo'nalishdagi
migratsion   va   kolonial   harakatdagi   faol   bo'lishgan.   Sharqiy   Turkiston   savdo
markazi   TSzyutsyuan   shahri   aholisining   aksariyatini   buxoroliklar   tashkil   qilgan.
Buxoroliklar   Turk davlatchiligining  vujudga kelishiga  munosib  hissa   qo'shganlar.
Jumladan, An-Napanto(Naxband) Turk xoqoni Bumin(Tumin)ning(551-553) vakili
sifatida 545- yilda turk yabg'ulari nomidan Xitoyga elchi bo'lib borgan bo'lsa, An
41
 Наршахий. Бухоро тарихи. – Б. 94.
42
 Араб истилосидан сўнг Туркистон атамаси ўрнига кўпроқ Мовароуннаҳр атамаси қўлланила бошланди. Оқибатда ўша
давр   муаррихлари   Туркистон   деганда   асосан   Бухородан   шимолни,   Сирдарё   ўрта   оқими   ва   ундан   юқоридаги,   яъни
туркий қабилалар кўпчиликни ташкил қиладиган ҳудудларни тушунишган.
31 Suy-tsze   esa   To'nga   Turon   xoqonning   (588-599)   maslahatchisi   edi.   An   U-xan   va
uning o'g'li An Tu-xanlar xoqon noiblari- eltabar unvonini olishgan. Samarqandlik
Kan   Su-mi   bilan   An   Tu-xan   5000   yurtdoshini   Turk   xoqonligi   hududiga
joylashtirib, xoqonlik iqtisodi  va siyosiy qudrati  oshishiga  hissa  qo'shgan  edi. An
Yan-yan   ismli   buxorolik   lashkarboshi   Qapag'on   xoqon   (692-716)   qo'mondoni
sifatida   asir   olingan   sug'diylarni   Xitoy   asoratidan   qutqarishda   qatnashib,   Ashina
urug'iga kuyov bo'lishga erishdi. An Lushan boshlagan isyon (755-762) esa, butun
Xitoyni larzaga solib, Tan sulolasini inqirozga olib kelgan edi.
  Kultegin   bitigidagi:   buqaraq   ulus   -   “Buxoro   o'lkasi   xalqi”   jumlasi   bu   yurt
vakillarning   Xoqonlikdagi   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   jarayonlarda   turkiylar
bilan   yonma-yon   ishtirok   etganligini   isbotlaydi.   Mahmud   Qoshg'ariyning:
“Balosog'unliklar   sug'dcha   va   turkcha   so'zlaydilar.   Taroz   va   Madinat   al-Bayza
(Sayram)   shaharlarining   xalqlari   ham   sug'dcha   va   turkcha   so'zladilar.   Ular
(sug'diylar)   Samarqand   va   Buxoro   o'rtasidagi   Sug'ddan   bo'lib,   turklashib
ketganlar” 43
,   degan   jumlalariIX-X   asrlardagi   assimilyatsiya   jarayoni   aks   ettiradi.
Buxoro   vohasi   azaldan   sug'diy   va   turkiy   qavmlar   yashaydigan   mintaqa   edi.
Varaxsha   qasri   devoriy   tasvirlarida   ham   Afrosiyob   va   Panjikent   devoriy   rasmlari
kabi vohadagi o'troq va ko'chmanchi hayot tarzi aks etgan. Ushbu tasvirlar sug'diy
va turkiy madaniy aloqalarining o'ziga xos jihatlarini ko'rsatadi.
  Markaziy   Sug'd   va   G'arbiy   Sug'd   o'rtasida   qalin   munosabatlar   Mug'
arxividagi   A-5   hujjatida   aks   etgan.   Hujjatning   4-,   8-,   17-qatorlarda:
“puxar(buxorolik)ka   besh...   dirham   ga...   kavsh,   yana   puxar(buxorolik)ka...   ikki
dirhamdan   kavsh...   berildi.   Puxar(buxorolik)ka   uch   dirham   berildi”   deyilsa,   15-
qatorda“... hokim bir arabga 10 buxoriy(tanga) berishni buyurdi” deb, ta'kidlanadi.
Bu   jumlalar   birinchidan,   Devashtich   saroyida   buxoro-   puxor(pw γ ’r)lik   shaxs
xizmat   qilib,   unga   kiyim-bosh   uchun   mablag'(4-qatorda)   va   oylik(17-qatorda)   –
maosh   tayinlangani,   ikkinchidan,   “bir   arabga   10   buxoriy(tanga)”   berilishi
Panjikentda   Samarqand   tangalari   qatorida   Buxoro   tangalari   ham   muomalada
43
 Маҳмуд Кошғарий. Девону луғатит-турк.  1- жилд . –  Б . 65.
32 bo'lganini ko'rsatadi. Buxoroda umumsug'diy tilning bir shevasida gaplashilgan va
buxoroliklar  o'ziga  xos  yozuv  madaniyatiga  ega  bo'lganlar. Bu  yozuv  namunalari
asosan   tangalarda   va   kumush   idishlar   sirtida   saqlangan.   Buxoro   yozuvi   IV   asrga
oid sug'd yozuvining “Ko'hna xatlar” namunasiga yaqin bo'lib, hatto V.B. Xenning
Buxoro   tangalaridagi   yozuvlarni“Ko'hna   xatlar”   yozuvlaridan   qadimiyroq,   degan
fikrni o'rtaga tashlaydi 44
.
Buxoro   tangalaridagi   harf   shakllari   paleografiyasi   ularni   V   asrgacha   paydo
bo'lganligini   ko'rsatadi.   Shundan   xulosa   qilish   mumkinki,   buxoro   yozuvi   oromiy
yozuviga   asoslangan   sug'd   yozuvining   qadimiy   grafik   an'analarini   saqlagan,   bu
jihatlar   umumsug'd  madaniyatining  serqirra  ekanligini  isbotlaydi.  Buxoro Sug'diy
e'tiqodi   ham   o'ziga   xos   bo'lgan.   Buxoroda   marhumlariga   topinish   an'anasi   bo'lib,
bu   yangi   yilning   birinchi   kuni   Siyovush   xotirasiga   xo'roz   qurbonlik   qilish
marosimi   hisoblangan.   Bu   marosim   marhumning   “yo'qolgan   suyaklarini   izlash”
udumi   bilan   yetti   kun   davom   etgan.   Muxtasar   qilganda,   Buxoro   Sug'dida   asrlar
davomida   shakllangan   o'ziga   xoslik   vohaga   kuchli   ta'sir   etgan   turkiy   muhit   bilan
bog'liq   edi.   Bu   mintaqa   turk-sug'd   munosabatlari   va   simbiozini   barcha   jihatlarini
o'zida mujassam etgan edi.
Sug'd   konfederatsiyasida   Janubiy   Sug'dning   ikki   mulki   Sh(Kesh)   va
Nashebo   (Naxshab)   alohida   o'rin   tutadi.   Xususan,   Kesh   muhim   siyosiy,   iqtisodiy
va   madaniy   markazlardan   biri   bo'lib,   janubi-g'arbiy   chegarasi   Bo'zg'ola(Temir-
qapug')gacha   deyarli   100   kmga   cho'zilgan   edi 45
.   Xitoy   manbalaridagi   Tszyuysha
viloyatining   poytaxti   Tsishiga   yoki   o'rta   asr   manbalaridagi“Kesh-Kashsh”
(“Kas”/“Kis(s)”)   ga   VII   asrda   asos   solingan   degan,   fikr   mavjud   edi.   Vaholanki,
arxeologik tadqiqotlar Kesh(Shahrisabz)ning 2700 yoshdaligini aniqladi.
629-630- yillarda Syuan-TSzan Keshni  TSzeshuanna deb, boshqa bir Xitoy
sayyohi   Xoy   Chao   726-   yildagi   oid   ma'lumotida   Shi   nomi   bilan   keltiradi.   Bu
44
 Henning W.B. The Date of the Sogdian Ancient Letters. –  Р . 314; Gharib B. Sogdian Di с tionary. Sogdian –Persian –  English.
– Teheran: Farhangan Publications, 1995, XXLII. – 517 s.
45
 Грене Ф. Заметки о топониме Наутака// Шаҳрисабз шаҳрининг жаҳон тарихида тутган ўрни. – Т.: Фан, 2002. – Б.
33 nomlanishlar   shaharning   turli   davrlariga   oiddir.   Ilk   o'rta   asrlarda   Kesh   Sug'dning
muhim   markazlaridan   biri   edi.   Samarqandda   hokimiyat   parokandalikka   uchragan
paytda ma'lum muddat Sug'd poytaxtiga aylandi. Bu davrda Kesh hukmdorlari o'ng
yuzasiga   podsho,   orqasiga   hukmdorning   qilich   bilan   shersimon   mahluqni   daf
etayotganligini   aks   ettiruvchi   tasvirli   tangalar   zarb   ettirdi.   VII   asrdan   Keshning
Sug'dga   poytaxtlik   da'vosi   yanada   kuchaydi.   Xitoy   manbalari“Suy   shu”   va“Tan
shu”ga ko'ra, Keshni 640- yilgacha Ticho(Dichje) ismli hukmdor boshqarib, 600-
620- yilar davomida uni markazga aylantirgan. 642 -yildan keyin Keshga Shashepi
(sug'diy   Shishpir–   šyšpyr)   (642-655)   hukmdor   bo'lib,   uning   davrida   Keshdan
Xitoyga elchilik yuborilgan 46
.
Janubiy   Sug'dning   V-VII   asrlardagi   mustaqil   tashqi   siyosatidan   dalolat
beradi.   Shishpir   davrida   (642-655)   Keshning   poytaxtlik   maqomi   uchun   kurashi
nafaqat   siyosiy,   balki   iqtisodiy   asoslarga   ham   tayangan.   Chunki   Shishpir
tomonidan   zarb   etilgan“ixrid   Shishpir”   (’ γ ry δ šyšpyr)   tangalarning   Panjikentdan
topilishi,   VII   asr   o'rtalarigacha   Sug'dda   Keshning   mavqei   baland   bo'lganligini
ko'rsatadi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, garchi Kesh poytaxt bo'lsa-da, Samarqand
Sug'dning   tarixiy   poytaxti   sifatidagi   o'rnini   saqlab   qolgan.   Shu   bois   bo'lsa   kerak,
Syuan-TSzan   o'z   xotiralarida   Sug'd   markazi   Samarqand   deb   beradi.   Shishpir   esa
taxminan 650- yilda poytaxtni Samarqandga ko'chirib, Xitoy namunasida o'rtasida
to'rtburchak   teshik   tangalari   yuzasiga   tamg'a,   orqasiga   podsho(ixshid)   Shishpir-
MLK’ šyšpyr deb, chekilgan 47
.
Sug'd   konfederatsiyasida   Kesh   hokimi   Shishpirning   hukmronligi   taxminan
650-655-  yilgacha davom  etdi. Samarqand taxtiga turkey “o'n o'q”  sulolasi  vakili
Varxuman(Avarxuman)   -   β ’r γ wm’n   (650\655-675)   kelgach,   butun   Sug'd   markaz
Samarqandga bo'ysundirila boshlandi. Yangi hukmdor Chjaou Shiagye (She-a-ho)
davri (656-660)da Kesh mulki markaz Samarqandga tobe bo'lgan. Samarqand VII
asr   ikkinchi   yarmidan   toVIII   asr   boshigacha   o'ziga   Kesh,   Maymurg',   Ishtixon,
46
  С hvannes Ed. Documents sur les T’ou-kiue (Turcs)  о ccidentaux. – P. 146.
47
 Смирнова О.И. Каталог монет городища Пенджикента. – С. 13.
34 Kushoniya   va   Kabudonni   tobe   qildi.   712-   yildagi   G'urak   va   Qutayba
o'rtasidagi“Samarqand   shartnomasi”ga   ko'ra,   Sug'd   hududiga   Keshning   ham
kiritilganligi   shundan   dalolat   beradi.   Bu   jarayon   ehtimol,   650-655-   yillarda
Samarqand   va   Kesh   hukmdorlari   o'rtasidagi   kurash,   Shishpirning   taxtdan
chetlatilishi hamda Keshga turkiy sulola vakili Shiagye(She-a-ho)ning kelishi bilan
yakunlangandir.   Shundan   keyingina   markazga   bo'ysunuvchi   Keshda   mahalliy
boshqaruv   davom   etgan   bo'lsa   kerak.   660-680-   yillarda   Keshda   nomi   noma'lum
qolgan Xuttal podshosining amakivachchasi hukmron bo'lgan. 700-720- yillardagi
Kesh hukmdori noma'lum.
  “Tarixi Tabariy” va Xitoy manbalariga ko'ra Keshning 720-740- yillardagi
hokimlarini aniqlash imkoni bor. Dastlab Vik(720-727 y.), so'ng xitoy manbalariga
ko'ra,   Axubido(727-730/731)   (Axurpat–   ’’ γ wrpt),   Yantun(731/732-738)   (arab
manbalarida   Yandun,   sug'diy*y’n δ wn),   Xubo(Yantunning   o'g'li)(738-739),   arab
manbalarida“chokarlar   podshosi”   unvoni   berilgan   al-Ashkand(sug'diy   *’škn δ k)
yoki xitoy manbalaridagi Sitszinti yoki Sginti (740-746/747), al-Ixrid (747-752) va
Taran   (752-760)   kabi   hukmdorlar   Keshni   idora   qilgan 48
.   Keshning   so'nggi
hukmdorlari   haqida   Tabariy   shunday   deydi:   “Hijriy   134-   (752)   yilda   Abu   Davud
Xolid   bin   Ibrohim   Keshga   yurish   qilib,   uning   podshosi   Ixridni,   uning   ko'plab
dehqonlari   bilan   birga   o'ldirdi   va   ukasi   Taranni   o'rniga   Keshga   podsho   qilib
qoldirdi” 49
.
Manbalarda   Kesh   bilan   bog'liq   ma'lumotlarning   mufassal   bayon   etilishi
uning   ilk   o'rta   asrlarda   siyosiy   va   iqtisodiy   maqei   baland   bo'lganligini   ko'rsatadi.
Keshning   ma'muriy   boshqaruvidagi   o'zgarishlar   bevosita   Sug'dda   kechgan
jarayonlar   bilan   bog'liq   edi.   Qolaversa,   VII   asr   o'rtalarigacha   Keshni   Kan–
Samarqand-   chjaoulari   xonadoni   vakillari   boshqargan.   So'ngra   Samarqandda
48
  Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. – С. 281. Манбалар: Ахудибо ҳақида- Тан шу, III. – Б. 146; Бэй шу, II. – Б.
316; Чефу, III. – Б. 47; Йаньтуннинг738 йилда ўлдирилганлиги ҳақида- Тан шуIII. – Б. 210; Чефу, III. – Б. 59; 738 йили
Хубонинг   ҳокимиятга   келиши   ҳақида-   Тан   шу,   III.   –   Б.   210;   Чефу,   III.   –   Б.   59;   739   йили   Сицзиньтининг   ҳокимиятга
келиши ҳақида Чефу, III. – Б. 59.
49
История ат-Табари. – С. 348.
35 bo'lgani kabi hukmron turkiy“o'n o'q” sulolasi  vakillari boshqaruvni o'z qo'llariga
olgan.   Mazkur   xonadoniga   mansub   shaxslar   konfederatsiya   mulklariga   hukmdor
sifatida tayinlangan.
Yuqorida   keltirilgan   600-   yildan   760   -yilgacha   Kesh   mulkini   boshqargan
sakkiz   nafar   hukmdor   orasida   mahalliy   sug'diylar   va   turkiylar   bo'lgan.   Jumladan,
Kesh   viloyatidagi   Xuzor   mulkining   hokimi   Subug'ro   turkiylardan   edi.   Butun
Sug'dda   bo'lgani   kabi   Kesh   viloyatida   ham   qator   mayda   dehqon   mulklari,
mulkdorlarning   maxsus   gvardiyasi–   chokarlar   bo'lgan.   Shu   bois   ham   xitoy
manbalari Sitszinti/ Sginti(al-Ashkand)ni“chokarlar podshosi” deb bejiz atamagan.
Kesh mulki o'z salohiyati bilan Sug'd konfederatsiyasida Samarqand va Buxorodan
keyin   turgan.   Ichki   va   tashqi   bozor   uchun   Kesh   hunarmandlari   oltin,   kumush
buyumlar   va   qimmatbaho   toshlardan   yasalgan   zebu-ziynatlarni   ishlab   chiqargan.
624,724,   726,   727,   744,   750-   yillarda   Sug'ddan   Xitoyga   yuborilgan   zotdor   ot
uyurlari orasida Kesh otlari ham bo'lgan. Chetga rangli tuzlar, oltin va noshvadil,
qimmatbaho   toshlardan   yasalgan   buyumlar   chiqarilganligi 50
  Kesh   iqtisodi   va
hunarmandchiligi taraqqiyotidan dalolat beradi.
Kesh   savdo   ahli   sug'diylarning   Markaziy   Osiyo   bo'ylab   kechgan   kolonial
harakatida   faol   ishtirok   etgan.   Jumladan,   Dunxuandagi   TSunxuasen   qishlog'ida
Sh(Kesh)   lik   22   kishi   yashagan   bo'lib,   ro'yxatda   ularning   6   tasi   zikr   etilgan.
Ro'yxatda   faqat   erkaklar   qayd   etilganini   e'tiborga   olsak,   ularni   oila   boshliqlari
bo'lgan   edi,   deyish   mumkin.   Keshlik   iqtidorli   san'atkorlar   Chochning   raqqos   va
raqqoslari qatorida Xitoy saroyida o'z mahoratlarini namoyish qilgan 51
.
 Aytish mumkinki, Sug'd konfederatsiyasidagi Kesh ilk o'rta asrlarda siyosiy
va iqtisodiy barqaror, ma'muriy boshqaruv tizimi mukammal, bir necha mulklarni
o'zida mujassamlashtirgan viloyat bo'lgan. Turk-sug'd munosabatlari jadal kechgan
viloyat   bo'lganligini   uning   ma'muriy   boshqaruvdagi   o'zgarishlar   orqali   ham
50
 Shafer E. H. The golden peaches of Samarkand. A study of T’ang exotics. –  Р . 117.
51
  Ртвеладзе  Э.В.  Цивилизации,   государства,  культуры  Центральной  Азии.  –  С.  85–88;  Его  же.  Самарканд  на  Великом
шелковом пути. – С. 111.
36 kuzatish   mumkin.   Janubiy   Sug'd–   Qashqadaryo   vohasining   ikkinchi   bir   mulki
Nasaf-   Naxshab   ham   o'ziga   xos   taraqqiyot   bosqichini   boshidan   kechirgan.
Jumladan,   mil.   avv.   I   ming   yillikning   ikkinchi   yarmi   va   mil.   I   ming   yillikning
birinchi   yarmida   mavjud   bo'lgan   Yerqo'rg'on   xarobalari   o'rta   asrlardagi   Nasaf   va
hozirgi Qarshi shaharlarining 2700- yillik tarixini belgilaydi 52
. 
Bu   shahar   Kesh   kabi   Buzg'ola   (Temur   Qopug')   orqali“Buyuk   ipak   yo'li”da
Sug'dni   Baqtriya   va   Hindiston   bilan   bog'lovchi   janubiy   yo'nalishidagi   muhim
strategik   markaz   hisoblangan.   Kesh   orqali   karvonlar   Samarqand   bilan   bog'lansa,
Nasaf   orqali   yurgan   karvonlar   esa   Buxoro   bilan   bog'langan.   V-VI   asrlarda   Nasaf
Sug'dda o'z mavqeiga ko'ra Samarqand, Buxoro va Keshdan so'ng to'rtinchi o'rinda
turgan.   Xitoy   manbalarida   Samarqand   Sug'di   tasarrufidagi   mulkdan   biri   Nashebo
(Nasaf) deb, zikr etiladi.
VII   asrda   Sug'd   konfederatsiyasida   yarim   mustaqil   maqomga   ega   bo'lgan
Naxshab“Tanshu”ga ko'ra, Shi (Kesh) tarkibidagi mulk- “Kichik Shi” deb atalgan.
Samarqand   taxtiga   Varxuman   kelgach,   ya'ni   650/655-   yildan   Naxshab
Samarqandga bo'ysunuvchi  hokimlikka aylangan. Naxshab mulki hukmdorlaridan
biri   bo'lgan   Ashkand   (740-746/747)   Keshni   ham   o'ziga   bo'ysundirgani   bu
mulkning   turkiy   hukmdori   Ashkand–   Sginti   (tegin)ning   siyosiy   mavqeidan   darak
beradi.   712   -yilda   arab   lashkarboshisi   Qutayba   va   Sug'd   podshosi   G'urak
o'rtasidagi   “Samarqand   shartnomasi”ga   ko'ra,   Kesh   va   Nasaf   mulklari   shahar   va
qo'rg'onlari bilan G'urak tasarrufida ekanligi tan olingan. Hatto, o'rta asr mualliflari
Yaqubiy,  Istaxriylar  ham  Kesh  va  Nasafni   Samarqand   Sug'di   tarkibida  ekanligini
ta'kidlaganlar 53
.   Kesh   va   Nasaf   IX   asr   boshigacha,   ya'ni,   so'nggi   Sug'd   ixshidi
Yazid   ibn   G'urak(780\782–800)   davrigacha   Sug'd   tarkibida   bo'lgan   deyish
mumkin.
52
  Сулейманов   Р.Х.   Ранние   этапы   развития   городской   культуры   Каршинского   оазиса//   Қадимий   Қарши   Ўрта   Осиё
шаҳарсозлиги   ва   маданияти   тарихи.   –   Қарши:   Насаф,   1999.   –   Б.   5;   Сулейманов   Р.Х.,   Сагдуллаев   А.С.   Сложение   и
развитие   урбанизированной   культуры   Кеша   в   древности   и   средневековье//   Шаҳрисабз   шаҳрининг   жаҳон   тарихида
тутган   ўрни.   –   Тошкент:   Фан,   2002.   –   С.   5–6;   Грене   Ф.   Новые   свидетельства   о   Нахшабе   и   Кеше   античного   периода//
Роль города Карши в истории мировой цивилизации. – Ташкент- Карши, 2006.
53
 Бартольд В.В. Согд/ Соч. III. – C. 487–488.
37 Sug'd konfederatsiyasining nisbatan kichikroq mulklari Ishtixon va Kabudan
Syuan   TSzan   va   Xoy   Chaolar   ma'lumotlarida   TSao(Ishtixon)   va   TSzenbudana
(Kabudan)   deb,   bilan   qayd   etilgan.   Ularning   “urf-odatlari   va(ishlab   chiqargan)
mahsulotlari   Samokien(Samarqand)   bilan   o'xshash”,   hukmdorlarining   harbiy
gvardiyasi-   chokarlari   bo'lgan.   Hokimlari(to   VII   asr   o'rtalarigacha)   Kan
(Samarqand)   podsholari   urug'laridan–   chjao   ulardan   tayinlangan,   Samarqandda
o'tkaziladigan   barcha   tadbirlarda,   jumladan   oltinchi   oyda   bo'ladigan   ajdodlar
ruhiga   bag'ishlangan   zardo'shtiylar   ehromidagi   qurbonlik   marosimlarida   ishtirok
etganlar.   Bu   mulklar   Buxoro   yoki   Keshdan   farqli   asosan   markazga   tobe
hisoblangan.   “Suy   shu”   solnomasida   keltirilishicha,   600-620-   yillardagi   Kan–
Samarqand   ixshidi   Tayshebining   o'g'li   Utszen   Ishtixon   va   Kabudan   hokimi   etib
tayinlangan.
Manbalar 738- yilgacha Ishtixon va Kabudonga hokimlik qilganlar orasida,
G'urakning   o'g'li   Turg'ar(twr γ ’r,   xitoycha   Doge)ni   ham   tilga   oladilar.   U   otasi
o'riniga   Samarqand   taxtiga   kelguncha   Ishtixonni   boshqargan.   “Tan   shu”   va
“Chefu”   manbalariga   ko'ra,   Turg'ar   Ishtixon   hokimligiga   731-   yilda   tayinlangan.
Ayni   vaqtda“Chefu”ga   ko'ra,   Kabudanga   Mosyen   hukmron   bo'lgan.   738-   yilda   u
vafot   etib,   hokimlik   ukasi   Sutupolo(Sudu–   pulo),   ya'ni   Sutuq–   bug'ro(Sudu–
bug'ro)ga   o'tgan.   740-760-   yillarda   esa   Kabudan   va   Ishtixonni   Gela–   pulo,   ya'ni
Qora–   bug'ro   boshqargan 54
.   Chunki   bu   davrda“o'n   o'q”   sulolasi   vakillari   barcha
mulklarda   hukmron   bo'lib,   hokimiyat   to'la   turkiy   sulola   qo'liga   o'tganligi
ehtimoldan   holi   emas.   Tabariy   Ishtixon   dehqoni   Sobit   Ishtixoni(ch)   haqida
ma'lumot beradi. U 720- yilda arab istilosidan chekinib, sug'd aslzodasi Korzanich
bilan Xo'jand voqealarida qatnashgan. Said Xaroshiy qo'shinlari bilan to'qnashuvda
halok bo'lgach, Ishtixondagi mulki arablar tasarrufiga o'tgan.
Ishtixon   Samarqand-Buxoro   yo'lidagi   muhim   strategik   shahar,   ixshidlar
qarorgohi   ham   edi.   Shu   bois   G'urak   o'z   o'g'li   Tug'arni   Ishtixonga   hokim   qilib
54
  Смирнова О.И. Заметки о среднеазиатской титулатуре. – С. 68; Её же. Сводный  каталог согдийских монет. – С. 425;
Малявкин А.Г. Танские хроники о государствах Центральной Азии. Тексты и исследование. – С. 80; Бобоёров Ғ. Турк
хоқонлиги даврида Суғд(бошқарув тизими). – Б. 126.
38 yuborgandi.   Ishtixon   hunarmandchilik   va   savdo   markazi   sifatida   ham   mashhur
bo'lib,   uning   mahsulotlari   742-   yilda   Xitoyga   yuborilgan   sovg'alar   orasidan   o'rin
olgan.   Katta   daromad   manbai   bo'lgan   Ishtixon   bozorlari   Istaxriy   va   Ibn
Xavqallarning   ma'lumotiga   ko'ra,   xalifa   Mutasim   (833-842)   davrida   musodara
qilinib,   ulardan   keladigan   foyda   xalifa   Mansur   (870-892)   ixtiyoriga   o'tgan.
Ishtixon keyingi asrlar(IX-X)da ham Sug'dning obod rustoqlardan biri bo'lgan 55
.
Sug'd   konfederatsiyasidagi   Maymurg'   mulki   Samarqand   janubiy   sharqida
joylashgan   bo'lib,   uni   Syuan   Szyan“Mimokiya”   yoki“Mimoxe”,   Xoy   Chao
esa“Mi”   deb   keltirgan.   Maymurg'   ham   bevosita   Samarqandga   tobe   bo'lib,   uni
hukmron   xonadon   vakillari   boshqargan.   720-740-   yillarda   Maymurg'   G'urakning
kichik   o'g'li   Manchjo(Manicho'r-   Banicho'r)   tomonidan   boshqarilgan.   712-
yilgi“Samarqand shartnomasi”da ham Maymurg' Sug'd tarkibida ko'rsatiladi. X asr
arab   geografi   Ibn   Xavqal   Maymurg'   rustoqligidagi   Rivdod(Tolu-Barzu)ni
Samarqand ixshidlarining qasrlari joylashgan qishloq sifatida tilga oladi. Bu yana
bir   bor   Maymurg'ning   siyosiy   va   ma'muriy   jihatdan   Samarqand   ixshidlari
tasarrufida ekanligini ko'rsatadi.
Maymurg'da   Sug'dning   asosiy   sug'orish   tarmoqlari   tizimi-   strategik
ahamiyatga   ega   Varag'sar   to'g'oni   joylashgan   edi.   Maymurg'da   dehqonchilik,
hunarmandchilik   rivojlanib,   uning   tog'laridan   oltin,   temir,   palaxsa   toshlar   qazib
olingan.   Mulkdorlari   esa   hashamatli   saroy   va   qasrlar   qurishgan.   Sug'd   mulklari
orasida   Maymurg'   eng   ko'kalamzor,   qishloqlari   va   saroylari   ko'p   joylardan   biri
bo'lgan. Maymurg' savdo ahli tashqi savdoda ham faol bo'lib, 624, 724, 726, 727,
744, 750- yillarda Samarqand, Buxoro, Kesh qatori Xitoyga zotdor otlar uyuri va
zotli   qo'chqorlar  yuborgan.  Sug'd  konfederatsiyasida   Zarafshonning  o'rta  oqimida
joylashgan   Kushoniya   mulki   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   markazlardan   biri
bo'lgan 56
.   Xitoy   manbalarida   Kushoniya   TSyuyshuannitszya(Syuan   TSzan
bo'yicha)   shaklida   aks   ettirilgan.   IV-V   asrlarda   Kushoniya   o'z   atrofidagi   mayda
55
 Бетгер К.Е. Извлечение из книги«Пути и страны» Абу-л-Касыма ибн Хаукаля. – С. 18–19.
56
 Кушония. // Ўз МЭ. 5-жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2003. – Б. 159.
39 mulklarni   bo'ysundirib,   Kushoniya   hokimi   o'z   nomidan   bronza   tangalar   zarb
ettirgan.
Bu   Sug'd   konfederatsiyasiga   xos   ichki   tuzilma   va   ma'muriy   boshqaruvning
murakkabligidan dalolat beradi. Mulklik hokimlari hokimiyatni to'la tasarruf etib,
hatto o'z puli va yuzdan ziyod chokarlardan iborat qo'shniga ham ega bo'lgan.
2.2. Sug'd markaziy hokimiyati va Turk xoqonligi: tashqi siyosiy hayot
va ijtimoiy munosabatlar
Bugungi   O'zbekiston   hududida   tarixda   mavjud   davlatlarni   o'z
xususiyatlariga ko'ra bir necha tiplarga bo'lish mumkin. Ularning ba'zilari o'troq va
ko'chmanchi   madaniyatlar   birlashuvi   natijasida   vujudga   kelgan   bo'lsa   (masalan,
Qang'   davlati),   ba'zilari   bu   hududda   mavjud   davlatlarni   bevosita   bosib   olib,
bo'ysundirish   asnosida   o'z   davlatlari   boshqaruvini   joriy   etishga   harakat   qilishgan
(masalan, Ahamoniylar davlati) 57
.
Shuningdek,   simbioz   natijasida   vujudga   kelgan   va   hozirgi   kunga   qadar
tadqiqotchilar   tomonidan   davlat   boshqaruv   tuzumi   kam   o'rganilgan   davlat
tuzilmalari   ham   mavjud   bo'lib,   mazkur   davlatlar   sirasiga   asli   Markaziy   Osiyodan
Sharqiy   Turkistonga   borib   joylashgan   hamda   xunnlarning   hujumlari   natijasida
yana   o'z   ona   yurtlariga   qaytgan   Chjaoular   dominantligida   Samarqand   markazli
Sug'd   konfederativ   davlatini   ham   misol   qilish   mumkin.   Manbalarda   nafaqat
Samarqand   balki,   Xorazm   va   Buxoro   hukmdorlarining   chjaoulardan   ekanligi
keltiriladi. Bundan tashqari, noiblik asosidagi mutlaq monarxiya tipidagi davlatlar
ham Markaziy Osiyoda hukm surgan.
57
  Ртвеладзе   Э.  Цивилизации,   государства,   культуры   Центральной   Азии.   …   –   С.   54-55.
40 Shunday   davlatlardan   biri   mil.   avv.   III   asr   o'rtalaridan   mil.   avv.   II   asr
o'rtalarigacha   mavjud   Yunon-Baqtriya   davlatidir 58
.   Mazkur   davlat   tarkibi   -   Qang'
davlati Yunon-Baqtriya davlatidan so'ng tarix sahnasiga chiqqan. Dastlabki Qang'
hukmdorlarining   tanga   zarbi   xususida   ma'lumotlar   kam.   Qang'ning   ilk   davrida
Yunon-Baqtriya   hukmdorlariga   taqlidan   tangalar   zarb   qilingan   va   ichki   bozorda
ishlatilgan.   Qang'   davlati   tarkibidagi   ma'muriy   birliklar   uchun   umumqang'   tanga
zarbi bo'lmagan. Har bir ma'muriy birlik o'z tanga zarbiga ega bo'lgan. Jumladan,
Buxoro atrofi hukmdorlari o'z unvonlari va ismlari yozilgan Yevtidem tangalariga
taqlidan   tanga   zarb   ettirishgan   bo'lsa,   Markaziy   Sug'd   –   Samarqandda   Girkod
tangalariga   taqlid   qilingan   sug'diy   hukmdorlar   tangalari   bosilgan 59
.   Xorazmda
alohida   tangada   ismi   keltirilmagan   hukmdor   tangalarining   zarb   qilinganligini
kuzatish mumkin.
 Tangalar tahlili shuni ko'rsatadiki, Sug'dda tanga zarbi nafaqat Qang' davlati
mavjudligi davrida, balki Xioniylar, Eftaliylar hamda Turk xoqonlari davrida ham
davom   etdi.   Sug'd   tarkibidagi   ma'muriy   birliklarning   har   birida   mustaqil   tanga
zarbi   mavjudligi   masalasi   uning   konfederativ   boshqaruv   tizimi   bilan   bog'liq
bo'lgan.   Sug'dning   Qang'   tarkibidagi   mustaqil   tanga   zarbi   uning   iqtisodiy
mustaqilligiga   va   o'z   navbatida   konfederatsiya   holatiga   kirishida   muhim   omil
bo'lgan. Buni soha mutaxassislari ham e'tirof etishadi 60
.
Markaz   bilan   nisbiy   bog'liqlikda   mavjud   bo'lgan   holda   faoliyat   yuritgan,
o'ziga xos noyob boshqaruv shakliga ega bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari tarixida
salmoqli   o'ringa   ega,   ilk   o'rta   asrlarda   o'z   taraqqiyotining   yuqori   cho'qqisiga
chiqqan Sug'd boshqaruvi uchun ham konfederativ shakl xos bo'lgan. Bu haqda bir
qator yozma (xitoy yilnomalari, Mug' tog'i sug'diy hujjatlari, arab tilli manbalar) va
numizmatik hamda arxeologik manbalar bizgacha etib kelgan bo'lsa-da, Sug'ddagi
58
  Зеймаль  Е.В.   Древние   монеты   Таджикистана.   –  Душанбе:   Дониш,   1983.   –   С. 270 -271.
59
Ртвеладзе   Э.  Цивилизации,   государства,   культуры   Центральной   Азии.   ...   –   С.   57.
60
  Ртвеладзе   Э.,  Саидов   А.,   Абдуллаев   Е.   Очерки   по   истории   цивилизации   древнего Узбекистана .   ...   –   С.   68.
41 konfederativ   asosdagi   boshqaruv   shakli   va   uning   xususiyatlari   tadqiqotchilar
nazaridan chetda qolgan.
  O'z   davrida   Sug'dning   konfederativ   asosda   boshqarilganligi   doir   ilk
ishoralar   eronshunos   olim   V.B.Xenning   izlanishlarida   keltiriladi   B.Gafurov   o'z
tadqiqotida   Sug'dning   konfederativ   asosda   boshqarilganligiga   e'tibor   qaratgan.
Lekin   uning   shakllanishi   va   ichki   xususiyatlarini   yoritmagan.   Tadqiqotchi
izlanishida   Sug'dda   konfederatsiya   mavjudligi   hech   qanday   izohsiz   keltiriladi 61
.
E.V.Rtveladze   ham   davlatchilik   va   davlat   tuzilmalari   borasidagi   fikrlarida
“konfederatsiya”   tipidagi   davlat   davlatchilikning   cheklangan   monarxiya   tipiga
daxldor   deb   keltiradi.   Konfederatsiya   o'z   tanga   zarbiga   ega   bir   necha   mustaqil
ma'muriy birliklardan iborat ittifoqni anglatishini va bunga misol tariqasida Qang'
davlati  va  Yuejchilar  ittifoqini  keltiradi. Shuningdek,  olim   mustaqil   tanga zarbini
konfederatsiyaning asosi deb hisoblaydi.
Bevosita   Sug'd   tarixi   yuzasidan   izlanishlar   olib   borgan   V.Livshis,
M.Is’hoqov,   A.Ataxodjaev,   G'.Boboyorov,   Sh.Shoyoqubov   kabi   tadqiqotchilar
ham   “Sug'd   konfederatsiyasi”   iborasini   ishlatishadi.   Muammoga   doir   umumiy
ishlarda   ham   Sug'dning   ittifoq   yoki   konfederatsiya   ekanligi   keltiriladi 62
.   Lekin
yuqorida  keltirilgan  olimlarning  ishlarida Sug'd  tarixiga nima  uchun konfederativ
asosda qarash kerakligi masalasi ochiq qolgan. 
Ta'kidlash   lozimki,   konfederativ   boshqaruv   shaklining   Sug'ddagi   holati   o'z
xususiyatlariga   ko'ra,   bugungi   kundagi   konfederatsiya   tipidagi   davlat
boshqaruvidan   ba'zi   jihatlari   bilan   farq   qilishiga   ko'ra   ajralib   tursa-da   ,mazkur
mintaqadagi   boshqaruv   shakli   davlatchilikning   konfederatsiya   tipiga   aloqador
deyishga yetarlicha asos bor.
61
  Гафуров   Б.   Таджики.   Книга   1.   –  Душанбе:   Ирфон,   1989.   –   С.   314-319.
62
  Асқаров   А.   Ўзбек   халқининг   келиб   чиқиш   тарихи.   –   Тошкент:   Ўзбекистон,   2015.   –   Б.   387;   Сагдуллаев   А.,   Аминов   Б.,
Мавлонов   Ў.,   Норқулов   Н.   Ўзбекистон   тарихи:   давлат   ва   жамият   тараққиёти.   I- Қисм.   –   Тошкент:   Академия,   2000.   –   Б.
66 - 67;   Кобзева   О.П.   Роль   Великого   шелкового   пути   в   формировании   этнического   разнообразия   Зарафшанской
долины   /   Самарқанд   шаҳрининг   умумбашарий   маданий   тараққиёт   тарихида   тутган   ўрни.   Халқаро   конференция
материаллари.   –  Тошкент -Самарқанд:   Фан,   2007.   –   С.   164-165.
42 Bu quyidagilarda namoyon bo'ladi: birinchidan, konfederatsiyaga birlashgan
ma'muriy   birliklarning   shartlaridan   biri   avvalambor   yagona   maqsad   yo'lida
birlashish   hisoblanadi.   Bu   haqda   xitoy   yilnomasi   “Bey   shi”da   quyidagi   ma'lumot
keltiriladi:   “Sug'd   markazi   Samarqand   hukmdorlari   qarorgohida   ajdodlar
ibodatxonasi   bor,   ular   yilning   oltinchi   oyida   qurbonlik   qilishadi.   Boshqa
hukmdorlar qurbonlik keltirishda yordam berishadi. Budda diniga sig'inishadi. Xu
(ya'ni,   sug'diy)   yozuvidan   foydalanishadi”.   Mazkur   ma'lumot   Sug'dda
konfederatsiyaga   birlashishning   bosh   omillaridan   biri   ittifoqqa   birlashgan
hukmdorlarning   yagona   xonadonga   mansubligi   va   o'z   ajdodlari   ruhiga   qurbonlik
qilishlari   bilan   asoslanadi.   Ayni   manbada   keltirilgan   “...   Xe   (Kushoniya)   va   Mi
(Maymurg')   hukmdorlarining   kelib   chiqishi   Chjaovu   sulolasidan   ekanligi   va
ularning   urug'i   Kan   (Samarqand)ga   borib   taqalishi” 63
  haqidagi   ma'lumot
konfederatsiyaga   birlashgan   hukmdorlarni   asosan   qarindoshlik   rishtalari   bog'lab
turganligi   ko'rsatadi.   Xullas,   Sug'dda   konfederatsiyaga   birlashishning   bosh   sharti
bu   qarindoshlikni   ko'rsatish   maqsadida   ajdodlar   ruhiga   qurbonlik   keltirish
hisoblangan. 
Ikkinchidan,   konfederatsiya   hududining   doimo   bir   xil   turmaganligi
borasidagi   fikrlar   ham   Sug'd   misolida   ko'zga   yaqqol   tashlanadi.   Xitoy
yilnomalarida keltirilganidek, Sug'd konfederatsiyasi dastlab markaz Samarqand va
uning atrofi hududlarini birlashtirgan bo'lsa, keyinchalik uning tarkibi Kesh, Panch
va   Fay   kabi   ma'muriy   birliklar   bilan   yanada   kuchaygan.   Arab   tarixchi-
sayyohlarining   Sug'd   hududlari   to'g'risida   keltirgan   ma'lumotlarining   turli
tumanligi   ham   mazkur   konfederatsiyaning   ba'zan   kengayganligidan   va   ba'zan
torayganligidandir.
Arab   tarixchi-sayyohlaridan   farqli   ravishda   xitoy   yilnomalarida   Sug'd
markazi   Kan   (Samarqand)ga   bo'ysinuvchi   hududlar   qatoriga   Mu   (Marv?)   Unaxe
(Chorjo'y)   ham   kirganligi   keltiriladi 64
.   Shuningdek,   Sug'd   konfederatsiyasining
63
  Хитой   йилномаларида   таъкидланадики,   Кан   (Самарқанд)даги   хонадон   Суғддаги   тўққизта   сулоладан   бири   ва
қариндошлар   орасида   у   марказий   мавқега   эга.   Мазкур   тўққизта   хонадон   вакиллари   ягона   уруғдан   тарқалган
(Қаранг:   Бичурин   Н.Я.   Собрание   сведений.   ...   II.   –   С.   280 -281).
64
  Шониёзов   К. Қанғ   давлати   ва   қанғлилар.   …   –   Б.   5 4.
43 teng a'zolaridan biri bo'lgan Panchning aksariyat manbalarda keltirilmaganligi ham
so'zsiz   Sug'd   konfederatsiyasi   sub'ektlarining   markazga   nisbatan   bir   xildagi
turmaganligi bilan bog'liq. Bundan tashqari, 712- yil Samarqand arablar tomonidan
egallanganidan   so'ng,   o'rtada   tuzilgan   shartnomaga   muvofiq,   konfederatsiya
chegaralariga   Kesh   va   Naxshab   ham   kiritilganligi   qayd   etilgan 65
.   Ushbu   holatda
ham Sug'd konfederatsiyasi  o'z mavjudligini yo'qotmaslikka harakat qilgan. Sug'd
ixshidi   G'urak   (710-738)   Ishtixondan   turib   mamlakat   boshqaruvini   olib   borishga
majbur bo'lgan.
Uchinchidan, bugungi kunda “konfederatsiya”ga berilgan ta'rifga ko'ra, unda
yagona   fuqarolik   mavjud   emas.   Faqatgina   konfederatsiya   hududida   shaxs
maqomining   bir-biriga   yaqinligini   ta'minlab   beruvchi   normalar   o'rnatilishi
mumkin. Bu esa Sug'd misolida xitoy yilnomalaridagi ma'lumotlar asosida yanada
aniqlik kasb etadi. Jumladan, yilnomalarda Kan (Samarqand), Mi (Maymurg'), Shi
(Kesh) kabi “Xu o'lkalari”dan Xitoyga kelib, o'z savdo koloniyalarini (faktoriyalar)
barpo   etganligi   haqidagi   qaydlar   uchraydi.   Ushbu   ma'lumotlardan   ma'lum
bo'ladiki,   samarqandlik,   kushoniyalik,   maymurg'lik   va   keshlik   savdogarlar
hamkorlikda  faoliyat  yuritib,  Xitoyda  o'z savdo   manzillariga  asos   solishgan.  Ular
qayerda  bo'lmasin,   Sug'dning   qaysi   hukmdorligidan   kelganligiga   qarab   o'z   jamoa
maskanlarini barpo etishga urinishgan. Mazkur savdogarlar Sug'd fuqarosi sifatida
emas,   balki,   o'zlari   mansub   hukmdorlikning   fuqarosi   sifatida   qayd   etilishi   holati
yuqoridagi fikrga asos beradi. 
To'rtinchidan,   Sug'dning   konfederativ   asosdagi   boshqaruvini   ko'rsatuvchi
yana   bir   jihat   davlat   boshqaruv   tizimining   davlat   hokimiyati   (ya'ni,   qonun
chiqaruvchi,   ijro   etuvchi   va   sud)   organlariga   bo'linmaganligi   edi.   Unda   faqat
yagona maqsadlarni amalga oshirishga ko'maklashuvchi muvofiqlashtiruvchi organ
–   “Oqsoqollar   kengashi”   mavjud   bo'lgan 66
.   “Oqsoqollar   kengashi”   zodagonlar,
savdogarlar, dehqonlardan iborat bo'lib, ixshidlar ham ushbu organ oldida hisobot
berishgan.
65
  Kurat   A.H.   Kuteybe   bin   Muslim’in   Hvarizm   ve   Semerkend’i   zebti.   …   –  S.   387-430.
66
  Отахўжаев   А .   Илк   ўрта   аср   Марказий   Осиё   цивилизациясида   турк - суғд   муносабатлари .   ...   –   Б .  67.
44 Sug'd markazi  Samarqandning  yuechjilar  tomonidan egallanishi,  437-  yilda
xioniylarning   ushbu   shaharni   bosib   olishlari,   Tabariy   ma'lumotlarida   keltirilgan
Janubiy   Sug'dga   Sosoniylar   yurishlari,   milodning   255-265-   yillarida   Naxshab
hududlariga   kushonlarning   harbiy   harakatlari   Sug'd   hukmdorlarining   doimiy
harbiy   harakatlar   olib   borishlari   uchun   birlashishlarini   taqozo   etgan.   Bu   esa
Sug'dda   harb   ishiga   ham   yetarli   darajada   e'tibor   berilganligini   ko'rsatadi.
Konfederatsiyaga   birlashgan   hukmdorlarning   umumiy   dushmanga   qarshi
birgalikda   kurashishlari   shart   holat   bo'lib,   bunga   amal   qilmaslik   xoinlik
hisoblanilgan.   G'urakning   arablarga   qarshi   kurashmaganligini   Devashtich   xoinlik
deb hisoblagan. Mug' tog'i A-19 hujjatida ’’ γ w’’n’k – “gunohkor, xoin” so'zining
Devashtich tomo nidan G'urakka nisbatan ishlatilganligi buni isbotlaydi 67
.
Konfederatsiya   hukmdorlarining   ittifoqqa   birlashishlari   zamirida   tashqi
dushman   hujumini   qaytarish   sharti   bo'lganligi   ko'rsatadi.   Oltinchi   asos   esa
konfederatsiya   sub'ektlarining   mustaqil   iqtisodiy   siyosati   bilan   bog'liq.   Sug'd
konfederatsiyasining a'zolaridan Samarqand, Kesh, Naxshab, Panch, Kushoniyada
mustaqil tanga zarbi bo'lganligini isbotlovchi numizmatik manbalar mavjud. Hatto
Kushoniya hukmdorligining kichik mulki  hisoblangan  Samitonda ham  tanga zarb
qilinganligi   numizmatik   materiallar   asosida   oydinlashadi.   Shu   o'rinda   ilk   o'rta
asrlar   davriga   kelib,   Turk   xoqonligi   tarkibidagi   Choch,   Ustrushona,   Farg'ona,
Toxariston,   Xorazm,   Buxoro   (G'arbiy   Sug'd)   kabi   konfederativ   davlat
uyushmalarining   har   birida   mustaqil   tanga   zarbining   yo'lga   qo'yilganligi   alohida
qayd etish lozim.
Yettinchidan,   federativ   tuzulishdagi   davlat   yagona   markazdan   boshqarish
qoidalariga ega bo'lib, konfederatsiyada esa muvofiqlashtirish mavjuddir. Lekin bu
holat   konfederatsiya   a'zolarining   ixtiyoriy   tan   olishi   orqali   amalga   oshiriladi.
Xususan, qadimdan Samarqand hukmdorlari konfederatsiya markaziy hokimiyatini
boshqarishgan bo'lsa, Kesh kuchaygan vaqt uning hukmdorlari markazlik maqomi
uchun   da'vo   qilishgan.   Shu   bilan   bir   qatorda   Panch   hukmdorlari   ham   o'z   davrida
67
  СДГМ   II.   –   С .   171.
45 konfederatsiya markaziy hokimiyati taxti uchun kurash olib borishgan 68
. Bu haqda
Mug'   tog'i   sug'diy   hujjatlarida   keltirilgan   “Sug'd   podshosi,   Samarqand   hukmdori
Devashtichdan” deb boshlanuvchi maktublar ham muhim manba bo'la oladi 69
.
Sug'd   hukmdorliklarining   konfederativ   asosda   boshqarilganligini
ko'rsatuvchi   asoslardan   keyingisi   (sakkizinchisi)   ularning   mustaqil   tashqi   siyosat
olib   borganliklari   bo'lib,   bu   haqda   manbalarda   ma'lumotlar   saqlanib   qolgan.
Xususan,   437-   yilda   Samarqanddan,   642-   yilda   Keshdan   Xitoyga   elchilar
yuborilgan.   Da-ye   (ushbu   hukmdor   ismi   boshqa   manbalar   orqali   ma'lum   emas)
hukmronligi   davrida,   605   –   616-   yillarda   Sug'd   hukmdorliklarining   birlashgan
(Samarqand,   Kesh,   Kushoniya)   elchiligi   Xitoyga   jo'natilgan.   Arablar   bosqini
davrida  G'urakning  Xitoyga yuborgan elchiligi   (719  y.), ayni   davrda  (719 –  721)
Devashtichning Farg'ona, Choch, Turk xoqonligi bilan tashqi aloqalar olib borgan.
Umumiy hisobda Sug'ddan Xitoyga 9 marotaba elchilik jo'natilgan 70
.
Xitoy   yilnomalari   va   sug'diy   hujjatlarda   saqlanib   qolgan   Sug'd
hukmdorliklarining   elchiliklari   to'g'risidagi   ma'lumotlar   konfederatsiyaning
Xioniylar,   Eftaliylar   va   Turk   xoqonlari   davrida   mustaqil   tashqi   aloqalar
o'rnatganligini   asoslaydi.   Sug'dda   konfederativ   boshqaruv   uchun   asos   bo'lgan
omillar  tahlili  bilan birga  mazkur  konfederatsiyaning  xronologik chegarasini  ham
aniqlash   muhim   masaladir.   Bunda   Sug'd   hukmdorliklari   tomonidan   zarb   qilingan
tanga   zarbiga   tayanish   kerakli   yo'nalishni   topish   uchun   muhim.   Tanga   zarbi
nafaqat   Sug'dda   konfederatsiyasining   vujudga   kelishiga   sabab   bo'lgan   muhim
omillardan  hisoblanadi,  balki  tangalar   asosida   konfederatsiyaning  mavjud  bo'lgan
xronologik chegarasini ham aniqlash bir muncha ishonchli.
Mil.   av.   II   asrga   kelib   Yunon-Baqtriya   davlatidagi   boshboshdoqliklar   va
tashqi   kuchlar   hujumi   (mil.   av.   175   –   145)   natijasida   davlatning   parchalanishi
kuchaydi. Ayni mana shu davrda Sug'd Yunon-Baqtriya davlatidan ajralib chiqadi.
Lekin   bu   davrda   hali   sug'diy   hukmdorlar   Yunon-Baqtriya   hukmdorlariga   (asosan
68
  Grenet   F.,   Vaissiere   de   la   E.   The   last   days   of   Pandjikent.   …   –   Р .  155-196.
69
Лившиц   В.А.   Согдийская   эпиграфика   Средней   Азии   и  Семиречья.   ...   –   С.  84 -120.
70
  Юй   Т.   C ведения   о   ранней   Согдиане  в   официальных   историях   HAN,   WEI,   JIN . …   –   С.  59 .
46 Yevtidem, Girkod) taqlidan yunon yozuvidagi tangalar zarb qilishgan 71
. Faqatgina
asrimizning   boshlariga   kelib   Sug'dda   zarb   etilgan   tangalardagi   yunon   yozuvining
o'rnini   sug'diy   yozuv   egallagan.   Ana   shu   asosda   Sug'dning   o'z   nomidan   mustaqil
sug'diy tangalar zarb qila boshlagan milodiy I - asrdan boshlab, to konfederatsiya
hukmdorlarining   o'rnini   arablar   tomonidan   tayinlangan   noiblar   egallagan
davrigacha,   ya'ni,  milodiy  VIII   asrning  ikkinchi   yarmigacha   bo'lgan  davrni   Sug'd
konfederatsiyasining xronologik chegarasi deb shartli ravishda belgilash mumkin.
Shu o'rinda Buxoro Sug'di masalasiga ham oydinlik kiritish lozim. O'rta asr
muarrixlarining   asarlarida   Buxoro   geografik   jihatdan   Sug'd   tarkibida   deb   tilga
olinadi 72
. Lekin Buxoro  siyosiy  jihatdan  alohida tuzilma  hisoblanadi.  Buxoroning
Markaziy   Sug'ddan   alohidaligi   muammosini   echishda   ham   tangalar   muhimdir.
Yozma manbalarda Buxoroning siyosiy jihatdan Sug'ddan ajralib chiqqanligi bilan
bog'liq to'g'ridan-to'g'ri ma'lumot keltirilmagan. 
B.Gafurov   Buxoroning   Markaziy   Sug'ddan   ajralib   chiqishini   712-   yildagi
Sug'd ixshidi  G'urak va Qutayba ibn Muslim  (704 – 715)  o'rtasidagi  “Samarqand
shartnoma”si   bilan   bog'laydi.   Lekin   mazkur   fikrni   unchalik   ham   asosli   deb
bo'lmaydi.   Chunki   Buxoroning   Markaziy   Sug'ddan   alohida   siyosiy   tuzilma
sifatidagi   faoliyati   Buxoro   hukmdorlarining   o'z   nomlaridan   tanga   zarb   qilishlari
bilan bog'liq.
Milodiy   IV-   asrlarga   kelib   Buxoro   hukmdorlarining   sug'diy   yozuvdagi
“botiq”   shaklli   ’’ps’r   γ w β w   –   Avsar   hukmdor   tangalari   zarb   qilingan   Markaziy
Sug'd tangalaridagi tamg'alar va Buxoro tangalaridagi tamg'alari biri-biridan farqli.
Numizmatik materiallar asosida aytish mumkinki, Buxoroning Markaziy Sug'ddan
alohidaligi   masalasi   milodiy   IV   -   asrlardan   boshlangan 73
.   Buxoro   ham   Markaziy
Sug'd   kabi   konfederativ   asosda   boshqarilganligi   ehtimoli   yuqori.   Buxoroning
alohida   hukmdorliklari   o'z   nomlaridan   mustaqil   tanga   zarbiga   ega   bo'lishgan.
71
  Зеймаль  Е.В.   Древние   монеты   Таджикистана.   ...   –   С.  269 -273.
72
  Ибн   Хавқал.   Китоб   сурат   ал - ард.   Мовароуннаҳр   /   Араб   тилидан   таржима   ва   изоҳлар   муаллифи.
Ш.Камалиддин.   –  Тошкент:   ЎМЭ,  2011.   –   Б. 27 -30,   49-51.
73
  Ртвеладзе   Э.В.,   Саидов   А.Х.,   Абдуллаев   Е.В.   Очерки   по   истории   цивилизации   древнего   Узбекистана:.   ...   –   С.   76;
Бухоронинг   алоҳида   сиёсий   тузилма   сифатидаги   фаолияти   фанда   алоҳида   илмий   муаммо   ҳисобланади.   Шу
жиҳатдан   мазкур   тадқиқотда   Ғарбий   Суғд   –   Бухоро масаласи   очиқ   қолдирилган.
47 Xususan,   sug'diy   yozuvli   tangalar   orqali   Poykent   (Ptkn δ h)ning   mustaqil
boshqaruvga ega bo'lgani ma'lum bo'ladi.
Xullas,   Markaziy   Osiyo   tarixida   muhim   o'rin   egallagan   Sug'd   tarixiy-
madaniy o'lkasi o'zining geografik joylashuv, iqtisodiy salohiyatiga tayangan holda
uni   bo'ysundirishga   harakat   qilgan   saltanatlar   tarkibida   o'z   ichki   mustaqilligini
saqlab   qolishga   harakat   qilgan.   Mazkur   holat   Sug'dning   ma'muriy   birliklarini
konfderatsiyaga   birlashishiga   olib   kelgan.   Buning   natijasida   esa   Sug'dda
konfederatsiyaning   ichki   tarkibiy   qismlari   shakllangan.   Buni   Sug'd
hukmdorliklaridagi   tanga   zarbi,   har   bir   hukmdorlikning   o'z   qo'shiniga   ega
bo'lganligi, konfederatsiya hukmdorlarining yagona xonadonga mansubligi, davlat
boshqaruvidagi   hokimiyat   organlarining   bo'linmaganligi,   mustaqil   tashqi   siyosat
olib borganliklari kabi misollar tasdiqlaydi.
Bugungi   kundagi   “konfederatsiya”   tushunchasi   mutlaq   mustaqillikka
asoslangan ixtiyoriy ravishdagi manfaatlar birligini bildiradi. Sug'dda ham umumiy
qonuniyat   yuzasidan   ushbu   holat   mavjud   edi.   Lekin   zarur   hollarda
hukmdorliklarning   markazga   jipslashish   yoki   ba'zida   xoliroq   harakat   olib   borish
xususiyatlari ham mavjud bo'lgan. Chunki tarixiy- hududiy birlik nuqtai-nazaridan
bu tabiiy holdir. Shu jihatlariga ko'ra, Sug'ddagi konfederativ boshqaruv ko'rinishi
bugungi   konfederatsiyalardan   qisman   farq   qiladi.   Konfederativ   davlat
tuzilmasining ichki xususiyatlarini namoyish etuvchi mazkur holatlar, ularni o'zida
mujassamlashtirgan Sug'd tarixiga konfederativ tuzilma sifatida qarash kerakligini
taqozo etadi. 
Markaziy   Osiyo   mintaqasida   mavjud   ilk   o'rta   asrlar   davlat   uyushmalari
(Sug'd,   Choch,   Farg'ona,   Buxoro,   Ustrushona,   Toxariston,   Xorazm)   orasida
konfederatsiya   o'lchamlariga   Sug'd   eng   yaqin   va   to'liq   javob   beradi   deb   xulosa
qilish mumkin.
48 3-Bob. Sug’d ustidan Turk xoqonligi hukmronligi va mamlakatning 
ichki siyosiy vaziyati.
3.1. Turk-sug'd munosabatlarining tarixiy mohiyati.
Ilk   o'rta   asrlardagi   Sug'dning   siyosiy,   ijtimoiy   –   iqtisodiy   hayotida   turklar
nufuzini darajasi yozma va numizmatik materialllar tasdiqlaydi. XX asr boshlarida
V.V.   Bartold,   I.   Markvart   va   V.   Tomashek   kabi   tadqiqotchilar   oldingi   Turk
xoqonligining   mintaqadagi   siyosati   heptaliylar   siyosatidan   farq   qilmagan 74
,   -   deb
baholagan edilar. Ular Turk xoqonligining davlat boshqaruvi amaliyoti, ma'muriy -
siyosiy   tuzilishdagi   salohiyatiga   shubha   bilan   qaragandilar.   Shu   bois   ular
ma'muriyat   mahalliy   sharqiy   eroniy   tilli   xalqlardangina   iborat   edi,   deb   bilishgan.
Davlat   boshkaruvidagi  asosiy   urg’u  turkiy bo’lmagan  etnoslarga  berilgan.  Ammo
ushbu   mavzuga   oid   sug'diy,   xitoy,   yunon,   arab-fors   manbalarni   o'rganish   yangi
xulosalarga   olib   keldi.   Sug'ddan   topilgan   numizmatik   materialar   va   Mug’   tog'i
arxivlari   hujjatlari   mintaqada   turkcha   qatlam   o'rni   masalasini   yanada
oydinlashtirdi.
Turk xoqonligi birinchi boshqaruv yillarida mahalliy boshqaruv tizimiga tub
o'zgarishlar   kiritmaganini,   yerli   boshqaruvda   ko'plab   mahalliy   turkiylarning
faoliyati   bilan   ham   izohlash   mumkin.   Biroq   Turk   xoqonligi   ikkiga   bo’lingach
(603), G’arbiy Turk xoqonligi bu masalaga jiddiy e’tibor berdi. Tun yabg’u (618-
630)   ning   ma'muriy   islohatlari   aynan   xoqonlik   va   mahalliy   boshqoruv   hosil
muvoffiqlashtirishga  qaratilgan  edi.  Kolaversa,   xoqonlik  turklarning  o'troq  hayoti
74
 Тревер К.В. Кушаны, хиониты и эфталиты по армянским источникамIV-VII вв. – С. 140; Гафуров Б.Г. Таджики. Кн. I.
– С. 279.
49 va o'ziga xos davlatchilik an’analar heptaliylardan farqlangan. Turk xoqonligining
mahalliy sulolalar boshqaruvini saqlab qo'yishdan maqsadi o'troq o'lkalarda siyosiy
barqarorlikni   ta'minlash,   itisodiy   taraqqiyot   rivojini   to’xtatmaslik   va   harbiy
ko’maklashuv bo’lgan. Bundan tashqari mahalliy podsholarning tashqi ko'rinishi u
yoki   bu   ma'noda   Turk   hoqonligi   hukmdorlari   bilan   yaqinlashib,   qardoshlik
aloqalarini   o'rnatgan   siyosiy   ma’noda   hoqonlik   diplomatiyasining   mahoratidan
darak beradi.
Turk xoqonligi ma'murlari mahalliy mulklardan yig'ilgan o'lpon va solqlarni
barchasini   o’zlari   o’zlashtirgan   deya,   olmaymiz.   Manbalarda   ular   tomonidan
mahalliy   muklarni   behuda   talon-taroj   qilgani   haqida   ma'lumot   uchramaydi.
Hoqonlikning joylardagi  vakillari, to’lov va o'lponlardan tushgan  mablag'ning bir
qisminigina   markazga–   hoqon   qarorgohiga   yuborib,   asosiy   xizmatni   o'lkaning
iqtisodiy rivoji va siyosiy barqarorligi uchun sarflaganlar deyish mumkin. Chunki
bu davrda Sug’dda iqtisodiy tushkunlik, siyosiy bo’ronlar kuzatilmaydi. Qolaversa,
xoqonlik   assosiy   e’tiborni   o'z   vassallarini   tashqi   dushman   xavfidan   saqlashga
qaratgan.   Shu   bois   mahalliy   qo shin   -   chokarlarning   harbiy   salohiyatiʻ
kuchaytirilgan   bo’lishi   kerak.   Ma’lumki,   sug'diylar   va   turkiylar   harbiy-siyosiy
sohada   azaldan   ittifoqchi   bo'lib   kelgan.   Bu   hodisa   ham   turk   –   sug’d
munosabatlaridagi   eng  muhim   jihatlaridan   biri   edi.  Turk   xoqonligi   O'rta   Osiyoga
kirib kelgach, o'lka boshqaruvining o'ziga xos qirralarini kuzatib borilgan va asta-
sekin   ma'muriy   boshqaruv   tizimidagi   muhim   jihatlar   o'zlashtira   boshlangan 75
.
Yuqorida   aytganimiz,   G’arbiy   Turk   xoqoni   Tun   yabg’uning   ma'muriy   boshqaruv
tizimidagi islohatlar uzoqni ko’zlagan va samarali islohat edi. Yangi tartiblar orqali
siyosat,   ijtimoiy-iqtisodiy   yutuqlarni   qo'lga   kiritish   mumkin   edi.   Qolaversa,   Tun
yabg’uning   shaxsan   “bebosh”   hokimlarni   tartibga   chaqirib   qo’yish   qudratiga   ega
edi.   U   nafaqat   kuch,   balki   diplomatiya   vositasini   ham   ishga   solib,   ish   yuritgan.
Chunki   manbalarda xoqonlik  va mahalla  hokimliklar   o'rtasida  yuz bergan  nizolar
haqida   ma’lumot   uchramaydi.   Xoqonlar   O'rta   Osiyoni   o'z   qavmdoshlari
yashaydigan yurt sifatida bilib, mahalliy aslzodalar bilan quda-andachilikni yo'lga
75
 Гафуров Б.Г. Таджики. Кн. I. – C. 280.
50 qo’yganlar.   "Bei   shi",   "Sui   shu"   va   "Tan   shu"   kabi   solnomalarida   keltirilishicha,
Tardu xoqon (576-603) Kan hukmdori Shi-fu-biga, Tun yabg’u esa Kan hukmdori
Kyue-mu-chjiga o'z qizlarini turmushga berishgan 76
. Bunday qarindoshlik aloqalari
Turk   xoqonligi   va   Sug’dning   barqarorligi,   iqtisodiy   rivojida   hamjihatlikni
ta'minlagan. Aslida turk xoqonlarining harbiy qudrati har qanday hokimlikni tobe
qilishga   yetar   edi.   Biroq   xoqonlar   uchun   O'rta   Osiyo   mulklari   taraqqiyoti
muhimroq   hisoblangan.   VI   asr   so’nggi   choragi   va   VII   asr   boshlaridagi   Kan   -
Samarqand podsholari Shi-fu-bi (Tei-shi-bi) (VI asr so’nggi choragi) wa Kue-mu-
chzhi   (600-620)   lar   xoqonlik   himoyati   ostida   dehqonchilik,   hunarmandchilik
ayniqsa xalqaro savdoni rivojlantirishdan o'zaro manfaat topdilar. Xitoy va Eronga
iqtisodiy   va   siyosiy   raqobatda   tomonlar   pozitsiyalari   solnomalardagi   turk-sug'd
munosabatlari   doirasida   alohida   e’tibor   bilan   belgilanadi.   Chunki   O'rta   Osiyo
masalasida  Xitoy,  Eron  Turk  xoqonligi  manfaatlari   doimo  to'qnash  kelgan.  Sug'd
uchun Turk xoqonligi qudrati hayot – mamot masalasi edi.
630-   yilda   To’n   yabg’u-xoqon   vafotidan   so'ng   ro’y   bergan   parokandalik
natijasida   Garbiy   Turk   xoqonligi   tanazzulga   yuz   tutdi 77
.   Tun   yabg’udan   so'ng   to
742-   yilgacha   G’arbiy   Turk   va   Turkash   xoqonligida   17   ta   yabg’u   almashdi.   Bu
davrda   G’arbiy   turklar   Sug'dga   oldingidek   ta'sir   qila   olmadi.   Natijada   Sug'd
ixshidlarning   faoliyatida   bir   qadar   mustaqil   harakatlar   ko'zga   tashlandi.   G’arbiy
Turk   xoqonligi   tanazzuli   yuz   yildan   ziyod   vaqt   davom   etdi.   Sug'dga   esa   Sharqiy
Turk   xoqonligining   ta’siri   orta   bordi.   Ayniqsa,   Sharqiy   Turk   xoqonligi   Qapag'on
xoqon   davrida   (692-716)   o'zining   mintaqadagi   o'rnini   qayta   tiklab,   geosiyosiy
pozitsiyasini mustahkamladi. Shu bois ham Mug’ arxivi A-14 hujjatiga ko’ra, VIII
asr boshlaridagi (717-719) “Sug‘d podshosi” Devashtich elchisi Fatufarn Chochda
“vaqtincha”   bo’lib   turgan   Sharqiy   Turk   xoqoni   bilan   muzokaralar   olib   borishga
yuborilgan. 
76
 Бичурин Н.Я. Собрание сведений. – Т. II. – C. 271; Chavannes E. Doсuments sur les T’ou-kiue (Turcs) Occidentaux. – P. 
24, 132 (2-изоҳ), 135 (5-изоҳ).
77
 Гафуров Б.Г. Таджики. Кн. I. – С. 280–281.
51 Devashtich   o'zini   ham   G’arbiy,   ham   Sharqiy   xoqonlikning   vassallari 78
  deb
bilgan. Arablarga qarshi kurashda ulardan yordam va madad kutgan. Bu haqda B-
17 hujjatida shunday satrlar uchraydi: ZKh m'gw 'zgntt cnn' sky mrts'r  (11) ”ysnt
rty  mn 'cnn  g'g'n  mrts'r  RB   pdbrw  ZY'  gr'n'w'  brnt  rtcnn 'skys'r   tym  grb'sp'dw'gz
wyw   gwn   ZY   cyn   -   “bizning   (Devashtichning)   choparlar   bu   yerga   tushishib,
menga   xoqondan   yuksak   ishonch   va   hurmat   olib   keldi.   hamda   turklar   (gwn)   va
xitoylar   (sun)   lardan   iborat   ko plab   qo shinlar   keldi”ʻ ʻ 79
.   Shu   o'rinda   aytish   joizki,
hujjatni tahlil qilgan V.A. Livshis VIII asr boshlarida Yettisuvda o'z hokimiyatini
o'rnatgan Turkash xoqonligini ham nazardan qochirmaydi. Turkash xoqonlarining
qarorgohi   Suyob   (Suye)   shahri   bo’lib,   ular   arablarga   qarshi   harbiy   harakatlarda
sug'diylarning ittifoqchisi sifatida maydonga chiqishgan edi. Turkashlar haqida gap
borar   ekan,   ayrim   tadqiqotchilar   Sug'd   ixshidlari   Tarxun   va   G’urakning   kelib
chiqishlarini   ularga   taqashadi.   Nasafiyning   “al-and   fi   zikri   ulamo   Samargand”
asarida   berilgan   shajara:   Abu   Husayn   Ubaydulloh   ibn   al-Marbuzon   ibn   Turkash
Baqi ibn Kasir ibn Tarhun ibn Banichur ibn G’urak al-Bobdostoniy 80
 shaxsi ismiga
e’tibor berishgan.
Turkashlar   712-714-   yillarda,   ya’ni   A-14   hujjati   bitilgan   davrda,   sharqiy
turklardan   ma'g'lubiyatga   uchrab,   o'z   mavelarini   yo'qotgan   edilar.   Shu   bois   ham
ular   Sug'd,   Choch   va   Farg'ona   siyosiy   hayotida   yetakchi   o'rin   tuta   olmas   edilar.
712-   yilda   esa,   aynan   Sug'd   chegarasida   Mochjo   (Qapag'on)   hoqonning   kichik
o'g'li   Inal-xoqon   bosh   qo'mondon-apa-tarhonligidagi   qo'shin   turar   edi.   A-14
hujjatida   ham   shahzoda   Inal-xoqon   zikr   etilgan   deyish   mumkin.   Devashtichning
Sharqiy   Turk   xoqonligi   bilan   munosabatlarini   ifodalovchi   dalillarni   Mug’
arxivining   Nov.1   va   B-1   hujjatlarida   uchratamiz.   Bu   hujjatlarda   tardush   (trd'wš,
trdwš) atamasi esga olinadi. Tardushlar esa, to’lislar bilan konfederatiyada bo’lib,
78
 СДГМII. – С. 84.
79
  СДГМ II .   –   С.   116–117.     Бу     ўринда     Чин     дейилганда     айнан     Хитойни     эмас,     балки     унинг     аксарият     ҳудудида
ҳукмронлик қилаётган Шарқий Турк хоқонлигини назарда тутмоқ керак бўлади.
80
 Камолиддинов Ш.С., Муҳамедов У.З. Новые данные по истории Средней Азии в эпоху арабских завоеваний. – С. 91–
97;   Бабаяров   Г.,   Кубатин   А.В.   К   новой   интерпретации   имени   правящего   рода   Самарканда   из   надписей   в   росписях
Афрасиаба.   –   С.   216–220.   Манба:   Нажмиддин   Абу   Ҳафс   Умар   ибн   Муҳамад   ан-Насафий.   Ал-Қанд   фи   зикри   уламо
Самарқанд. – Мадина. 1991. – Б. 323.
52 Sharqiy   Turk   xoqonligi   qabilalarining   asosini   tashkil   qilgan 81
.   Shu   bois,   VIII   asr
boshlariga   kelib   Sug'd   ijtimoiy   hayotida   mahalliy   turklar   va   G’arbiy   Turk
xoqonligi   davrida   muhim   o'rin   tutgan   bo’lsalar,   siyosiy   hayotida   Sharqiy   Turklar
va turkashlarning ta'siri ortgan.
VII-VIII   asrlarga   kelib   markaz   Samarqand   va   mulklarda   sug'diy   va   turkiy
amaldorlar boshqaruvinning qa’tiylashuvi ikki qavmining qardoshligi, hamjihatligi
va   manfaatlarini   mos   bo’lib,   o’lkada   tinchlik   va   barqarorlikka   xizmat   qilardi.
Jumladan,   xitoy   manbalarida   VII   asrning   birinchi   yarmigacha   Kesh   mulkining
boshqargan   Di-chje   (600-640),   Sha-shi-bi   (Shishpir)   (640-650)   va   VIII   asr
boshidagi   Kesh   va   Nasaf   hokimi   al-Ashkand,   “Tan   shu   ”   da   keltirilgan     Kesh
kokimi-ixshidi   Saginti   kabilar   turkiylardan   edi.   Chunki   “sgyin”   turkcha   “erkin”
unvonining   xitoy   eyroglofidagi   shakli   hisoblanadi.   Kesh   va   Naxshabda   zarb
etilganVII-VIII asr tangalarda “hukmdor Turak” yoki “Turon hukmdori” jumlalari
hamda   Turkcha   qiyofadagi   hukmdor   tasviri   aks   etgan.   Ba'zan,   arab-fors
manbalarida Kesh hokimlari unvonini Chochdagi kabi tudun deb keltirishadi. VIII
asr   birinchi   yarmida   Samargand   yaqinidagi   Fay   (Narpay)   mulkining   hokimini
Tabariyda Turk-hoqon deb keltirilgan bo’lsa, Kabudan (hit. Khuzor (G’uzor) mulki
hokimi   ham   Sudo-Bug‘ro 82
  ismli   turk   bo’lgan.   Bularning   barchasi   O'rta   Osiyo
mulklari   boshqaruvida   turkiylar   o'rni   va   nufuzi   yuqori   bo’lganligini   isbotlaydi.
Birgina   Samargand   Sug'didagi   Panch   viloyatidagi   turkiylarning   mavqei   misolida
buni   kuzatish   mumkin.   Jumladan,   “Bagt   (Bakht)   mulkiy   podshosi,   Panch   hokimi
Chakin chur Bilga Bichut o’g’li” taxminan 693-708 yillarda viloyatni boshqargani
Mug’ arxivining B-8 - “Yarim bo’ltak asksak yernik sotida azhgan. Unda shunday
deyiladi: (I) 'LKŠNT' YKZY ZKn bgtyk (2) MLK 'pncy MR'Y ck'yn cwr (3) bylk
”ZKn pycw-tt BRY (4) XIII II ŠNT' (gm'y zymtcy-h) 5) mud'sp'ntr-mt rwc - “(1)
Bu   yil   Baxt   (2)   podshosi   Panch   hukmdori   Chakin   Chur   (3)   Bilga   Bichut   o'g'li
(hukmronligiga)   (4)   15   yil   bo’lgan   paytda-jimtich   oyining   (5)   spandarmatni   (   6)
81
 Togan A.Z.V. Umumî Türk Tarihi’ne giriş. Cild 1. – S. 55–56.
82
  История   ат-Табари.   –   С.   190;   Смирнова   О.И.   Сводный   каталог   согдийских   монет.   –   С.   40;   Камолиддинов   Ш.С.
Историческая   география   Южного   Согда   и   Тохаристана   по   арабоязычным   источникамIX-   началаXIII   вв.   –   С.   273;
Бобоёров Ғ. Турк хоқонлиги даврида Суғд. – Б. 125–126.
53 “buzz   bitildi”.   Bu   hujjat   Devashtichdan   avval   15   yil   ichida   Panch   mulkini
boshqargan turkiy hukmdor haqida ma’lumot beradi. 
Bizningcha,   uni   bu   lavozimga   turk   xoqoni   va   Samarqanddagi   Oqsoqollar
Kengashi   birgalikda   tayinlashgan.   Sababi,   Panch   Turkiylar   zich   yashaydigan
viloyat   bo’lgani   bois   tomonlar   shu   qarorga   kelishgan.   Hujjatga   asosan,   Chakin
Chur   Bilga   Bagt   (Baxt)   mulki   va   Panjikent   shahrini   15   yil   (693-708)   samarali
boshqargan 83
.  Bunday   boshqaruv   Turk   xoqonligi   va   Sug'd   manfaatlarini   ifodalab,
birinchidan,   Turk   xoqonligi   Sug'd   boshqaruv   tizimiga   o'z   ta'siri   ko'rsatgan,
markazdan,   Samarqanddagi   Oqsoqollar   kengashi   xoqonlik   bilan   munosabatlarda
mahalliy   turkiylardan   samarali   foydalangan.   Bu   esa   turk-sug'd   davlatchiligi
barqarorligini ta'minlangan.
Viloyatlar   va   mulklar   ma'muriy   boshqaruvida   turk   amaldorlarning   nufuzi
baland   bo’lgan.   Ayrim   tarixchilar   Sug'dda   Turkilarning   o'rni   masalasiga   e'tibor
berish   bilan   yondashib,   imkon   qadar   o'lkadagi   turkiylar   ishtirokini   yoritmoqqa
harakat qilishgan. Aslida esa Sug'd tarixini turkiylarning faol ishtirokisiz tasavvur
qilish mumkin emas. Ayniqsa, VII-VIII asrlarda bu jarayon yanada yaqqolroq aks
etadi.   Chunki   Sug'dning   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   hayoti   bevosita
turkiy   etnos   bilan   uzviy   edi.   Xususan,   Mug’   tog’i   arxivida   Panch   viloyati   va
Panjikent   hokimligi   saroyidagi   amaldor-ayonlariga   tegishli   hujjatlar   saqlangan.
Jumladan,  Nov  3 va  Nov 4  raqamli   “Nikoh  bitimi   shartlari   va  majburiyatlari” da
tegin,   y'ni   shahzoda   O't   haqida   bo’lsa,   I.1   raqamli   “arab   amiri   Abdurahmon   ibn
Subhning  Devashtichga   nomasi”da   kohin  Kurchi   nomi   zikr   etilgan.   Hujjatlarning
bir   qismi   viloyatda   boshqaruv   mavega   ega,   iqtisodiy   masalari   bo’yicha   ma’sul,
Devashtich   saroyining   “ish   yurituvchisi”   -   framandar   O’tt   (prm'nd'r   ’utt)   ga
tegishli.
Mug’   arxivi   bizni   arablar   istilosi   arafasidagi   (VII   VIII   ohiri-   Asr   Asr
boshlari)   Sug'dning   siyosiy   va   iqtisodiy   ahvolidan   voqif   etish   barobarida   Sug'd
83
  Исҳоқов   М.М.   Унутилган   подшоликдан   хатлар.   –   Б.   13–15;   Шаякубов   Ш.   VI-VIII   асрлар   Марказий   Осиё   сиёсий
тарихида Суғд: Тарих фан. номзоди дисс. … автореф. – Б. 16; Ўша. Илк ўрта асрларда Суғд. – Б. 53.
54 xo’jaligi, ma’muriy boshqaruvi, mahkamasi, saroy muhiti, ichki va tashqi vaziyati
va qo'shimcha ma'lumotlar beradi. Ayniqsa, siyosiy hayotning o'ziga xosligi, ichki
ma'muriy-   boshqaruv   tizimi   va   saroy   ahli   orasidagi   mansab   va   unvonlar,
jamiyatdagi   tabaqalar   mufassal   bayon   etilgan.   Hujjatlar   Sug'd   podshosi   -
ixshididan tortib to uy qullari– bandak va cho’rilari– doyalarigacha bo’lgan ijtimoy
pog’onalarni tahlil qilishga imkon beradi. Shulardan biri framandar joylashuvidagi
mansabdor   O'tt   edi.   Bu   shaxsning   jamiyatdagi   mavqei   viloyat   hokimi
Devashtichdan kam emasligi ahamiyatlidir. 
U   turkiylar   orasidan   chiqqan,   Devashtich   saroyida   o'z   vazifasiga   ega,
ijtimoy-iqtisodiy   hayotda   faolligi   bilan   ajrab   turgan.   Buni   Mug’   arxivlari
tadqiqotchilari 84
  e’tirof etganlar. "Framandar" (prm'ndr) - "farmon tutuvchi" O’tt”
saroy   xo’jaligining   boshqaruvchisi   bo’lgan.Hujjatlar   tahliliga   ko’ra,   “framandar”
ning asosiy vazifasi iqtisodiy masalalarni xususan Zarafshonning yuqori oqimidagi
qishloqlar   (Fatmev,   Iskodar,   Kum,   Zrunb,   Madm)dan   kelib   tushishini   qishloq
xo’jaligi   mahsulotlar   (don,may,   chorva   mollari   qurol-aslaha   kabilarni)   Panch
hukmdori saroyi omboriga kelib tushishini ro’yhatini va taqsimotini nazorat qilish
bo’lgan.   Ba'zi   hollarda   Devashtich   e’tiroziga   qaramay   “framandar”   vaziyat
taqozosi   bilan   hokim-   Devashtich   buyruqlarini   e’tiborsiz   qoldirib,   mustaqil   ish
yuritgan.   Jumladan,   A-18   hujjatiga   ko’ra,   iqtisodiy   nochor   ahvolida   qolgan
Izrovadk   qishlog’i   ahli   Devashtichga   “framandar”   ustidan   shikoyat   qiladi.
Devashtich arziga don berish zarurligi haqida ikki bor “framandar” O’ttga maktub
-buyruq   yo’llab,   maktubda:   “...   Men   senga“   don   ber   ”degan   odamlarga   (don)
bermayapsan.   (Don)   zarur   bo’lmaganlarga   esa   (don)   beryapsan.   (Eshitishimcha,)
sen   ancha   bevosh   bo’lib   ketibsan   ”,   qabilida   tanbeh   beradi 85
.   O'ttning   bunday
faoliyati   Devashtich   tomonidan   unga   yuborilgan   A-2   va   A-3   raqamli   hujjatlarda
ko’zatiladi.   A-2   hujjatiga   ko’ra,   Devashtich   framandarga   Aski   (yuqori)   Razreda
84
 Мамараимов Б.И. Суғднинг Панж ҳокимлигида лавозим эгалари ва маҳкамавий ҳужжатчилик масалаларига доир ( VII -
VIII   асрлар)   //   Ўрта   Осиё   тарихи   манбашунослиги   масалалари.   –   Тошкент,   2003.   –   Б.   44–45;   Шоёқубов   Ш.   Муғ
ҳужжатиларида илк ўрта аср Суғд жамияти// Шарқшунослик. – 2001. – №2. – Б. 65.
85
  СДГМII.   –     С.   132–136;     Мамараимов     Б.И.     Суғднинг     Панж     ҳокимлигида     лавозим     эгалари     ва     маҳкамавий
ҳужжатчилик масалаларига доир(VII-VIII асрлар). – Б. 44.
55 och   qolgan   odamlarga   300   kafiz   don   berishni,   A   –   3   maktubida   esa,   Xufarn   va
Xutachon   ismli   shaxslarga   200   kafiz   don   berish   buyuradi.   A-16   hujjatida
Devashtich O’ttga loy muhr bilan mustahkamlangan va tog echkisi (?) ning tasviri
tushirilgan maktubni olishi bilan Littpir (rytthyr / dyttpyr)ga “Kanizaklar ichadigan
vinodan” berish lozimligi qayd etilgan. 
Bu   hujjatlar   Devashtich   va   O’tt   munosabatlarining   ayrim   qirralarini
namoyon   qiladi.   Ammo   Mug’   arxivida   O'ttga   tegishli   hujjatlar   orasida   boshqa
shaxslarning   framandarga   yuborgan   nomalari   ham   majud.   Jumladan,   A-6   hujjati
framandar O’ttga Gmir- Amir (gmyr) “janob hukmdor” deb murojaat qiladi. Aslida
bunday   murojaat   shakli   ko’proq   Devashtichga   yo’llangan   maktublarda   uchrardi.
Biroq   bu   hujjat   Panch   mulkida   O'ttning   obro’si   yuqoriligini   ko’rsatadi.   Maktub
egasining:   “...  men sening  (bu erdagi   -  saroidagi)  vakilingman  va (sening  doimiy
kimoyatingda   bulaman),   deb   senga   noma   yo’llab   murojaat   qilmoqdaman”,   -   deb,
yozishi yana bir bor tasdiqlaydi. 
Shu   o'rinda   ta'kidlash   kerakki,   framandar   O'tt   nafaqat   xo’jalik   ishlarini
yuritibgina   qolmay,   yaxshi   qurollangan   bo’linmaga   ham   ega   bo’lgan.   Chunki
shahar   tashqarisidagi   saroy   omborxonasini   O'ttning   yolg'iz   o'zi   o'sha   davr
sharoitida   saqlab   turolmasdi.   Qolaversa,   turkilarga   xos   harbiy   salohiyat   unga
begona bo’lmagan. Buni G'mir (Amir) ning himoyat so'ragani ham tasdiqlaydi. A-
1 hujjatida ham Apanak (’’ p'nk) ismli shaxs “framandar” O’ttga “janobi xukmdor”
deb   murojaat   qiladi.   Maktubda   “Chitchit   (cytcyt)   orqali   sen   (O'ttga)   qimmatbaho
narsalar   (?)   berib   yubordim”,   deyiladi.   V.A.   Livshis   yuborilgan   narsalar
qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan narsalar bo’lsa kerak, deb taxmin qiladi 86
.
Bu   “framandar”   ning   nafaqat   qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlari,   kiyim-bosh   va
aslahalar,   balki   saroy   xazinasiga   tushadigan   qimmatbaho   narsalarni   ro’yxatidan
o‘tkazish,   Panjikentdagi   xazinabonga   topshirganini   tasdiqlaydi.   Chunki   A-5
hujjatida saroy a’yonlari orasida hupat (gupat) - gwpt - bosh moliyachi boshqaruvi
qayd etilgan.
86
 СДГМII. – С. 142.
56 Ehtimol   “framandar”   bu   buyumlarni   (narsalarni)   o'z   omborida   saqlagan
bo’lishi   ham   inkor   etib   bo’lmaydi.   B-11,   B-13,   B-15   va   B-19   hujjatlari   Espadak
(’spd'kk)   ning“   framandar   ”O'ttga   maktublari   850   bo’lib,   nomlar:“   Janobi
hukmdor,   buyuk   tayanchimiz   (!)   Framandar   O'ttga”   deb   boshlanadi.     Avvalgi
maktublardan   farqli   o’laroq   bu   nomlarda   “buyuk   tayanchimiz”   -   Rbch   ’nwth
iborasi   qo‘llanilgan 87
.  O’shbu   hujjatlarga  ko’ra,  Espadak  Devashtich  va  O’tt   haro
vositachilik-choparlik   qilgan.   Nomalarni   Devashtichga   yetkazib,   ma’lumot   uchun
O'ttga   xabar   bergan.   Hujjat   ikki   nusxada   tayyorlanib,   bir   nusxasi   saroy
devonxonasida   qolgan.   B-13   hujjatiga   ko’ra,   Espadak   “framandar”   O’ttga
Devashtich   uchun   yuborilgan   kiyim-kechaklar,   mevalarning   hammasi   yetib
kelmaganligi   to’g’risida   xabar   beradi.   Bu   bilan   u   o'sha   davrda   Panchda   yuz
berayotgan   voqealar   tafsilotini   bayon   etadi.   Shular   asosida   aytish   mumkinki,
bunday   axborot   keyingi   hisobotlar   uchun   zarur   bo'lib,   qat’iy   tartib,   ishlab
chiqarishni boshqarish va tadbirkorlikni talab qilgan. 
Devashtich huzuridagi har bir amaldor sug’diymi, turkiymi qa’tiy nazar o’z
vazifasiga   mas'uliyat   bilan   yondashib,   mahkama   kitob   ishlarini   yuqori   darajada
yuritishgan.   Eng   asosiysi,   ro’yxatga   olingan   barcha   hujjatlar   arxivda   saqlanishi
saroydagi   kuchli   nazorat   va   ichki   taftish   amaliyoti   qo'llanilganligidan   dalolat
beradi.   Bu   esa   ayniqsa,   Arab   istilosi   davrida   iqtisodiy   barqarorlik,   taqchillikni
bartaraf etish uchun ham zarur edi. Balki shu bois “framandar” O’tt qishloqlardagi
ahvolni   o‘rganib,   nochor   xalqdan   mahsulot   undirishni   o‘ziga   ep   topmay,
Devashtichga   buyrug‘iga   ham   e’tibor   bermay,   adolatli   siyosat   yurtishga   harakat
qilgan.   Xususan,   B-11   hujjatiga   ko’ra,   Espadak   “framandar”   O’ttga:   “Zravadk,
Escator va Anshak qishloqlaridan don kelib tushgani” haqida xabar berib, “ularni
ro’yxatga olib, bu yoqqa(saroyga) yuborishni so’raydi. O’tt esa Devashtich amriga
ko’ra,   qishlqlardan   keladigan   mahsulotlarni   qattiq   nazoratga   olgan.   B-15   hujjati
mazmuniga   ko’ra,   Littpirning   qishloqqa   faqat   mevalar   olib   kelishi   u   yerda
tartibsizliklar  kelib chiqarishi  mumkinligidan xavotirga tushgan  Espadak, O’ttdan
87
 Ҳужжатлар орасида фақат Б–19 ҳужжатининг манзили ва мурожаат қисми йўқ бўлиб кетган. Амо котиб дастхати уни
Эспадак(’ sp ’δ k ( k )) йўллаган дейишга асос беради. Қаранг: СДГМ II . – С. 152.
57 ehtimol   tuz   ishlari   va   boshka   tushumlar   bilan   ham   “framandar”   shug’ullangan
ko'rinadi.   B-19   hujjati   mazmuni   oldingilariga   qaraganda   notinch   sharoitda
bitilganligini   ko’rsatadi.   Muallif   Zravadk   qishlog’iga   “kimlardir   kelganligini,
agarda   uzida   ushbu   don   bulsa,   o'zi   Zravadkka   borajagini”   bildiradi   hamda
hukmdor   Devashtichning   O'ttga   don   va   boshqa   mahsulotlarni   ko’zdan   panada
tutishi   to’g’risida   farmon   berganligini   aytadi.   Bunda   Arab   istilochilarining
Panjikentga   yaqinlashib   qolganligi,   mahsulotlar   dushman   qo'liga   tushmasligi
kerak.   Chunki   maktub   davomida   “donni   olib   borib,   uni   saqlash   to’g’risida
qayg’urish   zarur”   ligi   uqtiriladi.   Shundan   so'ng   Espadak   O'ttga   bitta   sovut,   yana
qandaydir   (?)   narsa,   egar   va   oyoq   kiyimlari   (“etiklar”)   yuborayotganini   ma’lum
qiladi.   Sanab   o’tilganlar   ko’proq   harbiy   aslaha   va   anjomlar   bo’lib,   vaziyat   tinch
emasligi   bois,   qurollanib   chora   ko’rish   zaruratidan   dalolat   beradi.   B-18   hujjati
Ezravadk  qishlog’i  arspani  Khufarn  (’rspn  gwprn)  ning  framandar   Uttga  maktubi
hisoblanadi. Arspan ('rsn) lar o'z vazifasiga ko'ra qishloq xo'jaligi boshqaruvchilari
bo’lishgan, lekin oqsoqol vazifasini bajarmagan. 
Ular   o'z   qishloqlaridan   tushadigan   tuz   yig'imlari   hamda   harbiy   anjom   va
oziq-ovqat   mahsulotlari   bilan   markazni   ta'minlaganlar.   Shu   bois   ham   bevosita
framandar   O’ttga   bo’ysunishgan   va   uni   nazoratda   bo’lib,   kerakli   ma'lumotlarni,
hisob-kitoblarni   O’ttga   yetkazib   turishgan.   Bu   Sug'd   ma'muriy   boshqaruv
tizimidagi   o'ziga   xos   xizmatdan   dalolat   beradi.   A-5   hujjatida   saroy   a’yonlari,
hizmatchilari   ro’yxati   va   ish   xaqlari   keltirilgan.   Lekin   ular   orasida   framandar
xizmatlari   uchramaydi.   Balki   bu   O'ttning   asosiy   faoliyati   shahar   tashqarisida
kechgani   yoki   ro’yxat   uning   amri   bilan   rejalashtirishi   bois,   bu   ro’yxatga   u   o'zini
kiritmagan   bilan   izohlasa   bo'ladi.   Qolaversa,   O'ttga   devonxonadagi   dapirpat
(p'yrpt)   -   mirzaboshi,   arspan   ('rspn)   -   qishloq   xokimlari   yoki   mahalla   boshliqlari,
apsharspan   ('   pš'rspn)   -   uning   o’rinbasari   vajty   uchisi   va   zhlo)   sohiblari   –
bo’ysungan.   Bu   “framandar”   O ttning   Panjikent   saroyidagi   va   viloyatdagiʻ
iqtisodiy-ijtimoy hayotini hal qiluvchi shaxs bo’lganligini ko’rsatadi.
58 Devashtich   VIII   asr   boshlaridagi   og'ir   siyosiy   vaziyatda   qishloqlardan
markazga   mahsulotlar   keltirish,   soliq   yig’ish   kabi   jarayonlarning   murakkabligini
hisobga   olib,   o'zidan   oldingi   Panjikent   hokimi   Chakin   Chur   Bilga   saroyida   ham
shu   vazifani   bajarish   bilan   shug'ullanib,   katta   tajribaga,   qolaversa,     viloyatda
yetarli   obro’   -e’tiborga   ega   bo’lgan   O’ttni   shu   lavozimga   qo’ygan   bo’lishi   ham
mumkin. Aslida moliya, sarf-xarajat, kirim-chiqim ishlari bilan shug'illanish uchun
ham bilim, ham tajriba kerak edi.
Ayniqsa,   Arab   istilosi   arafasida   bunday   vazifani   bajarish   mas'uliyatini
oshirish   qiyin   emas.   Shu   bois   ham   Devashtich   qattiqqo'l,   o'ziga   ishongan,
mas'uliyatni to’la zimmasiga ola biladigan, o'z ishiga halol yondashadigan, ma’lum
darajada   harbiy   salohiyat   va   kuchga   ega   bo'lgan   turkiy   O’ttga   bu   vazifani   lozim
topgan.   Chunki   VIII   asr   boshlaridagi   harbiy-siyosiy   vaziyat   shunday   xulosa
berishimizga   asos   bo’ladi.   Panchda   butun   Sug'dda   bo’lgani   kabi   diniy   kohinlar
mavei   baland   edi.   Shulardan   biri   1.I   hujjatida   aks   ettirilgan   vaunpat   Ko’rchi
(bgnptw kwrcy) bo’lib 88
, bu ism oldingi tadqiqotlarda tahlil qilinmagan. Sug'ddagi
ijtimoy hayotda sug'diylar va turkiylar nafaqat ittifoqchi, balki yagona manfaatlar
atrofida   birlashgan   qo'ndosh   va   dindosh   xalqlar   bo’lishgan.   1.I   hujjati   -   istilochi
arablarning   amaldorlaridan   biri   Abdurahmon   ibn   Subhning   “Sug’d   podshosi,
Samarqand   hokimi   Devashtichga   maktubi”   bo’lib,   720-721-   yillardagi   Sug'd
ozodlik harakati haqida ma'lumot beradi 89
. 
O'sha   murakkab   harbiy-siyosiy   vaziyatda   kohinlar   tomonlar   o'rtasida
vositachi-elchi sifatida muhim o'rin tutganliklari matnda aks etgan. Ularning etnik
mansubliklari   ham   turlicha.   Nijitak   (nyz   (y)   tk)   sug'diy   bo’lsa,   vag’npat   Ko'rchi
(bgnpt   kwrcy)   turk  edi. Bu  ikkisi   ham   Devashtich  atrofidagi   baobro’   shaxslardan
hisoblanishgan   va   maktubda:   “Senga   (Devashtich)   ma’lumki,   Nijitak   bilan
vag'npat Ko’rchi sening eng yaqin do’stlaringdir va sening farog'ating uchun juda
qayg’uradi” deyiladi.   Voqealar  720-721- yillarda ro’y berib, bu davrdagi  siyosiy
88
 СДГМ. II. – С. 113.
89
Исҳоқов М.М. Унутилган подшоликдан хатлар. – Б. 34.
59 jarayonlarda   turkiylarning   faol   ishtiroki   yana   bir   bor   o'z   tasdig'ini   topadi.   Kohin
Ko’rchi   (bgnpt   kwrcy)   turkish   bo’lib,   zardushtylik   diniga   e’tiqod   qilgan.   Bu
Sug'dning   asosiy   dini   zardushtiylik   shu   yurtdagi   sug'diylar   va   turkiylarning
umumiy   dini   bo’lgan.   Binobarin,   zardushtiy   ibodatxonalari   bosh   kohinlari-
mag'upatlar (mgwpt) va kohinlari vagnpatlar (bynpt) jamiyatida katta mavqei egasi
edilar. Sug'dning ijtimoy hayoti turkiylar bilan bevosita bog'liqligi Mug’ arxivining
Nov 3 va Nov 4 raqamli hujjatlarida ham o'z ifodasini topadi. Nov 3 hujjati “nikoh
guvohnomasi”   bo’lsa,   Nov   4   hujjatida   “kuyovning   kelin   oldingidagi
majburiyatlari”   ni   aks   etgan.   Ushbu   hujjatlarda   Yettisuvning   Navikat   (nwykt)
shahridan   bo’lgan   sug'diy   qizi   Dugdg'uncha   (dygwtywnch)   laqabi   Chata   Viyus
(ctth wy’ws) ning qizi (Ning izi, sugdlik ttttdin) bo’lgan shaxs nikohlanadi.   Ular
“qonunlar   uyi”   (bwntyn'k   ’st'ny)     uning   boshlig’i   Vahgukon   Varhuman   o‘g‘li
(wgwywk'n   brgm'n   BRY)   huzurida   tuziladi,   deyishadi.   Bir   Qancha   guvohlarning
nomlari   ham   hujjat   so'nggida   aks   ettirilgan.   Hujjatning   muhim   jihati,   na
kuyovning, na kelinning va na guvohlarning qaysi elat yoki dinga mansubligi qayd
etilmaydi. Ular hech qanday istisno va to'siqsiz, teng huquq va erkinliklargan ega
bo’lgan   munosabatlarga   kirishganlar.   Shundan   ham   ko'rinadiki,   Sug'd   fuqarolari
turli   elat   va   din   bo’lishgan.   Ushbu   ahdlashuv   tuzayotgan   ikki   xalq   birikmasi
farzandlari   esa   etnik   va   diniy   mansublik   darajasidan   qat’i   nazar   “sug’dlik”   deb
atalgan. Bu bitim misolida xalqimizning azaliy xislati - milliy va diniy tolerantligi
-   bag'rikengligi   ildizlari   namoyon   bo'ldi.   Mintaqadagi   etnogenetik   va   madaniy
umumiylik,   turmush   tarzining   yaqinligi   izlarini   sug’diy   va   turkiy   etnoslar   merosi
sifatida   qabul   qilishimizga   asos   beradi.   Keltirilgan   ma'lumotlar   Sug’ddagi   turkiy
qatlam xususida xolis fikrlash zaruratini talab qiladi.
Umuman   olganda,   turk-sug'd   munosabatlari   masalasida   manbalar   bizga   bu
aloqalarining chuqur  qatlamlari bizga mavjudligini ko'rsatadi. Sug'd hamiyatining
boshqaruvida   ularning   bob-baravar   ishtiroki   ko'plab   tarixiy   masalalar   va   etnik
muammolarga oydin kiritiladi. Hatto mintaqada ikki tillilik va til masalasida to’siq
bo’lmaganligini   ham   isbot   qiladi.   Joylarda   aralash   yashash   -   simbioz   sharoitida
60 ikki   tilni   teng   qo'llash   odatiy   hol   bo'lib,   bu   etnomadaniy   birlik   hosilasi   edi.   O'rta
Osiyoning tub-avtoxton aholisi  orasida qadimdan prototurk etnosining mavjudligi
va   bu   qatlamning   sharqiy   eroniy   tilli   sug’diylar   bilan   simbioz   holatida   asrlar
umumiy   hamjihat   bo’lib   yashashi   Sug’da   o’ziga   xos   davlatchilik   an’analarini
shakllantirdilar.   Sug'ddagi   mavjud   mulkliklarning   barchasi   boshqaruvida   turkcha
qatlamning   ishtiroki   avval   ham,   Turk   xoqonligi   qaror   topgach   ham   salmoqli
o'rinda   qolaverdi.   Shu   bilan   birga   turkiy   va   sug'diy   qavmlar   Sug'dda   o'ziga   xos
davlatchilik   an’analarini   shakllantirdilar.   Nafaqat   markaz     Samarqandda,   balki
unga tobe mulkliklarda ham kokimiyat tepasida turkiy hukmdorlarning mavjudligi
tarixiy   davomiylik   edi.   Sug'd   davlatchiligi   an’analari   o'z   taraqqiyotida   turkiy
davlatchilik an’analariga ancha ta'sir etgan bo’lsa, Turk xoqonligidan so’ng turkiy
davlat   boshqaruv   usullari   Sug'dda   ham   joriy   etilib,   siyosiy,   iqtisodiy   va   ayniqsa,
ijtimoy   masalalarda   o'zining   ijobiy   natijalarini   berdi.   To'ng   yabg’u   xoqon
islohatlarining   ahamiyati   buni   isbotlaydi.   Panch   mulki   misolida   Sug'ddagi
boshqaruv, ijtimoy hayot, mahalliy va xoqonlik turklarining o'rni yanada yorqinroq
manzarani aks ettiradi.
Islohatlar natijasida Sug'd taraqiyotida siyosiy barqarorlik, ijtimoy-iqtisodiy
rivojlanish   va   madaniy   yuksalish   ro’y   berdi.   G’arbiy   Turk   xoqonligi   tanazzulida
esa   Sug'd   bevosita   Sharqiy   Turk   xoqonligiga   va   Turkash   xoqonligiga   suyangan
holda, siyosiy va iqtisodiy muammolarini hal etishga muvaffaq bo’ldi. 
61 3.2. Sug'd boshqaruv tizimida turkiy unvonlarning o'rni.
Sug'd   konfederatsiyasi   boshqaruvida   mahalliy   unvonlar   bilan   birga   turkiy
unvonlar   ham   amal   qilingan.   Ushbu   turkiy   unvonlarning   Sug’d   boshqaruviga
tadbiq   etilishiga   sabab,   markaziy   va   mahalliy   hokimiyat   o’rtasidagi   aloqalarni
jonlantirishga   qaratilgan   edi.   Sug'd   konfederatsiyasining   taraqqiy   etishida   uning
asrlar   davomida  shakllanib  kelgan   boshqaruv  tizimi   muhim  ahamiyat   kasb  etgan.
Bu   boshqaruvning  yanada   takomillashtirilishi   jarayonida  Tung  yabg’u   xoqonning
ma’muriy boshqaruvdagi harakati ahamiyatli bo’ldi.
E.I.Kchanov xitoy manbalariga tayangan holda turk davlatchilik ma’muriy-
boshqaruv   tizimida   qo'llanilgan   unvonlarni   tahlil   qilib,   ularning   sonini   28   ta   deb
qayd   etgan.   Bu   ierarxiya   sizga   zaif   tomonlarni   beradi   5   tasi:   ehu   (yabg’u),   she
(shad), dele (tegin) va tutunfa (tudun) lar oliy mansablar hisoblanilgan, 23 tasi esa
kichik amaldorlarga tegishli bo’lgan. Mansablarning barchasi merosiy hisoblangan.
Ushbu fikr T.J.Barfield tomonidan ham tasdiqlangan 90
. 
G'.Boboyorov   esa   Turk   xoqonliga   boshqaruvida   40   ga   yaqin   unvon   va   50
dan   ortiq   etitetlar   mavjud   bo’lganligini   keltiradi   hamda   ularning   turli   guruhlarga
bulgan   holda   tahlil   qilgan.   A.   Ataxodjaev   esa   xoqonlik   boshqaruvida   yabgu
(jabgw),   tegin   (tegin),   shad   (šad),   eltabar   (eltäbär),   xotun   (xatun/qatun),   tudun
(tudun/tudun),   tutuq   (tutuq/tutug),   tarkxon   (tarxan/tarqan),   cho’r   (čor),   erkin
(erkin)   kabi   unvon   va   mansablari   amalda   bo’lganligini   ta’kidlaydi.   Lekin   ushbu
unvonlarning   aynan   nechtasi   Sug'd   konfederatsiyasi   boshqaruvida   ishlatilganligi
masalasi   bir   muncha   mavhum.   Sug'd   konfederatsiyasi   boshqaruvidagi   mansablar
tizimining   xoqonlik   hukmronligidan   oldingi   davrlarda   qanday   bo’lganligi
tog’risida manbalarda ma'lumotlar yo’q hisobi.
Turk   xoqonlari   Sug'd   konfederatsiyasi   boshqaruvida   azaldan   davom   etib
kelayotgan   an’analarni   o'zgartirmaslikka   harakat   qilgan   holda   sulola
hukmdorlariga ba’zi turkiy unvonlarni, jumladan, eltabar va tudun unvonini berish
90
  Барфилд   Т.Дж.   Опасная   граница.   Кочевые   империи   и   Китай   (221   г.   до   н.э.   –   1757   г.   н.   э. )   /   перевод   с  английского
Д.В.   Рухлядева,   В.Б.   Кузнецова.   –   СПб.:   2009.   –   С.   111.
62 orqali   Sug’dni   boshqargan 91
.   Xususan,   Mug   tog’i   sug’diy   hujjatlaridan   B-13ʻ
raqamlisida   turkiy   eltabar   unvoni   ryttpyr,   B-15   VA   A-15   hujjatlarida   ryttpyr
shakllarida   uchrab,   ular   mazmunidan   ushbu   unvon   egasining   sug’d
konfederatiyasining   yuqori   martabali   amaldorlaridan   biri   bulganligi   anglashiladi.
Eltabar   iborasi   dastlab   A.A.   Freyman   tomonidan   “ruhoniy”   deb   talqin   qilingan.
V.A.Livshits esa mazkur iborani dastlab litpir tarzida o'qib, uni shaxs ismi bo'lishi
mumkinligini   e'tirof   etadi.   Ammo   keyingi   tadqiqotlarida   eltabar   Turk   xoqonliga
boshqaruvida   tavsiya   unvon   baholash   to’gri   deb   hisoblaydi.   Hatto,   ba'zi
tadqiqotchilar   eltabar   unvonini   Toxaristonning   Shuman   va   Axarun
hukmdorliklaridagi turkiy sulolalar bilan aloqador deb keltirishadi 92
.
Turk   xoqonlari   o z   tasarruflarida   bo’lgan   Toxariston   (Shuman   va   Axarun)	
ʻ
hukmdorliklari   boshqaruviga   ham   ushbu   unvonni   joriy   etgan   bo'lishlari   mumkin.
Turli tillardagi (turkiy bitiklar, Baqtriy manbalar) yozma manbalarda xoqonlik o z	
ʻ
vassallari boshqaruvida elta bar, tudun kabi  (biri, asosan, vassal  hukmdorlarga,
ikkinchisi   bo’ysindirilgan   o’lkalar   boshqaruvi   va   soliq   yig’inini   nazorat   qiluvchi
amaldorlarga   berilgan)   unvonlarning   uchrashi   yuqoridagi   gapning   to’g’ri
ekanligini   ko’rsatadi.   Bundan   tashqari,   xitoy   yilnomalarida   ham   G’arbiy   turk
hukmdori Tung yabg’u-xokon (618 - 630) o’z vassallariga silifa (eltabar) unvonini
bergani   hamda   ularning   nazoratiga   bir   nafardan   tutun   (tudun)   jo’natgani   qayd
etilgan.
Eltabar   iborasini   lug’aviy   jihatdan   turkiy   tildagi   el   –   “xalq”   tabar   –
“boshqarish, tartibga solish”, ya’ni “xalq boshqaruvi uchun yuborilgan” deb talqin
qilish   mumkin.   Xullas,   Sug'd   konfederatsiyasi   boshqaruvida   Turk   xoqonligi
tomonidan   berilgan   joriy   etilgan   eltabar   unvonidagi   amaldor   faoliyat   ko'rsatgan
bo’lib,   uning   vazifasi   konfederatsiyada   xoqonlikning   noibi   sifatida   soliq   va
tushumlarni   nazorat   etish   bo’lgan.   Bu   esa   sug’diy   hujjatlar   va   xitoy   manbalarida
keltirilgan   ma'lumotlar   asosida   o’z   tasdig’ini   topadi.   Sug'd   boshqaruviga   eltabar
91
Stark   S .   Nomaden   und   Se ß hafte   in   Mittelasien   –   und   Zentralasien .   ...   –   Р.   389;   Бабаяров   Г.   Государственний   строй
Западно -Тюркского   каганата:.   ...   –   С.   7.  
92
  Бичурин   Н.Я.   Собрание   сведений.   …   I.   –   С.   283.
63 unvoning  joriy  etilganligi   borasida   Mug’   tog’i   sug’diy  hujjatlari   hozircha   yagona
manba   ekanligi   hisobga   olgan   holda   ushbu   unvondagi   amaldorlar
konfederatsiyaning boshqa hukmdorliklariga ham jo’natilgan bo'lishi mumkinligini
ta’kidlash joiz.
Konfederatsiya   boshqaruvida   qo’llanilgan   unvonlardan   yana   biri     –tudun
bo’lib,   ushbu   unvon   sohiblari   xoqonlik   noiblari   sifatida   mahalliy   boshqaruvni
takomillashtirishni ta'minlashgan. Ushbu unvon Mug’ tog’i A-14 sug’diy hujjatida
tdwn   “fuqarolik   ma’muriyati   boshlig’i”   ma'nosini   ifodalashi   keltiriladi 93
.   Turk
xoqonligining   Sug’d   ustidan   dastlabki   hukmronligi   o'rnatilgan   (VI   asrning   60-
yillar) davridan bu yerning boshqaruviga xoqonlik o'z noiblarini jo’natgan bo’lishi
mumkinligini   hisobga   olish   kerak.   Bu   borada  manbalarda   ba'zi   ma'lumotlar   yetib
kelgan.   Xususan,   577-   yilga   oid   Gaochang   (Turfon)   ga   taalluqli   xitoycha   bir
hujjatda   ushbu   hukmdorlik   boshqaruvchilariga   aloqador   ko'plab   xitoycha   va
mahalliy  unvonlar   bilan   birgalikda,   qadimgi   turkcha   tudun  unvoni   ham   uchraydi.
Turfon   hujjatlari   orasida   599-   yilda   yozilgan   diniy   bir   matnda   Gaochang
hukmdorining unvoni silifa (eltabar) shaklida uchrasa, VI asrning oxirgi tudun va
uning ma’muri haqida so’z boradi.
Ammo   Sug d   konfederatsiyasi   boshqaruviga   tudun   unvonining   560-ʻ
yillardan,   ya’ni,   xoqonlikning   Sug’dni   egallagan   dastlabki   kunlardan   tadbiq
etilganligiga   oid   manba   bugunga   qadar   ma'lum   emas.   Tudun   unvonining   Sug'd
boshqaruvida   qo'llanilganligiga   doir   yozma   manbalardagi   ma'lumotlar   VII   asrdan
keyingi   davrga   tegishli.   Bu   masalada   asosiy   manba   tudun   unvoni   bilan   zarb
qilingan   tangalar   hisoblanadi 94
.   Konfederatsiya   boshqaruviga   “tudun”   unvoni
yuborilishining   620-   yillarga   bog’liqlik   ehtimoli   ancha   yuqori.   Chunki   ayni   shu
yillarda Tun yabg’u-hoqon boshqaruv sohasida islohotlar o'tkazganligi ma'lum.
Xullas,   tudun   unvonidagi   amaldor   o'z   nomidan   tanga   zarb   qilishi,   soliq
tushumlarini   nazarat   qilishi   mumkin   bo’lgan   davlat   boshqaruvida   ahmiyatli
93
  СДГМ   II.   –   С .  78-79.
94
  Бобоёров   Г.   Монета   с   титулами   “Тудун”   //   Нумизматика   Центральной   Азии.   –   Ташкент :   2004.   –   Вып.   VII.  –   С.   40-43.
64 lavozim   egasi   bo’lgan.   Buni   Mug’   tog’i   A-14   sug’diy   hujjatida   keltirilgan
tudunning   “fuqarolik   ma’muriyati   boshlig’i”   bilan   bog’liq   ishlarni   amalga
oshirishda     ishtirok   etganligini   tasdiqlab,   ushbu   ma'lumot   uning   vazifalari
doirasining ko’lamidan darak beradi.
Konfederatsiya   markazi   bo’lgan   Samarqandda   650   -   780   -   yillar   oralig’ida
hukm   surgan   ixshid   unvonli   sulola   vakillariningning   ko’pchiligi,   garchi   Tarxun,
G’urak,   Turg’ar   kabi   turkiy   ismlarga   ega   bo’lishi   barobarida   sug’diy   ixshid
unvonini   qo’llashda   davom   etgan   bo’lsa,   Sug’dning   Naxshab   hukmdorlari   forsiy
ispahbod   unvonidan   foydalanishgan 95
.   Sug'd   konfederatsiyasining   Panch
hukmdorligi   708-   yildan   boshqargan   sug’diy   Devashtich   afshin   unvonidan
foydalanish   bilan   birgalikda,   arab   manbalaridan   ma'lum   bulishicha,   shur   (chur)
unvonini   qo'llashda   ham   davom   etgan.   Devashtichga   Turk   xoqoni   tomonidan
unvon   taqdim   etilgani   Mug’   tog’i   sug’diy   hujjatlaridan   ma'lum   bo’ladi.   Lekin
manbada   aynan   qaysi   unvon   ekanligi   keltirilmagan.   Bu   boshqa   manbalar   orqali
ham ma'lum emas.
Sug'd   konfederatsiyasining   o'ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   uning   nisbiy
muxtoriyat   holatini   saqlashga   harakat   qilganligi   bo’lib,   bu   unvonlar   tizimining
saqlanganligida ham ko’zga tashlanadi. Masalan, Sug'd konfederatsiyadagi sug’diy
sulola   vakillari   chur,   tarhon   kabi   turkiylarga   xos   unvonlarni   qo'llash   bilan
birgalikda,   mahalliy   ixshid,   afshin,   ispahbod   kabi   sug’diy   va   forsiy   unvonlarni
saqlab qoldiki, shu sababli bo’lsa kerak, Samarqand xonadoni o’sha davr arabiy va
forsiy tilli manbalarida “Ixshidiylar sulolasi” sifatida qayd etiladi 96
.
Shu o rinda ta kidlash lozimki, Panch hukmdorligi boshqaruvida čur (čor) -ʻ ʼ
chur unvoni qo'llanilishi tarixiy asoslarga ega. Jumladan - "Tang shu" yilnomasida
Samarqand   hukmdori   Ulega   (G’urak)   Mochjo   (Bekchur)   ismli   o g lini   Mu	
ʻ ʻ
(Maymurg )   shahriga   hokim   etib   tayinlagani   haqida   ma'lumot   aks   etgan.   Ba'zi	
ʻ
tadqiqotchilarning   fikricha,   G’urak   Sharqiy   Turk   xoqoni   Mochjo   (691-716)
95
  История   ат- Табари.   …   –   С.   244.
96
  Togan   Z . V .   Umum î   T ü rk   tarihi ’ ne   giri ş.   Cilt  I.  ...   –  S.   178-179.
65 sharafiga o'z o’g’lini Bekchur deb atagan bo'lishi mumkin. Boshqa tomondan esa,
bu hol  Sug'd boshqaruvida turkiy chur  unvoni  qo'llanilgani  bilan izohlanishi  ham
mumkin.   Lekin   hukmdor   ismidagi   chur   uning   bu   unvonga   ega   bo’lganligini
anglatmaydi.   Chur   unvoni   “kuchli”,   “baquvvat”,   “g’alabali”   kabi   ma’nolarni
anglatadi. Shuning uchun ham shaxs ismiga uning sifati - chur qo'shib ishlatilgan.
Shuningdek‚   shur   (chur)   unvonini   kelib   chiqishini   sosoniylarga   taalluqli
ekanligi   haqida  qarashlar  ham  mavjud.  Xususan,   V.A.Livshits   fikriga  ko’ra,  chur
iborasi   g’ur   atamasi   bilan   bog’lik   bo’lib,   sosoniylar   hukmronligi   davridan
ishlatilgan. Yaponiya olimi Yu.Yoshidaning fikricha, Chur unvoni eftaliylar davri
boshqaruvidan   Turk   xoqonligi   boshqaruviga   o’tgan.   V.A.Livshitsning   mazkur
unvonni   sosoniylar   davridan   boshlab   amalda   qo'llanilganligi   va   Yu.Yoshidaning
chur   unvoni   eftaliylar   davriga   oid   mazmunidagi   fikrlari   qo'shimcha   dalillarga
muxtoj.   Ulardan   farqli   ravishda   Mug’   tog’i   sug’diy   hujjatlarida   chur   unvonining
Sug'dda   mavjud   bo’lganligi   va   ushbu   unvon   sohibi   harbiy   ishlar   tashkilotchisi
bo’lganligi bilan bog’liq ishoralar uchraydi. Chur unvonining ko’proq harbiylikka
daxldor ekanligi soha mutaxassislari tomonidan ham e’tirof etiladi 97
.
Chur   harbiy   unvoni   bilan   qariyb   bir   vaqtda   konfederatsiya   boshqaruvida
keng tarqalgan unvon try n - tarxon bo'lib, tadqiqotchilar uni ham ma muriy‚ hamʼ ʼ
harbiy unvon bo’lgan deya hisoblaydilar. Bug’ut yodgorligida ham tarxon unvoni
xoqonlik boshqaruvida amal qilganligi keltiriladi.
Tarxon unvoni bilan bog’liq holda manbalarda ba’zi ma'lumotlar keltiriladi.
Mug'   tog’i   arxividagi   Arab   tilli   hujjat   tahlili   ham   tarxon   unvoni   bilan   bog’liq
masalaga   oydinlik  kiritishi  mumkin.  Unda  Sug'd  ixshidi   Tarxun  (700  -   710)   ismi
tarxon unvoni bilan qorishtirib talqin qilinganligi uchun tarixiy haqiqat buzilgan.
Mug’   tog’i   sug’diy   hujjatlari   asosida   ma'lum   bo’lardiki,   Sug'd
konfederatsiyasi   boshqaruvida   tarxon   unvonidagi   amaldorning   vazifalaridan   biri
soliqlar,   tushumlarini   nazorat   qilgan.   Sug'diy   A-13   raqamli   hujjatda   "Panjikent
97
  Кубатин   А.В.   Система   титулов   в   Тюркском   каганате.   Генезис   и  преемственность.   ...   –   С.  116.
66 soliq   yig’uvchisi   va   xalqidan   tarxonga"     mazmunida   maktub   buni   tasdiqlaydi 98
.
Sug'd   konfederatsiyasi   boshqaruvida   qo'llanilgan   turkiy   unvonlardan   yana   biri     -
erkin   bo’lib,   ushbu   unvon   chur   kabi   harbiylikka   xos   bo’lgan   hamda   Juan-
juanlardan   (qabila   nomi)   qabul   qilingan   va   qudratli   qabila   boshliqlariga   ham
taqdim etilgan.
G'.Boboyorovning   bu   boradagi   fikrlariga   asoslanadigan   bo’lsak,   Sug'd
konfederasiyasida   erkin   unvonidagi   amaldor   qabila   boshlig’i   emas,   balki
xoqonlikning harbiy ma’murlari sifatida faoliyat olib borgan. Lekin Sug’dda erkin
unvonidagi amaldorning faoliati bilan bog’liq ma'lumotlarni yetarli deb bo’lmaydi.
Masalan,  “Tan  Shu”  yilnomasida   keltirilishicha,   Sug'd   konfederatsiyasining  Kesh
hukmdorligini   738   –   741-   yillarda   boshqargan   hukmdorning   ismi   Syginta
(Ashkand) shaklida keltirilgan 99
.
Ba'zi   tadqiqotchilar   xitoycha     “sygin”   turkcha   erkin   iborasining   xitoy
ieroglifidagi   shakli   deb   hisoblashadi.   Ayni   fikrga   asoslanadigan   bo’lsak,
konfederatsiyaning   boshqa   hududlariga   nisbatan   Kesh   harbiy   ahamiyatga   ega
bo’lgan   hukmdorlik   sanalgan   va   buni   hisobga   olgan   Turk   xoqonlari   o’zlarning
harbiy amaldorlaridan biri erkinni tayinlash orqali boshqargan bo'lishlari mumkin.
Kesh hukmdorlarining axurpat  unvonida faoliyat  yuritgan numizmatik materiallar
asosida   ma'lum   bo’ladi.   Erkin   esa   Keshdagi   xoqonlikning   noibi   bo’lgandir.
Mazkur   unvonning   konfederatsiyaning   boshqa   hukmdorliklarida   faoliyat   olib
borganligi to’g’risida ma'lumotlar hozircha ma'lum emas.
Mug’ tog’i sug’diy hujjatlarda eltabar, tudun, tarxon, chur kabi xoqonlikning
markaziy  boshqaruviga  xos  unvonlarning qayd  etilishi   xoqonlik  tomonidan Sug'd
konfederatsiyasi   boshqaruviga   alohida   e’tibor   qaratilganidan   darak   beradi.   Ushbu
holat Sug’dning iqtisodiy boy salohiyati bilan bog’liq bo’lib, xoqonlik tomonidan
tayinlangan   amaldorlar   soliq   tushumlarni   xoqonlik   xazinasiga   tushushini   nazorat
qilishgan.
98
  СДГМ   II.   –   C.   69-70.
99
  Бичурин   Н.Я.   Собрание   сведений.   …   II.   –   С .   299.
67 Ayniqsa, manbalarda G'arbiy Turk xoqonligi tomonidan Tung yabg’u-xoqon
davrida   yo‘lga   qo‘yilgan   usul   sifatida   qayd   etilgan   vassallarga   eltabar   unvonini
taqdim   etish   va   uning   nazoratiga   tudunlarni   yuborish   usulining   to   VIII   asrning
birinchi   choragida   ham   davom   etganini   ko’rsatadigan   dalillarning   mavjudligi
ushbu   fikrni   asoslaydi 100
.   Bu   esa   eltabar,   erkin,   chur,   tarxon,   tudun   kabi
unvonlarning   nafaqat   xoqonlik   boshqaruvida,   balki   Sug'd   boshqaruvida   joriy
qilinganligini tasdiqlaydi.
Yuqorida   bayon   qilingan   fikrlardan   kelib  chiqqan   holda  quyidagi   xulosalar
hamda mulohazalarni ilgari surish mumkin:
–   Sug‘d   konfederatsiyasi   markaziy   xonadonini   boshqargan   hukmdorlar
sulolasining   kelib   chiqishiga   ko'ra,   to’liq   o'z   isbotini   topgan   emas.   Yozma
manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko’ra, konfederatsiya hukmdorlarining bosh
sulolasi   Kan   tarmog’idan   tarqalgan   bo’lib,   ularning   kelib   chiqishi   chjaovularga
borib   taqaladi.   Chaovuning   mahalliy   shakli   jabg’u   yoki   yabg’u   bo’lib,   bu
unvonning tarqalishi esa Kushonlar davri bilan chegaralanadi;
–   ming yilga yaqin davr mobaynida, garchi, ba’zan nisbatan markazlashgan,
ba’zan   esa   tarqoq   bo’lsa-da,   muayyan   holda   bir   siyosiy   uyushma   hisoblangan
Sug'd,   konfederatsiyasi   holatidagi   ma’muriy-siyosiy   birlik   bo’lib,   o’ziga   xos
boshqaruv tuzumiga ega edi. Sug'd konfederatsiyasining markaziy hokimiyatini  –
Samarqandda   ixshid   unvoniga   ega   hukmdorlar   o'z   qo'llarida   tutar   edilar.   Yozma
manbalardagi   ma'lumotlarga   ko’ra,   ushbu   unvon   vohadagi   sulolalarning
boshqaruvchilari   ega   bo’lgan   unvonlar   orasida   eng   yuqorida   turgan.   Sug'd
konfederatsiyasi   tarkibidagi   barcha   mayda   hukmdorliklar   boshqaruvchilarining
bosh   unvoni   bir-biridan   farqli   bo’lib   (Keshda   -   ixrid,   Naxshabda   -   ispahbod,
Panchda   -   afshin),   shu   jihati   bilan   ham,   ular   boshqa   joylardan   birmuncha   ajralib
turardi;
100
  Кубатин   А.В.   Древнетюркские   термины   в   согдийских   документах   горы   Муг   /   Урало - алтайские
исследования.   Научный   журнал.   –   Москва : –   №3   (14),   2014.   –   С.   12 -23.
68 –   Sug‘d   konfederatsiyasi   va   tarkibidagi   hukmdorliklarning   har   birida
boshqaruv   muayyan   sulola   vakillari   qo'lida   bo’lishi   bilan   birga,   hukmdorlarning
hokimiyati   mutlaq   bo’lmaydi,   boshqaruvda   oliy   amaldorlar   ishtirok   etar   va
hukmdor   ular   bilan   kelishgan   holda   hukm   chiqargan.   Jumladan,   Samarqand
ixshidlari   boshqaruvda   zodagonlardan   tuzilgan   “Oqsoqollar   kengashi”   bilan
hisoblashganliklariga   doir   xitoy   yilnomalarida,   sug’diy   hujjatlarda   ma'lumotlar
uchrashi bunga dalil bo’ladi. Mug’ tog’i sug’diy hujjatlaridan esa Panch hukmdori
Devashtichga   nisbatan   murojaatlar   va   uning   o'z   qo’li   ostidagi   hokimlarga   ba’zan
qat’iy   ohangda,   ba’zan   esa   maslahatomuz   mazmunda   xatlar   yozganligi   yoki
farmoyishlar yuborganligi konfederatsiya boshqaruvchilarining hokimiyati mutlaq
bo’lmaganligini ko’rsatadi;
–   Sug‘d   konfederatsiyasi   tarkibiga   kirgan   hukmdorliklar   Samarqanddagi
Markaziy   hokimiyatga   birlashib,   o’z   navbatida,   yirik   imperiyalarga   (Mas.   Kang’,
Eftaliylar,   G'arbiy   Turk   xoqonliga   kabi)   tobe   bo'lishi   barobarida,   o'z   ichki
boshkaruviga   ega   edilar.   Bu,   asosan,   ulardan   bir   qanchasining   o'z   tanga-pullarini
zarb   qildirganliklari   (Samarqand,   Kesh,   Naxshab,   Panch),   mustaqil   tashqi   siyosat
yuritganliklari   (Mass.   Vizantium,   Xitoy),   muayyan   davlatchilik   an’analariga
(hokimiyat ramzlari, qo shin, mahkama faoliyati boshqaruv markazi) ega ekanligiʻ
va arablarga qarshi tashqi siyosiy faoliyat olib borganliklari misolida o'z tasdig’ini
topadi;
–   konfederatsiyaning   butun   hududida  boshqaruv   sug’diy   tilda   olib  borilgan
bo’lib,   bu   ularning   ish   yuritishi   bilan   bog’liq   materiallar   (hujjatlar,   tangalar,
muhrlar   va   h.k.)   ning   tili   va   yozuvi   sug’diy   ekanligida   o'z   ifodasini   topgan.
Xususan,   Sug'd   konfederatsiyasi   va   tarkibidagi   barcha   hukmdorliklarda   standart
sug’diy   yozuv   (Samarqand   yozuvi)   amal   qilganligi,   Samarqand,   Panch,   Kesh,
Naxshabga   taalluqli   epigrafik   yodgorliklar   (saroy   yuzidagi   bitiklar,   tanga   va
muhrlar   sirtidagi   yozuvlar,   hujjat   va   h.k.)ning   paleografiyasida   tafovut   ko’zga
tashlanmasligi   bu   fikrni   qo'llab-quvvatlaydi.   Ma'lumki,   bu   yerda   Buxoro   sug'diy
yozuvning   boshqa   bir   varianti   muomalada   edi   va   u   Sug'd   konfederatsiyasida
69 qo'llanilgan   yozuvdan   ba’zi   xususiyatlari   bilan   farq   qilgan.   Bu   esa   Buxoro
vohasida   siyosiy   jarayonlar   birmuncha   farqli   kechgani   va   uning   Sug'd
konfederatsiyasidan alohida bo’lganligi bilan bog’liqdir;
–   Sug’d konfederatsiya boshqaruvi qonunlar asosida olib borilgan bo’lib, bu
Xitoy   yilnomalarida   “Kan   (Samarqand)   xalqi   ma'lum   jazoni   tayinlash   va
ibodatxonada   saqlanadigan   Xu   nizomini   olib,   sha   nizom   asosida   ishni   hal
qilishadi”   mazmunidagi   ma’lumotlarning   uchrashi,   Mug’   tog’i   sug’diy
hujjatlarining birida “Qonunlar uyi” haqida gap borishi asosida o z tasdigiga ega.ʻ
Sug'd konfederatsiyasining qonunlari zardushtiylik an’analari asosida va unga amal
qilish markaziy hokimiyat nazorati hamda a’zo hukmdorliklarga asoslangan holda
olib borilgan;
-  Sug d  konfederatsiyalari  boshqaruvida  turkiy  tudun, eltabar,  tarxon,  chur,	
ʻ
erkin   unvonidagi   amaldorlar   davlat   boshqaruvining   muhim   vazifalarini
bajarganlar.   Ular   xoqonlikning   xos   vakillari   sifatida   Sug'ddagi   soliqlar   tushumini
nazorat qilgan harbiy mamurlar hisoblangan. Tarxon unvonining bajargan vazifasi
esa ushbu unvonning chur va erkin unvonlari bilan mavqei teng yoki qisman farq
qilganligi   ko’rsatadi.   Chur   va   erkin   harbiy   unvonlari   konfederatsiyada   asosiy
boshqaruvchining emas‚ unga tobe hukmdorlikni boshqargan amaldorning unvoni
bo’lgan;
–   konfederatsiyada tarxon unvonining keng qo‘llanilishiga sabab, Sug‘dning
geografik muhim joyda joylashganligi va asosiy karvon yo’llari tutashgan nuqtada
bo’lib, hukmron davlatlar har doim davlat hazinasiga keladigan daromadni o'ylab,
bu   yerdagi   boshqaruvni   mustakamlashgan   bo’lishsa   ajab   emas.   Tudun   va   eltabar
unvonlari xoqonlarning Sug'd konfederatsiyasi boshqaruviga tatbiq etgan dastlabki
unvonlaridan   bo'lib,   ularning   biri   ikkkinchisining   ustida   nazorat   o'rnatgan.   Turk
xoqonligi   tomonidan   Sug'd   hukmdorliklari   boshqaruvchilariga   eltabar   unvoni
berilishi   bilan   birgalikda,   o'z   mahalliy   sulolalarning   boshqaruv   tizimiga   xos
an’anaviy   unvonlarning   ishlatilishiga   xoqonlar   tomonidan   biron   e’tiroz
bildirilmagan.   Chunki,   Farg‘ona   va   Samarqandda   ixshid,   Keshda   ihrid,
70 Ustrushonada   afshin   kabi   unvonlarni   qo'llanishda   davom   etganligi   ko’zga
tashlanadi.
Bir   so’z   bilan   aytganda,   Sug'd   konfederatsiyalaridagi   o’ziga   xos   davlat
boshqaruvi   natijasida   turli   etnoslar   orasida   integratsion   jarayonlar   yanada
kuchayadi   va   bu   davrda   “turk-sug’d   simbiozi”   tobora   faollashdi.   Natijada
Markaziy   Osiyo   sivilizatsiyasi   o’zining   navbatdagi   taraqqiyot   pallasiga   qadam
qo’ydi.   Jumladan,   Buyuk   ipak   yo'li   manzilgohlaridagi   xalqaro   aloqalar   yanada
jonlanib, sug’diy savdogarlar Sharq va G’arb orasida faol vositachilarga aylanishi,
davlat   boshqaruvining   yangi   tizimlari   ishlab   chiqilishi,   boshqaruvda   hujjatchilik,
mahkama   va   devon   ishlarining   yo’lga   qo’yilishi,   shaharsozlik   an’analarining
takomillashuvi   hamda   o'troqlashuvning   kuchayishi,   savdo-sotiqda   tanga-pul
munosabatlarining keng miqiyosda o'rnatilishi bunga yaqqol misol bo'ladi.
71 Xulosa
Xulosa   qilib   aytganda,   Turk-Sug’d   munosabatlari   tadrijiy   taraqqiyotiga
Markaziy   Osiyoning   o’ziga   xos   geosiyosiy   o’rni   zamin   hozirlagan   edi.   Asrlar
davomida   sug’diylar   va   turkiy   qavmlar   yonma-yon   yashab,   Sug’d,   Ustrushona,
Choch,  Farg’ona,  Yettisuv  va  Sharqiy  Turkistonda  yagona   etnomadaniy  makonni
vujudga   keltirdilar.   Buyuk   ipak   yo’lining   “turk-sug’d”   tarmog’i   Marvdan   Xitoy
devoriga qadar yashagan elat va xalqlarni iqtisodiy hamkorlik asosidagi siyosiy va
etnomadaniy   jihatdan   yaqinlashtirdi.   Sharqda   Xitoy   va   g’arbda   Eron   bilan
raqobatda,   mintaqa   mustaqilligini   saqlashda,   karvon   yo’llari   xavfsizligini
ta'minlashda   turk-sug’d   birligi   muhim   o'rin   tutdi.   Sug’diylar   tomonidan   barpo
etilgan   manzilgohlar   Xitoy   bilan   g’arbiy   Osiyo   va   Yevropa   o’rtasidagi   savdo-
tijorat   siyosiy   madaniy   aloqalarida   vositachi   vazifasini   bajardi.   Bu   savdo
manzilgohlari kengayib shaharlarga aylanib bordi.
Turk xoqonliklari davrida (552-744) Buyuk ipak yo'li uchun kurashda Xitoy,
Eron   va   Vizantiya   raqobatini   Sug'd   va   sug'diylar   bevosita   turkiylar   bilan
ittifoqchiligida   yengib   o’tib,   ular   mintaqada   yetakchilikni   qo'lga   kirita   oldilar.
Ko’p   asrlik   tarixga   ega   “turk-sug’d   karvon   yo'llari”   ilk   o'rta   asrlar   Buyuk   ipak
yo’lining eng muhim  va ajralmas qismi  bo’lib qoldi. Sug'diylar ta’sirida turkiylar
o'troq   madaniyatga,   turkiylar   ta'sirida   sug'diylar   iqtisodiy   sherik   va   siyosiy
himoyachiga ega bo’ldilar.
VI   asr   o'rtalaridan   Markaziy   va   O'rta   Osiyo   xalqlari   tarixida   turkiylar   va
sug’diylarning   migratsion,   integratsion   jarayonlari   kuchayib,   assimilatsiyalashuv
davri boshlandi. Bunda birinchi Turk xoqonligi yaratgan keng siyosiy, iqtisodiy va
madaniy   turli   xalqlarning   o'zaro   teng   manfaatli   aloqlarini   ta'minladi.   Bu   o’z
faoliyati   552-603-   yillarida   birinchi   Turk   xoqonligini   mintaqadagi   yetakchi
davlatga aylanishida Sug'd va sug'diylar ko'magi beqiyos bo'ldi.
G'arbiy   Turk   xoqonligning   o'z   vassali   Sug’d   bilan   munosabati   O'rta
Osiyoning   VI–   VIII   asrlar   o'rtalaridagi   tarixi,   integratsiya   jarayonlari,   etnik
72 simbioz   uchun   ahamiyatli   bo'ldi.   G’arbiy   Turk   xoqonligida   mintaqa   uchun
an’anaviy   bo’lgan   hunarmandchilik   va   savdo-sotiq,   dehqonchilik   tez   rivojlandi.
Sug'd,   Choch,   Farg'ona,   Toxaristondagi   mahalliy   turklari   bilan   xoqonlik   turklari
hamda avtoxton sug’diylar, chochliklar, farg’onaliklar va tohariylar umummanfaat
yo’lida   birlashdilar.   Turk   xoqonligi   O'rta   Osiyoda   eftaliylardan   farqli   ma’muriy
boshqaruv   tizimida   islohatlar   (Tun   yabg’u   (618-630)   islohatlari)   o’tkazdi.   Eng
asosiysi   tomonlar   o rtasida   bir-birini   taqozo   etish,   o zaro   yaqinlik,   yurt   taqdirigaʻ ʻ
qayg'urish hissi shakllandi.
Tomonlarning  uzluksiz   aloqalar   o'zaro   ma'naviy  va   madaniy   almashinuvlar
uchun   qulay   imkoniyatlar   yaratdi.   Sug’ddagi   dinlararo   murosa   sug’diylarning
tabiatiga   xos   bagrikenglik   namunasi   edi.   O'rta   Osiyo   zardushtiyligi   Sosoniylar
Eroni zardushtiyligidan farqli, tolerantlik asosida “mazdachilik” yoki “mazdayasna
dini”bo’lib,   bu   Sug‘d   jamiyatida   etnik   va   diniy   murosani   ta’minladi.   Qolaversa,
buddaviylik, xristianlikning nastorian oqimi, moniylik kabi dinlarning Sug'd orqali,
sug'diylar   Markaziy  Osiyo  va Xitoyga  tarqalishi  diniy  bag’rikenglikning yana  bir
isboti bo'ldi. Natijada bizgacha sug’diy tilli boy ma’naviy meros yetib keldi.
Bu   meros   bitilgan   yozuvi   turk-sug'd   madaniyati   sintez   qiluvchi   o'ziga   xos
ko’rinishi   edi.   Sug'diy   yozuv   turk   davlatlarini   rasmiy   yozuvi   bo’lish   barobarida,
turkiy xalqlari orasida yozuv madaniyatining belgilariga zamin yaratdi. Turk-runiy,
turk-uyg’ur   yozuvlari   vujudga   keldi.   Turk-sug'd   madaniy   aloqalari   shaharsozlik
rivojini   ham   ta'minladi.   Choch,   Yettisuv,   Sharqiy   Turkistonda   o nlab   sug’diy	
ʻ
manzilgohlar   shahar   ko’rinishini   olib,   turkiy   madaniyat   ravnaqiga   hissa   qo shdi.	
ʻ
Bu   shaharlar   yirik   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy,   savdo-tijorat   va   madaniy
markazlarga   aylandi   hamda   turk-sug'd   manfaatlariga   xizmat   qildi.   Madaniy
simbioz   jarayonida   tasviriy   san’at,   haykaltaroshlik,   musiqa   va   raqs   san’ati
sohalarida   shu   qadar   rivoj   topdiki,   bu   so’zsiz   sug’diylarning   nafaqat   turkiylarga,
balki butun Markaziy Osiyo va Xitoyga sivilizatsion ta’siri bo’ldi. Sug’diylarning
saklar   va   turkiylar   bilan   turmushi   va   urf–odati   nomad(ko'chmanchi)   lardan   farq
qilmagani yagona tarixiy-madaniy makonga xoslik edi.
73 ILOVALAR
74 75 O‘zbekiston Respublikasi prezidenti asarlari:
76 1. Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob
xalqimiz   bilan   birga   quramiz”./Sh.M.Mirziyoyev.   –   Toshkent:   :   “O‘zbekiston”,
2017.
2.   Mirziyoyev   Shavkat   Miromonovich.   “Tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib-intizom
va   shaxsiy   javobgarlik   –   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo‘lishi
kerak”. 2017 yil14 yanvar Sh.M. Mirziyoyev.– Toshkent : O‘zbekiston, 2017.
3. Mirziyoyev   Shavkat   Miromonovich.   “Qonun   ustuvorligi   va   inson
manfaatlarini   ta’minlash   –   yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi”.
2/Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.
4. Karimov   I.A.   Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo’q.   Toshkent.   Muloqot.   1998,   5
son. 16bet.
5. Mirziyoyev   Sh.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan.   “Xalq
so’zi” gazetasi. №272. 29.12.2018.
Asosiy adabiyotlar:
1. G’oyibov B. Sug’d tarixidan lavhalar.-Samarqand: SamDU nashiryoti, 2020.
2. G’oyibov.B.   Ilk   o’rta   asrlarda   Sug’d   konfederatsiyasining   ayrim
xususiyatlariga doir//Sharqshunoslik, 2014.
3. Mavlonov.U.M.   O’rta   Osiyoning   aloqa   va   savdo   yo’llari:shakllanishi   va
rivojlanish bosqichlari,-Toshkent 2009.
4. Mansurov.O’.N.   Sug’d   yozma   yodgorliklari   manbashunosligi   masalalari,-
Toshkent 2003.
5.       Қораев   С .   Ўзбекистон   вилоятлари   топонимлари .   –   Тошкент :   ЎМЭ ,
2005.   –   Б .         114;   Ҳасанов   Ҳ .   Географик   номлар   сири .   –   Тошкен :   1985.   –   Б .  
6.   Бартольд   В.В.   Туркестан   в   эпоху   монгольского  нашествия   /   Соч.   –   М.:
ИВЛ,    1963.   –  Том   I.   –   С.  169 -443.
7. Якубовский   А.Ю.   Из   истории   археологического   изучения   Самарканда
//   Труды   отд.   Вост.   Гос.   Эрмитажа.
77 8. Ғойибов   Б.   Суғд   конфедерациясида   Панчнинг   ўрни.   ...   –   Б.   42.
9. Шоёқубов   Ш.   Илк   ўрта  асрларда  Суғд.   –   Тошкент:   Iqtisod - moliya ,   2008.
– Б.   45.
10. Маликов   А.   Тюрки   в   среднеазиатском   междуречье   в   VI - VIII   вв.   (по
археологическим   и   письменным   источникам).   Автореф.   на   соиск.   учен.
степени   канд.   истор.   наук.   –   Самарканд,   2000.   –   24   с.
11. Isoqov   M .,   Otaxo ’ jayev   A .   Sug ’ dlarning   buddaviy   falsafiy - axloqiy   yozma
meroslari   ( Qarang :     Qadimgi   yozma   yodgorliklar .- T .:   “ Yozuvchi ”,   2000,   33-38-
bb .).;   Asqarov   A .   O ’ zbek   xalqining     etnogenezi   va   etnik   tarixi ,   30-34,   121,   130,
192, 219- bb .
12. Asqarov A. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi, 192-b.
13. Бобоёров     Ғ .     Турк     хоқонлигининг     Мовароуннаҳрдаги     бошқарув
тизими    ҳақида . –   Б . 76;   Адылов    Ш . Г . 
Internet saytlari ro’yxati:
1.   http://www.samdu.uz/  (edebi.net).  Saytga murojaat qilingan vaqt:
12.03.2022
2. http://www.ziyonet.uz/  Saytga murojaat qilingan vaqt:
7.12.2021
3. http://www.edu.uz/  Saytga murojaat qilingan vaqt:
15.01.2022
4. http://www.lex.uz/  Saytga murojaat qilingan vaqt:
15.01.2022
5. http://www.natlib.uz/  Saytga murojaat qilingan vaqt:
21.01.2022
78

Turk xoqonligi davrida Sug‘d: ichki siyosiy vaziyat va hokimliklar o‘rtasidagi munosabatlar MUNDARIJA : KIRISH…………………………………………………………………………….. .....3 I- BOB. TURK ХOQONLIGI DAVRIDA SUG’D ТARIXINING МANBASHUNOSLIGI VA ТАRIXSHUNOSLIGI 1.1. Sug’dning Turk xoqonligi davriga doir manbalarga ilmiy tavsif ……………………………………………………………………………………...8 1.2. VI-VIII asrlar Sug’d hokimliklari tarixiga doir ilmiy аdabiyotlar tahlili……………………………………………………………………………....17 II- BOB. ТURK XOQONLIGI VA SUG’D MARKAZIY HOKIMIYATINING HUDUDIY XOKIMLIKLAR BILAN MUNOSABATLARI 2.1. Sug’d markaziy hokimiyatining hududiy hokimliklar bilan aloqalari…………………………………………………………………………...28 2.2. Sug’d markaziy hokimiyati va Turk xoqonligi: tashqi siyosiy hayot va ijtimoiy munosabatlar………………………………………………………………..……..42 III-BOB. SUG’D USTIDAN TURK XOQONLIGI HUKMRONLIGI VA MAMLAKATNING ICHKI SIYOSIY VAZIYATI. 3.1. Turk-sug’d munosabatlarining tarixiy mohiyati …………………...................51 3.2. Sug’d boshqaruv tizimida turkiy unvonlarning o’rni …………………….. 64 Xulosa………………………………………………………………………….....74 Ilovalar………………………………………………………………………....... 7 6 Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati……………………………….... 7 9 1

KIRISH Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. 1 Mirziyoyev Sh.M. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Mustaqillik yillari ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida o’zgarishlar, yangilanishlar va yangiliklar yuz berdi. Ayniqsa, tariximizni, o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganish borasida tub burilish davri boshlandi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganishni eng dolzarb masala sifatida e’tirof etib, bu masalani davlat siyosati darajasiga ko’tardi: “O’zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo’ldi? Qanday tarixiy bosqichlarni bosib o’tdi? Mutaxassislar, balki, tushuntirib berarlar, balki aniq javoblari bordir? Targ’ibot, tashviqot ishlarini olib borayotgan olimlar, balki, allaqachon bir fikrga kelishgandir? Lekin hozircha na matbuotdan, na darsliklardan men mana shu savollarga javob topolmadim” 2 . Birinchi Prezidentimiz tomonidan qo’yilgan bu masala biz tarixchilar oldiga katta vazifa va mas’uliyat yuklaydi. Bu dolzarb masala bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmadi. Zero, “Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o’rganish bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlashimiz lozim” 3 . Mustaqilligimizgacha tarixchilar o’zbek davlatchiligi tarixini, ayniqsa uning paydo bo’lish va shakllanish davrlarini o’rganishga yetarlicha e’tibor berishmagan. “O’zbek davlatchiligi tarixi” mavzusining ijodkori Birinchi Prezident 1 Mirziyoyev Sh. M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash- yurt taraqqiyoti va xalq farovonligininggarovi” T.: O‘zbekiston, 2017. 24-b. 2 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. Muloqot. 1998, 5 son. 16 bet. 3 Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan. “Xalq so’zi” gazetasi. №272. 29.12.2018 2

I.A.Karimovdir. Mustaqillikkacha bu ibora tarixchilar tomonidan qo’llanilgan emas. Bu bilan tarixchilar O’zbekiston hududida davlatchilikning shakllanishi mavzusi bilan shug’ullanmagan,- deyishdan yiroqmiz. “O’rta Osiyoda ilk sinfiy munosabatlarning shakllanishi”, “Ahamoniylar imperiyasiga qadar O’rta Osiyoda kechgan davlatchilik munosabatlari” kabi mavzular tarixchilar tomonidan qizg’in muhokama etilgan bo’lsa-da, davlatchilik mahalliy xalqlarning milliy davlatchiligi tarixi sifatida talqin qilinmadi. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar haqidagi asosiy manbalar –“Avesta” kitobi, ahamoniylarning mixxat yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining ma’lumotlari hisoblanadi. So’nggi yillarda Baqtriya, Xorazm va So’g’d hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu ma’lumotlarni tasdiqlash bilan birga yangi ma’lumotlar bilan boyitmoqda. Sopolli, Kuchuktepa, Qadimgi Baqtriya, Qadimgi So’g’d madaniyatlarining ochilishi O’zbekiston hududida davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi bo’yicha yangi ma’lumotlar bermoqda. Jahon tarixshunosligida ilk davlatlarning shakllanishi borasida ko’plab nazariyalar mavjud: - davlatlar mulkiy tabaqalanish mahsuli bo’lib, uning kurtaklari qadimgi jamoalar davrida paydo bo’lgan (Qadimgi Sharq); - rivojlangan jamoalarda sinfiy differensiya va davlatchilik bo’lgan yoki harbiylashgan jamoalar bosqinidan o’zlarini himoya qilish yo’lida himoya vositalari va davlat boshqaruv tizimini rivojlantirib borgan, aks holda varvarlar hujumining qurboniga aylangan. XX asr oxiri o’zbek xalqi tarixida olamshumul ahamiyatga molik davr bo’ldi. O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’liga kirdi, asriy orzusi ushalgan xalq o’z taqdirini o’z qo’li bilan yaratadigan bo’ldi. Kelajagi buyuk davlatni qurish va mustahkamlash uchun jamiyatni harakatga keltiruvchi komil insonlarni etishtirish talab etiladi. Buning uchun jamiyatning har bir a`zosi dastavval, o’zligini anglashi kerak. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasida, - “o’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixni yaxshi bilmasdan turib yuksak mavqega erishish mumkinmi? Albatta, mumkin emas. 3

Ma`naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Takror aytaman, u irodali insondir... Jamiyatning har bir a`zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta`siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi. Irodasini mustahkamlaydi” 4 - deb ta`kidlaganlar. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1998- yil 26- iyundagi bir guruh olimlar va tarixchilar bilan uchrashuvi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 27- iyuldagi "O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida" gi qarorining e’lon qilinishi vatanimiz tarixchilari oldiga o’zbek davlatchiligi tarixini haqqoniy va ilmiy asosda yoritishga vazifalarni qo’ydi. Shu munosabat bilan “O’zbek davlatchiligi tarixi konsepsiyasi” loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyada Mustaqillik davri tarixni o’rganishga alohida e’tibor qaratildi. 5 Tadqiqotning ob’ekti. Magistrlik dissertatsiya ishining tadqiqod ob’ekti sifatida, So’g’d va Turk munosabatlari tanlangan. Tadqiqot predmeti . O’zbekiston davlatchiligi taraqqiyotida So’g’dning tarixiy o’ rni tadqiqotimizning ob y ektini tashkil qilsa, uni ilmiy asosli ya’ni tarixiy manba va mavjud adabiyotlar asosida o`rganish, o ’ z o ’ rnida qiyosiy tahlil qil ish ushbu ishi miz ning predmeti hisoblanadi. Dissertatsiyadan ko`zlangan maqsad . O’zbekiston davlatchiligi taraqqiyotida So’g’d n ing tutgan o’rnini ko’rsatish . Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Dissertatsiya ilk o’rta asrlarda turk-sug’d munosabatlari mahalliy va xorijiy olimlarning asarlari asosida atroflicha o’rganildi. Unga ko’ra, Turk xoqonligida Sug’dning ijtimoiy-siyosiy o’rni katta ahamiyat kasb etgan. - So’g’dning tarixiy manbalardagi tavsifi bo’ y icha manba va adabiyotlar 4 Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. 1998 53-bet 5 O'zbek davlatchiligi tarixi tushunchasi. // O'zbekiston tarixi // 1999 yil 1-son 32-bet 4

tahlil qilindi; - So’g’d hududining tarixiy geografik joylashuvini o’rganildi; - So’g’d konfederatsiyasi haqida ma’lumot berildi; - So’g’dda shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va takomillashishi keng yoritildi ; - Tarix darslarida O’zbekiston davlatchiligi taraqqiyotida So’g’dning tutgan o’rni mavzusini o’quvchilarga o’rgatishning interfaol usullari ko’rsatib berildi. Mavzu bo'yicha adabiyotlar tahlili. . A.Ishoqovning ma’lumotlariga ko’ra eneolit davrida Sarazm aholisi urug’ jamoa bo’lib, bronza davrida esa qishloq jamoa shaklida hayot kechirishgan. A.S.Sagdullaevning Shahrisabz va Yakkabog’ hududlaridagi ilk temir davri yodgorliklarida (Daratepa, Uzunqir, Sangir tepa) olib borgan tadqiqotlarida Janubiy So’g’diyonada shahar madaniyatining paydo bo’lishi va ilk davlatchilik formalarining shakllanish jarayonlari kuzatildi. Bu borada R.X.Sulaymonovning Qarshi vohasida (Yorqo’rg’on), M.X.Isomiddinovning Chelak tumanida (Ko’ktepa) olib borayotgan arxeologik izlanishlari diqqatga sazavor. Tadqiqotda qo'llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Mazkur mavzuni o‘rganishda avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning milliy davlatchilik tarixi, mamlakat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, milliy ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan tashqi siyosat masalalari keng va har tomonlama yoritib berilgan asarlariga va xalqaro tashkilotlar doirasida O‘zbekiston yondoshuvi yuzasidan so‘zlagan nutqlariga tayanildi. Prezidentning tarixni o‘rganishda aniq va real voqealarga tayanish kerak, degan fikrlari asosida mavzu ilmiy-metodologik me'yorlar doirasida yoritishga harakat qilindi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlaridagi nazariy yondashuvlar ishning metodologik asosi qilib olindi. Xususan " Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak 17 ”, " Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz 18 ” kabi asarlaridan, bundan tashqari 5