logo

XII ASR OXIRIDA XORAZM DIYORIDA SIYOSIY VAZIYAT

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1888.4208984375 KB
REJA:
I.KIRISH ....................................................................................................
II. ASOSIY QISM ......................................................................................
I.BOB.  XII ASR OXIRIDA XORAZM DIYORIDA SIYOSIY VAZIYAT .
1.1 Xorazmning yuksalishi davri tarixi................................................................
1.2 Takash davrida Bag`dod bilan nizoning paydo bo`lishi.................................
II.BOB. BAG`DOD VA GURGANJ INQIROZI.
2.1 Alouddin Muhammadning xalifalikdan yuz burishi......................................
2.2 Barbod bo`lgan Bag`dod yurishi va Xorazmning zaiflashuvi.......................
III.ZAMONAVIY PEDAGOGIK METODLAR.
III. BOB.MAVZUNI O`QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
3.1 “Qora quti” metodi. “Zig-zag” metodi. ..........................................................
3.2 “Dibat uslubi” metodi. Fikr,Sabab,Misol,Umumlashtirish (FSMU) metodi...
IV.XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar
1 KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:   Hozirgi kunda dunyo siyosiy xaritasini kuzatsangiz
Xorazm   deb   atalgan   o‘lka   juda   kichik   joyni   egallagan   holda   ko‘zga   tashlanadi.
Lekin ana shu jimitday joyni egallagan o‘lka qadimiyatiga nazar tashlasangiz u olis
o‘tmishda nafaqat O‘rta Osiyo, Sharq tarixida, balki dunyo tarixida salmoqli o‘rin
tutganligi namoyon bo‘ladi. Zero, bu o‘lka bag`rida qadim davrlarda insonlarning
ilk   yashash   maskanlari   yuzaga   kelganligi,   miloddan   avvalgi   birinchi   ming
yilliklarda davlatchilik ildizlari shakllanib Katta Xorazm davlati barpo etilganligi,
“Avesto”   kabi   jahon   tarixida   eng   qadimiy   asarning   yaratilishi,   milodiy   asr
boshlarida   afrig‘iylar,   ma’muniylar   va   1017-yilda   Xorazmni   Mahmud   G`aznaviy
tomonidan   bosib   olingandan   keyin   Oltintoshiylarni   noib   etib   qoldiradi,   XI
oxirlariga   kelib   Xorazmda   saljuqiylarning   noibi   sifatida   hukmronlik   qilgan
anushteginiy-xorazmshohlar mamlakatning dunyo tamaddunida yetakchilik qilishi,
ilm-fan,madaniyat,   san’atning   yuksalib   bu   yerda   o‘rta   asrlar   akademiyasining
vujudga   kelishi   Xorazmning   buyuk   tarixidan   guvoxlik   beradi.   Bu   o‘lkadan
Muhammad   Muso   al-Xorazmiy,  Abu   Rayhon   Beruniy,  Abu  Abdulloh   Xorazmiy,
Abu   Nasr   Iroq,   Abul   Hasan   Ma’mun,   Abu   Bakr   al-Xorazmiy,   Mahmud   az-
Zamaxshariy,   Najmiddin   Kubro,   Rashididdin   Vatvot,   Ismoil   Jurjoniy,   Sirojiddin
Yoqub   as-Sakkokiy,   Mahmud   Chag‘miniy,   Sayfi   Saroyi,   Nosiriddin   Rabg‘uziy,
Pahlavon   Mahmud,   Ogahiy   singari   jahon   ilm-fani,   adabiyoti,   madaniyati
shakllanishi   va   yuksalishiga   katta   hissa   qo‘shgan   o‘nlab   ulug‘   mutafakkirlar,
yuzlab   buyuk   allomalar   yetishib   chiqqanligi   dunyo   tarixi   uchun   hayratomuz
voqealar   sanaladi.     Bu   o‘lkaning   tarixda   bosib   o‘tgan   yo‘li,   davlatchilik
taraqqiyotiga   egadirBu.char   Xorazmningdunyo   tzrixida   tutgan   o‘rni   haqidagi
noyob asarlar hisoblanadi.
Afsuski,   keyingi   1-1,5   asr   vaqt   ichida,   xususan,   sobiq   sho‘rolar   davrida
xalqimiz Xorazm tarixini, uning buyuk shaxslari taqdirini, ular to‘g‘risida yozilgan
tarixiy   asarlarni   to‘la   o‘rganish,   o‘qish,   ilmiy   tadqiq   qilish   imkoniyatlariga   ega
bo‘lmadilar. Bu davrda Xorazm tarixiga oid rus tilidagi ayrim kitoblarni, al-
2 Xorazmiyning,   Beruniy,   Pahlavon   Mahmud   kabi   buyuk   zotlarning   ba’zi   asarlari
nashrini hisobga olmaganda xalqimiz bu boy merosdan uzib qo‘yildi.
O`zbekiston respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tariximizni, ulug`
tarixiy merosimizni to‘la, haqqoniy, asl manbalar asosida o‘rganishga kirishildi. Bu
ish   davlat   siyosati   darajasiga   ko‘tarildi.   Xorazmning   buyuk   tarixi   ulug‘landi.
Uning unutilgan  sahifalari  ochildi.  Xiva shahrining  1997-yil   2500 yillik yubeliyi,
“Avesto”   asari   yaratilganligining   2700   yillik   tantanalari   keng   miqyosida
nishonlangan.   Xorazm   Ma’mun   akademiyasi   tashkil   etilganining   1000   yillik
yubeliyi,   Jaloliddin   Manguberdi   tavalludining   800   yillik   to‘ylarining   xalqaro
miqyosda o‘tkazilishi bu hayrli ishlarini boshlanishi  bo‘ldi. Ana shu ishlar tufayli
bu   o‘lka   tarixini   yangicha   asosda,   qadimiy   arxeolik,   yozma,   me’moriy   manbalar,
noyob bitiklar aniq hujjatlar bilan bog‘liq tarzda o‘rganish uchun zamin yaratildi.
Asl tarix tilga kira boshladi. 
Ma’lumki,   IX-XII   asrlar   mamlakatimiz,   jumladan,   Xorazm   tarixida   ham
oltin   davr   deb   yuritiladi.  Tarixning   bu   davrining   shunday   nomlanishi   bejiz   emas.
Negaki,   bu   davrda   Xorazm   ijtnmoiy,   iqtisodiy,   madaniy,   ma’rifiy   jabhalarda
yuksak   darajalarga   erishdi.  Avvalo,   butun   O`rta   Osiyo   birinchi   renesans   davriga
kirib kelgan edi. 
Bu   Xorazm   hududida   dastlab   ma’muniylar,   keyin   anushteginiylar   davlati
barqarorlashdi. Ayniqsa, Anushteginiy-Xorazmshohlar davlati nafaqat shu o‘lkada
hukmronlik qildi, balki ular bir asrdan oshiq vaqt mobaynida shimoli-sharqda Orol
dengizigacha,   janubi-sharqda   Hind   okeanigacha   —   sharqdan   g`arbga   qarab
Sirdaryo bo‘ylaridan Qora dengiz sohillarigacha bo‘lgan hududlarda katta imperiya
yaratdilar.
Ikkinchidan,   Anushteginiylar   qo‘l   ostidagi   mulklarda   katta   miqyosda
qurilish, bunyodkorlik ishlarini olib bordilar. Masjidlar, madrasalar, karvonsaroylar
barpo ettirdilar, xususan, Gurganj sharqning go‘zal shaharlaridan biriga aylandi. 
3 Uchinchidan,bu   davrda   ilm-fan,   adabiyot,   san’at   nihoyatda   rivoj   topdi.
Milodiy   1000-yillar   atrofida   Gurganjda   faoliyat   yuritgan   “Ma’mun   akademiyasi”
o‘sha   davrda   nafaqat   sharqda,   balki   butun   dunyoda   ilm-fan   markazi   vazifasini
o‘tadi.   Bu   akademiyada   ilm-fanning   turli   sohalari   bo‘yicha   400   dan   oshiq
allomalar   ilmiy   faoliyat   olib   borganlar.   Fanning   turli   yo‘nalishlari   bo‘yicha
kashfiyotlar   yaratganlar.   Qolaversa,   bu   davrda   ko‘plab   ulug‘   siymolar,   buyuk
shaxslar   bo‘y   ko‘rsatdilar,   Muhammad   Muso   al-Xorazmiy,  Abu   Rayhon   Beruniy,
Mahmud   az-Zamahshariy.   Najmiddin   Kubro,   Abul   Hasan   Ali   ibn   Ma’mun,
Aloviddin   Otsiz,   Jaloliddin   Manguberdi   va   jiyani   Sayfiddin   Qutuz,Temur   Malik
kabilar Xorazm tarixini ulug‘ vatan deya bilib o`z jonini fido qilish evaziga faxrli
tarix yaratdilar.
Bu   shaxslar   ilm-fan   sohasida   davlatchilikni   yuksaltirish,   bunyodkorlik,
vatanparvarlik   borasida   qahramonliklar   ko‘rsatdilar,   yurt   nomini   ulug‘ladilar.
Mana   shunday   buyuk   ishlar   tufayli   bu   davr   Xorazm   tarixida   oltin   davr   sifatida
muhrlandi. 
Albatta,   Xorazm   bu   ko‘xna   dunyoda   uzoq   tarixiy   yo‘lni   bosib   o‘tgan
o‘lkadir.   Uning   kechmishi   4,5-5   ming   yillik   tarix   bilan   o‘lchanadi.   Shunga
qaramay ushbu o`tmishimizdagi bu boy tarixning aynan IX-XII asrlarga oid davri
xususida alohida to‘xtalayotganimiz sababi bor. Negaki, istiqlolga erishuvimizdan
keyingi   yillarda   bu   yurtning   haqqoniy,   asl   tarixini   yorituvchi   yangi   yozilayotgan,
tarjima qilinayotgan asarlarda, ilmiy tadqiqotlarda aynan mana shu davr boy tarix
bilan bog‘liq manbalar ko‘proq yoritib berilmoqda. 
1017-1040-yillar   oralig`ida   Xorazm   Saljuqiylar   davlati   tarkibida   bo`lgan.
XII   asr   oxiri   XIII   asr   boshlarida   Xorazm   Saljuqiylar   davlati   hukmronligidan
qutulib,   mustaqil   va   qudratli   davlat   sifatida   bir   yarim   asrga   yaqin   O`rta   Osiyo,
Eron(Fors), Sharqiy Turkiston, Afg`oniston, Shimoliy Hindistongacha, Kavkazning
bir qism hududlarida hukmronlik qilgan buyuk imperiya sifatida faoliyat yuritgan.
Jumladan,   Anushteginiylar   xorazmshohlar   davlatining   Saljuqiylar,G`uriylar   va
shimoli-sharqda   katta   kuchga   ega   bo`lgan   Qoraxitoylar   kabi   davlatlarni   tarix
4 sahnasidan   o`chirib   tashladilar.   Xorazmshoh   Otsiz   hukmronlikka   chiqqanidan
so`ng   Bag`dod   xalifaligi   bilan   yaxshi   aloqalar   olib   borishga   harakatlar   amalga
oshirdi. Buning sababi esa Saljuqiy sultonlardan to`la mustaqil bo`lishni xoxlardi.
Xorazmshoh   Takash   davrida   Iroqi-Ajam   hududi   masalasi   bilan   boshlangan   nizo
urug`i oxir oqibat Xorazmshoh va Bag`dod xalifaligi o`rtasini bir biriga zid kuchga
aylantirdi.   Xorazmshoh  Takash   Bag`dodga   yurish   qilishga   uringan   lekin   niyatiga
erisha   olmadi.   Takash   vorisi   Alouddin   Muhammad   Xorazmshoh   hukmronlik
yillarida   Bag`dod   xalifaligi   o`rtasida   “eski   araz”   Iroqi-Ajam   masalasida
munosabatlar yanada jiddiylashdi. Bu holat Ozarbayjonlik tarixchi Ziyo Bunyodov
ta`kidlaganidek ikki tomonning ham inqirozining asosiy sabablaridan bo`ldi.
Sabab   shuki  Alouddin   Muhammad   shunchalik   o`ziga   bo`lgan   ishonchidan
sarmast   bo`lib   davlatni   eng   xavfli   dushman   “totor”   lar   xujumiga   bahonalarni
yaratdi.
Xorazmshohlar davlati tarixiga tegishli tarixiy manbalar tiklandi, xuddi shu
davr   bilan   bog‘liq,   ishonchli   manbalar   hisoblangan   muarrix   Ibn   al-Asirning«Al-
komil   fit-tarix»   («Mukammal   tarix»),   Shihobiddin   Muhammad   an-Nasaviyning
«Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburdi» («Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti
tafsiloti»)   yana   bir   mashhur   muarrix   Alouddin   Otamalik   Juvayniyning   «Tarixi
Jahongushoy»   («Jahon   fotixi   tarixi»)   kabi   tarixiy   asarlar   tarjima   qilindi   va   bir
necha   bor   qayta   nashr   etildi.   Ozarbayjon   tarixchisi   Ziyo   Bunyodovning
«Anushteginiy   xorazmshohlar   davlati»   asari   o‘zbek   tiliga   o‘girildi.   Bulardan
tashqari   Mahmud   az-Zamaxshariy,   Najmiddin   Kubro,   Rashididdin   Vatvot,
Majdiddin   Bag‘dodiy   kabi   o‘sha   davrda   yashagan   allomalarning   ayrim   asarlari
o‘zbek tilida nashrdan chiqarildi. Bularning hammasi o‘sha davr tarixini asl tarixiy
manbalar asosida haqqoniy aks ettirish yo‘lidagi urinishlar bo‘ldi.
Xorazmshohlar   davlati   va   uning   so`nggi   hukmdori   Jaloliddin   Manguberdi
hayotiga   bag`ishlangan   asarlar:ilmiy,badiiy   kabi   turli   risola   va   maqolalar   chop
etilgan.   Buning   barchasi   bebaho   istiqlolning   bergan   imkoniyati   edi   desak
mubolag`a bo`lmaydi.
5 I  BOB
1.1 Xorazmning yuksalishi davri tarixi.
El Arslon vafotidan keyin Xorazmshohlar davlati ichida taxt uchun kurashlar
boshlandi.   Sultonshoh   Xorazm   taxtiga   o‘tirish   uchun   Xorazmdagi   onasi
Malikaning   ho`zuriga   boradi.   U   Turkun   bilan   birga   edi.   Turkon   Xotun   bu
vaziyatdan   foydalanib,   o‘g‘lini   taxtga   o‘tirtirdi.   U   o‘sha   paytda   Jand   hokimi
bo‘lgan   ukasi   Takashdan   o‘g‘li   Sultonshohga   bay’at   qilishni   so‘radi.   Xabar
yuborib, Xorazmga kelishni iltimos qildi. Biroq, Takash bunga salbiy javob berdi.
U qoraxitoylar oldiga borib, ukasiga qarshi kurashda ulardan yordam so‘radi. 1
  Bu
ichki   kurashdan   o‘z   ulushini   olmoqchi   bo‘lgan   qoraxitoylar   bu   holatga   javob
qaytardilar.   Ular   ijobiy   qaradi   va   Takashga   harbiy   yordam   berdi.   Bu   yordam
evaziga   Takash   (1172-1200)   Xorazm   taxtini   Takash   egallasa,   har   yili   ma’lum
miqdorda   soliq   to‘lashga   va’da   berdi. 2
Takash   Karahitoy  qo‘shini   bilan   Xorazmga
yurish   qildi.   Bu   xabarni   kechiktirmagan   Sultonshoh   va   uning   onasi   darhol   Iroq
saljuqiylarining muhim regentining ho`zuriga boradilar. Takash Qoraxitoy qo‘shini
bilan   Xorazmga   yurish   qildi.   Bu   xabarni   kechiktirmagan   Sultonshoh   va   uning
onasi   darhol   Iroq   saljuqiylarining   muhim   regentining   ho`zuriga   boradilar.   Ular
Mueyyed Ayabaning oldiga qochib ketishdi. Ona va o'g'il Mueyyedga ko'p va'dalar
berishdi.   Sulton   Takashning   taxtga   chiqishi   va   ukasi   Sultonshoh   bilan   kurashi
jarayoni   murakkab   kechdi.   Ularni   o‘z   tomoniga   tortishga   muvaffaq   bo‘ldilar   va
katta   qo‘shinni   Takashga   qarshi   yig'ishdi.   Sultonshohning   qochishi   bilan   Takash
Xorazm   taxtiga   xijriy   568-yil   Rabiul-avval   oyi   22   kuni   (1172-yil   11-   dekabr)da
o`tirishga muvaffaq bo`ldi. 3
1
  Ibrohim Kafesog'lu, Xorazmshohlar davlati, 84 b.
2
 Otomalik Juvayniy, “Tarixi Jahonkushoy” 264-b
3
 Ziyo Bunyodov “Anushteginiy Xorazmshlar davlati” 71-b.
6 Bu   holatdan   Xurosondagi   mavqeyini   mustahkamlash   uchun   qulay   fursat
sifatida   foydalangan   bu   saljuqiy   amir   Subarli 4
  shahrida   Takash   qo`shini   bilan
to`qnash keldi.
Xuroson   yerlarini   egallashga   Sultonshoh   uchun   asosiy   dushman   Oy-
Aboning   o`g`li   To`g`onshoh  Abu   Bakir   edi.   Xijriy   576   yil   zulxijja   oyining   26-
kunida (1181-yil 13-may) ikkala tomon lashkari jangga kirishdi. 5
1186-1187   yillarda   Sulton   Takash   Xorazmdan   Xuroson 6
ga   yetib   boradi.
Bundan   fursatdan   foydalangan   Sultonshoh   olomon   askarlari   bilan   Xorazmga
yurish   qildi .   Biroq   xalq   unga   eshikni   ochmaganidan   keyin   u   Marvga   yuzlanib,
vaziyatdan   chiqib   ketdi.   Takashga   xabar   berildi   va   qaytib   keldi.   O‘sha   paytda
Marvda   bo‘lgan   Sultonshoh   Nishopurga   bordi.   Sulton   Takash   hijriy   583   yil
Muharram   (1187   yil   mart)   shaharga   keldi.   Nishopur   shahri   boshqaruvini   o`g`li
Malikshohga   topshirdi.   Shaharni   tark   etib,   1187-yil   sentabr-oktyabr   oylarida
Xorazmga qaytib ketdi.
U   paytida   G'iyosiddindan   yordam   olish   uchun   maktublar   yubordi.
Sultonshoh   astoydil   harakat   qilib,   ukasi   Takashni   band   qilish   maqsadida   edi.
Nihoyat,   Takash   uni   yo'q   qilish   uchun   Xorazmda   ziddiyat   kelib   chiqadi   va   ko`p
o`tmay   tinchlik   o`rnatildi.Lekin   ko`p   o`tmasdan   Sulton   Tug‘rulning   Iroqda   ozod
qilingani haqidagi xabar Takashga yetib borgach 7
, Qutlug‘ Inonchga yordam berish
uchun Iroq tomon yo‘l oldi. Ukasi Takash Iroq bilan band vaqtda Sultonshoh yana
Xorazmga   yurish   qilib,   uni   egallaydi.   Elchilar   o'rtasida   oldinga   va   orqaga
yuborilgan  xatlar  foyda bermagach  Takash  Saraxs  hokimi  Chag'ir  qal'a  kalitlarini
olishga   erishgandi.   Sultonshoh   hijriy   589-yil   ramazon   oyida   (1193-yil   sentabr
taxtdan ayrilib nochor holda) vafot etdi.
4
  Ziyo   Bunyodov   :Ibn   Al-Asr   tavsifi   bo`yicha;   Xorazmdan   20   farsax   uzoqlikdagi   shahar   ekanligini
takidlagan “Subvur” nomi bilan tilga olingan.
5
  Ziyo Bunyodov “Anushteginiy xorazmshohlar davlati” 74-b.
6
 Ziyo Bunyodov “Anushteginiy xorazmshohlar davlati” 75-b
7
 Kafeso ` g'lu, Xorazmshohlar davlati, 93-b.
7 Ibrohim Kafeso`g'li shunday tariflaydi: "Olov kabi qo'rqinchli, shamol kabi
tez"lik   bilan   Buxoroga   borib   viloyatni   egalladi.   Mintaqada   Sulton   Takash   nomi
bilan   va'z   o'qilib,   uning   nomidan   tangalar   zarb   qilina   boshladi.   Otsiz   davridan
boshlab Xorazmshohlar siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri din uchun kurash
edi   va   bu   siyosat   Takash   davrida   ketma-ket   muvaffaqiyatlarga   erishishga   sabab
bo`ldi.   Nasaviy   o'z   asarida   “Takashning   o'z   davlatini   boshqargan   davrida   o'z
mamlakatiga 400 ga yaqin shahar qo'shgan” 8
ini aytadi.
Iroq   Saljuqiylar   davlatining   ahvoli   Tug’rul   hokimiyatga   kelganidan   keyin
o’zgardi.   Kundan   kunga   yomonlasha   boshladi.   Tug'rul   doimiy   ravishda   shaxsiy
ishlari bilan shug'ullanardi. Shuning uchun davlat ishlari malakadan yiroq bo‘lgan
sultonning   o‘ziga   yordam   beradigan   vaziri   ham   yo‘q   edi.   U   muhim   davlat
arboblarini   o'ldirdi.   Bu   Xorazm   xalqi   Iroqi   Ajam   hududiga   kelganidan   keyin
yanada  ortdi.  Otabek  Qizilarslonning  o'limi  tufayli   yuzaga  kelgan  sarosimalardan
foydalanmoqchi bo'lgan Sulton Takash Ray shahri va uning atrofidagi mustahkam
qal’ani Tabarak qal’asini.
Xijriy  590 (mil.1193) yil Xorazmshohlar davlatining asta-sekin yuksalish va
kuchayishining   boshlanish   yili   bo`ldi. 9
  Musulmon   olami   Sharqida   murakkab
siyosiy   vaziyatlarda   davlatning   mustahkamlanishiga   ma muriy   boshqaruvʼ
siyosatini tashkil qilish yo`li bilan erishildi. Ko`p o`tmay bu davlat O`rta Osiyo va
Eron davlatlari orasida eng qudratli davlatga aylandi.
Xorazmshoh   Takash   o`lkasiga   qarshi   olib   borgan   ko`p   yillik   kurash
davomida   o`z   davlatining   sharqiy   hududiga   yaqin   joylardagi   siyosiy   voqealar
rivojini diqqat bilan ko`zatib bordi. Yuqorida qayd qilinganidek, qoraxitoylar bilan
munosabatlarning   o`zilishi   Xorazmning   ularga   qaramligiga   barham   berdi.   Eng
muhimi,   Takash   «kofirlar»   qoraxitoylarga   qarshi   kurashda   keyin   ham   ularning
jiddiy   hujumlariga   duch   kelmadi.   Biroq   qoraxitoy   hukmdorlari   ko`chmanchi
8
  Shixobiddin Muhammad ibn an-Nasaviy “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mangburni” (Sulton Jaloliddin
Manguberdi hayoti tavsiloti) Toshkent 1999-yil 34-b.
9
 Ziyo Bunyodov “Anushteginiy xorazmshohlar davlati” 61-b.
8 qipchoq   qabilalarini   sharqdan   Xorazmshohlar   yeriga,   birinchi   navbatda   Jand
hududi va atroflariga bostirib kirishga gij-gijlab, qutqu soldilar.
Xorazmshoh   Takash   valiahd   shahzoda   paytidayoq   Jand   shaxri   valiysi   edi.
Mamlakat   taxtiga   o`tirgach,   esa,   o`zining   «eng   sevimli   o`g`li»   Nosiriddin   Malik
shoxni   bu   yerga   voliy   qilib   tayinladi.   Xorazmshoh   Takash   devon   al-inshosining
boshlig`i   Bahouddin   Muhammad.  Al-Bag`dodiy   bitgan   farmonda   Xorazmshohlar
davlati   uchun   Jandning   axamiyati   yorqin   aks   ettirilgan.   Unda   Jand   «Islom
zaminining   eng   muxim   qismlaridan   va   «g`olibona   davlatimizning   asosi   va
ibtidosi»   ekanligini   ta kidlab,   Xorazmshoh   Xorazmning   o`ziga   qanday   axamiyatʼ
bersa, Jandga ham shunday axamiyat berishi uqtiriladi. Farmonda Jand aholisining
«islom sultonligi» chegarasi ximoyachilari sifatidagi xizmatlari aloxida ta kidlanib,	
ʼ
«Kofirlarlar»ning   xar   qanday   hujumini   daf   qilishga   sodir   bo`lgan   qo`rqmas   va
tajribali askarlarni harbiy xizmatga jalb qilish vazifasi yuklatiladi.
Biroq   Jandning   axamiyati   yana   shundaki,   shaxar   sharqdan   Xorazmga
o`tadigan   asosiy   savdo   yo`lining   markazida   joylashgan   edi.   Shuning   uchun
farmonda  amaldorlarga  xorazmlikmi,  begonami,  turkmi,  xorijlikmi  —  kimligidan
qat iy   nazar,   xammaga   bir   xil   adolatli   munosabatda   bo`lish,   savdo-sotix   ishlariga	
ʼ
to`sqinlik   qilmaslik,   yo`llarda   xavfsizlikni   ta minlash,   savdogarlarning   mol   va	
ʼ
hayotini turli tajovo`z va suiqasdlardan ximoya qilish topshirilgan edi.
Bunday   farmon   faqat   Jand   uchun   maxsus   chshyoaril-   gan,   chunki
Xorazmshohlar bu viloyatning iqtisodiy axvoliga, uni  odamlar bilan ta minlashga	
ʼ
aloxida   e tibor   bilan   qaraganlar.   Xorazmshoh   Takash   Jand   uchun   boshqalardan	
ʼ
ko`ra ko`proq jon kuydirdi.
Sayxunning   o`ng   qirgogidagi,   muxim   istexkomlardan   yana   biri
Barchinligkent edi. Takash uni o`z tasarrufidagi mulkka qushib olish uchun xamma
imkoniyatini ishga soldi. Takashning o`z o`g`li Tojiddin Аlishoxni Barchinligkent
voliysi   qilib   tayinlash   to`g`risidagi   farmoni   bor.   Farmonda   Barchinligkent   bilan
birga   Raboti   Tugon   shaxri   Xorazmga   qo`shib   olingani   to`grisida   boradi.   Аgar
9 dushman   tomonidan   xujum   xavfi   tug`ilsa,   bu   yerdan   sharqning   o`zoq   joylariga
ayg`oqchilar yuborish nazarda tutiladi.
  Xorazmshoh Takash «Kofirlar»ga qarshi jixod qilish va ularni islom diniga
kiritishni   o`zining   eng   asosiy   va   sharafli   vazifasi   deb   e lon   qilgan.   Uning   buʼ
xarakati   xijriy   576   yil,   ramazon   oyida   (1181   yil     yanvar)   yozilgan   va   xokimiga
yuborilgan   xatida   yorqin   ifodalangan.   Xatda   Xorazm   qo`shinlari   o`z   mamlakati
bilan   chegaradagi   qipchoqlar   yeriga   qadar   borish,   ular   oldiga   quyilgan   vazifani
shak-shubxasiz   bajarilishi   uyushtiriladi.   Xijriy   577   yil   muharram   oyida   (1181-yil
may).   O`sha   Ray   xokimi   nomiga   yozilgan   boshqa   bir   maktubda   Xorazm   va
qipchoq   qushinlarining   qoraxitoylarga   qarshi   hamkorlikda   hujum   qilish   niyatida
boradi.
Xorazmshohlar   va  Abbosiylar   xalifaligi   o'rtasidagi   aloqalar   ilk   bora   1141-
yilda Xorazmshoh Otsizning Xalifa    al-Muktafiy(1136-1160)ga yo'llagan xati bilan
o'rnatilgan   edi.   Xalifaga     murojaatida   Otsiz   xalifaga   unga   to'liq   bo'ysunishini,
Otsizning   otasi   Muhammad   ibn  Anushtagin     Saljuqiylarga   qarshi   jihod   yurishlari
qilganligini,   Sulton   Sanjar   esa   bir   necha   bor   Otsizni   ham   bu   ishga   boshlaganini
ta'kidlagan.   So'ngra,   Xalifadan   o'zini   Xalifaga   tobe   holda   yaqin   orada   Xorazmga
qo'shib   olingan,kelajakda   o'z   xohishi   bilan   Xorazmga     qo'shiladigan   hududlar
hukmdori   deb   tan   olishini   so'ragan.Tez   orada,   Xalifadan   elchilar   bilan   shohona
liboslar   bilan   birga,   Otsiz   so'ragan   hududlarga   to'laqonli   hukmdorlik   va   Sulton
unvoni berilgan yorliq ham keladi.
Bunga   sabab,   Xalifaning   Saljuqiylarni   o'ziga   nisbatan   dushman   deb   bilishi
edi.   Uning   fikricha   o'zidan   oldingi   xalifalar   al-Mustarshid   (1118-1135)   va   al-
Rashid   (1135-1136)ning   o'limlariga   Sulton   Sanjar   aybdor   edi.   Natijada,   1   yil
davomida   Xorazmshohlar   davlatida   Xalifa   nomi   xutbaga   qo'shib   o'qildi.   Faqat
1142-yildagina   Xorazmda   xutbaga   yana   Sulton   Sanjar   nomi   qo'shib   o'qila
boshlangan.
10 Umuman olganda, Xorazmshoh Otsiz davrida Xorazmshohlar va Abbosiylar
o'rtasidagi   aloqalar   juda   iliq   bo'lib,   Xorazmshoh   Otsiz   umuman,   5   marotaba   xat
yozgan.   U   o'z   xatlarida   Xalifadan   o'z   davlati   erkinligi   va   Suverintetini   olishga
urunib, bunday murojaat qiladi: "Sayyido va Mavlono Amir ul-Mo'minin va Imom
al-Muslimin va Xalifat Rabbiul olamiyn Al-Muktafiyga"
U   xatlarida   Xalifa   Muktafiydan   yangi   tug'ilib   kelayotgan   Xorazmshohlar
davlatiga   e'tibor   qaratishni,   Xorazm   va   Xurosonni   kelgindi   O'g'o`zlardan   himoya
qilishni   so'raydi.   Umumiy   dushman   -   Saljuqiylarga   qarshi   kurashda   himoya   va
kafolat   tilaydi.   U   Saljuqiylarni,   Xususan,   Sulton   Sanjarni   Muktafiydan   oldingi
xalifalar o'limida qo'li borligini ta'kidlaydi. U xatlaridan birida " U (Sulton Sanjar)
dan qanday yaxshilik kutish mumkin va u do'stlik uchun qanday harakat qildi" deb
yozadi.   U   xati   oxirida   Xorazmning   mustaqilligini   Xalifa   farmoni,   Humoyun   va
oliy   nishon   imzosi   bilan   tan   olishni   hamda   buni   Xalifalikka   itoat   e'lon   qilgan
(rasman   bo'lsa   ham)   barcha   davlatlarga   yuborishni   so'raydi.   Toki   bunga   boshqa
davlatlar   ham   amal   qilsin   va   tan   olsin.   Hasadgoylar   ichi   kuyib   qolsin   va   Otsiz
hamda   uning   avlodlari   keyinchalik,   Amir   ul-Mo'minin   Xalifa   Muktafiyning   bu
farmonini eslab bundan minnatdor bo'lsin.
Shundan   so'ng,   Otsiz   xalifaga   2-xatni   yozib,   Xorazmda   Xutbada   Xalifa
Muktafiyning   nomi   o'qitilayotganini   aytib,   "Hech   bir   Imom,   Ulamo,   Xatib
Xalifaning aytgan yo'rig'idan chiqmayotgani" ni aytadi
3-xatida esa   Otsiz Xalifa 10
ning oldiga borib tobelik izhor qila olmaganidan
afsusdaligini,   hozirda   G'azot   bilan   ovoraligi   sababli   bu   ishni   qila   olmayotganini
ta'kidladi. Shu bilan birga, Otsiz o'zini "Xalifaning eng yaxshi Sodiq qullaridan va
solih hukmdorlar orasida eng yaxshi do'stlaridan" ekanligini ham yozadi.
4-maktubi   ham   shu   ruhda   edi.   5-maktibida   esa   Sulton   Sanjar 11
  vafotidan
keyin   taxtga   o'tirgan   yangi   sulton   Muhammad   Ibn   Mahmudning   Xalifaga
10
 1-ilovaga qarang
11
 2-ilovaga qarang
11 bo'ysunmasligini qattiq qoralaydi va shu sababli undan xafa bo'lganini izhor qilib,
Xalifaga sodiqligini yana bir bor izhor qiladi.
Umuman,   aynan   shu   davrda   Otsiz   davlatini   mustaqilligini   tan   olinishi   va
Xalifadan   ko'mak   olishi   uchun   mana   shunday   ayyorona   siyosat   yurgizadi.   Shu
sababli ham bu davrda Xalifalik va Xorazmshohlar davlati o'rtasidagi aloqalar juda
yaxshi rivojlanadi.
Keyingi Xorazmshoh El-Arslon va Abbosiylar o'rtasidagi munosabatlar ham
Otsiz   davridagidek   davom   etdi.   Xalifa   Muktafiy   Sulton   Sanjar   vafotidan   keyin
Saljuqiylar   davlatida   boshlangan   Taxt   uchun   kurashni   kuchaytirishga   harakat
qilgan.   Misol   uchun   u   Sulton   Sanjardan   so'ng,   Saljuqiylar   taxtiga   o'tirgan
G'iyosiddin   Muhammad   emas,   boshqa   Saljuqiy   shahzoda   Sultonshox   nomini
Xutbaga  qo'shib  o'qitadi  hamda  unga  3000 lik  armiya  berib, taxt   uchun kurashga
otlantiradi. 12
So'ngra,   Xalifa   El-Arslonga   xabar   yuborib,   undan   Sulton   Sanjar   vafotidan
keyin Xurosonga yurish qiladimi yoki yo'qmi so'raydi.
El-Arslon esa javob xatida sulton Sanjar vafotidan keyin boshlangan nizoni
faqat Sulton G'iyosiddin Muhammad bartaraf eta olishini va xalifa bu borada yangi
Sultonga musulmonlar  osoyishtaligi  uchun yordam  berishi  lozimligini ta'kidlaydi.
Ammo   G'iyosiddin   Muhammad   1159-yilda   vafot   etib,   hammasi   teskari   ketadi.
Iroqi   Ajamda   1160-yilda   Arslonshoh   o'tiradi   (Muhammad   Topar   va   To'g'rul   II
davomchisi).   Xurosonda   esa   Sulton   Sanjar   jiyani   Sulton   Mahmud   hokimiyatga
keladi.   El-Arslon   hurmat   yuzasidan   dastlab   ularga   hurmat   izhor   qiladi.   Ammo
keyingi   voqealar   Xurosonda   Xorazmshoh   El-Arslon   siyosatini   kuchayishiga   olib
keladi.   Oxir-oqibat   keyinchalik,   Xorazmshohlar   Xurosonga   egalik   qiladi   va   Iroq
Ajam   Saljuqiylari   ichki   ishlariga   faol   aralsha   boshlaydi.   Umuman   olganda,   El-
Arslon   ham   otasi   kabi   Bag'dod   Xalifalari   bilan   yaqin   edi.   U   ham   otasi   kabi
davlatining   mustaqilligi   tan   olinishini   xohlardi.   U   Xalifa   Muktafiy   vafot   etgan
12
  https://telegra.ph/Xorazmshohlar-va-Abbosiylar-ortasidagi-aloqalar-nizoning-sabablari-va-oqibatlari-4-
Qism-Xorazmshoh-Takash-davri2-qism-01-17
12 so'ng,   yangi   Xalifa   Mustanjidga   xabar   yuborib,   marhum   vafotiga   chuqur   ta'ziya
bildirib,   yurtida   3   kunlik   motam   e'lon   qilganini   aytgan.   Hamda   ta'ziyaga   bora
olmaganiga afsusini yetkazgan.
1.2 Takash davrida Bag`dod bilan nizoning paydo bo`lishi.
Keyingi   Xorazmshoh   Alouddin   Takash   davrining   dastlabki   20   yilida
Xalifalik bilan aloqalar olib borilmaydi. Bunga sabab El-Arslon vafotidan keyin 20
yil (1172-1193) davomida olib borilgan Xorazmshohlar taxti uchun keskin kurash
sabab edi. Bu kurashda Sultonshoh Mahmud va Takash Qoraxitoylar va G'uriylar
sulolasi   bilan   ko'proq   yaqin   munosabatda   bo'lishgan,   Qoraxitoy   sarkardasi   Fuma
Takashga   ham,   Sultonshoh   Mahmudga   ham   yordam   bergan.   G'uriylar   esa
Sultonshoh Mahmud to'la mag'lub bo'lmagunicha,   taxt uchun kurashgan oxirgi 5
yilligida   ko'proq   uning   tarafini   olishadi.   Bu   taxt   uchun   kurashning   boshlarida
Turkon   Xotun   ismli     El-Arslonning   xotini   va   Sultonshoh   Mahmudning   onasi
turardi. Shunday qilib mavzuga qaytsak, 1193-yilda Sultonshoh Mahmud mag'lub
etilgach, Xorazmshoh Takash yurtidagi tinchlikdan so'ng, o'z davlati taqdiri hamda
uning chegaralari kengayishi uchun harakat boshladi. Shu maqsadda u Ozarbayjon
Otabeklar   davlatida   Otabek   Jahon   Pahlavon   vorisi   Qizil   Arslon   (1186-1191)
vafotidan   keyin   boshlangan   taxt   uchun   kurashlarga,   shuningdek,   Iroqi   Ajamda
boshlangan to'polonlarga aralasha boshladi. Bu yerda Otabek Jahon Pahlavonning
4   o'g'li   taxt   uchun   kurashga   kirishadi.   Shulardan   Otabek   Jahon   Pahlavonning
Inonch Xotun Ismli xotinidan tug'ilgan Qutlug' Inonch Mahmud katta o'rin tutadi.
Xuddi   shu  vaqtda   Xalifa  An-Nosir  Lidinillah   (1180-1225)  Xorazmshoh  Takashga
xat   yozib,   So'nggi   Iroqi  Ajam   Saljuqiy   Sultoni   To'g'rul   III   dan   Xalifaga   tegishli
yerlarga   hujum   qilayotganidan   shikoyat   qiladi   hamda   agar   yordam   bersa   Sulton
Takashga  To'g'rul   III   yerlari   Iqto   tarzida   berilganini   tasdiqlovchi   hujjat(Manshur)
yubordi. Aslida bu nizolarga To'g'rul III sababchi bo'lib qoladi. 1192-yilda Otabek
13 Qutlug'   Inonch   asirligidan   qochgan   To'g'rul   III   Qazvin   jangida   Qutlug'   Inonchni
mag'lub   etadi.   Mag'lub   Qutlug'   Inonch   Rayga   yashirinib   olgan   va   Xorazmshoh
Takashdan yordam so'ragan. 13
Natijada,   Takash   1193   yilda   Ray   va   Taborakka   yurish   qilib,   u   shaharlarni
egallab   oladi.   Qutlug'   Inonch   qo'rqib,   onasi   bilan   Sarjahon   qal'asiga   chekinadi.
Vaziyatdan   foydalangan   Sulton   To'g'rul   III   Xorazmshoh   Takashga   xat   yozib,
Otabek Jahon Pahalvoning o'g'li bo'lgan Qutlug' Inonch Mahmudga qarshi yordam
va madad so'raydi. Buning evaziga To'g'rul III qizini Takashning o'g'li Yunusxonga
beradi   va   Iroqda   Xorazmshoh   nomiga   xutba   o'qitishga   va'da   beradi.   Natijada,
Xorazmshoh   qo'shini   bilan   Iroqqa   yetib   kelib,   Qutlug'   Inonchni   qo'shini   kuchi
bilan   jangsiz   yengib,   sulh   to`zadi.   Qutlug'   Inonch   Xorazmshoh   xizmatiga   o'tadi.
Ray   shahri   esa   To'g'rul   III   bilan   sulhga   ko'ra,   Xorazmshohlar   qo'liga   o'tadi.
Xorazmshoh   nomi   Iroqda   Xutbaga   qo'shib   o'qitiladi.   Rayda   Xorazmshohlarning
kichik bo'linmasi qoldiriladi. Ammo To'g'rul III Xorazmshoh ketishi bilan va'dasini
bo`zib, Raydagi Xorazmliklar bo'linmasiga hujum qiladi. Xuddi shu vaqtda Xalifa
ham xat yozadi. Natijada, Xorazmshoh Iroqqa tomon yo'l oladi. Qutlug' Inonch uni
kutib   oladi   va   Xorazmshoh   taxti   ostiga   ta'zim   qilib   turadi.   Xorazmshoh   buni   Iliq
qabul qilib, xizmatiga oladi. Xorazm qo'shinlari To'g'rul III ga qarshi otlanadi. Shu
vaqtda   To'g'rul   III   ga   Xorazmshohning   katta   Xojibi   Shihobiddin   Ma'suddan   xat
keladi. Unda:
“Xojib   Sultondan   Xorazmshohga   taslim   bo'lishni,   Rayni   Xorazmshoh
tasarrufiga berib, o'zi Sava shahriga chekinib, u bilan sulh to`zishni aytadi. Uning
aytishicha,   Xorazmshohning   maqsadi   faqat   Rayni   qaytarish,   agar   bunga   Sulton
rozi bo'lsa, Xorazmshoh tinch qaytib ketadi”.
Shundan   so'ng,   To'g'rul   III   harbiy   majlis   o'tkazadi.   Unda   Amir   Nuriddin
Qora ismli sarkarda bu fikrni qo'llab, Rayni Xorazmshohga berish, shundan so'ng
ham Xorazmshoh ta'qibni davom ettirisa Eron va Iroq shaharlari bo'ylab chekinib
13
  https://telegra.ph/Xorazmshohlar-va-Abbosiylar-ortasidagi-aloqalar-nizoning-sabablari-va-oqibatlari-4-
Qism-Xorazmshoh-Takash-davri2-qism-01-17
14 yurishni maslahat beradi. Amir Nuriddin Qora fikri oxirida aytadiki, "Xorazmshoh
ham bizni shaharma-shahar ta'qib qilishni xohlamaydi va Xorazmga ketadi"
Ammo To'g'rul III taklifni rad etib, deydi;
"Ray   shahri   aholisi   bizni   sevadi.   Agar   men   chekinsam,   xalq   Xorazmshohlar
boshqaruvi   ostida   Zulm   va   azobda   qoladi.   Shuningdek,   meni   qo'rqoq   deb   ham
hisoblashadi".
Shunday   deya,   1194-yilda   u   Takash   kelmasdan   va   o'zining   asosiy   qo'shini
kelmasidan avval urush uchun yo'lga chiqadi. U Qutlug' Inonch boshchiligida ilg'or
qismiga 60 kishilik g'ulomlari bilan hujum qiladi. Jangda bir ko'zidan ayriladi (Bu
voqea   1194-yil   4-martda   yuz   bergandi).   Shu   onda   Qutlug'   Inonch   otda   uning
yoniga   keladi.  To'g'rul   III   esa   Qutlug'   Inonchdan   uni   o'ldirmaslikni   va   bu   yerdan
olib   ketishni   so'raydi.  Ammo   Qutlug'   Inonch   uni   o'ldirib,   boshini   Xorazmshohga
olib   boradi.   Xorazmshoh   esa   nomiga   "bekor   qilibsan,   tirik   olib   kelganingda   biz
uchun ma'qulroq edi" deb qoyadi. Shu tariqa, So'nggi Xuroson va Iroq Saljuqiylari
Sultoni To'g'rul III shunday o'ldiriladi. Uning boshi Bag'dod xalifasiga yuboriladi.
U   yerda   Nubiylar   darvozasi   yonida   bir   necha   kun   ommaga   namoyish   qilinadi.
Jasadi esa Ray bozorida omma uchun osib qo'yiladi
Shundan   so'ng,   Xorazmshoh   Hamadon   va   Iroqi   Ajamning   ko'p   qismini
egallab   oladi   va   amirlariga   bo'lib   beradi.   Bu   yerdagi   iqtodorlar   va   amaldorlarni
almashtirib, Gurganchga qaytadi.
Tug`rul   III   o`limidan   keyin   hijriy   590-yil   4-rajab   (1194   yil,   25   iyun)da
xorazmshoh Takash Xamadonni va Iroq Ajamining ko`p qismini egalladi va bosib
olingan   yerlarni   o`z   amirlariga   bo`lib   berdi.   Isfahonni   Xutlur   Inonchga,
Xamadonni amir  Qorako`zga,   Rayni   esa   o`g`li   Yunusxonga   topshirdi,   unga
otabek qilib amir Mayochuqni tayinladi. Xorazmshoh Iroq amirlarini kamsitib, har
qanday   xarbiy   harakatni   tuxtatishga   majbur   qildi   va   Iroqi  Ajamning   butun   xazi-
nasini   qo`lga   kiritdi.   U   barcha   amaldorlarni   ishdan   bo`shatib,   devondagi
vazifalarga yangi odamlarni tayinladi, iqto' yerlarini avvalgi egalaridan tortib olib,
15 o`z   odamlariga  berdi.  Xamadondagi  dabdabali   marosimlardan   keyin  Xorazmshoh
Gurganjga qaytib ketdi.
Xalifa   an-Nosir   Lidinillah   xorazmshoh  Takash   Iroq  Ajamida   paytida   bosib
olingan Tug`rul   III  yerlaridan  bir  qismini   o`z  ixtiyoriga  beradi, deb  o`ylagan  edi.
Chunki,   vazir   Ibn   al-Qassob   boshchiligidagi   xalifa   jangchilari,   sultonga   qarshi
janglarda   ishtirok   etgandi.   Biroq   xorazmshoh   xalifaga   biron   bir   viloyatni   taklif
qilmadi.   Shunda   xalifa   o`zining   saxovat-peshaligini   ta'kidlash   massadida   sulton
Tug`rul   III   yerlarini   xorazmshoh   tasarrufiga   o`tganligini   tasdislovchi   yorliqni
topshirish va hashamdor sulton libosi kiydirishni vazirga topshirdi.
Ammo Takash Xalifaga biror yerni taklif qilmagan edi. Shunda Xalifa bosh
vazir Al-Qassob boshchiligidagi vakillarini Xorazmga sovg'alar, To'g'rul III yerlari
egaligi va Sulton unvonli berilgani haqidagi yorliqni yuboradi. 14
Xorazmshoh Takash  bilan  xalifa  o`rtasida  adovat   bo`lgan  va  buning sababi
Iroq yerlari bilan bog`liq edi.
Ammo Al-Qassob Asadobod dovoniga kelib, Xorazmshohga murojaat qiladi.
Murojaatida   "   Xalifa   unga   Saljuqiylarning   Iroqdagi   yerlari   unga   tegishli   ekani
haqida yorliq yuborganini va Xorazmshoh Xalifaga xizmat qilish uchun vazirning
yoniga kam sonli askarlar bilan kelib, uning oti jilovini tutishi kerakligini" aytadi.
Takash esa unga to`zoq qo'yishmoqchi deya, Bosh vazir askarlarini qirg'in qilishni
buyuradi. Vazir qochib ketishga muvaffaq bo'ladi. Ammo Xorazm askarlari ularga
Dinobod  degan   joygacha   ta'qib   qilib,  katta   o'lja  oladilar.   Faqat   shundan   keyin  50
yildan   oshiq   davom   etgan   Xalifalik   va   Xorazmshohlar   o'rtasidagi   munosabat
bo`zildi. Shundan so'ng, Xorazmshoh Iroqi Ajamni tark-etar emas, Xalifa qutqusi
va   ta'siri   bilan   tartibsizlik   boshlandi.   Jumladan,   Isfahon   hokimi   Qutlug'   Inonch
Xorazmshohga   itoatsizlik   qildi.   U   Xorazmshoh   o'g'li   Yunusxon   va   vaziri
Mayochuqqa   qarshi   kurash   boshladi.   Ammo   Zanjon   yonida   qaqshatqich
mag'lubiyatga uchrab, Vazir Al-Qassob ning Xulvan daryosi bo'yidagi qarorgohiga
14
  Zehra Erdemer. HÂREZMSÂHLAR DEVLETI-ABBÂSI HALAFETI MÜNASEBETLERI 61-b
16 keldi.   Unga   qimmatbaho   kiyimlar   kiydirilib,   1195-yilda   Mayochuq   va  Yunusxon
armiyasini   mag'lub   etdi.   Ular   Rayga   yaqinlashib,   bu   yerda   ham   Xorazm
qo'shinlarini mag'lub etadi va tez orada butun Iroqdan Xorazm qo'shinlarini haydab
chiqarishadi. Lekin tez orada Qutlug' Inonch va Iroq amirlari  ko'rdiki, Al-Qassob
faqat Xalifa manfaatlarini ko'zlayotir. Natijada, Qutlug' Inonch Al-Qassobga qarshi
chiqdi va tor-mor etildi. O'zi esa zo'rg'a qochib qutuldi. Bu orada Xorazmshohdan
Al-Qassobga   elchi   kelib,   Iroqi  Ajamdan   chiqishni   talab   qilishadi.  Al-Qassob   esa
buni   rad   etadi.   Shu   orada   Xalifa   yo'lga   chiqadi   va   Hamadonga   yaqinlashadi.   Bu
orada   Al-Qassob   vafot   etadi   (1196-yil   iyulda).   Natijada,   Xalifalik   armiyasida
tartibsizlik boshlanib, bu vaziyatda Xorazmshoh Hamadonni zabt etadi.
So'ngra, Qutlug' Inonch bilan Mayochuq o'rtasida mo`zokaralar boshlanadi.
Aslida   bu   o'ldirilgan   To'g'rul   III   ning   qizining   hiylasi   edi.   Bu   hiylaga   uchgan
Qutlug' Inonch Yunusxon va Mayochuq yoniga keladi va o'ldiriladi. Xalifa esa Al-
Qassob harakatlari davom etar ekan 1195-yilda Sayfiddin To'g'rul boshchiligidagi
armiyani   Isfahonga   yuborib,   shu   yili   shaharni   tasarrufiga   oladi.   Aslida   Takash
Xorazmga   qaytar   ekan   Isfahon   boshqaruvini   Otabek   Jahon   Pahlavon   o'g'li  Abu
Bakrga   bermoqchi   bo'ladi.   Ammo   u   ukasi   O'zbekni   Xorazmshoh   ho`zuriga
yuboradi. Natijada, Iroqqa to'liq O'zbek noib etib tayinlanadi.
Xuddi   shu   1195-yilda   Otabek   Jahon   Pahlavonning   Mamluklari   Iziddin
Go'kcha boshchiligidagi Mamluklari Xorazmshohga qarshi  fitna uyushtirilmoqchi
bo'ldilar. Ammo ular Isfahonga kelgach, Xalifaning amirlaridan yuqorida aytilgan
Sayfiddin To'g'rul shaharni egallab olganini bilishadi
Go'kcha   va   To'g'rul   o'zaro   kelishib,   birgalikda   Xorazmshoh   qo'shinini
Iroqdan   quvib   chiqaradilar.   So'ngra,   Ray,   Sova,   Qum   va   Qashon   shaharlari   bilan
butun viloyat Go'kchaga o'tdi. Qolgan yerlar esa Xalifalikka o'tadi. Xalifa bu yerlar
egaligini   berar   ekan   Go'kchaga   berar   ekan,   bir   shart   qo'yadi.   Bu   yerlar   Go'kcha
tasarrufiga   berilsada,   soliqlarni   Xalifalik   olishi   lozim   edi.   1196-yilda
Xorazmshohlar   va   Abbosiylar   o'rtasida   yana   bir   shafqatsiz   jang   bo'ldi.   Unda
17 Abbosiylar   armiyasi   tor-mor   etilib,   Ray,   Hamadon   va   Isfahonda   Xorazmshohlar
hukmronligi tiklanadi.
Hamadon   shahrini   qamal   qilgan   Mayochuq   Shahar   ahliga   taslim   bo'lishni
yoqsa,   shaharni   ostin-ustun   qilishini   aytadi.   Shahar   ahli   esa   faqat   Xorazmshohni
ko'rsagina   taslim   bo'lishini   bildiradi.   Natijada,   1196-yil   18-iyulda   Xorazmshoh
Hamadon   yaqiniga   kelib,   shaharga   taslim   bo'lishni,   buning   uchun   u   bilan
uchrashmoqchi   bo'lgan   vakillarini   yuborishni,   bo'lmasa   shaharni   ostin-ustun
qilishni aytadi.
Shahardan   bir   nechta   vakillar   chiqib,   Takash   haqiqatdan   kelganini   aniq
bilishgach,  uning  qo'lini  o'pishdi   va  Shahar   taslim  bo'ldi.  So'ngra,  Hamadonliklar
Islom   amirining   xizmatidan   xursand   bo'lishini,   xohlasa   qolishini,   xohlasa
qaytishini   aytishdi.   Shuningdek,   ular   shaharni   tezda   ochmaslikka   sabab   sifatida
Mayochuqning Xorazmshohga sotilgan bo'lishi mumkin degan o'y sababli ekanini
ta'kidlashdi.   So'ngra,   Xorazmshoh   arab   askarlaridan   birortasi   Xorazmcha   bosh
kiyim   kiymasligi   talabi   qo'yildi.   Bunga   sabab   esa   Xorazm   askarlari   kiyimida
boshqalar xalqni talamaslik va Xorazmliklar ham bu ishni qilmaslik edi.
Xalifa   bu   hiylalari   ish   bermagach,   Mujiriddin   Mahmud   al-Bag'dodiy
boshchiligida   elchisini   yubordi.   Takash   unga   atlasdan   o`zun   yo'lak   to'shadi.
Shuningdek,   yo'liga   tillalar   sochdi   va   uning   kelishi   sharafiga   taxtdan   tushdi.  Al-
Bag'dodiy kelgach, Xorazmshohga Xalifaning quyidagi so'zlarini yetkazdi:
Otang   va   bobolaring   bizdan   hokimiyat   tizginini   olishgan   va   sen   ham
shunday   qil.   Biz   senga   bu   tizginni   beramiz   va   sen   bundan   to'g'ri   foydalan.  Aks
holda, biz tasarrufimizdagi barcha davlatlarni oyoqqa turg'izib, senga qarshi yurish
boshlaymiz.
Xorazmshoh   javob   qildi:   Albatta   barcha   hokimiyat   "Amir   ul-
Mo'mininnikidir.   Biz   esa   shunchaki,   uning   shixnasimiz.   Biroq   men   askarsiz   qola
olmayman.   Harbiy   Devon   vazirining   aytishicha,   hozirda   bizning   170   ming
18 askarimiz   bor   va   ularni   ta'minlash   oson   emas.   Biz   uni   ta'minlashimiz   uchun
Xo`zistonni bizga Iqto qilib bersa yaxshi bo'lardi. "
Al-Bag'dodiy bu yerni tark etdi va shu tunda Xobxonasida vafot etdi. Qolgan
elchilar  bilan  birga Xorazmshoh elchisi  Shihobiddin Ma'sud  Xorazmiy  yo'l  oladi.
Unga Xalifaning zaifligini  sezgan Xorazmshoh Bag'dodda Takash nomini  o'qitish
va Saljuqiylar  saRayini  tiklash  talabini  aytib yuboradi.  Ammo elchi  hech narsaga
erisha olmay qaytadi. Xalifa bu talablarni e'tiborsiz qoldiradi. Shunda Xalifa yangi
hiylani o'ylab topdi. U Xorazmshohning Iroqdagi noibi Mayochuqqa elchi yuborib,
unga   "   Ha   Xorazmshoh   hukmdor,   ammo   aslida   haqiqiy   chinakkam   hukmdor,
Rustami Soniy, Musulmonlar himoyachisi va Amir ul-Mo'minin noibi Shamsiddin
Mayochuqdur"   deydi.   Mayochuq   Xalifaga   moyillik   bildirib,   Hamadonga   yurish
qiladi.  Ammo   1197-yilda   Xorazmshohdan   uni   yanada   yuksaklarga   ko'targan   xat
keladi.   Burni   ko'tarilib   ketgan   Mayochuq   Iroqi  Ajamda   qattiq   qirg'inlar   talashlar
uyushtiradi.   Mubolag'alarga   ko'ra,   uning   qirg'ini   va   talovidan   hattoki
Qichqirayotgan Xo'rozlar ham qolmadi. Ravondiy yozadi:
U   va   uning   askarlarida   hech   qanday   musulmonlarga   nisbatan   shafqat   aslo
yoq.   Ular   hattoki,   Masjid   va   Madrasalarga   bostirib   kirar,   unga   soliq   solib   talar
edilar".   Buni   eshitgan   Xorazmshoh   Iroqi  Ajamga   tomon   yuriydi.   Buni   eshitgan
Mayoruq qocha boshlaydi.  Ray yaqinidagi  Ardaxi  qal'asida  yetib olindi. Askarsiz
qolgan Mayoruq taslim bo'ldi. So'ngra, uning vaziri qatl etildi. O'zi esa oyog'idan
qatl etildi.
Mayoruq   bilan   hiyla   ham   amalga   oshmagach,   Xalifa   yangi   yo'llar   izlay
boshladi.   U   yangi   Ittifoqchi   sifatida   bu   davrning   qudratli   hukmdorlaridan
G'iyosiddin G'uriyni tanladi
Natijada, shu vaqtgacha Xorazmshohga qarshi harakatlar qilishdan xavfsirab
turgan   G'uriylar   Takashga   tahdidli   xatlar   yoza   boshladi.   Unda   agar   Takash   Iroqi
Ajam ishlariga aralshaversa, G'uriylar Xorazmga hujum qilish bilan tahdid qiladi.
19 Xorazmshoh   esa   Qoraxitoylardan   yordam   so'radi.   Natijada,   Qoraxitoylar
Xurosonga   bostirib   kirib,   uni   ayovsiz   talay   boshladilar.   Xorazmshoh   esa   Hirotni
qamal   qildi.   Bu   orada   G'iyosiddin   G'uriy   Qoraxitoylarni   mag'lub   etib,   ularni
Amudaryoga   haydab   chiqardi.   Buni   eshitgan   Qoraxitoy   hukmdori   Takashdan
o'lgan   12   ming   askari   evaziga   10   ming   dinor   so'raydi.   Takash   buni   rad   etib,
G'iyosiddin G'uriydan maslahat so'raydi. G'uriy esa bu mablag'ni to'lashga roziligi,
buning   evaziga   Xorazmshoh   Xalifa   bilan   munosabatlarini   yaxshilab,   unga
bo'ysunishi   kerakligini   aytadi.   Takash   bunga   rozi   bo'ldi   va   Xalifalik   bilan
munosabatlar tiklanadi. Xalifa buning evaziga unga qimmatbaho kiyimlar va Iroqi
Ajam,   Xuroson   va  Turkiston   hukmdori   deb   tan   olingan   “Manshur”   yuboradi.   Bu
holat   1198-yil   noyabrda   jiyani   Sayfiddin   boshchiligidagi   elchilik   bilan
mustahkamlandi.   Sayfiddin   Bag'dodga   yetib   borgach,   Xalifaga   Takashning
tobeligini   va   Xutba   o'qitish   haqidagi   talabi   uchun   o`zrini   yetkazadi.  Ammo   2   yil
davomida u Ismoiliylar bilan urushib, muvaffaqiyatga erishadi. So'ngra, Bag'dodni
zabt   etish  uchun Xuroson  tomon yo'lga  chiqdi. Ammo u  yo'lda  1200-yil  3-iyulda
Xorazm   va   Nishopur   o'rtasidagi   Shahriston   shahrida   vafot   etadi.   U   Gurganjga
keltirilib,   o'zi   qurdirgan   maqbaraga   ko'miladi.   Shunday  qilib,   Xorazmshohlarning
eng buyuk hukmdori Alouddin Takash vafot etadi. 15
15
 NAGEHAN VURGUN. HÂREZMŞAH DEVLETİ’NİN DIŞ POLİTİKASI 79-b
20 II.BOB. BAG`DOD VA GURGANJ INQIROZI.
2.1 Alouddin Muhammadning xalifalikdan yuz burishi.
Otasi   tirikligida   “Qutbiddin”   nomi   olgan   bo`lsa,   taxtga   o`tirganida   nomi
Alouddin bo`lgan.  Atrofdagi hukmdorlarga uning taxtga o'tirishi bilan tabrik xatlari
yuborilgan.  Sulton Alouddin Muhammad, sulola vakillari va abbosiylar xalifasi an-
Nosir   Lidinillah  tomonidan  gijgijlangan  g‘uriylarga  qarshi   kurash   bilan  band  edi.
Sulton   poytaxt   Gurganjda   edi.   Ikkinchi   muhim   yer   bo`lgan   Xurosonni   ukasi
Tojiddin   Alishohga   qoldirdi.   Uni   Isfahondan   chaqirib   Nishopurga   tayinladi.
G`uriylar  davlatining  eng buyuk  sultoni   G'iyosiddin Abul-Fath  Muhammad  hijriy
599   (1203)   yilda   vafot   etdi   va   uning   o'limi   mintaqada   tartibsizliklar   keltirib
chiqarmaslikka urinishib biroz vaqt sir saqlanar edi.
G‘iyosiddinning Mahmud ismli o‘g‘li qolgan edi. Otasining vafotidan keyin
unga G'iyosiddin nomini berishgan. Shihobiddin Hirotga kelgach, boshqaruvni o‘z
qo‘liga   oladi.   U   o'zining   qarorgohi,   G`aznani   poytaxtga   aylantirdi.   Hindiston
shimolida   va   barcha   G`ur   mamlakatlarida   hukmronlik   qilgan   Shihobiddin
Xorazmshoh   bilan   yaqindan   qiziqa   boshladi.   Shihobiddin   Xorazmshoh   Marvga
yurish qilib, osonlik bilan qo‘lga kiritdi va uni G‘uriylar qo‘mondoni Ibn Churbek
(Harang)ga qoldirdi. 
Biroq,   qisqa   vaqt   o'tgach,   Sulton   Xorazmshoh   va   Xorazm   amaldorlarining
maslahati bilan Marvga yo‘l oldilar va 15 kunlik qamaldan so‘ng qo‘mondon Ibn
Churbek   o‘ldirildi   va   boshi   Xorazmga   yuborildi.   Bu   muvaffaqiyatlardan   keyin
Xorazm   qo`shini   Hirotda   Jumadul   avval   hijriy   600   (1204-yil   yanvar),   G`uriylar
uchun muhim tayanch hududi edi va o‘sha paytda viloyat hokimi Alp G‘oziy edi.
Urush 1204-yil aprelgacha davom etdi va Alp G`oziy Xorazmshoh huzuriga elchi
yuborib, bitim tuzdi. Xorazmshoh Alouddin Muhammad ham xuddi shunday niyat
bilan  “bir  dinga   mansub  kishilar  o‘rtasida   adovat  bo‘lmaydi”,  deb  Alp  G‘oziy  va
21 Hirot   ahlining   takliflarini   qabul   qilgan.   Bartoldning   yozishicha,   Xorazmshoh
Takash davrida Hirotni egallagan. Alp G‘oziy vafoti bilan shartnoma bekor bo‘ldi
va Muhammad Churbekning o'ldirilishi natijasida Shihobiddinning Xorazmshohga
yurishga qaror qildi. 
Sulton   Xorazmshoh   o‘rtasidagi   tahdidli   xatlardan   keyin   hijriy   601   yil
boshida   (1204   yil   sentyabr)   Shihobiddin   qo`shini   bilan   Xorazm   tomon   yurdi.
Alouddin Muhammad Xorazmshoh qo`shini urushda yengilishiga qaramasdan xalq
o`z   davlatining   tayanchi   sifatida   ko`rgan   shaharlarini   Go`r   qo`shiniga   qarshilik
ko`rsatishdi.   U   qisqa   vaqt   ichida   70   ming   kishilik   armiya   yaratdi.   Go`rxon
Samarqand hukmdori Sulton Usmon hamrohligida zudlik bilan yetib keldi.Bunday
og`ir vaqtda S h ihobiddinning chekinishdan boshqa chorasi qolmadi. 16
Taxminan   21   yil   taxtda   qolgan   (hijriy   yil   hisobida   21   yildan   oshiqroq)
Alouddin   Muhammad   o'z   nomini   hamma   joyda   tanitdi.   Bir   paytlar   G`uriylarga
qarshi   yordamlar   olib   turgan   ittifoqchi   bo`lgan(   masalan:   Fumaning   yordamchi
lashkrlari   nazarda   tutishimiz   mumkin)   Qoraxitoylar   1210-yilda   Talas   yaqinidagi
jangda  mag`lubiyatga uchratildi. 
G`uriylarga qarshi keskin kurashlar natijasida Shimoliy Hindistonning ba`zi
bir   qismlari   tortib   olindi.   Alouddin   Muhammad   taxtda   turib   yirik   g`alabalarga
erishganidan keyin o`zini Saljuqiy sultonlarining vorisi deb hisoblashni to`g`ri deb
hisobladi.   1215-yilda   G`uriylar   poytaxti   G`aznani   o`z   tasarrufiga   olgach,   unga
Ikkinchi Iskandar nomi bilan ulug`lana boshlandi. 17
Unga   qo‘llagan   unvonlarga   “Sanjar”   va   “Iskandar”   taxalluslarini   qo‘shish
orqali   uning   nafaqat   saljuqiy,   balki   jahon   imperatorligiga   nomzod   bo‘lishni
xohlaganini   tushunishimiz   mumkin.   Uning   nomi   sharq   va   g'arbga   yoyilishi
ko'ngliga   tugilgan   edi.   Al-Jibol   va   Ummonda   Alouddin   Muhammad   nomiga
xutbalar   o`qilardi   bu   esa   islom   olamida  Alouddin   Muhammad   Xorazmshonning
hukmronligini   shubxasiz   ramzi   edi.   Yurtining   chegaralari   Turkistondan   Iroq
16
  Zehra Erdemer. HÂREZMSÂHLAR DEVLETI-ABBÂSI HALAFETI MÜNASEBETLERI 87-b
17
 O'zdemir, Mo'g'ul istilosi sabablari, 91 -b .
22 chegaralarigacha   cho'zilgan ;   Xorazm,   Transoksiya,   Mang'ishloq,   Xuroson,
Tohariston,   Fors,   Iroq   kabi   islomiy   mamlakatlarda   Ozarbayjon,   Eron,   Tabariston
hududlari uning nomiga xutbalar o`qildi. Qolgan islom davlatlarini o`z nazoratiga
oldi   va   o`zini   eng   buyuk   sulton   sifatida   ko`rsatdi.Xutbada   uning   ismi   tilga
olinmagan   yagona   joy   bu   Bag‘dod   edi. 18
  Boshqa   tomondan,   an-Nosir   lidinillah,
Bag‘dod taxtiga o‘tirgan kundan boshlab, o‘z davlatini avvalgi qudratiga qaytarish
uchun   bor   kuchi   bilan   kurashdi.   Faqat   Abbosiylar   xalifasi   an-Nosir   Lidinillah
Bag‘dod   va   uning   atrofida   hukmronlik   qildi.   Boshqa   islom   davlatlarida   ularning
nomlari   faqat   va'zlarda   o'qilgan   va   tangalarda   ismlari   bo'lgan   holda   ko`rishimiz
mumkin. 
Xalifa   an-Nosir   Lidinillah   umri   davomida   eng   ko‘p   siyosiy   aloqa   qilgan
hukmdorlaridan   biri   Sulton   Alouddin   Muhammad   Anushtagin   Xorazmshoh
bo`lgan   edi.   Xalifa   o‘z   hukmronligining   dastlabki   kunlarida   sulton  Alouddinning
shug‘ullanayotgan   muammolaridan   xursand   bo‘ldi   va   bundan   foydalanib,   Iroqi-
Ajamda muhim ishlarni qilardi. Sulton Muhammad esa xalifa an-Nosir Lidinillahni
o`zining   moliyaviy   ta`siri   ostiga   olish   va   xuddi   buyuk   Saljuqiy   sultonlari
davridagidek xalifani ruhiy yetakchiga sifatida qaram vakilga aylantirishga harakat
qilmoqchi edi. 
U   xutbada   uning   nomi   tilga   olinishini,   sultonlik   unvoni   xalifa   tomonidan
berilishi   va   xalifalik   unga   biriktirilishini   xohlardi.   Xalifa   an-Nosir   Lidinillah   esa
buning teskarisini xoxlardi. Takashning o'limidan keyin Iroq-i Ajam boshsiz qoldi
va   bundan   Ali   Shoh   foydalanib   iroqliklar   mintaqadagi   Xorazm   kuchlarini   yo'q
qilishdi. 
O'zbek   va   Nuriddin   Ko`kcha   mintaqani   bo'lishish   uchun   ko'p   harakatlar
qilishdi. Ozarbayjon Otabegi  Abu Bakr Hamadonni  O‘zbekga berdi. Ko`kcha esa
Ray   va   uning   atrofini   qo'liga   o`tdi   va   shu   tariqa   Iroqi-Ajam   bo`lib   olingan   edi.
Xalifa   an-Nosir   Lidinillah   bilan   yaxshi   munosabatda   bo'lgan   Shamsiddin
Oyto`g'mush,   keyinroq   Nuriddin   Ko`kcha   taxtini   egallaydi.   Iroq-i   Ajamda
18
  Zehra Erdemir “Harazmsahlar devleti-Abbasi hilafeti munasebetleri” Istanbul-2021 67-b.
23 Oyto`g'mush   o`ldirilishi   evaziga   o'rniga   Nasiriddin   Mangli   keldi.   U   xalifa   Nosir
Lidinillahning   yaqin   kishilaridan   biri   Oyto‘g‘mushni   o‘ldirgani   uchun   unga
dushman   bo‘ldi.   Otabeg   O`zbeg   o`ziga   berilgan   hududni   Ozarbayjon   hukmdori
Abu   Bakrga   berdi.   Otabeg   Abu   Bakr   esa   Sayfiddin   O`g`limish   ismli   o`z
mamluklaridan   (itoatkor   kishisi   sifatida   nazarda   tutilmoqda)   biriga   topshiradi.
Sayfiddin   O`g`limish   aslida   Sulton  Alouddin   Muhammad   Xorazmshoh   tarafdori
bo`lib   Xorzamshoh   nomini   xutbaga   qo`shtiradi.   Bunday   vaziyatdan   xabar   topgan
xalifa   an-Nosir   Lidinillah   esa   ko`p   martalab   tahdid   xatlari   va   har   xil   vajlar   qilib
qo`rqitishga harakatlar qilgan. 
Xalifa an-Nosir Lidinillahning hiyla va nayranglari va yollanma qotili qo`li
bilan   Makkaga   haj   ziyoratidan   qaytayotgan   jamoa   bo`lib   olgan   yollanma   qotillar
(Alamut Ismoiliylari) tomonidan Sayfiddin O‘g‘limishni yashirincha o‘ldirtiradi va
butun   atrofga   xususan   Fors   va   Ozarbayjon   shahzodalariga   xatlar   yuboradi   va   bu
yerda Sulton Alouddin Muhammad Xorazmshoh nomini o`rniga xalifa o`z nomini
qo`shdiradi. 
Xorazmshoh Alouddin Muhammad ibn Takash va Bag`dod xalifasi an-Nosir
Lidinillah   o`rtasida   boshlanib   ketgan   bunday   ziddiyatlardan   boshqa   atrofdagilar
foydalanib   qolishga   harakat   qilayotgan   edilar.   Xususan   Ozarbayjon   va
Arran 19
(Hozirda   Ozarbayjon   respublikasida   joylashgan   Ganja   shahri)   voliysi
O`zbeg   va   Fors   mintaqasi   noibi   Sa`d   ibn   Zangi   Movarounnahrga   ko`z   olaytira
boshladilar   Sa`d   ibn   Zangi   Qazvin,   Ray,   Xar,   Samnin   va   uning   atroflarida   ko`z
olaytirayotgan   bo`lsa,   O`zbeg   Isfahonni   egalladi.Biroq   Alouddin   Muhammad
Xorazmshoh bunga shunchaki qarab turmadi va Movarounnahrda tayyorlangan 12
ming   kishilik   otliq   askar   bilan   Zangiga   qarshi   chiqdilar.   Ikki   tomondan   ham
shiddatli   jangda   ko`p   yo`qotish   bo`ldi   oxir   oqibat   Sa`d   ibn   Zangi   Alouddin
Muhammad Xorazmshohga taslim bo`ldi. 20
19
 https://o`z.m.wikipedia.org/wiki/Ganja
20
  Zehra Erdemer. HÂREZMSÂHLAR DEVLETI-ABBÂSI HALAFETI MÜNASEBETLERI  84-b
24 O‘zbeg   Sa`d   ibn   Zangining   taslim   bo‘lganini   bilgach,   tezda   u   talonchilik
yo`li   bilan   xalqdan   tortib   olgan   xazinasi   bilan   avval   Tabrizga   va   keyin
Ozarbayjonga chekinadi.
Sulton   Alouddin   Muhammad   davrida   davlat   chegaralari   Sharqiy
Turkistondan Hindiston qirg`oqlarigacha, Kavkaz tog`laridan Bag`dod atrofigacha
bo`lgan   ulkan   hududni   egallagan   edi.   Xorazmshoh   Alouddin   Muhammad   ibn
Takash   Anushtagin   Anado`li,   Suriya   va   Misr   hududlarini   ham   nazorat   ostiga
olmoqchi edi lekin bunda Xalifa an-Nosir Lidinillahni to`siq deb bilar edi.
25 2.2 Barbod bo`lgan Bag`dod yurishi va Xorazmning zaiflashuvi.
Sultonning   obro‘-e’tibori,   nufuzi   yuksalib,   ulug‘vor   ishlarga   qo‘l   ura
boshladi.   Uning  ko‘z   o‘ngida   olam   go‘zalliklari   bilan  namoyon   bo‘ldi,   mamlakat
oftobi   ko‘k   toqining   eng   baland   cho‘qqisida   porladi.   Uning   qo‘shini   devonida
ro‘yxatga olingan otliq lashkarlarning o‘zi to‘rt yuz mingga yetay deb qoldi. 21
Shundan   keyin   Sulton   bir   paytlari   saljuqiylar   saltanati   egalariga   berilgani
singari Bog‘dodga hukmronlik va hukmdorlik qilish huquqini talab qila boshladi.
Shu   munosabat   bilan   u   Bog‘dodga   bir   necha   marta   elchilar   jo‘natdi,   lekin   so‘ra-
gan   narsasiga   rozilik   ololmadi.   U   yerdagilar   uning   Movarounnahrda   va   turkiylar
mamlakatida qilayotgan ishlaridan yaxshi  xabardor  edi. Aksiga olib, u qayerdadir
ularning bir  qabilasini  yo‘q qilsa, boshqa joyda ikkinchisi  bosh ko‘tarib chiqardi.
Ayni   paytda,   u   o‘zi   xohlagan   narsani   qo‘lga   kiritishdan   ham   umidini   o`zmasdi,
orzularini amalga oshirishga qulay payt poylardi. O`zoq kutgan maqsadiga erishish
uchun butun kuchini jamlab, baxt quyoshi taxti o`zra balqishini kutardi.
Sulton   izzat-hurmat   qiladigan   qozi   Mujiriddin   Umar   ibn   Sa’d   al-Xorazmiy
bu ish bo‘yicha bir  necha bor  Bog‘dodga borgan edi. U bu haqda  menga bunday
hikoya qilib bergandi: 22
“Mening   Bog‘dodga   oxirgi   bor   elchiligim   yuqorida   eslatib   o‘tilganlarni
“Devondan   talab   qilish”   maqsadida   bo‘ldi.   Ular   (Xalifa   devonining   rahbarlari)
uning   bu   talabini   rad   qilishdi   va   da’volarini   asossiz   topib,   bunday   deyishdi:   “Bu
yerda (Bog‘dodda) hukmronlikning tashqi  hukmdorlar qo‘lidan qo‘liga o‘tishi asr
falokati   bo‘lgan   voqea   —   Bog‘dodning   xorijiylar   tomonidan   bosib   olinishi   va
Imom   al-Qaim   biamrillohning   (Olloh   undan   rozi   bo‘lsin!)   Bog‘doddan   Hadisat
Anaga   qochishi   bilan   bog‘liq   edi.   Shundan   keyin   u   To‘g‘rulbek   ibn   Mikaildan
21
  Shixobiddin Muhammad ibn an-Nasaviy “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mangburni” (Sulton Jaloliddin 
Manguberdi hayoti tavsiloti) Toshkent 1999-yil 36-b.
22
  Shixobiddin Muhammad ibn an-Nasaviy “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mangburni” (Sulton Jaloliddin 
Manguberdi hayoti tavsiloti) Toshkent 1999-yil 55-56-b.
26 yordam   so‘radi,   oqibatda   hammaga   ma’lum   voqea   saljuqiylarning   hukmronligi
o`rnatilishiga olib keldi. 23
Shayx   va   Sulton   Alouddin   Muhammad   ibn   Takash   Xorazmshoh   o`rtasidagi
suhbani Ibn Xoldunning yozishicha, xorazmshoh Alouddin Muhammad ibn Takash
boshlagan.”Sulton bu ish uchun unga ruxsat berdi va hadis eshitish maqsadida tiz
cho‘kib   o‘tirdi.   Shayx   al-Abbos   (Olloh   undan   rozi   bo‘lsin!)   urug‘-aymoqlari,
salaflariga ziyon yetkazmaslik to‘g‘risidagi hadislardan birini aytdi. 
Shayx hadisni  aytib bo‘lgach, Sulton dedi:  “Garchi  men turkiy bo‘lib, arab
tilini   yaxshi   bilmasam   ham,   siz   aytgan   hadisning   ma’nosini   angladim.   Men   al-
Abbos   salaflaridan   birortasiga   ziyon-zahmat   yetkazganim   yo‘q,   ularga   yomonlik
qilmoqchi ham emasman. Biroq eshitishimcha, Islom amirligi zindonlarida ko‘plab
musulmonlar   bormish,   ulardan   ba’zilari   o‘sha   yerda   topishib,   ko‘payishar   ham
emish. Agar shayx bizga aytgan hadisni o‘sha Islom amiri ho`zurida ham aytsa edi,
bu to‘g‘riroq va foydaliroq bo‘lardi”.
Shunda   shayx   aytdi:   “Xalifa   qasamyod   qilib,   davlatni   boshqarishga
kirishganida   Ollohning   kitobi   va   sunniylik   mazhabi   doirasidagi   huquqlardan
foydalanish imkoniga ega bo‘ldi. Bu Islom amirining vakolatiga ham mos keladi.
Agar xalifa shu huquq doirasida aholining tinchini, osoyishtaligini o‘ylab bir guruh
musulmonlarni   zindonga   tashlatgan   bo‘lsa,   bu   uning   vakolatini   suiiste’mol
qilmaganini, mazhab talab qilgan darajada to‘g‘ri faoliyat yuritganini ko‘rsatadi”.
Suhbat   keyin   ham   shu   yo‘sinda   davom   etdi.   Men   bularning   hammasini
bayon   qilib   bermoqchi   emasman.   Bunday   paytda   sukut   saqlash   eng   to‘g‘ri   yo‘l
deyishadi. Shundan keyin Shihobiddin qaytib ketdi, oradagi dushmanlik esa davom
etaverdi.   Sayfiddin   O`g`limish 24
ning   o`limi   haqida   so`z   ochib;   “u   allohning
Ka`basidan   hajdan   qaytayotgan   ziyoratchilarni   kutib   olishga   chiqqanida   haj
kiyimidagi   bir   guruh   odamlar   unga   tashlanishdi   va   o‘ldirishdi.   Shu   paytdan
23
 Ziyo Bunyodov “Anushteginiy xorazmshohlar davlati” 78-b.
24
  Sayfiddin O‘g‘limish — Ozarboyjon otabegi Abu Bakr ibn Jahon Pahlavonning g‘ulomlaridan biri. U 
otabekning boshqa g‘ulomlari Shamsiddin Oytug‘mish va Nosiriddin Mengli bilan birgalikda Eron va 
Hamadonga hukmdorlik qilgan g‘ulomlarning o‘ziga xos sulolasini tashkil qilgan.
27 boshlab   Iroqda   Sulton   nomini   xutbaga   qo‘shib   o‘qitish   to‘xtatildi”.   Sulton   bu
mamlakatda avvalgi ahvolni qayta tiklash uchun unga yurish qildi.
Xorazmshohlarning   Abbosiy   xalifalardan   hukmdorlikni   tortib   olish   uchun
harakatlari  Alovuddin   Muhammadning   otasi  Takash   (1193-1200   yy.)   hukmronligi
davrida   boshlangandi.   Bunday   harakat   saljuqiylarning   oxirgi   sultonlari   va
Ozarboyjon otabeklari davrida ham bo‘lgandi. Xalifani yakkalab qo‘yish va uni o‘z
amriga   bo‘ysundirish   niyatida   bo‘lgan  Otabeg   Jahon  Pahlavon  (1174-1186  yillar)
bunday   deb   yozadi:   “Agar   xalifa   —   imomning   doimiy   ishi   namoz   o‘qish   bo‘lsa,
namoz — dinning asosi, eng yaxshi ishlardan biri. Bu borada ularning ishi xalqqa
namuna   bo‘lib   xizmat   qiladi,   ular   uchun   shuning   o‘zi   kifoya   etadi.   Bu   haqiqiy
shohlikdir.   Xalifalarning   bu   dunyo   ishlariga   aralashib   shohlik   qilishidan   mazmun
anglashilmaydi. Bu ishni ular sultonlarga topshirishi kerak” 25
.
Bunday   jarayonda   xalifa   an-Nosir   Lidinillah   (1180—1225   yillar)ning
davlatni va o‘ziga berilgan imtiyozlarini saqlab qolishi oson kechmadi.
U   buning   uchun   ko‘plab   o‘zaro   nizolar,   urushlar   yuzaga   keltirishi   zarur
bo‘ldi.   XII   asrning   oxirgi   ikki   o‘n   yilligida   esa   bunday   urushlar   ko‘paydi.   Xalifa
an-Nosir   Lidinillah   bunday   nizolardan   ustalik   bilan   foydalandi,   ya’ni   ikki
hukmdorni   bir-biriga   qayrab   qo‘yib,   o‘zi   chetda   qolaverdi.   Shu   ma’noda   u
xorazmshohlar   kuchidan   ham   foydalandi.   Biroq   oradan   ko‘p   o‘tmay   xalifa
Xorazmshoh   o‘ziga   Saljuq   sultonlari   va   Ozarbayjon   otabeklaridanda   kam
bo‘lmagan raqib ekanligini ham anglab yetdi.
Sulton  Takash   har   qancha   qilsa   ham   xalifalikning   juma   xutbasida   o‘zining
nomini   qo‘shib   o‘qittirishga   erisha   olmadi.   U   xalifalikdan   o‘zining   Xuroson,
Turkiston, Iroq va Fors ustidan sultonligini tasdiqlovchi noma oldi, xolos.
Takashning   merosxo‘ri  Alouddin   Muhammad   ibn   Takash   Xorazmshoh   o‘z
saltanatiga Eronning deyarli barcha yerlarini, to Bog‘dodga qadar qo‘shib olishga
erishdi.  Ammo   u   ham   Bog‘doddagi   xutbada   o‘z   nomining   qo‘shilib   o‘qilishiga
25
 Shixobiddin Muhammad ibn an-Nasaviy “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mangburni” (Sulton Jaloliddin 
Manguberdi hayoti tavsiloti) Toshkent 1999-yil 38-b.
28 erisha olmadi. Buning ustiga xalifa Xorazmshohning Ozarbayjon otabeglari, oxirgi
saljuqiylarga nisbatan kuchli ekanligini bilib, unga qarshi Alamut 26
 Ismoiliy 27
larini
va G‘uriylar sultonlarini qayray boshladi.
V.   Bartold   ta’kidlaganidek,   xalifa   an-Nosir   Lidinillah   va   xorazmshoh
Muhammad   o‘rtasidagi   dushmanlik   Abbosiylar   va   Xorazmshohlar   saltanatining
inqirozga   yuz   tutishiga   sababchi   bo‘ldi.   U   xalifadan   Bog‘dodda   nomini   xutbaga
qo‘shib o‘qitishni talab qilgan.
Ozarboyjon   otabegi   O‘zbek   Mengli   qo‘shinini   Iroqda   mag`lub   qilib,   uning
o‘zini   o‘ldirgandan   keyin   mulkini   g‘ulomi   O‘g‘limishga   beradi   va   uni
boshqaruvchi   qilib   tayinlaydi.   O‘g‘limish   esa   xorazmshoh  Alouddin   Muhammad
ibn  Takash  Anushtagen   tarafdori   bo‘lib   chiqishini   yuqorida   ham   takidlangan   edi.
O‘g‘limish   mulkida   xutbani   Xorazmshoh   nomiga   o‘qitadi.   Xalifa   an-Nosir
Lidinillah   buni   o‘z   imtiyozlariga   daxl   qilish   deb   biladi   va   Alamut   ismoiliylari
yordamida   O‘g‘limishni   1217—1218   yillar   oralig‘ida   o‘ldirtiradi.   Iroqda
Xorazmshoh   nomiga   xutba   o‘qish   to‘xtatiladi.   Bu   Xorazmshohni   g‘azablantiradi.
Xorazmshoh   G‘aznaga   qo`shin   tortadi   va   ko`p   o`tmasdan   bosib   oladi.   Qal`ani
bosib   olayotganda   lashkarlari   xalifa   an-Nosir   Lidinillah   bilan   G`uriylar
sultonlarining   yozishmalarini   topib   oladi.   Bu   yozishmalarda   xalifa   G‘uriylar
sultonini Xorazmshohga qarshi kurashishga da’vat etgan edi.
Xorazmshoh   mana   shu   yozishmalardan   foydalanib,   xalifalikni   Abbosiylar
sulolasidan   olib   Ali   ibn   Abu   Tolib   va   uning   o‘g‘li   Husayn   sulolasiga   berish
to‘g‘risida   mamlakatdagi   imomlarga   fatvo   tayyorlatadi.   Xorazmshoh   mulklarida
xalifa an-Nosir   Lidinillah   nomini xutbaga qo‘shib o‘qitish to‘xtatiladi. Hijriy 614-
yil   milodiy   1217-yilda   xalifalikka   Husayn   sulolasidan   Ali   al-Mulk   at-Termiziy
tayinlangani   e’lon   qilinadi. 28
  Sulton   Alouddin   Muhammad   ko'p   hukmdorlarni
26
 https://o`z.m.wikipedia.org/wiki/Alamut
27
  Jaloliddin Hasan III (1210—1221 yillar) — Alamut ismoiliylari hukmdori
28
 Nasaviy  “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mangburni” ” (Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tavsiloti) 
37-b.
29 o'ziga   bo'ysundirdi,   u   ikki   davlat   –   Qoraxitoy   va   G‘uriylarni   tarix   sahnasidan
o‘chirib tashladi. 29
Nihoyat,   Xorazmshoh   Bag‘dodga   yurishi   uchun   qonuniy   isbotlarni   topgan
edi.   U   o‘ziga   xo‘jayin   bo‘lgach,   u   zot   va   sultonlarni,   ko‘p   sonli   odamlarni   qulga
aylantira   boshladi.   Ularning   bir   qismini   o`ldirib,   mamlakatdagi   Abbosiylar
nomidan   o‘qiladigan   xutbani   to‘xtatib,   Bag‘dod   tomon   yura   boshladi.   Hijriy
614(milodiy 1217-yil) yilda katta qo‘shin bilan Bag‘dodga yo‘l oldi.
Avval   aytib   o‘tganimizdek,   Sulton   Takash   Iroq   saljuqiylariga   chek   qo‘ydi.
Tug‘rul   IIIning   boshini   kesib,   Bag‘dodga,   xalifaga   jo‘natadi.   Shunday   qilib,   Iroq
Saljuqiylar davlati barham topdi va Iroq Xorazm chegaralariga kiritildi. Biroq Iroq
geografiyasida   Iroq-i   Ajam   (Janubi-g'arbiy   Eron   va   Xo`ziston   viloyati)   ya'ni
bugungi Eron chegaralaridagi hududni zabt etish Alouddin Muhammad ibn Takash
Xorazmshoh tomonidan amalga oshirildi.
Xorazmshoh   qochib   ketgan   O`zbeg   xuzuriga   o`z   elchisi   Nasriddin
Davlatyorni   yuborib,   otabegdan   tobe   bulishni,   xorazmshoh;  Alouddin   nomi   bilan
tanga   zarb   qilishni   va   xorazmshoh   nomini   xutbaga   qo`shib   o`qishni   talab   qildi.
O`zbeg   bu   talabni   qabul   qildi.   Arron   va   Ozarboyjondan   tortib,   to   Darband   va
Shirvongacha   bo`lgan   joylarning   minbarlarida   sulton   sharafiga   xutba   o`qitdi.
Undan   tashqari   O`zbek   «itoatgo`ylik   belgisi»   sifatida   xorazmshohga   Farrozin
qal’asini   topshirdi.   O`zbekning   xamma   xazinasi   xorazmshoh   quliga   o`tganini
xisobga olib, u otabekni o`lpon to`lashdan ozod qildi.
Shunday   keyin   otabek   O`zbek   uning   yerlariga   gurjiylar   hujum   qilayotgani
xaqida xorazmshohga arz qildi. Xorazmshoh Gurjiston hukmdoriga elchi yuborib,
uni   «O`zbegning   mamlakatiga   xujum   qilishdan   o`zini   tiyishi   kerakligini,   bu
mamlakat xorazmshohning mulkiga aylanganligi va bu yerning minbarlarida uning
nomi bilan xutba o`qilishi va tangalar zarb etilganini» ma’lum qildi. Shu vaxtning
o`zida xorazmshoh Alouddin Muhammad Gurjistonga yurish qilish uchun 50 ming
29
  Zehra Erdemir “Harazmsahlar devleti-Abbasi hilafeti munasebetleri” 50-b.
30 suvoriyini   ajratdi.   Ammo   Bag`dodga   yurishga   tayyorlanish   munosabati   bilan
Gurjistonga   qarshi   qo`shin   yubora   olmadi.   Sulton   elchisi   Gurjistondan   qaytib
keldi,   u   bilan   birga   gurji   qirolining   «u   yurtning   garoyib   narsalaridan»
xorazmshohga   atalgan   sovg`alarini   olib,   gurji   elchilari   xam   yetib   kelgan   edi   (Bu
vatstda Gurjistonda Dovud Binokor va malika Tamarning o`g`li Georgiy IV Lasha
podshox edi) 30
.
Fors   otabegi   Sa’d   ibn   Zangini   xorazmshoh   avf   etgan   edi,   u   bilan
shug`ullanishga   shohning   fursati   yetmasdi,   u   xalifalik   poytaxtiga   yurishga
tayyorlanardi.   Shuning   uchun   Sa’dga   ozodlik   berilgan   edi.   Buning   evaziga   u
xorazmshohga   ikki   olib   bo`lmas   qal’a:   Istaxr   va  Ashkanavanlarni   berdi.   Undan
tashqari   xorazmshoh   Sa’d   ibn   Zangini   o`z   qarindoshlaridan   biriga   uylantirdi   va
unga  «mamlakati   xirojining   uchdan   birini   xar   yili   sulton   xazinasiga   berib  turish»
majburiyatini yukladi.
Shunday   qilib,   hijriy   614   (1217)   yilga   kelib,   xorazmshoh   nafaqat   Fors
Iroqini,   balki   Mozandaron,  Arron,   Ozarbayjon,   Shirvon,   Fors,   Kirmon,   Mitsron,
Mang`ishloq,   Kesh,   Sijiston,   Ray,   G`azna,   Bomiyonlarni   zabt   etib,   Hindiston
chegaralarigacha yetib bordi.
Tarixchilarning   yozishicha,   xorazmshoh   «bu   mamlakatlarni   kuch
ishlatmasdan,   kurashmasdan,   zo`ravonliksiz,   vayrongarchiliksiz,   faqat   siyosat,
diplomatiya   yo`li   bilan   ko`lga   kiritdi.   U   qoraxitoylarni   (qurqitish   yo`li   bilan)
Movarounnahrning boshqa turk xokimlari va amaldorlarining yerlarini egallab oldi
va   yashiringanlarini   esa   Xitoyning   o`zoq   va   chekka   joylarida   boshpana   izlashga
majbur   qildi.   Xorazmshoh   400   ga   yaqin   shaharni   o`z   davlatiga   qo`shib   oldi.
Boshqa podshohning bunday mo`zaffariyatga kuchi yetmas edi. Bu galabalarga o`z
«aql-zakovati bilan erishdi va bu g`alabalar bilan u o`zini ziynatladi».
Xorazmshoh   Alouddin   Muhammad   endilikda   o`zini   butun   olamning
xukmdori   deb   bilar   edi,   chunki   Ozarbayjon;   Shirvon   va   Arronni   buysundirgan,
30
 Ziyo Bunyodov “Anushteginiy Xorazmshohlar davlati” 151-152-b
31 endi 50 ming kishilik qo`shin tayyorlab Gruziyaga yurish qilmoqchi, uni olgandan
so`ng o`z  qushinlarini  Onadulu va Suriya tomon yuborib, oxirida Misrga bostirib
kirmoqchi edi.
Xorazmshoh bu niyati amalga oshirishga shoshilmadi, ammo, xarbiy yurish
vaqtidagi   mish-mishlar   Suriya   va   Kichik   Osiyo   hukmdorlarini   ko`p   bexalovat
qildi.   G`arbda   Kaspiy,   Sharqda   Xindistongacha,   Shimolda   Orol   dengizi   va
Mang`ishloqdan,   janubda   Hind   ummonigacha   bo`lgan   yerlarni   o`z   ichiga   olgan
eng   buyuk   davlatning   xukmdori   bo`lgan   xorazmshoh   xalifa   an-Nosir   Lidinillahni
o`zini   butun   musulmon   dunyosi   xukmdori   deb   tan   olishga   va   xalifalik   poytaxti
Bag`dodda o`z nomi bilan xutba o`qitishga majbur qilishni o`z oldiga vazifa qilib
qo`ydi.
Birinchi   o`n   yil   xorazmshoh   va   xalifa   o`rtasidagi   munosabatlar   jiddiy
ziddiyatlarsiz o`tdi, chunki bu davrda sulton Alouddin Muhammad davlat ichidagi
qiyinchiliklarni   xal   qilish   va   chegaralarini   kengaytirish   ishlari   bilan   mashg`ul
bo`ldi. Ikkala zoti oliy (xalifa va xorazmshoh) hukumat va «Devoni oliy» o`rtasida
bo`ladigan aloqalar bilan cheklandilar. 
Xorazmshohning   elchilaridan   biri,   bilimdonligi   va   adabiy   faoliyati   bilan
mashxur, xalifalik poytaxtida bir necha bor bo`lgan vazir va munshiy Ibn as-Siboiy
edi   (vafoti   hijriy   600-yil   milodiy   1204   yil).   «Uni   Bag`dodda   izzat   ikrom   bilan
qabul qilar edilar va u xalifaning mu- kofotlariga sazovor bo`lgan». O`z navbatida
xalifa   an-Nosir   Lidinillah   hijriy   601   yilning   mutsarram   oyida   (1204   yil,
sentyabrida)   Bag`doddan   Nizomiya   madrasasining   mudarrisi   Faxriddin   ibn   ash-
shayx   Majiddin  Yahyo   ibn   ar-Robiani   elchi   qilib,   Gurganjga   yubordi.   Hijriy   603
(1206)   yilda   xalifa   Xorazmga   ikkinchi   elchisi   Nasr   ibn-As’ad   al-Xayrafiyni
yubordi,   u   kishi   Ibn   al-Asl   nomi   bilan   ham   mashxur   bo`lib,   xalifalik   sushinlari
devonining boshligi edi.
602 hijriy yilining ramazon  oyida (1206 yil,  aprel)   xorazmshohning elchisi
Nizomiddin  Muhammad   ibn  Abdulkarim   as-Sam’oniy  Bag`dodga   keldi.   Uni   hur-
32 mat   va   izzat   bilan   qarshi   oldilar.   Elchi   xalifa   saroyiga   kirganda   udumga   ko`ra,
ulug` ostonani o`pishi lozim edi. Lekin as-Sa’moniy «sultonning yuqori martabali
amaldori» va Alouddin Muhammadning eng yaqin maslatsatchisi  bo`lgani  uchun,
hamma musulmonlarga sha’riy bo`lgan bu rasmiyatni takabburlik qilib bajarmadi.
Lekin   uni   baribir   bu   rasmiyatni   bajarishga   majbur   qildilar,   shundan   keyingina
xalifaga atab duo fotiha qilishga ijozat berdilar.
Hijriy   605   (milodiy   1208)   yilda   xalifa   an-Nosir   Lidinillah   Xorazmga   elchi
qilib shoir  Imodiddin Jabroil  ibn Sarm  ibn Axmad  as-Sa’diy al-Misriyni  yubordi.
Al-Misriy Xorazmga qanday topshiriq bilan yuborilganligi noma’lum..
U xijriy 605 yilning 19-rabial oxir oyida(oktyabr 1208 yil) Bag`dodga qaytib
keldi.
Shu   yili   Bag`dodga   xorazmshohning   navbatdagi   elchisi   keldi   va   u   xalifa
(soqchilari)   eskorti   bilan   kutib   olindi.   Jumadul   avvalning   ikkinchi   kuni   (12
oktyabr,   1208   yil)   elchini   xalifaning   vaziri   Faxriddin   Muhammad   qabul   qildi.
Jumadul   avvalning   10-kuni   (22   oktyabr   1208-yil)   xalifa   elchiga   to`n   kiygizdi   va
Xorazmga qaytib ketishiga ijozat berdi.
Alouddin   Muhammadning   elchilari   Bag`dodga   qanday   xizmat   bilan
borganligi   xaqida   xech   bir   manbada   ma’lum   qilingan   emas,   faqat   Nasafiy   bu
elchiliklarning   zamirida   nima   yotganini   quyidagicha   izoxlab   yozadi:   «Sultonning
obrusi   oshib,   uning   ishlari   buyuklasha   boshladi...   sulton   Bag`doddan   Saljuq
sulolasidagidek katta hokimiyatni qattiqroq talab qila boshladi. Sulton ana shunday
vazifa   bilan   bir   necha   bor   elchilar   yubordi,   ammo,   rozilik   ololmadi.   Ammo,
xorazmshoh   niyatidan   voz   kechmadi.   U   «shunday   vaqt   keladiki,   o`zoqdan   beri
kutilgan maqsad va orzuni amalga oshirish uchun qulay sharoit tug`iladi» dedi.
Xorazmshoh  Alouddin   Muhammad   otasi  Takash   erisha   olmagan   maqsadga
yetishish   uchun,   o`zini   barcha   musulmonlarning   sultoni   ekanligini   xalifaga   tan
oldirishni   axd   qilgan   edi.   Xorazmshoh   o`z   talablarini   qonuniy,   ularga   e’tiroz
bildirishga   asos   yuq,   deb   xisoblardi.   Shuning   uchun   xam   xorazmshoh
33 qoraxitoylarni   tor-mor   qilgandan   keyin   xalifa   an-Nosir   Lidinillahga   maktub
yuborib,   bunday   degan:   «Sendan   avvalgi   xalifalar   Alp   Arslon,   Malikshoh   va
yaqinginada o`tgan Sanjar kabi saljuq sultonlari bilan qanday munosabatda bo`lgan
bo`lsang,   men   bilan   xam   shunday   munosabatda   bo`lgil.   Bag`dod   va   Iroqda
bo`ladigan   ishlar   mening   izmimda   bulishi   lozim,   mening   nomim   bilan   xutba
uqishdan boshqa sening chorang yuq».
Xalifa   Nosir   Lidinillah   xorazmshohning   bu   talabini   g`azab   bilan   rad   etdi.
Shuning   uchun   sulton   xalifani   chetlatish   yoki   uning   xokimiyatini   yo`qotish
yo`llarini   qidira  boshladi.  Yuqorida   takidlaganimizdek,   Ali   al-Mulk   at-Termiziyni
xalifa qilib ko`taradi.
Hijriy 601 (1204) yilda xalifa an-Nosir Lidinillah xalifalik vorisi, o`z o`g`li
Abu Nasr Muhammadni davlat ishlarini eplay olmaganligi uchun nomini xutbadan
chiqarib tashlashga buyruq berdi. Ana shunda Alouddin Muhammad birinchi marta
xalifaga   ochiqdan-ochiq   qarshi   chiqdi.   Taxt   vorisining   ismi   barcha   musulmon
dunyosida   xutbadan   chiqarib   tashlandi,   faqat   xorazmshohgina   bu   farmonni
bajarishdan   bosh   tortdi   va   xatto   Fors   Iroqiga   qo`shin   yuborib,   (u   yerdagi
podshohlarni) voris nomi bilan xutba o`qishga majbur qildi.
Shundan   keyin   xalifa   bilan   xorazmshohning   o`zaro   adovatini
keskinlashtiradigan   yana   bir   bahona   topildi.  Ali   ibn  Abu   Tolibning   avlodlaridan
bo`lgan   Makka   shahri   hokimining   o`zboshimchaligiga   jahli   chiqqan   xalifa   uni
o`ldirish uchun xufiyona odamlarini (ismoiliylardan) yubordi. Ammo ular adashib,
xokimning   akasini   o`ldirib   quydilar.   Bu   narsa   xorazmshohning   imomlarga
murojaat qilishiga sabab bo`ldi. Sulton o`z murojaatida, «Xalifaning bunday qilishi
uni   taxtdan   tushirish   uchun   asos   bo`ladi,   undan   tashqari   abbosiylar  Ali   ibn  Abu
Tolib   avlodining   xalifalikka   bo`lgan   «huquqlarini   tortib   oldi»   dedi.   Xorazmshoh
adolat o`rnatish uchun xalifa an-Nosir Lidinillah va umuman, abbosiylarga qarshi
muqaddas urush (jixod) e’lon qilishni imomlardan talab qildi.
34 Xorazmshohning   Bag`doddagi   so`nggi   elchisi   sozi   Mujiriddin   Umar   ibn
Sa’d   al-Xorazmiy   xalifalik   poytaxtiga   xorazmshoh   vazifasi   bilan   bir   necha   bor
qatnadi. U oxirgi marta Bag`dodga borganida oliy devondan : «Sulton xokimiyatini
Bag`dodda tan olish»ni  talab qildi. Xalifa vazirlari elchiga xorazmshohning nomi
bilan Xech qachon xutba o`qishga rozilik bo`lmasligini, xorazm- shoxga o`zining
yerlari yetarli ekanligini va Bag`dodda shohga qiladigan ish yuqligini aytdilar.
Mujiriddin   Xorazmga   qaytayotganida   uning   Bag`dod   safariga   javob
tariqasida   xalifalik   unga   Bag`dod   sufiylarining   boshlig`i,   shayxlar   shayxi
Shaxobiddin   Suxrovardiy   (1145—1234)   ni   elchi   qilib   qushib   jo`natdi.   U   o`z
nasixatlari   bilan   xorazmshohni   (nojuya)   talablaridan   qaytarishi   kerak   edi.
Xorazmshoh   Shaxobiddinni   xurmat   bilan   kutib   oldi.   Shayxlar   shayxi   suxbatdan
oldin   hadis   aytib,   abbosiylarni   xafa   qilishdan   ogoxlantirganda,   xorazmshoh:
«Vaxolanki,   arab   tilidan   ma’lumotim   kam   bo`lsa   xam   aytilgan   hadisning
ma’nosiga tushundim. Men Abbos avlodining birontasiga xam yomonlik qilmadim
va yomonlik qilishni  o`ylamaganman xam. Ammo, eshitishimcha mo’minlar ami-
rining   qamoqxonalarida   paygambar   avlodlaridan   ba’zilari   o`zoq   yillardan   beri
azoblanadilar, ular qamoqxonalarda bola-chaqa qilib, ko`payadilar. Agar shayx bu
hadisni mo`minlar amiri huzurida qaytarganlarida tugri va foydaliroq bo`lur edi»,
dedi.
Shaxobiddin   Suxrovardiy   xalifaning   tutgan   yo`lini   oqlay   boshladi.  Ammo,
xorazmshoh   bu   gaplarni   eshitishni   istamadi.   Xalifaning   elchisini   Bag`dodga
kaytarib   yuborar   ekan,   «xusumat   avvalgiday   davom   etaveradi».   Ammo,
xorazmshohga   qarashli   mamlakatlardan   Makkai-mukarramga   xajga   borayotgan
ziyoratchilarga,   ismoiliylarga   nisbatan   ham   yomonroq   muomala   qilinayotgani
xabarini   eshitgandan   so`ng,   xorazmshohning   sabr-kosasi   to`lib-toshdi.   U   barcha
xutbadan va tangalardan xalifa an-Nosir Lidinillahning nomini olib tashlash haqida
farmon   berdi.   So`ng   xijriy   609   (milodiy   1212   yil)   yilda   Xorazm
(mamlakatlaridagi)   ulamolar   va   imomlar   anjumanini   o`tkazib,   ulardan   abbosiylar
35 xalifasini taxtdan tushirish va xazrat  Ali Ibn Abu Tolib avlodidan   Ali al-Mulk at-
Termiziyni  xalifa qilib ko`tarish haqida fatvo chiqarib oldi.
Xorazmshohning   g`azabini   oshirib,   uni   Bag`dodga   qarshi   yurish   qilishga
undagan   voqealardan   oxirgisi   shu   bo`ldiki,   xorazmiylar   G`aznani   ishg`ol
qilganlarida,   g`uriy   sultonlarining   daftarxonasidan   xalifa   an-Nosir   Lidinillahning
sultonga   qarshi   maktublari   topildi.   Xalifa   g`uriylarga   yozgan   maktubida   ularni
xorazmshohlar davlatiga hujum boshlashga qayragan 31
. Xalifaning qoraxitoy amir-
lariga yuborgan xuddi shu mazmundagi maktublari ham topilgan 32
.
Xorazmshoh   qushinlari   Bag`dodga   qarshi   yurish   boshlab,   (avangard)
Xamadonga yetgani xabarini eshitgan xalifa an-Nosir Lidinillah muzokaralar yo`li
bilan   bu   ishni   tuxtatishga   jazm   qildi   va   xorazmshoh   huzuriga   yana   shayx
Shaxobiddin   Suxrovardiyni   elchi   qilib   yubordi.  Ammo,   bu   safar  Alouddin   shayx
Suxrovardiyga   lozim   darajada   izzat-xurmat   ko`rsatmadi.   Shayx   Suxrovardiy
o`zining bu elchiligi xatida bunday deb yozadi:
«Kaminani   (sulton   huzuriga)   taklif   etishdi.   Avval   kattakon   shoxona
chodirning   daxliziga   kirdik,   atlasu   parchalar   bilan   bezatilgan   bunday   hashamatli
chodirning   dunyoda   o`xshashi   yuq   edi.   Bu   daxlizda   muluki   (Ajam   podshohlari)
Xamadon,   Isfaxon,   Ray   va   boshqa   viloyatlarning   maliklari   (podshohlari)
martabalariga   qarab,   saf   tortib   turishardi.   Bu   yerdan   boshqa   bir   shoyi   chodirga
o`tdik;   u   yerda   Xuroson,   Marv,   Nishopur,   Balx   va   boshqa   (yurtlarning)   maliklari
saf   tortib   turishardi.   Keyin   juda   katta   tillarang   chodir   xonagohga   kirdik.   Kirish
oldida javohirlar qadalgan hijof parda tortilgan edi. Xorazmshoh xali yosh, soqolli
bo`lib, oddiy taxt ustida o`tirar edi. Sultonning egnida ming dirxamli buxoriy sabo
(oddiy chopon), boshida bir dirxamli mo`yna telpak bor edi. Kamina sultonga (xa-
lifaning)   duoi   salomlarini   aytdim.   Ammo,   xorazmshoh   indamadi,   kaminaga
o`tirishni   xam   taklif   etmadi.   (Yana),   o`zimni   tanishtirib,   abbosiy   xalifalar   nasl-
nasabini zikr etdim va xalifa an-Nosir Lidinillahni sabr-qanoatli, oqkungil, adolatli
31
 Otomalik Juvayniy “Tarixi jahonkushoy” 391-b
32
 Ziyo Bunyodov “Anushtegin Xorazmshohlar davlati” 191-b
36 va taqvodor  odam  ekanligini  aytdim. Gapimni  tugatgach, xorazmshoh tarjimonga
qarab   dedi:   «Elchiga   aytginki,   u   tavsif   qilgan   fazilatlar   egasi   hozir   Bag`dodda
emas, yaqinda biz Bag`dodga borganimizda (xalifalik taxtida) o`shanday fazilatlar
egasi bo`ladi». 33
Demak,   xalifa   an-Nosir   Lidinillahning   ishonchli   vakili,   musulmon   olamida
mashxur   sufiy   Shaxobiddin   Suxrovardiyning   ikkala   safargi   elchiligi   xam
muvaffatsiyatli   chiqmadi.   Shundan   so`ng   1217   yilning   kuzida   Alouddin
Muhammad   o`z   qo`shinlarini   Bag`dodga   yubordi.   «Bu   qo`shin   shu   qadar   son-
sanoqsiz   ediki,   dashtu   saxrolar   xorazmiylarga   to`lib   ketdi,   shu   qadar   keng   joylar
xam   bu   qo`shinlarga   torliq   qilib   qoldi».   O`rta   asrlarning   tarixchilari   bu   qo`shin
miqdorini turlicha ko`rsatadilar. Sibt ibn al-Javziy bu qo`shinni 400 000 yoki 600
000   jangchidan   iborat,   deydi.   Nasaviy   esa   bu   qo`shinda   400   000   otliq,   shu
jumladan,   70   000   qoraxitoy   jangchilari   borligini   aytadi.   Keyingi   davr   tarixchilari
bu   qo`shin   miqdorini   300   000   jangchidan   iborat   edi,   deb   turli   xil   ma`lumotlar
beriladi.
Xorazmshoh   Bag`dodni   egallab,   xalifani   taxtdan   agdarishga   shu   qadar
ishongan   ediki,   u   xalifalik   yerlarini   bo`lg`usi   hokimlari   podshoxlarga   aloxida
aloxida iqto qilib, bo`lib bergan va shu qadar tarxonliklar yozib, muxr bosgan edi.
Xorazmshoh   lashkarining   15   mingli   oldingi   qismi   amiriga   Xulvon   viloyati   iqto
qilib berildi. Bu  amir  tez  orada  Xulvonga  yetib bordi. So`ng xorazmshoh  boshqa
bir   amirni   Bag`dodga   yanada   yaqinroq   joyga   yubordi.   Shundan   keyin
xorazmshohning o`zi asosiy kuchlari bilan yo`lga chiqdi.
Ammo,   xorazmshoh   qo`shinlari   Xulvon   yaqinidagi   Asadobod   dovoniga
yetganida   qalin   qor   yog`ib,   izg`irin   sovuq   tushdi.   «Uch   kechayu   uch   kunduz
tinimsiz   qor   yog`ib,   yopinchiqlar   va  chodirlarni   qor   bosib   qoladi.   Qordan   oppoq,
bo`lgan yerlar izg`irin sovuq (qor bo`roni )dan o`lgan son-sanoqsiz jangchilarning
jasadlari   bilan   yana   qorayib   ketgan.   Tuyalarga   ham   qiron   keldi.   Jangchilardan
33
 Ziyo Bunyodov “Anushtegin Xorazmshohlar davlati” asarida Sibt ibn al-Javziy asarida keltirilganligi 
ta`riflaydi.
37 bazilarinnng   qo`lini,   ba’zilarining   oyog`ini   sovuq   urib   ketdi.   Bu   falokatdan
qayg`uga   tushgan   sulton   Xorazmshoh   (Alouddin   Muxammad   ibn   Takash)
Bag`dodni olish niyatidan qaytdi va o`zining qilmishidan pushaymon yedi. Sulton
Xamadondan   Bag`dodga   xarakat   qilgan   paytda   qish   fasli   edi.   Doy 34
    qo`shini
Sultonning qo`shiniga xujum qildi. Xavodan o`qlar kabi qor yog`ib qiyomat kunini
ko`rsatdi.   Qarshisida   xech   bir   zirx   chidash   bermaydigan   shamol   nayzalari   qora
sovuqning   ta’mini   ularga   torttirdi.  Askarlarning   ko`pchiligi   yo`q   bo`ldi   va   to`rt
oyoqli   askarlar   ham   qirilib   bitdi(bu   o`rinda   Juvayniy   yarador   askarlarni   yoki
bo`lmasa ot-tuya kabi ulovlar nazarda tutgan). O`sha safardan faqat g`am-g`ussaga
erishdilar xolos 35
.
Chekinayotgan   xorazmliklarning   ko`pchiligi   (arablarning)   Parcham   va
kurdlarning Xakkar qabilasiga mansub ko`chmanchilar tarafidan qirib tashlandi.
“Osmonlar va yer qo`shinlari (farishtalari) faqat Allohnikidir.
Alloh biluvchi va hikmat egasi bo`lgan zotdir.” 36
Xalifa an-Nosir Lidinillahning elchisi Shaxobiddin Suxrovardiy xorazmshoh
Alouddin   Muhammadning   maglubiyatiga   shoxid   bo`ldi.   Xorazmshoh   bu   elchini
kuch-qudratimni ko`rsin, Bag`dodni olishimga shoxid bo`lsin, deb o`zi bilan birga
olib   yurgan   edi.   Falokatga   uchraganidan   so`ng   xorazmshoh   elchi   Shaxobiddinni
maktub   bilan   Bag`dodga   qaytarib   yubordi.   Nasaviy   yozishicha,   maktubida   sulton
Alouddin «Har bir iymoni butun va aqli sor 37
 musulmon uchun lozim bo`lgan uyat-
andishani yo`qotgani va adolat qonunlarini poymol qilgani uchun afsuslanib, tavba
qilayotganini bildirdi». 38
Xorazmshohlar davlatining zaiflashuvi.
34
  Yanvar-fevral oylari
35
  Alouddin Otomalik Juvayniy “Tarixi jahonkushoy” 342-b
36
  Alouddin Otomalik Juvayniy “Tarixi jahonkusho” olingan sher
37
  Bu o`rinda aqli o`zida kishi ma`nosida
38
 Nasaviy  “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mangburni” ” (Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tavsiloti) 
40-b.
38 Shunday qilib, Sulton majburan Bag`dod safaridan voz kechdi.  Bir  muddat
Iroqda qoldi. Askarlarini tartibga keltirib, qurol aslaxalarini tayyorlab bo`lganidan
keyin   u   yerda   hukm   surayotgan   tartibsizliklarga   barxam   berdi.   Xorazmga
qaytgach,Sultonga   O`tror   amiri   G`oyirxon  nomidan   tatorlardan   tashkil   topgan  bir
tijorat karvoni kelganini elchi orqali xabar qildi. Tujjorlar u yerga borgach, Sulton
ishning   foyda-zararini   o`ylamasdan   o`zidan   yordam   so`ragan   musulmonlar
o`ldirilishi   va   juda   ko`p   mollarining   talon-taroj   qilinilishini   buyurdi.   G`oyirxon
Sultonning   farmoniga   ko`ra,   to`rt   yuz   ellik   musulmonning   jonini   oldi.   Bu   ishni
qilarkan, o`zini omonlik va xuzur-xalovatdan ham mahrum qildi. Natijasi oldindan
o`ylamasdan   qilingan   har   bir   ishga,   barcha   taxlikalarga   tayyor   turishi   kerak   edi.
Chingizxon   savdo   karvoni   yuborar   ekan,   Sultonga   mamlakatimni   mamlakating
bilan   bog`lagan   yo`llarni   isyonchilardan   butunlay   tozalab,   askarlarim   ximoyasi
ostiga kir. Qo`shnichilik zarurati ikki tomonning sulx ichida yashashi va bir-birlari
bilan   to`g`ri   munosabatda   bo`lishini   taqazo   qiladi.   Falokatlar   qarshisida   bir
birimizga   yordam   qilib,  taxlikalarga   qarshi   xamkorlik   qilaylik”  degan   mazmunda
bir maktub ham yo`llagan edi.
Sulton Alouddin Muahammad Chingizxonning bu gaplariga quloq osmasdan
uning   elchisini   o`ldirdi.   Bu   qilgan   ahmoqona   xarakatlari   intiqom   tuyg`ulari
kuchayishiga   va  tahlikali   kunlar  tug`ilishiga  sabab  bo`ldi.  Savdogarlari   va  elchisi
o`ldirilgani   xabari   Chingizxonga   yetib   borgach,   uning   g`azabi   shu   darajada
olovlandiki,bu olovni  faqat  Sultonning boshi  va uning mamlakatini  fatx etishgina
sundira   olardi.   Usha   paytda   Chingizxondan   qochgan   Xaymanning   o`gli   Kuchluk
koraxitoy   xonini   yengib,   uning   taxtiga   o`tirgan   va   Sulton   bilan   Chingizxon
o`rtasida   to`siq   paydo   bo`lgan   edi.   Avval   aytilganidek,   Sulton   qo`shini   dastlab
Irokdan   Movarounnahrga   xarakat   qilarkan,   keyinroq   yanada   batafsil   so`z
yuritmoqchi   bo`lganimiz,   Sulton   Rukniddinni   Iroqqa   voliy   qilib   tayinladi.
Xurosonga    
kelgach Nishopurga kirib o`tadi. Biroq o`sha yerda qolgan vaqt ichida
bobolari va o`zi avval qilmagan vaqtichog`lik va kayfu-safoga shung`idi.  39
39
  Otomalik Juvayniy “Tarixi jahonkushoy” 343-b
39 Sulton   Alouddin   Muhammad   Bag`dodga   qarshi   urush   e`lon   qilib   lashkar
tortishdan   avval   bir   qancha   ish   amalga   oshirgan.   Xususan   amalga   oshirilgan
tadbirlardan   biri   Zulqarnayn   navbasining   tantanali   ijro   qilinishining   belgilanishi
bo‘ldi 40
.   Avvalgi   paytlarda   uning   o‘zi   uchun,   boshqa   sultonlarga   ibrat   qilib
ko‘rsatish   maqsadida,   besh   vaqt   namozga   monand   ravishda   kuniga   besh   marta
navba   belgilangan   edi.   Bu   ahvol   alloh   uning   mamlakati   qudratini   yuksaltirib,
o‘zining martabasini oshirgunga qadar davom etdi. Iroqqa qarshi yurishi davrida u
besh   marta   navbani   o‘g‘illariga   —   sultonlarga   haqiqiy   meros   qilib   berdi.   Bu
navbalar   o‘g‘illariga   mulk   qilib   berilgan   mamlakatlarda   sulton   saroylarining
darvozalari oldida ijro qilina boshlandi. Ularning navbalar bo‘yicha huquqlari, bu
huquqlar   o‘g‘illarning   har   qaysisiga   qay   tarzda   belgilangani   tafsilotlari   xususida
mavridi   bilan   to‘xtalib   o‘tamiz.   U   o‘zi   uchun   Zulqarnayn   navbasini   tanladi.   Bu
navba   quyosh   chiqish   va   botish   paytida   ijro   qilinadigan   bo‘ldi.   Uni   ijro   qilish
uchun   yigirma   yettita   tilla   nog‘oradan,   turfa   ranglardagi   tayoqlardan   va   boshqa
musiqa asboblaridan foydalanildi.
Navba   ijro   etilishi   belgilangan   kun   tantanali   va   ulug‘vor   kechishi   uchun,
o‘zining   qudratini   ko‘rsatib   qo‘yish   uchun   yigirma   yetti   mamlakatning   mashhur
hukmdorlari,   sultonlarining   o‘g‘illari   tanlab   olindi.   Ular   orasida   To‘g‘rul   ibn
Arslon as-Saljuqiyning o‘g‘li, G‘ur, G‘azna, Hindiston hukmdori G‘iyosiddinning
o‘g‘illari,   Bomiyon   hukmdori   Malik   Alouddin,   Balx   hukmdori   Malik   Tojiddin,
uning o‘g‘li, Termiz hukmdori al-Malik al- A’zam, Buxoro hukmdori Malik Sanjar
va   boshqalar   bor   edi.   Uning   maqsadi   mamlakatlar   hukmdorlari   sonini   yigirma
yettitaga yetkazish edi, shu sababli ular safiga jiyani (ukasining o‘g‘li) Erbozxonni
va   o‘z   mamlakati   vaziri   Nizomulmalik   Nosiriddin   Muhammad   ibn   Solihni   ham
qo‘shdi.   Navba   ijro   qilinadigan   paytda   tillo   nog‘oralarni   chaladiganlar   ana
40
 Xorazmshoh Muhammad bir qancha mamlakatlarni va viloyatlarni qaram qilgach, ularning 
hukmdorlari, sultonlari, maliklarini, oila a’zolarini asir olgach, qudratli davlat barpo etadi.  Bu davlat 
musulmon olamidagi boshqa davlatlar-dan ulug‘vorligi bilan ajralib turadi. Shunga monand tarzda Sulton
saroyda o‘tadigan anjumanlarni, tadbirlarni ham shohona va tantanaliroq o‘tkazishga intiladi. Bu yerda 
o‘tadigan har bir tadbir uning qudratini namoyon qilishi kerak edi. Zulqarnayn navbasining belgilanishi 
ham shundan darak beradi. Xorazmshoh qaytish navbasini chalishni asir sultonlar va maliklarga 
buyurgan.
40 shulardan iborat bo‘ldi. Sulton amalga oshirgan tadbirlardan yana biri quyidagicha
edi.   U   Iroqqa   yurishdan   oldin   so‘zda   uni   tan   olib,   amalda   o‘ziga   zimdan   qarshi
bo‘lganlardan,   boshqacha   aytganda,   ko`l   ostidagi   chug‘lardan   Movarounnahrni
tozalashni niyat qilgandi. 41
Davlatpanoh   Nasaf   shahriga   O‘trorning   hukmdori   Tojiddin   Bilkaxonni
jo‘natdi   va   unga   o‘sha   yerda   qolishni   buyurdi.   Bilkaxon   uning   safiga   qo‘shilgan
xitoyilardan birinchisi  edi. U shunday chiroyli  ediki, qorong‘u tunni  kunduz kabi
charog‘on qilib yuborardi, yuzidagi nur bilan tun zulmatini bartaraf etardi. Sulton
Movarounnahrni xitoyilardan tortib olganidan keyin u (Bilkaxon) o‘z xohishi bilan
(Sulton)   xizmatiga   o‘tgandi.   Chunki   ular   orasida   yaqinlik   bor   edi.   Bu   yaqinlik
sababli   tug‘ilgan   qiyomat   qarzni,   vijdoniy   burchni,   fidokorlikni   kuch   bilan   buzib
bo‘lmasdi. Sulton Takash vafotidan keyin Sulton Alouddin Muhammad davlati hali
mustahkamlanib   ulgurmasdan   va   boshqalar   hujumiga   qarshi   zarba   berish   imkoni
yo‘q   paytida   Shihobiddin   al-G‘uriy   atrofiga   ko‘plab   kuchlar   hamda   qo‘shinni
yig‘ib,   Xorazmga   yurish   qildi.   Shunda   Tojiddinning   o‘zi   amakivachchasi,
Samarqand   hukmdori,   sultonlar   sultoni   Usmon   bilan   birgalikda   qo‘shinlarini,
xitoyilar to‘dalarini oyoqlantirib, Andxudda Shihobiddin al-G‘uriyga kutilmaganda
hujum qilgan. Bu haqda Ibn al-Asir o‘zining “al-Komil” asarida batafsil ma’lumot
beradi. Uning mard, dovyurak do‘stlaridan, sadoqatli lashkarlaridan ko‘pchiligi bu
yerda   halok   bo‘ladi.   Tojiddin   Sulton   taxtga   o‘tirgach,   unga   qilgan   bu   va   boshqa
xizmatlarim   uning   menga   ishonchini   kuchaytiradi,   hurmat-izzatimni   oshiradi,
ishimda muvaf- faqiyatlarga yo‘l ochib beradi, deb o‘ylardi. 42
Sulton   amalga   oshirgan   tadbirlardan   yana   biri   Buxoro   xanafiylarining   raisi
va xatibi “Sadr Jahon” nomi bilan mashhur bo‘lgan Burhoniddin Muhammad ibn
Ahmad   ibn  Abdulaziz   al-Buxoriyni   Xorazmga   jo‘natishi   bo‘ldi.  Agar   kimdir   uni
faqat Buxoroning xatibi sifatida bilgan bo‘lsa, u xatiblar ichida eng yuqori darajaga
erishgani edi. Uning beqiyos darajada ko‘p mulki, yeri, uylari bo‘lib, obro‘si ulug,
41
  Nasaviy  “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mangburni” ” (Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tavsiloti) 
42-b
42
  Nasaviy  “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mangburni” ” (Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tavsiloti) 
42-43-b.
41 shon-shuhrat cho‘qqisiga ko‘tarilgandi. Shu bilan birga u g‘oyat saxiy, qo‘li ochiq
odam edi. Shu jihatdan uni faqat mashhur mulk egalari, taniqli mansabdorlar bilan
mushohada   qilishning   o‘zi   kamlik   qilardi.   Chunki   uning   g‘amxo‘rligi,   vasiyligi
tufayli   qo‘l   ostida   yashagan   va   yashayotganlar   soni   olti   ming   faqihga
yaqinlashardi.   U   javonmard,   kuch-quvvati   to‘lib-toshgan,   harakatchan   inson   edi.
Bu dunyoni yoqimli hid taratib turadigan g‘uborga o‘xshatardi.
Yuqorida   aytilganidek   Alouddin   Muhammad   Xorazmshoh   Nishopurga
Sulton  Irokdan  qaytib  kelayotib  Nishopurga   kirdi.  U  bu  yerda  Kirmon  voliysi   va
uning   noibi   Muvayyid   al-Mulk   Quvomiddinning   o‘limi   to‘g‘risida   eshitdi.
Shundan keyin Sulton o‘g‘li G‘iyosiddinni Kirmon, Kesh hukmdori qilib tayinladi.
G‘iyosiddin   o‘sha   yerga   otlandi   va   davlat   ishlarini   mustahkamlashga   kirishdi.   U
Iroq   mamlakati   hukmdorsiz   qolgunga   qadar   bu   yerda   turdi.   Keyin   birorta
qarshilikka   duch   kelmasdan   uni   bosib   oldi.   Jaloliddin   Hindistondan   qaytib   kelib
kutilmaganda   Rayga   hujum   qilgunga   qadar   bu   yerda,   Mozandaron   va   Xurosonda
uning nomidan xutbalar o‘qildi. Sulton undan Iroqni tortib oldi.
Muayyid al-Mulk oddiy xalq orasidan yetishib chiqqan, Sulton g‘amxo‘rligi
va   taqdir   inoyati   bilan   malik   darajasiga   erishgan   inson   edi.   Bunga   erishish   oson
emasdi.   Uning   hayoti   bunday   kechgandi:   u   Zavzon   hukmdori   Nusratiddin
Muhammad ibn Lozni emizgan ayoning o‘g‘li edi. Nusratiddin uni o‘zining Sulton
saroyidagi  alohida ishlar  bo‘yicha elchisi  qilib tayinlaydi. Muayyid al-Mulk unga
alohida   tashrif   ishlari   bo‘yicha   maslahatlar   beradi.   Biroq   uning   (Muayyid   al-
Mulkning)   ko‘nglida   o‘ziga   mehribonlik   qilgan   odamdan   uzoqlashish,   uning
o‘rniga hukmdor  bo‘lish niyati  tug‘iladi. U Sultonga o‘z hukmdori  boshqadagilar
hamkorlik   qilishi,   botiniy(Alamut   Ismoiliylari   nazarda   tutilmoqda)lar   bilan
yashirin aloqasi borligi haqida ma’lumot yetkazadi. Keyin uning (Nusratiddinning)
huzuriga   kelib   “Sulton   seni   botiniy  deb   gumon  qilmoqda,   uning  bu   shubhasining
yakuni   sen   uchun   yaxshilik   keltirmaydi,   deb   o‘ylayman”,   deydi.   Shunda   uni
qo‘rquv   bosdi.   Shu   tariqa   u   ismoiliylar   tomonga   o‘tdi   va   ularning   Zavzonga
chegaradosh bo‘lgan qal’alaridan birida yashay boshladi.
42 Quvomiddin   shu   zahotiyoq   bu   haqda   Sultonga   noma   yubordi.   U   esa   unga
Zavzon vazirligini topshirdi va viloyatning boyliklarini o‘z xazinasiga olib kelishni
buyurdi.   U   xuddi   Sulton   aytganidek   qildi.   Keyin   u   bu   ish   bilan   ham
qanoatlanmadi. Nusratiddindan xavfsiradi. Shu sababli unga maktub yozib, Sulton
bilan munosabatlar  yaxshi  yo‘lga qo‘yildi  deb  aldadi.  U bu  yolg‘onga  ishondi   va
Zavzonga   qaytib   keldi.   Qavomiddin   uni   o‘ziga   qaram   qilib   oldi   va   ko‘ziga   mil
torttirdi.   U   kelgusida   qasos   o‘chi   o‘ziga   qaytishini   o‘ylamasdi.   Shu   tariqa
yaxshilikka yomonlik bilan javob qaytardi.
U   Zavzon   hukmronligiga   mustahkam   o‘rnashib   olgandan   keyin   Kirmon
hukmdorini,   Malik   Dinor   avlodlaridan   birini   taxtdan   tushirib,   mulkini   o‘ziga
qaram   qilib   olishni   o‘ylay   boshladi.   Shu   maqsadda   u   Sultonga   noma   yozib,
Kirmonni   bosib   olishga   undadi.   Agar   u   Xurosonning   Zavzonga   yaqin   bo‘lgan
joylaridagi   qo‘shinlaridan   birini   yordam   uchun   bersa,   bu   ishni   o‘zi   amalga
oshirishini   bildirdi.   U   (Sulton)   unga   Izziddin   Jildoq   boshchiligidagi   qo‘shinlarni
yordamga yubordi. Quvomiddin qisqa vaqt ichida Kirmonni bosib oldi va Sultonga
katta miqdorda boyliklar, odamlar, otlar, qushlardan iborat sovg‘a yubordi. Sulton
uning   xatti-harakatlarini   ma’qullaydi,   kamtarona   faoliyati   doirasidan   davlatning
hukmronlik   cho‘qqisiga   olib   chiqdi,   unga   nomalarida   “malik”   deb   murojaat   qildi
va Muayyid al-Mulk laqabini berdi. U uni Kirmonning noibi etib tayinladi hamda
bu mulkni iqto qilib berdi. Muayyid al-Mulk bu yerda qonun asosida adolat bilan
ish yuritdi. Oqibatda Kirmon aholisi ikki baravar ko‘paydi. Uning shaxsiy mulkida
ham turfa turdagi mollari soni oshdi. Kirmondan yig‘iladigan xirojlar bu boyliklar
oldida arzimas bo‘lib qoldi.
Sulton   Iroqdan   qaytayotib   tuyalarini   yo‘qotib   qo‘yganda   u   (Muayyid   al-
Mulk)   uning   uchun   Nishopurga   “an-najot   at-Turkiyyat”   naslidan   bo‘lgan   to‘rt
ming   tuyani   yetkazib   berdi.   Uning   o‘limidan   keyin   Sulton   xazinasiga   boshqa
boyliklaridan tashqari, yetmish qop oltin yuborishdi. Qopdagi oltinlarni Sultonga u
tatar 43
lardan   qochib   ketayotib   Jayhun   bo‘yida   turgan   paytida   yetkazishdi.   Oltin
43
 Nasafiy o`z asarida mo`g`ullarni “totorlar” deb ataydi  bu haqda Ozarbayjonlik tarixchi Ziyo Bunyodov 
ham 1218-yil bahorida elchilik vaqtida ham mo`g`ullarni tatar nomi bilan tilga olgan.
43 to‘la   qoplar   og‘zi   ochiq   holda   Sulton   xazinasidan   olib   kelinayotgan   boshqa
qimmatbaho buyumlar bilan birgalikda Jayhunga tashlandi.
Sulton   Iroqdan   qaytayotib   Nishopurda   ancha   payt   to‘xtab   nafas   rostladi   va
Nizomulmulk Nosiriddin Muhammad ibn Solihni vazirlikdan chetlashtirdi. Buning
sababi   ko‘p   edi.   U   Nizomulmulkni   turli   sabablar   bilan   ko‘p   marta   yomon   ishlari
xususida  ogohlantirgandi. Poraga  o‘chligi  uchun jazolashni  niyat  qilib qo‘ygandi.
Shuningdek, uning faoliyatida turg‘unlik yuzaga kelgan, ahvolni yaxshilash uchun
biror   harakat   qilmayotgan   edi.   Qisqasi,   bu   odamda   vazirlik   mansabi   uchun   ibrat
qilib kursatadigan biror ijobiy xislat yo‘q edi, aksincha, takabburlik, isrofgarchilik
avjiga   chiqqandi.   Sulton   uni   vazirlikka   yuksak   layoqati   uchun   emas,   balki   u
onasining g‘ulomi, aniqrog‘i, g‘ulomining o‘g‘li bo‘lgani uchun tayinlagandi.
O‘sha   paytda   Sulton   sobiq   vaziri   Nizomulmulk   Muhammad   ibn
Nizomulmulk   Bahovuddin   Mas’ud   al-Xaraviyni   mansabidan   chetlashtirganda   bu
lavozimga   kimni   qo‘yish   to‘g‘risida   onasidan   maslahat   so‘ragandi.   U   esa   unga
yuqorida   nomini   tilga   olganimiz   g‘ulomini   vazir   qilib   tayinlashni   maslahat
bergandi.Lekin bu bosh vazirning ham vazirligi uzoqqa cho`zilmadi.
Xuroson   hududida  Alouddin   Muhammad   Xorazmshoh   yana   “eski   ginasi”
esiga tushib xalifaga qarshi ish yurita boshladi. 
Ammo   (yana   qandaydir   sabab   bilan,   ehtimol   xalifaning   Chingizxonga
maktubi   topilganidan   so`ng)   sulton   yana   xalifaning   nomini   va   obro`yini   to`ka
boshladi.   Xijriy   614-yilning   zulqa’da   oyida   (1218   yil,   yanvar-fevralida)
xorazmshoh   Nishopurga   kelib,   masjidlarda,   juma   namozlarida   «Xalifa   o`lgan,
uning   nomini   xutbadan   o`chiringlar»,   deb   farmon   berdi.   Shu   yilning   muxarram
oyida (1218 yil, martda) esa, sulton avval Marvda, so`ng Balx, Buxoro va Saraxsda
xalifaning   nomini   xutbadan   oldirib   tashladi.  Ammo,   nima   uchundir,   Samarqand,
Hirot  va  Xorazmning  o`zida  (imomlar)   sultonning  bu  farmoniga  amal  qilmadilar.
(V.V.Bartold   fikricha,   Samarqand,   Hirot   va   Xorazmda   malika   Turkon   xotun
ko`rsatmasi   bilan   Bag`dod   xalifasining   nomi   xutbada   o`qilavergan.   Bu   fikr
44 xaqiqatga yaqin. Chunki, sultonning onasi Turkon xotun ancha oqila bo`lib, uzoqni
ko`zlab   ish   tutgan   ko`rinadi) 44
.   Chingizxon   bosqini   arafasida   Xorazmshohlar
saltanatida o`ziga xos ikki hokimyatchilik hukm surgan.
Yana ajablanarlisi shundaki, xorazmshoh extimol, uyalganidan Turkon xotun
hukm   surib   turgan   Gurganjga   qaytmasdan,   Samarqandga   kelgan   va   shu   yerni
poytaxgga   aylantirgan.   Buning   ustiga,   Sharq   (Xitoy)   va   Mugulistondan   daxshatli
xavf   yopirilib   kelayotgani   xaqidagi   xabar   tobora   yaqinlashib,   tashvishli   tus
olayotgan edi
III.ZAMONAVIY PEDAGOGIK METODLAR.
3.1 “Qora quti” metodi
Muammoli ta`lim jarayonlarida foydalanish uchun muljallangan.
44
  Ziyo Bunyodov “Anushteginiy xorazmshohlar davlati” 117-b.
45 Ta’lim   jarayonida   mazkur   metodni   qo‘llashdan   maqsad   o‘quvchilar
tomonidan   mavzuni   puxta   o‘zlashtirishga   erishish   bilan   birga   ularni   faollikka
undash,   ularni   hamkorlikda   ishlash,   ma’lum   vaziyatlarni   boshqarish   hamda
mantiqiy   tafakkur   yuritish   ko‘nikmalarini   shakllantirishdan   iborat.   Metoddan
foydalanishda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
-o‘quvchilar juftlikka biriktiriladi:
— juftliklarga   mavzu   mohiyatini   yorituvchi   asosiy   tushunchalar   (tayanch
so‘zlar,   sanalar,   raqamlar,   belgilar   va   h.k.)ni   kartochkalarga   qayd   etish   vazifasi
yuklanadi:
— o‘qituvchi  o‘quvchilar  bilan  hamkorlikda guruhlar  tomonidan topshiriqning
bajarilishini tekshiradilar;
— topshiriqni to‘gri bajargan guruhning bir a’zosi o‘qituvchi rolini bajaradi va
topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi;
— o‘quvchilar   yozuv   taxtasida   qayd   etilgan   fikrni   sharxlaydilar   (tayanch
so‘zlar, sanalar, raqamlar, belgilar qanday ma’noni anglatishini aytadilar);
— to‘gri   javob   bergan   o‘quvchi   o‘qituvchi   rolini   bajarib,   juftliklarga   mavzu
mohiyatini  yorituvchi  shakl,  jadval  yoki  tasvir  yaratishni  topshiradi  va o‘qituvchi
yordamida topshiriqning bajarilishini tekshiradi.
46 «Zigzag» metodi
Sinf   o`quvchilari   7ta   guruhga   bo`linadilar   va   guruhlar   nomlanadi.
Guruhlarda   yangi   mavzu   mohiyatini   yorituvchi   matn   qismlarga     ajratiladi   va
ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. 
O`quvchilar matnlarni diqqat bilan o`rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni
tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa
ular tomonidan bajariladi.
Liderlarning  fikrlari   guruh  a’zolari   tomonidan   to`ldirilishi   mumkin.   Barcha
guruhlarning   o`quvchilari   o`zlariga   topshirilgan   matn   mazmuni   xususida   so`zlab
berganlaridan   so`ng,   matnlar   guruhlararo   almashtirilib,   avvalgi   faoliyat
takrorlanadi.   Guruhlarga   bir   necha   matnlar   taqdim   etiladi.   SHu   tarzda   barcha
matnlar   mazmuni   guruhlar   tomonidan   o`rganib   chiqilgach   o`quvchilar   o`tilgan
mavzu   bo`yicha   asosiy   tushunchalarni   ajratadilar,   ularning   o`zaro   mantiqiy
bog`liqligini   aniqlaydilar,   yuzaga   kelgan   g`oyalar   asosida   mavzuga   oid   sxema
ishlab chiqiladi. So`ngra o`zlashtirilgan bilimlar asosida o`quvchilarning o`zlariga
shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.
1-guruh  2-guruh 3-guruh
47SABAB
SABAB SABAB 4-guruh   5-guruh 6-guruh
7-guruh
Ushbu metod yordamida mvzuning asosiy markazi bo`lmish Bag`dod xalifaligi va
Xoramshohlar   davlati   o`rtasida   hudud   talash   ya`ni   manfaat   uchun   juda   katta
inqiroz   sabablarini   ko`rib   chiqish   va   7-guruh   esa   muaffaqiyatsiz   yurishni   olib
chiqadi.
3.2 Debat uslubi
48SABAB
SABAB SABAB
NATIJA «Debat» (fr. «debattere» so‘zidan olingan bo‘lib, «debats» - «bahslashmoq»)
metodi   mashgulotlarda,   shuningdek,   turli   iigilish,   majlislarda   biror   mavzu
yuzasidan   ishtirokchilar   o‘rtasida   o‘zaro   bahs   uyushtirish,   ularning   o‘zaro   fikr
almashishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.«Debatlar» metodi Qadimgi Gretsiyada
yaratilgan bo‘lib, ular demokratiyaning muhim elementi sifatida namoyon bo‘lgan.
Afina fuqarolari tahdim etilayotgan qonunlarning afzal tomonlari va kamchiliklari
haqida tortishib, masalani yaxshi tushunish uchun uni turli tomondan tahlil qilishar,
shu   bilan   birga,   tahlil   qilib   bahs   qilishga   o‘rgaiar   edilar.   O‘rta   asrlarda  Yevropa
ta’lim tizimi tarkibida nutq so‘zlash mahorati va debatlar darslari mavjud bo‘lgan.
Hozirgi   vaqtda   debatlar   butun   dunyo   maktablarida   va   universitetlarida
o‘tkazilmoqda. Debatni o‘tkazishda kuyidagilarga amal qilish lozim:
1-debatlar ko‘p narsaga o‘rgatadi,
2-chin dillik va vijdonlilik majburiyati,
3- hurmat va ehtirom ko‘rsatish.
Debatda   ishtirok   etish   natijasida   ta’lim   oluvchilarda   muammoni   aniqlash   va
ajratish   qobiliyati,   dalillar   va   fikrlarni   aniqlash   mahorati,   tanqidiy   fikr   yuritish,
muhim   bo‘lgan   ma’lumotni   muhim   bo‘lmagan   ma’lumotdan   ajratish,   sabab   va
uning   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   oqibatlariga   baho   berish,   xulosa   chiqarish,
muammolarni   ajratish   va   samarali   yechim   topish   malakalari,   o‘zining   fikr
yuritishiga,   tafakkur   jarayoniga   baho   berish   ko‘nikmalari,   jamoada   ishlash
qobilnyati,   nutq   so‘zlash   madaniyati   shakllanadi.   O‘tkazilgan   pedagogik   tajriba-
sinov natijalariga tayanib, biz malaka oshirish jarayonida debat  o‘tkazish tartibini
ishlab chiqdik.
«Debat»ni o‘tkazish tartibi
Debat npng maksad va vaznfalari Debatlar   karama-qarshi   nuktai   nazarlarning
to‘knashuvidir.   Uning   maksadi   -   ishtirokchilarda   ingellektual,   mantiqiy   fikrlash
malakasini   shakllantirish,   o‘zgacha   fikrni   inobatga   olmasdan   xulosa   chikarish
noto‘g‘ri qaror kabul qilishga olib kelishi mumkinligini isbotlashdan iborat. O‘yin
49 sifatida   debatlarda   tankidiy   fikr   yuritish,   tanqidiy   gafakkur,   tadkiqiy   va   tashkiliy
malakalar, eshitish, yozma kayd kilish malakalari shakllanadi.
1. “Debat”   ishtirokchilari   uchun   qiziqish   uyg‘otuvchi   mavzu   yoki   g`oya
aniqlangach,   debatning   mavzusi   tasdiqlovchi   ma’nodagi   fikr   bilan   ifodalanishi
kerak. Masalan:  «Nizo Alouddin Muhammad otasi  Takash davrida Bag`dod bilan
aloqalarida   qanday   o`zgarishlar   ro`y   berdi»   yoki   «Bag`dod   xalifaligi   va   Xorazm
o`rtasida   elchilik»   kabi.   Debatning   mavzusi   siyosiy,   huquqiy,   qadr-qimmat
mavzularida bo‘lishi mumkin.
2. Debatda   ikkita   jamoa   ishtirok   etadi.   Birinchi   jamoa   -   tasdiqlovchi   tomon
sifatida, ikkinchi jamoa - qarshi tomon sifatida. Ishtirok etuvchilardan tasdiqlovchi
tomonning   so‘zga   chiquvchilari,   ya’ni   spikerlarini   Tl,   T2,   TZ;   qarpti   tomonning
so‘zga chiquvchilari, ya’ni spikerlarini  K1, K2, KZ  deb shartli  ravishda belgilash
mumkin.
“Debat”ning o‘tkazilishi. “Debat”   metodini   qo‘llashda   eng   asosiy   ish
ishtirokchilarni tanlab olish bo‘lib, bunda har bir ishtirokchini debat jarayoni bilim
oshirishga   mo‘ljallangan   dastur   ekanligiga   ishontirish   lozim;   ma’muriyat
tomonidan   ko‘mak   olish,   ya’ni   tadbirlarni   o‘tkazish   jarayonida   rahbariyatning
ishtirok etishini ta’minlash kerak. Shu bilan birga, jamoa ishini to‘g‘ri tashkil qilish
va   jamoa   tartibi   saqlab   turish,   jamoaning   har   bir   a’zosi   o‘z   vazifasini   to‘liq
tushunishiga erishish lozim.
50Debatni tayyorlash va o‘tkazish tartibi Debatning   mazmuni .   Debatlar   fikrni   isbotlashga   asoslangan   bo‘lib,
ishtirokchilardan   auditoriya   e’tiborini   jalb   qilish   uchun   kutilmagan   statistik
ma’lumot yoki misollar keltirish orqali e’tibor qozonish talab etiladi. 
Debatning davomiyligi. “Debat”da   mavzu   oldindan   e’lon   qilinishi   va
mavzuni   yoritish   uchun   vaqt   hisobga   olingan   bo‘lishi   lozim.   Malaka   oshirish
kurslarida   tashkil   etiladigan   debatlarning   davomiyligi   1   soatdan   3   soatgacha
belgilanishi mumkin. Undan ortiq vaqt davom etgan “debat” natija bermaydi.
Nazorat   shakli   va   baholash.   Hakamlar   xar   ikkila   jamoaning   keltirgan
faktlarini   tinglagach,   hakamlik   jadvalini   to`ldiradilar   va   debat   natijasida   qaysi
jamoaga afzallik berilganligi haqidagi hakamlar qarorini yozib qo`yadilar.
Xozirda  debatlarning  quyidagi  shakllari  amaliyotda  turli   jarayonlarda
qo`llaniladi:
Amerikacha   munozara   (debat).   Bunday   tarzda   dars   utishda   ikki   o`quvchi
belgilangan   qat’iy   tartib   bo`yicha,   munozaraga   raislik   qiluvchining   raxbarligi
ostida   berilgan   savol   yoki   muammo   buyicha   munozara   olib   boradilar.   Ularning
bildirgan   fikrlarini   hakamlar   jamoasi   baxolaydi.   Hakamlar   jamoasining   tarkibi
o`quvchilardan belgilanadi.
Inglizcha   munozara   (debat).   Munozaraning   bu   shaklida   muxokama
qilinayotgan   muammo   yechimiga   yetkaziladi.   Ochiq   munozara   (debat).   Quyilgan
muammoni belgilangan qoida bo`yicha muxokama qilinib, uning debat natijasidagi
yechimini qabul qilish yoki qilmaslikni mashg`ulot raxbariga, agar debat yigilish,
majlisda   utkazilgan   bulsa,   uning   yuqori   bo`g`iniga,   raxbariyatiga   topshirish   bilan
yakunlanadi.
51 FIKR,SABAB,MISOL,UMUMLASHTIRISH (FSMU) metodi
FSMU   metodining   tavsifi:   Bu   metod   mashg‘ulotda   o‘rganilayotgan
mavzuning  muhokamasi   jarayonida  unga   doir  masalalar   bo‘yicha  o`quvchilar   o‘z
fikrlarini  bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi  sabablarni  ko‘rsatishlari, ularni
tasdiqlovchi   misolllarni   keltirishlari   va   pirovardida   umumlashtiruvchi   xulosalar
chiqarishlarini   o‘rgatish   va   mashq   qildirish   metodidir.   Bu   metod   o`quvchilarni
erkin fikrlashga, o‘z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o‘z fikrini o‘tkazishga,
ochiq   holda   bahslashishga,   bahs-munozara   madaniyatiga,   shu   bilan   bir   qatorda,
o`quvchilar   tomonidan   o‘quv   jarayonida   egallangan   bilimlarni   tahlil   etishga   va
o‘zlashtirish   darajasini   aniqlashga,   baholashga   o‘rgatadi.   FSMU   metodining
umumiy sxemasi:
F -fikringizni bayon eting;
S -fikringizni asoslovchi sabab ko‘rsating;
M -ko‘rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring;
U - fikringizni umumlashtiring.
FSMU   metodini   amalda   qo`llash   namunasi:   O‘qituvchi   quyidagiga
o‘xshagan   vazifalar   yozilgan   tarqatma   materiallarni   oldindan   tayyorlab,
mashg‘ulot vaqtida kichik guruhlarga yoki alohida o`quvchilarga tarqatadi.
1-vazifa   “Bag`dod xalifasining g`alabasi haqida” mavzusi yuzasidan fikrlaringizni
FSMU metodi bo‘yicha bayon eting.
F - _____________ ________________________
S- _____________________________________
M- ____________________________________
U- _____ ________ _____________________
2-vazifa . “Xorazmshohlar davlati va Totorlar davlati munosabati” mavzusi 
yuzasidan fikrlaringizni FSMU metodi   bo‘yicha bayon eting.
52 F-____________________________________
S-____________________________________
M-___________________________________
U-___________________________________
O‘qituvchi   vazifani   bajarish   uchun   vaqtni   belgilab   e’lon   qiladi.  Vazifalarni
bajarish vaqtida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Talabalar o‘zlariga berilgan
vazifani bajarib bo‘lgandan so‘ng, ularning umumiy muhokamasini tashkil  qiladi.
Vazifani eng yaxshi bajarganlar rag‘batlantiriladi.
53 XULOSA
Mazkur   bitiruv   malakaviy   ishda   asosan   anushtagin   xorazmshohlarning
siyosiy   tarixi   yoritilishi   va   diplomatik   munosabatlari,   aloqalari   bo`yicha
o`rganilgan   tarixshunoslik   asarlari,   tarixchilarning   fikr   va   mulohazalari   hamda
xulosalaridan   kelib   chiqib   yoritdik.   Ushbu   mavzu   yuzasidan   har   xil   davrda   turli
tarixchilar   tomonidan   yozilgan   manbashunoslik   va   tarixshunoslik   yo`nalishlarida
ilmiy   ishlar,   monografiyalar,   doktorlik   ishlari   dunyo   yuzini   ko`rgan.   Markaziy
Osiyoda   tashkil   topgan   va   bir   yarim   asrga   yaqin   umr   ko`rgan   bunday   mamlakat
tarixi ko`pchilikni qiziqtirmasdan qolmaydi. Lekin bu mavzuga daxldor manba va
adabiyotlarning asosiy qilmi davlat tilida emasligi ya`ni rus, ingliz va turk tillarida
nashr   etilganligi   ham   mavzuni   murakkablashtiradi.   Xorazmshoh   unvonini   olgan
siyovushiylar,   afrig`iylar,   ma`muniylar   va   oltintoshiylar   sulolalaridan   farqli
ravishda  Anushtagin   asos   solgan   sulola   faqat   Xorazm   bilan   chelanib   yoki   faqat
noib   sifatida   emas   balki   keyingi   hukmdorlar   hukmronlik   yilllarida   mustaqillikka
intilgan. Saljuqiy sultoni Malikshoh tomonidan Anushtagin Xorazmning hokimligi
topshiriladi.   Sulton   Barqyorug`   Xorazm   mintaqasida   yuzaga   kelgan   notinchliklar
tufayli Qutbiddinni mintaqaga yuborib, u yerda o‘z hukmronligini tasdiqlaganidan
so‘ng   Xorazmning   ilk   siyosiy   tuzilishi   boshlandi.   Boshqa   tomonda,   ya`ni
Bag`dodda   Umaviylarning   yo'q   bo'lib   ketishi   bilan   boshlangan   Abbosiylar
nazorati,   "Islomiy   Davlat"dan   keyin   hokimiyat   tepasiga   kelib,   mintaqada   o'z
faoliyatini davom ettirdi. Bu ikki tomon o`rtasidagi dastlabki aloqalar o`sha davrda
Xorazm sultoni Otsiz va Al-Muktafiy bilan boshlangan.  El Arslondan keyin davlat
boshlig`i   bo`lgan   Takash   avval   ukasi   Sultonshoh   bilan   jang   qilib,   uni   mag`lub
etishga muvaffaq bo`ldi. Keyinchalik qoraxitoylar bilan jang qilgan Takash, keyin
Rayga hujum qiladi. Takash Iroq saljuqiylariga hujum qilib, ularni mag`lub etishga
muvaffaq bo`ldi. Biroq, Iroqi-Ajam yerlarini bo'lishish borasidagi kelishmovchilik
tufayli ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar buzildi. Bu bitiruv malakaviy ish aynan
1200-yilda Takashning Bag`dodga qarshi yurishni boshlanishi va falokati sabab va
diplamatiyasi Alouddin Muhammad davrida g`uriylar va qoraxitoylar yo`q qilindi.
54 Eron   yerlari   ham   Xorazmshohlar   hukmronligi   ostiga   o`tishi   bilan   bog`liq
ma`lumotlar. 
G'uriylar   va   Qoraxitoylarni   bu   holatda   ularni   qo‘llab-quvvatlashga   harakat
qilgan   xalifa   an-Nosir   xorazmshohlarga   qarshi   chiqdi.   Shuning   uchun   avvalroq
saljuqiylardan   qutulishga   harakat   qilgan   keyinroq   xorazmshohlarni   yo`q   qilish
uchun   harakatlar   qildi.   U   diniy   qudratidan   foydalanib,  Alamut   ismoiliylari   bilan
hamkorlik   qilib,   fitna-fasodlar   bilan   Xorazmshohlar   hokimiyatini   sindirmoqchi
bo‘ldi. 
Nihoyat,   Asadobodda   bo‘lib   o‘tgan   jangda   Abbosiylar   xalifasi   an-Nosir
Lidinillah  Alouddin   Muhammadni   mag‘lub   etishga   muvaffaq   bo‘ldi.   Shu   tariqa
abbosiylar   Xorazmshoh   tazyiqidan   xalos   bo‘ldilar.   Mustaqillik   yillarida   asosan
mo`g`ullar   istilosi   va   Jaloliddin   Manguberdi   faoliyati   o`rganish   bilan   cheklanish
kuzatilmoqda. 
Biz   yuqorida   sanab   o`tgan   turli   sabab   va   bahonalar   tufayli   katta   dushman
oldida   xorazmshohlar   zaiflasha   boshlagan   edi.   Zaiflashuvda  Turkon   xotunni   ham
alohida   o`rni   bor   xorazmshohlar   davlatida   XIII   asr   boshida   o`ziga   xos   diarxiya
shakllanganligi barchaga ma`lumdir. 
Xulosa   qilib   aytadigan   bo`lsak   bu   ishda   faqat   urush   yoki   tinchlik,   adolat
yoki   adolatsizlik   haqida   emas   asosiy   maqsad   zaiflashuvning   natijalari   tarixidan
sabablarini tahlil etishga qaratilgan. 
Tarixiy   xulosa   chiqarishimiz   hozirgi   siyosiy   buxron,   siyosiy   ayyorliklar,
siyosiy fitnalar avj olgan kunda esa havodek zarurdir.
Xorazmshohlar   davlati   tarixida   juda   murakkab   siyosiy   qamallardan   omon
chiqishga harakatlar qilingan xususan shimoli-sharqda qoraxitoylar, janubi-sharqda
g`uriylar   (3-ilovaga   qarang)   bo`lgan   siyosiy   murakkablikdan   davlatni   chiqara
olmaganligi   uchun  Alouddin   Muhammad   Xorazmshohni   butunlay   qoralash   ham
noto`g`ri   deb   hisoblayman   sababi   yuqorida   ham   ta`kidlanganidek   Turkon
Xotunning ham bunda aybi yuq emas. 
55 Nima bo`lganda ham oradan sakkiz yuz yildan ortiq vaqt o`tdi vaqtni ortga
qaytarishni   iloji   yuq   lekin   bu   holatlardan   biz   o`zimiz   uchun   tarixiy   xulosa
chiqarishimiz kerak.
56 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Ziyo Bunyodov “Anushteginiy Xorazmshohlar davlati (1097-1231)”
Toshkent 2023-y 352-b.
2.Ibrohim Qafes o`g`li “Xorazmshohlar davlati tarixi (1092-1221)”
Toshkent 2016-y 316-b
3.Zehra   Erdemir   “Harazmsahlar   devleti-Abbasi   hilafeti   munasebetleri”   Istanbul-
2021 166-b.
4.   Shixobiddin   Muhammad   ibn   an-Nasaviy   “Siyrat   as-sulton   Jalol   ad-Din
Mangburni” (Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tavsiloti) Toshkent 1999-yil 
432-b.
5.Nagehan Vurgun “Harezmsah devleti`nin dis politikasi” doktoro-tez 
Konya -2021   257- b .
6 .   Ибн   Ал-Аср   “ Ал-Камил   Фит-тарих ”   АКАДЕМИЯ   НАУК   РЕСПУБЛИКИ
УЗБЕКИСТАН   ИНСТИТУТ   ВОСТОКОВЕДЕНИЯ   им.   Абу   Райхана   Беруни
Ташкент 2005-г .
7. Alouddin Otomalik Juvayniy “Tarixi Jahonkusho” (Jahon fotixi tarixi) 
Toshkent-2015 501-b.
8.   https://telegra.ph/Xorazmshohlar-va-Abbosiylar-ortasidagi-aloqalar-nizoning-
sabablari-va-oqibatlari-4-Qism-Xorazmshoh-Takash-davri2-qism-01-17
9.   https://qalampir.uz/uz/news/birinchi-killer-lar-guru%D2%B3i
%D2%B3ashshoshiylar-yeki-assasinlar-aslida-kim-bulgan-51610
10.  https://o`z.m.wikipedia.org/wiki/Alamut
11.  Hacı Ahmet Özdemir  “Moğol İstilasının sebepleri” Anqara-2002
298-b.
57 1-ilova
58 HAREZMŞAH   DEVLETİ’NİN   DIŞ   POLİTİKASI   NAGEHAN   VURGUN
238-bet.
2-ilova
.Nagehan Vurgun “Harezmsah devleti`nin dis politikasi” doktoro-tez 
Konya -2021    237-b
59 3-ilova
60

REJA: I.KIRISH .................................................................................................... II. ASOSIY QISM ...................................................................................... I.BOB. XII ASR OXIRIDA XORAZM DIYORIDA SIYOSIY VAZIYAT . 1.1 Xorazmning yuksalishi davri tarixi................................................................ 1.2 Takash davrida Bag`dod bilan nizoning paydo bo`lishi................................. II.BOB. BAG`DOD VA GURGANJ INQIROZI. 2.1 Alouddin Muhammadning xalifalikdan yuz burishi...................................... 2.2 Barbod bo`lgan Bag`dod yurishi va Xorazmning zaiflashuvi....................... III.ZAMONAVIY PEDAGOGIK METODLAR. III. BOB.MAVZUNI O`QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR 3.1 “Qora quti” metodi. “Zig-zag” metodi. .......................................................... 3.2 “Dibat uslubi” metodi. Fikr,Sabab,Misol,Umumlashtirish (FSMU) metodi... IV.XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda dunyo siyosiy xaritasini kuzatsangiz Xorazm deb atalgan o‘lka juda kichik joyni egallagan holda ko‘zga tashlanadi. Lekin ana shu jimitday joyni egallagan o‘lka qadimiyatiga nazar tashlasangiz u olis o‘tmishda nafaqat O‘rta Osiyo, Sharq tarixida, balki dunyo tarixida salmoqli o‘rin tutganligi namoyon bo‘ladi. Zero, bu o‘lka bag`rida qadim davrlarda insonlarning ilk yashash maskanlari yuzaga kelganligi, miloddan avvalgi birinchi ming yilliklarda davlatchilik ildizlari shakllanib Katta Xorazm davlati barpo etilganligi, “Avesto” kabi jahon tarixida eng qadimiy asarning yaratilishi, milodiy asr boshlarida afrig‘iylar, ma’muniylar va 1017-yilda Xorazmni Mahmud G`aznaviy tomonidan bosib olingandan keyin Oltintoshiylarni noib etib qoldiradi, XI oxirlariga kelib Xorazmda saljuqiylarning noibi sifatida hukmronlik qilgan anushteginiy-xorazmshohlar mamlakatning dunyo tamaddunida yetakchilik qilishi, ilm-fan,madaniyat, san’atning yuksalib bu yerda o‘rta asrlar akademiyasining vujudga kelishi Xorazmning buyuk tarixidan guvoxlik beradi. Bu o‘lkadan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Nasr Iroq, Abul Hasan Ma’mun, Abu Bakr al-Xorazmiy, Mahmud az- Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Rashididdin Vatvot, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Yoqub as-Sakkokiy, Mahmud Chag‘miniy, Sayfi Saroyi, Nosiriddin Rabg‘uziy, Pahlavon Mahmud, Ogahiy singari jahon ilm-fani, adabiyoti, madaniyati shakllanishi va yuksalishiga katta hissa qo‘shgan o‘nlab ulug‘ mutafakkirlar, yuzlab buyuk allomalar yetishib chiqqanligi dunyo tarixi uchun hayratomuz voqealar sanaladi. Bu o‘lkaning tarixda bosib o‘tgan yo‘li, davlatchilik taraqqiyotiga egadirBu.char Xorazmningdunyo tzrixida tutgan o‘rni haqidagi noyob asarlar hisoblanadi. Afsuski, keyingi 1-1,5 asr vaqt ichida, xususan, sobiq sho‘rolar davrida xalqimiz Xorazm tarixini, uning buyuk shaxslari taqdirini, ular to‘g‘risida yozilgan tarixiy asarlarni to‘la o‘rganish, o‘qish, ilmiy tadqiq qilish imkoniyatlariga ega bo‘lmadilar. Bu davrda Xorazm tarixiga oid rus tilidagi ayrim kitoblarni, al- 2

Xorazmiyning, Beruniy, Pahlavon Mahmud kabi buyuk zotlarning ba’zi asarlari nashrini hisobga olmaganda xalqimiz bu boy merosdan uzib qo‘yildi. O`zbekiston respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tariximizni, ulug` tarixiy merosimizni to‘la, haqqoniy, asl manbalar asosida o‘rganishga kirishildi. Bu ish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xorazmning buyuk tarixi ulug‘landi. Uning unutilgan sahifalari ochildi. Xiva shahrining 1997-yil 2500 yillik yubeliyi, “Avesto” asari yaratilganligining 2700 yillik tantanalari keng miqyosida nishonlangan. Xorazm Ma’mun akademiyasi tashkil etilganining 1000 yillik yubeliyi, Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yillik to‘ylarining xalqaro miqyosda o‘tkazilishi bu hayrli ishlarini boshlanishi bo‘ldi. Ana shu ishlar tufayli bu o‘lka tarixini yangicha asosda, qadimiy arxeolik, yozma, me’moriy manbalar, noyob bitiklar aniq hujjatlar bilan bog‘liq tarzda o‘rganish uchun zamin yaratildi. Asl tarix tilga kira boshladi. Ma’lumki, IX-XII asrlar mamlakatimiz, jumladan, Xorazm tarixida ham oltin davr deb yuritiladi. Tarixning bu davrining shunday nomlanishi bejiz emas. Negaki, bu davrda Xorazm ijtnmoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy jabhalarda yuksak darajalarga erishdi. Avvalo, butun O`rta Osiyo birinchi renesans davriga kirib kelgan edi. Bu Xorazm hududida dastlab ma’muniylar, keyin anushteginiylar davlati barqarorlashdi. Ayniqsa, Anushteginiy-Xorazmshohlar davlati nafaqat shu o‘lkada hukmronlik qildi, balki ular bir asrdan oshiq vaqt mobaynida shimoli-sharqda Orol dengizigacha, janubi-sharqda Hind okeanigacha — sharqdan g`arbga qarab Sirdaryo bo‘ylaridan Qora dengiz sohillarigacha bo‘lgan hududlarda katta imperiya yaratdilar. Ikkinchidan, Anushteginiylar qo‘l ostidagi mulklarda katta miqyosda qurilish, bunyodkorlik ishlarini olib bordilar. Masjidlar, madrasalar, karvonsaroylar barpo ettirdilar, xususan, Gurganj sharqning go‘zal shaharlaridan biriga aylandi. 3

Uchinchidan,bu davrda ilm-fan, adabiyot, san’at nihoyatda rivoj topdi. Milodiy 1000-yillar atrofida Gurganjda faoliyat yuritgan “Ma’mun akademiyasi” o‘sha davrda nafaqat sharqda, balki butun dunyoda ilm-fan markazi vazifasini o‘tadi. Bu akademiyada ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha 400 dan oshiq allomalar ilmiy faoliyat olib borganlar. Fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha kashfiyotlar yaratganlar. Qolaversa, bu davrda ko‘plab ulug‘ siymolar, buyuk shaxslar bo‘y ko‘rsatdilar, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud az-Zamahshariy. Najmiddin Kubro, Abul Hasan Ali ibn Ma’mun, Aloviddin Otsiz, Jaloliddin Manguberdi va jiyani Sayfiddin Qutuz,Temur Malik kabilar Xorazm tarixini ulug‘ vatan deya bilib o`z jonini fido qilish evaziga faxrli tarix yaratdilar. Bu shaxslar ilm-fan sohasida davlatchilikni yuksaltirish, bunyodkorlik, vatanparvarlik borasida qahramonliklar ko‘rsatdilar, yurt nomini ulug‘ladilar. Mana shunday buyuk ishlar tufayli bu davr Xorazm tarixida oltin davr sifatida muhrlandi. Albatta, Xorazm bu ko‘xna dunyoda uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan o‘lkadir. Uning kechmishi 4,5-5 ming yillik tarix bilan o‘lchanadi. Shunga qaramay ushbu o`tmishimizdagi bu boy tarixning aynan IX-XII asrlarga oid davri xususida alohida to‘xtalayotganimiz sababi bor. Negaki, istiqlolga erishuvimizdan keyingi yillarda bu yurtning haqqoniy, asl tarixini yorituvchi yangi yozilayotgan, tarjima qilinayotgan asarlarda, ilmiy tadqiqotlarda aynan mana shu davr boy tarix bilan bog‘liq manbalar ko‘proq yoritib berilmoqda. 1017-1040-yillar oralig`ida Xorazm Saljuqiylar davlati tarkibida bo`lgan. XII asr oxiri XIII asr boshlarida Xorazm Saljuqiylar davlati hukmronligidan qutulib, mustaqil va qudratli davlat sifatida bir yarim asrga yaqin O`rta Osiyo, Eron(Fors), Sharqiy Turkiston, Afg`oniston, Shimoliy Hindistongacha, Kavkazning bir qism hududlarida hukmronlik qilgan buyuk imperiya sifatida faoliyat yuritgan. Jumladan, Anushteginiylar xorazmshohlar davlatining Saljuqiylar,G`uriylar va shimoli-sharqda katta kuchga ega bo`lgan Qoraxitoylar kabi davlatlarni tarix 4

sahnasidan o`chirib tashladilar. Xorazmshoh Otsiz hukmronlikka chiqqanidan so`ng Bag`dod xalifaligi bilan yaxshi aloqalar olib borishga harakatlar amalga oshirdi. Buning sababi esa Saljuqiy sultonlardan to`la mustaqil bo`lishni xoxlardi. Xorazmshoh Takash davrida Iroqi-Ajam hududi masalasi bilan boshlangan nizo urug`i oxir oqibat Xorazmshoh va Bag`dod xalifaligi o`rtasini bir biriga zid kuchga aylantirdi. Xorazmshoh Takash Bag`dodga yurish qilishga uringan lekin niyatiga erisha olmadi. Takash vorisi Alouddin Muhammad Xorazmshoh hukmronlik yillarida Bag`dod xalifaligi o`rtasida “eski araz” Iroqi-Ajam masalasida munosabatlar yanada jiddiylashdi. Bu holat Ozarbayjonlik tarixchi Ziyo Bunyodov ta`kidlaganidek ikki tomonning ham inqirozining asosiy sabablaridan bo`ldi. Sabab shuki Alouddin Muhammad shunchalik o`ziga bo`lgan ishonchidan sarmast bo`lib davlatni eng xavfli dushman “totor” lar xujumiga bahonalarni yaratdi. Xorazmshohlar davlati tarixiga tegishli tarixiy manbalar tiklandi, xuddi shu davr bilan bog‘liq, ishonchli manbalar hisoblangan muarrix Ibn al-Asirning«Al- komil fit-tarix» («Mukammal tarix»), Shihobiddin Muhammad an-Nasaviyning «Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburdi» («Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti») yana bir mashhur muarrix Alouddin Otamalik Juvayniyning «Tarixi Jahongushoy» («Jahon fotixi tarixi») kabi tarixiy asarlar tarjima qilindi va bir necha bor qayta nashr etildi. Ozarbayjon tarixchisi Ziyo Bunyodovning «Anushteginiy xorazmshohlar davlati» asari o‘zbek tiliga o‘girildi. Bulardan tashqari Mahmud az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Rashididdin Vatvot, Majdiddin Bag‘dodiy kabi o‘sha davrda yashagan allomalarning ayrim asarlari o‘zbek tilida nashrdan chiqarildi. Bularning hammasi o‘sha davr tarixini asl tarixiy manbalar asosida haqqoniy aks ettirish yo‘lidagi urinishlar bo‘ldi. Xorazmshohlar davlati va uning so`nggi hukmdori Jaloliddin Manguberdi hayotiga bag`ishlangan asarlar:ilmiy,badiiy kabi turli risola va maqolalar chop etilgan. Buning barchasi bebaho istiqlolning bergan imkoniyati edi desak mubolag`a bo`lmaydi. 5