VETERINARIYA TERMINLARINING “O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DAGI LEKSIKOGRAFIK TALQINI
VETERINARIYA TERMINLARINING “O‘ ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DA GI LEKSIKOGRAFIK TALQINI MUNDARIJA KIRISH. ISHNING UMUMIY TASNIFI………………………………..3 I BOB. SOHA TERMINOLOGIYASI VA VETERINARIYA TERMINLARI HAQIDA 1.1.Termin va terminologiya haqida. O‘zbek tilshunosligida terminologiya……………………………………………………………………… 7 1.2.O‘zbek tilshunosligida kasb-hunar atamalari va ilmiy-texnikaviy terminlarning o‘rganilishi………………………………………………………… 13 1.3.Veterinariya terminlar tizimiga kiruvchi birliklar…………………… 18 Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………… 23 II BOB. VETERINARIYA SOHASIDAGI TERMINLARNING LEKSIK- SEMANTIK VA GRAMMATIK-STRUKTURAL XUSUSIYATLARI 2.1.Veterinariya terminlarining leksik-semantik jihatdan guruhlanishi……………………………………………………………………… 24 2.2. Veterinariya terminlarining grammatik-struktural xususiyatlari……….. 4 2 2.3. Sohaga oid terminlarning imlosi masalalari. (Veterinariya terminlari misolida)…………………………………………………………………………. 48 Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………… 5 1 III BOB. VETERINARIYA TERMINLARINING “O‘ ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI” DAGI LEKSIKOGRAFIK TALQINI 3.1. “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati” haqida va unda kasb-hunar atamalari va ilmiy-texnikaviy terminlarning berilishi………………………………………… 53 3.2. Veterinariya terminlarining “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”da berilishi…………………………………………………………………………… 60 3.3. “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”da mavjud ayrim so‘zlarning veterinariya terminlari bilan shakldosh bo‘lishi…………………………….……. 69 Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………… 80 1
XULOSA………………………………………………………………………………...……… 81 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………………………… 84 ISHNING UMUMIY TAVSIFI Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon tilshunosligida leksikografik tal qinlar bir necha yillardan buyon o‘rganilib kelinmo qda. Bu so hada o‘zbek tilshunosligida juda ko‘plab tad qiqot ishlari olib boril gan . Qomusiy lug‘atlar, ma’lum bir fanga, kasb-hunarga oid lug‘atlar, tarjima lug‘atlar hamda o‘zbek tili leksik sathiga kiruvchi birliklarni izohlovchi izohli lug‘atlar yaratilgan. Ma’lum fan yoki kasb-hunarga oid terminlar izohi berilgan terminologik lug‘atlar ham bugungi kunda o‘zbek ilm-fan tizimida yaratilgan. Ko‘plab ilm-fan, sohaga oid terminlarning tilshunoslik nuqtayi nazardan, leksik nuqtayi nazardan ilmiy tadqiqi, terminologik lug‘atlarning leksikografik tadqiqi tilshunoslarimiz tomonidan amalga oshirilgan. Bugungi kunda ilm-fan, texnika, tibbiyot, sanoat va ishlab chiqarish sohalarining jadal taraqqiyoti, o‘zaro integratsiyalashuvi, yangi sohalarning paydo bo‘lishi terminologik tadqiqotlarni har bir soha terminologiyasi doirasida bajarishni taqazo etadi. Bu haqida yurtboshimizning quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Hozirgi kunda mamlakatimizda yashayotgan turli millat vakillari va chet el fuqarolarida o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqish va e’tibor ortib borayotganini hisobga olib, ular uchun maxsus darslik, lug‘at va qo‘llanmalar, video va audiomateriallar hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirishimiz zarur. 1 Bundan tashqari mana shu terminlarni har tomonlama tizimli tadqiq etish, ya’ni terminlarning leksik qatlamdagi o‘rni, terminlarning omonimiya, polisemiya, sinonimiya, polifunksionallik kabi hodisalarga munosabatini yangicha qarashlar asosida o‘rganish, terminlarning ma’noviy xususiyatlarini aniqlash, grammatik struktur tuzilishini tahlil qilish, terminlarning yasalishi, o‘z yoki o‘zlashgan qatlamga mansubligini aniqlash tilshunoslarimiz, terminologlarimizning vazifalaridan biridir. Shu ma’noda, “Veterinariya 1 Мирзиёев Ш. Ў збекистон хал қ ига байрам табриги. “ Хал қ сўзи” газетаси. 2021- йил , 21- октябрь. №224. –Б.1. 2
terminlarining “O‘zbek tilining izohli lu g‘ atida”gi leksikografik talqini” mavzu si dolzarb mavzulardan sanalib, veterinariya terminlarining tilshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganilishida ahamiyat kasb etadi . Tadqiqot mavzusining o‘rganilishi. O‘zbek tilshunosligida soha terminologiyasi bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar, monografiya, lug‘atlar yaratilgan. N. Sadinovaning “O‘zbek tili ish yuritish terminologiyasi”, Y. Shirinovaning “O‘zbek tili bank-moliya terminologiyasi”, N. Usmonovning “O‘zbek tilining pedagogik terminologiyasi”, T. Valiyevning “O‘zbek tili yo‘lsozlik terminlarining struktur-semantik xususiyatlari va leksikografik talqini”, I. Ermatovning “O‘zbek tilshunoslik terminlarining shakllanishi va taraqqiyoti”, Z. Djurabayevaning “O‘zbek tilida ekologik terminlar”, O. Tursunovaning “Tarixiy manbalarda huquq terminlarining qo‘llanilishi”, O.O‘rinovaning “O‘zbek tilidagi qoramolchilik terminlarining leksik-semantik tadqiqi” kabi qator ishlari soha terminologiyasi bo‘yicha qilingan ishlardir 2 . Biroq o‘zbek tilshunosligida veterinariya terminlari alohida monografik tarzda tadqiq etilmagan. Tadqiqot maqsadi. V eterinariya sohasiga oid terminlarning leksik- semantik, grammatik struktur jihatlarini o‘rganish va bu terminlarning “ O‘zbek tilining izohli lu g‘ atida” qay darajada aks ettirilganligini o‘rganib chiqish. Tadqiqotning vazifalari: -termin va terminologiya haqida, o‘zbek tilshunosligida terminologiya sohasi haqida ma’lumot berish; -soha terminologiyasi va veterinariya terminlari haqida ma’lumot berish; -o‘zbek tilshunosligida kasb-hunar atamalari va ilmiy-texnikaviy terminlarning o‘rganilishini yoritish; 2 Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим масалалари. –Тошкент: Фан, 1977; Шу муаллиф. Ўзбек тилининг илмий-техникавий терминлари тарихидан. –Тошкент: Фан, 1979; Маматов Н. Ўзбек пахтачилик терминологияси:Филол.фан.номз.дисс. ...автореф. –Тошкент, 1995; Ҳожиев А. Термин танлаш мезонлари. Ахборот.11-12-чақирув. –Тошкент: Фан, 1996; Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари. –Тошкент: ЎзМЭ, 2017; Мираҳмедова З. Ўзбек тилининг анатомия терминологияси ва уни тартибга солиш муаммолари. –Тошкент: Фан, 2010. –127б; Исломов И. Ўзбек тилининг географик терминологияси: тизими, генезиси, семантик структураси ва лексикографик талқини: Филол.фан.докт(DSc)…дисс.автореф. –Тошкент, 2021. – 69 б. 3
-veterinariya terminlar tizimiga mansub birliklarning ideografik strukturasini tadqiq etish; -veterinariya sohasidagi terminlarinng leksik-semantik xususiyatlari o‘rganish; -veterinariya terminlarining grammatik strukturasini aniqlash; - veterinariya terminlari misolida sohaga oid terminlarning imlosi masalalariga e’tibor qaratish v eterinariya terminlarining “O‘zbek tilining izohli lu g‘ atida” gi leksikografik talqinini tahlil qilish; -v eterinariya terminlarida omonimiya, polisemiya va sinonimiya muammosi va “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”da bu muammoning namoyon bo‘lishi o‘rganish. Tadqiqotning ob y ekti sifatida veterinariya sohasiga oid terminlar olindi. Tadqiqotning predmeti ni veterinar terminlar i va “ O‘zbek tilining izo hli lug‘ati ” tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. Tadqiqot mavzusini yoritishda tavsifiy, qiyosiy, komponent tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: - o‘zbek tilshunosligida veterinariya terminlarining leksik-semantik, grammatik-struktur xususiyatlari, bu terminlarning leksikografik tal qini o‘rganildi; - veterinariya terminlarining “O‘zbek tilining izo hli lug‘ati”da aks etish holati shu fanga doir bo‘lgan terminologik lug‘atlar bilan solishtirib o‘rganishsh orqali ochib berildi. - veterinariya terminlari misolida sohaga oid terminlarning imlosi masalalariga e’tibor qaratildi. - v eterinariya terminlarida omonimiya, polisemiya va sinonimiya muammosi va “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”da bu muammoning namoyon bo‘lishi o‘rganildi. 4
Tadqiqotning nazar iy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotda umumlashtirilgan nazariy xulosalar v eterinariyaga oid terminlarni umumiy yaxlit tizim sifatida o‘rganilishini oydinlashishiga xizmat qiladi. Shu sababli tadqiqotda erishilgan natijalardan v eterinariya sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda, shu soha bo‘yicha tuziladigan lug‘atlarda foydalanish mumkin. Ayni paytda dissertatsiya natijalari “Hozirgi o‘zbek tili”, “Tilshunoslik nazariyasi”, “Nazariy tilshunoslik masalalari”, “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” kabi kurslarni o‘qitishda, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy risolalar yaratishda ahamiyat kasb etadi. Shuningdek dissertatsiya ishining asosiy natijalari va materiallaridan oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun va magistratura yo‘nalishlarida o‘tiladigan leksikografiya, terminologiya darslarida keng foydalanish tavsiya etiladi. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 86 sahifani tashkil etadi. 5