logo

“O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DA FOLKLORIZMLARNING LEKSIKOGRAFIK TALQINI

Yuklangan vaqt:

13.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

167.060546875 KB
“O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DA FOLKLORIZMLARNING
LEKSIKOGRAFIK TALQINI
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………… 8
I   BOB.   “O‘ZBEK   TILINING   IZOHLI   LUG‘ATI’’DA
FOLKLORIZMLARNING BERILISHI 
1.1 Folklorizmlarning folklor  lug‘atlarda berilishi……………………………...13
1.2 Folklorizmlarning leksikografik tadqiqi……………...................................34
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………42
II   BOB.   “O‘ZBEK   TILINING   IZOHLI   LUG‘ATI”DA
FOLKLORIZMLARNING   LEKSIK-TEMATIK   VA   SEMANTIK-
STILISTIK XUSUSIYATI.
2.1   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati’’dagi   folklorizmlarning   leksik-tematik
xususiyatlari……………………………………………………………………….44
2.2   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”dagi   folklorizmlarning   semantik-stilistik
xususiyatlari……………………………………………………………………….51
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………57
III   BOB.   “O‘ZBEK   TILINING   IZOHLI   LUG‘ATI”DAGI
FOLKLORIZMLARDA   ISHLATILISH   DAVRIGA   KO‘RA
CHEGARALANGAN QATLAM.
3.1   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”dagi   folklorizmlarda   arxaizmlarning   nutqiy
voqelanishi………………………………………………………………………59
3.2   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”dagi   folklorizmlarda   tarixiy   so‘zlarning   nutqiy
voqelanishi………………………………………………………………………65
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar………………………………………………..69 
XULOSA …………………………………………………………………………72
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………………75
1 KIRISH
      Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar va xalq an’analarining tiklanishi, folklor
asarlariga   ilmiy   qiziqishning   ortishi   tufayli   adabiyotshunosligimiz   va
tilshunosligimizda folklor  ta’siri  bo‘lgan asarlarga xos xususiyatlarni  tekshirishga
hamda ularning til xususiyatlarini aniqlashga bo‘lgan qiziqish kuchaydi. 
          O‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodining   yirik   va   murakkab   janrlaridan   hisoblangan
eposlar xalqning o‘ziga xos badiiy tarixi bo‘lib, uning tarkibida xalqimizning ming
yillik lisoniy boyligi o‘zini namoyon qilib turadi. Bu ma’naviy meros asrlar bo‘yi
xalq ommasiga ma’naviyat baxsh etib kelgan buyuk obidalardan biridir.
          Hurmatli   Birinchi   Prezidentimizning:   “Tarixning   murakkab   va   hal   qiluvchi
burilish pallasida har qanday millat va elat o‘z ahilligi va birdamligini saqlab, o‘z
milliy   manfaatlari   yo‘lida   qat’iyat   bilan   turmasa,   mas’uliyat   va   xushyorligini
yo‘qotadigan   bo‘lsa,   oxir-oqibatda   o‘zining   eng   katta,   tengsiz   boyligi   bo‘lmish
mustaqilligi va ozodligidan judo bo‘lishi shubhasiz”, 1
deyishi bejiz emas.    
            Shunday   ekan,   xalq   og‘zaki   ijodi   leksikasi,   ularning   til   boyligi   bizning
ma’naviy   boyligimiz   hisoblanadi.   Bu   lisoniy   boylikni   tarixiy   qadriyatlar   asosida
o‘rganish, ularning qa’rida yashiringan buyuk qadriyatlarni milliy mafkura nuqtayi
nazaridan tadqiq qilish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.   
            Tildagi   hech   bir   so‘z   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘lmaydi,   u   zarurat   tufayli   tarixiy
taraqqiyot  jarayonida  yuzaga   keladi  yoki   o‘zlashadi.  Xalqning  til  boyligi   birinchi
navbatda   uning   folklorida   namoyon   bo‘ladi.   Biror   bir   xalqning   qanday   xalqligini
bilish uchun uning foklorini o‘rganish zarur. Folklorda xalqning til imkoniyatlari,
mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan bo‘ladi. 
         Mavzuning o‘rganilishi.   O‘zbek tilshunosligida folklorizmlarni tadqiq qilish
aslida   rus   tilshunosligi   ta’sirida   yuz   berdi.   Folklorizm   borasidagi   ishlar,   avvalo
1
 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент: Маънавият, 2008. –Б. 51.
2 adabiyotshunoslik   sohasida   olib   borildi.   Binobarin,   rus   adabiyotshunosligida
M.K.Azadovskiy 2
,   P.S.Vixotsev 3
,   V.B.Agrba 4
,   L.I.Emilyanov 5
,   G.A.Levinton 6
,
U.B.Dalgat 7
,   A.A.Gorelov 8
  kabi   tadqiqotchilar   folklorizm   tabiatini   ma’lum
darajada ilmiy izohlab berdilar.
          O‘zbek   adabiyotshunosligida   B.Sarimsoqov 9
,   U.Normatov 10
,   O.Sobirov 11
,
I.Yormatov 12
  kabi   olimlarimizning   maqolalarida   folklorizmlar   tipologiyasiga   oid
qator ishlarni ko‘rishimiz mumkin. 
          Xalq   dostonlarini   lingvistik   yo‘nalishda   tadqiq   etish   va   leksikografik   talqin
etish   o‘tgan   asrning   o‘rtalaridan   boshlangan.       Shevashunos   olim
Sh.Shoabdurahmonov   badiiy   asar   tilini   adabiyotshunoslik   va   tilshunoslikning
stilistikasi sifatida o‘rganish lozimligini qayd qiladi 13
. 
        Tilshunos   I.Qo‘chqortoyev   esa   ushbu   qaydni   yanada   rivojlantiradi.   Uning
ta’kidlashicha,   “...badiiy   nutq   adabiyotshunoslik   nuqtayi   nazaridan   o‘rganilganda
tadqiqotchining   butun   diqqat-e’tibori   asarning   obrazlar   sistemasiga   qaratilgan
bo‘ladi, buning orqasida mazkur obrazlar qanday lingvistik usul va vositalar bilan
yaratilgani ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi 14
. 
2
  Азадовский   М.К.   Статьи   о   литературе   и   фольклоре.   М.-Л.:Гослитиздат,   1960.   –   547   с.;   ўша   муаллиф:
История русской фольклористики. Т.  II . М.: Учпедгиз, 1963. – 363 б.
3
  Выходцев  П.С. Русская  советская  поэзия и народное  творчество.  Л.:  Наука,  1963, - 549 с.;  ўша муаллиф:
Новаторство. Традиции. Мастерсво. Л.: Наука, 1973. – 528 с.; ўша муаллиф: На стихе двух художественных
культур (Проблема фольклоризма в литературе) / Русский фольклор. Т.  XIX . Л.: Наука, 1979. – С. 3-31.
4
 Агрба В.Б. Абхазская поэзия и устное народное творчество. Тбилиси, 1970. – 158 с.
5
  Емельянов   Л.И.   К   вопросу   о   фольклоризме   древней   русской   литературы   /   Русский   фольклор.   Т.   VII .   Л.:
Наука, 1962; ўша муаллиф: Методологические вопросы фольклористики. Л.: Наука, 1978. – С. 171-197.
6
  Левинтон Г.А. Заметки о фольклоризме Блока / Миф – Фольклор – Литература. Л.: Наука, 1978. – С. 171-
186.
7
 Далгат У.Б. Литература и фольклор. М.: Наука, 1981. – 303.
8
 Горелов А.А. К истолкованию понятия “фольклоризм литературы” /  Русский фольклор. Т.  XIX . Л.: Наука,
1979. – С. 31-49. Ўша муаллиф: Введение / Русская литература и фольклор. Л.: Наука, 1982. – С. 3-11.
9
 Саримсоқов Б. Фольклоризмлар типологиясига доир //  Ўзбек тили ва адабиёти. 1980. №4. 37-45-бетлар.
10
 Норматов У. Насримиз анъаналари. Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1978.  – 216 б.
11
  Собиров   О.   Ўзбек   совет   адабиётида   фольклор   ва   фольклор   анъаналари   /   Ўзбек   совет   фольклори
масалалари. 1-китоб. Тошкент, 1970. 125-143-бетлар.
12
  Ёрматов   И.   Фольклоризмларнинг   типологик   хусусиятлари   /     Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   1982.   №2.   55-58-
бетлар.
13
  Шоабдураҳмонов Ш. “Равшан” достонининг тили ҳақида. // Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги ўрни.
–Т.: Фан, 1971. –Б. 146-172.
14
  Қўчқортоев И. Бадиий нутқ стилистикаси. –Т.: ТошГУ, 1975. –Б.7-8.   
3   Shevashunos X.Doniyorov “Qipchoq shevalarini o‘rganishda xalq dostonlarining
roli” maqolasida dostonlar tilining fonetik xususiyatlariga e’tiborini qaratadi 15
.   
          A.   Ishayevning   “Dostonlar   tilining   ba’zi   bir   xususiyatlari”   maqolasi   Ergash
Jumanbulbul   repertuaridagi   dostonlar   tiliga   bag‘ishlangan.   Shevashunos   olim   bu
tadqiqotida: “Ergash Jumanbulbul dostonlarida faqat hozirgi  o‘zbek adabiy tili va
o‘zbek shevalaridagi morfologik xususiyatlargina emas, balki ayrim turkiy tillarda,
shuningdek,   qadimgi   turkiy   yozma   yodgorliklarda   mavjud   ba’zi   morfologik
xususiyatlar ham saqlangan” 16
, degan xulosaga keladi.    
          D.Abdurahmonov   va   X.Bektemirovlarning   “O’zbek   xalq   dostonlari
onomastikasi”   maqolasida   ham   yaxshigina   kuzatishlar   uchraydi.   Tadqiqotda
parallel   nomlar,   laqablar,   etnonimlar,   ot   nomlari,   ism   qo‘yishdagi   rasm-rusumlar
bilan aloqador qator jihatlar o‘z tahliliga ega bo‘lgan 17
. 
          Keyingi   yillarda   S.Tursunov   “Alpomish”   dostonining   leksik   xususiyatlari”
mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yozib, qator maqolalar e’lon qildi 18
. 
          Ishning   ilk   bobida   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   berilgan   folklorizmlar
aniqlangan   va   ular   T.Mirzayev,   S.Fidokor,   J.Eshonqulov   muallifligidagi
“Alpomish   asarining   izohli   lug‘ati”   hamda   D.Urinbayevaning   “Folklor   asarlariga
xos   so‘zlarning   izohli   lug‘ati”   asarlari   bilan   qiyoslanib   tahlil   qilingan.   Ikkinchi
bobda   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   berilgan   folklorizmlar   leksik-tematik
guruhlarga   ajratilgan   va   ushbu   folklorizmlarning   semantik-stilistik   jihatlari
o‘rganilgan. Oxirgi bobda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan folklorizmlar
qo‘llanilish davri nuqtayi nazaridan chegaralangan hamda chegaralanmagan qatlam
sifatida tadqiq etilgan.
15
  Дониёров Х. Қипчоқ шеваларини ўрганишда халқ достонларининг роли. // Ўзбек халқ ижоди. –Т.: Фан, 
1967. –Б. 162-166.  
16
 Ишаев А. Достонлар тилининг баъзи бир хусусиятлари. // Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги ўрни. –
Т.: Фан, 1971. –Б.179. (173-179)
17
  Абдураҳмонов Д. Бектемиров Х. Ўзбек халқ достонларининг ономастикаси. // Ўзбек халқ ижоди. –Т.: Фан,
1967. –Б.177-197.  
18
  Қаранг: Турсунов С. “Алпомиш достони лексикасини ўрганишга доир. // “Ўзбек тили ва адабиёти”. 1986, 
№3. –Б.36-39.
4           Folklorizmlarni   tadqiq   qilish   jarayonida   “Devonu   lug‘otit-turk”,   “Qadimgi
turkiy   so‘zlar   lug‘ati”,   V.V.Radlov   hamda   L.Z.Budagov   tomonidan   tuzilgan
lug‘atlardan foydalanildi. Bundan tashqari B.Vafoyevning “Ko‘hna so‘zlar tarixi”,
B.To‘ychiboyevning   “Alpomish   va   xalq   tili”   va   “O‘zbek   xalq   shevalari   lug‘ati”
kabi asarlar tadqiqotimiz uchun muhim manbaa bo‘lib xizmat qildi.
         Tadqiqotning obyekti va predmeti.   5 tomlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”,
T.Mirzayev,   J.Eshonqul,   S.Fidokorning   “Alpomish”   dostonining   izohli   lug‘ati,
D.Urinboyevaning “Folklor asarlari tiliga xos so‘zlarning izohli lug‘ati”da berilgan
folklorizmlar tadqiqotning obyekti va predmeti bo‘la oladi.
          Tadqiqotning   maqsad   va   vazifalari.   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da
berilgan   folklorizmlarni   leksikografik   tahlil   qilish   va   ularni   lisoniy   jihatdan
o‘rganish maqsad qilib olindi. Tadqiqotni amalga oshirishda quyidagilarni amalga
oshirish belgilandi:
-Lug‘atlarda berilgan folklorizmlarni leksik tahlil qilish;
-Lug‘atlarda berilgan folklorizmlarni semantik tahlil qilish;
-Lug‘atlarda berilgan folklorizmlarda arxaizmlarni aniqlash;
-Lug‘atlarda berilgan folklorizmlarda istorizmlarni aniqlash.
          Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   Tadqiqotda   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da
berilgan   folklorizmlar   aniqlandi.   Ushbu   folklorizmlar   boshqa   lug‘atlardagi
folklorga oid so‘zlar bilan qiyoslab o‘rganildi. Bu folklorizmlar tematik guruhlarga
ajratildi   va   stilistikasi   yoritildi.   Folklorizmlarning   ishlatilish   davriga   ko‘ra
chegaralangan   hamda   chegaralanmagan   qatlami   ajratilib,   tahlil   qilindi.   Bu
muammolarning ilk marotaba monografik doirada tadqiq etilishi ishimizning ilmiy
yangiligini belgilaydi.
          Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazi.   Dissertatsiya   ishida   badiiy
asarlarda   qo‘llaniladigan   chegaralangan   qatlamning   asosiy   mohiyati   ilk   marotaba
5 “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” materiallari asosida batafsil tadqiq qilindi. Mazkur
qatlamning   hozirgi   davr   badiiy   adabiyotida   qo‘llanilish   xususiyati   bilan   xalq
og‘zaki ijodida ishlatilish sabablarining o‘zaro farqi ochib berildi.   Shu omillardan
kelib chiqqan holda ishning farazi tubandagilardir:  
1. Dostonlar   tilida   folklorizmlar   muhim   o‘rin   tutadi.   Ularning   mintaqaviy
xarakterini yoritish, tasnif qilish va ma’noviy xususiyatlarini ochib berish folklor
yo‘nalishiga muhim ulush qo‘shadi.   
2. Izohli   lug‘atlarda   berilgan   folklorizmlarni   o‘zaro   tahlil   qilish   leksikografiya
sohasining   rivojlanishi   uchun   muhim   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Bu   orqali
folklorizmlarning   lug‘atini   yaratish   va   folklorizmlarning   til   xususiyatlarini
tadqiq etish osonlashadi.
3. Badiiy asarlarda va eposlarda berilgan folklorizmlarning stilistik xususiyatlarini
o‘rganish   va   ularni   semantik   kategoriyalashtirish   zamonaviy   tilshunoslikning
yutuqlaridan biri hisoblanadi. 
4. Chegaralangan qatlamning tadqiq qilinishi badiiy nutqning barkamol chiqishida
ularning   samarali   ta’siri   borligini,   til   boyligining   muhim   zahiralaridan   biri
ekanligini namoyish qiladi.   
          Tadqiqotning   metodikasi   tavsifi.   Tadqiqot   jarayonida   boy   materiallarni   bir
tizimga tushirish, tahlil qilish va umumlashtirish. Ketma-ketlik, mavzuga oid ilmiy
qarashlarni jamlab o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish metodi ustuvorlik qildi.
            Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.   Tadqiqot yechimini
topgan   ishlanmalardan   “Shevashunoslik”,   “Leksikografiya”,     “Leksikologiya”,
“Terminologiya”   kabi   fanlar   bo‘yicha   yoziladigan   darsliklar   va   o‘quv
qo‘llanmalari, shuningdek ilmiy seminarlarda foydalanish mumkin.  
           Ishning tuzilishi.   Magistrlik dissertatsiyasi  kirish, uch asosiy bob, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, umumiy hajmi 80 bet.     
6 I Bob. “O‘zbek tilining izohli lug’ati’’da folklorizmlarning berilishi.
1.1 Folklor lug‘atlarida folklorizmlarning berilishi
                  Folklor   unsurlarining   yozma   adabiyotga   ijodkor   tomonidan   singdirib
yuborilishi   adabiyotshunoslikda   folklorizm   atamasini   yuzaga   keltirgan.
“Folklorizm” so‘zi ilk bor XIX asrda fransuz folklorshunosi Pol Sebiya tomonidan
qo‘llangan.   Bu   termin   “folklor   bilan   qiziqish   va   shug‘ullanish”   ma’nosini
ifodalaydi.   XX   asrning   30   yillariga   kelib   M.K.Azadovskiy   badiiy   adabiyotda   va
publitsistikada   folklordan   foydalanishni   “folklorizm”   deb   atadi.   Shu   asrning   60
yillarida   “folklorizm”   atamasiga   xalqaro   tus   berildi   va   keng   miqyosda   qo‘llana
boshlandi.   O‘zbek   adabiyotida   folklor   va   yozma   adabiyot   o’rtasidagi
munosabatlarni o‘rganish o‘tgan asrning 80-yillarida avj oldi. Bahodir Sarimsoqov
o‘zbek   adabiyotida   birinchilardan   bo‘lib   folklorizm   nazaryasini   ishlab   chiqdi.   U
o‘zining   “Folklorizmlar   tipologiyasi   masalasiga   doir”   maqolasida   shunday   deydi:
“Folklorizm   atamasi   professional   san’atkor   tomonidan   zamonaviy   san’at   va
adabiyotga olib kirilgan folklor materialining tabiatini juda aniq ifodalaydi. Chunki
yozma adabiyot yoki boshqa san’at turlari tarkibidagi folklorga oid barcha material
endi o‘zining tabiiy ravishdagi  yaratilishi, jonli  yashashi  va funksiya bajarishidan
iborat  bo‘lmay,  balki   o‘sha  materialning  professional  ijodkor   tomonidan,   birinchi
navbatda,   davr   talabi,   qolaversa,   uning   ijod   manerasi   va   uslubi   kabilar   bilan
bog‘liq   holda   ijodiy   maqsadi   asosida   izchil   yo‘naltirilgan,   ikkinchi   marta
jonlantirilgan   shaklidan   iborat.   Ikkinchi   jonlanish,   boshqacha   aytganda,   qayta
jonlanish   va   funksiya   bajarish   esa   doimo   folklorizmlarning   birinchi   tabiiy
yaratilish   hamda   funksiya   bajarishidan   ma’lum   darajada   farqlanib   turadi.   Shu
jihatdan qaralsa, yozma adabiyot tarkibida folklor yo‘q, balki folklorizmlar mavjud
deb   xulosa   chiqarish   mumkin.” 19
    Tadqiqotchi   fikrini   davom   ettirib,   dastlab
“folklor” va “folklorizm” atamalarini farqli jihatlarini keltirib o‘tadi. Bu borada O.
Sobirovning tadqiqotlarini biroz tanqid qilib o‘tadi. 
19
 Саримсоқов Б. Фольклор ва ёзма адабиёт муносабатларига доир изланишлар //  Ўзбек тили ва адабиёти. 
1970. №5. –  Б . 85
7            Folklorizm yozma adabiyot paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Biroq, uning
estetik   tabiati   maxsus   o‘rganilmagani   bois,   ilmda   XX   asrdan   hozirgacha
“folklordan   foydalanish”,   “folklor   ta’siri”,   “folklor   an’analari”   kabi   turlicha
istilohiy   birikmalar   orqali   aralash-quralash   holda   ifodalanib   kelinmoqda.   Bu
atamalar   mohiyatan   folklorizm   tushunchasiga   mos   keladi.   Chunki,   folklorizmlar
yozma   adabiyotda   folklor   ta’sirida   folklordan   foydalanish   tufayli   yuzaga   keladi.
Ammo   “folklordan   foydalanish”,   “folklor   ta’siri”   atamalari   o‘ziga   xos   alohida
ma’nolarga   ham   egaki,   ularni   doimiy   ravishda   folklorizm   tushunchasiga   nisbatan
qo‘llash qiyin. Bu muayyan chalkashlikka olib keladi.  
      Folklorizm – yozma adabiyotda qo‘llangan og‘zaki poetik ijod materiali. Ilmiy
adabiyotlarda   folklorizm   “ikkinchi   shakl”   atamasi   bilan   ham   yuritiladi.   Yozma
adabiyotda   qo‘llangan   muallif   yoki   personaj   nutqida   qo‘llangan   xalq   maqollari,
maqol hamda iboralar  oddiy folklorizm  sanaladi.  Ijodkorning folklorga xos tasvir
uslubiga   ergashishi,   folklor     materialidan   o‘z   asarida   foydalanishi,   folklorga
mansub syujet yoki motivni asariga olib kirishi va boshqalar murakkab folklorizm
hisoblanadi. 20
 
          Alloma   Hodi   Zarifov:   “Folklor   asarlarining   ilmiy   va   badiiy  qiymati   ularning
lug‘at boyligi bilan belgilanadi” – degan edi. Xalq dostonlari o‘zbek tili tarixining
serqatlamliligini   va   bo‘yoqdorligini   o‘zida   to‘la   mujassam   etadi.   Shuning   uchun
xalq dostonlarining tilini tadqiq etish, bir tomondan til tarixining qadimiy ildizlari
haqida kengroq ma’lumot bersa, ikkinchi  tomondan hozirgi zamon o‘zbek adabiy
tilini   to‘laqonli   o‘rganishda,   uni   boyitishda   asosiy   omillardan   biri   bo‘lib   xizmat
qiladi. 21
            “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”dan   165   ta   folklorizm   aniqlandi   va   ular
quyidagilar:
ALAG  ʻ folk. ayn.  alag da. 	ʻ Otingmana, alag  bo lma, bo l hushyor. 	ʻ ʻ ʻ "Avazxon".
20
 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Tosh: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi  nashriyoti. 2000-2005. – 23469 b.
21
 Jo‘rayev M., Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. – Tosh. 2017. – 174 b
8 ALP   2  folk.  O zbek xalq dostonlarida g ayri-tabiiy kuch-quvvati, mardligi, jasoratiʻ ʻ
va sh.k. bilan ajralib turadigan qahramon sifati.   O zi ekan nomi ketgan pahlavon,	
ʻ
Alp Avazni ko rdingizmi, onajon. 	
ʻ "Zulfizar bilan Avazxon". ( O‘ TIL .  I tom. 68b)
ANG ISHLAMOQ  	
ʻ folk.   Irg ishlab   o ynamoq,   gijinglamoq.  	ʻ ʻ Ketdi   bedov   ot
ang ishlab, Avazning vaqtini xushlab. 	
ʻ “Intizor”.     Ang ishlaydi Zargarning mingan	ʻ
oti.  “Malikai ayyor”. ( O‘ TIL. I tom. 75b)
ARILLAMOQ   2   folk.   Pishqirmoq   (ot   haqida).   Og zini   karrakday   ochgan,	
ʻ
arillagan   arg imoq   otlarning   har   qaysisi   tomday   keladi.  	
ʻ “Avazxon”.
(O‘TIL. I tom. 90b)
ARQIRAMOQ   folk.   Qudratli   tovush   chiqarmoq,   na ra   tortmoq,   pishqirmoq.	
ʼ
Arqiragan   erday   bo lib,   bordi   devlarning   ustiga.  	
ʻ “Malika y i   ayyor”.   Ar q iragan
sherday bo lib	
ʻ    ot qo y arabning ustiga. 	ʻ “Yunus pari”. ( O‘ TIL. I tom. 97b)
BADIK  II     folk. etn.   Bemorni  so z yoki  ashula  aytish yo li  bilan  davolash usuli;	
ʻ ʻ
duoxonlik,   avrash.   Bunga   so zning   magik   qudratiga   asoslanuvchi   kinna,   badik,	
ʻ
avrash, burey-burey hamda mavsum-marosim qo shiqlaridan “Sust xotin”, “Choy	
ʻ
momo” kabilar mansub.  “O TA”.  (	
ʻ O‘ TIL. I tom. 135b)
BAYDOQ   folk.   1   Tug ,   bayroq.  	
ʻ Ol   baydog i   pirpirab,   K	ʻ e lindi   maydon   ichi n da.
“Erali va Sherali”.   Oqu qizil — ko p baydoqlar  	
ʻ q urildi maydon ichinda.   “Erali va
Sherali”.   Qistab   yetdi   tug -baydoqning   ostiga,   Yusufman   A	
ʻ h madning   otin
Ashirbek.  “Yusuf va Ahmad”.   ( O‘ TIL. I tom. 141b)
BALX(I)   II   folk.   Oq   rangli   ro molning   bir   xili.  	
ʻ Balxi   ro moli   boshidan,   ko zi	ʻ ʻ
to lmasin yoshidan. 	
ʻ “Nurali”. ( O‘ TIL. I tom. 152b)
BAMAZA   [ba..   +   maza]   folk.   Ma noli,   mazmunli;   yoqimli.  	
ʼ Kelganlar   toza
odamlar, har bir gapi bamazalar, kiyganlari tozalar.   “Yusuf va Ahmad”. ( O‘ TIL.
I tom. 154b)
BANGI   [f.   —   bang,   nasha   chekuvchi;   narkoman]   2   ko chma   folk.  	
ʻ Nasha.
Sherobodda men ko rdim Bangi chekkan bangini. 	
ʻ “Nurali”. ( O‘ TIL. I tom. 155b)
BANOT   shv.   f o lk.   ayn.   duxoba.   Havoda   uchib   yurgan   qanot   bo lsam,   Bozorda	
ʻ
yarqiragan   banot   bo lsam.  	
ʻ “Oq   olma,   qizil   olma”.   To rvang   banot,   yeming	ʻ
kishmish,   hay-hay,   taktak,   o zbekning   oti.  	
ʻ “Gulixiromon” .     ( O‘ TIL.   I   tom.   160b)
9 BACHALIK   shv.   folk.   Yoshlik,   bolalik;   tajribasizlik.   Hali   o zi   yosh,   Andakʻ
bachalik   qildi.   “Hasanxon”.   Bachalikdan   qaytarmadim   rayingni..   “Nurali”.
( O‘ TIL. I tom. 181b)
BAHODIR  [ mo g . 	
ʻ ʻ baatar — jasur, qo rqmas] 	ʻ 1  folk.  Jismonan qudratli, pahlavon;
devqomat.   Rustam   baland   bo yli,   keng   yelkali,   bahodir   yigit   bo lib   yetishibdi.	
ʻ ʻ
“Ertaklar”.   Bahodirlar   bu   maydonda   Turish   bermoqqa   havasda.   “Gulshanbog ”.	
ʻ
( O‘ TIL. I tom. 194b)
  BELANG   folk.   ayn.   belangi.   Beli-beli   belang   ot,   Beli   nozik   kurrang   ot.
“Topishmo ql ar”. ( O‘ TIL. I tom. 219b)
  BITBOZLIK     folk.   kam   qo ll.  	
ʻ Bitlarini   boqish,   bitlarini   o ldirish.  	ʻ [Maston
kampir]   Bir   kuni   tomining   orqasiga   chiqib,   oftob   ro yiga   qarab,   bitbozlik   qilib	
ʻ
o tirsa,   Go ro g libek   ohista-ohista   o tib   ketib   borayotir.  	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ E.Jumanbulbul,
Xushkeldi. ( O‘ TIL. I tom. 282b)
BOBO   [f.     —   ota;   buva;   oqsoqol]     6   folk.   Oqsoqol,   otaxon.   Kambag allar	
ʻ
Tog ayni   bobo   ko targan   edi.   U   kambag allarga   bosh   bo lib   turgan   edi.	
ʻ ʻ ʻ ʻ
“Rustamxon”.    ( O‘ TIL. I tom. 291b)
BOVUR   shv.   folk.   1   Bag ir,   jigar;   dil,   ko ngil.  	
ʻ ʻ O ynashgin,   kulishgin   yoshlik	ʻ
davringga,   Haq   muyassar   qiladi   qorday   bovringga.   “Gulixiromon”.   Seni   ko rib,	
ʻ
bolam   tushdi   yodimga,   Bola   deb   jigarim-bovrim   kuyadir.   U.   Po lkan,   Bir   bahor	
ʻ
dostoni. ( O‘ TIL. I tom. 293b)
  BOJRAYMOQ     folk.   Baqraymoq,   baqrayib   qarab   turmoq.   Bojraygan   ko zi	
ʻ
qursin, Yonashtirma aslo bunda.  “Hasanxon”.   ( O‘ TIL. I tom. 297b)
BOYLOV   shv.   folk.   Molni   bog lab   boqish,   semirtirish   usuli.  	
ʻ Ot   boylovda   semi-
rar,   Qo y   haydovda   semirar.  	
ʻ Maqol.   «Oq   olti n imiz   bir   million   tonna   bo lganda,	ʻ
Tarlonni   boylovga   tashladim.   T.   Murod,   Ot   kishnagan   oqshom.   Xabarini   topgan
bandaga Boylovda moli suyunchi.  “Oq olma, qizil olma”. ( O‘ TIL. I tom. 303b)
BORISHLI-KELISHLI   folk.   ayn.   borish-kelish.   Bog bon   bo lib   qizil   gulin	
ʻ ʻ
terayik, Borishli-kelishli bo lib yurayik. 	
ʻ “Yodgor”. ( O‘ TIL. I tom. 315b)
10 BOSILDIRIQ   folk.   Tinchlik   saqlovchi,   osoyishtalik   posboni.   Sho rim   qursin,ʻ
to ramdan   ayrilib   edim,   otamdan   ham   ayrildim,   yomon   bo lsa   ham,   elning	
ʻ ʻ
bosildirig i edi. 	
ʻ “Oysuluv”. ( O‘ TIL. I tom. 319b)
BOSIM III   shv. folk.  Ustun, baland; afzal.  Bosim kelmoq. Bizlardan [parilardan]
odamning suluvi bosim keladi.  “Balogardon”. (O‘TIL. I tom. 320b)
BOSHQARMOQ   5   folk.   Ko rsatmoq,   boshlab  bormoq,  yetakchilik  qilmoq.  	
ʻ Yo l	ʻ
boshqarib,   yaylov   ko rib   boradi,   Ergashtirib   ko chgan   Qo ng irot   elatini.	
ʻ ʻ ʻ ʻ
“Yodgor”.   Hayallamay yo l boshqargin shu zamon, Jo nab ketsin bundan bolang	
ʻ ʻ
Rustamjon.  “Murodxon”. ( O‘ TIL. I tom. 345b)
BOYAKBOR   [f.     —   birdaniga,   bir   martada;   to satdan]  	
ʻ folk.   Yana,   yana   bir   bor.
Otasi   bilan   birga   Avazday   nomdor,   Shodu   xurram   yo l   tortadi   boyakbor.	
ʻ
“Malikayi   ayyor”.   O g il-qizin   esga   olib   merganlar,   Bu   so zlarni   yig‘lab   aytdi	
ʻ ʻ ʻ
boyakbor.  “Malika y i ayyor”. ( O‘ TIL. I tom. 346b)
BOG I 	
ʻ [f.   — mevazor, chamanzor, bo ston] 	ʻ
Orom   bog i  	
ʻ   folk.   ayn.   istirohat   bog i.  	ʻ   Shahri   Tilsimning   qirq   darvozasi   bor.
Qirq orom bog i bor. 	
ʻ “Malikai ayyor”. ( O‘ TIL. I tom. 349b)
BUZARCHI   folk.   ayn.   buzg unchi.  	
ʻ Yo lni   kezgan   guzarchilar,   Tinmay   elni	ʻ
kezarchilar,   Jo n   savdoni   buzarchilar,   Qalpoq   bozori   qaysiydi?  	
ʻ “Ravshan”.
( O‘ TIL. I tom. 362b)
  BULDIRAMOQ   shv.   folk.   Elas-elas,   ayqash-uyqash   bo lib   ko rinmoq.  	
ʻ ʻ Yig lay-	ʻ
yig lay   yosh   yog ildi   yuzimga,   Yorug   dunyo   buldiraydi   ko zimga.  	
ʻ ʻ ʻ ʻ “Yunuspari”.
Chang   asar   qilibdi   mening   o zima,   Suvsizlikdan   yer   buldirar   ko zima.	
ʻ ʻ
“Gulnorpari”. ( O‘ TIL. I tom. 370b)
GALLAMOQ   2   folk.   Aldamoq,   laqillatmoq.   Boy   q izjonning   otasini   aldanglar,
Puli ko p, deb enasini gallanglar. 	
ʻ “Hasan batrak”. ( O‘ TIL. I tom. 479b)
GIRISH     folk.  Yoyning o qni qadab otadigan ipi. 	
ʻ Qaramtadan o n to rt dona o q	ʻ ʻ ʻ
oldi,   Yoyning   girishiga   o qini   soldi.  	
ʻ “Murodxon”.   Shu   yoyni   har   kimsa   ko tarib	ʻ
tursa,   Girishin   to g rilab   nishonga   ursa..  	
ʻ ʻ “Go ro g lining   tug ilishi”.   (	ʻ ʻ ʻ ʻ O‘ TIL .
I tom. 506b)
11 GUZAR   [f.     —   o‘ tish   jo y i;   k o‘ cha,   mahalla]   2   folk.   Y o l.  ʻ Qalmoqlar   yurtiga
guzarim   tushdi.   “Alpomish”.   Guzarimiz   tushsa,   izlab   kelarmiz.   Sulton   bo lgan,	
ʻ
jonim   do stim,   xush   endi.  	
ʻ “Murodxon”.   Kuloh   kiyib,   bo ldim   men   bir   qalandar,	ʻ
Nogahon guzarim tushdi bu shahar.  “Shirin bilan Shakar”. ( O‘ TIL .  I tom. 516b)
GO RISTONLIK  	
ʻ folk.   Go riston.  	ʻ Ko klam   vaqti   edi,   juma   kuni   qarindoshi-	ʻ
mizning   to yiga   borib,   qaytishda   go ristonlik   ichidan   o tib   ketayotganimda,   bir	
ʻ ʻ ʻ
bosh   suyakka   ko zim   tushdi.  	
ʻ “Oltin   olma”.   ( O‘ TIL.   I   tom.   532b)
DAVIR   [f.   —   charm   belbog ;   qayish]  	
ʻ folk.   Ot   ustiga   egardan   keyin   yopiladigan
chochoqli   zarbof   abzal;   yopinchiq.   Bismillo   deb   soldi   otning   ustiga   Chochog i	
ʻ
zumraddan zarli  davirdi.   “Murodxon”.   Ot beliga olib kelib tashladi Qimmatbaho
zar   chochoqli   davirdi.   “Xushkeldi”.   Ot   boradi   arqirab,   Davirlari   yarqirab.
“Ravshan”. ( O‘ TIL. I tom. 536b)
DAVKAR  shv. folk.  Zabardast, devdek.  Buyon keldi yetti navkar, Navkarning bari
davkar.  “Tohir va Zuhra”. ( O‘ TIL. I tom. 537b)
DAGALA   folk.   1   Jun   yoki   qildan   to qilgan   ip,   arqon.  	
ʻ Aymoqlar   dagala   bilan
ularni   [Bahromni   va uning  bolalarini]  urib,  kecha-kunduz  yo l  yurib,  ayni   sahar	
ʻ
vaqtida keldi.  “Zulfizar bilan Avazxon”. ( O‘ TIL. I tom. 543b)
DANAKOR,   donakor   folk.   Vositachi,   vakil.   Momang   donakor   bo lib   ishni	
ʻ
sozlasa, Yotarsan oyimning qorday bag rida. 	
ʻ “Gulixiromon”.  Q abul qilgin, bolam,
shunday   to rani!   Momang   danakor   bo lib   keldi   oraga.  	
ʻ ʻ “Gulixiromon”.   ( O‘ TIL.
I tom. 554b)
DAHMARDA   shv.   folk.   Qo y-mol   boquvchi   xizmatkor.  	
ʻ Bu   maydonda   qo yni	ʻ
boqqan   dahmarda,   biyobonda   bir   nomardni   ko rdingmi?  	
ʻ “Nigor   va   Zamon”.
Boysari  ko chsa,   biz  ham  ko chamiz   deb,  hammasi  cho ponlariga,   yilqichilariga,	
ʻ ʻ ʻ
tuyachilariga   —   hamma   dahmardalariga   odam   yubordi.   “Alpomish”.   ( O‘ TIL.
I tom. 582b)
DILJAM  [dil +  a.  — to planish,birlashish]  	
ʻ folk.  Ko ngli joyiga tushgan, xotirjam,	ʻ
osoyishta.     Ana   endi   ko ngli   diljam   bo lib,   Yovmit   eliga   Go ro g libek   uch   kun	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
to y-tomosha   berib,   o z   ishida   bo ldi.  	
ʻ ʻ ʻ “Yunus   pari”.   Olib   kelib,   dorga   tortib
o ldirib, Ko nglimni diljam qilinglar. 
ʻ ʻ “Yusuf va Ahmad”. ( O‘ TIL. I tom. 615b)
12 DIRDIKKA   folk.   Ot   ustiga   solinadigan   bezakli   yopqich.   Otga   soldi   dirdikka,
Qo yil bo ling erlikka. ʻ “Xushkeldi”. ( O‘ TIL. I tom. 625b)
  DOV   IV   folk.   Urush, janjal; kurashuv, olishuv.   Yer tovsiz bo lmas, El — dovsiz.	
ʻ
Maqol.  Yomon xotin olganning dovi uyida.  Maqol. ( O‘ TIL. I tom. 632b)
DOL I     folk.   1   Tik, tikka, adil.   Dol qomat. sht  Dol bo yingdan menday momong	
ʻ
o rgilsin, Er yigit suygani nozli gul bo lsin.  	
ʻ ʻ “Nigor va Zamon”.   Oy tomosha qilar
osmondan Hovlilarni har tun dol turib.  U.Qo chqor, Hayajonga ko milgan dunyo.	
ʻ ʻ
( O‘ TIL. I tom. 639b)
DUBIR , dubur  shv. folk.  Yurganda yoki chopganda eshitiluvchi past, bo g iq ovoz;	
ʻ ʻ
dupur (ko proq otlar haqida).  	
ʻ Go ro g lining qo shiniga otlarning dubiri eshitildi.	ʻ ʻ ʻ ʻ
“Gulnorpari”.   Yurganda otning dubiri yerni qimirlatib ketdi.   “Hasanxon”.   Birdan
quloqlariga   otlarning   duburi   keldi.   “Go ro g lining   tug ilishi”.   (O‘TIL.   I   tom.	
ʻ ʻ ʻ ʻ
654b)
DUSTUMAN   shv.   folk.   To nkarilgan   holda,   yuzi   pastga   qarab   (yotmoq,   yiqil-	
ʻ
moq).   Olish   ko rganmisiz   o zi?!   Dustuman   bo lmasa,   hisob   emas.  	
ʻ ʻ ʻ “Yoshlik”.
Podsho taxti oldiga borib, dustuman yiqildi.  “Kuntug mish”. (	
ʻ O‘ TIL. I tom. 669b)
DO NA-D	
ʻ O‘ NA   shv.   folk.   Yopirilgan,   dahshat   solgan   holda.   Boringlar   siz
dushmana   do na-do na.  	
ʻ ʻ “Intizor”.   Och   sherdayin   do na-do na   Ot   qo yinglar,	ʻ ʻ ʻ
beklar, g azoga. 	
ʻ “Yusuf va Ahmad”. ( O‘ TIL. I tom. 674b)
YOBI   [f.   —   yuk   tashuvchi,   nasli   past   ot]   folk.   Nasli   past,   xashaki   ot.   Bu
so zlaring,   Aynoq,   bekor   ekandir.   Yobi   dema,   shu   ot   tulpor   ekandir.  	
ʻ “Ravshan”.
[O‘TIL.         2 tom. 22 b]
YOVGARCHILIK     folk.   1   Jang,   urush   ho lati.   -Nega   uyingda   beg am   yotibsan,	
ʻ
ustimizda   shuncha   yovgarchilik   bor,   —   dedi   Oqbo ta.  	
ʻ “Oysuluv”.   Yovgarchilik
bo ldi   endi,   yoronlar,   G ayrat   qiling,   Chambilga   yov   yo latmang.  	
ʻ ʻ ʻ “Go ro g li”.	ʻ ʻ ʻ
[O TIL. 2 tom. 24 b]	
ʻ
YOVLAMOQ     folk.   Hujum   qilmoq,   bostirib   bormoq.   Dushman   ko rsang,   izdan	
ʻ
qo ymay   quvlagin,   sag ir   ko rsang,   aning  ko nglin   ovlagin,  Qarshi	
ʻ ʻ ʻ ʻ   dushmanning
yurtiga   yovlagin,   Elingga   el   qo shib   yurgin,   Erali.  	
ʻ “Erali   va   Sherali”.   Odilxon
13 podshoh   Qovushtirxonning   yurtiga   yovlab   bordi   va   uni   o ldirdi.  ʻ “Go ro g li”.	ʻ ʻ ʻ
[O TIL. 2 tom. 24 b]	
ʻ
YOV-YAROQ   folk.   Qurol-aslaha,   qurollar.   Uzoqdan   yov-yaroq   taqqan
kishilarning   qorasi   ko rinib   qoldi.  	
ʻ “Yodgor”.   Yov-yaroqni,   ot-anjomni
shaylanglar,   Imtihon   kun   xonga   qo ying   darakni.  	
ʻ “Yusuf   va   Ahmad”.   [O TIL.	ʻ
2 tom. 25 b]
YOZMOQ   II   2   folk.   Bayon   qilmoq,   aytmoq;   ifodalamoq.   Sharhi   dilim   kimga
yozsam, Shakar deb dunyoni kezsam.  “Shirin bilan Shakar”.  [O TIL. 2 tom. 28 b]	
ʻ
YOYLAMOQ    folk.  I   Yayramoq, miriqib dam  olmoq . Mening tushim doim sening
yayloving, Y o ylay ko rgin, yorim, davron seniki. 	
ʻ “Ravshan”.  [O TIL. 2 tom. 31 b]	ʻ
Sochini   yoymoq   shv.   folk.   Motam   tutmoq;   g am   alamda   qolmoq.  	
ʻ Birov   o lsa,	ʻ
qolgan   qovog in   uyar,   Qarindoshi   bo zlab,   sochini   yoyar.  	
ʻ ʻ “Hasanxon”.   O‘ lib
ketsang, yurting bo lar besohib, Enang, singling qolar sochini yoyib. 	
ʻ “Murodxon”.
[O TIL. 2 tom. 31 b]	
ʻ
YORLASHMOQ  folk.  Yordamlashmoq, ko maklashmoq. 	
ʻ Komil bo lib, elga ko p	ʻ ʻ
aralashdi,   Ish   o rganib,   bir   nechaga   yorlashdi.  	
ʻ Ergash   Jumanbulbul   o g li.	ʻ ʻ
[O TIL	
ʻ .  2 tom .  46 b]
YORG I   I  	
ʻ shv.   folk.   Jarima.   Olib  borib   xon   Dallin in g  otasi,   Besh   yuz   tilla  meni
yorg i   ayladi.  	
ʻ “Ravshan”.   Shu   kecha   yorga   borib   tutilganim,   Ming   tanga   yorg i	ʻ
berib  q utulganim.  “Qo shiqlar”. 	
ʻ [O TIL. 2 tom. 49 b]	ʻ
Jonini   yoqmoq   folk.   Hayajonga   solmoq;   ishq   o tida   kuydirmoq.  	
ʻ Shu   elatda   bir
bola bor, Bay-bay, jonimni yoqadi.  “Oq olma, qizil olma”.   [O TIL. 2 tom. 56 b]	
ʻ
YOQTI     folk.   Yorug ,   nurli.  	
ʻ Necha   shohlar   o tdi   foniy   dunyoda,   Ba zisi   otli,	ʻ ʼ
ba zisi   piyoda.   Xo p   kayfingni   surgin   yoqti   dunyoda.  	
ʼ ʻ Islom   shoir.   Umrim   boqiy
bo lsa   yoqti   olamda,   O ynab   borib,   Xiromonni   olaman.  
ʻ ʻ “Gulixiromon”.   [O TIL.	ʻ
2 tom. 56 b]
14 JAZOYIL     folk.   Miltiqning bir turi; kichik to p, zambarak.  ʻ Og zi katta jazoyillar	ʻ
o tildi   maydon   ichinda.   “Erali   va   Sherali”.   Shoh   kelguncha   ochilmaydi   darvoza,
Zulm qilsang, jazoyildan otaman.  “Rustam”.   [O TIL	
ʻ .  2 tom .  66 b]
JAYNAMOQ     folk.   Yashnamoq,   gul-gul   ochilmoq.   Sahar   vaqti   mayna   gulday
jaynading,   Osoyishta   tanda   jonim   qiynading.   “Ravshan”.   Qiz,   xotinlar   aralash
bo p   o ynaydi,   Qizil   gulday   bo lib   bari   jaynaydi.  	
ʻ ʻ ʻ “Yusuf   va   Ahmad”.   [O TIL	ʻ .
2 tom .  66 b]
JAMALAK    2  folk.  Soxta kokil.  Kal qiz ham, qirqta qizni o ziga yollab olib, qora	
ʻ
iplardan orqasiga jamalak qilib, bu ham mis patnislarga solib, ko tartirib jo nadi.	
ʻ ʻ
“Murodxon”.  [O TIL. 2 tom. 67 b]	
ʻ
JANA   folk.   shv.   Do ng,   tepa.  	
ʻ Bir   lochinman,   qanotimdan   qayrildim,   Yomg ir	ʻ
yog may, jana yerda 	
ʻ toyrildim.    “Gulixiromon”.   [O TIL. 2 tom. 69 b]	ʻ
JAPS  folk.  Bir-biri bilan zich bog langan; jips, zich. 	
ʻ Japs bo lib 	ʻ   i kkoving ham bir-
biringga   intizor,   Oshiqlarning   so zi   shunday   japs   kelar.  	
ʻ “Alpomish”.   [O TIL.	ʻ
2 tom. 73 b]
JAHALDIRIK    folk. ayn.   jazliq.   Chirgining ustidan qo ydi bellikni, Boz ustidan	
ʻ
tashlab jahaldirikni.  “Alpomish”.   [O TIL	
ʻ .  2 tom .  77 b]
JAHONNAMO   [jahon   +   f.   L»i.   -   ko rsatuvchi]  	
ʻ folk.   Jahonning   istagan   yerini
ko rsatuvchi ko zgu; oynai jahon. 	
ʻ ʻ Televizor degan jahonnamo chiqibdi, maza qilib
ko rib turibmiz - dedi Yo ldosh bobo. 
ʻ ʻ Yo. Shukurov, Do stlar.	ʻ  [O TIL. 2 tom. 79 b]	ʻ
JEVA  folk.  Qurol-aslaha.  [O TIL. 2 tom. 79 b]	
ʻ
JEVAXONA     folk.   1   Qurol-aslahaxona.   Askar   jevaxonadan   birqillatib   to pni	
ʻ
otayotibdi.  “Hasanxon”.  [O TIL. 2 tom. 80 b]	
ʻ
JEVACHI    folk.   Qurol-aslahaxona boshlig i.  	
ʻ Bo ylari munosib qaddu bo yingga,	ʻ ʻ
Qorovul jevachilaring bilmasin.  “Gulixiromon”. [O TIL. 2 tom. 80 b]
ʻ
15 JIZZIQ   folk.   ayn.   jizza.   Quyruq   to g raganlar   yeydi   jizziqdi,   bu   uzukni   bildim,ʻ ʻ
ko ngli buzuqdir. 	
ʻ “Hasanxon”.   [O TIL. 2 tom. 83 b]	ʻ
JILAVUQ    folk.  Yig loqi. 	
ʻ   Enalariparvarish qilib yurdi. Bular chaqaloq vaqtidan
jilavuq bo ldi. 	
ʻ “Bahrom va Gulandom”.  [O TIL. 2 tom. 85 b]	ʻ
JILAMOQ   folk.   Yig lamoq.  	
ʻ Ko kda   bulut   buni   ko rdi   —   jiladi,   Baland   tog lar	ʻ ʻ ʻ
o pirilib qoladi. 	
ʻ “Oysuluv”.  [O TIL. 2 tom. 85 b]	ʻ
JILPITMOQ   folk.   Sakratmoq.   Ariq   kelsa   irg itdi,   Jilg a   kelsa   jilpitdi,   Har   kuni	
ʻ ʻ
ikki mahal Otdan tushib o tlatdi. 	
ʻ “Oysuluv”.  [O TIL. 2 tom. 88 b]	ʻ
JIMMA-JIMMA  folk.  Ko p-ko p, juda ko p. 	
ʻ ʻ ʻ Quloq sol, to rajon, aytgan so zima,	ʻ ʻ
Jimma-jimma   yoshim   to lgan   ko zima.   Xolbekani   men   ko rsatsam,   to rajon,	
ʻ ʻ ʻ ʻ
Kirasiga ne berasan o zima? 	
ʻ “Kuntug mish”.  	ʻ [O TIL. 2 tom. 90 b]	ʻ
JIG OVUL  	
ʻ folk.   Ov   qushining   bo yin   bog i.  	ʻ ʻ Qarchig ay   bo yniga   taqdim	ʻ ʻ
jig ovul, Xizmatimda saf hudaychi, shig ovul. 	
ʻ ʻ “Xushkeldi”.  [O TIL. 2 tom. 97 b]	ʻ
JUVONBOZ   \f.   iWo 1
^   ~   yosh
  bola
  bi
"   lan   o ynovchi]  	
ʻ folk.   Bachchaboz,   bolaboz,
besoqolboz.   Tushibsan   ko p   gozirgonning   qo liga,   Na   ishlar   aylading   tog ning	
ʻ ʻ ʻ
cho liga, Qaytib tushding juvonbozlar qo liga, Ozod bo lding, endi ketgin elingga.	
ʻ ʻ ʻ
“Erali va Sherali”.  [O TIL. 2 tom. 110 b]	
ʻ
JUVORI   folk.   Jo xori.  	
ʻ Kesganda   juvorini,   poya   bo lur,   Boshingga   bitta   ro mol	ʻ ʻ
soya bo lur. 	
ʻ “Oq olma, qizil olma”.   [O TIL	ʻ .  2 tom .  111 b]
JUL   3   folk.   Ot   yopig i,   yopiq.  	
ʻ Bizning   qo lda   tulpor   otlar   boqilsin,   Suluvlansa,	ʻ
baxmal   jullar   yopilsin.   “Nigor   va   Zamon”.   Aka,   oting   uch   yashar,   Urama   jullar
yarashar.  “Oq olma, qizil olma”.   [O TIL	
ʻ .  2 tom .  112 b]
JUMARD   folk.   q.   juvonmard   1.   Yo qchilik   jumardning   ko zin   o yama?	
ʻ ʻ ʻ
Qo lingdan kelganin qilgin, ayama! 	
ʻ “Ravshan”.   [O TIL. 2 tom. 112 b]	ʻ
16 JUMLA   [ a.—   hamma;  barcha,  jami;  ran ]       3   folk.   Bir  turdagi  narsa,   ho disa  yoki
kishilarning hammasi,  barchasi;  yig indisi.  ʻ O ‘ zingiz  otasiz  jumla  kishiga,  Qutlug ‘
bo lsin sizning taxti poyingiz. 	
ʻ “Erali va Sherali”.  [O TIL. 2 tom. 113 b]	ʻ
JUMUR 2  folk.  Ba zi doston yoki ertak qahramonlari o zini tanitmaslik maqsadida	
ʼ ʻ
kal   bo lib  ko rinish   uchun   qo y  qornining   teska	
ʻ ʻ ʻ ri   tomonidan  yasab   olgan   qalpoq.
Boshida jumuri, tanida janda.  “Nigor va Zamon”.   [O TIL. 2 tom. 113 b]	
ʻ
JO YBOR	
ʻ   [ ariq va daryolar ko p joy; ariq] 	ʻ folk.  1  Daryo, ariq.
2   ko chma  	
ʻ Ko z yoshi.  	ʻ G amni  ko rgan kishin jo ybori  oqar, Ado bo lmas savdo	ʻ ʻ ʻ ʻ
tushdi boshima.  “Erali va Sherali”.  [O TIL. 2 tom. 117 b]	
ʻ
JO NAG AR  	
ʻ ʻ folk.   Tog da   yolg izoyoq   og ir   yo l.  	ʻ ʻ ʻ ʻ Yurgan   yo ling   adir   emas,	ʻ
jo nag ay. 	
ʻ ʻ “Alpomish”.  [O TIL. 2 tom. 117 b]	ʻ
JO NG    	
ʻ folk.   Bir   o rkachli   tuya.  	ʻ Bo ta   o lsa,   jo ng   tuyalar   bo zlaydi,   Olqor	ʻ ʻ ʻ ʻ
qochsa, baland tog ni ko zlaydi. 	
ʻ ʻ “Hasanxon”.  [O TIL. 2 tom. 118 b]	ʻ
ZARLI   folk. Zar qo shib tikilgan. Ravshanbek ayni o n uch yoshida, Zarli qalpoq	
ʻ ʻ
boshida.   “Ravshan”.   Tangrim   kechirsinda   qilgan   xatomni,   Belima   boylayin   zarli
po tamni. “Bahrom va Gulandom”.	
ʻ  [O TIL. 2 tom. 138 b]	ʻ
ZAHRA   [o t,   safro]   2  	
ʻ folk.   Jur at,   jasorat,   shijoat.   Buni   ko rib,   xalqda   zahra	ʼ ʻ
qolmadi, Har tarafga endi qocha boshladi. “Folklor”.  [O TIL. 2 tom. 144 b]	
ʻ
ZUL   folk . ayn. jul. Ayil pushtasini  yeshdi  bedovning, Shipirib ustidan oldi  zulini.
“Xushkeldi”.  [O TIL. 2 tom. 163 b]	
ʻ
ZULFAKDOR   [   gajagi   bor]   folk.   Gajakdor,   gajakli.   Zulfakdor   qiz.   Bu   so zlarni	
ʻ
aytma,   Gulgun   zulfakdor,   Men   ham   o z   yurtimda   davron   suraman.   “Shirin   bilan	
ʻ
Shakar”.  [O TIL. 2 tom. 164 b]	
ʻ
ZURABOR   folk.   Zo ravon.  	
ʻ Birmashakat   —   elda   o zim   zo rabor,   Hech   mahal	ʻ ʻ
bo lmaysan   menga   barobar.	
ʻ   “Yodgor”.   Atrofingda   Temur   shohdir   zo rabor,	ʻ
Rustamdayin uning zo rabori bor.	
ʻ  “Murodxon”.  [O TIL. 2 tom. 167 b]	ʻ
17 YO‘QCHI   shv.   folk.   Yo qlovchi,   so rovchi,   qidirib   izlovchi.   Darvozaga   kelibʻ ʻ
turgan yosh o g lon, Yo qchimisan, yo qlaganing bormidi?  “Tohir va Zuhra”. Shu	
ʻ ʻ ʻ ʻ
galaga bizning bir moya kelgan, Moyaning yo qchisi, nori bo laman. “Alpomish”.	
ʻ ʻ
[O TIL. 2 tom. 287 b]	
ʻ
KAYVON   [Zuhal   (Saturn)   yulduzi]   2   folk.   Baland   ayvon.   Unda   ham   ko shku	
ʻ
ayvon, Zarvaraqli oltin kayvon, Ziyodonlar alvon alvon. “Ravshan”.  [O TIL. 2 tom.	
ʻ
293 b]
KALTAK     3   folk.   To qmoq,   cho qmor;   gurzi.   To qson   botmon   cho yan   kaltak	
ʻ ʻ ʻ ʻ
qo limda.   “Shirin   bilan   Shakar”.   Ko kaldoshning   taqimida   besh   yuz   botmon	
ʻ ʻ
kaltagi. “Alpomish”.  [O TIL. 2 tom. 302 b]	
ʻ
KIRAVKA   folk.   Nimchaga   o xshash,   ko pincha   sovut   ostidan   kiyiladigan,	
ʻ ʻ
metalldan yoki qattiq narsadan qilingan urush kiyimi. Ne polvonlar qaddi yoyday
bukildi   maydon   ichinda.   Nayza   tegib,   kiravkalar   so kildi   maydon   ichinda.	
ʻ
“Ravshan”.   [O TIL	
ʻ .  2 tom .  372 b]
KOYISH   3   folk .   Umuman,   urinish,   koyinishli   holat,   qiyin,   g am	
ʻ tashvishli   holat.
Tuhmat bilan qoldik ushbu koyishga. Otamiz haydatdi bu ulug  dashtga. “Erali va
ʻ
Sherali”.   Koyishlarim   bo ldi   mening  ziyoda,  Sening  uchun  voyim  ortdi   dunyoda.	
ʻ
“Oysuluv”.   Falakka   yetar   nolishing,   Ko p   bo ldi,   ena,   koyishing.   “Murodxon”.	
ʻ ʻ
[O TIL. 2 tom. 387 b]	
ʻ
MASTON   II   folk.   Ayyor,   jodugar   (xotinlar   haqida).   Xabardor   bo l.   Shirvonning	
ʻ
ko p   mastoni,   Mastonlardan   xabardor   bo l,   Ravshanjon!   “Ravshan”.   [O TIL.	
ʻ ʻ ʻ
2 tom 554 b]
NAYZADAST  [qo lida nayza ushlagan, nayzasi bor]  	
ʻ folk.  Nayza ko targan, abjir.	ʻ
Qoraxon   podsho   saltanatli   beklar   bilan   necha   nayzadast   botiri   bilan,   jilovdor
shotiri bilan bog ning ustidan kelib qoldi. 	
ʻ “Orzigul”. [O TIL. 3 tom. 13 b]	ʻ
NIGIN   [f.   -   uzuk;   uzukka   qo yilgan   qimmatbaho   tosh]  	
ʻ folk.   ayn.   uzuk.   Endi
Ravshanbek ko zining yoshini artib, shunday niginga qarasa, niginning yuzida xati	
ʻ
bor.  “Ravshan”. [O TIL. 3 tom. 36 b]	
ʻ
18 OBDOR   [f.   —   suvli,   suvi   ko p;   jilo   berilgan]  ʻ 3   folk.   Suv   berilgan,   yaxshi
toblangan,   o tkir   (qilich,   pichoq   va   sh.k.   haqida).   Qosimxon   shohning   achchig i	
ʻ ʻ
kelib,   har   tuki   obdorday   bo lib,   qiziga   bir   so z   dedi.	
ʻ ʻ   “Zulfizar   bilan   Avazxon”.
Har bir tukim bir xanjari obdor bo ldi.	
ʻ  A. Qodiriy, Kichik asarlar.  [O TIL. 3 tom.	ʻ
71 b]
OMONLASHMOQ   2  shv. folk . Vidolashmoq, xayrlashmoq.  Xoldor ketar bo ldi,	
ʻ
beklar,   dunyodan,   Rozilanib,   omonlashib   qolinglar.   Ergash   Jumanbulbul.   Ana
shunday   qilib,   Murodxon   singlisi   bilan   omonlashib,   yo lga   tushib   jo nayverdi.	
ʻ ʻ
“Murodxon”. [O TIL. 3 tom. 124 b]	
ʻ
PALAKQUSH   folk.   Qush   ko rinishga   ega   bo lgan   afsonaviy   uchar   ot.  	
ʻ ʻ To rt   qiz	ʻ
palakqushga   minib,   to qqiz   kecha	
ʻ kunduzda   Chambilga   yetdilar.   “Zulfizar   bilan
Avazxon”. [O TIL. 3 tom. 207 b]	
ʻ
PALANG   I   [qoplon;   yo lbars]   2	
ʻ .   Palang   ot   folk.   Afsonaviy   uchar   ot.   Kelib,
palang   otni   sozlab   ko radi,   Palang   otni   minib,   bundan   jo nadi.	
ʻ ʻ   “Shirin   bilan
Shakar”.   Palang   otday   g uvlab   borasan,   Bulut   pastda,   osmon   yorasan.   Qachon	
ʻ
yerga   pastlab   borasan?Uch-ho,   uchgil,   davrimning   oti.   Otayor,   Oq   fasl.   [O TIL.	
ʻ
3 tom 207 b]
PARQIN   folk . Otning qo ltig i, qo ltiq (afsonaviy “uchar” otda qanot o rnashgan	
ʻ ʻ ʻ ʻ
joy).   Shakarbekning   mingan   oti   Har   tarafga   olib   qochdi,   Parqinidan   ko pik	
ʻ
sochdi.  “Shirin bilan Shakar”. [O TIL. 3 tom. 231 b]	
ʻ
PIYODALAB   folk.   Piyoda   yurib,   piyoda,   yayov.   Ot-arava   cho lda   qolib   ketadi,	
ʻ
Piyodalab   shoh   qoshiga   yetadi.   “Alpomish”.   Piyodalab   Haqiq   tog dan   jo nadi,	
ʻ ʻ
Borar yerning tayinini bilmadi.  “Shirin bilan Shakar”. [O TIL. 3 tom. 255 b]	
ʻ
PIROQ   [asli   buroq ]   folk.   Afsonaviy  uchar  ot.   Asli  zoting  sening  piroq,  Arzirum
shahar ko p yiroq; Kelgin yuganga sen tezroq. 	
ʻ “Nigor va Zamon”.  Eshon bedovga
qamchilar   urib,   tinmayin   cho lda   yurib,   choptirib   piroq   otdi,   kun   tushlikda	
ʻ
Maymanoqqa yetdi, supa bo yida otni to xtatdi.	
ʻ ʻ  “Zulfizar bilan Avazxon”.  Yonida
19 bor   kesadigan   yarog i,   Yulduzni   ko zlaydi   mingan   pirog i.ʻ ʻ ʻ   “Erali   va   Sherali”.
[O TIL. 3 tom. 263 b]	
ʻ
PO LAT
ʻ   [f. — juda qattiq kulrang metall] 2   folk.   Qilich, shamshir. Olmos po lat	ʻ
bog lab   men   ham   belimdan,   Dev   izlab   chiqqanman   o sgan   elimdan.   “Malikayi	
ʻ ʻ
ayyor”.   Po lat   bilan   qirdi   devni,   keskir   xanjarini   urdi,   yalang ochlab   qilich   soldi.	
ʻ ʻ
“Malikayi ayyor”.  [O TIL. 3 tom. 328 b]	
ʻ
SAVASH   2   folk.   Urush,   jang.   Savash   bo lsa,   tortiladi   parli   yoy..	
ʻ   “Murodxon”.
Dushman   kelsa,   undan   so ng   savash   qilsak,   Sherday   bo p,   Avazni   o rtaga   olsak.	
ʻ ʻ ʻ
“Gulnorpari”. [O TIL. 3 tom. 231 b]	
ʻ
SAVASHMOQ     2   folk.   Urushmoq,   jang   qilmoq.   “Qani,   polvon   bo lsang,	
ʻ
maydonga chiq, kelinglar, savashamiz, kuch sinashamiz!” — deydi.   “Murodxon”.
Mard o g lonlar dushman bilan savashar. 	
ʻ ʻ “Hasanxon”. [O TIL. 3 tom. 413 b]	ʻ
SADDI-BAST  [sad(d) + f. - birikish; to g on]  	
ʻ ʻ folk.  Bo y-bast, qaddi	ʻ qomat.  Bir bir
bosib,   Ravshanning   oldiga   kelib,   saddi bastiga,   baland pastiga   qarab,   “xo p   yigit	
ʻ
ekan”, deb Oqqiz ko p behuzur bo ldi.	
ʻ ʻ  “Ravshan”.  [O TIL. 3 tom. 418 b]	ʻ
SAYRON   [sayr tomoshalar]   folk.   Sayrlar,   sayr tomoshalar.   Ko hi   qofni   sayron,	
ʻ
Devlarni   hayron   qilgan,   To xtamish   Qora   devning   Makonin   vayron   qilgan	
ʻ
Go ro g li   qattoli   shudir,   Odamxo r   battoli   shudir.   Ergash   Jumanbulbul   o g li,	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
Xushkeldi. Qush solib ovlagin oydin ko llarni, Sayron qilgin zap ochilgan gullarni.	
ʻ
“Ravshan”. [O TIL. 3 tom. 424 b]	
ʻ
SARJIG A	
ʻ   [f.+ t . folk.   Bosh kiyimiga taqiladigan jig a.  	ʻ Barchin Ko kaldoshning	ʻ
boshidagi   sarjig ani   ko rib,   alplarning   zo ri   shu   —   Ko kaldosh   ekanini   bilib,	
ʻ ʻ ʻ ʻ
alplarga   qarab,   olti   oyga   muhlat   so rab,   bir   so z   deb   turgan   ekan.	
ʻ ʻ   “Alpomish”.
[O TIL. 3 tom. 449 b]	
ʻ
SELOB   [suv]   Selob yosh   yoki   ko z selobi	
ʻ   shv.   folk.   Duvduv yosh.   Oh urganda,
ko zdan   oqar   selob   yosh,   Zolim   bilan   hargiz   bo lmanglar   yo ldosh.	
ʻ ʻ ʻ   “Alpomish”.
[O TIL. 3 tom. 477 b]
ʻ
20 SIDQI   folk.   Rost,   haqiqiy;   rostakamiga,   chin  ko ngildan,   dildan   qilinadigan   yokiʻ
aytiladigan.   Sidqi   qasamlardan   ont   aytib,   va dani   qattiq   qilib   do st   bo ldi.
ʼ ʻ ʻ
“Murodxon”.   Enasi   o g illariga:-   Ena   degan   tilingdan   men,   sho r   bebaxt,   Sidqi	
ʻ ʻ ʻ
yig la,   pirim   kelsin   tezroq.	
ʻ   “Erali   va   Sherali”.   .. Endi   sidqi   so rashaylik   siz   bilan,	ʻ
O z yurtimda ona-otam omonmi 	
ʻ ? “Zulfizar bilan Avazxon”. [O TIL. 3 tom. 494 b]	ʻ
SIMBAT   folk .   ayn.   sumbat.   Menga   ham   beribdi   sinu   simbatni,   Men   ne   qilay
davlati yo q kelbatni?!	
ʻ “Ravshan”. [O TIL. 3 tom. 505 b]	ʻ
SINCHI   folk.   Otlarning   zotini,   naslini,   yoshini,   fe l-atvorini   yaxshi   biladigan	
ʼ
odam.   [Sherbek]   Otning   zotini   Yo ldosh   novchaday   biladigan   sinchi   yo qligiga	
ʻ ʻ
iqror   bo lsa-da,   biror   marta   nomini   og ziga   olmagan   edi.   S.   Anorboyev,   Oqsoy.	
ʻ ʻ
Sinchi,   otning   ta rifini   qilib,   “chini   shul”   deb,   bir   so z   aytib   turgan   ekan..	
ʼ ʻ
“Alpomish”. [O TIL. 3tom. 517 b]	
ʻ
SOP   III   folk.   Eng   zo r,   asl.  	
ʻ O n   ming   uyli   qo ng irot   elining   mana   man   degan	ʻ ʻ ʻ
boyvachchalari  o z kayfu safosi bilan o tirib edi.	
ʻ ʻ  “Alpomish”. [O TIL. 3 tom. 553	ʻ
b]
SURISH     2   folk.   Jang, urush.   Olomondan necha o lib, Juda qirg in surish bo ldi.	
ʻ ʻ ʻ
“Folklor”. [O TIL. 3 tom. 592 b]	
ʻ
SURSAT   esk. folk.  O lpon, soliq. 	
ʻ Uchqur eding, qanotingdan qayrilding, Yuguruk
bo lsang,   tuyog ingdan   tayrilding,   Biz   ovqatdan,   sen   sursatdan   ayrilding.	
ʻ ʻ
“Alpomish”. [O TIL. 3 tom. 595 b]	
ʻ
SO RAMOQ  	
ʻ 11   folk.   Idora   etmoq;   hokimlik,   hukmronlik   qilmoq.   Yurtni
so ramoq.
ʻ     Bu   boshimga   xos   sallani   o rayman,   Omon   bo lsam,   mamlakatni	ʻ ʻ
so rayman. 	
ʻ “Erali va Sherali”.  Chambilbelni so rab yotgan zo r sulton, O g il yoki	ʻ ʻ ʻ ʻ
qiz ko rmadi Yunusdan. 	
ʻ “Malikayi ayyor”. [O TIL. 3 tom. 618 b]	ʻ
TAVIR   folk.   Dikkakdan   kichik,   uzun   sochoqli,   egar   ostida   ikki   yoqqa   yoyib
tashlanadigan ot abzali. [O TIL. 3 tom. 631 b]	
ʻ
21 TARAF   [chet,   chekka,   uch;   oxirgi,   so nggi   nuqta;   chekka   joy;   yon,   tomon)   ayn.ʻ
tomon   3   folk.   Dushman, g anim. Qashshoqlarga  boylar  ko p taraf  bo ldi. Ergash	
ʻ ʻ ʻ
Jumanbulbul   o g li.  	
ʻ ʻ Men   o lmasam,   taraf   bosmas   izingni.	ʻ   “Yusuf   va   Ahmad”.
[O TIL. 3 tom. 675 b]	
ʻ
  TARAQQOS   [sakrash,   tipirchilash;   o yinga,   raqsga   tushish]  	
ʻ Taraqqos
boylamoq   folk.   Gijinglab   turmoq   (ot   haqida);   noz-ishva   qilmoq.   G irot   Avazni	
ʻ
ko rib,   uchadigan   qushday,   har   ko zi   tarkashday,   yulduzni   ko zlab,   taraqqos	
ʻ ʻ ʻ
boylab o ynay berdi.	
ʻ  “Balogardon”.  [O TIL. 3 tom. 678 b]	ʻ
TARKASH   [o qson,   tirdon,   sadoq]  	
ʻ folk.   Piyola,   kosa   kabi   sopol   idishlarni
sinishdan   saqlash   uchun   teri   (charm)   yoki   yog ochdan   qubba   shaklida   yasalgan	
ʻ
g ilof.  	
ʻ G irot   Avazni   ko rib,   uchadigan   qushday,   quloqlari   qamishday,   har   ko zi	ʻ ʻ ʻ
tarkashday, yulduzni ko zlab o ynay berdi. 	
ʻ ʻ “Balogardon”. [O TIL. 3 tom. 683 b]	ʻ
TA TIL	
ʼ  II shv. folk. Ovqat, yegulik; nonushta; ovqatlanish. [O TIL. 4 tom. 32 b]	ʻ
TENGQUR     2   folk.   Munosib,   muvofiq,   mos.   Menga   tengqur   bo lolmaysan,	
ʻ
Ko ngliginang qurib ketsin. Po lkan. [O TIL.4 tom. 64 b]	
ʻ ʻ ʻ
TINJIRAMOQ  folk. Yilt yilt nur sochib turmoq, yarqiramoq: jilvalanmoq. Jamoli
chillaning qoriday tinjirab, yaltirab o tirur. “Ravshan”. [O TIL. 4 tom. 100 b]	
ʻ ʻ
TULPOR     2   folk.   Qanotlari   bo lgan   afsonaviy   uchar   ot.   Hotamning   bulutga	
ʻ
uchadigan tulpori bo larkan.. Shukrullo, Javohirlar sandig i. [O TIL. 4 tom. 186 b]	
ʻ ʻ ʻ
TUNQOTMOQ   folk.   Kechasi   bilan   sergak,   bedor   bo lmoq,   uxlamay   chiqmoq;	
ʻ
tunda   qorovullik   qilmoq.   Ravshanbek   tunlar   tunqotib   yo l   tortdi.   “Ravshan”.	
ʻ
[O TIL. 4 tom. 192 b]	
ʻ
TUTASHMOQ   I   3   folk.   Tutaqmoq,   qizishmoq.   Juda   ham   tutashib   ketdi
Hakimxon. “Alpomish”. Arzirumdan ekan asli elati, Tutashgan boladir — ko pdir	
ʻ
g ayrati. “Nigor va Zamon”. [O TIL. 4 tom. 207 b]	
ʻ ʻ
22 XASM   I [a. g — dushman; muxolif] folk. Raqib, g anim, dushman. Og ir lashkarʻ ʻ
elga   yaqin   keldimi,   O‘zima   bir   podsho   xasm   bo ldimi?   “Yusuf   va   Ahmad”.
ʻ
[O TIL. 4 tom. 388 b]	
ʻ
XEZ   [tik   turuvchi,   ko tariluvchi;   ko tarilish,   sakrash]:   xez   qilmoq   folk.	
ʻ ʻ
Tashlanmoq,   sapchimoq;   hamla   qilmoq,   xezlanmoq.   Chinorda   poylab   turgan
burgut Yunus pariga xez qildi. “Malikayi ayyor”. [O TIL. 4 tom. 393 b]	
ʻ
XEZLAMOQ   1   folk.   Tez   harakat   bilan   oldinga   ing ilmoq,   tashlanmoq;   hamla	
ʻ
qilmoq;   sapchimoq,   sakramoq.   Bedov   otlar   chuv   deganda   xezlaydi.   “Xushkeldi”.
Maydon   ko rsa,   kiyikdek   bo b   xezlaydi,   Dushmanga   tishini   doim   tezlaydi.	
ʻ ʻ
“Ravshan”.   Davlat   qushi   muyassardir   boshingga,   Dushman   xezlab   kelolmaydi
qoshingga. Islom shoir. [O TIL. 4 tom. 393 b]	
ʻ
XONAZOD   [bir   xonadonda   tug ilgan]   2   folk.   Uyda   boqib   katta   qilingan   (uy	
ʻ
hayvoni   haqida)   Chu   desa,   bir   qirdan   xatlar   yashil   qanot   xonazodlar.   Ergash
Jumanbulbul o g li. [O TIL. 4 tom. 411 b]	
ʻ ʻ ʻ
XOSA(KI)   folk.   Nasldor,   uchqur.   Jonivor   uzoqdan   chopib   kelibdi,   Xosaki
tulporda, sovib kelibdi. “Ravshan”. [O TIL. 4 tom. 414 b]	
ʻ
XUNOBA   [qonli   ko z   yoshi]  	
ʻ Xunoba   yutmoq   folk.   Azob   tortmoq,   qiynalmoq.
G ariblik ko yida xunoba yutdim. “Murodxon”. [O TIL. 4 tom. 425 b]	
ʻ ʻ ʻ
XUSHLASHMOQ1   2 folk. Yoqimli so z va harakatlar bilan bir-birlarini xursand	
ʻ
qilishga urinmoq. Meni ko rib, ko shkdan u pastga tushdi, Parvona bo b, atrofimda	
ʻ ʻ ʻ
xushlashdi.   “Nigor   va   Zamon”.   Ra no   bargiga   qo nib,   sho xlik   boshlashib,   Men	
ʼ ʻ ʻ
bilan xushlashdilar bulbul, sa vasi. G ayratiy.  [O TIL. 4 tom. 431 b]	
ʼ ʻ ʻ
CHER   folk.   Alam,   qayg u;   dog .   Ko p   chopilsa,   otingizdan   ter   kelar,   Yomon	
ʻ ʻ ʻ
gapga   yuraklardan   cher   kelar.   “Oysuluv”.   Yuragida   cher   edi,   Gurkuragan   er   edi.
“Hasanxon”. [O TIL. 4 tom. 475 b]	
ʻ
23 CHIYIR   folk.   Oyoq,   tuyoq   izi;   iz,   yo l.   Otga   soldi   arpa   bilan   iyirni,   Qorʻ
yoqqanda, karvon solar chiyirni. “Alpomish”. [O TIL. 4 tom. 482 b]	
ʻ
CHITMOQ   folk.   Chimirmoq.   Qoshing   chitib,   qovog ingni   uyasan,   Mendayin	
ʻ
shunqorning ko nglin bo lasan. “Avazxon”. Qoshu qovog in chitib, Aylading bizni	
ʻ ʻ ʻ
xasta.   “Qo shiqlar”.   Ernazar   polvonning   yo rig i     bo lak   —   birgina   qovoq	
ʻ ʻ ʻ ʻ
chitishining   o ziyoq   yurakni   larzaga   soladi.   N.   Norqobilov,   Bekatdagi   oq   uycha.	
ʻ
[O TIL. 4 tom. 496 b]	
ʻ
CHIYA   II:   chiyasi   chiqmoq   folk.   Siri   ochilmoq.   Farzand   bo lar   kishining	
ʻ
mehrigiyosi, Ayrilganning chiqar ekan chiyasi. “Orzigul”. [O TIL. 4 tom. 496 b]	
ʻ
CHOROYNA   [to rt   oyna,   ko zgu:   sovut;   qurol-yarog ]   folk.   To rt   parcha   yassi	
ʻ ʻ ʻ ʻ
temirni biriktirib yasaladigan, zirhli kiyim ustidan ko krak va yelkaga taqiladigan	
ʻ
himoya moslamasi.  Dubulg a boshida, choroyna to shida, xuddi  yashin oqqanday	
ʻ ʻ
bo lib, beklar tizilib kelyapti. “Yusuf va Ahmad”. [O TIL. 4 tom. 510 b]	
ʻ ʻ
CHOTMOQ   folk.   Urmoq,   savalamoq.   Achchiqlansam,   otga   qamchi   chotarman..
“Alpomish”.   G ayrat   qilib   bu   bekzot   “Chux”,   deb   qamchini   chotdi.   “Intizor”.	
ʻ
[O TIL. 4 tom. 511 b]	
ʻ
CHOKLAMOQ   folk.   ayn.   chog lamoq.   Qaldirg och   akasini   otlantirib,   ot-	
ʻ ʻ
anjomini   choqlab,   yaxshi   bor,   deb   bul   so zni   aytib   turdi.   “Alpomish”.   [O TIL.   4	
ʻ ʻ
tom. 512 b]
  CHUYMOQ  folk. Ovga qush solmoq; qush solib ov qilmoq. Shahzodasi shunqor
quvib   chuyib   yurganda,   Xizmatkor   beklari   tinch   bo p   yotarmi   ?   “   Yusuf   va	
ʻ
Ahmad”. Beklar chuyar oltin ko lga qushini. “Yunus pari”.  [O TIL. 4 tom. 515 b]	
ʻ ʻ
SHAG AL  	
ʻ II:   shag al   mast	ʻ   folk.   Kayfi   baland,   g irt   mast.   Boysaribiy	ʻ
boyvachchalar   bilan   qimiz   ichib,   shag al   mast   bo lib,   kayf-safo   surib   o tirib   edi.	
ʻ ʻ ʻ
“Alpomish”. [O TIL. 4 tom. 560 b]	
ʻ
24   SHIYDAM  II folk. Yaxshi kiyingan, yasangan, bashang. Mahramlar aytdi: -Hayit
arafada   o zbekning   kuyovini   ko rar   edik.   Shiydam   bo lib   yurar   edi.   Salla   o rab,ʻ ʻ ʻ ʻ
kiyinib turar edi. “Alpomish”. [O TIL. 4 tom. 568 b]	
ʻ
SHOBIR  folk. Sharpa, javob sadosi. Hech shobir bo lmadi, “shular nima derkan”,	
ʻ
deb   Novkar   ham   bir   joyda   quloq   solib   turdi.   “Bahrom   va   Gulandom”.   Ot   solib
jo nadi shunday falakka, Shobiri bilinmay, yashinday oqib. “Murodxon”. [O TIL.	
ʻ ʻ
4 tom. 587 b]
SHOVSHAMOQ   folk.   Zirqiramoq,   qaqshamoq.   Ko p   qo shin   kelganga	
ʻ ʻ
o xshaydi,   Eshitib   suyagi   shovshadi.   “Hasanxon”.   Qirq   yigitning   bandi-bo g ni	
ʻ ʻ ʻ
bo shadi.   Beklariga   qarab   suyagi   shovshadi.   “Yusuf   va   Ahmad”.   [O TIL.   4   tom.
ʻ ʻ
588 b]
SHOMURT   folk.   Uzun,   burama   mo ylov.   Shomurti   shoxalab   har   yoqqa   ketgan,	
ʻ
Ichida   sichqonlar   bolalab   yotgan..   Shunday   qalmoq   ko lin   to lg‘ab   keladi.	
ʻ ʻ
“Alpomish”.   Yamoqchi   uyg onib   turib,   eshikni   ochsa,   shomurtini   shopday   qilib,	
ʻ
podshoning mirg azablari turibdi. “Ertaklar”. [O TIL. 4 tom. 594 b]	
ʻ ʻ
SHO R	
ʻ  II [f. — iztirob, g alayon; tug‘yon, jo shqinlik, ehtiros] 1 folk. Toleyi 	ʻ ʻ
past, baxtsiz,  bechora;  sho rlik . Qozi, mufti  — bari boyning chokari, Kambag al
ʻ ʻ
sho r   azaldan   xizmatkori.   Ergash   Jumanbulbul   o g li.   Ilohim,   qurisin   podshoning	
ʻ ʻ ʻ
ishi,   Ko p   bo ldiku   menday   sho rning   koyishi.   “Shirin   bilan   Shakar”.   [O‘TIL.   5	
ʻ ʻ ʻ
tom. 12b]
ESHAKVOY  1folk. Xalq ertaklarining eshak obrazli qahramoni, personaji (odatda
bu obrazda o jarlik, ahmoqlik xususiyatlari mujassamlanadi). [O‘TIL. 5 tom. 63b]	
ʻ
YAYOVLAMOQ   folk.   Piyoda   yurmoq.   Yayovlab   chiqdingmi   o sgan   elingdan?	
ʻ
“Murodxon”. [O‘TIL. 5 tom. 100b]
25 YAYLAMOQ   folk.   Yoyilmoq,   yoyilib   o tlab   yurmoq.   Oting   yaylab   buʻ
chorbog da   yuribdi,   Qancha   bir   gullarni   nobud   qilibdi.   “Nurali”.   [O‘TIL.   5   tom.	
ʻ
100b]
O DAG A	
ʻ ʻ   folk.   Boshliq,   sarkor.   Yigitlar   ichida   menman   o dag a…“Ravshan”.	ʻ ʻ
[O‘TIL. 5 tom. 133b]
O R	
ʻ   II   folk.   O jar;   johil.   Hali   bu   bola   yosh   bo lsa   ham,   yomon   o r   bola   ekan.	ʻ ʻ ʻ
O zbek o r  bo ladi-da, deyishayotirlar. “Ravshan”. [O‘TIL. 5 tom. 159b]	
ʻ ʻ ʻ
O ROL
ʻ  folk. Gap yoki nutqning boshi , boshlanish; muqaddima . O zbekcha “yo l	ʻ ʻ
bo lsin”     degan   so z   gapning   o roli   bo ladi.   “Ravshan”   .   O zbekning   qizi   har	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
so zining   o rolida   aytadi:     -Er   Alpomish   yorim   bordir,   Elda   zo ravorim     bordir..
ʻ ʻ ʻ
“Alpomish”. [O‘TIL. 5 tom. 169b]
QURDUM :   qurdum   daryo   folk.   Tubsiz,   yutoqi   daryo;   dengiz.   Hoy,   qovoqni
quritding-ku, qurdum daryomisan! A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi. [O‘TIL. 5 tom.
380b]
QO LQANOT
ʻ  folk. Ayrilmas do st, birodar. Alpomish aytdi: -Do stim Shomurot.	ʻ ʻ
Ikkovimiz farzand ko rsak, o g il bo lsa, qo lqanot bo lsin, birovi o g il, birovi qiz	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
bo lsa, quda bo lamiz. “Yodgor”. [O‘TIL. 5 tom. 407b]	
ʻ ʻ
G AZABDOR
ʻ   [g azabli, g azabi  bor] folk. ayn. g azabkor. Otangning eliga bora	ʻ ʻ ʻ
ko rmagin, Bizlarni o ldirar otang   g azabdor. “Erali va Sherali” . [O‘TIL. 5 tom.	
ʻ ʻ ʻ
427b]
G URG URAMOQ
ʻ ʻ   folk.   O kirgansimon     ovoz   chiqarmoq,   o kirmoq   (tuya	ʻ ʻ
haqida). [G irko k] Tuya bo lib g urg uraydi, ayiq bo lib chirqiraydi. “Xushkeldi”.	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
[O‘TIL. 5 tom. 462b]
HADDILI   folk. Har bir narsaga haddi sig adigan, tap tortmay aralashaveradigan;	
ʻ
o ktam.   Avazxon   kampirga   qarasa,   haddili,   zo r   kampirga   o xshaydi,   sirini	
ʻ ʻ ʻ
yashirdi.   “Balogardon”.   Barchin:   -Haddili,   zo r     qalmoq   ekan,   bizni   ko rib	
ʻ ʻ
26 aylanishib   yurmasin,   —   deb   o rnidan   turib,   uyiga   kirib   borayotir.   “Alpomish”.ʻ
[O‘TIL. 5 tom. 473b]
HAYKAL   [juda   ulkan,   katta;   ibodatxona,   ulkan   bino]   4   folk.   Ayollar   bo yinga	
ʻ
osib, ko krakka   tashlab oladigan, oltin yoki kumushdan   ishlangan bezak buyumi	
ʻ
(zebigardonning   qadimgi turi). Oyimlar o tirar haykalin osib, Mushku anbar hidi	
ʻ
har yonni bosib. “Ravshan”. U Zulfizar tilla haykallarini osib oyog ining uchi bilan	
ʻ
bosib,   ko rganning     dilini   kesib,   boqqa   ravona   bo ldi.   “Zulfizar   bilan   Avazxon”.	
ʻ ʻ
[O‘TIL. 5 tom. 485b] 
  HAYKALLASHMOQ   folk. Bir-birining qo lidan, belidan ushlab yoki bo yniga	
ʻ ʻ
qo l   solishib   yurmoq,   tizilmoq.   Qarasa,   ko p     qizlar,   ancha   sarvinozlar,   beadad	
ʻ ʻ
kanizlar haykallashib, to p-to p bo lib yuribdi. “Ravshan”. [O‘TIL. 5 tom. 485b]	
ʻ ʻ ʻ
HARBA   [nayza , sanchqi] folk. Nayza, qilich kabi jang qurollari. Odam ko p-da,	
ʻ
hamma   o rtaga   olib,   Har   tarafdan     har   xil   harbalar   solib,   Endi   tushdi   qilich   olib	
ʻ
g azoga,   Bek   Go ro g li   qoldi   endi   qamalib.   “Xushkeldi”.  	
ʻ ʻ ʻ ʻ Harba   qilmoq   folk.
Hamla qilmoq. Holing bilmay, muncha sen harba qilding, Parilar sultoni, sen endi
o lding.   “Bahrom   va   Gulandom”.   Bu   bilan   ajdahor   harba   qilmadi,   Ajdahordan
ʻ
hech siyosat bo lmadi. “Murodxon”. [O‘TIL. 5 tom. 508b]	
ʻ
HARNA   1   folk.   belg.   olm.   Barcha,   har   nima,   nimaki.   Quloq   soldim   harna   desa
amriga..   H.   Olimjon.   Harna   sirni   aytavering   o zima.   “Hasanxon”.   Ko nglidagi	
ʻ ʻ
harna   g uborlar   ketdi..   “Bahrom   va   Gulandom”.   Arkon   davlatimni   senga	
ʻ
topshirdim, Harna ixtiyorim senga topshirdim. “Hasanxon”. [O‘TIL. 5 tom. 509]
HISOB   [hisoblash,   hisoblab,   sanab   chiqish;   sanoq;   hisob-kitob;   yakun   chiqarish,
hisobot]17 folk. Nima qilish, ish-faoliyat rejasi, ish olib borish yo li. Bu so zni qiz	
ʻ ʻ
eshitib, aqlini yitirib, hisobini  yitirib, shoshib qoldi. “Murodxon”. [O‘TIL. 5 tom.
535b]
1.1   Folklorizmlarning leksikografik tadqiqi
27             O‘zbek   epik   ijod   namunalarida   tilimizning   leksikografiyasiga   oid   juda   ko‘p
qimmatli   so‘z   va   iboralar   mavjud.   Bu   so‘z   va   iboralarni,   ayniqsa   o‘zbek   xalq
ijodining   gultoji   hisoblangan   dostonlarimiz   tilini   o‘rganish   nafaqat   o‘zbek   tili,
balki   umumturkiy   til   uchun   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Shunday   ekan
dostonlarimiz tili nafaqat folklorshunoslarimiz uchun, balki tilshunoslarimiz uchun
ham ulkan manba va tadqiqot obyekti bo‘la oladi 22
.
            Leksikografiya     tarixiga     nazar     tashlar     ekanmiz,     avvalo,   “leksikografiya“
atamasi     aynan     qanday   ma‘no   ifoda   etishini   bilib   olamiz.   “Leksikografiya“
qadimgi   yunonchadan   olingan   so‘z   bo‘lib, “leksika”   va   “grafiya“ , “so‘z“   va
“yozuv“  so‘zlaridan tashkil topgan va u lug‘at tuzish, lug‘atshunoslik haqidagi fan
ma‘nosini  ifodalaydi.
            Ko‘plab   omillar   ta’sirida   o‘zbek   tili   lug‘at   tarkibida   yuz   bergan   jiddiy
o‘zgarishlar     munosabati   bilan   o‘zbek   tilining   davr   talabiga   javob   beradigan
ko‘p  jildli  izohli  lug‘atini  tuzish va chop etish respublika  hukumatining  maxsus
qarori   bilan   Davlat   dasturiga   kiritilib,   uni   amalga   oshirish   O‘zbekiston
Respublikasi    Fanlar   akademiyasi    Alisher   Navoiy   nomidagi   Til   va   adabiyot
institutiga     yuklatildi.   Bu   vazifa   Institutning   bir     guruh     olimlari       tomonidan
muvaffaqiyatli       amalga     oshirildi     va     2006-2008     yillarda   hamda   2020-yilda
“O‘zbekiston     milliy     ensiklopediyasi“     Davlat     ilmiy     nashriyotida       5   jildli
“O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati “  nashr  etildi. Bu  lug‘atni  tuzishda  1981-yilda
chop   etilgan     ikki   jildli     izohli   lug‘at   materiallaridan   foydalanildi.   Lekin   u
ikki     jildli     lug‘atning     to‘ldirilgan     yoki     qandaydir     o‘zgarishlar     bilan       qayta
ishlangan     nashri     emas,     balki     leksikografiyaning     yangi     yutuqlarini     hisobga
olgan  holda  yaratilgan  mutlaqo  yangi  lug‘atdir.
      “Izohli lug‘atning asosiy vazifasi o‘zbek adabiy tilining so‘z boyligini to‘plash
va   tavsiflash   bilan   birga,   uning   normalarini   belgilash   va   mustahkamlashdan
iboratdir.   Ayni   zamonda,   u   nutq   madaniyatining   yuksalishiga   xizmat   qiladi”. 23
22
  Мирзаев   Т .,  Эшонқул   Ж .,  Фидокор   С . « Алпомиш »  достонининг   изоҳли   луғати . –  Тошкент : «Elmus-Press-
Media», 2007. – 161  б .
23
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 томли.  1- том .  М ., 1981, 7- бет .
28 Mazkur lug‘atda 80 ming so‘z va birikma kiritilgan. Unda rus va boshqa qardosh
tillar   leksikograflarining   lug‘atchilik   ishidagi   yutuqlaridan   ijodiy   foydalangan
holda lug‘at tipi, so‘z tanlash prinsiplariga rioya qilingan, so‘zlarning kelib chiqish
manbalari  aniq ko‘rsatilgan. Lug‘at  tuzuvchilar  har  bir  so‘zning ma’nolarini  to‘la
ochib   berishga   harakat   qilishgan   va   bu   borada   ma’lum   muvaffaqiyatga   ham
erishganlar.   So‘zlarni   izohlashda   so‘z   birikmalari,   maqol,   matal   va   idiomatik
iboralardan   unumli   foydalanilgan.   Mualliflar   so‘zlarning   ma’no,   stilistik   va
grammatik   xarakteristikasini   leksikografik   belgilar   vositasida   berishga   harakat
qilganlar. 
             Tadqiqotimizning obyekti bo‘lgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan
ayrim  folklorizmlarni  Mirzayev T, Eshonqulov J, Fidokor  Selimning “Alpomish”
dostonining   izohli   lug‘ati”   va   Urinbayeva   D.ning   “Folklor   asarlari   tiliga   xos
so‘zlarning izohli lug‘ati”lari bilan qiyoslab tahlil qildik.
T⁄r “O‘zbek   tilining   izohli
lug‘ati”. “Alpomish”
dostonining   izohli
lug‘ati”. “Folklor   asarlari
tiliga   xos
so‘zlarning   izohli
lug‘ati”. 
1
BAYDOQ     folk .   1   Tug‘ ,
bayroq .   Ol   baydog‘i
hilpirab,   Kelindi   maydon
ichinda .   «Erali   va
Sherali».   Oq-u   qizil   —
ko‘p   baydoqlar   qurildi
maydon   ichinda.   «Erali
va   Sherali».   Qistab   yetdi
tug‘-baydoqning   ostiga,
Yusufman   Ahmadning
otin   Ashirbek ..   « Yusuf   va BAYDOQ   –   to‘da-to‘da,
to‘p-to‘p. 
Qo‘liga   bayroq   tutgan
askarlarning   to‘p-to‘p
safi.
Jo‘nadi   bunda   jam
bo‘lib,
Baydoq-baydoq   lashkar
to‘lib,
Botirlar bedovni minib, BAYDOQ  – bayroq.
Chilbir   cho‘lga   qarab
endi jo‘nadi,
Tug‘-baydoq   bilan
qishab   boradi.
(A.253)
29 Ahmad ». Tug‘u   baydoq   qo‘lga
olib. (A).
2 BANOT   shv .   folk .   ayn .
duxoba .   Havoda   uchib
yurgan   qanot   bo‘lsam,
Bozorda   yarqiragan
banot   bo‘lsam .   «Oq
olma,   qizil   olma».
To‘rvang   banot,   yeding
kishmish,   hay-hay,
taktak ,   o‘zbekning   oti .
« Gulixiromon » .
( O‘TIL . I  tom . 160 b ) . BANOT   –   qimmatbaho
ipak mato.
Maydon   bo‘lsa   bedov
otlar chopilar
Chopib   kelsa   banot
jullar yopilar. (A) BANOT   –   duxoba,
baxmal.
Talxi   bor   deb   yemas
edim novotdi,
Gardi   bor   deb
to‘shamadim
banotdi. (A.245)
3 BOVUR  shv. folk. 
1   Bag ir,   jigar;   dil,ʻ
ko ngil.  	
ʻ O ynashgin,	ʻ
kulishgin   yoshlik
davringga,   Haq
muyassar   qiladi   qorday
bovringga.
“Gulixiromon”.   Seni
ko rib,   bolam   tushdi	
ʻ
yodimga,   Bola   deb
jigarim-bovrim   kuyadir.
U.   Po lkan,   Bir   bahor	
ʻ
dostoni.   ( O‘ TIL.   I   tom.
293b) BOVRIG‘A   –   jigar.
To‘rt   oyog‘i
bovrig‘a,   Tuya   kelar
ona   qiz.   Og‘zi   bor-
da,   kuvshamas,   Ot
keladi,   ona   qiz
(qaynona) (T.184)
4 GIRISH   folk .   Yoyning
GIRISH   –   qirrasi, GIRISH   –   qirrasi,
30 o‘qni   qadab   otadigan   ipi .
Qaramtadan   o‘n   to‘rt
dona   o‘q   oldi,   Yoyning
girishiga   o‘qini   soldi .
«Murodxon».   Shu   yoyni
har kimsa ko‘tarib tursa,
Girishin   to‘g‘rilab
nishonga   ursa ..
« Go‘ro‘g‘lining
tug‘ilishi » .
( O‘TIL . I  tom . 506 b ) cheti.Yoyning
tortiladigan qismi.
Robbim   deydi,   yoyga
changal soladi,
Girishin   egniga   endi
oladi. (A) biror   predmetning
cheti.
Robbim deydi, yoyga
changal soladi,
Girishin   egniga   endi
oladi. (A.367)
5
DAVIR   [ f .   —   charm
belbog‘ ;   qayish ]   folk .   Ot
ustiga   egardan   keyin
yopiladigan   chochoqli
zarbof   abzal ;   yopinchiq .
Bismillo   deb   soldi   otning
ustiga   Chochog‘i
zumraddan   zarli   davirdi .
«Murodxon».   Ot   beliga
olib   kelib   tashladi
Qimmatbaho   zar
chochoqli   davirdi .
« Xushkeldi ».   Ot   boradi
arqirab ,   Davirlari
yarqirab .   « Ravshan ».
( O‘TIL . I  tom . 536 b ) DAVIR   –   egarning
ustidan   yopiladigan   ot
anjomi.
Bismillo,   deb   soldi
otning ustiga,
Chochog‘I   zumratdan
zarli davirdi. (A) DAVIR   –   otning
belidan   sag‘risigacha
yopiladigan yopiq.
Ot beliga yozib, kerib
tashladi, 
Qimmatbaho   zar
chochoqli   davirdi.
(Rav.9)
31 6 JUMUR   2   folk.   Ba ziʼ
doston   yoki   ertak
qahramonlari   o zini	
ʻ
tanitmaslik   maqsadida
kal   bo lib   ko rinish	
ʻ ʻ
uchun   qo y   qornining	
ʻ
teska ri   tomonidan   yasab
olgan   qalpoq.   Boshida
jumuri,   tanida   janda.
“Nigor   va   Zamon”.
[O TIL. 2 tom. 113 b]	
ʻ JUMUR   –   teri,
quloqchin.   Boshini
korsonga   solib   turadi,
Qotgan   jumur   ivib
tushib   qoladi.   Asli   kal
emasdi,   shunday
bo‘ladi. (A) JUMUR   –   boshdagi
yaralar   natijasida
qotib   qolgan   narsa.
Asli   kal   emasdi,
shunday   bo‘ladi,
Jumur   qoplab   surati
kal yuradi. (A)
7 JO NG  
ʻ   folk.   Bir
o rkachli   tuya.  	
ʻ Bo ta	ʻ
o lsa,   jo ng   tuyalar	
ʻ ʻ
bo zlaydi,   Olqor   qochsa,
ʻ
baland   tog ni   ko zlaydi.	
ʻ ʻ
“Hasanxon”.   [O TIL.   2	
ʻ
tom. 118 b] JO‘NG   –   3-4   yashar
tuya.   Ravshan   bir
alami   ming   bo‘lib,
ingishka o‘ti jo‘ng
  bo‘lib,   osang   ustiga
posand   hazor   ustiga
ponsad   deb,
Ravshanbek   belini
ikki   yeridan   boylab,
o‘ziga-o‘zi   so‘yladi.
(Rav.27)
8
ZUL     folk .   ayn.   Jul   –   ot
yopig‘i,   yopiq.       Aka,
oting uch yashar, O‘rama
jullar   yarashar.   “Oq
olma,   qizil   olma”.   [O‘TIL.
2 tom. 112 b]  ZUL   –   egarning
ustiga   tashlanadigan
ot   asbobi.   Ayil,
pushtanini   chechib
bedovning,   Chipirib
ustidan   oldi   zulini.
32 (Rav.8)
9
KALTAK     folk.   To‘qmoq,
cho‘qmor;   gurzi.   To‘qson
botmon   cho‘yan   kaltak
qo‘limda.   «Shirin   bilan
Shakar».   Ko‘kaldoshning
taqimida   besh   yuz
botmon   kaltagi.
«Alpomish».
[O‘TIL. 4 tom. 
302 b] KALTAK –  tayoq.
“Beshta-o‘nta olarmiz”,-
deb, 
Kaltagini eyniga solib,
Otli-piyoda chuvashib,
Yetishdi   chilbir
cho‘liga. (A) KALTAK   –   tayoq.
Anqa   otga   qamchi
chatdi,   Kaltak   bilan
solib   o‘tdi,   Hakimga
kor   qilmay   ketdi.
Sug‘urib   keskir
po‘latdi (A.295)
10 SURSAT   esk.   folk.
O lpon,   soliq.  ʻ Uchqur
eding,   qanotingdan
qayrilding,   Yuguruk
bo lsang,   tuyog ingdan
ʻ ʻ
tayrilding,   Biz   ovqatdan,
sen   sursatdan   ayrilding.
“Alpomish”.   [O TIL.   3	
ʻ
tom. 595 b] SURSAT   –   yerdan
olinadigan   foydadan
to‘lanadigan   soliq,
to‘lovning   bir   turi.
Yugruk   bo‘lsang,
tuyog‘ingdan   tayrilding,
Biz   ovqatdan,   sen
sursatdan ayrilding. (A) SURSAT   –   harbiy
qo‘shin   va
amaldorlarga
beriladigan   oylik
maosh.   Uchqur
eding   qanotingdan
qayrilding,   Yugruk
bo‘lsang,
tuyog‘ingdan
tayrilding,   Biz
ovqatdan,   sen
sursatdan   ayrilding.
(A.34)
11 XOSA(KI)   folk.
Nasldor,   uchqur.   Jonivor
uzoqdan   chopib   kelibdi,
Xosaki   tulporda,   sovib XASA  – sara, naslli.
Maydon bo‘lmay, bedov
otlar chopilmas,
Ko‘p   chopilsa,   xasa XOSAKI   –   xom
tulpor,   yaylovda
boqilib   yotgan   xom
semiz   ot.   Jonivor
33 kelibdi.   «Ravshan».
[O‘TIL.4 tom. 414 b] tulpor sobilmas. (A) uzoqdan   chopib
kelipti,   Xosaki
tulpor-da,   sovib
kelipti (Rav.41)
12 SHOVSHAMOQ   folk.
Zirqiramoq,   qaqshamoq.
Ko p   qo shin   kelgangaʻ ʻ
o xshaydi, Eshitib suyagi
ʻ
shovshadi.   “Hasanxon”.
Qirq   yigitning   bandi-
bo g ni   bo shadi.
ʻ ʻ ʻ
Beklariga   qarab   suyagi
shovshadi.   “Yusuf   va
Ahmad”.   [O TIL.   4   tom.	
ʻ
588 b] SHOVSHAMOQ   –
yumshamoq, sochilib
to‘kilmoq.   Ko‘ngli
tomdagi   qorday,
Shovshab   erib
boradi. (Oych.70)
1
3
  HARBA  [ nayza , 
sanchqi] folk. Nayza, 
qilich kabi jang qurollari.
Odam ko p-da, hamma 	
ʻ
o rtaga olib, Har tarafdan	
ʻ
har xil harbalar solib, 
Endi tushdi qilich olib 
g azoga, Bek Go ro g li 
ʻ ʻ ʻ ʻ
qoldi endi qamalib. 
“Xushkeldi”.
(O‘TIL. 5 tom. 508b] Harba  – hamla, qarshi 
hujum. 
Tayoq  yeb Hakimbek 
harba qilmadi, 
Bobosining qilgan ishin 
bilmadi, Tayoq o‘tib 
tanda toqat qolmadi. (A)
           Berilgan jadvaldagi folklorizmlar uchta lug‘at bilan qiyoslanib o‘rganilganda,
ular o‘rtasida farqli jihatlar borligi aniqlandi. Bunga sabab dostonlar turli davrlarda
34 turli   baxshilar   tomonidan   kuylangan   va   folklorizmlar   ham   vaqtlar   o‘tishi   bilan
o‘zgarib, boshqa-boshqa ma’no kasb etgan bo‘lishi mumkin.
            Bu   so   ‘zlardan   tashqari   yana   ayrim   so‘zlarimiz   ham   borki,   oz   bo‘lsa-da
ma’nosi   farqlanadi.   Masalan,   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   berilgan
boshqarmoq   folklorizmi   ko   ‘rsatmoq,   boshlab   bormoq,   yetakchilik   qilmoq   kabi
ma’no   ifodalab   kelsa,   D.Urinbayevaning   “Folklor   asarlari   tiliga   xos   so   ‘zlarning
izohli  lug‘ati”da   Boshqarmoq  –  idora  qilmoq, yo‘lga solmoq,  tartibga  keltirmoq
kabi ma’no bildirib keladi.   Zero, har ikkala izohli lug‘atda keltirilgan misollarda,
(Hayallamay yo‘l boshqargin shu zamon, Jo‘nab ketsin bundan bolang Rustamjon.
(Murodxon)   “O‘TIL.   I   tom.   345   b”.   Amaldorlar   yo‘lga   solib,   Bir   kechalar   yo‘l
boshqarib, Suxayil aytganin qilib, Qancha arava jo‘nadi. (A.199) “Folklor asarlari
tiliga   xos  so‘zlarning  izohli   lug‘ati”)   boshqarmoq   folklorizmining   yo‘lboshchilik
ma’no anglatayotgani sezilib turibdi.
            Buldiramoq   –   elas-elas,   ayqash-uyqash   bo‘lib   ko‘rinmoq   folklorizmi   esa,
D.Urinbayevaning   izohli   lug‘atida   mildiramoq   tarzida   berilgan.   Bu   ma’nolarni
solishtiradigan   bo‘lsak,   birinchi   izohda   biror   narsa-buyumning   aniq-tiniq
ko‘rinmasligi,   ikkinchi   izoh   esa   biror   narsaning   juda   oz   miqdorda   ekanligini
bildiradi.   Ammo   doston   matnida   keladigan   o‘rniga   e’tibor   qaratsak,   (Yig‘lay-
yig‘lay   yosh   yog‘ildi   yuzimga,   Yorug‘   dunyo   buldiraydi   ko‘zimga   (Yunuspari)
birinchi izoh ma’no jihatidan yaqin kelyapti. 
            “Folklor   asarlari   tiliga   xos   so‘zlarning   izohli   lug‘ati”da   tog‘da   yolg‘iz   oyoq
og‘ir   yo‘l   –   jo‘nog‘ar   tarzida   berilgan.   Ammo   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da
xuddi   shu   ta’rif   jo‘nag‘ay   deb   ko‘rsatilgan.   Bunday   tafovut   bo‘lishiga   sabab,
doston   matnlarining   turli   baxshilar   tomonidan   kuylangan   variantlariga   bog‘liq
bo‘lishi mumkin.  
            …gulday   jaynab,   suqsurday   bo‘ylab,   parvoz   aylab,   taraqqos   boylab,   ostida
Jiyronqush oti har usulda o‘ynab (Ravshan. 10). Ushbu misolda   taraqqos boylab
folklorizmi keltirilgan bo‘lib, “O‘zbek tilining izohli  lug‘ati”da   gijinglab turmoq,
35 noz-ishva   qilmoq   kabi   ma’nolari   berilgan.   Boshqa   izohli   lug‘atda   esa   chiroyli
ochilib, tovlanib, yashnab turmoq  tarzida berilgan 24
. 
            Xalq   og‘zaki   ijodida   adabiy   normadagi   so‘zlarni   o‘zining   nozik,   nafis
ma’nolari   bilan   boyitadigan   juda   ko‘p   so‘zlar   mavjud.   Bizningcha,   folklorga   xos
so‘zlarni “Izohli lug‘at”da berishda ularning shevaga hamda adabiy normaga mos
kelish-kelmasligiga e’tibor berish lug‘atning qimmatini oshiradi.
      Lekin normani payqash, normativ hollarni ajratib olish akademik L.V.Shcherba
aytganidek,  oson  ish  emas.  Izohli   lug‘atni   yaratishda  ayrim   xato va  kamchiliklar,
munozarali   hollar   bo‘lishi   tabiiydir.   Folklorga   oid   so‘zlarni   izohli   lug‘atda
berishda,   avvalo,   ularning   farqlarini   aniqlash,   prinsiplarini   ishlab   chiqish   lozim
bo‘ladi. Bunda leksikologiya, leksikografiya va dialektologiya muhim ahamiyatga
ega bo‘ladi. 
            Birinchi   bobda   ko‘rib   o‘tilgan   masalalar   bo‘yicha   quyidagi   qisqa
xulosalarga kelish mumkin.
                    1.   Xalq   og‘zaki   ijodini   folklorizmlarsiz   tasavvur   qila   olmaymiz.   Dostonlar
leksikasida   uchraydigan   folklorga   xos   so‘zlarni   bir   qancha   turlarga   ajratib   tahlil
qilish maqsadga muvofiq.
B.   Sarimsoqov   folklorizmlarni   o‘rganishda   P.   S.   Vixodtsev   tajribalariga   tayanib,
ularni   tuzilishi   va   badiiy   asar   to‘qimasida   tutgan   o‘rniga   ko‘ra,   dastlab,   oddiy
folklorizm hamda murakkab folklorizm tarzida ikki tipga ajratgan edi 25
. Olim “xalq
maqollari,   matallari,   yumuq   iboralar,   og‘zaki   nutq   uchun   xos   ifoda   hamda
oborotlarning qo‘llanishini oddiy folklorizm”, deb hisoblaydi. 
2. Biz yuqorida “O‘zbek tilining izohli  lug‘ati”dan olingan folklorizmlarni  ko‘rib
chiqdik   va   ularni   oddiy   folklorizmlar   guruhiga   kiritishni   lozim   topdik.   Chunki,
24
 Urinbayeva D. Folklor asarlari tiliga xos so‘zlarning izohli lug‘ati. – Samarqand, 2017. – 182 b. 
25
  Саримсоқов   Б .  Фольклоризмлар   типологиясига   доир  //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти .  1980. №4. 40-41-бетлар.
36 tahlil   qilgan   folklorizmlarimiz   nutqda   tayyor   holda   uchraydi   hamda   ular   nutqqa
xos   hodisadir.   Izohli   lug‘atda   berilgan   folklorizmlar   badiiy   ijod   mahsuli   sifatida
janriy   belgilarga   ega   bo‘lmasligi   mumkin.   Ammo   ular   badiiy   adabiyotga   xalq
og‘zaki   ijodidan   o‘zlashtirilgan.   Shu   nuqtayi   nazardan   kelib   chiqib   yondashilsa,
oddiy folklorizmni asar tarkibidan topish va tahlil qilish ancha oson kechadi.
          Folklorizmlarni leksikografik jihatdan tahlil qilar ekanmiz, ayrim so‘zlarning
adabiy   tilda   muqobili   borligini,   ayrim   so‘zlarning   esa   shevada   ekvivalenti
mavjudligini   o‘rgandik.   Yana   shunday   so‘zlar   ham   uchradiki,   ular   aytilish   davri
hamda ijro etilgan shaxs tomonidan rang-baranglikka uchrab, turli xil ma’no kasb
etganligini aniqladik. 
            Izohli   lug‘atlarda   berilgan   folklorizmlarning   ma’nosi   borasidagi   tafovutlar
sheva   hamda   lahjalarga   borib   taqaladi.   Folklorizmlar   xalq   og‘zaki   ijodi   mahsuli
bo‘lganligi   uchun,   ular   har   yerda   har   xil   talaffuz   qilinadi.   Masalan,   qipchoq
shevasiga   oid:   halak   –   toliqqan,   qiynalgan;   ovora,   sarson;   alp   –   bahodir;   ang   –
sodda.   Xorazm   shevasiga   oid:   mengzamoq   –   o‘xshatmoq;   gitmoq   –   ketmoq;
gizlanmoq  – yashirinmoq, bekinmoq.
      Bundan tashqari izohli lug‘atlarda kelib chiqishi jihatidan turli tillarga mansub
bo‘lgan   folklorizmlar   ham   bor.   Jumladan,   forschadan   –   bangi,   mo‘g‘ulchadan   –
bahodir, arabchadan – jumla, arabcha+forschadan – selob  kabi folklorizmlardir. 
II Bob. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da folklorizmlarning leksik-tematik va 
semantik-stilistik xususiyati
2.1 “O‘zbek tilining izohli lug‘ati’’dagi folklorizmlarning leksik-tematik
xususiyatlari
37           Respublikamiz   mustaqillikka   erishib,   milliy   qadriyatlarimiz,   tarixiy
an’analarimiz va umrboqiy udumlarimizni qayta tiklash va ommalashtirish imkoni
tug‘ilgan   bir   paytda   folklorga   xos   so‘zlarning   lug‘aviy   boyligini   jadal   suratda
to‘plash   va   o‘rganish   yanada   dolzarb   vazifaga   aylandi.   Bunday   chora-tadbirlar
umumadabiy   o‘zbek   tilining   lug‘aviy   boyligini   yanada   to‘ldirish   uchun   xizmat
qiladi.
          “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”dagi   folklorizmlarning   tarixiy   qimmatini   yana
ham chuqurroq anglashda, ular mansub bo‘lgan leksik-tematik guruhlarni aniqlash
ham muhimdir. Chunki folklorizmlarning ko‘pchiligi o‘zining mavzuviy doirasiga
ko‘ra   tarixiy   ahamiyat   kasb   etadi.   Shu   bois   quyida   “O‘zbek   tilining   izohli
lug‘ati”da   berilgan   folklorizmlarning   ba’zi   leksik-tematik   guruhlari   xususida
imkon qadar batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Ot (hayvon) nomi bilan bog‘liq folklorizmlar:
Ang‘ishlamoq   –   irg‘ishlab   o‘ynamoq,   gijinglamoq.   Ang‘ishlaydi   Zargarning
mingan oti.  “Malikayi ayyor” (O‘TIL. I tom. 75 b).
Arillamoq  – pishqirmoq.  Og‘zini karrakday ochgan, arillagan arg‘imoq otlarning
har qaysisi tomday keladi.  “Avazxon” (O‘TIL. I tom. 90 b).
Davir   –   Ot   ustiga   egardan   keyin   yopiladigan   chochoqli   zarbof   abzal;   yopinchiq.
Ot boradi arqirab, Davirlari yarqirab.  “Ravshan” (O‘TIL. I tom. 53 b).
Dirdikka   –   Ot   ustiga   solinadigan   bezakli   yopqich.   Otga   soldi   dirdikka,   Qoyil
bo‘ling erlikka.  “Xushkeldi” (O‘TIL. I tom. 625 b).
Yobi  – nasli past, xashaki ot.   Bu so‘zlaring Aynoq bekor ekandir. Yobi dema, shu
ot tulpor ekandir.  “Ravshan” (O‘TIL. II tom. 22b).
Jahaldirik   –   egar   qoptoli   ostiga   qo‘yiladigan   bir   juft   yumshoq   ot   abzali.
Chirgining   ustidan   qo‘ydi   bellikni,   Boz   ustidan   tashlab   jahaldirikni.   “Alpomish”
(O‘TIL. II tom. 77 b).
38 Jul   – ot yopig‘i, yopiq.   Aka, oting uch yashar, Urama jullar yarashar.   “Oq olma,
qizil olma” (O‘TIL. II tom. 112b).
Palaqqush   –   qush   ko‘rinishiga   ega   bo‘lgan   afsonaviy   uchar   ot.   To‘rt   qiz
palaqqushga   minib,   to‘qqiz   kecha-kunduzda   Chambilga   yetdilar.   “Zulfizar   bilan
Avazxon” (O‘TIL. III tom. 207b).
Palang   ot   –   afsonaviy   uchar   ot.   Kelib,   palang   otni   sozlab   ko‘radi,   Palang   otni
minib, bundan jo‘nadi.  “Shirin bilan Shakar” (O‘TIL. III tom. 207b).
Parqin   –   otning  qo‘ltig‘i,  qo‘ltiq  (afsonaviy   “uchar”  otda   qanot   o‘rnashgan   joy).
Shakarbekning   mingan   oti   Har   tarafga   olib   qochdi,   Parqindan   ko‘pik   sochdi.
“Shirin bilan Shakar” (O‘TIL. III tom. 231b).
Piroq   –   afsonaviy   uchar   ot.   Yonida   bor   kesadigan   yarog‘i,   Yulduzni   ko‘zlaydi
mingan pirog‘i.  “Erali va Sherali” (O‘TIL. III tom. 263b).
Tavir   –   dikkakdan   kichik,   uzun   sochoqli,   egar   ostida   ikki   yoqqa   yoyib
tashlanadigan ot abzali. (O‘TIL. III tom. 631b).
Taraqqos   boylamoq   –   gijinglab   turmoq   (ot   haqida);   noz-ishva   qilmoq.   G‘irot
Avazni   ko‘rib,   uchadigan   qushday,   har   ko‘zi   tarkashday,   yulduzni   ko‘zlab,
taraqqos boylab o‘ynay berdi.  “Balogardon” (O‘TIL. III tom. 678b).
Tulpor   –   qanotlari   bo‘lgan   afsonaviy   uchar   ot.   Hotamning   bulutga   uchadigan
tulpori bo‘larkan…  Shukrullo, Javohirlar sandig‘i. (O‘TIL. IV tom. 186b).
Kasb-hunar nomini bildiruvchi folklorizmlar:
Bangi  – nasha.  Sherabodda men ko‘rdim Bangi chekkan bangini.  “Nurali” (O‘TIL.
I tom. 160 b).
39 Bitbozlik   – bitlarini boqish, bitlarini o‘ldirish.   Bir kuni tomining orqasiga chiqib,
oftob ro‘yiga qarab, bitbozlik qilib o‘tirsa, Go‘ro‘g‘libek ohista-ohista o‘tib ketib
borayotir.  “Xushkeldi” (O‘TIL. I tom. 282 b). 
Bosildiriq   –   tinchlik   saqlovchi,   osoyishtalik   posboni.   Sho‘rim   qursin,   to‘ramdan
ayrilib   edim,   otamdan   ham   ayrildim,   yomon   bo‘lsa   ham,   elning   bosildirig‘i   edi.
“Oysuluv” (O‘TIL. I tom. 319 b).
Buzarchi   – buzg‘unchi.   Yo‘lni kesgan guzarchilar, Tinmay elni kezarchilar, Jo‘n
savdoni buzarchilar, Qalpoq bozori qaysiydi?  “Ravshan” (O‘TIL. I tom. 362 b).
Danakor   –   vositachi,   vakil.   Momang   donakor   bo‘lib   ishni   sozlasa,   Yotarsan
oyimning qorday bag‘rida.  “Gulixiromon” (O‘TIL. I tom. 554b).
Dahmarda   – qo‘y-mol boquvchi xizmatkor.   Boysari  ko‘chsa, biz ham ko‘chamiz
deb,   hammasi   cho‘ponlariga,   yilqichilariga,   tuyachilariga-hamma
dahmardalariga odam yubordi.  “Alpomish” (O‘TIL. I tom. 582b).
Jevachi  – qurol-aslahaxona boshlig‘i.  Bo‘ylari munosib qaddu bo‘yingga, Qorovul
jevachilaring bilmasin.  “Gulixiromon” (O‘TIL. II tom. 80b).
Juvonboz   –   bachchaboz,   bolaboz,   besoqolboz.   Tushibsan   ko‘p   gozirgonning
qo‘liga,   Na   ishlar   aylading   tog‘ning   cho‘liga,   Qaytib   tushding   juvonbozlar
qo‘liga,   Ozod   bo‘lding,   endi   ketgin   elingga.   “Erali   va   Sherali”   (O‘TIL.   II   tom.
110b).
Sinchi   –   otlarning   zotini,   naslini,   yoshini,   fe’l-atvorini   yaxshi   biladigan   odam.
Sinchi   otning   ta’rifini   qilib,   “chini   shul”   deb,   bir   so‘z   aytib   turgan   ekan…
“Alpomish” (O‘TIL. III tom. 517b).
O‘dag‘a   – boshliq, sarkor.   Yigitlar ichida menman o‘dag‘a…   “Ravshan” (O‘TIL.
V tom. 133b).
Qurol-yarog‘ nomini anglatuvchi folklorizmlar:
40 Girish   –   yoyning   o‘qni   qadab   otadigan   ipi.   Shu   yoyni   har   kimsa   ko‘tarib   tursa,
Girishin   to‘g‘rilab   nishonga   ursa…   “Go‘ro‘g‘lining   tug‘ilishi”.   (O‘TIL.   I   tom.
506b).
Yov-yaroq  – qurol-aslaha, qurollar.  Yov-yaroqni, ot-anjomni shaylanglar, Imtihon
kun xonga qo‘ying darakni.  “Yusuf va Ahmad” (O‘TIL. II tom.25b).
Jazoyil   –   miltiqning   bir   turi;   kichik   to‘p,   zambarak.   Shoh   kelguncha   ochilmaydi
darvoza, Zulm qilsang, jazoyildan otaman.  “Rustam” (O‘TIL. II tom. 66b).
Jeva  – qurol-aslaha. (O‘TIL. II tom. 79b).
Kaltak   –   to‘qmoq,   cho‘qmor,   gurzi.   To‘qson   botmon   cho‘yan   kaltak   qo‘limda.
“Shirin bilan Shakar” (O‘TIL. II tom. 302b).
Obdor   –   suv   berilgan,   yaxshi   toblangan,   o‘tkir   (qilich,   pichoq   va   h.k.   haqida).
Qosimxon   shohning   achchig‘i   kelib,   har   tuki   obdorday   bo‘lib,   qiziga   bir   so‘z
dedi…  “Zulfizar bilan Avazxon” (O‘TIL. III tom. 71b).
Po‘lat   –   qilich,   shamshir.   Olmos   po‘lat   bog‘lab   men   ham   belimdan,   Dev   izlab
chiqqanman o‘sgan elimdan.  “Malikayi Ayyor” (O‘TIL. III tom. 328b).
Choroyna  – to‘rt parcha yassi temirdan biriktirib yasaladigan, zirhli kiyim ustidan
ko‘krak   va   yelkaga   taqiladigan   himoya   moslamasi.   Dubulg‘a   boshida,   choroyda
to‘shida, xuddi yashin oqqanday bo‘lib, beklar tizilib kelyapti.  “Yusuf va Ahmad”
(O‘TIL. IV tom. 510b).
Harba   –   nayza,   qilich   kabi   jang   qurollari.   Bu   bilan   ajdahor   harba   qilmadi,
Ajdahorni hech siyosat bo‘lmadi.  “Murodxon” (O‘TIL. V tom. 508b).
Soliq nomini bildiruvchi folklorizmlar:
Yorg‘i  – jarima.  Olib borib xon Dallining otasi, Besh yuz tilla meni yorg‘i ayladi.
“Ravshan” (O‘TIL. II tom. 49b).
41 Sursat   – o‘lpon, soliq.   Uchqur eding, qanotingdan qayrilding, Yuguruk bo‘lsang,
tuyog‘ingdan   tayrilding.   Biz   ovqatdan,   sen   sursatdan   ayrilding.   “Alpomish”
(O‘TIL. III tom. 595b).
Oziq-ovqat nomini anglatuvchi folklorizmlar:
Jizziq   –   jizza.   Quyruq   to‘g‘raganlar   yeydi   jizziqdi,   bu   uzukni   bildim,   ko‘ngli
buzuqdir. “Hasanxon” (O‘TIL. II tom. 83b).
Juvori   –   jo‘xori.   Kesganda   jo‘vorini,   poya   bo‘lur,   Boshingga   bitta   ro‘mol   soya
bo‘lur. “Oq olma, qizil olma” (O‘TIL. II tom. 111b).
Ta’til  – ovqat, yegulik; nonushta; ovqatlanish. (O‘TIL. IV tom. 32b).
Joy nomlarini bildiruvchi folklorizmlar:
Guzar   –   yo‘l.   Qalmoqlar   yurtiga   guzarim   tushdi.   “Alpomish”   (O‘TIL.   I   tom.
516b).
Go‘ristonlik   – go‘riston.   Ko‘klam vaqti edi, juma kuni qarindoshimizning to‘yiga
borib,   qaytishda   go‘ristonlik   ichidan   o‘tib   ketayotganimda,   bir   bosh   suyakka
ko‘zim tushdi.  “Oltin olma” (O‘TIL. I tom. 532b).
Jana  – do‘ng, tepa.  Bir lochinman, qanotimdan qayrildim, Yomg‘ir yog‘may, jana
yerda toyrildim.  “Gulixiromon” (O‘TIL. II tom. 69b).
Jo‘ybor  – 1. Daryo, ariq. 2. Ko‘z yoshi.  G‘amni ko‘rgan kishin jo‘ybori oqar, Ado
bo‘lmas savdo tushdi boshima.  “Erali va Sherali” (O‘TIL. II tom. 117b).
Jo‘nag‘ar   –  tog‘da  yolg‘izoyoq  og‘ir  yo‘l.   Yurgan  yo‘ling  adir  emas,   jo‘nag‘ay.
“Alpomish” (O‘TIL. II tom. 117b).
Kayvon   –   baland   ayvon.   Unda   ham   ko‘shk-u   ayvon,   Zarvaraqli   oltin   kayvon,
Ziyodonlar alvon-alvon.  “Ravshan” (O‘TIL. II tom. 293b).
Chiyir   –   oyoq,   tuyoq   izi;   iz,   yo‘l.   Otga   soldi   arpa   bilan   iyirni,   Qor   yoqqanda,
karvon solar chiyirni.  “Alpomish” (O‘TIL. IV tom. 482b).
42 Qurdum   daryo   –   tubsiz,   yutoqi   daryo;   dengiz.   Hoy,   qovoqni   quritding-ku,
qurdum daryomisan! A.Muxtor. Qoraqalpoq qissasi. (O‘TIL. V tom. 380b).
Narsa-buyum nomlarini anglatuvchi folklorizmlar: 
Baydoq   –  tug‘,  bayroq.   Ol  baydog‘i  pirpirab,   Kelindi   maydon ichinda.   “Erali  va
Sherali” (O‘TIL. I tom. 141b).
Balx(i)   –   oq   rangli   ro‘molning   bir   xili.   Balxi   ro‘moli   boshidan,   ko‘zi   to‘lmasin
yoshidan.  “Nurali” (O‘TIL. I tom. 152b).
Banot   –   duxoba.   To‘rvang   banot,   yeming   kishmish,   hay-hay,   tak-tak,   o‘zbekning
oti.  “Gulixiromon” (O‘TIL. I tom. 160b).
Bovur   – bag‘ir, jigar; dil, ko‘ngil.   O‘ynashgin,  kulishgin yoshlik  davringga, Haq
muyassar qiladi qorday bovringga.  “Gulixiromon” (O‘TIL. I tom. 293b).
Dagala   –   jun   yoki   qildan   to‘qilgan   ip,   arqon.   Aymoqlar   dagala   bilan   ularni
[Bahromni va uning bolalarini] urib, kecha-kunduz yo‘l yurib, ayni sahar vaqtida
keldi.  “Zulfizar bilan Avazxon” (O‘TIL. I tom. 543b).
Jamalak  – soxta kokil.  Kal qiz ham, qirqta qizni o‘ziga yollab olib, qora iplardan
orqasiga   jamalak   qilib,   bu   ham   mis   patnislarga   solib,   ko‘tartirib   jo‘nadi.
“Murodxon” (O‘TIL. II tom. 67b).
Jahannamo  – jahonning istagan yerini ko‘rsatuvchi ko‘zgu; oynayi jahon. (O‘TIL.
II tom. 79b).
Jig‘ovul   –   ov   qushining   bo‘yinbog‘i.   Qarchig‘ay   bo‘yniga   taqdim   jig‘ovul,
Xizmatimda safhudaychi, shig‘ovul.  “Xushkeldi” (O‘TIL. II tom. 97b).
Nigin   – uzuk.   Endi Ravshanbek ko‘zining yoshini artib, shunday niginga qarasa,
niginning yuzida xati bor.  “Ravshan” (O‘TIL. III tom. 36b).
Selob   – duv-duv yosh.   Oh urganda, ko‘zdan oqar selob yosh, Zolim bilan hargiz
bo‘lmanglar yo‘ldosh.  “Alpomish” (O‘TIL. III tom. 477b).
43 Tarkash  – payola, kosa kabi spool idishlarni sinishdan saqlash uchun teri (charm)
yoki yog‘ochdan qubba shaklida yasalgan g‘ilof.   G‘irot Avazni ko‘rib, uchadigan
qushday,   quloqlari   qamishday,   har   ko‘zi   tarkashday,   yulduzni   ko‘zlab…   o‘ynay
berdi.  “Balogardon” (O‘TIL. III tom. 683b).
Cher   –   alam,   qayg‘u;   dog‘.   Yuragida   cher   edi,   Gurkuragan   er   edi.   “Hasanxon”
(O‘TIL. IV tom. 475b).
Shobir  – sharpa, javob sadosi.  Ot solib jo‘nadi shunday falakka, Shobiri bilinmay,
yashinday oqib.  “Murodxon” (O‘TIL. IV tom. 587b).
Haykal  – ayollar bo‘yniga osib, ko‘krakka tashlab oladigan, oltin yoki kumushdan
ishlangan bezak buyumi (zebigardonning qadimgi turi). (O‘TIL. V tom. 485b).
Hisob  – nima qilish, ish-faoliyat rejasi, ish olib boorish yo‘li.  Bu so‘zni qiz eshitib,
aqlini yitirib, hisobini yitirib, shoshib qoldi.   “Murodxon”   (O‘TIL. V tom. 533b).
“O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   berilgan   folklorizmlar   faqatgina   funksional-
semantik   jihatdan   emas,   balki   leksik-tematik   jihatdan   ham   farqlanar   ekan.
Folklorizmlarni ma’noviy guruhlarga bo‘lishimiz tilimizning keng imkoniyatlarini
ochish bilan birga leksik taraqqiyotining rivojlanishiga zamin bo‘ladi.
2.2 “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi folklorizmlarning semantik-stilistik
xususiyatlari
            Badiiy   asarning   xalqchilligini   ta’minlovchi,   unga   milliy   ruh   beruvchi
lingvopoetik   vositalardan   biri   folklorizmlardir.   Umumxalq   tilining   bir   qismi
bo‘lgan   folklorizmlar   badiiy   nutqning   tarkibiy   uzvi   sifatida   semantik-stilistik
jihatdan   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   “Yozuvchilar   o‘z   asarlarida   hayotning
44 realistik   tasvirini   chizish,   mahalliy   koloritni   berish,   personajlar   nutqini
individuallashtirish” 26
 uchun folklorga xos so‘zlardan foydalanadilar. 
      Badiiy asarda folklorga xos so‘zlardan foydalanish yozuvchidan alohida e’tibor
va   mas’uliyatni   talab   qiladi.   Sababi,   qo‘llanish   doirasi   chegaralangan   so‘zlar
hisoblanuvchi   folklorizmlar   o‘z   o‘rnida,   me’yorida   ishlatilgandagina   badiiy
nutqning   ifodaviyligini,   tasviriyligini   oshirishga   xizmat   qiladi,   ma’lum   stilistik
vazifani bajaradi, estetik qimmat kasb etadi.
            “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   berilgan   ba’zi   folklorizmlarning   stilistik
imkoniyatlari borasida so‘z yuritamiz.
Ketdi bedov ot ang‘ishlab,
Avazning vaqtini xushlab.  (Intizor)
         Baytda kelgan folklorizm (ang‘ishlab) gijinglab, irg‘ishlab o‘ynash ma’nosida
kelgan. Bu folklorizm, asosan eposlarda uchraydi. Ot o‘zining o‘zgacha harakatlari
bilan egasining ko‘ngliga yoqqani tasvirlangan. 
Yurib-yelib, harchand qichab ko‘radi,
Ang‘ishlab bu “Qultoy” ketib boradi.  (A.336)
          Bu   yerda   “Qultoy”   Alpomishning   oti   ma’nosida   kelgan.   “Ang‘ishlab”
folklorizmi   otning   gijinglagan   harakatini   ifodalagan   hamda   stilistik   imkoniyatini
kengaytirgan.
Qo‘ng‘irot elga yo‘lni boshlab,
Bedov boradi ang‘ishlab.  (A)
          Bedovning   o‘ynab,   kishnab   borayotganligini   ifodalab   kelgan   folklorizm,
baytdagi qofiya uchun ham xizmat qilyapti. Ang‘ishlamoq folklorizmi otning ham
kayfiyati xushligini bildirib, misraga emotsionallik baxsh etyapti.
26
 Шомақсудов А ва бошқ. Ўзбек тили стилистикаси. – Т.: Ўқитувчи, 1983, 57-б.
45           Arqiragan   sherday   bo‘lib,   ot   qo‘y   arabning   ustiga   (Yunus   pari).   Ana   endi
arqiramoq folklorizmining qudratli tovush chiqarish kabi ma’no ottenkasi borligini
ko‘rishimiz   mumkin.   Otning   sher   kabi   hujum   qilishi   kuchaytiruv   ma’nosini
bildirsa,   arqiragan   fe’lining   qo‘shilishi   ma’noning   yana   ham   kuchayganligini
ifodalaydi. Ya’ni ot kuchli na’ra tortib, pishqirib hujum qiladi.
Boychibor boradi shunday arqirab,
Tuyog‘ida to‘rt sixi bor yarqirab,
Irg‘iganda qumlar ketdi tirqirab,
Borayotir cho‘lda shunday shirqirab.  (A.144)
          Otning   tuyog‘iga   qadalgan   mixlar   sabab,   na’ra   tortayotganini   ko‘rishimiz
mumkin.   Shunday   bo‘lsa   ham   katta   tezlikda   uchib   borayotganligi   tasvirlangan.
Baytda arqirab folklorizmining qo‘llanganligi uslubiy bo‘yoqdorlik kasb etyapti.
Kelganlar toza odamlar,
Har bir gapi bamazalar.
Kiyganlari tozalar.  (Yusuf va Ahmad)
     Ushbu baytda qo‘llangan folklorizm (bamaza) ma’noli, mazmunli, yoqimli kabi
semantik   ma’no   ifodalab   kelyapti.   Kelguvchilarning   yaxshi,   asl   odam   ekanligini,
ularning   gaplari   bamaza   (mazmunli)   ekanligini   qo‘llanilgan   folklorizm   ochib
beryapti. Bunday bo‘yoqdorlik faqatgina badiiy uslubda kuzatiladi.
Buyon keldi yetti navkar,
Navkarning bari davkar.  (Tohir va Zuhra)
       Folklorizm (davkar) navkarlarning zabardast ekanligini bildirib kelgan. Yettita
navkarning o‘zi devdek ma’nosini berayotgan edi, ammo davkarning qo‘llanilishi
bilan ma’no yana ham kengayib, stilistik ottenka ifodaladi.
46 Quloq sol, to‘rajon, aytgan so‘zima,
Jimma-jimma yoshim to‘lgan ko‘zima.
Xolbekani men ko‘rsatsam, to‘rajon,
Kirasiga ne berasan o‘zima?  (Kuntug‘mish)
          Ushbu   baytda   jimma-jimma   folklorizmi   qo‘llanilgan   bo‘lib,   ko‘p-ko‘p,   juda
ko‘p   kabi   ma’nolarni   ifodalayapti.   Bu   so‘zning   faqatgina   badiiy   uslubda
ishlatilishini   ko‘rishimiz   mumkin.   E’tibor   bersak,   baytda   so‘zlashuv   uslubiga   oid
bo‘lgan   “kirasiga”   so‘zini   ko‘rishimiz   mumkin.   Doston   matnlarida   uchraydigan
shu kabi folklorizmlar badiiy matnga emotsionallik bag‘ishlaydi.
Xabardor   bo‘l.   Shirvonning   ko‘p   mastoni,   Mastonlardan   xabardor   bo‘l,
Ravshanjon!  (Ravshan)
          Maston   folklorizmi   qatnashgan   bu   gapda   ayyor,   jodugar   xotin   ma’nosi
ifodalanyapti.   Epik   asarlarda   maston   kampir   birikmasining   ko‘p   qo‘llanganligini
bilamiz.   Bu   badiiy   asarning   o‘qilishi   va   ta’sir   doirasining   kengayishiga   sabab
bo‘ladi.   So‘zlashuv   uslubida   ham   kichik   yoshdagi   qizaloqlarga   nisbatan   erkalash
(voy mastoncha-yey) ma’nosida qo‘llaniladi. 
G‘irot Avazni ko‘rib, uchadigan qushday, har ko‘zi tarkashday, yulduzni ko‘zlab,
taraqqos boylab o‘ynay berdi.  (Balogardon)
          Asosan   otga   nisbatan   qo‘llaniladigan   ushbu   folklorizm   noz-ishva   qilmoq
ma’nosini   beradi.   Badiiy   uslubda   keng   qo‘llaniladigan   bu   so‘z,   o‘qilganda
o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi.
…gulday   jaynab,   suqsurday   bo‘ylab,   parvoz   aylab,   taraqqos   boylab,   ostida
Jiyronqush oti har usulda o‘ynab:  (Ravshan)
     Keltirilgan misolda esa otning chiroyli bo‘lib, tovlanib, yashnab turishi nazarda
tutilgan. Folklorizmlar ham matnda ishlatilish o‘rniga ko‘ra turli ma’no kasb etadi.
47 Jamoli chillaning qoriday tinjirab, yaltirab o‘tirur.  (Ravshan)
         Tinjiramoq folklorizmi yarqiramoq, jimirlamoq, jilvalanmoq kabi  ma’nolarda
qo‘llaniladi  va badiiy matnda uslubiy bo‘yoqdorlik uchun xizmat  qiladi. Ma’noni
yana ham kuchliroq ifodalaydi.
Bedov otlar chuv deganda xezlaydi.  (Xushkeldi)
           Ushbu gapda berilgan xez folklorizmi fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, tez
harakat bilan oldinga yurmoq, hamla qilmoq, sakramoq kabi ma’nolarni bildiradi.
Yuqoridagi   gapda   o‘z   ma’nosida   kelayotgan   bo‘lsa,   quyidagi   o‘rinda   biroz
ma’noning bo‘rttirilganligini ko‘ramiz:
Maydon ko‘rsa kiyikdek bo‘b xezlaydi,
Dushmanga tishini doim tezlaydi.  (Ravshan)
        #      #      #
Hasanxon   yo‘lbarsday   bo‘lib   chirpinib,   sherday   bo‘lib   ingranib,   qoplonday
xezlandi.  (Ravshan)
            Bu   folklorizmni   xezlamoq   variantidan   tashqari   xez   variant   ham   eposlarda
uchraydi: chinorda poylab turgan burgut Yunus pariga xez qildi. (Malikayi ayyor)
Yig‘ladi, qaytayin, xunoba yutdi,
Esonlik bandaga bir g‘animatdi.  (Xuroyim)
      Fors-tojik tilidan o‘zlashgan xunoba folklorizmi azob tortmoq, qiynalmoq kabi
ma’nolarda   qo‘llaniladi.   Baytda   so‘zlashuv   uslubida   ishlatiladigan   oddiy
so‘zlardan   foydalanmaslik,   o‘quvchiga   estetik   zavq   bag‘ishlaydi   hamda
emotsionallikni oshiradi.
Qoshing chitib, qovog‘ingni uyasan,
Mendayin shunqorning ko‘nglin bo‘lasan.  (Avazxon)
48      Chitmoq folklorizmini o‘qigan kishida uning ma’nosi to‘g‘risida savol tug‘iladi.
Chitmoqning   chimirmoq   ma’nosi   bor   bo‘lib,   bu   folklorizm   badiiy   asarlardagina
ishlatiladi.   So‘zlashuv   uslubi   yoki   boshqa   uslublarda   qo‘llanganligini   hozircha
ko‘rmadik. Chitmoq folklorizmni badiiy uslubda stilistik ma’no kasb etadi.
Achchiqlansam otga qamchi chotarman,
Qilichimga qirmizi qon qotarman.  (Alpomish)
          Ushbu   baytda   kelgan   chotmoq   folklorizmi   savalamoq,   urmoq   kabi   ma’no
ifodalayapti.   Savalamoq,   urmoq   kabi   so‘zlarning   badiiy   uslubda   chotmoq   tarzida
qo‘llanilishi mumkin. Bu so‘z, asosan eposlarga xosdir.
Tozilar yugurtsam, har yon boqardim,
Shunqor chuysam, tilla tablim qoqardim.  (Alpomish)
            Badiiy   uslubda   shahzodalarning   sevimli   mashg‘uloti   bo‘lgan   ov   qilish
chuymoq   tarzida   qo‘llaniladi.   Chuymoq   folklorizmining   lug‘atlarda   ovga   qush
solmoq,   ovlanadigan   qush   yoki   mayda   hayvonga   ov   qushini   yo‘llamoq   kabi
ma’nolari  borligini ko‘rishimiz mumkin. Chuymoq fe’li baytda kelganida uslubiy
bo‘yoqdorlik kasb etadi. 
O‘n   ming   uyli   qo‘ng‘irot   elning   sop   –   degan   boyvachchalari   bilan   yig‘ilib,   bir
yerga   jam   bo‘lib,   bir   baxmal   o‘tovni   tikib,   shul   o‘tovning   ichida   hamma
boyvachchalar bilan qimiz ichib, shag‘al mast bo‘lib, o‘z kayfu safosi bilan o‘tirib
edi.  (Alpomish)
          Jumlani   o‘qib   bo‘lgach,   shag‘al   folklorizmining   ozgina,   salgina   kabi   ma’no
ifodalayotganligini   sezamiz.   Ammo   uning   butunlay   teskari   ma’no   ya’ni,   butkul,
mutloq, g‘irt mast, kayfi baland kabi ma’nosi borligini lug‘atlar orqali aniqlaymiz. 
Mahramlar   aytdi:   -   Hayit-arafada   o‘zbakning   kuyovini   ko‘rar   edik.   Shiydam
bo‘lib yurar edi.  (Alpomish)
49          Ushbu gapda kelgan folklorizm (shiydam) so‘zlashuvda ship-shiydam  tarzida
kelib,   hech   vaqosi   yo‘q,   yalang‘och   ma’nolarini   ifodalaydi.   Ammo   “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati”da yaxshi kiyingan, yasangan, bashang kabi ma’nolari borligi
keltirilgan. Jumlaning mazmuniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak ham Hayit kunlarda
chiroyli kiyinib yurish odat tusiga aylanganini ko‘rishimiz mumkin.  
Ilohim, qurisin podshoning ishi,
Ko‘p bo‘ldiku menday sho‘rning koyishi.  (Shirin bilan Shakar)
          Toleyi   past,   baxtsiz,   bechora;   sho‘rlik   kabi   ma’nolarni   ifodalab   kelayotgan
folklorizm,   nafaqat   badiiy   adabiyotda   balki   shevalarda   ham   faol   qo‘llaniladi.   Bu
so‘z   insonlarga   achinish,   kuyinish   holatlarida   ko‘proq   ishlatiladi.   Sho‘r
folklorizmining   eposlarda   uchrashi   baxshilar   tomonidan   kuylangan   variantlar
orqali ko‘chgan bo‘lishi mumkin: Qozi, mufti – bari boyning chokari, Kambag‘al
sho‘r azaldan xizmatkori. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li.
Hali   bu   bola   yosh   bo‘lsa   ham,   yomon   o‘r   bola   ekan.   O‘zbek   o‘r   bo‘ladi-da,
deyishayotirlar.  (Ravshan) 
          Kishining   xarakteriga   nisbat   berayotgan   o‘r   folklorizmining   o‘jar,   johil   kabi
ma’nolari   bor.  Yana  ayrim   lug‘atlarda  qaysar, bir  so‘zli,  gapga  kirmaydigan  kabi
ma’nolari   mavjudligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Ushbu   folklorizm   nafaqat   badiiy
uslubda balki so‘zlashuv nutqida ham ko‘p qo‘llaniladi.
Otangning eliga bora ko‘rmagin,
Bizlarni o‘ldirar otang g‘azabdor.  (Erali va Sherali)
         Ushbu baytda qo‘llangan g‘azabdor folklorizmi jahldor degan ma’no ifodalab,
inson xarakterini salbiy jihatdan bo‘rttirib ifodalab kelyapti. G‘azabdor, g‘azabkor
folklorizmlari so‘zlashuv uslubida faol hisoblanmaydi.
     Asarlarda keltirilgan folklorizmlarni topish deganda: a) uning tipini aniqlash; b)
syujetdagi   o‘rnini   belgilash;   v)   g‘oyaviy-badiiy   qimmatini   baholash   nazarda
50 tutiladi. Ularni lingvistik jihatdan tahlil qilish deganda esa: a) funksional-semantik
xususiyatini   aniqlash;   b)   leksik-semantik   jihatini   aniqlash;   v)   grammatik   tahlil
qilish kabilar nazarda tutiladi. 
    Folklorizm o‘ziga xos badiiy hodisa sifatida muhim estetik ahamiyat kasb etadi.
U folklor  ta’sirida yozma adabiyot namunasiga folklorga xos hodisalarning badiiy
mahorat   bilan   singdirilishidan,   qayta   talqin   etilishidan   yuzaga   keladi.   Folklorizm
xalq   og‘zaki   ijodiyotiga   mansub   janr,   syujet,   obraz,   motiv,   ritmning   individual
ijodkorlar   tomonidan   o‘zlashtirilib,   aynan   yoki   qayta   ishlangan   yohud   ularga
monand holda yaratilishidan iboratdir. Shuning uchun u folklor va yozma adabiyot
hosilasi,   badiiy   ijodning   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Folklorizmlar   vositasida
ijodkorning   individual   badiiy   mahorati,   o‘ziga   xos   uslubi   namayon   bo‘ladi   va
yaratilayotgan asarning g‘oyaviy-badiiy ta’sirchanligi ortadi.
            Ikkinchi   bobda   ko‘rib   o‘tilgan   masalalardan   quyidagicha   xulosalarga
kelish mumkin:
1. “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”dagi   folklorizmlarni   semantik   tahlil   qilish   va
ularni   ma’noviy   guruhlarga   bo‘lish   folklor   asarlari   tili   va   uslubini   o‘rganishda
yangi   qadamdir.   Bu   borada   amalga   oshiriladigan   ishlar   kelajakda
lingvofolkloristika sohasidagi  tadqiqotlar uchun ma’lum  ma’noda ham  nazariy,
ham amaliy ta’minot bo‘la oladi.
2. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan folklorizmlarni ma’noviy guruhlarga
bo‘lish jarayonida folklorizmlarning dialektal hamda shevaga oid so‘zlarga juda
yaqin ekanligi aniqlandi.
3. Folklorizmlarni tematik guruhlarga bo‘lib o‘rganish orqali folklorga oid asarlar
tilini   chuqurroq   tadqiq   etish   va   kelajakda   ushbu   so‘zlarning   shakldosh   va
ma’nodoshlarini aniqlab lug‘at yaratish lozimligini ko‘rsatdi.
4. “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   berilgan   folklorizmlarni   stilistik   jihatdan
o‘rganish   orqali,   folklorga   xos   so‘zlarning   badiiy   asarda   qo‘llanilishi
emotsionallikni oshirib, bo‘yoqdorlik kasb etishi aniqlandi.
51 5. Folklorizmlar   badiiy   adabiyotda   ekspressivlik   uchun   xizmat   qilishi,
yozuvchining   fantaziyasi,   ichki   o‘y-kechinmalarini   folklorizmlar   orqali
ifodalashi kabi xususiyatlari ko‘rib chiqildi.
6. “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   berilgan   folklorizmlarni   semantik-stilistik   va
leksik-tematik   jihatdan   tadqiq   etish   o‘zbek   tilshunosligining   kelajagi   uchun
mustahkam poydevor bo‘la oladi.
III.   Bob.   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”dagi   folklorizmlarda   ishlatilish
davriga ko‘ra chegaralangan qatlam
3.1 “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi folklorizmlarda arxaizmlarning nutqiy
voqelanishi
            Lug‘aviy   birliklar   ishlatilish   davriga   ko‘ra     ikki   katta   guruhga   bo‘linadi:
arxaizm   va   tarixiy   so‘zlar.   Arxaizmlar   –   eskirib,   iste’moldan   chiqib   qolgan   so‘z
yoki  iboralardir. Arxaizmlarning tarixiy so‘zlardan  farqi  shundaki, bu so‘zlarning
boshqa   variantlari   bilan   ishlatishimiz   mumkin   bo‘ladi.   Masalan,   bitik-kitob,   al-
52 qo‘l,   oblast-viloyat,   raykom-tuman   hokimi   va   boshqalar.   Tarixiy   so‘zlarning   esa
hozirgi vaqtda hech qanday sinonimlari yo‘q va biz ularni ishlatish uchun ehtiyoj
sezmaymiz.   Tarixiy   so‘zlar   ma’lum   maqsadlar   uchungina   qo‘llaniladi.   Jumladan,
tarixiy  film   jarayonida,  tarixiy asarlarda  va tarixiy manbalarda.  Bunday  so‘zlarga
ellikboshi, bakovul, yasovul, jallod kabi birliklar mansubdir.
            Folklor   asarlarining   leksikasini   tadqiq   qilar   ekanmiz,   biz   unda   hozirda
iste’molda   bo‘lgan   sheva   va   arxaik   so‘zlar   bilan   bir   qatorda   bugungi   kunda
qadimiy   ma’nosi   butkul   o‘zgargan   yoki   unutilgan   so‘zlarni   ham   ko‘plab
uchratamiz.   Misol   uchun   “aziz”   so‘zini   olaylik.   Bu   so‘z   “Alpomish”   va   boshqa
dostonlarimizda ikki ma’noda keladi:
Birinchisi – ulug‘, buyuk ma’nosida.
Achchiq qamchi urma aziz boshima.
Ikkinchisi – xor, vayron, qarovsiz ma’nosida.
Tog‘lar aziz bo‘lar qori bo‘lmasa.
“Aziz”   so‘zining   ko‘rimsiz,   xaroba,   vayron   ma’nosi   bugun   mutlaqo   unutilgan   va
boshqacha   mazmun   kasb   etgan 27
.   Bunday   misollarni   yana   ko‘plab   keltirish
mumkin.    
Alp   –   O‘zbek   xalq   dostonlarida   g‘ayri-tabiiy   kuch-quvvati,   mardligi,   jasorati   va
shu.k. bilan ajralib turadigan qahramon sifati.
Oxiri Alpomishbek alp bo‘lib, to‘qson alpning biri bo‘lib sanaga o‘tib, alplik otini
ko‘tarib, yeti yoshida Alpomish ot qo‘yildi.  (A)
            Bu   so‘z   nutqimizda   kam   uchrasa   ham,   uning   sinonimlari   ko‘p   ishlatiladi.
Masalan, botir, bahodir, pahlavon. Botir hamda Bahodir o‘g‘il bolalarning ismlari
hisoblanadi.   Bundan   tashqari   Ispaniyaning   Kataloniya   mintaqasida   Alp   nomli
munisipalitet joylashgandir.
27
 Мирзаев Т., Эшонқул Ж., Фидокор С. «Алпомиш» достонининг изоҳли луғати. – Тошкент: « Elmus - Press -
Media », 2007. – 161 б.
53 Arqiramoq  – qudratli tovush chiqarmoq, na’ra tortmoq, pishqirmoq. 
            Bu   folklorizm   eposlarda   otlar   uchun   qo‘llanilgan.   Ammo   nutqimizda   uning
baqirmoq, arillamoq kabi ma’nodoshlari keng qo‘llaniladi.
Boychibor boradi shunday arqirab,
Tuyog‘ida to‘rt sixi bor yarqirab,
Irg‘iganda qumlar ketdi tirqirab,
Borayotir cho‘lda shunday shirqirab.  (A)
Bangi   –   nasha.   Nutqimizda   nashavand   ko‘rinishida   uchraydigan   bu   folklorizm
Markaziy   Afrika   Respublikasining   markaziy   shahri   hisoblanadi.   Bu   shaharga
1889-yilda asos solingan ekan.
Bangi ketarmon bo‘pti, Xotini olarmon bo‘pti.  (Q)
           Guzar   – yo‘l. Bu so‘zning ko‘cha ma’nosi nutqimizda faol ishlatiladi. Ayrim
chekka-chekka   hududlarda   asl   variant   saqlanib   qolgan.   Guzar   folklorizmi   tojik
tilida   “o‘tmoq”   ma’nosida   ishlatiladi.   Bu   birlik   “guzashtan”   fe’lining   hozirgi
zamonga teng birligidir.
            Guzar   –   tog‘   yo‘li,   daryodan   kechib   o‘tiladigan   joy   (kechik),   ko‘cha,
Samarqand va Buxoro shaharlarida “mahalla”, boshqa joylarda shahar-qishloqning
“gavjum   qismi”.   O‘zbekiston,   Tojikiston,   Eron   va   Afg‘onistonda   mustaqil   holda
yoki boshqa so‘zlar bilan birga toponimlar hosil qilgan. 
Go‘ristonlik  – go‘riston. Ushbu folklorizm qabriston ma’nosiga teng birlik. Badiiy
asarlardagina so‘zning asl variantini ko‘rishimiz mumkin.
Davkar  – zabardast, devdek. Bu so‘zning ma’nodoshlari ham ko‘p bo‘lib, bahodir,
botir,   pahlavon   kabi   variantlarni   qo‘llaymiz.   O‘g‘il   bolalarga   Davkar   ismi
qo‘yilganligini   ham   ko‘rishimiz   mumkin.   Andijonning   Marhamat   tumanida
54 Davkar   ota   nomli   majmua   bo‘lib,   O‘zbekistonning   madaniy   meros   obyekti
hisoblanadi. Obyekt mil avv. III va milodiy V asrga mansubdir. 
Dirdikka   –   ot   ustiga   solinadigan   bezakli   yopqich.   Chavondozlar   tilida   ko‘proq
ishlatiladigan   bu   so‘z,   dikkak,   dovur   kabi   sinonimlarga   ega.   Dirdikka   varianti
iste’moldan chiqib, o‘z o‘rnini ma’nodoshlariga bo‘shatib bergan.
Yorg‘i   – jarima. Yorg‘ining zamonaviylashgan varianti soliq so‘ziga teng keladi.
Alisher Navoiy asarlari lug‘atida ushbu so‘z quyidagi ma’nolarda kelgan: 1. Hukm
chiqarish; 2. Qarshilik ko‘rsatish, urishish; 3. Himoya; 4. Qabul. 
XV   asrlarda   Yorg‘i   folklorizmining   5   xil   ma’nosi   bo‘lsa,   XX   asrga   kelib   2   xil
ma’no ifodalab kelyapti.
Jazoyil   –   miltiqning   bir   turi;   kichik   to‘p,   zambarak.   Bu   so‘z,   asosan,   badiiy
matnlarda va tarixiy asarlarda tilga olinadi. Uning zambarak, kichik to‘p ma’nolari
ommalashgan. 
Ayrim manbalarda jazoyilning nayza ma’nosini berishini ham ko‘ramiz. 
Jonga jazoyil bo‘ldi kiprigi har boqqanda, 
Bilmam ne aybim uchun u jazo etgusidir. 
            Ushbu   misra   sababli   jazoyilning   nayza   ma’nosi   kelib   chiqqan   bo‘lsa   kerak.
Misrada kiprikning nayzadek jonga kirishi nazarda tutilyapti. 
            Yana   ayrim   manbalarda   jazoyil-   yengil   to‘p,   tuyaga   ortib   yuriladigan   katta
miltiq kabi ma’nolarni berganligini ham ko‘rishimiz mumkin.
Juvonboz   –   bachchaboz,   bolaboz,   besoqolboz.   Bugungi   kunda   ushbu   so‘z   asl
ko‘rinishida   ishlatilmaydi   va   ma’nodoshlarigina   qo‘llaniladi.   1914-1915-yillarda
A. Qodiriyning shu nomdagi hikoyasi nashrdan chiqqan edi.
Jo‘ng   –   bir   o‘rkachli   tuya.   Bu   so‘z   nutqimizda   ham,   fanda   ham   ishlatilmaydi.
Uning o‘rniga dromedar-bir o‘rkachli lo‘k tuyalar ishlatiladi.
55 Kayvon  – baland ayvon. 
Ushbu   folklorizm   ikki   xil   ma’no   ifodalab   keladi:   1.   Saturn   sayyorasining
forschadagi nomi; 2. Baland ayvon. 
Unda ham ko‘shku ayvon,
Zarvaraqli oltin kayvon,
Ziyodonlar alvon-alvon.  (Ravshan) 
Ammo bu har ikki ma’no ham bugungi kunda iste’moldan chiqqan. Kayvon so‘zi
kayvoni tarzida, to‘y-hashamlarda dasturxon boshiga nisbatan qo‘llaniladi.
Sayron   –   sayrlar,   sayr-tomoshalar.   Nutqimizda   sayron   folklorizmidan
foydalanmaymiz, ammo sayr so‘zi ko‘p ishlatiladi.
Qush solib ovlagin oydin qo‘llarni, Sayron qilgin tar ochilgan gullarni.  (Ravshan).
Sop  – eng zo‘r, asl. Ushbu folklorizmning tugamoq, tamom bo‘lmoq kabi ma’nosi
ham bo‘lib, bizga ikkinchi ma’nosi tanishdir. Sop folklorizmi ham, uning asl, eng
zo‘r ma’nosi ham dostonlar uchun xosdir. 
O‘n ming uyli qo‘ng‘irot elining sop degan boyvachchalari o‘z kayfu safosi bilan
o‘tirib edi.  (Alpomish) 
Ta’til   – ovqat, yegulik; nonushta; ovqatlanish. Bu ma’nolar folklor asarlaridagina
uchraydi. Bugungi  kunda ta’tilning dam  olish,  yozgi  ta’til  kabi  ma’nolarigina biz
uchun tanish.
Shag‘al   –   bu   folklorizm   eposlarda   kayfi   baland,   g‘irt   mast   kabi   ma’no   ifodalab
keladi. 
Boysaribiy   boyvachchalar   bilan   qimiz   ichib,   shag‘al   mast   bo‘lib,   kayf-safo   surib
o‘tirib edi.  (Alpomish)
56 Ushbu   folklorizm   nutqimizda   ozgina,   sal,   picha   kabi   ma’nolarda   qo‘llaniladi.
Shag‘alning   bu   ma’nolari   adabiy   til   uchun   xoslanmagan,   faqat   shevalar   uchun
xosdir.
Shiydam   –   yaxshi   kiyingan,   yasangan,   bashang.   Shiydam   folklorizmi   ham
shevalarda   ship-shiydam   tarzida   qo‘llaniladi,   ammo   u   yalang‘och,   hech   vaqosi
yo‘q   kabi   ma’no   ifodalaydi.   Bu   folklorizmning   lug‘atlardagi   ma’nosi   folklore
asarlari uchun xosdir. 
Hayit-arafada   o‘zbekning   kuyovini   ko‘rar   edik.   Shiydam   bo‘lib   yurar   edi.
(Alpomish)
            Umuman   olganda,   folklorizmlar   bugungi   kunda   yo‘qolib   borayotgan   birlik
hisoblanadi. Folklorizmlarni adabiyotlardan, xalq og‘zaki ijodidan yig‘ish va ularni
lingvistik   tadqiq   etish   bugungi   tilshunoslarning   oldida   turgan   vazifasidir.   Asosan
doston   matnlarida   uchraydigan   folklorga   oid   so‘zlarni   arxaizm   va   istorizmlarga
bo‘lib   tadqiq   etish   til   boyligimizni   namoyon   etadi.   Zero,   folklorda   xalqning   til
imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan bo‘ladi.
57 3.2   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”dagi   folklorizmlarda   tarixiy   so‘zlarning
nutqiy voqelanishi
          Folklor   asarlari   umuminsoniy   muammolarga   hozirjavobligi   bilan   ijodkorlar
e’tiborini   tortadi.   Ular   har   doim   zahmatkash   xalqning   manfaatini   himoya   qilib,
uning   yuksak   orzu-intilishlarini,   o‘y-tashvishlarini   ifoda   etishi   bois   milliylik   va
xalqchillik   kasb   etadi.   Shuning   uchun   folklor   asarlariga   xos   badiiy   shakllar   va
vositalar,   xalqona   ritm   va   uslubda   yaratilgan   yozma   adabiyot   namunalarida   ham
ana shu xususiyat bo‘rtib turadi. Bu esa folklorizmlarning tabiatiga xos eng muhim
jihatlardan biridir.
          Dostonlarda   xalq   tarixi   o‘z   ifodasini   topganligi   sababli   ular   matni   tarkibida
“Hozirgi kunda uchraydigan, faqat  tarixiy narsa  yoki  voqea-hodisalarning nomini
bildiruvchi   so‘zlar   istorizm   (tarixiy   so‘zlar)   ko‘plab   ko‘zga   tashlanadi.
Istorizmning   arxaizmlardan   farqi   shundaki,   bugungi   kunda   o‘sha   tarixiy
voqelikning o‘zi ham uni anglatuvchi boshqa leksik birlik ham bo‘lmaydi, demak,
istorizm o‘zi ifodalayotgan hodisaning yagona nomidir”. [Yo‘ldoshev 2007:58]. 
58           Istorizm   –   tarixiy   so‘zlar,   asosan,   ijtimoiy-siyosiy   tuzum,   mansab,   amal,
unvonlar,   sinflar,   tabaqalar,   kasb-hunar,   harbiy   soha   va   dinga   oid   so‘zlardan
iboratdir.
          Biz   tadqiq   etayotgan   ishimizda,   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”dagi
folklorizmlarda   istorizmlarni   aniqladik   va   ularning   til   xususiyatlari   to‘g‘risida
to‘xtalib o‘tamiz.
BADIK   –  bemorni  so‘z   yoki   ashula  aytish   yo‘li  bilan  davolash   usuli;  duoxonlik,
avrash.
Bunga   so zning   magik  qudratiga   asoslanuvchi   kinna,   badik,   avrash,   burey-bureyʻ
hamda   mavsum-marosim   qo shiqlaridan   “Sust   xotin”,   “Choy   momo”   kabilar	
ʻ
mansub.  “O TA”.  (	
ʻ O‘ TIL. I tom. 135b)
BAYDOQ  – tug‘ , bayroq. 
Ol baydog i pirpirab, K
ʻ e lindi maydon ichi n da.   “Erali va Sherali”. ( O‘ TIL .   I tom.
141b)
BANOT  –    duxoba. 
Havoda   uchib yurgan qanot bo lsam, Bozorda yarqiragan banot bo lsam.	
ʻ ʻ   ( O‘ TIL.
I tom. 160b)
GIRISH   –    Yoyning o qni qadab otadigan ipi. 	
ʻ
Qaramtadan o n to rt dona o q oldi, Yoyning girishiga o qini soldi.  	
ʻ ʻ ʻ ʻ “Murodxon”.
( O‘ TIL .  I tom. 506b)
DAVKAR  –   Zabardast, devdek. 
Buyon keldi yetti navkar, Navkarning bari davkar.  “Tohir va Zuhra”. ( O‘ TIL. 
I tom. 537b)
DANAKOR  –  Vositachi, vakil. 
59 Momang   donakor   bo lib   ishni   sozlasa,   Yotarsan   oyimning   qorday   bag rida.ʻ ʻ
“Gulixiromon”. ( O‘ TIL. I tom. 554b)
DAHMARDA  –  Qo y-mol boquvchi xizmatkor. 	
ʻ
Boysari  ko chsa,   biz  ham  ko chamiz   deb,  hammasi  cho ponlariga,   yilqichilariga,	
ʻ ʻ ʻ
tuyachilariga   —   hamma   dahmardalariga   odam   yubordi.   “Alpomish”.   ( O‘ TIL.
I tom. 582b)
YORG I	
ʻ  –   Jarima. 
Olib   borib   xon   Dallin in g   otasi,   Besh   yuz   tilla   meni   yorg i   ayladi.  	
ʻ “Ravshan”.
[O TIL. 2 tom. 49 b]	
ʻ
JAZOYIL  –  Miltiqning bir turi; kichik to p, zambarak. 	
ʻ
Og zi katta jazoyillar 	
ʻ o tildi maydon ichinda.  “Erali va Sherali”.  [O TIL	ʻ .  2 tom .  66
b]
JEVA  –    Qurol-aslaha.  [O TIL. 2 tom. 79 b]	
ʻ
JEVAXONA  –  Qurol-aslahaxona. 
Askar jevaxonadan birqillatib to pni otayotibdi. 	
ʻ “Hasanxon”.  [O TIL. 2 tom. 80 b]	ʻ
JEVACHI   –   Qurol-aslahaxona   boshlig i.  	
ʻ Bo ylari   munosib   qaddu   bo yingga,	ʻ ʻ
Qorovul jevachilaring bilmasin.  “Gulixiromon”. [O TIL. 2 tom. 80 b]	
ʻ
JIG OVUL – 	
ʻ Ov qushining bo yin bog i. 	ʻ ʻ
Qarchig ay   bo yniga   taqdim   jig ovul,   Xizmatimda   saf   hudaychi,   shig ovul.	
ʻ ʻ ʻ ʻ
“Xushkeldi”.  [O TIL. 2 tom. 97 b]	
ʻ
JUL –  Ot yopig i, yopiq. 
ʻ
Bizning qo lda tulpor otlar boqilsin, Suluvlansa, baxmal jullar yopilsin. 	
ʻ “Nigor va
Zamon”.  [O TIL. 2 tom. 112 b]
ʻ
60 KIRAVKA  – Nimchaga o xshash, ko pincha sovut ostidan kiyiladigan, metalldanʻ ʻ
yoki qattiq narsadan qilingan urush kiyimi. 
Ne   polvonlar   qaddi   yoyday   bukildi   maydon   ichinda.   Nayza   tegib,   kiravkalar
so kildi maydon ichinda.	
ʻ  “Ravshan”.   [O TIL	ʻ .  2 tom .  372 b]
PALAKQUSH  – Qush ko rinishga ega bo lgan afsonaviy uchar ot. 	
ʻ ʻ
To rt qiz palakqushga minib, to qqiz kecha	
ʻ ʻ kunduzda Chambilga yetdilar.  “Zulfizar
bilan Avazxon”. [O TIL. 3 tom. 207 b]	
ʻ
 PALANG OT  – Afsonaviy uchar ot. 
Kelib, palang otni sozlab ko radi, Palang otni minib, bundan jo nadi.	
ʻ ʻ  “Shirin bilan
Shakar”. [O TIL. 3 tom 207 b]	
ʻ
PARQIN   –   Otning   qo ltig i,   qo ltiq   (afsonaviy   “uchar”   otda   qanot   o rnashgan	
ʻ ʻ ʻ ʻ
joy). 
Shakarbekning   mingan   oti   Har   tarafga   olib   qochdi,   Parqinidan   ko pik   sochdi.	
ʻ
“Shirin bilan Shakar”. [O TIL. 3 tom. 231 b]	
ʻ
PIROQ  – Afsonaviy uchar ot. 
Eshon bedovga qamchilar urib, tinmayin cho lda yurib, choptirib piroq otdi, kun	
ʻ
tushlikda   Maymanoqqa   yetdi,   supa   bo yida   otni   to xtatdi.	
ʻ ʻ   “Zulfizar   bilan
Avazxon”. [O TIL. 3 tom. 263 b]	
ʻ
SINCHI  – Otlarning zotini, naslini, yoshini, fe l-atvorini yaxshi biladigan odam. 	
ʼ
Sinchi,   otning   ta rifini   qilib,   “chini   shul”   deb,   bir   so z   aytib   turgan   ekan..	
ʼ ʻ
“Alpomish”. [O TIL. 3tom. 517 b]	
ʻ
SURSAT  – O lpon, soliq.	
ʻ
61   Uchqur   eding,   qanotingdan   qayrilding,   Yuguruk   bo lsang,   tuyog ingdanʻ ʻ
tayrilding, Biz ovqatdan, sen sursatdan ayrilding.  “Alpomish”. [O TIL. 3 tom. 595	
ʻ
b]
TARKASH   –   piyola,   kosa   kabi   sopol   idishlarni   sinishdan   saqlash   uchun   teri
(charm) yoki yog ochdan qubba shaklida yasalgan g ilof. 	
ʻ ʻ
G irot   Avazni   ko rib,   uchadigan   qushday,   quloqlari   qamishday,   har   ko zi	
ʻ ʻ ʻ
tarkashday, yulduzni ko zlab o ynay berdi. 	
ʻ ʻ “Balogardon”. [O TIL. 3 tom. 683 b]	ʻ
CHOTMOQ  – urmoq, savalamoq.
Achchiqlansam, otga qamchi chotarman…  “Alpomish” [O‘TIL. 4 tom. 511 b]
CHUYMOQ  – ovga qush solmoq; qush solib ov qilmoq.
Shahzodasi   shunqor   quvib   chuyib   yurganda,   Xizmatkor   beklari   tinch   bo‘p
yotarmi?  “Yusuf va Ahmad” [O‘TIL. 4 tom. 515 b]
O DAG A	
ʻ ʻ  –  boshliq, sarkor. 
Yigitlar ichida menman o dag a…	
ʻ ʻ “Ravshan”. [O‘TIL. 5 tom. 133 b]
HARBA  –  Nayza, qilich kabi jang qurollari. 
Odam   ko p-da,   hamma   o rtaga   olib,   Har   tarafdan     har   xil   harbalar   solib,   Endi	
ʻ ʻ
tushdi   qilich   olib   g azoga,   Bek   Go ro g li   qoldi   endi   qamalib.	
ʻ ʻ ʻ ʻ   “Xushkeldi”.
[O‘TIL. 5 tom. 508 b]
HARBA QILMOQ  –  hamla qilmoq. 
Holing   bilmay,   muncha   sen   harba   qilding,   Parilar   sultoni,   sen   endi   o lding.	
ʻ
“Bahrom va Gulandom”. [O‘TIL. 5 tom. 508 b]
          Keltirilgan   misollardan   shuni   anglash   mumkinki,   dostonlarda,   asosan,   harbiy
sohaga oid mansablar, qurollar va shu kabi atamalar tarixiy so‘z bo‘lib keladi. 
62           Ushbu   keltirgan   misollarimizdagi   folklorizmlar   badiiy   nutqda   juda   ko‘p
uchraydi,   ammo   iste’mol   doirasi   chegaralangan.   Bu   folklorizmlar   doston
voqealariga   uzviy   ravishda   bog‘lanib   ketgan   va   asar   voqealari   bo‘lib   o‘tgan   davr
haqida muayyan tasavvur uyg‘otadi.
          Folklorizmlar   ham   qo‘llanilish   davri   nuqtayi   nazaridan   chegaralanar   ekan.
Folklorga   oid   so‘zlarni   arxaizm   va   istorizmlar   guruhiga   bo‘lib   o‘rganish   hamda
ularni   lingvistik   tadqiq   etish   zamonaviy   tilshunoslarning   muhim   vazifalaridan
biridir.
          Uchinchi   bobda   ko‘rib   o‘tilgan   masalalardan   quyidagicha   xulosalarga
kelish mumkin: 
1.   Jamiyat   rivojlangan   sari   til   ham   rivojlanishda,   o‘sishda   davom   etadi.   Hayot
taqozosi bilan tilga yangi so‘zlar kirib keladi. O‘z navbatida ayrim so‘zlar eskirib
iste’moldan   chiqib   boradi.   Ana   shunday   hodisalar   tilda   arxaizmlar   yoki   eskirgan
so‘zlar   deb   yuritiladi.     Dostonlar   tiliga   razm   solinsa,   arxaik   leksikaning   ancha
salmoqdor   ekanligiga   guvoh   bo‘lish   mumkin.   Ayniqsa,   XIX     asr   boshi   va
o‘rtalarida   yozuvga   ko‘chirilgan   dostonlarda   bu   xususiyat   yaqqolroq   namoyon
bo‘ladi.   Ularning   tarkibidagi   arxaik   so‘zlar   aksariyat   o‘zlashma   qatlamga
aloqadordir.  
2.   Leksik   arxaizmlar   dostonlar   tilida   ancha   keng   doirani   tashkil   etadi.   Ularni
tasnifiga   ko‘pgina   sohalarni   kiritish   mumkin.   Hozirgacha   dostonlar   ko‘chirilgan
paytdagiga qaraganda turmush darajasi qiyoslab bo‘lmaydigan darajada o‘sdi. Shu
sababli   qadimdagi   turar   joylarning   nomlari   mutlaqo   eskirib,   yangi   so‘zlar   paydo
bo‘ldi. Kiyim-kechak, xo‘jalik anjomlarida ham o‘sha xususiyatni ko‘rish mumkin.
Bundan   tashqari   oziq-ovqatlar,   o‘lchov   birliklari,   taqinchoqlar   va   pardoz-andoz
bilan   aloqador   so‘zlarning   ham   salmoqli   qismi   eskirgan   leksika   tarkibiga   o‘tib
ketdi.  
3.   Dostonlar   bunday   olib   qaraganda   xalqning   badiiy   tarixidir.   Shunday   ekan,
ularning leksikasida xalq tarixi bilan aloqador so‘zlarning o‘rin egallashi tabiiydir.
63 Har bir tarixiy davr o‘sha tuzumdagi ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishga xos so‘zlarning
paydo   bo‘lishiga   zamin   yaratadi.   Boshqaruv   tizimidagi   mansablar   nomi,   harbiy
tuzilmalardagi lavozimlar va qurol-yaroqlar nomi, diniy mafkuraviy yo‘nalishdagi
nomlar katta bir doirani tashkil etadi va ular boshqa bir tuzumdagi muqobillaridan
farq qiladi.  
4.   Tarixiy   so‘zlar   lug‘aviy   birliklar   doirasidan   o‘rin   egallaydi.   Ularni   eskirgan
so‘zlar  kabi   turlarga  ajratish  qiyin.  Ular   muayyan  ehtiyoj  tufayligina  qo‘llaniladi.
Masalan,   har   bir   davrda   quriladigan   me’moriy   obidalar   ham   o‘sha   davrning
iqtisodiy-mafkuraviy   xarakteriga   mos   ravishda   barpo   etiladi   va   munosib   nomiga
ega     bo‘ladi.   Yangi   davr   boshlanishi   bilan   ularning   o‘zi   ham,   nomi   ham   tarixiy
meros  sifatida yashab  qoladi.   Har  qanday iqtisodiy tuzum  o‘z xarakteriga qarab,
turli   kasb-mashg‘ulotlarni   yuzaga   keltiradi   va   ularning   nomlari   yuzaga   keladi.
Jamiyat taraqqiyoti natijasida yangi kasb-kor va mashg‘ulotlar paydo bo‘lishi bilan
ilgarigilari   barham   topadi.   Biroq   ularning   nomlari   tarixiy   so‘zlar   sifatida   tilning
lug‘at  fondida saqlanib qoladi.   Shu tariqa dostonlar  tili  ham  og‘zaki variantlarda
o‘zgarib,   o‘z   tarkibiga   yangi   so‘zlarni   qamrab   ola   boshlaydi.     Shu   bilan   birga
ularning leksik tarkibida eng qadimgi davrlarga mansub so‘zlar ham tarixiy so‘zlar
sifatida yashab qoladi.   
64 XULOSA
1.   Alloma   Hodi   Zarifov   “Folklor   asarlarining   ilmiy   va   badiiy   qiymati   ularning
lug‘at   boyligi   bilan   belgilanadi”,   -   degan   edi.   Xalq   dostonlari   o‘zbek   tilining
tarixini, serqatlamliligini va bo‘yoqdorligini o‘zida to‘la mujassam  etadi. Shuning
uchun   xalq   dostonlarining   tilini   tadqiq   etish   bir   tomondan   til   tarixining   qadimiy
ildizlari haqida kengroq ma’lumot bersa, ikkinchi tomondan hozirgi zamon o‘zbek
adabiy   tilini   to‘laqonli   o‘rganishda,   uni   boyitishda   asosiy   omillardan   biri   bo‘lib
xizmat qiladi.
2.   O‘zbek   epik   ijod   namunalarida   tilimizning   dialektologiyasi,   leksikologiyasiga
oid   juda   ko‘p   qimmatli   so‘zlar   va   folklorizmlar   mavjud.   Bu   folklorizmlarni,
ayniqsa   o‘zbek   xalq   ijodining   gultoji   hisoblangan   dostonlarimiz   tilini   o‘rganish
nafaqat   o‘zbek   tili,   balki   umum   turkiy   til   uchun   ham   muhim   ahamiyatga   ega.
65 Shunday   ekan   dostonlarimiz   tili   nafaqat   folklorshunoslarimiz   uchun,   balki
tilshunoslarimiz uchun ham ulkan manba va tadqiqot obyekti bo‘la oladi.
3.   O‘zbek   adabiy   tili   leksikasining   shakllanish,   rivojlanish   va   o‘zgarish
bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashda epik ijod namunalari alohida
o‘rin tutadi. Ulardagi qadimiy so‘z va folklorga xos so‘zlarning izohli lug‘atlarini
tuzish   hozirgi   folklorshunoslik   hamda   tilshunosligimizning   dolzarb   vazifalaridan
biridir. 
4.   Ma’lumki,   o‘zbek   tili   turkiy   tillar   oilasidagi   eng   ko‘p   dialektli   tillardan   biri
hisoblangani uchun uning tarkibidagi mahalliy dialekt va shevalar adabiy tildan va,
hatto, bir–biridan ham farq qiladi. Folklor asarlari tili shakllanishida qarluq, o‘g‘uz
va qipchoq urug‘–qabila uyushmalari barobar ishtirok etgan. Shunga ko‘ra, folklor
asarlari tilining shakllanishida ishtirok etgan bu urug‘–qabilalarning barchasiga xos
bo‘lgan   leksik   birliklarni   o‘zbek   xalq   dostonlari,   xalq   qo‘shiqlari,   ertak,
topishmoq, maqollar va shu kabi janrlar tilida yaqqol ko‘ramiz. Asarlar tili lug‘at
tarkibida shunday so‘zlar borki, ular adabiy tilda qo‘llanilmaydi yoki adabiy tildagi
muqobiliga   o‘xshamay,   boshqa   so‘zlar   orqali  ifodalanadi.  Bunday   so‘zlarning  bir
qismi   adabiy   til   leksik   tarkibida   uchraydigan   muqobilidan   shaklan   farqlansa,   bir
qismi ma’nosiga ko‘ra farqlanadi.
5. Adabiy tilda muqobili bo‘lgan folklorga oid so‘zlar ma’no jihatdan adabiy tilda
qo‘llanuvchi   muqobiliga   mos   keladi.   Adabiy   tilda   muqobili   bo‘lmagan   folklor
so‘zlarning adabiy tilda ekvivalenti bo‘lmay, ular ayrim lahja yoki shevalarga xos
bo‘lib,   o‘sha   lahja   yoki   shevaning   lug‘at   tarkibidagina   uchraydi,   ma’nosi   ham
o‘sha   sheva   vakillari   uchun   tushunarli   bo‘ladi.  Masalan:   qipchoq   shevasiga   oid:
halak– toliqqan, qiynalgan; ovora, sarson, alp– bahodir, ang – sodda. Xorazm
shevasiga   oid:   mengzamoq   –   o‘xshatmoq,   gitmoq–   ketmoq,   gizlanmoq–
yashirinmoq, bekinmoq, o‘rtinmoq.
6. Folklor asarlari lug‘at tarkibida qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, boshqird, tatar kabi
turkiy tillarda mavjud bo‘lgan ko‘pgina so‘zlar ham bor.Masalan,   dovul – qozoq,
66 q.qalpoq.   chaqiriq,   bong   urmoq.   Kelbat   –   qozoq,   q.qalpoq.   qaddi   qomat,
gavda; fors–tojik. qomat, jussa. Suluv – qirg‘iz – suluu, qozoq – sulu, q.qalpoq
– suluo‘– go‘zal, chiroyli.
7.   Asarlar   lug‘at   tarkibini   boyitib,   stilistik   layoqatini,   imkoniyatlarini   namoyon
qilib   turgan   ko‘plab   sinonim   so‘zlar   bor.   Masalan,   ol   (ad.   orf.,   dominant)   qizil,
qirmizi,   gulgun.   Ol   –   ega   bo‘lmoq   –   qo‘lga   kiritmoq.   Ol   –   sovrin.   Tilning
sinonimlariga   boy   bo‘lishi   tilning   o‘ziga   xos   nozikliklari   bilan   fikrni   aniq   va
bo‘yoqdor,   uslubiy   jihatdan   rang–barang   ifodalash   imkoniyatini   beradi.   Tildagi
sinonimlarni   yaxshi   bilish,   sinonimlar   qatoridagi   so‘zlarning   nihoyatda   nozik
qirralarini fahmlay olish va ularni o‘z o‘rnida qo‘llay bilish ijodkor (baxshi) tilini
ravon, serjilo, nafis va rango–rang qiladi.
8. O‘zbek adabiy tilini ham, xalqimizning ehtiyojini ham ta’minlovchi umummilliy
va   xalqchil   til   darajasiga   ko‘tarmoq   uchun,   uni   shu   til   egasi   bo‘lgan   xalqning
barcha   so‘zlari   va   imkoniyatlari   bilan   boyitib,   kelajak   avlodlarga   o‘zbek   adabiy
tilining har tomonlama mukammal, o‘z milliy ruhini saqlagan, leksik jihatdan boy
bir   til   qilib   qoldirishimiz   kerakki,   u   asrlar   osha   ham   o‘z   ko‘rki   va   tarovatini
namoyon qilib tursin.
67 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1.1. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2022-yil  28-yanvardagi  PF-60-sonli
“2022-2026   yillarga   mo‘ljallangan   Yangi   O‘zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi
to‘g‘risida” gi Farmoni.
  1.2.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   21-oktabrdagi   PF-5850-
sonli   “O‘zbek   tilining   davlat   tili   sifatidagi   nufuzi   va   mavqeyini   tubdan   oshirish
choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 
1.3. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-apreldagi O‘RQ-615-sonli “O‘zbek
tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni. 
1.4.   Ўзбекистон   Республикаси     Президентининг   2017   йил   17   февралдаги
ПҚ2789   сонли   Фанлар   академияси   фаолияти,   илмий   тадқиқот   ишларини
ташкил   этиш,   бошқариш   ва   молиялаштиришни   янада     такомиллаштириш
чоратадбирлари тўғрисидаги Қарори.
68 II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
2.1.   A’zamov   S.   Kuntug‘mish   dostonining   tili   haqida   //   Professor-
o‘qituvchilarning VI ilmiy-nazariy konferensiyasi tezislari. – Sam, 1972.
2.2.   Абдураҳмонов   Д.   Бектемиров   Х.   Ўзбек   халқ   достонларининг
ономастикаси. // Ўзбек халқ ижоди. –Т.: Фан, 1967. 
2.3. Абдуллаев Ф. Хоразм шевалари лексикаси // Ўзбек шевалари лексикаси.
–Т., 1966. 
2.4. Абдуллаев Ф. Ўзбек тилининг ўғуз лаҳжаси. –Т.: Фан, 1978. 
2.5.   Бегматов   Э.   Ўзбек   тили   лексикасининг   ижтимоий-тарихий   асослари   //
Ўзбек тили лексикологияси. –Т.: 1981. 
2.6.   Бегматов   Э.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилининг   лексик   қатламлари.     –Т.:
Фан, 1985. 
2.7. Дўсимов З. Хоразм топонимлари. –Т.: Фан, 1985. 
2.8.     Дониёров   Х.   Қипчоқ   шеваларини   ўрганишда   халқ   достонларининг
роли. // Ўзбек халқ ижоди. –Т.: Фан, 1967. 
2.9.     Жуманазаров   Ю.   Ўзбек   тили   Жанубий   Хоразм   (ўғуз)   диалектининг
синтактик қурилиши. –Т.: Фан, 1976. 
2.10.  Жуманазаров Ю. Ўзбек адабий тили ва Жанубий Хоразм диалекти. – Т.:
Фан, 1971. 
2.11.     Ишаев   А.   Халқ   достонлари   лексикасидан.   //   Ўзбек   халқ   ижоди.     –Т.:
Фан, 1967. –Б. 
2.12.  Ишаев А. Чамбил сўзининг этимологияси // Ислом шоир ва унинг халқ
поэзиясида тутган ўрни. –Т.: 1978. 
2.13.   Ишаев А. Достонлар тилининг баъзи бир хусусиятлари. // Эргаш шоир
ва унинг достончиликдаги ўрни. –Т.: Фан, 1971. 
2.14.  Исҳоқов  С. Эски ўзбек тили ва ёзуви. –Т.: “Ўқитувчи”, 1995. 
2.15.   Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. –
Т.: Фан, 2007. 
2.16.  Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний таҳлил.  –Т.: “Ўқитувчи”, 1995. 
2.17.  Маҳмудов Н. Ўзбекнинг ўлмас сўзи // Тил. –Т.: 1998. 
69 2.18.   Миртожиев М. Сўзларнинг шакл муносабатига  кўра турлари   // Ўзбек
тили лексикологияси. –Т.: 1981. 
2.19.  Неъматов Ҳ. Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. –
Т.: “Ўқитувчи”, 1995. 
2.20.   Рўзимбоев   С.   Хоразм   достончилиги   эпик   анъаналари.   Урганч,
“Университет”, 2008. 
2.21. Сафарова Р. Лексик-семантик муносабатнинг турлари.  –Т.: “Ўқитувчи”.
1996. 
2.22.   Турсунов   С.   Лексические   особенности   дастана   «Алпамыш»:   авторф.   –
Тош. 1990.
2.23.   Sharipova   L .   XX   asrning   ikkinchi   yarmi   o ‘ zbek   she ’ riyati   badiiy
taraqqiyotida   folklor . –  T .:  Fan , 2011. 
  2.24.     Шоабдураҳмонов   Ш.   “Равшан”   достонининг   тили   ҳақида.   //   Эргаш
шоир ва унинг достончиликдаги ўрни. –Т.: Фан, 1971. 
2.25.  Ўзбек шевалари лексикаси. –Т.: “Фан”, 1991. 
2.26.   Ўринбоев   Б.   Ҳозирги   ўзбек   сўзлашув   нутқи,   1-қисм.   Самарқанд,
“Университет”, 2006. 
2.27. Қўчқортоев И. Бадиий нутқ стилистикаси. –Т.: ТошГУ, 1975.
2.28.  Ғойибов   С.   Ўзбек   тили  лексикасининг   стилистик   қатламлари     //   Ўзбек
тили лексикологияси. –Т.: 1981. 
III. Lug‘atlar
3.1.   Алишер   Навоий   асарлари   тилининг   изоҳли   луғати.   4   томлик .   1   том.   –
Тошкент, 1983. – 654 б. 
3.2.   Алишер   Навоий   асарлари   тилининг   изоҳли   луғати.   4   томлик.   2   том.   –
Тошкент, 1983. – 641 б.  
3.3.   Алишер   Навоий   асарлари   тилининг   изоҳли   луғати.   4   томлик.   3   том.   –
Тошкент, 1984. – 606 б. 
  3.4.   Алишер   Навоий   асарлари   тилининг   изоҳли   луғати.   4   томлик.   4   том.   –
Тошкент, 1985. – 622 б.  
70 3.5.  Лапасов   Ж.   Мумтоз   адабий   асарлар   ўқув   луғати.   –  Тошкент:   Ўқитувчи,
1994. 
3.6.   Мирзаев   Т.,   Эшонқул   Ж.,   Фидокор   C .   «Алпомиш»   достонининг   изоҳли
луғати. – Тошкент: « Elmus - Press - media », 2007. – 161 б. 
3.7.   Туробов   А.   «Алпомиш»   достонидаги   шеваларга   хос   сўзларнинг   изоҳли
луғати. – Самарқанд, 2006.- 50 б. 
3.8. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 томлик. 1-том. М.:Рус тили, 1981. – 632
б. 
3.9. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 томлик. 2-том. М.:Рус тили, 1981. – 716
б. 
3.10.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   5   томлик.   Биринчи   жилд.   (А-Д)   –
Тошкент: ЎзМЭ Давлат илмий нашриёти, 2006. -680 б. 
3.11.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   5   томлик.   Иккинчи   жилд.   (Е-М)–
Тошкент: ЎзМЭ Давлат илмий нашриёти, 2006. – 672 б. 
3.12. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 томлик. Учинчи жилд. (Н-Тартибли)–
Тошкент: ЎзМЭ Давлат илмий нашриёти, 2006. -688 б. 
3.13.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   5   томлик.Тўртинчи   жилд.   (Тартибот
Шукур)–Тошкент: ЎзМЭ Давлат илмий нашриёти, 2008. – 608 б. 
3.14. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 томлик. Бешинчи жилд. (Шукрона-Ҳ)
–Тошкент: ЎзМЭ Давлат илмий нашриёти, 2008. – 592 б. 
3.15. Ўзбек халқ шевалари луғати. –Тошкент: Фан, 1971. – 409 б. 
3.16. Қошғарий М. Девону луғатит турк. 3 томлик. 2 том. – Тошкент, 1961. 
3.17. Қошғарий М. Девону луғатит турк. 3 томлик. 3 том. – Тошкент, 1963. 
  
IV .  Badiiy   adabiyotlar :
4.1.   Алпомиш.   Фозил   Йўлдош   ўғли.   –Тошкент:   “Шарқ”   нашриёт-матбаа
концерни, 1998.
4.2. Равшан. - Тошкент: Фан, 1954. 
4.3. Рустамхон. – Тошкент:  Ғ.Ғулом  номидаги  Адабиёт ва санъат нашриёти,
1985. 
71 4.4. Орзигул. – Тошкент: ЎзССР ФА, 1956.  
4.5.   Ойсулув.   –   Тошкент:   Ғ.Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат   нашриёти,
1984. 
4.6. Якка Аҳмад. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти,
1984. 
4.7.   Тўлғоной.   Тошкент:   Ғ.Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат   нашриёти,
1984. 
V. Internet manbalar:
5.1. http://www.ziyonet.uz/ 
5.2.  http://www.ziyouz.uz/  
5.3.  http://www.wikipedia.uz/  
5.4.  https://mv-vatanparvar.uz/7551/  
5.5.  http://uz.wikieto.ru/  
5.6. http://xorazmiy.uz/   
72

“O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DA FOLKLORIZMLARNING LEKSIKOGRAFIK TALQINI MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………… 8 I BOB. “O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI’’DA FOLKLORIZMLARNING BERILISHI 1.1 Folklorizmlarning folklor lug‘atlarda berilishi……………………………...13 1.2 Folklorizmlarning leksikografik tadqiqi……………...................................34 Birinchi bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………42 II BOB. “O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DA FOLKLORIZMLARNING LEKSIK-TEMATIK VA SEMANTIK- STILISTIK XUSUSIYATI. 2.1 “O‘zbek tilining izohli lug‘ati’’dagi folklorizmlarning leksik-tematik xususiyatlari……………………………………………………………………….44 2.2 “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi folklorizmlarning semantik-stilistik xususiyatlari……………………………………………………………………….51 Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………57 III BOB. “O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DAGI FOLKLORIZMLARDA ISHLATILISH DAVRIGA KO‘RA CHEGARALANGAN QATLAM. 3.1 “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi folklorizmlarda arxaizmlarning nutqiy voqelanishi………………………………………………………………………59 3.2 “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi folklorizmlarda tarixiy so‘zlarning nutqiy voqelanishi………………………………………………………………………65 Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar………………………………………………..69 XULOSA …………………………………………………………………………72 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………………75 1

KIRISH Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar va xalq an’analarining tiklanishi, folklor asarlariga ilmiy qiziqishning ortishi tufayli adabiyotshunosligimiz va tilshunosligimizda folklor ta’siri bo‘lgan asarlarga xos xususiyatlarni tekshirishga hamda ularning til xususiyatlarini aniqlashga bo‘lgan qiziqish kuchaydi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining yirik va murakkab janrlaridan hisoblangan eposlar xalqning o‘ziga xos badiiy tarixi bo‘lib, uning tarkibida xalqimizning ming yillik lisoniy boyligi o‘zini namoyon qilib turadi. Bu ma’naviy meros asrlar bo‘yi xalq ommasiga ma’naviyat baxsh etib kelgan buyuk obidalardan biridir. Hurmatli Birinchi Prezidentimizning: “Tarixning murakkab va hal qiluvchi burilish pallasida har qanday millat va elat o‘z ahilligi va birdamligini saqlab, o‘z milliy manfaatlari yo‘lida qat’iyat bilan turmasa, mas’uliyat va xushyorligini yo‘qotadigan bo‘lsa, oxir-oqibatda o‘zining eng katta, tengsiz boyligi bo‘lmish mustaqilligi va ozodligidan judo bo‘lishi shubhasiz”, 1 deyishi bejiz emas. Shunday ekan, xalq og‘zaki ijodi leksikasi, ularning til boyligi bizning ma’naviy boyligimiz hisoblanadi. Bu lisoniy boylikni tarixiy qadriyatlar asosida o‘rganish, ularning qa’rida yashiringan buyuk qadriyatlarni milliy mafkura nuqtayi nazaridan tadqiq qilish ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Tildagi hech bir so‘z o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, u zarurat tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida yuzaga keladi yoki o‘zlashadi. Xalqning til boyligi birinchi navbatda uning folklorida namoyon bo‘ladi. Biror bir xalqning qanday xalqligini bilish uchun uning foklorini o‘rganish zarur. Folklorda xalqning til imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan bo‘ladi. Mavzuning o‘rganilishi. O‘zbek tilshunosligida folklorizmlarni tadqiq qilish aslida rus tilshunosligi ta’sirida yuz berdi. Folklorizm borasidagi ishlar, avvalo 1 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент: Маънавият, 2008. –Б. 51. 2

adabiyotshunoslik sohasida olib borildi. Binobarin, rus adabiyotshunosligida M.K.Azadovskiy 2 , P.S.Vixotsev 3 , V.B.Agrba 4 , L.I.Emilyanov 5 , G.A.Levinton 6 , U.B.Dalgat 7 , A.A.Gorelov 8 kabi tadqiqotchilar folklorizm tabiatini ma’lum darajada ilmiy izohlab berdilar. O‘zbek adabiyotshunosligida B.Sarimsoqov 9 , U.Normatov 10 , O.Sobirov 11 , I.Yormatov 12 kabi olimlarimizning maqolalarida folklorizmlar tipologiyasiga oid qator ishlarni ko‘rishimiz mumkin. Xalq dostonlarini lingvistik yo‘nalishda tadqiq etish va leksikografik talqin etish o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlangan. Shevashunos olim Sh.Shoabdurahmonov badiiy asar tilini adabiyotshunoslik va tilshunoslikning stilistikasi sifatida o‘rganish lozimligini qayd qiladi 13 . Tilshunos I.Qo‘chqortoyev esa ushbu qaydni yanada rivojlantiradi. Uning ta’kidlashicha, “...badiiy nutq adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganilganda tadqiqotchining butun diqqat-e’tibori asarning obrazlar sistemasiga qaratilgan bo‘ladi, buning orqasida mazkur obrazlar qanday lingvistik usul va vositalar bilan yaratilgani ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi 14 . 2 Азадовский М.К. Статьи о литературе и фольклоре. М.-Л.:Гослитиздат, 1960. – 547 с.; ўша муаллиф: История русской фольклористики. Т. II . М.: Учпедгиз, 1963. – 363 б. 3 Выходцев П.С. Русская советская поэзия и народное творчество. Л.: Наука, 1963, - 549 с.; ўша муаллиф: Новаторство. Традиции. Мастерсво. Л.: Наука, 1973. – 528 с.; ўша муаллиф: На стихе двух художественных культур (Проблема фольклоризма в литературе) / Русский фольклор. Т. XIX . Л.: Наука, 1979. – С. 3-31. 4 Агрба В.Б. Абхазская поэзия и устное народное творчество. Тбилиси, 1970. – 158 с. 5 Емельянов Л.И. К вопросу о фольклоризме древней русской литературы / Русский фольклор. Т. VII . Л.: Наука, 1962; ўша муаллиф: Методологические вопросы фольклористики. Л.: Наука, 1978. – С. 171-197. 6 Левинтон Г.А. Заметки о фольклоризме Блока / Миф – Фольклор – Литература. Л.: Наука, 1978. – С. 171- 186. 7 Далгат У.Б. Литература и фольклор. М.: Наука, 1981. – 303. 8 Горелов А.А. К истолкованию понятия “фольклоризм литературы” / Русский фольклор. Т. XIX . Л.: Наука, 1979. – С. 31-49. Ўша муаллиф: Введение / Русская литература и фольклор. Л.: Наука, 1982. – С. 3-11. 9 Саримсоқов Б. Фольклоризмлар типологиясига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. 1980. №4. 37-45-бетлар. 10 Норматов У. Насримиз анъаналари. Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1978. – 216 б. 11 Собиров О. Ўзбек совет адабиётида фольклор ва фольклор анъаналари / Ўзбек совет фольклори масалалари. 1-китоб. Тошкент, 1970. 125-143-бетлар. 12 Ёрматов И. Фольклоризмларнинг типологик хусусиятлари / Ўзбек тили ва адабиёти. 1982. №2. 55-58- бетлар. 13 Шоабдураҳмонов Ш. “Равшан” достонининг тили ҳақида. // Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги ўрни. –Т.: Фан, 1971. –Б. 146-172. 14 Қўчқортоев И. Бадиий нутқ стилистикаси. –Т.: ТошГУ, 1975. –Б.7-8. 3

Shevashunos X.Doniyorov “Qipchoq shevalarini o‘rganishda xalq dostonlarining roli” maqolasida dostonlar tilining fonetik xususiyatlariga e’tiborini qaratadi 15 . A. Ishayevning “Dostonlar tilining ba’zi bir xususiyatlari” maqolasi Ergash Jumanbulbul repertuaridagi dostonlar tiliga bag‘ishlangan. Shevashunos olim bu tadqiqotida: “Ergash Jumanbulbul dostonlarida faqat hozirgi o‘zbek adabiy tili va o‘zbek shevalaridagi morfologik xususiyatlargina emas, balki ayrim turkiy tillarda, shuningdek, qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda mavjud ba’zi morfologik xususiyatlar ham saqlangan” 16 , degan xulosaga keladi. D.Abdurahmonov va X.Bektemirovlarning “O’zbek xalq dostonlari onomastikasi” maqolasida ham yaxshigina kuzatishlar uchraydi. Tadqiqotda parallel nomlar, laqablar, etnonimlar, ot nomlari, ism qo‘yishdagi rasm-rusumlar bilan aloqador qator jihatlar o‘z tahliliga ega bo‘lgan 17 . Keyingi yillarda S.Tursunov “Alpomish” dostonining leksik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yozib, qator maqolalar e’lon qildi 18 . Ishning ilk bobida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan folklorizmlar aniqlangan va ular T.Mirzayev, S.Fidokor, J.Eshonqulov muallifligidagi “Alpomish asarining izohli lug‘ati” hamda D.Urinbayevaning “Folklor asarlariga xos so‘zlarning izohli lug‘ati” asarlari bilan qiyoslanib tahlil qilingan. Ikkinchi bobda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan folklorizmlar leksik-tematik guruhlarga ajratilgan va ushbu folklorizmlarning semantik-stilistik jihatlari o‘rganilgan. Oxirgi bobda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan folklorizmlar qo‘llanilish davri nuqtayi nazaridan chegaralangan hamda chegaralanmagan qatlam sifatida tadqiq etilgan. 15 Дониёров Х. Қипчоқ шеваларини ўрганишда халқ достонларининг роли. // Ўзбек халқ ижоди. –Т.: Фан, 1967. –Б. 162-166. 16 Ишаев А. Достонлар тилининг баъзи бир хусусиятлари. // Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги ўрни. – Т.: Фан, 1971. –Б.179. (173-179) 17 Абдураҳмонов Д. Бектемиров Х. Ўзбек халқ достонларининг ономастикаси. // Ўзбек халқ ижоди. –Т.: Фан, 1967. –Б.177-197. 18 Қаранг: Турсунов С. “Алпомиш достони лексикасини ўрганишга доир. // “Ўзбек тили ва адабиёти”. 1986, №3. –Б.36-39. 4

Folklorizmlarni tadqiq qilish jarayonida “Devonu lug‘otit-turk”, “Qadimgi turkiy so‘zlar lug‘ati”, V.V.Radlov hamda L.Z.Budagov tomonidan tuzilgan lug‘atlardan foydalanildi. Bundan tashqari B.Vafoyevning “Ko‘hna so‘zlar tarixi”, B.To‘ychiboyevning “Alpomish va xalq tili” va “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati” kabi asarlar tadqiqotimiz uchun muhim manbaa bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqotning obyekti va predmeti. 5 tomlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, T.Mirzayev, J.Eshonqul, S.Fidokorning “Alpomish” dostonining izohli lug‘ati, D.Urinboyevaning “Folklor asarlari tiliga xos so‘zlarning izohli lug‘ati”da berilgan folklorizmlar tadqiqotning obyekti va predmeti bo‘la oladi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan folklorizmlarni leksikografik tahlil qilish va ularni lisoniy jihatdan o‘rganish maqsad qilib olindi. Tadqiqotni amalga oshirishda quyidagilarni amalga oshirish belgilandi: -Lug‘atlarda berilgan folklorizmlarni leksik tahlil qilish; -Lug‘atlarda berilgan folklorizmlarni semantik tahlil qilish; -Lug‘atlarda berilgan folklorizmlarda arxaizmlarni aniqlash; -Lug‘atlarda berilgan folklorizmlarda istorizmlarni aniqlash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqotda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan folklorizmlar aniqlandi. Ushbu folklorizmlar boshqa lug‘atlardagi folklorga oid so‘zlar bilan qiyoslab o‘rganildi. Bu folklorizmlar tematik guruhlarga ajratildi va stilistikasi yoritildi. Folklorizmlarning ishlatilish davriga ko‘ra chegaralangan hamda chegaralanmagan qatlami ajratilib, tahlil qilindi. Bu muammolarning ilk marotaba monografik doirada tadqiq etilishi ishimizning ilmiy yangiligini belgilaydi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazi. Dissertatsiya ishida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan chegaralangan qatlamning asosiy mohiyati ilk marotaba 5